Munojot
-Yo Ilohiy va yo Rabbiy! Men iymonning koʻzi va Qur'onning ta'limi va nuri bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan va ismi Hakimning koʻrsatgani orqali koʻryapmanki:
Samovotda hech bir davaron va harakat yoʻqdirki, bunday intizomi bilan Sening borligingga ishora va dalolat qilmasin.
Va hech bir samoviy jismlar yoʻqki, sukuti bilan shovqinsiz vazifa bajarib, ustunsiz turishlari bilan Sening rububiyatingga va vahdatingga shahodati va ishorasi boʻlmasin.
Va hech bir yulduz yoʻqdirki, muvozanali yaratilishi, intizomli vaziyati va nuroniy tabassumi bilan va butun yulduzlarga o'xshashlik va mushobahat tamg'asi bilan Sening hashmati uluhiyatingga va vahdoniyatingga ishora va shahodatda boʻlmasin.
Va oʻn ikki sayyoradan hech bir sayyora yulduz yoʻqki, hikmatli harakati bilan va itoatli bo'ysunishi bilan va intizomli vazifasi bilan va ahamiyatli yoʻldoshlari bilan Sening vujubi vujudingga shahodat va saltanati uluhiyatingga ishora qilmasin.
Darhaqiqat, osmonlar: aholisi bilan, har biri oʻzi alohida shahodat etganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan birga badohat darajasida, - ey zamin va osmonlarni yaratgan Yaratuvchi! - Sening vujubi vujudingga shunday ochiqdadn shahodat, - va ey zarralarni intizomli tarkiblari bilan chorasini ko'rayotgan va idora qilayotgan va bu sayyora yulduzlarni manzum yoʻldoshlari bilan aylantirayotgan, amriga itoat qildirayotgan Zot! - Sening vahdatingga va birligingga shunday kuchli shahodat etadilarki, koʻk yuzidagi yulduzlar sanogʻicha nuroniy burhonlar va porloq dalillar o'sha shahodatni tasdiqlaydilar.
Hamda bu musaffo, pokiza, goʻzal osmonlar favqulotda buyuk va favqulotda sur'atli jismlari bilan intizomli bir qoʻshin va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir saltanat floti vaziyatini koʻrsatishidan, Sening rububiyatingning hashamatiga va har narsani yaratgan qudratingning azamatiga yaqqol dalolat;.. va hadsiz samolarni qqamragan hokimiyatingning va har bir ziyhayotni quchogʻiga olgan rahmatingning cheksiz kengligiga kuchli ishora;.. va barcha samoviy maxluqotlarning barcha ishlariga va holatlariga taalluqli va qabzasiga olgan, tanzim qilgan ilmingning har narsani qamrashiga va hikmatingning har ishga shumuliga shubhasiz shahodat etadilar. Va ushbu shahodat va dalolat shu qadar ochiq ravshanki, goʻyo yulduzlar - shohid boʻlgan osmonlarning shahodat kalimalari va jismoniy nuroniy dalillaridirlar.
Hamda, samovot maydonida, dengizida, fazosidagi yulduzlar esa: itoatli askarlar, intizomli kemalar, xoriqo tayyoralar, ajoyib chiroqlar kabi vaziyati bilan Sening saltanati uluhiyatingning dabdabasini koʻrsatadilar. Va o'sha qoʻshinning askarlaridan bir yulduz boʻlmish quyoshimizning sayyoralaridagi va zaminimizdagi vazifalarining dalolati va eslatishiga ko'ra, quyoshning boshqa sheriklari boʻlmish yulduzlarning bir qismi oxirat olamlariga qaraydi va vazifasiz emas, balki boqiy olamlarning quyoshlaridir.
Ey Vojib-ul Vujud! Ey Vohidi Ahad!
Bu xoriqo yulduzlar, bu ajoyib quyoshlar, oylar Sening mulkingda, Sening samovotingda, Sening amring bilan va qudrating va quvvating bilan va Sening idora va tadbiring bilan tasxir va tanzim va tavzif qilingandir. O'sha barcha ulkan jismlar oʻzlarini yaratgan va aylantirayotgan va idora qilayotgan birgina Xoliqqa tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, hol tili bilan "Subhanalloh, Allohu Akbar" deydilar. Men ham ularning butun tasbehoti bilan Seni taqdis qilaman. Ey zuhurining shiddati sababli ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli yashiringan Qodiyri Zuljalol!
- Ey Qodiri Mutlaq! Qur'oni Hakimning darsi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladim: Osmonlar, yulduzlar Sening borligingga va birligingga shahodat etayotganlari kabi, javvi samo bulutlari bilan va chaqmoqlari va momqaldiroqlari va shamollari va yomgʻirlari bilan Sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladi.
Darhaqiqat, jonsiz, ongsiz bulut obi hayot boʻlmish yomgʻirni muhtoj boʻlgan hayotdorlarning yordamiga yuborishi, faqatgina Sening rahmating va hikmating bilandir. Chalkash tasodif aralasholmaydi.
Yana, elektrning eng kuchlisi boʻlgan va yoritish foydalariga ishora qilib undan foydalanishga tashviq qilayotgan chaqmoq esa, Sening fazodagi qudratingni goʻzal ravishda oydinlatadi.
Yana, yomgʻirning kelishi xushxabarini berayotgan va ulkan fazoni gapirtirayotgan va tasbehotining shovqini bilan koʻklarni larzaga keltirayotgan momoqaldiroqlar ham qol lisoni bilan gapirib, Seni poklab, rububiyatingga shahodat qiladi.
Yana, jonzotlarning hayotiga eng kerakli rizqni va foydalanishi uchun eng osonini va nafaslarni berish va nafaslarni rohatlantirish kabi koʻp vazifalar bilan vazifalantirilgan shamollar ham, javvni goʻyo bir hikmatga binoan "Lavhi mahv va isbot" va "yozib, ifodalab, keyin o'chiradigan taxtasi" suratiga aylantirish bilan Sening qudratingning faoliyatiga ishora va Sening borligingga shahodat etgani kabi; Sening marhamating bilan bulutlardan sogʻilib jonzotlarga yuborilayotgan rahmat ham, vaznli, intizomli qatralari kalimalari bilan Sening bepoyon rahmatingga va keng shafqatingga shahodat qiladi.
