Emirdoğ Lahikasi
— 155 —
MULLA SAID KIM?

Hozir Afyonning Amirtogʻ tumanida yashashga majbur boʻlgan Mulla Said, tugʻilganidan e'tiboran Turk qardoshlari orasida yashab, Turk fe'lli boʻlib ulgʻaydi. Umumiy harbda Kavkazning qorli togʻlarida qahramon askarlarimiz orasida koʻngilli otryad qoʻmondoni sifatida urush va irshod qilib, katta harb medalini oldi. Sariqamish hujumida Bitlisning yiqilishida yaralangan holda asir tushib yillar davomida Rus garnizonlarida mashaqqat tortdi. Soʻng qochib Istanbulga keldi. Kuchli ilmi uchun Doru-l Hikmatu-l Islomiya a'zosi sifatida Kuvvai Milliya huzurida xalqni kurashga tashviq qildi. Buyuk Millat Majlisining ilk yillari Anqaraga kelib, Hoji Bayram musofirxonasida bir qancha kishilarga vatanning mudofaasining ahamiyatini tushuntirish xizmatini qildi. Bu haqiqiy vatanparvar insonning avvalo ibodatga, iymonga, e'tiqodga tegishli yozgan va hozir ham yozishda davom etayotgan asarlari, din va dindorlardan xushlanmagan ba'zi kimsalarning, xususan Ichki Ishlar Vazirligidagi manfaatparast Shukri Qoyaning mazhab va rejimiga toʻgʻri kelmadi. Natijada asossiz tuhmat va boʻhton hisobotlarida bu bechora kimsa yigirma yildan beri qamoq va ajratib qoʻyilish jazolari bilan abgor qilindi. Ikki yil avval yana eski asarlarini bahona qilib Kastamonudagi chillaxonasidan qoʻliga kishan solinib, u kishiga salom bergan oltmish olti odam bilan birga Dengizli Jazoni ijro etish muassasasiga olib kelindi va oʻn bir oy qamoqda tutildi. Soʻng zararli deb gumon qilingan asarlari, avvalo Istanbul muftiyligidagi hay'at tomonidan, keyinroq Anqara Diyonat Rayosati va Til tarix Instituti a'zolaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshirilgandan keyin ushbu asarlarning hech qaysisida davlat siyosatini va osoyishtalikni buzadigan eng kichik narsa ham topilmadi.

— 156 —

Mulla Said, Nur shogirdlari va asarlarini oʻqigan kishilar, mahkama hukmi bilan ozod etildi va Dengizlida yashashiga ruxsat berildi. Lekin afsuski ushbu keksa zot, qisqa vaqt oʻtib Dengizlidan Afyonga, u yerdan esa Amirtogʻ tumaniga uzoqlashtirildi va har qanday Tukr qardoshi bilan ham muomala qilishdan man etildi.

Hurmatli boshliq! Jumhuriyat ozodligidan, Tashkiloti Asosiya Qonunining mustaqilligidan mahrum boʻlgan bu bechora keksa zot, har tomonlama himoyaga loyiq, qaralishga muhtoj, qarindosh-urugʻlari yoʻq, faqatgina bir Islom hukumatining himoyasiga muhtoj Islom mutafakkiridir. Mashhur shoir marhum Akif Bey aytishiga koʻra, Misrning eng tanilgan ulamolaridan va gʻarbning turli tillar va falsafalarida bilimi boʻlgan ustozi a'zam Abdulaziz Chavishning yigirma yil avval "Al Arham" gazetasidagi Said haqida yozgan "Fotihu-l Asr" maqolasini oʻqib, oʻzi bilan shaxsan gaplashgan olimlar, bu kishining fitratan ilmiy qudratini va Ilohiy yoʻlini taqdir qilishgan.

Muhtaram boshliq! Qurdlik bahonasi bilan turli haqoratlarga nishon boʻlgan Mulla Saidning fe'li taqdirga loyoq bir Turk oshigʻi va Islomiyat xodimidir.

