Emirdoğ Lahikasi
— 83 —
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING ILOVASI ZAYLI
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar shahid marhum Hofiz Alining ahamiyatli bir vorisi va Dengizli talabalarining yuksak bir vakili va Dengizli shahrining Risola-i Nurga favqulotda yoʻnalganlarining tarjimoni qardoshimiz Hasan Fayzining Risola-i Nur haqida favqulotda sano bilan juda uzun yozilgan adibona maktubini oldim.

{(*) Bu uzun maktubning hammasi, Konferensiya nomli kitobda nashr qilingan.}

Risola-i Nurning menga qaytarib berilishi munosabati bilan, qardoshimiz Hofiz Mustafoning harakati haqida yozgan maktubimning ichida ushbu maktub Risola-i Nurning juda ahamiyatli qiymatini muxtasar shaklda bayon qilinishiga va avvaldan sezish hissi maktublarimdagi ahamiyatli da'volarimga mos izoh va Dengizli shahrining Risola-i Nur foydasiga kuchli shahodati va bir guvohi boʻlish jihatidan, ham bu kishi maktab fanlari bilan qattiq aloqador boʻlib tajribali muallim va olim boʻlgani uchun, Risola-i Nur haqidagi ushbu oʻtkir guvohligini juda muhim koʻrdim.

— 84 —

Faqat menga tegishli qismlari yo hatlanishi yoki toʻgʻrilashni munosib koʻrdim. Bir, ikki, uch joyda esa hammaga koʻrsatishni munosib koʻrmaganim uchun, ustini chizdim va sizga ham Yigirma Yettinchi Maktubning yoki uning Ilovasining zayli sifatida joʻnatdim. Bu qism maktubimni uning maktubining boshiga yozasiz. Hasan Fayzi qardoshimiz, uning ba'zi jumlalarini hatlaganim uchun, jahli chiqmasin. Chunki umum talabalarga hatlangan qism kerak emas, xususiy shaxslarda qolishi mumkin.

Bu kishi toʻgʻridan toʻgʻri iymon va Qur'on haqiqatlarini bir ma'naviy shaxs mohiyatida Risola-i Nur ma'naviy shaxsining jasadiga kirgan va juz'larining libosini kiygan holda favqulotda sano bilan xitob qilyapti. Oqʻgan sari e'tiroz bilan "buning husni zoni haddan ortiq" deb oʻylab turganimda, Qur'on haqiqati ma'nan, "Jasadga, libosga qarama, menga boq. U men haqimda aytyapti. Toʻgʻri gapiryapti." dedi. Men boshqa aralashmadim. Faqat Risola-i Nur tarjimoni haqida ochiqdan ochiq yo ishorat bilan yoki kinoya bilan uning haddidan ortiq sano bilan ta'bir qilinishini toʻgʻrilash kerak. Boshqalar, xususan tanqidchilar nazarida bechora shaxsimga bu nav' husni zonini qabul qilmaslik yoʻlimizga lozim, toʻgʻrilashimga jahli chiqmasin.

U (Badiuzzamon), Nurning xodimidir. Agar dunyoni istasa va tilasa edi, unga taklif qilingan hadya va chiroyli narsalarni, zakot va sadaqalarni, sovgʻa va meroslarni olganida, bugun millioner boʻlar edi. Lekin u Jabobi Umarning (R.A.) aytganidek: «Ustimga koʻp yuk olsam, Koinotning Gapiruvchi Ruhi va Allohning habibi Muhammadi Arabiy Alayhissalotu vasallamga va u zotning yoroni boʻlgan komil va vosillarga yeta olmay, yarim yoʻlda qolaman», deganlar.

"Hamma narsa va olamlarni sen uchun yaratdim, habibim" farmoniga, "Men ham siz uchun ularning hammasini tark etdim va fido qilaman", deb bergan javobi Hazrati Risolatpanohiga tobe boʻlish va namuna olib, u kishi ham dunyo va uning ichidagi hamma narsani, muhabbat va savdosini tark etib, hatto tarkni ham tark qilib butun xizmat va himmatini va ushbu nozik hayotini Qur'on nurlarining yoyilishiga sarf etib, bagʻishlagan.

— 85 —

Buning uchun hozir chekkan butun qiyinchiliklar rahmat, qilgan xizmatlari hikmat boʻlgan. Jaloli sabab jamolini koʻrsatib, olam bir gulzori kamol topgan.

"Lutfu qahri bir narsa bilmagan chekti azob,

U azobdan qutulib, sulton boʻlgan anglar bizni."

Niyozi Misriy kabi gapirgan bir tarjimon hamma narsani hush koʻrib, qatrani ummon, odamni inson va nurini olamga sulton aylagandir.

Unga "Qurdiy" deyilishi va "Qasida-i Hazrat-i Imom Ali (R.A.)" da koʻrilgan يَا مُدْرِكًا soʻzi hazf va oʻzgartirishda "Qurd"ga imo va ishorati borligi, haqiqatdan Qurdligiga dalolat qilmaydi va uning sharafli shajarasi va sayyidlikdan tushirish va uzoqligini bildirmaydi. Bu hujjat va izofa faqatgina Qurdistonda tugʻilib katta boʻlgan va bu laqab bilan tanilib, mashhur boʻlgan zotning Risolat-in Nurning tarjimoni ekanini dunyoga e'lon qilish uchundir. Yoʻqsa Qurdligini isbotlash uchun emas. Qurdcha bilishi, milliy kiyimda yurishi va shunday koʻrinishi oʻzini satr va yashirish uchun boʻlib, haqiqiy shaxsiyat va millatini toptash, inkor qilish ma'no va maqsadida emas, deb tushunaman. Islom Olami va bashariyatga, Haramayni Sharifaynga asrlar davomida xizmat qilgan bu qahramon Turk millatini uning qattiq yaxshi koʻrishida va hayotining muhim qismini asosan Turklar bilan yashagan bu viloyatda oʻtkazishida buyuk hikmatlar, ma'no va mulohazalar boʻlsa kerak.