Ey Mutasarrifi Fa'ol va ey Fayyozi Muta'ol!
Sening vujubi vujudingga shahodat etayotgan bulut, chaqmoq, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, butun hay'ati bilan, xususiyatlari bir-biridan uzoq, mohiyatlari bir-biridan farqli boʻlishiga qaramay, birlik, barobarlik, bir-biri ichiga kirish va bir-birining vazifasiga yordam berish xususiyatlari bilan Sening vahdatingga va birligingga gʻoyat quvvatli ishora qiladi.
Yana, ulkan fazoni bir ajoyib mahshar qilayotgan va ba'zi kunlari bir necha marta toʻldirib-boʻshatayotgan rububiyatingning hashamatiga va keng javvni yozib-o'chiradigan lavha kabi va siqib u bilan zamin bogʻini sug'oradigan bir suvpurkagich kabi tasarruf qilayotgan qudratingning azamatiga va har narsaga shumuliga shahodat etganlari kabi, umum zaminga va butun maxluqotga javv pardasi orqasidan qarab turgan va idora qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz keng ekanliklariga va har narsaga yetishishlariga dalolat qiladi.
Yana, fazodagi havo shunchalik hakimona vazifalarda xizmat qildirilmoqda va bulut va yomgʻir shunchalik 'aliymona foydalarda ishlattirilmoqdaki, hamma narsani qamrab oladigan ilm va barcha narsaga shomil bir hikmat boʻlmasa, u iste'mol, u istixdom boʻlishi mumkin emas.
Ey, Fa'olun limo yuriyd! Javvi fazodagi faoliyating bilan har doim hashr va qiyomat namunasini koʻrsatish, bir soatda yozni qishga va qishni yozga aylantirish, bir olamni keltirish va bir olamni gʻaybga joʻnatish singari ishlarni qilayotgan qudrating, dunyoni oxiratga aylantirish va oxiratda sarmadiy ishlarni koʻrsatishidan darak bermoqda.
Ey Qodiyri Zuljalol!
Javvi fazodagi havo, bulut va yomgʻir, chaqmoq va momaqaldiroq Sening mulkingda, Sening amring va havling bilan, Sening quvvat va qudrating bilan senga musaxxar va vazifadordir. Mohiyatan bir-biridan uzoq boʻlgan bu fazo maxluqoti, gʻoyat sur'atli va oniy amrlarga va tez va shoshilinch buyruqlarga itoat qildirayotgan qo'mondon va hokimlarini poklab, rahmatini madhu sano qilishadi.
Ey Zamin va samovotning Xoliqi Zuljaloli! Sening Qur'oni Hakimingning ta'limi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan iymon keltirdim va bildimki: Samovot yulduzlari bilan va javvi fazo ichidagi maxluqlari bilan Sening vujubi vujudingga va Sening birligingga va vahdatingga shahodat qilayotganlari kabi; shuningdek, Yer butun maxluqoti va ahvoli bilan Sening borliging va birligingga mavjudoti adadicha shahodat va ishoralar qiladi.
Darhaqiqat, zaminda hech bir o'zgarish, va daraxt va hayvonlarida har yili liboslarini almashtirishdek hech bir oʻzgarish (- juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin-) yoʻqki, intizomi bilan Sening borliging va birligingga ishora qilmasin.
Yana, hech bir hayvon yoʻqki, zaiflik va ehtiyoji darajasiga koʻra berilayotgan rahimona rizqi bilan va hayoti uchun lozim boʻlgan jihozlarining hakimona berilishi bilan Sening borligingga va birligingga shahodati boʻlmasin.
Yana, har bahorda koʻz oʻngimizda yaratilyotgan nabotot va hayvonotdan hech bir donasi yoʻqki, ayojib san'ati bilan va latif ziynati bilan va butunlay ajralib turishi bilan va intizomi bilan va mavzuniyati bilan Seni bildirmasin. Va zamin yuzini toʻldirib turgan va nabotot va hayvonot deb atalmish qudratingning xoriqolari va moʻ'jizalari, cheklangan va bir hil moddalari va bir-biriga o'xshagan tuxum va tuxumchalardan va qatralardan va don va donchalardan va urugʻlardan xatosiz, mukammal, chiroyli, o'ziga xos farqli alomatlari bilan yaratilishlari Sone'-i Hakimlarining borligi va birligiga va hikmatiga va cheksiz qudratiga shunday bir shahodat boʻladiki, ziyoning quyoshga shahodatidan ko'ra kuchli va porloqdir.
Yana, havo, suv, nur, olov, tuproq kabi hech bir unsur yoʻqki: ongsiz bo'lganlari holda, onglilardek, mukammal vazifalarni bajarishi bilan; oddiy va istilo qiluvchi, intizomsiz, har yerga tarqalgan bo'lishiga qaramay, juda ham intizomli va xilma-xil mevalarni va mahsullarni xazina-i gʻaybdan keltirishi bilan Sening birligingga va borligingga shahodati boʻlmasin.
Ey Fotiri Qodiyr! Ey Fattohi Allom! Ey Fa'oli Xalloq!
Yer butun aholisi bilan Xoliqining Vojib-ul Vujud ekaniga qanday shahodat etayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek Sening - Ey Vohidi Ahad! Ey Hannoni Mannon! Ey Vahhobi Razzoq! - vahdatingga va ahadiyatingga, yuzidagi muhri bilan va aholisining yuzlaridagi muhrlari bilan va birlik, barobarlik va bir-birining ichiga kirish, bir-biriga yordam berish, ularga qaratilgan rububiyat ismlarining va fe'llarining yakkaligidan, badohat darajasida Sening vahdatingga va ahadiyatingga shahodat, balki mavjudotlar adadicha shahodat qiladi.
