Emirdoğ Lahikasi
— 262 —
BU BOʻLIM "HUVA NUQTASI"NING OXIRIDA YOZILADI

Misol olami, nihoyatsiz fotograflar va har bir fotograf sanoqsiz dunyoviy hodisalarning suratini ayni vaqtda umuman aralashtirmay olayotganini koʻrdim.

Minglar dunyochalik katta, keng uxroviy sinema

foniylarning foniy, yoʻq boʻladigan hollari va vaziyatlarini

oʻtkinchi hayotlarining mevalarini

doimiy tomosha yerlarida va Jannatda abadiy saodat asxoblariga dunyo sarguzashtlarini

eski xotiralarini lavhalari bilan koʻzlariga koʻrsatish uchun juda katta forograf uskunasi deb qaradim.

Yana Lavh-i Mahfuzning ham misol olamining ikki hujjati,

ikki kichik namunasi,

ikki nuqtasi - insonning boshidagi xotira va hayol hissi marjimakdek kichik boʻlsada, umuman aralashtirmasdan,

kamoli intizom bilan,

ichida katta kutubxonachalik ma'lumotning yozilishi qat'iy isbot qiladiki,

oʻsha ikki hisning katta va ulugʻ namunasi - misol olami bilan Lavh-i Mahfuzdir.

Havo va suv unsurlarining, xususan nutfalarning suvi va havo unsuri tuproq unsurining ustida

yanada koʻproq hikmat bilan,

iroda bilan

qadar va qudrat qalami bilan yozilganini,

tasodifning,

koʻr quvvatning,

sagʻir tabiatning,

jonsiz va maqsadsiz sabablarning aralashishi yuz daraja imkonsizligini

hech bir jihat bilan mumkin emasligini,

Hakim-i Zuljalolning qadar qalami va hikmatining sahifasi ekanini ilma-l yaqin bilan qat'iy bilindi.

Qolgani hozircha yozdirilmadi.

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
Qardoshimgiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim va Qur'on xizmatida faol, metin doʻstlarim!

Avvalo: Bu yil hajj-i akbar ma'nosiga ega oʻn kechangizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Ham ichkarida, ham tashqarida Nurning futuhoti davom etyapti. Lekin yashirin dushmanlarimiz boʻlgan zalolatdagi va kayfu safoga berilganlar ba'zi hodisalar bilan Nur talabalarini qoʻrqitishga va pashshani fil qilib chekintirishyapti. Soʻnggi kunlarda aksar kitoblarim va uch yillik xabarlashish maktublarim oʻrtadagi ahamiyatli bir shogirdning uyiga yaqin, tunda bir hodisa yuz berdi. Undan foydalanib shogirdning uyini tekshirish yuzda toʻqson ehtimoli bor edi. Janobi Haq inoyati va hifzu himoyasi bilan uyni tekshirishdan qutqardi. Agar ertalab ikki sofdil qardoshimizni jiddiy ogohlantirmaganimda va kitob va maktublarni u yerdan olmaganimda, yana Nur doirasi ichida katta masala boʻlar edi. U hodisada bir nav siyosat qoʻrquvi ham bor.

— 263 —

Garchi inoyati Ilohiya bizni muhofaza qilgan boʻlsada, bu kunlarda majmualar chiqib, tarqalyapti. Biz ham toʻliq sokinlik va ehtiyot boʻlishga majbur boʻlsakda, bunday hayajonli hodisa pashshani fil qilgan dushmanlarimiz bizga xavotirga solib qoʻrqitgan boʻlar edi. Inoyati Ilohiya u rejani ham daf etdi, bizni muhofaza qildi. Lekin kutilmaganda ushbu hodisadan ruhimga kelgan hayajon va ma'naviy zarba, Nur xizmatiga ahamiyatli zarar kelishini oʻylab umrimda umuman koʻrmagan siqilish va asablarimda ma'naviy yaralar chiqdi.

Beixtiyor ta'sirlanish meni qattiq ezayotgan edi. Ikkinchi kuni Janobi Arhamur Rohimiyn kamoli marhamatidan ma'naviy ta'sirldan chiqqan yaralarimga juda fidokor Nuri Benlini va Kastamonu qahramoni Sodiq Bey va Inebolu qahramonlaridan Ismoilni toʻliq malham va darmon sifatida joʻnatdi. Ham oʻn besh yildan beri shahid boʻlgan deb eshitgan va doim Ubayd kabi shahid talabalarim ichida duo qilganim, ham "Ishoratu-l I'joz"ni, ham "Oʻninchi Soʻz"ni chop qilgan Mullo Hamza hayotda, Iroqda ekanini va Nurlarni qidirganini... yurtiga borgan qardoshimiz Aminning maktubida u xushxabar tamoman yaramni davoladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsin dedim.

Umum qardoshlarimizga minglar salom aytamiz.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sizga ham ajib, ham alamli, ham nozik bir hayot sarguzashtimni, dushmanlarimning ham pastkash, ham mingdan bir ehtimol bilan hech qanday shayton hech kimni alday olmagan tuhmatlarni va Nurga qarshi qoʻllagan hech bir qurollari qolmaganini bayon qilishga bir munosabat keldi. U quyidagicha:

Hayot tariximni bilganlarga ma'lumki: Ellik besh yil avval men yigirma yoshlarda Bitlisda marhum hokim Umar Posho qistovi va ilmga qattiq hurmati sababli uyida ikki yil yashadim. Olti qizi bor edi. Uchi kichik, uchi katta. Men uch kattalarini, ikki yil bir uyda qolgan boʻlsakda, bir-biridan ayirib tanimas edim. Bilish darajasida e'tibor bermas edim. Hatto yonimga bir olim musofirim kelib, ikki kunda ularni bir-birdan ajratdi, tanidi. Hamma, men ham bu holatga hayratlanar edik. Mendan: "Nega qaramaysan?" deb soʻrashganda, "Ilmning izzatini muhofaza qilish, meni qaratmaydi." deb javob bergan edim.

— 264 —

Qirq yil avval Istanbulda Qogʻitxonaning maxsus bayram kuni Koʻprikdan to Qogʻitxonagacha Halichning ikki tarafida minglar oshiq-sochiq Rum va Armani, Istanbulning xotin-qizlari tizilgan payti men va marhum deputat Mullo Sayyid Toha va deputat Hoji Ilyos bilan birga qayiqqa mindik. U xotinlarning yonidan oʻtdik. Mening hech xabarim yoq, Mullo Toha va Hoji Ilyos meni sinashga kelishib navbat bilan meni bir soat kuzatishganini oxiri e'tirof qilib, "Sening holatingga hayratlandik, umuman qaramading", deyishdi. "Keraksiz, oʻtkinchi, gunohli lazzatlarning oqibati azoblar, afsuslar boʻlgani uchun, qarashni xohlamayman", dedim.

Yana butun hayot tariximda hadyalarni qabul qilib minnatda qolib odamlarning sadaqa va ehsonlarini olishdan uzoq turganimni doʻstlarim bilishadi. Nurlar, iymon va Qur'on xizmatining sharafini, salomatini himoya qilish uchun dunyoning butun moddiy, ijtimoiy, siyosiy lazzatlarini va qiziqishlarini tark qilganim, qatl kabi gʻarazchilarning butun tahdidlariga bir tiyinlik ahamiyat bermaganimni, yigirma yil iskanjali asirligimdagi ikki dahshatli qamogʻimda va mahkamalarimda qat'iy koʻrindi.

Rasmiy mansabni egallagan odam, yetmish besh yil avval davom etgan hayot dasturimga qaramay, Risola-i Nurning favqulotda qiymatini ketkazish niyatida shaytonlarning ham aqliga- xayoliga kelmagan tuhmatni qildi. "Tunda patnislarda baqlavalar bilan buzuq va nomussizlar borishyapti", debdi. Holbuki eshigim tunda tashqaridan va ichkaridan qulflanadi, tonggacha bir posbon u badbaxtning buyrugʻi bilan ehigimda soqchilik qilar edi. Yana bu yerdagi qoʻshnilar va butun doʻstlar bilishadiki, men xufton namozidan keyin bomdodgacha yonimga hech kimni qabul qilmayman. Bunday tuhmatga bir safih, ahmoq odam eshshak boʻlsa, keyin shayton boʻlsa, bunga ehtimol bermaydi. U kimsa tushunib, unday rejalardan voz kechdi, bu yerdan boshqa joyga jahannamlik boʻlib ketdi. U rasman meni emas, balki Nurchilarni yomonotliq qilish uchun tuzgan rejasi bilan ushbu yangi hodisani sabab qilib, shogirdlarga chaplash istanildi. Lekin hifzu himoya va Ilohiy inoyat rejani ham gʻaroyib shaklda yarim qoldirdi. Ushbu bayon bilan men oʻzimni oqlamoqchi emasman, balki "muqaddas iymon xizmati, nafsning butun havaslaridan voz kechirgan va xizmatdagi ma'naviy lazzat unga kifoya qiladi", deyishni istayman va Nurchilarning ehtiyot va diqqat qilishlarini bayon qilyapman.

