Maktublar
— 226 —

YIGIRMA OLTINCHI MAKTUB

(Bu Yigirma Oltinchi Maktub, bir-biri bilan munosabati oz boʻlgan toʻrt mabhasdir.)

Birinchi Mabhas

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ وَاِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّٰهِ اِنَّهُ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ﴾
Hujjat-ul Qur'on alash-shayton va hizbihi...

Iblisni ilzom, shaytonni ifhom, ahli tugʻyonni isqot etgan "Birinchi Mabhas"; Betarafona muhokama ichida shaytonning mudhish bir dasisasini qat'iy suratda rad qilgan voqeadir. U voqeaning mujmal qismini oʻn yil avval Lamaatda yozgan edim:

Bu risolaning ta'lifidan oʻn bir yil avval Ramazoni Sharifda Istanbuldagi Boyazid jome'i sharifida hofizlarni tinglayotgan edim. Birdan shaxsini koʻrmadim, lekin ma'naviy bir ovoz eshitganday boʻldim. Diqqatimni oʻziga tortdi. Xayolan tingladim.

Qarasam, menga:

"Sen Qur'onni juda oliy, juda porloq koʻryapsan. Betarafona muhokama qil, shunday qara. Ya'ni, bir bashar kalomi deb faraz qil, qara‌ Ajabo, oʻsha maziyatlarni, oʻsha ziynatlarni koʻrasanmi?", dedi.

Haqiqatdan men ham unga aldandim. Bashar kalomi faraz qilib, shunday qaradim: Koʻrdim, qandayki Boyazid masjidining elektr tugmasi bosilib oʻchirilsa oʻrtalik qorongʻilikka tushadi. Shunga oʻxshab, oʻsha faraz bilan Qur'onning porloq ziyolari yashirishni boshladi. Oʻshanda tushundimki, menga gapirgan shayton ekan. Meni vartaga otmoqda. Qur'ondan istimdod etdim. Birdan qalbimga bir nur keldi. Mudofaaga qat'iy quvvat berdi. Keyin shu tarzda shaytonga qarshi munozara boshlandi.

Aytdim: Ey shayton! Betarafona muhokama, ikki taraf orasidagi vaziyatdir. Holbuki ham sening, ham sening inson shogirdlaring aytgan betarafona muhokama, tarafi muxolifni iltizomdir. Betaraflik emas, muvaqqatan bir dinsizlikdir. Chunki Qur'onga kalomi bashar deb qarash va oʻshanday muhokama qilish, shiqqi muxolifni asos tutishdir. Botilni iltizomdir, betarafona muhokama emas. Balki botilga tarafgirlikdir.

Shayton aytdi: Shunday ekan Allohning kalomi ham, bashar kalomi ham dema. Oʻrtada faraz qil, qara.

Men dedim: U ham boʻlolmaydi. Chunki munaza'un fih bir mol boʻlsa, agar ikki mudda'i bir-biriga yaqin boʻlsa va qurbiyati makon boʻlsa; unda u ikkisidan boshqa birining qoʻlida yoki ikkisining qoʻllari yetishadigan yerga qoʻyiladi. Qaysisi isbot qilsa, oʻsha oladi.

— 227 —

Agar u ikki mudda'i bir-biridan gʻoyat uzoq, biri mashriqda, biri magʻribda boʻlsa; unda qoidaga koʻra "sohib-ul yad" kim boʻlsa, uning qoʻlida qoldiriladi. Chunki oʻrtada qoldirish mumkin emas. Qur'on esa qiymatli bir moldir! Bashar kalomi Janobi Haqning kalomidan qanchalik uzoq boʻlsa, u ikki taraf shu qadar, balki bir-biridan cheksiz uzoqdir.

Xullas, sarodan surayyoga qadar bir-biridan uzoq u ikki taraf oʻrtasida qoldirish mumkin emas. Buning oʻrtasi yoʻq. Chunki vujud va adam kabi va naqizayn kabi ikki ziddir. Oʻrtasi boʻlolmaydi. Unday boʻlsa, Qur'on uchun sohib-ul yad, tarafi Ilohiydir. Shunday ekan, uning qoʻlida qabul etilib, shu tarzda daloili isbotga qaraladi.

Agar narigi taraf uning Kalomulloh ekaniga doir butun burhonlarni bir-bir rad qilsa, qoʻlini unga uzatishi mumkin. Boʻlmasa uzatolmaydi. Hayhot! Minglab barohini qat'iyaning mixlari bilan Arshi A'zamga qoqilgan bu muazzam olmosni qaysi qoʻl barcha mixlarni chiqarib, ustunlarni kesib uni tushira oladi?

Mana ey shayton! Senga qarshi ahli haq va insof bu suratdagi haqiqatli muhokama bilan tahlil qiladilar. Hatto eng kichik bir dalilda ham Qur'onga qarshi iymonlarini ziyodalashtiradilar. Sen va shogirdlaring koʻrsatgan yoʻl esa: Bir marta bashar kalomi faraz qilinsa, ya'ni arshga bogʻlangan u muazzam olmos yerga otilsa; butun mixlarning quvvatida va koʻp burhonlarning mustahkamligida burhon lozim boʻladiki, uni yerdan koʻtarib arshi ma'naviyga ursin. Toki kufrning zulumotidan qutulib, iymonning anvoriga erishsin.

Holbuki bunga muvaffaq boʻlish juda qiyin. Shuning uchun sening dasisang bilan shu zamonda betarafona muhokama surati ostida koʻplari iymonlarini yoʻqotyaptilar‌

Shayton qaytib: "Qur'on bashar kalomiga oʻxshaydi, ularning muhovarasi tarzidadir. Demak, bashar kalomidir. Agar Allohning kalomi boʻlsa, unga yarashadigan, har jihatdan horiquloda tarzi boʻlar edi. Uning san'ati bashar san'atiga oʻxshamagani kabi, kalomi ham oʻxshamasligi kerak?", dedi.

Javoban aytdimki: Qandayki Paygʻambarimiz, moʻ'jizotidan va xasoisidan boshqa, af'ol va ahvol va atvorida bashariyatda qolib, bashar kabi odati Ilohiyaga va avomiri takviniyasiga munqad va mute' boʻlgan. U ham sovuq yeydi, alam chekadi va hokazo... Har bir ahvol va atvoriga horiquloda vaziyat berilmagan. Toki ummatiga af'oli bilan imom boʻlsin, atvori bilan rahbar boʻlsin, umum harakoti bilan dars bersin. Agar har atvorida horiquloda boʻlsaydi, bizzot har jihatdan imom boʻlolmas edi. Hammaga murshidi mutlaq boʻlolmasdi. Butun ahvoli bilan Rahmatan lil olamin boʻlolmas edi. Aynan shuning kabi:

Qur'oni Hakim ahli shuurga imom, jin va insga murshid, ahli kamolga rahbar, ahli haqiqatga muallimdir. Shunday ekan, basharning muhavaroti va uslubi tarzida boʻlishi zaruriy va qat'iydir. Chunki jin va ins munojotini undan oladi, duosini undan oʻrganadi, masoilini uning lisoni bilan zikr qiladi, odobi muosharatini undan ta'allum etadi va hokazo... Hamma uni marji' qiladi. Shunday ekan, agar Hazrat Muso Alayhissalomning Turi Sinoda eshitgan Kalomullohi tarzida boʻlsa edi; bashar uni tinglashga, eshitishga tahammul etolmas va marji' qilolmas edi. Hazrat Muso kabi bir ulul azm, faqat bir necha kalomni eshitishga tahammul eta olgan.

Muso Alayhissalom:

اَهٰكَذَا كَلَامُكَ ؟ قَالَ اللّٰهُ : ل۪ى قُوَّةُ جَم۪يعِ الْاَلْسِنَةِ

degan.

Yana shayton: "Qur'onning masoili kabi koʻp kishilar u tur masalalarni din nomidan aytadilar. Shuning uchun bir bashar din nomidan bunday narsa qilishi mumkin emasmi?", dedi.

— 228 —

Javoban Qur'onning nuri bilan aytdimki: Avvalo, dindor odam; din muhabbati uchun "Haq shundaydir. Haqiqat bu. Allohning amri shunday!" deydi. Allohni oʻz xohishicha gapirtirmaydi. Hadsiz darajada haddidan tajovuz etib, Allohning taqlidini qilib, uning oʻrnida gapirolmaydi. فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ dasturidan titraydi.

Va soniyan, bir bashar mustaqil ravishda bunday qilishi va muvaffaq boʻlishi hech bir jihatdan mumkin emas. Balki yuz daraja imkonsiz. Chunki bir-biriga yaqin zotlar bir-birini taqlid eta olishadi. Bir jinsdan boʻlganlar bir-birining suratiga kira olishadi. Martaba jihatidan bir-biriga yaqin boʻlganlar bir-birining maqomlarini taqlid qila olishadi. Muvaqqatan insonlarni igʻfol etishadilar. Lekin doimiy igʻfol etisholmaydi. Chunki ahli diqqat nazarida alakullihol atvor va ahvoli ichidagi tasannu'otlar va takallufotlar soxtakorligini koʻrsatadi. Hiylasi davom etmaydi. Agar soxtakorlik bilan taqlidga harakat qilgan; narigidan gʻoyat uzoq boʻlsa, masalan oddiy bir odam, Ibn Sino kabi bir dohiyni ilmda taqlid etishni istasa va bir choʻpon bir podshohning vaziyatini olsa, albatta hech kimni alday olmaydi. Balki oʻzi masxara boʻladi. Har bir holi: Bu soxtakordir, deb qichqiradi.

Xullas, xosho, yuz ming marta xosho!.. Qur'on bashar kalomi faraz etilgan payt: Bir tilla qoʻngʻiz ming yil takallufsiz haqiqiy bir yulduz boʻlib rasad ahliga koʻrinsin.. ham bir chivin bir yil tamoman tovus suratini tasannu'siz, tomosha ahliga koʻrsatsin.. ham soxtakor, omi bir askar; nomdor, oliy bir mushirning holatida koʻrinsin, maqomida oʻtirsin, koʻp vaqt davomida shunday qolsin, hiylasini ihsos etmasin.. ham muftariy, yolgʻonchi e'tiqodsiz bir odam; muddati umrida doimo eng sodiq, eng amin, eng mu'taqid bir zotning holatini va vaziyatini eng mudaqqiq nazarlarga qarshi bemalol koʻrsatsin, dohiylarning nazarida tasannu'ni saqlasin!.. Bu esa yuz daraja maholdir. Unga hech bir ziaql 'mumkin' deyolmaydi. Unday faraz qilish esa, badihiy bir maholni voqe' faraz qilish kabi bir safsatadir.

Aynan shuning kabi: Qur'onni kalomi bashar faraz qilish: Olami Islomning samosida bilmushohada juda porloq va doimo anvori haqoiqni nashr etgan bir yulduzi haqiqat, balki bir shamsi kamolot deb qabul qilingan "Kitobi Mubin"ning mohiyati; xosho, bir tilla qoʻngʻiz hukmida tasannu'chi bir basharning xurofotli bir uydirmasi boʻlsin va eng yaqinida boʻlganlar va diqqat bilan unga qaraganlar farqiga bormasin va uni doimo oliy va manba-i haqoiq bir yulduz, deb bilishi lozim boʻladi. Bu esa, yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, sen ey shayton yuz daraja shaytanatingda rivojlansang ham, bunga imkon berdirolmaysan! Buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan! Faqat ma'nan juda uzoqdan qaratish bilan aldaysan. Yulduzni tilla qoʻngʻiz kabi kichik koʻrsatasan.

Solisan: Ham Qur'onni bashar kalomi faraz qilish, lozim keladiki; osori bilan, ta'siroti bilan, natoiji bilan olami insoniyatning bilmushohada eng ruhli va hayot-fashon, eng haqiqatli va saodat-rason, eng jam'iyatli va moʻ'jizbayon, oliy maziyatlari bilan porloq Furqonning yashirin haqiqati; xosho, muovanatsiz, ilmsiz bir insoning soxtakor, oddiy fikrining tasni'oti boʻlsin va yaqindan uni tomosha qilgan va maroq bilan diqqat qilgan buyuk zehnlar, ulviy daholar unda hech bir vaqt hech bir jihatda soxtakorlik va tasannu' asari koʻrmasin! Doimo jiddiyatni, samimiyatni, ixlosni topsin! Bu esa yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, butun ahvoli bilan, aqvoli bilan, harakoti bilan butun hayotida omonatni, iymonni, amniyatni, ixlosni, jiddiyatni, istiqomatni koʻrsatgan va dars bergan va siddiqiynlarni yetishtirgan eng yuksak, eng porloq, eng oliy xislat deb sanalgan va qabul qilingan bir zotni; eng amniyatsiz, eng ixlossiz, eng e'tiqodsiz faraz qilish bilan, muzaaf bir maholni voqe' koʻrish kabi shaytonni ham uyaltiradigan bir hazayoni kufriydir. Chunki shu masalaning oʻrtasi yoʻq. Chunki farzi mahol boʻlib Qur'on Kalomulloh boʻlmasa, arshdan zaminga tushgandek sukut etadi. Oʻrtada qolmaydi. Majma'-i haqoiq ekan, manbai xurofot boʻladi. Va u horiqo farmonni koʻrsatgan Zot, -xosho summa xosho- agar Rasululloh boʻlmasa; a'loyi illiyindan asfali sofiliynga sukut etish va manba-i kamolot darajasidan ma'dani dasois maqomiga tushish lozim boʻladi. Oʻrtada qolmaydi. Zero Alloh nomiga iftiro etgan, yolgʻon gapirgan eng adno bir darajaga tushadi. Bir chivinni doimiy bir suratda tovus koʻrish va tovusning ulkan avsofini unda har vaqt mushohada etish naqadar mahol boʻlsa, shu masala ham shunday maholdir. Fitratan aqlsiz, sarxush bir devona boʻlish kerakki, bunga ehtimol bersin.