Yana, go'yo, zamin bir lashkargoh, mashhar, ta'limgoh vaziyati bilan,.. va nabotot va hayvonot toifalaridagi toʻrt yuz ming turdagi farqli millatlarning bir-biridan farqli jihozlari muntazam ravishda berilishi bilan Sening rububiyatingning hashamatiga va qudratingning hamma narsaga yetishiga qanday dalolat qilayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek, barcha son-sanoqsiz hayotdorlarning alohida-alohida rizqlari oʻz vaqtida, quruq va oddiy bir tuproqdan rahimona, karimona berilishi va son-sanoqsiz jonzotlarning mukammal boʻysunishlari bilan Rabboniy amrlarga itoatlari Sening rahmating har narsaga shomil ekanini va hokimiyating hamma narsani qamrab olganini koʻrsatadi.
Yana, zaminda tinimsiz almashib turgan maxluqot karvonlarining kelib-ketishi va idoralari, navbati bilan o'lim va hayotning almashib turishlari, hayvon va nabototning idora va tadbirlari ham hamma narsaga taalluqli ilm bilan va hamma narsada joriy bo'lgan benihoya hikmat bilangina boʻladi. Bu ham Sening ilming va hikmatingning ihotasiga dalolat qiladi.
Yana, zaminda qisqa vaqtda cheksiz vazifalar bajaradigan va cheksiz yashaydigandek iste'dod va ma'naviy jihozlar bilan jihozlangan va zamin mavjudotini tasarruf qiladigan inson uchun, bu dunyo ta'limgohida va bu vaqtinchalik zamin lashkargohida va bu muvaqqat mashharda: buncha ahamiyat, cheksiz xarajat, benihoya rububiyat tajalliyoti, cheksiz Subhoniy xitoblar va bu tuganmas Ilohiy ehsonlar; albatta va har holda, bu qisqa va huznli umrga va qorishiq alamli hayotga, baloli va foniy dunyoga sigʻmaydi. Balki faqatgina boshqa va abadiy umr va boqiy saodat diyori uchungina bo'lishi mumkinligi jihatidan, olami baqodagi uxraviy ehsonlarga ishora, balki shahodat etadi.
Ey Xoliqi Kulli Shay! Zaminning barcha maxluqoti Sening mulkingda, Sening Arzingda, Sening havlu quvvating bilan va Sening qudrating va irodating bilan va ilming va hikmating bilan idora qilinmoqdalar va musaxxardirlar. Va zamin yuzida faoliyati ko'rinib turgan bir rububiyat shunday ihota va shumul koʻrsatmoqda.. va uning boshqaruvi va tadbiri va tarbiyasi shunday mukammal va shunday hassosdir... va har tarafdagi ijrooti shunday birlik va barobarlik va oʻxshashlik ichidadirki; bo'linishni qabul qilmaydigan bir yaxlit va parchalanishi imkonsiz boʻlgan bir kulliy singari bir tasarruf, bir rububiyat ekanini bildiradi.
Yana, zamin butun aholisi bilan birga, lisoni qoldan ochiqroq cheksiz tillar bilan Xoliqini taqdis va tasbeh, va son-sanoqsiz ne'matlarining lisoni hollari bilan Razzoqi Zuljaloliga hamd va madhu sano qilishadi.
Ey shiddati zuhuridan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli O'zini berkitgan Zoti Aqdas! Zaminning butun taqdisot va tasbehoti bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan poklayman, va butun hamd va sanolar bilan Senga hamd va shukr aytaman.
Ey Rabb-ul barri val bahr! Qur'onning darsi va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladimki: osmon, fazo, va zamin Sening birliging va borligingga qanday shahodat qilayotgan bo'lsa; huddi shuningdek, dengizlar, daryolar va chashmalar va irmoqlar Sening vujubi vujudingga va vahdatingga badohat darajasida shahodat qilishadi.
Darhaqiqat, bu dunyomizning ajoyib manbai boʻlgan bugʻ qozonlari dengizlarda hech bir mavjud, hatto hech bir qatra suv yoʻqkui: vujudi bilan, intizomi bilan, manfaati bilan va vaziyati bilan Xoliqini bildirmasin.
Va oddiy bir qumda va oddiy bir suvda rizqlari mukammal shaklda berilayotgan gʻaroyib maxluqotlardan va xilqatlari gʻoyat intizomli dengiz hayvonlaridan, xususan, donasi bir millionta tuxum qo'yib dengizlarni to'ldiradigan baliqlardan hech biri yoʻqki: yaratilishi va vazifasi bilan, idora qilinishi va oziqlantirilishi bilan va idorasi va tarbiyasi bilan Yaratganiga ishora va Razzoqiga shahodat etmasin.
Yana, dengizda qiymatli, xosiyatli, ziynatli javharlardan hech biri yoʻqki: goʻzal yaratilishi bilan va jozibador fitrati bilan va manfaatli xosiyati bilan Seni tanimasin, bildirmasin.
Darhaqiqat, ular har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, umum hay'ati bilan, birgaligi va bir-biri ichiga aralashib ketgani va yaratilish tamg'asining bir xilligi va yaratilishning juda osonligi va son jihatidan juda ham koʻpligi nuqta-i nazaridan, Sening vahdatingga shahodat etadilar. Shuningdek, Arzni va tuprogʻi bilan birga kurra-i Arzni o'rab olgan okeanlarini: muallaq turgizish, va toʻkmay, sochmasdan quyoshning atrofida kezdirish, va tuproqqa toshirib yubormaslik... hamda oddiy qumidan va suvidan: xilma-xil va intizomli hayvonotini va javharlarini yaratish, va rizqlarini va boshqa ishlarini umumiy va mukammal suratda boshqarish va chora-tadbirlarini ko'rish, va yuzida ko'rinishi lozim boʻlgan behisob murdalardan hech birining ko'rinmasligi nuqta-i nazaridan - Sening borligingga va Vojib-ul Vujud ekanigga mavjudoti adadicha ishoralar qilib, shahodat etadi.
Va sening saltanati rububiyatingning hashamatiga va hamma narsani qamrab olgan qudratingning azamatiga juda ochiq tarzda dalolat qilganlari kabi, osmonlar ustidagi gʻoyat buyuk va intizomli yulduzladan to dengizlar tubidagi juda kichik va intizom bilan rizqlantirilayotgan baliqlargacha hamma narsaga yetgan va hukm qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz kengligiga dalolat qiladilar,.. hamda intizomlari, foydalari, hikmatlari, mezon va mavzuniyatlari bilan Sening hamma narsani qamrab olgan ilmingga va barcha narsaga shomil hikmatingga ishora qiladilar.
