Risale-i Nur

Lama'lar
— 4 —
Risola-i Nur Kulliyotidan
Yigirma Yettinchi Maktubdan
YOG'DULAR
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
— 5 —
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُٓ اَنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ٭ حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ لِلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا هُدًى وَ شِفَٓاءٌ

("Oʻttiz birinchi Maktub"ning birinchi qismi har doim, xususan shom va xufton orasida oʻttiz uch martadan oʻqilishi juda fazilatli boʻlgan mazkur muborak kalimalarning har birining koʻp nurlaridan bittadan nurini koʻrsatgan olti Yogʻdudir.)

BIRINCHI YOGʻDU

Hazrati Yunus Ibn Matta ala nabiyyina va alayhissalotu vassalomning munojotlari, eng azim bir munojotdir va duoning qabul boʻlishining eng muhim sababidir. Hazrati Yunus alayhissalomning mashhur qissalarining xulosasi: dengizga otiladilar. U kishini katta bir baliq yutadi. Dengiz toʻfonli va tun notinch va qorongʻu va har tarafdan umid kesilgan bir vaziyatda

— 6 —
لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

munojoti u kishiga juda tez najot vositasi boʻladi. Shu munojotning muazzam sirri shuki: U vaziyatda sabablar batamom ma'nosini yoqotgan edi. Chunki u holda kishiga najot beradigan shunday bir Zot lozim ediki, hukmi ham baliqqa, ham dengizga, ham tunga, ham osmonga oʻtsin. Chunki u kishiga qarshi "tun, dengiz va hut" birlashishgan edi. Uchovini birdan amriga boʻysundirgan bir Zot u kishini salomatlik sohiliga chiqara olar edi. Agar jamiki insonlar u kishining xizmatkori va yordamchisi boʻlishsa ham, besh tiyinlik foydalari boʻlmas edi. Demak, sabablarning ta'siri yoʻq. U kishi Musabbib-ul Asbobdan boshqa bir boshpana boʻlolmasligini aynal-yaqiyn koʻrganlari uchun, sirri ahadiyat nuri tavhid ichida ochilgani uchun, bu munojot birdaniga tunni, dengizni va hutni boʻysundirdi. U zot nuri tavhid bilan hutning qornini bir suv osti kemasi hukmiga keltirib va zilzilali togʻ kabi toʻlqinlar dahshati ichida dengizni nuri tavhid bilan xavfsiz bir sahro, kezish va koʻngil ochish maydoni qilib, oʻsha nur bilan samo yuzini bulutlardan supurib, Oyni bir chiroq kabi boshi ustiga qoʻydi. Hamma tarafdan u kishini qoʻrqitgan va tazyiq oʻtkazgan oʻsha maxluqlar har tomondan u kishiga doʻstlik yuzini koʻrsatishdi. Nihoyat salomatlik sohiliga chiqib, yaqtiyn daraxti ostida lutfi Rabboniyni mushohada qildi.

Xulosa shuki biz, Hazrati Yunus alayhissalomning birinchi vaziyatlaridan yuz daraja yanada mudhish bir vaziyatdamiz. Tunimiz istiqboldir. Istiqbolimiz gʻaflat nazarimiz bilan u kishining tunlaridan yuz daraja yanada qorongʻu va dahshatlidir. Dengizimiz shu sargardon kurra-i zaminimizdir. Bu dengizning har toʻlqinida minglab oʻlik mavjud, u kishining dengizlaridan ming daraja yanada qoʻrqinchlidir. Bizning havo-i nafsimiz hutimiz boʻlib, abadiy hayotimizni ezib mahv qilishga harakat qilmoqda. Bu hut u kishining hutlaridan ming daraja yanada zararlidir. Chunki u kishining hutlari yuz yillik bir hayotni mahv qiladi. Bizning hutimiz esa yuzlab million yillar hayotni mahv qilishga harakat qilmoqda. Modomiki haqiqiy vaziyatimiz bu ekan, biz ham Hazrati Yunus alayhissalomga iqtido qilib, jamiki sabablardan yuzimizni oʻgirib, toʻgʻridan-toʻgʻri Musabbib-ul Asbob boʻlgan Rabbimizga iltijo qilib لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ deyishimiz kerak va aynal-yaqiyn tushunishimiz kerakki, gʻaflat va zalolatimiz sababli bizga qarshi ittifoq qilgan istiqbol, dunyo va havo-i nafsning zararlarini daf qiladigan yolgʻiz shunday Zot boʻlishi mumkinki, istiqbol amri ostida, dunyo hukmi ostida, nafsimiz idorasi ostidadir. Ajabo, Xoliqi Samovot va Arzdan boshqa qaysi sabab borki, eng nozik va eng yashirin qalbimizga kelganlarni bilsin va biz uchun istiqbolni oxiratning ijodi bilan yoritsin va dunyoning yuz ming boʻgʻuvchi toʻlqinlaridan qutqarsin. Aslo, Zoti Vojib-ul Vujuddan boshqa hech bir narsa, hech bir jihatdan Uning izni va irodasi boʻlmasdan yordam berolmaydi va xaloskor boʻlolmaydi.

— 7 —

Modomiki vaziyatning haqiqati shunday ekan. Hazrati Yunus alayhissalomga oʻsha munojot natijasida hutlari u kishiga bir ulov, bir suv osti kemasi va dengiz goʻzal sahro va tun mahtobli latif bir surat oldi. Biz ham u munojotning sirri bilan لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ deyishimiz kerak. لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ jumlasi bilan istiqbolimizga, سُبْحَانَكَ kalimasi bilan dunyoimizga, اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ifodasi bilan nafsimizga marhamat nazarini jalb qilishimiz kerak. Toki, nuri iymon bilan va Qur'onning mahtobi bilan istiqbolimiz nurlansin va u tunimizning dahshat va vahshati ahboblik va sayrga aylansin. Va davomli ravishda mavt va hayotning almashinishi bilan yillar va davrlar toʻlqinlari ustida hadsiz murdalar minib yoqlikka otilgan dunyoimiz va zaminimizda Qur'oni Hakimning dastgohida qurilgan ma'naviy bir kema hukmiga oʻtgan Islomiyat haqiqati ichiga kirib salomatlik bilan oʻsha dengizning ustida kezib, oxiri salomatlik sohiliga chiqib hayotimizning vazifasi tugasin. Oʻsha dengizning toʻfon va zilzilalari, kino pardalari kabi sayrning manzaralarini yangilash bilan, vahshat va dahshat oʻrniga, ibrat va tafakkur nazarini quvontirib, siylab yoritsin. Va Qur'onning sirri, Furqonning tarbiyasi bilan nafsimiz bizga minmaydi, ulovimizga aylanib, bizni unga mindirib, abadiy hayotimizni qozonish uchun kuchli bir vositamiz boʻlsin.

Xulosa shuki, modomiki inson mohiyatining jome'iyati e'tibori bilan bezgakdan alam chekkani kabi, Yerning zilzila va silkinishlaridan va koinotning qiyomat hangomida ulkan zilzilasidan alam chekadi. Va xurdabiniy mikrobdan qoʻrqqani kabi, ulkan samoviy jismlardan chiqqan dumli yulduzdan ham qoʻrqadi. Ham xonadonini sevgani kabi, ulkan dunyoni ham sevadi. Ham kichik bogʻini sevgani kabi, cheksiz, abadiy Jannatni ham mushtoqona sevadi. Albatta, bunday bir insonning Ma'budi, Rabbi, panohi, xaloskori, maqsudi shunday bir Zot boʻlishi mumkinki, umum koinot uning tasarrufi ostida, zarralar va sayyoralar ham amri ostidadir. Albatta bunday inson doimo Yunus (AS) kabi

لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

deyishga muhtojdir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 8 —

IKKINCHI YOGʻDU

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِذْ نَادٰى رَبَّهُٓ اَنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

Sabr qahramoni Hazrati Ayyub alayhissalomning shu munojotlari, ham sinalgan, ham ta'sirlidir. Lekin oyatdan iqtibos suratida biz munojotimizda

رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

deyishimiz kerak. Hazrati Ayyub alayhissalomning mashhur qissalarining xulosasi shuki:

Juda koʻp yara-chaqa ichida ancha muddat qolganlari holda, u kasallikning buyuk mukofotini oʻylab, mukammal sabr bilan bardosh qilganlar. Soʻngra yaralaridan paydo boʻlgan qurtlar qalblariga va tillariga tekkan vaqti, zikr va ma'rifati Ilohiyaning joyi boʻlgan qalb va tillariga tekkanlari uchun, ubudiyat vazifasiga zarar kelishi tushunchasida, oʻz istirohatlari uchun emas, aksincha Allohga ibodat qilish uchun: "Ey Rabbim! Menga zarar tegdi, til bilan zikr qilishimga va qalb bilan ubudiyatimga ziyon bermoqda", deb munojot qiladilar. Janobi Haq oʻsha xolis va sof, gʻarazsiz, Oʻzi uchun boʻlgan u munojotni gʻoyat ajoyib bir suratda qabul qilgan. Mukammal sogʻliklarini ehson qilib, marhamat nurlariga noil aylaydi. Bu Yogʻduda "besh nukta" bor.

BIRINCHI NUKTA: Hazrati Ayyub alayhissalomning zohiriy yaralariga muqobil bizning botiniy va ruhiy va qalbiy kasalliklarimiz bor. Ichki dunyomiz tashqariga bir agʻdarilsa, Hazrati Ayyubdan ham battar yarali va kasalmand boʻlib chiqamiz. Chunki qilgan har bir gunohimiz, aqlimizga kirgan har bir shubha qalb va ruhimizda yaralar ochadi. Hazrati Ayyub alayhissalomning yaralari qisqagina dunyoviy hayotlariga xavf solgan edi. Bizning ma'naviy yaralarimiz juda uzun boʻlgan abadiy hayotimizga xavf solmoqda. Hazrati Ayyubning munojotlariga u Zotdan ming marta koʻproq muhtojmiz. Xususan, Hazratning yaralaridan vujudga kelgan qurtlar qalb va tillariga yopishgani kabi, gunohlardan kelgan yaralar va yaralardan hosil boʻlgan vasvasalar, shubhalar (Alloh saqlasin) iymonning joyi boʻlgan qalbning botiniga yopishib iymonni zadalaydi va iymonning tarjimoni boʻlgan tilning ruhoniy zavqiga yopishib, bizlarni zikrdan nafratkorona uzoqlashtirib ovozini oʻchirishadi. Ha, gunoh qalbga kirib olib, qoraytira-qoraytira, iymon nurini chiqargunga qadar qattiqlashtiradi. Har bir gunoh ichida kufrga ketadigan bir yoʻl bor. U gunoh istigʻfor bilan tez yoʻq qilinmasa, qurt emas, aksincha kichik ma'naviy ilon boʻlib qalbni chaqadi.

— 9 —

Masalan: uyaltiradigan gunohni yashirincha qilgan odam, boshqalarning xabar topishidan juda uyaladi, malaklar va ruhoniylarning mavjud boʻlishi unga juda ogʻir keladi. Kichik bir bahona bilan ularni inkor qilishni orzu qiladi.

Ham masalan: Jahannam azobini keltirib chiqargan katta bir gunohni qilgan odam, Jahannamning qoʻrqitishlarini eshitganda istigʻfor bilan unga qarshi qalqon tutmasa, butun ruhi bilan Jahannamning boʻlmasligini orzu qilgani uchun, kichik bir bahona va bir shubha Jahannamni inkor qilishga jasorat beradi.

Ham masalan: farz namozini oʻqimagan va ubudiyat vazifasini ado qilmagan odamning kichik boshligʻidan bir kichik vazifasizlik sababli olgan ta'ziridan xafa boʻlgan odam, Sultoni Azal va Abadning takror-takror farz boʻlgan amrlarini bajarishda qilgan tanballigi katta iztirob beradi va oʻsha iztirobdan ma'nan: "Koshki oʻsha ubudiyat vazifasi boʻlmasa edi", degan orzu keladi. Va bu orzudan Allohga ma'naviy adovatni his qildirgan inkor orzusi uygʻonadi. Allohning borligiga doir qalbga bir shubha kelsa, qat'iy bir dalil kabi unga yopishishga mayl qiladi va unga ulkan bir halokat eshigi ochiladi. U badbaxt bilmaydiki, gʻoyat arzimas bir mashaqqat ubudiyat vazifasidan kelishiga muqobil, inkori bilan oʻzini oʻsha qiyinchilikdan millionlab marta dahshatliroq ma'naviy mashaqqatlarga nishon qiladi. Pashshaning chaqishidan qochib, ilonning chaqishini qabul qiladi. Va hokazo... bu uch misolga qiyos qilinsinki بَلْ رَانَ عَلٰى قُلُوبِهِمْ sirri tushunilsin.

IKKINCHI NUKTA: "Yigirma Oltinchi Soʻz"da qadar sirriga doir bayon qilingani kabi, musibat va kasalliklarda insonlarning shikoyatga uch jihatdan haqlari yoʻq.

Birinchi jihat: Janobi Haq insonga kiydirgan vujud libosini san'atiga sazovor qiladi. Insonni bir model qilgan, u vujud libosini oʻsha model ustida kesadi, bichadi, almashtiradi, oʻzgartiradi, farqli ismlarining jilvasini koʻrsatadi. Shofiy ismi kasallikni istagani kabi, Razzoq ismi ham ochlikni taqozo qiladi. Va hokazo...

مَالِكُ الْمُلْكِ يَتَصَرَّفُ ف۪ى مُلْكِه۪ كَيْفَ يَشَٓاءُ

Ikkinchi jihat: Hayot musibatlar bilan, kasalliklar bilan poklanadi, kamol topadi, quvvat topadi, taraqqiy qiladi, natija beradi, takomillashadi, hayot vazifasini bajaradi. Bir xil istirohat toʻshagidagi hayot, butunlay yaxshilik boʻlgan bor boʻlishdan ziyoda butunlay yomonlik boʻlgan yoʻqlikka yaqindir va unga boradi.

— 10 —

Uchinchi jihat: Shu dunyo imtihon maydoni va xizmat joyidir, lazzat va maosh va mukofot joyi emas. Modomiki xizmat joyi va ubudiyat makoni ekan, kasalliklar va musibatlar, dinga oid boʻlmaslik va sabr qilish sharti bilan, oʻsha xizmatga va ubudiyatga oʻta muvofiq boʻladi va quvvat beradi. Va har bir soatni bir kun ibodat hukmiga keltirgani uchun, shikoyat emas, shukr qilish kerak. Ha, ibodat ikki qismdir: bir qismi musbat, boshqasi manfiy. Musbat qismi ma'lum. Manfiy qismi esa, kasalliklar va musibatlar bilan musibatzada zaifligini va ojizligini his qilib, Rabbi Rahimiga iltijo qiladigan tarzda yuzlanib, uni oʻylab, unga yolvorib, xolis ubudiyat qiladi. Bu ubudiyatga riyo kirmaydi, xolis boʻladi. Agar sabr qilsa, musibatning mukofotini oʻylasa, shukr qilsa, oʻsha vaqt har bir soati bir kun ibodat hukmiga oʻtadi. Qisqagina umri uzun bir umr boʻladi. Hatto bir qismi borki, bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga oʻtadi. Hatto bir oxirat qardoshim, Muhojir Hofiz Ahmad ismli bir zotning mudhish bir kasalligi uchun koʻp xavotirlandim. Qalbimga eslatildi: "Uni tabrikla. Har bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga oʻtmoqda." Zero u zot sabr ichra shukr qilar edi.

UCHINCHI NUKTA: Bir-ikki "Soʻz"da bayon qilganimiz kabi: har bir inson oʻtgan hayotini oʻylasa, qalbiga va tiliga yo "eh" yoki "oh!" keladi. Ya'ni, yo afsuslanadi, yo "alhamdulilloh" deydi. Afsuslanishni ayttirgan, eski zamonning lazzatlarining zavol va firogʻidan kelib chiqqan ma'naviy alamlardir. Chunki lazzatning zavoli alamdir. Ba'zan vaqtinchalik bir lazzat doimiy alam beradi. Oʻylash esa oʻsha alamni teshadi, nadomat oqitadi. Eski hayotida oʻtkazgan vaqtinchalik alamlarning zavolidan kelib chiqqan ma'naviy va doimiy lazzat "alhamdulilloh" dediradi. Bu tabiiy holat bilan barobar, musibatlarning natijasi boʻlgan savob va uxraviy mukofot va qisqa umri musibat vositasi bilan uzun bir umr hukmiga oʻtishini oʻylasa, sabrdan ziyoda shukr qiladi. "Alhamdulillohi 'alo kulli hal sival kufri vaz-zolal" deyishni taqozo qiladi. Mashhur bir soʻz bor: "Musibat zamoni uzundir." Ha, musibat zamoni uzundir. Faqat insonlar urfida oʻylangani kabi, mashaqqatli boʻlganidan uzun emas, aksincha uzun bir umr kabi hayotiy natijalar bergani uchun uzundir.