Obi roʻyi Habib Akram uchun

Karbaloda ravon boʻlgan qon uchun

Ayriliq tunida yigʻlagan koʻz uchun

Ishqing yoʻlida sudralgan yuz uchun

Risola-i Nurga, Ustozga va Islomga zafar ber ya Robbi! Omin!

Ey Risola-i Nur! Seni soʻndirishni xohlagan badbaxtlarning kelajak yulduzi soʻnsin. Izzat va istiqboli, shon sharafi aksiga aylansin. Sen soʻnmas va oʻlmas nursan.

Boʻying baland, koʻzing shahlo majnun seni laylo

Soʻzing yerda, koʻzing Arshda, koʻngil maftun senga jonga

Niqobing nur, nigohing nur, kitobing nur sening ey nur

Bogʻing Nursiy, fe'ling munis, oʻzing idris tek raqibsiz

Ochilgan gul, sayrar bulbul, yuzida bor zarif bir tul

Yozilgan ustingga nurdan قَابَ قَوْسَيْنِ اَوْ اَدْنَى

— 86 —

Senga jonin fido qilmasmi sendan koʻrganlar haq

Soʻzing haq, oʻzing haq, yoʻling haq, maqoming Ka'batul Ulyo.

﴿ يُرِيدُونَ لِيُطْفِوءُا نُورَ اللّٰهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللّٰهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ ﴾

Ustozim Afandim Hazratlari!

Men bu yozuvlarni Risolat-un Nurning qoʻli, qalami va tili bilan bu haqir qalbimga undan sachragan kichik choʻgʻ parchasi bilan yozdim. Qabulini, yordam va ilhomning uzilmasligini iltimos qilib, hurmat bilan qoʻllaringizdan oʻpaman va duolaringizni kutaman afandim.

Duoingizga muhtoj talabangiz
Hasan Fayzi
(Rahmatullohi Alayh)

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qalbimga sizga toʻrt masalani bayon qilish eslatildi:

Birinchisi: Ham hol tili, ham qol tili bilan va boshqa tazohurlar bilan soʻralgan savolga javobdir.

Soʻralyaptiki: Modomiki Risola-i Nur ham karomatli, ham tariqatlardan ortiq iymon haqiqatlarining inkishofida taraqqiy ettiradi, uning sodiq shogirdlari qisman bir jihatda valiylik darajasidalar. Nima uchun avliyolar kabi ma'naviy zavq va kashfiyotlarga, moddiy karomatlarga sazovorliklari koʻrinmaydi, uning talabalari unday narsalarni qidirishmaydi. Buning hikmati nimada?

Javob: Ilk sababi - ixlos sirridir. Chunki dunyoda vaqtinchalik zavqlar, karomatlar nafsini toʻliq magʻlub qilmagan insonlarga bir maqsad boʻlib, uxroviy amaliga sabab tashkil qiladi, ixlosi ketadi. Chunki uxroviy amal bilan dunyoviy maqsadlar, zavqlar qidirilmaydi. Qidirilsa, ixlos sirrini buzadi.

— 87 —

Ikkinchidan: Karomatlar, kashflar, tariqatda suluk etgan omi va yolgʻiz taqlidiy iymoni boʻlgan, tahqiqiy darajasiga chiqmaganlarga ba'zan zaif boʻlganlarni quvvatlash va vasvasali shubhali kishilarga qanoat berish uchun beriladi. Holbuki Risola-u Nur iymoniy haqiqatlarga koʻrsatgan hujjatlari, hech bir jihatda vasvasalarga yoʻl bermagani kabi, qanoat berishi jihatida karomatlarga, kashflarga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. U bergan tahqiqiy iymon kashflar, zavqlar va karomatlarning koʻp ustida boʻlgani uchun, haqiqiy shogirdlari unday karomat kabi narsalarni qidirishmaydi.

Uchinchidan: Risola-u Nurning bir asosi - kishi oʻz kamchiligini bilib, mahviyat bilan faqat rizo-i Ilohiy uchun raqobatsiz xizmat qilishdir. Holbuki karomat sohiblari va kashflardan zavq olgan ahli tariqatning ichidagi ixtilof, bir jihatda raqobat va ushbu "men"lik davrida gʻaflatdagilarning nazarida su-i zon qilib u muborak zotlarga, "men"lik va xudbinlik tuhmatini qilishlari koʻrsatadiki, Risola-u Nur shogirdlari oʻz shaxsi uchun karomat va kashflar istamasligi, orqasidan quvmasligi lozim va shart. Uning yoʻlida shaxsga ahamiyat berilmaydi. Ma'naviy shirkat va qardoshlar bir-birida foniy boʻlish nuqtasida Risola-u Nur sazovor boʻlgan minglab ilmiy karomat va xizmat intishoridagi yengillik va ishlaganlarining tirikchiligidagi barakot kabi Ilohiy ikromlar umumga kifoya qiladi, boshqa shaxsiy kamolot va karomatni qidirishmaydi.

Toʻrtinchidan: Dunyoning yuz bogʻi, foniy boʻlgani uchun, oxiratning boqiy bir daraxtiga teng kelmaydi. Holbuki hozir lazzatga maftun koʻr insoniy hissiyot tayyor foniy bir mevani, boqiy uxroviy bir bogʻga almashtirgani uchun, nafsi ammora oʻzining fitriy holatidan foydalanmasligi uchun, Risola-u Nur shogirdlari dunyoda ruhoniy zavqlar va ma'naviy kashflarni qidirishmaydi.

