Toʻrtinchi Masala: Musbat milliyat, hayoti ijtimoiyaning ehtiyoji dohiliysidan kelib chiqadi; taovunga, tasonudga sabab boʻladi; manfaatli quvvatni ta'minlaydi; uxuvvati Islomiyani yanada ziyoda tayid etadigan vosita boʻladi.
Shu musbat fikri milliyat Islomiyatga xodim boʻlishi, qal'a boʻlishi, sovuti boʻlishi kerak.. uning oʻrniga oʻtmasligi kerak. Chunki Islomiyat bergan uxuvvati ichida ming uxuvvat bor; olami baqoda va olami barzohda oʻsha uxuvvat boqiy qoladi. Shuning uchun uxuvvati milliya qancha kuchli boʻlsa ham, uning bir pardasi hukmiga oʻtadi. Boʻlmasa uni uning oʻrniga iqoma etish; ayni qal'aning toshlarini qal'aning ichidagi olmos xazinasining oʻrniga qoʻyib, u olmoslarni tashqariga otish kabi ahmoqona jinoyatdir.
Xullas ey ahli Qur'on boʻlgan shu vatanning avlodlari! Olti yuz yil emas, balki Abbosiylar zamonidan beri ming yilki Qur'oni Hakimning bayroqdori boʻlib, butun jahonni maydonga chaqirib, Qur'onni e'lon etgansiz. Milliyatingizni Qur'onga va Islomiyatga qal'a qildingiz. Butun dunyoni jim qildingiz, mudhish tahojumotni daf etdingiz, toki
oyatiga goʻzal bir masadaq boʻldingiz. Hozir Ovrupaning va firank-mashrab munofiqlarning dasisalariga ergashib, bu oyatning avvalidagi xitobga masadaq boʻlishdan saqlanishingiz va qoʻrqishingiz kerak!
Joyi diqqat bir hol: Turk millati anosiri Islomiya ichida eng kasratli boʻlgani holda, dunyoning har tarafida boʻlgan Turklar Musulmondir. Boshqa unsurlar kabi, muslim va gʻayri muslim boʻlib ikki qismga inqisom etmagan. Qayerda Turk toifasi boʻlsa, Musulmondir. Musulmonlikdan chiqqan yoki Musulmon boʻlmagan Turklar, Turklikdan ham chiqqandirlar (Vengerlar kabi). Holbuki kichik unsurlarda ham, muslim va hamda gʻayri muslim bor.
Ey Turk qardosh! Ayniqsa sen diqqat qil! Sening milliyating Islomiyat bilan imtizoj etgan. Undan qobili tafriq emas. Tafriq etsang, mahv boʻlasan! Butun sening moziydagi mafoxiring Islomiyat daftariga oʻtgan. Bu mafoxir zamin yuzida hech bir quvvat bilan oʻchirilmagani holda, sen shaytonlarning vasvasalari bilan, dasisalari bilan u mafoxirni qalbingdan oʻchirma!
Beshinchi Masala: Osiyoda uygʻongan aqvom, fikri milliyatga yopishib, aynan Ovrupani har tomondan taqlid qilib, hatto koʻp muqaddasotlarni u yoʻlda fido qilib harakat etyaptilar. Holbuki har bir millatning qomati qiymati boshqa bir libos istaydi. Bir jins gazmol boʻlsa ham; tarzi boshqa-boshqa boʻlmogʻi lozim. Bir ayolga bir jandarma libosi kiydirilmaydi. Bir keksa mullaga tango raqqosasining libosi kiydirilmagani kabi.. "Koʻr-koʻrona taqlid ham, koʻp marotaba masqaralik boʻladi". Chunki:
Avvalo: Ovrupa bir doʻkon, bir qarorgoh boʻlsa; Osiyo bir ekinzor, bir masjid hukmidadir. Bir doʻkonchi raqsga ketadi, bir dehqon borolmaydi. Qarorgoh vaziyati bilan masjid vaziyati bir boʻlmaydi.
Ham aksar anbiyoning Osiyoda zuhuri, agʻlabi hukamoning Ovrupada kelishi, qadari azaliyning bir ramzi, bir ishorati boʻlib; Osiyo aqvomini intibohga keltiradigan, taraqqiy ettiradigan, idora ettiradigan; din va qalbdir. Falsafa va hikmat esa, din va qalbga yordam berishi kerak, oʻrniga oʻtmasligi kerak.
Soniyan: Dini Islomni Nasroniy diniga qiyos etib, Ovrupa kabi dinga loqayd boʻlish, juda katta bir xatodir. Avvalo: Ovrupa diniga sohibdir. Boshda Vilson, Loyd Jorj, Venizelos kabi Ovrupa kattalari, kashish kabi dinlariga mutaassib boʻlishlari shohidki; Ovrupa diniga sohibdir, balki bir jihatdan mutaassibdir.
Solisan: Islomiyatni Nasroniylik diniga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir, u qiyos xatodir. Chunki Ovrupa diniga mutaassib boʻlgan payti, madaniy emas edi; taassubni tark etdi, madaniylashdi.
Ham din ularning ichida uch yuz yil muhoraba-i dohiliyani intoj etgan. Mustabid zolimlarning qoʻlida avomni, fuqaroni va ahli fikrni ezishga vosita boʻlganidan; ularning umumida muvaqqatan dinga qarshi nafratlanish hosil boʻlgan edi. Islomiyatda esa, tarixlar shohidki, bir martadan boshqa dohiliy muhorabaga sabab boʻlmagan. Ham qachon ahli Islom dinga jiddiy sohib boʻlgan boʻlsalar, u zamonga nisbatan yuksak taraqqiy etishgan. Bunga shohid Ovrupaning eng buyuk ustozi, Andalus Davlati Islomiyasidir.
Ham qachon jamoati Islomiya dinga qarshi loqayd vaziyatni olganda, parishon vaziyatga tushib tadanniy etishgan.
Ham Islomiyat, vujubi zakot va hurmati ribo kabi minglab shafqatparvarona masoil bilan fuqaroni va avomni himoya qilgani;
kabi kalimoti bilan aqlni va ilmni istishhod va iqoz etgani va ahli ilmni himoya etgani uchun doimo Islomiyat, fuqarolarning va ahli ilmning qal'asi va maljai boʻlgan. Shuning uchun, Islomiyatga qarshi nafratlanishga hech bir sabab yoʻq.
Islomiyatning Nasroniylik va boshqa dinlardan jihati farqining sirri hikmati shuki:
Islomiyatning asosi, mahzi tavhiddir; vositalar va sabablarga ta'siri haqiqiy bermaydi, ijod va maqom jihati bilan qiymat bermaydi. Nasroniylik esa "valadiyat" fikrini qabul qilgani uchun, vositalar va sabablarga qiymat beradi, anoniyatni sindirmaydi. Goʻyo rububiyati Ilohiyaning bir jilvasini azizlariga, buyuklariga beradi.
oyatiga masadaq boʻlishgan. Shuning uchun, Nasroniylarning dunyo jihatidan eng yuksak martabada boʻlganlari, gʻurur va anoniyatlarini muhofaza etish bilan birga, sobiq Amerika Raisi Vilson kabi mutaassib bir dindor boʻladi. Mahzi tavhid dini boʻlgan Islomiyat ichida, dunyo jihatidan yuksak martabada boʻlganlar, yo anoniyatni va gʻururni tashlaydi yoki dindorlikni bir daraja tashlaydi. Shuning uchun bir qismi loqayd qolyaptilar, balki dinsiz boʻlyaptilar.
Oltinchi Masala: Manfiy milliyatda va unsuriyat fikrida ifrot etganlarga aytamizki:
Avvalo: Shu dunyo yuzi, xususan mamlakatimiz, eski davrlardan beri koʻp muhojaratlarga va tabaddulotga ma'ruz boʻlish bilan birga; Markazi Hukumati Islomiya bu vatanda tashkil boʻlgandan soʻng, aqvomi sairadan parvona kabi koʻplari ichiga otilib, tavattun etishgan. Xullas, shu holda Lavhi Mahfuz ochilsa, oʻshanda haqiqiy unsurlar bir-biridan tafriq etilishi mumkin. Shunday ekan, haqiqiy unsuriyat fikriga harakatni va hamiyatni bino etish, ma'nosiz va ham juda zararlidir. Shuning uchun: Manfiy milliyatchilarning va unsuriyatparvarlarning raislaridan va dinga qarshi juda loqayd bir kishi majbur boʻlib: "Dil, din bir boʻlsa, millat birdir", degan. Modomiki shunday ekan, haqiqiy unsuriayatga emas; balki dil, din, vatan munosabatiga qarashlik kerak. Agar uchovi bir boʻlsa, zotan kuchli bir millat; agar biri nuqson boʻlsa, takror milliyat doirasiga dohildir.
Soniyan: Islomiyatning muqaddas milliyati, bu vatan avlodining hayoti ijtimoiyasiga qozontirgan yuzlab foydadan ikki foydani misol tariqasida bayon etamiz:
Birinchisi: Shu davlati Islomiya yigirma-oʻttiz million ekan, butun Ovrupaning buyuk davlatlariga qarshi hayotini va mavjudiyatini muhofaza etgan, bu davlatning qoʻshinidagi nuri Qur'ondan kelgan fikr shuki: "Men oʻlsam shahidman, oʻldirsam gʻoziyman". Kamoli shavq bilan va ishq bilan oʻlimning yuziga kulib qarshilagan. Doimo Ovrupani titratgan. Ajabo, dunyoda sodda fikrli, sof qalbli askarlarning ruhida shunday ulviy fidokorlikka sabab boʻladigan qaysi narsa koʻrsatilishi mumkin? Qaysi hamiyat uning oʻrniga iqoma etilishi mumkin? Hayotini va butun dunyosini sevib unga fido ettirishi mumkin?
Ikkinchisi: Ovrupaning ajdarholari (katta davlatlari) qachon bu davlati Islomiyaga bir tarsaki tushirgan boʻlsalar; uch yuz ellik million musulmonni yigʻlatgan va ingratgan. Va u mustamlakot sohiblari, ularni ingratmaslik va zorlatmaslik uchun qoʻlini tortgan, qoʻlini koʻtararkan tushirgan. Bu hech bir jihatda kamsitilmaydigan ma'naviy va doimiy bir quvvatuzzahr oʻrniga qaysi quvvat iqoma etilishi mumkin? Koʻrsatilsin! U azim ma'naviy quvvatuzzahrni manfiy milliyat bilan va istigʻnokorona hamiyat bilan ranjitmaslik kerak!
Yettinchi Masala: Manfiy milliyatda ortiqcha hamiyatparvarlik koʻrsatganlarga deymizki: Agar bu millatni jiddiy sevsangiz, ularga shafqat etsangiz, shunday bir hamiyat tashingki, ularning aksariga shafqat sanalsin. Boʻlmasa aksarisiga marhamatsiz tarzda, shafqatga muhtoj boʻlmagan bir qismi qolilning muvaqqat gʻaflatkorona hayoti ijtimoiyalariga xizmat esa, u hamiyat hisoblanmaydi. Chunki manfiy unsuriyat fikri bilan qilinadigan hamiyatkorlikning, millatning sakkizdan ikkisiga muvaqqat foydasi tegilishi mumkin. Loyiq boʻlmay turib u hamiyatning shafqatiga sazovor boʻladilar. Sakkizdan oltisi yo keksa, yo xasta, yo musibatzada, yo bola, yo juda zaif, yo juda jiddiy boʻlib oxiratni oʻylaydigan muttaqiydirlarki; bular hayoti dunyoviyadan ziyoda mutavajjih boʻlganlari hayoti barzohiyaga va uxroviyaga qarshi bir nur, bir tasalli, bir shafqat istaydilar va hamiyatkor muborak qoʻllarga muhtojdirlar. Bularning ziyolarini soʻndirishga va tasallilarini sindirishga qaysi hamiyat muso'ada etadi? Afsus! Millatga shafqat qayerda, millat yoʻlida fidokorlik qayerda?
Rahmati Ilohiyadan umid kesilmaydi. Chunki Janobi Haq ming yildan beri Qur'onning xizmatida istihdom etgan va unga bayroqdor ta'yin etgan bu vatandoshlarning muhtasham qoʻshinini va muazzam jamoatini muvaqqat shikastlar bilan inshaalloh parishon etmaydi. Yana u nurni yoritadi va vazifasini idoma ettiradi...
Toʻrtinchi Mabhas
Birinchisi
Soniyan: Maktubingda deysan: رَبُّ الْعَالَم۪ينَ ta'bir va tafsirida "Oʻn sakkiz ming olam" deyishgan. U adadning hikmatini soʻrayapsan.
Qardoshim, men hozir u adadning hikmatini bilmayman; faqat bu qadar aytamanki: Qur'oni Hakimning jumlalari bittadan ma'noga munxasir emas, balki navi basharning umum tabaqotiga xitob boʻlgani uchun, har tabaqaga qarshi bittadan ma'noni tazammun etgan bir kulliy hukmidadir. Bayon etilgan ma'nolar, u kulliy qoidaning juz'iyotlari hukmidadirlar. Har bir mufassir, har bir orif oʻsha kulliydan bir juzni zikr qiladi. Yo kashfiga, yo daliliga yoxud mashrabiga istinod etib, bir ma'noni tarjih etadi. Xullas, bunda ham bir toifa u adadga muvofiq bir ma'no kashf etgan.
Masalan: Ahli valoyatning ahamiyat bilan virdlarida zikr va takror qilganlari
jumlasida; doira-i vujub bilan doira-i imkondagi bahri rububiyat va bahri ubudiyatdan tut, to dunyo va oxirat bahrlariga, to olami gʻayb va olami shahodat bahrlariga, to sharq va gʻarb, shimol va janubdagi bahri muhitlariga, to bahri Rum va Fors bahriga, to Oq Dengiz va Qora Dengiz va Boʻgʻoziga -ki marjon deyilgan baliq undan chiqadi- to Oq Dengiz va Bahri Ahmarga va Suvaysh Kanaliga, to shirin va shoʻr suvlar dengizlariga, to tuproq tabaqasi ostidagi shirin va mutafarriq suv dengizlari bilan, ustidagi tuzli va muttasil dengizlariga, to Nil va Dijla va Firot kabi katta irmoqlar deyilgan kichik shirin dengizlar bilan ular qoʻshilgan tuzli katta dengizlariga qadar, ma'nosidagi juz'iyotlari bor. Bular hammasi murod va maqsud boʻlishi mumkin va uning haqiqiy va majoziy ma'nolaridir. Xullas shuning kabi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ham juda koʻp haqoiqni jome'dir. Ahli kashf va haqiqat kashflariga koʻra turli xilda bayon qilishadi.
Men ham shunday fahm etaman: Samovotda minglab olam bor. Yulduzlarning bir qismi har biri bittadan olam boʻlishi mumkin. Yerda ham har bir jins maxluqot, bittadan olamdir. Hatto har bir inson ham, kichik bir olamdir. رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ta'biri esa, "Toʻgʻridan toʻgʻriga har bir olam Janobi Haqning rububiyati bilan idora va tarbiya va tadbir etiladi", deganidir.
Solisan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar:
Qur'oni Hakimda Hazrat Yusuf Alayhissalom degan:
Ha, nafsini yoqtirgan va nafsiga e'timod etgan, badbaxtdir. Nafsining aybini koʻrgan, baxtiyordir. Shunday ekan, sen baxtiyorsan. Lekin ba'zan, nafsi ammora, yo lavvomaga yoki mutmainnaga inqilob etadi; faqat qurollarini va jihozotini a'sobga oʻtkazadi. A'sob va tomirlar esa, u vazifani oxir umrga qadar bajaradi. Nafsi ammora koʻpdan beri oʻlgani holda, uning osori yana koʻrinadi. Koʻp buyuk asfiyo va avliyo borki, nufuslari mutmainna ekan, nafsi ammoradan shikoyat etishgan. Qalblari gʻoyat salim va munavvar ekan, amrozi qalbdan dod-faryod etishgan. Xullas, bu zotlardagi nafsi ammora emas, balki a'sobga oʻtkazilgan nafsi ammoraning vazifasidir. Maraz esa qalbiy emas, balki marazi xayoliydir. Inshaalloh aziz qardoshim, sizga hujum qilgan nafsingiz va amrozi qalbingiz emas, balki mujohadaning davomi uchun bashariyat e'tibori bilan a'sobga intiqol etgan va taraqqiyoti doimiyga sababiyat bergan, aytganimiz kabi bir holatdir.
Ikkinchi Masala
Eski mulla soʻragan uch masalaning izohoti Risola-i Nurning ajzolarida bor. Hozircha ijmoliy ishorat qilamiz:
Birinchi Savoli: Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga maktubida aytganki: "Allohni bilish, borligini bilishning gʻayridir." Bu nima degani, maqsad nima?
Avvalo: Unga oʻqiganing Yigirma Ikkinchi Soʻzning Muqaddimasida, tavhidi haqiqiy bilan tavhidi zohiriyning farqidagi misol va tamsil, maqsadga ishorat qiladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi va Uchinchi Mavqiflari va Maqsadlari u maqsadni izoh qiladi.
Va soniyan: Usul-ud din imomlari va ulamo-i ilmi Kalomning aqoidga doir va vujudi Vojib-ul Vujud va tavhidi Ilohiyga doir bayonotlari Muhyiddin Arabiyning nazarida kifoya kelmagani uchun, ilmi Kalomning imomlaridan Faxriddin Roziyga shunday degan.
Ha, ilmi Kalom vositasi bilan qozonilgan ma'rifati Ilohiya, ma'rifati komila va huzuri tom bermaydi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon tarzida boʻlgan vaqti, ham ma'rifati tommani beradi, ham huzuri atammni qozontiradiki; inshaalloh Risola-i Nurning butun ajzolari u Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning jadda-i nuroniysida bittadan elektr chirogʻi xizmatini qilyaptilar.
Ham Muhyiddin Arabiyning nazariga Faxriddin Roziyning Ilmi Kalom vositasi bilan olgan ma'rifatullohi naqadar nuqson koʻrinsa; xuddi shuning kabi; tasavvuf maslagi bilan olingan ma'rifat ham, Qur'oni Hakimdan toʻgʻridan-toʻgʻriga varosati nubuvvat sirri bilan olingan ma'rifatga nisbatan shu qadar nuqsondir. Chunki Muhyiddin Arabiy maslagi, huzuri doimiy qozonish uchun لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotning vujudini inkor etadigan bir tarzgacha kelgan. Va boshqalari esa, yana huzuri doimiyni qozonish uchun لَا مَشْهُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotni nisyoni mutlaq ostiga olish kabi ajib bir tarzga kirishgan. Qur'oni Hakimdan olingan ma'rifat esa, huzuri doimiyni berish bilan birga, na koinotni mahkumi adam etadi, na nisyoni mutlaqda hibs etadi. Balki tartibsizlikdan chiqarib, Janobi Haq nomiga istihdom etadi. Hamma narsa mir'ati ma'rifat boʻladi. Sa'diy Sheroziyning degani kabi: دَرْ نَظَرِ هُوشِيَارْ هَرْ وَرَق۪ى دَفْتَر۪يسْتْ اَزْ مَعْرِفَتِ كِرْدِگَارْ Hamma narsada Janobi Haqning ma'rifatiga deraza ochadi.
Ba'zi Soʻzlarda ulamo-i Ilmi Kalomning maslagi bilan Qur'ondan olingan minhaji haqiqiyning farqlari haqida shunday bir tamsil aytganmizki; masalan: Bir suv keltirish uchun, ba'zilari kungan (suv quvuri) bilan uzoq yerdan, togʻlar ostida qozadi, suv keltiradi. Bir qismi esa har yerda quduq qaziydi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda zahmatlidir; Tiqiladi, kesiladi. Faqat har yerda quduqlarni qazib suv chiqarishga mohir boʻlganlar, zahmatsiz har bir yerda suvni topganlari kabi.. aynan shuning kabi: Ulamo-i Ilmi Kalom, sabablarni nihoyati olamda tasalsul va davrning maholiyati bilan kesib, soʻngra Vojib-ul Vujudning vujudini u bilan isbot qiladilar. Uzun yoʻlda ketadilar. Ammo Qur'oni Hakimning minhaji haqiqiysi esa, har yerda suvni topadi, chiqaradi. Har bir oyati, bittadan asoyi Muso kabi, qayerga ursa, obi hayot joʻshtiradi.
dasturini hamma narsaga oʻqitadi.
Ham iymon yolgʻiz ilm bilan emas, iymonda koʻp latoifning hissalari bor. Qandayki bir ovqat me'daga kirsa, u ovqat muxtalif a'sobga, muxtalif suratda inqisom etib tavzi' etiladi. Ilm bilan kelgan masoili iymoniya ham, aql me'dasiga kirgandan soʻngra, darajotga koʻra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo latoif oʻziga koʻra bittadan hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi boʻlmasa, nuqsondir. Xullas, Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga bu nuqtani ixtor etadi.
Uchinchi Masala
وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَن۪ٓى اٰدَمَ oyatining اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا oyati bilan vajhi tavfiqi nima?
Aljavob: Oʻn Birinchi Soʻzda va Yigirma Uchinchi Soʻzda va Yigirma Toʻrtinchining Beshinchi Shoxining Ikkinchi Mevasida izohi bor. Sirri ijmoliysi shuki:
Janobi Haq kamoli qudrati bilan bir narsadan koʻp narsalarni qilganidek, koʻp vazifalarni qiladi, bir sahifada mingta kitobni yozadi. Xuddi shuning kabi, insonni juda koʻp anvo' oʻrniga bir navi jome' qilib xalq etgan. Ya'ni, butun anvo'i hayvonotning muxtalif darajoti qadar, birgina nav boʻlgan inson bilan, u vazoifni qildirishni iroda etganki; insonlarning quvalariga va hissiyotlariga fitratan bir had qoldirmagan; fitriy qayd qoʻymagan, erkin qoldirgan. Boshqa hayvonotning quvalari va hissiyotlari mahdud, fitriy bir qayd ostidadir. Holbuki insonning har quvasi hadsiz bir masofada javalon etganday, gʻayri mutanohiy tomoniga ketadi. Chunki inson, Xoliqi Koinotning asmosining nihoyatsiz tajalliylariga bir oyna boʻlgani uchun, quvalariga nihoyatsiz bir iste'dod berilgan. Masalan, inson hirs bilan butun dunyo unga berilsa هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deydi. Ham xudgamligi bilan, oʻz manfaati uchun minglab odamning zararini qabul qiladi. Va hokazo... Axloqi sayyiada hadsiz darajada inkishoflari boʻlgani va Namrudlar va Fir'avnlar darajasiga qadar ketganlari va siygʻa-i mubolagʻa bilan zalum boʻlgani kabi, axloqi hasanada ham hadsiz bir taraqqiyotga mazhar boʻladi, anbiyo va siddiqiyn darajasiga taraqqiy qiladi.
Ham inson -hayvonlarning aksiga boʻlib- hayotga lozim hamma narsaga qarshi johildir, hamma narsani oʻrganishga majburdir. Hadsiz ashyoga muhtoj boʻlgani uchun, siygʻa-i mubolagʻa bilan jahuldir. Hayvon esa, dunyoga kelgan vaqti ham oz narsalarga muhtoj, ham muhtoj boʻlgan narsalarini bir-ikki oyda, balki bir-ikki kunda, ba'zan bir-ikki soatda butun sharoiti hayotini oʻrganadi. Goʻyo bir boshqa olamda takammul etgan, shunday kelgan. Inson esa, bir-ikki yilda zoʻrgʻa oyoqqa turadi, oʻn besh yilda zoʻrgʻa manfaat va zararni farq qiladi. Xullas, jahul mubolagʻasi bunga ham ishorat qiladi.
Toʻrtinchi Masala
ning hikmatini soʻrayapsiz. Uning hikmati koʻp Soʻzlarda zikr qilingandir. Bir sirri hikmati shuki: Insonning ham shaxsi, ham olami har zamon tajaddud etgani uchun, har doim tajdidi iymonga muhtojdir. Zero insonning har bir fardining ma'nan koʻp afrodi bor. Umrining yillari adadicha, balki kunlari adadicha, balki soatlari adadicha bittadan fardi oxar sanaladi. Chunki zamon ostiga kirgani uchun, u fardi vohid bir model hukmiga oʻtadi, har kun bir fardi oxar shaklini kiyadi.
Ham insonda bu taaddud va tajaddud boʻlgani kabi, tavattun etgan olami ham sayyordir. U ketadi, boshqasi oʻrniga keladi, doimo tanavvu' etadi; har kun boshqa bir olam eshigini ochadi.
Iymon esa ham u shaxsdagi har fardning nuri hayotidir, ham kirgan olamining ziyosidir. La ilaha illalloh esa, u nurni ochadigan bir kalitdir.
Ham insonda modomiki nafs, havo va vahm va shayton hukm etadilar, koʻp vaqt iymonini ranjida etish uchun gʻaflatidan istifoda etib koʻp hiylalar qiladilar, shubha va vasvasalar bilan iymon nurini soʻndiradilar. Ham zohiri shariatga muxolif boʻlgan va hatto ba'zi imomlar nazarida kufr darajasida ta'sir qilgan kalimot va harakot uchrab turadi. Shuning uchun har vaqt, har soat, har kun tajdidi iymonga bir ehtiyoj bor.
Savol: Mutakallimiyn ulamosi; olamni imkon va hudusning unvoni ijmoliysi ichida oʻrab zehnan ustiga chiqadi, soʻngra vahdoniyatni isbot qiladilar. Ahli tasavvufning bir qismi, tavhid ichida toʻliq huzurni qozonish uchun, "La mashhuda illa hu" deb unutadi, nisyon pardasini ustiga tortadi, soʻngra toʻliq huzurni topadi. Va boshqa bir qismi haqiqiy tavhidni va toʻliq huzurni topish uchun "La mavjuda illa hu" deb koinotni xayolga oʻraydi, adamga otadi, soʻngra huzuri tom topadi. Holbuki sen bu uch mashrabdan xorij bir jadda-i kubroni Qur'onda koʻrsatyapsan. Va uning shiori boʻlib "La ma'buda illa hu" "La maqsuda illa hu" deyapsan. Bu jaddaning tavhidga doir bir burhonini va bir muxtasar yoʻlini ijmolan koʻrsat.
Aljavob: Butun Soʻzlar va butun Maktublar u jaddani koʻrsatadi. Hozircha istaganingiz kabi azim bir hujjatiga va keng va uzun bir burhoniga muxtasaran ishorat qilamiz. Shundayki:
Olamda har bir narsa butun ashyoni oʻz Xoliqiga beradi. Va dunyoda har bir asar butun osorni oʻz muassirining asarlari boʻlganini koʻrsatadi. Va koinotda har bir fe'li ijodiy butun af'oli ijodiyani oʻz foilining fe'llari boʻlganini isbot qiladi. Va mavjudotda tajalliy etgan har bir ism butun asmoni oʻz musammosining ismlari va unvonlari boʻlganiga ishorat qiladi. Demak, har bir narsa toʻgʻridan-toʻgʻri bir burhoni vahdoniyatdir va ma'rifati Ilohiyaning bir derazasidir. Ha, har bir asar, xususan zihayot boʻlsa, koinotning kichik bir misoli musagʻgʻaridir va olamning urugʻidir va Kura-i Arzning bir mevasidir. Shunday ekan; u misoli musagʻgʻarni, u urugʻni, u mevani ijod etgan, butun koinotni ijod etgan yana udir. Chunki mevaning mujidi, daraxtning mujididan boshqasi boʻlolmaydi. Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi.. har bir fe'l ham; butun af'olni foiliga isnod etadi. Chunki koʻryapmizki, har bir fe'li ijodiy aksar mavjudotni ihota etadigan darajada keng va zarradan shumusga qadar uzun bittadan qonuni Xalloqiyatning uchi boʻlib koʻrinadi. Demak, u juz'iy fe'li ijodiy sohibi kim boʻlsa, u mavjudotni ihota etgan va zarradan shumusga qadar uzangan qonuni kulliy bilan bogʻlangan butun af'olning foili boʻlish kerak. Ha, bir chivinni ihyo etgan, butun havomni va kichik hayvonotni ijod etgan va Arzni ihyo etgan zot boʻladi. Ham mavlaviy kabi zarrani aylantirgan kim boʻlsa, mutasalsilan mavjudotni tahrik etib, Shamsni sayyoroti bilan kezdirgan ayni zot boʻlishi kerak. Chunki qonun bir silsiladir, af'ol u bilan bogʻliqdir.
Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi va har bir fe'li ijodiy butun af'olni foiliga isnod etadi. Aynan shuning kabi: Koinotda tajalliy etgan har bir ism, butun ismlarni oʻz musammosiga isnod etadi va uning unvonlari boʻlganini isbot etadi. Chunki koinotda tajalliy etgan ismlar, davoiri mutadohila kabi va ziyodagi alvoni sab'a kabi bir-birining ichiga kiradi, bir-biriga yordam beradi, bir-birining asarini takomillashtiradi, ziynatlaydi. Masalan: Muhyi ismi bir narsaga tajalliy etgan vaqt va hayot bergan daqiqada Hakim ismi ham tajalliy etadi, u zihayotning xonasi boʻlgan jasadini hikmat bilan tanzim etadi. Ayni holda Karim ismi ham tajalliy etadi, xonasini tazyin etadi. Ayni onda Rahim ismining ham tajalliysi koʻrinadi; u jasadning shafqat bilan havoijini ihzor etadi. Ayni zamonda Razzoq ismi tajalliysi koʻrinadi; u zihayotning baqosiga lozim moddiy va ma'naviy rizqini kutmagan tarzida beradi. Va hokazo... Demak, Muhyi kimning ismi boʻlsa, koinotda nurli va ihota etgan Hakim ismi ham unikidir va butun maxluqotni shafqat bilan tarbiya qilgan Rahim ismi ham unikidir va butun zihayotlarni karami bilan iosha etgan Razzoq ismi ham uning ismidir, unvonidir. Va hokazo...
Demak, har bir ism, har bir fe'l, har bir asar shunday bir burhoni vahdoniyatdirki; koinotning sahifalarida va asrlarning satrlarida yozilgan va mavjudot deyilgan butun kalimotni, kotibining naqshi qalami ekaniga dalolat qilgan bittadan muhri vahdoniyat, bittadan xotami ahadiyatdir.
Beshinchi Masala
Soniyan: Maktubingizda "Yolgʻiz La ilaha illalloh kifoyami? Ya'ni Muhammadarrasululloh demasa, ahli najot boʻlishi mumkinmi?" deya boshqa bir maqsadni soʻrayapsiz. Buning javobi uzun. Faqat hozir bu qadar deymizki:
Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biridan ayrilmaydi, bir-birini isbot qiladi, bir-birini tazammun etadi, biri birisiz boʻlmaydi. Modomiki Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam Xotam-ul Anbiyodir, butun anbiyoning vorisidir; albatta butun vusul yoʻllarining boshidadir. Uning jadda-i kubrosidan xorij haqiqat va najot yoʻli boʻlolmaydi. Umum ahli ma'rifatning va tahqiqning imomlari, Sa'diy Sheroziy kabi deydilar:
Ham
deganlar.
Lekin baʻzan: Jadda-i Ahmadiyada (S.A.V.) ketganlari holda, bilmaydilarki jadda-i Ahmadiyadir va jadda-i Ahmadiya dohilidadir.
Ba'zan: Paygʻambarni bilmaydilar, faqat ketgan yoʻllari, jadda-i Ahmadiyaning ajzosidandir.
Baʻzan esa: Bir xususiyati majzubona yoki bir holati istigʻrokkorona yoki bir vaziyati munzaviyona va badaviyona suratida jadda-i Muhammadiyani oʻylamasdan, yolgʻiz La ilaha illalloh ularga kifoya boʻladi. Faqat shu bilan birga, eng muhim bir jihat: "Adami qabul" boshqadir, "qabuli adam" boshqadir. Bu tur ahli jazba va ahli uzlat yoki eshitmagan yoki bilmagan odamlar; Paygʻambarni bilmaydilar yoki oʻylamaydilarki, qabul qilsinlar. U nuqtada johil qoladilar. Ma'rifati Ilohiyaga qarshi yolgʻiz La ilaha illallohni biladilar. Bular ahli najot boʻla oladilar. Faqat Paygʻambarni eshitgan va da'vosini bilgan odamlar uni tasdiq qilmasa, Janobi Haqni tanimaydi. U haqida yolgʻiz La ilaha illalloh kalomi, sababi najot boʻlgan tavhidni ifoda etolmaydi. Chunki u hol, bir daraja madori uzr boʻlgan johilona adami qabul emas, balki u qabuli adamdir va u inkordir. Moʻ'jizoti bilan, osori bilan koinotning madori faxri va navi basharning madori sharafi boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamni inkor etgan odam, albatta hech bir jihatda hech bir nurga mazhar boʻlolmaydi va Allohni tanimaydi. Nima boʻlganda ham, hozircha bu qadar yetadi.
Oltinchi Masala
Solisan: Shayton bilan munozara nomidagi Birinchi Mabhasdagi shaytonning maslagiga oid ba'zi ta'birot juda gʻaliz boʻlgan. "Xosho, xosho!" kalimasi bilan va farzi mahol suratidagi qaydlar bilan ta'dil etilgani holda, yana meni titratadi. Soʻngra sizga yuborilgan parchada ba'zi kichik ta'dilot bor edi, nusxangizni u bilan tasxix eta oldingizmi? Fikringizni tavkil etaman; u ta'birotdan luzumsiz koʻrganlaringizni tashlab oʻtishingiz mumkin.
Aziz qardoshim, u mabhas juda muhimdir. Chunki ahli zindiqoning ustozi, shaytondir. Shayton ilzom etilmasa, uning muqollidlari ishonmaydilar. Qur'oni Hakim kofirlarning gʻaliz ta'birlarini rad qilish uchun zikr qilganidan menga bir jasorat berildiki; bu shaytoniy maslakning tamoman chirikligini koʻrsatish uchun, -farzi mahol suratida- hizb-ush shaytonning afrodi, maslaklarining iqtizosi bilan qabul qilishga majbur boʻlgan va istar-istamas ma'nan maslak tili bilan aytadigan ahmoqona ta'birotlarini titrab turib iste'mol qildim. Faqat u iste'mol bilan ularni quduq tubiga tiqishtirib, maydonni boshdan oxirigacha Qur'on hisobiga zabt etdik, ularning hiylalarini maydonga chiqardik. Shu muzaffariyatga shu tamsil ichida qara. Masalan: Samovotga boshi tegilib turgan juda yuksak minora va u minoraning ostida Kura-i Arzning markaziga qadar bir quduq qazilgan deb faraz qilamiz. Xullas, azoni umum mamlakatda umum aholiga eshitilgan bir zot, minora boshidan to quduq tubiga qadar qaysi mavqeda boʻlganini isbot qilish uchun ikki guruh munoqasha etyaptilar. Birinchi guruh deydiki: "Minora boshidadir, koinotga azon oʻqiyapti. Chunki azonni eshityapmiz; hayotdordir, ulviydir. Garchi harkas uni u yuksak yerda koʻrmaydi; faqat harkas darajasiga koʻra uni, chiqqan va tushgan vaqti bir maqomda, bir zinapoyada koʻradi va u bilan biladiki: U yuqori chiqadi va qayerda koʻrinsa koʻrinsin, yuksak maqom sohibidir". Boshqa shaytoniy va ahmoq guruh esa aytadiki: "Yoʻq, maqomi minora boshi emas; qayerda koʻrinsa koʻrinsin, maqomi quduq tubidir". Holbuki hech kim na uni quduq tubida koʻrgan va na koʻra oladi. Farazan agar tosh kabi ogʻir, ixtiyorsiz boʻlsaydi, albatta quduq tubida boʻlar, birov koʻrar edi.
Hozir bu ikki muoriz guruhning muhoraba maydoni oʻsha minora boshidan to quduq tubiga qadar uzun bir masofadir. Hizbulloh deyilgan ahli nur jamoati yuksak nazarli boʻlganlarga u muazzin zotni minora boshida koʻrsatadilar. Va nazarlari u darajaga chiqmaganlarga va qasir-un nazar boʻlganlarga, darajalariga koʻra bittadan zinapoyada u muazzini a'zamni koʻrsatadilar. Kichik alomat ularga kifoya boʻladi va isbot qiladiki: U zot tosh kabi jomid bir jism emas, balki istagan vaqti yuqori chiqadigan, koʻrinadigan, azon oʻqiydigan insoni komildir. Boshqa hizb-ush shayton deyilgan guruh esa: "Yo minora boshida harkasga koʻrsating yoxud maqomi quduq tubidir." deb ahmoqona hukm etadilar. Ahmoqliklaridan bilmaydilarki: Minora boshida harkasga koʻrsatilmasligi, harkasning nazari u yerga chiqmasligidan kelib chiqadi. Ham mugʻolata suratida, minora boshi xorij boʻlib butun masofani zabt etishni istaydilar.
Xullas, u ikki jamoatning munoqashasini hal etish uchun biri chiqadi, u hizb-ush shaytonga deydiki: "Ey manhus guruh! Agar u muazzini a'zamning maqomi quduq tubi boʻlsa; tosh kabi jomid, hayotsiz, quvvatsiz boʻlishi lozim boʻladi. Va quduq zinapoyalarida va minoraning darajalarida koʻringan u boʻlmasligi lozim boʻladi. Modomiki shunday koʻryapsiz; albatta, u quvvatsiz, haqiqatsiz, jomid boʻlmaydi. Minora boshi uning maqomi boʻladi. Shunday ekan, yo siz uni quduq tubida koʻrsatasizki hech bir jihatda buni koʻrsatolmaysiz va hech bir kimga u yerda boʻlishini tinglattirolmaysiz- yoxud jim turing! Maydoni mudofaangiz quduq tubidir. Boshqa maydon va uzun masofa esa, shu muborak jamoatning maydonidir; quduq tubidan boshqa, u zotni qayerda koʻrsatsalar, yutib chiqadilar.
Xullas, shu tamsil kabi munozara-i shaytoniy mabhasi, arshdan farshgacha uzun masofani hizb-ush shaytonning qoʻlidan oladi va hizb-ush shaytonni majbur qiladi, tiqishtiradi. Eng gʻayri ma'qul, eng mahol, eng manfur mavqeni ularga qoldiradi. Eng tor va hech kim kirmaydigan teshikka ularni tiqadi, butun masofani Qur'on nomiga zabt etadi.
Agar ularga: "Qur'on qanday?", deyilsa: "Goʻzal va axloq darsini bergan bir inson kitobidir", deb javob berishadi. Oʻshanda ularga: "Allohning kalomi ekan va shunday qabul qilishga majbursiz. Chunki maslagingizga koʻra "Goʻzal" deya olmaysiz!", deyiladi.
Ham agar ularga: "Paygʻambar haqida fikringiz qanday?", deyilsa. "Goʻzal axloqli, juda aqlli bir odam", deyishadi. Oʻshanda ularga: "Shunday ekan, iymonga keling. Chunki goʻzal axloqli, aqlli boʻlsa, har holda, Rasullullohdir. Chunki sizning bu "goʻzal" soʻzingiz hududingiz dohilida emas; maslagingizga koʻra bunday deya olmaysiz", deyiladi. Va hokazo... Tamsildagi boshqa ishoratlarga haqiqatning boshqa jihatlari tatbiq etilishi mumkin.
Xullas, shu sirga binoan shayton bilan munozara etilgan Birinchi Mabhas, ahli iymonning iymonini muhofaza qilish uchun moʻ'jizoti Ahmadiyani bilishga va qat'iy burhonlarini oʻrganishga muhtoj qilmaydi. Adno bir alomat, kichik bir dalil ularning iymonlarini qutqaradi. Quduq tubidagi asfali sofiliynda boʻlmaganiga, har bir holi Ahmadiya (S.A.V.), har bir xislati Muhammadiya (S.A.V.), har bir tavri Nabaviy (S.A.V.) bittadan moʻ'jiza hukmiga oʻtadi, a'loyi illiyinda bir maqomi boʻlganini isbot qiladi.
Yettinchi Masala
[Vahmga ma'ruz, tushkunlikka tushgan ba'zi doʻstlarimga quvva-i ma'naviyani tayid etadigan yetti alomatning dalolati bilan, yolgʻiz xizmati Qur'onga oid ikromi Rabboniyni va bir himoyati Ilohiyani bayon qilishga majburmanki, u zaif irodali doʻstlarimni qutqaray. U yetti alomatning toʻrttasi; doʻst ekan, yolgʻiz bittadan maqsadi dunyoviy uchun shaxsimga emas, Qur'onga xodimligim jihatidan dushman vaziyati olishlari bilan, u maqsadlarining aksi bilan ta'zir yeyishdi. U yettita alomatning uchtasi esa, jiddiy doʻst edilar va doim doʻstdirlar; lekin doʻstlik iqtizo etgan mardona vaziyatni muvaqqatan koʻrsatmadilar, toki ahli dunyoning tavajjuhini qozonib, bittadan maqsadi dunyoviy qozonsinlar va boshlari sogʻ qoʻlsin. Holbuki u uch doʻstim, ma'ataassuf u maqsadlarining aksi bilan bittadan i'tob koʻrdilar.]
Avvalgi toʻrt zohiriy doʻst, soʻngra dushman vaziyatini koʻrsatganlarning
Birinchisi: Bir mudir necha vosita bilan yolvordi. Oʻninchi Soʻzdan bir nusxa istadi. Unga berdim. U esa, tarfi' uchun doʻstligimni tashlab dushmanlik vaziyatini oldi. Voliyga shikoyat va ixbor suratida berdi. Xizmati Qur'oniyaning bir asari ikromi boʻlib tarfi' emas, azl etildi.
Ikkinchisi: Boshqa bir mudir, doʻst ekan, amirlarining xotiri uchun va ahli dunyoning tavajjuhini qozonish niyatida shaxsimga emas, xizmatkorligim jihatidan raqibona va dushmanona vaziyat oldi, maqsadining aksiga ta'zir yedi. Umid etilmagan bir masalada, ikki yarim yilga mahkum etildi. Soʻngra Qur'onning bir xizmatkoridan duo istadi. Inshaalloh balki qutular, chunki unga duo qilindi.
Uchinchisi: Bir muallim, doʻst koʻringani uchun, men ham unga doʻst deb qaradim. Soʻngra Barlaga naql etib joylashish uchun dushmanona bir vaziyatni ixtiyor etdi; u maqsadining aksi bilan ta'zir yedi. Muallimlikdan askarlikka joʻnatildi. Barladan uzoqlashtirildi.
Toʻrtinchisi: Bir muallim (hofiz, ham mutadayyin koʻrganim uchun) Qur'onning xizmatida menga bir doʻstlik qiladi degan niyatda unga samimiyat bilan bir doʻstlik koʻrsatdim. Soʻnga u ahli dunyoning tavajjuhini qozonish uchun bir ma'murning birgina kalomi bilan bizga qarshi juda sovuq va qoʻrqoq vaziyatga kirdi. Keyin oʻsha maqsadining aksiga ta'zir yedi. Mufattishidan shiddatli jazo oldi va boʻshatildi.
Xullas, bu toʻrt odam dushman vaziyatini olish bilan bunday ta'zir yeganlari kabi, uch doʻstim ham jiddiy doʻstlik iqtizo etgan mardona vaziyatni koʻrsatmaganlari uchun, ta'zir emas, bir navi ixtor navida aksi maqsadlari bilan iqoz etildilar.
Birinchisi: Gʻoyat muhim va jiddiy va haqiqiy talabam boʻlgan zoti muhtaram, mutamodiyan Soʻzlarni yozar, nashr etardi. Tushunib boʻlmaydigan katta bir ma'murning kelishi bilan va bir hodisaning boʻlishi sababli; yozgan Soʻzlarini saqladi, muvaqqatan istinsohni ham tark etdi. Toki, ahli dunyodan bir zahmat koʻrmasin va mashaqqat chekmasin va ularning sharlaridan amin boʻlsin. Holbuki u xizmati Qur'oniyaning muvaqqatan ta'tilidan kelgan bir asari xato boʻlib, bir yil mutamodiyan ming liraga mahkumiyat kabi bir balo koʻzi oldiga qoʻyildi. Qachon istinsohni niyat qilib, eski vaziyatiga qaytgan boʻlsa, oʻsha da'vosidan tabria etdi, lillahilhamd baroat qozondi. Faqri holi bilan birga ming liradan qutuldi.
Ikkinchisi: Besh yildan beri mard va jiddiy va jasur bir doʻstim, ahli dunyoning va yangi kelgan bir amirning husni zonini va tavajjuhini qozonish uchun, qoʻshnim ekan, oʻylamasdan ixtiyorsiz bir necha oy men bilan koʻrishmadi. Hatto bayramda va ramazonda kirmadi. Maqsadining aksiga qishloq masalasi tugadi, nufuzi sindi.
Uchinchisi: Haftada bir-ikki marta men bilan koʻrishgan hofiz, imom boʻlgan. Ruxsatnoma olish uchun ikki oy meni tark etdi. Hatto bayramda yonimga kelmadi. Xilofi ma'mul boʻlib, maqsadining aksi bilan yetti-sakkiz oy imomlik qilgani holda, xilofi odat bir suratda unga ruxsatnoma berilmadi.
Xullas, bu kabi hodisalar juda koʻp. Faqat ba'zilarini andisha qilib aytib oʻtirmayman. Bular zaif bittadan alomat boʻlsalar ham, ijtimo'ida bir quvvat his qilinadi! Bu bilan shunday qanoat keladiki: Shaxsimga qarshi emas -chunki nafsimni hech bir ikromga loyiq koʻrmayman- balki xizmati Qur'on nuqtasida yolgʻiz u jihatda bir ikromi Ilohiy va bir himoyati Rabboniya ostida xizmat qilganimiz anglashilyapti. Doʻstlarim buni oʻylashi kerak, avhomga tushmasligi kerak. Modomiki xizmatkorligimga bir ikromi Ilohiydir va modomiki faxrga emas, balki shukrga sabab ekan va modomiki
farmoni bor.. bu sirlarga binoan, xususiy bir suratda doʻstlarimga bayon etaman.
Sakkizinchi Masala
[Yigirma Yettinchi Soʻzning ijtihodga mone sabablarning beshinchi sababining uchinchi nuqtasining uchinchi misolining hoshiyasidir.]
Muhim bir savol: Ba'zi ahli tahqiq deydilarki: Alfazi Qur'oniya va zikriya va boshqa tasbehlarning har biri mutaaddid jihatlar bilan insonning latoifi ma'naviyasini tanvir etadi, ma'naviy ozuqa beradi. Ma'nolari bilinmasa, yolgʻiz lafz ifoda etmaydi, kifoya boʻlmaydi. Lafz bir libosdir; almashtirilsa, har toifa oʻz lisoni bilan oʻsha ma'nolarga alfaz kiydirsa, yanada nafi' boʻlmaydimi?
Aljavob: Alfozi Qur'oniya va tasbehoti Nabaviyaning lafzlari jomid libos emas; jasadning hayotdor terisi kabi, balki mururi zamon bilan teri boʻlgan. Libos almashtiriladi. Lekin teri almashsa, vujudga zarardir. Balki namoz va azondagi kabi alfazi muborakalar, ma'no-i urfiylariga olam va nom boʻlgan. Olam va ism esa, almashtirilmaydi. Men oʻz nafsimda tajriba etgan bir holatimni koʻp marta tadqiq etdim, koʻrdimki; u holat haqiqatdir. U holat shuki:
Sura-i Ixlosni arafa kunida yuzlab marta takror etib oʻqir edim. Koʻrdimki: Mendagi ma'naviy tuygʻularning bir qismi bir necha martada gʻidosini oladi, voz kechadi, toʻxtaydi. Va quvva-i mufarrika kabi bir qism ham, bir zamon ma'no tarafiga mutavajjih boʻladi, hissasini oladi, u ham toʻxtaydi. Va qalb kabi bir qism, ma'naviy zavqqa mador ba'zi mafhumlar jihatidan hissasini oladi, u ham sukut etadi. Va hokazo... Bora-bora oʻsha takrorda yolgʻiz bir qism latoif qoladiki; juda kech zerikadi, davom etadi, boshqa ma'noga va tadqiqotga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. Gʻaflat quvva-i mufarrikaga zarar bergani kabi, unga zarar bermaydi. Lafz va lafzi mushabbi' boʻlgan bir maoli ijmoliy bilan va ism va olam boʻlganlari ma'no-i urfiy ularga kifoya boʻladi. Agar ma'noni u vaqt oʻylasa, zararli bir zerikish beradi. Va u davom etgan latifalar ta'allumga va tafahhumga muhtoj emas; balki taxatturga, tavajjuhga va tashviqqa ehtiyoj koʻrsatadilar. Va u teri hukmidagi lafzlari ularga kifoya boʻladi va ma'no vazifasini bajaradilar. Va ayniqsa u Arabiy lafzlar bilan kalomulloh va takallumi Ilohiy boʻlganini taxattur etish bilan, doimiy fayzga madordir.
Xullas, oʻzim tajriba etgan shu holatim koʻrsatadiki: Azon kabi va namozning tasbehoti kabi va har doim takror etilgan Fotiha va Sura-i Ixlos kabi haqoiqlarni, boshqa til bilan ifoda etish juda zararlidir! Chunki manba-i doimiy boʻlgan alfazi Ilohiya va Nabaviya yoʻqolgandan soʻng, u doimiy latoifning doimiy hissalari ham yoʻqoladi. Ham har bir harfning loaqal oʻn savobi zoye boʻlishi va huzuri doimiy, butun namozda hamma uchun davom etmagani uchun; gʻaflat ichida, tarjima vositasi bilan insonlarning ta'biroti ruhga zulmat berishi kabi zararlar boʻladi. Ha, qandayki Imom A'zam: "La ilaha illalloh, tavhidga olam va ismdir", degan. Biz ham deymiz: Kalimoti tasbehiya va zikriyaning, xususan azon va namozdalarining aksariyati mutlaqasi, olam va ism hukmiga oʻtgan. Olam kabi, ma'no-i lugʻaviysidan ziyoda, ma'no-i urfiyi shar'iysiga qaraladi. Shunday ekan, almashinishlari shar'an mumkin emas! Har bir moʻ'minga bilishi lozim boʻlgan mujmal ma'nolari, ya'ni muxtasar maʻnosini eng omi odam ham tez oʻrganadi. Butun umrini Islomiyat bilan oʻtkazgan va boshini minglab moloyoniyot bilan toʻldirgan odamlar, bir-ikki haftada hayoti abadiyasining kaliti boʻlgan shu kalimoti muborakaning maoli ijmoliysini oʻrganmasa qanday uzrli boʻladi, qanday musulmon boʻladi, qanday "aqlli odam" deyiladi? Va unday pastkashlarning tanballiklarining xotiri uchun, u nur manbalarining mahfazalarini buzish kori aql emas!..
Ham "Subhanalloh" degan odam, qaysi millatdan boʻlsa boʻlsin, Janobi Haqni taqdis etganini anglaydi. Bu qadar kifoya boʻlmaydimi? Agar ma'nosiga oʻz lisoni bilan mutavajjih boʻlsa, aql nuqtasida bir marta ta'allum etadi. Holbuki kunda yuz marta takror qiladi. Oʻsha yuz marta, aqlning hissa-i ta'allumidan boshqa, lafzdan va lafzga siroyat etgan va imtizoj etgan maoli ijmoliy koʻp nurlarga va fayzlarga madordir. Xususan takallumi Ilohiy e'tibori bilan olgan qudsiyati va u qudsiyatdan kelgan fayzlar va nurlar juda ahamiyatlidir.
Alhosil: Zaruriyoti diniya mahfazalari boʻlgan alfazi qudsiya-i Ilohiyaning oʻrniga hech narsa iqoma qilinmaydi va joylarini ololmaydi va vazifalarini bajarolmaydi. Va muvaqqat ifoda etsalar ham; doimiy, ulviy, qudsiy ifoda etolmaydilar.
Ammo nazariyoti diniyaning mahfazalari boʻlgan alfazlar boʻlsa, almashtirilishga luzum qolmaydi. Chunki nasihat bilan va boshqa tadris va ta'lim va va'z bilan u ehtiyoj mundafi' boʻladi.
Alhosil: Lisoni nahviy boʻlgan lisoni Arabiyning jome'iyati va alfazi Qur'oniyaning i'jozi shunday bir tarzdadirki, qobili tarjima emas! Balki "maholdir" deya olaman. Kimning shubhasi boʻlsa, i'jozga doir Yigirma Beshinchi Soʻzga murojaat etsin. Tarjima qilingan narsalar esa, gʻoyat muxtasar va noqis bir maoldir. Bunday maol qayerda; hayotdor, koʻp jihatlar bilan tasho'ub etgan oyotning haqiqiy ma'nolari qayerda?
Toʻqqizinchi Masala
Olami Islomda Ahli Sunnat va Jamoat deyilgan ahli haq va istiqomat firqa-i azimasi, haqoiqi Qur'oniyani va iymoniyani istiqomat doirasida aynan Sunnati Saniyaga ittibo etib muhofaza etishgan. Ahli valoyatning aksariyati mutlaqasi u doiradan nash'at etgan. Boshqa bir qism ahli valoyat Ahli Sunnat va Jamoatning ba'zi dasotirlari xorijida va usullariga muxolif bir jaddada koʻringan. Xullas, bu qism ahli valoyatga qaraganlar ikki qismga ayrildilar:
Bir qismi, Ahli Sunnatning usuliga muxolif boʻlganlari uchun, valoyatlarini inkor etdilar. Hatto ulardan bir qismining takfiriga qadar ketdilar.
Boshqa qism, ularga ittibo etgandirlar. Ularning valoyatlarini qabul qilganlari uchun aytadilar: "Haq yolgʻiz Ahli Sunnat va Jamoatning maslagiga munxasir emas". Ahli bid'atdan bir firqa tashkil etdilar, hatto zalolatga qadar ketdilar. Bilmadilarki: Har hadiy zot, muhdiy boʻlolmaydi. Shayxlari xatosidan ma'zurdir, chunki majzubdir. Oʻzlari esa ma'zur boʻlolmaydilar.
Mutavassit bir qism esa, u valiylarning valoyatlarini inkor etmadilar, lekin yoʻllarini va maslaklarini qabul qilmadilar. Deydilarki: "Xilofi usul boʻlgan soʻzlari yo holga magʻlub boʻlib xato qildilar yoxud ma'nosi bilinmaydigan mutashabehot kabi shatahotdir".
Ma'ataassuf birinchi qism, xususan ulamo-i ahli zohir, maslagi Ahli Sunnatni muhofaza niyati bilan, juda muhim avliyoni inkor, hatto tadlil etishga majbur boʻlishgan. Ikkinchi qism boʻlgan tarafdorlari esa, unday shayxlarga ziyoda husni zon etganlari uchun, haq maslagini tashlab, bid'atga, hatto zalolatga ketganlari boʻlgan.
Bu sirga doir, juda koʻp vaqt zehnimni ishgʻol etgan holat bor edi. Bir zamon men bir qism ahli zalolatga muhim vaqtda qahr bilan duo qildim. Badduomga qarshi mudhish bir quvvati ma'naviya chiqdi. Ham duomni qaytarayotgan edi, ham meni man etdi.
Soʻngra koʻrdimki: U qism ahli zalolat, xilofi haq ijrootida bir quvva-i ma'naviyaning tasxiloti bilan, ergashganlarini yetaklab ketyapti. Muvaffaq boʻlyapti. Yolgʻiz jabr bilan emas, balki valoyat quvvatidan kelgan orzu bilan imtizoj etgani uchun, ahli iymonning bir qismi oʻsha istakka berilib yoqtiryaptilar, juda yomon talaqqiy etmayaptilar.
Xullas, bu ikki sirni his etgan vaqt dahshat oldim, Fasubhanalloh dedim. "Tariqi haqdan boshqa valoyat boʻlishi mumkinmi? Xususan mudhish bir jarayoni zalolatga ahli haqiqat tarafdor chiqadimi?" dedim. Soʻngra bir muborak arafa kunida mustahsan bir odati Islomiyaga binoan Sura-i Ixlosni yuzlab marta takror qilib oʻqib, uning barakasi bilan "Muhim Bir Savolga Javob" nomli yozilgan masala bilan birga shunday bir haqiqat ham rahmati Ilohiya bilan qalbi ojizonamga keldi. Haqiqat shuki:
Sulton Mahmud Fotihning zamonida hikoya qilingan mashhur va ma'nodor "Jibali Bobo qissasi" turidan bir qism ahli valoyat, zohiran muhokamali va aqlli koʻrinarkan, majzubdirlar. Va bir qismi esa ba'zan sahvada va doira-i aqlda koʻrinadi, ba'zan aqlning va muhokamaning xorijida bir holga kiradi. Shu qismdan bir sinfi ahli iltibosdir, tafriq etmaydi. Sakr holida koʻrgan bir masalasini holati sahvada tatbiq etadi, xato qiladi va xato qilganini bilmaydi. Majzublarning bir qismi esa indalloh mahfuzdir, zalolatga suluk etmaydi. Boshqa bir qismi esa mahfuz emas, bid'at va zalolat firqalarida boʻla oladilar. Hatto kofirlar ichida boʻla olish ehtimoli berilgan.
Xullas, muvaqqat yoki doimiy majzub boʻlganlaridan, ma'nan "muborak majnun" hukmida boʻladilar. Va muborak va erkin majnun hukmida boʻlganlari uchun, mukallaf emaslar. Va mukallaf boʻlmaganlari uchun, muoxaza boʻlmaydi. Oʻz valoyati majzubonalari boqiy qolish bilan birga, ahli zalolatga va ahli bid'atga tarafdor chiqadilar. Maslaklariga bir daraja rivoj berib, bir qism ahli iymonning va ahli haqning u maslakka kirishga mash'umona bir sababiyat beradilar.
Oʻninchi Masala
[Ziyoratchilarga oid ba'zi doʻstlar tarafidan ixtor bilan, bir dastur izoh etilish xohlandi. Shuning uchun yozilgandir.]
Ma'lum boʻlsinki: Bizni ziyorat qilgan, yo hayoti dunyoviya jihatidan keladi; u eshik yopiqdir. Yoki hayoti uxroviya jihatidan keladi. Bu jihatda ikki eshik bor: Yo shaxsimni muborak va maqom sohibi deb oʻylab keladi. U eshik yopiq. Chunki men oʻzimni yoqtirmayman, meni yoqtirganlarni ham yoqtirmayman. Janobi Haqqa koʻp shukr, meni oʻzimga yoqtirtirmagan. Ikkinchi jihat, yolgʻiz Qur'oni Hakimning dalloli boʻlgan jihat bilan. Bu eshikdan kirganlarni, a'lar ra'si val ayn qabul qilaman. Ular ham uch tarzda boʻladi: Yo doʻst boʻladi, yo qardosh boʻladi, yo talaba boʻladi.
Doʻstning xossasi va sharti buki: Qat'iyan, Soʻzlarga va anvori Qur'oniyaga doir xizmatimizga jiddiy tarafdor boʻlsin; va haqsizlikka va bid'atlarga va zalolatga qalban tarafdor boʻlmasin, oʻzi uchun ham istifodaga harakat qilsin.
Qardoshning xossasi va sharti shuki: Haqiqiy tarzda Soʻzlarning nashriga jiddiy harakat qilish bilan birga, besh vaqt farz namozini ado qilish, yetti kaboirni qilmaslikdir.
Talabalikning xossasi va sharti shuki: Soʻzlarni oʻz moli va ta'lifi deb his qilib sohib chiqsin va eng muhim vazifa-i hayotiyasini uning nashr va xizmati deb bilsin.
Xullas, shu uch tabaqa mening uch shaxsiyatim bilan aloqadordir. Doʻst mening shaxsiy va zotiy shaxsiyatim bilan munosabatdor boʻladi. Qardosh qulligim va ubudiyat nuqtasidagi shaxsiyatim bilan aloqador boʻladi. Talaba esa, Qur'oni Hakimning dalloli jihatidan va ustozlik vazifasidagi shaxsiyatim bilan munosabatdordir.
Bu koʻrishishning ham uch mevasi bor:
Birinchisi: Dallollik e'tibori bilan mujavharoti Qur'oniyani mendan yoki Soʻzlardan dars olish. Garchi bir dars boʻlsa ham.
Ikkinchisi: Ibodat e'tibori bilan uxroviy qozonchimga hissador boʻladi.
Uchinchisi: Dargohi Ilohiyaga birga mutavajjih boʻlib rabti qalb etib, Qur'oni Hakimning xizmatida qoʻlni qoʻlga berib, tavfiq va hidoyat istash.
Agar talaba boʻlsa; har tong mutamodiyan ismi bilan, ba'zan xayoli bilan ham yonimda hozir boʻladi, hissador boʻladi.
Agar qardosh boʻlsa, bir necha marta xususiy ismi bilan va surati bilan duo va qozonchimda hozir boʻlib hissador boʻladi. Soʻngra umum ixvonlar ichida dohil boʻlib, rahmati Ilohiyaga taslim etamanki, duo vaqtida "ixvati va ihvani" degan vaqtim ular ichida boʻladi. Men bilmasam, rahmati Ilohiya ularni biladi va koʻradi.
Agar doʻst boʻlsa va faroizni bajarsa va kaboirni tark etsa, umumiyati ixvon e'tibori bilan duoimga dohildir. Bu uch tabaqa ham meni ma'naviy duo va qozonchlarida dohil etishlari shartdir.
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUB
[Bu maktub Risola-i Nur Muallifining talabalariga yozgan ayni haqiqat va juda latofatli, goʻzal maktublari bilan; Risola-i Nur talabalarining Ustozlariga va ba'zan bir-birlariga yozgan va Risola-i Nurning mutoalasidan olgan porloq fayzlarini ifoda etgan juda boy bir maktub boʻlib, bu majmuaning uch-toʻrt misli qadar kattalashgani uchun, bu majmuaga ilhoq etilmagan. Mustaqil ravishda Barla, Kastamonu, Emirdagʻ Lahikalari boʻlib nashr etilgan.]
YIGIRMA SAKKIZINCHI MAKTUB
Birinchi Risola boʻlgan Birinchi Masala
Soniyan: Uch yil avval men bilan koʻrishgandan uch kun soʻngra ta'biri chiqqan, hozir ta'vili tazohur etgan eski bir tushingizning ta'birini istayapsiz. Hozircha u goʻzal, muborak, xushxabarli tush mururi zamonga yoʻliqqan. Ma'nosini koʻrsatgan u tushga qarshi bunday desam haqqim yoʻqmi:
Ha qardoshim, sen bilan mahzi haqiqat darsini muzokaraga oʻrganganmiz. Xayolotlarga qarshi eshigi ochiq boʻlgan tushlarni tahqiqiy bir suratda mavzubahs qilish, tahqiq maslagiga toʻliq uygʻun kelmagani uchun; u juz'iy hodisa-i navmiya munosabati bilan, mavtning kichik bir qardoshi boʻlgan navmga oid ilmiy va dasturiy boʻlib olti nukta-i haqiqatni, Qur'on oyatlari ishorat etgan tomondan bayon qilamiz. Yettinchisida sening tushingga qisqa ta'bir qilinadi.
Birinchisi: Sura-i Yusufning muhim bir asosi, roʻyoyi Yusufiya boʻlgani kabi; وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyati kabi koʻp oyatlar bilan, tushda va navmda pardali boʻlib ahamiyatli haqiqatlar borligini koʻrsatadi.
Ikkinchisi: Qur'on bilan tafa'ulga va tushga e'timodga ahli haqiqat tarafdor emas. Chunki Qur'oni Hakim ahli kufrni kasrat bilan va shiddatli bir tarzda uradi. Tafa'ulda kofirga oid shiddati, tafa'ul etgan insonga chiqqan vaqti, ya's beradi; qalbni mushavvash etadi. Ham roʻyo ham xayr ekan, ba'zan aksi haqiqat bilan koʻringani uchun shar talaqqiy etiladi, ya'sga tushiradi, quvva-i ma'naviyani sindiradi, sui zon beradi. Koʻp tushlar borki: Surati dahshatli, zararli, mulavvas ekan; ta'biri va ma'nosi juda goʻzal boʻladi. Harkas tushning surati bilan ma'nosining haqiqati mobaynidagi munosabatni topolmagani uchun; luzumsiz talosh etadi, ma'yus boʻladi, xafa boʻladi.
Xullas, faqat bu jihat uchun, ahli haqiqat kabi va Imom Rabboniy misoli boshda نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ dedim.
Uchinchisi: Hadisi sahih bilan nubuvvatning qirq juzidan bir juzi navmda roʻyoyi sodiqa suratida tazohur etgan. Demak, roʻyoyi sodiqa ham haqdir, ham nubuvvatning vazoifiga taalluqi bor. Shu uchinchi masala, gʻoyat muhim va uzun va nubuvvat bilan aloqador va chuqur boʻlganidan, boshqa vaqtga ta'liq etamiz; hozircha u eshikni ochmaymiz.
