{(*4) Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Qismining ilovasida va Yigirmanchi Maktubning Ikkinchi Maqomida izoh qilingan.}
{(*5) Bu Oltinchi Martaba boshqa martabalar kabi yozilsa edi, juda ham uzun boʻlar edi. Chunki Imomi Mubin, Kitobi Mubinni qisqa ifoda bilan bayon qilib boʻlmaydi. Oʻttizinchi Soʻzda bir oz zikr qilinganidan bu yerda yozuv o'laroq tugatib, darsda izohlar berdik.}
{(*6) Bu Asmo-i muboraka durbinlari bilan, mavjudotdagi jilvalari ostida af'oli Ilohiya va asarlariga qarash bilan Musammo-i Zuljalolga ulashiladi.}
Bu Arabcha Yog'du yangi yozuvli Yog'dular orasiga kirishi sababli, sahifa raqamlari kitobning raqamlari bilan ta'qib qilish majburiyati bo'lganidan Arabcha sahifa raqamini ta'qib qilishga rioya qilmaslik jihati kechirimli nazar bilan qarshilanishi iltimos qilinadi.
Oʻttizinchi Yog'du
Denizli Madrasa-i Yusufiyasining bir darsi a'zami "Meva Risolasi" boʻlgani va Afyon Madrasa-i Yusufiyasining qiymatdor bir darsi akmali "Alhujjatuzzahro" boʻlgani kabi.. Eskishehir Madrasa-i Yusufiyasining gʻoyat quvvatli bir darsi a'zami ham, ismi a'zamni tashigan olti ismning olti nuktasini bayon qilgan bu Oʻttizinchi Yog'dudir.
(Ismi A'zamdan Hayyi Qayyumga doir boʻlimda juda chuqur va keng masalalarni hamma birdan bilolmaydi va zavq etmaydi, faqat hissasiz ham qolmaydi.)
Birinchi Nukta
oyatining bir nuktasi va bir ismi A'zam yoxud Ismi A'zamning olti nuridan bir nuri boʻlgan "Quddus" ismining bir jilvasi Sha'boni Sharifning oxirida, Eskishehir hibsxonasida menga koʻrindi. Ham mavjudiyati Ilohiyani kamoli zuhur bilan, ham vahdati Rabboniyani kamoli vuzuh bilan koʻrsatdi. Shundayki, koʻrdim: Bu koinot va bu Kura-i Arz doim ishlaydigan bir katta fabrika va har vaqt toʻlib boʻshaladigan bir karvonsaroy, bir musofirxonadir. Holbuki bunday gavjum fabrikalar, karvonsaroylar va musofirxonalar; axlatlar bilan, qoldiqlar bilan, kirlar bilan juda ifloslanadilar, bulgʻanadilar va sassiq moddalar har tarafida yigʻilib qoladilar.
Agar juda ham diqqat bilan qaralmasa va tanzif etilmasa va supurilib tozalanmasa, ichida turib boʻlmaydi, inson unda boʻgʻiladi. Holbuki bu fabrika-i koinot va musofirxona-i Arz shu daraja pok, toza va nazifdir va shu qadar kirsiz va bulgʻanmagan va sassiq hidlarsizki, bir keraksiz narsa va bir manfaatsiz modda va tasodifiy bir kir topilmaydi, zohiriy boʻlsa ham, tez bir istihola uskunasiga otiladi, tozalanadi. Demak, bu fabrikaga qaragan zot juda yaxshi qaraydi. Va bu fabrikaning shunday tanzifchi bir sohibi borki, u ulkan fabrikani va u katta saroyni kichik bir xona kabi supurtiradi, tozalaydi, tanzim va tanzif etadi. Va u juda katta fabrikaning kattaligi nisbatida axlatlari va qolidiqlaridan qolgan kirli moddalari, xas-choʻplari mavjud emas. Balki kattaligi nisbatida tozaligiga va nazofatiga diqqat qilinadi. Bir inson bir oy davomida yuvinmasa va kichik xonasini supurmasa juda ham kirlanadi, ifloslanadi. Demak, bu saroyi olamdagi poklik, pokizalik, nuroniylik, tozalik; mutamodiyan hikmatli bir tanzifdan, bir diqqatli tathirdan kelib chiqadi. Va agar u doimiy tathir va supurish va diqqat bilan qarash boʻlmasa edi, bir yilda butun hayvonlarning yuz ming millatlari Arzning yuzida boʻgʻilar edilar.
Va samovotning fazosida taxribga va mavtga mazhar boʻlgan sayyoralarning va yoʻldoshlarning, balki yulduzlarning qoldiqlari boshimizni va boshqa hayvonotning boshlarini, balki Kura-i Arzning boshini, balki dunyomizning boshini yorar edilar. Togʻlar kattaligidagi toshlarni boshimizga yogʻdirar edilar va bizni bu vatani dunyoviymizdan qochirar edilar. Holbuki eskidan beri u yuqori olamlardagi taxrib va ta'mirdan, madori ibrat boʻlib yolgʻiz bir nechta samoviy toshlar tushgan boʻlsa ham, hech kimning boshini yormagan.
Ham zaminning yuzida har yil mavt va hayotning almashishlari va urushishlari sababli yuz minglab hayvonot millatlarining janozalari va ikki yuz ming nabotot toifalarining qoldiqlari, barr va bahrning yuzlarini favqaloda shunday kirlatar edilarki; ziyshuur u yuzlarni sevish, oshiq boʻlish uyoqda tursin, balki unday xunuklikdan nafrat etib mavtga va adamga qochar edilar. Bir qush osonlik bilan qanotlarini va bir kotib bemalol sahifalarini tozalagani kabi, bu tayyora-i Arzning va bu tuyuri samoviyaning qanotlari va bu kitobi koinotning sahifalari ham shunday tarzda tozalanadi, goʻzallashadiki; oxiratning hadsiz goʻzalligini koʻrmagan va iymon bilan fikr yuritmagan insonlar dunyoning bu tozaligiga, bu goʻzalligiga oshiq boʻladilar, parastish etadilar.
Demak, bu saroyi olam va bu fabrika-i koinot Ismi Quddusning bir jilva-i a'zamiga mazhardirki, u tanzifi qudsiydan kelgan amrlarni yolgʻiz dengizlarning akl-ul lahm tanzifotchilari va quruqlikning burgutlari emas, balki boʻrilar va chumolilar kabi murdalarni toʻplaydigan sihhiya ma'murlari ham tinglaydilar. Balki u qudsiy avomiri tanzifiyani badanda oqqan qondagi kurayvoti hamro va bayzo ham tinglab, badanning hujayrotida tanzifot qilganlari kabi; nafas ham u qonni tasfiya etadi, tozalaydi. Va u amrni; qovoqlar koʻzlarni tozalamoq va chivinlar qanotlarini supurmoq uchun tinglaganlari kabi, ulkan havo va bulut ham tinglaydi. Havo zaminning sathiga, yuziga qoʻngan changlar kabi axlatlarga uflaydi, tanzif etadi. Bulut suvchisi zamin bogʻiga suv sepadi, changlarni bostiradi. Soʻngra koʻk yuzini koʻp vaqt kirlatmaslik uchun, tezda axlatlarini toʻplab kamoli intizom bilan chekinadi, yashirinadi. Koʻkning goʻzal yuzini va koʻzini artilgan va supurilgan, yalt-yalt porlayotganday koʻrsatadi. Va u avomiri tanzifiyani yulduzlar, unsurlar, ma'danlar, nabotlar tinglaganlari kabi, butun zarralar ham tinglaydilarki, hayrat-angiz tahavvulot boʻronlari ichida u zarralar nazofatga diqqat qiladilar. Bir yerda luzumsiz toʻplanmaydilar, toʻdalanib qolmaydilar. Mulavvas boʻlsalar, tezda tozalanadilar. Eng toza va eng nazif va eng porloq va eng pok vaziyatlarni; eng goʻzal, eng sof, eng latif suratlarni olish uchun bir dasti hikmat tarafidan yoʻnaltiriladilar.
Mana bu birgina fe'l, ya'ni birgina haqiqat boʻlgan tanzif; Ismi Quddus kabi bir ismi a'zamdan, koinotning doira-i a'zamida koʻringan bir jilva-i a'zamdirki, toʻgʻridan-toʻgʻriga mavjudiyati Rabboniyani va vahdoniyati Ilohiyani asmo-i husnasi bilan barobar, Quyosh kabi keng va durbin kabi boʻlgan koʻzlarga koʻrsatadi.
Ha, Risola-i Nurning koʻp juzlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilinganki: Ismi Hakam va Ismi Hakimning bir jilvasi boʻlgan fe'li tanzim va nizom, va Ismi Adlد ٭ Adilning bir jilvasi boʻlgan fe'li tavzin va mezon va Ismi Jamil va Karimning bir jilvasi boʻlgan fe'li tazyin va ehson va Ismi Rob va Rahimning bir jilvasi boʻlgan fe'li tarbiya va in'om; bu doira-i a'zami olamda, har biri bitta haqiqat va bitta fe'l boʻlganlaridan, birgina zotning vujubi vujudini va vahdatini koʻrsatadilar. Aynan shuning kabi: Ismi Quddusning bir mazhari va bir jilvasi boʻlgan fe'li tanzif va tathir ham, u Zoti Vojib-ul Vujudning ham quyosh kabi mavjudiyatini, ham kunduz kabi vahdoniyatini koʻrsatadilar. Va mazkur tanzim, tavzin, tazyin, tanzif kabi u af'oli hakimona a'zamiy doirada vahdati nav'iyalari nuqtasida bitta Sone'-i Vohidni koʻrsatganlari kabi; asmo-i husnaning aksarisining, balki ming bir asmoning har birining bunday bittadan jilva-i a'zami bu doira-i a'zamda bordir. Va u jilvadan kelgan fe'l kattaligi nisbatida vuzuh va qat'iyat bilan Vohidi Ahadni koʻrsatadi.
Ha, hamma narsani qonun va nizomiga itoat qildirgan hikmati omma va hamma narsani bezatib yuzini kuldirgan inoyati shomila va hamma narsani sevintirib mamnun qilgan rahmati vase'a va zihayot hamma narsani oziqlantirib lazzatlantirgan rizqi umumi-i iosha va hamma narsani umum ashyoga munosabatdor va mustafid va bir daraja molik etgan hayot va ihyo kabi koinotning yuzini kuldirgan, yoritgan badihiy haqiqatlar va vahdoniy fe'llar; ziyo quyoshni koʻrsatgani kabi, birgina Zoti Hakim, Karim, Rahim, Razzoq, Hayy va Muhyini bilbadoha koʻrsatadilar.
Agar har biri bittadan burhoni bahiri vahdoniyat boʻlgan u yuzlab keng fe'llardan birginasi Vohidi Ahadga berilmasa, yuzlab vajhda mahollar lozim boʻladi. Masalan: Ulardan hikmat, inoyat, rahmat, iosha, ihyo kabi badihiy haqiqatlar va vahdoniy dalillar emas, balki yolgʻiz tanzif fe'li koinot Xoliqiga berilmasa, u vaqt ahli zalolatning u maslagi kufriysida lozim boʻladiki: Yo tanzif bilan aloqador zarradan, chivindan tut to unsurlarga, yulduzlarga qadar butun maxluqotning har biri ulkan koinotning tazyinini va tavzinini va tanzimini va tanzifini biladigan, oʻylaydigan va shunga koʻra harakat qiladigan bir qobiliyatda boʻladi.. yoxud Xoliqi Olamning sifoti qudsiyasi oʻzida boʻladi.. yoxud bu koinotning tazyinot va tanzifoti va voridoti va masorifining muvozanalarini tanzim etmoq uchun, koinot kattaligida bir majlisi mashvarat tashkil etiladi va hadsiz zarralar, chivinlar, yulduzlar u majlisning a'zolari boʻladi va hokazo.. bular kabi xurofotli, safsatali yuzlab mahollar kelib chiqadi. Toki, har tarafda koʻringan va mushohada etilgan umumiy va ihotali ulviy tazyin va tathir va tanzif vujud topa olsin. Bu esa bir mahol emas, balki yuz ming mahol oʻrtaga kiradi. Ha, agar kunduzning ziyosi va zamindagi umum porloq narsalarda tamassul etgan xayoliy quyoshchalar Quyoshga berilmasa va birgina Quyoshning jilva-i in'ikosidir deyilmasa, u vaqt zamin yuzida porlagan butun shisha parchalarida va suv qatralarida va qorning shishachalarida, balki havoning zarralarida bittadan haqiqiy Quyosh boʻlishi lozim boʻladi. Toki, u umumiy ziyo vujud topa olsin.
Xullas, hikmat ham bir ziyodir.. bepoyon rahmat bir ziyodir.. tazyin, tavzin, tanzim, tanzif qoplagan bittadan ziyodirlarki, u Shamsi Azaliyning shualaridirlar. Xullas kel, qara; zalolat va kufr qanday hech chiqilmaydigan botqoqlikka kiradi. Va zalolatdagi jaholat qay daraja ahmoqona boʻlganini koʻr, "Alhamdulillahi a'la dinil Islam va kamali iyman" degin.
Ha, koinot saroyini top-toza tutgan bu ulviy, umumiy tanzif; albatta Ismi Quddusning jilvasi va muqtazosidir. Darhaqiqat, qandayki butun maxluqotning tasbehotlari Ismi Quddusga qaraydi; xuddi shuning kabi, butun nazofatlarini ham Quddus ismi istaydi. {(Hoshiya) Yomon axloqlar, botil e'tiqodlar, gunohlar, bid'atlar; ma'naviy kirlardan boʻlganliklarini unutmasligimiz kerak.} Nazofatning bu qudsiy intisobidandirki,
hadisi nazofatni iymonning nuridan sanagan.
oyati ham, tahoratni muhabbati Ilohiyaning bir madori koʻrsatgan.
Oʻttizinchi Yog'duning Ikkinchi Nuktasi
oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam vayoxud ismi a'zamning olti nuridan bir nuri boʻlmish "Adl" ismining bir jilvasi, Birinchi nukta kabi Eskishahar qamoqxonasida uzoq-uzoqlardan koʻrindi. Uni yaqinlashtirish uchun yana tamsil yoʻli bilan aytamiz:
Shu koinot shunday bir saroydirki, u saroyda doimiy ravishda taxrib va ta'mir ichida chayqalib turgan bir shahar bor,.. va u shaharda har vaqt urush va hijrat ichida qaynab turgan bir mamlakat bor,.. va u mamlakatda har zamon o'lim va hayot ichida yumalayotgan bir olam bor. Holbuki, o'sha saroyda, o'sha shaharda, o'sha mamlakatda, o'sha olamda shu daraja hayratlanarli bir muvozana, bir mezon, bir tavzin hukm suradi, bilbadoha isbot qiladiki: Bu hadsiz mavjudotda boʻlgan o'zgarishlar va voridot va masorif, har bir onda umum koinotni koʻradigan, nazari taftishidan oʻtkazadigan yolg'iz bir Zotning mezoni bilan oʻlchanadi, tortiladi. Aks holda, baliqlardan bir baliq mingta tuxum bilan va nabototdan ko'knori kabi bir chechak yigirma ming urugʻ bilan va sel kabi oqqan unsurlarning, inqiloblarning hujumi bilan shiddatli ravishda muvozanani buzishga harakat qilayotgan va istilo qilishni istagan sabablar bebosh boʻlsalar edi yoki maqsadsiz sarsari tasodif va mezonsiz koʻr quvvatga va shuursiz zulmatli tabiatga havola qilinsa edi, u muvozana-i ashyo va muvozana-i koinot shunday buzilar ediki; bir yilda, balki bir kunda ostin-ustun boʻlib ketar edi. Ya'ni: Dengiz aralash-quralash narsalar bilan toʻlib ketardi, sasib ketar edi; havo zararli gazlar bilan zaharlanar edi; zamin esa bir axlatxona, bir o'likxonaga, bir botqoqlikka aylanar edi. Dunyo boʻgʻilar edi.
Shunga ko'ra, jasadi hayvoniyning hujayralaridan va qondagi qizil va oq donachalardan va zarralarning o'zgarishlaridan va jihozoti badaniyaning uyg'unligidan tut, to dengizlarning voridot va masorifiga,.. to zamin ostidagi chashmalarning kirim va sarfiyotlariga,.. to hayvonot va nabototning tavalludot va vafiyotlariga,.. to kuz va bahorning taxribot va ta'mirotlariga,.. to unsurlarning va yulduzlarning xizmat va harakatlariga.. to o'lim va hayotning, ziyo va zulmatning va issiqlik va sovuqlikning almashishlariga va kurashishlariga va toʻqnashishlariga qadar, shu daraja hassos bir mezon bilan va shu qadar nozik bir oʻlchov bilan intizomga solinadi va tortiladiki, aqli bashar hech bir yerda haqiqatan hech bir isrofni, hech bir behudalikni koʻrmaydi. Shuningdek, hikmati insoniya ham har narsada eng mukammal bir intizomni, eng goʻzal bir mavzuniyatni koʻrmoqda va koʻrsatmoqda. Balki, hikmati insoniya o'sha intizom va mavzuniyatning bir tazohuridir, bir tarjimonidir.
Mana kel, Quyosh bilan farqli oʻn ikki sayyoraning muvozanalariga boq. Ajabo, bu muvozana Adl va Qodiyr boʻlgan Zoti Zuljalolni Quyosh kabi koʻrsatmaydimi? Va bilxossa sayyoralardan boʻlgan kemamiz, ya'ni kurra-i Arz bir yilda yigirma toʻrt ming yillik bir doirada kezadi, sayohat qiladi. Va o'sha xoriqo tezligi bilan birga zamin yuzida tizilgan, terib qo'yilgan narsalarni tarqatmaydi, silkitmaydi, fazoga uchirib yubormaydi. Agar tezligi bir ozgina oshirilsa yoki kamaytirilsa edi, ustida yashayotganlarini havoga uchirib, fazoda sochib yuborar edi. Va bir daqiqa, balki bir soniya muvozanasini buzsa, dunyomizni buzib yuboradi; balki boshqasi bilan toʻqnashadi, bir qiyomatni yuzaga keltiradi. Va bilxossa, zamin yuzida nabotiy va hayvoniy toʻrt yuz ming toifaning tavalludot va vafiyot jihatidan va iosha va yashash jihatidan rahimona muvozanalari - ziyo quyoshni koʻrsatgani kabi, - yagona Zoti Adl va Rahimni koʻrsatadi. Va bilxossa, o'sha son-sanoqsiz millatlarning hadsiz fardlaridan birgina fardning a'zosi, jihozoti, tuygʻulari shu daraja hassos bir mezon bilan bir-biriga munosabatdor va muvozanatdadirki; o'sha munosiblik, o'sha muvozana, badohat darajasida bir Sone'-i Adlu Hakimni koʻrsatadi. Va bilxossa, har fardi hayvoniyning badanidagi hujayralarning va qon yoʻllarining va qondagi donachalarning va o'sha donachalardaki zarralarning shu daraja nozik va hassos va xoriqo muvozanalari bor, bilbadoha isbot qiladiki: Hamma narsaning tizgini qoʻlida va hamma narsaning kaliti yonida va bir narsa bir narsaga mone boʻlmasdan, barcha narsalarni bitta narsa kabi osonlik bilan idora qiladigan birgina Xoliqi Adlu Hakimning mezoni bilan, qonuni bilan, nizomi bilan tarbiya va idora qilinmoqda. Hashrning mahkama-i kubrosida mezoni azimi adolatida jin va insning muvozana-i a'mollarini aqldan uzoq ko'rib ishonmagan odam, bu dunyoda koʻzi bilan koʻrgani bu muvozana-i akbarga diqqat qilsa, albatta istib'odi qolmaydi.
Ey isrofli, iqtisodsiz,.. ey zulmli, adolatsiz,.. ey kirli, nazofatsiz badbaxt inson! Butun koinotning va butun mavjudotning dasturi harakati boʻlmish iqtisod va nazofat va adolatga rioya qilmaganing sababli, umum mavjudotga muxolafating bilan ma'nan ularning nafratlariga va hiddatlariga mazhar boʻlmoqdasan. Nimangga ishonyapsanki; zulming bilan, mezonsizliging bilan, isrofing bilan, nazofatsizliging bilan umum mavjudotni gʻazablantirmoqdasan? Darhaqiqat, ismi Hakimning jilva-i a'zamidan boʻlmish hikmati omma-i koinot iqtisod va isrofsizlikka muvofiq joriy bo'ladi, iqtisodga buyuradi. Va ismi Adlning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan koinotdagi adolati tomma barcha narsalarning muvozanalarini idora qiladi va basharga ham adolatni buyuradi. Sura-i Rahmonda
oyatidagi toʻrt martaba, toʻrt navi mezonga ishora qiladigan toʻrt marta "mezon"ni zikr qilishi, koinotda mezonning daraja-i azamatini va favqaloda juda katta ahamiyatini koʻrsatadi. Darhaqiqat, hech bir narsada isrof boʻlmagani kabi, hech bir narsada ham haqiqiy zulm va mezonsizlik yoʻqdir. Va ismi Quddusning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan tanzif va nazofat butun koinotning mavjudotini tozalaydi, goʻzallashtiradi. Basharning kir qoʻli tegmaslik sharti bilan, hech bir narsada haqiqiy nazofatsizlik va chirkinlik koʻrinmaydi.
Xullas, haqoiqi Qur'oniyadan va dasotiri Islomiyadan boʻlmish "adolat, iqtisod, nazofat" hayoti bashariyada naqadar asosli biror dastur ekanligini angla. Va ahkomi Qur'oniya koinot bilan naqadar aloqador va koinot ichiga ildiz otgan va qamrab olganligini va o'sha haqiqatlarni buzish, koinotni buzish va suratini oʻzgartirish kabi mumkin emasligini bil!. Va ushbu uchta ziyo-i a'zam kabi rahmat, inoyat, hafiyziyat kabi yuzlab ihotali haqiqatlar hashrni, oxiratni taqozo va istilzom qilganlari holda; hech mumkinmidirki: Koinotda va umum mavjudotda hukmron boʻlgan rahmat, inoyat, adolat, hikmat, iqtisod va nazofat kabi juda quvvatli ihotali haqiqatlar; hashrning 'adami bilan va oxiratning kelmasligi bilan marhamatsizlikka, zulmga, hikmatsizlikka, isrofga, nazofatsizlikka, behudalikka aylanib qolsinlar? Hosho, yuz ming marta hosho!
Bir pashshaning haqqi hayotini rahimona muhofaza qilgan bir rahmat, bir hikmat; ajabo hashrni keltirmaslik bilan umum ziyshuurlarning hadsiz huquqi hayotlarini va nihoyasiz mavjudotning cheksiz huquqlarini zoye qiladimi? Va ta'bir joiz boʻlsa, rahmat va shafqatda va adolat va hikmatda cheksiz hassosiyat va diqqat koʻrsatayotgan bir hashmati rububiyat; va kamolotini koʻrsatish va Oʻzini tanittirish va sevdirish uchun bu koinotni hadsiz xoriqo san'atlari bilan, ne'matlari bilan bezatgan bir saltanati uluhiyat, ana shunday ham umum kamolotini, ham butun maxluqotini yo'qqa chiqaradigan va inkor qildiradigan hashrsizlikka yo'l qo'yib beradimi? Hosho! Bunday bir jamoli mutlaq bunday bir mutlaq chirkinlikka bilbadoha yo'l qo'yib bermaydi.
Darhaqiqat, oxiratni inkor qilmoqchi bo'lgan odam, avvalo butun dunyoni butun haqiqatlari bilan inkor qilishi lozim. Aks holda, dunyo butun haqiqatlari bilan, yuz ming til bilan uni takzib qilib, bu yolgʻonida yuz ming daraja yolgʻonchiligini isbotlab qo'yadi." Oʻninchi Soʻz" qat'iy dalillar bilan isbot qilgandirki, oxiratning borligi, dunyoning borligichalik qat'iy va shubhasizdir.
Ismi A'zamning olti nuridan uchinchi nuriga ishora qilgan
oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam yoki ismi a'zamning olti nuridan bir nuri boʻlmish "Ismi Hakam"ning bir jilvasi Ramazoni Sharifda koʻrindi. Unga yolgʻiz bir ishora oʻlaroq "Besh nuqta"dan iborat Uchinchi nukta shoshilib yozildi, qoralama holida qoldi.
Uchinchi nuktaning Birinchi nuqtasi: "Oʻninchi Soʻz"da ishora qilingani kabi: ismi Hakamning tajalli-i a'zami shu koinotni shunday bir kitob holatiga keltirganki, har sahifasida yuzlab kitob yozilgan,.. va har satrida yuzlab sahifa joylashtirilgan,.. va har kalimasida yuzlab satr mavjuddir,.. va har harfida yuzlab kalima bor,.. va har nuqtasida kitobning muxtasar bir mundarijasi mavjud bir tarzga keltirgandir. U kitobning sahifalari, satrlari, to nuqtalariga qadar yuzlab jihatdan naqqoshini, kotibini shunday vuzuh bilan koʻrsatmoqdaki; u kitobi koinotning mushohadasi, oʻz vujudidan yuz daraja yanada ziyoda kotibining vujudini va vahdatini isbotlaydi. Chunki bir harf oʻz vujudini bir harf qadar ifoda qilgani holda, kotibini bir satr qadar ifodalaydi.
Darhaqiqat, bu kitobi kabirning bir sahifasi - zamin yuzidir. U sahifada nabotot, hayvonot toifalari adadicha kitoblar bir-biri ichida, barobar, bir vaqtda, xatosiz, gʻoyat mukammal bir suratda bahor mavsumida yozilgani koʻzga koʻrinadi. Bu sahifaning bir qatori - bir bogʻdir. U bogʻdagi mavjud gullar, daraxtlar, nabotlar adadicha manzum qasidalar; barobar, bir-biri ichida, xatosiz yozilganini koʻzimiz bilan koʻrmoqdamiz. U qatorning bir kalimasi - gullagan, meva berish uchun yaprogʻini yozgan bir daraxtdir. Mana shu kalima muntazam, mavzun, bezalgan yaproq, gul va mevalari adadicha Hakemi Zuljalolning madhu sanosiga doir ma'nodor jumlalardir. Goʻyo gullagan har daraxt kabi, u daraxt ham naqqoshining madhlarini kuylayotgan manzum bir qasidadir.
Yana, goʻyo Hakami Zuljalol zaminning mashharida tashhir qilayotgan antiqa va ajib asarlariga minglab koʻz bilan boqishni istaydi.
Yana, goʻyo u Sultoni Azaliyning o'sha daraxtga bergan ziynatli hadya va nishonlarni va formalarni, maxsus bayrami va rasmiy tantanalari boʻlmish bahorda podshoning nazariga taqdim qilish uchun shunday muzayyan, mavzun, muntazam, ma'nodor bir shakl olgan va shunday hikmatli bir shakl berilgandirki; har bir gulida, har bir mevasida bir-biriga ichma-ich juda koʻp vajhlar va dalillar bilan naqqoshining vujudiga va asmosiga shahodat etadilar.
Masalan: Har bir gulda, har bir mevada bir mezon bor. Va u mezon bir intizom ichida,.. va u intizom yangilanib turadigan bir tanzim va tavzin ichida,.. va u tavzin va tanzim bir ziynat va san'at ichida,.. va u ziynat va san'at ma'nodor hidlar va hikmatli ta'mlar ichida boʻlganidan; har bir gul u daraxtning gullari adadicha Hakami Zuljalolga ishoralar qiladi. Va ushbu bir kalima boʻlgan bu daraxtda, bir harf o'rnida boʻlgan bir mevadagi bir urugʻ nuqtasi butun daraxtning mundarijasini, programmasini tashuvchi kichik bir sandiqchadir. Va hokazo.. Bunga qiyosan koinot kitobining butun qatorlari, sahifalari bunday Ismi Hakam va Hakimning jilvasi bilan faqatgina har bir sahifasi emas, balki har bir qatori va har bir kalimasi va har bir harfi va har bir nuqtasi bir moʻ'jiza darajasiga keltirilgandirki; butun sabablar toʻplansa, bir nuqtasining o'xshashini keltirolmaydilar, muoraza qilolmaydilar. Darhaqiqat, ushbu Qur'oni Azimi Koinotning har bir oyati takviniyasi o'sha oyatning nuqtalari va harflari adadicha moʻ'jizalar koʻrsatganlari uchun, albatta sarsari tasodif, koʻr quvvat, gʻoyasiz, mezonsiz, shuursiz tabiat hech bir jihatdan u hakimona, basirona boʻlgan xos mezonga va gʻoyat nozik intizomga aralasholmaydilar. Agar aralashsa edilar, albatta qorishiqlik asari koʻrinar edi. Holbuki hech bir jihatda intizomsizlik ko'rinmaydi.
Uchinchi nuktaning Ikkinchi nuqtasi: "Ikki masala"dir.
Birinchi masala: "Oʻninchi Soʻz"da bayon qilingani kabi, nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, albatta oʻzini koʻrish va koʻrsatish, tashhir qilishni istashi - eng asosli bir qoidadir. Mana bu asosli dasturi umumiyga binoandirki, bu kitobi kabiri koinotning Naqqoshi Azaliysi bu koinot orqali va bu koinotning har bir sahifasi orqali va har bir qatori orqali, hatto harflari va nuqtalari orqali Oʻzini tanittirish va kamolotini bildirish va jamolini koʻrsatish va Oʻzini sevdirish uchun eng juz'iydan eng kulliyga qadar har bir mavjudning ko'plab lisonlari bilan jamoli kamolini va kamoli jamolini tanittirmoqda va sevdirmoqda.
Mana, ey gʻofil inson! Bu Hokimi Hakami Hakimi Zuljaloli Valjamol O'zini senga har bir maxluqi orqali shunday hadsiz va porloq tarzlarda tanittirish va sevdirishni istagani holda, sen Uning tanittirishiga muqobil iymon bilan tanimasang va Uning sevdirishiga muqobil ubudiyating bilan oʻzingni Unga sevdirmasang, qay daraja cheksiz bir jaholat, bir xasorat ekanligini bil, oʻzingga kel!..
Ikkinchi nuqtaning Ikkinchi masalasi: Bu koinotning Sone'-i Qodiyr va Hakimining mulkida sheriklik yeri yoʻqdir. Chunki hamma narsada nihoyat darajada intizom borligi uchun, shirkni qabul qilmaydi. Chunki bir nechta qoʻllar bir ishga aralashsa, u ish chalkashadi.
Bir mamlakatda ikki podsho, bir shaharda ikki hokim, bir qishloqda ikki rais boʻlsa; u mamlakat, u shahar, u qishloqning har ishida bir qorishiqlik boshlanadi. Shuning kabi, eng oddiy bir vazifador odam oʻsha vazifasiga boshqasining mudoxalasini qabul qilmaydi. Bu narsa koʻrsatadiki: hokimiyatning eng asosli xossasi, albatta istiqlol va infiroddir. Demak, intizom vahdatni va hokimiyat yakkalikni taqozo qiladi. Modomiki hokimiyatning bir muvaqqat soyasi yordamga muhtoj va ojiz insonlarda bunday mudoxalani rad qilsa, albatta daraja-i rububiyatdagi haqiqiy bir hokimiyati mutlaqa, bir Qodiyri Mutlaqda butun shiddati bilan mudoxalani rad qilishi kerakdir. Agar zarra qadar mudoxala boʻlsa edi, intizom buzilib ketar edi.
Holbuki, bu koinot shunday bir tarzda yaratilganki, bir urugʻni yaratish uchun bir daraxtni yarata oladigan bir qudrat lozimdir. Va bir daraxtni yaratish uchun koinotni yarata oladigan bir qudrat kerakdir. Va koinot ichida ishga aralashgan bir sherik bor boʻlsa, eng kichik bir urugʻda ham hissador boʻlishi lozim boʻladi. Chunki bu uning namunasidir. U holda, ulkan koinotga sig'magan ikki rububiyat bir urugʻda, balki bir zarrada joylashishi lozim boʻladi. Bu esa, maholotning va botil xayolotning eng ma'nosiz va eng uzoq bir maholidir. Ulkan koinotning umum ahvol va kayfiyotini mezoni adlida va nizomi hikmatida tutgan bir Qodiyri Mutlaqning ojizligini hatto bir urugʻda ham taqozo qiladigan shirk va kufr naqadar hadsiz darajada muzoaf bir xilof, bir xato, bir yolgʻon ekanligini,.. va tavhid qanchalik hadsiz muzoaf bir darajada haq va haqiqat va toʻgʻri ekanligini bil, "Alhamdulillohi 'alal iymon" de!..
Uchinchi nuqta: Sone'-i Qodiyr ismi Hakam va Hakimi bilan bu olam ichida minglab muntazam olamlarni joylashtirgandir. U olamlar ichida eng ziyoda koinotdagi hikmatlarga mador va mazhar boʻlgan insonni bir markaz, bir mador qilib yaratgan. Va u koinot doirasining eng muhim hikmatlari va foydalari insonga qaratilgandir. Va inson doirasi ichida ham rizqni bir markaz holiga keltirgan. Olami insoniyda aksar hikmatlar, manfaatlar o'sha rizqqa qaratilgan va u bilan namoyon bo'ladi. Va insonda shuur va rizqda zavq vositasi bilan ismi Hakimning jilvasi porloq bir suratda koʻrinadi. Va shuuri insoniy vositasi bilan kashf qilingan yuzlab fanlardan har bir fan Hakam ismining bir navdagi bir jilvasini ta'rif etadi.
Masalan, Tibbiyot fanidan soʻralsa: "Bu koinot nedir?" Albatta aytadiki: "Gʻoyat intizomli va mukammal bir buyuk dorixonadir. Ichida barcha dorilar yaxshilab hozirlangan va joylangandir."
Kimyo fanidan soʻralsa: "Bu kurra-i arz nedir?" Aytadi: "Gʻoyat muntazam va mukammal bir kimyoxonadir."
Texnika fani aytadi: "Hech bir qusuri boʻlmagan gʻoyat mukammal bir fabrikadir."
Ziroat fani aytadi: "Nihoyat darajada hosildor, har navi ekinni o'z vaqtida yetishtiradigan tartibli bir ekinzordir va mukammal bir bogʻdir."
Tijorat fani aytadi: "Gʻoyat tartibli bir koʻrgazma va juda ham intizomli bir bozor va mollari juda ham san'atli bir doʻkondir."
Iosha fani aytadi: "Gʻoyat intizomli, butun arzoqning barcha turlarini jamlagan bir ombordir."
Rizq fani aytadi: "Yuz minglab lazzatli taomlar barobar kamoli intizom bilan ichida pishiriladigan bir oshxona-i Rabboniy va bir qozoni Rahmoniydir."
Askarlik fani aytadi: "Yer bir lashkargohdir. Har bahor mavsumida xizmatga yangi chaqirilgan va zamin yuzida chodirlari qurilgan toʻrt yuz ming muxtalif millatlar u qoʻshinda boʻlgani holda; farqli-farqli arzoqlari, farqli-farqli liboslari, silohlari, farqli-farqli ta'limotlari, tarxisotlari kamoli intizom bilan hech birini unutmasdan va chalkashtirmasdan, birgina Qoʻmondoni A'zamning amri bilan, kuchi bilan, marhamati bilan, xazinasi bilan gʻoyat intizomli shaklda bajarilib, idora qilinadi."
Va Elektr fanidan soʻralsa, albatta aytadiki: "Bu muhtasham saroyi koinotning tomi juda ham intizomli, mezonli son-sanoqsiz elektr chiroqlari bilan bezatilgandir. Ammo shunchalik xoriqo bir intizom va mezon bilandirki: Boshda Quyosh oʻlaroq, kurra-i Arzdan ming marta katta o'sha samoviy chiroqlar doim yonib turganlari holda muvozanalarini buzmaydilar, portlamaydilar, yongʻin chiqarmaydilar. Sarfiyotlari cheksiz boʻlgani holda, voridotlari va "kerosin"lari va yoqilg'i moddalari qayerdan kelmoqda? Nima uchun tugamaydi? Nima uchun yonish muvozanasi buzilmaydi?.. Kichik bir chiroq ham tartibli shaklda qarab turilmasa, soʻnadi. Astronomiyaga koʻra, kurra-i Arzdan bir milliondan ortiqroq katta va bir million yildan ko'proq yashagan Quyoshni {(Hoshiya) Ajabo, dunyo saroyini isitayotgan Quyosh oʻchogʻiga yoki chirogʻiga qancha oʻtin va koʻmir va kerosin kerakligi chamalab koʻrilsin. Yonib turishi uchun har kuni - Astronomiyaning soʻziga qaraganda - bir millionta kurra-i Arz qadar oʻtin yigʻinlari va minglab dengizlar qadar kerosin kerak boʻladi. Endi oʻylab koʻr, uni oʻtinsiz, kerosinsiz doimiy ravishda yondirib turgan Qodiyri Zuljalolning hashmatiga, hikmatiga, qudratiga Quyoshning zarralari adadicha "Subhonalloh, Moshoalloh, Borakalloh" degin.} koʻmirsiz, yogʻsiz yondirayotgan, oʻchirib qo'ymayotgan Hakimi Zuljalolning hikmatiga, qudratiga boq, "Subhonalloh" de. Quyoshning muddati umrida oʻtgan daqiqalarining oshiralari adadicha "Moshoalloh, Borakalloh, Lo iloha illo Huv" deb ayt. Demak, bu samoviy chiroqlarda gʻoyat xoriqo bir intizom bor va ularga juda diqqat bilan qarab turilibdi. Goʻyo o'sha juda buyuk va juda koʻp olovli xarsanglarning va gʻoyat koʻp nurli qandillarning bugʻ qozoni esa - harorati tuganmas bir Jahannamdirki, ularga nursiz harorat beradi. Va o'sha elektr chiroqlarining generatorlari va markaziy fabrikasi - doimiy bir Jannatdirki, ularga nur va yorugʻlik beradi. Ismi Hakam va Hakimning jilva-i a'zami bilan intizomli shaklda yonishlari davom etadi. Va hokazo...
Shularga qiyosan, yuzlab fanlardan har birining qat'iy shahodatiga ko'ra, nuqsonsiz bir intizomi akmal ichida hadsiz hikmatlar, manfaatlarga muvofiq bu koinot ziynatlangandir. Va o'sha xoriqo va ihotali hikmat bilan majmu'i koinotga bergan intizom va hikmatlarni eng kichik bir zihayot va bir urugʻda kichik bir miqyosda joylashtirgandir.
Va ma'lum va badihiydirki, intizom bilan gʻoyalarni va hikmatlarni va foydalarni ta'qib qilish; ixtiyor bilan, iroda bilan, qasd bilan, xoxish bilangina boʻlishi mumkin; boshqacha boʻlmaydi. Ixtiyorsiz, irodasiz, qasdsiz, shuursiz sabablar va tabiatning ishi boʻlmagani kabi, aralashishlari ham mumkin emas. Demak bu koinotning butun mavjudotidagi hadsiz intizom va hikmatlari bilan iqtizo qilganlari va koʻrsatganlari bir Foili Muxtorni, bir Sone'-i Hakimni bilmaslik yoki inkor qilish, naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanligini ta'riflab boʻlmaydi.
Darhaqiqat, dunyoda eng koʻp hayron qolinadigan bir narsa bor boʻlsa, u ham - ana shu inkordir. Chunki koinotning mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan, vujud va vahdatiga shohidlar bor boʻlgani holda, Uni koʻrmaslik, bilmaslik naqadar koʻrlik va jaholat ekanligini eng koʻr johil ham anglaydi. Hatto ayta olamanki, ahli kufr ichida koinotning vujudini inkor qilganlari sababli ahmoq deb oʻylangan sofistlar eng aqllilaridir. Chunki koinotning vujudini qabul qilish bilan Allohga va Xoliqiga ishonmaslik ma'qul va mumkin boʻlmagani uchun, koinotni inkor qila boshladilar. Oʻzlarini ham inkor qildilar. "Hech narsa yoʻq" deb, aqldan voz kechib, aql pardasi ostida boshqa munkirlarning cheksiz aqlsizliklaridan qutulib, bir daraja aqlga yaqinlashdilar.
Toʻrtinchi nuqta: "Oʻninchi Soʻz"da ishora qilingani kabi: Bir Sone'-i Hakim va gʻoyat hikmatli bir usta bir saroyning har bir toshida yuzlab hikmatni diqqat bilan ta'qib etsa, soʻngra u saroyning tomini yopmasdan bekordan-bekorga xarob boʻlishi bilan ta'qib etgani hadsiz hikmatlarni zoye qilishini hech bir ziyshuur qabul qilmaydi. Va bir Hakimi Mutlaq kamoli hikmati bilan bir dirham qadar bir urugʻdan yuzlab botmon foydalarni, gʻoyalarni, hikmatlarni diqqat bilan ta'qib qilgani holda; togʻ kabi katta daraxtga bir dirham qadar bir dona foyda, bir dona kichik gʻoya, bir dona meva berish uchun o'sha ulkan daraxtning juda koʻp masorifini qilish bilan, oʻz hikmatiga butunlay zid va muxolif oʻlaroq isrofgarlarcha bir safohatni irtikob qilishi hech bir jihatdan imkoni yoʻqdir.
Aynan shuning kabi, bu koinot saroyining har bir mavjudotiga yuzlab hikmat taqqan va yuzlab vazifa bilan jihozlantirgan, hatto har bir daraxtga mevalari adadicha hikmatlar va gullari adadicha vazifalar bergan bir Sone'-i Hakim, qiyomatni keltirmaslik bilan va hashrni qilmaslik bilan, butun son-sanoqsiz hikmatlarni va cheksiz vazifalarni ma'nosiz, behuda, bekordan-bekor, foydasiz zoye qilishi, u Qodiyri Mutlaqning kamoli qudratiga ajzi mutlaq bergani kabi; u Hakimi Mutlaqning kamoli hikmatiga hadsiz behudalik va foydasizlikni va u Rahimi Mutlaqning jamoli rahmatiga nihoyasiz chirkinlikni va u Odili Mutlaqning kamoli adolatiga nihoyasiz zulmni berish demakdir. Goʻyo, koinotda hammaga koʻringan hikmat, rahmat, adolatni inkor qilishdir. Bu esa, eng ajib bir maholdirki, ichida hadsiz botil narsalar topiladi. Ahli zalolat kelsin, boqsin; kiradigani va o'ylagani o'z qabri kabi, oʻz zalolatida qay daraja dahshatli bir zulmat, bir qorongʻulik va ilonlarning, chayonlarning uyasi bir chuqur ekanligini koʻrsin. Va oxiratga iymon esa, Jannat kabi goʻzal va nurli bir yoʻl ekanligini bilsin, iymonga kirsin.
Beshinchi nuqta: Ikki masaladir.
Birinchi masala: Sone'-i Zuljalol ismi Hakimning muqtazosi bilan, hamma narsada eng yengil suratni, eng qisqa yoʻlni, eng oson tarzni, eng foydali shaklni ahamiyat bilan ta'qib qilgani koʻrsatadiki; fitratda isrof, behudalik va foydasizlik yoʻqdir. Isrof esa, ismi Hakimning ziddi boʻlgani kabi, iqtisod uning lozimidir va asosiy dasturidir.
Ey iqtisodsiz, isrofli inson! Butun koinotning eng asosli dasturi boʻlgan iqtisodga rioya qilmaganing uchun, naqadar xilofi haqiqat harakat qilganingni bil! كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyati naqadar asosli, keng bir dasturni dars berganini angla!..
Ikkinchi masala: Ismi Hakam va Hakim badohat darajasida Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning risolatiga dalolat qiladi va istilzom qiladi deyish mumkin. Darhaqiqat, modomiki gʻoyat ma'nodor bir kitob, uni dars beradigan bir muallim istar ekan... Va gʻoyat goʻzal bir jamol, oʻzini koʻradigan va koʻrsatadigan bir oynani taqozo qilar ekan... Va gʻoyat kamolda bir san'at, e'lonchi bir dallol istar ekan... Albatta har bir harfida yuzlab ma'nolar, hikmatlar bor boʻlgan bu kitobi kabiri koinotning muxotabi boʻlmish navi inson ichida albatta bir rahbari akmal, bir muallimi akbar boʻladi. Toki, o'sha kitobdagi qudsiy va haqiqiy hikmatlarni dars beradigan,.. balki koinotdagi hikmatlarning vujudini bildiradigan,.. balki koinotning xilqatidagi maqosidi Rabboniyaning zuhuriga, balki hosil bo'lishiga vasila boʻladigan,.. va umum koinotda Xoliq tarafidan gʻoyat ahamiyat bilan izhorini iroda qilgani kamoli san'atini, jamoli asmosini bildiradigan, oynadorlik qiladigan,.. va u Xoliq butun mavjudot orqali Oʻzini sevdirishni xohlagani va ziyshuur maxluqlaridan muqobala istagani sababli, u ziyshuurlar nomidan bittasi o'sha keng tazohuroti rububiyat qarshisida keng bir ubudiyat bilan muqobala qilib, quruqlik va dengizni jazbaga keltiradigan,.. Samovot va Arzni larzaga soladigan bir sado-i tashhir va taqdis bilan, o'sha ziyshuurlarning nazarini o'sha san'atlarning Sone'iga buradigan,.. va qudsiy darslar va ta'limot bilan butun ahli aqlning quloqlarini oʻziga qaratadigan bir Qur'oni Azimushshon bilan, o'sha Sone'-i Hakami Hakimning maqosidi Ilohiyasini eng goʻzal bir suratda koʻrsatadigan,.. va butun hikmatlarining tazohuri va tazohuroti jamoliya va jaloliyasi qarshisida eng mukammal muqobala qiladigan bir zot - Quyoshning vujudi kabi bu koinotga lozimdir, zaruriydir. Va shunday qilgan va eng akmal bir suratda o'sha vazifalarni amalga oshirgan, bilmushohada Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdir. Shunday ekan, Quyosh ziyoni, ziyo kunduzni istilzom qilgani darajada, koinotdagi hikmatlar risolati Ahmadiyani (asv) istilzom qiladi.
Darhaqiqat, ismi Hakimning jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada risolati Ahmadiyani taqozo qilgani kabi, xuddi shuningdek asmo-i husnodan Alloh, Rahmon, Rahim, Vadud, Mun'im, Karim, Jamil, Rabb kabi koʻp ismlarning har biri koinotda koʻringan bir jilva-i a'zam bilan, a'zamiy darajada va martaba-i qat'iyatda risolati Ahmadiyani (asv) istilzom qiladilar.
Masalan: Ismi Rahmonning jilvasi boʻlgan rahmati vosi'a, o'sha "Rahmatan lil-olamiyn" bilan namoyon bo'ladi. Va ismi Vadudning jilvasi boʻlgan tahabbubi Ilohiy va taarrufi Rabboniy o'sha Habibi Rabb-ul Olamiyn bilan natija beradi, muqobala koʻradi. Va ismi Jamilning bir jilvasi boʻlgan butun jamollar, ya'ni jamoli zot, jamoli asmo, jamoli san'at, jamoli masnu'ot ham o'sha oyna-i Ahmadiyada koʻriladi, koʻrsatiladi. Va hashmati rububiyat va saltanati uluhiyatning jilvalari ham o'sha dalloli saltanati rububiyat boʻlmish Zoti Ahmadiyaning risolati bilan bilinadi, koʻrinadi, tushuniladi, tasdiq qilinadi. Va hokazo... Bu misollar kabi aksar asmo-i husnoning har biri risolati Ahmadiyaga bir porloq burhondir.
Alhosil: Modomiki koinot mavjuddir va inkor qilinmas ekan; albatta koinotning ranglari, ziynatlari, nurlari, ziyolari, san'atlari, hayotlari, robitalari o'rnida boʻlgan hikmat, inoyat, rahmat, jamol, nizom, mezon, ziynat kabi mashhud haqiqatlar, hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Modomiki o'sha sifatlarni, fe'llarni inkor qilish mumkin emas ekan; albatta o'sha sifatlarning mavsufi va o'sha fe'llarning foili va o'sha ziyolarning quyoshi boʻlmish Zoti Vojib-ul Vujud, Hakim, Karim, Rahim, Jamil, Hakam, Adl ham hech bir jihatdan inkor qilinmaydi va inkor qilish aqlga to'g'ri kelmaydi. Va albatta u sifatlarning va u fe'llarning madori zuhurlari, balki madori kamollari, balki madori tahaqquqlari boʻlmish rahbari akbar, muallimi akmal va dalloli a'zam va tilsimi koinotning kashshofi va oyna-i Samadoniy va Habibi Rahmoniy boʻlmish Muhammad alayhissalotu vassalomning risolati hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Olami haqiqatning va haqiqati koinotning ziyolari kabi, u Zotning risolatlari ham koinotning eng porloq bir ziyosidir.
Oʻttizinchi Yog'duning Toʻrtinchi Nuktasi
oyatining bir nuktasi va Vohid va Ahad ismlarini tazammun etgan bir ismi a'zam yoki ismi a'zamning olti nuridan bir nuri boʻlgan "Fard" ismining bir jilvasi Shavvoli Sharifda Eskishehir Hibsxonasida menga koʻrindi. U jilva-i a'zamning tafsilotini Risola-i Nurga havola qilib, bu yerda muxtasar "Yetti Ishorat" bilan Ismi Fardning tajalli-i a'zami bilan koʻrsatgan tavhidi haqiqiyni gʻoyat muxtasar bayon qilamiz.