TOʻRTINCHI NUKTA: "Yigirma Birinchi Soʻz"ning birinchi maqomida bayon qilingani kabi: Janobi Haq insonga bergan sabr quvvatini vahimalar yoʻlida tarqatmasa, har musibatga qarshi kifoya qiladi. Lekin vahimaning istibdodi bilan va insonning gʻaflati bilan va foniy hayotni boqiy deb oʻylashi bilan, sabr quvvatini oʻtmish va kelajakka tarqatib, shu zamondagi musibatga qarshi sabri kifoya qilmaydi, shikoyatni boshlaydi. Goʻyo (Alloh saqlasin) Janobi Haqni insonlarga shikoyat qiladi. Ham juda haqsiz bir suratda va devonalarcha shikoyat qilib sabrsizlik koʻrsatadi. Chunki oʻtgan har bir kun, musibat boʻlsa, zahmati ketgan, rohati qolgan, alami ketgan, zavolidagi lazzati qolgan, mashaqqati oʻtgan, savobi qolgan. Bundan shikoyat emas, aksincha lazzatlanib shukr qilish lozim boʻladi. Ulardan ranjish emas, aksincha sevish kerak. Uning oʻsha oʻtgan foniy umri musibat vositasi bilan boqiy va baxtiyor bir navi umr hukmiga oʻtadi. Ulardagi alamlarni vahima bilan oʻylab bir qism sabrini ularga qarshi tarqatish devonalikdir. Ammo kelasi kunlar esa modomiki hali kelmagan, ichlarida boʻladigan kasallik yoki musibatni hozirdan oʻylab sabrsizlik koʻrsatish, shikoyat qilish ahmoqlikdir. "Ertaga, indingi kun och qolaman, suvsiz qolaman" deb bugun davomli ravishda suv ichish, non yeyish naqadar ahmoqona bir devonalik boʻlsa, xuddi shuning kabi, kelasi kunlardagi, hozir boʻlmagan musibat va kasalliklarni oʻylab, hozirdan ulardan alam chekish, sabrsizlik koʻrsatish, hech bir majburiyat boʻlmasdan oʻz-oʻziga zulm qilish shunday bir ahmoqlikdirki, shafqat va marhamat qilinishga loyiq boʻlmaydi.

— 11 —

Xulosa: Shukr ne'matni ziyodalashtirgani kabi, shikoyat musibatni ziyodalashtiradi, ham marhamatga loyiq boʻlmaydi. Birinchi Jahon Urushining birinchi yili Erzurumda muborak bir zot mudhish bir kasallikka giriftor boʻlgan edi. Yoniga bordim, menga: "Yuz kechadir men boshimni yostiqqa qoʻyib yotolmadim", deb achchiq shikoyat qildi. Men juda achindim. Birdan xayolimga keldi va: "Qardoshim, oʻtgan mashaqqatli yuz kuning hozir sevinchli yuz kun hukmidadir. Ularni oʻylab shikoyat qilma, ularga qarab shukr qil. Kelasi kunlar esa, hali kelmagan ekan, Rabbing boʻlgan Rahmonirrahimning rahmatiga ishonib, kaltak yemasdan yigʻlama, mavjud boʻlmagan narsadan qoʻrqma, yoʻqlikka vujud rangi berma. Hozirgi soatni oʻyla. Sendagi sabr quvvati bu soatga kifoya qiladi. Devona bir qoʻmondon kabi: chap qanot dushman kuchi uning oʻng qanotiga qoʻshilib, unga yangi bir kuch boʻlgani holda, chap qanotiga dushmanning oʻng qanoti hali kelmagan vaqtida, u olib markaz kuchini oʻngu-chapga tarqatib markazni zaiflashtiradi, dushman arzimas bir kuch bilan markazni xarob qiladi. Qardoshim, sen bunday qilma, bor kuchingni shu soatga qarshi toʻpla. Rahmati Ilohiyani va uxraviy mukofotni va foniy va qisqa umringni uzun va boqiy bir suratga aylantirganingni oʻyla. Bu achchiq shikoyat oʻrniga huzurli bir shukr qil", dedim. U ham tamoman yengil tortib: "Alhamdulilloh, kasalligim oʻndan birga tushdi", dedi.

BESHINCHI NUKTA: Uch masaladir.

Birinchi masala: Asl musibat va zararli musibat, dinga kelgan musibatdir. Diniy musibatdan har doim Allohning dargohiga iltijo qilib faryod qilish kerak. Lekin diniy boʻlmagan musibatlar, haqiqat nuqtasida musibat emas. Bir qismi Rahmoniy eslatmadir. Qandayki choʻpon boshqaning dalasiga oʻtib ketgan qoʻylariga tosh otadi. Ular oʻsha toshdan his qiladilarki: zararli ishdan qutqarish uchun bir eslatmadir, mamnun boʻlib qaytadilar. Shunga oʻxshab, koʻp zohiriy musibatlar borki, bittadan Ilohiy eslatma, bittadan tanbehdir va bir qismi gunohlarga kafforatdir va bir qismi gʻaflatni tarqatib, bashariy ojizligini va zaifligini bildirib, bir navi huzur bermoqdir. Musibatning kasallik boʻlgan navi, sobiqan oʻtgani kabi, oʻsha qism musibat emas, aksincha bir iltifoti Rabboniydir, bir poklashdir. Rivoyatda bor: " Mevasi pishgan daraxtni silkitganda mevalari qanday toʻkilsa, bezgakning titrogʻidan gunohlar ham shunday toʻkiladi."

— 12 —

Hazrati Ayyub alayhissalom munojotlarida oʻzlarining istirohatlari uchun duo qilmaganlar, aksincha til bilan zikr va qalb bilan tafakkurga mone boʻlgan vaqt, ubudiyat uchun shifo talab qilganlar. Biz u munojot bilan - birinchi maqsadimiz - gunohlardan kelgan ma'naviy ruhiy yaralarimizning shifosini niyat qilishimiz kerak. Moddiy xastaliklar uchun ubudiyatga mone boʻlgan vaqtda iltijo qilishimiz mumkin. Lekin e'tiroz qiladigan, shikoyat qiladigan bir suratda emas, aksincha xokisorlik bilan va madad soʻraydigan suratda iltijo qilish kerak.

Modomiki Uning rububiyatiga rozimiz, oʻsha rububiyati nuqtasida bergan narsasiga rozilik kerak. Qazo va qadariga e'tirozni his qildirgan bir tarzda "eh! uf!" deb shikoyat qilish, bir navi qadarni tanqiddir, rahimiyatini ayblashdir. Qadarni tanqid qilgan odam, boshini sandonga urib yoradi. Rahmatni ayblagan kishi, rahmatdan mahrum qoladi. Intiqom olish uchun singan qoʻlni iste'mol qilish, sinishini ziyodalashtirgani kabi, musibatga giriftor boʻlgan odam e'tiroz qilib shikoyat qilishi va xavotir bilan uni qarshilashi, musibatni ikki baravarga oshiradi.

Ikkinchi masala: Moddiy musibatlarni katta koʻrgan sari kattalashadi, kichik koʻrgan sari kichrayadi. Masalan: Kechalari insonning koʻziga bir narsa koʻringandek boʻladi. Unga ahamiyat bergan sari kattalashadi, ahamiyat berilmasa, yoʻqoladi. Hujum qilgan arilarni haydagan sari ziyoda hujum qilishlari, loqayd qolganda tarqalishlari kabi, moddiy musibatlarga ham katta nazari bilan ahamiyat bilan qaragan sari kattalashadi. Xavotir vositasi bilan oʻsha musibat jasaddan oʻtib qalbda ham ildiz otadi, bir ma'naviy musibatni ham natija beradi. Unga tayanadi, davom qiladi. Qachon oʻsha xavotirni qazoga rozilik va tavakkal vositasi bilan yoʻqotsa, bir daraxtning ildizi kesilishi kabi, moddiy musibat yengillasha-yengillasha, ildizi kesilgan daraxt kabi qurib ketadi. Bu haqiqatni ifodalash uchun bir vaqt shunday degandim:

Tashla, ey bechora, faryodni, balodan qil tavakkal.

Zero, faryod balo-andar, xato-andar balodir, bil.

Agar balo berganni topgan boʻlsang, safo-andar, ato-andar balodir, bil.

Agar topmasang, butun dunyo jafo-andar, fano-andar balodir, bil.

Jahon toʻla balo boshingda bor ekan, nega baqirursan kichik bir balodan, kel, tavakkal qil!

Tavakkal ila balo yuziga kul, toki u ham kulsin. U kulgan sari, kichrayar, etar tabaddul.

— 13 —

Urushda mudhish dushmanga tabassum qilish natijasida adovat sulhga, dushmanlik hazilga aylangani kabi, adovat kichrayib mahv boʻladi. Tavakkal bilan musibatga qarshi chiqmoq ham shundaydir.

Uchinchi masala: Har zamonning bir hukmi bor. Bu gʻaflat zamonida musibat shaklini oʻzgartirgan. Ba'zi paytlarda va ba'zi shaxslarda balo, balo emas, aksincha bir lutfi Ilohiydir. Men shu zamondagi kasalmand boshqa musibatzadalarni (musibat dinga tegilmaslik sharti bilan) baxtiyor deb koʻrganimdan, kasallik va musibatga qarshi boʻlish xususida menda bir fikr bermaydi. Va menga ularga achinish hissini bermaydi. Chunki qaysi bir oʻsmir xasta yonimga kelgan boʻlsa, koʻramanki, tengdoshlariga nisbatan bir daraja diniy vazifa va oxiratga qarshi bogʻliqligi bor. Shundan anglaymanki, undaylar haqida u xil kasalliklar musibat emas, bir navi ne'mati Ilohiyadir. Chunki, garchi oʻsha kasallik uning dunyoviy, foniy, qisqagina hayotiga bir zahmat beradi. Lekin uning abadiy hayotiga foydasi tegadi, bir navi ibodat hukmiga oʻtadi. Agar sihat topsa, yoshlik sarxushligi bilan va zamonning safohati bilan albatta kasallik holatini muhofaza qilolmaydi, aksincha safohatga otiladi.

XOTIMA

Janobi Haq hadsiz qudrat va nihoyasiz rahmatini koʻrsatish uchun insonda cheksiz bir ojizlik, nihoyasiz bir faqirlik joylashtirgan. Ham cheksiz ismlarining naqshlarini koʻrsatmoq uchun insonni shunday bir suratda yaratganki, cheksiz jihatlar bilan alamlar olgani kabi, cheksiz jihatlar bilan lazzatlar olib biladigan bir uskuna hukmida yaratgan. Va oʻsha inson uskunasida yuzlab anjomlar bor. Har birining alami boshqa, lazzati boshqa, vazifasi boshqa, mukofoti boshqadir. Goʻyo, eng katta inson boʻlgan olamda aks etgan butun Allohning ismlari, eng kichik olam boʻlgan insonda ham oʻsha ismlarning umumiy boʻlib jilvalari bor. Bunda sihat va ofiyat va lazzatlar kabi foydali ishlar shukr qildirgani kabi, u uskunani koʻp jihatlar bilan vazifalariga yoʻllaydi. Inson ham bir shukr fabrikasi kabi boʻladi. Xuddi shuning kabi, musibatlar bilan, kasalliklar bilan, alamlar bilan, boshqa hayajonlantiruvchi va harakatlantiruvchi nuqsonlar bilan oʻsha uskunaning boshqa charxlarini harakatga keltiradi, hayajonlantiradi. Insoniy mohiyatda joylashtirilgan ojizlik va zaiflik va faqirlik ma'danini ishlatadi. Bir til bilan emas, aksincha har bir a'zoning tili bilan bir iltijo, bir madad soʻrash vaziyatini beradi. Goʻyo inson u nuqsonlar bilan, boshqa-boshqa minglab qalamni ichiga olgan harakatlanuvchi bir qalam boʻladi. Hayot sahifasida yoki lavhi misoliyda hayotining taqdirini yozadi, Allohning ismlariga bir e'lonnoma qiladi va bir qasida-i manzuma-i Subhoniya hukmiga oʻtib, yaratilishining vazifasini ado qiladi.

— 14 —

UCHINCHI YOGʻDU

(Bu Yogʻduga bir daraja his va zavq qoʻshilgan. His va zavqning joʻshqinliklari esa aqlning dasturlarini, fikrning mezonlarini koʻp tinglamaganliklari va rioya qilmaganliklari uchun, bu Uchinchi Yogʻdu mantiq mezolari bilan oʻlchanilmasligi kerak.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatining mazmunini ifoda qilgan ikki

يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى

jumlasi ikki muhim haqiqatni ifoda qiladi. Shuning uchun: Naqshiylarning raislaridan bir qismi bu ikki jumla bilan oʻzlariga maxsus xatm qilib muxtasar xatma-i Naqshiya hukmida tutadilar. Modomiki oʻsha buyuk oyatning mazmunini bu ikki jumla ifoda qilar ekan, biz bu ikki jumla ifoda qilgan ikki muhim haqiqatning bir nechta nuktasini bayon qilamiz.

Birinchi nukta: Birinchi marta يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى bir jarrohlik amaliyoti hukmida qalbni mosivodan ajratadi, kesadi. Shundayki: inson mohiyatining qamrovi e'tibori bilan mavjudotning deyarli aksariyati bilan aloqadordir. Ham insonning jome' mohiyatiga cheksiz muhabbat iste'dodi joylashtirilgan. Shuning uchun ham inson umum mavjudotga bir muhabbat his qiladi. Ulkan dunyoni oʻz uyi kabi sevadi. Abadiy Jannatga bogʻi kabi sevadi. Holbuki u sevgan mavjudot turishmaydi, ketadi. Firoqdan doimo azob chekadi. Uning oʻsha cheksiz muhabbati cheksiz ma'naviy azobga sabab boʻladi. Oʻsha azobni chekishdagi qabohat, qusur unga oiddir. Chunki qalbidagi cheksiz muhabbat iste'dodi cheksiz boqiy jamolga molik bir Zotga yuzlanmoq uchun berilgan. U inson suiiste'mol qilib oʻsha muhabbatni foniy mavjudotga sarf qilgani uchun kamchilikka yoʻl qoʻyadi va uning jazosini firoq azobi bilan tortadi.

— 15 —

Bu qusurdan uzoqlashib u foniy mahbublardan aloqani kesish, u mahbublar uni tark qilmasdan avval u ularni tark qilish jihati bilan Mahbubi Boqiyga hasri muhabbatni ifoda qilgan يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى boʻlgan birinchi jumlasi: "Boqiyi Haqiqiy yolgʻiz Sensan. Mosivo foniydir. Foniy boʻlgan albatta boqiy bir muhabbatga va azaliy va abadiy bir ishqqa va abad uchun yaratilgan qalbning aloqasiga arzimaydi" ma'nosini ifoda qiladi. "Modomiki cheksiz mahbublar foniydir, meni tashlab ketishmoqda. Ular meni tashlamasdan avval men ularni يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى deyish bilan tashlayman. Yolgʻiz sen boqiysan va sening boqiylashtirishing bilan mavjudot baqo topa olishini bilib e'tiqod qilaman. Shunday ekan, Sening muhabbating bilan ular seviladi. Yoʻqsa qalbni bogʻlashga loyiq emas!" deganidir. Bu holatda qalb cheksiz mahbublaridan voz kechadi. Husn va jamollari ustida foniylik tamgʻasini koʻradi, qalbning aloqasini kesadi. Agar kesmasa, mahbublari sanogʻicha ma'naviy jarohatlar oladi. Ikkinchi jumla boʻlgan يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى oʻsha hadsiz yaralarga ham malham, ham tiryoq boʻladi. Ya'ni: يَا بَاق۪ى "Modomiki sen boqiysan, bu yetadi. Hamma narsaga badalsan. Modomiki Sen borsan, hamma narsa bor." Darhaqiqat, mavjudotda muhabbatga sabab boʻlgan husn va ehson va kamol, umumiy boʻlib Boqiyi Haqiqiyning husn va ehson va kamolotining ishoralari va koʻp pardalardan oʻtgan zaif bir soyalaridir. Shubhasiz, asmo-i husna jilvasining soyalarining soyalaridir.

Ikkinchi nukta: Insonning fitratida baqoga gʻoyat shiddatli bir ishq bor. Hatto har sevgan narsasida quvva-i vahima jihati bilan bir navi baqoni tavahhum qiladi, keyin sevadi. Qachonki zavolini oʻylasa yoki koʻrsa, ich-ichidan faryod qiladi. Butun firoqlardan kelgan faryodlar, baqo ishqidan kelgan yigʻilarning tarjimonlaridir. Agar baqo tavahhumi boʻlmasa, sevolmaydi. Hatto: baqo olamining va abadiy Jannatning bor boʻlishining bir sababi, shu inson mohiyatidagi oʻsha shiddatli baqo ishqidan chiqqan gʻoyat quvvatli baqo orzusi va baqo uchun fitriy umumiy duo boʻlib, Boqiyi Zuljalol oʻsha shiddatli mustahkam fitriy orzuni, oʻsha ta'sirli kuchli umumiy duoni qabul qilganki, foniy insonlar uchun boqiy bir olamni yaratgan, deyish mumkin. Ham hech mumkinmi: Fotiri Karim, Xoliqi Rahim kichik me'daning arzimas orzusini va vaqtinchalik baqo uchun hol tili bilan duosini cheksiz lazzatli taomlar turlarining ijodi bilan qabul qilsin-da, umum nav'i basharning buyuk fitriy ehtiyojdan kelgan juda shiddatli orzusini va umumiy va doimiy va haqli va haqiqatli, soʻz bilan, hol bilan, baqoga doir gʻoyat kuchli duosini qabul qilmasin? Aslo! Yuz ming marta yoʻq! Qabul qilmaslik mumkin emas! Ham hikmat va adolatiga hamda rahmat va qudratiga hech bir jihatdan yarashmaydi.

