Emirdoğ Lahikasi
— 32 —
Yashirin kelishuvning oʻyini:

Turklarga dinlarini va din vakilligini fido qildirish sharti bilan, sun'iy istiqlol ishida yashirin kelishuvning orqasida bir soʻz bilan aytsak, Yahudiylik turibdi. Bu ish yelkasiga yuklangan shaxs hozirgi Misr Hahamboshisi Hayim Naumdir. Bu hayim Naum qoʻrqinchli tashabbusga avvalo Amerikada turklarga foydali bir asar haqida konferensiya tashkil qilib, imperializm boshliqlariga turklarga oid moddani erkin qoʻyishlarini, buning evaziga ich ichidan ruhini oʻz odamlariga yiqitish fikrini berib boshlagan. Ya'ni, mason boʻlgani uchun Qur'onning hukmlarini olib tahslash, millatni dinsiz qilishdir. Hayim Naum mudhish rejaning zaminini Amerikada tayyorlagand soʻng Angliyaga borib, xolis yahudiy boʻlgan Lord Gurzon bilan gaplashib shu taklifni aytgan:

"Siz Turkiya turoqlarini toʻliq qabul qiling. Ularga men Islomiyatni va Islomning vakilligini, oyoq ostiga olinishini va'da beraman." Oʻsha Hayim Naum turk boshqaruv hay'atiga maslahatchi sifatida sizib kirishning ham yoʻlini topgan. Ya'ni Mustafo Kamol va Ismatni oʻziga doʻst qilgan. Shuning uchun uchalovi birlashgani uchun orada hech qanday stansiyaning ishlashiga hech qanday toʻsiq qolmagan.

Hayim Naum oʻsha vaqtda Anqaragacha kelib rejaning muvaffaqiyati uchun kerakli eng muhim va markaziy shaxs nazdida (ya'ni Mustafo Kamol yonida) ishongan ta'sirining darajasini oʻlchashni xohlaydi. Bu ta'sir va'da qilingan masalada Hayim Naumdan ham havaskor va gʻayratli Islomiyat dushmaniga tasodif qilib murodiga yetgan. Natijada turkni ichidan oʻldirishning rejasini amalga oshirish uchun hamma narsa tayyor holga kelgan.

— 33 —

Bu muhim vasiqa toʻliq Risola-I Nur tarjimonining qirq yil avval hadisi sharifning xabariga doir bayon qilgan hodisani tasdiqlagani va Shariati Ahmadiyaga xiyonat qilgan dahshatli shaxsning muhim bir kuchi Yahudiy ekani, Yahudiy Lord Gurzon bilan hayim Naum oʻsha xabarning haqiqatini koʻrsatishgani va yigirma besh yildan beri Nurchilarni yoʻqotishga oʻzboshimcha qonunlar bilan dahshatli zulmlarning hikmatini toʻliq koʻrsatadi.

Juda aziz, muborak, sevgili, mushfiq Ustozimiz Afandimiz Hazratlari!

Moʻ'jizotli va Jalol Ismi oltin bilan yozilgan, yaltiroq muqovali Qur'onni Diyonat Riyosati, Afyon Mahkamasidan keltirib, kecha Istanbul Musxaflarni Tekshirish hay'atiga joʻnatilgan. Hay'at tekshirib nashr qilish kerak va shartligini tasdiqlab, qaytarib berar ekan.

Oqshaharli qahramon Ahmad Oltin qardoshimizning avvalroq bir nusxasini siz sevgili Ustozimizga joʻnatgan va Diyonat Boshqarmasiga yozgan murojaatini Diyonat Riyosati Mushovara Hay'ati tekshiribdi. Bunga siz sevgili Ustozimiz Diyonat Riyosatiga hadya qilgan ikki toʻplamning birini mushovara hay'atiga tekshirish uchun berishar ekan. Diyonatda Nurlarning foydasiga harakat qilgan muhtaram qardoshimiz bor. Haqiqatdan sevgili Ustozimiz, boshidan oxirigacha zulmatli, qoraygan Anqara hozir qattiq oʻzgargan va tobora oʻzgaryapti. Sochilgan zaharlar yoshlarga ta'sirini yoʻqotgan.

Sungur

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ming barakalloh, "Soʻzlar" majmuasining chiroyli va xatosiz chiqishi va musodara qilingan majmualarning yoʻq qilinishdan qutulishiga namuna sifatida bir qismini qoʻlga kiritishingizga minglar mashaalloh va alhamdulillah deymiz.

Ikkinchidan: Mening nomimga kelgan maktublarga Madrasatu-z Zahro ruknlari munosib tarzda mening oʻrnimga javob berishlarini ularga havola qilaman. Jumladan: Anqarada Usmon Nuriy qardoshimiz u yerning bir Hasan Fayzisi oʻrnida Nurlarga ta'sirli xizmati va men uchun uyining yonida bir manzil qilishi va xastalik vaqtimda goʻyo Hasan Fayzi kabi xastaligimning yengillashishiga yordam bergandek, oʻz xastaligiga rozi boʻlishidan juda minnatdorman. Qur'onimizni va ba'zi majmualarimizni chop qilinayotganda, u yerda boʻlishni istayman. Lekin hozir bu yerda juda kerakli ishlar boʻlgani uchun bora olmayapman, xafa boʻlishmasin. Agar u oʻsha yerda boʻlmaganida, mening borishim kerak boʻlar edi. Lekin u menga ehtiyoj qoldirmayapti. Alloh rozi boʻlsin, Nur xizmatida uni muvaffaq etsin.

— 34 —

Halabda Ixvoni Muslimin a'zosining menga yozgan tabrigiga javoban uni va Ixvoni Musliminni ruhu jonimiz bilan tabriklab "Minglar barakalloh!" deymiz. Islom birdamligining Onadoluda Nurchilar (eski Ittihodi Muhammadiyning vorislari sifatida) va Arabistonda Ixvoni Muslimin bilan birga haqiqiy qardosh boʻlgan muqaddas Hizbu-l Qur'oniy va Ittihodi Islom jamiyati doirasida koʻp saflardan ikki bir-biriga toʻgʻri keladigan va doʻst saf tashkil qilishlari bilan va Risola-i Nur bilan jiddiy aloqador va bir qismini arab tiliga tarjima qilib nashr qilish niyatlari bizni juda qattiq xursand va minnatdor ayladi. Mening oʻrnimga Ixvoni Muslimin Jamiyati nomiga menga tabriknoma yozgan odamga javob yozinglar. U tomondagi Nur shogirdlari va Nur boʻlimlarini himoya qilishsin.