Eski davrda Risola-u Nur shogirdlariga bu nuqtada oʻxshagan bir kishi oilasi bilan birga buyuk maqomda boʻlishgan edi. Tirikchilik muammosi sababli oilasi unga, "Qattiq ehtiyojimiz bor", deydi. Shunda birdan oltin gʻisht paydo boʻladi. Ayoliga, "Mana bizning Jannatdagi qasrimizning bir gʻishti", deydi. U muborak ayol javoban, "Bu yerda juda muhtoj boʻlsak ham, oxiratda bunday gʻishtlarimiz bor ekan, foniy suratda zoye qilmaymiz, qasrimizning bir gʻishti nuqsonli boʻlmasin. Duo qiling, joyiga qaytib ketsin, bizga kerak emas." deydi. Shunda gʻisht gʻoyib boʻlib joyiga ketadi. Buni kashf bilan koʻrishgan degan rivoyat bor.

Bu ikki qahramon ahli haqiqat, Risola-i Nur shogirdlarining dunyoga oid karomat zavqlarini qidirishmaganiga bir husni misoldir.

Ikkinchi masala: Agar muvofiqlik koʻp sonli va turli jihatda bir-birini quvvatlaydigan tartibda boʻlsa, qat'iy va ochiqdan-ochiq darajasiga chiqadi.

— 88 —

Qamoqdan keyin yozilgan bir qism maktublarimiz ham maqbul, ham juda ahamiyatli, ham bu davrda xalq ularga juda muhtoj boʻlganining bir belgisi shuki - yozgan vaqtimiz (gʻayriodatiy tarzda) chumchuq va musicha qushlari va kabutarlarning gʻarib tarzda xonamga bir biriga muvofiq kelishi boʻldi.

Milosda ahamiyatli qardoshimiz Halil Ibrohimning kabutardan bahs etgan maktubini olgan vaqtida gʻayriodatiy shaklda qulfloq xonasini ochayotib ichkarida musichaning uchishga intilishi, ham ichidagi maktubni ham bizning qushlarimizga muvofiq keldi.

Madrasa-i Nuriyadagi shogirdlarning maktublarimizni oʻqigan paytlari maktub boshiga ikki chigirtkaning kelib tinglashi, sobiq qushlarning muvofiqligini tasdiqlashi ham muvofiq keldi.

Ineboludagi sodiq qardoshlarimizning tasdigʻi bilan ham maktubimizni tunda oʻqigan paytlari kecha qushi oʻta hayajonli tarzda ularni qoʻrqitib, derazaga ikki qanoti bilan urishi hol tili bilan, "men ham u maktubga aloqadorman, bizni aloqasiz deb oʻylamang", deb yana sobiq masala va sobiq qushlarning aloqadorligiga, buyuk qush ham toʻliq muvofiq kelib tasdiqlayapti.

Ayni masalaga buncha muvofiqlik

{(Hoshiya) Bu maktubni Ustozimizdan oldik. Men, ya'ni Xusrav oʻqiyotgan edim, doʻstim Tohiriy yozayotgan edi. Gul qahramoni qushi xonamiz derazasiga qoʻnib Xusravning boshini koʻrib ketib qoldi.

Xusrav, Tohiriy}

va maktublardagi qisqa aytilgan haqiqatlarning oʻta muhim boʻlgani uchun va bashariyatning bu asrdagi vaziyatiga yuzlangan vaziyatida, koinot kitobining hodisalari va masalalari bir-biri bilan munosabatdaligini oʻylagan va xayoli keng bir qalb va fikr ahlining, "Goʻyo inson oʻta koʻp tayyoralari bilan va inson qushlari bilan, qushlar olami boʻlgan osmondagi qushlarni ham qoʻrqitib, ham qushlar olamida ajib hayajon bilan insoniyatning kelajagiga qushlar ham aloqador boʻlsa, insonlarning bu zolim, buzgʻunchi jonivor qushlariga qarshi kimlar javob berib ularni zulmdan, buzgʻunchilikdan voz kechirib kimlar inson manfaatiga va saodatiga harakat qilgan deb Risola-i Nur masalalariga aloqador boʻlishyapti deyish oʻrinsizmi? Ehtimoli yoʻqmi? Ma'nosiz uydirma deyish mumkinmi?

Uchinchi masala: Uch yil avval Ramazonda ta'lif etilgan va yana bu yil Ramazonda erkin tarqalgan "Oyatu-l Kubro"ning bir xulosasi "Hizb-i Nuriya"ni oʻqidim. Bir soatdan koʻproq ketdi. Birdan xulosaning ham bir xulosasi, oʻn yoki-oʻn besh daqiqa oʻsha Ramazonda yuzaga chiqdi. Unga oʻqib berayotgan vaqtim butun "Oyatu-l Kubro"ni oqiyotgandek iymonim inkishof etdi va

— 89 —
تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

sirriga sazovor ikki yoki uch sahifalik arabcha ibora oqʻiyman. Sizga oʻz qalamim bilan yozishga vaqt topa olmayman. Inshaalloh vaqti kelib yozaman. U boʻlimni mendek tushunganlar oʻziga maxsus nusxalardan yo "Oyatu-l Kubro"ga yo "Hizbu-n Nuriya"ning oxiriga yozsin. Tasbehlar va duodan keyin oʻttiz uch marta "La Ilaha Illalloh" tasbehimizning oʻrnida (faqat bomdod namozi tasbehida) ma'nosini sinchiklab oʻqisin.

Toʻrtinchisi: Ikki nuqtadir:

Birinchisi: Ispartadagi qardoshlarimiz, xususan Gul Nur qahramoni Xusrav qish boʻlgani uchun moddiy ehtiyojlarim bilan qiziqishyapti, yordam berishni istashyapti. Men ularga tashakkur bilan birga aytamanki, "Ularning Risdola-i Nurga xizmati, har bir shogirdning abadiy saodatiga manfaati boʻlganidek, mening ham haqiqiy qishim suratida boʻlgan qabrimdan keyingi qishda ehtiyojimga shu daraja mukammal yordam berishyaptiki, bu foniy vaqtinchalik qishning ehtiyojiga yordam berishdan ming marta ziyodadir. Agar qoʻlimdan kelganda, butun ruhu jonim bilan, kamoli ishtiyoq bilan ularning butun moddiy ehtiyojlarini ta'minlar edim. Mendan xavotirlanmang. Tejamkorlik va qanoat, menga ikki xazinadir, tugamaydi bitmaydi.