— 229 —

Robian: Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish lozim keladiki; navi bani Odamning eng buyuk va muhtasham qoʻshini boʻlgan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) muqaddas qoʻmondoni boʻlgan Qur'on, bilmushohada quvvatli qonunlari bilan, asosli dasturlari bilan, nafiz amrlari bilan u juda ulkan qoʻshinga, ikki jahonni fath etadigan bir darajada bir intizom bergani va bir inzibot ostiga olgani va moddiy-ma'naviy tajhiz etgani va umum u afrodning darajotiga koʻra aqllarini ta'lim va qalblarini tarbiya va ruhlarini tasxir va vijdonlarini tathir va a'zo va javorihlarini iste'mol va istihdom etgani holda; (xosho, yuz ming marta xosho) quvvatsiz, qiymatsiz, aslsiz bir uydirma faraz qilib yuz daraja maholni qabul qilish lozimligi bilan birga.. muddati hayotida jiddiy harakoti bilan Haqning qonunlarini bani Odamga dars bergan va samimiy af'oli bilan haqiqatning dasturlarini basharga ta'lim bergan va xolis va ma'qul aqvoli bilan istiqomatning va saodatning usullarini koʻrsatgan va ta'sis etgan va butun tarixcha-i hayotining shahodati bilan Allohning azobidan qattiq qoʻrqqan va hammadan koʻra koʻproq Allohni bilgan va bildirgan va navi basharning beshdan biriga va kura-i arzning yarmiga bir ming uch yuz ellik yil kamoli hashmat bilan qoʻmondonlik qilgan va jahonni hayajonga solgan shuhratshior shuunoti bilan navi basharning, balki koinotning alhaq madori faxri boʻlgan Zotni; -xosho, yuz ming marta xosho- soxtakor, Allohdan qoʻrqmaydigan va bilmaydigan va yolgʻondan chekinmaydigan, haysiyatini tanimaydigan faraz qilish bilan, yuz daraja maholni birdan irtikob etish lozim boʻladi. Chunki bu masalaning oʻrtasi yoʻq. Zero farzi mahol boʻlib Qur'on Kalomulloh boʻlmasa; arshdan tushsa, oʻrtada qololmaydi. Balki yerda yolgʻonchi odamning moli ekanini qabul qilish lozim boʻladi. Bu esa ey shayton! Yuz daraja sen qatmarli bir shayton boʻlsang, buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan va chirimagan hech bir qalbni iqno' etolmaysan.

Shayton javoban aytdiki: Qanday ishontirolmayman? Aksar insonlarga va insonning mashhur aqllariga Qur'onni va Muhammadni inkor ettirdim.

Aljavob: Avvalo, gʻoyat uzoq masofadan qaralsa, eng katta narsa eng kichik narsa kabi koʻrinishi mumkin. Bir yulduz bir mumchalik deb boʻladi.

Soniyan: Ham taba'i, sathiy bir nazar bilan qaralsa, gʻoyat mahol bir narsa mumkin koʻrinishi mumkin. Bir vaqt keksa bir odam Ramazon hilolini koʻrish uchun samoga qaraydi. Koʻziga bir oq qil tushgani uchun oʻsha qilni Oy deb oʻylaydi. Oyni koʻrdim deydi. Hilolning oq qil boʻlishi esa, mahol. Qasddan va bizzot Oyga qaragani va u sochni taba'i va bogʻliq holda va ikkinchi darajada koʻringani uchun, oʻsha maholni mumkin deb hisoblagan.

Solisan: Qabul qilmaslik boshqa, inkor qilish boshqadir. Adami qabul loqaydlikdir, bir koʻz yumishdir va johilona hukmsizlikdir. Bu sahklda koʻp mahol narsalar uning ichida yashirinishi mumkin. Uning aqli ular bilan ovora boʻlmaydi. Ammo inkor esa; u adami qabul emas, balki u qabuli adamdir. Bir hukmdir. Uning aqli harakat qilishga majburdir. Unda sen kabi bir shayton uning aqlini qoʻlidan oladi, soʻngra unga inkorni yuttiradi. Ham ey shayton! Botilni haq va maholni mumkin koʻrsatgan gʻaflat va zalolat va safsata va inod va mugʻolata va mukobara va igʻfol va urf-odat kabi shaytoniy dasisalar bilan koʻp maholotni intoj etgan inkor va kufrni badbaxt inson suratidagi hayvonlarga yedirgansan!

— 230 —

Robian: Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish, lozim boʻladiki: Olami insoniyatning samovotida yulduzlar kabi porlagan asfiyolarga, siddiqiynlarga, aqtoblarga bilmushohada rahbarlik qilgan va bilbedaho mutamodiyan haq va haqqoniyatni, sidq va sadoqatni, amn va omonatni umum tabaqa-i ahli kamolga ta'lim bergan va arkoni iymoniyaning haqoiqi bilan va arkoni Islomiyaning dasotiri bilan ikki jahonning saodatini ta'min qilgan va bu ijrootining shahodati bilan bizzarura haq va xolis va sof haqiqat va gʻoyat toʻgʻri va juda jiddiy boʻlish lozim boʻlgan kitobni; oʻz avsofining va ta'sirotining va anvorining ziddi bilan muttasif tasavvur qilib, -xosho, summa xosho- bir soxtakorning tasni'ot va iftirolarining majmuasi nazari bilan qarash; sofistaiylarni va shaytonlarni ham uyaltiradigan va titratadigan shani' bir hazayoni kufriy boʻlish bilan birga; izhor etgan dini va shariati Islomiyaning shahodati bilan va muddati hayotida koʻrsatgan bil-ittifoq favquloda taqvosining va xolis va sof ubudiyatining dalolati bilan va bil-ittifoq oʻzida koʻringan axloqi hasananing iqtizosi bilan va yetishtirgan butun ahli haqiqatning va sohibi kamolotning tasdigʻi bilan eng mu'taqid, eng metin, eng amin, eng sodiq bir Zotni, -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- e'tiqodsiz, eng amniyatsiz, Allohdan qoʻrqmaydigan bir vaziyatda faraz qilish, maholotning eng xunuk va manfur bir suratini va zalolatning eng zulmli va zulumotli bir tarzini irtikob etish lozim boʻladi.

Alhosil: Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida deyilgani kabi; tinglovchi omi tabaqasi {[1] Quloqli tabaqa - hodisalarni aniqlashirmay, tadqiq qilmay, faqatgina tinglab va eshitib bilgan qism. Tushunish saviyasi eng omi va avom tabaqa. Ilmni faqat quloq va tinglash orqali olishadi(tarjimon izohi).} i'jozi Qur'on fahmida aytganki: Qur'on, men tinglagan va dunyoda mavjud barcha kitoblarga qiyos qilinsa, hech biriga oʻxshamaydi va ularning darajasida emas. Shunday ekan yo Qur'on umumining ostida yoki umumidan ustun bir darajasi bor. Umumining ostidagi boʻlishini, mahol boʻlish bilan birga, hech bir dushman, hatto shayton ham aytolmaydi va qabul qilmaydi. Unday boʻlsa, Qur'on umum kitoblardan ustundir. Demak, moʻ'jizadir.

Aynan shunga oʻxshab, biz ham ilmi usul va fanni mantiqcha sabru taqsim deyilgan eng qat'iy bir hujjat bilan aytamiz: Ey shayton va ey shaytonning shogirdlari! Qur'on, yo arshi a'zamdan, ismi a'zamdan kelgan kalomullohdir yoxud -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- yerda soxtakor va Allohdan qoʻrqmaydigan va Allohni bilmaydigan, e'tiqodsiz bir basharning uydirmasidir. Bu esa ey shayton, sobiq hujjatlarga qarshi buni sen aytolmading va aytolmaysan va aytmaysan ham. Demak bizzarura va bila-shubha Qur'on, Xoliqi Koinotning kalomidir. Chunki oʻrtasi yoʻq va mahol va unday boʻlolmaydi. Buni qat'iy suratda isbot qildik. Sen ham koʻrding va tinglading.

Muhammad Alayhissalotu Vassalam esa yo Rasulullohdir va butun Rasullarning akmali va butun maxluqotning afzalidir yoxud -xosho, yuz ming marta xosho- Allohga iftiro etgani va Allohni bilmagani va azobiga ishonmagani uchun e'tiqodsiz, asfali sofiliynga sukut etgan bashar faraz qilish {(Hoshiya) Qur'oni Hakim, kofirlarning kufriyotlarini va gʻaliz ta'birotlarini yoʻq qilish uchun zikr qilganiga istinodan, ahli zalolatning fikri kufriylarining butun-butun maholiyatini va butun-butun chirikligini koʻrsatish uchun shu ta'birotni farzi mahol suratida titrab qoʻllashga majbur boʻldim.} lozim boʻladi. Bu esa ey Iblis, na sen va na sen ishongan Ovrupa faylasuflari va Osiyo munofiqlari buni aytolmaysizlar va ayta olmagansizlar va ayta olmaysizlar ham va aytmagansizlar va aytmaysizlar ham. Chunki bu qismni tinglaydigan va qabul qiladigan dunyoda yoʻq.

Shuning uchun, sen ishongan u faylasuflarning eng mufsidlari va u Osiyo munofiqlarining eng vijdonsizlari ham aytishadiki: "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) juda aqlli edi. Juda goʻzal axloqli edi". Modomiki bu masala ikki qismga munxasir va modomiki ikkinchi qism mahol va hech bir kishi bunga sohib chiqmas ekan va modomiki qat'iy hujjatlar bilan isbot qildikki, oʻrtasi yoʻq.

Albatta bizzarura sening va hizb-ush shaytonning aksiga bilbedaho va bihaqqalyaqiyn, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Rasulullohdir va butun Rasullarning akmalidir, butun maxluqotning afzalidir.

عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ
— 231 —
Shaytonning Ikkinchi Kichik Bir E'tirozi

Sura-i قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ ni oʻqirkan

﴿ مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ اِلَّا لَدَيْهِ رَق۪يبٌ عَت۪يدٌ ٭ وَجَٓاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذٰلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَح۪يدُ ٭ وَ نُفِخَ فِى الصُّورِ ذٰلِكَ يَوْمُ الْوَع۪يدِ ٭ وَ جَٓاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَٓائِقٌ وَ شَه۪يدٌ ٭ لَقَدْ كُنْتَ ف۪ى غَفْلَةٍ مِنْ هٰذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَٓاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَد۪يدٌ ٭ وَ قَالَ قَر۪ينُهُ هٰذَا مَا لَدَىَّ عَت۪يدٌ ٭ اَلْقِيَا ف۪ى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَن۪يدٍ ﴾

Shu oyatlarni oʻqirkan, shayton aytdiki: "Qur'onning eng muhim fasohatini, siz uning salosatida va vuzuhida deb bilasiz. Holbuki bu oyatda qayerdan qayerga hatlayapti? Sakarotdan to qiyomatga hatlayapti. Nafhi Surdan muhosabaning xitomiga intiqol etyapti va undan Jahannamga idholni zikr etyapti. Bu ajib hatlashlar ichida qaysi salosat qoladi? Qur'onning aksar yerlarida bir-biridan uzoq masalalarni birlashtiradi. Bunday munosabatsiz vaziyatda salosat, fasohat qayerda qoladi?"

Aljavob: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon asosi i'jozi, eng muhimlaridan balogʻatidan soʻngra ijozdir. Ijoz, i'jozi Qur'onning eng metin va eng muhim bir asosidir. Qur'oni Hakimda shu moʻ'jizona ijoz shu qadar koʻp va shu qadar goʻzalki; ahli tadqiq qarshisida hayratdadirlar. Masalan:

﴿ وَ ق۪يلَ يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى وَغ۪يضَ الْمَٓاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَق۪يلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِم۪ينَ ﴾

Qisqa bir nechta jumla bilan, Toʻfon hodisa-i azimasini natoiji bilan shunday ijozkorona va moʻ'jizona bayon etadiki; koʻp ahli balogʻatni balogʻatiga sajda ettirgan.

Ham masalan

﴿ كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوٰيهَا ٭ اِذِ انْبَعَثَ اَشْقٰيهَا ٭ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللّٰهِ نَاقَةَ اللّٰهِ وَسُقْيٰيهَا ٭ فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوّٰيهَا ٭ وَلَا يَخَافُ عُقْبٰيهَا ﴾

Xullas, Qavmi Samudning ajib va muhim hodisotini va natoijini va sui oqibatlarini, bunday qisqa bir nechta jumla bilan ijoz ichida bir i'joz bilan salosatli va vuzuhli va fahmni ixlol etmaydigan bir tarzda bayon etadi.

Ham masalan:

﴿ وَذَا النُّونِ اِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ﴾

Xullas اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ jumlasidan فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ jumlasiga qadar koʻp jumlalar matviydir. Mazkur boʻlmagan jumlalar fahmni ixlol etmaydi, salosatga zarar bermaydi. Hazrat Yunus Alayhissalomning qissasidan muhim asoslarni zikr qiladi. Qolganini aqlga havola qiladi.

