Katta ma'murlardan bir necha kishi mendan soʻradi: "Mustafo Kamolning senga uch yuz lira maosh berib, Kurdistonga va sharqiy viloyatlarga Shayx Sunusiy oʻrniga bosh imom qilish taklifini nima uchun qabul qilmading? Agar qabul qilsayding, qoʻzgʻolon tufayli oʻldirilgan yuz ming odamning hayotlarini qutqarishga sabab boʻlarding?" deyishdi.
Ularga javoban aytdimki: U odamlarning yigirma-oʻttiz yillik dunyoviy hayotini qutqarmaganim evaziga, yuz minglab vatandoshlarga, har biriga millionlab yil uxroviy hayotni qozontirishga vasila boʻlgan Risola-i Nur, yoʻqotish oʻrniga minglab daraja ish qildi. Agar men u taklifni qabul qilsa edim, hech narsaga vosita boʻlmagan va tobe boʻlmagan, ixlos sirriga ega Risola-i Nur yuzaga kelmasdi. Hatto men qamoqda muhtaram qardoshlarimga aytgan edim: Risola-i Nurning shiddatli ta'zirlari uchun meni oʻlimga mahkum qilgan kishilar, agar Anqaraga yuborilgan Risola-i Nur bilan iymonlarini qutqarib abadiy qatl qilinishdan najot topsalar, siz shohid boʻling, men ularni ham ruhu jonim bilan kechiraman!
Oqlanishimizdan soʻngra Dengizlida meni kuzatib azob berganlarga, katta amirlariga va politsiya mudiri bilan tekshiruvchilarga aytdim: Risola-i Nurning inkor qilib boʻlmaydigan karomati shuki, yigirma yil mazlumlik hayotimda, yuzlab risola va maktublarimda, minglab shogirdlarda toʻqqiz oy tadqiqot natijasida hech qanday muammo, hech qanday jamiyat bilan, hamda hech qanday ichki va tashqi komitet bilan hech bir vasiqa, aloqa, topilmasligidir. Bu hayratomuz holat biror fikr va tadbirning haddiga sigʻadimi. Bir odamning, bir necha yillik mahram sirlari oʻrtaga chiqsa, albatta uni mas'ul qiladigan va uyaltiradigan yigirmata modda topiladi. Modomiki haqiqat bu ekan, yo "Juda hayratomuz va magʻlub boʻlmaydigan bir daho bu ishni qilyapti" yoki "Oʻta inoyatli bir hifzi Ilohiydir", deysiz. Albatta bunday bir daho bilan urushish xatodir, millatga va vatanga katta zarardir. Bunday hifzi Ilohiy va Rabboniy inoyatga qarshilik qilish, fir'avnona qaysarlikdir.
Agar: "Seni erkin qoldirsak va kuzatmasak va nazorat qilmasak, darslaring bilan va yashirin sirlaring bilan ijtimoiy hayotimizning osoyishtaligini buzasan", desangiz.
Javoban aytdimki: Mening darslarim istisnosiz hammasi, hukumatning va adliyaning qoʻliga tushgan, hatto bir kun qamoq jazosi beradigan biror modda topilmagan. Qirq-ellik ming nusxa risola va darslardan odamlarning qoʻlida diqqat va qiziqish bilan yurgan boʻlsada, hech kimga manfaatdan boshqa hech qanday zarari boʻlmagani, ham eski sud, ham yangi sud javobgarlikka tortishga biror modda topolmagani jihatidan, yangi sud ittifoq bilan oqlanishimizga, va eskisi, dunyo jihatidan bir kattaning hurmati uchun bir yuz oʻttiz risoladan besh-oʻnta soʻzni bahona qilib, faqat vijdoniy his bilan bir qamoqqa olingan yuz yigirma qardoshlarimdan faqatgina oʻn beshta odamga olti oydan jazo bera olishi, menga va Risola-i Nurga hujum, ma'nosiz vahima bilan xunuk zulm ekaniga qat'iy hujjatdir. Nazorat qilib toʻgʻrilashga urinishingizga boshqa yangi darsim yoʻq va bir sirrim yashirin qolmadi.