— 265 —

Ikkinchidan: Sizga mashinka ishida tajribali va qoʻlidan keladigan xususiy kotibni joʻnatyapman. Oʻzim qiynalib yozganim uchun, bundan keyin qisqacha yozaman, jahlingiz chiqmasin.

Uchinchidan: Afloniy tomonlarda Xatib Mahmudga, Tavfiqqa salom aytaman, koʻrgan tushi muborakdir.

Toʻrtinchidan: Hozir Kastamonu Xusravi Mahmud Fayzining tabrigi va Nur futuhotining hushxabarini ichiga olgan porloq, goʻzal maktubini oldim va u qiymatli qardoshimiz boshda Hilmi, Amin, Beshqardoshlar, Ulviyalar, Zahrolar, Lutfiyalar kabi Nurchi singillarimizning ham oʻn kechalarini, ham bayramlarini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Ham Xulusiy, ham Fayzining maktublarini qoʻshib joʻnatyapmiz.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nurning ahamiyatli va juda xayrli bir shogirdi, koʻplarning nomidan mendan soradi: Nurning xolis va ahamiyatli bir qism shogirdlari sizni, chekinsangiz ham, oxirzamonda keladigan Ol-i Baytning buyuk murshidi degan fikrda qattiq turib olishgan. Siz buncha qattiq turishlariga qaramay, ularning fikrini qabul qilmayapsiz, chekinyapsiz. Albatta ularning qoʻlida bir haqiqat va qat'iy hujjat bor, siz ham bir hikmat va haqiqatga binoan ularga rozilik bermayapsiz. Bu esa bir bir-biriga qarshi, buni hal qilinishini xohlaymiz.

Men ham u kishining aytgan koʻp masalalariga javoban aytamanki: U xos Nurchilarning qoʻlida bir haqiqat bor. Lekin ikki jihatda ta'bir va ta'vil qilish kerak:

— 266 —

Birinchisi: Koʻp marta maktublarimda ishorat qilganimdek, muqaddas jamoatning vakili Mahdiy-i Ol-i Rasul ma'naviy shaxsining uch vazifasi bor. Agar tez qiyomat qoʻpmasa va odamzod batamom yoʻlini yoʻqotmasa, u vazifalarni uning jamiyati va sayyidlar jamoati qilishini rahmat-i Ilohiyadan kutyapmiz. Uning uch buyuk vazifasi boʻladi:

Birinchisi: Fan va falsafaning bosimi bilan moddaparastlik va tabiatparastlik vabosining insonlar ichida yoyilishi sabab, hamma narsadan avval falsafani va moddaparastlik fikrini toʻliq mot qiladigan shaklda iymonni qutqarish kerak boʻladi. Ahli iymonni zalolatdan muhofaza qilish va bu vazifa ham dunyo, ham hamma narsani tashlab koʻp vaqt tadqiqot bilan shugʻullanishni iqtizo qilgani uchun, Hazrati Mahdiyning vazifasini shaxsan oʻzi qilishga vaqt va holati toʻgʻri kelmaydi. Chunki xilofati Muhammadiya (A.S.M.) jihatidagi saltanati u bilan shugʻullanishga vaqt qoldirmaydi. Har holda vazifani undan avval bir toifa bir jihatda qiladi. U zot u toifaning uzun tadqiqoti bilan yozgan asarni oʻziga hozirlangan reja qiladi, u bilan birinchi vazifani toʻliq qilgan boʻladi. Bu vazifa tayangan kuch va ma'naviy qoʻshini faqat ixlos, sadoqat va birdamlik sifatlariga toʻliq ega boʻlgan bir qism shogirdlar boʻladi. Qanchalik oz boʻlishsada, ma'nan bir qoʻshinchalik kuchli va qiymatli hisoblanishadi.

Ikkinchi vazifasi: Xilofat-i Muhammadiya (A.S.M.) unvoni bilan Islomiy shiorlarni tiriltirishdir. Olami Islomning birligini tayanch nuqtasi qilib bashariyatni moddiy-ma'naviy tahlikalardan va gʻazabi Ilohiydan qutqarishdir. Bu vazifaning tayanch nuqtasi va xodimligiga millionlab a'zolari boʻlgan qoʻshinlar kerak.

Uchinchi vazifasi: Davr oʻzgarishi bilan koʻp Qur'oniy hukmlarning zarar koʻrishi va shariati Muhammadiyaning (A.S.M.) qonunlari bir daraja toʻxtab qolishi sababli, u zot butun ahli iymonga ma'naviy yordam berib va Islom birligining yordami bilan va butun ulamolar va avliyolarning, xususan Ol-i Baytning naslidan har asrda kuchli va koʻp sonli millionlar fidokor sayyidlarning qoʻshilishi bilan u buyuk vazifani bajarishga harakat qiladi.

Demak, hol haqiqati shunday ekan, eng birinchi vazifasi va eng yuksak yoʻli boʻlgan iymonni qutqarish va iymonni tahqiqiy suratda umumga dars berish, hatto avomning ham iymonini tahqiqiy darajasiga chiqarish vazifasi - ma'nan va haqiqatdan hidoyatga boshlovchi, irshod qiluvchi ma'nosini toʻliq ifodalagani uchun, Nur shogirdlari bu vazifani tamomi bilan Risola-i Nurda koʻrishgani uchun, ikkinchi va uchinchi vazifalar bunga nisbatan ikkinchi va uchinchi darajada deb, Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyatini haqli boʻlib bir nav Mahdiy deb oʻylashyapti.

— 267 —

U ma'naviy shaxsning bir vakili Nur shogirdlarining birdamligidan kelgan ma'naviy shaxsi va u ma'naviy shaxsda bir jihatda vakil boʻlgan bechora tarjimoni deb oʻylashgani uchun, ba'zan u ismni unga taqishyapti. Garchi bu bir noaniqlik va sahv boʻlsada, ular unda javobgar emas.

Eskidan beri koʻp husni zon boʻlib kelyapti va e'tiroz etilmayapti. Men ham qardoshlarimning qattiq husni zonlarini bir nav duo va istak oʻrnida koʻrib, Nur talabalarining kamoli e'tiqodlarining bir tarashshuhini koʻrganim uchun, ularga koʻp aralashmagan edim.

Hatto eski avliyolarning bir qismi gʻaybiy karomatlarida Risola-i Nurni ayni oxirzamonning hidoyat qiluvchisi degan kashflari, bu tahqiqot bilan ta'vili tushuniladi. Demak, ikki nuqtada noaniqlik bor, ta'vil kerak:

Birinchisi: Oxirgi ikki vazifa, garchi haqiqat nuqtasida birinchi vazifa darajasida boʻlmasada, xilofat-i Muhammadiya (A.S.M.) va Islom birligi qoʻshinlari bilan zamin yuzida Islom salatanatini davom ettirish uchun hammaga, xususan avomda, xususan siyosatchilarda, xususan bu asrning dunyoqarashida birinchi vazifadan ming daraja keng hisoblanadi. Bu ism bir kishiga berilsa, ikki vazifa esga keladi, siyosat ma'nosiga xoslanadi, balki obroʻtalablik ma'nosini esga keltiradi, balki shonu-sharaf va mansabparastlik va shuxratparastlik istaklarini koʻrsatadi. Eskidan beri va hozir ham koʻp sofdil va mansabparast kishilar Mahdiy boʻlaman deb da'vo qilishadi. Garchi har asrda hidoyat qiluvchi bir nav Mahdiy va mujaddid kelsada va kelgan, lekin har biri uch vazifalardan birini bir jihatda qilishi e'tibori bilan, oxirzamonning Buyuk Mahdiysi unvonini olishmagan.

