Risale-i Nur

So'zlar
— 624 —

Butun u masnu'ot barchasidan koʻzlangan natijalarni oliy darajada va oʻta goʻzal suratda koʻrsatgani uchun, maxsus ibodatlari, xususiy tasbehlari va muayyan tahiyyoti bilan ta'bir qilingan yaratilishga oid qonunlarga nisbatan itoat qilishlari va ulardan koʻzlangan Rabboniy maqsadlar amalga oshishidan hosil boʻlgan iftixor, xursandchilik va rohat bilan biz ta'bir qila olmagan muqaddas maʻnolar va munazzah xususiyatlar shu daraja oliy va muqaddaski, butun insoniyat aqli toʻplanib yakka aql boʻlsa ham ularning asliga yeta olmaydi va qamray olmaydi.

Yana masalan, adolat parvar kishi, haqni egasi olib berishni sevadigan va undan lazzat oladigan sudʻya mazlumlarning haqlarini olib berishdan va ularning tashakkurlaridan, zolimlarni jazolab mazlumlarning intiqomlarini olishdan qay daraja xursand boʻladi, lazzat oladi. Demak, Hakimi Mutlaq, Odili Bilhaq va Qahhori Zuljalol faqat jin va insonlarda emas, balki butun mavjudotda haqni egasiga berishdan, ya'ni hamma narsaga borlik haqqi, hayot haqqini berishdan, borlik va hayotini tajovuz qiluvchilardan muhofaza qilishdan, daxshatli borliqlarni tajovuz qilishdan toʻsish va toʻxtatishdan, xususan maxsharda va oxirat diyorida jin va insonlarni sud qilishdan boshqa, butun jonzotlarga adolat va hikmatning buyuk tajalliyidan kelgan muqaddas maʻnolarni qiyos qil.

Bu uch misol kabi, ming bir Asmo-i Ilohiyaning xar birida juda koʻp husn, jamol, fazl va kamol tabaqalari boʻlgani kabi, juda koʻp muhabbat, iftixor, izzat va kibriyo martabalari bor. Shuning uchun "Vadud" ismiga szovor boʻlgan haqiqatni izlangan va dalillari bilan bilgan avliyolar, "Butun koinotning asosi muhabbatdir. Butun mavjudotning harakatlari muhabbat asosiga qurilgan. Butun mavjudotdagi tortish, jazba (jazava) va joziba (tortishish) qonunlari muhabbat sababli", deganlar. Ulardan birisi:

فَلَكْ مَسْتْ مَلَكْ مَسْتْ نُجُومْ مَسْتْ سَمٰوَاتْ مَسْتْ شَمْسْ مَسْتْ قَمَرْ مَسْتْ زَم۪ينْ مَسْتْ عَنَاصِرْ مَسْتْ
نَبَاتْ مَسْتْ شَجَرْ مَسْتْ بَشَرْ مَسْتْ سَرَاسَرْ ذ۪ى حَيَاتْ مَسْتْ هَمَه ذَرَّاتِ مَوْجُودَاتْ بَرَابَرْ مَسْتْ دَرْمَسْتَسْتْ
— 625 —

Ya'ni: Ilohiy muhabbartning tajalliysida va muhabbat sharobidan xar kim iste'dodiga koʻra mast. Ma'lumki: Xar bir qalb oʻziga ehson qilgan narsani sevadi, haqiqiy kamol sevadi va ulugʻ jamolga maftun boʻladi. Oʻzi bilan birga sevgan va shafqat qilgan kishilarga ham ehson qilgan narsani yanada koʻproq sevadi. Yuqorida bayon qilganimiz, xar bir Ismida minglab ehson hazinalari boʻlgan, butun sevganlarimizni ehsonlari bilan bahtli qilgan, minglab kamolotning manbai boʻlgan va minglab jamolining tabaqalarining asosi boʻlgan ming bir Asmosi boʻlgan Jamili Zuljalol, Mahbubi Zulkamol qay daraja ishq va muhabbatga loyiq ekani, butun koinot Uning muhabbati bilan mast va sargardon boʻlishga loyiq ekani anglashilmaydimi, ajabo?!

Bu sir asosida "Vadud" ismiga sazovor bir qism avliyolar, "Jannatni istamaymiz. Allohning muhabbatinign bir yogʻdusi bizga abadiy yetarli", deganlar.

Hadisda, "Jannatda Allohning bir daqiqa jamolini koʻrish butun Jannat lazzatlaridan ustun", deyilgan.

Demak cheksiz muhabbat kamoloti Vohidiyat va Ahadiyat doirasida Zoti Zuljalolning oʻz Asmosi va maxluqoti bilan hosil boʻladi. Demak, bu doiradan tashqari tasavvur qilingan kamolot, kamolot emas.

BESHINCHI RAMZ: Besh nuqtadan iborat:

Birinchi Nuqta: Ahli zalolatning vakili: "Hadislaringizda dunyo laʻnatlangan, "oʻlimtik" deb nomlangan. Butun valiylar va haqiqat ahli dunyoni pastga uradi. "Yomon, iflos", deydilar. Xolbuki siz uni Allohning butun kamolotiga asos va hujjat qilib koʻrsatyapsiz va unga oshiqdek gapiryapsiz?

Javob: Dunyoning uch tomoni bor:

Birinchi tomoni: Janobi Haqning Asmosiga qaraydi. Ularning naqshlarini koʻrsatadi. Harfiy ma'nosi bilan ularga oyna boʻladi. Dunyoning bu tomoni cheksiz Samadoniy maktublardir. Bu tomoni juda goʻzal. Nafratga emas, ishqqa loyiq.

— 626 —

Ikkinchi tonomi: Oxiratga qaraydi. Oxiratning dalasi, Jannatning ekinzori, rahmatning chamanzoridir. Bu tomoni ham avvalgi tomoni kabi goʻzal. Tahqirga emas, muhabbatga loyiq.

Uchinchi tomoni: Insonning hoyu-havaslariga qaragan, gʻaflat pardasi boʻlgan va dunyoparastlarning hoyu havaslarining oʻyin joyi boʻlgan tomoni. Bu tomoni xunuk. Chunki foniy, oʻtkinchi, azobli, aldaydi. Hadisda vorid boʻlgan tahqir va haqiqat ahli bu tomoniga nafrat qilgan.

Qur'oni Hakimning koinotdan va mavjudotdan ahamiyat bilan, sevib gapirishi avvalgi ikki tomonga qaraydi. Sahobalar va boshqa Ahlullohning ragʻbat qilgan dunyosi avvalgi ikki tomondadir.

Dunyoni tahqir qilganlar toʻrt sinfdan iborat:

Birinchisi: Ma'rifat ahli, Janobi Haqning ma'rifatiga, muhabbatiga va ibodatiga toʻsiq boʻlgani uchun tahqirlaydi.

Ikkinchisi: Oxirat ahli, yo dunyoning zaruriy ishlari ularni uxraviy ishlardan manʻ qilgani uchun yoki koʻrish darajasidagi iymon bilan Jannatning kamolot va goʻzalliklariga nisbatan dunyoni xunuk koʻradi. Ha, Hazrat Yusuf Alayhissalomga goʻzal bir odam nisbat qilinsa, xunuk koʻringani kabi, dunyoning naqadar qiymatli goʻzalliklari boʻlmasin, Jannatning goʻzalliklariga nisbat qilinsa, yoʻq hisobida boʻladi.

Uchinchisi: Dunyoni tahqirlaydi. Chunki yeta olmaydi. Bu tahqir dunyodan nafratlanishdan kelmaydi, muhabbatidan kelib chiqadi.

Toʻrtinchisi: Dunyoni tahqirlaydi. Chunki dunyoga erishgan, lekin turmaydi, ketadi. U esa gʻazablanadi. Tasalli topish uchun tahqirlaydi. "Iflos", deydi. Bu tahqir ham dunyoga muhabbatdan kelib chiqadi. Maqbul tahqir shuki, oxiratni sevishdan va ma'rifatullohning muhabbatidan kelib chiqqan tahqirdir.

Demak, maqbul tahqir avvalgi ikki qismdir. Janobi Haq bizni ulardan qilsin. Omin, bi hurmati Sayyid-il Mursaliyn.

— 627 —

UCHINCHI BOʻLIM

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Ushbu uchinchi boʻlim ikki nuqtadan iborat. U ikki mavzudan iborat.

BIRINCHI MAVZU

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

sirriga asosan: Hamma narsadan Janobi Haq tomon derazalar hisobida koʻp tomonlar bor. Butun mavjudotning haqiqatlari, butun koinotning Allohning Asmosi haqiqatiga tayanadi. Xar bir narsaning haqiqati bir Ismga yoki koʻp Asmoga tayanadi. Ashyodagi sifatlar, san'atlar ham xar biri bittadan Ismga tayanadi. Hatto haqiqiy hikmat fani "Hakim" ismiga, haqiqiy tib fani "Shofiy" ismiga, muhandislik fani "Muqaddir" Ismiga va hokazo xar bir fan bir Ismga tayangani va unda choʻqqiga chiqqani kabi, butun fanlar, insoniyat kamoloti va mukammal inson guruhlarining haqiqatlari Asmoi Ilohiyaga tayanadi. Hatto olim avliyolarning bir qismi: "Ashyolarning mohiyatining haqiqati Allohning Asmosidan iborat. Ashyolar mohiyati esa uning soyalaridir", deyishgan.

Hatto bir jonli narsada faqat zohiran yigirmatacha Asmoi Ilohiyaning jilvasi naqshi koʻrinadi. Bu nozik, daqiq, juda buyuk va keng haqiqatni bir misol orqali aqlga yaqinlashtirishga harakat qilamiz. Ikki-uch turdagi elak bilan elash suratida tahlil qilamiz. Qanchalik uzun bayon qilsak ham, qisqa boʻladi. Zerikmaslik kerak:

— 628 —

Oʻta mohir tasvirchi va haykaltarosh juda goʻzal gul bilan va inson jinsi latifidan oʻta goʻzal sohibjamolning surat va haykalini yasashni istasa, avvalo ikki narsaning umumiy shakllarini ba'zi xatlar bilan belgilab oladi. Belgilashi bir tartib asosida, oʻlchov bilan qiladi. Geometriyaga tayanib chegarasini qoʻyad. Tartib va oʻlchov hikmat va ilm bilan qilingani koʻrsatadiki, tartiblash va oʻlchash ilm va hikmat chizgichi bilan aylanadi. Shunday ekan, tartib va oʻlchov orqasida ilm va hikmat ma'nolari hukm suradi. Bu orqali ilm va hikmat chizgichi oʻzini koʻrsatadi.

Demak, oʻzini koʻrsatdiki, chegara ichida koʻz, quloq, burun, yaproq va mayin popukchalar kabi narsalarning tasvirini boshladi. Ichidagi chizgichning haraklari orqali belgilangan a'zolar san'at va ahamiyat bilan chiqyapti. Shunday ekan, ilm va hikmat chizgichini aylantirgan, orqada sanʻat va inoyat ma'nolari bor, ular hukm qilyapti va oʻzini koʻrsatyapti.

Shuning uchun, bir husn va ziynatga qobiliyati koʻrinadi. Shunday ekan, sanʻat va ahamiyatni goʻzallashtirish istagi va bezash maqsadi ishlatadi. Shunday ekan, ziynatlash, porlatishni boshladi, tabassum qildi va jonli surat berdi deb xulosa qilishadi.

Albatta bu goʻzallashtirish va nurlantirish ma'nosini lutf va karam ma'nosi ishlatadi. Ikki ma'no unda shu daraja hukm qiladiki, xuddi u gul bir jismoniy lutf, haykal esa moddiy karamdir.

Bu karam va lutf ma'nosini ishlatgan va harakatga keltirgan narsa "oʻzini sevdirish va tanitish" ma'nolaridir. Ya'ni: Orqada oʻz hunari bilan tanitish va oʻzini odamlarga sevdirish ma'nolari hukm qiladi. Bu tanitish va sevdirish, albatta marhamat istagi va ne'mat berish irodasidan keladi.

Modomiki orqada rahmat va ne'mat berish irodasi hukm qilar ekan haykalni ne'matning turlari bilan toʻldiradigan, ziynatlaydigan kishi, gulning suratini ham bir hadyaga taqadi.

Haykalning qoʻllarini, quchogʻini va choʻntaklarini qiymatli ne'matlar bilan toʻldirdi va gulning suratini bir javharlarga taqdi. Demak, marhamat va shafqat ushbu rahmat va ne'mat berish irodasini ishlatadi. Ya'ni "achinish va shafqat qilish" ma'nosi rahmat va ne'matni harakatga keltiradi. Behojat va hech kimga ehtiyoji boʻlmagan zotdagi marhamat va shfqat ma'nosini harakatga keltirgan va izhor qilishga yoʻnaltirgan, albatta u zotdagi ma'naviy jamol va kamol boʻlib, koʻrinishni istaydi. Jamolning eng shirin qismi boʻlgan muhabbat va eng shirin qismi boʻlgan rahmat, san'at oynasi orqali koʻrinish va ishtiyoqmandlarning koʻzi bilan oʻzlarini koʻrishni istaydi. Ya'ni, jamol va kamol, (chunki ularning oʻzi seviladi) hamma narsadan koʻra koʻproq oʻzini sevadilar. Ham husndir, ham ishqdirlar. Bu sababdan husn va ishq birlashadi. Modomiki Jamol oʻzini sevar, oʻzini oynalarda koʻrish istar ekan, haykalga qoʻyilgan va suratga taqilgan sevimli ne'matlar, goʻzal mevalar ma'naviy goʻzallikning oʻz qobiliyatlariga koʻra yogʻdusini tashiydi. U yogʻdularni ham jamol sohibiga, ham boshqasiga koʻrsatadi.

Aynan shuning kabi, Sone'i Hakim Jannatni va dunyoni, samovotni va zaminni, nabotot va hayvonotni, jin va insonlarni, farishta va ruhoniy borliqlarni, butun va boʻlak barcha ashyolarni Asmosining jilvasi bilan shakllariga chegara qoʻyadi, tartiblaydi, muayyan miqdor beradi. U orqali bularga "Muqaddir, Munazzim, Musavvir" Ismlarini oʻqitadi.

— 629 —

Shu bir tarzda umumiy shaklining hududini belgilaydi. "Alim, Hakim" ismini koʻrsatadi. Soʻng ilm va hikmat jadvali bilan chegara ichida narsaning tasvirini boshlaydi. Sanʻat va ahamiyat ma'nolarini va "Sone' va Karim" ismlarini bu tarzda koʻrsatadi.

Soʻng san'atning marhamatli qoʻli bilan, ahamiyat panjasi bilan suratning (agar bir inson va gul boʻlsa) koʻz, quloq, yaproq, popuk kabi a'zolariga husn, ziynat ranglari beradi. Agar zamin boʻlsa, maʻdanlar, nabotot va hayvonotiga husn va ziynat ranglari beradi. Agar Jannat boʻlsa, bogʻlariga, qasrlariga, huriylariga husn va ziynat ranglari beradi va hokazo. Boshqalarini sen qiyos qil.

Shunday bir tarzda ziynatlaydi va porlatadiki, unda Lutf va Karam ma'nolari shu daraja hukm qiladiki, xuddi ziynatlangan borliq, porlagan sanʻan asari bir jismoniy lutf, moddiy karam hisobiga oʻtadi. "Latif va Karim" Ismini zikr qiladi.

Lutf va karamni bu jilvaga albatta oʻzini sevdirish va tanitish yoʻllaydi. Ya'ni oʻzini jonzotlarga sevdirish va shuur sohiblariga bildirish xususiyatlari, "Latif, Karim" Ismlarining orqasida, "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini oʻqitadi va mavjudotning holati tilidan eshitiladi.

Soʻng ziynatlangan borliqni, u goʻzal maxluqni shirin mevalar, sevimli natijalar bilan bezab, ziynatdan ne'matga, lutfdan rahmatga qaratadi. "Mun'im va Rahim" Ismini oʻqitadi va zohiriy pardalar orqasida bu ikki Ismning jilvasini koʻrsatadi.

Soʻng bu Rahim va Karimni Mustagʻniyi Alal itloq boʻlgan Zotda bu jilvaga albatta bir marhamat, shafqat xususiyatlari yoʻllaydi, "Hannon va Rahmon" Ismini oʻqitadi va koʻrsatadi. Marhamat va shafqat ma'nolarini jilvaga albatta shaxsiy jamol va kamoli yoʻllab, yuzaga chiqishni taqozo qiladi. "Jamil" ismini va Jamil ismida joylashtirilgan "Vadud va Rahim" ismlarini oʻqitadi. Chunki jamol shaxsan seviladi. Jamol egasi va jamol oʻzini-oʻzi sevadi. Ham husn, ham muhabbat. Kamol ham shaxsan seviladi, sababsiz seviladi. Ham seevgan, ham sevilgan. Modomiki cheksiz mukammal darajada jamol va benihoya goʻzal darajadagi kamol cheksiz darajada sevilar, muhabbatga va ishqqa loyiq ekan, albatta oynalarda va oynalarning qobiliyatlariga koʻra yogʻdularini, jilvalarini koʻrish va koʻrsatish orqali yuzaga chiqishni istaydi.

Demak, Sone'i Zuljalolning, Hakimi Zuljamolning va Qodiri Zulkamolning zotidagi jamoli zotiy va zotidagi kamoloti marhamat va shafqatni taqozo qiladi. "Rahmon va Hannon" Ismlarini tajalliyga yoʻllaydi. Marhamat va shafqatni esa rahmat va ne'matni koʻrsatish orqali "Rahim va Mun'im" Ismlarini jilvaga yoʻllaydi.

— 630 —

Rahmat va ne'mat esa, marhamat va shafqat xususiyatlarini iqtizo qilib "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini tajalliyga yoʻllaydi. Sanʻat asarining bir pardasida ularni koʻrsatadi. Marhamat va shafqat esa lutf va karam ma'nolarini harakatga keltiradi. "Latif va Karim" ismlarini mavjudotning ba'zi pardalarida oʻqitadi. Lutf va karam xususiyatlari esa, ziynatlash va porlatish ishlarini harakatga keltiradi. "Muzayyin va Munavvir" Ismlarini borliqlarning husn va nuroniyati tili bilan oʻqitadi.

Ziynatlash va goallashtirish esa, sanʻat va ahamiyat ma'nolarini iqtizo qiladi. "Sone' va Muhsin" Ismlarini bu sanʻat asarining goʻzal siymosi bilan oʻqitadi. Bu sanʻat va inoyat esa, ilm va hikmatni iqtizo qiladi. "Alim va Hakim" Ismini sanʻat asarining intizomli, hikmatli a'zosi bilan oʻqitadi. Ilm va hikmat esa, tartibga solish, tasvir qilish, tashkil etish ishlarini taqozo qiladi. Butun sanʻat asari bilan, shakli bilan "Musavvir va Muqoddir" Ismlarini oʻqitadi, koʻrsatadi.

Sone'i Zuljalol butun sanʻat asarlarini shunday bir tarzda yaratganki, aksariyati, xususan jonzotlar qismi koʻp Asmoi Ilohiyani oʻqitadi. Goʻyo xar bir maxluqqa turli tuman, bir-biri ustida yigirmata koʻylak kiydirgan, yigirmata pardaga oʻragandek. Xar koʻylakda, xar pardada boshqa-boshqa Asmosini yozgan. Masalan: Misolda koʻrsatilgani kabi, bitta goʻzal gul bilan insonning ayol qismidan bir sohibjamolning faqat zohiriy yaratilishida koʻp sahifalar bor. Boshqa katta va umumiy sanʻat asarlarini, aytib oʻtilgan ikki kichik misolga qiyosla.

Birinchi sahifa: Umumiy shakl va miqdorini koʻrsatgan hay'at boʻlib, "Yo Musavvir, yo Muqaddir, yo Munazzim" ismlarini yod etadi.

Ikkinchi sahifa: Suratlarida turli a'zolarning rivojlanishi orqali hosil boʻlgan gul va insonning oddiy hay'ati boʻlib, u sahifada "Alim, Hakim" Ismlari kabi koʻp Ismlar yoziladi.

Uchinchi sahifa: Ikki maxluqning turli a'zolariga farqli husn va ziynat berish orqali unda "Sone' va Bari" Ismlari kabi koʻp Ismlar yoziladi.

Toʻrtinchi sahifa: Shunday ziynat va husn, ikki maxluqqa beriladiki, goʻyo lutf va karam jismlaashib, ularga aylangandek. U sahifa "Yo Latif, Yo Karim" kabi koʻp ismlarni yod etadi, oʻqiydi.

Beshinchi sahifa: Gulga shirin mevalar, sohibjamolga sevimli avlodlar, goʻzal axloqlar taqib, u sahifa "Yo Vadud, yo Rahim, yo Mun'im" kabi Ismlarni oʻqitadi.

Oltinchi sahifa: In'om va ehson sahifasida, "Yo Rahmon, yo Hannon" kabi ismlar oʻqiladi.

Yettinchi sahifa: Ne'matlarda, natijalarda shunday husn va jamol yogʻdulari koʻrinadiki, haqiqiy shavq va shafqat bilan qorilgan xolis shukr va sof muhabbatga loyiq boʻladi. U sahifada yozilgan "Yo Jamili Zulkamol, yo Komili Zuljamol" Ismlari oʻqiladi.

— 631 —

Demak, faqat goʻzal gul, sohibjamolning faqat moddiy va zohiriy suratida bu qadar Asmoni koʻrsatsa, ajabo, barcha gullar, butun jonzotlar, katta va umumiy mavjudot qay daraja ululgʻ va umumiy Asmoni oʻqitishini, qiyos qilishing mumkin.

Inson ruh, qalb, aql jihatidan, hayot va hislari sahifalari bilan "Hayy, Qayyum va Muhyi" kabi muqaddas nuroniy Asmoni oʻqiishi va oʻqitishini, qiyos qilishing mumkin.

Demak, Jannat bir guldir. Huriy toifasi ham guldir. Roʻyi zamin ham guldir. Bahor ham guldir. Samo ham guldir. Yulduzlar uning zarrin naqshlaridir. Quyosh ham guldir. Ziyosidagi yetti rangi uning naqshli boʻyoqlaridir.

Olam goʻzal va katta insondir. Inson kichik bir olamdir. Huriylar sinfi, ruhoniy borliqlar jamoati, farishta jinsi, jin toifasi, inson navʻi alohida goʻzal shaxs hukmida tasvirlangan, tartibga solingan va ijod qilingan. Xar biri kulliyati bilan, har bir alohida aʻzosi Sone'i Zuljamolining Asmosini koʻrsatgani kabi, Uning Jamoliga, Kamoliga, Rahmatiga va Muhabbatiga alohida alohida oynalardir. Nihoyatsiz jamol va kamoliga, rahmat va muhabbatiga bittadan ishonchli guvohlardir. Jamol va kamolning, rahmat va muhabbatning alohida dalillari, belgilaridir.

Bu benihoyat kamolot turlari vohidiyat va ahadiyat doirasida hosil boʻladi. Demak, u doira xorijida tasavvur qilingan kamolot kamolot emas.

Mana, ashyolar haqiqatining Asmoi Ilohiyaga tayangani va suyanganini, balki haqiqiy haqiqatlar Asmoning jilvalari ekanini va hamma narsaning koʻp jihatlar bilan, koʻp tillar bilan Sone'ini zikr va tasbeh qilishini angla.

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

oyatining bir ma'nosini bil va

سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِه۪

degin. Oyatlarning oxirlaridagi

وَ هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْغَفُورُ الرَّح۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْعَل۪يمُ الْقَد۪يرُ

kabi zikr va takrorlanishlaridagi bir sirni tushun.

Agar bir gulda Asmoni oʻqiy olmasang va yaqqol koʻra olmasang, Jannatga qara, bahorga diqqat qil, zamin yuzini tomosha qil. Rahmatning ulkan gullari boʻlgan Jannat, bahor va zaminda yozilgan Asmoni ochiqcha oʻqiy olasan, jilvalarini va naqshlarini tushunasan, koʻrasan.

— 632 —

IKKINCHI NUQTANING IKKINCHI MAVZUI

Ahli zalolatning vakili tutinadigan va zalolatini unga bino qiladigan hech bir narsa topa olmagan va mot qolgan payti: "Men dunyo saodatini, hayot lazzatini, madaniyat taraqqiyotini va san'at mukammalligini, oʻzimcha, oxiratni oʻylamaslikda, Allohni tanimaslikda, dunyoni sevishda, hurriyatda va oʻziga ishonishda deb bilganim uchun, shaytonning turtkisi bilan aksariyat insonlarni bu yoʻlga yoʻlladim va yoʻllayapman", dedi.

Javob: Biz ham Qur'on nomidan aytamiz: Ey bechora inson! Esingni yigʻ! Ahli zalolatning vakiliga quloq solma! Agar unga quloq solsang, yoʻqotishing shu qadar katta boʻladiki, uni tasavvur qilishdan ruh, aql va qalb titraydi. Oldingda ikki yoʻl bor:

Biri: Zalolatdagilarning vakili koʻrsatgan badbaxtlar yoʻli.

Keyingisi: Qur'oni Hakim ta'riflagan saodatli yoʻl. Bu ikki yoʻlning juda koʻp qiyoslarini koʻp Soʻzlarda, xususan Kichik Soʻzlarda koʻrding va tushunding. Endi joyi kelgani uchun quyida mingdan bir qiyosini yana koʻr, tushun:

Shirk va zalolatning, gunoh va xarom kayf safolarning yoʻli insonni oʻta tubanlashtiradi. Cheksiz azoblar ichida zaif va ojiz yelkasiga nihoyatsiz ogʻir yukni yuklaydi. Chunki inson Janobi Haqni tanimasa va Unga tavakkal qilmasa, oʻta ojiz va zaif, benihoyat muhtoj, faqir, cheksiz musibatlarga uchraydigan, azobli, qaygʻuli foniy hayvon hisoblanadi, butun sevgan va aloqa paydo qilgan narsalaridan bardavom ayriliq azobini cheka-cheka, oxiri qolgan butun doʻstlarini azobli firoqi ichida qoldirib, qabrning zulmatiga yolgʻiz kiradi. Hayoti davomida ham oʻta kichik ixtiyor, oz iqtidor, qisqacha hayot, oz umr va soʻniq fikr orqali cheksiz alamlar va orzular bilan foydasiz toʻqnashadi. Cheksiz orzu va maqsadlariga yetqtaga samarasiz, bekordan-bekor harakat qiladi. Oʻz vujudini koʻtara olmaganiga qaramay, bechora yelkasi va boshiga ulkan dunyo yukini yuklaydi. Hali Jahannamga bormasdan, Jahannam azobini chekadi.

— 633 —

Bu alamli azobni va daxshatli ma'naviy azobni his qilmaslik uchun zalolatdagilar hislarni muzlatish uchun gʻaflat sarxushligi bilan vaqtincha his qilmaydi. Lekin his qiladigan payti, ya'ni qabrga yaqin boʻlgan vaqti birdan his qiladi. Chunki Janobi Haqqa haqiqiy qul boʻlmasa, oʻzini oʻziga sohib deb oʻylaydi. Holbuki, kichik ixtiyor va oz iqtidori bilan bu toʻfonli dunyoda vujudini boshqara olmaydi. Hayotiga zararli mikrobdan zilzilagacha minglab toifa dushmanlarni oʻziga hujum qilayotga vaziyatida koʻradi. Azobli qoʻrquv dahshati ichida xar doim daxshatli koʻringan qabr eshigiga qaraydi. Bu vaziyatdaligida, inson boʻlgani uchun inson sinfi va dunyo bilan aloqasi boʻlib, dunyoni va insonni Hakim, Alim, Qodir, Rahim, Karim bir zotning tasarrufida deb tasavvur qilmagani uchun, ularni tasodif va tabiat boshqarayapti deb tasavvur qilgani uchun dunyoning va insonning ahvoli uni doimo bezovta qiladi. Oʻz azobi bilan birga insonlarning azobini ham chekadi. Dunyoning zilzilasi, vabosi, toʻfoni, qurgʻoqchilikgi, ocharchiligi, qahatchiligi, foniyligi va oʻtkinchi ekani uni qattiq bezovta va qorongʻu musibat suratida azoblaydi.

Shu holdagi inson marhamat va shafqatga loyiq emas. Chunki bu daxshatli holatga oʻzi tushdi. Sakkizinchi Soʻzda quduqqa tushgan ikki odamning holatini taqqoslashda aytilgani kabi, bir kishi goʻzal bogʻda, chiroyli ziyofatda, xush doʻstlar ichida pok, shirin, nomusli, yoqimli, halol lazzat va xursandchilikka qanoat qilmasdan, xarom va iflos lazzat uchun xunuk va najas sharobni ichsa, mast boʻlib oʻzini qish oʻrtasida, isqirt joyda hatto yirtqichlar ichida hayol etsa, titrab, baqirib chaqirsa, marhamatga qanday qilib loyiq boʻlsin. Chunki nomusli kishilar va muborak doʻstlarini yirtqich deb tasavvur qiladi, ularni haqorat qiladi. Ziyofatdagi shirin taomlar va toza idishlarni kir, isqirt toshlar deb tasavvur qiladi, sindirishni boshlaydi. Majlisda oʻqilgan muhtaram kitoblarni va ma'noli maktublarni ma'nosiz va oddiy naqshlar deb tasavvur qiladi, yirtib oyoq ostiga otadi va hokazo...

Bunday shaxs hech qanday marhamatga loyiq emas, balki ta'zirga loyiqdir. Shunga oʻxshab:

Sui ixtiyoridan kelib chiqqan kufr sarxushligi va zalolat telbaligi bilan Sone'i Hakimning bu dunyo musofirxonasini tasodif va tabiat oʻyinchogʻi deb tasavvur qilgani uchun,

Alloh Asmosining jilvalarini yangilagan sanʻat asarlarining, vaqt oʻtishi bilan vazifasi tugagani uchun gʻayb olamiga oʻtishlarini yoʻqlik va qatl deb tasavvur qilgani uchun,

tasbehot sadolarini abadiy zavol va firoq faryodi deb hayol qilgani uchun,

Samadoniy maktublar boʻlgan mavjudot sahifalarini ma'nosiz, tartibsiz tasavvur qilgani uchun,

rahmat olamiga yoʻl ochgan qabr eshigini yoʻqlik zulmatining ogʻzi deb tasavvur qilgani uchun,

ajalni, haqiqiy dostlarga visol chqirigʻi ekaniga qaramay, butun doʻstlardan firoq navbati deb tasavvur qilgani uchun,

oʻzini daxshatli alamli azobga qoʻyib, ham mavjudotni, ham Janobi Haqning Asmosini, ham maktublarini inkor qilgani, obroʻsizlantirgani va tahqir qilgani uchun,

marhamatga va shafqatga loyiq boʻlmagani kabi, shiddatli azobga ham loyiq boʻladi.

Hech bir jihatda marhamatga loyiq boʻlmaydi.

— 634 —

Mana ey badbaxt ahli zalolat va kayf savoga kummasidan ketganlar! Bu daxshatli tubanlikka va ezuvchi gʻam tashvishga javoban qaysi rivojlanishingiz, qaysi faningiz, qaysi kamolingiz, qaysi madaniyatingiz, qaysi taraqqiyotingiz qarshi kela oladi? Inson ruhi qattiq muhtoj boʻlgan haqiqiy tasallini qayerda topa olasiz? Siz ishongan, bel bogʻlagan, Allohning asarlari va Rabboniya ehsonlarni ulardan deb bilgan qaysi tabiatingiz, qaysi sabablaringiz, qaysi sherigingiz, qaysi kashfiyotingiz, qaysi millatingiz, qaysi botil ma'budingiz sizni tasavvuringizdagi abadiy qatl boʻlgan oʻlimning zulmatidan qutqarib, qabr chegarasidan, barzoh hududidan, mahshar maydonidan, sirot koʻprigidan hukmi bilan oʻtkaza oladi, abadiy saodati sazovor eta oladi? Xolbuki qabr eshigini berkitmaganingiz uchun siz qat'iyan bu yoʻlning yoʻlovchisisiz. Bunday yoʻlovchi shunday zotga tayanishi kerakki, ushbu azim doira va bu keng hududlar Uning amri ostida va boshqaruvida boʻlishi kerak.

Yana, ey badbaxt ahli zalolat va gʻaflat! "Xarom muhabbatning natijasi marhamatsiz azob chekish" qoidasi asosida, siz fitratingizdagi Janobi Haqning zoti, sifatlari va Asmosiga sarf qilinadigan muhabbat va ma'rifat iste'dodini, shukr va ibodat jihozlarini xarom suratda nafsingizga, dunyoga sarf qilganingiz uchun, jazosini chekishga loyiqsiz. Chunki Janobi Haqqa oid muhabbatni nafsingizga berdingiz. Sevgili nafsingizning cheksiz balosini chekyapsiz. Chunki haqiqiy bir rohatni sevgilingizga sarflamayapsiz. Uni haqiqiy sevgili boʻlgan Qodiri Mutlaqqa tavakkal bilan taslim qilmayapsiz, doimo azob chekyapsiz.

Janobi Haqning Asmo va Sifatlariga oid muhabbatni dunyoga qaratdingiz va san'at asarlarini olam sabablariga taqsimladingiz, balosini chekyapsiz. Chunki u cheksiz sevgililaringizning bir qismi sizga sogʻ boʻling demasdan, sizga orqasini oʻgirib, tashlab ketyapti. Bir qanchasi sizni umuman tanimaydi.Tanisa ham, sizni sevmaydi. Sevsa ham, sizga foyda bermaydi. Doim cheksiz firoqlardan va umidsiz qaytmaydigan zavol topadigan narsalardan azob chekyapsiz.

Ahli zalolatning hayotiy saodati, insoniy rivojlanish, madaniyat yaxshiliklari va ozodlik lazzati degan narsalarining asli va mohiyati shunday. Kayf safoga mukkadan ketish va sarxushlik pardadir, vaqtincha his ettirmaydi. "Tuf ularning aqliga!" degin.

— 635 —

Ammo Qur'onning nuroniy yoʻli, butun zalolatdagilar chekayotgan yaralarni iymoniy haqiqatlar bilan davolaydi. Avvalgi barcha yoʻllardagi zulmatni tarqatadi. Barcha zalolat va halokat eshiklarini yopadi:

Insonning zaif va ojizligini, faqir va ehtiyojini bir Qodiri Rahimga tavakkal orqali davolaydi. Hayot va vujudning yukini Uning qudratiga, rahmatiga berib, yelkasaiga yuklamasdan, balki oʻzi hayoti va nafsiga mingandek tinch joy topadi. Oʻzining "gapiradigan hayvon" emas, balki haqiqiy inson va maqbul Rahmonning musofiri ekanini bildiradi. Dunyoni Rahmonning musofirxona ekanini koʻrsatib, dunyodagi mavjudot esa Alloh Asmosining oynalari boʻlganini, sanʻat asarlarini esa xar doim yangilangan Samadoniy maktublar boʻlganini bildirish orqali insonning foniy dunyodan, ashyolarning zavol topishidan va foniy narsalarni sevishdan kelgan yaralarini goʻzal shaklda davolaydi va uydirmalar zulmatlaridan qutqaradi. Oʻlim va ajalni barzoh olamiga ketgan va boqiy olamdagi doʻstlar visoli va qovushish muqaddimasi sifatida koʻrsatadi. Zalolatdagilarning nazarida butun doʻstlaridan abadiy ayriliq deb oʻylagan oʻlim yaralarini shu tariqa davolaydi. Firoq ayni visol ekanini isbotlaydi. Qabrning rahmat olamiga, saodat diyoriga, Jannat bogʻlari va Rahmonning nurli yurtiga ochilgan eshik ekanini isbotlab, insonnnign eng daxshatli qoʻrquvini yoʻqotib, eng azobli, qaygʻuli va aziyatli barzoh sayohatini eng shirin, doʻst, sevinchli sayohat ekanini koʻrsatadi. Qabr bilan ajdarho ogʻzini yopadi, goʻzal bogʻga eshik ochadi. Ya'ni, qabr ajdarho ogʻzi emasligi, balki rahmat bogʻiga ochilgan eshik ekanini koʻrsatadi.

Moʻ'minga: "Ixtiyoring juz'iy boʻlsa, ishingni oʻz Molikingning hamma narsani qamragan irodasiga qoʻy. Iqtidoring kichik boʻlsa, Qodiri Mutlaqning qudratiga ishon. Hayoting oz boʻlsa, boqiy hayotni oʻyla. Umring qisqa boʻlsa, abadiy umring bor, xavotirlanma. Fikring soʻniq boʻlsa, Qur'onning quyoshi ostiga kir, iymonning nuri bilan qara. Tilla qoʻngʻiz boʻlgan fikring oʻrniga xar bir Qur'on oyatlari senga yulduz kabi nur sochadi. Sanoqsiz orzularing, azoblaring boʻlsa, seni nihoyatsiz savob va hadsiz rahmat kutyapti. Cheksiz orzularing, maqsadlaring boʻlsa, ularni oʻylab iztirob chekma. Ular bu dunyoga sigʻmaydi. Ularning joyi boshqa diyordir va ularni boshqa Zot bergan", deydi.

— 636 —

Yana: "Ey inson! Sen oʻzingga molik emassan. Sen qudrati nihoyatsiz bir Qodir, rahmati cheksiz Rahimi Zoti Zuljalolning mulkisan. Shunday ekan, sen oʻz hayotingni oʻzingga yuklab qiynalma. Chunki hayotni bergan U, boshqargan ham U.

Dunyo sohibsiz emaski, sen boshingga dunyo yukini yuklab ahvolini oʻylab xavotirlanma. Chunki uning sohibi Hakimdir, Alimdir. Sen esa mehmonsan. Ortiqcha aralashma, chalkashtirma. Insonlar, hayvonlar kabi mavjudot sohibsiz emas, balki vazifa yuklangan xodimlardir. Hakimi Rahimning nazaridadir. Ularning azob va qiyinchiligini oʻylab, joningga azob chektirma. Ularning Xoliqi Rahimining rahmati oldida shafqatingni koʻrsatma. Senga dushmanlik qilayotgan mikrobdan, vabo, toʻfon, qahatchilik va zilzilagacha barcha narsalarning tizginlari Rahimi Hakimning qoʻlidadir. U Hakimdir, abas ish qilmaydi. Rahimdir, rahimiyati koʻp. Qilayotgan xar bir ishida bir tur lutfi bor", deydi.

Yana: "Bu olam foniy boʻlsada, faqat abadiy olamga kerakli narsalarni yetishtiradi. Zavol topsada, oʻtkinchi boʻlsada, boqiy mevalar beradi, boqiy Zotning boqiy Asmosining jilvalarini koʻrsatadi. Lazzatlari oz, azoblari koʻp boʻlsada, Rahmoni Rahimning iltifotlari yoʻq boʻlmas haqiqiy lazzatlardir.

Azoblar esa savob jihatida ma'naviy lazzat yetishtiradi. Modomiki shariat doirasi ruh, qalb va nafsning butun lazzatlariga, safolariga, koʻngilxushliklariga kifoya qilar ekan, xarom doiraga kirma. Chunki u doiradagi lazzatning ba'zan ming azobi bor. Haqiqiy va doimiy lazzat boʻlgan Rahmoniy iltifotlarni yoʻqotishga sabab boʻladi", deydi.

Zalolat yoʻlida, yuqorida bayon qilingani kabi, insonni asfali sofiliynga qulatadiki, hech bir madaniyat, hech bir falsafa unga chora topa olmaydi. Chuqur zulmatlar qudugʻidan hech bir inson taraqqiyoti, hech qanday bilimning rivoji insonni chiqara olmaydi. Lekin Qur'oni Hakim iymon va amali solih bilan asfali sofiliynga qulashdan insonni a'loyi illiyinga chiqaradi, qat'iy dalillar bilan chiqarishini isbotlaydi. Chuqur quduqni ma'naviy taraqqiyotning zinapoyalari va ruhiy rivojlanishning jihozlari bilan toʻldiradi.

Insonning abad tomon uzun, gʻavgʻoli va tashvishli yoʻlovchiligini juda yengillatadi va osonlashtiradi. Ming, balki ellik ming yillik masofani bir kunda bosib oʻttiradigan vositalarni koʻrsatadi.

— 637 —

Azal va Abad Sultoni boʻlgan Zoti Zuljalolni tanitish orqali insonni Unga xodim qul va vazifa yuklangan musofir vaziyatini beradi. Dunyo musofirxonasida, barzohiy va uxraviy manzillarda kamoli farogʻat bilan sayohat qilishini ta'minlaydi. Bir podshohning toʻgʻri yoʻldagi xodimi, uning mamlakati doirasida, xar bir viloyatning hududlaridan osonlik bilan tayyora, kema, poyezd kabi tezyurar sayohat vositasida aylanadi, oʻtadi. Shuning kabi, Azaliy Sultonga iymon bilan bogʻlangan, solih amali bilan itoat qilgan inson bu dunyo musofirxonasi manzillaridan, barzoh olami, mahshar olami doiralaridan va hokazo qabrdan keyingi barcha olamlarning keng hududlaridan yashin va Buroq tezligida oʻtadi. Nihoyat abadiy saodatni topadi. Bu haqiqatni qat'iy isbotlaydi, asfiyo va avliyoga koʻrsatadi.

Qur'onning haqiqati aytadi: "Ey moʻ'min! Sendagi benihoyat muhabbat qobiliyatini iflos, nuqson, yomon va senga zararli nafsi ammorangga ishlatma. Uni mahbub va Uning istaklarini oʻzingga ma'bud deb qabul qilma.

Balki sendagi nihoyatsiz muhabbat qobiliyatini cheksiz muhabbatga loyiq, senga benihoyat ehson qila oladigan, kelajakda seni cheksiz bahtiyor qilgan, yana sen aloqador boʻlgan va ularning saodatlari bilan sen bahtli boʻlgan barcha kishilarni ehsonlari bilan mas'ud etgan, nihoyatsiz kamoloti boʻlgan, nihoyatsiz darajada muqaddas, ulugʻ, munazzah-pok, kamchiliksiz, nuqsonsiz, zavol topmas jamol sohibi boʻlgan, butun Asmosi oʻta goʻzal boʻlgan, xar Ismida juda koʻp husn va jamol nurlari boʻlgan, Jannat butun goʻzalliklari va ne'matlari bilan Uning jamoli rahmatini va rahmati jamolini koʻrsatgan, butun koinotdagi sevimli va sevilgan barcha husn, jamol, goʻzallik va kamolot Uning jamoliga va kamoliga ishorat qilgan, dalolat qilgan va alomat boʻlgan Zotni sevgili va ma'bud deb qabul qil!" deydi.

Yana: "Ey inson! Uning Asmo va Sifatlariga oid muhabbat iste'dodingni boshqa oʻtkinchi mavjudotga sarflama, befoyda maxluqotga tarqatma. Chunki asarlar va maxluqot foniydir. Lekin asarlar va u mavjudotda naqshlari, jilvalari koʻringan Asmoi Husna boqiydir, doimiydir. Asmo va sifotining xar birida minglab ehson va jamol martabalari va minglab kamol va muhabbat tabaqalari bor. Sen faqat Rahmon ismiga qara: Jannat uning bir jilvasi, abadiy saodat uning bir yogʻdusi, dunyodagi barcha rizq va ne'mat uning bir tomchisidir", deydi.

Bu taqqoslash zalolatdagilar bilan iymon ahlining hayot va vazifa jihatidagi mohiyatlariga ishorat qilgan

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِل۪ينَ ٭ اِلَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

va natija va oqibatlariga ishorat qilgan

فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَٓاءُ وَ الْاَرْضُ
— 638 —

oyatlariga e'tibor ber. Naqadar ulugʻ, moʻ'jizali bayon qilgan qiyoslashimizni ifoda qiladi. Birinchi oyat, Oʻn Birinchi Soʻzda u oyatning i'jozli-moʻjizali va ijozli-qisqa soʻzda koʻp maʻnolarni batafsil ifodalagan haqiqat bayon qilingani. Buni u yerga havola qilamiz. Ikkinchi oyat esa, faqat kichik ishorat bilan koʻrsatamiz. Naqadar ulugʻ haqiqatni ifoda qiladi:

Bu oyat togʻridan anglashilgan maʻno bilan shunday farmon qiladi: "Samovot va zamin zalolatdagilar oʻlganda ustida yigʻlamaydi". Ters maʻnosi bilan: "Samovot va zamin ahli iymon dunyodan ketganda ustida yigʻlaydi", deb dalolat qiladi. Ya'ni, ahli zalolat, samovot va yerning vazifalarini inkor qiladi. Ma'nolarini bilmaydi. Ularni qiymatdan tushiradi. Sone'larini tanimaydi. Ularni haqorat, adovat qilgani uchun, albatta samovot va zamin ularga yigʻlash emas, balki ulardan nafratlanadi, oʻlganda xursand boʻladi.

Ters maʻnosi bilan: "Ahli iymon oʻlganda samovot va arz yigʻlaydi", deydi. Chunki, ahli iymon samovot va arzning vazifalarini biladi. Asl haqiqatlarini tasdiqlaydi. Ular ifodalagan ma'nolarni iymon bilan tushunadi. "Naqadar goʻzal yaratilgan, qanchalik goʻzal xizmat qilyapti", deydi. Ularga loyiq qiymat beradi va ehtirom koʻrsatadi. Janobi Haq hisobiga ularga va ular oyna boʻlgan Asmoga muhabbat etadi. Ushbu sir uchun, samovot va zamin ahli iymonning oʻtihiga yigʻlayotgandek mahzun boʻladi.

MUHIM BIR SAVOL: " Muhabbat ixtiyoriy emas. Tabiiy ehtiyojga binoan, shirin taomlar va mevalarni sevaman. Ota-ona, farzandlarimni sevaman. Rafiqamni sevaman. Doʻst va yaqinlarimni sevaman. Anbiyo va avliyoni sevaman. Hayotimni, yoshligimni sevaman. Bahorni, goʻzal narsalarni va dunyoni sevaman. Qanday qilib bularni sevmayin? Qanday qilib bu muhabbatlarning hammasini Janobi Haqning Zoti, Sifatlari va Asmosiga yoʻnaltiraman? Bu nima degani?" deyapsiz.

Javob: "Toʻrt Hikmat"ni tingla.

BIRINCHI HIKMAT: Muhabbat ixtiyoriy emas. Lekin ixtiyor bilan muhabbatni bir sevgilidan boshqasiga qaratish mumkin. Masalan, bir sevgilining xunukligini koʻrsatish orqali yoki muhabbatga asl loyiq boʻlgan boshqa sevgiliga parda yoki oyna ekanini koʻrsatish orqali muhabbat majoziy mahbubdan haqiqiy sevgiliga qaratilishi mumkin.

IKKINCHI HIKMAT: Sanab oʻtgan sevgililaringni sevma demaymiz. Balki ularni Janobi Haqning hisobiga va uning muhabbati nomidan sev deymiz. Masalan: Laziz taomlarni, goʻzal mevalarni Janobi Haqning ehsoni va Rahmoni Rahimning in'omi sifatida sevish "Rahmon" va "Mun'im" Ismlarini sevishdir, ham ma'naviy shukrdir. Bu muhabbat faqat nafs hisobiga boʻlmaganini va Rahmon uchun boʻlganini koʻrsatgan, halol doirada qanoat qilib ishlab topish, tafakkur bilan, tashakkur bilan yeyish boʻladi.

— 639 —

Ota-onaga shafqat bilan jihozlagan, seni ularning marhamatli qoʻllari bilan tarbiya qildirgan Hikmat va Rahmat hisobiga ularga hurmat va muhabbat koʻrsatish Janobi Haqning muhabbatiga oiddir. Bu muhabbat, hurmat va shafqat Alloh uchun boʻlganining alomati shuki: Ular keksaygan, senga hech qanday foydalari tegmaydigan, seni qiyinchilik va mashaqqatga qoʻygan vaqti yanada koʻproq muhabbat, marhamat va shafqat qilishdir.

اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ

oyati farzandni besh martaba hurmat va shafqatga chaqirishi, Qur'on nazarida ota-onaning huquqlari naqadar ahamiyatli, itoat va hurmat qilmaslik qay daraja xunuk boʻlishini koʻrsatadi.

Modomiki ota, hech kimni emas, faqat farzandining oʻzidan ham yaxshiroq boʻlishini istaydi. Unga javoban farzand ham otaga haq da'vo qila olmaydi. Demak ota-ona va farzand oʻrtasida tabiatan tortishishga sabab yoʻq. Chunki tortishish yo havas va hasaddan kelib chiqadi. Otada oʻgʻliga nisbatan u yoʻq. Tortishish yoki haqsizlikdan keladi. Farzandning otasiga haq da'vo qilishga haqqi yoʻq. Otasini haqsiz koʻrsa ham, unga isyon qila olmaydi. Demak, otasiga isyon qilgan va uni ranjitgan kimsa insoniylikdan chiqqan jonivor boʻladi.

Farzandlarini Zoti Rahimi Karimning hadyalari boʻlgani uchun mukammal shafqat va marhamat bilan sevish va muhofaza qilish yana Haqqa oiddir. Bu muhabbat, Janobi Haq hisobiga boʻlganini koʻrsatgan belgi shuki: Vafot etsa sabr bilan shukr qilish, qaygʻurib faryod qilmaslik. "Xoliqimning mening nazoratimga bergan sevimli maxluqi, mulki edi. Endi hikmati iqtizo qildi, mendan oldi, yanada yaxshiroq joyga olib ketdi. Mening mulkimda birgina zohiriy hissam boʻlsa, ming haqiqiy hissa uning Xoliqiga oiddir. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deb taslim boʻlishdan iborat.

Doʻst va yaqiqnlar esa: Agar ular iymon va amali solih sababli Janobi Haqning doʻstlari boʻlsalar, اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ sirriga koʻra, u muhabbat ham Haqqa oid boʻladi.

— 640 —

Rafiqangni rahmati Ilohiyaning jonga yaqin, goʻzal hadyasi boʻlgan jihati bilan sev va muhabbat koʻrsat. Lekin muhabbatingni tez buziladigan husni suratiga bogʻlama. Balki ayolning eng jozibador, eng shirin goʻzalligi ayollikka maxsus latofat va nazokat ichidagi siyrat goʻzalligidir. Eng qiymatli va eng shirin jamoli esa ulugʻ, jiddiy, samimiy, nuroniy shafqatidir. Bu shafqat jamoli va husni siyrati oxir hayotgacha davom etadi, koʻpayadi. Zaifa, latifa maxluqning hurmat huquqi oʻsha muhabbat bilan muhofaza qilinadi. Yoʻqsa, husni suratning ketganda u bechora eng muhtoj boʻlgan vaqtda haqqini yoʻqotadi.

Janobi Haqning maqbul qullari boʻlgani uchun, Janobi Haq uchun va Uning hisobiga anbiyo va avliylarni sevish kerak. Bu nuqtai nazardan Unga oiddir.

Hayotni Janobi Haqning insonga va senga bergan eng qiymatli va hayoti boqiyani qozontiradigan bir sarmoya va bir dafina va boqiy kamolotning jihozotini jamlagan bir xazina jihati bilan uni sevish, muhofaza qilish, Janobi Haqning xizmatida ishlatish, yana oʻsha muhabbat bir jihatdan Ma'budga oiddir.

Yoshlikning latofatini, goʻzalligini, Janobi Haqning latif, shirin, goʻzal ne'mati nuqtai nazaridan xush koʻrish, sevish, chiroyli qoʻllash shukr bilan bir tur halol muhabbat hisoblanadi.

Bahorni - Janobi Haqning nuroniy Asmolarining eng latif, goʻzal naqshlarining sahifasi va Sone'i Hakimning antiqa san'atining eng ziynatli va koʻz qamashtiradigan san'ati koʻrgazmasi boʻlgani jihati bilan tafakkur bilan sevish Janobi Haqning Asmosini sevish boʻladi.

Dunyoni - oxirat ekinzori, Asmoi Ilohiyaning oynasi, Janobi Haqning maktuboti va vaqtinchalik mehmonxonasi jihatidan sevish, nafsi ammora qoʻshilmaslik sharti bilan, Janobi Haqqa oid boʻladi.

Natija: Dunyoni va undagi maxluqotni harfiy ma'nosi bilan sev. Ismiy ma'nosi bilan sevma. "Naqadar goʻzal yaratilgan!" degin. "Naqadar goʻzal!" dema. Qalbing botiniga boshqa muhabbatlarning kirishiga yoʻl qoʻyma. Chunki, qalbning ichi, Samad oynasi va Unga maxsusdir.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ

degin.

Demak, sanab oʻtgan barcha muhabbatlarimiz agar bu suratda boʻlsa, ham azobsiz lazzat beradi, ham bir jihatdan tuganmsa visol boʻladi. Allohning muhabbatini ziyodalashtiradi. Ham halol muhabbatdir. Ham ayni lazzat boʻlgan shukrdir. Ham muhabbatning oʻzi boʻlgan fikrdir.

— 641 —

Masalan, bir oliy podshoh {(Hoshiya) Bir kuni ikki qabila raisi bir podshohning huzuriga kirib, yozilgan ayni holat boʻlgani kuzatilgan.} senga bir olmani ehson qilsa, u olmaga ikki xil muhabbat va unda ikki xil lazzat bor.

Birinchisi, olma olma boʻlgani uchun seviladi. Olmaga maxsus va olmachalik lazzat bor. Bu muhabbat podshohga oid emas. Huzurida olmani ogʻziga solib yegan odam podshohni emas, olmani sevadi va nafsiga muhabbat etadi. Ba'zan, podshoh nafsoniy muhabbatni yoqtirmaydi, undan nafratlanadi. Olmaning lazzati esa oz. Zavol ham topadi, olmani yegandan soʻng lazzat ham ketadi, bir afsus qoladi.

Ikkinchi muhabbat esa, olma ichidagi olma orqali koʻrsatilgan shohona iltifotdir. Goʻyo u olma shohona iltifotning namunasi va jismga kirgan holi, deb boshiga qoʻygan odam podshohni sevganini izhor qiladi. Iltifotning gʻilofi boʻlgan u mevada shunday lazzat borki, ming olma lazzatidan ham ustun. Bu lazzat ayni shukrondir. Bu muhabbat podshohga nisbatan hurmatli bir muhabbatdir.

Xuddi shuning kabi, butun ne'matlarga va mevalarni oʻzi uchun muhabbat etilsa, faqat moddiy lazzatlari bilan gʻofilona lazzat olinsa, u muhabbat nafsoniy boʻladi. Lazzatlar esa oʻtkinchi va azoblidir. Agar Janobi Haqning rahmatining iltifoti va ehsonlarining mevalari boʻlgani uchun sevsa, u ehson va iltifotlarning lutf darajalarini maqtab kamoli ishtaha bilan lazzat olsa, ham ma'naviy shukr, ham alamsiz lazzat boʻladi.