Birinchi Ishorat: Fard ismi a'zami, a'zamiy bir tajalliy bilan koinotning hay'ati majmuasiga va har bir naviga va har bir fardiga bittadan sikka-i tavhid, bittadan xotami vahdoniyat qoʻyganini, Yigirma Ikkinchi Soʻz bilan Oʻttiz Uchinchi Maktub tafsilan koʻrsatgandirlar. Bu yerda yolgʻiz uch sikkaga ishorat qilamiz.
Birinchi Sikka: Fardiyat jilvasi koinot yuzida shunday bir sikka-i vahdat qoʻyganki, koinotni tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga keltirgandir. Butun koinotga tasarruf etolmagan bir zot hech bir juziga haqiqiy molik boʻlolmaydi. U sikka ham shudir: Koinotning mavjudoti, anvo'lari eng muntazam bir fabrika charxlari kabi bir-biriga muovanat etadi; bir-birining vazifasini takmilga harakat qiladi. Shunday bir tasonud, shunday bir-biriga muovanat, shunday bir-birining istagiga javob berish va bir-birining imdodiga yugurish va bir-biriga yopishish, bir-birining ichiga kirish surati bilan shunday bir vahdati vujud tashkil qiladilarki; bir insonning jasadidagi unsurlar kabi, qobili tafriq bo'maydi. Bir unsurning tizginini tutgan, umumning tizginlarini tutolmasa, u bitta unsurning tizginini zabt etolmaydi.
Xullas, koinotning siymosidagi bu taovun, tasonud, tajovub, taonuk; juda porloq bir sikka-i kubro-i vahdatdir.
Ikkinchi Sikka: Zaminning yuzida va bahor siymosida shunday bir porloq xotami ahadiyat va sikka-i vahdoniyat Ismi Fardning jilvasi bilan koʻrinadiki, Kura-i Arzning yuzida barcha zihayotni barcha afrodi bilan va ahvol va shuunoti bilan idora qilmagan va umumini birdan koʻrmagan va bilmagan va ijod qilmagan bir zot, ijod jihatida hech bir narsaga qoʻshilmaganini isbot qiladi. U sikka ham shudir: Zaminning yuzida ma'daniy moddalarning, unsurlarning va jomidot maxluqotning gʻoyat muntazam, faqat yashirin sikkalarini nazarga olmasdan, yolgʻiz ikki yuz ming hayvonot toifalarining va ikki yuz ming nabotot anvo'ining otqi iplari bilan toʻqilgan naqshli shu sikkaga qaraki:
Birdan bahor mavsumida, zaminning yuzida, bir-biri ichida, barobar, boshqa-boshqa shakllari, boshqa-boshqa xizmatlari, boshqa-boshqa rizqlari, boshqa-boshqa jihozotlari; hech birini adashmasdan, xato qilmasdan, nihoyat qorishiqlik ichida nihoyat darajada tamyiz va tafriq bilan, gʻoyat hassos bir mezon bilan har bir narsaga lozim boʻlgan hamma narsalari qiyinchiliksiz ayni vaqtida kutilmagan yeridan berilganini koʻzimiz bilan koʻrganimizdan, zaminning siymosida oʻsha holat, oʻsha tadbir, oʻsha idora shunday bir xotami vahdoniyat va shunday bir sikka-i ahadiyatdirki; butun u mavjudotni birdan, hechdan ijod qilib barobar idora qilmagan bir zot; rububiyat va ijod jihati bilan hech bir narsaga qoʻshilolmaydi. Chunki qoʻshilgan boʻlsa, u hadsiz keng muvozana-i idora buziladi. Faqat insonlarning u qavonini rububiyatning husni jarayonlariga yana amri Ilohiy bilan suriy bir xizmati bor.
Uchinchi Sikka: Insonning yuzida.. balki, insonning yuzi shunday bir sikka-i ahadiyatdirki, Odam zamonidan to qiyomatga qadar kelgan va keladigan butun afrodi insoniya birdan nazari mutolaasida boʻlmagan va har biriga qarshi u bir yuzda bittadan alomati fariqa qoʻymagan va u kichik yuzda hadsiz alomati fariqa qoldirmagan bir sabab, bitta insonning yuzidagi xotami vahdoniyatga ijod jihati bilan qoʻl uzatolmaydi. Ha, insonning yuziga u sikkani qoʻygan zot, albatta butun afrodi insoniya nazari shuhudida va doira-i ilmidadirki, har bir insonning siymosi koʻz, quloq, ogʻiz kabi a'zo-i asosiyda bir-biriga oʻxshagani holda, bittadan alomati fariqa bilan, hech birisiga toʻliq oʻxshamaydi. Qandayki u siymoda koʻz, quloq kabi a'zolarning umum afrodida bir-biriga oʻxshagani, u navi insonning Sone'i bir, vohid boʻlganiga shahodat qilgan bir sikka-i tavhiddir; xuddi shuning kabi: Huquqi insoniyaning muhofazasi uchun boshqa anvo'dan ustun boʻlib, u siymolarda bir-biriga iltibos boʻlmaslik va bir-biridan tafriqi uchun, hikmatli juda koʻp alomati fariqa bilan iftiroqlari, u Sone'-i Vohidning irodasini, ixtiyorini va mashiatini koʻrsatmoq bilan barobar, boshqa va juda daqiq bir sikka-i ahadiyat boʻladiki; butun insonlarni, hayvonlarni, balki koinotni xalq etmagan bir zot, bir sabab u sikkani qoʻyolmaydi.
Ikkinchi Ishorat: Koinotning olamlari, anvo'lari va unsurlari shunday bir-biri ichiga aralashib kirganki, koinotning hay'ati majmuasiga molik boʻlmagan bir sabab, hech bir naviga, hech bir unsuriga haqiqiy tasarruf etolmaydi. Goʻyo Ismi Fardning jilva-i vahdati butun koinotni bir vahdat ichiga olgan; hamma narsa u vahdatni e'lon qiladi. Masalan: Bu koinotning chirogʻi boʻlgan Quyoshning bir boʻlishi, umum koinot birining boʻlganiga ishorat qilgani kabi; zihayotlarning epchil va chaqqon xizmatchilari boʻlgan havo unsuri bir boʻlishi.. va oshpazlari boʻlgan otash bir boʻlishi.. va zamin bogʻini suvlagan bulut suvchisi bir boʻlishi.. va umum zihayotning imdodiga yetishgan yomgʻir bir boʻlishi va har yerga yetishishi.. va aksar hayvonot va nabotot toifalarining har biri umum zamin yuzida erkin yoyilishlari, vahdati nav'iyalari va maskanlari bir boʻlishi; gʻoyat qat'iy bir suratda ishoratlar, shahodatlardirki: Maskanlari bilan barobar umum u mavjudot, yolgʻiz bir zotning moli boʻlganiga dalolat qiladilar.
Xullas bunga qiyosan, butun koinotning bunday bir-biriga aralashgan anvo'lari majmu' koinotni shunday bir kull hukmiga keltirganki, ijod jihati bilan tajazzi qabul qilmaydi. Umum koinotga hukmi oʻtmagan bir sabab, rububiyat jihati bilan va ijod sifati bilan hech bir narsaga hukm qilolmaydi va birgina zarraga rububiyatini tinglattirolmaydi.
Uchinchi Ishorat: Ismi Fardning tajalli-i a'zami bilan koinotni bir-biri ichida hadsiz maktuboti Samadoniya hukmiga keltirib, har maktubda hadsiz xotami vahdoniyat va juda koʻp muhri ahadiyat bosilgan kabi, har bir maktubning kalimoti adadicha ahadiyat muhrlarini tashiydi va u muhrlarning adadicha kotibini koʻrsatadi. Ha, har bir gul, har bir meva, har bir oʻt, hatto har bir hayvon, har bir daraxt bittadan muhri ahadiyat va bittadan sikka-i Samadiyat boʻlganlarini va boʻlgan makonlari esa bir maktub suratini olishi jihati bilan har biri bir imzo shaklini oladi; u makonning kotibini koʻrsatadi. Masalan: Bir bogʻda bir sariq gul, u bogʻ naqqoshining bir muhri hukmidadir. U gul muhri kimniki boʻlsa, butun zamin yuzidagi u navi gullar u zotning kalimalari hukmida boʻlganiga va u bogʻ ham uning yozuvi boʻlganiga ochiq bir suratda dalolat qiladi. Demak, natija shuki; har bir narsa umum ashyoni Xoliqiga isnod etib, a'zamiy bir tavhidga ishorat qiladi.
Toʻrtinchi Ishorat: Ismi Fardning jilva-i a'zami quyosh kabi zohir boʻlish bilan barobar, vujub darajasida bir ma'quliyat va hadsiz bir osonlik bilan qabul qilinadi. Va u jilvaning muxolifi va ziddi boʻlgan shirk nihoyat darajada mushkul va aqldan gʻoyat darajada uzoq, balki mahol va mumtani' darajasida boʻlganini isbot qilgan koʻp burhonlar Risola-i Nurning ajzolarida bayon qilingan. Hozircha u dalillardagi nuqtalarning tafsilotini u risolalarga havola qilib, yolgʻiz "Uch Nuqta"sini bu yerda bayon qilamiz.
Birinchisi: Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarning oxirlarida qisqacha va Yigirmanchi Maktubning oxirida tafsilan gʻoyat qat'iy burhonlar bilan isbot qilganmizki: Zoti Fard va Ahadning qudratiga nisbatan eng katta narsaning ijodi, eng kichik bir narsa kabi osondir. Bir bahorni bir gul kabi suhulat bilan xalq etadi. Minglab hashrning namunalarini har bahorda koʻzimiz qarshisida osonlik bilan ijod qiladi. Katta bir daraxtni kichik bir meva kabi bemalol idora qiladi.
Agar mutaaddid sabablarga havola qilinsa, har bir meva bir daraxt qadar masrafli va mushkulotli.. va bir gul bir bahor qadar zahmatli va suubatli boʻladi. Ha, qandayki bir qoʻshinning tajhizoti askariyasi bir qoʻmondonning amri bilan bir fabrikada qilinsa; u qoʻshinning tajhizoti, goʻyo bitta askarning tajhizoti kabi osonlashadi. Agar har askarning jihozoti boshqa-boshqa fabrikada qilinsa va idora-i askariyasi vahdatdan kasratga kirsa, u vaqt har bir askar qoʻshin qadar fabrikalar istaydi.
Aynan shuning kabi, agar hamma narsa Zoti Fard va Ahadga berilsa; butun bir navning hadsiz afrodi birgina fard kabi oson boʻladi. Agar sabablarga berilsa; har bir fard o'sha nav qadar mushkulotli boʻladi. Ha, vahdat ham, fardiyat ham; hamma narsaning u Zoti Vohidga intisobi bilan boʻladi va unga istinod etadi. Va bu istinod va intisob esa; u narsa uchun hadsiz bir quvvat, bir qudrat hukmiga oʻta oladi. U vaqt kichik bir narsa u intisob va istinod quvvati bilan, minglab daraja quvvati shaxsiyasidan ustun ishlar qila oladi, natijalar bera oladi. Va juda quvvatli boʻlgan Fard va Ahadga istinod va intisob etmagan bir narsa, oʻz shaxsiy quvvatiga koʻra kichik ishlar qila oladi va natijasi unga koʻra kichrayadi. Masalan: Qandayki jangga qoʻshilgan gʻoyat jasur, quvvatli bir odam, oʻz oʻq-dorilarini va zahirasini oʻzi bilan birlikda va belida tashishga majbur boʻlganidan, faqat oʻnta odam dushmaniga qarshi muvaqqat qarshi tura oladi. Chunki shaxsiy quvvati o'shancha asar koʻrsata oladi. Faqat askarlik ruxsatnomasi bilan bir qoʻmondoni a'zamga intisob va istinod etgan bir odam; oʻz manabi-i quvvatini va arzoq omborini oʻzi tortmagani va tashishga majbur boʻlmagani uchun, u intisob va istinod u uchun bitmas bir quvvat, bir xazina hukmiga oʻtganidan; magʻlub boʻlgan dushman qoʻshinining bir mushirini, balki minglab odam bilan barobar, u intisob quvvati bilan asir qila oladi.
Demak vahdatda, fardiyatda; bir chumoli bir Fir'avnni, bir chivin bir Namrudni, bir mikrob bir jabborni u intisob quvvati bilan magʻlub qila olgani kabi; noʻxat donasi kichikligidagi bir urugʻ ham togʻ kabi haybatli bir chinor daraxtini yelkasida tashiy oladi. Darhaqiqat, qandayki bir qoʻmondoni a'zam bir askarning imdodiga bir qoʻshinni yubora olish e'tibori bilan va u askarning orqasida bir qoʻshinni tahshid eta olishi jihati bilan; u askar, bir qoʻshin oʻzining orqasida ma'nan mavjud kabi bir quvvati ma'naviya bilan juda katta ishlarga, qoʻmondoni nomidan mazhar boʻladi. Xuddi shuning kabi: Sultoni Azaliy, Fard va Ahad boʻlganidan -hech bir jihat bilan ehtiyoj yoʻq, agar farazan ehtiyoj boʻlsa- hamma narsaning imdodiga butun ashyoni yuboradi va har bir narsaning orqasiga koinot qoʻshinini tahshid etadi va har bir narsa koinot qadar bir quvvatga tayanadi va har bir narsaga qarshi butun ashyo -farazan agar ehtiyoj boʻlsa- u Qoʻmondoni Fardning quvvati hukmiga oʻta oladi. Agar Fardiyat boʻlmasa, har bir narsa butun bu quvvatni yoʻqotadi, hech hukmiga sukut etadi, natijalari ham hechga tushadi.
Xullas, koʻzimiz bilan har vaqt mushohada etganimiz bu juda xoriqo asarlarning gʻoyat kichik ahamiyatsiz narsalardan tazohuri, bilbadoha Fardiyat va Ahadiyatni koʻrsatadi. Boʻlmasa hamma narsaning natijasi, mevasi, asari; u narsaning moddasi va quvvati kabi kichrayib hechga tushar edi. Va koʻz oʻngimizdagi gʻoyat qiymatdor narsalarning gʻoyat darajada arzonligi va nihoyat darajada toʻkinligi hech qolmas edi. Hozir bir kurush bilan oladigan bir qovunimizni, bir anorimizni qirq ming lira bilan ham yeyolmas edik. Darhaqiqat, dunyodagi butun suhulat, butun arzonlik, butun toʻkinlik; vahdatdan keladi va Fardiyatga shahodat qiladi.
Ikkinchi Nuqta: Mavjudot ikki vajh bilan ijod qilinadi. Biri "ibdo' va ixtiro" ta'bir qilingan hechdan ijoddir. Boshqasi; "insho va tarkib" ta'bir qilingan mavjud boʻlgan anosir va ashyodan toʻplamoq surati bilan unga vujud berishdir. Agar jilva-i Fardiyatga va sirri Ahadiyatga koʻra boʻlsa, hadsiz daraja bir suhulat, balki vujub darajasida bir osonlik boʻladi. Agar Fardiyatga berilmasa, hadsiz daraja mushkul va gʻayri ma'qul, balki imtino' darajasida bir suubat boʻladi. Holbuki koinotdagi mavjudot nihoyat darajada qiyinchiliksiz boʻlib va suhulat bilan va osonlik bilan gʻoyat mukammal bir suratda vujudga kelishlari, jilva-i Fardiyatni bilbadoha koʻrsatadi va hamma narsa toʻgʻridan-toʻgʻriga Zoti Fardi Zuljalolning san'ati boʻlganini isbot qiladi. Ha, agar butun ashyo Fardi Vohidga berilsa, bir gugurt yoqmoq kabi, asarlari bilan azamati tushunilgan u nihoyatsiz qudrati bilan hechdan ijod qiladi va ihotali nihoyatsiz ilmi bilan hamma narsaga ma'naviy bir qolip hukmida bir miqdor tayin qiladi. Va u oyna-i ilmidagi hamma narsaning suratiga va rejasiga koʻra osonlik bilan har bir narsaning zarralari u qolipi ilmiy ichiga joylashadilar, muntazaman vaziyatlarini muhofaza qiladilar. Agar atrofdan zarralarni toʻplamoq lozim boʻlsa ham, ilmiy qonunlarning va qudratning ihotali dasturlari jihati bilan; u zarralar qonuni ilmiy va savqi qudratiy bilan bogʻlanishlari e'tibori bilan mute' bir qoʻshinning askarlari kabi muntazaman qonuni ilmiy va savqi qudratiy bilan kelib u narsaning vujudini ihota etgan qolipi ilmiy va miqdori qadariy ichiga kirib osonlik bilan vujudini tashkil qiladilar. Balki oynadaki aksning fotoapparat vositasi bilan qogʻoz ustiga vujudi xorijiy kiyishi yoxud koʻrinmaydigan bir yozuv bilan yozilgan bir maktubga koʻrsatadigan moddani surtish bilan koʻrinishi kabi, Fardi Vohidning ilmi azaliysining oynasida boʻlgan mohiyati ashyo va suvari mavjudotga gʻoyat suhulat bilan, qudrat ularga vujudi xorijiy kiydiradi va olami ma'nodan olami zuhurga keltiradi, koʻzlarga koʻrsatadi. Agar Fardi Vohidga berilmasa, bir chivinning vujudini roʻyi zaminning atrofidan va anosiridan gʻoyat hassos bir mezon bilan toʻplamoq, goʻyo yer yuzini va unsurlarni elaklab har tarafdan u maxsus vujudning maxsus zarralarini keltirib san'atli vujudida muntazam joylashtirmoq uchun moddiy qolip, balki a'zolari adadicha qoliplar boʻlishi va u vujuddagi tuygʻular va ruh kabi nozik, daqiq ma'naviy latoifni ham mezoni maxsus bilan ma'naviy olamlardan jalb qilish lozim boʻladi.
Xullas, bu suratda bir chivinning ijodi koinot qadar mushkulotli boʻladi; yuz daraja mushkul mushkul ichida, balki mahol mahol ichida boʻladi. Chunki Xoliqi Farddan boshqa hech bir narsa hechdan va adamdan ijod qilolmaganiga butun ahli din va ahli fan ittifoq qiladilar. Unday boʻlsa, sabablar va tabiatga havola qilinsa, hamma narsaga aksar ashyodan toʻplamoq surati bilan vujud berilishi mumkin.
Uchinchi Nuqta: Agar butun ashyo bir Zoti Fardi Vohidga berilsa, bitta narsa kabi oson boʻlishiga; agar sabablarga va tabiatga havola qilinsa, bitta narsaning vujudi, umum ashyo qadar mushkulotli boʻlganiga ishorat qilgan, boshqa risolalarda izoh qilingan bir-ikki tamsilni muxtasaran bayon qilamiz.
Masalan: Bir zobitga ming askarga oid vaziyat va idora havola qilinsa va bir askar ham oʻn zobitning idorasiga berilsa.. u bir askarning idorasi bir harbiy qismning idorasidan oʻn daraja yanada mushkulotli boʻladi. Chunki unga amr qilganlar bir-biriga mone boʻladilar. Bir chalkashlik bilan u askar hech bir istirohat yuzini koʻrmaydi. Ham bir harbiy qismdan matlub vaziyat va natija birgina zobitga havola qilinsa; qiyinchiliksiz, osonlik bilan u natijani istihsol etadi va u vaziyatni bera oladi. Agar u vaziyatni olishni va u natijani istihsol etishni u harbiy qismdagi boshliqsiz, sarkardasiz, serjantsiz askarlarga havola qilinsa, u matlub vaziyatni va natijani olish uchun koʻp chalkashlik ichida munoqashalar bilan faqatgina noqis bir suratni mushkulot bilan tahsil eta oladi.
Ikkinchi Tamsil: Masalan Ayasofya kabi qubbali bir masjidning qubbasidagi toshlarini ushlab qolish vaziyati va muallaq holda ushlab qolish bir ustaga berilsa, u vaziyatni ularga osonlik bilan bera oladi. Agar u vaziyatga kirishi toshlarga havola qilinsa, har bir tosh umum toshlarga ham hokimi mutlaq, ham mahkumi mutlaq boʻlishi lozim boʻladi. Toki bir-biri bilan hamjihatlikda, muallaqda tura olsinlar. U holda u ustaning osonlik bilan qilgan ishini qilish uchun yuz usta qadar yuz daraja ishidan yanada ziyoda ishlar qilinadi, keyin u vaziyatlar olinadi.
Uchinchi Tamsil: Masalan Kura-i Arz Zoti Fardi Vohidning bir ma'muri, bir askari boʻlganidan, yolgʻiz u birgina askar u bir zotning bir amrini tinglagani uchun, mavsumlarning hosil boʻlishi va kecha va kunduz vaqtlarining vujudi va samovotdagi ulviy va hashmatli harakotning zuhuri va kinodagidek samoviy lavhalarning tabdili kabi natijalarni istihsol uchun Arz kabi bitta askar birgina zotning birgina amrini olish bilan u vazifaning nash'asidan kelgan bir joziba bilan majzub mavlaviy kabi samo zikrini boshlaydi, butun u muhtasham natijalarning husuliga va zuhuriga vasila boʻladi. Goʻyo u bir askar koinot yuzidagi muhtasham harakatga qoʻmondonlik qiladi. Agar hokimiyati uluhiyati va saltanati rububiyati umum koinotni ihota etgan va hukm va amri umum mavjudotga oʻtgan bir Zoti Fardga berilmasa; u holda u natijalarni, u samoviy harakatni va arziy mavsumlarni tahsil etmoq uchun Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab yulduzlar va kuralar millionlab yil uzun bir masofani har yigirma toʻrt soatda, har yil kezish bilan u natijalar koʻrsatilishi mumkin.
Xullas, Kura-i Arz kabi birgina ma'mur, majzub bir mavlaviy kabi oʻqi va orbitasi ustida ikki harakat bilan hosil boʻlgan u hashmatli natijalarning hosil boʻlishi esa, vahdatda qay daraja hadsiz suhulat boʻlganiga bir misol boʻlishi kabi, ayni natijalarni qozonish uchun millionlab marta u harakatdan yanada mushkul va hadsiz uzun yoʻllar bilan u natijalarni qozonmoq qay daraja mushkulotli, balki mahol boʻlganiga; shirk va kufrning yoʻlida qay daraja mahollar, botil narsalar boʻlganiga misoldir.
Sabablarga sigʻinganlarning va tabiatparastlarning jaholatlariga bu misol bilan qara. Masalan: "Bir zot xoriqo bir fabrikaning yoki ajib bir soatning yoki muhtasham bir saroyning yoki mukammal bir kitobning gʻoyat muntazam bir suratda ajzolarini, charxlarini favqaloda san'ati bilan tayyorlagandan keyin, oʻzi osongina u ajzolarni tarkib etib ishlatmasdan, balki juda ulkan masraflar bilan u ajzolarni oʻz-oʻziga ishlamoq va u usta oʻrniga fabrikani, saroyni, soatni yasamoq, kitobni yozmoq uchun har bir juzni, har bir charxni, hatto qogʻozni, qalamni bittadan xoriqo uskuna hukmiga keltiradi. Va tashhirini qattiq istagan butun hunarlarini, kamolotini izhorga vasila boʻlgan u ustozligini va san'atini ularga havola qiladi" deya oʻylamoq, qay daraja aqldan uzoq va jaholat boʻlganini anglaysan! Aynan shuning kabi; sabablarga va tabiatlarga ijod isnod etganlar muzaaf bir jaholatga tushadilar. Chunki tabiatlarning va sabablarning ustida ham gʻoyat muntazam bir asari san'at bor; ular ham boshqa maxluqot kabi masnu'dirlar. Ularni unday yaratgan zot, ularning natijalarini ham yaratadi, barobar koʻrsatadi. Urugʻni yaratgan, uning ustida daraxtni u yaratadi; va daraxtni yaratgan, uning ustida mevalarni ham u ijod qiladi. Boʻlmasa boshqa-boshqa tabiatlarning, sabablarning vujudga kelishlari uchun, yana muntazam boshqa tabiatlarni, sabablarni istaydilar. Va hokazo bora-bora nihoyatsiz, ma'nosiz, imkonsiz bir silsila-i mavhumotni mavjud qabul qilmoq lozim boʻladi. Bu esa, jaholatlarning eng antiqasidir.
Beshinchi Ishorat: Koʻp yerlarda qat'iy dalillar bilan isbot qilganmizki: Hokimiyatning eng asosli xossasi; istiqloldir, infiroddir. Hatto hokimiyatning zaif bir soyasi; ojiz insonlarda ham, istiqloliyatini muhofaza qilish uchun, boshqasining mudoxalasini shiddat bilan rad qiladi va oʻz vazifasiga boshqasining qoʻshilishiga muso'ada etmaydi. Koʻp podshohlar bu raddi mudoxala sababi bilan ma'sum avlodlarini va sevgan qardoshlarini marhamatsiz tarzda oʻldirganlar. Demak, haqiqiy hokimiyatning eng asosli xossasi va infikok qabul qilmaydigan bir lozimi va doimiy bir muqtazosi; istiqloldir, infiroddir, boshqasining mudoxalasini rad qilishdir.
Xullas, bu juda asosli xossa uchundirki, rububiyati mutlaqa darajasidagi hokimiyati Ilohiya, gʻoyat shiddat bilan shirkni va ishtirokni va mudoxala-i gʻayrni rad qilganidan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ham gʻoyat harorat bilan va shiddat bilan va juda koʻp takror bilan tavhidni koʻrsatib; shirkni, ishtirokni azim tahdidlar bilan rad qiladi.
Xullas, rububiyatdagi hokimiyati Ilohiya tavhid va vahdatni qat'iy bir suratda iqtizo etgani va gʻoyat quvvatli bir da'ini va gʻoyat shiddatli bir muqtaziyni koʻrsatgani kabi, koinot yuzidagi nihoyat darajada mukammal va majmu-i koinotdan, yulduzlardan tut to nabotot, hayvonot, ma'din.. to juz'iyot va afrodga va zarralarga qadar koʻringan intizomi akmal va insijomi ajmal; u fardiyatga, u vahdatga hech bir jihat bilan shubha keltirmaydigan bir shohidi odil, bir burhoni bahirdir. Chunki g'ayrning mudoxalasi boʻlsa, bu gʻoyat hassos nizom va intizom va muvozana-i koinot albatta buzilar edi va intizomsizlik asari koʻrinar edi.
oyatining sirri bilan, bu xoriqo mukammal nizomi koinot chalkashardi va fasodga kirardi. Holbuki
oyati bilan zarrotdan to sayyorotga, farshdan to arshga qadar hech bir jihat bilan qusur va nuqson va tartibsiziyat asari koʻrilmaganidan, gʻoyat porloq bir suratda, bu nizomi koinot va shu intizomi maxluqot va shu muvozana-i mavjudot, Ismi Fardning jilva-i a'zamini koʻrsatib vahdatga shahodat qiladi. Ham jilva-i ahadiyat sirri bilan, eng kichik bir zihayot maxluq koinotning bir misoli musagʻgʻarasi va kichik bir mundarijasi hukmida boʻlganidan; u bitta zihayotga sohib chiqqan, butun koinotni qabza-i tasarrufida tutgan zot boʻlishi mumkin. Va bir urugʻ, xilqat jihatidan bir daraxtdan orqada boʻlmagani; va bir daraxt, kichik bir koinot hukmida boʻlgani.. har bir zihayot ham kichik bir koinot va kichik bir olam hukmida boʻlganidan; bu sirri ahadiyat jilvasi shirk va ishtirokni mahol darajasiga keltiradi.
Bu koinot u sir bilan; yolgʻiz tajazzi qabul qilmaydigan bir kull emasdir; balki mohiyat jihatidan inqisom va ishtiroki va tajazzisi imkonsiz va mutaaddid qoʻllarni qabul qilmaydigan bir kulliy hukmiga oʻtganidan, undagi har bir juz bir juz'iy va bir fardiy hukmida; va u kull ham bir kulliy hukmida boʻlganidan, hech bir jihat bilan ishtirokning imkoni boʻlmaydi. Bu Ismi Fardning jilva-i a'zami; haqiqati tavhidni bu sirri ahadiyat bilan badohat darajasida isbot qiladi.
Ha, koinotning anvo'lari bir-biri ichida aralash boʻlishi va chambarchas bog'lanishi va har birining vazifasi umumga qaragani jihat bilan; koinotni rububiyat va ijod nuqtasida tajazzi qabul qilmas bir kull hukmiga keltirgani kabi; koinotda faoliyat koʻrsatgan af'oli umumiya-i muhita ham, bir-birining ichida tadohul jihati bilan, ya'ni masalan hayot bermoq fe'li ichida, ayni onda iosha va tarziq fe'li koʻrinadi.
Va u iosha, ihyo fe'llari ichida ayni zamonda u zihayotning jasadini tanzim, tajhiz fe'llari mushohada etiladi. Va u iosha, ihyo, tanzim, tajhiz fe'llari ichida; ayni vaqtda tasvir, tarbiya va tadbir fe'llari nazarga uriladi. Va hokazo.. bunday qamrovli va umumiy af'olning bir-biri ichiga tadohuli va aralash boʻlishi.. va ziyodagi yetti rang kabi imtizoj, balki ittihod etishi e'tibori bilan va u af'olning har biri mohiyat jihatidan bir birlik va vahdat ichida aksar mavjudotni ihotasi va shumuli.. va vahdoniy bittadan fe'l boʻlganidan, har holda foilining yolgʻiz bir zot boʻlishi.. va har biri umum koinotni istilo etishi.. va boshqa af'ol bilan muovanatdorona birlashishi e'tibori bilan, koinotni tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga keltirgani kabi; zihayot maxluqlarning har biri koinotning bir urugʻi, bir mundarijasi, bir namunasi hukmida boʻlganidan, koinotni rububiyat nuqtasida tajazzi va inqisomi imkon xorijida bir kulliy hukmiga keltirgandir. Demak, koinot shunday bir kulldirki; bir juzga Rob boʻlmoq, umum kullga Rob boʻlmoq bilan boʻladi. Va shunday bir kulliydirki; har bir juz bir fard hukmiga oʻtib, birgina fardga rububiyatini tinglattirmoq, umum u kulliyni musahhar etmoq bilan boʻlishi mumkin.
Oltinchi Ishorat: Fardiyati Rabboniya va vahdati Ilohiya, butun kamolotning {(Hoshiya) Hatto hadsiz kamol va jamoli Ilohiyning tahaqquqiga eng zohir burhon va eng quvvatli bir dalil, vahdatdir. Chunki koinotning sone'i Vohidi Ahad deb bilinsa, butun koinotdagi kamolot va jamollar, u Sone'-i Vohidda boʻlgan qudsiy kamolotning va jamollarning soyalari va jilvalari va ishoratlari va tarashshuhotlari boʻlgani bilinadi. Boʻlmasa koinotning kamoloti va jamollari, maxluqotga va shuursiz bir qism sabablarga oid qolar edi. U vaqt aqli bashar nazarida kamoloti Ilohiyaning xazina-i sarmadiyasi kalitsiz, majhul qolardi.} madori, asosi boʻlgani va koinotning xilqatidagi hikmatlarning va maqsadlarning mansha'i va ma'dani boʻlgani kabi, ziyshuur va ziaqlning, xususan insonlarning matolibining va orzularining hosil boʻlishining manbai va chora-i yagonasidir. Agar fardiyat boʻlmasa, basharning butun matolib va orzulari soʻnadi. Ham xilqati koinotning natijalari hechga tushadi, ham mavjud va muhaqqaq boʻlgan aksar kamolotning in'idomiga vasila boʻladi. Masalan: Insonda eng shiddatli va mustahkam va ishq darajasida bir orzu-i baqo bor. Va u matlabni bermoq uchun, butun koinotni sirri fardiyat bilan qabzasida tutgan va bir manzilni yopib boshqa manzilni ochmoq kabi oson bir suratda dunyoni yopib oxiratni ochib biladigan bir zot, u orzu-i baqoni amalga oshira oladi. Va bu orzu kabi, abadga uzangan va koinotning atrofiga yoyilgan, basharning minglab orzulari sirri fardiyatga va haqiqati tavhidga bogʻliqdirlar. Agar u fardiyat boʻlmasa; ular boʻlmaydi, natijasiz qoladilar. Va vahdat bilan butun koinotga birdan tasarruf etgan bir Zoti Fard boʻlmasa, u matlablar amalga oshmaydi. Farazan oshsa ham, juda noqis boʻladi.
Xullas, bu sirri azim uchundirki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon tavhid va fardiyatni juda koʻp takror bilan, quvvatli bir harorat bilan, yuksak bir halovat bilan dars bergani kabi; butun anbiyo va asfiyo va avliyo eng buyuk zavqlarini va saodatlarini; kalima-i tavhid boʻlgan "La Ilaha Illa Hu" da topadilar.
Yettinchi Ishorat: Mana bu tavhidi haqiqiyni butun marotibi bilan eng mukammal bir suratda dars bergan, isbot qilgan, e'lon qilgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati, albatta u tavhidning qat'iyligi darajasida sobit boʻlishi lozim boʻladi. Chunki modomiki doira-i vujudning eng buyuk haqiqati boʻlgan tavhidni butun haqoiqi bilan u zot dars beradi.. albatta tavhidni isbot qilgan butun burhonlar; demakki uning risolatini va vazifasining haqqoniyatini va da'vosining toʻgʻriligini ham qat'iy isbot qiladi deb boʻladi. Ha, bunday minglab haqoiqi oliyani jam qilgan, Fardiyat va Vahdoniyatni haqqi bilan kashf qilib dars bergan bir risolat; gʻoyat qat'iy bir suratda u tavhid, u Fardiyatning muqtazosidir va lozimidir. Ular uni har holda istaydilar.
Mana oʻsha vazifani tamoman bajargan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning shaxsiyati ma'naviyasining daraja-i ahamiyatiga va ulviyatiga va bu koinotning bir quyoshi boʻlganiga shahodat qilgan juda koʻp dalillardan, sabablardan uch donasini namuna sifatida bayon qilamiz.
Birinchisi: Umum ummat, barcha asrlarda qozongan barcha hasanotning bir misli "As-sababu kal fail" sirriga koʻra, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning sahifa-i hasanotiga oʻtgani kabi; umum ummat har kuni aytgan salovot duolarining qat'iy maqbuliyati jihati bilan, u hadsiz duolar iqtizo etgan maqom va martabani oʻylash bilan, shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning bu koinot ichida qanday bir quyosh boʻlgani anglashiladi.
Ikkinchisi: Olami Islomning shajara-i kubrosining mansha'i, urugʻi, hayoti, madori boʻlgan mohiyati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning favqaloda iste'dod va jihozoti bilan, olami Islomiyatning ma'naviyatini tashkil qilgan qudsiy kalimotni, tasbehotni, ibodotni eng avval butun ma'nolari bilan his etib qilishdan kelgan taraqqiyoti ruhiyasini oʻyla; habibiyat darajasiga chiqqan ubudiyati Muhammadiyaning (S.A.V.) valoyati boshqa valoyatlardan naqadar yuksak boʻlganini angla!
Bir zamon bitta tasbehning, bitta namozda, Sahobalarning tarzi talaqqiysiga yaqin bir suratda menga inkishofi, bir oy qadar ibodat darajasida ahamiyatli koʻrindi. Sahobalarning yuksak qiymatini u bilan angladim. Demak bidoyati islomiyada kalimoti qudsiya bergan fayz va nurning boshqa bir maziyati bor. Yangiligi haysiyati bilan boshqa bir latofati, bir tarovati, bir lazzati borki; gʻaflat pardasi ostida mururi zamon bilan yashirinadi, kamayadi, pardalanadi. Zoti Muhammadiya (S.A.V.) esa, ularni manba-i haqiqiysidan (Zoti Aqdasdan) turfanda, yangi holda, favqaloda iste'dodi bilan olgan, emgan, mass etgan. Bu sirga binoan, u zot; bitta tasbehdan boshqasining bir yil ibodati qadar fayz olishi mumkin.
Xullas, bu nuqtai nazardan Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning haddi va nihoyati boʻlmagan marotibi kamolotda qay daraja taraqqiy qilganini qiyos qil.
Uchinchisi: Bu koinotning Xoliqi, bu koinotdagi butun maqosidining eng ahamiyatli madori navi inson boʻlganidan va butun xitoboti Subhoniyaning eng tushunadigan bir muxotabi navi bashar boʻlganidan; u navi bashar ichida eng mashhur, eng nomdor va osori bilan va ijrooti bilan eng mukammal, eng muhtasham fard boʻlgan Zoti Muhammadiyani (S.A.V.) u nav nomiga, balki umum koinot hisobiga oʻziga muxotab etgan Zoti Fardi Zuljalol, albatta uni hadsiz kamolotda hadsiz fayziga mazhar etgandir.
Xullas, bu uch nuqta kabi koʻp nuqtalar bor. Qat'iy bir suratda isbot qiladilarki; shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiya (S.A.V.) koinotning ma'naviy bir quyoshi boʻlgani kabi, bu koinot deyilgan Qur'oni Kabirning oyati kubrosi va u Furqoni A'zamning ismi a'zami va Ismi Fardning jilva-i a'zamining bir oynasidir. Koinotning umum zarrotini umum zamonlaridagi umum daqiqalarining butun ashiralariga koʻpaytirilib, koʻpaytma hosili adadicha u Zoti Ahmadiyaga salotu salom nihoyatsiz xazina-i rahmatidan tushishini Zoti Fardi Ahadi Samaddan niyoz etamiz!..
Oʻttizinchi Yog'duning Beshinchi Nuktasi
oyati azimaning va
oyati azimning bir nuktasi bilan Ismi A'zam yoxud Ismi A'zamning ikki ziyosidan bir ziyosi yoki olti nuridan bir nuri boʻlgan Ismi Hayyning bir jilvasi Shavvoli Sharifda Eskishehir Hibsxonasida uzoq-uzoqdan aqlimga koʻrindi. Vaqtida qayd qilinmadi. Va tez u qudsiy qushni ovlay olmadik. Tabo'ud etgandan soʻngra, hech boʻlmasa ba'zi ramzlar bilan u haqiqati akbarning va nuri a'zamning ba'zi shualarini muxtasar tarzda koʻrsatamiz.
Birinchi Ramz: Ismi Hayy va Ismi Muhyining bir jilva-i a'zamidan boʻlgan "Hayot nima? Va mohiyati va vazifasi nima?" savoliga qarshi mundarijavoriy javob shuki:
Hayot, shu koinotning eng ahamiyatli gʻoyasi.. ham eng buyuk natijasi.. ham eng porloq nuri.. ham eng latif moyasi.. ham gʻoyat sizilgan bir xulosasi.. ham eng mukammal mevasi.. ham eng yuksak kamoli.. ham eng goʻzal jamoli.. ham eng goʻzal ziynati.. ham sirri vahdati.. ham robita-i ittihodi.. ham kamolotining mansha'i.. ham san'at va mohiyat e'tibori bilan eng xoriqo bir ziruhi.. ham eng kichik bir maxluqni bir koinot hukmiga keltirgan moʻ'jizakor bir haqiqati.. ham goʻyo koinotning kichik bir zihayotda joylashishiga vasila boʻladiganday; ulkan koinotning bir navi mundarijasini u zihayotda koʻrsatish bilan barobar, u zihayotni aksar mavjudot bilan munosabatdor va kichik bir koinot hukmiga keltirgan eng xoriqo bir moʻ'jiza-i qudratdir. Ham eng buyuk bir kull qadar -hayot bilan- kichik bir juzni kattalashtirgan va bir fardni ham kulliy kabi bir olam hukmiga keltirgan va rububiyat jihatida koinotni tajazzi va ishtirokni va inqisomni qabul qilmaydigan bir kull va bir kulliy hukmida koʻrsatgan favqaloda xoriqo bir san'ati Ilohiyadir.
Ham koinotning mohiyatlari ichida Zoti Hayyi Qayyumning vujubi vujudiga va vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qilgan burhonlarning eng porlogʻi, eng qat'iysi va eng mukammali.. ham masnu'oti Ilohiya ichida eng xofiysi va eng zohiri, eng qiymatdor va eng arzoni, eng nazihi va eng porloq va eng ma'nodor bir naqshi san'ati Rabboniyadir. Ham boshqa mavjudotni oʻziga xodim qildirgan nozanin, nozdor, nozik bir jilva-i rahmati Rahmoniyadir. Ham shuunoti Ilohiyaning g'oyat jome' bir oynasidir. Ham Rahmon, Razzoq, Rahim, Karim, Hakim kabi koʻp asmo-i husnaning jilvalarini jome' va rizq, hikmat, inoyat, rahmat kabi koʻp haqiqatlarni oʻziga tobe qilgan va koʻrmoq va eshitmoq va his qilmoq kabi umum tuygʻularning mansha'i, ma'dani bir ajuba-i xilqati Rabboniyadir. Ham hayot bu koinotning dastgohi a'zamida shunday bir istihola uskunasidirki, mutamodiyan har tarafda tasfiya qiladi, tozalattiradi, taraqqiy beradi, nurlantiradi.. Va zarrot qofilalariga goʻyo hayotning uyasi boʻlgan jasadni u zarralarga vazifa bajarmoq, nurlanmoq, ta'limot qilmoq uchun bir musofirxona, bir maktab, bir kazarmadir. Goʻyo Zoti Hayy va Muhyi bu uskuna-i hayot vositasi bilan; bu zim-ziyo va foniy va sufliy boʻlgan olami dunyoni latiflashtiradi, yoritadi, bir navi baqo beradi, boqiy bir olamga ketishga tayyorlatadi. Ham hayotning ikki yuzi, ya'ni mulk, malakut vajhlari porloqdir, kirsizdir, nuqsonsizdir, ulviydir. Shuning uchun pardasiz, vositasiz, toʻgʻridan-toʻgʻriga dasti qudrati Rabboniyadan chiqqanini oshkora koʻrsatmoq uchun, boshqa ashyo kabi zohiriy sabablarni hayotdagi tasarrufoti qudratga parda qilinmagan bir mustasno maxluqdir. Ham hayotning haqiqati, olti arkoni iymoniyaga qarab, ma'nan va ramzan isbot qiladi. Ya'ni: Ham Vojib-ul Vujudning vujubi vujudini va hayoti sarmadiyasini, ham dori oxiratni va hayoti boqiyasini, ham vujudi maloika, ham boshqa arkoni iymoniyaga juda quvvatli qarab iqtizo etgan bir haqiqati nuroniyadir. Ham hayot, butun koinotdan sizilgan eng sof bir xulosa boʻlgani kabi, koinotdagi eng muhim bir maqsadi Ilohiy va xilqati olamning eng muhim natijasi boʻlgan shukr va ibodat va hamd va muhabbatni natija bergan bir sirri a'zamdir.
Xullas, hayotning bu mazkur yigirma toʻqqiz ahamiyatli va qiymatdor xossalarini va ulviy va umumiy vazifalarini nazarga ol. Soʻngra qara. Muhyi Ismining orqasida Ismi Hayyning azamatini koʻr. Va hayotning bu azamatli xossalari va mevalari nuqtasidan Ismi Hayy qanday bir Ismi A'zam boʻlganini bil. Ham anglaki; bu hayot modomiki koinotning buyuk natijasi va eng azamatli gʻoyasi va eng qiymatdor mevasidir; albatta bu hayotning ham koinot qadar buyuk bir gʻoyasi, azamatli bir natijasi boʻlishi kerakdir. Chunki daraxtning natijasi meva boʻlgani kabi, mevaning ham urugʻi vositasi bilan natijasi, boʻlgusi bir daraxtdir. Ha, bu hayotning gʻoyasi va natijasi hayoti abadiya boʻlgani kabi, bir mevasi ham hayotni bergan Zoti Hayy va
Muhyiga nisbatan shukr va ibodat va hamd va muhabbatdirki; bu shukr va muhabbat va hamd va ibodat esa; hayotning mevasi boʻlgani kabi, koinotning gʻoyasidir. Va bundan anglaki; bu hayotning gʻoyasini "tinchgina yashamoq va gʻaflatli lazzatlanmoq va havaskorona ne'matlanmoqdir" deganlar, gʻoyat xunuk bir jaholat bilan; munkirona, balki ham kofirona bu juda ham qiymatdor boʻlgan hayot ne'matini va shuur hadyasini va aql ehsonini istixfof va tahqir etib, dahshatli bir kufroni ne'mat etadilar.
Ikkinchi Ramz: Ismi Hayyning bir jilva-i a'zami va Ismi Muhyining bir tajalli-i altafi boʻlgan bu hayotning Birinchi Ramzdagi mundarijasida zikr qilingan butun martabalarni va vasflarni va vazifalarni bayon qilmoq uchun oʻsha vasflar adadicha risolalar yozish lozim boʻlganidan, Risola-i Nurning ajzolarida oʻsha vasflarning, oʻsha martabalarning, oʻsha vazifalarning bir qismi izoh qilinganidan, qisman tafsilotni Risola-i Nurga havola qilib, bu yerda bir nechtasiga muxtasar tarzda ishorat qilamiz.
Xullas, hayotning yigirma toʻqqiz xossalaridan yigirma uchinchi xossasida shunday deyilgandirki: Hayotning ikki yuzi ham shaffof, kirsiz boʻlganidan, zohiriy sabablar undagi tasarrufoti qudrati Rabboniyaga parda qilinmagan. Ha, bu xossaning sirri shuki; koinotda garchi hamma narsada goʻzallik va yaxshilik va xayr bor; va sharr va xunuklik gʻoyat juz'iydir va vohidi qiyosiydirlarki, goʻzallik va yaxshilik martabalarini va haqiqatlarining takassurini va taaddudini koʻrsatmoq jihati bilan, u sharr esa xayr va u qubh ham husn boʻladi. Faqat ziyshuurlarning nazari zohiriysida koʻringan zohiriy xunuklik va yomonlik va balo va musibatdan kelgan ranjishlar va shikoyatlar Zoti Hayyi Qayyumga tavajjuh etmaslik uchun; ham aqlning zohiriy nazarida qiymatsiz, iflos koʻringan narsalarda qudsiy munazzah boʻlgan qudratning bizzot va pardasiz ular bilan mubosharati, qudratning izzatiga munofiy kelmaslik uchun, zohiriy sabablar u qudratning tasarrufotiga parda qilinganlar. U sabablar esa; ijod qilolmaydilar, balki haqsiz boʻlgan shikoyatlarga va e'tirozlarga nishon boʻlmoq va izzat va qudsiyat va munazzahiyati qudratni muhofaza qilish uchundirlar. Yigirma Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Maqomining Muqaddimasida bayon qilingani kabi; Hazrat Azroil (A.S.) qabzi arvoh vazifasi xususida Janobi Haqqa munojot qilgan. Degan: "Sening qullaring mendan ranjiydilar". Javoban unga deyilgan: "Sening vazifang bilan vafot qilganlarning oʻrtasiga kasalliklar va musibatlar pardasini qoʻyaman; vafot qilganlar senga emas, balki e'tiroz va shikoyat oʻqlarini u pardalarga otadilar". Bu munojotning sirriga koʻra; oʻlimning va vafotning ahli iymon haqida haqiqiy goʻzal yuzini koʻrmagan va undagi rahmatning jilvasini bilmaganlarning ranjishlari va e'tirozlari Zoti Hayyi Qayyumga ketmasligi uchun Hazrat Azroilning (A.S.) vazifasi ham bir parda boʻlgani kabi, boshqa sabablar ham zohiriy pardadirlar. Ha, izzati azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat boʻlsin aqlning nazarida.. faqat vahdat va jalol istarki; sabablar qoʻllarini tortsinlar ta'siri haqiqiydan...
Faqat hayotning ham zohiriy, ham botiniy, ham mulk, ham malakut vajhlari kirsiz, nuqsonsiz, kamchiliksiz boʻlganidan; shikoyatlarni va e'tirozlarni da'vat qiladigan moddalar unda boʻlmagani kabi, izzat va qudsiyati qudratga munofiy boʻladigan ifloslik va xunuklik boʻlmaganidan, toʻgʻridan-toʻgʻriga pardasiz boʻlib Zoti Hayyi Qayyumning "ihyo etuvchi, hayot beruvchi, tiriltiruvchi" ismining qoʻliga taslim qilinganlar. Nur ham shundaydir, vujud va ijod ham shundaydir. Shuning uchundirki; ijod va xalq toʻgʻridan-toʻgʻriga, pardasiz Zoti Zuljalolning qudratiga qaraydi. Hatto yomgʻir bir navi hayot va rahmat boʻlganidan, vaqti nuzuli bir muttarid qonunga tobe qilinmagan; toki har vaqti hojatda qoʻllar dargohi Ilohiyaga rahmat istash uchun ochilsin. Agar yomgʻir, Quyoshning chiqishi kabi bir qonunga tobe boʻlsa edi, u ne'mati hayotiya har vaqt rijo bilan istanilmasdi.
Uchinchi Ramz: Yigirma toʻqqizinchi xossasida deyilganki; koinotning natijasi hayot boʻlgani kabi, hayotning natijasi boʻlgan shukr va ibodat ham, koinotning sababi xilqati va illa-i gʻoyasi va maqsud natijasidir. Ha, bu koinotning Sone'-i Hayyi Qayyumi bu qadar hadsiz anvo'i ne'mati bilan oʻzini zihayotlarga bildirib sevdirganiga muqobil, albatta zihayotlardan u ne'matlariga nisbatan tashakkur va sevdirishiga muqobil sevishlarini va qiymatdor san'atlariga muqobil madhu-sano etishlarini va avomiri Rabboniyasiga nisbatan itoat va ubudiyat bilan muqobala etilishlarini istaydi.