— 232 —

Ham masalan: Sura-i Yusufda فَاَرْسِلُونِ kalimasidan يُوسُفُ اَيُّهَا الصِّدّ۪يقُ oʻrtasida yetti-sakkiz jumla ijoz bilan tashlab oʻtilgan. Fahmni hech ixlol etmaydi, salosatiga zarar bermaydi. Bu tur moʻ'jizona ijozlar Qur'onda juda koʻp. Ham juda goʻzal.

Ammo Sura-i Qofning oyati esa, undagi ijoz juda ajib va moʻ'jizonadir. Chunki kofirning juda mudhish va juda uzun va bir kuni ellik ming yil boʻlgan istiqboliga va u istiqbolning dahshatli inqilobotida kofirning boshiga keladigan aliym va muhim hodisotga bir-bir ishorat qiladi. Chaqmoq kabi fikrni ular ustida kezdiradi. U juda ham uzun zamonni hozir bir sahifa kabi nazarga koʻrsatadi. Zikr qilinmagan hodisotni xayolga havola etib, ulviy bir salosat bilan bayon qiladi.

﴿ وَاِذَا قُرِئَ الْقُرْاٰنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَاَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ ﴾

Xullas ey shayton! Endi yana soʻzing boʻlsa, ayt...

Shayton deydi: Bularga qarshi kelolmayman, mudofaa qilolmayman. Faqat koʻp ahmoqlar bor, meni tinglaydilar va inson suratida koʻp shaytonlar bor, menga yordam beradilar va faylasuflardan koʻp fir'avnlar bor, anoniyatlarini shishirgan masalalarni mendan dars oladilar. Sening bu kabi soʻzlaring nashriga toʻsiq boʻladilar. Shuning uchun senga taslim boʻlmayman!

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
— 233 —

Ikkinchi Mabhas

[Bu Mabhas, menga doimiy xizmat qilganlarning, axloqimda koʻrgan ajib ixtiloflaridan kelgan hayratlariga qarshi va ikki talabamning men haqqimda haddimdan ortiq husni zonlarini ta'dil etish uchun yozilgan.]

Men koʻryapmanki: Qur'oni Hakimning haqoiqiga oid ba'zi kamolot, u haqoiqqa dallollik qilgan vositalarga berilyapti. Bu esa xato. Chunki ma'hazning qudsiyati, koʻp burhonlar quvvatida ta'sirot koʻrsatadi; u bilan ahkomni umumga qabul ettiradi. Qachon dallol va vakil soya qilsa, ya'ni ularga tavajjuh etilsa, u ma'hazdagi qudsiyatning ta'siri yoʻqoladi. Bu sir uchun, menga qarshi haddimdan ortiq tavajjuh koʻrsatgan qardoshlarimga bir haqiqatni bayon etaman. Shundayki:

Bir insonning mutaaddid shaxsiyati boʻlishi mumkin. U shaxsiyatlar boshqa-boshqa axloqni koʻrsatadilar. Masalan: Katta bir ma'murning, ma'muriyat maqomida boʻlgan vaqtdagi shaxsiyati borki; viqorni iqtizo etadi, maqomning izzatini muhofaza qiladigan atvor istaydi. Masalan: Har bir ziyoratchi uchun tavozu koʻrsatish tazalluldir, maqomni tanzildir. Lekin uyidagi shaxsiyati, maqomning aksi bilan ba'zi axloqni istaydiki, qancha tavozu koʻrsatsa, yaxshi. Oz viqor koʻrsatsa, takabbur boʻladi. Va hokazo... Demak, bir insonning vazifasi e'tibori bilan shaxsiyati boʻladiki, haqiqiy shaxsiyati bilan koʻp nuqtalarda muxolif boʻladi. Agar oʻsha vazifa sohibi, vazifaga haqiqiy loyiq boʻlsa va toʻliq musta'id boʻlsa, u ikki shaxsiyati bir-biriga yaqin boʻladi. Agar musta'id boʻlmasa, masalan bir askar bir mushir maqomiga oʻtkazilsa, u ikki shaxsiyat bir-biridan uzoq boʻladi; u askarning shaxsiy, oddiy, kichik xislatlari; maqom iqtizo etgan oliy, yuksak axloqi bilan qobili ta'lif boʻlolmaydi.

Xullas, bu bechora qardoshingizda uch shaxsiyat bor. Bir-biridan juda uzoq, hamda juda ham uzoq.

Birinchisi: Qur'oni Hakimning xazina-i oliysining dalloli jihatidagi muvaqqat, faqat Qur'onga oid bir shaxsiyatim bor. U dallollik iqtizo etgan juda yuksak axloq borki, u axloq meniki emas, men sohib emasman. Balki oʻsha maqom va u vazifa iqtizo etgan sajiyalardir. Menda bu navdan nima koʻrsangiz, meniki emas, u bilan menga qaramang, u maqomnikidir.

Ikkinchi shaxsiyat: Ubudiyat vaqtida dargohi Ilohiyaga mutavajjih boʻlgan vaqtim, Janobi Haqning ehsoni bilan bir shaxsiyat beriladiki, u shaxsiyat ba'zi osorni koʻrsatadi. U osor, ma'no-i ubudiyatning asosi boʻlgan: "Qusurini bilish, faqr va ajzini anglash, tazallul bilan dargohi Ilohiyaga iltijo etish" nuqtalaridan keladiki; u shaxsiyat bilan oʻzimni harkimdan koʻra koʻproq badbaxt, ojiz, faqir va qusurli deb bilaman. Butun dunyo meni madhu sano etsa, meni yaxshi va sohibi kamol ekanimga ishontirolmaydi.

— 234 —

Uchinchisi: Haqiqiy shaxsiyatim, ya'ni Eski Saiddan qolgan bir shaxsiyatim borki; u ham Eski Saiddan irsiyat boʻlib qolgan ba'zi xulq-atvorlardir. Ba'zan riyoga, hubbu johga orzu boʻladi. Ham asl xonadondan boʻlmaganimdan, xissat darajasida bir iqtisod bilan, tushkun va past axloqlar koʻrinadi.

Ey qardoshlar! Sizni butunlay qochirmaslik uchun, bu shaxsiyatimning koʻp yashirin yomonliklarini va sui hollarini aytmayman.

Xullas qardoshlarim, men musta'id va maqom sohibi boʻlmaganim uchun, bu shaxsiyatim dallollik va ubudiyat vazifalaridagi axloqdan va osordan juda uzoqdir. Ham

دَادِ حَقْ رَا قَابِلِيَّتْ شَرْطْ ن۪يسْتْ

qoidasi boʻyicha, Janobi Haq marhamatkorona qudratini men haqqimda shunday koʻrsatganki; eng adno bir askar kabi bu shaxsiyatimni, eng a'lo bir maqomi mushiriyat hukmida boʻlgan xizmati asrori Qur'oniyada istihdom etyapti. Yuz minglab shukr boʻlsin. Nafs jumladan sufliy, vazifa jumladan a'lo.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 235 —

Uchinchi Mabhas

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَاُنْثٰى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَٓائِلَ لِتَعَارَفُوا ﴾

Ya'ni:

لِتَعَارَفُوا مُنَاسَبَاتِ الْحَيَاةِ الْاِجْتِمَاعِيَّةِ فَتَعَاوَنُوا عَلَيْهَا لَا لِتَنَاكَرُوا فَتَخَاصَمُوا

Ya'ni: "Sizni toifa-toifa, millat-millat, qabila-qabila yaratganman; toki bir-biringiz bilan tanishinglar va bir-biringizdagi hayoti ijtimoiyaga oid munosabatlaringizni bilinglar, bir-biringizga yordam beringlar. Aksincha bir-birlaringizga qarshi inkor bilan begona qaranglar, xusumat va adovat qilinglar deb sizni qabila-qabila qilmadim!"

Bu mabhas "Yetti Masala"dir.

Birinchi Masala: Shu oyati karima ifoda etgan haqiqati oliya, hayoti ijtimoiyaga oid boʻlgani uchun, hayoti ijtimoiyadan chekinishni istagan Yangi Said tili bilan emas, balki Islomning hayoti ijtimoiyasi bilan munosabatdor boʻlgan Eski Said tili bilan, Qur'oni Azimushshonga xizmat maqsadi bilan va haqsiz hujumlarga bir himoya tashkil etish fikri bilan yozishga majbur boʻldim.

Ikkinchi Masala: Shu oyati karima ishorat etgan "tao'ruf va taovun dasturi"ning bayoni uchun deymizki: Qandayki bir qoʻshin diviziyalarga, diviziyalar polklarga, polklar batal'onlarga, rotalarga, to vzvodlarga qadar boʻlinadi. Toki; har bir askarning muxtalif va mutaaddid munosabati va u munosabatga koʻra vazifalari tanilsin, bilinsin.. toki u qoʻshinning afrodlari dasturi taovun ostida, haqiqiy bir vazifa-i umumiya bajarsin va hayoti ijtimoiyalari a'daning hujumidan ma'sum qolsin. Boʻlmasa tafriq va inqisom; bir rota bir rotaga qarshi raqobat etsin, bir batal'on bir batal'onga qarshi muxosamat etsin, bir diviziya bir diviziyaning aksiga harakat etish uchun emasdir. Aynan shuning kabi: Hay'ati ijtimoiya-i Islomiya buyuk bir qoʻshindir, qaboil va tavoifga inqisom etilgan. Faqat ming bir bir-birlar adadicha jihati vahdatlari bor. Xoliqlari bir, Razzoqlari bir, Paygʻambarlari bir, qiblalari bir, kitoblari bir, vatanlari bir, bir, bir, bir.. minglab qadar bir, bir...

Xullas, bu qadar bir, birlar uxuvvatni, muhabbatni va vahdatni iqtizo etadilar. Demak, qaboil va tavoifga inqisom, shu oyatning e'lon etgani kabi, tao'ruf uchun, taovun uchun.. tanokur uchun emas, taxosum uchun emas!..

Uchinchi Masala: Fikri milliyat bu asrda juda haddan oshgan. Xususan dassos Ovrupa zolimlari buni Musulmonlar ichida manfiy suratda uygʻotyaptilar; toki parchalab ularni

yutsinlar.

Ham fikri milliyatda bir zavqi nafsoniy bor; gʻaflatkorona bir lazzat bor; shaomatli bir quvvat bor. Shuning uchun bu vaqtda hayoti ijtimoiya bilan mashgʻul boʻlganlarga, "Fikri milliyatni tashlanglar!" deyilmaydi. Lekin fikri milliyat ikki qismdir. Bir qismi manfiy, shaomatli, zararlidir; boshqasini yutish bilan oziqlanadi, boshqalarga adovat bilan davom etadi, mutayaqqiz harakat qiladi. Bu esa, muxosamat va chigallikka sababdir. Shuning uchun, hadisi sharifda farmon etgan: اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ Va Qur'on ham farmon etgan:

﴿ اِذْ جَعَلَ الَّذ۪ينَ كَفَرُوا ف۪ى قُلُوبِهِمُ الْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ فَاَنْزَلَ اللّٰهُ سَك۪ينَتَهُ عَلٰى رَسُولِه۪ وَعَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ وَاَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ التَّقْوٰى وَكَانُٓوا اَحَقَّ بِهَا وَاَهْلَهَا وَكَانَ اللّٰهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمًا ﴾

Bu hadisi sharif va shu oyati karima; qat'iy bir suratda manfiy bir milliyatni va fikri unsuriyatni qabul qilmaydilar. Chunki musbat va muqaddas Islomiyat milliyati unga ehtiyoj qoldirmaydi.

Ajabo, qaysi unsur borki, uch yuz ellik million boʻlsin? Va u Islomiyat oʻrniga u unsuriyat fikri fikr sohibiga shuncha qardoshlarni, ham abadiy qardoshlarni qozontirsin? Ha, manfiy milliyatning tarix davomida juda koʻp zararlari koʻrilgan.

Azjumla: Umaviylar bir oz fikri milliyatni siyosatlariga qoʻshganlari uchun, ham olami Islomni ranjitishdi, ham oʻzlari koʻp falokatlar koʻrishdi. Ham Ovrupa millatlari bu asrda unsuriyat fikrini koʻp ilgari surganlari uchun, Frantsiya va Olmoniyaning juda shaomatli abadiy adovatlaridan boshqa; Harbi Umumiydagi hodisoti mudhisha ham, manfiy milliyatning navi basharga naqadar zararli boʻlganini koʻrsatdi. Ham bizda ibtido-i Hurriyatda, -Bobil qal'asining xarobiyati zamonida "tabalbuli aqvom" ta'bir etilgan "tasho'ubi aqvom" va u tasho'ub sababli tarqalishlari kabi- manfiy milliyat fikri bilan, boshda Rum va Arman oʻlaroq juda koʻp "klublar" nomli sababi tafriqa-i qulub, muxtalif millatchilar jamiyatlari tashakkul etdi. Va ulardan hozirgacha, ajnabiylarning boʻgʻiziga borganlarning va parishon boʻlganlarning hollari, manfiy milliyatning zararini koʻrsatdi.