Yana mahkamada Dengizli ekspertlar guruhi ba'zi shogirdlarning ushbu tushunchasiga asoslanib men haqimda: "Agar Mahdiylik da'vo qilsa, butun shogirdlari qabul qilishadi", deyishgan. Men javoban ularga: "Men oʻzimni sayyid deb bila olmayman. Bu davrda nasllar bilinmaydi. Holbuki oxirzamonning buyuk shaxsi Ol-i Baytdan boʻladi. Garchi men ma'nan Hazrati Alining (R.A.) bir ma'naviy avlodi oʻrnida u zotdan haqiqat darsini olganman. Ol-i Muhammad Alayhissalom bir ma'noda haqiqiy Nur shogirdlarini ichiga olgani uchun, men ham Ol-i Baytdan hisoblanaman. Lekin bu davr ma'naviy shaxs davri boʻlgani uchun va Nurning yoʻlida hech bir jihatda "men"lik va shaxsiyat va shaxsiy maqomlarni xohlash, shon-sharaf qozonish yoʻq va ixlos sirriga toʻliq muxolif boʻlgani uchun, Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, meni oʻzimga xush koʻrsatmagani uchun, men unday shaxsiy va haddimdan cheksiz daraja ortiq maqomlarga koʻzimni tikmayman. Nurdagi ixlosni buzmaslik uchun uxroviy maqomlar berilsa ham, oʻzimni uni tashlashga majbur deb bilaman." dedim. Ekspertlar hay'ati jim qoldi.

— 268 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Umum Nurchilarning muborak bayramlarini va hajju-l akbarda boʻlgan Nur shogirdlari bilan hajdagi Nur tarafdorlarining bayramlarini tabrik ichida va koʻp vaqtdan beri asirlikda qolgan va mustaqilligini yoʻqotgan Hindistob, Arabiston kabi Islom olamining buyuk mamlakatlarini bir-bir Islom davlati sahklida Hindda yuz million davlat-i Islomiya, Javada ellik milliondan koʻproq davlat-i Islomiya va Arabistonda toʻrt-besh hukumat birlashgan jamohir kabi Arab birligi bilan Islom birligini birlashtirishidagi Islom olamining bu buyuk bayramining boshlanishini tabrik bilan, bu bayram bizga xushxabar beryapti.

Ikkinchidan: Istanbulda Ra'fat Bey va Mustafo Oʻruchning yozganiga koʻra, koʻp vaqt Islom qoʻshinini boshqargan, keyin doru-l fununga aylangan Harbiya Nazorati va Bobi Saraskariy muazzam binoning peshtoqida Qur'on xatti bilan ma'noli

﴿ اِنَّا فَتَحْنَالَكَ فَتْحًا مُبِينًا * وَ يَنْصُرَكَ اللّٰهُ نَصْرًا عَزِيزًا ﴾

oyati yozilgan ekan. Keyin esa ustini koshinlar bilan yopib u nurlarni yopishgan ekan. Hozir yangidan Qur'on xatti bilan chiroyli namuna va Risola-i Nurning borayotgan maqsadiga vasila va Universitet kelajakda Nur Madrasasi boʻlishiga ishorat boʻlganidek, Dengizli Nurchilaridan Ahmadning mashhur olim va oʻn toʻqqizinchi asrning eng buyuk mutafakkiri, ijtimoiy faylasuflarning olimi Bismarkning asaridan olgan fikrda, buyuk Bismark asarida aytadiki: "Qur'onni har tomondan tadqiq qildim, har bir soʻzida buyuk hikmat koʻrdim. Buning oʻxshashi va bashariyatni boshqaradigan hech qanday asar yoʻq va boʻlmaydi.

Paygʻambarga qarata:

"Yo Muhammad! Sizga asrdosh boʻla olmaganim uchun juda xafaman. Bashariyat sizdek mumtoz qudratni bir marta koʻrdi, bundan soʻng koʻra olmaydi. Shunga binoan sizning huzuringizda kamoli hurmat bilan egilaman."

Bismark

deb imzo otgan.

U bayonida oʻzgargan va nashr qilingan samoviy kitobni koʻp tanqid qilgani uchun, u jumlalar yozilmasligi kerak, men ishorat qoʻydim.

U kishi oʻn toʻqqizinchi asrning eng aqlli va eng buyuk faylasufi, siyosat va ijtimoiy bilimlarning eng muhim shaxsiyati boʻlishi, yana Islom olami mustaqilligini bir daraja qoʻlga kiritishi va ajnabiy hukumatlarning Qur'on haqiqatlarini qidirishi va gʻarb va shimoliy gʻarbda Qur'on foydasiga buyuk jarayonning borligi, ham Amerikaning eng yuksak va mashhur faylasufi Mister Karlayl ham aynan Bismark kabi:

— 269 —

"Boshqa kitoblar hech bir jihatda Qur'onga yeta olmaydi. Haqiqiy soʻz ubir, uni tinglahimiz kerak." deb, qat'iy qarorini aytishi {(Hoshiya) Oʻttiz yil avval Risola-i Nurdan Arabiy "Ishoratu-l I'joz" tafsiri uning bu toʻgʻri qiymatli bahosiga ishorat qilgan.} va Nurlarning ham hamma tomonda futuhoti va rivojlanishi, katta bir yaxshilik alomati boʻlib, xorijda koʻp Bismarklar va Mister Karlayllar chiqadi. Buning belgilari bor deb Nurchilarga bayram hadyasi sifatida taqdim qilamiz va Bismarkning fikrini qoʻshimcha qilib joʻnatyapmiz.

Inebolu qahramonlaridan sartarosh Ali Usmonning ma'sum oʻgʻilining chiroyli yozuvida joʻnatgan maktubini oʻqidim, birdan xayolimga keldi: Nur markazida uch muhim sartarosh bir-biriga toʻliq oʻxshash holda Nurga buyuk xizmatlari, yana har bir farzandlari bilan xizmat qilishlari meni baxtiyor qildi. Sartarosh Burhon, sartarosh Hifzi, sartarosh Ali Usmonlarning har biri Nurning qiymatli qahramonlaridir. Alloh ularni bola-chaqalari bilan dunyoyu oxiratda baxtiyor aylasin, omin!

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Madrasatu-z Zahroning uch shogirdining bir oy yengil qamoq jazosi, oʻta haqsiz, juda ma'nosiz va sovuq sudyaning gʻazabiga uchradi. Buning evaziga, qat'iy xulosa va koʻp belgilarning quvvati bilan xushxabar beramizki, shogirdlar va ularga yordam berganlar, u odamning bergan kichkina jazosi va ma'nosiz gʻazabi evaziga ruhoniylar, farishtalar va kelajakda keladigan avlodlar millionlar olqish bilan bunday shogirdlarni tabriklashyapti. Yana abadiy qamoqning millionlar yil jazolaridan qutulishga vasila boʻlishgani uchun, pashsha qanotichalik ahamiyati boʻlmagan bu kabi jazo va azoblarni yoʻqqa chiqaradi, balki iftixor bilan sevintiradi.

Ha, bir asr avval dunyoning eng aqlli, eng mudaqqiqi, faylasufi va boy hokimi deb oʻylangan, oʻzi Xristian boʻlib, eski dinlarni va kitoblarni yoʻqqa chiqargan, balki inkor qilishga jur'at qilgan oʻta xudbin va mashhur Prins Bismarkning Qur'oni Hakimning oldida oʻz imzosi bilan va butun kuchi bilan tasdiq bilan sajda qilishini yozgan.

— 270 —

Qaysarlik va "men"ligini, dinsizligini tashlab, Qur'onga taslim boʻlganini olamga e'lon qilganini gazetalarda nashr qilgan paytda va butun samoviy dinlarni inkor qilgan va shimoliy sharqdagi hozirgi dahshatli hukumatning tashviqi bilan koʻp musulmonlarni hajga joʻnatgan. Islom olami nazarida dinsizligini va qaysarligi va adovatini tashlab goʻyo Qur'onni inkor qila olmagan. Azamatiga bir nav taslimiyat va tobe boʻlgandek bu yerdagilardan ham koʻproq Qur'onni ahamiyatli deb bilaman deb, bu mavzuda ular mendan ham orqada qolishyapti, menchalik hoji joʻnatmayapti degan. Uning gapiga javoban, bu yerdagilar ham mashaalloh toʻliq ruhsat berishgan boʻlsada, siyosiy targʻibot qilingan paytda, Madrasatu-z Zahroning Nur shogirdlari, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" kabi gʻaroyib risolalar bilan oʻsha mohiyat va azamatdagi Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayon haqiqatlarining moʻ'jizalarini qalamlari bilan nashr qilishdi. Bu bilan eng qaysar dinsizlarni tasdiqqa majbur qilishlariga javoban zalolatdagilarning hujumi nafaqat ahl-i haqiqat insonlarni, balki ruhoniylarni, balki farishtalarni ham albatta yigʻlatadi, yeru samoni gʻazabga keltiradi.