Uchinchidan: Otabeyli metin va jiddiy bir qardoshimiz Abdulloh Chovushning yozgan maktubini tasdiqlayman. Qirq yil avval sharhlagan hadislarimning ta'vili endi koʻrinyapti. Qaysarlar ham e'tirof etishga majbur boʻlyapti. Mutlaq istibdodning jahannamiy azobini dunyoda ham chekishlari, "Siroju-n Nur"ning Beshinchi Shu'lasi bilan bergan xabarlarini davr tasdiqlayapti.

Yana Samsunlik Ehsonning samimiy maktubi koʻrsatyaptiki, bu yerga kelgan bir toʻplam Nur boʻlimlarini oʻziga olgan Samsunning bir deputati u atrifda nurli uygʻonish va xushyorlikka sabab boʻlibdiki, Ehsonlar yetishyapti. Ehsonni u kishi bilan birga duolarimizga kiritamiz.

Toʻrtinchidan: "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"ning aliflari karomati haqiqatdan gʻaroyib boʻlganidek, mashinka bilan bu tarzda chiroyli chiqishi yozgan kishining ham bir favqulotdaligidir. Umumga salomlar.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta va xursand qardoshingiz
Said Nursiy
— 35 —
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Nurchilarga ahamiyatli bir xushxabar!

Avvalo: Qirq yildan beri men ergashgan va Sulton Rashodning yigirma ming oltin va eski mustabidlar hukumatining Millat Majlisiga yuz oltmish uch deputatning imzosi bilan bir yuz ellik ming banknotni ochish uchun tayinlagan, ham Islom olamining, ham sharqning, ham bu millatning eng muhim ishi boʻlgan Van viloyatida Jome'u-l Azhar kabi Islom Dorilfununi va katta universiteti boʻlgan Madrasatu-z Zahroning qurilishi kerakligini yangi hukumatning raisi ham tushunibdiki, buyuk mamlakat ishlari ichida sizga xushxabar sifatida joʻnatgan quyidagi xabarni beribdi. Amalda bajarilmasada, bu ma'noning anglashilishi uchun katta xayrli alomatdir.

Majlisda Jumhuriyat Raisi katta ishlar orasida ahamiyatli nutqida: "Van atrofida Sharq Universitetining tashkil topishi uchun Maorif Vazirligi tekshirishni boshlagani"ni aytgan Jalol Bayar: "Sharq viloyatlarimizdan Vanda bunday irfon muassasasining qurilishi uchun butun qiyinchiliklar hal qilinishi kerak va oldimizdagi byudjet yilida ishni boshlash kerak", debdi. Demak "Hayot Yoʻli"ni bergan yosh universitetliklar bir daraja Nur Risolalarini qiymatini raisga his ettirishibdi.

Ikkinchidan: Jumhuriyat Raisining juda ahamiyatli gapi Risola-I Nurning bu viloyat va bu vatanda qilgan va qiladigan juda qiymatli xizmatlarining anglashilganining belgisidir. Nurchilarning chekkan butun qiyinchiligi va Nurning musodaralari bu buyuk natijaga sabab boʻlishi jihatidan shikoyat emas, shukr qilish kerak.

Aziz, siddiq qardoshlarimiz Ziyo va Abdulmuhsin!

Ustozimiz aytyaptilarki:

"Ashraf Adib qirq yildan beri iymon xizmatida mening doʻstim va Sabilurrashodda maqola yozgan, hozir vafot etgan juda qiymatli qardoshlarimning vakili va haqiqiy Islomiyat mujohidlaridan bir qardoshimdir va Nurning bir homiyidir. Men vafot etsam ham, Ashraf Adib Nurchilar ichida boʻlishidan katta tasalli topyapman.

— 36 —

Lekin Nur Risolalari va Nurchilarning siyosatga aloqasi yoʻq va Risola-i Nur rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita qilinmagani uchun, mumkin boʻlganicha Risola-i Nur a'zolari ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga aralashishni istamaydi. Faqat Sabilurrashod, Sharq kabi mujohidlar iymon haqiqatlarini zalolatdagilarning tajovuzlaridan muhofaza qilishga uringani uchun, ruhu jonimiz bilan ularni taqdir va tahsin qilib, ularga doʻst va qardoshmiz, lekin siyosat nuqtsida emas.

Chunki iymon darsi uchun kelganlarga tarafgirlik nazari bilan qaralmaydi. Doʻst-dushman darsda farq etilmaydi. Holbuki siyosat tarafgirligi bu ma'noni yoʻqotadi. Ixlos ketadi. Shuning uchun Nurchilar tenggi yoʻq qiynoq va azoblarga chidab Nurni hech narsaga vosita qilishmadi. Siyosat toʻpiga qoʻl uzatishmadi. Nur Risolalari mutlaq kufrni yoʻqotgani uchun, mutlaq kufrning ostidagi anarxiya va ustidagi mutlaq istibdodni ketkazgani uchun, bir jihatdan siyosatga aloqasi bor deb vahima qilingan. Holbuki Nurning tarjimoni bitta iymoniy masalani dunyo saltanatiga almashmaganini mahkamalarda da'vo qilib, yigirma besh yillik hayot tarzi bilan va harakatlari bilan isbot qilgan."

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Sodiq, Ibrohim, Zubayr

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan sizning faoliyatingizni va muvaffaqiyatingizni tabriklaymiz. Mening butun azob va xastalilarimga darmon, Madrasatu-z Zahroning faoliyatidan va muvaffaqiyatidan kelib chiqadi.