Hozir esa, eng ziyoda bir-biriga muhtoj va bir-biridan mazlum va bir-biridan faqir va ajnabiy tahakkumi ostida ezilgan anosir va qaboili islomiya ichida, fikri milliyat bilan bir-biriga begona deb qarash va bir-birini dushman deb qabul qilish, shunday bir falokatdirki, ta'rif etilmaydi. Xuddi bir chivinning chaqmasligi uchun mudhish ilonlarga orqa oʻgirib, chivinning chaqishiga qarshi muqobala etish kabi bir devonalik bilan; ulkan ajdarholar hukmida boʻlgan Ovrupaning toʻyishni bilmas hirslarini, panjalarini ochgan bir zamonda, ularga ahamiyat bermasdan, balki ma'nan ularga yordam berib, manfiy unsuriyat fikri bilan sharq viloyatlaridagi vatandoshlarga yoki janub tarafidagi dindoshlarga adovat his qilib ularga qarshi muxolafat qilish, koʻp zararlari va maholiki bilan birga; janub afrodlari ichida dushman sifatida boʻlmay, ularga qarshi muxolafat etilsin. Janubdan kelgan Qur'on nuri bor, Islomiyat ziyosi kelgan; u ichimizda bor va hamma yerda mavjud.

Xullas, u dindoshlarga adovat esa; demakki Islomiyatga, Qur'onga tegadi. Islomiyat va Qur'onga qarshi adovat esa, butun bu vatandoshlarning hayoti dunyoviya va hayoti uxroviyasiga bir navi adovatdir. Hamiyat nomidan hayoti ijtimoiyaga xizmat qilayin deya, ikki hayotning poydevorlarini xarob etish; hamiyat emas, hamaqotdir!

— 237 —

Toʻrtinchi Masala: Musbat milliyat, hayoti ijtimoiyaning ehtiyoji dohiliysidan kelib chiqadi; taovunga, tasonudga sabab boʻladi; manfaatli quvvatni ta'minlaydi; uxuvvati Islomiyani yanada ziyoda tayid etadigan vosita boʻladi.

Shu musbat fikri milliyat Islomiyatga xodim boʻlishi, qal'a boʻlishi, sovuti boʻlishi kerak.. uning oʻrniga oʻtmasligi kerak. Chunki Islomiyat bergan uxuvvati ichida ming uxuvvat bor; olami baqoda va olami barzohda oʻsha uxuvvat boqiy qoladi. Shuning uchun uxuvvati milliya qancha kuchli boʻlsa ham, uning bir pardasi hukmiga oʻtadi. Boʻlmasa uni uning oʻrniga iqoma etish; ayni qal'aning toshlarini qal'aning ichidagi olmos xazinasining oʻrniga qoʻyib, u olmoslarni tashqariga otish kabi ahmoqona jinoyatdir.

Xullas ey ahli Qur'on boʻlgan shu vatanning avlodlari! Olti yuz yil emas, balki Abbosiylar zamonidan beri ming yilki Qur'oni Hakimning bayroqdori boʻlib, butun jahonni maydonga chaqirib, Qur'onni e'lon etgansiz. Milliyatingizni Qur'onga va Islomiyatga qal'a qildingiz. Butun dunyoni jim qildingiz, mudhish tahojumotni daf etdingiz, toki

﴿ يَاْتِى اللّٰهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُٓ اَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ اَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِر۪ينَ يُجَاهِدُونَ ف۪ى سَب۪يلِ اللّٰهِ ﴾

oyatiga goʻzal bir masadaq boʻldingiz. Hozir Ovrupaning va firank-mashrab munofiqlarning dasisalariga ergashib, bu oyatning avvalidagi xitobga masadaq boʻlishdan saqlanishingiz va qoʻrqishingiz kerak!

Joyi diqqat bir hol: Turk millati anosiri Islomiya ichida eng kasratli boʻlgani holda, dunyoning har tarafida boʻlgan Turklar Musulmondir. Boshqa unsurlar kabi, muslim va gʻayri muslim boʻlib ikki qismga inqisom etmagan. Qayerda Turk toifasi boʻlsa, Musulmondir. Musulmonlikdan chiqqan yoki Musulmon boʻlmagan Turklar, Turklikdan ham chiqqandirlar (Vengerlar kabi). Holbuki kichik unsurlarda ham, muslim va hamda gʻayri muslim bor.

Ey Turk qardosh! Ayniqsa sen diqqat qil! Sening milliyating Islomiyat bilan imtizoj etgan. Undan qobili tafriq emas. Tafriq etsang, mahv boʻlasan! Butun sening moziydagi mafoxiring Islomiyat daftariga oʻtgan. Bu mafoxir zamin yuzida hech bir quvvat bilan oʻchirilmagani holda, sen shaytonlarning vasvasalari bilan, dasisalari bilan u mafoxirni qalbingdan oʻchirma!

Beshinchi Masala: Osiyoda uygʻongan aqvom, fikri milliyatga yopishib, aynan Ovrupani har tomondan taqlid qilib, hatto koʻp muqaddasotlarni u yoʻlda fido qilib harakat etyaptilar. Holbuki har bir millatning qomati qiymati boshqa bir libos istaydi. Bir jins gazmol boʻlsa ham; tarzi boshqa-boshqa boʻlmogʻi lozim. Bir ayolga bir jandarma libosi kiydirilmaydi. Bir keksa mullaga tango raqqosasining libosi kiydirilmagani kabi.. "Koʻr-koʻrona taqlid ham, koʻp marotaba masqaralik boʻladi". Chunki:

— 238 —

Avvalo: Ovrupa bir doʻkon, bir qarorgoh boʻlsa; Osiyo bir ekinzor, bir masjid hukmidadir. Bir doʻkonchi raqsga ketadi, bir dehqon borolmaydi. Qarorgoh vaziyati bilan masjid vaziyati bir boʻlmaydi.

Ham aksar anbiyoning Osiyoda zuhuri, agʻlabi hukamoning Ovrupada kelishi, qadari azaliyning bir ramzi, bir ishorati boʻlib; Osiyo aqvomini intibohga keltiradigan, taraqqiy ettiradigan, idora ettiradigan; din va qalbdir. Falsafa va hikmat esa, din va qalbga yordam berishi kerak, oʻrniga oʻtmasligi kerak.

Soniyan: Dini Islomni Nasroniy diniga qiyos etib, Ovrupa kabi dinga loqayd boʻlish, juda katta bir xatodir. Avvalo: Ovrupa diniga sohibdir. Boshda Vilson, Loyd Jorj, Venizelos kabi Ovrupa kattalari, kashish kabi dinlariga mutaassib boʻlishlari shohidki; Ovrupa diniga sohibdir, balki bir jihatdan mutaassibdir.

Solisan: Islomiyatni Nasroniylik diniga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir, u qiyos xatodir. Chunki Ovrupa diniga mutaassib boʻlgan payti, madaniy emas edi; taassubni tark etdi, madaniylashdi.

Ham din ularning ichida uch yuz yil muhoraba-i dohiliyani intoj etgan. Mustabid zolimlarning qoʻlida avomni, fuqaroni va ahli fikrni ezishga vosita boʻlganidan; ularning umumida muvaqqatan dinga qarshi nafratlanish hosil boʻlgan edi. Islomiyatda esa, tarixlar shohidki, bir martadan boshqa dohiliy muhorabaga sabab boʻlmagan. Ham qachon ahli Islom dinga jiddiy sohib boʻlgan boʻlsalar, u zamonga nisbatan yuksak taraqqiy etishgan. Bunga shohid Ovrupaning eng buyuk ustozi, Andalus Davlati Islomiyasidir.

Ham qachon jamoati Islomiya dinga qarshi loqayd vaziyatni olganda, parishon vaziyatga tushib tadanniy etishgan.

Ham Islomiyat, vujubi zakot va hurmati ribo kabi minglab shafqatparvarona masoil bilan fuqaroni va avomni himoya qilgani;

اَفَلَا يَعْقِلُونَ ٭ اَفَلَا يَتَفَكَّرُونَ ٭ اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ

kabi kalimoti bilan aqlni va ilmni istishhod va iqoz etgani va ahli ilmni himoya etgani uchun doimo Islomiyat, fuqarolarning va ahli ilmning qal'asi va maljai boʻlgan. Shuning uchun, Islomiyatga qarshi nafratlanishga hech bir sabab yoʻq.

Islomiyatning Nasroniylik va boshqa dinlardan jihati farqining sirri hikmati shuki:

Islomiyatning asosi, mahzi tavhiddir; vositalar va sabablarga ta'siri haqiqiy bermaydi, ijod va maqom jihati bilan qiymat bermaydi. Nasroniylik esa "valadiyat" fikrini qabul qilgani uchun, vositalar va sabablarga qiymat beradi, anoniyatni sindirmaydi. Goʻyo rububiyati Ilohiyaning bir jilvasini azizlariga, buyuklariga beradi.

﴿ اِتَّخَذُٓوا اَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ اَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللّٰهِ ﴾

oyatiga masadaq boʻlishgan. Shuning uchun, Nasroniylarning dunyo jihatidan eng yuksak martabada boʻlganlari, gʻurur va anoniyatlarini muhofaza etish bilan birga, sobiq Amerika Raisi Vilson kabi mutaassib bir dindor boʻladi. Mahzi tavhid dini boʻlgan Islomiyat ichida, dunyo jihatidan yuksak martabada boʻlganlar, yo anoniyatni va gʻururni tashlaydi yoki dindorlikni bir daraja tashlaydi. Shuning uchun bir qismi loqayd qolyaptilar, balki dinsiz boʻlyaptilar.

— 239 —

Oltinchi Masala: Manfiy milliyatda va unsuriyat fikrida ifrot etganlarga aytamizki:

Avvalo: Shu dunyo yuzi, xususan mamlakatimiz, eski davrlardan beri koʻp muhojaratlarga va tabaddulotga ma'ruz boʻlish bilan birga; Markazi Hukumati Islomiya bu vatanda tashkil boʻlgandan soʻng, aqvomi sairadan parvona kabi koʻplari ichiga otilib, tavattun etishgan. Xullas, shu holda Lavhi Mahfuz ochilsa, oʻshanda haqiqiy unsurlar bir-biridan tafriq etilishi mumkin. Shunday ekan, haqiqiy unsuriyat fikriga harakatni va hamiyatni bino etish, ma'nosiz va ham juda zararlidir. Shuning uchun: Manfiy milliyatchilarning va unsuriyatparvarlarning raislaridan va dinga qarshi juda loqayd bir kishi majbur boʻlib: "Dil, din bir boʻlsa, millat birdir", degan. Modomiki shunday ekan, haqiqiy unsuriayatga emas; balki dil, din, vatan munosabatiga qarashlik kerak. Agar uchovi bir boʻlsa, zotan kuchli bir millat; agar biri nuqson boʻlsa, takror milliyat doirasiga dohildir.

Soniyan: Islomiyatning muqaddas milliyati, bu vatan avlodining hayoti ijtimoiyasiga qozontirgan yuzlab foydadan ikki foydani misol tariqasida bayon etamiz:

Birinchisi: Shu davlati Islomiya yigirma-oʻttiz million ekan, butun Ovrupaning buyuk davlatlariga qarshi hayotini va mavjudiyatini muhofaza etgan, bu davlatning qoʻshinidagi nuri Qur'ondan kelgan fikr shuki: "Men oʻlsam shahidman, oʻldirsam gʻoziyman". Kamoli shavq bilan va ishq bilan oʻlimning yuziga kulib qarshilagan. Doimo Ovrupani titratgan. Ajabo, dunyoda sodda fikrli, sof qalbli askarlarning ruhida shunday ulviy fidokorlikka sabab boʻladigan qaysi narsa koʻrsatilishi mumkin? Qaysi hamiyat uning oʻrniga iqoma etilishi mumkin? Hayotini va butun dunyosini sevib unga fido ettirishi mumkin?

Ikkinchisi: Ovrupaning ajdarholari (katta davlatlari) qachon bu davlati Islomiyaga bir tarsaki tushirgan boʻlsalar; uch yuz ellik million musulmonni yigʻlatgan va ingratgan. Va u mustamlakot sohiblari, ularni ingratmaslik va zorlatmaslik uchun qoʻlini tortgan, qoʻlini koʻtararkan tushirgan. Bu hech bir jihatda kamsitilmaydigan ma'naviy va doimiy bir quvvatuzzahr oʻrniga qaysi quvvat iqoma etilishi mumkin? Koʻrsatilsin! U azim ma'naviy quvvatuzzahrni manfiy milliyat bilan va istigʻnokorona hamiyat bilan ranjitmaslik kerak!

Yettinchi Masala: Manfiy milliyatda ortiqcha hamiyatparvarlik koʻrsatganlarga deymizki: Agar bu millatni jiddiy sevsangiz, ularga shafqat etsangiz, shunday bir hamiyat tashingki, ularning aksariga shafqat sanalsin. Boʻlmasa aksarisiga marhamatsiz tarzda, shafqatga muhtoj boʻlmagan bir qismi qolilning muvaqqat gʻaflatkorona hayoti ijtimoiyalariga xizmat esa, u hamiyat hisoblanmaydi. Chunki manfiy unsuriyat fikri bilan qilinadigan hamiyatkorlikning, millatning sakkizdan ikkisiga muvaqqat foydasi tegilishi mumkin. Loyiq boʻlmay turib u hamiyatning shafqatiga sazovor boʻladilar. Sakkizdan oltisi yo keksa, yo xasta, yo musibatzada, yo bola, yo juda zaif, yo juda jiddiy boʻlib oxiratni oʻylaydigan muttaqiydirlarki; bular hayoti dunyoviyadan ziyoda mutavajjih boʻlganlari hayoti barzohiyaga va uxroviyaga qarshi bir nur, bir tasalli, bir shafqat istaydilar va hamiyatkor muborak qoʻllarga muhtojdirlar. Bularning ziyolarini soʻndirishga va tasallilarini sindirishga qaysi hamiyat muso'ada etadi? Afsus! Millatga shafqat qayerda, millat yoʻlida fidokorlik qayerda?

