Jami kitobga toʻla besh sandiq tarafimizdan ochilib oʻqildi.
{(Hoshiya) Tadqiq hay'ati raportidagi tanqid qismi, sudda qat'iy javoblari berilgani uchun, mudofaalarimning oxirida yozilgani uchun, bu yerda yozilmadi. Zotan u tanqidlar, uch-toʻrt risolada oʻnta juz'iy masaladir. Siyosiy ham emas, ilmiy masaladir. E'tirozlar, sahv va xato boʻlgani, hujjatlar bilan sudda isbot qilingan.}
Said Nursiy tarafidan ta'lif etilgan, bosilgan, bosilmagan Risola-i Nur qismlari va Risola-i Nurga qoʻshilgan Said Nursiy bilan ba'zi shogirdlari tarafidan yozilgan qisman ilmiy va diniy maktublar bilan, shogirdlarning bir-biri bilan va Said Nursiy bilan oddiy xabarlashish maktublari va bosmaqoliplar, oʻrganib chiqish uchun biz tomonimizdan koʻrilib tadqiq qilindi. Ularning mohiyatini aniqlash uchun bu risola va maktublarni ikki turga ayirish kerak:
Risolalar: Bir oyatning tafsiri va bir hadisning sharhi maqsadida yozilgan din, iymon, Alloh, Paygʻambar, Qur'on va oxirat aqidalarini, iboralarini tushuntirish uchun misollar bilan yozilgan ilmiy mulohazalari va keksalar bilan yoshlarga qaratilgan axloqiy oʻgitlar va qisman hayot tajribasidan olingan ibratli voqealar va xalq tabaqalariga oid foydali qissalarni ichiga olgan, asarlarining toʻqson foizini tashkil qilgan risolalar boʻlib, (ularda) barcha risolalarda muallif ham samimiy, ham beminnat va hamda ilm yoʻlidan va diniy asoslardan hech ayrilmagan. Bu asarlarda dinni vosita qilish va jamiyat tashkil qilish bilan tinchlikni buzish harakatining yoʻqligi yaqqol. Shogirdlarning bir-biri bilan va Said Nursiy bilan oddiy xabarlashish maktublari ham bu turdan.
1. Said Nursiy, Istanbuldaligida qozongan ahamiyatli shon sharafning, qalin bir uyqudan iborat ogʻir bir tush, vaqtinchalik adashish boʻlganini aytadi. Istanbulda bir-ikki yil gʻaflat bilan siyosatga qoʻshilgani uchun buni dunyoning oʻlimi deya tasvirlaydi. Bu munosabat bilan "Eski Said", "Yangi Said" deb ikki shaxsiyat boʻlganini va bu shaxsiyatlarning bir-biridan boshqa boʻlganliklarini aytadi. Soʻngra, toʻqqiz adad birinchida, yigirma qadar risola boʻlgan majmuasining oxirida, Ispartada Risola-i Nur shogirdlariga yozilgan maktubning ichida, siyosatga aralashish tubanlikka tushish deb, xato boʻlganini aytadi.
2. qismida: "Bu dunyo foniydir. Eng buyuk da'vo, boqiy olamni qozonishdir. Insonning e'tiqodi sogʻlom boʻlmasa, da'voni yutqazadi. Haqiqiy da'vo - bu. Bundan boshqa da'volarga qoʻshilish zararlidir. Siyosat bilan mashgʻul boʻlgan kishi, ahamiyatli xizmatlaridan orqada qoladi. Hamda siyosat kurashlariga berilganlar, qalb osoyishtaligini yoʻqotadi", deydi.
3- "Yigirma Oltinchi Yogʻdu"da "Keksa dunyoda mening haqiqiy vazifam, Qur'on sirlarini tarqatishdir". (Sahifa: 45). Bu mamlakat bilan, hamiyati Islomiya nuqtasida aloqadorman. Boʻlmasa mening na uyim bor, na avlodim". (Sahifa: 59).
4. "Yigirma Birinchi Yogʻdu"da qardoshlariga bergan oʻgitlaridan birinchi dastur: "Amalingizda Allohning roziligi boʻlishi kerak, moddiy manfaat maqsad qilinmasligi kerak", deyilgan. Bu yozuvlarda: "Men soʻfiy emasman", "Maslagimiz tariqat emas" (Sahifa: 8). "Mansabsevarlik va nazarni oʻziga jalb qilmoq, ruhiy bir marazdir. Bunga yashirin shirk deyiladi". "Agar yoʻlimiz shayxlik boʻlsa edi, maqom bir boʻlardi, u maqomga koʻp nomzodlar boʻlardi. Maslagimiz - uxuvvatdir. Qardosh qardoshga ota boʻla olmaydi, murshid vaziyatini ola olmaydi..."