Va bu dunyo mehmonxonasida yoʻlovchilar uchun Sening rahmat hovuzlaring borligi va insonning sayru-sayohatiga va kemasiga va foydalanishiga boʻysunganligi ishora qiladiki: yoʻlda qurilgan karvonsaroyda bir kechalik musofirlariga bu qadar dengiz hadyalarini tortiq etgan Zot, albatta abadiy saltanatining qarorgohida abadiy rahmat dengizlari muhayyo qilganki, bular ularning foniy va kichik namunalaridirlar.
Xullas, dengizlarning juda xayratlanarli tarzda Yerning atrofida ajoyib vaziyatda turishi, va dengizlarning maxluqlari ham juda intizomli ravishda idora va tarbiya qilinishi yaqqol koʻrsatadiki: yolgʻiz Sening quvvating va qudrating bilan va Sening iroda va tadbiring bilan, Sening mulkingda, Sening amringga boʻysunishgan. Va lisoni hollari bilan Xoliqini taqdis qilib, "Allohu Akbar" deydilar.
Ey togʻlarni zamin kemasiga xazinali ustun qilgan Qodiyri Zuljalol!
Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladimki, dengizlar ajoyibotlari bilan Seni taniyotgan va tanittirayotganlari kabi, togʻlar ham: zaminning zilziladan ta'sirlanmasligiga va ichki inqiloblar toʻfonlaridan omon qolishiga va dengizlarning istilosidan qutulishiga; va havoning zararli gazlaridan tozalanishiga; va suvning muhofaza va zaxira qilinishiga; va jonzotlarga lozim boʻlgan ma'danlarning xazinadorligiga qilayotgan xizmatlari va hikmatlari bilan Seni taniydilar va tanitadilar.
Darhaqiqat, togʻlardagi toshlarning turlaridan va xar hil xastaliklarga dori boʻlgan turli moddalardan va hayotdorlarga, xususan insonlarga juda lozim va xilma-xil ma'danlarning jinslaridan va togʻlarni, sahrolarni chechaklari bilan bezagan va mevalari bilan ziynatlagan nabotot turlaridan hech biri yoʻqki: tasodifga havolasi mumkin boʻlmagan hikmatlari, intizomi, yaratilish goʻzalligi, foydalari bilan, xususan ma'danlarning tuz, limon kislotasi, sulfat va achchiqtosh kabi suratan bir-biriga oʻxshash, lekin ta'mlarining bir-biridan keskin farqlanishi bilan va xususan nabototning oddiy tuproqdan unayotgan xilma-xil navlari bilan, turli tuman chechak va mevalari bilan benihoya Qodiyr, benihoya Hakim, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga ochiq ravshan shahodat qiladilar. Shuningdek, umumiy hay'atidagi vahdati idora va vahdati tadbir va manba va maskan va yaratilish va san'at jihatlarida birgalik, birlik, arzonlik, osonlik, koʻplik va yaratilishda tezlik nuqta-i nazaridan, o'sha Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.
Yana, togʻlarning ustidagi va ichidagi masnu'lar zaminning har tarafida, har bir navi bir vaqtda, bir tarzda, yanglishsiz, gʻoyat mukammal va tez yaratilishlari va bir ish bir ishga mone boʻlmasdan, boshqa navlar bilan birga qorishiq bo'lgani holda aralashtirmasdan yaratilishlari - Sening rububiyatingning hashamatiga va hech narsa unga ogʻir kelmaydigan qudratingning buyukligiga dalolat qiladi. Xuddi shuningdek, zamin yuzidagi butun hayotdor maxluqlarning cheksiz ehtiyojlarini, hatto turli xil xastaliklarini, hatto turli tuman zavqlarini va boshqa-boshqa ishtahalarini qondiradigan bir suratda, togʻlarning ustlari va ichlarini intizomli ravishda daraxtlar va nabotot va ma'danlar bilan toʻldirish va muhtojlarga musaxxar qilish jihati bilan, Sening rahmatingning cheksiz kengligiga va hokimiyatingning nihoyasiz bepoyonligiga dalolat qilishi,.. va tuproq tabaqalari ichida yashirin va qorongʻu va aralash boʻlgani holda, bilib, koʻrib, chalkashtirmasdan, intizom bilan, ehtiyojlari qilinishlari bilan Sening hamma narsaga taalluqli ilmingning qamroviga va har bir narsani nizomga solgan hikmatingning barcha ashyoga shumuliga,.. va dorilarning hozirlanishi va ma'danlarning zahira qilinishlari bilan rububiyatingning rahimona va karimona idoralarining go'zalliklariga va inoyatingning ehtiyotli latofatlariga ochiq ravshan ishora va dalolat qiladilar.
Yana, ulkan tog'lar: bu dunyo karvonsaroyida musofir yoʻlovchilar uchun zaruratlariga va istiqboldagi ehtiyojlariga intizomli zaxira va jihozot ombori va hayotga lozim boʻlgan juda koʻp xazinalarning mukammal maxzani jihatidan ishora, balki dalolat, balki shahodat qiladiki: bu qadar karim va musofirparvar va bu qadar hakim va shafqatparvar va bu qadar qodiyr va rububiyatparvar bir Sone'ning, albatta va har holda, juda suygan o'sha mehmonlari uchun abadiy bir olamda abadiy ehsonlarining abadiy xazinalari bordir. Bu yerdagi togʻlarga badal, u yerda bu vazifani yulduzlar bajaradilar.
Ey Qodiyri Kulli Shay!
Togʻlar va ichidagi maxluqlar Sening mulkingda va Sening quvvat va qudrating bilan va ilm va hikmating bilan bo'ysundirilgan va zaxira qilib qo'yilgan. Ularni bu tarzda vazifalantirib va boʻysundirgan Xoliqlarini taqdis qiladilar va tasbeh aytadilar.
Ey Xoliqi Rahmon! Va ey Rabbi Rahim!
