Emirdoğ Lahikasi
— 4 —
Badiuzzamon Said Nursiy
— 5 —

[Amirtogʻ Ilovasi 1 bilan Amirtogʻ Ilovasi 2 orasida Nur Muallifi Ustozimiz Hazratlari ba'zi talabalari bilan Afyon qamogʻiga joʻnatilib, u yerda muhokama qilingan va Afyon qamogʻida qolgan yigirma oy ichida yozgan maktub va mudofaalari "Shu'lalar"da va qisman "Hayot Yoʻli"da nashr qilingan.]

— 6 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bayram tabrigi bilan birga har biringizni darajasiga koʻra bir Said, vorisim va mening oʻrnimda Nurlarning bir posbon muhofizi sifatida koʻraman. Ma'naviy bir xotiraga binoan qabul qilganimni xabar berganimdek, hozir ham sizga bayon qilyapman. Modomiki haddimdan juda ortiq husni zonningiz bilan menga iymon ilmlari va Qur'on xizmatida ustozlik bergan ekansiz, men ham har biringizga darajasiga nusbatan eski davr ustozlarining ijozat olishga loyiq talabalariga ilmiy ijozat berganlaridek ijozat beraman. Butun ishonchim, ruhu jonim bilan sizni tabriklayman. Inshaalloh hozirgacha sadoqat va ixlos doirasida favqulotda nurlarni tarqatganingizdek, yanada porloq tarzda davom etib bu ojiz, zaif, uzlatdagi Saidning oʻrniga minglar iqtidorli, kuchli vazifaparvar Saidlar boʻlasiz.

Said Nursiy