Emirdoğ Lahikasi
— 21 —
ADLIYA VAKILI VA RISOLA-I NUR BILAN ALOQADOR SUDLARNING HAKAMLARI BILAN DARDLASHISH

Janoblar! Siz nima uchun sababsiz biz va Risola-i Nur bilan ovora boʻlyapsiz! Qat'iyan sizga xabar beramanki: Men va Risola-i Nur, siz bilan kurashish emas, hatto sizni oʻylash ham vazifamiz xorijidadir. Chunki Risola-i Nur va uning haqiqiy shogirdlari, ellik yil soʻngra keladigan kelajak naslga oʻta buyuk bir xizmat qilib, ularni buyuk xatardan, millat va vatanni buyuk tahlikadan qutqarishga urinmoqda. Hozir biz bilan ovora boʻlganlar oʻsha payt qabrda albatta tuproq boʻladilar. Saodat va salomat xizmati kurash deb faraz qilinsa ham, qabrda tuproq boʻlgan kimsalarni aloqador etmasligi kerak.

Ha, hurriyatchilarning ijtimoiy axloqda, dinda va milliy gʻururda bir daraja e'tiborsizlik koʻrsatishlari natijasida yigirma-oʻttiz yilda din, axloq, nomus masalalari hozirgi holatiga keldi. Endi ellik yil soʻngra bu dindor, nomusli, qahramon xislatiga ega millatning kelajak nasli, diniy gʻurur va ijtimoiy axloqda qay holatga kelishini albatta tushunyapsiz. Ming yildan beri bu fidokor millat, butun ruhu joni bilan Qur'onning xizmatida tenggi yoʻq qahramonlik koʻrsatgan boʻlsada, ellik yil soʻngra porloq oʻtmishini qattiq bulgʻaydigan, balki yoʻq qiladigan kelajak naslning qoʻliga albatta Risola-i Nur kabi bir haqiqatni berib, dahshatli tubanlashishdan qutqarish, eng buyuk milliy va vatan vazifasi deb bilganimiz uchun, bu davr insonlarini emas, kelajak insonlarini oʻylayapmiz.

Ha janoblar! Garchi Risola-i Nur faqat oxiratga yoʻnalgan boʻlsada, gʻoyasi Allohning roziligi, iymonni qutqarish boʻlib, shogirdlarining vazifasi, oʻzlarini va vatandoshlarini abadiy oʻldirilishdan, abadiy yakka qamoqdan qutqarishga harakat qilishdir.

Dunyoga oid ikkinchi vazifasi, oʻta ahamiyatli xizmat boʻlib, bu millat va vatanni anarxistlik tahlikasidan va kelajak naslning bechoralar qismini mutlaq zalolatdan qutqarishdir. Chunki bir musulmon boshqa dindagilarga oʻxshamaydi. Dinni tark qilib Islom fe'lidan chiqqan muslim, mutlaq zalolatga tushadi, anarxist boʻladi, boshqa uni boshqarib boʻlmaydi.

— 22 —

Ha, eski Islomiy tarbiyani olganlarning ellik foizi bor ekan va milliy, Islomiy an'analarga nisbatan ellik foiz loqayd boʻlishgani uchun, ellik yil soʻngra yuzdan toʻqsoni nafsi ammoraga tobe boʻlib millat va vatanni anarxistlikka olib borishlari ehtimoli bor. U baloga chora topish, yigirma yil avval meni siyosatdan va bu asrdagi insonlar bilan mashgʻul boʻlishdan qat'iyyan man qilgani kabi, Risola-i Nurni, shogirdlarini, bu davr bilan aloqalarini uzgan, ular bilan na kurash, na mashgʻuliyat yoʻq.

Modomiki haqiqat bu ekan, adliyadagilarning eng birinchi vazifasi bizni ayblash emas, balki Risola-i Nur va shogirdlarini himoya qilishdir. Chunki ular bu millat va vatanning eng buyuk huquqini muhofaza qilishgani uchun, ularning qarshisida, bu millat va vatanning haqiqiy dushmanlari Risola-i Nurga hujum qilib, adliyadagilarni aldab, dahshatli haqsizlikka va adolatsizlikka chorlashyapti. Ikki kichik namunasini bayon qilaman:

Jumladan: Qamoqdagi birodarlarimdan, salom-kalomdan iborat va Arabcha bir risolamning qiymati oʻn banknotni, bu yerdagi bir odamga yuborib, toki Ispartada nashr xarajatini bergan oʻsha nusxalar sohibiga berilsin degan maktubi sababli, ham adliya, hukumat menga ham qiyinchilik tugʻdirdi, ham vosita boʻlgan odamni qidirdi. Chivin qanotidek ahamiyati boʻlmagan oddiy bir maktubni, ham olti oy mobaynida bitta oddiy xabarlashishni shunchalik katta masala holiga keltirish, albatta adliyaning hurmatiga, obroʻyiga yarashmaydi.