UCHINCHI HIKMAT: Janobi Haqning Asmosiga nisbatan muhabbatning tabaqalari bor: Yuqorida bayon qilganimiz kabi, inson ba'zan asarlarga muhabbat suratida Asmoni sevadi. Ba'zan Asmoni Allohning kamolotining unvonlari boʻlgani uchun sevadi. Ba'zan inson mohiyatining qamrovli ekani jihati bilan sanoqsiz ehtiyojlari uchun Asmoga muhtoj va ishtiyoqmand boʻladi. Ehtiyoj bilan sevadi. Masalan: Sen shafqat qilgan barcha qarindosh, faqir, zaif va muhtoj maxluqlarga ojizona yordam ehtiyojini his qilgan payting, birov chiqsa, sen istagandek ularga yaxshilik qilsa, u kishining in'om qiluvchi unvoni va karamli ismi senga qanchalik yoqadi, u zotni oʻsha unvon bilan naqadar sevasan.

Shuning kabi: Faqat Janobi Haqning Rahmon va Rahim Ismlarini oʻyla. Sen dunyoda sevgan va shafqat qilgan barcha moʻ'min otalaring, ajdodingni, qarindosh va doʻstlaringni ne'mat turlari bilan, Jannatda lazzat nevʻlari bilan, abadiy saodatda ularni senga koʻrsatib, Oʻzini ham ularga koʻrsatishi orqali bahtiyor qilgan "Rahmon" ismi va "Rahim" unvoni naqadar sevilishga loyiq, inson ruhi bu ikki Ismga qay daraja muhtoj boʻlganini qiyos qilishing mumkin. Yana

— 642 —
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى رَحْمَانِيَّتِه۪ وَ عَلٰى رَح۪يمِيَّتِه۪

naqadar oʻrinli ekanini anglaysan.

Sen aloqador boʻlgan va abgorliklaridan xafa boʻlgan bir navʻ uying va undagi mavjudot uyingning jonga yaqin narsalari va sevimli bezaklari hisoblangan dunyoni va undagi ichidagi maxluqotni kamoli hikmat bilan nizomga solgan, boshqargan va tarbiya qilgan zotning "Hakim" Ismiga va "Murabbiy" unvoniga ruhing naqadar muhtoj, naqadar ishtiyoqmand ekanini e'tibor bersang, tushunasan.

Sen aloqador boʻlgan va ketganida azob chekkan insonlaringni oʻlimi hangomida yoʻqlik zulmatidan qutqarib, bu dunyodan ham goʻzalroq joyga joylashtirgan zotning "Voris, Bois" ismlariga "Boqiy, Karim, Muhyi va Muhsin" unvonlariga naqadar ruhing muhtoj ekanini diqqat qilsang, anglaysan.

Demak, insonning mohiyati ulugʻ, tabiati qamrovli boʻlgani uchun, minglab turdai ehtiyojlari bilan Allohning ming bir Asmosiga, xar bir Ismning koʻp martabalariga fitratan muhtojdir. Qat qat ehtiyoj ishtiyoqdir. Qat qat ishtiyoq muhabbatdir. Qat qat muhabbat esa ishqdir. Ruhning komillikka yetishiga koʻra muhabbat martabalari Asmoning martabalariga koʻra rivojlanadi.

Asmo Zoti Zuljalolning unvonlari va jilvalari boʻlgani uchun, butun Asmoga muhabbat, Allohning ulugʻ zotiga muhabbatga aylanadi. Quyida faqat namuna sifatida ming bir Asmodan yolgʻiz "Adl" va "Hakem", "Haq" va "Rahim" Ismlarining ming bir martabalaridan bir martabani bayon qilamiz:

— 643 —

Hikmat va adolat ichidagi "Rahmonir Rahim" va "Haq" Ismini eng katta doirada koʻrishni istasang, ushbu misolga qara: Bir qoʻshinda toʻrt yuz turli toifalar boʻlganini faraz qilamiz. Xar bir toifa xush koʻrgan liboslari boshqa, yoqtirgan ozuqasi farqli, qiynalmay foydalanadigan qurollari auri va mizojiga davo boʻladigan dorilari alohida boʻlib, toʻrt yuz toifa turli tuman vzvod, boʻlinma ajratmasdan, bir-biriga aralashgan. Ularni mukammal shafqat va marhamatidan, gʻaroyib iqtidoridan, moʻ'jizaviy ilm va qamrovidan, favqulotda adolat va hikmatidan, temggi yoʻq bir podshoh ularning hech birini chalkashtirmasdan, hech qaysisini unutmasdan ularga loyiq libos, arzoq, dori va qurollarning barchasini yordamchisiz shaxsan oʻzi bersa, u zot, naqadar qodir, mushfiq, adolatli, karamli podshoh boʻlganini tushunasan. Chunki bir harbiy qismda oʻn millatga oid askarlar boʻlsa, ularni turlicha kiydirish va jihozlash oʻta qiyin boʻlgani uchun, majburan qanday boʻlsa ham, bir hilda jihozlanadi.

Buning kabi, Janobi Haqning adolar va hikmat ichidagi "Haq" va "Rahmonir Rahim" Ismi jilvasini koʻrishni istasang, bahor mavsumida zamin yuzida toʻrt yuz ming chodirlari tikilgan muhtasham millatdan hosil boʻlgan nabotot va hayvonot qoʻshiniga qara. Barcha millatlar, toifalar bir-biri ichida boʻlsada, xar birining libosi boshqa, ozuqasi farqli, quroli boshqa, tarzi hayoti ayri, buyrugʻi alohida, nafaqaga chiqishi boshqa. Bu ehtiyojlarni ta'minlaydigan iqtidori va kerakli narsalarini istaydigan tillari yoʻq. Hikmat va adolat doirasi ichida mezon va intizom bilan "Haq", "Rahmon", "Razzoq", "Rahim" va "Karim" unvonlarini tomosha qil, koʻr. Hech birini chalkashtirmasdan, unutmasdan, aralashtirmasdan tarbiya va tadbir qilishi, boshqarishiga qara!

Demak, hayratga soladigan qamrovli intizom va mezon bilan qilingan bir ishga boshqalarning qoʻli aralasha oladimi? Vohidi Ahad, Hakimi Mutlaq, Qodiri kulli shaydan boshqa bu san'atga, bu tadbirga, bu rububiyatga, bu aylantirishga qaysi narsa qoʻlini uzata oladi? Qaysi sabab aralasha oladi?

TOʻRTINCHI HIKMAT: "Mening taomlarga, nafsimga, rafiqamga, ota-onam, farzandlarim, doʻstlarim, avliyolar, anbiyolarga, goʻzal narsalarga, bahorga, dunyoga bogʻliq turli tuman muhabbatlarimning (Qur'on amr qilgan tarzda boʻlsa) natijalari, foydalari nima?" deyapsan.

Javob: Butun natijalarni bayon qilish uchun katta kitob yozish lozim. Hozircha faqat qisqacha bir-ikki natijaga ishorat qilinadi. Avvalo, dunyodagi hozir natijalari bayon qilinadi. Soʻng oxiratda yuzaga chiqadigan natijalari aytiladi:

Yuqorida bayon qilingani kabi, ahli gʻaflat va ahli dunyo tarzida, nafsga muhabbatlarning dunyoda balolari, azoblari, mashaqqatlari koʻp. Kayf-safosi, lazzatlari, rohatlari oz. Masalan, shafqat ojizlik tufayli azob beruvchi musibat boʻladi. Muhabbat firoq tufayli baloli ayriliq boʻladi. Lazzat zavol tufayli zaharli sharbatga aylanadi. Oxiratda esa, Janobi Haq uchun boʻlmaganlari uchun, yo foydasiz yoki azob boʻladi. (Agar haromga kirgan boʻlsa.)

Savol: Anbiyo va avliyolarga muhabbat qanday qilib foydasiz ketadi?

— 644 —

Javob: Hristianlarning Iso Alayhissalomga va Rofiziylarning Hazrat Ali Raziyallohu Anhga muhabbatlari foydasiz ketgani kabi. Agar u muhabbatlar Qur'on irshod qilgan tarzda va Janobi Haq uchun va Rahmon muhabbati nomiga boʻlsa, ham dunyoda, ham oxiratda goʻzal natijalari bor. Ammo dunyoda shirin taomlarga, goʻzal mevalarga muhabbating azobsiz ne'mat va ayni shukr lazzat hisoblanadi.

Nafsingga muhabbat esa: Unga achinish, tarbiya qilish, zararli havaslardan manʻ qilishdir. Oʻshanda nafs senga minmaydi, seni havosiga asir qilmaydi. Balki sen nafsingga minasan. Uni havoga emas, hidoyatga yoʻllaysan.

Rafiqangga muhabbating siyrati goʻzalligi, shafqat ma'dani va rahmat hadyasi ustiga bino qilingan bolib, uni samimiy sevsang va marhamat qilsang, u ham seni jiddiy hurmat qiladi va sevadi. Ikkingiz keksaygan sari bu hol koʻpayadi, hayotingni bahtiyor oʻtkazasan. Yoʻqsa husni suratga muhabbat nafsoniy boʻlsa, muhabbat tez buziladi, goʻzal hayotni ham buzadi.

Ota-onaga muhabbating Janobi Haq hisobiga boʻlgani uchun ham ibodat boʻladi, hamda ular keksaygan sari hurmat va muhabbatni ziyodalashtirasan. Eng oliy his bilan, eng mardona himmat bilan ularning uzoq umrini jiddiy orzu qilib, birga davom etishni duo qilish, ular tufayli yanada koʻproq savob qozonay deb, samimiy hurmat bilan ularning qoʻlini oʻpish, ulugʻ ruhoniy lazzati olish boʻladi. Aksincha nafsoniy, dunyo e'tibori bilan boʻlsa, ular keksaygan va senga yuk boʻladigan holatda boʻlgan vaqtlari, eng past, eng tuban his bilan borliklaridan xushlanmasdan, hayotingga sabab boʻlgan muhtaram zotlarning oʻlimini istasang, vahshiy, qaygʻuli, ruhiy azob boʻladi.

Farzandingga muhabbat esa: Janobi Haqning sening nazoratingga va tarbiyangga omonat qilib bergan sevimli, doʻst maxluqlarga muhabbat esa, saodatli muhabbat va ne'matdir. Na musibatlari bilan ortiqcha alam chekasan, na oʻlimlari bilan qaygʻuli faryod qilasan. Yuqorida aytilgani kabi, ularning Xoliqlari ham Hakim, ham Rahim boʻlganidan, ularning oʻlimi bir saodatdir, deysan. Oʻzing haqqingda esa, ularni senga bergan zotning rahmatini oʻylaysan. Firoq azobidan qutulasan.

Doʻstlaringga muhabbating esa: Modomiki Alloh uchun ekan, doʻstlardan ayriliq, hatto oʻlimlari suhbatingizga va qardoshligingizga mone' boʻlmagani uchun, ma'naviy muhabbat va ruhoniy aloqadan foyda olasan. Muloqot lazzati doimiy boʻladi. Alloh uchun boʻlmasa, bir kunlik muloqot lazzati yuz kunlik ayriliq azobini keltirib chiqaradi.

{(Hoshiya) Alloh uchun bir soniya muloqot bir yildir. Dunyo uchun boʻlsa, bir yil bir soniyadir.}

— 645 —

Anbiyo va avliyolarga muhabbating esa: Ahli gʻaflatga zim-ziyo qoʻrqituvchi joy boʻlib koʻringan barzoh olami, senga nuroniy zotlarning borligi bilan nurli manzil suratida koʻringani uchun, u olamga borishga qoʻrqish, daxshatga tushish emas, balki aksincha mayl va ishtiyoq hissini beradi, dunyoviy hayotning lazzatini qochirmaydi. Yoʻqsa, ularning muhabbati madaniylarning mashxur insonlarga muhabbati turiga kirsa, komil insonlarning foniy va oʻtkinchiligi moziy deb atalgan katta mozorda chirishlarini oʻylash bilan, azobli hayotingga yana bir qaygʻu qoʻshadi. Ya'ni, "Komil insonlarni chiritgan mozorga men ham kiraman", deya oʻylaydi. Qabristonga xavotir bilan qaraydi. "Oh!" chekadi. Avvalgi nazarda esa: Jism libosini oʻtmishda tashlab, oʻzlari kelajak mehmonxonasi boʻlgan barzoh olamida kamoli rohat-farogʻatda oʻtirishlarini oʻylaydi, qabristonga doʻstona qaraydi.

Goʻzal narsalarga muhabbating, modomiki Sone'lari hisobiga ekan, "Qanday goʻzal yaratilgan!" tarzidadir. Muhabbating shirin tafakkur boʻlib, husnparast, jamolparast lazzatingning nazarini yanada yuksak, yanada muqaddas va minglab marta goʻzalroq jamol martabalarining hazinalariga yoʻl ochadi, qaratadi. Chunki goʻzal asarlardan Allohnign ishlarining goʻzalligiga olib oʻtadi. Undan Asmoning goʻzalligiga, undan Sifatlarining goʻzalligiga, undan Zoti Zuljalolning jamoli bemisoliga qalbga yoʻl ochadi. Xullas, bu muhabbat bu suratda boʻlsa, ham lazzatdir, ham ibodatdir va ham tafakkurdir.

Yoshlikka muhabbating esa: Modomiki Janobi Haqning goʻzal ne'mati jihatidan sevgan ekansan, albatta, uni ibodatga sarf qilasan, kayf-safoda boʻgʻib oʻldirmaysan. Shunday ekan, yoshlikda qozongan ibodatlaring, foniy yoshlikning boqiy mevalaridir. Keksayganing sari yoshlikning yaxshiliklari boʻlgan boqiy mevalarini qoʻlga kiritib, yoshlikning zararlaridan, qiziqqonliklaridan qutulasan. Keksalikda ibodatga yanada koʻproq muvaffaqiyat va marhamati Ilohiyaga yanada koʻproq layoqat qozonganingni oʻylaysan. Ahli gʻaflat kabi besh-oʻn yillik yoshlik lazzatiga javoban, ellik yoshda "Ey voh, yoshligim ketdi!" deb afsuslanib, yoshlik uchun yigʻlamaysan. Shundaylardan biri:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

degan. Ya'ni, "Koshki yoshligim bir kunga qaytsa edi, keksalik mening boshimga nimalar keltirganini shikoyat qilib xabar berar edim".

— 646 —

Bahor kabi ziynatli mashharlarga muhabbat esa: Modomiki Allohning san'atini sayr qilar ekansan, bahor oʻtganda ham, tomosha lazzati yoʻq boʻlmaydi. Chunki bahor zarrin maktub kabi bergan ma'nolarini xar doim tomosha qila olasan. Hayoling va zamon ikkisi ham kino tasmalari kabi tomosha lazzatini davom ettirish bilan birga bahorning ma'nolarini, goʻzalliklarini yangilab turadi. Bu muhabbating pushaymonlik, azobli, vaqtincha boʻlmaydi. Lazzatli, farohli boʻladi.

Dunyoga muhabbating esa: Modomiki Janobi Haq nomiga ekan, dunyoning daxshatli mavjudoti senga yaqin doʻst hisobiga oʻtadi. Oxirat dalasi jihatidan sevganing uchun hamma narsasida oxiratga foyda beradigan sarmoya, meva olishing mumkin. Na musibatlari senga daxshat beradi, na oʻtishi va foniyligi aziyat beradi. Kamoli farogʻat bilan musofirxonada yashash muddatingni oʻtkazasan. Agar gʻaflatdagilar kabi sevsang, senga yuz marta takrorlaymiz: Aziyatli, ezuvchi, boʻgʻuvchi, foniylikka mahkum, natijasiz muhabbat ichida boʻgʻilib ketasan.

Ba'zi sevgililarning, agar Qur'on koʻrsatgan suratda boʻlsa, xar birining faqat yuzdan bir goʻzalligini koʻrsatdik. Qur'on koʻrsatgan yoʻlda boʻlmasa, yuzdan bir zararlariga ishorat qildik. Endi sevgililarning boqiy diyorda, oxirat olamida, Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ishorat qilgan natijalarini eshitishni va tushunishni istasang, turli halol muhabbatlarning oxirat diyoridagi natijalarini bir "Bir Muqaddima" va "Toʻqqiz Ishorat" bilan yuzdan bir foydasini qisqacha koʻrsatamiz.

MUQADDIMA: Janobi Haq jalil-hashamatli uluhiyati bilan, jamil rahmati bilan, kabir rububiyati bilan, karim marhamati bilan, azim qudrati bilan, latif hikmati bilan shu kichkina insonning vujudini buncha tuygʻular va hislar bilan, shu daraja organlar va jihozlar bilan, turli a'zo va asboblar bilan, koʻp turdagi tuygʻular va ma'naviyat bilan jihozlab, ziynatlganki, koʻp navʻ va juda koʻp asboblar bilan hadsiz ne'mat turlarini, ehson qismlarini, rahmatini tabaqalarini insonga xoslagan, bildirgan, tattirgan, tanitgan, sevdirgan.

Insondagi juda koʻp asboblar va jihozlarning xar birisining turli xizmati, qulligi boʻlgani kabi, boshqa-boshqa lazzati, alami, vazifasi va mukofoti bor. Masalan, koʻz suratlardagi goʻzalliklarini va koʻringan borliqlar olamda qudratinig goʻzal moʻ'jizalari sinflarini tomosha qiladi. Ibrat bilan qarab Sone'iga shuk qilish uning vazifasidir. Nazarga maxsus lazzat va alam ma'lum, ta'rifga hojat yoʻq.

Quloq sadolarning turlarini, latif nagʻmalarini va eshitilganlar olamida Janobi Haqning rahmat goʻzalliklarini his qiladi. Boshqacha qullik, alohida lazzat, farqli mukofoti ham bor.

Hid bilish hissi, hidlar toifasidagi rahmat goʻzalliklarini his qiladi. Oʻziga maxsus shukr vazifasi, lazzati bor. Albatta, mukofoti ham bordir.

— 647 —

Tildagi taʻm bilish hissi butun yeyiladigan narsalarning lazzatini anglab, oʻta koʻp turda ma'naviy shukri bilan vazifa bajaradi va hokazo... Butun inson jihozlarining, qalb, aql va ruh kabi buyuk va muhim latifalarning turli tuman vazifalari, lazzatlari va azoblari bor.

Janobi Haq va Hakimi Mutlaq insonda qoʻllangan bu jihozlarning, albatta, xar biriga loyiq haqlarini beradi. U koʻp turdagi muhabbat navʻlarining yuqorida bayon qilingan dunyodagi hozir natijalarini hamma vijdoni bilan his qiladi va toʻgʻri sezgi bilan isbotlanadi. Oxiratdagi natijalari esa, qat'iyan borligi va yuzaga chiqishini qisqacha Oʻninchi Soʻzning oʻn ikki porliq va aniq haqiqati orqali va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning olti oshkor asosi bilan isbot qilingan. Tafsiloti

اَصْدَقُ الْكَلَامِ وَاَبْلَغُ النِّظَامِ كَلَامُ اللّٰهِ الْمَلِكِ الْعَز۪يزِ الْعَلَّامِ

Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ochiq oydin, nozik ishorat shaklida tushuntirish, ramz va ishoratlari bilan qat'iyan aytilgan. Boshqa uzoq burhonlarni keltirishning keragi yoʻq. Zotan boshqa Soʻzlarda va Jannatga doir Yigirma Sakkizinchi Soʻzning ikkinchi arabiy maqomida va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda koʻp burhonlar oʻtgan.

BIRINCHI ISHORAT: Shirin taomlarga, xush mevalarga shukr bilan halol muhabbatning uxraviy natijasini Qur'onning matni aytgan. Jannatga loyiq bir tarzda shirin taomlar, goʻzal mevalardan iborat. Taomlar va u mevalarni ishtahali shakldagi muhabbatdir. Hatto dunyoda yegan meva ustida aytgan "Alhamdulilloh" kalimasi Jannat mevasi sifatida jism holiga kelib senga taqdim qilinadi. Bu yerda meva yeysan, u yerda "Alhamdulilloh" yeysan. Ne'mat va taom ichida Ilohiy in'omni va Rahmoniy iltifotni koʻrganing uchun lazzatli ma'naviy shukr Jannatda oʻta shirin taom suratida senga berilishi hadisning matni bilan, Qur'onning ishoratlati bilan, hikmat va rahmatning iqtizosi bilan sobit.

IKKINCHI ISHORAT: Dunyoda halol suratda nafsingga muhabbat, ya'ni goʻzal narsalarga bino qilingan muhabbat emas, balki kamchiliklarini koʻrib, mukammallashtirishga bino qilingan shafqat bilan uni tarbiya qilish va xayrga yoʻllashning natijasi sifatida Jannatda nafsga loyiq mahbublarni beriladi. Modomiki nafs dunyoda hoyu-havasini Janobi Haq yoʻlida husni iste'mol qilgan ekan, jihozlarini, tuygʻularini chiroyli suratda qoʻllangan eekan, Karimi Mutlaq unga dunyodagi halol va qullik orqali qilingan muhabbatning natijasi Jannatning yetmish turdagi ziynat navʻlari va latofat-goʻzalligining namunalari boʻlgan yetmish hildagi ziynatli libosni kiydirib, nafsdagi butun tuygʻularni xursand qiladigan, unga yoqadigan yetmish husn turlari bilan vujudini bezab, xar biri ruhli kichik Jannatlar boʻlgan huriylarni boqiy diyorda berishini juda koʻp oyatlar ochiq oydin aytgan va isbot qilingan.

— 648 —

Dunyoda yoshlikka muhabbat, ya'ni yoshlik kuchini ibodatda sarf qilishning natijasi: Dori saodatda abadiy yoshlik boʻladi.

UCHINCHI ISHORAT: Rafiqangni halol doirada, ya'ni xush shafqatiga, goʻzal axloqiga, husni siyratiga binoan samimiy muhabbat bilan sevishning, itiatsizlikdan, boshqa gunohlardan muhofaza qilishning uxraviy natijasi - Rahimi Mutlaq rafiqangni huriylardan hham goʻzal suratda, ziynatliroq tarzda, jozibadorroq koʻrinishda unga saodat diyorida abadiy rafiqani va dunyodagi eski mojarolarini bir-biriga lazzat bilan aytish va eski xotiralarni bir-biriga eslatadigan doʻst, xush, abadiy yoʻldosh, sevgan va sevilgan holda berilishini va'da bergan. Albatta, U zot va'da qilgan narsasini qat'iy beradi.

TOʻRTINCHI ISHORAT: Ota-ona va farzandlarga halol muhabbatning natijasi: Qur'on matni orqali Janobi Arhamur Rohimin ularning maqomlari boshqa-boshqa boʻlsa ham, yana shu bahtiyor oilaga sof tarzda suhbat lazzatini Jannatga loyiq goʻzal aloqa suratida, boqiy diyorda, abadiy muloqot shaklida ehson qiladi. Oʻn besh yoshga kirmasdan, ya'ni balogʻat yoshiga yetmay vafot qilgan bolalar وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ deb ta'bir qilingan Jannat bolalari shaklida, Jannatga loyiq tarzda, gʻoyat bezalgan, sevimli suratda Jannatda ham ota-onalarining quchoqlariga beriladi. Bolani sevish va voyaga yetkazish hislarini xursand qiladi. Ota-onaga bu abadiy zavq va lazzatni beradi. Chunki bolalar masʻuliyat yoshiga kirmagani uchun, abadiy, sevimli, shirin bola boʻlib qoladilar.

Dunyoda xar bir lazzatli narsaning eng a'losi Jannatda boʻladi. Lekin juda shirin boʻlgan bola oʻstirish, ya'ni bolalarini sevib erkalash zavqi, Jannat koʻpayish joyi boʻlmagani uchun, Jannatda yoʻq deb oʻylanar edi. Bu suratda u ham bor. Ham eng lazzatli va shirin tarzda mavjud. Bu balogʻatga yetmasdan farzandi vafot qilganlarga xushxabar!

BESHINCHI ISHORAT: Dunyoda اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ hukmiga binoan solih doʻstlarga muhabbatning natijasi: Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِل۪ينَ oyatida aytilgan, bir-biriga qarata oʻrnatilgan Jannat oʻrindiqlarida oʻtirib xush, shirin, goʻzal, shirin suratda boʻladi. Dunyo mojarolarini va eskim xotiralarini bir-biriga naql qilib vaqtlarini chogʻ qilish suratida, ayriliqsiz, sof muhabbat va suhbat suratida doʻstlar bilan koʻrishtirishini Qur'onning matni aytgan.

— 649 —

OLTINCHI ISHORAT: Anbiyo va avliyolarga Qur'on ta'rif qilgan tarzda muhabbatning natijasi: Anbiyo va avliyolarning shafoatlaridan barzohda, hashrda foydalanish bilan birga, oʻta ulugʻ va ularga loyiq maqom va fayzlardan muhabbat vositasida fayz olinadi. Ha, اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ sirriga koʻra, oddiy bir odam, oʻzi sevgan oliy maqom zotga tobe boʻlish orqali eng yuksak maqomga yeta oladi.

YETTINCHI ISHORAT: Goʻzal narsalarga va bahorga halol muhabbatning, ya'ni "Qanday goʻzal yaratilgan" nazari bilan qarash, asarlarning orqasidagi ishlarning goʻzalligini, intizomini va intizomi orqasida ishlarni goʻzal Asmoning jilvalari deb, goʻzal Asmoning orqasida Sifatlarining tajalliylarini va hokazo sevishning natijasi: Boqiy diyorda goʻzal koʻrgan sanʻat asarlaridan ming marta goʻzalroq tarzda Asmoning jilvasini va Asmo ichidagi jamol va sifatlarini Jannatda koʻrish boiladi. Hatto Imom Rabboniy (R.A.): "Jannat goʻzalliklari Alloh Asmosi jilvasining koʻrinishlaridir", deganlar. Chuqur va diqqat bilan oʻyla!

SAKKIZINCHI ISHORAT: Dunyoda, dunyoning oxirat ekinzori va Allohning Asmosi oynasi boʻlgan ikki goʻzal yuzini tafakkur bilan muhabbat qilishning uxraviy natijasi shuki: Dunyo qadar, lekin foniy dunyo kabi oʻtkinchi emas, boqiy Jannat beriladi. Dunyoda faqat zaif soyalari koʻrsatilgan Asmo Jannat oynalarida eng dabdabali suratda koʻrsatiladi.

Dunyoni oxirat ekinzori sifatida sevishning natijasi: Dunyoni koʻchatzor, ya'ni uning faqat koʻchatlarni bir daraja yetishtirgan kichik ekinzori boʻladigan shunday Jannatni beradiki, dunyoda insoniy his tuygʻular kichik koʻchatlar boʻlib, Jannatda eng mukammal tarzda oʻsib, dunyoda urugʻchalar hisoblangan iste'dodlarni lazzat va kamolot turlari bilan unib chiqqan holda berilishini Rahmati va Hikmati taqozo qiladi. Bu Hadis matni va Qur'onning ishoratlari bilan sobitdir.

Dunyoning, xar xatoning boshi boʻlgan ayblangan muhabbatni emas, balki Asmoga va oxiratga qaragan ikki yuzini Asmo va oxirat uchun sevgan, yuzlarni fikriy ibodat bilan bezagan, goʻyo butun dunyosi bilan ibodat qilgan kishiga albatta, dunyo qadar mukofot olishini rahmat va hikmati taqozo qiladi. Modomiki oxirat muhabbati bilan uning ekinzorini sevgan va Janobi Haqning muhabbati bilan Asmosining oynasini sevgan ekan, albatta bu dunyo kabi sevgili istaydi. U esa dunyo qadar Jannatdir.

— 650 —

Savol: Bu qadar katta va xoli Jannat nimaga yaraydi?

Javob: Agar mumkin boʻlsa edi, hayol tezligida zaminning toʻrt tomonini va yulduzlarning aksarini aylansang, "Butun olam meniki" deya olasan. Farishta, insonlar va hayvonlarning borligi sening xulosangga halal bermaydi. Shunga oʻxshab, Jannat toʻla boʻlsa ham, "Jannat meniki", deya olasan. Hadisda ba'zi ahli jannatga berilgan besh yuz yillik Jannat sirri Yigirma Sakkizinchi Soʻzda va Ixlos Yogʻdusida bayon qilingan.

TOʻQQIZINCHI ISHORAT: Iymon va Allohga muhabbatning natijasi: Kashf va tahqiq ahli bir ovozdan, dunyoning ming yil bahtli hayoti, bir soatiga arzimagan Jannat hayoti, Jannat hayotining ming yili esa soat koʻrishga arzimagan muqaddas, pok Jamol va Kamol sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolni koʻrish-ru'yati boʻlib, {(Hoshiya) Hadisda: "Ruʻyat-Koʻrish butun Jannat lazzatlaridan shu daraja yuksakdirki, ularni unuttiradi. Ruʻyat-Koʻrgandan soʻng ularning husni jamoli shu daraja koʻpayadiki, qaytgan vaqti saroylaridagi oilalari juda diqqat bilan zoʻrgʻa taniy oladilar", deb vorid boʻlgandir.} qat'iy hadisi va Qur'onning matni orqali bayon qilingan.

Hazrat Sulaymon Alayhissalom kabi muhtasham kamol bilan mashhur boʻlgan zotning koʻrishga ishtiyoqli qiziqishni, Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi mumtoz darajada chiroyli zotga qarashga qiziqqan ishtiyoqni hamma vijdonan his qiladi. Ajabo, dunyoning butun goʻzalliklari va kamolotidan ham minglab daraja yuksak, Jannatning barcha chiroy va kamoloti - Jamoli va Kamolining bir jilvasi boʻlgan Zotni koʻrish qanchalik sevilgan, qiziqtiradigan, koʻrish qay daraja istalgan va ishtiyoq beruvchi ekanini qiyos qila olsang qil.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا فِى الدُّنْيَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ وَ الْاِسْتِقَامَةَ كَمَا اَمَرْتَ وَ فِى الْاٰخِرَةِ رَحْمَتَكَ وَ رُؤْيَتَكَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 651 —
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ
TANBEH

Bu soʻzning oxiridagi uzun tafsilotni uzun deb koʻrma, ahamiyatiga nisabatan qisqa boʻlib, yanada uzun boʻlishi kerak.

Barcha Soʻzlarda gapirgan men emasman. Balki Qur'on ishoratlar nomidan haqiqat gapirgan. Haqiqat esa haq soʻylaydi, toʻgʻri gapiradi. Agar biror xato koʻrsangiz, muhaqqaq bilingki: Mening xabarim boʻlmasdan fikrim qoʻshilgan, chalkashtirgan, xato qilgan.

— 652 —

MUNOJOT

Ey Robbim! Ulkan saroyning eshigini qoqqan odam, ochilmagan vaqti, unga ochilishi uchun saroyning eshigini boshqa qabul qilinadigan zotning saroyda koʻnikilgan ovozi bilan qoqadi. Shunga oʻxshab, men bechora ham sening dargohi Rahmatingni sevgan quling boʻlgan Uvays al Qaroniyning nidosi va munojoti bilan qoqaman. Dargohingni u kishiga ochganing kabi, Rahmating bilan menga ham och.

اَقُولُ كَمَا قَالَ:
اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭
وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الْمَالِكُ وَ اَنَا الْمَمْلُوكُ ٭
وَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ وَ اَنَا الذَّل۪يلُ ٭ وَ اَنْتَ الْغَنِىُّ وَ اَنَا الْفَق۪يرُ ٭
وَ اَنْتَ الْحَىُّ وَ اَنَا الْمَيِّتُ ٭ وَ اَنْتَ الْبَاق۪ى وَ اَنَا الْفَان۪ى ٭
وَ اَنْتَ الْكَر۪يمُ وَ اَنَا اللَّئ۪يمُ ٭ وَ اَنْتَ الْمُحْسِنُ وَ اَنَا الْمُسِىءُ ٭
وَ اَنْتَ الْغَفُورُ وَ اَنَا الْمُذْنِبُ ٭ وَ اَنْتَ الْعَظ۪يمُ وَ اَنَا الْحَق۪يرُ ٭
وَ اَنْتَ الْقَوِىُّ وَ اَنَا الضَّع۪يفُ ٭
وَ اَنْتَ الْمُعْط۪ى وَ اَنَا السَّائِلُ ٭
وَ اَنْتَ الْاَم۪ينُ وَ اَنَا الْخَائِفُ ٭ وَ اَنْتَ الْجَوَّادُ وَ اَنَا الْمِسْك۪ينُ ٭
وَ اَنْتَ الْمُج۪يبُ وَ اَنَا الدَّاع۪ى ٭ وَ اَنْتَ الشَّاف۪ى وَ اَنَا الْمَر۪يضُ ٭
فَاغْفِرْل۪ى ذُنُوب۪ى وَ تَجَاوَزْ عَنّ۪ى وَ اشْفِ اَمْرَاض۪ى يَا اَللّٰهُ يَا كَاف۪ى ٭
يَا رَبُّ يَا وَاف۪ى ٭ يَا رَح۪يمُ يَا شَاف۪ى ٭ يَا كَر۪يمُ يَا مُعَاف۪ى ٭
فَاعْفُ عَنّ۪ى مِنْ كُلِّ ذَنْبٍ وَ عَافِن۪ى مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَارْضَ عَنّ۪ى اَبَدًا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ
٭ وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
— 653 —

OʻTTIZ UCHINCHI SOʻZ

Oʻttiz Uch Derazadan iborat
Bir jihatdan Oʻttiz Uchinchi Maktub va bir jihatdan Oʻttiz Uchinchi Soʻz
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
سَنُر۪يهِمْ اٰيَاتِنَا فِى الْاٰفَاقِ وَف۪ٓى اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ شَه۪يدٌ

Savol: Bu ikki qamrovli oyat ifodalagan Alloning birligi va borligining zaruriyligi, Rabboniy vasf va xususiyatlarga eng kichik va eng katta olam boʻlgan inson va koinotning dalil boʻlgan tomonlarini bayon qilishingizni jamlangan va qisqa suratda istaymiz. Chunki inkor qiluvchilar juda haddan oshdi. Qachongacha وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ deb, qoʻlimizni koʻtaramiz?" deyishyapti.

Javob: Yozilgan butun oʻttiz uch adad Soʻzlar oʻsha oyat dengizidan va fayz olingan haqiqat dengizidan oʻttiz uch tomchidan iborat. Ularga qarasangiz, javobingizni olishingiz mumkin. Hozircha u dengizdan faqat bir qatraning sizib chiqqan zarralariga ishorat qilamiz:

Masalan: Bir moʻ'jizaviy kishi katta bir saroy qurishni istasa: Avvalo poydevorlarini, asoslarini muntazam hikmat bilan joylashtiradi, kelajakdagi natijalariga va maqsadlarga muvofiq tarzda tartibga soladi. Soʻng manzillarga, boʻlaklarga mahorat bilan ajratadi va qismlarga boʻladi. Soʻng u manzillarni toʻgrilab va tartibga soladi. Soʻng naqshlar bilan ziynatlaydi. Soʻng elektr chiroqlari bilan nurlantiradi. Soʻng muhtasham va ziynatli saroyda mahoratini, ehsonlarini yangilash uchun xar bir tabaqada yangi-yangi ijodlar, oʻzgartirishlar, aylantirishlar qiladi. Soʻng xar bir manzilda oʻz maqomiga bogʻlangan telefon bogʻlab alohida derazalar ochadi. Xar biridan uning maqomi koʻrinadi.

— 654 —

Aynan shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Sone'i Zuljalol, Hokimi Hakim, Adli Hakem kabi ming bir muqaddas Asmosi bilan nomlangan Fotiri Bemisol ushbu buyuk olami boʻlgan koinot saroyining va yaratilish daraxtini ijod qilishni iroda qildi. Olti kunda saroyning, shajaraning asoslarini hikmat dasturlari va azaliy ilmi qonunlari bilan joylashtirdi. Soʻng yuksak va past tabaqalarga va shoxlarga ayirib, qazo va qadar dasturlari bilan boʻlimlarga ayirdi va tasvirladi. Soʻng xar maxluqlarning xar toifasini va xar tabaqasini sanʻat vca tartib dasturi bilan toʻgʻriladi. Soʻng hamma narsani, xar bir olamni unga loyiq tarzda, masalan samoni yulduzlar bilan, zaminni gullar bilan ziynatlaganidek, bezab ziynatladi. Soʻng qamrovli qonunlar va umumiy dasturlar maydonida Asmolarini tajalliy ettirib nurlantirdi. Soʻng bu umumiy qonunning tazyiqidan faryod qilganlarga Rahmoni Rahim Ismlarini xususiy suratda yordam berdirdi.

Demak, qamrovli va umumiy dasturlar ichida xususiy ehsonlari, xususiy yordamlari, xususiy jilvalari borki: Hamma narsa, xar doim, xar bir hojati uchun undan yordam oladi, unga qaray oladi. Soʻng xar manzildan, xar tabaqadan, xar olamdan, xar toifadan, xar bir kishidan, hamma narsadan oʻzini koʻrsatadigan, ya'ni vujudini va birligini bildiradigan derazalar ochgan. Xar bir qalb ichida alohida telefon qoʻygan.

Endi bu sanoqsiz derazalardan, albatta haddimizdan oshib bahsga kirishmaymiz. Ularni Allohning keng ilmiga havola qilib, faqat Qur'on oyatining yogʻdulari boʻlgan oʻttiz uch derazani Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Oʻttiz Uchinchi Maktubining namozdan keyingi tasbehotning muborakiga oʻttiz uch adadiga muvofiq boʻlishi uchun oʻttiz uch derazaga qisqacha va muxtasar suratda ishorat qilib, izohini boshqa Soʻzlarga havola qilamiz.

— 655 —

Birinchi Deraza

Butun ashyolar, xususan hayot egalarining juda koʻp turdagi ehtiyojlaari va juda koʻp hilda orzulari borligini koʻz bilan koʻryapmiz. Ularga Istaklari, hojatlari kutmagan, bilmagan va qoʻli yetmagan joydan munosib va loyiq vaqtda berilyapti, yordamga keltirilyapti. Xolbuki muhtojlarning kuchi sanoqsiz istaklarining eng kichigiga ham yetmaydi, qoʻli ulashmaydi. Sen oʻzingga nazar sol: Zohiriy va botiniy tuygʻularing, ularga kerakli narsalar kabi qoʻling yetmagan ko'plab ashyolarga muhtojsan. Butun jonzotlarni oʻzingga qiyos qil. Ularning barchasi alohida-alohida Vujudi Vojibga guvohlik va yakkaligiga ishorat qilgani kabi, umumiy sinfi bilan, quyoshning ziyosi quyoshni koʻrsatgani kabi, u hol va bu vaziyat, gʻayb pardasi orqasida aqlga oʻta Karim, Rahim, Murabbiy, Mudabbir unvonlari ichida bir Vojibul Vujudni, Vohidi Ahadni koʻrsatadi.

Endi ey bilimsiz inkorchi va ey gʻofil gunohkor! Ushbu Shafqat va marhamat bilan, koʻrib, bilib qilingan hikmatli ishlarni nima bilan izohlay olasan? Kar tabiat bilanmi, koʻr kuch bilanmi, tentak tasodif bilanmi, ojiz jonsiz sabablar bilan izoh qilasanmi?

Ikkinchi Deraza

Ashyolarning borligi va xosliklari cheksiz imkon yoʻllari ichida qarorsiz, soshib qolgan, shaklsiz suratda turgan vaqti, birdaniga oʻta intizomli, hikmatli aniqlanish shakli beriladi. Masalan xar bir insonning yuzida butun inson sinfining xar biriga nisbatan ajratib turadigan belgisi borligi, tashqi va ichki tuygʻulari bilan mukammal hikmat bilan jihozlanadi. Bu esa yuzning oʻta porloq ahadiyat-yakalik tamgʻasi ekanini isbotlaydi. Xar bir yuz yuzlab jihatdan bir Sone'i Hakimning borligiga guvohlik va vahdati-yagonaligiga ishorat qilganidek, barcha yuzlar izhor qilgan tamgʻaning, aql koʻziga butun ashyolarning Xoliqiga maxsus muxr ekanini koʻrsatadi.

Ey inkorchi! Hech bir jihatdan taqlid qilib boʻlmaydi. Bu tamgʻalarni va umumidagi porloq Samadiyat tamgʻasini qaysi dastgoh qildi deysan?

— 656 —

Uchinchi Deraza

Zamin yuzida toʻrt yuz ming turdagi toifadan {(Hoshiya) Hatto u toifalarning bir qismi borki, bir yildagi sanogʻi Odam a.s. davridan qiyomatgacha vujudga keladigan butun inson sanogʻidan koʻp.} iborat butun hayvonot va nabotot sinflari qoʻshini, turli tuman ozuqasi, surati, quroli, libosi, taʻlimi, ishdan boʻshashi mukammal mezon va intizom bilan, hech narsa unutilmasdan, hech birini adashtirmaydigan bir suratda boshqarish va tarbiya qilish shunday tamgʻaki, hech qanday shubha qabul qilmaydigan, quyosh kabi porloq Vohidi Ahadning tamgʻasidir.

Cheksiz qudrat, bepoyon ilm va nihoyatsiz hikmat Sohibidan boshqa ushbu cheksiz darajada gʻaroyib boshqaruvga qoʻshilishga kimning haddi sigʻadi. Chunki kim bir-biri ichida aralashgan sinflar, millatlarning barchasini birdan boshqara va tarbiyalay olmasa, ulardan biriga qoʻshilsa, albatta chalkashtiradi. Xolbuki, فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ning sirriga asosan, hech qanday chalkashlik belgisi yoʻq. Demak, hech kimning qoʻli aralasha olmaydi.

Toʻrtinchi Deraza

Iste'dod tili bilan butun urugʻlar tomonidan, tabiiy ehtiyoj tili bilan butun hayvonlar tarafidan va chorasizlik va majburlik tili bilan butun chorasiz qolganlar tomonidan qilingan duolarning qabul qilinishidir.

Ushbu cheksiz duolarning qabul boʻlgani va ijobatini kuzatiladi. Ularning xar biri Allohning borligining vojibligi va vahdat-birligiga shahodat va ishorat qilgani kabi, barchasi katta miqyosda bir Xoliqi Rahim, Karim va Mujibga ochiq oydin dalolat qiladi va qaratadi.

Beshinchi Deraza

Ashyolar, xususan hayot egalari birdan, oniy vaqtda vujudga keladi. Oddiy moddadan birdan va oniy suratda chiqqan narsalar oʻta oddiy, shaklsiz, san'atsiz boʻlishi kerak. Lekin koʻp mahoratga muhtoj goʻzal san'atda, uzoq vaqt kerak boʻladigan ahamiyatli naqshlar bilan bezalgan, koʻp jihozlarga muhtoj ajib san'atlar bilan ziynatlangan, koʻp moddalarga muhtoj suratda yaratilyapti.

Birdan va oniy ushbu gʻaroyib san'at va goʻzal hay'at har biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik qiladi. Allohning rububiyatidagi birligiga ishorat qiladi. Ularning barchasi oʻta porloq bir tarzda nihoyatsiz Qodir, nihoyatsiz Hakim boʻlgan Vojibul Vujudni koʻrsatadi.

— 657 —

Endi ey tentak inkorchi! Qani buni nima bilan izohlaysan! Oʻzing kabi tentak, ojiz, johil tabiat bilanmi? Yoki cheksiz daraja xato qilib, Muqaddas Sone'ga "Tabiat" nomini berib, uning qudratinign moʻ'jizalarini shu nom bahonasida tabiat yaratdi deb, ming daraja imkonsiz narsani birdan qilishni istaysanmi?

Oltinchi Deraza

اِنَّ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّت۪ى تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَٓا اَنْزَلَ اللّٰهُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ مَٓاءٍ فَاَحْيَا بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ ف۪يهَا مِنْ كُلِّ دَٓابَّةٍ وَتَصْر۪يفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَٓاءِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Bu oyat Alllohning borligining vojibligi va Vahdat-yakkaligini koʻrsatgani kabi, bir Ismi A'zamni koʻrsatgan oʻta ulkan derazadir.

Oyatning xulosasining xulosasi shuki: Koinotning yuksak va past tabaqalaridagi butun olamlar turli til bilan yagona natijani, ya'ni yagona Sone'i Hakimning rububiyatini koʻrsatadi.

Osmonda (hatto astronomiyaga asosan) oʻta buyuk natijalar uchun oʻta intizomli harakatlar bir Qodiri Zuljalolning borligini, vahdati-yakkaligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi. Xuddi shuning kabi, zaminda (joʻgʻrofiyaning guvohligi va iqrori asosida) juda katta foydalar uchun, mavsumlardagi kabi oʻta intizomli oʻzgarishlar ham, xuddi oʻsha Qodiri Zuljalolning borligining vojibligini, vahdati-yakkalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Quruqlik va suvda mukammal rahmat bilan rizqlari berilgan, kamoli hikmat bilan turli hil shakllar kiydirilgan va mukammal rububiyat bilan, turli-tuman tuygʻular bilan jihozlangan butun hayvonlar alohida-alohida Qodiri Zuljalolning borligiga yana guvohlik qilish, yakkaligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, umumiy sinfi bilan oʻta keng miqyosda Uluhiyatining azamati va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab: Bogʻlardagi intizomli nabotot, nabotot koʻrsatgan ziynatli gullar, gullar koʻrsatgan oʻlchovli mevalar, mevalar koʻrsatgan ziynatli naqshlar, alohida-alohida yana Sone'i Hakimning borligiga guvohlik qiladi va vahdati-birligiga ishorat qilib, barchasi gʻoyat koʻz qamashtiradigan suratda Jamoli rahmatini va Kamoli rububiyatini koʻrsatadi.

— 658 —

Osmondagi bulutlardan muhim hikmatlar, maqsadlar, kerakli foydalar va samaralar uchun vazifa yuklangan va yuborilgan tomchilar, tomchilar sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, irligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shuning kabi, zamindagi butun togʻlarning va ularning ichidagi ma'danlarning turli tuman xususiyatlari bilan birga boshqa-boshqa manfaatlar uchun tayyorlangan va yigʻish, togʻ matonatidagi kuch bilan yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Sahro va togʻlardagi kichik-kichik tepaliklarning turli-tuman intizomli gullar bilan bezanishlari, xar biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, barchasi saltanatining hashamatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shuning kabi, oʻt-oʻlan va daraxtlardagi butun yaproqlarning turli-tuman oʻlchovli shakllari, turli tuman holatlari va tortuvchi tartibli harakatlari yaproqlar sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Yana butun oʻsadigan jiamlarning oʻsish vaqti intizomli harakatlari, turli-tuman jihozlar bilan bezatilishi, rango rang mevalarga ongi bordek yoʻnalishi, xar biri alohida alohida yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Sinfi bilan bilan oʻtvjuatta miqyosda qamrovli qudratini, hikmatining qurshovini, san'atining goʻzalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab, barcha hayvoniy jasadlarda mukammal hikmat bilan nafslarini, ruhlarini joylashtirish, turli-tuman jihozlarni kamoli intizom bilan qurollantirish, farqli xizmatlarga mukammal hikmat bilan yuborish - hayvonot adadicha, balki jihozlari sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik va ishorat qilganlari kabi, sinfi bilan oʻta porloq suratdagi rahmatining chiroyi va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Barcha qalblarga, inson boʻlsa xar turdagi ulum va haqiqatlarni bildirgan, hayvon boʻlsa xar hil ehtiyojini qoʻlga kiritishni oʻrgatgan butun gʻaybiy ilhomlar bir Robbi Rahimning borligini his ettiradi va rububiyatiga ishorat qiladi. Shunga oʻxshab, koʻzga koinot boʻstonidagi ma'naviy gullarni toʻplagan koʻz nuri kabi barcha zohiriy va botiniy tuygʻularning ayri ayri olamlarga xar birining alohida kalit boʻlishi yana Sone'i Hakim, Fotiri Alim, Xoliqi Rahim, Razzoqi Karimning borligining vojibligini, birligi-vahdati, ahadiyati-yagonaligini va mukammal rububiyatini quyosh kabi koʻrsatadi.

Yuqorida oʻtgan oʻn ikki turdagi farqli derazalardan oʻn ikki jihatdan bitta katta deraza ochiladi. Oʻn ikki rangli haqiqat ziyosi bilan Janobi Haqning yakkaligi-ahadiyatini, yagonaligi-vahdoniyatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

— 659 —

Mana ey badbaxt inkorchi! Ushbu yer doirasichalik, balki yillik doirasi qadar keng boʻlgan bu derazani nima bilan berkita olasan? Quyoshdek porloq nur ma'danini nima bilan soʻndira olasan va qaysi gʻaflat pardasida yashira olasan?

Yettinchi Deraza

Koinotda sochilgan borliqlarning benuqson intizomi, mukammal oʻlchovi, toʻkis ziynatlari, ijod qilinishining osonligi, bir-biriga oʻxshashlari, yagona tabiat izhor etishlari bir Sone'-i Hakimning borligining vojibligini, mukammal qudratini va birligi-vahdatini oʻta keng miqyosda koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab,

jonsiz va oddiy unsurlardan sanoqsiz, turli tuman, intizom bilan tarkib topgan narsalarning ijod qilinishi ularning adadicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga,

butun sinfi bilan oʻta porloq tarzda kamoli qudratini va vahdatini koʻrsatadi,

shuning kabi mavjudotning tarkib topishi deb ta'bir etilgan va ajralish vaqtidagi yangilanishida qorishiq va aralashish boʻlib yuksak tanlanish va ajratilish bilan,

masalan, tuproqdagi urugʻlar va ildizlarning juda chalkash boʻlsada umuman adashmasdan, bir suratda unib chiqishlarini, ularni ajratish, ayirish,

daraxtlarga kirgan aralash moddalarni barg, gul va mevalarga ajratish,

badan hujayralariga aralashgan ozuqa moddalarni mukammal hikmat va kamoli mezon bilan ayirish yana Hakimi Mutlaq, Alimi Mutlaq va Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini, mukammal qudratini va vahdatini koʻrsatgani kabi,

zarralar olamini cheksiz va keng dala qilib, xar daqiqada kamoli hikmat bilan ekib-bichib, yangi-yangi koinotlar mahsulotini olish,

jonsiz, ojiz, johil boʻlgan zarralarga oʻta shuur bilan, yuksak hikmat bilan, toʻliq juch va iqtidor bilan sanoqsiz intizomli vazifalarni bajartirish yana Qodiri Zuljalolning va Sone'i Zulkamolning borligining vojibligini, mukammal qudratini, rububiyatining buyukligini, vahdatini va kamoli rububiyatini koʻrsatadi.

Bu toʻrt yoʻl orqali ma'rifatullohga ulkan deraza ochiladi. Sone'i Hakimni ulkan miqyosda aqlga koʻrsatadi.

Endi ey badbaxt gʻofil! Shunda ham Uni koʻrishni va tanishni istamasang, aqlingni chiqarib ot, hayvon boʻl, qutul!

— 660 —

Sakkizinchi Deraza

Bashariyatdagi butun nuroniy ruh sohiblari boʻlgan Anbiyolar alayhimussalom ochiq va oshkor moʻ'jizalariga tayanib, butun nurli qalb qutblari boʻlgan avliyolar kashf va karomatlariga tayanib, hamma bilimli aql sohiblari boʻlgan asfiyolar izlanishlariga tayanib yakka Vohidi Ahad, Vojib-ul Vujud, Xoliqi Kulli Shayning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga va mukammal rububiyatiga guvohlik qilishlari juda buyuk va nuroniy derazadir. Bardavom oʻsha rububiyat maqomini koʻrsatmoqda ham.

Ey bechora inkorchi! Kimga ishonib, bularni tinglamayapsan? Yoki kunduzi koʻzingni yumib dunyoni tun boʻldi deb oʻylayapsanmi?

Toʻqqizinchi Deraza

Koinotdagi barcha borliqlarning qilgan ibodatlari bir Ma'budi Mutlaqni ochiq oydin koʻrsatadi. Ha,

ruhlar olami va maʻno olamiga ketgan, ruhoniy borliqlar va farishtalar bilan koʻrishgan zotlarning shahodatlari bilan isbotlangan barcha ruhoniy borliqlar va farishtalarning mukammal shakldagi qulliklari,

butun hayot egalarining kamoli intizom bilan qullik qilib vazifalar bajarishi,

unsurlar kabi butun jonsiz narsalarning mukammal itoat bilan qullik xizmatlari bir Ma'budi Bilhaqning borligining vojibligi va birligi-vahdatini koʻrsatgani kabi,

xar bir toifasi ijmo' va tavotur kuchiga ega barcha oriflarning haqiqiy ma'rifatlari,

butun shukr qiluvchilar toifasining samarador shukrlari,

butun zikr qiluvchilarning fayzli zikrlari,

butun hamd aytuvchilarning ne'matni orttirgan hamdlari,

Allohning birligiga ishonganlarning barchasining burhonli tavhidlari va tavsiflari,

barcha Allohni sevganlarning haqiqiy muhabbat va ishqlari,

butun muridlarning sodiq iroda va ragʻbatlari,

butun tavba qilganlarning jiddiy talab va tavbalari yana Ma'ruf, Mazkur, Mashkur, Mahmud, Vohid, Mahbub, Margʻub, Maqsud boʻlgan Ma'budi Azaliyning borligining vojibligini, mukammal rububiyatini va vahdatini koʻrsatgani kabi,

komil insonlarnining barcha maqbul ibodatlarning va oʻsha maqbul ibodatlarning natijasidan hosil boʻlgan fayzlar va munojatlar, kuzatuvlar va kashflar yana Mavjudi Lamyazal va Ma'budi Loyazalning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Vahdoniyatga bu uch jihatdan ulkan ziyoli deraza ochiladi.

— 661 —

Oʻninchi Deraza

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِه۪ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْاَنْهَارَ وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَٓائِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَاٰتٰيكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللّٰهِ لَا تُحْصُوهَا

Koinotdagi mavjudotning bir-biriga yordamlashishi, ehtiyojlariga javob berishi, birdamligi koʻrsatadiki, barcha maxluqot bitta Murabbiyning tarbiyasidadir. Yagona Mudabbirning boshqaruvidadir. Yakka Mutasarrifning amri ostidadir. Bir Sayyidning xizmatkoridir.

Chunki zamindagi hayot egalariga hayot uchun kerakli narsalarni Rabboniy buyruq bilan pishirgan Quyoshdan, taqvimchilik qilgan oydan to ziyo, havo, suv, ozuqaning hayot egalalriga yordam berishiga, nabototning hayvonotga yordam berishiga, hayvonot esa insonlarga yordam berishiga hatto badandagi aʻzolarning bir-biriga yordam berishiga, hatto ozuqa zarralarining badan hujayralariga yordam beishigacha joriy boʻlgan yordamlashish dasturi bilan jonsiz va shuursiz mavjudoti turlari karam qonuni, Shafqat qoidasi, rahmat dasturi ostida oʻta hikmat bilan, karam bilan bir-biriga yordam berish, bir-birining hojati sadosiga javob berish, bir-birini quvvatlash, albatta ochiq oydin bitta, yakto Vohidi Ahad, Fardi Samad, Qodiri Mutlaq, Alimi Mutlaq, Rahimi Mutlaq, Karimi Mutlaq bir Zoti Vojibul Vujudning xizmatkorlari va xodimlari va sanʻat asarlari ekanini koʻrsatadi.