Rahmati Ilohiyadan umid kesilmaydi. Chunki Janobi Haq ming yildan beri Qur'onning xizmatida istihdom etgan va unga bayroqdor ta'yin etgan bu vatandoshlarning muhtasham qoʻshinini va muazzam jamoatini muvaqqat shikastlar bilan inshaalloh parishon etmaydi. Yana u nurni yoritadi va vazifasini idoma ettiradi...

— 240 —

Toʻrtinchi Mabhas

[Tanbeh: Yigirma Oltinchi Maktubning toʻrt mabhasi, bir-biri bilan munosabatdor boʻlmagani kabi, bu Toʻrtinchi Mabhasning oʻn masoili ham bir biri bilan munosabatdor emasdir. Shuning uchun munosabatni qidirmaslik kerak. Qanday kelgan, shunday yozilgan. Muhim bir talabasiga yuborgan maktubining bir parchasidir. U talabaning besh-olti savollariga berilgan javoblardir.]

Birinchisi

Soniyan: Maktubingda deysan: رَبُّ الْعَالَم۪ينَ ta'bir va tafsirida "Oʻn sakkiz ming olam" deyishgan. U adadning hikmatini soʻrayapsan.

Qardoshim, men hozir u adadning hikmatini bilmayman; faqat bu qadar aytamanki: Qur'oni Hakimning jumlalari bittadan ma'noga munxasir emas, balki navi basharning umum tabaqotiga xitob boʻlgani uchun, har tabaqaga qarshi bittadan ma'noni tazammun etgan bir kulliy hukmidadir. Bayon etilgan ma'nolar, u kulliy qoidaning juz'iyotlari hukmidadirlar. Har bir mufassir, har bir orif oʻsha kulliydan bir juzni zikr qiladi. Yo kashfiga, yo daliliga yoxud mashrabiga istinod etib, bir ma'noni tarjih etadi. Xullas, bunda ham bir toifa u adadga muvofiq bir ma'no kashf etgan.

Masalan: Ahli valoyatning ahamiyat bilan virdlarida zikr va takror qilganlari

﴿ مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ ٭ بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَا يَبْغِيَانِ ﴾

jumlasida; doira-i vujub bilan doira-i imkondagi bahri rububiyat va bahri ubudiyatdan tut, to dunyo va oxirat bahrlariga, to olami gʻayb va olami shahodat bahrlariga, to sharq va gʻarb, shimol va janubdagi bahri muhitlariga, to bahri Rum va Fors bahriga, to Oq Dengiz va Qora Dengiz va Boʻgʻoziga -ki marjon deyilgan baliq undan chiqadi- to Oq Dengiz va Bahri Ahmarga va Suvaysh Kanaliga, to shirin va shoʻr suvlar dengizlariga, to tuproq tabaqasi ostidagi shirin va mutafarriq suv dengizlari bilan, ustidagi tuzli va muttasil dengizlariga, to Nil va Dijla va Firot kabi katta irmoqlar deyilgan kichik shirin dengizlar bilan ular qoʻshilgan tuzli katta dengizlariga qadar, ma'nosidagi juz'iyotlari bor. Bular hammasi murod va maqsud boʻlishi mumkin va uning haqiqiy va majoziy ma'nolaridir. Xullas shuning kabi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ham juda koʻp haqoiqni jome'dir. Ahli kashf va haqiqat kashflariga koʻra turli xilda bayon qilishadi.

Men ham shunday fahm etaman: Samovotda minglab olam bor. Yulduzlarning bir qismi har biri bittadan olam boʻlishi mumkin. Yerda ham har bir jins maxluqot, bittadan olamdir. Hatto har bir inson ham, kichik bir olamdir. رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ta'biri esa, "Toʻgʻridan toʻgʻriga har bir olam Janobi Haqning rububiyati bilan idora va tarbiya va tadbir etiladi", deganidir.

— 241 —

Solisan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar:

اِذَا اَرَادَ اللّٰهُ بِقَوْمٍ خَيْرًا اَبْصَرَهُمْ بِعُيُوبِ اَنْفُسِهِمْ

Qur'oni Hakimda Hazrat Yusuf Alayhissalom degan:

﴿ وَمَا اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ ﴾

Ha, nafsini yoqtirgan va nafsiga e'timod etgan, badbaxtdir. Nafsining aybini koʻrgan, baxtiyordir. Shunday ekan, sen baxtiyorsan. Lekin ba'zan, nafsi ammora, yo lavvomaga yoki mutmainnaga inqilob etadi; faqat qurollarini va jihozotini a'sobga oʻtkazadi. A'sob va tomirlar esa, u vazifani oxir umrga qadar bajaradi. Nafsi ammora koʻpdan beri oʻlgani holda, uning osori yana koʻrinadi. Koʻp buyuk asfiyo va avliyo borki, nufuslari mutmainna ekan, nafsi ammoradan shikoyat etishgan. Qalblari gʻoyat salim va munavvar ekan, amrozi qalbdan dod-faryod etishgan. Xullas, bu zotlardagi nafsi ammora emas, balki a'sobga oʻtkazilgan nafsi ammoraning vazifasidir. Maraz esa qalbiy emas, balki marazi xayoliydir. Inshaalloh aziz qardoshim, sizga hujum qilgan nafsingiz va amrozi qalbingiz emas, balki mujohadaning davomi uchun bashariyat e'tibori bilan a'sobga intiqol etgan va taraqqiyoti doimiyga sababiyat bergan, aytganimiz kabi bir holatdir.

— 242 —

Ikkinchi Masala

Eski mulla soʻragan uch masalaning izohoti Risola-i Nurning ajzolarida bor. Hozircha ijmoliy ishorat qilamiz:

Birinchi Savoli: Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga maktubida aytganki: "Allohni bilish, borligini bilishning gʻayridir." Bu nima degani, maqsad nima?

Avvalo: Unga oʻqiganing Yigirma Ikkinchi Soʻzning Muqaddimasida, tavhidi haqiqiy bilan tavhidi zohiriyning farqidagi misol va tamsil, maqsadga ishorat qiladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi va Uchinchi Mavqiflari va Maqsadlari u maqsadni izoh qiladi.

Va soniyan: Usul-ud din imomlari va ulamo-i ilmi Kalomning aqoidga doir va vujudi Vojib-ul Vujud va tavhidi Ilohiyga doir bayonotlari Muhyiddin Arabiyning nazarida kifoya kelmagani uchun, ilmi Kalomning imomlaridan Faxriddin Roziyga shunday degan.

Ha, ilmi Kalom vositasi bilan qozonilgan ma'rifati Ilohiya, ma'rifati komila va huzuri tom bermaydi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon tarzida boʻlgan vaqti, ham ma'rifati tommani beradi, ham huzuri atammni qozontiradiki; inshaalloh Risola-i Nurning butun ajzolari u Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning jadda-i nuroniysida bittadan elektr chirogʻi xizmatini qilyaptilar.

Ham Muhyiddin Arabiyning nazariga Faxriddin Roziyning Ilmi Kalom vositasi bilan olgan ma'rifatullohi naqadar nuqson koʻrinsa; xuddi shuning kabi; tasavvuf maslagi bilan olingan ma'rifat ham, Qur'oni Hakimdan toʻgʻridan-toʻgʻriga varosati nubuvvat sirri bilan olingan ma'rifatga nisbatan shu qadar nuqsondir. Chunki Muhyiddin Arabiy maslagi, huzuri doimiy qozonish uchun لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotning vujudini inkor etadigan bir tarzgacha kelgan. Va boshqalari esa, yana huzuri doimiyni qozonish uchun لَا مَشْهُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotni nisyoni mutlaq ostiga olish kabi ajib bir tarzga kirishgan. Qur'oni Hakimdan olingan ma'rifat esa, huzuri doimiyni berish bilan birga, na koinotni mahkumi adam etadi, na nisyoni mutlaqda hibs etadi. Balki tartibsizlikdan chiqarib, Janobi Haq nomiga istihdom etadi. Hamma narsa mir'ati ma'rifat boʻladi. Sa'diy Sheroziyning degani kabi: دَرْ نَظَرِ هُوشِيَارْ هَرْ وَرَق۪ى دَفْتَر۪يسْتْ اَزْ مَعْرِفَتِ كِرْدِگَارْ Hamma narsada Janobi Haqning ma'rifatiga deraza ochadi.

Ba'zi Soʻzlarda ulamo-i Ilmi Kalomning maslagi bilan Qur'ondan olingan minhaji haqiqiyning farqlari haqida shunday bir tamsil aytganmizki; masalan: Bir suv keltirish uchun, ba'zilari kungan (suv quvuri) bilan uzoq yerdan, togʻlar ostida qozadi, suv keltiradi. Bir qismi esa har yerda quduq qaziydi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda zahmatlidir; Tiqiladi, kesiladi. Faqat har yerda quduqlarni qazib suv chiqarishga mohir boʻlganlar, zahmatsiz har bir yerda suvni topganlari kabi.. aynan shuning kabi: Ulamo-i Ilmi Kalom, sabablarni nihoyati olamda tasalsul va davrning maholiyati bilan kesib, soʻngra Vojib-ul Vujudning vujudini u bilan isbot qiladilar. Uzun yoʻlda ketadilar. Ammo Qur'oni Hakimning minhaji haqiqiysi esa, har yerda suvni topadi, chiqaradi. Har bir oyati, bittadan asoyi Muso kabi, qayerga ursa, obi hayot joʻshtiradi.

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

dasturini hamma narsaga oʻqitadi.

Ham iymon yolgʻiz ilm bilan emas, iymonda koʻp latoifning hissalari bor. Qandayki bir ovqat me'daga kirsa, u ovqat muxtalif a'sobga, muxtalif suratda inqisom etib tavzi' etiladi. Ilm bilan kelgan masoili iymoniya ham, aql me'dasiga kirgandan soʻngra, darajotga koʻra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo latoif oʻziga koʻra bittadan hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi boʻlmasa, nuqsondir. Xullas, Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga bu nuqtani ixtor etadi.

— 243 —

Uchinchi Masala

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَن۪ٓى اٰدَمَ oyatining اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا oyati bilan vajhi tavfiqi nima?

Aljavob: Oʻn Birinchi Soʻzda va Yigirma Uchinchi Soʻzda va Yigirma Toʻrtinchining Beshinchi Shoxining Ikkinchi Mevasida izohi bor. Sirri ijmoliysi shuki:

Janobi Haq kamoli qudrati bilan bir narsadan koʻp narsalarni qilganidek, koʻp vazifalarni qiladi, bir sahifada mingta kitobni yozadi. Xuddi shuning kabi, insonni juda koʻp anvo' oʻrniga bir navi jome' qilib xalq etgan. Ya'ni, butun anvo'i hayvonotning muxtalif darajoti qadar, birgina nav boʻlgan inson bilan, u vazoifni qildirishni iroda etganki; insonlarning quvalariga va hissiyotlariga fitratan bir had qoldirmagan; fitriy qayd qoʻymagan, erkin qoldirgan. Boshqa hayvonotning quvalari va hissiyotlari mahdud, fitriy bir qayd ostidadir. Holbuki insonning har quvasi hadsiz bir masofada javalon etganday, gʻayri mutanohiy tomoniga ketadi. Chunki inson, Xoliqi Koinotning asmosining nihoyatsiz tajalliylariga bir oyna boʻlgani uchun, quvalariga nihoyatsiz bir iste'dod berilgan. Masalan, inson hirs bilan butun dunyo unga berilsa هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deydi. Ham xudgamligi bilan, oʻz manfaati uchun minglab odamning zararini qabul qiladi. Va hokazo... Axloqi sayyiada hadsiz darajada inkishoflari boʻlgani va Namrudlar va Fir'avnlar darajasiga qadar ketganlari va siygʻa-i mubolagʻa bilan zalum boʻlgani kabi, axloqi hasanada ham hadsiz bir taraqqiyotga mazhar boʻladi, anbiyo va siddiqiyn darajasiga taraqqiy qiladi.

Ham inson -hayvonlarning aksiga boʻlib- hayotga lozim hamma narsaga qarshi johildir, hamma narsani oʻrganishga majburdir. Hadsiz ashyoga muhtoj boʻlgani uchun, siygʻa-i mubolagʻa bilan jahuldir. Hayvon esa, dunyoga kelgan vaqti ham oz narsalarga muhtoj, ham muhtoj boʻlgan narsalarini bir-ikki oyda, balki bir-ikki kunda, ba'zan bir-ikki soatda butun sharoiti hayotini oʻrganadi. Goʻyo bir boshqa olamda takammul etgan, shunday kelgan. Inson esa, bir-ikki yilda zoʻrgʻa oyoqqa turadi, oʻn besh yilda zoʻrgʻa manfaat va zararni farq qiladi. Xullas, jahul mubolagʻasi bunga ham ishorat qiladi.

— 244 —

Toʻrtinchi Masala

جَدِّدُوا اِيمَانَكُمْ بِلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

ning hikmatini soʻrayapsiz. Uning hikmati koʻp Soʻzlarda zikr qilingandir. Bir sirri hikmati shuki: Insonning ham shaxsi, ham olami har zamon tajaddud etgani uchun, har doim tajdidi iymonga muhtojdir. Zero insonning har bir fardining ma'nan koʻp afrodi bor. Umrining yillari adadicha, balki kunlari adadicha, balki soatlari adadicha bittadan fardi oxar sanaladi. Chunki zamon ostiga kirgani uchun, u fardi vohid bir model hukmiga oʻtadi, har kun bir fardi oxar shaklini kiyadi.