Toʻrtinchisi: Roʻyo uch xildir: Ikki xili, ta'biri Qur'on bilan اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ da dohildir, ta'birga arzimaydi. Ma'nosi boʻlsa ham, ahamiyati yoʻq. Yo mizojning inhirofidan quvva-i xayoliya shaxsning xastaligiga koʻra bir tarkibot, tasvirot qiladi; yoxud kunduz yoki yana ham avval, hatto bir-ikki yil avval ayni vaqtda boshiga kelgan muhayyij hodisotni xayol taxattur etadi; ta'dil va tasvir etadi, boshqa bir shakl beradi. Xullas, bu ikki qism اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ dir, ta'birga arzimaydi.
Uchinchi qism, roʻyoyi sodiqadir. U toʻgʻridan-toʻgʻriga mohiyati insoniyadagi latifa-i Rabboniya, olami shahodat bilan bogʻlangan va u olamda kezgan tuygʻularning yopilishi bilan va toʻxtashi bilan, olami gʻaybga qarshi bir munosabat topadi, bir teshik ochadi. U teshik bilan, sodir boʻlishga hozirlangan hodisalarga qaraydi va Lavhi Mahfuzning jilvalari va maktuboti qadariyaning namunalari navidan birisiga uchraydi, ba'zi voqeoti haqiqiyani koʻradi. Va u voqeotda ba'zan xayol tasarruf etadi, surat liboslari kiydiradi. Bu qismning koʻp anvo'i va tabaqoti bor. Ba'zan aynan koʻrgani kabi chiqadi, ba'zan bir nozik parda ostida chiqadi, ba'zan qalin parda bilan oʻraladi.
Hadisi sharifda kelganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiyda koʻrgan tushlari; subhning inkishofi kabi zohir, ochiq, toʻgʻri chiqar edi.
Beshinchisi: Roʻyoyi sodiqa, hissi qoblal vuqu'ning ortiq inkishofidir. Hissi qoblal vuqu' esa, harkasda juz'iy-kulliy bor. Hatto hayvonlarda ham bor. Hatto bir vaqt men, bu hissi qoblal vuqu'ni, zohiriy va botiniy mashhur tuygʻularga ilova oʻlaroq, insonda va hayvonda "saiqa" va "shaiqa" nomi bilan ayni "sami'a" va "basira" kabi ikki boshqa tuygʻuni ilman topgan edim. Ahli zalolat va ahli falsafa u gʻayri mashhur hislarga; -xato qilib- ahmoqchasiga "savqi tabiiy" deyishadi. Xosho, savqi tabiiy emas, balki bir navi ilhomi fitriy boʻlib inson va hayvonni qadari Ilohiy yoʻllaydi. Masalan: Mushuk kabi ba'zi hayvon; koʻzi koʻr boʻlgan vaqti, savqi qadariy bilan boradi, koʻziga darmon boʻlgan oʻtni topadi, koʻziga surtadi, yaxshi boʻladi.
Ham roʻyi zaminda sihhiya ma'murlari hukmida va badaviy hayvonotning oʻliklarini yigʻish bilan muvazzaf burgut kabi akl-ul lahm qushlarga bir kunlik masofadan hayvon oʻligining vujudi, savqi qadariy bilan va hissi qoblal vuqu' ilhomi bilan va saiqa-i Ilohiy bilan bildiriladi va topadilar.
Ham yangi dunyoga kelgan bir ari bolasi; yoshi bir kun ekan, havoda bir kunlik masofaga ketadi, havoda izini yoʻqotmasdan, u savqi qadariy bilan va u saiqa ilhomi bilan qaytadi, uyasiga kiradi. Hatto harkasning boshida koʻp marta takarrur etadiki, birisidan bahs etarkan, oʻsha zamon eshik ochilib aynan oʻsha odam keladi. Hatto Kurdcha zurubi amsoldandir: نَافِ گُرْب۪ينَه پَالَانْدَارْ ل۪ى وَر۪ينَه Ya'ni: "Boʻrining bahsini qilgan payting tayoqni tayyorla, ur; chunki boʻri kelyapti". Demak, bir hissi qoblal vuqu' bilan, latifa-i Rabboniya ijmolan u odamning kelishini his qiladi. Faqat aqlning shuuri ihota etmagani uchun; qasddan emas, ixtiyorsiz boʻlib bahs etishga chorlaydi. Ahli farosat ba'zan karomat kabi kelganini bayon qiladi. Hatto bir vaqt menda bu turdagi hassosiyat koʻp edi. Bu holni bir dastur ichiga olishni istadim, faqat toʻgʻrilay olmadim va qilolmadim. Faqat ahli salohatda va xususan ahli valoyatda bu hissi qoblal vuqu' juda inkishof etadi, osorini karomatkorona koʻrsatadi.
Xullas, umum avom uchun ham bir navi valoyatga mazhariyat borki, roʻyoyi sodiqada, avliyo kabi, gʻaybiy va istiqboliy boʻlgan narsalarni koʻrishadi. Ha, uyqu avom uchun roʻyoyi sodiqa jihatidan bir martaba-i valoyat hukmida ekan; shuning kabi umum uchun gʻoyat goʻzal va muhtasham bir sinema-i Rabboniyaning sayrongohidir. Faqat goʻzal axloqli goʻzal fikrlaydi. Goʻzal fikrlagan goʻzal lavhalarni koʻradi. Yomon axloqli yomon fikrlaganidan, yomon lavhalarni koʻradi. Ham harkas uchun, olami shahodat ichida olami gʻaybga qaragan bir derazadir. Ham muqayyad va foniy insonlar uchun, soha-i itloq bir maydon va bir navi baqoga mazhar va moziy va mustaqbal, hol hukmida bir tomoshagohdir. Ham takolifi hayotiya ostida ezilgan vboʻashaqqat chekkan ziruhlarining istirohatgohidir. Xullas, shu kabi sirlar uchun, Qur'oni Hakim وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا navidagi oyatlar bilan, haqiqati navmiyani ahamiyat bilan dars beradi.
Oltinchisi va eng muhimi: Roʻyoyi sodiqa men uchun haqqalyaqiyn darajasiga kelgan va juda koʻp tajribotim bilan, qadari Ilohiyning hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmiga oʻtgan. Ha, bu tushlar men uchun xususan bir necha yil mobaynida shu darajaga kelganki; masalan ertaga boshimga keladigan eng kichik hodisot va eng ahamiyatsiz muomalot va hatto eng oddiy muhavarot yozilganini va hali kelmasdan muayyan ekanini va kechasi ularni koʻrish bilan, tilim bilan emas, koʻzim bilan oʻqiganim men uchun qat'iy boʻlgan. Bir emas, yuz emas, balki ming marta; kechasi, hech oʻylamaganim holda koʻrgan ba'zi odamlarim yoxud aytgan masalalarim, u kechaning kunduzida oz bir ta'bir bilan aynan chiqadi. Demak, eng juz'iy hodisot sodir boʻlmasdan avval ham muqayyad, ham yozilgandir. Demak, tasodif yoʻq, hodisot oʻz istagi bilan kelmaydi, intizomsiz emaslar.
Yettinchisi: Sening xushxabarli, muborak va goʻzal tushingning ta'biri Qur'on uchun va biz uchun juda goʻzaldir. Ham zamon ta'bir etdi va etyapti, ta'birimizga ehtiyoj qoldirmadi. Ham qisman ta'biri goʻzal boʻlib chiqqan. Sen diqqat qilsang, tushunasan. Yolgʻiz bir-ikki nuqtasiga ishorat qilamiz. Ya'ni, bir haqiqat bayon qilamiz. Sening haqiqati roʻyo navidan boʻlgan voqealaring, oʻsha haqiqatning tamassulotidir:
U vase' maydon, olami Islomiyatdir. Maydonning oxiridagi masjid, Isparta viloyatidir. Atrofi loyqa balchiqli suv, hol va zamonning safohat va atolat va bid'atlar botqoqligidir. Sen salomat bilan, kirlanmasdan, sur'at bilan masjidga yetishganing; harkasdan avval anvori Qur'oniyaga sohib chiqib, qalbingni buzmasdan sogʻlom qolganingga ishoratdir. Masjiddagi kichik jamoat esa; Haqqi, Xulusiy, Sabri, Sulaymon, Rushdu, Bekir, Mustafo, Ali, Zuhdu, Lutfu, Xusrav, Ra'fat kabi Soʻzlarning hamalalaridir. Kichkina kursi esa, Barla kabi kichik bir qishloqdir. Yuksak ovoz esa, Soʻzlardagi quvvat va tez tarqalishiga ishoratdir. Birinchi safda senga taxsis etilgan maqom esa, Abdurahmondan senga munhal qolgan yerdir. U jamoat; simsiz asboblarning oxizalari hukmida, butun dunyoga dars eshittirish istash ishorati va haqiqati esa, inshaalloh tamomi bilan soʻngra chiqadi. Hozir afrodi bittadan kichik urugʻ boʻlsalar ham, kelajakda tavfiqi Ilohiy bilan bittadan shajara-i oliya hukmiga oʻtadilar. Va bittadan simsiz telegrafning markazi boʻladilar. Sallali kichik yosh bir zot esa; Xulusiy bilan bir-biriga yordam beradigan, balki oʻtadigan birisi noshirlar va talabalar ichiga kirishga nomzoddir. Ba'zilarini taxmin qilaman, faqat qat'iy hukm etolmayman. U yosh quvva-i valoyat bilan maydonga otiladigan bir zotdir. Boshqa nuqtalarni sen mening badalimga ta'bir et.
Sen kabi doʻstlar bilan uzun gaplashish ham shirin, ham maqbul boʻlganidan; bu qisqa masalada uzun gapirdim, balki isrof ham qildim. Faqat navmga oid boʻlgan oyoti Qur'oniyaning bir navi tafsiriga ishorat etish niyati bilan boshlaganimdan, inshaalloh u isrof avf boʻladi yoki isrof boʻlmaydi.
Ikkinchi Masala boʻlgan Ikkinchi Risola
[Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomning koʻziga tarsaki tushirgan, ila oxir maolidagi hadisga doir ahamiyatli bir munoqashani yoʻqotish va hal etish uchun yozilgan.]
Egʻirdirda bir munoqasha-i ilmiyani eshitdim. U munoqasha, xususan bu zamonda xato. Hatto munoqashani bilmas edim. Mendan ham soʻraldi. Moʻ'tabar bir kitobda, Hadisi Shayxaynning ittifogʻiga alomat boʻlgan ق ishorati bilan bir hadis menga koʻrsatildi. "Hadismi, hadis emasmi?" deb, soʻraldi. Men dedim: Bunday moʻ'tabar bir kitobda, Shayxayn Hadisining ittifogʻiga hukm etgan bir zotga e'timod etish lozim; demak hadisdir. Faqat hadisning, Qur'on kabi ba'zi mutashabehoti bor. Faqat ilm sohiblari ularning ma'nolarini topa oladi. Shu hadisning zohiri ham, mushkuloti hadisning mutashabehot qismidan boʻlish ehtimoli bor, dedim. Agar madori munoqasha boʻlganini bilsaydim, qisqa emas, balki bunday javob berar edim:
Avvalo: Bu tur masoilni munoqasha etishing birinchi sharti; insof bilan, haqni topish niyati bilan, qaysarlik qilmaydigan suratda, ilm sohiblarining mobaynida, sui talaqqiyga sabab boʻlmasdan muzokarasi joiz boʻlishi mumkin. U muzokara haq uchun boʻlganiga dalil shuki: Agar haq muorizning qoʻlida zohir boʻlsa, mutaassir boʻlmasin, balki mamnun boʻlsin; chunki bilmagan narsasini oʻrgandi. Agar oʻz qoʻlida zohir boʻlsa, ortiqcha bir narsa oʻrganmadi, balki gʻururga tushish ehtimoli bor.
Soniyan: Sababi munoqasha, agar hadis boʻlsa; hadisning marotibini va vahyi zimniyning darajotini va takallumoti Nabaviyaning aqsomini bilish lozim. Avom ichida mushkuloti hadisiyani munoqasha etish, izhori fazl suratida advokat kabi oʻz soʻzini toʻgʻri koʻrsatish va anoniyatini haqqa va insofga tarjih etish shaklida dalillar qidirish joiz emas. Modomiki bu masala ochilgan, madori munoqasha etilgan ekan, bechora avomi nosning zehnida sui ta'sir qiladi. Chunki shu kabi mutashabeh hadislarni aqliga sigʻdirolmagani uchun; agar inkor qilsa, dahshatli bir eshik ochadi, ya'ni kichkina aqliga sigʻmagan qat'iy hadislarni ham inkorga yoʻl ochadi. Agar zohiri hadisning ma'nosini tutib shunday nashr etsa, ahli zalolatning e'tirozotiga va "xurofot" deyishlariga yoʻl ochadi. Modomiki bu mutashabeh hadisga luzumsiz va zararli shaklda nazari diqqat jalb etilgan va bu tur hadislar koʻp vorid boʻlgan ekan, albatta shubhalarni izola etadigan bir haqiqatni bayon etish lozim boʻladi. Shu hadis qat'iy boʻlsin yoki boʻlmasin, haqiqatni zikr etishi kerak.
Yozgan risolalarimizda, azjumla Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Uchinchi Shoxida Oʻn Ikki Asl bilan va Toʻrtinchi Shoxida va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning vahiyning taqsimotiga doir muqaddimasidagi bir asosidagi tafsilotga iktifoan, bu yerda ijmolan u haqiqatga bir ishorat qilamiz:
Maloika, inson kabi bir suratga inhisor etmaydi; mushahhas ekan, bir kulliy hukmidadir. Hazrat Azroil Alayhissalom, qabzi arvohga muakkal boʻlgan maloikalarning noziridir.
"Har oʻlikning ruhini Hazrat Azroil Alayhissalom shaxsan qabz etadimi? Yoxud yordamchilari oladilarmi?" Bu xususda uch maslak bor:
Birinchi Maslak: Azroil Alayhissalom harkasning ruhini qabz etadi. Bir ish ikkinchi ishga mone boʻlmaydi, chunki nuroniydir. Nuroniy bir narsa hadsiz oynalar vositasi bilan hadsiz yerlarda shaxsan boʻla oladi va tamassul etadi. Nuroniyning tamassuloti u nuroniy zotning xossasiga molikdir; uning ayni sanaladi, gʻayri emas. Quyoshning oynalardagi misollari, Quyoshning ziyo va haroratini koʻrsatgani kabi; maloika kabi ruhoniylarning ham, olami misolning boshqa-boshqa oynalarida misollari ularning aynisi boʻlib, xossalarini koʻrsatadilar. Faqat oynalarning qobiliyatiga koʻra tamassul etadilar. Qandayki Hazrat Jabroil Alayhissalom, bir vaqtda Dihya suratida sahobalar ichida koʻringan daqiqada, minglab yerda boshqa suratlarda va Arshi A'zam qarshisida, sharqdan gʻarbga qadar keng va muhtasham qanotlari bilan sajda etar edi. Hamma yerda u yerning qobiliyatiga koʻra tamassuli bor ekan; bir onda minglab yerda boʻladi.
Xullas, shu maslakka koʻra; qabzi ruh vaqtida, insonning oynasiga tamassul etgan Malak-ul Mavtning insoniy va juz'iy bir misoli, Hazrat Muso Alayhissalom kabi bir ulul azm va jalolli va hiddatli bir zotning tarsakisiga ma'ruz boʻlish va u misoliy Malak-ul Mavtning libosi hukmidagi surati misoliyasidagi koʻzini chiqarish; na maholdir, na favqulodadir, va na gʻayri ma'quldir.
Ikkinchi Maslak: Hazrat Jabroil, Mikoil, Azroil kabi maloika-i i'zom bittadan noziri umumiy hukmida.. oʻz navlaridan va oʻzlariga oʻxshash kichik tarzda yordamchilari bor. Va u muovinlar, anvo'i maxluqotga koʻra boshqa-boshqadirlar. Sulahoning
{(Hoshiya1) Bizda "Saydo" laqabi bilan mashhur bir valiyi i'zom sakarotda ekan, arvohi avliyoning qabziga muakkal Malak-ul Mavt kelgan. Saydo: "Men talaba-i ulumni juda sevganim uchun, talaba-i ulumning qabzi arvohiga muakkal maxsus toifa ruhimni olsin!" deb, dargohi Ilohiyaga yolvorgan. Yonida oʻtirganlar bu voqeaga shohid boʻlganlar.}
arvohini qabz etgan boshqadir; ahli shaqovatning arvohini qabz etgan esa boshqadir. Qandayki
oyati ishorat etadiki: "Qabzi arvoh, toifa-toifadir". Bu maslakka koʻra; Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomga emas, balki Azroilning bir yordamchisining misoliy jasadiga, fitriy jalolatiga va xulqiy jalodatiga va Janobi Haqning yonida nozdor boʻlishiga binoan, unga bir tarsaki tushirishi gʻoyat ma'quldir.
{(Hoshiya2) Hatto mamlakatimizda gʻoyat jasur bir odam, sakarot vaqtida Malak-ul Mavtni koʻrgan. "Meni yotoq ichida ushlayapsan!" deb, turib otiga mingan, qilichini qoʻliga olgan, unga urush e'lon qilgan. Mardona, ot ustida vafot etgan.}
Uchinchi Maslak: Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning Toʻrtinchi Asosida bayon etilgani va ahodisi sharifaning dalolat etgani kabi: "Ba'zi maloikalar borki, qirq ming boshi bor. Har boshida qirq ming tili bor -Demak, sakson ming koʻzi ham bor- Har bir tilda qirq ming tasbehot bor". Modomiki maloikalar olami shahodatning anvo'iga koʻra muakkaldirlar; olami arvohda u anvo'ning tasbehotlarini tamsil etadilar, albatta bunday boʻlmogʻi lozim boʻladi. Chunki, masalan Kura-i Arz bir maxluqdir, Janobi Haqni tasbeh etadi. Qirq ming emas, balki yuz minglab bosh hukmida anvo'lari bor. Har navning yuz minglab til hukmida afrodlari bor va hokazo... Demak, Kura-i Arzga muakkal malakning qirq ming, balki yuz minglab boshi boʻlishi kerak. Va har boshida ham yuz minglab til boʻlishi kerak va hokazo... Xullas, bu maslakka binoan, Hazrat Azroil Alayhissalomning har fardga mutavajjih bir yuzi va qaraydigan bir koʻzi bor. Hazrat Muso Alayhissalomning Hazrat Azroil Alayhissalomga tarsaki solishi; xosho Azroil Alayhissalomning mohiyati asliyasiga va shakli haqiqiysiga emas va bir tahqir emas va adami qabul emas; balki vazifa-i risolatning yana davomini va baqosini orzu qilgani uchun, oʻz ajaliga diqqat qilgan va xizmatiga toʻsiq boʻlishni istagan bir koʻzga shapaloq solgan va soladi...
Uchinchi Masala boʻlgan Uchinchi Risola
[Bu masala umum ixvonimning aksarisining lisoni hol bilan va bir qismining lisoni qol bilan soʻragan umumiy bir savollarining xos va xususiy va mahram bir javobidir.]
Savol: Sening ziyoratizga kelgan hammaga aytasan: "Mening shaxsimdan bir himmat kutmanglar va shaxsimni muborak deb bilmanglar. Men maqom sohibi emasman. Oddiy bir askarning mushir maqomining avomirini tabligʻ etishi kabi, men ham ma'naviy bir mushiriyat maqomining avomirini tabligʻ etyapman. Ham muflis bir odamning gʻoyat qiymatli va boy olmos va mujavharot doʻkonining dalloli۪ مʻlgani kabi; men ham, muqaddas va Qur'oniy bir doʻkonning dalloliman", deyapsan. Holbuki "Aqlimiz ilmga muhtoj boʻlgani kabi, qalbimiz ham bir fayz istaydi, ruhimiz bir nur istaydi va hokazo koʻp jihat bilan koʻp narsalar istaymiz. Seni hojotimizga yaraydigan odam deb oʻylab, ziyoratingga kelamiz. Bizga olimdan ziyoda bir sohibi valoyat, sohibi himmat va sohibi kamolot lozim. Agar haqiqati hol aytganing kabi boʻlsa, ziyoratingizga xato keldik," lisoni hollari aytadi.
Aljavob: Besh nuqtani tinglang, soʻngra fikrlang. Ziyoratingiz behudami, yoxud foydalimi? Oʻshanda hukm qiling.
Birinchi Nuqta: Bir podshohning oddiy bir xizmatkori va bechora bir askari; podshoh nomidan fariqlarga, poshsholarga hadoya-i shohonasini va nishonlarini berar ekan, ularni minnatdor qiladi. Agar fariqlar va mushirlar, "Bu oddiy askarga nimaga tanazzul etib, qoʻlidan ehson va nishonlarni olyapmiz?" desalar, magʻrurona bir devonalik boʻladi. Agar u askar; vazifasining xorijida mushirga qiyom etmasa, oʻzini undan yuksak koʻrsa, ablahchasiga bir devonalik boʻladi. Ham agar u mamnun boʻlgan fariqlardan birisi, mutashakkirona u askarning kulbachasiga tanazzulan musofir boʻlsa; quruq nondan boshqa topmagan u askar uyalib qolmasligi uchun, u holni koʻrgan va bilgan podshoh -albatta u askarini uyaltirmaslik uchun- matbahi shohonadan, sodiq xizmatkorining muhtaram musofiriga patnis yuboradi; xuddi shuning kabi: Qur'oni Hakimning sodiq bir xizmatkori, qanchalik oddiy boʻlsa boʻlsin Qur'on nomidan, eng buyuk insonlarga amrlarini chekinmasdan tabligʻ etadi va eng boy ruhlilarga Qur'onning oliy olmoslarini yolvorib mutazallilona emas, balki muftaxirona va mustagʻniyona sotadi. Ular qanchalik buyuk boʻlsa boʻlsin, u oddiy xizmatkorga, vazifa boshida ekan takabbur etolmaydilar. Va u xizmatkor ham ularning unga murojaatida oʻziga gʻururlanishiga sabab qilmaydi.. va haddidan tajovuz etmaydi. Agar u xazina-i qudsiyaning mushtariylari ichida ba'zilari, u bechora xizmatkorga valoyat nazari bilan qarasalar va buyuk deb bilsalar; albatta haqiqati Qur'oniyaning marhamati qudsiyasi shonidan, u xizmatkorini uyaltirmaslik uchun, xazina-i xossa-i Ilohiyadan, uning hech xabari va madxali boʻlmasdan, ularga madad bersin va himmat etib fayzdor etsin.
Ikkinchi Nuqta: Imom Rabboniy va Mujaddidi Alfi Soniy Ahmadi Faruqiy (R.A.) degan: "Haqoiqi iymoniyadan birgina masalaninig inkishofi va vuzuhi, mening nazdimda minglab azvoq va karomotdan murajjahdir. Ham butun tariqatlarning gʻoyasi va natijasi, haqoiqi iymoniyaning inkishofi va vuzuhidir". Modomiki shunday bir tariqat qahramoni bunday hukm etadi; albatta haqoiqi iymoniyani kamoli vuzuh bilan bayon etgan va asrori Qur'oniyadan tarashshuh etgan Soʻzlar, valoyatdan matlub boʻlgan natijalarni bera oladi.
Uchinchi Nuqta: Bundan oʻttiz yil avval Eski Saidning gʻofil boshiga mudhish kaltaklar tushdi, "Al-mavtu haqqun" qoziyasini oʻyladi. Oʻzini botqoqlik balchigʻida koʻrdi. Madad istadi, bir yoʻl qidirdi, bir xaloskor taxarri etdi. Koʻrdiki, yoʻllar muxtalif; taraddudda qoldi. Gʻavsi A'zam boʻlgan Shayx Jiyloniy Roziyallohu Anhning "Futuh-ul Gʻayb" nomli kitobi bilan tafa'ul etdi. Tafa'ulda shu chiqdi:
Ajibdirki; oʻshanda men, Dor-ul Hikmat-ul Islomiya a'zosi edim. Goʻyo ahli Islomning yaralarini tadoviyga harakat qilayotgan bir hakim edim. Holbuki eng ziyoda xasta men edim. Xasta avvalo oʻziga qarashi kerak, soʻngra xastalarga qaray oladi.
Xullas, Hazrat Shayx menga deydiki: "Sen oʻzing xastasan, oʻzingga bir tabib qidir!" Men: "Sen tabibim boʻl!" dedim. Tutdim, oʻzimni unga muxotob deb sanab, u kitobni menga xitob qilayotganday oʻqidim. Faqat kitobi juda shiddatli edi. Gʻururimni dahshatli sindirar edi. Nafsimda shiddatli amaliyoti jarrohiya qildi. Chiday olmadim, yarmiga qadar oʻzimni unga muxotob etib oʻqidim; tugatishga tahammulim qolmadi. U kitobni javonga qoʻydim. Faqat soʻngra, amaliyoti shifokoronadan kelgan dardlar ketdi, lazzat keldi. U birinchi ustozimning kitobini toʻliq oʻqidim va koʻp istifoda etdim. Va uning virdini va munojotini tingladim, koʻp istifoza etdim.
Soʻngra Imom Rabboniyning Maktubot kitobini koʻrdim, qoʻlimga oldim. Xolis bir tafa'ul etib ochdim. Ajoyibki, butun Maktubotida yolgʻiz ikki yerda "Badiuzzamon" lafzi bor. U ikki maktub menga birdan ochildi. Padarimning ismi Mirzo boʻlganidan, u maktublarning boshida "Mirzo Badiuzzamonga Maktub" deya yozilganini koʻrdim. Fasubhanalloh dedim, bu menga xitob etyapti. Oʻshanda Eski Saidning bir taxallusi "Badiuzzamon" edi. Holbuki hijratning uchinchi yuz yilligida Badiuzzamoni Hamadoniydan boshqa bu taxallus bilan ishtihor etganlarni bilmas edim. Holbuki Imomning zamonida ham shunday bir odam bor ediki, unga u ikki maktubni yozgan. U zotning holi mening holimga oʻxshash ekanki, u ikki maktubni oʻz dardimga davo topdim. Imom u maktublarida tavsiya etgani kabi, koʻp maktublarida shuni qattiq tavsiya qiladi: "Tavhidi qibla et". Ya'ni: Birini ustoz qilib ol, orqasidan ket, boshqasi bilan mashgʻul boʻlma. Shu eng muhim tavsiyasi mening iste'dodimga va ahvoli ruhiyamga muvofiq kelmadi. Qancha oʻyladim: "Buning orqasidanmi, yoki boshqasiningmi, yoki yana boshqasining orqasidan ketaymi?" tahayyurda qoldim. Har birida boshqa-boshqa jozibador xususiyatlar bor. Biri bilan iktifo etolmayotgan edim. Oʻsha tahayyurda ekanman, Janobi Haqning rahmati bilan qalbimga keldiki: "Bu muxtalif turuqlarning boshi va bu ariqlarning manbai va sayyoralarning quyoshi, Qur'oni Hakimdir. Haqiqiy tavhidi qibla bunda boʻladi. Shunday ekan, eng a'lo murshid va eng muqaddas ustoz ham udir. Unga yopishdim. Noqis va parishon iste'dodim albatta loyigʻi bilan u Murshidi Haqiqiyning obi hayot hukmidagi fayzini shimib ololmaydi, faqat ahli qalb va sohibi holning darajotiga koʻra u fayzni, u obi hayotni yana uning fayzi bilan koʻrsata olamiz. Demak, Qur'ondan kelgan u Soʻzlar va u Nurlar, yolgʻiz aqliy masoili ilmiya emas; balki qalbiy, ruhiy, holiy masoili iymoniyadir va juda yuksak va qiymatli maorifi Ilohiya hukmidadirlar.
Toʻrtinchi Nuqta: Sahobalardan va Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iyndan eng yuksak martabali valoyati kubro sohibi boʻlgan zotlar, nafsi Qur'ondan butun latoiflarining hissalarini olganlaridan va Qur'on ular uchun haqiqiy va kifoya bir murshid boʻlganidan koʻrsatyaptiki: Har doim Qur'oni Hakim haqiqatlarni ifoda etgani kabi, valoyati kubro fayzlarini ham ahli boʻlganlarga ifoza etadi.
Ha, zohirdan haqiqatga oʻtish ikki surat bilan boʻladi:
Biri: Tariqat barzohiga kirib, sayri suluk bilan qat'i marotib etib haqiqatga oʻtishdir.
Ikkinchi Surat: Toʻgʻridan toʻgʻriga, tariqat barzohiga kirmasdan, lutfi Ilohiy bilan haqiqatga oʻtishdirki, Sahoba va Tobe'iynga xos va yuksak va qisqa tariq shudir. Demak, haqoiqi Qur'oniyadan tarashshuh etgan Nurlar va u Nurlarga tarjimonlik qilgan Soʻzlar u xossaga molik boʻla oladi va molikdir.
Beshinchi Nuqta: Besh juz'iy misol bilan koʻrsatamizki; Soʻzlar ta'limi haqoiq etganlari kabi, irshod vazifasini ham bajaryaptilar.
Birinchi Misol: Men oʻzim oʻn emas, yuz emas, minglab marta mutaaddid tajribotim bilan qanoat qilganmanki: Soʻzlar va Qur'ondan kelgan Nurlar; aqlimga dars bergani kabi, qalbimga ham iymon holini talqin etadi, ruhimga iymon zavqini beradi va hokazo... Hatto dunyoviy ishlarimda; karomat sohibi bir shayxning bir muridi, qanday shayxidan hojotiga doir madad va himmat kutadi; men ham Qur'oni Hakimning karomatli asroridan u hojotimni kutarkan, umid etmagan va kutmagan yerimdan koʻp marta hosil boʻladi. Yolgʻiz juz'iyotdan ikki kichik misol:
Biri: Oʻn Oltinchi Maktubda izohi va tafsili oʻtgan; Sulaymon ismli bir musofirimga, qatron daraxti boshida katta bir non horiqo bir tarzda koʻrsatilgan. Ikki kun ikkimiz u hadya-i gʻaybiydan yedik.
Ikkinchi Misol: Gʻoyat kichik va latif, bu kunlarda sodir boʻlgan masalani aytib beraman. Shundayki:
Bomdoddan avval xotirimga keldiki; bir zotning qalbiga vasvasa beradigan tarzda tarafimdan soʻzlar aytilgan edi; "Koshki uni koʻrsaydim, qalbidagi xavotirni izola etsaydim", dedim. Ayni daqiqada Nisga ketgan bir oz kitobim menga lozim edi; "Koshki qoʻlimda boʻlsa edi", dedim. Bomdod namozidan soʻngra oʻtirdim; qarasam, ayni odam qoʻlida oʻsha kitoblar bilan keldi. Unga: "Qoʻlingdagi nima?" dedim. "Bilmayman, eshikning yonida "Nisdan kelgan" deya birisi menga berdi; men ham sizga keltirdim", dedi. Fasubhanalloh dedim; bunday bir vaqtda bu odamning uyidan chiqib kelishi va shu Soʻzning Nisdan kelishi, hech tasodifga oʻxshamaydi. Va bunday bir odamga shunday bir oz kitoblarni ayni daqiqada qoʻliga berib menga yuborgan, albatta Qur'oni Hakimning himmatidir deb, Alhamdulilloh dedim; mening eng kichik, ahamiyatsiz, yashirin orzu-i qalbimni bilgan birisi, albatta menga marhamat etyapti, meni himoya qilyapti; shunday ekan, dunyoning minnatini besh tiyinga olmayman.
Ikkinchi Misol: Jiyanim marhum Abdurahmon, sakkiz yildan beri mendan ayrilib dunyoning gʻaflat va avhomlariga bulgʻangani holda, shaxsimga qarshi haddimdan ortiq husni zoni bor ekan. Menda boʻlmagan va qoʻlimdan kelmagan himmatni istayotgan va madad kutayotgan edi. Qur'oni Hakimning himmati imdodiga yetishdi. Hashrga doir boʻlgan Oʻninchi Soʻzni vafotidan uch oy avval qoʻliga yetishtirdi. U Soʻz uni ma'naviy kirlaridan va avhom va gʻaflatdan tozalash bilan barobar; goʻyo martaba-i valoyatga chiqqan kabi, vafotidan avval yozgan maktubida uch zohir karomat izhor etgan. Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida darj etilgan, murojaat qilinsin.
Uchinchi Misol: Burdurli Hasan Afandi ismli ahli qalb bir oxirat qardoshim va talabam bor edi. Menga qarshi haddimdan koʻp ortiq husni zon qilib, buyuk valiydan himmat kutish kabi bechora mendan madad kutayotgan edi. Birdaniga hech bir sabab yoʻq ekan, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzni Burdur qishlogʻida turadigan birisiga mutolaa etish uchun berdim. Soʻngra Hasan Afandi xotirimga keldi: "Agar Burdurga ketsang, Hasan Afandiga ber, besh-olti kun mutolaa qilsin", dedim. U borib, toʻgʻridan-toʻgʻri Hasan Afandiga berdi. Hasan Afandining ajaliga oʻttiz-qirq kun qolgan edi. Gʻoyat chanqagan bir odamning obi kavsar kabi shirin suvga duch kelganda yopishishi kabi, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga yopishgan, mutamodiyan mutolaa qila-qila va tafayyuz eta-eta, xususan Uchinchi Mafqifidagi muhabbatulloh bahsida, tamomi bilan dardiga davo topgan va bir qutbi a'zamdan kutgan fayzini undan olgan. Sogʻlom holda masjidga borib namoz oʻqigan, u yerda ruhini Rahmonga taslim aylagan (Rahmatullohi Alayh).
Toʻrtinchi Misol: Xulusiy Beyning Yigirma Yettinchi Maktubdagi fikralarining shahodati bilan; eng muhim va muassir tariqat boʻlgan Naqshiy tariqatidan ziyoda himmat va madad, fayz va nurni; asrori Qur'oniyaning tarjimoni boʻlgan nurli Soʻzlarda topgan.
Beshinchi Misol: Ukam Abdulmajid, jiyanim Abdurahmonning (Rahmatullohi Alayh) vafoti sababli va yana boshqa aliym ahvolot ichida bir parishoniyat his etgan edi. Ham qoʻlimdan kelmaydigan ma'naviy himmat va madad kutayotgan edi. Men u bilan muxobara etmayotgan edim. Birdaniga muhim bir nechta Soʻzni unga yubordim. U ham mutolaa etgandan soʻngra yozadiki: "Alhamdulilloh, qutuldim! Sal qolsa aqldan ozar edim. Bu Soʻzlarning har biri bittadan murshid hukmiga oʻtdi. Garchi bir murshiddan ayrilgan boʻlsamda, koʻp murshidlarni birdan topdim, qutuldim", deb yozgan edi. Qarasam, haqiqatdan Abdulmajid goʻzal bir maslakka kirib, u eski vaziyatlaridan qutulgan.
Yana bu besh misol kabi juda koʻp misollar bor. Ular koʻrsatishadiki: Ulumi iymoniya, xususan toʻgʻridan-toʻgʻri ehtiyojga binoan va yaralariga davo sifatida Qur'oni Hakimning asroridan ma'naviy dorilar olinsa va tajriba qilinsa; albatta u ulumi iymoniya va u adviya-i ruhoniya, ehtiyojini his qilganlarga va jiddiy ixlos bilan iste'mol etganlarga yetadi, kifoya qiladi. Ularni sotgan va koʻrsatgan dorixonachi va dallol qanday holda boʻlsa boʻlsin; oddiy boʻlsin, muflis boʻlsin, boy boʻlsin, maqom sohibi boʻlsin, xizmatkor boʻlsin, uncha farqi yoʻq.
Darhaqiqat, Quyosh bor ekan, mumlarning ziyosi ostiga kirishga ehtiyoj yoʻq. Modomiki Quyoshni koʻrsatyapman, mendan mum ziyosi -xususan menda boʻlmasa- istash ma'nosiz, luzumsizdir. Balki ular menga duo bilan, ma'naviy yordam bilan, hatto himmat bilan muovanat etishlari lozim. Va men ulardan istimdod etishim va madad istash, mening haqqimdir. Ular Nurlardan olgan fayzlariga qanoat etishlari, ular ustidagi haqdir.
Oxirat qardoshlarim va gʻayratli talabalarim Xusrav Afandi va Ra'fat Bey!
Soʻzlar nomli anvori Qur'oniyada uchta karomati Qur'oniyani his etayotgan edik. Sizlar ham, gʻayrat va shavqingiz bilan toʻrtinchisini ilova ettirdingiz. Biz bilgan uchta esa:
Birinchisi: Ta'lifida favquloda suhulat va sur'atdir. Hatto besh parcha boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub ikki-uch kunda va har kuni uch-toʻrt soat mobaynida -majmui oʻn ikki soat boʻladi- kitobsiz, togʻda, bogʻda ta'lif etildi. Oʻttizinchi Soʻz xastalangan zamonda, besh-olti soatda ta'lif etildi. Yigirma Sakkizinchi Soʻz boʻlgan Jannat bahsi bir yoki ikki soatda Sulaymonning dala bogʻida ta'lif etildi. Men va Tavfiq bilan Sulaymon bu sur'atga hayratda qoldik. Va hokazo...
Ta'lifida bu karomati Qur'oniya boʻlgani kabi...
Ikkinchisi: Yozilishida ham favquloda bir suhulat, bir ishtiyoq va zerikmaslik bor. Bu davrda ruhlarga, aqllarga zerikish bergan koʻp sabablar ichida bu Soʻzlardan biri chiqadi, birdan koʻp yerlarda kamoli ishtiyoq bilan yozilishi boshlanadi. Muhim mashgʻalalar ichida ular hamma narsaga tarjih etilyapti. Va hokazo...
Uchinchi Karomati Qur'oniya: Bularning oʻqilishi ham zerikish bermaydi. Xususan ehtiyoj his etilsa, oʻqigan sari zavq olinadi, zerikilmaydi.
Xullas, siz ham «Toʻrtinchi bir Karomati Qur'oniya» ni isbot etdingiz. Xusrav kabi, oʻziga tanbal degan va besh yildir Soʻzlarni eshitgani holda yozishga haqiqatdan tanballik qilib boshlamagan qardoshimiz, bir oyda oʻn toʻrt kitobni goʻzal va diqqatli yozishi, shubhasiz toʻrtinchi bir karomati asrori Qur'oniyadir. Xususan, Oʻttiz Uchinchi Maktub boʻlgan oʻttiz uch derazalarning qiymati tamoman taqdir etilganki, gʻoyat diqqat bilan va goʻzal yozilgan. Darhaqiqat, u risola ma'rifatulloh va Iymoni Billoh uchun eng quvvatli va eng porloq bir risoladir. Yolgʻiz boshdagi derazalar gʻoyat ijmol va ixtisor bilan ketilgan. Faqat tobora inkishof etadi, yanada ziyoda porlaydi. Zotan boshqa ta'lifotga muxolif boʻlib, aksar Soʻzlarning boshlari mujmal boshlanadi, borgancha kengayadi, tanavvur etadi.
Toʻrtinchi Risola boʻlgan Toʻrtinchi Masala
Aziz qardoshlarim!
Savol soʻrayapsizki: Masjidi sharifingizga, Juma kechasida sababsiz, muborak bir musofirning kelishi bilan tajovuz etilgan. Bu hodisaning mohiyati nima? Nima uchun senga yopishyaptilar?
Aljavob: Toʻrt nuqtani, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan bayon etaman. Balki ixvonlarimga madori intiboh boʻladi, siz ham javobini olasiz.
Birinchi Nuqta: U hodisaning mohiyati; xilofi qonun va butunlay oʻzboshimchalik bilan va zindiqo hisobiga, Juma kechasida qalbimizga talosh berish va jamoatga futur keltirish va meni musofirlar bilan koʻrishtirmaslik uchun, bir dasisa-i shaytoniya va munofiqona bir ta'arruzdir. Gʻaroibdan, oʻsha kechadan avval boʻlgan payshanba kuni tanazzuh uchun bir tarafga borgan edim. Qaytishimda goʻyo ikki ilon bir-biriga qoʻshilgan kabi uzun qora bir ilon chap tarafimdan keldi, men bilan doʻstimning oʻrtasidan oʻtdi. Doʻstimga, u ilondan dahshat olib qoʻrqdingmi, deb soʻradim:
-Koʻrdingmi?
U: Nimani? dedi.
-Mana bu dahshatli ilonni! dedim.
-Yoʻq koʻrmadim va koʻrolmayapman, dedi.
"Fasubhanalloh!" dedim. "Bu qadar katta bir ilon, ikkimizning oramizdan oʻtgani holda, qanday koʻrmading?"
Oʻshanda xayolimga hech narsa kelmadi. Faqat soʻngra qalbimga keldi: "Bu senga ishorat, diqqat qil!" Oʻyladimki, kechalari koʻrgan ilonlarim navidan. Ya'ni: Kechalarda koʻrgan ilonlarim; xiyonat niyati bilan har qachon bir ma'mur oldimga kelsa, uni ilon suratida koʻrar edim. Hatto bir marta mudirga: "Yomon niyat bilan kelgan vaqting seni ilon suratida koʻraman, diqqat qil!" degandim. Zotan salafini koʻp vaqt shunday koʻrar edim. Demak, shu men zohir tarzda koʻrgan ilon esa, xiyonatlari bu safar niyat boʻlib qolmaydi, balki fe'lan tajovuz suratini olishiga ishorat ekan. Bu safargi tajovuz -garchi- zohiran kichik va kichraytirish istanilyapti; vijdonsiz bir muallimning tashvigʻi bilan va ishtiroki bilan u ma'mur; masjid ichida, namoz tasbehotini qilayotganda, "U musofirlarni keltiringlar!" deb jandarmalarga amr bergan. Maqsad -meni gʻazablantirish. Eski Said tabiati: bu favqalqonun, butunlay oʻzboshimchalik bilan qilingan muomalaga haydab yuborish bilan muqobala etish edi. Holbuki u badbaxt bilmadiki, Saidning lisonida Qur'onning uskunasidan kelgan olmos qilich bor ekan, qoʻlidagi siniq oʻtin parchasi bilan mudofaa qilmaydi; balki u qilichni shunday iste'mol etadi. Faqat jandarmalarning aqllari boshlarida boʻlgani uchun, hech bir davlat, hech bir hukumat namozda, masjidda, vazifa-i diniya tugamasdan tegmagani uchun, namoz va tasbehotning tugashiga qadar kutishdi. Ma'mur bundan gʻazablangan; "Jandarmalar menga quloq solishmayapti" deya qirbekchisini orqasidan yuborgan. Lekin Janobi Haq meni bunday ilonlar bilan ovora boʻlishga majbur qilmaydi. Ixvonlarimga ham tavsiyam shuki: Zarurati qat'iya boʻlmasdan, bular bilan ovora boʻlmanglar. "Javob-ul ahmaq assukut" navidan, tanazzul etib ular bilan gaplashmanglar. Faqat shunga diqqat qilingki: Jonivor bir hayvonga qarshi oʻzini zaif koʻrsatish, uni hujumga tashji' etgani kabi; Hayvon vijdonlilarga tilyogʻlamachilik etish bilan za'f koʻrsatish, ularni tajovuzga chorlaydi. Shunday ekan, doʻstlar mutayaqqiz harakat qilishlari kerak, toki doʻstlarning loqaydliklaridan va gʻaflatlaridan, zindiqo tarafdorlari istifoda etishmasin.
Ikkinchi Nuqta: وَلَا تَرْكَنُٓوا اِلَى الَّذ۪ينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ oyati karimasi farmoni bilan: Zulmga yolgʻiz vosita boʻlganni va tarafdor boʻlganni emas, balki adno bir mayl etganlarni ham dahshat bilan va shiddat bilan tahdid etadi. Chunki rizo-i kufr, kufr boʻlgani kabi; zulmga rizo ham zulmdir.
Qarang, bir ahli kamol, komilona shu oyatning koʻp javohiridan bir javharini shunday ta'bir etgan:
Ha; ba'zilari ilonlik qiladi, ba'zilari itlik qiladi. Bunday muborak bir kechada, muborak bir musofirning, muborak bir duodaligida, josuslik qilib, goʻyo biz jinoyat qilayotgandek ixbor etgan va ta'arruz etgan, albatta bu she'rning maolidagi ta'zirga mustahaqdir.
Uchinchi Nuqta: Savol: Modomiki Qur'oni Hakimning fayzi bilan va nuri bilan eng mutamarrid va muta'annid dinsizlarni isloh va irshod etishga Qur'onning himmatiga ishonyapsan. Ham fe'lan qilyapsan. Nima uchun yoningdagi mutajovizlarni chaqirib irshod etmayapsan?
Aljavob: Usuli shariatning qoida-i muhimmasidandir: اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ Ya'ni: "Bilib turib zararga rozi boʻlganga shafqat qilinmaydi". Men garchi Qur'oni Hakimning quvvatiga istinodan da'vo etyapmanki: "Juda pastkash boʻlmaslik va ilon kabi zalolat zaharini sochish bilan talazzuz etmaslik sharti bilan, eng mutamarrid dinsizni, bir necha soat mobaynida iqno' etmasam ham, ilzom etishga hozirman". Lekin nihoyat darajada pastkashlikka tushgan bir vijdon, bilib turib dinini dunyoga sotsa va bilib haqiqat olmoslarini iflos, muzir shisha parchalariga almashadigan darajada munofiqlikka kirgan inson suratidagi ilonlarga haqoiqni aytish; haqoiqqa qarshi hurmatsizlikdir. كَتَعْل۪يقِ الدُّرَرِ ف۪ى اَعْنَاقِ الْبَقَرِ zarbulmasali kabi boʻladi. Chunki bu ishlarni qilganlar necha marta haqiqatni Risola-i Nurdan eshitdilar. Va bilib turib haqiqatlarni zindiqo zalolatlariga qarshi chiritishni istaydilar. Bundaylar ilon kabi zahardan lazzat oladilar.
Toʻrtinchi Nuqta: Menga qarshi bu yetti yildagi muomalalar, butunlay oʻzboshimchalik bilan va favqalqonundir. Chunki surgunlarning va asirlarning va zindondagilarning qonunlari oʻrtada. Ular qonunan aqrabosi bilan koʻrishadilar, ixtilotdan man qilinmaydilar. Har millat va davlatda ibodatu toat tajovuzdan masundir. Mening oʻxshashlarim shaharlarda aqrabosi bilan va ahboblari bilan barobar qoldilar. Na ixtilotdan, na muxobaradan va na kezishdan man qilindilar. Men man qilindim. Va hatto masjidimga va ibodatimga tajovuz etildi. Shofe'iylarcha, tasbehot ichida kalima-i tavhidning takrori sunnat ekan, menga tark ettirilishga urinildi. Hatto Burdurda eski muhojirlardan Shabob ismli ummiy bir zot qaynonasi bilan birga tabdili havo uchun bu yerga kelganida, hamshaharlilik e'tibori bilan mening yonimga keldi. Uch musallah jandarma bilan masjidda ushlandi. U ma'mur, xilofi qonun qilgan xatosini toʻsishga urinib: "Kechirasiz, xafa boʻlmang, vazifamiz", degan. Soʻngra, "Qani ket" deb ruxsat bergan. Bu voqeaga boshqa narsalar va muomalalar qiyos etilsa, anglashiladiki: Menga qarshi butunlay oʻzboshimcha muomaladirki; ilonlarni, itlarni menga yoʻliqtirishyapti. Men ham ular bilan ovora boʻlishga tanazzul etmayapman. U muzirlarning sharlarini daf qilish uchun Janobi Haqqa havola qilaman. Zotan sababi tahrij ُlgan hodisani chiqarganlar hozir mamlakatlaridadirlar. Va quvvatli ruasolar ashoirlarning boshidadirlar. Harkas tarhis etildi. Boshlarini yesin, dunyolari bilan aloqam boʻlmagani holda, meni va ikki zoti oxarni mustasno qoldirdilar. Bunga ham mayli dedim. Faqat u zotlardan biri bir yerga muftiy qilib tayinlangan, mamlakatidan boshqa har tarafni kezadi va Anqaraga ham boryapti. Boshqasi Istanbulda qirq minglab hamshaharlari ichida va hamma bilan koʻrisha oladigan vaziyatda qoldirilgan. Holbuki bu ikki zot men kabi kimsasiz, yolgʻiz emaslar.. mashaalloh buyuk nufuzlari bor. Ham... Ham... Meni esa bir qishloqqa tiqishgan, eng vijdonsiz insonlar bilan meni siqishgan. Yigirma daqiqalik bir qishloqqa olti yilda ikki marta bora olganim kabi, u qishloqqa borish va bir necha kun tabdili havo uchun ruxsat bermaydigan darajada, meni muzaaf bir istibdod ostida ezyaptilar. Holbuki bir hukumat qay shaklda boʻlsa boʻlsin, qonuni bitta boʻladi. Qishloqlar va shaxslarga koʻra boshqa-boshqa qonun boʻlmaydi. Demak, men haqqimdagi qonun, qonunsizlikdir. Bu yerdagi ma'murlar; nufuzi hukumatni agʻrazi shaxsiyada iste'mol etyaptilar. Faqat Janobi Arhamurrohiminga yuz minglab shukr qilaman va tahdisi ne'mat suratida aytaman: "Butun ularning bu tazyiqot va istibdodlari; anvori Qur'oniyani nurlantirgan gʻayrat va himmat otashiga oʻtin parchalari hukmiga oʻtyapti; ish'ol etyapti, porlatyapti. Va u tazyiqlarni koʻrgan va gʻayratning harorati bilan inbisot etgan u anvori Qur'oniya; Barla oʻrniga bu viloyatni, balki aksar mamlakatni bir madrasa hukmiga keltirdi. Ular meni bir qishloqda mahbus deb oʻylaydi. Zindiqlarning istashlariga qarshi, aksincha Barla kursi-i dars boʻlib, Isparta kabi koʻp yerlar madrasa hukmiga oʻtdi..."
Beshinchi Risola boʻlgan Beshinchi Masala
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon takror bilan:
kabi oyatlar bilan koʻrsatadiki: Xoliqi Rahmon ibodidan istagan eng muhim ish, shukrdir. Furqoni Hakimda gʻoyat ahamiyat bilan shukrga da'vat qiladi. Va shukr qilmaslikni, ne'matlarni takzib va inkor suratida koʻrsatib فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ farmoni bilan, Sura-i Rahmonda shiddatli va dahshatli bir suratda oʻttiz bir marta bu oyat bilan tahdid etadi. Shukrsizlik, bir takzib va inkor ekanini koʻrsatadi.
Ha, Qur'oni Hakim qandayki shukrni natija-i xilqat sifatida koʻrsatadi; xuddi shuning kabi Qur'oni Kabir boʻlgan shu koinot ham koʻrsatadiki: Natija-i xilqati olamning eng muhimi, shukrdir. Chunki koinotga diqqat qilinsa, koʻrinadiki: Koinotning tashkiloti shukrni intoj etadigan bir suratda har bir narsa bir daraja shukrga qaraydi va unga mutavajjih boʻladi. Goʻyo bu shajara-i xilqatning eng muhim mevasi, shukrdir. Va shu koinot fabrikasi chiqargan mahsulotning eng a'losi, shukrdir. Chunki xilqati olamda koʻryapmizki; mavjudoti olam bir doira tarzida tashkil qilinib, ichida nuqta-i markaziya oʻlaroq hayot xalq etilgan. Butun mavjudot hayotga qaraydi, hayotga xizmat qiladi, hayotning lavozimotini yetishtiradi. Demak, koinotni xalq etgan zot undan u hayotni intihob etadi. Soʻngra koʻryapmizki; zihayot olamlarini bir doira suratida ijod etib, insonni nuqta-i markaziyada qoldiradi. Goʻyo zihayotlardan maqsud boʻlgan gʻoyalar unda tamarkuz etadi; butun zihayotni uning atrofiga toʻplab, unga xizmatkor va musahhar qiladi, uni ularga hokim qiladi. Demak, Xoliqi Zuljalol zihayotlar ichida insonni intihob etadi, olamda uni iroda va ixtiyor qiladi.
Soʻngra koʻryapmizki; olami insoniyat ham, balki hayvon olami ham bir doira hukmida tashkil qilinadi va nuqta-i markaziyada rizq vaz' etilgan. Butun navi insonni va hatto xuddiki hayvonotni rizqqa ta'ashshuq ettirib, ularni batamom rizqqa xodim va musahhar qilgan. Ularga hukm qilgan rizqdir. Rizqni ham shu qadar keng va boy bir xazina qilganki, hadsiz ne'matlarni jome'dir. Hatto rizqning koʻp anvo'idan yolgʻiz bir navining totlarini tanish uchun, lisonda quvva-i zoiqa nomli bir jihoz bilan, mat'umot adadicha ma'naviy nozik mezonchalar qoʻyilgan. Demak, koinot ichida eng ajib, eng boy, eng gʻarib, eng shirin, eng jome', eng badi' haqiqat rizqdadir.
Hozir koʻryapmizki: Hamma narsa rizqning atrofida toʻplanib, unga qarayotgan ekan; xuddi shuning kabi rizq ham butun anvo'i bilan ma'nan va moddatan, holan va qolan shukr bilan qoimdir, shukr bilan boʻlyapti, shukrni yetishtiryapti, shukrni koʻrsatyapti. Chunki rizqqa ishtaha va ishtiyoq, bir navi shukri fitriydir. Va talazzuz va zavq ham gʻayri shuuriy bir shukrdirki, butun hayvonotda bu shukr bordir. Yolgʻiz inson, zalolat va kufr bilan u fitriy shukrning mohiyatini oʻzgartiradi; shukrdan shirkka ketadi.
Ham rizq boʻlgan ne'matlarda gʻoyat goʻzal bezakli suratlar, gʻoyat goʻzal hidlar, gʻoyat goʻzal totishlar; shukrning da'vatchilaridir, zihayotni shavqqa da'vat etadi va shavq bilan bir navi istehson va ehtiromga chorlaydi, bir shukri ma'naviy qildiradi. Va zishuurning nazarini diqqatga jalb qiladi, istehsonga targʻib etadi. Ne'matlari ehtiromga uni tashviq etadi; u bilan qolan va fe'lan shukrga irshod qiladi va shukr qildiradi va shukr ichida eng oliy va totli lazzatni va zavqni unga tottiradi. Ya'ni, koʻrsatadiki: Shu lazzatli rizq va ne'mat, qisqa va muvaqqat lazzati zohiriyasi bilan barobar doimiy, haqiqiy, hadsiz bir lazzatni va zavqni tashigan iltifoti Rahmoniyni shukr bilan qozontiradi. Ya'ni: Rahmat xazinalarining Moliki Karimining hadsiz lazzatli boʻlgan iltifotini oʻylattirib, bu dunyoda ham Jannatning boqiy bir zavqini ma'nan tottiradi. Xullas, rizq shukr vositasi bilan shu qadar qiymatli va boy bir xazina-i jome'a boʻlgani holda, shukrsizlik bilan nihoyat darajada sukut etadi.
Oltinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: Lisondagi quvva-i zoiqa Janobi Haq hisobiga, ya'ni ma'naviy vazifa-i shukroniya bilan rizqqa mutavajjih boʻlgan vaqti, u tildagi quvva-i zoiqa rahmati benihoya-i Ilohiyaning hadsiz matbaxlariga shokir bir mufattish; homid bir noziri oliyqadr hukmidadir. Agar nafs hisobiga boʻlsa, ya'ni, rizqni in'om etganning shukrini oʻylamasdan mutavajjih boʻlsa; u tildagi quvva-i zoiqa bir noziri oliyqadr maqomidan batn fabrikasining qoʻriqchisi va me'da oxurining bir darvozaboni darajasiga tushadi. Qanday qilib rizqning bu xizmatkori shukrsizlik bilan bu darajaga tushadi, shuning kabi rizqning mohiyati va boshqa xodimlari ham sukut etadilar. Eng yuksak maqomdan eng adno maqomga tushadilar. Koinot Xoliqining hikmatiga zid va muxolif bir vaziyatga tushadilar.
Shukrning miqyosi; qanoatdir va iqtisoddir va rizodir va mamnuniyatdir. Shukrsizlikning mezoni; hirsdir va isrofdir, hurmatsizlikdir, harom-halol demasdan duch kelganni yeyishdir.
Ha, hirs; shukrsizlik boʻlgani kabi, ham sababi mahrumiyatdir, ham vosita-i zillatdir. Hatto hayoti ijtimoiyaga sohib boʻlgan muborak chumoli ham, goʻyo hirs vositasi bilan oyoqlar ostida qolgan, eziladi. Chunki qanoat qilmasdan, bir yilda bir nechta bugʻdoy kifoya ekan, qoʻlidan kelsa, minglab donni toʻplaydi. Goʻyo muborak ari, qanoati tufayli bosh uzra uchadi. Qanoat qilgani uchun, asalni insonlarga amri ilohiy bilan ehson qiladi, yediradi.
Ha, Zoti Aqdasning olami zotiysi va eng a'zamiy ismi boʻlgan Lafzullohdan keyin turadigan eng a'zam ismi Rahmon rizqqa qaraydi va rizqdagi shukr bilan unga yetishiladi. Ham Rahmonning eng zohir ma'nosi Razzoqdir.
Ham shukrning anvo'i bor. U navlarning eng jome'i va fihrista-i umumiyasi, namozdir.
Ham, shukr ichida sof bir iymon bor, xolis bir tavhid mavjud. Chunki bir olmani yegan va "Alhamdulilloh" degan odam, u shukri bilan e'lon qiladiki: "U olma toʻgʻridan toʻgʻriga dasti qudratning yodgorligi va toʻgʻridan toʻgʻri xazina-i rahmatning hadyasidir", deyishi bilan va e'tiqod etishi bilan, hamma narsani -juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin- dasti qudratiga taslim etadi. Va har narsada rahmatning jilvasini biladi. Haqiqiy bir iymonni va xolis bir tavhidni shukr bilan bayon etadi.
Insoni gʻofil, kufroni ne'mat bilan qay daraja xasoratga tushganini koʻp jihatlardan yolgʻiz bir vajhini aytamiz:
Lazzatli bir ne'matni inson yesa, agar shukr qilsa; u yegan ne'mati shukr vositasi bilan bir nur boʻladi, uxroviy bir meva-i Jannat boʻladi. Bergan lazzati bilan Janobi Haqning iltifoti rahmatining asari ekanini oʻylash bilan, buyuk va doimiy bir lazzat va zavq beradi. Bunday ma'naviy mohiyat va xulosalarni va ma'naviy moddalarni ulviy maqomlarga yoʻllab, moddiy va sufliy (posa) va qishriy, ya'ni vazifasini tugatgan va luzumsiz qolgan moddalari fuzulot boʻlib asliga, ya'ni anosirga inqilob etishga ketadi. Agar shukr qilmasa; u muvaqqat lazzat zavol bilan bir alam va taassuf qoldiradi va oʻzi ham qazurot boʻladi. Olmos mohiyatli ne'mat koʻmirga aylanadi. Shukr bilan zoil rizqlar; doimiy lazzatlar, boqiy mevalar beradi. Shukrsiz ne'mat, eng goʻzal bir suratdan xunuk bir suratga aylanadi. Chunki u gʻofilga koʻra rizqning oqibati, muvaqqat bir lazzatdan keyin fuzulotdir.
Ha, rizqning ishqqa loyiq surati bor; u ham, shukr bilan u surat koʻrinadi. Boʻlmasa, ahli gʻaflat va zalolatning rizqqa ishqlari, bir hayvonlikdir. Yana bunga qiyos qilki, ahli zalolat va gʻaflat qay daraja xasorat etadi.
Anvo'i zihayot ichida eng ziyoda rizqning avno'iga muhtoj, insondir. Janobi Haq insonni barcha asmosiga jome' bir oyna va butun rahmatining xazinalarining mudaxxarotini tortadigan, taniydigan jihozotga molik bir moʻ'jiza-i qudrat va butun asmosining jilvalarining va san'atlarining nozikliklarini mezonga tortadigan asboblarni ichiga olgan bir xalifa-i Arz suratida xalq etgan. Shuning uchun hadsiz bir ehtiyoj berib, moddiy va ma'naviy rizqning hadsiz anvo'iga muhtoj qilgan. Insonni bu jome'iyatga koʻra eng a'lo bir mavqe boʻlgan ahsani taqvimga chiqarish vositasi, shukrdir. Shukr boʻlmasa, asfali sofiliynga tushadi; bir zulmi azimni irtikob etadi.
Alhosil: Eng a'lo va eng yuksak tariq boʻlgan tariqi ubudiyat va mahbubiyatning toʻrt asosidan eng buyuk asosi shukrdirki; u toʻrt asos shunday ta'bir etilgan:
Ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq, ey aziz..."
Oltinchi Risola boʻlgan Oltinchi Masala
Yettinchi Risola boʻlgan Yettinchi Masala
Shu masala "Yetti Ishorat"dir.
Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi Sabab: Eski Harbi Umumiydan avval va avoilida, bir voqea-i sodiqada koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan u togʻ mudhish tarzda infiloq etdi. Togʻlar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. U dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qoʻrqma! Janobi Haqning amridir; u Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir zot menga amirona deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon et". Uygʻondim, angladimki: Bir katta infiloq boʻladi. U infiloq va inqilobdan soʻngra Qur'on atrofidagi qal'alar sinadi. Toʻgʻridan toʻgʻriga Qur'on oʻzini oʻzi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning poʻlat bir sovuti boʻladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq, men kabi bir odam nomzod boʻladi va nomzod boʻlganimni angladim.
Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon Soʻzlar bilan boʻldi. Albatta u i'jozning hisobiga oʻtgan va uning rashahoti va barakoti navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyotni izhor etish, i'jozga yordam va izhor etish kerak.
Ikkinchi Sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; u oʻzini oʻzi madh etyapti. Biz ham uning darsiga ittiboan, uning tafsirini madh etamiz.
Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqoiq Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda حٰمٓ larda oʻzini oʻzi kamoli hashmat bilan koʻrsatadi, kamolotini aytadi, loyiq boʻlgan madhni oʻziga oʻzi qiladi. Albatta, Soʻzlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat boʻlgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab: Soʻzlar haqida tavozu suratida demayman; balki bir haqiqatni bayon etish uchun aytaman: Soʻzlardagi haqoiq va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan tarashshuh etgan. Hatto Oʻninchi Soʻz, yuzlab oyoti Qur'oniyadan sizilgan ba'zi qatarotdir. Boshqa risolalar ham batamom shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman; albatta boqiy narsa va bir asar, men bilan bogʻlanmasligi kerak va bogʻlanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon, ishlariga toʻgʻri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir; albatta samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozotga va tanqidotga mador boʻla olgan va sukut eta olgan chirik bir tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak. Ham modomiki urfi nosda, bir asardagi mazoya, u asarning masdari va manbai deb oʻylaganlari muallifining atvorida qidiriladi va bu odatga koʻra, u haqoiqi oliyani va u javohiri gʻoliyani oʻzim kabi bir muflisga va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsiyatimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar oʻz molim emas, Qur'onning moli boʻlib, Qur'onning rashahoti maziyotiga mazhar boʻlganlarini izhor etishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xosiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.
Toʻrtinchi Sabab: Ba'zan tavozu, kufroni ne'matni istilzom etadi; balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor boʻladi. Ikkisi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi; na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Maziyat va kamolotlarni iqror etib, faqat tamalluk etmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi boʻlib koʻrsatishdir. Masalan: Murasso' va muzayyan bir albisa-i faxirani bir kishi senga kiydirsa va u bilan juda goʻzallashsang, odamlar senga: "Mashaalloh juda goʻzalsan, juda goʻzallashding", deyishsa, sen tavozukorona: "Xosho!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani goʻzallik?" desang, u payt kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga qarshi hurmatsizlik boʻladi. Agar muftaxirona desang: "Ha, men juda goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, men kabi birini koʻrsating". U payt magʻrurona bir faxrdir.
Demak, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men goʻzallashdim, faqat goʻzallik libosniki va demakki libosni menga kiydirganniki, meniki emas".
Buning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun Kura-i Arzga baqirib deymanki: Soʻzlar goʻzaldirlar, haqiqatdirlar; faqat meniki emas, Qur'oni Karimning haqoiqidan talammu' etgan shualardir.
dasturi bilan deymanki:
ya'ni: "Qur'onning haqoiqi i'jozini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsatolmadim; balki Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birotimni ham goʻzallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan; haqoiqi Qur'onning goʻzalligi nomiga Soʻzlar nomidagi oynalarining goʻzalliklarini va u oynadorlikka tarattub etgan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi Sabab: Koʻp zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki; u zot eski valiylarning gʻaybiy ishoratlaridan istixroj etgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur zuhur etadi, bid'atlar zulumotini tarqatadi". Men bunday bir nurning zuhuriga koʻp intizor etdim va etyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Shunday qudsiy gullarga zamin tayyorlash lozim keladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin ihzor etyapmiz. Modomiki oʻzimizga oid emas, albatta Soʻzlar nomli nurlarga oid boʻlgan inoyoti Ilohiyani bayon etishda madori faxr va gʻurur boʻlolmaydi; balki madori hamd va shukr va tahdisi ne'mat boʻladi.