{(Hoshiya) Ha, har biri yuz kishiga teng minglab Turk yoshlari, ma'sumlari, keksalari Risola-i Nurga shogird boʻlib, bu ajib asrda Turk millatining Abbosiylar davlati inqirozi sabab Islomga yordam berganlari kabi, ushbu shogirdlar ham oʻsha ishni qilishdi. Faqat Said emas, balki butun haqiqat ahli buni tahsin etadi, Turkka doʻst boʻladi.}

Undan mamlakatimiz zarar emas, foyda koʻradi. Men nomus va sharafim bilan qasam ichamanki, Mulla Said qat'iyyan toza inson. U kishiga siz kabi millatning ichki boshqaruv va taqdiri qoʻlida boʻlgan zakovatli kishilardan inson sifatida iltimosim shuki: Notoʻgʻri tushunchali jurnalistlar gapi bilan ozodlik ne'matidan, sof havo olishdan, Turk qardoshi bilan koʻrishishdan mahrum etlgan bu kishini, hukumatning adolati, mansabingizning ahamiyati nomiga va adolat va ehson qaroriga munosib koʻrilib, adolat va oʻzi ila hech boʻlmasa bir marta yaxshi niyatda koʻrishib, keyin qoldirish yoki ozod qilishga hukm qilsangiz. Bu bilan albatta ahamiyatli vazifangizni qonun doirasida bajargan boʻlib, hayotingizda taqdirga loyiq fasl ochgan, adolatparvarligingizni xalqqa koʻrsatgan, ojizlardek oyogʻi kesik, burchakda qolgan hurfikrli tarixchilarga eshittirgan boʻlasiz.

Millati, mamlakatini jondan sevgan, tanida, qonida Qurdlik, Arnavutlik, Bosniyalik qonining hidi ham boʻlmagan, Erzurumning eski deputatlaridan oyogʻi kesik

Yashiloʻgʻli Mahmud Solih
— 157 —

Muhtaram din qardoshim!

Qirq kundan beri yotoqda siz bilan mashgʻulman. Xayolim va eshitishinga qaraganda huzuringiz buzilgan degan xulosadaman. اَلْمُوءْمِنُ بَلَوِىٌّ Taxminan oʻn kun avval, koʻchada "Toza Afyon saryogʻim bor", degan kishini derazamdan chaqirib, biroz yogʻ oldim. Maqsadim sizni soʻrash edi. Afyondan Amirtogʻ tumaniga surgun qilinganingizni, aholining siz bilan koʻrishishini man qilinganini eshitib, qattiq ta'ʻsirlandim.

Muhtaram dim qardoshim! Bu maktubni sizga yozgan kishi, oʻttiz bir yil avval siz bilan Erzurumning As'ad Pasha Madrasasida umumiy harbda Kavkazning qorli togʻlarida va yigirma toʻrt yil avval deputatligimda Van hokimi Haydar Bey doʻstingiz bilan Millat Majlisi zalida koʻrishgan Erzurumning sobiq deputatlardan Yashiloʻgʻli Mahmud Solihdir.

Mahmud Solih (R.A.)

Yashil Solihga yozilgan maktub.

Aziz qardoshim Hasan Afandi! Siz men tomonimdan qiymatli qardoshimiz Solih Afandiga yozinki, uning qilgan odamgarchiligini oʻlgunimcha unutmayman. Undan juda minnatdorman va koʻp salom aytaman va duo qilaman. Men har qanday muammoga chidashga qaror qilganman. Yaxshilikni raislardan kutmayman.