Xullas, bu sirri rububiyatga koʻra tashakkur va ubudiyat, butun anvo'i hayotning va demakki butun koinotning eng ahamiyatli gʻoyasi boʻlganidandirki, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon juda koʻp harorat bilan va shiddat bilan va halovat bilan shukr va ibodatga chorlaydi. Va ibodat Janobi Haqqa maxsus va shukr unga loyiq va hamd unga xosdir deya koʻp takror bilan bayon qiladi. Demak, bu shukr va ibodat toʻgʻridan-toʻgʻriga Moliki Haqiqiysiga ketish lozim boʻlganini ifodalash uchun,
hayotni butun shuunoti bilan pardasiz qabza-i tasarrufida tutishiga dalolat qilgan
kabi oyatlar; juda sarih bir suratda vositalarni inkor qilib, toʻgʻridan-toʻgʻriga hayotni Hayyi Qayyumning dasti qudratiga munxasiran beradi. Ha, minnatdorlik va tashakkurni da'vat etgan va muhabbat va sano hissini tahrik etgan, hayotdan soʻng rizq va shifo va yomgʻir kabi vasila-i shukron narsalar ham toʻgʻridan-toʻgʻriga Zoti Razzoqi Shofiyga oid boʻlganini; sabablar va vositalar bir parda boʻlganini
kabi oyatlar bilan "Rizq, shifo va yomgʻir, munxasiran Zoti Hayyi Qayyumning qudratiga xosdir". Pardasiz, undan kelganini ifoda uchun qoida-i nahviyaga koʻra alomati hasr va taxsis boʻlgan هُوَ الَّذ۪ى ٭ هُوَ الرَّزَّاقُ ifoda qilgandir. Dorilarga xosiyatlarni bergan va ta'sirni xalq etgan faqat u Shofiyi Haqiqiydir.
Toʻrtinchi Ramz: Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon qilinganki; hayot, iymonning olti arkoniga qarab isbot qiladi; ularning tahaqquqiga ishoratlar qiladi. Ha, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi va moyasi va hikmati xilqati hayotdir; albatta u haqiqati oliya bu foniy, qisqacha, nuqson, alamli hayoti dunyoviyaga munxasir emasdir. Balki hayotning yigirma toʻqqiz xossasi bilan mohiyatining azamati tushunilgan shajara-i hayotning gʻoyasi, natijasi va u shajaraning azamatiga loyiq mevasi, hayoti abadiyadir va hayoti uxroviyadir; toshi bilan va daraxti bilan, tuprogʻi bilan hayotdor boʻlgan dori saodatdagi hayotdir. Boʻlmasa bu hadsiz jihozoti muhimma bilan tajhiz etilgan hayot shajarasi; ziyshuur haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz boʻlishi lozim boʻladi.. va sarmoya jihatidan va jihozot jihatidan chumchuqdan masalan yigirma daraja ziyoda va bu koinotning va zihayotning eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi boʻlgan inson chumchuqdan saodati hayot jihatida yigirma daraja past tushib eng badbaxt, eng zalil bir bechora boʻladi. Ham eng qiymatdor bir ne'mat boʻlgan aql ham, oʻtgan zamonning huzunlarini va kelajak zamonning qoʻrquvlarini oʻylash bilan qalbi insonni mutamodiyan ogʻritib bir lazzatga toʻqqiz alamlarni qoʻshganidan, eng musibatli bir balo boʻladi. Bu esa yuz daraja botildir. Demak, bu hayoti dunyoviya oxiratga iymon ruknini qat'iy isbot qiladi va har bahorda hashrning uch yuz mingdan ziyoda namunalarini koʻzimizga koʻrsatadi. Ajabo, sening jismingda, sening bogʻingda va sening vataningda hayotingga lozim va munosib butun lavozimotni va jihozotni hikmat va inoyat va rahmat bilan ihzor etgan va vaqtida yetishtirgan, hatto sening me'dangning baqo va yashash orzusi bilan qilgan xususiy va juz'iy boʻlgan rizq duosini bilgan va eshitgan va hadsiz laziz taomlar bilan u duoning qabulini koʻrsatgan va me'dani
mamnun qilgan bir Mutasarrifi Qodir, hech mumkinmidirki; seni bilmasin va koʻrmasin va navi insonning eng buyuk gʻoyasi boʻlgan hayoti abadiyaga lozim sabablarni ihzor etmasin va navi insonning eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy boʻlgan baqo duosini hayoti uxroviyaning inshosi bilan va Jannatning ijodi bilan qabul qilmasin va koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va natijasi boʻlgan navi insonning arsh va farshni larzaga solgan umumiy va gʻoyat quvvatli duosini eshitmasdan kichik bir me'da qadar ahamiyat bermasin, mamnun qilmasin, kamoli hikmatini va soʻng daraja rahmatini inkor ettirsin? Hosho.. yuz ming marta hosho!..
Ham hech mumkinmiki; hayotning eng juz'iysining juda yashirin ovozini eshitsin, dardini tinglasin va darmon bersin va har istaganini qilsin va kamoli i'tino va ihtimom bilan parvarish qilsin va unga diqqat bilan xizmat qildirsin va katta maxluqotini unga xizmatkor qilsin; va keyin eng buyuk va qiymatdor va boqiy va nozdor bir hayotning koʻk sadosi kabi baland ovozini eshitmasin va uning juda ahamiyatli baqo duosini va nozini va niyozini nazarga olmasin. Goʻyo bir askarning kamoli i'tino bilan tajhizot va idorasini qilsin, va mute' va muhtasham qoʻshinga hech qaramasin.. va zarrani koʻrsin, Quyoshni koʻrmasin.. pashshaning ovozini eshitsin, momaqaldiroqni eshitmasin? Hosho.. yuz ming marta hosho!..
Ham hech bir jihat bilan aql qabul qiladimiki; hadsiz rahmatli, muhabbatli va nihoyat darajada shafqatli va oʻz san'atini juda ham sevadigan va oʻzini juda ham sevdiradigan va oʻzini sevganlarni ziyoda sevadigan bir Zoti Qodiri Hakim, eng ziyoda oʻzini sevgan va sevimli va sevilgan va Sone'ini fitratan parastish etgan hayotni va hayotning zoti va javhari boʻlgan ruhni, mavti abadiy bilan i'dom etib, oʻzidan u sevgili muhibbini va habibini abadiy bir suratda achchiqlantirsin, arazlantirsin, dahshatli ranjida etib sirri rahmatini va nuri muhabbatini inkor etsin va ettirsin? Yuz ming marta hosho va kallo!.. Bu koinotni jilvasi bilan bezagan bir jamoli mutlaq va umum maxluqotni sevintirgan bir rahmati mutlaqa bunday hadsiz bir xunuklikdan va qubhi mutlaqdan va bunday bir zulmi mutlaqdan, bir marhamatsizlikdan, albatta nihoyatsiz daraja munazzahdir va muqaddasdir.
NATIJA: Modomiki dunyoda hayot bor, albatta insonlardan hayotning sirrini anglaganlar va hayotini suiste'mol qilmaganlar, dori baqoda va Jannati boqiyada, hayoti boqiyaga mazhar boʻladilar. Amanna.
Va ham qandayki yer yuzida bor boʻlgan porloq narsalarning Quyoshning akslari bilan porlashlari va dengizlarning yuzlarida pufakchalari ziyoning lam'alari bilan porlab soʻnishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik qilishlari bilbadoha koʻrsatadiki; u lam'alar yuksak bitta Quyoshning jilva-i in'ikoslaridir va Quyoshning vujudini muxtalif tillar bilan yod etadilar va ziyo barmoqlari bilan unga ishorat qiladilar.
Aynan shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining jilva-i a'zami bilan barrning yuzida va bahrning ichida zihayotlarning qudrati Ilohiya bilan porlab, orqalaridan kelganlarga yer berish uchun "Yo Hayy!" deb parda-i gʻaybda yashirinishlari; bir hayoti sarmadiya sohibi boʻlgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodatlar, ishoratlar qilganlari kabi.. umum mavjudotning tanzimida asari koʻringan ilmi Ilohiyga shahodat qilgan butun dalillar va koinotga tasarruf qilgan qudratni isbot qilgan butun burhonlar va tanzim va idora-i koinotda hukmfarmo boʻlgan iroda va mashiatni isbot qilgan butun hujjatlar va kalomi Rabboniy va vahyi Ilohiyning madori boʻlgan risolatlarni isbot qilgan butun alomatlar, moʻ'jizalar va hokazo yetti sifoti Ilohiyaga shahodat qilgan butun daloil; bil-ittifoq Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishorat qiladilar. Chunki, qandayki bir narsada koʻrish boʻlsa, hayoti ham bor; eshitish boʻlsa, hayotning alomatidir; gapirish boʻlsa, hayotning vujudiga ishorat qiladi; ixtiyor, iroda boʻlsa, hayotni koʻrsatadi.. aynan shuning kabi; bu koinotda osori bilan vujudlari muhaqqaq va badihiy boʻlgan qudrati mutlaqa va iroda-i shomila va bepoyon ilm kabi sifatlar butun daloillari bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat qiladilar va butun koinotni bir soyasi bilan yoritgan va bir jilvasi bilan butun dori oxiratni zarroti bilan barobar hayotlantirgan hayoti sarmadiyasiga shahodat qiladilar.
Ham hayot "maloikaga iymon" rukniga ham qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki modomki koinotda eng muhim natija hayotdir va eng ziyoda intishor etgan va qiymatdorligi uchun nusxalari taksir etilgan va zamin musofirxonasini kelib ketgan qofilalar bilan jonlantirgan zihayotlardir.. va modomiki Kura-i Arz bu qadar zihayotning anvo'i bilan toʻlgan va mutamodiyan zihayot anvo'larini tajdid va taksir etmoq hikmati bilan har vaqt toʻladi-boʻshaladi va eng qiymatsiz va chirigan moddalarida ham kasrat bilan zihayotlar xalq etilib bir mahshari huvaynot boʻladi.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi boʻlgan shuur va aql va eng latif va sobit javhari boʻlgan ruh bu Kura-i Arzda gʻoyat kasratli bir suratda xalq etilyaptilar; goʻyo Kura-i Arz hayot va aql va shuur va arvoh bilan ihyo boʻlib shunday jonlantirilgan... Albatta Kura-i Arzdan yanada latif, yanada nuroniy, yanada katta, yanada ahamiyatli boʻlgan ajromi samoviya; oʻlik, jomid, hayotsiz, shuursiz qolishi imkon xorijidadir. Demak koʻklarni, quyoshlarni, yulduzlarni jonlantiradigan va hayotdor vaziyatini beradigan va natija-i xilqati samovotni koʻrsatadigan va xitoboti Subhoniyaga mazhar boʻladigan ziyshuur, zihayot va samovotga munosib sakanalar, har holda sirri hayot bilan mavjudlarki, ular ham maloikalardir.
Ham hayotning sirri mohiyati "Paygʻambarlarga iymon" rukniga qarab ramzan isbot qiladi. Ha, modomiki koinot hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning bir jilva-i a'zamidir,
bir naqshi akmalidir, bir san'ati ajmalidir. Modomiki hayoti sarmadiya, Rasullarning yuborilishi bilan va Kitoblarning tushirilishi bilan oʻzini koʻrsatadi. Ha, agar Kitoblar va Paygʻambarlar boʻlmasa, u hayoti azaliya bilinmaydi. Qandayki bir odamning gapirishi bilan tirik va hayotdor boʻlgani tushuniladi; xuddi shuning kabi, bu koinotning pardasi ostida boʻlgan olami gʻaybning orqasida soʻzlagan, gapirgan, amr va man qilib xitob qilgan bir zotning kalimotini, xitobotini koʻrsatadigan, Paygʻambarlar va qoʻllarida nozil boʻlgan Kitoblardir. Albatta koinotdagi hayot qat'iy bir suratda Hayyi Azaliyning vujubi vujudiga qat'iy shahodat qilgani kabi; u hayoti azaliyaning shuooti, jalavoti, munosaboti boʻlgan "Irsoli Rusul" va "Inzoli Kutub" ruknlariga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Va ayniqsa Risolati Muhammadiya (S.A.V.) va vahyi Qur'oniy hayotning ruhi va aqli hukmida boʻlganidan, bu hayotning vujudi kabi, haqqoniyatlari qat'iydir deb boʻladi.
Ha, qandayki hayot, bu koinotdan sizilgan bir xulosadir.. va shuur va his ham hayotdan sizilgan, hayotning bir xulosasidir.. aql ham shuurdan va hisdan sizilgan, shuurning bir xulosasidir.. va ruh ham, hayotning xolis va sof bir javhari va sobit va mustaqil zotidir; xuddi shuning kabi, moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) ham hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosat-ul xulosadir.. va risolati Muhammadiya (S.A.V.) ham koinotning his va shuur va aqlidan sizilgan eng sof xulosasidir, balki moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) osorining shahodati bilan hayoti koinotning hayotidir.. va risolati Muhammadiya (S.A.V.), shuuri koinotning shuuridir va nuridir.. va vahyi Qur'on ham, hayotdor haqoiqining shahodati bilan hayoti koinotning ruhidir va shuuri koinotning aqlidir. Ha, ha, ha... Agar koinotdan risolati Muhammadiyaning (S.A.V.) nuri chiqsa, ketsa; koinot vafot qiladi.. agar Qur'on ketsa, koinot devona boʻladi va Kura-i Arz boshini, aqlini yoʻqotadi, balki shuursiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.
Ham hayot "iymoni bilqadar" rukniga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki modomiki hayot, olami shahodatning ziyosidir va istilo qiladi va vujudning natijasi va gʻoyasidir va Xoliqi Koinotning eng jome' oynasidir va faoliyati Rabboniyaning eng mukammal anmuzaji va mundarijasidir, tamsilda xato boʻlmasin, bir navi dasturi hukmidadir. Albatta, olami gʻayb -ya'ni moziy, mustaqbal- ya'ni oʻtgan va kelasi maxluqotning hayoti ma'naviyalari hukmida boʻlgan intizom va nizom va ma'lumiyat va mashhudiyat va taayyun va avomiri takviniyani imtisolga muhayyo bir vaziyatda boʻlishlarini sirri hayot iqtizo etadi. Qandayki bir daraxtning urugʻi asliysi va ildizi va muntahosida va mevalaridagi urugʻlari ham aynan daraxt kabi bir navi hayotga mazhardirlar. Balki daraxtning qavonini hayotiyasidan yanada nozik qavonini hayotni tashiydilar.
Ham qandayki bu hozir bahordan avval oʻtgan kuz qoldirgan danaklar va ildizlar, bu bahor ketgandan keyin, kelgusidagi bahorlarga qoldiradigan urugʻlar, ildizlar bu bahor kabi jilva-i hayotni tashiydilar va qavonini hayotiyaga tobedirlar. Aynan shuning kabi; shajara-i koinotning butun shox va butoqlari bilan har birining bir moziysi va mustaqbali bor. Oʻtmish va kelgusi holatlaridan va vaziyatlaridan mushikoyatl bir silsilasi mavjud. Har nav va har juzining ilmi Ilohiyada muxtalif holatlari bilan mutaaddid vujudlari bir silsila-i vujudi ilmiy tashkil qiladi. Va vujudi xorijiy kabi u vujudi ilmiy ham, hayoti umumiyaning ma'naviy bir jilvasiga mazhardirki, muqaddaroti hayotiya u ma'nodor va jonli alvohi qadariyadan olinadi. Ha, olami gʻaybning bir navi boʻlgan olami arvoh, ayni hayot va modda-i hayot va hayotning javharlari va zotlari boʻlgan arvoh bilan toʻla boʻlishi, albatta moziy va mustaqbal deyilgan olami gʻaybning bir boshqa navi ham va ikkinchi qismi ham, jilva-i hayotga mazhariyatini istaydi va istilzom etadi. Ham har bir narsaning vujudi ilmiysidagi intizomi akmali va ma'nodor vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari; bir navi hayoti ma'naviyaga mazhariyatini koʻrsatadi. Ha, hayoti azaliya quyoshining ziyosi boʻlgan bu jilva-i hayot, albatta yolgʻiz bu olami shahodatga va bu zamoni hozirga va bu vujudi xorijiyga munxasir boʻlolmaydi; balki har bir olam, qobiliyatiga koʻra u ziyoning jilvasiga mazhardir; va koinot butun olamlari bilan u jilva bilan hayotdor va ziyodordir. Boʻlmasa nazari zalolatning koʻrgani kabi muvaqqat va zohiriy bir hayot ostida har bir olam, katta va mudhish bittadan janoza va zim-ziyo bittadan vayrona olami boʻlardi.
Xullas, "qadarga va qazoga iymon" ruknining ham, keng bir vajhda sirri hayot bilan tushuniladi va sobit boʻladi. Ya'ni, qandayki olami shahodat va mavjud hozir ashyo intizomlari bilan va natijalari bilan hayotdorliklari koʻrinadi, xuddi shuning kabi, olami gʻaybdan sanalgan oʻtgan va kelgusi maxluqotning ham ma'nan hayotdor bir vujudi ma'naviylari va ruhli bittadan subuti ilmiylari bordirki, Lavhi Qazo va Qadar vositasi bilan u ma'naviy hayotning asari, muqaddarot nomi bilan koʻrinadi, tazohur etadi.
Beshinchi Ramz: Ham hayotning oʻn oltinchi xossasida deyilganki: Hayot bir narsaga kirgan vaqti, u jasadni bir olam hukmiga keltiradi; juz boʻlsa kull kabi, juz'iyga ham kulliy kabi bir jome'iyat beradi. Ha, hayotning shunday bir jome'iyati bor; goʻyo umum koinotga tajalliy etgan aksar asmo-i husnani oʻzida koʻrsatgan bir jome' oyna-i ahadiyatdir. Bir jismga hayot kirgan vaqti, kichik bir olam hukmiga keltiradi. Goʻyo koinot shajarasining bir navi mundarijasini tashigan bir navi urugʻi hukmiga oʻtadi. Qandayki bir urugʻ uning daraxtini yaratib biladigan bir qudratning asari boʻlishi mumkin; xuddi shuning kabi, eng kichik bir zihayotni xalq etgan, albatta umum koinotning Xoliqidir.
Xullas, bu hayot bu jome'iyati bilan eng yashirin bir sirri ahadiyatni oʻzida koʻrsatadi. Ya'ni, qandayki azamatli Quyosh ziyosi bilan va yetti rangi bilan va aksi bilan quyoshga muqobil boʻlgan har bir qatra suvda va har bir shisha zarrasida mavjud.. shunga o'xshab; har bir zihayotda koinotni ihota etgan asmo va sifoti Ilohiyaning jilvalari barobar unda tajalliy etadi. Bu nuqtai nazardan hayot; koinotni rububiyat va ijod jihatida inqisom va tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga, balki ishtiroki va tajazzisi imkon xorijida boʻlgan bir kulliy hukmiga keltiradi. Ha, seni yaratgan, butun navi insonni yaratgan zot boʻlganini, bilbadoha sening yuzingdagi sikkasi koʻrsatadi. Chunki mohiyati insoniya birdir, inqisomi gʻayri mumkindir. Ham hayot vositasi bilan ajzo-i koinot uning afrodi hukmiga va koinot esa navi hukmiga oʻtadi; sikka-i ahadiyatni majmuida koʻrsatgani kabi, har bir juzda ham u sikka-i ahadiyatni va xotami samadiyatni koʻrsatib, shirk va ishtirokni har jihat bilan tard etadi.
Ham hayotda san'ati Rabboniyaning shunday favqaloda xoriqo moʻ'jizalari borki, butun koinotni xalq etolmagan bir zot, bir qudrat; eng kichik bir zihayotni xalq etolmaydi. Ha, bir noʻxat donasida butun Qur'onni yozayotgandek; qarag'ayning gʻoyat kichik bir danagida ulkan qarag'ay daraxtining mundarijasini va muqaddarotini yozgan qalam, albatta samovotni yulduzlar bilan yozgan qalam boʻlishi mumkin. Ha, bir arining kichik boshida koinot bogʻidagi gullarni taniydigan va aksar anvo'i bilan munosabatdor boʻladigan va asal kabi bir hadya-i rahmatni keltiradigan va dunyoga kelgan kunida sharoiti hayotni biladigan darajada bir iste'dodni, bir qobiliyatni, bir jihozni darj etgan zot; albatta butun koinotning Xoliqi boʻlishi mumkin.
Alhosil: Hayot qandayki koinotning yuzida porloq bir sikka-i tavhiddir va har bir ziruh ham hayot nuqtasida bir sikka-i ahadiyatdir va hayotning har bir fardida boʻlgan naqshi san'at, bir muhri samadiyatdir va zihayotlarning adadicha bu koinot maktubini Zoti Hayyi Qayyum va Vohidi Ahad nomiga hayotlari bilan imzo qoʻyadilar va u maktubda tavhid muhrlari va ahadiyat xotamlari va samadiyat sikkalaridirlar.. shuning kabi; hayot kabi, har bir zihayot ham bu kitobi koinotda bittadan muhri vahdoniyat boʻlgani kabi, har birining yuzida va siymosida bittadan xotami ahadiyat qoʻyilgandir. Ham qandayki hayot, juz'iyoti adadicha va zihayot afrodi sanogʻicha Zoti Hayyi Qayyumning vahdatiga shahodat qilgan imzolar va muhrlardir.. shuning kabi; ihyo va tiriltirish fe'li ham, afrodi adadicha tavhidga imzo bosadi. Masalan: Ihyoning bir fardi boʻlgan ihyo-i Arz, quyosh kabi porloq bir shohidi tavhiddir. Chunki bahorda zaminning tirilishida va ihyosida uch yuz ming anvo'ning va har navning hadsiz afrodi barobar, bir-biri ichida, nuqsonsiz, qusursiz, mukammal, muntazam ihyo etiladi va tiriladilar. Ha, bunday bitta fe'l bilan hadsiz muntazam fe'llarni qilgan, albatta butun maxluqotning Xoliqidir va butun zihayotlarni ihyo etgan Hayyi Qayyumdir va rububiyatida ishtiroki mumkin boʻlmagan bir Vohidi Ahaddir.
Hozircha hayotning xossalaridan bu qadar oz va muxtasar yozildi; boshqa xossalarning bayon va tafsilotini Risola-i Nurga va boshqa zamonga havola qilamiz.
Ismi a'zam hamma uchun bir boʻlmaydi, balki boshqa-boshqa boʻladi. Masalan, Imom Ali Roziyallohu Anh haqida; "Fard, Hayy, Qayyum, Hakem, Adl, Quddus" olti ismdir. Va Imom A'zamning ismi a'zami: "Hakem, Adl" ikki ismdir. Va Gʻavsi A'zamning ismi a'zami, "Yo Hayy!"dir. Va Imom Rabboniyning isim a'zami "Qayyum" va hokazo.. juda koʻp zotlar yana boshqa ismlarni, ismi a'zam ko'rganlar.
Bu Beshinchi Nukta Ismi Hayy haqida boʻlishi munosabati bilan, ham tabarruk, ham shohid, ham dalil, ham qudsiy bir hujjat, ham oʻzimizga bir duo, ham bu risolaga bir husni xotima boʻlib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Javshan-ul Kabir nomli munojoti a'zamida ma'rifatullohda gʻoyat yuksak va gʻoyat jome' darajada ma'rifatini koʻrsatib bunday degan. Biz ham xayolan u zamonga ketib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning deganiga "Omin!" deb, ayni munojotni oʻzimiz ham aytayotgandek, sadoyi Muhammadiy Alayhissalotu Vassalam bilan deymiz:
Oʻttizinchi Yog'duning Oltinchi Nuktasi
UZR BAYONİ: Bu juda ahamiyatli masalalar va juda chuqur va keng Ismi Qayyumning jilva-i a'zami, ham muntazaman emas, balki boshqa-boshqa lam'alar tarzida qalbga xutur etganidan, ham gʻoyat tartibsiz va tez va tadqiqsiz musvadda holida qolganidan, albatta ta'birot va ifodalarda koʻp nuqsonlar, intizomsizliklar boʻladi. Masalalarning goʻzalliklari uchun mening qusurlarimni kechirishingiz kerak.
ESLATMA: Ismi a'zamga oid nuktalar, a'zamiy bir suratda keng, ham gʻoyat chuqur boʻlganidan, xususan Ismi Qayyumga oid masalalar va ayniqsa Birinchi Shuasi {(Hoshiya) Bu risolani oʻqigan agar mutafannin boʻlmasa, Birinchi Shuani oʻqimasin yoki oxirida oʻqisin, ikkinchidan boshlasin.} moddiyunlarga qaragani uchun yanada ziyoda chuqur ketganidan, albatta har odam har masalani har jihatda anglamaydi. Faqat harkas har masaladan bir daraja hissa olishi mumkin. "Bir narsa butun qoʻlga kiritilmasa, butun-butun qoʻldan chiqarilmaydi" qoidasi bilan, "bu ma'naviy bogʻning butun mevalarini uzolmayman" deya voz kechmoq kori aql emas. Inson naqadar uzsa, shu qadar foydadir. Ismi a'zamga oid masalalarning ihota etilmaydigan darajada kenglari boʻlgani kabi, aql koʻrmaydigan darajada noziklari ham bor. Xususan Ismi Hayy va Qayyumga va ayniqsa hayotning iymon arkoniga qarshi ramzlariga va ayniqsa Qazo va Qadar rukniga hayotning ishoratiga va Ismi Qayyumning Birinchi Shuasiga hammaning fikri yetishmaydi, faqat hissasiz ham qolmaydi; balki har holda iymonini quvvatlantiradi. Saodati abadiyaning kaliti boʻlgan iymonning quvvatlanishining ahamiyati juda azimdir. Iymonning bir zarra qadar quvvati ziyoda boʻlishi, bir xazinadir. Imom Rabboniy Ahmad Faruqiy deydiki: "Bir kichik masala-i iymoniyaning inkishofi, mening nazarimda yuzlab azvoq va karomatlarga murajjahdir".
kabi qayyumiyati Ilohiyaga ishorat qilgan oyatlarning bir nuktasi va ismi a'zam yoxud ismi a'zamning ikki ziyosidan ikkinchi ziyosi yoxud ismi a'zamning olti nuridan oltinchi nuri boʻlgan Qayyum ismining bir jilva-i a'zami Zulqa'da oyida aqlimga koʻrindi. Eskishehir hibsxonasidagi muso'adasizligim jihati bilan u nuri a'zamni albatta tamomila bayon qilolmayman, faqat Hazrat Imom Ali (R.A.) Qasida-i Arjuzasida "Sakina" nomi oliysi bilan bayon qilgan ismi a'zam va Jaljalutiyasidagi juda muhtasham ismlar bilan ismi a'zam ichida boʻlgan u olti ismni eng a'zam, eng ahamiyatli tutgani uchun va ularning bahsi ichida karomatkorona bizga tasalli bergani uchun, bu Ismi Qayyumga ham, avvalgi besh asmo kabi, hech boʻlmasa muxtasar bir suratda "Besh Shua" bilan u nuri a'zamga ishorat qilamiz.
Birinchi Shua: Bu koinotning Xoliqi Zuljaloli Qayyumdir. Ya'ni bizotihi qoimdir, doimdir, boqiydir. Butun ashyo u bilan qoimdir, davom qiladi va vujudda qoladi, baqo topadi. Agar koinotdan bir daqiqacha boʻlsin u nisbati qayyumiyat uzilsa, koinot mahv boʻladi. Ham u Zoti Zuljalolning qayyumiyati bilan barobar Qur'oni Azimushshonda farmon qilgani kabi لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ dir. Ya'ni, na zotida, na sifotida, na af'olida naziri yoʻqdir, misli boʻlmaydi, shabihi yoʻqdir, sheriki boʻlmaydi. Ha, butun koinotni butun shuunoti bilan va holati bilan qabza-i rububiyatida tutib, bir xona va bir saroy hukmida kamoli intizom bilan tadbir va idora va tarbiya qilgan bir Zoti Aqdasga misl va mesil va sherik va shabih boʻlmaydi, maholdir. Ha, bir zotki, unga yulduzlarning ijodi zarralar kabi oson boʻlgan.. va eng katta narsa eng kichik narsa kabi qudratiga musahhar boʻlgan.. va hech bir narsa hech bir narsaga, hech bir fe'l hech bir fe'lga mone boʻlmagan.. va hadsiz afrod bir fard kabi nazarida hozir boʻlgan.. va butun ovozlarni birdan eshitgan.. va umumning hadsiz hojotini birdan qilib bilgan.. va koinotning mavjudotidagi butun intizomot va mezonlarning shahodati bilan hech bir narsa, hech bir hol doira-i mashiat va irodasidan xorij boʻlmagan.. va hech bir makonda boʻlmagani holda, har bir yerda va har bir makonda qudrati bilan, ilmi bilan hozir boʻlgan.. va hamma narsa undan nihoyat darajada uzoq boʻlgani holda, u esa hamma narsaga nihoyat darajada yaqin boʻla olgan bir Zoti Hayyi Qayyumi Zuljalolning albatta hech bir jihat bilan misli, naziri, sheriki, vaziri, ziddi, niddi boʻlmaydi va boʻlishi maholdir. Yolgʻiz masal va tamsil suratida shuunoti qudsiyasiga qarab boʻladi. Risola-i Nurdagi butun tamsilot va tashbehot bu masal va tamsil navidandirlar.
Xullas, bunday mislsiz va Vojib-ul Vujud va moddadan mujarrad va makondan munazzah va tajazzisi va inqisomi har jihat bilan mahol va tagʻayyur va tabadduli mumtani' va ehtiyoj va ajzi imkon xorijida boʻlgan bir Zoti Aqdasning koinot sofahatida va tabaqoti mavjudotida tajalliy etgan bir qism jilvalarini
ayni Zoti Aqdas tavahhum etib bir qism maxluqotiga uluhiyatning ahkomini bergan ahli zalolat insonlarning bir qismi, u Zoti Zuljalolning ba'zi asarlarini tabiatga isnod etganlar. Holbuki Risola-i Nurning mutaaddid yerlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilinganki: Tabiat bir san'ati Ilohiyadir, Sone' boʻlmaydi.. bir kitobati Rabboniyadir, kotib boʻlmaydi.. bir naqshdir, naqqosh boʻlolmaydi.. bir daftardir, daftardor boʻlmaydi.. bir qonundir, qudrat boʻlmaydi.. bir mistardir, masdar boʻlmaydi.. bir qobildir, munfail boʻladi; foil boʻlmaydi.. bir nizomdir, nozim boʻlolmaydi.. bir shariati fitriyadir, shari' boʻlolmaydi.
Farzi mahol boʻlib, eng kichik bir zihayot maxluq tabiatga havola qilinsa, "buni qil" deyilsa; Risola-i Nurning koʻp yerlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilingani kabi, u kichik zihayotning a'zolari va jihozotlari adadicha qoliplar, balki uskunalar boʻlishini ta'minlash kerak; toki tabiat u ishni qilib bilsin.
Ham moddiyun deyilgan bir qism ahli zalolat zarrotdagi tahavvuloti muntazama ichida xalloqiyati Ilohiyaning va qudrati Rabboniyaning bir jilva-i a'zamini his qilganlaridan va u jilvaning qayerdan kelganini bilolmaganlaridan va u qudrati samadoniyaning jilvasidan kelgan umumiy quvvatning qayerdan idora qilinganini tushunolmaganlaridan, modda va quvvatni azaliy tavahhum etib, zarralarga va harakatlarga osori Ilohiyani isnod qilishni boshlaganlar. Fasubhanalloh! Insonlarda bu daraja hadsiz jaholat boʻlishi mumkinmiki, makondan munazzah boʻlish bilan barobar, har bir yerda har bir narsaning ijodida hamma narsani koʻradigan, biladigan, idora qiladigan bir tarzda boʻladigan bir vaziyat bilan bajargan fe'llarni va asarlarni; jomid, koʻr, shuursiz, irodasiz, mezonsiz va tasodif boʻronlari ichida chayqalgan zarrotga va harakotiga berish, naqadar johilona va xurofotkorona bir fikr boʻlganini, zarra qadar aqli boʻlganlar bilishi kerak. Ha, bu omilar vahdati mutlaqadan voz kechganlari uchun, hadsiz va nihoyatsiz bir kasrati mutlaqaga tushganlar; ya'ni, yolgʻiz bir ilohni qabul qilmaganlari uchun, nihoyatsiz ilohlarni qabul qilishga majbur boʻladilar. Ya'ni, yolgʻiz bir Zoti Aqdasning xossasi va lozimi zotiysi boʻlgan azaliyatni va xoliqiyatni buzilgan aqllariga sigʻishtirolmaganlaridan; u hadsiz, nihoyatsiz jomid zarralarning azaliyatlarini, balki uluhiyatlarini qabul qilishga maslaklariga ko'ra majbur boʻladilar...
Xullas sen kel, ajhaliyatning nihoyatsiz darajasiga qara! Ha, zarralardagi jilva esa; zarralar toifasini Vojib-ul Vujudning havli bilan, qudrati bilan, amri bilan muntazam va muhtasham bir qoʻshin hukmiga keltirgandir. Agar bir soniya u Qoʻmondoni A'zamning amri va quvvati orqaga olinsa, u juda kasratli jomid, shuursiz toifa tartibsizlar hukmiga oʻtadilar; balki butun-butun mahv boʻladilar.
Ham insonlarning bir qismi goʻyo yanada ilgari koʻrayotgandek, yanada ziyoda johilona bir zalolat bilan Sone'-i Zuljalolning gʻoyat latif, nozanin, mute', musahhar bir sahifa-i ijrooti
va amrlarining bir vosita-i naqliyoti va zaif bir parda-i tasarrufoti va latif bir midad (siyoh)-i kitobati va eng nozanin bir hulla-i ijodoti va bir moya-i masnu'oti va bir mazraa-i hububoti boʻlgan "efir" moddasini, jilva-i rububiyatiga oynadorlik qilgani uchun masdar va foil tavahhum etganlar. Bu ajib jaholat hadsiz mahollarni istilzom etadi. Chunki efir moddasi moddiyunlarni bo'g'gan zarrot moddasidan yanada latif va eski hukamo tiqilib qolgan heyula mundarijasidan yanada kasif, ixtiyorsiz, shuursiz, jomid bir moddadir. Bu hadsiz bir suratda tajazzi va inqisom etgan va naqllik va infiol xossasi bilan va vazifasi bilan tajhiz etilgan bu moddaga, balki u moddaning zarradan koʻp daraja yanada kichik boʻlgan zarralariga; hamma narsada hamma narsani koʻradigan, biladigan, idora qiladigan bir ixtiyor va bir iqtidor bilan vujud topgan fe'llarni, asarlarni isnod etmoq, efirning zarralari adadicha xatodir.
Ha, mavjudotda koʻringan fe'li ijod shunday bir holatdadirki; hamma narsada, xususan zihayot boʻlsa, aksar ashyoni va balki umum koinotni koʻradigan, biladigan va koinotga qarshi u zihayotning munosabatini taniydigan, ta'min qiladigan bir iqtidor va ixtiyordan kelganini koʻrsatadiki, moddiy va ihotasiz boʻlgan sabablarning hech bir jihat bilan fe'li boʻlmaydi. Ha -sirri qayyumiyat bilan- eng juz'iy bir fe'li ijodiy toʻgʻridan-toʻgʻriga butun koinot Xoliqining fe'li boʻlganiga dalolat qilgan bir sirri a'zamni tashiydi. Ha, masalan bir arining ijodiga tavajjuh etgan bir fe'l ikki jihat bilan Xoliqi Koinotga xususiyligini koʻrsatadi.
Birinchisi: U arining butun amsolining butun zaminda, ayni zamonda ayni fe'lga mazhariyatlari koʻrsatadiki: Bu juz'iy va xususiy fe'l esa, ihotali roʻyi zaminni qoplagan bir fe'lning bir uchidir. Unday boʻlsa; u katta fe'lning foili va u fe'lning sohibi kim boʻlsa, u juz'iy fe'l ham unikidir.
Ikkinchi jihat: Bu hozir arining xilqatiga tavajjuh etgan fe'lning foili boʻlish uchun, u arining sharoiti hayotiyasini va jihozotini va koinot bilan munosabatini ta'min qiladigan va biladigan qadar juda buyuk bir iqtidor va ixtiyor lozim kelganidan, u juz'iy fe'lni qilgan zotning, aksar koinotga hukmi oʻtish bilan faqatgina u fe'lni oʻshanday mukammal qila oladi.
Demak, eng juz'iy fe'l ikki jihat bilan Xoliqi Kulli Shayga xos boʻlganini koʻrsatadi.
Eng ziyoda joyi diqqat va joyi hayrat shuki: Vujudning eng quvvatli martabasi boʻlgan "vujub"ning va vujudning eng sabotli darajasi boʻlgan "moddadan tajarrud"ning va vujudning zavoldan eng uzoq holi boʻlgan "makondan munazzahiyat"ning va vujudning eng sogʻlom va tagʻayyurdan va adamdan eng muqaddas sifati boʻlgan "vahdat"ning sohibi boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudning eng xos xossasi va lozimi zotiysi boʻlgan azaliyatni va sarmadiyatni; vujudning eng zaif martabasi va eng nozikkina darajasi va eng mutagʻayyir, mutahavvil holi
va eng ziyoda makonga yoyilgan hadsiz, kasratli bir moddiy modda boʻlgan efir va zarrot kabi narsalarga bermoq va ularga azaliyat isnod etmoq va ularni azaliy tasavvur qilmoq va qisman osori Ilohiyaning ulardan nash'at etganini tavahhum etmoq, naqadar xilofi haqiqat va haqiqatga muxolif va aqldan uzoq va botil bir fikr boʻlgani, Risola-i Nurning mutaaddid juzlarida qat'iy burhonlar bilan koʻrsatilgan.
Ikkinchi Shua: "Ikki Masala"dir.
Birinchi Masala: Ismi Qayyumning bir jilva-i a'zamiga ishorat qilgan
kabi oyatlar ishorat qilgan haqiqati a'zamning bir vajhi shuki: Shu koinotdagi ajromi samoviyaning qiyomlari, davomlari, baqolari; sirri Qayyumiyat bilan bogʻliqdir. Agar u jilva-i Qayyumiyat bir daqiqada yuzini oʻgirsa, bir qismi Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab kuralar fazo-i gʻayri mutanohiy boʻshligʻida tarqaladilar, bir-biriga uriladilar, adamga toʻkiladilar. Qandayki masalan: Havoda -tayyoralar oʻrnida- minglab muhtasham qasrlarni kamoli intizom bilan ushlab qolib sayohat qildirgan bir zotning qayyumiyat iqtidori, u havodagi saroylarning sabot va nizom va davomlari bilan oʻlchanadi.. shunga o'xshab: U Zoti Qayyumi Zuljalolning modda-i efiriya ichida hadsiz ajromi samoviyaga nihoyat darajada intizom va mezon ichida sirri qayyumiyat bilan bir qiyom, bir baqo, bir davom berib, ba'zisi Kura-i Arzdan ming va bir qismi bir million marta katta millionlab azim kuralarni tirgaksiz, istinodsiz, boʻshliqda ushlab qolish bilan barobar, har birini bir vazifa bilan tavzif etib gʻoyat muhtasham bir qoʻshin shaklida "Amri Kun Fayakun"dan kelgan farmonlar bilan kamoli inqiyod bilan itoat ettirishi, ismi Qayyumning a'zamiy jilvasiga bir oʻlchov boʻlgani kabi, har bir mavjudning zarralari ham yulduzlar kabi sirri qayyumiyat bilan qoim va u sir bilan baqo va davom qiladilar. Ha, bir zihayotning jasadidagi zarralarning har bir a'zoga maxsus bir hay'at bilan toʻda-toʻda toʻplanib tarqalmaganlari va sel kabi oqqan unsurlarning boʻronlari ichida vaziyatlarini muhofaza qilib tarqalmasliklari va muntazaman turishlari, bilbadoha oʻz-oʻzlaridan boʻlmasdan, balki sirri qayyumiyat bilan boʻlganidan; har bir jasad muntazam bir harbiy qism, har bir nav muntazam bir qoʻshin hukmida boʻlib, butun zihayot va murakkabotning zamin yuzida va yulduzlarning fazo olamida turishlari va kezishlari kabi, bu zarralar ham hadsiz tillari bilan sirri qayyumiyatni e'lon qiladilar.
Ikkinchi Masala: Ashyoning sirri qayyumiyat bilan munosabatdor foydalarining va hikmatlarining bir qismiga ishorat qilishni bu maqom iqtizo qiladi.
Ha, hamma narsaning hikmati vujudi va gʻoya-i fitrati va foyda-i xilqati va natija-i hayoti uchtadan turdir:
Birinchi tur, oʻziga va insonga va insonning foydalariga qaraydi.
Ikkinchi tur, muhimroqdirki: Hamma narsa umum ziyshuur mutolaa qila oladigan va Fotiri Zuljalolning jilva-i asmosini bildiradigan bittadan oyat, bittadan maktub, bittadan kitob, bittadan qasida hukmida boʻlib, ma'nolarini hadsiz oʻquvchilariga ifoda qilishidir.
Uchinchi tur esa, Sone'-i Zuljalolga oiddir, unga qaraydi. Hamma narsaning foydasi va natijasi o'ziga qaragan bir boʻlsa, Sone'-i Zuljalolga qaragan yuzlabdirki, Sone'-i Zuljalol oʻz ajoyibi san'atini oʻzi tomosha qiladi; oʻz jilva-i asmosiga oʻz masnu'otida qaraydi. Bu a'zamiy uchinchi turda bir soniya qadar yashash kifoyadir.
Ham hamma narsaning vujudini iqtizo etgan bir sirri qayyumiyat borki, Uchinchi Shuada izoh qilinadi.
Bir zamon tilsimi koinot va muammo-i xilqat jilvasi bilan mavjudotning hikmatlariga va foydalariga qaradim, dedim: "Ajab٨قۙbu ashyo nima uchun bunday oʻzini koʻrsatmoqdalar, tez yoʻqolib ketmoqdalar?" Ularning shaxsiga qarayman; muntazam, hikmatli kiyingan, kiydirilgan, bezatilgan, koʻrgazmaga tomoshagohga yuborilgan. Holbuki bir-ikki kunda, balki bir qismi bir necha daqiqada yoʻqolib; foydasiz behuda ketmoqdalar. "Bu qisqa zamonda bizga koʻrinishlaridan maqsad nima?" deya koʻp qiziqar edim. O'sha payt mavjudotning, xususan zihayotning dunyo darsxonasiga kelishlarining muhim bir hikmatini lutfi Ilohiy bilan topdim. U ham shudir: Hamma narsa, xususan zihayot gʻoyat ma'nodor bir kalima, bir maktub, bir qasida-i Rabboniydir; bir e'lonnoma-i Ilohiydir. Umum ziyshuurning mutolaasiga mazhar boʻlgandan va hadsiz mutolaachilarga ma'nosini ifoda qilgandan soʻng, lafzi va hurufi hukmidagi surati jismoniyasi yoʻqoladi. Bir yil qadar bu hikmat menga kifoya keldi. Bir yildan soʻng masnu'otda va ayniqsa zihayotlarda boʻlgan juda xoriqo va juda nozik san'atning moʻ'jizalari inkishof etdi. Angladimki: Bu juda nozik va juda xoriqo boʻlgan daqoiqi san'at, yolgʻiz ziyshuurlarning nazarlariga ifoda-i ma'no uchun emas. Garchi har bir mavjudni hadsiz ziyshuurlar mutolaa qila oladi. Faqat ham ularning mutolaasi mahduddir, hamda harkas u zihayotning butun daqoiqi san'atiga nufuz etolmaydi. Demak, zihayotlarning eng muhim natija-i xilqati va eng buyuk gʻoya-i fitrati, Zoti Qayyumi Azaliyning oʻz nazariga oʻz ajoyibi san'atini va bergan rahimona hadyalarini va ehsonlarini arz etishdir. Bu gʻoya esa, ancha vaqt menga qanoat berdi va undan angladimki: Har mavjudda,
xususan zihayotlarda hadsiz daqoiqi san'at boʻlishi, Zoti Qayyumi Azaliyning nazariga arz etmoq, ya'ni Zoti Qayyumi Azaliy oʻz san'atini oʻzi tomosha qilmoq bo'lgan hikmati xilqat oshʻa katta masorifga kifoya kelayotgan edi. Biroz vaqt oʻtib koʻrdimki: Mavjudotning shaxslarida va suratlaridagi daqoiqi san'at davom qilmaydi; gʻoyat tezlik bilan yangilanadi, tabaddul etadi; nihoyatsiz bir faoliyat va bir xalloqiyat ichida tahavvul etadilar. Bu xalloqiyat va bu faoliyatning hikmati albatta oʻsha faoliyat darajasida katta boʻlishi lozim boʻladi, deya tafakkurni boshladim. Bu safar mazkur ikki hikmat kifoya kelmaslikni boshladilar, nuqson qoldilar. Gʻoyat qiziqib boshqa bir hikmatni qidirishni va taharriyni boshladim. Biroz vaqt oʻtib, lillahilhamd, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning fayzi bilan, sirri qayyumiyat nuqtasida azim hadsiz bir hikmat, bir gʻoya koʻrindi. Va u bilan "tilsimi koinot" va "muammo-i xilqat" ta'bir qilingan bir sirri Ilohiy tushunildi. (Yigirma Toʻrtinchi Maktubda batafsil bayon qilinganidan, bu yerda yolgʻiz qisqacha ikki-uch nuqtasini Uchinchi Shuada zikr qilamiz.)
Ha, sirri qayyumiyatning jilvasiga bu nuqtadan qarangki; butun mavjudotni adamdan chiqarib, har birini bu nihoyatsiz fazoda
sirri bilan ushlab qolib, qiyom va baqo berib, umumini bunday sirri qayyumiyatning tajalliysiga mazhar aylaydi. Agar bu nuqta-i istinod boʻlmasa; hech bir narsa mustaqil ravishda to'xtamaydi. Hadsiz bir boʻshliqda yumalab adamga sukut etadi.
Ham qandayki butun mavjudot, vujudlari va qiyomlari va baqolari jihatidan Qayyumi Zuljalolga tayanadilar; qiyomlari u bilan.. shunga o'xshab: Mavjudotning holat va ahvolida minglab silsilalarning; (tamsilda xato boʻlmasin) telefon, telegraf silsilalarining markazi va stantsiya ustuni hukmida boʻlgan sirri qayyumiyatda وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ sirri bilan, uchlari bogʻliqdir. Agar u nuroniy nuqta-i istinodga tayanmasalar, ahli aqlcha mahol va botil boʻlgan minglab davrlar va tasalsullar lozim boʻladi; balki mavjudot adadicha botil boʻlgan davrlar va tasalsullar lozim boʻladi. Masalan: Bu narsa (hifz yoki nur yoki vujud yoki rizq kabi) bir jihatda bunga tayanadi, u ham keyingisiga, u ham unga.. bora-bora har holda nihoyatsiz boʻlolmaydi, bir nihoyati boʻladi. Xullas, butun bunday silsilalarning muntaholari, albatta sirri qayyumiyatdir. Sirri qayyumiyat anglashilgandan keyin, u mavhum silsilalarda bir-biriga tayanmoq robitasi va ma'nosi qolmaydi, yoʻqoladi; hamma narsa toʻgʻridan-toʻgʻri sirri qayyumiyatga qaraydi.
kabi oyatlar ishorat qilgan xalloqiyati Ilohiya va faoliyati Rabboniya ichidagi sirri qayyumiyatning bir daraja inkishofiga bir-ikki muqaddima bilan ishorat qilamiz.
Birinchisi: Shu koinotga qaragan vaqtimiz koʻramizki: Zamon saylida mutamodiyan chayqalgan va qofila- qofila orqasidan kelib ketgan maxluqotning bir qismi, bir soniyada keladi, dar-aqab yoʻqoladi. Bir toifasi bir daqiqada keladi, oʻtadi. Bir turi bir soat olami shahodatga kiradi, olami gʻaybga kiradi. Bir qismi bir kunda, bir qismi bir yilda, bir qismi bir asrda, bir qismi ham asrlarda bu olami shahodatga kelib, qoʻnib; vazifa bajarib ketyaptilar. Bu hayrat beruvchi sayohat va sayaroni mavjudot, u safar va sayaloni maxluqot shunday bir intizom va mezon va hikmat bilan yoʻnaltiriladi va idora qilinadi va ularga va u qofilalarga qoʻmondonlik qilgan shunday basirona, hakimona, mudabbirona qoʻmondonlik qiladiki; butun aqllar farazan ittihod etib bitta aql boʻlsa, u hakimona idoraning kunhiga yetisholmaydi va qusur topib tanqid qilolmaydi.
Xullas, bu xalloqiyati Rabboniyaning ichida; u sevimli va sevgan masnu'otining, xususan zihayotlarning hech biriga koʻz ochtirmasdan olami gʻaybga yuboradi, hech biriga nafas oldirmasdan dunyodagi hayotdan tarhis etadi, mutamodiyan bu musofirxona-i olamni toʻldirib musofirlarning rizosi bo'lmasdan boʻshatati; qalami qazo va qadar Kura-i Arzni yozib oʻchiradigan taxtasi kabi qilib يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ jilvalari bilan mutamodiyan Kura-i Arzda yozuvlarini yozadi va u yozuvlarni yangilaydi, tabdil etadi. Xullas, bu faoliyati Rabboniyaning va bu xalloqiyati Ilohiyaning bir sirri hikmati va asosli bir muqtaziysi va bir sababi da'iysi uch muhim shoʻ'baga ayrilgan hadsiz, nihoyatsiz bir hikmatdir.