— 16 —

Modomiki inson baqoga oshiq ekan, albatta butun kamoloti, lazzatlari baqoga tobedir. Va modomiki baqo Boqiyi Zuljalolga maxsus va modomiki Boqiyning ismlari boqiya va modomiki Boqiyning oynalari Boqiyning rangini, hukmini olar ekan va bir navi baqoga sazovor boʻlar ekan, albatta inson uchun eng lozim boʻlgan ish, eng muhim vazifa: Oʻsha Boqiyga aloqa paydo qilish va ismlarini mahkam tutishdan iboratdir. Chunki Boqiy yoʻliga sarf qilingan hamma narsa bir navi baqoga sazovor boʻladi. Demak, oʻsha ikkinchi يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى jumlasi bu haqiqatni ifoda qiladi. Insonning cheksiz ma'naviy yaralarini davolash bilan birga, fitratidagi gʻoyat shiddatli baqo orzusini u bilan qondiradi.

Uchinchi nukta: Bu dunyoda zamonning, narsalarning fano va zavolidagi ta'sirlari gʻoyat farqlidir. Va mavjudot esa ichma-ich doiralar kabi bir-biri ichida ekan, hukmlari zavol nuqtasida boshqa-boshqa boʻladi. Soatning soniyalarini koʻrsatgan doirasi, daqiqani va soatni va kunlarni koʻrsatgan doiralar koʻrinishdan bir-biriga oʻxshaydi, lekin tezlikda bir-biridan farqlidir. Shuningdek, insondagi jism, nafs, qalb, ruh doiralari shunday bir-biridan farqlidir. Masalan: jismning baqosi, hayoti, vujudi - bor boʻlgan kuni, balki bir soat boʻlgani va oʻtmish va kelajak yoʻq va oʻlik holda ekan, qalb bugundan boshlab koʻp kunlar avval va koʻp kunlar keyingi zamonga qadar vujud doirasi va hayoti kengdir. Hozirgi kundan yillar avval va yillar keyingi buyuk bir doira ruhning hayot va vujud doirasiga kiradi.

Demak, bu iste'dodga binoan qalbiy va ruhiy hayotga sabab boʻlgan ma'rifati Ilohiya va muhabbati Rabboniya va ubudiyati Subhoniya va marziyoti Rahmoniya tomonidan bu dunyodagi foniy umr boqiy bir umrni ichiga oladi va abadiy va boqiy bir umrni natija beradi va boqiy va loyamut umr hukmiga oʻtadi. Ha, Boqiyi Haqiqiyning muhabbat, ma'rifat, roziligi yoʻlida bir soniya bir yildir. Agar uning yoʻlida boʻlmasa, bir yil bir soniyadir. Aslida uning yoʻlida bir soniya loyamutdir, koʻp yillardir. Va dunyo jihatida ahli gʻaflatning yuz yili, bir soniya hukmiga oʻtadi. Mashhur bir soʻz borki:

سِنَةُ الْفِرَاقِ سَنَةٌ وَ سَنَةُ الْوِصَالِ سِنَةٌ

ya'ni: "Firoqning bir soniyasi, bir yil qadar uzundir va visolning bir yili, bir soniya qadar qisqadir." Men bu jumlaning tamoman aksiga aytaman: Visol, ya'ni Boqiyi Zuljalolning roziligi doirasida livajhilloh bir soniya visol, nafaqat bunday bir yil, aslida doimiy bir visol derazasidir. Gʻaflat va zalolat firoqi ichida nafaqat bir yil, aslida ming yil bir soniya hukmidadir. Oʻsha soʻzdan yanada mashhur soʻz:

— 17 —
اَرْضُ الْفَلَاتِ مَعَ الْاَعْدَاءِ فِنْجَانٌ سَمُّ الْخِيَاطِ مَعَ الْاَحْبَابِ مَيْدَانٌ

hukmimizni quvvatlantiradi. Mashhur avvalgi soʻzning sahih ma'nosi shuki: Modomiki foniy mavjudotning visoli foniy ekan, naqadar uzun boʻlsa boʻlsin, qisqa hukmidadir. Bir yili bir soniya kabi oʻtadi. Hasratli bir xayol va qaygʻuli bir tush boʻladi. Baqoni istagan inson qalbi bir yil visolda boʻlsa ham bir soniyachada faqat zarra kabi bir zavqini olib biladi. Firoq esa soniyasi bir yil emas, yillardir. Chunki firoqning maydoni kengdir. Baqoni istagan bir qalbga, firoq garchi bir soniya boʻlsa ham, yillar qadar buzgʻunchilik qiladi. Chunki hadsiz firoqlarni eslatadi. Moddiy va tuban muhabbatlar uchun butun oʻtmish va kelajak firoq bilan toʻladir.

Shu masala munosabati bilan aytamiz: Ey insonlar! Foniy, qisqa, foydasiz umringizni boqiy, uzun, foydali, mevali qilishni istaysizmi? Modomiki istamoq insoniyatning taqozosi ekan, Boqiyi Haqiqiyning yoʻlida sarflanglar. Chunki Boqiyga yuzlangan narsa baqoning jilvasiga sazovor boʻladi. Modomiki har bir inson gʻoyat shiddatli suratda uzun umr istaydi, baqoga oshiqdir va modomiki bu foniy umrni boqiy umrga almashtirgan bir chora bor va ma'nan juda uzun bir umr hukmiga oʻtkazmoq mumkindir. Albatta, insoniyligi yoʻqolmagan odam oʻsha chorani qidiradi va oʻsha imkondan foydalanadi va oʻshanga koʻra harakat qiladi. Oʻsha chora esa shu: Alloh uchun ishlanglar, Alloh uchun koʻrishinglar, Alloh uchun harakat qilinglar. "Lilloh, livajhilloh, liajlilloh" roziligi doirasida harakat qilinglar. Oʻshanda umringizning daqiqalari yillar hukmiga oʻtadi.

Bu haqiqatga ishora qilgan Layla-i Qadr kabi bitta tun saksondan ortiq yildan iborat ming oy hukmida ekanini nassi Qur'on koʻrsatmoqda. Ham bu haqiqatga ishora qilgan ahli valoyat va haqiqat orasida bir muhaqqaq dastur boʻlgan "basti zamon" sirri bilan koʻp yillar hukmida boʻlgan bir necha daqiqalik Me'roj zamoni bu haqiqatning borligini isbot qiladi va sodir boʻlganini koʻrsatadi. Me'rojning bir necha soat muddati minglab yillar hukmida keng va qamrovi va uzunligi bor. Chunki U Zot Me'roj yoʻli bilan baqo olamiga kirdi. Baqo olamining bir necha daqiqasi bu dunyoning minglab yilini oʻz ichiga oladi. Ham shu haqiqatga bino qilingan valiylar oʻrtasida juda koʻp sodir boʻlgan "basti zamon" hodisalaridir. Ba'zi valiylar bir daqiqada bir kunlik ishni qilishgan. Ba'zilari bir soatda bir yillik vazifalari bajarganlar. Ba'zilari bir daqiqada bir marta Qur'onni xatm qilishganini rivoyat qilib xabar beradilar. Bunday ahli haq va sidq bilib turib yolgʻon gapirish darajasiga tushmaydilar. Ham bu daraja cheksiz va koʻplab tavotur bilan

— 18 —

"basti zamon"

{(Hoshiya)

قَالَ قَٓائِلٌ مِنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا اَوْ بَعْضَ يَوْمٍ

oyati bilan

وَلَبِثُوا ف۪ى كَهْفِهِمْ ثَلَاثَ مِائَةٍ سِن۪ينَ وَازْدَادُوا تِسْعًا

oyati "tayyi zamon"ni koʻrsatgani kabi,

وَاِنَّ يَوْمًا عِنْدَ رَبِّكَ كَاَلْفِ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ

oyati ham "basti zamon"ni koʻrsatadi.}

haqiqatini boʻlganidek koʻrishgan. Bu esa shubha sababi boʻlolmaydi. "Basti zamon"ning hamma tomonidan tasdiqlangan bir turi tush paytida koʻrinadi. Ba'zan bir daqiqada inson koʻrgan tushini, oʻtkazgan holatlarini, aytgan soʻzlarini, koʻrgan lazzatlarini yoki chekkan alamlarini koʻrish uchun uygʻoqlik olamida bir kun, balki kunlar kerak boʻladi.

Bir soʻz bilan: Inson garchi foniydir. Lekin baqo uchun yaratilgan va boqiy Zotning oynasi qilib yaratilgan va boqiy mevalarni beradigan ishlarni qilishga vazifalantirilgan va boqiy Zotning boqiy ismlarining jilvalariga va naqshlariga sazovor boʻladigan surat berilgandir. Shunday ekan, bunday bir insonning haqiqiy vazifasi va saodati: butun jihozlari va butun iste'dodlari bilan oʻsha Boqiyi Sarmadiyning roziligi doirasida ismlariga intilib, abad yoʻlida oʻsha Boqiyga yuzlanib ketmoqdir. Tili يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى degani kabi, qalbi, ruhi, aqli, butun latif tuygʻulari "Huval Boqiy, Huval Azaliyy-ul Abadiy, Huva-s Sarmadiy, Huva-d Doim, Huval Matlub, Huval Mahbub, Huval Maqsud, Huval Ma'bud" deyishi kerak.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
— 19 —

TOʻRTINCHI YOGʻDU

"Minhoju-s Sunnat" bu risolaga loyiq topilgan.

("Imomat Masalasi" ikkinchi darajali masala boʻlgani holda, haddan ortiq ahamiyat berilgani uchun, iymoniy masalalar qatoriga kirib, Ilmi Kalom va usul-ud dinda diqqatni oʻziga tortgani uchun, Qur'on va iymonga oid asl xizmatimizga munosabati boʻlgani uchun, qisman bahs qilindi.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ٭ قُلْ لَٓا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى
Bu ulugʻ oyatning juda koʻp buyuk haqiqatlaridan bir-ikki haqiqatiga "ikki maqom" bilan ishora qilamiz.

BIRINCHI MAQOM

«Toʻrt nukta» dir.

Birinchi nukta: Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ummatlariga boʻlgan mukammal shafqat va marhamatlarini ifoda qiladi. Darhaqiqat, sahih rivoyat bilan mahsharning dahshatidan hamma, hatto paygʻambarlar ham "o'z nafsim, o'z nafsim" degan vaqtlarida, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom "ummatim, ummatim" deb achinish va shafqatlarini koʻrsatganlari kabi, endi dunyoga kelgan vaqtlari ahli kashfning tasdigʻi bilan volidalari u kishining munojotlaridan "ummatim, ummatim", degan soʻzlarini eshitganlar. Yana, butun hayot tarixlari va yoygan shafqatkorona goʻzal axloqlari mukammal shafqat va achinishlarini koʻrsatgani kabi, ummatlarining cheksiz salovotlariga cheksiz ehtiyoj koʻrsatish bilan, ummatlarining butun saodatlari bilan mukammal shafqatlari sabab aloqador ekanlarini koʻrsatish bilan, cheksiz shafqatlarini koʻrsatganlar. Demak, bu daraja shafqatli va marhamatli bir rahbarning sunnati saniyasiga rioya qilmaslik, qay daraja nonkoʻrlik va vijdonsizlik boʻlishini qiyos qil.

— 19 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq Senirkentli qardoshlarim Ibrohim, Shukru, Hofiz Bekir, Hofiz Husen, Hofiz Rajab Afandilar!

— 20 —

Ikkinchi nukta: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom kulliy va umumiy nubuvvat vazifasi ichida ba'zi xususiy, juz'iy kishilarga azim shafqat koʻrsatganlar. Zohiriy holga koʻra, azim shafqatni oʻsha xususiy juz'iy kishilarga koʻrsatishlari, nubuvvat vazifasining haddan tashqari ahamiyatiga uygʻun kelmaydi. Lekin haqiqatda oʻsha juz'iy kishi kulliy umumiy nubuvvat vazifasiga mador boʻla oladigan silsilaning uchi va namoyandasi boʻlgani uchun, oʻsha buyuk silsila uchun, uning namoyandasiga haddan ortiq ahamiyat berilgan. Masalan: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Hasan va Husanga kichikliklarida koʻrsatgan haddan ortiq shafqat va buyuk ahamiyat, faqat tugʻma shafqat va qarindoshlik tuygʻusidan kelgan muhabbat emas, aksincha nubuvvat vazifasining nuroniy robitasining boshi va paygʻambar vorislarining gʻoyat ahamiyatli bir jamoatining manbai, namoyandasi, mundarijasi jihati uchun boʻlgan. Darhaqiqat, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Hasanni (RA) mukammal shafqatlaridan quchoqlariga olib boshini oʻpishlari, Hazrati Hasandan (RA) silsila boʻlib kelgan nuroniy muborak naslidan Gʻavsi A'zam boʻlgan Shohi Jiyloniy kabi koʻp mahdiy-misol nubuvvat vorislari va shariati Ahmadiyaning (ASV) tashuvchilari boʻlgan zotlar hisobiga Hazrati Hasanning (RA) boshini oʻpganlar va oʻsha zotlarning istiqbolda qiladigan muqaddas xizmatlarini nubuvvat nazari bilan koʻrib taqdirlagan va maqtaganlar va taqdir va tashviqqa alomat sifatida Hazrati Hasanning (RA) boshini oʻpganlar. Hazrati Husanga koʻrsatgan haddan ortiq ahamiyat va shafqat, Hazrati Husanning (RA) nuroniy silsilasidan kelgan Zaynalobidin, Ja'fari Sodiq kabi oliyshon imomlar va haqiqiy paygʻambar vorislari boʻlgan juda koʻp mahdiy-misol nuroniy zotlar nomiga va Dini Islom va risolat vazifasi hisobiga boʻynidan oʻpganlar, mukammal shafqat va ahamiyatini koʻrsatganlar. Darhaqiqat, Zoti Ahmadiyaning (ASV) gʻaybni bilgan qalbi bilan, dunyoda Asri Saodatdan abad tarafidagi hashr maydonini tomosha qilgan va yerdan Jannatni koʻrgan va zamindan koʻkdagi malaklarni mushohada qilgan va Odam (AS) zamonidan beri moziy zulmatlarining pardalari ichida yashiringan hodisalarni koʻrganlar, hatto Zoti Zuljalolning ru'yatiga sazovor boʻlgan nazari nuroniysi, chashmi istiqbol-biniysi, albatta Hazrati Hasan va Husanning orqalarida silsila tarzida kelgan qutblar va voris imomlar va mahdiylarni koʻrganlar va ularning barchasi nomiga boshlarini oʻpganlar. Darhaqiqat, Hazrati Hasanning (RA) boshini oʻpishlarida Shohi Jiyloniyning ulkan hissasi bor!

— 21 —

Uchinchi nukta: اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى oyatining bir soʻzga koʻra ma'nosi: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom risolat vazifasining ijrosiga muqobil mukofot istamaydilar, faqat Oli Baytlariga muhabbatni istaydilar." Agar: "Bu ma'noga koʻra nasliy yaqinlik jihatidan kelgan bir foyda koʻzlangan koʻrinmoqda. Holbuki اِنَّ اَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللّٰهِ اَتْقٰيكُمْ sirriga binoan, nasliy yaqinlik emas, aksincha Allohga yaqinlik nuqtasida risolat vazifasi jarayon qiladi?" deb aytilsa.

Javob: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom gʻayb-oshino nazarlari bilan koʻrganlarki: Oli Baytlari Islom olami ichida nurli bir daraxt hukmiga oʻtadi. Islom olamining barcha tabaqalarida insoniy kamolot darsida rahbarlik va murshidlik vazifasini bajaradigan zotlar, mutlaq aksariyat bilan Oli Baytdan chiqadilar. Tashahhuddagi ummatning "Ol" haqidagi duosi,

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلٰى اِبْرَاه۪يمَ وَ عَلٰى اٰلِ اِبْرَاه۪يمَ اِنَّكَ حَم۪يدٌ مَج۪يدٌ

dir. Qabul boʻlishini kashf qilganlar. Ya'ni, millati Ibrohimiyada aksariyat nuroniy rahbarlar Hazrati Ibrohimning (AS) oilasidan, nasllaridan boʻlgan paygʻambarlar boʻlganlari kabi, ummati Muhammadiyada (ASV) ham Islomiyatning buyuk vazifalarida va aksar tariqatlar va maslaklarida Bani Isroilning paygʻambarlari kabi, Oli Bayti Muhammadiyaning (ASV) qutblarini koʻrganlar. Shuning uchun لَٓا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى deyishga amr qilinib, Oli Baytga ummatning muhabbatini istaganlar. Bu haqiqatni quvvatlantirgan boshqa rivoyatlarda shunday marhamat qilganlar: "Sizga ikkita narsani qoldirmoqdaman. Ularni mahkam ushlasangiz, najot topasiz. Biri Kitobulloh, biri Oli Baytim." Chunki Sunnati Saniyaning manbai va muhofizi va har jihatdan tarafdor boʻlish bilan vazifador boʻlgan Oli Baytdir.