Said Nursiy

Menga joʻnatgan "Asoy-i Muso"dan bir nusxangiz jildsiz (faqat sariq qogʻoz jild boʻlgan), Xursavning yozuviga oʻxshaydi, lekin ustida Mustafo ismi yozilgan. U kim, qaysi Mustafo? Ham nusxaning ustida "oʻn uch yoshli Xadicha, Ahmadning qizi" deb yozilgan. Bu Ahmad qaysi Ahmad? Ham unga, ham qiziga ming barakalloh. Bu yoshda katta kitobni ham diqqatli, muvofiqli, ham chiroyli sihhatli yozish ma'sumlar sinfining qahramonligidir. Kim koʻrsa, mashaalloh deyapti. Bu yerdagi maktabda oʻqigan ayollarda shavq uygʻotadi.

— 158 —

Nazif qardoshimizning maktubi, ahamiyatlidir. Haqiqatdan Amerikada siyosatga vosita emas, balki dinni din uchun mutaassibona lozim deb bilganlar koʻp edi. Inshaalloh "Asoy-i Muso"ni olgan kishi oʻsha dindorlardandir. Kecheli Salohiddin toʻliq bir Abdurrahmondir. Qahramonlikda otasidan orqada qolishni istamayapti. Bizni ham ora-sira odatimizga xilof qilib dunyoga qaratyapti. Agar u Amerikali muhim olim Risola-i Nurni soʻrasa va nashr qilishga soʻz bersa, sizning mashvaratingiz bilan unga toʻliq kulliyotni beramiz.

Nazifning maktubi bilan birga nafaqadagi afandining vasvasaga doir savoli bor. Agar u kishining Nurlarga jiddiy aloqasi boʻlsa, bunday savollarga umuman ehtiyoji yoʻq. "Hikmatu-l Isti'oza" Lam'asini va "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"ning farishtalar vu ruhoniy borliqlarning borligiga doir qismini oʻqisin. Uning ma'nosiz va yuz joyda javobi boʻlgan vasvasasi, zindiq moddaparastlarning hozirgi dahshatli holatidan fursat topib qiyrashganki, u kishi ta'sirlanib u savolni soʻragan. Unga salom aytaman. Risola-i Nur uning har qanday mushkul masalasini hal qiladi. Xolis, taslim bilan harakat qilsin, uni tinglasin.

Madrasa-i Nuriyaning eski va yangi qahramonlaridan Duradgor Ahmadning maktubi uch-toʻrt jihatdan meni xursand va minnatdor ayladi. U madrasaning bosh talabasi nomini bergan Ahmad, ham shahid Hofiz Alining vazifasini qilganini, ham Sulaymon kabi qiymatli ukasi va kichik singlisi bilan uch "Asoy-i Muso"ni yozishlari va muborak Hasan Togʻaning nabirasi boʻlgani meni xavotirdan qutqardi, ham juda xursand qildi. Janobi Haq unga shifo va ularga muvaffaqiyat va saodat bersin, omin, omin!

Marhum Hofiz Mahmudning ikki ukasi u marhumning vazifasini qilishlari va Mustafoning yozuvi Xusravning shirin xatiga toʻgʻri kelishi, mening nazarimda yangidan ikki Hofiz Mahmudni topgandek xursand boʻldim.

Qahramon duradgorning gʻayrati bilan Koʻkdarali xatib Risola-i Nurga uch oʻgʻli bilan birga talaba boʻlib yozib koʻchirishni boshlaganlari uchun ham ularni, ham duradgorni, ham qishloqlarini tabriklaymiz. Duradgorning ularga aytgan she'rini "Ilova"ga qoʻydik.

Otabeyli xasta (falj) Ali Usmonning yozgan uzun maktubi, "Asoy-i Muso" Risolasi va Nurlarning tarqalishida jiddiy qilayotgan ta'sirli ishlari, xizmati Nuriyada juda harakatchan Chilingir Ali bilan uning togʻasi Hasanning unga yordam berishi, muborak orzulari va tavofuqlari bizni rohatlatdi. Egʻirdir qishlogʻini bizga qattiq sevdirdi. Janobi Arhamur Rohimiyn ulardan rozi boʻlsin.