U hikmatning birinchi shoʻ'basi shuki: Faoliyatning har navi juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin, bir lazzat beradi. Balki har faoliyatda bir lazzat bor. Balki faoliyat ayni lazzatdir. Balki faoliyat, ayni lazzat boʻlgan vujudning tazohuridir va ayni alam boʻlgan adamdan taboud bilan silkinishidir. Ha, har qobiliyat sohibi, bir faoliyat bilan qobiliyatining inkishofini lazzat bilan ta'qib etadi. Har bir iste'dodning faoliyat bilan tazohur etishi bir lazzatdan keladi va bir lazzatni natija beradi. Har bir kamol sohibi faoliyat bilan kamolotining tazohurini lazzat bilan ta'qib etadi.
Modomiki har bir faoliyatda bunday seviladigan, istaniladigan bir kamol, bir lazzat bor va faoliyat ham bir kamoldir va modomiki zihayot olamida doimiy va azaliy bir hayotdan nash'at etgan hadsiz bir muhabbatning, nihoyatsiz bir marhamatning jilvalari koʻrinadi va u jilvalar koʻrsatadiki, oʻzini bunday sevdirgan va sevgan va shafqat etib lutflarda boʻlgan zotning qudsiyatiga loyiq va vujubi vujudiga munosib u hayoti sarmadiyaning muqtazosi boʻlib hadsiz darajada (ta'birda xato boʻlmasin) bir ishqi lahutiy, bir muhabbati qudsiya, bir lazzati muqaddasa kabi shuunoti qudsiya u Hayoti Aqdasda borki; u shuunot bunday hadsiz faoliyat bilan va nihoyatsiz bir xalloqiyat bilan koinotni doimo yangilaydi, chayqatadi, o'zgartiradi.
Sirri qayyumiyatga qaragan hadsiz faoliyati Ilohiyadagi hikmatning ikkinchi shoʻ'basi: Asmo-i Ilohiyaga qaraydi. Ma'lumdirki, har bir jamol sohibi oʻz jamolini koʻrmoq va koʻrsatmoq istaydi; har bir hunar sohibi oʻz hunarini tashhir va e'lon qilmoq bilan nazari diqqatni jalb qilishni istaydi va sevadi; va hunari yashirin qolgan bir goʻzal haqiqat va goʻzal bir ma'no, maydonga chiqmoq va mushtariylarni topmoq istaydi va sevadi. Modomiki bu asosli qoidalar hamma narsada darajasiga koʻra jarayon qiladi; albatta Jamili Mutlaq boʻlgan Zoti Qayyumi Zuljalolning ming bir asmo-i husnasidan har bir ismning, koinotning shahodati bilan va jilvalarining dalolati bilan va naqshlarining ishorati bilan, har birining har bir martabasida haqiqiy bir husn, haqiqiy bir kamol, haqiqiy bir jamol va gʻoyat goʻzal bir haqiqat, balki har bir ismning har bir martabasida hadsiz anvo'i husn bilan hadsiz haqoiqi jamila bor. Modomiki bu asmoning qudsiy jamollarini iroa etgan oynalari va goʻzal naqshlarini koʻrsatgan lavhalari va goʻzal haqiqatlarini ifoda qilgan sahifalari, bu mavjudotdir va bu koinotdir. Albatta u doimiy va boqiy asmo, hadsiz jilvalarini va nihoyatsiz ma'nodor naqshlarini va kitoblarini; ham musammolari boʻlgan Zoti Qayyumi Zuljalolning nazari mushohadasiga, ham son-sanoqsiz ziruh va ziyshuur maxluqotning nazari mutolaasiga koʻrsatmoq va nihoyatli mahdud bir narsadan nihoyatsiz lavhalarni va bitta shaxsdan juda koʻp shaxslarni va bir haqiqatdan juda kasratli haqiqatlarni koʻrsatmoq uchun, u ishqi muqaddasa-i Ilohiyga istinodan va u sirri qayyumiyatga binoan, koinotni batamom va mutamodiyan jilvalari bilan yangilaydilar, o'zgartiradilar.
Koinotdagi hayratnamo faoliyati doima hikmatining uchinchi shoʻ'basi shuki: Har bir marhamat sohibi, boshqasini mamnun qilishdan masrur boʻladi; har bir shafqat sohibi, boshqasini masrur qilishdan mamnun boʻladi; har bir muhabbat sohibi, sevintirishga loyiq maxluqlarni sevintirish bilan sevinadi; har bir oliyjanob zot, boshqasini mas'ud etish bilan lazzat oladi; har bir odil zot, ihqoqi haq etish va mustahaqlarga jazo berishda huquq sohiblarini minnatdor qilish bilan quvonadi; hunar sohibi har bir san'atkor, san'atini tashhir etish bilan va san'atining tasavvur qilgan tarzida ishlashi bilan va istagan natijalarini berishi bilan iftixor etadi.
Xullas, bu mazkur dasturlarning har biri bittadan qoida-i asosiyadirki, koinotda va olami insoniyatda jarayon qiladilar. Bu qoidalarning asmo-i Ilohiyada jarayon qilganliklarini koʻrsatgan uch misol, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Mavqifida izoh qilingan. Bir xulosasi bu maqomda yozilishi munosib boʻlganidan, deymiz:
Qandayki masalan gʻoyat marhamatli, saxovatli, gʻoyat karim oliyjanob bir zot, fitratidagi oliy sajiyalarning muqtazosi bilan katta bir sayohat kemasiga juda muhtoj va faqir insonlarni mindirib, gʻoyat mukammal ziyofatlar bilan, ikromlar bilan u muhtoj faqirlarni mamnun qilib dengizlarda Arzning atrofida kezdiradi va oʻzi ham ularning ustida ularni masrurona tomosha qilib u muhtojlarning minnatdorliklaridan lazzat oladi va ularning talazzuzlaridan masrur boʻladi va ularning quvonchlaridan sevinadi, iftixor etadi. Modomiki bunday bir tavziot ma'muri hukmida boʻlgan bir inson, bunday juz'iy bir ziyofat berishdan bu daraja mamnun va masrur boʻlsa.. albatta butun hayvonlarni va insonlarni va hadsiz malaklarni va jinlarni va ruhlarni bir safina-i Rahmoniy boʻlgan Kura-i Arz kemasiga mindirib; roʻyi zaminni anvo'i mat'umot bilan va butun tuygʻularning azvoq va arzoqi bilan toʻldirgan bir dasturxoni Rabboniya shaklida ularga ochish va u muhtoj va mushikoyatr va minnatdor va masrur maxluqotini aqtori koinotda sayohat qildirish bilan va bu dunyoda bu qadar ikromlar bilan ularni masrur etish bilan barobar, dori baqoda Jannatlaridan har birini ziyofati doima uchun bittadan dasturxon qilgan Zoti Hayyi Qayyumga oid boʻlib u maxluqotning tashakkurlaridan va minnatdorliklaridan va masruriyatlaridan va sevinchlaridan kelgan va ta'birida ojiz boʻlganimiz va ma'zun boʻlmaganimiz shuunoti Ilohiyani, "mamnuniyati muqaddasa", "iftixori qudsiy" va "lazzati muqaddasa" kabi ismlar bilan ishorat qilingan ma'oni-i rububiyatdirki, bu doimiy faoliyatni va mutamodiy xalloqiyatni iqtizo etadi.
Ham masalan, bir mohir san'atkor plastinkasiz bir fonograf yaratsa, u fonograf istagani kabi gapirsa, ishlasa; san'atkori naqadar muftaxir boʻladi, mutalazziz boʻladi; oʻziga oʻzi "Mashaalloh" deydi. Modomiki ijodsiz va suriy bir kichik san'at, san'atkorining ruhida bu daraja bir iftixor, bir mamnuniyat hissini uygʻotsa, albatta bu mavjudotning Sone'-i Hakimi koinotning majmu'ini hadsiz ohanglarning anvo'i bilan sado bergan va ovoz berib tasbeh etgan va zikr etib gapirgan bir musiqi-i Ilohiya va bir fabrika-i ajiba yaratish bilan barobar, koinotning har bir navini, har bir olamini boshqa bir san'at bilan va boshqa san'at moʻ'jizalari bilan koʻrsatib zihayotlarning boshlarida bittadan fonograf, bittadan fotoapparat,
bittadan telegraf kabi koʻp uskunalarni, hatto eng kichik bir boshda ham yaratish bilan barobar har bir inson boshiga, yolgʻiz plastinkasiz fonograf, bittadan oynasiz fotoapparat, bir simsiz telegraf emas, balki bulardan yigirma dafa yanada xoriqo, har insonning boshida shunday bir uskunani yaratishdan va istagan tarzida ishlab natijalarni berishdan kelgan iftixori qudsiy va mamnuniyati muqaddasa kabi ma'nolari va rububiyatning bu navidan boʻlgan ulviy shuunoti; albatta va har holda bu faoliyati doimani istilzom etadi.
Ham masalan, bir hukmdori odil ihqoqi haq uchun mazlumlarning haqqini zolimlardan olish bilan va faqirlarni kuchlilarning sharridan muhofaza qilish bilan va harkasga mustahaq boʻlgan haqni berish bilan lazzat olishi, iftixor etishi, mamnun boʻlishi; hukmdorlikning va adolatning bir qoida-i asosiyasi boʻlganidan, albatta Hokimi Hakim, Adli Adil boʻlgan Zoti Hayyi Qayyumning butun maxluqotiga, xususan zihayotlarga "huquqi hayot" ta'bir etilgan sharoiti hayotiyani berish bilan.. va hayotlarini muhofaza uchun ularga jihozot ehson qilish bilan.. va zaiflarni kuchlilarning sharridan Rahimona himoya qilish bilan.. va umum zihayotlarda bu dunyoda ihqoqi haq etish navi tamoman va haqsizlarga jazo berish navi esa qisman sirri adolatning ijrosidan boʻlish bilan.. va ayniqsa mahkama-i kubro-i hashrda adolati akbarning tajalliysidan hosil boʻlgan va ta'birida ojiz boʻlaganimiz shuunoti Rabboniya va ma'oni-i qudsiyadirki, koinotda bu faoliyati doimani iqtizo etadi.
Xullas, bu uch misol kabi; asmo-i husnaning umumida, har biri bu faoliyati doimada bunday qudsiy ba'zi shuunoti Ilohiyaga mador boʻlganliklaridan, xalloqiyati doimani iqtizo etadilar. Ham modomiki har qobiliyat, har bir iste'dod, inbisot va inkishof etib samara berish bilan bir farohlik, bir kenglik, bir lazzat beradi.. ham modomiki har vazifador, vazifasini qilish va bitirish bilan vazifasidan tarhisida buyuk bir rohatlik, bir mamnuniyat his etadi.. va modomiki birgina urug'dan bir qancha mevalarni olish va bir dirhamdan yuz dirham foyda qozonish, sohiblariga juda sevinchli bir holatdir, bir tijoratdir. Albatta butun maxluqotdagi hadsiz iste'dodlarni inkishof ettirgan va butun maxluqotini qiymatdor vazifalarda istihdom etgandan soʻng taraqqiyvoriy tarhis ettirgan, ya'ni unsurlarni ma'danlar martabasiga; ma'danlarni nabotlar hayotiga; nabotlarni rizq vositasi bilan hayvonlarning daraja-i hayotiga; va hayvonlarni insonlarning shuurkorona boʻlgan yuksak hayotiga chiqaradi.
Xullas, har bir zihayotning zohiriy bir vujudining zavoli bilan; (Yigirma Toʻrtinchi Maktubda izoh qilingani kabi) ruhi, mohiyati, huviyati, surati kabi juda koʻp vujudlarini orqasida qoldirgan va oʻrnida vazifa boshiga oʻtkazgan faoliyati doima va xalloqiyati Rabboniyadan nash'at etgan ma'oni-i qudsiyaning va rububiyati Ilohiyaning naqadar ahamiyatli boʻlganliklari anglashiladi.
Muhim bir savolga qat'iy bir javob: Ahli zalolatdan bir qismi deydilarki: "Koinotni bir faoliyati doima bilan tagʻyir va tabdil etgan zotning, albatta oʻzining ham mutagʻayyir va mutahavvil boʻlishi lozim boʻladi."
Aljavob: Hosho!.. Yuz ming marta hosho!.. Yerdagi oynalarning tagʻayyuri koʻkdagi Quyoshning tagʻayyuriga emas, aksincha jilvalarining yangilanganini koʻrsatadi. Ham azaliy, abadiy, sarmadiy, har jihatdan kamoli mutlaqda va istigʻno-i mutlaqda, moddadan mujarrad, makondan, qayddan, imkondan munazzah, mubarro, muallo boʻlgan bir Zoti Aqdasning tagʻayyuri va tabadduli maholdir. Koinotning tagʻayyuri, uning tagʻayyuriga emas, balki adami tagʻayyuriga va gʻayri mutahavvil boʻlganiga dalildir. Chunki mutaaddid narsalarni intizom bilan doimiy tagʻyir va tahrik etgan bir zot, mutagʻayyir boʻlmasligi va harakat qilmasligi lozim boʻladi. Masalan; sen koʻp iplar bilan bogʻliq koʻp oʻqlarni va zambaraklarni aylantirganing va doimiy intizom bilan tahrik etib vaziyatlar berganing vaqt, sen oʻrningda turib tagʻayyur va harakat qilmasliging kerak. Boʻlmasa u intizomni buzasan.
Mashhurdirki: Intizom bilan tahrik etgan harakat qilmasligi va davom bilan tagʻyir etgan, mutagʻayyir boʻlmasligi kerak; toki u ish intizom bilan davom qilsin.
Soniyan: Tagʻayyur va tabaddul; hudusdan va takammul etish uchun yangilanishdan va ehtiyojdan va moddiylikdan va imkondan kelib chiqadi. Zoti Aqdas esa ham qadim, ham har jihatdan kamoli mutlaqda, ham istigʻno-i mutlaqda, ham moddadan mujarrad, ham Vojib-ul Vujud boʻlganidan; albatta tagʻayyur va tabadduli maholdir, mumkin emasdir.
Beshinchi Shua: Ikki masaladir:
Birinchi Masalasi: Ismi Qayyumning jilva-i a'zamini koʻrishni istasak, xayolimizni butun koinotni tomosha qiladigan; biri eng uzoq narsalarni; boshqasi eng kichik zarralarni koʻrsatadigan ikki durbin taxlab birinchi durbin bilan qaraymiz, koʻramizki: Ismi Qayyumning jilvasi bilan, Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab kuralar, yulduzlar tirgaksiz boʻlib havodan yanada latif boʻlgan modda-i efiriya ichida qisman ushlab qolingan, qisman vazifa uchun sayohat qildirilyapti. Soʻngra u xayolning xurdabini boʻlgan ikkinchi durbini bilan, kichik zarrotni koʻradigan bir suratda qaraymiz. U sirri qayyumiyat bilan zihayot maxluqoti arziyaning har birining zarroti vujudiyalari bilan, yulduzlar kabi muntazam bir vaziyat olib harakat qilyaptilar va vazifalar qilyaptilar. Xususan zihayotning qonidagi "kurayvoti hamro va bayzo" ta'bir qilganlari zarralardan tashkil topgan kichkinagina toʻdalari, sayyor yulduzlar kabi, mavlaviyvoriy ikki harakati muntazama bilan harakat qilishlarini koʻryapmiz.
Bir xulosat-ul xulosa: {(Hoshiya) Oʻttizinchi Yog'duning olti risolachalarining asosi va mavzusi va ismi a'zamning sirrini tashigan olti muqaddas ismlarning gʻoyat qisqa bir xulosalaridir.} Ismi a'zamning olti ismi, ziyodagi yetti rang kabi imtizoj etib tashkil qilganlari ziyo-i qudsiyaga nazar solish uchun, bir xulosaning zikri munosibdir. Shundayki:
Butun koinotning mavjudotini bunday ushlab turgan, baqo va qiyom bergan, Ismi Qayyumning bu jilva-i a'zamining orqasidan qara: Ismi Hayyning jilva-i a'zami u butun mavjudoti zihayotni jilvasi bilan shu'lalantirgan, koinotni nurlantirgan, butun zihayot mavjudotni jilvasi bilan porlatmoqda. Endi qara: Ismi Hayyning orqasida Ismi Fardning jilva-i a'zami, butun koinotni anvo'i bilan, ajzosi bilan bir vahdat ichiga olmoqda, hamma narsaning peshonasiga bir sikka-i vahdat qoʻymoqda; hamma narsaning yuziga bir xotami ahadiyat bosmoqda; nihoyatsiz va hadsiz tillar bilan jilvasini e'lon ettirmoqda. Endi Ismi Fardning orqasidan Ismi Hakamning jilva-i a'zamiga qaraki; yulduzlardan zarralarga qadar, xayolning ikki durbini bilan tomosha qilganimiz mavjudotning har birini, juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin, eng katta doiradan eng kichik doiraga qadar, har biriga loyiq va munosib boʻlib mevador bir nizom va hikmatli bir intizom va samarador bir insijom ichiga olgan, butun mavjudotni bezagan, porlatgandir. Soʻngra Ismi Hakamning jilva-i a'zami orqasidan qaraki, Ismi Adlning jilva-i a'zami bilan (Ikkinchi Nuktada izoh qilingan vajh bilan) butun koinotni mavjudoti bilan, faoliyati doima ichida shunday hayrat-angiz mezonlar bilan, oʻlchovlar bilan, tarozilar bilan idora qiladiki; ajromi samoviyadan biri, bir soniya ham muvozanasini yoʻqotsa; ya'ni ismi Adlning jilvasi ostidan chiqsa, yulduzlar ichida bir ostin-ustunlikka, bir qiyomat boshlanishiga sababiyat beradi. Xullas, butun mavjudotning doira-i a'zami, Kahkashondan, ya'ni Samonyoʻli ta'bir qilingan mintaqa-i kubrodan tut, to qon ichidagi kurayvoti hamro va bayzoning doira-i harakatlariga qadar har bir doirasini, har bir mavjudini hassos bir mezon, bir oʻlchov bilan bichilgan bir shakl va bir vaziyat bilan boshdan oxirigacha yulduzlar qoʻshinidan to zarralar qoʻshiniga qadar butun mavjudotning "Amri Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga kamoli musahhariyat bilan itoat etganlarini koʻrsatadi. Hozir Ismi Adlning jilva-i a'zami orqasidan (Birinchi Nuktada izoh qilingani kabi) Ismi Quddusning jilva-i a'zamiga qaraki; koinotning butun mavjudotini shunday toza, pok, sof, goʻzal, bezalgan, tiniq qilib koʻrsatadiki; butun koinotga va butun mavjudotga Jamili Mutlaqning hadsiz darajada jamoli zotiysiga loyiq va nihoyatsiz goʻzal boʻlgan asmo-i husnasiga munosib boʻladigan goʻzal oynalar shaklini bergandir.
Alhosil: Ismi a'zamning bu olti ismi va olti nuri, koinotni va mavjudotni boshqa-boshqa goʻzal ranglarda, turli-tuman naqshlarda, boshqa-boshqa ziynatlarda boʻlgan zarrin pardalar ichida mavjudotni oʻragan.
Beshinchi Shuaning Ikkinchi Masalasi: Koinotga tajalliy etgan qayyumiyatning jilvasi, vohidiyat va jalol nuqtasida boʻlgani kabi, koinotning markazi va madori va ziyshuur mevasi boʻlgan insonda ham, qayyumiyatning jilvasi ahadiyat va jamol nuqtasidan tazohuri bor. Ya'ni, qandayki koinot sirri qayyumiyat bilan qoimdir.. shunga o'xshab, Ismi Qayyumning mazhari akmali boʻlgan inson bilan, bir jihatda koinot qiyom topadi; ya'ni koinotning aksar hikmatlari, foydalari, gʻoyalari insonga qaragani uchun, goʻyo insondagi jilva-i qayyumiyat koinotga bir ustundir. Ha, Zoti Hayyi Qayyum bu koinotda insonni iroda etgan va koinotni u uchun yaratgan deyish mumkin. Chunki inson jome'iyati tomma bilan butun asmo-i Ilohiyani anglaydi, zavq etadi. Xususan rizqdagi zavq jihati bilan juda koʻp asmo-i husnani anglaydi. Holbuki maloikalar ularni u zavq bilan bilolmaydilar.
Xullas, insonning bu ahamiyatli jome'iyatidirki: Zoti Hayyi Qayyum insonga butun asmosini ihsos etmoq va butun anvo'i ehsonotini tottirmoq uchun shunday ishtahali bir me'da berganki, u me'daning keng dasturxonini hadsiz anvo'i mat'umoti bilan karimona toʻldirgan. Ham bu moddiy me'da kabi hayotni ham bir me'da qilgan. U hayot me'dasiga tuygʻular, qoʻllar hukmida gʻoyat keng bir dasturxoni ne'mat ochgan. U hayot esa, tuygʻulari vositasi bilan, u dasturxoni ne'matdan har xil istifodalar bilan tashakkurotning har navini qiladi. Va bu hayot me'dasidan soʻngra bir insoniyat me'dasini berganki, u me'da hayotdan yanada keng bir doirada rizq va ne'mat istaydi. Aql va fikr va xayol u me'daning qoʻllari hukmida, samovot va zamin kengligida, u dasturxoni rahmatdan istifoda etib shukr qiladi. Va insoniyat me'dasidan soʻngra hadsiz keng boshqa bir dasturxoni ne'mat ochish uchun, Islomiyat va iymon aqidalarini, koʻp rizq istaydigan bir ma'naviy me'da hukmiga keltirib, uning rizq dasturxonining doirasini mumkinot doirasining xorijida kengaytirib, asmo-i Ilohiyani ham ichiga oladigan qilganki, u me'da bilan Ismi Rahmonni va Ismi Hakimni eng buyuk bir zavqi rizqiy bilan his qiladi. "Alhamdulillahi a'la Rahmoniyatihi va a'la Hakimiyatihi" deydi va hokazo.. bu ma'naviy me'da-i kubro bilan hadsiz ne'mati Ilohiyadan istifoda qila oladi va ayniqsa u me'dadagi muhabbati Ilohiya zavqining yana boshqa bir doirasi bor.
Xullas Zoti Hayyi Qayyum, insonni butun koinotga bir markaz, bir mador qilib, koinot qadar keng bir dasturxoni ne'mat insonga ochganining va koinotni insonga musahhar qilganining va koinotning inson bilan mazhar boʻlgan sirri qayyumiyat bilan bir jihatda qoim boʻlganining hikmati esa, insonning muhim uch vaifasidir.
Birinchisi: Koinotda muntashir butun anvo'i ne'matni inson bilan tanzim etmoq va insonning manfaati ipi bilan tasbeh donalari kabi tanzim etadi, ne'matlar iplarining uchlarini insonning boshiga bogʻlaydi, rahmat xazinalarining umum turlariga insonni bir roʻyxat hukmiga keltiradi.
Ikkinchi Vazifasi: Zoti Hayyi Qayyumning xitobotiga, inson jome'iyati e'tibori bilan eng mukammal muxotab boʻlmoq va hayratkorona san'atlarini taqdir va tahsin etmoq bilan eng yuksak ovozli bir dallol boʻlmoq va shuurdorona tashakkurotning butun anvo'i bilan, butun anvo'i ne'matiga va turli-tuman hadsiz ehsonotiga shukr va hamdu sano etmoqdir.
Uchinchi Vazifasi: Hayoti bilan, uch jihat bilan Zoti Hayyi Qayyumga va shuunotiga va qamragan sifatlariga oynadorlik qilmoqdir.
Birinchi Vajh: Inson oʻz ajzi mutlaqi bilan, Xoliqining qudrati mutlaqasini va darajotini; va ajzning darajalari bilan, qudratning martabalarini his qilmoqdir. Va faqri mutlaqi bilan rahmatini va rahmatining darajalarini idrok qilmoq va zaifligi bilan uning quvvatini anglamoqdir. Va hokazo.. nuqson sifatlari bilan Xoliqining avsofi kamoliga miqyosvoriy oyna boʻlmoq. Tunda nurning yanada ziyoda porlashiga nazaran, tun zulmatining elektr chiroqlarini koʻrsatishga mukammal bir oyna boʻlgani kabi, inson ham bunday noqis sifatlari bilan kamoloti Ilohiyaga oynadorlik qiladi.
Ikkinchi Vajh: Inson, juz'iy irodasi bilan va ozgina ilmi bilan va kichkina qudrati bilan va zohiriy molikiyati bilan va xonasini bino qilishi bilan, bu koinot ustasining molikiyatini va san'atini va irodasini va qudratini va ilmini koinotning kattaligi nisbatida anglaydi, oynadorlik qiladi.
Uchinchi Vajhdagi oynadorlikning ikki yuzi bor:
Biri, asmo-i Ilohiyaning boshqa-boshqa naqshlarini oʻzida koʻrsatmoqdir. Goʻyo inson jome'iyati bilan koinotning kichik bir mundarijasi va bir misoli musagʻgʻarasi hukmida boʻlib, umum asmoning naqshlarini koʻrsatadi.
Ikkinchi yuzi, shuunoti Ilohiyaga oynadorlik qiladi. Ya'ni, oʻz hayoti bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga ishorat qilgani kabi, oʻz hayotida inkishof etgan sam' va basar kabi tuygʻularning vositasi bilan, Zoti Hayyi Qayyumning sam' va basar kabi sifatlariga oynadorlik qiladi, bildiradi. Ham inson hayotida boʻlgan va inkishof etmagan va his va hassosiyat suratida gʻalayon etgan va kasratli bir suratda boʻlgan juda nozik hayotiy tuygʻular, ma'nolar va hislar vositasi bilan, Zoti Hayyi Qayyumning shuunoti qudsiyasiga oynadorlik qiladi. Masalan: U hassosiyat ichida; sevmoq, iftixor etmoq, mamnun boʻlmoq, masrur boʻlmoq, mufarrah boʻlmoq kabi ma'nolar bilan Zoti Aqdasning qudsiyatiga va gʻino-i mutlaqiga munosib va loyiq boʻlmoq sharti bilan, u navdan boʻlgan shuunotiga oynadorlik qiladi.
Ham inson, qandayki hayoti jome'asi bilan Zoti Zuljalolning sifot va shuunotiga bir miqyosi ma'rifatdir va jilva-i asmosiga bir mundarijadir va shuurli bir oynadir.. va hokazo koʻp jihatlar bilan Zoti Hayyi Qayyumga oynadorlik qiladi.
Shunga o'xshab: Inson, shu koinotning haqoiqlariga bir vohidi qiyosiydir, bir mundarijadir, bir miqyosdir va bir mezondir. Masalan: Koinotda Lavhi Mahfuzning gʻoyat qat'iy bir dalili vujudi va bir namunasi, insondagi quvva-i hofizadir va olami misolning vujudiga qat'iy dalil va namuna, quvva-i xayoliyadir {(Hoshiya) Ha, qandayki insonning anosirlari koinotning unsurlaridan; va suyaklari tosh va qoyalaridan; va sochlari nabot va ashjaridan; va badanida oqqan qon va koʻzidan, qulogʻidan, burnidan va ogʻzidan oqqan boshqa-boshqa suvlari, Arzning chashmalaridan va ma'daniy suvlaridan xabar beradilar, dalolat qilib ularga ishorat qiladilar. Aynan shuning kabi; insonning ruhi olami arvohdan va hofizalari Lavhi Mahfuzdan va quvva-i xayoliyalari olami misoldan.. va hokazo har bir jihozi bir olamdan xabar beradilar. Va ularning vujudlariga qat'iy shahodat qiladilar.} va koinotdagi ruhoniylarning bir dalili vujudi va namunasi, insondagi quvvalardir va latifalardir va hokazo... Inson, kichik bir miqyosda, koinotdagi haqoiqi iymoniyani shuhud darajasida koʻrsata oladi.
Xullas, insonning mazkur vazifalar kabi juda muhim xizmatlari bor. Jamoli boqiyga oynadir, kamoli sarmadiyga dalloli mazhardir va rahmati abadiyaga muhtoji mushikoyatrdir. Modomiki jamol, kamol, rahmat boqiydirlar va sarmadiydirlar; albatta u jamoli boqiyning oyna-i mushtoqi va u kamoli sarmadiyning dalloli oshiqi va u rahmati abadiyaning muhtoji mushikoyatri boʻlgan inson, boqiy qolish uchun, bir dori baqoga kiradi va u boqiylarga rafoqat uchun abadga ketadi va u abadiy jamol va u sarmadiy kamol va doimiy rahmatga, abad-ul abadda rafoqat etmoq kerakdir, lozimdir. Chunki abadiy bir jamol foniy bir mushtoqqa va zoil bir doʻstga rozi boʻlmaydi. Chunki jamol, oʻzini sevgani uchun, sevishiga muqobil muhabbat istaydi. Zavol va fano esa, u muhabbatni adovatga oʻzgartiradi, aylantiradi. Agar inson abadga ketib boqiy qolmasa, fitratidagi jamoli sarmadiyga qarshi boʻlgan asosli muhabbat oʻrniga adovat boʻladi. Oʻninchi Soʻzning hoshiyasida bayon qilingani kabi: Bir zamon bir dunyo goʻzali bir oshigʻini huzuridan chiqaradi. U odamdagi ishq birdan adovatga aylanadi va deydiki: "Tuf!.. Naqadar xunuk" deb oʻziga tasalli berish uchun jamolidan arazlaydi, jamolini inkor qiladi. Ha, inson bilmagan narsasiga dushman boʻlgani kabi, qoʻli yetishmagan yoxud tutolmagan narsalarining adovatkorona qusurlarini qidiradi, goʻyo dushmanlik qilishni istaydi. Modomiki butun koinotning shahodati bilan Mahbubi Haqiqiy va Jamili Mutlaq, butun goʻzal asmo-i husnasi bilan oʻzini insonga sevdiradi va insonlarning oʻzini sevishlarini istaydi; albatta va har holda, oʻzining ham mahbubi, ham habibi boʻlgan insonga fitriy bir adovatni berib oʻzidan o'ta qattiq arazlantirmaydi.. va fitratan eng ziyoda sevimli va muhabbatli va parastish uchun yaratgan eng mustasno maxluqi boʻlgan insonning fitratiga butun-butun zid boʻlib bir yashirin adovatni insonning ruhiga bermaydi.
Chunki inson sevgan va qiymatini taqdir qilgan bir Jamoli Mutlaqdan abadiy ayrilishdan kelgan chuqur yarasini; faqat unga adovat bilan, undan arazlash bilan va uni inkor qilish bilan tadoviy eta oladi. Xullas, kofirlarning Allohning dushmani boʻlishi, bu nuqtadan kelib chiqadi. Unday boʻlsa, har holda u Jamoli Azaliy oʻzining oyna-i mushtoqi boʻlgan inson bilan abad-ul obod yoʻlida sayohatida barobar boʻlish uchun, har holda bir dori baqoda bir hayoti boqiyaga insonni mazhar etadi.
Ha, modomiki inson fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq va muhib bir suratda yaratilgandir.. va modomiki boqiy bir jamol zoil bir mushtoqqa rozi boʻlolmaydi.. va modomiki inson bilmagan yoki yetisholmagan yoki tutolmagan bir maqsudidan kelgan huzun va alamdan tasalli topish uchun, u maqsudning qusurini topish bilan, balki yashirin adovat qilish bilan oʻzini taskin etadi.. va modomiki bu koinot inson uchun xalq etilgan va inson esa ma'rifat va muhabbati Ilohiya uchun yaratilgan.. va modomiki bu koinotning Xoliqi, asmosi bilan sarmadiydir.. va modomiki asmolarining jilvalari doim va boqiy va abadiy boʻladi; albatta va har holda inson, bir dori baqoga ketadi va bir hayoti boqiyaga mazhar boʻladi. Va insonning qiymatini va vazifalarini va kamolotini bildirgan rahbari a'zam va insoni akmal boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam insonga doir bayon qilganimiz butun kamolotni va vazifalarni eng akmal bir suratda oʻzida va dinida koʻrsatishi bilan koʻrsatadiki: Qandayki koinot inson uchun yaratilgan va koinotdan maqsud va muntahob insondir; shuning kabi, insondan ham eng katta maqsud va eng qiymatdor muntahob va eng porloq oyina-i Ahad va Samad, albatta Ahmadi Muhammaddir.
Oʻttiz Birinchi Yog'du
Shualarga inqisom etgan boʻlib, Shualarning oʻn uchi ta'lif etilgan, bir qismi hanuz ta'lif etilmagan. "Shualar" nomi ostida mustaqil bir majmua holida nashr etiladi.
{(*) Keyinchalik Ustozimizning tansibi bilan Oʻn Toʻrtinchi Shua Afyon Mahkamasi Mudofaasi va maktublari va Oʻn Beshinchi Shua esa "Alhujjatuzzahro" boʻlib tasmiya etilgan va nashr etilgandir.
Oʻttiz Ikkinchi Yog'du
Eski Saidning eng oxirgi ta'lifi va yigirma kun Ramazonda ta'lif etilgan, oʻz-oʻziga manzum kelgan "Lamaat" risolasidir. "Soʻzlar" Majmuasida nashr etilgan.
Oʻttiz Uchinchi Yog'du
Yangi Saidning eng avval haqiqatdan shuhud darajasida qalbiga zohir boʻlgan va Arabiy iborasida Qatra, Habba, Shamma, Zarra, Hubob, Zuhra, Shu'la va ularning zayllaridan iboratdir. "Risola-i Nur Kulliyotidan Masnavi-i Nuriya" ismi ostida intishor etgan.
Munojot
-Yo Ilohiy va yo Rabbiy! Men iymonning koʻzi va Qur'onning ta'limi va nuri bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan va ismi Hakimning koʻrsatgani orqali koʻryapmanki:
Samovotda hech bir davaron va harakat yoʻqdirki, bunday intizomi bilan Sening borligingga ishora va dalolat qilmasin.
Va hech bir samoviy jismlar yoʻqki, sukuti bilan shovqinsiz vazifa bajarib, ustunsiz turishlari bilan Sening rububiyatingga va vahdatingga shahodati va ishorasi boʻlmasin.
Va hech bir yulduz yoʻqdirki, muvozanali yaratilishi, intizomli vaziyati va nuroniy tabassumi bilan va butun yulduzlarga o'xshashlik va mushobahat tamg'asi bilan Sening hashmati uluhiyatingga va vahdoniyatingga ishora va shahodatda boʻlmasin.
Va oʻn ikki sayyoradan hech bir sayyora yulduz yoʻqki, hikmatli harakati bilan va itoatli bo'ysunishi bilan va intizomli vazifasi bilan va ahamiyatli yoʻldoshlari bilan Sening vujubi vujudingga shahodat va saltanati uluhiyatingga ishora qilmasin.
Darhaqiqat, osmonlar: aholisi bilan, har biri oʻzi alohida shahodat etganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan birga badohat darajasida, - ey zamin va osmonlarni yaratgan Yaratuvchi! - Sening vujubi vujudingga shunday ochiqdadn shahodat, - va ey zarralarni intizomli tarkiblari bilan chorasini ko'rayotgan va idora qilayotgan va bu sayyora yulduzlarni manzum yoʻldoshlari bilan aylantirayotgan, amriga itoat qildirayotgan Zot! - Sening vahdatingga va birligingga shunday kuchli shahodat etadilarki, koʻk yuzidagi yulduzlar sanogʻicha nuroniy burhonlar va porloq dalillar o'sha shahodatni tasdiqlaydilar.
Hamda bu musaffo, pokiza, goʻzal osmonlar favqulotda buyuk va favqulotda sur'atli jismlari bilan intizomli bir qoʻshin va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir saltanat floti vaziyatini koʻrsatishidan, Sening rububiyatingning hashamatiga va har narsani yaratgan qudratingning azamatiga yaqqol dalolat;.. va hadsiz samolarni qqamragan hokimiyatingning va har bir ziyhayotni quchogʻiga olgan rahmatingning cheksiz kengligiga kuchli ishora;.. va barcha samoviy maxluqotlarning barcha ishlariga va holatlariga taalluqli va qabzasiga olgan, tanzim qilgan ilmingning har narsani qamrashiga va hikmatingning har ishga shumuliga shubhasiz shahodat etadilar. Va ushbu shahodat va dalolat shu qadar ochiq ravshanki, goʻyo yulduzlar - shohid boʻlgan osmonlarning shahodat kalimalari va jismoniy nuroniy dalillaridirlar.
Hamda, samovot maydonida, dengizida, fazosidagi yulduzlar esa: itoatli askarlar, intizomli kemalar, xoriqo tayyoralar, ajoyib chiroqlar kabi vaziyati bilan Sening saltanati uluhiyatingning dabdabasini koʻrsatadilar. Va o'sha qoʻshinning askarlaridan bir yulduz boʻlmish quyoshimizning sayyoralaridagi va zaminimizdagi vazifalarining dalolati va eslatishiga ko'ra, quyoshning boshqa sheriklari boʻlmish yulduzlarning bir qismi oxirat olamlariga qaraydi va vazifasiz emas, balki boqiy olamlarning quyoshlaridir.
Ey Vojib-ul Vujud! Ey Vohidi Ahad!
Bu xoriqo yulduzlar, bu ajoyib quyoshlar, oylar Sening mulkingda, Sening samovotingda, Sening amring bilan va qudrating va quvvating bilan va Sening idora va tadbiring bilan tasxir va tanzim va tavzif qilingandir. O'sha barcha ulkan jismlar oʻzlarini yaratgan va aylantirayotgan va idora qilayotgan birgina Xoliqqa tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, hol tili bilan "Subhanalloh, Allohu Akbar" deydilar. Men ham ularning butun tasbehoti bilan Seni taqdis qilaman. Ey zuhurining shiddati sababli ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli yashiringan Qodiyri Zuljalol!
- Ey Qodiri Mutlaq! Qur'oni Hakimning darsi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladim: Osmonlar, yulduzlar Sening borligingga va birligingga shahodat etayotganlari kabi, javvi samo bulutlari bilan va chaqmoqlari va momqaldiroqlari va shamollari va yomgʻirlari bilan Sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladi.
Darhaqiqat, jonsiz, ongsiz bulut obi hayot boʻlmish yomgʻirni muhtoj boʻlgan hayotdorlarning yordamiga yuborishi, faqatgina Sening rahmating va hikmating bilandir. Chalkash tasodif aralasholmaydi.
Yana, elektrning eng kuchlisi boʻlgan va yoritish foydalariga ishora qilib undan foydalanishga tashviq qilayotgan chaqmoq esa, Sening fazodagi qudratingni goʻzal ravishda oydinlatadi.
Yana, yomgʻirning kelishi xushxabarini berayotgan va ulkan fazoni gapirtirayotgan va tasbehotining shovqini bilan koʻklarni larzaga keltirayotgan momoqaldiroqlar ham qol lisoni bilan gapirib, Seni poklab, rububiyatingga shahodat qiladi.
Yana, jonzotlarning hayotiga eng kerakli rizqni va foydalanishi uchun eng osonini va nafaslarni berish va nafaslarni rohatlantirish kabi koʻp vazifalar bilan vazifalantirilgan shamollar ham, javvni goʻyo bir hikmatga binoan "Lavhi mahv va isbot" va "yozib, ifodalab, keyin o'chiradigan taxtasi" suratiga aylantirish bilan Sening qudratingning faoliyatiga ishora va Sening borligingga shahodat etgani kabi; Sening marhamating bilan bulutlardan sogʻilib jonzotlarga yuborilayotgan rahmat ham, vaznli, intizomli qatralari kalimalari bilan Sening bepoyon rahmatingga va keng shafqatingga shahodat qiladi.
Ey Mutasarrifi Fa'ol va ey Fayyozi Muta'ol!
Sening vujubi vujudingga shahodat etayotgan bulut, chaqmoq, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, butun hay'ati bilan, xususiyatlari bir-biridan uzoq, mohiyatlari bir-biridan farqli boʻlishiga qaramay, birlik, barobarlik, bir-biri ichiga kirish va bir-birining vazifasiga yordam berish xususiyatlari bilan Sening vahdatingga va birligingga gʻoyat quvvatli ishora qiladi.
Yana, ulkan fazoni bir ajoyib mahshar qilayotgan va ba'zi kunlari bir necha marta toʻldirib-boʻshatayotgan rububiyatingning hashamatiga va keng javvni yozib-o'chiradigan lavha kabi va siqib u bilan zamin bogʻini sug'oradigan bir suvpurkagich kabi tasarruf qilayotgan qudratingning azamatiga va har narsaga shumuliga shahodat etganlari kabi, umum zaminga va butun maxluqotga javv pardasi orqasidan qarab turgan va idora qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz keng ekanliklariga va har narsaga yetishishlariga dalolat qiladi.
Yana, fazodagi havo shunchalik hakimona vazifalarda xizmat qildirilmoqda va bulut va yomgʻir shunchalik 'aliymona foydalarda ishlattirilmoqdaki, hamma narsani qamrab oladigan ilm va barcha narsaga shomil bir hikmat boʻlmasa, u iste'mol, u istixdom boʻlishi mumkin emas.
Ey, Fa'olun limo yuriyd! Javvi fazodagi faoliyating bilan har doim hashr va qiyomat namunasini koʻrsatish, bir soatda yozni qishga va qishni yozga aylantirish, bir olamni keltirish va bir olamni gʻaybga joʻnatish singari ishlarni qilayotgan qudrating, dunyoni oxiratga aylantirish va oxiratda sarmadiy ishlarni koʻrsatishidan darak bermoqda.
Ey Qodiyri Zuljalol!
Javvi fazodagi havo, bulut va yomgʻir, chaqmoq va momaqaldiroq Sening mulkingda, Sening amring va havling bilan, Sening quvvat va qudrating bilan senga musaxxar va vazifadordir. Mohiyatan bir-biridan uzoq boʻlgan bu fazo maxluqoti, gʻoyat sur'atli va oniy amrlarga va tez va shoshilinch buyruqlarga itoat qildirayotgan qo'mondon va hokimlarini poklab, rahmatini madhu sano qilishadi.
Ey Zamin va samovotning Xoliqi Zuljaloli! Sening Qur'oni Hakimingning ta'limi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan iymon keltirdim va bildimki: Samovot yulduzlari bilan va javvi fazo ichidagi maxluqlari bilan Sening vujubi vujudingga va Sening birligingga va vahdatingga shahodat qilayotganlari kabi; shuningdek, Yer butun maxluqoti va ahvoli bilan Sening borliging va birligingga mavjudoti adadicha shahodat va ishoralar qiladi.
Darhaqiqat, zaminda hech bir o'zgarish, va daraxt va hayvonlarida har yili liboslarini almashtirishdek hech bir oʻzgarish (- juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin-) yoʻqki, intizomi bilan Sening borliging va birligingga ishora qilmasin.
Yana, hech bir hayvon yoʻqki, zaiflik va ehtiyoji darajasiga koʻra berilayotgan rahimona rizqi bilan va hayoti uchun lozim boʻlgan jihozlarining hakimona berilishi bilan Sening borligingga va birligingga shahodati boʻlmasin.
Yana, har bahorda koʻz oʻngimizda yaratilyotgan nabotot va hayvonotdan hech bir donasi yoʻqki, ayojib san'ati bilan va latif ziynati bilan va butunlay ajralib turishi bilan va intizomi bilan va mavzuniyati bilan Seni bildirmasin. Va zamin yuzini toʻldirib turgan va nabotot va hayvonot deb atalmish qudratingning xoriqolari va moʻ'jizalari, cheklangan va bir hil moddalari va bir-biriga o'xshagan tuxum va tuxumchalardan va qatralardan va don va donchalardan va urugʻlardan xatosiz, mukammal, chiroyli, o'ziga xos farqli alomatlari bilan yaratilishlari Sone'-i Hakimlarining borligi va birligiga va hikmatiga va cheksiz qudratiga shunday bir shahodat boʻladiki, ziyoning quyoshga shahodatidan ko'ra kuchli va porloqdir.
Yana, havo, suv, nur, olov, tuproq kabi hech bir unsur yoʻqki: ongsiz bo'lganlari holda, onglilardek, mukammal vazifalarni bajarishi bilan; oddiy va istilo qiluvchi, intizomsiz, har yerga tarqalgan bo'lishiga qaramay, juda ham intizomli va xilma-xil mevalarni va mahsullarni xazina-i gʻaybdan keltirishi bilan Sening birligingga va borligingga shahodati boʻlmasin.
Ey Fotiri Qodiyr! Ey Fattohi Allom! Ey Fa'oli Xalloq!
Yer butun aholisi bilan Xoliqining Vojib-ul Vujud ekaniga qanday shahodat etayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek Sening - Ey Vohidi Ahad! Ey Hannoni Mannon! Ey Vahhobi Razzoq! - vahdatingga va ahadiyatingga, yuzidagi muhri bilan va aholisining yuzlaridagi muhrlari bilan va birlik, barobarlik va bir-birining ichiga kirish, bir-biriga yordam berish, ularga qaratilgan rububiyat ismlarining va fe'llarining yakkaligidan, badohat darajasida Sening vahdatingga va ahadiyatingga shahodat, balki mavjudotlar adadicha shahodat qiladi.
Yana, go'yo, zamin bir lashkargoh, mashhar, ta'limgoh vaziyati bilan,.. va nabotot va hayvonot toifalaridagi toʻrt yuz ming turdagi farqli millatlarning bir-biridan farqli jihozlari muntazam ravishda berilishi bilan Sening rububiyatingning hashamatiga va qudratingning hamma narsaga yetishiga qanday dalolat qilayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek, barcha son-sanoqsiz hayotdorlarning alohida-alohida rizqlari oʻz vaqtida, quruq va oddiy bir tuproqdan rahimona, karimona berilishi va son-sanoqsiz jonzotlarning mukammal boʻysunishlari bilan Rabboniy amrlarga itoatlari Sening rahmating har narsaga shomil ekanini va hokimiyating hamma narsani qamrab olganini koʻrsatadi.
Yana, zaminda tinimsiz almashib turgan maxluqot karvonlarining kelib-ketishi va idoralari, navbati bilan o'lim va hayotning almashib turishlari, hayvon va nabototning idora va tadbirlari ham hamma narsaga taalluqli ilm bilan va hamma narsada joriy bo'lgan benihoya hikmat bilangina boʻladi. Bu ham Sening ilming va hikmatingning ihotasiga dalolat qiladi.
Yana, zaminda qisqa vaqtda cheksiz vazifalar bajaradigan va cheksiz yashaydigandek iste'dod va ma'naviy jihozlar bilan jihozlangan va zamin mavjudotini tasarruf qiladigan inson uchun, bu dunyo ta'limgohida va bu vaqtinchalik zamin lashkargohida va bu muvaqqat mashharda: buncha ahamiyat, cheksiz xarajat, benihoya rububiyat tajalliyoti, cheksiz Subhoniy xitoblar va bu tuganmas Ilohiy ehsonlar; albatta va har holda, bu qisqa va huznli umrga va qorishiq alamli hayotga, baloli va foniy dunyoga sigʻmaydi. Balki faqatgina boshqa va abadiy umr va boqiy saodat diyori uchungina bo'lishi mumkinligi jihatidan, olami baqodagi uxraviy ehsonlarga ishora, balki shahodat etadi.
Ey Xoliqi Kulli Shay! Zaminning barcha maxluqoti Sening mulkingda, Sening Arzingda, Sening havlu quvvating bilan va Sening qudrating va irodating bilan va ilming va hikmating bilan idora qilinmoqdalar va musaxxardirlar. Va zamin yuzida faoliyati ko'rinib turgan bir rububiyat shunday ihota va shumul koʻrsatmoqda.. va uning boshqaruvi va tadbiri va tarbiyasi shunday mukammal va shunday hassosdir... va har tarafdagi ijrooti shunday birlik va barobarlik va oʻxshashlik ichidadirki; bo'linishni qabul qilmaydigan bir yaxlit va parchalanishi imkonsiz boʻlgan bir kulliy singari bir tasarruf, bir rububiyat ekanini bildiradi.
Yana, zamin butun aholisi bilan birga, lisoni qoldan ochiqroq cheksiz tillar bilan Xoliqini taqdis va tasbeh, va son-sanoqsiz ne'matlarining lisoni hollari bilan Razzoqi Zuljaloliga hamd va madhu sano qilishadi.
Ey shiddati zuhuridan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli O'zini berkitgan Zoti Aqdas! Zaminning butun taqdisot va tasbehoti bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan poklayman, va butun hamd va sanolar bilan Senga hamd va shukr aytaman.
Ey Rabb-ul barri val bahr! Qur'onning darsi va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladimki: osmon, fazo, va zamin Sening birliging va borligingga qanday shahodat qilayotgan bo'lsa; huddi shuningdek, dengizlar, daryolar va chashmalar va irmoqlar Sening vujubi vujudingga va vahdatingga badohat darajasida shahodat qilishadi.
Darhaqiqat, bu dunyomizning ajoyib manbai boʻlgan bugʻ qozonlari dengizlarda hech bir mavjud, hatto hech bir qatra suv yoʻqkui: vujudi bilan, intizomi bilan, manfaati bilan va vaziyati bilan Xoliqini bildirmasin.
