Oʻn Yettinchi Yogʻdu
Oʻn ikki yil avval {(*) Oʻn ikki yil avval deyilgan sana, hijriy 1340, milodiy 1921 yillaridir.} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada fikriy harakat va qalbiy sayohat va ruhiy inkishoflarda namoyon boʻlgan ba'zi tavhid yogʻdularini arabchada "Mulohazalar" suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd qilgandim. Uzun haqiqatning faqat bir uchini koʻrsatish va porloq nurning faqat bir shu'lasini namoyon qilish tarzida yozilgani bois, faqat oʻzim uchun bir xotira va bir eslatma shaklida boʻlgani uchun, boshqalarning tushunishi cheklangan edi. Xususan, eng sara va eng yaqin qardoshlarimning aksariyati arabcha oʻqimashgan. Ularning qattiq iltimosi va qistovi bilan oʻsha mulohazalarning, yogʻdularning qisman izohli va qisman qisqa ma'nosini turkchada yozishga majbur boʻldim. Shu mulohazalar va arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shohid boʻlish suratida koʻrgani uchun oʻzgartirilmasdan ma'nolari yozildi. Shuning uchun ba'zi jumlalar boshqa "Soʻzlar"da ham zikr qilinish bilan birga, bu yerda ham zikr qilinadi. Va bir qismi siqilgan boʻlishi bilan birga, izoh qilinmaydi. Toki asliy latofatini yoʻqotmasin.
BIRINCHI MULOHAZA: Oʻz nafsimga xitoban degandim: "Ey gʻofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan soʻng senga hamrohlik qilmagan va dunyoning xarob boʻlganidan keyin, sendan ayrilgan narsaga qalbingni bogʻlash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark qilib yuz oʻgirgan va ayniqsa barzox safarida yoʻldosh boʻlmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar kuzatib qoʻymagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening boʻyningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil boʻlish paytida seni tark qilgan foniy narsalar bilan qalbingni bogʻlash aqlga muvofiq ish emas.
Agar aqling boʻlsa, uxraviy inqiloblaringda, barzaxiy hollaringda va dunyoviy inqiloblaringning toʻqnashuvlari ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga yoʻldosh boʻlishga iqtidori boʻlmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qaygʻurma. Sen oʻz mohiyatingga qara, sening nozik tuygʻularing ichida shundayi borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi emas. Undan boshqasiga yuzlanmaydi, mosivosiga oʻzini xoʻrlamaydi. Unga butun dunyoni bersang ham, oʻsha tabiiy ehtiyojni qondirolmaydi. U narsa esa, sening hislaringning va nozik tuygʻularingning sultonidir. Fotiri Hakiymning amriga itoatkor sultoningga itoat qil, najot top!.."
IKKINCHI MULOHAZA: Sodiq bir tushda koʻrdimki, insonlarga: "Ey inson! Qur'onning dasturlaridan biri shuki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga ibodat qiladigan darajada oʻzingdan katta deb oʻylama. Yana, sen oʻzingni hech bir narsadan takabburlik qiladigan darajada katta tutma. Chunki yaratilgan borliqlar ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida teng boʻlganlari kabi, yaratilganlik nisbatida ham birdirlar", dedim.
UCHINCHI MULOHAZA: Ey gʻofil Said! Bilginki, hisning adashishiga ergashib gʻoyat vaqtinchalik dunyoni oʻlmaydigan va doimiy deb oʻylaysan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va davomli koʻrganing, foniy nafsingni ham oʻsha nazar bilan sobit deb oʻylaganing uchun, faqatgina qiyomatning qoim boʻlishidan dahshatga tushasan. Goʻyo qiyomatning qoim boʻlishiga qadar yashaydiganday, faqatgina undan qoʻrqasan. Esingni yigʻ! Sen va sening xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Bu hissingning adashishi va safsatang shu misolga oʻxshaydiki:
Bir odam qoʻlidagi oynasini bir uy yoki bir shaharga yoki bir bogʻga qaratsa, oynada bir uy, bir shahar, bir bogʻning surati koʻrinadi. Oynada arzimas bir harakat va kichik bir oʻzgarish sodir boʻlsa, uy va shahar va bogʻning suratida harju marj va chalkashlik yuzaga keladi. Tashqaridagi haqiqiy uy, shahar va bogʻning turishi va qolishi senga foyda bermaydi. Chunki oynadagi uy va senga oid shahar va bogʻ faqat oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada oʻsha uy va shahar va bogʻing oʻlishi mumkin va vayron boʻlishi ehtimol dohilida boʻlgani uchun, har daqiqa boshingga yiqiladigan va qiyomating qoim boʻladigan vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan, sen bu hayoting va dunyoingga tortolmaydigan va koʻtarolmaydigan yuklarni yuklama!..
TOʻRTINCHI MULOHAZA: Bilginki, Fotiri Hakiymning odati shuki, ahamiyatli va qiymatdor narsalarni jumlasini aynan oʻzidek qaytarib beradi. Ya'ni, aksar narsalarning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning almashinishida, asrlarning oʻzgarishida qiymatdor ahamiyatli narsalarni aynan oʻzidek qaytarib beradi. Kunlik va yillik va asrlik hashrlarning barchasida shu odatulloh qoidasi jumlasi muntazam davom etadi. Bu sobit qoidaga binoan aytamizki: Modomiki fanlarning ittifoqi bilan va ilmlarning shahodati bilan, yaratilish daraxtining eng mukammal mevasi insondir. Va yaratilgan borliqlar ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatdori insondir. Va insonning bir donasi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har biri aynan oʻzidek, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan eski holiga qaytariladi.
BESHINCHI MULOHAZA: Bu mulohazada Ovrupa fanlari va madaniyati, bir daraja Eski Saidning fikrida bo'lgani uchun, Yangi Said fikriy sayohat payti, Ovrupa fanlari va madaniyati oʻsha qalbiy sayohatda qalb xastaliklariga aylanib haddan ziyod qiyinchiliklarga sabab boʻlgani uhun, majbur boʻlib Yangi Said zehnini silkitib, puch falsafani va buzuq madaniyatni tashlashni istar ekan, oʻz ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan nafsoniy hissiyotni bostirish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan quyidagi gʻoyat qisqa, bir jihatdan uzun munozaraga majbur boʻldi.
Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkiga boʻlinadi.
Bittasi: Isaviylik haqiqiy dinidan olgan fayzi bilan bashariyatning ijtimoiy hayotiga foydali kasblar hamda adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fanlarga ergashgan birinchi Ovrupaga xitob qilmayman. Balki tabiat falsafasining zulmati bilan, madaniyatning yomonliklarini goʻzalliklar deb oʻylab, basharni safohat va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilaman. Jumladan:
Oʻsha ruhiy sayohatda madaniyat goʻzalliklari va foydali fanlardan boshqa foydasiz va zararli falsafani hamda zararli va buzuq madaniyatni qoʻlida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarata aytdim:
Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen oʻng qoʻling bilan xasta va zalolatli falsafani va chap qoʻling bilan buzuq va zararli bir madaniyatni tutib, basharning saodati bu ikkisi bilan boʻlishini daʻvo qilasan. Ikki qoʻling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin va yeydi ham.
Ey kufr va nonkoʻrlikni tarqatib yoygan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan baloga yoʻliqqan va azobgadagi odamning jismi bilan zohiran aldovchi ziynat va boylik bilan saodati mumkin boʻla oladimi? Uni baxtiyor deyish mumkinmi? Ajabo, bir odamning ahamiyatsiz ishdan ma'yus boʻlishi va xayoliy orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz ishdan hafsalasi pir boʻlishi sababli shirin xayollar achchiqlashishini koʻrmayapsanmi. Shirin vaziyatlar unga azob beradi. Dunyo unga tor keladi, zindon boʻladi.
Holbuki badbaxtliging bilan, qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va oʻsha zalolat tufayli barcha orzulari kesilgan va undan alam chekkan bechora insonga qaysi saodatni ta'min qilyapsan? Ajabo, oʻtkinchi, jismi yolgʻonchi jannatda boʻlgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan insonni baxtiyor deb boʻladimi? Bechora basharni ana shunday toʻgʻri yoʻldan ogʻdirding, yolgʻonchi Jannat ichida Jahannamiy azob chektiryapsan.