Ikkinchi Namuna: Men kabi gʻarib, keksa, zaif va oqlangan musofirga, hammani hatto xizmatchilarini rasman tashviqot bilan qoʻrqitish, oʻzini esa abgor holga solish bu viloyatdagi hukumatning milliy gʻururiga yarashmagani uchun, chivin qanoti qadar mavhum bir zararga togʻ kabi ahamiyat berib menga qarshi rasman tashviqot qilish, "Kim bilan koʻrishyapti, yoniga kim boryapti?" deb hammani qoʻrqitish.. hukumatning hikmati va boshqaruvi, albatta bu ajib holatga tushmasligi kerakdir. Nima boʻlganda ham... Bu ikki modda kabi, xabari borlarni hayratga solgan koʻp moddalar bor.

Janoblar! Zalolat va yomonliklar johillikdan kelsa, daf qilinishi oson. Ammo fandan, ilmdan kelgan zalolatning yoʻqotilishi juda mushkuldir. Bu davrda zalolat fandan, ilmdan kelgani uchun, ularni yoʻqotishga va kelajak naslning baloga uchragan qismini qutqarishga, qarshilarida tayanishga Risola-i Nur kabi har jihatdan mukammal bir asar lozim.

— 23 —

Risola-i Nurning bu qiymatda ekaniga dalil shuki: Yigirma yildan beri, mening qattiq va koʻp sonli dushmanlarim, qattiq ta'zirlarini yegan faylasuflarning hech biri Risola-i Nurga qarshi chiqmadi, rad qila olmadi va chiqa olmaydi ham. Toʻqqiz oy, uch adliya va boshqaruv markazi ekspertlar hay'ati, yuz kitobdan iborat risolalarda, bizni javobgarlikka tortadigan biror modda ham topa olmasliklaridir. Minglab ahli diqqat boʻlgan Risola-i Nur shogirdlariga qat'iy qanoat bergan, "Ishoroti Qur'oniya" va "Ixboroti Gʻaybiya-i Alaviya va Gʻavsiya"ning, bu asrda Risola-i Nurning ahamiyatiga va maqbuliyatiga imzo bosishlaridir.

Ha, adliyaning vazifasi huquqni muhofaza qilishi va haqsizlarni tajovuzdan toʻxtatish boʻlgani uchun, Risola-i Nurning yuz risolasi, yigirma yilda yuz ming odamning saodatlari uchun xizmat qilgani aniqligi bilan birga, oʻn yildan beri, ikki mahkama va boshqaruv markazi, bir necha viloyatning zobit organlari, Dengizli Sudi toʻqqiz oy barcha mahram va mahram boʻlmagan varaqlarimizda, risolalarda millat va vatanga zararli moddani va jazonlanishga loyiq xato koʻrishmagani uchun, albatta Risola-i Nurning bu vatanda oʻta kulliy va buyuk huquqi bor. Bu kulliy va juda ahamiyatli huquqni nazarga olmay, oddiy varaqlar kabi musodara qilib, millatga va iymonni quvvatlantirishga muhtoj bechoralarga juda buyuk bir haqsizlikni nazarga olmay, oddiy bir odamning juz'iy va kichik haqqini ahamiyat bilan nazarga olish, adliyaning mohiyatiga va adolatning haqiqatiga umuman yarashmaydi, deb sizga eslatyapmiz.

Doktor Duzining va boshqa zindiqlarning asarlariga qarshi chiqmaslik, Risola-i Nurga qarshi chiqish, gʻazabi Ilohiyning jalbiga bir vasila boʻlishi mumkin deb qoʻrqayapmiz. Janobi Haq sizga insof, marhamat, bizga esa sabr va bardosh ehson aylasin. Omin!