Va oddiy bir qumda va oddiy bir suvda rizqlari mukammal shaklda berilayotgan gʻaroyib maxluqotlardan va xilqatlari gʻoyat intizomli dengiz hayvonlaridan, xususan, donasi bir millionta tuxum qo'yib dengizlarni to'ldiradigan baliqlardan hech biri yoʻqki: yaratilishi va vazifasi bilan, idora qilinishi va oziqlantirilishi bilan va idorasi va tarbiyasi bilan Yaratganiga ishora va Razzoqiga shahodat etmasin.
Yana, dengizda qiymatli, xosiyatli, ziynatli javharlardan hech biri yoʻqki: goʻzal yaratilishi bilan va jozibador fitrati bilan va manfaatli xosiyati bilan Seni tanimasin, bildirmasin.
Darhaqiqat, ular har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, umum hay'ati bilan, birgaligi va bir-biri ichiga aralashib ketgani va yaratilish tamg'asining bir xilligi va yaratilishning juda osonligi va son jihatidan juda ham koʻpligi nuqta-i nazaridan, Sening vahdatingga shahodat etadilar. Shuningdek, Arzni va tuprogʻi bilan birga kurra-i Arzni o'rab olgan okeanlarini: muallaq turgizish, va toʻkmay, sochmasdan quyoshning atrofida kezdirish, va tuproqqa toshirib yubormaslik... hamda oddiy qumidan va suvidan: xilma-xil va intizomli hayvonotini va javharlarini yaratish, va rizqlarini va boshqa ishlarini umumiy va mukammal suratda boshqarish va chora-tadbirlarini ko'rish, va yuzida ko'rinishi lozim boʻlgan behisob murdalardan hech birining ko'rinmasligi nuqta-i nazaridan - Sening borligingga va Vojib-ul Vujud ekanigga mavjudoti adadicha ishoralar qilib, shahodat etadi.
Va sening saltanati rububiyatingning hashamatiga va hamma narsani qamrab olgan qudratingning azamatiga juda ochiq tarzda dalolat qilganlari kabi, osmonlar ustidagi gʻoyat buyuk va intizomli yulduzladan to dengizlar tubidagi juda kichik va intizom bilan rizqlantirilayotgan baliqlargacha hamma narsaga yetgan va hukm qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz kengligiga dalolat qiladilar,.. hamda intizomlari, foydalari, hikmatlari, mezon va mavzuniyatlari bilan Sening hamma narsani qamrab olgan ilmingga va barcha narsaga shomil hikmatingga ishora qiladilar.
Va bu dunyo mehmonxonasida yoʻlovchilar uchun Sening rahmat hovuzlaring borligi va insonning sayru-sayohatiga va kemasiga va foydalanishiga boʻysunganligi ishora qiladiki: yoʻlda qurilgan karvonsaroyda bir kechalik musofirlariga bu qadar dengiz hadyalarini tortiq etgan Zot, albatta abadiy saltanatining qarorgohida abadiy rahmat dengizlari muhayyo qilganki, bular ularning foniy va kichik namunalaridirlar.
Xullas, dengizlarning juda xayratlanarli tarzda Yerning atrofida ajoyib vaziyatda turishi, va dengizlarning maxluqlari ham juda intizomli ravishda idora va tarbiya qilinishi yaqqol koʻrsatadiki: yolgʻiz Sening quvvating va qudrating bilan va Sening iroda va tadbiring bilan, Sening mulkingda, Sening amringga boʻysunishgan. Va lisoni hollari bilan Xoliqini taqdis qilib, "Allohu Akbar" deydilar.
Ey togʻlarni zamin kemasiga xazinali ustun qilgan Qodiyri Zuljalol!
Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladimki, dengizlar ajoyibotlari bilan Seni taniyotgan va tanittirayotganlari kabi, togʻlar ham: zaminning zilziladan ta'sirlanmasligiga va ichki inqiloblar toʻfonlaridan omon qolishiga va dengizlarning istilosidan qutulishiga; va havoning zararli gazlaridan tozalanishiga; va suvning muhofaza va zaxira qilinishiga; va jonzotlarga lozim boʻlgan ma'danlarning xazinadorligiga qilayotgan xizmatlari va hikmatlari bilan Seni taniydilar va tanitadilar.
Darhaqiqat, togʻlardagi toshlarning turlaridan va xar hil xastaliklarga dori boʻlgan turli moddalardan va hayotdorlarga, xususan insonlarga juda lozim va xilma-xil ma'danlarning jinslaridan va togʻlarni, sahrolarni chechaklari bilan bezagan va mevalari bilan ziynatlagan nabotot turlaridan hech biri yoʻqki: tasodifga havolasi mumkin boʻlmagan hikmatlari, intizomi, yaratilish goʻzalligi, foydalari bilan, xususan ma'danlarning tuz, limon kislotasi, sulfat va achchiqtosh kabi suratan bir-biriga oʻxshash, lekin ta'mlarining bir-biridan keskin farqlanishi bilan va xususan nabototning oddiy tuproqdan unayotgan xilma-xil navlari bilan, turli tuman chechak va mevalari bilan benihoya Qodiyr, benihoya Hakim, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga ochiq ravshan shahodat qiladilar. Shuningdek, umumiy hay'atidagi vahdati idora va vahdati tadbir va manba va maskan va yaratilish va san'at jihatlarida birgalik, birlik, arzonlik, osonlik, koʻplik va yaratilishda tezlik nuqta-i nazaridan, o'sha Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.
Yana, togʻlarning ustidagi va ichidagi masnu'lar zaminning har tarafida, har bir navi bir vaqtda, bir tarzda, yanglishsiz, gʻoyat mukammal va tez yaratilishlari va bir ish bir ishga mone boʻlmasdan, boshqa navlar bilan birga qorishiq bo'lgani holda aralashtirmasdan yaratilishlari - Sening rububiyatingning hashamatiga va hech narsa unga ogʻir kelmaydigan qudratingning buyukligiga dalolat qiladi. Xuddi shuningdek, zamin yuzidagi butun hayotdor maxluqlarning cheksiz ehtiyojlarini, hatto turli xil xastaliklarini, hatto turli tuman zavqlarini va boshqa-boshqa ishtahalarini qondiradigan bir suratda, togʻlarning ustlari va ichlarini intizomli ravishda daraxtlar va nabotot va ma'danlar bilan toʻldirish va muhtojlarga musaxxar qilish jihati bilan, Sening rahmatingning cheksiz kengligiga va hokimiyatingning nihoyasiz bepoyonligiga dalolat qilishi,.. va tuproq tabaqalari ichida yashirin va qorongʻu va aralash boʻlgani holda, bilib, koʻrib, chalkashtirmasdan, intizom bilan, ehtiyojlari qilinishlari bilan Sening hamma narsaga taalluqli ilmingning qamroviga va har bir narsani nizomga solgan hikmatingning barcha ashyoga shumuliga,.. va dorilarning hozirlanishi va ma'danlarning zahira qilinishlari bilan rububiyatingning rahimona va karimona idoralarining go'zalliklariga va inoyatingning ehtiyotli latofatlariga ochiq ravshan ishora va dalolat qiladilar.
Yana, ulkan tog'lar: bu dunyo karvonsaroyida musofir yoʻlovchilar uchun zaruratlariga va istiqboldagi ehtiyojlariga intizomli zaxira va jihozot ombori va hayotga lozim boʻlgan juda koʻp xazinalarning mukammal maxzani jihatidan ishora, balki dalolat, balki shahodat qiladiki: bu qadar karim va musofirparvar va bu qadar hakim va shafqatparvar va bu qadar qodiyr va rububiyatparvar bir Sone'ning, albatta va har holda, juda suygan o'sha mehmonlari uchun abadiy bir olamda abadiy ehsonlarining abadiy xazinalari bordir. Bu yerdagi togʻlarga badal, u yerda bu vazifani yulduzlar bajaradilar.
Ey Qodiyri Kulli Shay!
Togʻlar va ichidagi maxluqlar Sening mulkingda va Sening quvvat va qudrating bilan va ilm va hikmating bilan bo'ysundirilgan va zaxira qilib qo'yilgan. Ularni bu tarzda vazifalantirib va boʻysundirgan Xoliqlarini taqdis qiladilar va tasbeh aytadilar.
Ey Xoliqi Rahmon! Va ey Rabbi Rahim!
Rasuli Akram Alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladim: Samo va fazo va Arz va dengiz va togʻ mushtamilot va maxluqlari bilan birga Seni qanday taniyotgan va tanittirayotgan boʻlishsa,.. xuddi shuningdek, zamindagi butun daraxt va nabotot yaproqlari va chechaklari va mevalari bilan Seni badohat darajada tanittiradilar va taniydilar.
Va barcha daraxtlar va nabototning jazavali zikr harakatidagi yaproqlaridan, va ziynatlari bilan Sone'ining ismlarini tavsif va ta'rif qilayotgan chechaklaridan, va latofat va jilva-i marhamati tufayli tabassum qilayotgan mevalaridan har biri, hech bir jihatdan tasodifga havola qilish imkoni boʻlmagan xoriqo san'at ichidagi nizom va nizom ichidagi mezon va mezon ichidagi ziynat va ziynat ichidagi naqshlar va naqshlar ichidagi goʻzal va boshqa-boshqa hidlar va hidlar ichidagi mevalarning xilma-xil ta'mlari bilan, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat darajasida shahodat qilishadi. Shuningdek, umumiy hay'ati bilan, zamin yuzida birlik va birgalik, bir-biriga oʻxshashlik va sikka-i xilqatda mushobahat va tadbir va idorada munosiblik va ularga aloqador bo'lgan yaratish fe'llarida va Rabboniy ismlarda muvofiqlik va o'sha yuz ming navlarning hadsiz afrodlarini bir-biri ichida chalkashtirmasdan birdan idoralari kabi jihatlari bilan o'sha Vojib-ul Vujud Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga ochiq oydin shahodat qiladilar.
Yana, ular Sening vujubi vujudingga va vahdatingga qanday shahodat etayotgan bo'lsalar,.. xuddi shuning kabi, roʻyi zaminda toʻrt yuz ming millatlardan tashkil topgan hayotdor lashkaridagi behisob askarlarining yuz minglab tarzda yedirib ichirish va idoralari, chalkashtirmasdan va aralashtirmasdan mukammal tarzda qilinishi bilan, Sening rububiyatingning vahdoniyatdagi hashmatiga va bir bahorni bir gul kabi osonlik bilan yarata oladigan qudratingning azamatiga va hamma narsaga taalluqiga dalolat qilishadi. Shuningdek, ulkan zaminning har tarafida behisob hayvonotiga va insonlarga hadsiz taomlarning xilma-xil turlarini muhayyo qilgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va o'sha hadsiz ishlar va in'omlar va idoralar va yedirib ichirishlar va ijrootlar mukammal intizom bilan jarayon etishlari va hamma narsa, hatto zarralar ham o'sha amrlarga va ijrootga itoat va musaxxariyatlari bilan Sening hokimiyatingning cheksiz bepoyonligiga qat'iy dalolat qiladilar. Shu bilan birga, o'sha daraxtlarning va o'simliklarning va har bir yaproq va gul va meva va ildiz va shox va novda kabi har birining har bir narsasini, har bir ishini bilib, koʻrib, foydalarga, foydalarga, hikmatlarga koʻra qilinishi bilan Sening ilming har narsani qamragan va hikmating hamma narsaga shomil ekaniga juda ochiq suratda dalolat va son-sanoqsiz barmoqlari bilan ishora qiladilar. Va Sening gʻoyat mukammal san'atingning jamoliga va nihoyat jamoldagi ne'matingning komilligiga hadsiz tillari bilan sano va madh aytishadi.
Yana, bu o'tkinchi karvonsaroyda va foniy musofirxonada va qisqa bir zamonda va oz bir umrda, daraxtlar va nabototning qoʻllari orqali kelayotgan bu qadar qiymatli ehsonlar va ne'matlar va bu qadar favqulotda xarajatlar va ikromlar ishora qiladi, balki shahodat qiladiki: mehmonlariga bu yerda bunday marhamatlar ko'rsatgan qudratli, karamli Zoti Rahim qilgan barcha xarajat va ehsonlarini Oʻzini sevdirish va tanittirish natijasining aksi bilan, ya'ni, butun maxluqlar tarafidan "Bizga tottirdi, lekin yedirmay bizni yo'q qilib yubordi" demaslik va dedirmaslik va saltanati uluhiyatini yerga urmaslik va cheksiz rahmatini inkor qilmaslik va qildirmaslik va barcha mushtoq doʻstlarini mahrumlik orqali dushmanga aylantirmaslik uchun, albatta va har holda, abadiy olamda, abadiy mamlakatda, abadiy qoldiradigan bandalariga, abadiy rahmat xazinalaridan, abadiy Jannatlarida, abadiy va Jannatga loyiq suratda mevali daraxtlar va chechakli o'simliklarni tayyorlab qo'ygan. Bu yerdagilar esa, xaridorlarga koʻrsatish uchun namunalardir.
Yana, daraxtlar va o'simliklar butun yaproq va gul va mevalarining soʻzlari bilan Seni taqdis va tasbeh va tahmid qilganlari kabi, o'sha soʻzlarning har biri ham Seni alohida taqdis etadi. Xususan, mevalarning badi' bir suratda etlari juda farqli, san'atlari juda ajoyib, urugʻlari juda xoriqo tarzga keltirilib, taom idishlarini daraxtlarning qoʻllariga berib, o'simliklarning boshlariga qoʻyib hayotdor mehmonlariga yuborib, hol tili boʻlgan tasbehlari namoyon bo'lib qol lisoni darajasiga chiqadi. Bularning hammasi Sening mulkingda, Sening quvvat va qudrating bilan, Sening iroda va ehsonlaring bilan, Sening rahmat va hikmating bilan boʻysunishgan va Sening har bir amringga mute'dir.
Ey zuhuri shiddatidan ko'rinmayotgan va ey kibriyo-i azamatidan yashiringan Sone'-i Hakim va Xoliqi Rahim! Butun daraxtlar va nabototning, butun yaproq va gul va mevalarining tillari bilan va adadi bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan taqdis qilib, hamdu sano aytaman.
Ey Fotiri Qodiyr! Ey Mudabbiri Hakim! Ey Murabbiyi Rahim! Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: nabotot va daraxtlar Seni taniyotgani, Sening qudsiy sifatlaringni va go'zal ismlaringni bildirayotganlari kabi;.. hayotdorlarning ruh berilgan qismi boʻlmish inson va hayvonotdan hech biri yoʻqki: jismida juda ham intizomli soatlar kabi ishlayotgan va ishlattirilayotgan ichki va tashqi a'zolari bilan,.. va badanida juda nozik bir nizom va juda hassos mezon va juda muhim foydalar bilan joylashtirilgan jihozlar va tuygʻulari bilan,.. va jasadida juda san'atli bir tuzilish va juda hikmatli bir toʻshash va juda diqqatli bir muvozana ichida joylashtirilgan badanining jihozlari bilan Sening vujubi vujudingga va sifatlaringning tahaqquqiga shahodat qilmasin.
Chunki buncha basiyrona nozik san'at va shuurkorona nozik hikmat va mudabbirona tom muvozanaga, albatta koʻr quvvat va shuursiz tabiat va bebosh tasodif aralasholmaydi va ularning ishi boʻlolmaydi va mumkin ham emas. Va oʻz-oʻzidan shakllanib, bu holga kelishi, yuz daraja mahol ichra maholdir. Chunki, u holda har bir zarrasi har bir narsasini va jasadining shakllanishini, balki dunyoda aloqador hamma narsani biladigan, koʻradigan, qila oladigan xuddi iloh kabi qamrovli bir ilm va qudrati boʻlishi kerak. Shundan keyingina vujudining shakllanishini unga havola qilish va "oʻz-oʻzidan boʻlyapti" deyish mumkin boʻladi.
Va umumiy hay'atidagi yagona tadbir va yagona idora va yagona nav'i va yagona jinsi va barchalarining yuzlarida koʻz, quloq, ogʻiz kabi nuqtalarda ittifoq bilan mushohada qilingan fitrat tamgʻasida birlik va har navning a'zolari siymolarida koʻrilgan hikmat tamgʻasida birlasish va yedirib ichirishda va ijodda birlik va bir-birining ichida boʻlish kabi holatlaridan hech biri yoʻqki: Sening vahdatingga qat'iy shahodat qilmasin! Va har bir nafarida koinotga qaragan butun ismlarning jilvalari borligi bilan vohidiyat ichida Sening ahadiyatingga ishorasi boʻlmasin.
Yana, inson bilan birga hayvonotning yer yuziga tarqalgan yuz ming turlari intizomli qoʻshin kabi jihozlanish va buyruqlar va itoat va boʻysunishi bilan, va eng kichikdan to eng buyukka qadar rububiyatning amrlari intizomli tarzda jarayon etishlari bilan rububiyatingning daraja-i hashamatiga,.. va juda koʻpligi bilan birga juda qiymatli, va juda mukammaligi bilan birga gʻoyat tez qilinishlari, va juda san'atliligi bilan birga juda oson bajarilishlari bilan qudratingning daraja-i azamatiga dalolat qilishadi. Shuningdek, sharqdan gʻarbga, shimoldan janubgacha yoyilgan mikrobdan to karkidonga qadar, eng kichik chivindan to eng buyuk qushga qadar ularning butun rizqlarini yetkazib turgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va har biri itoatkor askar kabi fitriy vazifasini bajarish va zamin yuzi kuz mavsumida xizmatdan ozod qilinganlar oʻrniga har bahorda yangitdan askarlikka olingan qo'shinga lashkargoh boʻlish jihatidan, hokimiyatingning benihoya kengligiga qat'iy dalolat qiladilar.
Yana, hayvonotdan har bittasi koinotning bir kichik nusxasi va bir kichik namunasi singari gʻoyat teran bir ilm va juda nozik hikmat bilan,.. aralash moddalarni aralashtirib yubormasdan va butun hayvonlarning bir-biridan farqli suratlarini chalkashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz yaratilishlari bilan... ilming hamma narsani qamrab olganiga va hikmating hamma narsaga qamraganiga sonlaricha ishora qilmoqdalar. Xuddi shuningdek, har biri alohida san'at moʻ'jizasi va alohida favqulotda hikmat boʻladigan darajada san'atli va goʻzal qilinishlari bilan, Sen juda sevgan va e'lon qilishni xohlagan Rabboniy san'atninh mukammal husniga va gʻoyat darajada goʻzalligiga ishora qilishadi. Va har biri, xususan bolalar, gʻoyat nozdor, nozanin suratda oziqlantirishlari bilan va havaslarining va orzularining qondirilishi bilan Sening inoyatingning gʻoyat shirin jamoliga hadsiz ishoralar qiladilar.
Ey Rahmon-ur Rahim! Ey Sodiq-ul va'd-il Amin! Ey Moliki Yavmiddiyn! Sening Rasuli Akraming (alayhissalotu vassalom)ning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning irshodi bilan angladimki: Modomiki, koinotning eng tanlangan natijasi hayot ekan,.. va hayotning eng saralangan xulosasi ruh ekan,.. va ruh egalarining eng ayirilgan qismi shuur egalari ekan,.. va shuur egalarining eng mukammali inson ekan,.. va butun koinot hayotga boʻysungan va uning uchun ishlayotgan ekan,.. va hayotdorlar ruh egalariga boʻysungan, ular uchun dunyoga yuborilayotgan ekanlar.. va ruh egalari insonlarga boʻysungan, ularga yordam qilayotgan ekanlar,.. va insonlar fitratan Xoliqini o'ta jiddiy sevar ekanlar,.. va Xoliqlari ularni ham sevar, ham Oʻzini ularga har qanday sabab bilan sevdirar ekan,.. va insonning iste'dodi va ma'naviy jihozlari boshqa boqiy olamga va abadiy bir hayotga qarar ekan,.. va insonning qalbi va shuuri butun quvvati bilan boqiylikni istar ekan,.. va tili cheksiz duolari bilan boqiylik uchun Xoliqiga yolvorayotgan ekan... Albatta va har holda, juda sevgan va sevilgan va mahbub va muhib boʻlmish insonlar abadiy muhabbat uchun yaratilgani holda, ularni qayta tirilmaydigan qilib oʻldirish orqali, abadiy bir adovat bilan xafa qilish to'g'ri kelmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Balki boshqa abadiy olamda saodatli hayotni ko'zlab, bu dunyoda harakat qilish va uni qozonish uchun yuborilgandir. Va insonga tajalliy qilgan ismlar o'zining bu foniy va qisqa hayotdagi jilvalari bilan, boqiy olamda ularning oynasi boʻlmish insonlar ularning abadiy jilvalariga sazovor boʻlishlariga ishora qiladilar.
Darhaqiqat, abadiyning sodiq doʻsti abadiy boʻladi. Va Boqiyning oyina-i ziyshuuri boqiy boʻlishi lozimdir.
Hayvonlarning ruhlari boqiy qolishini va Sulaymon (as)ning hudhudi va chumolisi va Solih (as)ning tuyasi va Asxobi Kahfning iti kabi ba'zi xos hayvonlar ham ruhi, ham jasadi bilan boqiy olamga ketishi va ora-sira foydalanib turish har bir navning bir dona vujudi boʻlishi sahih rivoyatlardan anglashiladi. Shu bilan birga, hikmat va haqiqat hamda rahmat va rububiyat buni taqozo qiladi.
Ey Qodiyri Qayyum! Butun hayotdorlar, ruh sohiblari, shuur egalari Sening mulkingda, faqatgina Sening quvvat va qudrating bilan va faqatgina Sening iroda va idorang va rahmat va hikmating bilan, rububiyatingning amrlariga bo'ysundirilgan va fitriy vazifalar bilan vazifalantirilishgan. Va ba'zilari insonning quvvati va gʻalabasi sababli emas, balki fitratan insonning zaifligi va ojizligi uchun rahmat tarafidan unga boʻysungan. Va hol va qol tili bilan Sone'larini va Ma'budlarini kamchilikdan, sherikdan poklab, ne'matlariga shukr va hamd aytib, har biri o'ziga xos ibodatini qilmoqda.
Ey zuhurining shiddatidan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi tufayli pardalangan Zoti Aqdas! Butun ruh sohiblarining tasbehlari bilan Seni poklash niyatida
deyman.
-Yo Rabb-al Olamiyn! Yo Iloh-al Avvaliyna val Oxiriyn! Yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn!
Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: Samo, fazo, Yer, quruqlik va dengiz, daraxt, o'simlik, hayvonlar a'zolari bilan, qismlari bilan, zarralari bilan Seni bilayotgani, taniyotgani va borligingga va birligingga shahodat va dalolat va ishora qilayotganlari kabi;.. xuddi shuningdek, koinotning xulosasi boʻlmish hayotdorlar va hayotdorlarning xulosasi boʻlmish inson va insonning xulosasi boʻlmish anbiyo, avliyo, asfiyolarning xulosasi boʻlmish qalblarining va aqllarining mushohadot va kashfiyot va ilhomot va istixrojotlari bilan, yuzlab ijmo' va yuzlab tavotur quvvatiga teng bir qat'iyat bilan Sening vujubi vujudingga va Sening vahdoniyat va ahadiyatingga shahodat etib, xabar beradilar. Moʻ'jizot va karomot va yaqiyniy burhonlari bilan xabarlarini isbot qiladilar.
Darhaqiqat, qalblarda: gʻayb pardasi ortidan eslatuvchi Zotga qarashli hech bir gʻaybiy xotirot, va ilhom beruvchi bir Zotga boqtiradigan hech bir sodiq ilhomlar, va haqqal-yaqiyn suratida qudsiy sifatlar va asmo-i husnoni kashf qiladigan hech bir e'tiqodi yaqina;.. va anbiyo va avliyolarda: bir Vojib-ul Vujudning nurlarini aynal-yaqin bilan mushohada qilgan hech bir nuroniy qalb;.. va asfiyo va siddiqiynda: bir Xoliqi kulli shayning oyoti vujubini va vahdat burhonlarini ilmal-yaqin tasdiqlagan, isbotlagan hech bir munavvar aql yoʻqki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo-i husnoingga shahodat etmasin, dalolat qilmasin va ishorasi boʻlmasin.
Va xususan, butun anbiyo va avliyo va asfiyo va siddiqiynning imomi va raisi va xulosasi boʻlmish Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning xabarlarini tasdiqlagan hech bir ochiq oydin mo'jizalari va haqqoniyatini koʻrsatgan hech bir oliy oliy haqiqati... va barcha muqaddas va haqiqatli kitoblarning xulosat-ul xulosasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hech bir qat'iy tavhidiy oyati va iymoniy masalalaridan hech bir qudsiy masalasi yoʻqdirki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va ismlaring va sifatlaringga shahodat etmasin va dalolat qilmasin va ishorasi bo'lmasin..
Yana, o'sha yuz minglab sodiq xabarchilar moʻ'jizalariga va karomatlariga va hujjatlariga suyanib, Sening borligingga va birligingga shahodat etganlari kabi; butun borliqni ihota qilib turgan Arshi A'zamning kulliy ishlarini boshqarishdan tortib, to qalbning gʻoyat maxfiy va juz'iy xotirotini va orzularini va duolarini bilish, eshtish va idora qilishgacha jarayon etayotgan rububiyating hashamatining darajasini,.. va koʻz oʻngida son-sanoqsiz xilma-xil narsalarni bir vaqtda yaratayotgan, hech bir fe'l boshqa bir fe'lga, bir ish boshqa bir ishga mone boʻlmasdan, eng buyuk narsani eng kichik pashsha kabi osonlik bilan yaratayotgan qudrating azamatining darajasini ijmo' bilan, ittifoq bilan e'lon va xabar berib, isbot qiladilar.
Yana, bu koinotni ruh egalariga, xususan insonga mukammal bir saroy qilib bergan, va Jannatni va abadiy saodatni jin va insonlarga hozirlab qo'ygan, va eng kichik bir hayotdorni ham unutmagan, va eng ojiz qalbni ham tatmin va taltif qilishga urinayotgan rahmatingning hadsiz kengligini,.. va zarralardan to sayyoralarga qadar butun maxluqlarning turlarini amrlariga itoat ettirgan va tasxir va tavzif qilgan hokimiyatingning benihoya kengligini xabar berib, moʻ'jizot va hujjatlari bilan isbot qiladilar. Xuddi shuningdek, koinotni qismlari sonicha risolalardan tarkib topgan bir buyuk kitob shakliga keltirgan
va Lavhi Mahfuzning daftarlari boʻlmish Imomi Mubin va Kitobi Mubinda butun mavjudotning butun sarguzashtlarini qayd etib yozgan va barcha urugʻlarda umum daraxtlarning mundarijalarini va dasturlarini, va shuur sohiblarining boshlarida butun quvva-i hofizalarda sohiblarining hayotiy sarguzashtlarini yanglishsiz, intizomli ravishda yozdirgan ilmingning har narsani qamraganiga,.. va har bir mavjudga koʻp hikmatlarni bergan, hatto har bir daraxtda mevalari adadicha natijalarni berdirgan, va har bir hayotdorlarda a'zolari, balki qismlari va hujayralari sanogʻicha foydalarni ko'zlagan, hatto insonning tilini juda koʻp vazifalarda ishlatish bilan birga, taomlarning ta'mlari sonicha zavq mezonchalari bilan jihozlantirgan qudsiy hikmatingning har bir narsaga shomil ekaniga;.. yana, bu dunyoda namunalari koʻrilgan jaloliy va jamoliy ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul obodda davom etajagiga, va bu foniy olamda namunalari koʻrilgan ehsonlaringning yanada dabdabali suratda saodat diyorida davom etishiga va abadiyligiga, va bu dunyoda ularni koʻrgan mushtoqlarning abadda ham yonma-yon va birga boʻlishlariga... bilijmo', bilittifoq shahodat va dalolat va ishora qiladilar.
Yana, yuzlab ochiq ravshan moʻ'jizalarga va qat'iy oyatlariga suyanib, boshda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom va Qur'oni Hakiming, barcha nurli ruh sohiblari boʻlmish anbiyolar va nuroniy qalb qutblari boʻlmish avliyolar va munavvar aql arboblari boʻlmish asfiyolar: Sening juda koʻp takrorlagan butun muqaddas sahifa va kitoblarda qilgan va'dalaringga va tahdidlaringga suyangan holda,.. va Sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamoling kabi qudsiy sifatlaringga va sha'nlaringga va jalolingning izzatiga va rububiyatingning saltanatiga suyangan holda,.. va kashfiyot va mushahadot va ilmal-yaqiyn e'tiqodlari bilan... abadiy saodatni jin va insonlarga bashorat qilmoqdalar va ahli zalolat uchun Jahannam borligini xabar berib e'lon qilmoqdalar va iymon keltirib shahodat etishmoqda.
Ey Qodiyri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!
Buncha sodiq doʻstlaringni va bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifatlaring va shuunotingni yolg'onga chiqarib,.. rububiyatingning saltanati qat'iy iqtizo qilgan narsalarni va sevganing va ular ham Seni tasdiqlab va itoat qilib oʻzlarini Senga sevdirgan behisob maqbul bandalaringning cheksiz duolarini va da'volarini rad qilib,.. kufr va isyon bilan va Seni va'dangda yolg'onchiga chiqarish bilan Sening azamati kibriyoingni ranjitgan va jalolingning izzatini ranjida qilgan
va uluhiyatingning haysiyatiga tegingan va rububiyatingning shafqatini ta'sirlantirgan zalolat va kufr ahlini hashrni inkor qilishlaridan yuz ming daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan! Bu kabi behisob zulmdan, chirkinlikdan Sening benihoya adolatingni va jamolingni va rahmatingni poklayman!
oyatini vujudimning butun zarralari adadicha aytishni istayman! Balki Sening sodiq elchilaring va toʻgʻri saltanatingning dalloli haqqal-yaqiyn, aynal-yaqiyn, ilmal-yaqiyn shaklida Sening oxiratdagi rahmat xazinalaringga va boqiy olamdagi ehsonotingning xazinalariga va saodat diyorida to'lig'icha ko'rinadigan goʻzal ismlaringning xoriqo goʻzal jilvalariga shahodat qiladi, ishorat etadi va bashorat beradilar. Va butun haqiqatlarning manbai va quyoshi va homiysi boʻlgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shu'lasi ushbu hashrning buyuk haqiqat ekaniga iymon keltirib, Sening bandalaringga dars beradilar.
Ey Rabb-ul Anbiyo vas Siddiqiyn!
Ularning barchasi Sening mulkingda, Sening amring va qudrating bilan, Sening iroda va tadbiring bilan, Sening ilming va hikmating bilan boʻysungan va vazifalantirilgan. Poklash, takbir, tahmid, tahlil bilan kurra-i Arzni bir buyuk zikrxona, bu koinotni bir katta masjid suratida koʻrsatganlar.
Yo Rabbiy va yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn! Yo Xoliqiy va yo Xoliqi Kulli Shay!
Osmonlarni yulduzlari bilan, zaminni mushtamiloti bilan va butun maxluqotni barcha holatlari bilan bo'ysundirgan qudratingning va irodatingning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi hurmati, nafsimni menga boʻysundir! Va matlubimni menga musaxxar qil! Qur'onga va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga musaxxar ayla! Va menga va birodarlarimga iymoni komil va husni xotima ber! Hazrati Muso alayhissalomga dengizni va Hazrati Ibrohim alayhissalomga otashni va Hazrati Dovud alayhissalomga togʻni, temirni va Hazrati Sulaymon alayhissalomga jin va insonlarni va Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomga quyosh va oyni bo'ysundirganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni musaxxar qil! Va meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning sharridan va qabr azobidan va
Jahannam otashidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omiyn, omiyn, omiyn!
Qur'ondan va munojoti Nabaviya boʻlmish "Javshan-ul Kabir"dan olgan bu darsimni bir ibodati tafakkuriya sifatida Rabbi Rahimimning dargohiga arz qilishda qusurga yo'l qo'ygan boʻlsam, qusurimning afvi uchun Qur'onni va "Javshan-ul Kabir"ni shafoatchi qilib, rahmatidan afvimni niyoz etaman.
MUNDARIJA
Hazrat Yunus Alayhissalomning munojoti mashhurasi boʻlgan
oyatining bir sirri muhimini va bir haqiqati azimasini bayon qilib; har bir inson bu dunyoda Hazrat Yunus Alayhissalom boʻlgan vaziyatida -faqat ulkan miqyosda- ekanini bayon qiladi. Hazrat Yunus Alayhissalomga "hut, dengiz, tun" nima boʻlsa; har inson uchun nafsi, dunyosi, istiqboli ham o'shadir.
Hazrat Ayyub Alayhissalomning munojoti mashhurasini bayon qiladi.
oyatining muhim bir sirrini va azim bir haqiqatini "Besh Nukta" bilan tafsir qilib, butun musibatzadalarga ma'naviy bir tiryoq va gʻoyat foydali bir dori hukmida bir risoladir. Bu risola, moddiy musibatlarni, ahli iymon uchun musibatlikdan chiqaradi. Asl ahamiyatli musibat, qalbga va ruhga kelgan zalolat musibatlari ekanini bayon etgani kabi; musibatzadalarning umr daqiqalari ahli sabr va shukr haqida ibodat soatlari hukmiga oʻtib shikoyat eshigini yopadigan, doimo shukr eshigini ochadigan bir risoladir.
oyatining muhim ikki haqiqatini
boʻlgan mashhur ikki jumla ifoda etgan ikki haqiqati muhimma bilan tafsir etadi. Baqo uchun xalq etilgan va baqoga oshiq boʻlgan ruhi insoniy, Boqiyi Zuljalolga nisbatan munosabati haqiqiyasini bilsa, foniy umrini boqiy bir umrga tabdil etadi. Soniyalari sanalar hukmiga oʻtganini va Boqiyi Zuljalolni tanimagan ruhi insonning sanalari, soniyalar hukmida ekanini bayon etib isbot etgan qiymatdor bir risoladir. Fanoni yomon koʻrgan va boqiyni maroq etganlar, bu risolani maroq bilan oʻqishi kerak.
Minhaj-us Sunna nomli gʻoyat muhim bir risoladir. Ahli Shia va Ahli Sunnat mobaynida eng muhim bir masala-i ixtilofiya boʻlgan masala-i imomatni gʻoyat vazih va qat'iy bir suratda hallu fasl etadi.
oyati azimaning koʻp haqoiqi azimasidan ikki buyuk haqiqatini "Toʻrt Nukta" bilan tafsir etadi. Bu risola, Ahli Sunnat va Jamoatga, ham Alaviylarga gʻoyat qiymatdor va manfaatdordir; haqiqatdan Minhaj-us Sunnadir. Sunnati Saniyaning yoʻlini, u masalada toʻliq bayon etadi.
Ta'lif etilmagandir.
Ta'lif etilmagandir.
Sura-i Fathning oxirida
boʻlgan uch oyati azimadan oʻn vujuhi i'joziyadan yolgʻiz ixbori bilgʻayb vajhidan sakkiz ixboroti gʻaybiyani bayon etadi; shu uch oyat, bir oʻzi bir moʻ'jiza-i bahira ekanini isbot qiladi. Tatimmasida,
oyatining muhim bir nukta-i i'joziyasini, Sura-i Fathning oxiridagi oyatning ayni ixbori gʻaybiysi navidan, gʻaybiy ixborlariga ishorat qiladi.
Xotimasida, Qur'oni Hakimning tavofuqot jihatida i'joziy nuktalaridan gʻoyat porloq bir nukta-i i'joziyasini bayon etib; Qur'on Fotihada, Fotiha Bismillohda, Bismilloh Alif Lom Mimda bir jihatda darj etilganini bayon etadi. Ham eng muntashir
va mutadovil darkanor Musxaflarda Lafzullohning tavofuqoti latifa-i i'joziyasidan biri shuki: Sahifaning oxirgi satrining yuqori qismida butun Qur'onda sakson va pastgi qismida yana Lafza-i Jalol bir-biri ustida sakson boʻlib tavofuq etib kelishi va sahifalar orqasida tom muvofaqat bilan bir-birini koʻrsatishi, xuddi sakson adaddan birgina Lafza-i Jalol tazohur etishi.. ham oxirgi satrning tom oʻrtasida ellik besh va boshida yigirma besh, birga yana sakson bo'lib, bu sakson u ikki saksonga saksonlikda tavofuq etganlari kabi, ikki yuz qirq tavofuqoti latifa yolgʻiz sahifaning oxirgi satrlarida boʻlishi koʻrsatadiki; Qur'oni Azimushshonning ham oyoti, ham kalimoti, ham hurufoti har biri, boshqa-boshqa madori i'joz boʻlganlari kabi, kalimotning naqshlari va xatlari ham boshqa bir shu'la-i i'jozga mazhar ekanini bayon qiladi.
Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
oyatining bir sirrini, xizmati Qur'oniyada birodarlarimning bashariyat muqtazosi o'laroq sahv va xatolarining natijasida yeganlari shafqat ta'zirlarini bayon etmoq bilan tafsir qiladi.
Ha, bu risola ikki qism boʻlib yozilgan. Birinchi qismda; xos va sodiq Qur'on xizmatkorlarining sahv va xatolari natijasida yeganlari tanbehkorona shafqat ta'zirlari.. ikkinchi qismda; zohiriy doʻst va qalbi muoriz boʻlganlarning bilib turib bergan zararlariga muqobil, zajrkorona yeganlari ta'zirlaridan bahs etilardi. Faqat keraksiz ba'zilarning xotirlarini ranjida etmaslik uchun, yuzlab hodisotdan birinchi qismning yolgʻiz oʻn besh adadidan bahs etildi. Ikkinchi Qism hozircha yozilmadi. Ta'zir yegan, oʻz imzo va tasdigʻi ostida, qabul qilib yozilgandir. Men beshta ta'zir yedim, yozdim. Nafsim kabi qabul qilganim Abdulmajid ila Xulusiyga vakolatan yozdim. Qolganlarning bir qismi oʻzlari yozdilar; bir qismi, haqida yozilganni koʻrdilar, qabul qildilar. Namuna navidan boʻlib ular bilan kifoyalandik. Boʻlmasa hodisot koʻpdir. Bu bilan qat'iyan qanoatimiz kelganki; bu xizmatimizda sohibsiz emasmiz. Muhim bir nazar ostidamiz va diqqatli bir inoyat nazaridamiz va quvvatli hifzu himoya ostidamiz. U risolaning oxirida اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ sirriga doir muhim bir haqiqat bayon etilib, xizmatimizga zulm navidan yopishgan mulhidlar, bu dunyoda ta'zirini yeydilar va qisman yeganlarini; va zindiqo va zalolat hisobiga yopishganlar tez ta'zir yemasdan ta'xir etilganining sabab va hikmatini bayon etadi.
"Mirqot-us Sunna va Tiryoqu Marazil Bid'a" nomi bilan gʻoyat muhim bir risoladir.
oyatlarining gʻoyat muhim ikki haqiqatini "Oʻn Bir Nukta" bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI NUKTA
hadisi sharifining sirrini bayon qiladi.
IKKINCHI NUKTA: Imom Rabboniy (R.A.), "Sunnati Saniyaning ittiboi; eng hashmatli, eng latofatli, eng ahamiyatli tariqatdir" deyishiga doirdir.
UCHINCHI NUKTA: Sunnati Saniyaning ahamiyati haqida Imom Rabboniyning hukmini tasdiq etganini bayon etadi.
TOʻRTINCHI NUKTA: اَلْمَوْتُ حَقٌّ haqiqatining eshigi bilan, gʻoyat ajib bir olami ma'naviyga oid bir sayohati ruhiyani bayon etadi.
oyatining sarohati bilan: Muhabbatulloh, qat'iy bir qiyosi mantiqiy bilan, Sunnati Saniyaning ittiboini intoj etganiga doirdir.
hadisining muhim bir sirrini va
oyatining bir haqiqatini tafsir etadi.
YETTINCHI NUKTA: Sunnati Saniyaning har bir masalasi ostida bir adab ekanini bayon etadi. "Allam-ul Gʻuyubga qarshi adab va hijob qanday boʻlishi mumkin va nima deganidir?" savoliga qarshi, goʻzal bir javobdir.
SAKKIZINCHI NUKTA: Sunnati Saniyaning bir qismi shafqati Ahmadiyaning (S.A.V.) tarashshuhoti boʻlgani kabi, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning qanday bir ma'dani shafqat ekanini koʻrsatadi.
TOʻQQIZINCHI NUKTA: Sunnati Saniyaning har bir naviga tamoman bilfe'l ittibo etmoq, axassi xavasga maxsus boʻlgani holda; harkas niyati bilan va qasd bilan va tarafdorona va iltizomkorona va taqdirkorona tolib boʻlmoq bilan, u ittibo-i tommadan to'liq hissador boʻlishi mumkin. Ahli tariqatning azkor va avrod va mashrablari, asosoti Sunnatga muxolafat etmaslik sharti bilan bid'atga dohil boʻlmaganini, boʻlsa-boʻlsa bid'ati hasana ekanini bayon etadi.
Muhabbati Ilohiyaga va u muhabbatning natijasida Sunnati Saniyaning ittiboiga doir uch nuqta bilan gʻoyat maroq-avar va muhim va goʻzal bayonot bor. Hatto kitobning naqshida shu Oʻninchi Nuktaning bir shua-i karomatini, tavofuq bilan nazarga koʻrsatadi.
OʻN BIRINCHI NUKTA: Zoti Ahmadiyaning Sunnati Saniyasining manbai; ham aqvoli, ham ahvoli, ham af'oli ekanini va har biri ham farz, ham navofil, ham odot aqsomiga inqisom etganini va Qur'onda وَاِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ sirri bilan, navi bashar ichida ma'nan va ruhan boʻlgani kabi, mizoji jismoniysining jihati bilan ham eng moʻ'tadil nuqtada va quva-i jismoniya va nafsiyada nuqta-i i'tidolning vasatida va kamolida boʻlgan fardi farid, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ekanini isbot qiladi. Bu risola ham, boshda aytilgani kabi, bir tiryoqi anfa' va bir iksiri a'zamdir.
oyatlarining, ahli Fanning va hozirgi Joʻgʻrofiyachi va Astronomlarning madori tanqidlari boʻlgan ikki haqiqatini, "Ikki Nukta" bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI NUKTA: Umum rizq toʻgʻridan-toʻgʻriga Qodiri Zuljalolning qoʻlida ekanini va xazina-i rahmatidan chiqqanini bayon etib, rizqsizlikdan oʻlmoq boʻlmaganini isbot qiladi.
IKKINCHI NUKTA: Yer Kurrasining, munkir Joʻgʻrofiyachi faylasuflarning aksiga bo'lib, yetti vajh bilan yetti tabaqa ekanini va samovot ham, Astronom faylasuflarning aksiga boʻlib, yetti vajh bilan yetti tabaqa ekanini isbot qiladi. Bu risola shunday vaysaqi mulhidlarga bir lijamdir, ya'ni tizgindir.
"Hikmat-ul Istioza" nomi bilan ma'ruf, gʻoyat qiymatdor va quvvatli va haqiqatli bir risoladir.
surasining eng muhim bir haqiqatini,
oyatining muhim bir hikmatini va
ning eng muhim bir sirrini "Oʻn Uch Ishorat" bilan tafsir etib, oʻn uch kalit bilan قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ning qal'a-i hasiniga kirmoq uchun eshik ochadi, tahassungohni koʻrsatadi.
BIRINCHI ISHORAT: "Shaytonlarning koinotda ijod jihatida hech madhallari boʻlmagani va zalolatning mustakrah xunukliklari ahli zalolatni tanfir etganlari holda va Janobi Haq rahmat va inoyati bilan ahli haqqa tarafdor boʻlgani va haq va haqiqatning jozibador goʻzalliklari, ahli haqni muayyid va mushavviq bo'lgani holda; hizb-ush shaytonning koʻp marta hizbullohga gʻalaba qilishining hikmati nima?" deb savolga qarshi gʻoyat qat'iy va vazih bir javobdir.
IKKINCHI ISHORAT: "Sharri mahz boʻlgan shaytonlarning ijodi va ahli iymonga taslitlari va ular sababli koʻp insonlarning kufrga kirib Jahannamga kirishlariga, Jamili Alal-itloq va Rahimi Mutlaq va Rahmoni Bil-haqning rahmat va jamoli, bu hadsiz xunuklikning va bu dahshatli musibatning husuliga qanday muso'ada etmoqda va nima uchun javoz ko'rsatmoqda?" degan savolga qarshi gʻoyat quvvatli va muqni' bir javobdir.
UCHINCHI ISHORAT: "Qur'oni Hakimda, ahli zalolatga qarshi azim shikoyatlar va kasratli tahshidot va juda shiddatli tahdidot; aqlning zohiriga koʻra, adolatli va munosabatli balogʻatiga va uslubidagi i'tidoliga va istiqomatiga munosib tushmaydi? Go'yo ojiz bir odamga qarshi qoʻshinlarni tahshid etadi; va muflis va mulkda hissasiz ojiz bir odamga, quvvatli bir sherik mavqeini bergandek undan shikoyatlar etishining sirri va hikmati nima?" deb savoliga qarshi, gʻoyat qat'iy va ahamiyatli bir javobdir.
TOʻRTINCHI ISHORAT: Adam sharri mahz va vujud xayri mahz boʻlganidan; mahosin va kamolot vujudga va sharlar va musibatlar adamga istinod etganini va undan nash'at etganini bayon qiladi.
BESHINCHI ISHORAT: Janobi Haq Kutubi Samoviyada basharga qarshi Jannat kabi azim bir mukofotni va Jahannam kabi dahshatli bir mujozotni koʻrsatmoq bilan birga, koʻp irshod va mukarrar iqoz va dafalar bilan Eslatma va mutaaddid tahdid va tashviq etgani holda, hizb-ush shaytonning xunuk va mukofotsiz va zaif dasisalariga qarshi, ahli iymonning magʻlub boʻlishlarining sirri nima?" degan mudhish savolga qarshi muqni' bir javobdir.
OLTINCHI ISHORAT: Shaytonlarning eng tahlikali va kasratli bir dasisasi boʻlgan "tasavvuri kufriy"ni "tasdiqi kufr" suratida, "tasavvuri zalolat"ni "tasdiqi zalolat" tarzida koʻrsatishi bilan, hassos va sofi-qalb insonlarni tahlikalarga otishiga muqobil, ilmiy va mantiqiy va haqiqatli bir javobdir.
YETTINCHI ISHORAT: Moʻtazila imomlari sharning ijodini shar talaqqiy etganlari uchun, kufr va zalolatning ijodini Allohga bermasdan, goʻyo u bilan Allohni taqdis etadilar. Moʻtazilaning bu muhim masalalariga va Majusiylarning xoliqi sharrni boshqa talaqqiy etishlariga qarshi gʻoyat quvvatli va mantiqiy bir javobi muskit.. ham "Gunohi kabirani qilgan moʻ'min qololmaydi!" degan Moʻtazila va bir qism Xorijiylarga qarshi gʻoyat maqbul va muqni' bir javobdir.
SAKKIZINCHI ISHORAT: "Ba'zi risolalarda qat'iy dalillar bilan isbot etilganki; kufr va zalolat yoʻli shu qadar mushkulotli va suubatlidirki, hech kim unga kirmasligi kerak edi va qobili suluk emasdir. Iymon va hidoyat yoʻli shu qadar zohir va osondirki, harkas unga kirishi kerak edi, deganingiz holda; bu Hikmat-ul Istiozada, zalolatli yoʻlning oson va taxrib va tajovuz boʻlgani uchun koʻplar u yoʻlda suluk etgagani bayoning, bir-biriga muxolif boʻlmoqda, vajhi tavfiqi nima?" savoliga qarshi gʻoyat maroq-avar va mantiqiy va qat'iy bir javob boʻlmoq bilan birga, "Zalolatda shu qadar dahshatli bir alam va qoʻrquv borki, kofir hayotidan lazzat olishi emas, balki hech yashamasligi lozim kelarkan, ahli iymondan ziyoda oʻzini hayotda mas'ud koʻrishining sirri nima?" degan savoliga qarshi gʻoyat goʻzal bir tamsil bilan toʻliq qanoat keltiradigan bir javobdir.
TOʻQQIZINCHI ISHORAT: "Hizbulloh boʻlgan ahli hidoyat, boshda anbiyo va ularning boshida Faxri Olam Salollohu Ta'ala Alayhi Vassalam, shu qadar inoyati Ilohiyaga va imdodoti Subhoniyaga mazhar boʻlganlari holda, nima uchun hizb-ush shaytonga qarshi ba'zan magʻlub boʻlganlar. Ham Xotam-ul Anbiyoning quyosh kabi porloq nubuvvati va risolatining qoʻshniligida boʻlgan Madina munofiqlarining zalolatda tirishishlari va hidoyatga kirmasliklari nima uchun va hikmati nima?" degan savolga qarshi harkasni aloqador qiladigan goʻzal va quvvatli bir javobdir.
OʻNINCHI ISHORAT: Iblisning oʻzini oʻziga tobe boʻlganlarga inkor ettirmoq suratidagi dasisa niqobini yirtib, (Iblisning) iflos va mulavvas yuzini koʻrsatib, vujudini isbot qiladi.