Ey basharning nafsi ammorasi! Bu misolga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Qarshimizda ikki yoʻl bor. Biridan ketyapmiz. Koʻryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz kishi turibdi. Zolimlar unga hujum qilib molini, narsalarini tortib olib uychasini xarob qilyaptilar, ba'zan jarohatlantirishyapti. Uning achinarli holiga osmon yigʻlyapti. Qayerga qarama, hol shunday davom etyapti. U yoʻlda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yigʻi-sigʻisi bilan, yoʻlni umumiy motam qoplayapti. Inson insoniyligi tufayli boshqalarning dardi bilan dardlangani uchun hadsiz dardlarga giriftor boʻladi. Holbuki vijdon bu daraja dardlarga bardosh qilolmagani uchun, u yoʻlda ikki narsadan biriga majbur boʻladi. Yo insoniylikdan chiqib va nihoyasiz vahshiylikni qalbiga yuklab, oʻzining farovonligi bilan birga umumning halokati uni xafa qilmasin yoxud qalb va aql taqozo qilgan narsani bekor qilsin.
Ey safohat va zalolat bilan buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta koʻzni tashigan koʻr dahoing bilan bashar ruhiga jahannamiy holatni hadya qilding! Soʻngra angladingki, bu shunday bedavo dardki, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga tashlaydi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu dardga topgan doring, vaqtinchalik hislarni sezdirmay qoʻyish ishini bajargan jozibador oʻyinchoqlaring va uxlatuvchi havaslar va xayollaringdir. Bu doring boshingni yesin va yeydi ham! Xullas, basharga ochgan yoʻling va bergan saodating shu misolga oʻxshaydi.
Ikkinchi yoʻl, Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya qilgan yoʻl: Koʻryapmizki, bu yoʻlning har bir manzilida, makonida, shahrining xar tarafida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari kezmoqda. Ora-sira oʻsha Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini xizmatdan ozod qilishmoqda. Qurollarini, otlarini va davlatning lozim narsalarini olishmoqda, ularga ruxsatnomani bermoqdalar. Boʻshatilgan askarlar, garchi koʻnikib qolgan ot va qurollarning olib qoʻyilayotganidan zohiran mahzun boʻlishyapti. Lekin haqiqat nuqtasida boʻshatilish bilan xursand boʻlib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish uchun gʻoyat mamnun boʻladilar. Ba'zan boʻshatish ma'murlari xizmatga yangi kelgan askarga duch keladilar.
Askar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Askar: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman, keyin uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsangiz, bosh ustiga keldingiz, amrini koʻrsating. Boʻlmasa chekining, mendan uzoqlashing. Men bir oʻzim, sizlar minglab boʻlsangiz ham, siz bilan jang qilaman. Oʻz nafsim uchun emas, chunki nafsim oʻzimniki emas, sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning obroʻyini himoya va izzatini saqlash uchun sizga bosh egmayman!", deydi.
Xullas, oʻsha ikkinchi yoʻldagi sevinch va saodat manbai boʻlgan minglab hollardan bu hol bir namunadir. Qolgan hollarni sen qiyos qil. Hamma oʻsha ikkinchi yoʻlning safarida tavalludlar nomli sevinch va xursandchilik bilan bir yigʻin va askarlik xizmatiga chaqiriq boʻlyapti va vafotlar nomli sevinch va musiqa bilan askarlik vazifasidan ozod boʻlish davom etyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yoʻlni hadya qilgan. Bu hadyani kim toʻliq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga qaragan ikkinchi yoʻldan boradi. Na boʻlib oʻtgan narsadan mahzun boʻladi, na boʻladigan narsadan qoʻrqadi.
Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shuki: "Eng katta malakdan eng kichik baliqqacha har bir jonzot oʻz nafsiga molik va oʻz zoti uchun ishlaydi va oʻz lazzati uchun xarakat qiladi. Uning yashash haqqi bor. Himmatining va maqsadining gʻoyasi yashash va baqosini ta'minlashdir", deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va koinot ruknlarida mukammal itoat bilan rioya qilingan yordamlashish dasturi bilan, nabotot hayvonotning madadiga va hayvonot insonlarning yordam berishdek umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb oʻylab, "Hayot kurashdan iborat" deb ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, oʻsha yordamlashish dasturining jilvasidan taom zarralarining mukammal shavq bilan badan hujayralarining oziqlantirilishi uchun xarakatlanishi qanday qilib kurash boʻlsin? Qanday qilib urushish boʻlsin? Balki yordamlashish va xizmatga xarakat, Karim bir Rabning amri bilan yordamlashishdir! Yana, chirik bir asosing: "Hamma narsa oʻziga oʻzi xoʻjayin" deysan. Hech bir narsa oʻziga oʻzi xoʻjayin emasligiga qat'iy dalil shuki: Sabablarning ichida eng sharaflisi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning oʻylash, gapirish va yeyish kabi eng ochiq ixtiyoriy ishlarning yuztasidan uning ixtiyoriga berilgan va iqtidori doirasiga kirgan faqat shubhali bitta qismdir. Bunday eng ochiq ravshan ishning yuz qismidan bir qismiga xoʻjayin boʻlmagan odam qanday qilib oʻziga oʻzi xoʻjayin deyiladi? Bunday eng sharafli va ixtiyori eng keng shu darajada haqiqiy tasarrufdan va egalikdan qoʻli bogʻlangan boʻlsa; "Boshqa hayvonlar va jonsiz borliqlar oʻz-oʻziga xoʻjayin", degan odam hayvondan battar hayvon va jonsiz borliqlardan battar jonsiz va ongsiz ekanini isbot qiladi.
Seni bu xatoga tushirib bu tahlikaga solgan narsa, bir koʻzli dahoingdir. Ya'ni, hayratlanarli, kasofat zakovatingdir. Oʻsha koʻr dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi hisoblangan Rabbingni unutding, mavhum tabiatga nisbat berding, asarlarini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud boʻlgan togʻutlarga taqsimlading. Bu nuqtada va oʻsha dahoing nazarida har bir jonzot, har bir inson bir oʻzi hadsiz dushmanlarga qarshi turish va nihoyasiz ehtiyojlarni qondirish lozim boʻladi. Va zarra kabi iqtidor, mayin qil kabi ixtiyor, oʻtkinchi nur kabi ong, tez soʻnuvchi shu'la kabi hayot, tez oʻtuvchi daqiqa kabi umr bilan, cheksiz dushmanlarga va ehtiyojlarga dosh berishga majbur boʻladi. Holbuki bechora jonzotning sarmoyasi minglab istaklarining bittasiga ham kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor boʻlgan vaqti, kar, koʻr sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi. وَمَا دُعَٓاءُ الْكَافِر۪ينَ اِلَّا ف۪ى ضَلَالٍ sirriga doxil boʻladi.
Sening zim-ziyo dahoing bashariyatning kunduzini tunga aylantirdi. Faqat oʻsha mashaqqatli, zulmli va zulmatli tunga koʻniktirish uchun yolgʻonchi, vaqtinchalik chiroqlar bilan nurlantirding. U chiroqlar sevinch bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yigʻlanadigan achchiq holidagi ablahona kulishiga istehzo bilan kulib masxara qiladi. Har bir jonzot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga duchor boʻlgan miskin musibatzadalardir. Dunyo umumiy bir motamxonadir. Dunyodagi sadolar oʻlimlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan toʻliq dars olgan shogirding fir'avn boʻladi. Faqat eng qiymatsiz narsaga ibodat qilgan va manfaat koʻrgan har bir narsasini oʻziga Rab deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding qaysardir. Lekin bir lazzati uchun cheksiz zillatni qabul qilgan miskin bir qaysardir. Qiymatsiz manfaat uchun shaytonning oyogʻini oʻpadigan darajada pastkashlik koʻrsatadi! Ham mustabiddir, lekin qalbida tayanch nuqtasi topolmagani uchun, aslida juda ojiz maqtanchoq zolimdir. U shogirdning himmatining gʻoyasi, nafsoniy hoyu-havaslarni qondirish va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida oʻz nafsining manfaatini qidirgan va hirs va gʻururini taskin etishga harakat qilgan bir makkordir. Nafsidan boshqa hech bir narsani haqiqatan sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi.
Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir bandadir. Lekin yaratilganlarning eng buyugiga ham ibodat qilish darajasiga tushmaydi va Jannat kabi eng buyuk va muazzam manfaatni ubudiyat gʻoyasi qilmaydigan aziz bir bandadir. Halim-salimdir. Lekin Fotiri Zuljalolidan boshqasi oldida, izni va amri boʻlmasdan, xor boʻlmaydigan oliyhimmat bir halimdir. Faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda yigʻib qoʻygan mukofot bilan behojat faqirdir. Yana zaifdir, lekin qudrati nihoyasiz Sayyidining quvvatiga tayangan kuchli zaifki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga abadiy Jannatni ham asl maqsad qildirmagani holda, hech ham bu oʻtkinchi, foniy dunyoni unga asl maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli ekanini angla!
Yana, xasta falsafaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakim talabalarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Jumladan:
Falsafaning shogirdi oʻz nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va yerdagi barcha solih bandalarni oʻziga qardosh deb qabul qilib, gʻoyat samimiy bir suratda ularni duo qiladi va ularning saodatlari bilan baxtiyor boʻladi va ularga nisbatan ruhida shiddatli aloqa hosil qiladi. Yana, eng katta narsa boʻlgan Arsh va Shamsni itoatkor xodim va oʻzi kabi bir banda, bir yaratilgan borliq deb qabul qiladi.
Yana, ikki shogirdning yuksaklik va ruhlarining kengligini shundan qiyos qilginki: Qur'on oʻz shogirdlarining ruhiga shunday bir kenglik va yuksaklik beradiki, toʻqson toʻqqiz donali tasbehga badal, toʻqson toʻqqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini koʻrsatgan toʻqson toʻqqiz olamlarning zarralarini bittadan tasbeh donalari sifatida shogirdlarining qoʻllariga beradi. "Virdlaringizni mana bu bilan oʻqinglar" deydi. Qur'onning talabalaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (RA) kabi shogirdlari virdlarini oʻqigan vaqtlari tingla, qara! Qoʻllarida zarralar zanjirini, qatralar donalarini, yaratilgan borliqlarning nafaslari bilan sanoq tutishgan, u bilan virdlarini oʻqimoqdalar. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilmoqdalar. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizona tarbiyasini koʻrgin, kichik qaygʻu va kichik gʻam bilan boshi aylanib gangigan va kichik mikrobga magʻlub boʻlgan bu kichik inson, Qur'on tarbiyasi bilan qanchalik yuksaladi. Va shu daraja nozik tuygʻulari kengayadiki, ulkan dunyo mavjudoti virdiga tasbeh boʻlishga qisqalik qiladi. Va Jannatni zikr va virdiga gʻoya boʻlishini oz deb koʻradi, oʻz nafsini Janobi Haqning oddiy maxluqidan katta tutmaydi. Eng yuksak izzat ichida nihoyatda kamtarlikni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.
Xullas, Ovrupaning xasta falsafasining bir koʻzli dahosi xato koʻrgan haqiqatlarini ikki jahonga qaragan, gʻaybni bilgan porloq ikki koʻzi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qoʻli bilan ishora qilgan Qur'onning haq va hidoyat yoʻli aytadiki: "Ey inson! Sening qoʻlingda boʻlgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning sohibi hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Rahiymi Karimdir. U sendagi mulkini sen uchun muxofaza qilish, zoye boʻlmasligi uchun sotib olishni istaydi. Kelajakda senga ulkan haq beradi. Sen vazifador va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. U shunday zotdirki, muhtoj boʻlgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va kuching yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning gʻoyasi, natijasi: oʻsha Molikning asmosiga va shuunotiga mazxar boʻlishdir. Musibat kelgan vaqtda:
de. Ya'ni: "Men sohibimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsang, marhabo, xush kelding! Chunki, albatta, vaqti kelib unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, vaqti kelib bizni hayotning takliflaridan ozod qilar ekan, mayli, ey musibat! O'sha boʻshatilish va o'sha ozod qilish sening qoʻling bilan boʻlsin, roziman! Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba sifatida senga amr qilgan va istagan, faqat senga taslim boʻlishimga izn va rizosi boʻlmasa, menim toqatim yetguncha, ishonchli boʻlmagan narsaga Molikimning omonatini taslim qilmayman!", deydi.
Mingdan bir namuna sifatida, falsafa dahosi va Qur'onning haq va hidoyat yoʻli bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki taraf vaziyatining haqiqati yuqorida bayon qilingan tarzda davom etadi. Lekin hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari farqlidir. Gʻaflatning martabalari xilma-xildir. Hamma har martabada bu haqiqatni toʻligʻicha his qilolmaydi. Chunki gʻaflat hisni sezdirmay qoʻyadi. Va bu zamonda shunday bir darajada hislarni sezdirmay qoʻyganki, bu qiynaydigan alamning ogʻrigʻini ahli madaniyat his qilmaydi. Lekin ilmiy hassosiyatining ziyodalashishi bilan va har kuni oʻttiz ming jasadni koʻrsatgan oʻlimning ogohlantirishlari bilan gʻaflat pardasi yirtilmoqda. Ajnabiylarning togʻutlari bilan va tabiat fanlari bilan zalolatdagilarga va ularni koʻr-koʻrona taqlid qilib ergashganlarga minglab la'nat va afsuslar boʻlsin!
Ey vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan cheksiz zulm va adovatidan soʻng, qaysi aql bilan ularning safohat va botil fikrlariga ishonib ergashyapsiz? Yoʻq! Yoʻq! Buzuq holda taqlid qilganlar ergashish emas, balki ongsiz holda ularning safiga qoʻshilib, oʻzingizni oʻzingiz va qardoshlaringizni qatl qilyapsiz. Ogoh boʻlinglarki, siz axloqsizcha ergashgan sari, hamiyat da'vosida yolgʻonchilik qilasiz!.. Chunki shu suratda ergashishingiz, millatingizga nisbatan kamsitishdir va millatni masxara qilishdir!..
OLTINCHI MULOHAZA: Ey kofirlarning koʻpligidan va ularning ba'zi iymon haqiqatlarini birlashib inkor qilishlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilginki, qiymat va ahamiyat miqdorda va son koʻpligida emas. Chunki inson agar inson boʻlmasa, shaytoniy hayvonga aylanadi. Inson, ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi hayvoniy ehtiroslarda taraqqiy qilgan sari, yanada shiddatli hayvoniyat martabasini egallaydi. Koʻrib turibsan, hayvonot miqdor va son jihatidan behad koʻp, unga nisbatan inson juda oz boʻlsa ham, barcha hayvonot navlari ustidan sulton va xalifa va hokim boʻlgan. Demak, zararli kofirlar va kofirlarning yoʻlida yurgan buzuqlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi fasodchilar boʻlib, Fotiri Hakiym ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Moʻmin bandalariga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni oʻlchov birligi qilib, oxir-oqibat ular loyiq boʻlgan Jahannamga topshiradi.
Kofirlar va ahli zalolatning bitta iymon haqiqatini inkor va rad qilishlarida quvvat yoʻq. Chunki rad qilish bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi birga teng. Masalan, butun Istanbul aholisi Ramazonni aniqlash uchun, Oyni koʻrmadik, deb rad qilsa ham, ikkita shohidning isboti bilan koʻp sonli ommaning rad qilishdagi ittifoqi kuchini yoʻqotadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati rad va inkor, jaholat va yoʻqlik ekan, kofirlarning koʻp sonli ittifoqi ahamiyatsiz. Ahli haqning haq, sobit va sobitligi isbot qilingan iymoniy masalalarda guvohlikka asoslangan ikki moʻminning hukmi, ahli zalolatning cheksiz ittifoqidan ustun boʻladi, gʻalaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shuki: Rad qilganlarning da'volari koʻrinishdan bir ekan, farqlidir. Bir-biri bilan birlasholmaydiki, quvvatga ega boʻlsin. Isbot qiluvchilarning da'volari birlashadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki osmondagi Ramazon hilolini koʻrmagan odam: "Mening nazarimda Oy yoʻq, mening yonimda koʻrinmayapti," deydi. Boshqa birov: "Nazarimda yoʻq", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri oʻz nazarida "yoʻq" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda boʻlgan sabablar ham boshqa-boshqa boʻlgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi, bir-biriga quvvat bermaydi. Lekin isbot qilganlar: "Mening nazarimda va koʻzimda hilol bor", demaydi. Balki "Haqiqatda, koʻk yuzida Hilol bor, koʻrinyapti", deydi. Koʻrganlar hammasi ayni da'voda, "haqiqatda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa boʻlgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi. Haqiqatga koʻra hukm qilolmaydilar. Chunki haqiqatda inkor isbot qilinmaydi. Chunki qamrov lozim. Usulda shunday qoida bor:
Ha, bir narsani dunyoda bor desang, faqatgina oʻsha narsani koʻrsatish kifoya boʻladi. Agar yoʻq deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan oʻtkazib koʻrsatish kerak boʻladiki, oʻsha inkor isbot qilinsin.
Bu sirga binoan, ahli kufrning bir haqiqatni inkor qilishi, bir masalani hal qilish yoxud tor bir tuynukdan oʻtish yoki bir xandakdan sakrash misoli oʻxshaydi, ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi boʻlolmaydi. Lekin isbot qilganlar haqiqati holga xushyor qaraganlari uchun, iddaolari birlashadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Bu, katta toshning koʻtarilishiga oʻxshaydi, qanchalik koʻp qoʻl ushlasa, koʻtarilishi shuncha osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.
YETTINCHI MULOHAZA: Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq qilgan va ajnabiylarning san'at va taraqqiyotiga zoʻrlab yoʻllagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bogʻlangan aloqalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, koʻr-koʻrona toʻqmoqlarning ostida ba'zilarning aloqalari dindan uzilsa, oʻsha vaqt ijtimoiy hayotda bir oʻldiruvchi zahar hukmida oʻsha dinsizlar zarar yetkazadilar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, ijtimoiy hayotga zahar boʻladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning yashash haqqi yoʻq. Kofir agar zimmiy boʻlsa yoki musolaha qilsa, yashash haqqi bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Yana, Hanafiy mazhabida ahli zimmadan boʻlgan bir kofirning guvohligi maqbuldir. Lekin fosiqning guvohligi qabul qilinmaydi, chunki xoindir.
Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va shaxsan oʻzi talab qilib kirmagan, balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yoʻqki, solih boʻlishni orzu qilmasin va amirini va raisini dindor boʻlishini istamasin. Faqat, Alloh saqlasin, murtadlik bilan vijdoni buzilib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan boʻlmasa bas.
Ey devona bosh va buzuq qalb! "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar yoxud oʻylamaydilarki, faqir holga tushganlar... va ogohlantirishga muhtojdirlar, toki dunyodan hissalarini unutmasinlar", deb oʻylaysanmi? Fikring yanglish, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqir holga tushmoqdalar. Chunki moʻminda hirs, zarar va qashshoqlik sababidir. اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga oʻtgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yoʻnaltirgan sabablar koʻp. Boshda nafs va havosi va ehtiyoj va hislari va tuygʻulari va shaytoni va dunyoning yuzaki totliligi va sen kabi yomon doʻstlari kabi koʻp da'vatchilari bor. Holbuki boqiy boʻlgan oxiratga va uzun abadiy hayotga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga nisbatan hamiyat boʻlsa va oliyhimmatlikdan ogʻiz koʻpirtirishing yolgʻon boʻlmasa, boqiy hayotga yordam bergan ozchilikka yordam berish lozim boʻladi. Boʻlmasa, oʻsha ozchilik da'vatchilarning ovozini oʻchirib, koʻpchilikka yordam bersang, shaytonga oshna boʻlasan.
Nahotki, bu millatning faqir holi, dindan kelgan zuhd va dunyoni tark qilishdan kelgan tanballikdan kelib chiqmoqda, deb oʻylaysan. Bu fikring xato. Ajabo koʻrmayapsanmiki, Xitoy va Hindistondagi majusiy va brahmanlar va Afrikadagi qora tanlilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi ostiga kirgan millatlar bizdanda faqirlar. Yana, zaruriy ozuqadan boshqa narsa musulmonlarning qoʻlida qoldirilmaganini koʻrmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari hiylalari bilan yo oʻgʻirlamoqda yoki tortib olmoqda.
Sizning majburan ahli iymonni mimsiz madaniyatga yoʻllashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyishtalik va xavfsizlik va oson idora qilish boʻlsa, qat'iyan bilingki, xato qilyapsiz, yanglish yoʻlga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuzta fosiqning idorasi va ular ichida osoyishtalikning ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda qiyindir. Bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yoʻllanishga va tashviq qilinishga muhtoj emas! Taraqqiyot va osoyishtaliklar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki ishlarining tartiblanishiga va oʻrtalaridagi ishonchning ta'sisiga va oʻzaro yordamlashish dasturining osonlashtirilishiga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj esa, dinning muqaddas amrlari bilan va taqvo va salobati diniya bilan boʻladi.
SAKKIZINCHI MULOHAZA: Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:
Janobi Haq mukammal karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida joylashtirgan. Amalning ajrini amalning ichiga qoʻygan. Shu sir sababli, yaratilgan borliqlar, hatto bir nuqtai nazarga koʻra jonsizlar ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida mukammal shavq bilan va oʻziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga boʻyin egadilar. Aridan, pashshadan, tovuqdan tortib to Shams va Qamarga qadar hamma narsa mukammal lazzat bilan vazifalarini bajarmoqdalar. Demak, xizmatlarida lazzat borki, aqllari boʻlmaganidan, oqibatni va natijalarni oʻylamasdan, mukammal vazifalarini ado qilmoqdalar.
Agar: "Jonzotlar lazzatlanishi mumkin. Jonsizlarda qanday shavq va lazzat boʻlishi mumkin?", desang.
Javob: Jonsizlar oʻzlari uchun emas, ularda namoyon boʻlgan Allohning ismlari hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir goʻzallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. Oʻsha fitriy vazifalarini bajarishda Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan aks yeri, bittadan oyna hukmiga boʻlgani uchun nurlanadi, taraqqiy etadi.
Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi aslini olganda ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, toza qalbi bilan Quyoshga yuzini oʻgirsa, oʻsha ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi boʻlib sening yuzingga ham tabassum qiladi.
Xullas, bu misol kabi, zarralar va yaratilgan borliqlar mutlaq jamol va mutlaq kamol sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna boʻlishlari bilan, oʻsha qatra va zarracha shisha kabi gʻoyat past darajadan gʻoyat yuksak koʻrinish va nurlanish darajasiga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan gʻoyat nuroniy va yuksak bir maqom olishadi va lazzatlanish mumkin va imkoni boʻlsa, ya'ni umumiy hayotdan hissador boʻlsalar, lazzat bilan oʻsha vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.
Vazifada lazzat boʻlganiga eng yaqqol bir dalil, sen oʻz a'zo va tuygʻularingning xizmatlariga qara. Har birining oʻzining va turining davomi uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Xizmatning oʻzi ularga lazzatlanish hukmiga oʻtadi. Hatto xizmatni tark qilish oʻsha a'zoning bir navi azobidir.
Ham eng yaqqol bir dalil ham, xoʻroz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida koʻrsatgan fidokorona va mardona vaziyatlari shunday: xoʻroz och boʻlgani holda, tovuqlarni nafsidan ustun qoʻyib, topgan rizqiga ularni chaqiradi. Yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va faxrlanish va lazzatlanish bilan oʻsha vazifani bajargani koʻrinadi. Demak, oʻsha xizmatda yeyishdan ortiq lazzat oladi.
Ham jajji bolalariga choʻponlik qilgan tovuq ham bolalarini deb ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. Oʻzini och qoldirib ularni toʻydiradi. Demak, oʻsha xizmatdan shunday bir lazzat oladiki, ochlik iztirobidan va oʻlish alamidan ustun keladi, ziyoda boʻladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari boʻlgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulgʻaygandan soʻng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini choʻqib, u dondan mahrum qiladi. Faqat inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda zaiflik va ojizlik e'tibori bilan doimo bir navi bolalik bor. Har doim shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning (xoʻroz kabi) choʻponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaki: bular oʻzlari uchun va oʻz nomlaridan, oʻz kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotlarini vazifada, lozim boʻlsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni oʻsha vazifa bilan vazifalantirgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat joylashtirgan Mun'imi Karimning hisobiga va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.
Ham, xizmatning oʻzida mukofot boʻlganiga bir dalil ham shuki: Oʻsimlik va daraxtlar bir shavq va lazzatni sezdirgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga boʻyin egadilar. Chunki taratgan xushboʻy hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va boshoqlari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar oʻzlarini fido qilishlari ahli diqqatga koʻrsatadiki: Ular amri Ilohiyni bajarishdan shunday lazzat oladilarki, nafsini mahv qilib chiritadi.
Qara, boshida koʻplab sut konservalarini tashigan Hindiston yongʻogʻi va anjir kabi mevador daraxtlar rahmat xazinasidan hol tili bilan sut kabi eng goʻzal bir ozuqani istaydi, oladi, mevalariga yediradi. Oʻzi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi. Oʻzi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.
Hatto donli ekinlarda ham unib chiqish vazifasida yaqqol bir ishtiyoq koʻrinadi. Bamisoli tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir boʻstonga, keng joyga chiqishni ishtiyoq bilan istaydi. Xuddi shuning kabi, donli ekinlarda unib chiqish vazifasida shunday sevinchli bir vaziyat, bir ishtiyoq koʻrinadi. Demak, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon qilgan bu sirli uzun dastur asosida, ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat toʻshagida yotganlarning koʻpi mehnat qilgan, ishlaganlardan koʻra koʻproq zahmat va mashaqqat chekadi.
Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi, vaqtichogʻlik bilan tez oʻtishini istaydi. Mehnat qilgan va ishlagan esa shukr qiladi, hamd aytadi, umrning oʻtishini istamaydi.
umumiy dasturdir. Yana oʻsha sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal boʻlgandir. Ha, jonsiz borliqlarga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva faqat iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib rivojlanmaganlarning, qattiq gʻayrat va mehnat bilan kengayib bilquvvadan bilfe'l xarakatga oʻtishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat koʻrinadi. Va oʻsha holat ishora qiladiki, oʻsha fitriy vazifada bir shavq va oʻsha masalada bir lazzat bor. Agar oʻsha jonsizning umumiy hayotdan hissasi boʻlsa, shavq oʻziniki boʻladi. Boʻlmasa oʻsha jonsizni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan, latif, nozik suv muzlash amrini olgan vaqti shunday shiddatli bir shavq bilan oʻsha amrga boʻysunadiki, temirni yoradi, parchalaydi, deyish mumkin. Demak, sovuqlik va noldan past sovuqning tili bilan ogʻzi berk temir idishdagi suvga "kengay!" amri Rabboniysini yetkazganda, shiddatli shavq bilan idishini parchalaydi, temirni yorib tashlaydi, oʻzi muzga aylanadi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilki, quyoshlarning aylanishidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi kezishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi barcha sa'y-harakatlar qonuni qadari Ilohiy ustida jarayon qiladi. Va dasti qudrati Ilohiy dan chiqqan va iroda va amr va ilmni ichiga olgan amri takviniy bilan koʻrinadi. Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir jonzot bir nafar askarga oʻxshaydiki, qoʻshinda har xil doiralarda oʻsha askarning boshqa-boshqa munosabatlari, vazifalari boʻlganidek, har bir zarra, har bir jonzotniki ham shunday. Masalan, sening koʻzingdagi bitta zarraning koʻzning hujayrasida va koʻzda va yuzdagi nervlarda va badanning arteriya deb atalgan tomirlarida bittadan munosabati va oʻsha munosabatga koʻra bittadan vazifasi va oʻsha vazifaga koʻra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani shunga qiyos qil. Bunga binoan, har bir narsa bir Qodiyri Azaliyning vujubi vujudiga ikki tomonlama shahodat qiladi:
Biri: Quvvatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi mutlaq ojizlik tili bilan Qodirning mavjudligiga guvohlik qiladi.
Ikkinchisi: Har bir narsa olamning nizomini tashkil qilgan dasturlarga va mavjudotning muvozanatini davom ettirgan qonunlarga uygʻun harakat qilish bilan, oʻsha Aliymi Qodiyrga guvohlik qiladi.
Chunki zarra kabi bir jonsiz, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari boʻlgan nizom va mezonni bilmaydi. Jonsiz bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda-yu, samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib toʻplagan Zoti Zuljalolning qoʻlidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini oʻqish qayoqda?
Agar sen telbalik qilib, zarrada oʻsha kitobning nozik harflarini oʻqiy oladigan bir koʻz bor deb hisoblasang, oʻsha zarraning guvohligini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakiym Kitobi Mubinning dasturlarini gʻoyat goʻzal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda xulosalab joylashtiradi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlariga bilmagan holda boʻysunadi. Masalan: Xartumli chivin dunyoga kelgan daqiqada inidan chiqadi, toʻxtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassasini sanchib, obi hayotni chiqarib, ichadi. Hujumdan qochishda harb qonunlari kabi mahorat koʻrsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu jang san'atini va suv chiqarish san'atini kim oʻrgatgan va u qayerda oʻrgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof qilamanki: Agar men oʻsha xartumli chivinning oʻrnida boʻlsaydim, bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va koʻplab tajribalar bilan zoʻrgʻa oʻrgana olardim.
Xullas, ilhomga sazovor boʻlgan ari, oʻrgimchak va uyasini paypoq kabi qilgan bulbul kabi hayvonotni shu chivinga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har bir jonzotning qoʻliga lazzat va ehtiyoj siyohi bilan yozilgan xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini omonat qilib bergan. Hakimi Zuljalolning qanday qilib Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozganiga, arining boshidagi sandiqchaga qoʻyganiga qara. Oʻsha sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini oʻqiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi. وَ اَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ oyatining sirrini izhor qiladi.
Agar bu Sakkizinchi Mulohazani batamom eshitgan va toʻliq anglagan boʻlsang, bir hadsi iymoniy bilan
ning bir sirrini,
ning bir haqiqatini,
ning bir dasturini,
ning bir nuktasini anglaysan.
TOʻQQIZINCHI MULOHAZA: Bilginki, bashariyatda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning xulosasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, pok va xolis husndir. Modomiki bu olamda porloq husn, keng va yuksak fayz, zohir haq, yuksak kamol koʻrinmoqda. Baralla aytish mumkinki, haq va haqiqat nubuvvat ichidadir va nabiylar qoʻlidadir. Zalolat, yomonlik va zarar, uning muxolifidadir.
Ubudiyatning minglab goʻzalliklaridan bittasiga qara, Nabiy alayhissalom, ubudiyat jihatidan muvahhidiynning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida birlashtiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Inson Ma'budi Azaliyning xitobining azamatiga cheksiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan javob qaytaradi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga suyanib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyati qarshisida ubudiyat koʻrsatadiki, goʻyo Yer kurrasi oʻzi oʻsha zikrni aytmoqda, oʻsha duoni qilmoqda va har tomonlama namoz oʻqimoqda va Yer kurrasi atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil boʻlgan اَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ amrini bajarmoqda. Bu ittihod sirri bilan, koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik borliq boʻlgan inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir bandasi va Yerning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va koinot yaratilishining natijasi va gʻoyasi boʻladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami gʻaybda birlashganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan birlashib jamlansa, Yer kurrasi butunlay ulkan bir inson boʻlib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"iga teng kelganidan, oʻsha muvahhidiynning birlashishi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, Yer kurrasining katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga oʻtadi. Goʻyo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga sazovor boʻlib, har taraf va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi boʻlgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka ogʻzi bilan, Arofot togʻining tili bilan "Allohu Akbar" deb, bir kalima Yerning atrofidagi barcha moʻminlarning gʻor-misol ogʻizlaridagi havoda aks qiladi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan cheksiz "Allohu Akbar" sodir boʻlgani kabi, oʻsha maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzax olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, bu Yerni bunday oʻziga sojid va obid va bandalariga masjid va borliqlariga beshik va oʻziga tasbeh va takbir aytuvchi qilgan Zoti Zuljalolga yerning zarralari sanogʻicha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti sanogʻicha hamd aytamizki, bizga bu xil ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomiga ummat aylagan.
OʻNINCHI MULOHAZA: Bil ey gʻofil, chalkashgan Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash hamda oyatlar va shohidlarning oynalarida jilvalarini koʻrish hamda hujjatlar va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilmoq taqozo qiladiki, sening ustingdan oʻtgan, qalbingga kelgan va aqlingga koʻringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va shubha qoʻli bilan tanqid qilma! Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qoʻlingni uzatma. Balki gʻaflat sabablaridan oʻzingni tort, ularga yuzlan, toʻxta. Chunki men mushohada qildimki, ma'rifatullohning shohidlari, hujjatlari uch xildir:
Bir qismi suv kabidir. Koʻrinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayollardan voz kechib, butunlay unga shoʻngʻimoq kerak. Tanqid barmoqlari bilan yashirincha qidirilmaydi, qidirilsa oqib ketadi, qochadi. U obi hayot barmoqlarni makon sifatida qabul qilmaydi.
Ikkinchi qism havo kabidir. His qilinadi, faqat na koʻrinadi, na tutiladi. Unga sen yuzing, ogʻzing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarata yuzlan, oʻzingni uygʻun tut, tanqid qoʻlini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan nafas ol. Shubha qoʻli bilan qarasang, tanqid bilan qoʻl uzatsang, u ketib qoladi. Sening qoʻlingni maskan oʻlaroq qabul qilmaydi, unga rozi boʻlmaydi.
Uchinchi qism esa nur kabidir. Koʻrinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning koʻzi bilan, ruhingning nazari bilan oʻzingni unga muqobil tut va koʻzingni unga tik, kut. Balki oʻzidan-oʻzi keladi. Chunki nur qoʻl bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ovlanmaydi, balki u nur faqatgina basirat nuri bilan ovlanadi. Agar hirsli va moddiy qoʻlingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, soʻnmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi boʻlmagani kabi, qayd ostiga ham kirolmaydi, nursiz moddani oʻziga xo'jayin va sayyid deb qabul qilmaydi.
OʻN BIRINCHI MULOHAZA: Bilki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ifodasida koʻp shafqat va marhamat bor. Chunki xitob qilinganlarning aksariyati, avom toifasidir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham nozik narsalarni koʻrmaganidan, ularning firklarining soddaligini erkalash uchun takror bilan samovot va yerning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan oʻqittiradi. Masalan: samovot va yerning yaratilishi va samodan yomgʻirning yogʻdirilishi va yerning tirilishi kabi yaqqol oʻqilgan va koʻringan oyatlarni dars beradi. U katta harflar ichida kichik harflar bilan yozilgan mayin oyatlarga nazarni kamdan-kam oʻgiradi, toki zahmat chekmasinlar. Yana, Qur'on uslubida shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki, goʻyo Qur'on bir hofizdir, qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyatlarni oʻqiydi. Goʻyo Qur'on koinot kitobining qiroati va nizomlarining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini oʻqiydi va fe'llarini yozadi. Bu bayondagi jazolatni koʻrishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Amma Surasi va قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ oyatlari kabi farmonlarni tingla!
OʻN IKKINCHI MULOHAZA: Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan doʻstlarim! Bilib qoʻyingki, men odatga xilof ravishda, yashirish lozim boʻlgan Rabbimga qaratilgan qalbimning yolvorish va niyoz va baʻzan munojotini yozganimning sababi: oʻlim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning gapirishining qabulini rahmati Ilohiyadan tilashdir. Ha, qisqa bir umrda, cheksiz gunohlarimga kafforat boʻladigan, vaqtinchalik tilimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy kitobning tili ziyodaroq u ishga yaraydi. Xullas, oʻn uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan oʻn uch yil avval.} avval, tashvishli ruhiy toʻfon natijasida, Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yigʻlashlariga aylangan hangomda, yoshlikning gʻaflat uyqusidan keksalik tongida uygʻongan onimda, shu munojot va niyoz arabcha yozilgan. Bir qismining turkcha ma'nosi shuki:
Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye boʻlib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qoʻlimda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu ogʻir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Ochiqchasiga koʻra, gʻoyat tezlik bilan, oʻngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda, vafot qilgan doʻstlarim va tengdoshlarim va qarindoshlarim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. Qabr bu foniy dunyodan abadiy firoq bilan abad-ul obod yoʻlida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bogʻlanganim va men maftun boʻlgan bu dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki: halok boʻlgan, ketadi va foniydir, oʻladi. Va koʻrilgani kabi ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan toʻp-toʻp boʻlib koʻchib ketib gʻoyib boʻladi. Xususan, men kabi nafsi ammosi borlarga shu dunyo juda gʻaddordir, makkordir. Bitta lazzat bersa, mingta alam taqadi, chektiradi. Bitta uzum yedirsa, yuzta tarsaki uradi.
Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan men hozirdan koʻryapmanki: Yaqin zamonda kafanimni kiydim, tobutimga mindim, doʻstlarim bilan vidolashdim. Qabrimga yuzlanib ketarkan, sening dargohi rahmatingda jasadimning hol tili bilan, ruhimning soʻzlash tili bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, boʻynimga kafanimni oʻrab, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida toʻxtadim.
Boshimni dargohi rahmatingga koʻtarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning ogʻir yuklaridan xalos ayla!" Mana, qabrimga kirdim, kafanimga oʻrandim. Koʻtarib kelganlar meni tashlab ketdilar. Sening afvu rahmatingga intizorman. Va ochiq-oydin koʻrdimki, sendan boshqa boshpana va najot yeri yoʻq. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido qilib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning birodarligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ey Allohim! Sening rahmating boshpanamdir va Rahmatan lil-Olamiyn boʻlgan Habibing sening rahmatingga yetishmoq uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Kariymim va ey Rabbi Rahiymim! Sening Said ismli ijoding va san'atli asaring va bandang ham osiy, ham ojiz, ham gʻofil, ham johil, ham kasal, ham zalil, ham yaramas, ham keksa, ham gunohkor, ham xoʻjayinidan qochgan bir qul boʻlgani holda, qirq yildan soʻng nadomat qilib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Cheksiz gunoh va xatolarini e'tirof qiladi. Vahimalar va turli-tuman kasalliklar bilan mubtalo boʻlgan. Senga yolvoradi va yalinadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, magʻfirat aylab rahmatingga olsang, zotan bunday qilish Sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, Sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boray? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rab yoʻqki, dargohiga borilsa. Sendan boshqa haq Ma'bud yoʻqki, unga iltijo qilinsa!
OʻN UCHINCHI MULOHAZA: Chalkashishga sabab boʻlgan besh masaladir.
Birinchisi: Tariqi haqda xizmat qilgan va kurashganlar, faqat oʻz vazifalarini oʻylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani oʻylab, harakatlarini oʻshanga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud din vad dunyo" risolasida keladiki: Bir vaqt shayton Hazrati Iso alayhissalomga e'tiroz bildirib: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan, sen oʻzingni shu yuksak joydan tashla, qanday oʻlishingni koʻr", deydi. Hazrati Iso alayhissalom deganlarki:
Ya'ni: "Janobi Haq bandasini imtihon qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, koʻraychi seni, qila olasanmi?", deya imtihon qiladi. Lekin bandaning, Janobi Haqni imtihon qilishga haqqi yoʻq va: "Men bunday qilsam, sen bunday qilasanmi?" deyishga haddi yoʻq. Imtihon qiladigan bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga nisbatan imtihon tarzi adabsizlikdir, ubudiyatga ziddir."
Modomiki haqiqat bu ekan, inson oʻz vazifasini qilib, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmasligi kerak.
Mashhurdirki: Bir vaqt Islom qahramonlaridan va Chingizxonning qoʻshinini koʻplab marta magʻlub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vazirlari va qoʻl ostidagilari unga: "Sen muzaffar boʻlasan, Janobi Haq seni gʻolib qiladi", deganlar. U: "Men Allohning amri bilan, jihod yoʻlida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmayman, muzaffar qilish yoki magʻlub qilish uning vazifasidir", degan. U zot ushbu taslimiyat sirrini tushunishi bilan, gʻaroyib bir suratda koʻp marta muzaffar boʻlgan.
Ha, insonning qoʻlidagi juz'i ixtiyoriy bilan qilgan ishlarida Janobi Haqqa oid natijalarni oʻylamasligi kerak. Masalan, insonlarning Risola-i Nurga qoʻshilishlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, gʻayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning ma'naviy kuchlari sinadi, shavqlari bir daraja soʻnadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ boʻlgan farmoni Ilohiyni oʻzlariga mutlaq rahbar qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu gʻayrat va jiddiylik bilan tabligʻ qilganlar. Chunki
sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.
Shunday ekan, ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid boʻlmagan vazifaga harakatlaringizni bino qilish bilan aralashmanglar va Xoliqingizga nisbatan tajriba vaziyatini olmanglar!
Ikkinchi Masala: Ubudiyat amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi. Ubudiyatning sababi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir. Samaralari va foydalari uxraviydir. Lekin asl gʻoya boʻlmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va oʻz-oʻzidan kelib chiqqan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga zid boʻlmaydi. Balki zaiflar uchun ragʻbatlantiruvchi va ustun qoʻyuvchi sabab hukmiga oʻtadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar oʻsha ubudiyatga, virdga yoki zikrga illat yoki illatning bir qismi boʻlsa, oʻsha ubudiyatni qisman yoʻqotadi.
Balki oʻsha xosiyatli virdni befoyda qilib qoʻyadi, natija bermaydi. Bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi boʻlgan Shohi Naqshbandiyning "Avrodi Qudsiya"sini yoki ming xosiyati boʻlgan Javshan-ul Kabirni, oʻsha foydalarning ba'zilarini aynan maqsad qilib niyat qilib oʻqiydilar. U foydalarni koʻrolmaydilar va koʻrmaydilar va koʻrishga ham haqlari yoʻq. Chunki u foydalar oʻsha virdlarning illati boʻlolmaydi va shundan ular qasddan va aynan oʻzi istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda oʻsha xolis virddan soʻralmasdan hosil boʻladi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymati yoʻqoladi. Faqat shu narsa borki, bunday xosiyatli virdlarni oʻqish uchun zaif insonlar bir ragʻbatlantiruvchi va ustun qoʻyuvchi sababga muhtojdirlar. Oʻsha foydalarni oʻylab, shavqqa kelib virdlarni faqat rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun oʻqisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun koʻpchilik qutblardan va salafi solihiyndan naql qilingan foydalarni koʻrmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.
Ya'ni, "Oʻzini bilib haddidan oshmagan kishi qanday ham baxtlidir". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har biri qobiliyatiga koʻra quyoshning aksini, misolini koʻrsatadi va haddini biladi. Bir qatra suv oʻz qobiliyatiga koʻra "Quyoshning aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Alloh ismlari jilvalarining xilma-xilligiga koʻra, avliyolarning maqomlarida shunday martabalar bor. Alloh ismlarining har birining quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi boʻlgan ojizlik va faqirlik va kamchilik va nuqsonini bilish va yolvorish bilan dargohi uluhiyat qarshisida sajda qilishga badal, noz va faxr yoʻlini tutganlar zarradek qalbini Arshga teng tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomlari bilan chalkashtiradi. Oʻzini oʻsha buyuk maqomlarga mos tutish va oʻsha maqomda oʻzini muhofaza qilish uchun soxta, sun'iy, majburiy xatti-harakatlarga, ma'nosiz manmanlikka va bir qancha qiyinchiliklarga tushadi.
Hosili kalom: Hadisda borki:
Ya'ni: Najot topish va xalos boʻlishning sababi, faqat ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal, botmonlab xolis boʻlmagan amallardan afzaldir. Ixlosni qozontirgan harakatlar sababi, faqat bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini tushunishi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlosli bir zarrasi, botmonlab rasmiy va ajrli muhabbatdan ustun keladi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni shunday ifodalagan:
Ya'ni: "Men muhabbat evaziga pora, ajr, javob, mukofot istamayman. Chunki evaziga mukofot, savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat inson tabiatida va barcha volidalarda bor. Xullas, bu xolis muhabbatga tom ma'nosi bilan volidalarning shafqatlari sazovordir. Volidalar oʻsha shafqat sirri bilan, bolalariga boʻlgan muhabbatlariga mukofot, pora istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki uxraviy saodatini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi oʻz hayoti ekan, bolasini itning ogʻzidan qutqarish uchun -Xusravning mushohadasi bilan - itning ogʻziga tashlanadi.
Toʻrtinchi Masala: Zohiriy sabablar qoʻli bilan kelgan ne'matlarni oʻsha sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar oʻsha sabab ixtiyor sohibi boʻlmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- toʻgʻridan-toʻgʻri Janobi Haq nomidan beradi. Modomiki u hol tili bilan "Bismilloh" deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan "Bismilloh" de, ol! Agar oʻsha sabab ixtiyor sohibi boʻlsa, u "Bismilloh" deyishi kerak, soʻngra undan ol, boʻlmasa olma. Chunki
oyatining ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy bir ma'nosi shuki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemanglar!" deganidir. Bergan ham "Bismilloh" deyishi kerak, olgan ham "Bismilloh" deyishi kerak. Agar u "Bismilloh" demasa, sen olishga muhtoj boʻlsang, sen "Bismilloh" de, uning qoʻli ustida rahmati Ilohiyaning qoʻlini koʻr, shukr bilan oʻp, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni oʻyla. Bu oʻylashing bir shukrdir. Soʻngra oʻsha zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki oʻsha ne'mat uning qoʻli bilan sizga yuborildi.
Zohiriy sabablarni ibodat qilish darajasida sevganlarni aldagan, ikki narsaning barobar kelishi yoki boʻlishi, "iqtiron" deb ataladi, buni bir-biriga illat deb oʻylashlaridir. Hamda bir narsaning boʻlmasligi, bir ne'matning yoʻq boʻlishiga illat boʻlgani uchun, oʻsha narsaning borligi ham u ne'matning bor boʻlishiga illat deb oʻylaydi. Shukrini, minnatdorligini oʻsha narsaga beradi, xato qiladi. Chunki bir ne'matning bor boʻlishi, oʻsha ne'matning barcha muqaddimalaridan va sharoitidan hosil boʻladi. Holbuki oʻsha ne'matning yoʻq boʻlishi, birgina shartning yoʻq boʻlishi bilan boʻladi. Masalan: Bir bogʻni sugʻoradigan odam ariqning ogʻzini ochmasa, oʻsha bogʻning qurishiga va oʻsha ne'matlarning yoʻq boʻlishiga sabab va illat boʻladi. Lekin oʻsha bogʻdagi ne'matlarning bor boʻlishi, oʻsha odamning xizmatidan tashqari yuzlab sharoitning bor boʻlishiga bogʻliq boʻlish bilan barobar, illati haqiqiy boʻlgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Bu safsataning xatosi naqadar zohir boʻlganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!
Ha, iqtiron boshqa, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi. Lekin bir insonning senga qaratilgan ehson niyati oʻsha ne'matga yaqinlashgan, lekin illat boʻlmagan. Illat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, oʻsha ne'mat senga kelmasdi. Ne'matning yoʻq boʻlishiga illat boʻlardi. Lekin mazkur qoidaga binoan, u ehson mayli oʻsha ne'matga illat boʻlolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti boʻla oladi. Masalan, Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga sazovor ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan chalkashtirib, Ustoziga ortiqcha minnatdorlik koʻrsatishar edi. Holbuki, Janobi Haq ularga Qur'on darsida bergan foydalanish ne'mati bilan, Ustozlariga ehson qilgan ifoda qilish ne'matini barobar qilgan, bir-biriga yaqinlashtirgan. Ular: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Uning ifodasi, foydalanishimizga illatdir.", deydilar. Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan chalkashtirib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga koʻp minnatdorlik his qilardim. Va derdimki: Bular boʻlmasaydi, men kabi yaxshi yozishni bilmaydigan bir bechora qanday xizmat qilardi? Soʻngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan boʻlgan qudsiy ne'matdan soʻngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson qilgan. Bir-biriga iqtiron qilgan, bir-birining illati boʻlolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar."
Bu toʻrtinchi masalada gʻaflatning qanchalab darajalari boʻlgani anglashiladi.
Beshinchi Masala: Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm boʻladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam qoʻlga kiritsa, zulm qiladi. Xuddi shuning kabi, jamoatning mehnati bilan hosil boʻlgan natijani yoki jamoatning xayrli ishlari bilan hosil boʻlgan sharafni, fazilatni oʻsha jamoatning raisiga yoki ustoziga berish ham jamoatga, hamda oʻsha ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki manmanlikni koʻpirtiradi, gʻururga boshlaydi. Darvozabon ekan, oʻzini podshoh deb tasavvur qildiradi. Oʻz nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi yashirin shirkka yoʻl ochadi. Ha, bir qal'ani fath qilgan qoʻshinning oʻljasini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshidni masdar va manba deb oʻylamaslik kerak. Balki sazovor va aks yeri boʻlganlarini bilish lozim.
Masalan: Issiqlik va yorugʻlik senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga minnatdor boʻlishga badal, oynani masdar deb oʻylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor boʻlishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki noil boʻlgan. Murshidning ruhi va qalbi oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzning aks etgan joyi boʻladi, muridiga aks qilinishiga ham vasila boʻladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan shunday boʻladiki, masdar deb oʻylangan ustoz mazhar ham emas, masdar ham emas. Balki muridining ixlosining sofligi bilan va aloqasining quvvati bilan va unga diqqatini jamlash bilan o'sha murid boshqa yoʻlda olgan fayzlarini ustozining ruh oynasidan kelgan deb koʻradi. Qandayki ba'zan odamlar gipnoz vositasida bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga xayolida deraza ochiladi. Oʻsha oynadan koʻp gʻaroyiblarni mushohada qiladi. Holbuki oynada emas, balki oynaga boʻlgan diqqatli nazar vositasi bilan oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini koʻradi. Shuning uchun, ba'zan noqis shayxning xolis muridi shayxidan ham komil boʻlishi mumkin va qaytadi, shayxini irshod qiladi va shayxining shayxi boʻladi.
OʻN TOʻRTINCHI MULOHAZA: Tavhidga doir toʻrt kichik ramzdir.
Birinchi Ramz: Ey sababparast inson! Ajabo, gʻaroyib gavharlardan qurilgan ajoyib bir qasrni koʻrsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf qilingan gavharlarning bir qismi faqat Xitoyda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilishi paytida oʻsha kuni sharq, shimol, gʻarb, janubdan oʻsha gavharli toshlar osonlik bilan jalb boʻlib qurilganini koʻrsang, oʻsha qasrni qurgan usta butun Yer kurrasiga hukm qilgan bir hokimi moʻ'jizakor boʻlganiga hech shubhang qoladimi?