Ikkinchidan: "Asoy-i Muso"ning arab tiliga chiroyli tarjimasi uchun qogʻozcha yozgan edim. Bugun Anqaraga ketayotgan Zubayr bilan Sayyid Solihga joʻnatmoqchi edim. Ham Tarsusda nafaqadagi bir zobitning samimiy maktubi bilan Risola-i Nurdan bir kitobni soʻraganiga doir maktubini ham Anqara yoʻlida sizga joʻnatmoqchi edim. Lekin Antaliya Olmalining oʻta xolis Nurchilari nomidan ham oʻz ayoli bilan birga Afyongacha kelgan va u yerda Nurlarning nashriga vosita boʻlgan Ibrohim Afandi kutilmaganda keldi, men u orqali sizga joʻnatdim. Umumga salom.

— 37 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Madrasatu-z Zahro ruknlariga ahamiyatli bir masalani havola qilaman.

Sayyid Solih "Arabistonda "Asoy-i Muso"ning juda kerakli va koʻp foyda berganini, u yerga qilgan sayohatimda tushundim. Arab tiliga tarjimasi kerak ekan." dedi. Mening holatim va xastaligim toʻgʻri kelmagani uchun, oʻrnimga Madrasatu-z Zahro ruknlari toʻrt joyga, arabchaga chiroyli tarjimasi uchun xabarlashishsin.

Bir maktubni Jome'u-l Azharga Amirtogʻli Qilich Ali vositasida u yerda bir necha adiblar tarjima qilsinlar. Bir maktubni Anqara Diyonat Idorasida Risola-i Nurni jiddiy taqdir qilgan aloqador boʻlgan bir-ikki olim arabchaga tarjima qilishsin.

Bittasini Qaysari qishloqlaridan Urgup muftiyi qardoshim Abdulmajidga yozishsin. Yigirma yil butun kuchi bilan Nurga xizmat qilishi kerak edi. Qilmagani uchun, uning oʻrniga butun kuchi bilan arab tiliga tajima qilsin. Birini Isparta atrofiga Nur doirasidagi olimlar ham "Asoy-i Muso"ni berib har biri bir qismini tarjima qilsinlar.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Eng katta xushxabar va Risola-i Nurning toʻliq ozodligiga muqaddima sifatida, bashoratingizga juda sevindik. Isparta adliyasining uch yil bir manzilda yashirishlari, u manzilning kirasi sifatida uch yuz lira oʻrniga yangi yozuvli "Hayot Yoʻli"ni menga qoldirilgan ikki besh yuzdan lira baho bilan uch yuz liraga bahosini toʻgʻrilab "Hayot Yoʻli"dan ellik dona joʻnating. Toʻrt yil qamalgan muborak "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualari nazdimda juda qiymatli boʻlgani uchun menga ellik liralik joʻnating. Sizga hozir ellik lira joʻnatyapman.

Ikkinchidan: Nazifga ming barakalloh, ming mashaalloh. Ikkinchi Xusrav, Inebolu ikkinchi Isparta ekanini isbotlyapti. "Hayot Yoʻli"ning eng muhim masalasi Madrasatu-z Zahro boʻlgani uchun Nazifning nashriyoti, Jumhuriyat Raisining Madrasatu-z Zahro ma'nosida Sharq Universiteti nomli Sharq Jome'u-l Azhariga jiddiy harakatiga bir sabab boʻlgan deb oʻylayapmiz.

— 38 —

Uchinchidan: Dinorning Baroqli imomi Sulaymonning ahamiyatli maktubiga javoban yozing: Turklar haqida Paygʻambar sanosi aniq. Bir necha joyda turklardan ahamiyat bilan bahs etilgan. Hadis bor. Lekin bu hadisning haqiqiy surati nimaligini, yonimda hadis kitoblari boʻlmagani uchun bilmayman. Lekin ma'nosi haqiqat va turk millatining Paygʻambar sanosiga sazovorligi haqiqat. Bir namunasi Sulton Fotih haqidagi hadisdir.

Nurning birinchi talabalaridan Xulusiy Beyning Anqarada doʻstlariga Risola-i Nur doirasiga kirishiga tashviq qilgan ma'nodor va goʻzal maktubi ham koʻrsatyaptiki, yigirma besh yildan beri Nur xizmatini matonat bilan qilishiga namunadir. Umum qardoshlarim va singillarimga minglar salom.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsin, mahkamada uch yil qamalgan "Asoy-i Muso" Risolasidan va "Gʻaybiy Muhr" Risolasidan besh nusxani kamoli sevinch bilan oldik. Janobi Haq sizlardan abadiyyan rozi boʻlsin. Omin.

Ikkinchidan: Mahkamadan berilgan "Zulfiqor" nusxasida tahrirlangan xatolar, bu nusxada tahrirlanmabdi. "Moʻ'jizot-i Qur'oniya"ning Toʻrtinchi Zaylining bir yuz oʻninchi sahifasida sakkizinchi satrda "ham lomning" degan soʻz xato, "ham laning" boʻladi. Chunki Qur'onda "lom" oʻttiz ming, "la" oʻn toʻqqiz ming.

Uchinchidan: Yangi harf bilan Isparta Sumerbank fabrikasida bir kishi bir maktubida savol soʻryapti. Mening oʻrnimga siz unga "Qadar Risolasi"ni tavsiya qiling. Men ham bezovtaman, ham xususiy maktublar yoza olmayman. Ham Zubayr Anqaraga ketibdi, ham yangi harfni bilmayman. Ma'lumot uchun sizga joʻnatdim.

Toʻrtinchidan: Haydovchi Abdurrahmon bilan oʻz nafaqam ellik lirani ham joʻnatdim. Menga yuborgan kitoblarni va "Soʻzlar" majmuasini qolgan qarzimga hisoblaysiz. Juda tez boʻldi. Umumga juda koʻp salom aytaman.

— 39 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sizni tabriklayman. Bu safargi Xuzravning vazirlarga yozgan murijaati, juda mukammal tarixiy vasiqa oʻrnidadir. Lekin bir-ikki kun avval Sungurdan olgan xabarimizda, bir yuz sakson besh asarning berilishiga buyruq berilibdi. Bu sonli jumlani tushunmadik. Telegrafda mudirdan soʻradik. U "Xodimimiz uni yanglish yozibdi. Komutatorda men qulogʻim bilan eshitdim. Butun asarlarning qaytarib berilishi demakdir." dedi.