Modomiki ikki yillik tekshiruvdan keyin "Oyatu-l Kubro" eski harflar bilan chop qilingan ming nusxa va Nurning butun risolalarni bir ovozdan oqlanib hammasi qaytarib berildi. Aynan qaytarib berilgan ba'zi risolalarning eski harflar bilan koʻpaytirishni jinoyat hisoblab jazo berish adliyalarni jiddan aloqador qilib adolat sharafini ketkazyapti.

Ikkinchidan: Hozir mening xususiy kotibim yoʻq. Boshqa kotiblar ham tilimni yaxshi tushunishmaydi, men ham bezovta, hamda sekin va ogʻirlik bilan yozaman. Holbuki kechadan beri yigirmaga yaqin maktublar keldi. Ichida ham juda koʻp qardoshlarimiz va singillarimizning ismlari bor. Biz ularning barchasining ham bayramini tabriklaymiz, ham yangi shogird boʻlishni xohlaganlarni ruhu jonimiz bilan qabul qilamiz. Ularni yoʻnaltirgan kishilardan ham Alloh rozi boʻlsin, qalblarida nimani murod qilgan boʻlsihsa, Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin deymiz.

Uchinchidan:

Nur stansiyasi Sabrining (R.H.) "Ilova"ga kiradigan chiroyli maktubi va Ali Usmon va Chilangar Alining Nurlarning nashridagi muqaddas xizmatlari,

Ibrohim Adhamning Balikasir va boshqa tomonlarda ta'sirli faoliyati, uning irshodi bilan koʻpchilikning Nur doirasiga kirishi,

Ahmad Fuadning ham Afloniy atrofida Hasan Fayzi kabi faoliyati, qattiq aloqasi,

— 271 —

Konyalik Sabrining yosh maktablilarning koʻplashib Nur doirasiga kirishlariga urinishi,

boshda mufassir hoji va domla Vahbi Afandi, Konya ulamolarining Nurlarni hurmat bilan maqtashlari va tasdiqlab muomala qilishlari,

muallim Abdurrahmon Ehsonning murojaat maktubidagi Nurga samimiy va jiddiy aloqasi,

Tavshanlik Voizi Usmonning maktubida juda samimiy va ikki uch jiddiy kishilarning Nur shogirdligiga kamoli jiddiyat bilan kirishlari,

Egʻirdir qishloqlarida Ali Usmonning va Halil Ibrohimning tasdigʻi bilan juda xolis Nurchilarning yetishishi,

Anqara dorulfununida Nurga ahamiyatli xizmat qilgan va Kastamonuda maktab yoshlaridan birinchi boʻlib Nurlarga kirgan,

Anqaradagi Abdurrahmonning oʻgʻli Vahdatni himoya va muhofaza qilishga harakat qilgan Arachli Abdullohning maktubida tom iymonli va dindor, xushxabar bilan yozishi va u yerda oʻquvchilarning koʻpligidan qoʻllaridagi risolaning yetmayotganiga,

Konyalik doʻsti Mahmud bilan birga yoshlar ichida Nurni yoyishlari, Oydin tarafda inshaalloh chiroyli va samimiy maktubidagi duolari va tavsiflari, Nurning ta'sirlarini his qilishi,

ma'nosidagi fikrlar biz va Nur doirasini toʻliq xursand qilganidek, bu bayramda ham katta bir ma'naviy hadya sifatida qabul qilamiz. Janobi Haq ularning barchasidan rozi boʻlsin. Xususiy va ayri-ayri maktub yoza olmaganim uchun jahllari chiqmasin.

Xusravning Oliy Sudga tegishli maktubini umuman tegmasdan qabul qilganim uchun uning sizdagi nusxasini Oliy Sudga joʻnating. Modomiki sizda nusxasi bor ekan, bu maktubni joʻnatmang, "Ilova"ga kirsin. Hozir kelgan maktubda "Yoshlarga Rhanamo"ning narxini siz mendan yaxshi bilasiz. Bir yoki bir yarim banknotdan kam boʻlmasin. Xusravning qalami "Toʻrtinchi Soʻz"ni boshlashiga ming barakalloh deymiz. Alloh muvaffaq aylasin, omin!

Safranbolu qahramoni sartarosh Hifzi, Husnu, Yilmaz ikki ma'sum Nurchi oʻgʻlining bayram tabriklariga javoban salom aytamiz, yana muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

— 272 —

Aziz, siddiq qardoshrim Ra'fat Bey!

Avvalo: Bizga tegishli ba'zi kichik hodisalar munosabati bilan ruhimga bir haqiqatni bayon qilish qattiq eslatildi. Quyidagicha:

Risola-i Nur hech narsaga vosita qilinmasligini, rizo-i Ilohiyadan boshqa hech qanday maqsadga vasila boʻlmasligini, hamma narsadan avval toʻgʻridan-toʻgʻri iymon haqiqatlarini dars berish va bechora zaiflarning, shubhaga tushganlarning iymonini qutqarish ekanini albatta sizdek Nurning xos shogirdlari bilishadi.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning buncha dushmanlariga eng katta kuchi ixlos boʻlgani uchun, dunyoning hech narsasiga vosita qilinmagani kabi, tarafgirlik ustiga qurilgan jarayonlarga, xususan siyosatga tegishli jarayonlar bilan aloqador boʻlmaydi. Chunki tarafgirlik hissi ixlosni ketkazadi, haqiqatni oʻzgartiradi. Mening oʻttiz yildan beri siyosatni tark qilganimga sabab, bir muborak olimning kuzatgan jarayonning tarafgirlik hissi bilan solih va buyuk bir olim uning fikriga muxolif boʻlgani uchun fosiqqa chiqarib tahqirlashi va jarayoniga va oʻz fikriga qoʻshilgan mashhur, tajovuzkor munofiqni boshiga chiqarib madhu-sano qildi. Bundan men butun ruhim bilan qoʻrqdim. Demak, tarafgirlik hissiga siyosatchilik ham aralashsa, bunday ajib xatolarga sabab boʻlar ekan deb "A'uzu billahi minash shaytoni va-s siyasa", dedim. Oʻshandan beri siyosatni tark etdim.

Oʻsha holatimning natijasi sifatida, sizdek qardoshlarim bilasizki, yigirma besh yildan beri na biror gazetani oqidim, na tingladim, na qiziqdim. Oʻn yil umumiy harbni kuzatmadim, bilmadim va qiziqmadim. Yigirma ikki yil ushbu iskanjali asirligimda tarafgirlikka va siyosatga aralashmaslik uchun va Nurlardagi ixlosga zarar kelmasligi uchun mudofaatimdan boshqa tinchligim uchun umuman murojaat qilmaganimni bilasiz. Yana bilasizki, qamoqda sizga yozganimdek, meni oʻldirishga uringan odamlar, qiynoqli azob berganlar, Risola-i Nur bilan iymonini qutqarsa, shohid boʻling, men roziman, haqqimni halol qilaman. Tarafgirlik hissi bilan ixlosga zarar kelmasligi uchun soʻnggi ikki-uch yilda ichkari va tashqaridan kelgan boʻronli jarayonlarga umuman aralashmadik va qardoshlarimni ham bir daraja ogohlantirdim.

Uchinchidan: Risola-i Nurning ixlosiga dunyo manfaati kirmasligi, biror zarar bermasligi va boshqa qardoshlar ham ibrat olib hech narsaga vosita qilmasliklari uchun oʻzim sadaqa va yordamlarni qabul qilmaganim kabi, bunday yordamlarga ham sabab boʻlmaganim uchun, oʻz kiyimlarimni va kerakli narsalarimni sotib, puli bilan oʻz kitoblarimni, yozgan qardoshlarimdan sotib olishimni bilasiz.