Demak, shu sirga binoan, Kitob va Sunnatga ergashish unvoni bilan ushbu hadisning haqiqati bildirilgan. Demak, Oli Baytdan risolat vazifasi jihatidan murodlari: Sunnati Saniyalaridir. Sunnati Saniyaga ergashishni tark qilgan, haqiqiy Oli Baytdan boʻlmagani kabi, Oli Baytga haqiqiy doʻst ham boʻlolmaydi.

— 22 —

Ham ummatlarini Oli Baytning atrofida toʻplamoq orzusining sirri shuki: Zamon oʻtishi bilan Oli Bayt ancha koʻpayishini Allohning izni bilan bilganlar va Islomiyat zaif boʻlishini anglaganlar. Oʻsha holda gʻoyat kuchli va koʻp sonli hajmijat bir jamoat lozimki, Islom olamining ma'naviy taraqqiyotida mador va markaz boʻla olsin. Allohning izni bilan bilganlar va ummatlarini Oli Baytlari atrofiga to'plashni orzu qilganlar. Darhaqiqat, Oli Baytning vakillari, e'tiqod va iymon xususida boshqalardan oldin boʻlmasalar ham, taslim, tarafdorlik va tarafgirlikda juda oldindadirlar. Chunki Islomiyatga fitratan, naslan va xulqan tarafdordirlar. Tugʻma tarafdorlik zaif va dovruqsiz, hatto haqsiz boʻlsa ham, tashlanmaydi. Bundan kelib chiqib, gʻoyat kuchli, gʻoyat haqiqatli, gʻoyat dovruqli, butun ajdodlarining silsilasi bogʻlangan va sharaf qozongan va jonlarini fido qilgan bir haqiqatga tarafdorlik, naqadar asosli va fitriy boʻlganini yaqqol his qilgan bir zot, hech tarafdorlikni tashlaydimi? Ahli Bayt ushbu shiddatli bogʻliqlik va tugʻma Islomiyat jihati bilan Islom dini foydasiga oddiy bir alomatni kuchli bir burhon kabi qabul qiladi. Chunki fitriy tarafdordir. Boshqa odam esa, kuchli bir burhon bilan keyin tarafdor boʻladi.

Toʻrtinchi nukta: Uchinchi nukta sababli Shialar bilan Ahli Sunnat va Jamoat nizosining boisi, hatto iymon aqidalari kitoblariga va iymon asoslari qatoriga kiradigan darajada kattalashtirilgan masalaga qisqacha bir ishora qilamiz:

Ahli Sunnat va Jamoat aytadiki: "Hazrati Ali (RA) "Toʻrt xalifa"ning toʻrtinchisidirlar. Hazrati Siddiq (RA) afzaldirlar va xalifalikka loyiq boʻlganlari uchun, eng avval u kishi boʻldilar." Shialar aytadiki: "Haq Hazrati Aliniki (RA) edi. U kishiga haqsizlik qilindi. Hammalaridan eng afzal Hazrati Alidir (RA)." Da'volariga keltirgan dalillarining xulosasi: Aytadilarki: Hazrati Ali (RA) haqlarida kelgan Paygʻambarimizning (ASV) hadislari va Hazrati Alining (RA) "Shohi Valoyat" unvoni bilan mutlaq aksariyat fikricha valiylarning va tariqatlarning manbai va ilm va shijoat va ibodatda hayratomuz sifatlari va Hazrati Paygʻambar alayhissalotu vassalom u kishiga va u kishidan silsila boʻlib ketgan Oli Baytga bo'lgan aloqalari koʻrsatadiki, eng afzal u kishi, doimo xalifalik u kishining haqi edi, u kishidan totrib olindi.

Javob: Hazrati Ali (RA) takror-batakror oʻz iqrorlari va yigirma yildan ortiq oʻsha uchta xalifaga ergashib ularning Shayxulislomligi maqomida boʻlishlari Shialarning bu da'volarini rad qiladi. Yana, uchta xalifaning xalifalik zamonlarida Islomiy fathlar va dushmanlar bilan urush hodisalari va Hazrati Alining (RA) zamonlaridagi voqealar, yana Islom xalifaligi nuqtasida Shialarning da'volarini rad qiladi. Demak, Ahli Sunnat va Jamoatning da'vosi haqdir.

Agar: "Shia ikkitadir. Biri shia-i valoyat, boshqasi shia-i xilofatdir. Mayli, bu ikkinchi qism gʻaraz va siyosatni qoʻshish bilan haqsiz boʻlsin. Faqat birinchi qismda gʻaraz va siyosat yoʻq. Holbuki shia-i valoyat shia-i xilofatga qoʻshilgan. Ya'ni, tariqatga mansub valiylarning bir qismi Hazrati Alini (RA) afzal koʻradilar. Siyosat tomonida boʻlgan shia-i xilofatning da'volarini tasdiq qiladilar", deyilsa.

— 23 —

Javob: Hazrati Aliga (RA) ikki jihatdan qaralishi kerak. Bir jihati: shaxsiy kamolot va martabalari nuqtasidan. Ikkinchi jihat: Oli Baytning shaxsi ma'naviysini ifodalaganlari nuqtasidandir. Oli Baytning shaxsi ma'naviysi esa, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning bir navi mohiyatlarini koʻrsatadi. Birinchi nuqta e'tibori bilan Hazrati Ali (RA) boshda boʻlib butun ahli haqiqat Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umarni (RA) ustun tutadilar. Islomiyat xizmatida va Allohga yaqinlikda maqomlarini yanada yuksak koʻrganlar. Ikkinchi nuqta jihatida Hazrati Ali (RA) Oli Bayt shaxsi ma'naviysining namoyandasi va Oli Baytning shaxsi ma'naviysi Hz.Muhammadning (ASV) bir haqiqatlarini ifodalagani uchun, muvozana qilinmaydi. Hazrati Ali (RA) haqlarida haddan ortiq maqtov to'la Paygʻambarimizning (ASV) hadislari bu ikkinchi nuqtaga qaraydilar! Bu haqiqatni quvvatlantirgan sahih bir rivoyat bor. Rasuli Akram alayhissalotu vassalom marhamat qilganlar: "Har Nabiyning nasli oʻzidandir. Mening naslim Alining (RA) naslidir."

Hazrati Alining (RA) shaxslari haqida boshqa xalifalardan ziyoda maqtov to'la hadislarning koʻplab yoyilishining sirri shuki: Umaviylar bilan Xorijiylar u kishiga haqsiz hujum va kamsitganlariga muqobil ahli haq boʻlgan Ahli Sunnat va Jamoat u kishi haqida rivoyatlarni koʻp yoyishgan. Boshqa Xulafo-i Roshidiyn esa, tanqid va kamsitishga uchramaganlari uchun, ular haqidagi hadislarning yoyilishiga ehtiyoj bo'lmagan. Yana, istiqbolda Hazrati Ali (RA) alamli hodisalarga va ichki fitnalarga duchor boʻlishlarini nubuvvat nazari bilan koʻrib, Hazrati Alini (RA) umidsizlikdan va ummatlarini u kishi haqida yomon fikrdan qutqarmoq uchun مَنْ كُنْتُ مَوْلَاهُ فَعَلِىٌّ مَوْلَاهُ kabi muhim hadislar bilan Alini (RA) tasalli va ummatni irshod qilganlar.

Hazrati Aliga (RA) nisbatan shia-i valoyatning haddan ortiq muhabbatlari va tariqat jihatidan kelgan ustun tutishlari, oʻzlarini shia-i xilofat darajasida mas'ul qilmaydi. Chunki valiylar maslak e'tibori bilan, muhabbat bilan murshidlariga qaraydilar. Muhabbatning ishi ifrotdir. Mahbubini maqomidan ortiq koʻrishni orzu qiladi va shunday ham koʻradi. Muhabbatdan joʻshish paytlarida ahli hol uzrli boʻlishlari mumkin. Lekin ularning muhabbat sabab ustun qoʻyishi, Xulafo-i Roshidiynni yomonlamaslik va adovat qilmaslik sharti bilan va Islom asoslarining tashqarisiga chiqmaslik sharti bilan uzrli hisoblanishlari mumkin. Siyosat gʻarazlari shia-i xilofatning ichiga kirgani uchun, gʻarazdan, tajovuzdan qutula olmaydilar, uzrli boʻlish haqqini yoʻqotadilar. Hatto

لَا لِحُبِّ عَلِىٍّ بَلْ لِبُغْضِ عُمَرَ
— 24 —

jumlasini tasdiqlagan Hazrati Umarning (RA) qoʻllari bilan Eron xalqi jarohat olgani uchun, intiqomlarini Hazrati Ali (RA) muhabbati suratida koʻrsatganlari kabi, Amr Ibn-ul Osning Hazrati Aliga (RA) qarshi qoʻzgʻoloni va Umar Ibni Sa'dning Hazrati Husanga (RA) qarshi fojiali urushi, Shialarga Umar ismiga shiddatli qahr va adovat uygʻotgan. Shia-i valoyatning Ahli Sunnat va Jamoatni tanqid qilishga haqqi yoʻq! Chunki Ahli Sunnat Hazrati Alini (RA) kamsitmaganlari barobarida jiddiy sevadilar. Hadisda oʻtganidek, tahlikali hisoblangan haddan ortiq darajadagi muhabbatdan chekinadilar. Hadisda oʻtgan Hazrati Alining (RA) shiasi haqidagi Paygʻambarimizning (ASV) maqtovlari Ahli Sunnatga oiddir. Chunki istiqomatli muhabbat bilan Hazrati Alining (RA) shialari, ahli haq boʻlgan Ahli Sunnat va Jamoatdir. Hazrati Iso alayhissalom haqlaridagi haddan ortiq darajadagi muhabbat Nasroniylar uchun tahlikali boʻlgani kabi, Hazrati Ali (RA) haqlarida ham oʻsha tarzda haddan ortiq darajadagi muhabbat sahih hadisda tahlikali ekani izohlangan.

Agar Shia-i valoyat: "Hazrati Alining (RA) hayratomuz kamolotlari qabul qilingandan soʻng Hazrati Siddiqni (RA) u kishidan ustun tutmoq mumkin boʻlmaydi", desa.

Javob: Hazrati Siddiqi Akbarning va Faruqi A'zamning (RA) shaxsiy kamolotlari va nubuvvat vorisligi vazifasi bilan xalifalik zamonidagi kamolotlari barobar mezonning bir pallasiga, Hazrati Alining (RA) shaxsiy gʻaroyib kamolotlari hamda xalifalik zamonidagi majbur boʻlib kirgan ayanchli ichki voqealardan kelgan va yomon fikrlarga uchragan xalifalik urushlari barobar mezonning boshqa pallasiga qoʻyilsa, albatta Hazrati Siddiqning (RA) yoki Faruqning (RA) yoki Zinnuraynning (RA) pallalari ogʻir kelishini Ahli Sunnat koʻrib, ustun qoʻyishgan. Yana, "Oʻn Ikkinchi" va "Yigirma Toʻrtinchi Soʻz"larda isbot qilingani kabi: Nubuvvatning valiylikka nisbatan darajasi shu qadar yuksakdirki, nubuvvatning bir misqol qadar jilvasi bir botmon qadar valiylikning jilvasidan ustundir. Bu nuqtai nazardan Hazrati Siddiqi Akbarning (RA) va Faruqi A'zamning (RA) nubuvvat vorisligi va risolat hukmlarini ta'sis qilish nuqtasida hissalari Alloh tarafidan ziyoda berilganiga, xalifalik davridagi muvaffaqiyatlari Ahli Sunnat va Jamoat uchun dalil boʻlgan. Hazrati Alining (RA) shaxsiy kamoloti oʻsha nubuvvat vorisligidan kelgan hissani hukmdan tushirolmagani uchun, Hazrati Ali (RA) Shayxayni Mukarramaynning xalifalik zamonlarida ularga Shayxulislom boʻlganlar va ularni hurmat qilganlar. Ajabo, Hazrati Alini (RA) sevgan va hurmat qilgan ahli haq va sunnat Hazrati Ali (RA) sevgan va jiddiy hurmat qilgan Shayxaynni qanday sevmasin va hurmat qilmasin? Bu haqiqatni bir misol bilan izoh qilaylik. Masalan: Gʻoyat boy bir zotning merosidan bolalarining biriga yigirma botmon kumush bilan toʻrt botmon oltin beriladi. Boshqasiga besh botmon kumush bilan besh botmon oltin beriladi. Yana biriga uch botmon kumush bilan besh botmon oltin berilsa, albatta oxirdagi ikkitasi garchi vazn jihatidan oz olsalarda, qiymat jihatidan koʻp oladilar.

— 25 —

Shu misol kabi, Shayxaynning nubuvvat vorisligi va risolat hukmlarini ta'sis qilishdan namoyon boʻlgan Janobi Haqning insonga yaqin boʻlishining haqiqat oltinidan hissasining biroz koʻpligi, shaxsiy kamolot va valiylik gavharidan kelib chiqqan Allohga yaqinlikning va valiylik kamolotining va yaqinlikning koʻpiga gʻolib keladi. Muvozanada bu nuqtalarni nazarga olish kerak. Agar shaxsiy shijoati va ilmi va valiyligi nuqtasida bir-biri bilan muvozana qilinsa, haqiqatning surati oʻzgaradi. Yana, Hazrati Alining (RA) zotlarida aks qilgan Oli Baytning shaxsi ma'naviyining va oʻsha shaxsiyati ma'naviyada mutlaq vorislik jihatidan aks qilgan Hz.Muhammadning (ASV) haqiqatlari nuqtasida muvozana qilinmaydi. Chunki u yerda Paygʻambar alayhissalotu vassalomning buyuk sirlari bor.

Ammo shia-i xilofat esa, Ahli Sunnat va Jamoat oldida uyalishdan boshqa hech qanday haqlari yoʻqdir. Chunki ular Hazrati Alini (RA) haddan ortiq sevish da'vosida bo'lganlari holda, kamsitadilar va yomon axloqda bo'lganliklarini ularning mazhabi taqozo qiladi. Chunki: "Hazrati Siddiq bilan Hazrati Umar (RA) haqsiz boʻlganlari holda, Hazrati Ali (RA) ularga yoʻl qoʻyib bergan, Shia ta'biriga koʻra taqiyya qilgan, ya'ni ulardan qoʻrqqan, ikkiyuzlamalik qilgan", deyishadi. Ajabo, bunday Islom qahramoni va «Asadulloh» unvonini qozongan va siddiqlarning qoʻmondoni va rahbari boʻlgan bir zotni ikkiyuzlamalik va qoʻrqoqlik bilan va sevmagan zotlariga yolgʻondakam muhabbat bilan va yigirma yildan ortiq qoʻrqib yoʻl berib haqsizlarga boʻysunishni qabul qilgan deb vasflash, u kishiga muhabbat emasdir! Unday muhabbatdan Hazrati Ali (RA) yuz oʻgiradilar. Xullas, ahli haqning mazhabi hech bir jihatdan Hazrati Alini (RA) kamsitmaydilar, yomon axloq bilan ayblamaydilar. Unday shijoat ajoyibotiga qoʻrqoqlikni nisbat bermaydilar va aytadilarki: "Hazrati Ali (RA) Xulafo-i Roshidiynni haq koʻrmasa edilar, bir daqiqa ham tan olmas va itoat qilmas edilar. Demakki, ularni haqli va ustun koʻrganlari uchun, gʻayrat va shijoatlarini haqparastlik yoʻliga taslim qilganlar."

Bir soʻz bilan: Hamma narsaning ifrot va tafriti yaxshi emas. Istiqomat esa oʻrta yoʻl boʻlib, Ahli Sunnat va Jamoat uni tanlagan. Lekin afsuski, Ahli Sunnat va Jamoat pardasi ostiga Vahobiylik va Xorijiylik fikri qisman kirgani kabi, siyosat maftunlari va bir qism dinsizlar Hazrati Alini (RA) tanqid qiladilar. Alloh saqlasin, siyosatni bilmaganlaridan xalifalikka toʻliq layoqat koʻrsatmaganlar, idora qilolmaganlar deydilar. Ularning bu haqsiz ayblovlaridan Alaviylar Ahli Sunnatdan arazlagan. Holbuki Ahli Sunnatning dasturlari va asos mazhablari bu fikrlarni taqozo qilmaydi, shubhasiz aksini isbot qiladi. Xorijiylar va dinsizlar tarafidan kelgan bunday fikrlar bilan Ahli Sunnat mahkum boʻlolmaydi. Aslida Ahli Sunnat Alaviylardan ziyoda Hazrati Alining (RA) tarafdoridir. Hamma xutbalarida, duolarida Hazrati Alinini (RA) loyiq maqtov bilan zikr qiladilar.