Ham insonda bu taaddud va tajaddud boʻlgani kabi, tavattun etgan olami ham sayyordir. U ketadi, boshqasi oʻrniga keladi, doimo tanavvu' etadi; har kun boshqa bir olam eshigini ochadi.

Iymon esa ham u shaxsdagi har fardning nuri hayotidir, ham kirgan olamining ziyosidir. La ilaha illalloh esa, u nurni ochadigan bir kalitdir.

Ham insonda modomiki nafs, havo va vahm va shayton hukm etadilar, koʻp vaqt iymonini ranjida etish uchun gʻaflatidan istifoda etib koʻp hiylalar qiladilar, shubha va vasvasalar bilan iymon nurini soʻndiradilar. Ham zohiri shariatga muxolif boʻlgan va hatto ba'zi imomlar nazarida kufr darajasida ta'sir qilgan kalimot va harakot uchrab turadi. Shuning uchun har vaqt, har soat, har kun tajdidi iymonga bir ehtiyoj bor.

Savol: Mutakallimiyn ulamosi; olamni imkon va hudusning unvoni ijmoliysi ichida oʻrab zehnan ustiga chiqadi, soʻngra vahdoniyatni isbot qiladilar. Ahli tasavvufning bir qismi, tavhid ichida toʻliq huzurni qozonish uchun, "La mashhuda illa hu" deb unutadi, nisyon pardasini ustiga tortadi, soʻngra toʻliq huzurni topadi. Va boshqa bir qismi haqiqiy tavhidni va toʻliq huzurni topish uchun "La mavjuda illa hu" deb koinotni xayolga oʻraydi, adamga otadi, soʻngra huzuri tom topadi. Holbuki sen bu uch mashrabdan xorij bir jadda-i kubroni Qur'onda koʻrsatyapsan. Va uning shiori boʻlib "La ma'buda illa hu" "La maqsuda illa hu" deyapsan. Bu jaddaning tavhidga doir bir burhonini va bir muxtasar yoʻlini ijmolan koʻrsat.

Aljavob: Butun Soʻzlar va butun Maktublar u jaddani koʻrsatadi. Hozircha istaganingiz kabi azim bir hujjatiga va keng va uzun bir burhoniga muxtasaran ishorat qilamiz. Shundayki:

Olamda har bir narsa butun ashyoni oʻz Xoliqiga beradi. Va dunyoda har bir asar butun osorni oʻz muassirining asarlari boʻlganini koʻrsatadi. Va koinotda har bir fe'li ijodiy butun af'oli ijodiyani oʻz foilining fe'llari boʻlganini isbot qiladi. Va mavjudotda tajalliy etgan har bir ism butun asmoni oʻz musammosining ismlari va unvonlari boʻlganiga ishorat qiladi. Demak, har bir narsa toʻgʻridan-toʻgʻri bir burhoni vahdoniyatdir va ma'rifati Ilohiyaning bir derazasidir. Ha, har bir asar, xususan zihayot boʻlsa, koinotning kichik bir misoli musagʻgʻaridir va olamning urugʻidir va Kura-i Arzning bir mevasidir. Shunday ekan; u misoli musagʻgʻarni, u urugʻni, u mevani ijod etgan, butun koinotni ijod etgan yana udir. Chunki mevaning mujidi, daraxtning mujididan boshqasi boʻlolmaydi. Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi.. har bir fe'l ham; butun af'olni foiliga isnod etadi. Chunki koʻryapmizki, har bir fe'li ijodiy aksar mavjudotni ihota etadigan darajada keng va zarradan shumusga qadar uzun bittadan qonuni Xalloqiyatning uchi boʻlib koʻrinadi. Demak, u juz'iy fe'li ijodiy sohibi kim boʻlsa, u mavjudotni ihota etgan va zarradan shumusga qadar uzangan qonuni kulliy bilan bogʻlangan butun af'olning foili boʻlish kerak. Ha, bir chivinni ihyo etgan, butun havomni va kichik hayvonotni ijod etgan va Arzni ihyo etgan zot boʻladi. Ham mavlaviy kabi zarrani aylantirgan kim boʻlsa, mutasalsilan mavjudotni tahrik etib, Shamsni sayyoroti bilan kezdirgan ayni zot boʻlishi kerak. Chunki qonun bir silsiladir, af'ol u bilan bogʻliqdir.

— 245 —

Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi va har bir fe'li ijodiy butun af'olni foiliga isnod etadi. Aynan shuning kabi: Koinotda tajalliy etgan har bir ism, butun ismlarni oʻz musammosiga isnod etadi va uning unvonlari boʻlganini isbot etadi. Chunki koinotda tajalliy etgan ismlar, davoiri mutadohila kabi va ziyodagi alvoni sab'a kabi bir-birining ichiga kiradi, bir-biriga yordam beradi, bir-birining asarini takomillashtiradi, ziynatlaydi. Masalan: Muhyi ismi bir narsaga tajalliy etgan vaqt va hayot bergan daqiqada Hakim ismi ham tajalliy etadi, u zihayotning xonasi boʻlgan jasadini hikmat bilan tanzim etadi. Ayni holda Karim ismi ham tajalliy etadi, xonasini tazyin etadi. Ayni onda Rahim ismining ham tajalliysi koʻrinadi; u jasadning shafqat bilan havoijini ihzor etadi. Ayni zamonda Razzoq ismi tajalliysi koʻrinadi; u zihayotning baqosiga lozim moddiy va ma'naviy rizqini kutmagan tarzida beradi. Va hokazo... Demak, Muhyi kimning ismi boʻlsa, koinotda nurli va ihota etgan Hakim ismi ham unikidir va butun maxluqotni shafqat bilan tarbiya qilgan Rahim ismi ham unikidir va butun zihayotlarni karami bilan iosha etgan Razzoq ismi ham uning ismidir, unvonidir. Va hokazo...

Demak, har bir ism, har bir fe'l, har bir asar shunday bir burhoni vahdoniyatdirki; koinotning sahifalarida va asrlarning satrlarida yozilgan va mavjudot deyilgan butun kalimotni, kotibining naqshi qalami ekaniga dalolat qilgan bittadan muhri vahdoniyat, bittadan xotami ahadiyatdir.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَفْضَلُ مَا قُلْتُ اَنَا وَالنَّبِيُّونَ مِنْ قَبْل۪ى لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ) وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ وَسَلِّمْ
— 246 —

Beshinchi Masala

Soniyan: Maktubingizda "Yolgʻiz La ilaha illalloh kifoyami? Ya'ni Muhammadarrasululloh demasa, ahli najot boʻlishi mumkinmi?" deya boshqa bir maqsadni soʻrayapsiz. Buning javobi uzun. Faqat hozir bu qadar deymizki:

Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biridan ayrilmaydi, bir-birini isbot qiladi, bir-birini tazammun etadi, biri birisiz boʻlmaydi. Modomiki Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam Xotam-ul Anbiyodir, butun anbiyoning vorisidir; albatta butun vusul yoʻllarining boshidadir. Uning jadda-i kubrosidan xorij haqiqat va najot yoʻli boʻlolmaydi. Umum ahli ma'rifatning va tahqiqning imomlari, Sa'diy Sheroziy kabi deydilar:

مُحَالَسْتْ سَعْد۪ى بَرَاهِ نَجَاتْ ٭ ظَفَرْ بُرْدَنْ جُزْ دَرْ پَىِ مُصْطَفٰى

Ham

كُلُّ الطُّرُقِ مَسْدُودٌ اِلَّا الْمِنْهَاجَ الْمُحَمَّدِىَّ

deganlar.

Lekin baʻzan: Jadda-i Ahmadiyada (S.A.V.) ketganlari holda, bilmaydilarki jadda-i Ahmadiyadir va jadda-i Ahmadiya dohilidadir.

Ba'zan: Paygʻambarni bilmaydilar, faqat ketgan yoʻllari, jadda-i Ahmadiyaning ajzosidandir.

Baʻzan esa: Bir xususiyati majzubona yoki bir holati istigʻrokkorona yoki bir vaziyati munzaviyona va badaviyona suratida jadda-i Muhammadiyani oʻylamasdan, yolgʻiz La ilaha illalloh ularga kifoya boʻladi. Faqat shu bilan birga, eng muhim bir jihat: "Adami qabul" boshqadir, "qabuli adam" boshqadir. Bu tur ahli jazba va ahli uzlat yoki eshitmagan yoki bilmagan odamlar; Paygʻambarni bilmaydilar yoki oʻylamaydilarki, qabul qilsinlar. U nuqtada johil qoladilar. Ma'rifati Ilohiyaga qarshi yolgʻiz La ilaha illallohni biladilar. Bular ahli najot boʻla oladilar. Faqat Paygʻambarni eshitgan va da'vosini bilgan odamlar uni tasdiq qilmasa, Janobi Haqni tanimaydi. U haqida yolgʻiz La ilaha illalloh kalomi, sababi najot boʻlgan tavhidni ifoda etolmaydi. Chunki u hol, bir daraja madori uzr boʻlgan johilona adami qabul emas, balki u qabuli adamdir va u inkordir. Moʻ'jizoti bilan, osori bilan koinotning madori faxri va navi basharning madori sharafi boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamni inkor etgan odam, albatta hech bir jihatda hech bir nurga mazhar boʻlolmaydi va Allohni tanimaydi. Nima boʻlganda ham, hozircha bu qadar yetadi.

— 247 —

Oltinchi Masala

Solisan: Shayton bilan munozara nomidagi Birinchi Mabhasdagi shaytonning maslagiga oid ba'zi ta'birot juda gʻaliz boʻlgan. "Xosho, xosho!" kalimasi bilan va farzi mahol suratidagi qaydlar bilan ta'dil etilgani holda, yana meni titratadi. Soʻngra sizga yuborilgan parchada ba'zi kichik ta'dilot bor edi, nusxangizni u bilan tasxix eta oldingizmi? Fikringizni tavkil etaman; u ta'birotdan luzumsiz koʻrganlaringizni tashlab oʻtishingiz mumkin.

Aziz qardoshim, u mabhas juda muhimdir. Chunki ahli zindiqoning ustozi, shaytondir. Shayton ilzom etilmasa, uning muqollidlari ishonmaydilar. Qur'oni Hakim kofirlarning gʻaliz ta'birlarini rad qilish uchun zikr qilganidan menga bir jasorat berildiki; bu shaytoniy maslakning tamoman chirikligini koʻrsatish uchun, -farzi mahol suratida- hizb-ush shaytonning afrodi, maslaklarining iqtizosi bilan qabul qilishga majbur boʻlgan va istar-istamas ma'nan maslak tili bilan aytadigan ahmoqona ta'birotlarini titrab turib iste'mol qildim. Faqat u iste'mol bilan ularni quduq tubiga tiqishtirib, maydonni boshdan oxirigacha Qur'on hisobiga zabt etdik, ularning hiylalarini maydonga chiqardik. Shu muzaffariyatga shu tamsil ichida qara. Masalan: Samovotga boshi tegilib turgan juda yuksak minora va u minoraning ostida Kura-i Arzning markaziga qadar bir quduq qazilgan deb faraz qilamiz. Xullas, azoni umum mamlakatda umum aholiga eshitilgan bir zot, minora boshidan to quduq tubiga qadar qaysi mavqeda boʻlganini isbot qilish uchun ikki guruh munoqasha etyaptilar. Birinchi guruh deydiki: "Minora boshidadir, koinotga azon oʻqiyapti. Chunki azonni eshityapmiz; hayotdordir, ulviydir. Garchi harkas uni u yuksak yerda koʻrmaydi; faqat harkas darajasiga koʻra uni, chiqqan va tushgan vaqti bir maqomda, bir zinapoyada koʻradi va u bilan biladiki: U yuqori chiqadi va qayerda koʻrinsa koʻrinsin, yuksak maqom sohibidir". Boshqa shaytoniy va ahmoq guruh esa aytadiki: "Yoʻq, maqomi minora boshi emas; qayerda koʻrinsa koʻrinsin, maqomi quduq tubidir". Holbuki hech kim na uni quduq tubida koʻrgan va na koʻra oladi. Farazan agar tosh kabi ogʻir, ixtiyorsiz boʻlsaydi, albatta quduq tubida boʻlar, birov koʻrar edi.

Hozir bu ikki muoriz guruhning muhoraba maydoni oʻsha minora boshidan to quduq tubiga qadar uzun bir masofadir. Hizbulloh deyilgan ahli nur jamoati yuksak nazarli boʻlganlarga u muazzin zotni minora boshida koʻrsatadilar. Va nazarlari u darajaga chiqmaganlarga va qasir-un nazar boʻlganlarga, darajalariga koʻra bittadan zinapoyada u muazzini a'zamni koʻrsatadilar. Kichik alomat ularga kifoya boʻladi va isbot qiladiki: U zot tosh kabi jomid bir jism emas, balki istagan vaqti yuqori chiqadigan, koʻrinadigan, azon oʻqiydigan insoni komildir. Boshqa hizb-ush shayton deyilgan guruh esa: "Yo minora boshida harkasga koʻrsating yoxud maqomi quduq tubidir." deb ahmoqona hukm etadilar. Ahmoqliklaridan bilmaydilarki: Minora boshida harkasga koʻrsatilmasligi, harkasning nazari u yerga chiqmasligidan kelib chiqadi. Ham mugʻolata suratida, minora boshi xorij boʻlib butun masofani zabt etishni istaydilar.