Ikkinchi nuqta: Bir kuni Kichik Isparta nomini olgan va boshqa joylarga qaraganda, oʻtgan masalamizda qamoq musibatini chekkan Inebolu va uning atrofidagi qardoshlarimning oʻta chiroyli va samimiy maktublari, meni juda baxtiyor qildi. Faqat Risola-i Nur qahramonlaridan ota-oʻgʻilning yoʻli boshqa boshqa boʻlgani uchun, bir-biri bilan toʻliq birlasha olmaganlari uchun xavotirlanayotgan edim. Ota qanchalik haqsiz boʻlsada, oʻgʻil uning roziligini olishga majbur. Oʻgʻil ham naqadar sarkash boʻlsa, ota fitriy shafqatini qizgʻanmaydi va qismasligi kerak. Nafaqat bunday ota-bola, mumtoz fazilatli, Risola-i Nurning bosh shogirdlari, balki bir-biridan juda uzoq va dushman boʻlsalar ham, Risola-i Nurning hurmati uchun shogirdlari ichida "foniy boʻlish", oʻzaro tanqid qilmaslik, aybini kechirish dasturi bilan ushbu ikki qardoshim dunyoviy, juz'iy va hissiy narsalarni tortishuvga sabab qilishmasin.

— 90 —

Otalik va farzandlik taqozo qilgan hurmat va shafqat bilan birga, Nurning shogirdligi iqtizo qilgan aybga buyurmaslik, kechirimlilik va mening qattiq yaxshi koʻrgan ikki qardoshim (mening hurmatim uchun) bir-birini tanqid qilmasligi kerak boʻladi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilamiz.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ma'nan soʻralgan ikki savolning javobidir:

Birinchisi: "Nima uchun shaxsingiz haqida haddan ortiq husni zon qilgan va buyuk maqom bergan, Risola-i Nurga kuchli bogʻlangan va siz ham ularni juda yaxshi koʻrgan insonlarning Nur xizmati xorijida shaxsingiz bilan koʻrishishlarini istamaysiz. Siz haqqingizda qattiq husni zonda boʻlmagan kishilar bilan gaplashishni xohlaysiz, koʻp iltifot koʻrsatasiz. Buning sababi nima?"

Javob: "Oʻttizinchi Soʻz"ning Ikkinchi maktubida aytganimdek: Bu davrda insonlar ehsonini muhtojlarga juda qimmatga sotishadi. Maslan: Mendek bechorani solih yoki valiy deb oʻylab, bir non berishadi, evaziga esa qabul boʻladigan duo istashadi. Bunday narxli ehsonni istamayman, deb hadyalarni qabul qilmaslikka sabab qilaman.

Insonlar meni (Risola-i Nurning xos shogirdlari mustasno) buyuk maqomda deb bilib, kuchli aloqa va xizmat qilishadi. Evaziga esa dunyoda valiylar kabi nuroniy natijalarni xohlaydilar. Soʻng bizga xizmati va aloqasi bilan ma'naviy ehson istashadi. Unday kishilarning bu turdagi ehsonlari evaziga istagan qiymatga ega boʻlmaganim uchun uyalib qolaman. Ular mening ahamiyatim yoʻqligini bilsalar, oʻzini yoʻqotib qoʻyishadi, balki xizmatda toʻxtab qolishar.

Uxroviy ishlarda hirs va qanoatsizlik bir jihatda maqbul boʻlsada, yoʻlimiz va xizmatimizda (ba'zi kamchiliklar sabab) oʻzini yoʻqotish jihatidan, shukr oʻrniga, xafa boʻlib shikoyat qilishiga sabab boʻladi. Balki xizmatdan ham voz kechar.

— 91 —

Shuning uchun yoʻlimiz natijasida qanoat doim shukrni, matonatni va sabotni natija bergani uchun; ixlos doirasida, xizmat nuqtasida qattiq hirs va qanoatsizlik qilgan paytimiz natija va samaralarda qanoat qilishimiz kerak. Maslan Risola-i Nur xizmati bilan Isparta va uning atrofida minglab ahli iymonga favqulotda iymon quvvatini ta'minlash boʻlgan bu natija, bizning favqulotda xizmatimizga kifoya. Bir kishi oʻn qutb darajasiga chiqsa va ming kishini valiylik darajasiga yoʻnaltirsa ham bu natijani pastga tushira olmaydi. Nurning haqiqiy shogirdlari bu kabi natijalarga qanoat qilishadi. Buyuk qutbning muridlarining qalb qanoatlarini ta'minlagan ustozlarining favqulotda maqomi va masalalardagi hukmlari oʻrniga, Risola-i Nurning metin hujjatlari (muridlarining qanoatidan ziyod) shogirdlariga qanoat berganidek, bu holat va e'tiqod boshqa odamga ham yuqadi, manfaat beradi. Muridlarning qanoati esa, xususiy va shaxsiy doirasida qoladi.