Mana ey bechora xonavayron falsafiy! Bu muazzam derazaga nima deysan? Sening tasodifing bunga aralasha oladimi?

Oʻn Birinchi Deraza

اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ
— 662 —

Butun ruhlar va qalblarning zalolatdan kelib chiqqan muammolar, chalkashlik va iztiroblardan kelib chiqqan ma'naviy azobdan qutulishlari, bitta Xoliqni tanish orqali boʻladi. Butun mavjudotni birgina Sone'dan deb bilish orqali najot topadilar. Birgina Allohning zikri bilan hotirjam boʻladilar.

Chunki sanoqsiz mavjudot bitta zotdan deb bilinmasa (Yigirma Ikkinchi Soʻzda qat'iy isbot qilingani kabi), xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak boʻladi. Keyin bir narsaning borligi umum mavjudot qadar qiyin boʻladi. Chunki Allohdan deb bilsa, cheksiz ashyolarni bir zotga beradi. Undan deb bilmasa, xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak boʻladi. U vaqt bir meva, koinotchalik qiyinchilik paydo qiladi, balki yanada qiyinroq boʻladi. Chunki, bir askar yuzta odamning boshqaruviga berilsa, yuz qiyinchilik boʻladi. Yuzta askar bir zobitning boshqaruviga berilsa, bir askar hisobida oson boʻladi. Shunga oʻxshab, koʻp turdagi sabablarning bir narsani ijod qilishda birlashishi yuz daraja qiyin boʻladi. Juda koʻp ashyolarning yaratilishi bir zotga berilsa, yuz daraja oson boʻladi.

Demak, inson mohiyatidagi qiziquvchanlik va haqiqatni qidirish sababli cheksiz iztirobdan qutqaradigan narsa faqat Xoliq tavhidi va Allohning ma'rifatidir. Modomiki kufrda va shirkda cheksiz qiyinchilik va iztiroblar bor. Albatta u yoʻl imkonsiz, haqiqati yoʻq. Modomiki tavhidda mavjudotning yaratilishidagi osonlikka, koʻplikka va goʻzal san'atga muvofiq boʻlib cheksiz qulaylik va osonlik bor. Albatta bu yoʻl vojibdir, haqiqatdir.

Mana ey badbaxt zalolat ahli! Qara, zalolat yoʻli naqadar zim-ziyo va azobli! Seni u yoʻlda yurishga nima majbur qilyapti? Iymon va tavhid yoʻli naqadar oson va safoli. U yerga kir, qutul!

Oʻn Ikkinchi Deraza

سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْاَعْلٰى ٭ اَلَّذ۪ى خَلَقَ فَسَوّٰى ٭ وَالَّذ۪ى قَدَّرَ فَهَدٰى

oyatining sirriga koʻra butun ashyolarda, xususan hayotga ega sanʻat asarlarida hikmatli qolipdan chiqqandek, hamma narsaga surat, oʻlchangan miqdorda hikmat bilan berilgani, bu surat va u miqdorda maqsadlar va foydalar uchun egri-bugri chegaralar boʻlishi, hayot muddatida oʻzgartirgan libos suratlari va miqdorlari, yana hikmatlarga, manfaatlarga muvofiq tarzda hayot dasturidan tarkib topgan ma'naviy va intizomli surati, miqdor boʻlishi, ochiqdan ochiq koʻrsatadiki: Bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning qadar doirasida suratlari va shakllari tartiblangan, qudratning dastgohida vujudlari berilgan hadsiz sanʻat asarlari, U zotning borligining vojibligiga dalolat qiladi, birligi-vahdatiga va mukammal qudratiga cheksiz tillar bilan shahodat qiladi.

Sen oʻz jismingga, a'zolaringga va ulardagi egri-bugri joylarning mevalariga va foydalariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni koʻr.

— 663 —

Oʻn Uchinchi Deraza

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ oyatining sirriga koʻra, hamma narsa maxsusi tili bilan Xoliqini yod etadi, poklaydi. Ha, mavjudotning holat va gapirish tili bilan qilgan tasbehlari bitta Zoti Muqaddasning borligini koʻrsatadi. Fitratning guvohligi rad qilinmaydi. Holatining dalolati esa, xususan koʻp jihatlar bilan kelsa, shubha keltirmaydi. Qara, cheksiz fitriy shahodatni ichiga olgan, nihoyatsiz tarzlarda holat tili bilan dalolat qilgan, ich-ichida joylashgan doiralar kabi bitta markazga qaragan mavjudotning tartibli suratlarining xar biri bittadan tildir.

Oʻlchovli shakllarining xar biri alohida guvohlik tilidir. Mukammal hayotlarining xar biri alohida tasbeh tili boʻlib, Yigirma Toʻrtinchi Soʻzda qat'iy isbot qilingani kabi, butun tillar bilan zohiriy suratda tasbehlari, tahiyyotlari va yagona muqaddas Zotga shahodat qilishlari, ziyo quyoshni koʻrsatgani kabi, bir Zoti Vojibul Vujudni koʻrsatadi. Va kamoli uluhiyatiga dalolat qiladi.

Oʻn Toʻrtinchi Deraza

قُلْ مَنْ بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭ اِنَّ رَبّ۪ى عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ حَف۪يظٌ

oyatlarining siriga koʻra, hamma narsa xar bir narsasida va xar ishida yagona Xoliqi Zuljalolga muhtoj. Ha, koinotdagi mavjudotga qaraganda koʻramizki: Mtlaq zaifligi ichida mutlaq quvvati koʻrinadi. Mutlaq ojizligi ichida mutlaq qudratning belgilari koʻrinyapti. Masalan, osimliklar urugʻlari va ildizlaridagi hayot tugunining uygʻonishi payti koʻrsatgan gʻaroyib holatlari kabi. Yana mutlaq faqirlik va quruqlik ichida mutlaq boylik yuzaga chiqadi, qishdagi tuproq va daraxtlarning faqir holatlari, bahorda koʻz qamashtiradigan boylik va sarvati kabi. Mutlaq jonsizlik ichida mutlaq hayotning alomatlari koʻrinyapti, jonsiz unsurlarning jonli moddalarga aylanishi kabi.

Mutlaq bilimsizlik ichida qamrovli shuurning belgilari koʻrinyapti. Zarralardan yulduzlargacha hamma narsaning harakatlarida olamga nizomiga, hayotga oid foydalar va hikmat maqsadlariga muvofiq tarzda harakat qilishlari va shuurli vaziyatlari kabi.

— 664 —

Bu ojizlik ichidagi qudrat, zaiflik ichidagi quvvat, faqirlik ichidagi sarvat va boylik, jonsizlik va johillik ichidagi hayot va shuur ochiq va zarurliy shaklda bir Qodiri Mutlaqni, Qaviyi Mutlaq va Gʻaniyyi Mutlaqni, Alimi Mutlaq va Hayyi Qayyum boʻlgan zotning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga qarata hamma tarafdan derazalar ochadi. Butun sinfi bilan buyuk miqyosda nuroniy yoʻlni koʻrsatadi.

Mana ey tabiat botqoqligiga tushgan gʻofil! Agar tabiatni tashlab qudrati Ilohiyani tanimasang, hamma narsada xar bir narsaga, hatto xar bir zarraga cheksiz quvvat va qudrat, nihoyatsiz hikmat va mahorat, balki aksar ashyolarni koʻradigan, biladigan, boshqaradigan iqtidor borligini qabul qilishing kerak boʻladi.

Oʻn Beshinchi Deraza

اَلَّذ۪ٓى اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ

oyatining sirriga koʻra, hamma narsaning qobiliyatining mohiyatiga koʻra mukammal mezon va intizom bilan bichilib, goʻzal san'at bilan tartiblanib, eng qisqa yoʻlda, eng goʻzal suratda, eng yengil tarzda, qoʻllash jihatidan eng oson shaklda (masalan qushlarning koʻylaklariga va xar doim patlarini osonlik bilan oʻynatishlariga va ishlatishiga qara) isrofsiz, hikmatli tarzda vujud berish, surat kiydirish ashyolar sanogʻicha tillar bilan bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga shahodat qiladi va Qodiri Alimi Mutlaqqa ishorat qiladi.

Oʻn Oltinchi Deraza

Roʻyi zaminda mavsum-bamavsum yangilangan maxluqotning ijod qilinishi va boshqaruvidagi tartib va intizom, ochiq oydin umumiy hikmatni koʻrsatadi. Sifat vasf qilingan narsasiz boʻlmaganidek, albatta umumiy hikmat, zarurat darajasida bir Hikmatli zotni koʻrsatadi. Hikmat pardasi ichida gʻaroyib bezalish, ochiq oydin toʻliq inoyatni koʻrsatadi. Toʻliq inoyat zarurat darajasida inoyatkor bir Xoliqi Karimni koʻrsatadi. Barcha foyda, hikmat va manfaatlar manbaʻi boʻlgan inoyat pardasida barchani qamragan bir lutf va ehsonlar ochiq ravshan keng rahmatni koʻrsatadi. Keng rahmat esa, zarurat darajasida bir Rahmoni Rahimni koʻrsatadi. Rahmat pardasi ustida butun rizqqa muhtoj jonzotlarning loyiq va mukammal bir tarzda ozuqa va rizqlari, ochiq oydin tarbiya qiladigan Razzoqiyat va shafqatli rububiyatni koʻrsatadi. Tarbiya va boshqaruv zarurat darajasida bir Razzoqi Karimni koʻrsatadi.

— 665 —

Zaminning yuzida mukammal hikmat bilan tarbiya qilingan, kamoli inoyat bilan ziynatlangan va toʻliq rahmat bilan lutf qilingan, kamoli shafqat bilan oziqlantirilgan butun maxluqot alohida-alohida bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Razzoqning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Butun yer yuzida boʻlgan, umumida koʻrilgan, ochiq ravshan maqsad va irodani koʻrsatgan umumiy hikmat, hikmatni oʻz ichiga olgan butun mavjudotni qamragan umumiy toʻliq inoyat, inoyat va hikmatni ichiga olgan va butun yer yuzi mavjudotini qamragan keng rahmat, rahmat, hikmat va inoyatni ham ichiga olgan barcha jonzotlarni qamragan va oʻta karamli rizq va umumiy oziqlantirishga birdan nazarga sol, koʻr.

Yeti ziyoni tashkil etadi. Yer yuzini nurlantirgan ziyo, shubhasiz quyoshni koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, hikmat ichidagi inoyat, inoyat ichidagi rahmat, rahmat ichidagi rizq bilan oziqlanish yuksak darjada Hakim, Karim, Rahim, Razzoq boʻlgan Vojibul Vujudning birligi-vahdatini va mukamma rububiyatini ulkan miqyosda, yuksak darajada, porloq suratda koʻrsatadi.

Mana ey tentak gʻofil inkorchi! Koʻz oʻngingdagi ushbu hikmatli, karamli, mehribon, rizq berib tarbiyani va bu ajib, gʻaroyib va moʻ'jizaviy holatni nima bilan izohlay olasan? Sen kabi bebosh tasodif bilanmi? Qalbing kabi koʻr kuch bilanmi? Boshing kabi garang tabiat bilanmi? Sendek ojiz, jonsiz, johil sabablar bilanmi? Yoʻqsa cheksiz darajada muqaddas, pok va yuksak, yuksak va benihoyat Qodir, Alim, Sami', Basir boʻlgan Zoti Zuljalolni nihoyatsiz darajada ojiz, johil, kar, koʻr, mumkin, miskin boʻlgan "tabiat" deb nomlab cheksiz xato qilishni istaysanmi? Ushbu quyoshdek porloq haqiqatni qaysi kuch bilan soʻndira olasan? Qaysi gʻaflat pardasi ostida yashira olasan?

Oʻn Yettinchi Deraza

اِنَّ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِلْمُؤْمِن۪ينَ

Zamin yuzini yozda tomosha qilib, koʻryapmizki, ashyolarni ijod qilishda qorishiqlikni taqozo qiladigan va intizomning buzilishiga sabab boʻladigan cheksiz saxovat va bir mutlaq boylik, yuksak darajada tartib va intizom ichida koʻrinmoqda. Ana, zamin yuzini ziynatlab turgan butun nabototni koʻr!

Oʻllchovni buzadigan va qoʻpollikni taqozo qiladigan ahyolarni ijod qilishda mutlaq tezlik ham mukammal oʻlchov va muvozanat ichida ekani kuzatilmoqda. Ana, zamin yuzini bezab turgan butun mevalarga qara!

Yana, ahamiyatsiz qolish, balki xunuklikni taqozo qiladigan mutlaq koʻplik ham mukammal husni san'at ichida koʻrinmoqda. Yer yuzini bezab turgan barcha gullarga qara!

Yana, san'atsizlik, oddiylikni taqozo qiladigan ashyolarni ijod qilishda mutlaq qulaylik ham yuksak darajada san'atkorlik, mahorat va e'tibor bilan ishlangani koʻrinmoqda. Yer yuzidagi daraxt va nabotot jihozotining sandiqchalari, dasturlari va hayot yoʻllarining qutichalari hisoblangan barcha danaklarga, urugʻlarga diqqat bilan qara!

Yana, ixtilof va ayriliqni taqozo qiladigan uzoqlik va mutlaq olislik mutlaq birlashgani koʻrinmoqda. Yer yuzining toʻrt tomoniga ekilgan xar hil urugʻlarga qara!

— 666 —

Yana, qorishiqlikni va chalkashlikni taqozo qiladigan oʻta aralash quralash boʻlishi kerak. Lekin aksincha mukammal tanlov va ajratilish kuzatilmoqda. Yer ostiga aralash holda tashlangan va modda jihatida bir-biriga oʻxshagan urugʻlarning unib chiqayotganda mukammal tanlanishlari, daraxtlarga kirayotgan turli hil moddalarning barg, gul va mevalarga mukammal tanlov bilan ajratilishi, oshqozonga kirayotgan aralash-quralash ovqatlarning turli hil a'zo va hujayralarga mukammal tanlov bilan ajralishlariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni koʻr!

Yana, ahamiyatsiz va qiymatsiz qolishni taqozo qiladigan oʻta qorishiqlik va yuksak darajada arzonlik, yer yuzida mavjudot jihatidan, san'at jihatidan oʻta qiymatli va qimmat holatda koʻrinmoqda. Ana, oʻsha hadsiz ajoyib san'atlar ichida yer yuzining Rahmoniy dasturxonida faqatgina qudratning shakarporalari boʻlgan tutlarning tirlariga qara! Kamoli san'at ichida mukammal rahmatni koʻr!

Butun roʻyi zaminda oʻta qiymatdorlik bilan birga cheksiz arzonlik,

cheksiz arzonlik ichida hadsiz aralash va qorishiqlik bilan birga cheksiz tanlanish va ajratish,

cheksiz tanlanish va ajratish ichida oʻta uzoqlik bilan birga eng yuksak darajada muvofiqlik va oʻxshashlik,

eng yuksak darajada oʻxshashlik ichida juda osonlik va qulaylik bilan birga yuksak darajada e'tibor bilan bajarilish,

yuksak darajada chiroyli bajarilish ichida mutlaq tezlik va tezlik bilan birga yuksak darajada oʻlchovli, mezonli va isrofsizlik,

yuksak darajada isrofsizlik ichida oʻta koʻplik va koʻplik bilan birga yuksak darajada husni san'at,

yuksak darajada husni san'at ichida oʻta saxovat bilan birga mutlaq intizom - albatta kunduz yorugʻlikni, yorugʻlik quyoshni koʻrsatgani kabi bir Qodiyri Zuljalolning, Hakimi Zulkamolning, Rahimi Zuljamolning borligining vojibligiga, mukammal qudratiga, jamoli rububiyatiga va yagonaligi-vahdoniyatiga va yakkaligi-ahadiyatiga shahodat qilishadi. لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى haqiqatini koʻrsatadilar.

Endi, ey bechora johil, gʻofil, qaysar, inkorchi! Ushbu azim haqiqatni qanday tafsir qila olasan? Yuksak darajada moʻ'jiza va gʻaroyib xususiyatni qanday izoh qila olasan? Hadsiz darajada ajoyib san'atlarni nimaga nisbat bera olasan? Ushbu yer yuzi miqyosida keng derazaga qaysi gʻaflat pardasini tashlab, berkita olasan?

— 667 —

Sening tasodifing qayerda, tabiat degan va ishongan shuursiz yoʻldoshing, zalolatda tayangan joying va hamrohing qayerda? Bu ishlarga tasodifning aralashishi yuz daraja imkonsiz emasmi? Va shu gʻaroyib ishlarning mingdan birini tabiatga havola qilinishi ming daraja imkonsiz boʻlmaydimi? Yoki boʻlmasa, jonsiz, ojiz tabiatning, xar bir narsaning ichida, oʻsha narsadan qilingan narsalar sanogʻicha ma'naviy uskuna va matbaalari bormi?

Oʻn Sakkizinchi Deraza

اَوَلَمْ يَنْظُرُوا ف۪ى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

Yigirma Ikkinchi Soʻzda izohlangan ushbu misolga qara: Mukammal, intizomli, san'atli saroy kabi asar, ochiq oydin intizomli ishga dalolat qiladi. Ya'ni, bino duradgorlikka dalolat qiladi. Mukammal, intizomli ish, zarurat darajasida mukammal qiluvchiga va mohir ustaga, duradgorga dalolat qiladi. Mukammal usta va duradgor unvonlari, ochiq oydin mukammal sifatga, ya'ni san'at malakasiga dalolat qiladi. Mukammal sifat va mukammal sanʻat malakasi, ochiq ravshan mukammal iste'dodning vujudiga dalolat qiladi. Mukammal iste'dod esa, oliy ruh va ulugʻ zotning borligiga dalolat qiladi.

Shuning kabi, zamin yuzini, balki koinotni toʻldirgan yangilanayotgan asarlar, ochiq ravshan oʻta mukammal darajadagi ishni koʻrsatadi. Yuksak darajadagi intizom va hikmat doirasidagi ish, ochiq ravshan unvonlari va ismlari mukammal boʻlgan bir bajaruvchini koʻrsatadi. Chunki intizomli, hikmatli ishlar bajaruvchisiz boʻlmasligi qat'iyan ma'lum. Yuksak daraja mukammal unvonlar oʻsha bajaruvchining oʻta mukammal sifatlariga dalolat qiladi. Chunki sarf faniga asosan ismi foil (bajaruvchi) infinitiv-masdardan yasaladi. Shunga oʻxshab, unvonlarning va ismlarning masdarlari va manba'lari sifatlardir. Oʻta mukammal darajadagi sifatlar, shubhasiz oʻta mukammal zotiy xususiyatlarga dalolat qiladi. Zotidagi qobiliyat deb biz ta'bir qila olmagan mukammal zotiy xususiyatlar, tajriba orqali olingan aniqlikda cheksiz mukammal darajada boʻlgan bir zotga dalolat qiladi.

Butun olamdagi san'at asarlari va butun maxluqotlar, xar biri alohida mukammal asar boʻlgani sabab, xar biri bir ishga, ish esa ismga, ism esa vasfga, vasf esa xususiyatga, xususiyat esa zotga shahodat qilgani uchun, mavjudot sanogʻicha birgina Sone'i Zuljalolning borligining vojibligiga shahodat qiladi, yakkaligi-ahadiyatiga ishorat qilgani kabi, butun sinfi bilan, maxluqot silsilasi qadar kuchli tarzda ma'rifat me'roji hisoblanadi. Hech bir jihatda ichiga shubha kirmagan silsila holidagi haqiqat burhonidir.

— 668 —

Endi ey bechora gʻofil inkorchi! Koinot silsilasi qadar ushbu kuchli burhonni nima bilan sindira olasan? Mavjudot sanogʻicha haqiqatlarning shuʻlasini koʻrsatgan cheksiz tuynukli va panjarali derazani nima bilan berkita olasan? Qaysi gʻaflat pardasini ustiga torta olasan?

Oʻn Toʻqqizinchi Deraza

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

oyatining sirriga koʻra, Sone'i Zuljalol osmon jismlari shu qadar hikmatlar, ma'nolar taqqanki, goʻyo jalol va jamolini ifoda qilish uchun samovotni, quyoshlar, oylar, yulduzlar soʻzlari bilan bezagani kabi, osmondagi mavjudotga shunday hikmatlar, ma'nolar va maqsadlar taqqanki, goʻyo osmonni yashin, chaqmoq, momaqaldiroq, tomchilar soʻzlari bilan gapirtiradi. Mukammal hikmat va goʻzal rahmatini dars beradi. Zamin boshini hayvonot va nabotot deyilgan ma'noli kalimalari bilan gapirtirib, koinotga mukammal san'atini koʻrsatadi.

Shuning kabi, soʻzlari hisoblangan nabotlarni va daraxtlarni yaproqlar, gullar, mevalar kalimalari bilan gapirtirib, yana mukammal san'atini va rahmati jamolini e'lon qiladi. Xar biri bir soʻz boʻlgan gullar va mevalarni urugʻchalar kalimalari bilan gapirtirib, nozik san'atini va mukammal rububiyatini shuur sohiblariga ta'lim beradi. Ushbu sanoqsiz tasbeh kalimalari ichida faqat birgina boshoq va bitta gulning ifoda tarziga quloq solib tinglaymiz. Shahodat qilayotganini, bilamiz.

Ha, xar bir oʻsimlik, xar bir daraxt juda koʻp tillar bilan Sone'larini shunday koʻrsatadilarki, diqqat qilganlarni hayratlarda qoldiradi va qaraganlarga "Subhanalloh! Naqadar goʻzal guvohlik qilyapti!" dediradi.

Ha, xar bir oʻsimlikning gul ochgan payti va boshoq chiqarishi onida tabassum qilgan ma'naviy gapirishi hangomidagi tasbehlari oʻzlari kabi goʻzal va ochiq ravshan. Chunki xar bir gulning chiroyli ogʻzi bilan va intizomli boshoqning tili bilan, oʻlchovli danaklarning va intizomli urugʻlarning soʻzlari bilan hikmatni koʻrsatgan nizom, ilmni koʻrsatgan mezon ichida ekani kuzatilyapti. Mezon esa, mahoratli san'atini koʻrsatgan bir san'at naqshi ichida. Naqshinkor san'at lutf va karamni koʻrsatgan ziynat ichidadir. Ziynat esa rahmat va ehsonni koʻrsatgan latif hidlar ichidadir. Bir-biri ichidagi ma'noli holatlar shunday shahodat tiliki, ham Sone'i Zuljamolini Asmosi bilan ta'riflaydi, vasflari bilan tavsif etadi, Asmosining jilvasini tafsir qiladi, oʻzini sevdirish va tanitishini, ya'ni sevdirilishini va tanitilishini ifoda qiladi.

— 669 —

Mana, birgina guldan bunday guvohlikni eshitsang, ajabo, zamin yuzidagi Rabboniy bogʻlarda barcha gillarni tinglay olsang, qay daraja yuksak kuch bilan Sone'i Zuljalolning borligining vojibligini va birligi-vahdatini e'lon qilganlarini eshitsang, biror shubhang, vasvasang va gʻaflating qolishi mumkinmi? Agar qolsa, seni inson va shuur sohibi deyish mumkinmi?

Kel, endi bir daraxtga diqqat bilan qara! Bahorda barglarning intizom bilan chiqishi, gullarning oʻlchov bilan ochilishi, mevalarning hikmat va rahmat bilan oʻsishi va shoxlarning qoʻllarida, ma'sum bolalar kabi, shabada esganda oʻynashi ichidagi latif ogʻzini koʻr. Bir karam qoʻli bilan koʻkargan yaproqlarning tili bilan, bir lutfu karam sevinchi bilan tabassum qilgan gullarning tili bilan, rahmat jilvasi bilan kulgan mevalarning soʻzlari bilan ifodalagan hikmatli nizom ichidagi adolatli mezon, adolatni koʻrsatgan mezon ichidagi diqqatli san'atlar, naqshlar, mahoratli naqshlar va ziynatlar ichida rahmat va ehsonni koʻrsatgan turli tuman shirin taʻmlar, turli hil xushboʻy hidlar va mazali taʻmlar ichida alohida moʻ'jizaviy qudrat boʻlgan urugʻlar va danaklar, oʻta ochiq suratda bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Muhsin, Mun'im, Mujammil, Mufazzilning borligining vojibligini, birligi-vahdatini, rahmatining goʻzalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Agar butun roʻyi zamindagi daraxtlarning holat tilini birdan tinglay olsang,

يُسَبِّحُ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ

xazinasida naqadar goʻzal javohirlar borligini koʻrasan, anglaysan.

Mana ey nonkoʻrlik ichida oʻzini bebosh deb oʻylagan badbaxt gʻofil! Bu daraja cheksizz tillar bilan oʻzini senga tanitayotgan, bildirayotgan va sevdirayotgan bir Karimi Zuljamol, tanilishni istamasa, bu tillarni gapirtirmaslik kerak boʻladi. Modomiki mot qilinmas ekan, tinglash kerak boʻladi. Gʻaflat bilan qulogʻingni yopsang qutula olmaysan. Chunki sen qulogʻingni yopsang ham koinot sukut saqlamaydi, mavjudot jim turmaydi, vahdoniyat guvohlari jim boʻlmaydi. Albatta seni mahkum qiladi.

— 670 —

Yigirmanchi Deraza

{(Hoshiya) Ushbu Yigirmanchi Derazaning haqiqati bir kuni Arabiy suratda quyidagicah qalbga kelgan edi:

تَلَئلْاُ الضِّيَاءِ مِنْ تَنْو۪يرِكَ تَشْه۪يرِكَ ٭ تَمَوُّجُ الْاِعْصَارِ مِنْ تَصْر۪يفِكَ تَوْظ۪يفِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ سُلْطَانَكَ
تَفَجُّرُ الْاَنْهَارِ مِنْ تَدْخ۪يرِكَ تَسْخ۪يرِكَ٭ تَزَيُّنُ الْاَحْجَارِ مِنْ تَدْب۪يرِكَ تَصْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَبْدَعَ حِكْمَتَكَ
تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ تَزْي۪ينِكَ تَحْس۪ينِكَ ٭ تَبَرُّجُ الْاَثْمَارِ مِنْ اِنْعَامِكَ اِكْرَامِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَحْسَنَ صَنْعَتَكَ
تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ مِنْ اِنْطَاقِكَ اِرْفَاقِكَ ٭ تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ مِنْ اِنْزَالِكَ اِفْضَالِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَوْسَعَ رَحْمَتَكَ
تَحَرُّكُ الْاَقْمَارِ مِنْ تَقْد۪يرِكَ تَدْب۪يرِكَ تَدْو۪يرِكَ تَنْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَنْوَرَ بُرْهَانَكَ مَا اَبْهَرَ سُلْطَانَكَ

}

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ اَرْسَلْنَا الرِّيَاحَ لَوَاقِحَ فَاَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَسْقَيْنَاكُمُوهُ وَ مَٓا اَنْتُمْ لَهُ بِخَازِن۪ينَ ٭

Qismlar, natijalar va tafsilotda mukammal hikmat va goʻzal san'at koʻrinyapti. Shuning kabi, tasodifiy va chalkash deb oʻylangan umumkiy unsurlarning, ulkan maxluqotning zohiran chalkash holatlari ham hikmat va san'at bilan turishadi. Ziyoning porlashi, boshqa hikmatli xizmatlar koʻrsatadiki, yer yuzida Ilohiyani sanʻat asarlari Rabboniy izn bilan koʻrgazma va e'lon qilishdir.

— 671 —

Demak, bir Sone'i Hakim tomonidan ziyo ishlatilyapti. Olam bozori koʻrgazmalaridagi antiqa san'atlarini u orqali koʻrsatyapti. Endi shamollarga qara: Boshqa hikmatli, karamli foydalar va vazifalar shahodatiga koʻra, oʻta muhim va koʻp vazifalar bajarishyapti. Demak, esish bir Sone'i Hakim tomonidan vazifa yuklanish, xohlaganidek ishlatish va boshqarish, qoʻllanishdir. Esishi esa Rabboniy amrning tez bajarilishi uchun tezlik bilan ishlash hisoblanadi.

Chashmalarga, soylarga, irmoqlarga qara. Yerdan, togʻlardan qaynab chiqishi tasodifiy emas. Chunki ularga kerakli rahmat belgilari boʻlgan foydalar va samaralarning shahodati bilan, togʻlarda ehtiyoj oʻlchovi bilan yigʻilishining tili bilan, hikmat mezoni bilan yuborilishlari koʻrsatilyaptiki, bir Robbi Hakimning boʻysundirishi va yigʻishi bilan amalga oshyapti. Qaynab toshishi esa, uning amriga hayajon bilan buyruqqa boʻsunishidir.

Yerdagi barcha toshlar, javohirlar va ma'danlarning turlariga qara. Ularni bezash va manfaatli xususiyati bir Sone'i Hakimning bezashi, tartibi, tadbiri, tasviri bilan amalga oshayotganini, ularga tegishli hikmatli foydalari va hayotiy foydali narsalar, insonlar uchun kerakli narsalar va hayvonlarga oid ehtiyojlar muvofiq bir tarzda tayyorlanishi koʻrsatyapti.

Endi gullarga, mevalarga qara! Ularning kulimsirashi, ta'mlari, goʻzalliklari, naqshlari va hid taratishlari bir Sone'i Karimning, Mun'imi Rahimning dasturxonida alohida tartib, bittadan taklifnoma hisoblanib, turli rang, hid va ta'mlar bilan xar turga alohida tartib va taklifnoma sifatida berilgan.

Endi qushlarga qara! Ularning soʻzlashishi va chugʻurlashlari, hayrat beradigan tarzda bir-biriga ovozlar orqali hissiyotlarning ikki tarafli almashishi va maqsadini ifodalashi bir Sone'i Hakimning gapirtirishi va soʻzlatganiga qat'iy dalildir.

Endi bulutlarga qara! Yomgʻirning shivirlashi ma'nosiz ovoz emasligiga, chaqmoq bilan momaqaldiroq foydasiz shovqin solmaganiga qat'iy dalil shuki, xoli boʻshliqda ajoyib ishni ijod qilish, ulardan obi hayot hisoblangan tomchilarni sogʻish, zamin yuzidagi muhtoj va ishtiyoqli jonzotlarga emizishi shivirlash va shovqin oʻta ma'noli va hikmatli boʻlib, yomgʻir bir Robbi Karimning amri bilan ishtiyoqlilarga baqiradiki: "Sizlarga xushxabar, biz kelyapmiz!" degan ma'noni ifodalaydilar.

Endi osmonga qara! Osmonda cheksiz jismlardan faqat oyga e'tibor ber! U bir Qodiri Hakimning amri bilan harakatlanishi, unga tegishli yer yuziga oid muhim hikmatlari boʻlib, boshqa joyda bayon qilganimiz uchun xotima qilamiz.

— 672 —

Ziyodan oygacha biz sanab oʻtgan umumiy unsurlar oʻta keng tarzda va ulkan miqyosda bir deraza ochadi. Bir Vojibul Vujudning vahdatini, mukammal kamoli qudratini va saltanatining buyukligini koʻrsatadi, e'lon qiladi.

Mana ey gʻofil! Agar ushbu momaqaldiroqdek bu sadoni jim qila olsang va quyoshning nuri kabi porloq ziyoni soʻndira olsang, Allohni unut. Yoʻqsa esingni yigʻ!

سُبْحَانَ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ

degin.

Yigirma Birinchi Deraza

وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذٰلِكَ تَقْد۪يرُ الْعَز۪يزِ الْعَل۪يمِ

Koinotning chirogʻi boʻlgan quyosh, koinot Sone'ining borligiga va vahdoniyatiga quyoshdek porloq va nuroniy derazadir. Ha, quyosh tizimi deyilgan yerimiz bilan birga oʻn ikki sayyora, jussasi kattalik-kichiklik e'tibori bilan juda ham turlicha, joylashishi uzoqlik-yaqinlik nuqtasida juda ham farqli va tezkor harakatlari xar hil boʻlsada, mukammal intizom va hikmat bilan, kamoli mezon bilan va bir soniya ham adashmasdan harakatlanaishi, aylanishi va quyosh bilan tortishish qonuni deyilgan Ilohiy qonuni bilan bogʻlanishi, ya'ni imomlariga iqtidolari katta miqyosda Allohning azamatli qudratini va Rabboniy birlik-vahdoniyatini koʻrsatadi. Chunki jonsiz jussalarni, shuursiz ulkan toʻdalarni oʻta intizom va hikmat mezoni ichida turli shakllarda, farqli masofalarda, ayri harakatlarda aylantirish, ishlatish qay darajada qudrat va bir hikmatni isbotlaganini qiyos qil.

Bu ulkan va ogʻir ishga zarra miqdor tasodif qoʻshilsa, shunday portlash sodir boʻladiki, koinotni yoʻqotib yuboradi. Chunki bittasiga bir daqiqa tasodif toʻxtatsa, oʻz oʻqidan chiqishiga sabab boʻladi, boshqasi bilan toʻqnashishga yoʻl ochadi. Yer kurrasidan ming marta katta jismlar bilan toʻqnashish qay daraja dahshatli boʻlishini qiyoslashing mumkin.

— 673 —

Quyosh tizimining, ya'ni quyoshning xodimlari va mevalari boʻlgan oʻn ikki sayyoraning ajoyib narsalarini Allohning bepoyon ilmiga havola qilib, faqat koʻz oʻngimizdagi sayyoramiz boʻlgan yerga qaraymiz, koʻramizki: Sayyoramiz bir buyuk va hashamatli boshqaruv va tarbiyachilikni, Allohning saltanatining hashmatini, mukammal rahmatni va hikmatni koʻrsatadigan suratda Quyosh atrofida, Rabboniy amri bilan, (Uchinchi Maktubda bayon qilingani kabi) juda ulkan xizmat uchun unga uzun sayru-sayohat qildirilyapti. Bir Rabboniy kema boʻlib Allohning hayratga slogan sanʻat asarlari bilan toʻldirilgan va shuur sohibi boʻlgan Allohning qullariga sayr joyi kabi bir sayyor maskan vaziyati berilgan. Vaqt va hisobni bildiruvchi soat mili kabi oyga, nozik hisob bilan, azim hikmatlar bilan taqilgan va boshqa manzillarda boshqa sayru-sayohat berilgan.

Bu muborak sayyoramizning bu holatlari yer kurrasi quvvatidagi shahodat bilan bir Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini va vahdsati-birligini isbotlaydi. Modomiki sayyoramiz bunday ekan. Quyosh tizimini unga qiyoslashing mumkin. Quyoshga ham, oʻz oʻqi atrofid tortishish deyilgan ma'naviy iplarni kalavaga oʻrash uchun charxpalak va chigʻiriq hisoblangan quyoshni, bir Qodiri Zuljalolning amri bilan aylantirib, sayyoralarni ma'naviy iplar bilan bogʻlab tartibga solish, quyoshni butun sayyoralari bilan soniyada besh soatlik masofani bosib oʻtadigan tezlikda, bir taxminga koʻra "Harqul burji" tarafiga yoki Somonyoʻli tizimi markazidagi qora tuynuk tomon albatta azal va abad sultoni boʻlgan Zoti Zuljalolning qudrati bilan va amri bilan yoʻllaydi. Goʻyo rububiyatining hashamatini koʻrsatish uchun bu amrga tayyor askarlari hisoblangan quyosh tizimi qoʻshini bilan bir harakat qildiradi.

Ey astronom janob! Qaysi tasodif bu ishlarga aralasha oladi? Qaysi sabablarning qoʻli bunga yetisha oladi? Qaysi kuch bunga yaqinlasha oladi? Qani, sen ayt! Bunday Sultoni Zuljalol ojizligini koʻrsatib mulkiga boshqasini aralashtiradimi hech?! Xususan koinotning mevasi, natijasi, gʻoyasi, xulosasi boʻlgan hayot egalarini boshqa qoʻllarga beradimi? Boshqani mudohala ettiradimi? Xususan mevalarning eng jamlagani, natijalarning eng mukammali, zaminning xalifasi va Sultonga oyna musofiri boʻlgan insonlarni bebosh qoldiradimi? Ularni tabiatga va tasodifga havola qilib, saltanatining hashamatini yoʻqqa chiqaradimi, kamoli hikmatini sukut ettiradimi?

Yigirma Ikkinchi Deraza

اَلَمْ نَجْعَلِ الْاَرْضَ مِهَادًا ٭ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا ٭ وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجًا ٭
فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا
— 674 —

Yer kurrasi bir bosh boʻlib, yuz ming ogʻzi bor. Xar bir ogʻzida yuz ming tili bor. Xar tilida yuz ming burhoni borki. Xar biri koʻp jihatdan Vojibul Vujud, Vohidi Ahad, hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, muqaddas vasflariga va Asmo-i Husnasiga shahodat qiladilar. Ha, yerning yaratilishining boshlangʻichiga qaraymiz: Suyuq holga kelgan oquvchi moddadan tosh, toshdan tuproq yaratilgan. Suyuq qolsa edi, ustida turib boʻlmasdi. U suyuqlik tosh boʻlgandan soʻng temir kabi qattiq boʻlsa edi, foydalaniladigan boʻlmasdi. Albatta bunga bu vaziyatni bergan, yerning sakanalarining hojatlarini koʻrgan bir Sone'i Hakimning hikmatidir. Soʻng tuproq tabaqasi ustiga, ostidagi ichki oʻzgarishlar natijasidagi zilzilalar togʻlar orqali nafas olib, zaminni harakati va vazifasidan chalgʻitmasligi va dengizning istilosidan tuproqni qutqarishi uchun, Hayot egalarining hayotiga kerakli narsalarga alohida xazina boʻlishi, havoni tarashi, nafas olishi uchun zararli gazlardan tozalashi, suvlarni yigʻib toʻplashi, jonzotlarga lozim boʻlgan boshqa ma'danlarga manba' va asos boʻlishi uchun togʻlar qozigʻi qoqilgan.

Bu holat bir Qodiri Mutlaq va Hakimi Rahimning borligining vojibligi va birligi-vahdatiga oʻta qat'iy va kuchli guvohlik qiladi.

Ey joʻgʻrofiyachi janob! Buni nima bilan izohlaysan? Qaysi tasodif ushbu hayratga slogan sanʻat asarlariga toʻla Rabboniy kemani ajoyib koʻrgazma qilib, yuzida tizilgan ashyolardan hech birini tushirmasdan bir yilda yigirma toʻrt ming yillik masofada tezlik bilan aylantiradi.

Zamin yuzidagi ajib san'atlarga qara! Unsurlarga qay daraja hikmat bilan vazifa yuklangan. Bir Qodiri Hakimning amri bilan zamin yuzidagi Rahmon musofirlariga qanday goʻzal qarayapti, xizmatlarini qilyapti.

Ajib va gʻaroyib san'atlar ichida rang-barang ajib, hikmatli zamin yuzi siymosidagi bu naqshinkor chiziqlarga qara! Yashovchilarga anhor va soylarni, dengiz va irmoqlarni, togʻu tepaliklarni turli maxluqlariga va qullariga loyiq alohida maskan va tashish vositasi qilgan. Soʻng yuz minglab nabotot turlari va hayvonot sinflari bilan, mukammal hikmat va intizom bilan toʻldirib hayot berib jonlantirish, vaqt-vaqti bilan tartibli holda oʻlim orqali vazifadan ozod qilish, yana intizomli shaklda بَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ suratida toʻldirish bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga yuz minglab til bilan shahodat qiladi.

Natja: Yuzi ajoyibi san'atlarga koʻrgazma, gʻaroyib maxluqotga toʻplanish joyi, mavjudot guruhiga oʻtish joyi, qullarining saflariga masjid va markaz boʻlgan zamin, butun koinotning qalbi hisobida boʻlgani uchun Vahdoniyat-birlik nurini koinot qadar koʻrsatadi.

— 675 —

Mana ey joʻgʻrofiyachi janob! Zamin boshi yuz ming ogʻiz bilan, xar birida yuz ming til bilan Allohni tanitsa-yu, sen Uni tanimasang, boshingni tabiat botqoqligiga suqsang, aybing darajasini oʻyla. Seni qay daraja dahshatli jazoga loyiq qilishini bil, uygʻon va boshingni botqoqlikdan chiqar.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ

degin.

Yigirma Uchinchi Deraza

اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ

Hayot Rabboniy qudrat moʻ'jizalarining eng nuroniysi va eng goʻzalidir. Vahdoniyat burhonlarining eng kuchlisi va eng porlogʻidir. Samadoniy oynalar tajalliylarining eng jamlangani va eng ochigʻidir.

Hayotning faqat oʻzi, bir Hayyi Qayyumni butun Asmo va Sifatlari bilan bildiradi. Chunki hayot juda koʻp Sifatlarning aralashgan ma'jun-pastasi boʻlgan ziyo va darmondir. Ziyoda yeti rang va darmonda turli davolar mavjud boʻlgani kabi, hayot ham juda koʻp Sifatlardan yasalgan haqiqatdir. Bu haqiqatdagi sifatlardan bir qismi tuygʻular vositasida yoyilib, rivojlanib ayriladi. Aksariyati hissiyot suratida yuzaga chiqadi. Hayotdan qaynab chiqish suratida oʻzini bildiradi.

Hayot koinotning tadbir va boshqarishda hukm surgan rizq, rahmat, inoyat va hikmatni oʻz ichiga oladi. Goʻyo hayot ularni orqasiga taqib, kirgan yeriga tortadi. Masalan, hayot bir jismga, badanga kirgan vaqt, Hakim Ismi ham tajalliy etadi, hikmat bilan uyasini goʻzal qilib tartibga keltiradi. Ayni vaziyatda Karim Ismi ham tajalliy etib, maskanini ehtiyojlariga koʻra tuzadi va bezaydi. Yana ayni holda Rahim Ismining jilvasi koʻrinadi. U hayotning davom etishi va kamolga yetishi uchun turli-tuman ehsonlarni lutf etadi. Yana bu yerda Razzoq ismining jilvasi koʻrinadi. U hayotning davom etishi va rivojlanishiga kerakli moddiy, ma'naviy ozuqalarni yetishtiradi. Qisman badanida toʻplaydi.

Demak, hayot bir markaziy nuqta boʻlib, bir-biri ichiga turli sifatlar kiradi, balki bir-birining aynisi boʻladi. Goʻyo hayot toʻligʻicha ham ilmdir, ayni holda qudratdir, ayni holda ham hikmat va rahmatdir va hokazo. Mana, hayot jamlovchi mohiyati orqali Allohning zotiy sifatlariga oynadorlik qilgan Samadiyat oynasidir. Bu sirga asosan, Hayyi Qayyum boʻlgan Zoti Vojibul Vujud, hayotni juda ham koʻp va moʻllik bilan yaratib, yoyadi va koʻrsatadi. Hamma narsani hayotning atrofida toʻplab, unga xizmatkor qiladi. Chunki hayotning vazifasi buyuk. Samadiyatning oynasi boʻlish oson narsa emas, oddiy bir vazifa emas.

— 676 —

Koʻz oʻngimizda biz xar doim koʻrayotgan son-sanoqsiz yangi-yangi hayotlar, hayotlarning asllari va zotlari boʻlgan ruhlar, birdan va hechdan vujudga kelishi va yuborilishi bir Zoti Vojibul Vujud va Hayyi Qayyumning borligining vojibligini, muqaddas Sifatlarini va Asmoi Husnasini, yogʻdular quyoshni koʻrsatgani kabi koʻrsatadi. Quyoshni tanimagan va qabul qilmagan odam, kunduzni toʻldirgan ziyoni inkor qilishga qilib majbur boʻlgani kabi, Hayyi Qayyum, Muhyi va Mumit boʻlgan Shamsi Ahadiyatni tanimagan odam zamin yuzini, balki oʻtmish va kelajakni toʻldirgan jonzotlarning vujudini inkor qilishi kerak va yuz daraja hayvondan ham tubanlashishi kerak. Hayot martabasidan tushib, jonsiz qat-qat johil boʻlishi kerak.

Yigirma Toʻrtinchi Deraza

لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Oʻlim hayot qadar rububiyat burhonidir. Oʻta kuchli vahdoniyat hujjatidir. اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ oyatining dalolatiga koʻra, oʻlim, yoʻqlik, qatl, fano, hechlik, majhul inqiroz emas, balki bir Foili Hakim tomonidan xizmatdan ozod etish, makon almashtirish, badan oʻzgartirish, vazifadan boʻshash, badan qamogʻidan ozod qilish va intizomli hikmat alomati ekani Birinchi Maktubda koʻrsatilgan.

Zamin yuzidagi sanʻat asarlari, jonzotlar va tirik zamin yuzi bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdoniyatiga shahodat qiladi. Shunga oʻxshab, jonzotlar oʻlimi orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga va birligi-vohidiyatiga shahodat qiladi. Yigirma Ikkinchi Soʻzda oʻlim oʻta kuchli vahdat burhoni va sarmadiyat-bardavom boʻlish hujjati ekani isbotlangan va izoh etilgani uchun bu mavzuni oʻsha Soʻzga havola qilib, quyida faqat muhim bir hikmatini bayon qilamiz:

— 677 —

Jonzotlar borligi bilan bir Vojibul Vujudning borligiga dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, jonzotlar oʻlimlari orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga, birligi-vohidiyatiga guvohlik qiladi. Masalan, birgina jonzot boʻlgan zamin yuzi tartibi bilan, holatlari bilan Sone'ni koʻrsatgani kabi, oʻlgan vaqti, ya'ni qish oq kafani bilan oʻlgan zamin yuzini yopishi orqali inson e'tiborini undan qaytaradi. Yoki e'tibor, ketgan bahor mayyiti orqasidan oʻtmishga boradi, kengroq manzarani koʻrsatadi. Ya'ni, xar biri alohida qudrat moʻ'jizasi boʻlgan zaminni toʻldirib tashlagan butun oʻtgan bahorlar kabi, yangi keladigan alohida qudratining gʻaroyib ishlari va jonli zamin boʻlgan, bahorni toʻldirgan jonli yer mavjudotining kelishini bildirib, borligiga guvohlik qilgani uchun, keng miqyosda, porloq suratda, kuchli darajada bir Sone'i Zuljalolning, Qodiri Zulkamolning, Qayyumi Boqiyning, Shamsi Sarmadiyning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, boqiyligi va sarmadiyati-bardavomligiga guvohlik qiladi va shunday porloq dalillarni koʻrsatadiki, istar-istamas ochiq oydin اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الْوَاحِدِ الْاَحَدِ dediradi.

Natija: وَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا sirriga koʻra, ushbu jonli zamin bir bahorda Sone'ga guvohlik qilgani kabi, oʻlganida, e'tiborni davrning ikki oʻtmish va kelajak qanotiga tizilgan Allohninig qudrati moʻ'jizalariga qaratadi. Bir bahor oʻrniga minglab bahorni koʻrsatadi. Bir moʻ'jiza oʻrniga minglab qudrati moʻjizalariga ishorat qiladi. Ulardan xar bahor hozirgi bahordan ham qat'iyroq guvohlik qiladi. Chunki moziy tomon oʻtganlar, zohiriy sabablari bilan birga ketgan, orqasida oʻrniga yana oʻzlari kabi boshqalar kelgan. Demak, zohiriy sabablar hechdir. Faqat bir Qodiri Zuljalol ularni yaratib, hikmati bilan sabablarga bogʻlab yuborganini koʻrsatadi. Kelajakda tizilgan jonli zamin yuzi esa yanada porloq guvohlik qiladi. Chunki yangidan, yoʻqdan, hechdan yaratilib yuboriladi, yerga qoʻyilib, vazifa bajartirib, soʻngra yuboriladi.

Ey tabiatga botgan va botqoqlikda boʻgʻilish darajasiga kelgan gʻofil! Butun oʻtmish va kelajakka yetadigan hikmatli va qudratli ma'naviy qoʻl sohibi boʻlmagan narsa qanday qilib zaminning hayotiga aralasha oladi? Sen kabi qavat qavat yoʻqlik ichidagi tasodif va tabiat bunga aralasha oladimi? Qutulishni istasang, "Tabiat, nari borsa, Allohning qudratining daftaridir. Tasodif esa johilligimizni berkitgan yashirin Ilohiy hikmatning pardasidir", deb haqiqatga yaqinlash.

— 678 —

Yigirma Beshinchi Deraza

Urilgan narsa albatta urgan kishiga dalolat qiladi. San'atli asar san'atkorni taqozo qiladi. Bola otani iqtizo qiladi. Pastdagi, yuqoridagini kerakli qiladi va hokazo.

Bir birini keltirib chiqaradigan barcha narsalar biri birisiz boʻlmaydigan nisbiy sifatlardir. Shuning kabi, koinotning kichik narsalari va umumiy sinfidagi imkon ham Allohning borligining vojibligigni koʻrsatadi. Ulardagi barcha taʻsirlasnish bir taʻsirni koʻrsatadi. Barchasidagi yaratilish yaratuvchilikni koʻrsatadi. Hammasidagi koʻplik va birlashtirilish Vahdat-birlikni shart qiladi.

Allohning borligining vojibligi, ish, yaratish va birlik-vahdat, ochiq ravshan va zarurat darajasida, borligi va yoʻqligi imkon ichida boʻlib Allohning bor qilishiga bogʻliq boʻlgan narsalar, taʻsirlanadigan, koʻp, koʻp narsalardan tashkil topgan, maxluq boʻlmagan, vojib va ish qiluvchi, yagona-vohid va yaratuvchi sifatlarni taqozo qiladi. Shunday ekan, butun koinotdagi barcha mavjudot, butun taʻsirlanishlar, butun yaratilishlar, butun koʻplik va birlashishlar ochiq oydin bir Zoti Vojibul Vujud, Fa'olun Lima Yurid, Xoliqi Kulli Shayga, Vohidi Ahadga guvohlik qiladi.

Natija: Imkon ichdagi narsalarda Alloh borligining vojibligi koʻrinadi. Taʻsirlanishdan ish, koʻplikdan birlik, bularning borligig ularning mavvjudligiga qat'iyan dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, mavjudot ustida koʻringan yaratilish va rizqlantirish kabi sifatlar sanʻat bilan yaratish, rizq berish kabi sifatlarning borligiga qat'iy dalolat qiladi. Ushbu sifatlarning borligi esa zarurat darajasida va ochiq oydin bir Xalloq va Razzoq Sone'i Rahimning msvjudligiga dalolat qiladi. Demak, xar bir mavjuddagi yuzlab hil sifatlar tili bilan Vojibul Vujud Zotining yuzlab Asmoi Husnasiga shahodat qiladi. Bu guvohliklar qabul qilinmasa, mavjudotning bu turdagi barcha sifatlarini inkor qilish lozim boʻladi.

Yigirma Oltinchi Deraza

{(Hoshiya) Bu deraza hammaga emas, qalb va muhabbat ahliga xos.}

Koinot mavjudoti ustida yangilanib turgan, kelib ketgan goʻzallik va husnlar, bir Jamoli Sarmadiy jilvalarining bir navʻ soyalari ekanini koʻrsatadi. Ha, irmoq yuzidagi pufakchalarning yaltiraydi. Orqadan kelgan davomining ketganlari kabi yaltirashi doimiy quyoshning shualarining oynalari ekanini koʻrsatgani kabi, sayr qiluvchi vaqt irmogʻida, sayyor mavjudotning ustida porlagan goʻzallik yogʻdulari ham bir sarmadiy-bardavom goʻzallikka ishorat qiladi va uning bir tur alomatlaridir.

— 679 —

Koinot qalbidagi jiddiy ishq bir Ma'shuqi Loyazaliyni koʻrsatadi. Daraxtning mohiyatida boʻlmagan narsa asosli bir suratda mevasida boʻlmaydi. Bu esa koinot daraxtining hassos mevasi boʻlgan inson sinfidagi jiddiy Allohni sevish va ishq koʻrsatadiki, butun koinotda, turli shakllarda, haqiqiy ishq va muhabbat mavjud. Shunday ekan, koinot qalbidagi bu haqiqiy muhabbat va ishq bir Mahbubi Azaliyni koʻrsatadi.

Koinot bagʻrida koʻp suratlarda koʻringan tortishish, jazba-oʻzidan kechish, jozibalar, azaliy bir tortuvchi haqiqatning tortishi orali boʻlayotganini hushyor qalblarga koʻrsatadi. Maxluqotning eng hassos va nuroniy toifasi boʻlgan ahli kashf va valiylarning bir ovozdan xulosasi asosida, zavq va shuhud-koʻrishga tayanib: Bir Jamili Zuljalolning jilvasiga, tajalliysiga sazovor boʻlgan narsalarni va Jalili Zuljamolning (oʻzini) tanitishiga va sevdirishiga zavq bilan bilganini bir ovozdan xabar berishlari, yana bir Zoti Vojibul Vujudning, Jamili Zuljalolning borligiga va insonlarga oʻzini tanitishiga qat'iyan guvohlik qiladi.

Koinot yuzida va mavjudot uzra ishlayotgan goʻzallashtirish va bezash qalami, qalam sohibi boʻlgan Zotning Asmosining goʻzalligini ochiq ravshan koʻrsatadi. Mana, koinotdagi goʻzallik, qalbidagi ishq, bagʻridagi tortishish, koʻzlaridagi kashf, koʻrish, sinfidagi husn va ziynat - juda latif, nuroniy bir deraza ochadi. U orqali butun goʻzal Asmosi bir Jamili Zuljalolni, Mahbubi Loyazaliyni va Ma'budi Lamyazalni hushyor aql va qalblarga koʻrsatadi.

Ey moddiy narsalar qorongʻiligida, faraz zulmatida, boʻgʻuvchi shunhalar ichida tipirchilayotgan gʻofil! Oʻzingga kel! Insonga loyiq suratda yuksal. Ushbu toʻrt tuynuk orqali qara, birlik-vahdat goʻzalligini koʻr, mukammal iymonga erish, haqiqiy inson boʻl!

Yigirma Yettinchi Deraza

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ

Koinotda sabablar va natijalar sifatida koʻrinayotgan narsalarga qaraganda koʻramizki: Eng a'lo bir sababning eng oddiy natijaga ham kuchi yetmaydi. Demak, sabablar pardadir. Natijalarni yaratgan Zot boshqa. Masalan, cheksiz mavjudotdan faqat kichik misol sifatida, inson boshidagi bir hantal kichikligida joylashtirilgan xotiraga qaraymiz. Koʻramizki, shunday bir mujassam kitob, balki kutubxona hisoblanadiki, unga insonning butun hayot yoʻlini chalkashtirilmasdan yoziladi.

