Qamoqlarda, xususan Afyon qamogʻida eski zolim mustabidlar aldash uchun ora-sira afv mavzuini ichishar edi. Bechora mahkumlar mendan: "Afv beriladimi ajabo?" deb soʻrashar edi. Men javoban: "Bu zolimlar aldashyapti. Lekin Nur shogirdlari, modomiki mahkumlarga tasalli berish va yuzda toʻqsonini namoz oʻqitish hikmati uchun uch marta qamalishdi. Rahmati Ilohiyadan qamalganlarning tom afv bilan chiqishiga bir belgi ekaniga qattiq umid qilaman va xushxabar beraman." der edim. Koʻp marta koʻp odamlarga bu tasallini berar edim. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, qahramon Demokratlar umid va xabarlarimni tasdiqlatib ba'zi qonunlarning oʻzboshimcha tarafgirona bahonasi va ba'zi gʻarazchi mansabdorlar tarafgirlik uchun bahonalar bilan ezilgan koʻp ma'sum mahkumlarni azobdan qutqarishga sabab boʻlishdi.
Millatning jur'atli qismini oʻziga va osoyishtalikka tarafdor etishdi. Shu sababli juda koʻp mahkumlar Nurlar va Nurchilarga jiddiy aloqador boʻlishdi. Shu sabab hollari toʻliq tuzalib vatan va millatga nafaqat zararli, balki jamiyatning sogʻlom va foydali a'zosiga aylanishdi.
Juda sevgili Ustozimiz Afandimiz!
"Risola-i Nur yoʻq qilinmaydi", deb yozilgan haqiqatni Bosh vazir Adliya vaziriga uyi manziliga, yana boshqa vazirlarning ham rasmiy manzillariga joʻnatdik. Koʻrishgan deputatlarimizga beryapmiz. Hammasi ham bu xususda yordam berishini aytyapti. Isparta deputati Senirkentli Tahsin Toʻla qattiq aloqador va "Hukumat hozir komunizm bilan kurashishni boshladi. Bu mujodala faqat zobitlar bilan boʻlmaydi. Nurchilar yigirma yildan beri kurashib kelyapti. Hukumatga katta yordam qilishyapti. Bugun mamlakatdagi turli jarayonlarning eng xayrlisi va eng ta'sirlisi Nurchilardir." dedi.
Voiz va deputat Umar Bilgan boshqa deputat Hasan Fahmi Ustaoʻgʻli va Fahmi Choʻponoʻgʻli ismli keksalar sizni qattiq hurmat qilishlarini va salomlarini aytishyapti. Har ikkalalari ham Risola-I Nurning ma'naviy shaxsi nomiga sevgili Ustozimizni bu asrning haqiqiy murshidi deb, "Ularning himmatidan kutilmagan zafar qozonildi", deyishyapti. Siz sevgili Ustozimizdan koʻp jihatdan yordam koʻrganini aytgan bu muhtaram deputatlarni sizning duoingiz va Risola-i Nurning xizmatiga ishonib kelajakka katta umid bilan qarayotganlarini va "Islomiyatning butun ehtishomi bilan insoniyat olami miqyosida porlashini Janobi Haqning rahmatidan kutyapmiz", deyishyapti. Kechagi chorshanba kuni uch deputat vaqt topib Ustozimizni ziyorat qilishlarini kelishib olishibdi.