Ilmi Mantiqda "qoziya-i maqbula", yani buyuk zotlarning soʻzlarini dalilsiz qabul qilish deyiladi. Mantiqda aniqlik va qat'iyatni ifodalamaydi, balki koʻpchilining qarashi bilan qanoat hosil qildiradi. Ilmi Mantiqda aniq dalil, husni zonga va maqbul shaxslarga qaramaydi, balki inkor qilinmas dalilga qaraydi. Butun Risola-i Nur hujjatlari ushbu aniq dalil qismiga kiradi. Chunki valiylarning amal, ibodat, suluk va riyozatda koʻrgan haqiqatlari, pardalar orqasida mushohada etgan iymon haqiqatlari, aynan ular kabi ibodat oʻrniga Risola-i Nur, ilm ichida haqiqatga yoʻl ochgan. Suluk va virdlar oʻrnida mantiqiy burhonlar bilan ilmiy hujjatlar ichida haqiqatga yoʻl oschgan. Va tasavvuf ilmi va tariqat oʻrniga toʻgʻridan toʻgʻri Ilmi Kalom, Ilmi Aqida va Usulud Din ichida bir valoyati kubro yoʻlini ochgan. U bu asrning haqiqat va tariqat jarayonlariga gʻalaba qilgan falsafiy zalolatlarni magʻlub qilayotgani maydonda.

Oʻxshatishda xato boʻlmasin, Qur'onning oʻta kuchli va mantiqiy haqiqati, boshqa dinlarni tabiatparast falsafasining hamla va gʻalabasidan qutqarib, ularga bir tayanch nuqtasi boʻldi. Taqlidiy va aqlga sigʻmaydigan usullarini ham bir daraja muhofaza qildi. Xuddi shuning kabi:

Bu davrda uning bir moʻ'jizasi va nuri boʻlgan Risola-i Nur ham moddaparastlik falsafasi chiqargan dahshatli ilmiy zalolatga qarshi avom ahli iymonning taqlidiy iymonini, ilmiy zalolat hujumidan qutqaradi. Umum ahli iymonga tayanch nuqtasi, qat'iy qanoat va uzoqdagilarga ham zabt etilmas qal'aga aylangan. Bu oʻxshashi yoʻq dahshatli zalolatlar ichida yana avom moʻ'minning iymonini shubhalardan va Islomiyatni haqiqatsizlik vasvasalaridan muhofaza qilmoqda.

— 92 —

Ha har tomonda, hatto Hind va Xitoyda ahli iymon bu davrning dahshatli zalolatining gʻalabasidan, Islomiyatda bir haqiqatsizlik bormi ajabo, magʻlub boʻldi deya shubha va vasvasaga tushgan vaqti birdan eshitadiki risola chiqibdi, iymonning butun haqiqatlarini qat'iy isbot qilyapti, falsafani magʻlub etib, zindiqlarni mot qilyapti, deb anglaydi. Shubha va vasvasa yoʻq boʻlib iymoni qutuladi va kuchga toʻladi.

Ikkinchi savol: "Siz bir maktubingizda, (maktublarni yozish va oʻqish vaqtida qushlarning siz va shogirdlaringizning yoniga kelishini) qardoshlaringizga maktubda shoirona yozdingiz. Holbuki qushlar dunyo jarayonlarini va Risola-i Nurning hodisalarga foydasini biladigan mohiyatdan uzoq. Bunga nima deysiz?"

Javob: Amr va izni Ilohiy, havl va quvvati Rabboniya bilan umum hayvonotning maloikadan bir choʻponi, nazoratchisi boʻlganidek qushlar sinfining ham bir choʻponi bor. Ular bilmasada Ilohiy amr va Rabboniy ilhom bilan choʻponi ularni yoʻllaydi. Fitriy yoʻnaltirish esa qushlarga kelgan ilhomga tayanadi. Qushlar ilhomga sazovor boʻlib, tugʻilganiga bir kun boʻlgan asalari, bir kunlik masofaga uchib boradi, fitriy ilhom bilan, savqi Rabboniy bilan yoʻlini yoʻqotmay uyiga qaytib keladi.

Yer yuzi Risola-i Nur va shogirdlariga kelgan zulmga e'tiroz qilganidek

havo yomgʻirsizlik bilan va sovuqda Risola-i Nurga kelgan tazyiqlar va musodarani tanqid qilganidek

bulutlar ozodligini yomgʻirlar bilan olqishlaganidek

albatta qushlar sinfi ham aloqador boʻladi.

Ha, insonning bir qism sun'iy qushlarining bir bomba tuxumi bilan bir qishloqni xarob qilib, ming kishini yoʻq qilgan jinoyatiga va jahannamiy zaqqum urugʻlarini tashigan insoniy qushlarning buzgʻunchi qismini, ham yer yuziga, ham bashariyatga mustabidlik bilan qilingan marhamatsiz buzgʻunchiliklarga qarshi qushlar ta'sirli suratda istiqbolni nurlantiradigan Risola-i Nurni albatta ma'nan tabriklab olqishlaydilar, deb yozilgan hodisa, oʻta kichik arzimas boʻlsada, ichida nozik haqiqat mavjud.

Qardoshlarim!

Bu safar "Meva Risolasi"ning toʻliq qiymatini bilgan va oʻziga Mevachi nomini bergan Risola-i Nur markazining yozgan maktubi, meni juda mamnun ayladi. Chunki Xulusiy, Haqqi kabi yigirma yilga yaqin samimiy doʻstlik va qardoshlikda toʻliq davom va sabot etgani kabi, ularning Risola-i Nurga nisbatan aloqa, bogʻliqligi va sadoqatlari, oʻrtalaridagi xolis munosabatlari kabi ham davom etyapti, ham matonat kasb etgan, nuqsonlar bilan buzilmayapti.

— 93 —

Doimiy haqda xolislik bilan va Nur xizmatida sabr ichida shukr qilgan xolis, muxlis va boshqalarga husni misol boʻlgan sodiq shogirdlarni Risola-i Nurga bergan, Janobi Haqqa shukr qilaman. Mevachining atrofida ismini zikr qilmagan ma'lum va juda aloqador qardoshlarim, xususan Barla siddiqlari, meni koʻp marta xayolan eski davrga va u viloyatga jalb qilishyapti. Barla va togʻlarida kezdirmoqdalar. Men ular bilan va u yerlari bilan juda aloqadorman, unutmayman. Ularga minglab salom aytaman.