Norasmiy shaklda tamoman yakka ajratib qoʻyilgan
Said Nursiy
— 24 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

وَ شَاوِرْهُمْ فِى الْاَمْرِ amri bilan, qardoshlarim bilan bir mashvaratga muhtojman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hozir bir beriladigan hukm qarshisida turibman. Mening ozuqlanishim uchun har kun ikki yarim banknot, boshqa odamdan men uchun bir uy (narsalari bilan birga va istagan tarzimda) berish uchun buyruq kelgan. Holbuki ellik-oltmish yillik hayot dasturim buni qabul qilmaslikni taqozo qiladi. Garchi Dor-ul Hikmat-ul Islomiyada bir-ikki yil maoshni qabul qildim, ammo u pulni ham kitoblarimning chop qilinishiga sarf qilib va aksarini muhtojlarga berib, odamlarning molini yana ularga qaytarib berdim. Hozir agar majbur boʻlsam ham sizga va Risola-i Nurga zarar kelmasligi uchun qabul qilsam, kelajakda yana odamlarga qaytarib berish uchun saqlayman. Qat'iy zarurat darajasida oʻzimga faqat oz bir qism sarf qilaman.

Eshitdimki, agar rad qilsam, mening foydamga tirikchilik uchun harakat qilganlar xafa boʻlishadi. Menga qarshi boʻlganlar aytishadiki: "Bu odam boshqa yerdan ta'minlanyapti". U badbaxtlar tejamkorlikning hayratomuz barakasini bilmaydilar va menga ikki kunda besh kurushlik non kifoya qilishini koʻrmaganlar. Shu sabab asossiz vahimaga tushishyapti. Agar qabul qilsam, yetmish yillik hayotim buziladi, va bu vaqtdan xabar bergan, ochkoʻzlik va maosh sababli bid'atlarga ruxsat bergan va ixlosni yoʻqotgan olimlarni ta'zirlagan Imom Ali Roziyallohu Anh ham mendan ranjish ehtimoli bor. Risola-i Nurning ham haqiqiy va pok ixlosi meni ixlossizlik bilan ayblash jihati bor. Men, haqiqatdan hayron qoldim.

Eshitdimki, agar qabul qilmasam, yanada koʻproq siqishadi va balki Risola-i Nurning toʻliq erkinligiga monelik qiladilar. Hatto hozirgi tazyiqlari, meni ta'minlash takliflariga majbur qilish uchun ekan. Modomiki hol bu ekan,

اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُب۪يحُ الْمَحْظُورَاتِ

qoidasi bilan, zarurat darajasida boʻlsa, inshaalloh zarar bermaydi. Ammo men rad qildim, sizga havola qilaman.

— 25 —

Aziz qardoshlarim! Men haqqimda xavotirlanmang. Men har zahmatda bir rahmat belgisi va bir inoyat yogʻdusi koʻrganim uchun, siqilmayman. Sizning gʻayratingiz, jiddiyligingiz va yordamingiz har qanday mashaqqatni yoʻqotadi, doimiy sevinch beradi.

Bu yerda, Risola-i Nurga Abdulmajid ukam oʻrnida boʻlgan, xonadoni ham mening xonadonim boʻlgani uchun eng mehnatkash, fidokor Mustafo Ajet va kichkina Xusrav, ham kichkina Abdurrahmon oʻrnida Jaylon ismli juda mehnatkash bir bola toʻliq xizmat qilmoqda.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga farishtalarga oid "Mevalar"ning bir qismsini yana joʻnatdim. Sud raisi kitoblarimni menga berishini aytgani uchun, Dengizliga ikki vakolatnoma yubordim. Bu yerda meni yakka qoldirilib va qattiq tazyiq qilishganidan tashvishlanmang, inoyati Rabboniya davom etyapti.

Ibrat olinadigan joyi shuki, bu yerda Risola-i Nur erkin oʻqilib yozilarkan (odatga xilof tarzda) boshda bu qish yoz kabi boʻlganini koʻp odamlardan eshitdim. Men va Risola-i Nurga hujum qilingan, yozdirilmagan payti toʻxtash boʻlganda oʻta qattiq qish boshladi. Afyonga shikoyat suratida yozilgan ariza va zilzilalar, Risola-i Nurning toʻxtashiga aloqasi borligini koʻrsatgan jihatini ishonmaganlarga goʻyo ishontirish uchun hujum qilingan payti boshlab hozirgacha ora-sira yengilgina tebratyapti, ogohlantiryapti, deb eshitdim.

Qachon Risola-i Nurga hujum qilingan boʻlsa, bir jihatdan umumiy qoʻrquv boshlaganini koʻrildi. Demak, Risola-i Nur - bu vatanga balolar kelishidan muhofaza qilishga qat'iy vasiladir. Modomiki bunday ekan, millat va vatanni sevgan kishilar Risola-i Nurni erkin qoldirsin, oʻqishsin va oʻqitsinlar.

Ta'minot pulidan, faqat xarajat qarzlarini berish uchun bir marta sakkiz kunlik ajratilgan pulni qabul qildim, boshqa istamayman dedim.

Aziz, siddiq tom metin qardoshlarim!