— 680 —

Ajabo, bu qudrat moʻ'jizasiga qaysi sabab koʻrsatilishi mumkin? Miyadagi qatlanishlarmi? Oddiy, shuursiz hujayra zarralarimi? Tasodif shamollarimi? Bu sanʻat moʻ'jizasi shunday bir Zotning san'ati boʻlishi mumkinki, insonni hashrda nashr qilinadigan ulkan amal daftarini, hisob-kitob vaqtida esga keltiriladigan, qilgan barcha ishlari yozilganini bildirish uchun kichik hujjat nusxasini chiqarib, yozib, aqlining qoʻliga beradigan bir Sone'i Hakimning san'ati boʻlishi mumkin.

Mana, insonnig xotirasig misol sifatida barcha tuxumlar, urugʻlar, danaklarni qiyos qil va bu kichkinagina moddiy moʻ'jizalarga boshqa natijalarni ham qiyos qil. Chunki qaysi natija va sanʻat asariga qarasang, shu daraja gʻaroyib san'at borki, nafaqat uning oddiy, sodda sababi, balki butun sabablar toʻplansa ham, uni yaratishga ojizligini izhor qiladi.

Masalan, katta sabab deb hisoblangan quyoshni, ixtiyori bor, shuurli deb faraz qilib unga: "Bir chivinning vujudini yarata olasanmi?" deb soʻralsa, albatta: "Xoliqimning ehsoni bilan doʻkonimda ziyo, ranglar, harorat koʻp. Lekin chivinning vujudida koʻz, quloq, hayot kabi shunday narsalar borki, na mening doʻkonimda bor na iqtidorim yetadi", deb javob beradi.

Natijalardagi gʻaroyib san'at va bezak, sabablarni chetga surib, Musabbibul Asbob boʻlgan Vojibul Vujudga ishorat qiladi. وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ oytining sirriga koʻra: Unga ishlarni taslim qiladi. Shunga oʻxshab, sabablar orqali yuzaga kelgan narsalarga oʻrnatilgan natijalar, gʻoyalar, foydalar ochiq ravshan sabablar pardasi orqasida bir Robbi Karimning, bir Hakimi Rahimning ishlari ekani koʻrsatadi. Chunki shuursiz sabablar, albatta bir maqsadni oʻylab ishlamaydi. Lekin vujudga kelgan xar maxluq bir maqsad emas, balki koʻp maqsadlar, foydalarni, hikmatlar asosida vujudga kelyapti. Demak, bir Robbi Hakim va Karim ularni yaratib, yuboryapti. Foydalarni ularga borlik maqsadi qilyapti.

Masalan, yomgʻir yogʻyapti. Yomgʻirni zohiran keltirib chiqargan sabablar, hayvonotni oʻylab, ularga achinib, marhamat qilishdan qanchalik uzoqligi ma'lum. Demak, hayvonotni yaratgan va rizqlarini kafolatlagan bir Xoliqi Rahimning hikmati bilan yordamga yuborilyapti. Hatto yomgʻirga "rahmat" deyiladi. Chunki koʻp rahmat alomatlari va foydalarni oʻz ichiga olgani uchun, goʻyo yomgʻir shaklida rahmat moddiy shaklda, tomchilarga aylangan, bitta-bitta boʻlib keladi.

— 681 —

Butun maxluqot yuziga tabassum qilgan barcha ziynatli nabotot va hayvonotdagi bezash va koʻrkamliklar, ochiq ravshan gʻayb pardasi orqasida bezalgan va goʻzal san'atlar bilan oʻzini tanitishni, sevdirishni va bildirishni istagan bir Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga dalolat qiladi. Demak, ashyolarning bezalishi, koʻrkam koʻrinishi tanitish va sevdirish sifatlariga qat'iyan dalolat qiladi. Sevdirish va tanittirish sifatlari esa, oshiq oydin Vadud, Ma'ruf boʻlgan Sone'i Qodirning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik qiladi.

Natija: Sabab juda oddiy, ojiz va undan deb bilingan natijalar esa juda san'atli va qiymatli boʻlgani uchun, sababni chetga suradi. Natijalarning maqsadi, foydasi esa johil va jonsiz sabablarni oʻrtadan olib tashlab, bir Sone'-i Hakimning qoʻliga taslim qiladi. Natijalar yuzidagi ziynat va mahoratlar oʻz qudratini shuur sohiblariga bildirishni istagan va oʻzini sevdirishni xohlagan bir Sone'i Hakimga ishorat qiladi.

Ey sababparast bechora! Bu uch muhim haqiqatni nima bilan izohlay olasan? Sen oʻzingni qanday ishontira olasan? Aqling boʻlsa, sabablar pardasini yirt. وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ de, hadsiz zalolatdan qutul!

Yigirma Sakkizinchi Deraza

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ

Shu koinotga qaraganda, koʻramizki: Badan hujayralaridan butun olamni qurshagan hikmat va intizom bor. Badan hujayralariga qaraymiz, koʻramizki: Badanga kerakli ishlarni bilgan va joy-joyida hal qilgan bir Zotning amri bilan, qonuni bilan kichkina hujayralarda ahamiyatli boshqaruv bor. Me'dada bir qism rizq, ichki yogʻlar suratida yigʻilib, ehtiyoj vaqti sarf qilinadi. Aynan shu kichkina hujayralarda ham oʻsha tasarruf va yigʻish mavjud. Nabototga qaraganimizda, oʻta himatli tarbiya va boshqaruv kuzatiladi. Hayvonotga qaraymiz, oʻta karimona tarbiya va rizq berilayotganini koʻramiz. Koinotning katta va muhim asoslariga qaraymiz, ahamiyatli maqsadlar uchun hashamatli boshqaruv va nurlantirish bor. Majmui olamga qaraymiz, intizomli bir mamlakat, shahar va saroy hisobidagi oliy hikmatlar, qiymatli maqsadlar uchun mukammal tartibni koʻramiz. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Boʻlimida izoh va isbot qilingani kabi zarradan yulduzlargacha zarra miqdor shirkka yer qoldirmagan. Ular bir-biriga ma'nan munosabatda boʻlib, kim barcha yulduzlarni boʻysundira olmasa va qoʻlida tutmasa, rububiyatini zarraga tinglata olmaydi. Bir zarraga haqiqiy Rab boʻlish uchun butun yulduzlarga sohib boʻlish lozim boʻladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Boʻlimida izoh va isbot qilingani kabi, kim osmonlarning yaratish va tartibga solishga qodir boʻlmasa, insonning siymosidagi belgilarni ham qila olmaydi. Demak, kim butun samovotning Robbi boʻlmasa, bitta inson siymosidagi ajratib turuvchi belgi boʻlgan siymo naqshini ham qila olmaydi.

— 682 —

Bu koinot qadar ulkan deraza boʻllib, u orqali qaralganda

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

oyatlari koinot sahifalarida ulkan harflar bilan yozilganini aql koʻzi bilan ham koʻrish mumkin. Shunday ekan, koʻrmaganning yo aqli yoʻq, yo qalbi yoʻq. Yoki inson suratidagi hayvondir!

Yigirma Toʻqqizinchi Deraza

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Bahorda gʻarib holda, tafakur qilish uchun sayohatga chiqqan edim. Bir tepalikchaning etagidan oʻtar ekanman, koʻzimgza yaltiroq sariq gul tashlandi. Avvallari vatanimda va boshqa joylarda koʻrgan bu sinfdagi sariq gullarni xotirlatdi. Qalbga shunday ma'no keldiki: Bu gul kimning belgisi boʻlsa, kimning tamgʻasi boʻlsa, kimning muhri boʻlsa va kimning naqshi boʻlsa, albatta zamin yuzida bu turdagi gullar uning muhrlari, tamgʻalaridir.

Ushbu muxrni oʻylagandan soʻng shunday tasavvur keldi. Muhrlangan bir maktubdagi muhr maktubning sohibini koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, gul ham Rahmoniy muxrdir. Naqsh turlari va ma'noli nabotot satrlari bilan yozilgan bu tepalikdagi bu gul ham Sone'ining maktubidir. Tepalikcha ham bir muhrdir. Sahro va dasht Rahmoniy maktubi suratini oldi. Bu tasavvurdan zehnga quyidagi haqiqat keldi: Xar bir narsa bir Rabboniy muhri hisobanib butun ashyoni oʻz Xoliqiga tayantiradi. Oʻz kotibining maktubi ekanini isbotlaydi.

Xar bir narsa shunday bir tavhid derazasi boʻlib, butun ashyolarni bir Vohidi Ahadga bogʻlaydi. Demak, xar bir narsada, xususan jonzotlarda shunday gʻaroyib bir naqsh, shunday moʻ'jizaviy san'at borki: Uni yaratgan va ma'noli naqsh qilgan Zot butun ashyolarni yarata oladi, butun ashyolarni yaratgan, albatta U boʻladi. Demak, kim barcha ashyolarni yarata olmasa, bir narsani ham ijod qila olmaydi.

— 683 —

Mana ey gʻofil! Koinotning yuziga qara: Bir-biri ichida cheksiz Samadoniy maktublar hisoblangan mavjudot sahifalari va xar bir maktub ustida cheksiz tavhid muxrlari bilan muxrlangan. Barcha muhrlarning guvohligini kim yolgʻonga chiqara oladi? Qaysi kuch ularni jim qila oladi? Qalb qulogʻi bilan qay birini tinglasang, اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deyayotganini eshitasan.

Oʻttizinchi Deraza

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ٭ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Bu deraza imkon va hudusga asoslangan barcha mutakallim ulamolarning derazasidir. Vojibul Vujudni isbotlash yoʻllaridir. Buning tafsilotini "Sharhul Mavoqif" va "Sharhul Maqosid" kabi haqiqatli ulamolarning buyuk kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'onning fayzidan va bu derazadan ruhga kelgan bir-ikki shuʻlani koʻrsatamiz:

Boshqaruv va hokimiyat raqib qabul qilmaslikni taqozo qiladi, ishtirokni rad qiladi, boshqa qoʻl aralashishini olib tashlaydi. Shuning uchun, kichik bir qishloqda ikkita rais boʻlsa, qishloqning tinchligi va tartibi buzadi. Bir nohiyada ikki mudir, bir viloyatda ikki hokim boʻlsa, ostin-ustin qiladi. Bir mamlakatda ikki podshoh boʻlsa, gʻavgʻoli tartibsizlikka sabab boʻladi. Modomiki hokimiyat va boshqaruv soyasining zaif soyasi va kichik namunasi yordamga muhtoj ojiz insonlarda raqibni, zidni va oʻziga oʻxshashining aralashuvini qabul qilmas ekan, ajabo mutlaq saltanat suratidagi hokimiyat va rububiyat darajasidagi boshqaruv bir Qodiri Mutlaqda qay daraja aralashuvni rad qilish qonuni qay daraja asosli suratda hukmini ijro qilishini qiyosla. Demak, Uluhiyat va Rububiyatga eng qat'iy va doimiy kerak narsa, birlik-vahdat va yagonalikdir. Bunga ochiq bir burhoni va qat'iy shohidi shuki, koinotdagi mukammal intizom va goʻzal tartibdir. Chivin qanotidan samovot qandillariga qadar shunday nizom borki, aql uning oldida hayratidan va sevganidan "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" deydi, sajda qiladi. Agar zarra miqdor sherikka yer boʻlganida, aralashish boʻlsa edi,

— 684 —
لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyati karimasining dalolati bilan: Nizom buzilar, surat oʻzgarar, fasodning alomatlari koʻrinar edi. Xolbuki:

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ٭ ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ اِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَ هُوَ حَس۪يرٌ

oyatining dalolati va bu ifoda bilan inson nazari kamchilik qidirish uchun qanchalik urinmasin, hech qayerda topa olmasdan, horgʻin holda manzili boʻlgan koʻzga kelib, uni yuborgan tanqidchi aqlga: "Behuda charchadim, kamchilik yoʻq", deydi. Bu esa, nizom va intizom oʻta mukammal ekanini koʻrsatadi. Demak, koinot intizomi vahdoniyatning qat'iy guvohidir.

Endi "hudus"ga kelsak. Mutakallim ulamolar: "Olam oʻzgaruvchidir. Xar bir oʻzgaruvchi hodis-keyindan bor boʻlgan. Xar bir hodisning bir muhdisi-bor qiluvchisi, ya'ni ijod qiluvchisi bor. Shunday ekan, bu koinotning qadim bir Mujidi-ijod qiluvchisi bor." deyishgan.

Biz, ha koinot hodisdir, deymiz. Chunki xar asrda, balki xar yil, balki xar mavsumda bir koinot, bir olam ketadi, keyingisi kelayotganini koʻryapmiz. Demak, bir Qodiri Zuljalol borki, bu koinotni hechdan ijod qilib, xar yil, balki xar mavsum, balki xar kun birini ijod qiladi, shuuri borlarga koʻrsatadi soʻng uni oladi, boshqasini keltiradi. Bir-birining orqasiga taqib, bogʻlab vaqt tasmasiga qoʻyadi.

Albatta, ular bu olam kabi alohida bardavom yangilangan xar bahorda koʻz oʻngimizda hechdan kelgan va ketayotgan koinotlarni ijod qilgan bir Zoti Qodirning moʻ'jizoti qudratidir. Albatta, olam ichida xar doim olamlarni yaratib oʻzgartirgan zot, mutlaqo bu olamni ham U yaratgan. Bu olamni va roʻyi zaminni buyuk musofirlarga mehmonxona qilgan.

— 685 —

Kelaylik "imkon" mavzusiga. Mutakallim ulamolar: "Imkon, borlik va yoʻqlik masalasida teng holatda", deyganlar. Ya'ni: Yoqʻlik va borlik, ikkisi ham teng boʻlsa, bir ajratuvchi, tanlovchi, bir ijod qiluvchi lozim. Chunki, borliqlar bir-birini ijod qilib davom eta olmaydi. Yoki u uni, u esa nargini ijod qilib aylana holatida ham boʻla olmaydi. Shunday ekan, bir Vojibul Vujud borki, ularni ijod qilyapti. Doira va silsilani oʻn ikki burhon, ya'ni "arshiy va sullamiy" (doira va silsilani inkor qilish uchun yuqoriga qarab chiqqanda toraygan va yakka yaratuvchining borligiga tayangan mantiqiy dalil) kabi nomlar bilan nomlagan mashhur oʻn ikki qat'iy dalil bilan doirani bekor qilishgan va silsilani imkonsiz ekanini koʻrsatganlar. Sabablar silsilasini uzib, Vojibul Vujudning borligini isbotlaganlar.

Biz, sabablar tasalsulning burhonlari bilan olamning oxirida uzilishidan koʻra, hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos tamgʻani koʻrsatish qat'iyroq, osonroq deymiz. Qur'onning fayzi bilan butun Derazalar va barcha Soʻzlar bu asos uzra ketgan. Shu bilan birga imkon nuqtasi cheksiz keng. Sanoqsiz jihatlar bilan Vojibul Vujudning borligini koʻrsatadi. Faqat, mutakallim ulamolarning silsilaning uzilishi yoʻliga (haqiqatan keng va katta yoʻlga) maxsus emas. Balki son-sanoqsiz yoʻllar bilan Vojibul Vujudning ma'rifatiga yoʻl ochadi:

Xar bir narsa vujudida, sifatlarida, hayoti davomida cheksiz imkonlar, ya'ni gʻoyat koʻp yoʻllar va jihatlar ichida qarorsiz ekan, cheksiz jihatlar ichida vujud jihatida tartibli yoʻldan yuradi. Xar bir sifatni unga maxsus tarzda beradi. Hayoti davomida oʻzgartirgan barcha sifat va holatlar ham shunday bir ajratib beriladi. Demak, bir ajratuvchining irodasi bilan, bir tanlovchining tanlashi bilan, bir hikmatli ijod qiluvchining ijodi bilan boʻladi. Cheksiz yoʻllar ichida uni hikmatli yoʻlga chaqiradi, unga intizomli sifatlarini va holatlarini kiydiradi. Soʻng yakkalanishdan chiqarib, tarkibli jismga boʻlak qiladi, imkonlar koʻpayadi. Chunki bu jismda minglab holda boʻlishi mumkin. Lekin unga natijasiz vaziyatlar ichida natijali, maxsus vaziyat beriladi. U jismda muhim natijalar, foydalar olinadi va vazifalar bajartiriladi. Soʻngra u jism boshqa jismga boʻlak qildiriladi. Imkonlar yana ham koʻpayadi. Chunki unda minglab tarzda boʻlishi mumkin. Minglab tarz ichida bitta holat beriladi. U holat orqali muhim vazifalar bajartiriladi va hokazo... Borgan sari bir Hakimi Mudabbirning borligining vojibligini yanada qat'iyroq koʻrsatadi. Bir Amiri Alimning amri bilan chaqirilganini bildiradi. Jism ichida jism bir-biri ichida boʻlak boʻlib ketgan butun tarkiblarda, bir askar otryadida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida, qoʻshinida ich-ichidagi u yigʻinlarning xar biriga maxsus vazifasi, hikmatli aloqasi, intizomli xizmati mavjud.

— 686 —

Koʻz qorachigʻingdan bir hujayra, koʻzingda bir aloqasi va vazifasi bor. Boshning butuni nisbatiga ham hikmatli vazifasi va xizmati mavjud. Zarra miqdor adashsa, sihat va badan boshqaruvi buziladi. Qon tomirlariga, his va harakat asablariga, hatto butun badanda alohida maxsus vazifasi, hikmatli vaziyati bor. Minglab imkonlar ichida bir Sone'i Hakimning hikmati bilan muayyan holat berilgan. Shuning kabi, bu koinotdagi mavjudotning xar biri oʻzi, sifatlari bilan koʻp imkon yoʻllari ichida xos vujudi va hikmatli surati va foydali sifatlari bir Vojibul Vujudga guvohlik qilganidek, tarkib topgan narsalarga kirgan vaqti, xar bir tarkib topgan narsada yana boshqa til bilan yana Sone'ini e'lon qiladi. Bora-bora eng ulkan tarkib topgan narsagacha aloqasi, vazifasi, xizmati bilan Sone'i Hakimning borligining vojibligiga, ixtiyoriga va irodasiga guvohlik qiladi. Chunki bir narsani butun tarkib topgan narsalar bilan hikmatli munosabatlarni muhofaza qiladigan suratda joylashtirgan, u narsalarning Xoliqi boʻlishi mumkin. Demak, birgina narsa minglab tillar bilan Unga guvohlik qiladi. Koinotning mavjudotichalik emas, balki mavjudotning sifatlari va tarkib topgan narsalari sanogʻicha imkonlar nuqtasidan ham Vojibul Vujudning borligiga guvohlik qiladi.

Mana ey gʻofil! Koinotni toʻldirgan bu guvohliklarni, bu sadolarni eshitmaslik uchun qay daraja kar va aqlsiz boʻlish kerak? Qani sen ayt!

Oʻttiz Birinchi Deraza

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ وَ فِى الْاَرْضِ اٰيَاتٌ لِلْمُوقِن۪ينَ ٭ وَ ف۪ٓى اَنْفُسِكُمْ اَفَلَا تُبْصِرُونَ

Bu deraza inson derazasidir va anfusiy-botiniy dunyomizga oid. Botiniy jihatidan bu derazaning tafsilotini minglab haqiqatli avliyolarning mufassal kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'on fayzidan olgan bir nechta asosimizga ishorat qilamiz:

Oʻn Birinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: "Inson shunday bir qamrovli nusxaki, Janobi Haq butun Asmosini insonning oʻzi orqali bildiradi". Tafsilotini boshqa Soʻzlarga havola qilib, faqat uch nuqtani koʻrsatamiz.

BIRINCHI NUQTA: Inson uch jihatda Allohning Asmosiga oyna boʻladi.

— 687 —

Birinchi jihat: Tunda zulmat nurni koʻrsatganidek, inson zaifligi va ojizligi bilan, faqirligi va ehtiyojlari bilan, nuqsonli ekani va kamchiligi bilan bir Qodiri Zuljalolning qudratini, quvvatini, boyligini, rahmatini bildiradi va hokazo juda koʻp Allohning vasflariga oynalik qiladi. Hatto cheksiz ojizligida va benihoyat zaifligida hadsiz dushmaniga qarshi tayanch istinod qidirish orqali vijdon doim Vojibul Vujudga qaraydi. Cheksiz faqirligi, nihoyatsiz ehtiyojlari ichida sanoqsiz maqsadlarga yordan joyi qidirishga majbur boʻlgani uchun, vijdon doimo bir Gʻaniyyi Rahimning dargohiga tayanadi, duo bilan qoʻl ochadi.

Demak, xar bir vijdonda tayanch nuqtasi va yordam joyi jihatidan ikki kichik deraza Qodiri Rahimning barigohi rahmatiga ochiladi, xar doim u orqali qaraydi.

Ikkinchi jihatdagi oynalik esa: Insonga berilgan namunalar ichida oz ilm, qudrat, koʻrish, eshitish, sohiblik, hokimiyat kabi kichik narsalar orqali koinot Molikining ilmiga, qudratiga, koʻrishiga, eshitishiga, rububiyatininig hokimiyatiga oynalik qiladi. Ularni anglaydi, bildiradi. Masalan, "Men bu uyni qurdim, qurishini bilaman, koʻryapman, uning egasiman va boshqaryapman. Shuning kabi, bu ulkan koinot saroyining ham bir ustasi bor. U usta uni biladi, koʻradi, quradi, boshqaradi va hokazo."

Uchinchi jihatda oynalik esa: Inson ustida naqshlari koʻringan Allohning Asmosiga oynalik qiladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Boʻlimining boshida bir nabza izoh qilingan, insonning qamrovli mohiyatida naqshlari koʻringan yetmishdan koʻproq Asmo bor. Masalan, yaratilishida Sone' va Xoliq Ismi, eng goʻzal shakli orqali Rahmon va Rahim Ismlari, husni tarbiyasida Karim va Latif Ismlari bor va hokazo. Butun a'zo va vositalari bilan, jihozlar va organlari bilan, latifalari va ma'naviyati bilan, his va tuygʻulari bilan turli Asmoning farqli naqshlarini koʻrsatadi. Demak, Asmoda bir Ismi a'zam boʻlgani kabi u Asmoning naqshlarida ham bir buyuk naqsh borki, u insondir.

Ey oʻzini inson deb bilgan odam! Oʻzingni oʻqi. Yoʻqsa hayvon va jonsiz inson boʻlish ehtimoling bor!

IKKINCHI NUQTA: Muhim ahadiyat-yakkalik siriga ishorat qiladi:

Inson ruhi butun jasadiga shunday munosabati borki: Butun a'zosini va qismlarini bir-biriga yordam berdiradi. Ya'ni, Allohning irodasining jilvasi boʻlgan yaratilishga oid ishlar va bu ishlardan borliq olami vujudi kiydirilgan Allohning toʻgʻridan toʻgʻri joriy qonuni va Rabboniy latifa-his boʻlgan ruh ularni boshqarishda, ma'naviy ovozlarini his qilishda, ehtiyojlarini qondirishda bir-biriga mone' boʻlmaydi, ruhni adashtirmaydi. Ruhga nisbatan uzoq-yaqin tengdir. Bir-biriga parda boʻlmaydi. Istasa, koʻpini bir aʻzoga yordamga yuboradi. Istasa, badanning xar aʻzosi bilan bila oladi, his qila oladi, boshqara oladi. Hatto koʻp nuroniyat qozongan boʻlsa, xar bir boʻlagi bilan koʻra oladi va eshita oladi. Shunga oʻxshab:

— 688 —

وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Janobi Haqning toʻgʻridan toʻgʻri ijro qiladigan qonuni boʻlgan ruh, kichik olam boʻlgan inson jismi va a'zolarida bu holatda boʻlar ekan, albatta katta olam boʻlgan koinotda Zoti Vojibul Vujudning kulliy irodasiga va mutlaq qudratiga cheksiz amallar, sadolar, duolar, ishlar hech bir jihatda Unga ogʻir emas. Bir-biriga mone' boʻlmaydi. Xoliqi Zuljalolni mashgʻul qilmaydi, chalgʻitmaydi, umumini birdan koʻradi, butun ovozlarni birdan eshitadi. Yaqin-uzoq tengdir. Istasa, barchasini bittasiga yordamga joʻnatadi. Hamma narsa bilan hamma narsani koʻra oladi, ovozlarini eshita oladi va hamma narsa bilan hamma narsani biladi va hokazo.

UCHINCHI NUQTA: Hayotning juda muhim bir mohiyati va ahamiyatli vazifasi bor. Lekin bu mavzu Hayot Derazasida va Yigirmanchi Maktubning Sakkizinchi Kalimasida tafsiloti aytib oʻtilgani uchun, unga havola qilib faqat buni eslatamiz:

Hayotda hissiyot suratida qaynagan aralash naqshlar juda koʻp Asmo va zotiy sifatlariga ishorat qiladi. Oʻta porloq suratda Hayyi Qayyumning zotiy sifatlariga oynalik qiladi. Bu sirning izohini, Allohni tanimaganlarga va hali toʻliq tasdiq qilmaganlarga oʻrni kelmagani uchun eshikni yopamiz.

Oʻttiz Ikkinchi Deraza

هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭
قُلْ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ اِلَيْكُمْ جَم۪يعًا الَّذ۪ى لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ

Bu deraza risolat samosining quyoshi, balki quyoshlar quyoshi boʻlgan Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalamning derazasidir. Ushbu oʻta porloq, juda ulkan va oʻta nuroniy deraza Oʻttiz Birinchi Soʻz boʻlgan Me'roj Risolasida, Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz boʻlgan Nubuvvati Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) Risolasida va oʻn toʻqqiz ishoratli Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda qay daraja nuroniy va koʻringani isbot qilingani uchun, bu ikki Soʻzni va u Maktubni va u Maktubning Oʻn Toʻqqizinchi Ishoratini bu maqomda oʻylab, soʻzni ularga havola qilib, faqat aytamizki:

— 689 —

Tavhidning gapiradigan burhoni boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam risolat va valiylik qanotlari bilan, ya'ni oʻzidan avval barcha anbiyolarning mutavotir ijmo'larini, oʻzidan keyingi butun avliyolar va asfiyolarning bir ovozdan rivoyatlarini oʻz ichiga olgan kuch bilan butun hayotida bor quvvati bilan vahdoniyatni koʻrsatib e'lon qilgan.

Ma'rifatullohga Islomiyat Olami kabi keng, porloq, nuroniy derazani ochgan. Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy, Muhyiddin Arabiy, Abdulqodir Jiyloniy kabi millionlab haqiqatli asfiyo va siddiqiyn u derazadan qarayapti, boshqalarga ham koʻrsatyaptilar. Ajabo, bunday derazani berkitadigan parda bormi? Uni ayblab, bu derazadan qaramagan odamning aqli bormi? Qani, sen ayt!

Oʻttiz Uchinchi Deraza

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ٓى اَنْزَلَ عَلٰى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا قَيِّمًا ٭ الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ

Aytilgan barcha derazalar Qur'on dengizidan ba'zi tomchilar boʻlganini oʻyla. Soʻng Qur'onda naqadar obi hayot boʻlgan tavhid nurlari borligini qiyos qilishing mumkin. Faqat butun derazalarning manbaʻiva ma'dani va asli boʻlgan Qur'onga oʻta qisqa suratda, juda oddiy tarzda qaralsa ham, oʻta porloq, nuroniy keng deraza ekani koʻrinadi. U deraza naqadar qat'iy, porloq va nuroniy ekanini Yigirma Beshinchi Soʻz - I'jozi Qur'on Risolasi va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratiga havola qilamiz. Qur'onni bizga yuborgan Zoti Zuljalolning Arshi Rahmoniysiga niyoz qilib aytamiz:

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا ٭ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ٭ وَ تُبْ عَلَيْنَا اِنَّكَ اَنْتَ التَّوَّابُ الرَّح۪يمُ
— 690 —
ESLATMA

Ushbu Oʻttiz Uch Derazali Oʻttiz Uchinchi Maktub, iymoni boʻlmaganni inshaalloh iymonga keltiradi. Iymoni zaif boʻlgan kishining iymonini quvvatlaydi. Iymoni kuchli va taqlidiy boʻlgan odamning iymonini tahqiqiy qiladi. Iymoni tahqiqiy boʻlganning iymonini kengaytiradi. Iymoni keng boʻlganga butun haqiqiy kamolotning manbaʻi va asosi boʻlgan ma'rifatullohda taraqqiy ettiradi, yanada nuroniy, yanada porloq manzaralarni ochadi.

Shuning uchun, "Bir deraza menga kifoya qildi, yetadi" deya olmaysan. Chunki sening aqlingga qanoat kelgan, hissasini olgan boʻlsa, qalbing ham hissasini istaydi, ruhing ham hissasini istaydi. Hatto xayol ham u nurdan hissasini istaydi. Shu sabab, xar bir derazaning turli foydalari bor.

Me'roj Risolasida asl tinglovchi moʻ'min edi, inkorchi ikkinchi darajada, eshitish maqomida edi. Bu risolada esa tinglovchi inkor qiluvchidir, eshitish maqomida esa moʻ'mindir. Buni hisobga olib qarash kerak.

Lekin afsuski, muhim sababga binoan bu maktub juda tez yozilgani va hatto qoralama holida qolgani uchun, albatta menga oid ifoda tarzida tarqoqlik va kamchiliklar boʻladi. Qardoshlarimdan kechirimli koʻz bilan qarashni, qoʻldan kelsa toʻgrilashni va menga magʻfirat soʻrab duo qilishlarini soʻrayman.

وَالسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ
— 691 —

LAMAʻAT

مِنْ بَيْنِ هِلَالِ الصَّوْمِ وَ هِلَالِ الْع۪يدِ
Urugʻlarning Gullari
Risola-i Nur shogirdlariga kichik bir masnaviy va iymoniy devondir.
Muallifi: Badiuzzamon Said Nursiy
— 692 —
Tanbeh

Bu "Lamaʻat" nomli asarning boshqa devonlar kabi bir tarzda bir-ikki mavzuni yoritmaganining sababi: Eski asarlaridan "Haqiqat Urugʻlari" nomli qisqacha hikmatlarni bir daraja izohlash uchun, nasriy yozilgan, hamda boshqa devonlar kabi xayolotga, mezonsiz hissiyotga berilmagan. Boshdan oxirigacha mantiq bilan Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar boʻlib, yonidagi jiyani kabi ba'zi talabalariga bir ilmiy darsdir. Balki iymoniy va Qur'oniy darsdir. Ustozimizning boshdagi ifodasida aytganidek, biz ham nazm va she'rga hech istagi yoʻqligi va ular bilan shugʻullanmaganini tushundir. وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirrining bir namunasini koʻrsatadi.

Bu asar bir qancha ishlar va Dorul Hikmatdagi xizmat ichida, Ramazonda yigirma kun, kunda ikki yoki ikki yarim soat ishlab, nazmiy kabi yozilgan. Bu qadar qisqa vaqtda va nazmiy sahifa oʻn sahifa qadar qiyin boʻlgani uchun, birdan diqqatsiz, tahrirsiz aytilgan, chop etilgan. Nazdimizda Risola-i Nur hisobiga bir gʻaroyib asar boʻlgan. Hech qanday nazmli devon, bu kabi qiyinchiliksiz, nasr tarzida oʻqib boʻlmaydigandek koʻrinadi. Inshaalloh bu asar vaqti kelib Risola-i Nur shogirdlariga bir navi masnaviy boʻladi. Bu asar, oʻzidan oʻn yil soʻngra chiqqan va yigirma uch yilda tamomlangan Risola-i Nurning muhim boʻlimlariga gʻaybiy ishorat qilgan xushxabarli mundarija hisoblanadi.

Risola-i Nur Shogirdlaridan
Sungur, Mahmud Fayzi, Xusrav
* * *
— 693 —
ESLATMA

اَلْمَرْءُ عَدُوٌّ لِمَا جَهِلَ qoidasiga asosasn, men ham nazm va qofiyani bilmaganim uchun, unga qiymat bermas edim. Ochiq ifodani qofiyaga fido qilish tarzida haqiqatning suratini nazmning xohishiga koʻra oʻzgartirishni hech istamasdim. Bu qofiyasiz, nazmsiz kitobda eng oliy haqiqatlarga eng tartibsiz libos kiydirdim.

Avvalo: Yanada yaxshisini bilmas edim. Faqat ma'noni oʻylar edim.

Ikkinchidan: Jasadni libosga koʻra yoʻnib randalagan shoirlarga tanqidimni koʻrsatishni istadim.

Uchinchidan: Ramazonda qalb bilan birga nafsni ham haqiqatlar bilan mashgʻul qilish uchun bolalarcha bir uslub ixtiyor etildi.

Faqat ey qori!

Men xato qildim, e'tirof etaman. Sen esa also xato qilma! Yirtiq uslubga qarab oliy haqiqatlarni e'tiborsizlik bilan hurmatsizlik qilma!

MAQSAD IFODASI

Ey qori!

Oldindan shuni e'tirof etamanki: Xat va nazm sanʻatida iste'dodimdan juda shikoyat qilaman. Hatto hozir ismimni ham toʻgʻri yoza olmayman. Nazm va vazn esa, umrimda qisqa yozuv ham yoza olmaganman. Birdaniga zehnimga nazmda yozishga qattiq bir istak keldi. Sahobalarning gʻazovotiga doir kurdcha قَوْلِ نَوَالَاسِيسَبَانْ nomli bir doston bor edi. Ruhim uning ilohiy tarzidagi tabiiy nazmida lazzatlanar edi. Men ham oʻzimga maxsus uning nazm tarzini ixtiyor etdim. Nazmga oʻxshash bir nasr yozdim. Lekin vazn uchun qat'iyan oʻzimni qiynamadim. Istagan odam, nazmni esga keltirmasdan qiyinchiliksiz, nasr tarzida oʻqishi mumkin. Ma'no tushunilishi uchun nasr tarzida ham qarash kerak. Har qit'ada ma'no bogʻi bor. Qofiyada toʻxtanilmasin. Qalpoq popuksiz boʻladi, vazn ham qofiyasiz boʻladi, nazm ham qoidasiz boʻladi. Oʻylashimcha, lafz va nazm, san'at jihatidan jozibador boʻlsa, e'tiborni oʻzi bilan mashgʻul qiladi. Nazarni ma'nodan burmaslik uchun sochilgan holi yanada yaxshi.

— 694 —

Bu asarimda ustozim - Qur'ondir. Kitobim, hayotdir. Tinglovchim, yana oʻzimman. Sen esa, ey qori, eshituvchisan. Eshituvchining tanqid qilishga haqqi yoʻq, yoqtirganini oladi, yoqtirmaganiga tegmaydi. Bu asarim ushbu muborak Ramazonning fayzi {(*) Hatto tarixi نَجْمُ اَدَبٍ وُلِدَ لِهِلَالَىْ رَمَضَانَ chiqqan. Ya'ni: "Ramazonning ikki hilolidan chiqqan bir adab yulduzidir." (Bir ming uch yuz oʻttiz yetti boʻladi.)} boʻlgani uchun, umid qilamanki, inshaalloh din qardoshimning qalbiga ta'sir etadi-yu, tili menga bir magʻfirat duosi baxsh etadi yoki bir Fotiha oʻqiydi.

* * *
DUO QILUVCHI

{(**) Bu qit'a u kishining imzosi.}

Yiqilgan bir mozorimki, yigʻilgandir ichida

Saiddan yetmish toʻqqiz mayyit {(***) Jism xar yili ikki marta yangilangani uchun, ikki Said oʻlgan degani. Bu yil Said yetmish toʻqqiz yoshda. Xar yil bir Said oʻlgan degani boʻlib, Said bu tarixga qadar yashaydi.} gunohlar bilan azobga.

Saksoninchi boʻlgan mozorga bir mozor tosh.

Birgalikda yigʻlaydi {(****) Yigirma yil keyingi, hozirgi holni avvaldan sezish hissi bilan his qilgan.} Islom yoʻqotishlariga.

Mozor toshim mayyitlarga toʻla nola qilar mozorim bilan

Ravonaman yaqin kelajakdagi oxirat makoniga.

Aniq bilaman: Istiqbol samovoti, Osiyo qitʻasi

Birga boʻlar taslim Islom nurli qoʻliga.

Zero iymonning barakotli oʻng qoʻli

Insonlarga berar ishonchu omon.

— 695 —
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
اَلْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
وَالصَّلٰوةُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَلِينَ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِٓ اَجْمَعِينَ
"Tavhidning Ikki Burhoni Muazzami"

Shu koinot tamomi bilan muazzam burhondir. Gʻayb tili, guvohlik qilgan tasbehhondir, muvahhiddir. Ha, tavhidi Rahmon bilan, baland bir ovoz bilan zikr qiladiki:

LA ILAHA ILLA HU.

Butun zarralar hujayralari, butun asoslari va a'zosi alohida zokir tildir, birgalikda baland ovoz bilan aytar:

LA ILAHA ILLA HU.

U tillarda farqlilik bor, ovozlarda martabalar bor. Faqat uning zikri, uning ovozi bir nuqtada toʻplar:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu bir buyuk til boʻlib, baland ovoz bilan etar zikr, butun boʻlimlari, zarralari past ovozlari bilan, yuksak ovoz bilan birgalikda der:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu olam zikr halqasi ichida juzʻ oʻqir, bu Qur'on porloq nurini. Butun ruhlilar fikr etar:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu Furqoni Jalilushshon u tavhidga notiq burhon, butun oyatlar sodiq lison. Iymon chaqmogʻi nurlari birgalikda der:

LA ILAHA ILLA HU.

Quloqni gar qoʻysang, bu Furqonning bagʻriga, chuqur-chuqurlardan yaqqol eshitasan, samoviy bir sado der:

LA ILAHA ILLA HU.

— 696 —

U ovozdir gʻoyat ulugʻ, oʻta jiddiy, haqiqiy juda samimiy, ham yaqin doʻst, ishontiruvchi va burhon bilan jihozlangan. Takroran der:

LA ILAHA ILLA HU.

Shu nuroniy burhonda, olti jihati shaffof boʻlib, ustida naqshli gular bilan bezalgan i'joz tamgʻasi. Ichida porlagan nuri hidoyat der:

LA ILAHA ILLA HU.

Ha, ostida toʻqilgan nozik mantiq va burhon, oʻngida aqlni gapirtirish, shoxlari xar tarafga osilgan, zehnlar "Sodaqta" der:

LA ILAHA ILLA HU.

Oʻng tomon shimolida etar vijdonni guvoh. Oldida husni xayr, nishonida saodat. Uning kaliti xar dam:

LA ILAHA ILLA HU.

Oʻng tomoni orqasida unga tirgak samoviydi, vahyi asli Rabboniy. Bu olti jihat nurli, burjlarida koʻrinar:

LA ILAHA ILLA HU.

Ha oʻgʻri vasvasa, tasavvur bilan shubha yoʻli, qanday haddi sigʻar u dinsiz, kira olsin bu nurli qasrga. Ham porlagan, qal'a suralar yuksak, xar kalima notiq farishta:

LA ILAHA ILLA HU.

Qur'oni Azimushshon bir tavhid dengizi. Bitta tomchi, misol uchun birgina Ixlos Surasi, sanoqsiz ramzlaridan faqat qisqa bir ramzidir. Butun shirk koʻrinishlarini rad etar, hamda yetti turdagi tavhidni etar isbot, uchi manfiy, uchi musbat bu olti jumlada birdan:

Birinchi jumla: قُلْ هُوَ qarina-belgisiz ishoradir. Demak umumiylashtirishga aniqlanadi. U ta'yinda taayyun bor. Ey, La Huva Illa Hu.

Bu koʻringan tavhidga bir ishoratdir. Haqiqatni koʻrgan nazar tavhidga koʻmilar boʻlsa, der: La Mashhuda Illa Hu

Ikkinchi jumla: اَللهُ اَحَدٌ boʻkib, tavhidi uluhiyatni tushuntiradi. Haqiqat, haq tili der:

La Ma'buda Illa Hu.

Uchinchi jumla: اَللهُ الصَّمَدُ dir. Ikki tavhid javhariga sadaf. Birinchi dur: Tavhidi Rububiyat. Ha, koinot nizomi tili der:

La Xoliqa Illa Hu.

— 697 —

Ikkinchi dur: Tavhidi Qayyumiyat. Ha, butun koinotda, vujud va ham davom etishda, taʻsir qiluvchiga ehtiyoj tili der:

La Qayyuma Illa Hu.

Toʻrtinchi: لَمْ يَلِدْ dir. Bir jaloliy tavhid yopiq. Shirk koʻrinishlarini rad qilar, kufrni kesar ajratmasdan.

Ya'ni oʻzgarish, yo nasl qoldirgan, yo boʻlakka ajralgan albat na Xoliqdir, na Qayyumdir, na Iloh.

Farzand fikri, tavallud kufrini لَمْ rad etar, birdan kesib otadi. Bu shirk sabab boʻlgan aksar inson gumroh.

Iso (A.S.) yo Uzayrning, yo farishtalar, yo aqllarning tavallud shirki avj oladi inson sinfida goh goh.

Beshinchisi: وَلَمْ يُولَدْ Bir tavhidi sarmadiy ishorati shunday: Vojib, qadim, azaliy boʻlmasa, boʻlmas Iloh.

Ya'ni: Yo muddatli yaratiq boʻlsa, yo moddadan tavallud, yo bir asldan ajralgan boʻlsa, albatta boʻlmas bu koinotga tayanch.

Asbobparastlik, yulduzparastlik, sanamparastlik, tabiatparastlik shirkning turlaridir, zalolatda alohida choh.

Oltinchi: وَلَمْ يَكُنْ Bir qamrovli tavhiddir. Na zotida tenggi, na ishida sherigi, na sifatlarida oʻxshashi لَمْ lafziga qaraydi.

Bu olti jumla ma'nan bir-biriga natija, bir-birining burhoni, silsilaviy burhonlar, tizilgan natijalar shu surada joylashgan.

Demak Ixlos surasida oʻz miqdori qomatida silsilali, ham tizilgan oʻttiz sura joylashgan, bu bularga yigʻilgan joyidir.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللهُ
Sabab faqat zohiriy

Azamat izzati taqozo qiladiki, moddiy sabablar qudrat qoʻlining pardachisi boʻlsin, aql koʻziga.

— 698 —

Tavhid va jalol iqtizo qiladiki: moddiy sabablar haqiqiy taʻsirdan qoʻlini tortgan boʻlsin {(*) Haqiqiy ta'sirdan qoʻlini tortishi, ijod-yaratishga qoʻshilmasin deganidir.} qudrat ishida.

Vujud jismoniy olam bilan chegarlanmagan

Vujudning chegara tortilmas turli nav'larini, chegaralangan boʻlmaydi, sigʻmaydi bu shahodat olamiga.

Jismoniy olam bir tantanali parda kabi, shu'la sochgan gʻaybiy olamlar ustida.

Qudrat qalamida birlashish, tavhidni e'lon qiladi

Nuqsonsiz san'at asari, fitratning xar burchagida ochiq oydin rad qilar sabablar ijodini.

Qalam uchi bilan qilingan naqsh, ayni qudrat, yaratilishning xar nuqtasida zarurat darajasida vositalar vujudini rad qiladi.

Bir narsa hamma narsasiz boʻlmaydi

Butun koinotda birdamlik sirri yashirin va yoyilgan. Ham tomonlar javob berishi, ham yordamlashish koʻrsatar.

Faqat olamshumul qudrat qildirar, zarrani xar oʻlchovi bilan yaratib joylashtirar.

Olam kitobining xar satri bilan xar jonli harfi, ehtiyoj yoʻnaltirar, tanishtirar.

Har qayerdan kelsa-kelsin ehtiyoj nidosiga labbayk deydi, tavhid sirri nomiga atrofni gaplashtirar.

Jonlilar xar harfi, xar bir jumlaga yuzlangan alohida yuzni, hamda qaragan alohida koʻzni qaratar.

Quyoshning harakati tortishish uchun,
tortishish tizim qaror topishi uchun

Quyosh bir mevali, silkinadi tushmasin deb tortishuvchi sayyor mevalari.

— 699 —

Gar lol boʻlib toʻxtasa, tortishish qochar, yigʻlar fazoda intizomli tortishuvchilar.

Kichik narsalar katta narsalarga bogʻliq

Pashshaning koʻzini yaratgan mutlaqo quyoshni, ham somonyoʻlin yaratar.

Burganing me'dasini tartibga solgan mutlaqo, quyosh tizimini tizgan.

Koʻzda koʻrish, me'dada ham ehtiyojni oʻrnatgan mutlaqo, samo koʻziga ziyo surmasi surtgan, zamin yuziga ozuqa dasturxoni yozgan.

Koinot tartibida buyuk moʻjiza bor

Koinotning qaragin ta'lifida i'joz bor. Butun tabiiy sabablar farazan

Boʻlsa xar biri qodir bir xohlaganini qiladigan.

U moʻjizaga oʻta ojizlik bilan boʻysunib

Sajda qilib,

سُبْحَانَكَ لَا قُدْرَةَ فِينَا رَبَّینَا اَنْتَ الْقَدِيرُ الْاَزَلِىُّ ذُوالْجَلَالِ
Qudratga nisbat hamma narsa musoviydir
مَاخَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّاكَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

Bir zotiy qudratdir, ham azaliy, ojizlik xalal bermas.

Unda martabalar yoʻq, mone'lar aralashmas. Istasa butun, istasa qism nisbat farq aylamas.

Chunki hamma narsa bogʻliqdir hamma narsa bilan. Kim hamma narsani qila olmasa bir narsani ham qila olmas.

— 700 —
Kim koinotni qoʻlida tuta olmasa, zarrani yarata olmaydi

Tasbeh kabi nazm aylayib koʻtaradi yerimiz, quyosh, yulduzlarni, chegaralay olmas

Shu fazoning boshiga, ham koʻksiga taqadigan quvvatli qoʻlga bir kishi sohib boʻlmasa

Dunyoda hech narsani yaratdim deb da'vo qilib, bor etish iddiaosi qila olmas.

Sinfni tiriltirish, bir kishini tiriltirish kabidir

Oʻlim aralash uyqu orqali qishda uvushgan chivinni tiriltirish qudratga ogʻir emas.

Dunyoning oʻlimi ham, tiriltirish ham shunday. Butun ruh sohiblarini tiriltirish unda ortiq nozlanmas.

Tabiat bir Ilohiy san'atdir

Emas qilgan tabiat, balki qilingan. Emas naqqosh, u balki bir naqshdir.

Emas qiluvchi, u qilingan. Emas manbaʻ, u uskuna.

Emas tartiblagan, u nizomdir.

Emas qudrat, u qonundir. Iroda sifatining qonunidir, emas haqiqiy borliq.

Vijdon, tortishi bilan Allohni taniydi

Vijdonda joylashgan, bir tortishish va jazba. Bir tortuvchining tortishi bilan doim tortishadi.

Jazbga tushar shuur sohibi, gar Zuljamol koʻrinsa. Etsa tajalliy doim koʻz qamashtiruvchi behijob.

Bir Vojibul Vujudga, Sohibi Jalol va Jamol, shu shuurli yaratilish qat'iy guvoh zamini.

Bir guvohi tortish, ham boshqasi tortishish.

Mizojning guvohligi ishonchlidir

Mizojda yolgʻon yoʻqdir, nima desa toʻgʻridir. Urugʻning tili,

Koʻkarish mayli der: "Men, unib chiqib mevador..." Toʻgʻri chiqar bayoni.

— 701 —

Tuhum ichida chuqur chuqur soʻylar hayot istagi

der: "Men joʻja boʻlaman, izni Ilohiy boʻlsa." Sodiq boʻlar lisoni.

Bir hovuch suv, temir toʻp ichida agar niyat qilsa muzlashni. Sovuq vaqtda

Ichidagi yoyilish mayli der: "Kengay, menga endi kerak kengroq joy". Bir amri beomon.

Metin temir ur٦ّ٭r, uni yolgʻon chiqarmas. Balki unda toʻgʻrilik, hamda qalbdan toʻgʻrilik

U temirni parchalar. Bu istaklar birma bir yaratilishdagi qonun, bir bir hukmi Yazdoniy,

Alohida tabiiy qonun, bir bir iroda jilvasi. Irodai Ilohiy, borliqlar idorasi

Amrlari shulardir: Bitta-bitta yoʻnalish, bitta-bitta boʻysunish Rabboniy amrlarga.

Vijdondagi tajalliy aynan shunday jilvadir, tortishish va tortilish ikki musaffo jonni.

Ikki yaltiroq shisha, aks etar ichida Jamoli Loyazaliy, hamda nuri iymoniy.

Nubuvvat basharga zaruriyadir

Chumolini amirsiz, arilarni raissiz qoldirmagan azaliy qudrat, albatta

Insonni ham qoldirmas shariatsiz, nabiysiz. Olam nizomi sirri, shunday istar albatta.

Malaklarda Me'roj, insonlarda Shaqqi Qamar kabidir

Bir me'rojiy karomat bilan farishtalar, haqiqatda koʻrdilar shubhasiz bir nubuvvatda muazzam bir valiylik bor.

U porloq zot, buroqqa minib chaqmoq boʻlgan. Oy kabi toʻliq, nur olamini ham koʻrgan.

Bu shahodat olamida tarqalgan insonlarga hissiy buyuk bir moʻ'jiza اِنْشَقَّ الْقَمَرُ oyati.

— 702 —

Bu me'rojdir, ruhlar olamidagi yashovchilarga eng buyuk bir moʻ'jiza سُبْحَانَ الَّذِٓى اَسْرٰى oyati.

Kalimai shahodatning burhoni ichidadir

Kalimai shahodatning bordir ikki kalomi. Bir-biriga shohiddir, ham dalil va burhondir.

Birinchisi ikkinchiga bir burhoni limmiydir (taʻsir qiluvchidan ishga olib borgan dalil). Ikkinchisi avvalga bir burhoni inniydir (ishdan ishni qiluvchiga olib borgan dalil).

Hayot bir tur vahdat tajalliyidir

Hayot vahdat nuridir. Shu koʻplikda tavhid tajalliy qilar. Ha, bir vahdatning jilvasi qilar koʻplarni bitta va yakto.

Hayot bir narsani hamma narsaga qilar molik. Hayotsiz narsa, unga nisbat yoʻqlikdir jumla ashyoda.

Ruh, moddiy vujud kiydirilgan qonundir

Ruh bir nuroniy qonundir, moddiy vujud kiygan bir nizomdir, shuurni boshiga taqqan.

Bu mavjud ruh, aqlga sigʻar qonunga boʻlgan ikki qardosh, ikki yoʻldosh.

Sobit va ham doim tabiiy qonunlar kabi, ruh ham ham qonunlar olami, ham iroda vasfidan kelar.

Qudrat hissiy vujud kiydirar, shuurni boshiga taqar, bir sayyor maʻnaviy borliqni u javharga sadaf qilar.

Agar turlardagi qonunlarga Xoliq qudrati moddiy vujud kiydirsa, xar biri bir ruh boʻlar.

Gar vujudni ruh chiqarsa, boshidan shuurni tushirsa, yana oʻlmas qonun boʻlar.

Hayotsiz vujud, adam kabidir

Ziyo bilan hayotning har biri, mavjudotning kashf qiluvchisidir. Qara nuri hayot boʻlmasa,

Vujud yoqʻlik aralash, balki hechlik kabidir. Ha, gʻarib, yetimdir, hayotsiz gar oy boʻlsa.

Hayot sababli chumoli dunyodan katta boʻladi

Gar borliq mezoni bilan chumolini oʻlchasang, undan chiqqan koinot sayyoramizga sigʻmas.

— 703 —

Menimcha dunyo jonlidir, boshqalarning fikricha mayyit boʻlgan kurrani gar keltirib qoʻysang

Chumoli qarshisiga, u shuurli boshining yarmi ham boʻla olmas.

Nasroniyat Islomiyatga taslim boʻladi

Nasroniyat yo soʻnadi yo soflashadi. Islomga taslim boʻlib qurolini taslim qiladi.

Takror takror yirtildi, protestanlikgacha keldi, protestanlikda koʻrmadi unga yaxshilik beradi.

Parda yana yirtildi, mutlaq zalolatga tushdi. Bir qismi lekin, biroz yaqinlashdi tavhidga, unda qutulish topadi.

Tayyorlanar hozirdan {(*) Bu dahshatli Harbi Umumiy natijasidagi holatga ishorat qiladi. Balki Ikkinchi Harbi Umumiydan toʻliq xabar beryapti.} yirtilishni boshladi. Soʻnmasa poklanib Islomga tobe' boʻladi.

Bu bir sirri azimdir, unga ramzu ishorat, Faxri Rusul degandir: "Iso Shariatim bilan amal qilib ummatimdan boʻladi".

Qaram nazar imkonsiz narsani mumkin koʻradi

Mashxur voqe'ada, Iydning hiloliga qarardi katta jamoat. Hech kim hech narsa koʻrmadi.

Katta yoshli keksa: "Koʻrdim", deb qasam ichdi. Xolbuki koʻrgani, kiprigining yoysimon oq qili edi.

U qil boʻldi uning hiloli. U yoysimon qil qayerda? Hilol oy qayerda? Gar anglasang bu ramzni:

Zarralardagi harakatlar, aql kiprigi boʻlgan zulmatdor qillardir, moddiy koʻzni koʻr qilar.

— 704 —

Sinflarni tashkil qilgan yaratganni koʻra olmas, tushar boshiga zalolat.

U harakat qayerda? Koinot tartiblovchisi qayerda? Uni unga farazga asir boʻlish qavat qavat imkonsiz!

Qur'on oyna Istar, vakil istamas

Ummatdagi jumhurni, ham avomning barchasi, burhondan koʻra manbaʻdagi muqaddas itoat istagi berar, boysunishga chorlar.

Shariatning yuzdan toʻqsoni, shar'iy hukmlar, diniy zaruratlar alohida olmos ustundir.

Ijtihodiy, ixtilofli, tafsilotli masalalar, yuzdan faqat oʻn boʻlar. Toʻqson olmos ustunni, oʻn oltinning sohibi

Xaltasiga qoʻyolmas, unga tobe' qilolmas. Olmoslarning ma'dani: Qur'on va ham Hadisdir. Uning mulkin u yerdan, xar zamon istash kerak.

Kitoblar, ijtihodlar Qur'onning oynasi, yoki durbin boʻlishi kerak. Soya, vakil istamas u Moʻ'jiza bayon Quyoshdan.

Adashgan botilni haq nazari bilan oladi

Inson yaratilishi mukarram boʻlganidan, qasddan haqni qidirar. Ba'zan kelar qoʻliga, botilni haq deb oʻylar, qoʻyniga yashirar.

Haqiqatni qazarkan ixtiyori xoriji boshiga zalolat tushar, haqiqatdir deb oʻylar, boshiga qoʻyar.

Qudratning oynalari koʻp

Zuljalol Qudratining juda koʻpdir oynalari. Har biri boshqasidan shaffofroq va xush va goʻzalroq derazalar ochadi bir misol olamiga.