Koʻzja hatibi Hasan Shukruning maktubi meni baxtiyor ayladi, salom aytaman. Ma'sumlar, ummiylar, opa-singillar, boshda qalam bilan xizmat qilganlar va umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Sud tarafidan menga qaytarib berilgan, hali qoʻlimga kelmay pochtaxonadan musodara qilingan muboraklar hay'atining pahlavoni Kichik Alining bir maktubini koʻrdim. U butun Risola-i Nurni ikki yilda yozib tugatishga qaror qilib, amalda bajargan. Bu qahramonligi bilan mening, Risola-i Nurning birinchi shogirdi boʻlgan katta Mustafoda haqiqiy bir Abdurrahmonni va orqasida koʻp Abdurrahmonlarni koʻraman degan kashfilarimni toʻliq tasdiq qildi. U muborak Mustafoning vazifasini toʻliq qildi. Hofiz Mustafo ham, Hofiz Ali zamonida tom bir yordamchi va vafotidan soʻngra tom bir vorisi boʻlganini qamoqda koʻrsatdi. Demak muborak oliy hay'atida, oʻn sakkiz yil avval men umid qilgan xizmati Nuriyani toʻliq qilishgan va qilyaptilar. Ekkan urugʻlari, ular ishlamasalar ham, ularning oʻrniga mahsulot beradi. Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

— 94 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sizning oʻn muborak kechalaringizni va muqaddas bayramingizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Janobi Haq, rahmati, karami va hifzu himoyasi bilan, tavfiq va hidoyati bilan, Risola-i Nurning nashr va yoyilishiga, Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning tavofuqli nashriga sizlarni muvaffaq aylasin, omin!

Ikkinchidan: Risola-i Nurning bir xulosasi boʻlgan "Oyatu-l Kubro" va "Hizbi Nuriya"ning bir xulosatu-l xulosasi hukmida oʻttiz uch tavhid kalimasining namoz tasbehotidagi men eskidan beri oʻqigan va Risola-i Nurning aksar haqiqatlari namoz tasbehotida inkishof etishi bilan xayolim yanada kengayib, oʻttiz uch kalima-i tavhidning har birini koinotdagi bir maxluqot tabaqasining hol tili bilan men bilan birga aytayotgandek kulliy hol tili mening juz'iy tilimning ayni boʻladi. Men, kamoli zavq bilan oʻqiyapman. Sizga ham suratini yuboryapman. "Hizbi Nuriya"ning ushbu xulosatu-l xulosasi toʻliq تَفَكُّرُ سَاعَةٍ sirrini jamlaganini, oʻn besh daqiqada toʻliq qanoat hosil qildim.

Arabcha bilmaganlar Oyatu-l Kubroning martabalarini chiroyli tarzda anglasalar, Arabcha boʻlim toʻliq anglashiladi. Arabcha bilmagan kishi ikkalasiga bir necha marta qarasa, toʻliq anglaydi. Buni men yigirma toʻrt soatda bir marta, yo bomdod namozining tasbehotida yoki boshqa vaqtda eng koʻp zerikkan va siqilgan paytimda oʻqiyman. Menga ulviy bir inshiroh beradi, zerikishni ketkazadi. "Oyatu-l Kubro" va "Hizbi Nuriya"ning oxirida yozilsa, munosib boʻladi. "Oyatu-l Kubro" va Risola-i Nurning aksar haqiqatlari, Ramazonda va tasbehotida oʻrtaga chiqishi kabi, ushbu "Xulosatu-l Xulosa" ham Ramazonda va tasbehotda oʻrtaga chiqishi juda ma'nodordir.

Uchinchidan: Soʻnggi kunlarda xabar oldimki, vakillar kengashi, meni Kastamonudan olib Amirtogʻga oʻtkazishga qaror qilishibdi. Anglashilmoqdaki, Risola-i Nurga va talabalariga ayblashga bahona topolmayaptilar.. faqat ahammiyatsiz shaxsimga ahamiyat berib, qayd ostiga olishyapti. Sizni bor quvvatim bilan ishontiramanki, men ruhu jonim bilan, ularning Risola-i Nur va talabalariga emas, menga hujum qilishlarini iftixor bilan qabul qilaman. Goʻyoki boshqa yerlardagi insonlar menga qoʻshilyapti. Buni man qilishga chora topolmayaptilar. Ammo bu yerda yoʻlini topib, qasddan shunday muomala qilishyapti, siz hech xafa boʻlmang.

Mening bu holatim, Risola-i Nur shogirdlarining fathlariga bir vasiladir. Inoyat va marhamati Ilohiya, menga ahli dunyoning haqsizliklarini buyuk bir xayrga aylantiradi deb oʻylayman. Zotan yoʻlimizda - zamon, makon suhbatlashishimizga mone boʻlolmaydi. Sharqda, gʻarbda, hatto oxiratda, barzohda boʻlsa ham, birgamiz. Masalan, barzohdagi Hofiz Ali (RH), har kuni ma'nan yonimizdadir. Bu haqiqatga binoan, yuzaki ayrilishga, hatto oʻlimga ahamiyat bermasligimiz kerak.

— 95 —

Toʻrtinchidan: Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Duradgor Ahmadning bulbuli, gul fabrikasining muborak gulchi kotibining bulbulini latiflik bilan tasdiqlagan. Zotan bahorda nabotot karvonlarining hayvonlarning rizqlarini keltirishlariga umum qushlar nomidan bulbullar xatib boʻladi. Ularni qushlar nomidan olqishlaydi. Risola-i Nurning qushlar tomonidan aloqadorliklari ichida albatta yana boshda bulbul koʻrinishi lozim keladiki, koʻrindi.