OʻN BIRINCHI ISHORAT: Ahli zalolatning sharridan koinot gʻazablanganini va anosiri kulliya hiddat etganlarini va umum mavjudot ma'nan gʻalayonga kelganlarini Qur'oni Hakim moʻ'jizona ifoda etganiga doir maroq-avar bir bayondir.
OʻN IKKINCHI ISHORAT: Toʻrt savol va javobdir. "Mahdud bir hayotda mahdud gunohlarga muqobil hadsiz bir azob va nihoyatsiz bir Jahannam qanday adolat boʻladi?" Ham "Shariatda deyilganki: Jahannam, jazo-i amaldir; faqat Jannat, fazli Ilohiy bilandir. Buning hikmati nima?" Ham "Sayyiot intishor va tajovuz etganidan, bir sayyia ming yozilmoq, hasana bir yozilmoq lozim kelarkan; sayyianing bir, hasananing oʻn yozilishining sirri nima?" Ham "Ahli zalolat qozongan muvaffaqiyat va koʻrsatgan quvvat, ahli hidoyatda bir zaiflik va haqiqatsizlik boʻlganidanmi?" degan toʻrt savolga gʻoyat qisqa va quvvatli toʻrt javobdir.
OʻN UCHINCHI ISHORAT: "Uch Nuqta"dir.
Birinchisi: Shaytonning eng katta bir dasisasi, haqoiqi iymoniyaning azamati jihatida, tor qalbli va qisqa aqlli va kalta fikrli insonlarni aldashiga muqobil, tamomila shaytoni jinniy va insiyni ham jim qiladigan bir javobdir.
Ikkinchi Nuqta: Shayton, qusurli insonga qusurini e'tirof etmaslik bilan istigʻfor va istioza yoʻlini yopib, anoniyatni tahrik etib, advokat kabi nafsini mudofaa ettiradi. Go'yo nafsini taqsirotdan taqdis ettirishiga muqobil, harkasni iqno' etadigan bir javobdir. Qusurini koʻrmaslik, u qusurdan yanada katta bir qusur ekanini va qusurini koʻrmoq, qusurini qusurlikdan chiqarmoq ekanini bayon etadi.
Uchinchi Nuqta: Insonning hayoti ijtimoiyasini ifsod etgan eng muhim bir dasisa-i shaytoniya; "moʻ'minning birgina sayyiasi bilan hasanotini berkitmoq" bilan u moʻ'minga qarshi adovat ettirishga muqobil, mezoni akbarda adolati mutlaqa-i Ilohiyaning tajalliysidagi dastur bilan; harkasga kerakli, xususan hadid-ul mizoj va mushkulpisand insonlarga qiymatdor va haqli va quvvatli bir javobdir.
Xullas shu risola oʻn uch ishorat bilan shaytoni insiy va jinniyning oʻn uch hujum yoʻllarini yopgani kabi; قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ Surasining qal'a-i metinida tahassun etmoq uchun oʻn uch kalit boʻlib, oʻn uch eshikni ahli iymonga ochadi.
Shu Hikmat-ul Istioza Risolasining ikki muhim qardoshi bor. Biri Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Olinchi Risolasi boʻlgan "Hujumoti Sitta", muhim bir qal'a boʻlgani kabi; ikkinchi bir qardoshi boʻlgan Yigirma Oltinchi Maktubning "Hujjat-ul Qur'on Alash-shayton Va Hizbihi" nomli risolasi ham bir hisni hasindir. Bu uch risola bir-biri bilan munosabatdordir. Va ahli iymonga bu zamonda juda kerakli ekanini Eslatma etaman. Faqat shu risolalar tamomila Qur'onga sodiq boʻlganlarning qoʻllariga berilishi mumkin. Bid'at va zalolatga tarafdor yoki siyosatchilikka mubtalo boʻlganlarning qoʻllariga bermaslik kerak. Ayniqsa "Hujumoti Sitta", ichida Eski Saidning shiddatli lisoni qoʻshilgani uchun, eng xos va eng sodiq qardoshlarimga maxsusdir. Hozircha haqni tinglamoq va qabul etmoq iste'dodida boʻlmaganlarga koʻrsatilmasligini tavsiya etaman. Hamda "Ishoroti Sab'a", "Hujumoti Sitta" kabi hozircha xoslarga maxsusdir.
"Ikki Maqom"dir.
BIRINCHI MAQOM: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan soʻraganlarki: "Arz nima ustida turadi?" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar: عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِYa'ni "Hoʻkiz va baliq ustida turadi". Shu hadisga doir koʻp munoqashot bor. Joʻgʻrofiyachilar, xosho bu hadisni inkor etadilar.
Xullas bu hadisning haqiqiy ma'nosini uch vajh bilan, bu risolaning Birinchi Maqomi shunday bir tarzda bayon etadiki; munkirlarning zarra miqdor insofi boʻlsa va Joʻgʻrofiyachilarning haqqa qarshi zarra miqdor iz'onlari boʻlsa, bu hadisni bahir moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) sanaydilar. Chunki u uch javob ham haqiqiy va qat'iy, ham ma'nodordirlar.
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir etadi. Va بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ Qur'onning bir xulosasi va bir mundarijasi va kaliti ekanini koʻrsatgani kabi; Arshdan farshga qadar uzangan bir xatti qudsiyi nuroniy boʻlmoq bilan birga, saodati abadiya eshigini ochgan bir kalit va har muborak narsaga fayz va baraka bergan bir manba-i anvor ekanini bayon qiladi. Bu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola boʻlgan "Birinchi Soʻz"ga qaraydi. Go'yo, Risola-i Nur ajzolari bir doira hukmida boʻlib; muntahosi ibtidosiga بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ xatti muboragi bilan ittihod etadi. Va bu maqomda "Olti Sir" oʻrniga oʻttiz yozilardi. Hozircha olti qoldi. Qisqadir, faqat gʻoyat buyuk haqoiqni tazammun etadi. Buni diqqat bilan oʻqigan بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ naqadar qiymatdor bir xazina-i qudsiya ekanini anglaydi.
Risola-i Nur Kulliyotining Soʻzlar, Maktubot va Oʻn Toʻrtinchi Yog'duga qadar boʻlgan qismining mundarijasidir. Har qismning mundarijasi, ya'ni Soʻzlar qismining mundarijasi Soʻzlar Majmuasida boʻlganidan, Maktubot va Yog'dularning ham oʻzlariga oid mundarijalari u majmualarning oxirlariga ilhoq etilganidan, bu yerda yozilmadi.
Masoili muhimmadan ba'zi masoil haqida soʻralgan savollarning javoblarini ichiga olgan. Shundayki; eng boshda maroq-avar "Toʻrt Savol"ga javobdir.
BIRINCHISI: "Ahli Sunnat Va Jamoat haqida bir faraj va bir futuhot boʻlishi haqida ahli kashf bergan xabarlarning zuhur etmasligining sababi nima?" deb soʻralishiga muqobil gʻoyat goʻzal bir javob.
IKKINCHISI: "Risola-i Nurning muallifi oʻzini shiddatli tazyiqot ostida tutgan ahli dunyoga qarshi boʻlishi lozim kelarkan, ularga moddatan qarshi chiqmasligining sababi nima?" savoliga gʻoyat latif bir javobdir.
UCHINCHISI: "Ingliz va Italiya kabi hukumatlarning bu hukumat bilan muhoraba etmoq istashlariga qarshi, nima uchun shiddatli bir suratda harbga qarshi bo'lyapsiz? Holbuki bu kabi hodisalar millatning quvva-i ma'naviyasining manbai boʻlgan hamiyati Islomiyani tahyij etmoq bilan, shao'iri Islomiyaning ihyosiga va bid'atlarning raf'iga bir daraja mador boʻladi." deb boʻlgan savoliga berilgan juda latofatli bir javobdir.
TOʻRTINCHISI: "Nima uchun qoʻlingizdagi nurli risolalarni harkasga koʻrsatmaslik uchun, birodarlaringizga ehtiyotni tavsiya etasiz? Va nima uchun xalqlarni bu nurlarning fayzlaridan mahrum etmoqdasiz?" savoliga berilgan juda xush, juda goʻzal bir javobdir.
Xotimasida, Lihya-i Saodat haqida soʻralgan bir savolga qarshi shubhalarni izola etgan gʻoyat muqni' bir javobdir.
Undan soʻng, eskidan beri mulhidlar hujum qilgan uch masalaga doir soʻralgan savollarga berilgan uch javobdir.
oyati karimasining maoli boʻlgan: "Zulqarnayn Quyoshni haroratli va balchiqli bir chashma suvida g'urub etganini koʻrgan?"
IKKINCHI SAVOL: Saddi Zulqarnayn qayerdadir? Va Ya'juj va Ma'juj kimlardir?
UCHINCHI SAVOL: Hazrat Iso Alayhissalom oxirzamonda kelib Dajjolni oʻldirishiga doir savollarga shu qadar ulviy javoblar berilganki; ham ahli iymonning iymonlarini taqviya etadi, ham balogʻati bilan adiblarni jim qiladi, hamda mulhidlarni ilzom etib ta'zirlaydi.
Oxirida, Mugʻayyiboti Xamsadan yolgʻiz ikkisi haqida soʻralgan muhim bir savolga ahamiyatli bir javobdir.
Zuhrodan kelgan "Oʻn Besh Mulohaza"dan iboratdir.
BIRINCHI MULOHAZA: Nafsi insoniyat mubtalo boʻlgan afil va nafil narsalarning, atvori olam ustida haqiqatlarini koʻrsatib, qalbning robitasini kesib, yuzini baqo va oxiratga oʻgiradi.
IKKINCHI MULOHAZA: Bir dasturi Qur'oniy boʻlgan tavozuni amr va takabburdan man qiladi.
UCHINCHI MULOHAZA: كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan; mavtning haqiqatini goʻzal va ayni haqiqat bir tamsil bilan ochib, uzun orzularni va alamlarni kesadi. Hayyu Qayyumu Boqiyu Doim va Biyadihil Xoyrga har umurni taslim etadi.
TOʻRTINCHI MULOHAZA: Muttarid bir qonuni odatulloh boʻlgan mavsumlarning, asrlarning o'zgarishida, aksar ashyoning aynan i'oda va yangilanishi bilan, shajara-i koinotning eng mukammal mevasi boʻlgan insonning, mavsumi hashri akbarda aynan i'oda etilishini qat'iyan isbot etadi.
BESHINCHI MULOHAZA: Shu asri falokat va halokatning eng buyuk musibati boʻlgan va dinsizlikka ketgan madaniyati saqimaning mohiyatini va yuzidagi yopinchiqni va jahannam-numun mohiyatini huda-i Qur'oniy bilan muvozana surati bilan ochadi, koʻrsatadi. Ahli iymonni unga tamoyuldan shiddatli tanfir ettirib, yuqumli bir vaboni tashhis bilan, dorixona-i Qur'oniyadan zamzami tiryoqni ichiradi.
OLTINCHI MULOHAZA: Nafs va shaytonning eng katta hiyla va dasisalaridan boʻlgan; kofirlarning koʻpliklarini va ularning ba'zi haqoiqi iymoniyaning inkoridagi ittifoqlarini vasvasa surati bilan koʻrsatib, shubhalarni va dinga qarshi loqaydlikni, ayni haq va haqiqat bir tamsil bilan ildizidan kesgan va Tubo-i Jannat boʻlgan iymon daraxtini yetishtirgan mujarrab bir iksiri nuroniydir.
YETTINCHI MULOHAZA: Hayoti ijtimoiya-i Islomiyaning muzir bir mikrobi boʻlgan va taraqqiyoti ajnabiyada saodat deb oʻylangan, zulmli va zulmatli ehtirosoti dunyoviyga ahli iymonni chorlagan soxtakor hamiyat-furushlarni, Qur'onning olmos qilichi bilan oʻldirib, irtidodga yuz tutgan yoxud martaba-i fisqga tushgan ahli iymonni, Qur'oni Hakimning xastaxonasiga oladi, tadoviy etadi.
ning bir sirrini,
ning bir haqiqatini,
ning bir dasturini,
ning bir nuktasini tafsir qilib, koinotda zarradan shamsga qadar hamma narsa bir vazifa bilan mukallaf boʻlib, butun sa'yu harakatlari qonuni qadar bilan jarayon etganini; va Janobi Haq kamoli karamidan, xizmat ichida mukofot sifatida bir lazzat darj etganini isbot va izoh bilan.. mavjudotning eng mukammali va zihayotning raisi va Arzning xalifasi boʻlgan inson, tanballik qilib gʻaflatga tushsa; jamodotdan yanada jomid, chivindan chigirtkadan yanada qonsiz boʻlishini iqoz va inzor bilan, insonlarni vazifa-i fitriyalariga chorlab, uluhiyati mutlaqani isbot qiladi.
TOʻQQIZINCHI MULOHAZA: Janobi Haq kamoli karami bilan, eng katta narsani eng kichik narsada darj etgani jihat bilan; koinotdagi xayr va kamolotni, shajara-i koinotning mevasi va urugʻi boʻlgan, navi insonning haqiqatini tashigan Nabiylarda koʻrsatganini; va Nabiylarga intisob etgan, xayr va kamolotga, nurga va sururga chiqishi kabi, ubudiyat jihati bilan ham, bir zarra kabi kichik bir maxluq boʻlgan insonning, fihristiyat va u intisob jihati bilan, ogʻzidan chiqqan "Allohu Akbar" sadosi, Yer Kurrasining buyuk bir "Allohu Akbar"i hukmiga oʻtganini, haqqalyaqiyn bir bayon bilan, haqning saodatini, iymonning husni kamolini bilbedaho izhor etib.. zalolat, shar, xasorat; dinning muxolifida ekanini qat'iy isbot qiladi.
OʻNINCHI MULOHAZA: Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishmoq va qaramoq; va oyot va shohidlarning oynalarida barohin va dalillarning alomatlarini koʻrmoq uch xil boʻlib.. bir qismi suv kabi; ikkinchi qismi havo kabi; uchinchi qismi nur kabi boʻlib.. taqarrubning ta'rifini va bu'diyatning vartalarini bayon qiladi.
OʻN BIRINCHI MULOHAZA: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ifodasidagi shafqat va marhamatning hikmatini, ham uslubi Qur'oniyadagi jazolat va salosatdagi fitriylikni koʻrsatadi.
qovli sharifiga imtisolan,
كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan mavtning va qabrning mohiyatini koʻrsatib, isyonchi nafsi ammoraning tizginini tortadi. Ham qisqa bir umr va muvaqqat bir hayotda, bu ajib asrda, saodati abadiyaga eng foydali amal va eng maqbul xizmat va eng davomli savob, "iymonning taqviyasiga mador Risola-i Nur talabalari tarzida ulumi iymoniya bilan mashg'ul bo'lmoq" ekanini bayon etgan va ahli ilm va ahli qalamni iqoz etgan bir dasturi haqiqatdir.
OʻN UCHINCHI MULOHAZA: Madori iltibos bo'lgan "Besh Masala"dir.
sirri bilan, tariqi haqda mashg'ul bo'lgan va mujohada etganlar yolgʻiz oʻz vazifasini oʻylab, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmasliklari kerakligini; va shiddati hirs sababli, vazifa-i ubudiyat va ma'muriyatni, amiriyat va ma'budiyat bilan iltibos etganlarga qarshi tafriq etib, haddini tajovuz etgan insonga maqomini koʻrsatgan, harkasga kerakli bir masaladir.
Ikkinchi Masala: Ubudiyatning mansha'i, amri Ilohiy; va natijasi, rizo-i Ilohiy; va samaroti va favoidi, uxroviya ekanini; va dunyoga oid foydalar va samaralar va manfaatlar ubudiyatga, vird va zikrga illat yoki illatning bir juzi boʻlsa, ubudiyatni qisman yoʻq qilganini bayon bilan sirri ubudiyatning hikmatini dars bergan juda muhim va luzumli bir masaladir.
hadisi qudsiysining muqaddas dasturini goʻzal bir tamsil bilan izoh qilib, ubudiyatning asosi boʻlgan ojizlik, faqirlik va qusur va nuqsonini bilmoq va niyoz bilan dargohi Ilohiyning rahmat eshigini qoqmoq kerakligini; ham har amalda bir ixlos jihati boʻlganidan, inson harakatida rizo-i Ilohiyni oʻylab, vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmasligi bilan, a'loyi illiyinga chiqishiga yoʻl koʻrsatgan muhim bir masaladir.
oyatining ma'no-i ishoriysi bilan, Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemoq va olmoq joiz boʻlmaganini; agar muhtoj boʻlsa, zohiriy sabablarning boshi ustida Mun'imi Haqiqiyning rahmat qoʻlini koʻrib, "Bismilloh" deb olinishini; ham zohiriy sabablarni parastish etganlarni aldagan ikki narsaning birga kelishi yoki boʻlishi boʻlgan iqtironni illat deb oʻylashlarini goʻzal va muqovamatsuz izoh bilan, yuzlarni Mun'imi Haqiqiyga oʻgiradi.
Beshinchi Masala: Bir jamoatning sa'ylari bilan hosil boʻlgan bir natija yoki sharafni, u jamoatning raisiga yoki ustoziga bermoq; ham jamoatga, hamda u ustoz va raisga zulm boʻlgani kabi.. Janobi Haqning nuru fayziga ma'kas va vasila va vosita boʻlgan ustozning masdar va muqtadir va manba deb oʻylanilmasligi kerakligini, goʻzal bir tamsil bilan isbot qilib, haqiqati holga deraza ochib koʻrsatadi.
OʻN TOʻRTINCHI MULOHAZA: Tavhidga doir toʻrt kichik ramzdir.
Birinchi Ramz: Tor nazarli, qisqa fikrli va muhokamasiz aqlli, sababparast insonning nazarini vahdoniyati Ilohiyaning dalillariga oʻgirib, goʻzal bir tamsil ustida "La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah" deydi, tavhidni isbot qiladi.
Ikkinchi Ramz: يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ning bir sirrini tafsir qilib, ishqi majoziyga mubtalo boʻlgan insonga, ishqi haqiqiyni va Ma'budi Bilhaqni koʻrsatadi.
Uchinchi Ramz: Hayoti boqiyaga va sarmadiy manzaralarga nomzod, yuksak maqomda xalq qilingan iste'dodot va latoifi insoniya, ba'zan butunlay hech boʻlgan havo-i nafsga asir boʻlganidan, iqoz va inzor bilan insonni tayaqquzga chorlagan buyuk bir haqiqatning kichik bir uchidir.
Toʻrtinchi Ramz: Uzun orzulardan va oʻtmish va kelajak alamlardan ruh va qalbni goʻzal bir tamsil bilan qutqarib, "La ilaha Illalloh" kalima-i qudsiyasining shifoyob va rahmatbaxsh xazinasiga taslim qiladi.
OʻN BESHINCHI MULOHAZA: "Uch Masala"dir.
Birinchisi: Ismi Hofizning tajalli-i atammiga ishorat qilgan
oyati bilan, Hofizi Zuljalolning Yer Kurrasi ekinzorida azal ilmi bilan xalq etib zar' etgan tuxumlarni, kasif tuproq ichida va shiddati burudat qarshisida muqovamatsiz, nihoyatsiz zaif va kichik boʻlganliklari holda muhofaza qilib, hashri bahoriyda boshqa bir olamdan kelganlaridek, avomiri takviniyaga imtisol bilan kelishlari bilan, omonati kubro hamalasi va Arzning xalifasi va koinotning mevasi boʻlgan insonlarning af'ol va osor va aqvol٩ٰ١i va hasanot va sayyiotlari muhofaza etilib hashrning tongida maydoni muhosabaga keltirilishini qat'iy isbot qilib, hashrni ba'zi sabablar natijasi ba'id koʻrgan insonlarga, bilmushohada namunasini koʻrsatadi.
Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
oyati karimasini "Yetti Nukta" bilan tafsir etgan, iqtisodni amr qilib, isrof va tabzirdan man etgan va ayniqsa bu asrdagi basharga gʻoyat muhim bir darsi hikmat bergan, qiymatdor va juda muborak bir risoladir.
BIRINCHI NUKTA: Janobi Haq basharga ehson etgan biljumla ne'matlarning muqobilida bashardan faqat bir "shukr" istaganini; iqtisod, ham ne'matlarga qarshi bir ehtirom, ham Janobi Haqqa bir shukri ma'naviy, ham ne'matning barakalanishiga bir vasila ekanini.. isrof esa; Mun'imi Haqiqiyning ne'matlariga bir hurmatsizlik va bir tahqir boʻlmoq bilan, qoʻrqinchli natijalari ekanini bayon qiladi.
IKKINCHI NUKTA: Vujudi bashar bir saroy, me'da bir xoʻjayin, ogʻizdagi quvva-i zoiqa bir darvozabon, at'ima bergan lazzatlar bittadan baxshish ekanini koʻrsatib; vujudning idorasi iqtisod bilan ta'min etilganini, isrof esa muvozanasizlikni va xastaliklarni tavlid etganini bayon etadi.
UCHINCHI NUKTA: Quvva-i zoiqa, moddiy jasadga inhisor etishdan ziyoda; aqlga, ruhga va qalbga qaraganidan, isrof qilmaslik, zillat va safolatga tushmaslik va u quvva-i zoiqani tashigan lisonni shukrda iste'mol etmoq sharti bilan laziz taomlarni tarjih va ta'qib etib bo'lishni; va bu haqiqat, horiqo quvva-i qudsiya sohibi Shohi Jiyloniy (Q.S.) Hazratlarining ihyoyi amvot karomati azimasi bilan izoh etilib; ruh jasadga, qalb nafsga, aql me'daga hokim boʻlgandan soʻng, shukrning muntaho darajalariga vosil bo'lmoq bilan mumkin ekanini bayon qiladi.
TOʻRTINCHI NUKTA: Iqtisod sababi baraka boʻlganidan muqtasidlarning hayotlari izzat bilan oʻtishini; isrof qilganlarning har vaqt safolatga, hatto tilanchilikka qadar tushganlarini, hatto haysiyat va nomuslarini va hatto muqaddasoti diniyalarini ham fido etganlarini; va iqtisodning mafoydalii azimasini va isrofning dahshatli zararlarini va saxovatning goʻzalligi ichida bir oʻtinchi keksaning istig'nosini zikr etib, iqtisodning qiymat va izzatini saxovatdan ustun chiqaradi.
BESHINCHI NUKTA: Gʻoyat maroq-avar bir asal voqeasi bilan, iqtisoddagi izzat va barakaning va isrofdagi safolat va mahrumiyatning bir sirrini, juda haqiqatli bir suratda izoh etadi.
OLTINCHI NUKTA: Xissat bilan, xissatdan boshqa boʻlgan iqtisod xislati mamduhasini, Hazrat Umarning oʻgʻli Hazrat Abdullohning (R.A.) bir voqeasi bilan shunday izoh etadiki; iqtisodning xissat boʻlmaganini va isrofdan boshqa boʻlgan saxovatning daraja-i kamolini koʻrsatadi.
YETTINCHI NUKTA: Isrof hirsni, hirs qanoatsizlikni, qanoatsizlik mahrumlik va xasoratni va ham ixlosni qochirmoq bilan a'moli uxroviyaga ziyon yetkazmoq kabi uch muhim natijani tavlid etganini; va zakovatlari yuzidan ma'ruf adiblarning tilanchilikka qadar tanazzul etganlarini va bir qism olimlarning hirs yuzidan diqi maishatga giriftor boʻlganliklarini tamsillar bilan shu qadar goʻzal izoh qiladiki, undan ortiq bayon va izoh tasavvur qilib boʻlmaydi.
ila oxir.. oyati karimasi bilan,
hadisi sharifiga muvofiq, Islomiyatda ixlos eng muhim bir asos ekanining sirrini, hadsiz nuktalaridan "Besh Nuqta" bilan tafsir va izoh qiladi.
BIRINCHI NUQTA: "Ahli dunyo va ahli gʻaflat va ahli zalolat va ahli nifoq raqobatsiz bir suratda ittifoq etganlari holda, nima uchun ahli haq va ahli hidoyat raqobatli ixtilof etmoqdalar?" degan voqe' juda muhim va juda mudhish va ahli haq va ahli hamiyatni haqiqatdan qon yigʻlattirgan bu savolga, koʻp sabablardan yetti sabab bilan javob berilgandir. Shundaydir:
Ahli haq va ahli hidoyatning ixtilofoti; haqiqatsiz, zalil boʻlganliklaridan va himmatsiz, past va oqibatni oʻylamasdan qasir-un nazar boʻlganliklaridan va hasadchi va dunyoga haris boʻlganliklaridan boʻlmagani kabi.. ahli gʻaflat va ahli zalolatning ham kuchli ittifoqlari, haqiqatli va oqibatni oʻylaganliklaridan va yuksak nazarli boʻlganliklaridan boʻlmaganini shu qadar oliy bir uslub bilan va haqiqatli bir ifoda bilan bayon va izoh etadiki; "Fasubhanalloh, sabablari bilinmaganidan, har on uchun uch yuz ellik million fidokor taba'asi boʻlgan bu oliy Islomiyat, qanday qilib hammasi uch yuz ellik millionni oshmagan va oʻlimdan dahshatli qoʻrqqan uch-toʻrt farang hukumatning qoʻlida asir boʻlganlar? Ham shunday bir asorat bilan mahkum etilganlarki, -Alloh! Alloh!- har fursatda shunday dahshatli shano'atlar qilinganki; Inkvizitsiya mazolimiga rahmat oʻqittiradigan qiynoqlar, bechora ahli Islomga tatbiq etilgan; koʻz yoshlariga badal tomiridan doimo qonlar oqittirilgan; bir tayoq jazoga muqobil, ahli hamiyatning boʻyinlari gʻaddor zolimlarning qoʻllari bilan uzilgan, otilgan; u bechora musulmon hamiyatparvarlarining bir qismi dorlarga osilgan, hayotlariga xotima berilgan, dunyoning ufuqlarida marhamatsizcha tashhir etilgan.. ham hayoti dunyoviylari parcha-parcha etilgan, ham hayoti uxroviyalari ziyon ko'rgan; bir qismining esa har ikki hayotlari va saodatlari birdan imho etilgan... Nima uchun?" deb voqe' boʻladigan savolning javoblari, olmos xazinasi qiymatidagi bu risolaning Birinchi Nuqtasi bergan izohotning natijasida tushunilmoqdadir.
Xullas bu bechora musulmonlar haq va haqiqat maslagida ketarkanlar, xatoga va yanglishga tushishlari yuzidan ixloslari ziyon ko'rgan, oralariga raqobat kirgan, mobaynlaridagi ittifoq va ittihod oʻrniga tafriqa va ixtilof kirgan.. binnatija, bu hollar tadoviy etilmagan, bu marazlar tavassu' etgan; bu hollarni koʻrgan ahli zalolat, ahli Islomning bu ixtilofot va tafriqasini gʻanimat bilgan, dasisalar bilan olami Islomga hujum etganlar, bechora ahli Islomni juda mudhish bir asorat ostiga olganlar, mahv etmoq uchun uringanlar. Xullas, asrlardan beri uch yuz ellik million ahli Islomni, zanjirlar ostida, har kun, har soat, har on ing-ing ingratgan holatlarning sabablari, bu risolaning Birinchi Nuqtasi bilan juda haqiqatli bir suratda izoh etilgan. Faqat hayhot! Zamon va zamin uygʻun emas ekanki, besh nuqtadan yolgʻiz bir nuqtasi yozilgan; boshqalari ta'xir etilib, yozilmagan.
oyatlarini tafsir qiladi. Har amali xayrda, xususan uxroviy xizmatlarda ixlosning eng muhim bir asos ekanini bildirgan juda qiymatdor bir risoladir. Bu risola, avvalo bu mudhish zamondagi Qur'on xodimlari bilan soʻzlashib deydiki: "Dahshatli dushmanlar qarshisida, shiddatli tazyiqot ostida, mudhish zalolatlar va savlatli bid'atlar ichida, sizlar gʻoyat oz va gʻoyat zaif va faqir va quvvatsiz boʻlganingiz holda, gʻoyat ogʻir va gʻoyat buyuk va umumiy va qudsiy bir vazifa-i iymoniya va xizmati Qur'oniya, yolgʻiz bir ehsoni Ilohiy boʻlib, Janobi Haq tarafidan yelkalaringizga qoʻyilgan. Unday boʻlsa, harkasdan ziyoda ixlosni qozonishga va uning sirlarini oʻzingizda joylashtirishga majbur va mukallaf boʻlganingizni bilishingiz kerak. Va ixlosni zoye etgan sabablardan shiddat bilan qochishingiz kerak" deydi va ixlosni qozonmoq uchun toʻrt dasturni bayon etadi.
Birinchi dastur: "Toʻgʻridan toʻgʻriga rizo-i Ilohiyni maqsad qilishingiz kerak" deydi.
Ikkinchi dastur: Raqobatsiz, tahakkumsiz, hasadsiz, atolatsiz, haqiqiy bir tasonud bilan, faoliyatlarini umumiy maqsadga tavjih etib ishlagan bir fabrikaning charxlari kabi boʻlishingiz kerak, deydi. Va saodati abadiyani natija bergan va ummati Muhammadiyani (S.A.V.) dunyo va oxiratda sohili salomatga chiqargan bir safina-i Rabboniyada xizmat ettirilganingiz uchun ixlosga, ittifoqqa, tasonudga samimiyat bilan yopishishingiz kerak deb amr etadi.
Uchinchi dastur: Ham bir qancha misol bilan ixlosning bir sirri muhimini izoh etadi; ham Imom Ali (R.A.) va Shohi Jiyloniy (R.A.) kabi qudsiy, horiqo qahramonlarning, Nur talabalarining boshlarida ustoz va orqalarida yordamchi boʻlib, har vaqt hozir boʻlganliklarining vajhini bayon etadi.
Toʻrtinchi dastur: Qardoshlar orasida "tafoniy" sirini, ya'ni "qardosh qardoshda foniy boʻlmoq" asosini joylashtiradi.
Va ixlosni quvvatlantirgan bir vositaning "robita-i mavt" ekanini va ziyon yetkazgan sabablarning "riyo va tuli amal" kabi mardud xislatlar ekanini bildiradi.
Ixlosni qozonishning ikkinchi sababi; doimo huzuri Ilohiyda ekanini oʻylamoqdir. Bu surat bilan ham riyodan qutulish chorasini, ham qozonilgan ixlosda koʻp marotib ekanini bayon etadi.
Undan soʻng, ixlosni sindirgan sabablardan uch monedan birinchisining "moddiy manfaatlar" ekanini; va a'moli uxroviyadagi tashriki maso'iyda muazzam manfaat ekanini; ham bu uxroviy qozonch, dunyoviy sheriklarning qozonchlari kabi boʻlmasdan, tajazzi va inqisom etmasdan, nuqsonsiz boʻlib, fazli Ilohiy bilan, tarokum etgan savob va yakunlarining bir misli, ishtirok etgan fardlarning har birining daftari a'moliga aynan kirishini bayon qilib, raqobat va ixlossizlik bilan bu tijoratning qochirilmasligini tavsiya etadi. Monening ikkinchisi, ixlosni sindirgan va eng muhim bir marazi ruhiy boʻlib shirki xofiyga yoʻl ochgan "tavajjuhi omma"dan shiddatli qochishni va bu kabi marazlarga ahamiyat berilmasligini ahamiyat bilan amr etadi. Uchinchi mone ham qoʻrquv va tama' yuzidan keladigan zararlar bilan ixlosning sinishini bahs etib, bu xususda Hujumoti Sittada izohoti kofiya berilganidan, u qiymatdor risolaga havola etilmoq bilan xotima berilgan, shirin va latif va juda oliy va mislsiz va harkas muhtoj boʻlgan bir risola-i muborakadir.
Bid'atlarning istilosi zamonida, Sunnati Saniyaga ittiboning ahamiyatini va Risola-i Nurni yozishning "besh navi ibodat ekanini" bildirgan qiymatdor bir maktubdir.
kabi oyatlar bilan, uch ishorat bilan, Risola-i Nur muallifiga va Risola-i Nurga oid koʻplar tarafidan deyiladiki: "Sen ahli dunyoning dunyosiga qoʻshilmaganing holda, nima uchun har bir fursatda sening oxiratingga qoʻshiladilar? Hatto hech bir hukumat tarik-ud dunyo va munzaviylarga qoʻshilmaydi?" maolida bir savolga qarshi gʻoyat chiroyli javob beradi.
BIRINCHI ISHORAT: Risola-i Nur muallifi va Risola-i Nur, butun ahli iymonning, xususan Isparta viloyatining ma'naviy taraqqiyotlariga va iymonlarining inbisotiga muhim bir mador boʻlganidan; bu savolning javobini, din va shariat nomidan, haqlarini mudofaaga majbur boʻlganliklaridan, dinsizlarga qarshi mudofaa vazifasi, insonlarning, xususan Isparta Viloyatining insonlarining haqlari ekanini qat'iy koʻrsatadi.
IKKINCHI ISHORAT: Tanqid va istifsorkorona, mimsiz madaniyat tarafidan deyilgan: "Sen nima uchun bizdan ranjiding va bizga murojaat etmaysan? Holbuki bizning prinsipimiz bor. Bu asrning muqtazosi boʻlib xususiy dasturlarimiz bor. Bularning tatbiqini sen oʻzingga va ahli iymonga qabul etmayapsan. Holbuki bu Jumhuriyatlar davrida tahakkum va tag'allubno olib tashlash dasturi bor. Holbuki sen, domlalik va inzivo pardasi ostida nazari diqqatni jalb etishing va hukumatning rejimi xilofiga harakat qilganingni, mojaro-i hayoting koʻrsatmoqda. Bu sening holing burjuaziya sinfiga maxsusdir. Bizning, avom tabaqasining intibohi bilan sotsializm va bolshevizm dasturlarini tatbiq etmoq, ishimizga yarayapti. Prinsiplarimizga muxolif va burjuaziya sinfi deyilgan xoslar tabaqasining istibdod va tahakkumlari ostida adolati mahzani qabul etmoq ogʻir kelmoqda." kabi savollariga qarshi:
Ne mumkin zulm ila, biydod ila imho-i haqiqat;
Tirish qalbni yo'qot, muqtadirsan odamiyatdan.
dasturi bilan Janobi Haqning fazlu karami bilan ulumi iymoniya va Qur'oniyani fahm etmoq fazilatini ehson etganini; va bu ehsonni yoʻqotishga intilgan, inson suratida shaytonlar ekanini; bir qancha muhim misol bilan, ahli ilhod va qisman munofiqlar bu qonundan tashqari muomalani hech bir hukumat va hech bir fardning tasvibiga mazhar boʻlmagan bu muomalaga Jumhuriyat Hukumati muso'ada etmaganini; yolgʻiz Risola-i Nur muallifi emas, agar tushunsa navi bashar jahllanishini va anosir hiddatlanganini koʻrsatmoq bilan, gʻoyat goʻzal bir javob beradi.
UCHINCHI ISHORAT: Ikki savolning javobidir.
Birinchisi: Ahli Falsafa, zindiqo hisobiga deydilarki: "Bizning mamlakatimizda boʻlgan bir odam, majburiy Jumhuriyatning qonunlariga inqiyod etadi. Holbuki sen, vazifasiz boʻlganing holda, xalqlarning tavajjuhini qozonmoq istaysan." deyishlariga qarshi bir muskit javob beradiki, ularning foyalarini oʻrtaga chiqarib nima boʻlganliklarini koʻrsatadi.
Ikkinchi Savol: "Tavajjuhi nosni va mavqe-i ommani qozonmoq, bizning vazifadorlarimizga maxsus boʻlib, sen vazifasiz bir odam boʻlganingdan, tavajjuhi nosni va mavqe-i ommani sizga xush koʻrmaymiz?" deyishlariga qarshi: Agar inson bir jasaddan iborat boʻlsaydi, loyamutona dunyoda qolsa va qabr eshigi yopilsa va oʻlim oʻldirilsa; oʻsha vaqt vazifalar yolgʻiz moddiy askarlik va idora ma'murlariga maxsus qolardi. Holbuki bunday ma'naviy va gʻoyat muhim va butun basharni aloqador qilgan bir vazifaning inkori; "Almavtu Haq" da'vosini, har kun janozalarining muhri bilan imzo qo'yib tasdiq qilgan oʻttiz ming shohidning shahodatini takzib va inkor etmoq bilan boʻladi. Modomiki inkor va takzib etmoq maholdir; unday boʻlsa, ma'naviy hojoti zaruriyaga istinod etgan ma'naviy koʻp vazifalar bor ekanini, goʻzal va muhim bir ikki tamsil bilan izoh va isbot qiladi.
Shu risolaning xotimasida, "Anoniyatli ahli dunyoning har ishida shu qadar hassosiyat borki; agar shuurlari boʻlsaydi, daho darajasida bir muomala boʻlardi." deb ahli iymonga ularning u hassosiyat va dasisalariga aldanmasliklarini tavsiya bilan, ularning bu holi bir istidroj ekanini xabar beradi.
Oʻttiz Birinchi Maktubning Yigirma Uchinchi Yog'dusi boʻlgan "Tabiat Risolasi"dir. Tabiatdan kelgan fikri kufriyni tirilmaydigan bir suratda oʻldirgan va kufrning poydevorini chil-parchin qilgan va juda xunuk va mustakrah va gʻayri ma'qul muzill afkorni, insofli qofilalardan tard etib chiqargan va saodati abadiyaning u haqiqatli yoʻllarini juda ahamiyatli, juda shirin va gʻoyat zavqli bir suratda ochib, dalillari bilan, burhonlari bilan isbot qilgan va muallifiga abadiy rahmat oʻqilishiga vasila boʻlgan, oliy, gʻoyat qiymatdor bir risoladir. Bu risola
oyati karimasining bir tafsiri vazihi boʻlib, "Janobi Haq haqida shak boʻlolmaydi va boʻlmasligi kerak" deyish bilan, vujud va vahdoniyati Ilohiyani badohat darajasida koʻrsatadi. Shu sirni izohdan avval, bir Eslatma bilan, bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz sanasida qoʻshini Islomning Yunonga gʻalabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichiga gʻoyat mudhish bir zindiqo fikri kirayotgan ekan, u zindiqo mafkurasining boshini olib tashlash gʻoyasi bilan Anqarada Arabcha boʻlib chop etilgan bu risolaning, soʻngra aynan Turkchaga tarjima etilganini xotirlatadi.
MUQADDIMA: Insonlarning ogʻzidan chiqqan va dinsizlikni ishmom etgan va ahli iymonning bilmasdan iste'mol etgan kalimalarining eng muhimlaridan uch donasini bayon etadi.
Birinchi Kalima: "Avjadathul asbob" ya'ni olamning sabablari ijod etadi.
Ikkinchi Kalima: "Tashakkala binafsihi" ya'ni oʻzidan-oʻzi boʻlmoqda.
Uchinchi Kalima: "Iqtizothut tabiat" ya'ni tabiat iqtizo etib qilishda.
Bu uch dahshatli kalimalarning, loaqal toʻqson maholotni tazammun etgan uchtadan maholdan toʻqqiz mahol bilan, ochganlari uch yoʻlni tamoman yopib, toʻrtinchi yoʻl boʻlgan "Tariqi Vahdoniyat" bilan, biljumla mavjudot bir Qodiri Zuljalolning qudrati bilan vujud topganini, haqiqiy va latofatli tamsillari bilan isbot qiladi.
BIRINCHI KALIMA: "Avjadathul asbob" Tashkili ashyo, olamdagi sabablarining ijtimoi bilan vujud topishining juda koʻp maholotidan uch donasini zikr etadi.
Birinchisi: "Har qaysi bir zihayotning ijodi Vohidi Ahadga berilmasdan, sabablardan talab qilinsa; bir dorixona-i kubroda mavjud shishali idishlarning ichidagi moddalarning gʻarib bir tasodif asari yoki esgan shamollarning shishali idishlarni urib yiqitib ichidagi moddalarning oqishi va bir yerga toʻplanishi" tamsili bilan koʻrsatilgan vujudi ashyoni sabablarga bermoq e'tiqodining hadsiz maholiyatini bayon etadi.
Ikkinchi Mahol: Mavjudotdan bir chivinning inshosi Vojib-ul Vujudga berilmasdan, olamning sabablari qilishda deyilsa; koinotning aksarisi bilan aloqador boʻlgan bu chivinning har bir zarrasini; koʻِعْa, qulogʻiga, qalbiga va jasadiga joylashtirmoq uchun, arkoni olamni va anosir va tabayi'ni, usta kabi, u chivinning ham zohirida, ham botinida ishlattirmoq lozim keladi. Bu mahol, Sofistaiylarni ham ablahona maslaklari ichida uyaltiradi.
Uchinchi Mahol: "Bir vohidning vahdati boʻlsa, har holda bir qoʻldan sudur etgani" qoidasi bilan, shu mukammal intizom va shu hassos mezon va shu jome' hayotga mazhar boʻlgan bir mavjud, agar Vohidi Ahadning bir masnu'i deb qabul qilinmasa; jomid, johil, koʻr, kar, shuursiz, aralash-quralash hadsiz sabablarning chalkashtiruvchi qoʻllari orasida insho etilgani va nihoyatsiz imkonot yoʻllari ichida gʻoyat mukammal va nihoyat hassos va jome' bir hayotga molik boʻlib vujudi qabul qilinsa, yuzlab maholni birdan qabul etmoq imkonsizligini va eshaklarni ham eshakliklari ichida kuldiradigan darajada aqldan uzoqligini koʻrsatadi.
IKKINCHI KALIMA: "Tashakkala binafsihi" ya'ni oʻzidan-oʻzi tashakkul etmoqda. Shu maholning botil ekanini koʻrsatgan koʻp maholotlardan uch maholni, namuna sifatida zikr etadi.
Birinchisi: Har mavjud, oddiy bir modda boʻlmagani kabi jomid va tag'ayyursiz ham boʻlmaganidan; va hamda zarralardan tashakkul ettirilgan gʻoyat ajib bir uskuna va gʻoyat horiqo bir saroy boʻlmoq bilan birga, zohiriy va botiniy tuygʻular bilan mujahhaz boʻlganidan, koinot bilan aloqasi bordir. Xullas, har bir mavjud Xoliqi Kulli Shayga isnod etilmasdan, "oʻzidan-oʻzi tashakkul etmoqda" deyilsa; u vaqt har bir mavjudning har bir zarrasiga bir Aflotunga badal minglab Aflotun qadar ilm va shuur bermoq kabi xurofotchilik va devonalikning eng kattalarining oʻrtasiga tushganini bayon etib, isbot etadi.
Ikkinchisi: Har bir mavjud, ayniqsa fardi inson; bir-biri ichida joylashtirilgan minglab qubbali bir saroy va har bir qubbasi minglab zarrotning bir-biri bilan birikishi bilan tashakkul etgan ajib naqshli gʻarib bir san'ati horiqo boʻlgani holda, "Bu masnu'ot bir Sone'-i Vohidning asari san'ati emasdir, oʻzidan-oʻzi tashakkul etmoqda" deyilsa, hadsiz va hudud ostiga olinmagan zarroti vujudiya adadicha mahollar oʻrtaga chiqadiki; bu mafkura sohiblarini johillikning eng muntahosida oʻtqazib, ajhaliyat bilan tajhil etadi.
Uchinchi Mahol: Sone'-i Zuljalolning ijodi boʻlgan har bir masnu', qalami qadari azaliyning bir maktubi boʻlmasa, "olamning sabablari ijod etmoqda" deyilsa; u vaqt u sabablar, avvalo u masnu'ning badanidagi hujayralaridan tut, minglab murakkabot adadicha tabiat qoliplari, temir qalamlari va harflari va hatto bu temir harflarni va qalamlarni va qoliplarni toʻkmoq uchun bir qancha fabrikalar va bu fabrikalarning inshosi uchun, shuning kabi fabrikalarning vujudi lozim keladi. Va hokazo bu tasalsul borgancha boradi. Bu nomutanohiy maholotni intoj etgan bu fikrni qabul etganlar, bu haqiqatdan yegan tarsakilaridan uygʻonib, bu fikrlaridan voz kechishlari kerak deydi.
UCHINCHI KALIMA: "Iqtizothut tabiat" ya'ni tabiat iqtizo etadi. Bu izlol etuvchi muzill fikrning juda koʻp maholotidan uch maholining
Birinchisi shuki: Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudrati boʻlgan olimona, basirona, hakimona san'ati ijod, u Zoti Zuljalolga
berilmasa ham koʻr, ham kar, ham aqlsiz, ham tushunchasiz bir tabiatga berilsa; u tabiat bu masnu'otni qilish uchun, yo hamma narsada hadsiz ma'naviy uskuna va matbaalarni saqlaydi yoxud hamma narsada koinotni xalq etib idora qiladigan bir qudrat va hikmatni darj etadi. Bu esa, har bir mavjudda hadsiz bir qudrat va iroda va nihoyatsiz bir ilm va hikmat tashiydigan bir tabiatni yoki bir quvvatni va go'yo bir ilohni, ichida qabul etmoq lozim keladiki; bu esa, koinotdagi maholotning eng botili va xurofotning eng yolgʻon bir shakli ekanini va Xoliqi Koinotning sifoti qudsiyasining tajalliyotiga "tabiat" nomini berganlar, hayvonlardan yuz daraja past ekanini koʻrsatadi.
Ikkinchisi: Gʻoyat intizomli va mezonli va hikmatli boʻlgan shu mavjudot, nihoyatsiz Qodir va Hakim bir zotning ijodidir deyilmasa, tabiatga berilsa, u vaqt tabiat, nabototning mansha'i va maskani boʻlgan va nabototga gultuvaklik vazifasini bajargan bir parcha tuproqda, milliardlar adadicha boshqa-boshqa uskunalarni va matbaalarni joylashtirishi kerakki; u tuproq har turli nabototning mansha'i va maskani boʻla olsin va hayotlariga lozim har turli ehtiyojlarini muayyan miqdorlari dohilida bera olsin. Xullas, bu xurofotni va hadsiz maholotni natija bergan bu mafkurani tashiganlarning eshakliklariga qarab, yuzlariga tukurib, deydi: Bu suubatli va mushkulotli ajib maholotning, qanday suhulatli vujudga inqilob etgani haqidagi savolga haqiqatli va gʻoyat ma'qul bir javob berilgandir.
Uchinchisi: Ikki misoli bor.
Birinchisi: Xoli bir sahroda qurilgan gʻoyat mukammal va muzayyan bir saroyga kirgan vahshiy bir odamning misoli bilan izoh etilgan bir haqiqatdir. Shundayki: U saroydan yanada muntazam, yanada mukammal va har tarafi moʻ'jizoti hikmat bilan toʻldirilgan boʻlgan shu olam saroyining ichiga, uluhiyatni inkor etgan vahshiy tabiiyyunlar kiradilar. Koʻrgan mavjudotlarining, doira-i mumkinot xorijida boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati ekanini oʻylamasdan; doira-i mumkinot ichida boʻlgan va qudrati Ilohiyaning tabaddul va tag'ayyur etgan ijroot qonunlarining bir dafrati hukmidagi majmua-i qavonini odatullohga va bir mundarija-i san'ati Rabboniya boʻlgan Ilohiy qonunlarga xatolik bilan
"tabiat" nomini berib, ashyoning ijodini unga tahmil etib, shundayin ahmoqona bir botil yoʻlga kiradilarki, ahmoqlikning muntahosida eng katta ahmoqlik nishonini koʻkraklariga oʻz qoʻllari bilan taqadilar.
Uchinchi Maholning ikkinchi misoli: Gʻoyat muhtasham bir qarorgohga va gʻoyat muazzam bir masjidga kirgan vahshiy bir odamning misoli bilan tamsil etilgan ikkinchi bir haqiqatdir. Sultoni Azal va Abadning hadsiz junudining muhtasham bir qarorgohi va muazzam bir masjidi boʻlgan shu koinotga, tabiat fikrli munkirlar kiradilar. Qaraydilarki; butun mavjudot ish boshida vazifadadirlar. Sone'-i Zuljalolning Zoti Aqdasidan i'roz etganlaridan, Xoliqi Zuljalolning bir jilva-i Rabboniyasi boʻlgan quvvatini mustaqil bir qodir deb oʻylab, ma'naviy qonunlarini bittadan moddiy modda tasavvur etmoq bilan birga, u qonunlarning qoʻllariga ijod berib "tabiat" nomini taqqanlaridan, butun koʻrganlari shu horiquloda mavjudotni tabiatga isnod etib, vahshiylarning eng vahshiysi boʻlganliklarini e'lon etadilar.
Xullas, taqsimi aqliy bilan; mavjudning vujud topishi uchun toʻrt yoʻldan boshqa yoʻl boʻlmaganidan, bu yoʻllar hadsiz va hisobsiz mahollarni ijob etgan toʻqqiz mahol bilan yopilib, bilbedaho va bizzarura, toʻrtinchi yoʻl boʻlgan vahdat yoʻli qat'iy bir suratda sobit boʻladi. Va har bir mavjudning vujudi, toʻgʻridan-toʻgʻriga Zoti Vojib-ul Vujudning dasti qudratidan chiqqanini va samovot va arz, qabza-i qudratida ekanini koʻrsatadi. Sababparast va tabiatga shoʻngʻiganlarning ketganlari va koʻrolmaganlari yoʻllarning mohiyatini koʻrsatgandan soʻng ularni insofga da'vat etgan va maslaklarini tark ettirgan gʻoyat izohli va juda shirin va gʻoyat latif bir bayondan soʻng, soʻralgan ikki shubhali savolning birinchisiga, "raddi mudohala va man'i ishtirok qonunlari"ning muqtazosi bilan; ikkinchisiga ham Xoliqi Zuljalol butun-butun hikmatiga zid boʻlgan natija-i xilqatni va samara-i koinotni abasiyatga oʻgirgan va hikmati rububiyatini inkor ettiradigan bir tarz boʻlgan maxluqotning ibodatlarini va ayniqsa insonning shukr va ubudiyatini boshqalarga berishga rizo koʻrsatmagani kabi, muso'ada ham etmaganini izoh etgan gʻoyat goʻzal javoblar bilan muqobala etilgandir.