Suvdan havoga qadar, havodan efirga, efirdan misolga, misoldan ruhlarga, ruhlardan vaqtga, vaqtdan xayolga,

Xayoldan fikrgacha turli oynalar, doimo koʻrinadi sayyor ishlar. Qulogʻing bilan nazar qil havo oynasiga: Yakka kalima, boʻlar million kalima!

Ajib nusxa koʻpaytirar qudratning qalami, bu koʻpayish sirri.

Koʻrinishning qismlari turlicha

Oynada koʻrinish, toʻrt suratga boʻlinadi: Yo faqat surat, yo barobar xosiyat, yo koʻrinish ham mohiyat shuʻlasi, yo mohiyat, surat.

Agar misol istasang, mana inson va quyosh, farishta va kalima. Qattiq narsa timsollari, oynada boʻlar alohida harakatlanar mayyit.

Bir nuroniy ruhning, oʻz oynalarida timsollari boʻladi alohida bogʻlangan jonli. Ayni boʻlmasa agar, boshqasi ham emas

Alohida tarqalgan nur. Gar quyosh jonli boʻlganda, boʻlar harorati hayoti, ziyo uning shuuri. Bu hislarga sohibdir oynada timsoli.

Demak budir sirlar kaliti: Jabroil ham Sidrada, ham surati Dihyada majlisi Nabaviyda,

Ham kim bilar necha yerda! Azroilning bir onda Alloh bilar necha yerda, ruhlarni qabz etadi. Paygʻambarning bir onda,

Ham avliyolar kashfida, ham sodiq tushlarda ummatiga koʻrinar, ham hashrda barcha bilan shafoat qilib koʻrishar.

Valiylarning abdali, koʻp yerlarda bir onda zuhur etar, koʻrinar.

— 705 —
Iste'dodli, mujtahid boʻlishi mumkin, sharʻiy hukm oʻrnatuvchi emas

Ijtihodning shartini qoʻlga kiritgan xar iste'dodli kishi, qiladi nafsi uchun, nass boʻlmaganda ijtihod. Unga lozim, gʻayrga tatbiq etolmas.

Ummatni da'vat bilan sharʻiy hukm oʻrnata olmas. Tushunishi shariatdan boʻlar, lekin shariat boʻlolmas. Mujtahid boʻlishi mumkin, faqat sharʻiy hukm oʻrnatuvchi boʻlolmas.

Ijmo' bilan jumhurdir, shar'iy tamgʻa qoʻyadi. Bir fikrga chaqirish, jumhurning quvvatli qabuli, ilk sharti boʻladi.

Yoʻqsa u hukmga chaqirish bid'atdir, rad etilar. Ogʻziga tiqilar, unda boshqa chiqolmas.

Nuri aql, qalbdan kelar

Zulmatli bilimdonlar bu soʻzni bilishi kerak: Qalb ziyosisiz boʻlmas fikr nuri munavvar.

U nur bilan bu ziyo birlashmasa zulmatdir, zulm va jaholat sochar. Nurning libosini kiygan bir yolgʻonchi muzavvar.

Koʻzingda bir nahor bor, lekin oppoq, qorongʻu. Ichida bir qora bor, bir munavvar kecha.

— 706 —

U ichida boʻlmasa, yogʻ boʻlagi koʻz boʻlmas, sen ham hech narsa koʻrmaysan. Basiratsiz koʻz esa qiymati boʻlmas.

Gar oq fikrda qalbda asos nuqta yoʻq, miyadagi qorishma ilm, basirat boʻlmas. Qalbsiz oqil boʻlolmas.

Miyada ilm martabalari turlicha, qorishigan

Miyada martabalar bor, bir-biriga qorishgan, hukmlari turlicha. Avval hayol boʻladi, soʻngra tasavvur kelar,

Soʻngra kelar aql yuritish, soʻngra tasdiq qiladi, soʻngra aniq ishonch boʻladi, soʻngra kelar tarafdorlik, soʻngra e'tiqod kelar.

E'tiqoding boshqadir, tarafdorliging boshqa. Xar biridan chiqar bir holat. Sogʻlomlik e'tiqoddan,

Taassub tarafdorlikdan, amrga boʻysunish aniq ishonchdan, tasdiqdan tarafdorlik, aql yuritishda betaraf, tasavvurda bebahra.

Hayolda safsata hosil boʻlar, butunlashtirishga agar boʻlmas qodir.

Botil narsalarni goʻzal tasvir qilishlik, har damda

Sof zehnlarni yaralaydi, ham toʻgri yoʻldan chiqaradi.

Hazm boʻlmagan ilm talqin etilmasligi kerak

Haqiqiy olim murshid qoʻy boʻlar, qush boʻlmaydi. Samimiy berar ilmin.

Qoʻy berar qoʻzisiga hazm boʻlgan musaffo sut.

Qush berar bolasiga ogʻzidagi qaydini.

Buzgʻunchilik osonroq, zaif kimsa buzgʻunchi boʻladi

Boʻlaklarning toʻplami, butunning boʻlish shartidir. Yoʻqlik esa, boʻladi bir bolak yoʻqligi bilan, buzgʻunchilik osonroq boʻladi.

Shuning uchun: Ojiz odam, ijobiy ish qilishga hech yaqinlashmas. Manfiy harakat, doim buzgʻunchi boʻlar.

Kuch haqqa xizmatkor boʻlishi kerak

Hikmatdagi dasturlar, hukumatda qonunlar, haqda boʻlgan qonunlar, kuchdagi qoidalar bir-biri bilan boʻlmasa birdam va yordamchi:

— 707 —

Odamlar koʻpchirigida na mevali va taʻsirli boʻladi. Shariatda shao'ir (Islom belgilari, amallar va ibodatlar) qolar chetda, ishlatmas. Insonlar ishida boʻlmas, tayanch va ishonch.

Ba'zan zid, oʻz ziddini ichiga olar

Shunday vaqt boʻladiki zid, oʻz ziddini yashirar. Siyosat tilida lafz, ma'noning ziddidir. Adolat bosh kiyimin {(*) Bu zamonni aynan koʻrgandek gapirgan.}

Zulm boshiga qoʻygan. Gʻurur libosini, xiyonat arzon kiygan.

Jihod va ham gʻazotga, isyon ismi taqilgan. Hayvoniy tuygʻularga asirlik, shaytoniy istibdodga hurriyat deb nomlangan. Zidlarda oʻxshash boʻlgan, koʻrinishda oʻzgarish, ismlarda qorishiq, maqomlarda aralash joy oʻzgarish.

Manfaatni asos qilgan siyosat vahshiydir

Manfaat ustida charxi qurilgan hozirgi siyosat, yirtuvchi, jonvor.

Och boʻlgan jonvorga sevgi koʻrsatsang, marhamatini emas, ishtahasini ochar.

Soʻngra qaytib keladi, tirnogʻining, ham tishining kirasini sendan istar.

Insondagi tuygʻular chegaralanmagani uchun jinoyati buyuk boʻladi

Hayvonning aksiga, insondagi tuygʻular, yaratilishdan chegaralanmagan. Unda chiqqan yaxshilik va yomonlik, bitmaydi.

Undagi oʻzini oʻylash, bundan chiqqan xudbinlik, gʻurur, qaysarlik birlashsa, shunday gunoh boʻladiki {(**) Bunda ham bir gʻaybiy ishorat bor.} insoniyat hozirgacha unga nom topmagan. Jahannamning kerakligiga dalil boʻlgani kabi, jazosi ham faqat Jahannam boʻladi.

Yana masalan: Bir odam bir yolgʻonchi gapini toʻgʻri koʻrsatish uchun, Islomning falokatini qalban orzu qiladi.

— 708 —

Davr koʻrsatdiki: Jahannam keraksiz boʻlmas, Jannat arzon emas.

Ba'zan yaxshilik, yomonlikka vosita boʻladi

Xoslardagi fazilatlar haqiqatda tavozuga sabab, kamtarlikka. Boʻlgan afsuski bosimga sabab,

Takabburga ham asos. Faqirlardagi kuchsizlik, omilardagi faqirlik, haqiqatda sababdir ehson va marhamatga.

Lekin afsus natijasi hozir boʻlgan, xorlik va asirlik. Bir narsada hosil boʻlgan yaxshilik va sharaf esa,

Haqqi boʻlmay xoslar va raislarga berilar. Undan kelib chiqqan gunohlar va yomonlik esa, kishilar ham avomga

Boʻʻlinib, taqsimlanar. Gʻolib tomondagi sharaf esa: "Hasan Ogʻa, ofarin!" Agar yomonlik kelib chiqsa,

Kishilardan qilinar nafrat. Basharda hazin yomnlik!

Gʻoya-i xayol boʻlmasa, anoniyat quvvatlashar

Bir orzi qilingan maqsad boʻlmasa, yoxud unutushlik bossa, yo unuttirishga urinilsa, albatta zehnlar "men"larga aylanar,

Atrofida aylanar. "Men" kuchayadi, ba'zan asabiylashadi.

Teshilmas, toki "biz" boʻlsin. "Men"ligini sevganlar, boshqalarni sevmaslar.

Isyonning sababi - zakotning oʻlimi va sudxoʻrlikning jonlanishidan chiqqan

Barcha isyonlar, butun bosh koʻtarish va buzuqliklar, ham asl, ham manbaʻi, sharmandalik va gunohlar, butun buzuq fe'llar,

Jonlantirgan va manbai ikki kalimadir faqat, yoki ikki kalomda. Birinchisi shuki: "Men toʻq boʻlsam, boshqalar

Ochlikdan oʻlsa menga nima!" Ikkinchisi: "Tinchligim uchun qiynal, sen ishla, men yeyman. Mendan yeyish, sendan ishlash!"

Birinchi soʻzdagi oʻldiruvchi zaxar, ham ildizini kesadigan, shof shifo boʻladigan yagona davosi bor.

U - shar'iy zakot, bir Islom ruknidir. Ikkinchi soʻzda, zaqqum daraxti joylashgan. Uning tomirini - ribboning xaromligi kesadi.

— 709 —

Inson tinchlik istasa, hayotini sevsa, zakotni oʻrnatishi, sudxoʻrlikni olib tashlashi kerak.

Inson hayotini istasa, sudxoʻrlik turlarini oʻldirishi kerak

Xoslar tabaqasidan avomga siylai rahm uzilgan. Pastdan otilmoqda

Isyon sadolari, intiqom faryodi, kinu hasad nolasi. Yuqoridan tushadi

Zulm va tahqir olovi, takabburning ogʻirligi, bosim jahl ovzi. Pastdan chiqishi kerak

Oʻzni sevdirish va itoat, hurmat va ham boʻysunish. Lekin marhamat va ehson yuqoridan tushishi kerak,

Ham shafqat va tarbiya. Bashar buni istasa zakotni mahkam tutib, sudxoʻrlikni quvishi kerak.

Qur'onning adolati olam eshigida turib sudxoʻrlikka der: "Mumkin emas! Haqqing yoʻq, orqangga qayt!"

Bu amrni tinglamay, bashar yedi tarsaki. {(*) Bu kuchli bir gʻaybiy ishoratdir. Darhaqiqat, inson quloq solmadi, ikkinchi jahon urushi bilan bu dahshatli tarsakini ham yedi.} Mudxishini yemasdan bu amrni tinglashi kerak.

Inson asirlikni sindirgani kabi, maoshga ishlashni ham sindiradi

Bir tushda aytgan edim: Davlatlar, millatlarning yengil urushi, inson tabaqalarining qattiq harbiga joy boʻshatib beryapti.

Chunki inson, eski davrlar asirlik istamadi, qoni bilan sindirdi. Hozir maoshga ishlar, uning yukini tortmoqda, uni ham sindirmoqda.

Insoniyat boshi keksa, besh davri bor. Ibtidoiy va badaviylik, qullik, asirlik, hozir esa maoshga ishlar, boshlagandir, oʻtyapti.

Shariatga zid yoʻl, maqsad tersiga borar

اَلْقَاتِلُ لَا يَرِثُ bir azim dasturdir: "Shariatga zid yoʻl bilan bir maqsadga yurgan kishi, koʻpincha maqsadining tersiga chekar jazo".

— 710 —

Ovrupa sevgisi, xarom muhabbat, ham taqlid va ham gʻaflat.

Natijada mukofot: Sevgilining ayyor adovati, jinoyatlari.

Maxrum fosiq topar na lazzat va na najot.

Jabariy va Moʻtaziliylarda bittadan haqiqat urugʻi mavjud

Ey haqiqat tolibi! Moziyga, ham musibat, kelajak va gunoh ayri koʻrar shariat. Moziyga, balolarga raqdir deb qaraladi.

Soʻz boʻlar Jabariyga. Kelajak va gunohlarda qaralar taklif-majburiyatga. Soʻz boʻlar Moʻtaziliyga. Moʻtazila va Jabariy

Bu yerda kelishadi. Shu botil mazhablarda bittadan haqiqat urugʻi mavjud, joylashgan, maxsus joyi bor. Umumiylashtirish botil boʻladi.

Ojizlik va oh voh bechoralarning ishi

Gar istasang hayotni, chorasi boʻlgan narsada ojizlikka yopishma.

Gar istasang rohatni, chorasi boʻlmagan narsada oh vohga oʻralma.

Ba'zan kichik narsa katta ish qiladi

Shunday sharoit boʻlar, ostida oz harakat sohibini chiqaradi to a'loyi illiyin.

Shunday holatlar boʻlar, kichik harakat, qilganni tushiradi to asfali sofiliyn.

Ba'zilarga bir on, bir yildir

Mizojlarning bir qismi birdaniga porlaydi. Bir qismi tadrijiydir, sekin sekin turadi. Inson tabiati ikkisiga oʻxshaydi.

Sharoitga qaraydi, unga koʻra almashar. Ba'zan tadrijiy ketar. Ba'zan porox kabi boʻladi zulmatli, birdaniga otilar.

Nuroniy olov boʻlar. Ba'zan esa bir nazar, koʻmirni olmos qilar. Ba'zan boʻlar bir tegish, toshni iksir qiladi. Bir nazari paygʻambar,

— 711 —

Birdan oʻzgartiradi, bir johil badaviyni, bir orifi bilimdon. Agar mezon istasang: Islomdan avval Umar, Islomdan keyin Umar.

Bir-biriga qiyosi: Bir urugʻ, bir daraxt. Daf'atan berdi samar, u nazari Ahmadiy, u himmati Paygʻambar.

Jaziratul Arabda, koʻmir boʻlgan mizojlarni oʻzgartirdi olmosga. Birdaniga boshdan oyoq.

Porox kabi axloqni porladi, boʻlishdi birma bir munavvar nur.

Yolgʻon, kofir lafzdir

Bir dona sidq-toʻgʻrilik, yoqar million yolgʻonni. Bir haqiqat urugʻi, buzar hayol qasrini. Sidq buyuk asosdir, bir ziyoli javhar.

Yerni berar sukutga, agar chiqsa zararli. Yolgʻonga yer hech yoʻqdir, garchi boʻlsa foydali. Xar soʻzing toʻgʻri boʻlsin, xar hukming haq boʻlishi kerak.

Lekin haqqing yoʻq, xar toʻgʻrini gapirish. Buni yaxshi bilishing kerak.

خُذْ مَا صَفَا دَعْ مَا كَدَرْ oʻzingga dastur qilishing kerak.

Goʻzal koʻr, ham goʻzal boq. Toki goʻzal fikrla. Goʻzal bil, ham goʻzal fikrla. Toki shirin hayot top.

Hayot ichida hayot, husni zonda umidi. Sui zon bilan umidsizlik: Saodat buzgʻunchisi, hamda hayot qotili.

Bir majlisi misoliyda shariat bilan hozirgi madaniyat,
fanda daho bilan Islom hidoyatining qiyosi

Birinchi jahon urushining otishma boshida, bir Juma kechasi bir sodiq tushda, misol olamida, bir azim majlisda, mendan soʻradilar:

"Magʻlubiyat oxirida Islom olamida qanday hol paydo boʻladi?" Hozirgi asr vakili sifatida gapirdim, ular tingladi:

Eski davrdan beri Islom istiqlolining davom etishi, ham Kalimatullohning oliy boʻlishi uchun, farzi kifoya boʻlgan jihodni, diyonat taqozosi bilan

Boʻyniga olib, oʻzini yakka vujud holida, Islom olamiga fidokorlik vazifasi boʻlgan, xilofatga bayroqdor koʻrgan bu davlat,

— 712 —

Shu millati Islomning moziy falokati, keltiradi ham albat Islom olamiga saodat va hurriyat. Boʻlar oʻtgan musibat,

Kelajakda oʻrni toʻladi. Uchni bergan, uch yuzni qozontirgan, albatta hech yoʻqitmaydi. Hozirni kelajakka almashtirar, himmat, gʻayrat sohibi.

Chunki bu musibat, hayotimiz asosi boʻlgan shafqat, qardoshlik, Islom birdamligini gʻaroyib tarzda etdi, qardoshlik rivojini

Harakatin tezlatdi, madaniyat buzishi. Hozirgi axloqsiz madaniyat surati oʻzgaradi, tizimi buziladi. Yuzaga chiqadi oʻsha vaqt,

Islomiy madaniyat. Musulmonlar ixtiyori bilan albat avval kiradi. Taqqoslashni istasang: Shariat madaniyatin va hozirgi madaniyat

Asoslarga diqqat qil, belgilarlarga nazar sol. Hozirgi madaniyat asoslari manfiydir. Manfiy boʻlgan besh asos unga poydevor, ham qiymat.

Ular bilan charx qurilar. Mana tayanch nuqtasi: Haq oʻrniga kuch.

Kuchning ishi tajovuz va qarshilik, bundan chiqar xiyonat.

Maqsadi, fazilat oʻrniga arzon bir manfaatdir. Manfaatning ishi qiyinchilik va dushmanlik, bundan chiqar jinoyat.

Hayot qonuni, oʻzaro yordam oʻrniga bir kurash dasturi. Kurashning ishi shuki: Nizo va kurash, bundan chiqar abgorlik.

Jamoatlar oʻrtasida asos aloqa: Boshqa kishining zarariga ishlovchi irqcchilik. Boshqalarni yutish bilan oziqlanar, olar quvvat.

Zararli millatchilik, irqchilik, urugʻchilik, ishi boʻlar doimo mudxish kurashish, foje'ali toʻqnashish, bundan chiqar halokat.

Beshinchisi shudirki: Jozibador xizmati: Havo, havasni jasoratlantirish, osonlashtirish, hoy havas, istaganin bajarish. Bundan chiqar kayf-safo qarami.

U hoyu havas, ishi shudir doimo: Insonni xunuk qiladi, siyratin oʻzgartirar. Ma'naviy surati buzilar, oʻzgarar insoniyat.

Shu madaniylardan koʻpining, agar ichin tashiga ochsang, koʻrarsan: Boshda maymun va tulki, ilon bilan ayiq, toʻngʻiz. Siyrati boʻlar surat.

Kelar hayoli oldingga, poʻstlariyu tuklari. Shu orqali koʻrinar qilgan ishlari.

Zamindagi oʻlchovlar, mezonidir shariat.

Shariatdagi rahmat, Qur'on samosidandir. Madaniyati Qur'on asoslari musbatdir. Besh musbat asos ustida aylanar saodat charxi.

Tayanch nuqtasi, quvvatga oʻrniga haqdir. Haqning doim ishidir adolat va bosiq harakat. Bundan chiqar salomat, yoʻq boʻladi badbaxtlik.

Maqsadi manfaat oʻrniga fazilat. Fazilatning ishi muhabbat va yaqinlik. Bundan chiqar saodat, yoʻq boʻladi adovat.

Hayotdagi dasturi, kurash oʻldir oʻrniga, oʻzaro yordam dasturi. Bu dasturning ishidir birlashish va birdamlik, jonlanadi jamoat.

Xizmat shaklida, havo havas oʻrniga hidoyatga yoʻllaydi. Hidoyat natijasi: Insonga loyiq taraqqiy va moʻllik.

Ruhga lozim suratda nurlanish va komillik.

— 713 —

Jamoatlar ichida birlik tomoni esa: Irqchilikni quvadi, hamda manfiy millatchilikni.

Ham ularning oʻrniga diniy bogʻ, vataniy nisbat, sinfiy aloqa, iymoniy qardoshlik. Bu bogʻninig natijasi, samimiy bir qardoshlik,

Umumiy bir salomat. Xorij etsa tajovuz, u ham etar mudofaa. Mana endi tushunding, qusish sababin, olmadi madaniyat.

Hozirgacha musulmon ixtiyori bilan kirmagan, hozirgi madaniyatga.

Ularga yaramagan, hamda ularga urgan mudhish asirlik zanjiri.

Balki bashariyatga darmon ekan zaxar boʻlgan. Yuzda saksonini otgan mashaqqat va badbaxtlik. Yuzda oʻnni chiqargan yolgʻonchi bir saodat!

Boshqa oʻnni qoldirgan asoratda berohat! Zolim kamchilikning boʻlgan kelgan daromad. Lekin saodat shuki: Koʻpchik topsa saodat.

Loaqal aksariyatga boʻlsa najot sababi. Inoniyatga rahmat nozil boʻlgan shu Qur'on, faqat qabul qiladi bir tarzi madaniyat,

Hammaga, yo aksarga agar bersa saodat. Hozirgi tarzi esa, nafs istaagi bemalol, havo esa hur boʻlgandir, hayvoniy bir hurriyat.

Nafs hoyu havasi bosim qilar. Nafs esa mustabid, zaruriy boʻlmagan ehtiyojni zaruriy ehtiyojga aylantirgan. Tinchlikni yoʻqotdi.

Badaviyat vaqtida kishi toʻrt narsaga muhtoj edi, madaniyat yuz narsaga muhtoj, faqir etdi. Halol mehnat, xarajatga qilmaydi kifoya.

U insonni hiyla, haromga chorlagan. Axloqning asosini shu tomondan buzgandir. Jamoatga ham sinfga bergandir sarvat, hashamat.

Shaxsni axloqsiz, ham faqir aylagandir. Buning guvohi koʻpdir.

Ilk asrlarda butun vahshat va jinoyat, ham zulm va ham xinoyat

Shu iflos madaniyat bir martada qusdi. Me'dasi {(*) Demak, yana dahshatli qusadi. Ha, ikki harbi umumiy bilan shunday qusdiki: Havo, dengiz, quruklik yuzlarini bulgʻatdi, qon bilan dogʻ qildi...} yana aynir.

Olami Islomdagi ma'noli hayiqish hamda e'tiborga loyiq.

Qabulda iztirobli, sovuq muomala qilgan. Ha Buyuk, Porloq Shariat boʻlgan nuri Ilohiy ajralgan xususiyati: Behojatlik, mustaqillik.

U ajralib turgan xossa qoʻymas hidoyat nuri, shu madaniyat ruhi boʻlgan Rim dahosi unga bosim qilishin. Unda boʻlgan hidoyat,

Bundagi falsafa bilan birlashmas, ham emlanmas, hamda tobe boʻlolmas. Islomiyat ruhida shafqat, iymon izzati yetishtirgan shariati

Qur'oni Moʻ'jiz-Bayon tutgan porloq qoʻlida shariat haqiqatlarin. Porloq oʻng qoʻlda alohida Muso Asosi. Sehrovchi madaniyat, kelajakda qiladi unga hayrat sajdasi.

— 714 —

Endi bunga diqqat qil: Eski Rim, Yunonning ikki dahosi esi, bir asldan egizak, biri hayol aralash, ikkinchisi moddaparast.

Suv ichida yogʻ kabi aralasha olmadi. Davr oʻtishin istadi, madaniyat tirishdi. Xristiyanlik urindi, birlashtirishga hech biri muvaffaq ham boʻlmadi.

Xar biri istiqlolin toʻligʻicha saqladi. Hatto hozir goʻyo ikki ruh, hozirga kelib jasadlari oʻzgargan, Olmon, Fransuz boʻldi.

Goʻyo bir navʻ re'nkarnatsiya boshlaridan oʻtkazdi. Ey misoliy birodari! Davr shunday koʻrsatdi. Egizak ikki daho, hoʻkiz kabi rad etdi

Birlashish sabablarin. Hozir ham kelishmadi. Modom ular ekizak, qardosh va birodardi, taraqqiyda yoʻldoshdi, bir-birila urushdi. Hech ham yarashmadilar.

Keyin ularning asli, ham ma'dani, tigʻilish joyi boshqa tur boʻlgan edi. Qur'onda boʻlgan nurni, shariat hidoyati

Shu madaniyat ruhi boʻlgan Rim dahosi bir-biri bilan kelishar ham kuchli birdamligi.

U dahoyu bu haq din manbaʻlari boshqadir: Haq yoʻl samodan tushdi, daho zamindan chiqdi. Qalbda hidoyat ishlar, aqlni ham ishlatar.

Daho aqlda ishlar, qalbni ham chalkashtirar. Hidoyat ruhni nurli etar, urugʻlarni koʻkartirar. Qorongʻi tabiat u orqali yorishar.

Komillik iste'dodi birdaniga yoʻl bosar. Nafsi jismoniy qilar boʻysinuvchi xizmatkor. Malak siymo qiladi insoni himmatparvar.

Daho esa: Avvalo nafsu jismga qaraydi, tabiatga kiradi, nafsni dala qiladi. Nafsoniy iste'dodi unib koʻkarar chiqar.

Ruhni qilar xizmatkor, urugʻlari quriydi. Shaytonning siymosini insonda koʻrsatadi.

Hidoyat, ikki hayotga saodat beradi. Ikki diyorga ziyo tarqatadi. Insonni yuksaltiradi.

Dajjol kabi {(**) Bunda ham bir nozik ishorat bor.} bir koʻzli daho, bir uy bilan bir hayotni bilar, moddaparast boʻlar va dunyoga shoʻngʻigan. Insonni qilar alohida jonivor.

Ha daho, kar tabiatga sigʻinar. Koʻr kuchga boʻyin eggan. Hidoyatchi, shuurli san'atni tanir, hikmatli qudratga qarar. Daho, zaminga kufron pardasi tortar. Hidoya, shukron nurini sochar.

Shu sababli: Daho - koʻr va sagʻir; hidoyat - eshitar, koʻrar. Dahoning nazarida, zamindagi ne'matlar egasiz mol mulk hisob.

Minnatsiz talonchilik va oʻgʻrilik, tabiatdan qoʻporish, jonivorcha his berar.

Hidoyat nazarida, zaminning siynasida, koinotning yuzida

Sochilmish boʻlgan ne'mat, rahmatning mevalari. Xar ne'matning ostida bir ehson qoʻlin koʻrar, shukron bilan oʻptirar.

Buni inkor qilmayman: Madaniyatda bordir koʻp chiroyli narsalar. Ammo ular na Nasroniyat Mulki na Ovrupa ijodi,

— 715 —

Na shu asr san'ati. Balki umum mulkidir: Fikrlar yigʻindisi, samoviy qonunlardan, ham tabiiy ehtiyoj, xususan Ahmadiy shariat,

Islomiy inqilobdan kelib chiqqan bir mulkdir. Hech kim ega chiqmaydi.

Tushdagi majlis, u majlisning raisi takroran soʻradi:

"Musibat boʻlar har dam xiyonat natijasi, mukofotning sababi. Ey shu asr odami! Qadar tarsaki urdi, qazo ham yoʻliqtirdi

Qaysi ishingiz bilan qazoga, ham qadarga shunday fatvo berdingiz, Alloh qazosi musibat hukmi berdi, sizni holdan toydirdi?

Koʻpchilikning xatosi boʻlar sabab doimo ommaviy musibatga." Dedim:

Basharning fikriy zalolati, Namrudona qaysarligi,

Fir'avcha gʻururni shishib shishib zaminda, yetishdi samovotga. Hamda tegdi hassos yaratilish sirriga.

Samovotdan tushirdi

Toʻfon, vabo misoli, shu urush zilzilasi, kofirga tushirdi samoviy bir tarsakni. Demakki bu musibat, butun bashar musibati edi.

Turi bilan hammani oʻz ichiga oladi. Bir umumiy sababi, moddparastlikdan kelgan fikriy zalolat. Hayvoniy hurriyat, nafs havo istibdodi.

Biz olgan hissa, sabab arkoni Islomiyga ahamiyat bermadik, tark qilganimiz. Zero Xoliq Taolo yigirma toʻrt soatda, bir soatni istadi,

Besh vaqt namoz uchun faqat u soatni, bizdan yana biz uchun amr etdi, ham istadi. Tanballikla tark etdik, gʻafatla chetda qoldi.

Shunday ham jazo koʻrdik: Besh yilda, yigirma toʻrt soat, doimo ta'lim va mashaqqat bilan harakat va yugurtirib bir naviʻ namoz oʻqitdi.

Yilda bir oy roʻza uchun nafsimizdan istadi. Nafsimizga achindik, besh yil kafforatan jabran roʻza tuttirdi.

Oʻzi bergan mulkidan, qirqidan yo oʻnidan birin zakot istadi.

Baxillik bilan zulm qildik, xarom aralashtirdik, ixtiyor bilan bermadik.

U esa bizdan oldirdi yigʻilgan zakotni, xaromdan ham qutqardi.

Amal, jazo turadir. Jazo, amal turidir. Solih amal ikkidir:

Biri musbat va ixtiyoriy, ikkinchisi manfiy majburiy. Butun azob, musibat, a'moli solihadir, lekin manfiydir, majburiy. Hadis tasalli berdi.

Bu gunohkor millat qonidan tahorat oldi. Amaliy tavba qildi. Naqd mukofoti, bu millatning beshdan biri toʻrt million kishini chiqardi

Valiylik darajasiga, shahidlik martabasi bilan gʻoziylik berdi, gunohni tozaladi. Tushda tashkil etilgan bu oliy majlis, bu soʻzni tahsin etdi.

Men ham birdan uygʻondim, balki uygʻoqlik bilan endi yotdim. Menimcha uygʻoqlik tush,

Tush bir navʻ uygʻoqlik. U yerda asr vakili, bu yerda Said Nursiy.

— 716 —
Bilimsizlik, majozni qoʻliga olsa haqiqat qiladi

Ilmning qoʻlidan agar jaholat qoʻliga tushsa majoz, aylanar haqiqatga, ham ochar xurofotga eshiklar.

Kichikligimda oyni tutilgan koʻrdim. Soʻradim volidamdan. Dedi: "Ilon yutgandir." Soʻradim: "Nima uchun koʻrinyapti?"

Dedi: "U yerda ilonlar yarim shaffof boʻladi". Bunday bir majoz haqiqat deb oʻylangan: Quyosh va oy orbitasi

Kesishish nuqtalari boʻlgan bosh va dumida yer oʻrtaga kirganda amri Ilohiy bilan oy tutiladi.

Ikki faraziy yoy ikki katta ilon deyilgan, xayoliy bir tashbeh bilan nomlangan. Tinnin esa ilondir.

Mubolagʻa orqadan ayblashdir

Qay narsani vasf qilsang, boridek vasf qilgin. Madh mubolagʻasi menimcha orqadan ayblash.

Alloh ehsonidan ortiq ehson, ehson emas.

Shuhrat zolimdir

Shuhrat bir mustabiddir, sohibiniki boshqa birov molini.

Mashhur Xoʻja Nasriddin latifalari ichida, unga tegishlisi faqat ularning zakotidir.

Rustami Sistoniy uning hayoliy shoni talon qilgan bir asr Eron iftixorini. Talon va oʻgrilik bilan shishdi u xayoliy shuxrati, xurofotga qoʻshildi, otdi inson sinfini.

Din bilan hayot alohidaligini oʻylaganlar falokatga sababdir

Shu Joʻn turklar xatosi: Bilmadi u bizdagi din hayotning asosi. Millat va Islomiyat boshqa-boshqa oʻyladi.

Madaniyat bardavom, istilochi farazi. Hayot bahtini ichida koʻrar edi. Hozir davr koʻrsatdi,

Madaniyat tizimi {(*) Tom gʻaybiy ishoratdir. Sakarotdagi dinsiz zolim madaniyatga qaraydi.} buzuq ham zararli edi. Qat'iy tajriba bizga buni koʻrsatdi.

— 717 —

Din hayotning hayoti, ham nuri, ham asosi. Dinni tiriltirish orqali boʻladi shu millat tirilishi. Musulmonlar buni angladi.

Boshqa dinlar aksiga, millatning taraqqiysi - dinimizni mahkam tutish darajasi nisbatidadir. Uzoqlashgan nisbatda edi millatning ortda qolishi. Tarixiy bir haqiqat, undan boʻlgan unutishga urinish.

Oʻlim - faraz etilgani kabi daxshatli emas

Zalolat faraziydir, oʻlimni daxshatli koʻrsatadi. Oʻlim, kiyim almashtirish yo makon oʻzgartirish. Qamoqdan boʻstonga chiqar.

Kim hayotni istasa shahidlikni istasin. Shahidning hayotiga Qur'on ishorat qilar. Sakarotni totmagan xar bir shahid, oʻzini

Tirik bilar, koʻradi. Lekin yangi hayotni tozaroq biladi.

Oʻylaydiki oʻlmagan. Mayyitlarga qiyosi, diqqat qil shunga oʻxshar:

Ikki odam, tushida shirin narsalar jamlangan goʻzal bogʻda aylanar. Biri tush ekanin bilar, lazzat olmaydi.

Unga huzur bermaydi, balki afsus qiladi. Narigisi, uygʻoqlik olami deb oʻylab, haqiqiy lazzat olar, unga haqiqiy boʻlar.

Tush misol olami soyasi, misol olami esa barzohning soyasidir. Shundan ularning dasturlari bir-biriga oʻxshaydi.

Siyosat, fikrlar olamida shaytondir, panoh tilanishi kerak!

Bugungi siyosat, koʻpchilik tinchligiga kamchilikni fido qiladi. Balki zolim kamchilik, oʻziga qurbon qilar xalqning koʻpchiligini.

Qur'oniy adolat, bir ma'sumning hayoti, qonin foydasiz deb qaramas, uni fido qilmaydi nafaqat aksariyatga, hatto butun sinfni.

مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ oyati ikki azim sirrni oʻrnatadi nazarga. Biri: Toʻliq adolat. Bu azim dasturni

Kishi bilan jamoat, shaxs bilan bashariyat, qudrat bir koʻrganidek, adolati Ilohiy, ikkisiga bir qarar. Bir doimiy qonundir.

Yakka shaxs, haqqin oʻzi fido qiladi. Lekin fido qilinmas, hatto umum insonga. Uning haqqin toptalishi, ham qon oqishi,

Ham maʻsumligin tugashi: Sinfga oid haqning yoʻq qilinishi, ham bashar maʻsumligin oʻzshashi, ham tenggi. Ikkinchi sirri budir: Xudbin odam

— 718 —

Istak va havas yoʻlida bir ma'sumni oʻldirsa, agar qoʻlidan kelsa, nafsiga mone' boʻlsa xarob qilar dunyoni, yoʻq qilar insoniyatni.

Zaiflik, dushmanga shijoat beradi. Alloh qulini sinaydi. Qul Allohini sinay olmaydi.

Ey qoʻrqoq va ham zaif! Xavf va zaifliging behuda, ham sening zararingga, tashqi taʻsirlarni shijoatlantirar, jalb qilar.

Ey vasvasali vahimachi! Aniq bir foyda, mavhum zararlar uchun fido qilinmas. Qilishing kerak boʻlgan harakat, natija Allohniki.

Ishiga aralashma. Alloh tortar qulini imtihon maydoniga. "Bunday qilsang agar, bunday qilaman men", der.

Qul esa hech qilolmas Allohini imtihon. "Rabbim muvaffaq etsin, men ham buni qilaman", desa, tajovuz etar.

Isoga degan shayton: "Hamma ishni U qilar ekan, Qadar birdir, oʻzgarmas. Togʻdan oʻzingni ot. Koʻraylik U nima qilar?"

Iso dedi: "Ey mal'un! Qul qilolmas Robbini tajriba va imtihon!"

Yoqtirgan narsangda haddingdan oshma

Bir dardning darmoni, boshqa dardga dard boʻlar. Panzaxari zahar boʻlar. Darmon haddan ortsa dard keltirar, oʻldirar.

Qaysarlikning koʻzi farishtani shayton koʻradi

Inodning ishi shuki: Shayton yordam qilsa "farishta" deydi, haqqiga rahmat soʻrab duo qiladi.

Muxolif tarafida agar farishtani koʻrsa, libosini almashgan, uni shayton deb oʻylar, adovat la'nat etar.

Haqni topgandan soʻng haqroq uchun ixtilof chiqarma

Ey tolibi haqiqat, modomiki haqda ittifoq, haqroqda ixtilofdir. Ba'zan haq, haqroqdan ham haqroq boʻladi. Hamda boʻlar goʻzal, eng goʻzaldan ham goʻzal.

— 719 —
Islomiyat, tinchlik va huzurdir, ichki nizo va xusumat istamaydi

Ey Olami Islomiy! Hayoting birdamlikda. Gar birdamlik istasang dasturing bu boʻladi:

"Faqat u haq" oʻrniga "U haq" boʻlishi kerak. "Fqat u goʻzal" oʻrniga "U goʻzal" boʻlishi kerak.

Xar muslim oʻz yoʻl, yoʻnalishiga: "Bu haq, boshqalarga aralashmayman. Boshqalar goʻzal boʻlsa, meniki eng goʻzalidir", deyishi kerak.

"Haq bu! Boshqalar yanglish." Yokim, "Faqat meniki goʻzal, boshqalar xato, xunuk", demasligi kerak.

Ajratish tushunchasi, nafs sevgisidan kelar. Keyin kasallik boʻlar, nizo undan chiqadi.

Dard bilan darmon topar

Koʻpayishi haq boʻlar, haq ham koʻp sonli boʻlar. Ehtiyoj va ozuqalar koʻpligi haq boʻladi, haq ham koʻp sonli boʻlar.

Iste'dod, tarbiyalar, koʻpligi haq boʻladi, haq ham koʻp sonli boʻlar. Bir moddada, ham zahar va ham panzahar.

Ikki mizojga koʻra tafsilotli masalalarda haqiqat sobit emas, nisbiy va murakkab. Masʻul mizojlar

Unga bir hissa berib, unga koʻra amalga oshar va birlashar, xar mazhabning sohibi ehtimolni mutlaq hukm qilar.

Mazhabining chegaralangan hududini qoldirar mizoj mayliga, mazhabda mutaassiblik umumiylashtirishga sabab boʻlar.

Umumiylashtirishga tarafdorlik nizoga sabab boʻlar. Islomiyatdan avval inson tabaqalarida chuqur jarliklar,

Ham hayratlanarli uzoqlik istadi bir vaqtda bir davrda anbiyolarning koʻpligi, shariatlar turli boʻlishi, farqli mazhablar.

Islomiyat insoniyatni inqilob qildirdi, bashar bir-birga yaqinlashdid, shariat etdi birlik, yakka boʻldi Paygʻambar.

Saviya bir boʻlmadi, mazhab koʻp sonli boʻldi. Yagona tarbiya kifoya qilgan zamon, birlashadi mazhablar.

Yaratish va zidlarning birlashishida buyuk hikmat bor. Qudrat qoʻlida quyosh va zarra teng.

Ey uygʻoq qalbli qardosh! Zidlarning birlashishidan Alloh qudratining tajalliy qilar, lazzat ichida azob, xayrning ichida sharni,

Goʻzal ichida xunuk, foyda ichida zarar, ne'mat ichida gʻam, nur ichida olovni bilarmisanki sirni?

Nisbiy haqiqatlar yuzaga kelib, qaror topsin. Bir narsada koʻp narsa boʻlsin, topsin vujud, koʻrinsin. Harakat tezligida bir nuqta chiziq boʻlar.

— 720 —

Aylantirish tezligi qilar bir nur yogʻdusi, nuroniy doirani. Nisbiy haqiqatlar vazifasi, dunyoda urugʻlar koʻkarar.

Koinot loyi, nizomining boʻglari, naqshi aloqalrin udir tashkil qiladi. Oxiratda bu nisbiy ishlar haqiqatlar boʻladi.

Haroratda martabalar, sovuqning issiq ichiga aralashishisga sabab boʻlgan.

Husndagi daralar xunuk aralashuvidan. Sabab maqsad boʻladi.

Ziyo zulmatga qarzdor, lazzat alamga qarzdor, sihat kasalliksiz boʻlmas. Jannat boʻlmasa balki Jahannam azob bermas. Yoquvchi sovuqsiz boʻlmaydi.

Gar bu sovuq boʻlmasa, u ham yoqa olmaydi. U Xalloqi Lamyazal, zidlar yaratishida hikmatini koʻrsatdi. Xashamati yuzaga chiqdi.

U Qodiri Loyazal, zidlarni birlashtirib iqtidorin koʻrsatdi. Azamat etdi zuhur. Modomiki u qudrati Ilohiy zotida lozim boʻlar.

U Zoti Azaliyga, ham oʻzida boʻlishi kerak boʻlgan xususiyat, unda ziddi boʻlolmas, ojizlik xalal bermas, unda martaba boʻlmas, hamma narsaga nisbati bir, hech narsa ogʻir emas.

U qudrat ziyosiga quyosh qandil boʻlgan. Bu qandilning nuriga dengiz yuzi oyna, shabnamlarning koʻzlari bir bir oyna boʻlgandir.

Dengizning keng yuzi, koʻrsatgan quyoshni tirishgan peshonada tomchilar ham koʻrsatar, shabnamning kichik koʻzi yulduz kabi porlaydi.

Ayni mohiyat tutar, shabnam, dengiz bir boʻlar quyoshning nazarida. Qudratni oʻxshatadi. Shabnamning koʻz qorachigʻi kichkina bir quyoshdir.

Shu muhtasham quyosh ham kichkina bir shabnamdir. Koʻz qorachigʻi bir nur qudrat quyoshidan chiqar, u qudratga oy boʻlar.

Samovot bir dengizdir, bir nafasi Rahmon bilan tirishgan peshonada mavjlanib, tomchilar yulduz va ham quyoshdir.

Qudrat tajalliy etdi, tomchilarga sochdi nuroniy yogʻdularni. Xar bir quyosh bir tomchi, xar bir yulduz bir shabnam, xar bir yogʻdu timsoldir.

U tajalliy fayzining kichkina bir aksidir u tomchimisol quyosh. Etar jiloli shishasini u shisha yaltirashi dur misol porlaydi

U shabnam misol yulduz latif koʻzi ichida, bir yer qilar yogʻduga, yogʻdu boʻlar bir nur, koʻzi boʻlar shisha, lampasi nurlanadi.

Ustun tomoning boʻlsa koʻkarishi uchun yopiq tuproqda qolsin

Ey mashhur xususiyatga ega kishi! Maydonga chiqib zulm etma. Agar yopiq pardoning ostida qolsang, qardoshlaringga berarsan ehson va barakat.

— 721 —

Sen xar bir qardoshing ostida chiqishing, hamda u sen boʻlishing imkon va ehtimoli, xar biriga jalb qilar hurmat nazarin.

Agar bilinib parda ostidan chiqsang, ostida sharafli eding, ustida zolim boʻlasan. Quyosh ekan u yerda, bu yerda soya qilasan.

Qardoshlaringni hurmatdan tushirasan. Demak koʻrinish va yuzaga chiqish, zolim ishdir. Kamchiliksiz toʻgʻri bunday boʻlsa, shunday koʻrasan.

Qayerda qoldi yolgʻonchi harakat va riyo bilan shuhrat bilan shaxsiyatga ega boʻlish? Ilohiy hikmat bir sirri azim boʻlib, ham eng goʻzal nizom

Favqulotda xususiyatlarga ega kishi, oʻz sinfi ichida parda tortib yopadi, bu bilan qiymat oldirar, hamda sevilar.

Mana senga misoli: Inson ichida valiy, umr ichida ajal, boʻlgan majhul va mavhum. Jumada bir soat yashirin, qabul boʻlar duo qilsang.

Ramazonda yoyirgan bir qadr kechasi, Asmoul Husnada yashirin iksiri Ismi A'zam. Bu misollar hashamati, hamda oʻsha goʻzal sir

Yopiq qolsa izhor qilar, yashirishda isbot etar. Masalan: Ajalning yopiqligida muvozanat bor, xar daqiqada kelar qanday vaziyatda boʻlsang ham.

Umid va qoʻrquv muvozanatlari, oxirat va dunyo xizmati, boqiylik farazi, umrga lazzat berar. Yigirma yil mavhum umr boʻlsa goʻzal

Tugashi aniq, ming yillik bir umrdan. Chunki yarmi oʻtsa, xar soati kelgancha goʻyo qadam tashlab dorga borasan.

Sekin sekin qaygʻurmoq va ham tasalli bermas, sen ham tinch boʻlmaysan.

Allohning rahmat va gʻazabidan ortiq hissiyotga berilish xato

Allohning rahmatidan ortiq rahmat etilmas. Allohning gʻazabidan ortiq gʻazab etilmas.

Shunday ekan ishni qoldir u Odili Rahimga. Ortiq shafqat alamdir, ortiq gʻazab yomonlik.

Isrof ahmoqlikning, ahmoqlik abgorlikning eshigidir

Ey isrofgar qardoshim! Oziqlanish tomonidan bir ekan ikki luqma, bir luqma bir tiyinga, bir luqma oʻn tiyinga.

— 722 —

Ham ogʻizga kirmasdan, ham tomoqdan oʻtgandan soʻng, teng boʻladi. Faqat ogʻizda, u ham necha soniya telbaga berar lazzat.

Lazzatda bir farq boʻlar, doim uni aldaydi taʻm bilish hissi, badanga, ham me'daga darvozabon, nazoratchi.

Uning ta'siri musbat emas, manfiy! Vazifa faqat darvozabonga hadya va xursand etmoq! Lazzat berarsan telbaga

Asl vazifasida uni adashtirish, bir tiyin oʻrniga oʻn bir tiyinni berish, boʻlar shaytoniy odat.

Isrofning eng tubani, isrofning eng yomoni, bir tarzdir bir turi, havas qilma bu ishga.

Taʻm bilish hissi telegrafchidir, lazzat olish orqali yoʻldan chiqarma

{(*) Iqtisod Risolasining urugʻi. Balki oʻn sahifalik Iqtisod Risolasini yozilishidan avval oʻn satrga joylagan.}

Rububiyati Iloh hikmat va inoyati, ogʻiz va burun bilan ikki markaz tashkil qilgan, ichida hudud qorovuli, ham

Xabarchilarni qoʻygan. Shu kichik olamda tomirlarni telefon, asablarni telegraf hisobida oʻrnatgan. Hid bilish telefoni, ham

Telegrafga taʻm bilishni inoyat xodim qilgan. U Razzoqi Haqiqiy, rizq ustiga qoʻygan rahmatdan bir dastur, taom va rang va

Hid. Bu uchta his, u Razzoq bergan alohida e'lonnoma, alohida taklifnoma, bir ruhsatnoma, ham

Bir dallol boʻlib, muhtoj va mijozlar doim ular bilan jalb etilar.

Rizqlangan hayvonlarga zavq, koʻrish va hid bilish, alohida aʻzo bergan. Ham

Taomlarni turli ziynatlar bilan bezatgan. Havoiy koʻngillarni ovutib, loqaydlarni xavotiri bilan tortgan. Qachon, taom kirsa ham

Ogʻizga, birdaniga taʻm bilish xar tarafga telegraf yuboradi badanning xar tomoniga. Hid bilish telefon qiladi, kelgan taom turi, ham

Turlarni aytadi. Hojatlari turlicha, boshqa-boshqa rizqlangan, unga koʻra harakat qilar, unga tayyorlanadi yo javobi rad kelar. Ham

Eshikdan tashqariga otar, yuziga ham tupurar. Inoyat tarafidan demak shunday xodimdir, zavq bilan adashtirma. Ham

Lazzat bilan aldama. Soʻngra u ham unutar toʻgʻri ishtaha nedir, bir yolgʻonchi ishtaha kelar, boshiga oʻtadi. Xatosi, kasal bilan ham

Illatlar bilan jazolar kelar. Haqiqiy lazzat haqiqiy ishtahadan chiqadi, toʻgʻri ishtaha toʻgʻri bir ehtiyojdan. Bu kifoya lazzatda, shoh ham

— 723 —

Gado barobar. Ham teng bir dinor va bir dirham u lazzat, ikkalasi bilan qoʻlga kiritilar. Azobga boʻlar malham.

Niyat kabi qarash tarzi ham odatni ibodatga aylantiradi

Shu nuqtaga diqqat qil: Niyat orqali muboh odatlar, ibodat boʻlar. Shuning kabi, qarash tarzi bilan tabiiy fanlar, boʻlar ma'rifati Ilohiy.

Tadqiq ham tafakkurdir. Ya'ni agar harfiy nazar bilan, ham san'at nuqtasida "qanday goʻzal" oʻrniga "qanday goʻzal yaratgan Sone', qanday goʻzal qilgan!"

Nuqtai nazarida koinotga bir boqsang, Naqqoshi Azal naqshi, nizom va hikmati bilan maqsadli va kamchiliksiz yaratilish yogʻdusi, shubhalarni nurlantirar.

Aylanar tabiiy fanlar, ma'rifati Ilohiyga. Agar ismiy maʻnosi bilan, tabiat nuqtasida, "oʻzi qanday boʻlgan" agar etsang nigohni,

Qarasang koinotga, funlardagi biliming jaholat doirasi boʻlar. Bechora haqiqatlar qiymatsiz qoʻlda qiymatsiz boʻladi. Koʻpdir buning guvohi.

Bunday davrda farogʻatda shar'iy izn ihtiyorimizni oʻzimizga bermaydi

Lazzatlar chaqirgan sari "Goʻyo yedim" deb ayting. "Goʻyo yedim" dastur qilgan kishi, bir masjidni yemadi.

{(*) Istanbulda "Goʻyo Yedim" nomli bir masjid bor. "Goʻyo yedim" degan odam, nafsining istaklaridan qutqargan pullar bilan qurgan.}

Ilgari aksar musulmonlar toʻliq och emas edi. Farogʻatda ixtiyor bir daraja bor edi.

Hozir esa, aksari ochlikka tushdi qoldi. Lazzat olishga ixtiyor, Shar'iy izn qolmadi.

Koʻp insonlar, ham aksariyat ma'sumlar tirikchiligi oddiy. Oziqlanish soddaligi bilan ularga tobe' boʻlish

Ming karra yaxshiroq, isrofgar kamchilikka, yo bir qism telbaga rizqlanishda farogʻat tomonlama oʻxshamoq.

Shunday vaqt boʻladiki ne'matning yoʻqligi ne'matdir

Hotira bir ne'matdir. Lekin axloqsiz odamda musibat vaqtida unutish unga yaxshi.

— 724 —

Unutish ham bir ne'mat. Xar kun azobin berar, yigʻilgan azoblarni unuttirar.

Xar musibatda bir ne'mat jihati bor

Ey jabrdiyda! Musibat ichida bir ne'mat joylashtirilgan. Diqqat et va uni koʻr. Xar narsada bordir

Bir issiqlik darajasi, xar musibatda bordir bir ne'mat darajas. Yanada kattasini oʻyla. Kichikdagi ne'matning

Darajasini koʻrib Allohga koʻp shukr et. Boʻlmasa kattalashishidan qoʻrqsang, "uf, uf" bilan puflasang, u ham aksiga shishar.

Shishar da daxshatlanar. Agar qiziqsang, bir ekan ikkilashar. Qalbda boʻlgan misoli, qaytar haqiqat boʻlar,

Haqiqatdan dars olar. Soʻngra qaytar, boshlaydi, qalbini kaltaklaydi.

Katta koʻrinma kichrayasan

Ey "men"ligi ikkita, boshi esa kibrli! Shu mezonni bilib qoʻy: Xar odam uchun albat jamiyati basharda, ijtimoiy binoda,

Koʻrish koʻrinish uchun martaba deyilgan bir derazasi bor.

Gar deraza, oʻz qiymatidan yuksak boʻlsa, takabbur bilan uzayadi.

Kengayadi. Gar deraza, oʻz himmatidan past boʻlsa, tavozuʻ bilan bukiladi, egiladi.

Komillarda, buyuklik miqyosidir kichiklik. Noqislarda, kichiklik mezonidir buyuklik.

Fe'llarning joyi oʻzgarsa, mohiyati ham oʻzgaradi

Bir xislat: yer boshqa, siymo bir. Goh dev, goh farishta, goh solih, goh yaramas. Misoli shulardir:

Zaifning kuchliga izzati nafsi sanalgan sifat, agar kuchlida boʻlsa, takabbur va gʻururdir.

Kuchlining bir zaifga tavozusi sanalgan sifa, agar zaifda boʻlsa, xorlik va riyodir.

Bir mansabdor, mansabida boʻlsa jiddiyati - viqordir, kamtarligi - xorlikdir.

Uyida boʻlsa kamtarligi - tavozu, jiddiyati - kibrdir.

— 725 —

Birinchi shaxsda boʻlsa agar bir zotda: Xush qabul - gʻurur, fidokorlik, bir xislat, bir amali solihdir.

Birinchi shaxs koʻplikda boʻlsa agar u zotda: Xuush qabul - xiyonat, fidokorlik, bir sifat, bir foydasiz amaldir.

Talablarni bajarishda tavakkval, tanballikdir. Natija olishda Allohga qoʻyish, shar'iy tavakkal boʻlar.

Harakat natijasi, qismatiga rizo esa maqtalgan fazilatdir, harakatga quvvatdir.

Mavjud molga rozilik, tavsiya qilinmagan, balki past himmatlikdir. Misollar yana koʻpdir.

Qur'on mutlaq zikr etar, solih amal, taqvoni. Yopishga ramz qilar maqomlarning ta'siri. Qisqaligi tafsilot. Sukuti keng soʻzlardir.

"Haq oliydir" oʻzi, ham oqibat maqsaddir

Ey birodar! Bir kuni bir soʻrovchi soradi: "Modomiki "Haq oliy" ekani haq. Nima uchun kofir muslimga, kuch, haqqa gʻolib?"

Dedim: Toʻrt nuqtaga boq! Bu masala hal boʻlar. Birinchi nuqta shudir: Xar haqning xar vositasi haq boʻlishi shart emasdir.

Shuning kabi, xar botilning xar vositasi botil boʻlishi, yana shart emas. Natijasi shu chiqar: Haq boʻlgan bir vosita, botil vositaga gʻolib.

Natijada, bir haq, botilga magʻlubdir. Vaqtincha, bilvosita boʻlgandir. Yoʻqsa oʻzi, ham bardavom emasdir.

Lekin oqibat natija, xar dam yana haqniki. Kuchning bir haqqi bor, yaratilish sirri bor. Ikkinchi nuqta shuki:

Xar muslimning xar vasfi muslim boʻlishi vojib. Qaralganda esa xar doim vasflarga ega boʻla olmaydi.

Shunga oʻxshab: Xar kofirning xar vasfi kofir boʻlishi, kufridan kelib chiqishi, yana shart emas.

Xar fosiqning xar vasfi fosiq boʻlishi, fisqidan kelib chiqishi, shuning kabi xar doim vasflarga ega boʻla olmaydi.