Ajabo, bir yuz oʻttiz risolaning ba'zilarini qaytalangan boʻlimlari bittadan risola qilingani esimizga kelib, bir yuz sakson beshga chiqarishdimikin degan ehtimol qildik va tushunmadik. Yangi Sabah gazetasi yozganidek, Madrasatu-z Zahroni Sharq Universiteti nomli katta Islom Dorulfununni Jumhuriyat Raisi ta'biri bilan: "Har qanday muammo hal qilinib, qurishlarini", xabarini oldik. Inshaalloh qirq yildan beri koʻzlagan muhim maqsadimiz, vatan va millatning manfaati uchun qilishga majbur boʻlishadi.

Ikkinchidan: Siz joʻnatgan, uch yil bizdek qamalgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning ahamiyatli joylarga bir necha dona joʻnatdim. Jumladan: Jazirada masjid imomi Vastonlik Abdurrahim mening eski talabalarimdan boʻlib, bu yergacha keldi. Men oʻn adad muhim kitoblardan berdim. Lekin "Zulfiqor"ning Moʻ'jizot-i Qur'oniyyaning Toʻrtinchi Zaylining ikki joyida (biri sakkizinchi satrda, ikkinchisi oʻn ikkinchi satrda) "la"ning oʻrniga "lom" yozilgani esimga keldi. Holbuki "lom" Qur'onda oʻttiz ming, "la" oʻn toʻqqiz ming. Bu xato boshqa nusxalarda qisman tahrir qilingan. Lekin mahkamada qolgan "Zulfiqor"larda tahrir qilinmagan. Men bu yerda unutdim. Siz Jaziraning muftiyi vositasida imom Abdurrahimga muharrirning bu xatosini tahrir qilishni yozing. Madrasatu-z Zahroning ruknlari bu vosita bilan Jazira bilan ham aloqa qilsin deb sizga havola qilaman.

Bu safar Xusravning maktubida Zubayrning Nazifga joʻnatadigan qogʻozchani u yerga xato qilib joʻnatganini angladim. Xusravning ham kichik xatosi bor. Chunki Yigirma Toʻrtinchi Maktub emas, Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Oʻninchi Asliga doir Nazifga qisqa maktubim bor edi. Nusxasi bu yerda qolmagan edi. Oʻninchi Aslning nusxasini Nazifga joʻnatib qogʻozchaning nusxasini bizga joʻnatishini aytgan edim.

— 40 —

Holbuki Oʻninchi Aslni xato qilib sizga joʻnatibdi. Lekin oʻta oʻtkir, uzun murojaati bu kichik xatosini yoʻqqa chiqardi, afv ettirdi. Bu masalaning sirri shuki: Nazif katta xayr qilish uchun Nurchilarning ahamiyatli bir birdi boʻlgan "Javshanu-l Kabir"ni mashinka bilan koʻpaytirtibdi. Buning savobiga doir hoshiyasidagi juda horiqo va mutashabih hadislardan fazilatiga doir boʻlgan qismni birga koʻpaytirish uchun menga yozgan edi. Javoban dedim: Oʻttiz besh yildan beri har kuni "Javshan"ni oqisamda, u hoshiyani uch-toʻrt martadan koʻp oʻqimadim. Dushman va ateistlar e'tiroz barmoqlarini uzatmasligi uchun uning ayni munosib boʻlmaydi. Inshaalloh yaqinda muborak "Javshanu-l Kabir" Nurchilarni shavqi bilan nurlanadi.

Uchinchidan: Anqara va Istanbul Nurchilari Istanbulda ikki ming adad "Rahnamo"ni chop etishyapti. Bilishimcha katta "Rahnamo" boʻlishi kerak. Yanada yaxshi. Inshaalloh yoshlarga katta rahnamo boʻladi. Qilich Hoji Aliga Madrasatu-z Zahro bilan aloqador boʻlish uchun yozingki: Tarjima orqali Islom olamining ustozlari Nurlarga aloqador boʻlishlari uchun, "Asoy-i Muso"ni adib olimlar chiroyli tarjima qilsinlar.

Toʻrtinchidan: Hajga ketgan qardoshimiz Duradgor Ahmad salomat borib keldimi, qiziqyapman. Ham "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning oxirida Xusrav va uning yordamchilariga boʻlgan ayni duoni Mustafo Gul va uning doʻstlarini qoʻshimcha qilib "Soʻzlar" majmuasining oxirida yozing. Qolgan umumingizga salom.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy

"Bu muallim Usmon, Jaylonning qamoqdagi doʻstidir. Ikkinchi Jaylon boʻlishga qobiliyati bor. Hayratlanarli tomoni shundaki, duoimda Nurchilar doirasida har kuni ismlari yod etgan ikki sofiy tazrida oʻzlarini yaxshi koʻrsatish uchun mening hayotim va Nur xizmatiga aralashganiga doir maktub keldi. Men jahl qilmadim. Ularni duoimga yanada koʻproq oldim. Eski vaqtlar Istanbulda eski partiyaning hiylalari bilan ishimizga aralashgan ma'lum keksa shayx kabi ularni ham oʻzimga yaqin, ham muborak qardosh ham doʻst bildim, qilgan ishlariga rozi boʻldim. Lekin ikki "Ixlos Yogʻdilari"ni oʻqishlarini istayman. Qardsohlarim, siz ham bundaylarga jahlingiz chiqmasin, munoqasha qilmang."

Said Nursiy
— 41 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

[Mahkama-i Kubroga Shikoyat va Mudofaaning hoshiyasi.]

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozing. Men xastaman, siz qanday munosib koʻrsangiz, shunday qiling. Advokatimizdan bir kun avval kelgan maktubda, "Kitoblarimizning javobgarlikka tortiladigan va tortilmaydiganlarini ajratishyapti", deb xabar berilyapti.