Xotimasida, tabiat fikri kufriysini tark etgan va iymonga kelgan zotning maroq-avar uch savolidan:
Birinchisi: "Tanballiklari sababli namozni tark etganlarning Jahannam kabi bir azob bilan tahdid etilishlarining sababi nima?"
Ikkinchisi: "Koʻz bilan koʻringan bu nihoyat darajada mabzuliyat va ijodi ashyodagi intizomli surat, ham vahdat yoʻlidagi nihoyat darajada osonlik va suhulat, ham nassi Qur'on bilan
kabi oyatlarning nihoyat darajada koʻrsatganlari osonlikning sirri va hikmati nima?"
Uchinchisi: "Koinot fabrikasining ishlattirilishi bir tarkib va tahlil natijasi ekanini va hechdan bir narsa i'dom etilmagani kabi hechdan bir narsa ham ijod etilmas degan faylasuflarning bu soʻzlari qandaydir?" deyishiga qarshi, juda daqiq va juda chuqur va gʻoyat yuksak va juda keng va nihoyat darajada muqni' va muskit o'laroq sard etgan daloili aqliya bilan, sabablarga topingan va tabiat botqoqligida boʻgʻilganlarni qutqargan va hozir ham oʻsha maslaklarida boʻlganlarni uyaltirgan gʻoyat haqiqatli va musiyb javoblar bor.
"Toʻrt Hikmat"ni ichiga olgan.
ilx... kabi oyatlar bilan Qur'oni Hakim tasatturni amr etadi. Safih va mimsiz madaniyatning esa, Qur'onning bu hukmiga qarshi muxolif ketganini va tasatturni fitriy koʻrmaganidan, "bir asoratdir" deb dinsizchasiga bir savoliga qarshi Qur'oni Hakimning bu hukmi aynan oʻrnida boʻlib, balki asorat boʻlmasdan tasatturning fitriy ekanini koʻp tajriba va misollar bilan izoh va isbot etib, ularni isqot va tasatturga qat'iy amr etadi.
BIRINCHISI: Ayollarning fitrati tasatturni iqtizo etadi. Chunki xilqatan zaifa va nozik boʻlganidan, oʻz hayotidan ziyoda bolalarini himoyaga fitratan bir mayli boʻlganidan, uni himoya qilganga qarshi oʻzini goʻzal koʻrsatmoq va nafrat ettirmaslikka va ittihomga ma'ruz qolmaslik uchun fitriy bir mayli ekanini.. ham ayollarning oʻntadan oltitasi yo keksa, yo xunuk boʻlmoq jihati bilan, xunukligini harkasga koʻrsatmoq istamaganini.. ham goʻzallardan oʻzini koʻrsatmoqdan siqilmaganlar, faqat oʻntadan bir-ikki boʻlib, boshqalari esa iflos va shahvoniy va saqil insonlarning nazarlaridan istisqol etganidan, oʻzini koʻrsatmoq istamaganini.. va Qur'oni Hakimning tasatturga amri fitriy boʻlmoq bilan birga, u nozik va zaifani, bir rafiqa-i abadiya boʻla olishi uchun, tasattur bilan zohiriy va botiniy zillatdan va ma'naviy bir asoratdan qutqaradi deb gʻoyat goʻzal bir javob bilan gʻaddor madaniyatni isqot etadi.
IKKINCHI HIKMAT: Erkak va ayol orasida shiddatli bir muhabbat, yolgʻiz bu hayoti dunyoviyaning ehtiyojlaridan kelib chiqmaganini, balki abadiy bir hayotda jiddiy bir doʻst boʻlmoq uchun, u muhabbatni oxir umrga qadar davom etgani va etishi lozim kelgani jihat bilan u ayolning, abadiy o'rtog'i boʻlgan erining abadiy o'rtoqligidan mahrum qolmaslik uchun tasatturni qat'iyan va fitratan iqtizo etganini; va safih, gʻaddor madaniyatning "g'ayri fitriy va asoratdir" deyishlarini isqot etmoq bilan birga, tasatturga qat'iy amr etadi.
UCHINCHI HIKMAT: Oila saodati, xotin va er mobaynida bir amniyati mutaqobila va samimiy bir muhabbat bilan davom etganini; va tasattursizlik u amniyat va muhabbatni buzganini va sindirganini; va ochiq-sochiq ayolning oʻntadan bir donasi, eridan yanada yaxshisini koʻrmaganidan, oʻzini boshqalarga koʻrsatmoq istamaganidan; va yigirmata odamdan faqat bir donasi xotinidan yanada goʻzalini koʻrmaganidan, ochiq-sochiqlik va hayvoniy nazarlar u amniyatni va muhabbatni sindirganini; hatto u hayvoniy, sufliy va iflos koʻrinmoq, qarindoshlik kabi boʻlganda ham u amniyatni sindirganini; va u yalangʻoch oyoq bilan koʻrinish qarindosh kabi boʻlganda ham u amniyatni sindirganini; va u yalang'och oyoq bilan koʻrinishi, qarindoshning mahramiyati ham gʻayri mahram ekanini gʻoyat qat'iy bir suratda isbot etadi.
TOʻRTINCHI HIKMAT: Kasrati nasl har jihat bilan matlub boʻlib, har millat va har hukumat bunga tarafdor boʻlgani, hatto Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam
ya'ni "Uylaninglar. Men, sizning koʻpliginziz bilan iftixor etaman." deganlarini; tasattursizlik uylanishni koʻpaytirmasdan, juda kamaytirganini, chunki bebosh zamonaviy bir o'spirin ham rafiqasining gʻoyat nomusli boʻlishini istaganini; va ayol esa, erkakning bola-chaqa va moliga va hamma narsasiga dohiliy muhofiz boʻlganidan, ayolda sadoqat va amniyat lozim ekanini; tasattursizlik va ochiq-sochiqlik va hayosizlik esa, u sadoqatni va amniyatni sindirganidan, erkakka vijdon azobi chektirganini va ayollarda shijoat va saxovat u sadoqat va amniyatni ixlol etganini; va mamlakatimizning Ovrupaga qiyos etib boʻlmasligini, agar qiyos etilsa, naslning zaifligiga va quvvatning tushishiga sabab boʻlishini; va shaharliklar qishloqliklarga qiyoslanmasligini, chunki qishloqliklar maishat mashgʻuliyati bilan ovora boʻlganidan, san'at bilan ishtig'ol etgan shaharliklar ularga qiyos etilmasligini va yana koʻp hikmatlarini gʻoyat qat'iy isbot etadi.
Risola-i Nurning muhim bir asosi shafqat boʻlishi va ayollar toifasining shafqat qahramonlari boʻlishlari jihati bilan fitratan Risola-i Nur bilan aloqalari boʻlgani, faqat ba'zi yomon jarayonlar bilan u qiymatli sajiyaning suiste'mol etilganini.. va ayollarning saodati uxroviyasi kabi, saodati dunyoviyalarining ham chora-i yagonasi, doira-i Islomiyadagi tarbiya-i diniya ekanini izoh etgan qiymatli bir maktubdir.
"Yigirma Besh Davo"ni ichiga olgan. Bu risola,
kabi oyatlar, ahli iymonning musibatlari musibat boʻlmaganini, balki bir Eslatmai Subhoniy va iltifoti Rahmoniy ekanini koʻrsatadigan gʻoyat muqni' bir tafsir va u ahli iymonning oʻn qismidan bir qismini tashkil etgan musibatzadalarga qarshi ma'naviy bir tiryoq va gʻoyat foydali bir dorixona kabi ekanini, hatto har bir davo boshqa-boshqa minglab tur dorilar kabi xosiyatlarini koʻrsatgan bir dorixona hukmida va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning dorixona-i kubrosi boʻlgan
kabi shifo haqidagi yuzlab oyotning sirri ta'siriga shifoli, davoli bir muborak ma'kas va ma-i zamzama-i Qur'on hukmida ekanini koʻrsatadi.
BIRINCHI DAVO: Insonning xastaligi zohiran bir navi dard kabi boʻlsa ham, dard emas, balki bir navi darmon ekanini va umr sarmoyasi sihat va ofiyat va istig'nodan kelgan bir gʻaflat bilan zoye boʻlganidan, xastalik u yoʻqotishni mevador bir umrga aylantirganini xabar beradigan gʻoyat goʻzal bir davodir.
IKKINCHI DAVO: Ibodat ikki qism boʻlib, bir qismi musbat ibodatdirki, namoz va niyoz kabi ma'lum ibodatlar boʻlib, boshqasi manfiy ibodatdirki, xastaliklar insonga ojizligini, zaifligini his ettirganidan, xolis, riyosiz ma'naviy bir ibodat ekanini.. va bu xastaliklarning, Allohdan shikoyat qilmaslik sharti bilan, moʻ'min uchun bir daqiqasi bir soat hukmiga oʻtganini va ba'zi komillarning xastaliklarining bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga oʻtganini rivoyati sahiha va kashfiyoti sodiqa bilan sobit ekanini bildiradigan gʻoyat muhim bir davodir.
UCHINCHI DAVO: Inson bu dunyoga kayf surmoq va lazzat uchun kelmaganiga, mutamodiyan kelganlarning ketishi va yoshlarning keksayishi va mutamodiyan zavol va firoqda dumalashi shohid ekanini.. ham inson zihayotning eng mukammali va jihozot jihatidan eng boyi boʻlganidan, oʻtgan lazzatlarni va kelajakdagi balolarni oʻylaganidan, qaygʻuli va siqintili bir hayot oʻtkazganini; xastalik esa, sogʻliq va ofiyat kabi gʻaflat bermaganidan, dunyoni xush koʻrsatmasdan u taxatturlarning alamlaridan voz kechirganidan, hech aldatmas bir voiz va bir murshid hukmida ekanini koʻrsatadigan bir muborak davodir.
TOʻRTINCHI DAVO: Inson xastalikdan shikoyat emas, xastalikka sabr etishi lozim ekanini koʻrsatadi. Chunki u jihozotini oʻzi qilmasdan va boshqa bir yerdan ham sotib olmaganidan; va mulk sohibi, bogʻini chopmoq, qazimoq va butamoq kabi mashaqqatlar bilan, u soyada goʻzal bir mahsul olganidan; u mashaqqat u bogʻ haqida mashaqqat emas, balki mahsulining yetishishiga mador boʻlganidan, shikoyatga hech haqqi boʻlmaganini koʻrsatgani kabi; insonning ham, xastalik bilan qilingan tasarrufdan shikoyat emas, tahammulga majbur ekanini, shiddatli boʻlgan payti "Yo Sabur" deb, sabr bilan muqovamat etilishini xabar beradi.
BESHINCHI DAVO: Bu zamonda, xususan yoshlar haqida; xastalik u yoshlarni yoshlik sarxushligidan man etgani uchun, ular haqida u xastalik ma'naviy bir sihat va ofiyat ekanini xabar beradigan gʻoyat shirin bir davodir.
OLTINCHI DAVO: Musibatning ketishi bilan ma'naviy bir lazzat kelishini koʻrsatadi. Chunki "Alamning zavoli lazzatdir" deb u alamli musibatlar zavol bilan ruhda bir lazzat me'ros qoldirganini gʻoyat goʻzal xabar beradigan muhim bir davodir. Hatto bu davoning ahamiyatidandirki; ta'lifotida ikki karra ayni raqam takarrur etishi va shundayligicha qayd etilishi, ahamiyatini isbot etadi.
YETTINCHI DAVO: Xastalik, insonning sihatidagi ne'mati Ilohiyaning lazzatini qochirmaydi, aksincha tottiradi. Chunki bir narsa davom etsa ta'sirini yoʻqotadi, zerikish beradi. Hatto ahli haqiqat deganlar:
ya'ni "Hamma narsa ziddi bilan bilinadi". "Sovuq boʻlmasa harorat tushunilmaydi" degan ma'qul va shirin bir davodir.
SAKKIZINCHI DAVO: Xastalik, iymonli bir insonning oxiratini orqa qoldirmaydi, balki yanada ziyoda taraqqiy ettiradi. Chunki xastalik, sovun kabi gunohlarni yuvadi, tozalaydi; chiroyli bir kafforat-uz zunub boʻlgani hadisi sharif bilan sobit ekanini; ham iymonli boʻlgan bir insonning moddiy xastaligi ma'naviy xastaliklardan qutqarganini; shaxsi zohiriysining xatosi bilan shaxsi ma'naviysi xasta boʻlganidan zohir xastaligi u xatolardan orqa qoldirib, ma'naviy istigʻforga sabab boʻlganidan, u moddiy xastalik juda katta bir xazina ekanini bildiradi.
TOʻQQIZINCHI DAVO: Janobi Haqni tanigan bir inson uchun, oʻlimga sabab boʻlgan xastalikdan qoʻrqmoq boʻlmaganini; va oʻlim, inson tanigan va bilgan barcha ahli iymon boʻlgan ahboblariga qovushmoq ekanini; ham oʻlim muqaddar boʻlib, ba'zan xastaliklilarning yonidagi sogʻ insonlarning oʻlishi va xastalarning sogʻayishi; ham oʻlim, vazifa-i hayotdan bir paydos va bir rohat ekanini va ahli zalolat uchun gʻoyat qoʻrqinchli bir zulumoti abadiya ekanini bildirgan gʻoyat muloyimona goʻzal bir davodir.
OʻNINCHI DAVO: Insonning xastaligi, maroq etgan sari gʻoyat ogʻirlashishi, xususan avhomli bir xastaning bir dirham zohir xastaligi, maroq vositasi bilan oʻn dirham boʻlishini, ham maroq ham alohida bir xastalik ekanini xabar bergan muhim bir davodir.
OʻN BIRINCHI DAVO: Xastalik insonga shu on bir alam berganidan, avvalcha oʻtkazgan xastaligingdan soʻng hech bir alam qolmasdan, hamon lazzatni bu onga qadar davom etganini xotirlab, u ondagi xastalikning tayyor alamidan qutulmoq bilan, boʻlgan daqiqangdan soʻng zamonning qanday kelishini bilmaganingdan, undan qoʻrqmaslik lozim ekanini; ham yoʻq bir zamonda, yoʻq bir alamga, yoʻq bir xastalikka vujud rangini bermoq ma'nosiz ekanini; va sabr quvvatini oʻngga va chapga tarqatmoq foyda bermaganidan, butun quvvati bilan hozirgi zamonga tayanmoq lozim ekanini xabar bergan eng a'lo bir davodir.
OʻN IKKINCHI DAVO: Ham inson xastalik sababi bilan ibodat va avrodidan mahrum qolganiga taassuf etmasligiga; sabr va tavakkal va namozini qilish sharti bilan, u xastalikda ibodat va avrodining savobini aynan va yanada xolis bir suratda berilishi hadisga binoan sobit boʻlgani;
va inson u soyada ojizligini va zaifligini bilganidan, butun jihozotining lisoni hol va lisoni qoli bilan dargohi Ilohiyaga iltijo etishiga sabab boʻlganidan,
sirrini anglatganidan, shikoyat emas, shukr etmoq lozim ekanini koʻrsatadi.
OʻN UCHINCHI DAVO: Xastalikdan shikoyat etilmasligini; va xastalik ba'zilarga bir dafina ekanini; va ajal aniq boʻlmaganidan, har vaqt xavf va rijo oʻrtasida boʻlmoq lozim ekanini; va oʻlim insonni gʻaflat ichida ushlamoq ehtimoli boʻlganidan, xastalik uning oxiratini oʻylattirmoq jihati bilan gʻoyat goʻzal bir nasihatchi boʻlishini koʻrsatadigan muhim bir davodir.
OʻN TOʻRTINCHI DAVO: Ham ahli iymonning koʻz xastaligi pardasi ostida -ya'ni koʻr boʻlishida- juda muhim bir nur va ma'naviy buyuk bir koʻz boʻlib, bir necha yil dunyoning hazinona foniy bir goʻzalligini foniy bir suratda tomosha qiladigan foniy bir koʻzga badal, qirq koʻz quvvatida abadiy koʻzlar bilan abadiy bir suratda Jannatda Jannat lavhalarini tomosha qilishi yanada avlo boʻlishini bayon qiladi.
{(Hoshiya) Bu davoning ta'siridan: Musofir boʻlib bir qishloqqa borganimda; u yerda koʻzsiz Mahmad Ogʻa ismli bir zot, koʻz xastaligidan shikoyati sababli, yonimda boʻlgan Xastalar Risolasining Oʻn Toʻrtinchi Davosini oʻqiganimda, uning ma'naviy ta'siri bilan u zot aytdiki: "Koshki savob va ma'naviy yutuqni qozontirgan xastaligimdan shikoyat etmasaydim." deya nadomat bilan, shukr qilishga tushdi. Xastalik u haqida bir Ilohiy rahmati boʻlganini qat'iy angladi.}
OʻN BESHINCHI DAVO: Xastalikning suratiga qarab "voh!" chekmoq joiz boʻlmaganini, balki ma'nosiga qaralsa "oh!" deb ma'naviy lazzatlar oqitishini; chunki ma'naviy savob lazzati boʻlmasaydi, Janobi Haq eng sevgan qullariga xastalikni bermasdi deb hadisi sharifda
-av kama qol- hadisi sharifining sirrini; va ba'zi xastaliklar shahid maqomini qozontirishini, xususan ayollarning nifos zamonida qirq kun mobaynida vafot etsalar, shahid boʻlishlarini eng goʻzal bir suratda xabar beradi.
OʻN OLTINCHI DAVO: Xastalik, insonning ijtimoiy hayotida eng muhim hurmat va marhamatni talqin etganini, sihat va ofiyat, nafsi ammoraga, har jihatdan behojatlik koʻrsatgani; xastalik, behojatlik oʻrniga hurmat va marhamatni his ettirgani uchun, o'ziga o'xshaganlarga shafqatni jalb etishga vasila boʻlishini koʻrsatgan gʻoyat goʻzal va eng shirin va lazzatli bir davodir.
OʻN YETTINCHI DAVO: Inson, xastalik vositasi bilan, yaxshilik qilolmagani uchun ta'sirlanish joiz emasligini; eng muhim yaxshilik xastalikda ham borliginini, hatto xastalarga qarash ham eng muhim xayr va sadaqa hukmiga oʻtishini; iymoni boʻlgan bir xastaning holini soʻrash va goʻzal tasalli berish, xususan ota-ona boʻlsa, ularning duolarini olish eng a'lo yaxshilik va sadaqa boʻlishini, muhim tarzda koʻrsatadi.
OʻN SAKKIZINCHI DAVO: Inson shukrni tashlab shikoyat qilishga va bir haqqining zoye boʻlishidan shikoyatga hech haqqi yo'qligini; sening ustingda Janobi Haqning koʻp ne'matlari boʻlgani uchun, ularning shukr haqqini ado etmaganing sababli Janobi Haqqa bir haqsizlik qilishini; sihat-salomatlik nuqtasida oʻzingdan pastdagi bechoralarga qarashing lozim ekanini, ya'ni bir barmogʻing, bir qoʻling, bir koʻzing boʻlmasa; ikki barmogʻi, ikki qoʻli, ikki koʻzi boʻlmaganlarga qarash lozim ekanini; hechlikdan vujudga kelib, tosh, daraxt va hayvon boʻlmasdan inson boʻlib Islom ne'matini va sihat va ofiyat koʻrib yuksak darajaga noil boʻlib, ba'zi nuqsonlar bilan va oʻz yomon istaging bilan va suiste'moling bilan qoʻlingdan ketgan va qoʻling yetmagan ne'matlardan shikoyat qilish, sabrsizlik koʻrsatish kufroni ne'mat boʻlishini koʻrsatadigan davodir.
OʻN TOʻQQIZINCHI DAVO: Jamili Zuljalolning butun ismlari, "Asmo-i Husna" ta'biri Samadoniysi bilan goʻzalliklarini va mavjudot ichida eng latif, eng jome' oyna-i Samadiyat - hayot ekanini; va goʻzalning oynasi goʻzal boʻlishini; va goʻzalliklarini koʻrsatgan goʻzallashishini va u oynaga goʻzaldan nima kelsa, goʻzal boʻlishini; va hayot doimo sihat va ofiyat va bir xilda oʻtsa, noqis oyna boʻlishini; va xasta a'zoning atrofida, Sone'-i Hakim boshqa a'zolarni unga yordam berdirib, naqshlarini va vazifalarini koʻrsatish uchun xastalikni musofir sifatida yuborib, vazifasi tugagandan soʻng yerini yana ofiyatga qoldirib ketganini isbot qiladi.
YIGIRMANCHI DAVO: Xastalik ikki qism boʻlib; bir qismi haqiqiy, bir qismi hayoliy ekanini; haqiqiy qismiga Shofiyi Zuljalol Yer Kurrasi dorixona-i kubrosida har dardga bir davo yiqqanini, u davolar esa, dardni istagani uchun, ularni iste'mol qilish mumkin ekanini, lekin davoning ta'sirini Janobi Haqdan bilish kerakligini; hayoliy xastalikka ahamiyat berilmasligi, ahamiyat bergan sari ortishini, ahamiyat berilmasa yengil oʻtishini goʻzal tamsil bilan isbot qiladi.
YIGIRMA BIRINCHI DAVO: Xastalik moddiy azob boʻlib, uni yoʻqotadigan ma'naviy lazzat qamraganini; va zohiran ota-ona va qarindoshlarning shafqatlari, uning atrofida xastalik jozibasi bilan, unga qarshi muhabbat bilan qaraganidan, u alam juda arzonligini; moddiy va ma'naviy koʻp yordamchilari boʻlgani uchun, shikoyat emas, shukr qilish lozim ekanini isbot qiladi.
YIGIRMA IKKINCHI DAVO: Falaj kabi ogʻir xastaliklar, moʻ'min uchun juda muborak sanalganini; va valiylar fikricha muborakligi koʻrilganini; va Janobi Haqqa yetish uchun ikki asos bilan ketilganini; falaj kabi xastaliklar esa, ikki asosning xossasini berishini; u ikki asosning birisi; "robita-i mavt" (ya'ni dunyoning foniy ekanini bilgani kabi, oʻzining ham foniy va vazifador musofir ekanini koʻrsatadi.) Ikkinchisi: Nafsi ammoraning va koʻr hissiyotning tahlikalaridan qutulish uchun, bir qism ahli iymon chillalar bilan nafsi ammorani oʻldirganlaridan, hayoti abadiyalarini shu suratda qozonganlarini; va falaj kabi xastaliklarda ayni xossa boʻlgani uchun, u xastalik uning uchun juda arzon tushishini isbot qilib koʻrsatadi.
YIGIRMA UCHINCHI DAVO: Xastalik, gʻurbatda va kimsasizlikda boʻlganida, kimsasizligi uchun, oʻziga eng qattiq qalblarning ham achinishlarini jalb etishini; Qur'onning barcha suralarining boshida "Arrohmanirrohim" sifati bilan oʻzini bizga tanitgan Alloh, bir shafqat jilvasi bilan, onalarni umum chaqaloqlarga yordamchi qilganini; va har bahorda, bir rahmat jilvasi bilan ne'matlarini bizga yuborganini; u ne'matlarga noil boʻlish, iymon va intisob va uni tanish bilan boʻlishini; va gʻurbat va kimsasizlikdagi xastalik, Janobi Haqning nazari marhamatini jalb ettirishining muhim xabarini beradi.
YIGIRMA TOʻRTINCHI DAVO: Ma'sum bolalarga va ma'sumlar kabi keksa xastalarga qaragan va ularga xizmat qilganlar haqida buyuk uxroviy tijorat boʻlishini; va nozik bolalarning xastaliklari, kelajakda dunyo hayotining qiyinchiliklariga chidash uchun Rabboniy shprits ekanini; va emlashlardan kelgan savob va foyda, ularga qaraganlarning va ayniqsa onalarining amal daftariga yozilishini; va bu haqiqatning haqiqat ahli tomonidan koʻrilganini; ayniqsa keksa ota-ona va qarindosh keksalarning duolarini olish, oxirat saodatiga sabab boʻlishini; ularga qaraganlarning ham, kelajakda oʻz avlodlaridan ayni vaziyatni koʻrishini va qaramaganlari natijasida uxroviy azob boʻlishi kabi, dunyoviy jihatidan ham koʻp falokatlarga uchraganlarini va uchrashlarini voqeʻalar bilan isbotlangani; va qarindoshi boʻlmasa ham, ularga qarash Islomiyat iqtizo qilishini qat'iy isbot qiladi.
YIGIRMA BESHINCHI DAVO: Butun xastaliklarning juda foydali ma'naviy davosi va haqiqiy va qudsiy bir dorisi - iymonning inkishofi ekanini; tavba, istigʻfor, namoz va qullik bilan, qudsiy malham boʻlgan iymon va iymondan kelgan dorining iste'mol qilish kerakligini; gʻaflatdagilarning zavol va firoq zarbalari bilan yaralangan buyuk ma'naviy dunyolarining davosi, qudsiy dori boʻlgan iymonning shifosidan yaralardan qutulishlarini va iymon dorisining ta'siri farzlarni bajarish bilan boʻlishini; kayf safo va nafsoniy hoy-havaslar va nosharʻiy kayf-safolar, dorining ta'sirini kesishini koʻzga koʻrsatib, qat'iy suratda izoh va isbot etadi.
Yigirma Oltinchi Yog'du "Yigirma Olti Umid"dir.
BIRINCHI UMID: Hamma narsaning asli, nuri, ziyosi, manbai, ma'dani, chashmasi iymon ekanini; eng avval, qudsiy, munazzah, muallo nurni qozonishga harakat qilish kerakligini bayon qilgan qiymatli, ijozli bir umiddir.
IKKINCHI UMID: Haqiqatda chaqaloq hukmida boʻlgan keksalar, keksalikda Xoliqi Rahimga iymon, bogʻliqlik va itoat bilan, chaqaloqlar kabi "Rohmanirrohim" ismlarining mazhari boʻlishini bashorat bergan nurafshon bir haqiqatdir.
UCHINCHI UMID: Insoniyatning istar-istamas mubtalo boʻlgani barzoh sari yoʻlchiligi va uxroviy inqiloblarda, ikki jahonning sarvari va anbiyolarning sayyidi va rahmat va marhamati Ilohiyaning timsoli boʻlgan Paygʻambari Zishonimiz Habibulloh Alayhissalotu Vassalamning Sunnati Saniyasiga ittibo bilan salomat va najot topilishini bayon qiladi.
TOʻRTINCHI UMID: Dunyodan aloqalari kesilishni boshlagan otaxon va onaxonlar yaqinlashgan qabr eshigini oʻylaganlari va zohiran qorongʻu koʻringan olamlarni, nuri bilan munavvar qilgan va oydinlantirgan va insonga har bir harfi oʻn savob va xayr; va ba'zan yuz va ba'zan ming savob va xayr qozontirgan va rahmat xazinasining kaliti boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni iymon nuri bilan tinglab, amrlariga itoat va qaytariqlaridan uzoq turganlarning abadiy olamda baxtli boʻlishlarining xushxabarini berib, quvvatli umid eshigini koʻrsatadi.
BESHINCHI UMID: Har bir aʻzo va har shaxsda juz'iy-kulliy ta'sirini koʻrsatgan oxiratga iymon tasallisi, keksalarga yanada azim va quvvatli bir umid va tasalli bergani uchun, keksalikni amniyatli bir safina-i Rabboniya bilib sevish, xushnud boʻlish va Janobi Haqqa shukr va hamd aytishni tavsiya etadi.
OLTINCHI UMID: Iymon nuri bilan, koinotning tabaqalari va yerning mavjudoti va maxluqoti munis doʻst kabi Xoliqi Rahimga shahodat qilib, gʻurbatni, qoʻrquv va zulmatni ketkazgani kabi; keksalik bilan, hayoti bilan sherik boʻlgan narsalaridan ayrilgandan keyin olam kitobining harflari sanogʻicha guvohlari; va ruh sohiblarining safqat, rahmat va inoyatga sabab boʻlgan jihozlari, taomlari va ne'matlari sanogʻicha rahmatning dalillari boʻlgan va eng maqbul shafoatchi boʻlgan ojizlik va zaiflikning durbini bilan va keksalik koʻzi bilan qarab, keksalikdan ranjish emas, uni sevish bilan umid yoʻlini koʻrsatadi.
YETTINCHI UMID: Foniy dunyoga ablahona boqiy bezagini bergan va hukumat poytaxtida koʻrilgan vahima binosini olti jihatdan chiritib, zalolatdan kelgan mudhish zulmatni, Qur'on nuri va iymon sirri bilan tarqatib, bechora musibatzada keksalarni vahima va shubha vodiylaridan chiqarib salomat sohiliga va rahmati Rahmonga yetishtirgan mujohid bir umiddir.
SAKKIZINCHI UMID: Janobi Haq mukammal karami va nihoyatsiz marhamat va shafqati bilan, abad va abadiy hayot uchun yaratgan insoniyatni mutlaq unutilishdan qutqarish uchun, Qur'oni Azimushshonda كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ muaddas farmoni bilan har bir nafsning oʻlimini xabar bergani kabi, oʻlimning alomati va bir xushxabarchisi va insonning doimiy o'rtog'i va ustozi boʻlgan sochlarining oqarishi bilan, boshi past boʻlishga hozirlangan va gʻaflatga doimiy mayyol va foniyga mubtalo boʻlgan insonni, iymon sirri va Qur'on nuri bilan gʻaflat uyqusidan uygʻotib, qoʻliga quvvatli umid dasturini beradi.
TOʻQQIZINCHI UMID: Ojizlik va zaiflikni shaxsan totgan va hissiyot jihatida bolalar va chaqaloqlar hukmidagi keksalik rahmat va Ilohiy inoyatni jalb qilishga vasila boʻlgani kabi, Qur'on amri va Nabaviy ishorat bilan (S.A.V.) kichiklarni, hurmat va marhamat va shafqat bilan amr oluvchi askarlar kabi, atrofida toʻplagan va shu suratda ham Xoliqi Karimning tavajjuhiga mazhar, ham insonlarning xizmat va yordamiga sabab boʻlgan keksalikdan rozi boʻlish bilan, umid eshigini ochadi.
OʻNINCHI UMID: Qur'oni Hakimning nuri bilan, haqiqat va haqiqatda mavjud boʻlgan oʻlim, hayot oʻrniga sevilgani kabi; Barzoh olamida boʻlgan oʻliklarning, albatta dunyoda vaqtincha musofir boʻlib, ular ham u yerga boradigan insonlardan koʻra aloqadorlik va doʻstlikka loyiq ekani, iymonli keksalik koʻzi bilan kozim bilan koʻrgani uchun; iymonli keksalikning buyuk Ilohiy ne'mati ekanini va ba'zan sayri suluk bilan avlıyolar darajaları kabi yuksak maqomda bashorat, xushxabar va surur bergan quvvatli umiddir.
OʻN BIRINCHI UMID: Keksalikning jim boʻlmas dalloli boʻlgan oq qillarning eslatmasi bilan, abadiy deb oʻylangan vujudning, boshqa olamga nomzod boʻlib foniylikni va ba'zi vafodor deb oʻylangan vafosizlarning zarbasi bilan, butun aloqadorlarning qalbning aloqasiga arzimasligi koʻrilib, himoya va tayanch yeri qidirish natijasida, Qur'oni Hakimning tilidan chiqqan "La ilaha illa Hu" muqaddas farmoni yordamga kelib, koinotda sabablar va bu asrning yoʻlini adashtirgan tabiat botqoqligining hechligini va aslsiz bir kufriy vahima ekanini koʻrsatgan haqiqatli bir-ikki misol bilan; zarradan quyoshga qadar, falakdan malakka qadar, chivindan baliqqa, xayoldan hayotga qadar tasarruf qoʻlida va ilmi qamrovida boʻlgan bir Qodiri Azaliyning borligining majburiyligini isbot qilib, iymon nuriga vasila boʻlgan quvvatli bir umid eshigini ehson qiladi.
OʻN IKKINCHI UMID: Rahmatullohi alayh Abdurahmonning vafoti munosabati bilan,
qudsiy oyatining sirri bilan, "Ya Boqiy Antal Boqiy" " Ya Boqiy Antal Boqiy " haqiqati bilan,
oyatining tasallisi bilan bir inoyat jilvasi butun dunyo oʻrnini egallagan va bir nurning jilvasi butun zulmatni tarqatgan Boqiyi Zuljalol va Sarmadiyi Zulkamol va Rahimi Zuljamolning yuzlanishi boqiy boʻlsa, yetadi. Ketganlar uning boqiy mulkiga ketganini va oʻrnilariga aynisini yuborganini va yuborishini bor haqiqat bilan koʻrsatib, koʻpchilik fikricha ayriliq va hasratga mubtalo boʻlgan keksalarning yuzlarini bir Boqiyi Zuljalolga qaratgan, zulmatni nurga oʻgirgan, qalblarga iymon nuri baxsh etgan elektr-misol bir umiddir.
OʻN UCHINCHI UMID: Harbi Umumiyda Van shahrining, Ruslar istilo etishi va yondirishlari natijasida xarobazor boʻlishi va aksar aholisining shahidlik va koʻchib ketib yoʻqolishi va Madrasa-i Xorxorning xarob boʻlib vafoti ichida, mamlakatda qurilgan va vafot etgan butun madrasalarning, Xorxorning boshida turgan va yakpora tosh boʻlgan Van Qal'asi qabr toshi boʻlib koʻrinishi sababli, Van Qal'asining boshida, qattiq xafalik va motam ichida ekan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning
oyatining haqiqati tajalliy etib; u achinarli, siquvchi, dahshatli holatdan qutqarib; nazarni tashqariga, koinotdagi oyatlarga qaratib, musofir insonlarning qoʻli bilan yozilgan sun'iy maktubning oʻchirilishi oʻrniga, Naqqoshi Azaliyning har bir harfida bir kitob yozilgan, oʻchirilmas va soʻlmas ulkan koinot kitobini hadya etishi va oʻqitishi bilan ketkazib, oxirida ham Madrasa-i Xorxor oʻrniga Ispartani madrasa; va ayrilgan talaba va doʻstlar oʻrniga yanada koʻp talaba va doʻstlar berib, hikmatining sirrini, rahmatini va shafqatini koʻrsatgan bir Robbi Rahimning dargohiga yaqinlashgan va u dargohda maqbul qul boʻlgan iymonli keksalarning dunyoning jarayonlarining oʻzgarishidan taʻsirlanib va zafa boʻlmasliklarini; muqaddas iymonni va sogʻlom Islomiyatni ehson etgan bir Muhsini Karimga nihoyatsiz hamd va shukr bilan tilimizga lazzatini, qullik va itoat bilan ruhimizga shavqni tavsiya etgan qiymatdor umiddir.
OʻN TOʻRTINCHI UMID: Ahli dunyo, Ustozimizni hamma narsadan ajratib, besh jihatdan gʻurbat ichida boʻlgan vaqtida, kuchli bir baqo ishqi va qattiq vujud muhabbati va buyuk bir hayot ishtiyoqi va jismida hadsiz ojizlik va nihoyatsiz faqirlikning hukm surganini koʻrib, xafa boʻlib boshini eggan vaqtda, حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ Oyati Hasbiyasi yordamiga yetishib, "Meni diqqat bilan oʻqi" deyishi sababli.. kunda besh yuz marta oʻqiganini va oʻqigan sari bu oyatning qiymatli nurlaridan toʻqqiz martaba-i Hasbiyaning faqat ilmalyaqiyn bilan emas, aynalyaqiyn inkishof etganini...
Birinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Undagi baqo ishqi, mutlaq kamol sohibi Zoti Zuljalol va Zuljamolning bir ismining, bir jilvasining mohiyatidagi bir soyasiga tayangan on, حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyati kelib pardani koʻratganini.. va oʻzidagi boqiylik lazzatining va saodatining yanada mukammal tarzda Boqiyi Zulkamolning boqiyligida va unga boʻlgan tasdiq va iymonda ekanini his etgan va haqqalyaqiyn zavq olganini ifoda etgan.
Ikkinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Ustozimiz keksalik, gʻurbat va kimsasizlik va tajrid ichida boʻlgani va ahli dunyo dasisalari bilan va josuslari bilan un kishiga hujum qilgan vaqtda, "Qoʻli bogʻliq, zaif va xasta odamga qoʻshinlar hujum qilishdi. Men uchun bir tayanch nuqtasi yoʻqmi?" deb qalbiga xitob etib حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat etganida,
bu oyat unga: "Iymoniy bogʻlanish hujjati bilan Qodiri Mutlaq boʻlgan shunday bir Sultonga bogʻlanasanki: Toʻrt yuz ming millatdan tashkil topgan nabotot va hayvonot qoʻshinlari, uning amri ostida va tasarruf qoʻlida boʻlgan cheksiz qudrat va quvvat sohibiga tayanasan" deb ma'naviy dars berganini va u bilan hozirgi dushmanlarga emas, balki butun dunyoga qarshi chiqa oladigan bir iymoniy iqtidor his etganini va butun ruhi bilan birga حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ deganini ifoda etgan.
Uchinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Abadiy bir dunyoda va boqiy bir mamlakatda, doimiy saodatga nomzod ekanini, lekin bu orzu va ruh maqsadi va fitrat natijasining amalga oshishi, maxluqotning butun harakatlarini va hamma narsalarini bilgan va qayd etgan bir Qodiri Mutlaqning cheksiz qudrati bilan boʻlishini oʻylarkan, qalbiga osoyishtalik bergan izoh istaganini va yana oʻsha oyatga murojaat etganida, u oyat unga: حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga hol va qol tili bilan حَسْبُنَا ni kimlar aytyapti deb amr qilganda; butun nabotot va hayvonotning hol tili bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ning ma'nosini yod etganlarini koʻrganini va qudratning azamat va hashmatini mavjudotda qanday tomosha etganini ifoda etgan.
Toʻrtinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Oʻz vujudi, balki butun maxluqotning vujudlari yoʻqlikka ketyapti deb azob bir xavotirda ekan, yana Oyati Hasbiyaga murojaat etganini va iymon durbini bilan qaraganida; oʻlimning firoq emas visol ekanini, bir joyning oʻzgarishi va boqiy mevaning unib chiqishi ekanini bayon etgan.
Beshinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Hayotning tez soʻnishi alamiga qarshi, Oyati Hasbiyadan olgan yordami bilan aytadiki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaragan sari va iymon ham hayotga hayot va ruh boʻlgan sari; baqo topadi va boqiy mevalar bergani uchun, umrning qisqaligiga va uzunligiga qaralmasligini izoh etgan.
Oʻlmaganlar yoki tirik boʻlishni istaganlar, hayotning mohiyatini va haqiqatini tushunishni orzu qilganlar, Toʻrtinchi Shuadagi bu martabaning toʻrt masalasiga qarashsin, tirilsinlar.
Oltinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya: Doimiy buzgʻunchi zavol va fano; va davomli ayiruvchi oʻlim va yoʻqlik, dahshatli bir suratda bu goʻzal dunyoni va bu goʻzal maxluqotni tinkasini quritganini, parcha-parcha qilib goʻzalliklarini buzganini koʻrishi ustiga, fitratidagi majoziy ishq bu holga qarshi shiddatli gʻalayon va isyon etgan zamonda, bir tasalli topish uchun bu Oyati Hasbiyaga murojaat etganida, "Meni oʻqi va diqqat bilan ma'nomga qara!" deydi. Soʻng, Sura-i Nurdagi
oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini bilan bu Oyati Hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga qaraganini bayon qiladi va durbin bilan koʻrgan sirlarini zikr etadi.
Bu goʻzal sanʻatlar, shirin maxluqlar, jamolli mavjudot; Jamili Zuljalolning jamoli qudsiysiga va nihoyatsiz goʻzal amso-i husnasining doimiy goʻzalliklariga oynadorlik qilganlarini va Risola-i Nurning qismlarida quvvatli dalillar bilan bularning izoh etilganini bayon qiladi.
OʻN BESHINCHI UMID: Bu umid Dengizli qamogʻidan soʻng, Nurlarning koʻpaytirish bilan bosilib tarqalishi sababli, Nurning fathlariga chidolmagan yashirin dushman munofiqlar; turli dasisa va tuxmatlar bilan, hukumatni qarshi oʻgirib, Nur Risolalarini musodara ettirib, tadqiq etilishi natijasida; tanqid qilib dushmanlik qilish emas, balki tadqiq etgan ma'murlarning qalblarini ham fath etib, tanqid oʻrniga maqtashganini.. va bu hodisa Nur darsxonalarining kengayishiga sabab boʻlganini.. va bir muddat soʻngra yashirin din dushmanlari juda oddiy bahonalar bilan, qish chillasining eng shiddatli kunlarida Ustozimizni qamatib; katta, gʻoyat sovuq, oʻqochsiz kamerada hibs etganlarini va bu hibsda Ilohiy inoyat bilan bir haqiqat inkishof etilib, Nurlarning hibsxona ichi va tashqarisida tarqalib,
fath qilishi sababli minglab shukr qilganini va oʻziga "Ularning zulmi sababli ham savob, ham foniy soatlaringni boqiylashtirishni, ham ma'naviy lazzatlarni, ham ilmiy va diniy vazifani ixlos bilan bajarishni qozonyapsan" deb eslatilishi sababli, butun quvvati bilan "Alhamdulilloh" deb duo etganini gʻoyat goʻzal bayon etgan.
Bu umidning oxirida Risola-i Nur talabalari, tahqiqiy iymoni quvvati bilan, bu vatanning har tarafida anarxistlikni to'xtatganini, umumiy tinchlik va osoyishtalikni muhofaza etganlarini.. va yigirma yildan beri mamlakatning har tarafidagi Nur talabalarining hech birining osoyishtalikni buzishga doir hech bir harakat sodir boʻlmaganini.. va hatto insofli bir qism zobitlarning "Nur talabalari ma'naviy zobitdirlar, osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam berishyapti, tahqiqiy iymoni bilan Risola-i Nurni oʻqigan har bir odamning boshida bir posbon qoʻyishmoqda, tinchlikni ta'minlashga harakat qilishyapti." debgan e'tiroflarini.. va turli tuhmat va boʻhtonlar bilan, Qur'on va iymon nurini toʻsishni istaganlarga qarshi, Ustozimizning "Yuz million boshlar fido boʻlgan bir qudsiy haqiqatga boshimiz fido boʻlsin. Dunyoni boshimizga yoʻqsangiz, Qur'oniy haqiqatga fido boʻlgan boshlar zindiqlarga qurollar taslim etmaydi va qudsiy vazifadan voz kechmaydilar, inshaalloh!" deganini bayon etadi.
OʻN OLTINCHI UMID: Mahram va muhim majmualar, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalar, vaqti kelganda nashr qilinsin deb yashirin tutilgan boʻlsada.. taftishda u risolalar joyidan chiqarilgan va Ustozimiz xasta holda qamab qoʻyilganini.. va Ustozimiz azobda va Nurlarga kelgan zarardan taʻsirlangan holida, birdan Ilohiy inoyati yordamga kelib, mahram risolalarni oʻqigan rasmiy doiralarning, Nur darsxonasiga aylanib, risolalarni maqtab qarshilaganlarini va yana Denizli hibsida keksalik, xastalik va ma'sum birodarlarga kelgan zahmatlardan alam va taassur ichida ekan, birdan Rabboniy inoyat kelib, hibsxonani bir Nur darsxonasiga oʻgirib, bir Madrasa-i Yusufiya (A.S.) ekanini isbot qilib Madrasat-uz Zahro qahramonlarining olmos qalamlari bilan Nurlar tarqalishining boshlanishini.. va yashirin dushmanlarning Ustozimizni qanday zaharlaganliklarini.. va uning oʻrniga marhum Hofiz Alining shahid boʻlib Barzoh olamiga sayohat qilishi munosabati bilan;
hammasi qaygʻuda va taʻsirlangan holda ekan, yana Ilohiy inoyat yordamga kelib, Ustozimizdan zahar tahlikasining oʻtishi va marhum shahidning qabrda Nurlar bilan mashgʻul boʻlib, soʻroq malaklariga Nurlar bilan javob berishi.. va uning oʻrniga Denizli Qahramoni Hasan Fayzi Rahmatullohi Alayh va birodarlarining xizmatga kirishi.. va mahbuslarning Nurlar bilan isloh boʻlishlari kabi koʻp belgilar bilan, Rabboniy inoyat kelganini ifoda etgandan soʻng, yoshligida oxir umrini gʻorda oʻtkazish orzusi oʻrniga; gʻorlarning hibsxonalarga, uzlatxonalarga, chillaxonalarga, mutlaq yakka kameralarga aylanib, Yusuf madrasalari boʻlib Qur'on va iymonning haqiqatlariga mujohidona suratda xizmat ettirganini.. va u chillali hibslarda uch hikmat va Nur xizmatiga uch ahamiyatli foyda berganini bayon qilgan umiddir.
Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga kiritilmagan.
"Yigirma Sakkiz Nukta" boʻlib, bir qismi bu majmuaga darj etilgan, boshqalari boshqa bir majmuada nashr etilganidan, bu yerga kiritilmagan.
oyati karimasining gʻoyat goʻzal va yuksak ma'nolaridan uch tomonini qisqacha bayon etgan.
Birinchi tomon: Oyatdagi it'om va irzaq, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid ekanini,
Ikkinchi tomon: Rizq uchun ishlamoq bahonasini, ubudiyatga mone tavahhum etib uzr topmoq istaganlarga, gʻoyat goʻzal bir javob beradi. Bu oyatdan kinoya boʻlgan ma'no: "Menga oid boʻlib, rizqlarini taahhud etganim maxluqotimga rizq yetishtirmoq uchun xalq etilmagansiz. Balki asl vazifangiz ubudiyatdir. Avomirimga koʻra rizq uchun g'ayrat ko'rsatmoq ham bir ibodatdir." deydi.
Uchinchi tomon: Ixlos surasidagi لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ oyati karimasini misol olib "rizq va taomlanish qobiliyatidagi narsa, iloh va ma'bud boʻlolmaligini; ma'budiyatga loyiq emasligini" ma'nosini bayon etadi.
Uyquning navlarini, vaqtlarini va Sunnati Saniyaga muxolif va muvofiq uyqu vaqtlarini bayon qilgan muhim bir maktubdir.
Xufton namozi tasbehotidan soʻng
jumlasini oʻqirkan; bu dunyo uyida jonlantirgan, doʻstga aylantirilgan, nurlantirgan shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiyani mushohada etganini.. va u zot keltirgan nur va hadyalarga shukr bilan javob berib butun jin va insonlarning u zotga son sanoqsiz salotu salom aytishlari kerakligini ifodalagan juda latif bir maktubdir.
Hazrat Muhyiddin Arabiyning Vahdati Vujud yoʻlini hozirgi davr insonlariga tushuntirishda uch muhim zarar borligini bayon qilagan juda muhim maktubdir:
Yana Muhyiddini Arabiy va Vahdati Vujud haqida baxs mavzusi boʻlgan savolga berilgan ilmiy, qisqa javobdir.
Bir bayramda, xarom doirada kulib xursandchilik qilgan ellikta bechoraning, ellik yil soʻngraki hollarini koʻrganini bayon qilgan juad goʻzal ibrat lavhasidir.
Nafsi ammoraga ergashishning zararlarini sanab berib, nafsga qattiq ta'zir mohiyatida ta'sirli matndir.
Qisqa vaqtda kufrga qarshi sanoqsiz Jahannam azobi berilishining haqiqiy adolat ekanini bayon qiluvchi, qanoatlantiruvchi javobdir.
Risola-i Nurning maqbulligiga va Ilohiy inoyatga loyiqligiga doir ma'noli tavofuqlar.
MA'SUM QALBLARGA NURLARNING QANDAY AKS ETGANINI ANGLATGAN SAMIMIY, NURLI MAKTUBDIR.
Xushxabarili va ma'noli xayrli bir tushdir.
TARAFGIRONA VA RISOLA-I NURGA RAQIBONA AYTILGAN SOʻZLARGA JAVOB.
Risola-i Nurning yuksakligini va maqbuliyatini ifodalagan sheʻriy qasidadir.
oyati karimasidan anglashilgani kabi: Juz'iy va ba'zan shaxsiy gʻaybiy hodisalarni xabar olish uchun, juda uzoq masofa boʻlgan
samovot mamlakatiga josus shaytonlarning suqilishi va u juda keng mamlakatning har tarafida, kishik hodisaning baxsi bordek, qaysi shayton boʻlsa, qay yerga suqilsa, chala-chulpa xabarni eshitishi va keltirishi aqlan va hikmatan qanday qabul etilishi mumkin?
Ham oyati karimaga koʻra ba'zi paygʻambarlar va avliyolar, samovotning ustidagi Jannatning mevalarini yaqin yerdan olayotganday olar ekanlar. Va ba'zan yaqindan Jannatni tomosha qilar ekanlar. Nihoyat darajada uzoq narsaning nihoyat darajada yaqin boʻlishi, bu asrning aqliga qanday sigʻadi?