— 273 —

Toʻrtinchidan: Nurning haqiqiy shogirdlariga Nur kifoya qiladi. Ular ham qanoat qilishsin. Boshqa sharaflarga yoki moddiy-ma'naviy manfaatlarga koʻzini tikmasin. Nurga qarshi gʻarazlilar chiqmasligi uchun, diniy masalalarda tarafgirlik bilan hislarga qattiq tegadigan munoqasha, nizo va bahs qilmaslik kerak. Hatto avvaldan sezish hissi bilan Mustafo Oʻruch qardoshimizning bir kishi bilan Risola-i Nur yoʻliga muxolif ravishda bahs qilayotgan daqiqada unga oʻta qattiq gʻazab va jahl qildim. Hatto u Nurdan qozongan koʻp ahamiyatli maqomidan chiqarish istagi keldi. Qalban xafa boʻldim. U men uchun bir Abdurrahmon edi, nega qattiq gʻazablandim. Keyin bu bayramda yonimga keldi, Janobi Haqqa shukrki, juda ahamiyatli dars tingladi va katta xatosini ham tushundi. Men bu yerda gʻazabnok boʻlgan paytimda ayni xatosini e'tirof qildi. Inshaalloh u kafforot boʻldi, toʻliq poklanib qutuldi.

Bechinchidan: Toʻrt-besh oydan beri bir kishi menga bu yerga bir gazeta joʻnatayotgan ekan, menga joʻnatilayotganini endi xabar oldim. Bu yerdagi doʻstlarim odatimni bilishgani uchun, nafaqat gazeta, balki Nurdan boshqa hech qanday kitobni, hech bir majmuani qabul qilmayman. Shu bilan birga yangi yozuvdan hech qanday harfni bilmaganim uchun qoʻrqishib, menga xabar berishmabdi va koʻrsatishmabdi. Bir kishi, bir maktub ichida bir sahifasi men bilan gaplashgan jurnalistning faqat doʻst va bir hamshahrining maktubini koʻrsatdi. "Koʻpdan beri sizning nomingizga gazeta joʻnatayotgan edi, bir sizga koʻrsatishga qoʻrqdik", deyishdi. Men, "U kishiga men tomonimdan koʻp salom ayting. U doʻstning eski bilgan Saidi oʻzgargan, dunyo bilan aloqasi uzilgan. Ham xasta, ham qardoshimga xususiy maktub yoza olmaganim uchun, u kishining jahli chiqmasin." deb javob beraman.

U yerdagi umum doʻstlarga, xususan Hofiz Amin va Hofiz Fahriddin kabi qardoshlarimizga salom aytib, bayramlarini takroran tabriklaymiz.

Risola-i Nurning advokati, Oydin tumanining Hasan Fayzisi, u atrofning Xusravi qardoshimiz Ahmad Fayzi uch yildan beri "Gʻaybiy Tasdiq Muhri"ning Risola-i Nurga bergan yuzlar ishorat bilan tasdiqlaganini, toʻliq qat'iy burhon sifatida ham hadislardan, ham oyatlardan ma'no va jifrning muvofiq kelishiga asosan, Risola-i Nurning ma'naviy shaxsini juda kuchli suratda isbotlayapti.

— 274 —

Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining bir vakili boʻlgan Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsida hadisning ba'zi ishoratlari Nurning tarjimoniga qarayapti. Haqiqat shuki - tarjimon bir daraja ta'lif e'tibori bilan ma'naviy shaxsning bir nav vakili boʻlgani uchundir. Yoʻqsa men muqaddas ishoratga asos boʻlishga haddim va haqqim yoq. Nima boʻlganda ham, men boshqa tadqiq qila olmadim. Uning uch yarim yilda va u kabi favqulotda zakiy qardoshimizning nozik tadqiqotini vaqtim va xastaligim izn bersa, tadqiq va toʻgʻrilab sizga joʻnataman. Uni "Tilsimlar Majmuasi"ning qoʻshimcha yoki "Yogʻdular" majmuasiga Risola-i Nurning haqligiga bir hujjat sifatida yozasiz. Qardsohimizning Nur advokati Ahmad Fayzining anjir tabarruki evaziga, menga ogʻir botmasligi uchun mening nomimga bir "Gʻaybiy Muhr" majmuasini unga joʻnating. Chunki soʻnggi kunlarda qat'iyyan evazsiz hadyalar meni xasta qilgani, koʻp tajribalar bilan aniqlashdi.

Qardoshimizning ikki muborak ayoli, muhtaram volidasi va Said, Nuri degan farzandlarining menga yozgan samimiy maktublariga javoban ham ularga, ham avlodlariga koʻp duo qilaman. Bunday qahramon Nurchining haqiqatli, muhtaram dindor rafiqasining Nurlarga fidoiy va xodim sifatida bergan ma'sum farzandlarini ruhu jonimiz bilan Nurning ma'sumlar doirasiga qabul qilamiz. Mahmud Amin, Ali Oqtogʻ, Ahmad Fayzi va umum qardsohlarimizga salom aytib, duo qilamiz.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Keraksiz oziq-ovqat va kiyimlarimni sotib juda muborak yuz lira, Doru-l Hikmatdan olgan maoshim (hajga bormoqchi boʻlgan pulim), yana yigirma ikki yil oziq-ovqatdan orttirgan oʻn lirani ham ustida surat boʻlgani uchun takroran muborak oʻn lirani ham "Yogʻdular" majmuasining bahosi sifatida birga joʻnatyapman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hadsiz shukr boʻlsinkli, Risola-i Nurning Haramayn-i Sharifaynda qabul qilinishining bir belgisi shuki: Dengizli qahramoni Hofiz Mustafo Istanbuldan olgan "Zulfiqo", "Asoy-i Muso" va "Siroju-n Nur"ni (Hindiston ulamolariga joʻnatilishi kerak boʻlgan) olib yoʻlda ba'zi hojilarga oʻqib berib, birgalikda Madina-i Munavvarada oʻta mashhur Kashmirli olim va turk tilini ham bilgan kishiga beribdi.

— 275 —

U kishi ham juda maqtab Hindiston ulamolari markaziga joʻnatishini qat'iy va'da beribdi. Madina-i Munavvaraga maxsus majmualar ham yetib borgani va boshqa joylarga ham joʻnatilgan majmualar butun holda yetib boribdi. Ushbu xushxabarni ikki Afyonli, Dengizli Hofiz Mustafoga doʻst boʻlgan va yoʻlda Nurlarni oʻqib ketgan ham yosh, ham Nurchi hoji va boshqa hojilar olib kelishdi. Tashqarida Risola-i Nurning ahamiyatli rivojini va maqbuliyatini xushxabar berishdi. Faqat Jome'u-l Azharga yuboriladigan uch majmuadan "Zulfiqor" bu yerda qoldi, joʻnata olmadik. Ikki kitob ketdi. Buning hikmati shuki: "Zulfiqor" ilmiy keng darsdir. Islom olamining katta madrasasi boʻlgan Jome'u-l Azharga dars suratida joʻnatish munosib boʻlmagani kabi, yana u yerda sitma xastaligi tarqalgani uchun, albatta bu vaziyatda "Zulfiqor"ga loyigʻidek e'tibor berilmagan boʻlar edi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nurning ahamiyatli qahramonlaridan, Nurning ahamiyatli majmualarini Makka-i Mukarramaga olib borib oʻta buyuk Hindli olim Ahmad Ali Shimshiriyga berib, ham Hind tiliga tarjima qilishga va Hindga joʻnatishiga va'dasini olgan qardoshimiz Hofiz Mustafoga minglar barakalloh, mashaalloh va as'adakalloh deymiz. Madrasatu-z Zahro Makka-i Mukarramadagi buyuk zot bilan xabarlashsin. Manzili: "Makka-i Mukarramada Bobu-s Salomda Ahmad Ali Shimshiriy", deb maktub yozing.

Ikkinchidan: Bu safargi hodisa, pashshani vahima bilan fil qilishganini bildik. Bir belgisi shuki: Ichki Ishlar Vazirining buyrugʻi bilan tunda Afyon hokimi, Ichki Ishlar mudiri bilan bu yerga kelib, tunda uyimni bosishni xohlabdilar. Prokuror ruxsat bermagani uchun tonggacha kutishib, bizga qattiq qarshi boʻlgan ikki kishini tayinlab, qulfimni sindirib kutilmaganda bosqin qilishlari, ham oʻsha kuni

{(Hoshiya) Ha, bu yerdagi Nur shogirdlari nomidan tasdiqlaymiz, hodisa aytilganidek sodir boʻldi.