— 26 —

Xususan, Ahli Sunnat va Jamoat mazhabida boʻlgan barcha avliyo va asfiyolar bir ovozdan u kishini murshid va shohi valoyat deb bilishadi. Alaviylar esa ham Alaviylarning, ham Ahli Sunnatning adovatiga loyiq boʻlgan Xorijiylarni va dinsizlarni tashlab, ahli haqqa qarshi dushman vaziyatini olmasliklari kerak. Hatto bir qism Alaviylar Ahli Sunnatning aksiga sunnatni tark qilishadi. Olimlarning orasida katta bahsga sabab boʻlgani uchun bu masalada koʻp gapirdik, mayli.

Ey ahli haq boʻlgan Ahli Sunnat va Jamoat! Va ey Oli Baytning muhabbatini maslak qilib olgan Alaviylar! Tezda bu ma'nosiz va haqiqatsiz, haqsiz, zararli nizoni orangizdan olib tashlanglar. Boʻlmasa hozir kuchli hukm qilayotgan dahriylik jarayoni biringizni boshqangizga qarshi qurol qilib ezishida foydalanadi. Magʻlub qilgandan soʻng, oʻsha qurolni ham sindiradi. Siz ahli tavhid boʻlganingiz uchun, mobayningizda qardoshlikni va ittifoqni amr qilgan yuzlab asosli muqaddas rishtalar bor ekan, boʻlinishga sabab boʻlgan ahamiyatsiz masalalarni tashlash juda lozimdir!

***

IKKINCHI MAQOM

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

oyatining ikkinchi haqiqatiga doir boʻladi.

— 27 —

BESHINCHI YOGʻDU

{(1): Hazrati Ustozimiz Yigirma Toʻqqizinchi Arabiy Yogʻduning Oltinchi Bobining hoshiyasida bu ikki jumla haqida: "Bu ikki muborak kalomning martabalari ilmdan ziyoda fikr va zikr boʻlganidan, Arabcha zikr qilindi...", deya bayon qilganlar.

Badiuzzamonning Xizmatkorlari}

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ

oyatining gʻoyat muhim bir haqiqatini oʻn besh martaba bilan bayon qiladigan bir risola boʻlar edi. Lekin haqiqat va ilmdan ziyoda zikr va tafakkur bilan munosabatdor boʻlganidan, hozircha qoldirildi. Garchi Oʻn Birinchi Yogʻdu boʻlgan "Mirqotu-s Sunnat va bid'at kasalligining dorisi" nomli gʻoyat muhim bir risola Beshinchi Yogʻdu nomi bilan oldin yozilgan edi. Lekin oʻsha risola oʻn bir muhim nuktalarga boʻlinganidan, Oʻn Birinchi Yogʻduga kirdi. Beshinchi Yogʻdu boʻsh qoldi.

OLTINCHI YOGʻDU

{(2): Hazrati Ustozimiz Yigirma Toʻqqizinchi Arabiy Yogʻduning Oltinchi Bobining hoshiyasida bu ikki jumla haqida: "Bu ikki muborak kalomning martabalari ilmdan ziyoda fikr va zikr boʻlganidan, Arabcha zikr qilindi...", deya bayon qilganlar.

Badiuzzamonning Xizmatkorlari}

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ

jumlasi ifoda qilgan koʻp oyatlarning muhim haqiqatini yana oʻn besh-yigirma fikrlash martabasi bilan bayon qiladigan bir risola boʻlar edi. Bu Yogʻdu ham, Beshinchi Yogʻdu kabi, oʻzimda his qilgan va ruhiy harakatlarimda zikr va tafakkur bilan mushohada qilgan martabalar boʻlganidan, ilm va haqiqatdan ziyoda zavq va holga sabab boʻlish jihati bilan, haqiqat yogʻdulari ichida emas, balki oxirlarida yozilishi munosib koʻrildi.

— 28 —

YETTINCHI YOGʻDU

Fath surasining oxiridagi oyatning yetti xil gʻaybiy xabariga doirdir.
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ اِنْ شَٓاءَ اللّٰهُ اٰمِن۪ينَ مُحَلِّق۪ينَ رُؤُسَكُمْ وَ مُقَصِّر۪ينَ لَا تَخَافُونَ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذٰلِكَ فَتْحًا قَر۪يبًا ٭ هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَالَّذ۪ينَ مَعَهُٓ اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ وَعَدَ اللّٰهُ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُمْ مَغْفِرَةً وَ اَجْرًا عَظ۪يمًا

Fath surasining bu uch oyatining i'jozli tomonlari koʻp. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning oʻnta kulliy i'jozli tomonlaridan gʻaybdan xabar jihati shu uchta oyatda yetti-sakkiz jihat bilan koʻrinadi.

— 29 —

Birinchisi: لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا oxiriga qadar.. Makkaning fath boʻlishini sodir boʻlishidan oldin qat'iyat bilan xabar beradi. Ikki yildan soʻng xabar berganidek sodir boʻlgan.

Ikkinchisi: فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذٰلِكَ فَتْحًا قَر۪يبًا ifoda qiladiki: Hudaybiya sulhi garchi zohiran Islomga qarshi koʻringan va Qurayshiylar bir daraja gʻolib koʻringani holda, ma'nan Hudaybiya sulhi ma'naviy buyuk bir fath hukmida boʻlib va boshqa fathlarning ham kaliti ekanini xabar beradi. Haqiqatdan, Hudaybiya sulhi bilan garchi moddiy qilich qiniga vaqtinchalik qoʻyildi. Lekin Qur'oni Hakimning chaqmoq kabi olmos qilichi chiqdi, qalblarni, aqllarni fath qildi. Musolaha munosabati bilan bir-biri bilan qoʻshilib ketdilar. Islomiyat goʻzalligi, Qur'onning nurlari qavmlarning qaysarlik va mutaassiblik pardalarini yirtib, ta'sirini koʻrsatdi. Masalan: Bir harb dahosi hisoblangan Xolid Bin Valid va siyosat dahosi Amr Ibn-ul Os kabi magʻlubiyatni qabul qilmagan zotlar, Hudaybiya sulhi bilan jilvasini koʻrsatgan Qur'on qilichi ularni magʻlub qilib, Madina-i Munavvaraga mukammal itoat bilan Islomiyatga gardandoda-i taslim boʻlganlaridan soʻng, Hazrati Xolid bir "Sayfulloh" shakliga kirdi va Islomiy fathlarning qilichi boʻldi.

Muhim bir savol:Faxr-ul Olamiyn va Habibi Rabb-ul Olamiyn Hazrati Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Sahobalarining mushriklarga qarshi Uhudning oxirida va Hunaynning boshlanishida magʻlubiyatlarining hikmati nima?

Javob: Mushriklar ichida oʻsha vaqtda Sahobalar qatorida boʻlgan eng buyuk Sahobalarga istiqbolda muqobil keladigan Hazrati Xolid kabi koʻp zotlar boʻlganlaridan, shonli va sharafli istiqbollari nuqtai nazaridan butunlay izzatlarini sindirmaslik uchun, Allohning hikmati kelajakdagi xayrli ishlarining oldindan berilgan mukofoti sifatida moziyda ularga bergan, butunlay izzatlarini sindirmagan. Demak, moziydagi Sahobalar istiqboldagi Sahobalarga qarshi magʻlub boʻlganlar. Toki oʻsha istiqboldagi Sahobalar yarqiragan qilichlar qoʻrquvi bilan emas, aksincha haqiqat yogʻdusining rahbarligida Islomiyatga kirishsin va oʻsha fitriy botirliklari koʻp kamsitilmasin.

— 30 —

Uchinchisi: لَا تَخَافُونَ jumlasi bilan xabar beradiki: "Sizlar toʻliq bexatarlikda Ka'bani tavof qilasizlar." Holbuki Arabiston yarim orolidagi badaviy qavmlar, koʻpchiligi dushman boʻlish bilan birga, Makka atrofi va Quraysh qabilasining katta qismi dushman ekan, yaqin bir zamonda hech qoʻrquv his qilmasdan Ka'bani tavof qilasizlar xabari bilan Arabiston yarim oroli itoat ostiga olinishiga va butun Quraysh Islomiyatni qabul qilishiga va umumiy xavfsizlik oʻrnatilishiga dalolat qiladi va xabar beradi. Aynan xabar bergani kabi sodir boʻlgan.

Toʻrtinchisi:
هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَ د۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪

Toʻliq qat'iylik bilan xabar beradiki: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom keltirgan dini umum dinlar ustida gʻolib boʻladi!" Holbuki oʻsha zamonda yuzlab million tobelari boʻlgan Nasroniy va Yahudiy va Majusiy dinlari va Rim, Xitoy va Eron hukumati kabi yuzlab million fuqarolari boʻlgan yetakchi davlatlarning rasmiy dinlari ekan, oʻzlarining kichik qabilalari ustidan toʻliq gʻalaba qilolmagan vaziyatdagi Muhammadi Arabiy alayhissalotu vassalom keltirgan din barcha dinlar ustidan gʻolib va barcha davlatlarga muzaffar boʻlishlarini xabar beradi. Ham gʻoyat yaqqol va qat'iylik bilan xabar beradi. Istiqbol oʻsha gʻaybiy xabarni sharqdagi Tinch Okeanidan gʻarbdagi Atlantika Okeaniga qadar Islom qilichining yetib borishi bilan tasdiq qilgan.

Beshinchisi:
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَالَّذ۪ينَ مَعَهُٓ اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا

oxiriga qadar... Bu oyatning boshi Sahobalarning paygʻambarlardan soʻng inson zoti ichida eng mumtoz ekanliklarilariga sabab boʻlgan oliy axloq va yuksak fazilatni xabar berib, ochiq-ravshan ma'nosi bilan Sahobalar sinflarining istiqbolda vasflangan boshqa-boshqa mumtoz xos sifatlarini ifoda qilish bilan birga, ishoriy ma'nosi bilan, ahli tahqiqga koʻra, Paygʻambarimizning vafotidan soʻng oʻrinlariga oʻtadigan Xulafo-i Roshidiynga xalifalik tartibiga ishora qilib har birlarining eng mashhur ajratib turadigan mumtoz sifatlarini ham xabar beradi. Jumladan:

وَالَّذ۪ينَ مَعَهُ maxsus munosabat va xususiy suhbat bilan va eng avval vafot qilib yana doiralariga kirish bilan mashhur va mumtoz boʻlgan Hazrati Siddiqni koʻrsatgani kabi, اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ bilan istiqbolda Yer kurrasining davlatlarini fathlari bilan titratadigan va adolati bilan zolimlarga momoqaldiroq kabi shiddat koʻrsatadigan Hazrati Umarni koʻrsatadi. Va

— 31 —

رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ bilan istiqbolda eng muhim fitnaning sodir boʻlishi tayyorlanar ekan, mukammal marhamat va shafqatlaridan musulmonlar ichida qon toʻkilmasligi uchun ruhini fido qilib taslim boʻlib Qur'on oʻqirkan mazlum holda shahid boʻlishni afzal koʻrgan Hazrati Usmonni ham xabar bergani kabi, تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا saltanat va xalifalikka tom ma'noda loyiqlik va qahramonlik bilan kirganlari holda va komil taqvodorlik va ibodat va faqirlik va tejamkorlikni ixtiyor qilgan va ruku' va sajdada bardavomligi va koʻpligini barcha tasdiqlangan Hazrati Alining (RA) istiqboldagi vaziyatini va fitnalar ichidagi urushlarga javobgar emasligini, niyat va tilaklari Allohning lutfi ekanini xabar beradi.

Oltinchisi: ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ jumlasi ikki jihatdan gʻaybiy xabar beradi.

Birinchisi: Hazrati Paygʻambar alayhissalotu vassalom kabi oʻqib-yozishni bilmaydigan bir zotga nisbatan gʻayb hukmida boʻlgan Tavrotdagi Sahobalarning vasflarini xabar beradi. Darhaqiqat, Tavrotda - "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"da bayon qilingani kabi - oxirzamonda keladigan Paygʻambarning Sahobalari haqida Tavrotda bu jumla bor: "Qudsiylarning bayroqlari oʻzlari bilan birgadir." Ya'ni, U kishining Sahobalari Allohga toat va ibodat qiladigan hamda solih va valiy zotlar boʻlib, u vafslarni "qudsiylar" ya'ni "muqaddas" ta'biri bilan ifoda qilgan. Tavrotning juda koʻp boshqa-boshqa tillarga tarjima qilinishi vositasi bilan shu qadar oʻzgartirishlar boʻlgani holda, ushbu Fath surasining مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ hukmini bir necha oyatlari bilan tasdiq qiladi.

Ikkinchi gʻaybiy xabarda, مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ jumlasi bilan aytadiki: "Sahobalar va Tobe'iynlar ibodatda shunday bir darajaga kelishganki, ruhlaridagi nuroniyat yuzlarida porlagan va siymolarida sajdalarning koʻpligidan hosil boʻlgan peshanalarida valiylik xotami navidan sikkalar koʻrinadi." Istiqbol buni yaqqol va qat'iyan va porloq suratda isbot qildi. Darhaqiqat, shu qadar ayanchli fitnalar va siyosat toʻpolonlari ichida, bir kecha-kunduzda Zaynalobidin kabi ming rakat namoz oʻqigan va Tovusi Yamaniy kabi qirq yil xufton namozining tahorati bilan bomdod namozini ado qilgan juda muhim koʻplab zotlar مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ sirrini koʻrsatishgan.

— 32 —
Yettinchisi:
وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ

jumlasi ikki jihatdan gʻaybiy xabardir.

Birinchisi: Oʻqib-yozishni bilmaydigan paygʻambarga nisbatan gʻayb hukmida boʻlgan Injilning Sahobalar haqidagi xabarini darak beradi. Darhaqiqat, Injilda oxirzamonda keladigan Paygʻambarning (ASV) vasflarida مَعَهُ قَض۪يبٌ مِنْ حَد۪يدٍ وَاُمَّتُهُ كَذٰلِكَ kabi oyatlar bor. Ya'ni: Hazrati Iso (AS) kabi qilichsiz emas, aksincha qilich sohibi bir paygʻambar keladi, jihodga vazifador boʻladi va uning Sahobalari ham qilichli va jihodga vazifador boʻladilar. U poʻlat qilich sohibi Olamning Raisi boʻladi. Chunki Injilning bir yerida aytadi: "Men ketyapman, toki Olamning Raisi kelsin." Ya'ni, Olamning Raisi kelyapti. Demak, Injilning bu ikki jumlasidan tushunish mumkinki: Sahobalar garchi boshlanishda oz va zaif koʻrinsalarda, urugʻlar kabi unib-oʻsib, yuksalib, mustahkamlanib, quvvat qozonib, kofirlarning qahrlarini oʻzlariga yuttirib boʻgʻadigan vaqtda, qilichlari bilan inson zotini oʻzlariga boʻysundirib, raislari boʻlgan Paygʻambarning (ASV) esa, olamga rais ekanini isbot qiladilar. Bu esa aynan ushbu Fath surasi oyatining mazmunini ifoda qiladi.

Ikkinchi jihat: Bu jumla xabar beradiki: Sahobalar ozligidan va zaifligidan Hudaybiya sulhini qabul qilishgan. Albatta va albatta oz vaqtdan soʻng tezlik bilan shunday inkishof va hashamat va kuchga ega boʻlishadiki, yer yuzi ekinzorida dasti qudrat bilan ekilgan bashariyatning oʻsha davrda gʻaflati tufayli qisqa, kuchsiz, nuqsonli, barakasiz nihollariga nisbatan gʻoyat yuksak va kuchli va mevador va barakali suratda koʻpayadilar va kuch qozonadilar va muhtasham hukumatlarni ichqoralik, hasad va qizgʻanishdan kelgan qahr ichida qoldiradilar. Ha, istiqbol bu gʻaybiy xabarni juda porloq suratda koʻrsatdi. Bu xabarda yashirin yana bir ishora bor: Sahobani muhim xislatlar bilan maqtar ekan, eng katta mukofotning va'dasi maqom jihatidan lozim kelgani holda, مَغْفِرَةً kalimasi bilan ishora qiladiki: Istiqbolda Sahobalar ichida fitnalar bilan jiddiy xatolar boʻladi.

— 33 —

Chunki magʻfirat xatoning sodir boʻlishiga dalolat qiladi. Va oʻsha zamonda Sahobalar nazarida eng muhim istak va eng yuksak ehson, "magʻfirat" boʻladi va eng buyuk mukofot esa, afv bilan jazolamaslikdir. مَغْفِرَةً kalimasi bu latif ishorani koʻrsatgani kabi, suraning boshidagi لِيَغْفِرَلَكَ اللّٰهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَاَخَّرَ jumlasi bilan ham munosabatdordir. Suraning boshi haqiqiy gunohlardan magʻfirat emas, chunki ma'sumlik bor, gunoh yoʻq. Aksincha nubuvvat maqomiga loyiq ma'no bilan Paygʻambarga magʻfirat xushxabari va oxirida sahobalarga magʻfirat bilan xushxabar berish bilan, oʻsha ishoraga yana bir latofat qoʻshadi.