Hozirgacha qilganlaridek yana hech qanday qonunga asoslanmagan, minglar soʻz ichidan risolada bitta soʻzni bahona qilib, risolani bermay, Nurlarning yoyilishiga gʻarazkorlik bilan toʻsiq boʻlish niyatida aybdor qilishdi... Oliy Sud ularning hukmini asossiz deb buzdi. Ular jinoyat deb koʻrsatgan, bizga gʻarazi boʻlmagan prokurorning aybloviga qarshi toʻgʻrilash ilovasida sakson bir xatosini va gʻarazi borligini qat'iy isbot qilgan boʻlsakda, yana oʻsha gʻarazkorlik bilan toʻrt yuz sahifalik "Zulfiqor" Risolasini, bir necha satr tasattur-oʻranish va irsiyat haqidagi ma'noni yuz ming tafsirlar aynan aytishgan. Oʻttiq qirq yil avval yozilgan jumlalarni aybdor deb azim majmualarni musodara qilib, qaytarmaslikni dunyoda qaysi qonun tasdiqlaydi?

Afyon mahkamasidagi (Qur'onning takrorlari va farishtalar haqidagi ikki qism mustasno) butun asarlar ularning qoʻlida ikki yil turdi. Ham Dengizli, ham Anqara Ogʻir jazo mahkamasi oqlashga hukm qildi.

Ichida ayb topa olmagani uchun, qaytarib berishga hukm qilishdi. Yana ushbu asarlarni Isparta hukumati musodara qilib, toʻliq qoʻlga kiritgan boʻlsada, hammasini egalariga qaytarib berishdi.

Soʻng "Zulfiqor" bilan "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz eski yozuv bilan nashr qilingan degan bahona bilan musodara qilib toʻrt yil oʻtib, hech kamchiliksiz 170 adad majmuada ayb topa olishmagani uchun, bizga toʻliq qaytarib berishdi.

Bizning eng muhim aybimiz sifatida koʻrsatishgan hozirgi majmualardan, rasmiy gazetalar eski partiyaning bir qancha boshliqlariga haqiqat nomiga e'tirozimizdan yuz marta qattiqroq e'tiroz bildirishdi.

— 42 —

Hadisning haqiqatini sharh qilgan Risola-i Nurning bir mahram boʻlimi hozir toʻliq yuzaga chiqdi. Hech qachon hech bir Musulmon haqiqiy turkni, Nasroniyatga, Yahudiylikka va boshqa dinga kirmagan va Islom qahramonlari boʻlgan turklarni boshliqlarning boshi Lozanna kelishuvida ma'lum hahamboshi bilan birlashib Protestant qilishga rozi boʻlgan.

U kimsa, butun Islom ulamolari "ruxsat yoʻq" deb ittifoqan hukm qilishgan boʻlsada, oʻn tomondan qonunlar bilan bu vatandagi butun ma'sum Musulmonlarga majburan kiydirgan va bashariyat tarixida bunday ma'nosiz ajib umumiy jabr va hech qanday qonunga toʻgʻri kelmagan oʻzboshimchalik qonun nomidan qonun bilan Islom millatiga majburan kiydirish, albatta u kimsaga, Lozanna kelishuvida aytgan daxshatli fikrini isbotladiki, Islom diniga oʻta zararli boʻlgan, hadis xabar bergan kimsa bu davrda oʻsha boshliqdir.

Demak haqiqat bu ekan, Afyon mahkamasi adolat nomidan emas, balki oʻlgan kimsaga mutaassib muhabbat nomiga, eski harf bilan ham nashr qilingan qarornomaning oxirida bizni qamash uchun eng muhim sabab, prokurorning gʻarazi sababli, mahkama hay'ati: "Said va uning doʻstlari Mustafo Kamolni dinni yiqitgan, sufyon degan va odamlarning koʻnglidagi sevgisini buzishga urinishgan. Shuning uchun qamoq jazosi tayinlaymiz." degan.

Ajabo, oʻlib ketgan kimsaning shaxsiga ming marta e'tiroz qilinsa ham, shaxsiy da'vo boʻladi. Adolat mahkamasi bunga doir shu hukmni qilishi, albatta juda ajib ma'no va buning orqasida boshqa ish bor.

Hozir bunday kimsalarning qoʻlida Nur asarlari toʻrt marta oqlangani, Adliya Vaziri uch marta Nur asarlarini oqlashga va asarda ayb yoʻqligiga, bizni aybdor degan Afyon hukmini buzishga hukm qildi. Endi butun millat adolat, shafqat va diyonatga xizmat qilishlarini kutgan Demokrat hukumati davrida, eski a'zolarining dahshatli rejalari bilan Risola-i Nurga gʻarazkorlarning hushiga qoldirish, qoldirilsa Demokrat hukumatiga qarshi katta xiyonat boʻlib, millatning tasalli umidini oʻldirish hisoblanadi.

Menga Anqarada bir vakilim Mustafo Sungurning 17.11.950 yilda joʻnatgan telegrafda, "Barcha risolalarning bizga qaytarib berilishiga hukm qilingan", deb xushxabar berdi. Adolatli Adliya vaziri uch marta oqlagan, hozir ham Sungurning maktubiga koʻra qaytarib berilishiga buyruq berilgan, yana telefonda xabar beraman deb aytishibdi.

Oʻn olti yildan beri bizga qarshi tuhmat va josuslarning yetkazgan xabarlari, Eskishahar va Dengizli mahkamalaridan butun jildlarni Afyon mahkamasi ma'nosiz toʻplash va avf qonuni chiqib, mahkamalarning oqlashi, bu muborak asarlarni jildlar ichiga aralashtirib obroʻsizlantirish uchun yer osti omboriga tashlab, uch yuz yildan beri bizni aldagan ba'zi shaxslarga Nurlarning ishlarini tashlamasligi kerak boʻladi.

Bosh vazir va Adliya vaziriga ushbu oʻta muhim masalani eʻtiborlariga havola qilamiz.