Ha Chevar Mustafo, Ha Ismoil, Ha Mustafo, Ha Xizmatkori Nuri, Ha Xayri, Ha Halil}

— 276 —

faytonda chiqqan vaqtim (bu yerda unga oʻxshagan hodisa koʻrilmagan) beshta tayyora juda past uchib faytonimni bilishgani uchun, atrofimda ikki marta aylanishi, ikkinchi kun boshqa tomonda koʻp koʻrinmagan yashirin dara tomonda faytonda ketayotgan edim. Pastda uchgan besh tayyorani bir narsa qidirayotganini koʻrdik. Avvalgi kuni kabi, atrofimizda va qishloq ustida besh tayyora aylandi. Xonamizga kirgan paytimiz ular ham ketishi, pashshani fil qilishganiga kuchli belgidir.

Bu yerda ma'nosiz, vahima sababli menga aziyat berilishi va Madrasatu-z Zahroning qahramonlariga bu yerga nisbatan uch yilda oʻn darajadan faqat bir daraja aziyat berishi jihatidan Isparta hukumatiga va adliyasiga tashakkurimni va minnatdorligimni va ular bergan aziyatlarini ham halol qilganimni bildiring.

Uchinchidan: Bu safargi musibatda har doim boʻlganidek yana qadar adolatiga va Ilohiy inoyatning fayziga qaradim, koʻrdimki: Boshqa viloyatlarga nisbatan bir daraja Nurdan orqada qolgan va Nur doirasiga yaqin Kutahiya viloyati, adliyasi va hukumatini Dengizli, Kastamonu kabi Risola-i Nurga aloqador qilish... Ha, fikri va vazifasi qanchalik bizga qarshi boʻlsa ham, har holda qalbi, ruhi Risola-i Nurdan iymon jihatida koʻp foydalanish va Nurchilarga ham savob qozontirish hikmati bilan u viloyatga joʻnatildi. Qadari Ilohiy ham bunga bir shafqat ta'ziri sifatida, Ichki Ishlar Vaziri Erzurumli va hamshahrim, Afyon hokimi (Antaliyalik) va hozirgacha menga aralashmagani uchun, "Bunday insofli hokimni endi topdim, ozod boʻlgan boʻlsamda, Amirtogʻdan ketmayman." deb, sevinch va ehtiyotsizligimga jazo sifatida ikki odamning qoʻli bilan qadari Ilohiy menga bir musht tushirdi, adolat qildi.

Afyon hokimi, ichki Ishlar mudiri va bu yerdagi hay'ati bilan bizning masalamizga doir Anqaraga: "Jamiyat, tariqat tuzish degan masalalar yoʻq. Lekin Said Nursiyning bir soʻzi bilan oʻzini fido qiladigan ikki yuz ming Nurchi qardoshlari bor." deb, boshqa jihatda yana hukumatni qattiq vahimaga tushirishgan. Lekin ularning bu ma'lumoti Nurga va na Nurchilarga foyda va mening shaxsimga ham balki ziyon qilishi mumkin. Foydaning bir jihati shuki: Bunchalik oʻgʻir sharoit ichida temirdek metin haqiqat bor. U haqiatning Ikki yuz ming turk ruhini unga fido qiladigan mijozi bor. Bu nuqtada iymoni zaif boʻlganlarning iymonini quvvatlantiradi. Siyosatdagilar ham iymonini yoʻqotganlar ularni surishtirishdan qoʻrqishadi, tez hujum qila olishmaydi. Menga tegadigan ziyoni esa (Janobi Haq Hofizdir) obroʻsizlantirish va qardoshlarimni qochirish, birodarligimizni ketkazish uchun shaytonning ham xayoliga kelmaydigan tuhmatlar va isnodlar bilan mening ahamiyatimni ketkazishga urinishlari ehtimoli bor.

— 277 —

Ekspertlar hay'ati va Diyonat Riyosatining mushovirlaridan Yusuf Ziyo va u yerdagi domlalar Risola-i Nurning toʻliq majmualarini xohlashyapti. Yana zarralarga oid "Oʻttizinchi Soʻz" va "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ning Birinchi Mavqifining boshidagi zarra mavzusi va "Huva Nuqtasi" va "Tabiat Risolasi"ning zarra mavzusi kabi qismlari iltimos suratida va hurmat bilan u yerga joʻnatgan Hasan Chalishkan orqali javob joʻnatishgan. Goʻyo

﴿ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ ﴾

ma'nosini tushunishni xohlashyapti. Bu qismlar bilan tushuniladi va hozir erkin buzgʻunchilikni boshlagan moddaparastlarni mot qiladi.

Said Nursiy

Qonuniy tergov qilish kerak boʻlsada, koʻrsatma olishmadi. Men hozir koʻrsatmamni adliyaning ma'naviy shaxsiga va Ichki Ishlar vaziriga ma'lumot sifatida bayon qilaman:

Qirq yil ichida:

bu vatan va millatga umuman zarar qilmagan,

juda koʻp manfaati tekkan,

jumladan Mart Isyonida bosh koʻtargan sakkiz boʻlinmani bir nutq bilan itoat qildirgan va koʻp zobitlarni qutqargan,

milliy harakatda "Xutuvot-i Sitta Risolasi" bilan ulamolarni, Shayxul Islomni va Istanbulni ishgʻol qilgan ajnabiy tarafdorlaridan qutqargan,

eski umumiy harbda marhum Anvar Poshoning koʻp maqtov, tahsini bilan fidokorlik qilib xizmat qilgan,

uch dahshatli qoʻmondon u kishiga gʻazab qilishsada, biror narsa qilishga jasorat qila olmagan,

yashirin zindiqlarning tuhmatlariga binoan qonunlar uni javobgar deb topsada, uch mahkama u kishi ergashgan haqiqatga magʻlub boʻlib, qamoq jazosi berishga jasorat qila olmagan,

risolalari bilim va ilm olimlari nazdida koʻp taqdir va tahsinlar bilan kutib olingan,

risolalar hisobidan gapirgan odamni bir soat eshitishingi bu mansabda boʻlganingiz uchun kerak va shartdir.

Endi boshlayman. Qoʻlimizda haq bor. Haqqimizni kuch bilan boshqa suratda olishga Janobi Haq majbur qilmasin, omin!

— 278 —

Soʻnggi yigirma yilda tajriba bilan Ilohiy inoyat bizni himoya qilgani va dahshatli zulmlardan qutqargani kabi, yangi ma'nosiz, batamom qonunsiz, ayyor zulmdan ham qutqarishiga qat'iy qanoat hosil qilishimiz kerak. Shoyadki kichik muammo, zahmat, zarar koʻrsakda, qiyinchilikdan minglar daraja koʻproq rahmat va ehsoni Ilohiyga sazovor boʻlamiz va savob qozonish bilan birga juda koʻp iymon ahlining iymonlariga boshqa tarzda muqaddas xizmat oʻrniga oʻtishini rahmat-i Ilohiyadan qattiq umid qilamiz.

Bu hodisaning oʻn tomonlaman qonunsiz ekanini bayon qilaman:

Birinchisi: Uch mahkama, uch ekspertlar hay'ati, Anqaraning yetti davlat idorasidan adliyaning qoʻlida Risola-i Nur ikki yil tekshiruv bilan nazoratdan oʻtgan boʻlsada, bir ovozdan hech qanday e'tiroz qolmay, umum risolalarning oqlanishi, Said bilan birga yetmish besh doʻsti oqlangani va bir kun boʻlsada jazo berilmagani holda, yana boshqatdan zararli varaqalar kabi ularga qoʻl uzatish qay darajada qonunsiz ekanini zarrachalik insofi boʻlgan kishi biladi.

Ikkinchisi: Oqlanganidan soʻng uch yarim yil Amirtogʻda yakka holda, gʻarib, eshigini ham tashqaridan qulflaydigan, ham ichkaridan surgi bilan yopgan, yuzda bir odamni zaruriy bir ish boʻlmasa qabul qilmagan, yigirma yildan beri davom etgan ta'lifini ham tashlab, boshqa ta'lif qilmagan odamga dunyo siyosati uchun ehigining qulfini buzib kirgan tintuvchilar arab tilidagi virdlaridan, yonidagi iymoniy lavhasidan boshqa hech narsa topa olishmagani uchun, bu aziyatning qay daraja qonunga xilof ekanini zarra qadar aqli boʻlgan kishi anglaydi.