Fath surasining oxirgi mazkur uch oyatida oʻnta i'jozli tomonlaridan faqat gʻaybiy xabarining koʻp jihatlaridan faqat yettita jihatini bahs qildik. Juz'i ixtiyoriy va qadarga doir "Yigirma Oltinchi Soʻz"ning oxirida ushbu oxirgi oyat harflaridagi muhim bir i'joz yogʻdusiga ishora qilingan. Bu oxirgi oyat jumlalari bilan Sahobaga qaragani kabi, qaydlari bilan ham yana Sahobalarning holatlariga qaraydi. Va lafzlari bilan Sahobaning vasflarini ifoda qilganlari kabi, harflari bilan va oyatdagi harflarning takrorlanish soni bilan Asxobi Badr, Uhud, Hunayn, Suffa, Rizvon boʻlgan sahobalarning mashhur tabaqalaridagi zotlarga ishora qilganlari kabi, jifr ilmining bir navi va bir kaliti boʻlgan tavofuq jihatidan va abjad hisobi bilan bundanda koʻp sirlarni ifoda qiladi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Fath surasining oxiridagi oyatning ishoriy ma'nosi bilan bergan gʻaybiy xabar munosabati bilan quyidagi oyatda ayni xabar, ayni ishoriy ma'no bilan bergan munosabat bilan bir oz undan bahs qilinadi.

TATIMMA

وَلَهَدَيْنَاهُمْ صِرَاطًا مُسْتَق۪يمًا ٭ وَمَنْ يُطِعِ اللّٰهَ وَ الرَّسُولَ فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

Bu oyatning bayonida minglab nuktalaridan "Ikki nukta"ga ishora qilamiz.

— 34 —

Birinchi nukta: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon mafhumlari bilan, ochiq-ravshan ma'nosi bilan haqiqatlarni ifoda qilgani kabi, uslublari bilan, qismlari bilan koʻplab ishoriy ma'nolarni ham ifoda qiladi. Har bir oyatning ko'p ma'no tabaqalari bor. Qur'on "Hamma narsani qamragan ilm"dan kelgani uchun, butun ma'nolari murod boʻlishi mumkin. Insonning cheklangan fikri va shaxsiy irodasi bilan boʻlgan kalomlar kabi bir-ikki ma'no bilan chegaralanmaydi.

Ushbu sirga binoan, Qur'on oyatlarining mufassirlar tomonidan hadsiz haqiqatlari bayon qilingan. Mufassirlar bayon qilmagan yana koʻp haqiqatlari bor. Xususan, harflarida va ochiq-ravshan ma'nosidan tashqari, ishoralarida ko'p muhim ilmlar bor.

Ikkinchi nukta: Xullas, bu oyati karima

مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

ta'biri bilan siroti mustaqimning ahli va haqiqiy Ilohiy ne'matlarga sazovor bashariyatdagi paygʻambarlar toifasi va siddiqlar guruhi va shahidlar jamoati va solihlar sinflarining va tobe'iyn tabaqalarining borligini ifoda qilish bilan birga, Islomiyat olamida bu besh qismning eng mukammalini ajratib koʻrsatgandan soʻng, ularning imomlari va boshdagi raislarini mashhur sifatlari bilan zikr qilib, ularga dalolat qilib ifoda qilgani kabi, gʻaybiy xabar navidan bir i'joz yogʻdusi bilan oʻsha toifalarning istiqboldagi raislarining holatlarini bir tomondan ta'yin qiladi. مِنَ النَّبِيّ۪نَ jumlasi ochiq-ravshan Hazrati Paygʻambar alayhissalotu vassalomga qaraydi. وَالصِّدّ۪يق۪ينَ qismi Abu Bakr-is Siddiqqa qaraydi va Paygʻambar alayhissalotu vassalomdan soʻng ikkinchi boʻlishlariga va eng avval oʻrinlariga oʻtishlariga va "Siddiq" ismi ummat tomonidan u kishiga maxsus unvon va siddiqlarlarning boshida boʻlishlariga ishora qilgani kabi, وَالشُّهَدَٓاءِ kalimasi bilan Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali rizvanullohu alayhim ajma'iynning uchovlarini birga ifoda qiladi. Ham uchovlari Siddiqdan soʻng nubuvvatning xalifaligiga sazovor boʻlishlarini va uchovlari ham shahid boʻlishlarini, ham shahidlik fazilati boshqa fazilatlariga qoʻshilishini ishora qiladi va gʻaybiy bir suratda ifodalaydi. وَالصَّالِح۪ينَ kalimasi bilan Asxobi Suffa, Badr, Rizvon kabi mumtoz zotlarga ishora qilib

وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا
— 35 —

jumlasi bilan ochiq ma'nosi bilan ularga ergashishga tashviq va Tobe'iynlardagi ergashishlikni juda sharafli va goʻzal koʻrsatib, ishoriy ma'nosi bilan ilk toʻrt xalifaning beshinchisi boʻlib va اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً hadisi sharifning hukmini tasdiqlagan xalifalik muddati ozligi bilan birga qiymatini buyuk koʻrsatish uchun oʻsha ishoriy ma'no bilan Hazrati Hasan roziyallohu anhni koʻrsatadi.

Hosili kalom: Fath surasining oxirgi oyati ilk toʻrtta xalifaga qaragani kabi, bu oyat ham quvvatlantirib, gʻaybiy xabar navidan ularning istiqboldagi vaziyatlariga qisman ishora surati bilan qaraydi. Xullas, Qur'onning i'jozli tomonlaridan boʻlgan gʻaybiy xabar navining i'joz yogʻdulari Qur'on oyatlarida shu qadar koʻpki, sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Ahli zohirning qirq-ellik oyat deb qisqartirishlari, zohiriy nazar bilandir. Haqiqatda esa mingdan oʻtadi. Ba'zan bir oyatda toʻrt-besh jihat bilan gʻaybiy xabar topiladi.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
***

BU TATIMMAGA IKKINCHI IZOH

Shu Fath surasi oxirining gʻaybiy ishorasini tasdiqlagan, ham Fotiha-i Sharifadagi siroti mustaqim ahli va صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatidan murod kimlar ekanini bayon qilgan, ham abadiyatning juda uzun yoʻlida eng nuroniy, qadrdon, koʻp sonli, jozibador doʻstlar jamoatini koʻrsatgan va ahli iymon va asxobi shuurni shiddat bilan oʻsha jamoatga ergashishlik nuqtasida qoʻshilmoq va hamrohlikka moʻ'jizali shaklda chorlagan shu oyat

فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

yana Fath surasi oxirining oxirgi oyati kabi Ilmi Balog'atda "ma'ariz-ul kalom"

— 36 —

va "mustatba'ot-ut tarokib" ta'bir qilingan qasd qilingan ma'nodan boshqa ishoriy va ramziy ma'nolar bilan ilk toʻrtta xalifa va beshinchi xalifa boʻlgan Hazrati Hasanga (RA) ishora qiladi. Gʻaybiy ishlardan bir necha jihatdan xabar beradi. Jumladan:

Qandayki, shu oyat ochiq ma'nosi bilan inson zotida Janobi Haqning oliy ne'matlariga sazovor boʻlgan ahli siroti mustaqim boʻlgan paygʻambarlar jamoati va siddiqlar toifasi va shahidlar jamoati va solihlar va tobe'iynlar sinfi "muhsinlar" boʻlganini ifoda qilgani kabi, Islom olamida ham oʻsha toifalarning eng akmali va eng afzali boʻlganini va Oxirzamon Paygʻambarining nubuvvat vorisligi sirridan silsila boʻlib kelgan paygʻambarlar vorislari toifasi va Siddiqi Akbarning siddiqlik ma'danidan silsila boʻlib kelgan siddiqlar jamoati va uchta xalifaning shahidlik martabalari bilan bogʻliq boʻlgan shahidlar guruhi, وَ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ sirri bilan bogʻlangan solihlar jamoati va اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ sirriga ergashgan va Sahobalarning va Xulafo-i Roshidiynning hamrohligida ketgan tobe'iynlar sinfini gʻaybiy xabar navidan koʻrsatgani kabi, وَالصِّدّ۪يق۪ينَ kalimasi bilan ishoriy ma'no jihatida Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdan soʻngra maqomiga oʻtadigan va xalifasi boʻladigan va ummat tomonidan "Siddiq" unvoni bilan shuhrat topadigan va "siddiqlar" jamoatining raisi boʻladigan Hazrati Abu Bakr-is Siddiqni xabar beradi. وَالشُّهَدَٓاءِ kalimasi bilan Xulafo-i Roshidiyndan uchovlarining shahidliklarini xabar beradi va Siddiqdan soʻngra uchta shahid xalifa boʻladilar. Chunki "shahidlar" koʻplikdir. Koʻplikning eng kami uchdir. Demak Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali (roziyallohu anhum) Siddiqdan soʻngra xalifalik boshqaruviga oʻtadilar va shahid boʻladilar. Ayni gʻaybiy xabar sodir boʻlgandir. Yana, وَالصَّالِح۪ينَ qaydi bilan ahli Suffa kabi toat va ibodatda Tavrotning sanosiga sazovor boʻlgan solih va taqvodor va ibodat qiladiganlar istiqbolda koʻplab boʻlishini xabar berish bilan birga, وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا jumlasi Sahobaga

— 37 —

ilm va amalda hamrohlik qilgan va ergashgan Tobe'iynlarning ergashishlarini manzur koʻrish bilan, abad yoʻlida oʻsha toʻrtta jamoatning hamrohliklarini chiroyli va goʻzal koʻrsatmoq bilan barobar, Hazrati Hasanning (RA) bir necha oy kabi qisqacha xalifalik muddati garchi oz edi. Faqat اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً hukmi bilan va u Paygʻambarimizning (ASV) gʻaybdan xabar berishlarining tasdigʻi bilan va اِنَّ ابْن۪ى حَسَنٌ هٰذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّٰهُ بِه۪ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظ۪يمَتَيْنِ hadisidagi moʻ'jizali shaklda Paygʻambarimizning (ASV) gʻaybdan xabar berishlarini tasdiq qilgan, va ikkita buyuk qoʻshin, ikkita musulmonlarning ulkan jamoatining musolahasini ta'min qilgan va nizoni oʻrtalaridan koʻtargan Hazrati Hasanning (RA) qisqacha xalifalik muddatini ahamiyatli koʻrsatib, toʻrtta xalifaga beshinchi xalifa qilib koʻrsatish uchun, gʻaybiy xabar navidan ishoriy ma'nosi bilan va وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا kalimasida beshinchi xalifaning ismiga Ilmi Balog'atda "mustatba'ot-ut tarokib" ta'bir qilingan bir sir bilan ishora qiladi.

Xullas, mazkur ishoriy xabarlar kabi yana koʻp sirlar bor. Mavzumizga mos kelmagani uchun hozircha eshik ochilmadi. Qur'oni Hakimning koʻp oyatlari borki, har bir oyat koʻp jihatlar bilan gʻaybiy xabar navidandir. Bu navda Qur'onning minglab gʻaybiy xabarlari bor.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 38 —

XOTIMA

Qur'oni Hakimning tavofuq jihatidan koʻringan i'joziy nuktalaridan bir nuktasi shudirki: Qur'oni Hakimda Ismi Alloh, Rahmon, Rahim, Rab va Ismi Jalol oʻrnidagi Huvaning yigʻindisi toʻrt ming ortiqchasi bilan bo'ladi. بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ (Abjad hisobining ikkinchi navi, hijo harflari tartibi bilan boʻladi) u ham toʻrt ming ortiqchasi bilan boʻladi. Katta sonlarda kichik boʻlaklar tavofuqni buzmagani uchun, kichik boʻlaklar nazarga olinmadi. Ham الٓمٓ ni ichiga olgan ikki vovi atif bilan barobar ikki yuz sakson ortiqchasi bilan boʻladi. Aynan Baqara surasining ikki yuz sakson ortiqchasi bilan Ismi Jaloliga va ikki yuz sakson ortiqchasi bilan oyatlarning soniga tavofuq qilish bilan barobar, Abjadning hijoiy tarzidagi ikkinchi hisobi bilan, toʻrt ming ortiqchasi bilan boʻladi. U ham yuqorida zikri oʻtgan besh mashhur ismlarning soniga tavofuq qilish bilan barobar بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning boʻlaklari nazarga olinmaydi, soniga tavofuq qiladi. Demak, bu tavofuq sirriga binoan الٓمٓ ham musammosini ichiga olgan ismdir, ham Al-Baqaraga ism, ham Qur'onga ism, ham ikkisiga muxtasar bir mundarija, ham ikkisining namunasi, xulosasi va urugʻi, ham بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning qisqachasidir. Abjadning mashhur hisobi bilan بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ Ismi Rab soniga teng boʻlish bilan birga, الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ dagi mushaddad (ر) ikki (ر) sanalsa, oʻsha vaqt toʻqqiz yuz toʻqson boʻlib, juda koʻp muhim sirlarga mador boʻlib, oʻn toʻqqiz harfi bilan oʻn toʻqqiz ming olamning kalitidir.

— 39 —

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonda Lafza-i Jalolning latif tavofuqidan, butun Qur'onda sahifaning oxirgi qatorining yuqori qismida saksonta Lafza-i Jalol bir-biriga tavofuq bilan qaragani kabi, pastdagi qismida ham aynan saksonta Lafza-i Jalol bir-biriga tavofuq bilan qaraydi. Aynan oʻsha oxirgi qatorning oʻrtasida yana ellik beshta Lafza-i Jalol bir-biri ustiga tushib birlashib goʻyo ellik beshta Lafza-i Jaloldan tarkib topgan bitta Lafza-i Jaloldir. Oxirgi qatorning boshida yolgʻiz va ba'zi uchta harfli qisqa bir kalima oraliq bilan yigirma beshta toʻliq tavofuq bilan oʻrtadagi ellik beshta toʻliq tavofuqqa qoʻshilganda saksonta tavofuq boʻlib, oʻsha satrning birinchi yarmidagi saksonta tavofuqqa va ikkinchi yarmidagi yana saksonta tavofuqqa tavofuq qiladi. Ajabo, bunday latif, zarif, muntazam, mavzun, moʻ'jizali bu tavofuqlar nuktasiz, hikmatsiz boʻladimi? Aslo, boʻlolmaydi. Aksincha u tavofuqlarning uchi bilan muhim bir xazina ochilishi mumkin.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Said Nursiy

SAKKIZINCHI YOG'DU

Karomati Gʻavsiya Risolasidir. Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy majmuasida va qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.

TOʻQQIZINCHI YOG'DU

Qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.
— 40 —

OʻNINCHI YOGʻDU

Shafqat ta'zirlari risolasi
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُٓوءٍ تَوَدُّ لَوْ اَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُٓ اَمَدًا بَع۪يدًا وَيُحَذِّرُكُمُ اللّٰهُ نَفْسَهُ وَاللّٰهُ رَؤُفٌ بِالْعِبَادِ

oyatining bir sirrini Qur'on xizmatida boʻlgan qardoshlarimning bashariyat taqozosi sifatida xato va kamchiliklari natijasida yegan shafqat ta'zirlarini bayon qilish bilan tafsir qiladi. Qur'on xizmatining karomat silsilasi va oʻsha muqaddas xizmatning atrofida Allohning izni bilan nazorat qilayotgan hamda himmat va duolari bilan yordam berayotgan Gʻavsi A'zamning bir navi karomatlari bayon qilinadi. Toki bu muqaddas xizmatda boʻlganlar jiddiyliklarida, xizmatlarida sabot koʻrsatsinlar.

Bu muqaddas xizmatning karomati uch turdir:

Birinchi turi: Bu xizmatga tayyorgarlik koʻrish va xodimlarini shu xizmatga tashviq qilish uchun.

Ikkinchi tur: Monelarni bartaraf qilish va zararkunandalarning yomonliklarini daf qilib, ularni jazolash uchun. Bu ikkinchi qismning hodisalari koʻp, ham juda uzundir. Boshqa vaqtga qoldirib, eng yengil boʻlgan uchinchi qismdan bahs yuritamiz.

— 41 —

Uchinchi qism shuki: Xizmatda samimiy xizmat qilganlarga sustlik kelgan vaqtda, shafqatli bir ta'zir yeydilar, oʻzlariga kelib yana oʻsha xizmatga kirishadilar. Bu qismning hodisalari yuzdan ortiqdir. Faqat yigirma hodisadan oʻn uch-oʻn toʻrttasi shafqatli ta'zir yeyishgan, olti-yettitasi quvilish ta'zirini yeganlar.