Said Nursiy
— 43 —

(Hoshiya): Ajib bir hodisa yuz berdi. Adolat va dindan xorij zolimona namunalardan biri - uch yildan beri musodara qilishgan Qur'onimizni koʻp narta soʻrashimizga qaramay berishmagan edi. Ikki ming sakkiz yuz Jalol Lafzi oltin bilan yozilgan, koʻz bilan koʻriladigan Qur'oniy moʻ'jizani koʻrsatgan muborak Qur'onimizni bizga berishmadi. Hozir advokat: "Qaytarib berilishi uchun Diyonat Raisiga bir murojaatnoma yozinglar", deyapti. Bu kabi yuzlab namunalar bor. Faqatgina gʻarazga va ajnabiy qoʻli bilan bizga qarshi ishlar qilinyapti. Bizni va Islom olamini juda sevintirgan Demokratlar diqqat qilishsin.

Nurlar va Nurchilarni bu qiynoqdan qutqarishsin.

Nur talabalari nomidan
Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Mening Abdurrahmonim va kichik Xusrav nomini olgan Jaylon, oʻz vazifasini ikki-uch joyda toʻliq bajarib, keldi. Endi yanada katta vazifa uchun Anqaraga Sungurdek vakilim sifatida joʻnatyapman.

Ikkinchidan: Ba'zi kishilarning maktubini ma'lumot sifatida sizga joʻnatdim.

Uchinchidan: Mening "Soʻzlar" majmuasidan va Ineboludan kelgan yangi harfli "Hayot Yoʻli" va eski harfda "Javshan"dan menga joʻnatiladigan nusxalarning evazi sizga qancha qarz boʻlaman, bildirsangiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 44 —

Aziz siddiq qardoshim Usmon Nuriy!

Modomiki Janobi Haq sizning muqaddas niyat va ixlosingizga Anqarada eng muhim yosh Saidlarni atrofingizga toʻplabdi. Modomiki Anqarada mening boʻlishimni kerakli deyayotgan ekansiz. Men hozir nafaqam bilan tayorlagan nusxalarni, kichik Madrasa-I Nuriyamga oʻzimning oʻrnimga joʻnatyapman. Ularning sonicha Saidlar sizga qoʻshni boʻladilar. Har biri bir Said boʻlib, besh-oʻn Abdurrahmonlarning oʻrnida sadoqatda hozirgacha xizmatlari bilan fidokor farzanddan oʻrtiq Sungur, Jaylon, Tillolik Said, Solih, Andulloh, Ahmad, Ziyo kabi yosh va harakatchan Saidlarni yoningizga ham vakilim, ham talabalaringiz boʻlib, kichik Madrasa-i Nuriyaga nazorat va bir nav darsxona sifatida ra'yingizga qoldiraman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!

Avvalo: Xusravning imzosi bilan Jumhuriyat Raisiga joʻnatilgan telegraf (Anqarada kichik Xusravlar, Xusravning qalami bilan yozilgan Qur'onni fotograf vositasida chop qilish ehtimoli esimizga keldi) siz Isparta pocha boʻlimidan olib biling, nima haqida ekan? Menga ham ma'lumot bering. Qiziqdim.

Ikkinchidan: Konyadagi Rifat Filiz qardoshimizning maktubida ba'zi soʻfiylarning bizga yengil tanqidining umuman ahamiyati yoq. Umuman xafa boʻlishmasin. Hech qanday javob bermasinlar. Hozir ahli iymonning, xususan tariqat ahlining, xususan shaxsimga oid tanqidlarini bir jihatdan nasihat va iltifot deb qabul qilaman. Ulardan roziman. Hozir dinsizlarning bizga qattiq zarariga qarshi, qardoshlarimiz hisoblangan ahli iymonning oʻta yengil, shaxsimga qarshi tanqidlarini bir tomondan eslatma va bizni ehtiyot boʻlishga chaqirgan doʻstlik deb qabul qilaman.

Uchinchidan: Yaqinda Afyonda haftalik gazetalar, yashirin munofiqlarning kuchi bilan meni ham aloqamiz boʻlmagan bir narsaga munosabati bor deb koʻrsatishibdi. Bu yerdagi Nurchilar ham uni yolgʻonga chiqarishdi. Xavotirlanadigan narsa yoʻq. Madrasatu-z Zahro ruknlarining gʻaroyib, ta'sirli va Islom olamiga manfaatli Nuriy xizmatlarini butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Umum qardosh va singillarimizga minglar salom aytib, duo qilaman va duolaringizni istayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 45 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Muboraklar qishlogʻidan Ali bilan Hoji Sulaymon, Dinor tomonidan Abdurrahmon va Himmat, yana avval kelgan ahamiyatli Nurchi hamshahri yonimga kelishdi. Janobi Haqqa koʻp shukrlar qilamanki, Muboraklar qishlogʻi Kuleonuda eskisi kabi Nurlarga qattiq aloqalarini muhofaza qilishyapti. Ularning sadoqat va ixlosining bir karomati shuki: Menga tegishli oʻn majmua kitoblarimni kerakligi uchun Anqaraga joʻnatgan va juda ahamiyatli va uzoq joylardan mendan kitoblarni soʻrashgan vaqtda Kuleonu muboraklari oʻzlarining Nur majmualarini, joʻnatgan miqdorimcha Madrasatu-z Zahroning hadyasi sifatida menga olib kelishdi. Xususan ichida Birinchi Abdurrahmon boʻlgan Katta Mustafoning oʻq qoʻlyozmasi boʻlgan toʻliq "Maktubot" va "Ilova"larni koʻrdim. Janobi Haq har biriga u kitoblarning harflari sanogʻicha ming rahmat ehson etsin. Omin.

Ikkinchidan: Qamoqda Oʻn bir oy Xusravning ta'tiliga favqulotda xolis xizmat qilgan va mudofaa qilishda oʻta chiroyli javob bergan Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo, kecha mening yonimga kelib, "Men akam Xusravning yoniga ziyoratga boraman." dedi. Javoban: "Ziyorat - ham sening, ham uning haqqi boʻlsada, bugun toʻrt talaba kelishdi. Ispartaga ketishdi, shuning uchun ehtiyoj qolmadi. Sen Risola-i Nur hisobiga muhim bir qishloqda imom boʻlganing uchun, u xizmat Nurlarga menga qilgan xizmatingdan ham koʻproq foydali boʻlgani uchun, Xusravning ziyoratidan hozircha qiymatliroq. Agar u qishloqda Nur xizmati boʻlmaganida, Mustafo kabi xolis va vafodor xizmatkorga ehtiyojim boʻlardi. Shunday ekan, hozircha ziyoratni kechiktir.