Xullas, u ikki jamoatning munoqashasini hal etish uchun biri chiqadi, u hizb-ush shaytonga deydiki: "Ey manhus guruh! Agar u muazzini a'zamning maqomi quduq tubi boʻlsa; tosh kabi jomid, hayotsiz, quvvatsiz boʻlishi lozim boʻladi. Va quduq zinapoyalarida va minoraning darajalarida koʻringan u boʻlmasligi lozim boʻladi. Modomiki shunday koʻryapsiz; albatta, u quvvatsiz, haqiqatsiz, jomid boʻlmaydi. Minora boshi uning maqomi boʻladi. Shunday ekan, yo siz uni quduq tubida koʻrsatasizki hech bir jihatda buni koʻrsatolmaysiz va hech bir kimga u yerda boʻlishini tinglattirolmaysiz- yoxud jim turing! Maydoni mudofaangiz quduq tubidir. Boshqa maydon va uzun masofa esa, shu muborak jamoatning maydonidir; quduq tubidan boshqa, u zotni qayerda koʻrsatsalar, yutib chiqadilar.

Xullas, shu tamsil kabi munozara-i shaytoniy mabhasi, arshdan farshgacha uzun masofani hizb-ush shaytonning qoʻlidan oladi va hizb-ush shaytonni majbur qiladi, tiqishtiradi. Eng gʻayri ma'qul, eng mahol, eng manfur mavqeni ularga qoldiradi. Eng tor va hech kim kirmaydigan teshikka ularni tiqadi, butun masofani Qur'on nomiga zabt etadi.

Agar ularga: "Qur'on qanday?", deyilsa: "Goʻzal va axloq darsini bergan bir inson kitobidir", deb javob berishadi. Oʻshanda ularga: "Allohning kalomi ekan va shunday qabul qilishga majbursiz. Chunki maslagingizga koʻra "Goʻzal" deya olmaysiz!", deyiladi.

Ham agar ularga: "Paygʻambar haqida fikringiz qanday?", deyilsa. "Goʻzal axloqli, juda aqlli bir odam", deyishadi. Oʻshanda ularga: "Shunday ekan, iymonga keling. Chunki goʻzal axloqli, aqlli boʻlsa, har holda, Rasullullohdir. Chunki sizning bu "goʻzal" soʻzingiz hududingiz dohilida emas; maslagingizga koʻra bunday deya olmaysiz", deyiladi. Va hokazo... Tamsildagi boshqa ishoratlarga haqiqatning boshqa jihatlari tatbiq etilishi mumkin.

Xullas, shu sirga binoan shayton bilan munozara etilgan Birinchi Mabhas, ahli iymonning iymonini muhofaza qilish uchun moʻ'jizoti Ahmadiyani bilishga va qat'iy burhonlarini oʻrganishga muhtoj qilmaydi. Adno bir alomat, kichik bir dalil ularning iymonlarini qutqaradi. Quduq tubidagi asfali sofiliynda boʻlmaganiga, har bir holi Ahmadiya (S.A.V.), har bir xislati Muhammadiya (S.A.V.), har bir tavri Nabaviy (S.A.V.) bittadan moʻ'jiza hukmiga oʻtadi, a'loyi illiyinda bir maqomi boʻlganini isbot qiladi.

— 248 —

Yettinchi Masala

Madori ibrat bir masala:

[Vahmga ma'ruz, tushkunlikka tushgan ba'zi doʻstlarimga quvva-i ma'naviyani tayid etadigan yetti alomatning dalolati bilan, yolgʻiz xizmati Qur'onga oid ikromi Rabboniyni va bir himoyati Ilohiyani bayon qilishga majburmanki, u zaif irodali doʻstlarimni qutqaray. U yetti alomatning toʻrttasi; doʻst ekan, yolgʻiz bittadan maqsadi dunyoviy uchun shaxsimga emas, Qur'onga xodimligim jihatidan dushman vaziyati olishlari bilan, u maqsadlarining aksi bilan ta'zir yeyishdi. U yettita alomatning uchtasi esa, jiddiy doʻst edilar va doim doʻstdirlar; lekin doʻstlik iqtizo etgan mardona vaziyatni muvaqqatan koʻrsatmadilar, toki ahli dunyoning tavajjuhini qozonib, bittadan maqsadi dunyoviy qozonsinlar va boshlari sogʻ qoʻlsin. Holbuki u uch doʻstim, ma'ataassuf u maqsadlarining aksi bilan bittadan i'tob koʻrdilar.]

Avvalgi toʻrt zohiriy doʻst, soʻngra dushman vaziyatini koʻrsatganlarning

Birinchisi: Bir mudir necha vosita bilan yolvordi. Oʻninchi Soʻzdan bir nusxa istadi. Unga berdim. U esa, tarfi' uchun doʻstligimni tashlab dushmanlik vaziyatini oldi. Voliyga shikoyat va ixbor suratida berdi. Xizmati Qur'oniyaning bir asari ikromi boʻlib tarfi' emas, azl etildi.

Ikkinchisi: Boshqa bir mudir, doʻst ekan, amirlarining xotiri uchun va ahli dunyoning tavajjuhini qozonish niyatida shaxsimga emas, xizmatkorligim jihatidan raqibona va dushmanona vaziyat oldi, maqsadining aksiga ta'zir yedi. Umid etilmagan bir masalada, ikki yarim yilga mahkum etildi. Soʻngra Qur'onning bir xizmatkoridan duo istadi. Inshaalloh balki qutular, chunki unga duo qilindi.

Uchinchisi: Bir muallim, doʻst koʻringani uchun, men ham unga doʻst deb qaradim. Soʻngra Barlaga naql etib joylashish uchun dushmanona bir vaziyatni ixtiyor etdi; u maqsadining aksi bilan ta'zir yedi. Muallimlikdan askarlikka joʻnatildi. Barladan uzoqlashtirildi.

Toʻrtinchisi: Bir muallim (hofiz, ham mutadayyin koʻrganim uchun) Qur'onning xizmatida menga bir doʻstlik qiladi degan niyatda unga samimiyat bilan bir doʻstlik koʻrsatdim. Soʻnga u ahli dunyoning tavajjuhini qozonish uchun bir ma'murning birgina kalomi bilan bizga qarshi juda sovuq va qoʻrqoq vaziyatga kirdi. Keyin oʻsha maqsadining aksiga ta'zir yedi. Mufattishidan shiddatli jazo oldi va boʻshatildi.

— 249 —

Xullas, bu toʻrt odam dushman vaziyatini olish bilan bunday ta'zir yeganlari kabi, uch doʻstim ham jiddiy doʻstlik iqtizo etgan mardona vaziyatni koʻrsatmaganlari uchun, ta'zir emas, bir navi ixtor navida aksi maqsadlari bilan iqoz etildilar.

Birinchisi: Gʻoyat muhim va jiddiy va haqiqiy talabam boʻlgan zoti muhtaram, mutamodiyan Soʻzlarni yozar, nashr etardi. Tushunib boʻlmaydigan katta bir ma'murning kelishi bilan va bir hodisaning boʻlishi sababli; yozgan Soʻzlarini saqladi, muvaqqatan istinsohni ham tark etdi. Toki, ahli dunyodan bir zahmat koʻrmasin va mashaqqat chekmasin va ularning sharlaridan amin boʻlsin. Holbuki u xizmati Qur'oniyaning muvaqqatan ta'tilidan kelgan bir asari xato boʻlib, bir yil mutamodiyan ming liraga mahkumiyat kabi bir balo koʻzi oldiga qoʻyildi. Qachon istinsohni niyat qilib, eski vaziyatiga qaytgan boʻlsa, oʻsha da'vosidan tabria etdi, lillahilhamd baroat qozondi. Faqri holi bilan birga ming liradan qutuldi.

Ikkinchisi: Besh yildan beri mard va jiddiy va jasur bir doʻstim, ahli dunyoning va yangi kelgan bir amirning husni zonini va tavajjuhini qozonish uchun, qoʻshnim ekan, oʻylamasdan ixtiyorsiz bir necha oy men bilan koʻrishmadi. Hatto bayramda va ramazonda kirmadi. Maqsadining aksiga qishloq masalasi tugadi, nufuzi sindi.

Uchinchisi: Haftada bir-ikki marta men bilan koʻrishgan hofiz, imom boʻlgan. Ruxsatnoma olish uchun ikki oy meni tark etdi. Hatto bayramda yonimga kelmadi. Xilofi ma'mul boʻlib, maqsadining aksi bilan yetti-sakkiz oy imomlik qilgani holda, xilofi odat bir suratda unga ruxsatnoma berilmadi.

Xullas, bu kabi hodisalar juda koʻp. Faqat ba'zilarini andisha qilib aytib oʻtirmayman. Bular zaif bittadan alomat boʻlsalar ham, ijtimo'ida bir quvvat his qilinadi! Bu bilan shunday qanoat keladiki: Shaxsimga qarshi emas -chunki nafsimni hech bir ikromga loyiq koʻrmayman- balki xizmati Qur'on nuqtasida yolgʻiz u jihatda bir ikromi Ilohiy va bir himoyati Rabboniya ostida xizmat qilganimiz anglashilyapti. Doʻstlarim buni oʻylashi kerak, avhomga tushmasligi kerak. Modomiki xizmatkorligimga bir ikromi Ilohiydir va modomiki faxrga emas, balki shukrga sabab ekan va modomiki

﴿ وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ ﴾

farmoni bor.. bu sirlarga binoan, xususiy bir suratda doʻstlarimga bayon etaman.

— 250 —

Sakkizinchi Masala

[Yigirma Yettinchi Soʻzning ijtihodga mone sabablarning beshinchi sababining uchinchi nuqtasining uchinchi misolining hoshiyasidir.]

Muhim bir savol: Ba'zi ahli tahqiq deydilarki: Alfazi Qur'oniya va zikriya va boshqa tasbehlarning har biri mutaaddid jihatlar bilan insonning latoifi ma'naviyasini tanvir etadi, ma'naviy ozuqa beradi. Ma'nolari bilinmasa, yolgʻiz lafz ifoda etmaydi, kifoya boʻlmaydi. Lafz bir libosdir; almashtirilsa, har toifa oʻz lisoni bilan oʻsha ma'nolarga alfaz kiydirsa, yanada nafi' boʻlmaydimi?

Aljavob: Alfozi Qur'oniya va tasbehoti Nabaviyaning lafzlari jomid libos emas; jasadning hayotdor terisi kabi, balki mururi zamon bilan teri boʻlgan. Libos almashtiriladi. Lekin teri almashsa, vujudga zarardir. Balki namoz va azondagi kabi alfazi muborakalar, ma'no-i urfiylariga olam va nom boʻlgan. Olam va ism esa, almashtirilmaydi. Men oʻz nafsimda tajriba etgan bir holatimni koʻp marta tadqiq etdim, koʻrdimki; u holat haqiqatdir. U holat shuki:

Sura-i Ixlosni arafa kunida yuzlab marta takror etib oʻqir edim. Koʻrdimki: Mendagi ma'naviy tuygʻularning bir qismi bir necha martada gʻidosini oladi, voz kechadi, toʻxtaydi. Va quvva-i mufarrika kabi bir qism ham, bir zamon ma'no tarafiga mutavajjih boʻladi, hissasini oladi, u ham toʻxtaydi. Va qalb kabi bir qism, ma'naviy zavqqa mador ba'zi mafhumlar jihatidan hissasini oladi, u ham sukut etadi. Va hokazo... Bora-bora oʻsha takrorda yolgʻiz bir qism latoif qoladiki; juda kech zerikadi, davom etadi, boshqa ma'noga va tadqiqotga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. Gʻaflat quvva-i mufarrikaga zarar bergani kabi, unga zarar bermaydi. Lafz va lafzi mushabbi' boʻlgan bir maoli ijmoliy bilan va ism va olam boʻlganlari ma'no-i urfiy ularga kifoya boʻladi. Agar ma'noni u vaqt oʻylasa, zararli bir zerikish beradi. Va u davom etgan latifalar ta'allumga va tafahhumga muhtoj emas; balki taxatturga, tavajjuhga va tashviqqa ehtiyoj koʻrsatadilar. Va u teri hukmidagi lafzlari ularga kifoya boʻladi va ma'no vazifasini bajaradilar. Va ayniqsa u Arabiy lafzlar bilan kalomulloh va takallumi Ilohiy boʻlganini taxattur etish bilan, doimiy fayzga madordir.