Ham kishik shaxsning, kishik bir holati, umumiy va keng boʻlgan samovot mamlakatidagi Mala-i A'loda tilga olinishi, koinotning idorasidagi gʻoyat hakimona hikmatga qanday muvofiq keladi? deb soʻralgan bu uch savolga ilmiy, aqliy va qanoatlantiruvchi javoblarni oʻz ichiga olgan.
Risola-i Nurda, Jannat tili va uslubi Muhammad (Alayhissalotu Vassalam) va rahmat ehson qiluvchi Qur'on tarzi bilan ruh sohiblari maydoniga kelib "Tafakkurnoma" ismli bu Yog'duning bir qismi, namuna sifatida bu majmuaga kiritilgan boʻlib, tamomi Qurʻon hati Yog'dulari majmuasida nashr etilgan.
"Sakina" nomi oliysi bilan ta'riflangan va har biri bir Ismi A'zam boʻlgan yoxud oltitasi birdan Ismi A'zam boʻlgan Asmo-i Husnadan «Fard, Hayy, Qayyum, Hakam, Adl, Quddus» ismi shariflariga oid juda ham qiymatdor va Risola-i Nurning shoh asarlaridan biri boʻlgan bu Yog'du, yuksak bir ifoda va juda nozik haqiqatlar bilan qalamga olingan; ham juda chuqur vahdoniyat misollari, azamatli kengliklari bilan tushuntirilgan; ham juda Allohning mavjudligiga ochiq-oydin ishorat qilgan hayratlanarli faoliyat bilan, Rabboniy mudabbiriyatmi shu qadar goʻzal izoh etilganki, oh koshki, bu risolaning haqiqatlarining tubiga ulashish uyoqda tursin, hech boʻlmasa sathini koʻra olsaydim. Hayhot!
Qisqa fahmimga qaramasdan, bu risola, hissasiga to'g'ri kelgan bir qardoshingizning safarbar holida boʻlishi uzri sababli menga yuborilgan edi. Layoqatsizligim bilan birga parishon holim bunday shoh asarni mundarijasiga kira oladigan xulosa qilishga kifoya qilmagani uchun, hijolat bilan amrga itoat etmoqdaman.
Bu qiymatdor Yog'du "Olti Nukta-i Muhimma"ga taqsimlangan.
oyatining bir nuktasi va "Quddus" Ismi A'zamining bir jilvasi boʻlib; ham Allohning mavjudligini mukammal shaklda, ham Allohning vahdoniyatini ochiq ravshan koʻrsatadi.
Ha, shu muntazam koinot va shu azamatli buyuk fabrika; butun mavjudoti bilan qizgʻin faoliyat ichida toʻxtamay ishlashi bilan birga, koinotning har tarafini top-toza saqlagan, kirli va bulg'angan moddalardan, hech bir tarafda hech bir keraksiz narsa qoldirmagan, azamatli sayyoralardan, to zarralarga qadar har bir mavjud, Quddusi A'zamdan kelgan amrlarga muhayyo va boʻyin eggan juda faol va gʻoyat horiqo bir ishlov beradigan uskuna holiga keltirilib, bu azamatli koinot va butun unsurlarni boshdan oyoq jannatmisol goʻzalliklari bilan, oʻzlarini olamga taqdim qilmoqda. Va shu olam qasridagi sanʻatlarning jabhalarida mushohada etilgan dilrabo goʻzallik va gʻoyat yoqimli tozalik; butun nazarlarga hush koʻrinib, oʻzlariga jalb etmoqdalar va Sone'larini taqdir va tahsinlar bilan madhu-sano ettirmoqda.
Bu Quddusi A'zam ismi sharifining tajalli-i a'zamidan kichik jilvasini dabdabali suratda koʻrsatgan va qishning sovuq va qattiq chehrasi ostidan chiqqan bahor mavsumiga boq: Qanday gullar ochgan, huriy misol liboslar kiygan, goʻzallashgan, butun top-toza daraxtlar va zumrad kabi yashillashgan zamin yuzi, butun hay'atlari bilan, oʻzlarini barcha koʻzlarga koʻrsatyapti. Qattiq va shuursiz moddalar, oz vaqt ichida; tamoman oʻzgargan, zamindan yuksalgan, hayot nuri bilan bezangan, sundus-misol goʻzalliklar bilan oʻzlarini Sone'larining nazariga taqdim etmoqdalar. Bu vaziyat qarshisida; yolgʻiz ins va jin emas, ruhoniylar va maloikalar ham hayron boʻladilar. "Mashaalloh, Barakalloh! Bu qanday ham hayrat beruvchi goʻzallik va tozalik!" deb Sone'-i Zuljalollarini poklab, hamd aytib, ulugʻlab, rukuʻ va sajda qilishyapti. Demak bu tozalik ishi, Allohning boshqa ishlari kabi, vahdoniyat va Allohning mavjudligini ochiq oydin isbot etib koʻrsatmoqda.
oyatining bir nuktasi va "Adl" ismi a'zamining bir jilvasidir. Bu koinot davomli buzilish va ta'mir ichida chayqalmoqda, har doim urush va hijrat ichida qaynamoqda, har doim oʻlim va hayot ichida yumalamoqda. Bu hayratlanarli oʻzgarishlar va boshqalashishlar esa, dahshatli jısmlarning intizomli harakatlaridan; va Kura-i Zamin yuzidagi toʻrt yuz ming nabotiy va hayvoniy hayot egalarining tartibli tirikchiligi va tarbiyalaridan; va sel kabi oqqan aralashtiruvchi va istilochi unsurlarning gʻoyat muntazam vazifalaridan; ziyo va zulmatning, issiq va sovuqning, hayot va oʻlimning urushishlariga qadar butun ashyo shunday bir adolat mezoni ichida istiqboldan kelib, hozirga kelib, moziyga oqib ketmoqdaki; Fasubhanalloh, insofli va diqqatli bir nazar bilan bu olam saroyiga qaragan har bir inson, albatta: "Bu olam saroyining Sone'i; bu olam saroyini, Adl ismining a'zamiy tajalliysiga sazovor boʻlish bilan birga, ham vohiddir, hamda shunday adolat mezoni bilan ishlar qiladiki, eng ahamiyatsiz va eng kichik, qiymatsiz deb oʻylangan narsalarda ham shirkka joy qoldirmaydi va shirkning bu adolat mezoniga suqilishiga zarra qadar ruxsat bermaydi. Ham bu juda hayratlanarli mukammal intizom ichidagi juda hassos adolat mezoniga, albatta bu koinotning Sone'-i Zuljalolidan boshqasi mudohala etolmaydi". Ham butun sabablar Sone'-i Zuljalolning qudrat qoʻlining bir pardasi ekanini anglaydi. Va Sone'-i Zuljamolning yakkaligiga, mavjudligiga; hayronlik ichida, quyoshning vujudiga ishongani kabi iymon keltiradi.
oyatining bir nuktasi va "Hakam" ismi a'zamining bir jilvasi boʻlib, "Besh Nuqta" bilan izoh etilgan.
Birinchi Nuqta: Ismi Hakamning tajalli-i a'zami bu koinotni shunday buyuk kitob holiga keltirganki; uning bir sahifasi - zamin yuzi, va har ziynatlangan bogʻ - bir satri; va har bezalgan gulli va yaproqli daraxti - bir kalimasi suratida yaratgan. Shunday ekan bu koinot boshdan oxirgacha Hakimi Zuljalolning asarlari bilan bezalgan. Ham oʻz san'atini oʻzi koʻrib, hamda tuganmas koʻzlar bilan bir-biriga qaratgan; va bir-biri ichida koʻp dalillar va jihatlar bilan naqqoshining vujudiga guvohlik qilgan va doimo mezon va intizom ichida yangilangan; va har bʻr kichik urugʻda katta daraxtni joylashtirgan; va har bir daraxtda ulkan koinotning mundarijasini joylashtirgan; va har bahor sahifasini ziynatli nishon va naqshli hadyalar bilan bezab, huzurida namoyish qilgan; va har on sanʻatlarning tili bilan madhu-sanosini kuylatgan azamatli va hikmatli qudratga, qaysi tasodifning haddi borki, barmoq uzata olsin.
Ikkinchi Nuqta: "Ikki masala"dir.
Birinchi Masala: Nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, oʻzini koʻrish va koʻrsatishni istashiga va tanittirib sevdirishi evaziga, iymon bilan tanishni va qullik bilan oʻzini unga sevdirishni dars beradi.
Ikkinchi Masala: Butun quvvati bilan shirkni rad qilib qabul etmagan bu hikmatli mukammal intizom, ham vahdatni, ham mustaqil va yakkalikni taqozo qilganini izoh etish bilan birga, ulkan koinotni umum holatlar va xususiyatlari bilan adolat mezoni va hikmat nizomida tutgan bir Qodiri Mutlaqqa shirk va kufr bilan ojizlikni isnod qilish, naqadar katta bir xato va tavhid bilan iymon keltirish naqadar toʻgʻri, haq va haqiqatli bir javob ekanini bildiradi.
Uchinchi Nuqta: Sone'-i Qodir ismi Hakem va Hakimi bilan, koinotda eng koʻp hikmatlarga sabab va sazovor qilgan insonni; bir markaz, bir asos hukmida yaratgan. Inson doirasi ichida rizqni markaz hukmiga keltirgan. Insonda shuur va rizqda - zavq vositasi bilan ismi Hakemning porloq suratda jilvasining koʻringanini;
va yuzlab fanlardan har bir fanning bir jihatda ismi Hakemning jilvasini ta'rif etganini; (masalan Fanni Tib, Fanni Kimyo, Fanni Ziroat, Fanni Tijorat va hokazo...) bu fanlarning har birining qat'iy shahodatlari bilan, ixtiyor va iroda, qasd va xohishini koʻrsatgan hadsiz intizomlar va hikmatlarni Sone'-i Hakim umum koinotga bergani kabi, hayotdorlarda eng kichik hayot va eng kichik uruqqa joylashtirib, Zoti Aqdasining xohlaganini qiladigan zot ekanini; va hamma narsa uning amri bilan vujud topganini; uni bilmaslik va tanimaslik naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanini izohlaydi.
Toʻrtinchi Nuqta: Sone'-i Hakim, har bir mavjudiga qoʻygan yuzlab hikmatni, u mavjudlarning nihoyat eʻtibor bilan vazifalantirgan yuzlab vazifalaridan juda koʻp foyda va gʻoyalarni katta diqqat bilan kuzatib, uning jamoli rahmat va mukammal adolatiga va nihoyat darajada hikmatiga zid boʻlgan; va rahmat va adolatini inkor ettirgan hech qayta tirilmaslikka ruxsat bermaslıgını bayon qiladi.
Beshinchi Nuqta: "Ikki Masala"dir.
Birinchi Masala: Fitratda isrof va bekorlik va foydasizlik boʻlmagani uchun, كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyati karimasi bilan, tajamkorlik qilmaganlarni tahdid qiladi.
Ikkinchi Masala: Janobi Haqning "Hakam va Hokim" ismlari, bir jihatda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat va istilzom etganini; va asmo-i husnadan koʻp ismlarning, har biri bir jihatda, jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada va qat'iyat martabasida risolati Ahmadiyani (S.A.V.) kerakligini, juda porloq bir suratda izohlaydi.
oyatining bir nuktasi, Vohid va Ahad ismlarini mujassam qilgan "Fard" ismi a'zamining tajalli-i a'zamiga doir haqiqiy tavhidni koʻrsatgan "Yetti Ishorat"dir.
Birinchi Ishorat: Ismi Fard butun koinotga qoʻygan hadsiz muxrlardan uch tamgʻaga ishorat qiladi.
Birinnchi Tamgʻa: Koinotning mavjudotida va turlarida koʻringan va buyuk ahadiyat tamgʻasi boʻlgan "bir biriga yordam, bir biriga tayanısh, bir biriga javob berish, bir birini quchoqlash" tamgʻasidir.
Ikkinchi Tamgʻa: Zamin yuzida har bahor koʻrilgan toʻrt yuz ming nabotot va hayvonot turlarining iplari bilan toʻqilgan vahdoniyat muxridir.
Uchinchi Tamgʻa: Hazrat Odamdan to qiyomatgacha kelgan va keladigan butun insonlarning siymolardagi vahdoniyat muxridir.
Ikkinchi Ishorat: Fard ismining vahdat jilvasi koinotning butun turlarini va unsurlarini bir-biriga aralashtirib kirgizib, ichiga olganki; butun koinotni boʻlinmas bir butun holiga keltirgani va koʻp birliklar bilan vahdoniyatni e'lon qilganini koʻrsatadi.
Uchinchi Ishorat: Yana Fard ismining buyuk jilvasi koinotni shunday bir-biri ichiga kirgan sanoqsiz Samadoniy maktublar holiga keltirganki; har bir maktubda hadsiz vahdoniyat muxri bosilgan va har bir maktub, soʻzlari sonicha kotibini bildirgan ahadiyat muhrlarini olganini koʻrsatadi.
Toʻrtinchi Ishorat: Ismi Fardning quyosh kabi koʻringan buyuk jilvasini gʻoyat ma'qul va hadsiz osonlik bilan qabul ettirgan va shirkning maholiyatini va nihoyat darajada aqldan uzoq ekanini koʻrsatgan burhonlardan uch donasini bayon qiladi.
Birinchisi: Zoti Fardning cheksiz qudratiga nisbatan eng katta narsaning ijodi, eng kichik narsaning ijodi kabi oson va yengil ekanini; bir bahorni bir gul qadar va bir daraxtni bir meva qadar bemalol ijod etib idora etganini; va bu ijod xususiyati agar koʻp sonli sabablarga berilsa, vahdatdan kasratga kirilgani uchun, eng kichik bir narsaning ijodi, eng katta bir narsaning ijodi kabi juda koʻp xarajatli, juda koʻp mushkul, juda zahmatli ekanini misollari bilan isbot qiladi.
Ikkinchisi: Mavjudotning ijodi yo oʻxshashi yoʻq goʻzallikda yaratish va ixtiro bilan hechdan va yoʻqdan boʻladi yoxud yasash va tarkib surati bilan unsurlar va narsalardan toʻplash bilan boʻladi. Bu ikki suratda; narsalarni yaratish Zoti Fardi Vohiddan demay sabablardan istanilsa, cheksiz daraja qiyin va ogʻir va aqlga zid, balki juda koʻp imkonsizliklarni keltirib chiqaradi. Agar fardiyat jilvasiga va ahadiyat sirriga berilsa; bir gugurt yoqishdek, asarlari bilan azamati anglashilgan nihoyatsiz qudrati bilan, hechdan va yoʻqlikdan yoxud unsurlar va narsalardan toʻplab, ilmining oyinasidagi muayyan ilmiy qoliplar bilan, cheksiz daraja osonlik bilan va engillik bilan narsalarning ijod etilgani koʻrinadi.
Uchinchisi: Agar butun narsalarning ijodi bir Zoti Fardi Vohidga berilsa, bir narsa kabi osonligini; agar sabablarga va tabiatga havola etilsa, bir narsaning vujudi umum ashyo qadar qiyin boʻlishini uch shirin misol bilan izohlaydi.
Birinchi misol: Ming askarga oid holatlar va idora, ming askarni idora etgan zobitga havola qilinsa va bir askar esa oʻn zobitning idorasiga berilsa, ming askar idorasining naqadar oson ekanini va bir askarning idorasi naqadar mushkul ekanini..
Ikkinchi misol: Ayasofya kabi qubbali bir masjidning qubbasidagi toshlarning muallaqda turishlari va u vaziyatni tashkil etishlari toshlardan istanilsa, nihoyat darajada suubatli ekanini; va bir ustadan u vaziyat istanilsa, nihoyat darajada oson ekanini..
Uchinchi misol: Yer Kurrasi, Zoti Fardi Vohidning bir ma'muri boʻlib harakat qilsa, u harakatdan hosil boʻlgan hashamatli va azamatli natijalarning gʻoyat yengilligi bilan hosil boʻlishi vahdatdagi osonlikni koʻrsatgani kabi; shirk va kufr yoʻlida ayni natijalarni hosil qilish uchun, Yer Kurrasidan millionlab marta katta, had-hisobsiz yulduzlarni hududsiz masofada Yer Kurrasining atrofida, kunlik mehvari ustidagi aylanishi kabi yigirma toʻrt soatda bir marta; va yillik mehvari ustidagi aylanishi kabi har yili bir marta kezdirish kabi ogʻir va mushkulotning eng dahshatli vaziyatini qabul etish lozim ekanini.. va sabablar va tabiat yaratdi deganlar "kitob, soat, fabrika va saroy misollari bilan" johilligining eng antiqasini qilganlarini izohlaydi.
Beshinchi Ishorat: Boshqa birovning aralashishini qattiq rad qilgan; Ilohiy hokimiyatdir.
oyatining sirri bilan va
oyatining ishorati bilan, zarralardan sayyoralarga qadar, osmondan yergacha hech qanday qusur va kamchilik, nuqson va pala-partishlik yoʻqligi, Fardiyatning jilva-i a'zamini koʻrsatib, vahdatga shahodat qiladi.
Oltinchi Ishorat: Butun kamolotning sababi va asosi; va koinotning yaratilishidagi hikmatlarning va maqsadlarning ildizi va ma'dani; va shuur egalarining va aql sohiblarining, xususan insonning ehtiyojlari va orzulari hosil boʻlishining manbai va yagona chorasi, Fardiyati Rabboniya va vahdati Ilohiyadir.
Yettinchi Ishorat: Haqiqiy tavhidni butun martabalari bilan eng mukammal suratda dars berib isbotlagan va e'lon qilgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati, u tavhidning qat'iyati darajasida sobit ekanini izohlash bilan birga; ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyatining ahamiyat darajasiga va ulugʻligiga shahodat etgan juda koʻp dalillardan uchtasini zikr etadi.
Birinchisi: اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirri bilan, umum ummatining barcha davrlarda qozongan savobining bir misli daftari hasanotiga oʻtish bilan va xususan har kuni umum ummatning keltirgan salavot duolarining qat'iy maqbuliyati jihati bilan; u hadsiz duolarning iqtizo etgan maqom va martabani esgsa tushirib ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyatining koinot ichida qanday bir quyosh ekanini tushunilganini..
Ikkinchisi: Mohiyati Muhammadiya (S.A.V.) olami Islomiyatning shajara-i kubrosining ildizi, urugʻi, hayoti, madori boʻlganidan, chegarasiz iste'dod va jihozlari bilan Islom olamining ma'naviyatini tashkil etgan qudsiy soʻzlarni, tasbehlarni, ibodatlarni eng avval butun ma'nolari bilan his etib qilishidan kelgan ruhiy taraqqiyotini fikrlatib, habibiyat darajasiga chiqqan ubudiyati Muhammadiyaning (S.A.V.) valiyligi boshqa valiyliklardan qanchalik yuksak ekanini anglatadi. U Zotning (S.A.V.) haddu nihoyati boʻlmagan kamolot martabalarida qay daraja taraqqiy etganini bildiradi.
Uchinchisi: Zoti Fardi Zuljamol butun insoniyat nomiga, balki umum koinot hisobiga Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamni oʻziga tinglovchi qilib, albatta uni hadsiz kamolotda hadsiz fayziga sazovor etganini va ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyati, koinotning ma'naviy bir quyoshi va bu koinot deyilgan Qur'oni Kabirning buyuk oyati va u Furqoni A'zamning va ismi a'zamning va ismi Fardning buyuk jilvasining oynasi ekanini dars beradi.
oyati azimasi bilan
oyati azimining bir nuktasi va "Hayy" ismi a'zamining bir jilvasi boʻlib, muxtasaran "Besh Ramz" ichida koʻrsatilgan.
Birinchi Ramz: Hayy Ismi va Muhyi Ismining buyuk jilvasidan boʻlgan "Hayot nima? Uning mohiyati va vazifasi nima?" degan savolga mundarija shaklida, yigirma toʻqqiz martabada, ikki sahifa ichida, shunday goʻzal suratda javob berilib ta'rif etilganki; bu qanday ajib bir izoh, qanday fasohatli bir bayon tarzi, qanday gʻarib bir ta'birlarki, misli koʻrilmagan. Inson bu haqiqatlarning goʻzalliklariga maftun boʻladi; hayratidan barmoqlarini tishlaydi; boshqa undan yuksak ta'rif tasavvur qilib bo'lmaydi; taqdir va tahsinlar ichida tafakkurga shoʻngʻiydi.
Ikkinchi Ramz: Hayotning yigirma toʻqqiz xossasidan yigirma uchinchi xossasida, hayotning ikki yuzining ham shaffof va porloq ekanining va undagi Rabboniy qudrat tasarruflariga zohiriy sabablar parda qilinmasligining sirrini izohlaydi.
Uchinchi Ramz: Koinotning natijasi hayot boʻlgani kabi, hayotning natijasi boʻlgan shukr va ibodat, koinot yaratilishining sababi va maqsadi boʻlgani uchun, koinotning Sone'-i Hayyi Qayyumi, cheksiz ne'matlari bilan oʻzini hayot egalariga bildirib sevdirishi evaziga, ulardan tashakkur istashi va sevishi evaziga sevishlarini va qiymatdor san'atlarini madhu-sano qilishlarini istagani; va har bir hayot egasining hayoti toʻgʻridan-toʻgʻri, vositasiz Zoti Hayyi Qayyumning qudrat qoʻlida ekanini bildiradi.
Toʻrtinchi Ramz: Hayot, iymonning olti arkoni boʻlgan
ruknlariga qarab isbot etganini shu qadar latif tarzda dars beradi, izoh etadiki; ifodaning balogʻati insonni hayron qiladi.
Beshinchi Ramz: Birinchi Ramzning oʻn oltinchi xossasida zikr etilgan: Hayot bir narsaga kirgan vaqti, u jasadni bir olam hukmiga keltirishini; qism boʻlsa butun kabi, juz'iy bo'lsa kulliy kabi bir jome'iyat berganini koʻp goʻzalliklar bilan gʻoyat shirin tarzda izohlaydi. Xotimasida ismi a'zam ba'zi avliyo uchun boshqa-boshqa ekanini bayon qiladi.
Qayyumiyati Ilohiyaga qaragan oyatlarning bir nuktasiga va "Qayyum" ismi a'zamining bir jilva-i a'zamiga muxtasar "Besh Shuʻla" bilan ishorat qiladi.
Birinchi Shua: Bu koinotning Xoliqi Zuljaloli zoti bilan Qayyumdir, Doimdir, Boqiydir. Butun ashyo uning Qayyumiyati bilan qoimdir, davom etadi, vujudda qoladi, baqo topadi. Qayyumiyat bogʻi bir on kesilsa, butun ashyo birdan mahv boʻladi.
Sheriki va oʻxshashi yoʻqdir. Moddadan mujarrad, makondan munazzah, boʻlinishi va taqsimlanishi imkonsiz, boshqalashishi va oʻzgarishi imkonsiz; ehtiyoj va ojizligi imkon xorijidagi Zoti Aqdasning bir qism jilvalarini, bir qism zalolatdagilar, zarralardagi muntazam oʻzgarishlar ichida his qilishgan hayratlanarli Xalloqiyati Ilohiyaning va Qudrati Rabboniyaning jilva-i a'zamining qayerdan kelganini bilmaganlari uchun va Qudrati Samadoniyaning jilvasidan kelgan umumiy quvvatning qayerdan idora etilganini tushunolmaganlari uchun, modda va quvvatni azaliy deb oʻylaganlari uchun Allohni inkor qilish yoʻllarining mohiyatini koʻrsatgan, haq va haqiqat maslagining latofatli yuzini Qayyumiyat sirrining tajalli-i a'zami bilan izohlab, butun goʻzalligi bilan maydonga chiqargan gʻoyat nozik va juda chuqur va keng ifoda bilan, tabiatparastlar va moddaparastlar maslaklarini yoʻq qilib, ularni johilligini isbotlagan va uyaltirgan oliy bayondir.
Ikkinchi Shua: "Ikki Masala"dir.
Birinchisi: Haddu hisobsiz osmondagi yulduzlarning nihoyatsiz intizom va mezon ichida, Qayyumiyat sirri bilan qiyom, baqo va davomlari; va amri "Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga soʻzsiz boʻysunishlari, Ismi Qayyumning a'zamiy jilvasiga oʻlchov boʻlgani kabi.. har bir hayot egasining jasadini tashkil etgan zarralarning, jasadning har a'zosida u a'zoga koʻra toʻplanishlari; va sel kabi oqqan va boʻronlar ichida chayqalgan unsurlarning, tarqalmasdan u jasadda muntazam turishlari; va Ilohiy amrga soʻzsiz boʻysunishlari, Qayyumiyat sirrini e'lon qilgan sanoqsiz tillar ekanini bayon qiladi.
Ikkinchi Masalasi: Narsalarning Qayyumiyat sirri bilan munosabatli foyda va hikmatlariga ishorat qılgan juda koʻp navilaridan uch turiga ishorat qiladi.
Birinchi Tur: Narsalarning oʻziga va insonga va insonning foydalariga qaraydi.
Ikkinchi Tur: Ham umum shuur sohiblarining mutolaasiga qaraydi, ham Fotirining asmosini bildirgan oyat va qasida ekanini hadsiz oʻquvchilariga ifoda etishiga qaraydi.
Uchinchi Tur: Toʻgʻridan-toʻgʻri Sone'-i Zuljalolga qaraydi. Bu uchinchi turda bir soniya yashash kifoya qilishi bilan birga,
oyatining ishorati bilan; Ilohiy qayyumiyat hadsiz yulduzlarga va nihoyatsiz zarralarga tayanch nuqtasi ekanini va butun mavjudotning holat va ahvolida minglab silsilalarning uchlari
ishorati bilan Qayyumiyat sirriga bogʻliq ekanini eʻlon qiladi.
Uchinchi Shua: Xalloqiyati Ilohiya va Faoliyati Rabboniya ichidagi sirri Qayyumiyatning bir daraja inkishofiga ishorat qilgan muqaddimalarning birinchisi: Zamon saylida davomiy chayqalgan va koʻz ochtirmasdan, nafas oldirmasdan shahodat olamidan gʻayb olamiga yuborilgan bu maxluqotning, hayrat beruvchi sayru-sayohati, uch muhim sho'baga ayrilgan hadsiz va nihoyatsiz bir hikmatdan kelib chiqadi.
Birinchi Sho''basi: Faoliyatning har bir turi, juz'iy boʻlsin kulliy boʻlsin, lazzatni berishi sirri bilan (ta'birda xato boʻlmasin) Zoti Hayyi Qayyumda boʻlgan bir ishqi lahutiyning va bir muhabbati qudsiyaning va bir lazzati muqaddasaning shuunoti, hadsiz faoliyat bilan va nihoyatsiz xalloqiyat bilan koinotni mutamodiyan yangilab chayqatganini..
Ikkinchi Sho''basi: Har bir jamol va hunar sohibi, oʻz jamolini va hunarini sevishi va tashhir etib e'lon qilishi qoidasi bilan Jamili Zulkamolning ming bir asmo-i husnasidan har bir ismining har bir martabasida sanoqsiz husn turlari bilan cheksiz chiroyli haqiqatlar boʻlgani uchun, ishqi muqaddasa-i Ilohiya, sirri Qayyumiyatga binoan koinotni davomiy almashtirib yangilaganini..
Uchinchi Sho''basi va Toʻrtinchi Shua: Har bir marhamat va shafqat sohibi va har bir oliyjanob kishi boshqalarni mamnun va hursand qilishdan, sevintirib baxtli qilishdan lazzat olishi; va har adolatli kishi, haqiqatni oʻrnatishidan quvonishi; va har hunar sohibi boʻlgan san'atkor, qilgan san'atini koʻrsatishdan va san'atining istagan tarzida ishlab orzu qilgan natijalarini berishidan faxlanishi qoidalariga koʻra,
bu koinotning Sone'-i Hakimi ming bir goʻzal ismlarining son-sanoqsiz goʻzalliklariga mavjudotni sazovor qilish uchun koinotni ajib doimiy yaratuvchilik va hayratli faoliyati Sarmadiya ichida Qayyumiyat sirri bilan tinmay yangilab turganini, juda gʻarib, shirin, latif, gʻoyat xush ifoda bilan izohlaydi. Va bir qism zalolatdagilarning "Koinotni bunday oʻzgartirgan va yangilagan zotning, oʻzining ham oʻzgargan va bir holda qotib qolmagan boʻlishi kerak emasmi?" deb soʻragan savollariga; aksincha Zoti Zuljalolning oʻzgargan va bir holda qotib qolmagan boʻlmasligi kerakligini qat'iy suratda bayon qilgan javob berilgan.
Beshinchi Shua: Ikki masaladir.
Birinchi Masala: Ismi Qayyumning jilva-i a'zamiga qaratish uchun, xayoliy ikki durbindan biri bilan, eng uzoqlarda efir moddasi ichida Qayyumiyat sirri bilan ushlab qolingan; qisman harakatlangan, qisman bir yerga mahkamlangan millionlab azamatli yulduzlarni va boshqa durbin bilan yerdagi tirik maxluqlar vujudining zarralarining vaziyat va harakatlarini tomosha qildiradi.
Xulosasi: Bu olti ismi a'zam bir-biri bilan aralashganni uchun, butun koinotning barcha mavjudotini ushlab qolgan, baqo va qiyom bergan Qayyum ismi jilva-i a'zami orqasida tajalliy etgan Hayy ismining butun mavjudotni hayot bilan yoritganini.. va Hayy ismining orqasida tajalliy etgan Fard ismining mavjudotni vahdat ichiga olib yuzlariga bir-bir ahadiyat muxrini bosganini.. va Fard ismining orqasida tajalliy etgan Hakem ismining mavjudotni mevador nizom va hikmatli intizom va samarador tartib ichiga olib bezatganini.. va Hakem ismining jilvasi orqasida tajalliy etgan Adl ismining mavjudotni yulduzlar qoʻshinidan to zarralar qoʻshiniga qadar gʻoyat hassos bir adolat mezoni ichida tutib amri "Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga soʻzsiz boʻysunish bilan itoat ettirganini.. va Adl ismining jilvasi orqasida tajalliy etgan Quddus ismining, mavjudotni Jamili Mutlaqning jamoli zotiga va nihoyatsiz goʻzal asmo-i husnasiga loyiq va munosib boʻladigan gʻoyat goʻzal oynalar shakliga keltirganini koʻrsatadi.
Ikkinchi Masala: Qayyumiyatning vohidiyat va jalol nuqtasida koinotda tajalliysi boʻlgani kabi, ahadiyat va jamol nuqtasida insonda ham jilvasining koʻrinishi ekanini; va bu tajalliy bilan Zoti Zuljamolning insonga farishtalardan ustun qilgan ehsonlarini va ehsonlarining umumiyligini, yuksakligini va kengligini izohlaydi. Koinotni bir neʻmat dasturxoni qilib, insonga boʻysundirishining; va koinotning inson bilan sazovor boʻlgan Qayyumiyat sirri bilan bir jihatda qoim ekanining hikmati, insonning uch muhim vazifasidan kelib chiqqanini sanab oʻtadi. Va insonning u uch muhim vazifasidan uchinchi vazifasida, uch jihat bilan Zoti Hayyi Qayyumga oynadorlik qilganini anglatadi. Va bu oynadorlik etgan jihatlaridan uchinchi jihatdagi oynadorligining ham ikki yuzi ekanini; birinchi yuzi bilan asmo-i Ilohiyaga, ikiknchi yuzi bilan esa shuunoti Ilohiyaga oynadorlik qilganini umuman oʻxshashi yoʻq bir soʻzamollik bilan ifoda qiladiki, insonning dohiylarini ham bu haqiqatlarga maftun etib hayron qiladi.
Janobi Haqqa ilmalyaqiyn va hatto aynalyaqiyn darajasida ma'rifatni qoʻlga kiritib qullikning (keragiday) taqozo qilgan ojizlik va toʻliq faqirlikni izhor qilib Ilohiy dargohga iltijo va Rahmon huzuriga yaqinlashib insoniy xususiyatlarni aytilganidek ta'lim; va dunyo va uning ichidagi barcha narsalarnıng egası va maxfiy boylikka mutasarrif boʻlgan Akrami Anbiyo (alayhi akmaluttahiyyat) afandimizning munojotidan va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning tasbeh va hamd va sano va duoga tegishli yetti yuz adad oyatlaridan olingan bu tengsiz munojotning ma'naviy manbasi, avvalo boshda olamning yaratilishi haqida bir necha oyatlardan va oyati jaliladan; ikkinchidan, Javshan-ul Kabirning ming bir asmosidan mavjudotning yaratilishi bilan munosabatdor bir qancha bogʻlaridan; uchinchidan, "ilm shahrining eshigi" Nabaviy sanoga haqqiqatdan sazovor boʻlgan Imom Ali Karramallohu Vajhahu Roziyallohu Anhning osmon jismlari va yer mavjudoti bilan vujubi vujud, Vohidi Ahadni isbot qilgan muhtasham xitobni yoʻlboshchi olib mavzu va maqsadni shu qadar chuqurlashtirib va yoyadiki, bu haqiqatlarga oid maqtov faqat muallifining lison va qalamiga bogʻlangan va aloqali boʻlib, takror takror sodir boʻlgan amrga boʻyin egishni niyat va qasdi bilan boshlangan mundarijada aytamizki:
Birinchi Fikrada: Osmonlardagidagi aylanishlar va bu koʻplik ichidagi ajoyib sokinlik bilan mukammal faoliyat, Ma'budi Bilhaq boʻlgan Vojib-ul Vujud Vohidi Ahadga dalolat etganini;
Ikkinchi Fikrada: Fazoning bulut, chaqmoq, yashin, shamol, yomgʻirlar bilan faoliyat va hayratlanarli ijrooti yana mazkur butun tillari boʻlgan Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadga dalil ekanini;
Uchinchi Fikrada: Unsurlar boshqa hamma narsasi bilan va Yer Kurrasi umum maxluqoti va ikir chikirigacha;
Toʻrtinchi Fikrada: Aytilgan dalillar kabi, dengizlar, daryolar, chashmalar ma'ruf tamomi ehson boʻlgan Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadga dalolat etishini;
Beshinchi Fikrada: Oʻtgan shahodat kabi; togʻlar, zilzila ta'sirlaridan zaminning muhofaza va sukunatiga va ichidagi inqiloblar toʻfonlaridan salomatiga va dengizlarning istilosidan xalosiga; ham havoning zararli gazlardan tozalanishiga va suvlarning iddixoriga va hayot egalariga kerak moddalarning xazinadorligiga qilgan xizmatlari va hikmatlari bilan Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat etishini;
Oltinchi Fikrada: Oʻtgan dalillar kabi, yerdagi daraxtlar va nabototning; yaproqlar, gullar va mevalarning jozibali zikriy harakatlari va mukammal osonlik bilan kiydirilgan jihozlar va ziynatlari vujubi vujud va vahdati Bariga ochiq oydin dalolat etishini;
Yettinchi Fikrada: Shuingdek ruh sohiblarining va xususan inson jismlarida mavjud va muntazam soatlar va uskunalar kabi ishlagan va ishlatilgan dohiliy va xorijiy a'zo va organlar va ayniqsa besh tashqi tuygʻu kabi mukammal faoliyat bilan ishlayotgan tuygʻulari bilan vahdoniyatni isbot etishini;
Sakkizinchi Fikrada: Koinotning xulosasi boʻlgan inson va insonning zubdasi boʻlgan anbiyo va avliyo va asfiyoning xulosalari boʻlgan qalblarining va aqllarining mushohadalari va kashflari va ilhomlari va istixrojlari bilan,
yuzlab ijmo' va tavotur quvvatida va qat'iyatida vujubi vujud va vahdati Ilohiyaga shahodat etganlarini tom tom ochiqlik bilan bayon va tosh qotgan qalblarni isloh, va Janobi Kibriyoga munojot boʻlgan bu bitta haqiqat bogʻini, tazarruʻ xotimasi va niyozini shunday bogʻlaydiki:
Yo Robbi va yo Robbas Samavati Val Arozin! Yo Xoliqi va yo Xoliqi Kulli Shay! Osmonlarni yulduzlari bilan, zaminni barcha narsalari bilan va butun maxluqlarni butun holati bilan boʻysundirgan qudratingning va irodangning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi uchun, nafsimni menga boʻysundir! Va soʻragan narsalarinmi menga boʻysundir! Qur'on va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga boʻysundir! Menga va qardoshlarimga komil iymon va husni xotima ber. Hazrat Muso Alayhissalomga dengizni va Hazrat Ibrohim Alayhissalomga olovni va Hazrat Dovud Alayhissalomga togʻni, temirni va Hazrat Sulaymon Alayhissalomga jin va insonlarni va Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga Quyosh va Oyni boʻysundirganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni boʻysundir! Meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning yomonligidan, qabr azobidan va Jahannam olovidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omin, omin.
Duo soʻzlari bilan hotima qilgan bu munojot, iymon ahlining oʻta dolzarb boʻlishga loyiq ekani oshkora boʻlgani uchun, boshqa izohga kerak qolmadi.
Sakkizinchi Yog'duning Mundarijasidan Bir Parcha
Va
oyatlarining bir gʻaybiy nozik va chuqur maʻnosini Gʻavsi A'zam Sayyid Abdulqodir Jiyloniyning bir gʻaybiy karomati bilan tafsir qiladi. Mutavotir favqulotda karomatlarga sazovor boʻlgan Sulton-ul Avliyo vafot etganlaridan soʻng, aynan hayotida boʻlgani kabi, muridlari bilan aloqador boʻlganini, kashf ahli va valiylar tomonidan qabul qilingan. U zot sakkiz yuz yil muqaddam, Ilohiy izn bilan karomati bilan bizning davrimizni koʻrgan; ya'ni u kishiga koʻrsatilgan. Bu tashvishli va fitnali zamonda unga mansub bir qism Qur'on xizmatkorlariga tasalli berib, shijoatlantirish va tashviq qilish suratida bir mashhur qasidasining oxirida besh satr ichida ayni xabarni oʻn besh jihatdan beradi. Ham Jifr ilmining uch-toʻrt tomoni bilan, besh satrning ma'nosi, ham soʻzlari, ham xarflarining soni bir-birini quvvatlab ayni hodisani xabar bergani, diqqat qilganlarga qat'iyat darajasida qanoat bergan.
Ma'lumki: Kelajakdan xabar bergan nabiylar va avliyolar لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ta'qiqiga qarshi hurmat va adab uchun, ishoratlar va ramzlar bilan kifoyalanishgan. Ba'zan bir ishorat, ba'zan ikki ishorat, eng quvvatlisi besh-olti ishorat bilan ayni hodisani koʻrsatishgan. Holbuki Gʻavsi A'zam bu zamondagi Qur'oniy xizmatning hay'atini ishorat qilib, ichida bir xodimini ochiq ravshan koʻrsatadi. Bu risola ichidagi imzolar bilan koʻrsatilgani kabi, Qur'oniy xizmatdagi birodarlarimga ishtirokim bor. Bir qismi mening imzom bilandir. Bir qismi ularning lozim deb topishlari va chiqargan hulosalari va tasdiqlari bilan boʻlgani uchun; menga oid haddimdan ortiq hissani ularning xotirlari uchun qabul qildim. Boʻlmasa risolaning boshida aytganim kabi, bunda unday bir hissa-i sharafga haqqim yoʻq.
Oʻn yil muqaddam oʻsha gʻaybiy qasidani koʻrgandim; va menga ma'naviy eslatma kabi, "Diqqat qil!"deb qalbimga kelar edi. U xotirlatmani ikki jihat bilan tinglamagan edim:
Birinchisi: Umrimning ahamiyatli bir qismki, shonu-sharaf pardasi ostida mansab sevgisi zahari bilan zaharlanib oʻlgani uchun, qaytadan nafsi ammoraga boshqa bir sharaf eshigini ochishni istamadim.
Ikkinchi Jihat: Ushbu qaysar davrda isbot kerak boʻlmagan da'volarni va ochiq oydin hujjatlarni qabul qilmaganlarga bunday gʻaybiy ishorati navidan oʻzini oʻylash tarzida izhor qilish menga yoqmas edi. Oxirgi asoratimning sakkizinchi yili va eng qiynoqli va eng mashaqqatli davrda juda quvvatli tashviqqa muhtoj boʻlganimiz uchun menga eslatildiki: "Buni berilgan neʻmatni oshkor qilish va bir ma'naviy shukr turi sifatida izhor qil. Ham qoʻrqma, u qanoat beradigan darajada quvvatlidir!"
U risolaning boshida aytganim kabi, buni izhor qilishdan eng muhim maqsadim; Qur'on sirlariga oid risolalarning maqbuliyatiga Gʻavsi A'zam imzo bosishi turidan boʻlganidir.
Ikkinchi Maqsadim: Qudsiy ustozimning karomatini izhor qilish, karomoti avliyoni inkor etgan mulhidlarni sukut ettirib; Qur'oniy xizmatga kamchilik beradigan koʻp sabablarga uchragan va koʻp toʻsiqlarga nishon boʻlgan birodarlarimning ma'naviy kuchlarini quvvatlab, shavqlarini koʻpaytirib va umidsizliklarini ketkazısh edi.
Men uchun bir jihatdan oʻzini maqtashga kirgani uchun muhim zarardir. Lekin u zararimni, ustozimning va birodarlarimning xurmati uchun qabul qildim.
Bu Karomati Gʻavsiya risolasi sekin sekin chiqarilgani uchun bir necha parcha boʻldi va qoʻshimchalarga taqsimlandi. Bora bora bir-birini nurlantirgan va quvvatlagan sari aniqlik paydo qiladi. Ishoralarning ba'zisida za'flik boʻlsa ham boshqa birodarlarining ittifoqidan olgan quvvati u zaiflikni ketkazadi. Hatto hayratlanarli joyi shundaki; besh satrning oxirida, har birining martabasini va xos sifatini ishora qilib, oʻn beshdan ortiq Qur'on xizmatidagi muhim qardoshlarimni koʻrsatmoqda. Bu risolada, Karomati Gʻavsiya munosabati bilan bir qancha ahamiyatli masalalar va bir qancha muhim haqiqatlar bayon etilgan.
Bu risolani hammaga tavsiya etmayman va ruxsat bermayman. Balki sof, insof, ixlos va xos xususiyati boʻlgan qardoshlarimga ruxsat beraman. Ham boshidagi maqsadlarimni nazarda tutib qarasin. Meni, oʻzini karomat sohibi qilib koʻrstyapti deb tasavvur qilmasin.
Yigirma Sakkizinchi Yog'duning Mundarijasidan Bir Parcha
BIRINCHI NUKTA: Hazrat Imom Ali Raziyallohu Anh Qasida-i Arjuzasida اَحْرُفُ عُجْمٍ سُطِّرَتْ تَسْط۪يرًا deb, bu davrda umumiylashtirilgan ajnabiy harflariga qarab, bu jumladagi harflarning jifriy va abjadiy raqamlarining bu davrga ishorat qilishlari bilan mavjud kufriy jarayonga ishorat qilgani kabi; ham Arjuzasida, ham Arjuzani dastaklagan va quvvatlagan Qasida-i Jaljalutiyasida ochiq ravshan
fikrasi bilan, u jarayonning qarshisida vujudi ziyosi bilan tushunilgan va zulmatning juda shiddatli va tumanli, yoquvchi dahshatiga qarshi soʻnmagan va bora bora zulmatni yorib dunyoni yoritishga uringan Risola-i Nurga va muallifiga xususiy iltifotini
deb, oxirzamonga qadar Risola-i Nurning tengsiz suratda yorug'lik berishini va yonishini duo va niyoz qilgan va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng muhim shogirdi va ilmlarining birinchi noshiri boʻlgan Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhu, Islomning avvalida Qur'onga qarshi ochilgan koʻp eshiklarga qarshi muborak ismi a'zamni shafoatchi qilib qahramonona va mardona shariat haqiqatlari va Islom asoslarini muhofaza qilisdhga uringani kabi, oxirzamonda butunlay Qur'onga qarshi zindiqlar jarayoniga qarshi, ushbu ismi a'zamni shafoatchi va qutuladigan va himoya topadigan joy deb Qur'onning yoʻq boʻlmas i'jozidan kelgan va moʻ'jizali muxrini koʻrsatgan Risola-i Nurning soʻnmas nuri bilan va jim boʻlmas lisoni bilan shijoatli tarzda javob berib va qarshi turib, yerning yuzini yoqib koʻp gullarni quritgan zindiqlar olovini, ismi a'zamning kibriyoli, azamatli nuri bilan va Ismi Rahmon va Rahimning shafqatli va marhamatli tajalliysidan qaynab chiqqan obi hayot bilan soʻndirgan; va yongan yerlarda qurigan daryo va bogʻ gullari oʻrniga, togʻlarda va qirlarda
samo yomgʻiri va rahmati bilan haroratga chidab bergan va qattiq sovuqqa chidaydigan gullarni yetishtirgan Risola-i Nurni koʻrishi va shafqat bilan tasalli berishi va karomatli qarashi, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning valiylik maqomining taqozo qilganini haqqalyaqiyn koʻrsatadi.
Ham Qasida-i Jaljalutiyaning bir karomati boʻlgan
dan boshlagan uch-toʻrt satrda quvvatli alomat va dalildan:
jifr va abjad hisobi bilan bir ming uch yuz ellik uchinchi yil, Risola-i Nur shogirdlarining eng mashaqqatli davriga va bu vaqtda "Sakina" nomli Ismi A'zamni, yetmish bir oyat bilan bir yuz yetmish bir marta doimiy vird qilgan Risola-i Nur Muallifining ismlariga tavofuq sirri bilan ishorat qilishi, bu davrda Ismi A'zamni mujassam qilgan Risola-i Nur Muallifining xususiyatini va salomat bilan qutulishlarini bashorat bilan ishorat qilganini; Lillahilhamd, salomat bilan qutulishlari, karomati Alaviyani tasdiq etganini...
jumlasi bilan, eski Harbi Umumiyga ishtirok etib yara, chaqaga va nihoyatsiz qoʻrquvlarga ma'ruz qolib, nihoyat Rossiyaga asir boʻlib ketgan; dahshatli oxirzamon xarbida muhim vazifa bilan masʻul qilinib, ilondanda zaharli chayonlar boʻlgan mamlakatga tushgan; va kecha-kunduz ilonlar bilan harb etgan Risola-i Nur muallifiga
deb iltifotini va ma'naviy himoya va muhofaza va yordam xabarini beradi.
Uchinchi belgi: Uchta kuz mavsumida tasalliga sabab uch karomatdir:
Birinchisi: Gʻavsi A'zam Roziyallohu Anh,
ta'biri bilan oʻn besh kuchli alomat bilan;
Ikkinchi kuzda, ayni mavsumda, Hazrat Ali Roziyallohu Anh,
ta'biri bilan quvvatli dalillar bilan;
Uchinchi kuzda, فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ الَّذ۪ى ila oxir deb yana Hazrat Ali Roziyallohu Anh karomat bilan Risola-i Nur muallifiga qarab; Sakkiz, Oʻn Sakkiz, Yigirma Sakkizinchi Yog'dular boʻlgan risolalarning quvvatli va i'jozli ta'liflari bilan xavfga tushgan va tasalliga muhtoj boʻlgan Risola-i Nur shogirdlarining olti-yetti marta لَا تَخْشَ kalimalari bilan qoʻrquvlarini ketkazib shijoat berishlari, Qur'on xizmatkorlariga bir Ilohiy ikrom ekanini koʻrsatadi. Ham وَاقْبِلْ وَلَا تَهْرَبْ jumlasining yana avvalgi jumlalar kabi tinglovchisi Said-un Nursiy boʻlganidan, "Yo Said-un Nursiy! Qarshila, qochma!" deb shijoat beradi.
NATIJA: Toʻqqiz "ham ham"lar koʻrsatgan toʻqqiz haqiqatning Risola-i Nurda va muallifida amalda ijrosi va boshqalar tomonidan koʻrinishi.. hatto dushmanlarining tasdigʻi bilan ham sobitki: Hazrat Ali Roziyallohu Anhning Qasida-i Arjuza va Jaljalutiyasidagi shiddatli aloqadorligini nazarda tutganini, Vorisi Nabiy va Muqavvi-i Din va Ismi Homili Ismi A'zam boʻlgan Risola-i Nur va muallifi boʻlgani.. (Chunki butun dunyo maydondadir va butun nidolarni eshityapmiz; koʻpchilik harakatlarni koʻryapmizki) haq va haqiqatda adashmagan va Qur'onning huquqini amr qilingani kabi ta'vilsiz muhofazaga uringan "Risola-i Nur"dir deb shak va shubhasiz Hazrat Ali Roziyallohu Anhning tinglovchisi u kishi ekanini qat'iy isbotlaydi.
Ismi A'zam haqqi va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sharafi.. Yog'dular Majmuasini bostirganlarni va muborak yordamchilarini va Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga sazovor ayla. Omin! Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla. Omin! Va hasanot daftarlariga Yog'dular Majmuasining har bir harfi evasiga ming hasana yozdir. Omin! Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla. Omin!
Yo Arhamurrohimin!.. Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda baxtiyor qil. Omin! Insiy va jinniy shaytonlarning sharlaridan muhofaza ayla. Omin! Va bu ojiz va bechora Saidning kamchiliklarini avf qil... Omin!