Kastamonu Lahikasi
— 163 —
Fotihaning Oxirida Ishorat Qilingan Uch Yoʻlning Bayoni

Ey birodari pur amal! Xayolingni qoʻlga ol, men bilan barobar kel. Mana bir zamindamiz, atrofiga qaraymiz; kimsa ham koʻrmas bizni.

Chodir ustunlari hukmida yuksak togʻlar ustida qop-qora bir bulut tabaqasi tashlangan, ham u ham qoplagan zaminimiz yuzin.

Muzlagan bir tom boʻlgan, lekin ost yuzi ochiq ekan, u yuzni quyosh koʻrarkan. Xullas bulut ostidamiz, siqyapti zulmat bizni.

Siqilish ham bugʻadi, havosizlik oʻldirar. Hozir bizga uch yoʻl bor: Bir olami ziyodor, bir karra koʻrgandim bu zamini majoziy.

Ha, bir karra bu yerga ham kelganman, uchovida alohida-alohida ketganman. Birinchi yoʻli budir: Aksari bu yerdan ketadi; u ham davri olamdir, sayohatga tortar bizni.

Mana biz ham yoʻldamiz, bunday yayov ketamiz. Qara shu sahroning qum daryolariga, qanday hiddat sochyapti, qoʻrqityapti bizni!

Boq shu daryoning togʻvoriy toʻlqinlariga! U ham bizdan gʻazabda. Alhamdulilloh narigi yuzga chiqdik, koʻramiz quyosh yuzin.

Faqat tortgan zahmatimizni ham faqat biz bilamiz. Voh, takror bu yerga qaytdik shu zamini vahshatzor, bulut tomi zulmatdor. Bizga lozim: Ravnaqdor qilar qalbdagi koʻzni

Bir olami ziyodor. Favqulodda agar bir jasorating bor; kiramiz da barobar, bu yoʻli pur-xatarkor. Ikkinchi yoʻlimizni:

Tabiati arzni teshamiz, u tarafga oʻtamiz. Yo fitriy bir tuneldan titrab boramiz. Bir vaqtda bu yoʻlda tomosha qildim da oʻtdim benoz va pur-niyoziy.

Faqat u payt tabiatning zaminini eritadigan, yirtadigan bir modda bor edi qoʻlimda. Uchinchi yoʻlning u dalili moʻ'jizni Qur'on uni menga bergandi.

— 164 —

Qardoshim, orqamdan qolma, hech ham qoʻrqma! Boq ana shu yerda tunelvoriy gʻorlar, yer osti oqimlar kutarlar ikkimizni.

Bizni oʻtkazadilar. Tabiat ham shu mudhish jumudiyalari ham seni hech qoʻrqitmasin. Zero bu xoʻmraygan chehrasi ostida marhamatli sohibining tabassumli yuzi.

Radyumvoriy u modda-i Qur'oniy yorugʻligi bilan sezgandim. Mana, tabriklayman! Ziyodor olamga chiqdik, boq shu zamini pur-nozni

Bu fazoyi latif, shirin. Hoy, boshingni koʻtar! Boq juda baland boʻlgan, bulutlarni ham yirtgan, pastda qoldirgan. Da'vat qilyapti bizni.

Shu shajara-i tubo, magar u Qur'on ekan. Shoxlari har tarafga uzangan. Egilgan bu shoxga biz ham osilishimiz kerak, u yerga olsin bizni.

U shajara-i samoviy; bir timsoli zaminda boʻlgan shar'-i anvori. Demak zahmat chekmasdan u yoʻl bilan chiqardik bu olami ziyoga, siqmasdan zahmat bizni.

Modom xato qilganmiz; eski yerga qaytamiz, toʻgʻri yoʻlni topamiz. Boq, uchinchi yoʻlimiz: Shu togʻlar ustida turgan shahboziy

Hamda butun jahonga oʻqiydi bir azonni. Boq muazzini a'zamga, Muhammad-ul Hoshimiy (S.A.V.) da'vat qilar insonni olami nuri anvorga. Ilzom etar niyoz bilan namozni.

Bulutlarni ham yirtgan, boq bu huda togʻlariga. Juda baland boʻlgan, boq shariat togʻiga. Qanday bezagan zaminimizning yuzi koʻzi.

Xullas chiqishimiz kerak bu yerdan himmat tayyorasi bilan. Ziyo, shamol u yerda, nuru jamol u yerda. Mana bu yerdadir Uhudi Tavhid, u jabali azizi.

Mana shu yerdadir Judi-i Islomiyat, u jabali salomat. Mana Jabal-ul Qamar boʻlgan Qur'oni Azhar, ziloli Nil oqyapti u muhtasham manbadan. Ich u obi lazizni!..

﴿ فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ ﴾
وَ اٰخِرُ دَعْوٰينَا اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

Ey birodar! Hozir xayolni boshdan chiqar, aqlni boshga oʻtkaz! Avvalgi ikki yoʻlning magʻdub va dallin yoʻli; xatarlari juda koʻpdir, qishdir doim kuz yozi.

Yuzdan biri qutular; Aflotun, Suqrot kabi. Uchinchi yoʻl; yengildir, ham qoribi mustaqimdir. Zaif, kuchli barobar. Hamma u yoʻldan ketar. Eng rohati budirki: Shahid boʻlish yo gʻoziy.

— 165 —

Xullas, natijaga kiramiz. Ha, daho-i fanniy: Avvalgi ikki yoʻldir unga maslak va mazhab. Faqat huda-i Qur'oniy: Uchinchi yoʻldir uning siroti mustaqimi, qovushtirar u bizni.

﴿ اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَ لَاالضَّٓالّ۪ينَ ٭ اٰم۪ينَ ﴾
***