Oltinchi Sabab: Soʻzlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'onga xizmatimizga bir mukofoti a'jila va bir vosita-i tashviq boʻlgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor etiladi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa; koʻpi bilan bir ikromi Ilohiy boʻladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan oʻtsa, koʻpi bilan hech ixtiyorimiz qoʻshilmasdan bir karomati Qur'oniya boʻladi. Biz mazhar boʻlganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, unda koʻpi bilan Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari boʻladi. Modomiki i'joz izhor etiladi, albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga oʻtadi; hech madori faxr va gʻurur boʻlolmaydi, balki madori hamd va shukrondir.
Yettinchi Sabab: Navi insonning yuzdan saksoni ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va moʻ'tamad insonlardan eshitgan masoillarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qoʻlida zaif koʻradi va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatli talaqqiy etadi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaning qiymatini, aksar nosning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, bilmajburiya e'lon etamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmasdan, birisi bizni istihdom etyapti; biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlatyapti. Dalilimiz shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyotga va tasxilotga mazhar boʻlyapmiz. Shunday ekan, u inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, oʻtgan yetti sabablarga binoan, kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishorat qilamiz.
Birinchi Ishorat: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilganki, "tavofuqot"dir. Azjumla: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishoratidan to Oʻn Sakkizinchi Ishoratiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir mustansixning nusxasida ikki sahifa mustasno boʻlib mutaboqiy butun sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, koʻpi bilan bir sahifada kasratli amsol kalimalari boʻlsa, yarmi qadar tavofuq boʻladi, faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq eta oladi. U holda bunday umum sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasi; ikki boʻlsin, uch boʻlsin, toʻrt boʻlsin yoki yana ziyod boʻlsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodif boʻlishi mumkin emas. Ham sakkiz boshqa-boshqa mustansix buzolmagan bir tavofuqning, quvvatli bir ishorati gʻaybiya ichida ekanini koʻrsatadi. Qandayki ahli balogʻatning kitoblarida balogʻatning darajoti boʻlgani holda; Qur'oni Hakimdagi balogʻat, daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Shunga oʻxshab; moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur ajzolarida tavofuqot umum kitoblardan ustun bir daraja-i gʻarobat koʻrsatadi. Va shundan tushuniladiki; moʻ'jizoti Qur'oniya va moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda tajalliy va tamassul etyapti.
Ikkinchi Ishorat: Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim ummiy, diyori gʻurbatda, hech kimi boʻlmagan, ixtilotdan man etilgan tarzda; quvvatli, jiddiy, samimiy, gʻayyur, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich boʻlgan qardoshlarni menga muovin tarzida ehson etdi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir kelgan vazifa-i Qur'oniyani u kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan, yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa; -Xulusiyning ta'biri bilan- simsiz telegrafning oxizalari hukmida va -Sabrining ta'biri bilan- nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa maziyatlari va qiymatli muxtalif xosiyatlari bilan birga, -yana Sabrining ta'biri bilan- bir tavofuqoti gʻaybiya navidan, shavq va sa'yu gʻayrat va jiddiyatga bir-biriga oʻxshash bir suratda asrori Qur'oniyani va anvori iymoniyani atrofga nashr etishlari va har yerga yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, hurufot oʻzgargan, matbaa yoʻq, harkas anvori iymoniyaga muhtoj boʻlgan bir zamonda) va futur beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar bor ekan, bularning futursiz, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻriga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valoyatning karomati boʻlgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun boʻlgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy tasonudning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻta oladi, inoyotga mazhar boʻladi.
Ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir boʻlinmaning serjantiga butun sharafni va butun gʻanimatni berish bir zulm, xato boʻlgani kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan futuhotdagi inoyotni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda, tavofuqoti gʻaybiyadanda quvvatli bir ishorati gʻaybiya bor va men koʻryapman; faqat harkimga va umumga koʻrsatolmayman.
Uchinchi Ishorat: Risola-i Nur ajzolari butun muhim haqoiqi iymoniya va Qur'oniyani hatto eng muannidga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki haqoiqi iymoniya va Qur'oniya ichida shundaylar borki; eng buyuk bir dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino fahmida ojizligini e'tirof etgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. Oʻninchi Soʻz Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqoiqni avomlarga ham, bolalarga ham bildiradi.
Ham masalan: Sirri Qadar va juzi ixtiyoriyning hal etilishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi alloma; qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan talvih nom kitobida zoʻrgʻa hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masoilni, qadarga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida tamomi bilan, ham harkasga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat boʻlmasa, nima?
Ham butun uqulni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf etilmagan va sirri xilqati olam va tilsimi koinot deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning tahavvuloti zarrotning olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va xilqati koinotning va oqibatining muammosini va tahavvuloti zarrotdagi harakotning sirri hikmatini kashf va bayon etishgan, maydondadir, koʻrish mumkin.
Ham sirri ahadiyat bilan, sheriksiz vahdati rububiyatni; ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan, nihoyatsiz bu'diyatimiz boʻlgan hayrat-angiz haqiqatlarni kamoli vuzuh bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon etganlari kabi; qudrati Ilohiyaga nisbatan zarrot va sayyorot musoviy boʻlganini va hashri a'zamda umum ziruhning ihyosi, bir nafsning ihyosi qadar u qudratga oson ekanini va shirkning xilqati koinotda mudohalasi imtino' darajasida aqldan uzoq ekanini kamoli vuzuh bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli, shu azim sirri vahdatni kashf etgan.
Ham haqoiqi iymoniya va Qur'oniyada shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy ihota etolmagani holda; men kabi zehni mushavvash, vaziyati parishon, murojaat etiladigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va sur'at bilan yozgan bir odamda, u haqoiqning aksariyati mutlaqasi daqoiqi bilan zuhuri; toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati gʻaybiyadir.
Toʻrtinchi Ishorat: Ellik-oltmishta risolalar {(*) Hozir bir yuz oʻttizta.} shunday bir tarzda ehson etilganki; men kabi oz fikrlagan va zuhurotga tobeiyat etgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning emas; balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan toʻgʻriga bir asari inoyat boʻlganini koʻrsatadi. Chunki butun bu risolalarda butun chuqur haqoiq; tamsilot vositasi bilan, eng omi va ummiy boʻlganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqoiqning koʻpini buyuk olimlar "tafhim etilmaydi" deb, avomga emas, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada; men kabi Turkchasi oz, soʻzlari mugʻlaq, koʻpi anglashilmaydigan va zohir haqiqatlarni ham mushkullashtiradi deb eskidan beri ishtihor topgan va eski asarlari sui ishtihorni tasdiq etgan shaxsning qoʻlida bu horiqo tasxilot va suhulati bayon; albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.
Beshinchi Ishorat: Risolalar umumiy shaklda koʻp intishor etgani holda, eng buyuk olimdan to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir valiydan to eng muannid dinsiz bir faylasufgacha boʻlgan tabaqoti nos va toifalar u risolalarni koʻrib, oʻqib va bir qismi ta'zirlarini yeb, tanqid etilmasligi va har toifa darajasiga koʻra istifoda etishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya boʻlgani kabi, koʻp tadqiqot va taharriyotning natijasi bilan husul topgan u tur risolalar, favquloda bir sur'at bilan, ham idrokimni va fikrimni mushavvash etgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va mustansixlar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh parchasi, bir necha kun mobaynida har kun ikki-uch soatda va majmui oʻn ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi; hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida zohir bir xotami nubuvvatni koʻrsatgan toʻrtinchi juz, uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan; va Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan; va Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar shundayligi; va eskidan beri qiynalgan va munqabiz boʻlgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin doʻstlarim bilishadi. Xususan, u qiynoqqa xastalik ham ilova etilsa, meni yanada koʻproq darsdan, ta'lifdan man etish bilan birga; eng muhim Soʻzlar va risolalar, eng qiynoqli va xastalikli zamonimda, eng sur'atli bir tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya boʻlmasa, nima?
Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin, bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan boʻlsa, muhaqqaq bir qism masoili bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Bu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -koʻplardan soʻraganim holda- sui ta'sir va aks-ul amal va taxdishi azhon kabi bir zarar bermaganlari, toʻgʻridan toʻgʻri bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizcha muhaqqaqdir.
Oltinchi Ishorat: Hozir mencha qat'iyat paydo etgandirki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda oʻtgan va shunday gʻarib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Goʻyo butun hayoti ilmiyam muqaddimoti ihzoriya hukmiga oʻtgan. Va Soʻzlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda boʻlgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va gʻurbatimda va sababsiz va orzumning xilofiga tajarrudim va mashrabimga muxolif yolgʻiz bir qishloqda imrori hayot etishim; va eskidan beri ulfat etganim hayoti ijtimoiyaning koʻp robitalaridan va qoidalaridan nafrat etib tark etishim; toʻgʻridan toʻgʻriga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto koʻp marta menga berilgan qiynoq va zulman menga qarshi boʻlgan tazyiqot pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona, Qur'onning asroriga hasri fikr ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto eskidan mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; boshqa barcha kitoblarning mutolaasidan bir man, bir mujonabat ruhimga berilgan edi. Bunday gʻurbatda madori tasalli va unsiyat boʻlgan mutolaani menga tark ettirgan, angladimki, toʻgʻridan toʻgʻriga oyoti Qur'oniyaning ustozi mutlaq boʻlishlari uchundir.
Ham yozilgan asarlar, risolalar, -aksariyati mutlaqasi- xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan hojatga binoan, oniy va daf'iy boʻlib ehson etilgan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim: "Shu zamonning yaralariga davodir", deyishgan edi. Intishor etgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, toʻliq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga oʻtyapti.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ulumlarning anvo'laridagi xilofi odat ixtiyorsiz tatabbu'otim bunday bir natija-i qudsiyaga munjar boʻlish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy ekaniga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi Ishorat: Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, bila-mubolagʻa yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishorat etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining masoili mutafarriqasida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tasxixotida va yerlariga joylashtirishda va tasvid va tabyizida favqalma'mul karomatkorona bir tasxilotga mazhar boʻlyapmiz. Karomati Qur'oniya boʻlganiga shubhamiz yoʻq. Buning yuzlab misollari bor.
Ham maishat xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni istihdom etgan sohibi inoyat qondirish uchun, favqalma'mul bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat quvvatli bir ishorati gʻaybiyadirki, biz istihdom etilyapiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.
[Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga ilhoq etilgan edi. Kutilmaganda aksar mustansixlar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq mavqe'i bu yer ekanki, yashirin qolgan.]
Mendan soʻrayapsan: "Nima uchun sening Qur'ondan yozgan Soʻzlaringda bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida nodiran topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?"
Aljavob: -Goʻzal bir javobdir- Sharaf, i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmaganidan, bila-parvo deyman: Aksariyat e'tibori bilan shunday. Chunki:
Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati shuki:
Eski zamonda asosoti iymoniya mahzuf edi, taslim kuchli edi. Tafarruotda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz boʻlsa ham, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda zalolati fanniya qoʻlini asosotga va arkonga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim boʻlgan Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan boʻlgan tamsilotidan bir shu'lasini; ajz va za'fimga, faqr va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Ham sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar toʻplattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqoiqqa osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; haqoiqi gʻaybiyaga, asosoti Islomiyaga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniya hosil boʻldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham taslim boʻlishga majbur boʻldi.
Alhosil: Yozuvlarimda naqadar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning lamaatidandir. Mening hissam; yolgʻiz shiddati ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ajzim bilan tazarruyimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.
Yettinchi Masalaning Xotimasi
[Sakkiz inoyati Ilohiya suratida kelgan ishoroti gʻaybiyaga doir kelgan yoki kelish ehtimoli boʻlgan avhomni izola etish va bir sirri azimi inoyatni bayon etishga doir.]
Birinchi Nukta: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida yetti-sakkiz kulliy va ma'naviy inoyoti Ilohiyadan his etganimiz bir ishorati gʻaybiyani "Sakkizinchi Inoyat" nomi bilan "tavofuqot" ta'biri ostidagi naqshda u ishorotning jilvasini koʻrganimizni iddi'o etgan edik. Va iddi'o etamiz: Bu yetti-sakkiz kulliy inoyotlar shu daraja quvvatli va qat'iyki, har biri bir oʻzi u ishoroti gʻaybiyani isbot qiladi. Farzi mahol boʻlib bir qismi zaif koʻrilsa, hatto inkor etilsa; u ishoroti gʻaybiyaning qat'iyatiga xalal bermaydi. U sakkiz inoyatni inkor etolmagan, u ishorotni inkor etolmaydi. Faqat tabaqoti nos muxtalif boʻlgani, ham kasratli tabaqa hisoblangan tabaqa-i avom koʻziga yanada ziyoda e'tmod etgani uchun; u sakkiz inoyotning ichida eng quvvatlisi emas, balki eng zohiriysi tavofuqot boʻlganidan; -garchi boshqalari yanada quvvatli, faqat bu yanada umumiy boʻlgani uchun- unga kelgan avhomni daf etish maqsadi bilan, bir muvozana navidan bir haqiqatni bayon qilishga majbur boʻldim:
U zohiriy inoyat haqida degandik: Yozgan risolalarimizda Qur'on kalimasi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida shunday bir daraja tavofuqot koʻrinyapti.. hech bir shubha qoldirmayaptiki, bir qasd bilan tanzim etilib, muvoziy bir vaziyat beriladi. Qasd va iroda esa, bizlarniki boʻlmaganiga dalilimiz: Uch-toʻrt yil soʻngra muttali' boʻlganimizdir. Shunday ekan, bu qasd va iroda bir inoyat asari boʻlib gʻaybiydir. Yolgʻiz i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyani ta'yid suratida u ikki kalimada tavofuq suratida u gʻarib vaziyat berilgan. Bu ikki kalimaning muborakiyati, i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyaga bir xotami tasdiq muhri boʻlish bilan barobar; boshqa oʻxshash kalimalari ham aksariyati azima bilan tavofuqqa mazhar etishgan. Faqat ular bittadan sahifaga maxsus. Shu ikki kalima bir-ikki risolaning umumida va aksar risolalarda koʻrinadi. Faqat mukarrar deganmiz: Bu tavofuqning asli, boshqa kitoblarda ham koʻp boʻlishi mumkin; ammo qasd va iroda-i oliyani koʻrsatadigan bu daraja gʻarobatda emas. Hozir bu da'vomizni rad etish mumkin boʻlmagani uchun, zohir nazarlarda rad qilingan kabi koʻrishda bir-ikki jihat boʻlishi mumkin:
Birisi: "Sizlar oʻylab, shunday bir tavofuqni toʻgʻrilagansiz", deya oladilar. "Bunday narsa qilish qasdi bilan boʻlsa, yengil va oson narsa". Bunga qarshi deymizki: Bir da'voda ikki shohidi sodiq yetarlidir. Bu da'vomizdagi qasd va irodamiz taalluq etmasdan, uch-toʻrt yil soʻngra muttali' boʻlganimizga yuz shohidi sodiq topilishi mumkin. Bu munosabat bilan bir nuqta aytaman: Bu karomati i'joziya, Qur'oni Hakim balogʻat jihatida daraja-i i'jozda boʻlish navidan emas. Chunki i'jozi Qur'onda, qudrati bashar u yoʻlda ketib u darajaga yetisholmaydi. Bu karomati i'joziya esa, qudrati bashar bilan boʻlolmaydi; qudrat u ishga qoʻshilolmaydi. Qoʻshilsa, sun'iy boʻladi, buziladi.
{(Hoshiya) Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida; bir nusxada, bir sahifada toʻqqiz Qur'on tavofuq suratida boʻlgani holda, bir-biriga chiziq tortdik, majmuida Muhammad lafzi chiqdi. U sahifaning muqobilidagi sahifada sakkiz Qur'on tavofuq bilan barobar, majmuida Lafzulloh chiqdi. Tavofuqda bunday badi' narsalar koʻp bor. Bu hoshiyaning maolini koʻzimiz bilan koʻrdik.
Bekir, Tavfiq, Sulaymon, Gʻolib, Said}
Uchinchi Nukta: Ishorati xossa, ishorati omma munosabati bilan bir sirri daqiqi rububiyat va Rahmoniyatga ishorat qilamiz:
Bir qardoshimning goʻzal bir soʻzi bor. U soʻzni bu masalaga mavzu qilaman. Soʻzi ham shuki: Bir kun goʻzal tavofuqotni unga koʻrsatdim: "Goʻzal! Zotan har bir haqiqat goʻzaldir. Faqat bu Soʻzlardagi tavofuqot va mavaffaqiyat goʻzalroq", dedi. Men ham dedim: Ha, hamma narsa yo haqiqatdan goʻzaldir, yo bizzot goʻzaldir yoki natijalari e'tibori bilan goʻzaldir. Va bu goʻzallik, rububiyati ommaga va shumuli rahmatga va tajalliyi ommaga qaraydi. Aytganing kabi, bu muvaffaqiyatdagi ishorati gʻaybiya goʻzalroq. Chunki bu rahmati xossaga va rububiyati xossaga va tajalliyi xossaga qaraydigan bir suratdadir. Buni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz:
Bir podshohning umumiy saltanati va qonuni bilan, marhamati shohonasi umum afrodi millatni tashmil etishi mumkin. Har fard, toʻgʻridan-toʻgʻriga u podshohning lutfiga, saltanatiga mazhardir. U surati umumiyada afrodning koʻp munosaboti xususiyasi bor.
Ikkinchi jihat, podshohning ehsonoti xususiyasidir va avomiri xossasi boʻlib; umumiy qonundan ustun bir fardga ehson qiladi, iltifot qiladi, amr beradi.
Xullas, bu misol kabi; Zoti Vojib-ul Vujud va Xoliqi Hakim va Rahimning umumiy rububiyat va shumuli rahmati nuqtasida hamma narsa hissadordir. Hamma narsaning hissasiga isobat etgan jihatda, xususiy u bilan munosabatdordir. Ham qudrat va iroda va bepoyon ilmi bilan hamma narsaga tasarrufoti, hamma narsaning eng juz'iy ishlariga mudohalasi, rububiyati bor. Hamma narsa har sha'nida unga muhtojdir. Uning ilm va hikmati bilan ishlari qilinadi, tanzim etiladi. Tabiatning ham haddi yoʻqki, u doira-i tasarrufi rububiyatida saqlansin va ta'sir sohibi boʻlib mudohala etsin va tasodufning ham haqqi yoʻqki, u hassos mezoni hikmat doirasidagi ishlariga qoʻshilsin. Risolalarda yigirma yerda qat'iy hujjatlar bilan tasodifni va tabiatni rad qilganmiz va Qur'onning qilichi bilan i'dom etganmiz, mudohalalarini mahol koʻrsatganmiz. Faqat rububiyati ommadagi doira-i asbobi zohiriyada ahli gʻaflatning nazarida hikmati va sababi bilinmagan ishlarga tasodif nomini berishgan. Va hikmatlari ihota etilmagan ba'zi af'oli Ilohiyaning qonunlarini -tabiat pardasi ostida yashiringan- koʻrolmaganlar, tabiatga murojaat etishgan.
Ikkinchisi, xususiy rububiyatidir va xos iltifot va imdodi Rahmoniysi boʻlib, umumiy qonunlarning tazyiqoti ostida tahammul etolmagan fardlarning imdodiga RahmonirRahim ismlari imdodga yetishadilar. Xususiy bir suratda muovanat etadilar, u tazyiqotdan qutqaradilar. Shuning uchun, har zihayot, xususan inson har onda undan istimdod etadi va madad olishi mumkin.
Xullas, bu xususiy rububiyatidagi ehsonoti, ahli gʻaflatga qarshi ham tasodif ostiga yashirilmaydi va tabiatga havola etilmaydi.
Shu sirga binoan; I'jozi Qur'on va Moʻ'jizoti Ahmadiyadagi ishoroti gʻaybiyani xususiy bir ishorat deb qabul qilamiz va e'tiqod etganmiz. Va bir imdodi xususiy va muannidlarga qarshi oʻzini koʻrsatadigan bir inoyati xossa ekanini qat'iyan bildik. Va yolgʻiz lilloh uchun e'lon qildik. Qusur etgan boʻlsak, Alloh avf etsin. Omin.
"Qoʻlda Qur'on kabi burhoni haqiqat bor ekan
Munkirlarni ilzom uchun koʻnglimga siqlat-mi kelar".
Soʻzing oʻzdir ey jon, takalluf emas
Ladun ilmining zubda-i pokidir
Bu, summattadorik tasannuf emas
Bu bir hikmati nuri irfondir
Ki ahva va lagʻv va tafalsuf emas
Muzakki-i nafs va musaffi-i ruh
Murabbi-i dildir, tasavvuf emas
U Soʻzlar butun ma'rifat shamsidir
Soʻzim toʻgʻridir, bir taalluf emas
Ichning nuridir, lafzga aks aylamish
Bir-ikki satrda taroduf emas
Mutobiq lafzlar bir-biriga
Bu aslo tasannu', tasoduf emas
Tizilgan nizom bilan butun harflari
Tavofuqdir, aslo taxoluf emas
Bu bir jilva-i sirri i'jozdir
Ki Qur'ondandir, tajavvuf emas
Bu husni tasodif goʻzaldir goʻzal
Bu bobda nima deyilsa tazo'uf emas
Said-i Badiuzzamon-i Nursiy
Bayoni badi'dir, ta'attuf emas
Tasalliga yetishmagan qoʻlida qalam
Etar arzi diydor, taharruf emas
Isobat bunga savbi Haqdan kelar
Bu qasdiy emasdir, tasarruf emas
Buni koʻrmagan bad nazarlar uchun
Talahhuf derman men, taassuf emas
Ki bor ma'naviy hayratim gʻoliban
Bayonim bu yoʻlda tazarruf emas
Tavofuq, soʻzida unga koʻpmi
Tafavvuq, u uchun tasharruf emas
Koʻp ishda Haq uni muvaffaq etsin
Tavofuq, maqomi tavaqquf emas!
Qasam ichaman, toʻgʻridir soʻzi oʻzi bilan birga
Bu haqiqatni qabul va tasdiq qilmagan badmoyalar
Qolar zalolat va vodiyi xusronda necha sanalar
Bularni irshod etib qutqarishdir hunar
Hidoyat erishsa agar, u vaqt boʻyin egar
Hammaning islohini niyoz etib Xoliqqa yolvoraylik
Umumi anvori Qur'oniya boʻlgan Soʻzlarni oʻqib anglataylik
Bu yoʻlda bizlar ham fayz olib dilshod boʻlaylik
Fanoni baqoga tabdilda rizo-i Bariga qovushaylik
Sad hazor tahsinga loyiq bebaho fikra-i Gʻolib
Bu haqiqatlarni soʻylash bilan boʻlar shubhasiz gʻolib.
Sakkizinchi Risola boʻlgan Sakkizinchi Masala
Birinchi Nukta: Bir dasti inoyat ostida xizmati Qur'oniyada istihdom etilganimizga doir koʻp anvo'i ishoroti gʻaybiyani his etdik va ba'zilarini koʻrsatdik. Hozir u ishorotning yana yangisi shuki: Aksar Soʻzlarda tavofuqoti gʻaybiya bor.
{(Hoshiya) Tavofuqot esa, ittifoqqa ishoratdir; ittifoq esa, ittihodga nishondir, vahdatga alomatdir; vahdat esa, tavhidni koʻrsatadi; tavhid esa, Qur'onning toʻrt asosidan eng katta asosidir.}
Azjumla: Rasuli Akram kalimasida va Alayhissalotu Vassalam iborasida va Qur'on lafzi muboragida bir navi jilva-i i'joz tamassul etganiga bir ishorat bor. Ishoroti gʻaybiya naqadar yashirin va zaif boʻlsa ham, xizmatning maqbuliyatiga va masalalarning haqqoniyatiga dalolat qilgani uchun, mening nazdimda juda ahamiyatlidir va juda quvvatlidir. Ham gʻururimni sindiradi va yolgʻiz bir tarjimon boʻlganimni menga qat'iyan koʻrsatdi. Ham hech men uchun madori iftixor bir narsa qoldirmaydi, yolgʻiz madori shukron boʻlgan narsalarni koʻrsatadi. Ham modomiki Qur'onga oiddir va i'jozi Qur'on hisobiga oʻtadi va qat'iyan juzi ixtiyorimiz qoʻshilmaydi va xizmatda tanballik qilganlarni tashviq etadi va risolaning haq boʻlganiga qanoat beradi va bizlarga bir navi ikromi Ilohiydir va izhori tahdisi ne'matdir va aqli koʻziga tushgan mutamarridlarni isqot etyapti; albatta izhori lozimdir, inshaalloh zararsizdir.
Xullas, shu ishoroti gʻaybiyaning biri shuki: Janobi Haq kamoli rahmat va karamidan, Qur'onga va iymonga xizmat bilan mashgʻul boʻlgan bizlarni tashviq va qulubimizni tatmin uchun; bir ikromi Rabboniy va bir ehsoni Ilohiy suratida xizmatimizning maqbuliyatiga alomat va yozganimizning haqligiga ishorati gʻaybiya navidan, butun risolalarimizda va xususan Moʻ'jizoti Ahmadiya va I'jozi Qur'on va Derazalar Risolalarida tavofuqoti gʻaybiya navidan latofat ehson etgandir. Ya'ni, bir sahifada misl boʻlib kelgan kalimalarni bir-biriga qaratadi. Bunda bir ishorati gʻaybiya beriladiki: "Bir iroda-i gʻaybiy bilan tanzim etiladi. Ixtiyoringizga va shuuringizga ishonmanglar. Ixtiyoringiz xabari boʻlmasdan va shuuringiz yetishmasdan, horiqo naqshlar va intizomlar qilinyapti". Xususan Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasida lafzi Rasuli Akram va lafzi Salovot bir oyna hukmiga oʻtib, u tavofuqoti gʻaybiya ishoratini sarih koʻrsatadi. Yangi, tajribasiz bir mustansixning yozuvida, besh sahifa mustasno, mutaboqiy ikki yuzdan ortiq salovoti sharifa bir-biriga muvoziy boʻlib qarayaptilar. Shu tavofuqot esa; shuursiz yolgʻiz oʻn adadda bir-ikki tavofuqqa sabab boʻla oladigan tasodifning ishi boʻlmagani kabi, san'atda mahoratsiz, yolgʻiz ma'noga hasri nazar qilib gʻoyat sur'at bilan bir-ikki soatda oʻttiz-qirq sahifani ta'lif etgan va oʻzi yozmagan va yozdirgan men kabi bir bechoraning oʻylashi ham albatta emasdir.
Xullas, olti yil soʻngra, yana Qur'onning irshodi bilan va Ishorot-ul I'joz boʻlgan tafsirning toʻqqiz اِنَّا ning tavofuq surati bilan kelgan irshodi bilan soʻngra muttali' boʻlganman. Mustansixlar esa mendan eshitgan vaqtlari, hayrat ichida hayratda qoldilar. Qandayki lafzi Rasuli Akram va lafzi salovot; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navining bir navi kichik oynasi hukmiga oʻtdi. Shunga oʻxshab: Yigirma Beshinchi Soʻz boʻlgan i'jozi Qur'onda va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida lafzi Qur'on ham; qirq tabaqadan yolgʻiz koʻziga e'timod etgan tabaqasiga qarshi, bir navi moʻ'jizoti Qur'oniyaning, u navning qirq juzidan bir juzi, tavofuqoti gʻaybiya suratida butun risolalarda tajalliy etish bilan birga, u juzning qirq juzidan bir juzi, lafzi Qur'on ichida tazohur etgan:
Yigirma Beshinchi Soʻzda va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida; yuz marta Qur'on lafzi takarrur etgan; juda nodir boʻlib bir-ikki kalima xorij qolgan, mutaboqiysi butun bir-biriga qarayapti. Mana masalan: Ikkinchi Shuaning qirq uchinchi sahifasida yettita "Qur'on" lafzi bor, bir-biriga qarayapti. Va sahifa ellik oltida sakkiztasi bir-biriga qarayapti, yolgʻiz toʻqqizinchi mustasno qolgan. Xullas shu -hozir koʻz oʻngimizda- oltmish toʻqqizinchi sahifadagi beshta lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Va hokazo... Butun sahifalarda kelgan mukarrar lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Besh-olti donadan juda kamyob bir donasi tashqarida qolyapti. Boshqa taofuqot esa, -mana koʻzimizning oʻngida- sahifa oʻttiz uchda, oʻn besh adad اَمْ lafzi bor; oʻn toʻrtasi bir-biriga qarayapti. Ham koʻz oʻngimizda shu sahifada toʻqqiz iymon lafzi bor, bir-biriga qarayapti; yolgʻiz bittasi, mustansixning oraliq berishi bilan oz inhirof etgan. Ham shu -koʻzimizning oʻngidagi- sahifada ikki "mahbub" bor, -biri uchinchi satrda, biri oʻn beshinchi satrdadir- kamoli mezon bilan bir-biriga qarayapti. Ularning oʻrtasida toʻrtta "ishq" tizilgan, bir-biriga qarayaptilar. Yana boshqa tavofuqoti gʻaybiya bularga qiyos qilinsin. Qaysi mustansix boʻlsa boʻlsin; satrlari, sahifalari qay shaklda boʻlsa boʻlsin, muhaqqaq bu tavofuqoti gʻaybiya shunday darajada borki; na tasodifning ishi va na muallifning va muxtansixlarning oʻylovi ekaniga shubha qoldirmaydi. Faqat ba'zi xatlarda yanada koʻproq tavofuq koʻzga tushadi. Demak, bu risolalarga maxsus bir xatti haqiqiy bor. Ba'zilari u xatga yaqinlashadi. Gʻaroibdandirki, eng mohir mustansixlarning emas, balki yangilarning yozuvlarida yanada ziyoda koʻriladi. Bundan anglashiladiki; Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Soʻzlardagi hunar va zarofat va maziyat hech kimniki emas; balki muntazam, goʻzal haqoiqi Qur'oniyaning muborak qomatlariga yarashadigan mavzun, muntazam uslub liboslari hech kimning ixtiyor va shuuri bilan bichilmaydi va kesilmaydi; balki ularning vujudi, shunday istaydi va bir dasti gʻaybiydirki, u qomatga koʻra kesadi, bichadi, kiydiradi. Biz esa ichida bir tarjimon, bir xizmatkormiz.
Toʻrtinchi Nukta: Besh-olti savolni tazammun etgan birinchi savolingizda: "Maydoni hashrga jamlanish va ahvol qanday va kiyimsiz boʻladimi? Va doʻstlar bilan koʻrishish uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni shafoat uchun qanday topamiz? Hadsiz insonlar bilan birgina zot qanday koʻrishadi? Ahli Jannat va Jahannamning liboslari qanday boʻladi? Va bizga kim yoʻl koʻrsatadi" deyapsiz.
Aljavob: Shu savolning javobi gʻoyat mukammal va vazih boʻlib kutubi ahodisiyada bor. Mashrab va maslagimizga oid yolgʻiz bir-ikki nuktani aytamiz:
Avvalo: Bir maktubda; maydoni hashr, Kura-i Arzning madori sanaviysida boʻlganini va Kura-i Arz hozirdan ma'naviy mahsulotini u maydonning alvohlariga yuborgani kabi; yillik harakati bilan, doira-i vujudning tamassul va u doira-i vujudning mahsuloti bilan bir maydoni hashrning tashakkuliga bir mabda boʻlgani va Kura-i Arz deyilgan shu safina-i Rabboniyaning markazidagi Jahannami Sugʻroni Jahannami Kubroga boʻshatgani kabi, sakanasini ham maydoni hashrga boʻshatishi bayon etilgan.
Soniyan: Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlar boshda-boshqa Soʻzlarda, gʻoyat qat'iy suratda hashrning maydoni bilan birga vujudi qat'iy isbot etilgan.
Solisan: Koʻrishish esa, Oʻn Oltinchi Soʻzda va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkida qat'iyan isbot etilgandirki; bir zot nuroniyat sirri bilan, bir daqiqida minglab yerda boʻlib, millionlab odamlar bilan koʻrisha oladi.
Robian: Janobi Haq insondan boshqa ziruh maxluqotiga fitriy bittadan libos kiydirgani kabi; maydoni hashrda sun'iy liboslardan kiyimsiz, fitriy bir libos kiydirishi, ismi Hakimning muqtazosidir. Dunyoda sun'iy libosning hikmati, yolgʻiz sovuq va issiqdan muhofaza va ziynat va satri avratga munxasir emas; balki muhim bir hikmati, insonning boshqa navlardagi tasarruf va munosabatiga va qoʻmondonligiga ishorat qilgan bir mundarija va bir roʻyxat hukmidadir. Yoʻqsa oson va arzon, fitriy bir libos kiydira olar edi. Chunki bu hikmat boʻlmasa; muxtalif latta-puttaarni vujudiga oʻrab kiygan inson, shuurli hayvonotning nazarida va ularga nisbatan masxara boʻladi, ma'nan ularni kuldiradi. Maydoni hashrda u hikmat va munosabat yoʻq. U roʻyxat ham boʻlmasligi lozim boʻladi.
Xomisan: Rahbar esa, sen kabi Qur'onning nuri ostiga kirganlarga, Qur'ondir. الٓمٓ larning الٰرٓ larning حٰمٓ larning boshlariga qara, anglaki; Qur'on naqadar maqbul bir shafoatchi, naqadar toʻgʻri bir rahbar, naqadar qudsiy bir nur ekanini koʻr!
Sodisan: Ahli Jannat va Ahli Jahannamning liboslari esa, Yigirma Sakkizinchi Soʻzda huriylarning yetmish xulla kiyishiga doir bayon etilgan dastur bu yerda ham joriy:
Ahli Jannat bir inson, Jannatning har navidan har doim istifoda etishni, albatta orzu qiladi. Jannatning gʻoyat muxtalif anvo'i mahosini bor. Har vaqt butun Jannatning anvo'i bilan mubosharat qiladi. Shunday ekan, Jannatning mahosinining namunalarini, kichik bir miqyosda oʻziga va huriylariga kiydiradi. Oʻzi va huriylari bittadan kichik Jannat hukmiga oʻtadi. Qandayki bir inson, bir mamlakatda muntashir boʻlgan gullar anvo'ini, namunagoh kichik bir bogʻida jam qiladi va bir doʻkondor butun mollaridagi namunalarni bir roʻyxatda jam qiladi va bir inson tasarruf qilgan va hukm qilgan va munosabatdor boʻlgan anvo'i maxluqotning namunalarini oʻziga bir koʻylak va lavozimoti baytiya qiladi, shunga oʻxshab: Ahli Jannat boʻlgan bir inson, xususan butun tuygʻulari bilan va jihozoti ma'naviyasi bilan ubudiyat qilgan va Jannatning lazoiziga istihqoq kasb etgan boʻlsa; har bir tuygʻusini mamnun etadigan, har bir jihozotini erkalaydigan, har bir latoifini zavqlantiradigan tarzda; Jannatning har bir navidan bittadan mahosinni koʻrsatadigan tarzi libosi, oʻzlariga va huriylariga rahmati Ilohiya tarafidan kiydiriladi. Va u mutaaddid hullalar bir jinsdan, bir navdan boʻlmaganiga dalil: "Huriylar yetmish hulla kiyganlari holda, oyoqlaridagi iliklari koʻrinadi, toʻsmaydi", shu ma'nodagi hadisdir. Demak, eng ustidagi hulladan to eng ostdagi hullaga qadar boshqa-boshqa mahosin bilan, boshqa-boshqa tarzda, hissiyotni va tuygʻularni zavqlantidigan, mamnun qiladigan martabalar bor. Ahli Jahannam esa; qandayki dunyoda koʻzi bilan, qulogʻi bilan, qalbi bilan, qoʻli bilan, aqli bilan va hokazo butun jihozoti bilan gunohlar qilgan; albatta Jahannamda ularga koʻra alam beradigan, azob chektiradigan va kichik bir Jahannam hukmiga oʻtadigan muxtalif-ul jins parchalardan qilingan koʻylak kiydirilish, hikmatga va adolatga munofiy emas.
Beshinchi Nukta: Savol soʻrayapsizki: Zamoni fatratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodi bir din bilan mutadayyin edimi?
Aljavob: Hazrat Ibrohim Alayhissalomning keyinchalik gʻaflat va ma'naviy zulumot pardalari ostida qolgan va xususiy ba'zi insonlarda jarayon etgan boqiya-i dini bilan mutadaayin ekaniga rivoyat bor. Albatta, Hazrat Ibrohim Alayhissalomdan kelgan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni natija bergan bir silsila-i nuroniyani tashkil etgan afrod, albatta dini haq nuridan loqayd qolishmagan va zulumoti kufrga magʻlub boʻlishmagan. Faqat zamoni fatratda وَمَا كُنَّا مُعَذِّب۪ينَ حَتّٰى نَبْعَثَ رَسُولً sirri bilan; ahli fatrat, ahli najotdirlar. Bil-ittifoq, tafarruotdagi xatiotlardan muohazalari yoʻq. Imom Shofe'iy va Imom Ash'ariylarninig fikricha; kufrga kirsa ham, usuli iymoniyda boʻlmasa, yana ahli najotdir. Chunki taklifi Ilohiy irsol bilan boʻladi va irsol ham ittilo' bilan taklif taqarrur etadi. Modomiki gʻaflat va mururi zamon, anbiyo-i salifaning dinlarini satr etgan; u ahli fatrat zamoniga hujjat boʻlolmaydi. Itoat qilsa savob koʻradi, qilmasa azob koʻrmaydi. Chunki maxfiy qolgani uchun hujjat boʻlolmaydi.
Oltinchi Nukta: Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodlaridan nabiy kelganmi?
Aljavob: Hazrat Ismoil Alayhissalomdan soʻngra bir nassi qat'iy yoʻq. Ajdodlaridan boʻlmagan, yolgʻiz Xolid Ibn Sinon va Hanzala ismli ikki nabiy kelgandir. Lekin ajdodi Nabiydan Ka'b Ibn Luayning mashhur va sarih va tansis tarzidagi bu she'rida:
deyishi, moʻ'jizakorona va nubuvvatdorona soʻzga oʻxshaydi. Imom Rabboniy ham dalilga, ham kashfga istinodan aytganki: Hindistonda koʻp nabiylar kelgan. Lekin ba'zilarining yo hech ummati boʻlmagan yoxud mahdud bir nechta odamga munxasir qolgani uchun, mashhur boʻlmagan yoxud nabiy ismi berilmagan.
Demak, Imomning bu dasturiga binoan, ajdodi Nabiydan bu navi nabiylarning boʻlishi mumkin.
Yettinchi Nukta: Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari va bobolari Abdulmuttolibning iymonlari haqida aqva va asahh boʻlgan xabar qaysisi?
Aljavob: Yangi Said oʻn yildir yonida boshqa kitoblarni saqlamayapti, menga Qur'on yetadi deydi. Bunday tafarruot masoilida butun kutubi ahodisni tadqiq qilib, eng aqvosini yozishga vaqtim muso'ada etmaydi. Yolgʻiz bu qadar deymanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari ahli najotdir va ahli Jannatdir va ahli iymondir. Janobi Haq Habibi Akramining muborak qalbini va u qalb tashigan farzandona shafqatini, albatta ranjida etmaydi.
Agar: Modomiki shunday ekan; nimaga ular Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iymon keltirishga muvaffaq boʻlolmadilar? Nimaga bi'satiga yetisholmadilar? deyilsa.
Aljavob: Janobi Haq Habibi Akramining padar va volidasini, oʻz karami bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning farzandona hissini mamnun etish uchun, volidaynini minnat ostida saqlamagan. Volidaynlik martabasidan ma'naviy avlod martabasiga keltirmaslik uchun; xolis oʻz minnati rububiyati ostiga olib, ularni ma'sud etish va Habibi Akramini ham mamnun etishni rahmati iqtizo etganki, volidaynini va bobosini unga zohiriy ummat qilmagan. Faqat ummatning maziyatini, fazilatini, saodatini ularga ehson etgan. Ha, oliy bir mushirning yuzboshi rutbasida boʻlgan padari huzuriga kirishi; bir-biriga zid ikki hisning taxti ta'sirida boʻladi. Podshoh u mushir boʻlgan Yovari Akramiga marhamatan, padarini uning ma'iyatiga bermaydi.
Sakkizinchi Nukta: Aytyapsizki: Amakisi Abu Tolibning iymoni haqida asahh nima?
Aljavob: Ahli Tashayyu', iymoniga qoil; Ahli Sunnatning aksari iymoniga qoil emas. Lekin qalbimga kelgan narsa shuki: Abu Tolib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini emas; shaxsini, zotini gʻoyat jiddiy sevardi. Uning gʻoyat jiddiy shaxsiy shafqati va muhabbati, albatta zoye boʻlmaydi. Ha, jiddiy bir suratda Janobi Haqning Habibi Akramini sevgan va himoya qilgan va tarafdorlik koʻrsatgan Abu Tolibning; inkorga va inodga emas, balki hijob va asabiyati qavmiya kabi hissiyotga binoan, maqbul bir iymon keltirmasligi sababli Jahannamga tushsa ham; Jahannam ichida bir navi xususiy Jannatni, uning hasanotiga mukofot sifatida yarata oladi. Qishda ba'zi yerlarda bahorni xalq etgani va zindonda -uyqu vositasida- ba'zi odamlarga zindonni saroyga aylantirgani kabi, xususiy Jahannamni bir nav xususiy Jannatga aylantira oladi...
YIGIRMA TOʻQQIZINCHI MAKTUB
Aziz, siddiq qardoshim va xizmati Qur'oniyada juda jiddiy bir birodarim!
Bu safargi maktubingda vaqtim va holim muso'ada etmagan muhim bir masalaga doir javob istayapsan.
Qardoshim, bu yil, alhamdulilloh, risolalarni yozadiganlar juda koʻpaygan. Ikkinchi tasxix menga kelyapti. Ertalabdan kechga qadar sur'atli bir tarzda mashgʻul boʻlyapman. Juda muhim ishlarim ham orqa qolyapti va bu vazifani yanada azim koʻryapman. Xususan, sha'bon va ramazonda, aqldan ziyoda qalb hissadordir, ruh harakat qiladi. Shu masala-i azimani boshqa vaqtga qoldirib, qachon Janobi Haqning rahmatidan qalbga sunuhot kelsa, tadrijan sizga yoziladi. Hozircha "Uch Nukta"ni {(Hoshiya) Oxiri toʻqqiz nuktada tamomlangan.} bayon qilaman:
Birinchi Nukta: "Qur'oni Hakimning asrori bilinmaydi, mufassirlar haqiqatini anglamaganlar" deya bayon qilingan fikrning ikki yuzi bor va uni degan ikki toifadir.
Birinchisi: Ahli haq va ahli tadqiqdir. Aytishadiki: "Qur'on bitmas va tuganmas bir xazinadir. Har asr nusus va muhkamotini taslim va qabul qilish bilan barobar, tatimmot qobilidan haqoiqi xofiyasidan ham hissasini oladi; boshqasining yashirin qolgan hissasiga tegilmaydi". "Ha, zamon oʻtgan sari, Qur'oni Hakimning yanada ziyoda haqoiqi inkishof etadi" deganidir. Boʻlmasa, xosho va kallo, salafi solihin bayon qilgan haqoiqi zohiriya-i Qur'oniyaga shubha keltirish emas. Chunki ularga iymon lozim. Ular nassdir, qat'iydir, asosdirlar, poydevordirlar. Qur'on عَرَبِىٌّ مُب۪ينٌ farmoni bilan ma'nosi vazih boʻlganini bildiradi. Boshdan oyoq xitobi Ilohiy u ma'nolar ustida aylanadi, taqviya etadi, badohat darajasiga keltiradi. U mansus ma'nolarni qabul etmaslikdan, xosho summa xosho, Janobi Haqni takzib va Hazrat Risolatning fahmini tazyif etish chiqadi. Demak, ma'oni-i mansusa, mutasalsilan manba-i Risolatdan olingan. Hatto Ibn Jariri Tabariy butun ma'oni-i Qur'onni muan'an sanad bilan mutasalsilan manba-i Risolatga isol etgan va oʻsha tarzda muhim va buyuk tafsirini yozgan.
Ikkinchi Toifa: Yo aqlsiz bir doʻstdir, qosh qoʻyaman deb koʻz chiqaradi yoki shayton aqlli bir dushman boʻlib, ahkomi Islomiya va haqoiqi iymoniyaga qarshi kelishni istaydi. Qur'oni Hakimning -sening ta'biring bilan- bittadan poʻlat qal'asi hukmida boʻlgan devorli suralari ichida yoʻl topishni istaydi. Bundaylar, xosho, haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga shubha iyros etish uchun bu navi soʻzlarni isha'a etadilar.
Ikkinchi Nukta: Janobi Haq Qur'onda koʻp narsalarga qasam ichgan. Qasomoti Qur'oniyada juda buyuk nuktalar bor, koʻp sirlar bor.
Masalan: وَالشَّمْسِ وَضُحٰيهَا da qasam, Oʻn Birinchi Soʻzdagi muhtasham tamsilning asosiga ishorat qiladi. Koinotni bir saroy va bir shahar suratida koʻrsatadi.
Ham يٰسٓ ٭ وَالْقُرْاٰنِ الْحَك۪يمِ dagi qasam bilan, i'jozoti Qur'oniyaning qudsiyatini va unga qasam qilinadigan bir daraja-i hurmatda boʻlganini ixtor etadi.
dagi qasam; yulduzlarning tushishi bilan vahiyga shubha iyros etmasligi uchun jin va shaytonlarning gʻaybiy xabarlardan kesilganliklariga alomat boʻlganiga ishorat etish bilan barobar; yulduzlarni dahshatli azamatlari bilan va kamoli intizom bilan joylariga joylashtirish va sayyorotlarni hayrat-angiz bir suratda aylantirishdagi azamati qudrat va kamoli hikmatni u qasam bilan ixtor etadi.
dagi qasamda; havoning tamavvujoti va tasrifoti ichida muhim hikmatlarni ixtor etish uchun, shamollarga ma'mur maloikalarga qasam bilan nazari diqqatni jalb etadiki, tasodifiy deb oʻylangan unsurlar juda nozik hikmatlarni va ahamiyatli vazifalarni bajaradilar. Va hokazo... Har bir mavqening boshqa-boshqa nuktasi va foydasi bor. Vaqt muso'id boʻlmagani uchun, yolgʻiz ijmolan وَ التّ۪ينِ وَ الزَّيْتُونِ qasamidagi koʻp nuktalaridan bir nuktaga ishorat qilamiz. Shundayki:
Janobi Haq, tiyn va zaytun bilan qasam vositasi bilan, azamati qudratini va kamoli rahmatini va buyuk ne'matlarini ixtor etib, asfali sofiliyn tarafiga ketgan insonning yuzini u tarafdan oʻgirib, shukr va firk va iymon va amali solih bilan to a'loyi illiyinga qadar taraqqiyoti ma'naviyaga mazhar boʻla olishiga ishorat qiladi. Ne'matlar ichida tiyn va zaytunning taxsisining sababi; u ikki mevaning juda muborak va nafi' boʻlishi va xilqatlarida ham madori diqqat va ne'mat koʻp narsalar boʻlishidir. Chunki hayoti ijtimoiya va tijoriya va tanviriya va gʻido-i insoniya uchun zaytun eng katta bir asos tashkil etgani kabi; anjirning xilqati, zarra kabi bir urugʻda katta anjir daraxtining jihozotini saqlab darj etish kabi, bir horiqo moʻ'jiza-i qudratni koʻrsatgani kabi; taomida, manfaatida va aksar mevalarga muxolif boʻlib davomida va yana boshqa manofi'idagi ne'mati Ilohiyani qasam bilan xotirga keltiradi. Bunga muqobil insonni iymon va amali solihga chiqarish va asfali sofiliynga tushirmaslik uchun bir dars beradi.
Uchinchi Nukta: Suralarning boshlaridagi hurufi muqatto'a Ilohiy bir kalit soʻzdir. Xos abdiga, ular bilan ba'zi ishorati gʻaybiya beradi. U kalit soʻzning miftahi u abdi xosdadir, ham uning varosasidadir. Qur'oni Hakim modomiki har zamon va har toifaga xitob etadi; har asrning har tabaqasining hissasini jome' juda mutanavvi' vujuhlari, ma'nolari boʻlishi mumkin. Salafi Solihin esa, eng xolis parcha ularnikidirki, bayon etganlar. Ahli valoyat va tahqiq sayri suluki ruhoniyaga oid koʻp muomaloti gʻaybiya ishorotini ularda topganlar. Ishorot-ul I'joz Tafsirida, "Al-Baqara" Surasining boshida, i'jozi balogʻat nuqtasida bir nabza ulardan bahs etganmiz; murojaat etilsin.
Toʻrtinchi Nukta: Qur'oni Hakimning haqiqiy tarjimasi mumkin boʻlmaganini Yigirma Beshinchi Soʻz isbot etgan. Ham ma'naviy i'jozidagi ulviyati uslubni esa, tarjima qilib boʻlmaydi. Ma'naviy i'jozida boʻlgan ulviyati uslub jihatidan kelgan zavq va haqiqatni bayon va ifhom etish juda mushkul. Faqat yoʻlni koʻrsatish uchun bir-ikki jihatga ishorat qilamiz. Shundayki:
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon
kabi oyatlar bilan, shu daraja horiqo bir ulviyati uslub va i'jozkorona bir jam'iyat ichida xalloqiyatning haqiqatini xayolga tasvir etadi, koʻrsatadiki: "Sone'-i Olam boʻlgan shu koinotning ustasi, ish boshida boʻlib Shams va Qamarni qaysi bolgʻa bilan joylariga urayotgan boʻlsa; ayni bolgʻa bilan, ayni onda zarralarni joylariga -masalan zihayotlarning koʻz qorachiqlarida- joylashtiryapti. Samovotni qaysi oʻlchov bilan, qaysi ma'naviy asbob bilan tartib etib ochayotgan boʻlsa; ayni onda, ayni tartib bilan koʻzning pardalarini ochadi, yaratadi, tanzim etadi, joylashtiradi. Ham Sone'-i Zuljalol ma'naviy qudratning qaysi ma'naviy bolgʻasi bilan yulduzlarni koʻklarga urayotgan boʻlsa, ayni ma'naviy bolgʻa bilan basharning siymosidagi hadsiz alomati fariqa nuqtalarini va zohiriy va botiniy tuygʻularini joylariga naqsh etadı" deya ifoda etmoqda. Demak, u Sone'-i Zuljalol ish boshida... Ishlarini ham koʻzga, ham quloqqa koʻrsatish uchun, oyoti Qur'oniya bilan, bir bolgʻani zarraga uryapti; ayni oyatning boshqa kalimasi bilan, u bolgʻani Shamsga uryapti; markaziga urgandek ulviy uslub bilan vahdoniyatni ayni ahadiyat ichida va nihoyat jalolni nihoyat jamol ichida va nihoyat azamatni nihoyat xofa ichida va nihoyat vus'atni nihoyat diqqat ichida va nihoyat hashmatni nihoyat rahmat ichida va nihoyat bu'diyatni nihoyat qurbiyat ichida koʻrsatadi. Mahol deb oʻylangan jam'i azdodning eng uzoq martabasini, vojib darajasidagi bir suratini ifoda etadi, isbot etib koʻrsatadi. Xullas, bu tarz ifodasi va uslubidirki; eng horiqo adiblarni balogʻatiga sajda ettiradi.
Ham masalan
oyati bilan, shunday bir uslubi oliy bilan saltanati rububiyatidagi hashmatni koʻrsatadi. Shundayki:
"Osmonlar va zamin; ikki itoatkor qarorgoh hukmida va ikki muntazam qoʻshin markazi suratida birgina amr bilan yoki karnay kabi bir ishorat bilan, oʻsha ikki qarorgohda fano va adam pardasida yotgan mavjudot u amrga kamoli sur'at va itoat bilan "Labbayk!" deb, maydoni hashr va imtihonga chiqadilar".
Xullas, hashr va qiyomatni naqadar moʻ'jizona bir uslubi oliy bilan ifoda qilib va u da'voning ichida bir dalili iqno'iyga ishorat qiladiki: Bilmushohada qandayki zaminning javfida saqlangan va oʻlgan hukmidagi danaklar va javvi samoda, adamda va kura-i havoiyada tarqalgan, saqlangan qatralar; qanday kamoli intizom va sur'at bilan hashr boʻlib har bahorda maydoni tajriba va imtihonga chiqishsa; zaminda hububot, samoda qatarot har vaqt bir mahshar-numun suratini oladilar; shunga oʻxshab, hashri akbar ham shunday oson zuhur etadi. Modomiki buni koʻryapsiz, uni ham inkor etolmaysiz. Va hokazo... Shu oyatlarga boshqa oyatlardagi daraja-i balogʻatni qiyos eta olasiz. Ajabo, shu tarzdagi oyotning haqiqiy tarjimasi mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Koʻpi bilan, yo qisqa bir maoli ijmoliy yoki oyatning har jumlasi uchun besh-olti satr tafsir yozish lozim boʻladi.
Beshinchi Nukta: Masalan "Alhamdulilloh" bir jumla-i Qur'oniyadir. Buning eng qisqa ma'nosi, ilmi Nahv va Bayon qoidalari iqtizo etgan shudir:
Ya'ni: "Naqadar hamd va madh boʻlsa, kimdan kelsa, kimga qarshi ham boʻlsa, azaldan abadga qadar xosdir va loyiqdir u Zoti Vojib-ul Vujudgaki, Alloh deyiladi". Xullas "naqadar hamd boʻlsa", "al-i istigʻroq"dan chiqyapti. "Har kimdan kelsa" qaydi esa, "hamd" masdar boʻlib, foili tark etilganidan, bunday maqomda umumiyatni ifoda qiladi. Ham maf'ulning tarkida, yana maqomi xitobiyda kulliyat va umumiyatni ifoda qilgani uchun, "har kimga qarshi boʻlsa" qaydini ifoda etadi. "Azaldan abadga qadar" qaydi esa; fe'liy jumlasidan ismiy jumlasiga intiqol qoidasi, sabot va davomga dalolat etgani uchun, oʻsha ma'noni ifoda qiladi. "Xos va mustahaq" ma'nosini "Lilloh"dagi "lom-i jar" ifoda qiladi. Chunki u "lom", ixtisos va istihqoq uchundir. "Zoti Vojib-ul Vujud" qaydi esa; vujubi vujud, uluhiyatning lozimi zaruriysi va Zoti Zuljalolga qarshi bir unvoni mulohaza boʻlgani uchun, "Lafzulloh" boshqa asmo va sifotga jome'iyati va ismi a'zam boʻlgani e'tibori bilan, dalolati iltizomiya bilan dalolat qilgani kabi; Vojib-ul Vujud unvoniga ham u dalolati iltizomiya bilan dalolat qiladi.
Xullas, "Alhamdulilloh" jumlasining eng qisqa va ulamo-i Arabiya fikricha muttafaq-un alayh bir ma'no-i zohiriysi shunday boʻlsa, boshqa bir lisonga u i'joz va quvvat bilan qanday tarjima qilinishi mumkin?
Ham alsina-i olam ichida lisoni nahviy Arabiydan boshqa birgina lison bor; u ham hech vaqt Arab lisonining jome'iyatiga yetisholmaydi. Ajabo, u jome' va i'jozdorona boʻlgan lisoni nahviy bilan moʻ'jizakorona bir suratda va har jihatni birdan biladigan, iroda qiladigan bir bepoyon ilm ichida zuhur etgan kalimoti Qur'oniya; boshqa alsina-i tarkibiya va tasrifiya vositasi bilan, zehni juz'iy, shuuri qisqa, fikri mushavvash, qalbi qorongʻi ba'zi insonlarning kalimoti tarjimiyasi qanday qilib oʻsha muqaddas kalimot oʻrnini tuta oladi? Hatto deya olaman va balki isbot qila olamanki: Har bir harfi Qur'on bir haqoiq xazinasi hukmiga oʻtadi; ba'zan birgina harf bir sahifa qadar haqiqatlarni dars beradi.
Oltinchi Nukta: Bu ma'noni tanvir uchun oʻz boshimdan oʻtgan nurli bir holni va haqiqatli bir xayolni aytaman. Shundayki:
Bir vaqt اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi nuni mutakallimi ma'algʻayrni oʻyladim va mutakallimi vahda siygʻasidan "Na'budu" siygʻasiga intiqolning sababini qalbim qidirdi. Birdan namozdagi jamoatning fazilati va siri oʻsha nundan inkishof etdi. Koʻrdimki: Men namoz oʻqigan u Boyazid Masjididagi jamoatga ishtirokimni va har biri mening bir navi shafoatchim hukmiga va qiroatimda izhor etganim hukmlarga va da'volarga bittadan shohid va bittadan muayyid koʻrdim. Noqis ubudiyatimni u jamoatning buyuk va kasratli ibodoti ichida dargohi Ilohiyaga taqdimga jasorat keldi. Birdan bir parda yana inkishof etdi: Ya'ni, Istanbulning butun masjidlari ittisol paydo etdi. U shahar oʻsha Boyazid Masjidi hukmiga oʻtdi. Birdan ularning duolariga va tasdiqlariga ma'nan bir navi mazhariyat his qildim. Unda ham; roʻyi zamin masjidida, Ka'ba-i Mukarrama atrofida doiraviy saflar ichida oʻzimni koʻrdim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ dedim. Mening bu qadar shafoatchilarim bor; men namozda aytgan har bir soʻzimni aynan aytyaptilar, tasdiq qilyaptilar. Modomiki xayolan bu parda ochildi; Ka'ba-i Mukarrama mehrob hukmiga oʻtdi. Men bu fursatdan istifoda etib u saflarni ishhod etib, tahiyyotda aytganim,
boʻlgan iymonning tarjimonini muborak Hojar-ul Asvadga tavdi' etib amonat qoldiraman derkan, birdan bir vaziyat yana ochildi. Koʻrdimki: Dohil boʻlgan jamoatim uch doiraga ayrildi:
Birinchi Doira: Roʻyi zaminda moʻ'minlar va muvahhidindagi jamoati uzmo.
Ikkinchi Doira: Qaradim, umum mavjudot bir saloti kubroda, bir tasbehoti uzmoda, har toifa oʻziga maxsus salovot va tasbehot bilan mashgʻul bir jamoat ichidaman. "Vazoifi ashyo" tabir etilgan xizamoti mashhuda, ularning ubudiyatlarining unvonlaridir. U holda "Allohu Akbar" deb hayratdan boshimni egdim, nafsimga qaradim:
Uchinchi bir doira ichida, hayrat-angiz koʻrinishdan va xususiyat jihatidan kichik, haqiqatdan va vazifa jihatidan va son jihatidan katta, bir kichik olamni koʻrdimki zarroti vujudiyamdan to havassi zohiriyamga qadar, toifa-toifa vazifa-i ubudiyat bilan va shukroniya bilan mashgʻul bir jamoat koʻrdim. Bu doirada qalbimdagi latifa-i Rabboniyam اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ oʻsha jamoat nomidan aytmoqda. Qandayki avvalgi ikki jamoatda ham lisonim oʻsha ikki jamoati uzmoni niyat qilib aytgan edi.
Alhosil: "Na'budu"ning Nuni shu uch jamoatga ishorat qiladi. Xullas, bu holatda ekan, birdan Qur'oni Hakimning tarjimoni va muballigʻi boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Madina-i Munavvara deyilgan ma'naviy minbarida, shaxsiyati ma'naviyasi, hashmati bilan tamassul etib, يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمْ xitobini, ma'nan harkas kabi men ham eshitib; u uch jamoatda harkas men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ bilan muqobala etmoqda taxayyul etdim. اِذَا ثَبَتَ الشَّىْءُ ثَبَتَ بِلَوَازِمِه۪ qoidasicha, shunday bir haqiqat fikrga koʻrindiki:
Modomiki butun Olamlarning Robbi, insonlarni muxotob ittihoz etib, umum mavjudot bilan gaplashadi va shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u xitobi izzatni navi basharga, balki umum ziruhga va zishuurga tabligʻ etadi. Xullas, butun moziy va mustaqbal zamoni hozir hukmiga oʻtdi; butun navi bashar bir majlisda, saflari muxtalif bir jamoat shaklida boʻlib; u xitob oʻsha surat bilan ularga qilinyapti. U vaqt har bir oyoti Qur'oniya; gʻoyat hashmatli va vus'atli bir maqomdan, gʻoyat kasratli va muxtalif va ahamiyatli muxotobidan, nihoyatsiz azamat va jalol sohibi Mutakallimi Azaliydan va maqomi mahbubiyati uzmo sohibi Tarjimoni Oliyshondan olgan bir quvvati, ulviyati, jazolati va balogʻati ichida; porloq, ham juda porloq bir nuri i'jozni ichida koʻrdim. Oʻshanda umum Qur'on; yo bir sura, yoxud bir oyat emas, balki har bir kalimasi bittadan moʻ'jiza hukimga oʻtdi: "Alhamdulillahi a'la nuril iyman val Qur'an" dedim. U ayni haqiqat boʻlgan xayoldan "Na'budu" nuniga kirganim kabi chiqdim va angladimki: Nafaqat Qur'onning oyatlari, kalimalari, balki Nuni Na'budu kabi ba'zi harflari ham muhim haqiqatlarning nurli kalitlaridir.
Qalb va xayol u Nuni Na'bududan chiqqandan soʻng, aql qarshilariga chiqdi, dedi: "Men ham hissa istayman. Siz kabi ucholmayman. Oyoqlarim dalildir, hujjatdir. Ayni نَعْبُدُ va نَسْتَع۪ينُ da Ma'bud va Musta'an boʻlgan Xoliqqa ketgan yoʻlni koʻrsatish lozimki, siz bilan kela olay". U vaqt qalbga shunday keldiki: Ayt u mutahayyir aqlga:
Qara koinotdagi butun mavjudotga; zihayot boʻlsin, jomid boʻlsin, kamoli itoat va intizom bilan vazifa suratida ubudiyatlari bor. Bir qismi shuursiz, hissiz boʻlganlari holda, gʻoyat shuurkorona, intizomparvarona va ubudiyatkorona vazifa bajaryaptilar. Demak, bir Ma'budi Bilhaq va bir Amiri Mutlaq borki, bularni ibodatga yoʻnaltirib istihdom etyapti.
Ham qara, butun mavjudotga, xususan zihayot boʻlganlarga.. har birining gʻoyat kasratli va gʻoyat mutanavvi' ehtiyojoti bor va vujud va baqosiga lozim juda kasratli, muxtalif matlublari bor; eng kichigiga qoʻllari yetisholmaydi, qudratlari yetishmaydi. Holbuki u hadsiz matlablari, kutmagan yerlaridan, vaqti munosibda, muntazaman ularning qoʻllariga berilyapti va bilmushohada koʻrinyapti.
Xullas, shu mavjudotning bu hadsiz faqru ehtiyojoti va bu favquloda i'onati gʻaybiya va imdodoti Rahmoniya bilbedaho koʻrsatadiki: Bir Gʻaniyyi Mutlaq va Karimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq boʻlgan bir hamiy va roziqlari borki, hamma narsa va har zihayot undan istio'na etadi, madad kutadi. Ma'nan اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deydi. U payt aql "Amanna va soddaqna" dedi.
Yettinchi Nukta: Soʻngra oʻsha holda
degan vaqtim, qaradimki: Moziy tarafiga koʻchib ketgan qofila-i bashar ichida gʻoyat nuroniy, porloq anbiyo, siddiqiyn, shuhado, avliyo, solihin qofilalarini koʻrdimki, istiqbol zulumotini tarqatib, abadga ketgan yoʻlda bir jadda-i kubro-i mustaqimda ketyaptilar. Bu kalima meni u qofilaga iltihoq etish uchun yoʻl koʻrsatyapti, balki iltihoq ettiryapti. Birdan, fasubhanalloh dedim. Zulumoti istiqbolni tanvir etgan va kamoli salomat bilan ketgan bu nuroniy qofila-i uzmoga iltihoq etmaslik naqadar xasorat va halokat boʻlganini zarra miqdor shuuri boʻlgan bilishi lozim. Ajabo, bid'atlarni ijod etish bilan u qofila-i uzmodan inhirof etgan; qayerdan nur topa oladi, qaysi yoʻldan keta oladi? Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, rahbarimiz farmon etganki:
Ajabo, bu farmoni qat'iyga qarshi ulamo-i su' ta'biriga loyiq ba'zi badbaxtlar qaysi foydani topyaptilar, qaysi fatvoni beryaptilarki; luzumsiz, zararli bir suratda shao'iri Islomiyaning badihiyotiga qarshi kelyaptilar; tabdilni qabul koʻryaptilar? Koʻpi bilan, muvaqqat bir jilva-i ma'nodan kelgan bir intibohi muvaqqat, u ulamo-i su'ni aldagan. Masalan: Qandayki bir hayvonning yoxud bir mevaning terisi olinsa, muvaqqat bir zarofat koʻrsatadi; faqat oz bir zamonda u zarif goʻsht va u goʻzal meva, u begona va zanglagan va kasif va ariziy teri ostida qora boʻladi, taaffun etadi. Shunga oʻxshab, shao'iri Islomiyadagi ta'biroti Nabaviya va Ilohiya, hayotdor va savobdor bir jild, bir teri hukmidadir. Ularning olinishi bilan, ma'oniydagi bir nuroniyat, muvaqqatan kiyimsiz -bir daraja- koʻrinadi; faqat jilddan judo boʻlgan bir meva kabi, oʻsha muborak ma'nolarning ruhlari uchadi, zulmatli qalb va boshlarda bashariy poʻstini tashlab ketadi.. nur uchadi, tutuni qoladi. Nima boʻlganda ham...