Demak bir kofirning muslim bir vasfi, muslimdagi shariatga zid vasfiga gʻolib boʻladi. Bilvosita, u kofir unga gʻolib keladi.

Ham dunyoda, hayotning haqqi keng va umumiy. U qamrovli rahmatning bir jilvasi ma'nodor, uning bir sirri hikmati bor, kufr mone' emasdir.

Uchinchi nuqta shuki: U Zoti Zuljalolning ikki vasfi kamoldan ikki qonuni tajalliy etar, iroda vasfidan kelgan istak bilan taqdirdir.

U ham koinot qonuni. Kalom vasfidan kelgan Allohning shariati. Sharʻiy amrlarga itoat, isyon

— 726 —

Boʻlganidek. Koinot qonunulariga itoat va isyon boʻladi. Birinchisi koʻpincha oxirat diyorida koʻradi,

Jazo, savobni. Ikkinchisi koʻpincha dunyoda tortar, mukofot va azobni. Masalan: Sabr mukofoti zafardir,

Tanballik jazosi yoʻqsillik. Shuning kabi, mehnat savobi boʻlar sarvat. Sabot qilishda esa mukofot gʻalabadir. Zaxar azobi kasallik, panzaharning savobi sihhat.

Ba'zan ikki shariat qonunlari, bir narsada birga joylashadi. Xar biriga bir jihat. Demak koinot qonunlariga itoat qilish haq.

Itoat gʻolib boʻlar, u ishning isyoniga bir botil harakatdir. Bir botilga sabab boʻlgan boʻlsa bir haq, qachonki gʻolib boʻlsa

Bir botilga, boʻlgan uning haq vositasi. Bilvosita bir haqning bir botilga magʻlubdir. Lekin shaxsan emasdir.

Demak "Haq oliydir" oʻzi demakdir. Ham oqibat muroddir, qaydi mohiyat maqsad. Toʻrtinchi nuqta shuki:

Bir haq kuchli holda, yoki quvvatsiz qolgan, yo aralash, ham sohta. Unga ham bir ochilish, yo bir yangi kuch qoʻshish kerak boʻladi.

Tuzatillgan va yaltiratish uchun, vaqtincha botil unga bosimda, toki haq ildizi qancha miqdor kerakli

To sof, xolis chiqsin. Boshlangʻichda, dunyoda botil etsa gʻalaba, lekin harbni yuta olmas. "Oqibatul muttaqiyn" unga urar bir zarba!

Demak botil magʻlubdir. "Haq oliydir" sirri uni urar azobga, xullas haq ham gʻolibdir.

Bir qancha ijtimoiy dasturlar

Ijtimoiy tizimda dasturlarni istasang: Teng boʻlmagan adolat, avval adolat emas. Oʻxshahi esa, zidlikning muhim sababidir.

Muvofiqlik esa birdamlikning asosi. Takabburning manbai kishining kichikligidir. Gʻurur ma'dani qalb zaifligi. Ojizlik boʻladi, muxolafat manba'i. Qiziqish ilmga domla.

Taraqqiyning ustozi ehtiyoj. Muammo kayf safoga mukkadan ketish muallimi. Demak kayf safoga mukkadan ketish manbai muuammo boʻlgan. Muammoning manbaʻi: Umidsizlik bilan badbinlik,

Zalolat fikrda, zulmat qalbga oid, isrof jasadnikidir.

— 727 —
Ayollar uyidan chiqib insonni yoʻldan chiqargan, uyiga qaytishi kerak
اِذَا تَاَنَّثَ الرِّجَالُ السُّفَهَاءُ بِالْهَوَسَاتِ ٭ اِذًا تَرَجَّلَ النِّسَاءُ النَّاشِزَاتُ بِالْوَقَاحَاتِ

{(*) Tasattur-yopinish Risolasining asosidir. Yigirma yil oʻtib muallifining mahkumligiga sabab koʻrsatilgan mahkama, oʻzini va sudʻyalarni abadiy mahkum va xijolatli qilgan.}

"Mim"siz madaniyat, ayollarni inlardan uchirdi, hurmatlarni sindirdi, koʻp topilgan mato qilgan. Islom shariati ularni

Shafqat qilib chaqiradi eski inlariga. Hurmatlari u yerda, rohatlari uylarda, hayoti oilada. Tozalik ziynatlari.

Hashamati husni xulq, lutfi jamoli maʻsum, husni kamoli shafqat, ovunchogʻi farzandi. Buncha buzgʻunchi sabab, temir metin qarori

Lozimdirki tayansin. Bir qardosh majlisiga goʻzal xotin kirganda riyo bilan raqobat, hasad bilan xudbinlik hislarin qoʻzgʻatadi!

Yotib qolgan hislari, birdaniga uygʻonar. Ayollar erkin ochirishi, sabab boʻlgan insonda yomon axloqning birda rivojiga. Shu madaniy insonlarning dargʻazab ruhida, suratlar deyilgan kichik oʻiklar, kulgan mayyitlarning rollari juda azimdir, ham mudxxishdir ta'siri. {(**) Oʻlik bir ayolga nafsoniy nazar bilan qarash nafsning daxshatli pastkashligini koʻrsatadi. Xuddi shuning kabi, rahmatga muhtoj bir bechora mayyit ayolning goʻzal tasviriga ishtaha bilan qarash, ruhning ulugʻ hissiyotini soʻndiradi.} Man' qilingan haykal, suratlar: Yo tosh otiladigan zulm, yo jasad holida riyo, yo qotgan nafs istagi. Yo tilsimdir: Iflos ruhlarni tortar.

Alloh qudrati tasarrufining kengligi, vositalar va yordamchilarni rad qiladi

U Qodiri Zuljalol, qudrati tasarrufining, ta'sir kengligi nuqtasida boʻladi quyosh zarra kabi.

Bir sinfdagi ulkan tasarrufi masofasi keng. Ikki zarra oʻrtasida tortishishni qoʻlga ol,

— 728 —

Borib qora tuynuk va somon yoʻli oʻrtasidagi tortishishning yoniga qoʻy. Yuki bir qor donasi bir farishta, quyoshni qoʻlga olgan bir quyosh misol farishtaning yoniga keltir. Igna qadar bir baliqni, kit bilan yon-yonda qoʻy. Qodiri Azaliyi Zuljalol

Keng tajalliyni, kichikdan kattaga mukammal aniqlikda birdan tasavvurga ol. Tortish kuchi va qonunlar, tez oquvchi sabablar

Kabi odatiy ishlar, qudrat tajalliyiga, hikmat tasarrufiga bir bir ism boʻlishi, udir yolgʻiz maʻno.

Boshqa maʻnosi boʻlmas, birga ham bir oʻyla, bilasanki zaruriy: Haqiqiy sabablar, misoliy vositalar,

Yordamchilar, sheriklar bir kerak emas, imkonsiz hayol, u qudrat nazarida. Hayot vujudga kamol,

Maqomi buyuk, muhim. Bunga binoan deyman: Kurramiz, olamimiz nima uchun mute', itoat qilmasin hayvon kabi?

U Sultoni Azalning bu tarz hayvon qushlari koʻpi tarqalgan shu fazo maydonida, muhtasham va goʻzalligi koʻp.

Yaratilish bogʻida solgan-u aylantirar, ulardagi musiqa ohanglar, bulardagi harakatlar, tasbehlardir u soʻzlar,

Ibodatdir u hollar, Qadimi Lamyazalga, Hakimi Loyazalga. Kurramiz hayvonga juda oʻxshar, hayot alomatlari koʻrsatadi. Agar tuxumchalik kichraysa farazan,

Kichkina bir hayvon boʻlishi katta ehtimol. Yumaloq bir hayvoncha, kurra qadar kattalashsa, u ham unday boʻlishi juda yaqin ehtimol.

Olamimiz inson qadar kichraysa, yulduzlari zarralar suratiga aylansa, bir shuurli hayvonga aylanishi joiz, aql ham topadi joy.

Demak olam unsurlari bilan bir bir tasbeh aytuvchi ibodatda, alohida mute' boʻysungan Xoliqi Lamyazalga, Qodiri Loyazalga.

Sanogʻi koʻp boʻlishi, xar doim sifati baland boʻlishini keltirib chiqarmaydi, chunki urugʻ kichikligidagi soat jozibadorroq,

Ayasofyadek soatdan. Bir chivin yaratilishi hayratga solar fildan, u fursat bermagan maxluq.

Gar qudrat qalami bilan bir kichik boʻlak ustiga efirning atomlar bilan Qur'on yozilsa, sahifa kichikligi nisbati, san'at jihatida buyuk,

Samo sahifasida yulduzlar bilan yozilgan Qur'oni Karimga jozibasi bilan teng. Naqqoshi Azaliyning san'ati xar tarafda jamol va kamolga toʻla.

Xar tarafda shundaydir. Mukammallik darajasi qalamdagi birlik, tavhidni e'lon qilar. Bu kalomi purmaʻno, yaxshilab diqqatga ol!

— 729 —
Farishtalar ummatdir, Allohning yaratilishga oʻrnatgan qonunlari xodimidir

Shariati Ilohiy ikkidir. Ham ikki sifatdan kelgan, ikki inson tinglovchi, hamda javobgan boʻlgan. Sifati irodadan kelgan koinot qonunulari.

Insoni akbar boʻlgan olamning holatlarin, hamda harakatlarin (ixtiyoriy emas) tartib qilgan qonun. U Rabboniy istak

Xato bir istiloh bilan tabiat ham deyilar. Kalom sifatidan kelgan shariat esa, kichik olam boʻlgan insonning ishlarini,

Bu ixtiyoriy boʻlgan, tartibga solar shariat-qonunidir. Ikki qonun bir yerda ba'zan birlashadi. Alloh farishtalari, bir azim ummat, ham bir Subhoniy qoʻshin

Birinchi qonunlarga boʻlgan amrga boʻysunib tashiydi, vakil ishchilardir. Ham ulardan bir qismi tasbehhon qullar. Bir qismi ham oʻzidan kechgan, Arshning yaqinlari.

Modda noziklashgani sari, hayot qattiqlashadi

Hayot asl, asosdir, modda unga tobe'dir, hamda u bilan mavjud. Bir mikroskopik hayvoncha besh tuygʻusi bilan, inson hislarini taqqoslasang, koʻrasan, inson undan qay daraja katta boʻlsa, hislari shu daraja unikidan past. Hayvoncha eshitar qardoshining ovozin.

Hamda olar rizqini. U insondek kattalashsa, xayratga solgan hislari, nur taratgan hayoti, koʻrishi chaqmoq kabi bir samoviy nur.

Inson, jonsizlardan bir hayot egasi emas. Balki milliardlab jonlilar hujayralaridan tashkil topgan va jonli insoniy hujayradir.

اِنَّ الْاِنْسَانَ كَصُورَةِ (يٰسٓ) كُتِبَتْ ف۪يهَا سُورَةُ (يٰسٓ) فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ
Materializm bir maʻnaviy vabodir

Moddaparastlik bir ma'naviy vabo. Insonga ham tuttirdi shu mudhish bir bezgakni. {(*) Eski jahon urushiga ishorat qilyapti.} Hamda birdan urdirdi bir gʻazabi Ilohiy. Emladi hamda taqlid,

— 730 —

Tanqidga kengayish qobiliyatiga nisbatan, u vabo kengayadi va tarqaladi. Emlashni fandan olgan, madaniyatdan taqlid.

Hurriyat, tanqid bergan, zalolat gʻururdan chiqqan.

Vujudda harakatsizlik yoʻq. Ishsiz odam, borliqda yoʻqlik uchun ishlaydi

Eng badbaxt siqilishli muztarib, ishsiz boʻlgan odamdir, zero ki a'tolat: Vujud ichida adam, hayot ichida mavtdir. Sa'y esa:

Vujudning hayoti, ham hayotning yaqazosidir albat!

Sudxoʻrlik Islomga mutlaq zarardir

Sudxoʻrlik tanballikka solar, mehnat istagin soʻndirar. Foizning eshiklari hamda uning idishi boʻlgan bu banklarning xar naqd foydasi esa, insonning eng yomon qismiga tegishli, ular esa kofirlardir. Kofirlardagi foydasi eng yomon qismiga tegishli, ular esa zolimlar.

Xar dam zolimlardagi foydasi eng yomon qismida, ular kayf safoga mukkasidan ketganlardir. Islom olamiga mutlaq zarardir. Insonlar aniq xar dam farogʻati shariatda yoʻqdir, chunki harbiy kofir hurmatsiz, maʻsum emas, ketgan vaqt foydasiz. Xar da...m.

{(**) Oʻttiz besh yil avval yozilgan bu boʻlim, bu yil yozilgan tarzini koʻrsatmoqda. Demak, Ramazon barakasi bilan yozdirilgan bir navʻ gʻaybiy xabarlardir.}

Qur'on, oʻzini oʻzi himoya qilib hokimiyatini davom ettiradi

Umidsizlikka mubtalo kishini koʻrdim, badbinlik bilan xasta edi. Dedi: Ulamolar kamaydi, sanoq sifatni. Qoʻrqamiz dinimiz soʻnadi bir kuni

Dedim: Koinot soʻndirilmas ekan, Islomga iymon ham soʻnmaydi. Shuning kabi, zamin ustiga qoqilgan qoziqlar hisobida xar on

Boʻlgan Islomiy alomatlar, diniy minoralar, Ilohiy ibodatgohlar, shar'iy nishonlar soʻndirilmas ekan, Islomiyat porlaydi bardavom.

— 731 —

Xar bir ibodat joyi bir muallim boʻlgan tabiati bilan tabiatlarga dars beradi. Xar alomat alohida ustoz boʻlgan, uning holati tili beradi diniy taʻlim, xatosiz, ham qoldirmay.

Xar bir shao'ir-alomat bir dono domladir, Islomni ruhini doim e'tiborga dars beradi. Asrlar oʻtishi orqali davr bardavomligi sabab.

Goʻyo Islomiyat nurlari moddalashgan, shao'ir-alomatlari ichida. Goʻyo qattiqlashib Islomiyat ziloli, ibodatgohi ichida. Bir bir iymon ustuni.

Goʻyo jismga aylangan Islomiyat hukmlari, shiorlari ichida. Goʻyo toshga aylangan Islomiyat ruknlari, olamlari ichida. Bir bir olmos ustuni. U bilan bogʻlangan zamin bilan osmon.

Xususan Moʻjiza Bayonli Qur'oni, doimo takror etar bir azaliy xutbani, barcha Islom diyorlarida qolmagan hech bir qishloq, ham yana hech bitta makon,

Nutqini tinglamasin, ta'limni eshitmasin. اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ sirri bilan qorilik juda ham buyuk bir rutba. Tilovat esa, insonlar va jinlar ibodatidir.

Uning ichida ta'lim, ham aniq asoslar zikr. Vatq takrorlanishi bilan qarashlar, aniq asoslarga oʻzgaradi ham aylanar ochiq oydin narsaga. Istamas boshqa bayon.

Diniy hukmlar, nazariyatdan chiqib zaruriyat boʻlgandir. Zikr esa kifoya. Eslatma esa yetarli. Shifoli xar dam Qur'on.

Eslatmaga, ham zikrga. Islom uygʻonishi, ham ijtimoiy uygʻoqlik xar biriga beradi: Umumga oid boʻlgan dalillar ham mezon.

Modomiki ijtimoiy hayot Islomda boshlagan ekan, xar birining iymoni oʻziga maxsus dalilga tegishli emas, tayangan vijdon.

Balki jamoatning qalbida chegarasiz sabablarga ham tayanadi.

Hatto diqqat tortadi: Bir zaif mazhab, vaqt oʻtganda,

Rad qilish mushkul boʻlar. Islom esa, vahiy bilan fitrat kabi, ikki metin asosga tayangan, ham bu qadar asrlarda chuqur hukmron!

Sogʻlom asoslari bilan, oshkor asarlari bilan kurraning yarmi bilan ich ichiga kirgan, bir fitriy ruhi boʻlgan kishi. Qanday tutiladi? Tutilish chiqqan onda!

Lekin afsus, ba'zi mahmadona kofirlar, safsatachi odamlar bu oliy qasrning metin asoslariga qarshi chiqar topgancha imkon.

Ularni titratadi. Asoslarga tegmaydi, ular bilan oʻynalmaydi, ovozini oʻchirsin dinsizlik! Kasod boʻldi u kofir. Basdir kufr tajribasi va yolgʻon.

Bu Islomning olami kufr olamiga qarshi katta nazorat hona shu dorulfunun edi. Loqayd va gʻaflat bilan ilon tabiatli dushman,

— 732 —

Tirqishni ochdi jabhaning orqasida, dinsizlik hujum qildi, millat ancha tebrandi. Eng katta nazorat hona, Islomiyat ruhi bilan nurlangan bogʻlar.

Eng metin boʻlishi, eng uygʻoq boʻlishi kerak yoki tor boʻlmasligi kerak, Islomni aldmaslik kerak. Iymonning joyi qalbdir, aql boʻlar nuri iymon oynas.

Ba'zan mujohiddir, ba'zan farroshdir. Miyada vasvasalar, ham juda koʻp ehtimollar qalb ichiga kirmasa, tebranmas iymon, vijdon.

Yoʻqsa ba'zilarning fikricha iymon aqlda boʻlsa, ruhi iymon boʻlgan haqqalyaqin-tajjribaviy aniqlikka, koʻp ehtimol boʻlar bir bir beomon dushman.

Qalb bilan vijdon, iymon yeri. Kuchli sezish bilan ilhom, iymon dalili.

Bir oltinchi his, iymon yoʻli. Fikr bilan aql, iymon posboni.

Nazariyani ta'lim olishdan koʻra, aniq asoslarni eslatishga ehtiyoj bor

Diniy hukmlar, Shar'iy asoslar, qalblarda hosildir, eslatib huzurni, xotirlatib shuurni.

Maqsad ham hosil boʻlar. Arabiy iborada {(*) Oʻn yil keyin kelgan bir hodisani his etgan, javob berishga harakat qilgan.} yanada yuksak qiladi esatma, ham xotirlatma.

Shuning uchun Jumada Arabiy hutba, amrlarni eslatar, asoslarni xotirlatar, kifoya qilishi bilan boʻlar uning eslatish shakli.

Nazariyotni ta'lim unda maqsad emasdir. Ham Islomning birlik siymosida shu Arabiy ibora birlik naqshidir, qabul qilmas koʻplikni.

Hadis oyatga aytar: Senga yetishmoq imkonsiz!

Hadis bilan oyatni qiyos qilsang, ochiq ravshan koʻrasan: Insonning eng balogʻatlisi, vahiyning yetkazuvchisi, u ham yeta olmaydi

Oyat balogʻatiga. U ham unga oʻxshamas. Demak: Lisoni Ahmadiydan kelgan xar bir kalom xar dam uniki emas.

— 733 —
Qur'on I'jozini Ijoz bilan bayon

Bir kuni tushda koʻrdim: Ararat Togʻi ostidaman. Birdan u togʻ portladi, togʻ kabi toshlarni olamga tarqatdi, silkitdi jahonni.

Birdaniga bir odam yonimda paydo boʻldi. Dediki: Ijoz bilan bayon et, qisqacha ijoz et, sen bilgan Qurʻon i'jozi turlarin!

Hali tushda ekanman ta'birini oʻyladim, dedim: Shu yerdagi portlash, insoniyat olamida bir inqilobga misoldir. Inqilobda esa albat huda-i Furqoniy,

Xar tarafda yuksalib hamda hokim boʻladi. I'jozining bayoni, zamoni ham keladi! Sorovchiga javoban dedim: Qur'oniy I'joz,

Yetti katta manbaʻdan tajalliy, ham yetti unsur tashkil topar.

Birinchi Manba: Lafzning fasohatidan ravon tili

Nazm ravonligidan, ma'no balogʻatidan, maʻnolar tengsiz goʻzalligidan, iboralar ustunligidan, uslublarning hayrat berishidan tavallud etgan ochiq tushuntirish.

Ular bilan birlashdi, i'joziy vujudida ajib bir bayon naqshi, gʻaroyib til san'ati. Takrorlanishi hech qachon zeriktirmas insonni.

Ikkinchi Unsur esa: Koinotga tegishli Ilohiy ishlarda gʻaybiy asoslar, Ilohiy haqiqatlardan, gʻaybiy sirlardan, osmoniy gʻayb.

Moziyda yoʻqolgan gʻaybiy ishlardan, kelajakda yashirin qolib ketgan hollardan birdan ichiga olgan gʻayb ilmi xazinasi,

Gʻayb olami lisoni, shahodat olami bilan gapiradi asoslari, ramzlar bilan bayoni, nishon inson sinfi, i'jozning bir nuroniy yogʻdusi.

Uchinchi Manba esa: Besh jihatda gʻaroyib qamrovliligi bordir. Lafzida, ma'nosida, hukmida, ham ilmida, maqsadlarin mezoni.

Lafzi ichiga olar juda keng ehtimollar, ham koʻplab romonlarin, xar biri balogʻatda goʻzal, arabiyda sahih, sharʻiy qonunlar siri loyiq koʻradi uni.

Ma'nosida: Avliyolar yoʻllari, oriflar lazzatlari, mazhablarning yoʻllari, mutakallimlar yoʻli, hakimlar uslublari, u bayonning i'jozi

Birdan qamragan, hamda ichiga olgan. Ishoratida, ma'nosida kenglik. Bu derazadan qara, koʻrarsan qanday kengdir maydoni!

Hukmlardagi qamrov: Shu gʻaroyib shariat undan kelib chiqqan, ikki dunyo bahtining barcha dasturlarini, butun ishonch sababin,

Ijtimoiy hayotning butun aloqalarin, tarbiya vositasi, haqiqiy hollarini birdan ichiga olgan uning bayoni tarzi.

— 734 —

Ilmidagi chuqurlik: Ham koinot fanlari, ham Ilohiy ilmlar, unda ishorat martabalari, ramzlar bilan ishoratlar, suralar qal'alarida jam etgandir jannatlar.

Maqsadlar va gʻoyalar: Muvozanat, intizom, yaratilish dasturlariga uygʻun, bbirlashish, toʻliq boʻysungan, saqlagandir mezonni.

Mana lafz ihotasida, ma'noning kengligida, hukmning qamrovida, ilmning chuqurligida, maqsadlar muvozanatida shonli qamrovi!

Toʻrtinchi unsur: Xar asrning dunyoqarash darajasiga, adabiy rutbasiga, xar asrdagi tabaqalarga, iste'dod darajasi, qobiliyat oʻlchovi oladi nuroniy fayz.

Xar asrga, xar asrdagi xar tabaqaga eshigi ochiq. Goʻyo xar damda, xar yerda yangi nozil boʻladi u Kalomi Rahmoniy.

Davr keksaygani sari, Qur'on yosharib borar. Yuzaga chiqar ramzlar, tabiat va sabablar pardasini ham yirtar u xitobi Yazdoniy.

Nuri tavhidni, xar dam xar oyatdan sochilar. Shahodat pardasini gʻayb ustidan koʻtarar. Xitobi ulugʻligi diqqatga da'vat qilar, u inson nazarini.

U gʻaybning tilidir, shahodat olami bilan shaxsan oʻzi gaplashar. Shu unsurdan bu chiqar gʻaroyib yangiligi bir ummoniy qamrov!

Tushuntirishi uchun inson aqlidarajasiga tushadi Ilohiy xitob. Nozil qilish uslubi koʻpligi, doʻst boʻladi inson, jin.

Beshinchi Manba esa: Naql va hikoyalar, ishonchli xabarlarda asosiy nuqtalardan hozir koʻrgandek kabi purmaʻno goʻzal uslub

Naql qilib, insonni u bilan ogoh qilar. Naqllari shulardir: Eski qavmlar xabari, kelajak oqibati, Jahannam va Jannat sirlarin.

Gʻaybiy haqiqatlar, ham shahodat olami sirlari, Ilohiy sirlar, koinot robitalariga doir hikoyalari a'yon tushuntirishdir

Buni na hayot rad qilgan, na mantiq yolgʻon degan. Mantiq qabul qilmasa rad ham qila olmaydi. Samoviy kitoblarning qalb istaydigan narsa.

Kelishgan nuqtalarda tasdiqlab naql qiladi. Kelishmagan joylarida tuzatib gapiradi. Bunday naqliy ishlar bir "Ummiy"dan chiqishi zamonasining gʻaroyibidir.

Oltinchi Unsur: Ichiga olgan va taʻsis qiladigan Islom Diniga. Islomiyat tengiga na moziy qodir na kelajak qoʻlidan keladi, tadqiq qilsang zamon bilan makonni!

Yerimizning yillik, kunlik doirasida shu samoviy bogʻ, tutib aylantirmoqda. Kurraga ogʻir bosgan, ham yana unga mingan. Qoʻymaydi isyonga.

— 735 —

Yettinchi Manba: Bu olti manbadan chiqqan olti nur, birdan birlashadi. Undan chiqar bir husn, bundan kelar bir kuchli sezish, nuroniy vosita.

Shundan bir lazzat chiqqan. Moʻjizalik lazzati bilinar, ta'biriga til yetishmas. Fikr ham kalta, koʻrinar lek tutilmas u osmoniy yulduz.

Oʻn uch asr muddatda qarshi chiqish istagi boʻlgan Qur'on dushmanida, taqlid shavqi uygʻongan Qur'onning doʻstlarida. Bu burhoni i'jozning.

Bu ikki qattiq mayl bilan yozilgan, ana. Millionlab arabiy kitob, kutubxona kelgan vujudga. Ular bilan tanzilni, tushsa bir mezoni

Qiyos qilinsa, nafaqat tenggi yoʻq dono, hatto eng omi odam, koʻz quloq bilan deydi: Bular esa insoniy, shu esa osmoniy!

Hamda hukm qiladi: Bu shularga oʻxshamas, rutbasida boʻlolmas. Shunday ekan yo barchasidan past, bu esa, ochiq ravshan botil ekani ma'lum.

Shunday ekan, barchasidan ustundir. Maʻnolari shuncha vaqtda, eshik ochiq, basharga vaqf etilgan, oʻziga chaqiradi ruhlar va zehnlarni!

Bashar uni ishlatish, oʻziniki ham qilgan. Uning mazmunlari bilan yana Qur'onga qarshi chiqmagan, hech qachon chiqolmaydi, oʻtdi imtihon davri.

Boshqa kitoblarga oʻxshamas, ularga qiyos boʻlmas. Chunki yigirma yil mobaynida boʻlim boʻlim ehtiyojga binoan nozil boʻlishi, qism qism, kesik kesik, bir Rabboniy hikmati.

Nozil sababi turli, farqli. Bir moddada savollar takrorlanar, turlicha. Hukm sabablari turlicha, oʻzgaruvchi. Farqli, boshqa boshqa nozil boʻlish vaqti.

Qabul qilish hollari farqli, boshqa. Tinglovchi sinfi turlicha, bir birdan uzoq. Irshod maqsadida daraja daraja, farqli farqli. Bu asoslarga tayangan binosi, ham bayoni,

Javobi, ham xitobi. Bu bilan birga ravonlik va ichonchli, uygʻunlik va birdamlik, mukammallik koʻrsatgan. Mana uning guvohi: Bayon, Ma'oniy Fani.

Qur'onda bir xossa bor, boshqa kalomda yoʻqdir. Bir kalomni eshitsang, asl kalom sohibin orqasida koʻrasan, yo ichida topasan. Uslub: Insoniy oyna.

Ey misoliy soʻrovchi! Sensan ijoz istagan, men ham ishorat qildim. Agar tafsilot istasang, haddim xorijida! Chivin osmonda sayr etmas.

Zero qirq i'jozi turlaridan faqta bittasi, nazmi ravonligi,

— 736 —

Ishorotul I'jozda sigʻmadi anglatish.

Yuz sahifa tafsirim unga kifoya qilmadi. Sen kabi ruhiy ilhomi koʻplar, istaymanki sendan tafsilot, bayon!

اُولَاشْمَازْ دَسْتِ أَدَبِ غَرْبِ هَوَسْبَارِ هَوَاكَارِ دَهَادَارْ
دَأْبِ أَدَبْ أَبَدْ مُدَّتْ قُرْاٰنِ ضِيَابَارِ شِفَاكَارِ هُدَادَارْ

Komil insonlarning yuksak lazzatini xushnud etgan bir holat, boladek havasga, xarom bir fe'l sohibiga xush kelmas,

Ularni ovuntirmas. Bu hikmatga binoan, bir xarom lazzat, devona, nafsoniy va shahvoniy kayf safo ichida toʻliq oziqlangan kimsa, ruhiy lazzatni bilmas.

Ovrupadan chiqqan hozirgi adabiyot roman kabi nazar bilan, Qur'ondagi ulugʻ latifalar, hashamatli ustunliklar olmaydi, ham totolmas.

Oʻzidagi oʻlchovni unga sozlama qilmas. Adabiyotda bordir uch harakat maydoni, ular ichida yurar, xorijiga chiqolmas:

Yo ishq bilan husndir, yo jasurlik, donolik, yo haqiqat tasviri. Xullas, begona adab boʻlsa jasoratga haq tarafdori qilmas.

Balki zolim insoniyat ayyorlikni olqishlash bilan kuchga urgʻu berish hissini singdiradi. Husn va ishq tomoni, haqiqiy ishqni bilmas.

Shahvat uygʻotgan lazzat nafslarga ham singdirar. Haqiqatning tasviri moddasida, koinotga Ilohiy san'ati suratida qaramas,

Bir Rahmoniy sanʻat suratida koʻrolmas. Balki tabiat tomonlama tutar, tasvir qilar, ichidan ham chiqolmas.

Shuning uchun singdirish tabiat ishqi boʻlar. Moddaparastlik hissi, qalbga ham joylashtirar, undan osonlik bilan oʻzin qutqara olmas.

Yana undan kelgan, zalolatdan chiqaan ruhning iztiroblariga, adabdan chiqqan adab tinchlantiruvchi ham uxlatuvchi, haqiqiy foyda bermas.

Yagona dorini topgan, u ham roman ekan. Kitob kabi bir jonli mayyit, kino kabi harakatli oʻliklar! Mayyit hayot berolmas.

Ham teatr kabi reankarnatsion kabi, moziy deyilgan keng qabrdan chiqqan mayyit kabi shu uch tur roman bilan hech ham uyalmas.

Inson ogʻziga yolgʻonchi bir til qoʻygan, ham insonning yuziga fosiq bir koʻz taqqan, dunyoga bir iffatsiz koʻylagini kiydirgan, yakka husni tanimas.

— 737 —

Quyoshni koʻrsatsa, sariq sochli goʻzal bir aktrisani qoriga eslatar. Zohiran der: "Kayf safo yomon, insonlarga yarashmas."

Zararli natijani koʻrsatar. Xolbuki kayf safoga tashviq qilgan tasvir koʻrsatar, ogʻiz suvini oqitar, aql hokim qolmaydi.

Ishtahani ochadi, hislarni junbushga keltirar, his boshqa soʻz tinglamas.

Qur'ondagi adab esa nafs havoni aralashtirmas.

Haqparastlik hissi, yakka goʻzallik ishqi, jamolparastlik zavqi, haqiqatparastlik shavqi berar, hamda aldamas.

Koinotga tabiat jihatida qaramas, balki Ilohiy san'at, bir Rahmoniy sanʻat nuqtasida gapirar, aqllarni chalgʻitmas.

Ma'rifati Sone'ning nurini singdiradi. Xar narsada oyatini koʻrsatar. Xar ikkisi yumshoq bir bir huzun ham berar, faqat bir-biriga oʻxshamas.

Ovrupadan tugʻilgan adab yolgʻizlikdan, sohibsizlikdan chiqqan qaygʻuli huzn berar, ulugʻ huzun berolmas.

Zero kar tabiat, hamda bir koʻr kuchdan ilhom olgan bir gʻamga solgan huzn hissi. Olamni bir qoʻrqinchli deb taniydi, boshqa hil koʻrsatmaydi.

U suratda koʻrsatar, hamda mahzunni tutar, sohibsiz begonalar ichiga qoʻyar, hech bir umid qoldirmas.

Oʻziga bergan shu hissiy bezovtalik bora-bora dindan chiqarar, inkorga qadar yoʻl berar. Qaytishi mushkul boʻlar, balki boshqa qaytolmas.

Qur'on adabi esa: Shunday huzn beradi, oshiqona huzndir, yetimona emasdir. Doʻstlardan chetda qolishdan kelar, doʻstlarning yoʻq boʻlishidan kelmas.

Koinotga nazari, koʻr tabiat oʻrniga, shuurli, ham rahmatli bir Ilohiy san'ati uning bahs mavzui, tabiatdan gapirmas.

Koʻr kuchning oʻrniga, inoyatli, hikmatli bir Ilohiy qudrat uning bayon mavzui. Shuning uchun koinot, yolgʻizlik surat kiymas.

Balki huznli tinglovchi nazarida boʻladi bir sevganlar jamiyati. Xar tomonda bir-birga javob berish, xar tomonda ikki tarafli muhabbat, unga aziyat bermas.

Xar burchakda yaqinlik, jamiyatda huznni oʻrnatadi mushtoqlik huzni, bir ulugʻ his beradi, gʻamli huzunni bermas.

Ikkalasi bittadan ham berar shavq: Begona adab bergan shavq bilan nafs tushadi qaʻgʻuga, hislab boʻlar kengaygan, ruhga tinchlik berolmas.

Qur'onning shavqi esa: Ruh tushar xavotirga, oliy narsalarga orzu beradi. Xullas bu sirga koʻra, Shariati Ahmadiy (S.A.V.) xarom oʻyin istamas.

— 738 —

Ba'zi kayf vositasin xarom qilib, bir qismin halol deb izn berar. Demak Qur'onning huzni yoki Qurʻonning shavqi bergan vosita, zarar bermaydi.

Agar yetimlarcha huzn yoki nafsoniy istak bersa, vosita xarom. Oʻzgarar sahxslarga koʻra, hamma bir-biriga oʻxshamas.

Shoxlar, mevalarni, marhamat uchun taqdim qiladi

Yaratilish daraxti shoxlari har tomonda me'nat mevalarini ruhlilar qoʻllariga zohiran uzatadi.

Allohning rahmat qoʻli haqiqatda, bir qudrat qoʻli, u mevalarni, shoxlarida sizlarga uzatadi.

Allohning rahmat qoʻli, siz ham shukrla oʻping. U qudrat qoʻlini ham tashakkur bilan poklang.

Fotihaning oxirida ishorat qilingan uch yoʻlning bayoni

Ey orzusi koʻp birodar! Hayolingni qoʻlga ol, men bilan barobar kel. Xullas bir zamindamiz, atrofiga qaraymiz, hech kimsa koʻrmas bizni.

Chodir tirgaklari hisobida yuksak togʻlar ustida zim-ziyo bulut tabaqasi qoʻyilgan, u ham qoplagan zaminimizning yuzin.

Qattiqlashgan bir tom boʻlgan. Faqat osti, yuzi ochiq ekan, u yuz quyosh koʻrar ekan. Bulut ostidamiz, siqadi zulmat bizni.

Siqilish ham bugʻadi, havosizlik oʻldirar. Oldimizda uch yoʻl bor: Bir ziyodor olam, bir karra koʻrgandim bu majoziy zamin.

Ha, bir karra bu yerga ham kelgandim, uchovida boshqa-boshqa ketganman. Birinchi yoʻli shuki: Aksar bu yerdan ketar, u dunyo sayohati, sayohatga tortar bizni.

Mana biz yoʻldamiz, piyoda boramiz. Qara sahro qum daryolariga, qanday gʻazab sochmoqda, tahdid qilmoqda bizni!

Daryoning togʻdek toʻlqinlariga qara: U bizga gʻazablanyapti. Mana Alhamdulilloh, narigi tomonga chiqdik. Koʻramiz quyosh yuzin.

Faqat koʻrgan qiyinchiliklarimizni ham faqat biz bilamiz. Oh! Takroran qaytdik shu vahshiy zamin, bulut tomi zulmatli. Bizga kerak: Porlatar qalbdagi koʻzni

Bir ziyodor olam. Favqulotda agar jasorating boʻlsa, kiramiz birgalikda, bu yoʻl xatarga toʻla. Ikkinchi yoʻlimizni:

Yerning tabiatin teshamiz, u tarafga oʻtamiz. Yo tabiiy tuneldan titrab boramiz. Vaqtida bu yoʻlda tomosha qildim, oʻtdim nozlanmasdan va yolvorib.

— 739 —

Lekin u vaqtda tabiatning zamini eritadigan, yirtadigan modda bor edi qoʻlimda. Uchinchi yoʻlning moʻ'jizali dalili

Bergan Qur'on uni menga. Qardoshim, orqamdan kel, yana hech ham qoʻrqma! Qara ana shu yerda tunel kabi gʻorlar, yer ostida oqimlar kutarlar ikkimizni.

Bizni oʻtkazadilar. Tabiat ham shu mudhish muzli togʻ kabi boʻlish hech seni qoʻrqitmasin. Zero ushbu xoʻmraygan chehrasi ostida marhamatli sohibining tabassumli yuzi.

Radiy kabi Qur'on moddani nuri bilan sezgandim. Xullas, tabriklayman! Ziyoli olamga chiqdik, juda nozli joyga boq

Bu xush fazoy, shirin. Hey, boshingni koʻtar! Boq juda baland boʻlgan, bulutlarni ham yirtgan, pastda qoldirgan. Chaqirayapti bizni.

Shu tubo daraxti, magar u Qur'on ekan. Shoxlari xar tarafga uzangan. Egilib kelgan bu shoxga biz osilishimiz kerak, u yerga bizni olsin.

U samoviy daraxt, bir timsoli zaminda boʻlgan nurli, porloq shariat. Demak zahmat chekmasdan u yoʻl bilan chiqardik bu ziyo olamiga, siqmasdan zahmat bizni.

Demak xato qilganmiz, eski yerga qaytamiz, toʻgʻri yoʻlni topamiz. Qara, uchinchi yoʻlni, shu togʻlar ustida turgan shonli yigitga

Hamda butun jahonga oʻqiydi bir azonni. Boq ulugʻ muazzinga, Muhammadul Xoshimiy (S.A.V.) da'vat etar insonni porloq nurli olamga. Sahrt qiladi duo bilan namozni.

Bulutlarni ham yirtgan, boq hidoyat togʻlariga. Samolarga bosh tutgan, qara shariat togʻiga. Qanday ziynatli qilgan zaminimizning yuz, koʻzi.

Biz chiqishimiz kerak bu yerdan himmat tayyorasida. Shirin, xush shamol nuri u yerda, goʻzallik nuri u yerda. Bu yerdadir Uhudi Tavhid, u aziz toʻg.

Bu yerdadir Islomiyat Judiyi, u salomat togʻi. Mana Qamar toʻgi boʻlgan Azhar Qur'on, Nilning xush suvi oqmoqda u muhtasham manbaʻdan. Ich u obi shirinni!

فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ
وَ اٰخِرُ دَعْوٰينَا اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

Ey birodar! Endi hayolni boshdan chiqar, aqlni boshingga ol! Avvalgi ikki yoʻlning gʻazabga uchragan va zalolat yoʻlning, xatarlari juda koʻp, qishdir doim kuz, yozi.

Yuzdan biri qutular, Aflotun, Suqrot kabi. Uchinchi yoʻl osondir, ham yaqin, mustaqimdir. Zaif - kuchli unda teng. Hamma u yoʻldan ketar. Eng qulayi shudirki: Shahid boʻlish yo gʻoziy.

— 740 —

Demak, natijaga kiramiz. Ha, fanda daho boʻlgan: Avvalgi ikki yoʻldir unga yoʻl va yoʻnalish. Qur'oniy hidoyat: Uchinchi yoʻlda, uning siroti mustaqimi. Yetkazadi u bizni.

اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَ لَاالضَّٓالّ۪ينَ ٭ اٰم۪ينَ
Barcha haqiqiy azoblar zalolatda. Butun lazzat iymondadir.
Hayol libosini kiygan muazzam bir haqiqat

Ey xushyor yoʻldosh! Siroti mustaqimning bu nuroniy yoʻli, gʻazabga uchragan va zalolatdagilar zulmatli yoʻli, toʻliq farqlarini koʻrmoq agar istasang ey aziz,

Kel tasavvurni qoʻlga ol, hayol ustiga ham min, endi sen bilan borsak yoʻqlik zulmatlariga. U buyuk qabristonni, oʻliklarga toʻlgan shaharni bir ziyorat qilamiz.

Bir Qodiri Azaliy, oʻz qudrat qoʻli bilan bu zulmat qit'asidan bizni tutdi chiqardi, bu vujudga mindirdi, yubordi shu dunyoga, bu zavq va lazzatsiz shaharga.

Mana biz keldik shu olami vujudga, qoʻrqituvchi sahroga. Koʻzimiz ham ochildi, olti jihatda boqdik, avval marhamat istaganga loyiq holda oldimizga qaraymiz.

Lekin balo, alamlar oldimizda dushmanlar kabi hujum qiladi. Undan qoʻrqdik, chekindik. Chapga oʻngga, tabiatdagi unsurlarga qaraymiz, undan madad kutamiz.

Lekin koʻryapmiz, ularning qalblari qattiq, marhamatsiz. Tishlarini bilarlar, gʻazabli ham qaraydi, na noz tinglar, na niyoz!

Chorasiz odam kabi qaygʻudagi nazarni yuqoriga qaratdik. Yana bir madad soʻrab, osmon katta jismlariga qarab, juda daxshatli, tahdid qilgandek koʻrdik.

Goʻyo bir bir oʻq bomba, uyalardan chiqqanlar, ham fazo atrofida juda tez aylanar, kutilmaganda ular, bir-biriga tegmaydi.

Agar birov yoʻlini tasodifan yoʻqotsa, Alloh saqlasin, bu shahodat olami oʻtakasi yorilar. Tasodifga bogʻliqdir, bunda ham yaxshilik yoʻq.

— 741 —

Qaygʻu nazari bilan u jihatdan oʻgirdik, achchiq hayratda qoldik. Boshimiz ham egildi, siynamizda yashindik, nafsimizga qaraymiz. Mutolaa qilamiz.

Endi eshitamiz: Bechora nafsimizdan minglab ehtiyoj faryodlari kelmoqda. Minglab yoʻqliklarning nolalari chiqmoqda. Tasallini kutgandik, qoʻrqib ketmoqdamiz.

Undan yaxshilik kelmadi. Qattiq iltijo bilan vijdonimizga kirdik, ichiga qaraymiz, bir chorani kutamiz. Eyvoh! Yana topmaymiz. Biz madad berishimiz kerak.

Chunki unda koʻrinar minglab umidlar, qiziqqon orzular, xavotirli tuygʻular, koinotga uzangan. Xar biridan titraymiz, hech yordam berolmaymiz.

Orzular siqishgan yoʻqlik vujudi ichida, bir tarafi azalga, bir tarafi abadga uzanib ketmoqdalar. Shunday kenglikgi borki, gar dunyoni yutsa ham vijdon toʻq boʻla olmas.

Bu azobli yoʻlda qayerga murojaat qilsak, unda bir balo topdik. Zero Alloh gʻazabiga uchragan va zalolat yoʻllari shunday boʻlar. Tasodif va zalolat, u yoʻlga qarab turar.

U nazarni biz toqdik, bu holga shunday tushdik. Hozir bizninig holimiz kelgan va borar joyni, ham Sone' ham hashrni vaqtincha unutganmiz.

Jahannamdan battardir, undan koʻproq yoʻquvchi, ruhimizni ezadi. Chunki u olti jihatga murojaat qildik. Shunday holatga tushdik.

Qilingan u holat, ham xavf bilan dahshatdan, ham ojizlik bilan qoʻrqishdan, ham tashvish va qoʻrquvdan, ham yetimlik va umidsizlikdan tashkil topgan vijdonni yoʻqqan.

Xar jihatga javoban bir mudofaa qilamiz, yoʻq qilishga urinamiz. Avval qudratimizga murojaat etamiz, vo afsuski koʻramiz

U ojiz va zaifdir. Ikkinchidan: Nafsda boʻlgan hojatlar jim boʻlishiga yoʻnalamiz. Vo afsus toʻxtamasdan baqirganin koʻramiz.

Uchinchidan: Madad soʻrab, bir xaloskori uchun baqirar, chaqiramiz. Na birov eshitadi na javobni beradi. Biz esa oʻylaymiz:

Xar narsa bizga dushman, xar narsa bizdan gʻarib. Hech narsa qalbimizga bir tasalli bermaydi, hech ichonch baxsh etmaydi, haqiqiy lazzat bermas.

Toʻrtinchidan: Biz osmon jismlariga qarab, ular e'tiborga havola qiladi bir xavf bilan daxshatni. Ham vijdonning qiynogʻi bir qoʻrquv keladi: Aqlga ters, vahimali!

Ey birodar! Bu zalolatning yoʻli, mohiyati shunday. Kufrdagi zulmatni bu yoʻlda toʻliq koʻrdik. Endi esa kel qardos, u yoʻqlikka qaytamiz.

— 742 —

Takror yana kelamiz. Bu karra yoʻlimiz siroti mustaqimdir, ham iymonning yoʻlidir. Dalil va imomimiz, inoyat va Qur'ondir, xar davr uchgandek hokimiyatin qurgan.

Bu, Sultoni Azalning rahmat va inoyati, bizni istagan vaqti, qudrat bizni chiqardi, lutfla bizni mindirdi istak qonuniga: Hollar ustida ushgan.

Hozir bizni keltirdi, shafqat bilan kiydirdi shu vujud kiyimini. Yoʻnaltirdi bizga omonat rutbasini. Nishoni niyoz, namoz.

Davrlar va holatlar, bu uzun yoʻlimizda bir bir noz manzilidir. Yoʻlimizda osonlashtirish uchun, qadardan buyruq bergan, sahifada jabhamiz.

Qayerga kelishimiz, qaysi toifaga, musofir boʻlamiz, juda qardoshlik bilan yuzlashamiz. Molimizdan beramiz, mollaridan olamiz.

Tijorat muhabbati, oziqlantirar ular bizni, hadyalar bilan bezar, hamda kuzatib qoʻyar. Bora bora yetishdik, dunyo eshigidamiz, eshitamiz ovoz.

Qara kirdik zaminga, oyogʻimizni bosdik shahodat olamiga: Rahmon oynasi shahri, inson shovqin joyiga. Hech bir narsa bilmaymiz, dalil va imomimiz - Rahmonning irodasi. Dalilning vakilimiz, nozanin koʻzlarimiz. Koʻzlarimizni ochdik, dunyo ichiga boqdik. Esimizga kelarmi avvalgi kelishimiz?

Gʻarib, yetim boʻlgandik, dushmanlarimiz koʻp edi, bilmasdik homiyimizni. Endi iymon nurila dushmanlarga qarshi bir ishonchli asosimiz

Tayanch nuqtamiz, ham himoyachimiz dafʻ etar dushmanlarni. U Iymoni Billohdir ruhimizning ziyosi, ham nuri hayotimiz, hamda ruhimiz ruhi.

Endi qalbimiz hotirjam, dushmanlarga ahamiyat bermas, balki dushman tanimas. Avvalgi yoʻlimizda, vijdonga kirgan vaqtimiz, undan eshitdik minglab faryodu, qaygʻu, ovoz.

Undan baloga tushdik. Zero istak, orzular, iste'dod va hissiyot, doim abadni istar. Uning yoʻlini bilmay, bizdan yoʻl bilmaslik, unda faryodu duo.

Lekim alhamdulilloh, hozir kelishimizda yordam nuqtasin topdik, hayot beradi doim u istaklarga iste'dod, to abadul abadga ularni qilar parvoz.

Ularga yoʻl koʻrsatar, u nuqtadan iste'dod ham yordam istaydi, ham obi hayot ichar, ham mukammallikka borar, oʻsha yordam soʻrash joyi, shavqqa keltirgan ramzu zarofat-nozik jihat.

— 743 —

Ikkinchi iymon qutbi: Hashrni tasdiqlashdir. Abadiy saodatdir u sadafning javhari. Iymon, burhoni Qur'on. Vijdon, insoniy bir sir.

Endi boshingni koʻtar, qara shu koinotga, u bilan bir gaplash. Avvalgi yoʻlimizda juda mudhish koʻringan. Hozir esa tabassum qilib xar tomon kular, nozli shaklda duo va ovoz.

Koʻrmayapsanmi: Koʻzimiz ari kabi, xar tarafga uchadi. Koinot boʻstonidir, xar tarafda gullar, xar chechak ham beradi unga bir obi laziz.

Ham doʻtlik, tasalli, oʻzin sevdiradi. U ham olib keltirar, Ilohiy haqiqatlar lazzatini beradi. Asalda bol oqizar, u sehri shahboz-burgutdek uchgan.

Osmon jissmlari harakatlariga, yo yulduzlar, yo quyoshlarga qaragan paytimizda, qoʻllariga beradi Xoliqning hikmatini, ham ibrat oynasini, ham rahmat jilvasini olib qiladi parvoz.

Goʻyo Quyosh bizlar bilan gaplashmoqda: Aytadi: "Ey qardoshlar! Qoʻrqib, siqilmang. Xush keldingiz marhabo, yaxshi tashrif etdingiz. Manzil sizning, men bir nur sochgan goʻzal.

"Men ham siz kabiman. Lekin sof va isyonsiz, mute' bir xizmatkorman... U Zoti Ahadi Samad toʻliq rahmati bilan xizmatingizga meni nur sochgan xizmatkor qilgan. Mendan harorat, ziyo, sizdan namoz va duo".

Ey, oyga qarang. Yulduzlar va dengizlar xar biri oʻziga xos til bilan: "Xush keldingiz, marhabo!" deydi. "Xush keldingiz, bizni tanimaysizmi?"

Yordamlashish sirri bilan qara, tartib ramzi bilan tingla. Xar biri aytmoqda: "Biz ham bir bir xizmatkor, rahmati Zuljalolning bir bir oynalarimiz. Hech ham xafa boʻlmanglar, bizdan siqilmanglar".

Zilzila na'ralari, hodisalar faryodi sizni hech qoʻrqitmasin, vasvasa ham bermasin. Zero ular ichida zikrlar nagʻmalari, tasbehlar ohanglari, yolvorish va duoning xush ovozlari.

Sizni bizga yuborgan Zoti Zuljalol, qoʻllarida tutgandir bularning tizginlarini. Iymon koʻzi oʻqiydi yuzlarida rahmat dalillarini, xar biri bir bir ovoz.

Ey moʻ'mini xushyor qalb! Endi koʻzimiz bir oz dam olsin. Ularning oʻrniga hassos qulogʻimizni iymonning muborak qoʻliga beramiz, dunyoga joʻnatamiz. Tinglasin shirin bir soz.

Avvalgi yoʻlimizda: umumiy motam, ham oʻlim nolalari deb oʻylangan ovozlar, hozir yoʻlimizda bir bir shirin ohangu namoz, bir bir ovozu duo, bir bir tasbeh aytishi.

Tinglagin, havodagi baland ovoz, qushlardagi jivjivlar, yomgʻirdagi nagʻmali sas, dengizdagi hayqirish, momaqaldiroqdagi baqirish, toshlardagi tiqtiqlar bir bir ma'noli ohang.

— 744 —

Havoning tarannumi, momaqaldiroq na'arasi, toʻlqinlar nagʻmalari bir bir buyuklik zikri. Yomgʻirning nagʻmalari, qushlarning sayrashlari bir bir rahmat tasbehi, haqiqatga bir majoz.

Ashyolar ovozlari, bir bir borlik ovozi: Men ham borman deyishar. Sukutdagi koinot, birdan gapni boshlaydi: "Bizni jonsiz oʻylama, ey mahmadona!

Qushlarni gapirtirar yo bir ne'mat lazzati, yo bir rahmatning tushishi. Turli ovozlar bilan, kichik ogʻizlarida rahmatni olqishlaydi, ne'mat ustiga tushar, shukrla qilar parvoz.

Ramzan ular aytadi: "Ey koinot, qardoshlar! Qanday goʻzal holimiz.

"Shafqat bilan parvarish qilinamiz, holimizdan mamnunmiz." Oʻtkir tumshuqlar bilan fazoga sochadilar bir bir koʻp nozli ovoz.

Goʻyo butun koinot ulugʻ bir musiqasidir, iymon nuri eshitar zikrlar, tasbehlarni. Chunki hikmat rad qilar tasodif borligini, nizom esa quvadi vahima, shubhaga solgan birlik.

Ey yoʻldosh! Endi shu misoli olamidan chiqamiz, hayoliy farazdan tushamiz, aql maydonida turamiz, tarozida tortamiz, yoʻllarni yaxshilab oʻlchab.

Avvalgi azobli yoʻlimiz, gʻaazabga uchraganlar va zalolatdagilar yoʻli. O yoʻl vijdonga olami, eng chuqur joyigacha bir azob hissini, ham bir qattiq qaygʻuni. Shuur uni koʻrsatar. Shuurga zid boʻlganmiz.

Qutulish uchun esa majbur va ham muhtojmiz. Yo u taskin etilsin, yokki hech eslatmasin, yoʻqsa chiday olmaymiz, faryodu oh-voh tinglanmas.

Hidoyat esa shifo, havo, hislarni uxlatishdir. Bu ham tasalli istar, bu ham gʻaflat istaydi, bu ham mashgʻullik istar, bu koʻngilxushlik istar. Sehrboz istak, orzular,

vijdonni aldab, ruhi uxlatsin, to alam his qilinmasin. Yoʻqsa u qaygʻuli dard, vijdonni yoqar, yigʻiga chidab boʻlmas, umidsizlik achchigʻi tortilmas.

Demak siroti mustaqimdan naqadar uzoq boʻlsa, shu daraja bu holat ta'sir etadi, vijdonni baqirtirar. Xar lazzatning ichida azobi bor, bir bir iz.

Demak nafs istagi, havosi, koʻngilxushlik, aysh ishrat aralashgan madaniyat jozibasiga, bu zalolatdan kelgan daxshatli siqilishga yolgʻonchi malham, berar uxlatuvchi zahar.

Ey aziz birodarim! Ikkinchi yoʻlimizda, oʻsha nuroniy yoʻlda bir holatni his qildik, u holat bilan hayot boʻlar, lazzat ma'dani. Azoblar, boʻlar lazzat.

U orqali bildikki farqli darajada, iymon quvvati nisbatida ruhga bir holat berar. Jasad ruh bilan xotirjam va lazzat olar, ruh vijdonla bahtiyor.

— 745 —

Bitta tayyor saoda, vijdonga oʻrnatilgan, bir ma'naviy firdavs jannat, qalbida joylashgan. Oʻylash esa teshishdir, shuur sirlar yashirgan parda.

Qalb qancha ogohlantilirsa, vijdon harakatga keltirilsa, ruhga his ettirilsa, lazzat koʻpayar, hamda aylanar nur olovi, qishi yoz.

Vijdonda firdavs jannatlarin eshiklari ochilar, dunyo boʻladi jannat. Ichida ruhlarimiz, etar qanot qoqqan parvo, boʻlar qahramon, goʻzal, havo berar namoz, niyoz-duo.