Safranboluli muxlis, metin qardoshimiz Mustafo Usmon, bu yerdagi qardoshlarimga bir-ikki maktub yubordim deydi, maktublarning javobini ololmaganidan xavotirlangan. Xavotirlanmasin. Ehtiyotga binoan va Isparta vositasida xabarlashishga ishonib unga alohida maktub yozilmagan, xavotirlanmasin. Kastamonulik qardoshlarimiz ham xavotirlanmasin. Mening bu yerga oʻtkazilishim, Kastamonu bilan, ular bilan aloqamni boʻshashtirmaydi, aksincha meni ular bilan yanada kuchliroq bogʻlaydi. Men, aksar vaqtda xayolan va ma'nan oʻzimni Kastamonuning muborak togʻlarida va qardoshlarimning yonida topaman.

Aziz, siddiq qardoshlarim va haqiqiy vorislarim!

Bayram tabriklariga oid koʻp maktublarni oldim. Har biriga javob berishga vaqtim, holim izn bermaydi. Har bir maktubni, koʻp qardoshlarim nomidan bir xos qardoshimiz yozgan. U maktublarda, tabrikdan tashqari ba'zi ahamiyatli nuqtalar ham bor, meni baxtiyor, minnatdor ayladi.

Jumladan: Gul va Nur fabrikasi nomidan Xusravning tabrik maktubi, meni sevinch bilan yigʻlatdi. Zotan Xusravning mumtoz bir xususiyati shuki, hozirgacha menga kelgan barcha maktublarining hech biri meni ranjitmaydi.. qaygʻuli vaqtlarimda ham yumshoq keladi, ruhimni erkalaydi. Bu jihatdan ham unga shaxsim e'tibori bilan juda minnatdorman. Xulusiyi soniy Sabrining, ma'lum qardoshlari hisobiga tabriknomasi meni juda ham sevintirdi. Xos qardoshimizning taqdir va tahsinda peshqadamligi, Xusrav va Hasan Fayzi haqida juda goʻzal taqdirlari, meni haqiqatdan baxtiyor ayladi. Hasan Fayzining Dengizli shogirdlari hisobiga tabrigi ham uning yuksak irtibotini, quvvatli aloqasini koʻrsatdi.

— 96 —

Kastamonu fidokorlari nomidan Kastamonuning Xusravi va Rushdusi boʻlgan Fayzi va Aminning tabrikli maktubi va Fayzining ma'lum hodisada hech qanday xavotir beradigan hol sodir boʻlmaganini, aksincha tashviq qamchisi oʻrniga oʻtganini yozishi, bizning xavotirimizni yoʻqotdi.

Nazifning oʻsha atrofdagi qardoshlarimiz nomidan tabrigi, Nazifning tebranmas sadoqati, aloqasi va quvvatli umidlari bizga toʻliq nafas oldirdi. Uning xususiy raqiblari boʻlgani uchun xavotirda edim.

Sadoqati hayratomuz boʻlgani kabi, jasorati ham oʻsha nisbatda boʻlgan Halil Ibrohimning (RH) toʻgʻridan-toʻgʻri manzilimga yuborgan tabrigini oldim. Boshda Nurning diqqatli advokati ularning umumiga salom va bayramlarini tabriklaymiz.

Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Shukru Efening, qushlarning va chumchuqlarning aloqalarini koʻrsatgan maktubi, qahramon duradgorning tasdiqini tasdiqladi, bizni ham xursand qildi.

Otaboyli qardoshlarimizdan, Lutfu vorislaridan Ali Usmonning maktubidagi savoliga javob berishga vaqt topolmadik.

Mazkur qardoshlarimizning har biriga va birodarlariga alohida-alohida ruhu jonimiz bilan moddiy ma'naviy bayramlarini tabriklaymiz. Katta Ra'fat qardoshimizga, minglab xush kelding deymiz.

Ichida ma'sumlar toifasi va ummiy keksalar va fidokor xonimlar boʻlgan umum qardoshlarimga, bir-bir uchinchi bayramlaringizni tabriklayman va salom aytaman. Sihhatlari va saodatlariga duo qilib soʻzni tugataman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Marhum shahid Hofiz Alining (RH) kitoblari bilan birga kelgan muboraklarning pahlavoni va Abdurrahmonlarning qahramoni buyuk ruhli Kichik Alining "Gʻaybiy Tasdiq Muhri" nomli majmuasi juda chiroyli va munosibdir. Ammo "Ilova"da va ayniqsa Amirtogʻ boʻlimida, Risola-i Nurning karomatlariga aloqador zilzila, yomgʻir va qushlar mavzulari kabi munosib koʻrganingiz maktublar u "Muhr"ning oxiriga kirsa, yanada chiroyli boʻladi. Bu munosabat bilan, Muboraklar Hay'atining bayramlarini takror tabrik bilan Kichik Aliga ming barakalloh deyman.

— 97 —

Safranbolu bahodiri fidokor Mustafo Usmonning bu yerdagi shogirdlarga yuborgan goʻzal maktubini oʻqidim. Bu kishi ham Hasan Fayzi kabi hayratomuz sadoqatini va husni zonnini adibona yozgan, ammo Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi oʻrniga meni haddimdan koʻp ortiq maqomga qoʻygan. Ustozini oʻzining porloq oynasida juda porloq koʻrgan. Men ham uning husni zonnini ma'naviy duo oʻrnida qabul qildim. Ham uning, ham atrofidagi qardoshlarimizning bayramlarini tabrik qilamiz.

Muhtaram, sevgili, muborak qardoshlarim - Risola-i Nur talabalariga bayon qilamanki:

Risola-i Nur nurdan toʻqilgan ip boʻlib, unda koinot va butun mavjudotning tasbehotlari tizilgan.

Risola-i Nur oluvchi va tashuvchilar jihozlangan Qur'oniy radio boʻlib, uning sim va chiroqlari, oyna, sim va batareyalari boʻlgan satrlari, soʻzlari, harflari shunday intizomli va iyjozli joylashtirilganki, ertaga har bir ilm va fan olimlari hamda har bir yoʻl va yoʻnalish sohiblari ilm va iqtidorlari miqdorida gʻayb olami, shahodat olami, ruhoniyot olami va koinotdagi jarayon etgan har bir hodisalardan xabardor boʻlishi mumkin.