Uchinchisi: Mahkamada yetmish guvohning tasdigʻi bilan, yetti yil harbi umumiyni bilmagan va qiziqmagan, soʻramangan kishi hozir oʻn yildan beri shu holda boʻlgan va yigirma yildan beri hech qanday gazetani oʻqimagan va tinglamagan, oʻttiz yildan beri "A'uzu billahi minash shaytoni vas siyasa", deb siyosatdan bor kuchi bilan qochgan va yigirma ikki yildan beri iskanjali azoblar chekib, siyosatdagilarning diqqat-e'tiborini oʻziga jalb qilmaslik va siyosatga aralashmaslik uchun bir marta tinchligi uchun hukumatga murojaat qilmagan bir odamga qoʻrqinchli siyosiy kabi va siyosiy fitnachi kabi uyini va yakka yerini bosib xasta holida tenggi koʻrilmagan azob berish, biror qonunga muvofiq keladimi? Zarra qadar vijdoni boʻlgan odam bu holatga achinadi.

— 279 —

Toʻrtinchisi: Eskishahar mahkamasida olti oy tekshiruvdan keyin, jamiyat, tariqat tuzish gumonini vahima qilib katta bir raisning shaxsiy gʻarazi bilan unga qarshi ba'zi adliya xodimlarini tashviq qilgan edi. Jamiyat, tariqat tuzish va Risola-i Nurning ayblovlarini olib tashlab, oqladi. Faqat Risola-i Nurning bir kichik boʻlimi boʻlgan "Tasattur Risolasi"ni bahona qilib, qonunan emas, vijdoniy qanoat bilan yuz shogird ichida besh-oʻn shogirdga olti oy jazo berishdi. Tekshirish vaqtida toʻrt oy qamoqda tutishdi. Yana bir yarim oy qamoqda qolishdi. Oʻn yil oʻtib Dengizli mahkamasi yana toʻqqiz oy jamiyat va tariqat tuzish degan bir qancha bahona bilan yigirma yillik butun maktublar va asarlarini ikir-chikirigacha tekshirib, Anqara va Dengizli mahkamasida tekshirishda qoldi. Mahkamalar bir ovozdan jamiyat va tariqat tuzish

{(Hoshiya) Nurlarning asosi va maqsadi, tahqiqiy iymon va Qur'oniy haqiqatlardir. Shuning uchun uch mahkama tariqat tuzyapti degan gumondan oqlashgan. Yigirma yilda hech kim, menga tariqatni oʻrgatdi demagan. Ham ming yildan beri bu millatning aksar ajdodi bogʻlangan yoʻl javobgarlikka sabab boʻlmaydi. Yana yashirin munofiqlar Islomiyat haqiqatiga tariqat nomini berib, bu millatning diniga hujum qilganlarga qarshi turganlar tariqatchi deb ayblanmaydi. Jamiyat tuzishga kelsak, Islomiy birodarlik jihatidan uxroviy qardoshlikdir. Siyosiy jamiyat emasligiga uch mahkama hukm qilgan.}

va boshqa bahonalaridan oqlab, kitob va maktublarni egalariga qaytarib berishgan. Saidni doʻstlari bilan birga oqlagan boʻlishsada "siyosiy jamiyat tuzuvchi" nazari bilan va "fitnachi siyosiy odam" ma'nosida uni ayblash va adliya xodimlarini unga qarshi jamiyat va tariqat tuzayapti deb aldash, naqadar qonunsiz ekanini odamgarchiligi yoʻqolmagan kishilar biladi.

Beshinchisi: Men Risoa-i Nur yoʻlining asosi va oʻttiz yildan beri hayot dasturim boʻlgan shafqat e'tibori bilan bir ma'simga zarar kelmasligi uchun, menga zulm qilgan jinoyatchilarga nafaqat e'tibor qaratish, hatto badduo ham qilmayman. Hatto eng qattiq gʻaraz bilan menga zulm qilgan fosiq, balki dinsiz zolimlarga gʻazablangan boʻlsamda, nafaqat moddiy balki ma'naviy badduo bilan javob berishdan meni shafqat man qiladi. Chunki u ayyor zolimning yo ota onasi kabi keksa bechoralarga yoki farzandi kabi ma'sumlarga moddiy va ma'naviy zarba kelmasligi uchun, toʻrt ma'sumlar hurmatidan zolimga hech narsa qilmayman. Ba'zan rozi boʻlaman. Ushbu shafqat uchun, boshqaruv va osoyishtalikka qat'iyyan aralashmaganimizdek, butun doʻstlarimizga ham buni tavsiya qilganman. Uch viloyatning insofli zobitlarining bir qismi e'tirof qilib:

— 280 —

"Nur shogirdlari ma'naviy zobitlardir. Boshqaruv va osoyishtalikni muhofaza qilishadi." deyishgan. Bu haqiqatga minglar guvoh mavjud. Yana yigirma yillik hayoti bilan tasdiqlagan va minglar shogirdlarning zobitlar hech qanday hodisa qayd qilmagani bilan tasdiq va ta'yid etganlari holda, u bechora odamni isyonchi va insofsiz bir guruhbozga oʻxshatib uyini bosish va insofsiz odamlar u kishiga xiyonat qilishi, uyida hech narsa topilmagani bilan birga, yuz jinoyati boʻlgan bir kishi kabi hatto Qur'oni va boshidagi lavhalarni zararli varaqalar kabi olib ketishiga dunyoda qaysi qonun ruxsat beradi, ajabo?

Oltinchisi: Hadsiz shukr boʻlsinki,

bundan oʻttiz yil avval Janobi Haqning inoyati bilan dunyoda vaqtincha shonu sharafni, xudbin obroʻparatlik va shuxratparastlikning naqadar zararli, qanchalik foydasiz va ma'nosiz ekanini Qur'onning fayzi bilan tushungan odam,

oʻsha vaqtdan beri butun kuchi bilan nafs-i ammorasi bilan kurashib,

kamtarinlik va "men"likni tashlash,

sun'iylik, riyokorlik qilmaslik uchun qoʻlidan kelganicha harakat qilganiga unga xizmat qilgan yoki doʻstlar qat'iy bilishadi.

Yigirma yildan beri hamma oʻzi haqida hushlangan qattiq husni zon,

odamlar e'tiboridan, shaxsini madhu sanodan, oʻzini ma'naviy maqom sohibi ekanini bilishdan hammaga qarchi chiqib butun kuchi bilan qochganini,

xos qardoshlarining u haqidagi husni zonlarini rad qilib ularni xafa qilishi,

yozgan javob maktublarida ularning oʻzi haqidagi madhlarini va koʻp husni zonlarini olib tashlashi,

oʻzini fazilatdan mahrum koʻrsatib butun fazilatni Qur'on tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga, keyin Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiga berib, oʻzini oddiy xizmatkor deb bilishi qat'iy isbot qiladiki,

obroʻtalablikka urinmagani, istamagani va rad qilsada, uning roziligisiz ba'zi doʻstlari uzoq joydan u haqida husni zon qilib madh etib, maqom berishi,

Kutahiya atrofida tanimagan bir voizning ba'zi soʻzlari bilan

Kutahiyaga oʻzim hech qanday maktub joʻnatmagan boʻlsamda

mening imzoimni taqlid qilib javobgarlikka tortiladi deb vahima qilingan bir maktub bilan,

Balikasirda kimniki ekani noma'lum ogʻir kitob topilishini ajabo qaysi qonunga asosan javobgarlikka tortiladi.

U bechora, xasta, juda keksa, gʻarib va uzlatdagi odamning xonasiga jinoyat qilgan odamnikiga kirgandek tintuv xodimlarini tiqish, virdlaridan va lavhalaridan boshqa bahona topilmagani, ajabo dunyoda hech bir qonun, hech bir siyosat bu hujumga ruxsat beradimi?