Xullas, oʻzim tajriba etgan shu holatim koʻrsatadiki: Azon kabi va namozning tasbehoti kabi va har doim takror etilgan Fotiha va Sura-i Ixlos kabi haqoiqlarni, boshqa til bilan ifoda etish juda zararlidir! Chunki manba-i doimiy boʻlgan alfazi Ilohiya va Nabaviya yoʻqolgandan soʻng, u doimiy latoifning doimiy hissalari ham yoʻqoladi. Ham har bir harfning loaqal oʻn savobi zoye boʻlishi va huzuri doimiy, butun namozda hamma uchun davom etmagani uchun; gʻaflat ichida, tarjima vositasi bilan insonlarning ta'biroti ruhga zulmat berishi kabi zararlar boʻladi. Ha, qandayki Imom A'zam: "La ilaha illalloh, tavhidga olam va ismdir", degan. Biz ham deymiz: Kalimoti tasbehiya va zikriyaning, xususan azon va namozdalarining aksariyati mutlaqasi, olam va ism hukmiga oʻtgan. Olam kabi, ma'no-i lugʻaviysidan ziyoda, ma'no-i urfiyi shar'iysiga qaraladi. Shunday ekan, almashinishlari shar'an mumkin emas! Har bir moʻ'minga bilishi lozim boʻlgan mujmal ma'nolari, ya'ni muxtasar maʻnosini eng omi odam ham tez oʻrganadi. Butun umrini Islomiyat bilan oʻtkazgan va boshini minglab moloyoniyot bilan toʻldirgan odamlar, bir-ikki haftada hayoti abadiyasining kaliti boʻlgan shu kalimoti muborakaning maoli ijmoliysini oʻrganmasa qanday uzrli boʻladi, qanday musulmon boʻladi, qanday "aqlli odam" deyiladi? Va unday pastkashlarning tanballiklarining xotiri uchun, u nur manbalarining mahfazalarini buzish kori aql emas!..

— 251 —

Ham "Subhanalloh" degan odam, qaysi millatdan boʻlsa boʻlsin, Janobi Haqni taqdis etganini anglaydi. Bu qadar kifoya boʻlmaydimi? Agar ma'nosiga oʻz lisoni bilan mutavajjih boʻlsa, aql nuqtasida bir marta ta'allum etadi. Holbuki kunda yuz marta takror qiladi. Oʻsha yuz marta, aqlning hissa-i ta'allumidan boshqa, lafzdan va lafzga siroyat etgan va imtizoj etgan maoli ijmoliy koʻp nurlarga va fayzlarga madordir. Xususan takallumi Ilohiy e'tibori bilan olgan qudsiyati va u qudsiyatdan kelgan fayzlar va nurlar juda ahamiyatlidir.

Alhosil: Zaruriyoti diniya mahfazalari boʻlgan alfazi qudsiya-i Ilohiyaning oʻrniga hech narsa iqoma qilinmaydi va joylarini ololmaydi va vazifalarini bajarolmaydi. Va muvaqqat ifoda etsalar ham; doimiy, ulviy, qudsiy ifoda etolmaydilar.

Ammo nazariyoti diniyaning mahfazalari boʻlgan alfazlar boʻlsa, almashtirilishga luzum qolmaydi. Chunki nasihat bilan va boshqa tadris va ta'lim va va'z bilan u ehtiyoj mundafi' boʻladi.

Alhosil: Lisoni nahviy boʻlgan lisoni Arabiyning jome'iyati va alfazi Qur'oniyaning i'jozi shunday bir tarzdadirki, qobili tarjima emas! Balki "maholdir" deya olaman. Kimning shubhasi boʻlsa, i'jozga doir Yigirma Beshinchi Soʻzga murojaat etsin. Tarjima qilingan narsalar esa, gʻoyat muxtasar va noqis bir maoldir. Bunday maol qayerda; hayotdor, koʻp jihatlar bilan tasho'ub etgan oyotning haqiqiy ma'nolari qayerda?

***
— 252 —

Toʻqqizinchi Masala

(Muhim va mahram bir masala va bir sirri valoyat)

Olami Islomda Ahli Sunnat va Jamoat deyilgan ahli haq va istiqomat firqa-i azimasi, haqoiqi Qur'oniyani va iymoniyani istiqomat doirasida aynan Sunnati Saniyaga ittibo etib muhofaza etishgan. Ahli valoyatning aksariyati mutlaqasi u doiradan nash'at etgan. Boshqa bir qism ahli valoyat Ahli Sunnat va Jamoatning ba'zi dasotirlari xorijida va usullariga muxolif bir jaddada koʻringan. Xullas, bu qism ahli valoyatga qaraganlar ikki qismga ayrildilar:

Bir qismi, Ahli Sunnatning usuliga muxolif boʻlganlari uchun, valoyatlarini inkor etdilar. Hatto ulardan bir qismining takfiriga qadar ketdilar.

Boshqa qism, ularga ittibo etgandirlar. Ularning valoyatlarini qabul qilganlari uchun aytadilar: "Haq yolgʻiz Ahli Sunnat va Jamoatning maslagiga munxasir emas". Ahli bid'atdan bir firqa tashkil etdilar, hatto zalolatga qadar ketdilar. Bilmadilarki: Har hadiy zot, muhdiy boʻlolmaydi. Shayxlari xatosidan ma'zurdir, chunki majzubdir. Oʻzlari esa ma'zur boʻlolmaydilar.

Mutavassit bir qism esa, u valiylarning valoyatlarini inkor etmadilar, lekin yoʻllarini va maslaklarini qabul qilmadilar. Deydilarki: "Xilofi usul boʻlgan soʻzlari yo holga magʻlub boʻlib xato qildilar yoxud ma'nosi bilinmaydigan mutashabehot kabi shatahotdir".

Ma'ataassuf birinchi qism, xususan ulamo-i ahli zohir, maslagi Ahli Sunnatni muhofaza niyati bilan, juda muhim avliyoni inkor, hatto tadlil etishga majbur boʻlishgan. Ikkinchi qism boʻlgan tarafdorlari esa, unday shayxlarga ziyoda husni zon etganlari uchun, haq maslagini tashlab, bid'atga, hatto zalolatga ketganlari boʻlgan.

Bu sirga doir, juda koʻp vaqt zehnimni ishgʻol etgan holat bor edi. Bir zamon men bir qism ahli zalolatga muhim vaqtda qahr bilan duo qildim. Badduomga qarshi mudhish bir quvvati ma'naviya chiqdi. Ham duomni qaytarayotgan edi, ham meni man etdi.

Soʻngra koʻrdimki: U qism ahli zalolat, xilofi haq ijrootida bir quvva-i ma'naviyaning tasxiloti bilan, ergashganlarini yetaklab ketyapti. Muvaffaq boʻlyapti. Yolgʻiz jabr bilan emas, balki valoyat quvvatidan kelgan orzu bilan imtizoj etgani uchun, ahli iymonning bir qismi oʻsha istakka berilib yoqtiryaptilar, juda yomon talaqqiy etmayaptilar.

Xullas, bu ikki sirni his etgan vaqt dahshat oldim, Fasubhanalloh dedim. "Tariqi haqdan boshqa valoyat boʻlishi mumkinmi? Xususan mudhish bir jarayoni zalolatga ahli haqiqat tarafdor chiqadimi?" dedim. Soʻngra bir muborak arafa kunida mustahsan bir odati Islomiyaga binoan Sura-i Ixlosni yuzlab marta takror qilib oʻqib, uning barakasi bilan "Muhim Bir Savolga Javob" nomli yozilgan masala bilan birga shunday bir haqiqat ham rahmati Ilohiya bilan qalbi ojizonamga keldi. Haqiqat shuki:

Sulton Mahmud Fotihning zamonida hikoya qilingan mashhur va ma'nodor "Jibali Bobo qissasi" turidan bir qism ahli valoyat, zohiran muhokamali va aqlli koʻrinarkan, majzubdirlar. Va bir qismi esa ba'zan sahvada va doira-i aqlda koʻrinadi, ba'zan aqlning va muhokamaning xorijida bir holga kiradi. Shu qismdan bir sinfi ahli iltibosdir, tafriq etmaydi. Sakr holida koʻrgan bir masalasini holati sahvada tatbiq etadi, xato qiladi va xato qilganini bilmaydi. Majzublarning bir qismi esa indalloh mahfuzdir, zalolatga suluk etmaydi. Boshqa bir qismi esa mahfuz emas, bid'at va zalolat firqalarida boʻla oladilar. Hatto kofirlar ichida boʻla olish ehtimoli berilgan.

Xullas, muvaqqat yoki doimiy majzub boʻlganlaridan, ma'nan "muborak majnun" hukmida boʻladilar. Va muborak va erkin majnun hukmida boʻlganlari uchun, mukallaf emaslar. Va mukallaf boʻlmaganlari uchun, muoxaza boʻlmaydi. Oʻz valoyati majzubonalari boqiy qolish bilan birga, ahli zalolatga va ahli bid'atga tarafdor chiqadilar. Maslaklariga bir daraja rivoj berib, bir qism ahli iymonning va ahli haqning u maslakka kirishga mash'umona bir sababiyat beradilar.

— 253 —

Oʻninchi Masala

[Ziyoratchilarga oid ba'zi doʻstlar tarafidan ixtor bilan, bir dastur izoh etilish xohlandi. Shuning uchun yozilgandir.]

Ma'lum boʻlsinki: Bizni ziyorat qilgan, yo hayoti dunyoviya jihatidan keladi; u eshik yopiqdir. Yoki hayoti uxroviya jihatidan keladi. Bu jihatda ikki eshik bor: Yo shaxsimni muborak va maqom sohibi deb oʻylab keladi. U eshik yopiq. Chunki men oʻzimni yoqtirmayman, meni yoqtirganlarni ham yoqtirmayman. Janobi Haqqa koʻp shukr, meni oʻzimga yoqtirtirmagan. Ikkinchi jihat, yolgʻiz Qur'oni Hakimning dalloli boʻlgan jihat bilan. Bu eshikdan kirganlarni, a'lar ra'si val ayn qabul qilaman. Ular ham uch tarzda boʻladi: Yo doʻst boʻladi, yo qardosh boʻladi, yo talaba boʻladi.

Doʻstning xossasi va sharti buki: Qat'iyan, Soʻzlarga va anvori Qur'oniyaga doir xizmatimizga jiddiy tarafdor boʻlsin; va haqsizlikka va bid'atlarga va zalolatga qalban tarafdor boʻlmasin, oʻzi uchun ham istifodaga harakat qilsin.

Qardoshning xossasi va sharti shuki: Haqiqiy tarzda Soʻzlarning nashriga jiddiy harakat qilish bilan birga, besh vaqt farz namozini ado qilish, yetti kaboirni qilmaslikdir.

Talabalikning xossasi va sharti shuki: Soʻzlarni oʻz moli va ta'lifi deb his qilib sohib chiqsin va eng muhim vazifa-i hayotiyasini uning nashr va xizmati deb bilsin.

Xullas, shu uch tabaqa mening uch shaxsiyatim bilan aloqadordir. Doʻst mening shaxsiy va zotiy shaxsiyatim bilan munosabatdor boʻladi. Qardosh qulligim va ubudiyat nuqtasidagi shaxsiyatim bilan aloqador boʻladi. Talaba esa, Qur'oni Hakimning dalloli jihatidan va ustozlik vazifasidagi shaxsiyatim bilan munosabatdordir.

Bu koʻrishishning ham uch mevasi bor:

Birinchisi: Dallollik e'tibori bilan mujavharoti Qur'oniyani mendan yoki Soʻzlardan dars olish. Garchi bir dars boʻlsa ham.

Ikkinchisi: Ibodat e'tibori bilan uxroviy qozonchimga hissador boʻladi.

Uchinchisi: Dargohi Ilohiyaga birga mutavajjih boʻlib rabti qalb etib, Qur'oni Hakimning xizmatida qoʻlni qoʻlga berib, tavfiq va hidoyat istash.

Agar talaba boʻlsa; har tong mutamodiyan ismi bilan, ba'zan xayoli bilan ham yonimda hozir boʻladi, hissador boʻladi.

Agar qardosh boʻlsa, bir necha marta xususiy ismi bilan va surati bilan duo va qozonchimda hozir boʻlib hissador boʻladi. Soʻngra umum ixvonlar ichida dohil boʻlib, rahmati Ilohiyaga taslim etamanki, duo vaqtida "ixvati va ihvani" degan vaqtim ular ichida boʻladi. Men bilmasam, rahmati Ilohiya ularni biladi va koʻradi.

Agar doʻst boʻlsa va faroizni bajarsa va kaboirni tark etsa, umumiyati ixvon e'tibori bilan duoimga dohildir. Bu uch tabaqa ham meni ma'naviy duo va qozonchlarida dohil etishlari shartdir.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا) وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ وَسَلِّمْ
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
﴿ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ ﴾
اَللّٰهُمَّ يَا مَنْ اَجَابَ نُوحًا ف۪ى قَوْمِه۪ وَ يَا مَنْ نَصَرَ اِبْرَاه۪يمَ عَلٰى اَعْدَائِه۪ وَ يَا مَنْ اَرْجَعَ يُوسُفَ اِلٰى يَعْقُوبَ وَ يَا مَنْ كَشَفَ الضُّرَّ عَنْ اَيُّوبَ وَ يَا مَنْ اَجَابَ دَعْوَةَ زَكَرِيَّاءَ وَ يَا مَنْ تَقَبَّلَ يُونُسَ ابْنَ مَتّٰى نَسْئَلُكَ بِاَسْرَارِ اَصْحَابِ هٰذِهِ الدَّعْوَاتِ الْمُسْتَجَابَاتِ اَنْ تَحْفَظَن۪ى وَ تَحْفَظَ نَاشِرَ هٰذِهِ الرَّسَائِلِ وَ رُفَقَائِهِمْ مِنْ شَرِّ شَيَاط۪ينِ الْاِنْسِ وَ الْجِنِّ وَ انْصُرْنَا عَلٰى اَعْدَائِنَا وَ لَا تَكِلْنَا اِلٰى اَنْفُسِنَا وَ اكْشِفْ كُرْبَتَنَا وَ كُرْبَتَهُمْ وَاشْفِ اَمْرَاضَ قُلُوبِنَا وَ قُلُوبِهِمْ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