Ey aziz yoʻldoshim! Endi Allohga topshirdik. Kel, birga bir duo qilsak, soʻng koʻrishguncha ayrilamiz.

اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ اٰم۪ينَ
— 746 —
ANGLIKAN CHERKOVIGA JAVOB

Bir kuni beomon Islom dushmani, siyosiy hiylachi, oʻzini yuksak koʻrsatishni istagan vosvos bir ruhoniy, hiyla niyatida ham inkor suratida,

Hamda boʻgʻozimizni panjasi bilan siqqan azobli vaqtda juda kibrlanib mensimay bizdan toʻrt narsa soʻradi,

Istadi olti yuz soʻz. Mensimasligiga qarshi: Yuziga "Tuf!" deyish hiylasiga qarshi jahl bilan sukut saqlsh, inkoriga qarshi

Toʻqmoqdek mot qilar javob lozim edi. Uni tinglovchi etmayman. Haqni ustun tutganga shunday javobimiz bor. U birinchi soʻradi:

"Muhammad (Alayhissalotu Vassalam) dini nima?" Aytdim: Mana Qur'on. Iymonning olti sharti, Islomning besh rukni, asos maqsadi Qur'on. Dedi ikkinchi safar:

"Fikr va hayotga nima bergan?" Aytdim: "Fikrga tavhid, hayotga istiqomat. Bunga doir shohidim:

فَاسْتَقِمْ كَمَٓا اُمِرْتَ ٭ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ

Uchinchi savoli: "Hozirgi qiyinchilik qanday davolanadi?" Aytdim: "Ribo xaromligi, zakotning farz boʻlishida. Bunga doir shohidim: يَمْحَقُ اللّٰهُ الرِّبٰوا da.

وَاَحَلَّ اللّٰهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبٰوا ٭ وَاَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ

Dedi toʻrtinchi marta: "Bashariyatdagi buzuqlikka qanday qaraydi?" Aytdim: Mehnat, asl asosdir. Inson bouyligi zolimlarda yigʻilmas, saqlanmaydi qoʻllarida.

Bunga doir shohidim:

لَيْسَ لِلْاِنْسَانِ اِلَّا مَا سَعٰى ٭ وَالَّذ۪ينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلَا يُنْفِقُونَهَا ف۪ى سَب۪يلِ اللّٰهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ اَل۪يمٍ

Yuz mashaalloh bu javobga

— 747 —

KONFERENTSIYA

1950 yil noyabrda Anqara Universitetida professor, deputatlarimiz, Pokistonlik musofirlarimiz va turli fakultet talabalari huzurida fakultet Masjidida yarim tungacha davom etgan majlisda oʻtkazilgan, katta e'tibor va ahamiyat bilan tinglangan konferentsiya.

— 748 —
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ

Iymon va Islomiyat obi hayotiga chanqagan qiymatli qardoshlarim!

Avvalo e'tirof etayki, bu konferentsiya nutq kursisida boʻlsam ham sizlardan farqim yoʻq. Sizning bir qardoshingizman. Bu konferentsiya oʻzim juda muhtoj boʻlgan oʻta foydali darsimdir. Tinglovchi oʻzimman. Darsimni muzokara sifatida siz muborak qardoshlarimga topshiraman. Kamchiliklar mendan. Mukammallik va goʻzalliklar men foydalangan Risola-i Nur asarlariga oid. Boshimizga biror mone' kelmasa, haftada bir marta davom ettirmoqchi boʻlgan diniy konferentsiyalardan bugun ilki iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida aytganidek, «Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan soʻng namozdir». Shuning uchun biz ham konferentsiyamizning Qur'on, Iymon, Paygʻambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqida boʻlishini munosib koʻrdik. Ikkinchisi esa inshaalloh namoz va ibodatga oid boʻladi.

Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar izladik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimiz dunyoqarashiga mos va qoniqtiruvchi tarzda dars bergan va yarim asrga yaqin, katta bir ichonch va tayanchga sazovor boʻlib, eng moʻ'tabar diniy bir asar hisoblangan «Risola-i Nur» ni tanladik. Ilk konferentsiyamizning nima uchun iymon mavzusida boʻlganini izohlab, quyida bu asar va uning muallifi haqida juda qisqa ma'lumot beramiz:

— 749 —

Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, dasturlarining birinchi moddasiga avvalo iymon asoslarini kuchdan qoldirish va yiqitish rejasini qoʻyishgan. Xususan soʻnggi yigirma besh yil ichida tarixda koʻrilmagan munofiqona va turli niqoblar ostida iymon ruknlariga qilingan juda dahshatli suiqasdlar qilishdi, koʻp buzgʻunchi ishlar tashkil qilindi.

Xolbuki, iymonning ruknlaridan birida hosil boʻladigan shubha yoki inkor dinning tafsilotlarida qilingan loqaydlikdan ancha falokatli va zararliroq. Shuning uchun hozir eng muhim ish taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlash, iymonni kuchga toʻldirish, iymonni qutqarishdan iborat. Hamma narsadan koʻra koʻproq iymonning asoslari bilan mashgʻul boʻlish qat'iy zarurat va kerakli ehtiyoj, hatto majburiyat holiga kelgan. Turkiyada boʻlgani kabi, umum Islom dunyosida ham shunday.

Poydevorlari zaiflagan binoning xonalarini ta'mirlash va bezashga harakat qilish binoning yiqilmasligiga qay daraja foyda beradi? Ildizlari chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilish daraxtning hayotiga foyda bera oladimi?!

Inson saroy kabi binodir, poydevorlari iymon asoslaridir. Inson daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi Iymoni Billoh - Allohga iymondir. Soʻng Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning avvalo qoʻlga kiritishi kerak ilm, ilmi iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi iymon ilmidir.

Iymon faqat qisqa tasdiqdan iborat emas. Iymonning koʻp martabalari bor. Taqlidiy iymon, bu davrdagi zalolat, axloqsizlik boʻronlari qarshisida tez soʻnadi. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, soʻnmas quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qoʻlga kiritgan insonning iymon va Islomiyati daxshatli dinsizlik boʻronlariga uchrasa ham, bu iymon quvvati qarshisida ta'sirsiz qolishga mahkum. Tahqiqiy iymonni qozongan insnonni eng dinsiz faylasuflar ham vasvasa yoki shubhaga tushira olmaydi.

— 750 —

Bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymoniy dars berib, iymonni quvvatlab, insonni abadiy saodat va salomatga olib chiqdigan Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan asarni, sabot, bardavom va diqqat bilan oʻqishni qat'iyat bilan lozim va shart deb bildik. Aks holda, bu davrda dunyoviy va uxroviy daxshatli musibatlar ichiga tushish shubhasiz haqiqat. Shuning uchun yagona qutulish choramiz Qur'oni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga yuzlangan oyati karimalarini tafsir qilgan yuksak Qur'on tafsirini mahkam tutishdan iborat.

Hozir "Bunday asar bu asrda bormi?" degan savolning ichingizda hosil boʻlgani nuroniy bir hayajonni ifodalagan siymolaringizdan anglashilmoqda.

Ha, bu tur ehtiyojimizni toʻliq qondiradigan asarni topish uchun koʻp diqqat va sinchkovlik bilan qidirdik. Oxiri, ham turk yoshlariga ham barcha Musulmonlarga va bashariyatga Qur'oniy rahbar va komil murshid boʻladigan asarning - Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari ekanini xulosa qildik. Biz bilan birga bu haqiqatga Risola-i Nur orqali iymonini qutqargan yuz minglab insonlar shohid.

Ha, yigirmanchi asrda qamrovli va umumiy bir rahbarlik vazifasini bajaradigan Qur'oniy asar muallifining shu xususiyatlarga ega boʻlishini asos oldik. Bu xususiyatlar toʻliq Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud ekanini koʻrdik:

Birinchisi: Muallifning faqat Qur'oni Hakimni oʻziga ustoz deb qabul qilishi...

Ikkinchisi: Qur'oni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan muqaddas kitobdir. Barcha asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob qilgan azaliy xutbadir. Shuning uchun Qur'onni tafsir qilganda, haqiqatning sof ifodalanishi, bu shaklda haqiqiy tafsir boʻlishi uchun mufassirning oʻz xususiy yoʻl va yoʻnalishininig ta'siri ostida qolmasligi va hislari qoʻshilmasligi lozim. Hamda Qur'onning ma'nolarini kashf bilan koʻringan Qur'on haqiqatlarining aniqlash uchun shart boʻlgan sifat: Mufassir xar bir fanda ixtisoslashgan kengfikrga, nozik nazarga va tom ixlosga sohib alloma, oʻta oliy daho, nufuzli, chuqur ijtihod va iymon va Qurʻon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga sohib boʻlishi...

Uchinchisi: Qur'on tafsirining toʻliq ixlos bilan ta'lif etilgan boʻlishi: Muallifning Janobi Haqning roziligidan boshqa hech qanday moddiy, ma'naviy manfaatni maqsad qilmasligi va bu yuksak holat muallifning hayotidagi hodisalarda kuzatilishi...

Toʻrtinchisi: Qur'onning eng buyuk moʻ'jizalaridan biri, yoshlik va yangiligini muhofaza qilishi. Hozir asrda nozil qilingandek, xar asrning ehtiyojini qondiradigan tomoni boʻlishidir.

— 751 —

Bu asrda maydonga keltirilgan tafsirda Qur'oni Hakimning asrimizga yuzlangan tomonining kashf etilib, avomdan eng xoslargacha xar bir tabaqa foydalana oladigan uslubda izoh va isbot qilingan boʻlishi...

Beshinchisi: Mufassirning Qur'on va iymon haqiqatlarini inkor etilmas dalil va hujjatlar bilan isbotlab dars berishi. Ya'ni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qabul qilishi...

Oltinchisi: Dars bergan Qur'oniy haqiqatlarning ham aqlni ham qalbni ham ruh va vijdonni nurlantirishi, qondirishi, nafsni boysundirishi va shaytonni mot qiladigan darajada quvvatli va oʻta balogʻatli, nufuzli va ta'sirli boʻlishi...

Yettinchisi: Haqiqatlarni anglashga mone boʻlgan xudbinlik, gʻurur, kibr va "anoniyat"-menlik kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavozu' va kamtarlik kabi yuksak va goʻzal axloqlarga sohib qilishi...

Sakkizinchisi: Qur'oni Karimni tafsir qilgan allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sunnatiga tobe' boʻlishi, Ahli sunnat va jamoat mazhabida ilmi bilan boamal boʻlishi, eng yuksak zuhd va taqvo, a'zamiy-eng buyuk ixlos va dinga xizmatida eng yuqori sabot, eng ulugʻ toʻgʻrilik, sadoqat va fidokorlikka, juda yuqori tejamkorlik va qanoatga sohib boʻlishi shart.

Xulosa sifatida mufassirning Qur'oniy risolalari orqali risolati Ahmadiyaning (S.A.V) eng yuqori taqvosi, eng yuksak qulligi, chuqur ijtihod va iymon va Qurʻon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga egaligi bilan ham valoyati Ahmadiyaning yogʻdulariga sazovor boʻlgan Qur'on xodimi boʻlishi...

Toʻqqizinchisi: Mufassirning Qur'oniy va Shar'iy masalalarni bayon qilganda, maʻlum tazyiq va qiynoqni e'tiborga olmasligi, xar qanday ta'sir ostida fatvo bermasligi, oʻlimni xor koʻrib, dunyoga bas keladigan iymon quvvati bilan haqiqatni beparvo aytgan Islomiy shijoat va jasoratga sohib boʻlgan mufassir boʻlishi kerak.

Qatl qilish rejalari tatbiq etilgan va birorta diniy risola nashr qilinmagan daxshatli davrda, xususan yoʻq etilishi va soʻndirilishi moʻljalga olingan Qur'onni, Shar'iy asoslarni ta'lif va nashr qilgan maydonda boʻlgan bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy, komil rahbari va Qur'onning moʻ'tabar buyuk mufassiri boʻlishi lozim.

— 752 —

Bu davrda yuqorida aytilgan toʻqqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari Nur Risolalarida aynan mavjudligini haqiqiy va chuqur ilmli Islom olimlarining ijmo'si, tavoturi va ittifoqi bilan aniqlagan. Uygʻonishni boshlagan bu Islom millati, Ovrupa va Amerikada ma'lum va tasdiqlangan. Mana doʻstlar! Biz shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan va bunday mufassir istayotgan edik.

Qiymatli qardoshlarim! Bunday daxshatli asrda insonning eng buyuk masalasi - iymonni qutqarish yoki yoʻqotish da'vosidir. Jahon urushlari insoniyatni uygʻotdi, dunyo hayotining foniyligini eslatdi. Boqiy bir olamda, abadiy bahtiyor yashash hissini uygʻotdi. Albatta bunday muazzam da'voni, chalkash va aldamchi davrda qozonish uchun, bir advokat topishda {(Izoh) Bu davrda bunday advokat Risola-i Nur ekaniga, Risola-i Nur orqali iymoini qutqargan millionlab insonlar guvoh.} juda e'tiborli boʻlishimiz lozim. Shuning uchun tadqiqotimizni yana bir oz kengaytiramiz:

Asrimizdan avvalgi Islomiyatning Kalom Ilmi dohiylari, dinimizning gʻaroyib imomlari va Qur'oni Hakimning dohiy mufassirlari vujudga keltirgan asarlari qiymati, taqdirlash mumkin boʻlmaydigan darajada bebahodir. U zotlar Islomiyatning bir bir quyoshlaridir. Lekin bu davr u buyuk zotlar yashagan davr kabi emas.

Eski davrda zalolat bilimsizlikdan kelar edi. Buni yoʻq qilinishi oson. Hozirgi davrda esa zalolat (Qur'onga, Islomiyatga va iymonga hujum) fan, falsafa va bilimdan kelyapti. Buni yoʻqotish mushkul. Eski davrda ikkinchi qismi mingdan bir boʻlar edi, ulardan faqat mingdan biri irshod bilann toʻgʻri yoʻlga kelar edi. Chunki undaylar ham bilmaydilar ham oʻzlarini bilaman deb oʻylaydi.

Bundan avvalgi asrlarda tabiiy fanlar yigirmanchi asrdagi qadar taraqqiy etmaganini bilasiz. Demak bu asrda dunyoga yoyilgan dinsizlik va moddaparastlikni ildizini kesiz, haq va haqiqat yoʻlini koʻrsatib, insoniyatni siroti mustaqimga yetkazish, iymonni qutqarish uchun faqat va faqat Qur'oni Hakimning bu asrga yuzlangan tomonini kashf qilib, barcha foydalana oladigan bir shaklda tafsir qilinishi, albatta bu asrda mumkin.

— 753 —

Badiuzzamon Said Nursiy Qur'oni Karimdagi bu asr muhtoj boʻlgan haqiqatlarni kashf etib, Nur Risolalarida hammaning qobiliyati nisbatida foydalana oladigan tarzda tafsir va izoh qilish muvaffaqiyatiga erishgan. Shuning uchun Risola-i Nur oʻxshashi koʻrilmagan shox asar degan xulosaga kelingan.

Risola-i Nurdagi bu imtiyoz sababl, bu muborak Islom millatidan millionlab bahtiyor kishilar ustun tutib, katta ehtiyoj sezib, buyuk ishtiyoq va sevgi bilan yillab davom etgan tazyiqlar ichida Risola-i Nurni oʻqishgan.

Risola-i Nur ehtiyoj vaqtida ta'lif etilgani bois Turkiya va Islom Dunyosi miqyosida kengaygan va dunyoni aloqador qilgan imtiyozga sazovor boʻlganini koʻzga koʻrsatgan...

Qiymatli qardoshlarim! Said Nursiy qirq yil avval Istanbuldalik vaqti, "Kim nima xohlasa soʻrasin" deb, gʻaroyib e'lonot qilmishtir. Oʻsha vaqtda davrning mashhur olim va allomalari Badiuzzamonning hujrasiga toʻda-toʻda boʻlib borib, xar sinf ilmlarga va turli mavzularga doir soʻragan eng mushkul, eng yopiq savol berilgan ondayoq Badiuzzamon toʻgʻri javob bergan.

Bunday haddu hududi yoʻq, ya'ni "shu yoki bu ilmda, falon mavzuda kim nima istasa soʻrasin" degan chegara qoʻymasdan e'lon berish, natijada toʻliq muvaffaq boʻlish insoniyat tarixida koʻrilmagan. Bunday qamrovli va yuksak ilmga sohib Islom dohiysi hozirgacha chiqmagan. (Asri Saodat mustasno.)

Hatto oʻsha davrda, Misr Jome'ul Azhar Universiteti raislaridan mashhur Shayx Bahid Afandi, Istanbulga sayohat uchun kelganida, Qurdistonning tik, chiqib boʻlmaydigan qoyalari orasidan chiqib, Istanbulga kelgan Badiuzzamon Said Nursiyni mot qiila olmagan Islom ulamolari Shayx Bahiddan bu yosh domlani (Badiuzzamonni) mot qilishni soʻraydilar. Shayx Bahid bu taklifni qabul qilib munozara zamini qidiradi. Bir namoz vaqti Ayasofiya Masjididan chiqilib "choyxona"da oʻtirishgan payt, buni fursat deb bilgan Shayx Bahid Afandi, Badiuzzamon Said Nursiyga xitoban:

مَاتَقُولُ فِى حَقِّ الْاَوْرُبَائِيَّةِ وَالْعُثْمَانِيَّةِ Ya'ni: "Ovrupa va Usmonli Davlati haqida nima deysiz? Fikringiz qanday?" deb soʻraydi. Shayx Bahid hazratlarining bu savoldan maqsadi Badiuzzamon Said Nursiyning shaksiz bahri ummon kabi ilmini va tez va keskin zakovatini sinash emas edi. Maqsadi kelajakka oid qamrash kuchining shiddatini va dunyoning boshqaruvidagi siyosatini anglash edi.

— 754 —

Bunga javoban, Badiuzzamonnig bergan javobi shu boʻldi:

اِنَّ الْاَوْرُوبَا حَامِلَةٌ بِالْاِسْلَامِيَّةِ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا وَاِنَّ الْعُثْمَانِيَّةَ حَامِلَةٌ بِالْاَوْرُوبَائِيَّةِ فَسَتَلِدُ اَيْضًا يَوْمًا مَا

Ya'ni: Ovrupa bir Islom Davlatiga, Usmonli Davlati ham bir Ovrupa Davlatiga homiladir. Bir kun kelib tugʻajaklardir.

Bu javobga qarshi Shayx Bahid Hazratlari: "Bu yosh ila munozara etilmas, men ham ayni qanoatda edim. Faqat bu qadar vajiz va baligʻona bir tarzda ifoda etmoq faqat Badiuzzamonga xosdir",- demishtir. Haqiqatdan Badiuzzamonning degani kabi, xabarlarning ikki qutbi ham sodir boʻlmish. Bir-ikki sana soʻngra Konstitutsion boshqarilish davrida, Islomiylik alomatlariga muxolif koʻp ajnabiy odatlarini olmoq va borgancha Turkiyada yerlashtirmoq ila va hozir Ovrupada Qur'onga va Islomiyatga qarshi koʻrsatilgan goʻzal aloqa, xususan baxtiyor Olmon millatida toʻda-toʻda Islomiyatni qabul qilish kabi hodisalar bu xabarni toʻliq tasdiqlagan.

Buyuk Islom olimlari va sharafli shayxlar koʻp tajriba va imtihonlar orqali shunday xulosaga kelishganki: Badiuzzamon nima desa, haqiqat. Badiuzzamonning asarlari qalbiy sunuhot-maʻnolar boʻlib, olimlar jamoatining tasdiq va taqdiriga sazovor.

Ilm ahli, tasavvuf ahli, fan va maktab ziyolilari Badiuzzamonning asarlaridan faqatgina fayz va foyda oladi. Ha,

uch oylik tahsilga ega,

qirq yilan beri Qur'oni Karimdan boshqa kitob bilan mashgʻul boʻlmagan,

bir yuz oʻttizta turkcha, oʻn besh Arab tilidagi asarlarini ta'lif qilayotib hech qanday kitobga murojaat etmaganini hanuz hayot boʻlgan kotiblari tomonidan shahodat etilgan,

asosan kutubxonasi yoʻq,

yarim ummiy zot shunday mislsiz bir e'lon orqali, yangi ilmlar doxil, turli ilmlarda, yuksak olimlar va buyuk murshidlar bilan, yoshligida qilgan munozaralarning hammasida yutib chiqqani maʻlum,

ittifoqli masalalarni tasdiqlagan va ixtilofli boʻlganlarni toʻgʻrilagan,

oʻzi uchun "Badiuzzamon javob berolmaydigan savol yoʻq" deb, allomalar tarafidan tasdiqlangan,

Ovrupaning bir qism idroksiz va gʻarazli faylasuflarining, mutashobih oyati karima va hadisi shariflarga qilgan hujumlarini, ayni oyat va hadislarning bir bir moʻ'jiza ekanini asarlari orqali isbotllab e'tirozlarini ildizidan qopargan,

— 755 —

bu orqali vahimalarga tushirilgan ba'zi ilm ahlini ham qutqarib, Islomiyatga boʻlgan hujumlarni natijasiz qoldirgan Said Nursiy kabi bir muallifning,

albatta dohiy bir Qur'on mufassiri,

ilmining Alloh begani va kengligiga,

asarlari Nur Risolalarining bir umr oʻqishga loyiq gʻaroyib shohasar ekaniga shubha yoʻq.

Uygʻongan qardoshlarim! Ham bizning ham Islom dunyosining abadiy hayotining natijalarini, qutulishini ta'minlaydigan, bizni maʻrifatli va irshod qilib zalolatdan saqlaydigan asar tanlashda shunchalik juda diqqatli boʻlishimiz kerak. Chunki bu davrda, turli-tuman aldovlar bilan parda orqasida Islom yoshlarini yoʻldan chiqarishga urinishyapti.

Bir asar oʻqilishi yoki bir soʻz tinglanganda, avvalo

مَنْ قَالَ وَلِمَنْ قَالَ وَلِمَ قَالَ وَفِيمَا قَالَ

ya'ni: Kim aytdi? Kimga aytdi? Nima uchun aytdi? Qaysi darajada turib aytdi? asosiga oid qoidani e'tiborga olish kerak. Ha, gap tabaqalarining yuksakligi, goʻzalligi va quvvatining manbai ushbu toʻrt narsadan iborat: Soʻzlovchi, tinglovchi, maqsad va daraja. Xar bir qoʻlga tushgan kitob oʻqilmasligi kerak, xar aytilgan gapga quloq solmaslik kerak. Masalan: Bir qoʻmondonning bir qoʻshinga bergan "Qadam bos" buyrugʻi bilan bir askarning "Qadam bos" degan gapi orasida qanchalik farq bor? Birinchisi katta qoʻshinni harakatga keltiradi. Oʻsha soʻz boʻlgan ikkinchisi, balki bir askarni ham harakatlantira olmaydi.

Xullas, bu toʻrt asos sababli va Said Nursiyga qarshi qalblarida buyuk sevgisi boʻlgan yuz minglab kishilar muhabbat bilan ustozlarining eng kichik holatiga ham katta ahamiyat berib, ularni oʻrganib tobe' boʻlish, ergashish istagi boʻlgani uchun, bu yerdagi bir qancha qardoshlarimiz ustozimizning hayoti, asarlari, yoʻl va yoʻnalishi haqida ma'lumot berilishini qattiq soʻradilar.

Lekin Badiuzzamon kabi zotning hayoti, asarlari va axloqini toʻliq ifoda qila olmaymiz. Bu haqiqat basiratli ilm ahli boʻlgan adiblar ham e'tirof qilingani uchun bu xizmat bizning haddimizdan juda uzoq. Badiuzzamon haqida ma'lumot olishni istagan qardoshlarimizga, buning faqat va faqat Risola-i Nur Kulliyotini diqqat va bardavom oʻqib, mumkinligini aytamiz.

— 756 —

Aziz qardoshlarim! Bu muborak vatan, millat va olami Islomning abadiy saodatini va qutulishini, natijada yer yuzida umumiy tinchlik va farovonlikni ta'minlaydigan inoyat va qudratga sohib boʻlgan Risola-i Nurning ma'naviy shaxsida oʻta sogʻlom quvvatlar toʻplangan va qoʻshilgan:

1- Yuksak kuch va butun kamolotning ustozi boʻlgan Islomiy haqiqat.

2- Iymoniy jasorat. Ya'ni xorlanmaslik, chorasiz qolganlarga bosim oʻtakmaslik va takabbur qilmaslik.

3- Musulmonlikning insonga bergan izzat va sharafi, taraqqiyot va yuksalishning eng muhim omili boʻlgan Islom izzati.

Doʻstlar! "Haqiqiy olimlar zolim hukmdorlarga qarshi haq va haqiqatni beparvo aytgan olimlardir", ma'nosida hadisi sharif bor. Biz, faqat shunday va taqvodor allomaning soʻz va asarlariga ishona olamiz.

Asrimizda esa, hayotidagi voqealar va asarlari bilan bu hadisi sharifga mos kelgan Risola-i Nur maydonda. Muallif Badiuzzamon diniy kurashida, Qur'onga xizmatida va qulligida Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam)ning sunnati saniyasiga toʻliq tobe' boʻlgan mujohiddir. Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz dunyoning eng muazzam siyosiy hodisasi boʻlgan Badr Jangida sahobai kiromga navbatma-navbat jamoat bilan namoz oʻqitganlar. Ya'ni vojib boʻlmagan, xususan urush vaqtida tark qilinishi mumkin boʻlgan "jamoat bilan namoz oʻqish" kabi bir xayrni dunyoning eng katta siyosiy voqe'asidan afzal koʻrilgan, ustun tutgan. Kichik savobni, urush frontining daxshatlari ichida ham tark etmagan.

Badiuzzamon koʻngillilar boʻlinmasi qoʻmondoni sifatida qoʻshilgan rus jangida, urush frontida, dushman nishoni oʻqlari oldida Qur'onning bir qismining tafsiri boʻlgan mashhur Arabiy Ishoratul I'joz Tafsirini ta'lif qilgan. Bu asari azim Islom Olamida eng buyuk olimlarning maqtov va tahsiniga sazovor boʻlgan. Toʻliq tushunishdan ojiz qolishganini, bunday tafsir koʻrishmaganini e'tirof qilishgan. Qur'oni Karimning eng nozik hikmatini, eng chuqur masalalarini, tenggi yoʻq i'jozi, favqulotda yuksak balogʻat va fasohatini izhor va isbot qilgan. Hatto bir harfning himatini izhor qilib, nishon oʻqlari oldida, dushman oʻqlari zehnini undan qaytara olmagan, urushning toʻpolon va daxshatlari mone' boʻlmagan.

— 757 —

Azoni Muhammadiy (S.A.V.) manʻ qilingan, bid'atlarning xalqqa majbur qildirilgan zulmatli va dahshatli davrda Nur Talabalari uydirma azonni oʻqimagan. Bunday bid'atlarga qarshi oʻzlarini qahramoncha muhofaza qilib, bid'atlarga qoʻshilmagan.

Iymon va Islomiyatning yoʻqotilishiga urinilgan va bir olimning yashirindan yashirin bitta ham diniy asar nashr qila olmagan falokatli davrda, Badiuzzamon surgun qilingan joylarida, zolim mustabidlarning nazorat va tazyiqlari ichida yashirindan yashirin bir yuz oʻttiz adad iymoniy asar ta'lif va nashr qilgan. Shu bilan barobar kechalari juda oz uyqudan soʻng, asirlikda ingragan Islom Millatlarining najot va tuzalishi uchun duolar qilgan, dargohi Ilohiyga iltijo qilib yolvorgan.

Hazrati Ustoz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Sarvarimizning Sunnati Saniyasiga toʻliq iqtido qilgan.

Badiuzzamonning bu holati butun Islom mujohidlariga va barcha Musulmonlarga oʻrnakdir. Ya'ni, jihod bilan qullik va taqvoni barobar qiladi. Birini qilib, boshqasini ahamiyatsiz qoldirmaydi. Jabr qildigan va zolim din dushmanlarining rejasi bilan qamoqxonalarga tashlanib, yakka kameralarda, oʻta sovuq xonada qoldirilishi, shiddatli sovuqlar va xastaliklarning iztiroblari, titrashlari va keksalikning kuchsizliklari ichida boʻlishi ham asar ta'lif qilishiga mone'lik qilmagan.

Siddiqi Akbar (Raziyallohu Anh): "Jahannamda vujudim shunchalik kattalashsinki, iymon ahliga joy qolmasin", deganlar. Badiuzzamon bu oʻta yuksak fazilatning bir zarrachasiga sazovor boʻlish uchun, "Bir nechta odamning iymonini qutqarish uchun Jahannamga kirishga tayyorman" deb, fidokorlikning choʻqqisiga yuksalgan. Qur'on va Islomiyatning fidoiy va xolis xodimi ekani, sakson yillik hayoti guvohligi bilan aniqlangan.

Qur'on va iymon xizmati uchun Badiuzzamonning e'tiborini, sharafini, ruhini, nafsini, hayotini fido qilgani, uchragan shiddatli zulm va qiynoqlarga, giriftor etilgan koʻp musibat va balolarga qarshi koʻrsatgan yuksak sabr, bardosh va xotirjamlik bir bir ishonchli guvoh hisoblanadi.

Badiuzzamon Qur'on, iymon, Islomiyat xizmati uchun dunyoviy rohatliklarini fido etmish, dunyoviy shaxsiy savratlar yigʻmamish, zuhd va taqvo va riyozat, iqtisod va qanoat ila umr oʻtqazib, dunyo ila aloqasini kesmishtir.

— 758 —

Shu jumladan, Musulmonlarning tinchligi va saodati uchun butun umr diqqatlarini faqat iymon xizmatiga vaqf qilish, bagʻishlash va ixlosga toʻliq muvaffaq boʻlish uchun oʻzini dunyodan uzoqlashtirib boʻydoq oʻtgan. Ha, Badiuzzamon iymon va Islomiyat xizmati uchun hamma narsadan shu daraja fidokorlik qilgan, lekin bular bilan birga qullik, zuhd va taqvoda ham istisno boʻlgan tarixiy Islom fidoiysi va Qur'oni Hakimning ixlosli xodimi darajasiga yuksalgan.

Badiuzzamonning Risola-i Nur da'vosida shunday ishonchi, sidq va sadoqati, sabot va matonati, ixlosi borki: Din dushmanlarining shu qadar shiddatli zulm va istibdodlari, hujum va tazyiqlari, bular bilan birga moddiy yoʻqliklar ichida boʻlishi da'vosidan voz kechira olmagan va kichik ikkilanish ham sodir boʻlmagan.

Said Nursiy Eski Said deb ta'bir qillgani yoshligida falsafada juda ilgarilagan. Gʻarbning Suqroti, Aflotuni, Aristoteli kabi haqiqatli faylasuflarni va sharqning Ibn Sino, Ibn Rushd, Farobiy kabi dohiy hakimlaridan falsafa va hikmatda Qur'oni Hakimning fayzi bilan juda ilgarilab ketgan. Qur'ondan boshqa xaloskor va haqiqiy rahbar yoʻqligini da'vo qilgan va Risola-i Nur asarlarida isbotlagan. Bu haqiqatlarda shubhasi boʻlganlar boʻlsa, Ustoz oxiratga tashrif etmasdan shaxsan shubhasini ketkazishi mumkin.

Said Nursiy Qur'on va iymonga xizmat yoʻlini ixtiyor etib, hech qanday moddiy va ma'naviy manfaat, solihlik va valiylik kabi ma'naviy maqomlarni maqsad va gʻoya qilmagan. Faqat Janobi Haqning roziligi uchun xizmat qilgan. Basiratli ilm ahli tomonidan butun Musulmonlarda "Chiqishi kutilgan siyosiy va diniy xaloskor" kabi shaxsiga berilgan yuksak martabani Badiuzzamon jahl bilan rad qilgan, oʻzining faqat Qur'onning bir xizmatkori, Risola-i Nur Talabalarining bir dars oʻrtogʻi boʻlganiga ishongan va bayon qilgan.

Mudofaa Vazirligi yigirma besh yil xizmat qilgan muhtaram olim zotning, hozir oramizdagi bir qancha doʻstlarimiz bilan, avvalgi kun ziyoratiga borganimizda, Badiuzzamon Hazratlari haqida: "Badiuzzamonning qanday zot ekanini tushunish uchun Risola-i Nur Kulliyotini diqqat bilan, sabot bilan oʻqish yetarli. Sizga bir misol sifatida, faqat dunyoviy iqtidori jihatidan aytaman: Badiuzzamonga Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi bilan faqat bir davlatni emas, dunyodagi millatlarni boshqarish berilsa, ularni tinchlik va saodat ichida boshqaradigan iqtidor va inoyatga sohib", degan edik.

Ha, Badiuzzamon nodir sahxsiyat. Lekin yigirma besh yildan beri ham oʻzini, ham talabalarini siyosatdan manʻ qilgan, dunyoviy ishlar bilan mashgʻul emas.

— 759 —

Badiuzzamon Risola-i Nurni ta'lif qilgan vaqtlar va Qur'on xizmatini bajargan onlari, ziyrakligi, zehnining oʻtkirligi, aqli, mantigʻi, zehni, hayoli, xotirasi, mulohazasi, farosati, sezish va idrok qilishi, oʻtkir anglashi va ruhiy, qalbiy, vijdoniy hissiyotlari, tuygʻulari va ma'naviy latifalarining tengsizligi xizmat ettirilganiga oshkora dalil boʻlib, oʻz ixtiyori bilan, istagi bilan emas, inoyati Ilohiya bilan Qur'onga xizmatkorlik darajadasida ekanini basiratli ilm ahli va qalb ahli tasdiqlaydi va tahsin qilingan.

Misrda fozil ulamolardan marhum Abdulaziz Chavish, Badiuzzamonning asrning dohiyi ekani va haddan tashqari aql zakovatiga sohib ekani mavzusida Misr matbaasida maqola nashr qilgan.

Buyuk va jiddiy olim Shayxulislom marxum Mustafo Sabri Afandi, Misrda Risola-i Nurni qoʻllab, Jome'ul Azhar Universitetida eng yuksak mavqe'ga qoʻygan.

Risola-i Nur Islomiyatning oʻta keskin va olmos qilichidir. Bu haqiqatlarga Badiuzzamonning zolim hukmdorlarga va qoʻmondonlarga oʻlimni pisand qilmasdan haqiqatni beparvo yetkazishi va dunyoni qamragan dinsizlik kuchiga javoban Qur'on va iymon haqiqatlarini, oʻzini fido qilib, istibdodning eng qorongʻu davrida nashr qilishi va bu muqaddas haqiqatga jonini fido qilib xizmat qilishi dalildir.

Bir prokuror ayblov xulosasida: "Badiuzzamon, keksaygani sari ortgan kuchi bilan diniy faoliyatini davom ettirmoqda", degan. Dengizli mahkamasi, ekspertlar hay'ati bayonnomasida: "Ha, Said Nursiyda kuch bor, lekin bu quvvatini tariqat yoki bir jamiyat qurishga sarflamagan. Qur'on haqiqatlarini bayon qilish va dinga xizmat qilishga ishlatgan, degan xulosaga borilgan", deyilmoqda.

Dinga qarshi eski hukumatlarning vakillaridan biri antidemokratik qonunlarning Millat Majlisida muzokarasi asnosida: "Badiuzzamon Said Nursiyning diniy faoliyatiga yigirma besh yildan beri mone' boʻla olmayapmiz", degan.

Javoban aytamiz: Ha, Said Nursiy Hazratlari oʻxshashi koʻrilmagan energiya va sergʻayrat zotdir. Badiuzzamonning gʻaroyib insonligini din dushmanlari qarshi chiqqanlar ham qalban tasdiqlagan va maqtamoqda.

— 760 —

Said Nursiy ba'zan bir talabasiga Risola-i Nurdan oʻqib berish ne'matini lutf qilgan vaqti: "Bu mening darsim. Men oʻzim uchun oʻqiyman. Bu risolani hozirgacha balki yuz marta oʻqigandirman. Lekin, hozir endi koʻrayotganday takroran oʻqishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor", deydi.

Yana: "Men boshqalar uchun kitob yozmaganman. Oʻzim uchun yozganman. Qur'ondan topgan bu da'volarimni istaganlar oʻqishi mumkin", deydi. Ha, Badiuzzamon e'tiqod qilib, "Men darsga, tarbiyaga va nafsimni isloh qilishga muhtojman", deydi. Badiuzzamon kabi zot bunday desa, bizning bu asarlarga naqadar muhtoj ekanimiz qiyos qilinsin.

Badiuzzamon Said Nursiy butun hayotida shon-shuxratdan, hurmatdan qochgan va insonlardan behojatligini aytgan. Arabcha asarida shuxrat haqida: "Shuhrat riyoning oʻzi va qalbni oʻldirgan zaxarli asaldir. Insonni insonlarga qul va asir qiladi. Ya'ni, nom va shuxrat istagan odam oʻzini odamlarga yoqtirish, sevdirish uchun insonlarga riyokorlik, tilyogʻlamachilik qiladi. Sunʻiy holatlarga kiradi. U balo va musibatga tushsang اِنَّا للهِ وَاِنَّآ اِلَيْهِ رَاجِعُونَ degin", deydi.

Ustoz shuxratdan amalda va holati bu qadar qochishiga qaramasdan, xar qanday sabab boʻlsa ham, insonlar xuddi bir Ilohiy chorlov bordek, madad istab unga borishgan va unga oqim boʻlib kirmoqda. Uning ayni haqiqat boʻlgan muqaddas xislati Risola-i Nur kabi jahonshumul asarga xodim boʻlgan.

Badiuzzamon yoshligidan beri odamlarning evazsiz hadyalaridan behojat boʻlgan. Hadya qabul qilmaslikni yoʻl deb qabul qilgan. Zindondan zindonga, yurtdan yurtga surgun qilingan vaqtlarda keksalik yuklagan zaruratlar ichida ham sakson yillik behojatlik dasturini buzmagan. Eng xos talabasi bir luqma hadya qilsa, evazini berar, bermasa dard chekar edi.

Nima uchun hadya qabul qilmaganining sabablaridan biri sifatida: "Bu davr eski vaqt kabi emas. Eski davrda iymonni qutqargan oʻn qoʻl boʻlgan boʻlsa, hozir birga tushgan. Iymonsizlikka yoʻllagan sabablar avval oʻn boʻlgan boʻlsa, hozir yuzga chiqqan. Bunday davrda iymonga xizmat qilishga dunyoga qoʻl uzatmadim, dunyoni tark etdim. Iymonga oid xizmatimni hech narsaga vosita qilmayman", deydi. Hazrati Ustoz oʻz shaxsi uchun birov zahmat tortsa, bir xizmatini qilsa, evaziga haq, hadya beradi. Aks holda ruhiga ogʻir keladi, xush koʻrmaydi.

— 761 —

Badiuzzamon Said Nursiy Qur'on, Iymon va Dinga qilgan xizmatida yillardan beri bardavom nazorat va josuslik, ta'qib va tekshiruv ostida saqlangan. Faqat va faqat Allohning roziligi uchun, yolgʻiz va yolgʻiz haqiqat uchun Islomiyatga xizmat qilgan. Qur'on xizmatini hech narsaga vosita qilmagani, koʻp mahkamalarda ham aniqlangan.

Agar mazkur haqiqatlar va asarlaridagi haq va haqiqatni koʻrgan haq tarafdorlarining Badiuzzamon va asarlarida koʻrgan, nashr qilgan oliy xususiyat va yuksak haqiqatga zid, eng kichik belgi boʻlsa edi, eng katta qoʻshimchalar bilan, dabdaba va shovqinlar bilan yigirma besh yil davomida din dushmanlari tomonidan dunyoga e'lon qilinar edi.

Shuning kabi batamomo tuhmat va ayblovlar ila zoʻravon, mustabid din dushmanlarining igʻvolari bilan mahkamalarga yuborilgan vaqtda, gazetalarning birinchi sahifalarida, birga yuz qoʻshimchalar bilan chiqarilishi, tekshiruv va sud qilinish natijasida hech qanday aybi yoʻqligi aniqlanib, aybsiz ekani yuzaga chiqaan vaqti sukut saqlashi bu haqiqatning koʻp oshkor dalillaridan bir donasidir.

Badiuzzamon din qardoshlariga juda shafqatli. Ularning azoblari bilan azob tortgani, Islom dunyosida hur va ozodligi uchun jon bergan fidoiy Islom mujohidlarining azoblari bilan iztirob chekkani, Qur'on va Islomiyatga qilingan zarbalar oni koʻp iztirob chekkan, achchiq azoblarning ta'sirida, zotan juda oz yegan bir oz shoʻrvasini ham yeya olmagani koʻp marta koʻrilgan va kuzatilmoqda.

Aksariyat kunlar xastaliklar va azobda oʻtmoqda. Bir Nur talabasining yozganidek, "Ey Islom Millatining abadiy tinchlik va saodati uchun dunyoda farogʻat koʻrmagan mushfiq ustozim! Sizning davom etgan xastaliklaringiz jismoniy emas. Dinimizga qilingan istibdod va zulm tugamaguncha, Islom olami xalos boʻlmaguncha iztirobingiz tinmaydir". Ha biz ham bu fikrdamiz.

Lekin u azobli qaygʻular Badiuzzamonni aslo umidsizlikka tushira olmagan, bil'aks buyuk va qamrovli umumiy diniy jihodga, duo va qullikka chorlab, "Qutulishning yagona chorasi Qur'onni mahkam tutish" degan va tuttirgan.

Qur'ondan topgan davo va darmonlarni qalamga olib, bu davrda Islom xaloskori va bashariyat saodatiga sabab boʻlgan Risola-i Nur asarlarini yuzaga keltirgan.

— 762 —

Xunxoʻr din dushmanlarining dunyoviy kuch va shavkatlari, Badiuzzamonni qat'iyan tanballikka tushirmagan. "Vazifam Qur'onga xizmatdir. Gʻolib qilish, magʻlub etish Janobi Haqqa oid" deb iymon keltirib, bir on ham faoliyatdan qolmagan. Ha, Hazrati Ustoz shunday azim himmatga sohib boʻlib, unga qilingan mudxish zulmlar bu himmat evaziga ta'sirsiz qolishga mahkum boʻlgan.

Badiuzzamon yer va osmonlardagi mavjudotni hayrat va sevib tomosha qiladi. Qirlar va togʻlarda xususan bahorda koʻp aylanadi. U sayr joylari zehnan mashgʻuliyat, nozik tafakkur va doimiy huzur holida. Daraxt va nabotot va gullarni

مَا شَاءَ اللّهُ بَارَكَ اللّهُ فَتَبَارَكَ اللّهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ

"Qanday goʻzal yaratilganlar" deb, ibrat nazari bilan ularni tomosha qiladi, koinot kitobini oʻqiydi. Xar bir a'zo va hislari kabi koʻzini ham doimo Janobi Haq hisobiga va izni doirasida ishlatadi. Koʻzi katta koinot kitobining bir mutolaa qiluvchisi, olamdagi Rabboniy san'at moʻ'jizalarining bir tomoshabinidir. Yer yuzi bogʻchasidagi rahmat gullarining muborak arisi darajasidadir.

Ustoz xususiy hayotida kamtar, vazifa boshida viqorli. Tavozu' va kamtarlikda namuna boʻladigan martabada. Bu mavzuda: "Bir askar navbatchilik qilganda, bosh qoʻmondon kelsa ham, qurolini tashlamaydi. Men Qur'onning xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida ekanman, oldimga kim chiqsa chiqsin, "Bu haq" deyman, boshimni egmayman", deydi.

Xulosa sifatida aytamiz: Badiuzzamon toʻliq ixlosga sohib, gʻayritabiiy, haqiqiy Qur'on mufassiridir. Toʻliq ixlosga erishgan, qahramon va yakto Qur'on xodimidir. Risola-i Nurning muallifi boʻlgani uchun ham ulugʻ mutakallimdir, ilmda oʻta yuqori darajada chuqur va e'tiborli, haqiqatli va tadqiqotchi allomadir, ham Mantiq ilmining yuksak, tengsiz ustozidir.

"Ta'liqot" nomli asari mantiqda shoh asardir. Mumtoz, haqni ustun tutgan va haqiqatni koʻrgan dohiydir. Qur'on bilan kelushgan toʻgʻri yoʻldagi falsafaning haqiqatparvar faylasufidir. Tengsiz jamiyatshunos (ijtimoiyotchi), psixolog (ruhshunos) va pedagog (tarbiyachi)dir. Doim haqiqatni tarannum qilgan va etgan, yuksak, oʻxshovsiz va dohiy muallif va adibdir.

— 763 —

Said Nursiy yillardan beri qattiq istibdod va cheklovlar ostida saqlanib tanitilmagani, oʻzi shaxsiy kamolotini yopgani, yashirgani uchun mazkur sifatlarning xar birini bila olmagan boʻlishi mumkin. Bular va Risola-i Nurning xususiyatlari haqidagi bayonlarimiz haqiqat oshigʻi va fazilat sevar davrda bir qancha haqiqiy olimlarning va Alloh doʻstlari ittifoq qilgan va ijmo' quvvatidagi xulosasidir. Hamda bizning qat'iy fikrimizdir.

Badiuzzamonning bu ilm va sifatlarga ega boʻlganiga eng moʻ'tabar, eng birinchi va eng haqiqiy dalilimiz Badiuzzamon Said Nursiydir. Kimning shubhasi boʻlsa, Risola-i Nurni oʻqisin. Ha, biz zikr qilgan va qiladigan eng buyuk haqiqatlarni butun Islom dunyosiga va umum bashariyat olamiga eshittiramiz va e'lon qilamiz. Ha, ming yildan beri Islomiyat va insoniyat olami Risola-i Nur kabi bir asarga intizor edi.

Badiuzzamon Said Nursiy koʻp ilmlarda mustasno asarlar yoza olar edi. Lekin "Davr iymonni qutqarish davri" deb, bor himmatini, ishlarini va hayotini iymoniy ilmlarni ta'lif va nashr qilishga vaqf qilgan.

Ha, Hazrati Ustoz iymoniy ilmlarni nashr qilish orqali Islom va insoniyat olamini jonlantirgan va nurlantirgan. Janobi Haq u buyuk ustozdan abadiyan rozi boʻlsin, uzun umrlar bersin. Omin, omin, omin...

Risola-i Nur Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning bu asrdagi ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan yuksak va porloq tafsiridir. Ha, Risola-i Nur qalblarning fotihi va mahbubi, ruhlarning sultoni, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiy va isloh qiluvchisidir. Risola-i Nurning bir xususiyati, Maktubotning birinchi jildining 129-chi sahifasidagi shu mavzudir: "Ba'zi Soʻzlarda, Kalom ilmi olimlarining yoʻli bilan, Qur'ondan olingan haqiqiy yoʻlning farqlari haqida misol aytganmiz, masalan: Bir suv olib kelish uchun ba'zilar suv quvuri orqali uzoq joydan, togʻlar ostida qazib, suv olib keladi. Boshqa qismi esa hamma joyda quduq qazadi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda qiyin. Tiqiladi, uziladi. Lekin hamma joyda quduq qazib suv chiqarishga usta boʻlganlar qiyinchiliksiz, xar bir yerda suv topishgani kabi... Aynan shuning kabi: Kalom ilmi olimlari sabablarni olamning oxirida Silsila va davrning imkonsizligi bilan kesib, soʻng Vojibul Vujudning borligi u bilan isbot qiladi. Uzun yoʻlda yuriladi. Ammo Qur'oni Hakimning haqiqiy yoʻli suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Xar bir oyatni, alohida Asoyi Muso kabi, qayerga ursa obi hayot tohsiradi.

— 764 —
وَفِى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰٓى اَنَّهُ وَاحِدٌ

dasturini hamma narsaga oʻqitadi.

"Iymon faqat ilm bilan emas, iymonda koʻp latif tuygʻularning hissalari bor. Bir ovqat me'daga kirganda, turli asablarga farqli suratda boʻlinib tarqatiladi. Ilm bilan kelgan iymoniy masalalar ham aql me'dasiga kirgandan soʻng, darajalarga koʻra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo, latifalar, oʻziga koʻra alohida hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi boʻlmasa, kamchilik boʻladi". Risola-i Nur suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Avvalroq ketilgan uzun yoʻlni qisqartiradi, mustaqim va salomatli qiladi.

Eski faylasuflar shar'iy hukmlardan va iymon asoslaridan ba'zilari uchun: "Bu naql, iymon keltiramiz, aql bunga yetmaydi", deyishgan. Xolbuki bu asrda aql hukm qilyapti. Badiuzzamon Said Nursiy, "Butun shar'iy hukmlar va iymoniy haqiqatlar aqliy. Aqliy ekanini isbotlashga tayyorman", degan va Risola-i Nurda isbotlagan.

Risola-i Nurda mustasno adabiyot, balogʻat va ijoz, tenggi yoʻq, joziba, asl uslub bor. Ha, Badiuzzamon shaxsiga maxsus uslubga ega. Uning uslubi boshqa uslublar bilan taqqos va qiyos qilinmaydi. Asarlarning ba'zi joylarida, adabiyot qoidasiga yoki boshqa uslublarga nisbatan juda munosib tushmagan deb oʻylangan nuqtaga duch kelinsa, u yerda oʻta nozik mazmun, imo yoki nozik ma'no yoki hikmat bor. U kishining bayon tarzi u yerga toʻliq muvofiq. Lekin u nozik tomonni olimlar ham birdan tushunmaganini e'tirof qilganlar. Shuning uchun Badiuzzamonning asarlaridagi xususiyat va nozik tomonlarni Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlmaganlar birdan anglay olmaydi.

Buyuk shoirimiz, adabiyotimizning iftixori marhum Mahmud Akif bir adiblar majlisida: "Viktor Hugolar, Shekspirlar, Dekardlar adabiyotda va falsafada Badiuzzamonning bir talabasi boʻla oladi", degan.

Adib va shoirlar zavol va firoqdan yigʻlaydi, oʻlimdan dod-faryod qiladi. Kuz mavsumini xuzn bilan tasvir qiladi. Hatto mashhur arab adiblari "Agar firoq boʻlmasa edi, oʻlim ruhlarimizni olishga yoʻl topib kela olmas edi" ma'nosida

— 765 —
لَوْلَا مُفَارَقَةُ الْاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلَى اَرْوَاحِنَا سُبُلًا

deyishgan.

Badiuzzamon esa, "Koinotdagi zavol, firoq va yoʻqlik zohiriydir. Haqiqatda esa firoq yoʻq, visol bor. Zavol va yoʻq boʻlish yoʻq, yangilanish bor. Koinotda hamma narsa bir navʻ baqoga sazovor. Oʻlim bu foniy olamdan boqiy olamga ketishdir. Oʻlim hidoyat va Qur'on ahli uchun boshqa olamga ketgan eski doʻst va ahboblariga qovushishga sabab. Yana haqiqiy vatanlariga kirishga vositadir. Dunyo zindonidan jannatlar boʻstoniga bir taklifdir. Rahmoni Rahiymning fazlidan oʻz xizmati evaziga haq olish navbatidir. Hayot vazifasi qiyinchiligidan bir nafaqaga chiqish. Qullik va imtihonning ta'lim va buyruqlaridan erkinlikdir. Azroil Alayhissalom bugun kelsa, xush kelding, safo kelding deb kulib kutib olaman", deydi.

Badiuzzamon insonni Risola-i Nur orqali safohat-kayf safoga mukkadan ketishdan va zalolatdan qutqarib, qoʻrquv va daxshatga tushirish uslubini qoʻllamaydi. Xarom lazzat ichida yuz azobni koʻrsatib, hisni magʻlub qiladi. Qalb va ruhni hissiyotga magʻlub boʻlishdan muhofaza qiladi. Risola-i Nurda taqqsolashlar orqali kufr va zalolatda, Jahannam zaqqumi urugʻi borligini, dunyoda ham Jahannam azoblari urugʻi borligini, iymonda, Islomiyat va ibodatda Jannat urugʻi borligi, shirin lazzat, zavq va Jannat mevalari borligini, dunyoda ham bir navʻ mukofotga noil qilishini isbotlaydi.

Risola-i Nur nifoq va boʻlinish, ayrilish, fitna va fasodni ketkazib, qardoshlikni, diniy birodarlikni, birdamlik va oʻzaro yordamlashishni oʻrnatadi. Risola-i Nur yoʻlininig bir asosi shudir. Risola-i Nur gʻurur, kibr, xudbinlik va xorlik kabi xunuk axloqdan qutqarib, tavozu', kamtarlik, izzat va viqor kabi goʻzal axloqlarga sohib qiladi.

Risola-i Nur inson odamgarchilikdan chiqmagan insonga ojizlik va faqirligini tushuntiradi. Badiuzzamon: "Inson ojizlik va faqirligini tuhsunish orqali toʻliq Musulmon va qul boʻladi", deydi.

Dinsizlarni magʻlub qilish uchun, yangi taʻlimni ham olaylik deganlar yoki olganlar, Nur risolalarini bardavom va sabot bilan mutolaʻa qilib, maqsadiga yetishgan. Yagona chora ham bu. Shunday qilib, maktab ma'lumotlari ham Ilohiy ilmlarga aylanadi.

— 766 —

Ey, ming yilda beri Islomiyatning bayroqdorligini qilgan millatning avlodlari, jangavor ruhli qardoshlarim! Bu davr va kelajak asrlarning Musulmonlari va bizlar:

tahqiqiy iymon darslari orqali iymon martabalarida taraqqiy ettiradigan va yuksaltiradigan,

qoʻrqoq emas, bil'aks Risola-i Nur talabalari kabi jasur, qahramon, faol va solih amal sohibi, dindor, taqvodor,

shu bilan birga, shaxsiy tinchligi va manfaatlarini iymon va Islomiyatning qutulishi yoʻlida fido qilgan,

fidoiy va mujohid Musulmonlar yetishtiradigan, "menga nima" degan zaxardan qutqaradigan,

bosimlar, iskanjalar va oʻlim ehtimollari oldida tahqiqiy iymon quvvatidan kelgan jasorat bilan Qur'on va Islomiyat jabhasidan aslo chekilmagan,

"Oʻlsam shahidman, qolsam Qur'onning xizmatkoriman" degan,

qoʻrqoqlik holiga tushmagan sodiq va ixlosli,

faqat Alloh roziligi uchun xizmat qilgan Nur talabalari kabi Islomiyat xodimlari yetishtiradigan,

shunday muhtaram Musulmonlar yuzaga keltiradigan Qur'oni Azimushshonning tafsiri boʻlgan shunday rahbarga muhtojmiz.