Rasuli Akram Alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladim: Samo va fazo va Arz va dengiz va togʻ mushtamilot va maxluqlari bilan birga Seni qanday taniyotgan va tanittirayotgan boʻlishsa,.. xuddi shuningdek, zamindagi butun daraxt va nabotot yaproqlari va chechaklari va mevalari bilan Seni badohat darajada tanittiradilar va taniydilar.
Va barcha daraxtlar va nabototning jazavali zikr harakatidagi yaproqlaridan, va ziynatlari bilan Sone'ining ismlarini tavsif va ta'rif qilayotgan chechaklaridan, va latofat va jilva-i marhamati tufayli tabassum qilayotgan mevalaridan har biri, hech bir jihatdan tasodifga havola qilish imkoni boʻlmagan xoriqo san'at ichidagi nizom va nizom ichidagi mezon va mezon ichidagi ziynat va ziynat ichidagi naqshlar va naqshlar ichidagi goʻzal va boshqa-boshqa hidlar va hidlar ichidagi mevalarning xilma-xil ta'mlari bilan, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat darajasida shahodat qilishadi. Shuningdek, umumiy hay'ati bilan, zamin yuzida birlik va birgalik, bir-biriga oʻxshashlik va sikka-i xilqatda mushobahat va tadbir va idorada munosiblik va ularga aloqador bo'lgan yaratish fe'llarida va Rabboniy ismlarda muvofiqlik va o'sha yuz ming navlarning hadsiz afrodlarini bir-biri ichida chalkashtirmasdan birdan idoralari kabi jihatlari bilan o'sha Vojib-ul Vujud Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga ochiq oydin shahodat qiladilar.
Yana, ular Sening vujubi vujudingga va vahdatingga qanday shahodat etayotgan bo'lsalar,.. xuddi shuning kabi, roʻyi zaminda toʻrt yuz ming millatlardan tashkil topgan hayotdor lashkaridagi behisob askarlarining yuz minglab tarzda yedirib ichirish va idoralari, chalkashtirmasdan va aralashtirmasdan mukammal tarzda qilinishi bilan, Sening rububiyatingning vahdoniyatdagi hashmatiga va bir bahorni bir gul kabi osonlik bilan yarata oladigan qudratingning azamatiga va hamma narsaga taalluqiga dalolat qilishadi. Shuningdek, ulkan zaminning har tarafida behisob hayvonotiga va insonlarga hadsiz taomlarning xilma-xil turlarini muhayyo qilgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va o'sha hadsiz ishlar va in'omlar va idoralar va yedirib ichirishlar va ijrootlar mukammal intizom bilan jarayon etishlari va hamma narsa, hatto zarralar ham o'sha amrlarga va ijrootga itoat va musaxxariyatlari bilan Sening hokimiyatingning cheksiz bepoyonligiga qat'iy dalolat qiladilar. Shu bilan birga, o'sha daraxtlarning va o'simliklarning va har bir yaproq va gul va meva va ildiz va shox va novda kabi har birining har bir narsasini, har bir ishini bilib, koʻrib, foydalarga, foydalarga, hikmatlarga koʻra qilinishi bilan Sening ilming har narsani qamragan va hikmating hamma narsaga shomil ekaniga juda ochiq suratda dalolat va son-sanoqsiz barmoqlari bilan ishora qiladilar. Va Sening gʻoyat mukammal san'atingning jamoliga va nihoyat jamoldagi ne'matingning komilligiga hadsiz tillari bilan sano va madh aytishadi.
Yana, bu o'tkinchi karvonsaroyda va foniy musofirxonada va qisqa bir zamonda va oz bir umrda, daraxtlar va nabototning qoʻllari orqali kelayotgan bu qadar qiymatli ehsonlar va ne'matlar va bu qadar favqulotda xarajatlar va ikromlar ishora qiladi, balki shahodat qiladiki: mehmonlariga bu yerda bunday marhamatlar ko'rsatgan qudratli, karamli Zoti Rahim qilgan barcha xarajat va ehsonlarini Oʻzini sevdirish va tanittirish natijasining aksi bilan, ya'ni, butun maxluqlar tarafidan "Bizga tottirdi, lekin yedirmay bizni yo'q qilib yubordi" demaslik va dedirmaslik va saltanati uluhiyatini yerga urmaslik va cheksiz rahmatini inkor qilmaslik va qildirmaslik va barcha mushtoq doʻstlarini mahrumlik orqali dushmanga aylantirmaslik uchun, albatta va har holda, abadiy olamda, abadiy mamlakatda, abadiy qoldiradigan bandalariga, abadiy rahmat xazinalaridan, abadiy Jannatlarida, abadiy va Jannatga loyiq suratda mevali daraxtlar va chechakli o'simliklarni tayyorlab qo'ygan. Bu yerdagilar esa, xaridorlarga koʻrsatish uchun namunalardir.
Yana, daraxtlar va o'simliklar butun yaproq va gul va mevalarining soʻzlari bilan Seni taqdis va tasbeh va tahmid qilganlari kabi, o'sha soʻzlarning har biri ham Seni alohida taqdis etadi. Xususan, mevalarning badi' bir suratda etlari juda farqli, san'atlari juda ajoyib, urugʻlari juda xoriqo tarzga keltirilib, taom idishlarini daraxtlarning qoʻllariga berib, o'simliklarning boshlariga qoʻyib hayotdor mehmonlariga yuborib, hol tili boʻlgan tasbehlari namoyon bo'lib qol lisoni darajasiga chiqadi. Bularning hammasi Sening mulkingda, Sening quvvat va qudrating bilan, Sening iroda va ehsonlaring bilan, Sening rahmat va hikmating bilan boʻysunishgan va Sening har bir amringga mute'dir.
Ey zuhuri shiddatidan ko'rinmayotgan va ey kibriyo-i azamatidan yashiringan Sone'-i Hakim va Xoliqi Rahim! Butun daraxtlar va nabototning, butun yaproq va gul va mevalarining tillari bilan va adadi bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan taqdis qilib, hamdu sano aytaman.
Ey Fotiri Qodiyr! Ey Mudabbiri Hakim! Ey Murabbiyi Rahim! Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: nabotot va daraxtlar Seni taniyotgani, Sening qudsiy sifatlaringni va go'zal ismlaringni bildirayotganlari kabi;.. hayotdorlarning ruh berilgan qismi boʻlmish inson va hayvonotdan hech biri yoʻqki: jismida juda ham intizomli soatlar kabi ishlayotgan va ishlattirilayotgan ichki va tashqi a'zolari bilan,.. va badanida juda nozik bir nizom va juda hassos mezon va juda muhim foydalar bilan joylashtirilgan jihozlar va tuygʻulari bilan,.. va jasadida juda san'atli bir tuzilish va juda hikmatli bir toʻshash va juda diqqatli bir muvozana ichida joylashtirilgan badanining jihozlari bilan Sening vujubi vujudingga va sifatlaringning tahaqquqiga shahodat qilmasin.
Chunki buncha basiyrona nozik san'at va shuurkorona nozik hikmat va mudabbirona tom muvozanaga, albatta koʻr quvvat va shuursiz tabiat va bebosh tasodif aralasholmaydi va ularning ishi boʻlolmaydi va mumkin ham emas. Va oʻz-oʻzidan shakllanib, bu holga kelishi, yuz daraja mahol ichra maholdir. Chunki, u holda har bir zarrasi har bir narsasini va jasadining shakllanishini, balki dunyoda aloqador hamma narsani biladigan, koʻradigan, qila oladigan xuddi iloh kabi qamrovli bir ilm va qudrati boʻlishi kerak. Shundan keyingina vujudining shakllanishini unga havola qilish va "oʻz-oʻzidan boʻlyapti" deyish mumkin boʻladi.
Va umumiy hay'atidagi yagona tadbir va yagona idora va yagona nav'i va yagona jinsi va barchalarining yuzlarida koʻz, quloq, ogʻiz kabi nuqtalarda ittifoq bilan mushohada qilingan fitrat tamgʻasida birlik va har navning a'zolari siymolarida koʻrilgan hikmat tamgʻasida birlasish va yedirib ichirishda va ijodda birlik va bir-birining ichida boʻlish kabi holatlaridan hech biri yoʻqki: Sening vahdatingga qat'iy shahodat qilmasin! Va har bir nafarida koinotga qaragan butun ismlarning jilvalari borligi bilan vohidiyat ichida Sening ahadiyatingga ishorasi boʻlmasin.
Yana, inson bilan birga hayvonotning yer yuziga tarqalgan yuz ming turlari intizomli qoʻshin kabi jihozlanish va buyruqlar va itoat va boʻysunishi bilan, va eng kichikdan to eng buyukka qadar rububiyatning amrlari intizomli tarzda jarayon etishlari bilan rububiyatingning daraja-i hashamatiga,.. va juda koʻpligi bilan birga juda qiymatli, va juda mukammaligi bilan birga gʻoyat tez qilinishlari, va juda san'atliligi bilan birga juda oson bajarilishlari bilan qudratingning daraja-i azamatiga dalolat qilishadi. Shuningdek, sharqdan gʻarbga, shimoldan janubgacha yoyilgan mikrobdan to karkidonga qadar, eng kichik chivindan to eng buyuk qushga qadar ularning butun rizqlarini yetkazib turgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va har biri itoatkor askar kabi fitriy vazifasini bajarish va zamin yuzi kuz mavsumida xizmatdan ozod qilinganlar oʻrniga har bahorda yangitdan askarlikka olingan qo'shinga lashkargoh boʻlish jihatidan, hokimiyatingning benihoya kengligiga qat'iy dalolat qiladilar.
Yana, hayvonotdan har bittasi koinotning bir kichik nusxasi va bir kichik namunasi singari gʻoyat teran bir ilm va juda nozik hikmat bilan,.. aralash moddalarni aralashtirib yubormasdan va butun hayvonlarning bir-biridan farqli suratlarini chalkashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz yaratilishlari bilan... ilming hamma narsani qamrab olganiga va hikmating hamma narsaga qamraganiga sonlaricha ishora qilmoqdalar. Xuddi shuningdek, har biri alohida san'at moʻ'jizasi va alohida favqulotda hikmat boʻladigan darajada san'atli va goʻzal qilinishlari bilan, Sen juda sevgan va e'lon qilishni xohlagan Rabboniy san'atninh mukammal husniga va gʻoyat darajada goʻzalligiga ishora qilishadi. Va har biri, xususan bolalar, gʻoyat nozdor, nozanin suratda oziqlantirishlari bilan va havaslarining va orzularining qondirilishi bilan Sening inoyatingning gʻoyat shirin jamoliga hadsiz ishoralar qiladilar.
Ey Rahmon-ur Rahim! Ey Sodiq-ul va'd-il Amin! Ey Moliki Yavmiddiyn! Sening Rasuli Akraming (alayhissalotu vassalom)ning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning irshodi bilan angladimki: Modomiki, koinotning eng tanlangan natijasi hayot ekan,.. va hayotning eng saralangan xulosasi ruh ekan,.. va ruh egalarining eng ayirilgan qismi shuur egalari ekan,.. va shuur egalarining eng mukammali inson ekan,.. va butun koinot hayotga boʻysungan va uning uchun ishlayotgan ekan,.. va hayotdorlar ruh egalariga boʻysungan, ular uchun dunyoga yuborilayotgan ekanlar.. va ruh egalari insonlarga boʻysungan, ularga yordam qilayotgan ekanlar,.. va insonlar fitratan Xoliqini o'ta jiddiy sevar ekanlar,.. va Xoliqlari ularni ham sevar, ham Oʻzini ularga har qanday sabab bilan sevdirar ekan,.. va insonning iste'dodi va ma'naviy jihozlari boshqa boqiy olamga va abadiy bir hayotga qarar ekan,.. va insonning qalbi va shuuri butun quvvati bilan boqiylikni istar ekan,.. va tili cheksiz duolari bilan boqiylik uchun Xoliqiga yolvorayotgan ekan... Albatta va har holda, juda sevgan va sevilgan va mahbub va muhib boʻlmish insonlar abadiy muhabbat uchun yaratilgani holda, ularni qayta tirilmaydigan qilib oʻldirish orqali, abadiy bir adovat bilan xafa qilish to'g'ri kelmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Balki boshqa abadiy olamda saodatli hayotni ko'zlab, bu dunyoda harakat qilish va uni qozonish uchun yuborilgandir. Va insonga tajalliy qilgan ismlar o'zining bu foniy va qisqa hayotdagi jilvalari bilan, boqiy olamda ularning oynasi boʻlmish insonlar ularning abadiy jilvalariga sazovor boʻlishlariga ishora qiladilar.
Darhaqiqat, abadiyning sodiq doʻsti abadiy boʻladi. Va Boqiyning oyina-i ziyshuuri boqiy boʻlishi lozimdir.
Hayvonlarning ruhlari boqiy qolishini va Sulaymon (as)ning hudhudi va chumolisi va Solih (as)ning tuyasi va Asxobi Kahfning iti kabi ba'zi xos hayvonlar ham ruhi, ham jasadi bilan boqiy olamga ketishi va ora-sira foydalanib turish har bir navning bir dona vujudi boʻlishi sahih rivoyatlardan anglashiladi. Shu bilan birga, hikmat va haqiqat hamda rahmat va rububiyat buni taqozo qiladi.
Ey Qodiyri Qayyum! Butun hayotdorlar, ruh sohiblari, shuur egalari Sening mulkingda, faqatgina Sening quvvat va qudrating bilan va faqatgina Sening iroda va idorang va rahmat va hikmating bilan, rububiyatingning amrlariga bo'ysundirilgan va fitriy vazifalar bilan vazifalantirilishgan. Va ba'zilari insonning quvvati va gʻalabasi sababli emas, balki fitratan insonning zaifligi va ojizligi uchun rahmat tarafidan unga boʻysungan. Va hol va qol tili bilan Sone'larini va Ma'budlarini kamchilikdan, sherikdan poklab, ne'matlariga shukr va hamd aytib, har biri o'ziga xos ibodatini qilmoqda.
Ey zuhurining shiddatidan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi tufayli pardalangan Zoti Aqdas! Butun ruh sohiblarining tasbehlari bilan Seni poklash niyatida
deyman.
-Yo Rabb-al Olamiyn! Yo Iloh-al Avvaliyna val Oxiriyn! Yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn!
Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: Samo, fazo, Yer, quruqlik va dengiz, daraxt, o'simlik, hayvonlar a'zolari bilan, qismlari bilan, zarralari bilan Seni bilayotgani, taniyotgani va borligingga va birligingga shahodat va dalolat va ishora qilayotganlari kabi;.. xuddi shuningdek, koinotning xulosasi boʻlmish hayotdorlar va hayotdorlarning xulosasi boʻlmish inson va insonning xulosasi boʻlmish anbiyo, avliyo, asfiyolarning xulosasi boʻlmish qalblarining va aqllarining mushohadot va kashfiyot va ilhomot va istixrojotlari bilan, yuzlab ijmo' va yuzlab tavotur quvvatiga teng bir qat'iyat bilan Sening vujubi vujudingga va Sening vahdoniyat va ahadiyatingga shahodat etib, xabar beradilar. Moʻ'jizot va karomot va yaqiyniy burhonlari bilan xabarlarini isbot qiladilar.
Darhaqiqat, qalblarda: gʻayb pardasi ortidan eslatuvchi Zotga qarashli hech bir gʻaybiy xotirot, va ilhom beruvchi bir Zotga boqtiradigan hech bir sodiq ilhomlar, va haqqal-yaqiyn suratida qudsiy sifatlar va asmo-i husnoni kashf qiladigan hech bir e'tiqodi yaqina;.. va anbiyo va avliyolarda: bir Vojib-ul Vujudning nurlarini aynal-yaqin bilan mushohada qilgan hech bir nuroniy qalb;.. va asfiyo va siddiqiynda: bir Xoliqi kulli shayning oyoti vujubini va vahdat burhonlarini ilmal-yaqin tasdiqlagan, isbotlagan hech bir munavvar aql yoʻqki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo-i husnoingga shahodat etmasin, dalolat qilmasin va ishorasi boʻlmasin.
Va xususan, butun anbiyo va avliyo va asfiyo va siddiqiynning imomi va raisi va xulosasi boʻlmish Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning xabarlarini tasdiqlagan hech bir ochiq oydin mo'jizalari va haqqoniyatini koʻrsatgan hech bir oliy oliy haqiqati... va barcha muqaddas va haqiqatli kitoblarning xulosat-ul xulosasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hech bir qat'iy tavhidiy oyati va iymoniy masalalaridan hech bir qudsiy masalasi yoʻqdirki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va ismlaring va sifatlaringga shahodat etmasin va dalolat qilmasin va ishorasi bo'lmasin..
Yana, o'sha yuz minglab sodiq xabarchilar moʻ'jizalariga va karomatlariga va hujjatlariga suyanib, Sening borligingga va birligingga shahodat etganlari kabi; butun borliqni ihota qilib turgan Arshi A'zamning kulliy ishlarini boshqarishdan tortib, to qalbning gʻoyat maxfiy va juz'iy xotirotini va orzularini va duolarini bilish, eshtish va idora qilishgacha jarayon etayotgan rububiyating hashamatining darajasini,.. va koʻz oʻngida son-sanoqsiz xilma-xil narsalarni bir vaqtda yaratayotgan, hech bir fe'l boshqa bir fe'lga, bir ish boshqa bir ishga mone boʻlmasdan, eng buyuk narsani eng kichik pashsha kabi osonlik bilan yaratayotgan qudrating azamatining darajasini ijmo' bilan, ittifoq bilan e'lon va xabar berib, isbot qiladilar.