Risola-i Nur moʻminlarga - Qur'ondan hidoyat hadyalari, ikki dunyo saodati, shafoatga sazovor va Rahmoniy fayzdir.

Risola-i Nur koinotga, bahorning fayzini bergan obi hayot, ayni rahmat, haqiqatning asosi va gulzor gulistonidir.

Risola-i Nur lutfi Yazdon, kamoli iymon, tafsiri Qur'on va barakati ehsondir.

Risola-i Nur kofirga xazon, munkirga toʻfon, zalolatga dushmandir.

Risola-i Nur bir maxfiy xazina, bir javhar sanduqchasi va nurlar manbaidir.

Risola-i Nur Qur'on haqiqatlari va iymon me'rojidir.

— 98 —

Risola-i Nur Qur'on va Hadisdan keyin avliyolar bosh toji, asarlar sultonu va ma'nolar qaymogʻi va Ilohiy va Subhoniy hadyalar atosi va Rahmoniy fayzlardan iboratdir.

Risola-i Nur bir haqiqatlar dengizi, Qur'on va iymonning nozik haqiqatlarining sirri va maorif xazinasi va karam-yaxshiliklar dengizidir.

Risola-i Nur xastalarga hikmat shifoxanasi, zamzam suvi, sogʻlarga haqiqat ozuqasi, rayhon isi va mushki anbardir.

Risola-i Nur Ahmadiy (ASV) joy, Haydariy (RA) mujda, bashorat va Gʻavsiy (QS) yordami, Gʻazzoliy (QS) tavsiyasi va Faruqiy (QS) xabardir.

Risola-i Nur Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayon quyoshining yetti rangi ekani, Risola-i Nurning nashr qilingan haqiqatida tom tajalliy qilgan. U ham bir shariat kitobi, ham bir duo kitobi, ham bir hikmat kitobi, ham bir ubudiyat kitobi, ham bir amru da'vat kitobi, ham bir zikr kitobi, ham bir fikr kitobi, ham bir haqiqat kitobi, ham bir tasavvuf kitobi, ham bir mantiq kitobi, ham bir Ilmi Kalom kitobi, ham bir Ilmi Ilohiyot kitobi, ham bir kasb-hunarga tashviq kitobi, ham bir balogʻat kitobi, ham bir vahdoniyat isboti kitobi, dushmanlarni mot va lol qiladigan kitobdir.

Risola-i Nur Qur'on samolaridan bir m'anaviy osmonning quyoshlari, oylari va yulduzlaridir. Zohiran, sabablar pardasi boʻlgan Quyoshdan, Oydan va nur sochuvchi sayyoradan butun koinot nurlanib va ziynatlanadi, butun ashyo unib koʻkaradi va hayot topadi.

Risola-i Nur ham Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayondan olib sochgan shu'lalar bilan butun olamga hayot va odamga komil inson va qalblarga iymon sevinchi va aqllarga isbot bir qanoat, fikrlarga iymon inkishofi, nafslarga taslimi rizo va jondir . U ma'naviy samoni ba'zan zohiran hikmat sababli tashqi bulut toʻdasi qoplaydi. U salmoqli bulutdan shunday bir fayzi rahmat boroni yogʻadiki, unib chiqishga iste'dodli danak, urugʻ, tuxumlar siquvchi va tor olamda iztirob cheksalarda, ustlaridagi poʻstloqlarni yorib va yirtadi, u onda bulutlar ham ufuqlarga chekinib soqchi kabi kutishi bir Rabboniy imtihon, bir fayazoniy inkishof va bir nuroniy rahmat boʻlib avvalgi bir danak, urugʻ qaytadan yangi hayotga ishtiyoq bilan va koʻkarish sevinchi bilan ulkan mevador daraxt suratini oladi va يُبَدِّلُ اللّٰهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor boʻladi.

— 99 —

Ha, yigirma yildan beri davom etgan ushbu qish inshaallohu taolo tugagan boʻlsin... Dunyoga yangi va fayzli bir fasli navbahor kelsin va olamning yuzi nur bilan kulsin...

Risola-i Nur Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning tasarrufi ostida boʻlgani uchun unga uzangan, hujum qilishni istagan har qanday qoʻl sinadi va har bir til quriydi. Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning

﴿ وَمَا اَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ اِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ ﴾

kalomi sharifining bu davrda imo va ishoratlaridan Turk tiliga kelgan musibatlarga qaralsa, "Risola-i Nur", Turk tilida ham imom boʻlishiga, ya'ni ertaga sof Turkcha Risola-i Nur tili imtiyoz qozonib boshqalarni tark qilishlariga doir ishorati Qur'oniyadandir desam, xato qilmagan boʻlaman deb oʻylayman.

Boshda Ustozimiz va barcha qardoshlarimizga samimiy salomlarim bilan arz va hurmatlar aylayman, muborak bayramlarini tabriklayman va qutlayman. Ustozim haqida hech narsa yoza olmadim. Chunki varosati Muhammadiya (ASV) maqomida boʻlgan bir zoti oliyqadr haqida nima deya olaman? Unga Hasan Fayzi Afandi qardoshimizning soʻzlarini takrorlashdan boshqa narsa bilmayman.

Milas va atrofi Risola-i Nur talabalari nomidan duongizga muhtoj
Halil Ibrohim (RH)

[Halil Ibrohimning Risola-i Nur haqidagi oʻtkir bayonining oxirida qayd qilinib, ikkalasini birga Amirtogʻ maktublarining oxirlarida qayd qilasiz. Bu kishi, Risola-i Nurning juda eski va juda sodiq va juda fidokor shogirdidir, Risola-i Nurga xitob qilib bu maktubni yozgan. هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Said Nursiy