Sakkizinchi Nukta: Bunga doir bir dasturi haqiqatni bayon etish lozim. Shundayki:
Qandayki "huquqi shaxsiya" va bir navi huququlloh sanalgan "huquqi umumiya" nomi bilan ikki xil huquq bor; shunga oʻxshab: Masoili shar'iyada bir qism masoil ashxasga taalluq etadi; bir qismi umumga, umumiyat e'tibori bilan taalluq etadiki, ularga "Shao'iri Islomiya" ta'bir etiladi. Bu shao'irning umumga taalluqi jihati bilan umum unda hissadordir. Umumning rizosi boʻlmasa ularga tegish, umumning huquqiga tajovuzdir. U shao'irning eng juz'iysi (sunnat turidan bir masalasi) eng katta bir masala hukmida nazari ahamiyatdadir. Toʻgʻridan-toʻgʻri umum olami Islomga taalluq etgani kabi; Asri Saodatdan hozirgacha butun a'ozimi Islom bogʻlangan u nuroniy zanjirlarni uzishga, taxrib va tahrif etishga uringanlar va yordam berganlar oʻylasinki, naqadar dahshatli bir xato qilishyapti. Va zarra miqdor shuurlari boʻlsa, titrasinlar!..
Toʻqqizinchi Nukta: Masoili shariatdan bir qismiga "ta'abbudiy" deyiladi; aqlning muhokamasiga bogʻliq emas; amr boʻlgani uchun qilinadi. Illati, amrdir.
Bir qismiga "Ma'qul-ul ma'no" ta'bir etiladi. Ya'ni: Bir hikmat va bir foydasi borki, u hukmning tashri'iga murajjih boʻlgan; faqat sabab va illat emas. Chunki haqiqiy illat, amr va nahyi Ilohiydir.
Shao'irning ta'abbudiy qismi; hikmat va foyda uni tagʻyir etolmaydi, ta'abbudiylik jihati tarajjuh etadi, unga tegib boʻlmaydi. Yuz ming foyda kelsa, uni tagʻyir etolmaydi. Shuning kabi: "Shao'irning foydasi, yolgʻiz ma'lum foydalar" deyilmaydi va unday bilish xatodir. Balki u foydalar, koʻp hikmatlaridan bir foydasi boʻlishi mumkin. Masalan bir odam: "Azonning hikmati, musulmonlarni namozga chaqirishdir; shu holda bir miltiq otish kifoyadir", desa. Holbuki u devona bilmaydiki, azonning minglab foydalari ichida u bir foydadir. Miltiq ovozi u foydani bersa; ajabo navi bashar nomidan, yoxud u shahar aholisi nomidan xilqati koinotning natija-i uzmosi va navi basharning natija-i xilqati boʻlgan e'loni tavhid va rububiyati Ilohiyaga qarshi izhori ubudiyatga vosita boʻlgan azonning oʻrnini qanday egallaydi?
Alhosil: Jahannam luzumsiz emas; koʻp ishlar borki, butun quvvati bilan "Yashasin Jahannam!" deydi. Jannat ham arzon emas, muhim narx istaydi.
لَا يَسْتَو۪ٓى اَصْحَابُ النَّارِ وَاَصْحَابُ الْجَنَّةِ اَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَٓائِزُونَ ilx...
Ikkinchi Risola Boʻlgan Ikkinchi Qism
[Birinchi qismning oxirida shao'iri Islomiyadan bir oz bahs etilganidan, shao'ir ichida eng porloq va muhtasham boʻlgan Ramazoni Sharifga doir boʻlgan bu ikkinchi qismda bir qism hikmatlari zikr qilinadi.
Bu Ikkinchi Qism Ramazoni Sharifning juda koʻp hikmatlaridan toʻqqiz hikmatni bayon etgan "Toʻqqiz Nukta"dir.]
BIRINCHI NUKTA. Ramazoni Sharifdagi roʻza, Islomiyatning arkoni xamsasining dastlabkilaridandir. Ham shao'iri Islomiyaning a'zamlaridandir.
Xullas Ramazoni Sharifdagi roʻzaning koʻp hikmatlari; ham Janobi Haqning rububiyatiga, ham insonning hayoti ijtimoiyasiga, ham hayoti shaxsiyasiga, ham nafsning tarbiyasiga, ham ni'omi Ilohiyaning shukriga qaragan hikmatlari bor.
Janobi Haqning rububiyati nuqtasida roʻzaning koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki:
Janobi Haq zamin yuzini bir dasturxoni ne'mat suratida xalq etgani va barcha anvo'i ne'matni u dasturxonda مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ bir tarzda u dasturxonga tortgani jihati bilan, kamoli rububiyatini va rahmoniyat va rahimiyatini oʻsha vaziyat bilan ifodalaydi. Insonlar gʻaflat pardasi ostida va sabablar doirasida u vaziyat ifoda qilgan haqiqatni toʻliq koʻrolmaydi, ba'zan unutadi. Ramazoni Sharifda esa, ahli iymon birdan muntazam bir qoʻshin hukmiga oʻtadi. Sultoni Azaliyning ziyofatiga da'vat etilgan bir suratda shomga yaqin "Marhamat qilinglar" amrini kutayotganday, bir tavri ubudiyatkorona koʻrsatishlari, u shafqatli va hashmatli va kulliyatli rahmoniyatga qarshi vus'atli va azamatli va intizomli bir ubudiyat bilan muqobala etadilar. Ajabo, bunday ulviy ubudiyatga va sharafi karomatga ishtirok etmagan insonlar, inson ismiga loyiqmilar?
IKKINCHI NUKTA. Ramazoni Muborakning roʻzasi, Janobi Haqning ne'matlarining shukriga qaragan jihatidan, koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki: Birinchi Soʻzda aytilganidek, bir podshohning matbaxidan bir vositachi dallol keltirgan taomlari bir haq istaydi. Vositachi dallolga baxshish berilgani holda, koʻp qiymatli boʻlgan u ne'matlarni qiymatsiz hisoblab, uni in'om qilganni tanimaslik nihoyat darajada bir axmoqlik boʻlgani kabi, Janobi Haq hadsiz anvo'i ne'matini navi basharga zamin yuzida nashr etgan. Unga muqobil u ne'matlarning haqqi sifatida shukr istaydi. U ne'matlarning zohiriy sabablari va sohiblari, vositachi dallol hukmidadirlar. Shu vositachi dallolarga bir haq toʻlaymiz, ulardan minnatdor boʻlamiz; hatto mustahaq boʻlmagan juda koʻp hurmatni koʻrsatamiz va tashakkur aytamiz. Holbuki, Mun'imi Haqiqiy u sabablardan hadsiz darajada u ne'mat vositasi bilan shukrga loyiqdir. Demak, unga tashakkur aytish; u ne'matlarni toʻgʻridan-toʻgʻri undan deb bilish, u ne'matlarning qiymatini taqdirlash va u ne'matlarga oʻz ehtiyojini his etish bilan boʻladi.
Xullas, Ramazoni Sharifdagi roʻza, haqiqiy va xolis, azamatli va umumiy bir shukrning kalitidir. Chunki boshqa vaqtlarda majburiyat ostida boʻlmagan insonlarning koʻpi, haqiqiy ochlikni his qilmagan paytlari, koʻp ne'matning qiymatini idrok etolmaydi. Qotgan ozgina nonning, toʻq odamga, ayniqsa boy boʻlsa, undagi daraja-i ne'mat tushunilmaydi. Holbuki, iftor vaqtida u qotgan non, bir moʻ'minning nazarida juda qimmatli bir ne'mati Ilohiya ekaniga quvva-i zoiqasi shahodat qiladi. Podshohdan to eng kambagʻal odamgacha hamma Ramazoni Sharifda u ne'matlarning qiymatlarini anglab shukri ma'naviyga sazovor boʻladi. Ham kunduzgi yeyishdan mamnu'iyati jihati bilan; "U ne'matlar mening mulkim emas. Men bularning tanovulida hur emasman; demak, boshqasining moli va in'omidir. Uning amrini kutyapman", deb ne'matni ne'mat biladi; bir shukri ma'naviy qiladi. Bu suratda roʻza koʻp jihatlar bilan haqiqiy vazifa-i insoniya boʻlgan shukrning kaliti hukmiga oʻtadi.
UCHINCHI NUKTA. Roʻza, hayoti ijtimoiya-i insoniyaga qaragan jihatining koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki: Insonlar maishat jihatidan muxtalif suratda xalq etilganlar. Janobi Haq u ixtilofga binoan boylarni kambagʻallarning muovanatiga da'vat qiladi. Holbuki boylar kambagʻallarning achinadigan ayanchli hollarini va ochliklarini roʻzadagi ochlik bilan toʻliq his qila oladilar. Agar roʻza boʻlmasa, nafsparast koʻp boylar topilishi mumkinki, ochlik va kambagʻallik naqadar aliym va ular shafqatga naqadar muhtoj ekanini idrok eta olmaydi. Bu jihatdan, insoniyatdagi hamjinsiga shafqat esa, shukri haqiqiyning asosidir. Qaysi kishi boʻlmasin, oʻzidan bir jihatda yanada kambagʻalroq odamni topa oladi. Unga nisbatan shafqatga mukallafdir. Agar nafsiga ochlik tortirish majburiyati boʻlmasa, shafqat vositasida muovanatga mukallaf boʻlgan ehsonni va yordamni qila olmaydi; qilsa ham, toʻliq boʻlolmaydi. Chunki haqiqiy u holatni oʻz nafsida his qilmaydi.
TOʻRTINCHI NUKTA. Ramazoni Sharifdagi roʻza nafsning tarbiyasiga qaragan jihatidan koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki: Nafs oʻzining hur va erkin boʻlishini istaydi va shunday deb oʻylaydi. Hatto mavhum bir rububiyat va oʻzi istagan harakatni fitriy shaklda orzu qiladi. Hadsiz ne'matlar bilan tarbiya qilinganini oʻylashni istamaydi. Xususan, dunyoda sarvat va iqtidori ham boʻlsa, gʻaflat ham yordam bergan boʻlsa; tamomila gʻosibona, oʻgʻri kabi ne'mati Ilohiyani hayvon kabi yutadi.
Xullas, Ramazoni Sharifda eng boydan eng kambagʻalgacha hammaning nafsi anglaydiki: Oʻzi molik emas, mamlukdir; hur emas, quldir. Amr qilinmasa, eng oddiy va eng yengil narsani ham qila olmaydi, qoʻlini suvga uzata olmaydi deya mavhum rububiyati sinadi, ubudiyatni boʻyniga oladi, haqiqiy vazifasi boʻlgan shukrga kiradi.
BESHINCHI NUKTA. Ramazoni Sharifning roʻzasi, nafsning tahzibi axloqiga va sarkashona muomalalaridan voz kechishi jihatiga qarash nuqtasidagi koʻp hikmatlaridan biri shuki: Nafsi insoniya gʻaflat bilan oʻzini unutadi. Mohiyatidagi hadsiz ojizligini, nihoyatsiz faqirligini, gʻoyat darajadagi qusurini koʻrolmaydi va koʻrishni istamaydi. Ham naqadar zaif va zavolga duchor va musibatlarga nishon boʻlganini va tez buzilib parchalanadigan goʻsht va suyakdan iborat ekanini oʻylamaydi. Xuddi poʻlatdan bir vujudi borday, loyamutona oʻzini abadiy taxayyul etgandek dunyoga tashlanadi. Shiddatli bir hirs va tama' bilan va shiddatli aloqa va muhabbat bilan dunyoga otiladi. Har lazzatli va manfaatli narsalarga bogʻlanadi. Ham oʻzini kamoli shafqat bilan tarbiya qilgan Xoliqini unutadi. Ham natija-i hayotini va hayoti uxroviyasini oʻylamaydi; axloqi sayyia ichida qulaydi.
Xullas, Ramazoni Sharifdagi roʻza; eng gʻofillarga va qaysarlarga zaifligini va ojizligini va faqirligini his ettiradi. Ochlik vositasi bilan me'dasini oʻylaydi. Me'dasidagi ehtiyojini tushunadi. Zaif vujudi qay daraja chirik ekanini eslaydi. Qay daraja marhamatga va shafqatga muhtoj ekanini idrok etadi. Nafsning fir'avnligini tashlab, mukammal ojizlik va faqirlik bilan dargohi Ilohiyaga iltijoga bir orzu his qiladi va bir shukri ma'naviy qoʻli bilan rahmat eshigini qoqishga tayyorlanadi. Agar gʻaflat qalbini buzmagan boʻlsa...
OLTINCHI NUKTA. Ramazoni Sharifning roʻzasi, Qur'oni Hakimning nuzuliga qarash jihatidan va Ramazoni Sharif Qur'oni Hakimning eng muhim zamoni nuzuli boʻlish jihatidagi koʻp hikmatlaridan biri shuki: Qur'oni Hakim modomiki Shahri Ramazonda nozil boʻlgan, u Qur'onning zamoni nuzulini istihzor bilan u samoviy xitobni husni istiqbol etish uchun Ramazoni Sharifda nafsning hojoti sufliyasidan va moloyoniyot holotdan tajarrud hamda akl va shurubning tarki bilan malakiyat vaziyatiga oʻxshash va bir suratda u Qur'onni yangi nozil boʻlayotganday oʻqish va tinglash va undagi xitoboti Ilohiyani goʻyo kelgan oni nuzulida tinglash va u xitobni Rasuli Akramdan (S.A.V.) eshitayotganday tinglash, balki Hazrat Jabroildan, balki Mutakallimi Azaliydan tinglayotganday bir qudsiy holatga sazovor boʻladi. Va oʻzi tarjimonlik qilib boshqasiga eshittirish va Qur'onning hikmati nuzulini bir daraja koʻrsatishdir.
Ha, Ramazoni Sharifda goʻyo olami Islom bir masjid hukmiga oʻtadi; shunday bir masjidki, millionlab hofizlar u masjidi akbarning burchaklarida u Qur'onni, u xitobi samoviyni Arzlilarga eshittiradilar. Har Ramazon
oyatini nuroniy, porloq shaklda koʻrsatadi. Ramazon Qur'on oyi ekanini isbot qiladi. U jamoati uzmoning boshqa a'zolari, ba'zilari xushu' bilan u qorilarni tinglaydilar. Boshqalari oʻzilariga oʻzlari oʻqiydilar. Shunday bir vaziyatdagi bir masjidi muqaddasda nafsi sufliyning havasotiga tobe boʻlib, yeb-ichish bilan u vaziyati nuroniydan chiqish naqadar xunuk boʻlsa va u masjiddagi jamoatning ma'naviy nafratiga naqadar nishon boʻlsa; shunga oʻxshab, Ramazoni Sharifda ahli siyomga muxolafat etganlar ham shu daraja umum u olami Islomning ma'naviy nafratiga va tahqiriga nishondir.
YETTINCHI NUKTA. Ramazonning roʻzasi, dunyoda oxirat uchun ziroat va tijorat qilishga kelgan navi insonning daromadiga qaragan jihatdagi koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki: Ramazoni Sharifda savobi a'mol birga mingdir. Qur'oni Hakimning, nassi hadis bilan, har bir harfining oʻn savobi bor; oʻn hasana hisoblanadi, oʻn meva-i Jannat keltiradi. Ramazoni Sharifda har bir harfning oʻn emas, ming va Oyat-ul Kursiy kabi oyatlarning har bir harfi minglab va Ramazoni Sharifning Jumalarida yanada ziyodadir. Va Layla-i Qadrda oʻttiz ming hasana hisoblanadi. Ha, har bir harfi oʻttiz ming boqiy mevalar bergan Qur'oni Hakim shunday bir nuroniy shajara-i tubo hukmiga oʻtadiki; millionlab u boqiy mevalarni Ramazoni Sharifda moʻ'minlarga qozontiradi. Xullas kel, bu qudsiy, abadiy, foydali tijoratga qara, tomosha qil va oʻylaki: Bu hurufotning qiymatini taqdir etmaganlar qay daraja hadsiz bir xasorotda ekanligini angla!
Xullas, Ramazoni Sharif goʻyo bir oxirat tijorati uchun gʻoyat foydali bir mashhar, bir bozor. Va uxroviy hosilot uchun gʻoyat munbit bir zamin. Va nashvu namo-i a'mol uchun bahordagi aprel oyidir. Saltanati rububiyati Ilohiyaga qarshi ubudiyati bashariyaning namoyish koʻrsatishiga eng porloq, qudsiy bir bayram hukmidadir. Va shunday boʻlgani uchun, yeb-ichish singari nafsning gʻaflat bilan hayvoniy hojotiga va moloyani va havoparastona mushtahiyotga kirmasligi uchun, roʻza bilan mukallaf boʻlgan. Goʻyo muvaqqatan hayvoniyatdan chiqib, malakiyat vaziyatiga yoxud oxirat tijoratiga kirgani uchun, dunyoviy hojotini muvaqqatan tashlash bilan, uxroviy bir odam va tajassuddan tazohur etgan bir ruh vaziyatiga kirib; roʻzasi bilan Samadiyatga bir navi oynadorlik qilishdir. Ha, Ramazoni Sharif; bu foniy dunyoda, foniy umr ichida va qisqa bir hayotda boqiy bir umr va uzun bir hayoti boqiyani tazammun etadi, qozontiradi.
Ha, birgina Ramazon sakson yillik umr samarotini qozontirishi mumkin. Layla-i Qadr esa, nassi Qur'on bilan, ming oydan yanada xayrli ekani bu sirga bir hujjati qat'iyadir. Qandayki bir podshoh, muddati saltanatida, balki har yili yo julusi humoyun nomi bilan yoki boshqa bir dabdabali jilva-i saltanatiga sazovor ba'zi kunlarni bayram qiladi. Raiyatini u kuni umumiy qonunlar doirasida emas; balki xususiy ehsonotiga va pardasiz huzuriga va xos iltifotiga va favquloda ijrootiga va toʻgʻridan-toʻgʻri loyiq va sodiq millatini xos tavajjuhiga sazovor qiladi. Xuddi shuningdek: Azal va Abad Sultoni boʻlgan oʻn sakkiz ming olamning Podshohi Zuljaloli; u oʻn sakkiz ming olamga qaragan, tavajjuh etgan farmoni oliyshoni boʻlgan Qur'oni Hakimni Ramazoni Sharifda inzol aylagan. Albatta, u Ramazon maxsus bir bayrami ilohiy va bir mashhari Rabboniy va bir majlisi ruhoniy hukmiga oʻtishi, muqtazo-i hikmatdir. Modomiki Ramazon u bayramdir; albatta bir daraja sufliy va hayvoniy mashogʻildan insonlarni tortish uchun roʻzaga buyuriladi. Va roʻzaning akmali esa: Me'da singari barcha tuygʻularni; koʻzi, qulogʻi, qalbi, xayoli, fikri kabi jihozoti insoniyaga ham bir navi roʻza tuttirishdir. Ya'ni: Muharramotdan, moloyoniyotdan tortish va har birisini maxsus ubudiyatga yoʻllashdir. Masalan: Tilini yolgʻondan, gʻiybatdan va gʻaliz ta'birlardan qaytarib unga roʻza tuttirish. Va u lisonni tilovati Qur'on va zikr va tasbeh va salovot va istigʻfor kabi narsalar bilan mashgʻul qilish... Masalan: Koʻzini nomahramga qarashdan va qulogʻini yomon narsalarni eshitishdan man etib, koʻzini ibratga va qulogʻini haq soʻz va Qur'on eshitishga sarf qilish kabi, boshqa jihozotga ham bir navi roʻza tuttirishdir. Zotan, me'da eng katta fabrika boʻlgani uchun, roʻza bilan unga ta'tili ashgʻal ettirilsa, boshqa kichik dastgohlar osongina unga ittibo ettirilishi mumkin.
SAKKIZINCHI NUKTA. Ramazoni Sharif insonning hayoti shaxsiyasiga qaragan jihatidan koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki: Insonga eng muhim bir dori navidan moddiy va ma'naviy bir parhez va tib jihatidan bir himyadirki: Insonning nafsi yeb-ichish xususida oʻzi istagandek harakat qilgani sari, ham shaxsning moddiy hayotiga tib jihatidan zarar bergani kabi; ham halol-harom demasdan duch kelgan narsaga hujum qilish, goʻyo ma'naviy hayotni ham zaharlaydi. Ortiq qalbga va ruhga itoat etish u nafsga ogʻir keladi. Sarkashona tizginini qoʻliga oladi. Ortiq inson unga minolmaydi, u insonga minadi. Ramazoni Sharifda esa roʻza vositasida bir navi parhezga koʻnikadi; riyozatga intiladi va amr tinglashni oʻrganadi. Bechora zaif me'dani ham hazmdan avval ovqat ustiga ovqat bilan toʻldirib, xastaliklarni jalb etmaydi. Va amr vositasida halolni tark etganidek, haromdan saqlanish uchun aql va shariatdan kelgan amrni tinglashga qobiliyat paydo qiladi. Hayoti ma'naviyani buzmaslikka harakat qiladi.
Ham insonlarning aksariyati mutlaqasi ochlikka koʻp marta mubtalo boʻladi. Sabr va tahammul uchun bir mashq boʻlgan ochlik riyozatga muhtojdir. Ramazoni Sharifdagi roʻza oʻn besh soat, saharliksiz esa yigirma toʻrt soat davom etadigan bir muddati ochlikka sabr va tahammul bir riyozat va bir mashqdir. Demak, basharning musibatini ikki baravarga oshirgan sabrsizlikning va tahammulsizlikning bir dorisi ham roʻzadir.
Ham u me'da fabrikasining xodimlari koʻp. Ham u bilan aloqador koʻp jihozoti insoniya bor. Nafs agar muvaqqat bir oyning kunduz vaqtida ta'tili ashgʻal etmasa; u fabrika xodimlarining va u jihozotning xususiy ibodatlarini ularga unuttiradi, oʻzi bilan mashgʻul qiladi, tahakkumi ostida qoldiradi. U boshqa jihozoti insoniyani ham, u ma'naviy fabrika charxlarining shovqini va tutunlari bilan mushavvash etadi. Nazari diqqatlarini doimo oʻziga jalb qiladi. Ulviy vazifalarini muvaqqatan unuttiradi. Shuning uchun eski vaqtlar koʻp ahli valoyat takammul uchun riyozatga, kam yeyish va ichishga oʻzlarini koʻniktirishgan. Lekin Ramazoni Sharif roʻzasi bilan u fabrikaning xodimlari tushunadilarki; faqatgina u fabrika uchun yaratilmaganlar. Va boshqa jihozot, oʻsha fabrikaning tuban ermaklariga badal, Ramazoni Sharifda malakiy va ruhoniy zavqlar bilan talazzuz etadilar, nazarlarini ularga tikadilar. Shuning uchun; Ramazoni Sharifda moʻ'minlar, darajotiga koʻra boshqa-boshqa nurlarga, fayzlarga, ma'naviy sururlarga sazovor boʻladilar. Qalb va ruh, aql, sir kabi latoifning u muborak oyda roʻza vositasi bilan koʻp taraqqiyot va tafayyuzlari bor. Me'daning yigʻisiga qaramay, ular ma'sumona kuladilar.
TOʻQQIZINCHI NUKTA. Ramazoni Sharifning roʻzasi, toʻgʻridan-toʻgʻri nafsning mavhum rububuyatini sindirish va ojizligini koʻrsatish bilan ubudiyatini bildirgan koʻp hikmatlaridan bir hikmati shuki:
Nafs Robbisini tanishni istamaydi, fir'avn kabi oʻzi rububiyat istaydi. Qancha azoblar berilsa ham, unda oʻsha his qoladi. Lekin ochlik bilan oʻsha hissi sinadi. Xullas, Ramazoni Sharifdagi roʻza toʻgʻridan-toʻgʻri nafsning fir'avnligiga zarba uradi, sindiradi. Ojizligi, zaifligi, faqirligini koʻrsatadi. Qul ekanini bildiradi.
Hadis rivoyatlarida borki: Janobi Haq nafsdan soʻragan: "Men kimman, sen kimsan?" Nafs: "Men menman, sen sensan", degan. Azob bergan, Jahannamga tiqqan, yana soʻragan. Yana: "Ana ana, anta anta", degan. Har qanaqa yoʻl bilan azob bermasin, anoniyatdan voz kechmagan. Soʻngra ochlik bilan azob bergan, ya'ni och qoldirgan. Va soʻragan: "Man ana va ma anta?" Nafs: اَنْتَ رَبِّى الرَّح۪يمُ ٭ وَاَنَا عَبْدُكَ الْعَاجِزُ Ya'ni: "Sen mening Robbi Rahimimsan, men sening ojiz bir qulingman", degan.
I'tizor: Shu ikkinchi qism, qirq daqiqada tez yozilganligi uchun, men va musvadda yozgan kotib ikkovimiz ham xasta boʻlganimizdan, albatta ichida mushavvashiyat va qusur boʻlishi mumkin. Ixvonlarimizdan kechirimli koʻz bilan qarashlarini kutamiz. Munosib topganlarini tasxix etishlari mumkin.
Uchinchi Risola boʻlgan Uchinchi Qism
[Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ikki yuz aqsomi i'joziyasidan naqshiy bir qismini koʻrsatadigan tarzda, Qur'oni Azimushshonni Hofiz Usmon xati bilan taayyun etgan va Oyati Mudoyana miqyos tutilgan sahifalarni va Sura-i Ixlos vohidi qiyosiy qilib olingan satrlarni muhofaza etish bilan barobar, u naqshi i'jozni koʻrsatish tarzida bir Qur'on yozishga doir muhim niyatimni; xizmati Qur'ondagi qardoshlarimning nazarlariga arz etib mashvarat etish va ularning fikrlarini istimzoj etish va oʻzimga tanbeh berish uchun shu qismni yozdim, ularga murojaat qilaman. Shu uchinchi qism "Toʻqqiz Masala"dir.]
Birinchi Masala: Qur'oni Azimushshonning anvo'i i'jozi qirqqa yetgani, I'jozi Qur'on nomidagi Yigirma Beshinchi Soʻzda burhonlari bilan isbot qilingan. Ba'zi anvo'i tafsilan, bir qismi ijmolan qaysarlarga qarshi ham koʻrsatilgan.
Ham Qur'onning i'jozi, tabaqoti insoniyada qirq tabaqaga qarshi boshqa-boshqa i'jozini koʻrsatgani, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida bayon etilgan va u tabaqotning oʻn qismining boshqa-boshqa hissa-i i'joziyalarini isbot etgan. Qolgan oʻttiz tabaqa-i oxar, ahli valoyatning muxtalif mashrablar asxobiga va ulumi mutanavvi'aning boshqa-boshqa asxoblariga boshqa-boshqa i'jozini koʻrsatganini, ularning ilmalyaqiyn, aynalyaqiyn, haqqalyaqiyn darajasida Qur'on haq Kalomulloh ekanini, iymoni tahqiqiylarni koʻrsatishgan. Demak, har biri boshqa-boshqa bir tarzda bir vajhi i'jozini koʻrishgan. Ha, ahli ma'rifat boʻlgan bir valiy fahm etgan i'joz bilan ahli ishq bir valiy mushohada etgan jamoli i'joz bir boʻlmagani kabi; muxtalif mashoribga koʻra jamoli i'jozining jilvalari oʻzgaradi. Bir Ilmi Usuli Din allomasi va bir imom koʻrgan vajhi i'joz bilan furu'oti shariatdagi bir mujtahid koʻrgan vajhi i'joz bir emas va hokazo... Bularning tafsilan boshqa-boshqa vujuhi i'jozini koʻrsatish qoʻlimdan kelmaydi. Tushuncham tor, ihota etolmaydi; nazarim qisqa, koʻrolmaydi. Shuning uchun yolgʻiz oʻn tabaqa bayon etilgan, mutaboqiysiga ijmolan ishorat etilgan. Hozir u tabaqalardan ikki tabaqa, Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasida koʻp izohga muhtoj ekan, oʻshanda juda nuqsonli boʻlib qolgan edi.
Birinchi Tabaqa: "Quloqli tabaqa" ta'bir etganimiz omi avom; yolgʻiz quloq bilan Qur'onni tinglaydi, quloq vositasi bilan i'jozini anglaydi. Ya'ni deydi: "Bu eshitganim Qur'on boshqa kitoblarga oʻxshamaydi. Yo umumining ostida boʻladi yoki umumining ustida boʻladi. Umumining ostidagi qism esa, hech kim aytolmaydi va aytmagan, shayton ham aytolmaydi. Shunday ekan, umumining ustidadir". Xullas, bu qadar ijmol bilan Oʻn Sakkizinchi Ishoratda yozilgan edi. Soʻngra uni izoh uchun Yigirma Oltinchi Maktubning "Hujjat-ul Qur'on Ala Hizb-ush Shayton" nomli Birinchi Mabhasi, oʻsha tabaqaning i'jozdagi fahmini tasvir va isbot qiladi.
Ikkinchi Tabaqa: "Koʻzli tabaqa". Ya'ni: Omi avomdan yoxud aqli koʻziga tushgan moddiyunlar tabaqasiga qarshi Qur'onning koʻz bilan koʻrinadigan bir ishorati i'joziyasi boʻlgani Oʻn Sakkizinchi Ishoratda da'vo etilgan. Va u da'voni tanvir va isbot etish uchun koʻp izohga ehtiyoj bor edi. Hozir anglaganimiz muhim bir hikmati Rabboniya jihati bilan oʻsha izoh berilmadi. Juda juz'iy bir qancha juz'iyotiga ishorat etilgan edi. Hozir u hikmatning sirri anglashildi va ta'xiri yanada yaxshi boʻlganiga qat'iy qanoatimiz keldi. Hozir oʻsha tabaqaning fahmini va zavqini tasxil etish uchun; qirq vujuhi i'jozdan koʻz bilan koʻrilgan bir vajhini, bir Qur'onni yozdirdikki, u yuzni koʻrsatsin.
(Bu uchinchi qismning mutaboqiy masalalari bilan Toʻrtinchi Qism tavofuqqa doir boʻlgani uchun; tavofuqotga doir boʻlgan mundarija bilan iktifo etilib, bu yerda yozilmaganlar. Yolgʻiz Toʻrtinchi Qismga oid bir ixtor bilan Uchinchi Nukta yozilgan.)
IXTOR: Lafzi Rasuldagi nukta-i azimaning bayonida bir yuz oltmish oyat yozildi. Ushbu oyatlarning xosiyati juda azim boʻlish bilan barobar; ma'no jihati bilan bir-birini isbot va takmil etganidan, juda ma'nodor boʻlgani uchun, muxtalif oyotni hifz etish yoki oʻqish orzusida boʻlganlarga bir hizbi Qur'oniy boʻlgani kabi; Qur'on kalimasidagi nukta-i azimaning bayonida, oltmish toʻqqiz oyoti azimaning daraja-i balogʻati juda favquloda va quvvati jazolati juda ulviydir. Bu ham ikkinchi bir hizbi Qur'oniy boʻlib ixvonga tavsiya etiladi. Yolgʻiz Qur'on kalimasi, yetti silsila-i Qur'onda mavjud boʻlib, umum kalimalarni tutgan, ikkitasi xorij qolgan. U ikkita ham qiroat ma'nosida boʻlganidan; u xuruj nuktaga quvvat bergan. Rasul lafzi esa, u kalima bilan eng ziyoda munosabatdor suralar ichida Sura-i Muhammad bilan Sura-i Fath boʻlganidan, u ikki suradan chiqqan silsilalarga hasr etganimizdan, xorij qolgan Rasul lafzi hozircha kirgizilmagan. Vaqt muso'ada etsa, bundagi asror yoziladi, inshaalloh.
Uchinchi Nukta: "Toʻrt Nukta"dir.
Birinchi Nukta: Lafzulloh majmu'i Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti marta zikr etilgan. Bismillohdagilar bilan barobar Lafzi Rahmon, bir yuz ellik toʻqqiz marta; Lafzi Rahim ikki yuz yigirma; Lafzi Gʻofur oltmish bir; Lafzi Rob sakkiz yuz qirq olti; Lafzi Hakim sakson olti; Lafzi Alim bir yuz yigirma olti; Lafzi Qodir oʻttiz bir; La Ilaha Illa Hudagi Hu yigirma olti marta zikr qilingan.
{(Hoshiya) Qur'ondagi oyotning majmu'i adadi 6666 boʻlishi va shu sahifada mazkur asmo-i husnaning adadi 6 raqami bilan aloqador boʻlishi; ahamiyatli bir sirga ishorat qiladi. Hozircha muhmal qoldi.}
Lafzulloh adadida koʻp asror va nuktalar bor. Azjumla: Lafzulloh va Robdan soʻngra eng ziyoda zikr qilingan Rahmon, Rahim, Gʻofur va Hakim bilan barobar Lafzulloh Qur'on oyatlarining yarmidir. Ham Lafzulloh va Alloh lafzi oʻrnida zikr etilgan Lafzi Rob bilan birga, yana yarmi boʻladi. Garchi Rob lafzi sakkiz yuz qirq olti marta zikr etilgan, faqat diqqat qilinsa, besh yuzdan ortigʻi Alloh lafzi oʻrnida zikr etilgan, ikki yuzdan ortigʻi unday emas.
Ham Alloh, Rahmon, Rahim, Alim va La Ilaha Illa Hudagi Hu adadi bilan barobar yana yarmi boʻladi. Farq yolgʻiz toʻrtdir. Va Hu oʻrnida Qodir bilan barobar, yana majmu'i oyotning yarmidir. Farq toʻqqizdir. Lafzi Jalolning majmuidagi nuktalar koʻp. Yolgʻiz hozircha bu nukta bilan iktifo etamiz.
Ikkinchi Nukta: Suralar e'tibori bilandir. Uning ham koʻp nuktalari bor. Bir intizom, bir qasd va bir irodani koʻrsatadigan tarzda tavofuqoti bor.
Sura-i Baqarada oyotning adadi bilan Lafzi Jalolning adadi birdir. Farq toʻrt boʻlib, Alloh lafzi oʻrnida toʻrtta Hu lafzi bor. Masalan: La Ilaha Illa Hudagi Hu kabi. U bilan muvofaqat toʻliq boʻladi. Oli Imronda yana oyoti bilan Lafzi Jalol tavofuqdadir, musoviydirlar. Yolgʻiz Lafzi Jalol ikki yuz toʻqqizta, oyat ikki yuzta. Farq toʻqqizta. Bunday maziyoti kalomiyada va balogʻat nuktalarida kichik farqlar zarar bermaydi, taqribiy tavofuqot kifoyadir. Sura-i Niso, Moida, An'om uchchovining majmu'i oyatlari majmuidagi Lafzi Jalolning adadiga tavofuqdadir. Oyatlarning adadi toʻrt yuz oltmish toʻrt, Lafzi Jalolning adadi toʻrt yuz oltmish bir; Bismillohdagi Lafzulloh bilan barobar toʻliq tavofuqdadir. Ham masalan: Boshdagi besh suraning Lafzi Jalol adadi; Sura-i A'rof, Anfol, Tavba, Yunus, Huddagi Lafzi Jalol adadining ikki mislidir. Demak bu oxirdagi besh avvalgi beshning yarmidir. Soʻngra kelgan Sura-i Yusuf, Ra'd, Ibrohim, Hijr, Nahl suralaridagi Lafzi Jalol adadi u yarimning yarmidir. Soʻngra Sura-i Isro, Kahf, Maryam, Toho, Anbiyo, Haj;
{(Hoshiya1) Bu beshtalik taqsimotda bir sir inkishof etgan edi. Hech birimizning xabari boʻlmasdan shu yerda olti sura qayd etilgan edi. Shubhamiz qolmadiki gʻaybdan, ixtiyorimiz xorijida oltinchisi kirgan; toki bu yarimlik sirri muhimi yoʻqolmasin.}
u yarimning yarmining yarmidir. Soʻngra kelgan beshtadan-beshtadan, taqriban oʻsha nisbat bilan ketadi; yolgʻiz ba'zi qoldiqlar bilan farq bor. Unday farqlar bunday maqomi xitobiyda zarar bermaydi. Masalan: Bir qismi bir yuz yigirma bir, bir qismi bir yuz yigirma besh, bir qismi bir yuz ellik toʻrt, bir qismi bir yuz ellik toʻqqizdir. Soʻngra Sura-i Zuxrufdan boshlagan besh sura; u yarim yarim yarmining yarmiga tushadi. Sura-i Najmdan boshlagan besh; u yarim yarim yarim yarmining yarmidir; faqat taqribiydir. Kichik qoldiqlarning farqlari bunday maqomoti xitobiyada zarar bermaydi. Soʻngra kelgan kichik beshlar ichida uch beshlarning yolgʻiz uchtadan adad Lafzi Jaloli bor. Xullas, bu vaziyat koʻrsatadiki: Lafzi Jalolning adadiga tasodif qoʻshilmagan, bir hikmat va intizom bilan adadlari tayin etilgan.
Lafzullohning Uchinchi Nuktasi: Sahifalar nisbatiga qaraydi. Shundayki:
Bir sahifada boʻlgan Lafzi Jalol adadi, u sahifaning oʻng yuzi va u yuzning qarshisidagi sahifaga va ba'zan chapdagi qarshisidagi sahifa va qarshisidagining orqa yuziga qaraydi. Men oʻz nusxa-i Qur'oniyamda bu tavofuqni tadqiq etdim. Aksariyat bilan gʻoyat goʻzal bir nisbati adadiya bilan bir tavofuq koʻrdim. Nusxamga ham ishoratlar qoʻydim. Koʻp marta teng boʻladi. Ba'zan yarim yoxud uchdan bir boʻladi. Bir hikmat va intizomni sezdirgan bir vaziyati bor.
Toʻrtinchi Nukta: Sahifa-i vohiddagi tavofuqotdir. Qardoshlarim bilan uch-toʻrt boshqa-boshqa nusxalarni solishtirdik. Barchasida tavofuqot matlub boʻlganiga qanoat hosil qildik. Yolgʻiz, matbaa mustansixlari boshqa maqsadlarni ta'qib etgani uchun, bir daraja tavofuqotda intizomsizlik boʻlgan. Tanzim etilsa, juda nodir istisno bilan, majmu'i Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti Lafzi Jalolning adadida tavofuqot koʻrinadi. Va bunda bir shu'la-i i'joz porlaydi. Chunki fikri bashar bu juda keng sahifani ihota etolmaydi va qoʻshilolmaydi. Tasodifning esa bu ma'nodor va hikmatdor vaziyatga qoʻli yetisha olmaydi.
Toʻrtinchi Nuktani bir daraja koʻrsatish uchun yangi bir Musxaf yozdiryapmizki; eng muntashir Musxaflarning ayni sahifa, ayni satrlarini muhofaza etish bilan barobar, ustalarning loqaydligi ta'siri bilan adami intizomga ma'ruz qolgan yerlarni tanzim etib, tavofuqotning haqiqiy intizomi inshaalloh koʻrsatiladi.. va koʻrsatildi.
Beshinchi Risola Boʻlgan Beshinchi Qism
oyati pur-anvorining koʻp anvori asroridan bir nurini Ramazoni Sharifda, bir holati ruhoniyada his etdim, xayol-mayol koʻrdim. Shundayki:
Uvays Qaroniyning:
munojoti mashhurasi navidan butun mavjudoti zavilhayot Janobi Haqqa qarshi ayni munojotni qilganlarini va oʻn sakkiz ming olamning har birining yorugʻligi bittadan ismi Ilohiy ekanini menga qanoat beradigan bir voqea-i qalbiya-i xayoliyani koʻrdim. Shundayki:
Bir-biriga oʻralgan koʻp yaproqli bir gul gʻunchasi kabi, bu olam minglab parda-parda ichida oʻralgan, bir-biri ostida saqlangan olamlarni bu olam ichida koʻrdim. Har bir parda ochilgan sari, boshqa bir olamni koʻrar edim. U olam esa, oyati Nurning orqasidagi
oyati tasvir etgani kabi; bir zulumot, bir vahshat, bir dahshat qorongʻiligi ichida menga koʻrinar edi. Birdan bir ismi Ilohiyning jilvasi, bir nuri azim kabi koʻrinib yoritayotgan edi. Qaysi parda aqlga qarshi ochilgan boʻlsa, xayolga qarshi boshqa bir olam faqat gʻaflat bilan qorongʻi bir olam koʻrinayotgan ekan, quyosh kabi bir ismi Ilohiy tajalliy etar, boshdan oxirgacha u olamni tanvir etar va hokazo... Bu sayri qalbiy va sayohati xayoliya koʻp davom etdi. Azjumla:
Hayvonot olamini koʻrgan vaqtim, hadsiz ehtiyojot va shiddatli ochliklari bilan barobar zaiflik va ojizliklari u olamni menga juda qorongʻi va hazin koʻrsatdi. Birdan Rahmon ismi Razzoq burjida (ya'ni ma'nosida) bir shamsi tobon kabi tulu' etdi; u olamni boshdan oxir rahmat ziyosi bilan yoritdi. Soʻngra u olami hayvonot ichida bolalar va chaqaloqlarning zaiflik va ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilashlari, hazin va harkasni achintiradigan bir qorongʻilik ichida boshqa bir olamni koʻrdim. Birdan Rahim ismi shafqat burjida tulu' etdi, shunchalik goʻzal va shirin bir suratda u olamni yoritdiki; shikoyat va achinish va huzundan kelgan yosh tomchilarini sevinch va sururga va shukrning lazzatidan kelgan tomchilarga aylantirdi. Soʻngra kino pardasi kabi yana bir parda ochildi, olami insoniy menga koʻrindi. U olamni shunchalik qorongʻi, shu qadar zulumotli, dahshatli koʻrdimki; dahshatimdan faryod etdim, "Eyvoh!" dedim. Chunki koʻrdimki: Insonlarning abadga uzanib ketgan orzulari, istaklari va koinotni ihota etgan tasavvurot va afkorlari va abadiy baqo va saodati abadiyani va Jannatni gʻoyat jiddiy istagan himmatlari va iste'dodlari va hadsiz maqosidga va matolibga mutavajjih faqirlik va ehtiyojotlari va zaiflik va ojizligi bilan barobar, hujumga ma'ruz qolgan hadsiz musibatlari va dushmanlari bilan barobar; gʻoyat qisqa bir umr, gʻoyat sertashvish bir hayot, gʻoyat parishon bir maishat ichida, qalbga eng aliym va eng mudhish holat boʻlgan mutamodiy zavol va firoq balosi ichida, ahli gʻaflat uchun zulumoti abadiy eshigi suratida koʻringan qabrga va qabristonga qarayaptilar, bir-bir va toifa-toifa oʻsha zulumot qudugʻiga tashlanyaptilar. Xullas, bu olamni bu zulumot ichida koʻrgan onimda, qalb va ruh va aqlim bilan birga butun latoifi insoniyam, balki butun zarroti vujudim faryod qilib yigʻlashga tayyor ekan; birdan Janobi Haqning Odil ismi Hakim burjida, Rahmon ismi Karim burjida, Rahim ismi Gʻofur burjida (ya'ni ma'nosida), Bois ismi Voris burjida, Muhyi ismi Muhsin burjida, Rob ismi Molik burjida tulu' etdilar. U olami insoniy ichidagi koʻp olamlarni tanvir etdilar, yoritdilar va nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib, u qorongʻi inson dunyosiga nurlar sochdilar.
Soʻngra yana muazzam bir parda ochildi, olami Arz koʻrindi. Falsafaning qorongʻi qavonini ilmiyalari xayolga dahshatli bir olamni koʻrsatdi. Yetmish marta zambarak oʻqidanda tez bir harakat bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylangan va har doim tarqalishga va parchalanishga musta'id va ichi zilzilali, keksa va juda qari Kura-i Arz ichida, olamning hadsiz fazosida sayohat etgan bechora navi inson vaziyati, menga vahshatli bir qorongʻilik ichida koʻrindi. Boshim aylandi, koʻzim qoraydi. Birdan Xoliqi Arz va Samovotning Qodir, Alim, Rob, Alloh va Robbus Samavati Val Arz va Musahhir-ush Shamsi Val Qomar ismlari; rahmat, azamat, rububiyat burjida tulu' etdilar. U olamni shunday nurlantirdilarki; u holatda menga Kura-i Arz gʻoyat muntazam, musahhar, mukammal, xush, ishonchli bir sayohat kemasi tanazzuh va kayf va tijorat uchun muhayyo etilgan bir shaklda koʻrdim.
Alhosil: Ming bir ismi Ilohiyning koinotga mutavajjih boʻlgan u asmodan har biri bir olamni va u olam ichidagi olamlarni tanvir etgan bir quyosh hukmida va sirri ahadiyat jihati bilan, har bir ismning jilvasi ichida boshqa ismlarning jilvalari ham bir daraja koʻrinayotgan edi. Soʻngra qalb har zulumot orqasida boshqa-boshqa nurni koʻrgani uchun, sayohatga ishtahasi ochilayotgan edi. Xayolga minib, samoga chiqishni istadi. Shunda gʻoyat keng bir parda yana ochildi. Qalb samovot olamiga kirdi, koʻrdiki: U nuroniy tabassum etgan suratida koʻringan yulduzlar, Kura-i Arzdanda katta va undan yanada tez bir suratda bir-biri ichida kezyaptlari, aylanyaptilar. Bittasi bir daqiqa yoʻlini adashtirsa, boshqasi bilan musodama etadi, shunday bir portlash boʻladiki, koinotning oʻti yorilib olamni tarqatib yuboradi. Nur emas, otash sochadilar; tabassum bilan emas, vahshat bilan menga qaradilar. Hadsiz katta, keng, xoli, boʻsh, dahshat, hayrat zulumoti ichida samovotni koʻrdim. Kelganimga ming pushaymon boʻldim. Birdan
ning asmo-i husnasi,
burjida jilvalari bilan zuhur etdilar. Oʻsha ma'no jihati bilan qorongʻilik ustiga choʻkkan yulduzlar, u anvori azimadan bittadan lam'a olib, yulduzlar adadicha elektr chiroqlari yoqilgandek, u olami samovot nurlandi. U boʻsh va xoli deb oʻylangan samovot ham maloikalar bilan, ruhoniylar bilan toʻldi, jonlandi. Sultoni Azal va Abadning hadsiz qoʻshinlaridan bir qoʻshin hukmida harakat qilgan quyoshlar va yulduzlar yuksak harakat qilayotgan shaklda, u Sultoni Zuljalolning hashmatini va dabdaba-i rububiyatini koʻrsatayotganlarini koʻrdim. Butun quvvatim bilan va mumkin boʻlsaydi butun zarrotim bilan va meni tinglasalar edi, butun maxluqotning lisonlari bilan aytar edim, va ularning umumining nomidan aytdim:
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ف۪يهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ ف۪ى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُض۪ٓىءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللّٰهُ لِنُورِهq9Vَنْ يَشَٓاءُ
oyatini oʻqidim; qaytdim, tushdim, oʻzimga keldim. "Alhamdulillahi ala nur-il iyman val Qur'an" dedim.
Oltinchi Risola Boʻlgan Oltinchi Qism
Shu Oltinchi Qism ins va jin shaytonlarining olti xil dasisalarini inshaalloh natijasiz qoldiradi va hujum yoʻllarining oltitasini toʻsadi.
Birinchi Dasisa: Shaytoni ins, shaytoni jinniydan olgan darsiga binoan, hizb-ul Qur'onning fidokor xodimlarini hubbu joh vositasi bilan aldash va u qudsiy xizmatdan va u ma'naviy ulviy jihoddan voz kechirishni istaydilar. Shundayki:
Insonlarning koʻpchiligida hubbu joh deb ataluvchi hirsi shuhrat va xudfurushlik va shonu-sharaf deyilgan riyokorona odamlarga koʻrinish va nazari ommada mavqe egasi boʻlishga, ahli dunyoning har birida juz'iy-kulliy orzu bor. Hatto oʻsha orzu uchun hayotini fido qilish darajasida shuhratparastlik hissi uni yoʻnaltiradi. Ahli oxirat uchun bu his gʻoyat tahlikalidir, ahli dunyo uchun ham gʻoyat sertashvishdir; koʻp axloqi sayyianing ham mansha'idir va insonlarning eng zaif tomonidir. Ya'ni: Bir insonni ushlab olish va oʻziga tortish; uning oʻsha hissini shishirib oʻziga bogʻlaydi, ham shu bilan uni magʻlub qiladi. Qardoshlarim haqida eng koʻp qoʻrqqanim, bularning bu zaif hissidan ahli ilhodning istifoda etish ehtimolidir. Bu hol meni koʻp oʻylantiradi. Haqiqiy boʻlmagan ba'zi bechora doʻstlarimni oʻsha tarzda tortdilar, ma'nan ularni tahlikaga otdilar.
{(Hoshiya) U bechoralar, "Qalbimiz ustoz bilan birgadir" degan fikr bilan oʻzlarini tahlikasiz deb oʻylaydilar. Holbuki ahli ilhodning jarayoniga quvvat bergan va tashviqotlariga aldangan, balki oʻzi bilmay josuslikda iste'mol etilish tahlikasi boʻlgan bir odamning, "Qalbim pok. Ustozimning maslagiga sodiq." deyishi shu misolga oʻxshaydiki: Bir odam namoz oʻqiyotganda qornidagi yelni tutolmaydi, chiqadi; tahorati sinadi. Unga: "Namozing buzildi" deyilganda, u: "Nega namozim buzilsin, qalbim pok", deydi.}
Ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bu hubbu joh tomonidan kelgan dassos ahli dunyoning josuslariga yoki ahli zalolatning tashviqotchilariga yoki shaytonning shogirdlariga aytingki: "Avvalo rizo-i Ilohiy va iltifoti Rahmoniy va qabuli Rabboniy shunday bir maqomki; insonlarning tajavvuhi va istehsoni unga nisbatan bir zarra hukmidadir. Agar tavajjuhi rahmat boʻlsa, yetadi. Insonlarning tavajjuhi; u tavajjuhi rahmatning in'ikosi va soyasi boʻlish jihati bilan maqbul, boʻlmasa orzu qilinadigan narsa emas... chunki qabr eshigida soʻnadi, besh tiyinga arzimaydi!"
Hubbu joh hissi agar jim qilinmasa va ketkazilmasa, yuzini boshqa tomonga burish lozim. Shundayki:
Savobi uxroviy uchun, duolarini qozonish niyatida va xizmatning husni ta'siri nuqtasida, keladigan tamsildagi sirga binoan, balki u hisning mashru' bir tomoni topiladi. Masalan: Ayasofya Masjidi, ahli fazl va kamoldan muborak va muhtaram zotlar bilan toʻlib turgan bir paytda, bitta-yarimta, dahlizda va eshikda yaramas bolalar va bebosh axloqsizlar bor boʻlib, masjid derazalarining ustida va yaqinida ajnabiylarning oʻyin-kulgiga ishqiboz tomoshabinlari boʻlsa, bir odam u masjid ichiga kirib jamoat ichiga dohil boʻlsa; agar goʻzal ovoz bilan shirin tarzda Qur'ondan bir ashir oʻqisa, u vaqt minglab ahli haqiqatning nazarlari unga oʻgiriladi; husni tavajjuh bilan, ma'naviy bir duo bilan u odamga savob qozontiradilar. Lekin yaramas bolalarga va bebosh mulhidlarga va bitta-yarimta ajnabiylarga yoqmaydi. Agar u muborak masjidga va u muazzam jamoat ichiga u odam kirgan vaqti, sufliy va beadablarcha fahshga oid qoʻshiqlarni aytib baqirib chaqirsa, raqsga tushib sakrasa, u payt yaramas bolalarni kuldiradi, u bebosh axloqsizlarni fuhshiyotga tashviq qilgani uchun, ularga yoqadi va Islomiyatning qusurini koʻrish bilan mutalazziz boʻlgan ajnabiylarning masxaraomuz tabassumlarini jalb qiladi. Lekin umum u muazzam va muborak jamoatning barcha a'zolaridan bir nazari nafrat va tahqir jalb etadi. Asfali sofiliynga sukut darajasida nazarlarida pastkash boʻlib koʻrinadi.
Xullas aynan bu misol kabi; olami Islom va Osiyo, muazzam bir masjiddir. Va ichidagi ahli iymon va ahli haqiqat, oʻsha masjiddagi muhtaram jamoatdir. U yaramas bolalar esa, bola aqli saviyasidagi laganbardorlardir. U bebosh axloqsizlar, farang-mashrab, milliyatsiz, dinsiz nusxalardir. Ajnabiy tomoshabinlari esa, ajnabiylar noshiri afkori boʻlgan gazetachilardir. Har bir musulmon, xususan ahli fazl va kamol boʻlsa, bu masjidda darajasiga koʻra bir mavqei boʻladi, koʻrinadi, nazari diqqat unga oʻgiriladi. Agar Islomiyatning bir sirri asosi boʻlgan ixlos va rizo-i Ilohiy jihatida, Qur'oni Hakim dars bergan ahkom va haqoiqi qudsiyaga doir harakot va a'mol undan sudur esa, lisoni holi ma'nan oyoti Qur'oniyani oʻqisa; u vaqt ma'nan olami Islomning har bir a'zosining virdi zaboni boʻlgan اَللّٰهُمَّ اغْفِرْ لِلْمُؤْمِن۪ينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ duosida dohil boʻlib hissador boʻladi va hammasi bilan uxuvvatkorona aloqador boʻladi. Faqat hayvonoti muzirra navidan ba'zi ahli zalolatning va soqolli bolalar hukmidagi ba'zi ahmoqlarning nazarlarida qiymati koʻrinmaydi. Agar u odam, madori sharaf deb bilgan barcha ajdodini va madori iftixor deb bilgan barcha oʻtib ketganlarni va ruhan nuqta-i istinod deb hisoblagan salafi solihinning jadda-i nuroniylarini tark qilib, havaskorona, havoparastona, riyokorona, shuhratparvarona, bid'atkorona ishlarda va harakotda boʻlsa; ma'nan barcha ahli haqiqat va ahli iymonning nazarida eng past mavqega tushadi.
sirriga koʻra; ahli iymon naqadar omi va johil boʻlsa ham, aqli idrok etmagani holda, qalbi unday xudfurush odamlarni koʻrsa, yoqtirmaydi, ma'nan nafratlanadi.
Xullas, hubbu johga maftun va shuhratparastlikka mubtalo odam -ikkinchi odam- hadsiz bir jamoatning nazarida asfali sofiliynga tushadi. Ahamiyatsiz va mazaxchi va safsatachi ba'zi beboshlarning nazarida muvaqqat va manhus bir mavqe qozonadi.
sirriga koʻra; dunyoda zarar, barzohda azob, oxiratda dushman ba'zi yolgʻonchi doʻstlarni topadi.
Birinchi suratdagi odam, deylikki hubbu johni qalbidan chiqarmasa, faqat ixlosni va rizo-i Ilohiyni asos tutish va hubbu johni hadaf qilib olmaslik sharti bilan; bir navi mashru' maqomi ma'naviy, ham muhtasham bir maqom qozonadiki, u hubbu joh hissini kamoli bilan qondiradi. Bu odam oz, ham juda oz va ahamiyatsiz narsani yoʻqotadi; uning oʻrniga koʻp, ham juda koʻp qiymatli, zararsiz narsalarni topadi. Balki bir nechta ilonni oʻzidan qochiradi; unga badal koʻp muborak maxluqlardan doʻst topadi, ular bilan unsiyat etadi. Yoki chaquvchi yovvoyi qovogʻarilarini qochirib, muborak rahmat sharbatchilari boʻlgan arilarni oʻziga jalb qiladi. Ularning qoʻllaridan asal yegandek, shunday doʻstlar topadiki; doimo duolari bilan obi kavsar kabi fayzlar, olami Islomning atrofidan uning ruhiga ichiriladi va daftari a'moliga oʻtkaziladi.
Bir zamon dunyoning katta maqomini egallagan kichik inson, shuhratparastlik yoʻlida buyuk qabohat qilib, olami Islomning nazarida masxara boʻlganda, oʻtgan tamsilning maolini unga dars berdim, boshiga urdim. Yaxshigina silkitdi, lekin oʻzimni hubbi johdan qutqarolmaganim uchun, u tanbehim ham uni uygʻotmadi.
Ikkinchi Dasisa: Insondagi eng muhim va asosli bir his, hissi xavfdir. Dassos zolimlar bu qoʻrquv hissidan koʻp foydalanishyapti. U bilan qoʻrqoqlarni toʻxtatyaptilar. Ahli dunyoning josuslari va ahli zalolatning tashviqotchilari avomning va ayniqsa ulamoning ushbu hissidan koʻp foydalanyaptilar. Qoʻrqityaptilar, avhomlarini tahrik etyaptilar. Masalan: Tomda bir odamni tahlikaga solish uchun, bir dassos odam, oʻsha avhomlining nazarida zararli koʻringan narsani koʻrsatib, vahmini tahrik etib, quva-quva tomning chetigacha keladi, boshi bilan yerga yiqitadi, boʻyni sinadi. Aynan shuning kabi; juda ahamiyatsiz avhom bilan, juda ahamiyatli narsalarni fido ettiryaptilar. Hatto bir chivin meni chaqmasin deb, ilonning ogʻziga kirishyapti.
Bir vaqt -Alloh rahmat qilsin- muhim bir zot qayiqqa minishdan qoʻrqar edi. U bilan birga shom vaqtida Istanbuldan koʻprikka keldik. Qayiqqa minish lozim boʻldi. Ot-arava yoʻq. Sulton Ayyubga ketishga majburmiz. Uni qistadim, aytdiki: " Qoʻrqyapman, balki choʻkib ketamiz!" Unga: "Bu koʻrfazda taxminan nechta qayiq bor?", dedim. U: "Mingtacha bor", dedi. Men: "Bir yilda nechta qayiq gʻarq boʻladi?", dedim. U: "Bir-ikki dona, ba'zi yillar hech choʻkmaydi", dedi. Men: "Bir yil necha kun?", dedim. U: "Uch yuz oltmish kun", dedi. Men: "Seni vahimaga solgan va qoʻrqitayotgan choʻkish ehtimoli, uch yuz oltmish ming ehtimoldan bitta ehtimoldir. Bunday ehtimoldan qoʻrqqan; inson emas, hayvon ham boʻlolmaydi! Yana unga: "Ajabo, necha yil yashashni taxmin qilyapsan?", dedim. U: "Keksayib qoldim, balki yana oʻn yil yashash ehtimolim bor", dedi. Men: "Ajal yashirin boʻlganidan, har kuni oʻlish ehtimoli bor; shunday ekan, uch ming olti yuz kunda har kuni vafot etishing muhtamal. Qayiq kabi uch yuz mingdan bir ehtimol emas, balki uch mingdan bir ehtimol bilan bugun oʻliming muhtamaldir, titra va yigʻla, vasiyat qil!", dedim. Aqli joyiga keldi, titragan holida qayiqqa mindirdim. Qayiq ichida unga dedim: "Janobi Haq xavf hissini hifzi hayot uchun bergan, hayotni taxrib uchun emas! Ham hayotni ogʻir va mushkul va aliym va azobga aylantirish uchun bermagan. Xavf ikki, uch, toʻrt ehtimoldan bir boʻlsa.. hatto besh-olti ehtimoldan bir boʻlsa, ehtiyotli bir xavf mashru' boʻlishi mumkin. Lekin yigirma, oʻttiz, qirq ehtimoldan bir ehtimol bilan xavf etish avhomdir, hayotni azobga aylantiradi".
Xullas, ey qardoshlarim! Agar ahli ilhodning laganbadorlari sizni qoʻrqitib qudsiy jihodi ma'naviyingizdan voz kechirish uchun sizga hujum qilishsa, ularga aytingiz: "Biz hizb-ul Qur'onmiz.
sirri bilan, Qur'onning qal'asidamiz. حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ atrofimizda oʻralgan mustahkam bir qal'adir. Minglab ehtimoldan bir ehtimol bilan, shu qisqa hayoti foniyaga kichik bir zarar kelishi qoʻrquvidan, hayoti abadiyamizga yuzdan yuz minglab zarar beradigan bir yoʻlga bizni ixtiyorimiz bilan yoʻllay olmaysiz!" Va ayting: "Ajabo, xizmati Qur'oniyada birodarimiz va u xizmati qudsiyaning tadbirida ustozimiz va ishboshimiz boʻlgan Said Nursiy tufayli, biz kabi haq yoʻlida unga doʻst tutingan ahli haqdan kim zarar koʻrgan? Va uning xos talabalaridan kim balo koʻrganki, biz ham koʻrsak va u koʻrish ehtimoli bilan xavotirlansak? Bu qardoshimizning minglab uxroviy doʻstlari va qardoshlari bor. Yigirma-oʻttiz yildir dunyo hayoti ijtimoiyasiga ta'sirli bir suratda aralashib, u tufayli biror qardoshining zarar koʻrganini eshitmadik. Xususan, oʻshanda qoʻlida siyosat toʻqmogʻi bor edi. Hozir u toʻqmoq oʻrnida nuri haqiqat bor. Ilgari 31 Mart hodisasida, garchi uni ham qoʻshdilar, ba'zi doʻstlarini ham ezdilar. Ammo keyinchalik ma'lum boʻldiki, masala boshqalar tarafidan chiqqan ekan. Uning doʻstlari u tufayli emas, uning dushmanlari tufayli balo koʻrishdi. Ham oʻsha payt koʻp doʻstlarini ham qutqardi. Shunga binoan; ming emas, minglab ehtimoldan birgina ehtimoli tahlika qoʻrquvi bilan, bir xazina-i abadiyani qoʻlimizdan qochirish, siz kabi shaytonlarning xotiriga kelmasligi kerak!", deb ahli zalolatning laganbardorlarining ogʻziga urib haydashingiz kerak. Ham u laganbardorlarga aytingki:
"Yuz minglab ehtimoldan bir ehtimol emas, yuzdan yuz ehtimol bilan bir halokat kelsa; zarracha aqlimiz boʻlsa, qoʻrqib uni tashlab qochmaymiz". Chunki mukarrar tajribalar bilan koʻrilgan va koʻrilyaptiki: Akasiga yoxud ustoziga tahlika zamonida xiyonat qilganlar boʻlsa, kelgan balo eng avval ularning boshida portlaydi. Ham marhamatsiz tarzda ularga jazo berilgan va pastkash nazari bilan qaralgan. Ham jasadi oʻlgan, ham ruhi zillat ichida ma'nan oʻlgan. Ularga jazo berganlar qalblarida bir marhamat his qilmaydilar. Chunki: "Modomiki bular oʻzlariga sodiq va mushfiq boʻlgan ustozlariga xoin boʻlib chiqdilar; albatta juda pastkashdirlar, marhamatga emas, tahqirga loyiqdirlar", deydilar.
Modomiki haqiqat bunday ekan. Ham modomiki bir zolim va vijdonsiz odam, birovni yerga qulatib oyogʻi bilan boshini ezib muomala qilsa, yerdagi odam agar oʻsha vahshiy zolimning oyogʻini oʻpsa; u zillatdan qalbi boshidan avval eziladi, ruhi jasadidan avval oʻladi. Ham boshi ketadi, ham izzat va haysiyati mahv boʻladi. Ham u yirtqich vijdonsiz zolimga qarshi zaiflik koʻrsatish bilan, oʻzini ezdirishga tashji' etadi. Agar oyogʻi ostidagi mazlum zolimning yuziga tupursa; qalbini va ruhini qutqaradi, jasadi bir shahidi mazlum boʻladi. Ha, tupuring zolimlarning hayosiz yuzlariga!..
Bir vaqt Ingliz Davlati Istanbul Boʻgʻozining toʻplarini taxrib va Istanbulni istilo qilgan hangomda; u davlatning eng katta doira-i diniyasi boʻlgan Anglikan Cherkovining bosh popi tarafidan Mashihati Islomiyadan olti diniy savol soʻraldi. Men ham oʻsha payt Dor-ul Hikmat-ul Islomiyaning a'zosi edim. Menga: "Bir javob ber", deyishdi. Ular olti savollariga olti yuz kalima bilan javob istashgan. Men esa: "Olti yuz kalima bilan emas, olti kalima bilan ham emas, hatto bir kalima bilan ham emas; balki bir tupuk bilan javob beraman! Chunki koʻrib turganingizdek, u davlat oyogʻini boʻgʻzimizga bosgan daqiqada, uning popi magʻrurona ustimizda savol soʻrashiga qarshi, yuziga tupurish kerak boʻladi. Tupuring u ahli zulmning u marhamatsiz yuziga!.." degan edim. Hozir aytamanki:
Ey qardoshlarim! Ingliz kabi jabbor bir hukumat istilo qilgan bir paytda, bu shaklda matbuot tili bilan ularga javob berish, tahlika yuzdan yuz ekan, hifzi Qur'oniy menga kifoya qilgani holda; sizga ham yuzdan bir ehtimol bilan ahamiyatsiz zolimlarning qoʻlidan kelgan zararlarga qarshi, albatta yuz barobar kifoyadir.
Ham, ey qardoshlarim! Koʻpchiligingiz askarlik qilgansiz. Qilmaganlar ham albatta eshitganlar. Eshitmaganlar ham mendan eshitsinlarki: "Eng koʻp yaralanganlar, xandaqini tashlab qochganlardir. Eng oz yara olganlar, xandaqida sabot etganlardir!"
ma'no-i ishoriysi bilan koʻrsatadiki: "Qochganlar, qochishlari bilan oʻlimni yanada koʻproq qarshilaydilar".
Uchinchi Dasisa-i Shaytoniya: Tama' tufayli koʻplarini ovlaydilar.
Qur'oni Hakimning oyot va bayyinotidan istifoza etganimiz qat'iy burhonlar bilan koʻp risolalarda isbot qilganmizki: "Mashru' rizq iqtidor va ixtiyorning darajasiga koʻra emas; balki ojizlik va faqirlik nisbatida keladi". Bu haqiqatni koʻrsatgan hadsiz ishoratlar, alomatlar, dalillar bor. Azjumla:
Bir navi zihayot va rizqqa muhtoj boʻlgan ashjar joyida turadi, ularning rizqlari ularga yugurib keladi. Hayvonot hirs bilan rizqlarining orqasidan yugurqillaridan, daraxtlar kabi mukammal oziqlanishmaydi.
Ham hayvonot navidan baliqlar eng tentak, iqtidorsiz va qum ichida boʻlgani holda mukammal oziqlanishi va umumiyat bilan semiz boʻlib koʻrinishi; maymun va tulki kabi zakovatli va muqtadir hayvonot, sui maishatidan ozgʻin va zaif boʻlishi koʻrsatadiki: Vosita-i rizq; iqtidor emas, iftiqordir.
Ham insoniy boʻlsin, hayvoniy boʻlsin, barcha chaqaloqlarning husni maishati va sutdek xazina-i rahmatning eng latif hadyasi, kutilmagan tarzda ularga zaifligi va ojizligiga shafqatan ehson etilishi va vahshiy yirtqichlarning diyqi maishatlari ham koʻrsatadiki: Vasila-i rizqi halol; ojizlik va faqirlikdir, zakovat va iqtidor emasdir.
Ham dunyoda millatlar ichida shiddati hirs bilan mashhur boʻlgan Yahudiy Millatidan koʻra koʻproq rizq orqasidan yugurgan yoʻq. Holbuki zillat va safolat ichida eng ziyoda sui maishatga ular duchor boʻladilar. Ularning boylari ham sufliy yashaydilar. Zotan ribo kabi gʻayri mashru' yoʻllar bilan qozongan mollari, rizqi halol emaski, masalamizni rad qilsin.
Ham koʻp adiblarning va koʻp ulamoning faqri holi va koʻp ahmoqlarning sarvat va boyligi ham koʻrsatadiki: Jalbi rizqning madori, zakovat va iqtidor emas; balki ojizlik va faqirlikdir, tavakkalvoriy bir taslimdir va lisoni qol va lisoni hol va lisoni fe'l bilan duodir.
Xullas, bu haqiqatni e'lon qilgan
oyati bu da'vomizga shu qadar quvvatli va metin bir burhonki; barcha nabotot va hayvonot va atfol lisoni bilan oʻqiladi. Va rizq istagan har toifa shu oyatni lisoni hol bilan oʻqiydi.
Modomiki rizq muqaddardir va ehson qilinadi hamda bergan ham Janobi Haqdir; u ham Rahim, ham Karimdir. Uning rahmatini ittihom etish darajasida va karamini istixfof etadigan bir suratda gʻayri mashru' shaklda obroʻyini toʻkish bilan; vijdonini, balki ba'zi muqaddasotini sotib, manhus, bebaraka bir moli haromni qabul qilgan anglasinki, bu naqadar muzaaf bir devonalikdir.
Ha, ahli dunyo, xususan ahli zalolat pulini arzonga bermaydi, juda qimmat sotadi. Bir yillik hayoti dunyoviyaga bir daraja yordam beradigan molga muqobil hadsiz hayoti abadiyani taxrib etishga ba'zan vasila boʻladi. Oʻsha iflos hirs bilan gʻazabi Ilohiyni oʻziga jalb qiladi va ahli zalolatning rizosini jalb qilishga urinadi.
Ey qardoshlarim! Agar ahli dunyoning laganbardorlari va ahli zalolatning munofiqlari sizni insoniyatning shu zaif hissi boʻlgan tama' sababli ushlasalar, oʻtgan haqiqatni oʻylab, bu faqir qardoshingizni namuna-i imtisol qilib olinglar. Sizni butun quvvatim bilan ishontiramanki: Qanoat va iqtisod; maoshdan ziyoda sizning hayotingizni idoma va rizqingizni ta'minlaydi. Xususan sizga berilgan oʻsha gʻayri mashru' pul, sizdan unga muqobil ming barobar koʻp narx istaydi. Ham har soati sizga abadiy bir xazinani ocha oladigan xizmati Qur'oniyaga toʻsiq boʻlishi mumkin yoki futur beradi. Bu shunday bir zarar va boʻshliqdirki; har oy minglab maosh berilsa, oʻrnini toʻldirolmaydi.
IXTOR: Ahli zalolat Qur'oni Hakimdan olib nashr etganimiz haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga qarshi mudofaa va muqobala qoʻlidan kelmagani uchun, munofiqona va dasisakorona igʻfol va hiyla tuzogʻini iste'mol qiladi. Doʻstlarimni hubbu joh, tama' va xavf bilan aldash va meni ba'zi isnodot bilan badnom qilishni istaydilar. Biz qudsiy xizmatimizda doimo musbat harakat qilamiz. Lekin, ma'ataassuf, har bir amri xayrdagi monelarni daf qilish vazifasi bizni ba'zan manfiy harakatga chorlaydi. Shuning uchun, ahli nifoqning hiylakorona tashviqotiga qarshi qardoshlarimni sobiq uch nuqta bilan iqoz etyapman. Ularga kelgan hujumni daf qilishga urinyapman.
Hozir eng muhim bir hujum mening shaxsimga qaratilgan. "Said Kurddir, nega bu qadar unga hurmat koʻrsatasizlar, orqasidan ergashasizlar?", deydilar.
Endi, bilmajburiya bunday nusxalarning ovozini oʻchirish uchun, Toʻrtinchi Dasisa-i Shaytoniyani, istamagan holda Eski Said lisoni bilan zikr qilaman.
Toʻrtinchi Dasisa-i Shaytoniya: Shaytonning talqini bilan va ahli zalolatning ilqooti bilan, menga qarshi tashviqot bilan hujum qilgan va muhim mavqelarni ishgʻol qilgan ba'zi mulhidlar, qardoshlarimni aldash va asabiyati milliyalarini tahrik etish uchun deydilarki: "Sizlar Turksiz. Mashaalloh, Turklarda har navi ulamo va ahli kamol bor, Said esa Kurddir. Milliyatingizdan boʻlmagan bir odam bilan tashriki maso'iy etish hamiyati milliyaga munofiydir?"
Aljavob: Ey badbaxt mulhid! Men Falillahilhamd musulmonman. Har doim qudsiy millatimning uch yuz ellik million a'zosi bor. Bunday abadiy uxuvvatni ta'sis etgan va duolari bilan menga yordam bergan va ichida Kurdlarning aksariyati mutlaqasi boʻlgan uch yuz ellik million qardoshni, unsuriyat va manfiy milliyat fikriga fido qilish va u muborak hadsiz qardoshlarga badal, Kurd nomini tashigan va Kurd unsuridan hisoblangan sanoqli bir nechta dinsiz yoki mazhabsiz maslakka kirganlarni qozonishdan yuz ming marta istioza etaman!.. Ey mulhid! Sen kabi ahmoqlar lozimki, Majar kofirlari yoxud dinsiz boʻlgan va faranglashgan bir nechta Turklarni muvaqqatan, dunyo jihatidan ham foydasiz uxuvvatini qozonish uchun; uch yuz ellik million haqiqiy, nuroniy manfaatdor bir jamoatning boqiy uxuvvatlarini tark etsin. Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Masalasida, dalillari bilan manfiy milliyatning mohiyatini va zararlarini koʻrsatganimizdan, unga havola qilib, yolgʻiz u Uchinchi Masalaning oxirida ijmol etilgan bir haqiqatni bu yerda bir daraja izoh qilamiz.
Oʻsha Turkchilik pardasi ostidagi va haqiqatdan Turk dushmani boʻlgan hamiyat-furush mulhidlarga aytamanki: Dini Islomiyat millati bilan abadiy va haqiqiy uxuvvat bilan, Turk deb atalgan bu vatan ahli iymoni bilan shiddatli va haqiqiy ma'noda aloqadorman. Va ming yilga yaqin Qur'onning bayrogʻini jahonning jihoti sittasining atrofida gʻolibona kezdirgan bu vatan avlodlariga Islomiyat hisobiga muftaxirona va tarafdorona muhabbatdorman. Sening esa, ey hamiyat-furush soxtakor! Turkning mafoxiri haqiqiya-i milliyasini unuttiradigan bir suratda majoziy va unsuriy va muvaqqat va gʻarazkorona bir uxuvvating bor. Sendan soʻrayman: Turk millati, yolgʻiz yigirma va qirq yosh oʻrtasidagi gʻofil va havaskor yoshlardan iboratmi? Ham ularning manfaati va ular haqida hamiyati milliya iqtizo etgan xizmat, yolgʻiz ularning gʻaflatini ziyodalashtirgan va axloqsizlikka oʻrgatgan va manhiyotga tashji' etgan farang-mashrabona tarbiyadami? Va keksalikda ularni yigʻlatadigan muvaqqat bir kuldirishdami? Agar hamiyati milliya bulardan iborat boʻlsa va taraqqiy va saodati hayotiya bu boʻlsa; ha, sen bunday Turkchi boʻlsang va bunday milliyat-parvar boʻlsang; men unday Turkchilikdan qochaman, sen ham mendan qochishing mumkin! Agar zarra miqdor hamiyat va shuuring va insofing boʻlsa, hozirgi taqsimotga qara, javob ber.
Turk millati deb atalgan shu vatan avlodi olti qismdir: Birinchi qismi, ahli salohat va taqvodir. Ikkinchi qismi, musibatzada va xastalar toifasidir. Uchinchi qismi, keksalar sinfidir. Toʻrtinchi qismi, bolalar toifasi. Beshinchi qismi, faqirlar va zaiflar toifasi. Oltinchi qismi, yoshlardir. Ajabo, barcha avvalgi besh toifa Turk emasmilar? Hamiyati milliyadan hissalari yoʻqmi? Ajabo, oltinchi toifaga sarxushlarcha bir rohat berish yoʻlida, u besh toifani ranjitish, rohatini qochirish, tasallilarini sindirish; hamiyati milliyami, boʻlmasa u millatga dushmanlikmi? "Al-hukmu lil-aksar" sirriga koʻra, aksariyatga zarar yetkazgan dushman, doʻst emas!
Sendan soʻrayman: Birinchi qism boʻlgan ahli iymon va ahli taqvoning eng katta manfaati, farang-mashrabona bir madaniyatdami? Boʻlmasa haqoiqi iymoniyaning nurlari bilan saodati abadiyani oʻylab, oʻzlari mushtoq va oshiq boʻlgan tariqi haqda suluk etish va haqiqiy tasalli topishdami? Sen kabi zalolat-pesha hamiyat-furushlarning tutgan maslagi; muttaqi ahli iymonning ma'naviy nurlarini soʻndiradi va haqiqiy tasallilarini buzadi va oʻlimni i'domi abadiy va qabrni doimiy bir firoqi loyazaliy eshigi ekanini koʻrsatadi.
Ikkinchi qism boʻlgan musibatzada va xastalarning va hayotdan ma'yus boʻlganlarning manfaati; farang-mashrabona, dinsizona madaniyat tarbiyasidami? Holbuki, u bechoralar bir nur istaydilar, bir tasalli istaydilar. Musibatlariga qarshi bir mukofot istaydilar. Va ularga zulm qilganlardan intiqomlarini olishni istaydilar. Va oʻzlari yaqinlashgan qabr eshigidagi dahshatni daf qilishni istaydilar. Siz kabilarning soxtakor hamiyati bilan, juda koʻp shafqatga va erkalashga va qarovga juda loyiq va muhtoj u bechora musibatzadalarning qalblariga igna sanchyapsiz, boshlariga toʻqmoq uryapsiz! Marhamatsizlarcha umidlarini yoʻqotyapsiz, ya'si mutlaqqa tushiryapsiz! Hamiyati milliya shumi? Millatga shunday foyda keltiryapsizmi?
Uchinchi toifa boʻlgan keksalar uchdan birni tashkil qiladi. Ular qabrga yaqinlashyaptilar, oʻlimga yaqinlashyaptilar, dunyodan uzoqlashyaptilar, oxiratga yaqinlashyaptilar. Bundaylarning manfaati va nuri va tasallisi, Xulagu va Chingiz kabi zolimlarning gʻaddorona sarguzashtlarini tinglashdami? Va oxiratni unuttiradigan, dunyoga bogʻlaydigan, natijasiz, ma'nan sukut, zohiran taraqqiy deyilgan hozirgi navi harakatingizdami? Va uxroviy nur, kinoteatrdami? Va haqiqiy tasalli teatrdami? Bu bechora keksalar hamiyatdan hurmat kutayotganda, ma'naviy pichoq bilan u bechoralarni soʻyish hukmida va "i'domi abadiyga joʻnatilyapsiz" fikrini berish va rahmat eshigi deb tasavvur qilganlari qabr eshigini ajdarho ogʻziga aylantirish, "Sen u yerga ketasan" deb ma'naviy qulogʻiga puflash; hamiyati milliya boʻlsa, bunday hamiyatdan yuz ming marta "Al a'uzu billah!.."
Toʻrtinchi toifa, bolalardir. Bular hamiyati milliyadan marhamat istaydilar, shafqat kutadilar. Ular zaiflik va ojizlik va iqtidorsizlik nuqtasida; marhamatkor, qudratli bir Xoliqni bilish bilan ruhlari inbisot eta oladi, iste'dodlari mas'udona inkishof eta oladi. Kelajakda dunyodagi mudhish qoʻrquv va hollarga qarshi tura oladigan bir tavakkali iymoniy va taslimi Islomiy talqinoti bilan u ma'sumlar hayotga mushtoqona qaray oladilar. Ajabo, aloqalari juda oz boʻlgan taraqqiyoti madaniya darslari va ularning quvva-i ma'naviyasini sindiradigan va ruhlarini soʻndiradigan, nursiz yolgʻiz falsafiy dasturlarning ta'limidami? Agar inson bir jasadi hayvoniydan iborat boʻlsaydi va aqli boʻlmasaydi; balki bu ma'sum bolalarni muvaqqatan ovuntiradigan tarbiya-i madaniya ta'bir etganingiz va tarbiya-i milliya bezagi berganingiz bu farangiy usul, ularga bolalarning bir oʻyinchogʻi boʻlib, dunyoviy bir manfaatni bera olardi. Modomiki u ma'sumlar hayotning qiyinchiliklariga tushar ekan, modomiki inson ekan; albatta kichik qalblarida juda katta orzulari boʻladi va kichk boshlarida buyuk maqsadlar tavallud etadi. Modomiki haqiqat shu ekan; ularga shafqatning muqtazosi, gʻoyat darajada faqirlik va ojizligida gʻoyat quvvatli bir nuqta-i istinodni va tuganmas bir nuqta-i istimdodni; qalblarida iymoni billoh va iymoni bil-oxirat suratida joylashtirish lozim. Ularga shafqat va marhamat shu bilan boʻladi. Boʻlmasa, devona bir onaning bolasini pichoq bilan soʻyishi kabi, hamiyati milliya sarxushligi bilan u bechora ma'sumlarni ma'nan boʻgʻizlash boʻladi. Jasadini ozuqlantirish uchun, miyasini va yuragini chiqarib unga yedirish navidan, vahshiyona bir gʻadr, bir zulmdir.
Beshinchi toifa, faqirlar va zaiflar toifasidir. Ajabo, hayotning ogʻir takolifini faqirlik vositasi bilan aliym bir tarzda chekkan faqirlarning va hayotning mudhish tashvishlariga qarshi juda mutaassir boʻlgan zaiflarning hamiyati milliyadan hissalari yoʻqmi? Bu bechoralarning ya'sini va alamini orttirgan va safih bir qism boylarning mal'aba-i havasoti va zolim bir qism qoviylarning vasila-i shuhrat va shaqovati boʻlgan farang-mashrabona va parda-berunona va fir'avnona madaniyatparvarlik nomi ostida qilganingiz harakotdami? Bu bechora faqirlarning faqirlik yarasiga malham esa; unsuriyat fikridan emas, Islomiyatning ajzaxona-i qudsiyasidan chiqishi mumkin. Zaiflarning quvvati va muqovamati, qorongʻilik va tasodifga bogʻliq, shuursiz, tabiiy falsafadan olinmaydi; balki hamiyati Islomiya va qudsiy Islomiyat milliyatidan olinadi!..
Oltinchi toifa yoshlardir. Bu yoshlarning yoshligi agar doimiy boʻlsaydi; manfiy milliyat bilan ularga ichirgan sharobingizning muvaqqat bir manfaati, bir foydasi boʻlardi. Biroq u yoshlikning lazzatli sarxushligi; keksalik bilan, alam bilan oʻziga kelishi va u shirin uyqudan keksalik tongida afsus bilan uygʻonishi bilan, u sharobning xumori va aziyati uni koʻp yigʻlatadi va u lazzatli roʻyoning zavolidagi alam unga juda hazin taassuf ettiradi. "Ey voh! Ham yoshlik ketdi, ham umr ketdi, ham muflis boʻlib qabrga ketyapman; koshki esimni yigʻsaydim", ayttiradi. Ajabo, bu toifaning hamiyati milliyadan hissasi, oz bir zamonda muvaqqat bir zavq olish uchun, juda uzun bir zamonda taassuf bilan yigʻlatishdami? Boʻlmasa ularning saodati dunyoviyalari va lazzati hayotiyalari; oʻsha goʻzal, shirin yoshlik ne'matining shukrini qilib, u ne'matni safohat yoʻlida emas, balki istiqomat yoʻlida sarflash bilan; u foniy yoshlikni ibodat bilan ma'nan ibqo etish va u yoshlikning istiqomati bilan Dori Saodatda abadiy bir yoshlik qozonishidami? Zarra miqdor shuuring boʻlsa, ayt!..
Alhosil: Agar Turk Millati faqat oltinchi toifa boʻlgan yoshlardan iborat boʻlsaydi va yoshliklari doimiy qolsaydi va dunyodan boshqa joylari boʻlmasaydi, sizning Turkchilik pardasi ostida farang-mashrabona harakotingiz hamiyati milliyadan sanalishi mumkin edi. Mendek hayoti dunyoviyaga oz ahamiyat bergan va unsuriyat fikrini farangiy illati kabi bir maraz deb hisoblagan va yoshlarni nomashru' zavq va havasotdan man qilishga uringan va boshqa mamlakatda dunyoga kelgan bir odamga, "U kurddir, orqasidan ergashmanglar" ayta olardingiz va aytishga bir haq qozonishingiz mumkin edi. Lekin modomiki Turk nomi ostidagi shu vatan avlodi, sobiqan bayon etilgani kabi, olti qismdir. Beshta qismiga zarar yetkazish va tinchini buzish, faqat bitta qismga muvaqqat va dunyoviy va oqibati mash'um bir surur berish, balki sarxush etish; albatta u Turk Millatiga doʻstlik emas, dushmanlikdir. Ha, men unsur jihatidan Turk hisoblanmayman; lekin Turklarning ahli taqvo toifasiga va musibatzadalar qismiga va keksalar sinfiga va bolalar toifasiga va zaiflar va faqirlar guruhiga bor quvvatim bilan va kamoli ishtiyoq bilan mushfiqona va uxuvvatkorona xizmat qilganman va xizmat qilyapman. Oltinchi toifa boʻlgan yoshlarni ham, hayoti dunyoviyasini zaharlaydigan va hayoti uxroviyasini mahv etadigan va bir soat kulishga badal, bir yil yigʻlatadigan harakoti nomashru'adan voz kechirishni istayman. Faqat bu olti-yetti yil emas, balki yigirma yildir Qur'ondan ahz etib Turk lisonida nashr etgan asarlarim maydonda. Ha, Lillahilhamd, Qur'oni Hakimning ma'dani anvoridan iqtibos etilgan asarlar bilan, keksalar toifasi eng koʻp istagan nur koʻrsatilyapti. Musibatzadalar va xastalarning tiryoq kabi eng nafi' dorilari ajzaxona-i qudsiya-i Qur'oniyada koʻrsatilyapti. Va keksalarni eng koʻp oʻylantirgan qabr eshigi, rahmat eshigi ekani va i'dom eshigi emasligi u anvori Qur'oniya bilan koʻrsatildi. Va bolalarning nozik qalblarida hadsiz masoib va muzir ashyoga qarshi gʻoyat quvvatli bir nuqta-i istinod va hadsiz a'mol va oruzlariga mador bir nuqta-i istimdod Qur'oni Hakimning ma'danidan chiqarildi va koʻrsatildi va bilfe'l istifoda ettirildi. Va faqirlar va zaiflar qismini eng koʻp ezgan va mutaassir etgan hayotning ogʻir takolifi, Qur'oni Hakimning haqoiqi iymoniyasi bilan yengillashtirildi.
Xullas, bu besh toifa, Turk millatining olti qismidan besh qismidir; manfaati uchun xizmat qilyapmiz. Oltinchi qism, yoshlardir. Ularning yaxshilariga qarshi jiddiy uxuvvatimiz bor. Sen kabi mulhidlarga qarshi hech bir jihat bilan doʻstligimiz yoʻq! Chunki ilhodga kirgan va Turkning barcha mafoxiri milliyasini tashigan Islomiyat milliyatidan chiqishni istagan odamlarni Turk deb bilmaymiz, Turk pardasi ostiga kirgan farang deb hisoblaymiz! Chunki yuz ming marta Turkchimiz deb da'vo qilsalar, ahli haqiqatni alday olmaydilar. Zero, ishlari, harakotlari ularning da'volarini takzib etadi.
Xullas, ey farang-mashrablar va tashviqotingiz bilan haqiqiy qardoshlarimni mendan sovutishga uringan mulhidlar! Bu millatga qanday manfaatingiz bor? Birinchi toifa boʻlgan ahli taqvo va salohatning nurini soʻndiryapsiz. Marhamatga va qarovga loyiq ikkinchi toifasining yaralariga zahar sochyapsiz. Va hurmatga juda loyiq boʻlgan uchinchi toifaning tasallisini sindiryapsiz, ya'si mutlaqqa otyapsiz. Va shafqatga juda muhtoj boʻlgan toʻrtinchi toifaning butun-butun quvva-i ma'naviyasini sindiryapsiz va haqiqiy insoniyatini soʻndiryapsiz. Va muovanat va yordamga va tasalliga juda muhtoj boʻlgan beshinchi toifaning umidlarini, istimdodlarini natijasiz qoldirib, ularning nazarida hayotni mavtdan yanada dahshatliroq bir suratga aylantiryapsiz. Tanbehga va oʻziga kelishga juda muhtoj boʻlgan oltinchi toifasiga, yoshlik uyqusi ichida shunday bir sharob ichiryapsizki; u sharobning xumori oʻta aliym, oʻta dahshatlidir. Ajabo, hamiyati milliyangiz shumiki, u hamiyati milliya yoʻlida koʻp muqaddasotni fido etyapsiz. U Turkchilik manfaati Turklarga bu shakldami? Yuz ming marta al'iyazu billah!
Janoblar! Bilamanki, haq nuqtasida magʻlub boʻlgan vaqtingiz, quvvatga murojaat etasiz. Quvvat haqda, haq quvvatda boʻlmagani sirri bilan; dunyoni boshimga otash qilsangiz, haqiqati Qur'oniyaga fido boʻlgan bu bosh sizga egilmaydi. Yana sizga shuni ham xabar beramanki: Sizlar kabi mahdud, ma'nan millat nazarida manfur bir qism odamlar emas, balki minglab sizlar kabilar menga moddiy dushmanlik qilsalar, ahamiyat bermayman va bir qism muzir hayvonotdan ortiq qiymat bermayman. Chunki menga qarshi nima qilasiz? Qiladigan ishingiz, yo hayotimga nuqta qoʻyish bilan yoki xizmatimni buzish bilan boʻladi. Bu ikkita narsadan boshqa dunyoda aloqam yoʻq. Hayotning boshiga keladigan ajal esa, shuhud darajasida qat'iy iymon keltirganmanki; tagʻayyur etmaydi, muqaddardir. Modomiki shunday ekan; Haq yoʻlida shahid boʻlib oʻlsam, chekinish u yoqda tursin, ishtiyoq bilan kutyapman. Xususan, men keksaydim, bir yildan ortiq yashamasam kerak. Zohiriy bir yillik umrni shahidlik vositasi bilan qozonilgan hadsiz bir umri boqiyga tabdil etish; men kabilarning eng oliy bir maqsadi, bir gʻoyasi boʻladi. Ammo xizmatga kelsak, falillahilhamd, xizmati Qur'oniya va iymoniyada Janobi Haq rahmati bilan shunday qardoshlarni menga berganki; vafotim bilan, u xizmat bir markazda qilingani oʻrniga, koʻp markazlarda qilinadi. Mening tilim oʻlim bilan gapirtirilmasa, juda koʻp quvvatli tillar mening tilimga badal gapirishadi, u xizmatni davom ettiradilar. Hatto ayta olaman: Qandayki bir dona urugʻ tuproq ostiga kirib oʻlishi bilan bir boshoq hayotini natija beradi; bir donaga badal yuz dona vazifa boshiga oʻtadi. Shunga oʻxshab; mavtim hayotimdan ziyoda u xizmatga vosita boʻladi degan umiddaman!..
Beshinchi Dasisa-i Shaytoniya: Ahli zalolatning tarafdorlari, anoniyatdan istifoda etib, qardoshlarimni mendan tortib olishni istaydilar. Haqiqatdan insondagi eng tahlikali his, anoniyatdir va eng zaif hissi ham oʻshadir. Uni semirtirish bilan, juda yomon ishlarni qildirishlari mumkin. Ey qardoshlarim! Diqqat qilinglar; sizni anoniyat bilan ushlashmasin, u bilan sizni tuzoqqa tushirmasinlar.
Ham bilib qoʻyingki: Bu asrda ahli zalolat anaga mingan, zalolat vodiylarida chopib yuribti. Ahli haq, bilmajburiya anani tark qilib haqqa xizmat qila oladi. Ananing iste'molida haqli boʻlsa ham; modomiki narigilarga oʻxshab qoladi va ular ham bularni oʻzlaridek nafsparast deb oʻylashadi, haqning xizmatiga qarshi bir haqsizlikdir. Shu bilan birga, atrofida toʻplanganimiz xizmati Qur'oniya anani qabul qilmaydi. "Nahnu"ni istaydi. "Men demanglar, biz denglar" deydi. Albatta, qanoat qilganmizki, bu faqir qardoshingiz ana bilan maydonga chiqmagan. Sizni anasiga xodim qilmaydi. Balki anasiz bir xodimi Qur'oniy qilib oʻzini sizga koʻrsatgan. Va oʻzini yoqtirmaslikni va anasiga tarafdor boʻlmaslikni maslak qilib olgan. Shu bilan birga, qat'iy dalillar bilan sizlarga isbot qilganki: Maydoni istifodaga qoʻyilgan asarlar, miriy molidir; ya'ni Qur'oni Hakimning tarashshuhotidir. Hech kim anasi bilan ularga tamalluk qilolmaydi! Boringki, farzi mahol boʻlib, men anam bilan u asarlarga sohib chiqyapman, mening bir qardoshimning aytganidek: Modomiki bu Qur'oniy haqiqat eshigi ochildi, mening nuqsoniyatimga va ahamiyatsizligimga qaramasdan, ahli ilm va kamol orqamda turishdan tortinmasligi va istigʻno etmasliklari kerak. Salafi solihinning va muhaqqiqiyni ulamoning osorlari, garchi har dardga kofiy va vafiy bir xazina-i azima ekan; faqat ba'zi vaqtlar boʻladi, bir kalit bir xazinadan koʻproq ahamiyatli boʻladi. Chunki xazina yopiq; faqat bitta kalit koʻp xazinalarni ochishi mumkin. Oʻylaymanki, u anoniyati ilmiyani haddan ortiq tashiganlar ham tushunishdiki: Nashr qilingan Soʻzlar haqoiqi Qur'oniyaning bittadan kaliti va u haqoiqni inkor etishga uringanlarning boshlariga tushgan bittadan olmos qilichdir. U ahli fazl va kamol hamda kuchli anoniyati ilmiyasi boʻlganlar bilishsinki; menga emas, Qur'oni Hakimga talaba va shogird boʻlyaptilar. Men ham ularning bir dars sherigiman. Boringki, farzi mahol boʻlib, men ustozlikni da'vo qilsam, modomiki hozir ahli iymonning tabaqotini, avomdan tortib ilm sohiblarigacha duchor boʻlganlar avhom va shubahotdan qutqarish chorasini topdik; u ulamo yo yanada oson bir chorasini topishsin yoxud bu chorani lozim deb bilib dars bersinlar, tarafdor boʻlsinlar. Ulamo-i su' haqida bir tahdidi azim bor. Bu zamonda ahli ilm koʻproq diqqat qilishi kerak. Mayli, faraz qilingki, dushmanlarimiz oʻylaganidek, men manmanlik hisobiga bunday bir xizmatni qilyapman. Ajabo, dunyoviy va milliy bir maqsad uchun koʻp zotlar anoniyatni tark etib, fir'avn-mashrab bir odamning kamoli sadoqat bilan atrofiga toʻplanib, shiddatli bir tasonud bilan ish bajarganlari holda; ajabo, bu qardoshingiz, haqoiqi Qur'oniya va haqoiqi iymoniya atrofida oʻz anoniyatini toʻsish bilan barobar, u dunyoviy qoʻmitaning oʻnboshilaridek, tarki anoniyat bilan, haqoiqi Qur'oniya atrofida bir tasonudni sizdan istashga haqqi yoʻqmi? Sizning eng buyuk olimlaringiz ham, unga "Labbayk" demaslikda haqsiz emasmi?
Qardoshlarim, anoniyatning ishimizda eng tahlikali jihati, qizgʻanchiqlikdir. Agar yolgʻiz lilloh uchun boʻlmasa, qizgʻanchiqlik mudohala etadi, buzadi. Qandayki bir insonning bir qoʻli boshqa qoʻlini qizgʻanmaydi va koʻzi qulogʻiga hasad qilmaydi va qalbi aqliga raqobat qilmaydi. Xuddi shuning kabi: Bu hay'atimizning shaxsi ma'naviysida har biringiz bir tuygʻu, bir a'zo hukmidasiz. Bir-biringizga qarshi raqobat emas, aksincha bir-biringizning maziyati bilan iftixor etish, mutalazziz boʻlish bir vazifa-i vijdoniyangizdir.
Bir narsa yana qoldi, eng tahlikalisi ham shuki: Ichingizda va ahbobingizda bu faqir qardoshingizga qarshi bir qizgʻanchiqlik hissi boʻlishi, eng tahlikalidir. Sizlarda ahamiyatli ahli ilm ham bor. Ahli ilmning bir qismida bir anoniyati ilmiya boʻladi. Oʻzi mutavoze boʻlsa ham, u jihatdan anoniyatlidir. Osonlikcha anoniyatini tashlamaydi. Qalbi, aqli qancha yopishsa ham; nafsi u ilmiy anoniyati jihatidan imtiyoz istaydi, oʻzini sotishni istaydi, hatto yozilgan risolalarga qarshi muoraza istaydi. Qalbi risolalarni sevgani va aqli istehson etgani va yuksak deb topgani holda; nafsi anoniyati ilmiyadan kelgan qizgʻanchiqlik jihatidan zimniy bir adovat saqlagandek, Soʻzlarning qiymatlarining tanzilini orzu qiladi, toki oʻz mahsuloti fikriyasi ularga yetishsin, ular kabi sotilsin. Holbuki, bilmajburiya shuni xabar qilamanki:
"Bu durusi Qur'oniya doirasi ichida boʻlganlar, alloma va mujtahidlar ham boʻlishsa; vazifalari -ulumi iymoniya jihatidan- faqat yozilgan shu Soʻzlarning sharhlari va izohlaridir yoki tanzimlaridir. Chunki koʻp alomatlar bilan anglaganmizki: Bu ulumi iymoniyadagi fatvo vazifasi bilan tavzif etilganmiz. Agar kimdir doiramiz ichida nafsning anoniyati ilmiyadan olgan hissi bilan, sharh va izoh xorijida biror narsa yozsa; sovuq bir muoraza yoki noqis taqlidchilik hukmiga oʻtadi. Chunki koʻp dalillar va alomatlar bilan tahaqquq etganki: Risola-i Nur ajzolari, Qur'onning tarashshuhotidir; bizlar taqsim-ul a'mol qoidasi bilan, har birimiz bittadan vazifani boʻynimizga olib, u obi hayot tarashshuhotini muhtoj boʻlganlarga yetkazib beramiz!.."
Oltinchi Dasisa-i Shaytoniya shuki: Insondagi tanballik va tanparvarlik va vazifadorlik hissidan istifoda etadi. Ha, shaytoni ins va jinniy har jihatdan hujum qiladilar. Birodarlarimizni metin qalbli, sadoqati quvvatli, niyati ixlosli, himmati oliy koʻrgan vaqtlari boshqa nuqtalardan hujum qiladilar. Shundayki:
Ishimizni toʻxtatish va xizmatimizga sustlik berish uchun, ularning tanballiklaridan va tanparvarliklaridan va vazifadorliklaridan istifoda etishadi. Ular shunday dasisalar bilan ularni xizmati Qur'oniyadan toʻxtatadilarki; xabari boʻlmasdan bir qismiga ortiq ish topadilar, toki xizmati Qur'oniyaga vaqt topmasin. Bir qismiga ham, dunyoning jozibador narsalarini koʻrsatadilarki; havasi uygʻonib, xizmatga qarshi bir gʻaflat kelsin va hokazo...
Bu hujum yoʻllarining ta'rifi uzun. Shuning uchun gapni choʻzmay, diqqatli fahmingizga havola qilamiz.
Ey qardoshlarim! Diqqat qilinglar: Vazifangiz qudsiyadir, xizmatingiz ulviydir. Har bir soatingiz, bir kun ibodat hukmiga oʻta oladigan bir qiymatdadir. Bilib qoʻyingki, qoʻlingizdan chiqarib yubormang!..
Qur'oni Hakimning muhim bir sirri i'jozi zuhur etgan sananing tarixi, yana lafzi Qur'ondadir.
Qur'on kalimasi abjad hisobi bilan uch yuz ellik birdir. Ichida ikki alif bor; maxfiy alif "Alfun" oʻqilsa, ming ma'nosidagi "Alfun"dir. {(Hoshiya) Ilmi Sarf qoidasiga koʻra; foilun fo'lun oʻqiladi. Katifun katfun oʻqilishi kabi. Bunga binoan, alifun alfun oʻqiladi. U holda, 1351 boʻladi.} Demak 1351 sanasiga Sana-i Qur'oniya tabir etilishi mumkin. Chunki Lafzi Qur'ondagi tavofuqotning sirri ajibi Qur'onning tafsiri boʻlgan Risola-i Nur parchalarida oʻsha sana koʻrindi. Va Qur'ondagi Lafzi Jalolning i'jozkorona sirri tavofuqi ayni sanada tazohur etdi. Va bir naqshi i'joziyni koʻrsatadigan bir Qur'onning yangi bir tarzda yozilishi ayni sanada boʻlyapti. Va xatti Qur'onning tabdiliga qarshi Qur'on shogirdlarining butun quvvatlari bilan xatti Qur'oniyni muhofazaga urinishi ayni sanadadir. Va Qur'onning muhim azvoqi i'joziyasi ayni sanada tazohur etyapti. Ham ayni sanada Qur'on bilan koʻp munosabatdor hodisot boʻlgan va boʻladiganday...
Oltinchi Risola boʻlgan Oltinchi Qismning Zayli
[Istiqbolda keladigan nafrat va tahqirdan saqlanish uchun shu mahram zayl yozilgan. Ya'ni, "Tuf oʻsha asrning gʻayratsiz odamlariga!" deyilgan payt, yuzimizga tupuklari kelmasligi uchun yoxud artish uchun yozilgandir.
Ovrupaning insoniyatparvar niqobi ostida vahshiy raislarining kar quloqlari jaranglasin!.. Va bu vijdonsiz gʻaddorlarni bizga yoʻliqtirgan u insofsiz zolimlarning koʻrmagan koʻzlariga suqilsin! Va bu asrda yuz ming jihatdan "Yashasin Jahannam" dedirgan mimsiz madaniyatparastlarning boshlariga urilish uchun yozilgan bir taqdimnoma.]
Bu yaqinlarda ahli ilhodning parda ostida tajovuzlari gʻoyat xunuk bir surat olgani uchun; juda bechora ahli iymonga qilgan zolimona va dinsiz tajovuzlari navidan; menga, xususiy va gʻayri rasmiy, oʻzim ta'mir etgan bir ma'badimda, xususiy bir-ikki qardoshim bilan xususiy ibodatimda, yashirin azon va qomatimizga mudohala etildi. "Nima uchun Arabcha qomat aytyapsizlar va yashirin azon oʻqiyapsizlar?" deyildi. Sukutda sabrim tugadi. Qobili xitob boʻlmagan unday vijdonsiz nusxalarga emas; balki millatning muqaddaroti bilan, oʻzboshimcha istibdod bilan oʻynagan fir'avn-mashrab komitetning boshliqlariga deymanki: Ey ahli bid'at va ilhod!.. Olti savolimga javob istayman.
Birinchisi: Dunyoda hukumat surgan, hukm etgan har qavmning, hatto inson goʻshti yeydigan odamxoʻrlarning, hatto vahshiy jonivor bir qaroqchilar boshligʻining bir usuli bor, bir dastur bilan hukm chiqaradi. Siz qaysi usul bilan bu ajib tajovuzni qilyapsiz? Qonuningizni koʻrsating! Boʻlmasa ba'zi pastkash ma'murlarning xohishlarini qonun deb qabul qilyapsizmi? Chunki bunday xususiy ibodatda qonun qoʻllanmaydi va qonun boʻlolmaydi!
Ikkinchisi: Navi basharda, xususan bu asri hurriyatda va xususan madaniyat doirasida deyarli umumiy hukmfarmo "hurriyati vijdon" dasturini sindirish va istixfof etish va demakki navi basharni istihqor etish va e'tirozini pisand qilmaslik qadar jur'atingiz bilan qaysi quvvatga tayanyapsiz? Qaysi quvvatingiz borki, siz oʻzingizga "ladiniy" ismini berish bilan na dinga, na dinsizlikka tegilmaslikni e'lon qilganingiz holda; dinsizlikni mutaassibona oʻziga bir din qilib olib, dinga va ahli dinga bunday tajovuz, albatta yashirin qolmaydi! Sizdan soʻraladi!.. Qanday javob berasiz? Yigirmata hukumatning eng kichigining e'tiroziga qarshi dosh berolmaganingiz holda, qanday qilib yigirmata hukumatning birdan e'tirozini pisand qilmaslik kabi, hurriyati vijdoniyani jabriy suratda buzishga urinyapsiz.
Uchinchisi: Mazhabi Hanafiyning ulviyatiga va sofligiga zid bir suratda, vijdonini dunyoga sotgan bir qism ulamo-i su'ning xato fatvolari bilan, men kabi Shofe'iy-ul Mazhab odamlarga qaysi usul bilan taklif etyapsiz? Bu maslakda millionlab ergashuvchilari boʻlgan Shofe'iy Mazhabini olib tashlab, butun Shofe'iylarni Hanafiylashtirgandan soʻng, menga zulm suratida jabran taklif etilsa, siz kabi dinsizlarning bir usulidir deb boʻladi. Boʻlmasa, oʻzboshimchalik bilan qilingan bir pastkashlikdir! Undaylarning xohishiga tobe emasmiz va tanimaymiz!
Toʻrtinchisi: Islomiyat bilan eskidan beri imtizoj va ittihod etgan, jiddiy dindor va diniga samimiy hurmatkor Turklik milliyatiga butun-butun zid bir suratda, faranglik ma'nosida Turkchilik nomi bilan, tahrifdorona va bid'atkorona bir fatvo bilan "Turkcha qomat ayt!" deb men kabi boshqa millatdagilarga taklif etish qaysi usul bilan qilinyapti? Ha, haqiqiy Turklarga juda haqiqiy doʻstona va uxuvvatkorona munosabatdor boʻlganim holda, bunday siz kabi farang-mashrablarning Turkchiligi bilan hech bir jihatda munosabatim yoʻq. Qanday qilib menga taklif qilyapsiz? Qaysi qonun bilan? Agar millionlab a'zolari boʻlgan va minglab yildan beri milliyatini va lisonini unutmagan va Turklarning haqiqiy bir vatandoshi va eskidan beri jihod arqadoshi boʻlgan Kurdlarning milliyatini yoʻqotib, ularning tilini ularga unuttirgandan soʻng; balki biz kabi boshqa unsurdan sanalganlarga taklifingiz, bir navi usuli vahshiyona boʻladi. Boʻlmasa butunlay oʻzboshimchalik bilan boʻladi. Shaxslarning ixtiyoriga tobeiyat etilmaydi va etmaymiz!
Beshinchisi: Bir hukumat oʻz raiyatiga va raiyat deb qabul qilgan odamlariga har bir qonunini tatbiq qilsa ham; raiyat deb qabul qilmagan odamlariga qonunini tatbiq qilolmaydi. Chunki ular ayta oladilarki: "Modomiki biz raiyatingiz emas ekanmiz, siz ham bizning hukumatimiz emassiz!"
Ham hech bir hukumat ikki jazoni birdan bermaydi. Bir qotilni yo hibsga otadi yoxud i'dom etadi. Ham hibs bilan jazo, ham i'dom bilan jazoni bir yerda berish, hech bir usulda yoʻq!
Xullas, modomiki vatanga va millatga hech bir zararimiz tegmagani holda, meni sakkiz yildir eng begona va xorij bir millatdan qotil bir odamga ham qilinmagan bir asorat ostiga oldingiz. Qotillarni avf etganingiz holda, hurriyatimni tortib olib, huquqi madaniyadan isqot etib muomala etdingiz. "Bu ham vatan avlodidir" demaganingiz holda; qaysi usul bilan, qaysi qonun bilan bechora millatingizga rizolari xilofiga boʻlib tatbiq etganingiz bu hurriyat-shikan usulingizni mendek har jihat bilan sizga begona bir odamga taklif etyapsiz? Modomiki Harbi Umumiyda qoʻshin qoʻmondonlarining shahodati bilan, vosita boʻlganimiz koʻp fidokorliklarni va vatan yoʻlida jonsiparona mujohadalarni jinoyat sanadingiz. Va bechora millatning husni axloqini muhofaza va saodati dunyoviya va uxroviyalarining ta'miniga juda jiddiy va ta'sirli xizmatni xiyonat deb sanadingiz. Va ma'nan manfaatsiz, zararli, xatarli, oʻzbilarmon, kufriy farang usulini oʻzida qabul qilmagan bir odamga sakkiz yil jazo berdingiz. (Hozir jazo yigirma sakkiz yil boʻldi.) Jazo bitta boʻladi. Tatbiqini qabul qilmadim, jazoni chektirdingiz. Ikkinchi bir jazoni jabran tatbiq qilish qaysi usul bilan toʻgʻri?
Oltinchisi: Modomiki sizlar bilan, e'tiqodingizcha va menga qilingan muomalaga nazaran, kulliy bir muxolafatimiz bor. Siz diningizni va oxiratingizni dunyongiz yoʻlida fido qilyapsiz. Albatta mobaynimizda -taxminigizcha- boʻlgan muxolafat sirri bilan, biz ham sizga qarshi; dunyomizni dinimiz yoʻlida va oxiratimizga har doim fido qilishga hozirmiz. Sizning zolimona va vahshiyona hukmingiz ostida bir-ikki yil zalilona oʻtadigan hayotimizni qudsiy bir shahidlik qozonish uchun fido qilish; bizga obi kavsar hukmiga oʻtadi. Faqat Qur'oni Hakimning fayziga va ishorotiga istinodan, sizni titratish uchun, sizga qat'iy xabar beramanki:
Meni oʻldirgandan soʻng yasholmaysiz! Qahhor bir qoʻl bilan jannatingiz va mahbubingiz boʻlgan dunyodan quvilib abadiy zulumotga tez otilasiz! Orqamdan juda tez sizning Namrudlashgan raislaringiz oʻldiriladi, yonimga yuboriladi. Men ham huzuri Ilohiyda yoqalaridan tutaman. Adolati Ilohiya ularni asfali sofiliynga otish bilan intiqomimni olaman!
Ey din va oxiratini dunyoga sotgan badbaxtlar! Yashashni istasangiz, menga tegmang! Tegsangiz, intiqomim muzaaf bir suratda sizdan olinishini bilinglar, titranglar! Men rahmati Ilohiydan umid qilamanki: Mavtim hayotimdan koʻra koʻproq dinga xizmat qiladi va oʻlimim boshingizda bomba kabi portlab boshingizni tarqatib yuboradi! Jasoratingiz boʻlsa, teging! Qiladiganingiz boʻlsa, koʻradiganingiz ham bor! Men butun tahdidotingizga qarshi butun quvvatim bilan bu oyatni oʻqiyman:
Yettinchi Qism
Birinchi Ishorat: Shao'iri Islomiyani tagʻyirga tashabbus etganlarning isbotlari va hujjatlari, yana har yomon narsalarda boʻlgani kabi, ajnabiylarni koʻr-koʻrona taqlidchilikdan keladi. Deydilarki:
"Londonda hidoyatga erishganlar va ajnabiylardan iymonga kelganlar; mamlakatlarida azon va qomat kabi koʻp narsalarni oʻz lisonlariga tarjima etyaptilar, qilyaptilar. Olami Islom ularga qarshi sukut etyapti, e'tiroz qilmayapti. Demak, bir javozi shar'iy borki, sukut etilyapti?"
Aljavob: Bu qiyosning shu qadar zohir bir farqi borki, hech bir jihatdan ularga qiyos etish va ularni taqlid etish zishuurning ishi emas. Chunki ajnabiy diyoriga lisoni shariatda "dori harb" deyiladi. Dori harbda koʻp narsalarga javoz boʻlishi mumkinki, "Diyori Islom"da masagʻ boʻlolmaydi.
Ham Farangiston diyori, Nasroniy shavkati doirasidir. Istilohoti shar'iyaning ma'oniysini va kalimoti muqaddasaning mafohimini lisoni hol bilan talqin etadigan va ihsos etadigan bir muhit boʻlmaganidan; bilmajburiya qudsiy ma'oniy muqaddas alfazga tarjih etilgan, ma'oniy uchun alfaz tark etilgan, ahvan-ush shar ixtiyor etilgan. Diyori Islomda esa; muhit u kalimoti muqaddasaning maoli ijmoliysini ahli Islomga lisoni hol bilan dars beradi. An'ana-i Islomiya va Islomiy tarix va umum shao'iri Islomiya va umum arkoni Islomiyatga oid muhavaroti ahli Islom u kalimoti muqaddasaning mujmal maollarini mutamodiyan ahli iymonga talqin etadilar. Hatto shu mamlakatning ma'obid va madorisi diniyasidan boshqa qabristonning qabr toshlari ham bittadan talqin etuvchi, bittadan muallim hukmidadirki; u ma'oni-i muqaddasani ahli iymonga ixtor etadilar. Ajabo, oʻzini musulmon degan bir odam, dunyoning bir manfaati uchun, bir kunda ellik kalima Farangiy lugʻatidan ta'allum etgani holda; ellik yilda va har kuni ellik marta takror etgan Subhanalloh, Alhamdulilloh va La ilaha Illalloh va Allohu Akbar kabi muqaddas kalimalarni oʻrganmasa, ellik marta hayvondanda past darajaga tushmaydimi? Bunday hayvonlar uchun bu kalimoti muqaddasa tarjima va tahrif etilmaydi va tahrij etilmaydi! Ularni tahrij va tagʻyir etish, butun qabr toshlarini yiqitishdir; bu tahqirga qarshi titragan qabristondagi ahli quburni oʻzlariga qarshi qaytarishdir.
Ahli ilhodga aldangan ulamo-i su' millatni aldash uchun aytadilarki: Imom A'zam boshqa imomlarga muxolif boʻlib: "Ehtiyoj boʻlsa, diyori ba'idada, umuman Arabcha bilmaganlarga ehtiyoj darajasiga koʻra; Fotiha oʻrniga Forsiy tarjimasi javozi bor", degan. Shunday ekan, biz ham muhtojmiz, Turkcha oʻqiy olamiz?
Aljavob: Imom A'zamning bu fatvosiga qarshi, boshda a'zamiy imomlarning eng muhimlari va boshqa oʻn ikki aimma-i mujtahidiyn u fatvoning aksiga fatvo beradilar. Olami Islomning jadda-i kubrosi u umum aimmaning yoʻlidir. Mu'zami ummat jadda-i kubroda keta oladi. Boshqa xususiy va tor yoʻlga chorlaganlar, izlol etyaptilar. Imom A'zamning fatvosi besh jihatdan xususiydir:
Birinchisi: Markazi Islomiyatdan uzoq diyori oxarda boʻlganlarga oiddir.
Ikkinchisi: Ehtiyoji haqiqiyga binoandir.
Uchinchisi: Bir rivoyatda, lisoni ahli Jannatdan sanalgan Forsiy tili bilan tarjimaga maxsusdir.
Toʻrtinchisi: Fotihaga maxsus boʻlib javoz berilgan, toki Fotihani bilmagan namozni tark etmasin.
Beshinchisi: Quvvati iymondan kelgan bir hamiyati Islomiya bilan ma'oni-i muqaddasaning avomning tafahhumiga mador boʻlish uchun javoz koʻrsatilgan. Holbuki za'fi iymondan kelgan va manfiy milliyatdan chiqqan va lisoni Arabiyga qarshi nafrat va za'fi iymondan tavallud etgan mayli taxrib saiqasi bilan tarjima qilib Arabcha aslini tark qilish, dinni tark ettirishdir!
Ikkinchi Ishorat: Shao'iri islomiyani tagʻyir etgan ahli bid'at, avvalo ulamo-i su'dan fatvo istadilar. Sobiqan besh vajh bilan xususiy boʻlganini koʻrsatganimiz fatvoni koʻrsatdilar. Soniyan: Ahli bid'at, ajnabiy inqilobchilaridan bunday mash'um bir fikr oldilarki: Ovrupa, Katolik Mazhabini yoqtirmasdan boshda ixtilolchilar, inqilobchilar va faylasuflar boʻlib -Katolik mazhabiga koʻra ahli bid'at va Moʻ'tazila deb qabul qilingan Protestantlik Mazhabini iltizom etib, Fransuzlarning Ixtiloli Kabiridan istifoda etib, Katolik Mazhabini qisman taxrib etib, Protestantlikni e'lon qildilar.
Xullas, koʻr-koʻrona taqlidchilikka oʻrgangan bu yerdagi hamiyat-furushlar deydilarki: "Modomiki Nasroniy dinida bunday bir inqilob boʻldi; bidoyatda inqilobchilarga murtad deyildi, soʻngra Nasroniy oʻlaroq yana qabul qilindi. Shunday ekan, Islomiyatda ham bunday diniy bir inqilob boʻlishi mumkin?"
Aljavob: Bu qiyosning Birinchi Ishoratdagi qiyosdan yana ham koʻp farqi zohirdir. Chunki Dini Isaviyda yolgʻiz asosoti diniya Hazrat Iso Alayhissalomdan olindi. Hayoti ijtimoiyaga va furu'oti shar'iyarga doir aksar ahkomlar Havoriyyun va boshqa ruaso-i ruhoniya tarafidan tashkil etildi. Qismi a'zami kutubi sobiqa-i muqaddasadan olindi. Hazrat Iso Alayhissalom dunyo miqyosida hokim va sulton boʻlmaganidan va qavonini umumiya-i ijtimoiyaga marji' boʻlmagani uchun; asosoti diniyasi xorijdan bir libos kiydirilgan kabi, shariati Nasroniya nomiga urfiy qonunlar, madaniy dasturlar olingan, boshqa bir surat berilgan. Bu surat tabdil etilsa, u libos almashtirilsa, yana Hazrat Iso Alayhissalomning asos dini boqiy qolishi mumkin. Hazrat Iso Alayhissalomni inkor va takzib chiqmaydi. Holbuki din va shariati Islomiyaning sohibi boʻlgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalam ikki jahonning sultoni, sharq va gʻarb va Andalus va Hind bittadan taxti saltanati boʻlganidan; Dini Islomning asosotini shaxsan oʻzi koʻrsatgani kabi, u dinning tafarruotini va boshqa ahkomini, hatto eng juz'iy odobini ham shaxsan u keltiradi, u xabar beradi, u amr beradi. Demak, furuoti Islomiya almashtirib boʻladigan bir libos hukmida emaski; ular tabdil etilsa, asosi din boqiy qola olsin. Balki asosi dinga bir jasaddir, loaqal bir teridir. U bilan imtizoj va iltihom etgan; qobili tafriq emasdir. Ularni tabdil etish, toʻgʻridan-toʻgʻriga sohibi shariatni inkor va takzib etish kelib chiqadi.
Mazohibning ixtilofi esa: Sohibi shariat koʻrsatgan nazariy dasturlarining tarzi tafahhumidan kelib chiqqandir. "Zaruriyoti Diniya" deyilgan va qobili ta'vil boʻlmagan va "Muhkamot" deyilgan dasturlari esa, hech bir jihatdan qobili tabdil emasdir va madori ijtihod boʻlolmaydi. Ularni tabdil etgan, boshini dindan chiqaradi;
qoidasiga dohil boʻladi.
Ahli bid'at dinsizliklariga va ilhodlariga shunday bir bahona topyaptilar. Deydilarki: "Olami insoniyatning mutasalsil hodisotiga sabab boʻlgan Frantsiya Ixtiloli Kabirida poplarga va ruaso-i ruhoniyaga va ularning mazhabi xossi boʻlgan Katolik mazhabiga hujum qilindi va taxrib etildi. Soʻngra koʻplari tarafidan tasvib etildi. Faranglar ham undan soʻngra yanada ziyoda taraqqiy etdilar?"
Aljavob: Bu qiyosing ham, avvalgi qiyoslar kabi farqi zohirdir. Chunki Fransuzlarda xoslar va hukumat odamlari qoʻlida koʻp vaqt Dini Nasroniylik, xususan Katolik Mazhabi; bir vosita-i tahakkum va istibdod boʻlgan edi. Xoslar u vosita bilan nufuzlarini avom ustida davom ettirar edi. Va "sarsari" degan avom tabaqasida intibohga kelgan hamiyatparvarlarini va boy zolimlarning istibdodiga qarshi hujum etgan hurriyatparvarlarning mutafakkir qismlarini ezishga vosita boʻlganidan va toʻrt yuz yilga yaqin Farangistonda ixtilollar bilan istirohati bashariyani buzishga va hayoti ijtimoiyani chil-parchin qilishga bir sabab deb qabul qilingani uchun; u mazhabga dinsizlik nomidan emas, balki Nasroniylikning boshqa bir mazhabi nomidan hujum qilindi. Va tabaqa-i avomda va faylasuflarda bir ranjish, bir adovat hosil boʻlgan ediki; ma'lum hodisa-i tarixiya sodir boʻlgan. Holbuki Dini Muhammadiy (S.A.V.) va shariati Islomiyaga qarshi; hech bir mazlumning, hech bir mutafakkirning haqqi yoʻqki, undan shikoyat qilsin. Chunki ularni ranjitmaydi, ularni himoya qiladi. Tarixi Islom maydondadir. Musulmonlar ichida bir-ikki hodisadan boshqa dohiliy muhoraba-i diniya boʻlmagan. Katolik Mazhabi esa, toʻrt yuz yil ixtiloloti dohiliyaga sabab boʻlgan.
Ham Islomiyat, xoslardan ziyoda avomning tahassungohi boʻlgan. Zakotning farzligi va foiz olishning haromligi bilan; xoslarni avomning ustida mustabid qilish emas, bir jihatdan xizmatchi qiladi.
deydi.
Ham Qur'oni Hakim lisoni bilan
kabi qudsiy havolalar bilan aqlni istishhod etadi va iqoz etadi va aqlga havola etadi, tahqiqqa chorlaydi. U bilan ahli ilm va asxobi aqlga din nomidan maqom beradi, ahamiyat beradi. Katolik mazhabi kabi aqlni azl etmaydi, ahli tafakkurni jim qilmaydi, koʻr-koʻrona taqlid istamaydi.
Haqiqiy Nasroniylik emas, balki hozirgi Nasroniy dinining asosi bilan Islomiyatning asosi muhim bir nuqtadan ayrilgani uchun; sobiq farqlar kabi koʻp jihatlardan boshqa-boshqa ketadilar. U muhim nuqta shu:
Islomiyat, tavhidi haqiqiy dini boʻlib; vositalar, sabablarni isqot etadi. Anoniyatni sindiradi, ubudiyati xolisani ta'sis etadi. Nafsning rububiyatidan boshlab har qanday rububiyati botilani kesadi, rad etadi. Bu sir uchun; xoslardan katta inson toʻliq dindor boʻlsa, anoniyatni tark etishga majbur boʻladi. Anoniyatni tark etmagan, salobati diniyani va qisman dinini ham tark qiladi.
Hozirgi Nasroniylik dini esa; "Valadiyat Aqidasi"ni qabul qilgani uchun, vositalar va sabablarga ta'siri haqiqiy beradi. Din nomidan anoniyatni sindirmaydi, balki Hazrat Iso Alayhissalomning muqaddas vakili deb u anoniyatga bir qudsiyat beradi. Shuning uchun, dunyoda eng buyuk maqom ishgʻol etgan Nasroniy xoslari toʻliq dindor boʻla oladilar. Hatto Amerikaning sobiq Raisi Jumhuri Vilson va Angliyaning sobiq Raisi Vukalosi Loyd Jorj kabi koʻplar borki, mutaassib bittadan pop hukmida dindor boʻldilar. Musulmonlarda esa unday maqomlarga kirganlar nodiran toʻliq dindor va salobatli qoladilar. Chunki gʻururni va anoniyatni tashlolmaydilar. Taqvo-i haqiqiy esa, gʻurur va anoniyat bilan birlasholmaydi.
Ha, qandayki Nasroniy xoslarining taassubi, musulmon xoslarining adami salobati muhim bir farqni koʻrsatadi; shunga oʻxshab: Nasroniydan chiqqan faylasuflar dinlariga qarshi loqayd yoki muoriz vaziyatini olishi va Islomdan chiqqan hukamolarning qismi a'zami hikmatlarini asosoti Islomiyaga bino etishi; yana muhim bir farqni koʻrsatadi.
Ham aksariyat bilan zindonlarga va musibatlarga tushgan omi Nasroniylar dindan madad kutmaydilar. Ilgarilari koʻplari dinsiz boʻlar edilar. Hatto Fransiyaning Ixtiloli Kabirini chiqargan va "Sarsari Dinsiz" ta'bir etilgan tarixda mashhur inqilobchilar, oʻsha musibatzada avom qismidir. Islomiyatda esa, aksariyati mutlaqa bilan hibsga va musibatga tushganlar dindan madad kutadilar va dindor boʻladilar. Xullas, bu hol ham muhim bir farqni koʻrsatadi.
Uchinchi Ishorat: Ahli bid'at aytadiki: "Bu taassubi diniy bizni orqada qoldirdi. Bu asrda yashash taassubni tashlash bilan boʻladi. Ovrupa taassubni tashlagandan soʻng taraqqiy etdi?"
Aljavob: Xato qilyapsiz va aldangansiz yoki aldayapsiz. Chunki Ovrupa diniga mutaassibdir. Hatto bir oddiy Bolgarga yoki bir Ingliz askariga yoki bir sarsari Fransuzga "Salla kiy. Kiymasang, hibsga tashlanasan!" deyilsa, taassublari muqtazosiga koʻra: "Hibsga emas, oʻldirsangiz ham, dinimga va milliyatimga bu haqoratni qilmayman!", deydi.
Ham tarix shohidki: Ahli Islom qachon diniga toʻliq tamassuk etgan boʻlsa, oʻsha zamonga nisbatan taraqqiy etgan. Qachon salobatni tark qilgan boʻlsa, tadanniy etgan. Nasroniylik esa, aksincha. Bu ham muhim bir farqi asosiydan nash'at etgan.
Ham Islomiyat boshqa dinlarga qiyos etilmaydi. Bir musulmon Islomiyatdan chiqsa va dinini tark etsa, boshqa hech bir paygʻambarni qabul qilolmaydi; balki Janobi Haqni ham tan ololmaydi va balki hech qanday muqaddas narsani tanimaydi; balki oʻzida kamolotga mador boʻladigan bir vijdon topilmaydi, tafassuh etadi. Shuning uchun Islomiyat nazarida, harbiy kofirning haqqi hayoti bor. Xorijda boʻlsa musolaha etsa, dohilda boʻlsa jizya bersa; Islomiyatga koʻra hayoti mahfuzdir. Faqat murtadning haqqi hayoti yoʻq. Chunki vijdoni tafassuh etadi, hayoti ijtimoiyaga zahar hukmiga oʻtadi. Holbuki Nasroniy bir dinsiz yana hayoti ijtimoiyaga foydali bir vaziyatda qola oladi. Ba'zi muqaddasotni qabul qiladi va ba'zi paygʻambarlarga ishona oladi va Janobi Haqni bir jihatdan tasdiq eta oladi.
Ajabo, bu ahli bid'at va toʻgʻrisi ahli ilhod, bu dinsizlikda qaysi manfaatni topyaptilar? Agar idora va osoyishni oʻylayotgan boʻlsalar; Allohni bilmagan dinsiz oʻnta sarsarining idorasi va sharlarini daf etishi, mingta ahli diyonatning idorasidanda mushkuldir. Agar taraqqiyni oʻylayotgan boʻlsalar; unday dinsizlar idora-i hukumatga zararli boʻlganlari kabi, taraqqiyga ham monedirlar. Taraqqiy va tijoratning asosi boʻlgan amniyat va osoyishni buzadilar. Toʻgʻrisi, ular maslak jihatidan buzgʻunchidir. Dunyoda eng katta ahmoq oʻshaki, bunday dinsiz sarsarilardan taraqqiy va saodati hayotiyani kutsin. Bunday ahmoqlardan muhim bir mavqeni ishgʻol etgan birov aytganki: "Biz Alloh Alloh deya-deya orqada qoldik. Ovrupa toʻp miltiq deya-deya oldinga ketdi".
"Javob-ul ahmaq as sukut" qoidasiga koʻra, bundaylarga qarshi javob, sukutdir. Lekin ba'zi ahmoqlarning orqasida badbaxt aqllar boʻlganidan aytamiz:
Ey bechoralar! Bu dunyo bir musofirxonadir. Har kuni oʻttiz ming shohid janozalari bilan "Al-mavtu haq" hukmini tasdiqlaydilar va bu da'voga guvohlik qiladilar. Oʻlimni oʻldira olasizmi? Bu shohidlarni takzib eta olasizmi? Modomiki qilolmas ekansiz; mavt Alloh Alloh dediradi. Sakarotda Alloh Allohning oʻrniga; qaysi tayogʻingiz, qaysi miltigʻingiz zulumoti abadiyni u sakarotdagining qarshisida yoritadi, ya'si mutlaqini umidi mutlaqqa aylantira oladi? Modomiki oʻlim bor, qabrga kiriladi; bu hayot oʻtyapti, boqiy bir hayot kelyapti. Bir marta toʻp miltiq deyilsa, ming marta Alloh Alloh deyish lozim boʻladi. Ham Alloh yoʻlida boʻlsa; miltiq ham Alloh deydi, toʻp ham Allohu Akbar deya baqiradi, Alloh bilan iftor qiladi, saharlik qiladi.
Toʻrtinchi Ishorat: Taxribotchi ahli bid'at ikki qismdir.
Bir qismi -goʻyo din hisobiga, Islomiyatga sadoqat nomiga- goʻyo dinni milliyat bilan taqviya etish uchun, "Zaif boʻlgan din shajara-i nuroniyasini milliyat tuprogʻida ekishni, quvvatlantirishni istaymiz" deya, dinga tarafdor vaziyatni koʻrsatadilar.
Ikkinchi qism millat nomiga, milliyat hisobiga, unsuriyatga quvvat berish fikriga binoan, "Millatni Islomiyat bilan tarbiyalashni istaymiz" deya bid'atlarni ijod qiladilar.
Birinchi qismga deymizki: Ey "sodiq ahmoq" itloqiga masadaq bechora ulamo-i su' yoki majzub, aqlsiz, johil soʻfiylar! Haqiqati koinot ichida ildizi joylashgan va haqoiqi koinotga ildiz otgan shajara-i Tubo-i Islomiyat; mavhum, muvaqqat, juz'iy, xususiy, manfiy, balki asossiz, gʻarazkor, zulmkor, zulmoniy unsuriyat tuprogʻiga ekilmaydi! Uni u yerga ekishga urinish, ahmoqona va taxribkorona, bid'atkorona bir tashabbusdir.
Ikkinchi qism milliyatchilarga deymizki: Ey sarxush hamiyat-furushlar! Bir asr avval milliyat asri boʻlishi mumkin edi. Bu asr unsuriyat asri emas! Bolshevizm, sotsializm masalalari istilo etyapti; unsuriyat fikrini sindiryapti, unsuriyat asri oʻtyapti. Abadiy va doimiy boʻlgan Islomiyat milliyati; muvaqqat, sertashvish unsuriyat bilan bogʻlanmaydi va tarbiyalanmaydi. Va tarbiyalash boʻlsa ham; Islom millatini ifsod etgani kabi, unsuriyat milliyatini ham isloh etolmaydi, ibqo etolmaydi. Ha, muvaqqat tarbiyalashda bir zavq va bir muvaqqat quvvat koʻrinadi, faqat juda muvaqqat va oqibati xatarlidir.
Ham Turk unsurida abadiy qobili iltiyom boʻlmaslik suratida bir inshiqoq chiqadi. Oʻsha vaqt millatning quvvati, bir qism bir qismning quvvatini sindirgani uchun, qolmaydi. Ikki togʻ bir-biriga qarshi bir mezonning ikki pallasida boʻlsa; bir botmon quvvat u ikki quvvat bilan oʻynay oladi; yuqori koʻtaradi, pastga tushiradi.
Ikkinchi Savol, ikki ishoratdir:
Birinchi Ishoratki: "Beshinchi Ishorat"dir. Muhim bir savolning gʻoyat muxtasar bir javobidir.
Savol: Oxirzamonda Hazrat Mahdiy kelishiga va fasodga kirgan olamni isloh qilishiga doir mutaaddid rivoyoti sahiha bor. Holbuki bu zamon, jamoat zamonidir; shaxs zamoni emas! Shaxs naqadar dohiy va hatto yuz dohiy darajasida boʻlsa ham, bir jamoatning mumassili boʻlmasa, bir jamoatning shaxsi ma'naviysini tamsil etmasa, muxolif bir jamoatning shaxsi ma'naviysiga qarshi magʻlub boʻladi. Bu zamonda -quvvati valoyat naqadar yuksak boʻlsa boʻlsin- bunday bir jamoati bashariyaning ifsodoti azimasi ichida qanday isloh qiladi? Agar Mahdiyning butun ishlari horiqo boʻlsa, bu dunyodagi hikmati Ilohiyaga va qavonini odatullohga muxolif boʻladi. Mahdiy masalasining sirrini anglashni istaymiz?
Aljavob: Janobi Haq kamoli rahmatidan, shariati Islomiyaning abadiyatiga bir asari himoyat sifatida, har bir fasodi ummat zamonida bir muslih yoki bir mujaddid yoki bir xalifa-i zishon yoki bir qutbi a'zam yoki bir murshidi akmal yoxud bir navi Mahdiy hukmida muborak zotlarni yuborgan; fasodni izola etib, millatni isloh etgan; Dini Ahmadiyni (S.A.V.) muhofaza etgan. Modomiki odati shunday jarayon etar ekan, oxirzamonning eng ulkan fasodi zamonida; albatta eng buyuk bir mujtahid, ham eng buyuk bir mujaddid, ham hokim, ham mahdiy, ham murshid, ham qutbi a'zam sifatida bir zoti nuroniyni yuboradi va u zot ham Ahli Bayti Nabaviydan boʻladi. Janobi Haq bir daqiqa mobaynida yer va osmon oʻrtasidagi olamni bulutlar bilan toʻldirib boʻshatgani kabi, bir soniyada dengizning toʻfonlarini tinchitadi va bahor ichida bir soatda yoz mavsumining namunasini va yozda bir soatda qish toʻfonini ijod etgan Qodiri Zuljalol; Mahdiy bilan ham olami Islomning zulumotini tarqata oladi. Va va'da bergan, va'dasini albatta bajaradi. Qudrati Ilohiya nuqtasidan qaralsa, gʻoyat oson. Agar doira-i asbob va hikmati Rabboniya nuqtasidan oʻylansa, yana shu qadar aqlga uygʻun va boʻlishga loyiqki; agar Muxbiri Sodiqdan rivoyat boʻlmasa ham, har holda shunday boʻlishi lozim boʻlar va boʻladi deya ahli tafakkur hukm qiladi. Shundayki: Falillahilhamd
duosi -umum ummat, umum namozida, kunda besh marta takror etgan bu duolari- bilmushohada qabul boʻlganki; Oli Muhammad Alayhissalotu Vassalam, Oli Ibrohim Alayhissalom kabi shunday bir vaziyat olganki; umum muborak silsilalarning boshida, har aqtor va a'sorning majma'larida u nuroniy zotlar qoʻmondonlik qiladilar.
{(Hoshiya) Hatto ulardan bittasi boʻlgan Sayyid Ahmad-us Sunusiy millionlab muridga qoʻmondonlik qiladi. Sayyid Idris kabi boshqa bir zot yuz mingdan ortiq musulmonlarga qoʻmondonlik qiladi. Sayyid Yahyo kabi bir boshqa sayyid yuz minglab odamlarga amrlik qiladi va hokazo Bu sayyidlar qabilasining a'zolarida bunday zohiriy qahramonlar koʻp boʻlgani kabi; Sayyid Abdulqodir Jiyloniy, Sayyid Abulhasan Shozaliy, Sayyid Ahmad Badaviy kabi ma'naviy qahramonlarning qahramonlari ham bor ekan.}
Va shunday bir kasratdadirlarki, u qoʻmondonlardan majmui muazzam bir qoʻshin tashkil qiladilar. Agar moddiy shaklga kirsa va bir tasonud bilan bir qoʻshin vaziyatini olsalar, Islomiyat dinini milliyati muqaddasa hukmida robita-i ittifoq va intiboh qilsalar, hech bir millatning qoʻshini ularga qarshi dosh berolmaydi! Xullas, u juda kasratli oʻsha muqtadir qoʻshin, Oli Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir va Hazrat Mahdiyning eng xos qoʻshinidir.
Ha, bugun tarixi olamda hech bir nasl shajara bilan va hujjatlar bilan va an'ana bilan bir-biriga muttasil va eng yuksak sharaf va oliy hasab va asl nasab bilan mumtoz hech bir nasl yoʻqdirki, Oli Baytdan kelgan sayyidlar nasli qadar quvvatli va ahamiyatli boʻlsin. Eski zamondan beri butun ahli haqiqatning qoʻshinlari boshida ular va ahli kamolning nomdor raislari yana ulardir. Hozir ham, kammiyatan millionlarni oʻtgan bir nasli muborakdir. Mutanabbih va qalblari iymonli va muhabbati Nabaviy bilan toʻla va jahonqiymat sharafi intisobi bilan sarfarozdirlar. Bunday bir jamoati azima ichidagi muqaddas quvvatni tahyij etadigan va uygʻotadigan hodisoti azima vujudga kelyapti. Albatta u quvvati azimadagi bir hamiyati oliya joʻsh uradi va Hazrat Mahdiy boshiga oʻtib, tariqi haq va haqiqatga yoʻllaydi. Bunday boʻlish va bunday boʻlishini; bu qishdan soʻngra bahorning kelishi kabi, odatullohdan va rahmati Ilohiyadan kutamiz va kutishda haqlimiz.
Ikkinchi Ishorat, ya'ni Oltinchi Ishorat: Hazrat Mahdiyning jamiyati nuroniyasi Sufyon komitetining taxribotchi rejimi bid'atkoronasini ta'mir etadigan, Sunnati Saniyani ihyo etadigan; ya'ni olami Islomiyatda risolati Ahmadiyani (S.A.V.) inkor niyati bilan shariati Ahmadiyani (S.A.V.) taxribga uringan Sufyon komiteti Hazrat Mahdiy jamiyatining moʻ'jizakor ma'naviy qilichi bilan oʻldiriladi va tarqatiladi.
Ham olami insoniyatda inkori uluhiyat niyati bilan madaniyat va muqaddasoti bashariyani chil-charchin qilgan Dajjol komitetini, Hazrat Iso Alayhissalomning dini haqiqiysini Islomiyatning haqiqati bilan birlashtirishga uringan hamiyatkor va fidokor bir Isaviy jamoati nomi ostida va "Musulmon Isaviylari" unvoniga loyiq bir jamiyat, u Dajjol komitetini Hazrat Iso Alayhissalomning rayosati ostida oʻldiradi va tarqatadi; basharni inkori uluhiyatdan qutqaradi.
Bu muhim sir juda uzundir. Boshqa yerlarda biroz bahs etganimizdan, bu yerda bu qisqa ishorat bilan kifoyalanamiz.
Yettinchi Ishorat, ya'ni Uchinchi Savol: "Sening eski zamondagi mudofaoting va Islomiyat haqidagi mujohadoting hozirgi tarzda emas. Ham Ovrupaga qarshi Islomiyatni mudofaa etgan mutafakkiriyn tarzida ketmayapsan. Nima uchun Eski Said vaziyatini oʻzgartirding? Nima uchun ma'naviy mujohidiyni Islomiya tarzida harakat etmayapsan?", deydilar.
Aljavob: Eski Said bilan mutafakkiriyn qismi, falsafa-i bashariyaning va hikmati Ovrupaning dasturlarini qisman qabul qilib, ularning qurollari bilan ular bilan muboraza etadilar; bir daraja ularni qabul qiladilar. Bir qism dasturlarini fununi musbata suratida loyatazalzal taslim etadilar, bu shaklda Islomiyatning haqiqiy qiymatini koʻrsatolmaydilar. Goʻyo ildizlari juda chuqur deb oʻylagan hikmatlarining shoxlari bilan Islomiyatni tarbiyalaydilar, goʻyo taqviya etadilar. Bu tarzda gʻalaba oz va Islomiyatning qiymatini bir daraja tanzil etish boʻlgani uchun, u maslakni tark etdim. Ham fe'lan koʻrsatdimki: Islomiyatning asoslari shu qadar chuqurki; falsafaning eng chuqur asoslari ularga yetishmaydi, balki sathiy qoladi. Oʻttizinchi Soʻz, Yigirma Toʻrtinchi Maktub, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz bu haqiqatni burhonlari bilan isbot qilib koʻrsatgan. Eski maslakda, falsafani chuqur deb oʻylab, ahkomi Islomiyani zohiriy deb oʻylab falsafaning shoxlari bilan bogʻlab saqlash va muhofaza etilish oʻylanar edi. Holbuki falsafaning dasturlarining qanday haddi borki, ularga yetishsin?
Sakkizinchi Qism boʻlgan Rumuzoti Samoniya
"Sakkiz Ramz"dir, ya'ni sakkiz kichik risoladir. Shu ramzlarining asosi, Ilmi Jifrning muhim bir dasturi va ulumi xofiyaning muhim bir kaliti va bir qism asrori gʻaybiya-i Qur'oniyaning muhim bir miftahi boʻlgan tavofuqdir.
Kelajakda mustaqil tarzda nashr etilishidan, bu yerga kiritilmadi.
Toʻqqizinchi Qism
BIRINCHI TALVIH: "Tasavvuf", "tariqat", "valoyat", "sayri suluk" nomlari ostida shirin, nuroniy, nash'ali, ruhoniy bir haqiqati qudsiya borki; u haqiqati qudsiyani e'lon qilgan, dasr bergan, tavsif etgan minglab jild kitoblarni ahli zavq va kashfning muhaqqiqlari yozishgan, u haqiqatni ummatga va bizga aytganlar. جَزَاهُمُ اللّٰهُ خَيْرًا كَث۪يرًا Biz u bepoyon dengizdan bir qancha qatra hukmida bir qancha rashhalarini shu zamonning ba'zi iljootiga binoan koʻrsatamiz.
Savol: Tariqat nima?
Aljavob: Tariqatning gʻoya-i maqsadi, ma'rifat va inkishofi haqoiqi iymoniya boʻlib, Me'roji Ahmadiyning (S.A.V.) koʻlankasida va soyasi ostida qalb oyogʻi bilan bir sayri suluki ruhoniy natijasida zavqiy, holiy va bir daraja shuhudiy haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga mazhariyat; "tariqat", "tasavvuf" nomi bilan ulviy bir sirri insoniy va bir kamoli bashariydir.
Darhaqiqat, shu koinotda inson bir fihrista-i jome'a boʻlganidan, insonning qalbi minglab olamning xarita-i ma'naviyasi hukmidadir. Ha, insonning boshidagi miyasi hadsiz simsiz telegraf va telefonlarning stantsiyasi deyilgan markazi kabi, koinotning bir navi markazi ma'naviysi ekanini koʻrsatgan hadsiz funun va ulumi bashariya boʻlgani kabi, insonning mohiyatidagi qalbi ham, hadsiz haqoiqi koinotning mazhari, madori, urugʻi boʻlganini; son-sanoqsiz ahli valoyat yozgan millionlab nuroniy kitoblari koʻrsatadilar.
Modomiki qalb va miya-i insoniy bu markazda ekan; urugʻ holatida bir shajara-i azimaning jihozotini tazammun etadi va abadiy, uxroviy, hashmatli bir uskunaning asboblari va charxlari ichida joylashtirilgan. Albatta va har holda u qalbning Fotiri, u qalbni ishlattirishini va bilquvva holdan bilfe'l vaziyatiga chiqarishini va inkishofini va harakatini iroda etganki, shunday qilgan. Modomiki iroda qilgan, albatta u qalb ham aql kabi ishlaydi. Va qalbni ishlattirish uchun eng buyuk vosita, valoyat marotibida zikri Ilohiy bilan tariqat yoʻlida haqoiqi iymoniyaga tavajjuh etishdir.
IKKINCHI TALVIH: Bu sayri suluki qalbiyning va harakati ruhoniyaning miftahlari va vasilalari, zikri Ilohiy va tafakkurdir. Bu zikr va fikrning mahosini, sanash bilan tugamaydi. Hadsiz favoidi uxroviya va kamoloti insoniyani nazarga olmasdan, yolgʻiz shu sertashvish hayoti dunyoviyaga oid juz'iy bir foydasi shuki: Har bir inson hayotning tashvishidan va ogʻir takolifidan bir daraja qutulish va tanaffus etish uchun; har holda bir tasalli istaydi, bir zavqni qidiradi va vahshatni izola etadigan bir unsiyatni taharriy etadi. Madaniyati insoniya natijasidagi ijtimo'oti unsiyatkorona oʻn insondan bir ikkisiga muvaqqat boʻlib, balki gʻaflatkorona va sarxushchasiga bir unsiyat va bir ulfat va bir tasalli beradi. Faqat yuzdan saksoni yo togʻlarda, daralarda munfarid yashaydi, yo dardi maishat uni uzoq burchaklarga yoʻllaydi, yo musibatlar va keksalik kabi oxiratni oʻylattirgan vositalar jihati bilan insonlarning jamoatlaridan kelgan unsiyatdan mahrumdirlar. U hol ularga unsiyat berib tasalli bermaydi.
Xullas, bundaylarning haqiqiy tasallisi va jiddiy unsiyati va shirin zavqi; zikr va fikr vositasida qalbni ishlatish, u uzoq burchaklarda, u vahshatli togʻ va mashaqqatli daralarda qalbiga mutavajjih boʻlib "Alloh!" deb qalbi bilan unsiyat etib, oʻsha unsiyat bilan atrofida vahshat bilan unga qaragan narsalarni unsiyatkorona tabassum vaziyatida oʻylab, "Zikr etgan Xoliqimning hadsiz ibodi har tarafda boʻlgani kabi, bu vahshatgohimda ham koʻpdirlar. Men yolgʻiz emasman, tavahhush ma'nosizdir!" deb, iymonli hayotdan unsiyatli zavq oladi. Saodati hayotiya ma'nosini anglaydi, Allohga shukr qiladi.
UCHINCHI TALVIH: Valoyat, bir hujjati risolatdir; tariqat, bir burhoni shariatdir. Chunki risolat tabligʻ etgan haqoiqi iymoniyani valoyat bir navi shuhudi qalbiy va zavqi ruhoniy bilan aynalyaqiyn darajasida koʻradi, tasdiq qiladi. Uning tasdigʻi, risolatning haqqoniyatiga qat'iy bir hujjatdir. Shariat dars bergan ahkomning haqoiqini tariqat zavqi bilan, kashfi bilan va undan istifodasi va istifozasi bilan u ahkomi shariatning haq ekaniga va Haqdan kelganiga bir burhoni bahirdir. Qandayki valoyat va tariqat, risolat va shariatning hujjati va dalilidir; shuning kabi, Islomiyatning bir sirri kamoli va madori anvori va insoniyatning Islomiyat sirri bilan ma'dani taraqqiyoti va bir manba-i tafayyuzotidir.
Xullas, bu sirri azimning bu daraja ahamiyati bilan birga, ba'zi zalolat firqalari uni inkor qilishgacha borishgan. Oʻzlari mahrum qolgan anvordan, boshqalarining mahrumiyatiga sabab boʻlishgan. Eng koʻp madori taassuf shuki: Ahli Sunnat va Jamoatning bir qism zohiriy ulamosi va Ahli Sunnat va Jamoatga mansub bir qism ahli siyosat gʻofil insonlar; ahli tariqat ichida koʻrgan ba'zi suiste'molotni va bir qism xatiotni bahona qilib, u xazina-i uzmoni yopish, balki taxrib etish va bir navi obi hayotni tarqatgan u kavsar manbaini quritish uchun harakat qilyaptilar. Holbuki ashyoda qusursiz va har jihati xayrli narsalar, mashrablar, maslaklar juda oz. Baribir ba'zi qusurlar va suiste'molot boʻladi. Chunki loyiq boʻlmaganlar bir ishga kirishsalar, albatta suiste'mol qiladilar. Lekin Janobi Haq oxiratda muhosaba-i a'mol dasturi bilan, adolati Rabboniyasini hasanot va sayyiotning muvozanasi bilan koʻrsatadi. Ya'ni hasanot rojih va ogʻir kelsa, mukofotlaydi, qabul qiladi; sayyiot rojih kelsa jazolaydi, rad qiladi. Hasanot va sayyiotning muvozanasi miqdorga qaramaydi, sifatga qaraydi. Ba'zan bitta hasana mingta sayyiotga tarajjuh etadi, avf ettiradi. Modomiki adolati Ilohiya shunday hukm qilar ekan va haqiqat ham buni haq koʻrar ekan; tariqat, ya'ni Sunnati Saniya doirasida tariqatning hasanoti, sayyiotiga qat'iyan murajjah boʻlganiga dalil: Ahli tariqat ahli zalolatning hujumi zamonida iymonlarini muhofaza etishidir. Oddiy bir samimiy ahli tariqat; suriy, zohiriy bir mutafannindan koʻproq oʻzini muhofaza qiladi. U zavqi tariqat vositasi bilan va u muhabbati avliyo jihati bilan iymonini qutqaradi. Kaboir bilan fosiq boʻladi, faqat kofir boʻlmaydi; osonlik bilan zindiqoga kirmaydi. Shadid bir muhabbat va metin bir e'tiqod bilan aqtob deb qabul qilgan bir silsila-i mashoyixni uning nazarida hech qanday quvvat yengolmaydi. Yengolmagani uchun, ulardan e'timodini kesolmaydi. Ulardan e'timodi kesilmasa, zindiqoga kirolmaydi. Tariqatda hissasi boʻlmagan va qalbi harakatga kelmagan, bir muhaqqiq olim zot boʻlsa ham, hozirgi zindiqlarning dasisalariga qarshi oʻzini toʻliq muhofaza etishi mushkullashgan.
Yana bir narsa borki: Doira-i taqvodan xorij, balki doira-i Islomiyatdan xorij surat olgan ba'zi mashrablarning va tariqat nomini haqsiz boʻlib oʻziga taqqanlarning sayyioti bilan tariqat mahkum boʻlolmaydi. Tariqatning diniy va uxroviy va ruhoniy juda muhim va ulviy natijalarini nazarga olmasdan, yolgʻiz olami Islom ichidagi qudsiy bir robita boʻlgan uxuvvatning inkishofiga va inbisotiga eng birinchi, ta'sirli va haroratli vosita tariqatlar boʻlgani kabi; olami kufrning va siyosati Nasroniyaning, nuri Islomiyatni soʻndirish uchun mudhish hujumlariga qarshi ham, uch muhim va tebranmas qal'a-i Islomiyatning bir qal'asidir. Markazi Xilofat boʻlgan Istanbulni besh yuz ellik yil butun olami Nasroniyaning qarshisida muhofaza ettirgan, Istanbulda besh yuz yerda joʻsh urgan anvori tavhid va u markazi Islomiyadagi ahli iymonning muhim bir nuqta-i istinodi, u ulkan masjidlarning orqalaridagi takyalarda "Alloh Alloh!" deganlarning quvvati iymoniyalari va ma'rifati Ilohiyadan kelgan bir muhabbati ruhoniy bilan joʻshu xurushlaridir.
Xullas, ey aqlsiz hamiyat-furushlar va soxtakor milliyat-parvarlar! Tariqatning hayoti ijtimoiyangizda bu hasanasini yenga oladigan qaysi sayyiotlar bor, aytinglar?
TOʻRTINCHI TALVIH: Maslagi valoyat juda oson boʻlish bilan barobar juda mushkulotlidir, juda qisqa boʻlish bilan birga juda uzundir, juda qiymatli boʻlish bilan birga juda xatarlidir, juda keng boʻlish bilan birga juda tordir.
Xullas, bu sir uchun; u yoʻlda suluk etganlar ba'zan boʻgʻiladi, ba'zan zarar koʻradi, ba'zan qaytib boshqalarini yoʻldan chiqaradi.
Azjumla: Tariqatda "sayri anfusiy" va "sayri ofoqiy" ta'birlari ostida ikki mashrab bor.
Birinchi mashrab, anfusiy mashrabidir; nafsdan boshlaydi, xorijdan koʻzini chekadi, qalbga qaraydi, anoniyatni teshib oʻtadi, qalbidan yoʻl ochadi, haqiqatni topadi. Soʻngra ofoqqa kiradi. Oʻshanda ofoqni nuroniy koʻradi. Sayrni tezda tugatadi. Anfusiy doirasida koʻrgan haqiqatini buyuk bir miqyosda unda ham koʻradi. Turuqi xofiyaning koʻpchiligi bu yoʻldan ketadi. Buning ham eng muhim asosi; anoniyatni sindirish, havoni tark etish, nafsni oʻldirishdir.
Ikkinchi mashrab; ofoqdan boshlaydi, u doira-i kubroning mazohirida jilva-i asmo va sifotni tomosha qilib, soʻngra doira-i anfusiyaga kiradi. Kichik bir miqyosda, doira-i qalbida u anvorni mushohada etib, unda eng yaqin yoʻlni ochadi. Qalb, oyna-i Samad boʻlganini koʻradi, qidirgan maqsadiga vosil boʻladi.
Birinchi martabada suluk etgan insonlar nafsi ammorani oʻldirishga muvaffaq boʻlmasa, havoni tark etib anoniyatni sindirmasa; shukr maqomidan faxr maqomiga tushadi.. faxrdan gʻururga yiqiladi. Agar muhabbatdan kelgan bir injizob va injizobdan kelgan bir navi sakr birga boʻlsa, undan "shatohat" nomi bilan haddidan oshgan da'volar chiqadi. Ham oʻzi zarar qiladi, ham boshqasining zarariga sabab boʻladi. Masalan: Qandayki bir mulozim oʻzidagi qoʻmondonlik zavqi bilan va nash'asi bilan gʻururlansa, oʻzini bir mushir deb oʻylaydi. Kichkina doirasini u kulliy doira bilan iltibos etadi. Va bir kichik oynada koʻringan bir Quyoshni dengizning yuzida hashmati bilan jilvasi koʻringan Quyosh bilan bir jihati mushobahat bilan iltibosga sabab boʻladi; shuning kabi: Koʻp ahli valoyat borki; bir chivinning bir tovus qushiga nisbati kabi, oʻzidan shu daraja katta boʻlganlardan oʻzini katta koʻradi va shunday ham mushohada etadi, oʻzini haqli deb topadi. Hatto men koʻrdimki: Yolgʻiz qalbi intibohga kelgan, uzoq-uzoqlardan valoyatning sirrini oʻzida his etgan, oʻzini qutbi a'zam deb oʻylab, oʻsha vaziyatni olardi. Men dedim: "Qardoshim! Qandayki qonuni saltanatning bosh vazir doirasidan to nohiya mudiri doirasiga qadar bir tarzda juz'iy-kulliy jilvalari bor; shunga oʻxshab valoyatning va qutbiyatning ham shunday muxtalif doira va jilvalari bor. Har bir maqomning koʻp pardalari va soyalari bor. Sen bosh vazir-misol qutbiyatning a'zam jilvasini bir mudir doirasi hukmida boʻlgan oʻz doirangdan oʻsha jilvani koʻrgansan, aldangansan. Koʻrganing toʻgʻri, faqat hukming xato. Bir chivinga bir idish suv, bir kichik dengizdir". U zot shu javobimdan inshaalloh uygʻondi va u vartadan qutuldi.
Ham men mutaaddid insonlarni koʻrdimki, oʻzlarini bir navi Mahdiy deb bilar va "Mahdiy boʻlaman" der edilar. Bu zotlar yolgʻonchi va aldovchi emaslar, balki aldanadilar. Koʻrganlarini haqiqat deb oʻylaydilar. Asmo-i Ilohiyaning qandayki tajalliyoti, Arshi A'zam doirasidan bir zarraga qadar jilvalari bor va u asmoga mazhariyat ham oʻsha nisbatda tafovut etadi. Xuddi shuningdek, mazhariyati asmodan iborat boʻlgan marotibi valoyat ham shunday mutafovitdir. Shu iltibosning eng muhim sababi shu:
Maqomoti avliyodan ba'zi maqomlarda Mahdiy vazifasining xususiyati boʻlgani va qutbi a'zamga xos bir nisbati koʻringani va Hazrat Hizrning bir munosabati xossasi boʻlgani kabi, ba'zi mashohir bilan munosabatdor ba'zi maqomot bor. Hatto u maqomlar "Maqomi Hizr", "Maqomi Uvays", "Maqomi Mahdiyat" deb ta'bir qilinadi.
Xullas, shu sirga binoan, u maqomga va u maqomning juz'iy bir namunasiga yoki bir soyasiga kirganlar, oʻzlarini oʻsha maqom bilan xos munosabatdor mashhur zotlar deb oʻylaydilar. Oʻzini Hizr deb oʻylaydi yoki Mahdiy deb e'tiqod qiladi yoki qutbi a'zam deb xayol qiladi. Agar hubbu johga tolib anoniyati boʻlmasa, u holda mahkum boʻlmaydi. Uning haddidan ortiq da'volari shatohat sanaladi. U bilan balki mas'ul boʻlmaydi. Agar anoniyati parda ortida hubbu johga mutavajjih boʻlsa; u zot anoniyatga magʻlub boʻlib, shukrni tashlab faxrga kirsa, faxrdan bora-bora gʻururga yiqiladi. Yo devonalik darajasiga sukut etadi yoxud tariqi haqdan chiqadi. Chunki buyuk avliyoni oʻzi kabi talaqqiy etadi, haqlaridagi husni zoni sinadi. Zero nafs naqadar magʻrur boʻlsa ham, oʻzi oʻz qusurini idrok etadi. U buyuklarni ham oʻziga qiyos qilib, qusurli tavahhum etadi. Hatto anbiyolar haqida ham hurmati nuqsonlashadi.
Xullas, bu holga giriftor boʻlganlar, mezoni shariatni qoʻlda tutish va Usul-ud Din ulamosining dasturlarini oʻziga oʻlchov qilib olish va Imom Gʻazzoliy va Imom Rabboniy kabi muhaqqiqiyni avliyoning ta'limotlarini rahbar qilishi kerak. Va doimo nafsini ittihom etishi hamda qusurdan, ojizlik va faqirlikdan boshqa nafsning qoʻliga bermasligi kerak. Bu mashrabdagi shatohat hubbu nafsdan nash'at etadi. Chunki muhabbat koʻzi qusurni koʻrmaydi. Nafsiga muhabbati uchun, u qusurli va layoqatsiz bir shisha parchasi kabi nafsini bir brilliant, bir olmos deb oʻylaydi. Bu tur ichidagi eng tahlikali bir xato shuki; qalbiga ilhomiy bir tarzda kelgan juz'iy ma'nolarni "Kalomulloh" taxayyul etib, oyat deb ta'bir etishlaridir. Va u bilan vahiyning martaba-i ulyo-i aqdasiga bir hurmatsizlik keladi. Ha, asal arisining va hayvonotning ilhomotidan tut, to avomi nosning va xavassi bashariyaning ilhomotiga qadar va avomi maloikaning ilhomotidan to xavassi karrobiyunning ilhomotiga qadar butun ilhomot, bir navi kalimoti Rabboniyadir. Faqat mazharlarning va maqomlarning qobiliyatiga koʻra kalomi Rabboniy; yetmish ming pardada talammu' etgan boshqa-boshqa jilva-i xitobi Rabboniydir.
Ammo vahiy va kalomullohning ismi xossi va uning eng bahir misoli mushaxxasi boʻlgan Qur'onning najmlariga ismi xos boʻlgan "oyat" nomi shunday ilhomotga berilishi, xato-i mahzdir. Oʻn Ikkinchi va Yigirma Beshinchi va Oʻttiz Birinchi Soʻzlarda bayon va isbot etilgani kabi, qoʻlimizdagi ranglangan oynada koʻringan kichik va soʻniq va pardali Quyoshning misoli, samodagi Quyoshga qanday nisbati boʻlsa; xuddi shuning kabi u mudda'ilarning qalbidagi ilhom ham, toʻgʻridan-toʻgʻriga kalomi Ilohiy boʻlgan Qur'on Quyoshining oyatlariga nisbati oʻsha darajadadir. Ha, har bir oynada koʻringan quyoshning misollari, quyoshniki va u bilan munosabatdor deyilsa, haqdir; faqat u Quyoshchalarning oynasiga Kura-i Arz taqilmaydi va uning jozibasi bilan bogʻlanmaydi!
BESHINCHI TALVIH: Tariqatning gʻoyat muhim bir mashrabi boʻlgan "Vahdat-ul Vujud" nomli Vahdat-ush Shuhud, ya'ni Vojib-ul Vujudning vujudiga hasri nazar etib, boshqa mavjudotni u vujudi Vojibga nisbatan shu qadar zaif va koʻlanka koʻradiki, vujud ismiga loyiq boʻlmaganiga hukm etib, xayol pardasiga oʻrab, tarki mosivo maqomida ularni qiymatsiz deb qarash, hatto ma'dum deya tasavvur qilish, yolgʻiz jilva-i asmo-i Ilohiyaga xayoliy bir oyna vaziyati berishgacha boradi.
Xullas, bu mashrabning ahamiyatli bir haqiqati borki: Vojib-ul Vujudning vujudi, iymon quvvati bilan va yuksak bir valoyatning haqqalyaqiyn darajasida inkishofi bilan, vujudi mumkinot shu daraja pastga tushadiki, xayol va adamdan boshqa uning nazarida maqomlari qolmaydi; goʻyo Vojib-ul Vujudning hisobiga koinotni inkor qiladi.
Lekin bu mashrabning tahlikalari bor. Eng birinchisi shuki: Arkoni iymoniya oltita. Iymoni billohdan boshqa iymoni bil-yavmil axir kabi ruknlar bor. Bu ruknlar esa, mumkinotning vujudlarini istaydi. U muhkam arkoni iymoniya xayol ustida bino etilmaydi! Shuning uchun, u mashrab sohibi olami istigʻroq va sakrdan olami sahvga kirgan payti, u mashrabni birga olmasligi kerak va u mashrabning muqtazosi bilan amal qilmasligi lozim. Ham qalbiy va holiy va zavqiy boʻlgan bu mashrabni aqliy va qovliy va ilmiy suratiga aylantirmasligi kerak. Chunki Kitob va Sunnatdan kelgan dasotiri aqliya va qavonini ilmiya va usuli kalomiya u mashrabni koʻtarolmaydi; qobili tatbiq boʻlolmaydi. Shuning uchun, Xulafo-i Roshidindan va Aimma-i Mujtahidindan va salafi solihinning buyuklaridan u mashrab ochiqchasiga koʻrinmaydi. Demak, eng oliy mashrab emas. Balki yuksak, faqat noqis. Juda ahamiyatli, faqat juda xatarli. Juda ogʻir, faqat juda zavqli. U zavq uchun unga kirganlar undan chiqishni istashmaydi, xudgamlik bilan eng yuksak martaba deb oʻylaydilar. Bu mashrabning asosini va mohiyatini Nuqta Risolasida va bir qism Soʻzlarda va Maktubotda bir daraja bayon qilganimizdan, ular bilan kifoyalanib, shu yerda u muhim mashrabning ahamiyatli bir vartasini bayon qilamiz.
U mashrab sabablar doirasidan oʻtib, tarki mosivo sirri bilan mumkinotdan aloqasini kesgan axassi xavas istigʻroqi mutlaq holatida mazhar boʻlgan solih bir mashrabdir. Bu mashrabni sabablar ichida boʻgʻilganlarning va dunyoga oshiq boʻlganlarning va falsafa-i moddiya bilan tabiatga botganlarning nazariga ilmiy bir suratda talqin etish, tabiat va moddada ularni boʻgʻdirishdir va haqiqati Islomiyadan uzoqlashtirishdir. Chunki dunyoga oshiq va sabablar doirasiga bogʻliq bir nazar bu foniy dunyoga bir navi baqo berishni istaydi. U dunyo mahbubini qoʻlidan qochirishni istamaydi; vahdat-ul vujud bahonasi bilan unga bir boqiy vujud tavahhum etadi, u mahbubi boʻlgan dunyo hisobiga va baqo va abadiyatni unga toʻliq mol etishiga binoan, bir ma'budiyat darajasiga chiqaradi. -Na'uzu billah- Allohni inkor etish vartasiga yoʻl ochadi. Bu asrda moddiyunlik fikri shu daraja istilo etganki, moddiyotni hamma narsaga marji' deb biladilar. Bunday bir asrda xos ahli iymon moddiyotni i'dom darajasida ahamiyatsiz koʻrganlaridan; Vahdat-ul Vujud mashrabi oʻrtaga chiqsa balki moddiyunlar sohib chiqadilar, "Biz ham shunday deymiz" deydilar. Holbuki dunyoda mashorib ichida moddiyunlarning va tabiatparastlarning maslagidan eng uzoq mashrab, Vahdat-ul Vujud mashrabidir. Chunki ahli Vahdat-ul Vujud, shu qadar vujudi Ilohiyga quvvati iymon bilan ahamiyat beradilarki, koinotni va mavjudotni inkor qiladilar. Moddiyunlar esa, shu qadar mavjudotga ahamiyat beradilarki; koinot hisobiga Allohni inkor qiladilar. Xullas bular qayerda? Ular qayerda?
OLTINCHI TALVIH: "Uch Nuqta"dir.
Birinchi Nuqta: Valoyat yoʻllari ichida eng goʻzali, eng mustaqimi, eng porlogʻi, eng boyi; Sunnati Saniyaga ittibodir. Ya'ni: A'mol va harakotida Sunnati Saniyani oʻylab unga tobe boʻlish va taqlid etish va muomalot va af'olida ahkomi shar'iyani oʻylab rahbar qilib olishdir.
Xullas, bu ittibo va iqtido vositasi bilan oddiy ahvoli va urfiy muomalalari va fitriy harakatlari ibodat shakliga kirish bilan barobar; har bir amali, sunnatni va shariatni u ittibo nuqtasida oʻylatish bilan, bir taxatturi hukmi shar'iy beradi. U taxattur esa, sohibi shariatni oʻylattiradi. U oʻylash esa, Janobi Haqni xotirga keltiradi. U xotira bir navi huzur beradi. U holda mutamodiyan umr daqiqalari huzur ichida bir ibodat hukmiga keltirilishi mumkin. Xullas, bu jadda-i kubro, valoyati kubro boʻlgan ahli varosati nubuvvat boʻlgan sahoba va salafi solihinning yoʻlidir.
Ikkinchi Nuqta: Valoyat yoʻllarining va tariqat shoʻbalarining eng muhim asosi, ixlosdir. Chunki ixlos bilan xofiy shirklardan xalos boʻladi. Ixlosni qozonmagan, u yoʻllarda kezolmaydi. Va u yoʻllarning eng keskin quvvati, muhabbatdir. Ha, muhabbat mahbubida bahonalar qidirmaydi va qusurlarini koʻrishni istamaydi. Va kamoliga dalolat etgan zaif nishonlarni kuchli hujjatlar hukmida koʻradi. Doimo mahbubiga tarafdordir.
Bu sirga binoan, muhabbat oyogʻi bilan ma'rifatullohga tavajjuh etgan zotlar; shubahotga va e'tirozotga quloq solmaydilar, arzon xalos boʻladilar. Minglab shayton toʻplansa, ularning mahbubi haqiqiysining kamoliga ishorat qilgan bir nishonni ularning nazarida yoʻq qilolmaydi. Agar muhabbat boʻlmasa, u vaqt oʻz nafsi va shaytoni va xorijiy shaytonlarning qilgan e'tirozoti ichida koʻp tipirchilaydi. Qahramonona bir matonat va quvvati iymon va diqqati nazar lozimki, oʻzini qutqarsin.
Shu sirga binoan; umum marotibi valoyatda ma'rifatullohdan kelgan muhabbat eng muhim moya va iksirdir. Faqat muhabbatning bir vartasi borki: Ubudiyatning sirri boʻlgan niyozdan, mahviyatdan nozga va da'voga hatlaydi, mezonsiz harakat qiladi. Mosivo-i Ilohiyaga tavajjuhi hangomida ma'no-i harfiydan ma'no-i ismiyga oʻtishi bilan; tiryoq ekan, zahar boʻladi. Ya'ni; gʻayrullohni sevgan vaqti, Janobi Haq hisobiga va uning nomiga, uning bir oyna-i asmosi boʻlish jihati bilan rabti qalb etish lozim ekan; ba'zan u zotni u zot hisobiga, oʻz kamoloti shaxsiyasi va jamoli zotiysi nomiga oʻylab, ma'no-i ismiy bilan sevadi. Allohni va paygʻambarlarni oʻylamasdan yana ularni seva oladi. Bu muhabbat muhabbatullohga vasila emas, parda boʻladi. Ma'no-i harfiy bilan boʻlsa, muhabbatullohga vasila boʻladi, balki jilvasi desa boʻladi.
Uchinchi Nuqta: Bu dunyo dor-ul hikmatdir, dor-ul xizmatdir; dor-ul ujrat va mukofot emas. Bu yerdagi a'mol va xizmatlarning ujratlari barzohda va oxiratdadir. Bu yerdagi a'mol barzohda va oxiratda meva beradi. Modomiki haqiqat shu ekan, a'moli uxroviyaga oid natijalarni dunyoda istamaslik kerak. Berilsa ham, mamnunona emas, mahzunona qabul qilish lozim. Chunki Jannatning mevalari kabi, uzgan sari oʻrniga aynisi kelish sirri bilan, boqiy hukmida boʻlgan amali uxroviy mevasini bu dunyoda foniy suratda yeyish, kori aql emas. Boqiy chiroqni bir daqiqa yashaydigan va soʻnadigan chiroq bilan mubodala etish kabidir.
Xullas, bu sirga binoan; ahli valoyat, xizmat va mashshaqqat va musibat va kulfatni xush koʻradilar, nozlanmaydilar, shikoyat qilmaydilar. "Alhamdulillahi alakullihal" deydilar. Kashf va karomat, azvoq va anvor berilgan vaqti, bir iltifoti Ilohiy navidan qabul etib satriga urinadilar. Faxrga emas, balki shukrga, ubudiyatga yanada ziyoda kiradilar. Koʻplari u ahvolning istitor va inqito'ini istaganlar, toki amallaridagi ixlos zadalanmasin. Ha, maqbul bir inson haqida eng muhim bir ehsoni Ilohiy, ehsonini unga sezdirmaslikdir; toki niyozdan nozga va shukrdan faxrga kirmasin.
Xullas, bu haqiqatga binoan, valoyatni va tariqatni istaganlar; agar valoyatning ba'zi tarashshuhoti boʻlgan azvoq va karomotni istasalar va ularga mutavajjih boʻlsa va ulardan xushlansa; boqiy uxroviy mevalarni foniy dunyoda, foniy bir suratda yeyish kabi boʻlish bilan barobar; valoyatning moyasi boʻlgan ixlosni yoʻqotib, valoyatning qochishiga yoʻl ochadi.
YETTINCHI TALVIH: "Toʻrt Nukta"dir.
Birinchi Nukta: Shariat toʻgʻridan-toʻgʻriga, koʻlankasiz, pardasiz, sirri ahadiyat bilan rububiyati mutlaqa nuqtasida xitobi Ilohiyning natijasidir. Tariqatning va haqiqatning eng yuksak martabalari, shariatning juzlari hukmiga oʻtadi. Boʻlmasa doimo vasila va muqaddima va xizmatchi hukmidadirlar. Natijalari, shariatning muhkamotidir. Ya'ni: Haqoiqi shariatga yetishish uchun, tariqat va haqiqat maslaklari, vasila va xizmatchi va zinalar hukmidadir. Bora-bora eng yuksak martabada, nafsi shariatda boʻlgan ma'no-i haqiqat va sirri tariqatga inqilob etadilar. U vaqt shariati kubroning juzlari boʻladilar. Boʻlmasa ba'zi ahli tasavvufning oʻylaganlari kabi, shariatni zohiriy bir qobiq, haqiqatni uning ichi va natijasi va gʻoyasi deb tasavvur etish toʻgʻri emas. Ha, shariatning tabaqoti nosga koʻra inkishofoti boshqa-boshqadir. Avomi nosga koʻra zohiri shariatni haqiqati shariat deb oʻylab, xoslarga munkashif boʻlgan shariat martabasiga "haqiqat va tariqat" nomini berish xatodir. Shariatning umum tabaqotga qaraydigan marotibi bor.
Shu sirga binoan: Ahli tariqat va asxobi haqiqat oldin borgan sari, haqoiqi shariatga qarshi injizoblari, ishtiyoqlari, ittibolari ziyodalashadi. Eng kichik bir Sunnati Saniyani eng buyuk bir maqsad kabi qabul qilib, uning ittiboiga harakat qiladilar, uni taqlid qiladilar. Chunki vahiy naqadar ilhomdan yuksak boʻlsa, samara-i vahiy boʻlgan odobi shar'iya shu daraja samara-i ilhom boʻlgan odobi tariqatdan yuksak va ahamiyatlidir. Shuning uchun tariqatning eng muhim asosi, Sunnati Saniyaga ittibo etishdir.
Ikkinchi Nukta: Tariqat va haqiqat, vasilalikdan chiqmasligi kerak. Agar maqsudi bizzot hukmiga oʻtsalar; u vaqt shariatning muhkamoti va amaliyoti va Sunnati Saniyaga ittibo, rasmiy hukmida qoladi; qalb narigi tarafga mutavajjih boʻladi. Ya'ni: Namozdan ziyoda halqa-i zikrni oʻylaydi; faroizdan ziyoda avrodiga munjazib boʻladi; kaboirdan qochishdan ziyoda odobi tariqatning muxolafatidan qochadi. Holbuki muhkamoti shariat boʻlgan farzlarning bir donasiga avrodi tariqat muqobil kelolmaydi; oʻrnini toʻldirolmaydi. Odobi tariqat va avrodi tasavvuf u faroizning ichidagi haqiqiy zavqqa madori tasalli boʻlishi kerak, mansha' boʻlmasligi kerak. Ya'ni: Takyasi masjiddagi namozning zavqiga va ta'dili arkoniga vasila boʻlishi kerak; boʻlmasa masjiddagi namozni tez rasmiy oʻqib, haqiqiy zavqini va kamolini takyada topishni oʻylagan, haqiqatdan uzoqlashadi.
Uchinchi Nukta: "Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida tariqat boʻlishi mumkinmi?" deya savol soʻralyapti.
Aljavob: Ham bor, ham yoʻq. Bor, chunki ba'zi avliyo-i komiliyn shariat qilichi bilan i'dom etilganlar. Ham yoʻq, chunki muhaqqiqiyni avliyo Sa'di Sheroziyning bu dasturida ittifoq etganlar:
Ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoʻlidan xorij va uning orqasidan ketmagan maholdirki; haqiqiy anvori haqiqatga vosil boʻla olsin". Bu masalaning sirri shuki: Modomiki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Xotam-ul Anbiyodir va umum navi bashar nomiga muxotobi Ilohiydir; albatta navi bashar uning yoʻli xorijida ketolmaydi va bayrogʻi ostida boʻlish zaruriydir. Va modomiki ahli jazba va ahli istigʻroq muxolafatlaridan mas'ul boʻlolmas ekan; va modomiki insonda ba'zi latoif borki, taklif ostiga kirolmaydi; u latifa hokim boʻlgan vaqt, takolifi shar'iyaga muxolafati bilan mas'ul qilinmaydi; va modomiki insonda ba'zi latoif borki, taklif ostiga kirmagani kabi, ixtiyor ostiga ham kirmaydi; hatto aqlning tadbiri ostiga ham kirmaydi, u latifa qalbni va aqlni tinglamaydi; albatta u latifa bir insonda hokim boʻlgan paytda -faqat u zamonga maxsus boʻlib- u zot shariatga muxolafatda valoyat darajasidan sukut etmaydi, ma'zur sanaladi. Faqat bir shart bilanki, haqoiqi shariatga va qavoidi iymoniyaga qarshi bir inkor, bir tazyif, bir istixfof boʻlmasin. Ahkomni qilmasa ham, ahkomni haq bilish kerak. Boʻlmasa u holga magʻlub boʻlib, na'uzu billah, u haqoiqi muhkamaga qarshi inkor va takzibni ishmom etadigan bir vaziyat, alomati sukutdir!
Alhosil: Doira-i shariatning xorijida boʻlgan ahli tariqat ikki qismdir:
Bir qismi: -Sobiqan oʻtgani kabi- yo holga, istigʻroqqa, jazbaga va sakrga magʻlub boʻlib yoki taklifni tinglamagan yoki ixtiyorni eshitmagan latifalarning mahkumi boʻlib, doira-i shariatning xorijiga chiqadi. Faqat u chiqish, ahkomi shariatni yoqtirmaslikdan yoki istamaslikdan emas; balki majburiyat bilan ixtiyorsiz tark etadi. Bu qism ahli valoyat bor. Ham muhim valiylar bularning ichida muvaqqatan boʻlgan. Hatto bu navidan; yolgʻiz doira-i shariatdan emas, balki doira-i Islomiyat xorijida boʻlganini ba'zi muhaqqiqiyni avliyo hukm etganlar. Faqat bir shart bilan: Muhammad Alayhissalotu Vassalam keltirgan ahkomning hech birini takzib etmaslikdir. Balki, yo oʻylamaydi yoki mutavajjih boʻlolmaydi yoxud bilolmaydi va bilmaydi. Bilsa, qabul qilmasa, boʻlmaydi!
Ikkinchi qism esa: Tariqat va haqiqatning porloq azvoqlariga berilib, mazoqidan juda yuksak boʻlgan haqoiqi shariatning daraja-i zavqiga yetisholmagani uchun; zavqsiz, rasmiy bir narsa deb oʻylab, unga qarshi loqayd qoladi. Bora-bora shariatni zohiriy bir qobiq deb oʻylaydi. Topgan haqiqatini asos va maqsud deb oʻylaydi. "Men uni topdim, u menga yetadi" deydi, ahkomi shariatga muxolif harakat qiladi. Bu qismdan aqli joyida boʻlganlar mas'uldirlar, sukut etadilar, balki qisman shaytonga masxara boʻladilar.
Toʻrtinchi Nukta: Ahli zalolat va bid'at firqalaridan bir qism zotlar ummat nazarida maqbul boʻladilar. Aynan ular kabi zotlar bor; zohiriy hech bir farq yoʻq ekan, ummat rad qiladi. Bunga hayrat qilar edim. Masalan: Moʻtazila mazhabida Zamaxshariy kabi, I'tizolda eng mutaassib bir kishi boʻlgani holda, muhaqqiqiyni Ahli Sunnat uning u shiddatli e'tirozotiga qarshi uni takfir va tadlil etmaydilar, balki bir rohi najot u uchun qidiradilar. Zamaxshariyning daraja-i shiddatidan koʻp past Abu Ali Jubbaiy kabi moʻtazila imomlarini mardud va matrud sanaydilar. Koʻp vaqt bu sir meni qiziqtirar edi. Soʻngra lutfi Ilohiy bilan angladimki: Zamaxshariyning Ahli Sunnatga e'tirozoti, haq deb oʻylagan maslagidagi muhabbati haqdan kelib chiqayotgan edi. Ya'ni, masalan: Tanzihi haqiqiy; uning nazarida, hayvonlar oʻz af'oliga xoliq boʻlishi bilan boʻladi. Shuning uchun, Janobi Haqni tanzih muhabbatidan, Ahli Sunnatning xalqi af'ol masalasida dasturini qabul qilmaydi. Mardud boʻlgan boshqa Moʻtazila imomlari muhabbati haqdan ziyoda, Ahli Sunnatning yuksak dasturlariga qisqa aqllari yetisholmagani uchun va keng qavonini Ahli Sunnat ularning tor fikrlariga yetishmaganidan, inkor qilganlaridan marduddirlar. Aynan bu Ilmi Kalomdagi Ahli I'tizolning Ahli Sunnat va Jamoatga muxolafati boʻlgani kabi, Sunnati Saniya xorijidagi bir qism ahli tariqatning muxolafati ham ikki jihatdan:
Biri: Zamaxshariy kabi; holiga, mashrabiga maftuniyat jihatida hali daraja-i zavqiga yetisholmagan odobi shariatga qarshi bir daraja loqayd qoladi.
Boshqa qismi esa; Xosho odobi shariatga, dasotiri tariqatga nisbatan ahamiyatsiz qaraydi. Chunki tor tushunchasi u keng azvoqni ihota etolmaydi va qisqa maqomi u yuksak odobga yetisholmaydi.
SAKKIZINCHI TALVEH: Sakkizta vartani bayon qiladi:
Birinchisi: Sunnati Saniyaga toʻliq ittiboga rioya qilmagan bir qism ahli suluk; valoyatni nubuvvatga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Yigirma Toʻrtinchi va Oʻttiz Birinchi Soʻzlarda nubuvvat naqadar yuksak boʻlgani va valoyat unga nisbatan naqadar soʻniq boʻlgani isbot etilgan.
Ikkinchisi: Ahli tariqatning bir qism mufrit avliyosini Sahobaga tarjih, hatto Anbiyo darajasida koʻrish bilan vartaga tushadi. Oʻn Ikkinchi va Yigirma Yettinchi Soʻzlarda va Sahobalar haqidagi zaylida qat'iy isbot etilganki: Sahobalarda shunday bir xossa-i suhbat borki, valoyat bilan yetishilmaydi va Sahobalarga tafavvuq etilmaydi va Anbiyoga hech bir vaqt avliyo yetishmaydi.
Uchinchisi: Ifrot bilan tariqat taassubi tashiganlarning bir qismi, odob va avrodi tariqatni Sunnati Saniyaga tarjih etish bilan Sunnatga muxolafat etib, Sunnatni tark etadi, faqat virdini tashlamaydi. Shu surat bilan odobi shar'iyaga bir loqaydlik vaziyati keladi, vartaga tushadi.
Koʻp Soʻzlarda isbot qilingani kabi va Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy kabi muhaqqiqiyni ahli tariqat deydilarki: "Birgina Sunnati Saniyaga ittibo nuqtasida hosil boʻlgan maqbuliyat, yuz odob va navofili xususiyadan kelolmaydi. Bitta farz mingta Sunnatga murajjah boʻlgani kabi; bitta Sunnati Saniya ham mingta odobi tasavvufga murajjahdir" deyishgan.
Toʻrtinchisi: Mufrit bir qism ahli tasavvuf; ilhomni vahiy kabi deb oʻylaydi va ilhomni vahiy navidan deb qabul qiladi, vartaga tushadi. Vahiyning darajasi naqadar yuksak va kulliy va qudsiy boʻlgani va ilhomot unga nisbatan qay daraja juz'iy va soʻniq boʻlgani; Oʻn Ikkinchi Soʻzda va i'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi Soʻzda va boshqa risolalarda gʻoyat qat'iy isbot etilgan.
Beshinchisi: Sirri tariqatni anglamagan bir qism mutasavvifa zaiflarni taqviya etish va zaiflarni tashji' etish va shiddati xizmatdan kelgan zerikish va mashaqqatni tahfif etish uchun, istanilmasdan berilgan azvoq va anvor va karomotni xush koʻrib maftun boʻladi; ibodotga, xizamotga va avrodga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Shu risolaning Oltinchi Talvihining Uchinchi Nuqtasida ijmolan bayon boʻlgan va boshqa Soʻzlarda qat'iyan isbot etilganki: Bu dori dunyo, dor-ul xizmatdir, dor-ul ujrat emas! Bu yerda ujratini istaganlar; boqiy, doimiy mevalarni, foniy va muvaqqat bir suratga oʻgirish bilan barobar, dunyodagi baqo unga yoqadi, mushtoqona barzohga qarolmaydi; goʻyo bir jihatda dunyo hayotini sevadi, chunki ichida bir navi oxiratni topadi.
Oltinchisi: Ahli haqiqat boʻlmagan bir qism ahli suluk, maqomoti valoyatning koʻlankalarini va pardalarini va juz'iy namunalarini maqomoti asliya-i kulliya bilan chalkashtirish bilan vartaga tushadi. Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Ikkinchi Shoxida va boshqa Soʻzlarda qat'iyan isbot etilganki: Qandayki Quyosh oynalar vositasi bilan taaddud etadi; minglab misoliy Quyosh ayni Quyosh kabi ziyo va harorat sohibi boʻladi. Faqat u misoliy Quyoshlar haqiqiy Quyoshga nisbatan juda zaifdirlar. Aynan shuning kabi: Maqomoti Anbiyo va a'ozimi avliyoning maqomotining ba'zi koʻlankalari va pardalari bor. Ahli suluk ularga kiradi; oʻzini u avliyo-i azimadan yanada azim koʻradi; balki Anbiyodan oldin oʻtganman deb oʻylaydi, vartaga tushadi. Faqat bu oʻtgan umum vartalardan zarar koʻrmaslik uchun, usuli iymoniyani va asosoti shariatni doimo rahbar va asos tutish va mashhudini va zavqini ularga qarshi muxolafatida ittihom etish bilan boʻladi.
Yettinchisi: Bir qism ahli zavq va shavq, sulukida faxrni, nozni, shatohatni, tavajjuhi nosni va marji'iyatni; shukrga, niyozga, tazarruotga va insonlardan istigʻnoga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Holbuki eng yuksak martaba esa, ubudiyati Muhammadiyadirki, "Mahbubiyat" unvoni bilan ta'bir etiladi. Ubudiyatning esa sirri asosi; niyoz, shukr, tazarru, xushu', ajz, faqr, xalqdan istigʻno jihati bilan u haqiqatning kamoliga mazhar boʻladi. Ba'zi avliyo-i azima faxr va noz va shatohatga muvaqqatan, ixtiyorsiz kirganlar; faqat u nuqtada, ixtiyoriy boʻlib ularga iqtido etilmaydi; hadiydirlar, muhdiy emaslar; orqalaridan ketilmaydi!
Sakkizinchi Varta: Xudgam, shoshqaloq bir qism ahli suluk; oxiratda olinadigan va uziladigan valoyat mevalarini dunyoda yeyishni istaydi va sulukida ularni istash bilan vartaga tushadi. Holbuki
kabi oyatlar bilan e'lon qilingani kabi, koʻp Soʻzlarda qat'iyan isbot qilinganki: Olami baqoda birgina meva, foniy dunyoning mingta bogʻidan murajjahdir. Shuning uchun u muborak mevalarni bu yerda yemaslik kerak. Agar istanilmasdan yedirilsa, shukr qilish kerak; mukofot uchun emas, balki tashviq uchun bir ehsoni Ilohiy sifatida qabul qilinishi kerak.
TOʻQQIZINCHI TALVIH: Tariqatning juda koʻp samarotidan va foydalaridan yolgʻiz bu yerda "Toʻqqiz Adadi"ni ijmolan bayon qilamiz:
Birinchisi: Istiqomatli tariqat vositasi bilan, saodati abadiyadagi abadiy xazinalarning kalitlari va mansha'lari va ma'danlari boʻlgan haqoiqi iymoniyaning inkishofi va vuzuhi va aynalyaqiyn darajasida zuhurlaridir.
Ikkinchisi: Uskuna-i insoniyaning markazi va charxi boʻlgan qalbni, tariqat vosita boʻlib ishlatishi bilan va u ishlatish bilan boshqa latoifi insoniyani harakatga keltirib, natija-i fitratlariga yoʻnaltirib haqiqiy inson boʻlishdir.
Uchinchisi: Olami barzoh va oxirat safarida, tariqat silsilalaridan bir silsilaga iltihoq etib va u qofila-i nuroniya bilan abad-ul abad yoʻlida doʻst boʻlish va yolgʻizlik vahshatidan qutulish va ular bilan dunyoda va barzohda ma'nan unsiyat etish va avhom va shubahotning hujumlariga qarshi ularning ijmo'iga va ittifogʻiga istinod etib, har bir ustozini kuchli bir hujjat va quvvatli bir burhon darajasida koʻrib, ular bilan u xotirga kelgan zalolat va shubahotni daf etishdir.
Toʻrtinchisi: Iymondagi ma'rifatulloh va u ma'rifatdagi muhabbatullohning zavqini sof tariqat vositasi bilan anglash va u anglash bilan dunyoning vahshati mutlaqasidan va insonning koinotdagi gʻurbati mutlaqasidan qutulishdir. Koʻp Soʻzlarda isbot etganmizki: Saodati dorayn va alamsiz lazzat va vahshatsiz unsiyat va haqiqiy zavq va jiddiy saodat, iymon va Islomiyatning haqiqatidadir. Ikkinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: Iymon, shajara-i tubo-i jannatning bir urugʻini tashiydi. Xullas, tariqatning tarbiyasi bilan oʻsha urugʻ nashvu namo topadi, inkishof etadi.
Beshinchisi: Takolifi shar'iyadagi haqoiqi latifani tariqatdan va zikri Ilohiydan kelgan bir intibohi qalbiy vositasida his etish, taqdir etish... U vaqt toatga majburan kabi emas, balki ishtiyoq bilan itoat etib ubudiyatni ado qiladi.
Oltinchisi: Haqiqiy zavqqa va jiddiy tasalliga va gʻamsiz lazzatga va vahshatsiz unsiyatga haqiqiy mador va vosita boʻlgan tavakkal maqomini va taslim rutbasini va rizo darajasini qozonishdir.
Yettinchisi: Suluki tariqatning eng muhim sharti, eng ahamiyatli natijasi boʻlgan ixlos vositasi bilan, shirki xofiydan va riyo va tasannu' kabi razoildan xalos boʻlish va tariqatning mohiyati amaliyasi boʻlgan tazkiya-i nafs vositasi bilan nafsi ammoraning va anoniyatning tahlikalaridan qutulishdir.
Sakkizinchisi: Tariqatda zikri qalbiy bilan va tafakkuri aqliy bilan qozongan tavajjuh va huzur va quvvatli niyatlar vositasi bilan odatlarini ibodat hukmiga oʻgirmoq va muomaloti dunyoviyasini a'moli uxroviya hukmiga keltirib sarmoya-i umrini husni iste'mol etish jihati bilan, umrining daqiqalarini hayoti abadiyaning boshoqlarini beradigan urugʻlar hukmiga keltirishdir.
Toʻqqizinchisi: Sayri suluki qalbiy bilan va mujohada-i ruhiy bilan va taraqqiyoti ma'naviya bilan, insoni komil boʻlish uchun harakat qilish; ya'ni haqiqiy moʻ'min va toʻliq bir musulmon boʻlish; ya'ni yolgʻiz suriy emas, balki haqiqati iymonni va haqiqati Islomni qozonish; ya'ni, shu koinot ichida va bir jihatda koinot mumassili boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻriga koinotning Xoliqi Zuljaloliga abd boʻlish va muxotob boʻlish va doʻst boʻlish va halil boʻlish va oyna boʻlish va ahsani taqvimda boʻlganini koʻrsatish bilan, bani Odamning maloikaga rujhoniyatini isbot qilish va shariatning iymoniy va amaliy janohlari bilan maqomoti oliyada uchish va bu dunyoda saodati abadiyaga qarash, balki da u saodatga kirishdir.
Zayl
Janobi Haqqa vosil boʻladigan tariqlar juda koʻp. Butun haq tariqlar Qur'ondan olingan. Faqat tariqatlarning ba'zisi ba'zisidan yanada qisqa, yanada salomatli, yanada umumiyatli boʻladi. U tariqlar ichida qisqa fahmim bilan Qur'ondan istifoda etganim "Ajz va faqr va shafqat va tafakkur" tariqidir. Ha, ajz ham ishq kabi, balki yanada aslam bir tariqdirki; ubudiyat tariqi bilan mahbubiyatga qadar ketadi. Faqr ham Rahmon ismiga iysol etadi. Ham shafqat ham ishq kabi, balki yanada keskin va yanada keng bir tariq boʻlib, Rahim ismiga isol etadi. Ham tafakkur ham ishq kabi, balki yanada boy va yanada porloq bir tariq boʻlib, Hakim ismiga isol etadi. Shu tariq xofiy tariqlar kabi "Latoifi Ashara" kabi oʻn xatva emas va tariqi jahriya kabi "Nufusi Sab'a" yetti martabaga otilgan qadamlar emas, balki "Toʻrt Xatva"dan iboratdir. Tariqatdan ziyoda haqiqatdir, shariatdir. Xato tushunilmasin: Ajz va faqr va qusurini Janobi Haqqa qarshi koʻrish deganidir. Boʻlmasa ularni qilish yoki xalqqa koʻrsatish degani emasdir. Shu qisqa tariqning avrodi: Ittibo-i sunnatdir, faroizni bajarish, kaboirni tark etishdir. Va xususan namozni ta'dili arkon bilan oʻqish, namozning orqasidagi tasbehotni qilishdir.
Birinchi xatvaga فَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ oyati ishorat qiladi.
Ikkinchi xatvaga وَلَا تَكُونُوا كَالَّذ۪ينَ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ oyati ishorat qiladi.
Uchinchi xatvaga مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ oyati ishorat qiladi.
Toʻrtinchi Xatvaga كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyati ishorat qiladi. Shu toʻrt xatvamning qisqa bir izohi shuki:
Birinchi xatvada فَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ oyati ishorat qilgani kabi: Tazkiya-i nafs َ۪ةmaslik. Zero inson jibilliyati va fitrati jihatidan nafsini sevadi. Balki avvalo va bizzot yolgʻiz zotini sevadi, boshqa hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ma'budga loyiq tarzda nafsini madh etadi. Ma'budga loyiq bir tanzih bilan nafsini ma'oyibdan tanzih va tabria etadi. Qoʻldan kelganicha qusurlarni oʻziga loyiq koʻrmaydi va qabul qilmaydi. Nafsiga parastish etish tarzida shiddat bilan mudofaa qiladi. Hatto fitratida tavdi' etilgan va Ma'budi Haqiqiyning hamd va tasbehi uchun unga berilgan jihozot va iste'dodni oʻz nafsiga sarf etib مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ sirriga mazhar boʻladi. Oʻzini koʻradi, oʻziga ishonadi, oʻzini yoqtiradi. Mana shu martabada, shu xatvada tazkiyasi, tathiri: Uni tazkiya etmaslik, tabria etmaslikdir.
Ikkinchi Xatvada
darsini bergani kabi: Oʻzini unutgan, oʻzidan xabari yoʻq. Mavtni oʻylasa, boshqasiga beradi. Fano va zavolni koʻrsa, oʻziga olmaydi va zahmat va xizmat maqomida nafsini unutish, faqat ahzi ujrat va istifoda-i huzuzot maqomida nafsini oʻylash, shiddat bilan iltizom etish, nafsi ammoraning muqtazosidir. Shu maqomda tazkiyasi, tathiri, tarbiyasi; shu holning aksidir. Ya'ni, nisyoni nafs ichida nisyon etmaslik. Ya'ni huzuzot va ehtirosotda unutish va mavtda va xizmatda oʻylash.
darsini bergani kabi: Nafsning muqtazosi, doimo yaxshilikni oʻzidan bilib, faxr va ujbga kiradi. Bu xatvada, nafsida yolgʻiz qusurni va naqsni va ajzni va faqrni koʻrib, butun mahosin va kamolotini Fotiri Zuljalol tarafidan unga ehson etilgan ne'matlar boʻlganini anglab, faxr oʻrniga shukr va tamadduh oʻrniga hamd etishdir. Shu martabada tazkiyasi, قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا sirri bilan shuki: Kamolini kamolsizlikda, qudratini ajzda, gʻinosini faqrda bilishdir.
Toʻrtinchi Xatvada: كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ darsini bergani kabi: Nafs oʻzini erkin va mustaqil va bizzot mavjud deb biladi. Undan bir navi rububiyat davo qiladi. Ma'budiga qarshi adovatkorona bir isyonni tashiydi. Xullas, keladigan shu haqiqatni idrok etish bilan undan qutuladi. Haqiqat shuki: Hamma narsa nafsida ma'no-i ismiy bilan foniydir, mafquddir, hodisdir, ma'dumdir. Faqat ma'no-i harfiy bilan va Sone'-i Zuljalolning asmosiga oynadorlik jihati bilan va vazifadorlik e'tibori bilan shohiddir, mashhuddir, vojiddir, mavjuddir. Shu maqomda tazkiyasi va tathiri shuki: Vujudida adam, adamida vujudi bor. Ya'ni, oʻzini bilsa, vujud bersa; koinot qadar bir zulumoti adam ichidadir. Ya'ni, vujudi shaxsiysiga ishonib Mujidi Haqiqiydan gʻaflat etsa; tilla qoʻngʻiz kabi bir shaxsiy ziyo-i vujudi; nihoyatsiz zulumoti adam va firoqlar ichida boʻladi, boʻgʻiladi. Faqat anoniyatni tashlab, bizzot nafsi hech boʻlganini va Mujidi Haqiqiyning bir oyna-i tajalliysi boʻlganini koʻrgan vaqti, butun mavjudotni va nihoyatsiz bir vujudni qozonadi. Zero butun mavjudot, asmosining jilvalariga mazhar boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudni topgan bir qalb hamma narsani topadi.
Shu ajz, faqr, shafqat, tafakkur tariqidagi toʻrt xatvaning izohoti; haqiqatning ilmiga, shariatning haqiqatiga, Qur'onning hikmatiga doir yigirma olti adad Soʻzlarda oʻtgan. Yolgʻiz shu yerda bir-ikki nuqtaga qisqa bir ishorat qilamiz. Shundayki:
Ha, shu tariq qisqaroqdir. Chunki toʻrt xatvadir. Ajz qoʻlini nafsdan tortsa, toʻgʻridan-toʻgʻri Qodiri Zuljalolga beradi. Holbuki eng keskin tariq boʻlgan ishq nafsidan qoʻlini tortadi, lekin ma'shuqi majoziyga yopishadi. Uning zavolini topgandan soʻng Mahbubi Haqiqiyga ketadi. Ham shu tariq yanada aslamdir. Chunki nafsning shatohat va bolo-parvozona da'volari boʻlmaydi. Chunki ajz va faqr va qusurdan boshqa narsa nafsida topmaydiki, haddidan oshsin. Ham bu tariq yanada umumiy va jadda-i kubrodir. Chunki koinotni ahli vahdat-ul vujud kabi, huzuri doimiy qozonish uchun i'domga mahkum deb oʻylab, "La mavjuda illa Hu" hukm qilishga yoxud ahli vahdat-ush shuhud kabi, huzuri doimiy uchun koinotni nisyoni mutlaq hibsida hibsga mahkum taxayyul etib, "La mashhuda illa Hu" deyishga majbur boʻlmaydi. Balki i'domdan va hibsdan gʻoyat zohir boʻlib Qur'on avf etganidan, u ham sarfi nazar etib va mavjudotni oʻzlari hisobiga xizmatdan azl etib Fotiri Zuljalol hisobiga istihdom etib, asmo-i husnasining mazhariyat va oynadorlik vazifasida iste'mol etib ma'no-i harfiy nazari bilan ularga qarab, mutlaq gʻaflatdan qutulib huzuri doimiyga kirishdir; hamma narsada Janobi Haqqa bir yoʻl topishdir.
Alhosil: Mavjudotni mavjudot hisobiga xizmatdan azl etib, ma'no-i ismiy bilan qaramaslikdir.
OʻTTIZINCHI MAKTUB
OʻTTIZ BIRINCHI MAKTUB
OʻTTIZ IKKINCHI MAKTUB
OʻTTIZ UCHINCHI MAKTUB
Ishoroti Gʻaybiya haqida bir taqriz
[Imom Ali Roziyallohu Anhning Risola-i Nur haqida ixbori gʻaybiysidan bir parcha boʻlgan bu qism; Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy Majmuasida kiritilgan Ishoroti Qur'oniya va uch karomati Alaviya va Karomati Gʻavsiya risolalari bilan birlikda, ahli vuquflarning taqdirkor raportlariga tayangan holda, mahkamalar tomonidan sohiblariga qaytarib berilgan.
Imom Alining (R.A.) Jaljalutiyada Risola-i Nur haqidagi uch karomatidan bir karomatining sakkiz ramzidan Yettinchi va Sakkizinchi Ramzning bir parchasidir. Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy Majmuasining bir yuz yigirma beshinchi sahifasidan bir yuz oʻttizinchi sahifasiga qadar boʻlgan qismida kirgizilgan.]
Yettinchi Ramz: Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh qandayki
deya birinchi fikrasi bilan Yettinchi Shuaga ishorat etgan; shuning kabi: Ayni fikra bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Lam'aga ham ishorat qiladi. Ikkinchi fikrasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Asmo-i Sitta-i Mashhuraning haqiqatlarini gʻoyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma Toʻqqizinchi Lam'ani taqib qilgan Oʻttizinchi Lam'a nomli Olti Nukta-i Asmo Risolasiga بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishorat qilganidan; soʻngra orqasida Risola-i Asmoni ta'qib etgan Oʻttiz Birinchi Lam'aning Birinchi Shuasi boʻlib, oʻttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorotini qayd etib, hisobi jifriy munosabati bilan, boshdan oxirigacha Ilmi Huruf Risolasi kabi koʻringan va bir moʻ'jiza-i Qur'oniya hukmida boʻlgan risolaga
kalimasi bilan ishorat qilib, ortidan
kalomi bilan ham Risola-i Hurufiyani ta'qib etgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Rasoili Nuriyadan tarakkub etgan va Asoyi Muso nomini olgan va Asoyi Muso kabi zalolatning va shirkning sehrlarini yoʻqotgan Risola-i Nurning hozircha eng soʻnggi va oxir risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishorat qilib, ma'naviy zulmatlarni tarqatishini xushxabar beryapti. Darhaqiqat, وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى kalimasi bilan Yettinchi Shuaga ishorati quvvatli ishoratlar bilan isbot qilingani kabi; ayni kalima boshqa bir ma'no bilan alhaq Risola-i Nurning oyati kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jam etgan va Arabiy Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aga bu kalom "mustatba'ot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, afrodiga dohil etadi. Shunday ekan; Hazrat Imom Ali Roziyallohu anhu ham bu fikradan unga qarab ishorat qiladi deya olamiz. Ham boshqa ishorotning alomati bilan, ham Maktubotdan soʻngra Lam'alarga boshqa bir tarzi ibora bilan ishorat qilib; Lam'alarning eng porlogʻining ta'lifi, dahshatli bir zamonda va hibs va i'domdan qutulish va amniyat va salomat topish uchun, ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrat Ali Roziyallohu Anh oʻz lisonini buyuk tahlikalarda boʻlgan muallifning hisobiga iste'mol etib;
ya'ni: "Ey Robbim! Meni qutqar. Omonlik va amniyat ber!" deya duo qilgani, aynan Eskishahar qamoqxonasida i'dom va uzun hibs tahlikasi ichida ta'lif etilgan Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aning va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan, kalom zimniy va ishoriy dalolat etgani uchun Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham unga ishorat qiladi, deya olamiz. Ham Oʻttizinchi Lam'a nomli va olti nuktali Risola-i Asmoga qarab بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishorotning alomatlari bilan, ham Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aga ta'qib ishorati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafziga tavofuq ishorati bilan, ham tashattuti holga va mashaqqatli bir gʻurbatga va parishoniyatga tushgan muallifni, uning ta'lifining barakasidan tasalli va tahammul topishiga va ma'no-i majoziy jihatida, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh lisoni bilan oʻziga duo boʻlgan وَبِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni "Ismi A'zam boʻlgan u Asmo Risolasining barakasi bilan, meni tashattutdan, parishoniyatdan hifz ayla ey Robbim!" ma'nosi; aynan u risola va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan kalom majoziy dalolat va Imom Ali Roziyallohu Anh esa, gʻaybiy ishorat qiladi, deya olamiz. Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiy va asrorli va kelasi zamonga qaraydi va gʻaybiy umuri istiqboliyadan xabar beradi va modomiki Qur'on jihatidan bu asr dahshatli va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu zulmatli asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki sarohat darajasida koʻp ishorat va alomatlar bilan; Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim joyida joylashgan.
Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiq va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh Sirojinnurdan zohir bir suratda xabar berganidan soʻng, ikkinchi darajada, pardali bir tarzda Soʻzlardan, soʻngra Maktublardan, soʻngra Lam'alardan, risolardagi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam ostida quvvatli ishoratlar koʻrsatgan kalom dalolat va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ishorat etganini isbot qilgan. Va modomiki boshda
risolalarning boshi va Birinchi Soʻz boʻlgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi; Qasami Jome'-i Muazzamaning oxirida, risolalarning qismi oxirlari boʻlgan oxirgi Lam'alarga va Shualarga; xususan bir oyati kubro-i tavhid boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Lam'a-i Horiqo-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishoroti Hurufi Qur'oniya va xususan hozircha eng oxirgi Shua va Asoyi Muso kabi zalolatlarning butun ma'naviy sehrlarini yoʻq qila oladigan mohiyatdagi va ma'nodagi Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotgandek bir tarzi ifoda koʻrinyapti. Va modomiki birgina masalada boʻlgan alomatlar va ishoratlar, masalaning vahdati e'tibori bilan bir-biriga quvvat beradi, zaif bir munosabat bilan bir tarashshuh ham manbaiga ilhoq etiladi. Albatta, bu yetti adad asoslarga istinodan deymiz: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh, qandayki mashhur Soʻzlarga tartiblari asosida ishorat qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Lam'alardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan; shuning kabi:
jumlasi bilan Oʻttizinchi Lam'aga, ya'ni mustaqil Lam'alarning eng oxirgisi boʻlgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsin etib qarayapti. Va
kalomi bilan ham Oʻttizinchi Lam'ani ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya risolasini taqdir etib, ishorat bilan tasdiq qiladi.
kalimasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qoʻlida asoyi Muso kabi horiqoli, eng kuchli burhon boʻlgan majmua risolasini sanokorona ramzan koʻrsatyotgandek bir tarzi ifodadan qoʻrqmasdan hukm etamizki: Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham Risola-i Nurdan, ham juda ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilan; ishoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi boʻlsa, ishorat qilingan risolalarga bir marta diqqat bilan qarasin. Insofi boʻlsa, shubhasi qolmaydi deb oʻylayman. Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga ishoratlarning eng goʻzali va latifi; ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan: Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikki martaba-i ta'dadda Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzlarga gʻoyat munosib ismlar bilan; boshda Soʻzlarning boshi boʻlgan Birinchi Soʻzga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozirgi risolalarning oxiriga mohiyatini koʻrsatadigan bittadan loyiq ism berib ishorat qilishi garchi yashirin boʻlsa ham, juda goʻzal va latofatlidir.
Men e'tirof etamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari boʻlish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yoʻq. Faqat kichik ahamiyatsiz bir urugʻdan ulkan togʻ kabi bir daraxtni xalq etish; qudrati Ilohiyaning sha'nidan va odatidan va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni maqtashdan maqsadim, Qur'oning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini tayid va isbot va nashrdir. Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr boʻlsinki; oʻzimni oʻzimga sevdirmagan, nafsimning ayblarini va qusurlarini menga koʻrsatgan va u nafsi ammorani boshqalarga sevdirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi, achinadigan bir ahmoqlikdir va dahshatli bir xasoratdir. Xullas, bu holati ruhiya bilan yolgʻiz haqoiqi iymoniyaning tarjimoni boʻlgan Risola-i Nurning toʻgʻri va haq boʻlganiga latif bir munosabat bildiraman. Shundayki:
Jaljalutiya, Suryoniy tilida badi' degani va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' boʻlgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir mavqe tutib aksar yerlarida tarashshuhoti koʻringanidan, qasidaning ismi unga qaraydi kabi berilgan. Ham hozir anglayapmanki, eskidan beri mening layoqatim boʻlmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi; balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga a'riyatan va omonatan taqilgan. Hozir u omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniy tilida badi' ma'nosida va qasidada takarruriga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan badiulbayon va badiuzzamon boʻlgan Risola-i Nurning; ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorlikni sezdirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning musammosida, Risola-i Nur koʻp yer olgani uchun, haq qozonganini taxmin qilaman.
Sakkizinchi Ramz:
Savol: Butun qiymatli kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishoratiga va iltifotiga va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning taqdir va tahsiniga va Gʻavsi A'zamning (Q.S.) tavajjuh va tabshiriga vajhi ixtisosi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga bu qadar qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?
Aljavob: Ma'lumki, ba'zi paytlar boʻladi, bir daqiqa; bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar va bir soat; bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli boʻladi. Masalan: Bir daqiqada shahid boʻlgan bir odam, bir valoyat qozonadi; va sovuqning shiddatidan muzlab qoladigan paytda va dushmanning dahshati hujumida bir soat soqchilik, bir yil ibodat hukmiga oʻtadi. Aynan shuning kabi: Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham, zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) va shao'iri Ahmadiyaga qilgan taxribotning dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat istioza etgani uchun, ham oʻsha fitnalarning savlatidan moʻ'minlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday muhimki: Qur'on unga quvvatli ishorat bilan iltifot etgan va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh uch karomat bilan unga bashorat bergan va Gʻavsi A'zam (Q.S.) undan karomatkorona xabar berib, tarjimonini tashji' etgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy boʻlgan e'tiqodning istinod qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan boʻlganidan; har moʻ'min, bir oʻzi zalolatning jamoat bilan hujumiga muqovamat ettiradigan gʻoyat quvvatli bir iymoni tahqiqiy lozimki, turib bersin. Risola-i Nur bu vazifani; eng dahshatli bir zamonda va eng luzumli nozik bir vaqtda, harkas tushunadigan bir tarzda; haqoiqi Qur'oniya va iymoniyaning eng chuqur va eng yashirinlarini gʻoyat quvvatli burhonlar bilan isbot qilib; u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, boʻlgan tuman va qishloq va shaharlarida -xizmati iymoniya e'tibori bilan- goʻyo bittadan yashirin qutb kabi, moʻ'minlarning bir bir ma'naviy nuqta-i istinodi boʻlib, bilinmaganlari va koʻrinmaganlari va koʻrishilmaganlari holda, quvva-i ma'naviya-i e'tiqodlari jasur bittadan zobit kabi; ahli iymonning qalblariga quvva-i ma'naviya berib, moʻ'minlarga ma'nan muqovamat va jasorat beradilar.
Agar bir muannid tarafidan: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh bu umum majoziy ma'nolarni iroda qilmagan", deyilsa: aytamiz: Farazan Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh iroda qilmasa, faqat kalomi dalolat qiladi va ishoratlarning quvvati bilan, ishoriy va zimniy dalolat bilan ma'nolarni ichiga dohil qiladi. Ham modomiki u majoziy ma'no va ishoriy mafhumlar haq, toʻgʻri va voqe'ga mutobiq va bu iltifotga loyiq va ishoratlari quvvatli ekan, albatta Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir tavajjuhi farazan boʻlmasa; Jaljalutiya vahiy boʻlish jihatidan haqiqiy sohibi, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ustozi boʻlgan Paygʻambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning kulliy tavajjuhi va ustozining Ustozi Zuljalolining ihotali ilmi ularga qaraydi, iroda doirasiga oladi. Bu xususda qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shuki: Mushkuloti azima ichida, Al-Oyat-ul Kubroning tafsiri akbari boʻlgan Yettinchi Shuani yozishda koʻp zahmat chekkanim uchun, bir qudsiy tasalli va tavshiqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar mukarrar tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordam qilar edi. Risolani tugatgan ayni vaqtimda -hech esimga kelmagan holda- birdan bu karomati Alaviyaning zuhuri menda hech bir shubha qoldirmadiki; bu ham mening imdodimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi, Robbi Rahimning bir inoyatidir. Inoyat esa aldamaydi, haqiqatsiz boʻlmaydi.
Haqiqat Urugʻlari
1- Mariz bir asrning, xasta bir unsurning, aliyl bir a'zoning retsepti; ittibo-i Qur'ondir.
2- Azamatli baxtsiz bir qit'aning, shonli tolesiz bir davlatning, qiymatli sohibsiz bir qavmning retsepti; ittihodi Islomdir.
3- Arzni va barcha nujum va shumusni tasbeh donalari kabi koʻtaradigan va aylantiradigan kuchli bir qoʻlga molik boʻlmagan zot, koinotda da'vo-i xalq va iddi'oyi ijod qilolmaydi. Zero hamma narsa hamma narsa bilan bogʻliqdir.
4- Hashrda barcha zavil arvohning ihyosi; mavt-olud bir navm bilan qishda uvushgan chivinning bahorda ihyo va inshosidan qudratga ogʻir boʻlmaydi. Zero qudrati azaliya zotiya, tagʻayyur eta olmas, ajz taxallul eta olmas, avoiq tadoxul eta olmas. Unda marotib boʻla olmas, hamma narsa unga nisbatan birdir.
5- Chivinning koʻzini xalq etgan, Quyoshni ham u xalq etgan!
6- Burganing me'dasini tanzim etgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tanzim etgan.
7- Koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki; barcha tabiatdagi sabablar, farzi mahol boʻlib muqtadir bittadan foili muxtor boʻlsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib
deydilar.
8- Sabablarga ta'siri haqiqiy berilmagan, vahdat va jalol shunday istaydi. Lekin mulk jihatida sabablar dasti qudratga parda boʻlgan, izzat va azamat shunday istaydi. Toki nazari zohiriyda dasti qudrat mulk jihatidagi umuri xasisa bilan mubashir koʻrinmasin.
9- Mahalli taalluqi qudrat boʻlgan hamma narsadagi malakutiyat jihati shaffofdir, nazihdir.
10- Olami shahodat avolim-ul gʻuyub ustida tantanali pardadir.
11- Bir nuqtani aynan oʻrnida ijod etish uchun butun koinotni ijod etadigan bir qudrati gʻayri mutanohiy lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, xususan zihayot har bir harfining har bir jumlasiga mutavajjih bittadan yuzi, nozir bittadan koʻzi bor.
12- Mashhur voqe'a bor: Odamlar hiloli iydga qarashdi. Lekin hech kim hech narsa koʻrmadi. Keksa odam qasam bilan "Hilolni koʻrdim!" dedi. Holbuki koʻrgani hilol emas, kiprigining taqavvus etgan bir oq qili edi. U qil qayerda? Qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda? Foili tashkili anvo' qayerda?
13- Tabiat bamisoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas!
14- Fitrati zishuur boʻlgan vijdondagi injizob va jazba, bir haqiqati jozibadorning jazbasi bilan boʻladi.
15- Fitrat yolgʻon gapirmaydi. Bir danakdagi mayaloni numuvv: "Men unib chiqaman, meva beraman", deydi. Rost aytadi. Tuxumda bir mayaloni hayot bor. Deydi: "Joʻja boʻlaman". Biiznilloh boʻladi. Rost aytadi. Bir hovuch suv mayaloni injimod bilan: "Koʻproq joy egallayman", deydi. Metin temir uni yolgʻonga chiqarolmaydi; soʻzining toʻgʻriligi temirni parchalaydi. Shu mayalonlar, irodadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylari, jilvalaridir.
16- Chumolini amirsiz, arini ya'subsiz qoldirmagan qudrati azaliya; albatta basharni nabiysiz qoldirmaydi. Olami shahodatdagi insonlarga inshiqoqi Qamar, bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgani kabi, me'roj ham olami malakutdagi maloika va ruhoniyotga qarshi bir moʻ'jiza-i kubro-i Ahmadiya boʻlib; nubuvvatning valoyati bu karomati bahira bilan isbot etilgan va oʻsha taniqli kishi chaqmoq va Qamar kabi malakutda shu'la-fashon boʻlgan.
17- Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohiddir. Birinchisi ikkinchisiga burhoni limmiydir; ikkinchisi birinchisiga burhoni inniydir.
18- Hayot, kasratda bir tur tajalli-i vahdatdir. Shuning uchun ittihodga chorlaydi. Hayot bir narsani hamma narsaga molik qiladi.
19- Ruh, qonuni zivujudi xorijiydir, nomusi zishuurdir. Sobit va doimiy fitriy qonunlar kabi, ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan, qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan. Bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan. Mavjud ruh, ma'qul qonunning qardoshidir. Ikkisi ham doimiy, ham olami amrdan kelganlar. Agar navlardagi qonunlarga qudrati azaliya bir vujudi xorijiy kiydirsaydi, ruh boʻlardi. Agar ruh vujudni chiqarsa, shuurni boshidan tushirsa, yana loyamut bir qonun boʻlardi.
20- Ziyo bilan mavjudot koʻrinadi, hayot bilan mavjudotning borligi bilinadi. Har biri bittadan kashshofdir.
21- Nasroniyat yo intifo yoki istifo etib Islomiyatga qarshi tarki siloh etadi. Nasroniyat bir necha marta yirtildi, protestantlikka keldi. Protestantlik ham yirtildi, tavhidga yaqinlashdi. Takror yirtilishga tayyorlanyapti. Yo intifo topib soʻnadi yoki haqiqiy Nasroniyatning asosini jome' haqoiqi Islomiyani qarshisida koʻradi, taslim boʻladi.
Shu sirri azimga Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom ishorat qilganlarki: "Hazrat Iso nozil boʻlib keladi, ummatimdan boʻladi, shariatim bilan amal qiladi".
22- Jumhuri avomni burhondan ziyoda ma'hazdagi qudsiyat imtisolga yoʻllaydi.
23- Shariatning yuzdan toʻqsoni -zaruriyot va musallamoti diniya- bittadan olmos ustundir. Masoili ijtihodiya-i xilofiya, yuzdan oʻndir. Toʻqson olmos ustun oʻn oltinning himoyasiga berilmaydi. Kitoblar va ijtihodlar Qur'onga durbin boʻlishi kerak, oyna boʻlishi kerak; soya va vakil boʻlmasligi kerak.
24- Har musta'id; nafsi uchun ijtihod qilishi mumkin, tashri' etolmaydi.
25- Bir fikrga da'vat, jumhuri ulamoning qabuliga vobastadir. Boʻlmasa da'vat bid'atdir, rad qilinadi.
26- Inson fitratan mukarram boʻlgani uchun, haqni izlaydi. Ba'zan botil qoʻliga keladi; haq deb oʻylab qoʻynida saqlaydi. Haqiqatni qazar ekan, ixtiyorsiz zalolat boshiga tushadi; haqiqat deb oʻylab boshiga kiydiradi.
27- Biri-biridan ashaff va altaf, qudratning koʻp oynalari bor; suvdan havoga, havodan efirga, efirdan olami misolga, olami misoldan olami arvohga, hatto zamonga, fikrga tanavvu' etadi. Havo oynasida bir kalima millionlab kalimot boʻladi. Qalami qudrat, shu sirri tanosulni ajib istinsoh etadi. In'ikos, yo huviyatni yoki huviyat bilan mohiyatni saqlaydi. Kasifning timsollari bittadan mayyiti mutaharrikdir. Bir ruhi nuroniyning oynalaridagi timsollari, bittadan hayyi murtabitdir; ayni boʻlmasa ham, gʻayri ham emas!
28- Shams harakati mihraviyasi bilan silkinsa, mevalari toʻkilmaydi; silkinmasa, yemishlari boʻlgan sayyorot tushib tarqaladi.
29- Nuri fikr, ziyo-i qalb bilan yorishib mazj boʻlmasa, zulmatdir, zulm joʻsh uradi. Koʻzning muzlim nahori abyozi, muzii {(Hoshiya) Maoli: Koʻzning kunduzga oʻxshagan oqi, kechaga oʻxshagan qoraligi bilan birga boʻlmasa, koʻz koʻz boʻlmaydi.} layla-i suvaydo bilan mazj boʻlmasa, basarsiz boʻlgani kabi, fikrati bayzoda suvaydo-i qalb boʻlmasa, basiratsizdir.
30- Ilmda iz'oni qalb boʻlmasa, jahldir. Iltizom boshqa, e'tiqod boshqadir.
31- Botil narsalarni yaxshigina tasvirlash, sof zehnlarni izloldir.
32- Olimi murshid qoʻy boʻlishi kerak; qush boʻlmasligi kerak. Qoʻy qoʻzisiga sut; qush bolasiga qayt beradi.
33- Bir narsaning vujudi, barcha ajzosining vujudiga vobastadir. Adami esa, bir juzining adami bilan boʻlgani uchun; zaif odam iqtidorini koʻrsatish uchun taxrib tarafdori boʻladi, musbat oʻrniga manfiy tarzda harakat qiladi.
34- Dasotiri hikmat, navomisi hukumat bilan; qavonini haq, ravobiti quvvat bilan imtizoj etmasa, jumhuri avomda musmir boʻlolmaydi.
35- Zulm boshiga adolat kulohini oʻtkazgan; xiyonat hamiyat libosini kiygan; jihodga bagʻy ismi taqilgan; asoratga hurriyat nomi berilgan. Azdod suratlarini mubodala etgan!
36- Manfaat ustida aylangan siyosat, jonivordir!
37- Och jonivorga qarshi tahabbub; marhamatini emas, ishtahasini ochadi. Hamda tish va tirnogʻining kirosini ham istaydi.
38- Zamon koʻrsatdiki: Jannat arzon emas, Jahannam ham luzumsiz emas.
39- Dunyoda xoslar deb tanilgan insonlardagi maziyat, sababi tavozu va mahviyat ekan; tahakkum va takabburga sabab boʻlgan. Kambagʻallarning ojizligi, avomning faqirligi sababi marhamat va ehson ekan; asorat va mahkumiyatlariga munjar boʻlgan.
40- Bir narsada mahosin va sharaf hosil boʻlgan sari, xoslarga peshkash qiladilar; sayyiot boʻlsa, avomga taqsim qiladilar.
41- Gʻoya-i xayol boʻlmasa yoxud nisyon yoki tanosiy etilsa; azhon analarga aylanib atrofida aylanadi.
42- Barcha ixtilolot va fasodning asl ma'dani va barcha axloqi razilaning muharrik va manbai ikki kalimadan iborat:
Birinchi Kalima: "Men toʻq boʻlsam, boshqalar ochlikdan oʻlsa, menga nima!"
Ikkinchi Kalima: "Istirohatim uchun zahmat chek; sen ishla, men yey".
Birinchi kalimaning ildizini kesadigan yagona davosi bor, u ham vujubi zakotdir.
Ikkinchi kalimaning davosi, hurmati ribodir. Adolati Qur'oniya olam eshigida turib, riboga: "Mumkin emas, kirishga haqqing yoʻq!" deydi. Bashar bu amrni tinglamadi, katta ta'zir yedi. Yanada mudhishini yemasdan, quloq solishi kerak!..
43- Davlatlar, millatlar muhorabasi; tabaqoti bashar muhorabasiga tarki mavqe etyapti. Zero bashar asir boʻlishni istamagani kabi, ajir boʻlishni ham istamaydi.
44- Tariqi gʻayri mashru' bilan bir maqsadni ta'qib etgan, koʻpincha maqsudining ziddi bilan jazo koʻradi. Ovrupa muhabbati kabi gʻayri mashru' muhabbat oqibatining mukofotlari, mahbubning gʻaddorona adovatidir.
45- Moziyga, masoibga qadar nazari bilan va mustaqbalga, ma'osiyga taklif nuqtasida qarash lozim. Jabr va I'tizol bu yerda kelishadilar.
46- Chorasi boʻlgan narsada ajzga, chorasi boʻlmagan narsada jaz'ga iltijo qilmaslik kerak.
47- Hayotning yarasi iltiyom topadi. Izzati Islomiyaning va nomusning va izzati milliyaning yaralari juda chuqurdir.
48- Shunday payt boʻladiki; bir kalima bir qoʻshinni xarob qiladi, bir oʻq oʻttiz millionning mahv boʻlishiga sabab boʻladi. {(Hoshiya) Bir serb askarining Avstriya Valiaxdiga otgan bir oʻqi; eski harbi umumiyni portlatdi, oʻttiz million nufusning mahv boʻlishiga sabab boʻldi.} Shunday sharoitda; kichik bir harakat insonni a'loyi illiyinga chiqaradi va shunday hol boʻladiki; kichik bir fe'l insonni asfali sofiliynga tushiradi.
49- Bir dona sidq bir xirmon yolgʻonni yoqadi. Bir dona haqiqat bir xirmon xayolotga murajjahdir.
Har soʻzing toʻgʻri boʻlishi kerak; lekin har toʻgʻrini aytish, toʻgʻri emas.
50- Goʻzal koʻrgan goʻzal fikrlaydi. Goʻzal fikrlagan, hayotidan lazzat oladi.
51- Insonlarni jonlantirgan umiddir; oʻldiruvchi umidsizlikdir.
52- Qadimdan beri i'loyi Kalimatulloh va baqo-i istiqloliyati Islom uchun farzi kifoya-i jihodni boʻyniga olish bilan oʻzini yakvujud boʻlgan olami Islomga fido qilishga vazifador va xilofatga bayroqdor koʻrgan bu davlati Islomiyaning falokati; olami Islomning saodat va hurriyati mustaqbalasi bilan talofiy etiladi. Zero shu musibat, moya-i hayotimiz boʻlgan uxuvvati Islomiyaning inkishofini horiquloda ta'jil etdi.
53- Xristianlikning moli boʻlmagan mahosini madaniyatni unga mol qilish va Islomiyatning dushmani boʻlgan tadanniyni unga doʻst koʻrsatish, falakning teskari aylanishiga dalildir.
54- Ustini kir qoplagan mislsiz olmos doim mujallo shishadan murajjahdir.
55- Hamma narsani moddada qidirganlarning aqllari koʻzlaridadir, koʻz esa ma'naviyatda koʻrdir.
56- Majoz ilmning qoʻlidan jahlning qoʻliga tushsa, haqiqatga inqilob qiladi; xurofotga eshik ochadi.
57- Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson, ehson emas. Hamma narsani boricha tavsif etish kerak.
58- Shuhrat, insonning moli boʻlmaganni ham insonga mol qiladi.
59- Hadis, ma'dani hayot va mulhimi haqiqatdir.
60- Ihyo-i din, ihyo-i millatdir. Hayoti din, nuri hayotdir.
61- Navi basharga rahmat boʻlgan Qur'on; faqat umumning, loaqal aksariyatning saodatini tazammun etgan madaniyatni qabul qiladi. Madaniyati hozira besh manfiy asos ustiga taassus etgan:
1- Nuqta-i istinodi, quvvatdir. U esa, sha'ni tajovuzdir.
2- Hadafi qasdi, manfaatdir. U esa, sha'ni, tazohumdir.
3- Hayotda dasturi, jidoldir. U esa, sha'ni, tanozu'dir.
4- Jamoatlar mobaynidagi robitasi, boshqani yutish bilan oziqlanuvchi unsuriyat va manfiy milliyatdir. U esa, sha'ni mudhish tasodumdir.
5- Jozibador xizmati, havo va havasni tashji' va orzularini qondirishdir. U havo esa, insonning masxi ma'naviysiga sababdir.
Shariati Ahmadiya (S.A.V.) tazammun etgan va amr etgan madaniyat: Nuqta-i istinodi, quvvat oʻrniga haq boʻlib; sha'ni adolat va tavozundir. Hadafi, manfaat oʻrniga fazilat boʻlib, sha'ni muhabbat va tajozubdir. Jihat-ul vahdat esa, unsuriyat va milliyat oʻrniga, robita-i diniy va vataniy va sinfiy boʻlib; sha'ni samimiy uxuvvat va musolamat va xorijning tajovuziga qarshi faqat tadofu'dir. Hayotda dasturi jidol oʻrniga dasturi taovun boʻlib; sha'ni ittihod va tasonuddir. Havo oʻrniga huda boʻlib, sha'ni insoniyatan taraqqiy va ruhan takomuldir.
Mavjudiyatimizning homiysi boʻlgan Islomiyatdan qoʻlingni tortma, toʻrt qoʻl bilan yopish, boʻlmasa mahv boʻlasan.
62- Musibati omma, aksariyatning xatosidan tarattub etadi. Musibat; jinoyatning natijasi, mukofotning muqaddimasidir.
63- Shahid oʻzini hayy deb biladi. Fido qilgan hayotini sakarotni totmagani uchun, gʻayri munkati' va boqiy holda koʻradi. Lekin yanada nazih deb biladi.
64- Adolati mahza-i Qur'oniya; bir ma'sumning hayotini va qonini, hatto umum bashar uchun boʻlsa ham, hadar etmaydi. Ikkisi nazari qudratda bir boʻlgani kabi, nazari adolatda ham birdir. Xudgamlik bilan, shunday inson boʻlib; ehtirosiga mone hamma narsani, hatto qoʻlidan kelsa, dunyoni xarob va navi basharni mahv etishni istaydi.
65- Xavf va za'f, ta'siroti xorijiyani tashji' etadi.
66- Muhaqqaq foyda mavhum mazarrotga fido qilinmaydi.
67- Hozirgi Istanbulning siyosati, Ispanyol xastaligi kabi bir xastalikdir.
68- Telba odamga "Yaxshisan, yaxshisan" deyilsa yaxshilanishi, yaxshi odamga "yomonsan, yomonsan" deyilsa yomonlashishi nodir emas.
69- Dushmanning dushmani, dushman qolguncha doʻstdir; dushmanning doʻsti, doʻst qolguncha dushmandir.
70- Inodning ishi; shayton biriga yordam bersa; "Malak" deydi, rahmat aytadi; muxolifida malak koʻrsa, "libosini oʻzgartirgan shayton" deydi, la'nat aytadi.
71- Bir dardning darmoni, boshqa dardga zahar boʻlishi mumkin. Bir darmon haddidan oshsa, dard keltiradi.
72-
73. Jamoatda vohidi sahih boʻlmasa, qoʻshish va orttirish, kasrda koʻpaytirish kabi kichraytiradi.
{(Hoshiya) Hisobda ma'lumki; koʻpaytirish va qoʻshish sonlarni ziyodalashtiradi. Toʻrt karra toʻrt, oʻn olti boʻladi. Faqat kasrlarda koʻpaytirish va qoʻshish, aksincha kichraytiradi. Sulusni sulus bilan koʻpaytirish, tusu' boʻladi; ya'ni, toʻqqizdan bir boʻladi. Aynan shuning kabi, insonlarda sihat va istiqomat bilan vahdat boʻlmasa; koʻpaygan sari kichrayadi, buzuq boʻladi, qiymatsiz boʻladi.}
74. Adami qabul, qabuli adam bilan iltibos etiladi. Adami qabul; adami dalili subut, uning dalilidir. Qabuli adam, dalili adam istaydi. Biri shak, biri inkordir.
75- Iymoniy masalalarda shubha bir dalilni, hatto yuz dalilni otsa ham, madlulga iyrosi zarar qilolmaydi. Chunki minglab dalil bor.
76- Savodi a'zamga ittibo etish kerak. Aksariyatga va savodi a'zamga tayangan vaqti, loqayd Ummaviylik oxiri Ahli Sunnat jamoatiga kirdi. Son jihatidan kam boʻlgan salobatli Alaviylik eng oxiri oz bir qismi Rofiziylikka tayandi.
77- Haqda ittifoq, ahaqda ixtilof boʻlganidan, ba'zan haq ahaqdan ahaqdir; hasan ahsandan ahsandir. Har kim oʻz maslagini "Huva haq" deyishi kerak, "Huval haq" demasligi kerak. Yoki "Huva hasan" deyishi kerak, "Huval hasan" demasligi kerak.
78- Jannat boʻlmasa, Jahannam ta'zib etmaydi.
79- Zamon keksaygan sari, Qur'on yosharib boryapti; rumuzi tavazzuh etyapti. Nur nor koʻringani kabi; ba'zan shiddati balogʻat ham mubolagʻa koʻrinadi.
80- Haroratdagi marotib, burudatning taxalluli bilandir; husndagi darajot, qubhning tadoxuli bilandir. Qudrati Azaliya zotiyadir, lozimadir, zaruriyadir; ajz taxallul etolmaydi, marotib boʻlolmaydi, hamma narsa unga nisbatan musoviydir.
81- Shamsning fayzi tajalliysi boʻlgan timsoli, dengizning sathida va dengizning qatrasida ayni huviyatni koʻrsatadi.
82- Hayot, jilva-i tavhiddandir, muntahosi ham vahdat kasb etadi.
83- Insonlarda valiy, Jumada daqiqa-i ijoba, Ramazonda Layla-i Qadr, Asmo-i Husnada Ismi A'zam, umrda ajal majhul qolar ekan; boshqa afrod ham qiymatdor qoladi, ahamiyat beriladi. Yigirma yillik mubham bir umr oxiri muayyan ming yillik umrdan murajjahdir.
84- Dunyoda ma'siyatning oqibati, i'qobi uxroviyga dalildir.
85- Rizq, hayot qadar qudrat nazarida ahamiyatlidir. Qudrat chiqaradi, qadar kiydiradi, inoyat oziqlantiradi. Hayot; muhassali mazbutdir, koʻrinadi. Rizq; gʻayri muhassal, tadrijiy muntashirdir, oʻylatadi. Ochlikdan oʻlish yoʻq. Zero badanda shahm va boshqa koʻrinishda iddixor boʻlgan gʻido tugamasdan avval oʻladi. Demak, tarki odatdan nash'at etgan maraz oʻldiradi; rizqsizlik emas.
86- Akl-ul lahm yirtqichlarning halol rizqlari, hayvonotning hadsiz janozalaridir; ham roʻyi zaminni tozalaydilar, ham rizqlarini topadilar.
87- Bir luqma bir kurush, boshqa bir luqma oʻn kurush. Ogʻizga kirmasdan va tomoqdan oʻtgandan keyin birdirlar. Faqat bir necha soniya ogʻizda bir farq bor. Mufattish va darvozabon boʻlgan quvva-i zoiqani taltif va mamnun etish uchun birdan oʻnga ketish, isrofning eng safihidir.
88- Lazoiz chaqirgan sari, "yegandek boʻldim" deyish kerak. "Yegandek boʻldim"ni dastur qilgan odam; "Yegandek boʻldim" nomli bir masjidni yeyishi mumkin edi, yemadi.
89- Avvallari aksar musulmonlar och emas edi, taraffuhga ixtiyor bor edi. Hozir esa och, talazzuzga ixtiyor yoʻq!
90- Muvaqqat lazzatdan ziyoda muvaqqat alamga tabassum qilish kerak; xush kelding deyish kerak. Oʻtib ketgan lazoiz "eh afsus" dediradi. "Eh!" mustatir alamning tarjimonidir. Oʻtgan alom "oh!" dediradi. U "Oh!" muzmar bir lazzat va ne'matning muxbiridir.
91- Nisyon ham bir ne'matdir. Faqat har kunning alamlarni chektiradi, mutarokimni unuttiradi.
92- Daraja-i harorat kabi, har bir musibatda bir daraja-i ne'mat bor. Yanada kattasini oʻylab, kichikdagi daraja-i ne'matni koʻrib, Allohga shukr qilishi kerak! Boʻlmasa isti'zom bilan puflansa, shishadi; maroq etilsa, ikkilashadi; qalbdagi misoli, xayoli haqiqatga inqilob etadi.. u ham qalbni kaltaklaydi.
93- Har bir odamga, hay'ati ijtimoiyada koʻrish va koʻrinish uchun martaba deyilgan derazasi bor. U deraza qomati qiymatidan yuksak boʻlsa, takabbur bilan tatovul etadi; agar qomati qiymatidan past boʻlsa, tavozu bilan taqavvus etadi va egiladi... toki, oʻsha saviyada koʻrsin va koʻrinsin. Insonda buyuklikning miqyosi; kichiklikdir, ya'ni tavozudir. Kichiklikning mezoni; buyuklikdir, ya'ni takabburdir.
94- Zaifning qoviyga qarshi izzati nafsi, qoviyda takabbur boʻladi; qoviyning zaifga qarshi tavozui, zaifda talazzuz boʻladi. Bir ulul amrning maqomidagi jiddiyati viqordir; mahviyati, zillatdir.. xonasidagi jiddiyati, kibrdir; mahviyati tavozudir. Shaxs mutakallimi vahda boʻlsa, musomahasi va fidokorligi amali solihdir; mutakallimi ma'algʻayr boʻlsa, xiyonatdir, amali tolihdir. Bir shaxs oʻz nomidan hazmi nafs qiladi, tafoxur qilolmaydi; millat nomidan tafoxur qiladi, hazmi nafs qilolmaydi.
95- Tartibi muqaddamotda "tafviz" tanballikdir; tarattubi natijada tavakkaldir. Samara-i sa'yingga va qismatingga rizo; qanoatdir, mayli sa'yni quvvatlantiradi. Boriga iktifo, duni himmatlikdir.
96- Avomiri shar'iyaga qarshi itoat va isyon boʻlgani kabi, avomiri takviniyaga qarshi ham itoat va isyon bor. Birinchisida mukofot va mujozotning aksari oxiratda; ikkinchisinikining, agʻlabi dunyoda beriladi. Masalan: Sabrning mukofoti zafardir, atolatning mujozoti safolatdir, sa'yning savobi sarvatdir, sabotning mukofoti gʻalabadir. Musavotsiz adolat, adolat emas.
97- Tamosul tazodning sababi, tanosub tasonudning asosi, sigʻari nafs takabburning manbai, za'f gʻururning ma'dani, ajz muxolafatning mansha'i, maroq ilmning ustozidir!
98- Qudrati Fotira ehtiyoj bilan, xususan ochlik ehtiyoji bilan, boshda inson butun hayvonotni jilovlab, nizomga solgan. Ham olamni harju-marjdan xalos qilib, ham ehtiyojni madaniyatga ustoz qilib, taraqqiyotni ta'min etgan!
99- Siqilish, safohatning muallimidir. Ya's, zalolati fikrning, zulmati qalb, ruh siqilishining manbaidir.
100-
Bir majlisi ixvonga goʻzal bir ayol kirsa; riyo, raqobat, hasad tuygʻusi intiboh etadi. Demak, inkishofi nisvondan, madaniy basharda axloqi sayyia inkishof etadi.
101- Basharning hozirgi sayyiot-olud dargʻazab ruhida mutabassim kichik janozalar boʻlgan suratlarning roli ahamiyatlidir.
102- Mamnu' haykal; yo bir zulmi mutahajjir, yo bir havasi mutajassim yoki bir riyo-i mutajassiddir.
103- Islomiyatning musallamotini tamoman imtisol etsa, bihaqqin doira-i dohiliga kirgan zotda; mayl-ut tavsi', mayl-ut takammuldir. Loqaydlik bilan xorijda sanalgan zotda mayl-ut tavsi', mayl-ut taxribdir. Boʻron va zilzila paytida; ijtihod eshigini ochish tugul, balki derazalarini ham berkitish foydadir. Laubalilar ruxsatlar bilan erkalanmaydi; azimatlar bilan, shiddat bilan iqoz etiladi.
104- Bechora haqiqatlar, qiymatsiz qoʻllarda qiymatsiz boʻladi.
105- Kuramiz hayvonga oʻxshaydi, osori hayot koʻrsatadi. Ajabo, tuxum qadar kichraysa, bir navi hayvon boʻlmaydimi? Yoki bir mikrob kuramiz qadar kattalashsa, unga oʻxshamaydimi? Hayoti boʻlsa, ruhi ham bor. Olam inson qadar kichraysa, yulduzlari zarrot va javohiri fardiya hukmiga oʻtsa; u ham bir hayvoni zishuur boʻlmaydimi? Allohning bundayin koʻp hayvonlari bor.
106- Shariat ikki xildir:
Birinchisi: Olami asgʻar boʻlgan insonning af'ol va ahvolini tanzim etgan va sifati kalomdan kelgan biz bilgan shariatdir.
Ikkinchisi: Insoni akbar boʻlgan olamning harakot va sakanotini tanzim etgan, sifati irodadan kelgan shariati kubro-i fitriyadirki; ba'zan yanglish oʻlaroq tabiat deb nomlanadi. Maloika bir ummati azimadirki, sifati irodadan kelgan va shariati fitriya deyilgan avomiri takviniyasining hamalasi va mumassili va mutamassillaridir.
107-
108- Moddiyunlik ma'naviy vabo boʻlib, basharga bu mudhish bezgakni tuttirdi, gʻazabi Ilohiyga duchor qildi. Talqin va tanqid qobiliyati tavassu' etgan sari, u vabo ham tavassu' etadi.
109- Eng badbaxt, eng muztarib, eng muammoli; ishsiz odamdir. Zero atolat adamning jiyanidir; sa'y, vujudning hayoti va hayotning yaqazosidir.
110- Riboning idish va eshiklari boʻlgan banklarning foydasi; basharning yomoni boʻlgan gʻavurlarga va ularning eng zolimlariga va bularning eng safihlarigadir. Olami Islomga zarari mutlaqdir; mutlaq basharning rafohi nazarga olinmaydi. Chunki gʻavur harbiy va mutajoviz boʻlsa, hurmati yoq va ismatsizdir.
111- Jumada xutba; zaruriyot va musallamotni tazkirdir, nazariyotni ta'lim emasdir. Ibora-i Arabiya yanada uyviy ixtor etadi. Hadis bilan oyat muvonaza qilinsa, koʻrinadiki; basharning eng baligʻi ham oyatning balogʻatiga yetisholmaydi, unga oʻxshamaydi.
[Madina-i Munavvarada boʻlgan muhim bir olimning Risola-i Nur haqida yozgan bir manzumasidir.]
Koʻngillar Fotihi Buyuk Ustozga
Nuri ila butun koʻnglimni fath aylagan ustoz
Koʻnglim sizni, qudsiy hayajonlar ila etar yod
Ilhomimga jon keldi baroat xabaring ila
Moʻ'minlarni shod aylagan yuksak zafaring ila
Shilindi ufuqlardan u zim-ziyo bulutlar
Koʻklarda malaklar, bu buyuk bayramni qutlar
Millionlarning iymonini qutqardi jihoding
Gur-gur yonar iymonli koʻngillardagi yoding
Joʻshtirmoqda iymonlarni, minglab vajizang
Tarixini qudsiy hayajonlar bilan suzarkan
Ilhomimni mast etdi tajallo-i jamoling
"Fotih" kabi rahbarlarni eslatmoqda holing
Togʻlar kabi tebranmading eng qoʻrquvli kunlarda
Har oniy oʻlimlar toʻla tazyiqning oʻngida
Dunyolarga dahshat soladi sendagi iymon
Metin iymoningga dushman ham hayron
Rahbar senga zero "Ulugʻ Paygʻambarimiz"dir
Oʻlmas asaring: Yoshlarga koʻrsatganing izdir
Qur'oni Karimning azaliy fayziga yetding
Insoniyatga iymon va kamol darsini berding
Ey boshlarga Jannatlarning ufqidan tushgan toj
Olam sening irfoningga, irshodingga muhtoj
Daryo kabi nurlar tashiydi har asaridan
"Alloh"ga ketgan Nurchilarning rahbarisan sen
Millionlarni daryo kabi joʻshtirmoqda "Soʻzlar"
Jannatdagi olamlarni sayr etmoqda koʻzlar
Hikmat toʻla har jumlada, Qur'ondagi nur bor
Har lam'ada ming bir quyoshning shu'lasi joʻsh urar
"Nur yoʻlchisi" insoniyatga oʻrnak boʻlajakdir
Qudsiy hayajonlar ila koʻngillar toʻlajakdir
Mafkurasi kundan kunga yetishganda kamolga
Gʻarq boʻlmoqda ich olami, eng shirin visolga
Joʻshganda dengizlar kabi qalbidagi iymon
Ming darsi haqiqat beradi ruhiga Qur'on
Erkindir Islomni oʻragan tahlikalardan
Davosi toza chunki siyosiy dogʻlardan
Har hamlasining quvva-i qudsiyasi bordir
Vijdonlarni mast aylagan ulviy ovozi bordir
Ishqning azaliy siriga yetishdikcha koʻngillar
Yer-yer bezatar ufqini savdo toʻla ranglar
Bir oʻlkani boshdan oxir fath aylading, ey Nur
Nuring boʻlajakdir butun insoniyatga dastur
Qur'on seni dastaklaydi moʻ'jizalar ila
Ey shonli koʻngil fotihi hech turmasdan oldinla
Tarixi hayoting toʻladir horiqolar ila
Hech soʻnmasdan olamda quyoshlar kabi porla
Manzuma-i Shamsiyani tamsil etyapsan
Haybatli fazolarda tezlik olib ketyapsan
Iymonli nasllar seni ta'qib etajakdir
Yillarcha, asrlarcha orqangdan ketajakdir
Tarixni osharkan sen u iymon toʻla tezlik ila
Millionlarni oshgan butun avlodlaringiz ila
Birdan ochilar ruhimga asrorli bir olam
Vasf eta olmas ishqimni she'rimdagi nolam!
[Bu maktub oʻn ikki yil avval yozilgan va Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy majmuasida kiritilgan bir maktubdan bir parchadir.
Bu maktub Risola-i Nurning bu vatan va millatga qozontirgan buyuk va juda muqaddas ikki natijani bayon etishi, filhaqiqa aynan bu ikki natijaning tazohuri va bu mamlakatda va olami Islomda koʻrilgani sababli juda ahamiyatlidir.]
Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskori boʻlgani uchun hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuot olami bilan tazohurhni boshlash, dars berish zamoni keldi yoki keladi deb oʻylayman.
U dahshatli baloning biri: Xristian Dinini magʻlub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan, shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-i Nur bir saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajaradi.
Ikkinchisi: Olami Islomning bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda shiddatli e'tiroz va ittihomlarini izola etish uchun matbuot lisoni bilan gapirish lozim kelgan deya qalbimga ixtor etildi.
Men dunyoning holini bilmayman, faqat Ovrupada istilokorona hukm qilgan va adyoni samoviyaga tayanmagan dahshatli jarayonning istilosiga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari bir qal'a boʻlgani kabi, olami Islomning va Osiyo Qit'asining holi hozirdagi e'tiroz va ittihomini izola va eskidagi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila boʻlgan bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir.
Bu mamlakatning vatanparvar siyosiylari tez aqlini boshiga olib Risola-i Nurni chop etib rasman nashr etishlari lozimki, bu ikki baloga qarshi qalqon boʻlsin.
Ajabo, bu yigirma yil mobaynida iymoni tahqiqiyni juda quvvatli bir suratda bu vatanda nashr etgan Risola-i Nur boʻlmasaydi; bu dahshatli asrda, ajib inqilob va infiloqlarda bu muborak vatan Qur'onini va iymonini dahshatli zarbalardan toʻliq muhofaza qila olarmidi?
Mundarija-i Maktubot
Toʻrt savolning javobidir.
BIRINCHI SAVOL: Hazrat Hizrning hayoti haqida va u munosabat bilan hayotning besh martabasini gʻoyat goʻzal va muqni' bir tarzda bayon qiladi.
IKKINCHI SAVOL: اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ oyatidagi mavtni ne'mat suratida va maxluq boʻlganining sirrini gʻoyat goʻzal suratda isbot qiladiki, mavt ham hayot kabi bir ne'mat va hayot kabi maxluqdir.
UCHINCHI SAVOL: "Jahannam qayerda?" javobida gʻoyat ma'qul bir suratda oʻrnini bayon qiladi va koʻrsatadi. Jahannami Sugʻro va Kubroni tafriq qilib, fanniy bir tarzda va mantiqiy suratda isbot qilish bilan birga; oxiratda gʻoyat muhtasham va porloq bir suratda azamat va rububiyati Ilohiyaning bir sirri azimini va Jahannami Kubroning bir hikmati xilqatini koʻrsatgani kabi; Jannat va Jahannam shajara-i xilqatning ikki mevasi va silsila-i koinotning ikki natijasi va sayli shuunotning va mahsuloti ma'naviya-i Arziyaning ikki mahzani, lutf va qahrning ikki tajalliygohi boʻlganini koʻrsatadi.
TOʻRTINCHI SAVOL ning javobida; mahbublarga boʻlgan ishqi majoziy ishqi haqiqiyga inqilob etgani kabi, ulkan dunyoga qarshi insonning ishqi majoziysi ham, sirri iymon bilan maqbul bir ishqi haqiqiyga inqilob eta olishini gʻoyat goʻzal va ishontiradigan suratda isbot qiladi.
Bu zamonda zarurat boʻlmasdan, irshodi nosga va nashri dinga harakat qilganlarning sadaqalarni va hadyalarni qabul qilmasliklari lozim boʻlganining sirrini toʻrt sabab bilan bayon qiladi.
oyati bilan
oyati kabi insonlardan istigʻno haqidagi oyatning muhim bir sirrini tafsir qiladi. Va ilm va dinni nashrga harakat qilgan insonlar mumkin qadar istigʻno va qanoat bilan harakat qilmasa; ham ahli zalolatning ittihomiga hadaf boʻladi, ham izzati ilmiyani muhofaza qilolmaydi. Ham salohat va nashri din kabi umuri uxroviyaga muqobil hadyalarni olish, oxirat mevalarini dunyoda foniy bir suratda yeyish deganidir.
qasami va ondidagi ulviy bir nuri i'joziyni va
oyatining tashbehidagi porloq bir lam'a-i i'joziyani va
oyatida Kura-i Arzni fazo-i koinotda suzgan bir safina-i Rabboniya ekanini koʻrsatgan porloq bir haqiqatni tasvirlab, Kura-i Arzdan Jahannamga koʻchish uchun ahli zalolatning sayohatini va butun ashyo birgina zotga isnod etilsa, vujub darajasida suhulat va osonlik ekanini; ashyoning ijodi mutaaddid sabablarga isnod etilsa, imtino' darajasida bir suubat va mushkulot ekanini gʻoyat goʻzal va muqni' va muxtasar suratda bayon qilib ikki nukta-i muhimma-i i'joziyani tafsir qiladi.
oyatining bir sirri Risola-i Nur haqida tajalliy etganini bayon qiladi.
Ham:
Tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark"
dasturiga muqobil, ajz-mandiy tariqida juda muhim bir dasturni bayon qiladi.
Va
oyatining bir sirrini; she'rga oʻxshash faqat she'r boʻlmagan, muntazam faqat manzum boʻlmagan, gʻoyat porloq faqat xayol boʻlmagan, yulduzlarni gapirtirgan yulduznoma bilan tafsir qiladi.
Shariatning bir xodimi va bir vasilasi boʻlgan tariqatga mansub ba'zi kishilarning tariqatga koʻp ahamiyat berib unga qanoat qilib haqoiqi iymoniyaning nashrida tanballik va loqaydlik koʻrsatganlari munosabati bilan yozilgan. Va valoyatning uch qismini bayon qilib, eng muhim tariqat boʻlgan valoyati kubro, sirri varosat bilan Sunnati Saniyaga ittibo va nashri haqoiqi iymoniyada ihtimom ekanini isbot qiladi. Va tariqatlarning eng muhim gʻoyasi va foydasi va muntahosi boʻlgan inkishofi haqoiqi iymoniya, Risola-i Nur bilan ham boʻla olishini va Risola-i Nurning parchalari u vazifani tariqat kabi, faqat yanada qisqa bir zamonda bajarganini koʻrsatadi.
oyatlarining bir sirrini, bir biri ichida his etilgan besh navi hazin gʻurbatlar zulmatida nuri iymon va fayzi Qur'on va lutfi Rahmondan kelgan nuri tasallini bayon qilib u sirni tafsir qiladi. Bu maktub eng qattiq qalbni ham yigʻlatadigan darajada riqqatlidir. Va eng ma'yus va mukaddar qalbni ham sevintiradigan darajada nurlidir.
Munofiqlarning ittihomidan baroati Nabaviya haqida kelgan
oyatlarining muhim sirrini tafsir qiladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kasrati izdivoji nafsoniy boʻlmaganini; balki aqvol va af'ol kabi, ahvol va atvoridan tazohur etgan ahkomi shariatga vosita boʻlish uchun xususiy doirasida ziyoda shogirdlari boʻlishidir. Va Hazrat Zaynabga tazavvujlari, faqat amri Ilohiy va qadari Rabboniy bilan boʻlganini bayon qiladi. Eski zamon munofiqlari kabi, yangi zamon zindiqlarining tanqidlarini qat'iy bir suratda sindiradi.
degan Hazrat Yoqub Alayhissalomning Hazrat Yusuf Alayhissalomga hissi ishq boʻlmaganini, balki ulviy bir martaba-i shafqat boʻlganini va shafqat ishqdan juda yuksak va keskinligini va ismi Rahmon va ismi Rahimning vasilasi shafqat ekanini bayon qilib بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning goʻzal bir sirrini, فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ning porloq bir nuktasini tafsir qiladi.
Karomat va ikrom va inoyat va istidrojga doir muhim qoidani bayon qiladi. Karomatning izhori zarar boʻlgani kabi, ikromning izhori shukr ekanini va eng salomatli karomat esa, bilmasdan mazhar boʻlish ekanini va haqiqiy karomat, oʻz nafsiga emas, balki Robbiga e'timodini ziyodalashtirgan karomat ekani va aksincha istidroj ekanini; ham hayoti dunyoviyani baxtiyorona oʻtkazishning chorasi, oxirat uchun berilgan hissiyoti shadidani dunyoning foniy ishlariga sarf etmaslik kerakligi va ishqning majoziy va haqiqiy ikki navi borligi; hirs va inod va andisha-i istiqbol kabi hissiyoti shadidaning ham, majoziy va haqiqiy ikki qismi borligini; majoziysi gʻoyat zararli va sui axloqqa mansha' va haqiqiysi gʻoyat foydali va husni axloqqa dastak boʻlganini isbot qiladi.
Ham Islom va iymonning muhim bir farqini bayon qiladi. Ya'ni: Islomiyat, haqqa tarafgirlik va iltizomdir; iymon esa, haqni iz'on va tasdiqdir. Yigirma yil avval dinsiz musulmon boʻlgani kabi, hozir gʻayri muslim moʻ'min mavjudligi koʻringanini koʻrsatadi.
Ham Risola-i Nur parchalari qay daraja shiddatli suratda Islomiyatga tarafgirlik hissini berganini va arkoni iymoniyani qay daraja quvvatli va qat'iy isbot qilganini bayon qiladi.
Ikki savolning javobidir.
oyatlarining bir sirrini tafsir qiladi. "Imomi Mubin", "Kitobi Mubin" nimadan iborat boʻlganini bayon qiladi.
IKKINCHI SAVOL: "Maydoni Hashr qayerda?" javobida gʻoyat ma'qul va muhim va porloq bir javob beradi.
Toʻrtta alohida-alohida mabhasdir. Bu toʻrt masala bir-biridan uzoq boʻlganidan, bu maktub tarqoq koʻrinadi. Bu tarqoq maktub munosabati bilan qardoshlarimga ixtor etamanki:
Bu kichik maktublarni xususiy suratda, xususiy ba'zi qardoshlarimga yozgan edim. Katta maktublar maydonga chiqqandan soʻng, kichiklar ham umumning nazariga koʻrsatilishi lozim boʻldi. Holbuki tanzimsiz, mushavvash bir suratda edilar. Ular qanday hol bilan yozilgan boʻlsa, shunday qolishi lozim edi. Keyinchalik tasxix va tanzim etishga ma'zun emasmiz! Xullas, bu Oʻn Birinchi Maktub tarqoq suratda, bir-biridan juda uzoq toʻrt masaladan iborat. Ham mushavvash, ham tarqoq. Shoirlarning va ahli ishqning, zulfi parishoniyni sevishi va istihson etishgani navidan, bu maktub ham -zulfi parishon tarzida- sovuq tasannu' qoʻshilmasdan, harorat va halovati asliyasini muhofaza qilish niyatida oʻz holida qoldirilgan.
BU MAKTUBNING BIRINCHI MABHASI
اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَع۪يفًا oyatining bir sirrini tafsir bilan, vasvasa-i shaytonga mubtalo boʻlgan odamlarga muhim bir dori va malhamdir.
IKKINCHI MASALA
Barla Yaylovi, Tepalicha, qaragʻay, qatron, qora terakning bir mevasi boʻlib, Soʻzlar Majmuasida yozilgani uchun, bu yerda yozilmagan.
UCHINCHI VA TOʻRTINCHI MASALALARI
I'jozi Qur'onga qarshi madaniyaning ajzini koʻrsatgan yuzlab misollardan ikki misoldir. Qur'onga muxolif boʻlgan huquqi madaniyat naqadar haqsiz boʻlganini isbot qilgan ikki namunadir.
Birinchi Misol: فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْاُنْثَيَيْنِ Mahzi adolat boʻlgan hukmi Qur'oniy qizga yarmini beradi. Madaniyat me'ros xususida qizga koʻproq haq berish bilan katta haqsizlik qilgan va marhamatga muhtoj qizga zulm qilganini qat'iy isbot qiladi.
Ikkinchi Misol: فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ oyatining bir sirriga doir boʻlib, mimsiz madaniyat qanday qizga haqqidan ortiq haq berganidan haqsizlik qilgan; shuning kabi, volida haqida haqqini kesish bilan yanada ziyoda haqsizlik qilganini va eng muhtaram bir haqiqat boʻlgan volidalik shafqatiga qarshi dahshatli bir haqsizlik va vahshatli bir hurmatsizlik va jinoyatli bir haqorat va arshi rahmatni titratgan bir kufroni ne'mat va hayoti ijtimoiyaning tiryoq kabi bir robita-i shafqatiga bir zahar qoʻshish hukmida bir xato ekanini isbot qiladi.
Mutafannin ba'zi doʻstlarning munoqasha etganlari uch masalaga doir uch savollariga muxtasar uch javobdir.
BIRINCHI SAVOL: "Hazrat Odamning Jannatdan ixroji va bir qism Bani Odamning Jahannamga idxolining hikmati nima?" savoliga gʻoyat qat'iy bir javob beradi.
IKKINCHI SAVOL: "Shaytonlarning va sharlarning xalq va ijodi shar emasmi, xunuk emasmi? Jamili Mutlaq va Rahimi Alal itloq jamoli rahmati qanday muso'ada etgan?" savoliga qarshi gʻoyat qat'iy bir suratda javob beradi.
UCHINCHI SAVOL: "Ma'sum insonlarga va hayvonlarga musibat va balolarni yoʻliqtirish zulm emasmi? Odili Mutlaqning adolati qanday muso'ada etadi?" degan savolning javobida gʻoyat muqni' va qat'iy bir tarzda javob beradi.
Ahli dunyo va ahli siyosatning menga qilgan zulm va tazyiqlari qarshisidagi sukut va tahammulimni maroq etgan koʻp qardoshlarimning mutaaddid savollariga qarshi Eski Said lisoni bilan va Yangi Saidning qalbi bilan berilgan ibratli va maroq-avar bir javobdir. Asosi shuki: Xoliqi Rahimning rahmati yor boʻlsa, harkas yordir, har yer yaraydi; agar yor boʻlmasa, hamma narsa qalbga yukdir, harkas ham dushmandir. Falillahilhamd, rahmati Ilohiya yor boʻlgani uchun; ahli dunyoning menga qilganlari anvo'i zulmni u rahmati Ilohiya anvo'i rahmatga oʻgirgan.
Erkinlik vasiqasi olish va qonunsiz tazyiqotdan qutulish uchun adami murojaatimning bir-ikki muhim sababini bayon qiladi. Xulosasi: Zolim insonlarning mahkumi emasman; balki men odil qadarning mahkumiman, unga murojaat qilaman. Ham haqsizlikni haq deb oʻylagan odamlarga qarshi haq da'vo qilish, bir navi haqsizlikdir va haqqa qarshi bir navi hurmatsizlikdir. Ham dunyo siyosatidan sirri ijtinobimning sababini muhim bir haqiqat bilan bayon qiladi.
Ta'lif etilmagan.
Olti muhim savolga olti ahamiyatli javobdir.
BIRINCHI SAVOL: "Sahobalar valiylardan buyuk boʻlganlari holda; Sahobaning ichidagi fitnani aylantirgan mufsidlarni nima uchun nazari valoyat bilan kashf etolmadilar? Borib toʻrt Xulafo-i Roshidindan uchining shahidliklari bilan natijalandi?" Ikki muhim maqom bilan javob beriladi.
IKKINCHI SAVOL: "Hazrat Alining (R.A.) zamonidagi muhorabalarning mohiyati nima? U harbda oʻlgan va oʻldirilganlarga qanday nom beriladi?" Gʻoyat muhim va maroq-avar bir javob berilgan.
UCHINCHI SAVOL: Oli Baytning boshiga kelgan faji' va gʻaddorona muomalaning hikmati nima?" Gʻoyat muhim bir javob beriladi.
TOʻRTINCHI SAVOL: "Oxirzamonda Hazrat Isoning (A.S.) nuzuli va Dajjolni oʻldirishi va insonlar umumiyat bilan dini haqni qabul qilishi va qiyomat vaqtida Alloh Alloh deganlar boʻlmasligi rivoyat qilinadi. Bunday umumiy shaklda iymonga kelgandan soʻng qanday kufrga ketiladi?" savollariga qarshi maroq-avar va haqiqiy bir muhim javob beriladi.
BESHINCHI SAVOL: "Qiyomat hodisotidan arvohi boqiya mutaassir boʻladilarmi?" javobida muhim bir haqiqat bayon qilinadi.
OLTINCHI SAVOL: كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyatining hukmi; oxiratga, Jannatga va Jahannamga va ahllariga shumuli bormi, yoʻqmi? javobida gʻoyat muhim va maroq-avar va quvvatli bir javob beriladi. Bu risoladagi savollarni maroq etganlarga bu risola bir iksiri a'zamdir.
oyatining bir sirrini boshimga kelgan bir hodisa munosabati bilan "Besh Nuqta" bilan tafsir qiladi.
Haq va haqiqat boʻlgan xizmati Qur'oniya, hozirgi zamonda koʻpi yolgʻonchilikdan iborat va bid'at va zalolat boʻlgan siyosatdan meni qat'iyan man qilganiga doir.
Hayoti abadiya uchun jiddiy harakat qilish va zararsiz va mustaqim yoʻl bilan Qur'onga xizmat qilish, albatta dagʻdagʻa-i siyosatdan chekilishni iqtizo etganidan, ahli dunyoning xato va harakatlarini xush koʻrish emas, balki qalblarimizni bulgʻatmaslik uchun qaramayapmiz.
Boshimga kelgan ogʻir tazyiqot va musibatlarga qarshi tahammulimning muhim bir sababini ikki voqea bilan bayon qiladi.
Ahli dunyoning avhomli savollariga qarshi javobdir. U javobda bilmajburiya xizmati Qur'oniyaga oid bir karomat sifatida haqqimizda koʻz bilan koʻrilgan va hech bir jihatda inkor etilmagan bir qancha inoyati Ilohiyani bayon qiladi.
Ahli dunyoning haddan ortiq bir zulm bilan menga taklif qilgan bid'atkorona qoidalariga qarshi ularni toʻliq jim qiladigan javobdir.
Zolim ahli dunyoning va mulhidlarning dunyolaridan va siyosatlaridan batamom chekinganim holda, oʻz xoinliklaridan chumolini fil qilib haqqimda koʻrsatgan avhom va taloshlariga qarshi Eski Said lisoni bilan, izzati ilmiyani muhofaza nuqtasida ogʻizlariga shiddatli bir ta'zir urib, boshlaridagi avhomni uchiradi.
Xos bir qardoshimga yozilgan kichik bir ta'ziyanomadir. Garchi bu maktub suratan kichikdir; faqat foydasi katta boʻlib, unga qarshi ehtiyoj umumiydir. Bolalari haddi bulugʻga yetmasdan vafot etgan padar va volidalarga muhim bir xushxabardir. Bu ta'ziya bilan eng ma'yus va mukaddar qalb haqiqiy tasalli va sevinch topadi. Kichikligida vafot qilgan bolalar olami baqoda abadiy sevimli bola boʻlib qolib, padar va volidalarining quchoqlariga berilishi, وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirri bilan, abadiy madori sururlari boʻlganliklarini isbot qiladi.
Uch masala-i muhimadir.
Muhaqqiqiyni avliyoning kashf bilan haq koʻrgan va buyuk miqyosda mushohada etgan hodisalar olami shahodatda ba'zan xilofi voqe' va ba'zan kichik bir miqyosda tazohur etishining sirrini shirin va goʻzal bir tamsil bilan bayon qiladi.
Vahdat-ul Vujud mashrabiga doir gʻoyat muhim haqiqat va goʻzal izohdir. Vahdat-ul Vujuddan gapirgan va u masalani maroq etgan bu Ikkinchi Masalani diqqat bilan oʻqishi kerak. Chunki bu Vahdat-ul Vujud masalasi madori iltibos boʻlgan muhim mashrabdir. Va ahli haqiqatning madori ixtilofi boʻlgan ajib maslakdir. Bu Ikkinchi Masala uning mohiyatini koʻrsatadi va isbot qiladiki; u mashrab ahli sahvning mashrabi emas, ham eng yuksak emas! Va ahli sahv boʻlgan Sahoba va Siddiqiyn va varosaning mashrablari; Vahdat-ul Vujud mashrabidan yanada yuksak, yanada salomatli, yanada maqbul ekanini isbot qiladi.
Tilsimi koinotning uch muammo-i muhimmasidan birisining yechilishiga muxtasar bir ishorat boʻlib: U muammolardan biri Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda, ikkinchisi Oʻttizinchi Soʻzda, uchinchisi esa Yigirma Toʻrtinchi Maktubda Qur'oni Hakimning sirri bilan toʻliq kashf etilgan va muammo ochilgan.
Moʻ'jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) doirdir. Uch yuzdan ortiq moʻ'jizotni bayon qiladi. Bu risola risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) moʻ'jizasini bayon qilgani kabi, oʻzi ham oʻsha moʻ'jizasining bir karomati boʻlib, uch-toʻrt nav bilan horiqo boʻlgan.
Birinchisi: Naql va rivoyat boʻlish bilan barobar, bir yuz ellik sahifadan {(Hoshiya) Asl nusxasiga koʻradir.} ortiq boʻlgani holda, kitoblarga murojaat qilinmasdan yoddan togʻ va bogʻ chetlarida, uch-toʻrt kun mobaynida, har kuni ikki-uch soat ishlash sharti bilan jami oʻn ikki soatda ta'lif etilishi horiqo bir voqea boʻlib, bu risoladagi moʻ'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir shu'la-i karomati boʻlgan.
Ikkinchisi: Shu risola uzunligi bilan barobar na yozilishi ogʻirlik qiladi va na oʻqilishi halovatini yoʻqotadi. Tanbal ahli qalamni shunday bir shavq va gʻayratga keltirdiki; mashaqqatli va zerikarli zamonda, bir yil mobaynida atrofimizda yetmish adadga yaqin nusxalari yozildi. U moʻ'jiza-i risolatning bir karomati boʻlganini muttali' boʻganlarga qanoat berdi.
Uchinchisi: Ajamiy va tavofuqdan xabari yoʻq va bizga ham hali tavofuq tazohur etmasdan avval yozgan nusxalarida lafzi "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam" kalimasi butun risolalarda va lafzi "Qur'on" beshinchi parchasida shunday bir tavofuq {(Hoshiya) Asl nusxasiga koʻradir.} etishlari koʻrindiki; zarra miqdor insofi boʻlgan tasodif deya olmaydi. Kim koʻrgan boʻlsa, qat'iy hukm qiladiki: "Bu sirri gʻaybiydir, moʻ'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir".
Bu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir.
Ham shu risoladagi ahodis deyarli hammasi aimma-i hadis tomonidan maqbul va sahih boʻlish bilan barobar, eng qat'iy hodisoti risolatni bayon qiladilar.
U risolaning butun mazoyasini aytish lozim boʻlsa, shu risola qadar bir asar yozish lozim boʻlganidan, mushtoq boʻlganlarni uni bir karra oʻqishga havola qilamiz.
Bu nuktalar umuri gʻaybiyaga doir hadislarning bir qanchasini zikr etgan. Ham Hazrat Hasan (R.A.) bilan Hazrat Muoviyaning (R.A.) muhoraba va musolahasini; ham Hazrat Ali (R.A.) bilan Hazrat Zubayrning (R.A.) muhoraba etishini; ham azvoji tohirotning ichidan birining muhim bir fitnaning boshiga oʻtishini; ham Hazrat Alining (R.A.) qatlini xabar bergan. Ham Hazrat Husanning (R.A.) Karbaloda qatlini; ham zotidan (S.A.V.) soʻngra Oli Bayti qatl va surgunga ma'ruz qolishlarini; ham Hazrat Alining (R.A.) xilofatining ta'xirini; ham xilofat nima uchun Oli Bayti Nabaviyda taqarrur etmaganini; ham asri saodatning boshiga kelgan u dahshatli fitnaning hikmatini; ham ahli islom umum davlatlarga gʻalaba qilishlarini; ham Hazrat Abu Bakr (R.A.) va Hazrat Umarning (R.A.) mohiyati xilofatlarini; ham mushrik Quraysh raislarining qayerda qatl qilinishlari; bir oylik uzun masofada Mut'a Harbidan aniq xabar berganini; ham Hazrat Hasanning (R.A.) xilofatini; ham Hazrat Usmonning (R.A.) Qur'on oʻqirkan shahid boʻlishini; ham Davlati Abbosiyani; ham Chingiz va Xulaguni; ham Eronning fathini; ham Habash Molikining janoza namozini, vafotidan xabari boʻlmasdan ayni vaqtda qilganini bildiradi. Ham Hazrat Fotimaning (R.A.) vafotini; ham Abu Zarrning (R.A.) yolgʻiz togʻda vafot etishini; ham Ummu Haramning Qibrisda vafot etishini; ham yuz ming odamni oʻldirgan Hajjoji Zolimni; ham Istanbulning fathini; ham Imom Abu Hanifani (R.A.) ham Imom Shofe'iyni (R.A.) ham ummatining yetmish uch firqa boʻlishini; ham Qadariya toifasini, ham Rofiziylarni; ham Hazrat Ali (R.A.) sabab insonlar ikki qism boʻlishlarini; ham Fors va Rum qizlarini; ham Haybar Qal'asini fathini; ham Hazrat Ali (R.A.) bilan Muoviyaning harbini; ham Hazrat Umar (R.A.) sogʻ ekan, fitnalarning zuhur etmasligini; ham Sahl Ibn Amrning (R.A.) muhim bir vazifasini; ham Kisroning oʻgʻli otasini oʻldirganini ayni daqiqada xabar berganini; ham Hatibning Qurayshga yashirin maktub yozganini; ham Abu Lahabning oʻgʻli Utbani bir arslon oʻldirishiga, qilgan badduosining qabul boʻlib aynan chiqqanini; ham Biloli Habashiyning (R.A.) azon oʻqigan vaqti, Qurayshiylarning yashirin tanqid qilganlarini aniq xabar berganini; ham Hazrat Abbos (R.A.) iymon keltirmasdan avval uning yashirin pulidan xabar beganini; ham Hazrat Paygʻambarga (S.A.V.) bir yahudiyning sehr qilganini; ham Sahoba majlisida bir kishining irtidod etishini; ham Hazrat Paygʻambarning (S.A.V.) qatlini niyat qilganlarning iymon keltirganlarini; ham mushriklarning Ka'ba devoridagi yozuvlarini qurtlarning yeganini va yolgʻiz u yozuvlar ichidagi Alloh ismlarini yemaganlarini; ham Bayt-ul Maqdisning fathida katta vabo qichishini; ham Yazid va Valid kabi sharir raislarni xabar berganini; ham "Bundan soʻngra ular bizga emas, biz ularga hujum qilamiz" deya xabar berganini va bular kabi koʻp ixboroti gʻaybiya bu ikki nuktada bayon qilingandir.
oyatining ma'nosida yuzlab oyotning eng muhim haqiqatlari boʻlgan risolati Ahmadiyani (S.A.V.) "Oʻn Toʻrt Rashha" nomi bilan oʻn toʻrt qat'iy va porloq va muhkam burhonlar bilan tafsir va isbot qiladi. Va eng muannid xasmni ham ilzom qiladi. Quyosh kabi risolati Ahmadiyani yuzaga chiqaradi.
Shu risola Shaqqi Qamar moʻ'jizasiga bu zamon faylasuflarining qilgan e'tirozlarini "Besh Nuqta" bilan gʻoyat qat'iy bir suratda rad qilib inshiqoqi Qamarning sodir boʻlganiga hech bir mone boʻlmaganini koʻrsatadi. Va oxirida ham besh ijmo' bilan shaqqi Qamarning sodir boʻlganini gʻoyat muxtasar bir suratda isbot qiladi va shaqqi Qamar moʻ'jiza-i Ahmadiyasini (S.A.V.) Quyosh kabi koʻrsatadi.
Risolati Ahmadiya (S.A.V.) haqida boʻlib, Me'roj Risolasining Uchinchi Asosining oxiridagi uch muhim mushkuldan birinchi mushkulga oid "Shu me'roji azim nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir?" savoliga muxtasar bir mundarija suratida berilgan javobdir.
Koinotning arkonidan Xoliqini soʻragan bir sayyohning mushohadotidan bir parcha boʻlib, maqom munosabati bilan bu yerga kirgizilgandir.
فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ oyatining eng muhim bir haqiqatini bildirgan va
kalomining oʻn bir kalimasida oʻn bir bashorat va oʻn bir burhoni qat'iy borligiga doir bir maktubdir. Darhaqiqat, marotibi tavhidi haqiqiy haqida bu maktub bir kibriti ahmar va bir iksiri a'zamdir. Shu daraja porloq va shu darajada quvvatli dalillarni va hujjatlarni koʻrsatadiki, eng mutamarrid zindiqlarni ham iymonga keltiradi. Oʻn Toʻqqizinchi Maktub boʻlgan Risola-i Ahmadiya (S.A.V.) kalima-i shahodatning ikkinchi kalomi boʻlgan
hukmini qay daraja qat'iy va quvvatli isbot qilgan boʻlsa, shuning kabi bu Yigirmanchi Maktub kalima-i shahodatning birinchi kalomi boʻlgan
hukmini oʻsha qat'iyat va quvvat bilan isbot qiladi. Haqiqiy va quvvatli iymonni qozonish istaganlar buni oʻqisin. Va xususan Toʻqqizinchi Kalima bahsida, ilm va iroda-i Ilohiyaning isbotini juda vazih suratda bayon qilgani kabi; Oʻninchi Kalima bahsida ham
burhoni bilan
oyatining muhim bir sirrini va eng muazzam bir haqiqatini "Besh Nukta"da bayon qiladi. Haqoiqi Iymoniyaning bir tilsimi a'zamini u besh nukta bilan hal qiladi.
oyati bilan
oyatining eng muhim va eng muazzam bir haqiqatini uch tamsil bilan tafsir qiladi. Va hamma narsa va butun ashyo Janobi Haqning qudrati bilan boʻlsa, birgina narsa qadar oson boʻlganiga va qudrati Ilohiyaga berilmagan payt, birgina narsa koinot qadar mushkulotli va suubatli boʻlganiga doir eng muhim bir sirrini va eng mugʻlaq muammosini gʻoyat oson tarzda tafsir qilib kashf etadi.
Kichik bir maktubdir; lekin gʻoyat buyuk bir oyatning buyuk bir haqiqatini bayon qilgani uchun, unga ehtiyoj katta.
oyati beshta alohida alohida suratda keksa ota-onaga shafqatni jalb qilishning sirrini koʻrsatadi. Uyida keksa ota-onasi yoki qarindoshi yoki musulmon qardoshlari boʻlganlar bu maktubni oʻqishga juda ham muhtojdir.
"Ikki Qism"dir.
BIRINCHI MABHAS
oyatlarining sirri bilan; ahli iymonni uxuvvat va muhabbatga da'vat qiladi. Nifoq, shiqoq, kin va adovatdan man qiladigan muhim sabablarni koʻrsatadi. Kin va adovat; -ahli iymon oʻrtasida- ham haqiqat, ham hikmat, ham insoniyat, ham Islomiyat, ham hayoti shaxsiya, ham hayoti ijtimoiya, ham hayoti ma'naviya jihatidan gʻoyat xunuk va mardud va zulm ekanini gʻoyat qat'iy suratda isbot qilib, mazkur oyatlarning muhim sirrini tafsir qiladi.
IKKINCHI MABHAS
sirri bilan, ahli iymonni hirsdan shiddatli bir suratda man etgan sabablarni koʻrsatadi. Va hirs ham adovat qadar muzir va xunuk boʻlganini qat'iy dalillar bilan isbot qilib; shu oyati azimaning muhim bir sirrini tafsir qiladi. Hirsga mubtalo odamlar bu ikkinchi mabhasni juda diqqat bilan mutolaa qilishlari kerak. Kin va adovat marazi bilan xasta boʻlganlar toʻliq shifolarini birinchi mabhasda topadilar.
Ikkinchi Mabhasning xotimasida zakotning ahamiyatini va bir rukni Islomiy boʻlganining hikmatini goʻzal bir suratda bayon qilish bilan barobar; haqiqatli bir roʻyoda goʻzal bir haqiqat bayon qilinadi.
Shu risolaning Xotimasida,
oyati olti daraja zammni zamm etish bilan, olti vajh bilan gʻiybatdan zajr etganini va moʻ'jizona va horiqo bir i'joz bilan, gʻiybatni ham aqlan, ham qalban, ham insoniyatan, ham vijdonan, ham fitratan, ham milliyatan mazmum va mardud va xunuk va muzir boʻlganini gʻoyat qat'iy bir suratda, Qur'onning i'joziga yarashadigan bir tarzda bayon qiladi. Va gʻiybat pastkashlarning quroli boʻlish jihati bilan, izzati nafs sohibi bu iflos qurolga tanazzul etib iste'mol etmaganiga doir aytilgan:
Bu maktubning bir qancha mabhasi bor. Boshqa mabhaslarga badal latif va ma'nodor birgina mabhas aynan yozildi. Shundayki:
"Ahsan-ul qosos boʻlgan Qissa-i Yusuf Alayhissalom xotimasini xabar bergan تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ oyatining ulviy va latif va xushxabarli va i'jozkorona bir nuktasi shuki: Boshqa farohli va saodatli qissalarning oxiridagi zavol va firoq xabarlarining gʻamlari va alami, qissadan olingan xayoliy lazzatni achchiqlashtiradi, sindiradi. Xususan kamoli faroh va saodat ichida boʻlganini xabar bergan hangomda, mavtini va firoqini xabar berish yanada alamlidir. Tinglaganlarga "Eyvoh!" dediradi. Holbuki shu oyat, Qissa-i Yusufning (A.S.) eng porloq qismi; Azizi Misr boʻlishi, padar va volidasi bilan koʻrishishi, qardoshlari bilan sevinishib tanishishi, dunyoda eng buyuk saodatli va farohli hangomda, Hazrat Yusufning mavtini bu shaklda xabar beradi va aytadiki: Shu farohli va saodatli vaziyatdan yanada saodatli, yanada porloq vaziyatga mazhar boʻlish uchun, Hazrat Yusuf Alayhissalom Janobi Haqdan vafotini istadi va vafot etdi; va saodatga mazhar boʻldi. Demak, dunyoviy, lazzatli saodatdanda jozibador saodat va yanada farohli vaziyat qabrning orqasida boʻlib; Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi haqiqatbin zot, oʻsha gʻoyat lazzatli bir vaziyat ichida gʻoyat achchiq mavtni istadi, toki narigi saodatga sazovor boʻlsin. Xullas, Qur'oni Hakimning bu balogʻatiga hayron boʻl, Qissa-i Yusufning xotimasini qanday suratda xabar berganini koʻr. U xabarni tinglaganlarga alam va asaf emas; balki bir xushxabar va bir surur ilova etadi. Ham irshod etadiki: Qabrning orqasi uchun harakat qilinglar! Haqiqiy saodat va lazzat undadir.
Ham Hazrat Yusufning oliy siddiqiyatini koʻrsatadi va aytadiki: Dunyoning eng porloq va eng sururli holati ham unga gʻaflat bermaydi, uni maftun etmaydi, yana oxiratni istaydi".
Koinotning tilsimi ajibini va mushkul muammosining eng muhim bir sirrini kashf va hal etgan maktub va eng muhim bir savolning {(Hoshiya) Bu maktubning masoilini bir daraja ihsos etish xohlangani uchun; mundarijalik ixtisori muhofaza etilmadi, uzun boʻldi.} javobidir. Shundayki:
"Asmo-i Ilohiyaning a'zamlaridan boʻlgan Rahim, Karim, Vadudning iqtizo etganlari shafqatparvarona va maslahatkorona va muhabbatdorona taltiflari; qay surat bilan juda mudhish va muvahhish boʻlgan mavt va adam bilan, zavol va firoq bilan, musibat va mashaqqat bilan tavfiq etiladi?" degan savolning javobida, tilsimi koinotning uchinchi muammosini hal qilgan va koinotdagi doimiy faoliyatning muqtazosini va asbobi mujibasini koʻrsatgan "Besh Ramz" bilan va gʻoyalarini va foydalarini isbot qilgan "Besh Ishorat" bilan javob beradi. Shu maktub "Ikki Maqom"dir. Birinchi Maqomi "Besh Ramz"dir.
BIRINCHI RAMZ: Isbot qiladiki: Sone'-i Hakim nima qilsa, haqdir. Hech bir narsa va hech bir zihayot unga qarshi haq da'vo qilolmagani va "Haqsiz bir ish boʻldi" deyolmasligining sirrini qat'iy bir tarzda isbot qiladi.
IKKINCHI RAMZ: Hayratnamo, dahshat-angiz, doimiy bir suratdagi faoliyati Rabboniyaning sirrini va xalq va tabdili ashyodagi hikmati azimasini bayon qiladi va eng muhim bir muammo-i xilqatni hal qiladi.
UCHINCHI RAMZ: Zavolga ketgan ashyo adamga ketmaganini, balki doira-i qudratdan doira-i ilmga oʻtganini va ashyodagi husn va jamolga oid istehson va sharaf va maqom, asmo-i Ilohiyaga oid ekanini gʻoyat goʻzal suratda isbot qiladi.
TOʻRTINCHI RAMZ: Mavjudotning mutamodiyan tabaddul va tagʻayyur etishlari; birgina sahifada, har daqiqada boshqa-boshqa va ma'nodor maktublarni yozish navidan, sahifa-i koinotda asmo-i Ilohiyaning jilvalari bilan yozilgan jamol va jalol va kamoli Ilohiyaning hadsiz oyotini mahdud sahifalarda ham hadsiz bir suratda yozilganini isbot qiladi.
BESHINCHI RAMZ: Ikki nukta-i muhimmadir.
Birisi: Vojib-ul Vujudga intisobini iymon bilan his qilgan odam hadsiz anvori vujudga mazhar boʻlganini va his qilmagan nihoyatsiz zulumoti adamga va alomi firoqqa ma'ruz boʻlganini koʻrsatadi.
Ikkinchi Nukta: Dunyoning uch yuzi boʻlganini.. zohir yuzida zavol, firoq, mavt va adam bor; faqat asmo-i Ilohiyaning oynasi va oxiratning mazraasi boʻlgan ich yuzlarida zavol va firoq, mavt va adam esa, yangilanish va tajadduddir va baqoning jilvalarini koʻrsatgan bir tavzif va tarhisdir.
Bir "Muqaddima" bilan "Besh Ishorat"dir.
MUQADDIMA: Xalloqiyat va tasarrufoti Ilohiyadan gʻoyat azim bir haqiqatni muazzam va muhtasham qonunlar bilan bayon qiladi. Masalan: Bir qushning patli libosini almashtirgan Sone'-i Hakim ayni qonun bilan koinotning suratini qiyomat vaqtida va olami shahodatning libosini hashrda oʻsha qonun bilan almashtiradi.
Ham bir daraxtning naqadar mevalari va gullari boʻlsa; har bir gulning oʻshancha gʻoyalari, har bir mevaning oʻshancha hikmatlari borligini koʻrsatadi.
"Besh Ishorat" esa: Ashyo vujuddan ketgandan soʻng bergan ahamiyatli besh natijalari e'tibori bilan, bir vajh bilan ma'dum ekan, besh vajh bilan mavjud qoladi.
Har bir mavjud vujuddan ketgandan soʻng, ifoda qilgan ma'nolari va orqasida boqiy qolgan huviyati misoliyasi olami misolda mahfuz qoladi. Ham hayotining atvori bilan "muqaddaroti hayotiya" deyilgan sarguzashti hayotiyasi olami misolning daftarlaridan boʻlgan lavhi misoliyda yoziladi. Ruhoniylarga doimiy mavjud bir mutolaagoh boʻladi. Ham jin va insning amallari kabi, oxirat bozoriga va olami oxiratga yuboriladigan mahsuloti boqiy qoladi. Ham atvori hayotiyalari bilan qilgan anvo'i tasbehoti Rabboniya boqiy qoladi. Ham shuunoti Subhoniyaning zuhuriga sabab boʻladigan koʻp narsalarni orqasida mavjud qoldiradi, shunday ketadi. Bu Besh Ishoratdagi besh haqiqatni qat'iy dalil hukmida besh ma'qul va maqbul tamsil bilan bayon etadi.
oyatining muhim bir sirrini besh nukta bilan tafsir qiladi. Va duo bir sirri azimi ubudiyat boʻlganini va koinotdan doimiy bir suratda dargohi rububiyatga ketgan eng azim vasila duo boʻlganini va duoning azim ta'siri boʻlganini qat'iy isbot qilish bilan barobar; kulliyat va davom kasb etgan bir duo, qat'iyan maqbul boʻlganiga binoan; umum ummatning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga salovot nomi bilan duolarining natijasida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning naqadar yuksak bir martabada boʻlganini koʻrsatadi. Duoning ham uch navi muhimmini zikr qilish bilan barobar, bayon qiladiki; duoning eng goʻzal va eng latif mevasi, eng laziz va eng tayyor natijasi shuki: Duo qilgan odam biladi va duo bilan bildiradiki; birisi bor, uning ovozini eshitadi, dardiga darmon beradi, unga marhamat qiladi, uning qoʻli hamma narsaga yetadi. Va bu boʻsh, xoli dunyoda u yolgʻiz emas; balki bir Karim zot bor; unga qaraydi, unsiyat beradi. Uning hadsiz ehtiyojotini qondira oladigan va oʻzini hadsiz dushmanlarini daf qila oladigan zotning huzurida tasavvur qilib, sevinch va surur bilan, dunyo qadar ogʻir yukni ustidan tashlab, "Alhamdulillahi Robbil a'lamiyn" deydi.
Me'roji Nabaviy va Mavludi Nabaviyga (S.A.V.) doir uch muhim savolga gʻoyat muqni' va mantiqiy va porloq bir javobdir. Bu zayl garchi qisqa boʻlsada, gʻoyat qiymatdor. Mavludi Nabaviyga (S.A.V.) ishtiyoqi boʻlganlar bunga juda mushtoqdirlar.
Xotimasida gʻoyat muhim bir dasturi mantiqiy bilan koinotda eng buyuk fardi akmal va ustozi kull va habibi a'zam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam boʻlganini isbot qiladi.
Sura-i Yosinning yigirma besh oyatiga doir "Yigirma Besh Nukta" boʻlish niyati bilan rahmati Ilohiyadan istanilgan; faqat hali vaqti kelmagani sababli yozilmagan.
sirriga doir "Hujjat-ul Qur'on Alash-shayton va Hizbihi" nomi bilan, iblisni ilzom va ahli tugʻyonni isqot etgan gʻoyat muhim bir maktubdir.
Bu maktubning "Toʻrt Mabhas"i bor.
Shaytonning eng mudhish hujumini daf qilish bilan, shaytonni shunday bir tarzda ilzom etadiki, ichiga kirib saqlanib vasvasa qiladigan bir yer qoldirmaydi. Va shu qadar quvvatli daloili aqliya bilan va qat'iy burhonlari bilan shaytonni va shaytonning shogirdlarini ilzom etadiki, shayton boʻlmasa edilar, iymonga kelardilar. Faqat ma'ataassuf, shaytoni jin va insning gʻoyat xunuk da'volarini va dasisalarini tamomila yoʻq va daf qilish uchun, faraziy bir suratda ularning xunuk fikrlarini zikr qilib yoʻq qiladi. Masalan: "Agar farazan aytganimiz kabi, Qur'on Kalomulloh boʻlmasa; eng oddiy va soxta bir kitob boʻlardi. Holbuki maydondagi osori bilan koʻrsatganki, eng oliy bir kitobdir", deydi. Bu kabi faraziy ta'birotning, titrab yozilishiga majbur boʻlingan. Shu mabhasning oxirida shaytonning Sura-i قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ ning fasohat va salosatiga doir bir vasvasa va e'tirozini rad qiladi.
Bir insonda, vazifa va ubudiyat va zot e'tibori bilan uch shaxsiyat borligini va u shaxsiyatlarning axloqi va osori ba'zan bir-biriga muxolif boʻlishini bayon qiladi.
oyatining hayoti ijtimoiya-i bashariyaning munosabatiga doir gʻoyat muhim bir sirrini va insonlar millat-millat va qabila-qabila yaratilishining muhim bir hikmatini Yetti Masala bilan tafsir qiladi. Bu mabhas milliyatchilarga muhim bir tiryoqdir. Bu zamonning eng mudhish maraziga gʻoyat foydali bir darmondir. Va soxtakor hamiyat-furushlarning va yolgʻonchi milliyat-parvarlarning yuzlaridagi pardani ochadi, soxtakorliklarini koʻrsatadi.
Olti savolning javobida "Oʻn Masala"dir.
"Robbul Olamin" kalimasining tafsirida oʻn sakkiz ming olam deganlarining hikmati munosabati bilan bir qancha nukta-i Qur'oniya bayon qilinadi.
Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga "Allohni bilish, borligini bilishning gʻayridir", degan. Undan murod nima? Javobida gʻoyat muhim bir masala-i ma'rifatulloh bayon etilgan.
" وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَن۪ى اٰدَمَ oyati bilan اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولً oyatining vajhi tavfiqi nima?" savoliga gʻoyat goʻzal va nurli muhim javobdir.
جَدِّدُوا ا۪يمَانَكُمْ بِلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ hikmati nima? degan savolga gʻoyat goʻzal va nurli bir javobdir.
Toʻrtinchi Masalaning Zaylida vahdoniyatning gʻoyat azim bir hujjatiga va keng va uzun bir burhoniga muxtasar bir ishoratdir.
Yolgʻiz "La ilaha Illalloh" degan, "Muhammadarrasululloh" demagan odam ahli najot boʻlishi mumkinmi?" savoliga qarshi muhim bir javobdir.
Birinchi Mabhasdagi shayton bilan munozaraning xunuk ta'birotlarining sababi zikrini bildiradi. Ham muhim bir tamsil bilan hizb-ush shaytonni eng tor va eng mahol va eng manfur bir mavqega tiqishtiradi. Maydonni Hizb-ul Qur'on hisobiga zabt qilib, har bir holi Ahmadiya (S.A.V.), har bir xislati Muhammadiya (S.A.V.), har bir tavri Nabaviy (S.A.V.) u quvvatli tamsilga koʻra bittadan moʻ'jiza hukmiga oʻtib, nubuvvatini isbot qilganini koʻrsatadi.
Vahhom va zarardan saqlanish uchun bizdan uzoqlashgan ba'zi doʻstlarning quvva-i ma'naviyalarini tayid uchun va xizmatimizdan ba'zi maqsadlar bilan chekingan va maqsadlarining aksiga ta'zir yeganlarni, koʻp misollardan yetti kichik misol bilan koʻrsatadiki; handakini tashlab qochganlar koʻproq yaralanadilar.
Deydilarki: "Alfazi Qur'oniya va zikriya va tasbehotlarning har biridan butun latoifi insoniya hissalarini istaydilar. Ma'nolari bilinmasa, hissa olinmaydi; shunday ekan tarjima qilinsa, yaxshiroq emasmi?" deyilgan mudhish va mugʻolatali savolga qarshi gʻoyat muhim va ibratli va zavqli bir javobdir. Alfazi Qur'oniya va Nabaviya (S.A.V.) ma'nolarga jomid va ruhsiz libos emaslar; balki hayotdor fayz-ovar terilardir. Zihayot bir jasad soʻyilsa, albatta oʻladi. Ham lisoni nahviy boʻlgan alfazi Qur'oniyadagi i'joz va ijoz haqiqiy tarjimaga mone boʻlishini koʻrsatadi.
"Ahli Sunnat va Jamoat boʻlgan ahli haq doirasining xorijida ahli valoyat boʻlishi mumkinmi?" savoliga muhim va qiziq javobdir.
Qur'oni Hakimning xizmatida boʻlgan bu bechora Said bilan koʻrishgan va koʻrishishni orzu qilgan doʻstlarga muhim bir dasturdir.
Bu maktub Risola-i Nur Muallifining talabalariga yozgan ayni haqiqat va juda latofatli, goʻzal maktublari bilan; Risola-i Nur talabalarining Ustozlariga va ba'zan bir-birlariga yozgan va Risola-i Nurning mutoalasidan olgan porloq fayzlarini ifoda etgan juda boy maktub boʻlib, bu majmuaning uch-toʻrt misli qadar kattalashgani uchun, bu majmuaga qoʻshilmagan. Mustaqil ravishda Barla, Kastamonu, Emirdagʻ Lahikalari boʻlib nashr etilgan.
"Sakkiz Masala" nomi bilan sakkiz risoladir.
BIRINCHI RISOLA BOʻLGAN BIRINCHI MASALA
Roʻyoyi sodiqaning haqiqatini va foydasini gʻoyat goʻzal va haqiqatli "Yetti Nukta" bilan bayon qiladi. Bu risola ham qiymatdor, ham qiziq.
IKKINCHI MASALA BOʻLGAN IKKINCHI RISOLA
"Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomning koʻziga tarsaki tushirgan", ma'nosidagi hadisga doir ahamiyatli munoqashani ildizibilan sugʻurib, bu turdagi hadislarga mulhidlar tarafidan kelgan e'tirozlarga bir toʻsiq qoʻyadi. Bu risola kichik, faqat qiziqdir.
UCHINCHI MASALA BOʻLGAN UCHINCHI RISOLA
Bu bechora muflis Saidning ziyoratiga kelganlarning nima niyat bilan koʻrishishlari lozimligini bayon qilib, yolgʻiz Qur'oni Hakimning dalloli e'tibori bilan koʻrishish lozim boʻlganini va u koʻrishining muhim foydalarini va Saidning shaxsiyatining hechligi, nazarga olinmasligini, balki dalloli boʻlgan muqaddas doʻkonning qiymatdor gavharlarini nazarga olish lozim ekanini "Besh Nuqta" bilan gʻoyat goʻzal suratda isbot qilib; xizmati Qur'oniyaning karomatidan va inoyati Rabboniyadan, men va ba'zi qardoshlarim biz sazovor boʻlgan koʻp inoyatlardan bir qancha voqe' va qat'iy misollarni zikr qiladi.
Bu risolaning tatimmasida; risolalarning yozilishida, xususan ta'lifida va ayniqsa Yigirma Toʻqqizinchi Maktubda tazohur etgan horiqo bir inoyatni bayon qiladi.
TOʻRTINCHI RISOLA BOʻLGAN TOʻRTINCHI MASALA
Masjidimizga ikki marta ta'arruz etildi, oxirgi marta esa yopdilar. Undan ikki yoki uch yil muqaddam, yana muborak bir musofirning kelishi bilan, gʻoyat vahshiyona va zolimona tajovuz qilingani uchun, har tarafdan mendan soʻraldi. Bunday maroqi umumiyni tahrik etgan bir hodisaga loyiq javob berish uchun, Eski Said lisoni bilan "Toʻrt Nuqta" bilan muhim bir ibratli javobdir.
BESHINCHI RISOLA BOʻLGAN BESHINCHI MASALA
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonda takror bilan اَفَلَا يَشْكُرُونَ ٭ اَفَلَا يَشْكُرُونَ va shukr qilmaganlarni oʻttiz bir marta فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ farmoni bilan qilingan tahdidning sirrini gʻoyat oliy va shirin va ma'qul va maqbul bir suratda tafsir qiladi; inson bir shukr fabrikasi ekanini isbot qiladi. Koinot ne'mat xazinasi boʻlib; shukr esa kaliti ekanini; va rizq uning natijasi va shukrning muqaddimasi boʻlganini gʻoyat goʻzal va qat'iy suratda isbot qiladi.
Ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq ey aziz!
boʻlgan dasturi haqiqatdagi toʻrtinchi rukn boʻlgan shukri mutlaqning porloq va yuksak haqiqatini izoh qiladi.
OLTINCHI RISOLA BOʻLGAN OLTINCHI MASALA
Taksir Maktubot majmuasida nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
YETTINCHI RISOLA BOʻLGAN YETTINCHI MASALA
oyatining Risola-i Nur va xodimlari haqidagi muhim bir sirrini "Yetti Ishorat" nomi bilan, yetti inoyati Rabboniyani bayon qiladi. Va tahdisi ne'mat suratida bu inoyati sab'aning izhoriga yettita ma'qul sababini bayon qiladi. Bu inoyati sab'a-i kulliyaning horiqolariga ishoratan, oʻz-oʻziga ta'lif vaqtida ikki sahifaning butun satrlari boshlarida yigirma sakkiz alif kelib, Yigirma Sakkizinchi Maktubning martabasiga tavofuq etganiga {(Hoshiya) Asl nusxasiga koʻradir.} ta'lifdan bir zamon soʻngra muttali' boʻldik. Bu inoyati sab'ani oʻqigan odam, Risola-i Nur parchalarining naqadar ahamiyatli va nazari inoyati Ilohiyada boʻlganini va himoyati Rabboniyada ekanini biladi. Bu yetti inoyat kulliydir, juz'iyotlari yetmishdan oʻtadi.
Xotimasida bir sirri inoyatga oid mahram bir savolning javobi bor. Xotimasida inoyati sab'adan birinchisi boʻlgan tavofuqotga kelgan yoki kelish ehtimoli boʻlgan avhomni gʻoyat qat'iy bir suratda daf qiladi. U xotimaning oxirida ham, Uchinchi Nuktada inoyati xossa va inoyati ommaga doir muhim bir sirri daqiqi rububiyatga va ahamiyatli bir sirri Rahmoniyatga ishorat qiladi.
SAKKIZIINCHI RISOLA BOʻLGAN SAKKIZINCHI MASALA
Olti savolning javobi boʻlgan "Sakkiz Nukta"dir.
BIRINCHI NUKTA: Tavofuqdagi ishoroti gʻaybiya umum Risola-i Nur parchalarida juz'iy-kulliy boʻlganiga doirdir.
IKKINCHI NUKTA: Tavofuqotning maziyati, Lafzi Jaloldan boshqa nima uchun Qur'onda favquloda matlub boʻlmaganining sirrini bayon qiladi.
UCHINCHI NUKTA: Bir qardoshimizning ortiqcha ehtiyot va jasoratsizligi nooʻrin boʻlganini va bir muftining Oʻninchi Soʻzga sathiy tanqidiga qarshi goʻzal bir javobdir. (Faqat bu majmuaga kirgizilmagan.)
TOʻRTINCHI NUKTA: "Maydoni hashrda insonlar qanday toʻplanadilar, yalangʻoch boʻlib-mi? Harkas ahboblarini koʻra oladimi? Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni shafoat uchun qanday topamiz? Hadsiz insonlar bilan birgina zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qanday koʻrishadilar? Ahli Sunnat va Jamoatning liboslari qanday boʻladi? Va bizga kim yoʻl koʻrsatadi?" Olti qiziqarli savolning muqni' va ma'qul javobidir.
BESHINCHI NUKTA: "Zamoni fatratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodi bir din bilan mutadayyin edimi?" javobida goʻzal haqiqat bayon qilinadi.
OLTINCHI NUKTA: "Hazrat Ismoil Alayhissalomdan soʻngra Paygʻambarning (S.A.V.) ajdodidan paygʻambar kelganmi?" savoliga qarshi gʻoyat muhim bir javobdir.
YETTINCHI NUKTA: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidasining va bobosi Abdulmuttolibning iymonlari haqida eng sahih xabar qaysisi?" savoliga qarshi gʻoyat muhim va ma'qul bir javobdir.
SAKKIZINCHI NUKTA: "Amakisi Abu Tolibning iymoni haqida asahh boʻlgan nima? Jannatga kira oladimi?" savoliga qarshi goʻzal bir javobdir.
YIGIRMA TOʻQQIZINCHI MAKTUB
"Toʻqqiz Qism"dir. Yigirma Toʻqqiz nukta-i muhimma ichida bordir. U toʻqqiz qism kichik-katta oʻn ettita risoladir.
BIRINCHI RISOLA BOʻLGAN BIRINCHI QISM
oyatlarining ba'zi sirlarini "Toʻqqiz Nukta" bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI NUKTA: "Qur'onga oid va Qur'onning asrori bilinmaydi va mufassirlar haqiqatini anglamaganlar" deganlarga qarshi muhim bir javobdir.
IKKINCHI NUKTA: Qur'oni Hakimda
kabi qasomoti Qur'oniyadagi muhim bir hikmatni bayon qiladi.
UCHINCHI NUKTA: Suralarning boshlaridagi bittadan Ilohiy kalit soʻz boʻlgan hurufi muqatto'aga doirdir.
TOʻRTINCHI NUKTA: Qur'oni Hakimning haqiqiy tarjimasi mumkin boʻlmaganidan va ma'naviy i'jozidagi ulviyati uslubni tarjima qilib boʻlmaganidan, muhim bir bayon bilan, uslubi Qur'oniyadagi bir lam'a-i i'joziyani koʻrsatadi.
BESHINCHI NUKTA: "Alhamdulilloh" jumlasi ifoda qilgan ma'noning eng qisqasi, bir qator qadar boʻlganini va haqiqiy tarjimasining mumkin emasligini koʻrsatadi.
OLTINCHI NUKTA: اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi nuni mutakallimi ma'algʻayrga doir muhim bir sirrini, nurli bir hol va haqiqatli bir xayol ichida bayon qiladi.
ning muhim va nuroniy sirrining bayoni ichida, bid'atlarning ijodi naqadar xunuk va zararli ekanini koʻrsatadi.
SAKKIZINCHI NUKTA: Shao'iri Islomiya, huquqi umumiya hukmida boʻlganiga doir muhim bir sirrini bayon qiladi.
TOʻQQIZINCHI NUKTA: Masoili shariatning "ta'abbudiy" va "ma'qul-ul ma'no" boʻlib ikki qism boʻlganini; va ta'abbudiy qismi hikmat va foydalarning tabadduli bilan tagʻayyur etmaganining sirrini bayon qiladi. Va azonning foydasi, yolgʻiz bir qishloq aholisini namozga da'vat emas, balki koinot saroyida mavjudotga qarshi umum maxluqot nomiga bir e'loni Tavhid boʻlganini bayon qiladi.
IKKINCHI RISOLA BOʻLGAN IKKINCHI QISM
oyatining bir sirrini, siyomi Ramazonning yetmish hikmatlaridan toʻqqiz hikmatining bayoni bilan u sirri azimni tafsir qiladi. U toʻqqiz hikmat shu qadar haqiqiy va quvvatli va jozibadorki; musulmon boʻlmagan odam ham ularni koʻrsa, roʻza tutish uchun buyuk ishtiyoqqa keladi va havas qiladi. Oʻzini musulmon deb roʻza tutmaganlarning bu hikmatlarga qarshi xijolat va xatolaridan ezilishlari lozim boʻladi.
UCHINCHI RISOLA BOʻLGAN UCHINCHI QISM
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning anvo'i i'jozidan koʻz bilan koʻrinadigan qismining besh-olti vajhidan bir vajhini, yangi bir Qur'onni yozish bilan koʻrsatishga doirdir. Lillahilhamd, shunday bir Qur'on yozildi. Ummat tomonidan Hofiz Usmon xati bilan maqbul Qur'onning ayni sahifalarini va satrlarini muhofaza qilish bilan barobar; lafzulloh majmu' Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti marta takarrur etgani holda; nodir va nuktali mustasnolar xorij qolib, mutaboqiysi tavofuq etganini angladik, sahifa va satrlarini tagʻyir etmadik. Yolgʻiz biz tanzim etdik. U tanzimdan horiqo bir tavofuq tazohur etdi. Yozgan Qur'onimizning parchalarini bir qism ahli qalb koʻrgan, Lavhi Mahfuz xatiga yaqin ekanini qabul qilganlar. Bu risola tavofuqoti Qur'oniyaga doir ekani munosabati bilan, yolgʻiz bir ishorati gʻaybiya boʻlib, hech birimiz xabarimiz boʻlmasdan, ibtido ta'lif va birinchi tasvidida oʻn bir "Qur'on" kalimasi; birgina sahifada, bittadan satrda, bir qatorda xatti mustaqim bilan tavofuqlari, tavofuqi Qur'oniyadagi lam'a-i i'joziyaning bir shu'asi shu risolada bu horiqo latofatni koʻrsatganini koʻrganlarga qanoat keldi.
Bu Uchinchi Qismning mutaboqiy masalalari bilan Toʻrtinchi Qism tavofuqotga doir boʻlgani uchun, tavofuqotga doir boʻlgan mundarija bilan iktifo etilgan.
TOʻRTINCHI QISM BOʻLGAN TOʻRTINCHI RISOLA
"Uch Nukta"dir.
BIRINCHI NUKTA: Qur'onda "Qur'on" kalimasining koʻp sirlaridan bir sirrini, oltmish toʻqqiz oyoti azimada latif va ma'nodor sahifalar orqasida bir-biriga tavofuq bilan qaraganlarini va u oyoti azimaning ma'nan bir-birining haqiqatini tayid etganlarini koʻrsatish va tilovati Qur'on savobini va zikr fazilatini va tafakkur ubudiyatini birdan qozonish istaganlarga, avrod navidan gʻoyat goʻzal bir hizbi Qur'oniy boʻlib yozilgan.
IKKINCHI NUKTA: Qur'oni Hakimda "Rasul" kalimasining takroridagi asrorning tavofuq jihati bilan birisiga ishorat uchun, bir yuz oltmish oyatdagi "Rasul" kalimasi bir-biriga tavofuq bilan ma'nodor qarashi kabi; {(Hoshiya) Bu risolaning u muqaddas ikki kalimaning i'joziy tavofuqlaridan bahsi ayni haqiqat boʻlganiga dalil, u toʻrtinchi risolada butun u ikki kalimaning tavofuq etishidir. Har bir oyat alohida va sart boshida yozilishidan, umum u ikki muqaddas kalimalar tavofuq etganlar.} u bir yuz oltmish muazzam oyatlar ham bir-biriga qaraydi. Bir-birini tayid va isbot qilganiga ishoratan va Qur'ondan ham qiroat, ham zikr, ham fikr boʻlish jihati bilan bir hizbi maxsusdir. Oʻziga oliy va shirin va juda qiymatli va juda fazilatli bir vird orzu qilganlarga muhim bir virddir.
UCHINCHI NUKTA: Lafzullohning ikki ming sakkiz yuz olti marta zikrining koʻp nuktalari bor. I'jozi Qur'onning koʻp shualarini koʻrsatadi. Bu Uchinchi Nukta ham uning toʻrt shua-i i'jozini koʻrsatadi.
BESHINCHI RISOLA BOʻLGAN BESHINCHI QISM
(ilx-oyat...) oyati pur-anvorining koʻp anvori asroridan goʻzal bir nurni Ramazoni Sharifda bir holati ruhoniyada, muhim bir sayohati qalbiyada koʻringan va bir daraja bu risolada bayon qilingan. Bu risola kichik, faqat juda nurli va ahamiyatlidir.
OLTINCHI RISOLA BOʻLGAN OLTINCHI QISM
oyatining muhim bir sirrini va azim bir haqiqatini; ins va jin shaytonlarining va musulmonlar ichiga kirgan mulhidlarning va munofiqlarning olti dasisalari bilan olti jihatdan hujumlarini olti haqiqat bilan toʻsish va rad qilish bilan, u sirri azimni tafsir qiladi.
BIRINCHI DASISALARI: Qur'on xodimlarini hubbu joh vositasi bilan aldashlariga muqobil gʻoyat muqni' va qat'iy bir javob bilan jim qiladi.
IKKINCHI DASISALARI: Qoʻrquv hissi bilan, ahli haqni haqdan oʻgirishlariga qarshi gʻoyat goʻzal va qat'iy bir javob bilan tard etiladi.
UCHINCHI DASISALARI: Tama' va hirs jihati bilan, ahli hidoyatni xizmati Qur'oniyadan voz kechirishlariga qarshi, gʻoyat porloq va qat'iy bir javob bilan rad qilinadi.
TOʻRTINCHI DASISALARI: Asabiyati milliyani tahrik etish suratida, haqiqiy din qardoshlarining va xizmati Qur'oniyada samimiy birodarlarining ichiga begonalik va ixtilof solish va ustozlaridan sovutishlariga muqobil gʻoyat muhim va qat'iy javob boʻlib shaytoni insiyni tamomi bilan jim qilgani kabi, soxtakor milliyatchilarning niqoblarini yirtib, ular millatning dushmanlari boʻlganini va haqiqiy millatiyatparvarlar kimlar ekanini koʻrsatadi.
BESHINCHI DASISALARI: Insonning eng zaif hissi anoniyatini tahrik etib, ahli haqni haqsizlikka chorlash va ahli ittihodni ixtilofga tushishlariga muqobil, quvvatli va analarni jim qiladigan javob berilgan.
OLTINCHI DASISALARI: Tanballik va tanparvarlik va vazifadorlik hissidan istifoda etib, Qur'on shogirdlarining gʻayratlarini, sadoqatlarini, ixloslarini zadalash shaklida hujumlariga qarshi javobdir. Oxirida umum javoblarning xulolsasi boʻlgan shu ikki oyat bilan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon moʻ'jizona javob beradi:
Bu risolaning oxirida; ikki yaproqda yozgandan soʻng koʻrilgan, ixtiyorsiz oʻz-oʻziga kelgan latif va zarif bir tavofuq boʻlib, siqintili asoratimning aynan toʻqqizinchi yilida ta'lif etilgan shu risolaning oxirida, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning bahsida yigirma toʻqqiz nukta boʻlishi va toʻqqiz qism boʻlishi va bu risola mundarijasida toʻqqiz marta "toʻqqiz" lafzi bilan u maktubdan bahs etilishi va Birinchi Qism toʻqqiz nukta boʻlishi; va Ramazonning, bu yerda ishorat qilingan va Ikkinchi Qismda mazkur hikmatlari toʻqqiz boʻlishi; va bu yerda ishorat qilingan va Toʻrtinchi Qismda mazkur "Qur'on" kalimasiga doir oyatlarning oltmish toʻqqiz boʻlishi; va Qur'on kalimasi ham bu mabhasda yigirma toʻqqiz kelishi va lafzulloh ham toʻqqiz boʻlishi; va bu risola ham yigirma toʻqqiz sahifada tugashi jihati bilan, toʻqqiz marta toʻqqizlar bir-biriga tavofuq etib juda shirin tushgandir. Bu risolaning ham sirri tavofuqdan kichik, faqat porloq bir hissasi bor boʻlganini koʻrsatadi. Bu toʻqqiz marta toʻqqizlarning sirrining toʻqqizinchi sana-i asoratimda zuhuri esa, inshaalloh asoratning toʻqqizinchi yilida tugashiga ishoriy bir bashoratdir. Toʻqqizinchi sana-i asoratimda siqintidan oʻsha yil toʻqqiz tishim tushdilar; u munosabat bilan Ispartaga ma'zuniyat bilan ketish oʻsha yilda boʻldi. Ham latif bir tavofuqdir; bu parcha ham, bu sahifada {(Hoshiya) Asl nusxasiga koʻradir.} toʻqqiz oʻn toʻqqiz marta kelgan. Ham mundarijaning Toʻrtinchi Qismida va bu Ikkinchi Qismning ba'zi nusxalarida pastda koʻrsatilgan tavofuq bor.
Umum alif bir yuz oʻn toʻqqizta, umum risolalar ham bir yuz oʻn toʻqqizta. Demak, aliflar ham bir navi mundarijaga ishoratdir.
oyatining sirriga istinodan, dunyoning hech bir usul va qonuniga tatbiq etilmagan, vijdonsiz insonlarning bizga qarshi tajovuzotiga sabr bilan va Haqqa tavakkal bilan birga; istiqbolda keladigan nafrat va tahqirdan saqlanish uchun va istiqbol asrlari bu asrning siymosiga va gʻayratsiz odamlarning yuziga "Tuf!" degan paytda, tupuklari yuzimizga kelmasligi uchun yoki artish uchun yozilgan loyihadir. Va Ovrupaning insoniyatparvar niqobi ostida kar quloqlarini jaranglatish va bu vijdonsiz gʻaddorlarni bizga musallat etgan insofsiz zolimlarning koʻrmagan koʻzlariga tiqish va bu asrda yuz ming jihatdan "Yashasin Jahannam!" dedirgan mimsiz madaniyatparastlarning boshlariga urish uchun yozilgan taqdimnoma va ahli ilhod va bid'atchilarni ilzom va isqot etadigan "Olti Savol"dir.
oyatlarining bir sirrini va muhim bir haqiqatini "Yetti Ishorat" bilan va yettita muhim savolga yettita qat'iy va quvvatli javob bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI SAVOL: "Ajnabiylardan ihtido etganlar oʻz tillari bilan shao'iri islomiyani tarjima qilyaptilar. Olami Islomning ularga qarshi sukuti va e'tiroz qilmasligi, javozi shar'iy boʻlganini koʻrsatmaydimi?" degan ahli bid'atning savoliga qarshi gʻoyat qat'iy va quvvatli bir javobdir.
IKKINCHISI: "Faranglardagi inqilobchilar va faylasuflar, Katolik mazhabida inqilob qilish bilan taraqqiy qilishgan, ajabo Islomiyatda bunday bir inqilobi diniy boʻlmaydimi?" degan ahli bid'atning savoliga qarshi; gʻoyat qat'iy, zohir va bahir va muskit bir javobdir.
UCHINCHISI: "Ovrupa taasssubni tashlagandan soʻng taraqqiy etgani uchun, biz ham taassubni tashlasak, yanada yaxshi boʻlmaydimi?" degan ahli bid'at va safohatning savoliga qarshi gʻoyat muskit va muqni' va mantiqiy bir javobdir.
TOʻRTINCHISI: " Zaiflikka uchragan Islomiyatni taqviya niyati bilan, quvvatli milliyatga mazj etish va sajoya-i milliyani shao'iri Islomiya bilan quvvatlantirish bu asrda yanada yaxshi boʻlmaydimi?" degan dassos ahli dunyoning bu mudhish savoliga qarshi gʻoyat metin bir javobdir.
BESHINCHISI: "Bu qadar hay'ati ijtimoiya-i bashariya fasodga kirgan va hissiyoti diniya zaiflashgan va shaxsiy daholar va harakot, jamoat shaxsi ma'naviysining ijrootiga magʻlub boʻlgan bir zamonda, rivoyoti sahihada aytilgani kabi, bir necha yil mobaynida Mahdiy qanday qilib dunyoni isloh qiladi? Holbuki butun ishi horiqo boʻlib va bir nechta nabiyning moʻ'jizoti ham barobar boʻlsa, yana islohi juda mushkul koʻrinyapti" deya, ahli tanqidning savoliga qarshi gʻoyat kuchli bir javobdir.
OLTINCHISI: Oxirzamonda Hazrat Mahdiyning Sufyoniy komitetiga gʻalabasi, Hazrait Iso Alayhissalomning Dajjol komitetini tarqatishi va shariati Islomiyaga tobe boʻlishiga doir.
YETTINCHISI: "Mutafakkiriyni Islomiya Ovrupaning dasturlarini va fanning qonunlarini bir daraja qabul qilib, ularning usuli bilan ularga qarshi Islomiyatni mudofaa qilganlari holda -sen ham eskidan shunday qilarding- hozir nima uchun tamoman boshqa bir yoʻl ochib, falsafani ildizidan sugʻurayapsan? Va fununi musbata aytganlari usullarining, Qur'onning dasturlariga qaraganda juda sathiy ekanini koʻrsatyapsan?" deya koʻplar tarafidan kelgan savolga qarshi gʻoyat haq va haqiqatli bir javobdir.
SAKKIZINCHI QISM BOʻLGAN RUMUZOTI SAMONIYA
"Sakkiz Ramz"dir, ya'ni sakkiz kichik risoladir. Shu ramzlarining asosi Ilmi Jifrning muhim bir dasturi va ulumi xofiyaning muhim bir kaliti va bir qism asrori gʻaybiya-i Qur'oniyaning muhim kaliti boʻlgan tavofuqdir. Kelajakda mustaqil nashr etilishi bois, bu yerga darj etilmadi.
Turuqi valoyat haqida "Toʻqqiz Talvih"dirki, Talvihoti Tis'a no'mi bilan ma'ruf bir risoladir.
BIRINCHI TALVIH: Tariqatning sirrini va Me'roji Ahmadiyaning (S.A.V.) soyasi ostida qalb oyogʻi bilan bir sayri suluki ruhoniy natijasida; zavqiy va holiy va bir daraja shuhudiy haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga mazhariyat ekanini bayon qilib, insonning mohiyati jome'asida aql qandayki hadsiz fununga iste'dodi va ittilo'i jihati bilan mohiyati inkishof etgan va oʻsha surat bilan ishlatgan, qalb ham u kabi, bu olamning bir xarita-i ma'naviyasi va koʻp kamolotning bir urugʻi hukmida boʻlganidan; tariqat jihati bilan uni ishlatish va kamolotiga chorlash boʻlganini isbot qiladi.
IKKINCHI TALVIH: Qalbning ishlashi zikr va tafakkur bilan boʻlganini va ishlashining mahosinidan hayoti dunyoviyaning madori saodati boʻlgan bittasini bayon qiladi.
UCHINCHI TALVIH: Valoyat, bir hujjati risolat, va tariqat, bir burhoni shariat boʻlganini va uning qiymatini taqdir etmagan, naqadar xasoratga tushganini bayon qiladi.
TOʻRTINCHI TALVIH: Maslaki valoyat juda oson boʻlish bilan barobar juda mushkulotli, juda qisqa boʻlish bilan barobar juda uzun, juda qiymatdor boʻlish bilan birga juda xatarli, juda keng boʻlish bilan barobar juda tor boʻlganini va ofoqiy va anfusiy ikki yoʻl bilan suluk etilganini bayon qiladi.
BESHINCHI TALVIH: Vahdat-ul Vujud va Vahdat-ush Shuhudning mohiyatini bayon qilib, ahli sahvning va ahli varosati nubuvvatning oliy mashrabining rujhoniyatini isbot qiladi.
OLTINCHI TALVIH: Valoyat yoʻllari ichida eng goʻzali va eng mustaqimi, Sunnati Saniyaga ittibo boʻlganini va valoyatning asoslarining eng muhimi, ixlos; va eng keskin quvvati, muhabbat ekanini bayon qilib; bu dunyo dor-ul xizmat boʻlgani uchun va dori ujrat va mukofot boʻlmaganidan, tariqatning lazoizini va azvoq va karomotini qasddan talab qilmaslik lozim boʻlganini bayon qiladi.
YETTINCHI TALVIH: Tariqat va haqiqat shariatning xodimlaridan boʻlganini; tariqat va haqiqatning eng yuksak martabalari, shariatning juzlari boʻlganini; tariqat va haqiqat vasilalikdan chiqmaslik va doimo shariatga tobeiyatda qolish luzumini bayon qilib, "Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida avliyo boʻlishi mumkinmi?" degan savolga maroq-avar bir javobdir.
SAKKIZINCHI TALVIH: Tariqatning sakkiz varta-i muhimmasini bayon qiladi.
TOʻQQIZINCHI TALVIH: Tariqatning juda koʻp samarotidan gʻoyat shirin va goʻzal toʻqqiz adadini bayon qiladi.
Bu risola ahli tariq boʻlganga va boʻlmaganga bir iksiri a'zamdir va bir tiryoqi anfa'dir.
ZAYL
Eng qisqa va sogʻlom va eng mustaqim bir tariqning asosini "Toʻrt Xatva" nomi bilan, tazkiya-i nafsning va takamuli ruhning madori boʻlgan toʻrt muhim darsni beradi.
OʻTTIZINCHI MAKTUB
Chop Etilgan Arabiy "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"dir.
OʻTTIZ BIRINCHI MAKTUB
Oʻttiz Bir "Lam'a"dir.
OʻTTIZ IKKINCHI MAKTUB
Oʻz-oʻziga manzum tarzini olgan matbu' "Lamaat" risolasidir. Ayni zamonda "Oʻttiz Ikkinchi Lam'a" boʻlib, "Soʻzlar" majmuasining oxirida nashr etilgandir.
OʻTTIZ UCHINCHI MAKTUB
Ma'rifati Ilohiyaga derazalar ochgan "Oʻttiz Uch Derazali Risola" boʻlib, bir jihatda "Oʻttiz Uchinchi Soʻz" boʻlganidan, Soʻzlar Majmuasida nashr etilgan, bu yerga kiritilmagan.
Madina-i Munavvarada boʻlgan muhim bir olimning Risola-i Nur haqida yozgan bir manzumasi:
Oʻn ikki yil avval yozilgan va Sikka- Tasdiqi Gʻaybiy Majmuasida darj etilgan muhim bir maktubdan bir parchadir:
Harkas bilmas koʻkda ne bor
Koʻrar uni koʻz sohibi
Yarqiraydi quyosh qadar
Haqiqati ummon kabi
Istar koʻngil albat huzur
Oxir damda etmish zuhur
Olamlarga chiqqan u nur
Koʻkdan tushgan farmon kabi
Fardiyati alhaq ayon
Udir koʻngillarga sulton
Bor mi bilmam ulu burhon
Bu Badiuzzamon kabi
Lisonidan sochilar nur
Jinniy oʻqir, inson oʻqir
Huri Jannat mana bu "Nur"
Koʻngillarda jonon kabi
Oxirzamon asrorini
Ixbori gʻayb anvorini
Otdi olam akdorini
Chiqdi shamsi tobon kabi
Samovotdan rahmat tushdi
Oqqan koʻz yoshlari tindi
Kufru zalol qoʻrqdi, sindi
Koʻrinmagan shayton kabi
Soʻndi xoin faoliyat
Yiqildi u dajjoliyat
Xalos topdi Islomiyat
Taxtga chiqqan hoqon kabi
Ey yarali sheri jiyan
Bu xobi gʻaflatdan uygʻon
Olamlarga davri umron
Asri nuzuli Furqon kabi
Iqlimlarda iymon yeli
Esar koʻngillar nash'ali
Oʻpsam, u gul hidli qoʻlni
U bulbuli xandon kabi
Odam oʻgʻli najot qidirar
Haq da'vati Nurlarda bor
Ey shaxriyor-i shaxriyor
Sensan bizga sulton kabi
Arshga chiqqan faryodimiz
Olindi hozir dodimiz
U sevgili ustozimiz
Koʻngilda Sulaymon kabi
Ey akmali oxirzamon
Sensan mahbubi Musta'on
Fido senga bu jismu jon
Haq yoʻlida qurbon kabi
Saidni kutardi yillar
Sensan koʻngilda muntazar
Paygʻambarim bermish xabar
Boʻlma bizga pinhon kabi
Pardalanmishsa zuhuring
Yashirinmas hashmatli nuring
Soyasi boʻlmazki nurning
Firdavsdagi jonon kabi
Ey xatibi davri zamon
Surur topdi kavnu makon
Seni kutar pinhon oyon
Hamma xastalar Luqmon kabi
Nur yoʻlining qurbonimiz
Kahkashonning somonimiz
U otashning tutunimiz
Otash yongan kulxon kabi
Ra'no ranging gulga oʻxshar
Ravh ufurar, hiding esar
Ufqimizda boʻlding sahar
Toʻliq oqargan bir tong kabi
Ey jilvasi zohir rahmat
Bari bizlarga yordam et
Quling boʻlmoq tilar albat
Bogʻchangizda koʻchat kabi
Past koʻnglimiz doimo past
Ey yigʻlagan, faryodni kes
Boʻsh oʻtmasin hech bir nafas
«Alloh yetar, qolgani havas.»
Ismi A'zam haqqi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sharafi, bu Maktubotni bostirganlarni va muborak yordamchilarini va Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga mazhar ayla. Omin! Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla. Omin! Va daftari hasanotlariga bu Maktubot Majmuasining har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir. Omin! Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla... Omin! Omin! Omin!
Yo Arhamurrohimin! Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla. Omin! Insiy va jinniy shaytonlarning sharlaridan muhofaza ayla. Omin! Va bu ojiz va bechora Saidning qusurotini avf ayla... Omin! Omin! Omin!