Yana, bu koinotni ruh egalariga, xususan insonga mukammal bir saroy qilib bergan, va Jannatni va abadiy saodatni jin va insonlarga hozirlab qo'ygan, va eng kichik bir hayotdorni ham unutmagan, va eng ojiz qalbni ham tatmin va taltif qilishga urinayotgan rahmatingning hadsiz kengligini,.. va zarralardan to sayyoralarga qadar butun maxluqlarning turlarini amrlariga itoat ettirgan va tasxir va tavzif qilgan hokimiyatingning benihoya kengligini xabar berib, moʻ'jizot va hujjatlari bilan isbot qiladilar. Xuddi shuningdek, koinotni qismlari sonicha risolalardan tarkib topgan bir buyuk kitob shakliga keltirgan
va Lavhi Mahfuzning daftarlari boʻlmish Imomi Mubin va Kitobi Mubinda butun mavjudotning butun sarguzashtlarini qayd etib yozgan va barcha urugʻlarda umum daraxtlarning mundarijalarini va dasturlarini, va shuur sohiblarining boshlarida butun quvva-i hofizalarda sohiblarining hayotiy sarguzashtlarini yanglishsiz, intizomli ravishda yozdirgan ilmingning har narsani qamraganiga,.. va har bir mavjudga koʻp hikmatlarni bergan, hatto har bir daraxtda mevalari adadicha natijalarni berdirgan, va har bir hayotdorlarda a'zolari, balki qismlari va hujayralari sanogʻicha foydalarni ko'zlagan, hatto insonning tilini juda koʻp vazifalarda ishlatish bilan birga, taomlarning ta'mlari sonicha zavq mezonchalari bilan jihozlantirgan qudsiy hikmatingning har bir narsaga shomil ekaniga;.. yana, bu dunyoda namunalari koʻrilgan jaloliy va jamoliy ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul obodda davom etajagiga, va bu foniy olamda namunalari koʻrilgan ehsonlaringning yanada dabdabali suratda saodat diyorida davom etishiga va abadiyligiga, va bu dunyoda ularni koʻrgan mushtoqlarning abadda ham yonma-yon va birga boʻlishlariga... bilijmo', bilittifoq shahodat va dalolat va ishora qiladilar.
Yana, yuzlab ochiq ravshan moʻ'jizalarga va qat'iy oyatlariga suyanib, boshda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom va Qur'oni Hakiming, barcha nurli ruh sohiblari boʻlmish anbiyolar va nuroniy qalb qutblari boʻlmish avliyolar va munavvar aql arboblari boʻlmish asfiyolar: Sening juda koʻp takrorlagan butun muqaddas sahifa va kitoblarda qilgan va'dalaringga va tahdidlaringga suyangan holda,.. va Sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamoling kabi qudsiy sifatlaringga va sha'nlaringga va jalolingning izzatiga va rububiyatingning saltanatiga suyangan holda,.. va kashfiyot va mushahadot va ilmal-yaqiyn e'tiqodlari bilan... abadiy saodatni jin va insonlarga bashorat qilmoqdalar va ahli zalolat uchun Jahannam borligini xabar berib e'lon qilmoqdalar va iymon keltirib shahodat etishmoqda.
Ey Qodiyri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!
Buncha sodiq doʻstlaringni va bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifatlaring va shuunotingni yolg'onga chiqarib,.. rububiyatingning saltanati qat'iy iqtizo qilgan narsalarni va sevganing va ular ham Seni tasdiqlab va itoat qilib oʻzlarini Senga sevdirgan behisob maqbul bandalaringning cheksiz duolarini va da'volarini rad qilib,.. kufr va isyon bilan va Seni va'dangda yolg'onchiga chiqarish bilan Sening azamati kibriyoingni ranjitgan va jalolingning izzatini ranjida qilgan
va uluhiyatingning haysiyatiga tegingan va rububiyatingning shafqatini ta'sirlantirgan zalolat va kufr ahlini hashrni inkor qilishlaridan yuz ming daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan! Bu kabi behisob zulmdan, chirkinlikdan Sening benihoya adolatingni va jamolingni va rahmatingni poklayman!
oyatini vujudimning butun zarralari adadicha aytishni istayman! Balki Sening sodiq elchilaring va toʻgʻri saltanatingning dalloli haqqal-yaqiyn, aynal-yaqiyn, ilmal-yaqiyn shaklida Sening oxiratdagi rahmat xazinalaringga va boqiy olamdagi ehsonotingning xazinalariga va saodat diyorida to'lig'icha ko'rinadigan goʻzal ismlaringning xoriqo goʻzal jilvalariga shahodat qiladi, ishorat etadi va bashorat beradilar. Va butun haqiqatlarning manbai va quyoshi va homiysi boʻlgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shu'lasi ushbu hashrning buyuk haqiqat ekaniga iymon keltirib, Sening bandalaringga dars beradilar.
Ey Rabb-ul Anbiyo vas Siddiqiyn!
Ularning barchasi Sening mulkingda, Sening amring va qudrating bilan, Sening iroda va tadbiring bilan, Sening ilming va hikmating bilan boʻysungan va vazifalantirilgan. Poklash, takbir, tahmid, tahlil bilan kurra-i Arzni bir buyuk zikrxona, bu koinotni bir katta masjid suratida koʻrsatganlar.
Yo Rabbiy va yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn! Yo Xoliqiy va yo Xoliqi Kulli Shay!
Osmonlarni yulduzlari bilan, zaminni mushtamiloti bilan va butun maxluqotni barcha holatlari bilan bo'ysundirgan qudratingning va irodatingning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi hurmati, nafsimni menga boʻysundir! Va matlubimni menga musaxxar qil! Qur'onga va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga musaxxar ayla! Va menga va birodarlarimga iymoni komil va husni xotima ber! Hazrati Muso alayhissalomga dengizni va Hazrati Ibrohim alayhissalomga otashni va Hazrati Dovud alayhissalomga togʻni, temirni va Hazrati Sulaymon alayhissalomga jin va insonlarni va Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomga quyosh va oyni bo'ysundirganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni musaxxar qil! Va meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning sharridan va qabr azobidan va
Jahannam otashidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omiyn, omiyn, omiyn!
Qur'ondan va munojoti Nabaviya boʻlmish "Javshan-ul Kabir"dan olgan bu darsimni bir ibodati tafakkuriya sifatida Rabbi Rahimimning dargohiga arz qilishda qusurga yo'l qo'ygan boʻlsam, qusurimning afvi uchun Qur'onni va "Javshan-ul Kabir"ni shafoatchi qilib, rahmatidan afvimni niyoz etaman.