Har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson oʻsha qasrlarning eng goʻzali va oʻsha saroylarning eng ajoyibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning gavharlari bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, unsurlar olamidan kelgani kabi, ehtiyojlari abadga uzangan, orzulari samovot va Yerning har tarafida yoyilgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat davrlarida tarqalgan ajoyib bir saroy va gʻaroyib bir qasrdir.
Xullas, ey oʻzini inson deb oʻylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan. Seni yaratgan faqat oʻsha Zot boʻlishi mumkinki, dunyo va oxirat bittadan manzil, Yer va samo bittadan sahifa, azal va abad kechagi va ertangi kun hukmida boʻlib tasarruf qilgan zot boʻlishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va panohgohi va xaloskori shunday Zot boʻlishi mumkinki, Yer va samoga hukm qiladi, dunyo va oxirat tizginlariga sohibdir.
Ikkinchi Ramz: Ba'zi ahmoqlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni koʻrsa, oynani sevishni boshlaydi. Shiddatli his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yoʻqolmasin. Qachonki oʻsha ahmoq, quyosh oynaning oʻlishi bilan oʻlmasligini va sinishi bilan yoʻq boʻlib ketmasligini idrok qilsa, butun muhabbatini koʻkdagi quyoshga qaratadi. Oʻshanda anglaydiki, oynada koʻringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga bogʻliq emas.. balki quyosh u oynani oʻsha tarzda tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning jonli porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.
Ey inson! Sening qalbing va shaxsiyat va mohiyating bir oynadir. Sening tabiatingda va qalbingda boʻlgan shiddatli baqo muhabbati u oyna uchun emas va o'sha qalbing va mohiyating uchun emas.. balki u oynada iste'dodga koʻra jilvasi boʻlgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga muhabbatingni, ahmoqlik sababli boshqa tarafga qaratgan. Modomiki shunday ekan. "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va boqiysan, fano va yoʻqlik bizga nima xohlasa qilsin, ahamiyati yoʻq!..
Uchinchi Ramz: Ey inson! Fotiri Hakiym sening mohiyatingga qoʻygan eng gʻaroyib holat shuki: Ba'zan dunyoga sigʻmay qolasan. Zindonda boʻgʻilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan ham keng joy istasangda, zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga sigʻmagan qalb va fikring oʻsha zarrachaga sigʻadi. Eng qattiq hissiyoting bilan oʻsha daqiqacha, oʻsha xotirachada kezib yurasan.
Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozlar va nozik tuygʻular berganki, ba'zilari dunyoni yutsa, toʻymaydi. Ba'zilar bir zarrani oʻzida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni koʻtargani holda, koʻz bir sochni koʻtarolmagani kabi, oʻsha nozik tuygʻu bir soch qadar ogʻirlikka, ya'ni gʻaflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan soʻnadi va oʻladi. Modomiki shunday ekan, ehtiyot boʻl, diqqat bilan bos, botishdan qoʻrq. Bir luqma, bir kalima, bir urugʻ, bir shu'la, bir ishorada, bir oʻpishda botma! Dunyoni yutgan buyuk tuygʻularingni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik shisha parchasida falak yulduzlari bilan birga ichiga kirib gʻarq boʻladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening amal va umr sahifalaringning aksariyati va koʻpchiligi ichiga kirgani kabi, koʻp juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta narsalarni bir jihatda yutadi, ichiga oladi.
Toʻrtinchi Ramz: Ey dunyoparast inson! Juda keng tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Lekin oʻsha tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan boʻlgani uchun, bir-biri ichida aks etib, koʻz koʻra olgan darajagacha kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng koʻrinadi.
Chunki oʻsha dunyoning oʻng tomondagi devori boʻlgan oʻtgan zamon va chap tomondagi devori boʻlgan kelasi zamon, ikkalasi yoʻq va mavjud boʻlmaganlari holda, bir-biri ichida aks etib gʻoyat qisqa va tor boʻlgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, yoʻq dunyoni mavjud deb oʻylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakat bilan bir tekislik kabi keng koʻrinarkan, vujudning asli ingichka bir chiziq boʻlgani kabi, sening ham dunyoing haqiqat jihatidan tor, faqat sening gʻaflat va vahima va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. Oʻsha tor dunyoda bir musibatning qoʻzgʻatishi bilan qimirlasang, boshingni sen juda uzoq deb oʻylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. Oʻshanda koʻrasanki, keng dunyoing qabrdanda tor, koʻprikdanda ensiz. Vaqting va umring chaqmoqdanda tez oʻtadi, hayoting soydanda tez oqadi.
Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy borlik shunday ekan, hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning hayot darajasiga kir. Sen faraz qilgan keng dunyoingdanda keng hayot doirasi, bir nur olami topasan. Oʻsha olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan muqaddas "La ilaha Illalloh" kalimasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.
OʻN BESHINCHI MULOHAZA: Uch masaladir.
Birinchi Masala: Ismi Hofizning eng toʻliq namoyon boʻlishiga ishora qilgan
oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning qolipi ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning muazzam jilvasini va bu oyati karimaning eng buyuk haqiqatining mislini, koʻp jihatlari bilan koʻra olasan. Jumladan: Daraxt, gul va oʻtlarning har xil urugʻlaridan bir hovuch ol. Oʻsha har xil va bir-biriga muxolif urugʻlarning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa boʻlgan gul va daraxt va oʻtlarning sandiqchalari hukmida boʻlgan u hovuchni qorongʻida va qorongʻi va oddiy va jonsiz tuproq ichida dafn qil, sep. Soʻngra mezonsiz va narsalarni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, oʻsha yerga ketadigan oddiy suv bilan sugʻor. Soʻngra yillik hashrning maydoni boʻlgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil (AS) kabi momaqaldiroq malagi bahorda sur chalgandek yomgʻirga baqirishi, yer ostida dafn qilingan urugʻlarga jon berish bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga oʻxshagan oʻsha urugʻchalar, ismi Hofizning namoyon boʻlishi ostida mukammal itoat bilan xatosiz oʻlaroq Fotiri Hakiymdan kelgan takviniy amrlarga itoat qiladilar. Va shunday uygʻun harakat qiladilarki, ularning oʻsha harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani koʻrinadi.
Chunki koʻryapsanki, oʻsha bir-biriga oʻxshagan urugʻchalar bir-biridan ajralib turadi, ayriladi. Masalan, bu urugʻcha bir anjir daraxti boʻldi. Fotiri Hakiymning ne'matlarini boshlarimiz ustida tarqatishni boshladi. Sochmoqda, shoxlarining qoʻllari bilan bizlarga uzatmoqda. Xullas bu, unga suratan oʻxshagan ikki urugʻcha esa, moychechak nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullarni berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, oʻzlarini bizga sevdirishyapti. Yana bu yerdagi bir qism urugʻchalar bu goʻzal mevalarni berdi va nihol va daraxt boʻlishdi. Shirin taʻm va hid va shakllari bilan ishtahamizni ochib, oʻz nafslariga bizning nafslarimizni da'vat qilishmoqda va oʻzlarini xaridorlariga fido qilishmoqda. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday suratda u urugʻchalar ochildilarki, oʻsha bir hovuch turli daraxtlar va xilma-xil gullar bilan toʻla bir boqqa aylandi. Ichida hech bir xato, kamchilik yoʻq. فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ sirrini koʻrsatadi. Har bir urugʻ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan merosni chalkashmasdan, nuqsonsiz muhofaza qilib koʻrsatadi. Bu cheksiz hayratlanarli muhofazani qilgan Zoti Hofiz qiyomat va hashrda hofiziyatning eng buyuk oʻrtaga chiqishini koʻrsatishiga qat'iy bir ishoradir. Ha, bu ahamiyatsiz, oʻtkinchi, foniy holatlarda bu daraja niqsonsiz, xatosiz hofiziyat jilvasi qat'iy bir hujjat boʻlib, abadiy ta'siri va azim ahamiyati boʻlgan omonati kubro tashuvchisi va Yerning xalifasi boʻlgan insonlarning ishlari va amallari va soʻzlari va yaxshilik va yomonliklari mukammal diqqat bilan muhofaza qilinadi va hisob-kitobi koʻriladi. Nahot, bu inson qarovsiz qolaman deb oʻylasa? Aslo!.. Balki inson abadga yuborilgan va abadiy saodatga va doimiy azobga nomzoddir. Kichik-katta, oz-koʻp har bir amali hisob-kitob qilinadi. Yo iltifot yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning eng katta jilvasiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yoʻq. Bu masalada koʻrsatgan shohidimiz dengizdan bir qatra, togʻdan bir zarradir.