Birinchisi: Bu bechora Saiddir. Qachonki xizmatda sustlik qilib, "nima keragi bor" deb xususiy, oʻzimga oid ishlar bilan mashgʻul boʻlgan paytim ta'zir yeganman. Tark qilganim uchun ta'zir yeganimni anglab yetdim. Chunki qaysi maqsadim meni aldanishga yoʻllagan boʻlsa, oʻshaning aksi bilan ta'zir yerdim. Boshqa xolis qardoshlarimning ham yegan shafqat ta'zirlariga diqqat qilsak, men kabi qaysi maqsad uchun tark qilgan boʻlsalar, oʻsha maqsadning aksi bilan shafqat ta'zirlarini yeganlaridan, oʻsha hodisalar Qur'on xizmatining karomatidan ekanini tushunib yetdik.

Masalan: Bu bechora Said, Vanda Qur'on haqiqatlarining darsi bilan mashgʻul boʻlgan vaqtlarimda Shayx Said hodisalari zamonida vasvasali hukumat hech bir jihatdan menga tegmadi va tegina olmadi. "Menga nima" deb, oʻzimni o'ylab, oxiratimni qutqarish uchun Erek Togʻida xaroba gʻorga oʻxshagan yerga chekinganimda, sababsiz meni oldilar, surgun qildilar. Burdurga keltirildim. U yerda yana Qur'on xizmatida mashgʻul boʻlgan vaqtlarimda, - oʻsha vaqt surgunlarga koʻp diqqat qilinar edi, har oqshom politsiya idorasiga borishga majbur boʻlganlari holda - men va xolis talabalarim mustasno qoldik. Men biron marta ham politsiya idorasiga bormadim, hukumatga boʻysunmadim. U joyning hokimi kelgan Favzi Poshshoga shikoyat qilgan. Favzi Poshsho: "Unga teginmanglar, hurmat qilinglar!" degan. Bu soʻzni unga ayttirgan, Qur'on xizmatining qudsiyatidir. Oʻzimni qutqarish, faqat oxiratimni oʻylash fikri meni magʻlub qilgan vaqtda Qur'on xizmatida vaqtinchalik sustlik keldi va maqsadimning aksi bilan ta'zir yedim. Ya'ni, bir surgun yeridan boshqasiga (Ispartaga) yuborildim. Ispartada yana xizmat boshiga oʻtdim. Yigirma kun oʻtgandan soʻng ba'zi qoʻrqoq insonlarning gapi bilan: "Shubhasiz bu vaziyatni hukumat yoqtirmaydi, bir oz ehtiyotkorlik bilan ish tutsangiz, yaxshiroq boʻladi", dedilar. Menda takror faqat oʻzimni oʻylash fikri quvvat topdi. "Mayli, hech kim kelmasin", dedim. Yana u yerdan uchinchi surgun, Barlaga joʻnatildim. Qachon Barlada menga sustlik kelgan boʻlsa, faqat oʻzimni oʻylash fikri quvvat topgan boʻlsa, bu ahli dunyoning ilonlaridan, munofiqlaridan biri menga yopishar edi. Sakkiz yilda sakson hodisani, oʻz boshimdan oʻtgani uchun, hikoya qilishim mumkin, lekin zeriktirmaslik uchun tugataman.

Ey qardoshlarim! Boshimga kelgan shafqat ta'zirlarini aytib berdim. Sizlarning ham boshingizga kelgan shafqat ta'zirlarini, izn bersangiz va kechirsangiz, bayon qilaman. Xafa boʻlmanglar. Xafa boʻladigan boʻlsa, ismini zikr qilmayman.

— 42 —

Ikkinchisi: Tugʻishgan ukam va eng birinchi va yuksak va fidokor talabam Abdulmajidning Vanda ajoyib bir uyi bor edi. Ishlari joyida, ham muallim edi. Qur'on xizmatining ahamiyatli yeri bo'lgan chegara hududiga borishim uchun orzuimning xilofiga tashabbus qilganlarga, ijtihodi boʻyicha goʻyo manfaatim uchun ishtirok qilmadi, ra'y bermadi. Goʻyo men chegara hududiga borsam, ham Qur'on xizmati siyosatsiz, sof boʻlmas, ham uni Vandan chiqarishar edi deb ishtirok etmadi. Maqsadining aksiga shafqatli bir ta'zir yedi. Ham Vandan, ham oʻsha ajoyib uyidan, ham vatanidan ayrildi. Erganiga borishga majbur boʻldi.

Uchinchisi: Qur'on xizmatining juda muhim bir a'zosi boʻlgan Xulusiy Bey Egʻirdirdan vataniga qaytganida, dunyoviy saodatni toʻliq zavq qildiradigan va ta'minlaydigan sabablar boʻlgani uchun, bir daraja yolgʻiz uxraviy bo'lgan Qur'on xizmatida sustlikka yoʻl ochadigan sabablar paydo boʻldi. Chunki ham koʻpdan beri koʻrmagan ota va onasi bilan koʻrishdi, ham vataniga qaytdi, ham shuhratli, martabali suratda ketgani uchun dunyo unga kuldi, goʻzal boʻlib koʻrindi. Holbuki Qur'on xizmatida boʻlgan kishiga yo dunyo undan ranjishi kerak, yoki u dunyodan ranjishi kerak. Toki ixlos bilan, jiddiyat bilan Qur'on xizmatida boʻlsin.

Xullas, Xulusiyning qalbi garchi matonatli edi. Faqat bu vaziyat uni sustlikka yoʻllagani uchun shafqatli ta'zir yedi. Bir-ikki yil toʻliq ba'zi munofiqlar unga yopishdilar. Dunyoning lazzatini ham qochirdilar. Ham dunyoni undan, uni dunyodan nafratlantirdilar. Oʻshanda ma'naviy vazifasidagi jiddiylikka toʻliq ma'noda yopishdi.

Toʻrtinchisi: Muhojir Hofiz Ahmaddir. Oʻzi shunday deydi: "Ha, men e'tirof qilaman: Qur'on xizmatida oxiratim nuqtai nazaridan mulohazamda xato qildim. Xizmatga sustlik beradigan orzuda boʻldim. Shafqatli, faqat shiddatli va kafforat boʻladigan ta'zir yedim. Jumladan: Ustozim yangi ijodlarga {(*) Ya'ni: Turkcha azon kabi, Islomiy an'analarga zid boʻlgan bid'atlardir.} tarafdor boʻlmaganlari uchun, mening masjidim u kishining uylari bilan qoʻshni, uch shuhuri salosa kelayotgan edi, masjidimni tark qilsam, ham men koʻp savob yoʻqotaman, ham mahalla namozsizlikka koʻnikadi. Yangi shartlarni bajarmasam, man qilinaman. Xullas, bu tushunchaga koʻra, ruhim qadar sevganim Ustozimning vaqtinchalik boshqa bir qishloqqa ketishlarini orzu qildim. Bilmadimki, u kishi joylarini oʻzgartirsalar, boshqa bir qishloqqa ketsalar, Qur'on xizmatiga vaqtinchalik sustlik keladi. Aynan oʻsha vaqt men ta'zir yedim. Shafqatli, lekin shunday dahshatli bir ta'zir yedimki, uch oydir hali ham oʻzimga kela olmayapman. Lekin, Allohga hamd boʻlsinki, Ustozimning qat'iy xabarlari bilan, u kishiga eslatilganki, oʻsha musibatning har daqiqasi bir kun ibodat hukmida boʻlishini rahmati Ilohiyadan umidvor boʻlishimiz mumkin. Chunki oʻsha xato bir gʻarazga binoan emas edi. Faqat oxiratimni oʻylash nuqtasida oʻsha orzu keldi."

— 43 —

Beshinchisi: Haqqi Afandidir. Hozir bu yerda boʻlmagani uchun, Xulusiy o'rniga aytib berganimdek, uning o'rniga ham aytamanki: Haqqi Afandi talabalik vazifasini haqqi bilan ado qilarkan, bir axloqsiz tuman raisi keldi. Ham Ustoziga, hamda oʻziga zarar kelmasligi uchun, yozganlarini yashirdi. Vaqtinchalik Risola-i Nur xizmatini tark qildi. Birdan bir shafqat ta'ziri ma'nosida unga qarshi ming lirani berishga majbur boʻladigan da'vo ochildi. Bir yil oʻsha tahlika ostida qoldi. Oxiri keldi, bu yerda koʻrishdik, qaytganida Qur'on xizmatiga talabalik vazifasiga kirishdi. Shafqat ta'zirining hukmi bekor boʻldi, oqlandi. Soʻngra Qur'onni yangi tarzda {(Hoshiya) Tavofuq moʻ'jizasini koʻrsatadigan bir suratda deganidir.} yozish xususida talabalarga bir vazifa chiqdi. Haqqi Afandiga ham hissa berildi. Haqiqatdan, u hissasiga sohib chiqdi. Bir juzni chiroyli yozdi, faqat tirikchilik dardi zarurati bilan oʻzini majbur bilib yashirincha mahkama kotibligiga ishga joylashdi. Birdan yana bir shafqat ta'ziri yedi. Qalamni tutadigan barmogʻi vaqtinchalik shikastlandi. "Bu barmoq bilan ham mahkama kotibligini qilish, ham Qur'onni yozish boʻlmaydi" deya, ma'no tili bilan eslatildi. mahkama kotibligiga ishga joylashganini bilmaganimiz uchun, barmogʻiga hayratlanayotgan edik. Keyin ma'lum boʻldiki: Muqaddas, sof Qur'on xizmati gʻoyat toza, oʻziga maxsus barmoqlarni boshqa ishga qoʻshishni istamaydi. Nima boʻlganda ham... Xulusiy Beyni oʻzim kabi bildim, uning oʻrniga gapirdim. Haqqi Afandi ham aynan u kabidir. Agar mening aytib berganimga rozi boʻlmasa, o'z ta'zirini oʻzi yozsin.

Oltinchisi: Bekir Afandidir. Hozir bu yerda boʻlmagani uchun, men ukam Abdulmajid o'rniga aytib berganimdek, uning ishonch va sadoqatiga ishonganim va Shomli Hofiz va Sulaymon Afandi kabi barcha yaqin doʻstlarimning fıkrlariga (bilganlariga) tayangan holda aytamanki: Bekir Afandi Oʻninchi Soʻzni bostirib chiqardi. "I'jozi Qur'on"ga doir "Yigirma Beshinchi Soʻz"ni yangi harflar chiqmasdan bostirib chiqarish uchun unga yubordik. Oʻninchi Soʻzning nashr xarajatini yuborganimiz kabi, uni ham yuboramiz deya yozdik. Bekir Afandi mening faqir holimni oʻylab, nashr xarajati toʻrt yuz lira boʻlganini mulohaza qilib va oʻz choʻntagidan bersa, "balki Ustoz rozi boʻlmasalar kerak", deb nafsi uni aldadi. Nashr qilinmadi. Qur'on xizmatiga jiddiy zarar boʻldi. Ikki oy soʻngra toʻqqiz yuz lira oʻgʻrilarning qoʻliga oʻtdi. Shafqatli va shiddatli bir ta'zir yedi. Inshoalloh yoʻqolgan toʻqqiz yuz lira sadaqa hukmiga oʻtdi.

Yettinchisi: Shomli Hofiz Tavfiqdir. Oʻzi shunday deydi: Darhaqiqat, e'tirof qilamanki, men bilmasdan, xato oʻylab, Qur'on xizmatida sustlik beradigan harakatlarim sababli ikkita shafqatli ta'zir yedim. Shubham qolmadiki, bu ta'zir oʻsha tomondan keldi.

— 44 —

Birinchisi: Lillahilhamd, mening arabcha xatim Qur'onga bir daraja uygʻun tarzda ehson qilingan edi. Ustozim eng avval uchta juzni menga yozdirish bilan boshqa birodarlarimga taqsim qildilar. Qur'on yozish ishtiyoqi risolalarning oqlamaga koʻchirish va ilk nusxani yozishdagi xizmatimga orzuimni sindirdi. Ham arabcha yozishni bilmaydigan boshqa birodarlarimdan oʻzaman deya takabburona bir holatda boʻldim. Hatto Ustozim yozuvga oid bir tadbir menga aytgan vaqtlari: "Bu ish menga oiddir", dedim. Va yana magʻrurona: "Men buni bilaman, dars olishga ehtiyojim yoʻq", dedim. Xullas, shu xatomga koʻra hayratomuz hech xotirga kelmagan bir ta'zir yedim. Eng sust arabcha yozuvi boʻlgan birodarimga (Xusravga) yetisholmadim. Bizlar hammamiz hayratlandik. Hozir angladikki, u bir ta'zirdir.

Ikkinchisi: E'tirof qilamanki: Qur'on xizmatidagi mukammal ixlos va yolgʻiz Alloh uchun xizmatimga ikki vaziyatim zarar berayotgan edi. Shiddatli bir ta'zir yedim. Chunki men bu oʻlkada ajnabiy hukmidaman, gʻaribman. Ham shikoyat boʻlmasin, Ustozimning eng muhim dasturlari boʻlgan iqtisodga va qanoatga rioya qilmaganim uchun, kambagʻallikka mubtaloman. Xudbin, magʻrur insonlar bilan muomala qilishga majbur boʻlganimdan - Janobi Haq afv etsin, - muruvvatli suratda riyokorlikka va xushomadgoʻylikka ham majbur boʻlar edim. Ustozim koʻp marta meni ogohlantirar va eslatar va koyir edilar. Afsuski, oʻzimni qutqarolmas edim. Holbuki Qur'oni Hakimning xizmat ruhiga zid boʻlgan bu vaziyatimdan shaytonlashgan jin va insonlar foydalanganliklari bilan birga, xizmatimizga ham sovuqlik va sustlik berayotgan edilar. Men bu kamchiligim evaziga shiddatli, lekin inshoalloh shafqatli ta'zir yedim. Shubhamiz qolmadiki, bu ta'zir oʻsha kamchilikka binoan kelgan. Ta'zir shuki: Sakkiz yildan beri men, Ustozimizning ham muxotobi, ham ilk nusxa yozuvchisi, ham qoralamadan oqqa koʻchiruvchisi boʻlganim holda, sakkiz oy nurlardan foydalana olmadim. Bu holga hayratda qoldik. Men ham va Ustozim ham "Bu nima uchun bunday boʻlmoqda?" deb sabab qidirdik. Endi qat'iy qanoatimiz keldiki: Qur'on haqiqatlari nurdir, ziyodir. Soxtakorlik, xushomadgoʻylik, kamsitilish zulmatlari bilan birlasholmaydi. Shuning uchun nurlar haqiqatlarining ma'nolari mendan xuddi uzoqlashayotgandek boʻlib, menga begona boʻlib koʻrinar, tushunarsiz edi. Janobi Haqdan niyoz qilamanki, bundan keyin Janobi Haq menga oʻsha xizmatga loyiq ixlos ehson qilsin, ahli dunyo oldida soxtakorlik va riyokorlik qilishdan qutqarsin. Boshda Ustozimiz va qardoshlarimdan haqqimga duo qilishlarini iltimos qilaman.

Purqusur Shomli Hofiz Tavfiq
— 45 —

Sakkizinchisi: Sayroniydir. Bu zot Xusrav kabi Qur'on haqiqatlariga mushtoq va diroyatli bir talabam edi. Qur'on sirlarining bir kaliti va jifr ilmining muhim kaliti hisoblangan tavofuqlarga doir Ispartadagi talabalarning fikrlarini soʻradim. Undan boshqalar mukammal shavq bilan ishtirok etishdi. U kishi boshqa fikrda va boshqa oʻyda boʻlgani uchun, ishtirok qilmay, meni ham bilgan qat'iy haqiqatimdan voz kechirishni xohladi. Menga jiddiy ogʻir tegadigan maktub yozdi. "Eyvoh", dedim. Bu talabamni yoʻqotdim! Fikrini nurlantirishni istasamda, yana boshqa ma'no ham qoʻshildi. Shafqat ta'zirini yedi. Bir yilga yaqin bir xilvatxonada (ya'ni qamoqda) kutdi.

Toʻqqizinchisi: Katta Hofiz Zuhdiydir. Bu zot Agʻrusdagi Nur talabalariga bosh hukmida boʻlgan vaqti, Sunnati Saniyaga ergashish va bid'atlardan uzoqlashishni maslak qilib olgan talabalarning ma'naviy sharafi bilan kifoyalanmasdan va ahli dunyoning nazarida bir mavqe qozonish maqsadida jiddiy bir bid'atga muallimlik qildi. Maslagimizga batamom zid boʻlgan xato qildi. Juda mudhish bir shafqat ta'zirini yedi. Xonadonining sharafini badnom qiladigan hodisaga uchradi. Lekin afsuski Kichik Hofiz Zuhdiy, hech ta'zirga loyiq emas ekan, bu alamli hodisa unga ham ta'sir qildi. Balki inshoalloh oʻsha hodisa uning qalbini dunyodan qutqarib, tamomila Qur'onga berish uchun foydali jarrohlik amaliyoti hukmiga oʻtadi.