Hozir ozodlikka juda muhtojman. Yigirma yildan beri keraksiz, haqsiz va foydasiz kuzatuvlar endi yetar! Mening sabrim tugadi. Keksalik zaifligidan, hozirgacha qilmagan badduomni qilish ehtimolim bor. "Mazlumning ohi Arshgacha ketar", degan quvvatli bir haqiqat bor. Soʻngra u zolim, dunyoda katta maqomlarda boʻlgan badbaxtlar, "Sen yigirma yildan beri bir marta boʻlsa ham shapkamizni boshingga qoʻymading, eski va yangi sudlarning huzurida boshingni ochmading, eski kiyimingda keldimg. Holbuki oʻn yetti million odam bu qiyofaga kirdi", deyishdi. Javoban, "Oʻn yetti million emas, balki yetti million ham emas, balki roziligi bilan va qalban qabuli bilan faqat yetti ming Ovrupaparast sarxushlarning qiyofalariga shar'iy ruxsat va qonun bilan majburlash jihati bilan kirgandan koʻra, shar'iy azimat va taqvo bilan, yetti milliard zotlarning qiyofalariga kirishni tanlayman. Men kabi yigirma besh yildan beri ijtimoiy hayotni tark qilgan odamga, "qaysarlik qilyapti, bizga muxolif", deyilmaydi. Boringki, qaysarlik deylik, Mustafo Kamol u qaysarlikni sindirolmadi, ikki sud olib tashlay olmadi va uch viloyat hukumatlari uni buzmadi, siz kim boʻlibsizki, ham millatning, ham hukumatning zarariga, u qaysarlik sinishiga behuda urinyapsiz? Boringki, siyosiy muxolif boʻlsa ham, siz tasdiqlagan yigirma yildan beri dunyo bilan aloqasini uzgan va ma'nan yigirma yildan beri oʻlgan odam, qaytadan tirilib, foydasiz, oʻziga oʻta zararli siyosiy hayotga aralashib, siz bilan ovora boʻlmaydi. Bu holda uning muxolafatidan vahimaga tushish, devonalikdir. Devonalar bilan jiddiy soʻzlashish ham bir devonalik boʻlgani uchun, siz kabilar bilan soʻzlashishni tark etaman, "Nima qilsangiz qiling!" deganim ularni gʻazablantirdi, ham mot qildi. Soʻng soʻzim
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu qismni sizlar ham Risola-i Nurning maqbuliyatiga imzo bosgan risolalar va maktublar majmuasining boshida yozarsiz. Agar majmualar boʻlmasa "Birinchi Shu'la"ning boshida yozarsiz. Men haqqimda qaygʻurmang. Savobning koʻpayishi menga mashaqqatlarni bir jihatda sevdiradi va Nurlarning tarqalishiga boshqa sohalarda joy ochadi. Hammalaringizga bir-bir salom...
"Risola-i Nurning maqbuliyatini tasdiqlagan va gʻaybiy ishoralar bilan undan xabar bergan sakkiz qismdan birinchi qismdir. Ayni masalaga, ayni da'voga ittifoqlari yaqqollik darajasidadir. Masala birligi jihati bilan belgilar bir-biriga kuch beradi, tasdiqlaydi. Sakkizdan uch donasi, Imom Alining uch gʻaybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar berishiga doirdir. Bu sakkiz qismni Anqara tadqiq hay'ati tadqiq etgan, e'tiroz qilmagan. Faqat: "Bu yozilmasligi kerak edi. Karomat sohibi, karomatini yozmaydi." degan.
Men ularga javob berdimki:
Bu meniki emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-i Nur esa, Qur'onning molidir va tafsiridir dedim. Ular jim boʻlishdi, demak qabul qildilar. Garchi bu tur ikromlar yozilmasligi munosibroq edi, faqat bunchalik sanoqsiz qarshi chiquvchilar va juda kuchli, koʻp dushmanlar qarshisida oz, faqir va zaif boʻlgan bizlarga ma'naviy kuch, gʻaybiy madad, shijoat, sabot va matonat berish uchun qat'iy majburiyat boʻldi, men ham yozdim. Bu "men"ligim uchun obroʻtalablik hisoblanib tubanlashishimga sabab boʻlsa ham, ahammiyati yoʻq. Bu xizmatga, ya'ni ahli iymonni mutlaq zalolatdan qurtarishga (kerak boʻlsa) dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni bir saodat bilaman, minglab doʻstlarim va qardoshlarimning Jannatga kirishlari uchun Jahannamni qabul qilaman."