— 281 —

Yettinchisi: Soʻnggi kunlarda ichkarida ichki-tashqi hayajonli partiya jarayonlari shunchalik koʻp va bundan toʻliq foydalanish, ya'ni chegaralangan bir necha doʻstlari evaziga koʻp diplomatlarni oʻziga tarafdor qilishga zamin hozir boʻlsada, faqat siyosatga aralashmaslik va ixlosiga zarar bermaslik uchun va hukumatning e'tiborini oʻziga jalb qilmaslik va dunyo bilan mashgʻul boʻlmaslik uchun butun doʻstlariga "Diqqat qiling, jarayonlarga berilmang, siyosatga kirmang, osoyishtalikni buzmang!" deb yozgan. Ushbu ikki jarayon ushbu chekinishidan unga zarar berishgani, eski vahimasi sababli, yangidan "Bizga yordam bermayapti" deb, koʻp muammo qilishgan boʻlsada, ahli dunyoning dunyosiga umuman aralashmay oʻz oxirati bilan mashgʻul boʻlgan va yurtida, Nurs qishlogʻida ukasiga yigirma ikki yil ichida bitta maktub ham yozmagan, u viloyatdagi doʻstlariga yigirma yil ichida oʻn maktub ham yozmagan bechoraga, uning oxirat ishlariga bunchalik aralashishga qaysi qonun ruxsat beradi? Bu vatanga va millatga axloqqa juda zararli boʻlgan dinsizlarning kitoblar yoyilishiga va komunistlarning nashriyotlari erkinligi qonuni asosida hech kim aralashmagan. Uch mahkama javobgar qiladigan narsa topmagan. Yigirma yildan beri millat va vatanning ijtimoiy hayotini, axloqi va osoyishtaligini ta'minlashga harakat qilgan va millatning haqiqiy tayanch nuqtasi Islom olamining birodarligini va bu millatga ham doʻstligini qaytarib, quvvatlanishiga ta'sirli suratda uringan va Diyonat Riyosatining ulamolar tanqid niyatida Ichki Ishlar vazirining buyrugʻi bilan uch oy tekshirishdan keyin, tanqid oʻrniga qiymatini toʻliq taqdir qilib, "Qiymatli asar" deb Diyonat kutubxonasida qoʻyilgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" kabi Nur kitoblarini zararli varaqalar kabi toʻplab mahkamaga berishga ajabo hech bir qonun, hech bir vijdon, hech bir insof bunga ruxsat beradimi?

Sakkizinchisi: Yigirma yil azobda va sababsiz surgundan keyin toʻliq ozod etilgan boʻlsamda, minglar qarindosh va doʻsti boʻlgan tugʻilgan mamlakatiga bormay, gʻurbatni, kimsasizlikni tanlab... toki, dunyo va ijtimoiy-siyosiy hayotga aralashmasin.

Va juda savobli boʻlgan jome'dagi jamoatning xayrini tashlab faqat namozini oʻqib yashashni tanlagan,

Ya'ni xalqning hurmatidan chekingan ruhiy holatda boʻlgan,

yigirma yillik hayotining guvohligi bilan yuz minglar qiymatli turk kishilarning tasdigʻi bilan, bir dindor, muttaqiy turkni, koʻp loqayd kurdlardan ustun qoʻygan,

hatto mahkamada Hofiz Ali kabi kuchli iymoni boʻlgan turk qardoshlarini, yuz kurdga almashmaganini isbotlagan,

hurmat va ehtirom koʻrmaslik uchun, zarurat boʻlmasa, odamlar bilan gaplashmagan,

— 282 —

masjidga bormagan, qirq yildan beri butun kuchi va asarlari bilan Islomiyatning birodarligiga va musulmonlarning bir-biriga muhabbatli boʻlishiga harakat qilgan,

shadid dushmaniga qarshi manfiy harakat qilmagan, hatto ular bilan mashgʻul boʻlmagan, badduo ham qilmagan,

turk millati Qur'onning bayroqdori va Qur'onning sanosiga sazovor boʻlgani uchun, bu millatni juda yaxshi koʻrgan,

hayotini ularning ichida oʻtkazgan odam haqida rasmiy til bilan xiyonat qilish, tashviqot qilish, doʻstlarini qoʻrqitish uchun: U kurd, siz turksiz, u Shofe'iy, siz Hanafiysiz", deb odamlarni qoʻrqitib undan qochirishga urinishgan,

yigirma ikki yil ichida va ikki mahkamada kiyinish tarzini oʻzgartirishga majbur qilinmagan,

askarlarning yarmidan shapka olinishi bilan birga, yakka yashagan odamga zoʻrlik bilan shapka kiydirishga majburlashga qaysi qonun ruxsat beradi?

Toʻqqizinchisi: Juda muhim, {(Hoshiya) Islom hukumatlarida Hristian va Yahudiy boʻlishi hamda Hristian va Majusiy hukumatlarda musulmonlarning borligi koʻrsatadiki, boshqaruv, osoyishtalikka amalda aralashmagan muxoliflarga qonun boʻyicha tegilishmaydi. Ham taxmin javobgarlikka asos boʻlmaydi. Yoʻqsa har kim odam oʻldirishi mumkin. Barchani bu ehtimol bilan mahkamaga berish kerak boʻladi.} oʻta kuchlidir. Lekin siyosatga tegishli boʻlgani uchun sukut saqlayman.

Oʻninchisi: Bu ham hech qanday qonun ruxsat bermagan va hech qanday foydasi yoʻq, faqat ma'nosiz vahima sababli pashshani fil qilib, hech qanday qonunga kirmagan hujumdir. Bu yoʻlimizga asosan biz kuzatmaydigan siyosatga aralashmaslik uchun sukut saqlab, oʻn tomonlama qonunsiz muomalaga javoban faqat "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deymiz.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, ushbu yangi hujumda va juda keng va oʻta vahimali hujum yuzda birga tushdi. Kecha mahkamada toʻrt soat tergov qilishdi. Avvalroq men sizga joʻnatgan koʻrsatmaning oʻzini va izohlari bilan javob berdim. Alloh Isparta Adliyasidan koʻp rozi boʻlsin, ularning bu yerga bizning foydamizga yozma bildirgisi bizga juda yordam berdi. Yoʻqsa Afyondagi vahima va bu yerdagi ba'zi mansabdorlar yashirin dushmanlarimizga ham yordam berishar, biz koʻp zahmat chekkan boʻlar edik.

Musodara qilgan Qur'onimizni Diyonat Raisiga joʻnatishibdi. Biz Istanbulga joʻnatgan ikki juz va boshdagi juz bilan birga Diyonat Raisiga bir maktub yozdik. Maktubda "Buni fotograf bilan chop qilishni istaymiz. Diyonat Raisi munosib koʻrishi va yordamini umid qilamiz." deb yozdik.

— 283 —

Bu safar mahkamada mendan soʻragan juda koʻp ma'nosiz savollar ichida "Nima bilan yashayapsan?" degan savolga, "Tejamkorlik barakasi bilan", deb javob berdim. Hatto koʻp vaqt Ispartada bir Ramazonda bir non, bir kilo suzma, bir kilo guruch bilan yashagan odam, tirikchiligi uchun dunyoga kirib past ketmaydi va hadyani ham qabul qilishga majbur boʻlmaydi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sizning muvaffaqiyatingizni, matonatingizni va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning aliflar karomatini muhofaza qilib mumli qogʻozlarga yozilishini, ishingizga sustlik kelmasligini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Meni toʻrt soat tergov qilib, tenggi koʻrilmagan bir qiyinchilik chekkanimdan oʻn soat oʻtib, xuddiki oʻsha paytda ikki million lira zarar bergan, ma'orif yongʻini koʻrsatdiki, Risola-i Nur balolarni daf qilishga vasila boʻlib, Nurlarga hujum qilingan paytda balo yoʻl topib keldi.

Uchinchidan: Risola-i Nurning karomati - yongʻinga doir yozilgan bir parcha, bir haftadan beri sizga joʻnatish uchun kutayotgan edi. Chunki koʻp vahimalardan pochtaxonalarga qattiq tekshirishgani sababli pochta orqali joʻnatmadik. Sizning ham mahkamada haqiqiy holatingizga qiziqyapmiz. Qardsohinmiz Burhonning kichik musibati bor ekan deb yozyapti, u musibat qanday? Xavotirlandik. Janobi Haq daf qilsin. Ham Ra'fat Bey, ham Abdulloh Chovushning maktubidan koʻp xursand boʻldim. Ularga xususiy salom aytaman. Umumga salom.

Qardoshingiz
Said Nursiy