Bu asrga:

Risola-i Nur kabi aql, fikr va mantiqni ishlatadigan,

ruh va qalb va vijdonni nurlantiradigan,

Musulmonlarni, insoniyatni uygʻotadigan, ogohlantiradigan, gʻaflatdan qutqaradigan,

Siroti Mustaqim boʻlgan Qur'on yoʻlini koʻrsatadigan,

Sunnati Saniyaga va Islom shiorlariga muxolif ishlar va qilingan narsalarni farq ettirib,

Paygʻambarimiz sunnatlariga ittiboni dars beradigan va tiriltirish gʻayratini uygʻotadigan shunday Qur'on tafsiri lozim va shart.

Risola-i Nurning shunday xususiyatlarni ichiga olgan Qur'on tafsiri ekanini - oʻttiz yildan beri borligi va haqiqat ahlining tasdigʻi bilan aniqlangan. Shafqatsiz din dushmanlarining rejalari bilan mahkamalarga chiqarilgan Risola-i Nur talabalarining mudofaalari va ularning Islomiyatga xizmatlari asnosida yashirin Islomiyat dushmani, insofsiz, jabbor zolimlarning hiylalari bilan uchragan qiynoqlardan qoʻrqmaslik, oʻzini oʻylamasdan, ya'ni shaxsiy tinchligini Islomning rohati va saodati uchun fido qilib, siddiqiyat bilan metin turishlari va ashaddiy zulmga tayanishlari oshkora dalil tashkil etmoqda.

Ha, yigirma besh yildan beri Risola-i Nur orqali iymon xizmatiga butun borligʻini vaqf qilgan va hozirgacha "ayyor din dushmanlarining" koʻp marta tajovuz, hujum va tintuvlarga uchrasada, yigirma besh yildan beri yakkalantirilib Risola-i Nurning noshirligini qilgan Nur qahramonlari akalarimiz bizlarga alohida alohida ergashish namunasi boʻlgan iymon va Islomiyat fidoiylaridir.

— 767 —

Biz Musulmonlar shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan, shunday bir hidoyatchini kutayotgan edik. U ixlosli Nur talabalari, "Janobi Haq Hofizdir. Men uning inoyati va himoyasi ostidaman. Boshimga nima kelsa ham xayr-yaxshilikdir", deb iymon keltirib, amal qiladi. Iymon xizmatini bajarishadi. Din dushmanlariga ushlanmaslik va jonlaridan qiymatli ekaniga ishongan Nur Risolalarini ularga oldirmaslik uchun ehtiyot qiladilar. Shaxslariga keladigan zararlarni e'tiborga olmasdan xizmat qilishda davom etadilar. Hibsga, zindonga tashlanib, qiynoqqa solingan vaqtda, ustozlari Badiuzzamon bilan aloqadorlar. Agar yashirin imkon topishsa, yana Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻladilar. Hatto "Balki qamoqqa tashlanarman, Nur Risolalarimni bermaydilar, dars qilishdan mahrum qolaman" deb, ba'zi Nurlarni yod olgan talabalar ham kuzatilgan.

Muxlis Nur talabasi qamoqxonadan chiqarilgan vaqt, goʻyo xipchinli, qiynoqli, turli qiynoqli qamoqxona unga kuch, energiya manbaʻi boʻlgan, sadoqat va hushyorlik bilan Nur xizmatida yuritish uchun xipchin ta'siri qilgandek, ustoziga yanada ziyoda yaqinlashar va Nurlar bilan avvalgidan ham koʻproq mashgʻul boʻlar, tarqatishar edi.

Afyon hodisasida, Badiuzzamon qamoqdalik vaqti, muallim bir Nur talabasi, prokuraturada Risola-i Nur va Ustozi haqida qahramonlarcha javob bergani uchun prokuror gʻazablangan. "Hozir seni qamoqqa tiqaman", deb qoʻrqitgan. U Islom fidoiysi muallim javoban "Men tayyorman, darhol qamoqqa joʻnating", degan.

Yana Afyon mahkamasida bir Nur talabasi haqida sirtdan qamoqqa olish hukmi beriladi, lekin adliya uni topa olmaydi. U talaba bundan xabardor boʻladi. Boshqa Nur qardoshlari kabi, "Ustozim va qardoshlarim qamoqda ekan, tashqarida nima qilaman" deb, prokuraturaga taslim boʻladi, qamoqqa kiradi.

Ayni qamoqxonada bir Nur talabasini yanglishib ozod qilishadi. U esa "Ustozim va qardoshlarim hanuz qamoqda. Koʻchirishni tugatadigan yangi ta'lif etilgan Nur Risolalari bor" deb oʻylab qamoqxona mudiriga: "Men qirq kundan soʻng ozod qilinishim kerak. Jazo muddatim hali tugamadi", deydi. Hisoblab koʻrishsa haqiqatdan shunday chiqadi, takroran qamoqqa olishadi.

Diniy muhofaza fazilatiga loyiq, tushunadigan doʻstlarim!

Said Nursiy oʻz haqida berilgan bunday bir ma'lumotni koʻrsa, "Nima uchun bunday qilishyapti? Shaxsimning ahamiyati yoʻq. Qiymat, Qur'ondan chiqqan va Qur'oni Hakimga tegishli Risola-i Nurdadir. Men bir hechman", deydi.

— 768 —

Ustozning shaxsi Qur'oniy haqiqatlarga sazovor va oyna boʻlgan. Nurlar e'tibori bilan va tarqatgan iymon va Islomiyat darslari bilan, tom ixlos bilan, umumiy va kulliy tarzda Qur'onga va dinga xizmat qilishi orqali, u zot haqidagi taqdir va tahsinlar, harfiy ma'no bilan shaxsiga qabul qilmaydilar. Ular Qur'on va Islomiyatga tegishli. Allohning nomi va hisobigadir. Din dushmanlari tomonidan unga qilingan dushmanlik va hujumlar maqsad Badiuzzamon xodimligini qilgan Qur'on va Islomiyatning yoʻqotilishiga maxsus edi. Chunki Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan jahonshumul Risola-i Nur asarlari unga ehson etilgan.

Bu yaqqol haqiqatni bilgan niqobli, yashirin va munofiq iymon va Islomiyatga qarshi chiqqanlar va dushmanlari yarim asrga yaqin Badiuzzamonning oʻbroʻsizlantira olmagan shaxsini yolgʻon va shovqinlar bialn hanuz hurmatdaan tushirishga urinmoqda. Maqsad Risola-i Nur ragʻbat koʻrib va rivoj topib tarqalmasin, iymon va Islomiyat taraqqiy etmasin. Xolbuki Said Nursiyga tekkan sayin Risola-i Nur porlamoqda. Tarqalish doirasi kengaymoqda. Alohida namuna boʻlgan yigirma besh yil ichidagi hodisalar maʻlum.

Islomiyat dushmanlari bir tarafdan batamom yolgʻon targʻibot va hujum qilishda davom etarkan, boshqa tomondan Nur talabalarining ustozlari va Risola-i Nur haqida iste'dodi nisbatida, foyda va fayz olishadi. Bundan tugʻilgan tashakkur va shukronlarini ifodalagan maqtovli maktub va soʻzlardan tarkib topgan mudofaalarini pardalar orqasidan manʻ qilishga urinishyapti. Buning uchun sofdil doʻstlarning doʻstlariga yoki doʻstlarga samimiy koʻrinib, "Haddan oshyapsiz" degan narsalar ayttirishadi. Bunday yashirin, ayyor, hiylali tuhmatlar bilan bizni qoʻrqitishga, choʻchitishga va jim qilishga urinmoqda.

Ajabo, din dushmanlari tuhmat va yolgʻonlardan iborat shovqinlar solib, biz haqiqatni aytib mudofaa qilishda jim turishimiz aql ishimi?! Ajabo, Islomiyat dushmanligi orqali Ustoz Badiuzzamon haqida zolimona va jabborona haqsizliklarni qilgan insofsiz targʻibotchilar yolgʻonlarini yoyarkan, biz Ustoz va Risola-i Nurning haqqoniyatini e'lon qilib, u ajib yolgʻonlarini natijasiz qoldirishga urinmasligimiz mumkinmi hech?! Ajabo, Qur'on va iymonning qon toʻkuvchi va mustabid zolim dushmanlari Qur'onni, Islomiyatni va dinni Risola-i Nur orqali mutlaq kufrga qarshi mudofaa va muhofaza xizmatini qilgan Badiuzzamonga qarshi doim uydirmalar bilan ovozini yuksaltirishi mumkinu, biz haq va haqiqatni bayon va e'lon etishda sukut saqlashimiz, jim boʻlishimiz yoki "Biroz jim boʻling" degan niqoblar bilan, pardalar orqasida faoliyat yuritayotgan yashirin dushmanlarga bir turdagi yordam yoki dastak berish, axmoqlik va soddalik boʻlmaydimi?! Aslo va hech qachon, qat'iyan va aslo jim boʻlmaymiz va jim qila olmaydilar ham. Toʻxtamaymiz va toʻxtata olmaydilar ham. Bu jon, bu qafasdan chiqqungacha, bu ruh bu jasaddan ayrilgunga qadar, bu nafas bu badandan ketgunga qadar Risola-i Nurni oʻqiymiz, nashr qilamiz. Risola-i Nurning haq haqiqat va ayni haq ekanini, Badiuzzamon Said Nursiyning qilingan ayblardan batamom pok va uzoq ekanini tuhmatchi va hiylachi, qonxoʻr din dushmanlariga javoban izhor va e'lon qilamiz.

— 769 —

Qiymatli Qardoshlarim! Islom tarixida oltin sahifalarda mavqe' tutgan buyuk va benazir zotlar yuzaga chiqqan. U mislsiz zotlarning tafsirlari va asarlari hech bir Ovrupalik faylasufning asari bilan taqqoslab boʻlmaydigan darajada tengsiz. Buyuk Islom mualliflari va Islom dohiylari xar qanday hukumatning yillarb ogʻir bir asirlik va qorongʻi istibdodi ostida kirmasdan, Qur'on va Islomiyatga loyigʻidek va xolis xizmat qilishgan. Tarixda oʻxshashi kuzatilmagan mutlaq istibdod va ashaddiy zulm ostida, daxshatli bir asirlikda tutilgan, oʻzini va asarlarini yoʻq qilishga uringan din dushmanlariga javoban, ma'naviy shaxs boʻlgan Badiuzzamon Said Nursiy, Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimizning sunnatiga toʻliq ittibo etib qilgan diniy buyuk jihodida bashariyat tarixida tenggi koʻrilmagan tarzda muvaffaq va muzaffar boʻlgan.

Badiuzzamon kabi,

bir yuz oʻttiz boʻlim iymoniy asarlarini shiddatli istibdod, tazyiqot va cheklovlar ostida yashirindan yashirin ta'lif qila olish,

quvvatli taqvo va qullikkka sohib boʻlish,

bular bilan birga, urush frontida fidoiy boʻlib koʻngillilari bilan jang qilish,

urush jabhasida, nishon oʻqlari qarshisida ham fursat topganda Qur'onning eng nozik hikmatlarini va gʻaroyib i'jozini bayon qilgan Qur'on tafsirini ta'lif qilish,

ayni paytda nafs mujodalasida ham gʻolib chiqib, nafsini dinga xizmatkor qilish,

hurriyati olib qoʻyilib, uzoq qishloqqa surgun qilinib, mutlaq yakkalanib, kuzatuv va xar turli azoblar ichiga qoʻyilgan,

Iknvizitsiya zulmlarini ham ancha ortda qoldirgan hukmron kuch tazyiqlari ostida qotil jonivorlarning oʻta vahshiy qiynoqlari ichida, (Sirran tanavvarot) siri bilan parda ostida Risola-i Nur asarlari kabi asarlar nashr qilish,

jahonning moddiy ma'naviy "Fotih"i boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalmning sunnati saniyasining bir xizmatkori boʻlib,

bugun millionlarga yetgan jamoatni, Allohning yordami bilan, Qur'oni Hakimning katta yoʻlida sogʻ-salomat olib borish,

moʻ'minlar va bashariyatning faqat dunyolarini emas, abadiy saodatlarini ta'minlashga Risola-i Nur kabi asar orqali vosita boʻlish,

mazkur xususiyatlarning ma'naviy shaxsida toʻplanishi, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy kabi tarixda qaysi bir zotga yana nasib boʻlgan, ajabo?!

— 770 —

Ha doʻstlarim! Risola-i Nur shunday bir haqiqat ziyosi, haqning burhoni va haqiqatning chirogʻini tarqatyapti va ikki jahonning saodatini ta'minlaydigan Qur'on va iymon haqiqatlarini dars beradi. U Allohning shunday lutfiki: Yigirma besh yildan beri bola-chaqa, yosh-qari, xotin-erkak, muallimi, faylasufi, talabasi, olimi, mutasavvifi kabi xar bir inson tabaqasi Nurning oshigʻi, Nurning parvonasi, Nurning koʻkragiga oʻzini otgan, Nurdan madad istashgan. Millionlab baxtiyor kishilardan tashkil topgan muazzam jamoat nur bilan nurlanib, nur orqali xalos boʻlgan.

Ha, doʻstlarim! Moʻ'jizalar xazinasi va eng buyuk moʻ'jiza boʻlgan Qur'oni Azimushshonning haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nur shu qadar qiziq, shu qadar jozibador, shu qadar daxshatli va muazzam haqiqatlarni dars beradi va masalalarni isbotlaydiki, iymon va Islomiyatning qit'alar kengligida kengayishi va futuhotiga sabab boʻlmoqda va boʻladi.

Ha, Risola-i Nur qalblarga shu daraja ziyo va muhabbat, ruhlarga shu qadar joʻshinlik va hayajon bergan, aql va mantiqlarni shunday tarzda qondirgan va qalb ishonchi hosil qilganki, millionlab Nur talabalariga oʻzini koʻp martalab oʻqitgan, yozdirgan va bir umr boʻyi mutolaa ettirgan va yillardan beri xuddi oʻz-oʻzini nashr qilgan.

Aziz qardoshlarim! Ajnabiy qoʻli bilan idora qilingan dinsizlik komitetlari, Islomiyatni yoʻq qilish uchun, Islom yurtida, xususan Turkiyada shunday hiylalar bilan fitnalar, xoinlarcha nayranglar qilishgan, qonxoʻr va vahshiy zulmlar qilishgan, shaytoniy va nafratlanuvchi rejalar tatbiq qilishgan va aldovlar ishlatishgan, iblisona, yashirin dasturlar qoʻllab akani uka bilan urishtirgan, shunday yolgʻon va targʻibot va shovqinlar qilishgan, fitna-fasod va firqalanish urugʻlari sochishganki Islomning binosida chuqur yaralar ochgan va katta buzgʻunchiliklar qilgan.

— 771 —

Lekin bu musibatlar, Janobi Haqning yordami bilan, harakat va xizmat ettirilgan Badiuzzamon Said Nursiy kabi toʻliq ixlosni qozongan zot vositasida, Allohning rahmati bilan madad qilgan, shifo bergan, aytganini dunyoga qaul qildirgan va jahonshumul mohiyatga ega Risola-i Nur asarlarining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Ayni paytda Musulmonlarni uygʻotgan. Ularni xalos, qutulish choralarini qidirishga chorlagan. Abadiy oxirat hayotlarini qutqarish uchun haqiqiy iymon darslarini olish, Allohga iltijo va amrlariga itoat qilish ehtiyojini qattiq his ettirgan. Bu xusudagi gʻaflat va nuqsonlarni musibatlar eslatmasini idrok ettirgan. Zotan insonlarning, moʻ'minlarning boshiga kelgan balo va musibatlarning hikmati bu.

Ha, u ajnabiylarning jonivorlar kabi qilgan muomala va zulmlari Islom dunyosida, hurriyat, istiqlol va Islom birligi jarayonini ham tezlashtirdi. Nihoyat, mustaqil Islom davlatlarining tashkil topishini keltirib chiqardi. Inshaallohu Taolo, Islom Birlashgan Davlatlari ham yuzaga keladi va Islomiyat dunyoga hokim va hukmron boʻladi. Allohning rahmatidan qattiq umid va niyoz qilamiz.

Xullas, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy shunday Islom mujohidi, Risola-i Nur asarlari shunday xushyor totrttiruvchi, xaloskor, favqulotda, jahongir bir asarki: Dinga qarshi butun komitetlarning belini sindirgan, mazkur zararli va fasodchi faoliyatlarini samarasiz qoldirgan. Dinsizlik asoslarining poydevorlarini parcha-parcha qilgan. Ildizidan kesgan, parda ostida Islomiy va iymoniy futuhotni, qalbdan qalbga oʻtkazgan va Qur'oni Azimushshonning mutlaq hokimiyatiga zamin tayyorlagan.

Ha, Risola-i Nur buzgʻunchilikni Qur'onning olmos haqiqatlari va Qur'oni Karimdagi eng qisqa va eng mustaqim yoʻl bilan ta'mirlagan. Yaralarni Qur'oni Hakimning eng buyuk dorixonasidagi darmonlar bilan davolayapti va davolaydi.

Ma'sum musulmonlarning qonini ichgan va boyligini, qotgan millat qoni hisoblangan, parazit, yuvindixoʻr va och koʻz jonvor va varvar imperiyalistlar, mustamlakachilar va ularning ichimizdagi, faqat shaxsiy manfaat tutquni, zolim, qonxoʻr, xirsli va mustabid xizmatkorlarini haq bilan yakson qilib yoʻq qiladigan, mutlaq choʻktirib magʻlub qilgan va qiladigan yagona chora - Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning bu asrda ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur asarlari ekaniga, basiratli Islom mujohidlari va olimlari, ijroot va mushohadotga tayanib, tajriba orqali bir ovozdan qat'iy xulosa qilishgan.

— 772 —

Insoniyat tarixi Risola-i Nur kabi bir asar koʻrsata olmaydi. Demak, Risola-i Nur Qur'onning tengsiz bir tafsiri ekani anglashilyapti.

Badiuzzamon Said Nursiyga faqat Islom olami emas, Nasroniy dunyosi ham qarzdor va minnatdor. Dinsizlikka qarshi umumiy jihodida erishgan muvaffaqiyat va gʻolibligi sababli Rim Popi ham u kishiga rasman tabrik va tashakkurnoma yozgan.

Hozir Risola-i Nur Kulliyotidan iymon, Qur'on va Hazrati Paygʻambar (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqidagi asarlardan ba'zi qismlarni aynan oʻqiyman. Siz bu asarlarni qoʻlga kiritib toʻliq oʻqishingiz mumkin. Oʻqir ekan, balki izoh qilishini istagan qardoshlarimiz topilar. Bu xususda arz etaylikki, ustozimiz Badiuzzamon bir Nur talabasiga Risola-i Nurdan ba'zan oʻqib berish lutfini baxsh etarkan izoh etmaydi, aytadiki: "Risola-i Nur iymoniy masalalarni kerakli darajada izohlaydi. Risola-i Nurning domlasi Risola-i Nurdir. Risola-i Nur boshqalardan dars olishga ehtiyoj qoldirmaydi. Xar kim iste'dodi nisbatida foydalanadi. Aqlingiz xar bir masalani toʻliq anglamasa ham, ruh, qalb va vijdoningiz hissasini oladi. Naqadar foyda olsangiz, shunchalik katta daromad oladi".

Oʻqilgan Turkcha yoki Arabcha risolaning izohi boshqa risolada boʻlsa, uni keltirib oʻqiydi. Risola-i Nurdagi oʻta nozik nuktalarni tushungan basiratli olimlar aytishadiki: Bir olimning yuksak ilmi boʻlishi mumkin, lekin Risola-i Nurni jamoatga oʻqiganda tafsilotga kirishib eski ma'lumotlari bilan tushuntirsa, bu izohlar Risola-i Nurning bayon qilgan asrimiz dunyoqarashiga mos va ehtiyojiga toʻliq javob beradigan haqiqatlar tushunilishida, ta'sir qilishida va Risola-i Nurning mohiyatining anglashilishiga parda boʻlishi mumkin. Shuning uchun ba'zi lugʻatlarning ma'nolarini aytib aynan oʻqish ta'sirliroq va afzalroq boʻladi.

Istanbul Universitetidagi qardoshlarimiz ham shunday oʻqiydilar. Biz ham xulosa qilib aytamiz: Risola-i Nur gʻoyat fasohatli va qisqa. Soʻzning qiymati ijozida, qisqaligida. Bir iymon va Qur'on masalasi boshqalarga dars berilganda, qisqa ravishda dars berilsa yanada koʻproq fayz va foyda olinadi.

Ey Ustoz Hazratimiz! Butun qadr biladigan insonlar Risola-i Nurni va sizni abadiyan hurmat va ehtirom etadi. Tahqiqiy iymon darslari orqali iymonimizni qutqargan jahon bahosida va jahon qiymatida boʻlgan Risola-i Nurni butun ruhu jonimiz bilan, butun borligimiz bilan sevamiz va hurmat qilamiz. Bu ishq va bu muhabbat, ta'zim va hurmat nasldan naslga, asrdan asrga, davrdan davrga ulashadi.

— 773 —

Risola-i Nurdagi Qur'on haqiqatlari shunday kuchki, bu qudrat oldida mutlaq kufr va dinsizlikning asoslari tor-mor boʻladi, choʻkish chuqurlariga dumalab halok boʻladi. Ortda qolganlar iymon va Qur'on nuri bilan qutuladi va najot topadi.

Ha, togʻlarni, toshlarni paxta kabi tarqatadigan, temir va granitlarni yogʻdek eritadigan Qur'on quvvati dunyoni nur va saodatga gʻarq qiladi. Qur'on Nuri iymonlarning qutulishida dunyoga hokim va hukmron boʻladi.

وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
— 774 —
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
يَا اَللهُ ٭ يَا رَحْمٰنُ ٭ يَا رَحِيمُ ٭ يَا فَرْدُ ٭ يَا حَىُّ ٭
يَا قَيُّومُ ٭ يَا حَكَمُ ٭ يَا عَدْلُ ٭ يَا قُدُّوسُ

Ismi A'zamning haqqi, Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning hurmati uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharafiga bu majmuani bostirganlarni va muborak yordamchilarini Jannatul Firdavsda abadiy saodatga sazovor ayla, Omin. Iymon va Qur'on xizmatida doim muvaffaq ayla, Omin. Hasanot daftarlariga Soʻzlar Majmuasining xar bir harfi evaziga ming hasana yozdir, Omin. Nurlarni tarqatishda sabot, bardavomlik va ixlos ehson ayla, Omin.

Yo Arhamurrohimiyn! Barcha Risola-i Nur Shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla, Omin. Insoniy va jin shaytonlarning yomonliklaridan muhofaza ayla, Omin. Bu ojiz va bechora Saidning kamchiliklarini afv ayla, Omin...

Umum Nur Shogirdlari nomiga
Said Nursiy
— 775 —

Mundarija

Qur'on oyatlarining bir navʻ tafsiri boʻlgan Risola-i Nur boʻlimlaridan "Soʻzlar Majmuasi"ning qisqacha mundarijasi.
BIRINCHI SOʻZ:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning koʻp muhim sirlaridan bir sirini goʻzal misol orqali tafsir qiladi. "Bismilloh"ning naqadar qiymatli Islom shiori ekanini koʻrsatadi.

OʻN TOʻRTINCHI YOGʻDUNING IKKINCHI MAQOMI:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir qiladi. Va

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ Qur'onning xulosasi, mundarijasi va kaliti ekanini koʻrsatgani kabi, arshdan yergacha uzangan bir nuroniy muqaddas tarmoq boʻlishi bilan birga abadiy saodat eshigini ochgan kalit, xar bir muborak narsaga fayz va barakot bergan nur manbaʻi ekanini bayon qiladi. Ushbu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola boʻlgan Birinchi Soʻzga qaraydi. Xuddi Risola-i Nur boʻlimlari doira hisoblanib, tugashi boshlangʻichiga muborak بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ tarmogʻi bilan birlashadi. Bu maqomda olti sir oʻrniga oʻttizta yozilishi kerak edi. Hozircha oltita qoldi. Qisqa, lekin oʻta buyuk haqiqatlarni ichiga oladi. Buni diqqat ila oʻqigan kishi

— 776 —

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning naqadar qiymatli muqaddas xazina ekanini anglaydi.

IKKINCHI SOʻZ:

اَلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qiladi.

UCHINCHI SOʻZ:

يَآ اَيُّهَا النَّاسُ اعْیبُدُوا oyatining ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini mantiqiy misol bilan tafsir qiladi.

TOʻRTINCHI SOʻZ:
اِنَّ الصّلَوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

oyatining ma'nosida va namoz haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan va mantiqiy misol orqali tafsir qiladi. Zarra miqdor insofi boʻlgan kishini taslim boʻlishga majbur qiladi.

BESHINCHI SOʻZ:
اِنَّ اللهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَوْا وَالَّذِينَ هُمْ مُحْسِنُونَ

oyatining ma'nosida, taqvo va qullik haqidagi oyatlarning, qullik vazifasi va taqvoning muhim sirini oʻta goʻzal misol bilan tafsir qiladi. Bu tafsir xar kimga yoqadi.

OLTINCHI SOʻZ:
— 777 —
اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

oyatining ma'nosida, nafs va molini Janobi Haqqa sotish haqidagi oyatlarning oʻta muhim bir sirini tafsir qilish bilan birga, nafs va molini Janobi Haqqa sotganlarning besh daraja foyda ichida foyda olishi, sotmaganlarning besh daraja zarar ustiga zarar koʻrishini oʻta qoniqtiradigan misol orqali tafsir qiladi. Haqiqatga qarshi muhim eshik ochadi.

YETTINCHI SOʻZ:
يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ الْيَوْمِ الْآخِرِ ٭ اِنَّ وَعْدَ اللّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَوةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُمْ بِاللّهِ الْغَرُورُ

oyatining ma'nosida "Allohga va oxirat kuniga iymon" va dunyoviy hayot haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qilib, gʻaflatdagilar haqida dunyoning naqadar daxshatli, oʻlim va ajal qanchalik mudxishligi, ojizlik va faqirlik qanchalik azobli boʻlganini va hidoyat ahli haqida dunyo hayotining asl mohiyati naqadar chiroyli, qabr, ajal, ojizlik va faqirlik qanday saodat vositasi boʻlganini oʻta qat'iy tarzda isbotlaydi. Ikki dunyo saodatiga olib brogan yoʻlni koʻrsatadi.

SAKKIZINCHI SOʻZ:
اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ

va

اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللهِ الْاِسْلَام

oyatlarining ma'nosida (Suhufi Ibrohimda asli boʻlgan) dunyoning mohiyati, dunyoda inson mohiyati, insonda din mohiyati haqidagi oyatlarning muhim sirini goʻzal va porloq misol bilan tafsir qilib, dunyoning mohiyatini, dunyodagi inson ruhi va insondagi dinning qiymatini koʻrsatish bilan birga, dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini isbotlab, olamning tilsimini ochgan, bashar ruhini zulmatdan qutqarish choralarini koʻrsatib, oʻta latif va goʻzal qiyos bilan, fosiq badbaxt odamning daxshatli holatini, solih baxtiyor odamning saodatli holatini koʻrsatadi.

— 778 —
TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ

oyatining ma'nosida besh vaqt namoz haqidagi oyatning oʻta muhim sirini "Besh Hikmat" orqali tafsir qilib, ma'lum boʻlgan besh vaqt namozning oʻz vaqtlariga xos qilishning hikmatini shu qadar chiroyli va shirin bir tarzda bayon etadiki: Zarra miqdor idroki boʻlgan inson bu jozibador hikmat va porloq haqiqatga qarshi taslimga majbur boʻladi. Va inson jasadi havoga, suvga, ozuqaga muhtoj boʻlgani kabi, inson ruhi ham namozga muhtoj ekanini oʻta qat'iy suratda bayon qiladi.

OʻNINCHI SOʻZ:
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

oyatining ma'nosida, Hashr va Oxirat haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini oʻn ikki mantiqiy va aql qabul qiladigan misol surati orqali, oʻn ikki qat'iy ochiq haqiqatlar bilan tafsir qilib, oxiratga iymonni shu qadar kuchli isbotlaydiki: Qalbi batamom oʻlmagan va aqli toʻliq soʻnmagan inson u isbotga qarshi taslim boʻladi. Allohning izni bialn iymonga keladi. Iymonga kelmasa ham inkordan voz kechishga majbur boʻladi.

OʻN BIRINCHI SOʻZ:
وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ٭ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ٭ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ٭ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ٭ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ٭ وَ الْاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ٭ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ٭ فَاَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقْوَيهَا ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا ٭ وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ
— 779 —

oyatlarining yuksak va keng bir haqiqatini Shams Surasining moʻ'jizaviy ishora qilgani, koinotni intizomli saroy suratida koʻrsatganini yuksak va keng misol orqali tafsir qilib, inson mohiyatidagi qullik vazifalari, insoniy jihozlar va Ilohiy rububiyatning tajalliy turlariga inson qulligi bilan javob berishini shu qadar chiroylisuratda isbotlaydiki: Vashshams Surasining moʻ'jizali ishorasini gʻaroyib suratda va eng katta doirada buyuk rububiyatni mukammal qullik bilan solishtiradi.

OʻN IKKINCHI SOʻZ:
وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا ٭ وَ بِالْحَقِّ اَنْزَلْنَاهُ وَ بِالْحَقِّ نَزَلَ

oyatlarining ma'nosida va Qur'on hikmatining fazilati haqida yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini falsafa hikmati orqali Qur'on hikmatining qiyosi suratida oʻta porloq misol orqali tafsir qilib, Qur'onning bir moʻ'jizasi va i'jozini, uning oldida falsafa hikmatining ojizligini va sukutini gʻaroyib suratda isbotlaydi, koʻrlarga ham koʻrsatadi. Bu soʻz Oʻn Birinchi Soʻz kabi juda muhim. Barcha ularga muhtojdir.

OʻN UCHINCHI SOʻZ:

«Ikki Maqom» dir.

BIRINCHI MAQOM:
وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَا هُوَ شِفَآءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

oyati bilan,

ومَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ
— 780 —

oyatining ma'nosida va Qur'on hikmatining muqaddasligi, kengligi va she'rdan pokligi haqidagi oyatlarning muhim sirini tafsir qilib, Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning yuksak moʻ'jizali hikmatini falsafaning past va tor hikmati bilan qiyoslaydi. Qur'on hikmatidagi koʻplik, kenglik, falsafaning esa faqirligi va qashshoqligini muxtasar bayon qilib, Qur'onning she'rdan pokligi va u darajaga tushmasligining sababi Qur'on haqiqatlarining yuksakligi va porloq ekanini koʻrsatadi. Va muhim misol orqali bir navʻ Qur'onning i'jozini bayon qiladi.

IKKINCHI MAQOM:

Yoshlarni zalolat va kayf-safo jarligiga tushishdan qutqargan va iymonda bu dunyoda ham haqiqiy jannat lazzati, zalolatda esa jahannamiy bir azob va qaygʻu borligini misollar bilan izoh va isbot qilgan bir darsdir.

IKKINCHI MAQOMNING IZOHI:

Mahbuslarga tasalli haqida toʻrt maktubdir.

IKKINCHI MAQOMNING ILOVASI:

Laylatul Qadrda eslatilgan muhim masala.

MEVA RISOLASIDAN OLTINCHI MASALA:
HUVA HIKMATI:
OʻN TOʻRTINCHI SOʻZ:

Tor aqllarga sigʻmagan yuksak va keng bir qancha Qur'on haqiqatlarini koʻzga koʻringan oʻxshatish va naziralari bilan tushunishga yaqinlashtiradi. Masalan:

خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ٭ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍٍ ٭ وَ السَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ
— 781 —

oyatlarining oʻta yuksak va gʻoyat keng haqiqatlarini misol va oʻxshatish bilan aqlga qabul qildiradi va qalbni qondiradigan bir tarzda bayon etadi.

OʻN TOʻRTINCHI SOʻZNING XOTIMASI:

Gʻofil kallaga toʻqmoq va bir ibrat darsidir.

Oxirida nafsi ammoraga ta'sirli bir tanbeh ta'ziri bor. Nafsga asir boʻlgan kimsa uni oʻqisa va qabul qilsa, asirlikdan qutuladi.

OʻN TOʻRTINCHI SOʻZNING ILOVASI:

Zilzila haqida olti ahamiyatli savolga javob.

OʻN BESHINCHI SOʻZ:
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَآءَ الدُّنْياَ بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجوُماً لِلشَّياَطِينِ

oyatining ma'nosida va malaklar bilan shaytonlarning kurashi haqidagi oyatlarning astronomlarning tor aqllariga sigʻmagan muhim sirini "Yetti Zinapoya" nomi bilan yetti quvvatli hujjat va metin muqaddima orqali tafsir qiladi. Bu oyatning samosidan shaytoniy vahimalarni rajm qilib quvadi.

OʻN BESHINCHI SOʻZNING ILOVASI:

Qur'onning Kalomulloh va Hazrati Muhammad (S.A.V.) Allohning Rasuli ekanini ishontiruvchi dalillar orqali isbotlagan, munozara tarzida yozilgan balogʻatli bir risoladir.

OʻN OLTINCHI SOʻZ:
اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatlarining ma'nosidagi koʻp oyatlar ifodalagan: "Ahadiyati zotiyasi bilan faoliyatining umumiyligi, zotiy vahdati bilan yordamchisiz umumiy rububiyati va fardoniyati bilan sheriksiz qamrovli tasarruflari, makondan munazzahligi bilan hamma joyda hozir boʻlishi, nihoyatsiz yuksakligi bilan hamma narsaga yaqinligi, birgina zoti ahad boʻlishi bilan xar narsani shaxsan qoʻlida tutishi" haqidagi Qur'on oliy haqiqatlarini "Toʻrt Shuʻla" nomi bilan oʻta muhim sirini tafsir qiladi. Va u haqiqatlarni mustaqim aqllarga va salim qalblarga taslim ettiradi.

— 782 —
OʻN YETTINCHI SOʻZ:
اِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى الْاَرْضِ زِينَةً لَهَا لنَبْلُوَهُمْ اَيُّهُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا ٭ وَاِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا ٭ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ

oyatlarining ma'nolarida: Hayot lazzati ichida oʻlim azobi, surur va visol ichida zavol alami haqidagi oyatlarning muhim sirini va Qahhor ismiga Rahmon ismining jilvasini oʻta goʻzal suratda koʻrsatib tafsir qiladi. Iymon ahli uchun dunyoning mohiyatini, sayyor bir tijorat joyi, vaqtinchalik musofirxona, bir necha kunlik bir namoyon boʻladigan joy, qisqa muddat ishlaydigan dastgoh, savdo uchun yoʻl ustida qurilgan bozor ekanini koʻrsatib, insonning dunyodan barzoh va oxirat tomon sayohatini sevdiradi va daxshatini ketkazadi. Bu soʻzning oxirida ba'zi nushalarda "Qora Tutning Mevasi" nomi bilan qiymatli, jozibali va she'r qiyofasida bir qancha haqiqat bor.

Qalbga Fors tilida kelgan munojot:
GʻAFLAT AHLI DUNYOSINING HAQIQATINI TASVIRLAGAN BIRINCHI LAVHA:
HIDOYAT VA HUZUR AHLINING DUNYOVIY HAQIQATLARIGA ISHORA QILGAN IKKINCHI LAVHA:
BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON, ARDICH, QORAQOVOQNING BIR MEVASI:
YULDUZLARNI GAPIRTIRGAN YULDUZNOMA:
OʻN SAKKIZINCHI SOʻZ:
— 783 —

Bu soʻz, "Ikki Maqom"dan iborat.

Ikkinchi Maqomi Yozilmagan. Birinchi Maqomi Uch nuqtadan iborat.

Birinchisi:
لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحوُنَ بِمَآ اَتَوْا وَيُحِبُّونَ اَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا

oyatining faxrga maftun, shuxratga mubtalo, madhga tushkun, xudbin nafsi ammoraning boshiga tarbiya ta'zirini urgan bir sirini,

Ikkinchisi: اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ ning xunu va odobga mavzuiga xilof koʻringan narsalarning goʻzal jihatlarini koʻrsatgan sirini,

Uchinchisi:
اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللهُ

oyatining risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir nozik lekin kuchli bir dalilini koʻrsatgan sirini tafsir qiladi.

OʻN TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqatlari boʻlgan risolati Ahmadiyani (S.A.V.) "Oʻn Toʻrt Tomchi" nomi bilan oʻn toʻrt qat'iy, porloq va kuchli burhonlar orqlai tafsir va isbot qiladi. Va eng qaysar dushmanni ham mot qialdi. Quyosh kabi risolati Ahmadiyani (S.A.V.) koʻrsatadi.

YIGIRMANCHI SOʻZ:

«Ikki Maqom» dir.

Birinchi Maqomi: Baqara Surasining boshida: Hazrati Odamga farishtalarning sajda qilishi, sigirning soʻyilishi, toshlardan suv chiqishi haqidagi uch muhim oyatlarga qarshi shaytonning oʻta daxshatli uch shubhasini shunday bir tarzda rad qilib yoʻq etadiki: Shaytonni va shayton kabi insonlarni bunday vasvasalardan abgor qilib voz kechiradi. Chunki ular tanqid va e'tirozlari orqali i'joz yogʻdularining eshigini ochiradi. U uch oyatdan uch i'joz yogʻdusi koʻrindi.

— 784 —

Ikkinchi Maqomi: Moʻ'jizoti Anbiyo (Alayhimussalom) yuzida porlagan bir Qur'on moʻ'jizasini koʻrsatib, moʻ'jizoti Anbiyoga doir Qur'on oyatlarining naqadar ma'noli va hikmatli ekanini koʻrsatadi. Va Qur'onda yopiq qolgan koʻp xazinalar borligini eslatadi.

YIGIRMA BIRINCHI SOʻZ:

Ikki Maqomdir.

Birinchi Maqomi: Namozning qiymatini va foydasini shu qadar chiroyli bir tarzda koʻrsatadiki, eng dangasa va eng fosiq odamga ham namozga bir ishtiyoq uygʻotadi va gʻayratga keltiradi.

Ikkinchi Maqomi: Shaytonning koʻp iste'mol qilgan muhim vasvasalarini yoʻq qiladi. Va vasvasasi bilan moʻ'minlarning qalbida ochgan yaralarning beshtasiga goʻzal malhamlar tarif etadi.

YIGIRMA IKKINCHI SOʻZ:
فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلهَ اِلَّا اللّهُ ٭ اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ

ma'nosida va haqiqiy tavhid haqidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini "Ikki Maqom" orqali tafsir qiladi.

Birinchi Maqom: Oʻta chiroyli, porloq va kuchli misoliy hikoya orqali oʻn ikki zinapoya hukmida "Oʻn Ikki Burhon" bilan Allohning vahdoniyatini shu qadar qat'iy suratda isbotlaydikki: Eng qaysar mushriklarni ham tavhidga majbur etadi. Oson lekin kuchli va sodda faqat porloq suratda Vojibul Vujudning borligini, vahdatini va ahadiyatini butun Sifat va Ismlari bilan isbotlaydi.

Ikkinchi Maqom esa: Tavhid haqiqatini va haqiqiy tavhidni "Oʻn Ikki Yogʻdu" nomi bilan misoliy hikoyaning pardasi ostida oʻn ikki ochiq burhon bilan Allohning vahdoniyatini isbotlaydi. Jaloliy, jamoliy va kamoliy vasflarini vahdoniyat ichida isbotlaydi. Yogʻdulardagi dalillar shu qadar qat'iyki, hech qanday shubhaga joy qolmaydi. Shu qadar umumiyki, ma'rifatullohga mavjudot adadicha, balki zarralar sanogʻicha derazalar ochadi. Shu bilan Vojibul Vujudning vujudini barcha Sifat va Ismlari bilan eng qaysar kimsalarga ham isbotlaydi.

— 785 —
YIGIRMA UCHINCHI SOʻZ:
لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ اِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

oyatlarining ma'nosidagi koʻp oyatlarning iymonga doir va insonning taraqqiyot va tubanlashishiga sabab boʻlgan haqiqatlarini "Besh Nuqta" bilan, "Besh Nukta" ichida barchaga taalluqli, xar kim unga muhtoj boʻlgan oʻn qism bilan katta sirni tafsir qialdi. Insoniy iste'dodlar bilan insoniy vazifalarni aql qabul qiladigan va maqbul suratda bayon qiladi.

Bu soʻz hozirgacha minglab insonni gʻaflat uyqusidan qutqargani kabi, koʻplarni ham iymonga keltirgan. Oʻta qiymatli va yuksak boʻlishi bilan birga, misollar orqali tushunishni osonlashtirilgani uchun hamma uning tilini anglaydi.

YIGIRMA TOʻRTINCHI SOʻZ:
اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى

oyatining ma'nosida va Asmoi Husnaning jilvalari haqidagi koʻp oyatlarning muazzam haqiqatini besh shox nomi bilan katta mavzular bilan tafsir qiladi. Birinchi va Ikkinchi Shoxlari muhim sirlarning muxtasar xazinasidir. Uchinchi Shox, hadislarga qilingan shubhalarni oʻn ikki qoida bilan rad qiladi. Vahimalarning asoslarini kesadi. Toʻrtinchi Shox koinot saroyida xizmat qildirilgan nabotot, hayvonot, inson va farishtalar toifasining xizmat qildirilish sirini, goʻzal qullik vazifasi, tasbehlarini va Alloh rububiyatining hashamatini jozibali tarzda bayon etadi. Beshinchi Shox

اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى

oyatining nuroniy daraxtining hadsiz mevalaridan besh mevasini oʻta porloq va goʻzal suratda koʻrsatadi. Bu besh meva va Oʻttiz Birinchi Soʻzning oxiridagi besh meva juda shirin. Shirin ilm istaganlar ularni olsin, oʻqisin.

— 786 —
YIGIRMA BESHINCHI SOʻZ:
قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا

oyatining haqiqatini quvvatlagan yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqati boʻlgan Qur'on i'jozini tafsir qiladi. Uch Shuʻla ichida qirq i'joz jihatlarini bayon va tafsir qiladi. Qur'on kalomulloh ekanini, kunduz ziyo quyoshning borligini koʻrsatgani kabi koʻrsatadi va isbotlaydi. Avvalgi yarmi garchi tez yoilgan boʻlsada, qalb istirohati bilan yozilgani uchun izohli. Ikkinchi yarmi ba'zi muhim sabablarga binoan muxtasar va qisqa qolgan. Lekin shu bilan birga xar toifaga koʻra (nima fikrda boʻlsa ham) bu muborak Soʻz Qur'on i'jozini unga koʻrsatadi va isbotlaydi. Bu soʻz hozirgacha Qur'on i'joziga qarshi koʻp qaysarlarni bosh egdirib sajdaga keltirgan.

YIGIRMA OLTINCHI SOʻZ:
وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ كُلَّ شَيْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ

ma'nosidagi oyatlarning qadar siriga oid, "Qadarga iymon", "Xoyrihi va sharrihi minallohi ta'ala"ning isbotiga asos boʻlgan muhim haqiqatini toʻrt boʻlim orqali shunday bir suratda tafsir qiladiki: Xoslarning fikri yetmagan qadar sirlarini sodda avomlarning saviyasiga yaqinlashtirib tushuntiradi. Xotimasida eng qisqa, eng ishonchli va eng mustaqim yoʻlning asosini "Toʻrt Qadam" nomi orqali nafsni poklashning va ruh komillashishiga sabab boʻlgan toʻrt muhim dars beradi. Xotimaning xotimasida turli masalalardan olti masala borki, biri Fath Surasining oxiridagi oyatning bir i'joz sirini ochadi.

— 787 —
YIGIRMA YETTINCHI SOʻZ:
وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَ اِلَى اُولِى الْاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ وَ لَوْلَا فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ اِلَّا قَلِيلًا

oyatining ma'nosidagi oyatlarning ijtihodga doir muhim bir haqiqatini tafsir qiladi. Bu davrda haddidan oshib ijtihoddan dam urganlarning haddini bildirib, mazhablar farqliligining sirini goʻzal shaklda bayon qiladi. "Bu davrda eski zamon kabi ijtihod qila olamiz", deganlarning naqadar yanglish xato qilganini isbotlaydi. Bu soʻzning ilovasida tanlangan Sahobalarning avliyolardan yuksak boʻlgan martabalarini oʻta porloq suratda va qat'iy tarzda isbotlab, Sahobalarning bashariyat ichida Anbiyolardan soʻng eng mumtoz shaxsiyatlar ekanini va ularga yetishilmasligini qat'iy suratda isbotlaydi.

YIGIRMA SAKKIZINCHI SOʻZ:
وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

oyatining Jannatga va abadiy saodatga doir haqiqatini quvvatlgan yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini ikki maqom bilan tafsir qiladi. Birinchi Maqom: "Besh Savol va Javob" nomi bilan Jannatning jismoniy lazzatlariga va huriylar haqida tanqidga sabab boʻlgan masalalarni shunday goʻzal suratda bayon qiladiki, barchani qondiradi. Ikkinchi Maqom: Arab tilida boʻlib oʻn ikki "lasiyyama" kalimasi bilan boshlaydi, hashrga doir oʻta kuchli, qat'iy va hech bir jihatda tebranmas, Jannat va Jahannamning haqqoniyatiga sabab boʻlgan minglab burhonlarni ichiga olgan yaqqol burhon boʻlib, u Oʻninchi Soʻzning manbaʻi, asosi va xulosasidir.

— 788 —
YIGIRMA TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى ٭ وَ الْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ مَلئِكَتِهِ ٭ وَ مَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ ٭ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatlarining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning hashr, ruhning boqiyligi va farishtalarga doir uch muhim haqiqatini tafsir qiladi. Ruhning boqiyligini shu qadar chiroyli isbotlaydiki: Jasadning vujudi kabi ruhning boqiyligini koʻrsatadi. Farishtalarning borligini Amerikada odamlarning borligi kabi isbotlaydi. Hashr va Qiyomatning borligi va amalga oshishini shu qadar mantiqiy va aqliy bir suratda isbotlaydiki: Hech qanday faylasuf, hech bir inkorchi e'tirozga kuch topa olmaydi. Taslim boʻlmasa ham mot boʻladi. Xususan oxiridagi "Ramzli Nuktaning Siri" nomli buyuk Hashrni keltirib chiqargan sabablarini va hikmatlarini shunday tarzda bayon qiladiki, koinot tilsimining uch muammosidan birini oʻta porloq suratda hal qiladi.

{(Izoh) Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning koʻz bilan koʻringan karomati bor. Jumladan, oʻn olti sahifasida ixtiyorsiz, sunʻiy harakatlarsiz xar sahifaning satrlari boshlarida oʻn olti alif kelishi. Bu uygʻunlikni koʻrishni istaganlar eski harfli nusxasiga murojaat qilsinlar.}

OʻTTIZINCHI SOʻZ:
قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا ٭ عَالِمِ الْغَيْبِ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّموَاتِ وَلَا فِى الْاَرْضِ وَلَا اَصْغَرُ مِنْ ذلِكَ وَلَا اَكْبَرُ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ
— 789 —

oyatlarining inson anoniyati-menligi va zarralarning almashishi haqidagi haqiqatga doir oyatlarning ikki muhim sirini ikki maqsad orqali bayon qiladi. Birinchi Maqsad inson menligining ajib muammosini hal qilib diyonat silsilasi bilan falsafa silsilasining manbaʻlarini juda porloq tarzda koʻrsatadi. Ikkinchi Maqsad zarralar almashishining tilsimini kashf qiladi. Zarralarning harakatini shu daraja hikmatli va muntazam koʻrsatadiki: Barcha zarralar Sultoni Azaliyning muhtasham va muazzam qoʻshini, mute' va boʻysungan xodimlari ekanini qat'iy dalillar bilan isbotlaydi. Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz koinot tilsimining uch muammosidan birisini kashf qilgani kabi, ushbu Oʻttizinchi Soʻz ham aqllarni hayratda qoldirgan va faylasuflarni telba qilgan tilsimning uch muammosidan ikkinchi muammosini hal qiladi. Xususan xotimasida: Yetti hikmat va yetti azim qonun bilan bir Ismi A'zamning tajalliyini koʻrsatish orqali zarralar almashishining hikmatini oʻta qat'iy va porloq suratda koʻrsatadi. Jonlli jismlarini zarralarning sayru-safariga musofirxona, qarorgoh va maktab hisobida koʻrsatadi, isbotlaydi.

OʻTTIZ BIRINCHI SOʻZ:
سُبْحَانَ الَّذِى اَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَى الَّذِى ٭ وَ النَّجْمِ اِذَا هَوَى

oyatlarining haqiqatini quvvatlagan oyatlarning eng muhim haqiqati - Me'roji Ahmadiyani (S.A.V.), me'roj ichida kamoloti Muhammadiyani (S.A.V.), kamolot ichida risolati Ahmadiyani (S.A.V.), risolat ichida koʻp rububiyat sirlarini tafsir qiladi. Va qat'iy dalillar bilan isbot qiladigan risoladir. Turli tabaqa insonlardan bu risolani kim oʻqigan boʻlsa, oldida mahliyo boʻlib, aqldan uzoq me'roj masalasini eng zoxiriy, vojib va lozim tarzda koʻrsatganini qabul qiladi. Xususan me'roj nurli daraxtining oxirida besh yuz mevadan "Besh Meva"sini shu qadar goʻzal tasvirlaydiki, zarra miqdor zavqi, idroki boʻlgan kishi ularga maftun boʻladi.

— 790 —

Ilova: Oyning boʻlinidhi moʻ'jizasiga zamonaviy faylasuflar bildirgan e'tirozlarini "Besh Nuqta" orqali oʻta qat'iy suratda rad qilib, oyning boʻlinganiga hech qanday mone boʻlmaganini koʻrsatadi. Oxirida esa "besh ijmo'" bilan oy boʻlinishi sodir boʻlganini oʻta muxtasar suratda isbotlaydi. Oyning boʻlinishi moʻ'jiza-i Ahmadiyasini quyosh kabi koʻrsatadi.

OʻTTIZ IKKINCHI SOʻZ:

Uch Qismdir.

Birinchi Qism:
لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلَّا اللّهُ لَفَسَدَتَا

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning vahdoniyatga doir eng muhim haqiqatini shunday suratda isbotlaydiki, shirk va kufr yoʻlini ilojsiz va imkonsizligini koʻrsatadi. Koinotning atrofidan kufr va shirkni quvadi. Zarralar adadicha vahdoniyatning dalillari borligini bayon qiladi. Gʻoyat latif, yuksak va mantiqiy misollar bilan tushuntirib, hadsiz keng masalalarni misol ichida joylashtirib koʻsatadi. Ilovasida bir qancha oʻta latif masala borki, haqiqat va she'rning eng porloq, keng hayolidan ham porloq, kengroqdir.

Ikkinchi Qism:
قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ اَللّهُ الصَّمَدُ

ning haqiqatiga doir ahadiyat va vahdat siriga kelgan shubhalar va vahimalarni yoʻqotadi. Zalolat ahlining tavhid ahliga bildirgan e'tirozlarni qat'iy suratda rad qiladi. Birinchi Qismdan quvvatliroq, Qur'oniy oyatlarning vahdoniyatga doir moʻ'jizona isbotlarini koʻrsatadi. Ahadiyati Zotiya bilan butun ashyoni birdan bir onda boshqarish va tarbiya qilishdek muazzam Qur'oniy haqiqatlarni oʻta chiroyli va ochiq misol orqali isbotlaydi. Aqlni ishonishga va qalbni taslimga majbur qiladi.

— 791 —

Xususan Ikikinchi Qismning xotimasidan avval ikkinchi misolning xulosasida Zoti Aqdasi Ilohiyadan hech narsa chetda qolmagani, hech narsa undan yashirinmaganini, hech kim undan uzoq emasligini, hech bir shaxs muqaddas kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha olmasligini, rububiyati va tasarrufida bir ish ikkinchi ishga mone' emasligini va hech qayer uning huzuridan xoli qolmaganini, hamma narsaga qaraydigan, eshitadigan quloq va koʻzning jilvasi borligini, ashyolar silsilasi amrlarining tez jarayonlariga sim, tomirlar hisoblanishini, sabablar va vositalar faqat zohiriy parda ekanini, hech qayerda boʻlmasada hamma joyda ilmi va qudrati bilan borligini, hech joy va makonga muhtoj emasligini, uzoqlik, qiyinchilik va borlik tabaqalarining pardalari uning yaqinligiga, tasarrufiga va koʻrishiga mone' boʻlmaganini, moddiy narsalarning, mumkinlarning, nursizlarning, koʻpliklarning, chegaralanganlarning xususiyatlari Uning izzat etagiga yaqinlashmasligini, oʻzgarish, almashish, joylashish va boʻlinish kabi jarayonlardan uzoq, pok, toza va muqaddas ekanini oʻta goʻzal suratda isbotlaydi. Ikkinchi Qismning xotimasida Ahadiyat siriga doir arabcha boʻlim oʻta muhim boʻlimi tarjimasi bilan birga oʻta porloq suratda koʻp muhim masalalarni ifodalaydi. Xususan insonning amallarining hisob-kitobi uchun hashr va nashrni amalga oshirish, katta koinotni oʻzgartirish, almashtirish, buzish va ta'mirlash sirini bayon etadi.

Uchinchi Qism:
وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ ٭ وَ اِنَّ الدَّارَ الْآخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ

oyatlarning ma'nosidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini oʻta muhim qiyos bilan bayon qiladi. Zalolatdagilar haqida dunyoviy hayot naqadar mudxish natijalar keltirishi, hidoyat ahliga qanchalik goʻzal natijalar va maqsadlar berganini koʻsatadi. Xususan, muhabbat haqidagi dunyoviy va uxroviy samaralar zalolatdagilar uchun naqadar alamli, hidoyat ahli uchun qanchalik xush ekanini koʻrsatadi. Uchinchi Qism haqida ba'zi izlanuvchan qardoshlarimiz, "Boshqa risolalar yulduz boʻlsa, bu quyosh", deyishgan. Boshqa talaba unga: "Xar bir risola oʻz olamida va oʻziga maxsus haqiqat osmonida alohida quyoshdir. Uzoq boʻlganlarga yulduz, yaqin boʻlganlarga quyoshdir", deb javob bergan.

— 792 —
OʻTTIZ UCHINCHI SOʻZ:
سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِى الْآفَاقِ وَفِى اَنْفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

Oʻttiz uch oyatning alohida haqiqatlarini tafsir qilgan oʻttiz uch derazadan iborat. Oʻttiz uch risola boʻlishga loyiq boʻlib, oʻta shoshilinch vaqtda yozilgani uchun bir yoki yarim sahifalik derazalari alohida risola quvvatida va bir risolani ichiga olgan mohiyatda ekanini koʻrsatadi. Lekin afsuski boshdagi derazalar juda qisqa va muxtasar qolgan, lekin tobora kengayib ikkinchi yarmidagi derazalar ochiq ravshan chiqqan.

LAMAʻAT:

Risola-i Nur shogirdlariga kichik bir masnaviy va iymoniy devondir.

Anglikan Cherkoviga Javob:
KONFERENTSIYA:
MUNDARIJA: