Risale-i Nur

Maktublar
— 3 —
Risola-i Nur Kulliyotidan
MAKTUBOT
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ
— 4 —

BIRINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Toʻrt savolning muxtasar javobidir

Birinchi Savol: Hazrat Hizr Alayhissalom hayotdami? Hayotda boʻlsa, nima uchun ba'zi muhim olimlar hayotini qabul qilishmaydi?

Aljavob: Hayotda, faqat hayot martabalari beshta. U kishi ikkinchi martabadadir. Shu sababdan ba'zi olimlar hayotda ekaniga shubha qilganlar.

Birinchi Tabaqa-i Hayot: Bizning hayotimiz boʻlib, koʻp qaydlar bilan muqayyaddir.

Ikkinchi Tabaqa-i Hayot: Hazrat Hizr va Ilyos Alayhimassalomning hayotlari boʻlib, bir daraja erkindir. Ya'ni, bir vaqtda juda koʻp yerlarda boʻla oladilar. Biz kabi bashariyat lavozimoti bilan doimiy muqayyad emaslar. Ba'zan istagan vaqtlarida biz kabi yeydilar, ichadilar; faqat biz kabi majbur emas. Tavotur darajasida ahli shuhud va kashf boʻlgan avliyoning Hazrat Hizr bilan mojarolari bu tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Hatto maqomoti valoyatda bir maqom borki, «Maqomi Hizr» ta'bir etiladi. U maqomga kelgan valiy Hizrdan dars oladi va Hizr bilan koʻrishadi. Faqat ba'zan u maqom sohibi yanglish oʻlaroq ayni Hizr deb qabul qilinadi.

Uchinchi Tabaqa-i Hayot: Hazrat Idris va Iso Alayhimassalomning tabaqa-i hayotlaridirki, bashariyat lavozimotidan tajarrud bilan, malak hayoti kabi bir hayotga kirib, nuroniy bir latofat kasb etadi. Goʻyo badani misoliy latofatida va jasadi najmiy nuroniyatida boʻlgan jismi dunyoviylari bilan samovotda boʻladilar. Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom keladi, Shariati Muhammadiya (S.A.V.) bilan amal qiladi maolidagi hadisning sirri shuki: Oxirzamonda falsafa-i tabiiya bergan jarayoni kufriya va inkori uluhiyatga qarshi Isaviylik dini tasaffi etib va xurofotdan tajarrud etib Islomiyatga inqilob qiladigan bir vaqtda, qandayki Isaviylik shaxsi ma'naviysi vahyi samoviy qilichi bilan u mudhish dinsizlikning shaxsi ma'naviysini oʻldiradi; shunga oʻxshab Hazrat Iso Alayhissalom, Isaviylik shaxsi ma'naviysini tamsil etib, dinsizlikning shaxsi ma'naviysini tamsil etgan Dajjolni oʻldiradi... ya'ni inkori uluhiyat fikrini oʻldiradi.

— 5 —

Toʻrtinchi Tabaqa-i Hayot: Shuhado hayotidir. Nassi Qur'on bilan shuhadoning ahli quburdan ustun bir tabaqa-i hayotlari bor. Ha, shuhado, hayoti dunyoviyalarini tariqi haqda fido qilganlari uchun, Janobi Haq kamoli karamidan ularga hayoti dunyoviyaga oʻxshash, faqat gʻamsiz, zahmatsiz bir hayotni Olami Barzohda ularga ehson qiladi. Ular oʻzlarini oʻlgan deb bilmaydilar.. yolgʻiz oʻzlarini yanada yaxshi bir olamga ketgan deb biladilar.. kamoli saodat bilan mutalazziz boʻladilar.. oʻlimdagi firoq achchigʻini his qilmaydilar. Ahli quburning garchi ruhlari boqiydir, faqat oʻzlarini oʻlgan deb biladilar. Barzohda olgan lazzat va saodatlari shuhadoning lazzatiga yetmaydi. Qandayki ikki odam bir roʻyoda Jannat kabi bir goʻzal saroyga kiradilar. Biri roʻyoda boʻlganini biladi. Olgan zavq va lazzati juda nuqsonlidir. "Men uygʻonsam shu lazzat qochadi" deb oʻylaydi. Boshqasi roʻyoda boʻlganini bilmaydi. Haqiqiy lazzat bilan haqiqiy saodatga mazhar boʻladi.

Xullas, Olami Barzohdagi amvot va shuhadoning hayoti barzohiyadan istifodalari shu kabi farqlidir. Hadsiz vuqu'ot bilan va rivoyot bilan shuhadoning bu tarzi hayotga mazhariyatlari va oʻzlarini sogʻ deb bilishlari sobit va qat'iydir. Hatto Sayyid-ush shuhado boʻlgan Hazrat Hamza Roziyallohu Anh, mukarrar vuqu'ot bilan oʻziga iltijo qilgan odamlarni muhofaza qilishi va dunyoviy ishlarini qilishi va qildirishi kabi koʻp vuqu'ot bilan bu tabaqa-i hayot tanvir va isbot qilingan. Hatto -men oʻzim- Ubayd ismli bir jiyanim va talabam bor edi. Mening yonimda va mening oʻrnimga shahid boʻlgandan soʻng, uch oylik masofada asoratdalik chogʻimda, mahalli dafnini bilmaganim holda, menimcha bir roʻyoyi sodiqada, taxt-al Arz bir manzil suratidagi qabriga kiribman. Uni shuhado tabaqa-i hayotida koʻrdim. U meni oʻlgan deb bilar ekan. Men uchun koʻp yigʻlaganini aytdi. Oʻzini hayot deb bilar, faqat Rusning istilosidan chekingani uchun, yer ostida oʻziga goʻzal bir manzil taxlagan. Xullas bu juz'iy roʻyo, ba'zi sharoit va amorot bilan, oʻtgan haqiqatga menga shuhud darajasida bir qanoat berdi.

Beshinchi Tabaqa-i Hayot: Ahli quburning hayoti ruhoniylaridir. Ha, mavt; tabdili makondir, itloqi ruhdir, vazifadan tarhisdir. I'dom va adam va fano emasdir. Hadsiz vuqu'ot bilan arvohi avliyoning tamassullari va ahli kashfga tazohurlari va boshqa ahli quburning yaqazotan va manaman bizlar bilan munosabatlari va voqelikka mutobiq boʻlib bizlarga ixborotlari kabi koʻp daloil u tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Zotan baqo-i ruhga doir "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz" bu tabaqa-i hayotni daloili qat'iya bilan isbot qilgan.

— 6 —

Ikkinchi Savol: Furqoni Hakimda

اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ لِيَبْلُوَكُمْ اَيُّكُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا

kabi oyatlarda "Mavt ham, hayot kabi maxluqdir, ham bir ne'matdir." deya ifhom etiladi. Holbuki zohiran mavt; inhiloldir, adamdir, tafassuxdir, hayotning soʻnishidir, hodim-ul lazzatdir... qanday qilib maxluq va ne'mat boʻlishi mumkin?

Aljavob: "Birinchi Savol"ning javobining oxirida aytilgani kabi: Mavt, vazifa-i hayotdan bir tarhisdir, bir paydosdir, bir tabdili makondir, bir tahvili vujuddir, hayoti boqiyaga bir da'vatdir, bir mabdadir, bir hayoti boqiyaning muqaddimasidir. Qandayki hayotning dunyoga kelishi bir xalq va taqdir bilandir; xuddi shuning kabi, dunyodan ketishi ham bir xalq va taqdir bilan, bir hikmat va tadbir bilandir. Chunki eng oddiy tabaqa-i hayot boʻlgan hayoti nabotiyaning mavti, hayotdan yanada muntazam bir asari san'at boʻlganini koʻrsatadi. Mevalarning, urugʻlarning, danaklarning mavti; tafassux bilan chirish va parchalanishdek koʻringani bilan, gʻoyat muntazam bir muomala-i kimyoviya va mezonli bir imtizojoti unsuriya va hikmatli bir tashakkuloti zarraviyadan iborat boʻlgan bir qorishtirish boʻlib, koʻrinmagan intizomli va hikmatli oʻlimi niholning hayoti bilan tazohur etadi. Demak, danakning mavti, niholning mabda-i hayotidir; balki ayni hayoti hukmida boʻlgani uchun, oʻlim ham hayot qadar maxluq va muntazamdir.

Ham zihayot mevalarning yoxud hayvonlarning me'da-i insoniyada oʻlimlari, hayoti insoniyaga chiqishlariga mansha' boʻlganidan; "u mavt ularning hayotidanda muntazam va maxluq" deyiladi.

Eng adno tabaqa-i hayot boʻlgan hayoti nabotiyaning mavti bunday maxluq, hikmatli va intizomli boʻlsa, tabaqa-i hayotning eng ulviysi boʻlgan hayoti insoniyaning boshiga kelgan mavt, albatta yer ostiga kirgan bir urugʻning havo olamida bir daraxt boʻlishi kabi, yer ostiga kirgan bir inson ham, Olami Barzohda, albatta bir hayoti boqiya niholini beradi.

— 7 —

Ammo, mavt ne'mat boʻlganining jihati esa, koʻp vujuhidan toʻrt vajhiga ishorat qilamiz.

Birinchisi: Ogʻirlashib qolgan vazifa-i hayotdan va takolifi hayotiyadan ozod qilib, yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbobiga qovushish uchun, Olami Barzohda bir visol eshigi boʻlganidan, eng buyuk bir ne'matdir.

Ikkinchisi: Tor, mashaqqatli, tashvishli, zilzilali dunyo zindonidan chiqarib; vus'atli, sururli, iztirobsiz, boqiy bir hayotga mazhariyat bilan.. Mahbubi Boqiyning doira-i rahmatiga kirishdir.

Uchinchisi: Keksalik kabi sharoiti hayotiyani ogʻirlashtirgan bir qancha sabablar borki; mavtni, hayotdan juda ustun bir ne'mat sifatida koʻrsatadi. Masalan: Senga iztirob bergan juda keksaygan padar va volidang bilan barobar, bobongning bobolari, safolati hollari bilan sening oldingda hozir boʻlsaydilar; hayot naqadar nikmat, mavt naqadar ne'mat boʻlganini bilarding. Ham masalan: Goʻzal chechaklarning oshiqlari boʻlgan goʻzal chivinlarning qishning shadoidi ichida hayotlari naqadar zahmat va oʻlimlari naqadar rahmat boʻlgani anglashiladi.

Toʻrtinchisi: Navm qandayki bir rohat, bir rahmat, bir istirohatdir; xususan musibatzadalar, yaradorlar, xastalar uchun.. xuddi shuningdek: Navmning akasi boʻlgan mavt ham, musibatzadalarga va oʻzini oʻzi oʻldirishga chorlovchi balolar bilan mubtalo boʻlganlar uchun ayni ne'mat va rahmatdir. Ammo ahli zalolat uchun mutaaddid Soʻzlarda qat'iy isbot qilingani kabi; mavt ham hayot kabi nikmat ichida nikmat, azob ichida azobdir. U bahsdan xorijdir.

— 8 —

Uchinchi Savol: Jahannam qayerda?

Aljavob:
قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ٭ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ

Jahannamning joyi, ba'zi rivoyot bilan "Taxt-al Arz" deyilgandir. Boshqa yerlarda bayon qilganimiz kabi: Kura-i Arz, harakati sanaviyasi bilan kelajakda majma'-i hashr boʻladigan bir maydonning atrofida bir doira chizyapti. Jahannam esa, Arzning oʻsha madori sanaviysi ostida deganidir. Koʻrinmasligi va his qilinmasliklari, pardali va nursiz otash boʻlgani uchundir. Kura-i Arz sayohat qilayotgan masofa-i azimada juda koʻp maxluqot borki, nursiz boʻlganlari uchun, koʻrinmaydilar. Qamar, nuri chekingan sari vujudini yoʻqotgani kabi, nursiz koʻp kuralar, maxluqlar koʻz oʻngimizda ekan, koʻrolmaymiz.

Jahannam ikkitadir: Biri sugʻro, biri kubrodir. Kelajakda sugʻro kubroga inqilob etishi va danagi hukmida boʻlgani kabi, kelajakda undan bir manzil boʻladi. Jahannami Sugʻro yerning ostida, ya'ni markazidadir. Kuraning osti, markazidir. Ilmi Tabaqot-ul Arzdan ma'lumdirki: Koʻpincha har oʻttiz uch metr hafriyatda bir daraja-i harorat tazoyud etadi. Demak, markazga qadar nisfi qutri Arz, olti mingdan ortiq kilometr boʻlganidan, ikki yuz ming daraja-i haroratni jome', ya'ni ikki yuz dafa otashi dunyoviydan shadid va rivoyati hadisga muvofiq bir otash mavjud. Shu Jahannami Sugʻro Jahannami Kubroga oid koʻp vazoifni dunyoda va Olami Barzohda bajargan va ahodislar bilan ishorat qilingan. Olami Oxiratda, Kura-i Arz qandayki sakanasini madori sanaviysidagi maydoni hashrga toʻkadi; shuning kabi ichidagi Jahannami Sugʻroni ham Jahannami Kubroga amri Ilohiy bilan taslim etadi. Ahli Itizolning ba'zi imomlari "Jahannam keyinchalik xalq etiladi" deyishlari, holi hozirda tamomi bilan inbisot etmaganidan va sakanalariga toʻliq munosib bir tarzda inkishof etmaganidan, gʻolatdir va gʻabovatdir. Ham parda-i gʻayb ichidagi olami oxiratga oid manzillarni dunyoviy koʻzimiz bilan koʻrish va koʻrsatish uchun, yo koinotni kichraytirib ikki viloyat darajasiga keltirishimiz lozim, yoxud koʻzimizni kattalashtirib yulduzlardek koʻzlarimiz boʻlishi kerakki, joylarini koʻrib aniqlab olaylik. وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ oxirat olamiga oid manzillar bu dunyoviy koʻzimiz bilan koʻrilmaydi. Faqat ba'zi rivoyotning ishoroti bilan, oxiratdagi Jahannam bu dunyomiz bilan munosabatdor. Yozning shiddati haroratiga مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ deyilgan. Demak, bu dunyoviy kichkina va xira aql koʻzi bilan u ulkan Jahannam koʻrilmaydi. Faqat ismi Hakimning nuri bilan qaray olamiz. Shundayki:

— 9 —

Arzning madori sanaviysi ostida boʻlgan Jahannami Kubro, yerning markazidagi Jahannami Sugʻroni goʻyo tavkil etib, ba'zi vazoifini qildirgan. Qodiri Zuljalolning mulki juda kengdir. Hikmati Ilohiya qayerni koʻrsatgan boʻlsa, Jahannami Kubro oʻsha yerga joylashadi. Ha, bir Qodiri Zuljalol va amri كُنْ فَيَكُونُ ga molik bir Hakimi Zulkamol, koʻz oʻngimizda kamoli hikmat va intizom bilan Qamarni Arzga bogʻlagan; azamati qudrat va intizom bilan Arzni Quyoshga rabt etgan va Quyoshni sayyoroti bilan barobar Arzning sur'ati sanaviyasiga yaqin bir sur'at bilan va hashmati rububiyat bilan, bir ehtimolga koʻra Shams-ush Shumus tarafiga bir harakat bergan va elektr chiroqlari floti kabi yulduzlarni saltanati rububiyatiga nuroniy shohidlar qilgan; u bilan saltanati rububiyatini va azamati qudratini koʻrsatgan bir Zoti Zuljalolning kamoli hikmatidan va azamati qudratidan va saltanati rububiyatidan uzoq emaski, Jahannami Kubroni elektr chiroqlari fabrikasining qozoni hukmiga keltirib oxiratga qaragan samoning yulduzlarini u bilan ish'ol etsin; harorat va quvvat bersin. Ya'ni, olami nur boʻlgan Jannatdan yulduzlarga nur berib, Jahannamdan nor va harorat yuborsin. Ayni holda u Jahannamning bir qismini ahli azobga maskan va mahbas qilsin. Ham bir Fotiri Hakimki, togʻdek ulkan bir daraxtni tirnoqdek bir danakda saqlaydi. Albatta, u Zoti Zuljalolning qudrat va hikmatidan uzoq emasdki; Kura-i Arzning qalbidagi Jahannami Sugʻro danagida Jahannami Kubroni saqlasin.

Alhosil: Jannat va Jahannam, shajara-i xilqatdan abad tarafiga uzangan bir shoxning ikki mevasidir. Mevaning joyi esa, shoxning muntahosidadir. Ham shu silsila-i koinotning ikki natijasidir. Natijalarning mahallari, silsilaning ikki tarafidadir. Sufliysi, saqili pastki tarafda; nuroniysi, ulviysi yuqori tarafidadir. Ham shu sayli shuunotning va mahsuloti ma'naviya-i arziyaning ikki mahzanidir. Mahzanning makoni esa, mahsulotning naviga koʻra, yomoni ostida, yaxshisi ustidadir. Ham abadga qarshi jarayon etgan va mavj urgan mavjudoti sayyolaning ikki hovuzidir. Hovuzning oʻrni esa, oqim toʻxtagan va tajammu' etgan yerdadir. Ya'ni, xobisoti va muzaxrafoti asfalda, toyyiboti va sofiyoti a'lodadir. Ham lutf va qahrning, rahmat va azamatning ikki tajalliygohidir. Tajalliygohning joyi esa, har yerda boʻlishi mumkin. Rahmoni Zuljamol va Qahhori Zuljalol qayerda istasa tajalliygohini ochadi.

Ammo Jannat va Jahannamning vujudlari esa, Oʻninchi va Yigirma Sakkizinchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarda gʻoyat qat'iy bir suratda isbot qilingan. Shu yerda yolgʻiz bu qadar aytamizki: Mevaning vujudi shox qadar va natijaning silsila qadar va mahzanning mahsulot qadar va hovuzning irmoq qadar va tajalliygohning rahmat va qahrning vujudlari qadar qat'iy va yaqiyndir.

— 10 —

Toʻrtinchi Savol: Mahbublarga boʻlgan ishqi majoziy ishqi haqiqiyqa inqilob etgani kabi, ajabo, aksar insonlarda boʻlgan dunyoga qarshi boʻlgan ishqi majoziy bir ishqi haqiqiyga inqilob etishi mumkinmi?

Aljavob: Ha. Dunyoning foniy yuziga qaragan ishqi majoziy, agar u oshiq, u yuzning ustidagi zavol va fano xunukligini koʻrib undan yuzini oʻgirsa, boqiy bir mahbub izlasa, dunyoning juda goʻzal va oyna-i asmo-i Ilohiya va mazraa-i oxirat boʻlgan ikki boshqa yuziga qarashga muvaffaq boʻlsa, u gʻayri mashru' majoziy ishq oʻsha vaqt ishqi haqiqiyga inqilobga yuz tutadi. Faqat, oʻzining zoil va hayoti bilan bogʻliq qarorsiz dunyosini xorijiy dunyo bilan iltibos etmaslik sharti bilan. Agar ahli zalolat va gʻaflat kabi oʻzini unutib, ofoqqa shoʻngʻib, umumiy dunyoni xususiy dunyosi deb oʻylab unga oshiq boʻlsa, tabiat botqogʻiga tushib botadi. Magarki, horiqo boʻlib, bir dasti inoyat uni qutqarmasa. Shu haqiqatni tanvir uchun bu misolga qara. Masalan:

Shu goʻzal ziynatli xonaning toʻrt devorida toʻrtovimizga oid toʻrt andom oynasi boʻlsa, beshta xona boʻladi. Bittasi haqiqiy va umumiy, toʻrtasi misoliy va xususiy... Har birimiz oʻz oynamiz vositasi bilan xususiy xonamizning shaklini, koʻrinishini, rangini oʻzgartira olamiz. Qizil boʻyoq bilan boʻyasak, qizil; yashil bilan boʻyasak, yashil koʻrsatadi. Va hokazo... oynada tasarruf bilan koʻp vaziyatlar bera olamiz; xunuklashtirib, goʻzallashtirib koʻp shakllarga sola olamiz. Faqat xorijiy va umumiy xonada esa osonlikcha tasarruf etolmaymiz va uni tagʻyir etolmaymiz. Xususiy xona bilan umumiy xona haqiqatda bir-birining ayni ekan, ahkomda boshqadir. Sen bir barmoq bilan xonangni xarob qila olasan, haqiqiy honaning esa bir toshini ham qimirlatolmaysan.

Xullas, dunyo ziynatli bir manzildir. Har birimizning hayoti, bir andom oynasidir. Shu dunyodan har birimizda bittadan dunyo bor, bittadan olamimiz bor. Faqat ustuni, markazi, eshigi hayotimizdir. Balki u xususiy dunyomiz va olamimiz bir sahifadir. Hayotimiz bir qalam.. u bilan sahifa-i a'molimizga oʻtadigan koʻp narsalar yoziladi. Agar dunyomizni sevgan boʻlsak, keyin koʻrdikki: Dunyomiz hayotimiz ustida bino qilingani uchun, hayotimiz kabi zoil, foniy, qarorsizdir, his qilib bildik. Unga oid muhabbatimiz, u xususiy dunyomiz oyna boʻlgan va tamsil etgan goʻzal nuqushi asmo-i Ilohiyaga aylanadi; undan jilva-i asmoga intiqol etadi. Ham u xususiy dunyomiz oxirat va Jannatning muvaqqat bir koʻchatzori boʻlganini idrok etib, unga qarshi shadid hirs va talab va muhabbat kabi hissiyotimizni uning natijasi va samarasi va niholi boʻlgan uxroviy fovoidiga oʻgirsak, oʻsha majoziy ishq haqiqiy ishqqa inqilob etadi. Boʻlmasa

نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ اُولٰٓئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

sirriga mazhar boʻlib, nafsini unutib, hayotning zavolini oʻylamasdan, xususiy, qarorsiz dunyosini ayni umumiy dunyo kabi sobit bilib, oʻzini loyamut faraz qilib dunyoga tiqilsa, shadid hissiyot bilan unga yopishsa, unga botib ketadi. U muhabbat u uchun hadsiz balo va azobdir. Chunki u muhabbatdan yetimona bir shafqat, ma'yusona bir riqqat tavallud etadi. Butun zihayotlarga achinadi; hatto goʻzal va zavolga ma'ruz butun maxluqotga bir riqqat va bir firqat his qiladi; qoʻlidan hech narsa kelmaydi, ya'si mutlaq ichida alam chekadi. Faqat gʻaflatdan qutulgan avvalgi odam u shadid shafqatning alamiga qarshi ulviy bir tiryoq topadiki; u achingan butun zihayotlarning mavt va zavolida bir Zoti Boqiyning boqiy asmosining doimiy jilvalarini tamsil etgan oyna-i arvohlarni boqiy koʻradi; shafqati bir sururga inqilob etadi. Ham zavol va fanoga ma'ruz butun goʻzal maxluqotning orqasida bir jamoli munazzah va husni muqaddasni ihsos etgan bir naqsh va tahsin va san'at va tazyin va ehson va tanviri doimiyni koʻradi. U zavol va fanoni tazyidi husn va tajdidi lazzat va tashhiri san'at uchun bir yangilab turish shaklida koʻrib, lazzatini va shavqini va hayratini ziyodalashtiradi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 11 —

IKKINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(U mazkur va ma'lum talabasining hadyasiga qarshi javobdan bir parcha.)

Solisan: Menga bir hadya yubording. Gʻoyat ahamiyatli bir qoidamni buzishni istaysan. Men demaymanki "Ukam va jiyanim boʻlgan Abdulmajid va Abdurrahmondan qabul qilmaganim kabi sendan ham qabul qilmayman." Chunki sen ulardan ancha oldin va ruhimga yanada yaqin boʻlganingdan, harkasning hadyasi rad qilinsa, seniki bir marta istisno boʻlib rad qilinmaydi. Faqat shu munosabat bilan u qoidamning sirrini aytaman:

Eski Said minnat olmasdi. Minnat ostiga kirishdan koʻra oʻlimni tarjih etardi. Koʻp zahmat va mashaqqat chekkani holda, qoidasini buzmadi. Eski Saidning sening bu bechora qardoshingga irsiyatdan qolgan shu xislati esa, tazahhud va sun'iy bir istigʻno emas, balki toʻrt-besh jiddiy sabablarga istinod etadi.

Birinchisi: Ahli zalolat ahli ilmni; ilmni vosita-i jar qilish bilan ittihom etadilar. "Ilmni va dinni oʻzlariga madori maishat qiladilar" deb insofsiz tarzda ularga hujum qiladilar. Bularni fe'lan takzib lozimdir.

Ikkinchisi: Nashri haq uchun Anbiyoga ittibo etish bilan mukallafmiz. Qur'oni Hakimda, haqni nashr qilganlar:

اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ٭ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ

deb insonlardan istigʻno koʻrsatganlar. Sura-i Yosinda

اِتَّبِعُوا مَنْ لَا يَسْئَلُكُمْ اَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُونَ

jumlasi masalamiz haqida juda ma'nodordir...

— 12 —

Uchinchisi: Birinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: Alloh nomi bilan berish, Alloh nomi bilan olish lozimdir. Holbuki koʻpincha yo bergan gʻofildir; oʻz nomidan beradi, zimniy bir minnat qiladi. Yo olgan gʻofildir; Mun'imi Haqiqiyga oid shukrni, sanoni zohiriy sabablarga beradi, xato qiladi.

Toʻrtinchisi: Tavakkal, qanoat va iqtisod shunday bir xazina va bir sarvatdirki, hech bir narsa bilan almashtirilmaydi. Insonlardan axzi mol etib u tuganmas xazina va dafinalarni yopishni istamayman. Razzoqi Zuljalolga yuz minglab shukr qilamanki, kichikligimdan beri meni minnat va zillat ostiga kirishga majbur qilmagan. Uning karamiga tayanib, boqiyya-i umrimni ham u qoida bilan oʻtkazishini rahmatidan niyoz etaman.

Beshinchisi: Bir-ikki yildir, koʻp alomatlar va tajribalar bilan qat'iy qanoat hosil qildimki; xalqlarning molini, xususan boylarning va ma'murlarning hadyalarini olishga ma'zun emasman. Ba'zilari menga ziyon beradi... balki tegdirilmaydi, yedirilmaydi. Ba'zan menga zararli shaklga aylanadi. Demak bu gʻayrning molini olmaslikka ma'nan bir amr va olishdan bir ta'qiqdir. Ham menda bir tavahhush bor; har kimni har doim qabul qilolmayman. Xalqning hadyasini qabul qilish, ularni yuz-xotir qilib, istamagan vaqtimda ularni qabul qilishga toʻgʻri keladi.. bu ham menga yoqmaydi. Ham tasannu' va tamalluqdan meni qutqargan bir parcha qotgan non yeyish va yuz yeri yamoqli bir libos kiyish menga koʻproq xush keladi. Gʻayrning eng a'lo paxlavasini yeyish, eng murasso' libosini kiyish va ularni yuz-xotir qilishga majbur boʻlish, menga noxush keladi.

Oltinchisi: Va istigʻno sababining eng muhimi; mazhabimizga binoan eng moʻ'tabar boʻlgan Ibn Hajar deydilarki: "Salohat niyati bilan senga berilgan bir narsani, solih boʻlmasang, qabul qilish haromdir."

Xullas, bu zamonning insonlari hirs va tama' tufayli kichik hadyasini juda qimmatga sotishadi. Men kabi gunohkor bir bechorani, solih yoki valiy deb tasavvur qilib, bitta non berishadi. Agar, xosho, men oʻzimni solih deb bilsam, u alomati gʻururdir, salohatning adamiga dalildir. Agar oʻzimni solih deb bilmasam, u molni qabul qilish joiz boʻlmaydi. Ham oxiratga mutavajjih a'molga muqobil sadaqa va hadyani olish, oxiratning boqiy mevalarini dunyoda, foniy suratda yeyish deganidir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 13 —

UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Ma'lum talabasiga yuborilgan maktubning bir parchasi.)

Xomisan: Bir maktubingda, bu yerdagi hissiyotimga hissador boʻlish orzusida ekaningni yozgan eding. Mana, mingdan birini eshit.

Bir kecha, yuz tabaqalik irtifo'da, bir qatron daraxtining ustidagi supada, samoning yulduzlar bilan porlatilgan goʻzal yuziga qaradim; Qur'oni Hakimning فَلَٓا اُقْسِمُ بِالْخُنَّسِ ٭ اَلْجَوَارِ الْكُنَّسِ qasamida ulviy bir nuri i'joz va porloq bir sirri balogʻat koʻrdim. Ha, sayyor yulduzlarga va istitor va intishorlariga ishorat qilgan shu oyat, gʻoyat oliy bir naqshi san'at va oliy bir lavha-i ibrat nazari tomoshaga koʻrsatadi. Ha, shu sayyoralar qoʻmondonlari boʻlgan quyoshning doirasidan chiqadilar, sobit yulduzlar doirasiga kirib, samoda yangi-yangi naqshlarni va san'atlarni koʻrsatadilar. Ba'zan oʻzlari kabi porloq bir yulduz bilan yelkama-yelka turib, goʻzal bir vaziyat koʻrsatadilar. Ba'zan kichik yulduzlar ichiga kirib, bir qoʻmondon suratini koʻrsatadilar. Ayniqsa bu mavsumda, kun botgandan soʻngra, ufqda Zuhro yulduzi va subhdan avval boshqa porloq bir birodari, gʻoyat shirin va goʻzal bir vaziyat koʻrsatadilar. Soʻngra, vazifa-i taftishiyalarini va naqshi san'atda makiklik xizmatini bajarganlaridan soʻng, yana qaytib sultonlari boʻlgan quyoshning shashaali doirasiga kirib yashirinadilar. Hozir shu "Xunnas, Kunnas" deb ataluvchi sayyoralar bilan shu zaminimizni koinot fazosida bittadan kema, bittadan tayyora suratida kamoli intizom bilan aylantirgan va sayru-sayohat ettirgan Zotning hashmati rububiyatini va shashaa-i saltanati uluhiyatini quyosh kabi porloqligi bilan koʻrsatadilar. Boq bir saltanatning hashmatigaki, kemalari va tayyoralari ichida shundaylari borki, ming marta kura-i arz qadar kattalikda va bir soniyada sakkiz soatlik masofani bosib oʻtadigan sur'atdadir.

Xullas, bunday bir sultonga ubudiyat va iymon bilan intisob etish va bu dunyoda Unga musofir boʻlish naqadar oliy bir saodat, qay daraja buyuk bir sharaf ekanini qiyos qil.

Soʻngra Qamarga qaradim.

وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ

oyatining gʻoyat porloq bir nuri i'jozni ifoda qilganini koʻrdim. Ha, Qamarning taqdir va tadviri va tadbir va tanviri va zaminga va Quyoshga nisbatan gʻoyat daqiq bir hisob bilan vaziyatlari shu qadar hayrat-fazo, shu daraja horiqodirki, uni oʻshanday tanzim etgan va taqdir etgan bir Qodirga hech narsa ogʻir kelmaydi. "Uni oʻshanday qilgan hamma narsani qila oladi" fikrini, tomosha qilgan har bir zishuurga dars beradi. Ham shunday bir tarzda Quyoshni ta'qib qiladiki; bir soniya qadar yoʻlini chalkashtirmaydi, zarra qadar vazifasidan ortda qolmaydi. Diqqat bilan qaraganga: سُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ dediradi. Xususan May oyining oxirida boʻlganidek, ba'zi vaqtlarda ingichka hilol shaklida Surayyo manziliga kirgan vaqt, xurmo daraxtining egilgan oq bir shoxi suratini va Surayyo bir shingil suratini koʻrsatganidan, yashil samo pardasi orqasida, xayolga ulkan bir nuroniy daraxtning vujudini taxayyul ettiradi. Goʻyo oʻsha daraxtdan bir shoxining oʻtkir uchi u pardani teshgan, bir shingili bilan birga boshini chiqargan, Surayyo va Hilol va boshqa yulduzlar ham oʻsha gʻaybiy daraxtning mevalari ekanini xayolga talqin etadi. Xullas كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ tashbehining latofatini, balogʻatini koʻr.

— 14 —

Soʻngra

هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا ف۪ى مَنَاكِبِهَا

oyati xotirimga keldi: zamin musahhar bir safina, bir markub ekaniga ishorat qiladi. U ishoratdan oʻzimni fazo-i koinotda sur'at bilan sayohat qilgan juda ulkan bir kemaning yuksak bir mavqe'ida koʻrdim. Ot va kema kabi bir markubga minilgan vaqtda qiroati sunnat boʻlgan

سُبْحَانَ الَّذ۪ى سَخَّرَ لَنَا هٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِن۪ينَ

oyatini oʻqidim.

Ham koʻrdimki: Kura-i Arz shu harakat bilan, kino lavhalarini koʻrsatuvchi bir uskuna vaziyatini oldi; butun samovotni harakatga keltirdi, butun yulduzlarga muhtasham bir qoʻshin kabi qoʻmondonlikni boshladi. Shundayin shirin va yuksak manzaralarni koʻrsatdiki, ahli fikrni mast va hayron qiladi. "Fasubhanalloh!" dedim; naqadar oz bir masraf bilan naqadar koʻp va buyuk va gʻarib va ajib, oliy va gʻoliy ishlar qilinyapti. Bu nuqtadan ikki nukta-i iymoniya xotirga keldi:

Birinchisi: Bir necha kun avval bir musofirim menga savol berdi. U shubhali savolning asosi shudir: Jannat va Jahannam juda ham uzoqdir. Boringki, ahli Jannat lutfi Ilohiy bilan chaqmoq va buroq kabi uchib hashrdan oʻtadilar, Jannatga ketadilar. Lekin ahli Jahannam ogʻir jismlari va ulkan va ogʻir gunohlarning yuklari ostida qanday boradilar? Qaysi vosita bilan?

Xotirga kelgan javob shu: Masalan Amerikada barcha millatlar umumiy bir kongressga da'vat qilinsa, har bir millat katta kemasiga minadi, u yerga boradi. Xuddi shuning kabi: Bahri muhiti koinotda, bir yilda yigirma besh ming yillik uzun masofada sayohat qilishga odatlangan Kura-i Arz; aholisini olib borib mahshar maydoniga boʻshatadi. Ham har oʻttiz uch metrda bir daraja-i harorat tazoyud etish dalolati bilan, markazi Arzda boʻlgan Jahannam otashining hadisda bayon qilingan daraja-i haroratiga muvofiq ikki yuz ming daraja-i haroratni tashigan va hadisning rivoyatiga koʻra, dunyoda va barzohda katta Jahannamning ba'zi vazifalarini bajargan otashini Jahannamga toʻkadi; soʻngra amri Ilohiy bilan yanada goʻzal va boqiy bir suratga tabaddul etadi; oxirat olamidan bir manzili boʻladi.

Xotirga kelgan ikkinchi nukta: Sone'-i Qodir, Fotiri Hakim, Vohidi Ahad kamoli qudratini va jamoli hikmatini va dalili vahdatini koʻrsatish uchun, juda oz narsa bilan koʻp ishlarni qilish; juda kichik bir narsa bilan juda ulkan vazifalarni qildirishni odat qilgan. Ba'zi Soʻzlarda aytgan edim: Agar butun ashyo bitta zotga isnod etilsa, vujub darajasida bir suhulat, bir osonlik paydo qiladi. Agar ashyo mutaaddid sone'larga, sabablarga isnod etilsa; imtino' darajasida bir suubat, bir mushkulot oʻrtaga chiqadi. Chunki bir zobit kabi yoki usta kabi bitta zot, kasratli afrodga va kasratli toshlarga bir fe'l bilan, bir harakat bilan va suhulat bilan bir vaziyat berib, bir natija hosil qiladiki, agar u vaziyatni olishi va u natijani istihsol etishi, u qoʻshindagi afrodga va u ustunsiz qubbadagi toshlarga havola qilinsa; juda koʻp fe'llar bilan, juda koʻp mushkulot bilan, juda koʻp chalkashliklar bilan zoʻrgʻa qilinishi mumkin.

— 15 —

Xullas shu koinotdagi raqs va davaron, sayru javalon va tomosha-i tasbehfashon va fusuli arba'a va kecha-kunduzdagi sayaron kabi af'ol, agar vahdatga berilsa; bitta zot, bitta amr bilan, bitta kurani tahrik bilan mavsumlarning oʻzgarishidagi ajoyibi san'ati va kecha-kunduzning davaronidagi gʻaroyibi hikmati va yulduzlarning va Shams va Qamarning suriy harakatlarida shirin tomosha lavhalarini koʻrsatish kabi u oliy vaziyatlarni va gʻoliy natijalarni istihsol etadi. Chunki umum mavjudot qoʻshini Unikidir. Istasa, Arz kabi bir askarni butun yulduzlarga qoʻmondon qilib tayinlaydi; ulkan Quyoshni, aholisiga isituvchi va yorituvchi bir chiroq va alvohi nuqushi qudrat boʻlgan fusuli arba'ani ham bir makik va sahoifi kitobati hikmat boʻlgan kecha-kunduzni ham bir yoy qiladi. Har bir kuni uchun oʻzgacha bir shaklda bir Qamarni koʻrsatib, avqotning hisobi uchun taqvimchilik qildiradi.. Va yulduzlarning oʻzlariga, raqsga tayyorlangan va jazbadan raqsga tushgan maloikaning qoʻllarida bezalgan va shirin, porloq nozanin misbohlar suratini berish kabi, Arzga oid koʻp hikmatlarini koʻrsatadi. Agar bu vaziyatlar, umum mavjudotga hukmi va nizomi va qonuni va tadbiri mutavajjih boʻlgan bir zotdan istanilmasa, u vaqt umum quyoshlar, yulduzlar haqiqiy harakat bilan va hadsiz bir sur'at bilan hadsiz masofani har kun bosib oʻtishlari lozim boʻladi.

Xullas, vahdatda nihoyatsiz suhulat va kasratda nihoyatsiz suubat boʻlganidan; ahli san'at va tijorat kasratga bir vahdat beradi, toki suhulat va osonlik boʻlsin, ya'ni shirkatlar tashkil etadilar.

Alhosil: Zalolat yoʻlida nihoyatsiz mushkulot bor, hidoyat va vahdat yoʻlida nihoyatsiz suhulat bor.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 16 —

TOʻRTINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ لَاسِيَّمَا ‌ الخ

Aziz qardoshlarim!

Men hozir Qaragʻay Togʻida, yuksak bir tepalikda, ulkan bir qaragʻay daraxtining tepasida bir supada oʻtiribman. Insonlardan tavahhush va vuhushga unsiyat etdim. Insonlar bilan suhbat orzu qilgan vaqtim, xayolan sizlarni yonimda tasavvur qilib, bir suhbat qilaman, sizlar bilan mutasalli boʻlaman. Bir mone boʻlmasa, bir-ikki oy bu yerda yolgʻiz qolish orzusidaman. Barlaga qaytsam, orzuyingiz bilan sizdan ziyoda mushtoq boʻlganim shifahiy bir musohaba chorasini izlab koʻramiz. Hozir bu qaragʻay daraxtida xotirga kelgan ikki-uch xotirani yozyapman.

Birinchisi: Bir oz mahram bir sirdir; faqat sendan sir saqlanmaydi. Shundayki:

Ahli haqiqatning bir qismi qandayki Ismi Vadudga mazhardirlar va a'zamiy bir martabada u ismning jilvalari bilan, mavjudotning derazalari bilan Vojib-ul Vujudga qaraydilar.. shuning kabi: shu hech-andar hech qardoshingizga, yolgʻiz xizmati Qur'onda istihdomi hangomida va u xazina-i benihoyaning dalloli boʻlgan bir vaqtda, Ismi Rahim va Ismi Hakim mazhariyatiga mador bir vaziyat berilgan. Butun Soʻzlar oʻsha mazhariyatning jilvalaridir. Inshaalloh u Soʻzlar

وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا

sirriga mazhardirlar.

Ikkinchisi: Tariqi Naqshiy haqida aytilganki: "Dar tariqi Naqshibandiy lozim omad chor tark; tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" boʻlgan fikra-i ra'no birdan xotirga keldi. U xotira bilan barobar birdan shu fikra tulu' etdi:

«Dar tariqi ajz-mandiy lozim omad chor chiz: faqri mutlaq, ajzi mutlaq, shukri mutlaq, shavqi mutlaq ey aziz!»

Soʻngra sen yozgan: "Boq kitobi koinotning safha-i ranginina, ila oxir.." boʻlgan rangli va boy she'r xotiramga keldi. U she'r bilan samoning yuzidagi yulduzlarga qaradim. "Koshki shoir boʻlsaydim, buni takmil etsaydim" dedim. Holbuki she'r va nazmga iste'dodim yoʻq ekan, yana boshladim, faqat nazm va she'r qilolmadim; xotirga qanday kelgan boʻlsa, shunday yozdim. Sen mening vorisimsan, istasang nazmga sol, tanzim et. Xullas, birdan xotirga kelgan shu:

Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shiriniga

Noma-i nurini hikmat, boq ne taqrir aylamish.

Birgalikda nutqqa kelmish, haq lisoni bilan derlar:

Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham hokimiyatiga

— 17 —

Bittadan burhoni nur-afshonmiz vujubi Sone'ga

Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.

Shu zamin yuzini porlatgan

Nozanin moʻ'jizoti chun malak sayroniga.

Bu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat qilgan

Minglab mudaqqiq koʻzlarmiz biz.

{(Hoshiya) Ya'ni Jannat chechaklarining koʻchatzor va ekinzori boʻlgan zaminning yuzida hadsiz moʻ'jizoti qudrat tashhir etilganidan, samovot olamidagi maloikalar u moʻ'jizotni va u horiqolarni tomosha qilganlari kabi; ajromi samoviyaning koʻzlari hukmida boʻlgan yulduzlar ham, goʻyo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnu'otni koʻrishlari bilan Jannat olamiga qaraydilar va u muvaqqat horiqolarni boqiy bir suratda Jannatda ham tomosha qilayotgandek, bir zaminga, bir Jannatga qaraydilar. Ya'ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.}

Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan toqilgan minglab goʻzal mevalarmiz biz.

Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan ulviy oshiyona,

— 18 —

Bittadan misbohi navvor, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoramiz biz.

Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning bittadan moʻ'jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san'ati Xoliqona,

Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.

Bunday yuz ming til bilan yuz ming burhon koʻrsatamiz, eshittiramiz inson boʻlgan insonga.

Koʻr boʻlsin dinsiz koʻzi, koʻrmas boʻldi yuzimizni. Ham eshitmas soʻzimizni. Haq soʻylagan oyatlarmiz biz.

Sikkamiz bir, turramiz bir, Robbimizga musahharmiz, musabbihmiz, zikr qilamiz obidona

Kahkashonning halqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 19 —

BESHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Silsila-i naqshiyning qahramoni va quyoshi boʻlgan Imom Rabboniy (r.a.) Maktubotida aytganki: "Haqoiqi iymoniyadan bir masalaning inkishofini minglab azvoq va mavojid va karomotga tarjih etaman".

Ham: "Butun tariqlarning nuqta-i muntahosi, haqoiqi iymoniyaning vuzuh va inkishofidir", degan.

Va yana: "Valoyat uch qismdir: Biri valoyati sugʻro-ki, mashhur valoyatdir. Biri valoyati vusto, biri valoyati kubrodir. Valoyati kubro: varosati nubuvvat yoʻli bilan, tasavvuf barzohiga kirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqatga yoʻl ochishdir", deganlar.

Yana: "Tariqi naqshiyda ikki qanot bilan suluk etiladi", deganlar. Ya'ni: Haqoiqi iymoniyaga sogʻlom bir suratda e'tiqod qilish va faroizi diniyaga imtisol etish bilan boʻladi. Bu ikki janohda qusur boʻlsa, u yoʻldan borilmaydi". Shunday ekan, tariqi Naqshiyning uch pardasi bor:

Birisi va eng birinchisi va eng buyugi: Toʻgʻridan toʻgʻri haqoiqi iymoniyaga xizmat boʻlib, Imom Rabboniy (r.a.) ham oxir umrida unda suluk etganlar.

Ikkinchisi: Faroizi diniyaga va sunnati saniyaga tariqat pardasi ostida xizmatdir.

Uchinchisi: Tasavvuf yoʻli bilan amrozi qalbiyaning izolasiga urinish, qalb oyogʻi bilan suluk etishdir. Birinchisi farz, ikkinchisi vojib, uchinchisi sunnat hukmidadir.

— 20 —

Modomiki haqiqat shu ekan; men taxmin qilamanki: Agar Shayx Abdulqodir Jiyloniy (r.a.) va Shohi Naqshband (r.a.) va Imom Rabboniy (r.a.) kabi zotlar bu zamonda boʻlsaydilar, butun himmatlarini haqoiqi iymoniya ning va aqoidi Islomiya ning taqviyasiga sarf qilardilar. Chunki saodati abadiyaning madori shulardir. Ularda qusur etilsa, shaqovati abadiyaga sababiyat beradi. Iymonsiz Jannatga kirib boʻlmaydi, lekin tasavvufsiz Jannatga kirgan juda koʻpdir. Nonsiz inson yashay olmaydi, lekin mevasiz yashashi mumkin. Tasavvuf mevadir, haqoiqi Islomiya gʻidodir. Ilgarilari qirq kundan tortib to qirq yilga qadar bir sayri suluk bilan ba'zi haqoiqi iymoniyaga zoʻrgʻa chiqish mumkin edi. Hozir esa Janobi Haqning rahmati bilan, qirq daqiqada oʻsha haqoiqqa chiqiladigan yoʻl topilgan boʻlsa; u yoʻlga qarshi loqayd qolish, albatta kori aql boʻlmaydi...

Xullas oʻttiz uch adad Soʻzlar bunday Qur'oniy yoʻlni ochganini, diqqat bilan oʻqiganlar hukm qilyaptilar. Modomiki haqiqat shu ekan; asrori Qur'oniyaga oid yozilgan Soʻzlar bu zamonning yaralariga eng munosib bir dori, bir malham va zulumotning tahojumotiga ma'ruz hay'ati Islomiyaga eng foydali bir nur va zalolat vodiylarida adashganlar uchun eng toʻgʻri rahbar ekanligi e'tiqodidaman. Bilasizki: Agar zalolat jaholatdan kelsa, izolasi osondir. Ammo zalolat fandan va ilmdan kelsa, izolasi mushkuldir. Eski zamonda ikkinchi qism mingtadan bitta boʻlardi. Ulardan faqat mingtadan bittasi irshod bilan isloh boʻlishi mumkin edi. Chunki undaylar oʻzlariga bino qoʻyadilar; bilmaydilar, lekin oʻzlarini bilaman deb oʻylaydilar. 'Janobi Haq shu zamonda i'jozi Qur'onning ma'naviy lamaatidan boʻlgan ma'lum Soʻzlarga shu zalolat zindiqosiga bir tiryoq xususiyatini bergan', degan fikrdaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 21 —

OLTINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمَا وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمَا مَادَامَ الْمَلَوَانِ وَ تَعَاقَبَ الْعَصْرَانِ وَ مَادَارَ الْقَمَرَانِ وَ اسْتَقْبَلَ الْفَرْقَدَانِ

Gʻayratli qardoshlarim, hamiyatli birodarlarim va dunyo deyilgan diyori gʻurbatda madori tasallilarim!

Modomiki Janobi Haq sizlarni fikrimga ehson etgan ma'nolarga hissador qilgan ekan; albatta hissiyotimga ham hissador boʻlish haqqingizdir. Sizlarni ziyoda mutaassir etmaslik uchun, gʻurbatimdagi firqatimning ziyoda aliym qismini tashlab oʻtib, bir qismini sizlarga hikoya qilaman. Shundayki:

Shu ikki-uch oydir juda yolgʻiz qoldim. Ba'zan oʻn besh-yigirma kunda bir marta musofir yonimda boʻladi. Boshqa vaqtlarda yolgʻizman. Ham yigirma kunga yaqindir, togʻda yashovchilar yaqin atrofimda yoʻq, tarqab ketishgan.

Xullas tun vaqti, shu gʻaribona togʻlarda; sas-sadosiz, yolgʻiz daraxtlarning hazinona hamhamalari ichida oʻzimni bir-biri ichida besh muxtalif rangli gʻurbatlarda koʻrdim.

Birinchisi: Keksalik sirri bilan, deyarli aksariyati mutlaqa bilan, aqron va ahbobim va aqoribimdan yolgʻiz va gʻarib qoldim. Ular meni tashlab olami barzohga ketganlaridan nash'at etgan hazin bir gʻurbatni his qildim. Xullas shu gʻurbat ichida boshqa bir doira-i gʻurbat ochildi. U ham oʻtgan bahor kabi, aloqador boʻlganim aksar mavjudot meni tashlab ketganlaridan hosil boʻlgan firqatli bir gʻurbatni his qildim. Va shu gʻurbat ichida bir doira-i gʻurbat yana ochildiki, vatanimdan va aqoribimdan ayrilib, yolgʻiz qolganimdan tavallud etgan firqatli bir gʻurbatni his etdim. Va shu gʻurbat ichida, tunning va togʻlarning gʻaribona vaziyati menga riqqatli bir gʻurbatni yana his ettirdi. Va shu gʻurbatdan, shu foniy musofirxonadan abad-ul abad tarafiga harakatga tayyor boʻlgan ruhimni favquloda bir gʻurbatda koʻrdim. Birdan Fasubhanalloh dedim; bu gʻurbatlarga va zulmatlarga qanday chidash mumkin deb oʻyladim. Qalbim faryod bilan dedi:

Yo Rab! Gʻaribam, bekasam, zaifam, notuvonam, aliylam, ojizam, ixtiyoram.

Beixtiyoram, al-omon guyam, avf juyam, madad xoham zidargohat Ilohiy!

— 22 —

Birdan nuri iymon, fayzi Qur'on, lutfi Rahmon imdodimga yetishdilar. Oʻsha beshta zulmatli gʻurbatlarni beshta nuroniy unsiyat doiralariga aylantirdilar. Lisonim: حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi. Qalbim: فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ oyatini oʻqidi. Aqlim ham iztirobdan va dahshatdan faryod etgan nafsimga xitoban dedi:

Tashla bechora faryodni, balodan qil tavakkal. Zero faryod; balo andar, xato-andar, balodir bil.

Balo berganni topgan boʻlsang agar; safo-andar, vafo-andar, ato-andar balodir bil.

Modomiki bunday, tashla shakvoni shukr qil, chun balobil, dama quvonchidan kular umum gul-mul.

Gar topmasang, butun dunyo jafo-andar, fano-andar, habo-andar balodir bil.

Jahon toʻla balo boshingda bor ekan, nega baqirasan kichik bir balodan, kel tavakkal qil.

Tavakkal bilan balo yuziga kul, toki u ham kulsin; u kulgan sari kichrayar, etar tabaddul.

Ham ustozlarimizdan Mavlono Jaloliddin nafsiga degani kabi dedim:

— 23 —
اُو گُفْتْ اَلَسْتُ و تُو گُفْت۪ى بَلٰى شُكْرِ بَلٰى چ۪يسْتْ كَش۪يدَنْ بَلَا ٭
سِرِّ بَلَا چ۪يسْتْ كِه يَعْن۪ى مَنَمْ حَلْقَه زَنِ دَرْگَهِ فَقْر و فَنَا

Shunda nafsim ham: "Ha, ha... ajz va tavakkal bilan, faqr va iltijo bilan nur eshigi ochiladi, zulmatlar tarqaladi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْاِسْلَامِ " dedi. Mashhur Hikami Atoiyaning shu fikrasi:

مَاذَا وَجَدَ مَنْ فَقَدَهُ ٭ وَ مَاذَا فَقَدَ مَنْ وَجَدَهُ

Ya'ni: "Janobi Haqni topgan nimani yoʻqotadi? Va Uni yoʻqotgan, nimani qozonadi?

"Uni topgan hamma narsani topadi; Uni topmagan hech narsa topmaydi, topsa ham boshiga balo topadi", ma'nosining qay daraja oliy bir haqiqat ekanini koʻrdim va طُوبٰى لِلْغُرَبَاءِ hadisining sirrini angladim, shukr qildim.

Mana qardoshlarim, zulmatli bu gʻurbatlar, garchi nuri iymon bilan nurlandilar; faqat yana menda bir daraja hukmlarini ijro etdilar va shunday bir tushunchani berdilar: "Modomiki men gʻaribman va gʻurbatdaman va gʻurbatga ketaman; ajabo shu musofirxonadagi vazifam tugadimikan? Toki sizlarni va Soʻzlarni tavkil etsam va batamom aloqamni uzsam." degan fikr koʻnglimga keldi. Shuning uchun sizdan soʻragandimki: "Ajabo, yozilgan Soʻzlar kifoyami yoki nuqsoni bormi? Ya'ni: Vazifam tugaganmikan? Toki rohati qalb bilan oʻzimni nurli, haqiqiy bir gʻurbatga otib, dunyoni unutib, Mavlono Jaloliddin degani kabi

دَان۪ى سَمَاعِ چِه بُوَدْ ب۪ى خُودْ شُدَنْ زِهَسْت۪ى
اَنْدَرْ فَنَاىِ مُطْلَقْ ذَوْقِ بَقَا چَش۪يدَنْ

deb, ulviy bir gʻurbatni qidira olamanmi?" deya sizni oʻsha savollar bilan bezovta qilgandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 24 —

YETTINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz qardoshlarim!

Menga aytishi maqsadida Shomli Hofizga ikki narsa degan ekansiz:

Birinchisi: "Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning Zaynab bilan tazavvujini; eski zamon munofiqlari kabi, yangi zamonning ahli zalolati ham madori tanqid deb biladilar, nafsoniy, shahvoniy deb oʻylaydilar", deyapsiz.

Aljavob: Yuz ming marta xosho va kallo! U domoni mualloga shunday past shubahotning qoʻli yetolmaydi. Ha, oʻn besh yoshdan qirq yoshga qadar, harorati gʻariziyaning gʻalayoni hangomida va havasoti nafsoniyaning iltihobi zamonida, doʻst va dushmanning ittifoqi bilan kamoli iffat va tamomi ismat bilan Xadicha-i Kubro (R.A.) kabi keksa ayol bilan iktifo va qanoat qilgan bir zotning qirq yoshdan keyin, ya'ni harorati gʻariziya tavaqqufi hangomida va havasoti nafsoniyaning sukunati zamonida kasrati izdivoj va tazavvujoti, bizzarura va bilbedaho nafsoniy boʻlmaganini va boshqa ahamiyatli hikmatlarga mustanid boʻlganini, zarra qadar insofi boʻlgan odamga isbot qiladigan bir hujjatdir.

U hikmatlardan birisi shuki: Zoti Risolatning aqvoli kabi, af'ol va ahvoli va atvor va harakoti ham manabi'i din va shariatdir va ahkomning ma'hazlaridir. Shiqqi zohiriysiga Sahobalar hamala boʻlganlari kabi, xususiy doirasida maxfiy ahvolotidan tazohur etgan asrori din va ahkomi shariatning hamalalari va roviylari ham, Azvoji Tohirotdir va bilfe'l u vazifani ado qilganlar. Asror va ahkomi dinning deyarli yarmi ulardan keladi. Demak, bu azim vazifaga bir qancha va mashrab jihatidan muxtalif Azvoji Tohirot lozim.

— 25 —

Kelaylik Hazrat Zaynabning tazavvujiga: Yigirma Beshinchi Soʻzning Birinchi Shu'lasining Uchinchi Shuasining misollaridan boʻlgan:

مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَٓا اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ وَلٰكِنْ رَسُولَ اللّٰهِ وَ خَاتَمَ النَّبِيّ۪نَ

oyatiga doir shunday yozilganki: Insonlarning tabaqotiga koʻra birgina oyat mutaaddid vujuhlar bilan, har bir tabaqaning fahmiga koʻra bir ma'no ifoda qiladi. Bir tabaqaning shu oyatdan hissa-i fahmi shuki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori yoki "oʻgʻlim" xitobiga mazhar boʻlgan Zayd (R.A.), rivoyati sahiha bilan e'tirofiga binoan, izzatli zavjasini oʻziga ma'nan kufuv koʻrmagani uchun tatliq etgan. Ya'ni: Hazrat Zaynab boshqa yuksak bir axloqda yaratilgan va bir Paygʻambarga zavja boʻladigan fitratda boʻlganini Zayd farosat bilan his qilgan va oʻzini unga zavj boʻladigan fitratda oʻziga kufuv koʻrmaganidan, ma'naviy kelishmovchilikka sababiyat bergani uchun, tatliq etgan. Allohning amri bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olganlar; ya'ni زَوَّجْنَاكَهَا ning ishorati bilan, u nikoh bir aqdi samoviy ekaniga dalolati bilan, horiquloda va urf va muomaloti zohiriyadan ustun, yolgʻiz qadarning hukmi bilanki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u hukmi qadarga inqiyod koʻrsatgan va majbur boʻlgan. Nafs orzusi bilan emas. Shu qadar hukmining ham ahamiyatli bir hukmi shar'iy va muhim bir hikmati ommani va shumulli bir umumiy foydani tazammun etgan

لِكَىْ لَا يَكُونَ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ حَرَجٌ ف۪ٓى اَزْوَاجِ اَدْعِيَٓائِهِمْ

oyati karimasining ishorati bilan: Kattalarning kichiklarga "oʻgʻlim" deyishlari, zihor masalalari kabi, ya'ni ayoliga "onam kabisan" desa, harom boʻlmaydiki, ahkom u bilan oʻzgarsin. Ham kattalarning raiyatlariga va paygʻambarlarning ummatlariga padarona nazar va xitoblari, vazifa-i risolat e'tibori bilandir; shaxsiyati insoniya jihati bilan emaski, ulardan zavja olish uygʻun boʻlmasin?

Ikkinchi bir tabaqaning hissa-i fahmi shuki: Bir buyuk amir raiyatiga padarona bir shafqat bilan qaraydi. Agar u amir zohiriy va botiniy bir podshohi ruhoniy boʻlsa; marhamati, padarning yuz chandon shafqatidan oshgani uchun, raiyatining afrodi, uning haqiqiy avlodi kabi, unga padar nazari bilan qaraydilar. Padar nazari esa, zavj nazariga inqilob etmaganidan va qiz nazari ham zavja nazariga osonlikcha oʻzgarmaganidan, afkori ommada, Paygʻambar moʻ'minlarning qizlarini olishi bu sirga uygʻun kelmagani uchun, Qur'on oʻsha vahmni daf qilish maqsadi bilan deydi: "Paygʻambar rahmati Ilohiya hisobi bilan sizga shafqat koʻrsatadi, padarona muomala qiladi va risolat nomidan siz uning avlodi kabisiz. Faqat shaxsiyati insoniya e'tibori bilan padaringiz emaski, sizdan zavja olishi munosib boʻlmasin? Va sizlarga "oʻgʻlim" desa, ahkomi shariat e'tibori bilan siz uning avlodi boʻlib qolmaysiz!.."

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 26 —

SAKKIZINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ismlari بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ga kirganlarining va har bir muborak narsaning boshida zikr qilinishlarining koʻp hikmatlari bor. Ularning bayonini boshqa vaqtga qoldirib, hozircha oʻzimning bir hissimni aytaman:

Qardoshim, men اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ismlarini shunday bir nuri a'zam tarzida koʻryapmanki, butun koinotni ihota etgan va har ruhning butun hojoti abadiyasini qondiradigan va hadsiz dushmanlaridan amin etadigan, nurli va quvvatli koʻrinyaptilar. Bu ikki nuri a'zam boʻlgan ismlarga yetishish uchun topgan eng muhim vasilam; faqr bilan shukr, ajz bilan shafqat dir. Ya'ni: Ubudiyat va iftiqordir. Bu masala munosabati bilan xotirga kelgan va muhaqqiqiynga, hatto bir ustozim boʻlgan Imom Rabboniyga muxolif oʻlaroq aytaman: Hazrat Yoqub Alayhissalomning Yusuf Alayhissalomga qarshi shadid va porloq hissiyoti, muhabbat va ishq emas; balki shafqatdir. Chunki shafqat, ishq va muhabbatdan koʻra gʻoyat keskin va porloq va ulviy va nazihdir va maqomi nubuvvatga loyiqdir. Faqat muhabbat va ishq majoziy mahbublarga va maxluqlarga qarshi daraja-i shiddatda boʻlsa, u maqomi mualloyi nubuvvatga loyiq boʻlmaydi. Demak, Qur'oni Hakimning porloq i'jozi bilan, porloq suratda koʻrsatgan va ismi Rahimning vusuliga vasila boʻlgan hissiyoti Yoqubiya, yuksak bir daraja-i shafqatdir. Ismi Vadudga vasila-i vusul boʻlgan ishq esa; Zulayhoning Yusuf Alayhissalomga qarshi boʻlgan muhabbat masalasidadir. Demak, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon Hazrat Yoqub Alayhissalomning hissiyotini qay daraja Zulayhoning hissiyotidan yuksak koʻrsatgan boʻlsa; shafqat ham shu daraja ishqdan yanada yuksak koʻrinadi. Ustozim Imom Rabboniy ishqi majoziyni maqomi nubuvvatga u qadar munosib koʻrmagani uchun aytganlar: "Mahosini Yusufiya mahosini uxroviya navidan boʻlgani uchun, unga muhabbat esa majoziy muhabbatlar navidan emaski, qusur boʻlsin". Men esa: "Ey Ustoz! U takallufli bir ta'vildir; haqiqat esa: U muhabbat emas, balki yuz marta muhabbatdan yanada porloq, yanada keng, yanada yuksak bir martaba-i shafqatdir", deyman. Ha, shafqat butun anvo'i bilan latif va nazihdir. Ishq va muhabbat esa, koʻp anvo'iga tanazzul etilmaydi.

Ham shafqat juda kengdir. Bir zot, shafqat etgan avlodi munosabati bilan butun bolalarga, hatto ziruhlarga shafqatini ihota etadi va Rahim ismining ihotasiga bir navi oynadorlik koʻrsatadi. Holbuki ishq mahbubiga hasri nazar qilib, hamma narsani mahbubiga fido etadi; yoxud mahbubini i'lo va sano etish uchun boshqalarini tanzil va ma'nan zamm etadi va hurmatlarini sindiradi. Masalan, bir kishi: "Quyosh mahbubimning husnini koʻrib uyaladi, koʻrmaslik uchun bulut pardasini boshiga tortadi", degan. Ey oshiq afandi! Nima haqqing borki, sakkiz ismi a'zamning bir sahifa-i nuroniysi boʻlgan Quyoshni bu shaklda uyaltiryapsan?

Ham shafqat xolisdir, muqobala istamaydi; Sof va begʻarazdir. Hatto eng oddiy martabada boʻlgan hayvonotning bolalariga qarshi fidokorona begʻaraz shafqatlari bunga dalildir. Holbuki ishq ujrat istaydi va muqobala talab qiladi. Ishqning yigʻilari bir navi talabdir, bir ujrat istashdir.

Demak, suvari Qur'oniyaning eng porlogʻi boʻlgan Sura-i Yusufning eng porloq nuri boʻlgan Hazrat Yoqubning (A.S.) shafqati, ismi Rahmon va Rahimni koʻrsatadi va shafqat yoʻli, rahmat yoʻli ekanini bildiradi va u alami shafqatga davo sifatida

فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

dediradi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 27 —

TOʻQQIZINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Yana oʻsha xolis talabasiga yuborgan maktubning bir parchasidir.)

Soniyan: Nashri anvori Qur'oniyadagi muvaffaqiyating va gʻayrating va shavqing, bir ikromi Ilohiydir, balki bir karomati Qur'oniyadir, bir inoyati Rabboniyadir. Sizni tabriklayman. Karomat va ikrom va inoyatning bahsi kelgani munosabati bilan, karomat va ikromning bir farqini aytaman. Shundayki:

Karomatning izhori, zarurat boʻlmaganda, zarardir. Ikromning izhori esa, bir tahdisi ne'matdir. Agar karomat bilan musharraf boʻlgan bir shaxs, bilib turib horiqo bir ishga mazhar boʻlsa, u holda agar nafsi ammorasi boqiy boʻlsa, oʻziga ishonish va nafsiga va kashfiga e'timod etish va gʻururga tushish jihatidan istidroj boʻlishi mumkin. Agar bilmasdan horiqo bir ishga mazhar boʻlsa, masalan birovning qalbida bir savol bor, intoqi bilhaq navidan unga muvofiq bir javob beradi; soʻngra anglaydi. Anglagandan soʻng oʻz nafsiga emas, balki oʻz Robbiga e'timodi ziyodalashadi va "Meni mendan ziyoda tarbiya qilgan bir hofizim bordir." deydi, tavakkalini ziyodalashtiradi. Bu qism, xatarsiz bir karomatdir; ixfosiga mukallaf emas, faqat faxr uchun qasddan izhor qilishga urinmasligi kerak. Chunki unda zohiran insonning kasbining bir madxali boʻlganidan, nafsiga nisbat etishi mumkin. Ammo ikrom esa; u karomatning salomatli boʻlgan ikkinchi navidanda salomatli, menimcha yanada oliydir. Izhori, tahdisi ne'matdir. Kasbning madxali yoʻq, nafsi uni oʻziga isnod etmaydi.

Xullas qardoshim; ham sening haqqingda, ham mening haqqimda, xususan Qur'on haqqidagi xizmatimizda eskidan beri koʻrganim va yozganim ehsonoti Ilohiya bir ikromdir; izhori, tahdisi ne'matdir. Shuning uchun senga qarshi tahdisi ne'mat navidan ikkimizning xizmatimizga oid muvaffaqiyotni yozyapman. Bilardimki, senda faxr emas, shukr hissini tahrik etadi.

Solisan: Koʻryapmanki: Shu dunyo hayotida eng baxtiyor oʻshaki: Dunyoni bir musofirxona-i askariy talaqqiy etsin va shunday ham iz'on etsin va shunga koʻra harakat qilsin. Va u talaqqiy bilan, eng buyuk martaba boʻlgan martaba-i rizoni tezda qoʻlga kiritishi mumkin. Sinadigan shisha bahosiga, doimiy bir olmosning narxini bermaydi; istiqomat va lazzat bilan hayotini oʻtkazadi. Ha, dunyoga oid ishlar, sinishga mahkum shishalar hukmidadir; boqiy umuri uxroviya esa, gʻoyat mustahkam olmoslar qiymatidadir. Insonning fitratidagi shiddatli maroq va haroratli muhabbat va dahshatli hirs va inodli talab va hokazo shadid hissiyotlar, umuri uxroviyani qozonish uchun berilgan. U hissiyotni shiddatli suratda foniy umuri dunyoviyaga tavjih etish, foniy va sinuvchi shishalarga, boqiy olmos narxlarini berish deganidir. Shu munosabat bilan bir nuqta xotirga kelgan, aytaman. Shundayki:

— 28 —

Ishq, shiddatli bir muhabbatdir; foniy mahbublarga mutavajjih boʻlgan vaqti yo u ishq oʻz sohibini doimiy bir azob va alamda qoldiradi yoki u majoziy mahbub u shiddatli muhabbatning qiymatiga arzimagani uchun, boqiy bir mahbubni izlatadi; ishqi majoziy ishqi haqiqiyga inqilob etadi.

Xullas, insonda minglab hissiyot bor. Har birining ishq kabi ikkita martabasi bor. Biri majoziy, biri haqiqiy. Masalan: Andisha-i istiqbol hissi hammada bor; shiddatli bir suratda andisha qilganda koʻradiki, u andisha etgan istiqbolga yetishish uchun qoʻlida hujjat yoʻq. Ham rizq jihatidan bir taahhud ostida va qisqa bir istiqbol, u shiddatli andishaga arzimaydi. Undan yuzini oʻgirib, qabrdan keyingi haqiqiy va uzun va gʻofillar uchun taahhud ostiga olinmagan bir istiqbolga tavajjuh etadi. Ham molga va johga qarshi shiddatli bir hirs koʻrsatadi... qaraydiki: Muvaqqatan uning nazoratiga berilgan u foniy mol va ofatli shuhrat va tahlikali va riyoga mador boʻlgan joh u shiddatli hirsga arzimaydi. Undan haqiqiy joh boʻlgan marotibi ma'naviyaga va darajoti qurbiyaga va zodi oxiratga va haqiqiy mol boʻlgan a'moli solihaga tavajjuh etadi. Yomon xislat boʻlgan hirsi majoziy esa, oliy bir xislat boʻlgan hirsi haqiqiyga inqilob etadi.

Ham masalan: Shiddatli bir inod bilan; ahamiyatsiz, zoil, foniy ishlarga qarshi hissiyotini sarflaydi. Qaraydiki, bir daqiqa inodga arzimagan bir narsaga bir yil inod etyapti. Ham zararli, zaharli bir narsaga inod nomiga sabot etadi. Qaraydiki, bu quvvatli his bunday narsalar uchun berilmagan. Uni ularga sarf qilish, hikmat va haqiqatga munofiydir. U shiddatli inodni u keraksiz umuri zoilaga bermasdan, oliy va boqiy boʻlgan haqoiqi iymoniyaga va asosoti Islomiyaga va xidamoti uxroviyaga sarf qiladi. U xislati razila boʻlgan inodi majoziy, goʻzal va oliy bir xislat boʻlgan haqiqiy inodga, -ya'ni haqda shiddatli sabotga- inqilob etadi.

Xullas shu uch misol kabi; insonlar insonga berilgan jihozoti ma'naviyani, agar nafs va dunyo hisobiga iste'mol qilsa va dunyoda abadiy qoladiganday gʻofilona ish tutsa, axloqi razilaga va isrofot va abasiyatga sabab boʻladi. Agar yengillarini dunyo ishlariga va shiddatlilarini vazoifi uxroviyaga va ma'naviyaga sarf etsa, axloqi hamidiyaga mansha', hikmat va haqiqatga muvofiq oʻlaroq saodati doraynga mador boʻladi.

Xullas taxmin qilamanki, nasihlarning nasihatlari shu zamonda ta'sirsiz qolganining bir sababi shuki: Axloqsiz insonlarga: "Hasad qilma! Hirs koʻrsatma! Adovat qilma! Inod qilma! Dunyoni sevma!" deydilar. Ya'ni, fitratingni oʻzgartir kabi zohiran ularga koʻra malayutoq bir taklif qiladilar. Agar: "Bularning yuzlarini xayrli narsalarga qaratinglar, majralarini oʻzgartiringlar" deyishsa, ham nasihat ta'sir qiladi, ham doira-i ixtiyorlarida bir amri taklif boʻladi.

— 29 —

Robian: Ulamo-i Islom oʻrtasida "Islom" va "iymon"ning farqlari koʻp madori bahs boʻlgan. Bir qismi "ikkalasi ham bir", boshqa qismi "ikkalasi bir emas, faqat biri birisiz boʻlmaydi" deyishgan va bu kabi koʻp muxtalif fikrlar bayon qilishgan. Men shunday bir farq angladimki:

Islomiyat, iltizomdir; iymon, iz'ondir. Ta'biri digar bilan: Islomiyat, haqqa tarafdorlik va taslim va inqiyoddir; iymon esa, haqni qabul va tasdiqdir. Oʻtmishda ba'zi dinsizlarni koʻrdimki: Ahkomi Qur'oniyaga shiddatli tarafdorlik koʻrsatardi. Demak u dinsiz, bir jihatda, haqning iltizomi bilan Islomiyatga mazhar edi; "dinsiz bir musulmon" deyilardi. Soʻngra ba'zi moʻ'minlarni koʻrdimki; ahkomi Qur'oniyaga tarafdorlik koʻrsatmaydi, iltizom etmaydi.. "gʻayri muslim bir moʻ'min" ta'biriga mazhar boʻladi.

Ajabo, Islomiyatsiz iymon madori najot boʻlishi mumkinmi?

Aljavob: Iymonsiz Islomiyat sababi najot boʻlmagani kabi; Islomiyatsiz iymon ham madori najot boʻlolmaydi. Falillahilhamdu valminnatu, Qur'onning i'jozi ma'naviysining fayzi bilan Risola-i Nur mezonlari, dini Islomning va haqoiqi Qur'oniyaning mevalarini va natijalarini shunday bir tarzda koʻrsatganki; dinsiz ham ularni anglasa, tarafdor boʻlmasligi mumkin emas. Ham iymon va Islomning dalil va burhonlarini shu daraja quvvatli koʻrsatganki; gʻayri muslim ham anglasa, har holda tasdiq qiladi. Gʻayri muslim boʻlib qolgan holida ham, iymon keltiradi. Ha, Soʻzlar Tubo-i Jannatning mevalari kabi totli va goʻzal boʻlgan iymon va Islomiyatning mevalarini va saodati doraynning mahosini kabi yoqimli va shirin shunday natijalarini koʻrsatganki, koʻrganlarga va taniganlarga nihoyatsiz bir tarafdorlik va iltizom va taslim hissini beradi. Va silsila-i mavjudot kabi quvvatli va zarrot kabi kasratli iymon va Islomning burhonlarini koʻrsatganki, nihoyatsiz bir iz'on va quvvati iymon beradi. Hatto ba'zan Avrodi Shohi Naqshbandiyda shahodat keltirgan vaqtim,

عَلٰى ذٰلِكَ نَحْيٰى وَ عَلَيْهِ نَمُوتُ وَ عَلَيْهِ نُبْعَثُ غَدًا

deganimda, nihoyatsiz bir tarafdorlik his qilaman. Agar butun dunyo menga berilsa, bir haqiqati iymoniyani fido qila olmayman. Bir haqiqatning bir daqiqa aksini faraz qilish, menga gʻoyat aliym keladi. Butun dunyo meniki boʻlsa, birgina haqoiqi iymoniyaning vujud topishi uchun ikkilanmay berishga, nafsim itoat qiladi.

وَ اٰمَنَّا بِمَا اَرْسَلْتَ مِنْ رَسُولٍ وَ اٰمَنَّا بِمَا اَنْزَلْتَ مِنْ كِتَابٍ وَ صَدَّقْنَا

degan vaqtim nihoyatsiz bir quvvati iymon his qilaman. Haqoiqi Iymoniyaning har bittasining aksini aqlan mahol deb hisoblayman, ahli zalolatni nihoyatsiz ablah va devona deb bilaman.

Sening volidayningga koʻplab salom va arzi hurmat qilaman. Ular ham menga duo qilsinlar. Sen mening qardoshim boʻlganing uchun, ular ham mening padar va volidam hukmidadirlar. Ham qishlogʻingizga, xususan sendan Soʻzlarni eshitganlarning barchasiga salom yoʻllayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 30 —

OʻNINCHI MAKTUB

(Ikki savolning javobidir)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Birinchisi: Oʻttizinchi Soʻzning Ikkinchi Maqsadining tahavvuloti zarrot ta'rifiga doir boʻlgan uzun jumlasining hoshiyasidir.

Qur'oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" mukarrar yerlarda zikr qilingan. Ahli tafsir, "Ikkisi birdir"; bir qismi, "Boshqa-boshqa" deyishgan. Haqiqatlariga doir bayonotlari muxtalifdir. Xulosa: "Ilmi Ilohiyning unvonlaridir" deyishgan. Faqat Qur'onning fayzi bilan shunday qanoat hosil qilganmanki: "Imomi Mubin", ilm va amri Ilohiyning bir naviga bir unvondirki; olami shahodatdan ziyoda olami gʻaybga qaraydi. Ya'ni, zamoni holdan ziyoda, moziy va mustaqbalga nazar etadi. Ya'ni, hamma narsaning vujudi zohiriysidan ziyoda asliga, nasliga va ildizlariga va urugʻlariga qaraydi. Qadari Ilohiyning bir daftaridir. Shu daftarning vujudi, Yigirma Oltinchi Soʻzda, ham Oʻninchi Soʻzning hoshiyasida isbot etilgan.

Ha, shu "Imomi Mubin", bir navi ilm va amri Ilohiyning bir unvonidir. Ya'ni, ashyoning mabodiylari va ildizlari va asllari, kamoli intizom bilan ashyoning vujudlarini gʻoyat san'atkorona intoj etishi jihati bilan, albatta dasotiri ilmi Ilohiyning bir daftari bilan tanzim etilganini koʻrsatadilar va ashyoning natijalari, nasllari, urugʻlari; kelajakda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini tazammun etganlaridan, albatta avomiri Ilohiyaning bir kichik majmuasi ekanini bildiradilar. Masalan: Bir danak butun daraxtning tashkilotini tanzim etadigan dasturlarni va mundarijalarni va u mundarija va dasturlarni tayin etgan u avomiri takviniyaning kichkina bir mujassami hukmida deyish mumkin.

Alhosil: Modomiki "Imomi Mubin" moziy va mustaqbalning va olami gʻaybning atrofida shox solgan shajara-i xilqatning bir dasturi, bir mundarijasi hukmidadir. Shu ma'nodagi "Imomi Mubin" qadari Ilohiyning bir daftari, bir majmua-i dasotiridir. U dasotirning imlosi bilan va hukmi bilan zarrot vujudi ashyodagi xidamotiga va harakotiga yoʻnaltiriladi.

Ammo "Kitobi Mubin" esa, olami gʻaybdan ziyoda, olami shahodatga qaraydi. Ya'ni, moziy va mustaqbaldan ziyoda, zamoni hozirga nazar soladi va ilm va amrdan ziyoda, qudrat va iroda-i Ilohiyaning bir unvoni, bir daftari, bir kitobidir. "Imomi Mubin", qadar daftari boʻlsa; "Kitobi Mubin", qudrat daftaridir. Ya'ni: Hamma narsaning vujudida, mohiyatida va sifot va shuunotida kamoli san'at va intizomlari koʻrsatadiki; bir qudrati komilaning dasotiri bilan va bir iroda-i nafizaning qavonini bilan vujud kiydiriladi. Suratlari tayin, tashxis etilib; bittadan miqdori muayyan, bittadan shakli maxsus beriladi. Demak u qudrat va irodaning, kulliy va umumiy bir majmua-i qavonini, bir daftari akbari bordirki; har bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari unga koʻra bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Xullas shu daftarning vujudi "Imomi Mubin" kabi, qadar va juzi ixtiyoriy masoilida isbot qilingan. Ahli gʻaflat va zalolat va falsafaning ahmoqligini koʻrki: Qudrati Fotiraning u Lavhi Mahfuzini va hikmat va iroda-i Rabboniyaning u basirona kitobining ashyodagi jilvasini, aksini, misolini his etgan; xosho "Tabiat" nomi bilan tasmiya etgan, qiymatini tushirgan. Xullas "Imomi Mubin"ning imlosi bilan, ya'ni qadarning hukmi bilan va dasturi bilan qudrati Ilohiya ijodi ashyoda har biri bittadan oyat boʻlgan silsila-i mavjudotni, "Lavhi mahv-isbot" deyilgan zamonning sahifa-i misoliyasida yozadi, ijod qiladi, zarrotni tahrik etadi.

Demak harakoti zarrot oʻsha kitobatdan, oʻsha istinsohdan; mavjudot olami gʻaybdan olami shahodatga va ilmdan qudratga oʻtishlarida bir ihtizozdir, bir harakotdir. Ammo "Lavhi mahv-isbot" esa, sobit va doim boʻlgan Lavhi Mahfuzi A'zamning doira-i mumkinotda, ya'ni mavt va hayotga, vujud va fanoga doimo mazhar boʻlgan ashyoda mutabaddil bir daftari va yozib oʻchiradigan bir taxtasi boʻlib, oʻsha haqiqati zamondir. Ha, hamma narsaning bir haqiqati boʻlgani kabi, zamon deyilgan, koinotda jarayon etgan bir nahri azimning haqiqati ham "Lavhi Mahv-Isbot"dagi kitobati qudratning sahifasi va murakkabi hukmidadir.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
— 31 —

Ikkinchi Savol: Maydoni Hashr qayerda?

Aljavob: وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ Xoliqi Hakimning hamma narsada koʻrsatgan hikmati oliyasi, hatto birgina kichik bir narsaga juda ulkan hikmatlarni taqishi bilan tasrih darajasida ishorat qiladiki: Kura-i Arz daydilarcha, bodi havo azim bir doirani chizmaydi. Balki muhim narsa atrofida aylanadi va maydoni akbarning doira-i muhitasini chizadi, koʻrsatadi va bir mashhari azimning atrofida kezib, mahsuloti ma'naviyasini unga oʻtkazadiki, kelajakdagi mashharda, anzori nos oʻngida koʻrsatiladi. Demak yigirma besh ming yilga yaqin bir doira-i muhitaning ichida, rivoyatga binoan Shomi Sharif qit'asi bir danak hukmida boʻlib, u doirani toʻldiradigan bir maydoni hashr bast etiladi. Kura-i Arzning butun ma'naviy mahsuloti, hozircha parda-i gʻayb ostida boʻlgan u maydonning daftarlariga va alvohlariga yuborilyapti va kelajakda maydon ochilgan vaqt, sakanasini ham yana oʻsha maydonga toʻkadi; u ma'naviy mahsulotlari ham gʻoibdan shahodatga oʻtadi. Ha, Kura-i Arz bir dala, bir chashma, bir miqyos hukmida boʻlib, u maydoni akbarni toʻldiradigan darajada mahsulot bergan va uni isti'ob etadigan maxluqot undan oqqan va uni imlo etadigan masnu'ot undan chiqqan. Demak, Kura-i Arz bir danak va maydoni hashr, ichidagilari bilan birga bir daraxt, bir boshoq va bir mahzandir. Ha, qandayki nuroniy bir nuqta, sur'ati harakati bilan nuroniy bir chiziq boʻladi yoki bir doira boʻladi. Xuddi shuningdek: Kura-i Arz sur'atli, hikmatli harakati bilan bir doira-i vujudning tamassuliga va u doira-i vujud mahsuloti bilan barobar, bir maydoni hashri akbarning tashakkuliga madordir.

قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 32 —

OʻN BIRINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

(Bu maktub muhim bir dori boʻlib, toʻrt oyatning xazinasidan toʻrt kichik javhariga ishorat qiladi.)

Aziz qardoshim!

Shu toʻrt muxtalif masalani muxtalif vaqtlarda Qur'oni Hakim nafsimga dars bergan. Orzu qilgan qardoshlarim ham bundan bir dars yoki bir hissa olishlari uchun yozdim. Mabhas e'tibori bilan boshqa-boshqa toʻrt oyati karimaning xazina-i haqoiqidan bittadan kichik javhar namuna sifatida koʻrsatilgan. Bu toʻrt mabhasdan har bir mabhasning oʻzga bir surati, oʻzga bir foydasi bor.

Birinchi Mabhas:
اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَع۪يفًا

Ey sui vasvasadan ma'yus nafsim! Tadoiyi xayolot, taxatturi faraziyat, bir navi irtisomi gʻayri ixtiyoriydir. Irtisom esa, agar xayrdan va nuroniyatdan boʻlsa, haqiqatning hukmi bir daraja suratiga va misoliga oʻtadi. Quyoshning ziyosi va harorati, oynadagi misoliga oʻtgani kabi... Agar shardan va kasifdan boʻlsa, aslning hukmi va xossasi suratiga oʻtmaydi va timsoliga siroyat etmaydi. Masalan najis va murdor bir narsaning oynadagi surati na najisdir, na murdordir. Va ilonning timsoli chaqmaydi.

Shu sirga binoan, tasavvuri kufr, kufr emas; taxayyuli shatm, shatm emas. Xususan ixtiyorsiz boʻlsa va faraziy bir taxattur boʻlsa, butunlay zararsizdir. Ham ahli haq boʻlgan Ahli Sunnat va Jamoatning mazhabida bir narsaning shar'an xunukligi, iflosligi; nahyi Ilohiy sababi bilandir. Modomiki ixtiyorsiz va rizosiz bir taxatturi faraziy, bir tadoiyi xayoliydir; nahiy unga taalluq etmaydi. U ham naqadar xunuk va iflos bir narsaning surati boʻlsa ham, xunuk va iflos boʻlmaydi..

Ikkinchi Masala: Barla Yaylovi, Tepalichada qaragʻay, qatron, qora terakning bir mevasi boʻlib, Soʻzlar majmuasida yozilgani uchun, bu yerga kiritilmadi.

— 33 —

Uchinchi Masala: Bu ikki masala Yigirma Beshinchi Soʻzning i'jozi Qur'onga qarshi madaniyatning ojizligini koʻrsatgan misollaridan bir qismidir. Qur'onga muxolif boʻlgan huquqi madaniyatning naqadar haqsiz ekanini isbot qilgan minglab misollaridan ikki misol:

فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْاُنْثَيَيْنِ

boʻlgan hukmi Qur'oniy mahzi adolat boʻlgani kabi, ayni marhamatdir. Ha, adolatdir. Chunki aksariyati mutlaqa e'tibori bilan, bir erkak bir ayolni oladi, nafaqasini taahhud etadi. Bir ayol esa, bir erga boradi, nafaqasini unga yuklaydi; irsiyatdagi nuqsonni talofiy etadi. Ham marhamatdir, chunki u zaifa qiz padaridan shafqatga va aka-ukasidan marhamatga juda muhtojdir. Hukmi Qur'onga koʻra u qiz padaridan andishasiz shafqat koʻradi. Padari unga, "Mening sarvatimning yarmini odamlarning va begonalarning qoʻllariga oʻtishiga sabab boʻladigan zararli bir bola" nazari bilan andisha etib qaramaydi. U shafqatga andisha va hiddat qoʻshilmaydi. Ham aka-ukasidan raqobatsiz, hasadsiz bir marhamat va himoya koʻradi. Aka-ukasi unga, "xonadonimizning yarmini buzadigan va molimizning muhim bir qismini odamlarning qoʻliga beradigan bir raqib" nazari bilan qaramaydi; u marhamatga va himoyaga kin, igʻbiror qoʻshmaydi. Shu holda u fitratan nozik, nozanin va xilqatan zaifa va nahifa qiz, suratan oz bir narsa yoʻqotadi; faqat unga badal aqoribning shafqatidan, marhamatidan tuganmas bir sarvat qozonadi. Aksincha, rahmati Haqdan ziyoda unga marhamat qilamiz deya haqqidan ortiq unga haq berish, unga marhamat emas, shadid bir zulmdir. Balki, zamoni johiliyatda gʻayrati vahshiyonaga binoan qizlarini tiriklayin dafn etish kabi gʻaddorona bir zulmni eslatadigan bu zamonning hirsi vahshiyonasi marhamatsiz bir shano'at yoʻl ochish ehtimoli bor. Shuning kabi butun ahkomi Qur'oniya وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ farmonini tasdiq qiladilar.

Toʻrtinchi Masala: فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ Xullas, mimsiz madaniyat qanday qilib qiz haqida, haqqidan ortiq haq berganidan bunday bir haqsizlikka sabab boʻladi.. shunga oʻxshab: Volida haqida haqqini kesish bilan yanada dahshatli haqsizlik qiladi. Ha, rahmati Rabboniyaning eng hurmatli, eng halovatli, eng latif va eng shirin bir jilvasi boʻlgan shafqati volida, haqoiqi koinot ichida eng muhtaram, eng mukarram bir haqiqatdir. Va volida eng karim, eng rahim shunday fidokor bir doʻstdirki; u shafqat saiqasi bilan bir volida, butun dunyosini va hayotini va rohatini valadi uchun fido qiladi. Hatto volidalikning eng oddiy va eng adno darajasida boʻlgan qoʻrqoq tovuq, oʻsha shafqatning kichkina bir lam'asi bilan joʻjasini mudofaa uchun itga otiladi, arslonga tashlanadi.

Xullas bunday muhtaram va muazzaz bir haqiqatni oʻzida mujassam qilgan bir volidani valadining molidan mahrum qilish, u muhtaram haqiqatga qarshi naqadar dahshatli bir haqsizlik, qay daraja vahshatli bir hurmatsizlik, qandayin jinoyatkorona haqorat va arshi rahmatni titratgan bir kufroni ne'mat va hayoti ijtimoiya-i bashariyaning gʻoyat porloq va foydali bir tiryoqiga zahar qoʻshish ekanini, insoniyat-parvarlik iddi'o qilgan inson jonivorlari tushunmasalar, albatta haqiqiy insonlar tushunadi. Qur'oni Hakimning فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ hukmini ayni haq va mahzi adolat ekanini biladilar.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 34 —

OʻN IKKINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى رُفَقَائِكُمْ

Aziz qardoshlarim!

Oʻsha kecha mendan soʻragandingiz, men javobini bermagandim. Chunki masoili iymoniyaning munoqasha suratida bahsi joiz emas. Siz munoqasha suratida bahs qilgandingiz. Hozircha munoqashangizning asosi boʻlgan uch savolingizga gʻoyat muxtasar bir javob yozaman. Tafsilini dorixonachi afandi nomlarini yozgan Soʻzlarda topasizlar. Yolgʻiz, qadar va juzi ixtiyoriyga oid Yigirma Oltinchi Soʻz xotiramga kelmagandi, sizga aytmagandim, uni ham koʻringlar, lekin roʻznomaga oʻxshab oʻqimanglar. Dorixonachi afandining u Soʻzlarni mutolaa etishini havola qilganimning sirri shuki: U xildagi masalalardagi shubhalar, arkoni iymoniyaning zaifligidan kelib chiqadi. U Soʻzlar esa, arkoni iymoniyani butunlay isbot qiladilar.

BIRINCHI SAVOLINGIZ: Hazrat Odamning (A.S.) Jannatdan ixroji va bir qism bani odamning Jahannamga idxoli qanday hikmatga mabnidir?

Aljavob: Hikmati, tavzifdir. Shunday bir vazifa bilan ma'mur qilinib yuborilganki; butun taraqqiyoti ma'naviya-i bashariyaning va butun iste'dodoti bashariyaning inkishof va inbisotlari va mohiyati insoniyaning butun asmo-i Ilohiyaga bir oyna-i jome'a boʻlishi, u vazifaning natoijidandir. Agar Hazrat Odam Jannatda qolsaydi; malak kabi maqomi sobit qolardi, iste'dodoti bashariya inkishof etmasdi. Holbuki yaknasoq maqom sohibi boʻlgan maloikalar koʻp, unday tarzdagi ubudiyat uchun insonga ehtiyoj yoʻq. Balki hikmati Ilohiya nihoyatsiz maqomotni bosib oʻtadigan insonning iste'dodiga muvofiq bir dori taklifni iqtizo etgani uchun, maloikalarning aksi boʻlib, muqtazo-i fitratlari boʻlgan ma'lum gunoh bilan Jannatdan ixroj etildi. Demak, Hazrat Odamning Jannatdan ixroji, ayni hikmat va mahzi rahmat boʻlgani kabi; kufforning ham Jahannamga idxollari, haq va adolatdir.

Oʻninchi Soʻzning Uchinchi Ishoratida aytilgani kabi: Garchi kofir oz bir umrda bir gunoh qilgan boʻlsada, u gunoh ichida nihoyatsiz bir jinoyat bor. Chunki kufr, butun koinotni tahqir, qiymatlarini tanzil etish va butun masnu'otning vahdoniyatga shahodatlarini takzib va mavjudot oynalarida jilvalari koʻringan asmo-i Ilohiyani tazyifdir. Shuning uchun, mavjudotning haqqini kofirdan olish uchun, mavjudotning sultoni boʻlgan Qahhori Zuljalolning kofirlarni abadiy Jahannamga otishi, ayni haq va adolatdir. Chunki nihoyatsiz jinoyat, nihoyatsiz azobni istaydi.

— 35 —

IKKINCHI SAVOLINGIZ: Shaytonlar nima uchun xalq va ijod qilingan? Janobi Haq shaytonni va sharlarni xalq etgan, buning hikmati nima? Sharning xalqi shar, qobihning xalqi qobihdir?

Aljavob: Xosho!.. Xalqi shar, shar emas, balki kasbi shar, shardir. Chunki xalq va ijod butun natoijga qaraydi; kasb, xususiy bir mubosharat boʻlgani uchun, xususiy natoijga qaraydi. Masalan: Yomgʻir kelishining minglab natijalari bor, barchasi goʻzal. Sui ixtiyori bilan ba'zilar yomgʻirdan zarar koʻrsa, "Yomgʻirning ijodi rahmat emas" deyolmaydi; "Yomgʻirning xalqi shar" deya hukm qilolmaydi. Balki sui ixtiyori bilan va kasbi bilan oʻzi haqida shar boʻldi. Ham olovning xalqida koʻp foydalar bor; barchasi ham xayrdir. Faqat ba'zilar sui kasbi bilan, suiste'moli bilan otashdan zarar koʻrsa, "Olovning xalqi shar" deyolmaydi. Chunki olov yolgʻiz uni yoqish uchun yaratilmagan; balki u oʻzining sui ixtiyori bilan ovqatini pishirgan olovga qoʻlini tiqdi va u xizmatkorini oʻziga dushman qildi.

Alhosil: Xayri kasir uchun sharri qolil qabul qilinadi. Agar sharri qolil boʻlmasligi uchun xayri kasirni intoj etgan bir shar tark etilsa; unda sharri kasir irtikob etilgan boʻladi. Masalan: Jihodga askar yuborishda, albatta, ba'zi juz'iy va moddiy va badaniy zarar va shar boʻladi. Faqat u jihodda xayri kasir borki, Islom kufforning istilosidan qutuladi. Agar oʻsha sharri qolil uchun jihod tark etilsa, unda xayri kasir ketgandan soʻng, sharri kasir keladi. U ayni zulmdir. Ham masalan: Gangrena boʻlgan va kesilishi lozim boʻlgan bir barmoqning kesilishi xayr, yaxshidir; holbuki zohiran bir shardir. Barmoq kesilmasa, qoʻl kesiladi; sharri kasir boʻladi.

Demak, koinotdagi sharlarning, zararlarning, balliyalarning va shaytonlarning va muzirlarning xalq va ijodlari, shar va xunuk emas; chunki koʻp natoiji muhimma uchun yaratilgan. Masalan: Maloikalarga shaytonlar musallat boʻlmaganlari uchun, taraqqiyotlari yoʻq; maqomlari sobit, tabaddul etmaydi. Shuningdek, hayvonotning ham, shaytonlar musallat boʻlmaganlari uchun, martabalari sobit, noqisdir. Olami insoniyatda esa marotibi taraqqiyot va tadanniyot nihoyatsizdir. Namrudlardan, fir'avnlardan tortib, to siddiqiyni avliyo va anbiyoga qadar gʻoyat uzun bir masofa-i taraqqiy bor.

Xullas, koʻmir kabi arvohi safilani olmos kabi arvohi oliyadan tamyiz va tafriq uchun, shaytonlarning xilqati bilan va sirri taklif va ba'si anbiyo bilan, bir maydoni imtihon va tajriba va jihod va musobaqa ochilgan. Agar mujohada va musobaqa boʻlmasaydi, ma'dani insoniyatdagi olmos va koʻmir hukmida boʻlgan iste'dodlar barobar qolardi. A'loyi Illiyindagi Abu Bakri Siddiqning ruhi Asfali Sofiliyndagi Abu Jahlning ruhi bilan bir saviyada qolgan boʻlardi. Demak, shayotin va sharlarning yaratilishi, buyuk va kulliy natijaga qaragani uchun, ijodlari shar emas, xunuk emas; balki suiste'molotdan va kasb deyilgan mubosharati xususiyadan kelgan sharlar, xunukliklar kasbi insonga oid; ijodi Ilohiyga oid emas.

— 36 —

Agar savol bersangiz: Bi'sati anbiyo bilan barobar shaytonlarning vujudidan aksariyat insonlar kofir boʻlyapti, kufrga kiryapti, zarar koʻryapti. "Al-hukmu lil-aksar" qoidasiga koʻra, aksar undan shar koʻrsa, u vaqt xalqi shar shardir, hatto bi'sati anbiyo ham rahmat emas deyilishi mumkin?

Aljavob: Sonning sifatga nisbatan ahamiyati yoʻq. Asl aksariyat sifatga qaraydi. Masalan: Yuzta xurmo danagi boʻlsa, tuproq ostiga koʻmilib suv berilmasa va muomala-i kimyoviya koʻrmasa va bir mujohada-i hayotiyaga mazhar boʻlmasa, yuz tanga qiymatidagi yuzta danak boʻladi. Ammo suv berilgan va mujohada-i hayotiyaga ma'ruz qolgan vaqt, sui mizoji tufayli saksontasi chirisa, yigirmatasi mevador yigirmata xurmo daraxti boʻlsa, "Suv berish shar boʻldi, aksariyatini chiritdi", deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Chunki u yigirmata yigirma ming hukmiga oʻtdi. Saksontani yoʻqotgan, yigirma mingni qozongan zarar qilmaydi, shar boʻlmaydi. Ham masalan: Tovus qushining yuz dona tuxumi boʻlsa, tuxum e'tibori bilan besh yuz kurush turadi. Faqat oʻsha yuzta tuxum ustiga tovus oʻtqizilsa, saksontasi aynisa; yigirmatasi yigirmata tovus qushi boʻlsa, "Koʻp zarar boʻldi, bu muomala shar boʻldi, bu tovusning tuxumning ustiga oʻtirishi yomon boʻldi" deyish mumkinmi? Yoʻq, unday emas, balki xayrdir. Chunki u tovus millati va u tuxum toifasi toʻrt yuz kurush bahosida boʻlgan saksonta tuxumni yoʻqotib, sakson lira qiymatida boʻlgan yigirmata tovus qushi qozondi.

Xullas, navi bashar bi'sati anbiyo bilan, sirri taklif bilan, mujohada bilan, shaytonlar bilan muhoraba bilan qozongan yuz minglab anbiyo va millionlab avliyo va milliardlab asfiyo kabi olami insoniyatning quyoshlari, oylari va yulduzlari muqobilida; son jihatdan kasratli, sifat jihatidan ahamiyatsiz hayvonoti muzirra navidan boʻlgan kufforni va munofiqlarni yoʻqotdi.

UCHINCHI SAVOLINGIZ: Janobi Haq musibatlarni beradi, balolarni musallat etadi. Xususan ma'sumlarga, hatto hayvonlarga bu zulm emasmi?

Aljavob: Xosho! Mulk Unikidir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi. Ajabo: San'atkor bir zot bir ujrat muqobilida seni bir model qilib gʻoyat san'atkorona tikkan murasso' bir libosni senga kiydiradi, hunarini, mahoratini koʻrsatish uchun qisqartiradi, uzatadi, bichsa, kesadi.. seni oʻtirgʻizadi, turgʻizadi. Sen unga: "Meni goʻzallashtirgan koʻylakni xunuklashtirding; menga oʻtirgʻizib turgʻizish bilan zahmat berding" deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Desang, devonalik qilgan boʻlasan. Aynan shuning kabi: Sone'-i Zuljalol koʻz, quloq, lison kabi tuygʻular bilan murasso' gʻoyat san'atkorona bir vujudni senga kiydirgan. Mutanavvi' asmosining naqshlarini koʻrsatish uchun seni xasta qiladi, mubtalo qiladi, och qoʻyadi, toʻq qiladi, suvsiz qoldiradi.. bu kabi ahvolda aylantiradi. Mohiyati hayotiyani quvvatlantirish va jilva-i asmosini koʻrsatish uchun seni shunday koʻp holatlarda kezdiradi. Agar sen: "Meni mina uchun bu masoibga mubtalo etyapsan?" desang, tamsilda ishorat qilingani kabi, yuzta hikmat sening ogʻzingni yopadi. Zotan sukun va sukunat, atolat, yaknasoqlik, tavaqquf; bir navi adamdir, zarardir. Harakat va tabaddul; vujuddir, xayrdir. Hayot harakot bilan kamolotini topadi; baliyyot vositasi bilan taraqqiy qiladi. Hayot jilva-i asmo bilan muxtalif harakotga mazhar boʻladi, tasaffi etadi, quvvat topadi, inkishof etadi, inbisot etadi, oʻz muqaddarotini yozishida mutaharrik bir qalam boʻladi, vazifasini ado etadi, ujrati uxroviyaga kasbi istihqoq etadi.

Xullas, munoqashangizning ichidagi uch savolingizning muxtasar javoblari bu qadar. Izohlari oʻttiz uch adad "Soʻzlar"dadir.

Aziz qardoshim, sen bu maktubni dorixonachiga va munoqashani eshitganlardan munosib deb bilganlaringga oʻqib ber. Mening nomimdan ham yangi bir talabam boʻlgan dorixonachiga salom ayt, deginki:

"Mazkur masoil kabi daqiq masoili iymoniyani mezonsiz mujodala suratida jamoat ichida bahs qilish joiz emas. Mezonsiz mujodala boʻlganidan, tiryoq ekan, zahar boʻladi. Gapirganlarga, eshitganlarga zarardir. Balki bunday masoili iymoniyaning i'tidoli dam bilan, insof bilan, bir mudovala-i afkor suratida bahsi joiz". Va aytginki: "Agar sening qalbingga bu navi masoilda shubhalar kelsa va Soʻzlardan ham javobini topmasang, xususiy shaklda menga yozarsiz..." Ham dorixonachiga aytginki: Marhum padari haqida koʻrgan roʻyo borasida qalbimga shunday bir ma'no keldiki: Marhum padari doʻxtir boʻlgani uchun, juda solih va muborak, balki valiy insonlarga foydasi tekkan va undan mamnun boʻlgan va manfaat koʻrgan u muboraklarning arvohlari uning vafoti chogʻida qushlar suratida eng yaqin aqrabosi boʻlgan oʻgʻliga koʻringanlar, uning ruhiga shafoatkorona bir xush omadi navidan bir istiqbol etganlari qalbimga keldi. Oʻsha kecha bu yerda barobar boʻlgan barcha doʻstlarga salom yoʻllayman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 37 —

OʻN UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى

Aziz qardoshlarim!

Holimni va istirohatimni va vasiqa uchun adami murojaatimni va holi olam siyosatiga qarshi loqaydligimni juda koʻp soʻrayapsizlar. Shu savollaringiz koʻp takarrur etganidan, ham ma'nan ham mendan soʻralganidan; shu uch savolga Yangi Said emas, balki Eski Said lisoni bilan javob berishga majbur boʻldim.

Birinchi Savolingiz: Istirohating qanday? Hol-ahvoling qanday?

Aljavob: Janobi Arhamurrohiminga yuz ming shukr qilamanki; ahli dunyo menga qilgan anvo'i zulmni anvo'i rahmatga aylantirdi:

Siyosatni tark va dunyodan tajarrud etib bir togʻning gʻorida oxiratni oʻylash bilan mashgʻul ekanman, ahli dunyo zulman meni u yerdan chiqarib surgun qildi. Xoliqi Rahim va Hakim u surgunni menga bir rahmatga aylantirdi. Amniyatsiz va ixlosni buzadigan sabablarga ma'ruz u togʻdagi inzivoni; amniyatli, ixlosli Barla Togʻlaridagi xilvatga aylantirdi. Rossiyada asoratdaligimda, niyat qildim va niyoz etdimki, umrimning oxirida bir gʻorga chekinay. Arhamurrohimin menga Barlani oʻsha gʻorga aylantirdi, gʻorning foydasini berdi. Mashaqqatli gʻor zahmatini zaif vujudimga yuklamadi. Yolgʻiz Barlada ikki-uch odamda bir vahhomlik bor edi. Oʻsha vahhomlik sababi bilan menga aziyat berildi. Hatto oʻsha doʻstlarim, goʻyo istirohatimni oʻylashgandi. Holbuki, oʻsha vahhomlik sababli ham qalbimga, ham Qur'onning xizmatiga zarar berishdi. Ham ahli dunyo barcha surgunlarga vasiqa bergani va qotillarni qamoqdan chiqarib avf etganlari holda, menga zulm qilib berishmadi. Mening Robbi Rahimim meni Qur'onning xizmatida ziyoda istihdom etish va Soʻzlar nomi bilan anvori Qur'oniyani menga koʻproq yozdirish uchun tashvishsiz holda meni shu gʻurbatda qoldirib, bir buyuk marhamatga aylantirdi. Ham ahli dunyo, dunyolariga aralasha oladigan barcha nufuzli va quvvatli ruasolarni va shayxlarni tumanlarda va shaharlarda qoldirib, aqrabolari bilan birga hamma bilan koʻrishishga izn berganlari holda, meni zulman tajrid etdi, bir qishloqqa yubordi. Hech aqrabo va hamshaharlarimni, -bir-ikkitasi mustasno- yonimga kelishiga izn berishmadi. Mening Xoliqi Rahimim oʻsha tajridni men uchun azim bir rahmatga aylantirdi. Zehnimni sof holda, gʻillu gʻishdan xoli Qur'oni Hakimning fayzini olishiga vasila qildi. Ham ahli dunyo bidoyatda, ikki yil mobaynida ikkita oddiy maktub yozganimni koʻp koʻrdi. Hatto hozir ham, oʻn yoki yigirma kunda yoki bir oyda bir-ikki musofirning yolgʻiz oxirat uchun yonimga kelishini xush koʻrmadilar, menga zulm qildilar. Mening Robbi Rahimim va Xoliqi Hakimim u zulmni men uchun marhamatga aylantirdiki, toʻqson yillik ma'naviy bir umrni qozontiradigan shu shuhuri salosada meni bir xilvati margʻubaga va bir uzlati maqbulaga qoʻyishga aylantirdi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ‌

Xullas hol va istirohatim shunday...

— 38 —

Ikkinchi Savolingiz: Nima uchun vasiqa olish uchun murojaat etmayapsan?

Aljavob: Bu masalada men qadarning mahkumiman, ahli dunyoning mahkumi emasman. Qadarga murojaat qilaman. Qachon izn bersa, rizqimni bu yerdan qachon kessa, oʻsha vaqt ketaman. Bu ma'noning haqiqati shuki: Boshga kelgan bir ishda ikki sabab bor; biri zohiriy, boshqasi haqiqiy. Ahli dunyo zohiriy bir sabab boʻldi, meni bu yerga keltirdi. Qadari Ilohiy esa, sababi haqiqiydir; meni bu inzivoga mahkum qildi. Sababi zohiriy zulm qildi; sababi haqiqiy adolat qildi. Zohiriysi shunday oʻyladi: "Shu odam ortigʻi bilan ilmga va dinga xizmat qiladi, balki dunyomizga aralashadi" degan ehtimol bilan meni surgun qilib, uch jihatdan qatmarli bir zulm qildi. Qadari Ilohiy esa men uchun koʻrdiki, haqqi bilan va ixlos bilan ilmga va dinga xizmat qilolmayapman; meni bu surgunga mahkum etdi. Ularning bu qatmarli zulmini muzaaf bir rahmatga aylantirdi. Modomiki, surgunimda qadar hokimdir va u qadar odildir; unga murojaat qilaman. Zohiriy sabab esa, zotan bahona navidan bir narsalari bor. Demak, ularga murojaat qilish ma'nosizdir. Agar ularning qoʻlida bir haq yoki quvvatli bir vosita boʻlganda edi, ularga murojaat qilsa boʻlardi.

Boshlarini yesin, dunyolarini tamoman tashlaganim va oyoqlariga oʻralashsin, siyosatlarini butunlay tark qilganim holda; oʻylagan bahonalari, avhomlari, albatta aslsiz boʻlganidan, ularga murojaat qilish bilan oʻsha avhomlarga bir haqiqat berishni istamayman. Agar uchlari ajnabiy qoʻlida boʻlgan dunyo siyosatiga qoʻshilish uchun bir ishtaham boʻlsaydi; sakkiz yil emas, balki sakkiz soatga ham qolmay tarashshuh etardi, oʻzini koʻrsatardi. Holbuki sakkiz yildir, bironta roʻznoma oʻqishga xohishim boʻlmadi va oʻqimadim. Toʻrt yildir, bu yerda taxti nazoratdaman; hech bir tarashshuh koʻrinmadi. Demak Qur'oni Hakim xizmatining barcha siyosatlardan ustun bir ulviyati borki, koʻpchiligi yolgʻonchilikdan iborat boʻlgan dunyo siyosatiga tanazzulga yoʻl qoʻymaydi.

Adami murojaatimning ikkinchi sababi shuki: Haqsizlikni haq deb hisoblagan odamlarga qarshi haq da'vo etish, haqqa bir navi haqsizlikdir. Bu navdagi haqsizlikni irtikob etishni istamayman.

Uchinchi Savolingiz: Dunyoning siyosatiga qarshi nima uchun bu qadar loqaydsan? Bu qadar sofahati olamga qarshi hech parvo qilmayapsan? Bu sofahatni yoqtiryapsanmi? Yoxud qoʻrqayapsanmi, sukut saqlayapsan?

Aljavob: Qur'oni Hakimning xizmati meni shiddatli bir suratda siyosat olamidan man qildi. Hatto uni oʻylashni ham menga unuttirdi. Boʻlmasa, butun sarguzashti hayotim shohidki, haq deb bilgan maslagimda yurishda qoʻrquv qoʻlimni tutib man qilolmagan va qilolmaydi. Ham nima uchun qoʻrquvim boʻlsin? Dunyo bilan ajalimdan boshqa bir aloqam yoʻq. Oʻylaydigan bola-chaqam yoʻq. Oʻylaydigan mol-dunyoim yoʻq. Sharafini oʻylaydigan xonadonim yoʻq. Riyokor bir shuhrati kozibadan iborat boʻlgan shon va sharafi dunyoviyani muhofazaga emas, sindirishga yordam berganga rahmat... Qoldi ajalim. U Xoliqi Zuljalolning qoʻlida. Kimning haddi borki, vaqti kelmay unga qoʻl tekkiza olsin. Zotan izzatli mavtni, zillatli hayotga tarjih etganlardanmiz. Eski Said kabi bir kishi shunday degan:

وَ نَحْنُ اُنَاسٌ لَا تَوَسُّطَ بَيْنَنَا ٭ لَنَا الصَّدْرُ دُونَ الْعَالَم۪ينَ اَوِ الْقَبْرُ
— 39 —

Balki xizmati Qur'on meni hayoti ijtimoiya-i siyosiya-i bashariyani oʻylashdan man qiladi. Shundayki: Hayoti bashariya bir yoʻlovchilikdir. Shu zamonda, Qur'onning nuri bilan koʻrdimki, u yoʻl bir botqoqlikka kirdi. Mulavvas va ufunatli bir balchiq ichida qofila-i bashar yiqilib-turib ketyapti. Bir qismi salomatli bir yoʻlda ketyapti. Bir qismi mumkin qadar balchiqdan, botqoqlikdan qutulish uchun ba'zi vositalarni topgan. Bir qismi aksari oʻsha ufunatli, iflos, balchiqli botqoqlik ichida qorongʻilikda ketyapti. Yuztadan yigirmatasi sarxushlik sababli oʻsha iflos balchiqni mushku ambar deb oʻylab, yuz-koʻziga surtyapti... yiqilib-turib ketyapti, oxiri botib qolyapti. Yuztadan saksoni esa, botqoqlik ekanini anglaydi, ufunatli, iflos ekanini his qiladi... lekin mutahayyirdirlar, salomatli yoʻlni koʻrolmayaptilar.

Xullas, bularga qarshi ikki chora bor:

Birisi: Toʻqmoq bilan oʻsha sarxush yigirmatasini oʻziga keltirish.

Ikkinchisi: Bir nur koʻrsatish bilan mutahayyirlarga salomatli yoʻlni iroa etish.

Men koʻryapmanki; yigirmataga qarshi saksonta odam qoʻliga toʻqmoq olgan. Holbuki u bechora va mutahayyir saksontaga qarshi loyiq shaklda nur koʻrsatilmayapti. Koʻrsatilsa ham; bir qoʻlida ham tayoq, ham nur boʻlgani uchun amniyatsiz boʻlyapti. Mutahayyir odam, "Ajabo, nur bilan meni jalb qilib, toʻqmoq bilan urmoqchimikin?" deb talosh etadi. Hamda ba'zan moneliklar bilan toʻqmoq singan vaqt, nur ham uchadi yoki soʻnadi.

Xullas oʻsha botqoqlik, gʻaflatkorona va zalolat-pesha safihona hayoti ijtimoiya-i bashariyadir. U sarxushlar, zalolat bilan talazzuz etgan mutamarridlardir. U mutahayyir boʻlganlar, zalolatdan nafrat qilganlar, faqat chiqolmayaptilar; qutulishni istaydilar, yoʻl topolmayaptilar.. mutahayyir insonlardir. U toʻqmoqlar esa, siyosat jarayonlaridir. U nurlar esa, haqoiqi Qur'oniyadir. Nurga qarshi kurashilmaydi, unga qarshi adovat qilinmaydi. Yolgʻiz shaytoni rojimdan boshqa undan nafratlangan yoʻq. Xullas, men ham nuri Qur'onni qoʻlda tutish uchun "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" deya, siyosat toʻqmogʻini tashlab, ikki qoʻlim bilan nurga yopishdim. Koʻrdimki: Siyosat jarayonlarida muvofiqda ham, muxolifda ham u nurlarning oshiqlari bor. Barcha siyosat jarayonlaridan va tarafkashliklardan juda ustun va ularning gʻarazkorona oʻy-fikrlaridan mubarro va sof maqomda berilgan darsi Qur'on va koʻrsatilgan anvori Qur'oniyadan hech bir taraf va hech bir qism chekinmasligi va ittihom etmasligi kerak. Magar, dinsizlikni va zindiqoni siyosat deb oʻylab, unga tarafkashlik qilgan inson suratidagi shaytonlardan yoki bashar qiyofasidagi hayvonlardan boʻlmasa...

Alhamdulilloh, siyosatdan tajarrud sababi bilan, Qur'onning olmos kabi haqiqatlarini siyosiy tashviqot ittihomi ostida shisha parchalarining qiymatiga tushirmadim. Balki borgan sari u olmoslar qiymatlarini har toifaning nazarida porloq bir tarzda ziyodalashtiryaptilar.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 40 —

OʻN TOʻRTINCHI MAKTUB

Ta'lif etilmagan.
— 41 —

OʻN BESHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Aziz qardoshim!

Sening birinchi savoling: Sahobalar nazari valoyat bilan mufsidlarni nima uchun kashf etolmadilar? Va bu holat Xulafo-i Roshidindan uchtasining shahid boʻlishini natija berdi. Holbuki kichik Sahobalarga buyuk valiylardan ham buyuk deyiladi?

Aljavob: Bunda ikki maqom bor.

BIRINCHI MAQOM:

Daqiq bir sirri valoyatning bayoni bilan savol hal qilinadi. Shundayki:

Sahobalarning valoyati, valoyati kubro deyilgan, varosati nubuvvatdan kelgan, barzoh tariqiga kirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri zohirdan haqiqatga oʻtib, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofiga qaragan bir valoyat boʻlib, u valoyat yoʻli gʻoyat qisqa boʻlgani holda, gʻoyat yuksakdir. Horiqolari oz, lekin maziyati koʻp. Kashf va karomat u yerda oz koʻrinadi. Avliyoning karomatlari esa, aksariyati ixtiyoriy emas. Kutmagan joyidan, ikromi Ilohiy sifatida horiqo undan zuhur etadi. Bu kashf va karomatlarning aksariyati, sayri suluk zamonida, tariqat barzohidan oʻtgan vaqtlarida, oddiy bashariyatdan bir daraja tajarrud etganlaridan, xilofi odat holotga mazhar boʻladilar. Sahobalar esa, suhbati nubuvvatning in'ikosi bilan va injizobi bilan va iksiri bilan tariqatdagi sayri suluk doira-i azimini bosib oʻtishga majbur emaslar. Bir qadamda va bir suhbatda zohirdan haqiqatga oʻta oladilar. Masalan: Oʻtgan tungi Layla-i Qadrga ulashish uchun ikki yoʻl bor:

Biri: Bir yil kezib, aylanib, nihoyat oʻsha tunga kelishdir. Bu qurbiyatni qozonish uchun bir yil masofani bosib oʻtish lozim boʻladi. Bu esa, ahli sulukning maslagi boʻlib, ahli tariqatning koʻpchiligi bu bilan boradi.

Ikkinchisi: Zamonda muqayyad boʻlgan jismi moddiy gʻilofidan ayrilib, tajarrud bilan ruhan yuksalib, kecha tungi Layla-i Qadrni indingi kun Layla-i Iyd bilan barobar bugungi kabi hozir koʻrishdir. Chunki ruh zamon bilan muqayyad emas. Hissiyoti insoniya ruh darajasiga chiqqan vaqt, hozirgi zamon kengayadi. Boshqalarga nisbatan moziy va mustaqbal boʻlgan vaqtlar unga nisbatan hozir hukmida boʻladi.

Xullas bu tamsilga koʻra, kecha tungi Layla-i Qadrga oʻtish uchun, martaba-i ruhga chiqib, moziyni hozir darajasida koʻrishdir. Shu sirri gʻamizning asosi, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofidir. Masalan: Quyosh bizga yaqindir; chunki ziyosi, harorati va misoli oynamizda va qoʻlimizdadir. Lekin biz undan uzoqmiz. Agar biz nuroniyat nuqtasida uning aqrobiyatini his qilsak, oynamizdagi misoliy boʻlgan timsoliga munosabatimizni anglasak, u vosita bilan uni tanisak; ziyosi, harorati, hay'ati nimaligini bilsak, uning aqrobiyati bizga inkishof etadi va yaqinimizda uni tanib munosabatdor boʻlamiz. Agar biz bu'diyatimiz nuqtai nazaridan unga yaqinlashishni va tanishni istasak, juda koʻp sayri fikriyga va suluki aqliyga majbur boʻlamiz; qavonini fanniya bilan fikran samovotga chiqib, samodagi quyoshni tasavvur qilib, soʻngra mohiyatidagi ziyo va haroratni va ziyosidagi alvoni sab'ani juda chuqur tadqiqoti fanniya bilan anglagandan soʻngra, birinchi odamning oʻz oynasida oz bir tafakkur bilan qoʻlga kiritgan qurbiyati ma'naviyani zoʻrgʻa qoʻlga kiritishimiz mumkin.

Xullas shu tamsil kabi, nubuvvat va varosati nubuvvatdagi valoyat, sirri aqrobiyatning inkishofiga qaraydi. Valoyati saira esa, aksariyati qurbiyat asosi uzra boradi. Bir qancha marotibda sayri sulukka majbur boʻladi.

— 42 —
IKKINCHI MAQOM:

Oʻsha hodisotga sababiyat bergan va fasodni boshlagan bir nechta Yahudiydan iborat emaski, ularni kashf etish bilan fasodning oldi olinsin. Chunki juda koʻp muxtalif millatlarning Islomiyatga kirishlari bilan bir-biriga zid va muxolif koʻp jarayonlar va afkor qorishib ketdi. Xususan ba'zilarning gʻururi milliylari Hazrat Umarning (R.A.) zarbalari bilan dahshatli yaralanganidan, sajiyatan intiqom olishga fursat kutardilar. Chunki ularning ham eski dini inkor qilingan, ham madori sharafi boʻlgan eski hukumati va saltanati taxrib etilgan. Intiqomini, bilib yoki bilmasdan, hokimiyati Islomiyadan olishga hissan tarafdor bir surat olgan. Shuning uchun, Yahudiy kabi ziyrak va dassos bir qism munofiqlar oʻsha holati ijtimoiyadan istifoda etdilar deyilgan. Demak, u hodisotning oldini olish, oʻsha vaqtdagi hayoti ijtimoiyani va muxtalif afkorni isloh qilish bilan boʻlar edi. Boʻlmasa bir-ikki mufsidning kashf qilinishi bilan boʻlmasdi.

Agar deyilsa: Hazrat Umar (R.A.) minbar ustida, bir oylik masofada boʻlgan Sariya ismli bir qoʻmondoniga يَا سَارِيَةُ اَلْجَبَلَ اَلْجَبَلَ deb, Sariyaga eshittirib, savq-ul jaysh nuqtasidan zafariga sababiyat bergan karomatkorona idorasi qay daraja keskin nazarli ekanini koʻrsatgani holda, nima uchun yonidagi qotili Feruzni u keskin nazari valoyat bilan koʻrmadi?

Aljavob: Hazrat Yoqub Alayhissalom bergan javobi bilan javob beramiz.

{(Hoshiya)

زِ مِصْرَشْ بُوىِ پ۪يرَاهَنْ شِن۪يد۪ى
چِرَا دَرْ چَاهِ كَنْعَانَشْ نَد۪يد۪ى
بَگُفْتْ اَحْوَالِ مَا بَرْقِ جِهَانَسْتْ
دَم۪ى پَيْدَا وُ د۪يگَرْ دَمْ نِهَانَسْتْ
گَه۪ى بَرْ طَارُمِ اَعْلٰى نِش۪ينَمْ
گَه۪ى بَرْ پُشْتِ پَاىِ خُودْ نَب۪ينَمْ

}

Ya'ni: Hazrat Yoqubdan soʻralganki: "Nima uchun Misrdan kelgan koʻylagining hidini sezding-da, yaqiningda boʻlgan Kan'on Qudugʻidagi Yusufni koʻrmading?" Javoban deganki: "Bizning holimiz chaqmoq kabidir; ba'zan koʻrinadi, ba'zan yashirinadi. Ba'zi vaqtlar boʻladiki, eng yuksak mavqeda oʻtirib, har tarafni koʻrgandek boʻlamiz. Ba'zi vaqtlar esa oyogʻimizning ustini koʻrolmaymiz".

Alhosil: Inson har qancha foili muxtor boʻlmasin, وَمَا تَشَٓاؤُنَ اِلَّٓا اَنْ يَشَٓاءَ اللّٰهُ sirriga koʻra, mashiati Ilohiya asosdir va qadar hokimdir. Mashiati Ilohiya mashiati insoniyani qaytaradi. اِذَا جَاءَ الْقَدَرُ عُمِىَ الْبَصَرُ hukmini ijro etadi. Qadar gapirsa; iqtidori bashar soʻylamas, ixtiyori juz'iy jim boʻladi.

Ikkinchi savolingizning maoli: Hazrat Ali (R.A.) zamonida boshlangan muhorabalarning mohiyati nima? Muhoriblarga va u harbda oʻlgan va oʻldirganlarga qanday nom berishimiz mumkin?

Aljavob: Jamal Voqeasi deyilgan Hazrat Ali bilan Hazrat Talha va Hazrat Zubayr va Oisha-i Siddiqa (Roziyallohu Ta'olo anhum ajma'iyn) orasida boʻlgan muhoraba; adolati mahza bilan adolati izofiyaning mujodalasidir. Shundayki:

— 43 —

Hazrat Ali adolati mahzani asos tutib, Shayxayn zamonidagi kabi, oʻsha asos uzra borish uchun ijtihod qilgan. Muorizlari esa: Shayxayn zamonidagi safvati Islomiya adolati mahzaga muso'id edi, lekin mururi zamon bilan Islomiyatlari zaif muxtalif aqvom hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga kirganlari uchun, adolati mahzaning tatbiqoti juda mushkul boʻlganidan, "ahvan-ush sharni ixtiyor" deyilgan adolati nisbiya asosi uzra ijtihod qildilar. Munoqasha-i ijtihodiya siyosatga kirgani uchun, muhorabani intoj etgan. Modomiki xolis lilloh uchun va Islomiyatning manfaati uchun ijtihod qilingan va ijtihoddan muhoraba tavallud etgan; albatta ham qotil, ham maqtul ikkisi ham ahli Jannatdir, ikkisi ham ahli savobdir deya olamiz. Har qancha Hazrat Alining ijtihodi musiyb va muqobilidagilarniki xato boʻlsa ham, yana azobga mustahaq emaslar. Chunki ijtihod qilgan haqni topsa, ikki savob bor. Topmasa, bir navi ibodat boʻlgan ijtihod savobi sifatida bitta savob oladi. Xatosidan ma'zurdir. Bizda gʻoyat mashhur va soʻzi hujjat bir zoti muhaqqiq Kurdcha:

ژ۪ى شَرِّ صَحَابَانْ مَكَه قَالُ و ق۪يلْ لَوْرَا جَنَّت۪ينَه قَاتِلُ و هَمْ قَت۪يلْ

Ya'ni: "Sahobalarning muhorabasidan qiylu qol etma. Chunki ham qotil va ham maqtul, ikkisi ham ahli Jannatdir", degan.

Adolati mahza bilan adolati izofiyaning izohi shuki: مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى الْاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَم۪يعًا oyatining ma'no-i ishoriysi bilan: Bir ma'sumning haqqi, butun xalq uchun boʻlsa ham, poymol qilinmaydi. Bir kishi ham, umumning salomati uchun, fido qilinmaydi. Janobi Haqning nazari marhamatida haq haqdir, kichigiga kattasiga qaralmaydi. Kichik katta uchun poymol qilinmaydi. Bir jamoatning salomati uchun, bir kishining rizosi boʻlmasdan, hayoti va haqqi fido qilinmaydi. Hamiyat nomidan rizosi bilan boʻlsa, u boshqa masaladir.

Adolati izofiya esa: Kullning salomati uchun juzni fido qiladi. Jamoat uchun, kishining haqqini nazarga olmaydi. Ahvan-ush shar deya bir navi adolati izofiyani qilishga urinadi. Faqat adolati mahza qobili tatbiq esa, adolati izofiyaga ketilmaydi; ketilsa, zulmdir.

Xullas, Imom Ali roziyallohu anhu adolati mahzani Shayxayn zamonidagi kabi qobili tatbiqdir deb, xilofati Islomiyani oʻsha asos ustida bino qildi. Muqobillari va muorizlari esa, "Qobili tatbiq emas, koʻp mushkuloti bor" deb adolati izofiya uzra ijtihod qilishgan. Tarix koʻrsatgan boshqa sabablar esa, haqiqiy sabab emas, bahonalardir.

Agar: "Xilofati Islomiya nuqtasida Imom Alining favquloda iqtidori, horiquloda zakovati va yuksak layoqati bilan birga salaflariga nisbatan muvaffaqiyatsizligining sababi nima?", desang.

Aljavob: U muborak zot, siyosat va saltanatdan ziyoda yanada muhim boshqa vazifalarga loyiq edi. Agar tom muvaffaqiyati siyosiya va toʻliq saltanat boʻlsa edi, "Shohi Valoyat" unvoni ma'nodorini haqiqiy ma'noda qozonolmasdi. Holbuki zohiriy va siyosiy xilofatdan juda koʻp ustun ma'naviy bir saltanat qozondi va Ustozi Kull hukmiga oʻtdi; hatto qiyomatga qadar saltanati ma'naviysi boqiy qoldi.

Ammo Hazrat Imom Alining Voqea-i Siffinda Hazrat Muoviyaning tarafdorlari bilan muhorabasi esa, xilofat va saltanatning muhorabasidir. Ya'ni: Hazrat Imom Ali ahkomi dinni va haqoiqi Islomiyani va oxiratni asos tutib, saltanatning bir qism qonunlarini va siyosatning marhamatsiz muqtaziyotlarini ularga fido qildi. Hazrat Muoviya va tarafdorlari esa; hayoti ijtimoiya-i Islomiyani saltanat siyosatlari bilan taqviya etish uchun azimatni tashlab, ruxsatni iltizom etdi, siyosat olamida oʻzini majbur deb oʻylab, ruxsatni tarjih etdi, xatoga tushdi.

— 44 —

Ammo Hazrat Hasan va Husanning Umaviylarga qarshi mujodalalari esa, din bilan milliyat muhorabasi edi. Ya'ni: Umaviylar Davlati Islomiyani Arab milliyati ustiga istinod ettirib robita-i Islomiyatni robita-i milliyatdan ortda qoldirganlaridan, ikki jihatdan zarar berishdi:

Biri: Milali sairani ranjida etib tavhish etdilar.

Ikkinchisi: Unsuriyat va milliyat asoslari, adolatni va haqni ta'qib etmaganidan zulm qiladi. Adolat uzra ketmaydi. Chunki unsuriyat-parvar bir hokim millatdoshini tarjih etadi, adolat qilolmaydi.

اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ لَا فَرْقَ بَيْنَ عَبْدٍ حَبَشِىٍّ وَسَيِّدٍ قُرَيْشِىٍّ اِذَا اَسْلَمَا

farmoni qat'iysi bilan: Robita-i diniya oʻrniga robita-i milliya iqoma etilmaydi; etilsa, adolat qilinmaydi, haqqoniyat ketadi.

Xullas, Hazrat Husan robita-i diniyani asos tutib, muhiq oʻlaroq ularga qarshi mujodala etgan, oxiri maqomi shahodatni ihroz etgan.

Agar: "Bu qadar haqli va haqiqatli boʻlgani holda, nima uchun muvaffaq boʻlmadi? Ham nima uchun qadari Ilohiy va rahmati Ilohiya ularning faji' bir oqibatga yoʻliqishiga muso'ada etgan?", deyilsa.

Aljavob: Hazrat Husanning yaqin tarafdorlari emas, faqat jamoatiga iltihoq etgan boshqa millatlarda, yaralangan gʻururi milliyalari jihati bilan, Arab millatiga qarshi bir fikri intiqom boʻlishi Hazrat Husan va tarafdorlarining sof va porloq maslaklariga zarar berib, magʻlubiyatlariga sabab boʻlgan.

Ammo qadar nuqtai nazarida faji' oqibatning hikmati: Hasan va Husan va ularning xonadonlari va nasllari ma'naviy bir saltanatga nomzod edilar. Dunyo saltanati bilan ma'naviy saltanatning jam boʻlishi gʻoyat mushkuldir. Shuning uchun ularni dunyodan ranjitdi, dunyoning xunuk yuzini koʻrsatdi. Toki qalban dunyoga qarshi aloqalari qolmasin. Ularning qoʻllari muvaqqat va suriy bir saltanatdan chekildi; faqat porloq va doimiy bir saltanati ma'naviyaga tayin etildilar; oddiy valiylar oʻrniga avliyo aqtoblariga marji' boʻldilar.

Uchinchi savolingiz: "U muborak zotlarning boshiga tushgan u faji' gʻaddorona muomalaning hikmati nima?", deyapsiz.

Aljavob: Sobiqan bayon etganimiz kabi, Hazrat Husanning muorizlari boʻlgan Umaviylar saltanatida marhamatsiz gʻadrga sababiyat beradigan uch asos bor edi:

Birisi: Marhamatsiz siyosatning bir dasturi boʻlgan: "Hukumatning salomati va osoyishning davomi uchun ashxas fido qilinadi".

Ikkinchisi: Ularning saltanati unsuriyat va milliyatga istinod etgani uchun, milliyatning gʻaddorona bir dasturi boʻlgan: "Millatning salomati uchun hamma narsa fido qilinadi".

Uchinchisi: Umaviylarning Hoshimiylarga qarshi an'anasidagi raqobat hissi, Yazid kabi ba'zilarda boʻlgani uchun, shafqatsiz bir gʻadrga qobiliyat koʻrsatgan edi.

— 45 —

Toʻrtinchi bir sabab Hazrat Husanning tarafdorlarida bor ediki; Umaviylarning Arab milliyatini asos qilib, boshqa millatlarning afrodini "mamolik" ta'bir etib, qul nazari bilan qarashlari va gʻururi milliyalarini sindirishlari tufayli, milali saira Hazrat Husanning jamoatiga intiqomkorona va mushavvash bir niyat bilan iltihoq etganlaridan, Umaviylarning asabiyati milliyalariga qattiq tekkan, gʻoyat gʻaddorona va marhamatsiz tarzda mashhur fojiaga sababiyat bergan.

Mazkur toʻrt sabab zohiriydir. Qadar nuqtasidan qaralgan vaqt; Hazrat Husan va aqrabosiga oʻsha fojia sababli hosil boʻlgan natoiji uxroviya va saltanati ruhoniya va taraqqiyoti ma'naviya shunchalik qiymatliki, u fojia tufayli chekkan zahmatlari gʻoyat yengil va arzonga tushadi. Masalan bir askar bir soat qiynoq ostida shahid qilinsa; shunday bir martabaga erishadiki, boshqa odam oʻn yil urinsa, zoʻrgʻa u martabaga erishishi mumkin. Agar u askar shahid boʻlgandan soʻng undan soʻrab boʻlsa, "Oz bir narsa bilan juda koʻp narsa qozondim" deydi.

Toʻrtinchi savolingizning maoli: Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom Dajjolni oʻldirgandan soʻng, insonlarning aksariyati dini haqqa kiradilar. Holbuki rivoyatlarda kelganki: Yer yuzida Alloh, Alloh deganlar bor ekan qiyomat boʻlmaydi". Bunday umumiyat bilan iymonga kelgandan soʻng qanday qilib umumiyat bilan kufrga ketadilar?

Aljavob: Hadisi sahihda rivoyat qilingan: "Hazrat Iso Alayhissalomning kelishini va shariati Islomiya bilan amal qilishini, Dajjolni oʻldirishini" iymoni zaif boʻlganlar istib'od etadilar. Uning haqiqati izoh etilsa, hech istib'od yeri qolmaydi. Shundayki:

U hadis hamda Sufyon va Mahdiy haqidagi hadislar ifoda qilgan ma'nolari shuki: Oxirzamonda dinsizlikning ikki jarayoni quvvat topadi:

Birisi: Nifoq pardasi ostida, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) inkor etadigan Sufyon ismli mudhish bir shaxs ahli nifoqqa bosh boʻladi, shariati Islomiyaning taxribiga urinadi. Unga qarshi Oli Bayti Nabaviyning silsila-i nuroniysiga bogʻlangan, ahli valoyat va ahli kamolga bosh boʻladigan Oli Baytdan Muhammad Mahdiy ismli bir zoti nuroniy oʻsha Sufyonning shaxsi ma'naviysi boʻlgan jarayoni munofiqonani oʻldirib yoʻqotadi.

Ikkinchi jarayon esa: Tabiiyyun, moddiyun falsafasidan tavallud etgan bir jarayoni Namrudona, oxirzamonda falsafa-i moddiya vositasi bilan tobora intishor etib, quvvat topib, uluhiyatni inkor qiladigan darajaga keladi. Qandayki bir podshohni tanimagan va qoʻshindagi zobiton va afrod uning askarlari ekanini qabul qilmagan vahshiy odam harkasga, har askarga bir navi podshohlik va bir tarz hokimiyat beradi. Xuddi shuning kabi: Allohni inkor etgan u jarayon afrodlari, bittadan kichik Namrud hukmida nafslariga bittadan rububiyat beradi. Va ularning boshiga oʻtgan eng kattalari ispirtizma va gipnozning hodisoti navidan mudhish horiqolarga mazhar boʻlgan Dajjol esa; yanada ilgarilab, jabborona suriy hukumatini bir navi rububiyat tasavvur etib, uluhiyatini e'lon qiladi. Bir chivinga magʻlub boʻlgan va bir chivinning qanotini ham ijod qilolmagan ojiz bir insonning uluhiyat da'vo qilishi, qay daraja ahmoqona bir masxaralik ekani ma'lum.

— 46 —

Shunday bir paytda, u jarayon juda quvvatli koʻringan bir zamonda, Hazrat Iso Alayhissalomning shaxsi ma'naviysidan tarkib topgan haqiqiy Isaviylik dini zuhur etadi, ya'ni rahmati Ilohiyaning samosidan nuzul etadi; holi hozir Xristianlik dini oʻsha haqiqat tomon tasaffi etadi, xurofotdan va tahrifotdan ayriladi, haqoiqi Islomiya bilan birlashadi; ma'nan Xristianlik bir navi Islomiyatga inqilob etadi. Va Qur'onga iqtido etadi, u Isaviylik shaxsi ma'naviysi ergashgan va Islomiyat ergashilgan maqomida qoladi; dini haq bu iltihoq natijasida azim bir quvvat topadi. Dinsizlik jarayoniga qarshi alohida-alohida ekan magʻlub boʻlgan Isaviylik va Islomiyat ittihod natijasida dinsizlik jarayoni ustidan gʻalaba qozonib, yoʻq qilish iste'dodida ekan; olami samovotda jismi bashariysi bilan shaxsi Iso Alayhissalom, u dini haq jarayonining boshiga oʻtishini bir Muxbiri Sodiq bir Qodiri Kulli Shayning va'dasiga istinod etib xabar bergan. Modomiki xabar bergan, haqdir; modomiki Qodiri Kulli Shay va'da bergan, albatta qiladi. Ha, har vaqt samovotdan maloikalarni yerga yuborgan va ba'zi vaqtlarda inson suratiga vaz' etgan (Hazrat Jabroilning "Dihya" suratiga kirishi kabi) va ruhoniylarni olami arvohdan yuborib bashar suratiga tamassul ettirgan, hatto oʻlgan avliyolarning koʻplarining arvohlarini jasadi misoliy bilan dunyoga yuborgan bir Hakimi Zuljalol, Hazrat Iso Alayhissalomni, Iso diniga oid eng muhim bir husni xotimasi uchun, nafaqat samo-i dunyoda jasadi bilan va hayotda boʻlgan Hazrat Iso, balki olami oxiratning eng uzoq burchagiga ketgan va haqiqatdan oʻlgan boʻlsa ham; shunday bir natija-i azima uchun unga qaytadan jasad kiydirib dunyoga yuborish, u Hakimning hikmatidan uzoq emas... balki uning hikmati shunday iqtizo etgani uchun va'da qilgan va va'da qilgani uchun albatta yuboradi.

Hazrat Iso kelgan vaqti harkas uning haqiqiy Iso ekanini bilishi lozim emas. Unga yaqin boʻlgan va xos kishilar nuri iymon bilan uni taniydi. Yoʻqsa badohat darajasida harkas uni tanimaydi.

Savol: Rivoyatlarda kelganki: "Dajjolning bir yolgʻonchi Jannati bor; oʻziga tobe boʻlganlarni unga kiritadi. Ham yolgʻonchi bir Jahannami bor; tobe boʻlmaganlarni unga tashlaydi. Hatto oʻz markabining ham bir qulogʻini Jannat kabi, bir qulogʻini Jahannam kabi qilgan boʻladi. Azamati badaniyasi bu qadardir, shu qadardir..." degan ta'riflar bor?

Aljavob: Dajjolning shaxsi suriysi inson kabidir. Magʻrur, fir'avnlashgan, Allohni unutganidan; suriy, jabborona hokimiyatiga uluhiyat nomini bergan shaytoni ahmoqdir va bir insoni dassosdir. Lekin shaxsi ma'naviysi boʻlgan dinsizlik jarayoni azimi juda ulkandir. Rivoyatlarda Dajjolga oid tavsifoti mudhisha unga ishorat qiladi. Bir vaqtlar Yaponiya bosh qoʻmondonining rasmi, bir oyogʻi Bahri Muhitda, ikkinchi oyogʻi oʻn kunlik masofadagi Port Artur Qal'asida tasvir qilingan edi. Oʻsha kichik Yapon Qoʻmondonining bu suratdagi tasviri bilan, qoʻshinining shaxsi ma'naviysi koʻrsatilgan edi.

— 47 —

Ammo Dajjolning yolgʻonchi Jannati, madaniyatning jozibador lahviyoti va fantaziyalaridir. Markabi esa, poyezd kabi bir vosita boʻlib, bir boshida olov oʻchogʻi mavjud boʻlib, oʻziga tobe boʻlmaganlarni ba'zan olovga tiqadi. U markabning bir qulogʻi, ya'ni boshqa boshi Jannat kabi tafrish etilgan, tobe boʻlganlarni u yerda oʻtqazadi. Zotan safih va gʻaddor madaniyatning muhim bir markabi boʻlgan poyezd, ahli safohat va dunyo uchun yolgʻonchi bir Jannat keltiradi. Bechora ahli diyonat va ahli Islom uchun madaniyat qoʻlida Jahannam zaboniysi kabi tahlika keltiradi, asorat va safolat ostiga otadi.

Xullas, Isaviylikning dini haqiqiysi zuhur bilan va Islomiyatga inqilob etishi bilan, garchi olamda aksariyati mutlaqaga nurini nashr etadi. Faqat yana qiyomat boʻlishiga yaqin takror bir dinsizlik jarayoni zuhur etadi, gʻalaba qiladi va "Al hukmu lil-aksar" qoidasiga koʻra, yer yuzida "Alloh, Alloh" deydigan qolmaydi, ya'ni ahamiyatli bir jamoat Kura-i Arzda muhim bir mavqega ega boʻladigan bir suratda "Alloh, Alloh" deyilmaydi deganidir. Aksincha, aqolliyatda qolgan yoxud magʻlub boʻlgan ahli haq qiyomatga qadar qoladi; yolgʻiz qiyomat boʻladigan onda, qiyomatning dahshatlarini koʻrmaslik uchun, bir asari rahmat sifatida, ahli iymonning ruhlari avvalroq qabz etiladi, qiyomat kofirlarning boshiga keladi.

Beshinchi savolingizning maoli: Qiyomatning hodisotidan arvohi boqiya mutaassir boʻladilarmi?

Aljavob: Darajotlariga koʻra mutaassir boʻladilar. Maloikalarning tajalliyoti qahriyada oʻzlariga koʻra mutaassir boʻlganlari kabi mutaassir boʻladilar. Qandayki bir inson issiq bir yerda ekan, tashqarida qor va boʻron ichida titraganlarni koʻrsa, aql va vijdon e'tibori bilan mutaassir boʻladi. Shunga oʻxshab: Zishuur boʻlgan arvohi boqiya, koinot bilan aloqador boʻlganlari uchun, koinotning hodisoti azimasidan darajalariga koʻra mutaassir boʻlishlarini; ahli azob alamkorona, ahli saodat esa hayratkorona, istigʻrobkorona, balki bir jihatda istibshorkorona taassurotlari boʻlishini ishoroti Qur'oniya koʻrsatadi. Zero Qur'oni Hakim har doim qiyomatning ajoyibini tahdid suratida zikr etadi. "Koʻrasizlar..." deydi. Holbuki jismi insoniy bilan uni koʻradiganlar, qiyomatga yetganlardir. Demak, qabrda jasadlari chirigan arvohlarning ham tahdidi Qur'oniyadan hissalari bor.

Oltinchi savolingizning maoli:
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ

Bu oyatning oxiratga, Jannatga, Jahannamga va ahllariga shumuli bormi, yoʻqmi?

Aljavob: Shu masala juda koʻp ahli tahqiq va ahli kashf va ahli valoyatning madori bahsi boʻlgan. Bu masalada soʻz ularnikidir. Hamda shu oyatning juda ham kengligi va koʻp marotibi bor. Ahli tahqiqning qismi aksari aytishganki: Olami baqoga shumuli yoʻq. Boshqa qismi esa: Oniy oʻlaroq ular ham oz bir zamonda, bir navi halokatga mazhar boʻladilar. Shunchalik oz vaqtda boʻladiki, fanoga borib kelganlarini his qilishmaydi. Ammo ba'zi mufrit fikrli ahli kashf hukm qilgan fano-i mutlaq esa, haqiqat emas. Chunki Zoti Aqdasi Ilohiy modomiki sarmadiy va doimiydir; albatta sifati va asmosi ham sarmadiy va doimiydirlar. Modomiki sifoti va asmosi doimiy va sarmadiydirlar; albatta ularning oynalari va jilvalari va naqshlari va mazharlari boʻlgan olami baqodagi boqiyot va ahli baqo fano-i mutlaqqa bizzarura ketolmaydi.

— 48 —

Qur'oni Hakimning fayzidan hozircha ikki nuqta xotirga keldi, ijmolan yozamiz.

Birinchisi: Janobi Haq shunday bir Qodiri Mutlaq boʻlib; adam va vujud qudratiga va irodasiga nisbatan ikki manzil kabi, gʻoyat oson bir suratda u yerga yuboradi va keltiradi. Istasa bir kunda, istasa bir onda u yerdan qaytaradi. Ham adami mutlaq zotan yoʻq, chunki bir ilmi muhit bor. Ham doira-i ilmi Ilohiyning xoriji yoʻqki, biror narsa unga otilsin. Doira-i ilm ichida boʻlgan adam esa, adami xorijiydir va vujudi ilmiyga parda boʻlgan bir unvondir. Hatto bu mavjudoti ilmiyaga ba'zi ahli tahqiq "o'yoni sobita" deb ta'bir etishgan. Shunday ekan, fanoga ketish, muvaqqatan xorijiy libosini yechib, vujudi ma'naviyga va ilmiyga kirishdir. Ya'ni, halik va foniy boʻlganlar vujudi xorijiyni tashlab, mohiyatlari bir vujudi ma'naviy kiyadi, doira-i qudratdan chiqib doira-i ilmga kiradi.

Ikkinchisi: Koʻp Soʻzlarda izoh etganimiz kabi: Hamma narsa ma'no-i ismiy bilan va oʻziga qaragan vajhda hechdir. Oʻz zotida mustaqil va bizotihi sobit bir vujudi yoʻq. Va yolgʻiz oʻzi qolganda qoim bir haqiqati yoʻq. Faqat Janobi Haqqa qaragan vajhda esa, ya'ni ma'no-i harfiy bilan boʻlsa, hech emas. Chunki unda jilvasi koʻringan asmo-i boqiya bor. Ma'dum emas; chunki sarmadiy bir vujudning soyasini tashiydi. Haqiqati bor, sobit, ham yuksakdir. Chunki mazhar boʻlgan boqiy bir ismning sobit bir navi soyasidir. Ham كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ insonning qoʻlini mosivodan kesish uchun bir qilich boʻlib; u ham Janobi Haqning hisobiga boʻlmagan foniy dunyoda foniy narsalarga boʻlgan aloqalarni kesish uchun, hukmi dunyodagi foniyotga qaraydi. Demak, Alloh hisobiga boʻlsa, ma'no-i harfiy bilan, livajhilloh boʻlsa; mosivoga kirmaydiki كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichi bilan boshi kesilsin.

Alhosil: Agar Alloh uchun boʻlsa, Allohni topsa; gʻayr qolmaydiki, boshi kesilsin. Agar Allohni topmasa va uning hisobidan qaramasa, hamma narsa gʻayrdir. Toki Uni topishi uchun كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichini iste'mol qilishi, pardani yirtishi kerak!..

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 49 —

OʻN OLTINCHI MAKTUB

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَّذ۪ينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ ا۪يمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ

Shu maktub فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا sirriga mazhar boʻlgan, shiddatli yozilmagan.

Koʻplar tarafidan sarihan va ma'nan kelgan bir savolga javobdir.

(Shu javobni berish men uchun xush emas, orzu qilmayman. Hamma narsamni Janobi Haqning tavakkaliga bogʻlagandim. Lekin meni oʻz holimga va olamimga tinch qoʻyishmagani va yuzimni dunyoga qaratganlari uchun, Yangi Said emas, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan, shaxsim uchun emas, balki doʻstlarimni va Soʻzlarimni ahli dunyoning avhom va aziyatidan qutqarish uchun; haqiqati holni ham doʻstlarimga, ham ahli dunyoga va ahli hukmga bayon qilish uchun "Besh Nuqta"ni bayon qilaman.)

BIRINCHI NUQTA: "Nima uchun siyosatdan chekinding? Hech yaqinlashmayapsan?", deyildi.

Aljavob: Toʻqqiz-oʻn yil avvalgi Eski Said bir miqdor siyosatga kirdi. Balki siyosat vositasi bilan dinga va ilmga xizmat qilaman deb behuda charchadi.. va koʻrdiki; u yoʻl mashkuk va mushkulotli va menga nisbatan fuzuliyona, ham eng luzumli xizmatga mone va xatarli bir yoʻldir. Koʻpi yolgʻonchilik va bilmasdan ajnabiy qoʻlida vosita boʻlish ehtimoli bor. Ham siyosatga kirg ّۙyo muvofiq boʻladi, yoki muxolif boʻladi. Agar muvofiq boʻlsa; modomiki ma'mur va mab'us emasman, u holda siyosatchilik men uchun fuzuliy va moloyani bir narsadir. Menga ehtiyoj yoʻqki, behuda aralashsam. Agar muxolif siyosatga kirsam, yo fikr bilan yoki quvvat bilan qoʻshilaman. Agar fikr bilan boʻlsa, menga ehtiyoj yoʻq. Chunki masoil tavazzuh etgan, har kim men kabi biladi. Behuda valdirash ma'nosizdir. Agar quvvat bilan va amal bilan muxolafat etsam, husuli mashkuk bir maqsad uchun minglab gunohga kirish ehtimoli bor. Bir kishini deb koʻpchilik baloga yoʻliqadi. Ham oʻn ehtimoldan bir-ikki ehtimolga binoan gunohlarga kirishni, ma'sumlarni gunohga tushirishni vijdonim qabul qilmaydi deb Eski Said sigaret bilan barobar roʻznomalarni va siyosatni va suhbati dunyoviya-i siyosiyani tark qildi. Bunga qat'iy shohid, oʻsha vaqtdan beri sakkiz yildir na bir roʻznoma oʻqidim va na tingladim. Oʻqiganimni va tinglaganimni bilgan birov boʻlsa, chiqsin, aytsin. Holbuki, Eski Said sakkiz yil avval kunda balki sakkizta roʻznoma oʻqirdi. Ham besh yildir, butun diqqat bilan mening holim nazorat qilinyapti. Siyosatvoriy bir tarashshuh koʻrgan boʻlsa, aytsin. Holbuki men kabi asabiy va اِنَّمَا الْح۪يلَةُ ف۪ى تَرْكِ الْحِيَلِ dasturi bilan, eng katta hiylani hiylasizlikda topgan parvosiz, aloqasiz insonning sakkiz yil emas, bir fikri sakkiz kun yashirin qolmaydi. Siyosatga ishtahasi va orzusi boʻlsa edi; tadqiqotga, taharriyotga luzum qoldirmasdan, zambarak oʻqidek sado bergan boʻlardi.

— 50 —

IKKINCHI NUQTA: Yangi Said nima uchun bu qadar shiddat bilan siyosatdan tajannub etadi?

Aljavob: Milliardlab yillardan ziyoda boʻlgan hayoti abadiya uchun harakat qilishni va uni qozonishni; mashkuk bir-ikki yil hayoti dunyoviyaga luzumsiz, fuzuliy bir suratda qoʻshilish bilan fido qilmaslik uchun.. ham eng muhim, eng luzumli, eng sof va eng haqiqatli xizmati iymon va Qur'on uchun shiddat bilan siyosatdan qochadi. Chunki deydi: "Men qariyapman, bundan keyin necha yil yashashimni bilmayman. Shunday ekan, men uchun eng muhim ish, hayoti abadiya uchun harakat qilish lozim. Hayoti abadiyani qozonishda eng birinchi vosita va saodati abadiyaning kaliti, iymondir; uning uchun harakat qilish lozim boʻladi. Faqat ilm e'tibori bilan insonlarga ham bir manfaat yetkazish uchun shar'an xizmatga mukallaf boʻlganimdan, xizmat qilishni istayman. Lekin u xizmat yo hayoti ijtimoiya va dunyoviyaga oid boʻladi; u esa qoʻlimdan kelmaydi. Ham boʻronli bir zamonda sogʻlom xizmat qilinmaydi. Shuning uchun u jihatni tashlab, eng muhim, eng kerakli, eng salomatli - iymonga xizmat jihatini tarjih etdim. Oʻz nafsim uchun qozongan haqoiqi iymoniyani va nafsimda tajriba qilgan ma'naviy dorilarimni boshqa insonlarning qoʻliga oʻtishi uchun eshikni ochiq qoldiryapman. Balki Janobi Haq bu xizmatni qabul qiladi va eski gunohlarimga kafforat qiladi. Bu xizmatga qarshi shaytoni rojimdan boshqa hech kimning, -moʻ'min boʻlsin, kofir boʻlsin, siddiq boʻlsin, zindiq boʻlsin- qarshi chiqishga haqqi yoʻq. Chunki iymonsizlik boshqa narsalarga oʻxshamaydi. Zulmda, fisqda, kaboirda bittadan manhus lazzati shaytoniya boʻlishi mumkin. Lekin iymonsizlikda hech bir jihati lazzat yoʻq. Alam ichida alamdir, zulmat ichida zulmatdir, azob ichida azobdir.

Bunday hadsiz bir hayoti abadiya uchun harakat qilishni va iymon kabi qudsiy bir nurga xizmatni tashlash, keksalik zamonida luzumsiz tahlikali siyosat oʻyinchoqlariga otilish; mendek aloqasiz va yolgʻiz va eski gunohlariga kafforat izlashga majbur bir odamda naqadar xilofi aqldir, naqadar xilofi hikmatdir, qay daraja bir devonalikdir, buni devonalar ham anglay oladi.

— 51 —

Ammo Qur'on va iymonning xizmati nima uchun meni man qiladi desang, men ham aytamanki: Haqoiqi iymoniya va Qur'oniya bittadan olmos hukmida ekan, siyosat bilan oluda boʻlsaydim; qoʻlimdagi olmoslar igʻfol etilishi mumkin boʻlgan avom tarafidan, "Ajabo, tarafdor qozonish uchun bir tashviqoti siyosat emasmi?" deb oʻylaydilar. U olmoslarga oddiy shishalar nazari bilan qarashlari mumkin. Shunday ekan men oʻsha siyosatga qoʻl urish bilan, oʻsha olmoslarga zulm qilaman va qiymatlarini tanzil etish hukmiga oʻtadi. Mana ey ahli dunyo! Nima uchun men bilan ovora boʻlyapsiz? Meni oʻz holimga qoʻymayapsiz?

Agar: "Shayxlar ba'zan ishimizga qoʻshiladilar. Seni ham ba'zan shayx deydilar", desangiz.

Aytamanki: Afandilar! Men shayx emasman, men domlaman. Bunga dalil: Toʻrt yildir, bu yerdaman; bir odamga tariqat darsi bersaydim, shubhaga haqqingiz boʻlardi. Balki yonimga kelgan hammaga aytganman: Iymon lozim, Islomiyat lozim; tariqat zamoni emas.

Agar: "Seni Saidi Kurdiy deydilar. Balki senda unsuriyat-parvarlik fikri bor; u bizga toʻgʻri kelmaydi", desangiz.

Aytamanki: Hoy afandilar! Eski Said va Yangi Saidning yozganlari maydonda. Shohid koʻrsatamanki: Men اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ farmoni qat'iysi bilan, eski zamondan beri manfiy milliyat va unsuriyat-parvarlikka, Ovrupaning bir navi frank illati boʻlganidan, bir zahri qotil nazari bilan qaraganman. Va Ovrupa oʻsha frank illatini Islom ichiga otgan; toki boʻlinish chiqsin, parchalasin, yutishga tayyor boʻlsin deb oʻylaydi. Oʻsha frank illatini eskidan beri davolashga uringanimni, talabalarim va men bilan aloqador boʻlganlar biladilar. Modomiki shunday ekan, afandilar!. Har bir hodisani bahona qilib, menga aziyat berishga sabab nima, ajabo? Sharqda bir askar xato qilsa, gʻarbda bir askarga askarlik munosabati bilan zahmat va jazo berish.. yoki Istanbulda bir asnafning jinoyati bilan, Bogʻdodda bir doʻkondorni, asnaflik munosabati bilan mahkum qilish navidan, har hodisa-i dunyoviyada menga aziyat berish qaysi usulga muvofiq? Qaysi vijdon hukm qiladi? Qaysi maslahat iqtizo etadi?

— 52 —

UCHINCHI NUQTA: Holimni, istirohatimni oʻylagan va har musibatga qarshi sabr bilan sukutimni istigʻrob etgan doʻstlarimning shunday bir savollari bor: "Kelgan zahmatlarga, aziyatlarga qanday tahammul etyapsan? Holbuki, avvallari juda hiddatli va izzatli eding, adno bir tahqirga tahammul etolmasding?"

Aljavob: Ikkita kichik hodisani va hikoyani tinglanlar, javobini olinglar:

Birinchi hikoya: Ikki yil avval men haqqimda bir mudir sababsiz, orqamdan tazyifkorona, haqoratli soʻzlar aytgan edi. Keyinroq menga aytdilar. Bir soat qadar Eski Said hissi bilan mutaassir boʻldim. Soʻngra Janobi Haqning rahmati bilan shunday bir haqiqat qalbga keldi, siqilishni izola etib, u odamni menga kechirtirdi. U haqiqat shuki:

Nafsimga dedim: Agar uning tahqiri va bayon etgan qusurlari shaxsimga va nafsimga oid boʻlsa; Alloh undan rozi boʻlsinki, nafsimning ayblarini aytdi. Agar toʻgʻri aytgan boʻlsa, nafsimning tarbiyasiga yoʻllaydi va gʻururdan meni qutqarishga yordam boʻladi. Agar yolgʻon aytgan boʻlsa, meni riyodan va riyoning asosi boʻlgan shuhrati kozibadan qutqarishga yordam boʻladi. Ha, men nafsim bilan musolaha etmaganman. Chunki tarbiya qilmaganman. Mening boʻynimda yoki qoʻynimda bir chayon borligini birov aytsa yoki koʻrsatsa; undan ranjish emas, mamnun boʻlish lozim boʻladi. Agar u odamning tahqiroti mening iymonga va Qur'onga xizmatkorlik sifatimga oid boʻlsa, u menga oid emas. U odamni meni istihdom etgan Sohibi Qur'onga havola qilaman. U Azizdir, Hakimdir. Agar yolgʻiz meni soʻkish, tahqir etish, badnom qilish navidan boʻlsa; u ham menga oid emas. Men surgun va asir va gʻarib va qoʻlim bogʻliq, haysiyatimni oʻz qoʻlim bilan toʻgʻrilashga urinishim, mening ishim emas. Balki musofir boʻlganim va meni nazorat qilgan shu qishloqqa, soʻng tumanga, soʻng viloyatga hukm qilganlarga oiddir. Bir insonning qoʻlidagi asirini haqorat qilish, sohibiga oid; u mudofaa qiladi. Modomiki haqiqat shunday ekan, qalbim istirohat etdi.

وَاُفَوِّضُ اَمْر۪ٓى اِلَى اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ بَص۪يرٌ بِالْعِبَادِ

dedim. U voqeani boʻlmagandek hisobladim, unutdim. Faqat ma'ataassuf soʻngra anglashildiki, Qur'on uni kechirmabdi...

Ikkinchi hikoya: Shu yil eshitdimki, bir hodisa boʻlgan. Oʻsha hodisa boʻlgandan soʻng yolgʻiz ijmolan boʻlganini eshitganim holda, oʻsha voqea bilan jiddiy aloqam bordek bir muomala koʻrdim. Zotan muxobara etmasdim, etsam ham, juda nodir oʻlaroq, bir masala-i iymoniyani bir doʻstimga yozdim. Hatto toʻrt yilda ukamga bitta maktub yozdim. Va ixtilotdan ham men oʻzimni man qildim, hamda ahli dunyo meni man qildi. Yolgʻiz bir-ikki ahbob bilan, haftada bir marta koʻrisha oldim. Qishloqqa kelgan musofirlar esa; oyda bir-ikkitasi, ba'zan bir-ikki daqiqa bir oxirat masalasiga doir men bilan koʻrishardi. Bu gʻurbat holimda; gʻarib, yolgʻiz, kimsasiz, nafaqa uchun ishlashga men kabilarga muvofiq boʻlmagan bir qishloqda har narsadan, harkasdan man etildim. Hatto toʻrt yil avval xarob boʻlgan bir masjidni ta'mir ettirdim. Mamlakatimda imomlik va voizlik vasiqam qoʻlimda boʻlganidan, oʻsha jome'da toʻrt yildan beri (Alloh qabul qilsin) imomlik qilganim holda, shu muborak oʻtgan Ramazonda masjidga borolmadim. Ba'zan yolgʻiz namozimni oʻqidim. Jamoat bilan oʻqilgan namozning yigirma besh savobidan va xayridan mahrum qoldim.

— 53 —

Xullas boshimga kelgan bu ikki hodisaga qarshi, aynan ikki yil avval oʻsha ma'murning menga qarshi muomalasiga koʻrsatgan sabr va tahammulni koʻrsatdim. Inshaalloh davom ettiraman. Shundayam oʻylayman va deymanki: Agar ahli dunyo tarafidan boshimga kelgan shu aziyat, shu mashaqqat, shu tazyiq; aybli va qusurli nafsim uchun boʻlsa, ularni kechirdim. Balki nafsim shu bilan islohi hol etadi; ham unga kafforat-uz zunub boʻladi. Dunyo musofirxonasining safosini koʻp koʻrdim, ozgina jafosini koʻrsam, yana shukr qilaman. Agar iymonga va Qur'onga xizmatkorligim jihatidan ahli dunyo menga tazyiq oʻtkazayotgan boʻlsa, uning mudofaasi menga oid emas, uni Azizi Jabborga havola etaman. Agar aslsiz va riyoga sabab va ixlosni sindiruvchi shuhrati kozibani sindirish uchun tavajjuhi ommani haqqimda buzish murod boʻlsa, ularga rahmat. Chunki tavajjuhi ommaga mazhar boʻlish va xalqning nazarida shuhrat qozonish men kabi odamlarga zarar deb hisoblayman. Men bilan aloqador boʻlganlar meni biladilarki; shaxsimga qarshi hurmat istamayman, balki nafratlanaman. Hatto qiymatli muhim bir doʻstimni, ortiq hurmati uchun balki ellik marta koyiganman. Agar meni badnom qilish va afkori ommadan tushirish, isqot ettirishdan murodlari, men tarjimonlik qilgan haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga oid boʻlsa, behuda. Zero Qur'on yulduzlariga parda tortib boʻlmaydi. Koʻzini yumgan yolgʻiz oʻzi koʻrmaydi, boshqasiga tun qilolmaydi.

TOʻRTINCHI NUQTA: Avhomli bir necha savolning javobi:

Birinchisi: Ahli dunyo menga deydi: "Nima bilan yashayapsan? Ishlamay qanday kun koʻryapsan? Mamlakatimizda tanballik qilib oʻtirganlarni va boshqalarning sa'yi bilan kun kechirganlarni istamaymiz".

Aljavob: Men iqtisod va baraka bilan yashayapman. Razzoqimdan boshqa hech kimning minnatini olmayman va olmaslikka ham qaror berganman. Ha, kunini yuz tanga, balki qirq tanga bilan oʻtkazgan bir odam boshqa odamning minnatiga qolmaydi. Shu masalani izoh qilishni hech orzu qilmas edim. Balki bir gʻururni va bir anoniyatni ihsos etar degan niyatda, bayon qilish menga juda noxushdir. Lekin modomiki ahli dunyo avhomli bir suratda soʻrayaptilar, men ham deymanki: Yoshligimdan beri odamlarning molini qabul qilmaslik -hatto zakot ham boʻlsa- ham maoshni qabul qilmaslik- yolgʻiz bir-ikki yil Dor-ul Hikmat-ul Islomiyada doʻstlarimning ijbori bilan qabul qilishga majbur boʻldim va u pulni ham ma'nan millatga i'oda etdik- ham maishati dunyoviya uchun minnat ostiga kirmaslik, umrim boʻyicha dasturi hayotimdir. Ahli mamlakatim va boshqa yerlarda meni taniganlar buni biladilar. Bu besh yilgi surgunimda koʻp doʻstlar menga hadyalarini qabul ettirish uchun koʻp urindilar, qabul qilmadim. "Shunday ekan qanday kun kechiryapsan?" deyilsa, aytamanki: Baraka va ikromi Ilohiy bilan yashayapman. Nafsim garchi har haqoratga, har ihonatga mustahaq boʻlsa ham; faqat Qur'on xizmatining karomati boʻlib, arzoq xususida ikromi Ilohiy boʻlgan barakaga mazhar boʻlyapman. وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ sirri bilan, Janobi Haqning menga bergan ehsonotni yod etib, bir shukri ma'naviy navidan bir nechta namunasini aytaman. Bir shukri ma'naviy boʻlish bilan barobar, qoʻrqamanki, bir riyo va gʻururni ihsos etib u muborak baraka kesilib qolmasin. Chunki muftaxirona yashirin barakani izhor qilish, kesilib qolishiga sabab boʻladi. Faqat nachora, aytishga majbur boʻldim.

Mana birinchisi: Shu olti oydir oʻttiz oltita nondan iborat bir kilo bugʻdoy menga kifoya qildi. Yana bor, tugamagan. Qanchagacha yetadi, {(Hoshiya) Bir yil davom qildi.} bilmayman.

Ikkinchisi: Shu muborak Ramazonda yolgʻiz ikki xonadondan menga taom chiqdi, ikkisi ham meni xasta qildi. Angladimki, oʻzgalarning taomini yeyishdan mamnu'man. Mutaboqiysi, butun Ramazonda mening idoramga qaragan muborak bir xonadonning va sodiq bir doʻstim boʻlgan Abdulloh Chovushning ixbori va shahodati bilan; uchta non, bir qiyya (kilo degani) guruch menga kifoya qildi. Hatto u guruch oʻn besh kun Ramazondan keyin tugadi.

Uchinchisi: Togʻda, uch oy menga va musofirlarimga bir qiyya sariyogʻ, -har kun non bilan yeyish sharti bilan- kifoya qildi. Hatto Sulaymon ismli muborak bir musofirim bor edi. Mening nonim ham va uning noni ham tugayotgan edi. Chorshanba kuni edi; aytdim: Bor, non olib kel. Har tarafimizda ikki soatlik masofada hech kim yoʻq ediki, u yerdan non olinsin. "Juma kechasi sening yoningda bu togʻda birga duo qilishni orzu qilaman" dedi. Men aytdimki: "Tavakkalna alalloh, qol." Soʻngra hech aloqasi boʻlmagan va bir bahona ham yoʻq ekan, ikkimiz yura-yura bir togʻning tepasiga chiqdik. Qumgʻonda ozgina suv bor edi. Ozgina shakar bilan choyimiz bor edi. Aytdimki: "Qardoshim, ozgina choy damla". U ishga kirishdi, men ham chuqur bir daraga qaragan bir qatron daraxtining ostida oʻtirdim. Mutaassifona shunday oʻyladim: "Mogʻorlagan bir boʻlak nonimiz bor; bu oqshom zoʻrgʻa ikkimizga yetadi. Ikki kun nima qilamiz va bu sofdil odamga nima deyman?" - deya oʻylayotgan edim, birdaniga boshim aylanib ketgandek, yuqoriga qaradim; koʻrdimki: Qatron daraxtining ustida, shoxlari ichida katta bir non bizga qarab turibti. Dedim: "Sulaymon, xushxabar! Janobi Haq bizga rizq berdi". U nonni oldik; koʻrdikki, qushlar va hayvonoti vahshiya hech biri tegmagan. Yigirma-oʻttiz kundir hech kim u tepaga chiqmagandi. U non ikkimizga ikki kunga kifoya qildi. Biz yeb tugatish arafasida ekan, toʻrt yildan beri sodiq bir siddiqim boʻlgan mustaqim Sulaymon pastdan non bilan keldi.

— 54 —

Toʻrtinchisi: Shu ustimdagi chakmonni, yetti yil avval eski holda olgandim. Besh yildir koʻylak, ich kiyim, oyoq kiyim, paypoq uchun toʻrt yarim lira sarfladim. Barakati iqtisod va rahmati Ilohiya menga kifoya boʻldi.

Shu namunalar kabi koʻp narsalar bor va barakati Ilohiyaning koʻp jihatlari bor. Bu qishloq xalqi koʻpini bilishadi. Lekin aslo bularni faxr uchun zikr qilyapti deb oʻylamanglar, balki majbur boʻldim. Ham men uchun yaxshilikka bir sabab boʻlgan deb oʻylamanglar. Bu barakalar yo yonimga kelgan xolis doʻstlarimga ehsondir yoki xizmati Qur'oniyaga bir ikromdir yoki iqtisodning barakali bir manfaatidir va yoxud "Yo Rahim, Yo Rahim" deb zikr qilgan va yonimda boʻlgan toʻrt mushukning rizqlari boʻlib, baraka suratida keladi, men ham undan istifoda qilaman. Ha, hazin mir-mirlarini diqqat bilan tinglasang, "Yo Rahim, Yo Rahim" deganlarini anglaysan. Mushuk bahsi keldi, tovuqni esga soldi. Bir tovugʻim bor. Shu qishda tuxum uskunasi kabi juda oz oraliq bilan har kun rahmat xazinasidan menga bir tuxum keltirardi. Ham bir kuni ikkita tuxum keltirdi, men ham hayratda qoldim. Doʻstlarimdan soʻradim: "Shunaqasi ham boʻladimi?" dedim. Dedilar: "Balki bir ehsoni Ilohiydir". Ham shu tovuqning yozda ochgan kichik bir joʻjasi bor edi. Ramazoni Sharifning boshida tuxumga kirdi. Qirq kun davom etdi. Ham kichik, ham qishda, ham Ramazonda, bu muborak holi bir ikromi Rabboniy ekaniga na mening va na menga xizmat qilganlarning shubhalari qolmadi. Ham onasi toʻxtashi bilan, u boshladi.. meni tuxumsiz qoldirmadi.

Ikkinchi vahmli savol: Ahli dunyo deydilarki: Senga dunyomizga aralashmasligingga qanday ishonaylik? Seni erkin qoʻysak, balki dunyomizga aralashasan. Ham ayyorlik qilmayotganingni qanday bilamiz? Oʻzingni tariki dunyo koʻrsatib, xalqning molini zohiran olmaydigan, yashirincha oladigan bir ayyor boʻlmaganingni qanday bilamiz?

Aljavob: Yigirma yil avvalgi Devoni Harbi Urfiyda va Hurriyatdan avvalroq zamonda koʻplarga ma'lum hol va vaziyatim va "Ikki Maktabi Musibatning Shahodatnomasi" nomli oʻsha zamon Devoni Harbdagi mudofaotim qat'iy koʻrsatadiki, ayyorlik tugul, balki adno bir hiylaga tanazzul etmagan bir tarzda hayot kechirganman. Agar hiyla boʻlsaydi, bu besh yil mobaynida sizlarga tamalluqorona bir murojaat qilingan boʻlardi. Hiylali odam oʻzini sevdiradi, tortinmaydi; igʻfol va doimo aldashga urinadi. Holbuki menga qarshi eng muhim hujumlarga va tanqidlarga muqobil tazallulga tanazzul etmadim. "Tavakkaltu Alalloh" deya ahli dunyoga orqamni oʻgirdim. Hamda oxiratni bilgan va dunyoning haqiqatini kashf etgan odam; aqli boʻlsa pushaymon boʻlmaydi, takror dunyoga kirib ovora boʻlmaydi. Ellik yildan soʻng aloqasiz, yolgʻiz bir odam; hayoti abadiyasini dunyoning bir-ikki yil safsatalariga, nayranglariga fido qilmaydi.. fido qilsa ayyor boʻlmaydi, balki ablah bir devona boʻladi. Ablah bir devonaning qoʻlidan nima keladiki, u bilan ovora boʻlinsin. Ammo zohiran toriki dunyo, botinan tolibi dunyo shubhasi esa,

وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ

sirriga koʻra, "Men nafsimni tabria etmayman, nafsim har qanday yomonlikni istaydi. Lekin bu foniy dunyoda, shu muvaqqat musofirxonada, keksalik zamonida, qisqa bir umrda, oz bir lazzat uchun; abadiy, doimiy hayotini va saodati abadiyasini barbod qilish; ahli aqlning ishi emas. Ahli aqlning va zishuurning ishi boʻlmaganidan, nafsi ammoram istar-istamas aqlga tobe boʻlgan.

— 55 —

Uchinchi vahmli savol: Ahli dunyo aytishadi: Sen bizni xush koʻrasanmi? Yoqtirasanmi? Agar xush koʻrsang, nima uchun bizdan ranjib qoʻshilmaysan? Agar yoqtirmasang, bizga muorizsan; biz muorizlarimizni ezamiz?

Aljavob: Men sizni emas, balki dunyongizni sevsaydim, dunyodan chekinmasdim. Sizni ham, dunyongizni ham yoqtirmayman. Lekin aralashmayman. Chunki men boshqa maqsaddaman; boshqa nuqtalar mening qalbimni toʻldirgan, boshqa narsalarni oʻylashga qalbimda oʻrin qoldirmagan. Sizning vazifangiz qoʻlga qarashdir, qalbga qarash emas! Chunki idorangizni, osoyishingizni istaysiz. Qoʻl aralashmagan vaqt, hech loyiq boʻlmaganingiz holda, "qalb ham bizni sevsin" deyishga nima haqqingiz bor... Qalbga aralashasiz‌ Ha, men bu qish ichida bahorni tamanniy va orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, keltirishga tashabbus qilolmayman. Shunga oʻxshab: Holi olamning salohini tamanniy etaman, duo qilaman va ahli dunyoning islohini orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, chunki qoʻlimdan kelmaydi. Bilfe'l tashabbus qilolmayman; chunki na vazifamdir, va na iqtidorim bor.

Toʻrtinchi shubhali savol: Ahli dunyo deydilarki: Shunchalar balolar koʻrdikki, hech kimga ishonchimiz qolmadi. Fursat sening qoʻlingga oʻtsa, orzu qilganingdek aralashmasligingga qanday ishonaylik?

Aljavob: Avvalgi nuqtalar sizga ishonch berish bilan birga.. mamlakatimda, talaba va aqrabom ichida, meni tinglaganlar orasida, hayajonli hodisalar ichida dunyongizga aralashmaganim holda; diyori gʻurbatda va yolgʻiz, bir oʻzi, gʻarib, zaif, ojiz, bor quvvati bilan oxiratga mutavajjih, ixtilotdan, muxobaradan uzilgan, iymon va oxirat munosabati bilan uzoqdagi yolgʻiz ba'zi ahli oxiratni doʻst deb topgan va boshqa harkasga begona va harkas ham unga begona nazari bilan qaragan inson; samarasiz tahlikali dunyongizga aralashsa, muzaaf bir devona boʻlishi kerak.

BESHINCHI NUQTA: Beshta kichik masalaga doirdir:

Birinchisi: Ahli dunyo menga deydilarki: Bizning usuli madaniyatimizni, tarzi hayotimizni va surati talabbusimizni nima uchun sen oʻzingga tatbiq qilmayapsan? Demak bizga muorizsan?

Aytamanki: Janoblar! Qaysi haq bilan menga usuli madaniyatingizni taklif qilyapsiz? Holbuki siz meni huquqi madaniyatdan isqot etganingiz kabi, haqsiz holda besh yil bir qishloqda muxobaradan va ixtilotdan mamnu' tarzda istiqomat qildirdingiz. Har surgunni shaharlarda doʻst va aqrabosi bilan barobar qoldirdingiz va soʻngra vasiqa berganingiz holda, sababsiz meni tajrid etib, bir-ikki dona mustasno, hech bir hamshaharim bilan koʻrishtirmadingiz. Demak, meni afrodi millatdan va raiyatdan hisoblamaysiz. Qanday qilib qonuni madaniyatingizning menga tatbiqini taklif qilyapsiz? Dunyoni menga zindon qildingiz. Zindonda boʻlgan bir odamga bunday narsalar taklif qilinmaydi. Siz menga dunyo eshigini berkitdingiz; men esam oxirat eshigini qoqdim; rahmati Ilohiya ochdi. Oxirat eshigida boʻlgan bir odamga dunyoning chalkash usul va odoti unga qanday taklif qilinadi? Qachon meni erkin qoʻyib, mamlakatimga qaytarib, huquqimni bersangiz, oʻshanda usulingizning tatbiqini istashingiz mumkin.

— 56 —

Ikkinchi Masala: Ahli dunyo deydilarki: Bizga ahkomi diniyani va haqoiqi Islomiyani ta'lim beradigan rasmiy bir doiramiz bor. Sen qaysi vakolat bilan nashriyoti diniyani qilyapsan? Modomiki sen surgunga mahkumsan, bu ishlarga aralashishga haqqing yoʻq.

Aljavob: Haq va haqiqat inhisor ostiga olinmaydi! Iymon va Qur'on qanday qilib inhisor ostiga olinishi mumkin? Siz dunyongizning usulini, qonunini inhisor ostiga olishingiz mumkin. Lekin haqoiqi iymoniya va asosoti Qur'oniya rasmiy bir shaklda va ujrat muqobilida dunyo muomaloti suratiga solinmaydi; balki bir mavhiba-i Ilohiya boʻlgan u asror, xolis bir niyat bilan va dunyodan va huzuzoti nafsoniyadan tajarrud etish bilan u fayzlar kelishi mumkin. Hamda sizning oʻsha rasmiy doirangiz, mamlakatda ekan meni voiz deb qabul qildi, tayinladi. Men u voizlikni qabul qildim, lekin maoshini olmadim. Qoʻlimda vasiqam bor. Voizlik, imomlik vasiqasi bilan har yerda ishlay olaman; chunki mening surgunim haqsiz boʻlgan. Ham modomiki surgunlar qaytarildi, endi eski vasiqalarimning hukmi davom qiladi.

Soniyan: Yozganim haqoiqi iymoniyani toʻgʻridan-toʻgʻri nafsimga xitob qilganman. Hammani da'vat qilmayman. Balki ruhlari muhtoj va qalblari yarali boʻlganlar oʻsha adviya-i Qur'oniyani izlab topyaptilar. Yolgʻiz madori maishatim uchun, yangi huruf chiqmasdan avval, hashrga doir bir risolamni chop ettirdim. Buni ham, menga qarshi insofsiz eski hokim u risolani tadqiq qilib, tanqid qiladigan tomonini topolmagani uchun teginolmadi.

Uchinchi Masala: Mening ba'zi doʻstlarim, ahli dunyo menga shubha bilan qaraganlari uchun, ahli dunyoga xush koʻrinish uchun; mendan zohiran tabarri etadilar, balki tanqid qiladilar. Holbuki, ayyor ahli dunyo ularning tabarrisini va menga qarshi ijtinoblarini, ahli dunyoga sadoqatga emas, balki bir navi riyoga, vijdonsizlikka haml etib, doʻstlarimga qarshi yomon nazar bilan qaraydilar.

Men aytamanki: Ey oxirat doʻstlarim! Mening Qur'onga xizmatkorligimdan tabarri etib qochmanglar. Chunki inshaalloh mendan sizga zarar kelmaydi. Agar farazan musibat kelsa yoki menga zulm qilinsa, siz mendan tabarri bilan qutulolmaysiz.. u hol bilan, musibatga va ta'zirga yanada ziyoda istihqoq kasb etasiz. Nega avhomga tushyapsiz?

Toʻrtinchi Masala: Shu surgun zamonimda koʻryapmanki: Xudfurush va siyosat botqogʻiga tushgan ba'zi insonlar menga tarafkashona, raqibona bir nazar bilan qarayaptilar. Goʻyo men ham ular kabi dunyo jarayonlari bilan aloqadorman.

Hoy afandilar! Men iymonning jarayonidaman. Qarshimda iymonsizlik jarayoni bor. Boshqa jarayonlar bilan aloqam yoʻq. U odamlardan ujrat muqobilida ishlayotganlar, balki oʻzini bir daraja ma'zur koʻradi. Faqat ujratsiz, hamiyat nomidan menga qarshi tarafkashona, raqibona vaziyat olish va hujum qilish va aziyat berish; gʻoyat yomon bir xatodir. Chunki sobiqan isbot qilingani kabi, siyosati dunyo bilan hech aloqador emasman; yolgʻiz butun vaqtimni va hayotimni, haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga hasr va vaqf qilganman. Modomiki shunday ekan, menga aziyat bergan, raqibona hujum qilgan odam bilsinki; u muomalasi zindiqo va iymonsizlik nomidan iymonga hujum qilish hukmiga oʻtadi.

— 57 —

Beshinchi Masala: Dunyo modomiki foniydir. Ham modomiki umr qisqadir. Ham modomiki gʻoyat luzumli vazifalar koʻpdir. Ham modomiki hayoti abadiya bu yerda qozoniladi. Ham modomiki dunyo sohibsiz emas. Ham modomiki shu musofirxona-i dunyoning gʻoyat Hakim va Karim bir Mudabbiri bor. Ham modomiki na yaxshilik va na yomonlik jazosiz qolmaydi. Ham modomiki لَا يُكَلِّفُ اللّٰهُ نَفْسًا اِلَّا وُسْعَهَا sirricha taklifi malayutoq yoʻqdir. Ham modomiki zararsiz yoʻl zararli yoʻldan murajjahdir. Ham modomiki dunyoviy doʻstlar va rutbalar qabr eshigiga qadardir.

Albatta, eng baxtiyor ulkim: Dunyo uchun oxiratni unutmasin, oxiratini dunyoga fido qilmasin, hayoti abadiyasini hayoti dunyoviya uchun buzmasin, moloyani narsalar bilan umrini zoye qilmasin; oʻzini musofir deb bilib, musofirxona sohibining amrlariga koʻra harakat qilsin; salomat bilan qabr eshigini ochib, saodati abadiyaga kirsin.

{(Hoshiya) Bu "modomiki"lar uchun; shaxsimga qarshi boʻlgan zulmlarga, aziyatlarga parvo qilmayman va ahamiyat bermayman. "Tashvishlanishga arzimaydi" deyman va dunyoga aralashmayman.}

— 58 —

OʻN OLTINCHI MAKTUBNING ZAYLI

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Ahli dunyo sababsiz, men kabi ojiz, gʻarib bir odamdan tavahhum etib, minglab odam quvvatida taxayyul etib, menga koʻp toʻsiqlar qoʻyishgan. Barlaning bir mahallasi boʻlgan Badrada va Barlaning bir togʻida bir-ikki kecha qolishimga muso'ada etishmadi. Eshitdimki: "Said ellik ming askar quvvatidadir, shuning uchun erkin qoʻymayapmiz", aytishyapti.

Men ham aytaman: Ey badbaxt ahli dunyo! Butun quvvatingiz bilan dunyo uchun ishlaganingiz holda, nima uchun dunyoning ishini ham bilmaysiz? Devona kabi hukm qilyapsiz. Agar qoʻrquvingiz shaxsimdan boʻlsa; ellik ming askar emas, balki bir askar ellik marta mendan ziyoda ishlar qila oladi. Ya'ni, uyimning eshigida turib, menga "chiqmaysan" deya oladi.

Agar qoʻrquvingiz maslagimdan va Qur'onga oid dallolligimdan va quvva-i ma'naviya-i iymoniyadan boʻlsa;, ellik ming askar emas, yanglishdingiz! Maslak e'tibori bilan ellik million quvvatidaman, xabaringiz boʻlsin! Chunki Qur'oni Hakimning quvvati bilan sizning dinsizlaringiz dohil boʻlgani holda, butun Ovrupani maydonga chaqiraman. Butun nashr etgan anvori iymoniya bilan ularning fununi musbata va tabiat deb atayotgan muhkam qal'alarini chil-parchin qilganman. Ularning eng buyuk dinsiz faylasuflarini hayvondan past tushirganman. Dinsizlaringiz ham ichida boʻlgan butun Ovrupa toʻplansa, Allohning tavfiqi bilan meni u maslagimning bir masalasidan orqa qaytarolmaydilar; inshaalloh magʻlub qilolmaydilar!..

Modomiki shunday ekan, men sizning dunyongizga aralashmayapgan, siz ham mening oxiratimga aralashmang! Aralashsangiz ham behudadir.

Taqdiri Xudo quvvati bazu bilan aylanmas

Bir sham'aki, Mavlo yoqsa, puflamoq bilan soʻnmas.

Men haqimda, mustasno bir suratda, haddan ortiq ahli dunyo tavahhum etib, goʻyo qoʻrqadilar. Menda boʻlmagan va boʻlsa ham, siyosiy bir qusur tashkil qilmagan va ittihomga mador boʻlmagan shayxlik, buyuklik, oliynasablik, qabila sohibi, nufuzli, atba'i koʻp, hamshaharlari bilan koʻrishish, dunyo ahvoli bilan aloqador boʻlish, hatto siyosatga kirish, hatto muxolif boʻlish kabi menda boʻlmagan ishlarni taxayyul qilib avhomga tushganlar. Hatto hibsda va xorijdagi, ya'ni oʻzlaricha qobili avf boʻlmaganlarning ham avflarini muzokara qilgan vaqtlarida, meni goʻyo hamma narsadan man etdilar. Fano va foniy bir odamning, goʻzal va boqiy shunday bir soʻzi bor:

Zulmning zambaragi, toʻpi, qal'asi boʻlsa;

Haqning bukilmas qoʻli, chekinmas yuzi bor.

— 59 —

Men ham deyman:

Ahli dunyoning hukmi, shavkati, quvvati boʻlsa;

Qur'onning fayzi bilan, xodimida ham:

Adashmas ilmi, oʻchmas soʻzi bor;

Yanglishmas qalbi, soʻnmas nuri bor.

Koʻp doʻstlar bilan barobar, menga nazorat qilgan bir qoʻmondon mukarraran savol berdilar: Nima uchun vasiqa uchun murojaat qilmayapsan? Ariza bermayapsan?

Aljavob: Besh-olti sabab uchun murojaat qilmayapman va qilolmayman:

Birinchisi: Men ahli dunyoning dunyosiga aralashmadimki, ularning mahkumi boʻlsam, ularga murojaat etsam. Men qadari Ilohiyning mahkumiman va unga nisbatan qusurim bor, unga murojaat qilaman.

Ikkinchisi: Bu dunyo tez tabaddul etadigan bir musofirxona ekaniga yaqiynan iymon keltirib bildim. Shuning uchun, haqiqiy vatan emas, har yer birdir. Modomiki vatanimda boqiy qolmayman; behuda u tomon talpinish, u yerga borish bir narsaga yaramaydi. Modomiki har yer musofirxonadir; agar musofirxona sohibining rahmati yor boʻlsa, harkim yordir, har yer yaraydi. Agar yor boʻlmasa, har yer qalbga tordir, harkim dushmandir.

Uchinchisi: Murojaat qonun doirasida boʻladi. Holbuki shu olti yildir menga qarshi muomala, oʻzboshimchalik bilan va qonundan tashqaridir. Surgunlar qonuni bilan menga muomala qilinmadi. Huquqi madaniyatdan va balki huquqi dunyoviyadan isqot etilgan bir tarzda menga qaradilar. Bu qonundan tashqari muomala qilganlarga qonun nomidan murojaat ma'nosiz boʻladi.

Toʻrttinchisi: Shu yil bu yerning mudiri mening nomimdan Barlaning bir mahallasi hukmida boʻlgan Badra Qishlogʻida tabdili havo uchun bir necha kun qolishga doir murojaat qildi; muso'ada etmadilar. Bunday ahamiyatsiz bir ehtiyojimga rad javobi berganlarga qanday murojaat qilinadi? Murojaat qilinsa, zillat ichida foydasiz bir tazallul boʻladi.

— 60 —

Beshinchisi: Haqsizlikni haq iddi'o qilganlarga qarshi haq da'vo qilish va ularga murojaat qilish; bir haqsizlikdir, haqqa qarshi bir hurmatsizlikdir. Men bu haqsizlikni va haqqa qarshi hurmatsizlikni irtikob etishni istamayman, vassalom.

Oltinchi Sabab: Menga qarshi ahli dunyo bergan aziyatlari siyosat uchun emas; chunki ular ham biladilarki, siyosatga aralashmayman, siyosatdan qochaman. Balki bilib yoki bilmasdan zindiqo hisobiga, mening dinga marbutiyatimdan meni ta'zib etyaptilar. Shunday ekan, ularga murojaat qilish, dindan pushaymonlik koʻrsatish va maslagi zindiqoning boshini silash deganidir. Ham men ularga murojaat va daxolat etgan sari; odil boʻlgan qadari Ilohiy, meni ularning zolim qoʻli bilan ta'zib etadi. Chunki ular diyonatga marbutiyatimdan meni ezyaptilar. Qadar esa, mening diyonatda va ixlosda nuqsoniyatim bor; ora-sira ahli dunyoga riyokorliklarim sababli meni ezyapti. Shunday ekan, hozircha shu aziyatdan qutulish yoʻq. Agar ahli dunyoga murojaat qilsam, qadar deydi: "Ey riyokor! Bu murojaatning jazosini tort!" Agar murojaat qilmasam, ahli dunyo deydi: "Bizni tanimayapsan, aziyatda qol!"

Yettinchi Sabab: Ma'lumki, bir ma'murning vazifasi, hay'ati ijtimoiyaga muzir ashxasga yoʻl bermaslik va nafi'larga yordam berishdir. Holbuki meni nazorati ostiga olgan ma'mur, qabr eshigida turgan, musofir bir keksa odamga «La ilaha illalloh» dagi iymonning latif bir zavqini izoh qilayotgan vaqtim, - bir jurmi mashhud holida meni ushlash kabi- koʻpdan beri yonimga kelmagani holda, u vaqt goʻyo bir qabohat qilayotganimdek, yonimga keldi. Ixlos bilan tinglayotgan u bechorani ham mahrum qoldirdi; meni ham hiddatga keltirdi. Holbuki bu yerda ba'zi odamlar bor edi; u bularga ahamiyat bermasdi. Soʻngra adabsizliklar qilib va qishloqdagi hayoti ijtimoiyaga zahar beradigan suratda boʻlgan vaqtlari, ularga iltifot koʻrsatishni va taqdirlashni boshladi. Ham ma'lumdirki: Zindonda yuzta jinoyati boʻlgan bir odam, nazoratga ma'mur zobit boʻlsin, askar boʻlsin, har doim ular bilan koʻrisha oladi. Holbuki bir yildirki, ham boshliq, ham nazoratga ma'mur hukumati milliya jihatidan ikki muhim zot necha bor xonamning oldidan oʻtganlari holda, qat'iyan va aslo na men bilan koʻrishdilar va na holimni soʻradilar. Men avval oʻyladimki, adovatlaridan yaqinlashmaydilar. Soʻngra tahaqquq etdiki, avhomlaridan... Goʻyo men ularni yeb qoʻyadigandek, qochayoptilar. Xullas shu odamlar kabi xodimlari va ma'murlari boʻlgan hukumatni, hukumat deya marji' deb tanib murojaat etish, kori aql emas, behuda bir zillatdir. Eski Said boʻlganda edi, Antara kabi degan boʻlardi:

مَاءُ الْحَيَاةِ بِذِلَّةٍ كَجَهَنَّمَ ٭ وَ جَهَنَّمُ بِالْعِزِّ فَخْرُ مَنْزِل۪ى

Eski Said yoʻq; Yangi Said esa, ahli dunyo bilan gaplashishni ma'nosiz deb biladi. Dunyolari boshlarini yesin! Nima qilsalar qilsinlar! Mahkama-i Kubroda ular bilan muhokama boʻlamiz deydi, sukut saqlaydi.

— 61 —

Adami murojaatimning sabablaridan sakkizinchisi: "Gʻayri mashru' bir muhabbatning natijasi, marhamatsiz bir adovatdir" qoidasiga koʻra, odil boʻlgan qadari Ilohiy, loyiq boʻlmaganlari holda mayl etganim shu ahli dunyoning zolim qoʻli bilan meni ta'zib etyapti. Men ham bu azobga mustahaqman deb sukut saqlayapman. Chunki Harbi Umumiyda Koʻngillilar Polkining Qoʻmondoni sifatida ikki yil xizmat qildim, jang qildim. Qoʻshin Qoʻmondoni va Anvar Poshsho taqdiroti ostida qiymatli talabalarimni, doʻstlarimni fido etdim. Yaralanib asir tushdim. Asoratdan qaytgandan soʻng Xutuvoti Sitta kabi asarlarim bilan oʻzimni tahlikaga otib, Inglizlarning Istanbulga tasalluti ostida, Inglizlarning boshlariga urdim. Meni iskanjali va sababsiz asorat ostiga olganlarga yordam qilgandim. Mana ular ham menga oʻsha yordam qarshiligini bu tarzda beryaptilar. Uch yil Rossiyada asoratda chekkan zahmat va aziyatni bu yerda bu doʻstlarim menga uch oyda chektirdilar. Holbuki Ruslar menga Kurd Koʻngillilar Qoʻmondoni suratida, Kazaklarni va asirlarni oʻldirgan gʻaddor odam nazari bilan menga qaraganlari holda, meni darsdan man etmadilar. Oʻrtoqlarim boʻlgan toʻqson asir zobitlarning qismi aksarisiga dars berardim. Bir marta Rus Qoʻmondoni keldi, tingladi. Turkcha bilmagani uchun siyosiy dars deb oʻyladi; bir gal meni man qildi, soʻngra yana izn berdi. Ham ayni kazarmada bir xonani masjid qildik. Men imomlik qilardim. Hech mudohala etmadilar, ixtilotdan man etmadilar, meni muxobaradan toʻxtatmadilar. Holbuki bu doʻstlarim goʻyo vatandoshlarim va dindoshlarim va ularning manfaati iymoniyalari uchun mashgʻul boʻlgan odamlarim, hech bir sababsiz, siyosatdan va dunyodan aloqamni uzganimni bilganlari holda.. uch yil emas, balki meni olti yil mashaqqatli bir asorat ostiga oldilar; ixtilotdan man etdilar. Vasiqam boʻlgani holda, darsdan, hatto xonamda xususiy darsimni ham man qildilar; muxobaraga toʻsiq qoʻydilar. Hatto vasiqam boʻlgani holda, oʻzim ta'mirlagan va toʻrt yil imomlik qilgan masjidimdan meni man etdilar. Hozir esa jamoat savobidan meni mahrum qilish uchun, -doimiy jamoatim va oxirat qardoshlarim- maxsus uch odamga ham imomlik qilishimni qabul etmayaptilar.

Ham istamaganim holda, birov meni yaxshi desa, menga nazorat qilgan ma'mur hasad qilib gʻazablanyapti; nufuzini sindiray deya vijdonsizlarcha tadbirlar qilyapti; boshliqlaridan iltifot koʻrish uchun meni ta'jiz etyapti.

Shunday vaziyatda bir odam Janobi Haqdan boshqa kimga murojaat qiladi? Hokimning oʻzi mudda'i boʻlsa, albatta unga shikoyat qilinmaydi. Kel sen ayt bu holga nima deymiz? Sen nima desang de.. men deymanki: Bu doʻstlarim ichida koʻp munofiqlar bor. Munofiq kofirdan ashaddir. Shuning uchun, kofir Rusning menga chektirmaganini chektiryaptilar.

Hoy badbaxtlar! Men sizga nima qildim va nima qilyapman? Iymoningizni qutulishi va saodati abadiyangiz uchun xizmat qilyapman! Demak, xizmatim xolis, lilloh uchun boʻlmabdi-ki, aks-ul amal boʻlyapti. Siz unga muqobil, har fursatda menga ozor beryapsiz. Albatta Mahkama-i Kubroda siz bilan koʻrishamiz.

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ

deyman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 62 —

OʻN YETTINCHI MAKTUB

(Yigirma Beshinchi Lam'aning zayli)
(Bola Ta'ziyanomasi)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Aziz oxirat qardoshim Hofiz Xolid Afandi!

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَبَشِّرِ الصَّابِر۪ينَ الَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Qardoshim, bolangning vafoti meni mutaassir etdi. Faqat اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ qazoga rizo, qadarga taslim Islomiyatning bir shioridir. Janobi Haq sizlarga sabri jamil bersin. Marhumni ham, sizga zohira-i oxirat va shafoatchi qilsin. Sizga va siz kabi muttaqiy moʻ'minlarga buyuk bir xushxabar va haqiqiy bir tasalli koʻrsatadigan "Besh Nuqta"ni bayon qilamiz:

Birinchi Nuqta: Qur'oni Hakimdagi وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ning sirri va maoli shuki: Moʻ'minlarning qoblal bulugʻ vafot etgan avlodlari, Jannatda abadiy, sevimli, Jannatga loyiq bir suratda doimiy bola boʻlib qolishlarini.. va Jannatga ketgan padar va volidalarining quchoqlarida abadiy madori sururlari boʻlishlarini.. va bolani suyish va avlodni erkalash kabi eng latif bir zavqni abavayniga ta'minga mador boʻlishlarini.. va har bir lazzatli narsaning Jannatda mavjudligini.. "Jannat tanosul joyi boʻlmagani uchun, avlod suyish va erkalatish boʻlmagani"ni aytganlarning hukmlari haqiqat boʻlmaganini.. ham dunyoda oʻn yillik qisqa bir zamonda taallumot bilan aralash avlod suyishiga va erkalatishiga badal sof, alamsiz millionlab yil abadiy avlod suyish va erkalatishni qozonish, ahli iymonning eng buyuk bir madori saodati ekanini shu oyati karima وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ jumlasi bilan ishorat qiladi va xushxabar beradi.

Ikkinchi Nuqta: Bir vaqt bir zot zindonda boʻladi. Sevimli bir bolasi yoniga yuboriladi. U bechora mahbus ham oʻzining alamini chekar, ham valadining istirohatini ta'min etolmagani uchun, uning zahmati bilan mutaallim boʻlardi. Soʻngra marhamatkor hokim unga bir odam yuboradi, deydiki: "Shu bola garchi sening avlodingdir, faqat mening raiyatim va millatimdir. Uni men olaman, goʻzal bir saroyda parvarish qildiraman". U odam yigʻlaydi, zorlanadi. "Mening madori tasallim boʻlgan avlodimni bermayman" deydi. Unga oʻrtoqlari aytadilarki: "Sening taassuroting ma'nosizdir. Agar sen bolaga achinayotgan boʻlsang, bola shu mulavvas, badboʻy, mashaqqatli zindonga badal; farohli, saodatli bir saroyga ketadi. Agar sen nafsing uchun mutaassir boʻlayotgan boʻlsang, manfaatingni qidirayotgan boʻlsang; bola bu yerda qolsa, muvaqqatan shubhali bir manfaating bilan birga, bolaning mashaqqatlaridan koʻp mashaqqat va alam chekish bor. Agar u yerga ketsa, senga ming manfaati bor. Chunki podshohning marhamatini jalb etishga sabab boʻladi, senga shafoatchi hukmiga oʻtadi. Podshoh uni sen bilan koʻrishtirishni orzu qiladi. Albatta koʻrishish uchun uni zindonga yubormaydi, balki seni zindondan chiqarib u saroyga chaqiradi, bola bilan koʻrishtiradi. Faqat shart shuki, podshohga amniyating va itoating boʻlsa..."

Mana shu tamsil kabi, aziz qardoshim, sen kabi moʻ'minlarning avlodi vafot etgan vaqtlarida shunday fikrlash lozim: Shu valad ma'sumdir, uning Xoliqi esa Rahim va Karimdir. Mening noqis tarbiya va shafqatimga badal, gʻoyat komil boʻlgan inoyat va rahmatiga oldi. Dunyoning alamli, musibatli, mashaqqatli zindonidan chiqarib, Jannat-ul Firdavsiga yubordi. U bola qanday baxtli! Shu dunyoda qolsa edi, kim bilsin, qanday shaklga kirardi? Shuning uchun men unga achinmayman, baxtiyor deb bilaman. Oʻzimning manfaatimga kelsak, oʻzimga ham achinmayman, aliym mutaassir boʻlmayman. Chunki dunyoda qolganida, oʻn yillik muvaqqat alam aralash bir avlod muhabbatini ta'min etardi. Agar solih boʻlsaydi, dunyo ishiga muqtadir boʻlsaydi, balki menga yordam berardi. Faqat vafoti bilan, abadiy Jannatda oʻn million yil menga avlod muhabbatiga mador va saodati abadiyaga vasila bir shafoatchi hukmiga oʻtadi. Albatta va albatta mashkuk, muajjal bir manfaatni yoʻqotgan, muhaqqaq va muejjel ming manfaatni qozongan; aliym taassurot koʻrsatmaydi; ma'yusona faryod qilmaydi.

— 63 —

Uchinchi Nuqta: Vafot qilgan bola bir Xoliqi Rahimning maxluqi, mamluki, abdi va butun hay'ati bilan uning masnu'i va unga oid boʻlib abavaynining bir doʻsti ediki; mavaqqatan abavaynining nazoratiga berilgan. Padar va volidani unga xizmatkor qilgan. Abavaynining xizmatlariga muqobil, muajjal bir ujrat sifatida lazzatli bir shafqat bergan. Hozir mingdan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz hissa sohibi boʻlgan U Xoliqi Rahim, muqtazo-i rahmat va hikmat sifatida u bolani sening qoʻlingdan olsa, xizmatiga xotima bersa; suriy bir hissa bilan, haqiqiy ming hissa sohibiga qarshi shikoyatni eslatuvchi tarzda ma'yusona huzun va faryod qilish ahli iymonga yarashmaydi, balki ahli gʻaflat va zalolatga yarashadi.

Toʻrtinchi Nuqta: Agar dunyo abadiy boʻlsaydi, inson ichida abadiy qolsaydi va firoq abadiy boʻlsaydi; aliymona taassurot va ma'yusona taallumotning ma'nosi boʻlardi. Modomiki dunyo bir musofirxona ekan; vafot qilgan bola qayerga ketgan boʻlsa, siz ham, biz ham oʻsha yerga boramiz. Hamda bu vafot unga maxsus emas, umumiy bir yoʻldir. Va modomiki mufaroqat ham abadiy emas; kelajakda ham barzohda, ham Jannatda koʻrishiladi. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deyish lozim.. U berdi, U oldi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ‌ sabr bilan shukr qilish lozim.

Beshinchi Nuqta: Rahmati Ilohiyaning eng latif, eng goʻzal, eng xush, eng shirin jilvalaridan boʻlgan shafqat; bir iksiri nuroniydir. Ishqdan ham keskindir. Tez Janobi Haqqa vusulga vasila boʻladi. Qanday qilib ishqi majoziy va ishqi dunyoviy juda koʻp mushkulot bilan ishqi haqiqiyga inqilob etadi, Janobi Haqni topadi. Shunga oʻxshab shafqat -faqat mushkulotsiz- yanada qisqa, yanada sof bir tarzda qalbni Janobi Haqqa rabt etadi. Ota boʻlsin, ona boʻlsin, valadini butun dunyochalik sevadilar. Valadi qoʻlidan olingan vaqt, agar baxtiyor boʻlsa, haqiqiy ahli iymon boʻlsa; dunyodan yuzni oʻgiradi, Mun'imi Haqiqiyni topadi. Deydiki: "Dunyo modomiki foniydir, arzimaydi aloqa-i qalbga...". Valadi qayerga ketgan boʻlsa, oʻsha yerga qarshi aloqa paydo qiladi, buyuk ma'naviy bir hol qozonadi.

Ahli gʻaflat va zalolat, shu besh haqiqatdagi saodat va xushxabardan mahrumdirlar. Ularning holi naqadar aliym ekanini shu bilan qiyos qilingki: Bir keksa xonim juda ham sevgan sevimli yolgʻiz bolasini sakarotda koʻrib, dunyoda tavahhumi abadiyat hukmi bilan gʻaflat yoki zalolat natijasida; mavtni adam va firoqi abadiy deb tasavvur qilganidan, yumshoq toʻshagiga badal qabrning tuprogʻini oʻylab, gʻaflat yoki zalolat jihati bilan, Arhamurrohiminning Jannati rahmatini, firdavsi ne'matini oʻylamaganidan, naqadar ma'yusona bir huzun va alam chekkanini qiyoslab koʻrishing mumkin. Faqat vasila-i saodati dorayn boʻlgan iymon va Islomiyat moʻ'minga aytadiki: Sakarotda boʻlgan bolaning Xoliqi Rahimi uni bu foniy dunyodan chiqarib, Jannatiga kirgizadi. Ham senga shafoatchi, ham abadiy bir avlod qiladi. Mufaroqat muvaqqatdir, qaygʻurma; اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ ٭ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de, sabr qil.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 64 —

OʻN SAKKIZINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Bu maktub uch masala-i muhimmadir.)

BIRINCHI MASALA-I MUHIMMA: "Futuhoti Makkiya" sohibi Muhyiddin Arab (Q.S.) va "Insoni Komil" deyilgan mashhur bir kitobning sohibi Sayyid Abdulkarim (Q.S.) kabi avliyo-i mashhura; kura-i arzning tabaqoti sab'asidan va Qof Togʻi orqasidagi Arzi Bayzodan va Futuhotda Mashmashiya deyilgan ajoyiblardan bahs etadilar; "koʻrdik" deydilar. Ajabo, ularning aytganlari toʻgʻrimi? Toʻgʻri boʻlsa; holbuki, bu joylarning yerda joylari yoʻq. Ham Joʻgʻrofiya va fan ularning bu gaplarini qabul qilmaydi. Agar toʻgʻri boʻlmasa, bular qanday valiy boʻlishlari mumkin? Bunday xilofi voqe' va xilofi haq aytgan qanday qilib ahli haqiqat boʻla oladi?

Aljavob: Ular ahli haq va haqiqatdir; ham ahli valoyat va shuhuddirlar. Koʻrganlarini toʻgʻri koʻrganlar, faqat ihotasiz boʻlgan holati shuhudda va roʻyo kabi ru'yatlarini ta'birda bergan hukmlarida haqlari boʻlmagani uchun, qisman yanglishdir. Roʻyodagi odam oʻz roʻyosini ta'bir qila olmagani kabi, u qism ahli kashf va shuhud ham ru'yatlarini, oʻsha holda ekan, oʻzlari ta'bir qila olmaydilar. Ularni ta'bir qiladigan, "asfiyo" deyilgan varosati nubuvvat muhaqqiqlaridir. Albatta u qism ahli shuhud ham, asfiyo maqomiga chiqqan vaqtlarida, Kitob va Sunnatning irshodi bilan yanglishlarini anglaydilar, tasxix etadilar; etishgan ham.

Bu haqiqatni izohlaydigan hikoya-i tamsiliyani tingla. Shundayki:

Bir zamon ahli qalb ikki choʻpon bor ekan. Oʻzlarining yogʻoch kosalariga sut sogʻib yonlariga qoʻydilar. Qamish ta'bir etganlari naylarini oʻsha sut kosasi ustiga qoʻyishdi. Birisi "uyqum keldi" deb yotdi. Uyquda bir muddat qoldi. Narigisi sherigiga diqqat qildi, koʻrdiki; chivindek narsa, uxlagan sherigining burnidan chiqib sut kosasiga qaradi va soʻngra qamish ichiga kirdi, narigi uchidan chiqib ketdi, bir buta ostidagi teshikka kirib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Ma'lum vaqt oʻtgach, yana oʻsha narsa qaytdi, yana qamish ichidan oʻtdi, yotgan kishining burniga kirdi; va u uygʻondi. Aytdiki: "Ey birodar! Ajib bir roʻyo koʻrdim". U: "Alloh xayrli qilsin, nima ekan?", dedi. Aytdiki: "Sutdan bir dengiz koʻrdim. Ustida ajib bir koʻprik uzangandi. U koʻprikning usti yopiq, derazali edi. Men u koʻprikdan oʻtdim. Bir changalzor koʻrdimki, tepalari tikanli edi. Uning ostida bir gʻor koʻrdim, ichiga kirdim, oltin toʻla bir xazina koʻrdim. Ajabo, ta'biri nima ekan?"

Uygʻoq birodari unga: "Sen koʻrgan sut dengizi, shu yogʻoch kosadir. U koʻprik esa, shu qamishmizdir. U tepasi uchli changalzor esa, shu kiyikpanja butasidir. U gʻor esa, shu kichik teshikdir. Belkurakni keltir, senga xazinani ham koʻrsataman." Belkurakni keltirdi. U kiyikpanjaning ostini qazdilar, ikkovini ham dunyoda mas'ud qiladigan oltinlarni topdilar.

— 65 —

Xullas, yotgan odamning koʻrgani toʻgʻridir, toʻgʻri koʻrgan, lekin roʻyoda ekan ihotasiz boʻlgani uchun, ta'bir qilishga haqqi boʻlmagani uchun, olami moddiy bilan olami ma'naviyni bir-biridan farqlamaganidan, hukmi qisman yanglish boʻlib, "Men haqiqiy moddiy bir dengiz koʻrdim." deydi. Lekin uygʻoq odam olami misol bilan olam moddiyni farq qilgani uchun, ta'bir qilishga haqqi bor: "Koʻrganing toʻgʻri, faqat haqiqiy dengiz emas; balki shu sut kosamiz sening xayolingga dengiz kabi koʻringan, qamish esa koʻprik kabi boʻlgan va hokazo..." Demak, bundan chiqdi; olami moddiy bilan olami ruhoniyni bir-biridan farq qilish lozim boʻladi. Bir-biriga aralashtirilsa, hukmlari yanglish boʻladi. Masalan: Sening tor bir xonang bor; ichiga toʻrt devorini qoplaydigan toʻrtta katta oyna qoʻyilgan. Sen ichiga kirgan vaqting, u tor xonani bir maydon qadar keng koʻrasan. Agar "Xonamni keng bir maydondek koʻryapman" desang, toʻgʻri aytgan boʻlasan. Agar "Xonam bir maydon qadar keng" deb hukm qilsang, yanglishgan boʻlasan. Chunki olami misolni olami haqiqiy bilan chalkashtirasan.

Xullas, Kura-i Arzning tabaqoti sab'asiga doir ba'zi ahli kashfning, Kitob va Sunnatning mezoni bilan tortmasdan bayon qilgan tasviroti, yolgʻiz joʻgʻrofiya nuqtai nazaridagi moddiy tuzilishdan iborat emas. Masalan, aytishganki: "Bir tabaqa-i Arz jin va ifritlarnikidir. Minglab yillik kengligi bor." Holbuki bir-ikki yilda aylanib chiqiladigan kuramizda u ajib tabaqalar joylasholmaydi. Faqat olami ma'no va olami misolda va olami barzoh va arvohda, kuramizni bir qaragʻayning danagi hukmida faraz qilsak, undan tamassul va tashakkul etgan misoliy shajarasi u danakka nisbatan ulkan qaragʻay daraxtichalik boʻlgani uchun, bir qism ahli shuhud, sayri ruhoniylarida Arzning tabaqalaridan ba'zilarini olami misolda juda keng tarzda koʻradilar; minglab yillik masofa egallaganini koʻradilar. Koʻrganlari toʻgʻri; faqat olami misol suratan olami moddiyga oʻxshagani uchun, ikki olamni mamzuj koʻradilar, shunday ta'bir qiladilar. Olami sahvaga qaytganlarida, mezonsiz boʻlgani uchun, mashhudotlarini aynan yozganlaridan, xilofi haqiqat deb qabul qilinadi. Qandayki, kichik bir oynada ulkan bir saroy bilan ulkan bir bogʻning vujudi misoliyalari unda joylashadi. Shunga oʻxshab, olami moddiyning bir yillik masofasida minglab yillar vus'atida boʻlgan vujudi misoliy va haqoiqi ma'naviya joylashadi.

XOTIMA: Shu masaladan anglashiladiki: Daraja-i shuhud daraja-i iymoni bilgʻaybdan ancha pastdir. Ya'ni: Yolgʻiz shuhudiga istinod etgan bir qism ahli valoyatning ihotasiz kashfiyoti, varosati nubuvvat ahli boʻlgan asfiyo va muhaqqiqiynning shuhudga emas, Qur'onga va vahiyga, gʻaybiy, faqat sof, ihotali, toʻgʻri haqoiqi iymoniyalariga doir ahkomlariga yetmaydi. Demak, butun ahvol va kashfiyotning va azvoq va mushohadotning mezoni: Kitob va Sunnatdir. Va oʻlchovlari, Kitob va Sunnatning dasotiri qudsiyalari va asfiyo-i muhaqqiqiynning qavonini hadsiyalaridir.

— 66 —

IKKINCHI MASALA-I MUHIMMA: Savol: Vahdat-ul Vujud masalasi koʻplar tarafidan eng yuksak maqom deb bilinadi. Holbuki valoyati kubroda boʻlgan boshda Xulafo-i Arba'a va Sahobalar hamda boshda Xamsa-i Oli Aba va Aimma-i Ahli Bayt hamda boshda Aimma-i Arba'a va mujtahidiyn va tobe'iyndan bu xildagi vahdat-ul vujud mashrabi sarihan koʻrilmagan. Ajabo, ulardan keyin chiqqanlar yanada taraqqiy qilishganmi, yanada mukammal bir jadda-i kubro topishganmi?

Aljavob: Xosho! Shamsi Risolatning eng yaqin yulduzlari va eng qorib varosalari boʻlgan asfiyodan ilgarilab ketish hech kimning haddi emas! Balki jadda-i kubro ularnikidir.

Vahdat-ul Vujud esa, bir mashrab va bir hol va bir noqis martabadir. Lekin zavqli, nash'ali boʻlgani uchun, sayri sulukda u martabaga kirgan vaqtlari, koʻplar chiqishni istamaydilar, u yerda qoladilar; eng muntaho martaba deb oʻylaydilar.

Xullas bu mashrab sohibi, agar moddiyotdan va vasoitdan tajarrud etgan va asbob pardasini yirtgan bir ruh boʻlsa, istigʻroqkorona bir shuhudga mazhar boʻlsa, vahdat-ul vujuddan emas, balki vahdat-ush shuhuddan nash'at etan, ilmiy emas, holiy bir vahdat-ul vujud uning uchun bir kamol, bir maqom ta'min eta oladi. Hatto Alloh hisobiga koinotni inkor qilish darajasiga borishi mumkin. Agar sabablar ichiga shoʻngʻigan boʻlsa, moddiyotga mutavagʻgʻil boʻlsa, vahdat-ul vujud deyishi, koinot hisobiga Allohni inkor qilishgacha boradi.

Ha, jadda-i kubro, sahoba va tobe'iyn va asfiyoning jaddasidir. حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ jumlasi ularning qoida-i kulliyalaridir. Va Janobi Haqning لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ ning mazmuniga koʻra, hech narsa bilan mushobahati yoʻq. Tahayyuz va tajazzidan munazzahdir. Mavjudot bilan aloqasi, xoliqiyatdir. Ahli vahdat-ul vujudning aytganlaridek; mavjudot avhom va xayolot emas. Koʻringan ashyo ham Janobi Haqning osoridir. "Hamast" emas, "Hama Azust"dir. Ya'ni, hamma narsa U emas, balki hamma narsa Undandir. Chunki hodisot ayni Qadim boʻlolmaydi. Shu masalani ikki tamsil bilan fahmga taqrib etamiz:

Birinchisi: Masalan, bir podshoh bor. U podshohning hokimi odil ismi bilan bir adliya doirasi, u ismning jilvasini koʻrsatadi. Bir ismi xalifadir. Bir mashixat va bir ilmiya doirasi u ismning mazharidir. Yana Qoʻmondoni A'zam ismi bor. U ism bilan davoiri askariyada faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshin u ismning mazharidir. Hozir birov chiqib: "U podshoh faqat hokimi odildir; davoiri adliyadan boshqa doira yoʻq" desa, u vaqt bilmajburiya, adliya ma'murlari ichida, haqiqiy emas, e'tiboriy bir suratda, mashixat doirasidagi ulamoning avsofini va ahvolini ularga tatbiq etib, zilliy va xayoliy tarzda, haqiqiy adliya ichida taba'i va zilliy bir mashixat doirasi tasavvur qilinadi. Ham doira-i askariyaga oid ahvol va muomalotini yana faraziy bir tarzda, u ma'muriyni adliya ichida koʻrib, gʻayri haqiqiy bir doira-i askariya tarzida qaraladi va hokazo... Mana shu holda, podshohning haqiqiy ismi va haqiqiy hokimiyati, hokimi odil ismidir va adliyadagi hokimiyatdir. Xalifa, qoʻmondoni a'zam, sulton kabi ismlari haqiqiy emas, e'tiboriydirlar. Holbuki podshohlik mohiyati va saltanat haqiqati butun ismlarni haqiqiy holda iqtizo etadi. Haqiqiy ismlar esa, haqiqiy doiralarni istaydi va iqtizo etadi. Xullas, saltanati uluhiyat Rahmon, Razzoq, Vahhob, Xalloq, Faol, Karim, Rahim kabi juda koʻp asmo-i muqaddasani haqiqiy holda iqtizo qiladi. U haqiqiy asmo haqiqiy oynalarni iqtizo etadi. Hozir ahli vahdat-ul vujud modomiki لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deydi, haqoiqi ashyoni xayol darajasiga tushiradi. Janobi Haqning Vojib-ul Vujud va Mavjud va Vohid va Ahad ismlarining haqiqiy jilvalari va doiralari bor. Balki oynalari, doiralari haqiqiy boʻlmasa, xayoliy, adamiy boʻlsa ham, ularga zarar qilmaydi. Balki vujudi haqiqiyning oynasida vujud rangi boʻlmasa, yanada ziyoda sof va porloq boʻladi. Faqat Rahmon, Razzoq, Qahhor, Jabbor, Xalloq kabi ismlari esa, tajalliylari haqiqiy boʻlmaydi, e'tiboriy boʻladi. Holbuki u asmolar Mavjud ismi kabi haqiqatdir, soya boʻlolmaydilar; asliydirlar, taba'i boʻlolmaydilar.

Xullas sahoba va asfiyo-i mujtahidiyn va aimma-i Ahli Bayt حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ deyishgan, Janobi Haqning butun asmosi bilan haqiqiy bir suratda tajalliyoti bor. Butun ashyoning Uning ijodi bilan bir vujudi ariziysi bor. Va u vujud garchi Vojib-ul Vujudning vujudiga nisbatan gʻoyat zaif va qarorsiz bir zill, bir soyadir; xayol, vahm emasdir. Janobi Haq Xalloq ismi bilan vujud beradi va u vujudni idoma etadi.

— 67 —

Ikkinchi Tamsil: Masalan, shu manzilning toʻrt devorida toʻrt dona andom oynasi boʻlsa, har bir oyna ichida har naqadar u manzil qolgan uchta oyna bilan barobar irtisom etadi... faqat har bir oyna oʻzining hay'atiga va rangiga koʻra ashyoni oʻz ichida ixtivo etadi; oʻziga maxsus misoliy bir manzil hukmidadir. Deylik, hozir ikki odam u manzilga kirsa, biri bitta oynaga qaraydi, deydiki: "Hamma narsa buning ichida". Boshqa oynalarni va oynalarning ichlaridagi suratlar haqida eshitganda, masmu'otni oʻsha bitta oynadagi ikki daraja soya boʻlgan, haqiqati kichraygan, tagʻayyur etgan u oynaning kichik bir burchagida tatbiq etadi. Ham deydi: "Men shunday koʻryapman, shunday ekan, haqiqat bundaydir". Boshqa odam unga deydiki: "Ha, sen koʻryapsan.. koʻrganing haqdir; faqat voqe'da va nafs-ul amrda haqiqatning haqiqiy surati unday emas. Sen diqqat qilgan oyna kabi yana boshqa oynalar bor; koʻrganing qadar kichkina, soyaning soyasi emaslar".

Xullas, asmo-i Ilohiyaning har biri boshqa-boshqa bittadan oyna istaydi. Ham masalan: Rahmon, Razzoq haqiqatli, asl boʻlganlari uchun, oʻzlariga loyiq, rizqqa va marhamatga muhtoj mavjudotni istaydi. Rahmon qanday qilib haqiqiy dunyoda rizqqa muhtoj haqiqatli ziruhlarini istasa; Rahim ham shunday haqiqiy bir Jannatni istaydi. Agar yolgʻiz Mavjud va Vojib-ul Vujud va Vohidi Ahad ismlari haqiqiy tutilib, qolgan ismlar ularning ichiga soya boʻlish e'tibori bilan olinsa, u asmoga qarshi bir haqsizlik hukmiga oʻtadi.

Xullas shu sirdan: Jadda-i Kubro, albatta valoyati kubro sohiblari boʻlgan sahoba va asfiyo va tobe'iyn va aimma-i Ahli Bayt va aimma-i mujtahidiyn jaddasi boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'onning birinchi tabaqa shogirdlaridir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
— 68 —
UCHINCHI MASALA:

Hikmat va aql bilan hal qilib boʻlmagan bir masala-i muhimma.

كُلَّ يَوْمٍ هُوَ ف۪ى شَاْنٍ ٭ فَعَّالٌ لِمَا يُر۪يدُ

Savol: Koinotdagi mutamodiyan hayrat-angiz faoliyatning sirri va hikmati nima? Nima uchun shu toʻxtamaganlar toʻxtamaydilar, doimo aylanib yangilanadilar?

Aljavob: Bu hikmatning izohi ming sahifa istaydi. Shunday ekan izohini qoʻyib, gʻoyat muxtasar bir ijmolini ikki sahifaga sigʻdiramiz.

Qandayki bir shaxs bir vazifa-i fitriyani va yoxud vazifa-i ijtimoiyani bajarsa va u vazifa uchun jondan ishlasa; albatta unga diqqat qilgan anglaydiki, u vazifani unga qildirgan ikki narsadir:

Biri: Vazifaga tarattub etgan maslahatlar, samaralar, foydalar boʻlib, unga "illa-i gʻoiya" deyiladi.

Ikkinchisi: Bir muhabbat, bir ishtiyoq, bir lazzat borki: Qizgʻin holda u vazifani qildiradiki, unga "da'i va muqtaziy" deb ta'bir etiladi. Masalan: Taom yeyish, ishtahadan kelgan bir lazzat, bir ishtiyoq boʻlib, uni yeyishga chorlaydi. Keyin, yeyishning natijasi, vujudni oziqlantirishdir; hayotni idoma etishdir. Xuddi shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى koinotdagi dahshatangiz va hayratnamo hadsiz faoliyat ikki qism asmo-i Ilohiyaga istinod etib ikki hikmati vase'a uchun boʻlib, har bir hikmati ham nihoyatsizdir:

Birinchisi: Janobi Haqning asmo-i husnasining hadd-hisobsiz anvo'i tajalliyoti bor. Maxluqotning tanavvu'lari u tajalliyotning tanavvu'idan kelib chiqadi. U asmo esa, doimiy suratda tazohur istaydilar. Ya'ni, naqshlarini koʻrsatishni istaydilar. Ya'ni, naqshlarining oynalarida jilva-i jamollarini koʻrish va koʻrsatishni istaydilar. Ya'ni, koinot kitobini va mavjudot maktubotini on ba on yangilab turishni istaydilar. Ya'ni, yangi-yangi ma'nodor yozish va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammo-i Aqdas bilan barobar, butun zishuurlarning nazari mutolaasiga koʻrsatish va oʻqittirishni iqtizo etadilar.

— 69 —

Ikkinchi sabab va hikmat: Qandayki, maxluqotdagi faoliyat bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan keladi. Va hatto har bir faoliyatda qat'iyan lazzat bor; balki har bir faoliyat, bir navi lazzatdir. Shunga oʻxshab, Vojib-ul Vujudga loyiq bir tarzda va istigʻno-i zotiysiga va gʻino-i mutlaqiga muvofiq bir suratda va kamoli mutlaqiga munosib bir shaklda hadsiz bir shafqati muqaddasa va hadsiz bir muhabbati muqaddasa bor. Va u shafqati muqaddasa va u muhabbati muqaddasadan kelgan hadsiz bir shavqi muqaddas bor. Va u shavqi muqaddasdan kelgan hadsiz bir sururi muqaddas bor. Va u sururi muqaddasdan kelgan -ta'bir joiz boʻlsa- hadsiz bir lazzati muqaddasa bor. Ham u lazzati muqaddasadan kelgan hadsiz tarahhumdan, maxluqotning faoliyati qudrat ichida va iste'dodlari quvvadan fe'lga chiqishidan va takammul etishidan nash'at etgan mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan va Zoti Rahmoni Rahimga oid -ta'bir joiz boʻlsa- hadsiz mamnuniyati muqaddasa va hadsiz iftixori muqaddas borki, hadsiz bir suratda, hadsiz bir faoliyatni iqtizo etadi.

Mana shu hikmati daqiqani falsafa va fan va hikmat bilmagani uchun, shuursiz tabiatni va koʻr tasodifni va jomid sabablarni; bu gʻoyat darajada olimona, hakimona, basirona faoliyat bilan chalkashtirgan, zalolat zulumotiga tushib nuri haqiqatni topa olmagan.

قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى كَاشِفِ طِلْسِمِ كَائِنَاتِكَ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْمَوْجُودَاتِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ مَا دَامَ الْاَرْضُ وَ السَّمٰوَاتُ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 70 —

OʻN TOʻQQIZINCHI MAKTUB

Bu risola uch yuzdan ortiq moʻ'jizotni bayon qiladi. Risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) moʻ'jizasini bayon qilgani kabi, oʻzi ham u moʻ'jizaning bir karomatidir. Uch-toʻrt nav bilan horiqo boʻlgan:

Birinchisi: Naql va rivoyat boʻlish bilan barobar, yuz sahifadan ortiq boʻlgani holda, kitoblarga murojaat etilmasdan, yoddan, togʻ, bogʻ chetlarida, uch-toʻrt kun mobaynida, har kuni ikki-uch soat ishlash sharti bilan, jami oʻn ikki soatda ta'lif etilishi, horiqo bir voqeadir.

Ikkinchisi: Bu risola, uzunligi bilan barobar na yozilishi zeriktiradi va na oʻqilishi shirinligini yoʻqotadi. Tanbal ahli qalamni shunday bir shavq va gʻayratga keltirdiki; bu mashaqqatli va zerikarli zamonda, bu atrofda bir yil mobaynida yetmish adadga yaqin nusxalar yozilgani, u moʻ'jiza-i Risolatning bir karomati boʻlganini, muttali' boʻlganlarga qanoat berdi.

Uchinchisi: Ajamiy va tavofuqdan xabari yoʻq va bizga ham hali tavofuq tazohur etmasdan avval uning va boshqa sakkiz mustansixning bir-birini koʻrmasdan yozgan nusxalarida; Lafzi Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) kalimasi butun risolada va Lafzi Qur'on beshinchi parchasida shunday bir tarzda tavofuq etishlari koʻrindiki, zarra miqdor insofi bor odam tasodif demaydi. Kim koʻrgan boʻlsa, qat'iy hukm qiladiki; bu bir sirri gʻaybiydir, moʻ'jiza-i Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir.

Shu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir. Ham shu risoladagi ahodis, deyarli barchasi aimma-i hadis nazdida maqbul va sahih boʻlish bilan barobar, eng qat'iy hodisoti risolatni bayon qiladilar. U risolaning maziyatlarini aytish lozim boʻlsa; u risola qadar bir asar yozish lozim kelganidan, mushtoq boʻlganlarni uni bir karra oʻqishiga havola qilamiz...

Said Nursiy

IXTOR: Shu risolada koʻp ahodisi sharifa naql etganman. Yonimda kutubi hadisiya mavjud emas. Yozgan hadislarimning lafzida xato boʻlsa; yo tasxix etilsin, yoxud "hadisi bilma'no"dir deyilsin. Chunki qovli rojih shuki: "Naqli hadisi bilma'no joizdir". Ya'ni: Hadisning faqat ma'nosini olib, lafzini oʻzi zikr etadi. Modomiki shundaydir; lafzida xato boʻlsa, hadisi bilma'no nazari bilan qaralsin.

— 71 —
MOʻ'JIZOTI AHMADIYA (S.A.V.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ ‌ اِلٰى اٰخِرِ

(Risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz bilan Oʻttiz Birinchi Soʻz nubuvvati Muhammadiyani (S.A.V.) daloili qat'iya bilan isbot etganlaridan, isbot jihatini ularga havola qilib, yolgʻiz ularga bir tatimma sifatida oʻn toʻqqiz nuktali ishoratlar bilan u buyuk haqiqatning ba'zi lam'alarini koʻrsatamiz:)

BIRINCHI NUKTALI ISHORAT: Shu koinotning sohib va mutasarrifi albatta bilib qiladi va hikmat bilan tasarruf etadi va har tarafni koʻrib turib tadvir etadi va hamma narsani bilgan, koʻrgan holda tarbiya qiladi va hamma narsada koʻringan hikmatlarni, gʻoyalarni, foydalarni iroda qilib tadvir etadi. Modomiki qilgan biladi; albatta bilgan gapiradi. Modomiki gaplashar ekan, albatta zishuur va zifikr va gapirishni biladiganlar bilan gaplashadi. Modomiki zifikr bilan gaplashar ekan, albatta zishuur ichida eng jam'iyatli va shuuri kulliy boʻlgan inson navi bilan gaplashadi. Modomiki inson navi bilan gaplashar ekan, albatta insonlar ichida qobili xitob va mukammal inson boʻlganlar bilan gaplashadi. Modomiki eng mukammal va iste'dodi eng yuksak va axloqi ulviy va navi basharga muqtado boʻladiganlar bilan gaplashar ekan; albatta doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, eng yuksak iste'dodda va eng oliy axloqda va navi basharning xumsi unga iqtido qilgan va nisfi Arz uning hukmi ma'naviysi ostiga kirgan va istiqbol u keltirgan nurning ziyosi bilan bir ming uch yuz yil yorishgan va basharning nuroniy qismi va ahli iymoni, mutamodiyan kunda besh marta u bilan tajdidi bay'at etib, unga duo-i rahmat va saodat etib, unga madh va muhabbat etgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashadi va gaplashgan va Rasul qiladi va qilgan va boshqa navi basharga rahbar qiladi va qilgandir.

— 72 —

IKKINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam iddi'oyi nubuvvat etgan. Qur'oni Azimushshon kabi bir farmonni koʻrsatgan va ahli tahqiqning yonida mingga yaqin moʻ'jizoti bahirani koʻrsatgan. U moʻ'jizot, hay'ati majmuasi bilan, da'vo-i nubuvvatning vuqu'i qadar vujudlari qat'iydir. Qur'oni Hakimning koʻp yerlarida eng muannid kofirlardan naql etilgan sehr isnod etishlari koʻrsatadiki; u muannid kofirlar ham moʻ'jizotning vujudlarini va vuqu'larini inkor qilolmaydilar. Yolgʻiz oʻzlarini aldash yoki atba'larini ishontirish uchun, -xosho- sehr deyishgan.

Darhaqiqat, moʻ'jizoti Ahmadiyaning (SA.V.) yuz tavotur quvvatida bir qat'iyati bor. Moʻ'jiza esa; Xoliqi Koinot tarafidan uning da'vosiga bir tasdiqdir, "Sodaqta" hukmiga oʻtadi. Qandayki sen bir podshohning majlisida va doira-i nazarida: "Podshoh meni falon ishga ma'mur etgan" desang, sendan u da'voga bir dalil istanilsa; podshoh "Ha" desa, seni tasdiq qilgan boʻladi. Shunga oʻxshab, odatini va vaziyatini sening iltimosing bilan almashtirsa; "Ha" soʻzidan yanada qat'iy, yanada quvvatli sening da'vongni tasdiq qilgan boʻladi. Shunga oʻxshab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam da'vo qilganki: "Men shu koinot Xoliqining mab'usiman. Dalilim shuki: Mustamir odatini mening duo va iltimosim bilan almashtiradi. Mana barmoqlarimga qaranglar, besh joʻmrakli bir chashma kabi oqittiryapti. Qamarga qaranglar, bir barmogʻimning ishorati bilan ikki parcha qilyapti. Shu daraxtga qaranglar; meni tasdiqlash uchun yonimga kelyapti, shahodat keltiryapti. Shu bir parcha taomga qaranglar; ikki-uch odamga zoʻrgʻa kifoya qilgani holda, mana ikki yuz-uch yuz odamni toʻydiryapti". Va hokazo.. yuzlab moʻ'jizotni shu shaklda koʻrsatgan.

Hozir, shu zotning daloili sidqi va barohini nubuvvati yolgʻiz moʻ'jizotiga munxasir emas. Balki ahli diqqat uchun, deyarli umum harakoti va af'oli, ahvol va aqvoli, axloq va atvori, siyrat va surati sidqini va jiddiyatini isbot etadi. Hatto mashhur ulamo-i Bani Isroiliyadan Abdulloh Ibn Salom kabi juda koʻp zotlar yolgʻiz u Zoti Akram Alayhissalotu Vassalamning siymosini koʻrish bilan: "Bu siymoda yolgʻon yoʻq, shu yuzda hiyla boʻlmaydi!" deb iymonga kelishgan.

Garchi muhaqqiqiyni ulamo daloili nubuvvatni va moʻ'jizotni mingga yaqin deganlar; lekin minglab, balki yuz minglab daloili nubuvvat bor. Va yuz minglab yoʻl bilan yuz minglab muxtalif fikrli odamlar u zotning nubuvvatini tasdiq etishgan. Yolgʻiz Qur'oni Hakimda qirq vajhi i'jozdan boshqa, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ming burhonini koʻrsatadi.

Ham modomiki navi basharda nubuvvat bor. Va yuz minglab zot nubuvvat da'vo qilib moʻ'jiza koʻrsatganlar, kelib oʻtganlar. Albatta umumdan yuksak bir qat'iyat bilan, nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) sobitdir. Chunki Iso Alayhissalom va Muso Alayhissalom kabi umum rasullarga nabiy dedirgan va risolatiga mador boʻlgan daloil va avsof va vaziyatlar va ummatlariga qarshi muomalalar; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamda yanada akmal, yanada jome' bir suratda mavjuddir. Modomiki hukmi nubuvvatning illati va sababi, Zoti Ahmadiyda (S.AV.) yanada mukammal mavjuddir. Albatta hukmi nubuvvat umum anbiyodan yanada vazih bir qat'iyat bilan u kishida sobitdir.

— 73 —

UCHINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning moʻ'jizoti juda mutanavvi'dir. Risolati umumiy boʻlgani uchun, deyarli aksar anvo'i koinotdan bittadan moʻ'jizaga mazhardir. Goʻyo qandayki bir podshohi zishonning bir yovari akrami mutanavvi' hadyalar bilan muxtalif aqvomning majma'i boʻlgan bir shaharga kelgan vaqti, har toifa uning istiqboliga bir mumassil yuboradi; oʻz toifasi lisoni bilan unga "xush omadi" etadi, uni olqishlaydi. Shunga oʻxshab: Sultoni Azal va Abadning eng buyuk yovari boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olamga tashrif qilib, kura-i arzning aholisi boʻlgan navi basharga mab'us boʻlib kelgani va umum koinotning Xoliqi tarafidan umum koinotning haqoiqiga aloqador boʻlgan anvori haqiqat va hadoyayi ma'naviya keltirgan payti; toshdan, suvdan, daraxtdan, hayvondan, insondan to Oydan, Quyoshdan, yulduzlarga qadar har bir toifa, oʻz lisoni maxsusi bilan va qoʻllarida bittadan moʻ'jizasini koʻtarish bilan u kishining nubuvvatini olqishlashgan va xush omadi deyishgan.

Hozir u moʻ'jizotning umumini bahs etish uchun, jildlar bilan yozuv yozish lozim boʻladi. Muhaqqiqiyni asfiyo daloili nubuvvatning tafsilotiga doir koʻp jild kitoblar yozishgan. Biz yolgʻiz ijmoliy ishoratlar navidan u moʻ'jizotning qat'iy va ma'naviy mutavotir hisoblangan kulliy anvo'iga ishorat qilamiz.

Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) daloili, avvalo ikki qismdir:

Birisi: "Irhosot" deyilgan nubuvvatdan avval va valodati vaqtida zuhur etgan horiquloda hollardir.

Ikkinchi qism: Boshqa daloili nubuvvatdir. Ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Nubuvvatdan soʻngra, nubuvvatini tasdiqlab sodir boʻlgan horiqolardir. Ikkinchisi: Asri Saodatida mazhar boʻlgan horiqolaridir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Zotida, siyratida, suratida, axloqida, kamolida zohir boʻlgan daloili nubuvvatdir. Ikkinchisi ofoqiy, xorijiy narsalarda mazhar boʻlgan moʻ'jizotidir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Ma'naviy va Qur'oniydir. Boshqasi: Moddiy va akvoniydir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Da'vo-i nubuvvat vaqtida, ahli kufrning inodini sindirish yoxud ahli iymonning quvvati iymonini ziyodalashtirish uchun zuhurga kelgan horiquloda moʻ'jizotdir. Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suvning oqishi va oz taom bilan koʻplarni toʻydirishi va hayvon va daraxt va toshning gapirishi kabi yigirma nav va har bir navi ma'naviy tavotur darajasida va har bir navning esa koʻp mukarrar afrodi bor. Ikkinchi qism: Istiqboldan xabar bergan hodisalar boʻlib; Janobi Haqning ta'limi bilan u kishi ham xabar berganlar, xabar berganlari kabi toʻgʻri chiqqan. Xullas, biz ham shu oxirgi qismdan boshlab ijmoliy bir mundarija koʻrsatamiz.

{(Hoshiya) Ma'ataassuf niyat qilganimdek yozolmadim. Ixtiyorsiz qalbga qanday kelgan boʻlsa; shunday yozildi. Shu taqsimotdagi tartibga tamomi bilan muro'at etolmadim.}

TOʻRTINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Allam-ul Gʻuyubning ta'limi bilan xabar bergan gʻaybiy ishlarning haddi hisobi yoq. I'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi Soʻzda anvo'iga ishorat va bir daraja izoh va isbot etganimizdan, oʻtgan zamonga doir va anbiyo-i sobiqaga doir va haqoiqi Ilohiyaga va haqoiqi kavniyaga va haqoiqi uxroviyaga doir ixboroti gʻaybiyalarini Yigirma Beshinchi Soʻzga havola etib, hozircha bahs etmaymiz. Yolgʻiz, oʻzlaridan soʻng Sahoba va Oli Baytning boshiga kelgan va ummatning kelajakda mazhar boʻladigan hodisotga doir juda koʻp ixboroti sodiqa-i gʻaybiyasi qismidan juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz. Va shu haqiqat tamomi bilan tushunilishi uchun, olti asosni muqaddima sifatida bayon qilamiz:

Birinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning garchi har holi va har vaziyati sidqiga va nubuvvatiga shohid boʻlishi mumkin; lekin har holi, har vaziyati horiquloda boʻlishi shart emas. Chunki Janobi Haq u kishini bashar suratida yuborgan, toki insonlarning ahvoli ijtimoiyalarida va dunyoviy, uxroviy saodatlarini qozontiradigan a'mol va harakotlarida rahbar boʻlsin va imom boʻlsin va har biri bittadan moʻ'jizoti qudrati Ilohiya boʻlgan odiyot ichidagi horiquloda san'ati Rabboniyani va tasarrufi qudrati Ilohiyani koʻrsatsin. Agar af'olida bashariyatdan chiqib horiquloda boʻlsaydi, bizzot imom boʻlolmasdi; af'oli bilan, ahvoli bilan, atvori bilan dars berolmasdi. Faqat yolgʻiz nubuvvatini muannidlarga qarshi isbot qilish uchun horiquloda ishlarga mazhar boʻlar va ehtiyoj vaqtida ora-sira moʻ'jizotni koʻrsatardi. Lekin sirri taklif boʻlgan imtihon va tajriba muqtazosi bilan, albatta badohat darajasida va istar-istamas tasdiqqa majbur qoladigan darajada moʻ'jiza boʻlmasdi. Chunki sirri imtihon va hikmati taklif iqtizo etadiki, aqlga eshik ochilsin va aqlning ixtiyori qoʻlidan olinmasin. Agar gʻoyat badihiy bir suratda boʻlsa, u vaqt aqlning ixtiyori qolmasdi. Abu Jahl ham, Abu Bakr kabi tasdiq qilardi. Imtihon va taklifning foydasi qolmasdi. Koʻmir bilan olmos bir saviyada qolardi.

Joyi hayratdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mubolagʻasiz minglab vajhda minglab xil insonlar birgina moʻ'jizasi bilan yoki bir dalili nubuvvat bilan yoki bir kalomi bilan yoki yuzini koʻrishi bilan va hokazo bittadan alomati bilan iymon keltirganlari holda, butun bu minglab boshqa-boshqa insonlarni va mudaqqiq mutafakkirlarni iymonga keltirgan butun u minglab daloili nubuvvati, naqli sahih bilan va osori qat'iyya bilan hozirgi badbaxt bir qism insonlarga kifoya qilmayotgandek, zalolatga kiryaptilar.

— 74 —

Ikkinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham bashardir, bashariyat e'tibori bilan bashar kabi muomala qiladilar; ham rasuldir, risolat e'tibori bilan Janobi Haqning tarjimoni, elchisidir. Risolati vahiyga istinod etadi. Vahiy ikki qismdir:

Biri: "Vahyi sarihiy" boʻlib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unda yolgʻiz bir tarjimon, muballigʻdir, mudohalasi yoʻq. Qur'on va ba'zi ahodisi qudsiya kabi...

Ikkinchi Qism: "Vahyi zimniy"dir. Shu qismning mujmal va xulosasi vahiyga va ilhomga istinod etadi, tafsiloti va tasviroti Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid. U vahiydan kelgan mujmal hodisani tafsil va tasvirda Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam ba'zan yana ilhomga, yo vahiyga istinod etib bayon etadilar yoxud oʻz farosatlari bilan bayon etadilar. Va oʻz ijtihodi bilan qilgan tafsilot va tasvirotni yo vazifa-i risolat nuqtasida ulviy quvva-i qudsiya bilan bayon qiladilar yoxud urf va odat va afkori omma saviyasiga koʻra, bashariyati nuqtasida bayon etadilar.

Har hadisda butun tafsilotiga vahyi mahz nuqtasi bilan qaralmaydi. Bashariyatning muqtazosi boʻlgan afkor va muomalotida risolatning ulviy osori qidirilmaydi. Modomiki ba'zi hodisalar mujmal shaklda mutlaq bir suratda u kishiga vahiy boʻlib keladi, u kishi ham oʻz farosatlari bilan va taorufi umumiy jihati bilan tasvir qiladilar. Shu tasvirdagi mutashabehotga va mushkulotga ba'zan tafsir lozim boʻladi, hatto ta'bir lozim boʻladi. Chunki ba'zi haqiqatlar borki, tamsil bilan fahmga taqrib etiladi. Misol, bir vaqt huzuri Nabaviyda baland bir shovqin eshitildi. Aytdilarki: "Shu shovqin yetmish yil dumalab, Jahannamning tubiga hozir tushgan bir toshning shovqinidir". Bir soat soʻngra xabar keldi: "Yetmish yoshga kirgan mashhur bir munofiq oʻlib, Jahannamga ketdi". Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam baligʻ bir tamsil bilan bayon etgan hodisaning ta'vilini koʻrsatdi.

Uchinchi Asos: Naql qilingan xabarlar agar tavotur suratida boʻlsa, qat'iydir. Tavotur ikki qismdir. {(Hoshiya) Shu risolada "tavotur" lafzi Turkcha "shayi'a" ma'nosidagi tavotur emas, balki yaqiynni ifoda qilgan, yolgʻon ehtimoli boʻlmagan quvvatli ixbordir.} Biri "sarih tavotur", biri "ma'naviy tavotur"dir. Ma'naviy tavotur ham ikki qismdir: Biri sukutiydir. Ya'ni, sukut bilan qabul koʻrsatilgan. Masalan: Bir jamoat ichida bir odam u jamoatning nazari ostida bir hodisani xabar bersa, jamoat uni takzib etmasa, sukut bilan muqobala etsa, qabul qilgan kabi boʻladi. Xususan xabar bergan hodisasida jamoat u bilan aloqador boʻlsa, ham tanqidga muhayyo va xatoni qabul qilmaydigan va yolgʻonni juda yomon koʻradigan jamoat boʻlsa, albatta uning sukuti, u hodisaning vuqu'iga quvvatli dalolat qiladi. Ikkinchi qism tavoturi ma'naviy shuki: Bir hodisaning vuqu'iga, masalan "Bir qiyya taom ikki yuz odamni toʻydirgan" deyilsa; faqat uni xabar berganlar boshqa-boshqa suratda xabar beradi. Biri bir tarzda, biri boshqa bir suratda, boshqasi boshqa bir shaklda bayon qiladi.. lekin umum, ayni hodisaning vuqu'iga muttafiqdirlar. Xullas, mutlaq hodisaning vuqu'i; mutavotiri bil-ma'nodir, qat'iydir. Ixtilofi surat esa, zarar bermaydi. Ham ba'zan; xabari vohid ba'zi sharoit dohilida tavotur kabi qat'iyatni ifoda qiladi. Ham ba'zan; xabari vohid xorijiy alomatlar bilan qat'iyatni ifoda qiladi. Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bizga naql qilingan moʻ'jizoti va daloili nubuvvati, qismi a'zami tavotur bilan kelgan; yo sarihiy, yo ma'naviy, yo sukutiy. Va bir qismi garchi xabari vohid bilan kelgan. Lekin shunday sharoit dohilida, naqqodi muhaddisning nazarida qabulga shoyon boʻlgandan soʻng, tavotur kabi qat'iyatni ifoda etish lozim boʻladi. Ha, muhaddisiynning muhaqqiqiynidan "Al-Hofiz" deb ta'bir etilgan zotlar, loaqal yuz ming hadisni hifziga olgan minglab muhaqqiq muhaddislar, ham ellik yil bomdod namozini xufton tahorati bilan oʻqigan muttaqi muhaddislar va boshda Buxoriy va Muslim boʻlib Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari boʻlgan ilmi hadis dohiylari, allomalari tasxix va qabul qilishgan xabari vohid, tavotur qat'iyatidan orqada qolmaydi. Ha, fanni hadisning muhaqqiqlari, naqqodlari shu daraja hadis bilan xususiyat paydo qilganlarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarzi ifodalariga va uslubi oliylariga va surati ifodalariga unsiyat bilan malaka kasb etishganki; yuz hadis ichida bir mavzu'ni koʻrsa, "Mavzu'dir" deydi. "Bu hadis boʻlmaydi va Paygʻambarning soʻzi emasdir" deydi, rad qiladi. Sarrof kabi hadisning gavharini taniydi, boshqa soʻzni unga iltibos etolmaydi. Faqat Ibn Javziy kabi ba'zi muhaqqiqlar tanqidda ifrot etib, ba'zi ahodisi sahihaga ham mavzu' deganlar. Faqat har mavzu' narsaning ma'nosi xato degani emas; balki "Bu soʻz hadis emas" deganidir.

— 75 —

Savol: An'anali {[1] Bu yerda an'ana ma'nosida emas: Bir xabarning yoki bir hadisi sharifning "an filon, an filon" deb roviylarni bildirish shaklida kelgan naql. (tarjimon izohi)} sanadning foydasi nimaki; luzumsiz yerda, ma'lum bir voqeada "an filon, an filon, an filon" deydilar?

Aljavob: Foydasi koʻp. Azjumla, bir foydasi shuki: An'ana bilan koʻrsatiladiki, an'anada dohil boʻlgan mavsuq va hujjatli va sodiq ahli hadisning bir navi ijmo'ini iroa etadi va u sanadda dohil boʻlgan ahli tahqiqning bir navi ittifoqini koʻrsatadi. Goʻyo u sanadda, u an'anada dohil boʻlgan har bir imom, har bir alloma; hadisning hukmini imzo etadi, toʻgʻriligiga doir muhrini bosadi.

Savol: Nima uchun hodisoti i'joziya boshqa zaruriy ahkomi shar'iya kabi tavotur suratida, juda koʻp tariqlar bilan, juda ahamiyatli naql etilmagan?

Aljavob: Chunki aksar ahkomi shar'iyaga aksar insonlar, aksar vaqtlarda muhtojdir. Farzi ayn kabi, u ahkomning har shaxsga aloqasi bor. Ammo moʻ'jizot esa; harkasning har bir moʻ'jizaga ehtiyoji yoʻq. Agar ehtiyoj boʻlsa ham, bir marta eshitish kifoya qiladi. Xuddi farzi kifoya kabi, bir qism insonlar ularni bilsa, yetadi.

Xullas shuning uchundirki; ba'zan boʻlar, bir moʻ'jizaning vujudi va tahaqquqi bir hukmning vujudidan oʻn daraja yanada qat'iy boʻlgani holda, uning roviysi bir-ikkita boʻladi; hukmning roviysi oʻn-yigirmata boʻladi.

Toʻrtinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning istiqboldan xabar bergan ba'zi hodisalari juz'iy bittadan hodisa emas; balki takarrur etgan bittadan hodisa-i kulliyani juz'iy bir suratda xabar beradi. Holbuki u hodisaning mutaaddid vajhlari bor. Har safar bir vajhini bayon qiladilar. Soʻngra roviyi hadis u vajhlarni birlashtiradi, xilofi voqe' kabi koʻrinadi. Masalan: Hazrat Mahdiyga doir muxtalif rivoyatlar bor. Tafsilot va tasvirot boshqa-boshqadir. Holbuki Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning bir shoxida isbot qilingani kabi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahiyga istinodan, har bir asrda quvva-i ma'naviya-i ahli iymonni muhofaza etish uchun, ham dahshatli hodisalarda umidsizlikka tushmaslik uchun, ham olami Islomiyatning bir silsila-i nuroniyasi boʻlgan Oli Baytiga ahli iymonni ma'naviy rabt etish uchun, Mahdiyni xabar berganlar. Oxirzamonda kelgan Mahdiy kabi, har bir asrda Oli Baytdan bir navi Mahdiy, balki Mahdiylar boʻlgan. Hatto Oli Baytdan ma'dud boʻlgan Abbosiya Xulafosidan Buyuk Mahdiyning koʻp avsofini jome' bir Mahdiy chiqqan.

Xullas, Buyuk Mahdiydan avval kelgan oʻxshashlari, namunalari boʻlgan Xulafo-i Mahdiyyin va Aqtobi Mahdiyyinning avsoflari asl Mahdiyning avsofiga qoʻshilgan va undan rivoyatlar ixtilofga tushgan.

— 76 —

Beshinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ sirriga koʻra, oʻzidan-oʻzi gʻaybni bilmasdilar; balki Janobi Haq u kishiga bildirardi, va u kishi bildirardilar. Janobi Haq ham Hakimdir, ham Rahimdir. Hikmat va rahmati esa, umuri gʻaybiyadan koʻpining satrini iqtizo etadi, mubham qolishini istaydi. Chunki shu dunyoda inson yoqtirmagan narsalar koʻproq. Vuqu'idan avval ularni bilishi aliymdir.

Shu sir uchun: Oʻlim va ajal mubham qoldirilgan va insonning boshiga keladigan musibatlar ham, parda-i gʻaybda qolgan. Xullas, hikmati Rabboniya va rahmati Ilohiya bunday iqtizo etgani uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ummatlariga juda hassos marhamatlarini ranjida etmaslik va ol va asxoblariga shadid shafqatlarini ortiqcha ogʻritmaslik uchun, vafoti Nabaviydan soʻngra, ol va asxoblarining va ummatlarining boshlariga kelgan mudhish hodisotni umumiy va tafsiloti bilan koʻrsatmaslik

{(Hoshiya) Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga, Oysha-i Siddiqaga qarshi qattiq muhabbat va shafqatlarini ranjida etmaslik uchun, Voqea-i Jamal hodisasida u boʻlishi qat'iy koʻrsatilmanligiga dalil esa, Azvoji Tohirotga "Qaysingiz u voqeada boʻlishingizni koshki bilsaydim?" deganlar, soʻngra yengil bir suratda, Hazrati Aliga (R.A.): "Sen bilan Oysha orangizda bir hodisa boʻlsa: فَارْفَقْ وَ بَلِّغْهَا مَاْمَنَهَا deganlar.}

muqtazo-i hikmat va rahmatdir. Faqat yana ba'zi hikmatlar uchun muhim hodisotni, -faqat dahshatli bir suratda emas- u kishiga ta'lim bergan. U zot ham ixbor etganlar. Ham goʻzal hodisalarni qisman mujmal, qisman tafsil bilan bildirgan. U kishi ham xabar berganlar. U kishining xabarlarini ham eng yuksak bir daraja-i taqvoda va adlda va sidqda gʻayrat qilgan va

وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّاْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ

hadisidagi taxdiddan shiddat bilan qoʻrqqan va

فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ

oyatidagi shiddatli tahdiddan shiddat bilan qochgan muhaddisiyni komiliyn bizga sahih bir suratda u xabarlarni naql etishgan.

— 77 —

Oltinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ahvol va avsofi Siyar va Tarix surati bilan bayon etilgan. Faqat u avsof va ahvoli gʻolibi bashariyatiga qaraydi. Holbuki u Zoti Muborakning shaxsi ma'naviyi va mohiyati qudsiyasi shu daraja yuksak va nuroniydirki; Siyar va Tarixda bayon qilingan avsof u bolo qomatga uygʻun kelmaydi, u yuksak qiymatga muvofiq tushmaydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga koʻra: Har kun, hatto hozir ham, butun ummatining ibodatlari qadar bir azim ibodat sahifa-i kamolotiga ilova boʻlyapti. Nihoyatsiz rahmati Ilohiyaga, nihoyatsiz bir suratda, nihoyatsiz bir iste'dod bilan mazhar boʻlgani kabi, har kun hadsiz ummatining hadsiz duosiga mazhar boʻladilar. Va shu koinotning natijasi va eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning tarjimoni va sevgilisi boʻlgan u Zoti Muborakning tamomi mohiyati va haqiqati kamoloti, Siyar va Tarixga oʻtgan bashariy ahvol va atvorga sigʻmaydi. Masalan: Hazrat Jabroil va Mikoil, ikki muhofiz yovar hukmida Gʻazva-i Badrda yonlarida boʻlgan bir Zoti Muborak; bozor ichida, badaviy bir arab bilan ot mubaya'asida munaza'a etish, birgina shohid boʻlgan Huzayfani shohid koʻrsatish bilan koʻringan atvori ichida sigʻmaydi.

Xullas, xato ketmaslik uchun; har vaqt mohiyati bashariyati e'tibori bilan eshitilgan avsofi odiya ichida boshini koʻtarib, haqiqiy mohiyatiga va martaba-i risolatda turgan nuroniy shaxsiyati ma'naviysiga qarash lozim. Boʻlmasa, yo hurmatsizlik qiladi yoki shubhaga tushadi. Bu sirning izohi uchun shu tamsilni tingla:

Masalan bir xurmo urugʻi bor. U xurmo urugʻi tuproq ostiga qoʻyilib, unib ulkan mevador bir daraxt boʻldi. Ham tobora kengayadi, oʻsadi. Yoki tovus qushining bir tuxumi bor edi. U tuxumga harorat berildi, bir tovus joʻjasi chiqdi. Soʻngra toʻliq mukammal, har tarafi qudratdan yozilgan va zarrin bir tovus qushi boʻldi. Ham bora-bora oʻsadi va goʻzallashadi. Endi u urugʻ va u tuxumga oid sifatlar, hollar bor. Ichida nozik moddalar bor. Ham undan hosil boʻlgan daraxt va qushning ham, u urugʻ va tuxumning oddiy kichik holat va vaziyatlariga nisbatan buyuk oliy sifatlari va holatlari bor. Endi u urugʻ va u tuxumning avsofini daraxt va qushning avsofi bilan rabt etib bahs etishda lozim boʻladiki; har doim aqli bashar boshini urugʻdan daraxtga koʻtarib qarasin va tuxumdan qushga koʻzini tavjih etib diqqat qilsin. Toki eshitgan avsofni uning aqli qabul qila olsin. Agar "Bir dirham urugʻdan ming botmon xurmo oldim" va "Shu tuxum javvi osmonda qushlarning sultonidir" desa, takzib va inkorga kiradi.

Xullas shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bashariyati; oʻsha urugʻga, tuxumga oʻxshaydi. Va vazifa-i risolat bilan porlagan mohiyati esa, Shajara-i Tubo kabi va Jannatning tayri xumoyuni kabidir. Ham doimo takammuldadir. Shuning uchun bozor ichida bir badaviy bilan nizo qilgan zotni oʻylagan payti; Rafrafga minib, Jabroilni orqada qoldirib, Qobi Qavsaynga yugurib ketgan Zoti Nuroniysiga xayol koʻzini koʻtarib qarash lozim boʻladi. Boʻlmasa yo hurmatsizlik qiladi yoki nafsi ammorasi ishonmaydi.

— 78 —

BESHINCHI NUKTALI ISHORAT: Umuri gʻaybiyaga doir hadislarning bir qancha misolini zikr etamiz:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, naqli sahih bilan va mutavotir bir darajada bizga vosil boʻlganki; minbar ustida, jamoati Sahoba ichida farmon etganlarki:

اِبْن۪ى حَسَنٌ هٰذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّٰهُ بِه۪ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظ۪يمَتَيْنِ

Xullas qirq yil soʻngra Islomning eng buyuk ikki qoʻshini qarshi-qarshiga kelgan payti, Hazrat Hasan Roziyallohu Anh Hazrat Muoviya (R.A.) bilan musolaha etib, jaddi amjadining moʻ'jiza-i gʻaybiyasini tasdiq etgan.

Ikkinchisi: Naqli sahih bilan Hazrat Aliga deganlar:

سَتُقَاتِلُ النَّاكِث۪ينَ وَالْقَاسِط۪ينَ وَالْمَارِق۪ينَ

Ham Voqea-i Jamal, Voqea-i Siffin, Voqea-i Xavorij hodisalarini xabar berganlar.

Ham Hazrat Ali (R.A.) Hazrat Zubayr bilan quchoqlashgan bir paytda: "Bu senga qarshi muhoraba etadi, faqat haqsizdir", dedilar.

Ham Azvoji Tohirotlariga aytganlar: "Ichingizda birisi muhim bir fitnaning boshiga oʻtadi va atrofida koʻplar qatl etiladi". وَتَنْبَحُ عَلَيْهَا كِلَابُ الْحَوْئَبِ

Demak, bu sahih, qat'iy hadislar; oʻttiz yildan soʻng Hazrat Alining Hazrat Oysha va Zubayr va Talhaga qarshi Voqea-i Jamalda.. va Muoviyaga qarshi Siffinda.. va Xavorijga qarshi Haravrada va Nahruvanda muhorabasi, u ixbori gʻaybiyning bir tasdigʻi fe'liysidir.

Ham Hazrat Aliga: "Soqolingni boshingning qoniga botiradigan bir odam"ni ixbor etganlar. Hazrat Ali u odamni tanigan; u Abdurraxmon Ibn Muljam-ul Xorijiydir.

— 79 —

Ham Xorijiylarning ichida Zussadya deyilgan bir odamni, gʻarib bir nishon bilan alomat tarzida xabar berganlarki; Xavorijlarning maqtullari ichida u odam boʻlgan; Hazrat Ali uni haqqoniyatiga hujjat koʻrsatgan. Ham moʻ'jiza-i Nabaviyani e'lon qilgan.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; Ummu Salamaning, yana boshqalarning rivoyati sahihi bilan xabar berganlarki: Hazrat Husan Taff, ya'ni Karbaloda qatl qilinadi. Ellik yildan soʻng ayni voqea-i jigarsoʻz sodir boʻlib, u ixbori gʻaybiyni tasdiq etgan.

Ham mukarraran ixbor etganlarki: "Mening Oli Baytim mendan keyin يَلْقَوْنَ قَتْلًا وَ تَشْر۪يدًا ya'ni; qatlga va baloga va surgunga ma'ruz qoladilar". Va bir daraja izoh etganlar, ayni aytganlaridek chiqqan.

Shu maqomda bir muhim savol bor; aytiladiki: "Hazrati Ali shu daraja xilofatga layoqati boʻlgani va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarobati va horiquloda jasorat va ilmi bilan barobar, nima uchun xilofatda taqaddum ettirilmadi va nima uchun uning xilofati zamonida Islom koʻp chalkashlikka mazhar boʻldi?.."

Aljavob: Oli Baytdan bir qutbi a'zam aytganki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Alining (R.A.) xilofatini orzu qilganlar, lekin gʻaybdan u kishiga bildirilgan: Murodi Ilohiy boshqadir. U kishi ham orzularini tashlab, murodi Ilohiyga tobe boʻlganlar". Murodi Ilohiyning hikmatlaridan biri shu boʻlishi kerak:

Vafoti Nabaviydan soʻng eng ziyoda ittifoq va ittihod etishga muhtoj boʻlgan Sahobalar; agar Hazrati Ali boshqaruvga oʻtsaydi, Hazrat Alining xilofati zamonida zuhurga kelgan hodisotning shahodati bilan va Hazrat Alining mumashatsiz, parvosiz, zohidona, qahramonona, mustagʻniyona holati va shuxratgiri olam shijoati e'tibori bilan, koʻp zotlarda va qabilalarda raqobat tomirini harakatga keltirib, tafriqqa sabab boʻlishning kuchli ehtimoli bor edi. Ham Hazrat Ali xilofatining taaxxur etishining bir sirri ham shuki: Gʻoyat muxtalif aqvomning bir-biriga qoʻshilishi bilan, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlaridek, soʻngra inkishof etgan yetmish uch firqa afkorining asoslarini tashigan u aqvom ichida, fitna-angiz hodisotning zuhuri zamonida, Hazrat Ali kabi horiquloda bir jasorat va farosat sohibi, Hoshimiy va Oli Bayt kabi quvvatli, hurmatli bir quvvat lozim ediki, tayana olsin. Ha, tayandi... Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlari kabi: " Men Qur'onning tanzili uchun harb etdim, sen ham ta'vili uchun harb etasan!" Agar Hazrat Ali boʻlmasaydi, dunyo saltanati muluki Umaviyani butun-butun yoʻldan chiqarishi muhtamal edi. Holbuki qarshilarida Hazrat Ali va Oli Baytni koʻrganlari uchun, ularga qarshi muvozanaga kelish va ahli Islom nazarida mavqelarini muhofaza qilish uchun istar-istamas Umaviya Davlati raislarining umumi, oʻzlari boʻlmasa ham, har holda tashviq va tasviblari bilan atba'lari va tarafdorlari butun quvvatlari bilan haqoiqi Islomiyani va haqoiqi iymoniyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga va nashrga harakat qildilar. Yuz minglab mujtahidiyni muhaqqiqiyn va muhaddisiyni komiliyn va avliyolar va asfiyolar yetishtirdilar. Agar qarshilarida Oli Baytning gʻoyat quvvatli valoyat va diyonat va kamoloti boʻlmasaydi, Abbosiylarning va Umaviylarning oxirlaridagi kabi, tamomila yoʻldan chiqishlari qoviyyan muhtamal edi.

Agar: Nima uchun xilofati Islomiya Oli Bayti Nabaviyda taqarrur etmadi? Holbuki eng ziyoda loyiq va mustahaq ular edi?", deyilsa.

Aljavob: Saltanati dunyoviya aldatuvchidir. Oli Bayt esa, haqoiqi Islomiyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga ma'mur edilar. Xilofat va saltanatga oʻtgan, yo Nabiy kabi ma'sum boʻlishi kerak, yoxud Xulafo-i Roshidin va Umar Ibn Abdulazizi Umaviy va Mahdiyi Abbosiy kabi horiquloda bir zuhdi qalbi boʻlishi kerakki, aldanmasin. Holbuki Misrda Oli Bayt nomiga tashkil topgan Davlati Fotimiya Xilofati va Afrikada Muvahhidiyn Hukumati va Eronda Safaviylar Davlati koʻrsatadiki; saltanati dunyoviya Oli Baytga yaramaydi, vazifa-i asliyasi boʻlgan hifzi dinni va xizmati Islomiyatni ularga unuttiradi. Holbuki saltanatni tark etganlari zamon, porloq va yuksak bir suratda Islomiyatga va Qur'onga xizmat qilganlar.

Qara! Hazrat Hasanning naslidan kelgan aqtoblar, xususan Aqtobi Arbaa va xususan Gʻavsi A'zam boʻlgan Shayx Abdulqodir Jiyloniy va Hazrat Husanning naslidan kelgan imomlar, xususan Zaynalobidin va Ja'fari Sodiqlar, har biri bittadan ma'naviy mahdiy hukmiga oʻtgan, ma'naviy zulmni va zulumotni tarqatib, anvori Qur'oniyani va haqoiqi iymoniyani nashr etganlar. Jaddi amjadlarining bittadan vorisi boʻlganliklarini koʻrsatganlar.

— 80 —

Agar deyilsa: Muborak Islomiyat va nuroniy Asri Saodatning boshiga kelgan u dahshatli qonli fitnaning hikmati va vajhi rahmati nima? Chunki ular qahrga loyiq emas edilar?

Aljavob: Qandayki bahorda dahshatli yomgʻirli bir boʻron har toifa-i nabototning, danaklarning, daraxtlarning iste'dodlarini tahrik etadi, inkishof ettiradi; har biri oʻziga maxsus gul ochadi; fitriy bittadan vazifa boshiga oʻtadi. Shunga oʻxshab: Sahoba va Tobe'iynning boshiga kelgan fitna ham, urugʻlar hukmidagi muxtalif boshqa-boshqa iste'dodlarni tahrik etib qamchiladi; "Islomiyat tahlikadadir, yongʻin bor!" deya har toifani qoʻrqitdi, Islomiyatning hifziga yugurtirdi. Har biri oʻz iste'dodiga koʻra jami'a-i Islomiyatning kasratli va muxtalif vazifalaridan bir vazifani yelkasiga oldi, kamoli jiddiyat bilan xizmat qildi. Bir qismi hadislarning muhofazasiga, bir qismi shariatning muhofazasiga, bir qismi haqoiqi iymoniyaning muhofazasiga, bir qismi Qur'onning muhofazasiga harakat qildi va hokazo.. Har bir toifa bir xizmatga kirdi. Vazoifi Islomiyatda qizgʻin bir suratda sa'y etishdi. Muxtalif ranglarda koʻp gullar ochildi. Juda keng boʻlgan olami Islomiyatning aqtoriga, u boʻron bilan urugʻlar otildi, yarim yerni gulistonga oʻgirdi. Faqat ma'ataassuf u gullar va guliston ichida ahli bid'at firqalarining tikanlari ham chiqdi.

Goʻyo dasti qudrat jalol bilan u asrni silkitdi, shiddat bilan tahrik etib aylantirdi, ahli himmatni gʻayratga keltirib elektrlantirdi. U harakatdan kelgan bir quvva-i anilmarkaziya bilan juda koʻp munavvar mujtahidlarni va nuroniy muhaddislarni, qudsiy hofizlarni, asfiyolarni, aqtoblarni olami Islomning atrofiga uchirdi, hijrat ettirdi. Sharqdan gʻarbga qadar ahli Islomni hayajonga keltirib, Qur'onning xazinalaridan istifoda uchun koʻzlarini ochirdi... Endi mavzuga kelamiz.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning umuri gʻaybiyadan xabar bergani kabi toʻgʻri sodir boʻlgan ishlar minglab, juda koʻpdir. Biz yolgʻiz juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz:

Xullas boshda Buxoriy va Muslim, sahihligi bilan mashhur Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari biz bayon qiladigan xabarlarning koʻpida muttafiq va u xabarlarning koʻpi ma'nan mutavotir va bir qismi ham, ahli tahqiq ularning toʻgʻriligiga ittifoq etishi bilan, mutavotir kabi qat'iy deyish mumkin.

Xullas -naqli sahihi qat'iy bilan- asxobiga: "Siz umum dushmanlaringiz ustidan gʻalaba qilasiz; ham Fathi Makka, ham Fathi Haybar, ham Fathi Shom, ham Fathi Iroq, ham Fathi Eron, ham Fathi Bayt-ul Maqdisga muvaffaq boʻlasiz. Ham oʻsha zamonning eng buyuk davlatlari boʻlgan Eron va Rum podshohlarining xazinalarini oʻrtangizda taqsim qilasiz!..", deganlar. Xabar berganlar, "Taxminim shunday yoki oʻylayman" demaganlar. Balki koʻrayotgandek qat'iy ixbor etganlar, xabar berganlari kabi chiqqan. Holbuki xabar bergan vaqt, hijratga majbur boʻlganlar. Sahobalari oz, Madina atrofi va butun dunyo dushman edi.

— 81 —

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- koʻp marta farmon etganlar:

عَلَيْكُمْ بِس۪يرَةِ الَّذَيْنِ مِنْ بَعْد۪ى اَب۪ى بَكْرٍ وَ عُمَرَ

deb, Abu Bakr va Umar u zotdan keyinga qoladilar, ham xalifa boʻladilar, ham mukammal bir suratda va rizo-i Ilohiy va marzi-i Nabaviy doirasida harakat qiladilar. Ham Abu Bakr oz qoladi, Umar koʻp qoladi va juda koʻp futuhot qiladi.

Ham:

زُوِيَتْ لِىَ الْاَرْضُ فَاُر۪يتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا وَسَيَبْلُغُ مُلْكُ اُمَّت۪ى مَا زُوِىَ ل۪ى مِنْهَا

"Sharqdan gʻarbga qadar mening ummatimning qoʻliga oʻtadi. Hech bir ummat uncha mulk zabt etmagan", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Gʻazo-i Badrdan avval:

هٰذَا مَصْرَعُ اَب۪ى جَهْلٍ، هٰذَا مَصْرَعُ عُتْبَةَ، هٰذَا مَصْرَعُ اُمَيَّةَ، هٰذَا مَصْرَعُ فُلَانٍ وَ فُلَانٍ

deb, mushrik Quraysh raislarining har biri qayerda qatl etilishini koʻrsatganlar va : "Men oʻz qoʻlim bilan Ubay Ibn Xalafni oʻldiraman", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- bir oy uzoq masofada Shom atrofida, Mut'a nomli mavqedagi gʻazva-i mashhurada muhoraba etgan sahobalarini koʻrayotganday:

اَخَذَ الرَّايَةَ زَيْدٌ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا اِبْنُ رَوَاحَةَ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا جَعْفَرُ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا سَيْفٌ مِنْ سُيُوفِ اللّٰهِ

deb, bitta-bitta hodisotni asxobiga xabar berganlar. Ikki-uch hafta soʻngra Ya'la Ibn Munabbih maydoni harbdan kelib; hali gapirmasdan Muxbiri Sodiq (S.A.V.) harbning tafsilotini bayon etdilar. Ya'la qasam ichdi: "Aytganingiz kabi aynan shunday boʻldi".

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:

اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَضُوضًا وَاِنَّ هٰذَا الْاَمْرَ بَدَاَ نُبُوَّةً وَرَحْمَةً ثُمَّ يَكُونُ رَحْمَةً وَخِلَافَةً ثُمَّ يَكُونُ مُلْكًا عَضُوضًا ثُمَّ يَكُونُ عُتُوًّا وَ جَبَرُوتًا

deb, Hazrat Hasanning olti oy xilofati bilan; Chihori Yori Guzinning (Xulafo-i Roshidinning) zamoni xilofatlarini va ulardan soʻngra saltanat shakliga kirishini, soʻngra u saltanatdan jabarut va fasodi ummat boʻlishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:

يُقْتَلُ عُثْمَانُ وَهُوَ يَقْرَاُ الْمُصْحَفَ وَاِنَّ اللّٰهَ عَسٰى اَنْ يُلْبِسَهُ قَم۪يصًا وَاِنَّهُمْ يُر۪يدُونَ خَلْعَهُ

deb, Hazrat Usmon xalifa boʻlishini va xal'i istanilishini va mazlum boʻlib Qur'on oʻqirkan qatl etilishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- hajamat etib muborak qonlarini Abdulloh Ibn Zubayr tabarrukan sharbat kabi ichgan payti:

وَيْلٌ لِلنَّاسِ مِنْكَ وَ وَيْلٌ لَكَ مِنَ النَّاسِ

deb, horiqo bir shijoat bilan ummatning boshiga oʻtishini va mudhish hujumlarga ma'ruz qolishlarini va insonlar u tufayli dahshatli hodisalarga giriftor boʻlishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Abdulloh Ibn Zubayr, Umaviylar zamonida xilofatni Makkada e'lon qilib qahramonona koʻp musodama etgan; nihoyat Hajjoji Zolim katta bir qoʻshin bilan ustiga hujum qilib, shiddatli musodamadan soʻng u qahramoni oliyshon shahid etilgan.

— 82 —

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Umaviylar Davlatining zuhurini va ularning podshohlarining koʻpchiligi zolim boʻlishini va ichlarida Yazid va Valid boʻlishini va Hazrat Muoviya ummatning boshiga oʻtishini, وَاِذَا مَلَكْتَ فَاَسْجِحْ farmoni bilan, rifq va adolatni tavsiya etganlar. Va Umaviylardan soʻngra

يَخْرُجُ وَلَدُ الْعَبَّاسِ بِالرَّايَاتِ السُّودِ وَ يَمْلِكُونَ اَضْعَافَ مَا مَلَكُوا

deb, Davlati Abbosiyaning zuhurini va uzun muddat davom etishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَيْلٌ لِلْعَرَبِ مِنْ شَرٍّ قَدِ اقْتَرَبَ deb, Chingiz va Xulaguning dahshatli fitnalarini va Arab Davlati Abbosiyasini mahv etishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Sa'd Ibn Abu Vaqqos gʻoyat ogʻir xasta ekan, unga:

لَعَلَّكَ تُخَلَّفُ حَتّٰى يَنْتَفِعَ بِكَ اَقْوَامٌ وَيَسْتَضِرَّ بِكَ اٰخَرُونَ

deb, kelajakda buyuk bir qoʻmondon boʻlishini, koʻp futuhot qilishini, koʻp millatlar va qavmlar undan manfaat koʻrib, ya'ni musulmon boʻlib va koʻplar zarar koʻrishini, ya'ni davlatlari uning qoʻli bilan xarob boʻlishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Hazrati Sa'd qoʻshini Islom boshqaruviga oʻtdi, Davlati Eroniyani chil-parchin etdi; koʻp qavmlarning doira-i Islomga va hidoyatga kirishlariga sabab boʻldi.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- iymonga kelgan Habash Moliki Najoshiy, Hijratning yettinchi yilida vafot etgan kuni asxobiga xabar berganlar, hatto janoza namozini oʻqiganlar. Bir hafta soʻngra xabar keldiki, ayni kunda vafot etgan ekan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Chihori Yori Guzin bilan barobar Uhud yoki Hiro Togʻining boshida ekanlar, togʻ titradi, qimirladi. Togʻga farmon etdilarki:

اُثْبُتْ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىٌّ وَ صِدّ۪يقٌ وَ شَه۪يدٌ

deb, Hazrati Umar va Usmon va Alining shahid boʻlishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.

Endi ey badbaxt, qalbsiz, bechora odam! Muhammadi Arabiy aqlli bir odam edi deya u Shamsi Haqiqatga qarshi koʻzini yumgan bechora inson! Oʻn besh anvo'i kulliya-i moʻ'jizotidan birgina nav boʻlgan umuri gʻaybiyadan oʻn besh va balki yuz qismidan bir qismini eshitding. Ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir qismini eshitding. Shu ixbori gʻayb qismining yuzdan birisini aql koʻzi bilan koʻrgan bir zotga "dohiyi a'zam" deyiladiki, farosati bilan istiqbolni kashf etadi. Shunga binoan, sen kabi mayli dohiy desak; yuz dohiyi a'zam darajasida bir daho-i qudsiyani oʻzida jamlagan odam xato koʻradimi? Xato xabar berishga tanazzul etadimi? Bunday yuz daraja daho-i a'zam sohibining saodati doraynga doir soʻzlarini tinglamaslik, albatta yuz daraja devonalikning alomatidir.

— 83 —

OLTINCHI NUKTALI ISHORAT: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Fotimaga (R.A.) farmon etganlarki:

اَنْتِ اَوَّلُ اَهْلِ بَيْت۪ى لُحُوقًا ب۪ى

deb, "Oli Baytimdan harkasdan avval vafot etib, menga iltihoq etasan" deb aytganlar. Olti oy soʻngra xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.

Ham Abu Zarga:

سَتُخْرَجُ مِنْ هُنَا وَتَع۪يشُ وَحْدَكَ وَتَمُوتُ وَحْدَكَ

deb, Madinadan surgun qilinib, yolgʻiz hayot oʻtkazib, yolgʻiz bir sahroda vafot etishini xabar berganlar. Yigirma yildan soʻng xabar berganlari kabi chiqqan.

Ham Anas Ibn Molikning ammasi boʻlgan Ummu Haramning xonasida uyqudan turganlar, tabassum etib:

رَاَيْتُ اُمَّت۪ى يَغْزُونَ فِى الْبَحْرِ كَالْمُلُوكِ عَلَى الْاَسِرَّةِ

deganlar. Ummu Haram: "Duo qiling, men ham ular bilan barobar boʻlay", deb iltimos qilgan. Javoban: "Barobar boʻlasan", deganlar. Qirq yil oʻtib, zavji boʻlgan Uboda Ibn Somit hamrohligida Qibrisning fathiga borgan; Qibrisda vafot etib, qabri ziyoratgoh boʻlgan. Xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- farmon etganlarki: يَخْرُجُ مِنْ ثَق۪يفَ كَذَّابٌ وَ مُب۪يرٌ ya'ni: "Saqif Qabilasidan biri da'vo-i nubuvvat etadi; va biri, xunxoʻr zolim chiqadi." deb, nubuvvat da'vo etgan mashhur Muxtorni va yuz ming odamni oʻldirgan Hajjoji Zolimni xabar berganlar.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-

سَتُفْتَحُ الْقُسْطَنْط۪ينِيَّةُ فَنِعْمَ الْاَم۪يرُ اَم۪يرُهَا وَنِعْمَ الْجَيْشُ جَيْشُهَا

deb, Istanbulning Musulmonlar qoʻli bilan fath qilinishini va Hazrat Sulton Mahmud Fotihning yuksak martaba sohibi boʻlgani xabarini berganlar. Xabar berganlari kabi zuhur etgan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:

اِنَّ الدّ۪ينَ لَوْ كَانَ مَنُوطًا بِالثُّرَيَّا لَنَالَهُ رِجَالٌ مِنْ اَبْنَاءِ فَارِسَ

deb, boshda Abu Hanifa, Eronning mislsiz bir suratda yetishtirgan ulamo va avliyosiga ishorat qiladilar, xabar beradilar.

Ham: عَالِمُ قُرَيْشٍ يَمْلَءُ طِبَاقَ الْاَرْضِ عِلْمًا deb, Imom Shofe'iyga ishorat etib xabar beradilar.

— 84 —

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:

سَتَفْتَرِقُ اُمَّت۪ى ثَلَاثًا وَسَبْع۪ينَ فِرْقَةً اَلنَّاجِيَةُ وَاحِدَةٌ مِنْهَا.
ق۪يلَ : مَنْهُمْ؟ قَالَ : مَا اَنَا عَلَيْهِ وَ اَصْحَاب۪ى

deb, ummatlari yetmish uch firqaga inqisom etishini va ichida firqa-i nojiya-i komila Ahli Sunnat va Jamoat ekanini xabar beradilar.

Ham: اَلْقَدَرِيَّةُ مَجُوسُ هٰذِهِ الْاُمَّةِ deb, koʻp shoʻ'balarga inqisom etgan va qadarni inkor etgan Qadariya toifasini xabar berganlar. Yana koʻp shoʻ'balarga inqisom etgan Rofiziylarni ham xabar berganlar.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Imom Aliga (R.A.) aytganlar: Sendan Hazrati Iso (A.S.) kabi ikki qism inson halokatga ketadi. Birisi ifroti muhabbat; boshqasi ifroti adovat bilan. Hazrat Isoga Nasroniy muhabbatidan haddi mashru'dan tajovuz qilib xosho "Ibnulloh" dedilar. Yahudiy adovatidan tajovuz etdilar, nubuvvatini va kamolini inkor etdilar. Sen haqqingda ham bir qism, haddi mashru'dan tajovuz etadi, muhabbatidan halokatga ketadi. لَهُمْ نَبْزٌ يُقَالُ لَهُمُ الرَّافِضِيَّةُ deganlar. Bir qismi, senga adovatda koʻp oldin ketadilar, ular ham Xavorijdir va Umaviylarning mufrit bir qism tarafdorlari boʻlib, ularga Nasiba deyiladi.

Agar: "Oli Baytga muhabbatni Qur'on amr qiladi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam koʻp tashviq etganlar. Oʻsha muhabbat Shialar uchun balki bir uzr tashkil qilar. Chunki ahli muhabbat bir daraja ahli sakrdir. Nima uchun Shialar, xususan Rofiziylar u muhabbatdan istifoda etmaydilar; balki ishorati Nabaviya bilan u farti muhabbatga mahkum?", desang.

Aljavob: Muhabbat ikki qismdir. Biri: Ma'no-i harfiy ila; ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hisobiga, Janobi Haq nomiga Hazrat Ali bilan Hasan va Husan va Oli Baytni sevishdir. Bu muhabbat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatini ziyodalashtiradi. Janobi Haqning muhabbatiga vasila boʻladi. Bu muhabbat mashru'dir, ifroti zarar bermaydi, tajovuz etmaydi, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etmaydi.

Ikkinchisi: Ma'no-i ismiy ila muhabbat. Ya'ni bizzot ularni sevadi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni oʻylamasdan Hazrat Alining qahramonliklarini va kamolini va Hazrat Hasan va Husanning yuksak fazilatlarini oʻylab sevadi. Hatto Allohni bilmasa ham, Paygʻambarni tanimasa ham, yana ularni sevadi. Bu sevish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatiga va Janobi Haqning muhabbatiga sababiyat bermaydi; ham ifrot boʻlsa, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etadi.

Xullas, ishorati Nabaviya bilan, Hazrat Ali haqida ziyoda muhabbatlaridan, Hazrat Abu Bakr Siddiq bilan Hazrat Umardan tabarri etganlaridan, xasoratga tushganlar. Va u manfiy muhabbat, sababi xasoratdir.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:

اِذَا مَشَوُا الْمُطَيْطَاءَ وَخَدَمَتْهُمْ بَنَاتُ فَارِسَ وَالرُّومِ، رَدَّ اللّٰهُ بَاْسَهُمْ بَيْنَهُمْ وَ سَلَّطَ شِرَارَهُمْ عَلٰى خِيَارِهِمْ

deb, "Qachon sizga Fors va Rum qizlari xizmat qilsa, u vaqt balongiz, fitnangiz ichingizga kiradi, harbingiz dohiliy boʻladi; sharirlaringiz boshqaruvga oʻtib, xayrlilar va yaxshilaringizga hujum qiladilar!" deb xabar berganlar. Oʻttiz yil soʻngra ayni xabar berganlari kabi boʻlgan.

— 85 —

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَتُفْتَحُ خَيْبَرُ عَلٰى يَدَىْ عَلِىٍّ deb, "Haybar Qal'asining fathi Alining qoʻli bilan boʻladi". Kutilgandan ortiq ikkinchi kun bir moʻ'jiza-i Nabaviya boʻlib Haybar Qal'asining eshigini Hazrat Ali sugʻurib qalqon kabi iste'mol etib, fathga muvaffaq boʻlgandan soʻng eshikni yerga otgan; sakkizta kuchli odam u eshikni yerdan koʻtarolmagan; bir rivoyatda qirqta odam koʻtarolmagan.

Ham:

لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتّٰى تَقْتَتِلَ فِئَتَانِ دَعْوَاهُمَا وَاحِدَةٌ

deya, Siffinda Hazrat Ali bilan Muoviyaning harbini xabar berganlar.

Ham: اِنَّ عَمَّارًا تَقْتُلُهُ الْفِئَةُ الْبَاغِيَةُ deya, "Bogʻiy bir toifa Ammorni qatl qiladi". Soʻngra Siffin Harbida qatl etildi. Hazrat Ali uni Muoviyaning tarafdorlari bogʻiy boʻlganliklariga hujjat qilib koʻrsatdi. Faqat Muoviya ta'vil etdi. Amr Ibn-al Os dedi: "Bogʻiy yolgʻiz uning qotillaridir, umumimiz emasmiz".

Ham: اِنَّ الْفِتَنَ لَا تَظْهَرُ مَا دَامَ عُمَرُ حَيًّا deya, "Hazrat Umar sogʻ ekan, ichingizda fitnalar zuhur etmaydi!" xabar berganlar, shunday ham boʻlgan.

Ham Sahl Ibn Amr hali iymonga kelmasdan asir boʻlgan. Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga deganki: "Ruxsat bering, men buning tishlarini sugʻurib olaman. Chunki u fasohati bilan kuffori Qurayshni biz bilan urushishga tashviq etar edi". Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalam: وَعَسٰى اَنْ يَقُومَ مَقَامًا يَسُرُّكَ يَا عُمَرُdeya, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning vafotlari hangomida boʻlgan dahshat-angiz va sabrsoʻz hodisada, Hazrat Abu Bakr-is Siddiq qandayki Madina-i Munavvarada kamoli matonat bilan hammaga tasalli berib muhim bir xutba bilan sahobalarni taskin etgan.. aynan shuning kabi: Sahl oʻsha hangomda, Makka-i Mukarramada ayni Abu Bakr-is Siddiq kabi sahobaga taskin va tasalli berib, ma'lum fasohati bilan Abu Bakr-is Siddiqning ayni xutbasining maolida bir nutq soʻzlagan. Hatto ikki xutbaning kalimalari bir biriga oʻxshaydi.

Ham Suroqaga:

كَيْفَ بِكَ اِذَا اُلْبِسْتَ سُوَارَىْ كِسْرٰى

deya, "Kisroning ikki bilaguzugini kiyasan! Hazrat Umar zamonida Kisro mahv etildi, ziynatlari va shohona bilaguzuklari keldi; Hazrat Umar Suraqoga kiydirdi. Dedi:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى سَلَبَهُمَا كِسْرٰى وَاَلْبَسَهُمَا سُرَاقَةَ

ixbori Nabaviyni tasdiq ettirdi.

Ham:

اِذَا ذَهَبَ كِسْرٰى فَلَا كِسْرٰى بَعْدَهُ

deya, "Kisro-i Fors ketgandan soʻng, ortiq kisro chiqmaydi!" xabar berganlar, ham shunday boʻlgan.

Ham Kisro elchisiga: "Hozir Kisroning oʻgʻli Shirvayx Parviz Kisroni oʻldirdi", deganlar. U elchi tahqiq etgan, ayni vaqtda shunday boʻlgan; u ham musulmon boʻlgan. Ba'zi ahodisda u elchining oti Firuzdir.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Hatib Ibn Balta'o yashirin Qurayshga yuborgan maktubini xabar berganlar. Hazrat Ali bilan Miqdodni yuborganlar. "Falon mavqeda bir shaxsda shunday bir maktub bor. Olinglar, keltiringlar!" Bordilar, ayni yerdan ayni maktubni keltirdilar. Hatibni chaqirishdi. "Nima uchun qilding?" deganda; u uzr soʻragan, uzrini qabul qilganlar.

— 86 —

Ham -naqli sahih bilan- Utba Ibn Abu Lahab haqida farmon etganlarki: يَاْكُلُهُ كَلْبُ اللّٰهِ deya, Utbaning oqibati fojiasini xabar berganlar. Soʻngra Yaman tarafiga borarkan, bir arslon kelib uni yeb tashlagan. Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning ham badduolarini, ham xabarlarini tasdiq etgan.

Ham -naqli sahih bilan- Fathi Makka vaqtida, Hazrat Biloli Habashiy Ka'ba tomiga chiqib azon oʻqiganlar. Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon, Attob Ibn Asid va Horis Ibn Hishom oʻtirib gaplashishgan. Attob: "Padarim Asid baxtiyor ediki, bu kunni koʻrmadi", dedi. Horis dediki: "Muhammad bu qora qargʻadan boshqa odam topmadimiki, muazzin qilsin?" Hazrat Biloli Habashiyni tazyif etdi. Abu Sufyon dedi: "Men qoʻrqaman, hech narsa demayman; hech kim boʻlmasa ham, shu Bathaning toshlari unga xabar beradi, va u biladi". Haqiqatdan bir oz oʻtib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ularga uchradilar, soʻzma-soʻz gapirganlarini aytib berdilar. U vaqt Attob bilan Horis shahodat keltirdilar, musulmon boʻldilar.

Xullas, ey bechora mulhid! Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni tanimagan qalbsiz odam! Qara, Qurayshning ikki muannid kattalari birgina ixbori gʻaybiy bilan iymonga keldilar. Qalbing naqadar buzilganki, ma'naviy tavotur bilan bu ixbori gʻaybiy kabi minglab moʻ'jizotni eshityapsan, yana qanoati tommang kelmayapti!.. Nima boʻlganda ham, mavzuga qaytamiz.

Ham -naqli sahih bilan- Gʻazva-i Badrda, Hazrat Abbos sahobalarning qoʻliga asir tushgan vaqtda, fidya-i najot istanilgan. U ham degan: "Pulim yoʻq". Hazrat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar: "Zavjaning Ummu Fazl yonida bu qadar pulni falon joyga qoʻygansan". Hazrat Abbos tasdiq etib, "Ikkimizdan boshqa hech kim bilmagan bir sir edi". U vaqt kamoli iymonni qozonib musulmon boʻlgan.

Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- muzir bir sehrgar boʻlgan Labidi Yahudiy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni ranjitish uchun ajib va muassir bir sehr qilgan. Bir taroqqa sochlarni oʻragan, ustida sehr qilgan, bir quduqqa otgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Aliga va sahobalarga farmon etganlar: "Boringlar, falon quduqda bu tur sehr alomatlarini topib keltiringlar!" Borganlar, aynan shunday topib keltirganlar. Har bir ipi ochilishi bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham xastaligidan yengillik topishgan.

Ham -naqli sahih bilan- Abu Hurayra va Huzayfa kabi muhim zotlar boʻlgan bir hay'atda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:

ضِرْسُ اَحَدِكُمْ فِى النَّارِ اَعْظَمُ مِنْ اُحُدٍ

deya, bir kishining irtidodi bilan mudhish oqibatini xabar berishgan. Abu Hurayra: "U hay'atdan men bir odam bilan ikkimiz qoldik; men qoʻrqdim. Soʻngra oʻsha odam Yamoma Harbida Musaylima tarafida boʻlib, murtad oʻlaroq qatl etildi", degan. Ixbori Nabaviyning haqiqati chiqqan.

Ham -naqli sahih bilan- Umayr va Safvon musulmon boʻlmasdan avval, muhim bir molga muqobil Paygʻambarning (S.A.V.) qatliga qaror berib; Umayr Paygʻambarning (S.A.V.) qatlini niyat qilib Madinaga kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Umayrni koʻrib, yonlariga chaqib: "Savfon bilan kelishuvingiz shunday!" dedilar. Qoʻllarini Umayrning koʻksiga qoʻydilar, Umayr "Ha" dedi, musulmon boʻldi.

Yana bular kabi juda koʻp sahih ixboroti gʻaybiya vuqu' topgan. Mashhur Kutubi Sitta-i Sahiha-i Hadisiyada zikr qilingan va sanadlari bilan bayon qilingan. Bu risolada bayon qilingan voqealarning aksari tavoturi ma'naviy hukmida qat'iy, yaqiyniydirlar. Boshda Buxoriy va Muslim, Qur'ondan soʻng eng sahih kitob boʻlganini ahli tahqiq qabul etgan. Va boshqa Sahihi Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud va Musnadi Hakim va Musnadi Ahmad Ibn Hanbal va Daloili Bayhaqiy kabi kitoblarda an'anasi bilan bayon etilgan.

— 87 —

Endi ey mulhidi behush! "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) aqlli bir odam edi" deb oʻtma. Chunki shu umuri gʻaybiyaga doir ixboroti sodiqa-i Ahmadiya (S.A.V.) ikki qismdan xoli emas; yo deysanki: U Zoti Qudsiyda shunday keskin bir nazar va keng bir daho borki, moziy va mustaqbalni va umum dunyoni koʻradi, biladi va atrofi olamni va sharq va gʻarbni tomosha qiladigan bir koʻzi va oʻtmish va kelajak butun zamonlarni kashf etadigan bir dahosi bor. Bu hol esa basharda boʻlolmaydi; agar boʻlsa, Xoliqi Olam tarafidan berilgan bir horiqo, bir mavhiba boʻladi. Bu esa, bir oʻzi bir moʻ'jiza-i a'zamdir. Yoxud ishonishing kerakki: U Zoti Muborak shunday bir Zotning ma'muri va shogirdidirki, hamma narsa uning nazarida va tasarrufidadir va butun anvo'i koinot va butun zamonlar uning taxti amridadir. Daftari Kabirida hamma narsa yozilgan boʻlib; istagan payti talabasiga bildiradi va koʻrsatadi. Demak Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Ustozi Azaliysidan dars oladi, shunday dars beradi...

Ham -naqli sahih bilan- Hazrat Xolidni, harb uchun Dumatul Jandal Raisi boʻlgan Ukaydirga yuborgan vaqt:اِنَّكَ تَجِدُهُ يَص۪يدُ الْبَقَرَ deya, baqari vahshiy ovida boʻlishini, urushsiz asir etilishini xabar berganlar. Hazrat Xolid borib, aynan shunday koʻrgan, asir qilib keltirgan.

Ham -naqli sahih bilan- Quraysh Bani Hoshimiyga qarshi yozgan va Ka'baning shiftiga osgan sahifalari haqida: "Qurtlar yozuvlaringizni yedi, yolgʻiz sahifadagi Asmo-i Ilohiyaga tegilmagan!" deb xabar berganlar. Soʻngra borib sahifaga qaraganda, aynan shunday boʻlganini koʻrishgan.

Ham -naqli sahih bilan- "Bayt-ul Maqdisning fathida buyuk bir vabo chiqadi" farmon etgan edilar. Hazrat Umar zamonida Bayt-ul Maqsid fath qilindi. Va shunday bir vabo chiqdiki, uch kunda yetmish ming vafiyot boʻldi.

Ham -naqli sahih bilan- u zamonda vujudi boʻlmagan Basra va Bogʻdodning vujudga kelishlarini va Bogʻdodga dunyo xazinalarining kirishini va Turklar va Bahri Hazar atrofidagi millatlar bilan Arablar muhoraba qilishlarini va soʻngra ularning aksariyati Islomiyatga kirishini; Arablarga Arablar ichida hokim boʻlishlarini xabar berganlar:

Aytganlarki:

يُوشِكُ اَنْ يَكْثُرَ ف۪يكُمُ الْعَجَمُ يَاْكُلُونَ فَيْئَكُمْ وَيَضْرِبُونَ رِقَابَكُمْ
— 88 —

Ham: هَلَاكُ اُمَّت۪ى عَلٰى يَدِ اُغَيْلِمَةٍ مِنْ قُرَيْشٍ deya, Umaviylarning Yazid va Valid kabi sharir raislarining fasodini xabar berganlar.

Ham Yamoma kabi bir qism yerlarda irtidod sodir boʻlishini xabar berganlar.

Ham Gʻazva-i Mashhura-i Handakda:

اِنَّ قُرَيْشًا وَالْاَحْزَابَ لَا يَغْزُون۪ى اَبَدًا وَاَنَا اَغْزُوهُمْ

deya, "Bundan keyin ular menga emas, balki men ularga hujum qilaman!" deb xabar berganlar, aytganlaridek chiqqan.

Ham -naqli sahih bilan- vafotlaridan bir-ikki oy avval:

اِنَّ عَبْدًا خُيِّرَ فَاخْتَارَ مَا عِنْدَ اللّٰهِ

deya vafotlarini xabar berganlar.

Ham Zayd Ibn Suvahan haqida: يَسْبِقُ عُضْوٌ مِنْهُ اِلَى الْجَنَّةِ Zayddan avval bir a'zosi shahid etilishini xabar berganlar. Bir zamon oʻtib, Nihavand Harbida bir qoʻli kesilgan. Demak eng avval u qoʻl shahid boʻlib, ma'nan Jannatga ketgan.

Xullas, butun bahs etganimiz umuri gʻaybiya oʻn qism anvo'i moʻ'jizotidan birgina navdir. U navning oʻn qismidan bir qismini aytmadik. Hozir bu qism bilan barobar i'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi Soʻzda, gʻoyat keng ixbori gʻayb navining toʻrt navini ijmolan bayon etganmiz. Xullas, bu yerdagi nav bilan barobar, Qur'onning lisoni bilan gʻaybdan xabar berilgan u toʻrt katta navni barobar oʻyla. Koʻrki: Naqadar qat'iy, shubhasiz, porloq, quvvatli, qoviy bir burhoni risolat boʻlib; butun-butun qalbi, aqli buzilmagan odam albatta iymon keltiradiki: Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam Xoliqi Kulli Shay va Allam-ul Gʻuyub boʻlgan bir Zoti ۛ ةjalolning rasulidir va undan xabar oladi.

— 89 —

YETTINCHI NUKTALI ISHORAT: Moʻ'jizoti Nabaviyaning barakati taom xususida boʻlgan qismidan bir qancha qat'iy va ma'nan mutavotir misoliga ishorat qilamiz. Bahsdan avval bir muqaddimaning zikri munosib boʻladi.

Muqaddima: Keladigan barakali moʻ'jizot misollari, har biri mutaaddid tariq bilan, hatto ba'zilari oʻn olti tariq bilan sahih bir suratda naql etilgan. Aksari, bir jamoati kasira huzurida sodir boʻlgan; u jamoat ichida moʻ'tabar va sodiq insonlar ulardan bahs etib naql etishgan. Masalan: "Sa' deyilgan toʻrt hovuch taomdan yetmish odam yegan, toʻygan"i naql qilinmoqda. U yetmish odam uning soʻzini eshitib, takzib etmagan. Demak, sukut bilan tasdiq etishgan. Holbuki u asri sidq va haqiqatda va u haqparast va jiddiy va toʻgʻri boʻlgan sahobalar, zarra miqdor yolgʻonni koʻrsa, rad va takzib etishgan. Holbuki bahs etadiganimiz voqealarni koʻplar rivoyat qilgan va boshqalar ham sukut bilan tasdiq etishgan. Demak, har bir hodisa ma'nan mutavotir kabi qat'iydir. Ham sahobalar, Qur'onning va oyatlarning hifzidan soʻng eng ziyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning af'ol va aqvolining muhofazasiga, xususan ahkomga va moʻ'jizotga doir ahvoliga butun kuchlari bilan harakat qilganlarini va toʻgʻriliklariga juda ham diqqat qilganlarini Tarix va Siyar shahodat etadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid eng kichik bir harakatni, bir siyratni, bir holni ihmol etmaganlar. Va etmaganlariga va qayd etganliklariga kutubi ahodisiya shahodat etadi. Ham Asri Saodatda, moʻ'jizotni va madori ahkom ahodisni kitobat bilan koʻplar qayd qilib yozishgan. Xususan Abadila-i Sab'a kitobat bilan qayd qilishgan. Xususan Tarjimon-ul Qur'on boʻlgan Abdulloh Ibn Abbos va Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os, xususan oʻttiz-qirq yil soʻng, Tobe'iynning minglab muhaqqiqlari ahodisni va moʻ'jizotni yozuv bilan qayd etishdi. Yana undan soʻng, boshda toʻrt imomi mujtahid va minglab muhaqqiq muhaddislar naql etdilar; yozuv bilan muhofaza etdilar. Yana Hijratdan ikki yuz yil soʻng boshda Buxoriy, Muslim, Kutubi Sitta-i Maqbula vazifa-i hifzni boʻyinlariga oldilar. Ibn Javziy kabi minglab shiddatli munaqqidlar chiqib; ba'zi mulhidlarning yoki fikrsiz yoki hifzsiz yoki nodonlar chalkashtirgan mavzu' ahodisni tafriq etdilar, koʻrsatdilar. Soʻngra ahli kashfning tasdigʻi bilan; yetmish marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tamassul etib, yaqazo holida u Zotning suhbati bilan musharraf boʻlgan Jaloliddin Suyutiy kabi allomalar va muhaqqiqlar, ahodisi sahihaning olmoslarini boshqa soʻzlardan va mavzu'otdan tafriq etishgan. Xullas, bahs etilgan hodisalar, moʻ'jizalar qoʻldan qoʻlga -quvvatli, amin, mutaaddid va koʻp, balki hadsiz qoʻllardan- sogʻlom holda bizga kelgan. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Shunga binoan; "Bu vaqtgacha uzun masofadan kelgan bu zamondan to u zamonga qadar bu hodisalarni chalkashmagani va sofligini qanday bilamiz", degan xayol kelmasligi kerak.

Barakaga doir moʻ'jizoti qat'iyaning birinchi misoli: Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sitta-i Sahiha muttafiqan xabar beradilarki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Hazrat Zaynab bilan tazavvujlari valiymasida, Hazrat Anasning volidasi Ummu Sulaym bir-ikki hovuch xurmoni yogʻ bilan qovurib, bir idishga qoʻyib Hazrat Anas bilan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamga yubordi. Anasga: "Falon, falonni chaqir. Yana kimni uchratsang, da'vat et", deganlar. Anas kimni uchratgan boʻlsa, chaqirdi. Uch yuztacha sahoba kelib, Suffa va Hujra-i Saodatni toʻldirdilar. تَحَلَّقُوا عَشَرَةً عَشَرَةً Ya'ni: "Oʻnta-oʻnta halqa boʻling!" , dedilar. Soʻngra muborak qoʻllarini u oz taom ustiga qoʻydilar, duo qildilar, marhamat qiling dedilar. Uch yuz odam yedi, toʻyib turishdi. Anasga: "Koʻtar!" deb buyurganlarida Anas: "Bilmadim, taom idishini qoʻygan vaqtim koʻp edimi, yoʻqsa olgan vaqtimmi, farqlay olmadim", degan.

— 90 —

Ikkinchi Misol: Mehmondori Nabaviy Abu Ayyub-al Ansoriy xonasiga tashrifi Nabaviy hangomida Abu Ayyub deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va Abu Bakr Siddiqqa kifoya qiladigan ikki kishilik ovqat qildim. Unga: اُدْعُ ثَلَاث۪ينَ مِنْ اَشْرَافِ الْاَنْصَارِ, dedilar. Oʻttiz odam keldilar, yedilar. Soʻngra: اُدْعُ سِتّ۪ينَ , dedilar. Oltmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. Soʻngra: اُدْعُ سَبْع۪ينَ , dedilar. Yetmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. Idishlarda ovqat yana qoldi. Butun kelganlar u moʻ'jiza qarshisida Islomiyatga kirib, bay'at etdilar. U ikki kishilik taomdan bir yuz saksonta odam yedilar.

Uchinchi Misol: Hazrat Umar Ibn-al Xattob va Abu Hurayra va Salama Ibn-al Akva' va Abu Amrat-al Ansoriy kabi, mutaaddid tariqlar bilan deydilarki: Bir gʻazvada qoʻshin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga murojaat etdilar. U zot: "Xurjunlaringizda qolgan boqiyya-i arzoqni toʻplanglar!" dedilar. Hamma kam-kam biroz xurmo keltirdi. Eng koʻp keltirgan toʻrt hovuch keltira oldi. Bir sholchaga qoʻydilar. Salama deydiki: "Yigʻilgan narsalarni taxmin qildim, zoʻrgʻa oʻtirgan bir echki qadar chiqar edi". Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam baraka uchun duo qilib: "Harkas idishini keltirsin!" dedilar. Yugurib kelishdi. U qoʻshin ichida hech bir idish qolmadi, hammasini toʻldirdilar. Ham ortib qoldi. Sahobadan bir roviy: "U barakaning davomidan angladim; agar ahli Arz kelsaydi, ularga ham kifoya qilardi", degan.

Toʻrtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sahiha bayon etadilarki: Abdurrahmon Ibn Abu Bakr Siddiq deydi: Biz bir yuz oʻttiz sahoba, bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar edik. Toʻrt hovuch miqdori boʻlgan bir sa' non uchun xamir qorildi. Bir echki ham kesildi, pishirildi; yolgʻiz jigar va buyraklari kabob qilindi. Qasam ichaman, u kabobdan bir yuz oʻttiz sahobadan har biriga bir boʻlakdan kesib berdilar. Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam pishgan goʻshtni ikkita kosaga qoʻydilar. Biz umumimiz toʻygunga qadar yedik, ortib qoldi. Men ortganini tuyaga yukladim.

Beshinchi Misol: Kutubi Sahiha qat'iyat bilan bayon etishadiki: Gʻazva-i Gʻarra-i Ahzobda, mashhur Yavm-ul Handaqda, Hazrat Jobir-al Ansoriy qasam bilan e'lon qiladi: Oʻsha kuni toʻrt hovuch boʻlgan bir sa' arpa nonidan, bir yillik bir echki ulogʻidan mingta odam yedi va oʻshanday qoldi. Hazrat Jobir deydiki: "Oʻsha kuni ovqat uyimda pishirildi; mingta odamning hammasi sa'dan, uloqdan yedilar, ketdilar. Ammo hali qozonimiz toʻla qaynayotgan, hali xamirimizdan non pishirilayotgandi. Xamirga, qozonga muborak ogʻizlarining suvini qoʻyib, baraka uchun duo qilgan edilar.

Xullas, shu moʻ'jiza-i barakani mingta zotning huzurida, ularni unga aloqador koʻrsatib Hazrat Jobir qasam bilan e'lon qilyapti. Demak shu hodisani, mingta odam rivoyat qilgan kabi qat'iy deyish mumkin.

Oltinchi Misol: -Naqli sahih bilan- xodimi Nabaviy Hazrat Anasning amakisi mashhur Abu Talha deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; yetmish-sakson odamni, Anas qoʻltigʻi ostida keltirgan oz arpa nonidan toʻq boʻlishga qadar yedirdilar. "U oz nonlarni boʻlak-boʻlak qilinglar!" amr etdilar va baraka uchun duo qildilar. Manzil tor boʻlganidan, oʻnta-oʻnta kelib yedilar, toʻyib chiqib ketdilar.

— 91 —

Yettinchi Misol: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Shifo-i Sharif va Muslim kabi kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir-al Ansoriy deydi: Bir zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bola-chaqasi uchun taom istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yarim qop arpa berdilar. Uzoq vaqt u odam bola-chaqasi bilan va musofirlari bilan oʻsha arpadan yedilar. Qaraydilar, tugamayapdi. Qancha qolganini anglash uchun oʻlchadilar. Soʻngra barakasi ham koʻtarildi, kamayishni boshladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, voqeani bayon etdi. Unga javoban:

لَوْ لَمْ تَكِلْهُ لَاَكَلْتُمْ مِنْهُ وَ لَقَامَ بِكُمْ

Ya'ni: "Agar kilo bilan tekshirmasaydingiz, hayotingiz davomida sizga yetardi", dedilar.

Sakkizinchi Misol: Termiziy va Nasaiy va Bayhaqiy va Shifo-i Sharif kabi kutubi sahiha bayon etadilarki: Hazrat Samurata-bni Jundub aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir kosa goʻsht keldi. Tongdan oqshomga qadar toʻda-toʻda odamlar keldilar, yedilar.

Xullas, muqaddimada bayon qilgan sirimizga binoan; shu voqea-i baraka, yolgʻiz Samuraning rivoyati emas, balki Samura u ovqatni yegan jamoatlarning mumassili kabi, ular nomidan va tasdiqlariga binoan e'lon qiladi.

Toʻqqizinchi Misol: Shifo-i Sharif sohibi va mashhur Ibn Abiy Shayba va Tabaroniy kabi mavsuq va sahih muhaqqiqlar rivoyati bilan, Hazrat Abu Hurayra deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga amr qildilar: "Masjidi Sharifning suffasini maskan qilib olgan yuzdan ziyoda fuqaro-i muhojiriynni da'vat qil!" Men ularni qidirdim, toʻpladim. Umumimizga bir likop taom qoʻyildi. Biz istaganimiz qadar yedik, turdik. U kosa qoʻyilgan vaqti qanday boʻlsa, yana toʻlaligicha qoldi; yolgʻiz barmoqlarning izi taomda koʻrinyotgan edi.

Hazrat Abu Hurayra, umum komiliyni Ahli Suffa tasdigʻiga istinodan, ular nomidan xabar beradi. Demak, ma'nan umum Ahli Suffa rivoyat qilgan kabi qat'iy. Ham hech mumkinmiki, u xabar haq va toʻgʻri boʻlmasa, sodiq va komil zotlar sukut etib, takzib etmasinlar.

Oʻninchi Misol: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Imom Ali deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Bani Abdulmuttalibni jamladilar. Ular qirq odam edilar. Ulardan ba'zilari bir tuya bolasini yerdi va toʻrt qiyya sut ichardi. Holbuki hammalariga bir hovuch ovqat qildilar; hammalari yeb toʻydilar. Ovqat avvalgidek qoldi. Soʻngra uch-toʻrt odamga zoʻrgʻa kifoya qiladigan yogʻoch idish ichida sut keltirdilar. Hammalari ichdilar, toʻydilar. Ichilmagan kabi avvalgidek qoldi.

Mana, Hazrat Alining shijoati va sadoqati qat'iyatida bir moʻ'jiza-i baraka!..

— 92 —

Oʻn Birinchi Misol: -Naqli sahih bilan- Hazrat Ali va Fotima-uz Zahro valiymasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Biloli Habashiyga amr etdilar: "Toʻrt-besh hovuch un non qilinsin va bir tuya bolasi kesilsin". Hazrat Bilol deydi: Men taomni keltirdim, muborak qoʻllarini ustiga tekkizdilar; soʻngra toʻda-toʻda sahobalar keldilar, yedilar, ketdilar. U ovqatdan ortib qolgan miqdorga yana baraka uchun duo qildilar, butun Azvoji Tohirotga har biriga bir kosadan yuborildi. "Ham yesinlar, ham yonlariga kelganlarga yedirsinlar", dedilar.

Ha, bunday muborak bir izdivojda, albatta shunday bir baraka lozim va vuqu'i qat'iydir!..

Oʻn Ikkinchi Misol: Hazrat Imom Jafari Sodiq, padarlari Imom Muhammad-ul Bakirdan, u padari Imom Zaynalobidindan, u Imom Alidan naql etadiki: Fotima-uz Zahro yolgʻiz ikkoviga kifoya qiladigan bir ovqat pishirdi. Soʻngra Hz.Alini yubordi; toki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelsinlar, barobar yesinlar. Tashrif etdilar va buyurdilar: Oʻsha ovqatdan har bir azvojlariga bir kosadan yuborildi. Soʻngra oʻzlariga, Aliga, Fotima va avlodlariga bir kosadan ayrilgandan soʻng, Hazrat Fotima aytadilar: "Qozonimizni ochdik, toʻlib toshayotgan edi. Mashiati Ilohiya bilan, ancha payt u ovqatdan yedik".

Ajabo, nima uchun bu nuroniy, yuksak silsila-i rivoyatdan kelgan shu moʻ'jiza-i barakaga koʻzing bilan koʻrganday ishonmaysan? Bunga qarshi shayton ham bahona topolmaydi.

Oʻn Uchinchi Misol: Abu Dovud va Ahmad Ibn Hanbal va Imom Bayhaqiy kabi saduq imomlar, Dukayn-ul Ahmasiy Ibn Said-ul Muzaniydan, ham olti qardosh bilan barobar suhbatga musharraf va sahobalardan boʻlgan Noʻ'mon Ibn Muqorrin-ul Ahmasiyy-ul Munaziydan, Jarirdan naql qilib, mutaaddid tariqlar bilan Hazrat Umar Ibn-al Xattobdan naql qiladilarki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Umarga amr etdilar: "Ahmasiy Qabilasidan kelgan toʻrt yuz otliqqa yoʻlchilik uchun zodu zaxira ber!" Hazrat Umar dedi: "Yo Rasululloh! Mavjud zaxira bir necha sa'dir. Jami narsalar bir tuya bolasi qadardir". "Bor, ber!" dedilar. U borib, yarim qop xurmodan toʻrt yuz suvoriyga yetadigan darajada zodu zaxira berdi. Va dedi: "Hech kamaymagandek eski holida qoldi".

Xullas, shu moʻ'jiza-i baraka toʻrt yuz odam bilan va xususan Hazrat Umar bilan munosabatdor bir suratda sodir boʻlgan. Rivoyatlarning orqasida ular bor. Ularning sukuti, tasdiqdir. Ikki-uch xabari vohid deb ahamiyatsiz deb qarama! Bunday hodisalar xabari vohid boʻlsa ham, tavoturi ma'naviy hukmida qanoat beradi.

Oʻn Toʻrtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobirning otasi vafot etdi; qarzi koʻp, ziyoda madyun. Qarz sohiblari esa, Yahudiylar. Jobir otasining asl molini gʻuromaga berdi, qabul qilmadilar. Holbuki bogʻidagi mevalari bir necha yilda ham qarziga kifoya qilmasdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Bogʻning mevalarini uzinglar, xirmon qilinglar!" dedilar. Shunday qilishdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xirmon ichida aylanib, duo qildilar. Soʻngra Jobir xirmondan otasining butun gʻuromasi qarzlarini bergandan soʻng, xirmonda yana bir yilllik bogʻdan kelgan mahsulot qadar qoldi. Bir rivoyatda, butun gʻuromaga berganichalik qoldi. U hodisadan qarz sohiblari boʻlgan Yahudiylar juda ham taajjublanib hayratda qoldilar.

Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i baraka, yolgʻiz Hazrat Jobir kabi bir qancha roviylarning xabari emas, balki ma'naviy tavotur hukmida, u hodisa bilan munosabatdor, haddi tavotur darajasida koʻp odamlarni tamsil etib rivoyat qilishgan.

— 93 —

Oʻn Beshinchi Misol: Boshda Termiziy va Imom Bayhaqiy kabi muhaqqiqlar Hazrat Abu Hurayradan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Abu Hurayra aytadi: Bir gʻazvada -boshqa bir rivoyatda Gʻazva-i Tabukda- qoʻshin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: هَلْ مِن شَيْءٍ؟ "Biron narsa bormi?" deb amr qildilar. Men: "Xurjunda bir oz xurmo bor." dedim. (Bir rivoyatda, oʻn besh dona boʻlgan.) "Keltir!" dedilar. Keltirdim. Muborak qoʻllarini tiqdilar, bir hovuch chiqardilar, bir idishga soldilar, baraka uchun duo qildilar. Soʻngra oʻnta oʻntadan askarlarni chaqirdilar, hammalari yeyishdi. Soʻngra:

خُذْ مَا جِئْتَ بِهِ وَاقْبِضْ عَلَيْهِ وَلَا تَكُبَّهُ

dedilar. Men oldim, qoʻlimni u xurjunga tiqdim. Boshda keltirganimchalik qoʻlimda qoldi. Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hayotliklarida, Abu Bakr va Umar va Usmonlarning hayotliklarida oʻsha xurmolardan yedim. Boshqa bir tariqda rivoyat etilganki: Oʻsha xurmolardan necha yuk fisabililloh sarf etdim. Soʻngra Hazrat Usmonning qatlida oʻsha xurmo idishi bilan nahb va goʻrat etildi, ketdi.

Mana, Xoja-i Koinot boʻlgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamning qudsiy madrasasi va takyasi boʻlgan Suffaning koʻp yillik muhim bir talabasi va muridi va quvva-i hofizasining oshishi uchun duo-i Nabaviyaga mazhar boʻlgan Hazrat Abu Hurayra, Gʻazva-i Tabuk kabi bir majma'-i nosda vuqu'ini xabar bergan shu moʻ'jiza-i baraka; ma'nan bir qoʻshin soʻzi qadar qat'iy va quvvatli boʻlishi kerak.

Oʻn Oltinchi Misol: Boshda Buxoriy, kutubi sahiha -naqli qat'iy bilan- bayon etadilarki: Hazrat Abu Hurayra och qolib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan ketib, manzili saodatga bordi. Qarasalar bir qadah sut, u yerga hadya sifatida keltirilgan ekan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr etdilarki: "Ahli Suffani chaqir!" Men qalbimdan dedimki: "Bu sutning hammasini men icha olaman. Men yanada ziyoda muhtojman". Faqat amri Nabaviy uchun ularni toʻpladim, keltirdim. Yuzdan ortiq edilar. "Ularga ichir!" dedilar. Men ham u qadahdagi sutni birma-bir berdim. Har biri toʻygunga qadar ichdi, boshqasiga berdim. Bu shaklda birma-bir ichirib, butun Ahli Suffa u sof sutdan ichdilar. Soʻngra:

بَقِىَ اَنَا وَاَنْتَ فَاشْرَبْ

dedilar. Men ichdim. "Ichgancha, ich!" derdilar; oxiri: "Sizni haq bilan irsol etgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, yer qolmadiki, ichsam", dedim. Soʻngra oʻzlari oldilar. Bismilloh deb hamd etib qolganini ichdilar. Yuz ming ofiyat boʻlsin.

Xullas, shu sof, xolis, sut kabi latif, shubhasiz moʻ'jiza-i bahira-i baraka besh yuz ming hadisni hifziga olgan Hazrat Buxoriy boshda boʻlib, Kutubi Sitta-i Sahiha bilan naqllari, koʻz bilan koʻrish qadar qat'iy boʻlish bilan barobar, Madrasa-i Qudsiya-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgan Suffaning nomdor, sodiq, hofiz bir shogirdi boʻlgan Abu Hurayraning, umum Ahli Suffani ma'nan ishhod etib, xuddi umumini tamsil etib shu ixborni tavotur darajasida qat'iy deb qabul qilmaganning yo qalbi buzuq yoki aqli yoʻq. Ajabo, Hazrat Abu Hurayra kabi sodiq va butun hayotini hadisga va dinga vaqf etgan,

وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّاْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ

hadisini eshitgan va naql etgan odam; hech mumkinmiki, hifzidagi ahodisi Nabaviyaning qiymatini va toʻgʻriligini shubhaga tushirib, Ahli Suffaning takzibiga nishon qiladigan muxolif bir soʻz va aslsiz bir hodisa soʻylasin? Xosho...

Ey Robbim! Shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barakasi hurmati, oʻzing bizga ehson etgan moddiy va ma'naviy rizqimizga baraka ehson et!..

— 94 —

Bir Nukta-i Muhimma: Ma'lumki; zaif narsalar ijtimo' etgan sari quvvatlashadi. Mayin iplar oʻralsa, quvvatli arqon boʻladi. Quvvatli arqonlar oʻralsa, hech kim uzolmaydi. Oʻn besh anvo'i moʻ'jizotdan yolgʻiz baraka qismidagi moʻ'jizotni va u qismning oʻn besh qismidan faqat bir qismini, oʻn besh misol bilan koʻrsatdik. Har bir misol, bir oʻzi nubuvvatni isbot etadigan darajada quvvatli edi. Farzi mahol boʻlib, bularning bir qismini quvvatsiz deb hisoblasak ham, quvvatsiz deyolmaymiz. Chunki qoviy bilan ittifoq etgan qoviylashadi.

Ham shu oʻn besh misolning ijmo'i; qat'iy shubhasiz bir tavoturi ma'naviy bilan, quvvatli bir moʻ'jiza-i kubroni koʻrsatadi. Hozir shu majmu'dagi moʻ'jiza-i kubro, baraka moʻ'jizalaridan zikr etilmagan oʻn toʻrt qismi oxarga mazj etilsa; quvvatli arqonlarni oʻrab, uzilishi mumkin boʻlmagan bir moʻ'jiza-i akbar ichida koʻrinadi. Soʻngra shu moʻ'jiza-i akbarni boshqa oʻn toʻrt nav moʻ'jizotning majmuiga ilova et, qara: Qay daraja quvvatli, tebranmas, qat'iy bir burhoni nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) koʻrsatadi. Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ustuni shu majmu'dan tashkil topgan togʻ kabi quvvatli bir ustundir. Endi juz'iyotda va misollarda, sui fahmdan kelgan shubhalar bilan oʻsha metin saqfi mualloni sabotsiz va qobili sukut koʻrish qay daraja aqlsizlik ekanini anglading. Ha, barakaga doir moʻ'jizalar koʻrsatadiki: Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam umumga rizq bergan va rizqlarni xalq etgan bir Zoti Rahim va Karimning sevgili ma'muridir, juda hurmatli bir abdi boʻlib; rizqning anvo'ida, xilofi odat boʻlib, u kishiga hechdan va butunlay gʻaybdan ziyofatlar yuboradi. Ma'lumki: Jazirat-ul Arab suvi va ziroati oz bir yerdir. Shuning uchun aholisi, xususan bidoyati Islomdagi sahobalar ziyqi maishatga ma'ruz edilar. Ham suvsizlikka koʻp marta giriftor boʻlardilar. Xullas, shu hikmatga binoan, moʻ'jizoti bahira-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning muhimlari taom va suv xususida tazohur etgan. Bu horiqolar da'vo-i nubuvvatga dalil va moʻ'jiza boʻlishdan ziyoda, ehtiyojga binoan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir ikromi Ilohiy, bir ehsoni Rabboniy, bir ziyofati Rahmoniya hukmidadir. Chunki u moʻ'jizotni koʻrganlar nubuvvatni tasdiq etgan. Lekin moʻ'jiza zuhur etgan sari, iymon ziyodalashadi, "nurun ala nur" boʻladi.

— 95 —

SAKKIZINCHI ISHORAT: Suv xususida tazohur etgan bir qism moʻ'jizotni bayon qiladi.

Muqaddima: Ma'lumki, jamoatlar ichida sodir boʻlgan hodisalar ahadiy bir suratda naql etilsa, takzib etilmagan vaqt, toʻgʻriligini koʻrsatadi. Chunki insonning fitratida yolgʻonga yolgʻon deyishga jibilliy bir mayl bor. Xususan har qavmdan ziyoda yolgʻonga qarshi sukut etmaydigan sahobalar boʻlsa.. xususan hodisalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga taalluq etsa va ayniqsa naql etgan mashohiri sahobadan boʻlsa; albatta u xabari vohid sohibi oʻsha hodisani koʻrgan jamoatni tamsil etayotgandek rivoyat qiladi. Holbuki hozir biz bahs etadigan moʻ'jizoti maiyani, har bir misolni koʻp tariqlar bilan, koʻp sahobalarning qoʻllaridan, minglab Tobe'iynning muhaqqiqlari qoʻl uzatib olganlar; sogʻlom holda ikkinchi asr mujtahidlarining qoʻllariga berganlar. Ular ham, kamoli jiddiyat va hurmat bilan qoʻl uzatib, qabul qilib, orqalaridagi asrning muhaqqiqlarining qoʻllariga berganlar. Har tabaqa, minglab quvvatli qoʻllardan oʻtib, kelib-kelib asrimizgacha kelgan. Ham Asri Saodatda yozilgan Kutubi Ahadisiya sogʻlom ravishda oʻtkazilib, Buxoriy va Muslim kabi ilmi hadisning dohiy imomlarining qoʻliga oʻtgan. Ular ham kamoli tahqiq bilan marotibini tafriq etib, toʻgʻriligi shubha tugʻdirmaganlarini jamlab bizga dars berishgan, taqdim etishgan. جَزَاهُمُ اللّٰهُ خَيْرًا كَث۪يرًا

Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak barmoqlaridan suvning oqishi va juda koʻp odamga ichirishi mutavotirdir. Shunday bir jamoat naql etganki, yolgʻonga ittifoqlari maholdir. Shu moʻ'jiza gʻoyat qat'iydir. Ham uch marta, uch majma'-i azimda takarrur etgan. Boshda Buxoriy, Muslim, Imom Molik, Imom Shuayb, Imom Qatoda kabi juda koʻp ahli sahih bir jamoat, sahobalardan, boshda xodimi Nabaviy Hazrat Anas, Hazrat Jobir, Hazrat Ibn Mas'ud kabi mashohiri sahobaning bir jamoatidan, barmoqlaridan suvning kasrat bilan oqishi va qoʻshinga ichirishi naqli sahihi qat'iy bilan bayon etilgan. Bu navi moʻ'jiza-i maiyaning, juda koʻp misollaridan toʻqqizta misolni bayon qilamiz.

Birinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha Hazrat Anasdan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Hazrat Anas aytadi: Zavra nomli joyda uch yuz kishi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Asr namozi uchun tahorat olishni amr etdilar. Suv topilmadi. Bir oz boʻlsada suv soʻradilar, keltirdik. Muborak qoʻllarini ichiga botirdilar. Koʻrdikki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Soʻngra butun ma'iyatlaridagi uch yuz odam keldilar, umumi tahorat olib ichdilar. Bu misolni Hazrat Anas, uch yuz kishini tamsil etib xabar beryapti. Mumkinmiki, u uch yuz kishi shu xabarga ma'nan ishtirok etmasinlar; ham ishtirok etmaganlari holda, takzib etmasinlar.

Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy bayon qiladi: Biz bir ming besh yuz kishi Gʻazva-i Hudaybiyada chanqadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qirba deyilgan teridan bir idish suvdan tahorat oldilar, soʻngra qoʻllarini ichiga tiqdilar. Koʻrdimki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Bir ming besh yuz kishi ichib, idishlarini oʻsha qirbadan toʻldirishdi. Salim Ibn Abul Ja'd Jobirdan: "Necha kishi edingiz?", deb soʻraganda Jobir aytadiki: "Yuz ming kishi ham boʻlsaydi, yana kifoya qilardi. Lekin biz oʻn besh yuz (ya'ni bir ming besh yuz) edik". Shu moʻ'jiza-i bahiraning roviylari ma'nan bir ming besh yuz qadardir. Chunki fitrati bashariyada yolgʻonga yolgʻon deyish bir mayli orzusi bor. Sahobalar esa sidq va toʻgʻrilik uchun, jon va mol va padar va volidalarini va qavm va qabilalarini fido etib, sidq va haq uchun fidoiy boʻlganlari holda; "Mendan bilib turib yolgʻon bir narsa xabar bergan Jahannam otashidan oʻrnini hozirlasin!" ma'nosidagi hadisi sharifning tahdidiga qarshi, yolgʻonga muqobil sukut etishlari mumkin emas. Modomiki sukut etgan ekanlar; u xabarni qabul etganlar, ma'nan ishtirok etib tasdiq etadilar deganidir.

— 96 —

Uchinchi Misol: Gʻazva-i Buvatda, yana Buxoriy, Muslim boshda, kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir dediki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: نَادِ بِالْوُضُوءِ "Tahorat olish uchun nido qil" dedilar. "Suv yoʻq" deyildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dedilar: "Bir oz suv toping". Juda oz suv keltirdik. Soʻngra oʻsha oz suv ustiga qoʻllarini qoʻyib bir narsalar oʻqidilar. Bilmadim nima edi. Soʻngra: رِدْنَا بِجَفْنَةِ الرَّكْبِ Ya'ni, karvonning katta suv idishini (togʻora) keltir, dedilar. Menga keltirildi, men ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qarshilariga qoʻydim. U kishi qoʻllarini ichiga qoʻydilar, barmoqlarini ochdilar. Men ham u oz suvni muborak qoʻllari ustiga toʻkar edim. Koʻrdimki, muborak barmoqlaridan juda koʻp suv oqdi; soʻngra suv idishi toʻldi. Suvga muhtoj boʻlganlarni chaqirdim; hammalari keldilar, oʻsha suvdan tahorat olib ichdilar. Men dedim: "Boshqa hech kim qolmadi". Qoʻllarini koʻtardilar, u jafna (ya'ni togʻora) lim-lim toʻla qoldi.

Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i Ahmadiya (S.A.V.) ma'nan mutavotirdir. Chunki Hazrat Jobir oʻsha ishda boshda boʻlgani uchun, biriirgi soʻz uning haqqidir. U umumning nomiga e'lon qilyapti. Chunki u vaqt xizmat qilgan u zot edi; e'lon boshda uning haqqidir. Ibn Mas'ud ham aynan rivoyatida deydiki: Men koʻrdimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Ajabo, mashohiri siddiqiyni sahobadan boʻlgan Anas, Jobir, Ibn Mas'ud kabi bir jamoat desaki: "Men koʻrdim". Koʻrmasligi mumkinmi? Hozir shu uch misolni birlashtir, naqadar quvvatli bir moʻ'jiza-i bahira boʻlganini koʻr va shu uch tariq birlashsa, haqiqiy tavotur hukmida barmoqlaridan suv oqishini qat'iy isbot qiladi. Hazrat Muso Alayhissalomning toshdan oʻn ikki yerda chashma kabi suv oqitishlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning oʻn barmoqlaridan oʻn joʻmrak suvning oqishining darajasiga chiqolmaydi. Chunki toshdan suv oqishi mumkin, odiyot ichida oʻxshashi topiladi. Faqat goʻsht va suyakdan obi kavsar kabi suvning toʻlib oqishining naziri odiyot ichida yoʻq.

Toʻrtinchi Misol: Boshda Imom Molik Muvatto' kitobi moʻ'tabarida Muoz Ibn Jabal kabi mashohiri sahobadan xabar beradi: Hazrat Muoz Ibn Jabal aytdi: Gʻazva-i Tabukda bir chashmaga duch keldik, mayin ip qalinligida zoʻrgʻa oqayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr qildilarki: "Bir oz suv toʻplanglar". Kaftlarida bir oz toʻpladilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u bilan qoʻllarini, yuzlarini yuvdilar; suvni chashmaga quydik. Birdan chashmaning teshigi ochilib, juda koʻp oqdi; butun qoʻshinga kifoya qildi. Hatto roviy Imom Ibn Isxoq aytadi: Momaqaldiroq kabi, tuproq ostida oʻsha chashmaning suvi shovqin chiqarib oqdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Muozga:

يُوشِكُ يَا مُعَاذُ اِنْ طَالَتْ بِكَ حَيَاةٌ اَنْ تَرٰى مَا هٰهُنَا قَدْ مُلِئَ جِنَانًا

Ya'ni: Bu asari moʻ'jiza boʻlgan muborak suv davom etib, bu yerlarni bogʻga aylantiradi; umring boʻlsa koʻrasan, dedilar. Va shunday boʻldi.

— 97 —

Beshinchi Misol: Boshda Buxoriy Hazrat Barodan va Muslim Hazrat Salamata-bni Akva'dan va boshqa kutubi sahiha boshqa roviylardan muttafiqan xabar beradilarki: Gʻazva-i Hudaybiyada bir quduqqa duch keldik. Biz toʻrt yuz kishi edik. U quduqning suvi ellik kishiga zoʻrgʻa yetardi. Biz suvni tortdik, ichida hech narsa qoldirmadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar, quduqning boshiga oʻtirib, bir paqir suv soʻradilar; keltirdik. Paqirning ichiga muborak ogʻizlarining suvini soldilar va duo qildilar, soʻngra u paqirni quduqqa toʻkdilar. Birdan quduq joʻshdi va qaynadi; ogʻziga qadar toʻldi. Butun qoʻshin, oʻzlari va hayvonoti toʻygungacha ichishdi, idishlarini ham toʻldirishdi.

Oltinchi Misol: Yana Muslim va Ibn Jariri Tabariy kabi hadisning dohiy imomlari boshda, kutubi sahiha naqli sahih bilan mashhur Abu Qatodadan xabar beradilarki: Abu Qatoda aytadi: Mut'a gʻazva-i mashhurasida, raislari shahid boʻlgani uchun yordamga ketayotgan edik. Menda bir qirba bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga:

اِحْفَظْ عَلَىَّ م۪يضَئَتَكَ فَسَيَكُونُ لَهَا نَبَاٌ عَظ۪يمٌ

Ya'ni: "Qirbangni saqla, uning katta ishi bor", dedilar. Soʻngra suvsizlik boshlandi. Yetmish ikki kishi edik, -Tabariyning naqliga koʻra, uch yuz edik- suvsiz qoldik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Qirbangni keltir", dedilar. Men keltirdim. U kishi oldilar va ogʻzini ogʻizlariga keltirib, ichiga nafas etdilar yo etmadilar bilmayman; soʻngra yetmish ikki kishi keldi, ichishdi, idishlarini toʻldirishdi. Soʻngra men oldim, berganimdek qolgan edi.

Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i Ahmadiyani (S.A.V.) koʻr,

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْمَاءِ

de.

Yettinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim boʻlib kutubi sahiha, Hazrat Imron Ibn Husandan xabar beradilarki: Imron aytadi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar suvsiz qoldik. Menga va Aliga aytdilarki: "Falon mavqeda bir ayol ikki qirba suvni markabga yuklab ketyapti; olib bu yerga keltiring". Men va Ali birga bordik, ayni yerda ayolni suv yuki bilan topdik, keltirdik. Soʻngra amr etdilar: "Bir idishga bir oz suv boʻshatinglar". Boʻshatdik. Baraka uchun duo qildilar. Soʻngra yana suvni oʻsha markabdagi qirbaga quydik. "Hamma kelsin, idishini toʻldirsin", dedilar. Butun karvon keldi, idishlarini toʻldirdilar, ichdilar. Soʻngra: "Ayolga bir narsalar toʻplanglar", dedilar. Ayolning etagini toʻldirdilar. Imron deydiki: Men taxayyul etdimki, tobora ikki qirba toʻlyapti, yanada ziyodalashyapti. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u ayolga:

اِذْهَب۪ى فَاِنَّا لَمْ نَاْخُذْ مِنْ مَائِكِ شَيْئًا وَلٰكِنَّ اللّٰهَ سَقٰينَا

Ya'ni: Sening suvingdan olmadik, balki Janobi Haq bizga xazinasidan suv ichirdi, dedilar.

— 98 —

Sakkizinchi Misol: Boshda mashhur Ibn Hazm Sahihida, roviylar Hazrat Umardan naql qiladilarki: Gʻazva-i Tabukda suvsiz qoldik. Hatto ba'zilar tuyasini kesar, suvsizlikdan ichini siqar, ichar edi. Abu Bakr Siddiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga duo qilish uchun iltimos qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini koʻtardilar; hali qoʻllarini tushurmasdan bulut toʻplandi; yomgʻir shunday yogʻdiki, idishlarimizni toʻldirdik. Soʻngra suv chekindi, qoʻshinimizga maxsus hududimizdan tashqarida chiqmadi. Demak, bu tasodif ichiga qoʻshilmagan, faqatgina bir moʻ'jiza-i Ahmadiyadir (S.A.V.).

Toʻqqizinchi Misol: Mashhur Abdulloh Ibn Amr Ibn al Osning nevarasi va toʻrt imomning unga e'timod qilib va undan taxriji hadis etganlari Amr Ibn Shuaybdan naqli sahih bilan xabar beradilar: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakilari Abu Tolib bilan tuyaga minib Arafa atrofida Zulmajoz nomli joyga kelganlarida Abu Tolib: "Men chanqadim", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tushib yerga oyoqlarini urganlar, suv chiqqan. Abu Tolib ichgan. Muhaqqiqiyndan birisi aytganki: Bu hodisa nubuvvatdan avval boʻlgani uchun, irhosot navidan boʻlish bilan barobar, ming yil oʻtib ayni yerda Arafot chashmasi chiqishi, oʻsha hodisaga binoan bir karomati Ahmadiya (S.A.V.) deyilishi mumkin.

Xullas, shu toʻqqiz misollar kabi, toʻqson misol boʻlmasa ham, balki toʻqson suratda rivoyatlar; moʻ'jizoti maiyani xabar bergan. Boshdagi yetti misol ma'naviy tavotur kabi qat'iy va quvvatlidir. Oxirdagi ikki misol, garchi u daraja tariqlari quvvatli va mutaaddid ham, roviylari koʻp ham emas. Lekin sakkizinchi misolda Hazrat Umardan rivoyat qilingan moʻ'jiza-i sahabiyani tayid va taqviya etgan ikkinchi bir moʻ'jiza-i sahabiya; boshda Imom Bayhaqiy va Hokim, kutubi sahiha, Hazrat Umardan xabar beradiki: Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan yomgʻir duosini iltimos qildi. Chunki qoʻshin suvga muhtoj edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini koʻtardilar, birdan bulut toʻplandi, yomgʻir keldi. Qoʻshinning ehtiyoji qadar suv berdi, ketdi. Xuddi yolgʻiz qoʻshinga suv berish uchun ma'mur edi. Keldi, ehtiyojga koʻra berdi, ketdi. Shu hodisa, qandayki sakkizinchi misolni tayid va qat'iy isbot qiladi; shuning kabi: Shu hodisada, mashhur allomalardan va tasxixda juda mushkulpisand, hatto koʻp sahihlarga mavzu' deb qabul qilmagan Ibn Javziy kabi bir muhaqqiq deydiki: Shu hodisa Gʻazva-i Mashhura-i Badrda sodir boʻlgan.

وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُمْ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً لِيُطَهِّرَكُمْ بِه۪

oyati karimasi u hodisani bayon etib, ifoda qiladi. Modomiki oyat u hodisani koʻrsatar ekan; uning qat'iyatida shubha qolmaydi. Ham duo-i Nabaviy bilan, birdan va sur'at bilan va hali qoʻllarini tushirmasdan yomgʻirning kelishi koʻp takarrur etganining oʻzi, moʻ'jiza-i mutavotiradir. Ba'zan masjidda, minbar ustida qoʻllarini koʻtarganlar, hali tushirmasdan yoqqani; tavotur bilan naql etilgan.

— 99 —

TOʻQQIZINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i moʻ'jizotidan birisi, daraxtlarning insonlar kabi amrlarini tinglashlari va oʻrnidan turib yonlariga kelganki; shu moʻ'jiza-i shajariya, muborak barmoqlaridan suvning oqishi kabi, ma'nan mutavotirdir. Mutaaddid suratlari bor va koʻp tariqlar bilan kelgan. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning amri uchun; daraxt oʻrnidan chiqib yonlariga kelishi, sarihan mutavotir deb boʻladi. Chunki mashohiri siddiqiyni sahobadan Hazrat Ali, Hazrat Ibn Abbos, Hazrat Ibn Mas'ud, Hazrat Ibn Umar, Hazrat Ya'la Ibn Murra, Hazrat Jobir, Hazrat Anas Ibn Molik, Hazrat Burayda, Hazrat Usoma Bin Zayd va Hazrat Gaylan Ibn Salama kabi sahobalar; har biri qat'iyat bilan, ayni moʻ'jiza-i shajariyani xabar bergan. Tobe'iynning yuzlab imomlari, mazkur sahobalardan har bir sahobadan boshqa bir tariq bilan u moʻ'jiza-i shajariyani naql etishgan. Goʻyo muzaaf tavotur suratida bizga naql etganlar. Xullas, shu moʻ'jiza-i shajara hech bir shubha qabul etmaydigan bir tavoturi ma'naviyi qat'iy hukmidadir.

Hozir u moʻ'jiza-i kubroning, takarrur etgani holda, bir necha sahih suratlarini bir necha misol bilan bayon qilamiz:

Birinchi Misol: Boshda Imom Mojja va Dorimiy va Imom Bayhaqiy naqli sahih bilan Hazrat Anas Ibn Molikdan va Hazrat Alidan va Bazzoz va Imom Bayhaqiy Hazrat Umardan xabar beradilarki: Uch sahoba aytishganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kufforning takzibidan mutaassir boʻlib mahzun edilar.

يَا رَبِّ اَرِن۪ى اٰيَةً لَا اُبَال۪ى مَنْ كَذَّبَن۪ى بَعْدَهَا

dedilar. Anasning rivoyatida, Hazrat Jabroil hozir edi. Vodiy chetida bir daraxt bor edi. Hazrat Jabroilning i'lami bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni chaqirdilar; yonlarigacha keldi. Soʻngra ket dedilar. Takror ketdi, oʻrnida joylashdi.

Ikkinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Qozi Iyoz Shifo-i Sharifda ulviy bir sanad bilan, toʻgʻri va sogʻlom bir an'ana bilan, Hazrat Abdulloh Ibn Umardan xabar beradi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. اَيْنَ تُر۪يدُ؟ Qayerga ketyapsan?" dedilar. Badaviy: "Ahlimga". هَلْ لَكَ اِلٰى خَيْرٍ مِنْ ذٰلِكَ؟ "Undan yanada yaxshi bir xayr istamaysanmi?" dedilar. Badaviy: "Nima?"

اَنْ تَشْهَدَ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ وَاَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ

dedilar. Badaviy: "Bu shahodatga shohid nima?" هٰذِهِ الشَّجَرَةُ السَّمُرَةُ yaʻni "Vodiy chetidagi daraxt shohid boʻladi", dedilar. Ibn Umar aytadi: U daraxt oʻrnidan silkinib chiqdi, yerni yordi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonigacha keldi. Uch marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni istishhod etdilar. Daraxt ham sidqlariga shahodat etdi. Amr etdilar, yana oʻrniga borib joylashdi.

Hazrat Burayda Ibn Hasib-ul Aslamiy tariqida, naqli sahih bilan Burayda dediki: Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, bir safarda bir a'robiy keldi. Bir oyat, ya'ni bir moʻ'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قُلْ لِتِلْكَ الشَّجَرَةِ رَسُولُ اللّٰهِ يَدْعُوكِ dedilar. Bir daraxtga ishorat qildilar; daraxt oʻngga va chapga mayl etib ildizlarini yerdan chiqarib, huzuri Nabaviyga keldi. اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ dedi. Soʻngra a'robiy: "Yana joyiga borsin", dedi. Amr qildilar, oʻrniga bordi. A'robiy dedi: "Izn bering, sizga sajda qilay". "Hech kimga izn yoʻq", dedilar. "Unday boʻlsa, sizing qoʻlizni oyogʻizni oʻpaman", dedi. Izn berdilar.

Uchinchi Misol: Boshda Sahihi Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki, Hz.Jobir: Biz bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun bir yer qidirdilar. Yopiq bir yer yoʻq edi. Soʻngra ikki daraxt yoniga bordilar. Bir daraxtning shoxini tutib tortdilar. Daraxt itoat qilib birga bordi, boshqa daraxtning yoniga keltirdilar. Itoatkor tuyaning egarini ushlab tortganda kelgani kabi, ikki daraxtni oʻsha tarzda yon-yonga keltirdilar. Soʻngra dedilar: اِلْتَئِمَا عَلَىَّ بِاِذْنِ اللّٰهِ Ya'ni: "Ustimga birlashinglar" dedilar. Ikkovi birlashib sattora boʻldilar. Orqalarida qazo-i hojat qilgandan soʻng ularga amr qildilar, joylariga bordilar. Ikkinchi bir rivoyatda, yana Hazrat Jobir deydiki: Menga amr qildiki:

يَا جَابِرُ قُلْ لِهٰذِهِ الشَّجَرَةِ يَقُولُ لَكِ رَسُولُ اللّٰهِ: اِلْحَق۪ى بِصَاحِبَتِكِ حَتّٰى اَجْلِسَ خَلْفَكُمَا

Ya'ni: "U daraxtlarga ayt: Rasulullohning hojati uchun birlashinglar". Men shunday dedim, ular birlashdilar. Soʻngra men kutar ekanman, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar. Boshlari bilan oʻngga chapga ishorat qildilar, u ikki daraxt joylariga bordilar.

— 100 —

Toʻrtinchi Misol: Naqli sahih bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning jasur qoʻmondonlaridan va xizmatkorlaridan boʻlgan Usoma Bin Zayd deydiki: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun xoli, sattorali bir yer yoʻq edi. Farmon etdilarki: هَلْ تَرٰى مِنْ نَخْلٍ اَوْ حِجَارَةٍ "Ha, bor" dedim. Amr etdilar va:

اِنْطَلِقْ وَقُلْ لَهُنَّ اِنَّ رَسُولَ اللّٰهِ يَاْمُرُكُنَّ اَنْ تَاْت۪ينَ لِمَخْرَجِ رَسُولِ اللّٰهِ وَقُلْ لِلْحِجَارَةِ مِثْلَ ذٰلِكَ

Ya'ni daraxtlarga aytginki: "Rasulullohning hojati uchun birlashinglar" va toshlarga ham ayt: "Devor kabi toʻplaninglar". Men bordim, aytdim. Qasam ichamanki, daraxtlar birlashdi va toshlar devor boʻldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hojatidan soʻng yana amr etdilar: قُلْ لَهُنَّ يَفْتَرِقْنَ Mening nafsim qabza-i qudratida boʻlgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, daraxtlar va toshlar ayrilib joylariga bordilar. Hazrat Jobir va Usoma bayon qilgan bu ikki hodisani, aynan Ya'lo Ibn Murra va Gaylan Ibn Salamat-as Saqafiy va Hazrat Ibn Mas'ud, Gʻazva-i Hunaynda aynan xabar beradilar.

Beshinchi Misol: Imom Ibn Furaq, kamoli ijtihod va fazlidan kinoya sifatida Shofe'iyi Soniy unvonini olgan alloma-i asr qat'iy xabar beradiki: Gʻazva-i Toifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kechasi ot ustida ketarkan uyqulari kelayotgan edi. Oʻsha holda, bir sidra daraxtiga toʻgʻri kelib qoldilar. Daraxt u kishiga yoʻl berib, otlariga urilmaslik uchun, ikkiga yorildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam markab bilan ichidan oʻtdilar. Bizning davrimizgacha u daraxt, ikki oyoq ustida, oʻsha muhtaram vaziyatda qoldi.

Oltinchi Misol: Hazrat Ya'lo tariqida -naqli sahih bilan- xabar beradiki: Bir safarda Talha yoki Samura deyilgan bir daraxt keldi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning atrofida tavof qilayotgandek aylandi. Soʻngra yana oʻrniga bordi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّهَا اِسْتَاْذَنَتْ اَنْ تُسَلِّمَ عَلَىَّ Ya'ni: U daraxt Janobi Haqdan istadiki, menga salom bersin, dedilar.

Yettinchi Misol: Muhaddislar naqli sahih bilan Ibn Mas'uddan bayon etadilarki: Ibn Mas'ud: Batni Naxl deyilgan nomli mavqeda, Nusaybin ajinnilari ihtido uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga kelgan vaqtlari, bir daraxt u ajinnilarning kelganlarini xabar berdi. Ham Imom Mujohid u hadisda Ibn Mas'uddan naql qiladiki: U jinlar bir dalil istadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir daraxtga amr qildilar; joyidan chiqib keldi, soʻngra yana joyiga bordi. Xullas jin toifasiga birgina moʻ'jiza kifoya qildi. Ajabo, bu moʻ'jiza kabi ming moʻ'jizot eshitgan bir inson iymon keltirmasa, jinlarning يَقُولُ سَف۪يهُنَا عَلَى اللّٰهِ شَطَطًا ta'bir etganlari shaytonlardan yanada shayton boʻlmaydimi?

— 101 —

Sakkizinchi Misol: Sahihi Termiziy naqli sahih bilan Hazrat Ibn Abbosdan xabar beradilarki: Ibn Abbos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir a'robiyga farmon etdilar:

اَرَاَيْتَ اِنْ دَعَوْتُ هٰذَا الْعِذْقَ مِنْ هٰذِهِ النَّخْلَةِ اَتَشْهَدُ اَنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ؟

"Men bu daraxtning shu shoxini chaqirsam, yonimga kelsa, iymon keltirasanmi?" U "Ha" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chaqirdilar. U urjun daraxtining boshidan uzilib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga hatladi, keldi. Soʻngra amr qildilar, yana joyiga bordi.

Xullas, bu sakkiz misol kabi koʻp misollar bor; koʻp tariqlar bilan naql etilgan. Ma'lumki; yetti- sakkiz ip toʻplansa, quvvatli bir arqon boʻladi. Shunga binoan shu eng mashhur siddiqiyni sahobadan bunday mutaaddid tariqlar bilan ixbor etilgan shu moʻ'jiza-i shajariya, albatta tavoturi ma'naviy quvvatidadir; balki tavoturi haqiqiydir. Zotan Sahobadan soʻngra Tobe'iynning kabliga oʻtgan vaqt, tavotur suratini oladi. Xususan Buxoriy, Muslim, Ibn Hibbon, Termiziy kabi kutubi sahiha zamoni sahobaga qadar oʻsha yoʻlni shu qadar sogʻlom qilganlar va tutganlarki, masalan Buxoriyda koʻrish, ayni sahobadan eshitish kabidir.

Ajabo, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga daraxtlar, -misollarda koʻringani kabi- u kishini tanib, risolatlarini tasdiq etib, u kishiga salom berib ziyorat qilib, amrlarini tinglab itoat qilgani holda, oʻzini inson degan bir qism jomid, aqlsiz maxluqlar; u zotni tanimasa, iymon keltirmasa, quruq daraxtdanda adno, oʻtin parchasi kabi ahamiyatsiz, qiymatsiz boʻlib olovga loyiq boʻlmaydimi?

OʻNINCHI ISHORAT: Shu moʻ'jiza-i shajariyani ziyoda taqviya etgan mutavotir bir suratda naql etilgan, hanin-ul jiz' moʻ'jizasidir. Ha, Masjidi Sharifi Nabaviyda quruq xodaning katta bir jamoat ichida, muvaqqatan firoqi Ahmadiydan (S.A.V.) yigʻlashi; biz bayon etgan moʻ'jiza-i shajariyaning misollarini ham tayid etadi, ham quvvat beradi. Chunki u ham daraxtdir, jinsi bir. Faqat shuning shaxsi mutavotirdir, boshqa qismlar har birining navi mutavotirdir. Juz'iyotlari, misollari koʻpi sarih tavotur darajasiga chiqmaydi. Ha, Masjidi Sharifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba oʻqiyotganlarida xurmo daraxtidan boʻlgan quruq xodaga tayanar edilar. Soʻngra minbari sharif qilingan vaqt, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarga chiqib xutbani boshladilar. Oʻqirkan, xoda tuya kabi nola qilib yigʻladi; butun jamoat eshitdi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yoniga kelib qoʻllarini ustiga qoʻydilar. U bilan gaplashib, tasalli berdilar; shunda u yigʻidan toʻxtadi. Shu moʻ'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam juda koʻp tariqlar bilan, tavotur darajasida naql etilgan.

Ha, hanin-ul jiz' moʻ'jizasi juda muntashir va mashhur va haqiqiy mutavotirdir. Sahobalarning bir jamoati oliysidan, oʻn besh tariq bilan kelib, Tobe'iynning yuzlab imomlari u moʻ'jizani, tariqlar bilan orqadagi asrlarga xabar berganlar. Sahobalarning u jamoatidan ulamo-i sahoba nomdorlari va rivoyati hadisning raislaridan Hazrat Anas Ibn Molik (xodimi Nabaviy), Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy (xodimi Nabaviy), Hazrat Abdulloh Ibn Umar, Hazrati Abdulloh Ibn Abbos, Hazrati Sahl Ibn Sa'd, Hazrat Abu Said-al Xudriy, Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b, Hazrat Burayda, Hazrat Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salama kabi mashohiri ulamo-i sahoba va rivoyati hadisning ruasolari kabi, har biri bir tariqning boshida, ayni moʻ'jizani ummatga xabar berganlar. Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha; keyingi asrlarga u mutavotir moʻ'jiza-i kubroni tariqlari bilan xabar berishgan.

— 102 —

Xullas, Hazrat Jobir tariqida deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba oʻqirkan, Masjidi Sharifda جِذْعُ النَّخْلِdeyilgan quruq xodaga tayanib oʻqirdilar. Minbari sharif yasalgandan soʻng, minbarga oʻtgan vaqtlari; xoda chiday olmasdan, homila tuya kabi ovoz berib ingrab yigʻladi. Hazrat Anas tariqida deydiki: Qoʻtos kabi yigʻladi, masjidni larzaga keltirdi. Sahl Ibn Sa'd tariqida deydi: Ham uning yigʻlashi ustiga odamlar yigʻlashni boshladi. Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b tariqida deydi: Shunday yigʻladiki, yorilib ketdi. Boshqa bir tariqda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّ هٰذَا بَكٰى لِمَا فَقَدَ مِنَ الذِّكْرِ Ya'ni: " Yigʻlashi uning joyida oʻqilgan zikr va xutbadagi zikri Ilohiyning iftiroqidandir", dedilar. Boshqa bir tariqda:

لَوْ لَمْ اَلْتَزِمْهُ لَمْ يَزَلْ هٰكَذَا اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامَةِ تَحَزُّنًا عَلٰى رَسُولِ اللّٰهِ

Ya'ni: "Men uni quchoqlab tasalli bermasaydim, Rasulullohning iftiroqidan qiyomatga qadar shunday yigʻlashi davom etardi", dedilar. Hazrat Burayda tariqida deydiki: Jiz' yigʻlagandan soʻng Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini ustiga qoʻyib farmon etdilar:

اِنْ شِئْتَ اَرُدُّكَ اِلَى الْحَائِطِ الَّذ۪ى كُنْتَ ف۪يهِ تَنْبُتُ لَكَ عُرُوقُكَ وَيَكْمُلُ خَلْقُكَ وَيُجَدَّدُ خُوصُكَ وَثَمَرُكَ وَاِنْ شِئْتَ اَغْرِسُكَ فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ اَوْلِيَاءُ اللّٰهِ مِنْ ثَمَرِكَ

Soʻngra u jiz'ni tinglashdi, jiz' aytdi, orqadagi odamlar ham eshitdi:

اِغْرِسْن۪ى فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ مِنّ۪ى اَوْلِيَاءُ اللّٰهِ ف۪ى مَكَانٍ لَا يَبْلٰى

Ya'ni: "Meni jannatda ekginki; mevalarimdan Janobi Haqning sevgili qullari yesin. Ham bir makonki, u yerda baqo topib, chirish yoʻq". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قَدْ فَعَلْتُ dedilar. Soʻngra: اِخْتَارَ دَارَ الْبَقَاءِ عَلٰى دَارِ الْفَنَاءِ dedilar.

Ilmi Kalomning buyuk imomlaridan mashhur Abu Isxoq Isfaroniy naql etadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xodaning yoniga bormadilar; balki xoda u kishining amri bilan yonlariga keldi. Soʻngra amr etdilar, oʻrniga qaytdi. Hazrat Ubayy Ibn Ka'b aytadi: Shu hodisa-i horiqodan soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Xoda minbarning ostiga qoʻyilsin", deb amr etdilar. Masjidi sharifning ta'miri uchun hadm etilgunga qadar minbarning ostiga qoʻyildi. Oʻsha vaqt Hazrat Ubayy Ibn Ka'b yoniga oldi, chirigunga qadar muhofaza etildi.

Mashhur Hasan Basriy shu hodisa-i moʻ'jizani shogirdlariga dars bergan vaqt yigʻlardi va derdiki: "Daraxt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga mayl va ishtiyoq koʻrsatyapti.. sizlar yanada koʻproq ishtiyoqqa, maylga mustahaqsiz". Biz ham aytamizki: Ha, ham u kishiga ishtiyoq va mayl va muhabbat, u kishining Sunnati Saniyalariga va Shariati Gʻarrolariga ittibo bilan boʻladi.

— 103 —

Bir Nukta-i Muhimma: Agar: Nima uchun Gʻazva-i Handaqda toʻrt hovuch taom bilan mingta odamni toʻydirish boʻlgan moʻ'jiza-i taomiya va muborak barmoqlaridan oqqan suv bilan bir ming besh yuz kishiga suvni toʻydirgunga qadar ichirgan moʻ'jiza-i maiya, nima uchun shu hanini jiz' moʻ'jizasi kabi dabdaba bilan koʻp kasratli tariqlar bilan naql etilmagan? Holbuki u ikkisi bundan yanada ziyoda bir jamoatda sodir boʻlgan..., deyilsa.

Aljavob: Zuhur etgan moʻ'jizalar ikki qism. Bir qismi nubuvvatni tasdiq ettirish uchun, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam qoʻllarida izhor etiladi. Hanini jiz' shu navdandirki, yolgʻiz nubuvvatning tasdigʻi uchun bir hujjat sifatida sodir boʻlib; moʻ'minlarning iymonini ziyodalashtirish va munofiqlarni ixlosga va iymonga chorlash va kufforni iymonga keltirish uchun zohir boʻlgan. Shuning uchun avom va xoslar harkas uni koʻrdi, uning nashriga koʻp ihtimom etildi. Shu moʻ'jiza-i taomiya va moʻ'jiza-i maiya esa, moʻ'jizadan ziyoda bir karomatdir, balki karomatdan ziyoda bir ikromdir, balki ikromdan ziyoda ehtiyojga binoan bir ziyofati Rahmoniyadir. Shuning uchun garchi da'vo-i nubuvvatga dalil va moʻ'jizadir; lekin asl maqsad: Qoʻshin och qolgan; bir danakdan ming botmon xurmoni xalq etgani kabi, Janobi Haq xazina-i gʻaybdan bir sa' taomdan ming odamga ziyofat beradi. Ham suvsiz qolgan mujohid bir qoʻshinga qoʻmondoni a'zamning barmoqlaridan obi kavsar kabi suv oqittirib ichiradi. Xullas, shu sir uchun, moʻ'jiza-i taomiya va moʻ'jiza-i maiyaning har bir misoli hanini jiz' darajasiga chiqmaydi. Faqat u ikki moʻ'jizaning jinslari va navlari kulliyat e'tibori bilan, hanini jiz' kabi mutavotir va kasratlidir. Ham taomning barakasini va barmoqlaridan suvning oqishini harkim koʻrolmaydi, faqat belgilarini koʻradi. Xodaning yigʻlashini esa hamma eshitgan. Shuning uchun juda koʻp tarqaldi.

Agar: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning har hol va harakatlarini kamoli ihtimom bilan sahobalar muhofaza qilib naql etganlar. Bunday moʻ'jizoti azima nima uchun oʻn-yigirma tariq bilan keladi? Yuz tariq bilan kelishi kerak edi. Ham nima uchun Hazrat Anas, Jobir, Abu Hurayradan koʻp keladi; Hazrat Abu Bakr va Umar oz rivoyat qiladi?", deyilsa.

Aljavob: Birinchi shiqning javobi: Toʻrtinchi Ishoratning Uchinchi Asosida oʻtgan. Ikkinchi shiqning javobi esa: Qandayki inson bir doriga muhtoj boʻlsa, bir tabibga boradi; loyiha uchun muhandisga boradi, muhandisdan naql etadi; masala-i shar'iya muftiydan soʻraladi va hk... Shunga oʻxshab, sahobalar ichida ahodisi Nabaviyani kelasi asrlarga dars berish uchun ulamo-i sahobadan bir qismlari bu ishga ma'nan muvazzaf edilar. Butun quvvatlari bilan unda gʻayrat koʻrsatar edilar. Ha, Hazrat Abu Hurayra butun hayotini hadisning hifziga bagʻishlagan; Hazrat Umar siyosat olami bilan va xilofati kubro bilan mashgʻul boʻlgan. Shuning uchun, ahodisni ummatga dars berish uchun, Abu Hurayra va Anas va Jobir kabi zotlarga e'timod etib; shu sababli rivoyatni kam qilgan. Ham modomiki siddiq, saduq, sodiq va musaddaq bir sahobaning mashhur bir nomdori, bir tariq bilan bir hodisani xabar bersa; yetar deyiladi, boshqasining naqliga ehtiyoj ham qolmaydi. Shuning uchun ba'zi muhim hodisalar ikki-uch tariq bilan keladi.

OʻN BIRINCHI ISHORAT: Oʻninchi Ishorat - shajar toifasidagi moʻ'jiza-i Nabaviyani koʻrsatdi. Oʻn Birinchi Ishorat ham, jamodotda tosh va togʻ toifasining moʻ'jiza-i Nabaviyani koʻrsatganiga ishorat qiladi. Biz ham oʻsha kasratli misollaridan yetti-sakkizta misolni zikr qilamiz:

Birinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Hazrat Qozi Iyoz Shifo-i Sharifida ulviy bir sanad bilan va Buxoriy sohibi kabi muhim imomlardan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Xodimi Nabaviy Hazrat Ibn Mas'ud aytadiki: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida taom yerkan, taomning tasbehlarini eshitar edik".

Ikkinchi Misol: Naqli sahih bilan, Anas va Abu Zarrdan kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Anas (xodimi Nabaviy) aytganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edik. Kaftlariga kichik toshlarni oldilar, ular muborak qoʻllarida tasbeh aytishni boshladilar. Soʻngra Abu Bakr Siddiqning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbeh aytishdi. Abu Zarri Gifforiy tariqida aytadiki: Soʻngra Hazrat Umarning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbeh aytishdi. Soʻngra olib yerga qoʻydilar, jim boʻlishdi. Soʻngra yana oldilar, Hazrat Usmonning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbehni boshlashdi. Soʻngra Hazrat Anas va Abu Zarr deydilarki: "Qoʻllarimizga qoʻydilar, jim boʻlishdi".

Uchinchi Misol: Hazrat Ali va Hazrat Jobir va Hazrat Oysha-i Siddiqadan naqli sahih bilan sobitki: Togʻ, tosh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Alining tariqida deydiki: Bidoyati nubuvvatda navahi-i Makkada, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga yurganimizda, daraxt va toshga uchragan vaqtimiz, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Jobir tariqida aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tosh va daraxtga yaqin kelgan vaqtlarida, u kishiga sajda qilardilar; ya'ni inqiyod etib, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Jobirning bir rivoyatida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنّ۪ى لَاَعْرِفُ حَجَرًا كَانَ يُسَلِّمُ عَلَىَّ , dedilar. Ba'zilari aytishganki: U Hajar-ul Asvadga ishoratdir. Hazrat Oyshaning tariqida aytilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar:

لَمَّا اسْتَقْبَلَن۪ى جَبْرَائ۪يلُ بِالرِّسَالَةِ جَعَلْتُ لَا اَمُرُّ بِحَجَرٍ وَلَا شَجَرٍ اِلَّا قَالَ اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ
— 104 —

Toʻrtinchi Misol: Naqli sahih bilan Hazrat Abbosdan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abbosni va toʻrt oʻgʻlini (Abdulloh, Ubaydulloh, Fazl, Qusam) birga, muloat deyilgan bir parda ostiga olib, ustlariga yopdilar.

يَا رَبِّ هٰذَا عَمّ۪ى وَصِنْوُ اَب۪ى وَ هٰؤُلَاءِ بَنُوهُ فَاسْتُرْهُمْ مِنَ النَّارِ كَسَتْر۪ى اِيَّاهُمْ بِمُلَائَت۪ى

deb duo qildilar. Birdan uyning tomi va eshigi va devorlari "Omin, Omin" deb duoga ishtirok etishdi.

Beshinchi Misol: Boshda Buxoriy, Ibn Hibbon, Dovud, Termiziy kabi kutubi sahiha muttafiqan Hazrat Anasdan, Abu Hurayradan, Usmoni Zinnuroyndan, Ashara-i Mubashsharadan Said Ibn Zayddan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq, Umar-ul Faruq va Usmoni Zinnurayn bilan Uhud Togʻining boshiga chiqishdi. Jabali Uhud yo ularning mahobatlaridan yoki oʻz surur va sevinchidan larzaga keldi, qimirladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:

اُثْبُتْ يَا اُحُدُ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىٌّ وَ صِدّ۪يقٌ وَ شَه۪يدَانِ

dedilar.

Bu hadis Hazrat Umar va Usmonlarning shahid boʻlishlariga ixbori gʻaybiydir. Shu misolning tatimmasi sifatida naql etilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Makkadan hijrat etib, kufforlar ta'qibga chiqqan vaqtlari, Sabir nomli toqqa chiqdilar. Sabir dedi: "Yo Rasululloh, mendan tushing! Qoʻrqaman, mening ustimda sizni oʻldrishsa, Alloh meni ta'zib etadi. Shuning uchun qoʻrqaman". Jabali Hiro chaqirdi: يَا رَسُولَ اللّٰهِ اِلَىَّ "Menga keling!" Mana shu sir uchun, ahli qalb Sabir togʻida xavf va Hiro gʻorida amniyatni his qiladilar. Bu misoldan tushuniladiki: Ulkan togʻlar bittadan mustaqil abddir, musabbihdir va vazifadordirlar. Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va sevadilar; sohibsiz emaslar.

Oltinchi Misol: Naqli sahih bilan Abdulloh Ibn Umardan xabar beradilarki, degan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarda xutba oʻqirkan

وَمَا قَدَرُوا اللّٰهَ حَقَّ قَدْرِه۪ وَالْاَرْضُ جَم۪يعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَم۪ينِه۪

oyatini oʻqidilar. Va:

اِنَّ الْجَبَّارَ يُعَظِّمُ نَفْسَهُ وَيَقُولُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْكَب۪يرُ الْمُتَعَالُ

degan vaqtlari, minbar shunday tebrandi va shunday larzaga keldi va titradiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni yiqitadigan darajada silkinganiga qoʻrqdik.

Yettinchi Misol: Naqli sahih bilan, Habr-ul Umma va Tarjimon-ul Qur'on boʻlgan Hazrat Ibn Abbos va xodimi Nabaviy va ulamo-i azima-i sahobadan boʻlgan Ibn Mas'uddan xabar beradilar: Fathi Makka kunida, Ka'ba va atrofida, toshda qoʻrgʻoshin bilan mixlangan uch yuz oltmishta sanam bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarida yoyga oʻxshash bir tayoq bilan sanamlarga bir-bir ishorat qilib

جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ اِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا

deb, qaysisiga ishorat qilsalar, yerga tushdi. Sanamning yuziga ishorat qilgan boʻlsalar, orqasiga tushar; orqasiga ishorat qilgan boʻlsalar, yuzi bilan tushar va hokazo.. sanamlar yerga dumaladilar.

— 105 —

Sakkizinchi Misol: Mashhur Buhayro-i Rohibning mashhur qissasi: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakisi Abu Tolib va bir qism Qurayshiy bilan birga Shom tarafiga tijoratga ketadilar. Buhayro-i Rohibning Cherkovi yoniga kelgan vaqtlari oʻtirdilar. Insonlar bilan ixtilot etmagan munzaviy Buhayro-i Rohib birdan chiqib keldi. Qofila ichida Muhammad-ul Aminni (S.A.V) koʻrdi. Qofilaga: "Shu Sayyid-ul Olamindir va paygʻambar boʻladi", dedi. Qurayshiylar dedilar: "Qayerdan bilasan?" Muborak rohib dediki: Siz kelayotganingizda koʻrdimki, havoda ustingizda bir parcha bulut bor edi. Siz oʻtirganingizda, shu Muhammad-ul Amin (S.A.V.) tarafiga bulut mayl etdi, soya qildi. Ham koʻrdimki: Tosh, daraxt unga sajda qilgan kabi bir vaziyat koʻrdim. Bu esa, nabiylarga qilinadi.

Bu sakkiz misol kabi, balki sakson misol bor. Bu sakkiz misol birlashtirilsa, shunday uzilmas bir zanjir boʻladiki, hech bir shubha uni uzolmaydi va qimirlatolmaydi. Bu turdagi moʻ'jiza umumiyati e'tibori bilan, ya'ni jamodotning da'vo-i nubuvvatga dalil sifatida gapirishlari, ma'naviy tavotur hukmida yaqiynni va qat'iyatni ifoda qiladi. Har bir misol majmu'ning quvvatidan oʻz quvvatidan ham ortiq bir quvvat oladi. Ha, zaif bir ustun quvvatli ustunlar bilan yonma-yon kelgan vaqti mustahkamlashadi. Zaif, quvvatsiz bir odam askar boʻlib qoʻshinga kirsa; shunday quvvat topadiki, ming kishiga qarshi chiqadi.

OʻN IKKINCHI ISHORAT: Oʻn birinchi Ishorat bilan aloqador boʻlgan uch misol, faqat gʻoyat muhim misollardir.

Birinchi misol:
وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى

nassi qat'iysi bilan va ahli tahqiq umum mufassirlarning tahqiqi bilan va umum ahli hadisning ixbori bilan, Gʻazva-i Badrda, shu oyat xabar beradiki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir hovuch tuproq bilan kichik toshlarni oldilar, kuffor qoʻshinining yuziga otdilar, شَاهَتِ الْوُجُوهُ dedilar. شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi bir kalom ekan, ularning har birining qulogʻiga kirishi kabi; u bir hovuch tuproq ham har bir kofirning koʻziga kirdi. Har biri oʻz koʻzi bilan mashgʻul boʻlib, hujumda ekan birdan qochishdi.

Ham Gʻazva-i Hunaynda, boshda Imom Muslim boʻlib ahli hadis xabar beradilarki: Gʻazva-i Hunaynda -Badr kabi- kuffor shiddat bilan hujum qilarkan, yana bir hovuch tuproq otib, شَاهَتِ الْوُجُوهُ deb, har birining qulogʻiga bir شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi kirgani kabi; biiznilloh, har birining yuziga bir hovuch tuproq sepildi. Koʻzlari bilan mashgʻul boʻlib qochishdi. Xullas, Badr va Hunayndagi horiqo boʻlgan shu hodisa oddiy sabablar va bashar qudrati dohilida boʻlmaganidan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon

وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى

farmon etadi. Ya'ni "U hodisa qudrati bashar xorijidadir. Quvva-i bashariya bilan emas; balki favquloda bir suratda, qudrati Ilohiya bilan boʻlgan".

— 106 —

Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Gʻazva-i Haybarda bir Yahudiy xotin bir echkini biryon qilib pishirgan, gʻoyat ta'sirli zahar bilan zaharlab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yuborgan. Sahobalar yeyishni boshlaganida, birdan farmon etdilar:

اِرْفَعُوا اَيْدِيَكُمْ اِنَّهَا اَخْبَرَتْن۪ى اَنَّهَا مَسْمُومَةٌ

Ya'ni, pishirilgan echki menga deydiki: "Men zaharliman" deya xabar beryapti. Hamma qoʻlini tortdi. Lekin shiddatli zaharning ta'siridan Bishr Ibn-al Barro, olgan birgina luqmasidan vafot etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u Zaynab ismli xotinni chaqirdilar. "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. U manhusa: "Agar paygʻambar boʻlsang, senga zarar bermaydi; agar podshoh boʻlsang, insonlarni sendan qutqarish uchun qildim", dedi. Ba'zi rivoyatda uni oʻldirtirmaganlar, ba'zi tariqda oʻldirtirganlar. Ahli tahqiq aytganki: Oʻzlari oʻldirtirmaganlar; faqat Bishrning varosasiga berilgan, ular oʻldirganlar. Bu voqea-i ajibadagi vajhi i'jozni koʻrsatadigan ikki-uch nuqtani tingla:

Birinchisi: Bir rivoyatda borki, u echkining qoʻli xabar bergan vaqti, ba'zi sahobalar ham eshitishgan.

Ikkinchisi: Ham bir rivoyatda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xabar bergandan soʻng: "Bismilloh denglar, undan soʻngra yenglar. Zahar ortiq ta'sir qilmaydi", dedilar. Shu rivoyatni garchi Ibn Hajar Asqaloniy qabul qilmagan boʻlsada, boshqalar qabul qilishgan.

Uchinchisi: Ham dassos Yahudiylar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga va muqarrabiyni Sahobaga birdan zarba urish istaganlari holda, birdan gʻoyibdan xabar berilgan kabi, hodisaning inkishofi va dasisalarining natijasiz qolishi va u ixbor ifoda etgan voqea toʻgʻri chiqishi va hech bir vaqt sahobalari nazarida mutaxolif bir xabari koʻrilmagan Zoti Ahmadiyaning "Echkining qoʻli menga aytyapti" deyishlari; hammaning qulogʻi bilan u echkidan u soʻzni eshitadigan darajada qanoati qat'iyalari boʻlgan.

Uchinchi Misol: Hazrat Muso Alayhissalomning "yadi bayzo" va "hasso" moʻ'jizasiga nazira sifatida, uch hodisada moʻ'jiza-i Ahmadiya:

Birinchisi: Hazrat Imom Ahmad Ibn Hanbal Abu Said-al Xudriydan taxrij va tasxix etadilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qatoda Ibn Noʻ'monga qorongʻi, yomgʻirli bir kechada bir tayoq beradilar va farmon etadilar: "Senga chiroq kabi oʻnlab arshin har tarafda yorugʻlik beradi. Uyingga borganingda, bir qora shaxs soya koʻrasan. U shaytondir. Uni xonangdan chiqar, hayda". Qatoda tayoqni olib ketdi. Oʻsha tayoq Yadi bayzo kabi yorugʻlik berdi. Uyiga boradi; u qora shaxsni koʻradi, haydaydi.

Ikkinchisi: Bir manba-i gʻaroyib Gʻazva-i Kubro-i Badrda, Ukkosha Ibn-al Mihsan-al Asadiyning mushriklar bilan urusharkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslam unga qilichiga muqobil qalin bir tayoq berib, "Bu bilan harb et", dedilar. Birdan tayoq, biiznilloh uzun, oq bir qilich boʻldi. U bilan harb etdi. Hayoti davomida, to Yamoma Harbida shahid boʻlgungacha boʻynida tashidi. Shu hodisa qat'iydir. Chunki Ukkosha butun hayotida u bilan iftixor etgan va u qilich "Al-A'vn" nomi bilan mashhur boʻlgan. Xullas, Hazrat Ukkoshaning iftixori va qilichning A'vn nomi bilan qilichlardan ustun boʻlib ishtihori, shu hodisaning ikki hujjatidir.

Uchinchisi: Ibn Abd-al Barr kabi bir alloma-i asr va ahli tahqiqning buyuklaridan naql va tasxix etadilarki: Gʻazva-i Uhudda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ammavachchasi boʻlgan Abdulloh Ibn Jahsh harb etarkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga bir tayoq berdilar. U tayoq uning qoʻlida bir qilich boʻldi. U bilan harb etdi. U asari moʻ'jiza boʻlgan qilich boqiy qoldi. Mashhur Ibn Sayyid-an Nas siyarida xabar beradiki: Bir vaqt oʻtib, Abdulloh u qilichni Bugʻoyi Turkiy ismli bir odamga ikki yuz liraga sotdi. Xullas, bu ikki qilich asoyi Muso kabi bittadan moʻ'jizadir. Faqat asoyi Musoning vafoti Musodan soʻngra vajhi i'jozi qolmadi. Faqat shular boqiy qoldilar.

— 107 —

OʻN UCHINCHI ISHORAT: Moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning ham mutavotir, ham misollari juda koʻp bir navi ham; xastalar va yaralilar nafasi muboragi bilan shifo topishlaridir. Shu nav moʻ'jiza-i Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) navi e'tibori bilan ma'naviy mutavotirdir. Juz'iyotlari, bir qismi ham ma'naviy mutavotir hukmidadir. Boshqa qismi ahadiy boʻlsa ham, ilmi hadisning mudaqqiq imomlari tasxix va taxrij etganlari uchun, qanoati ilmiya beradi. Biz ham juda koʻp misollaridan bir nechta misolini zikr qilamiz:

Birinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Qozi-i Iyoz Shifo-i Sharifida, ulviy bir an'ana bilan va mutaaddid tariqlar bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xodimi va bir qoʻmondoni va Hazrat Umar zamonida qoʻshini Islomning bosh qoʻmondoni va Eronning fotihi va Ashara-i Mubashsharadan boʻlgan Hazrat Sa'd Ibn Abu Vaqqos aytadi:

Gʻazva-i Uhudda men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edim. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻsha kuni kamonlari singunicha kufforga oʻq otdilar. Soʻngra menga oʻqlarni berar, "Ot!" der edilar. Naslsiz, ya'ni oʻqning uchishiga yordam beradigan qanotlari boʻlmagan oʻqlarni berardilar. Va menga "Ot!" deb amr qilardilar. Men ham otardim. Qanotli oʻqlar kabi uchardi, kufforning jasadida yerlashardi. U holda ekan, Qatoda Ibn Noʻ'monning koʻziga bir oʻq tegib, koʻzini chiqarib, koʻzining hadaqasi yuzining ustiga tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak, shifoli qoʻllari bilan uning koʻzini olib, eski uyasiga joylashtirib, ikki koʻzidan eng goʻzali boʻlib, hech bir narsa boʻlmagandek shifo topdi. Shu voqea juda ishtihor etgan. Hatto Qatodaning bir nevarasi Umar Ibn Abdulazizning yoniga kelgan vaqti, oʻzini shunday ta'rif etgan: "Men shunday bir zotning nevarasimanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning chiqqan koʻzini joyiga qoʻyib, birdan shifo topgan. Eng goʻzal koʻz u boʻlgan" deya, nazm suratida

{(Hoshiya)

اَنَا ابْنُ الَّذ۪ى سَالَتْ عَلَى الْخَدِّ عَيْنُهُ ٭ فَرُدَّتْ بِكَفِّ الْمُصْطَفٰى اَحْسَنَ الرَّدِّ
فَعَادَتْ كَمَا كَانَتْ لِاَوَّلِ اَمْرِهَا ٭ فَيَا حُسْنَ مَا عَيْنٍ وَيَا حُسْنَ مَا رَدٍّ

}

Hazrat Umarga aytgan, u bilan oʻzini tanittirgan. Ham naqli sahih bilan xabar berilganki: Mashhur Abu Qatodaning, Yavmi Ziqorod deyilgan gʻazvada bir oʻq muborak yuziga isobat etgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak qoʻllari bilan masx etganlar. Abu Qatoda aytadiki: "Qat'iyan va aslo ogʻrigʻini ham, jarohatini ham koʻrmadim".

Ikkinchi Misol: Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilar: Gʻazva-i Haybarda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Aliyi Haydariyni bayroqdor qilib tayin etganlari holda, Hz.Alining koʻzlari xastalikdan juda ogʻriyotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tiryoq kabi tupuklarini koʻziga surtgan daqiqada, shifo topib hech bir ogʻriq qolmadi. Ertalab Haybar Qal'asining juda ogʻir temir eshigini sugʻurib, qoʻlida qalqon kabi tutib, Qal'a-i Haybarni fath etdi. Oʻsha voqeada, Salama Ibn Akva'ning oyogʻiga qilich urilib, yorilgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga dam solganlarida, birdan oyogʻi shifo topdi.

Uchinchi Misol: Boshda Nasaiy, arbobi Siyar, Usmon Ibn Xunayfdan xabar beradilar: Hz.Usmon aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir koʻr kelib, "Mening koʻzlarimning ochilishi uchun duo qiling", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga farmon etdilar:

فَانْطَلِقْ وَتَوَضَّاْ ثُمَّ صَلِّ رَكْعَتَيْنِ وَقُلِ اللّٰهُمَّ اِنّ۪ى اَسْئَلُكَ وَاَتَوَجَّهُ اِلَيْكَ بِنَبِىِّ مُحَمَّدٍ نَبِىِّ الرَّحْمَةِ يَا مُحَمَّدُ اِنّ۪ى اَتَوَجَّهُ بِكَ اِلٰى رَبِّكَ اَنْ يَكْشِفَ عَنْ بَصَر۪ى اَللّٰهُمَّ شَفِّعْهُ فِىَّ

U borib shunday qilib keldi. Koʻzi ochilgan va yaxshi koʻrayotganini koʻrdik.

— 108 —

Toʻrtinchi Misol: Buyuk bir imom Ibn Vahb xabar beradi: Gʻazva-i Badrning oʻn toʻrt shahididan biri Mu'avviz Ibn Afra' Abu Jahl bilan urusharkan, Abu Jahli La'yin u qahramonning bir qoʻlini kesadi. U narigi qoʻli bilan qoʻlini olib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qoʻlini yana joyiga yopishtirib, tupuklarini unga surtdilar; birdan shifo topdi. Yana harb etdi, shahid boʻlgunga qadar harb etdi. Imom Jalil Ibn Vahb ham xabar beradiki: U gʻazvada Hudayb Ibn Yasafning yelkasiga bir qilich urilganida, bir qismi ayrilgan kabi dahshatli bir yara ochilgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qoʻlini yelkasiga qoʻllari bilan yopishtirganlar, dam solganlarida, shifo topdi. Xullas, shu ikki voqea, garchi ahadiydir va xabari vohiddir; faqat Ibn Vahb kabi bir imom tasxix etsa, Gʻazva-i Badr kabi bir manba-i moʻ'jizot boʻlgan bir gʻazvada boʻlsa, ham bu ikki voqeani eslatadigan koʻp misollar boʻlsa; albatta shu ikki voqea qat'iy va voqe'dir deb boʻladi.

Xullas, ahodisi sahiha bilan subut topgan balki ming misol borki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qoʻllari unga shifo boʻlgan.

BU PARCHA OLTIN VA OLMOS BILAN YOZILSA LAYOQATI BOR

Ha, sobiqan bahsi oʻtgan: Kaftlarida kichik toshlarning zikr va tasbeh aytishi; وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ sirri ila ayni kaftlarida kichkina tosh va tuproq dushmanga toʻp va oʻq hukmida ularni inhizomga chorlashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan ayni kaftlarining barmogʻi bilan Qamarni ikki parcha qilishi; va ayni qoʻl, chashma kabi oʻn barmogʻidan suvning oqishi va bir qoʻshinga ichirishi; va ayni qoʻl xastalarga va yaralilarga shifo boʻlishi, albatta u muborak qoʻl naqadar horiqo bir moʻ'jiza-i qudrati Ilohiya ekanini koʻrsatadi. Goʻyo ahbob ichida u qoʻlning kafti kichik bir zikrxona-i Subhoniy boʻlib, kichkina toshlar ham ichiga kirsa, zikr va tasbeh qiladilar. Va a'daga qarshi kichkina bir aslahaxona-i Rabboniydirki, ichiga tosh va tuproq kirsa, oʻq va bomba boʻladi. Va yaralilar va xastalarga qarshi bir ajzoxona-i Rahmoniy boʻlib, qaysi dardga tegsa darmon boʻladi. Va jalol bilan turgan vaqti, Qamarni parchalab Qobi Qavsayn shaklini oladi; va jamol bilan qaytgan vaqti, obi kavsar oqitgan oʻn joʻmrakli bir chashma-i rahmat hukmiga kiradi. Ajabo, bunday bir zotning bitta qoʻllari bunday ajib moʻ'jizotga mazhar va mador boʻlsa; u zot Xoliqi Koinot nazdida naqadar maqbul ekanlari va da'vosida naqadar sodiq boʻlganlari va u qoʻl bilan bay'at etganlar naqadar baxtiyor ekanlari badohat darajasida anglashilmasmi?..

Savol: Deyiladiki: Sen koʻp narsalarga mutavotir deysan, holbuki biz ularning koʻpini endi eshityapmiz. Mutavotir bir narsa bunday yashirin qolmaydi?

Aljavob: Ulamo-i Shariat yonida koʻp mutavotir va badihiy narsalar borki, ulardan boʻlmaganga koʻra majhuldir. Ahli hadis yonida ham koʻp mutavotir bor, boshqalarning yonida ahadiy ham boʻlmaydi va hokazo... Har fanning ahli ixtisosi, u fanga koʻra badihiyoti, nazariyoti bayon etiladi. Umum xalq esa, u fanning ahli ixtisosiga e'timod etadi, taslim boʻladi yoki ichiga kiradi, koʻradi. Hozir xabar berganimiz haqiqiy mutavotir yoki ma'naviy mutavotir yoki tavotur hukmida qat'iyatni ifoda etgan voqealar, ham ahli hadis, ham ahli shariat, ham ahli Usul-ud din, ham aksar tabaqoti ulamodan hukmini shunday koʻrsatgan. Gʻaflatda boʻlgan avom yoki koʻzini yumgan nodonlar bilmasalar, qabohat ularga oiddir.

— 109 —

Beshinchi Misol: Imom Bagʻaviy taxriji va tasxixi bilan xabar beradiki: Ali ibn-al Hakamning Gʻazva-i Handakda kufforning zarbasi bilan oyogʻi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etdilar. Oʻsha on shunday shifo topdiki, otidan tushmadi.

Oltinchi Misol: Boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar beradilarki: Imom Ali gʻoyat xasta edi. Ogʻriqdan oʻziga oʻzi duo qilib ingrayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelib, اَللّٰهُمَّ اشْفِه۪ dedilar. Va oyoqlari bilan Hazrat Aliga tegib, "Tur!" dedilar. Birdan shifo topdi. Imom Ali aytadiki: "Oʻshandan soʻngra u xastalikni hech koʻrmadim".

Yettinchi Misol: Shurahbil-al Juhfiyning mashhur qissasi: Kaftida goʻshtdan bir oʻsma bor edi, qilichni va otning tizginini tutolmas edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kaftidagi oʻsmani masx etdilar va muborak qoʻllari bilan siqdilar. U oʻsmadan hech bir asar qolmadi.

Sakkizinchi Misol: Olti bolaning har biri boshqa-boshqa bittadan moʻ'jizoti Ahmadiyaga mazhar boʻldi.

Birinchisi: Ibn Abu Shayba (muhaqqiqi komil va muhaddisi mashhur) xabar beradiki: Bir xotin bir bolani Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirdi. U bolada bir balo bor edi, gapirmas edi, esi past edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir suv bilan gʻargʻara qildilar, qoʻllarini yuvdilar. U suvni xotinga berdi, bolaga ichirsin farmon etdilar. Bola u suvni ichgandan soʻng, xastaligidan va balosidan hech bir asar qolmadi. Shunday bir aql va kamol sohibi boʻldiki, uqalo-i nosdan ham oʻzib ketdi.

Ikkinchisi: Naqli sahih bilan, Hazrat Ibn Abbos aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga majnun bir bola keltirildi. Muborak qoʻllarini uning koʻksiga qoʻydilar; birdan bola qusdi. Ichidan kichik bodring qadar qora bir narsa chiqdi, bola shifo topib ketdi.

Uchinchisi: Imom Bayhaqiy va Nasaiy naqli sahih bilan xabar beradilarki: Muhammad Ibn Hatib ismli bir bolaning qoʻliga qaynagan qozon toʻkilgan, butun qoʻlini yoqqan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etib tupuklarini surtdilar, oʻsha on shifo topdi.

Toʻrtinchisi: Oʻsgan, faqat tili chiqmagan katta bir bola Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keldi. Bolaga farmon etganlar: "Men kimman?" Hech gapirmagan tilsiz bola, اَنْتَ رَسُولُ اللّٰهِ deb takallumni boshlagan.

Beshinchi bola: Olami yaqazoda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan mukarrar suratda musharraf boʻlgan Jaloliddin Suyutiy va asrning imomi taxrij va tasxix bilan Muborak-ul Yamoma ismi bilan mashhur bir zotni, hali endi dunyoga kelgan vaqti, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga mutavajjih boʻlganlar. Bola takallumni boshlagan, اَشْهَدُ اَنَّكَ رَسُولُ اللّٰهِ degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam "Barakalloh" deganlar. Bola undan soʻngra katta boʻlgungacha ortiq gapirmagan. U bola bu moʻ'jiza-i Ahmadiyaga va "Barakalloh" duo-i Nabaviysiga mazhar boʻlganidan, "Muborak-ul Yamoma" ismi bilan shuhrat topgan.

Oltinchi bola: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namoz oʻqirkanlar, jizzaki bir bola namozini kesib oʻtganidan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam اَللّٰهُمَّ اقْطَعْ اَثَرَهُ dedilar. Undan soʻng bola ortiq yurmagan, shunday qolgan, jizzakiligining jazosini topgan.

— 110 —

Yettinchi bola: Bola tabiatida hayosiz bir xotin, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ovqat yerkan, luqma istagan, berganlar. Degan: "Yoʻq, sening ogʻzingdagini istayman". Uni ham berganlar. U gʻoyat hayosiz xotin u luqmani yegandan soʻng eng hayoli xotin va Madina xotinlaridan ustun bir hayo sohibi boʻldi.

Shu sakkiz misol kabi, sakson emas, balki sakkiz yuz misollari bor. Koʻpi kutubi Siyar va ahodisda bayon etilgandir. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qoʻllari Hakimi Luqmonning bir dorixonasi kabi va tupuklari Hazrat Hizrning obi hayot chashmasi kabi va nafaslari Hazrat Iso Alayhissalomning nafasi kabi madad-ras va shifo-rason boʻlsa va navi bashar koʻp musibat va balolarga giriftor boʻlsa; albatta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga hadsiz murojaatlar boʻlgan. Xastalar, bolalar, majnunlar juda kasratli kelganlar, hammasi shifo topib ketganlar. Hatto qirq marta haj qilgan va qirq yil bomdod namozini xuftonning tahorati bilan oʻqigan, Tobe'iynning azim imomlaridan va koʻp sahobalar bilan koʻrishgan, Tous deyilgan Abu Abdurrahmon-al Yamaniy qat'iyan xabar beradi va hukm qiladi va deganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga naqadar majnun kelgan boʻlsa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam koʻksiga qoʻllarini qoʻygan boʻlsalar, qat'iyan shifo topgan; shifo topmagan qolmagan.

Xullas, Asri Saodatga yetishgan bunday bir imom, bunday qat'iy va kulliy hukm qilgan boʻlsa; albatta unga kelgan hech bir xasta qolmaganki, shifo topmagan boʻlsin. Modomiki shifo topgan, albatta murojaatlar minglab boʻladi.

OʻN TOʻRTINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i moʻ'jizotidan bir navi azimi, duolari bilan zohir boʻlgan horiqolardir. Ha, shu nav qat'iy va haqiqiy mutavotirdir. Juz'iyot va misollari shu qadar koʻpki, hisoblanmaydi. Misollarning koʻplari borki, ular ham mutavotir darajasiga chiqqan. Balki tavoturga yaqin mashhur boʻlganlar. Bir qismini shunday imomlar naql etganki, mashhur mutavotir kabi, qat'iyatni ifoda etadi. Biz bu juda koʻp misollaridan, tavoturga yaqin va mashhur darajasida muntashir ba'zi misollarni namuna sifatida va har misolida bir qancha juz'iyotini zikr qilamiz:

Birinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yomgʻir duolari, tavotur darajasida va koʻp marta takrorlanib, doimo tezlik bilan qabul boʻlishi, boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis naql etganlar. Hatto ba'zan minbari sharif ustida, yomgʻir duosi uchun qoʻllarini koʻtarib, tushirmasdan yogʻgan. Sobiqan zikr qilganimiz kabi, bir-ikki marta qoʻshin suvsiz qolgan vaqti bulut kelardi, yomgʻir berardi. Hatto nubuvvatdan avval, jaddi Nabiy Abdulmuttalib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichiklik zamonlarida muborak yuzlari bilan yomgʻir duosiga borardi. U kishining yuzi hurmati uchun kelardiki; u hodisa Abdulmuttalibning bir she'ri bilan ishtihor topgan. Ham vafoti Nabaviydan soʻngra, Hazrat Umar Hazrat Abbosni vasila qilib degan: "Ey Robbim! Bu sening habibingning amakisidir. Uning yuzi hurmati uchun yomgʻir ber". Yomgʻir kelgan.

Ham Imom Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Yomgʻir uchun duo talab etildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar. Yomgʻir shunday keldiki, majbur boʻldilar: "Iltimos, duo qiling, toʻxtasin". Duo qildilar, birdan toʻxtadi.

Ikkinchi Misol: Tavoturga yaqin mashhurdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, sahoba va iymonga kelganlar hali qirqqa vosil boʻlmasdan va yashirin ibodat qilayotgan ekan duo qildilar:

اَللّٰهُمَّ اَعِزَّ الْاِسْلَامَ بِعُمَرِ ابْنِ الْخَطَّابِ اَوْ بِعَمْرِ ابْنِ الْهِشَامِ

Bir-ikki kun soʻngra Hazrat Umar Ibn-al Xattob iymonga keldi va Islomiyatni e'lon va i'zoz etishga vasila boʻldi. "Faruq" unvoni oliysini oldi.

— 111 —

Uchinchi Misol: Ba'zi sahoba-i guzinga boshqa-boshqa maqsadlar uchun duo qilganlar. Duolari shunday porloq bir suratda qabul boʻlganki, u karomati duoiya moʻ'jiza darajasiga chiqqan. Azjumla, boshda Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Ibn Abbosga shunday duo qilganlar:

اَللّٰهُمَّ فَقِّهْهُ فِى الدّ۪ينِ وَعَلِّمْهُ التَّاْو۪يلَ

Duolari shunday maqbul boʻlganki; Ibn Abbos, Tarjimon-ul Qur'on unvoni zishonini va Habr-ul Umma, ya'ni alloma-i ummat rutba-i oliysini qozongan. Hatto koʻp yosh ekan, Hazrat Umar uni ulamo va qudamo-i sahoba majlislariga etardi.

Ham boshda Imom Buxoriy, ahli kutubi sahiha xabar beradilarki: Anasning volidasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga niyoz etganki: "Sizning xodimingiz boʻlgan Anasning avlod va moli haqida baraka uchun duo qiling". U kishi ham duo qilganlar:

اَللّٰهُمَّ اَكْثِرْ مَالَهُ وَوَلَدَهُ وَبَارِكْ لَهُ ف۪يمَا اَعْطَيْتَهُ

deganlar. Hazrat Anas oxir umrida qasam bilan e'lon qiladiki: "Men oʻz qoʻlim bilan yuz avlodimni dafn etganman. Mening molim va sarvatim e'tibori bilan ham, hech birisi men kabi mas'ud yashamagan. Mening molimni koʻryapsizki, juda koʻp. Bular butun duo-i Nabaviyaning barakasidandir".

Ham boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar berishadiki: Ashara-i Mubashsharadan Abdurrahmon Bin Avfga Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. U duoning barakasi bilan shu qadar sarvat qozondiki, bir marta yetti yuzta tuyani yuklari bilan birga "fiysabililloh" sadaqa qildi. Xullas, duo-i Nabaviyaning barakasiga qaranglar, "Barakalloh" denglar.

Boshda {[1] Soʻnra boshqa hadis imomlari oʻz kitoblarida naql qilganlar (tarjimon izohi).} Imom Buxoriy boʻlib, roviylar naql qiladilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Urva Ibn Abu Ja'daga tijoratda foyda va daromad uchun baraka bilan duo qilganlar. Urva deydiki: Men ba'zan Kufa bozorida turardim, bir kunda qirq ming foyda topardim, soʻngra uyimga qaytardim. Imom Buxoriy aytadi: "Qoʻliga tuproqni olsa ham, undan foyda topardi".

Ham Abdulloh Ibn Jafarga kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. Hazrat Abdulloh Ibn Jafar shu daraja sarvat qoʻlga kiritganki, u asrda shuhratgir boʻlgan. U baraka-i duo-i Nabaviy bilan hosil boʻlgan sarvati qadar saxovat bilan ham ishtihor etgan. Bu navdan koʻp misollar bor. Namuna uchun toʻrt misol bilan kifoyalanamiz.

Boshda Imom Termiziy xabar beradi: Sa'd Ibn Abu Vaqqos uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اَجِبْ دَعْوَتَهُ degan. Sa'dning duosining qabuli uchun duo qilganlar. U asrda Sa'dning badduosidan harkas qoʻrqardi. Duosining qabuli bilan shuhrat topdi.

— 112 —

Mashhur Abu Qatodaga farmon etganlar:

اَفْلَحَ اللّٰهُ وَجْهَكَ اَللّٰهُمَّ بَارِكْ لَهُ ف۪ى شَعْرِه۪ وَ بَشَرِه۪

deya yosh qolishi uchun duo qilganlar. Abu Qatoda yetmish yoshida vafot qilgan vaqti oʻn besh yoshli bir yigit kabi boʻlgani naqli sahih bilan shuhrat topgan.

Ham mashhur shoir Nabiganing qissa-i mashhurasidirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonida bir she'rini oʻqigan. Shu fikra:

بَلَغْنَا السَّمَاءَ مَجْدُنَا وَسَنَائُنَا ٭ وَ اِنَّا نُر۪يدُ فَوْقَ ذٰلِكَ مَظْهَرًا

Ya'ni: "Sharafimiz koʻkka chiqdi, biz yana ustiga chiqishni istaymiz!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam mulotafa suratida farmon etdilar: اِلٰى اَيْنَ يَا اَبَا لَيْلَا؟ Dedi: اِلَى الْجَنَّةِ يَا رَسُولَ اللّٰهِ Ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam latifa oʻlaroq dedilar: "Koʻkdan boshqa qaysi tarafga istaysan, she'ringda u yerni niyat etyapsan?" Nabigʻa dedi: "Koʻklardan ustun Jannatga ketishni istaymiz". Soʻngra bir ma'noli she'rini yana oʻqidi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar: لَا يَفْضُضِ اللّٰهُ فَاكَ Ya'ni, "Sening ogʻzing buzilmasin". Xullas, u duo-i Nabaviyning barakasi bilan, u Nabigʻa bir yuz yigirma yoshida bir tishi kamaymadi. Hatto ba'zan bir tishi tushgan payti, oʻrniga bitta yana kelardi.

Ham naqli sahih bilan Imom Ali uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اكْفِهِ الْحَرَّ وَالْقَرَّ Ya'ni: "Ey Robbim! Sovuq va issiqning zahmatini unga koʻrsatma". Xullas shu duo barakasi bilan Imom Ali qishda yoz libosini kiyardi, yozda qish libosini kiyardi. Derdiki: U duoning barakasi bilan hech bir sovuq va issiqning zahmatini chekmayman.

Ham Hazrat Fotima uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ لَا تُجِعْهَا Ya'ni: "Ochlik alamini unga berma". Hazrat Fotima deydiki: "U duodan soʻngra ochlik alamini koʻrmadim".

Ham Tufayl Ibn Amr borib qavmiga koʻrsatish uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bir moʻ'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ لَهُ deganlar. Ikki koʻzi oʻrtasida bir nur zuhur etgan. Soʻngra tayogʻi uchiga oʻtgan. Shuning bilan "Zinnur" deya mashhur boʻlgan. Xullas, bu voqealar ahodisi mashhuradandirki, qat'iyat paydo qilganlar.

Ham Abu Hurayra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Xotiram zaiflashyapti", deb shikoyat etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir roʻmolcha shaklida bir narsa ochdilar. Soʻngra muborak hovuchlari bilan gʻoibdan bir narsa olayotganday, hovuchlarini u yerga boʻshatdilar. Ikki-uch marta shunday qilib Abu Hurayraga: "Endi roʻmolchani toʻpla", dedilar. U ham toʻpladi. Bu sirri ma'naviyi duo-i Nabaviy bilan Abu Hurayra: "Undan soʻngra hech bir narsa unutmadim", deb qasam ichdi. Xullas bu voqealar ahodisi mashhuradandir.

Toʻrtinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning badduolariga mazhar boʻlgan bir nechta voqeani bayon qilamiz:

Birinchisi: Parviz deyilgan Fors podishohi noma-i Nabaviyani yirtganining Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xabari keldi. Shunda badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ مَزِّقْهُ "Ey Robbim! Maktubimni qanday parchalagan boʻlsa, sen ham uni va uning mulkini parcha-parcha qil". Shu badduoning ta'siri bilan; u Kisro Parvizning oʻgʻli Shirvayh xanjar bilan uni tilka-pora qildi. Sa'd Ibn Abu Vaqqos ham saltanatini parcha-parcha qildi. Sosoniya Davlatining hech bir yerda shavkati qolmadi. Faqat Kaysar va boshqa maliklar noma-i Nabaviyaga hurmat koʻrsatganlari uchun, mahv boʻlmadilar.

— 113 —

Ikkinchisi: Tavoturga yaqin mashhurdir va oyoti Qur'oniya ishorat etadiki: Bidoyati Islomda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Masjid-ul Haramda namoz oʻqirkanlar; ruaso-i Quraysh toʻplandilar, u kishiga qarshi gʻoyat bad bir muomala qildilar. U kishi ham oʻsha vaqt ularga badduo qildilar. Ibn Mas'ud deydiki: Qasam ichaman, u bad muomalani qilgan va u kishining badduolariga mazhar boʻlganlarning Gʻazva-i Badrda bir-bir oʻliklarini koʻrdim.

Uchinchisi: Mudoriya deyilgan Arablarning katta qabilasi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni takzib etganlari uchun, ularga qaht bilan badduo qildilar. Yomgʻir toʻxtadi, qahtu gʻola boshlandi. Soʻngra Mudoriya qavmidan boʻlgan Qabila-i Quraysh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iltimos qildilar. Duo qildilar, yomgʻir keldi, qahtlik tugadi. Bu voqea tavotur darajasida mashhurdir.

Beshinchi Misol: Xususiy odamlarga badduolarining dahshatli qabulidir. Buning koʻp misollari bor. Qat'iy uch misolni namuna oʻlaroq bayon qilamiz:

Birinchisi: Utba Ibn Abu Lahab haqida shunday badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ سَلِّطْ عَلَيْهِ كَلْبًا مِنْ كِلَابِكَ Ya'ni: "Ey Robbim! Unga bir itingni yoʻliqtir". Soʻngra Utba safarda borarkan, bir arslon kelib, qofila ichida uni qidirib topgan, yeb tashlagan. Shu voqea mashhurdir. Aimma-i hadis naql va tasxix etganlar.

Ikkinchisi: Muhallim Ibn Jusamad, Amir Ibn Azbatni gʻadr bilan qatl etgan edi. Holbuki Amirni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam jihod va harb uchun qoʻmondon qilib, bir askarlar boʻlinmasi bilan yuborgan edilar. Muhallim ham u bilan birga edi. Bu gʻadrning xabari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yetishgan vaqti hiddat bilan اَللّٰهُمَّ لَا تَغْفِرْ لِمُحَلِّمِ deya badduo qilganlar. Yetti kun soʻngra u Muhallim oʻldi. Qabrga qoʻydilar, qabr chiqarib tashladi. Necha marta qoʻygan boʻlishsa, yer qabul qilmadi. Soʻngra, ikki tosh oʻrtasida mustahkam bir devor qilishga majbur boʻldilar, oʻsha suratda yer ostida satr etilgan.

— 114 —

Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir odam chap qoʻli bilan ovqat yeyayotganini koʻrdilar. Farmon etdilar: كُلْ بِيَم۪ينِكَ "Oʻng qoʻling bilan yegin", deganlar. U odam degan: لَا اَسْتَط۪يعُ "Oʻng qoʻlim bilan qilolmayman". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam deganlar: لَا اسْتَطَعْتَ deya badduo qildilar. "Koʻtarolmaysan". Oʻshandan soʻngra u odam oʻng qoʻlini hech koʻtarolmadi.

Oltinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari, ham tegilishlaridan zuhur etgan juda koʻp horiqolaridan, qat'iyat kasb etgan bir qancha hodisani zikr qilamiz:

Birinchisi: Hazrat Xolid Ibn Validga (Sayfullohga) bir necha sochini berib, nusrati uchun duo qilganlar. Hazrat Xolid u sochlarni kulohida hifz etgan. Xullas, u soch va duoning barakasi hurmati, qaysi bir harbga kirgan boʻlsa, mutlaqo muzaffar chiqqan.

Ikkinchisi: Salmon Forsiy, oldin Yahudiylarning abdi boʻlgan. Uning sayyidlari uni ozod qilish uchun koʻp narsalar soʻrashdi. "Uch yuz xurmo koʻchatini ekib meva bergandan soʻng, qirq oʻqqa oltin berish bilan ozod etilasan", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, bayoni hol etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻz qoʻllari bilan Madina atrofida uch yuz koʻchatni ekdilar. Yolgʻiz bir donasini boshqasi ekdi. U yil mobaynida Rasuli Akram Alayhissalotu Vasssalam ekkan butun nihollar meva berdi. Yolgʻiz birini boshqasi ekkan edi, oʻsha bitta meva bermadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uni chiqarib qaytadan ekdilar. U ham meva berdi. Ham tovuq tuxumi qadar bir oltinga, ogʻizlarining tupugini surtib, duo qildilar, Salmonga berib: "Bor, Yahudiylarga ber", dedilar. Salmon Forsiy borib u oltindan qirq oʻqqani ularga berdi; u tovuq tuxumi qadar boʻlgan oltin yana eskisi kabi qoldi. Xullas, shu voqea Hazrat Sulaymoni Pokning sarguzashti hayotining eng muhim bir hodisa-i moʻ'jizakoronasidir. Moʻ'tabar va mavsuq imomlar xabar berganlar.

Uchinchisi: Ummu Molik ismli bir sahobiya "u'kka" deyilgan kichik bir yogʻ tulumidan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yogʻ hadya qilardi. Bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga duo qilib u'kkani berdilar, unga: "Uni boʻshatib siqmanglar", dedilar. Ummu Molik u'kkani olgan. Qachon bolalari yogʻ istasalar, baraka-i duo-i Nabaviy bilan u'kkada yogʻ topardilar. Ancha zamon davom etdi. Soʻngra siqdilar, baraka tugadi.

Yettinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari bilan va tegilishlari bilan suvlarning shirinlashishi va goʻzal hid berishining koʻp hodisalari bor. Ikki-uch donani namuna oʻlaroq bayon etamiz:

Birinchisi: Imom Bayhaqiy boshda, ahli hadis xabar beradilarki: Biri Qubo deyilgan quduqning suvi ba'zan qurir edi. Ya'ni tugardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tahorat suvini ichiga quyib duo qilganlaridan soʻng, kasrat bilan davom etdi, ortiq hech qurimadi.

Ikkinchisi: Boshda Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda, ahli hadis xabar beradilarki: Anasning uyidagi quduqqa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tupuklarini ichiga otib duo qilganlar, Madina-i Munavvarada eng shirin suv oʻsha boʻlgan.

Uchinchisi: Ibn Mojja xabar beradi: Ma-i Zamzamdan bir paqir suv Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keltirdilar. Bir oz ogʻizlariga oldilar, paqirga boʻshatdilar. Paqir mushk kabi royiha berdi.

Toʻrtinchisi: Imom Ahmad Ibn Hanbal xabar beradiki: Bir quduqdan bir paqir suv chiqardilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ichiga ogʻizlarining suvini oqitib quduqqa boʻshatganlaridan soʻng, mushk kabi hid berishni boshladi.

— 115 —

Beshinchisi: Rijolullohdan va Imom Muslim va ulamo-i Magʻribning moʻ'tamadi va maqbuli boʻlgan Hammad Ibn Salama xabar beradiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam teridan bir tulukka suv toʻldirib ogʻziga dam solib duo qildilar. Bogʻladilar, bir qism sahobaga berdilar. "Ogʻzini ochmanglar! Yolgʻiz tahorat olgan vaqtingiz ochinglar", deganlar. Borganlar, tahorat olish vaqtida ogʻzini ochishgan. Koʻradilarki, xolis bir sut, ogʻzida ham qaymoq yogʻ. Xullas, bu besh juzni; ba'zilari mashhur, ba'zisini esa muhim imomlar naql etadilar. Ular va bu yerda naql qilinmaganlar bilan hammasi; ma'naviy tavotur kabi bir moʻ'jiza-i mutlaqaning tahaqquqini koʻrsatadilar.

Sakkizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning masx va duolari bilan sutsiz va qisr echkilarning muborak qoʻllarining tegilishi bilan va duolari bilan sutli, ham koʻp sutli boʻlishlari misollari va juz'iyotlari koʻp. Biz yolgʻiz mashhur va qat'iy ikki-uch misolni namuna sifatida zikr qilamiz:

Birinchisi: Ahli Siyarning butun moʻ'tabar kitoblari xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan barobar hijrat qilarkan, Atikat Bint-il Huzaiya deyilgan Ummu Ma'bad xonasiga keldilar. U yerda gʻoyat zaif, sutsiz, qisr bir echki bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ummu Ma'badga farmon etdilar: "Buning suti yoʻqmi?". Ummu Ma'dab: "Buning vujudida qon yoʻq, qayerdan sut beradi?", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam borib u echkining beliga qoʻllarini surtganlar, yelinini ham masx etdilar, duo qildilar. Soʻngra: "Idish keltiringlar, sogʻinglar!", dedilar. Sogʻdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan ichgandan soʻng, u xona xalqi ham toʻygunga qadar ichganlar. U echki quvvatlangan, ana shunday muborak qolgan.

Ikkinchisi: Shoti Ibn Mas'udning mashhur qissasi: Ibn Mas'ud musulmon boʻlmasdan avval birovlarning choʻponi edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan bilan, Ibn Mas'udning echkilari bilan boʻlgan joyga bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ibn Mas'uddan sut soʻradilar. U: "Echkilar meniki emas, boshqasining moli", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Menga qisr, sutsiz bir echki keltir", dedilar. U ikki yildir taka koʻrmagan bir echki keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan uning yelinini masx etib duo qildilar. Soʻngra sogʻishdi, xolis bir sut olib ichishdi. Ibn Mas'ud bu moʻ'jizani koʻrgandan soʻngra iymon keltirdi.

Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning murdi'asi, ya'ni enagasi boʻlgan Halima-i Sa'diyaning echkilarining qissa-i mashhurasi boʻlib; u qabilada bir daraja qahtlik bor edi. Hayvonot zaif va sutsiz va toʻygunicha yemasdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerga, enagalarining yoniga yuborilgan payti, u kishining barakasi bilan Halima-i Sa'diyaning echkilari oqshom vaqti boshqalarining aksiga, toʻq va yelinlari toʻla boʻlib kelardi. Xullas, buning kabi Siyar kitoblarida yana boshqa juz'iyotlari bor; lekin bu namunalar asl maqsadga kifoyadir.

— 116 —

Toʻqqizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ba'zi zotlarning boshini va yuzini muborak qoʻllari bilan masx etib duo qilgandan soʻng, zohir boʻlgan horiqolarning koʻp juz'iyotidan mashhur boʻlgan bir nechtasini namuna sifatida bayon qilamiz:

Birinchisi: Umar Ibn Sa'dning boshiga qoʻllarini surtib duo qilganlar. Sakson yoshida u odam oʻsha duoning barakasi bilan oʻlgan vaqti boshida oq yoʻq edi.

Ikkinchisi: Qays Ibn Zaydning boshiga qoʻllarini qoʻyib, masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan yuz yoshga kirgan vaqti, masxning ta'siri bilan butun boshi oq, yolgʻiz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini qoʻygan yeri qop-qora boʻlib qolgan edi.

Uchinchisi: Abdurrahmon Ibn Zayd Ibn-al Hattob ham kichik, ham xunuk edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan boshini masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan; qomati eng bolo qomat va surati eng goʻzal bir suratga kirgan.

Toʻrtinchisi: A'iz Ibn Amrning Gʻazva-i Hunaynda yuzi yaralanganida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan yuzidagi qonni artganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qoʻllarining tekkan joyi porloq bir nur berganki, muhaddislar كَغُرَّةِ الْفَرَسِdeb ta'bir qilganlar. Ya'ni, doru otning peshonasidagi oq kabi, tekkan joyi porlardi.

Beshinchisi: Qatoda Ibn Salmonning yuziga qoʻllarini surtib duo qilganlar. Qatodaning yuzi oyna kabi porlashni boshlagan.

Oltinchisi: Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salamaning qizi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning oʻgay qizi Zaynabga, kichikligida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yuziga tahorat suvini otib taltif etganlar. U suv tekkandan soʻng, Zaynabning husn va jamoli ajib surat olgan, badi'-ul jamol boʻlgan.

Xullas, bu juz'iyotlar kabi yana koʻp misollar bor. Ularning koʻpini aimma-i hadis naql etganlar. Bu juz'iyotning har birini, xabari vohid va zaif faraz etsak ham, yana majmui ma'naviy bir tavotur hukmida, mutlaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiyani koʻrsatadi. Chunki bir hodisa, boshqa-boshqa va koʻp suratlar bilan naql etilsa, asl hodisaning vuqu'i qat'iy boʻladi. Suratlarning har biri zaif ham boʻlsa, yana asl hodisani isbot qiladi. Masalan:

Bir kuni bir shovqin eshitildi. Ba'zilar aytishdiki, falon uy xarob boʻldi; boshqasi, boshqa uy xarob boʻldi dedi; yana boshqasi, boshqa bir uyni aytdi va hokazo... Har bir rivoyat, xabari vohid ham, zaif ham, xilofi voqe' ham boʻlishi mumkin. Lekin asl voqea: Bir uy xarob boʻlgan, u qat'iy, unda hamma muttafiq. Holbuki biz bahs etgan shu olti juz'iyot; ham sahih, ham ba'zilari shuhrat darajasiga chiqqan. Farazan bularning har birini zaif deb hisoblasak, tamsilda mutlaq bir xona xarob boʻlishi kabi, yana juz'iyotning majmu'ida, mutlaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning vujudini qat'iyan koʻrsatadi.

Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning moʻ'jizoti bahirasi, har bir navda qat'iy mavjuddir. Juz'iyoti ham, u kulliy va mutlaq moʻ'jizaning suratlari yoxud namunalaridir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qandayki qoʻllari, barmoqlari, tupuklari, nafaslari, soʻzlari, ya'ni duolari koʻp moʻ'jizotning mabdai boʻladi. Aynan shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshqa latoifi va tuygʻulari va jihozoti koʻp horiqolarga madordir. Kutubi Siyar va Tarix u horiqolarni bayon etganlar; siyrat va surat va tuygʻularida koʻp daloili nubuvvat borligini koʻrsatgan.

— 117 —

OʻN BESHINCHI ISHORAT: Qandayki toshlar, daraxtlar, Qamar, Quyosh uni tanib; bittadan moʻ'jizasini koʻrsatish bilan nubuvvatini tasdiq etadilar. Shunga oʻxshab: Hayvonot toifasi, oʻliklar toifasi, jinlar toifasi, maloikalar toifasi u Zoti Muborakni taniydilar va nubuvvatini tasdiq etib; taniganliklarini, har bir toifasi, ba'zi moʻ'jizotini koʻrsatish bilan bildiradilar va nubuvvatining tasdigʻini e'lon etadilar. Shu Oʻn Beshinchi Ishoratning uch shoʻ'basi bor:

Birinchi Shoʻ'basi: Hayvonot jinsi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va moʻ'jizotini ham izhor etadilar. Shu shoʻ'baning koʻp misollari bor. Bu yerda biz faqat mashhur va ma'naviy tavotur darajasida qat'iy yoki muhaqqiqiyni aimmaning maqbuli boʻlgan yoki ummat talaqqi-i bilqabul etgan bir qism hodisalarni namuna sifatida zikr qilamiz:

Birinchi Hodisa: Ma'naviy tavotur darajasida bir shuhrat bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr-is Siddiq bilan, kufforning ta'qibidan qutulish uchun tahassun etganlari Gʻori Hironing ogʻzida, ikki soqchi kabi ikki kabutar kelib turishlari va oʻrgimchak ham pardador kabi, horiqo bir tarzda, qalin bir toʻr bilan gʻor ogʻzini toʻsishidir. Hatto ruaso-i Qurayshdan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qoʻllari bilan Gʻazva-i Badrda oʻldirilgan Ubay Ibn Xalaf gʻorga qaragan. Doʻstlari deganlar: "Gʻorga kiraylik". U degan: "Qanday kiramiz? Bu yerda bir toʻr koʻryapmanki, Hazrat Muhammad tavallud etmasdan bu toʻr qilingan kabidir. Bu yerda ikki kabutar turibdi, odam boʻlsa, bu yerda turadimi?" Xullas, bu kabi muborak kabutar toifasi Fathi Makkada ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlari ustida soya qilganlarini Imom Jalil Ibn Vahb naql etadi. Ham naqli sahih bilan Hazrat Oysha-i Siddiqa xabar beradi: Uyimizda kabutar kabi, Dojin deyilgan bir qush bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hozir boʻlganlarida hech tipirchilamasdi, sukut saqlab turardi. Qachonki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqsalar, u qush harakatni boshlardi; borardi kelardi, hech turmasdi. Demak, u qush Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tinglardi, huzurlarida tamkin bilan sukut saqlardi.

Ikkinchi Hodisa: Besh-olti tariq bilan ma'naviy bir tavotur hukmini olgan boʻri hodisasi; bu qissa-i ajiba koʻp tariqlar bilan mashhur sahobalardan naql etilgan. Azjumla: Abu Said-al Xudriy va Salama Ibn-al Akva' va Ibn Abu Vahb va Abu Hurayra va bir voqea sohibi choʻpon (Uhbon) kabi mutaaddid tariqlar bilan xabar beradilarki: Bir boʻri echkilardan birini ushlaganida, choʻpon boʻrining qoʻlidan qutqardi. Boʻri: "Allohdan qoʻrqmading, mening rizqimni qoʻlimdan olding", deydi. Choʻpon: "Ajoyib, boʻri ham gapiradimi?", deydi. Boʻri unga: "Ajib sening holinggaki, orqa tarafda bir zot borki; sizni Jannatga da'vat etyapti, paygʻambardir, uni tanimayapsizlar!", deydi. Butun tariqlar boʻrining gapirishida muttafiq boʻlish bilan barobar, quvvatli bir tariq boʻlgan Abu Hurayra ixborida deydiki: Choʻpon boʻriga: "Men boraman; lekin mening echkilarimga kim qaraydi?", deydi. Boʻri: "Men qarayman", deydi. Choʻpon ham choʻponlikni boʻriga topshirib kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni koʻrib, iymon keltirib, qaytib ketgan. Boʻrini choʻponlik qilayotganini koʻrgan. Zoyi'ot yoʻq. Bir echki soʻyib unga bergan, chunki unga ustozlik qilgan. Bir tariqda: Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon bilan Safvon bir boʻri bir kiyikni ta'qib etayotganini koʻrishadi, kiyik Harami Sharifga kiradi. Boʻri qaytadi, soʻngra taajjub etadilar. Boʻri gapirib, risolati Ahmadiyani xabar bergan. Abu Sufyon Safvanga: "Bu hodisani hech kimga aytmaylik, Makka boʻshalib ularga iltihoq etishidan qoʻrqaman", deydi. Alhosil, boʻri qissasi qat'iy va ma'naviy mutavotir kabi qanoat beradi.

— 118 —

Uchinchi Hodisa: Besh-olti tariq bilan muhim sahobalardan naql etilgan jamal hodisasidirki: Azjumla: Abu Hurayra va Sa'laba Ibn Molik va Jobir Ibn Abdulloh va Abdulloh Ibn Jafar va Abdulloh Ibn Abu Avfa kabi mutaaddid tariqlar va u tariqlarning boshidagi sahobalar muttafiqan xabar beradilarki: Tuya kelib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga tahiyya-i ikrom navidan sajda qilib gapirgan. Va bir necha tariqda xabar beriladi: U tuya bir bogʻda gʻazablangan holda, vahshiyona; yoniga hech kimni qoʻymasdan hujum qilayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kirdilar; tuya keldi, ikroman sajda qildi, yonlarida choʻkdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam noʻxta taqdilar. Tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga dedi: "Meni koʻp mashaqqatli narsalarda ishlatishdi, endi esa meni soʻyishni istashyapti. Shuning uchun gʻazablandim". Tuya sohibiga: "Shundaymi?", dedilar. "Ha", deyishdi.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning A'dbo ismli tuyalari vafoti Nabaviydan soʻng qaygʻudan na yedi, na ichdi, oxiri oʻldi. Ham u tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan muhim bir qissani gapirganini, Abu Isxoq Asfaroniy kabi ba'zi muhim imomlar xabar berganlar. Ham naqli sahih bilan; Jobir Ibn Abdullohning bir safarda tuyasi juda charchagan edi, ortiq yurolmayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u tuyani yengilgina bir turtib qoʻydilar. U tuya u iltifoti Ahmadiydan shu qadar bir epchillik, bir sevinchlik paydo qildiki; ortiq sur'atidan tizginini ushlab boʻlmas, yoʻlda yetishib boʻlmasdi. Buni Hazrat Jobir xabar beradi.

Toʻrtinchi Hodisa: Boshda Imom Buxoriy, aimma-i hadis xabar beradilar: Bir marta kechasi, Madina-i Munavvaraning xorijida, dushman hujum etyapti degan muhim bir hodisa tarqaldi. Soʻngra jasur suvoriylar chiqib bordilar. Yoʻlda qarasalar, bir zot kelyapti. Qarasalar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam. "Hech kim yoʻq", dedilar. Mashhur Abu Talhaning otiga minib, shijoati qudsiyasi muqtazosidan, harkasdan avval borib, tahqiq etib qaytgan edilar. Abu Talhaga: وَجَدْتُ فَرَسَكَ بَحْرًا Ya'ni: "Sening oting silkinmas, gʻoyat tez ekan", dedilar. Holbuki Abu Talhaning oti qotuf ta'bir etilgan yurmaydigan qismdan edi. Oʻsha kechadan soʻng hech bir ot poygada unga yetolmasdi. Ham naqli sahih bilan; bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam safarda namoz oʻqiyotganlarida otlariga: "Toʻxta", dedilar. U toʻxtadi. Namoz tugagancha hech qayerini qimirlatmadi.

Beshinchi Hodisa: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori Safina, Yaman Hokimi Muoz Ibn Jabalning yoniga borish uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan amr olib ketgan. Yoʻlda bir arslon uchraydi. Safina unga: "Men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkoriman", deydi. Arslon ovoz chiqarib ketib qolgan. Tegmagan. Boshqa bir tariqda xabar beradiladiki: Safina qaytayotgan vaqti yoʻlini yoʻqotgan, bir arslonga uchragan; arslon unga tegmay, yoʻlni ham koʻrsatgan.

Ham Hazrat Umardan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. Qoʻlida arabcha "dabb" deyilgan bir kaltakesak, ya'ni kalar bor edi. "Agar bu hayvon senga shahodat keltirsa, men senga iymon keltiraman; boʻlmasa iymon keltirmayman", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam undan soʻradilar; u kaltakesak fasih bir til bilan risolatiga shahodat keltirdi.

Ham Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salama xabar beradiki: Bir ohu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashgan va risolatiga shahodat keltirgan. Xullas, bu kabi koʻp misollar bor. Hamda qat'iy shuhrat topgan bir qancha namunani koʻrsatdik. Va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanimaganga va itoat etmagan odamga aytamizki:

Ey inson! Ibrat olinglar... Boʻri, arslon; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanib, itoat qiladi. Sizlar hayvondan, boʻridanda past darajaga tushmaslikka urinishingiz lozim.

— 119 —

Ikkinchi Shoʻ'ba: Oʻlganlar, jinlar va maloikalarning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanishlaridir. Buning ham koʻp hodisalari bor. Namuna uchun, shuhrat topgan va mavsuq imomlar xabar bergan bir qancha namunani, avvalo oʻlganlardan koʻrsatamiz. Jin va maloika, mutavotirdir.. ularning misollari bir emas, mingdir. Oʻlganrning gapirishi misollaridan:

Birinchisi: Ulamo-i zohir va botinning, Tobe'iyn zamonida eng buyuk raisi va Imom Alining muhim va sodiq shogirdi boʻlgan Hasan Basriy xabar beradiki: Bir odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga kelib yigʻlab zorlandi. "Mening kichik bir qizim bor edi, shu yaqin darada oʻldi, u yerga tashladim", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga achindilar. Unga: "Kel, u yerga boramiz", dedilar. Bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u oʻlgan qizni: "Ey faloncha!" deb chaqirdilar. Birdan u oʻlgan qiz. "Labbayka va sa'dayka", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam famon etdilar: "Takror padar va volidangning yoniga kelishni orzu qilasanmi?" U: "Yoʻq, men ulardan ham xayrlisini topdim", dedi.

Ikkinchisi: Imom Bayhaqiy va Imom Ibn A'diyy kabi ba'zi muhim imomlar, Hazrat Anas Ibn Molikdan xabar beradilarki: Anas degan: Bir keksa xotinning bitta oʻgʻli bor edi, kutilmaganda vafot etdi. U soliha xotin juda mutaassir boʻlib: "Ey Robbim! Sening rizong uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bay'atlari va xizmatlari uchun hijrat qilib bu yerga keldim. Mening hayotimda istirohatimni ta'min etadigan birgina bolachamni, u Rasuling hurmati bagʻishla", dedi. Anas: "U oʻlgan odam turdi, biz bilan ovqat yedi", dedi.

Shu hodisa-i ajibaga ishorat va ifoda etgan, Imom Busayriyning Qasida-i Burdasidagi shu fikrasidir:

لَوْ نَاسَبَتْ قَدْرَهُ اٰيَاتُهُ عِظَمًا ٭ اَحْيَى اسْمُهُ ح۪ينَ يُدْعٰى دَارِسَ الرِّمَمِ

Ya'ni: "Agar alomatlari, u kishining qadrlariga muvofiq darajasida azamatini va maqbuliyatini koʻrsatsa edi; yangi oʻlganlar emas, balki u kishining ismlari bilan chirigan suyaklar ham ihyo etilishi mumkin edi".

Uchinchi Hodisa: Boshda Imom Bayhaqiy kabi roviylar, Abdulloh Ibn Ubaydulloh-al Ansoriydan xabar beradilar: Abdulloh aytadi: Sabit Ibn Qays Ibn Shammos Yamoma Harbida shahid boʻlgan va qabrga qoʻygan vaqtimiz men oʻsha yerda edim. Qabrga qoʻyilarkan, birdan undan bir ovoz keldi:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَاَبُو بَكْرٍ الصِّدّ۪يقُ وَعُمَرُ الشَّه۪يدُ وَعُثْمَانُ الْبَرُّ الرَّح۪يمُ

dedi. Soʻngra ochdik, qaradik; oʻlik, jonsiz. Ana oʻsha vaqt hali Hazrat Umar xilofatga oʻtmasdan, shahodatini xabar berdi.

Toʻrtinchi Hodisa: Imom Tabaroniy va Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda Noʻ'mon Ibn Bashirdan xabar beradilarki: Zayd Ibn Xorija bozor ichida birdan yiqilib vafot etdi. Uyga keltirdik. Shom va xufton orasida atrofida xotinlar yigʻlarkan birdan اَنْصِتُوا اَنْصِتُوا "Jim boʻlinglar!" dedi. Soʻngra fasih bir lison bilan:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ

deb bir miqdor gapirdi. Soʻngra qarasak, jonsiz vafot etgan ekan.

Jonsiz oʻliklar u kishining risolatini tasdiq qilsa-yu; joni borlar tasdiq qilmasa; albatta u jinoyatchi jonlilar jonsizlardanda jonsiz va oʻliklardanda oʻlikdirlar.

— 120 —

Ammo maloikalarning, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xizmatlari va koʻrinishlari va jinlarning u kishiga iymon va itoati, mutavotirdir. Nassi Qur'on va koʻp oyot bilan musorrahdir. Gʻazva-i Badrda besh ming maloika, -nassi Qur'on bilan- oldinda, sahobalar kabi u kishiga xizmat qilib, askar boʻlganlar. Hatto oʻsha malaklar, maloikalar ichida Asxobi Badr kabi sharaf qozonganlar. Bu masalada ikki jihat bor:

Biri: Jin va maloikaning toifalari, hayvon va insonning toifalari kabi, vujudlari qat'iy va biz bilan munosabatdor boʻlgani, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda ikki karra ikki toʻrt boʻlish darajasida qat'iyat bilan isbot qilganmiz. Ularning isbotini oʻsha Soʻzga havola qilamiz.

Ikkinchi jihat: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharaflari bilan, asari moʻ'jizalari boʻlib, afrodi ummati ularni koʻrishi va gaplashishidir. Boshda Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis muttafiqan xabar beradilar: Bir marta malak, ya'ni Hazrat Jabroil oq libosli bir inson suratida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sahobalar ichida oʻtirar ekanlar, yonlariga borib:

مَا الْاِسْلَامُ وَمَا الْا۪يمَانُ وَمَا الْاِحْسَانُ

Ya'ni: "Iymon, Islom, ehson nima? Ta'rif et", deydi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ta'rif etdilar. U yerdagi jamoati sahoba ham dars olgan, hamda u zotni yaxshi koʻrishgan. U zot musofir kabi koʻrinarkan, ustida alomati safar asari hech yoʻq edi. Turdi, birdan gʻoyib boʻldi. U vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlarki: "Sizga dars berish uchun Jabroil shunday qildi". Ham xabari sahih bilan va xabari qat'iy bilan va ma'naviy tavotur darajasida, aimma-i hadis xabar beradilarki: "Hazrat Jabroilni koʻp marta, husn va jamol sohibi boʻlgan Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida sahobalar koʻrar edilar. Azjumla, Hazrat Umar va Ibn Abbos va Usoma Ibn Zayd va Haris va Oysha-i Siddiqa va Ummu Salama, qat'iyan sobitdirki, bular qat'iyan xabar beradilarki: Biz Hazrat Jabroilni Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida koʻp koʻramiz. Ajabo, hech mumkinmidirki, bu zotlar koʻrmasdan koʻramiz desinlar?

Ham naqli sahihi qat'iy bilan, Ashara-i Mubashsharadan, Eron fotihi Sa'd Ibn Abu Vaqqos xabar beradiki: "Gʻazva-i Uhudda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ikki taraflarida, ikki oq libosli, soqchi kabi muhofiz suratida koʻrdik. Anglashildiki, ikkisi ham malak, Hazrat Jabroil bilan Mikoil ekanini angladik". Ajabo, shunday bir qahramoni Islom koʻrdik desa, koʻrmasligi mumkinmi?

Ham Abu Sufyon Ibn Horis Ibn Abdulmuttalib (amizzada-i Nabaviy) naqli sahih bilan xabar beradi: "Gʻazva-i Badrda, osmon bilan yer orasida, oq libosli otli zotlarni koʻrdik".

Ham Hazrat Hamza Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iltimos qildi: "Men Jabroilni koʻrishni istayman". Ka'bada unga koʻrsatdilar. Chiday olmadi, behush boʻldi, yerga yiqildi. Bu tur maloikalarni koʻrish vuqu'oti koʻp. Butun bu vuqu'ot, bir navi moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamni koʻrsatadi va dalolat etadiki; u kishining misbohi nubuvvatlariga maloikalar ham parvonadirlar.

Jinlar bilan koʻrishish va koʻrish, sahobalar emas, balki avomi ummat ham koʻplari bilan koʻrishishlari koʻp sodir boʻladi. Faqat eng qat'iy, eng sahih xabar bilan aimma-i hadis bizga aytadilarki: Ibn Mas'ud "Batni Naxlda ajinnilarning ihtidosi kechasida, ajinnilarni koʻrdim va Sudan qabilasidan Zutt deyilgan uzun boʻyli toifaga oʻxshatdim, ularga oʻxshardilar".

Ham mashhur va hadis imomlari taxrij va qabul qilgan Hazrat Xolid Ibn Valid voqeasi: Uzza deyilgan sanamni taxrib etgan vaqtlari, qora xotin shaklida, u sanam ichidan bir jinniya chiqdi. Hazrat Xolid bir qilich bilan u jinniyani ikki burda qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻsha hodisa uchun aytdilarki: "Uzza sanami ichida unga ibodat qilinardi, endi unga ibodat qilinmaydi".

Ham Hazrat Umardan mashhur bir xabar: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, keksa koʻrinishda, qoʻlida bir hasso, "Homa" ismli bir jin keldi, iymon keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qisqa suralardan bir nechta surani dars berdilar. Darsini oldi, ketdi. Bu oxirgi hodisaga, garchi ba'zi hadis imomlari e'tiroz bildirishgan; lekin muhim imomlar toʻgʻriligiga hukm qilishgan. Nima boʻlganda ham, bu navda uzun aytishga ehtiyoj yoʻq, misollari koʻp.

— 121 —

Ham deymizki:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nurlari bilan, tarbiyalari bilan va u kishining orqasidan ketgan minglab Shayx Jiyloniy kabi aqtoblar, asfiyolar maloikalar va jinlar bilan koʻrishib gaplashganlar, bu hodisa yuz tavotur darajasida va juda kasratdadir. Ha, ummati Muhammadning maloika va jinlar bilan aloqalari va takallumlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarbiya va irshodi i'jozkoronasining bir asaridir.

Uchinchi Shoʻ'ba: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning hifzlari va ismatlari, bir moʻ'jiza-i bahiradir. وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati karimasining haqiqati bahirasi, koʻp moʻ'jizotni koʻrsatadi. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqqan vaqtlari, yolgʻiz bir toifaga, bir qavmga, bir qism ahli siyosat yoki bir dinga emas; balki umum podshohlarga va umum ahli dinga bir oʻzlari qarshi chiqdilar. Holbuki u kishining amakilari eng katta dushman va qavm va qabilalari dushman ekan; yigirma uch yil soqchisiz, takallufsiz, muhofazasiz va juda koʻp marta suiqasdga uchragan boʻlsalarda, kamoli saodat bilan, rohat toʻshagida vafot etib, Mala-i A'loga chiqishlariga qadar hifz va ismatlari, وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati naqadar quvvatli bir haqiqatni ifoda etganini va naqadar metin bir nuqta-i istinod boʻlganini quyosh kabi koʻrsatadi. Biz yolgʻiz namuna uchun, qat'iyat kasb etgan bir nechta hodisani zikr qilamiz:

Birinchi Hodisa: Ahli siyar va hadis, muttafiqan xabar beradilarki: Quraysh qabilasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni oʻldirtirish uchun qat'iy ittifoq qilishdi. Hatto inson suratiga kirgan bir shaytonning tadbiri bilan, Quraysh ichiga fitna tushmaslik uchun, har bir qabiladan loaqal bir odam ichida boʻlib, ikki yuzga yaqin, Abu Jahl va Abu Lahabning taxti hukmida boʻlib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vasalamning xona-i saodatlariga hujum qildilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida Hazrat Ali bor edilar. Unga: "Sen bu kecha mening yotogʻimda yot", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kutdilar, Quraysh kelib butun xonaning atrofini oʻrashdi. Shu payt u kishi chiqib, bir parcha tuproq olib ularning boshlariga otdilar. Hech biri u kishini koʻrmadi, ularning ichlaridan chiqib ketdilar. Gʻori Hiroda ikki kabutar va bir oʻrgimchak butun Qurayshga qarshi u kishiga soqchi boʻlib muhofaza qildilar.

Ikkinchi Hodisa: Voqi'oti qat'iyadanki, gʻordan chiqib Madina tarafiga ketgan vaqtlarida, Quraysh ruasosi muhim mol muqobilida, Suroqa ismli gʻoyat jasur bir odamni yubordilar, toki ta'qib qilib, ularni oʻldirishga urinsin. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan birga gʻordan chiqib ketarkanlar koʻrdilarki, Suroqa kelyapti. Abu Bakr Siddiq xavotirlandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam gʻorda aytganlaridek لَا تَحْزَنْ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا dedilar. Suroqaga bir qaradilar, Suroqaning otining oyoqlari yerga kirib qoldi. Takror qutuldi, yana ta'qib etdi. Takror otining oyoqlari kirib qolgan yerdan tutun kabi bir narsa chiqishni boshladi. Shunda tushundiki: Na uning, na boshqalarning qoʻlidan u zotga tegish kelmaydi. "Al-Omon!" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻyib yubordilar. Faqat "Bor, shunday qilginki, boshqasi kelmasin!", dedilar.

Bu hodisa munosabati bilan shuni ham bayon qilamizki: Sahih suratda xabar beradilar: Bir choʻpon ularni koʻrgandan keyin Qurayshga xabar berish uchun Makkaga borgan. Makkaga kirgan vaqti, nima uchun kelganini unutgan. Qancha harakat qilmasin, esiga keltirolmagan. Majbur boʻlib qaytgan. Soʻngra anglaganki, unga unuttirilgan.

— 122 —

Uchinchi Hodisa: Gʻazva-i Gʻatafon va Anmarda mutaaddid tariqlar bilan aimma-i hadis xabar beradilar: Gavras ismli jasur bir qabila raisi, hech kim koʻrmasdan aynan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshi ustiga kelib, qoʻlida yalangʻoch qilich bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga: "Kim seni mendan qutqaradi?" dedi. U zot "Alloh!" dedilar. Soʻngra duo qildilar: اَللّٰهُمَّ اكْفِن۪يهِ بِمَا شِئْتَ Birdan u Gavras, ikki yelkasi oʻrtasida gʻoibdan bir zarba yeb, qoʻlidan qilich tushdi va yerga yumaladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qilichni qoʻllariga olib, "Endi seni kim qutqaradi?" deb, soʻngra avf etdilar. U odam oʻzinikilarga bordi. Oʻsha juda jur'atkor, jasur odamga hamma hayratda qoldi. "Senga nima boʻldi, nima uchun hech narsa qilolmading?" deyishdi. U: "Hodisa shunday boʻldi. Men hozir insonlarning eng yaxshisining yonidan kelyapman", dedi.

Shu hodisa kabi, Gʻazva-i Badrda bir munofiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni bir gʻaflat vaqtida hech kim koʻrmagan payt, orqalaridan qilich koʻtarib urmoqchi boʻlgan vaqt, birdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qaradilar. U titrab, qilich qoʻlidan yerga tushdi.

Toʻrtinchi Hodisa: Ma'naviy tavoturga yaqin darajada shuxrat topgan va aksar ahli tafsirning

اِنَّا جَعَلْنَا ف۪ٓى اَعْنَاقِهِمْ اَغْلَالًا فَهِىَ اِلَى الْاَذْقَانِ فَهُمْ مُقْمَحُونَ ٭ وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ اَيْد۪يهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَاَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ

oyatining sababi nuzuli va ahli tafsir allomalari va ahli hadis imomlari xabar beradilarki: Abu Jahl qasam ichib dedi: "Men sajdada Muhammadni koʻrsam, bu tosh bilan uni uraman". Katta bir tosh olib bordi. Sajdada koʻrgan vaqti koʻtarib urmoqchi boʻlganda, qoʻllari yuqorida qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatgandan soʻng turganlar, Abu Jahlning qoʻli keyin boʻshagan. U esa; yo Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning iznlari bilan yoxud ehtiyoj qolmagani uchun boʻshadi.

Yana Abu Jahl qabilasidan -bir tariqda- Valid Ibn Mugʻira, yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni urish uchun katta bir toshni olib sajdadaliklarida urishga borgan edi; koʻzi yopildi. Masjidi Haramda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni topolmay, qaytib keldi. Uni yuborganlarni ham koʻrmayotgan edi, yolgʻiz ovozlarini eshitayotgan edi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatganidan soʻng, ehtiyoj qolmagani uchun koʻzi ochildi.

Ham naqli sahih bilan Abu Bakr Siddiqdan xabar beradiki: Sura-i تَبَّتْ يَدَٓا اَب۪ى لَهَبٍ nozil boʻlgandan soʻng, Abu Lahabning xotini "Hammalat-al Hatob" deyilgan Ummu Jamil bir tosh olib, Masjidi Haramga keldi. Abu Bakr bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerda oʻt٦یڭan edilar. Koʻzi Abu Bakr Siddiqni koʻrib, "Ey Abu Bakr! Sening doʻsting qayerda? Men eshitdimki, meni masxara qilibdi. Koʻrsam, bu toshni ogʻziga uraman", dedi. Yonida ekan, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni koʻrmadi. Albatta hifzi Ilohiyda boʻlgan bir Sultoni Lavlakni bunday bir Jahannam oʻtinchisi uning huzuriga kirib koʻrolmaydi. Qanday haddi sigʻsin!..

— 123 —

Beshinchi Hodisa: Xabari sahih bilan xabar beriladiki: Amr Ibn Tufayl va Arbad Ibn Qays ikkisi ittifoq qilib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga borishdi. Amr: "Men uni mashgʻul qilaman, sen uni urasan!", dedi. Soʻngra koʻrdiki, hech narsa qilmayapti. Ketgandan keyin doʻstiga: "Nima uchun urmading?", dedi. U: "Qanday uraman, qancha niyat qilsam ham, qaraganimda, ikkovimizning oramizdan sen oʻtyapsan. Seni qanday uraman?", dedi.

Oltinchi Hodisa: Naqli sahih bilan xabar beriladiki: Gʻazva-i Uhudda yoki Hunaynda Shayba Ibn Usmon-al Hajabiy, -Hazrat Hamza uning ham amakisini, ham otasini oʻldirgandi- qasosini olish uchun yashirincha keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan qilichini yalangʻochlab koʻtardi. Birdan qilich qoʻlidan tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qaradilar, qoʻllarini koʻksiga qoʻydilar. Shayba deydiki: "Oʻsha onda dunyoda men uchun u kishidanda sevimli odam yoʻq edi". Iymonga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar: "Qani bor, harb et!" Shayba: "Men borib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yonlarida harb etdim. Agar oʻshanda padarim uchrasaydi, oʻldirardim", dedi.

Ham Fathi Makka kuni Fadola nomli odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga oʻldirish niyatida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qarab tabassum qilib, "Nafsing bilan nimani gaplashding?" dedilar va Fadola uchun talabi magʻfirat etdilar. Fadola iymonga kelib: "U vaqt undan yanada ziyoda dunyoda sevgilim boʻlmasdi", dedi.

Yettinchi Hodisa: -Naqli sahih bilan- Yahudiylar suiqasd niyati bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻtirgan joyga ustlaridan katta bir tosh otadigan onda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hifzi Ilohiy bilan turdilar; u suiqasd ham natijasiz qoldi.

Bu yetti misol kabi koʻp hodisalar bor. Boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim va aimma-i hadis, Hazrat Oyshadan naql qiladilarki: وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati nozil boʻlgandan soʻng, ora-sira Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni muhofaza qilgan zotlarga farmon etdilar:

يَا اَيُّهَا النَّاسُ انْصَرِفُوا فَقَدْ عَصَمَن۪ى رَبّ۪ى عَزَّ وَجَلَّ

Ya'ni: "Soqchilikka luzum yoʻq, mening Robbim meni hifz etyapti".

Xullas, bu risola ham boshdan bu yerga qadar koʻrsatadiki: Shu koinotning har navi, har olami; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydi, aloqadordir. Har bir koinotning navida uning moʻ'jizoti koʻrinyapti. Demak, u Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Janobi Haqning -faqat koinotning Xoliqi e'tibori bilan va butun maxluqotning Robbi unvoni bilan- ma'muridir va rasulidir. Ha, qandayki bir podshohning buyuk va mufattish bir ma'murini har bir doirasi biladi va taniydi; qaysi doiraga kirsa, u bilan munosabatdor boʻladi. Chunki umumning podshohi nomidan bir ma'muriyati bor. Agar masalan yolgʻiz adliya mufattishi boʻlsa, u vaqt adliya doirasi bilan munosabatdor boʻladi. Boshqa doiralar uni uncha tanimaydi. Va askariya mufattishi boʻlsa, mulkiya doirasi uni bilmaydi. Shuning kabi, anglashiladiki; butun davoiri saltanati Ilohiyada, malakdan to chivinga va oʻrgimchakkacha har bir toifa u zotni taniydi, biladi yoki bildiriladi. Demak, Xotam-ul Anbiyo va Rasuli Robb-ul Olamindirlar. Va umum anbiyolardan ustun risolatining shumuli bor.

— 124 —

OʻN OLTINCHI ISHORAT: Irhosot deyilgan; bi'sati nubuvvatdan avval faqat nubuvvat bilan aloqador vujudga kelgan horiqolar ham, daloili nubuvvatdir. Bu ham uch qismdir:

BIRINCHI QISM: Nassi Qur'on bilan; Tavrot, Injil, Zabur va Suhufi Anbiyoning, nubuvvati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga doir bergan xabarlaridir. Ha, modomiki u kitoblar samoviy ekan va modomiki u kitob sohiblari anbiyo ekan; albatta va har holda ularning dinlarini nasx etgan va koinotning shaklini oʻzgartirgan va yerning yarmini keltirgan nuri bilan yoritgan bir zotdan bahs etishlari zaruriy va qat'iydir. Ha, kichik hodisalarni xabar bergan u kitoblar, navi basharning eng buyuk hodisasi boʻlgan hodisa-i Muhammadiya Alayhissalotu Vasalamni xabar bermasliklari mumkinmi? Modomiki bilbedaho xabar bergan ekanlar, har holda yo takzib etadilar, toki dinlarini taxribdan va kitoblarini nasxdan qutqarsinlar.. yoki tasdiq etadilar, toki u haqiqatli zot bilan dinlari xurofotdan va tahrifotdan qutulsin. Holbuki doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, takzib alomati hech bir kitobda yoʻq. Shunday ekan, tasdiq bor. Modomiki mutlaq bir suratda tasdiq bor va modomiki shu tasdiqning vujudini iqtizo etgan qat'iy bir illat va asosli bir sabab bor ekan; biz ham oʻsha tasdiqning vujudiga dalolat qilgan uch hujjati qat'iya bilan isbot qilamiz:

Birinchi Hujjat: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qur'onning lisoni bilan ularga deydiki: "Kitoblaringizda mening tasdigʻim va avsofim bor! Men bayon qilgan narsalarda kitoblaringiz meni tasdiq qiladi".

قُلْ فَاْتُوا بِالتَّوْرٰيةِ فَاتْلُوهَٓا اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ ٭ قُلْ تَعَالَوْا نَدْعُ اَبْنَٓاءَنَا وَاَبْنَٓاءَكُمْ وَنِسَٓاءَنَا وَنِسَٓاءَكُمْ وَاَنْفُسَنَا وَاَنْفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَلْ لَعْنَةَ اللّٰهِ عَلَى الْكَاذِب۪ينَ

kabi oyatlar bilan ularni maydonga chaqiradilar. "Tavrotingizni keltiring, oʻqing va keling; biz bola- chaqamizni olib Janobi Haqning dargohiga qoʻl ochib, yolgʻonchilarga qarshi la'nat bilan duo qilamiz!" deb mutamodiyan ularning boshiga urganlari holda, hech bir Yahudiy olim yoki Nasroniy rohib u kishining bir xatolarini koʻrsatolmadi. Agar koʻrsatsaydi, juda koʻp kasratda boʻlgan va juda ham qaysar va hasadli boʻlgan kofirlar va munofiq Yahudiylar va butun olami kufr har tarafda e'lon qilardilar. Ham: "Yo xatoimni toping yoki siz bilan mahv boʻlgungacha jihod qilaman!", deganlar. Holbuki bular harbni va parishoniyatni va hijratni ixtiyor etishdi. Demak, xatolarini topolmadilar. Bir xato topilsaydi, ular qutular edilar.

Ikkinchi Hujjat: Tavrot, Injil va Zaburning iboralari; Qur'on kabi i'jozlari boʻlmagani uchun, ham mutamodiyan tarjima ustiga tarjima boʻlgani uchun, ichiga juda koʻp begona kalimalar qoʻshildi. Ham mufassirlarning soʻzlari va xato ta'villari ularning oyatlari bilan iltibos etildi; ham ba'zi nodonlarning va ba'zi ahli gʻarazning tahrifoti ham ilova etildi. Shu suratda u kitoblarda tahrifot, tagʻyirot koʻpaydi. Hatto Shayx Rahmatulloh Hindiy (alloma-i mashhur) kutubi sobiqaning minglab yerda tahrifotini rohiblariga va Yahudiy va Nasoro ulamosiga isbot qilib, isqot etgan. Bu qadar tahrifot bilan birga, bu zamonda ham mashhur Husayn Jisriy (Rahmatullohi Alayh) u kitoblardan bir yuz oʻn toʻrt dalil nubuvvati Ahmadiyaga doir chiqargan. "Risola-i Hamidiya"da yozgan. U risolani Manastrlik Marhum Ismoil Haqqi tarjima qilgan. Kim orzu qilsa, unga murojaat qiladi, koʻradi.

Ham juda koʻp Yahudiy ulamosi va Nasoro ulamosi iqror boʻlishgan va e'tirof etishganki: "Kitoblarimizda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning avsofi yozilgan". Ha, gʻayri muslim boʻlib boshda mashhur Rum Maliklaridan Hiraql e'tirof etgan: "Ha, Iso Alayhissalom Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan xabar beradi", degan.

— 125 —

Rum Maliki Muqavqis nomli Misr hukmdori va ulamo-i Yahudning eng mashhurlaridan Ibn Suriya va Ibn Axtob va uning qardoshi Ka'b Bin Asad va Zubayr Bin Batiya kabi mashhur ulamo va raislar, gʻayri muslim qolganlari holda iqror boʻlishgan: "Ha, kitoblarimizda uning avsofi bor, undan bahs etadilar".

Yahudning mashhur ulamosidan va Nasoroning mashhur rohiblaridan, kutubi sobiqada avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) koʻrgandan soʻngra qaysarlikni tark etib iymonga kelganlar, avsofini Tavrot va Injilda koʻrsatishgan va boshqa Yahudiy va Nasroniy ulamosini u bilan ilzom etishgan. Azjumla, mashhur Abdulloh Ibn Salom va Vahb Ibn Munabbih va Abu Yosir va Shomul (ki bu zot Maliki Yaman Tubbo' zamonida edi. Tubbo' qanday gʻiyoban va bi'satdan avval iymon keltirgan, Shomul ham shunday.) va Sa'yaning ikki oʻgʻli boʻlgan Asid va Sa'laba -Ibn Hayban deyilgan bir orifi billoh bi'satdan avval Bani Nadr Qabilasiga musofir boʻlgan.

قَر۪يبٌ ظُهُورُ نَبِىٍّ هٰذَا دَارُ هِجْرَتِه۪

degan va u yerda vafot etgan. Soʻngra u qabila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan harb etgan paytlari, Asid va Sa'laba maydonga chiqib, oʻsha qabilaga baqirdilar:

وَاللّٰهِ هُوَ الَّذ۪ى عَهَدَ اِلَيْكُمْ ف۪يهِ ابْنُ هَيْبَانْ

Ya'ni: "Ibn Hayban xabar bergan zot budir, u kishi bilan harb etmanglar!" Faqat ularni tinglamadilar, balolarini topdilar.

Ulamo-i Yahuddan Ibn Bunyamin va Muhayriq va Ka'b-ul Axbor kabi koʻp ulamo-i Yahud, avsofi Nabaviyani kitoblarida koʻrganlaridan, iymonga kelishdi; boshqa iymonga kelmaganlarni ham ilzom etishdi.

Ulamo-i Nasorodan bahsi oʻtgan mashhur Buhayro-i Rohib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Shom tarafiga amakilari bilan ketgan vaqtlari oʻn ikki yoshda edilar. Buhayro-i Rohib u kishining hurmatlari uchun Qurayshiylarni da'vat etdi. Qarasa, karvonga soya qilgan bir parcha bulut hali ham karvon oʻrnida soya qilyapti. "Demak qidirgan odamim u yerda qolgan!" Soʻngra odam yuborib, u kishini ham keltirtirgan. Abu Tolibga: "Sen qayt, Makkaga bor! Yahudiylar hasuddir; bu kishining avsofi Tavrotda mazkurdir; xiyonat qilishadi", degan.

Nastur-ul Habasha va Habash Raisi Najoshiy, avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) kitoblarida koʻrganlari uchun, barobar iymon keltirishdi.

Ham Dagʻotir ismli mashhur Nasroniy olimi; avsofini koʻrib, iymon keltirgan; Rumliklar ichida e'lon qilganida shahid qilingan.

Ham Nasroniy ruasosidan Horis Ibn Abu Shumar-il Gʻosaniy va Shomning buyuk diniy raislari va maliklari, ya'ni Sohibi Ilya va Hiraql va Ibn Natur va Jorud kabi mashhur zotlar, kitoblarida avsofini koʻrishgan va iymon keltirganlar. Yolgʻiz Hiraql dunyo saltanati uchun iymonini izhor etmagan.

Ham bular kabi Salmon-ul Forsiy avval nasroniy edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini koʻrgandan soʻngra u kishini qidirayotgan edi.

Ham Tamim ismli muhim bir olim, ham mashhur Habash Raisi Najoshiy, ham Habash nasorosi, ham Najron poplari; hammasi muttafiqan xabar berishadiki: "Biz avsofi Nabaviyani kitoblarimizda koʻrdik, shuning uchun iymonga keldik".

— 126 —

Uchinchi Hujjat: Namuna sifatida Tavrot, Injil, Zaburning Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalamga oid oyatlarining bir nechta namunasini koʻrsatamiz:

Birinchisi: Zaburda shunday bir oyat bor:

اَللّٰهُمَّ ابْعَثْ لَنَا مُق۪يمَ السُّنَّةِ بَعْدَ الْفَتْرَةِ

"Muqiym-us Sunna" esa, ismi Ahmadiydir.

Injilning oyati:

قَالَ الْمَس۪يحُ اِنّ۪ى ذَاهِبٌ اِلٰى اَب۪ى وَ اَب۪يكُمْ لِيَبْعَثَ لَكُمُ الْفَارَقْل۪يطَا

Ya'ni: "Men ketyapman, toki sizga Faraqlit kelsin!" Ya'ni, Ahmad kelsin.

Injilning ikkinchi bir oyati:

اِنّ۪ى اَطْلُبُ مِنْ رَبّ۪ى فَارَقْل۪يطًا يَكُونُ مَعَكُمْ اِلَى الْاَبَدِ

Ya'ni: "Men Robbimdan; haqni botildan ayirgan bir paygʻambarni istaymanki, abadga qadar siz bilan birga boʻlsin." Faraqlit, اَلْفَارِقُ بَيْنَ الْحَقِّ وَ الْبَاطِلِ ma'nosida Paygʻambarning u kitoblardagi ismidir.

Tavrotning oyati:

اِنَّ اللّٰهَ قَالَ لِاِبْرَاه۪يمَ اِنَّ هَاجَرَ تَلِدُ وَيَكُونُ مِنْ وَلَدِهَا مَنْ يَدُهُ فَوْقَ الْجَم۪يعِ وَيَدُ الْجَم۪يعِ مَبْسُوطَةٌ اِلَيْهِ بِالْخُشُوعِ

Ya'ni: "Hazrat Ismoilning volidasi boʻlgan Hojar, avlod sohibasi boʻladi va uning avlodidan shunday odam chiqadiki, u valadning qoʻli umumdan baland boʻladi va umumning qoʻli xushu' va itoat bilan unga ochiladi".

Tavrotning ikkinchi bir oyati:

وَقَالَ يَا مُوسٰى اِنّ۪ى مُق۪يمٌ لَهُمْ نَبِيًّا مِنْ بَن۪ى اِخْوَتِهِمْ مِثْلَكَ وَاُجْر۪ى قَوْل۪ى ف۪ى فَمِه۪ وَالرَّجُلُ الَّذ۪ى لَايَقْبَلُ قَوْلَ النَّبِىِّ الَّذ۪ى يَتَكَلَّمُ بِاِسْم۪ى فَاَنَا اَنْتَقِمُ مِنْهُ

Ya'ni: "Bani Isroilning qardoshlari boʻlgan Bani Ismoildan sen kabi birini yuboraman. Men soʻzimni uning tiliga qoʻyaman, mening vahyim bilan soʻzlaydi. Uni qabul qilmaganga azob beraman".

— 127 —

Tavrotning uchinchi bir oyati:

قَالَ مُوسٰى رَبِّ اِنّ۪ى اَجِدُ فِى التَّوْرٰيةِ اُمَّةً هُمْ خَيْرُ اُمَّةٍ اُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ يَاْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُؤْمِنُونَ بِاللّٰهِ فَاجْعَلْهُمْ اُمَّت۪ى قَالَ تِلْكَ اُمَّةُ مُحَمَّدٍ

Ixtor: Muhammad ismi u kitoblarda "Mushaffax" va "Al-Munhamanna" va "Himyata" kabi Suryoniy ismlar suratida "Muhammad" ma'nosidagi Ibroniy ismlari bilan kelgan. Boʻlmasa sarih Muhammad ismi oz bor edi. Sarih miqdorini ham hasud Yahudiylar tahrif etganlar.

Zaburning oyati:

يَا دَاوُدُ يَاْت۪ى بَعْدَكَ نَبِىٌّ يُسَمّٰى اَحْمَدَ وَمُحَمَّدًا صَادِقًا سَيِّدًا اُمَّتُهُ مَرْحُومَةٌ

Ham Abadila-i Sab'adan va kutubi sobiqada koʻp tadqiqot qilgan Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os va mashhur ulamo-i Yahuddan eng avval Islomga kelgan Abdulloh Ibn Salom va mashhur Ka'b-ul Axbor deyilgan Bani Isroilning allomalaridan; u zamonda hali koʻp tahrifotga uchramagan Tavrotda aynan shu keladigan oyatni e'lon qilib koʻrsatganlar. Oyatning bir parchasi shuki: Hz. Muso bilan xitobdan soʻngra keladigan paygʻambarga xitoban shunday deydi:

يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذ۪يرًا وَحِرْزًا لِلْاُمِّيّ۪ينَ اَنْتَ عَبْد۪ى سَمَّيْتُكَ الْمُتَوَكِّلَ لَيْسَ بِفَظٍّ وَلَا غَل۪يظٍ وَلَا صَخَّابٍ فِى الْاَسْوَاقِ وَلَا يَدْفَعُ بِالسَّيِّئَةِ السَّيِّئَةَ بَلْ يَعْفُو وَيَغْفِرُ وَلَنْ يَقْبِضَهُ اللّٰهُ حَتّٰى يُق۪يمَ بِهِ الْمِلَّةَ الْعَوْجَاءَ بِاَنْ يَقُولُوا لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

Tavrotning bir oyati yana:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ مَوْلِدُهُ بِمَكَّةَ وَهِجْرَتُهُ بِطَيْبَةَ وَمُلْكُهُ بِالشَّامِ وَاُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ

Xullas, shu oyatda "Muhammad" lafzi, Muhammad ma'nosida Suryoniy bir ism bilan kelgan.

Tavrotning boshqa bir oyati yana:

اَنْتَ عَبْد۪ى وَرَسُول۪ى سَمَّيْتُكَ الْمُتَوَكِّلَ

Shu oyatda Bani Isxoqning qardoshlari boʻlgan Bani Ismoildan va Hazrat Musodan soʻngra kelgan paygʻambarga xitob qiladi.

— 128 —

Tavrotning boshqa bir oyati yana:

عَبْدِىَ الْمُخْتَارُ لَيْسَ بِفَظٍّ وَلَا غَل۪يظٍ

Xullas, "Muxtor"ning ma'nosi; "Mustafo"dir, ham ismi Nabaviydir. Injilda Isodan soʻngra kelgan va Injilning bir qancha oyatida "Olam Raisi" unvoni bilan xushxabar berilgan Nabiyning ta'rifiga doir: مَعَهُ قَض۪يبٌ مِنْ حَد۪يدٍ يُقَاتِلُ بِه۪ وَاُمَّتُهُ كَذٰلِكَ Xullas, shu oyat koʻrsatadiki: "Sohib-us sayf va jihodga ma'mur bir paygʻambar keladi". Qozibi Hadid, qilich deganidir. Ham ummati ham u kabi sohib-us sayf, ya'ni jihodga ma'mur boʻlishini, Sura-i Fathning oxirida

وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ

oyati Injilning shu oyati kabi, boshqa oyatlariga ishorat qilib, Muhammad Alayhissalotu Vassalam sohib-us sayf va jihodga ma'mur boʻlganini Injil bilan barobar e'lon qiladi.

Tavrotning Beshinchi Kitobining Oʻttiz Uchinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Taolo Turi Sinodan iqbol etib bizga Soirdan tulu' etdi va Faran Togʻlarida zohir boʻldi".

Xullas, shu oyat qandayki "Turi Sinoda iqboli Haq" fikrasi bilan nubuvvati Musaviyani va Shom Togʻlaridan iborat boʻlgan "Soirdan tulu'i Haq" fikrasi bilan nubuvvati Isoviyani ixbor etadi. Shunga oʻxshab bil-ittifoq Hijoz Togʻlaridan iborat boʻlgan Faran Togʻlaridan zuhuri Haq fikrasi bilan, bizzarura risolati Ahmadiyani(S.A.V.) xabar beradi. Ham Sura-i Fathning oxirida ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ hukmini tasdiqan, Tavrotda Faran Togʻlaridan zuhur etgan paygʻambarning sahobalari haqida shu oyat bor: "Qudsiylarning bayroqlari barobaridadir va uning oʻngidadir". "Qudsiylar" nomi bilan tavsif etadi. Ya'ni: "Uning sahobalari qudsiy, solih avliyolardir".

Ash'iya Paygʻambarning kitobida, Qirq ikkinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Subhanahu oxir zamonda oʻzining istifogarda va barguzida qulini ba's etadi va unga Ruh-ul Amin Hazrat Jabroilni yoʻllab, dini Ilohiysini unga ta'lim beradi. Va u ham Ruh-ul Aminning ta'lim tarzi bilan insonlarga ta'lim beradi va insonlar orasida haq bilan hukm qiladi. U bir nurdir, xalqni zulumotdan chiqaradi. Robbing menga qoblal vuqu' bildirgan narsani men ham sizga bildiryapman".

Bu oyat gʻoyat sarih bir suratda Oxirzamon Paygʻambari Muhammad Alayhissalotu Vassalamning avsofini bayon etyapti.

Mishail nomi bilan musammo Mixail Paygʻambarning kitobining Toʻrtinchi Bobida shu oyat bor: "Oxirzamonda bir ummati marhuma qoim boʻlib, u yerda Haqqa ibodat qilish uchun muborak togʻni ixtiyor qiladilar. U yerda har iqlimdan bir qancha xalq toʻplanib, Robbi Vohidga ibodat qiladilar. Unga shirk keltirmaydilar".

Xullas, shu oyat zohir bir suratda dunyoning eng muborak togʻi boʻlgan Jabali Arafot va u yerda har iqlimdan kelgan hojilarning takbir va ibodatlarini va ummati marhuma nomi bilan shuhratshior boʻlgan ummati Muhammadiyani ta'rif qiladi.

— 129 —

Zaburda Yetmish Ikkinchi Bobida shu oyat bor:

"Bahrdan bahrga molik va nahrlardan, Arzning maqta' va muntahosiga qadar molik boʻladi.. va unga Yaman va Jazoir Muluki hadyalar olib borishadi.. va podshohlar unga sajda va inqiyod etishadi.. va har vaqt unga salot va har kun oʻziga baraka bilan duo qilinadi.. va anvori Madinadan munavvir boʻladi.. va zikri abad-ul abad davom etadi.. uning ismi shamsning vujudidan avval mavjud. Uning nomi quyosh turguncha muntashir boʻladi..."

Bu oyat oʻta oshkor bir tarzda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamni tavsif etadi. Ajabo, Hazrat Dovud Alayhissalomdan soʻngra Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa qaysi nabiy kelganki; sharqdan gʻarbga qadar dinini nashr etgan va mulukni jizyaga bogʻlagan va podshohlarni oʻziga sajda qilar kabi bir inqiyod ostiga olgan va har kun navi basharning xumsining salavot va duolarini oʻziga qozongan va anvori Madinadan porlagan kim bor? Kim koʻrsatilishi mumkin?

Ham Turkcha Yuhanna Injilining Oʻn Toʻrtinchi Bob va oʻttizinchi oyati shudir: "Ortiq siz bilan koʻp soʻzlashmayman, zero bu olamning raisi kelyapti. Va menda uning nasnasi aslo yoʻqdir!" Xullas "Olamning Raisi" ta'biri, "Faxri Olam" deganidir. Faxri Olam unvoni esa, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning eng mashhur unvonidir.

Yana Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob va yettinchi oyati shudir: "Ammo men sizga haqni aytyapman. Mening ketishim sizga foydalidir. Zero men ketmagunimcha, sizga tasalli beruvchi kelmaydi". Mana qarang! Raisi Olam va insonlarga haqiqiy tasalli bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim boʻladi? Ha, Faxri Olam udir va foniy insonlarni i'domi abadiydan qutqarib tasalli bergan ham u boʻladi.

Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob, sakkizinchi oyati: "U kelganda; dunyoni gunohga doir, salohga doir va hukmga doir ilzom qiladi". Dunyoning fasodini salohga aylantirgan va gunohlardan va shirkdan qutqargan va siyosat va hokimiyati dunyoni tabdil etgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan?

Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob, oʻn birinchi oyat: "Zero bu olamning raisining kelishining hukmi kelgan". "Olamning Raisi" {(Hoshiya) Ha, u Zot shunday bir rais va sultondirki; bir ming uch yuz ellik yilda va aksar asrlardan har bir asrda loaqal uch yuz ellik million tobelari va raiyati bor. Kamoli taslim va inqiyod bilan, avomiriga itoat qiladilar, har kun unga salom berish bilan tajdidi bay'at etadilar.} albatta Sayyid-ul Bashar boʻlgan Ahmadi Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.

Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob va oʻn uchinchi oyat: "Ammo u Haq ruhi kelgan payti sizni biljumla haqiqatga irshod etadi. Zero oʻzidan gapirmaydi. Biljumla eshitganini aytib, keladigan nasnalardan sizga xabar beradi". Bu oyat sarihdir. Ajabo, umum insonlarni birdan haqiqatga da'vat qilgan va har xabarini vahiydan bergan va Jabroildan eshitganini gapirgan va qiyomat va oxiratdan tafsilan xabar bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kimdir va kim boʻlishi mumkin?

Ham Kutubi Anbiyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Muhammad, Ahmad, Muxtor ma'nosida Suryoniy va Ibroniy ismlari bor. Deylik, Hazrat Shuaybning suhufida ismi, Muhammad ma'nosida "Mushaffax"dir.

Ham Tavrotda yana Muhammad ma'nosida "Munhamenna", ham Nabiyy-ul Haram ma'nosida "Himyata". Zaburda "Al-Muxtor" ismi bilan musammodir. Yana Tavrotda "Al-Xotam-ul Xotam". Ham Tavrotda va Zaburda "Muqim-us Sunna". Ham Suhufi Ibrohim va Tavrotda "Mazmaz"dir. Ham Tavrotda "Axyad"dir.

— 130 —

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:

اِسْم۪ى فِى الْقُرْاٰنِ مُحَمَّدٌ وَ فِى الْاِنْج۪يلِ اَحْمَدُ وَ فِى التَّوْرٰيةِ اَحْيَدُ

dedilar.

Ham Injilda Asmo-i Nabaviydan "Sohib-ul Kadibi val Herave", ya'ni "qilich va hassa sohibi". Ha, sohib-us sayf anbiyolar ichida eng buyugi; ummati bilan jihodga ma'mur, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Yana Injilda "Sohib-ut Toj"dir. Ha, "Sohib-ut Toj" unvoni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir. Toj a'moma, ya'ni salla deganidir. Eski zamonda millatlar ichida millatcha umumiyat e'tibori bilan salla va agel oʻragan, Qavmi Arabdir. Injilda "Sohib-ut Toj" qat'iy boʻlib "Rasuli Akram" (Alayhissalotu Vassalam) deganidir.

Ham Injilda "Al-Baraqlit" yoxud "Al-Faroqlit"ki, Injil tafsirlarida "Haq va botilni bir-biridan tafriq etgan haqparast" ma'nosi berilganki; soʻngra keladigan insonlarni haqqa chorlaydigan zotning ismidir.

Injilning bir yerida, Iso Alayhissalom degan: "Men ketaman; toki dunyoning raisi kelsin". Ajabo, Hazrat Iso Alayhissalomdan soʻngra dunyoning raisi boʻladigan va haq va botilni farq va tamyiz etib Hazrat Iso Alayhissalomning oʻrnida insonlarni irshod etadigan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan? Demak, Hazrat Iso Alayhissalom ummatiga doimo xushxabar beradi va aytadiki: Biri keladi, menga ehtiyoj qolmaydi. Men uning bir muqaddimasiman va xushxabarchisiman. Shu oyati karima:

وَاِذْ قَالَ ع۪يسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَن۪ٓى اِسْرَٓائ۪يلَ اِنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ اِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ التَّوْرٰيةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَاْت۪ى مِنْ بَعْدِى اسْمُهُٓ اَحْمَدُ

{(Hoshiya1) اُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ Sayyohi mashhur Avliyo Chalabiy; Hazrat Sham'uni Safoning maqbarasida, ohu terisida yozilgan Injili Sharifda shu oyatni oʻqigan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam haqida nozil boʻlgan oyat: ايتون Bir oʻgʻlon, ازربيون ya'ni: Ibrohim naslidan boʻlgay, پروفتون Payqʻambar boʻlgay, لوغسلين yolqʻonchi boʻlmagay, بنت uning افزولات mavlidi Makka boʻlgay, كه كالوشير solihlik bilan kelgan boʻlgay, تونومنين uning muborak nomi مواميت (Bu "Mavomit" kalimasi "Mamad"dan va "Mamad" ham "Muhammad" dan tahrif etilgan) Ahmad Muhammad boʻlgay. اسفدوس Unga ergashganlar, تاكرديس bu jahon sohibi boʻlarlar. بيست بيث ham, ul jahon sohibi boʻlgay.}

Ha, Injilda Hazrat Iso Alayhissalom koʻp marotaba ummatiga xushxabar beradi. Insonlarning eng muhim bir raisi kelishini va u zotni ham ba'zi ismlar bilan yod etadi. U ismlar, albatta Suryoniy va Ibroniydirlar. Ahli tahqiq koʻrganlar. U ismlar, "Ahmad, Muhammad, Fariq-un Bayn-al Haqqi Val Batil" ma'nosidadirlar. Demak, Iso Alayhissalom koʻp marta Ahmad Alayhissalotu Vassalamdan bashorat beradi.

Savol: Agar desang: "Nima uchun Hazrat Iso Alayhissalom har nabiydan ziyoda xushxabar beradi? Boshqalar yolgʻiz xabar beradilar, xushxabar surati oz".

Aljavob: Chunki Ahmad Alayhissalotu Vassalam Iso Alayhissalomni Yahudiylarning mudhish takzibidan va mudhish iftirolaridan va dinini mudhish tahrifotdan qutqarish bilan barobar.. Iso Alayhissalomni tanimagan Bani Isroilning suubatli shariatiga muqobil, suhulatli va jome' va ahkom jihatidan shariati Isoviyaning nuqsonini ikmol etadigan bir shariati oliyaga sohibdir. Mana shuning uchun koʻp marta, "Olamning Raisi kelyapti!" deya xushxabar beradi.

Xullas, Tavrot, Injil, Zaburda va boshqa suhufi anbiyoda juda ahamiyat bilan oxirda keladigan bir paygʻambardan bahslar bor, koʻp oyatlar bor. Qandayki bir qism namunalarini koʻrsatdik. Ham koʻp nomlar bilan u kitoblarda mazkurdir. Ajabo, butun bu Kutubi Anbiyoda bu qadar ahamiyat bilan, mukarrar oyatlarda bahs etganlari Oxirzamon Paygʻambari Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim boʻlishi mumkin?

— 131 —

Ikkinchi qism irhosotdan va daloili nubuvvatdan maqsad shuki: Bi'sati Ahmadiyadan avval, zamoni fatratda kohinlar, ham u zamonning bir daraja avliyo va orifi billoh boʻlgan bir qism insonlari; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini xabar berganlar va ixborlarini ham nashr etganlar, she'rlari bilan kelgusi asrlarga qoldirganlar. Ular koʻp; biz, ahli siyar va tarix naql va qabul qilgan mashhur va muntashir boʻlgan bir qismini zikr qilamiz. Azjumla: Yaman podshohlaridan Tubba' ismli bir malik, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini eski kitoblarda koʻrgan, iymon keltirgan. Shunday bir she'rini e'lon qilgan:

شَهِدْتُ عَلٰى اَحْمَدَ اَنَّهُ رَسُولٌ مِنَ اللّٰهِ بَارِى النَّسَمِ
فَلَوْ مُدَّ عُمْر۪ى اِلٰى عُمْرِه۪ لَكُنْتُ وَز۪يرًا لَهُ وَابْنَ عَمٍّ

Ya'ni: "Men Ahmadning (S.A.V.) risolatini tasdiq qilaman. Men uning zamoniga yetishsaydim, unga vazir va amakivachcha boʻlardim." (Ya'ni, Ali kabi unga fidoiy bir xodim boʻlardim.)

Ikkinchisi: Mashhur Quss Ibn Saida-ki, qavmi Arabning eng mashhur va muhim xatibi va muvahhid bir zoti rushanzamirdir. Xullas, shu zot ham bi'sati Nabaviydan avval risolati Ahmadiyani shu she'r bilan e'lon qiladi:

اَرْسَلَ ف۪ينَا اَحْمَدَ خَيْرَ نَبِىٍّ قَدْ بُعِثَ ٭ صَلّٰى عَلَيْهِ اللّٰهُ مَا عَجَّ لَهُ رَكْبٌ وَ حُثَّ

Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodidan boʻlgan Ka'b Ibn Luayy, nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) ilhom asari oʻlaroq shunday e'lon qilgan:

عَلٰى غَفْلَةٍ يَاْتِى النَّبِىُّ مُحَمَّدٌ فَيُخْبِرُ اَخْبَارًا صَدُوقًا خَب۪يرُهَا

Ya'ni: "Kutilmaganda Muhammad-un Nabiy keladi, toʻgʻri xabarlarni beradi".

Toʻrtinchisi: Yaman podshohlaridan Sayf Ibn Ziyazan kutubi sobiqada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini koʻrgan; iymon keltirgan, mushtoq boʻlgandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslamning bobosi Abdulmuttalib Yamanga qofila-i Quraysh bilan borgan payti, Sayf Ibn Ziyazan ularni chaqirgan. Ularga:

اِذَا وُلِدَ بِتِهَامَةَ وَلَدٌ بَيْنَ كَتْفَيْهِ شَامَةٌ كَانَتْ لَهُ الْاِمَامَةُ وَاِنَّكَ يَا عَبْدَ الْمُطَّلِبِ لَجَدُّهُ

Ya'ni: "Hijozda bir bola dunyoga keladi. Uning ikki yelkasi orasida xotam kabi bir nishon bor. Mana oʻsha bola umum insonlarga imom boʻladi!" degan. Soʻngra yashirincha Abdulmuttalibni chaqirgan, "U bolaning bobosi ham sensan" deya karomatkorona, bi'satdan avval xabar bergan.

Beshinchisi: Varaqa Ibn Navfal (Xadicha-i Kubroning amakivachchalaridan) bidoyati vahiyda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xavotirlangan. Xadicha-i Kubro u hodisani mashhur Varaqa Ibn Navfalga aytib bergan. Varaqa: "Uni menga yubor", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Varaqaning yoniga borib, mabda'-i vahiydagi vaziyatni aytib berdilar. Varaqa:

بَشِّرْ يَا مُحَمَّدُ اِنّ۪ى اَشْهَدُ اَنَّكَ اَنْتَ النَّبِىُّ الْمُنْتَظَرُ وَبَشَّرَ بِكَ ع۪يسٰى

Ya'ni: "Xavotirlanma, u holat vahiydir. Senga xushxabar! Intizor etilgan Nabiy sensan! Iso sen bilan xushxabar bergan", degan.

— 132 —

Oltinchisi: Asqolan-ul Himyariy ismli orifi billoh, bi'satdan avval Qurayshiylarni koʻrgan vaqti soʻrar edi, "Ichingizda da'vo-i nubuvvat qilgan bormi?" "Yoʻq" der edilar. Soʻngra bi'sat vaqtida yana soʻragan. "Ha" deganlar, "Biri da'vo-i nubuvvat qilyapti." Degan: "Mana, olam uni kutyapti".

Yettinchisi: Nasoro ulamo-i banomidan Ibn-al A'la bi'satdan va Paygʻambarni koʻrmasdan avval xabar bergan. Soʻngra kelgan. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni koʻrib:

وَالَّذ۪ى بَعَثَكَ بِالْحَقِّ لَقَدْ وَجَدْتُ صِفَتَكَ فِى الْاِنْج۪يلِ وَبَشَّرَ بِكَ ابْنُ الْبَتُولِ

Ya'ni: "Men sizning sifatlarizni Injilda koʻrdim, iymon keltirdim. Ibn Maryam Injilda sizning kelishingni xushxabar bergan".

Sakkizinchisi: Bahsi oʻtgan Habash podshohi Najoshiy:

لَيْتَ ل۪ى خِدْمَتَهُ بَدَلًا عَنْ هٰذِهِ السَّلْطَنَةِ

Ya'ni: "Koshki shu saltanatga badal Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori boʻlsaydim. U xizmatkorlik saltanatdan ancha yuksakdir", degan.

Hozir ilhomi Rabboniy bilan gʻoibdan xabar bergan bu oriflardan soʻngra; gʻoibdan ruh va jin vositasi bilan xabar bergan kohinlar, juda sarih bir suratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini va nubuvvatlarini xabar berganlar. Ular koʻpdir; biz ulardan mashhurlarni va ma'naviy tavotur hukmiga oʻtgan va aksar tarix va siyarda naql etilgan bir qanchasini zikr qilamiz. Ularning uzun qissalarini va soʻzlarini siyar kitoblariga havola qilib, yolgʻiz ijmolan bahs etamiz.

Birinchisi: Shiqq ismli bir koʻzli, bir qoʻlli, bir oyoqli mashhur kohin. Goʻyo yarim inson... Oʻsha kohin, ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir suratda tarixlarga oʻtgan; risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning xabarini mukarraran bergan.

Ikkinchisi: Mashhur Shom kohini Satih boʻlib; suyaksiz, goʻyo a'zosiz bir vujud, yuzi koʻksi ichida bir ajuba-i xilqat va koʻp ham yashagan bir kohindir. Gʻoibdan bergan toʻgʻri xabarlari oʻsha zamon insonlar ichida shuhrat topgan. Hatto Kisro (ya'ni Fors podshohi) koʻrgan ajib roʻyosini va valodati Ahmadiya (S.A.V.) zamonida saroyning oʻn toʻrt sharafasining tushishining sirrini Satihdan soʻrash uchun, Muyzan deyilgan olim elchisini yuborgan. Satih degan: "Oʻn toʻrt zot sizlarda hokimiyat suradi, soʻngra saltanatingiz mahv boʻladi. Ham birisi keladi, bir din izhor etadi. Mana oʻsha sizning din va davlatingizni yoʻqotadi!" maʻnosida Kisroga xabar yuborgan. Xullas, oʻsha Satih sarih bir suratda oxirzamon paygʻambarining kelishini xabar bergan.

Ham kohinlardan Savad Ibn Qorib-ad Davsiy va Hunafir va Af'asiya Najron va Jizl Ibn Jizl-il Kindiy va Ibn Xalasat-ad Davsiy va Fotima Binti Noʻ'moni Najjariya kabi mashhur kohinlar, siyar va tarix kitoblarida tafsilan bayon qilgan jihatlariga binoan; oxirzamon paygʻambarining kelishini, u paygʻambar ham Muhammad Alayhissalotu Vassalam ekanlarini xabar berganlar.

Ham Hazrat Usmonning aqrabosidan Sa'd Ibn Binti Kurayz kohinlik vositasi bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatini gʻoibdan xabar olgan. Bidoyati Islomiyatda Hazrat Usmoni Zinnuraynga: "Sen bor, iymon keltir", degan. Usmon bidoyatda kelgan, iymon keltirgan. Mana u Sa'd oʻsha voqeani bunday bir she'r bilan aytadi:

هَدَى اللّٰهُ عُثْمَانًا بِقَوْل۪ى اِلَى الَّت۪ى بِهَا رُشْدُهُ وَ اللّٰهُ يَهْد۪ى اِلَى الْحَقِّ

Ham kohinlar kabi; "hatif" deyilgan, shaxsi koʻrinmagan va ovozi eshitilgan jinlar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini mukarraran xabar berganlar. Azjumla:

— 133 —

Zayyob Ibn-ul Harisga hatifi jinniy shunday baqirgan, uning va boshqasining musulmon boʻlishiga sabab boʻlgan:

يَا ذَيَابُ يَا ذَيَابُ اِسْمَعِ الْعَجَبَ الْعُجَابَ
بُعِثَ مُحَمَّدٌ بِالْكِتَابِ يَدْعُو بِمَكَّةَ فَلَا يُجَابُ

Yana bir hatifi jinniy Samia Ibn Qarrot-il Gʻotofaniyga bunday baqirgan, ba'zilarini iymonga keltirgan:

جَاءَ الْحَقُّ فَسَطَعَ وَ دُمِّرَ بَاطِلٌ فَانْقَمَعَ

Bu hatiflarning bashoratlari va xabar berishlari juda mashhur va koʻpdir.

Ham kohinlar, hatiflar xabar bergan ekanlar; shunga oʻxshab sanamlar ham va sanamlarga kesilgan qurbonlar ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini xabar berganlar. Azjumla: Qissa-i mashhuradandirki: Mozan Qabilasining sanami baqirib degan:

هٰذَا النَّبِىُّ الْمُرْسَلُ جَاءَ بِالْحَقِّ الْمُنْزَلِ

deb risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan. Ham Abbos Ibn Mirdasning Islom diniga kirishining sababi boʻlgan mashhur voqea shuki: Dimor nomli bir sanami bor ekan, u sanam bir kun shunday bir ovoz bergan:

اَوْدٰى ضِمَارُ وَكَانَ يُعْبَدُ مُدَّةً قَبْلَ الْبَيَانِ مِنَ النَّبِىِّ مُحَمَّدٍ

Ya'ni: "Muhammad kelmasdan avval menga ibodat qilinardi, endi Muhammadning bayoni kelgan; ortiq u zalolat boʻlolmaydi".

Hazrat Umar Islomiyatdan avval sanamga kesilgan bir qurbondan bunday eshitgan:

يَا اٰلَ الذَّب۪يحِ اَمْرٌ نَج۪يحٌ رَجُلٌ فَص۪يحٌ يَقُولُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

Xullas, bu namunalar kabi koʻp voqealar bor, mavsuq kitoblar qabul qilib naql etishgan.

Qandayki kohinlar, orifi billohlar, hatiflar, hatto sanamlar va qurbonlar, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan ekanlar; har bir hodisa ham bir qism insonlarning iymoniga sabab boʻlgan. Shunga oʻxshab, ba'zi toshlar ustida va qabrlarda va qabrlarning mozor toshlarida xatti qadim bilan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌkabi iboralar boʻlgan; ular bilan bir qism insonlar iymonga kelganlar. Ha, xatti qadim bilan ba'zi toshlarda boʻlgan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌ Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iborat. Chunki undan avval, zamoniga juda yaqin yolgʻiz yettita Muhammad ismi bor, boshqa yoʻq. U yettita odamning hech bir jihat bilan "Muslihi Amin" ta'biriga layoqatlari yoʻq.

Uchinchi qism irhosotdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning valodati hangomida vujudga kelgan horiqolar va hodisalardir. U hodisalar, u kishining valodati bilan aloqador bir suratda vujudga kelgan.

Ham bi'satdan avval ba'zi hodisalar borki, toʻgʻridan-toʻgʻri bittadan moʻ'jizalaridir. Bular koʻp. Namuna oʻlaroq, mashhur boʻlgan va aimma-i hadis qabul qilgan va toʻgʻriliklari tahaqquq etgan bir nechta namunani zikr qilamiz:

Birinchisi: Valodati Nabaviy kechasida ham onalari, ham onalarining yonida boʻlgan Usmon Ibn-al Osning onasi, ham Abdurrahmon Ibn Avfning onasi koʻrgan azim bir nur boʻlib; uchovlari ham deganlar: "Valodati onida biz shunday bir nur koʻrdikki; u nur mashriq va magʻribni bizga oydinlattirdi".

Ikkinchisi: Oʻsha kecha Ka'badagi sanamlarning koʻpi yiqilib tushgan.

Uchinchisi: Mashhur Kisroning ayvoni (ya'ni saroyi mashhurasi) oʻsha kecha qimirlab inshiqoq etishi va oʻn toʻrt sharafasining tushishidir.

— 134 —

Toʻrtinchisi: Savaning taqdis etilgan kichik dengizining oʻsha kecha yerga botishi va Istaxr-Obodda ming yillik doimo ish'ol etilgan, yongan va soʻnmagan, Majusiylarning ma'bud deb ittihoz etgan otashning, valodat kechasi soʻnishi. Xullas, shu uch-toʻrt hodisa ishoratdirki: U yangi dunyoga kelgan zot; otashparastlikni yoʻqotadilar, Fors saltanatining saroyini parchalaydilar, izni Ilohiy bilan boʻlmagan narsalarning taqdisini man etadilar.

Beshinchisi: Garchi valodat kechasi emas, valodatga juda yaqin qolganda, u hodisalar ham irhosoti Ahmadiya boʻlib (S.A.V.), Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ da nassi qat'iy bilan bayon qilingan "Voqea-i Fil"ki; Ka'bani taxrib etish uchun, Abraha ismli Habash Maliki kelib, Fili Mahmudiy nomli ulkan bir filni oldga surib kelgan. Makkaga yaqin boʻlgan vaqt fil yurmagan. Chora topolmasdan qaytganlar. Abobil qushlari ularni magʻlub etgan va parishon etgan, qochganlar. Bu qissa-i ajiba tarix kitoblarida tafsilan mashhurdir. Xullas, shu hodisa Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning daloili nubuvvatidandir. Chunki valodatga juda yaqin bir zamonda, qiblasi va mavlidi va sevgili vatani boʻlgan Ka'ba-i Mukarrama, gʻaybiy va horiqo bir suratda Abrahaning taxribidan qutulgan.

Oltinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichikliklarida Halima-i Sa'diyaning yonida ekan, Halima va zavjining shahodatlari bilan; quyoshdan iztirob chekmasliklari uchun, koʻp marta ustlarida bir bulut parchasining u kishiga soya qilganini koʻrganlar va odamlarga aytganlar va u voqea toʻgʻrilik bilan shuhrat topgan.

Ham Shom tarafida oʻn ikki yoshda ekan ketgan vaqti, Buhayro-i Rohibning shahodati bilan, bir parcha bulut Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlariga soya qilganini koʻrgan va koʻrsatgan.

Ham yana bi'satdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bir marta Xadicha-i Kubroning Maysara ismli xizmatkori bilan tijoratdan kelgan payti, Xadicha-i Kubro Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlarida ikki malakning bulut tarzida soya qilganlarini koʻrgan. Oʻz xizmatkori boʻlgan Maysaraga aytgan. Maysara ham Xadicha-i Kubroga: "Butun safarimizda men shunday koʻrayotgan edim", degan.

Yettinchisi: Naqli sahih bilan sobitdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bi'satdan avval bir daraxtning ostida oʻtirdilar; u yer quruq edi, birdan yashillandi. Daraxtning shoxlari u kishining boshi ustiga egilib soya qilgan.

Sakkizinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichik ekan, Abu Tolibning uyida qolardilar. Abu Tolib, bola-chaqasi bilan u kishi bilan barobar yesalar, qorinlari toʻyardi. Qachon u zot ovqatda boʻlmasalar, toʻymasdilar. Shu hodisa ham mashhurdir, ham qat'iydir.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichikliklarida u kishiga qaragan va xizmat qilgan Ummu Ayman: "Hech bir vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ochlik va suvsizlikdan shikoyat qilmadilar, na kichikligida va na kattaligida", degan.

Toʻqqizinchisi: Murdi'asi boʻlgan Halima-i Sa'diyaning molida va echkilarining sutida, qabilasining xilofiga boʻlib koʻp barakasi va ziyoda boʻlishidir. Bu voqea ham mashhurdir, ham qat'iydir.

Ham chivin u kishini ta'jiz etmasdi, u kishining jasadi muboragiga va liboslariga qoʻnmasdi. Qandayki nasllaridan boʻlgan Sayyid Abdulqodir Jiyloniy (Q.S.) ham, jaddidan u holni irsiyat olgan edi; chivin unga ham qoʻnmasdi.

— 135 —

Oʻninchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgandan soʻng, boxusus valodat kechalarida, yulduzlar tushishining koʻpayishidirki; shu hodisani Oʻn Beshinchi Soʻzda qat'iyan burhonlari bilan isbot qilganimizga binoan; shu yulduzlarning sukuti; shayotiyn va jinlarning gʻaybiy xabarlardan kesilishiga alomat va ishoratdir. Modomiki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam vahiy bilan dunyoga chiqqan ekanlar; albatta chala-chulpa va yolgʻonlar bilan qorishiq, kohinlarning va gʻoibdan xabar berganlarning va jinlarning ixborotiga toʻsiq qoʻyish lozimki, vahiyga bir shubha iyros etmasinlar va vahiyga oʻxshamasin. Ha, bi'satdan avval kohinlik koʻp edi. Qur'on nozil boʻlgandan soʻng ularga nuqta qoʻydi. Hatto koʻp kohinlar iymonga keldilar. Chunki ortiq jinlar toifasidan boʻlgan muxbirlarini topolmadilar. Demak, Qur'on nuqta qoʻygandi. Xullas, eski zamon kohinlari kabi, hozir ham madyumlar suratida yana bir navi kohinlik Ovrupada ispirtizmachilarning ichlarida paydo boʻldi. Nima boʻlganda ham...

Alhosil: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatlaridan avval nubuvvatlarini tasdiq ettirgan va etgan juda koʻp voqealar, juda koʻp zotlar zohir boʻlgan. Ha, dunyoga ma'nan rais boʻladigan

{(Hoshiya) Ha, Sultoni LAVLAKA LAVLAK shunday bir raiski: Bir ming uch yuz ellik yildir saltanati davom etyapti. Birinchi asrdan soʻngra har bir asrda loaqal uch yuz ellik million taba'asi va raiyati bor. Kura-i Arzning yarmini bayrogʻi ostiga olgan va taba'asi, kamoli taslimiyat bilan u kishiga har kun salotu-salom bilan bay'at etib amrlariga itoat qiladi.}

va dunyoning ma'naviy shaklini oʻzgartiradigan va dunyoni oxiratga mazraa qiladigan va dunyoning maxluqotining qiymatlarini e'lon qiladigan va jin va insga saodati abadiyaga yoʻl koʻrsatadigan va foniy jin va insni i'domi abadiydan qutqaradigan va dunyoning hikmati xilqatini va tilsimi mugʻloqini va muammosini ochadigan va Xoliqi Koinotning maqosidini biladigan va bildiradigan va u Xoliqni tanib umumga tanittiradigan bir zot; albatta u hali kelmasdan hamma narsa, har nav, har toifa uning kelishini sevadi va kutadi va husni istiqbol etadi va olqishlaydi va Xoliqi tarafidan bildirilsa, u ham bildiradi. Qandayki sobiq ishoratlarda va misollarda koʻrdikki; har bir navi maxluqot, u kishini husni istiqbol etadiganday moʻ'jizotini koʻrsatadilar, moʻ'jiza lisoni bilan nubuvvatlarini tasdiq qiladilar.

OʻN YETTINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Qur'ondan keyin eng buyuk moʻ'jizalari, oʻz zotlaridir. Ya'ni, u kishida ijtimo' etgan axloqi oliya boʻlib, har bir xislatda eng yuksak tabaqada boʻlganlariga doʻst va dushman ittifoq etadi. Hatto shijoat qahramoni Hazrat Ali mukarraran der edi: "Harb dahshatlangan vaqt, biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalariga qochib tahassun etardik". Va hokazo... Butun axloqi hamidada eng yuksak va yetishilmaydigan darajaga molik edilar. Shu moʻ'jiza-i akbarni Alloma-i Magʻrib Qozi Iyozning Shifo-i Sharifiga havola qilamiz. Darhaqiqat, u zot u moʻ'jiza-i axloqi hamidani juda goʻzal bayon etib, isbot etgan. Ham juda buyuk va doʻst va dushman bilan musaddaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) shariati kubrosi boʻlib, na misli kelgan va na keladi. Shu moʻ'jiza-i a'zamning bir daraja bayonini, butun yozgan oʻttiz uch Soʻz va oʻttiz uch Maktubga va oʻttiz bir Lam'alarimizga va oʻn uch Shuaga havola qilamiz.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mutavotir va qat'iy bir moʻ'jiza-i kubrosi, shaqqi Qamardir. Ha, shu inshiqoqi Qamar; koʻp tariqlar bilan mutavotir suratda, Ibn Mas'ud, Ibn Abbos, Ibn Umar, Imom Ali, Anas, Huzayfa kabi juda koʻp a'ozimi sahobadan mutaaddid tariqlar bilan xabar berilish bilan birga, nassi Qur'on bilan اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ oyati u moʻ'jiza-i kubroni olamga e'lon qilgan. Oʻsha vaqtning qaysar Quraysh mushriklari shu oyat bergan xabarga qarshi inkor bilan muqobala etmagan, balki yolgʻiz "sehrdir" deyishgan. Demak, kofirlarning fikricha ham Qamarning inshiqoqi qat'iydir. Shu moʻ'jiza-i kubroni shaqqi Qamarga doir yozganimiz Oʻttiz Birinchi Soʻzga zayl boʻlgan Shaqqi Qamar Risolasiga havola qilamiz.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qandayki Arz aholisiga inshiqoqi Qamar moʻ'jizasini koʻrsatganlar; shunga oʻxshab Samovot aholisiga Me'roj moʻ'jiza-i akbarini koʻrsatganlar. Me'roj deyilgan shu moʻ'jiza-i a'zamni Oʻttiz Birinchi Soʻz boʻlgan Me'roj Risolasiga havola qilamiz. Chunki u risola, bu moʻ'jiza-i kubroni naqadar nuroniy va oliy va toʻgʻri ekanini qat'iy burhonlar bilan, hatto mulhidlarga ham qarshi isbot qilgan. Yolgʻiz moʻ'jiza-i Me'rojning muqaddimasi boʻlgan Bayt-ul Maqdis sayohati va ertalab Quraysh qavmi u kishidan Bayt-ul Maqdisning ta'rifotini soʻraganlarida hosil boʻlgan bir moʻ'jizani bahs etamiz. Shundayki:

— 136 —

Me'roj kechasining tongida Me'rojini Qurayshga xabar berdilar. Quraysh takzib etdi. "Agar Bayt-ul Maqdisga borgan boʻlsang, Bayt-ul Maqdisning eshiklarini va devorlarini va ahvolini bizga ta'rif et!", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:

فَكَرَبْتُ كَرْبًا لَمْ اَكْرُبْ مِثْلَهُ قَطُّ فَجَلَّى اللّٰهُ ل۪ى بَيْتَ الْمَقْدِسِ وَكَشَفَ الْحُجُبَ بَيْن۪ى وَبَيْنَهُ حَتّٰى رَاَيْتُهُ فَنَعَتُّهُ وَ اَنَا اَنْظُرُ اِلَيْهِ

Ya'ni: "Ularning takziblaridan va savollaridan juda ham siqildim. Hatto unday bir siqilish hech tortmagandim. Birdan Janobi Haq Bayt-ul Maqdisni menga koʻrsatdi; men ham Bayt-ul Maqdisga qarab bir-bir hamma narsani ta'rif etdim", deganlar. Oʻsha payt Quraysh koʻrdiki, Bayt-ul Maqdisni toʻgʻri va aynan xabar beryapti.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qurayshga: "Yoʻlda ketayotganimda, sizning bir qofilangizni koʻrdim, qofilangiz ertaga falon vaqtda keladi", dedilar. Soʻngra oʻsha payt qofilaga muntazir boʻlishdi. Qofila bir soat kechikdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ixbori toʻgʻri chiqishi uchun, ahli tahqiqning tasdigʻi bilan, Quyosh bir soat tavaqquf etgan. Ya'ni Arz u kishining soʻzlarini toʻgʻri chiqarish uchun vazifasini, sayohatini bir soat ta'til etgan va u ta'tilni Quyoshning sukunati bilan koʻrsatgan. Demak, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning birgina soʻzlarining tasdigʻi uchun ulkan Arz vazifasini tark etadi, ulkan Quyosh shohid boʻladi. Bunday bir zotni tasdiq etmagan va amrlariga quloq solmagan qay daraja badbaxt boʻlganini va u kishini tasdiq etib amrlariga سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deganlarning naqadar baxtiyor boʻlganlarini angla, "Alhamdulillahi a'lal iyman val Islam" de.

OʻN SAKKIZINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning eng buyuk va abadiy va yuzlab daloili nubuvvatni jome' va qirq vajh bilan i'jozi isbot etilgan bir moʻ'jizalari ham, Qur'oni Hakimdir. Xullas, shu moʻ'jiza-i akbarning bayoniga doir Yigirma Beshinchi Soʻz taqriban bir yuz ellik sahifada, qirq vajhi i'jozini ijmolan bayon va isbot etgan. Shunday ekan, shu mahzani moʻ'jizot boʻlgan moʻ'jiza-i a'zamni u Soʻzga havola qilib, yolgʻiz ikki-uch nuktani bayon qilamiz:

BIRINCHI NUKTA: Agar: "I'jozi Qur'on balogʻatdadir. Holbuki umum tabaqotning haqlari borki, i'jozida hissalari boʻlsin. Holbuki balogʻatdagi i'jozni mingdan faqat bir muhaqqiq olim tushuna oladi?", deyilsa.

Aljavob: Qur'oni Hakimning har tabaqaga qarshi bir navi i'jozi bor. Va bir tarzda i'jozining vujudini ihsos etadi. Masalan: Ahli balogʻat va fasohat tabaqasiga qarshi, horiquloda balogʻatdagi i'jozini koʻrsatadi. Va ahli she'r va xitobat tabaqasiga qarshi; gʻarib, goʻzal, yuksak uslubi badi'ning i'jozini koʻrsatadi. U uslub hammaga yoqqani holda, hech kim taqlid etolmaydi. Mururi zamon u uslubni keksaytirmaydi, doimo yosh va yangidir. Bunday muntazam bir nasr va mansur bir nazm; ham oliy, ham shirindir. Ham kohinlar va gʻoibdan xabar berganlar tabaqasiga qarshi horiquloda ixboroti gʻaybiyadagi i'jozini koʻrsatadi. Va ahli tarix va hodisoti olam ulamosi tabaqasiga qarshi, Qur'ondagi ixborot va hodisoti umami salifa va ahvol va voqi'oti istiqboliya va barzohiya va uxroviyadagi i'jozini koʻrsatadi. Va ijtimoiyoti bashariya ulamosi va ahli siyosat tabaqasiga qarshi, Qur'onning dasotiri qudsiyasidagi i'jozini koʻrsatadi. Ha, u Qur'ondan chiqqan shariati kubro u sirri i'jozni koʻrsatadi. Ham ma'orifi Ilohiya va haqoiqi kavniyada tavagʻgʻul etgan tabaqaga qarshi, Qur'ondagi haqoiqi qudsiya-i Ilohiyadagi i'jozni koʻrsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Va ahli tariqat va valoyatga qarshi Qur'on bir dengiz kabi doimo tamavvujda boʻlgan oyotining asroridagi i'jozini koʻrsatadi va hokazo... Qirq tabaqadan har tabaqaga qarshi bir deraza ochadi, i'jozini koʻrsatadi. Hatto yolgʻiz qulogʻi boʻlgan va bir daraja ma'no fahm etgan avom tabaqasiga qarshi, Qur'onning oʻqilishi bilan boshqa kitoblarga oʻxshamaganini quloq sohibi tasdiq etadi. Va u omi: "Yo bu Qur'on butun tinglaganimiz kitoblarning pastidadir. Bu esa, hech bir dushman ham deyolmaydi va ham yuz daraja maholdir. Unday boʻlsa, butun eshitilgan kitoblardan ustundir. Shunday ekan, moʻ'jizadir", deydi. Xullas, bu quloqli omi fahm etgan i'jozni unga yordam uchun bir daraja izoh qilamiz. Shundayki:

— 137 —

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon maydonga chiqqan vaqti butun olamni maydonga chaqirdi va insonlarda ikki shiddatli his uygʻotdi:

Birisi: Doʻstlarida hissi taqlidni; ya'ni sevgili Qur'onning uslubiga qarshi oʻxshashlik orzusi va u kabi gapirish hissi...

Ikkinchisi: Dushmanlarda bir hissi tanqid va muoraza; ya'ni Qur'on uslubiga muqobala etish bilan da'vo-i i'jozni sindirish hissi...

Xullas, bu ikki hissi shadid bilan millionlab Arabcha kitoblar yozilganlar, maydondadir. Endi butun bu kitoblarning eng baligʻlari, eng fasihlari Qur'on bilan barobar oʻqilgan vaqt, har kim tinglasa, qat'iyan deydiki; Qur'on bularning hech birisiga oʻxshamaydi. Demak, Qur'on umum bu kitoblarning darajasida emas. Shunday ekan har holda, yo Qur'on umumining ostida boʻladi; u esa yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, hech kim, hatto shayton boʻlsa ham, aytolmaydi.

{(Hoshiya) Yigirma Oltinchi Maktubning ahamiyatli Birinchi Mabhasi shu jumlaning hoshiyasi va izohidir.}

Shunday ekan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon yozilgan umum kitoblardan ustundir. Hatto ma'noni ham fahm etmagan johil omi tabaqaga qarshi ham Qur'oni Hakim, zeriktirmaslik surati bilan i'jozini koʻrsatadi. Ha, u omi, johil odam deydiki: "Eng goʻzal, eng mashhur bir baytni ikki-uch marta eshitsam, menga zerikish beradi. Qur'on esa hech zeriktirmaydi, tinglash menga tobora yoqadi. Shunday ekan, bu inson soʻzi emasdir".

— 138 —

Ham hifzga harakat qilgan bolalarning tabaqasiga qarshi, Qur'oni Hakim nozik, zaif, sodda va bir sahifa kitobni hifzida tutolmagan u bolalarning kichik boshlarida katta Qur'on va koʻp yerlarida iltibos va mushavvashiyatga sababiyat bergan bir-biriga oʻxshagan oyatlarning va jumlalarning tashobuhi bilan barobar; kamoli suhulat bilan, osonlik bilan u bolalarning hofizalarida joylashishi suratida, i'jozini ularga ham koʻrsatadi.

Hatto oz soʻzdan va shovqindan mutaassir boʻlgan xastalarga va sakarotda boʻlganlarga Qur'onning zamzamasi va sadosi; zamzam suvi kabi ularga xush va shirin kelish jihati bilan, bir navi i'jozini ularga ham ihsos etadi.

Alhosil: Qirq muxtalif tabaqotga va boshqa-boshqa insonlarga, qirq vajh bilan Qur'oni Hakim i'jozini koʻrsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Hech kimni mahrum qoldirmaydi. Hatto yolgʻiz koʻzi boʻlgan

{(Hoshiya1) Yolgʻiz koʻzi boʻlgan; quloqsiz, qalbsiz tabaqasiga qarshi vajhi i'jozi bu yerda gʻoyat mujmal va muxtasar va noqis qolgan. Faqat bu vajhi i'jozni Yigirma Toʻqqizinchi va Oʻttizinchi Maktublarda (Oʻttizinchi Maktub juda porloq tasavvur va niyat qilingan edi; faqat oʻrnini boshqasiga, Ishorot-ul I'jozga berdi. Oʻzi maydonga chiqmadi.) gʻoyat porloq va nuroniy va zohir va bahir koʻrsatilgan, hatto koʻrlar ham koʻra oladi. U vajhi i'jozni koʻrsatadigan bir Qur'on yozdirdik. Inshaalloh chop etiladi, harkas ham u goʻzal vajhni koʻradi.}

quloqsiz, qalbsiz, ilmsiz tabaqasiga qarshi ham Qur'onning bir navi alomati i'jozi bor:

Hofiz Usmon xati bilan va bosmasi bilan boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning yozilgan kalimalari bir-biriga qaraydi. Masalan: Sura-i Kahfda وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ kalimasi ostida yaproqlar teshilsa; Sura-i Fotirdagi قِطْم۪يرٍ kalimasi, oz bir inhirof bilan koʻrinadi va u kalbning ismi ham tushuniladi. Va Sura-i Yosinda ikki marta مُحْضَرُونَ bir-biri ustiga; Vassafotdagi مُحْضَر۪ينَ va مُحْضَرُونَ ham bir-biriga, ham ularga qaraydi; biri teshilsa, boshqalari oz bir inhirof bilan koʻrinadi. Masalan: Sura-i Sabaning oxirida, Sura-i Fotirning avvalidagi ikki مَثْنٰى bir-biriga qaraydi. Butun Qur'onda yolgʻiz uch مَثْنٰى dan ikkisi bir-biriga qarashlari tasodifiy boʻlolmaydi. Va bularning oʻxshashi juda koʻp. Hatto bir kalima, besh-olti yerda yaproqlar orqasida, oz bir inhirof bilan bir-biriga qaraydilar. Va Qur'onning bir-biriga qaragan ikki sahifasida, men bir-biriga qaragan jumlalari qizil qalam bilan yozilgan Qur'onni koʻrdim. "Shu vaziyat ham bir navi moʻ'jizaning alomatidir", u vaqt dedim. Keyinchalik qaradimki: Qur'onning mutaaddid yaproqlar orqasida bir-biriga qaraydigan koʻp jumlalari borki, ma'nodor bir suratda bir-biriga qaraydi. Xullas, tartibi Qur'on irshodi Nabaviy bilan, muntashir va matbu' Qur'onlar ham ilhomi Ilohiy bilan boʻlganidan; Qur'oni Hakimning naqshida va u xatida bir navi alomati i'joz ishorati bor. Chunki u vaziyat na tasodifning ishi va na fikri basharning tafakkuridir. Faqat ba'zi inhirof borki, u ham nashrning nuqsoni boʻlib toʻliq muntazam boʻlsaydi, kalimalar toʻliq bir-biri ustiga tushar edi.

— 139 —

Ham Qur'onning Madinada nozil boʻlgan mutavassit va uzun suralarining har bir sahifasida "Lafzulloh" juda badi' bir tarzda takror qilingan. Koʻpincha yo besh, yo olti, yo yetti, yo sakkiz, yo toʻqqiz, yo oʻn bir adad takror bilan barobar bir yaproqning ikki yuzida va qarshi-qarshiga kelgan sahifada goʻzal va ma'nodor bir munosabati adadiya koʻrsatadi.

{(Hoshiya1) Ham ahli zikr va munojotga qarshi, Qur'onning ziynatli va qofiyali lafzi va fasohatli, san'atli uslubi va nazarni oʻziga oʻgiradigan balogʻatning mazoyasi koʻp boʻlish bilan barobar; ulviy jiddiyatni va Ilohiy huzurni va jam'iyati xotirni beradi, ixlol etmaydi. Holbuki u tur mazoya-i fasohat va san'ati lafziya va nazm va qofiya; jiddiyatni ixlol etadi, zarofatni ishmom etadi, huzurni buzadi, nazarni tarqatadi. Hatto munojotning eng latifi va eng jiddiysi va eng ulviy nazmli va Misrning qahtu gʻolasining sababi raf'i boʻlgan Imom Shofe'iyning mashhur bir munojotini koʻp marta oʻqir edim; koʻrdimki: Nazmli, qofiyali boʻlgani uchun munojotning ulviy jiddiyatini ixlol etadi. Sakkiz-toʻqqiz yildab beri vird qilganman. Haqiqiy jiddiyatni undagi qofiya va nazm bilan birlashtirolmadim. Undan angladimki: Qur'onning xos, fitriy, mumtoz boʻlgan qofiyalarida nazm va mazoyasida bir navi i'jozi borki; haqiqiy jiddiyatni va toʻliq huzurni muhofaza qiladi, ixlol etmaydi. Xullas, ahli munojot va zikr bu navi i'jozni aqlan fahm etmasa ham, qalban his etadi.

(Hoshiya2) Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ma'naviy bir sirri i'jozi shudirki: Qur'on ismi a'zamga mazhar boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning juda buyuk va juda porloq daraja-i iymonlarini ifoda etadi.

Ham muqaddas bir xarita kabi olami oxiratning va olami rububiyatning yuksak haqiqatlarini bayon etgan, gʻoyat buyuk va keng va oliy haq dinning martaba-i ulviyasini fitriy bir tarzda ifoda qiladi, dars beradi.

Ham Xoliqi Koinotning umum mavjudotning Robbi jihatidan, hadsiz izzat va hashmati bilan xitobini ifoda qiladi. Albatta bu suratdagi ifoda-i Furqonga va bu tarzdagi bayoni Qur'onga qarshi,

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِه۪

sirri bilan butun uquli bashariya ittihod etsa, bitta aql boʻlsa ham qarshisiga chiqolmaydi, muoraza etolmaydi. اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Chunki shu uch asos nuqtai nazarida, qat'iyan qobili taqlid emas va tanzir etilmaydi!..

(Hoshiya3) Qur'oni Hakimning umum sahifalari oxirida oyat tugaydi. Goʻzal bir qofiya bilan oxiri xitom topadi. Buning sirri shuki: Eng katta oyat boʻlgan Mudoyana oyati sahifalar uchun, Sura-i Ixlos va Kavsar satrlar uchun bir vohidi qiyosiy qabul qilinganidan, Qur'oni Hakimning bu goʻzal maziyati va i'joz alomati koʻriladi.

(Hoshoya4) Bu maqomning bu mabhasida qʻoyat ahamiyatli va hashmatli va buyuk va Risola-i Nurning muvaffaqiyati nuqtasida gʻoyat ziynatli va sevimli va mushavviq karomatning, juda oz va juz'iy vaziyat va qisqacha namunalariga va kichkina alomatlariga, shoshma-shosharlik balosi bilan iktifo etilgan. Holbuki, u buyuk haqiqat va u sevimli karomat esa, tavofuq nomi bilan besh-olti navlari bilan Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini va Qur'onning koʻzga koʻringan bir navi i'jozining lamaatini va rumuzoti gʻaybiyaning bir manba-i ishorotini tashkil etadi. Keyinchalik, Qur'onda "Lafzulloh"ning tavofuqidan chiqqan bir lam'a-i i'jozni koʻrsatgan zarhal bilan bir Qur'on yozdirildi. Ham Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalar, hurufoti Qur'oniyaning tavofuqidan chiqqan munosabati latifa va ishoroti gʻaybiyalarining bayonida ta'lif etildi. Ham Risola-i Nurni tavofuq sirri bilan tasdiq va taqdir va tahsin etgan Karomati Gʻavsiya va uch Karomati Alaviya va Ishoroti Qur'oniya nomli besh adad risolalar yozildi. Demak, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning ta'lifida u buyuk haqiqat ijmolan his etilgan; lekin ma'ataassuf muallif yolgʻiz bir tirnogʻini koʻrib koʻrsatgan, ortiq orqasiga qaramasdan yugurib ketgan.}

— 140 —

IKKINCHI NUKTA: Hazrat Muso Alayhissalom zamonida sehr rivojlanganidan, muhim moʻ'jizoti unga oʻxshash bir tarzda kelgani; va Hazrat Iso Alayhissalomning zamonida ilmi tib rivojda boʻlganidan, moʻ'jizotining aksari oʻsha turdan kelgani kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ham zamonida Jazirat-ul Arabda eng koʻp toʻrt narsa rivojlangan edi:

Birinchisi: Balogʻat va fasohat.

Ikkinchisi: She'r va xitobat.

Uchinchisi: Kohinlik va gʻoibdan xabar berish.

Toʻrtinchisi: Hodisoti moziyani va voqeoti kavniyani bilish.

Demak, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon kelgan payti, bu toʻrt navi ma'lumot sohiblarini maydonga chaqirdi:

Boshda ahli balogʻatni birdan tiz choʻktirdi. Ular hayrat bilan Qur'onni tingladilar.

Ikkinchisi ahli she'r va xitobat, ya'ni muntazam nutq oʻqigan va goʻzal she'r aytganlarga shunday bir hayrat berdiki, barmoqlarini tishlattirdi. Oltin bilan yozilgan eng goʻzal she'rlarini va Ka'ba devorlariga madori iftixor uchun osilgan mashhur "Muallaqoti Sab'a"larini tushirtirdi, qiymatini qoldirmadi.

Ham gʻoibdan xabar bergan kohinlarni va sahirlarni jim qildi. Gʻaybiy xabarlarini ularga unuttirdi. Jinniylarini tard ettirdi. Kohinlikka nuqta qoʻydirdi.

Ham ummati salifaning vaqoyeiga va hodisoti olamning ahvoliga voqif boʻlganlarni xurofotdan va yolgʻondan qutqarib, haqiqiy hodisoti moziyani va nurli vaqoye-i olamni ularga dars berdi.

Xullas, bu toʻrt tabaqa Qur'onga qarshi kamoli hayrat va hurmat bilan uning qarshisiga tiz choʻkib shogird boʻldilar. Hech biri hech vaqt birgina sura bilan muorazaga kirisholmadi.

Agar deyilsa: Hech kim muoraza etolmagani va muoraza mumkin emasligini qanday bilamiz?

Aljavob: Agar muoraza mumkin boʻlsaydi, har holda tashabbus etilardi. Chunki muorazaga ehtiyoj shadid edi. Zero dinlari, mollari, jonlari, oilalari tahlikaga tushgan. Muoraza etilsaydi, qutular edilar. Agar muoraza mumkin boʻlsaydi, har holda muoraza etardilar. Agar muoraza etilsaydi, muoraza tarafdorlari kofirlar, munofiqlar koʻp, ham juda koʻp boʻlganidan muorazaga tarafdor chiqib, iltizom etib, hammaga nashr etar edilar. -Islomiyatga qarshi hamma narsani nashr etganlaridek.- Agar nashr etsaydilar va muoraza boʻlsaydi; har holda tarixlarga, kitoblarga dabdabali suratda kirar edi. Mana maydonda butun tarixlar, kitoblar; hech birida Musaylima-i Kazzobning bir qancha fikrasidan boshqa hech nima yoʻq. Holbuki Qur'on Hakim yigirma uch yil mutamodiyan jahllarni chiqaradigan va oʻjarlikni qoʻzgʻatadigan tarzda maydonga chaqirdi. Va aytardiki:

— 141 —

"Qur'onning, Muhammad-ul Amin kabi bir ummiydan nazirini qiling va koʻrsating. Mayli, buni qilolmayapsiz. U zot ummiy boʻlmasin, gʻoyat olim va kotib boʻlsin. Mayli, buni ham keltirolmayapsiz; bitta zot boʻlmasin, butun olimlaringiz, baligʻlaringiz toʻplansin, bir-biriga yordam bersin.. hatto ishongan olihalaringiz sizga yordam bersin. Mayli, bular bilan ham qilolmaysiz; avval yozilgan baligʻ asarlardan ham istifoda etib, hatto kelajakdagilarni ham yordamga chaqirib, Qur'onning nazirini koʻrsatinglar, qilinglar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; Qur'onning majmuiga boʻlmasin-u, yolgʻiz oʻn surasining nazirini keltiringlar. Mayli, oʻn surasiga muqobil haqiqiy toʻgʻri bir nazira keltirolmayapsiz; mayli, hikoyalardan, aslsiz qissalardan birlashtiring. Yolgʻiz nazmiga va balogʻatiga nazira boʻlsin, keltiringlar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; birgina surasining oʻxshashini keltiringlar. Mayli, sura uzun boʻlmasin, qisqa bir sura boʻlsin, nazirini keltiringlar. Boʻlmasa din, jon, mol, bola-chaqalaringiz; dunyoda ham, oxiratda ham tahlikaga tushadi!"

Xullas, sakkiz tabaqada, ilzom suratida, Qur'oni Hakim yigirma uch yilda emas, balki bir ming uch yuz yil butun ins va jinga qarshi maydonga chaqirgan va chaqiryapti. Holbuki avvalgi zamonda kofirlar jon, mol va bola-chaqasini tahlikaga solib eng dahshatli yoʻl boʻlgan harb yoʻlini ixtiyor etib, eng oson va eng qisqa boʻlgan muoraza yoʻlini tark etdilar. Demak, muoraza yoʻli mumkin emas edi.

Xullas, hech bir oqil, xususan u zamonda Jazirat-ul Arabdagi odamlar, xususan Qurayshiylar kabi zakovatli odamlar; birgina adiblari, Qur'onning birgina surasiga nazira qilib Qur'onning hujumidan qutulishini ta'min etib, qisqa va oson yoʻlni tark etib jon, mol, bola-chqalarini tahlikaga solib eng mushkulotli yoʻlga suluk etadimi?

Alhosil: Mashhur Johizning aytgani kabi: "Muoraza-i bilhuruf mumkin boʻlmadi, muhoraba-i bissuyufga majbur boʻldilar..."

Agar: Ba'zi muhaqqiq ulamo aytganlarki: "Qur'onning bir surasiga emas; birgina oyatiga, hatto birgina jumlasiga, hatto birgina kalimasiga muoraza etilmaydi va etilmagan". Bu soʻzlar mubolagʻa koʻrinyapti va aql qabul qilmaydi. Chunki basharning soʻzlarida Qur'on jumlalariga oʻxshagan koʻp jumlalar bor. Bu soʻzning sirri hikmati nima?

Aljavob: I'jozi Qur'onda ikki mazhab bor. Mazhabi aksar va rojih shuki, Qur'ondagi latoifi balogʻat va mazoya-i ma'oniy qudrati bashardan yuksakdir.

— 142 —

Ikkinchi marjuh mazhab: Qur'onning bir surasiga muoraza, qudrati bashar dohilidadir. Faqat Janobi Haq, Moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) sifatida man etgan. Bir odam oyoqqa tura oladi, lekin asari moʻ'jiza koʻrinishida bir Nabiy: "Turolmaysan!" desa va u turolmasa, moʻ'jiza boʻladi. Bu mazhabi marjuha, Sarfa Mazhabi deyiladi. Ya'ni, Janobi Haq Qur'onning bir surasiga muqobala etolmasliklari uchun jin va insni man etgan. Agar man etmasaydi, jin va ins bir surasiga muqobala etardi. Bu mazhabga koʻra, "Bir kalimasiga ham muoraza etilmaydi", degan ulamoning soʻzlari haqiqatdir. Chunki modomiki Janobi Haq, i'joz uchun ularni man etgan; muorazaga ogʻizlarini ocholmaydilar. Ogʻizlarini ochsalar ham; izni Ilohiy boʻlmasa, kalimani chiqarolmaydilar. Ammo mazhabi rojih va aksar mazhabi avvalga koʻra, u ulamo bayon etgan fikrning nozik jihati borki: Qur'oni Hakimning jumlalari, kalimalari bir-biriga qaraydi. Ba'zan bir kalima oʻnta yerga qaraydi; unda oʻn nukta-i balogʻat, oʻn munosabat boʻladi. Ishorot-ul I'joz nomli tafsirda, Fotihaning ba'zi jumlalari ichida va الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ jumlalari ichida shu nuktalardan ba'zi namunalarni koʻrsatganmiz. Masalan: Qandayki munaqqash bir saroyda, mutaaddid, muxtalif naqshlarning tuguni hukmida bir toshni, butun naqshlarga qaraydigan bir yerda joylashtirish; butun u devorni naqshlari bilan bilishga mutavaqqifdir. Ham qandayki insonning boshidagi koʻz qorachigʻini joyida joylashtirish, butun jasadning munosabatini va vazoifi ajibasini va koʻzning u vazoifga qarshi vaziyatini bilish bilan boʻladi. Shunga oʻxshab: Ahli haqiqatning taraqqiy etgan qismi, Qur'onning kalimotida juda koʻp munosabotni va boshqa oyatlardagi jumlalarga qaragan vujuhlarini, aloqalarini koʻrsatishgan. Xususan ulamo-i ilmi huruf juda taraqqiy etib, bir harfi Qur'onda, bir sahifa qadar asrorni, oʻsha soha olimlariga bayon etib isbot qilganlar. Ham modomiki Xoliqi Kulli Shayning kalomi ekan; har bir kalimasi, qalb va urugʻ hukmiga oʻtishi mumkin. (Atrofida, asrordan mutashakkil bir jasadi ma'naviya qalb va bir shajara-i ma'naviya urugʻ hukmiga oʻta oladi.) Xullas, insonning soʻzlarida Qur'onning kalimalari kabi kalimalar, balki jumlalar, oyatlar boʻlishi mumkin. Faqat Qur'onda, koʻp munosabot e'tiborga olingan bir tarz bilan joylashtirilgan joyda; bir ilmi muhit lozimki, joy-joyiga joylashsin.

UCHINCHI NUKTA: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning xulosat-ul xulosa bir ijmoli mohiyati uchun bir payt Arabcha ibora bilan bir tafakkuri haqiqiyni, Janobi Haq mening qalbimga ehson etgandi. Hozir aynan oʻsha tafakkurni Arabcha yozamiz, soʻngra ma'nosini bayon etamiz:

سُبْحَانَ مَنْ شَهِدَ عَلٰى وَحْدَانِيَّتِه۪ وَصَرَّحَ بِاَوْصَافِ جَمَالِه۪ وَجَلَالِه۪ وَكَمَالِه۪ اَلْقُرْاٰنُ الْحَك۪يمُ الْمُنَوَّرُ جِهَاتُهُ السِّتُّ اَلْحَاو۪ى لِسِرِّ اِجْمَاعِ كُلِّ كُتُبِ الْاَنْبِيَاءِ وَالْاَوْلِيَاءِ وَالْمُوَحِّد۪ينَ الْمُخْتَلِف۪ينَ فِى الْاَعْصَارِ وَالْمَشَارِبِ وَالْمَسَالِكِ الْمُتَّفِق۪ينَ بِقُلُوبِهِمْ وَعُقُولِهِمْ عَلٰى تَصْد۪يقِ اَسَاسَاتِ الْقُرْاٰنِ وَكُلِّيَّاتِ اَحْكَامِه۪ عَلٰى وَجْهِ الْاِجْمَالِ وَهُوَ مَحْضُ الْوَحْىِ بِاِجْمَاعِ الْمُنْزِلِ وَالْمُنْزَلِ وَالْمُنْزَلِ عَلَيْهِ وَعَيْنُ الْهِدَايَةِ بِالْبَدَاهَةِ وَمَعْدَنُ اَنْوَارِ الْا۪يمَانِ بِالضَّرُورَةِ وَمَجْمَعُ الْحَقَائِقِ بِالْيَق۪ينِ وَمُوصِلٌ اِلَى السَّعَادَةِ بِالْعَيَانِ وَذُو الْاَثْمَارِ الْكَامِل۪ينَ بِالْمُشَاهَدَةِ وَمَقْبُولُ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ بِالْحَدْسِ الصَّادِقِ مِنْ تَفَار۪يقِ الْاَمَارَاتِ وَالْمُؤَيَّدُ بِالدَّلَائِلِ الْعَقْلِيَّةِ بِاِتِّفَاقِ الْعُقَلَاءِ الْكَامِل۪ينَ وَالْمُصَدَّقُ مِنْ جِهَةِ الْفِطْرَةِ السَّل۪يمَةِ بِشَهَادَةِ اِطْمِئْنَانِ الْوِجْدَانِ وَالْمُعْجِزَةُ الْاَبَدِيَّةُ الْبَاق۪ى وَجْهُ اِعْجَازِه۪ عَلٰى مَرِّ الزَّمَانِ بِالْمُشَاهَدَةِ وَالْمُنْبَسِطُ دَائِرَةُ اِرْشَادِه۪ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلٰى مَكْتَبِ الصِّبْيَانِ يَسْتَف۪يدُ مِنْ عَيْنِ دَرْسٍ اَلْمَلٰئِكَةُ مَعَ الصَّبِيّ۪ينَ وَ كَذَا هُوَ ذُو الْبَصَرِ الْمُطْلَقِ يَرَى الْاَشْيَاءَ بِكَمَالِ الْوُضُوحِ وَالظُّهُورِ وَيُح۪يطُ بِهَا وَيُقَلِّبُ الْعَالَمَ ف۪ى يَدِه۪ وَيُعَرِّفُهُ لَنَا كَمَا يُقَلِّبُ صَانِعُ السَّاعَةِ السَّاعَةَ ف۪ى كَفِّه۪ وَيُعَرِّفُهَا لِلنَّاسِ فَهٰذَا الْقُرْاٰنُ الْعَظ۪يمُ الشَّانِ هُوَ الَّذ۪ى يَقُولُ مُكَرَّرًا اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
— 143 —

Bu tafakkuri Arabiyning tarjimasi va ma'nosi shuki, ya'ni: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning olti jihati porloq va nurlidir. Avhom va shubahot ichiga kirolmaydi. Chunki orqasi Arshga tayanadi; bu jihatda nuri vahiy bor. Qarshisida va hadafida saodati dorayn bor. Abadga, oxiratga qoʻl uzatgan; Jannat va saodat nuri bor. Ustida sikka-i i'joz porlaydi. Ostida burhon va dalil ustunlari bor. Ichi xolis hidoyat. Oʻngi اَفَلَا يَعْقِلُونَ lar bilan uqulni istintoq bilan "Sodaqta" ayttiradi. Chapida; qalblarga azvoqi ruhoniy berish bilan, vijdonlarni istishhod etib "Barakalloh" ayttirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonga qaysi burchakdan, qaysi jihatdan avhom va shubahotning oʻgʻrilari kira oladi?

Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon asrlari, mashrablari, maslaklari muxtalif boʻlgan anbiyoning, avliyoning, muvahhidiynning kitoblarining sirri ijmo'ini jome'dir. Ya'ni, butun ahli qalb va aql, Qur'oni Hakimning mujmal ahkomini va asosotini tasdiq etadigan suratda, u asosotni kitoblarida zikr qilib qabul qilishgan. Demak ular Qur'on shajara-i samoviysining ildizlari hukmidadir. Ham Qur'oni Hakim vahiyga istinod etadi va oʻzi vahiydir. Chunki Qur'onni nozil qilgan Zoti Zuljalol, moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) bilan, Qur'on vahiy ekanini koʻrsatadi, isbot qiladi. Va nozil boʻlgan Qur'on ham, ustidagi i'joz bilan koʻrsatadiki, Arshdan kelyapti. Va munzali alayh boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiydagi xavotirlari va nuzuli vahiy vaqtidagi vaziyati behushlari va harkasdan ziyoda Qur'onga qarshi ixlos va hurmati koʻrsatadiki: Vahiy boʻlib azaldan kelyapti, u kishiga musofir boʻlyapti.

Ham u Qur'on bilbedaho mahzi hidoyatdir. Chunki uning muxolifi, bilmushohada kufrning zalolatidir. Ham bizzarura Qur'on anvori iymoniyaning ma'danidir. Albatta anvori iymoniyaning aksi, zulumotdir. Koʻp Soʻzlarda buni qat'iy isbot qilganmiz.

Ham Qur'on bilyaqiyn haqoiqning majma'idir. Xayolot va xurofot ichiga kirolmaydi. Tashkil etgan haqiqatli olami Islomiyat, izhor etgan asosli shariat va koʻrsatgan oliy kamolotining shahodati bilan, olami gʻaybga oid boʻlgan bahslarida ham, olami shahodatdagi bahslari kabi, ayni haqiqat ekanini va ichida xilof yoʻqligini isbot qiladi.

Ham Qur'on bil'oyon va shubhasiz, saodati doraynga isol etadi, basharni unga yoʻllaydi. Kimning shubhasi boʻlsa, bir marta Qur'onni oʻqisin va tinglasin; nima derkan? Qur'on bergan mevalar; ham mukammaldir, ham hayotdordir. Shunday ekan, Qur'on daraxtining ildizi haqiqatdadir, hayotdordir. Chunki mevaning hayoti, daraxtning hayotiga dalolat etadi. Mana qara; har asrda naqadar asfiyo va avliyo kabi mukammal va komil zihayot va zinur mevalar bergan.

— 144 —

Ham hadsiz mutafarriq alomatlardan nash'at etgan bir hads va qanoat bilan, Qur'on ham ins, ham jin, ham malakning maqbuli va margʻubi boʻlib; oʻqilgan vaqti ular ishtiyoq bilan parvona kabi atrofiga toʻplanadilar.

Ham Qur'on vahiy boʻlish bilan barobar, daloili aqliya bilan tayid va tahkim etilgan. Ha, komil uqaloning ittifoqi bunga shohiddir. Boshda ulamo-i Ilmi Kalomning allomalari va Ibn Sino, Ibn Rushd kabi falsafaning dohiylari muttafiqan asosoti Qur'oniyani usullari bilan, dalillari bilan isbot qilishgan. Ham Qur'on, fitrati salima jihati bilan musaddaqdir. Agar bir nuqsonlik va bir maraz boʻlmasa; har bir fitrati salima uni tasdiq qiladi. Chunki itminoni vijdon va istirohati qalb, uning anvori bilan boʻladi. Demak, fitrati salima, vijdonning itminoni shahodati bilan, uni tasdiq qiladi. Ha, fitrat, lisoni holi bilan Qur'onga: "Fitratimizning kamoli sensiz boʻlolmaydi!", deydi. Shu haqiqatni koʻp yerlarda isbot qilganmiz.

Ham Qur'on bilmushohada va bilbedaho, abadiy va doimiy bir moʻ'jizadir. Har vaqt i'jozini koʻrsatadi. Boshqa moʻ'jizot kabi soʻnmaydi, vaqti tugamaydi, abadiydir.

Ham Qur'onning martaba-i irshodida shunday bir kenglik borki; birgina darsida Hazrat Jabroil (A.S.), bir tifli navrasida bilan yelkama-yelka u darsni tinglar, hissalarini oladilar. Va Ibn Sino kabi eng dohiy faylasuf eng omi bir ahli qiroat bilan tizzama-tizza ayni darsni oʻqiydilar, darslarini oladilar. Hatto ba'zan; u omi odam, quvvat va safvati iymon jihati bilan Ibn Sinodan ham koʻproq istifoda etadi.

Ham Qur'onning ichida shunday bir koʻz borki; butun koinotni koʻradi, ihota etadi va bir kitobning sahifalari kabi koinotni koʻz oʻngida tutadi, tabaqotini va olamlarini bayon etadi. Bir soatning san'atkori qanday soatini aylantiradi, ochadi, koʻrsatadi, ta'rif etadi. Qur'on ham, qoʻlida koinotni tutib, shunday qilyapti. Xullas, shunday bir Qur'oni Azimushshonki, فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ لَنَا فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا
اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قُبُورَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ نَوِّرْ بُرْهَانَ الْقُرْاٰنِ بِحَقِّ وَ بِحُرْمَةِ مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنُ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الْحَنَّانِ اٰم۪ينَ
— 145 —

OʻN TOʻQQIZINCHI NUKTALI ISHORAT: Sobiq ishoratlarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqning rasuli boʻlgani gʻoyat qat'iy va shubhasiz bir suratda isbot qilindi. Xullas, risolati minglab daloili qat'iya bilan sobit boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaning va saodati abadiyaning eng porloq bir dalili va eng qat'iy bir burhonidir. Biz bu ishoratda; u mushriq, porloq dalilga va notiqi sodiq burhonga, xulosat-ul xulosa bir ijmol bilan kichik bir ta'rif qilamiz. Chunki modomiki u kishi dalildirlar va natijasi ma'rifati Ilohiyadir; albatta dalilni tanish va vajhi dalolatini bilish lozim. Shunday ekan, biz ham gʻoyat muxtasar bir xulosa bilan, vajhi dalolatini va toʻgʻriligini bayon qilamiz:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, koinotning mavjudoti kabi, Xoliqi Koinotning vujudiga va vahdatiga oʻz zoti dalolat qilgani kabi; u kishi oʻz dalolati zotiyasini, butun mavjudotning dalolati bilan barobar, lisoni bilan e'lon qilganlar. Modomiki dalil ekan; biz u dalilning hujjat va istiqomatiga va sidq va haqqoniyatiga, oʻn besh asosda ishorat qilamiz:

Birinchi Asos: Ham zoti bilan, ham lisoni bilan, ham dalolati holi bilan, ham gapirishi bilan koinotning Sone'iga dalolat qilgan bu dalil; ham haqiqati koinotcha musaddaq, ham sodiqdir. Chunki butun mavjudotning vahdoniyatga dalolatlari, albatta vahdoniyatni aytgan zotni tasdiq hukmidadir. Demak, aytgan da'vosi ham umum koinot jihatidan musaddaqdir. Ham bayon etgan narsasi kamoli mutlaq boʻlgan vahdoniyati Ilohiya va xayri mutlaq boʻlgan saodati abadiya, butun haqoiqi olamning husn va kamoliga muvofiq va mutobiq boʻlganidan; da'vosida albatta sodiqdir. Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaga va saodati abadiyaga bir burhoni notiqi sodiq va musaddaqdir.

Ikkinchi Asos: Ham u dalili sodiq va musaddaq, modomiki umum anbiyodan ustun minglab moʻ'jizot va nasx etilmagan bir shariat va umum jin va insga shomil bir da'vat sohibi boʻlganidan, albatta umum anbiyoning raisidir. Shunday ekan, umum anbiyoning moʻ'jizotlarining sirrini va ittifoqlarini jome'dir. Demak, butun anbiyoning quvvati ijmo'i va moʻ'jizotlarining shahodati, u kishining sidq va haqqoniyatiga bir nuqta-i istinod tashkil etadi. Ham u kishining tarbiyalari va irshodlari va nuri shariatlari bilan kamol topgan butun avliyo va asfiyoning sultoni va ustozidirlar. Shunday ekan, ularning sirri karomatlarini va ijmo'korona tasdiqlarini va tahqiqlarining quvvatini jome'dir. Chunki ular ustozlari ochgan va eshikni ochiq qoldirgan yoʻlda borganlar, haqiqatni topganlar. Shunday ekan, ularning butun karomatlari va tahqiqotlari va ijmo'lari, muqaddas ustozlarining sidq va haqqoniyati uchun nuqta-i istinod ta'min qiladi. Ham u burhoni vahdoniyat, sobiq ishoratlarda koʻrilgani kabi; shu qadar qat'iy, yaqiyniy va bahir moʻ'jizalari va horiqo irhosotlari va shubhasiz daloili nubuvvati bor va u zotni shunday bir tasdiq qiladiki, koinot toʻplansa, ularning tasdiqini bekor qilolmaydi!

Uchinchi Asos: Ham u moʻ'jizoti bahira sohibi boʻlgan vahdoniyat dalloli va saodati abadiya xushxabarchisi, oʻz zoti muborakida axloqi oliya va vazifa-i risolatida sajaya-i samiya va tabligʻ qilgan shariat va dinida shunday xasoili gʻoliya borki; eng shadid dushman ham uni tasdiq qiladi, inkorga majol topolmaydi. Modomiki zotida va vazifasida va dinida eng yuksak va goʻzal axloqi va eng ulviy va mukammal sajiyalari va eng qiymatdor va maqbul xislatlari mavjud; albatta u zot mavjudotdagi kamolotning va axloqi oliyaning misoli va mumassili va timsoli va ustozidir. Shunday ekan, zotida va vazifasida va dinida kamolot boʻlsa; haqqoniyatiga va sidqiga shu qadar quvvatli bir nuqta-i istinoddirki, hech bir jihatda tebranmaydi.

— 146 —

Toʻrtinchi Asos: Ham ma'dani kamolot va muallimi axloqi oliya boʻlgan u dalloli vahdoniyat va saodat, oʻzidan-oʻzi gapirmaydi; balki gapirtiriladi. Ha, Xoliqi Koinot tarafidan gapirtiriladi. Ustozi Azaliysidan dars oladi, soʻngra dars beradi. Chunki sobiq ishoratlarda qisman bayon etilgan minglab daloili nubuvvat bilan; Xoliqi Koinot butun u moʻ'jizotni uning qoʻlida xalq etish bilan koʻrsatdiki; u uning hisobiga gapiradi, uning kalomini tabligʻ etadi. Ham unga kelgan Qur'on esa ichida, tashqarisida qirq vajhi i'joz bilan koʻrsatadiki, u Janobi Haqning tarjimonidir. Ham u kishi oʻz zotida butun ixlosi bilan va taqvosi va jiddiyati bilan va omonati va boshqa butun ahvol va atvori bilan koʻrsatadiki; u zot oʻz nomidan, oʻz fikri bilan gapirmaydi.. balki Xoliqi nomidan gapiradi. Ham uni tinglagan butun ahli haqiqat, kashf va tahqiq bilan tasdiq qilganlar va ilmalyaqiyn iymon keltirishganki; oʻzidan-oʻzi gapirmaydi, balki Xoliqi Koinot uni gapirtiradi, dars beradi, u bilan dars berdiradi. Shunday ekan, u kishining sidq va haqqoniyati bu toʻrt gʻoyat quvvatli asoslarning ijmo'iga istinod etadi.

Beshinchi Asos: Ham Tarjimoni Kalomi Azaliy arvohlarni koʻradi, maloikalar bilan suhbat qiladi, jin va insni ham irshod etadi. Nafaqat ins va jin olami, balki olami arvoh va olami maloikadan ustun dars oladi. Va movarosida munosabati bor va ittilo'i bor. Sobiq moʻ'jizoti va tavotur bilan qat'iy mojaro-i hayoti bu haqiqatni isbot etgan. Shunday ekan, kohinlar va boshqa gʻoibdan xabar berganlar kabi, uning xabarlariga nafaqat jin, nafaqat arvoh, nafaqat maloika, balki Jabroildan boshqa Maloika-i Muqorrabiyn ham qoʻshilolmaydi. Hatto aksar avqotda uning doʻsti boʻlgan Hazrat Jabroilni ham ba'zan orqada qoldiradi.

Oltinchi Asos: Ham u malak, jin va basharning sayyidi boʻlgan zot, shu koinot daraxtining eng munavvar va mukammal mevasi va rahmati Ilohiyaning timsoli va muhabbati Rabboniyaning misoli va Haqning eng munavvar burhoni va haqiqatning eng porloq siroji va tilsimi koinotning miftahi va muammo-i xilqatning kashshofi va hikmati olamning sharihi va saltanati Ilohiyaning dalloli va mahosini san'ati Rabboniyaning vassofi va jome'iyati iste'dod jihati bilan u zot, mavjudotdagi kamolotning eng mukammal anmuzajidir. Shunday ekan, u zotning shu avsofi va shaxsiyati ma'naviyasi ishorat etadi, balki koʻrsatadiki; u zot koinotning illati gʻoiyasidir. Ya'ni u zotga shu koinotning Xoliqi qaragan, koinotni xalq etgan. Agar uni ijod etmasaydi, koinotni ham ijod etmasdi deb boʻladi. Ha, jin va insga keltirgani haqoiqi Qur'oniya va anvori iymoniya va zotida koʻringan axloqi oliya va kamoloti samiya shu haqiqatga shohidi qat'iydir.

Yettinchi Asos: Ham u burhoni Haq va siroji haqiqat shunday bir din va shariat koʻrsatganki; ikki jahonning saodatini ta'min etadigan dasotirni jome'dir. Va jome' boʻlish bilan birga, koinotning haqoiqini va vazoifini va Xoliqi Koinotning asmosini va sifotini kamoli haqqoniyat bilan bayon etgan. Xullas, u Islomiyat va shariat shunday bir tarzda qamragan va mukammaldir va shunday bir suratda koinotni oʻzi bilan barobar ta'rif etadiki, uning mohiyatiga diqqat qilgan albatta anglaydiki; u din bu goʻzal koinotni qilgan zotning u koinotni oʻzi bilan barobar ta'rif etadigan bir bayonnomasi va ta'rifasidir. Qandayki bir saroyning ustasi, u saroyga munosib bir ta'rifa qiladi. Oʻzini vasflari bilan koʻrsatish uchun, bir ta'rifa qalamga oladi; shunga oʻxshab: din va shariati Muhammadiyada (S.A.V.) shunday bir ihota, bir ulviyat, bir haqqoniyat koʻrinadiki; koinotni xalq va tadbir etganning qalamidan chiqqanini koʻrsatadi. Va u koinotni goʻzal ravishda tanzim etgan kim boʻlsa, bu dinni goʻzal ravishda tanzim etgan ham udir. Ha, u nizomi akmal, albatta bu nazmi ajmalni istaydi.

— 147 —

Sakkizinchi Asos: Xullas, mazkur sifatlar bilan muttasif va har jihat bilan tebranmas quvvatli istinod nuqtalariga tayangan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, olami shahodatga mutavajjih boʻlib, olami gʻayb nomidan, jin va insning boshlari ustida e'lon qilib; istiqbolda keladigan asrlar orqasida turgan aqvomga va millatlarga xitob etib shunday bir nido etadiki; umum jin va insga, umum yerlarga, umum asrlarga eshittiradi. Ha, eshityapmiz!..

Toʻqqizinchi Asos: Ham shunday yuksak, quvvatli xitob etadiki; butun asrlar uni tinglaydi. Ha, aks sadosini har bir asr eshitadi.

Oʻninchi Asos: Ham u zotning gidishotida koʻrinadiki; koʻradi, shunday xabar beradi. Chunki eng tahlikali vaqtlarda kamoli matonat bilan ikkilanmasdan, xavotirsiz aytadi. Ba'zan boʻladi, bir oʻzi dunyoga qarshi turadi.

Oʻn Birinchi Asos: Ham butun quvvati bilan shunday quvvatli da'vat etib chaqiradiki: Yarim yerni va navi basharning beshdan birini ovoziga qarshi "Labbayk" dedirdi, سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا ayttirdi.

Oʻn Ikkinchi Asos: Ham shunday bir jiddiyat bilan da'vat va shunday asosli bir suratda tarbiya qiladiki; dasturlarini asrlarning jabhasida va aqtorning toshlarida naqsh etadi va dahrlarning yuzlarida poydor qiladi.

Oʻn Uchinchi Asos: Ham tabligʻ etgan ahkomning sogʻlomligiga shunday bir vusuq va ishonish bilan aytadi va da'vat etadiki; dunyo toʻplansa, uni bir hukmidan orqa qaytarib pushaymon qilolmaydi. Bunga shohid, butun tarixi hayoti va siyari saniyasidir.

Oʻn Toʻrtinchi Asos: Ham shunday bir itminon bilan, bir e'timod bilan da'vat qiladi, tabligʻ etadiki; hech kimdan minnat olmas, hech bir mushkulotga qarshi taloshsiz, ikkilanmasdan, kamoli samimiyat bilan va safvat bilan va hammadan avval oʻzi amal qilib qabul etib, keltirgan ahkomini e'lon qiladi. Bunga shohid boʻlsa; barcha tomonidan, doʻst va dushman tomonidan ma'lum boʻlgan mashhur zuhdi va istigʻnosi va dunyoning foniy muzayyanotiga adami tanazzulidir.

Oʻn Beshinchi Asos: Ham keltirgan diniga hammadan ziyoda itoati va Xoliqiga qarshi barchadan ziyoda ubudiyati va manhiyotga qarshi harkasdan ziyoda taqvosi qat'iyan koʻrsatadiki: U Sultoni Azal va Abadning muballigʻidir, elchisidir va u Ma'budi Bilhaqning eng xolis abdidir va Kalomi Azaliyning tarjimonidir.

Shu oʻn besh adad asoslarning natijasi shuki: Mazkur avsof bilan muttasif shu zot; butun quvvati bilan, butun hayotida mukarraran va mutamodiyan فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ عَدَدَ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 148 —
Bir Ikromi Ilohiy va Bir Asari Inoyati Rabboniya

وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ mazmuniga masadaq boʻlish umidi bilan deymiz: Shu risolaning ta'lifida Janobi Haqning bir asari inoyatini va rahmatini zikr qilaman. Toki bu risolani oʻqiganlar ahamiyat bilan qarasinlar.

Bu risolaning ta'lifi qalbimda umuman yoʻq edi. Chunki risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir Oʻttiz Birinchi va Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzlar yozilgan edi. Birdaniga bu risolani yozish uchun mujbir bir xotira qalbga keldi. Ham quvva-i hofizam, musibatlar natijasi oʻlaroq soʻngan edi. Ham mashrabimda, yozgan asarlarimda, naql surati bilan ("qola-qiyla" surati bilan) ketmagan edim. Ham yonimda kutubi hadisiya va siyar kitoblari yoʻqdir. Shu bilan birga, "Tavakkaltu Alalloh" deb boshladim. Shunday bir muvaffaqiyat boʻldiki, Eski Saidning quvva-i hofizasidan ziyoda hofizam yordam berdi. Har ikki-uch soatda, sur'at bilan oʻttiz-qirq sahifa yozildi. Bir soatda oʻn besh sahifa yozilardi. Aksar Buxoriy, Muslim, Bayhaqiy, Termiziy, Shifo-i Sharif, Abu Nuaym, Tabariy kabi kitoblardan naql etiladi. Holbuki bu naqlda xato boʻlsa -hadis boʻlgani uchun- gunoh boʻlishi lozim boʻlganidan, qalbim titrar edi. Faqat anglashildiki, inoyat bor va shu risolaga ehtiyoj bor. Inshaalloh sahih bir suratda yozilgandir. Shoyat ba'zi alfazi hadisiyada yoki roviylarning ismida bir xato boʻlsa, tasxix etilib musomaha nazari bilan qarashlarini ixvonlarimdan iltimos qilaman.

Said Nursiy

Ha, biz musvaddani yozar edik, Ustozimiz ham aytar edi. Yonida hech qanday kitob yoʻq edi; hech murojaat etmas edi. Birdaniga gʻoyat sur'atli aytar edi, biz ham yozar edik. Ikki-uch soatda oʻttiz-qirq, yanada ortiq sahifa yozar edik. Bizning ham qanoatimiz keldiki: Bu muvaffaqiyat moʻ'jizoti Nabaviyaning bir karomatidir.

Doimiy xizmatkorlari: Abdulloh Chavush
Xizmatkori va musvadda kotibi: Sulaymon Sami
Musvadda kotibi va oxirat qardoshi: Hofiz Xolid
Musvadda va tabyiz kotibi: Hofiz Tavfiq
— 149 —

Moʻ'jizoti Ahmadiyaning Birinchi Zayli

(Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) va zayli Shaqqi Qamar Moʻ'jizasiga doir boʻlganidan; maqom munosabati bilan bu yerga olingandir.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

"Oʻn toʻrt Rashahot"ni tazammun etgan Oʻn Toʻrtinchi Lam'aning

BIRINCHI RASHHASI: Robbimizni bizga ta'rif etgan uch buyuk, kulliy muarrif bor.

Birisi: Shu kitobi koinot boʻlib, bir nabza shahodatini oʻn uch lam'a bilan Nur Risolasidan Oʻn Uchinchi Darsdan eshitdik.

Birisi: Shu kitobi kabirning oyati kubrosi boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamdir.

Birisi ham Qur'oni Azimushshondir.

Demak shu ikkinchi burhoni notiqiy boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamni tanishimiz, tinglashimiz lozim.

Ha, u burhonning shaxsi ma'naviysiga qara: Sathi Arz bir masjid, Makka bir mehrob, Madina bir minbar... U burhoni bahir boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissolatu Vassalam butun ahli iymonga imom, butun insonlarga xatib, butun anbiyoga rais, butun avliyoga sayyid, butun anbiyo va avliyodan tarkib topgan bir halqa-i zikrning sarzokiri... butun anbiyo hayotdor ildizlari, butun avliyo tarovatdor samaralari boʻlgan bir shajara-i nuroniyadirki; har bir da'vosini, moʻ'jizotlariga istinod etgan butun anbiyo va karomatlariga e'timod etgan butun avliyo tasdiq etib imzo qoʻymoqdalar. Zero u لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, da'vo qiladi. Butun oʻng va chap, ya'ni moziy va mustaqbal taraflarida saf tortgan u nuroniy zokirlar ayni kalimani takror qilib, ijmo' etib ma'nan "Sodaqta va bil haqqi nataqta" deydilar. Qaysi vahmning haddi borki, bunday hisobsiz imzolar bilan tayid etilgan bir muddaoga tumshuq suqsin.

— 150 —

IKKINCHI RASHHA: U nuroniy burhoni tavhid, ikki janohning ijmo' va tavoturi bilan tayid etilgani kabi, Tavrot va Injil kabi Kutubi Samoviyaning {(Hoshiya) Husayn Jisriy "Risola-i Hamidiya"sida bir yuz oʻn toʻrt ishorotni u kitoblardan chiqargan. Tahrifdan keyin bu qadar topilsa, albatta undan avval koʻp tasrihot boʻlgan.} yuzlab ishoroti va irhosotning minglab rumuzoti va hatiflarning mashhur bashoroti va kohinlarning mutavotir shahodoti va Shaqqi Qamar kabi minglab moʻ'jizotining daloloti va shariatning haqqoniyati bilan tayid va tasdiq etganlari kabi; zotida gʻoyat kamoldagi axloqi hamidasi va vazifasida nihoyat husnidagi sajoya-i gʻoliyasi va kamoli amniyati va quvvati iymonini va gʻoyat itminonini va nihoyat vusuqini koʻrsatgan favquloda taqvosi, favquloda ubudiyati, favquloda jiddiyati, favquloda matonati; da'vosida nihoyat darajada sodiq ekanini quyosh kabi oshkora koʻrsatadi.

UCHINCHI RASHHA: Agar xohlasang kel, Asri Saodatga, Jazirat-ul Arabga boramiz. Xayolan, uni vazifa boshida koʻrib ziyorat qilamiz. Mana qara: Husni siyrat va jamoli surat bilan mumtoz bir zotni koʻryapmizki: Qoʻlida moʻ'jiznamo bir kitob, lisonida haqoiq-oshino bir xitob, butun bani Odamga, balki jin va insga va malakka, balki butun mavjudotga xutba-i azaliyani tabligʻ etyapti. Sirri xilqati olam boʻlgan muammo-i ajibasini hal va sharh etib va sirri koinot boʻlgan tilsimi mugʻloqini fath va kashf etib, butun mavjudotdan soʻralgan, butun uqulni hayrat ichra mashgʻul qilgan uch mushkul va mudhish savoli azim boʻlgan "Kimsan", "Qayerdan kelyapsan?", "Qayerga ketyapsan?" savollariga muqni', maqbul javob beryapti.

TOʻRTINCHI RASHHA: Qara! Shunday bir ziyo-i haqiqat nashr etadiki: Agar uning nuroniy doira-i haqiqati irshodidan xorij bir suratda koinotga qarasang, albatta koinotning shaklini bir motamxona-i umumiy hukmida va mavjudotni bir-biriga ajnabiy, balki dushman va jomidotni dahshatli janozalar va butun zavil hayotni zavol va firoq ta'ziri bilan yigʻlagan yetimlar hukmida koʻrasan. Endi qara: U nashr etgan nur bilan motamxona-i umumiy, shavqu jazba ichida bir zikrxonaga inqilob etdi. U ajnabiy, dushman mavjudot bittadan doʻst va qardosh shakliga kirdi. U jomidoti mayyita-i samita bittadan munis ma'mur, bittadan musahhar xizmatkor vaziyatini oldi va u yigʻloqi va shikoyat qiluvchi hech kimi boʻlmagan yetimlar, bittadan tasbeh ichida zokir yoki vazifa paydosidan shokir suratiga kirdi.

BESHINCHI RASHHA: Ham u nur bilan; koinotdagi harakot, tanavvu'ot, tabaddulot, tagʻayyurot; ma'nosizlikdan va abasiyatdan va tasodif oʻyinchoqligidan chiqib bittadan maktuboti Rabboniya, bittadan sahifa-i oyoti takviniya, bittadan maroya-i asmo-i Ilohiya va olam ham bir kitobi hikmati Samadoniya martabasiga chiqdilar. Ham insonni butun hayvonotning maduniga tushirgan hadsiz za'f va ajzi, faqr va ehtiyojoti va butun hayvonlardan yanada badbaxt qiladigan, vosita-i naqli huzun va alam va gʻam boʻlgan aqli, u nur bilan nurlangan vaqti, inson butun hayvonot, butun maxluqot ustiga chiqadi. U nurlangan ajz, faqr aql bilan, niyoz bilan nozanin bir sulton va fizor bilan nozdor bir xalifa-i zamin boʻladi. Demak, u nur boʻlmasa, koinot ham, inson ham, hatto hamma narsa ham hechga tushadi. Ha, albatta bunday badi' bir koinotda bunday bir zot lozimdir. Boʻlmasa koinot va aflak boʻlmasligi kerak.

— 151 —

OLTINCHI RASHHA: Xullas u zot, bir saodati abadiyaning muxbiri, xushxabarchisi, rahmati benihoyaning koshifi va e'lonchisi va saltanati Rububiyatning mahosinining dalloli, tomoshabini va kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi, koʻrsatuvchisi boʻlganidan; bunday qarasang- ya'ni ubudiyati jihati bilan- uni bir misoli muhabbat, bir timsoli rahmat, bir sharafi insoniyat, eng nuroniy bir samara-i shajara-i xilqat koʻrasan. Unday qarasang, -ya'ni risolati jihati bilan- bir burhoni Haq, bir siroji haqiqat, bir shamsi hidoyat, bir vasila-i saodat ekanini koʻrasan. Qara: Qanday barqi xatif kabi uning nuri, shardan gʻarbni tutdi va nisfi arz va xumsi bashar, uning hadya-i hidoyatini qabul qilib, hirzi jon etdi. Bizning nafs va shaytonimizga nima boʻlyaptiki: Bunday bir zotning butun da'volarining asosi boʻlgan "La Ilaha Illalloh"ni butun marotibi bilan barobar qabul qilmasin?

YETTINCHI RASHHA: Qara: Shu jazira-i vase'ada vahshiy va odatlariga mutaassib va qaysar muxtalif aqvomni, qanchalab tez odot va axloqi sayyia-i vahshiyonalarini daf'atan qal' va raf' etib, butun axloqi hasana bilan tajhiz etib butun olamga muallim va madaniy umamga ustoz ayladi. Qara! Zohiriy bir tasallut emas, balki aqllarni, ruhlarni, qalblarni, nafslarni fath va tasxir etdi. Mahbubi qulub, muallimi uqul, murabbiyi nufus, sultoni arvoh boʻldi.

SAKKIZINCHI RASHHA: Bilasanki: Tamaki kabi bir kichik odatni, kichik bir qavmda katta bir hukmdor, katta bir himmat bilan doimiyga zoʻrgʻa yoʻqota oladi. Holbuki qara, bu zot, katta va koʻp odatlarni; ham qaysar, mutaassib katta qavmlardan, zohiriy kichik bir quvvat bilan, kichik bir himmat bilan, oz bir zamonda raf' etib, oʻrniga shunday sajaya-i oliyani, qon va tomirlariga qoʻshilgan darajada sobit boʻlib vaz' va tasbit etyapti. Bu kabi yana juda koʻp horiqo ijroot qilyapti. Xullas, Asri Saodatni koʻrmaganlarga Jazirat-ul Arabni koʻzlariga tiqamiz. Mayli, yuzlab faylasuflarni olsinlar, u yerga borsinlar, yuz yil ishlasinlar. Ajabo, u zotning, oʻsha davrga nisbatan bir yilda qilgan ishining yuzdan birini qila oladilarmi?

TOʻQQIZINCHI RASHHA: Bilasanki: Kichik bir odam, kichik bir haysiyat bilan, kichik bir jamoatda, kichik bir masalada, munozarali bir da'voda uyalmay, parvosiz; kichik, faqat xijolatli bir yolgʻonni; dushmanlari yonida hiylasini his qildirmaydigan darajada taassur va talosh koʻrsatmasdan ayta olmaydi. Endi bu zotga qara; juda buyuk vazifada, juda buyuk bir vazifador, juda buyuk bir haysiyat bilan, juda buyuk bir amniyatga muhtoj holda, juda katta bir jamoatda, juda buyuk xusumat qarshisida, juda buyuk masalalarda, juda buyuk da'voda, juda buyuk erkinlik bilan, bila-parvo, bila-taraddud, bila-hijob, taloshsiz, samimiy bir safvat bilan, buyuk bir jiddiyat bilan, xasmlarining jonlariga tegadigan shadid, ulviy bir suratda aytgan soʻzlarida hech xilof boʻlishi mumkinmi? Hech hiyla aralashishi mumkinmi? Kallo! اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى Ha, haq aldamaydi, haqiqatbin aldanmaydi. Haq boʻlgan maslagi hiyladan mustagʻniydir; haqiqatbinning koʻziga xayolning qanday haddi borki, haqiqat koʻrinsin, aldasin?

— 152 —

OʻNINCHI RASHHA: Qara: Naqadar maroq-avar, naqadar jozibador, naqadar luzumli, naqadar dahshatli haqoiqni koʻrsatadi va masoilni isbot etadi.

Bilasanki, eng ziyoda insonni tahrik etgan maroqdir. Hatto agar senga: "Yarim umringni, yarim molingni bersang; Qamardan va Mushtariydan biri keladi, Qamarda va Mushtariyda nima bor nima yoʻq, ahvolini senga xabar beradi. Ham toʻgʻri shaklda istiqbolingni va boshingga nima kelishini toʻgʻri xabar beradi", desa. Maroqing boʻlsa, berasan. Holbuki bu zot shunday bir Sultonning axborini soʻylayaptiki: Mamlakatida Qamar bir chivin kabi bir parvona atrofida aylanadi. U Arz boʻlgan u parvona esa, bir chiroq atrofida parvoz etadi va u Quyosh boʻlgan chiroq esa, u Sultonning minglab manzillaridan bir musofirxonasida minglab misbohlar ichida bir chirogʻidir. Ham shunday ajoyib bir olamdan haqiqatdan bahs etyapti va shunday bir inqilobdan xabar beryaptiki: Minglab Kura-i Arz bomba boʻlib portlasalar, u qadar ajib boʻlmaydi. Qara! Uning lisonida

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اَلْقَارِعَةُ

kabi suralarni eshit... Ham shunday bir istiqboldan togʻri xabar beryaptiki: Shu dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra sarob hukmidadir. Ham shunday bir saodatdan juda jiddiy xabar beryaptiki: Butun saodati dunyoviya unga nisbatan, bir barqi zoilning bir shamsi sarmadga nisbati kabidir.

OʻN BIRINCHI RASHHA: Bunday ajib va muammo-olud shu koinotning parda-i zohiriyasi ostida albatta va albatta bunday ajoyib narsalar bizni kutyapti. Bunday ajoyibni xabar beradigan, bunday horiqo va favquloda moʻ'jiznamo zot lozim. Ham bu zotning gidishotidan koʻrinyaptiki: U koʻrgan va koʻryapti va koʻrganini aytyapti. Ham "Bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan Samovot va Arzning Ilohi bizdan nima istaydi, marziyoti nima?" bizga juda toʻgʻri shaklda dars beryapti. Ham bular kabi yana juda koʻp maroq-avar, luzumli haqoiqni dars bergan bu zotga qarshi hamma narsani tashlab unga yugurish, uni tinglash lozim kelarkan; aksar insonlarga nima boʻlganki kar boʻlib, koʻr boʻlganlar, balki telba boʻlishganki; haqni koʻrmayaptirlar, bu haqiqatni eshitmayaptirlar, anglamayaptirlar?

OʻN IKKINCHI RASHHA: Xullas bu zot, shu mavjudot Xoliqining vahdoniyatiga haqqoniyati darajasida haq bir burhoni notiq, bir dalili sodiq boʻlgani kabi; hashrning va saodati abadiyaning ham bir burhoni qat'iyi, dalili sati'idir. Qandayki u zot; hidoyati bilan saodati abadiyaning sababi husuli va vasila-i vusuli ekan. Shunga oʻxshab, duosi bilan, niyozi bilan u saodatning sababi vujudi va vasila-i ijodidir. Hashr masalasida oʻtgan shu sirni, maqom munosabati bilan takror qilamiz:

Mana qara! U zot shunday bir saloti kubroda duo qilyaptiki: Goʻyo shu jazira, balki Arz uning azamatli namozi bilan namoz oʻqiyapti, niyoz etyapti. Boq, ham shunday bir jamoati uzmoda niyoz etyaptiki: Goʻyo bani Odamning zamoni Odamdan asrimizga, qiyomatga qadar butun nuroniy, komil insonlar unga tobe boʻlish bilan iqtido qilib duosiga omin deyaptilar. Ham boq, shunday bir hojati omma uchun duo qilyaptiki; nafaqat ahli Arz, balki ahli samovot, balki butun mavjudot niyoziga: «Ha, Yo Robbano ber. Biz ham istaymiz», deb ishtirok qilyaptilar. Ham shunday faqirona, shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona niyoz etyaptiki; butun koinotni yigʻlatyapti. Duosiga ishtirok ettiryapti. Boq! Ham shunday bir maqsad, shunday bir gʻoya uchun duo qilyaptiki: Insonni va olamni, balki butun maxluqotni; asfali sofiliyndan, sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, a'loyi illiyinga, ya'ni qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga chiqaryapti. Qara! Ham shunday yuksak bir fizori istimdotkorona va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan istayapti, yolvoryaptiki: goʻyo butun mavjudotga va samovotga va Arshga eshittirib, vajdga keltirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti. Koʻrgin! Ham shunday Sami', Karim bir Qodirdan, shunday Basir, Rahim bir Alimdan hojatini istayaptiki; bilmushohada eng yashirin zihayotning eng yashirin bir hojatini, niyozini koʻradi, eshitadi, qabul qiladi, marhamat qiladi. Chunki istaganini,- garchi lisoni hol bilan boʻlsa ham- beradi va shunday bir surati hakimona, basirona, rahimonada beradiki, shubha qoldirmaydi; Bu tarbiya va tadbir shunday bir Sami' va Basir va shunday bir Karim va Rahimga xosdir.

— 153 —

OʻN UCHINCHI RASHHA: Ajabo, butun afozili bani Odamni orqasiga olib, Arz ustida turib, Arshi A'zamga mutavajjihan qoʻl koʻtarib duo qilayotgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon va bihaqqin faxri koinot nima istayapti? Boq, tingla: Saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, liqo istayapti, Jannat istayapti. Ham maroya-i mavjudotda ahkomini va jamollarini koʻrsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan birga istayapti. Hatto agar rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi hisobsiz u matlubning asbobi mujibasi boʻlmasa edi, bu zotning birgina duosi, bahorimizning ijodi qadar qudratiga yengil boʻlgan shu Jannatning binosiga sababiyat berar edi. Ha, qandayki uning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi. Shunga oʻxshab, uning ubudiyati ham narigi yerning ochilishiga sababdir. Ajabo, ahli aql va tahqiqqa: لَيْسَ فِى الْاِمْكَانِ اَبْدَعُ مِمَّا كَانَ dedirgan shu mashhud intizomi faiq, shu rahmat ichida qusursiz husni san'at va mislsiz jamoli rububiyat; hech bunday bir xunuklikni, bunday marhamatsizlikni, bunday bir intizomsizlikni qabul qiladimi: Eng juz'iy, eng ahamiyatsiz orzularni, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirsin; eng ahamiyatli, eng luzumli orzularni ahamiyatsiz koʻrib eshitmasin, anglamasin, qilmasin? Xosho va kallo! Yuz ming marta xosho! Bunday bir jamol bunday bir chirkinlikni qabul qilmaydi, chirkin boʻlmaydi.

Ey xayoliy birodarim! Hozircha kifoya, orqaga qaytishimiz kerak. Agar yuz yil shu zamonda, shu jazirada qolsak ham, yana u zotning gʻaroyibi ijrootini va ajoibi vazoifini, yuzdan birisini tamoman ihota etib tomoshasiga toʻymaymiz.

Endi kel! Ustidan oʻtib keladiganimiz har asrga bir-bir nazar solamiz. Qara, har bir asr u Shamsi Hidoyatdan olgan fayzlari bilan chechak ochishgan! Abu Hanifa, Shofe'iy, Boyazidi Bistomiy, Shohi Jiyloniy, Shohi Naqshband, Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy kabi millionlab munavvar mevalar beryapti. Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'liq etib u moʻ'jiznamo va hidoyat-adoga bir qism qat'iy moʻ'jizotiga ishorat etgan bir salovot keltirishimiz lozim:

عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ ٠ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ ٠ وَ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ ٠ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ ٠ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ ٠ وَ شَبَعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِأٰتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الْمَدَرَ صَاحِبِ الْمِعْرَاجِ وَ مَازَاغَ الْبَصَرُ ٠ سَيِّدِنَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَ ارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ
— 154 —

(Shu'aoti Ma'rifat-un Nabiy nomidagi Turkcha risolada va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda va shu Soʻzda ijmolan ishorat etganimiz daloili nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) bayon etgan edim. Ham unda Qur'oni Hakimning vujuhi i'jozi ijmolan zikr etilgan. Yana "Lamaat" nomida Turkcha bir risolada va Yigirma Beshinchi Soʻzda Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza ekanini ijmolan bayon va qirq vujuhi i'joziga ishorat etganman. U qirq vajhda, birgina nazmda boʻlgan balogʻatni "Ishorot-ul I'joz" nomidagi bir tafsiri Arabiyda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyojing boʻlsa, shu uch kitobga murojaat qilishing mumkin.)

OʻN TOʻRTINCHI RASHHA: Mahzani moʻ'jizot va moʻ'jiza-i kubro boʻlgan Qur'oni Hakim; nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) bilan vahdoniyati Ilohiyani shu darajada qat'iy isbot etadiki, boshqa burhonga hojat qoldirmaydi. Biz ham uning ta'rifiga va madori tanqid boʻlgan bir-ikki lam'a-i i'joziga ishorat qilamiz.

Xullas, Robbimizni bizga ta'rif etgan Qur'oni Hakim; shu kitobi kabiri koinotning bir tarjima-i azaliyasi... Shu sahoifi arz va samoda mustamir kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi... Shu suturi hodisotning ostida muzmar haqoiqning miftahi... Shu olami shahodat pardasi orqasidagi olami gʻayb jihatidan kelgan iltifototi Rahmoniya va xitoboti azaliyaning xazinasi... Shu olami ma'naviya-i Islomiyaning quyoshi, asosi, handasasi, avolimi uxroviyaning xaritasi... Zot va sifot va shuuni Ilohiyaning qovli sharihi, tafsiri vazihi, burhoni notiqi, tarjimoni sati'i... Shu olami insoniyatning murabbiysi, hikmati haqiqiysi, murshid va hadiysi... Ham bir kitobi hikmat va shariat, ham bir kitobi duo va ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr va ma'rifat kabi; basharning butun hojoti ma'naviysiga qarshi bittadan kitob va butun muxtalif ahli masolik va mashorib boʻlgan avliyo va siddiqiynning, asfiyo va muhaqqiqiynning (har birining) mashrablariga loyiq bittadan risola ibroz etgan bir "Kutubxona-i Muqaddasa"dir.

Sababi qusur tavahhum etilgan takrorotidagi lam'a-i i'jozga boqki: Qur'on ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi da'vat boʻlganidan, ichida takror mustahsandir, balki alzamdir va ablagʻdir. Ahli qusurning oʻylagani kabi emas... Zero zikrning sha'ni takror bilan tanvirdir; duoning sha'ni, tardod bilan taqrirdir; amr va da'vatning sha'ni, takror bilan ta'kiddir. Ham harkas har vaqt butun Qur'onni oʻqishga muqtadir boʻlolmaydi. Faqat bir suraga gʻoliban muqtadir boʻladi. Shuning uchun eng muhim maqosidi Qur'oniya aksar uzun suralarda darj etilib har bir sura bir kichik Qur'on hukmiga oʻtgan. Demak, hech kimni mahrum qilmaslik uchun, Tavhid va Hashr va Qissa-i Muso kabi ba'zi maqsadlar takror etilgan. Ham jismoniy ehtiyoj kabi, ma'naviy hojot ham muxtalifdir. Ba'zisiga inson har nafas muhtoj boʻladi. (Jismga havo, ruhga Hu kabi). Ba'zisiga har soat (Bismilloh kabi) va hokazo... Demak, takrori oyat, takarruri ehtiyojdan kelib chiqqan. U ehtiyojga ishorat qilib va uygʻotib tashviq etish, ham ishtiyoqni va ishtahani tahrik etish uchun takror qiladi. Ham Qur'on muassisdir. Bir dini mubinning asosotidir va shu olami Islomiyatning poydevorlaridir va hayoti ijtimoiya-i bashariyani oʻzgartirib, muxtalif tabaqotning mukarrar savollariga javobdir. Muassisga, tasbit etish uchun takror lozimdir. Ta'kid uchun tardod lozimdir. Tayid uchun taqrir, tahqiq, takrir lozimdir. Ham shunday masoili azima va haqoiqi daqiqadan bahs etadiki; umumning qalblarida yerlashtirish uchun koʻp marta muxtalif suratlarda takror lozimdir. Shu bilan birga suratan takrordir. Faqat ma'nan har bir oyatning koʻp ma'nolari, koʻp foydalari, koʻp vujuh va tabaqoti bor. Har bir maqomda boshqa bir ma'no va foyda va maqsadlar uchun zikr qilinadi.

Ham Qur'onning masoili kavniyaning ba'zisida ibhom va ijmoli esa, irshodiy bir lam'a-i i'jozdir. Ahli ilhod tavahhum etganlari kabi madori tanqid boʻlolmaydi va sababi qusur emas.

— 155 —

Agar aytsang: "Ajabo, nima uchun Qur'oni Hakim falsafa mavjudotdan bahs etgani kabi bahs etmaydi. Ba'zi masoilni mujmal qoldiradi, ba'zisini nazari umumiyni erkalaydigan, hissi ommani ranjida etmaydigan, fikri avomni ta'jiz etib charchatmaydigan bir surati basitona-i zohironada aytadi?"

Javoban deymizki: Falsafa haqiqat yoʻlini adashtirgan, shuning uchun... Ham oʻtgan darslardan va Soʻzlardan albatta anglagansanki: Qur'oni Hakim shu koinotdan bahs etadi, toki zot va sifot va asmo-i Ilohiyani bildirsin. Ya'ni, bu kitobi koinotning ma'oniysini tushuntirsin, toki Xoliqini tanittirsin. Demak mavjudotga oʻzlari uchun emas, balki mujidlari uchun qaraydi. Ham umumga xitob etadi. Ilmi Hikmat esa mavjudotga mavjudot uchun qaraydi, ham xususan ahli fanga xitob qiladi. Modomiki Qur'oni Hakim mavjudotni dalil qilyapti, burhon qilayotgan ekan, dalil zohiriy boʻlishi, nazari umumga tez tushunilishi kerak. Ham modomiki Qur'oni Murshid, butun tabaqoti basharga xitob qiladi. Kasratli tabaqa esa, tabaqa-i avomdir. Albatta irshod istaydiki: Luzumsiz narsalarni ibhom bilan ijmol etsin va daqiq narsalarni tamsil bilan taqrib etsin va magʻlatalarga tushirmaslik uchun zohiriy nazarlarida badihiy boʻlgan narsalarni luzumsiz, balki zararli bir suratda tagʻyir etmaslikdir.

Masalan Quyoshga deydi: "Aylanadigan bir siroj, bir chiroqdir". Zero, Quyoshdan Quyosh uchun, mohiyati uchun bahs etmaydi. Balki bir navi intizom zambaragi va nizom markazi boʻlganidan, intizom va nizom esa; Sone'ning oyna-i ma'rifati boʻlgani uchun bahs etadi. Ha, deydi: الشَّمْسُ تَجْر۪ى "Quyosh aylanadi". Bu aylanadi ta'biri bilan; qish yoz, kecha, kunduzning davaronidagi muntazam tasarrufoti qudratni ixtor bilan azamati Sone'ni ifhom etadi. Xullas, shu aylanish haqiqati nima boʻlsa boʻlsin, maqsud boʻlgan va ham mansuj, ham mashhud boʻlgan intizomga ta'sir etmaydi. Ham deydi: وَ جَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًاShu siroj ta'biri bilan, olamni bir qasr suratida, ichida boʻlgan ashyo esa; insonga va zihayotga ihzor etilgan muzayyanot va mat'umot va lavozimot ekanini va Quyosh ham musahhar bir mumdor boʻlganini ixtor bilan rahmat va ehsoni Xoliqni ifhom etadi. Endi qara, shu tentak va vaysaqi falsafa nima deydi? Qara:

"Quyosh bir kitla-i azima-i mayia-i noriyadir. Undan otilib chiqqan sayyorotni atrofida aylantiradi, jasomati buncha, mohiyati bunday, shundaydir", deydi. Mudhish bir dahshatdan, mudhish bir hayratdan boshqa ruhga bir kamoli ilmiy bermaydi, bahsi Qur'on kabi qilmaydi. Bunga qiyosan, botinan qof, zohiran mutantan falsafiy masalalarning qanday qiymati boʻlganini anglaysan. Uning shashaa-i suriysiga aldanib, Qur'onning gʻoyat moʻ'jiznamo bayoniga qarshi hurmatsizlik qilma!...

IXTOR: Arabiy Risola-i Nurda Oʻn Toʻrtinchi Rashhaning Olti Qatrasi bor. Boxusus Toʻrtinchi Qatraning Olti Nuktasi bor. Qur'oni Hakimning qirq qadar anvo'i i'jozidan oʻn beshtasini bayon etadi. Unga kifoyatan bu yerda ixtisor etdik. Istasang, unga murojaat qil, bir xazina-i moʻ'jizot topasan.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ شِفَاءً لَنَا مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَ مُونِسًا لَنَا ف۪ى حَيَاتِنَا وَ بَعْدَ مَمَاتِنَا وَ فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا بِفَضْلِكَ وَ جُودِكَ وَ كَرَمِكَ وَ رَحْمَتِكَ يَا اَكْرَمَ الْاَكْرَم۪ينَ وَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 156 —

Shaqqi Qamar Moʻ'jizasiga Doirdir

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ٭ وَاِنْ يَرَوْا اٰيَةً يُعْرِضُوا وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ

Qamar kabi porloq bir Moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgan inshiqoqi Qamarni, avhomi fosida bilan inhisofga yoʻliqtirish istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz muqollidlari deydilarki: "Agar inshiqoqi Qamar sodir boʻlsa edi, umum olamga ma'lum boʻlardi. Butun tarixi bashar naql etishi lozim boʻlar edi!"

Aljavob: Inshiqoqi Qamar; da'vo-i nubuvvatga dalil boʻlish uchun u da'voni eshitgan va inkor etgan hozir bir jamoatga, kechasi, vaqti gʻaflatda oniy oʻlaroq koʻrsatilganidan; ham ixtilofi matoli' va tuman va bulutlar kabi ru'yatga mone sabablarning vujudi bilan birga, u zamonda madaniyat taammum etmaganidan va xususiy qolganidan va tarassudoti samoviya juda oz boʻlganidan; butun atrofi olamda koʻrilishi, umum tarixlarga oʻtishi, albatga lozim emas. Shaqqi Qamar tufayli bu avhom bulutlarini tarqatadigan koʻp nuqtalardan hozircha besh nuqtani tingla.

BIRINCHI NUQTA: U zamon u zamindagi kufforning gʻoyat shadid darajada qaysarliklari tarixan ma'lum va mashhur boʻlgani holda; Qur'oni Hakimning وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ deyishi bilan shu voqeani umum olamga ixbor etgani holda; Qur'onni inkor etgan u kuffordan hech bir kishi bu oyatning takzibiga, ya'ni, ixbor etgan shu voqeaning inkoriga ogʻiz ochmaganlar. Agar u zamonda u hodisa oʻsha kufforcha qat'iy va voqe' bir hodisa boʻlmasa edi; shu soʻzni sarrishta qilib, gʻoyat dahshatli bir takzibga va Paygʻambarning ibtoli da'vosiga hujum koʻrsatar edilar. Holbuki, shu voqeaga doir siyar va tarix u voqea bilan munosabatdor kufforning adami vuqu'iga doir hech narsasini naql etmaganlar. Yolgʻiz وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyatining bayon etgani kabi, tarixan manqul boʻlgan shudirki: U hodisani koʻrgan kuffor, "Sehrdir" deganlar va "Bizga sehr koʻrsatdi. Agar boshqa taraflardagi karvon va qofilalar koʻrgan boʻlsalar, haqiqatdir. Boʻlmasa bizga sehr qilgan" deganlar. Soʻngra ertalabdan Yaman va boshqa taraflardan kelgan qofilalar ixbor etishdiki: "Bunday bir hodisani koʻrdik". Soʻngra kuffor, Faxri Olam (S.A.V.) haqida (xosho): "Yetimi Abu Tolibning sehri samoga ham ta'sir etdi" dedilar.

IKKINCHI NUQTA: Sa'di Taftazoniy kabi a'ozimi muhaqqiqiynning aksari deganlarki: Inshiqoqi Qamar; barmoqlaridan suv oqishi umum bir qoʻshinga suv ichirishi, masjidda xutba oʻqirkan suyangani quruq xodaning mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) yigʻlashi umum jamoatning eshitishi kabi mutavotirdir. Ya'ni, tabaqadan-tabaqaga jamoati kasira naql etganki, kizbga ittifoqlari maholdir. Hale kabi mashhur dumli yulduzning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Koʻrmaganimiz Sarandib Orolining vujudi kabi tavotur bilan vujudi qat'iydir, deyishgan. Xullas, bunday gʻoyat qat'iy va shuhudiy masoilda tashkikoti vahmiya qilish, aqlsizlikdir. Yolgʻiz mahol boʻlmasligi kifoyadir. Holbuki shaqqi Qamar, bir vulqon bilan inshiqoq etgan bir togʻ kabi mumkindir.

UCHINCHI NUQTA: Moʻ'jiza da'vo-i nubuvvatning isboti uchun, munkirlarni iqno' etish uchundir, ijbor etish uchun emasdir. Shunday ekan, da'vo-i nubuvvatni eshitganlar uchun, iqno' etadigan bir darajada moʻ'jiza koʻrsatish lozim. Boshqa taraflarga koʻrsatish yoxud ijbor darajasida bir badohat bilan izhor etish, Hakimi Zuljalolning hikmatiga munofiy boʻlgani kabi, sirri taklifga ham muxolifdir. Chunki "Aqlga eshik ochish, ixtiyorni qoʻlidan olmaslik"ni sirri taklif iqtizo etadi. Agar Fotiri Hakim, inshiqoqi Qamarni, faylasuflarning havasotiga koʻra, butun olamga koʻrsatish uchun bir-ikki soat shunday qoldirsa edi va basharning umum tarixlariga oʻtsa edi, u vaqt boshqa hodisoti samoviya kabi yo da'vo-i nubuvvatga dalil boʻlmasdi va risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xususiyati qolmasdi yoxud badohat darajasida shunday bir moʻ'jiza boʻlar ediki, aqlni ijbor etadi, aqlning ixtiyorini qoʻlidan oladi, istar-istamas nubuvvatni tasdiq etadi. Abu Jahl kabi koʻmir ruhli, Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bir saviyada qolib, sirri taklif zoye boʻlardi. Xullas, shu sir uchun: Ham oniy, ham tun, ham vaqti gʻaflat, ham ixtilofi matoli' va tuman va bulut kabi boshqa mavone'ni parda qilib, umum olamga koʻrsatilmadi yoxud tarixlarga oʻtkazilmadi.

— 157 —

TOʻRTINCHI NUQTA: Shu hodisa, tun vaqti harkas gʻaflatda ekan oniy bir suratda sodir boʻlganidan atrofi olamda albatta koʻrilmaydi. Ba'zi afrodga koʻrinsa ham, koʻziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta bunday muhim bir hodisa xabari vohid bilan tarixlarga boqiy bir sarmoya boʻlmaydi.

Ba'zi kitoblarda "Qamar ikki boʻlak boʻlgandan soʻng yerga tushgan" ilovasi esa, ahli tahqiq rad etishgan. "Shu moʻ'jiza-i bahirani qiymatdan tushirish niyati bilan, balki bir munofiq ilhoq etgan", deyishgan.

Ham masalan u vaqt, jaholat tumani bilan muhat Angliya, Ispaniyada endi gʻurub; Amerikada kunduz; Chinda, Yaponiyada tong boʻlgani kabi, boshqa yerlarda boshqa mone sabablarga binoan albatta koʻrilmaydi. Endi bu aqlsiz moʻ'tarizga qara, deydiki: "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi aqvomning tarixlari bundan bahs etmaydi. Shunday ekan, bu sodir boʻlmagan". Ming nafrin uningdek Ovrupa malaylarining boshiga!

BESHINCHI NUQTA: Inshiqoqi Qamar, oʻzidan oʻzi ba'zi sabablarga binoan sodir boʻlgan, tasodifiy, tabiiy bir hodisa emaski; oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilsin. Balki Shams va Qamarning Xoliqi Hakimi, Rasulining risolatini tasdiq va da'vosini tanvir uchun horiquloda boʻlib u hodisani iqo' etgandir. Sirri irshod va sirri taklif va hikmati risolatning iqtizosi bilan, hikmati rububiyat istagan insonlariga ilzomi hujjat uchun koʻrsatilgan. U sirri hikmatning iqtizo etmagan, istamagan va da'vo-i nubuvvatni hanuz eshitmagan aqtori zamindagi insonlarga koʻrsatmaslik uchun, tuman va bulut va ixtilofi matoli' jihati bilan; ba'zi mamlakatning qamari hali chiqmagani va ba'zilarning quyoshlari chiqqani va bir qismining tongi boʻlishi va bir qismining quyoshi endi gʻurub etishi kabi, u hodisani koʻrishga mone juda koʻp sabablarga binoan koʻrsatilmagan. Agar umum ularga ham koʻrsatilsa edi, u holda yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va moʻ'jiza-i nubuvvat shaklida koʻrsatilganda edi; u vaqt risolati badohat darajasiga chiqardi. Harkas tasdiqqa majbur boʻlardi, aqlning ixtiyori qolmasdi. Iymon esa aqlning ixtiyori bilan boʻladi. Sirr taklif zoye boʻlardi. Agar yolgʻiz bir hodisa-i samoviya tarzida koʻrsatilsa edi; risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan munosabati uzilardi va u bilan xususiyati qolmasdi.

Alhosil: Shaqqi Qamarning imkonida shubha qolmadi, qat'iy isbot etildi. Hozir vuqu'iga dalolat etgan koʻp burhonlaridan oltitasiga {(Hoshiya) Ya'ni, olti dafa ijmo' suratida vuqu'iga doir olti hujjat bor. Bu maqom koʻp izohga loyiq ekan, ma'ataassuf qisqa qoldi.} ishorat qilamiz. Shundayki:

Ahli adolat boʻlgan sahobalarning vuqu'iga ijmo'i va ahli tahqiq umum mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning vuju'iga ittifoqlari va ahli rivoyati sodiqa butun muhaddisiynning, juda koʻp sanadlar bilan va muxtalif tariqlar bilan vuqu'ini naql etishi va ahli kashf va ilhom butun avliyo va siddiqiynning shahodati va Ilmi Kalomning maslak jihatidan bir-biridan juda uzoq boʻlgan imomlarining va mutabahhir ulamoning tasdigʻi va nassi qat'iy bilan zalolat ustida ijmo'lari voqe' boʻlmagan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) u voqeani talaqqi-i bilqabul etishi; quyosh kabi inshiqoqi Qamarni isbot etadi.

— 158 —

Alhosil: Bu yerga qadar tahqiq nomiga va xasmni ilzom hisobiga boʻldi. Keyingi jumlalar, haqiqat nomiga va iymon hisobiga boʻladi. Ha, tahqiq shunday dedi, haqiqat esa deydiki:

Samo-i risolatning qamari muniri boʻlgan Xotami Devoni Nubuvvat, mahbubiyat darajasiga chiqqan ubudiyatidagi valoyatning karomati uzmosi va moʻ'jiza-i kubrosi boʻlgan Me'roj bilan, ya'ni bir jismi Arzni samovotda kezdirish bilan samovotning sakanasiga va olami ulviy ahliga rujhoniyati va mahbubiyati koʻrsatildi va valoyatini isbot etdi. Shunga oʻxshab: Arzga bogʻliq, samoga osilgan Qamarni, bir arzlikning ishorati bilan ikki parcha qilib arzning sakanasiga u arzlikning risolatiga shunday bir moʻ'jiza koʻrsatildiki: Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Qamarning ochilgan ikki nuroniy qanoti kabi; risolat va valoyat kabi ikki nuroniy qanoti bilan, ikki ziyodor janoh bilan avji kamolotga uchgan; Qobi Qavsayngacha chiqqan, ahli samovot, ham ahli arzga madori faxr boʻlgandir.

عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَالتَّسْل۪Zulاتُ مِلْاَ الْاَرْضِ وَالسَّمٰوَاتِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 159 —

Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) Zaylining Bir Parchasidir

(Risolati Ahmadiya (S.A.V.) daloili haqida boʻlib, Me'roj Risolasining Uchinchi Asosining oxiridagi uch muhim mushkuldan birinchi mushkulga oid savolga muxtasar bir mundarija suratida berilgan javobdir.)

Savol: Shu Me'roji Azim nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir?

Aljavob: Birinchi mushkulingiz: Oʻttiz uch adad Soʻzlarda tafsilan hal qilingan. Bu yerda faqat Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) kamolotiga va daloili nubuvvatiga va u Me'roji a'zamga eng alyoq u boʻlganiga ijmoliy ishoratlar navida bir muxtasar mundarija koʻrsatamiz:

Avvalo: Tavrot, Injil, Zabur kabi Kutubi Muqaddasa, juda koʻp tahrifotga ma'ruz qolganlari holda, bu zamonda ham Husayn Jisriy kabi bir muhaqqiq nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir u kitoblardan bir yuz oʻn toʻrtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da koʻrsatgan.

Soniyan: Tarixda isbot qilinganki: Shiq va Satih kabi mashhur ikki kohinning nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval, nubuvvatiga va oxirzamon paygʻambari ekaniga bayonotlari ٤ٰۀi koʻp bashoratlar, sahih bir suratda tarixan naql etilgandir.

Solisan: Valodati Ahmadiya (S.A.V.) kechasida Ka'badagi sanamlarning sukuti bilan, Kisro-i Forsning saroyi mashhurasi boʻlgan Ayvoni inshiqoq etishi kabi, irhosot deyilgan yuzlab horiqolar tarixda mashhurdir.

Robian: Bir qoʻshinga barmogʻidan kelgan suvni ichirishi va masjidda bir jamoati azimaning huzurida, qurigan xodaning, minbarning naqli sababli mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) tuya kabi ingrab yigʻlashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan, Shaqqi Qamar kabi, muhaqqiqlarning tahqiqoti bilan mingga yetgan moʻ'jizoti bilan sarfaroz boʻlganini tarix va siyar koʻrsatadi.

Xomisan: Doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, axloqi hasananing shaxsida eng yuksak darajada; va butun muomalotining shahodati bilan sajaya-i samiya, vazifasida va tabligʻotida eng oliy darajada; va Dini Islomdagi mahosini axloqning shahodati bilan, shariatida eng oliy xisali hamida eng mukammal darajada boʻlganiga ahli insof va diqqat taraddud etmaydi.

— 160 —

Sodisan: Oʻninchi Soʻzning Ikkinchi Ishoratida ishorat etilgani kabi: Uluhiyat, muqtazo-i hikmat boʻlib tazohur etishiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada Zoti Ahmadiya (S.A.V.) dinidagi a'zamiy ubudiyat bilan eng porloq bir darajada koʻrsatgan. Ham Xoliqi Olamning nihoyat kamoldagi jamolini bir vosita bilan muqtazo-i hikmat va haqiqat boʻlib koʻrsatish istashiga muqobil; eng goʻzal bir suratda koʻrsatuvchi va ta'rif etuvchi, bilbedaho yana u zotdir.

Ham Sone'i Olamning nihoyat jamolda boʻlgan kamoli san'ati ustiga anzori diqqatni jalb etish, tashhir etish istashiga muqobil; eng yuksak bir sado bilan dallollik qilgan, yana bilmushohada u zotdir.

Ham butun olamlarning Robbi, kasrat tabaqotida vahdoniyatni e'lon qilish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada butun marotibi tavhidni e'lon etgan yana bizzarura u zotdir.

Ham Sohibi Olamning nihoyat darajada osoridagi jamolning ishorati bilan, nihoyatsiz husni zotiysini va jamolining mahosinini va husnining latoifini oynalarda muqtazo-i haqiqat va hikmat oʻlaroq koʻrish va koʻrsatish istashiga muqobil; eng dabdabali bir suratda oynadorlik qilgan va koʻrsatgan va sevib, boshqasiga sevdirgan yana bilbedaho u zotdir.

Ham shu saroyi olamning Sone'i, gʻoyat horiqo moʻ'jzalar bilan va gʻoyat qiymatli javohirlar bilan toʻla xazina-i gʻaybiyalarini izhor va tashhir etishni va ular bilan kamolotini ta'rif etish va bildirish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir suratda tashhir etuvchi, tavsif etuvchi va ta'rif etuvchi yana bilbedaho u zotdir.

Ham shu koinotning Sone'i, shu koinotni anvo'i ajoyib va ziynatlar bilan bezash suratida qilishi va zishuur maxluqotini sayr va tanazzuh va ibrat va tafakkur uchun unga idxol etishi va muqtazo-i hikmat boʻlib ularga u osor va sanayi'ning ma'nolarini, qiymatlarini, ahli tomosha va tafakkurga bildirish istashiga muqobil; eng a'zamiy bir suratda jin va insga, balki ruhoniylarga va maloikalarga ham Qur'oni Hakim vositasi bilan rahbarlik qilgan, yana bilbedaho u zotdir.

Ham shu koinotning Hokimi Hakimi, shu koinotning tahavvulotidagi maqsad va gʻoyani tazammun etgan tilsimi mugʻloqini va mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Va nima ekanlari" boʻlgan shu uch savoli mushkulning muammosini bir elchi vositasida umum zishuurlarga ochtirish istashiga muqobil, eng vazih suratda va eng a'zamiy darajada haqoiqi Qur'oniya vositasi bilan u tilsimni ochgan va u muammoni hal qilgan, yana bilbedaho u zotdir.

Ham shu olamning Sone'-i Zuljaloli, butun goʻzal masnu'oti bilan oʻzini zishuurlarga tanitishi va qiymatli ne'matlar bilan oʻzini ularga sevdirishi, bizzarura uning muqobilida zishuurlarga marziyoti va orzu-i Ilohiyalarini bir elchi vositasi bilan bildirishini istashiga muqobil, eng a'lo va akmal bir suratda, Qur'on vositasi bilan u marziyot va orzularni bayon etgan va keltirgan, yana bilbedaho u zotdir.

Ham Robbul Olamin, meva-i olam boʻlgan insonga, olamni ichiga oladigan bir vus'ati iste'dot berganidan va bir ubudiyati kulliyaga muhayyo etganidan va hissiyot jihatidan kasratga, dunyoga mubtalo boʻlganidan, bir rahbar vositasi bilan, yuzlarini kasratdan vahdatga, foniydan boqiyga oʻgirmoq istashiga muqobil; eng a'zam bir darajada, eng ablagʻ bir suratda, Qur'on vositasi bilan eng ahsan bir tarzda rahbarlik qilgan va risolatning vazifasini eng akmal bir tarzda ifo etgan, yana bilbedaho u zotdir.

Xullas, mavjudotning eng ashrafi boʻlgan zihayot va zihayot ichida eng ashraf boʻlgan zishuur va zishuur ichida eng ashraf boʻlgan haqiqiy inson va haqiqiy inson ichida oʻtgan vazoifni eng a'zamiy bir darajada, eng akmal bir suratda ifo etgan zot; albatta bir Me'roji A'zam bilan Qobi Qavsaynga chiqadigan, saodati abadiya eshigini qoqadigan, xazina-i rahmatni ochadigan, iymonning haqoiqi gʻaybiyasini koʻradigan, yana u boʻladi.

— 161 —

Sabian: Bilmushohada shu masnu'otda gʻoyat goʻzal tahsinot, nihoyat darajada bezalgan tazyinot bordir. Va bilbedaho shunday tahsinot va tazyinot, ularning Sone'ida gʻoyat shiddatli bir iroda-i tahsin va qasdi tazyin bor boʻlganini koʻrsatadi. Va iroda-i tahsin va tazyin esa, bizzarura u Sone'da, san'atiga qarshi quvvatli bir ragʻbat va qudsiy bir muhabbat boʻlganini koʻrsatadi. Va masnu'ot ichida eng jome' va latoifi san'atni birdan oʻzida koʻrsatgan va bilgan va bildirgan va oʻzini sevdirgan va boshqa masnu'otdagi goʻzalliklarni "Mashaalloh" deb istehson etgan, bilbedaho u san'atparvar va san'atini juda sevgan Sone'ning nazarida eng ziyoda mahbub, u boʻladi.

Xullas, masnu'otni porlatgan mazoya va mahosinga va mavjudotni yoritgan latoif va kamolotga qarshi, "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deb samovotni larzaga keltirgan va Qur'onning ohanglari bilan koinotni hayajonga soldirgan, istehson va taqdir bilan, tafakkur va tashhir bilan, zikr va tavhid bilan, barr va bahrni jazbaga keltirgan, yana bilmushohada u zotdir.

Xullas bunday bir zotki: اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga koʻra butun ummati ishlagan hasanotining bir misli, kafa-i mezonida boʻlgan va umum ummatining salavoti uning ma'naviy kamolotiga imdod bergan va risolatida bajargan vazoifning natoijini va ma'naviy ujrati bilan barobar rahmat va muhabbati Ilohiyaning nihoyatsiz fayziga mazhar boʻlgan bir zot, albatta Me'roj zinapoyasi bilan Jannatga, Sidrat-ul Muntahoga, Arshga, Qobi Qavsaynga qadar ketish, ayni haq, nafsi haqiqat, mahzi hikmatdir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

(Hoshiya): Eng muhim bir jarida-i Islomiyada, umum olami Islomga taalluq etgan va gʻoyat ahamiyatli siyosatchilardan va hayoti ijtimoiya bilan koʻp aloqador boʻlgan umum huquqchilardan 1927 yilda Ovrupada toʻplangan bir majlisda muhim ajnabiy faylasuflar, shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) doir bu pastda yozilgan Arabcha fikraning aynisini oʻz lisonlari bilan aytganlar. U Arabcha jarida naql etgan Arabcha ifodani aynan yozyapmiz va tarjimasini ham Arabcha ifodaning ostiga ilova etyapmiz. Nur Chashmasining oxirida yozilgan ajnabiy faylasuflardan qirq uch donasining bayonoti, bu ikki qahramon faylasufning bayonoti bilan qirq besh dona shohidi sodiq boʻladi. اَلْفَضْلُ مَا شَهِدَتْ بِهِ الْاَعْدَاءُ "Fazilat shuki; dushmanlar ham uni tasdiq etsin".

Arabcha gazetaning bayonoti:

وَقَدْ اِعْتَرَفَ حَتّٰى عُلَمَاءُ الْغَرْبِ بِسُمُوِّ مَبَادِى الْاِسْلَامِ وَصَلَاحِهَا لِلْعَالَمِ قَالَ عَم۪يدُ كُلِّيَّةِ الْحُقُوقِ بِجَامِعَةِ فِيَنَا اَلْاُسْتَاذُ شَبُولْ ف۪ى مُؤْتَمَرِ الْحُقُوقِيّ۪ينَ الْمُنْعَقَدِ ف۪ى سَنَةِ (١٩٢٧) :
اِنَّ الْبَشَرِيَّةَ لَتَفْتَخِرُ بِاِنْتِسَابِ رَجُلٍ كَمُحَمَّدٍ (ع ص م) اِلَيْهَا اِذْ اِنَّهُ رَغْمَ اُمِّيَّتِه۪ اِسْتَطَاعَ قَبْلَ بِضْعَةِ عَشَرَ قَرْنًا اَنْ يَاْت۪ى بِتَشْر۪يعٍ سَنَكُونُ نَحْنُ الْاَوْرُوبَائِيّ۪ينَ اَسْعَدَ مَا نَكُونُ لَوْ وَصَلْنَا اِلٰى قِيْمَتِه۪ بَعْدَ اَلْفَىْ عَامٍ
وَ قَالَ بَرْنَارْد شَوْ : لَقَدْ كَانَ د۪ينُ مُحَمَّدٍ (ع ص م) مَوْضِعَ التَّقْد۪يرِ السَّام۪ى دَائِمًا لِمَا يَنْطَو۪ى عَلَيْهِ مِنْ حَيَوِيَّةٍ مُدْهِشَةٍ لِاَنَّهُ عَلٰى مَا يَلُوحُ ل۪ى هُوَ الدّ۪ينُ الْوَح۪يدُ الَّذ۪ى لَهُ مَلَكَةُ الْهَضْمِ لِاَطْوَارِ الْحَيَاةِ الْمُخْتَلِفَةِ وَالَّذ۪ى يَسْتَط۪يعُ لِذٰلِكَ اَنْ يَجْذِبَ اِلَيْهِ كُلَّ جَيْلٍ مِنَ النَّاسِ وَ اَرٰى وَاجِبًا اَنْ يُدْعٰى مُحَمَّدٌ (ع ص م) مُنْقِذَ الْاِنْسَانِيَّةِ وَ اَعْتَقِدُ اَنَّ رَجُلًا مِثْلَهُ اِذَا تَوَلّٰى زَعَامَةَ الْعَالَمِ الْحَد۪يثِ نَجَحَ ف۪ى حَلِّ مُشْكِلَاتِه۪ وَاَحَلَّ فِى الْعَالَمِ السَّلَامَةَ وَالسَّعَادَةَ (يَعْنِى الْمُسَالَمَةَ وَالصُّلْحَ الْعُمُومِىَّ) وَمَا اَشَدَّ حَاجَةَ الْعَالَمِ اَلْيَوْمَ اِلَيْهَا ‌
— 162 —

Tarjimasining bir xulosasi:

Ha, gʻarb ulamosi va faylasuflari e'tirof va iqror etishganki: "Islomiyatning qonunlari yuksak bir tarzda olamning islohiga kifoyadir".

Ham Kulliyat-ul Huquq Kongressining uyushmasida, butun huquqqiyun toʻplangan u majlisda 1927 yilda uning raisi faylasuf ustoz Shebol: "Muhammadning (S.A.V.) bashariyatga intisobi bilan butun bashariyat muhaqqaq iftixor etadi. Chunki u zot ummiy boʻlishi bilan barobar, oʻn uch asr avval shunday bir shariat keltirganki; biz Ovrupaliklar ikki ming yil soʻngra uning qiymatiga va haqiqatiga yetishsak, eng mas'ud, eng saodatli boʻlamiz", degan.

Ikkinchisi yoxud Nur Chashmasining oxiriga ilova etilganlar bilan qirq beshinchi boʻlgan Bernard Show degan: "Dini Muhammadiyning (S.A.V.) eng yuksak maqomi taqdirga chiqishining sababi: Gʻoyat ajib va sogʻlom bir hayotni ta'min etishidir. Menga ochilgan shuki: U din bir, yakto, oʻxshovsiz bir dini farid boʻlib, butun muxtalif boshqa-boshqa hayotning atvorlarini va turlarini hazm ettiradi. Ya'ni, isloh va istihola tarzida tasfiya va taraqqiy ettiradi. Ham Muhammadning (S.A.V.) dini shunday bir dinki, insonning boshqa-boshqa butun millatlarini oʻziga jalb eta oladi. Men koʻryapman va e'tiqod etyapmanki: Basharga vojibdirki desin: "Muhammad (S.A.V.) insoniyatning xaloskoridir. Va xaloskorlik nomi, unga berilishi lozimdir".

Ham deydi: "Men e'tiqod etyapmanki: Muhammadning misli, ya'ni siyratida, tarzida bir odam hozirgi yangi olamga rais boʻlsa, hukm etsa; bu yangi olamning mushkulotini hal etib, bu yangi aralash-quralash olamda musolamati umumiya va saodati hayotning husuliga sabab boʻladi. Ha, bu yangi olamning musolamat va saodati hayotiyaga naqadar shadid ehtiyoji bor boʻlganini harkas anglaydi!"

— 163 —

Oyat-ul Kubro Risolasining Risolati Ahmadiyadan bahs etgan

Oʻn Oltinchi Martabasi
(Maqom munosabati bilan bu yerga ilhoq etilgan.)

Soʻngra u dunyo sayyohi oʻz aqliga dediki: Modomiki bu koinotning mavjudoti bilan molikimni va xoliqimni qidiryapman. Albatta, hamma narsadan avval bu mavjudotning eng mashhuri va a'dasining tasdigʻi bilan ham eng mukammali va eng buyuk qoʻmondoni va eng nomdor hokimi va soʻz jihatidan eng yuksagi va aql jihatidan eng porlogʻi va oʻn toʻrt asrni fazilati bilan va Qur'oni bilan nurlantirgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni ziyorat qilish va qidirganimni undan soʻrash uchun birgalikda Asri Saodatga borishimiz kerak deb, aqli bilan barobar u asrga kirdi. Koʻrdiki: U asr haqiqatdan u zot (S.A.V.) bilan saodati bashariya asri boʻlgan. Chunki eng badaviy va eng ummiy bir qavmni keltirgan nuri vositasi bilan qisqa bir zamonda dunyoga ustoz va hokim qilgan.

Va oʻz aqliga dedi: Biz eng avval bu favquloda zotning (S.A.V.) bir daraja qiymatini va soʻzining haqqoniyatini va ixborotining toʻgʻriligini bilishimiz kerak, soʻngra xoliqimizni undan soʻrashimiz kerak deb taxarrini boshladi. Topgan hadsiz qat'iy dalillaridan bu yerda yolgʻiz toʻqqiz kulliyatiga bittadan qisqa ishorat qilinadi.

Birincisi: Bu zotda (S.A.V.), hatto dushmanlarining tasdigʻi bilan, butun goʻzal xulqlarning va axloqlarning boʻlishi va

وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ٭ وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى

oyatlarining sarohati bilan: Bir barmogʻining ishorati bilan Qamar ikki parcha bolishi, va bir hovuchi bilan a'dasining qoʻshiniga otgan oz bir tuproq umum u qoʻshinning koʻzlariga kirishi bilan qochishlari va suvsiz qolgan oʻz qoʻshiniga besh barmogʻidan kavsar kabi oqqan suvni kifoyat darajasida ichirishi kabi naqli qat'iy bilan va bir qismi tavotur bilan yuzlab moʻ'jizotning u kishining qoʻlida zohir boʻlishidir. Bu moʻ'jizotdan uch yuzdan ziyoda bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktub boʻlgan Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nomli horiqo va karomatli bir risolada qat'iy dalillari bilan barobar bayon qilinganidan, ularni unga havola qilib dediki: Bu qadar axloqi hasana va kamolot bilan barobar bu qadar moʻ'jizoti bahirasi boʻlgan bir zot (S.A.V.) albatta eng toʻgʻri soʻzlidir. Axloqsizlarning ishi boʻlgan hiylaga, yolgʻonga, xatoga tanazzul etishi mumkin emas.

Ikinchisi: Qoʻlida bu koinot sohibining bir farmoni boʻlgani va u farmonni har asrda uch yuz milliondan ziyoda insonlar qabul va tasdiq qilishgani va u farmon boʻlgan Qur'oni Azimushshonning yetti vajh bilan horiqo boʻlishidir. Va bu Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza boʻlgani va koinot xoliqining soʻzi boʻlgani quvvatli dalillari bilan barobar, "Yigirma Beshinchi Soʻz va Moʻ'jizoti Qur'oniya" nomlaridagi Risola-i Nurning bir quyoshi boʻlgan mashhur bir risolada batafsil bayon qilinishidan, uni unga havola qilib dedi: Bunday ayni haq va haqiqat bir farmonning tarjimoni va tabligʻ etuvchisi boʻlgan zotda (S.A.V.) farmonga jinoyat va farmon sohibiga xiyonat hukmida boʻlgan yolgʻon boʻlishi va topilishi mumkin emas!..

— 164 —

Uchinchisi: U zot (S.A.V.) shunday bir shariat va bir Islomiyat va bir ubudiyat va bir duo va bir da'vat va bir iymon bilan maydonga chiqqanki, ularning na misli bor va na boʻladi. Va ulardan yanada mukammali na boʻlgan va na boʻladi. Chunki ummiy bir zotda (S.A.V.) zuhur etgan u shariat oʻn toʻrt asrni va navi basharning beshdan birini odilona, haqqoniyat ustida va mudaqqiqona, hadsiz qonunlari bilan idora qilishi oʻxshash qabul qilmaydi.

Ham ummiy bir zotning (S.A.V.) af'ol va aqvol va ahvolidan chiqqan Islomiyat har asrda uch yuz million insonning rahbari va marji'i va aqllarining muallimi va murshidi va qalblarining munavviri va musaffiysi va nafslarining murabbiysi va muzakkiysi va ruhlarining madori inkishofi va ma'dani taraqqiyoti boʻlishi jihati bilan misli boʻlolmaydi va boʻlolmagan.

Ham dinida boʻlgan butun ibodotning butun anvo'ida eng oldin boʻlishi va harkasdan ziyoda taqvoda boʻlishi va Allohdan qoʻrqishi va favquloda doimiy mujahadot va dagʻdagʻalar ichida, aynan ubudiyatning eng nozik asroriga qadar rioya qilishi va hech kimni taqlid qilmasdan va tom ma'nosi bilan va mubtadiyona eng mukammal shaklda, ham ibtido va intihoni birlashtirishi; albatta misli koʻrilmaydi va koʻrilmagan.

Ham minglab duo va munojotlaridan Javshan-ul Kabir bilan, shunday bir ma'rifati Rabboniya bilan, shunday bir darajada Robbini tavsif etadiki, u zamondan beri kelgan ahli ma'rifat va ahli valoyat, talohuqi afkor bilan barobar, na u martaba-i ma'rifatga va na u daraja-i tavsifga yetisholmasliklari koʻrsatadiki, duoda ham uning misli yoʻq! Risola-i Munojotning boshida Javshan-ul Kabirning toʻqson toʻqqiz fikrasidan bir fikrasining qisqacha bir ma'nosining bayon qilingan yeriga qaragan odam Javshanning ham misli yoʻq deydi.

Ham tabligʻi risolatda va insonlarni haqqa da'vatda shu daraja matonat va sabot va jasorat koʻrsatganki, katta davlatlar va katta dinlar, hatto qavm va qabilasi va amakisi u kishiga shiddatli adovat qilishgani holda, zarra miqdor bir asari taraddud, bir xavotirlanish, bir qoʻrqoqlik koʻrsatmasligi va bir oʻzi butun dunyoga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi va Islomiyatni dunyoning boshiga oʻtkazishi isbot qiladiki, tabligʻ va da'vatda ham misli boʻlmagan va boʻlolmaydi.

Ham iymonda shunday favquloda bir quvvat va horiqo bir yaqiyn va moʻ'jizona bir inkishof va jahonni nurlantirgan bir ulviy e'tiqod tashiganki, u zamonning hukmroni boʻlgan butun afkori va aqidalari va hukamoning hikmatlari va ruhoniy raislarning ilmlari unga muoriz va muxolif va munkir boʻlganlari holda, uning na yaqiyniga, na e'tiqodiga, na e'timodiga, na itminoniga hech bir shubha, hech bir taraddud, hech bir zaiflik, hech bir vasvasa bermasliklari va ma'naviyatda va marotibi iymoniyada taraqqiy etgan boshda sahobalar va butun ahli valoyat uning har doim martaba-i iymonidan fayz olishlari va uni eng yuksak darajada topishlari, bilbedaho koʻrsatadiki, iymoni ham benazirdir.

Shunday benazir bir shariat va mislsiz bir Islomiyat va horiqo bir ubudiyat va favquloda bir duo va jahonpisandona bir da'vat va moʻ'jizona bir iymon sohibida, albatta hech bir jihat bilan yolgʻon boʻlolmaydi va aldatmaydi deya angladi va aqli ham tasdiq qildi.

— 165 —

Toʻrtinchisi: Anbiyolarning (Alayhimussalom) ijmo'i, qandayki vujud va vahdoniyati Ilohiyaga gʻoyat quvvatli bir dalil ekan, xuddi shuning kabi, u zotning (S.A.V.) toʻgʻriligiga va risolatiga gʻoyat sogʻlom bir shahodatdir. Chunki Anbiyo Alayhimussalomning toʻgʻriliklariga va paygʻambar boʻlishlariga mador boʻlgan naqadar qudsiy sifatlar va moʻ'jizalar va vazifalar boʻlsa, u zotda (S.A.V.) eng oldinda boʻlgani tarixda musaddaqdir. Qandayki ular lisoni qol bilan Tavrot, Injil, Zabur va suhuflarida bu zotning (S.A.V.) kelishini xabar berib insonlarga bashorat berishganki, kutubi muqaddasaning u bashoratli ishorotidan yigirmadan ortiq va juda zohir bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda goʻzal ravishda bayon va isbot qilingan. Shunga oʻxshab, lisoni hollari bilan, ya'ni nubuvvatlari bilan va moʻ'jizalari bilan oʻz maslaklarida va vazifalarida eng oldinda va eng mukammal boʻlgan bu zotni tasdiq qilib, da'vosiga imzo bosadilar. Va lisoni qol va ijmo' bilan vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, lisoni hol bilan va ittifoq bilan ham bu zotning sodiqiyatiga shahodat qiladilar deya angladi.

Beshinchisi: Bu zotning dasturlari bilan va tarbiyasi va tobeiyati bilan va orqasidan ketishlari bilan haqqa, haqiqatga, kamolotga, karomatga, kashfiyotga, mushahadotga yetishgan minglarcha avliyo vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, ustozlari boʻlgan bu zotning sodiqiyatiga va risolatiga ijmo' va ittifoq bilan shahodat qiladilar. Va olami gʻaybdan bergan xabarlarning bir qismini nuri valoyat bilan mushohada etishlari va umumini nuri iymon bilan yo ilmalyaqiyn yoki aynalyaqiyn yoki haqqalyaqiyn suratida e'tiqod va tasdiq qilishlari ustozlari boʻlgan bu zotning daraja-i haqqoniyat va sodiqiyatini quyosh kabi koʻrsatganini koʻrdi.

Oltinchisi: Bu zotning ummiyligi bilan birga keltirgan haqoiqi qudsiya va ixtiro qilgan ulumi oliya va kashf qilgan ma'rifati Ilohiyaning darsi va ta'limi bilan, martaba-i ilmiyada eng yuksak maqomga yetishgan millionlab asfiyo-i mudaqqiqiyn va siddiqiyni muhaqqiqiyn va dohiy hukamo-i moʻ'miniyn bu zotning ussul asos da'vosi boʻlgan vahdoniyatni quvvatli burhonlari bilan bil-ittifoq isbot va tasdiq qilishgani kabi, bu muallimi akbarning va bu ustozi a'zamning haqqoniyatiga va soʻzlarining haqiqat boʻlganiga ittifoq bilan shahodatlari kunduz kabi bir hujjati risolati va sodiqiyatidir. Masalan: Risola-i Nur yuz parchasi bilan bu zotning sadoqatining birgina burhonidir.

Yettinchisi: Ol va asxob nomli va navi basharning anbiyodan soʻngra farosat va diroyat va kamolot bilan eng mashhuri va eng muhtaram va nomdori va eng dindor va eng keskin nazarli toifa-i azimasi qattiq qiziqish bilan va gʻoyat diqqat va nihoyat jiddiyat bilan bu zotning butun yashirin va oshkora hollarini va fikrlarini va vaziyatlarini taxarri va taftish va tadqiq qilishlari natijasida bu zotning dunyoda eng sodiq va eng yuksak va eng haqli va haqiqatli ekaniga ittifoq bilan va ijmo' bilan va oʻzgarmas tasdiqlari va quvvatli iymonlari, quyoshning ziyosiga dalolat qilgan kundek ravshan dalil deya angladi.

Sakkizinchi: Bu koinot qandayki oʻzini ijod va idora va tartib qilgan va tasvir va taqdir va tadbir bilan bir saroy kabi, bir kitob kabi, bir koʻrgazma kabi, bir tomoshagoh kabi tasarruf qilgan sone'iga va kotibiga va naqqoshiga dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, koinotning xilqatidagi maqosidi Ilohiyani biladigan va bildiradigan va tahavvulotidagi Rabboniy hikmatlarini ta'lim beradigan va vazifadorona harakotidagi natijalarni dars beradigan va mohiyatidagi qiymatini va ichidagi mavjudotning kamolotini e'lon qiladigan va u kitobi kabirning ma'nolarini ifoda qiladigan bir yuksak dallol, bir toʻgʻri kashshof, bir muhaqqiq ustoz, bir sodiq muallim istagani va iqtizo etgani va har holda boʻlishiga dalolat qilgani jihati bilan, albatta bu vazifalarni hammadan ziyoda qilgan bu zotning haqqoniyatiga va bu koinot Xoliqining eng yuksak va sodiq bir ma'muri boʻlganiga shahodat qilganini bildi.

— 166 —

Toʻqqizinchisi: Modomiki bu san'atli va hikmatli masnu'oti bilan oʻz hunarlarini va san'atkorligining kamolotini tashhir etish va bu bezalgan, ziynatli nihoyatsiz maxluqoti bilan oʻzini tanittirish va sevdirish va bu lazzatli va qiymatli hisobsiz ne'matlari bilan oʻziga tashakkur va hamd ettirish va bu shafqatli va himoyali umumiy tarbiya va iosha bilan, hatto ogʻizlarning eng nozik zavqlarini va ishtahalarning har navini qoniqtiradigan bir suratda ihzor etilgan Rabboniy it'omlar va ziyofatlar bilan oʻz rububiyatiga qarshi minnatdorona va mutashakkirona va parastishkorona ibodat ettirish va mavsumlarning tabdili va kecha va kunduzning tahvili va ixtilofi kabi azamatli va hashmatli tasarrufot va ijroot va dahshatli va hikmatli faoliyat va xalloqiyat bilan oʻz uluhiyatini izhor qilib, u uluhiyatiga qarshi iymon va taslim va inqiyod va itoat ettirish va har doim yaxshilikni va yaxshilarni himoya, yomonlikni va yomonlarni izola va samoviy ta'zirlar bilan zolimlarni va yolgʻonchilarni imho etish jihati bilan haqqoniyat va adolatini koʻrsatishni istagan parda orqasida biri bor. Albatta va har holda, u gʻaybiy zotning yonida eng sevgili maxluqi va eng toʻgʻri abdi va uning mazkur maqsadlariga toʻliq xizmat qilib, xilqati koinotning tilsimini va muammosini hal va kashf qilgan va doimo Xoliqining nomidan harakat qilgan va undan istimdod etgan va muvaffaqiyat istagan va u tarafidan imdodga va tavfiqqa mazhar boʻlgan va Muhammadi Qurayshiy deyilgan bu zot boʻladi. (S.A.V.)

Ham aqliga dedi: Modomiki bu mazkur toʻqqiz haqiqatlar bu zotning sidqiga shahodat qilar ekan, albatta bu odam bani odamning madori sharafi va bu olamning madori iftixoridir. Va unga "Faxri Olam" va "Sharafi Bani Odam" deyilishi juda loyiqdir va uning qoʻlida boʻlgan farmoni Rahmon Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hashmati saltanati ma'naviyasining nisfi arzni istilosi va shaxsiy kamoloti va yuksak xislatlari koʻrsatadiki, bu olamda eng muhim zot udir, Xoliqimiz haqida eng muhim soʻz unikidir.

Mana kel, qara! Bu horiqo zotning yuzlab zohir va bahir qat'iy moʻ'jizalarining quvvatiga va dinidagi minglab oliy va asosli haqiqatlariga istinodan, butun da'volarining asosi va butun hayotining gʻoyasi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifotiga va asmosiga dalolat va shahodat va u Vojib-ul Vujudni isbot va e'lon va i'lam etishdir.

Demak, bu koinotning ma'naviy quyoshi va Xoliqimizning eng porloq bir burhoni bu Habibulloh deyilgan zot boʻlib, uning shahodatini qoʻllagan va tasdiq va imzo bosgan aldanmaydigan va aldamaydigan uch buyuk ijmo' bor:

Birinchisi: "Agar parda-i gʻayb ochilsa, yaqiynim ziyodalashmaydi" degan Imom Ali (Roziyallohu Anh) va yerda ekan arshi a'zamni va Isrofilning azamati haykalini tomosha qilgan Gʻavsi A'zam (Q.S.) kabi keskin nazar va gʻaybbin koʻzlari boʻlgan minglab aqtob va avliyo-i azimani jamlagan va Oli Muhammad nomi bilan shuhratshiori olam boʻlgan jamoati nuroniyaning ijmo' bilan tasdiqlaridir.

Ikkinchisi: Badaviy bir qavm va ummiy bir muhitda, hayoti ijtimoiyadan va afkori siyosiyadan xoli va kitobsiz va fatrat asrining qorongʻiliklarida boʻlgan va juda oz bir zamonda eng madaniy va oʻqimishli va hayoti ijtimoiyada va siyosiyada eng oldinda boʻgan millatlarga va hukumatlarga ustoz va rahbar va diplomat va hokimi odil boʻlib, sharqdan gʻarbga qadar jahonpisandona idora qilgan va "Sahoba" nomi bilan dunyoda nomdor boʻlgan jamoati mashhuraning ittifoq bilan jon va mollarini, padar va qabilalarini fido qildirgan bir quvvatli iymon bilan tasdiqlaridir.

Uchinchisi: Har asrda minglarcha afrodi boʻlgan va har fanda dohiyona ilgarilagan va muxtalif maslaklarda mashgʻul boʻlgan va ummatidan yetishgan hadsiz muhaqqiq va mutabahhir ulamosining jamoati uzmosining tavofuq bilan va ilmalyaqiyn darajasida tasdiqlaridir.

Demak bu zotning vahdoniyatga shahodati shaxsiy va juz'iy emas, balki umumiy va kulliy va oʻzgarmas va butun shaytonlar toʻplansa, qarshisiga hech bir jihat bilan chiqolmaydigan shahodatdir deb hukm qildi.

Mana Asri Saodatda aqli bilan barobar sayohat qilgan dunyo musofiri va hayot yoʻlovchisi u madrasa-i nuroniyadan olgan darsiga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn oltinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ اَلْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ فَخْرُ الْعَالَمِ وَ شَرَفُ نَوْعِ بَن۪ى اٰدَمَ بِعَظَمَةِ سَلْطَنَةِ قُرْاٰنِه۪ وَ حَشْمَةِ وُسْعَةِ د۪ينِه۪ وَ كَثْرَةِ كَمَالَاتِه۪ وَ عُلْوِيَّةِ اَخْلَاقِه۪ حَتّٰى بِتَصْد۪يقِ اَعْدَائِه۪ وَ كَذَا شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِقُوَّةِ مِاٰتِ مُعْجِزَاتِهِ الظَّاهِرَةِ الْبَاهِرَةِ الْمُصَدِّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ وَ بِقُوَّةِ اٰلَافِ حَقَائِقِ د۪ينِهِ السَّاطِعَةِ الْقَاطِعَةِ بِاِجْمَاعِ اٰلِه۪ ذَوِى الْاَنْوَارِ وَ بِاِتِّفَاقِ اَصْحَابِه۪ ذَوِى الْاَبْصَارِ وَ بِتَوَافُقِ مُحَقِّق۪ى اُمَّتِه۪ ذَوِى الْبَرَاه۪ينِ وَ الْبَصَائِرِ النَّوَّارَةِ

deyilgan.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 167 —

YIGIRMANCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

(Bomdod va shom namozidan keyin takror qilinishida juda ham koʻp fazilat boʻlgan va bir rivoyati sahihada ismi a'zam martabasini tashigan bu jumla-i tavhidiyaning oʻn bir kalimasi bor. Har bir kalimasida ham bittadan xushxabar va bashorat, ham bittadan martaba-i tavhidi rububiyat, ham bir ismi a'zam nuqtasida bir kibriyo-i vahdat va bir kamoli vahdoniyat bordir. Bu buyuk va ulviy haqiqatlarning izohini boshqa Soʻzlarga havola qilib, bir va'daga binoan, hozircha mujmal bir xulosa suratida; "Ikki Maqom", bir "Muqaddima" bilan unga bir mundarija yasaymiz.

Muqaddima

Qat'iyan bilginki: Xilqatning eng yuksak gʻoyasi va fitratning eng ulkan natijasi iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma'rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli ne'mati, ma'rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sevinch, muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir.

Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne'mat va sof lazzat, albatta ma'rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz boʻlolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sevgan nihoyatsiz saodatga, ne'matga, nurlarga, sirlarga yo bilquvva yoki bilfe'l mazhardir. Uni keragidek tanimagan, sevmagan nihoyatsiz shaqovatga, alamlarga va vahimalarga ma'nan va moddatan mubtalo boʻladi.

Ha, shu parishon dunyoda, ovora navi bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni boʻlsa ham, necha pulga arziydi? Shu ovora navi bashar ichida, bu parishon foniy dunyoda; inson sohibini tanimasa, molikini topmasa, naqadar bechora sargardon boʻlishi hammaga maʻlum. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga istinod etadi. U vahshatgoh boʻlgan dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi va bir tijoratgoh boʻladi.

— 168 —

BIRINCHI MAQOM

Shu kalomi tavhidiyning oʻn bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va u xushxabarda bittadan shifo va u shifoda bittadan lazzati ma'naviya mavjud.

BIRINCHI KALIMA: لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da shunday bir xushxabar borki: Hadsiz ehtiyojlarga mubtalo, nihoyatsiz dushmanlarning hujumiga nishon boʻlgan ruhi insoniy bu kalimada shunday bir nuqta-i istimdod topadiki, butun hojatlarini ta'minlaygan xazina-i rahmat eshigini unga ochadi va shunday nuqta-i istinodni topadiki, butun dushmanlarining sharridan amin qiladigan bir qudrati mutlaqaning sohibi boʻlgan oʻz Ma'budini va Xoliqini bildiradi va tanitadi, sohibini koʻrsatadi, Moliki kim ekanini namoyon qiladi. Va shu bilan qalbni vahshati mutlaqadan va ruhni huzni aliymdan qutqarib, abadiy farohni, doimiy sururni ta'min qiladi.

IKKINCHI KALIMA: وَحْدَهُ Shu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bor. Shundayki: Koinotning aksar anvo'i bilan aloqador va u aloqadorlik tufayli parishon va chalkashlik ichida boʻgʻilish darajasiga kelgan ruhi bashar va qalbi inson وَحْدَهُ kalimasida bir malja, bir xaloskor topadiki, uni butun chalkashlikdan, parishoniyatdan qutqaradi. Ya'ni, وَحْدَهُ ma'nan deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat qilib oʻzingni charchatma, ularga tazallul etib minnat chekma, ularga tamalluq etib boʻyin egma, ularning orqasidan ergashib zahmat chekma, ulardan qoʻrqib titrama. Chunki Sultoni Koinot birdir, hamma narsaning kaliti uning yonida, hamma narsaning tizgini uning qoʻlidadir; hamma narsa uning amri bilan hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding; hadsiz minnatlardan, qoʻrquvlardan qutulding.

UCHINCHI KALIMA: لَا شَر۪يكَ لَهُ Ya'ni: Qandayki uluhiyatida va saltanatida sherigi yoʻqdir; "Alloh" birdir, mutaaddid boʻlolmaydi. Shuning kabi; Rububiyatida va ijrootida va ijodotida ham sherigi yoʻqdir. Ba'zan sulton bir boʻladi, saltanatida sherigi boʻlmaydi.. lekin ijrootida uning ma'murlari uning sherigi sanaladilar va uning huzuriga har kimning kirishiga mone boʻladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Lekin Azal, Abad Sultoni boʻlgan Janobi Haq, saltanatida sherigi boʻlmagani kabi, ijrooti rububiyatida ham muinlarga, sheriklarga muhtoj emas. Amr va irodasi, havl va quvvati boʻlmasa, hech bir narsa hech bir narsaga mudohala qilolmaydi. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma unga murojaat qila oladi. Sherigi va muini boʻlmagani uchun, murojaatchi odamga "Mumkin emas, uning huzuriga kirolmaysan", deyilmaydi.

Bu kalima ruhi bashar uchun shunday xushxabar beradiki: Iymonni qoʻlga kiritgan ruhi bashar monesiz, mudohalasiz, hailsiz, ta'qiqsiz, har holida, har orzusida, har onda, har yerda u azal va abad va xazoini rahmat moliki va dafoini saodat sohibi boʻlgan Jamili Zuljalol, Qodiri Zulkamolning huzuriga kirib, hojotini arz qila oladi. Va rahmatini topib, qudratiga istinod etib, kamoli faroh va sururni qozona oladi.

TOʻRTINCHI KALIMA: لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Mulk tamoman unikidir. Sen ham uning mulkisan, ham mamlukisan, ham mulkida ishlaysan. Bu kalima shunday shifoli xushxabar beradi va aytadiki: Ey inson! Sen oʻzingni oʻzingga molik deb hisoblama. Chunki sen oʻzingni idora qilolmaysan, u yuk ogʻirdir. Bir oʻzing muhofaza qilolmaysan, balolardan saqlanib, lavozimotini ta'min qilolmaysan. Shunday ekan, behuda iztirobga tushib azob chekma, mulk boshqasinikidir. U Molik ham Qodirdir, ham Rahimdir; qudratiga istinod et, rahmatini ittihom etma. Gʻam-gʻussani ot, davringni sur. Zahmatni ot, safoni top.

Ham deydiki: Sen ma'nan sevgan va aloqadar boʻlgan va parishoniyatidan mutaassir boʻlgan va isloh qilolmagan bu koinot bir Qodiri Rahimning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim et, unga havola qil.. jafosini emas, safosini tot. U ham Hakimdir, ham Rahimdir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting, Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo koʻraylik naylar, naylarsa goʻzal aylar" de, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.

— 169 —

BESHINCHI KALIMA: وَ لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Hamd va sano, madh va minnat unga maxsusdir, unga loyiqdir. Demak, ne'matlar unikidir va uning xazinasidan chiqadi. Xazina esa doimiydir. Demak, bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Ne'matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tuganmas. Va lazzatning zavolini oʻylab, alamdan faryod qilma. Chunki ne'mat mevasi bir rahmati benihoyaning samarasidir. Daraxti boqiy boʻlsa, mevasi ketsa ham, oʻrniga keladigani bor. Ne'matning lazzati ichida oʻsha lazzatdan yuz daraja koʻproq lazzatli bir iltifoti rahmatni hamd bilan oʻylab, lazzatni birdan yuz darajaga chiqara olasan. Qandayki bir podshohi zishon senga hadya qilgan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzatidan ustun iltifoti shohona lazzatini senga ihsos va ehson etadi. Shunga oʻxshab, لَهُ الْحَمْدُ kalimasi bilan, ya'ni hamd va shukr bilan, ya'ni ne'matdan in'omni his qilish bilan, ya'ni Mun'imni tanish bilan va in'omini oʻylash bilan, ya'ni uning rahmatining iltifotini va shafqatining tavajjuhini va in'omining davomini oʻylash bilan; ne'matdan ming daraja lazizroq, ma'naviy lazzat eshigini senga ochadi.

OLTINCHI KALIMA: يُحْي۪ى Ya'ni: hayotni bergan udir. Va hayotni rizq bilan davom ettirgan ham udir. Va lavozimoti hayotni ham tayyorlagan yana udir. Va hayotning oliy gʻoyalari unga oiddir va muhim natijalari unga qaraydi, yuzdan toʻqson toʻqqiz mevasi unikidir. Bu kalima shunday foniy va ojiz basharga nido qiladi, xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Hayotning ogʻir takliflarini yelkangga olib zahmat chekma. Hayotning fanosini oʻylab qaygʻuga tushma. Yolgʻiz dunyoviy ahamiyatsiz mevalarini koʻrib, dunyoga kelganingdan pushaymon boʻlma. Balki u vujud kemangdagi hayot uskunasi Hayyi Qayyumga oiddir. Masorif va lavozimotini u tadorik etadi. Va u hayotning juda kasratli gʻoyalari va natijalari bor va unga oiddir. Sen u kemada bir rul boshqaruvchi askarsan. Vazifangni goʻzal bajar, haqqingni ol, davringni sur. Hayot kemasi naqadar qiymatli ekanini va naqadar goʻzal foydalar berganini va u safina sohibi boʻlgan zotning naqadar Karim va Rahim ekanini oʻyla, masrur boʻl va shukr qil va anglaki: Vazifangni istiqomat bilan qilgan vaqting, u kema bergan butun natijalar bir jihatdan sening amallar daftaringga oʻtadi, senga bir boqiy hayotni ta'minlaydi, seni abadiy sahklda tiriltiradi.

YETTINCHI KALIMA: وَ يُم۪يتُ Ya'ni: Oʻlimni bergan udir. Ya'ni: Hayot vazifasidan tarhis etadi, foniy dunyodan joyingni tabdil etadi, xizmat qiyinchiligidan ozod qiladi. Ya'ni: Hayoti foniyadan seni hayoti boqiyaga oladi. Bu kalima shunday tarzda foniy jin va insga baqiradi, deydiki:

Sizlarga xushxabar! Oʻlim i'dom emas, hechlik emas, fano emas, inqiroz emas, soʻnish emas, firoqi abadiy emas, yoʻqlik emas, tasodif emas, foilsiz bir in'idom emas. Balki bir Foili Hakimi Rahim tarafidan bir tarhis, bir tabdili makondir. Saodati abadiya tarafiga, vatani asliylariga joʻnatilishdir. Yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbobning toʻplanadigan yeri boʻlgan barzoh olamiga bir visol eshigidir.

SAKKIZINCHI KALIMA: وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Butun koinotning mavjudotida koʻringan va vasila-i muhabbat boʻlgan kamol va husn va ehsonning hadsiz darajada ustida bir jamol va kamol va ehsonning sohibi va butun mahbublarga badal birgina jilva-i jamoli kifoya boʻlgan bir Ma'budi Lamyazal, bir Mahbubi Loyazalning azaliy va abadiy bir hayoti doimasi borki; shaiba-i zavol va fanodan munazzah va avorizi naqs va qusurdan mubarrodir. Demak, bu kalima jin va insga va butun zishuurga va ahli muhabbat va ishqqa e'lon qiladiki: Sizlarga xushxabar! Mahbublaringizdan nihoyatsiz firoqlarning yaralarini davolab malham surtadigan bir Mahbubi Boqiyingiz bor. Modomiki u bor va Boqiy ekan, boshqalar nima boʻlsa boʻlsin, qaygʻurma. Balki oʻsha mahbublarda sababi muhabbatingiz boʻlgan husn va ehson, fazl va kamol u Mahbubi Boqiyning jilva-i jamoli boqiysidan koʻp pardalardan oʻtgan, gʻoyat zaif bir soyaning soyasidir. Ularning zavollari sizlarni ranjitmasin. Chunki ular bir navi oynalardir. Oynalarning oʻzgarishi shashaa-i jamolning jilvasini yangilaydi, goʻzallashtiradi. Modomiki u bor ekan, hamma narsa bor.

— 170 —

TOʻQQIZINCHI KALIMA: بِيَدِهِ الْخَيْرُYa'ni: Har xayr uning qoʻlidadir. Har bir qilgan yaxshiligingiz uning daftariga yoziladi. Har qilgan amali solihangiz huzurida qayd qilinadi. Bu kalima jin va insga nido qilib xushxabar beradi. Deydiki: Ey bechoralar! Qabristonga koʻchgan vaqtingiz, "Ey voh! Molimiz xarob boʻldi, mehnatimiz behuda ketdi; bu goʻzal va keng dunyodan ketib, tor tuproqqa kirdik", demanglar, faryod qilib ma'yus boʻlmanglar... Chunki sizning hamma narsangiz muhofaza qilinyapti. Har bir amalingiz yozilgan. Har bir xizmatingiz qayd qilingan. Xizmatingizning mukofotini beradigan va barcha xayr qoʻlida va hamma xayrni qila oladigan bir Zoti Zuljalol sizni jalb qilib, yer ostida muvaqqatan saqlaydi. Soʻngra huzuriga oldiradi. Qanday baxtlisizki, xizmatingizni va vazifangizni bitirdingiz. Zahmatingiz tugadi, rohatga va rahmatga ketyapsiz. Xizmat, mashaqqat tugadi; ujrat olishga ketyapsiz.

Ha, oʻtgan bahorning daftari a'molining sahifalari va xizmatlarining sandiqchalari boʻlgan danaklarni, urugʻlarni muhofaza qilgan.. va ikkinchi bahorda gʻoyat dabdabali, balki yuz daraja aslidan yanada barakali bir tarzda muhofaza qilgan, nashr qilgan Qodiri Zuljalol, albatta sizning ham natoiji hayotingizni shunday muhofaza qilyapti va xizmatingizga juda kasratli bir suratda mukofot beradi.

OʻNINCHI KALIMA:
وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Ya'ni: U Vohiddir, Ahaddir, hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga ogʻir kelmaydi. Bir bahorni yaratish bir gul qadar unga osondir. Jannatni yaratish bir bahor qadar unga yengildir. Har kuni, har yili, har asr yangidan-yangi ijod qilyotgan hadsiz masnu'oti nihoyatsiz qudratiga nihoyatsiz lisonlar bilan guvohlik qiladilar. Bu kalima shunday xushxabar beradi. Aytadiki: Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyating behuda ketmaydi. Bir dori mukofot, bir mahalli saodat sen uchun ihzor etilgan. Sening bu foniy dunyoingga badal seni boqiy jannat kutadi. Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va'dasiga iymon va e'timod et. Unga va'dasida xulf etish maholdir. Qudratida hech bir jihatdan nuqsoniyat yoʻq. Ishlariga ajz mudohala etolmaydi. Sening kichik bogʻingni yaratgani kabi, Jannatni ham sen uchun yarata oladi va yaratgan va senga va'da bergan. Va va'da bergani uchun, albatta seni uning ichiga oladi.

Modomiki bilmushohada koʻryapmiz: Har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyoda anvo'larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal tezlik va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta bunday bir Qodiri Zuljalol va'dasini bajarishga muqtadirdir. Ham modomiki har yili shunday bir Qodiri Mutlaq hashrning va Jannatning namunalarini minglab tarzda ijod qiladi. Ham modomiki butun samoviy farmonlari bilan saodati abadiyani va'da qilib, Jannatni xushxabar beradi. Ham modomiki butun ijrooti va shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir. Va modomiki asarlarining shahodati bilan butun kamolot uning nihoyatsiz kamoliga dalolat va guvohlik qiladi. Va hech bir jihatdan nuqson va qusur unda yoʻqdir. Ham modomiki xulf-ul va'd va xilof va kizb va aldash eng xunuk xislat va nuqson va qusur ekan albatta va albatta u Qodiri Zuljalol, u Hakimi Zulkamol, u Rahimi Zuljamol va'dasini bajaradi; saodati abadiya eshigini ochadi, Odam otangizning vatani asliysi boʻlgan Jannatga sizlarni, ey ahli iymon, kirgizadi.

OʻN BIRINCHI KALIMA: وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Tijorat va ma'muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu dori imtihon boʻlgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini itmom etgandan keyin, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya'ni, bu dori foniydan ketib dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf boʻladilar. Ya'ni, sabablar tashvishlaridan va vositalarning qorongʻi pardalaridan qutulib, Robbi Rahimlariga maqarri saltanati abadiysida pardasiz qovushadilar. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma oʻz Xoliqi va Ma'budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim ekanini biladi va topadi. Xullas, shu kalima butun xushxabarlar uzra shunday xushxabar beradi. Va deydiki:

Ey inson! Bilasanmi qayerga ketyapsan va qayerga yuborilyapsan? Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oxirida aytilgani kabi: Dunyoning ming yillik mas'udona hayoti bir soatlik hayotiga muqobil kelmagan Jannat hayotining va oʻsha Jannat hayotining ham ming yili bir soatlik ru'yati jamoliga muqobil kelmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga ketyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq boʻlganingiz majoziy mahbublarda va butun mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir nav soyasi va butun Jannat butun latoifi bilan bir jilva-i rahmati va butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam'a-i muhabbati boʻlgan bir Ma'budi Lamyazalning, bir Mahbubi Loyazalning doira-i huzuriga ketyapsiz va ziyofatgohi abadiysi boʻlgan Jannatga chaqirilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yigʻlab emas, kulib kiringlar.

Ham bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va kasratda boʻgʻilishga ketganingizni tavahhum etib oʻylamang! Siz fanoga emas, baqoga ketyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulumotga emas, olami nurga ketyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga ketyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda boʻgʻilishga emas, vahdat doirasida tanaffus qilasiz. Firoqqa emas, visolga mutavajjihsiz.

— 171 —

IKKINCHI MAQOM

(Ismi A'zam nuqtasida tavhidning isbotiga muxtasar bir ishoratdir.)

BIRINCHI KALIMA: لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da tavhidi uluhiyat va ma'budiyat bor. Bu martabaning gʻoyat quvvatli bir burhoniga shunday ishorat qilamizki: Shu koinot yuzida, xususan zaminning sahifasida gʻoyat muntazam bir faoliyat koʻrinyapti. Va gʻoyat hikmatli bir xalloqiyat mushohada qilyapmiz. Va gʻoyat intizomli bir fattohiyat, ya'ni hamma narsaga loyiq bir shakl ochish va surat berishni aynalyaqiyn koʻryapmiz. Ham gʻoyat shafqatli, karamli, rahmatli bir vahhobiyat va ehsonot koʻryapmiz. Shunday ekan, bizzarura shu hol va shu vaziyat; Faol, Xalloq, Fattoh, Vahhob bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudini va vahdatini isbot qiladi, balki ihsos etadi. Ha, mavjudotning mutamodiyan zavollari, yangilanishlari koʻrsatadiki, u mavjudot bir Sone'-i Qodirning qudsiy asmosining jilvalari va anvori asmoiyasining soyalari va af'olining asarlari va qalami qadar va qudratning naqshlari va sahifalari va jamoli kamolining oynalaridir. Bu haqiqati uzmoga va tavhidning martaba-i ulyosiga koinotning sohibi butun yuborgan muqaddas kitoblari va suhuflari bilan u tavhidni koʻrsatgani kabi; butun ahli haqiqat va komilini navi bashar tahqiqotlari bilan va kashfiyotlari bilan ayni martaba-i tavhidni koʻrsatadilar. Va koinot ham ojizligi va faqirligi bilan barobar, mazhar boʻlgan doimiy moʻ'jizoti san'atning va havoriqi iqtidor, xazoini sarvatning shahodati bilan ayni martaba-i tavhidga ishorat qiladi. Demak, Shohidi Azaliy butun kutub va suhufi bilan va ahli shuhud butun tahqiqot va kushufi bilan va olami shahodat butun muntazam ahvol va hakimona shuunoti bilan martaba-i tavhidda bil-ijmo' ittifoq qilishadi.

Xullas, u Vohidi Ahadni qabul qilmagan yo nihoyatsiz ilohlarni qabul qiladi va yoki ahmoq Sofistaiy kabi ham oʻzini, ham koinotning vujudini inkor qiladi.

IKKINCHI KALIMA: وَحْدَهُ Bu kalima ochiqdan-ochiq bir martaba-i tavhidni koʻrsatadi. Shu martabani ham a'zamiy suratda isbot qilgan gʻoyat quvvatli burhoniga shunday ishorat qilamizki:

Biz koʻzimizni ochib, koinot yuziga nazarimizni tashlaganimizda eng avval koʻzimizga tushgan narsa umumiy va mukammal bir nizomdir va qurshagan hassos mezon ekanini koʻramiz. Hamma narsa daqiq nizom bilan, hassos mezon va oʻlchov ichidadir. Yana biroz diqqati nazar qilgan sari, yangidan-yangi tanzim va tavziniyat koʻzimizga koʻrinadi. Ya'ni: Birisi intizom bilan bu nizomni almashtiradi va tarozi bilan u mezonni yangilaydi. Hamma narsa bir model boʻlib, juda kasratli muntazam va mavzun suratlar kiydiriladi. Yana ziyoda diqqat qilgan sari, u tanzim va tavzin ostida bir hikmat va adolat koʻrinadi. Har harakatda bir hikmat va maslahat koʻzlanadi, bir haq, bir foyda ta'qib qilinadi. Yanada koʻproq diqqat qilgan sari, gʻoyat hakimona bir faoliyat ichida bir qudratning tazohuroti va hamma narsaning har sha'nini qamragan gʻoyat keng bir ilmning jilvalari nazari shuurimizga tushadi. Demak, butun mavjudotdagi nizom va mezon barchaga umumiy bir tanzim va tavzinni va oʻsha tanzim va tavzin umumiy bir hikmat va adolatni va u hikmat va adolat bir qudrat va ilmni koʻzimizga koʻrsatadi. Demak, bir Qodiri Kulli Shay va bir Alimi Kulli Shay shu pardalar orqasida aqlga koʻrinadi. Ham hamma narsaning avvaliga va oxiriga qaraymiz, xususan zihayot navida koʻramizki: Boshlangʻichlari, asllari, ildizlari, ham mevalari va natijalari shunday tarzdadirki; goʻyo danaklari, asllari; bittadan ta'rifa, bittadan dastur shaklida butun u mavjudotning jihozotini tazammun etadi. Va natijasida va mevasida yana butun u zihayotning ma'nosi sizilib unda tajammu' etadi, tarixcha-i hayotini unga qoldiradi. Goʻyo uning asli boʻlgan urugʻi dasotiri ijodiyasining majmuasidir. Va mevasi va samarasi esa, avomiri ijodiyasining mundarijasi hukmida ekanini koʻramiz. Soʻngra zihayotning zohiriga va botiniga qaraymiz. Gʻoyat darajada hikmatli bir qudratning tasarrufoti va nafiz bir irodaning tasviroti va tanzimoti koʻrinadi. Ya'ni, bir quvvat va qudrat ijod qiladi; bir amr va iroda surat kiydiradi.

— 172 —

Xullas, butun mavjudot bunday avvaliga diqqat qilgan sari bir ilmning ta'rifnomasi va oxiriga diqqat qilgan sari bir Sone'ning rejasi va bayonnomasi va zohiriga qaragan sari bir Foili Muxtorning va Muridning gʻoyat san'atli va tanosubli bir hulla-i san'ati va botiniga qaragan sari bir Qodirning gʻoyat muntazam bir uskunasini mushohada qilamiz.

Mana shu hol va shu vaziyat, bizzarura va bilbedaho e'lon qiladiki; hech bir narsa, hech bir zamon, hech bir makon bitta Sone'-i Zuljalolning qabza-i tasarrufidan xorij boʻlolmaydi. Har bir narsa va butun ashyo butun shuunoti bilan bir Qodiri Muridning qabza-i tasarrufida tadbir etiladi. Va bir Rahmoni Rahimning tanzimi bilan va lutfi bilan goʻzallashtiriladi. Va bir Hannoni Mannonning tazyini bilan bezatiladi. Ha, boshida shuur va yuzida koʻzi boʻlganga bu koinot va shu mavjudotdagi nizom va mezon va tanzim va tavzin; birgina, yakto, Vohid, Ahad, Qodir, Murid, Alim, Hakim zotni vahdoniyat martabasida koʻrsatadi. Ha, hamma narsada bir birlik bor. Birlik esa birni koʻrsatadi. Masalan, dunyoning chirogʻi boʻlgan Quyosh birdir; shunday ekan dunyoning moliki ham birdir. Masalan, zamin yuzidagi zihayotlarning xizmatchilari boʻlgan havo, otash, suv birdir; shunday ekan ularni istihdom etgan va bizlarga musahhar etgan ham birdir.

UCHINCHI KALIMA: لَا شَر۪يكَ لَهُ Bu kalimani Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Maqomi gʻoyat quvvatli va porloq bir suratda isbot qilgani uchun, unga havola qilamiz. Undan ustun bayon boʻlolmaydi, undan ortiqroq bayonga luzum yoʻq va izoh qilinmaydi.

TOʻRTINCHI KALIMA: لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Farshdan Arshga, sarodan surayyoga, zarrotdan sayyorotga, azaldan abadga qadar har bir mavjud, samovot va arz, dunyo va oxirat, hamma narsa uning mulkidir. Molikiyat martaba-i uzmosi tavhidi a'zam suratida unikidir. Shu martaba-i uzmo-i molikiyat va maqomi a'zami tavhidning bir hujjati kubrosi latif bir zamonda va latif bir xotirada Arabcha iborada shu ojizning xotiriga ilqo etildi. U latif xotiraning xotiri uchun ayni ibora-i Arabiyani qayd qilib, soʻngra ma'nosini yozamiz.

لَهُ الْمُلْكُ لِاَنَّ ذَاكَ الْعَالَمَ الْكَب۪يرَ كَهٰذَا الْعَالَمِ الصَّغ۪يرِ ٠ مَصْنُوعَا قُدْرَتِه۪ مَكْتُوبَا قَدَرِه۪ ٠ اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ صَيَّرَهُ مَسْجِدًا ٠ ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ سَاجِدًا اِنْشَاؤُهُ لِذَاكَ صَيَّرَ ذَاكَ مِلْكًا ٠ ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ مَمْلُوكًا ٠ صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَظَاهَرَتْ كِتَابًا ٠ صِبْغَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَزَاهَرَتْ خِطَابًا ٠ قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تُظْهِرُ حِشْمَتَهُ ٠ رَحْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُنَظِّمُ نِعْمَتَهُ ٠ حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَشْهَدُ هُوَ الْوَاحِدُ ٠ نِعْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُعْلِنُ هُوَ الْاَحَدُ ٠ سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَالْاَجْزَاءِ ٠ خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَ الْاَعْضَاءِ

Birinchi Fikra: ذَاكَ الْعَالَمَ الْكَب۪يرَ ‌ الخ Ya'ni: Shu koinot deyilgan olami akbar va inson deyilgan uning misoli musagʻgʻari boʻlgan olami asgʻar qudrat va qadar qalami bilan yozilgan ofoqiy va anfusiy vahdoniyat daloilini koʻrsatadilar. Ha, koinotdagi san'ati muntazamaning kichik miqyosda namunasi insonda bordir. U doira-i kubrodagi san'at Sone'-i Vohidga shahodat qilgani kabi, shu insondagi kichik miqyosda xurdabini san'at ham yana oʻsha Sone'ga ishorat qiladi, vahdatini koʻrsatadi. Ham qandayki shu inson gʻoyat ma'nodor bir maktubi Rabboniydir, muntazam bir qasida-i qadardir.. shuning kabi bu koinot ham ayni qalami qadar bilan, faqat katta miqyosda yozilgan muntazam bir qasida-i qadardir. Hech mumkinmiki; hadsiz alomati fariqa bilan butun insonlarga qaragan inson yuzidagi sikka-i vahdatga va butun mavjudotni yelkani yelkaga, qoʻlni qoʻlga, boshni boshga bergan koinot ustidagi xotami vahdoniyatga Vohidi Ahaddan boshqa narsaning mudohalasi boʻlsin?

Ikkinchi Fikra: اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ ‌ الخ Ma'nosi shuki: Sone'-i Hakim olami akbarni shunday badi' bir suratda yaratib oyoti kibriyosini ustida naqsh etganki; koinotni bir masjidi kabir shakliga aylantirgan va insonni ham shunday bir tarzda ijod qilib, unga aql berib, u bilan u moʻ'jizoti san'atiga va u badi' qudratiga qarshi sajda-i hayrat ettirib, unga oyoti kibriyoni oʻqittirib, kamarbasta-i ubudiyat ettirib, u masjidi kabirda bir abdi sojid fitratida yaratgandir. Hech mumkinmidirki: Bu masjidi kabirning ichidagi sojidlarning, obidlarning ma'budi haqiqiylari u Sone'-i Vohidi Ahaddan boshqasi boʻla olsin?.

— 173 —

Uchinchi Fikra: اِنْشَائُهُ لِذَاكَ ‌ الخ Ma'nosi shuki: U Malik-ul Mulki Zuljalol olami akbarni, xususan Kura-i Arz yuzini shunday suratda insho etib yaratganki; bir-biri ichida hadsiz doiralar boʻlib, har bir doira bir ekinzor hukmida boʻlib, vaqt-bavaqt, mavsum-bamavsum, asr-baasr ekadi, bichadi, mahsulot oladi. Mutamodiyan mulkini ishlattiradi, tasarruf etadi. Eng buyuk doira boʻlgan zarrot olamini bir ekinzor qilib, har doim koinot qadar mahsulotni; qudrati bilan, hikmati bilan unda ekadi, bichadi, teradi. Olami shahodatdan olami gʻaybga, doira-i qudratdan doira-i ilmga yuboradi. Soʻngra mutavassit bir doira boʻlgan zamin yuzini aynan shunday bir ekinzor qilganki; mavsum-bamavsum olamlarni, anvo'larni ichida ekadi, bichadi, teradi. Ma'naviy mahsulotini ham gʻaybiy, uxroviy, misoliy va ma'naviy olamlariga yuboradi. Yanada kichik bir doira boʻlgan bir bogʻni yana yuz marta, ming marta qudrat bilan toʻldirib, hikmat bilan boʻshatadi. Yanada kichik bir doira boʻlgan bir zihayotni, masalan bir daraxtni, bir insonni yuz marta oʻshancha undan mahsulot oladi. Demak, u Malik-ul Mulki Zuljalol kichik-katta, juz'iy-kulliy hamma narsani bittadan model hukmida insho etib, yuzlab tarzda, yangi-yangi naqshlar bilan munaqqash mansujoti san'atini ularga kiydiradi; jilva-i asmosini, moʻ'jizoti qudratini izhor etadi. Oʻz mulkida har bir narsani bittadan sahifa hukmida insho etgan; har sahifada yuzlab tarzda ma'nodor maktubotini yozadi; hikmatining oyotini izhor etadi, zishuurlarga oʻqitadi. Shu olami akbarni mulk shaklida insho etish bilan birga, bu insonni ham shunday suratda yaratgan va unga shunday jihozlar va uskunalar va hislar va hissiyotlar va xususan nafs, istak va ehtiyoj va ishtaha va hirs va da'vo berganki; u keng mulkida butun mulkka muhtojan r mamluk hukmiga keltirgan.

Demak hech mumkinmiki: Juda katta boʻlgan olami zarrotdan to bir chivinga qadar butunini mulk va ekinzor qilgan va kichik insonni u katta mulkka nozir va mufattish va dehqon va tijoratchi va dallol va obid va mamluk qildirgan va oʻziga muhtaram bir musofir va sevgili bir muxotob ittihoz etgan u Malik-ul Mulki Zuljaloldan boshqa u mulkka tasarruf etib, u mamlukka sayyid boʻla olsin?

Toʻrtinchi Fikra: صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ ‌ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalolning olami akbardagi san'ati shu daraja ma'nodorki; u san'at bir kitob suratida tazohur etib, koinotni bir kitobi kabir hukmiga keltirganidan, aqli bashar haqiqiy fanni hikmat kutubxonasini undan oldi va unga koʻra yozdi. Va u kitobi hikmat shu daraja haqiqat bilan bogʻliq va haqiqatdan madad oladiki, buyuk Kitobi Mubinning bir nusxasi boʻlgan Qur'oni Hakim shaklida e'lon qilindi. Ham qandayki koinotdagi san'ati kamoli intizomidan kitob shakliga kirdi; insondagi sibgʻati va naqshi hikmati ham xitob gulini ochdi. Ya'ni, oʻsha san'at shu daraja ma'nodor va hassos va goʻzalki; u uskuna-i zihayotdagi jihozoti fonograf kabi nutqqa keldi, gapirtirdi. Va shunday bir ahsani taqvim ichida bir sibgʻa-i Rabboniya berganki; u moddiy, jismoniy, jomid boshda; ma'naviy, gʻaybiy, hayotdor boʻlgan bayon va xitob guli ochildi. Va u inson boshidagi qobiliyati nutq va bayonga shu daraja ulviy jihozot va iste'dod berdiki; Sultoni Azaliyga muxotob boʻladigan bir maqomda inkishof ettirdi, taraqqiy berdi. Ya'ni, fitrati insoniyadagi sibgʻati Rabboniya xitobi Ilohiy gulini ochdi. Hech mumkinmiki: Kitob darajasiga kelgan butun mavjudotdagi san'atga va xitob maqomiga kelgan insondagi oʻsha sibgʻatga Vohidi Ahaddan boshqasi qoʻshila olsin? Xosho!..

Beshinchi Fikra: قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ ‌ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Qudrati Ilohiya olami akbarda hashmati rububiyatini koʻrsatadi. Rahmati Rabboniya esa olami asgʻar boʻlgan insonda ne'matlarni tanzim etadi. Ya'ni, Sone'ning qudrati kibriyo va jalol nuqtasida koinotni shunday muhtasham bir saroy shaklida ijod qiladiki; Quyoshni katta bir elektr chirogʻi, Qamarni qandil va yulduzlarni mumlar mevalari bilan porlatadi, elektrlaydi. Va zamin yuzini bir dasturxon, bir ekinzor, bir bogʻ, bir gilam va togʻlarni bittadan mahzan, bittadan tirgak, bittadan qal'a va hokazo butun ashyoni buyuk miqyosda oʻsha ulkan saroyning lavozimoti shakliga keltirib, dabdabali bir suratda hashmati rububiyatini koʻrsatgani kabi; jamol nuqtasida rahmati ham eng kichik zihayotga qadar har ziruhga anvo'i ne'matini beradi, u bilan tanzim etadi.. boshdan oyoq ne'matlar bilan bezab, lutf va karam bilan tazyin etadi va u hashmati jaloliyaga qarshi jamoli rahmatini u kichkina lisonlar bilan u katta lisonga qarshi chiqaradi. Ya'ni: Quyosh va Arsh kabi katta jussalar hashmat lisoni bilan "Yo Jalil, yo Kabir, yo Azim" deganlari vaqt; chivin va baliq kabi u kichkina zihayotlar ham rahmat lisoni bilan "Yo Jamil, yo Rahim, yo Karim" deb u musiqa-i kubroga latif ohanglarini qoʻshadilar, shirinlashtiradilar. Hech mumkinmiki: U Jalili Zuljamoldan va u Jamili Zuljaloldan boshqa bir narsa bir oʻzi shu olami akbar va asgʻarga ijod jihatidan mudohala eta olsin? Xosho!..

Oltinchi Fikra: حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ ‌ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Ya'ni, koinotning hay'ati majmuasida tazohur etgan hashmati rububiyat vahdoniyati Ilohiyani isbot qilib koʻrsatgani kabi; zihayotlarning juz'iyotlariga muqannan arzoqlarini bergan ne'mati Rabboniya ham ahadiyati Ilohiyani isbot qilib koʻrsatadi. Vohidiyat esa, butun mavjudot biriniki va biriga qaraydi va birining ijodidir demakdir. Ahadiyat esa; har bir narsada Xoliqi Kulli Shayning aksar asmosi tajalliy etadi demakdir. Masalan, Quyoshning ziyosi butun zaminning yuzini qamrashi e'tibori bilan vohidiyat misolini koʻrsatadi. Va har bir shaffof juzda va suv qatralarida Quyoshning ziyosi va harorati va ziyosidagi yetti rangi va bir navi soyasi boʻlishi ahadiyat misolini koʻrsatadi. Va har bir narsada, xususan zihayotda va ayniqsa har bir insonda; u Sone'ning aksar asmosi unda tajalliy etish jihati bilan ahadiyatni koʻrsatadi.

Mana shu fikra ishorat qiladiki: Koinotda tasarruf qilgan hashmati rububiyat u ulkan Quyoshni shu zamin yuzidagi zihayotlarga bir xizmatkor, bir chiroq, bir oʻchoq; va ulkan Kura-i Zaminni ularga bir beshik, bir manzil, bir tijoratgoh; va otashni har yerda hozir bir oshpaz va doʻst; va bulutni suzgich va enaga; va togʻlarni mahzan va ombor; va havoni zihayotga anfas va nufusga yelpigʻich; va suvni yangidan hayotga kirganlarga sut emizadigan enaga va hayvonotga obi hayot bergan bir sharbatchi hukmiga keltirgan rububiyati Ilohiya gʻoyat ochiq bir suratda vahdoniyati Ilohiyani koʻrsatadi. Ha, Xoliqi Vohiddan boshqa kim Quyoshni Arzlilarga musahhar bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kim havoni qoʻlida tutadi, juda koʻp vazifalar bilan tavzif etib, roʻyi zaminda epchil va chaqqon bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kimning haddi borki, otashni oshpaz qilsin va gugurt boshichalik bir zarracha otashga minglab botmon ashyoni yuttirsin va hokazo... Har bir narsa, har bir unsur, har bir ajromi ulviya u hashmati rububiyat nuqtasidan Vohidi Zuljalolni koʻrsatadi.

Xullas, jalol va hashmat nuqtasidan vohidiyat koʻringani kabi, jamol va rahmat nuqtasidan ham ne'mat va ehson ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi. Chunki zihayotda va xususan insonda shu daraja san'ati jome'a ichida hadsiz anvo'i ne'matni anglaydigan, qabul qiladigan, istaydigan jihozlar va uskunalar boʻlib; butun koinotda tajalliy etgan butun asmosining jilvasiga mazhardir. Xuddi bir nuqta-i mihroqiya hukmida butun asmo-i husnani birdan mohiyatining oynasi bilan koʻrsatadi va u bilan ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi.

— 174 —
Yettinchi Fikra:
سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَالْاَجْزَاءِ خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَالْاَعْضَاءِ

Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalol olami akbarning hay'ati majmuasida bir sikka-i kubrosi boʻlgani kabi, butun ajzosida va anvo'ida ham bittadan sikka-i vahdat qoʻygan. Olami asgʻar boʻlgan insonning jismida va yuzida bittadan xotami vahdoniyat bosgani kabi, har bir a'zosida bittadan muhri vahdati bor. Ha, u Qodiri Zuljalol hamma narsada, kulliyotda va juz'iyotda, yulduzlarda va zarralarda bittadan sikka-i vahdat qoʻyganki; unga shahodat qiladi. Va bittadan muhri vahdoniyat bosganki, unga dalolat qiladi. Shu haqiqati uzmo Yigirma Ikkinchi Soʻzda va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzda va Oʻttiz Uchinchi Maktubning oʻttiz uch adad Derazasida gʻoyat porloq va qat'iy bir suratda izoh va isbot qilinganidan, ularga havola qilib, gapni toʻxtatib, bu yerda tugatamiz.

BESHINCHI KALIMA: لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Butun mavjudotda sababi madh va sano boʻlgan kamolot unikidir. Shunday ekan, hamd ham unga oiddir. Azaldan abadga qadar har kimdan har kimga qarshi kelgan va keladigan madh va sano unga oiddir. Chunki sababi madh boʻlgan ne'mat va ehson va kamol va jamol va madori hamd boʻlgan hamma narsa unikidir, unga oiddir. Ha, oyoti Qur'oniyaning ishoroti bilan, butun mavjudotdan doimiy suratda dargohi Ilohiyaga ketgan bir ubudiyatdir, bir tasbehdir, bir sajdadir, bir duodir va bir hamd va sano boʻlib doimiy u dargohga ketadi. Shu haqiqati tavhidni isbot qilgan bir burhoni a'zamga shunday ishorat qilamizki:

Shu koinotga qaragan vaqtimiz, bogʻiston shaklida; shifti ulviy yulduzlar bilan porlatilgan, zamini ziynatli mavjudot bilan jonlangan suratda koʻrinadi. Xullas, shu bogʻistondagi muntazam nuroniy ajromi ulviya va hikmatli va ziynatli mavjudoti sufliya, umuman har biri lisoni maxsusi bilan deydilarki: Biz bir Qodiri Zuljalolning moʻ'jizoti qudratimiz. Bir Xoliqi Hakim va bir Sone'-i Qodirning vahdatiga shahodat qilamiz.

Va shu bogʻistoni olam ichidagi Kura-i Arzga qaraymiz, koʻramizki: Bir bogʻ shaklida rang-barang yuz minglab bezalgan gulli nabotot toifalari unda toʻshalgan va turli-tuman yuz minglab anvo'i hayvonot unda sochilgan.

Demak, shu zamin bogʻida butun bezalgan nabotot va ziynatli hayvonot muntazam suratlari bilan va mavzun shakllari bilan e'lon qiladilarki: Biz bitta Sone'-i Hakimning san'atidan bittadan moʻ'jizasi, bittadan horiqosimiz va vahdoniyatning bittadan dalloli, bittadan shohidimiz.

Ham u bogʻdagi daraxtlarning boshlariga qarab koʻramizki: Gʻoyat olimona, hakimona, karimona, latifona, jamilona darajada yaratilgan muxtalif suratlarda mevalarni, gullarni koʻramiz. Mana shular bil'umum bir lison bilan e'lon qiladilarki: Biz bir Rahmoni Zuljamolning va bir Rahimi Zulkamolning moʻ'jiznamo hadyalarimiz, hayratnamo ehsonlarimiz.

Bogʻistoni koinotdagi ajrom va mavjudot va Kura-i Arz bogʻidagi nabotot va hayvonot va ashjar va nabototning boshlaridagi azhar va samarot; nihoyat darajada yuksak bir sado bilan shahodat qiladilar, e'lon qiladilar, deydilarki: Bizning Xoliqimiz va Musavvirimiz va bizni hadya bergan Qodiri Zuljamol, Hakimi Bemisol, Karimi Purnavol hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga ogʻir kelmaydi. Hech narsa doira-i qudratidan xorij boʻlolmaydi. Qudratiga nisbatan zarralar, yulduzlar birdir. Kulliy juz'iy qadar osondir. Juz kull qadar qiymatlidir. Eng katta eng kichik qadar qudratiga nisbatan osondir. Kichik katta qadar san'atlidir.. balki san'at jihatidan ba'zi kichik kattadanda kattadir. Butun moziydagi ajoyibi qudrati boʻlgan vuqu'ot shahodat qiladilarki; u Qodiri Mutlaq butun istiqboldagi ajoyibi imkonotga muqtadirdir. Kechani keltirgan ertani keltirgani kabi; moziyni ijod qilgan oʻsha Zoti Qodir istiqbolni ham ijod qiladi. Dunyoni yaratgan u Sone'-i Hakim oxiratni ham yaratadi. Ha, Ma'budi Bilhaq yolgʻiz u Qodiri Zuljalol boʻlgani kabi, Mahmudi Bil-itloq yana yolgʻiz udir. Ibodat unga maxsus boʻlgani kabi, hamd va sano ham unga xosdir. Hech mumkinmiki: Samovot va Arzni yaratgan bir Sone'-i Hakim, Samovot va Arzning eng muhim natijasi va koinotning eng mukammal mevasi boʻlgan insonlarni oʻz holicha qoldirsin, sabablar va tasodifga havola qilsin, hikmati bahirasini abasiyatga aylantirsin? Xosho!.. Hech mumkinmiki: Hakim, Alim bir zot bir daraxtni gʻoyat ahamiyat bilan tadbir va tasvir etib va gʻoyat darajada hikmat bilan idora va tarbiya qilgani holda; u daraxtning gʻoyasi, foydasi boʻlgan mevalariga qaramasdan ahamiyat bermasin; oʻgʻri qoʻllarga, behuda yerlarga tarqalsin, zoye boʻlsin? Albatta qaramaslik, ahamiyat bermaslik boʻlolmaydi. Chunki daraxtga ahamiyat berish mevalari uchundir.

Bu koinotning zishuuri va eng mukammal mevasi va natijasi va gʻoyasi insondir. Shu koinotning Sone'-i Hakimi mumkinmiki, shu zishuur mevalarning mevalari boʻlgan hamd va ibodatni, shukr va muhabbatni boshqalarga berib hikmati bahirasini hechga tushirsin yoxud qudrati mutlaqasini ojizlikka aylantirsin yoxud bepoyon ilmini johillikka oʻgirsin? Yuz ming marta xosho!

— 175 —

Hech mumkinmiki: Bu koinot saroyining binosidagi maqosidi Rabboniyaning madori boʻlgan zishuur va zishuurning sarfarozi boʻlgan navi inson mazhar boʻlgan ne'matlariga muqobil izhor qilgan shukr va ibodatlari oʻsha saroyi koinotning Sone'idan boshqasiga ketsin. Va u Sone'-i Zuljalol u gʻoyat-ul gʻoya boʻlgan shukr va ibodatni boshqalarga ketishiga muso'ada etsin.

Ham hech mumkinmiki: Hadsiz anvo'i ne'mati bilan oʻzini zishuurlarga sevdirsin; va hadsiz moʻ'jizoti san'ati bilan oʻzini ularga tanittirsin; soʻngra ularning shukr va ibodatlarini, hamd va muhabbatlarini, ma'rifat va minnatdorliklarini sabablarga va tabiatga tark qilib ahamiyat bermasin; hikmati mutlaqasini inkor ettirsin; saltanati rububiyatini hechga tushirsin! Yuz ming marta xosho va kallo!..

Hech mumkinmidirki: Bir bahorni yaratolmagan va butun mevalarni ijod qilolmagan va yer yuzida sikkalari bir boʻlgan butun olmalarni insho etolmagan; ularning bir misoli musagʻgʻari boʻlgan bir olmani yaratib va u olmani ne'mat qilib birisiga yedirsin, shukrini qozonsin, Mahmudi Bil-itloqqa hamd nuqtasida ishtirok etsin? Xosho!.. Chunki bir olmani yaratgan kim boʻlsa, butun dunyoga kelgan olmalarni ijod qilgan yana oʻsha boʻlishi mumkin. Chunki sikka birdir. Ham olmalarni ijod qilgan kim boʻlsa, butun dunyoda madori rizq boʻlgan hububot va samarotni yaratgan yana udir. Demak, eng kichik juz'iy bir zihayotga eng juz'iy bir ne'matni bergan toʻgʻridan-toʻgʻri koinotning Xoliqidir va Razzoqi Zuljaloldir. Shunday ekan shukr va hamd toʻgʻridan toʻgʻri unga oiddir. Shunday ekan haqiqati koinot doimo haq lisoni bilan deydi:

لَهُ الْحَمْدُ مِنْ كُلِّ اَحَدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ

OLTINCHI KALIMA: يُحْي۪ى Ya'ni: Hayot bergan yolgʻiz udir. Shunday ekan, hamma narsaning Xoliqi ham yolgʻiz udir. Chunki koinotning ruhi, nuri, magʻzi, asosi, natijasi, xulosasi hayotdir. Hayotni bergan kim boʻlsa, butun koinotning Xoliqi ham udir. Hayotni bergan albatta udir, Hayyi Qayyumdir.

Shu martaba-i tavhidning burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: -Boshqa bir Soʻzda izoh va isbot qilingani kabi- zamin yuzining sahrosida chodirlari qurilgan gʻoyat muhtasham zihayotlar qoʻshinini koʻramiz. Ha, Hayyi Qayyumning hadsiz qoʻshinlaridan har bahor mavsumida yangi qurol ostiga olingan, gʻaybdan kelgan yangi bir qoʻshin maydonga chiqishini koʻramiz. Shu qoʻshinga qaraymizki: Nabotot toifalaridan ikki yuz mingdan ziyoda va hayvonot millatlaridan yana yuz mingdan ortiq turli-tuman muxtalif qavmlar koʻramiz. Har bir millatning, har bir toifaning koʻylagi boshqa, arzoqi boshqa, ta'limoti boshqa, tarhisoti boshqa, qurollari boshqa, muddati askariyalari boshqa boʻlgani holda; bir qoʻmondoni a'zam hadsiz qudrat va hikmati bilan va nihoyatsiz ilm va irodasi bilan, bitmas rahmati bilan, tuganmas xazinasi bilan, hech birini unutmasdan, adashmasdan, chalkashtirmasdan, kechiktirmasdan.. boshqa-boshqa butun oʻsha uch yuz mingdan ziyoda millatlarni va toifalarni kamoli intizom bilan, tamomi mezon bilan, vaqti-vaqtida boshqa-boshqa arzoqlarini, boshqa-boshqa koʻylaklarini, boshqa-boshqa qurollarini berib, boshqa-boshqa ta'limot qildirib, boshqa-boshqa tarhisot etganini koʻzi boʻlgan bilmushohada koʻradi va qalbi boʻlgan biaynalyaqiyn tasdiq qiladi.

Xullas hech mumkinmiki: Shu ihyo va idoraga va shu tarbiya va ioshaga; qoʻshinni butun shuunoti bilan qamragan bepoyon ilmning va u qoʻshinni butun lavozimoti bilan idora qilgan bir qudrati mutlaqaning sohibidan boshqasi qoʻshila olsin, mudohala eta olsin, unda hissasi boʻlsin? Yuz minglab marta xosho!..

Ma'lumdirki: Bir harbiy qismda oʻn millat boʻlsa, boshqa-boshqa tajhiz etishi oʻn harbiy qism qadar qiyin boʻlganidan; ojiz insonlar, istar-istamas bir tarzda tajhizga majbur boʻlishgan. Holbuki Hayyi Qayyum shu muhtasham qoʻshini ichida uch yuz mingdan ziyoda millatlarga boshqa-boshqa tajhizoti hayotiyani beradi. Ham zahmatsiz, mushkulotsiz, oson bir tarzda, yengil bir shaklda, gʻoyat hakimona va intizom-parvarona beradi. Va ulkan qoʻshinga birgina lison bilan هُوَ الَّذ۪ى يُحْي۪ى ayttirib; koinot masjidida u jamoati uzmoga اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَ لَانَوْمٌ ‌ الخ oʻqitadi...

— 176 —

YETTINCHI KALIMA: وَ يُم۪يتُ Ya'ni: Mavtni bergan Udir. Ya'ni: Hayotni bergan u boʻlgani kabi; hayotni olgan, mavtni bergan ham yana udir. Ha, mavt yolgʻiz taxrib va soʻnish emaski, sabablarga berilsin, tabiatga havola qilinsin. Balki qanday qilib bir danak zohiran oʻlib chiriydi, faqat botinan bir sunbulning hayotiga va rivojlanishiga.. ya'ni juz'iy danaklik hayotidan kulliy nihol hayotiga oʻtadi. Shunga oʻxshab, mavt ham zohiran bir inhilol va bir intifo koʻringani holda, haqiqatda inson uchun hayoti boqiyaga unvon va muqaddima va mabda boʻladi. Shunday ekan, hayotni bergan va idora qilgan Qodiri Mutlaq, yana albatta mavtni ham u ijod qiladi. Shu kalimadagi martaba-i uzmo-i tavhidning bir burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: Oʻttiz Uchinchi Maktubning Yigirma Toʻrtinchi Derazasida bayon qilingani kabi: Shu mavjudot iroda-i Ilohiya bilan sayyoladir. Shu koinot amri Rabboniy bilan sayyoradir. Shu maxluqot, izni Ilohiy bilan, zamon daryosida mutamodiyan oqadi.. olami gʻaybdan yuboriladi, olami shahodatda vujudi zohiriy kiydiriladi, soʻngra olami gʻaybga muntazaman yogʻadi, tushadi. Va amri Rabboniy bilan, mutamodiyan istiqboldan kelib, holga duchor boʻlib tanaffus etadi, moziyga toʻkiladi.

Bu maxluqotning shu sayaloni gʻoyat hakimona rahmat va ehson doirasida; va shu sayaroni gʻoyat olimona hikmat va intizom doirasida; va shu jarayoni gʻoyat Rahimona shafqat va mezon doirasida boshdan oxiriga qadar hikmatlar bilan, foydalar bilan, natijalar bilan va gʻoyalar bilan qilinyapti. Demak, bir Qodiri Zuljalol, bir Hakimi Zulkamol mutamodiyan tavoifi mavjudotni va har toifa ichidagi juz'iyotni va oʻsha toifalardan tashkil topgan olamlarni qudrati bilan hayot berib tavzif etadi. Soʻngra hikmati bilan tarhis etib, mavtga mazhar etadi; olami gʻaybga yuboradi. Doira-i qudratdan doira-i ilmga oʻgiradi. Demak, hech mumkinmi: Shu koinotni hay'ati majmuasi bilan aylantirishga muqtadir boʻlmagan va butun zamonlarga hukmi oʻtmagan va olamlarni hayotga va mavtga bir fard kabi mazhar qilishga qudrati yetmagan va bahorlarni bir gul kabi hayot berib, yer yuziga taqib, soʻngra mavt bilan undan qoʻporib ololmagan bir zot; mavt va imotaga sohib chiqa olsin? Ha, eng juz'iy bir zihayotning mavti ham hayoti kabi butun haqoiqi hayot va anvo'i mavt qoʻlida boʻlgan bir Zoti Zuljalolning qonuni bilan, izni bilan, amri bilan, quvvati bilan, ilmi bilan boʻlmogʻi zaruriydir.

SAKKIZINCHI KALIMA: وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Hayoti doimiydir, azaliy va abadiydir. Mavt va fano, adam va zavol unga ariz boʻlolmaydi. Chunki hayot unga zotiydir. Zotiy boʻlgan zoil boʻlolmaydi. Ha, azaliy boʻlgan albatta abadiydir. Qadim boʻlgan, albatta boqiydir. Vojib-ul Vujud boʻlgan, albatta sarmadiydir. Ha, bir hayotki, butun vujud butun anvori bilan uning soyasidir. Qanday qilib adam unga ariz boʻlishi mumkin? Ha, bir hayotki, vojib bir vujud uning lozimi va unvonidir; albatta adam va fano hech bir jihat bilan unga ariz boʻlolmaydi. Ha, bir hayotki; butun hayotlar mutamodiyan uning jilvasi bilan zuhurga keladi va butun haqoiqi sobita-i koinot unga istinod etadi, u bilan qoimdir; albatta hech bir jihat bilan fano va zavol unga ariz boʻlolmaydi. Ha, bir hayotki; uning bir lam'a-i jilvasi ma'ruzi fano va zavol boʻlgan ashyoyi kasiraga bir vahdat berib baqoga mazhar qiladi va tarqalishdan qutqaradi va vujudini muhofaza qiladi va bir navi baqoga mazhar qiladi. Ya'ni, hayot; kasratga bir vahdat beradi, ibqo etadi. Hayot ketsa; tarqaladi, fanoga ketadi. Albatta, unday hadsiz lamaati hayotiya bir jilvasi boʻlgan hayoti vojibaga zavol va fano yaqinlasholmaydi. Bu haqiqatga shohidi qat'iy, koinotning zavol va fanosidir. Ya'ni, mavjudot vujudlari bilan, hayotlari bilan qandayki u Hayyi Loyamutning hayotiga va u hayotning vujubi vujudiga dalolat va shahodat qiladilar;

{(Hoshiya) Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Namrudga qarshi imota va ihyoda Quyoshning chiqish va botishiga intiqoli, juz'iy imota va ihyodan kulliy imota va ihyoga intiqoldir va bir taraqqiydir. U dalilning eng porloq va eng keng doirasini koʻrsatishdir. Boʻlmasa bir qism ahli tafsirning aytganlari kabi, xofiy dalilni tashlab, zohir dalilga chiqish emas.}

shunga oʻxshab: Mavtlari bilan, zavollari bilan u hayotning baqosiga, sarmadiyatiga dalolat va shahodat qiladilar. Chunki mavjudot zavolga ketgandan keyin, ularning orqasidan yana oʻzlari kabi hayotga mazhar boʻlib oʻrinlariga kelganlar koʻrsatadiki; doimiy bir zihayot borki, mutamodiyan jilva-i hayotni yangilaydi. Qandayki Quyoshga qarab oqqan bir daryoning yuzida pufakchalar porlab ketadi. Kelganlar ayni porlashni koʻrsatib, toifa-toifa orqama orqa porlab soʻnib ketadi. Bu soʻnish, porlash vaziyati bilan; yuksak, doimiy bir Quyoshning davomiga dalolat qiladilar. Shunga oʻxshab, shu mavjudoti sayyoradagi hayot va mavtning almashinishlari va munovabalari bir Hayyi Boqiyning baqo va davomiga shahodat qiladilar.

Ha, bu mavjudot oynalar hisoblanadi. Faqat zulmat nurga oyna boʻlgani kabi, ham qorongʻilik qay daraja shiddatli boʻlsa, shu daraja nurning porlashini koʻrsatgani kabi, koʻp jihatlardan ziddiyat nuqtasida oynadorlik qilishadi. Masalan: Qandayki mavjudot ojizligi bilan qudrati Sone'ga oynadorlik qiladi, faqirligi bilan gʻinosiga oynador boʻladi. Shunga oʻxshab, fanosi bilan baqosiga oynadorlik qiladi. Ha, zaminning yuzi va yuzidagi ashjarning qishdagi vaziyati faqironalari va bahorda nurli sarvat va gʻinolari gʻoyat qat'iy bir suratda bir Qodiri Mutlaq va Gʻaniyyi Alal-itloqning qudrat va rahmatiga oynadorlik qiladi. Ha, butun mavjudot goʻyo lisoni hol bilan, Vaysal Qaroniy kabi shunday munojot qiladilar, deydilarki:

— 177 —

"Ey Ilohimiz! Robbimiz sensan! Chunki biz abdmiz. Nafsimizning tarbiyasidan ojizmiz. Demak, bizni tarbiya qilgan sensan!..

Ham Xoliq sensan! Chunki biz maxluqmiz, yaratilyapmiz.

Ham Razzoq sensan! Chunki biz rizqqa muhtojmiz, qoʻlimiz yetishmaydi. Demak, bizni yaratgan va rizqimizni bergan sensan.

Ham Molik sensan! Chunki biz mamlukmiz. Bizdan boshqasi bizda tasarruf qilyapti. Demak, molikimiz sensan.

Ham sen Azizsan, izzat va azamat sohibisan! Biz zillatimizga qaraymiz, ustimizda bir izzat jilvalari bor. Demak, sening izzatingning oynasimiz.

Ham Gʻaniyyi Mutlaq sensan! Chunki biz faqirmiz. Faqirligimizning qoʻliga yetishmagan bir gʻino berilyapti. Demak, gʻaniy sensan, bergan sensan.

Ham sen Hayyi Boqiysan! Chunki biz oʻlyapmiz. Oʻlishimizda va tirilishimizda bir doimiy hayot beruvchi jilvasini koʻryapmiz.

Ham sen Boqiysan! Chunki biz fano va zavolimizda sening davom va baqongni koʻryapmiz. Ham javob bergan, atiyya bergan sensan! Chunki biz umum mavjudot, qoliy va holiy tillarimiz bilan doimiy baqirib istaymiz, niyoz etib yolvoramiz. Orzularimiz amalga oshyapti, maqsudlarimiz berilyapti. Demak, bizga javob bergan sensan. Va hokazo..."

Butun mavjudotning kulliy va juz'iy har birisi bittadan Vaysal Qaroniy kabi, munojoti ma'naviya suratida bir oynadorliklari bor. Ojizlik va faqirlik va qusurlari bilan qudrat va kamoli Ilohiyni e'lon qiladilar.

TOʻQQIZINCHI KALIMA: بِيَدِهِ الْخَيْرُ Ya'ni: Butun xayrot uning qoʻlida, butun hasanot uning daftarida, butun ehsonot uning xazinasidadir. Shunday ekan, xayr istagan undan istashi kerak, yaxshilik orzu qilgan unga yolvorishi kerak... Bu kalimaning haqiqatini qat'iy bir suratda koʻrsatish uchun ilmi Ilohiyning hadsiz dalillaridan bir keng dalilning alomatlariga va lam'alariga shunday ishorat qilamiz va deymizki:

Shu koinotda koʻringan af'ol bilan tasarruf qilib ijod qilgan Sone'ning bepoyon ilmi bor. Va u ilm uning zotining xossa-i lozima-i zaruriyasidir, infikoki maholdir. Qandayki Quyoshning zoti boʻlsayu ziyosi boʻlmasligi mumkin emas; shuning kabi minglab daraja undan ziyoda mumkin emasdirki, bu muntazam mavjudotni ijod qilgan zotning ilmi undan infikok etsin. Shu bepoyon ilm u zotga lozim boʻlgani kabi, taalluq jihatidan hamma narsaga ham lozim. Ya'ni, hech narsa undan yashirinishi mumkin emas. Pardasiz, Quyoshga qarshi zamin yuzidagi ashyo Quyoshni koʻrsatmasligi mumkin boʻlmagani kabi: u Alimi Zuljalolning nuri ilmiga qarshi ashyoning yashirinishi yana ming daraja mumkin emas, maholdir. Chunki huzur bor. Ya'ni, hamma narsa doira-i nazaridadir va muqobildir va doira-i shuhudidadir va hamma narsaga nufuzi bor. Shu jomid Quyosh, shu ojiz inson, shu shuursiz rentgen shuasi kabi zinurlar; hodis, noqis va ariziy boʻlganlari holda, ularning nurlari muqobilidagi hamma narsani koʻrib nufuz etsalar; albatta vojib va qamrovli va zotiy boʻlgan nuri ilmi azaliydan hech bir narsa yashirinolmaydi va xorijida qololmaydi. Shu haqiqatga ishorat qilgan koinotning son-sanoqsiz alomatlari, oyatlari bor. Jumladan:

Butun mavjudotda koʻringan butun hikmatlar oʻsha ilmga ishorat qiladi. Chunki hikmat bilan ish qilish ilm bilan boʻladi. Ham butun inoyatlar, tazyinotlar oʻsha ilmga ishorat qiladi. Inoyatkorona, lutfkorona ish qilgan; albatta biladi va bilib qiladi. Ham har biri bittadan mezon ichidagi butun intizomli mavjudot va har biri bittadan intizom ichidagi butun mezonli va oʻlchovli hay'at, yana u bepoyon ilmga ishorat qiladi. Chunki intizom bilan ish qilish ilm bilan boʻladi. Oʻlchov bilan, tarozi bilan san'atkorona qilgan; albatta quvvatli bir ilmga istinodan qiladi. Ham butun mavjudotda koʻringan muntazam miqdorlar, hikmat va foydalarga koʻra bichilgan shakllar, bir qazoning dasturi bilan va qadarning pargari bilan tanzim etilgan kabi mevador vaziyatlar va hay'atlar bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.

Ha, ashyoga boshqa-boshqa muntazam suratlar berish, hamma narsaning masolihi hayotiyasiga va vujudiga loyiq maxsus bir shakl berish bir bepoyon ilm bilan boʻladi, boshqa suratda boʻlolmaydi.

— 178 —

Ham butun zihayotga, har birisiga loyiq bir tarzda, munosib vaqtda, kutmagan yerida rizqlarini berish bir bepoyon ilm bilan boʻladi. Chunki rizqni yuborgan; rizqqa muhtoj boʻlganlarni biladi, taniydi, vaqtini biladi, ehtiyojini idrok etadi, soʻngra rizqini loyiq tarzda bera oladi.

Ham umum zihayotning, ibhom unvoni ostida bir qonuni taayyunga bogʻliq ajallari, oʻlimlari bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki har bir toifaning, garchi fardlarning zohiran muayyan bir vaqti ajallari koʻrinmaydi, faqat u toifaning ikki had oʻrtasida mahdud zamonda ajallari muayyandir. U ajal hangomida, u narsaning orqasida vazifasini idoma etadigan natijasining, mevasining, urugʻining muhofazasi va bir yangi hayotga inqilob ettirishi; yana u bepoyon ilmni koʻrsatadi.

Ham butun mavjudotni qurshagan, har bir mavjudga loyiq bir suratda rahmatning taltifoti; bir rahmati vase'a ichida bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki masalan zihayotning atfollarini sut bilan iosha etgan va zaminning suvga muhtoj nabototiga yomgʻir bilan yordam bergan; albatta atfolni taniydi, ehtiyojlarini biladi va oʻsha nabototni koʻradi va yomgʻirning ularga kerakliligini anglaydi, soʻngra yuboradi va hokazo... Butun hikmatli, inoyatli rahmatining hadsiz jilvalari; bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.

Ham butun ashyoning san'atidagi ihtimomot va san'atkorona tasvirot va mohirona tazyinot bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki minglab vaziyati muhtamala ichida muntazam va muzayyan, san'atli va hikmatli bir vaziyatni intihob etish chuqur bir ilm bilan boʻladi. Butun ashyodagi shu tarzi intihobot bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.

Ham ijod va ibdo-i ashyoda kamoli suhulat bir ilmi akmalga dalolat qiladi. Chunki bir ishda osonlik va bir vaziyatda suhulat, daraja-i ilm va mahorat bilan mutanosibdir. Naqadar ziyoda bilsa, shu daraja oson qiladi.

Shu sirga binoan, har biri bittadan moʻ'jiza-i san'at boʻlgan mavjudotga qaraymizki, hayratnamo bir darajada suhulat bilan, osonlik bilan, zahmatsiz, shovqinsiz, qisqa bir vaqtda, faqat moʻ'jiznamo bir suratda ijod qilinadi. Demak, hadsiz bir ilm borki, hadsiz suhulat bilan qilinadi va hokazo... Mazkur nishonlar kabi minglab alomati sodiqa borki, shu koinotda tasarruf qilgan zotning qamrovli bir ilmi bor. Va hamma narsani butun shuunoti bilan biladi, keyin qiladi. Modomiki bu koinot sohibining bunday bir ilmi bor, albatta insonlarni va insonlarning amallarini koʻradi va insonlar nimaga loyiq va haqdor boʻlganlarini biladi, hikmat va rahmatning muqtazosiga koʻra ular bilan muomala qiladi va qilajak.

Ey inson! Esingni yigʻ, diqqat qil! Qanday bir zot seni biladi va qaraydi, bil va oʻzingga kel!..

Agar deyilsa: Yolgʻiz ilm kifoya emas, iroda ham lozim. Iroda boʻlmasa, ilm kifoya qilmaydi?

Aljavob: Butun mavjudot qandayki bir bepoyon ilmga dalolat va shahodat qiladi. Shunga oʻxshab: U bepoyon ilm sohibining iroda-i kulliyasiga ham dalolat qiladi. Shundayki: Har bir narsaga, xususan har bir zihayotga juda koʻp mushavvash ehtimolot ichida muayyan bir ehtimol bilan va juda koʻp natijasiz yoʻllar ichida natijali bir yoʻl bilan va juda koʻp imkonot ichida mutaraddid ekan, gʻoyat muntazam bir tashaxxus berilishi; hadsiz jihatlar bilan bir iroda-i kulliyani koʻrsatadi. Chunki hamma narsaning vujudini qamragan hadsiz imkonot va ehtimolot ichida va samarasiz, natijasiz yoʻllarda va aralash va yaknasoq sel kabi mezonsiz oqqan jomid unsurlardan gʻoyat hassos bir oʻlchov bilan, nozik bir tarozi bilan va gʻoyat nozik bir intizom bilan, nozanin bir nizom bilan berilgan mavzun shakl va muntazam tashaxxus; bizzarura va bilbedaho, balki bilmushohada bir iroda-i kulliyaning asari ekanini koʻrsatadi. Chunki hadsiz vaziyatlar ichida bir vaziyatni intihob etish; bir taxsis, bir tarjih, bir qasd va bir iroda bilan boʻladi va a'md va orzu bilan taxsis etiladi. Albatta taxsis bir muxassisni iqtizo etadi. Tarjih bir murajjihni istaydi. Muxassis va murajjih esa irodadir. Masalan: Inson kabi yuzlab muxtalif jihozlar va asboblarning uskunasi hukmida boʻlgan bir vujudning bir qatra suvdan.. va yuzlab muxtalif a'zosi boʻlgan bir qushning oddiy bir tuxumdan.. va yuzlab muxtalif qismlarga ayrilgan bir daraxtning oddiy bir urugʻdan ijodlari; qudrat va ilmga shahodat qilganlari kabi, gʻoyat qat'iy va zaruriy tarzda ularning Sone'ida bir iroda-i kulliyaga dalolat qiladilarki, u iroda bilan u narsaning hamma narsasini taxsis etadi va u iroda bilan har juziga, har a'zosiga, har qismiga boshqa, xos bir shakl beradi, bir vaziyat kiydiradi.

Alhosil: Ashyoda, masalan hayvonotdagi ahamiyatli a'zoning, asosot va natoij e'tibori bilan bir-birlariga oʻxshashlari va tavofuqlari va bitta sikka-i vahdat izhor etishlari, qanday qat'iy boʻlib dalolat qiladiki; umum hayvonotning Sone'i birdir, Vohiddir, Ahaddir. Shuning kabi: U hayvonotning boshqa-boshqa tashaxxuslari va siymolaridagi boshqa-boshqa hikmatli taayyun va tamayyuzlari dalolat qiladiki; ularning Sone'-i Vohidi foili muxtordir va irodalidir; istaganini qiladi, istamaganini qilmaydi; qasd va iroda bilan ishlaydi. Modomiki ilmi Ilohiyga va iroda-i Rabboniyga mavjudot adadicha, balki mavjudotning shuunoti adadicha dalolat va shahodat bordir. Albatta bir qism faylasuflarning iroda-i Ilohiyani rad va bir qism ahli bid'atning qadarni inkor va bir qism ahli zalolatning juz'iyotda adami ittilo'ini da'vo qilishlari va tabiiyyunning bir qism mavjudotni tabiat va sabablarga isnod etishlari; mavjudot adadicha muzaaf bir yolgʻonchilikdir va mavjudotning shuunoti adadicha muzaaf bir zalolat devonaligidir. Chunki hadsiz shahodati sodiqani takzib etgan hadsiz bir yolgʻonchilik qilgan boʻladi.

Mashiati Ilohiya bilan vujudga kelgan ishlarda; "Inshaalloh, Inshaalloh" oʻrnida, bilib turib "tabiiy tabiiy" deyish naqadar xato va muxolifi haqiqat boʻlganini qiyos qil...

— 179 —

OʻNINCHI KALIMA:

وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Ya'ni: Hech bir narsa unga ogʻir kelolmaydi. Doira-i imkonda naqadar ashyo bor, u ashyoga gʻoyat oson vujud kiydira oladi. Va shu daraja unga oson va yengildirki: اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا ‌ الخ sirri bilan, goʻyo yolgʻiz amr qiladi, qilinadi. Qandayki gʻoyat mohir bir san'atkor; juda ham oson shaklda, qoʻlini ishga tekkizar-tekkizmas, uskuna kabi ishlaydi. Va u tezlik va mahoratni ifoda uchun aytiladiki: U ish va san'at unga shu qadar musahharki; goʻyo amri bilan, tegilishi bilan ishlar boʻladi; san'atlar vujudga keladi. Shunga oʻxshab: Qodiri Zuljalolning qudratiga qarshi ashyoning nihoyat darajada musahhariyat va itoatiga va u qudratning nihoyat darajada zahmatsiz va suhulat bilan ish qilganiga ishoratan,

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

farmon qiladi. Shu haqiqati uzmoning hadsiz asroridan besh sirrini besh nuktada bayon qilamiz:

Birinchisi: Qudrati Ilohiyaga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir. Bir navning umum afrodi bilan ijodi bir fard qadar zahmatsiz va yengildir. Jannatni yaratish bir bahor qadar osondir. Bir bahorni ijod qilish bir gul qadar yengildir. Shu sirni izoh va isbot qilgan hashrga doir Oʻninchi Soʻzning oxirida, ham maloika va baqo-i ruh va hashrga doir Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda hashr masalasida, Ikkinchi Asosning bayonida zikr qilingan "nuroniyat sirri", "shaffofiyat sirri", "muqobala sirri", "muvozana sirri", "intizom sirri", "itoat sirri"da olti tamsil bilan isbot qilinib koʻrsatilganki: Qudrati Ilohiyaga nisbatan yulduzlar zarralar kabi oson; hadsiz afrod bir fard qadar zahmatsiz va yengilgina ijod qilinadi. Modomiki u ikki Soʻzda bu olti sir isbot qilingan, ularga havola qilib bu yerda tugatamiz.

Ikkinchisi: Qudrati Ilohiyaga nisbatan hamma narsa teng boʻlganiga dalili qat'iy va burhoni sati' shuki: Hayvonot va nabototning ijodida, koʻzimiz bilan koʻryapmiz, hadsiz bir saxovat va kasrat ichida nihoyat darajada bir itqon, bir husni san'at mavjud. Ham nihoyat darajada chalkashlik va ixtilot ichida nihoyat darajada bir imtiyoz va tafriq koʻrinyapti. Ham nihoyat darajada mabzuliyat va vus'at ichida nihoyat darajada san'at jihatidan qiymatdorlik va xilqat jihatidan goʻzallik mavjud. Ham nihoyat darajada san'atkorona bir suratda koʻp jihozotga va koʻp zamonga muhtoj boʻlish bilan barobar; gʻoyat darajada suhulat bilan va tezlik bilan ijod qilinadi. Xuddi birdan va hechdan oʻsha moʻ'jizoti san'at vujudga keladi.

Xullas, bilmushohada har mavsumda roʻyi zaminda koʻrganimiz bu faoliyati qudrat qat'iyan dalolat qiladiki: Shu af'olning manbai boʻlgan qudratga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir va hadsiz afrodning ijodi va idoralari bir fard qadar yengilgina ijod va idora qilinadi.

Uchinchisi: Shu koinotda shu koʻringan tasarrufot va af'ol bilan hukm qilgan Sone'-i Qodirning qudratiga nisbatan eng katta kull eng kichik juz qadar osondir. Afrod jihatidan kasratli bir kulliyning ijodi birgina juz'iyning ijodi qadar yengildir. Va eng oddiy bir juz'iyda eng yuksak bir qiymati san'at koʻrsatilishi mumkin. Shu haqiqatning sirri hikmati uch manbadan chiqadi:

Avvalo: Imdodi vohidiyatdan.

Soniyan: Yusri vahdatdan.

Solisan: Tajalli-i ahadiyatdan.

— 180 —

Birinchi manba boʻlgan imdodi vohidiyat: Ya'ni, hamma narsa va butun ashyo birgina zotning mulki boʻlsa; u vaqt vohidiyat jihati bilan har bir narsaning orqasida butun ashyoning quvvatini yigʻa oladi. Va butun ashyo birgina narsa kabi osongina idora qilinadi. Bu sirni shunday bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtirish uchun aytamiz. Masalan, qandayki bir mamlakatning birgina podshohi boʻlsa, u podshoh u vahdati saltanat qonuni jihati bilan, har bir askarning orqasida bir qoʻshin quvvati ma'naviyasini yigʻa oladi.. va yigʻa olgani uchun; u yagona askar bir shohni asir eta oladi va shohdan ustun podshohi nomiga hukm qila oladi. Ham u podshoh, vohidiyati saltanat sirri bilan, bir askarni va bir ma'murni istihdom va idora qilgani kabi, butun qoʻshinni va butun ma'murlarini idora qila oladi. Goʻyo vohidiyati saltanat sirri bilan harkasni, hamma narsani bir fardning imdodiga yubora oladi. Va har bir fardi butun afrod qadar bir quvvatga istinod eta oladi; ya'ni undan madad olib biladi. Agar u vohidiyati saltanat ipi yechilsa va tartibsizlikka aylansa; u vaqt har bir askar hadsiz bir quvvatni birdan yoʻqotib, yuksak bir maqomi nufuzdan sukut etadi, oddiy bir odam maqomiga keladi. Va ularning idora va istihdomlari afrod adadicha mushkulot paydo qiladi. Aynan shuning kabi وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى bu koinotning Sone'i Vohid boʻlgani uchun; har bir narsaga qarshi butun ashyoga mutavajjih boʻlgan asmoni tahshid etadi. Va nihoyatsiz bir san'at bilan qiymatli bir suratda ijod qiladi. Kerak boʻlsa, butun ashyo bilan bitta narsaga qaraydi, qaratadi, madad beradi va quvvatli qiladi. Va butun ashyoni oʻsha vohidiyat sirri bilan bitta narsa kabi ijod qiladi, tasarruf qiladi, idora qiladi.

Bu imdodi vohidiyat sirri bilan; shu koinotda nihoyat darajada mabzuliyat va arzonlik ichida nihoyat darajada san'at jihatidan va qiymat jihatidan yuksak va oliy bir vaziyat koʻrinadi.

Ikkinchi manba boʻlgan yusri vahdat: Ya'ni, birlik usuli bilan bir markazda, bir qoʻldan, bir qonun bilan boʻlgan ishlar gʻoyat darajada oson boʻladi. Mutaaddid markazlarga, mutaaddid qonunga, mutaaddid qoʻllarga tarqalsa, mushkulot paydo qiladi. Masalan: Qandayki bir qoʻshinning butun askarlarining bir markazdan, bir qonun bilan, bir qoʻmondoni a'zam amri bilan asosoti tajhiziyalari qilinsa, birgina askar qadar oson boʻladi. Agar boshqa-boshqa fabrikalarda, boshqa-boshqa markazlarda tajhizotlari qilinsa; bir qoʻshinning tajhiziga lozim boʻlgan butun askariy fabrikalar bitta askarning tajhizoti uchun lozim boʻladi. Demak, agar vahdatga istinod etilsa, bir qoʻshin bir askar qadar oson boʻladi. Agar vahdat boʻlmasa, bir askar bir qoʻshin qadar tajhizning asosoti jihatidan mushkulot paydo qiladi. Ham bir daraxtning mevalariga -vahdat nuqtasidan- bir markazga, bir qonunga, bir ildizga istinodan modda-i hayotiya berilsa, minglab mevalar birgina meva kabi oson boʻladi. Agar har bir meva boshqa-boshqa markazga rabt etilsa va boshqa-boshqa yerdan mavaddi hayotiyalari yuborilsa, har bir meva butun daraxt qadar mushkulot paydo qiladi. Chunki butun daraxtga lozim boʻlgan mavaddi hayotiya har bir meva uchun lozimdir. Mana shu ikki tamsil kabi, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinotning Sone'i Vohidi Ahad boʻlgani uchun, vahdat bilan ish qiladi va vahdat bilan ish qilgani uchun butun ashyo birgina narsa qadar oson boʻladi. Ham birgina narsani san'at jihatidan butun ashyo qadar qiymatli qila oladi. Va hadsiz afrodni gʻoyat qiymatli suratda ijod qilib; shu koʻringan hadsiz mabzuliyat va nihoyatsiz arzonlik lisoni bilan judi mutlaqini koʻrsatadi va hadsiz saxovatini va nihoyatsiz xalloqiyatini izhor qiladi.

— 181 —

Uchinchi manba boʻlgan tajalli-i ahadiyat: Ya'ni, Sone'-i Zuljalol jism va jismoniy boʻlmagani uchun, zamon va makon uni qayd ostiga ololmaydi. Va kavnu makon uning shuhudiga va huzuriga mudohala etolmaydi. Va vasoit va ajrom uning fe'liga parda tortolmaydi. Tavajjuhida tajazzi va inqisom boʻlmaydi. Bir narsa bir narsaga mone boʻlmaydi. Hadsiz af'olni bir fe'l kabi qiladi. Shuning uchun; bir urugʻda ulkan bir daraxtni ma'nan joylashtirgani kabi, bir olamni birgina fardda joylashtira oladi. Butun olam birgina fard kabi dasti qudratida aylantiriladi. Bu sirni boshqa Soʻzlarda izoh qilganimiz kabi, aytamizki: Nuroniyat e'tibori bilan bir daraja qaydsiz boʻlgan Quyoshning timsoli har bir jiloli porloq narsada tamassul etadi. Minglab, millionlab oynalar nuriga muqobil kelsa, birgina oyna kabi inqisom etmasdan shaxsan har birida jilva-i misoliyasi boʻladi. Agar oynaning iste'dodi boʻlsa, Quyosh azamati bilan unda asarlarini koʻrsata oladi. Bir narsa bir narsaga mone boʻlolmaydi. Minglab bir kabi va minglab yerga bir yer kabi oson kiradi. Har bir yer minglab yer qadar u quyoshning jilvasiga mazhar boʻladi. Xullas وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinot Sone'-i Zuljalolining nur boʻlgan butun sifoti bilan va nuroniy boʻlgan butun asmosi bilan, tavajjuhi ahadiyat sirri bilan shunday bir tajalliysi borki; hech bir yerda boʻlmagani holda, har yerda hozir va nozirdir. Tavajjuhida inqisom yoʻq. Ayni onda, har yerda, qiyinchiliksiz, muzohamasiz har ishni qiladi.

Bu imdodi vohidiyat va yusri vahdat va tajalli-i ahadiyat sirri bilanki; butun mavjudot bitta Sone'ga berilgan vaqt; u butun mavjudot birgina mavjud kabi oson va suhulatli boʻladi. Va har bir mavjud husni san'at jihatidan butun mavjudot qadar qiymatli boʻlishi mumkin. Qandayki mavjudotning hadsiz mabzuliyati ichida har bir fardda hadsiz daqoiqi san'atning boʻlishi bu haqiqatni koʻrsatadi. Agar u mavjudot toʻgʻridan-toʻgʻri birgina Sone'ga berilmasa; u payt har bir mavjud butun mavjudot qadar mushkulotli boʻladi va butun mavjudot birgina mavjud qiymatiga sukut etadi, tushadi. Bu vaziyatda hech narsa vujudga kelmaydi, kelsa ham qiymatsiz, yoʻqqa chiqadi.

Shu sirdan: Ahli falsafaning eng ziyoda oldin ketganlari boʻlgan Sofistaiylar tariqi haqdan yuzlarini oʻgirganliklari uchun, kufr va zalolat tariqiga qaraganlar, koʻrganlarki: Shirk yoʻli tariqi haqdan va tavhid yoʻlidan yuz ming marta yanada mushkulotlidir, nihoyat darajada gʻayri ma'quldir. Shuning uchun, bilmajburiya hamma narsaning vujudini inkor qilib, aqldan iste'fo etganlar.

Toʻrtinchisi: Shu koinotda shu koʻringan af'ol bilan tasarruf qilgan Zoti Qodirning qudratiga nisbatan Jannatning ijodi bir bahor qadar oson va bir bahorning ijodi bir gul qadar osondir. Va bir gulning mahosini san'ati va latoifi xilqati bir bahor qadar latofatli va qiymatli boʻlishi mumkin. Bu haqiqatning sirri uch narsadir:

Birinchisi: Sone'dagi vujub bilan tajarrud.

Ikkinchisi: Mohiyatining muboyanati bilan adami taqayyud.

Uchinchisi: Adami tahayyuz bilan adami tajazzidir.

— 182 —

Birinchi Sir: Vujub va tajarrudning hadsiz osonlikka va nihoyatsiz suhulatga sababiyat berishlari gʻoyat chuqur bir sirdir. Uni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz. Shundayki:

Vujud martabalari muxtalifdir. Va vujud olamlari boshqa-boshqadir. Boshqa-boshqa boʻlganlari uchun, vujudda rusuxi boʻlgan bir tabaqa-i vujudning bir zarrasi u tabaqadan yanada yengil bir tabaqa-i vujudning bir togʻi qadardir va u togʻni isti'ob etadi. Masalan: Olami shahodatdan boʻlgan boshdagi hantal qadar quvva-i hofiza olami ma'nodan bir kutubxona qadar vujudni ichiga oladi. Va olami xorijiydan boʻlgan tirnoq qadar bir oyna vujudning olami misol tabaqasidan ulkan bir shaharni ichiga oladi. Va olami xorijiydan boʻlgan oʻsha oyna va oʻsha hofizaning shuurlari va quvva-i ijodiyalari boʻlsaydi, zarrachalik vujudi xorijiylarining quvvati bilan vujudi ma'naviyda va misoliyda hadsiz tasarrufot va tahavvulot qila olardilar. Demak, vujud rusux paydo qilgan sari quvvat ziyodalashadi; oz bir narsa koʻp hukmiga oʻtadi. Xususan vujud rusuxi tom qozongandan soʻng, moddadan mujarrad boʻlsa, qayd ostiga kirmasa; u vaqt juz'iy bir jilvasi boshqa yengil tabaqoti vujudning koʻp olamlarini aylantira oladi.

وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Shu koinotning Sone'-i Zuljaloli Vojib-ul Vujuddir. Ya'ni: Uning vujudi zotiydir, azaliydir, abadiydir, adami mumtani'dir, zavoli maholdir va tabaqoti vujudning eng rasixi, eng asoslisi, eng quvvatlisi, eng mukammalidir. Boshqa tabaqoti vujud uning vujudiga nisbatan gʻoyat zaif bir soya hukmidadir. Va shu daraja Vujudi Vojib rasix va haqiqatli va vujudi mumkinot shu daraja yengil va zaifki; Muhyiddin Arabiy kabi koʻp ahli tahqiq boshqa tabaqoti vujudni avhom va xayol darajasiga tushirishgan; لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deyishgan. Ya'ni: Vujudi Vojibga nisbatan boshqa narsalarga vujud deyilmasligi kerak; ular vujud unvoniga loyiq emas deb hukm qilishgan.

Vojib-ul Vujudning ham vojib, ham zotiy boʻlgan qudratiga qarshi mavjudotning ham hodis, ham ariziy vujudlari va mumkinotning ham qarorsiz, ham quvvatsiz subutlari; albatta nihoyat darajada oson va yengil boʻladi. Butun ruhlarni hashri a'zamda ihyo etib muhokama etish; bir bahorda, balki bir bogʻda, balki bir daraxtda hashr va nashr qilgan yaproq va gul va mevalar qadar osondir.

Ikkinchi Sir: Muboyanati mohiyat va adami taqayyudning osonlikka sababiyati esa shuki: Sone'-i Koinot albatta koinot jinsidan emasdir. Mohiyati hech bir mohiyatga oʻxshamaydi. Shunday ekan: Koinot doirasidagi monelar, chegaralar uning qarshisiga oʻtolmaydi; uning ijrootini chegaralay olmaydi. Butun koinotni birdan tasarruf etib aylantira oladi. Agar koinot yuzida koʻringan tasarrufot va af'ol koinotga havola qilinsa, shu qadar mushkulot va chalkashlikka sababiyat beradiki; hech bir intizom qolmagani kabi, hech narsa vujudda qolmaydi; balki vujudga kelolmaydi. Masalan: Qandayki gumbazlardagi ustalik san'ati oʻsha gumbazdagi toshlarga havola qilinsa va bir harbiy qismning zobitga oid idorasi askarlarga qoldirilsa; yo hech vujudga kelmaydi va yoki juda mushkulot va chalkashlik ichida intizomsiz bir vaziyat oladilar. Holbuki gumbazlardagi toshlarga vaziyat berish uchun tosh navidan boʻlmagan bir ustaga berilsa va harbiy qismdagi askarlarning idorasi martaba e'tibori bilan zobitlik mohiyatiga sohib boʻlgan bir zobitga havola qilinsa; ham san'at oson boʻladi, ham tadbir va idora suhulatli boʻladi. Chunki toshlar va askarlar bir-biriga mone boʻladilar; usta va zobit esa, monesiz har nuqtaga qaraydi, idora qiladi.

وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Vojib-ul Vujudning mohiyati qudsiyasi mohiyati mumkinot jinsidan emas. Balki butun haqoiqi koinot u mohiyatning asmo-i husnasidan boʻlgan Haq ismining shualaridir. Modomiki mohiyati muqaddasasi ham Vojib-ul Vujuddir, ham moddadan mujarraddir, ham butun mohiyatga muxolifdir; misli, misoli, masili yoʻqdir. Albatta u Zoti Zuljalolning u qudrati azaliyasiga nisbatan butun koinotning idorasi va tarbiyasi; bir bahor, balki bir daraxt qadar osondir. Hashri a'zam va dori oxirat, Jannat va Jahannamning ijodi; bir kuz mavsumida oʻlgan daraxtlarning yangidan bir bahorda ihyolari qadar osondir.

— 183 —

Uchinchi Sir: Adami tahayyuz va adami tajazzining nihoyat darajada boʻlgan osonlikka sababiyat berishlarining sirri esa shuki: Modomiki Sone'-i Qodir makondan munazzahdir, albatta qudrati bilan har makonda hozir sanaladi. Va modomiki tajazzi va inqisom yoʻq ekan albatta har narsaga butun asmosi bilan mutavajjih boʻlishi mumkin. Va modomiki hamma yerda hozir va har narsaga mutavajjih boʻladi.. Shunday ekan mavjudot va vasoit va ajrom uning af'oliga toʻsqinlik qilmaydi, ta'viq etmaydi, balki umuman luzum yoʻq. Farazan luzum boʻlsa, elektrning simlari kabi va daraxtning shoxlari kabi va insonning tomirlari kabi; ashyo vasila-i tasxilot va vosita-i vusuli hayot va sababi sur'ati af'ol hukmiga oʻtadi. Ta'viq, taqyid, man va mudohala shunday tursin; balki tasxil va tasri' va isolga vasila hukmiga oʻtadi. Demak, Qodiri Zuljalolning tasarrufoti qudratiga hamma narsa itoat va inqiyod jihatidan -ehtiyoj yoʻq- agar ehtiyoj boʻlsa, osonlikka vasila boʻladi.

Alhosil: Sone'-i Qodir qiyinchiliksiz, muolajasiz, tezlik bilan, suhulat bilan hamma narsani oʻziga loyiq suratda yaratadi. Kulliyotni juz'iyot qadar oson ijod qiladi. Juz'iyotni kulliyot qadar san'atli yaratadi. Ha, kulliyotni va samovotni va arzni yaratgan kim boʻlsa, samovot va arzda boʻlgan juz'iyotni va afrodi zihayotiyani yaratgan albatta yana udir va undan boshqasi boʻlolmaydi. Chunki u kichik juz'iyot; u kulliyotning mevalari, urugʻlari, misoli musagʻgʻarlaridir. Ham juz'iyotni ijod qilgan kim boʻlsa, juz'iyotni qamragan unsurlarni va samovot va arzni ham u yaratgan. Chunki koʻryapmizki; juz'iyot kulliyotga nisbatan bittadan urugʻ, bittadan kichik nusxa hukmidadir. Shunday ekan u juz'iylarni yaratgan zotning qoʻlida anosiri kulliya va samovot va arz boʻlishi kerak. Toki, hikmatining dasturlari bilan va ilmining mezonlari bilan u kulliy va barcha mavjudotning xulosalarini, ma'nolarini, namunalarini u kichkina misoli musagʻgʻarlar hukmida boʻlgan juz'iyotda joylashtira olsin. Ha, ajoyibi san'at va gʻaroyibi xilqat nuqtasida juz'iyot kulliyotdan orqada emas; gullar yulduzlardan past emas; urugʻlar daraxtlarning madunida emas; balki urugʻdagi naqshi qadar boʻlgan ma'naviy daraxt bogʻdagi najsi qudrat boʻlgan mujassam daraxtdan yanada ajibdir. Va xilqati insoniya xilqati olamdan yanada ajibdir. Qandayki bir javhari fard ustida efir zarroti bilan bir Qur'oni hikmat yozilsa, samovot yuzidagi yulduzlar bilan yozilgan bir Qur'oni azamatdan qiymat jihatidan yanada ahamiyatli boʻlishi mumkin. Shunga oʻxshab; juda kichik juz'iyotlar bor, moʻ'jizoti san'at jihatidan kulliyotdan ustundir.

Beshinchisi: Sobiq bayonotimizda, ijodi maxluqotda koʻringan hadsiz osonlik gʻoyat darajada tezlik, nihoyatsiz sur'ati af'ol, nihoyatsiz suhulat bilan ijodi ashyoning sirlarini, hikmatlarini bir daraja koʻrsatdik. Bu nihoyatsiz tezlik va hadsiz suhulat bilan vujudi ashyo ahli hidoyatga shunday qat'iy bir qanoat beradiki: Maxluqotni ijod qilgan zotning qudratiga nisbatan; Jannatlar bahorlar qadar, bahorlar bogʻlar qadar, bogʻlar gullar qadar oson boʻladi.

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

sirri bilan, navi basharning hashr va nashri, birgina nafsning imota va ihyosi kabi suhulatlidir.

اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَاِذَاهُمْ جَم۪يعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ

tasrihi bilan, butun insonlarni hashrda ihyo etish; istirohat uchun tarqalgan qoʻshinni bir karnay ovozi bilan toʻplash qadar osondir.

Bu hadsiz tezlik va nihoyatsiz suhulat, bilbedaho qudrati Sone'ning kamoliga va hamma narsa unga nisbatan oson ekaniga dalili qat'iy va burhoni yaqiyniy boʻlgani holda; ahli zalolatning nazarida Sone'ning qudrati bilan ashyoning tashkili va ijodi vujub darajasida suhulatlidir. Ming daraja mahol boʻlgan -oʻzidan oʻzi tashakkul bilan iltibosga sabab boʻlgan. Ya'ni, ba'zi oddiy narsalarning vujudga kelishlarini juda oson koʻrganlari uchun, ularning tashkilini tashakkul tavahhum etadilar. Ya'ni, ijod qilinmaydilar, balki oʻzidan oʻzi vujud topadilar. Xullas kel, ahmoqlikning nihoyatsiz darajalariga qaraki; nihoyatsiz bir qudratning dalilini uning yoʻqligiga dalil qiladi; nihoyatsiz maholot eshigini ochadi. Chunki u holda Sone'-i Olamga lozim boʻlgan nihoyatsiz qudrat va bepoyon ilm kabi avsofi kamol har maxluqning har zarrasiga berilishi lozim boʻladi, toki oʻzidan oʻzi tashakkul eta olsin.

— 184 —

OʻN BIRINCHI KALIMA: وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Dori foniydan dori boqiyga qaytiladi va Qadimi Boqiyning maqarri saltanati abadiysiga ketiladi va sababning kasratidan Vohidi Zuljalolning doira-i qudratiga ketiladi, dunyodan oxiratga oʻtiladi. Marji'ingiz uning dargohidir, maljaingiz uning rahmatidir va hokazo...

Shu kalimaning bular kabi ifoda qilgan juda koʻp haqiqatlari bor. Shu haqiqatlarning ichida saodati abadiya bilan Jannatga qaytishingizni ifoda qilgan haqiqat esa: Oʻninchi Soʻzning oʻn ikki burhoni qat'iyi yaqiyniyi bilan va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning juda koʻp daloili qat'iyani tazammun etgan olti asosi bilan shu daraja qat'iy isbot qilinganki, boshqa bayonga hojat qoldirmaydi. Botgan quyoshning ertasi tong yangidan chiqishi qat'iyatida u ikki Soʻz isbot qilganlarki: Shu dunyoning ma'naviy quyoshi boʻlgan hayot ham, xarobi dunyo bilan botishidan soʻngra hashrning tongida boqiy bir suratda chiqadi. Va jin va insning bir qismi saodati abadiyaga va bir qismi ham shaqovati abadiyaga mazhar boʻladi. Modomiki Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlar bu haqiqatni kamoli bilan isbot qilganlar, soʻzni ularga havola qilib faqat aytamizki: Sobiq bayonotda qat'iy isbot qilingani kabi: Nihoyatsiz bepoyon ilm va hadsiz bir iroda-i kulliya va nihoyatsiz bir qudrati mutlaqa sohibi boʻlgan shu koinotning Sone'-i Hakimi va shu insonlarning Xoliqi Rahimi butun samoviy kitoblari va farmonlari bilan Jannatni va saodati abadiyani navi basharning ahli imoniga va'da bergan. Modomiki va'da bergan, albatta qiladi. Chunki va'dasida xulf etish unga maholdir. Chunki va'dasini ifo etmaslik gʻoyat xunuk bir nuqson hisoblanadi. Komili Mutlaq nuqsondan munazzah va muqaddasdir. Va'da berganini qilmaslik, yo johilligidan yoki ojizligidan boʻladi. Holbuki Qodiri Mutlaq va Alimi Kulli Shay haqida johillik va ojizlik mahol boʻlganidan, xulfi va'd ham maholdir. Ham boshda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalam boʻlib butun anbiyo va avliyo va asfiyo va ahli iymon mutamodiyan u Rahimi Karimdan va'da bergan saodati abadiyani umid qilib yolvoradilar va niyoz etib istaydilar. Ham butun asmo-i husna bilan birga istaydilar. Chunki boshda shafqati va rahmati, adolati va hikmati va Rahmon va Rahim, Odil va Hakim ismlari va rububiyati va saltanati va Rob va Alloh ismlari kabi aksar asmo-i husnasi doira-i oxiratni va saodati abadiyani iqtizo va istilzom etadilar va tahaqquqiga shahodat va dalolat qiladilar. Balki -Oʻninchi Soʻzda isbot qilingani kabi- butun mavjudot butun haqoiqi bilan dori oxiratga ishorat qiladilar. Ham farmoni a'zam boʻlgan Qur'oni Hakim minglab oyot va bayyinoti bilan va barohini sodiqa-i qat'iyasi bilan oʻsha haqiqatni koʻrsatadi va ta'lim beradi. Va navi basharning mabihil iftixori Habibi Akram minglab moʻ'jizoti bahiraga istinod etib butun hayotida, butun quvvati bilan oʻsha haqiqatni dars bergan, isbot qilgan, e'lon qilgan, koʻrgan va koʻrsatgan.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَ بَارِكْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اَهْلِ الْجَنَّةِ فِى الْجَنَّةِ وَ احْشُرْنَا وَ نَاشِرَهُ وَ رُفَقَائَهُ وَ صَاحِبَهُ سَع۪يدًا وَ وَالِد۪ينَا وَ اِخْوَانَنَا وَ اَخَوَاتِنَا تَحْتَ لِوَائِه۪ وَارْزُقْنَا شَفَاعَتَهُ وَ اَدْخِلْنَا الْجَنَّةَ مَعَ اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
رَبِّ اشْرَحْ ل۪ى صَدْر۪ى ٭ وَيَسِّرْ ل۪ٓى اَمْر۪ى ٭ وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَان۪ى ٭ يَفْقَهُوا قَوْل۪ى
رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ٭ وَ تُبْ عَلَيْنَا اِنَّكَ اَنْتَ التَّوَّابُ الرَّح۪يمُ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 185 —

Yigirmanchi Maktubning Oʻninchi Kalimasiga Zayl

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ ٭ ضَرَبَ اللّٰهُ مَثَلًا رَجُلًا ف۪يهِ شُرَكَٓاءُ مُتَشَاكِسُونَ

Savol: Sen koʻp yerlarda: "Vahdatda nihoyat darajada osonlik bor; kasratda va shirkda nihoyat mushkulot boʻladi. Vahdatda vujub darajasida bir suhulat bor; shirkda imtino' darajasida bir suubat bor", deysan. Holbuki koʻrsatganing mushkulot va maholot vahdat tarafida ham jarayon etadi. Masalan: "Agar zarralar ma'mur boʻlmasalar; har bir zarrada yo bir bepoyon ilm yoki bir qudrati mutlaqa yoki hadsiz ma'naviy uskunalar, matbaalar boʻlishi lozim boʻladi. Bu esa yuz daraja maholdir. Holbuki u zarralar ma'muri Ilohiy ham boʻlsalar, yana shunday bir mazhariyat lozim boʻladi.. toki hadsiz muntazam vazifalarini qila olsinlar. Buning yechimini istayman", deysan.

Aljavob: Koʻp Soʻzdarda izoh va isbot qilganmizki: Butun mavjudot birgina Sone'ga berilsa, birgina mavjud kabi oson va suhulatli boʻladi. Agar mutaaddid sabablarga va tabiatga isnod etilsa; birgina chivin samovot qadar; bir gul bir bahor qadar; bir meva bir bogʻ qadar mushkulotli va suubatli boʻladi. Modomiki shu masala boshqa Soʻzlarda izoh va isbot qilingan; ularga havola qilib, shu yerda yolgʻiz uch ishorat bilan u haqiqatga qarshi nafsning itminonini ta'min qiladigan uch tamsil bayon qilamiz:

Birinchi Tamsil: Masalan shaffof, porloq bir zarracha, shaxsan bir oʻzi qolsa, bir gugurt boshi qadar bir nur ichida yerlashmaydi va unga masdar boʻlolmaydi. Oʻz jussasi qadar va mohiyati miqdoricha bil-asila juz'iy zarra kabi bir nuri boʻlishi mumkin. Faqat u zarracha Quyoshga intisob etib, unga qarshi koʻzini ochib qarasa; u vaqt u ulkan Quyoshni ziyosi bilan, alvoni sab'asi bilan, harorati bilan, hatto masofasi bilan ichiga olib biladi va bir navi tajalli-i a'zamiga mazhar boʻladi. Demak, u zarra oʻz-oʻziga qolsa, bir zarra qadar faqat ish qila oladi. Agar Quyoshga ma'mur va mansub va mir'at sanalsa; Quyosh kabi Quyoshning ijrootidagi bir qism juz'iy namunalarini koʻrsata oladi.

وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Har bir mavjud, hatto har bir zarra, agar kasratga va shirkka va sabablarga va tabiatga va oʻz-oʻziga isnod etilsa; u vaqt har bir zarra, har bir mavjud yo bir bepoyon ilm va qudrati mutlaqa sohibi boʻlishi kerak va yoki hadsiz ma'naviy uskuna va matbaalar ichida tashakkul etishi kerak; toki unga tavdi' etilgan ajib vazifalarni qila olsin. Agar u zarralar Vohidi Ahadga isnod etilsa; har bir masnu', har bir zarra unga mansub boʻladi, uning ma'muri hukmiga oʻtadi. Shu intisob uni tajalliyga mazhar qiladi. Bu mazhariyat va intisob bilan nihoyatsiz bir ilm va qudratga istinod etadi. Xoliqining quvvati bilan millionlab marta quvvati zotiysidan ortiq ishlarni, vazifalarni oʻsha intisob va istinod sirri bilan qiladi.

— 186 —

Ikkinchi Tamsil: Masalan: Ikki qardosh bor. Biri jasur, oʻziga ishonadi. Boshqasi hamiyatli, milliyat-parvardir. Bir muhoraba zamonida oʻziga ishongan odam davlatga intisob etmaydi, bir oʻzi ish qilishni istaydi. Oʻz quvvatining manbalarini belida tashishga majbur boʻladi. Tajhizotini, oʻq-dorilarini oʻz quvvatiga koʻra tortishga muztardir. U shaxsiy va kichik quvvat miqdoricha, dushman qoʻshinining bir oʻn boshisi bilan faqat mujodala etadi; ortiq bir narsa qoʻlidan kelmaydi. Boshqa qardosh oʻziga ishonmaydi va oʻzini ojiz, quvvatsiz deb biladi.. podshohga intisob etdi, askarlikka qayd etildi. U intisob bilan ulkan bir qoʻshin unga nuqta-i istinod boʻldi. Va u istinod bilan orqasida podshohning himmati bilan bir qoʻshinning ma'naviy quvvatini tahshid eta oladigan bir quvva-i ma'naviya bilan urushga otildi. Nihoyat dushmanning magʻlub qoʻshini ichidagi shohning katta bir mushiriga uchradi; oʻz podshohi nomidan "Seni asir qilaman, kel!", deydi. Asir qiladi, keltiradi. Shu holning sirri va hikmati shuki:

Avvalgi bebosh oʻz manba-i quvvatini va tajhizotini oʻzi tashishga majbur boʻlgani uchun, gʻoyat juz'iy ish qila oldi. Shu ma'mur esa; oʻz quvvatining manbaini tashishga majbur emas, balki uni qoʻshin va podshoh tashiydi. Mavjud telegraf va telefon simiga uskunasini kichik bir sim bilan rabt etish kabi, shu odam bu intisob bilan oʻzini u hadsiz quvvatga rabt etadi.

Xullas, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى agar har maxluq, har zarra toʻgʻridan-toʻgʻriga Vohidi Ahadga isnod etilsa va ular unga intisob etsalar; u vaqt u intisob quvvati bilan va sayyidining havli bilan, amri bilan chumoli Fir'avnning saroyini boshiga yiqitadi, ostin-ustun qiladi.. chivin Namrudni oʻldirib Jahannamga otadi.. bir mikrob eng jabbor bir zolimni qabrga tiqadi.. bugʻdoy donasi qadar qaragʻay urugʻi bir togʻ kabi bir qaragʻay daraxtining dastgohi va uskunasi hukmiga oʻtadi.. havoning zarrasi butun gullarning, mevalarning boshqa-boshqa ishlarida, tashkil topishlarida muntazaman, goʻzal ravishda ishlay oladi. Butun bu osonlik, bilbedaho ma'muriyat va intisobdan kelib chiqadi. Agar ish beboshlikka aylansa, sabablarga va kasratga va oʻzlari-oʻzlariga qoldirilib shirk yoʻlida ketilsa, u vaqt hamma narsa jussasi qadar va shuuri miqdoricha ish qila oladi.

Uchinchi Tamsil: Masalan ikki oʻrtoq bor. Hech koʻrmagan bir mamlakatning ahvoliga doir statistikalik bir navi joʻgʻrofiya yozishni istaydilar.

Birisi oʻsha mamlakatning podshohiga intisob etib, telegraf va telefon doirasiga kiradi. Oʻn tangalik bir sim bilan oʻz telefon uskunasini davlatning simiga rabt etadi. Har yer bilan koʻrishadi, muxobara etadi, ma'lumot oladi. Gʻoyat muntazam va mukammal joʻgʻrofiya statistikasiga oid san'atkorona bir asar yaratadi.

Ikkinchi oʻrtoq esa, yo ellik yil mutamodiyan kezadi va mushkulot bilan har yerni koʻrib har hodisani eshitadi va yoki millionlab lirani sarf qilib, davlatning sim va telefon uzatmalari qadar va podshoh kabi telegraf sohibi boʻladi. Toki avvalgi oʻrtogʻi kabi u mukammal asarni yasasin. Shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰىagar hadsiz ashyo va maxluqot Vohidi Ahadga berilsa, u vaqt u irtibot bilan hamma narsa bittadan mazhar boʻladi. U Shamsi Azaliyning tajalliysiga mazhariyat bilan qavonini hikmatiga va dasotiri ilmiyasiga va navomisi qudratiga irtibot paydo qiladi. Oʻshanda havl va quvvati Ilohiya bilan hamma narsani koʻradigan bir koʻzi va har yerga qaraydigan bir yuzi va har ishga oʻtadigan bir soʻzi hukmida bir jilva-i Rabboniyaga mazhar boʻladi. Agar u intisob kesilsa; u narsa butun ashyodan ham inqito' etadi, jussasi qadar bir kichiklikka sigʻishadi. U holda bir uluhiyati mutlaqa sohibi boʻlishi kerakki, avvalgi vaziyatda qilgan ishlarini qila olsin.

— 187 —

Alhosil: Vahdat va iymon yoʻlida vujub darajasida bir suhulat va osonlik bor. Shirk va sabablarda imtino' darajasida mushkulot va suubat bor. Chunki bir vohid qiyinchiliksiz koʻp ashyoga bir vaziyat beradi va bir natijani istihsol etadi. Agar u vaziyatni olish va u natijani istihsol etish u koʻp sonli ashyoga havola qilinsa; u vaqt juda koʻp qiyinchilik bilan va juda koʻp harakatlar bilan zoʻrgʻa u vaziyat olinadi va u natija istihsol etiladi. Masalan, Uchinchi Maktubda aytilgani kabi: Samovot maydonida, Shams va Qamar qoʻmondonligi ostida yulduzlar qoʻshinini harakatga keltirish bilan, har kecha va har yil dabdabali tasbehkorona bir sayaron va jarayon berish maʻnosida boʻlgan jozibador, sevimli vaziyati samoviya va mavsumlarning almashinishi kabi katta foydalarning vujud topishi maʻnosida boʻlgan u ulviy, hikmatli natija-i Arziya, agar vahdatga berilsa; u Sultoni Azal osonlik bilan Kura-i Arz kabi bir askarni u vaziyat va u natija uchun ajromi ulviyaga qoʻmondon tayin qiladi. U vaqt Arz, amr olgandan soʻng, ma'muriyat nash'asidan mavlaviy kabi zikr etib aylanishni boshlaydi; oz bir masraf bilan u goʻzal vaziyat hosil boʻladi, u muhim natija vujud topadi. Agar Arzga "Sen toʻxta, qoʻshilma!" deyilsa; va oʻsha natija va vaziyatning istihsoli ham samovotga havola qilinsa; va vahdatdan kasratga va shirkka ketilsa; har kun va har yil minglab daraja Kura-i Arzdan katta boʻlgan millionlar adadicha yulduzlar harakat qilishi, milliardlab yil masofani yigirma toʻrt soatda va bir yilda bosib oʻtish lozim boʻladi.

Natija-i Marom: Qur'on va ahli iymon hadsiz masnu'otni bir Sone'-i Vohidga beradi. Toʻgʻridan-toʻgʻri har ishni unga isnod etadi. Vujub darajasida suhulatli bir yoʻlda ketadi, savq etadi. Va ahli shirk va tugʻyon bir masnu'i vohidni hadsiz sabablarga isnod etib, imtino' darajasida suubatli bir yoʻlda ketadi. Shu holda Qur'on yoʻlida butun masnu'ot bilan zalolat yoʻlida bir masnu'i vohid barobardirlar. Hatto balki butun ashyoning vohiddan suduri bir vohidning hadsiz ashyodan suduridan koʻp daraja asxal va osondir. Qandayki bir zobit ming askarning tadbirini bir askar kabi oson qiladi va bir askarning tadbiri ming zobitga havola qilinsa, ming askar qadar mushkulotli boʻladi, chalkashlikka sababiyat beradi.

Bu haqiqatni shu oyati azima ahli shirkning boshiga uradi, tarqatadi:

ضَرَبَ اللّٰهُ مَثَلًا رَجُلًا ف۪يهِ شُرَكَٓاءُ مُتَشَاكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ بَلْ اَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْكَائِنَاتِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ يَا اَحَدُ يَا وَاحِدُ يَا صَمَدُ يَا مَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ يَا مَنْ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ وَ يَا مَنْ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ يَا مَنْ بِيَدِهِ الْخَيْرُ يَا مَنْ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ يَا مَنْ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ بِحَقِّ اَسْرَارِ هٰذِهِ الْكَلِمَاتِ اِجْعَلْ نَاشِرَ هٰذِهِ الرِّسَالَةِ وَ رُفَقَائَهُ وَ صَاحِبَهَا سَع۪يدًا مِنَ الْمُوَحِّد۪ينَ الْكَامِل۪ينَ وَ مِنَ الصِّدّ۪يق۪ينَ الْمُحَقِّق۪ينَ وَ مِنَ الْمُؤْمِن۪ينَ الْمُتَّق۪ينَ اٰم۪ينَ
— 187 —
ٰذَا الْكِتَابِ نَاشِرًا لِاَسْرَارِ التَّوْح۪يدِ وَ قَلْبَهُ مَظْهَرًا لِاَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَ لِسَانَهُ نَاطِقًا بِحَقَائِقِ الْقُرْاٰنِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
— 188 —

YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا ٭ رَبُّكُمْ اَعْلَمُ بِمَا ف۪ى نُفُوسِكُمْ اِنْ تَكُونُوا صَالِح۪ينَ فَاِنَّهُ كَانَ لِلْاَوَّاب۪ينَ غَفُورًا

Ey uyida keksa volida va yoki padari va yoki qarindoshlaridan va yoki iymon qardoshlaridan bir a'mal-manda va yoki ojiz, a'lil kishisi boʻlgan gʻofil! Shu oyati karimaga diqqat et, qara: Qandayki bir oyatda besh tabaqa ayri-ayri suratda keksa volidaynga shafqatni qaratadi. Ha, dunyoda eng yuksak haqiqat, padar va volidalarning avlodlariga qarshi shafqatlaridir. Va eng oliy huquq ham, ularning u shafqatlariga muqobil hurmat haqlaridir. Chunki ular hayotlarini kamoli lazzat bilan avlodlarining hayoti uchun fido qilib sarflaydilar. Shunday ekan, insoniyati sukut etmagan va jonivorga inqilob etmagan har bir farzand; u muhtaram, sodiq, fidokor doʻstlarga xolisona hurmat va samimona xizmat va rizolarini tahsil va qalblarini xushnud qilmogʻi kerakdir. Amaki va amma, padar hukmidadir; xola va togʻa, ona hukmidadir.

Xullas, shu muborak keksalarning vujudlarini istisqol etib oʻlimlarini orzu qilish, naqadar vijdonsizlik va naqadar pastkashlik ekanini bil, oʻzingga kel! Hayotini sening hayotingga fido qilgan insonning zavoli hayotini orzu qilish, naqadar xunuk bir zulm, bir vijdonsizlik ekanini angla!

Ey dardi maishat bilan mubtalo boʻlgan inson! Bilki, uyingdagi baraka ustuni va rahmat vasilasi va musibat dafi'asi, oʻsha sen istisqol etgan keksa yoki koʻr qarindoshingdir. Aslo: "Maishatim tor, idora qilolmayapman", dema! Chunki ular tufayli kelgan baraka boʻlmasa edi, albatta sening ziyqi maishating yanada ziyoda boʻlardi. Buning haqiqat ekaniga menga ishon. Buning koʻp qat'iy dalillarini bilaman, seni ham ishontira olaman. Faqat uzun ketmaslik uchun, gapni choʻzmayman. Shu soʻzimga qanoat qil. Qasam ichamanki, bu haqiqat gʻoyat qat'iydir, hatto nafs va shaytonim ham bunga qarshi taslim boʻlishgan. Nafsimning qaysarligini sindirgan va shaytonimni jim qilgan bu haqiqat, senga qanoat berishi kerak. Ha, koinotning shahodati bilan, nihoyat darajada Rahmon, Rahim va Latif va Karim boʻlgan Xoliqi Zuljaloli val-ikrom, bolalarni dunyoga yuborgan vaqti, orqalaridan rizqlarini gʻoyat latif bir suratda yuborib va koʻkraklar joʻmragidan ogʻizlariga oqitgani kabi; bola hukmiga kelgan va bolalardan yanada ziyoda marhamatga loyiq va shafqatga muhtoj boʻlgan keksalarning rizqlarini ham, baraka suratida yuboradi. Ularni ioshalarini tama'kor va baxil insonlarga yuklamaydi.

اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ

oyatlari ifoda etgan haqiqatlarni, butun zihayotning anvo'i maxluqlari lisoni hol bilan baqirib, u haqiqati karimonani aytyaptilar. Hatto yolgʻiz keksa qarindoshlar emas, balki insonlarga oshna qilib berilgan va rizqlari insonlarning rizqlari ichida yuborilgan mushuk kabi ba'zi maxluqlarning rizqlari ham, baraka suratida keladi. Buni tayid etgan va oʻzim koʻrgan bir misol: Mening yaqin doʻstlarim biladilarki; ikki-uch yil avval har kun yarimta non, -u qishloqning noni kichik edi- muayyan bir tayinim bor edi, koʻpincha menga kifoya qilmasdi. Bir kuni toʻrtta mushuk menga musofir boʻlib keldilar. Oʻsha tayimin ham menga, ham ularga kifoya qildi. Koʻpincha ortib ham qolardi. Xullas, shu hol shu daraja takarrur etib menga qanoat berdiki, men mushuklarning barakasidan istifoda etyapman. Qat'iy bir suratda e'lon qilaman: Ular menga yuk emas; ham ular mendan emas, men ulardan minnat olardim.

— 189 —

Ey inson! Modomiki jonivor suratidagi bir hayvon, insonlarning xonasiga musofir boʻlib kelgan vaqt barakaga mador boʻlyapti, unday boʻlsa maxluqotning eng mukarrami boʻlgan inson va insonlarning eng mukammali boʻlgan ahli iymon va ahli iymonning eng ziyoda hurmat va marhamatga shoyon ajaza, a'lil qariyalar va a'lil qarilarning ichida shafqat va xizmat va muhabbatga eng ziyoda loyiq va haqdor boʻlgan qarindoshlar va qarindoshlar ichida ham eng haqiqiy doʻst va eng sodiq muhib boʻlgan padar va volida, bir uyda keksalik holida boʻlsa, qay daraja vasila-i baraka va vosita-i rahmat va لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا sirri bilan, ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz boʻlmaganda edi, balolar sel kabi ustingizga yogʻilardi". Qay daraja sababi daf'-i musibat ekanliklarini qiyos qil.

Xullas, ey inson! Esingni yigʻib ol. Agar sen oʻlmasang, keksayasan. اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ sirri bilan, sen volidaynigni hurmat qilmasang, sening avloding ham seni hurmat qilmaydi. Agar oxiratingni sevsang, mana senga muhim bir dafina; ularga xizmat qil, rizolarini ol. Agar dunyoni sevsang ham, yana ularni mamnun qilginki, ular tufayli hayoting rohatli va rizqing barakali boʻlsin. Boʻlmasa ularni istisqol etish, oʻlimlarini tamanniy etish va ularning nozik va sari'ut taassur qalblarini ranjida qilib خَسِرَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةَ sirriga mazhar boʻlasan. Agar rahmati Rahmonni xohlasang, Rahmonning vadi'alariga va uyingdagi omonatlariga rahmat et.

Oxirat qardoshlarimdan Mustafo Chovush ismli bir zot bor edi. Dinida, dunyosida muvaffaqiyatli koʻrardim. Sirrini bilmasdim. Soʻngra angladimki, muvaffaqiyatning sababi: U zot, keksa padar va volidalarining haqlarini anglagan va u huquqqa toʻliq rioya qilgan va ular tufayli rohat va rahmat topgan ekan. Inshaalloh oxiratini ham ta'mir etgan. Baxtiyor boʻlishni istagan unga oʻxshashi kerak.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَلْجَنَّةُ تَحْتَ اَقْدَامِ الْاُمَّهَاتِ) وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 190 —

YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Bu Maktub ikki mabhasdir. Birinchi Mabhas ahli iymonni uxuvvatga va muhabbatga da'vat qiladi.)

Birinchi Mabhas

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ فَاَصْلِحُوا بَيْنَ اَخَوَيْكُمْ ٭ اِدْفَعْ بِالَّت۪ى هِىَ اَحْسَنُ فَاِذَا الَّذ۪ى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَاَنَّهُ وَلِىٌّ حَم۪يمٌ ٭ وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّٰهُ يُحِبُّ الْمُحْسِن۪ينَ

Moʻ'minlarda nifoq va shiqoq, kin va adovatga sababiyat bergan tarafgirlik va qaysarlik va hasad; haqiqat va hikmat jihatidan va insoniyati kubro boʻlgan Islomiyat jihatidan va hayoti shaxsiya jihatidan va hayoti ijtimoiya va hayoti ma'naviya jihatidan xunuk va marduddir, muzir va zulmdir va hayoti bashariya uchun zahardir. Shu haqiqatning gʻoyat koʻp vujuhidan olti vajhini bayon qilamiz:

— 191 —

BIRINCHI VAJH: Haqiqat nazarida zulmdir.

Ey moʻ'minga kin va adovat his qilgan insofsiz odam! Qandayki sen bir kemada yoki bir uyda boʻlsang, sen bilan birga toʻqqiz ma'sum va bir jinoyatchi bor. U kemani gʻarq va u xonani ihroq etishga uringan bir odamning qay daraja zulm etganini bilasan. Va zolimligini samovotga eshittiradigan darajada baqirasan. Hatto bitta ma'sum va toʻqqizta jinoyatchi boʻlsa; yana u kema hech bir qonuni adolat bilan choʻktirilmaydi.

Xuddi shuning kabi: Sen, bir xona-i Rabboniya va bir safina-i Ilohiya boʻlgan moʻ'minning vujudida iymon va islomiyat va qoʻshnilik singari toʻqqiz emas, balki yigirmata sifoti ma'suma bor ekan; senga zararli boʻlgan va sen yoqtirmagan bir jinoyatchi sifati tufayligina unga kin va adovat bogʻlash bilan, u xona-i ma'naviya-i vujudning ma'nan gʻarq va ihroqiga, taxrib va choʻkishiga tashabbus yoki orzu qilishing, u kabi shani' va gʻaddor bir zulmdir.

IKKINCHI VAJH. Hikmat nazarida ham zulmdir. Zero ma'lumki: Adovat va muhabbat, nur va zulmat kabi ziddir. Ikkovi ma'no-i haqiqiysida birga jam boʻlolmaydi.

Agar muhabbat, oʻz sabablarining rujhoniyatiga koʻra bir qalbda haqiqiy boʻlsa, u vaqt adovat majoziy boʻladi; achinish suratiga inqilob etadi. Ha, moʻ'min qardoshini sevadi va sevishi kerak. Yomonligi uchun faqatgina achinadi. Tahakkum bilan emas, balki lutf bilan isloh qilishga harakat qiladi. Shuning uchun nassi hadis bilan: "Uch kundan ortiq moʻ'min moʻ'mindan xafa boʻlib qat'i muqolama etmaydi".

Agar adovat sabablari gʻolib kelib, adovat haqiqati bilan bir qalbda boʻlsa; u vaqt muhabbat majoziy boʻladi, tasannu' va tamalluk suratiga kiradi.

Ey insofsiz odam! Endi qara: Moʻ'min qardoshingga kin va adovat naqadar zulmdir. Qandayki oddiy kichik toshlarni Ka'badan ham ahamiyatli va Jabali Uhuddanda katta desang, xunuk bir aqlsizlik qilasan. Aynan shuning kabi: Ka'ba hurmatida boʻlgan iymon va Jabali Uhud azamatida boʻlgan Islomiyat kabi koʻp avsofi islomiya; muhabbatni va ittifoqni istagani holda, moʻ'minga qarshi adovatga sababiyat bergan va oddiy toshlar hukmida boʻlgan ba'zi qusurotni, iymon va islomiyatdan ustun tutish, shu daraja insofsizlik va aqlsizlik va juda katta bir zulm boʻlishini, aqling boʻlsa, anglaysan!..

Ha, tavhidi iymoniy, albatta tavhidi qulubni istaydi. Va vahdati e'tiqod ham, vahdati ijtimoiyani iqtizo etadi. Ha, sen bir odam bilan birga bir harbiy qismda birga boʻlsang, u odamga doʻstona bir robita bogʻlaysan; va bir qoʻmondonning amri ostida barobar boʻlganingizdan birodarona bir aloqa talaqqiy etasan. Va bir mamlakatda birga boʻlish bilan uxuvvatkorona bir munosabat his qilasan. Holbuki iymon bergan nur va shuur bilan va senga koʻrsatgan va bildirgan asmo-i Ilohiya adadicha vahdat aloqalari va ittifoq robitalari va uxuvvat munosabatlari bor. Masalan: Har ikkovingizning Xoliqingiz bir, Molikingiz bir, Ma'budingiz bir, Roziqingiz bir...bir bir, mingga qadar bir bir. Ham Paygʻambaringiz bir, diningiz bir, qiblangiz bir.. bir bir, yuzga qadar bir bir. Soʻngra qishlogʻingiz bir, davlatingiz bir, mamlakatingiz bir.. oʻnga qadar bir bir. Bu qadar bir birlar vahdat va tavhidni, vifoq va ittifoqni, muhabbat va uxuvvatni iqtizo etgani va koinotni va kuralarni bir-biriga bogʻlaydigan ma'naviy zanjirlar boʻlganlari holda; shiqoq va nifoqqa, kin va adovatga sababiyat bergan oʻrgimchak toʻri kabi ahamiyatsiz va sabotsiz narsalarni tarjih etib moʻ'minga qarshi haqiqiy adovat etish va kin bogʻlash; naqadar u robita-i vahdatga bir hurmatsizlik va u muhabbat sabablariga qarshi bir istixfof va u munosaboti uxuvvatga qarshi qay daraja bir zulm va i'tisof boʻlganini; qalbing oʻlmagan boʻlsa, aqling soʻnmagan boʻlsa, anglaysan!

— 192 —

UCHINCHI VAJH: Adolati mahzani ifoda etgan وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرٰى sirriga koʻra; bir moʻ'minda boʻlgan jinoyatchi bir sifat yuzidan boshqa ma'sum sifatlarini mahkum etish hukmida boʻlgan adovat va kin bogʻlash, qay daraja hadsiz bir zulm ekanini va xususan bir moʻ'minning yomon sifatidan xafa boʻlib arazlab, u moʻ'minning qarindoshlariga adovatini tashmil etish, اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ siygʻa-i mubolagʻasi bilan gʻoyat azim bir zulm qilganini, haqiqat va shariat va hikmati Islomiya senga ixtor etgani holda; qanday oʻzingni haqli deb topasan, "Mening haqqim bor" deysan?

Haqiqat nazarida sababi adovat va shar boʻlgan yomonliklar, shar va tuproq kabi kasifdir; boshqasiga siroyat va in'ikos etmasligi kerak. Boshqasi undan dars olib shar ishlasa, u boshqa masaladir. Muhabbatning sabablari boʻlgan yaxshiliklar, muhabbat kabi nurdir; siroyat va in'ikos etish, sha'nidir. Shuning uchun; "Doʻstning doʻsti doʻstdir" soʻzi zurubi amsol qatoriga oʻtgandir. Ham shuning uchundirki; "Bir koʻz xotiri uchun koʻp koʻzlar seviladi" soʻzi umumning lisonida kezadi.

Xullas, ey insofsiz odam! Haqiqat shunday koʻrgani holda, sen sevmagan bir odamning sevimli ma'sum bir qardoshiga va taalluqotiga adovat qilish; naqadar xilofi haqiqat ekanini haqiqatbin boʻlsang, anglaysan.

TOʻRTINCHI VAJH: Hayoti shaxsiya nazarida ham zulmdir. Shu toʻrtinchi vajhning asosi boʻlgan bir qancha dasturni tingla:

Birinchisi: Sen maslagingni va afkoringni haq deb bilgan vaqting; "Maslagim haq yoki yanada goʻzal" deyishga haqqing bor. Lekin, haq faqat mening maslagim, deyishga haqqing yoʻq.

وَعَيْنُ الرِّضَا عَنْ كُلِّ عَيْبٍ كَل۪يلَةٌ ٭ وَلٰكِنَّ عَيْنَ السُّخْطِ تُبْدِى الْمَسَاوِيَا

sirriga koʻra, insofsiz nazaring va ishqiboz fikring hakam boʻlolmaydi. Boshqasining maslagini butlan bilan mahkum etolmaydi.

Ikkinchi Dastur: Sening ustingdagi haq: Har bir aytgan soʻzing haq boʻlsin. Faqat har bir haqni aytishga sening haqqing yoʻq. Har soʻzing toʻgʻri boʻlishi kerak. Lekin har toʻgʻrini aytish toʻgʻri emas! Chunki sen kabi niyati xolis boʻlmagan odam, nasihati ba'zan jahlni chiqaradi, aks-ul amal qiladi.

— 193 —

Uchinchi Dastur: Adovat qilishni xohlasang, qalbingdagi adovatga qarshi adovat qil; uning raf'iga urin. Ham eng ziyoda senga zarar bergan nafsi ammorangga va havo-i nafsingga adovat qil, islohiga urin. U muzir nafsning xotiri uuchun, moʻ'minlarga adovat qilma. Agar dushmanlik qilishni istasang; kofirlar, zindiqlar koʻpdir; ularga adovat qil. Ha, qandayki muhabbat sifati muhabbatga loyiqdir; shuning kabi adovat xislati, hamma narsadan avval oʻzi adovatga loyiqdir. Agar xasmingni magʻlub etishni istasang, yomonligiga qarshi yaxshilik bilan muqobala et. Chunki agar yomonlik bilan muqobala etsang, xusumat tazoyud etadi. Zohiran magʻlub boʻlsa ham, qalbdan kin bogʻlaydi, adovati davom etadi. Agar yaxshilik bilan muqobala qilsang, nadomat qiladi; senga doʻst boʻladi.

اِذَا اَنْتَ اَكْرَمْتَ الْكَر۪يمَ مَلَكْتَهُ ٭ وَ اِنْ اَنْتَ اَكْرَمْتَ اللَّئ۪يمَ تَمَرَّدًا

hukmi boʻyicha; moʻ'minning sha'ni, karim boʻlishdir. Sening ikroming bilan senga musahhar boʻladi. Zohiran laim boʻlsa ham, iymon jihatidan karimdir. Ha, yomon bir odamga "Yaxshisan yaxshisan" desang, yaxshilanishi va yaxshi odamga "Yomonsan yomonsan" desang, yomonlashishi koʻp sodir boʻladi. Shunday ekan

وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا ٭ وَاِنْ تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَاِنَّ اللّٰهَ غَفُورٌ رَح۪يمٌ

kabi dasotiri qudsiya-i Qur'oniyaga quloq sol! Saodat va salomat undadir.

Toʻrtinchi Dastur: Ahli kin va adovat ham nafsiga, ham moʻ'min qardoshiga, ham rahmati Ilohiyaga zulm qiladi, tajovuz qiladi. Chunki kin va adovat bilan nafsini azobi aliym ichiga tiqadi. Xasmiga kelgan ne'matlardan azobni va qoʻrquvidan kelgan alamni nafsiga torttiradi, nafsiga zulm qiladi. Agar adovat hasaddan kelsa, u batamom azobdir. Chunki hasad avvalo hasidni ezadi, mahv etadi, yondiradi. Mahsud haqida zarari yo oz yoki yoʻq.

Hasadning chorasi: Hasid odam hasad qilgan narsalarining oqibatini oʻylasin. Toki anglasinki; raqibida boʻlgan dunyoviy husn va quvvat va martaba va sarvat; foniy, muvaqqatdir. Foydasi oz, zahmati koʻp. Agar uxroviy maziyatlar boʻlsa, zotan ularda hasad boʻlolmaydi. Agar ularga ham hasad qilsa; yo oʻzi riyokor, oxirat molini dunyoda mahv etishni istaydi yoxud mahsudni riyokor deb oʻylaydi, haqsizlik qiladi, zulm qiladi.

Ham unga kelgan musibatlardan mamnun va ne'matlardan mahzun boʻlib qadar va rahmati Ilohiyaga, qilgan yaxshiliklaridan achchiqlanadi. Xuddi qadarni tanqid va rahmatga e'tiroz qilgan boʻladi. Qadarni tanqid qilgan boshini sandonga uradi, yoradi. Rahmatga e'tiroz etgan, rahmatdan mahrum qoladi.

Ajabo, bir kunlik adovatga arzimaydigan narsaga, bir yil kin va adovat bilan muqobala etishni qaysi insof qabul qiladi, buzilmagan qaysi vijdonga sigʻadi? Holbuki moʻ'min qardoshingdan senga kelgan yomonlikni, tamoman unga berib, uni mahkum etolmaysan. Chunki avvalo, qadarning unda bir hissasi bor. Uni chiqarib tashlab qadar va qazo hissasiga qarshi rizo bilan muqobala etish kerak. Soniyan, nafs va shaytonning hissasini ham ayirib, u odamga adovat emas, balki nafsiga magʻlub boʻlganidan achinish va nadomat etishini kutish. Solisan, sen oʻz nafsingda koʻrmaganing yoki koʻrish istamaganing qusuringni koʻr; bir hissa ham unga ber. Soʻngra qolgan kichik bir hissaga qarshi eng salomatli va eng tez xasmini magʻlub qiladigan avf va safh bilan va oliyjanoblik bilan muqobala etsang, zulmdan va zarardan xalos boʻlasan. Boʻlmasa sarxush va devona boʻlgan va shishalarni va muz parchalarini olmos narxida olgan zargar Yahudiy kabi, besh tiyinga arzimagan foniy, zoil, muvaqqat, ahamiyatsiz dunyoviy ishlarga; goʻyo abadiy dunyoda qolib abadiy birga qoladiganday shadid bir hirs bilan va doimiy bir kin bilan mutamodiyan bir adovat bilan muqobala etish, siygʻa-i mubolagʻa bilan bir zalumiyatdir yoki bir sarxushlikdir va bir navi devonalikdir.

— 194 —

Xullas, hayoti shaxsiya jihatidan bu daraja muzir boʻlgan adovatga va fikri intiqomga, -agar shaxsingni sevsang- yoʻl bermaginki qalbingga kirsin. Agar qalbingga kirgan boʻlsa, uning soʻzini tinglama. Haqiqatbin boʻlgan Hofiz Sheroziyni tingla:

دُنْيَا نَه مَتَاع۪يسْت۪ى كِه اَرْزَدْ بَنِزَاع۪ى

Ya'ni: "Dunyo bir mato' emaski, bir nizoga arzisin". Chunki foniy va oʻtkinchi boʻlgani uchun, qiymatsizdir. Ulkan dunyo shunday boʻlsa, dunyoning juz'iy ishlari naqadar ahamiyatsiz boʻlganini tushunasan!.. Ham:

اٰسَايِشِ دُو گ۪يت۪ى تَفْس۪يرِ ا۪ينْ دُو حَرْفَسْتْ
بَادُوسِتَانْ مُرُوَّتْ بَادُشْمَنَانْ مُدَارَا

Ya'ni: "Ikki jahonning rohat va salomatini ikki harf tafsir etadi, qozontiradi: Doʻstlariga muruvvatkorona muosharat va dushmanlariga sulhkorona muomala etishdir", degan.

Agar: "Ixtiyor mening qoʻlimda emas; fitratimda adovat bor. Ham jahlimni chiqarganlar, voz kecholmayman", desang.

Aljavob: Sui xulq va yomon xislat asari koʻrsatilmasa va gʻiybat kabi narsalar bilan va muqtazosi bilan amal qilinmasa; qusurini ham anglasa, zarar bermaydi. Modomiki ixtiyor sening qoʻlingda emas ekan, voz kecholmaysan. Sening ma'naviy bir nadomat, yashirin bir tavba va zimniy bir istigʻfor hukmida boʻlgan qusuringni bilishing va u xislatda haqsiz ekaningni tushunishing; uning sharridan seni qutqaradi. Zotan bu maktubning bu mabhasini yozdik, toki bu ma'naviy istigʻforni ta'min etsin; haqsizlikni haq bilmasin, haqli xasmini haqsizlik bilan tashhir etmasin.

Joyi diqqat bir hodisa: Bir zamon bu gʻarazkorona tarafgirlik natijasi sifatida koʻrdimki: Mutadayyin bir ahli ilm, fikri siyosiysiga muxolif bir olimi solihni, takfir darajasida tazyif etdi. Va oʻz fikrida boʻlgan bir munofiqni, hurmatkorona madh etdi. Xullas, siyosatning bu yomon natijalaridan qoʻrqdim, "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" dedim, u zamondan beri hayoti siyosiyadan chekindim.

— 195 —

BESHINCHI VAJH: Hayoti ijtimoiya jihatidan, qaysarlik va tarafgirlik, gʻoyat muzir ekanini bayon etadi. Agar deyilsa: Hadisda اِخْتِلَافُ اُمَّت۪ى رَحْمَةٌ deyilgan. Ixtilof esa, tarafgirlikni iqtizo qiladi. Ham tarafgirlik marazi; mazlum avomni zolim xoslarning sharridan qutqaradi. Chunki bir tumanning va bir qishloqning r blari ittifoq etsalar, mazlum avomni ezadilar. Tarafgirlik boʻlsa, mazlum bir tarafga iltijo etadi, oʻzini qutqaradi. Ham tasodumi afkordan va taxolufi uquldan haqiqat tamoman tazohur etadi.

Aljavob: Birinchi savolga deymizki: Hadisdagi ixtilof esa, musbat ixtilofdir. Ya'ni: Har biri oʻz maslagining ta'mir va rivojiga harakat qiladi. Boshqasining taxrib va bekor qilinishiga emas, balki takmil va islohiga urinadi. Ammo manfiy ixtilof esaki: Gʻarazkorona, adovatkorona bir-birining taxribiga urinishdir; hadisning nazarida marduddir. Chunki bir-biri bilan urushganlar, musbat harakat qilolmaydilar.

Ikkinchi savolga deymizki: Tarafgirlik agar haq nomiga boʻlsa, haqlilarga malja boʻlishi mumkin. Faqat hozirgi kabi gʻarazkorona, nafs hisobiga boʻlgan tarafgirlik, haqsizlarga maljadirki; ularga nuqta-i istinod tashkil etadi. Chunki gʻarazkorona tarafgirlik qilgan bir odamga shayton kelsa, uning fikriga yordam berib tarafdorlik koʻrsatsa, u odam u shaytonga rahmat oʻqiydi. Agar muqobil tarafga malak kabi bir odam kelsa, unga xosho la'nat oʻqiydigan darajada bir haqsizlik koʻrsatadi.

Uchinchi savolga aytamizki: Haq nomiga, haqiqat hisobiga boʻlgan tasodumi afkor esa; maqsadda va asosda ittifoq bilan barobar, vasoilda ixtilof etadi. Haqiqatning har qirrasini izhor etib, haqqa va haqiqatga xizmat qiladi. Faqat tarafgirona va gʻarazkorona, fir'avnlashgan nafsi ammora hisobiga xudfurushlik, shuhratparvarona bir tarzdagi tasodumi afkordan bariqa-i haqiqat emas, balki fitna otashlari chiqadi. Chunki maqsadda ittifoq lozim kelarkan, undaylarning afkorining Kura-i Arzda ham nuqta-i talaqqiysi topilmaydi. Haq nomiga boʻlmagani uchun, nihoyatsiz mufritona ketadi. Qobili iltiyom boʻlmagan inshiqoqlarga sababiyat beradi. Holi olam bunga shohiddir.

Alhosil:

اَلْحُبُّ لِلّٰهِ ٭ وَالْبُغْضُ فِى اللّٰهِ ٭ وَالْحُكْمُ لِلّٰهِ

boʻlgan dasotiri oliya dasturi harakat boʻlmasa, nifoq va shiqoq maydon oladi. Ha اَلْبُغْضُ فِى اللّٰهِ ٭ وَالْحُكْمُ لِلّٰهِ demasa, u dasturlarni nazarga olmasa, adolat etish istarkan, zulm qiladi.

Joyi ibrat bir hodisa: Bir vaqt Imom Ali Roziyallohu Anh bir kofirni yerga qulatgan. Qilichini olib oʻldirayotgan payti, u kofir unga tupurgan. U kofirni qoʻyib yuborgan, oʻldirmagan. U kofir unga deganki: "Nima uchun meni oʻldirmading?" Dedi: "Seni Alloh uchun oʻldirmoqchi edim. Faqat menga tupurding, hiddatga keldim. Nafsimning hissasi qoʻshilgani uchun ixlosim buzildi. Shuning uchun seni oʻldirmadim". U kofir: "Meni tezroq oʻldirishing uchun seni hiddatga keltirdim. Modomiki diningiz bu daraja sof va xolis, u din haqdir", dedi.

Ham madori diqqat bir voqea: Bir zamon bir hakam bir oʻgʻrining qoʻlini kesgan vaqti asari hiddat koʻrsatgani uchun, unga diqqat qilgan odil amiri uni vazifadan boʻshatgan. Chunki shariat nomiga, qonuni Ilohiy hisobiga kessa edi, nafsi unga achinar edi. Va qalbi hiddat etmasdan, faqat marhamat ham qilmaydigan bir tarzda kesishi kerak edi. Demak nafsiga u hukmdan bir hissa chiqargani uchun, adolat bilan ish qilmagan.

— 196 —

Joyi taassuf bir holati ijtimoiya va qalbi Islomni yigʻlatadigan mudhish bir marazi hayoti ijtimoiy:

"Xorijiy dushmanlarning zuhur va tahojumida dohiliy adovatlarni unutish va tashlash" boʻlgan bir maslahati ijtimoiyani eng badaviy qavmlar ham taqdir etib qilganlari holda, shu jamoati Islomiyaga xizmat da'vo qilganlarga nima boʻlganki; bir-biri orqasida tahojum vaziyatini olgan hadsiz dushmanlar bor ekan, juz'iy adovatlarni unutmasdan, dushmanlarning hujumiga zamin tayyorlayaptilar. Shu hol bir sukutdir, bir vahshatdir. Hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga bir xiyonatdir.

Madori ibrat bir hikoya: Badaviy qabilalaridan Hasanon qabilasining bir-biriga dushman ikki qabilasi bor ekan. Bir-biridan balki ellik odamdan ortiq oʻldirganlari holda; Sipqon yoki Haydaron qabilasi kabi bir qabila qarshilariga chiqqan vaqti; u ikki dushman toifa eski adovatni unutib, yelkama-yelka boʻlib, u xorijiy qabilani daf etishga qadar, dohiliy adovatni xotirlariga keltirmasdilar.

Xullas, ey moʻ'minlar! Ahli iymon qabilasiga qarshi tajovuz vaziyatini olgan naqadar qabila hukmida dushmanlar borligini bilasizmi? Bir-biri ichidagi doiralar kabi yuzdan ortiq doiralar bor. Har biriga tasonud etib, qoʻlni qoʻlga berib mudofaa vaziyatini olishga majbur ekan; ularning hujumini tasxil etish, ularning harimi Islomga kirishlari uchun eshiklarni ochish hukmidagi gʻarazkorona tarafgirlik va adovatkorona qaysarlik; qaysi jihatdan ahli iymonga yarashadi? U dushman doiralar ahli zalolat va ilhoddan, to ahli kufrning olamiga, to dunyoning qoʻrquv va masoibiga qadar bir-biri ichida sizga qarshi zararli bir vaziyat olgan, bir-biri orqasida sizga hiddat va hirs bilan qaragan, balki yetmish nav dushmanlar bor. Butun bularga qarshi quvvatli quroling va qalqoning va qal'ang: Uxuvvati Islomiyadir. Bu qal'a-i Islomiyani kichik adovatlar bilan va bahonalar bilan tebratish; naqadar xilofi vijdon va naqadar xilofi maslahati Islomiya boʻlganini bil, uygʻon!..

Ahodisi sharifada kelganki: "Oxirzamonning Sufyon va Dajjol kabi nifoq va zindiqo boshiga oʻtadigan ashxasi mudhisha-i muzirralari, musulmonlarning va basharning hirs va shiqoqidan istifoda etib oz bir quvvat bilan navi basharni harju-marj etadi va ulkan Olami Islomni asorat ostiga oladi.

— 197 —

Ey ahli iymon! Zillat ichida asorat ostiga kirmaslikni istasangiz, esingizni yigʻib oling! Ixtilofingizdan istifoda etgan zolimlarga qarshi اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ qal'a-i qudsiyasi ichiga kiring; tahassun eting. Boʻlmasa na hayotingizni muhofaza va na huquqingizni mudofaa eta olasiz. Ma'lumki; ikki qahramon bir-biri bilan kurasharkan; bir bola ikkisini ham ura oladi. Bir mezonda ikki togʻ bir-biriga qarshi muvozanada boʻlsa; bir kichik tosh muvozanalarini buzib ular bilan oʻynay oladi; birini yuqoriga, birini pastga tushiradi. Xullas, ey ahli iymon! Ehtiroslaringizdan va xusumatkorona tarafgirliklaringizdan quvvatingiz hechga tushadi, oz bir quvvat bilan ezila olasizlar. Hayoti ijtimoiyangiz bilan aloqangiz boʻlsa,

اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا

dasturi oliyani dasturi hayot qilinglar, safolati dunyoviyadan va shaqovati uxroviyadan xalos boʻlinglar!..

OLTINCHI VAJH: Hayoti ma'naviya va sihati ubudiyat, adovat va qaysarlik bilan zaiflanadi. Chunki vosita-i xalos va vasila-i najot boʻlgan "ixlos" zoye boʻladi. Zero tarafgir bir muannid oʻz a'moli xayriyasida xasmidan oʻzishni istaydi. Xolisan livajhilloh amalga uncha ham muvaffaq boʻlolmaydi. Ham hukm va muomalotida tarafgirini tarjih etadi, adolat etolmaydi. Xullas, af'ol va a'moli xayriyaning asoslari boʻlgan "ixlos" va "adolat" xusumat va adovat bilan yoʻqoladi. Shu Oltinchi Vajh juda uzundir. Faqat qobiliyati maqom qisqa boʻlganidan tugatamiz.

— 198 —

Ikkinchi Mabhas

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ وَ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ

Ey ahli iymon! Sobiqan, adovat naqadar zararli boʻlganini anglading. Ham anglaki; adovat qadar hayoti Islomiyaga eng mudhish bir marazi muzir ham hirsdir. Hirs, sababi xaybatdir va illat va zillatdir va mahrumiyat va safolatni keltiradi. Ha, har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga tashlangan Yahudiy Millatining zillat va safolati bu hukmga bir shohidi qat'iydir. Ha, hirs zihayot olamida eng keng bir doiradan tut, to eng juz'iy bir fardga qadar sui ta'sirini koʻrsatadi. Tavakkalvoriy talabi rizq esa, aksincha madori rohatdir va har yerda husni ta'sirini koʻrsatadi. Xullas, bir navi zihayot va rizqqa muhtoj boʻlgan mevali daraxtlar va nabotlar, tavakkalvoriy, qanoatkorona yerlarida turib hirs koʻrsatmaganliklaridan, rizqlari ularga yugurib keladi. Hayvonlarga nisbatan ancha koʻp bola yetishtiradilar. Hayvonot esa, hirs bilan rizqlari orqasidan yugurganliklari uchun, juda koʻp zahmat va nuqsoniyat bilan rizqlarini qoʻlga kirita oladilar. Ham hayvonot doirasi ichida za'f va ajz lisoni holi bilan tavakkal qilgan bolalarning mashru' va mukammal va latif rizqlari xazina-i rahmatdan berilishi; va hirs bilan rizqlariga tashlangan jonivorlarning gʻayri mashru' va juda koʻp zahmat bilan qozongan noxush rizqlari koʻrsatyaptiki: Hirs, sababi mahrumiyatdir; tavakkal va qanoat esa, vasila-i rahmatdir.

Ham doira-i insoniya ichida har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga yopishgan va ishq bilan hayoti dunyoviyaga bogʻlangan Yahudiy Millati juda koʻp zahmat bilan qozongan, oʻziga foydasi oz, yolgʻiz xazinadorlik qilgan gʻayri mashru' bir sarvati riboiy bilan butun millatlardan yeganlari silla-i zillat va safolat, qatl va ihonat koʻrsatadiki: Hirs ma'dani zillat va xasoratdir.

Ham haris bir inson, har vaqt xasoratga tushganiga doir shu qadar voqealar borki, اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga oʻtgan, umumning nazarida bir haqiqati omma boʻlib qabul etilgandir. Modomiki shundaydir; agar molni koʻp sevsang, hirs bilan emas, balki qanoat bilan molni talab et, toki koʻp kelsin.

Ahli qanoat bilan ahli hirs ikki shaxsga oʻxshaydiki; buyuk bir zotning devonxonasiga kiradilar. Biri qalbidan deydi: "Meni yolgʻiz qabul etsin, tashqaridagi sovuqdan qutulsam, menga kifoya. Eng pastdagi oʻrindiqni berishsa, lutfdir". Ikkinchi odam goʻyo bir haqqi bordek va hamma uni hurmat qilishga majbur ekandek magʻrurona deydiki: "Menga eng yuqori oʻrindiqni berishi kerak". U hirs bilan kiradi, koʻzini yuqori mavqelarga tikadi, oʻsha yerga oʻtirishni istaydi. Faqat devonxona sohibi uni orqa qaytarib pastga oʻtqazadi. Unga tashakur lozim ekan, tashakkurga badal qalbidan achchiqlanadi. Tashakkur emas, aksiga xona sohibini tanqid qiladi. Xona sohibi ham uni istisqol etadi. Birinchi odam mutavozeyona kiradi; eng pastdagi oʻrindiqqa oʻtirishni istaydi. Uning u qanoati devonxona sohibiga yoqadi. "Yanada yuqoriroqdagi oʻrindiqqa marhamat qiling" deydi. U ham borgancha tashakkurotini ziyodalashtiradi, mamnuniyati tazoyud etadi.

— 199 —

Xullas, dunyo bir devonxona-i Rahmondir. Zamin yuzi, bir dasturxoni rahmatdir. Darajoti arzoq va marotibi ne'mat ham, oʻrindiqlar hukmidadir.

Ham eng juz'iy ishlarda ham harkas hirsning sui ta'sirini his qiladi.

Masalan: Ikki tilanchi bir narsa istagan vaqtlari, hirs bilan ilhoh etgan tilanchini istisqol etib bermaslik; boshqa sokin tilanchiga marhamat etib berish, harkas qalbida his etadi. Ham masalan: Kechasi uyqung qochgan, sen yotishni istasang, loqayd boʻlsang uyqung kelishi mumkin. Agar hirs bilan uxlamoqchi boʻlsang: "Ey voh, uxlay, uf, uxlay" desang, tamoman uyqungni qochirasan. Ham masalan: Muhim bir natija uchun birovni hirs bilan kutasan, "Ey voh, kelmadi, uf, kelmadi" deb eng oxirida hirs sabringni tugatib turib ketasan; bir daqiqa soʻngra u odam keladi; faqat kutgan u muhim natijang buziladi.

Shu hodisotning sirri shuki: Qandayki bir nonning vujudi dala, xirmon, tegirmon, tandirga tarattub etadi. Shunga oʻxshab: Tartibi ashyoda bir taanni-i hikmat bordir. Hirs sababi bilan taanni bilan harakat qilmagani uchun, u tartibli ashyodagi ma'naviy pogʻonalarga muro'at etmaydi; yo hatlab tushadi yoxud bir pogʻonani nuqson qoldiradi; maqsadga chiqolmaydi.

Xullas, ey dardi maishat bilan tentak boʻlgan va hirsi dunyo bilan sarxush boʻlgan qardoshlar! Hirs bu qadar muzir va baloli narsa boʻlgani holda, qanday hirs yoʻlida har zillatni irtikob va harom-halol demasdan har molni qabul va hayoti uxroviyaga lozim koʻp narsalarni fido qilyapsiz? Hatto arkoni Islomiyaning muhim bir rukni boʻlgan zakotni, hirs yoʻlida tark etyapsiz? Holbuki zakot, har shaxs uchun sababi baraka va dafi'i baliyyotdir. Zakotni bermaganning har holda qoʻlidan zakot qadar bir mol chiqadi; yo keraksiz joylarga beradi, yo bir musibat kelib oladi.

Haqiqatli bir roʻyoyi xayoliyada, Birinchi Harbi Umumiyning beshinchi yilida, bir ajib roʻyoda mendan soʻraldi:

"Musulmonlarga kelgan bu ochlik, bu zoyioti moliya va jismoniy mashaqqatning sababi nima?"

Roʻyoda aytgan edim:

"Janobi Haq bir qism moldan oʻndan bir {(Hoshiya1) Ya'ni, har yil yangi bergan bugʻdoy kabi mollardan oʻndan bir.} yoki bir qism moldan qirqdan bir, {(Hoshiya2) Ya'ni, eskidan bergan qirqdan; har yili gʻoliban va loaqal ribhi tijoriy va nasli hayvoniy jihati bilan qirqdan yangidan oʻn adad beradi.} oʻzi bergan molidan birisini bizdan istadi; toki bizga fuqarolarning duolarini qozontirsin va kin va hasadlarini man etsin. Biz hirsimiz uchun ochkoʻzlik qilib bermadik. Janobi Haq mutarokim zakotini, qirqdan oʻttiz, oʻndan sakkizini oldi. Ham har yili faqatgina bir oyda yetmish hikmatli bir ochlik bizdan xohladi. Biz nafsimizga achindik, muvaqqat va lazzatli bir ochlikni tortmadik. Janobi Haq bizga jazo sifatida yetmish jihatdan baloli roʻzani besh yil jabran tuttirdi. Ham bizdan yigirma toʻrt soatdan birgina soatni, xush va ulviy, nuroniy va foydali boʻlgan ta'limoti Rabboniyani istadi. Biz tanballik qilib, namozu niyozni bajarmadik. U bir soatni boshqa soatlarga qoʻshib zoye etdik. Janobi Haq uning kafforati sifatida, besh yil ta'lim va ta'limot va yugurtirish bilan bizga namoz oqitti."

— 200 —

Soʻngra uygʻondim, oʻyladim, angladimki; u roʻyoyi xayoliyada juda muhim bir haqiqat bor. Yigirma Beshinchi Soʻzda, madaniyat bilan hukmi Qur'onni muvozana bahsida isbot va bayon etilgani kabi; basharning hayoti ijtimoiyasida butun axloqsizlikning va butun ixtilolotning mansha'i ikki kalimadir:

Biri: "Men toʻq boʻlgandan soʻng, boshqasi ochlikdan oʻlsa, menga nima?"

Ikkinchisi: "Sen ishla, men yeyman".

Bu ikki kalimani idoma etgan, jarayoni ribo va tarki zakotdir. Bu ikki mudhish marazi ijtimoiyni tadoviy etadigan yagona chora, zakotning dasturi umumiy suratida ijrosi bilan, vujubi zakot va hurmati ribodir. Ham nafaqat yolgʻiz ashxasda va xususiy jamoatlarda, balki umum navi basharning saodati hayoti uchun eng muhim bir rukn, balki davomi hayoti insoniya uchun eng muhim bir tayanch, zakotdir. Chunki basharda xoslar va avom ikki tabaqa bor. Xoslardan avomga marhamat va ehson va avomdan xoslarga qarshi hurmat va itoatni ta'min etadigan, zakotdir. Boʻlmasa yuqoridan avomning boshiga zulm va tahakkum tushadi, avomdan boylarga qarshi kin va isyon chiqadi. Ikki tabaqa-i bashar doimiy bir mujodala-i ma'naviyada, bir kashmakashi ixtilofda boʻladi. Borib borib to Rossiyada boʻlgani kabi, sa'y va sarmoya mujodalasi suratida kurashishni boshlaydi.

Ey ahli karam va vijdon va ey ahli saxovat va ehson!

Ehsonlar zakot nomidan boʻlmasa, uch zarari bor. Ba'zan foydasiz ketadi. Chunki Alloh nomidan bermaganing uchun, ma'nan minnat qilasan; bechora faqirni minnat asorati ostida qoldirasan. Ham maqbul boʻlgan duosidan mahrum qolasan. Ham haqiqatdan Janobi Haqning molini ibodiga berish uchun bir tavzi'ot ma'muri boʻlganing holda, oʻzingni sohibi mol deb oʻylab kufroni ne'mat qilasan. Agar zakot nomidan bersang; Janobi Haq nomidan berganing uchun bir savob qozonasan, bir shukroni ne'mat qilasan. Muhtoj odam ham senga xushomadgoʻylik qilishga majbur boʻlmagani uchun, izzati nafsi sinmaydi va duosi sen haqqingda maqbul boʻladi. Ha, zakot qadar, balki yanada ziyoda nafl va ehson, yoxud boshqa suratlarda berib riyo va shuhrat kabi, minnat va tazlil kabi zararlarni qozonish qayerda? Zakot nomidan u yaxshiliklarni qilib, ham farzni ado etish, ham savobni, ham ixlosni, ham maqbul bir duoni qozonish qayerda?

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى قَالَ (اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا) وَ قَالَ (اَلْقَنَاعَةُ كَنْزٌ لَا يَفْنٰى) وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
— 201 —

XOTIMA

(Gʻiybat haqidadir.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Yigirma Beshinchi Soʻzning Birinchi Shu'lasining Birinchi Shuasining Beshinchi Nuqtasining maqomi zamm va zajrning misollaridan boʻlgan birgina oyatning, moʻ'jizona olti tarzda gʻiybatdan tanfir etishi; Qur'onning nazarida gʻiybat naqadar shani' bir narsa boʻlganini tamoman koʻrsatgani uchun, boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmagan. Ha, Qur'onning bayonidan soʻngra bayon boʻlolmaydi, ehtiyoj ham yoʻq.

Xullas, اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا oyatida olti daraja zammni zamm etadi. Gʻiybatdan olti martaba shiddat bilan zajr etadi. Shu oyat fe'lan gʻiybat qilganlarga mutavajjih boʻlgan vaqti, ma'nosi kelasi tarzda boʻladi. Shundayki:

Ma'lumdir: Oyatning boshidagi hamza, soʻramoq (ajabo) ma'nosidadir. U soʻramoq ma'nosi suv kabi oyatning butun kalimalariga kiradi. Har kalimada bir hukmi zimniy bor.

Xullas birinchisi, hamza bilan deydi: Ajabo, savol va javob joyi boʻlgan aqlingiz yoʻqmi, bu daraja xunuk narsani tushunmaydi?

Ikkinchisi, يُحِبُّ lafzi bilan: "Ajabo, sevish va nafrat etish joyi boʻlgan qalbingiz buzilganmiki, eng manfur bir ishni sevadi?", deydi.

Uchinchisi, اَحَدُكُمْ kalimasi bilan: "Jamoatdan hayotini olgan hayoti ijtimoiya va madaniyatingiz nima boʻlganki, bunday hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul qiladi?", deydi.

Toʻrtinchisi, اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi bilan: "Insoniyatingiz nima boʻlganki, bunday jonivorchasiga doʻstingizni tish bilan parchalayapsiz?", deydi.

Beshinchisi, اَخِيهِ kalimasi bilan: "Hech riqqati jinsiyangiz, hech sila-i rahmingiz yoʻqmi, bunday koʻp jihatlar bilan qardoshingiz hisoblangan mazlumning shaxsi ma'naviysini insofsizcha tishlayapsiz? Va hech aqlingiz yoʻqmiki, oʻz a'zongizni oʻz tishingiz bilan devona kabi tishlayapsiz?", deydi.

Oltinchisi, مَيْتًا kalomi bilan: "Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmiki, eng muhtaram bir holda bir qardoshingizga qarshi, goʻshtini yeyish kabi eng mustakrah bir ishni qilyapsiz?", deydi.

— 202 —

Demak, shu oyatning ifodasi bilan va kalimalarning boshqa-boshqa dalolati bilan: Zamm va gʻiybat, aqlan va qalban va insoniyatan va vijdonan va fitratan va milliyatan mazmumdir. Xullas, bu oyat ijozkorona olti martaba zammni zamm etish bilan, i'jozkorona olti daraja u gunohdan zajr etganini kor.

Gʻiybat, ahli adovat va hasad va inod eng koʻp iste'mol etgan tuban bir quroldir. Izzati nafs sohibi bu iflos qurolga tanazzul etib iste'mol etmaydi. Qandayki mashhur bir zot degan:

اُكَبِّرُ نَفْس۪ى عَنْ جَزَاءٍ بِغِيْبَةٍ ٭ فَكُلُّ اِغْتِيَابٍ جَهْدُ مَنْ لَا لَهُ جَهْدٌ

Ya'ni: "Dushmanimga gʻiybat bilan jazo berishdan nafsimni yuksak tutaman va tanazzul etmayman. Chunki gʻiybat; zaif va zalil va nokaslarning qurolidir".

Gʻiybat shuki: Gʻiybat etilgan odam hozir boʻlsa va eshitsa edi, hazar qilib xafa boʻlardi. Agar toʻgʻri gapirsa, gʻiybatdir. Agar yolgʻon gapirsa; ham gʻiybat, ham boʻhtondir. Ikki martaba xunuk bir gunohdir.

Gʻiybat maxsus bir nechta moddada joiz boʻlishi mumkin:

1. Shikoyat suratida bir vazifador odamga aytadi, toki yordam berib u munkarni, u qabohatni undan ketkazsin va haqqini undan olsin.

2. Bir odam u bilan tashriki maso'iy etishni istaydi. Sen bilan mashvarat qiladi. Sen ham yolgʻiz maslahat uchun gʻarazsiz boʻlib, mashvaratning haqqini ado etish uchun: "U bilan tashriki maso'iy etma. Chunki zarar koʻrasan", desang.

3. Maqsadi, tahqir va tashhir emas; balki maqsadi, ta'rif va tanittirish uchun: "U choʻloq va bebosh odam falon yerga ketdi", desa.

4. Gʻiybat qilingan odam fosiqi mutajohirdir. Ya'ni, yomonlikdan uyalmaydi, balki qilgan sayyioti bilan iftixor etadi; zulmi bilan talazzuz etadi, uyalmasdan oshkora bir suratda qiladi.

Xullas, bu maxsus moddalarda gʻarazsiz va yolgʻiz haq va foyda uchun gʻiybat joiz boʻlishi mumkin. Yoqsa gʻiybat, otash oʻtinni yeb tugatgani kabi; gʻiybat ham a'moli solihani shunday yeb tugatadi.

Agar gʻiybat qilsa yoxud istab tinglagan boʻlsa; u payt اَللّٰهُمَّ اغْفِرْلَنَا وَ لِمَنِ اغْتَبْنَاهُ deyishi kerak, soʻngra gʻiybat etilgan odamga qachon uchrasa, "Meni kechir" deyishi kerak.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 203 —

YIGIRMA UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكَ وَذَرَّاتِ وُجُودِكَ

Aziz, gʻayratli, jiddiy, haqiqatli, xolis, diroyatli qardoshim!

Biz kabi haqiqat va oxirat qardoshlarning, ixtilofi zamon va makon suhbatlariga va unsiyatlariga bir mone tashkil etmaydi. Biri sharqda, biri gʻarbda, biri moziyda, biri mustaqbalda, biri dunyoda, biri oxiratda boʻlsa ham, birga hisoblanadilar va suhbat qila oladilar. Xususan, birgina maqsad uchun bitta vazifada boʻlganlar, bir-birining ayni hukmidadir. Sizni har tong yonimda tasavvur qilib, qozonchimning bir qismini, bir sulusini (Alloh qabul qilsin) sizga beraman. Duoda Abdulmajid va Abdurrahmon bilan barobarsiz. Inshaalloh har doim hissangizni olasiz. Sizning dunyo jihatidan ba'zi mushkulotingiz sening nomingdan meni bir parcha mutaassir etdi. Faqat modomiki dunyo boqiy emas va musibatlarida bir navi xayr bor; sening badalingga "Bu ham oʻtadi!" degan fikr qalbimga keldi. لَا عَيْشَ اِلَّا عَيْشُ الْاٰخِرَةِ oʻyladim, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ oʻqidim, اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ dedim. Sening oʻrningga tasalli topdim. Janobi Haq bir abdini sevsa, uni dunyodan ranjitadi, xunuk koʻrsatadi. Inshaalloh sen ham u sevgililarning sinfidansan. "Soʻzlar"ning nashriga monelarning koʻpayishi sizni mutaassir etmasin. Inshaalloh nashr etgan miqdoringcha bir rahmatga mazhar boʻlgan payti, juda barakali bir suratda u nurli urugʻlar kasratli chechaklar ochadilar.

Ba'zi savollar soʻrayapsiz. Aziz qardoshim, yozilgan aksar Soʻzlar va Maktublar; ixtiyorsiz, daf'iy va oniy bir suratda qalbga kelardi, goʻzal boʻlardi. Agar ixtiyor bilan Eski Said kabi quvva-i ilmiya bilan oʻylab javob bersam; soʻniq boʻladi, nuqson boʻladi. Bir miqdordirki; tulu'oti qalbiya tavaqquf etgan, hofiza qamchisi singan, faqat javobsiz qolmaslik uchun gʻoyat muxtasar bittadan javob yozamiz:

Birinchi Savolingiz: Moʻ'minning moʻ'minga eng yaxshi duosi qanday boʻlishi kerak?

Aljavob: Qabul boʻlish shartlari doirasida boʻlishi kerak. Chunki ba'zi sharoit dohilida duo maqbul boʻladi. Sharoiti qabulning yigʻilishi nisbatida maqbuliyati ziyodalashadi. Azjumla: Duo qilinadigan vaqt, istigʻfor bilan ma'naviy tozalanish kerak, soʻngra maqbul bir duo boʻlgan salovoti sharifani shafoatchi kabi zikr qilish kerak va oxirda yana salovot keltirish kerak. Chunki ikki maqbul duoning oʻrtasidagi bir duo maqbul boʻladi. Ham بِظَهْرِ الْغَيْبِya'ni "gʻiyoban unga duo qilish"; ham hadisda va Qur'onda kelgan ma'sur duolar bilan duo qilish. Masalan:

اَللّٰهُمَّ اِنّ۪ى اَسْئَلُكَ الْعَفْوَ وَ الْعَافِيَةَ ل۪ى وَ لَهُ فِى الدّ۪ينِ وَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةِ
رَبَّنَٓا اٰتِنَا فِى الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِى الْاٰخِرَةِ حَسَنَةً وَ قِنَا عَذَابَ النَّارِ

kabi jome' duolar bilan duo qilish; ham xulus va xushu' va huzuri qalb bilan duo qilish; ham namozning oxirida, xususan bomdod namozidan soʻngra; ham mavoqe'-i muborakada, xususan masjidlarda; ham Jumada, xususan soati ijobada; ham shuhuri salosada, xususan layoli-i mashhurada; ham ramazonda, xususan layla-i qadr da duo qilish qabulga qorin boʻlishi rahmati Ilohiyadan qoviyyan umid etiladi. U maqbul duoning yo aynan dunyoda asari koʻrinadi yoxud duo qilinganning oxiratiga va hayoti abadiyasi jihatida maqbul boʻladi. Demak ayni maqsad amalga oshmasa, duo qabul boʻlmadi deyilmaydi; balki yanada yaxshi bir suratda qabul qilingan deyiladi.

— 204 —

Ikkinchi Savolingiz: Sahoba-i Kirom Hazorotiga Roziyallohu Anh deyiladi, boshqalarga ham roziyallohu anh deyish muvofiqmi?

Aljavob: Ha, aytiladi. Chunki Rasuli Akramning bir shiori boʻlgan Alayhissalotu Vassalam kalomi kabi Roziyallohu Anh tarkibi Sahobaga maxsus bir shior emas, balki Sahoba kabi varosati nubuvvat deyilgan valoyati kubroda boʻlgan va maqomi rizoga yetishgan Aimma-i Arba'a, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy, Imom Gʻazzoliy kabi zotlarga aytilishi kerak. Faqat urfi ulamoda Sahobaga Roziyallohu Anh; Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iynga Rahimahulloh; ulardan keyingilarga Gʻofarohulloh; va Avliyoga Quddisa Sirruhu deyiladi.

Uchinchi Savolingiz: Boshda mujtahidiyni i'zom imomlari afzalmi, boʻlmasa haq tariqatlarning shohlari, aqtoblari afzalmi?

Aljavob: Umum mujtahidiyn emas; balki Abu Hanifa, Molik, Shofe'iy, Ahmad Ibn Hanbal; shohlardan, aqtoblardan ustundirlar. Faqat xususiy fazilatlarda Shohi Jiyloniy kabi ba'zi horiqo qutblar, bir jihatda yanada porloq maqomga sohibdirlar. Faqat kulliy fazilat imomlarnikidir. Ham tariqat shohlarining bir qismi mujtahidlardandir; shuning uchun umum mujtahidiyn aqtobdan yanada afzal, deyilmaydi. Faqat Aimma-i Arba'a Sahobadan va Mahdiydan soʻngra eng afzallardir, deyiladi.

Toʻrtinchi Savolingiz: اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ da hikmat va gʻoya nima?

Aljavob: Janobi Haq, Hakim ismi muqtazosi boʻlib, vujudi ashyoda bir narvoyning zinalari kabi bir tartib vaz' etgan. Sabrsiz odam taanni bilan harakat qilmagani uchun, zinalarni yo hatlab tushadi yoki nuqson qoldiradi; maqsud tomiga chiqolmaydi. Shuning uchun hirs mahrumiyatga sabab boʻladi. Sabr esa mushkulotning kalitidirki,

اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ ٭ وَالصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ

zurubi amsol hukmiga oʻtgandir. Demak, Janobi Haqning inoyat va tavfiqi sabrli odamlar bilan barobardir. Chunki sabr uchtadir:

Biri: Ma'siyatdan oʻzini tortib sabr etish. Bu sabr taqvodir, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الْمُتَّق۪ينَ sirriga mazhar qiladi.

Ikkinchisi: Musibatlarga qarshi sabr boʻlib, tavakkal va taslimdir.

اِنَّ اللّٰهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّل۪ينَ ٭ اِنَّ اللّٰهَ يُحِبُّ الصَّابِر۪ينَ

sharafiga mazhar etadi. Va sabrsizlik esa Allohdan shikoyatni tazammun etadi. Va af'olini tanqid va rahmatini ittihom va hikmatini yoqtirmaslik boʻladi. Ha, musibatning zarbasiga qarshi shikoyatda albatta ojiz va zaif inson yigʻlaydi; lekin shikoyatni unga aytish kerak, undan shikoyat qilmaslik kerak. Hazrat Ya'qub Alayhissalomning اِنَّمَا اَشْكُوا بَثّ۪ى وَ حُزْن۪ى اِلَى اللّٰهِ deganidek boʻlishi kerak. Ya'ni: Musibatni Allohga shikoyat qilish kerak, aksincha Allohni insonlarga shikoyat qilgandek, "Eyvoh! Uf!" deb, "Men nima qildimki, bu boshimga keldi" deb, ojiz insonlarning riqqatini tahrik etish zarardir, ma'nosizdir.

Uchinchi Sabr: Ibodatda sabr boʻlib, bu sabr uni maqomi mahbubiyatga qadar chiqaradi. Eng buyuk maqom boʻlgan ubudiyati komila tomon yoʻllaydi.

— 205 —

Beshinchi Savolingiz: Sinni mukallafiyat oʻn besh yosh deb qabul qilinadi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam nubuvvatdan avval qanday ibodat qilardi?

Aljavob: Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Arabistonda koʻp pardalar ostida jarayon etgan boqiyya-i dini bilan; faqat farziyat va majburiyat surati bilan emas, balki ixtiyori bilan va mandubiyat surati bilan ibodat qilar edi. Bu haqiqat uzun, hozircha qisqa qolsin.

Oltinchi Savolingiz: Sinni kamol deb qabul qilingan qirq yoshda nubuvvatning kelishi va umri saodatlarining oltmish uch boʻlishidagi hikmat nima?

Aljavob: Hikmatlari koʻp. Biri shuki: Nubuvvat, gʻoyat ogʻir va buyuk bir mukallafiyatdir. Malakoti aqliya va iste'dodoti qalbiyaning inkishofi va takammuli bilan u ogʻir mukallafiyat tahammul etiladi. U takammulning zamoni esa, qirq yoshidir. Ham havasoti nafsoniyaning hayajonli zamoni va harorati gʻariziyaning gʻalayoni hangomi va ehtirosoti dunyoviyaning joʻshqin vaqti boʻlgan yoshlik va shabobiyat esa, yolgʻiz Ilohiy va uxroviy va qudsiy boʻlgan vazoifi nubuvvatga muvofiq tushmaydi. Qirqdan avval naqadar jiddiy va xolis bir odam boʻlsa ham, shuhratparastlarning xotirlariga balki dunyoning shonu-sharafi uchun harakat qilyapti vahmi keladi. Ularning ittihomidan tez qutulolmaydi. Lekin qirqdan keyin, modomiki qabr tarafiga nuzul boshlar ekan va unga dunyodan koʻra koʻproq oxirat koʻrinadi. Harakot va a'moli uxroviyasida tez u ittihomdan qutuladi va muvaffaq boʻladi. Insonlar ham sui zondan qutuladi, xalos boʻladi.

Ammo umri saodatining oltmish uch boʻlishi esa, koʻp hikmatlaridan biri shuki: Shar'an ahli iymon Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni gʻoyat darajada sevish va hurmat qilish va hech bir narsasidan nafrat etmaslik va har holini goʻzal koʻrish bilan mukallaf boʻlganidan; oltmishdan keyingi mashaqqatli va musibatli keksalik zamonida, Habibi Akramini qoldirmadi; balki imom boʻlgan ummatining umri gʻolibi boʻlgan oltmish uchda mala-i a'loga yubordi, yoniga oldi; har jihatda imom boʻlganini koʻrsatdi.

— 206 —
Yettinchi Savolingiz:
خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَ شَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ

hadismi; undan murod nima?

Aljavob: Hadis deb eshitgandim. Murod ham shuki: "Eng xayrli yosh udirki; keksa kabi oʻlimni oʻylab oxirati uchun harakat qilib, yoshlik havasotiga asir boʻlmasdan gʻaflatda botmagan. Va keksalaringizning eng yomoni shuki; gʻaflatda va havasotda yoshlarga oʻxshashni istaydi; bolalardek havasoti nafsoniyaga tobe boʻladi".

Sening lavhangda koʻrganing ikkinchi parchaning sahih surati shuki; men boshimning ustida uni bir lavha-i hikmat qilib ta'liq etganman. Har tong va oqshom unga qarayman, darsimni olaman:

Doʻst istasang, Alloh yetar. Ha, u doʻst boʻlsa, hamma narsa doʻstdir.

Yoron istasang, Qur'on yetar. Ha, undagi anbiyo va maloika bilan xayolan koʻrishadi va vuqu'otlarini tomosha qilib unsiyat etadi.

Mol istasang, qanoat yetar. Ha, qanoat qilgan iqtisod qiladi; iqtisod qilgan, baraka topadi.

Dushman istasang, nafs yetar. Ha, oʻzini yoqtirgan baloni topadi, zahmatga tushadi; oʻzini yoqtirmagan safoni topadi, rahmatga ketadi.

Nasihat istasang, oʻlim yetar. Ha, oʻlimni oʻylagan hubbi dunyodan qutuladi va oxirati uchun jiddiy harakat qiladi.

Yettinchi masalangizga bir sakkizinchini men ilova etaman. Shundayki:

Bir-ikki kun avval bir hofiz Sura-i Yusufdan bir arsh, to تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ ga qadar oʻqidi. Birdan oniy bir suratda bir nukta qalbga keldi: Qur'onga va iymonga oid hamma narsa qiymatdordir, zohiran naqadar kichik boʻlsa boʻlsin, qiymat jihatidan buyukdir. Ha, saodati abadiyaga yordam bergan kichik emas. Unday boʻlsa, "shu kichik bir nuktadir, shu izohga va ahamiyatga arzimaydi" deyilmaydi. Albatta shu tur masoilda eng birinchi talaba va muxotob boʻlgan va nukati Qur'oniyani taqdir etgan Ibrohim Xulusiy u nuktani eshitishni istaydi. Unday boʻlsa tingla:

Eng goʻzal bir qissaning goʻzal bir nuktasidir. Ahsan-ul qosos boʻlgan Qissa-i Yusuf Alayhissalom xotimasini xabar bergan تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ oyatining ulviy va latif va xushxabarli va i'jozkorona bir nuktasi shuki: Boshqa farohli va saodatli qissalarning oxiridagi zavol va firoq xabarlarining gʻamlari va alami, qissadan olingan xayoliy lazzatni achchiqlashtiradi, sindiradi. Xususan kamoli faroh va saodat ichida boʻlganini xabar bergan hangomda, mavtini va firoqini xabar berish koʻproq aliymdir; tinglaganlarga "Eyvoh!" dediradi. Holbuki shu oyat, Qissa-i Yusufning (A.S.) eng porloq qismi; Azizi Misr boʻlishi, padar va volidasi bilan koʻrishishi, qardoshlari bilan sevishib tanishishi boʻlgan dunyoda eng buyuk saodatli va farohli hangomda, Hazrat Yusufning mavtini shunday suratda xabar beradi va aytadiki: Shu farohli va saodatli vaziyatdan yanada saodatli, yanada porloq bir vaziyatga mazhar boʻlish uchun, Hazrat Yusuf oʻzi Janobi Haqdan vafotini istadi va vafot etdi; u saodatga mazhar boʻldi. Demak, u dunyoviy lazzatli saodatdan yanada jozibador bir saodat va farohli bir vaziyat qabrning orqasida bordirki; Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi haqiqatbin zot, u gʻoyat lazzatli dunyoviy vaziyat ichida gʻoyat achchiq boʻlgan mavtni istadi, toki narigi saodatga mazhar boʻlsin.

Xullas, Qur'oni Hakimning shu balogʻatiga qaraki, Qissa-i Yusufning xotimasini qay surat bilan xabar berdi. U xabarda tinglaganlarga alam va taassuf emas, balki bir xushxabar va bir surur ilova etadi. Ham irshod etadiki: Qabrning orqasi uchun harakat qilinglar, haqiqiy saodat va lazzat undadir. Ham Hazrat Yusufning oliy siddiqiyatini koʻrsatadi va aytadiki: Dunyoning eng porloq va eng sururli holati ham unga gʻaflat bermaydi, uni maftun etmaydi, yana oxiratni istaydi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 207 —

YIGIRMA TOʻRTINCHI MAKTUB

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ وَ يَحْكُمُ مَا يُر۪يدُ

Savol: A'ozimi Asmo-i Ilohiyadan boʻlgan Rahim va Hakim va Vadud iqtizo etgan shafqatparvarona tarbiya va maslahatkorona tadbir va muhabbatdorona taltif, qanday va qay surat bilan mudhish va muvahhish boʻlgan mavt va adam bilan, zavol va firoq bilan, musibat va mashaqqat bilan uygʻun boʻladi? Mayli, inson saodati abadiyaga ketgani uchun, mavt yoʻlida oʻtishini xush koʻraylik; faqat bu nozik va nozanin va zihayot boʻlgan ashjar va nabotot anvo'lari va gullari va vujudga loyiq va hayotga oshiq va baqoga mushtoq boʻlgan hayvonot toifalarini, mutamodiyan hech birini qoldirmasdan ifnalarida va gʻoyat tezlik bilan ularga koʻz ochtirmasdan i'domlarida va ularga nafas oldirmasdan mashaqqat bilan ishlatishlarida va hech birini rohatda qoldirmasdan musibatlar bilan tagʻyirlarida va hech birini mustasno etmasdan oʻldirishlarida va hech biri turmasdan zavollarida va hech biri mamnun boʻlmasdan firoqlarida qaysi shafqat va marhamat bor, qaysi hikmat va foyda mavjud, qaysi lutf va marhamat joylasha oladi?

Aljavob: Da'i va muqtaziyni koʻrsatgan besh ramz bilan va gʻoyalarni va foydalarni koʻrsatgan besh ishorat bilan shu savolni hal etgan juda keng va juda chuqur va juda yuksak boʻlgan haqiqati uzmoga uzoq uzoqlardan qaratishga harakat qilamiz.

BIRINCHI MAQOM: Besh ramzdir.

Birinchi Ramz: Yigirma Oltinchi Soʻzning xotimalarida aytilgani kabi; qandayki bir mohir san'atkor qiymatli bir koʻylakni murasso' va munaqqash suratda yasash uchun, bir miskin odamni loyiq boʻlgan bir ujratga muqobil model qilib, oʻz san'at va mahoratini koʻrsatish uchun; koʻylakni miskin odam ustida bichadi, kesadi, qisqartiradi, uzatadi; yana u odamni oʻtirgʻizadi, turgʻizadi, muxtalif vaziyatlar beradi. Shu miskin odamning u san'atkor ustaga: "Meni goʻzallashtirgan bu koʻylakka nima uchun tegilib tabdil va tagʻyir etyapsan va meni turgʻizib oʻtirgʻizib, mashaqqat bilan mening istirohatimni buzyapsan?" deyishga qandaydir haqqi bormi.

Aynan shuning kabi: Sone'-i Zuljalol har bir navi mavjudotning mohiyatini bittadan model ittihoz etib va nuqushi asmosi bilan kamoloti san'atini koʻrsatish uchun; har bir narsaga, xususan zihayotga, tuygʻular bilan murasso' bir vujud libosini kiydirib, ustida qalami qazo va qadar bilan naqshlar qiladi; jilva-i asmosini koʻrsatadi. Har bir mavjudga ham, unga loyiq bir tarzda bir ujrat boʻlib; bir kamol, bir lazzat, bir fayz beradi.

مَالِكُ الْمُلْكِ يَتَصَرَّفُ ف۪ى مُلْكِه۪ كَيْفَ يَشَٓاءُ

sirriga mazhar boʻlgan u Sone'-i Zuljalolga qarshi hech bir narsaning: "Menga zahmat beryapsan. Mening istirohatimni buzyapsan", deyishga haqqi bormi? Xosho! Ha, mavjudotning hech bir jihatda Vojib-ul Vujudga qarshi haqlari yoʻq va haq da'vo etolmaydilar; balki haqlari doimo shukr va hamd bilan, bergan vujud martabalarining haqqini ado etishdir. Chunki berilgan butun vujud martabalari vuqu'otdir, bittadan illat istaydi. Faqat berilmagan martabalar imkonotdir. Imkonot esa adamdir, ham nihoyatsizdir. Adamlar esa, illat istamaydilar. Nihoyatsizga illat boʻlolmaydi. Masalan, ma'danlar: "Nima uchun nabotiy boʻlmadik?" deyolmaydi. Shikoyat qilolmaydi; balki vujudi ma'daniyga mazhar boʻlganlari uchun haqlari Fotiriga shukrondir. Nabotot nima uchun hayvon boʻlmadim deb shikoyat qilolmaydi, balki vujud bilan barobar hayotga mazhar boʻlgani uchun haqqi shukrondir. Hayvon esa nima uchun inson boʻlmadim deya shikoyat qilolmaydi, balki hayot va vujud bilan birga qiymatli bir ruh javhari unga berilgani uchun, uning ustidagi haqqi, shukrondir. Va hokazo qiyos et.

— 208 —

Ey insoni mushtakiy! Sen ma'dum qolmading, vujud ne'matini kiyding, hayotni totding, jomid qolmading, hayvon boʻlmading, Islomiyat ne'matini topding, zalolatda qolmading, sihat va salomat ne'matini koʻrding va hokazo...

Ey nonkoʻr! Yana sen qayerda haq qozonyapsanki, Janobi Haq senga bergan mahzi ne'mat boʻlgan vujud martabalariga muqobil shukr qilmasdan; imkonot va adamiyat navida va sening qoʻlingga emasligidan va sen loyiq boʻlmagan yuksak ne'matlarning senga berilmaganidan, botil bir hirs bilan Janobi Haqdan shikoyat etyapsan va kufroni ne'mat etyapsan? Ajabo, bir odam; minora boshiga chiqish kabi oliy darajotli bir martabaga chiqsin, buyuk maqom topsin, har zinada buyuk bir ne'mat koʻrsin; u ne'matlarni berganga shukr qilmasin va desin: "Nima uchun u minoradan ham yuksagiga chiqolmadim" deya shikoyat qilib dod-faryod qilsin. Naqadar haqsizlik qiladi va naqadar kufroni ne'matga tushadi, naqadar buyuk devonalik qiladi, devonalar ham anglaydi.

Ey qanoatsiz hirsli va iqtisodsiz isrofli va haqsiz shikoyatli gʻofil inson! Qat'iyan bilki: Qanoat, tijoratli bir shukrondir; hirs, xasoratli bir kufrondir. Va iqtisod, ne'matga goʻzal va manfaatli bir ehtiromdir. Isrof esa, ne'matga xunuk va zararli bir istixfofdir. Agar aqling boʻlsa, qanoatga oʻrgan va rizoga harakat qil. Tahammul etolmasang "Yo Sabur" de va sabr ista; haqqingga rozi boʻl, tashakki etma. Kimdan kimga shikoyat qilganingni bil, jim boʻl. Har holda, shikoyat etishni istasang; nafsingni Janobi Haqqa shikoyat qil, chunki qusur undadir.

Ikkinchi Ramz: Oʻn Sakkizinchi Maktubning oxirgi masalasining oxirida aytilgani kabi, Xoliqi Zuljalol hayratnamo, dahshat-angiz bir suratda bir faoliyati rububiyat bilan, mavjudotni mutamodiyan tabdil va tajdid etganining bir hikmati budir: Qandayki maxluqotda faoliyat va harakat; bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan, bir muhabbatdan kelib chiqadi. Hatto deyish mumkinki; har bir faoliyatda bir lazzat navi bor; balki har bir faoliyat, bir tur lazzatdir. Va lazzat, bir kamolga mutavajjih; balki bir navi kamoldir. Modomiki faoliyat bir kamol, bir lazzat, bir jamolga ishorat qiladi. Va modomiki Kamoli Mutlaq va Komili Zuljalol boʻlgan Vojib-ul Vujud, zot va sifot va af'olida, butun anvo'i kamolotni jome'dir; albatta u Zoti Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va qudsiyatiga loyiq tarzda va istigʻno-i zotiysiga va gʻino-i mutlaqiga muvofiq bir suratda va kamoli mutlaqiga va tanazzuhi zotiysiga munosib bir shaklda; hadsiz bir shafqati muqaddasa va nihoyatsiz bir muhabbati munazzahasi bor. Albatta u shafqati muqaddasadan va u muhabbati munazzahadan kelgan hadsiz bir shavqi muqaddas bor. Va u shavqi muqaddasdan kelgan hadsiz bir sururi muqaddas bor. Va u sururi muqaddasdan kelgan, ta'biri joiz boʻlsa, hadsiz bir lazzati muqaddasa bor. Va albatta u lazzati muqaddasa bilan barobar; hadsiz uning marhamati jihati bilan faoliyati qudrati ichida, maxluqotining iste'dodlari quvvadan fe'lga chiqishidan va takammul etishidan nash'at etgan, u maxluqotning mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan Zoti Rahmon va Rahimga oid, ta'biri joiz boʻlsa, hadsiz mamnuniyati muqaddasa va hadsiz iftixori muqaddas borki; hadsiz bir suratda, hadsiz bir faoliyatni iqtizo etadi. Va u hadsiz faoliyat ham, hadsiz bir tabdil va tagʻyir va tahvil va taxribni ham iqtizo etadi. Va u hadsiz tagʻyiq va tabdil ham; mavt va adamni, zavol va firoqni iqtizo etadi.

— 209 —

Bir zamon, hikmati bashariyaning masnu'otning gʻoyalariga doir koʻrsatgan foydalari nazarimda juda ahamiyatsiz koʻrindi. Va undan bildimki, u hikmat abasiyatga ketadi. Shuning uchun faylasuflarning kattalari yo tabiat zalolatiga tushadi yoki Sofistaiy boʻladi yoki ixtiyor va ilmi Sone'ni inkor qiladi yoki Xoliqqa "mujibi bizzot" deydi.

Oʻsha payt rahmati Ilohiya Hakim ismini yordamimga yubordi; menga ham masnu'otning buyuk gʻoyalarini koʻrsatdi. Ya'ni, har bir masnu' shunday bir maktubi Rabboniydirki, umum zishuur uni mutolaa etadi. Shu gʻoya bir yil menga kifoya qildi. Soʻngra san'atdagi horiqolar inkishof etdi, u gʻoya kifoya qilmaslikni boshladi. Yanada ulkan boshqa bir gʻoya koʻrsatildi. Ya'ni: Har bir masnu'ning eng muhim gʻoyalari Sone'iga qaraydi; uning kamoloti san'atini va nuqushi asmosini va murassaoti hikmatini va hadoya-i rahmatini uning nazariga arz etish va jamol va kamoliga bir oyna boʻlishdir, bildim. Shu gʻoya ancha zamon menga kifoya qildi. Soʻngra san'at va ijodi ashyodagi hayrat-angiz faoliyat ichida, gʻoyat darajada sur'atli tagʻyir va tabdildagi moʻ'jizoti qudrat va shuunoti rububiyat koʻrindi. U vaqt bu gʻoya ham kifoya qilmaslikni boshladi. Balki shu gʻoya qadar buyuk muqtaziy va da'i ham lozimdir bildim. Mana oʻsha vaqt, shu Ikkinchi Ramzdagi muqtaziylar va kelasi ishoratlardagi gʻoyalar koʻrsatildi. Va yaqiynan menga bildirildiki: "Koinotdagi qudratning faoliyati va sayru sayaloni ashyo shu qadar ma'nodordirki; u faoliyat bilan Sone'-i Hakim anvo'i koinotni gapirtiradi". Goʻyo koʻklarning va zaminning mutaharrik mavjudlari va harakatlari, ularning u gapirishlaridagi kalimalardir va taharruk esa, bir takallumdir. Demak, faoliyatdan kelgan harakot va zavol, bir takallumoti tasbehiyadir. Va koinotdagi faoliyat ham koinotning va anvo'ining ovozsiz bir gapirishi va gapirtirishidir.

Uchinchi Ramz: Ashyo zavol va adamga ketmaydi, balki doira-i qudratdan doira-i ilmga oʻtadi; olami shahodatdan olami gʻaybga ketadi; olami tagʻayyur va fanodan olami nurga, baqoga mutavajjih boʻladi. Haqiqat nuqtai nazarida ashyodagi jamol va kamol; asmo-i Ilohiyaga oiddir va ularning nuqush va jilvalaridir. Modomiki u asmo boqiydirlar va jilvalari doimiydir; albatta naqshlari tajaddud etadi, yangilanadi, goʻzallashadi. Adamga va fanoga ketmaydi, balki yolgʻiz e'tiboriy taayyunlari oʻzgaradi va madori husn va jamol va mazhari fayz va kamol boʻlgan haqiqatlari va mohiyatlari va huviyati misoliyalari boqiydir. Ziruh boʻlmaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻriga ulardagi husn va jamol asmo-i Ilohiyaga oiddir, sharaf ulargadir, madh ularning hisobiga oʻtadi, goʻzallik ularnikidir, muhabbat ularga ketadi, u oynalarning oʻzgarishi bilan ularga bir zarar iyros etmaydi. Agar ziruh boʻlsa, zavil uquldan boʻlmasa, ularning zavol va firogʻi bir adam va fano emas; balki vujudi jismoniydan va vazifa-i hayotning tashvishlaridan qutulib, qozongan vazifalarining samaralarini boqiy arvohlariga topshirib; ularning u arvohi boqiyalari ham bittadan asmo-i Ilohiyaga istinod etib davom etadi, balki oʻziga loyiq bir saodatga ketadi. Agar u ziruhlar zavil uquldan boʻlsa; zotan saodati abadiyaga va moddiy va ma'naviy kamolotga mador boʻlgan olami baqoga va u Sone'-i Hakimning dunyodan yanada goʻzal, yanada nuroniy boʻlgan olami barzoh, olami misol, olami arvoh kabi boshqa manzillariga, boshqa mamlakatlariga bir sayru safardir; bir mavtu adam va zavolu firoq emas, balki kamolotga qovushishdir.

Alhosil: Modomiki Sone'-i Zuljalol bor va boqiydir va sifot va asmosi doimiy va sarmadiydirlar; albatta u asmoning jilvalari va naqshlari, bir ma'naviy baqo ichida tajaddud etadi; taxrib va fano, i'dom va zavol emasdir. Ma'lumki inson insoniyat jihati bilan aksar mavjudot bilan aloqadordir. Ularning saodatlari bilan mutalazziz va halokatlari bilan mutaallimdir. Xususan zihayot bilan va ayniqsa navi bashar bilan va ayniqsa sevgan va istehson etgan ahli kamolning alomi bilan yanada ziyoda mutaallim va saodatlari bilan yanada ziyoda mas'ud boʻladi. Hatto shafqatli bir volida kabi, oʻz saodatini va rohatini ularning saodati uchun fido qiladi. Demak, har moʻ'min darajasiga koʻra, nuri Qur'on va sirri iymon bilan, butun mavjudotning saodatlari bilan va baqolari bilan va hechlikdan qutulishlari bilan va qiymatli maktuboti Rabboniya boʻlishlari bilan mas'ud boʻlishi mumkin va dunyo qadar bir nur qozonadi. Harkim darajasiga koʻra bu nurdan istifoda etadi. Agar ahli zalolat boʻlsa; oʻz alami bilan birga, butun mavjudotning halokati bilan va fanosi bilan va zohiriy i'domlari bilan, ziruh boʻlsa alomlari bilan mutaallim boʻladi. Ya'ni, uning kufri uning dunyosiga adam toʻldiradi, uning boshiga toʻkadi; hali Jahannamga ketmasdan Jahannamga ketadi.

Toʻrtinchi Ramz: Koʻp yerlarda deganimiz kabi, bir podshohning sulton, xalifa, hokim, qoʻmondon kabi muxtalif unvonlar va sifatlardan nash'at etgan muxtalif boshqa-boshqa davoiri tashkiloti boʻlgani kabi; Janobi Haqning asmo-i husnasining hadsiz-hisobsiz turli-tuman tajalliyoti bor. Maxluqotning tanavvu'lari va ixtiloflari, u tajalliyotning tanavvu'laridan kelib chiqadi. Xullas, har kamol va jamol sohibi, fitratan jamol va kamolini koʻrish va koʻrsatishni xohlashi sirricha; muxtalif asmo, doimiy va sarmadiy boʻlganlari uchun, doimiy suratda Zoti Aqdas hisobiga tazohur istaydilar; ya'ni naqshlarini koʻrishni istaydilar; ya'ni oʻz naqshlarining oynalarida jilva-i jamollarini va in'ikosi kamollarini koʻrish va koʻrsatish istaydilar; ya'ni koinot kitobi kabirini va mavjudotning muxtalif maktubotini zamon bilan yangilash; ya'ni yangidan yangiga ma'nodor yozish; ya'ni birgina sahifada boshqa-boshqa minglab maktubotni yozish va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammo-i Aqdasning nazari shuhudiga izhor etish bilan barobar; butun zishuurning nazari mutolaasiga koʻrsatish va oʻqittirish iqtizo etadilar. Bu haqiqatga ishorat etgan shu haqiqatli she'rga qara:

Kitobi olamning yaproqlari, anvo'i noma'dud
Huruf bilan kalimoti ham, afrodi nomahdud
Yozilmish dastgohi Lavhi Mahfuzi haqiqatda
Mujassam lafzi ma'nodordir, olamda har mavjud.
تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ
— 210 —

Beshinchi Ramz: Ikki nuktadir.

Birinchi Nukta: Modomiki Janobi Haq bor, hamma narsa bor. Modomiki Janobi Vojib-ul Vujudga intisob bor, hamma narsa uchun butun ashyo bor. Chunki Vojib-ul Vujudga nisbat bilan har bir mavjud, butun mavjudotga, vahdat sirri bilan bir irtibot paydo qiladi. Demak, Vojib-ul Vujudga intisobini bilgan yoki intisobi bilingan har bir mavjud, sirri vahdat bilan, Vojib-ul Vujudga mansub butun mavjudot bilan munosabatdor boʻladi. Demak, har bir narsa u intisob nuqtasida hadsiz anvori vujudga mazhar boʻlishi mumkin. Firoqlar, zavollar u nuqtada yoʻqdir. Bir oni sayyola yashash hadsiz anvori vujudga madordir. Agar u intisob boʻlmasa va bilinmasa, hadsiz firoqlarga va zavollarga va adamlarga mazhar boʻladi. Chunki u holda aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan har bir mavjudga qarshi bir firogʻi va bir iftiroqi va bir zavoli bor. Demak, oʻz shaxsiy vujudiga hadsiz adamlar va firoqlar yuklanadi. Bir million yil vujudda qolsa ham (intisobsiz); avvalgi nuqtadagi u intisobdagi bir on yashash qadar boʻlolmaydi. Shuning uchun ahli haqiqat: "Bir oni sayyola vujudi munavvar, million yil bir vujudi abratdan murajjahdir", deyishgan. Ya'ni: "Vujudi Vojibga bogʻlangan bir onlik vujud, bogʻlanmagan million yil vujuddan murajjahdir". Bu sir uchun, ahli tahqiq: "Anvori vujud esa Vojib-ul Vujudni tanish bilan", deyishgan. Ya'ni: "U holda koinot anvori vujud ichida boʻlib maloika va ruhoniyot va zishuurlar bilan toʻla koʻrinadi. Agar usiz boʻlsa adam zulumotlari, firoq va zavol alamlari har bir mavjudni ihota etadi. Dunyo u odamning nazarida boʻsh va xoli bir vahshatgoh suratida koʻrinadi". Ha, qandayki bir daraxt mevalarining har birisi, daraxtning boshidagi butun mevalarga qarshi bittadan nisbati bor va u nisbat bilan bittadan qardoshi, doʻsti mavjud boʻlgani uchun, ularning adadicha ariziy vujudlari bor. Qachon meva daraxtning boshidan uzilsa, har bir mevaga qarshi bir firoq va zavol hosil boʻladi. Har bir meva uning uchun ma'dum hukmidadir. Xorijiy bir zulmati adam unga hosil boʻladi. Xuddi shuning kabi: Qudrati Ahadi Samadga intisob nuqtasida hamma narsa uchun butun ashyo bor. Agar intisob boʻlmasa, hamma narsa uchun ashyo adadicha xorijiy adamlar bor. Xullas, shu ramzdan iymonning azamati anvoriga qara va zalolatning dahshatli zulumotini koʻr. Demak, iymon shu ramzda bayon etilgan haqiqati oliya-i nafs-ul amriyaning unvonidir va iymon bilan undan istifoda eta oladi. Agar iymon boʻlmasa, qandayki koʻr, kar, tilsiz, aqlsiz odamga hamma narsa ma'dum ekan; xuddi shuning kabi iymonsizga hamma narsa ma'dum, zulumotli boʻladi.

Ikkinchi Nukta: Dunyoning va ashyoning uch dona yuzi bor.

Birinchi Yuzi: Asmo-i Ilohiyaga qaraydi, ularning oynalaridir. Bu yuzga zavol va firoq va adam kirolmaydi; balki yangilanish va tajaddud bor.

Ikkinchi Yuzi: Oxiratga qaraydi, olami baqoga nazar etadi, uning ekinzori hukmidadir. Bu yuzda boqiy samaralar va mevalar yetishtirish bor; baqoga xizmat qiladi, foniy narsalarni boqiy hukmiga keltiradi. Bu yuzda ham mavt va zavol emas, balki hayot va baqo jilvalari bor.

Uchinchi Yuzi: Foniylarga, ya'ni bizlarga qaraydiki; foniylarning va ahli havasotning ma'shuqasi va ahli shuurning tijoratgohi va vazifadorlarning maydoni imtihonlaridir. Xullas, bu uchinchi yuzidagi fano va zavol, mavt va adamning dardlariga va yaralariga malham uchun u uchinchi yuzning mohiyatidagi baqo va hayot jilvalari bor.

Alhosil: Shu mavjudoti sayyola, shu maxluqoti sayyora Vojib-ul Vujudning anvori ijod va vujudini yangilash uchun mutaharrik oynalar va oʻzgargan mazharlardir.

— 211 —

IKKINCHI MAQOM

Bir muqaddima, besh ishoratdir. Muqaddima ikki mabhasdir.

Birinchi Mabhas: Bu keladigan besh ishoratda, shuunoti rububiyatni rasad etish uchun; bittadan soʻniq, kichik durbin navidan bittadan tamsil yoziladi. Bu tamsillar; shuunoti rububiyatning haqiqatini tutolmaydi, ihota etolmaydi, miqyos boʻlolmaydi, faqat qarata oladi. U keladigan tamsilotda va oʻtgan ramzlarda Zoti Aqdasning shuunotiga munosib boʻlmagan ta'birot, tamsilning qusuriga oiddir.

Masalan: Lazzat va surur va mamnuniyatning bizcha ma'lum ma'nolari, shuunoti muqaddasani ifoda etolmaydi; faqat bittadan unvoni mulohazadir, bittadan mirsodi tafakkurdir. Ham yana shu tamsillar; qamrovli, azim bir qonuni rububiyatning kichik bir misolda uchini koʻrsatish bilan, rububiyatning shuunotida u qonunning haqiqatini isbot qiladi. Masalan, bir gul vujuddan ketadi, minglab vujud qoldirib shunday ketadi deyilgan. U bilan azim bir qonuni rububiyatni koʻrsatadiki; butun bahor, balki butun dunyodagi mavjudotda bu qonuni rububiyat jarayon etadi.

Ha, Xoliqi Rahim bir qushning patli libosini qaysi qonun bilan almashtirsa, yangilasa; u Sone'-i Hakim ayni qonun bilan, har yili Kura-i Arzning libosini tajdid etadi. Ham u ayni qonun bilan, har asrda dunyoning shaklini tabdil etadi. Ham ayni qonun bilan, qiyomat vaqtida koinotning suratini tagʻyir etib oʻzgartiradi.

Ham qaysi qonun bilan zarrani, mavlaviy kabi tahrik etsa; ayni qonun bilan Kura-i Arzni majzub va aylanish uchun turgan mavlaviy kabi aylantiradi va u qonun bilan olamlarni aylantiradi va manzuma-i shamsiyani kezdiradi.

Ham qaysi qonun bilan sening badaningdagi hujayrotning zarralarini yangilayotgan, ta'mir va tahlil etayotgan boʻlsa, ayni qonun bilan sening bogʻingni har yili yangilaydi va har mavsumda koʻp marta yangilaydi. Ayni qonun bilan, zamin yuzini har bahor mavsumida yangilaydi, yangi bir yopinchiq ustiga tortadi.

Ham u Sone'-i Qodir, qaysi qonuni hikmat bilan bir chivinni ihyo etadi, ayni qonun bilan shu qarshimizdagi chinor daraxtini har bahorda ihyo etadi va u qonun bilan Kura-i Arzni yana u bahorda ihyo etadi va ayni qonun bilan hashrda maxluqotni ham ihyo etadi. Shu sirga ishoratan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

Qur'on farmon etar. Va hokazo qiyos et.

Bular kabi koʻp qavonini rububiyat bordirki, zarradan to majmu'i olamga qadar jarayon etadi. Xullas, faoliyati rububiyatning ichidagi shu qonunlarning azamatiga qara va kengligiga diqqat qil va ichidagi sirri vahdatni koʻr; har bir qonun bir burhoni vahdat ekanini bil. Ha, bu juda kasratli va juda azamatli qonunlar, har biri ilm va irodaning jilvasi boʻlish bilan barobar; ham vohid, ham qamragani uchun; Sone'ning vahdoniyatini va ilm va irodasini gʻoyat qat'iy bir suratda isbot qiladilar. Xullas, aksar Soʻzlarda aksar tamsilot, bunday qonunlarning uchlarini bittadan juz'iy misol bilan koʻrsatish bilan; mudda'oda, ayni qonunning vujudiga ishorat qiladi. Modomiki tamsil bilan qonunning tahaqquqi koʻrsatiladi, burhoni mantiqiy kabi yaqiyniy bir suratda mudda'oni isbot qiladi. Demak, Soʻzlardagi aksar tamsillar; bittadan burhoni yaqiyniy, bittadan hujjati qat'iya hukmidadir.

— 212 —

Ikkinchi Mabhas: Oʻninchi Soʻzning Oʻninchi Haqiqatida aytilgani kabi, bir daraxtning qancha mevalari va gullari boʻlsa; har bir mevaning, har bir gulning shuncha gʻoyalari, hikmatlari bor. Va u hikmatlar uch qismdir. Bir qismi Sone'ga qaraydi, asmosining naqshlarini koʻrsatadi. Bir qismi zishuurlarga qaraydiki, ularning nazarlarida qiymatli maktubot va ma'nodor kalimotdir. Bir qismi oʻz nafsiga va hayotiga va baqosiga qaraydi va insonga foydali boʻlsa, insonning manfaatiga koʻra hikmatlari bor. Xullas, har bir mavjudning bunday kasratli gʻoyalari boʻlganini bir vaqt oʻylarkan, xotirimga Arabiy tarzda va keladigan "Besh Ishorat"ning asosotiga mulohaza hukmida boʻlib, kulliy gʻoyalarga ishorat etgan shu fikralar kelgandir.

وَهٰذِهِ الْمَوْجُودَاتُ الْجَلِيَّةُ مَظَاهِرُ سَيَّالَةٌ وَمَرَايَا جَوَّالَةٌ لِتَجَدُّدِ تَجَلِّيَاتِ اَنْوَارِ ا۪يجَادِه۪ سُبْحَانَهُ
بِتَبَدُّلِ التَّعَيُّنَاتِ الْاِعْتِبَارِيَّةِ
اَوَّلًا : مَعَ اِسْتِحْفَاظِ الْمَعَانِى الْجَم۪يلَةِ وَالْهُوِيَّاتِ الْمِثَالِيَّةِ
وَثَانِيًا : مَعَ اِنْتَاجِ الْحَقَائِقِ الْغَيْبِيَّةِ وَالنُّسُوجِ اللَّوْحِيَّةِ
وَثَالِثًا : مَعَ نَشْرِ الثَّمَرَاتِ الْاُخْرَوِيَّةِ وَالْمَنَاظِرِ السَّرْمَدِيَّةِ
وَرَابِعًا : مَعَ اِعْلَانِ التَّسْب۪يحَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ وَ اِظْهَارِ الْمُقْتَضَيَاتِ الْاَسْمَائِيَّةِ
وَخَامِسًا : لِظُهُورِ الشُّؤُنَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ وَالْمَشَاهِدِ الْعِلْمِيَّةِ

Xullas, bu besh fikrada, kelajakda bahs etadiganimiz ishorotning asosoti bor. Ha, har bir mavjud (xususan zihayot boʻlganlarning) besh tabaqa boshqa-boshqa hikmatlari va gʻoyalari bor. Qandayki mevador bir daraxt, bir-birining ustidagi shoxlari samara beradi; xuddi shuning kabi: Har bir zihayotning, besh tabaqa muxtalif gʻoyalari mavjud va hikmatlari bor.

Ey insoni foniy! Sening juz'iy bir urugʻ hukmidagi oʻz haqiqatingni mevador bir shajara-i boqiyaga inqilob etishini va besh ishoratda koʻrsatilgan oʻn tabaqa mevalarini va oʻn navi gʻoyalarini qoʻlga kiritishni istasang, haqiqiy iymonni qoʻlga kirit. Boʻlmasa butun ulardan mahrum qolish bilan barobar, u urugʻ ichida siqilib chiriysan.

— 213 —
Birinchi Ishorat:
فَاَوَّلًا: بِتَبَدُّلِ التَّعَيُّنَاتِ الْاِعْتِبَارِيَّةِ مَعَ اِسْتِحْفَاظِ الْمَعَانِى الْجَم۪يلَةِ وَالْهُوِيَّاتِ الْمِثَالِيَّةِ

fikrasi ifoda etadiki: Bir mavjud vujuddan ketgandan soʻng, zohiran adamga, fanoga ketadi; lekin ifoda etgan ma'nolari boqiy qoladi, mahfuz boʻladi. Huviyati misoliyasi va surati va mohiyati ham olami misolda va olami misolning namunalari boʻlgan alvohi mahfuzada va alvohi mahfuzaning namunalari boʻlgan quvva-i hofizalarda qoladi. Demak, bir vujudi suriy yoʻqotadi, yuzlab vujudi ma'naviy va ilmiy qozonadi. Masalan: Qandayki bir sahifaning chop etilishiga mador boʻlgan matbaa hurufotiga bir vaziyat va bir tartib beriladi va bir sahifaning chop etilishiga mador boʻladi; va u sahifa esa suratini va huviyatini, bosilgan mutaaddid yaproqlarga berib va ma'nolarini koʻp aqllarga nashr etgandan soʻng u matbaa hurufotining vaziyati va tartibi ham oʻzgartiriladi. Chunki endi unga luzum qolmadi, ham boshqa sahifalarning chop etilishi lozim boʻladi. Aynan shuning kabi, shu mavjudoti Arziya, xususan nabotiya; qalami qadari Ilohiy ularga bir tartib, bir vaziyat beradi; bahor sahifasida qudrat ularni ijod qiladi va goʻzal ma'nolarini ifoda etib, suratlari va huviyatlari olami misol kabi olami gʻaybning daftariga oʻtganlari uchun, hikmat iqtizo etadi; u vaziyat oʻzgarsin, toki yangi keladigan boshqa bahor sahifasi yozilsin, ular ham ma'nolarini ifoda etsin.

Ikkinchi Ishorat:
وَثَانِيًا : مَعَ اِنْتَاجِ الْحَقَائِقِ الْغَيْبِيَّةِ وَالنُّسُوجِ اللَّوْحِيَّةِ

Bu fikra ishorat etadiki: Har bir narsa -juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin- vujuddan ketgandan soʻng (xususan zihayot boʻlsa) koʻp haqoiqi gʻaybiya natija berish bilan birga; olami misolning daftarlarida boʻlgan lavhi misoliy ustida, atvori hayoti adadicha suratlarni qoldirib, u suratlardan ma'nodor boʻlgan va muqaddaroti hayotiya deyilgan sarguzashti hayotiyalari yoziladi va ruhoniyotga bir mutolaagoh boʻladi. Qandayki masalan bir gul vujuddan ketadi, faqat yuzlab urugʻchalarini va urugʻchalarda mohiyatini vujudda qoldirish bilan birga; kichik alvohi mahfuzada va alvohi mahfuzaning kichik namunalari boʻlgan hofizalarda minglab suratini qoldirib, zishuurlarga atvori hayoti bilan ifoda qilgan tasbehoti Rabboniya va nuqushi asmoiyani oʻqitadi, soʻngra ketadi. Xuddi shuning kabi: Yer yuzining gultuvagida goʻzal masnu'ot bilan munaqqash boʻlgan bahor mavsumi bir guldir; zohiran zavol topadi, adamga ketadi, faqat uning urugʻlari adadicha ifoda qilgan haqoiqi gʻaybiya va gullari adadicha nashr etgan huviyati misoliya va mavjudoti adadicha koʻrsatgan hikmati Rabboniyani oʻziga badal sifatida vujudda qoldirib, soʻngra bizdan yashirinadi. Ham u ketgan bahorning doʻstlari boʻlgan boshqa bahorlarga yer boʻshatadi, toki ular kelib vazifalarini bajarsin. Demak, bahor zohiriy bir vujudni chiqaradi; ma'nan mingta vujud kiyadi.

Uchinchi Ishorat:
وَثَالِثًا : مَعَ نَشْرِ الثَّمَرَاتِ الْاُخْرَوِيَّةِ وَالْمَنَاظِرِ السَّرْمَدِيَّةِ

fikrasi ifoda etadiki: Dunyo bir dastgoh va bir ekinzordir, oxirat bozoriga munosib boʻlgan mahsulotni yetishtiradi. Koʻp Soʻzlarda isbot etganmiz: Qandayki jin va insning amallari oxirat bozoriga yuboriladi. Xuddi shuning kabi: Dunyoning boshqa mavjudoti ham oxirat hisobiga koʻp vazifalar bajaradi va koʻp mahsulot yetishtiradi. Balki Kura-i Arz ular uchun kezadi; balki: "Uning uchun", desa boʻladi. Bu safina-i Rabboniya, yigirma toʻrt ming yillik bir masofani bir yilda oʻtib, maydoni hashrning atrofida aylanyapti. Masalan, ahli Jannat, albatta orzu qiladiki, dunyo mojarolarini taxattur etsinlar va bir-biriga naql etsinlar; balki u mojarolarning lavhalarini va misollarini koʻrishga juda maroq etadilar. Albatta, kino pardalarida koʻrgandek; oʻsha lavhalarni, u voqealarni mushohada etsalar, juda mutalazziz boʻladilar. Modomiki shunday ekan, har holda dori lazzat va manzili saodat boʻlgan dori Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِل۪ينَ ishorati bilan; sarmadiy manzaralarda dunyoviy mojarolarning muhovarasi va dunyoviy hodisotning manzaralari Jannatda boʻladi. Xullas, bu goʻzal mavjudotning bir on koʻrinishi bilan yoʻqolishi va bir-biri orqasidan kelib ketishi, manoziri sarmadiyani tashkil etish uchun, bir fabrika dastgohlari hukmida koʻrinadi. Masalan: Qandayki ahli madaniyat, foniy vaziyatlarga bir navi baqo berish va ahli istiqbolga yodgorlik qoldirish uchun; goʻzal yoki gʻarib vaziyatlarning suratlarini olib, kino pardalari bilan istiqbolga hadya qiladi, zamoni moziyni zamoni holda va istiqbolda koʻrsatadilar va darj etadilar. Aynan shuning kabi: Shu mavjudoti bahoriya va dunyoviyada qisqa bir hayot oʻtkazgandan soʻng, ularning Sone'-i Hakimi olami baqoga oid gʻoyalarini u olamda qayd etish bilan barobar olami abadiyda, sarmadiy manzaralarda ularning atvori hayotlarida bajargan vazoifi hayotiyani va moʻ'jizoti Subhoniyani, manoziri sarmadiyada qayd etish, muqtazo-i ismi Hakim va Rahim va Vaduddir.

Toʻrtinchi Ishorat:
وَرَابِعًا : مَعَ اِعْلَانِ التَّسْب۪يحَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ وَ اِظْهَارِ الْمُقْتَضَيَاتِ الْاَسْمَائِيَّةِ

fikrasi ifoda etadiki: Mavjudot atvori hayoti bilan, mutaaddid anvo'i tasbehoti Rabboniyani aytadi. Ham asmo-i Ilohiya iqtizo va istilzom etgan holoti koʻrsatadiki... Masalan: Rahim ismi shafqat etishni istaydi, Razzoq ismi rizq berishni iqtizo qiladi, Latif ismi lutf etishni istilzom etadi va hokazo butun asmoning bitta-bitta muqtazosi bor. Har bir zihayot hayoti bilan va vujudi bilan u asmoning muqtazosini koʻrsatish bilan birga, jihozoti adadicha Sone'-i Hakimga tasbehot qiladi. Masalan: Bir inson goʻzal mevalar yeganida me'dasida parchalanadi, eriydi, zohiran mahv boʻladi; lekin ogʻzidan, me'dasidan boshqa butun hujayroti badaniyada faoliyatkorona bir lazzat, bir zavq berish bilan barobar, aqtori badandagi vujudni va hayotni oziqlantirish va idoma-i hayot kabi juda koʻp hikmatlarning vujudiga sabab boʻladi. U taomning oʻzi ham vujudi nabotiydan hayoti insoniya tabaqasiga chiqadi, taraqqiy etadi. Aynan shuning kabi: Mavjudot zavol pardasida yashiringan vaqti; ularning oʻrnida har birining juda koʻp tasbehoti boqiy qolish bilan barobar, juda koʻp asmo-i Ilohiyaning ham nuqushlarini va muqtaziyotini u asmoning qoʻllariga qoldiradi. Ya'ni, bir vujudi boqiyaga tavdi' etadi, shunday ketadilar. Ajabo, foniy va muvaqqat bir vujudning ketishi bilan uning oʻrniga bir navi baqoga mazhar minglab vujud qolsa; deyilarmiki, unga yomon boʻldi yoxud befoyda boʻldi yoxud shu sevimli maxluq nima uchun ketdi.. shikoyat qilinishi mumkinmi? Balki oʻsha haqidagi rahmat, hikmat, muhabbat iqtizo etadi va shunday boʻlishi kerak. Boʻlmasa birgina zarar kelmasligi uchun, minglab manfaatni tark etish lozim boʻladiki; u holda minglab zarar boʻladi. Demak, Rahim, Hakim va Vadud ismlari; zavolga va firoqqa muoriz emas, balki istilzom etib iqtizo etadilar.

— 214 —
Beshinchi Ishorat:
وَخَامِسًا : لِظُهُورِ الشُّؤُنَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ وَالْمَشَاهِدِ الْعِلْمِيَّةِ

fikrasi ifoda etadiki: "Mavjudot -xususan zihayot boʻlganlar- vujudi suriydan ketgandan soʻng boqiy koʻp narsalarni qoldiradilar, shunday ketadilar". Ikkinchi Ramzda bayon etilgani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning qudsiyat va istigʻno-i kamoliga muvofiq tarzda va unga loyiq suratda; hadsiz muhabbat, nihoyatsiz shafqat, cheksiz iftixor, -ta'biri joiz boʻlsa- muqaddas hadsiz bir mamnuniyat, bir sevinch, -ta'birda xato boʻlmasin- hadsiz bir lazzati muqaddasa, bir farohi munazzah shuunoti rububiyatida mavjud boʻlib; ularning osori bilmushohada koʻrinadi. Xullas, u shuunot, iqtizo etgan hayratnamo faoliyat ichida, mavjudot tabdil va tagʻyir bilan, zavol va fano ichida sur'at bilan chorlanyapti.. mutamodiyan olami shahodatdan olami gʻaybga yuborilyapti. Va u shuunotning jilvalari ostida maxluqot; doimiy sayru sayalon, harakat va javalon ichida chayqalyapti va ahli gʻaflatning quloqlariga vovaylo-i firoq va zavolni va ahli hidoyatning sam'iga valvala-i zikr va tasbehni tarqatyaptilar. Bu sirga binoan, har bir mavjud Vojib-ul Vujudning boqiy shuunotining tazohuriga boqiy bittadan mador boʻladigan ma'nolarni, vaziyatlarni, holatlarni vujudda qoldirib ketyapti. Ham u mavjud butun hayoti mobaynida oʻtkazgan atvor va ahvoli, ilmi azaliyning unvonlari boʻlgan Imomi Mubin, Kitobi Mubin, Lavhi Mahfuz kabi vujudi ilmiy doiralarida vujudi xorijiyini tamsil etgan mufassal vujud qoldirib ketadilar. Demak, har bir foniy; bir vujudni tark etadi, minglab boqiy vujudlarni qozonadi, qozontiradi. Masalan: Qandayki horiquloda bir fabrika uskunasiga oddiy ba'zi moddalar otiladi; ichida yonadi, zohiran mahv boʻladi; faqat u fabrikaning suzgichlarida juda qiymatli kimyo moddalari va adviyalar tarassub etadi. Ham uning quvvati bilan va bugʻi bilan u fabrikaning charxlari aylanadi; bir tarafdan matolarni toʻqishiga, bir qismi kitob chop etishga, bir qismi esa shakar kabi boshqa qiymatli narsalarni i'mol etishga mador boʻladi va hokazo... Demak oddiy moddalar yonib, zohiran mahv boʻlishi bilan, minglab narsalar vujud topadi. Demak, oddiy bir vujud ketadi, koʻp oliy vujudlarni irsiyat sifatida qoldiradi. Xullas, shu holda oʻsha oddiy moddaga "hayf boʻldi" deyiladimi? Fabrika sohibi nima uchun unga achinmadi, yondirdi; u sevimli moddalarni mahv etdi, shikoyat etiladimi? Aynan shuning kabi وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Xoliqi Hakim va Rahim va Vadud muqtazo-i rahmat va hikmat va vadudiyat boʻlib, koinot fabrikasiga harakat beradi; har bir vujudi foniyni koʻp boqiy vujudlarga urugʻ qiladi, maqosidi Rabboniyasiga mador qiladi, shuunoti Subhoniyasiga mazhar qiladi, qalami qadariga siyoh ittihoz etadi va qudratning toʻqishiga bir makik qiladi va yana biz bilmagan juda koʻp gʻoyoti gʻoliya va maqosidi oliya uchun, oʻz faoliyati qudrati bilan koinotni faoliyatga keltiradi. Zarrotni javalonga, mavjudotni sayaronga, hayvonotni sayalonga, sayyorotni davaronga keltiradi, koinotni gapirtiradi; oyotini unga ovozsiz ayttiradi va unga yozdiradi. Va maxluqoti Arziyani rububiyati nuqtasida, havoni amr va irodasiga bir navi arsh va nur unsurini ilm va hikmatiga boshqa bir arsh va suvni ehson va rahmatiga boshqa bir arsh va tuproqni hifz va ihyosiga bir tur arsh qilgan. U arshlardan uchtasini maxluqoti Arziya ustida kezdiradi.

Qat'iyan bilki: Bu besh Ramzda va besh Ishoratda koʻrsatilgan porloq haqiqati oliya, nuri Qur'on bilan koʻrinadi va iymonning quvvati bilan sohib boʻlish mumkin. Boʻlmasa u haqiqati boqiya oʻrniga, gʻoyat mudhish bir zulumot oʻtadi. Ahli zalolat uchun dunyo, firoqlar va zavollar bilan toʻla va alamlar bilan limmo-limdir. Koinot u uchun ma'naviy bir Jahannam hukmiga oʻtadi. Hamma narsa u uchun oniy bir vujud bilan, hadsiz bir adam ihota etadi. Butun moziy va mustaqbal, zulumoti adam bilan toʻla; yolgʻiz qisqacha bir zamoni holda, bir qaygʻuli nuri vujud topa oladi. Faqat sirri Qur'on va nuri iymon bilan, azaldan abadga qadar bir nuri vujud koʻrinadi; unga aloqador boʻladi va u bilan saodati abadiyasini ta'min etadi.

— 215 —

Alhosil: Bir Shoiri Misriyning tarzida deymiz:

Daryo boʻlgancha nafas

Poralangancha qafas

To tugagancha bu ovoz

Chaqiraman: Yo Haq! Yo Mavjud! Yo Hayy! Yo Ma'bud!

Yo Hakim! Yo Maqsud! Yo Rahim! Yo Vadud!..

Va baqirib deyman:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ الْمُب۪ينُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ صَادِقُ الْوَعْدِ الْاَم۪ينُ

Va iymon keltirib isbot etaman:

اِنَّ الْبَعْثَ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ وَ الْجَنَّةَ حَقٌّ وَ النَّارَ حَقٌّ وَ اِنَّ السَّعَادَةَ الْاَبَدِيَّةَ حَقٌّ وَ اِنَّ اللّٰهَ رَح۪يمٌ حَك۪يمٌ وَدُودٌ وَ اِنَّ الرَّحْمَةَ وَ الْحِكْمَةَ وَ الْمَحَبَّةَ مُح۪يطَةٌ بِجَم۪يعِ الْاَشْيَاءِ وَ شُؤُنَاتِهَا
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ٭ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ. وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ. سُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪، مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪، مَحْشَرَ خِلْقَتِه۪، مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪، مَدَارَ حِكْمَتِه۪، مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪، مَزْرَعَ جَنَّتِه۪، مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ، مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ، مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ، فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ، مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ، مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ، مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ، مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪، هَدَايَاءُ جُودِه۪، بَرَاه۪ينُ لُطْفِه۪، دَلَائِلُ الْوَحْدَةِ، لَطَائِفُ الْحِكْمَةِ، شَوَاهِدُ الرَّحْمَةِ، تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ، تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ، تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ، تَزَيُّنُ الْاَزْهَارِ، تَبَرُّجُ الْاَثْمَارِ ف۪ى هٰذِهِ الْجِنَانِ، تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ ف۪ى كُلِّ الْحَيْوَانَاتِ وَ الْاِنْسَانِ ، تَعَرُّفُ وَدُودٍ، تَوَدُّدُ رَحْمَانٍ، تَرَحُّمُ حَنَّانٍ، تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ.
— 216 —

Yigirma Toʻrtinchi Maktubning Birinchi Zayli

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

Ya'ni: "Ey insonlar! Duongiz boʻlmasa nima ahamiyatingiz bor." ma'nosidagi oyatning besh nuktasini tingla:

BIRINCHI NUKTA: Duo bir sirri azimi ubudiyatdir. Balki ubudiyatning ruhi hukmidadir. Koʻp yerlarda zikr qilganimiz kabi, duo uch xildir.

Birinchi tur duo: Iste'dod lisoni bilandirki; butun hububot, urugʻlar lisoni iste'dod bilan Fotiri Hakimga duo qiladilarki: "Sening nuqushi asmongni mufassal koʻrsatish uchun, bizga nashvu namo ber, kichik haqiqatimizni oʻstir va daraxtning buyuk haqiqatiga aylantir".

Ham shu iste'dod lisoni bilan duo navidan biri shuki: Sabablarning yigʻilishi, musabbabning ijodiga bir duodir. Ya'ni: Sabablar bir vaziyat oladiki, u vaziyat bir lisoni hol hukmiga oʻtadi va musabbabni Qodiri Zuljaloldan duo qiladi, istaydilar. Masalan: Suv, harorat, tuproq, ziyo bir urugʻ atrofida bir vaziyat olib, u vaziyat bir lisoni duo boʻlib: "Bu urugʻni daraxt qil, ey Xoliqimiz!" deydilar. Chunki u moʻ'jiza-i horiqo-i qudrat boʻlgan daraxt; shuursiz, jomid, oddiy moddalarga havola etilmaydi, havolasi imkonsiz. Demak, sabablarning yigʻilishi, bir navi duodir.

Ikkinchi tur duo: Ehtiyoji fitriy lisoni bilan boʻlib, butun zihayotlarning iqtidor va ixtiyorlari dohilida boʻlmagan hojatlarini va matlablarini kutmagan yerlaridan vaqti munosibda ularga berish uchun, Xoliqi Rahimdan bir tur duodir. Chunki iqtidor va ixtiyorlari xorijida, bilmagan yerlaridan, vaqti munosibda ularga bir Hakimi Rahim yuboryapti. Qoʻllari yetmaydi; demak, u ehson, duo natijasidir.

Alhosil: Butun koinotdan dargohi Ilohiyaga chiqqan narsa duodir. Sabab boʻlganlar, musabbabotni Allohdan istaydilar.

— 217 —

Uchinchi turdagi duo: Ehtiyoj doirasida zishuurlarning duosi boʻlib, bu ham ikki qismdir.

Agar izdiror darajasiga kelsa yoki ehtiyoji fitriyga toʻliq munosabatdor boʻlsa yoki lisoni iste'dodga yaqinlashgan boʻlsa yoki sof, xolis qalbning lisoni bilan boʻlsa, aksariyati mutlaqa bilan maqbuldir. Taraqqiyoti bashariyaning qismi a'zami va kashfiyotlari, bir navi duo natijasidir. Havoriqi madaniyat degan narsalari va kashfiyotlariga madori iftixor oʻylagan ishlari, ma'naviy duo natijasidir. Xolis bir lisoni iste'dod bilan istanilgani uchun, ularga berilgan. Lisoni iste'dod bilan va lisoni ehtiyoji fitriy bilan boʻlgan duolar ham, bir mone boʻlmasa va sharoit dohilida boʻlsa, doimo maqbuldir.

Ikkinchi qism: Mashhur duo boʻlib, u ham ikki xildir. Biri fe'liy, biri qovliy. Masalan yer haydash, fe'liy bir duodir. Rizqni tuproqdan emas; balki tuproq, xazina-i rahmatning bir eshigi boʻlgani uchun, rahmatning eshigi boʻlgan tuproqni omoch bilan qoqadi.

Boshqa qismlarning tafsilotini qoldirib, yolgʻiz qovliy duoning bir-ikki sirlarini keladigan ikki-uch nuktada aytamiz.

IKKINCHI NUKTA: Duoning ta'siri azimdir. Xususan duo kulliyat kasb etib davom etsa; natija berishi gʻolibdir, balki doimiydir. Hatto aytish mumkinki: Sababi xilqati olamning birisi ham duodir. Ya'ni, koinotning xilqatidan soʻngra, boshda navi bashar va uning boshida olami Islom va uning boshida Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning muazzam duosi, bir sababi xilqati olamdir. Ya'ni: Xoliqi Olam istiqbolda u zotni, navi bashar nomidan, balki mavjudot hisobidan saodati abadiya, mazhariyati asmo-i Ilohiya istashini bilgan; u boʻladigan duoni qabul qilgan, koinotni xalq etgan. Modomiki duoning shu daraja azim ahamiyati va vus'ati bor ekan; hech mumkinmidirki: Bir ming uch yuz ellik yilda, har vaqtda, navi bashardan uch yuz million, jin va ins va malak va ruhoniyotdan hadd-hisobsiz muborak zotlar bil-ittifoq Zoti Muhammadiy Alayhissalotu Vassalam haqida, rahmati uzmo-i Ilohiya va saodati abadiya va husuli maqsud uchun duolari qanday qabul boʻlmasin? U duolari rad qilinishi hech bir jihatdan mumkinmi?

Modomiki bu qadar kulliyat va vus'at va davom kasb etib lisoni iste'dod va ehtiyoji fitriy darajasiga kelgan ekan, albatta u Zoti Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, duo natijasida shunday bir maqom va martabadaki, butun uqul toʻplanib bir aql boʻlsalar, u maqomning haqiqatini tamomi bilan ihota etolmaydilar.

Xullas, ey musulmon! Sening roʻzi mahsharda shunday bir shafi'ing bor. Bu shafi'ning shafoatini oʻzingga jalb etish uchun, sunnatiga ittibo et!

— 218 —

Agar: "Modomiki u Habibullohdir. Bu qadar salavot va duoga nima ehtiyoji bor?", desang.

Aljavob: U Zot (S.A.V.) umum ummatining saodati bilan aloqador va butun afrodi ummatining har navi saodatlari bilan hissadordir va har navi musibatlari bilan andishadordir. Xullas, oʻzi haqida marotibi saodat va kamolot hadsiz boʻlish bilan barobar; hadsiz afrodi ummatining, hadsiz zamonda, hadsiz anvo'i saodatlarini harorat bilan orzu qilgan va hadsiz anvo'i shaqovatlaridan mutaassir boʻlgan zot, albatta hadsiz salavot va duo va rahmatga loyiq va muhtojdir.

Agar: "Ba'zan aniq boʻladigan ishlar uchun duo qilinadi. Masalan: Xusuf va kusuf namozidagi duo kabi. Ham ba'zan hech boʻlmaydigan narsalar uchun duo qilinadi?", desang.

— 219 —

Aljavob: Boshqa Soʻzlarda izoh qilingani kabi, duo bir ibodatdir. Abd oʻz ajzini va faqrini duo bilan e'lon qiladi. Zohiriy maqsadlar esa; u duoning va u ibodati duoiyaning vaqtlaridir, haqiqiy foydalari emas. Ibodatning foydasi oxiratga qaraydi. Dunyoviy maqsadlar hosil boʻlmasa, "U duo qabul boʻlmadi" deyilmaydi. Balki, "Hali duoning vaqti tugamadi" deyiladi.

Ham hech mumkinmiki: Butun ahli iymonning, butun zamonlarda, mutamodiyan kamoli xulus va ishtiyoq va duo bilan soʻragan saodati abadiyalari ularga berilmasin va butun koinotning shahodati bilan hadsiz rahmati boʻlgan u Karimi Mutlaq, u Rahimi Mutlaq; butun ularning u duosini qabul qilmasin va saodati abadiya vujud topmasin?

UCHINCHI NUKTA: Duo-i qovliyi ixtiyoriyning maqbuliyati ikki jihat bilandir. Yo ayni matlubi bilan maqbul boʻladi yoxud yanada yaxshisi beriladi.

Masalan: Bir odam oʻziga bir erkak avlod istaydi. Janobi Haq Hazrati Maryam kabi bir qiz avlodini beradi. "Duosi qabul qilinmadi" deyilmaydi. "Yanada yaxshi bir suratda qabul qilindi" deyiladi. Ham ba'zan oʻz dunyosining saodati uchun duo qiladi. Duosi oxirat uchun qabul boʻladi. "Duosi rad etildi" deyilmaydi, balki "Yanada anfa' bir suratda qabul qilindi", deyiladi. Va hokazo... Modomiki Janobi Haq Hakimdir; biz undan istaymiz, u ham bizga javob beradi. Faqat hikmatiga koʻra biz bilan muomala qiladi. Xasta tabibning hikmatini ittihom etmasligi kerak. Xasta asal istaydi; tabibi haziq bezgaki uchun sulfat tuzi beradi. "Tabib meni tinglamadi" deyilmaydi. Balki ohu zorini tingladi, eshitdi, javob ham berdi; maqsudning yaxshisini amalga oshirdi.

TOʻRTINCHI NUKTA: Duoning eng goʻzal, eng latif, eng laziz, eng hozir mevasi, natijasi shuki: Duo qilgan odam biladiki, biri borki; uning ovozini eshitadi, dardiga darmon yetishtiradi, unga marhamat qiladi. Uning qudrat qoʻli hamma narsaga yetadi. Bu katta dunyo karvonsaroyida u yolgʻiz emas; bir Karim zot bor, unga qaraydi, unsiyat beradi. Ham uning hadsiz ehtiyojotini amalga oshira oladi va uning hadsiz dushmanlarini daf eta oladigan bir zotning huzurida oʻzini tasavvur qilib, bir faroh, bir inshiroh sezib, dunyo qadar ogʻir bir yukni ustidan otib اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ deydi.

— 220 —

BESHINCHI NUKTA: Duo, ubudiyatning ruhidir va xolis bir iymonning natijasidir. Chunki duo qilgan odam, duosi bilan koʻrsatadiki: Butun koinotga hukm etgan biri borki; eng kichik ishlarimdan xabari bor va biladi, eng uzoq maqsadlarimni qila oladi, mening har holimni koʻradi, ovozimni eshitadi. Shunday ekan; butun mavjudotning butun ovozlarini eshitadiki, mening ovozimni eshitadi. Barcha narsalarni u qiladi, eng kichik ishlarimni ham undan kutaman, undan istayman. Duo bergan xolis tavhidning kengligiga va koʻrsatgan nuri iymonning halovat va sofligiga qara,

قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

sirrini angla va

وَ قَالَ رَبُّكُمُ ادْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ

farmonini tingla.

اَگَرْ نَه خٰواه۪ى دَادْ ، نَه دَاد۪ى خٰواهْ

aytilgani kabi: Agar berishni istamasaydi, istashni bermas edi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَا ف۪ى عِلْمِ اللّٰهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ سَلِّمْنَا وَ سَلِّمْ د۪ينَنَا اٰم۪ينَ ٭ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
— 221 —

Yigirma Toʻrtinchi Maktubning Ikkinchi Zayli

(Me'roji Nabaviy haqidadir)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَلَقَدْ رَاٰهُ نَزْلَةً اُخْرٰى ٭ عِنْدَ سِدْرَةِ الْمُنْتَهٰى ٭ عِنْدَهَا جَنَّةُ الْمَاْوٰى ٭ اِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشٰى ٭ مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغٰى ٭ لَقَدْ رَاٰى مِنْ اٰيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرٰى
(Mavludi Nabaviyning Me'rojiya qismida besh nuktani bayon qilamiz.)

BIRINCHI NUKTA: Jannatdan keltirilgan Buroqqa doir, Mavlud yozgan Sulaymon Afandi qaygʻuli bir ishq mojarosini bayon etadi. U zot ahli valoyat boʻlgani va rivoyatga bino etgani uchun, albatta bir haqiqatni oʻsha surat bilan ifoda qiladi.

Haqiqat shunday boʻlishi kerakki: Olami baqoning maxluqlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nuri bilan juda aloqadordir. Chunki u zot keltirgan nur bilan Jannat va dori oxirat, jin va ins jonlanadi. Agar u boʻlmasaydi, saodati abadiya boʻlmasdi va Jannatning har navi maxluqotidan istifodaga musta'id boʻlgan jin va ins, Jannatni jonlantirmasdi; bir jihatda sohibsiz vayrona qolardi. Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Toʻrtinchi Shoxida bayon qilinganidek: Qandayki bulbulning gulga qarshi dostoni ishqi; toifa-i hayvonotning toifa-i nabototga daraja-i ishqga yetishgan ehtiyojoti shadida-i ishqnamoni, rahmat xazinasidan kelgan va hayvonotning arzoqlarini tashigan qofila-i nabototga e'lon qilish uchun, bir xatibi Rabboniy boʻlib, boshda bulbuli gul va har navdan bir navi bulbul intihob etilgan va ularning nagʻomoti ham, nabototning eng goʻzallarining boshlarida xush-omadi navidan tasbehkorona bir husni istiqboldir, bir olqishlashdir.

Aynan shuning kabi: Sababi xilqati aflok va vasila-i saodati dorayn va Habibi Robb-ul Olamin boʻlgan Zoti Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga qarshi, qandayki maloika navidan Hazrat Jabroil Alayhissalom kamoli muhabbat bilan xizmatkorlik qiladi; maloikalarning Hazrat Odam Alayhissalomga inqiyod va itoatini va sirri sujudini koʻrsatadi; shuning kabi ahli Jannatning, hatto Jannatning hayvonot qismining ham u zotga qarshi aloqalari, mingan Burogʻining hissiyoti oshiqonasi bilan ifoda etilgan.

— 222 —

IKKINCHI NUKTA: Me'roji Nabaviyadagi voqealardan birisi: Janobi Haqning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarshi muhabbati munazzahasi, "Senga oshiq boʻlganman" ta'biri bilan ifoda etilgan. Shu ta'birot, Vojib-ul Vujudning qudsiyatiga va istigʻno-i zotiysiga, ma'no-i urfiy bilan munosib tushmaydi. Modomiki Sulaymon Afandining mavludi, ragʻbati ommaga mazhariyati dalolati bilan; u zot ahli valoyatdir va ahli haqiqatdir, albatta iroa etgan ma'nosi sahihdir. Ma'no ham shuki:

Zoti Vojib-ul Vujudning hadsiz jamol va kamoli bor. Chunki butun koinotning aqsomiga inqisom etgan jamol va kamolning butun anvo'i uning jamol va kamolining alomatlari, ishoratlari, oyatlaridir. Xullas, har holda jamol va kamol sohibi, bilbedaho jamol va kamolini sevgani kabi, Zoti Zuljalol ham jamolini juda ham sevadi. Ham oʻziga loyiq bir muhabbat bilan sevadi. Ham jamolining shuooti boʻlgan asmosini ham sevadi. Modomiki asmosini sevar ekan, albatta asmosining jamolini koʻrsatgan san'atini sevadi. Shunday ekan, jamol va kamoliga oyna boʻlgan masnu'otini ham sevadi. Modomiki jamol va kamolini koʻrsatganni sevar ekan; albatta jamol va kamoli asmosiga ishorat etgan maxluqotining mahosinini ham sevadi. Bu besh navi muhabbatga, Qur'oni Hakim oyoti bilan ishorat qiladi.

Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, modomiki masnu'ot ichida eng mukammal farddir va maxluqot ichida eng mumtoz shaxsiyatdir.

Ham san'ati Ilohiyani, bir valvala-i zikr va tasbeh bilan tashhir etadi va istehson etadi.

Ham asmo-i Ilohiyadagi jamol va kamol xazinalarini lisoni Qur'on bilan ochgan.

Ham koinotning oyoti takviniyasining, Sone'ining kamoliga dalolatlarini, porloq va qat'iy bir suratda lisoni Qur'on bilan bayon qiladi.

Ham kulliy ubudiyati bilan, rububiyati Ilohiyaga oynadorlik qiladi.

Ham mohiyatining jome'iyati bilan butun asmo-i Ilohiyaga bir mazhari atamm boʻlgan.

Albatta shuning uchun aytsa boʻladiki: Jamili Zuljalol, oʻz jamolini sevishi bilan, u jamolning eng mukammal oyna-i zishuuri boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi.

Ham oʻz asmosini sevishi bilan, u asmoning eng porloq oynasi boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga oʻxshaganlarni ham darajalariga koʻra sevadi.

Ham san'atini sevgani uchun, albatta uning san'atini eng yuksak bir sado bilan butun koinotda nashr etgan va samovotning qulogʻini jaranglatgan, barr va bahrni jazbaga keltirgan bir valvala-i zikr va tasbeh bilan e'lon qilgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va unga ittibo etganlarni ham sevadi.

Ham masnu'otini sevgani uchun, u masnu'otning eng mukammali boʻlgan zihayotni va zihayotning eng mukammali boʻlgan zishuurni va zishuurning eng afzali boʻlgan insonlarni va insonlarning bil-ittifoq eng mukammali boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni albatta yanada koʻproq sevadi.

Ham oʻz maxluqotining mahosini axloqiyalarini sevgani uchun, mahosini axloqiyada bil-ittifoq eng yuksak martabada boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va darajotga koʻra, unga oʻxshaganlarni ham sevadi. Demak, Janobi Haqning rahmati kabi, muhabbati ham koinotni ihota etgan.

Xullas, u hadsiz mahbublar ichidagi mazkur besh vajhining har bir vajhida eng yuksak maqom Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsus boʻlib, "Habibulloh" taxallusi berilgan.

Xullas, bu eng yuksak maqomi mahbubiyatni, Sulaymon Afandi "Men senga oshiq boʻlganman" ta'biri bilan bayon etgan. Shu ta'bir, bir mirsodi tafakkurdir, gʻoyat uzoq uzoqlardan bu haqiqatga bir ishoratdir. Bu bilan barobar, modomiki bu ta'bir, sha'ni rububiyatga munosib boʻlmagan ma'noni xayolga keltiradi; eng yaxshisi, shu ta'bir oʻrniga: "Men sendan roziman" deyilishi kerak.

— 223 —

UCHINCHI NUKTA: Me'rojiyadagi mojarolar, ma'lumimiz boʻlgan ma'nolar bilan, u qudsiy va nazih haqiqatlarni ifoda etolmaydi. Balki u muhovaralar; bittadan unvoni mulohazadir, bittadan mirsodi tafakkurdir va ulviy va chuqur haqoiqqa bittadan ishoratdir va iymonning bir qism haqoiqiga bittadan ixtordir va qobili ta'bir boʻlmagan ba'zi ma'nolarga bittadan kinoyadir. Yoʻqsa, bizga ma'lum boʻlgan ma'nolar bilan boʻlgan hikoya emas. Biz, xayolimiz bilan u muhovaralardan u haqiqatlarni ololmaymiz; balki qalbimiz bilan hayajonli bir zavqi iymoniy va nuroniy bir nash'a-i ruhoniy olishimiz mumkin. Chunki qandayki Janobi Haqning zot va sifotida nazir va shabih va misli yoʻq; xuddi shuning kabi, shuunoti rububiyatida misli yoʻqdir. Sifoti maxluqot sifotiga oʻxshamaganidek, muhabbati ham oʻxshamaydi. Shunday ekan bu ta'birotni mutashabihot navidan sanab aytamizki: Zoti Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va qudsiyatiga munosib tarzda va istigʻno-i zotiysiga va kamoli mutlaqiga muvofiq bir suratda, muhabbati kabi ba'zi shuunoti borki, Me'rojiya mojarosi bilan uni ixtor etadi. Me'roji Nabaviyaga doir Oʻttiz Birinchi Soʻz, haqoiqi Me'rojiyani usuli iymoniya doirasida izoh etgan. Shuni kifoya bilib bu yerda ixtisor etamiz.

TOʻRTINCHI NUKTA: "Yetmish ming parda orqasida Janobi Haqni koʻrgan" ta'biri, bu'diyati makonni ifoda etadi. Holbuki Vojib-ul Vujud makondan munazzahdir, hamma narsaga hamma narsadanda yaqin. Bu nima degani?

Aljavob: Oʻttiz Birinchi Soʻzda mufassalan, burhonlar bilan u haqiqat bayon etilgandir. Bu yerda yolgʻiz shuni aytamiz:

Janobi Haq bizga gʻoyat qoribdir, biz undan gʻoyat darajada uzoqmiz. Qandayki Quyosh qoʻlimizdagi oyna vositasi bilan bizga gʻoyat yaqin va yerda har bir shaffof narsa, oʻziga bir navi arsh va bir tur manzil boʻladi. Agar Quyoshning shuuri boʻlsaydi, biz bilan oynamiz vositasi bilan muxobara etardi. Faqat biz undan toʻrt ming yil uzoqmiz. Bila-tashbeh vala-tamsil; Shamsi Azaliy, hamma narsaga hamma narsadan yanada yaqindir. Chunki Vojib-ul Vujud, makondan munazzahdir. Hech bir narsa unga parda boʻlolmaydi. Faqat hamma narsa nihoyat darajada undan uzoq.

Xullas, Me'rojning uzun masofasi bilan,

وَ نَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَر۪يدِ

ifoda etgan masofasizlikning sirri bilan; ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ketishida koʻp masofani hatlab oʻtib ketishi va oni vohidda oʻrniga kelishi sirri bundan kelib chiqadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Me'roji, uning sayri sulukidir, uning unvoni valoyatidir. Ahli valoyat sayri suluki ruhoniy bilan, qirq kundan to qirq yilga qadar taraqqiy bilan, darajoti iymoniyaning haqqalyaqiyn darajasiga chiqishadi. Shunga oʻxshab: Butun avliyoning sultoni boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; yolgʻiz qalbi va ruhi bilan emas, balki ham jismi bilan, ham tuygʻulari bilan, ham latoifi bilan, qirq yilga muqobil qirq daqiqada, valoyatining karomati kubrosi boʻlgan Me'roji bilan bir jadda-i kubro ochib, haqoiqi iymoniyaning eng yuksak martabalariga ketgan, Me'roj narvoni bilan Arshga chiqqan, "Qobi Qavsayn" maqomida, haqoiqi iymoniyaning eng buyugi sanalgan iymoni Billoh va iymoni Bil-oxiratni aynalyaqiyn koʻzi bilan mushohada etgan, Jannatga kirgan, saodati abadiyani koʻrgan, Me'rojning eshigi bilan ochgan jadda-i kubroni ochiq qoldirgan, butun avliyo-i ummati sayri suluk bilan, darajalariga koʻra, ruhoniy va qalbiy tarzda Me'rojning soyasi ichida ketyaptilar.

— 224 —

BESHINCHI NUKTA: Mavludi Nabaviy bilan Me'rojiyaning oʻqilishi gʻoyat nafi' va goʻzal odatdir va mustahsan bir odati Islomiyadir. Balki hayoti ijtimoiya-i Islomiyaning gʻoyat latif va porloq va shirin bir madori suhbatidir. Balki haqoiqi iymoniyaning ixtori uchun, eng xush va shirin darsdir. Balki iymonning anvorini va muhabbatulloh va ishqi Nabaviyni koʻrsatishga va tahrikka eng muhayyij va muassir vositadir. Janobi Haq bu odatni abadga qadar davom ettirsin va Sulaymon Afandi kabi mavlud yozganlarga Janobi Haq rahmat etsin, yerlarini Jannat-ul Firdavs qilsin, omin...

Xotima

Modomiki bu koinotning Xoliqi, har navda bir fardi mumtoz va mukammal va jome' xalq etib, u navning madori faxri va kamoli qiladi. Albatta, asmosidagi ismi a'zam tajalliysi bilan, butun koinotga nisbatan mumtoz va mukammal bir fardni xalq etadi. Asmosida bir ismi a'zam boʻlgani kabi, masnu'otida ham bir fardi akmal boʻladi va koinotga muntashir kamolotni u fardda jam etib, oʻziga madori nazar etadi. U fard har holda zihayotdan boʻladi. Chunki anvo'i koinotning eng mukammali zihayotdir. Va har holda zihayot ichida u fard zishuurdan boʻladi. Chunki zihayotning anvo'i ichida eng mukammali zishuurdir. Va har holda u fardi farid insondan boʻladi. Chunki zishuur ichida hadsiz taraqqiyotga musta'id, insondir. Va insonlar ichida u fard Muhammad Alayhissalotu Vasallam boʻladi. Chunki zamoni Odamdan hozirga qadar hech bir tarix u kabi bir fardni koʻrsatolmagan va koʻrsatolmaydi. Zero u zot Kura-i Arzning yarmini va navi basharning beshdan birisini, saltanati ma'naviysi ostiga olib, bir ming uch yuz ellik yil kamoli hashmat bilan saltanati ma'naviysini davom ettirib, butun ahli kamolga, butun anvo'i haqoiqda bir "Ustozi Kull" hukmiga oʻtgan. Doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, axloqi hasananing eng yuksak darajasiga sohib boʻlgan. Bidoyati amrida, bir oʻzi butun dunyoga qarshi chiqqan. Har daqiqada yuz milliondan ziyoda insonlarning virdi zaboni boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni koʻrsatgan bir zot, albatta u fardi mumtozdir, undan boshqasi boʻlolmaydi. Bu olamning ham urugʻi, ham mevasi udir.

عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ اَنْوَاعِ الْكَائِنَاتِ وَ مَوْجُودَاتِهَا

Demak bunday bir zotning mavlud va me'rojini tinglash, ya'ni taraqqiyotining mabda va muntahosini eshitish, ya'ni tarixcha-i hayoti ma'naviyasini bilish, u zotni oʻziga rais va sayyid va imom va shafi' deb qabul qilgan moʻ'minlarga; naqadar zavqli, faxrli, nurli, nash'ali, xayrli bir musomara-i ulviya-i diniya boʻlganini angla...

Yo Rab! Habibi Akram (Alayhissalotu Vassalam) hurmati va ismi a'zam haqqi, shu risolani nashr etganlarning va rufaqosining qalblarini anvori iymoniyaga mazhar va qalamlarini asrori Qur'oniyaga noshir ayla va ularga siroti mustaqimda istiqomat ber. Omin.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
— 225 —

YIGIRMA BESHINCHI MAKTUB

Ta'lif etilmagandir.
— 226 —

YIGIRMA OLTINCHI MAKTUB

(Bu Yigirma Oltinchi Maktub, bir-biri bilan munosabati oz boʻlgan toʻrt mabhasdir.)

Birinchi Mabhas

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَاِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّٰهِ اِنَّهُ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
Hujjat-ul Qur'on alash-shayton va hizbihi...

Iblisni ilzom, shaytonni ifhom, ahli tugʻyonni isqot etgan "Birinchi Mabhas"; Betarafona muhokama ichida shaytonning mudhish bir dasisasini qat'iy suratda rad qilgan voqeadir. U voqeaning mujmal qismini oʻn yil avval Lamaatda yozgan edim:

Bu risolaning ta'lifidan oʻn bir yil avval Ramazoni Sharifda Istanbuldagi Boyazid jome'i sharifida hofizlarni tinglayotgan edim. Birdan shaxsini koʻrmadim, lekin ma'naviy bir ovoz eshitganday boʻldim. Diqqatimni oʻziga tortdi. Xayolan tingladim.

Qarasam, menga:

"Sen Qur'onni juda oliy, juda porloq koʻryapsan. Betarafona muhokama qil, shunday qara. Ya'ni, bir bashar kalomi deb faraz qil, qara‌ Ajabo, oʻsha maziyatlarni, oʻsha ziynatlarni koʻrasanmi?", dedi.

Haqiqatdan men ham unga aldandim. Bashar kalomi faraz qilib, shunday qaradim: Koʻrdim, qandayki Boyazid masjidining elektr tugmasi bosilib oʻchirilsa oʻrtalik qorongʻilikka tushadi. Shunga oʻxshab, oʻsha faraz bilan Qur'onning porloq ziyolari yashirishni boshladi. Oʻshanda tushundimki, menga gapirgan shayton ekan. Meni vartaga otmoqda. Qur'ondan istimdod etdim. Birdan qalbimga bir nur keldi. Mudofaaga qat'iy quvvat berdi. Keyin shu tarzda shaytonga qarshi munozara boshlandi.

Aytdim: Ey shayton! Betarafona muhokama, ikki taraf orasidagi vaziyatdir. Holbuki ham sening, ham sening inson shogirdlaring aytgan betarafona muhokama, tarafi muxolifni iltizomdir. Betaraflik emas, muvaqqatan bir dinsizlikdir. Chunki Qur'onga kalomi bashar deb qarash va oʻshanday muhokama qilish, shiqqi muxolifni asos tutishdir. Botilni iltizomdir, betarafona muhokama emas. Balki botilga tarafgirlikdir.

Shayton aytdi: Shunday ekan Allohning kalomi ham, bashar kalomi ham dema. Oʻrtada faraz qil, qara.

Men dedim: U ham boʻlolmaydi. Chunki munaza'un fih bir mol boʻlsa, agar ikki mudda'i bir-biriga yaqin boʻlsa va qurbiyati makon boʻlsa; unda u ikkisidan boshqa birining qoʻlida yoki ikkisining qoʻllari yetishadigan yerga qoʻyiladi. Qaysisi isbot qilsa, oʻsha oladi.

— 227 —

Agar u ikki mudda'i bir-biridan gʻoyat uzoq, biri mashriqda, biri magʻribda boʻlsa; unda qoidaga koʻra "sohib-ul yad" kim boʻlsa, uning qoʻlida qoldiriladi. Chunki oʻrtada qoldirish mumkin emas. Qur'on esa qiymatli bir moldir! Bashar kalomi Janobi Haqning kalomidan qanchalik uzoq boʻlsa, u ikki taraf shu qadar, balki bir-biridan cheksiz uzoqdir.

Xullas, sarodan surayyoga qadar bir-biridan uzoq u ikki taraf oʻrtasida qoldirish mumkin emas. Buning oʻrtasi yoʻq. Chunki vujud va adam kabi va naqizayn kabi ikki ziddir. Oʻrtasi boʻlolmaydi. Unday boʻlsa, Qur'on uchun sohib-ul yad, tarafi Ilohiydir. Shunday ekan, uning qoʻlida qabul etilib, shu tarzda daloili isbotga qaraladi.

Agar narigi taraf uning Kalomulloh ekaniga doir butun burhonlarni bir-bir rad qilsa, qoʻlini unga uzatishi mumkin. Boʻlmasa uzatolmaydi. Hayhot! Minglab barohini qat'iyaning mixlari bilan Arshi A'zamga qoqilgan bu muazzam olmosni qaysi qoʻl barcha mixlarni chiqarib, ustunlarni kesib uni tushira oladi?

Mana ey shayton! Senga qarshi ahli haq va insof bu suratdagi haqiqatli muhokama bilan tahlil qiladilar. Hatto eng kichik bir dalilda ham Qur'onga qarshi iymonlarini ziyodalashtiradilar. Sen va shogirdlaring koʻrsatgan yoʻl esa: Bir marta bashar kalomi faraz qilinsa, ya'ni arshga bogʻlangan u muazzam olmos yerga otilsa; butun mixlarning quvvatida va koʻp burhonlarning mustahkamligida burhon lozim boʻladiki, uni yerdan koʻtarib arshi ma'naviyga ursin. Toki kufrning zulumotidan qutulib, iymonning anvoriga erishsin.

Holbuki bunga muvaffaq boʻlish juda qiyin. Shuning uchun sening dasisang bilan shu zamonda betarafona muhokama surati ostida koʻplari iymonlarini yoʻqotyaptilar‌

Shayton qaytib: "Qur'on bashar kalomiga oʻxshaydi, ularning muhovarasi tarzidadir. Demak, bashar kalomidir. Agar Allohning kalomi boʻlsa, unga yarashadigan, har jihatdan horiquloda tarzi boʻlar edi. Uning san'ati bashar san'atiga oʻxshamagani kabi, kalomi ham oʻxshamasligi kerak?", dedi.

Javoban aytdimki: Qandayki Paygʻambarimiz, moʻ'jizotidan va xasoisidan boshqa, af'ol va ahvol va atvorida bashariyatda qolib, bashar kabi odati Ilohiyaga va avomiri takviniyasiga munqad va mute' boʻlgan. U ham sovuq yeydi, alam chekadi va hokazo... Har bir ahvol va atvoriga horiquloda vaziyat berilmagan. Toki ummatiga af'oli bilan imom boʻlsin, atvori bilan rahbar boʻlsin, umum harakoti bilan dars bersin. Agar har atvorida horiquloda boʻlsaydi, bizzot har jihatdan imom boʻlolmas edi. Hammaga murshidi mutlaq boʻlolmasdi. Butun ahvoli bilan Rahmatan lil olamin boʻlolmas edi. Aynan shuning kabi:

Qur'oni Hakim ahli shuurga imom, jin va insga murshid, ahli kamolga rahbar, ahli haqiqatga muallimdir. Shunday ekan, basharning muhavaroti va uslubi tarzida boʻlishi zaruriy va qat'iydir. Chunki jin va ins munojotini undan oladi, duosini undan oʻrganadi, masoilini uning lisoni bilan zikr qiladi, odobi muosharatini undan ta'allum etadi va hokazo... Hamma uni marji' qiladi. Shunday ekan, agar Hazrat Muso Alayhissalomning Turi Sinoda eshitgan Kalomullohi tarzida boʻlsa edi; bashar uni tinglashga, eshitishga tahammul etolmas va marji' qilolmas edi. Hazrat Muso kabi bir ulul azm, faqat bir necha kalomni eshitishga tahammul eta olgan.

Muso Alayhissalom:

اَهٰكَذَا كَلَامُكَ ؟ قَالَ اللّٰهُ : ل۪ى قُوَّةُ جَم۪يعِ الْاَلْسِنَةِ

degan.

Yana shayton: "Qur'onning masoili kabi koʻp kishilar u tur masalalarni din nomidan aytadilar. Shuning uchun bir bashar din nomidan bunday narsa qilishi mumkin emasmi?", dedi.

— 228 —

Javoban Qur'onning nuri bilan aytdimki: Avvalo, dindor odam; din muhabbati uchun "Haq shundaydir. Haqiqat bu. Allohning amri shunday!" deydi. Allohni oʻz xohishicha gapirtirmaydi. Hadsiz darajada haddidan tajovuz etib, Allohning taqlidini qilib, uning oʻrnida gapirolmaydi. فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ dasturidan titraydi.

Va soniyan, bir bashar mustaqil ravishda bunday qilishi va muvaffaq boʻlishi hech bir jihatdan mumkin emas. Balki yuz daraja imkonsiz. Chunki bir-biriga yaqin zotlar bir-birini taqlid eta olishadi. Bir jinsdan boʻlganlar bir-birining suratiga kira olishadi. Martaba jihatidan bir-biriga yaqin boʻlganlar bir-birining maqomlarini taqlid qila olishadi. Muvaqqatan insonlarni igʻfol etishadilar. Lekin doimiy igʻfol etisholmaydi. Chunki ahli diqqat nazarida alakullihol atvor va ahvoli ichidagi tasannu'otlar va takallufotlar soxtakorligini koʻrsatadi. Hiylasi davom etmaydi. Agar soxtakorlik bilan taqlidga harakat qilgan; narigidan gʻoyat uzoq boʻlsa, masalan oddiy bir odam, Ibn Sino kabi bir dohiyni ilmda taqlid etishni istasa va bir choʻpon bir podshohning vaziyatini olsa, albatta hech kimni alday olmaydi. Balki oʻzi masxara boʻladi. Haًنۀir holi: Bu soxtakordir, deb qichqiradi.

Xullas, xosho, yuz ming marta xosho!.. Qur'on bashar kalomi faraz etilgan payt: Bir tilla qoʻngʻiz ming yil takallufsiz haqiqiy bir yulduz boʻlib rasad ahliga koʻrinsin.. ham bir chivin bir yil tamoman tovus suratini tasannu'siz, tomosha ahliga koʻrsatsin.. ham soxtakor, omi bir askar; nomdor, oliy bir mushirning holatida koʻrinsin, maqomida oʻtirsin, koʻp vaqt davomida shunday qolsin, hiylasini ihsos etmasin.. ham muftariy, yolgʻonchi e'tiqodsiz bir odam; muddati umrida doimo eng sodiq, eng amin, eng mu'taqid bir zotning holatini va vaziyatini eng mudaqqiq nazarlarga qarshi bemalol koʻrsatsin, dohiylarning nazarida tasannu'ni saqlasin!.. Bu esa yuz daraja maholdir. Unga hech bir ziaql 'mumkin' deyolmaydi. Unday faraz qilish esa, badihiy bir maholni voqe' faraz qilish kabi bir safsatadir.

Aynan shuning kabi: Qur'onni kalomi bashar faraz qilish: Olami Islomning samosida bilmushohada juda porloq va doimo anvori haqoiqni nashr etgan bir yulduzi haqiqat, balki bir shamsi kamolot deb qabul qilingan "Kitobi Mubin"ning mohiyati; xosho, bir tilla qoʻngʻiz hukmida tasannu'chi bir basharning xurofotli bir uydirmasi boʻlsin va eng yaqinida boʻlganlar va diqqat bilan unga qaraganlar farqiga bormasin va uni doimo oliy va manba-i haqoiq bir yulduz, deb bilishi lozim boʻladi. Bu esa, yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, sen ey shayton yuz daraja shaytanatingda rivojlansang ham, bunga imkon berdirolmaysan! Buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan! Faqat ma'nan juda uzoqdan qaratish bilan aldaysan. Yulduzni tilla qoʻngʻiz kabi kichik koʻrsatasan.

Solisan: Ham Qur'onni bashar kalomi faraz qilish, lozim keladiki; osori bilan, ta'siroti bilan, natoiji bilan olami insoniyatning bilmushohada eng ruhli va hayot-fashon, eng haqiqatli va saodat-rason, eng jam'iyatli va moʻ'jizbayon, oliy maziyatlari bilan porloq Furqonning yashirin haqiqati; xosho, muovanatsiz, ilmsiz bir insoning soxtakor, oddiy fikrining tasni'oti boʻlsin va yaqindan uni tomosha qilgan va maroq bilan diqqat qilgan buyuk zehnlar, ulviy daholar unda hech bir vaqt hech bir jihatda soxtakorlik va tasannu' asari koʻrmasin! Doimo jiddiyatni, samimiyatni, ixlosni topsin! Bu esa yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, butun ahvoli bilan, aqvoli bilan, harakoti bilan butun hayotida omonatni, iymonni, amniyatni, ixlosni, jiddiyatni, istiqomatni koʻrsatgan va dars bergan va siddiqiynlarni yetishtirgan eng yuksak, eng porloq, eng oliy xislat deb sanalgan va qabul qilingan bir zotni; eng amniyatsiz, eng ixlossiz, eng e'tiqodsiz faraz qilish bilan, muzaaf bir maholni voqe' koʻrish kabi shaytonni ham uyaltiradigan bir hazayoni kufriydir. Chunki shu masalaning oʻrtasi yoʻq. Chunki farzi mahol boʻlib Qur'on Kalomulloh boʻlmasa, arshdan zaminga tushgandek sukut etadi. Oʻrtada qolmaydi. Majma'-i haqoiq ekan, manbai xurofot boʻladi. Va u horiqo farmonni koʻrsatgan Zot, -xosho summa xosho- agar Rasululloh boʻlmasa; a'loyi illiyindan asfali sofiliynga sukut etish va manba-i kamolot darajasidan ma'dani dasois maqomiga tushish lozim boʻladi. Oʻrtada qolmaydi. Zero Alloh nomiga iftiro etgan, yolgʻon gapirgan eng adno bir darajaga tushadi. Bir chivinni doimiy bir suratda tovus koʻrish va tovusning ulkan avsofini unda har vaqt mushohada etish naqadar mahol boʻlsa, shu masala ham shunday maholdir. Fitratan aqlsiz, sarxush bir devona boʻlish kerakki, bunga ehtimol bersin.

— 229 —

Robian: Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish lozim keladiki; navi bani Odamning eng buyuk va muhtasham qoʻshini boʻlgan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) muqaddas qoʻmondoni boʻlgan Qur'on, bilmushohada quvvatli qonunlari bilan, asosli dasturlari bilan, nafiz amrlari bilan u juda ulkan qoʻshinga, ikki jahonni fath etadigan bir darajada bir intizom bergani va bir inzibot ostiga olgani va moddiy-ma'naviy tajhiz etgani va umum u afrodning darajotiga koʻra aqllarini ta'lim va qalblarini tarbiya va ruhlarini tasxir va vijdonlarini tathir va a'zo va javorihlarini iste'mol va istihdom etgani holda; (xosho, yuz ming marta xosho) quvvatsiz, qiymatsiz, aslsiz bir uydirma faraz qilib yuz daraja maholni qabul qilish lozimligi bilan birga.. muddati hayotida jiddiy harakoti bilan Haqning qonunlarini bani Odamga dars bergan va samimiy af'oli bilan haqiqatning dasturlarini basharga ta'lim bergan va xolis va ma'qul aqvoli bilan istiqomatning va saodatning usullarini koʻrsatgan va ta'sis etgan va butun tarixcha-i hayotining shahodati bilan Allohning azobidan qattiq qoʻrqqan va hammadan koʻra koʻproq Allohni bilgan va bildirgan va navi basharning beshdan biriga va kura-i arzning yarmiga bir ming uch yuz ellik yil kamoli hashmat bilan qoʻmondonlik qilgan va jahonni hayajonga solgan shuhratshior shuunoti bilan navi basharning, balki koinotning alhaq madori faxri boʻlgan Zotni; -xosho, yuz ming marta xosho- soxtakor, Allohdan qoʻrqmaydigan va bilmaydigan va yolgʻondan chekinmaydigan, haysiyatini tanimaydigan faraz qilish bilan, yuz daraja maholni birdan irtikob etish lozim boʻladi. Chunki bu masalaning oʻrtasi yoʻq. Zero farzi mahol boʻlib Qur'on Kalomulloh boʻlmasa; arshdan tushsa, oʻrtada qololmaydi. Balki yerda yolgʻonchi odamning moli ekanini qabul qilish lozim boʻladi. Bu esa ey shayton! Yuz daraja sen qatmarli bir shayton boʻlsang, buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan va chirimagan hech bir qalbni iqno' etolmaysan.

Shayton javoban aytdiki: Qanday ishontirolmayman? Aksar insonlarga va insonning mashhur aqllariga Qur'onni va Muhammadni inkor ettirdim.

Aljavob: Avvalo, gʻoyat uzoq masofadan qaralsa, eng katta narsa eng kichik narsa kabi koʻrinishi mumkin. Bir yulduz bir mumchalik deb boʻladi.

Soniyan: Ham taba'i, sathiy bir nazar bilan qaralsa, gʻoyat mahol bir narsa mumkin koʻrinishi mumkin. Bir vaqt keksa bir odam Ramazon hilolini koʻrish uchun samoga qaraydi. Koʻziga bir oq qil tushgani uchun oʻsha qilni Oy deb oʻylaydi. Oyni koʻrdim deydi. Hilolning oq qil boʻlishi esa, mahol. Qasddan va bizzot Oyga qaragani va u sochni taba'i va bogʻliq holda va ikkinchi darajada koʻringani uchun, oʻsha maholni mumkin deb hisoblagan.

Solisan: Qabul qilmaslik boshqa, inkor qilish boshqadir. Adami qabul loqaydlikdir, bir koʻz yumishdir va johilona hukmsizlikdir. Bu sahklda koʻp mahol narsalar uning ichida yashirinishi mumkin. Uning aqli ular bilan ovora boʻlmaydi. Ammo inkor esa; u adami qabul emas, balki u qabuli adamdir. Bir hukmdir. Uning aqli harakat qilishga majburdir. Unda sen kabi bir shayton uning aqlini qoʻlidan oladi, soʻngra unga inkorni yuttiradi. Ham ey shayton! Botilni haq va maholni mumkin koʻrsatgan gʻaflat va zalolat va safsata va inod va mugʻolata va mukobara va igʻfol va urf-odat kabi shaytoniy dasisalar bilan koʻp maholotni intoj etgan inkor va kufrni badbaxt inson suratidagi hayvonlarga yedirgansan!

— 230 —

Robian: Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish, lozim boʻladiki: Olami insoniyatning samovotida yulduzlar kabi porlagan asfiyolarga, siddiqiynlarga, aqtoblarga bilmushohada rahbarlik qilgan va bilbedaho mutamodiyan haq va haqqoniyatni, sidq va sadoqatni, amn va omonatni umum tabaqa-i ahli kamolga ta'lim bergan va arkoni iymoniyaning haqoiqi bilan va arkoni Islomiyaning dasotiri bilan ikki jahonning saodatini ta'min qilgan va bu ijrootining shahodati bilan bizzarura haq va xolis va sof haqiqat va gʻoyat toʻgʻri va juda jiddiy boʻlish lozim boʻlgan kitobni; oʻz avsofining va ta'sirotining va anvorining ziddi bilan muttasif tasavvur qilib, -xosho, summa xosho- bir soxtakorning tasni'ot va iftirolarining majmuasi nazari bilan qarash; sofistaiylarni va shaytonlarni ham uyaltiradigan va titratadigan shani' bir hazayoni kufriy boʻlish bilan birga; izhor etgan dini va shariati Islomiyaning shahodati bilan va muddati hayotida koʻrsatgan bil-ittifoq favquloda taqvosining va xolis va sof ubudiyatining dalolati bilan va bil-ittifoq oʻzida koʻringan axloqi hasananing iqtizosi bilan va yetishtirgan butun ahli haqiqatning va sohibi kamolotning tasdigʻi bilan eng mu'taqid, eng metin, eng amin, eng sodiq bir Zotni, -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- e'tiqodsiz, eng amniyatsiz, Allohdan qoʻrqmaydigan bir vaziyatda faraz qilish, maholotning eng xunuk va manfur bir suratini va zalolatning eng zulmli va zulumotli bir tarzini irtikob etish lozim boʻladi.

Alhosil: Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida deyilgani kabi; tinglovchi omi tabaqasi {[1] Quloqli tabaqa - hodisalarni aniqlashirmay, tadqiq qilmay, faqatgina tinglab va eshitib bilgan qism. Tushunish saviyasi eng omi va avom tabaqa. Ilmni faqat quloq va tinglash orqali olishadi(tarjimon izohi).} i'jozi Qur'on fahmida aytganki: Qur'on, men tinglagan va dunyoda mavjud barcha kitoblarga qiyos qilinsa, hech biriga oʻxshamaydi va ularning darajasida emas. Shunday ekan yo Qur'on umumining ostida yoki umumidan ustun bir darajasi bor. Umumining ostidagi boʻlishini, mahol boʻlish bilan birga, hech bir dushman, hatto shayton ham aytolmaydi va qabul qilmaydi. Unday boʻlsa, Qur'on umum kitoblardan ustundir. Demak, moʻ'jizadir.

Aynan shunga oʻxshab, biz ham ilmi usul va fanni mantiqcha sabru taqsim deyilgan eng qat'iy bir hujjat bilan aytamiz: Ey shayton va ey shaytonning shogirdlari! Qur'on, yo arshi a'zamdan, ismi a'zamdan kelgan kalomullohdir yoxud -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- yerda soxtakor va Allohdan qoʻrqmaydigan va Allohni bilmaydigan, e'tiqodsiz bir basharning uydirmasidir. Bu esa ey shayton, sobiq hujjatlarga qarshi buni sen aytolmading va aytolmaysan va aytmaysan ham. Demak bizzarura va bila-shubha Qur'on, Xoliqi Koinotning kalomidir. Chunki oʻrtasi yoʻq va mahol va unday boʻlolmaydi. Buni qat'iy suratda isbot qildik. Sen ham koʻrding va tinglading.

Muhammad Alayhissalotu Vassalam esa yo Rasulullohdir va butun Rasullarning akmali va butun maxluqotning afzalidir yoxud -xosho, yuz ming marta xosho- Allohga iftiro etgani va Allohni bilmagani va azobiga ishonmagani uchun e'tiqodsiz, asfali sofiliynga sukut etgan bashar faraz qilish {(Hoshiya) Qur'oni Hakim, kofirlarning kufriyotlarini va gʻaliz ta'birotlarini yoʻq qilish uchun zikr qilganiga istinodan, ahli zalolatning fikri kufriylarining butun-butun maholiyatini va butun-butun chirikligini koʻrsatish uchun shu ta'birotni farzi mahol suratida titrab qoʻllashga majbur boʻldim.} lozim boʻladi. Bu esa ey Iblis, na sen va na sen ishongan Ovrupa faylasuflari va Osiyo munofiqlari buni aytolmaysizlar va ayta olmagansizlar va ayta olmaysizlar ham va aytmagansizlar va aytmaysizlar ham. Chunki bu qismni tinglaydigan va qabul qiladigan dunyoda yoʻq.

Shuning uchun, sen ishongan u faylasuflarning eng mufsidlari va u Osiyo munofiqlarining eng vijdonsizlari ham aytishadiki: "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) juda aqlli edi. Juda goʻzal axloqli edi". Modomiki bu masala ikki qismga munxasir va modomiki ikkinchi qism mahol va hech bir kishi bunga sohib chiqmas ekan va modomiki qat'iy hujjatlar bilan isbot qildikki, oʻrtasi yoʻq.

Albatta bizzarura sening va hizb-ush shaytonning aksiga bilbedaho va bihaqqalyaqiyn, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Rasulullohdir va butun Rasullarning akmalidir, butun maxluqotning afzalidir.

عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ
— 231 —
Shaytonning Ikkinchi Kichik Bir E'tirozi

Sura-i قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ ni oʻqirkan

مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ اِلَّا لَدَيْهِ رَق۪يبٌ عَت۪يدٌ ٭ وَجَٓاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذٰلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَح۪يدُ ٭ وَ نُفِخَ فِى الصُّورِ ذٰلِكَ يَوْمُ الْوَع۪يدِ ٭ وَ جَٓاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَٓائِقٌ وَ شَه۪يدٌ ٭ لَقَدْ كُنْتَ ف۪ى غَفْلَةٍ مِنْ هٰذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَٓاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَد۪يدٌ ٭ وَ قَالَ قَر۪ينُهُ هٰذَا مَا لَدَىَّ عَت۪يدٌ ٭ اَلْقِيَا ف۪ى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَن۪يدٍ

Shu oyatlarni oʻqirkan, shayton aytdiki: "Qur'onning eng muhim fasohatini, siz uning salosatida va vuzuhida deb bilasiz. Holbuki bu oyatda qayerdan qayerga hatlayapti? Sakarotdan to qiyomatga hatlayapti. Nafhi Surdan muhosabaning xitomiga intiqol etyapti va undan Jahannamga idholni zikr etyapti. Bu ajib hatlashlar ichida qaysi salosat qoladi? Qur'onning aksar yerlarida bir-biridan uzoq masalalarni birlashtiradi. Bunday munosabatsiz vaziyatda salosat, fasohat qayerda qoladi?"

Aljavob: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon asosi i'jozi, eng muhimlaridan balogʻatidan soʻngra ijozdir. Ijoz, i'jozi Qur'onning eng metin va eng muhim bir asosidir. Qur'oni Hakimda shu moʻ'jizona ijoz shu qadar koʻp va shu qadar goʻzalki; ahli tadqiq qarshisida hayratdadirlar. Masalan:

وَ ق۪يلَ يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى وَغ۪يضَ الْمَٓاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَق۪يلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِم۪ينَ

Qisqa bir nechta jumla bilan, Toʻfon hodisa-i azimasini natoiji bilan shunday ijozkorona va moʻ'jizona bayon etadiki; koʻp ahli balogʻatni balogʻatiga sajda ettirgan.

Ham masalan

كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوٰيهَا ٭ اِذِ انْبَعَثَ اَشْقٰيهَا ٭ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللّٰهِ نَاقَةَ اللّٰهِ وَسُقْيٰيهَا ٭ فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوّٰيهَا ٭ وَلَا يَخَافُ عُقْبٰيهَا

Xullas, Qavmi Samudning ajib va muhim hodisotini va natoijini va sui oqibatlarini, bunday qisqa bir nechta jumla bilan ijoz ichida bir i'joz bilan salosatli va vuzuhli va fahmni ixlol etmaydigan bir tarzda bayon etadi.

Ham masalan:

وَذَا النُّونِ اِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

Xullas اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ jumlasidan فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ jumlasiga qadar koʻp jumlalar matviydir. Mazkur boʻlmagan jumlalar fahmni ixlol etmaydi, salosatga zarar bermaydi. Hazrat Yunus Alayhissalomning qissasidan muhim asoslarni zikr qiladi. Qolganini aqlga havola qiladi.

— 232 —

Ham masalan: Sura-i Yusufda فَاَرْسِلُونِ kalimasidan يُوسُفُ اَيُّهَا الصِّدّ۪يقُ oʻrtasida yetti-sakkiz jumla ijoz bilan tashlab oʻtilgan. Fahmni hech ixlol etmaydi, salosatiga zarar bermaydi. Bu tur moʻ'jizona ijozlar Qur'onda juda koʻp. Ham juda goʻzal.

Ammo Sura-i Qofning oyati esa, undagi ijoz juda ajib va moʻ'jizonadir. Chunki kofirning juda mudhish va juda uzun va bir kuni ellik ming yil boʻlgan istiqboliga va u istiqbolning dahshatli inqilobotida kofirning boshiga keladigan aliym va muhim hodisotga bir-bir ishorat qiladi. Chaqmoq kabi fikrni ular ustida kezdiradi. U juda ham uzun zamonni hozir bir sahifa kabi nazarga koʻrsatadi. Zikr qilinmagan hodisotni xayolga havola etib, ulviy bir salosat bilan bayon qiladi.

وَاِذَا قُرِئَ الْقُرْاٰنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَاَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

Xullas ey shayton! Endi yana soʻzing boʻlsa, ayt...

Shayton deydi: Bularga qarshi kelolmayman, mudofaa qilolmayman. Faqat koʻp ahmoqlar bor, meni tinglaydilar va inson suratida koʻp shaytonlar bor, menga yordam beradilar va faylasuflardan koʻp fir'avnlar bor, anoniyatlarini shishirgan masalalarni mendan dars oladilar. Sening bu kabi soʻzlaring nashriga toʻsiq boʻladilar. Shuning uchun senga taslim boʻlmayman!

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 233 —

Ikkinchi Mabhas

[Bu Mabhas, menga doimiy xizmat qilganlarning, axloqimda koʻrgan ajib ixtiloflaridan kelgan hayratlariga qarshi va ikki talabamning men haqqimda haddimdan ortiq husni zonlarini ta'dil etish uchun yozilgan.]

Men koʻryapmanki: Qur'oni Hakimning haqoiqiga oid ba'zi kamolot, u haqoiqqa dallollik qilgan vositalarga berilyapti. Bu esa xato. Chunki ma'hazning qudsiyati, koʻp burhonlar quvvatida ta'sirot koʻrsatadi; u bilan ahkomni umumga qabul ettiradi. Qachon dallol va vakil soya qilsa, ya'ni ularga tavajjuh etilsa, u ma'hazdagi qudsiyatning ta'siri yoʻqoladi. Bu sir uchun, menga qarshi haddimdan ortiq tavajjuh koʻrsatgan qardoshlarimga bir haqiqatni bayon etaman. Shundayki:

Bir insonning mutaaddid shaxsiyati boʻlishi mumkin. U shaxsiyatlar boshqa-boshqa axloqni koʻrsatadilar. Masalan: Katta bir ma'murning, ma'muriyat maqomida boʻlgan vaqtdagi shaxsiyati borki; viqorni iqtizo etadi, maqomning izzatini muhofaza qiladigan atvor istaydi. Masalan: Har bir ziyoratchi uchun tavozu koʻrsatish tazalluldir, maqomni tanzildir. Lekin uyidagi shaxsiyati, maqomning aksi bilan ba'zi axloqni istaydiki, qancha tavozu koʻrsatsa, yaxshi. Oz viqor koʻrsatsa, takabbur boʻladi. Va hokazo... Demak, bir insonning vazifasi e'tibori bilan shaxsiyati boʻladiki, haqiqiy shaxsiyati bilan koʻp nuqtalarda muxolif boʻladi. Agar oʻsha vazifa sohibi, vazifaga haqiqiy loyiq boʻlsa va toʻliq musta'id boʻlsa, u ikki shaxsiyati bir-biriga yaqin boʻladi. Agar musta'id boʻlmasa, masalan bir askar bir mushir maqomiga oʻtkazilsa, u ikki shaxsiyat bir-biridan uzoq boʻladi; u askarning shaxsiy, oddiy, kichik xislatlari; maqom iqtizo etgan oliy, yuksak axloqi bilan qobili ta'lif boʻlolmaydi.

Xullas, bu bechora qardoshingizda uch shaxsiyat bor. Bir-biridan juda uzoq, hamda juda ham uzoq.

Birinchisi: Qur'oni Hakimning xazina-i oliysining dalloli jihatidagi muvaqqat, faqat Qur'onga oid bir shaxsiyatim bor. U dallollik iqtizo etgan juda yuksak axloq borki, u axloq meniki emas, men sohib emasman. Balki oʻsha maqom va u vazifa iqtizo etgan sajiyalardir. Menda bu navdan nima koʻrsangiz, meniki emas, u bilan menga qaramang, u maqomnikidir.

Ikkinchi shaxsiyat: Ubudiyat vaqtida dargohi Ilohiyaga mutavajjih boʻlgan vaqtim, Janobi Haqning ehsoni bilan bir shaxsiyat beriladiki, u shaxsiyat ba'zi osorni koʻrsatadi. U osor, ma'no-i ubudiyatning asosi boʻlgan: "Qusurini bilish, faqr va ajzini anglash, tazallul bilan dargohi Ilohiyaga iltijo etish" nuqtalaridan keladiki; u shaxsiyat bilan oʻzimni harkimdan koʻra koʻproq badbaxt, ojiz, faqir va qusurli deb bilaman. Butun dunyo meni madhu sano etsa, meni yaxshi va sohibi kamol ekanimga ishontirolmaydi.

— 234 —

Uchinchisi: Haqiqiy shaxsiyatim, ya'ni Eski Saiddan qolgan bir shaxsiyatim borki; u ham Eski Saiddan irsiyat boʻlib qolgan ba'zi xulq-atvorlardir. Ba'zan riyoga, hubbu johga orzu boʻladi. Ham asl xonadondan boʻlmaganimdan, xissat darajasida bir iqtisod bilan, tushkun va past axloqlar koʻrinadi.

Ey qardoshlar! Sizni butunlay qochirmaslik uchun, bu shaxsiyatimning koʻp yashirin yomonliklarini va sui hollarini aytmayman.

Xullas qardoshlarim, men musta'id va maqom sohibi boʻlmaganim uchun, bu shaxsiyatim dallollik va ubudiyat vazifalaridagi axloqdan va osordan juda uzoqdir. Ham

دَادِ حَقْ رَا قَابِلِيَّتْ شَرْطْ ن۪يسْتْ

qoidasi boʻyicha, Janobi Haq marhamatkorona qudratini men haqqimda shunday koʻrsatganki; eng adno bir askar kabi bu shaxsiyatimni, eng a'lo bir maqomi mushiriyat hukmida boʻlgan xizmati asrori Qur'oniyada istihdom etyapti. Yuz minglab shukr boʻlsin. Nafs jumladan sufliy, vazifa jumladan a'lo.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 235 —

Uchinchi Mabhas

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَاُنْثٰى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَٓائِلَ لِتَعَارَفُوا

Ya'ni:

لِتَعَارَفُوا مُنَاسَبَاتِ الْحَيَاةِ الْاِجْتِمَاعِيَّةِ فَتَعَاوَنُوا عَلَيْهَا لَا لِتَنَاكَرُوا فَتَخَاصَمُوا

Ya'ni: "Sizni toifa-toifa, millat-millat, qabila-qabila yaratganman; toki bir-biringiz bilan tanishinglar va bir-biringizdagi hayoti ijtimoiyaga oid munosabatlaringizni bilinglar, bir-biringizga yordam beringlar. Aksincha bir-birlaringizga qarshi inkor bilan begona qaranglar, xusumat va adovat qilinglar deb sizni qabila-qabila qilmadim!"

Bu mabhas "Yetti Masala"dir.

Birinchi Masala: Shu oyati karima ifoda etgan haqiqati oliya, hayoti ijtimoiyaga oid boʻlgani uchun, hayoti ijtimoiyadan chekinishni istagan Yangi Said tili bilan emas, balki Islomning hayoti ijtimoiyasi bilan munosabatdor boʻlgan Eski Said tili bilan, Qur'oni Azimushshonga xizmat maqsadi bilan va haqsiz hujumlarga bir himoya tashkil etish fikri bilan yozishga majbur boʻldim.

Ikkinchi Masala: Shu oyati karima ishorat etgan "tao'ruf va taovun dasturi"ning bayoni uchun deymizki: Qandayki bir qoʻshin diviziyalarga, diviziyalar polklarga, polklar batal'onlarga, rotalarga, to vzvodlarga qadar boʻlinadi. Toki; har bir askarning muxtalif va mutaaddid munosabati va u munosabatga koʻra vazifalari tanilsin, bilinsin.. toki u qoʻshinning afrodlari dasturi taovun ostida, haqiqiy bir vazifa-i umumiya bajarsin va hayoti ijtimoiyalari a'daning hujumidan ma'sum qolsin. Boʻlmasa tafriq va inqisom; bir rota bir rotaga qarshi raqobat etsin, bir batal'on bir batal'onga qarshi muxosamat etsin, bir diviziya bir diviziyaning aksiga harakat etish uchun emasdir. Aynan shuning kabi: Hay'ati ijtimoiya-i Islomiya buyuk bir qoʻshindir, qaboil va tavoifga inqisom etilgan. Faqat ming bir bir-birlar adadicha jihati vahdatlari bor. Xoliqlari bir, Razzoqlari bir, Paygʻambarlari bir, qiblalari bir, kitoblari bir, vatanlari bir, bir, bir, bir.. minglab qadar bir, bir...

Xullas, bu qadar bir, birlar uxuvvatni, muhabbatni va vahdatni iqtizo etadilar. Demak, qaboil va tavoifga inqisom, shu oyatning e'lon etgani kabi, tao'ruf uchun, taovun uchun.. tanokur uchun emas, taxosum uchun emas!..

Uchinchi Masala: Fikri milliyat bu asrda juda haddan oshgan. Xususan dassos Ovrupa zolimlari buni Musulmonlar ichida manfiy suratda uygʻotyaptilar; toki parchalab ularni #236

yutsinlar.

Ham fikri milliyatda bir zavqi nafsoniy bor; gʻaflatkorona bir lazzat bor; shaomatli bir quvvat bor. Shuning uchun bu vaqtda hayoti ijtimoiya bilan mashgʻul boʻlganlarga, "Fikri milliyatni tashlanglar!" deyilmaydi. Lekin fikri milliyat ikki qismdir. Bir qismi manfiy, shaomatli, zararlidir; boshqasini yutish bilan oziqlanadi, boshqalarga adovat bilan davom etadi, mutayaqqiz harakat qiladi. Bu esa, muxosamat va chigallikka sababdir. Shuning uchun, hadisi sharifda farmon etgan: اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ Va Qur'on ham farmon etgan:

اِذْ جَعَلَ الَّذ۪ينَ كَفَرُوا ف۪ى قُلُوبِهِمُ الْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ فَاَنْزَلَ اللّٰهُ سَك۪ينَتَهُ عَلٰى رَسُولِه۪ وَعَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ وَاَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ التَّقْوٰى وَكَانُٓوا اَحَقَّ بِهَا وَاَهْلَهَا وَكَانَ اللّٰهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمًا

Bu hadisi sharif va shu oyati karima; qat'iy bir suratda manfiy bir milliyatni va fikri unsuriyatni qabul qilmaydilar. Chunki musbat va muqaddas Islomiyat milliyati unga ehtiyoj qoldirmaydi.

Ajabo, qaysi unsur borki, uch yuz ellik million boʻlsin? Va u Islomiyat oʻrniga u unsuriyat fikri fikr sohibiga shuncha qardoshlarni, ham abadiy qardoshlarni qozontirsin? Ha, manfiy milliyatning tarix davomida juda koʻp zararlari koʻrilgan.

Azjumla: Umaviylar bir oz fikri milliyatni siyosatlariga qoʻshganlari uchun, ham olami Islomni ranjitishdi, ham oʻzlari koʻp falokatlar koʻrishdi. Ham Ovrupa millatlari bu asrda unsuriyat fikrini koʻp ilgari surganlari uchun, Frantsiya va Olmoniyaning juda shaomatli abadiy adovatlaridan boshqa; Harbi Umumiydagi hodisoti mudhisha ham, manfiy milliyatning navi basharga naqadar zararli boʻlganini koʻrsatdi. Ham bizda ibtido-i Hurriyatda, -Bobil qal'asining xarobiyati zamonida "tabalbuli aqvom" ta'bir etilgan "tasho'ubi aqvom" va u tasho'ub sababli tarqalishlari kabi- manfiy milliyat fikri bilan, boshda Rum va Arman oʻlaroq juda koʻp "klublar" nomli sababi tafriqa-i qulub, muxtalif millatchilar jamiyatlari tashakkul etdi. Va ulardan hozirgacha, ajnabiylarning boʻgʻiziga borganlarning va parishon boʻlganlarning hollari, manfiy milliyatning zararini koʻrsatdi.

Hozir esa, eng ziyoda bir-biriga muhtoj va bir-biridan mazlum va bir-biridan faqir va ajnabiy tahakkumi ostida ezilgan anosir va qaboili islomiya ichida, fikri milliyat bilan bir-biriga begona deb qarash va bir-birini dushman deb qabul qilish, shunday bir falokatdirki, ta'rif etilmaydi. Xuddi bir chivinning chaqmasligi uchun mudhish ilonlarga orqa oʻgirib, chivinning chaqishiga qarshi muqobala etish kabi bir devonalik bilan; ulkan ajdarholar hukmida boʻlgan Ovrupaning toʻyishni bilmas hirslarini, panjalarini ochgan bir zamonda, ularga ahamiyat bermasdan, balki ma'nan ularga yordam berib, manfiy unsuriyat fikri bilan sharq viloyatlaridagi vatandoshlarga yoki janub tarafidagi dindoshlarga adovat his qilib ularga qarshi muxolafat qilish, koʻp zararlari va maholiki bilan birga; janub afrodlari ichida dushman sifatida boʻlmay, ularga qarshi muxolafat etilsin. Janubdan kelgan Qur'on nuri bor, Islomiyat ziyosi kelgan; u ichimizda bor va hamma yerda mavjud.

Xullas, u dindoshlarga adovat esa; demakki Islomiyatga, Qur'onga tegadi. Islomiyat va Qur'onga qarshi adovat esa, butun bu vatandoshlarning hayoti dunyoviya va hayoti uxroviyasiga bir navi adovatdir. Hamiyat nomidan hayoti ijtimoiyaga xizmat qilayin deya, ikki hayotning poydevorlarini xarob etish; hamiyat emas, hamaqotdir!