— 46 —

Uchinchidan: Yonimga Konyalik Hoji Sabri qardoshimiz keldi. Men, Sodiq, Xayri, Mustafo bor edi. Juda ahamiyatli suhbatimiz Hoji Sabriga muhim bir dars boʻldi. Xususan, Madrasatu-z Zahro ruknlarining, xususan Xusravning bu vatan va millat, Islom olamiga iymoniy xizmatlari va buzgʻunchi dinsizlarning hiylalariga toʻsiq qoʻyishlari shunchalik buyuk hasanaki, minglar gunoh borligini faraz qilsak, afv ettiradi.

Shunday ekan, boshda Xusrav va ruknlarning hech bir harakatlarini tanqid qilmaslik, kamoli ixlos va samimiyat bilan ularga birdamlik va toʻliq qardosh boʻlish kerak degan ma'noda bir dars boʻldi. Inshaaloh Hoji Sabri ham Hoʻja Sabri va Rushdu va ularga oʻxshaganlar kabi ruhu jon bilan aloqador va Xusrav bilan tom qardosh boʻladi. Tutgan yoʻlining ixtilofi boshqa ta'sir qilmaydi.

Xasta qardoshingiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim, Madrasatu-z Zahro ruknlari, Nur noshirlari!

Avvalo: Biz bir masalani munosib koʻrdik, sizga asl Nur haqida soʻz huquqi Madrasatu-z Zahro ruknlari ra'yiga havola qilish uchun qalbga quyidagi fikr keldi:

Soʻnggi kunlarda menga xizmat qilgan uch doʻstimizning vaqtincha bir necha kun mendan dars olishga ishtiyoqlariga binoan va eski davrda talabalarimga bergan qiymatli xotirani eslash ishtiyoqiga binoan, chop etilgan "Lama'at"dan har kun bir sahifa dars berayotgan edim. Ham men, ham ular juda hayrat va taqdir qilayotgan edik. Shunda bir fikr keldi: Ushbu chop etilgan risolaning boshqa chop etilgan risolalar kabi nusxalari qolmaganining sababi, bu asarning juda qiymatli ekanini bilgan dushmanlar yoyilishiga toʻsqinlik qilganiga, dosʻtlar esa qiymati uchun qoʻldan chiqarmaganiga xulosa qildik.

Yana koʻrdikki: "Lama'at" Risola-i Nurning muhim qismining urugʻlari, tuhumlari boʻlgan oʻta chiroyli vajizalarga va hech bir adib va mutafakkir muvaffaq boʻla olmagan oʻxshashi taqlid etilmaydigan buyuk ijtimoiy haqiqatlarni kichik hikmatda va nazm holida bir kitobni nasrda yozilgandek, nazmni eslatmay oson oʻqiladigan tarzda ekani, oʻttiz yetti yil avval Ramazon-i Sharifning yigirma kunida, har kun bir ikki soat yozib chiqilgan. Bu bir katta kitobchalik uzun masnaviy yozilishi va ichida yigirma joyda gʻaybiy xabar berganlarini oʻttiz-qirq yil avval oʻtib ma'nosi aytilgnidek yuzaga chiqqandek, qoʻlimizga kelgan nusxaga ishorat qoʻydik.

— 47 —

"Lama'at" Ridola-i Nirning xushxabarchisi, mundarijasi va unib chiqaradigan issiqxona namunasi ekaniga qanoat hosil qildik.

Ikkinchidan: "Lama'atning ishorat qilgan qismlari "Oʻttizinchi Soʻz" nomli "Soʻzlar"ning oxiriga yozilishi, Nur qahramoni Xusrav va Madrasatu-z Zahro ruknlarining ra'yiga havola qilamiz. Umum qardosh va shingillarimga salom aytamiz, duo qilib, duolarini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy

(Hoshiya): Agar qabul qilsangiz, mendagi "Lama'at" keyinroq yuboriladi.

Aziz, siddiq, sodiq, muxlis va xolis qardoshlarim va singillarim!

Butun ruhu jonimiz bilan bayramlaringizni, ham bu yil hajga bemalol xolisona ketganlarning bayramlarini tabriklaymiz. Bu vatandagi istibdodning sinishi sababli bu millatning sha'riy ozodlikka erishishni boshlaganini va bu millatning ma'naviy bayramini tabriklaymiz. Islom olamining birgalikga uygʻonishining ma'naviy bayramlarini tabriklaymiz. Risola-i Nurning Qur'oniy haqiqatlarga doir bergan xabarlarini davr tasdiqlayotgani va insonlarning eng keng doirasi ma'naviy Qur'on nurlariga ehtiyoj his etayotganini tabriklaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sayyid Solihning Halab va atrofidagi juda ahamiyatli Ixvoni Muslimin jamiyati uchun sizdan soʻragan Nur majmualaridan, berishingiz uchun oʻnta oʻzimnikidan joʻnatdim.

Ikkinchidan: Dengizli va Dengizlidagi Nur qardoshlarimiz bilan juda aloqadorman. Marhum Hasan Fayzining doʻstlari qanday holdalar? Eski doʻstimiz Yoqub Jamol yaxshimi, qay holda, qayerda ekanini qiziqayotgan paytim uning Dengizli Nurchilari nomidan goʻzal bayram tabrigi meni juda sevintirdi. Meni xayolan sogʻinib, ishtiyoq bilan Dengizlida aylantirdi, "Mashaalloh, Barakalloh!" dedim.

— 48 —

Uchinchidan: Yigirma yildan beri Nurchilarga azob bergan va qamatgan badbaxtlarning ba'zilari, har kuni bir oy boʻyicha bizni qiynagani qadar ma'naviy azob chekishyapti. Biz u zolimlarni Jahannamga havola qilib sabr etdik. Lekin iymoniy xizmat muqaddasligi u badbaxtlarga dunyoda ham Ilohiy adolatdan bir nav jahannamni istabdi. Ba'zilari bir yilda mutlaq istibdoddan olgan lazzatni yoʻqqa chiqarganini koʻrdik, davr koʻrsatdi. Demak Ilohiy adolat va inoyat himoyasi bizga kifoya qiladi!