Shahid marhumning barzohda baxtiyor holatda oʻqigan Nur Risolalarini hayotligida oʻzi mashgʻul boʻlgan payti meni ham ishlatish uchun yozilgan risolalalar kabi oʻz vaqtida yetishdi va Madrasa-i Yusufiyaning uch shirin mevasini va Qur'onning qudsiy, Firdavsiy minglab mevalar bergan uch hizbini birga olib keldi.

— 26 —

Ikki muborak qahramon yozgan goʻzal ikki "Meva"lari tarzida "Oʻn Birinchi Masala"sini ham yozib toʻrt-besh nusxa "Hizbi Nuriya" boʻlsa besh-olti "Hizbi Qur'oniya" bilan birga yuborilsa munosib boʻladi.

Xusravning bayoni Oʻn Birinchi Masalaning oxirida qayd qilinsin. Sizga bu safar Oyat-ul Kursiyning birodari va qoʻshimchasi ikki-uch oyatning bir nukta-i i'joziyalariga doir bir qism yubordim, hali tugatishga eslatma olmadim, nuqsonli holda qoldi, juda shoshib yozildi. Ahamiyatli sirlar koʻrindi, ammo dunyoga qaramaslik uchun toʻliq va ochiq yozdirilmadi. Agar sizga yoqsa, Oʻn Birinchi Masalaning Hoshiyasining ilovasi sifatida qayd qiling va "I'jozi Qur'on Risolasi"ning zayllarida ham Al-Falaq nuktasini ham yozing.

Qardoshlarim! Hech xavotirlanmang. Qat'iy qanoat hosil qildimki, bizlar inoyat ostida, oʻta ahamiyatli xizmatda hamda ixtiyor va iqtidorimiz xorijida gʻaybiy qoʻl tarafidan ishlatilyapmiz. Koʻp marta عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ sirriga sazovor boʻlyapmiz. Bu ishda zahmat juda oz, mukofot juda koʻp.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning oʻta muborak va Jannat mevalari kabi shirin hadyalaringizni, Dengizli tomondan bashoratingizni oldim. Hozir bu daqiqada juda koʻp ishlar meni uzun gapirtirmaydi, tugatishga majbur boʻldim. Chunki hadyani keltirgan tez ketadi, deb shoshib yozdim.

Birinchidan: Oxirgi qismda, boshda بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى 1344 xato. Agar oʻqilmagan ikki hamza va madda sanalmasa, xato boʻlmaydi, ham juda ma'nodordir. Toʻgʻrisi 1347 boʻlib, boʻlim oxirida takrori toʻgʻri yozilgan. Qolgan qismi ham ahamiyatli, ham dunyoga aloqali boʻlgani uchun "Alaq"dagi اِنَّ الْاِنْسَانَ لَيَطْغٰى u qismdagi togʻutga tegishli boʻlib, hozircha yozdirilmadi.

— 27 —

Ikkinchidan: Mundarijada Oyati Hasbiya boʻlgan "Toʻrtinchi Shu'la"ning mundarijasi, "Keksalar Yogʻdusi"ning Oʻn Toʻrtinchi Umidi oʻrnida yozilsin. Haqiqatdan munosib koʻrinmoqda, tom bir umiddir.

Uchinchidan: Yigirma Sakkizinchi Yogʻduning Yigirma Sakkizinchi Nuktasining ayni (mundarijasi emas), Oʻn Beshinchi Soʻzning oxirida yozilsin. Chunki ikkisi ayni haqiqatdan bahs etgan.

Toʻrtinchidan: Marhum Hofiz Alining Yogʻdularini tahrir qildim. Yaqinda inshaalloh joʻnatiladi.

Soʻnggi kunlarda muborak qahramonlarning Firdavsiy va Yusufiy mevalarini tahrir qilayotgan edim. U risola menga shu daraja kuchli va qiymatli koʻrindiki, bor ovozim bilan: "Barcha chekkan qamoq mashaqqatlarimiz yuz marta koʻproq boʻlsa ham, Meva Risolasi undan yuz daraja koʻproq ish qilgan. Eng qaysarlarni ham iymonga keltirib keng doiralarda oʻzini zavq bilan oʻqitmoqda.

Ey menga mashaqqat bergan badbaxtlar! Menga nima qilsangiz qiling, besh tiyinlik ahamiyat bermayman. Boshimizga nima kelsa ham arzon, ayni inoyatdir va mahzi rahmatdir", deb toʻliq tasalli topdim.

Umum Risola-i Nur talabalariga salom va salomatlari uchun duo qilamiz.

Said Nursiy