Toʻrtinchidan: Ali Usmonning vafoti sababli ham qarindoshlarini, ham Madrasatu-z Zahro va Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Uni esa tabriklayman, vazifasini toʻliq bajardi. Hozir Nur qahramoni Hofiz Ali va Hofiz Mustafolarning yonida duoimga kirgan. Umum qardoshlarimga minglar salom.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy

[Mahram. Hozircha Madrasatu-z Zahro ruknlariga maxsus.]

(Keksa ayollarga ahamiyatli xushxabar hamda turmushga chiqmagan va oila qurishni istamagan yosh qizlarga eslatma.)

Hadisi sharifda عَلَيْكُمْ بِدِينِ الْعَجَائِزِ soʻzi koʻrsatyaptiki, oxirzamonda kuchli iymon, keksa ayollarda boʻladi. Shuning uchun hadisi sharifda, "Dindor keksa ayollarning diniga ergashing", deyilgan. Risola-i Nurning ham toʻrt asosidan biri shafqat boʻlib, ayollar shafqat qahramoni boʻlgani uchun, hatto eng qoʻrqogʻi ham bolasi uchun ruhini qahramonlarcha fido qiladi.

Bu davrda qiymatli volidalar va singillar, buyuk hodisa bilan qarsilashyapti. Ruhimga mahram va ochish munosib boʻlmagan bir fitriy haqiqatini Nur shogirdlaridan yakka qolishni istagan yoki majbur boʻlgan qizlar qismiga bayon etish kerak deb eslatildi. Aytamanki:

— 49 —

Qizlarim, singillarim! Bu davr eski zamonlarga oʻxshamaydi. Yarim asrga yaqin ijtimoiy hayotda Islomiy tarbiya oʻrniga madaniyat tarbiyasi joylashgani uchun, bir erkak bir ayolni abadiy rafiqa va dunyoviy hayot saodatiga sabab va oʻzini boshqa gunohlardan muhofaza qilish uchun olishi kerak. Lekin bechora zaifani doim bosim ostida, faqat dunyoviy vaqtincha yoshligida sevadi. Ba'zan unga bergan rohatidan oʻn marta koʻp qiyinchilik beradi. Agar shar'an nazarga kufuvv deyilgan oʻzaro tenglik boʻlmasa, shar'iy huquqqa e'tibor berilmagani uchun, hayoti doim azob ichida oʻtadi. Hasad ham aralashsa, yanada barbod qiladi. Turmush qurishga uch sabab bor:

1. Naslni davom ettirish uchun Ilohiy hikmatga muvofiq fitriy xizmatga bir mukofot sifatida fitriy mayl va istak bergan. Holbuki oʻn daqiqa lazzat bersa, agar shariat doirasida boʻlsa, erkak bir soat qiynalishi mumkin. Lekin ayol oʻn daqiqalik lazzat uchun bolaning oʻn oy oʻz vujudida qiyinchiligini tortadi. Oʻn yil bolaning hayotiga yordam berib qiynaladi. Demak oʻn daqiqalik fitriy mayl uzun mashaqqatlarga olib kelgani uchun, ahamiyati qolmaydi. His va nafs turmush qurishga turtki boʻlmasligi kerak.

2. Ayol kishi fitratan zaif boʻlgani uchun, tirikchilik tomondan bir yordamchiga muhtoj. Bu ehtiyoj sababli hozirgi Islomiy tarbiyadan dars olmagan, yaramaslikka, bosim oʻtkazishga oʻrgangan kimsalardan kichik tirikchiligining hurmati uchun bosim ostiga kirib, xoʻjakoʻrsinga erining roziligini olish uchun dunyoviy va uxroviy hayotining asosi boʻlgan qulligini va axloqini buzish oʻrniga, qishloq ayollari kabi oʻz nafaqasini oʻzi ishlab topishi oʻn marta osonroq.

Razzoqi Haqiqiy farzandlarining rizqini sut bilan berganidek, ularning ham rizqini Xoliqi Rahim beradi. Rizq uchun benamoz va axloqini yoʻqotgan er qidirish, xoʻjakoʻrsinga ishlab, bosim ostiga kirish, albatta Nur talabasining ishi emas.

— 50 —

3. Ayollar fitratida bola erkalash va sevish mayli bor. Bir farzandni dunyoda unga xizmati va oxiratda shafoati, volidasi vafot etgandan soʻng hasanoti bilan yordam berishi, oʻsha fitriy maylni quvvatlab, turmush qurishga olib kelgan. Holbuki hozir Islomiy tarbiya oʻrniga madaniyat tarbiyasi bilan oʻntadan bir-ikki haqiqiy avlod, oʻz volidasining shafqatiga javoban fidokorlik bilan xizmat qilyapti. Dindor boʻlib duolari bilan, hasanotlari bilan onasining amal daftariga hasanalar yozdirib, oxiratda solih boʻlsa volidasiga shafoat qilish ehtimoli boʻlgani uchun, oʻntadan sakkizi unday holatda emas. Demak, bu fitriy mayl va nafsoniy shavq bilan bechora zaifalar bunday ogʻir hayotga qat'iy majbur boʻlmay kirmasligi kerak. Biz ishorat qilgan haqiqatga binoan yolgʻiz qolishni xohlagan qiz Nur shogirdlariga aytamanki: Toʻliq muvofiq, dindor va axloqli zavj topmay, oʻzlarini ochiq-sochiqlikka sotishmasin. Topilmasa, loyig va abadiy doʻst boʻladigan va Islomiy tarbiya olgan vijdonli sherik chiqishigacha Nurning bir qism fidokor shogirdlari kabi yakka qolishsin. Abadiy saodati, vaqtincha dunyoviy kayf uchun buzilmasin va madaniyatning gunohlari ichida bugʻilmasin.

Said Nursiy

Hoshiya: Singillar va yosh qizlar "Tasatur Risolasi"ni oʻqishlari kerak.