Oʻninchisi: Hofiz Ahmad (RH) ismli bir kishi. Bu zot risolalarning yozilishida ikki-uch yil tashviq bilan harakatlanayotgan, foydalanayotgan edi. Soʻngra ahli dunyo uning zaif tomonidan foydalanishdi. Oʻsha shavq yoʻqoldi. Bakli shu yoʻl bilan ahli dunyodan zarar koʻrmaslik, ham ularga soʻzini oʻtkazish va bir navi mavqe qozonish va moddiy qiyinchiliklarda yengillik boʻlishi uchun ahli dunyoga qoʻshildi. Xullas, Qur'on xizmatiga shu suratda u sabab boʻlgan sustlik va zararga muqobil ikki ta'zir yedi. Biri: moddiy qiyinchiligi ustiga besh kishi yana qoʻshildi, ayanchli holatini ogʻirlashtirdi. Ikkinchi ta'zir: Sharaf va obroʻy nuqtasida ta'sirchan va hatto bir odamning tanqid va e'tirozini koʻtarolmagan bu zot, bilmasdan ba'zi makkor insonlar uni shunday bir suratda oʻzlariga parda qilishdiki, obroʻyi toʻkildi, oʻndan toʻqqizini yoʻqotdi va oʻndan toʻqqiz odamni oʻziga qarshi qilib qoʻydi. Nima boʻlganda ham... Alloh kechirsin, balki inshoalloh bundan oʻziga kelib, yana qisman vazifasiga qaytadi.

Oʻn birinchisi: Balki rizosi yoʻq deya yozilmadi.

— 46 —

Oʻn ikkinchisi: Muallim Gʻolibdir (RH). Darhaqiqat, bu zot sadoqat bilan va taqdirlab risolalarni koʻchirishda koʻp xizmat qildi va hech bir qiyinchilik qarshisida qoʻrqmadi. Aksar kunlarda kelar, mukammal bir shavq bilan tinglar va koʻchirar edi. Soʻngra oʻzi uchun oʻttiz liraga umum "Soʻzlar"ni va "Maktubot"ni yozdirdi. Uning maqsadi, vatanida tarqatish hamda hamshaharlarini nurlantirish edi. Soʻngra ba'zi mulohazalar natijasida risolalarni niyat qilgani kabi tarqatmadi, sandiqqa olib qoʻydi. Birdan alamli bir hodisa sababli bir yil gʻam va azob chekdi. Risolalarni tarqatish sababli unga adovat qiladigan bir nechta mansabdor dushmanlarga badal zolim, insofsiz koʻp dushmanlarni giriftor qildi, bir qism doʻstlarini yoʻqotdi.

Oʻn uchinchisi: Hofiz Xoliddir (RH). Oʻzi aytadi: "Ha, e'tirof qilaman, Ustozimning Qur'on xizmatida nashr qilgan asarlarini yozishda joʻshqin harakatlangan vaqtim, mahallamizda bir masjid imomligi lavozimi bor edi. Eski diniy ma'lumotim boʻlgani uchun, lavozimni egallash niyatida vaqtinchalik xizmatda sustlik qilib, bilmasdan chekindim. Maqsadimning tersiga shafqatli bir ta'zir yedim. Sakkiz-toʻqqiz oy imomlik qilib, muftiyning koʻp va'dalariga qaramasdan, hayratomuz suratda lavozimni ololmadim. Bu shafqatli ta'zir oʻsha xatodan kelganiga shubhamiz qolmadi. Men Ustozimizning ham bir muxotobi, ham ilk nusxa yozuvchisi edim. Mening chekinishim bilan ilk nusxani yozish(tesvid) xususida qiyinchilik tortgan edilar. Nima boʻlganda ham... Yana shukrki, xatoimizni angladik va bu xizmatning qanchalar muqaddas ekanini bildik va Shohi Jiyloniydek orqamizda qoʻriqchi malak kabi Ustoz borligiga ishonch hosil qildik."

Az'aful 'ibad Hofiz Xolid

Oʻn toʻrtinchisi: Uch Mustafoning yengil "uch ta'zir" yeyishlari.

Birinchisi: Mustafo Chavush (RH) sakkiz yildan beri bizning xususiy kichik masjidda ham oʻchogʻiga, ham lampamoyga, gugurtigacha qarar edi. Hatto lampamoy va gugurtni sakkiz yil oʻz choʻntagidan sotib olganini keyin bildik. Jamoatdan, xususan juma kechalarida juda zarur ishi chiqmasa, qolmas edi. Soʻngra ahli dunyo uning sofdilligidan foydalanib: ""Soʻzlar"ning kotibi Hofizning sallasiga yopishishlari mumkin. Ham yashirin azonni vaqtinchalik tark qilinglar. Sen kotibga aytgin, jabr koʻrmasdan avval sallani yechsin." deyishdi. U bilmas ediki: Qur'on xizmatidagi odamning sallasini yechishga doir soʻzni yetkazish, Mustafo Chavush kabi yuksak ruhlilarga juda ogʻir edi. Lekin, ularning soʻzlarini yetkazdi. Oʻsha kecha tushimda koʻrdimki, Mustafo Chavush kir qoʻllari bilan, tuman raisi orqasida keldi. Ikkinchi kun unga: "Mustafo Chavush, sen bugun kim bilan koʻrishding? Seni qoʻling bulgʻangan suratda tuman raisining orqasida koʻrdim." dedim. U: "Eyvoh! Menga bunday soʻzni, kotibga aytgin deb, mahalla raisi aytgan edi. Buni orqasida nima borligini bilmayman." dedi.

— 47 —

Oʻsha kun u ikki litrga yaqin lampamoyni masjidga keltirgan. Umuman sodir boʻlmagan ish boʻldi. Oʻsha kun eshik ochiq qolgan, bir echki bolasi ichkariga kirgan, katta yoshli bir odam kelib, echki bolasi joynamozimning yaqinida qoldirgan axlatlarni yuvish uchun, idishdagi lampamoyni suv deb oʻylab, oʻsha lampamoyning hammasini tozalik qilyapman deb masjidning har tarafiga sepgan. Hayratlanarlisi shuki, hatto hidini ham sezmagan. Demak, masjid hol tili bilan Mustafo Chavushga: "Sening lampamoying bizga kerak emas. Qilgan xatoing uchun lampamoyingni qabul qilmadim", deya ishora qilish uchun oʻsha kishiga hid sezdirilmadi. Hatto oʻsha hafta ichida juma kechasida va bir nechta muhim namozlarda, shu qadar harakat qilsa ham, jamoatga yetisha olmadi. Soʻng jiddiy pushaymon boʻlgandan va tavba qilgandan soʻng, dastlabki sofligiga erishdi.

Ikkinchi Mustafolar: Kuleonundagi qadrli, mehnatkash muhim talabam Mustafo bilan, uning juda sodiq va fidokor oʻrtogʻi Hofiz Mustafodir (RH). Bayramdan keyin, ahli dunyo bizga mashaqqat berib Qur'on xizmatiga sustlik bermasligi uchun hozircha kelmasinlar, deb xabar joʻnatgan edim. Keladigan boʻlsalar ham, bitta-bitta kelsinlar. Lekin ular uch kishi birdan, bir vaqtda keldilar. Bomdoddan avval havo yaxshi boʻlsa, ketish niyat qilindi. Hech sodir boʻlmagan bir tarzda Mustafo Chavush ham, Sulaymon Afandi ham, men ham, ular ham zohir ehtiyotkorlikni oʻylamadik, bizga unuttirildi. Bir birimizga ishonib ehtiyotsizlik qildik. Ular bomdoddan avval ketishdi. Bir boʻron ularni ikki soat toʻxtamasdan kaltakladiki, bu boʻrondan qutulmaydilar deb xavotirlandim. Hozirgacha bu qishda na bunday boʻron boʻlgan va na birovga bu qadar achinmagan edim. Soʻngra Sulaymonni, ehtiyotsizligining jazosi sifatida orqalaridan joʻnatib sihat-salomatliklarini bilish uchun yubormoqchi edim. Mustafo Chavush: "U ketsa, u ham qolib ketadi. Men ham uning orqasidan borib qidirishimga togʻri keladi. Mening ham orqamdan Abdulloh Chavush kelishi kerak." dedi. Shuning uchun: "Allohga tavakkal qildik", deb kutishga qaror qildik.

Savol: Yaqin doʻstlaringizga kelgan musibatlarni ta'zir natijasi, Qur'on xizmatidagi sustliklari sababli jazo deb qabul qilasiz. Holbuki sizga va Qur'on xizmatiga haqiqiy dushmanlik qilganlar eson-omon yurishibdi. Nima uchun doʻstlar ta'zir koʻrmoqdalar, dushmanlar jazosiz qolmoqdalar.

Javob: اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ sirriga koʻra: Doʻstlarning xatolari xizmatimizda bir navi zulm hukmiga oʻtgani uchun, tez jazolanishadi. Shafqatli ta'zir yeydi, aqli boʻlsa oʻziga keladi. Agar dushman boʻlsa, Qur'on xizmatiga qarshiligi, mone boʻlishi zalolat hisobiga oʻtadi.

— 48 —

Bilib yoki bilmasdan xizmatimizga hujumi daxriylik hisobiga oʻtadi. Kufr davom qilgani uchun, ular aksariyat hollarda tez ta'zir yemaydilar. Kichik jinoyatlar qilganlarning jazolari tuman mahkamalarida beriladi. Katta jinoyatlar esa katta mahkamalarga yuboriladi. Xuddi shuning kabi: Ahli iymonning va yaqin doʻstlarning arzimas kichik xatolarining jazolari ularni tez tozalash uchun qisman dunyoda va tezlik bilan beriladi. Ahli zalolatning jinoyatlari shu qadar ulkanki, jazolari qisqa dunyoviy hayotga sigʻmagani uchun, adolat taqozosi sifatida olami baqodagi mahkama-i kubroga havola qilingani uchun, aksariyat holatlarda bu yerda jazoga tortilmaydilar.

Hadisi sharifda اَلدُّنْيَا سِجْنُ الْمُؤْمِنِ وَجَنَّةُ الْكَافِرِ mazkur haqiqatga ham ishora qiladi. Ya'ni, bu dunyoda moʻmin kishi gunohlarining jazosini qisman olgani uchun, dunyo u uchun jazo yeridir. Dunyo ularning saodatli oxiratlariga nisbatan zindon va jahannamdir. Modomiki kofirlar Jahannamdan chiqmas ekan, savobli ishlarining mukofotlarini qisman dunyoda olganliklari va ulkan guhonlari keyinga qoldirilgani uchun, oxiratiga nisbatan dunyo, ularning jannatidir. Holbuki, moʻmin kofirdan bu dunyoning oʻzida ma'nan va haqiqat nuqtai nazaridan juda baxtiyordir. Goʻyo moʻminning iymoni uning ruhida ma'naviy jannat hukmida oʻtadi. Kofirning kufri uning mohiyatida ma'naviy jahannamni yondiradi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 49 —

OʻN BIRINCHI YOGʻDU

Mirqotu-s Sunnat va Bid'at Kasalligining Dorisi
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ
(Shu oyatning birinchi maqomi "Minhoju-s Sunnat", ikkinchi maqomi "Mirqotu-s Sunnat"dir.)
فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ
قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ
(Bu ikki ulugʻ oyatning yuzlab nuktalaridan oʻn bir nuktasi qisqacha bayon qilinadi.)

Birinchi nukta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar:

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِأَةِ شَه۪يدٍ

Ya'ni: "Ummatimning fasodi zamonida kim mening sunnatimni mahkam ushlasa, yuz shahidning ajrini, savobini qozonadi." Darhaqiqat, sunnati saniyaga ergashish, shubhasiz gʻoyat qiymatlidir.

— 50 —

Xususan, bid'atlar istilosi zamonida sunnati saniyaga ergashish yanada qiymatlidir. Xususan, ummatning fasodi zamonida sunnati saniyaning kichik odobiga rioya qilish, ahamiyatli taqvoni va kuchli iymonni koʻrsatadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri sunnatga ergashish Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni xotiraga keltiradi. Bu eslatmadan oʻsha xotira, qul oʻzini Allohning huzurida his qilishga aylanadi. Hatto eng kichik muomalada, hatto yeyish, ichish va yotish odobida sunnati saniyaga rioya qilgan payti, bu oddiy muomala va fitriy amal savobli ibodat va shariatga uygʻun harakat hisoblanadi. Chunki oddiy harakati bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga ergashishni oʻylaydi va shariatning bir adabi ekanini tasavvur qiladi va shariat sohibi u Zotligi xotiriga keladi. Va qalbi shariatning haqiqiy sohibi boʻlgan Janobi Haqqa yuzlanadi, bir navi huzur va ibodat qozonadi.

Bu sirga binoan, sunnati saniyaga ergashishni oʻziga odat qilgan kishi, odatlarini ibodatga aylantiradi, butun umrini samarali va savobli umrga oʻgirishi mumkin.

Ikkinchi nukta: Imomi Rabboniy Ahmadi Faruqiy (RA): "Men sayri ruhoniyda martabalarni oshib oʻtarkan, valiylarning tabaqalari ichida sunnati saniyaga ergashishni tariqatning asosi qilganlar eng porloq, eng muhtasham, eng latofatli, eng ishonchli tabaqa ekanini koʻrdim. Hatto oʻsha tabaqaning oddiy valiylari boshqa tabaqalarning mashhur valiylaridan ham muhtasham koʻrinar edi." deganlar. Ha, Mujaddidi Alfi Soniy Imomi Rabboniy (RA) haq gapirganlar. Sunnati saniyaga ergashishni asos qilgan kishi, Habibullohning soyasi ostida maqomi mahbubiyatga sazovordir.

Uchinchi nukta: Bu faqir Said Eski Saiddan chiqishga harakat qilgan vaqti, rahbarsizlikdan va nafsi ammoraning gʻururidan gʻoyat mudhish va ma'naviy bir toʻfon ichida aql va qalbim haqiqatlar ichida gʻarq boʻldi. Goh yulduzlardan Yerga, goh Yerdan yulduzlarga qadar qulash va yuksalish ichida sarson edi.

Oʻsha paytda mushohada qildimki, sunnati saniyaning masalalari, hatto kichik odoblari, kemalarda harakat yoʻnalishini koʻrsatadigan qiblanomali kompas boʻlib, hadsiz zararli, zulmatli yoʻllar ichida tugma hukmida ekanini koʻrdim. Ham oʻsha ruhiy sayohatda oʻzimni koʻp tazyiqlar ostida gʻoyat ogʻir yuklar ostida koʻrgan vaqtlarimda, sunnati saniyaning oʻsha holatga tegishli masalalariga ergashganim sari, mening butun ogʻirliklarimni olayotgandek yengillik topar edim. Bir taslimiyat bilan ikkilanishlardan va vasvasalardan, ya'ni "Ajabo, bunday harakat toʻgʻrimi, foydalimi?" degan xavotirlardan qutular edim. Qachonki sunnatga ergashishdan toʻxtasam, koʻrar edimki, tazyiqlar koʻp, qayerga borishi anglashilmagan koʻp yoʻllar bor. Yuk ogʻir, men esam juda ojizman. Nazarim ham qisqa, yoʻl ham zulmatli. Qachonki sunnatga yopishsam, yoʻl oydinlashar, salomatli yoʻl koʻrinar, yuk yengillashar, tazyiqlar yoʻqolayotgandek holatni his qilar edim. Oʻsha vaqtlarda Imomi Rabboniyning hukmini shohid boʻlib tasdiq qildim.

— 51 —

Toʻrtinchi nukta: Bir vaqt robita-i mavtdan va اَلْمَوْتُ حَقٌّ hukmidagi tasdiqdan va olamning zavol va fanosidan kelgan ruhiy holat natijasida oʻzimni ajoyib bir olamda koʻrdim. Qarasam: Men oʻlganman, uch muhim buyuk mayyitning boshida turibman.

Birinchisi: Hayotimga aloqador va moziy qabriga kirgan jonli maxluqlarning umumining ma'naviy mayyiti boshidagi qabr toshi hukmidaman.

Ikkinchisi: Yer kurrasi qabristonida, inson zotining hayoti bilan aloqador jonli mavjudot turlarining umumining moziy qabriga dafn qilingan azim mayyitning boshida boʻlgan, qabr toshi boʻlgan bu asrning yuzida tez yoʻqoladigan bir nuqta va tez oʻladigan bir chumoliman.

Uchinchisi: Bu koinotning qiyomatda oʻlishi aniq boʻlgani uchun, nazarimda sodir boʻlgan hukmiga oʻtdi. Oʻsha azim mayyitning oʻlim talvasasidan dahshat va vafotidan hayrat va hayronlik ichida oʻzimni koʻrish bilan birga, istiqbolda ham aniq sodir boʻladigan vafotim, oʻsha paytda boʻlayotgandek koʻrindi va فَاِنْ تَوَلَّوْا oxiriga qadar... sirri bilan butun mavjudot, butun mahbubot mening vafotim bilan menga orqalarini oʻgirib meni tark qildilar, yolgʻiz qoldirdilar. Cheksiz bir dengiz suratini olgan abad tarafidagi istiqbolga ruhim yoʻnaltirilayotgan edi. Oʻsha dengizga istar-istamas otilishi kerak edi.

Xullas, oʻsha juda gʻalati va juda gʻamgin holatda ekan, iymon va Qur'ondan kelgan bir madad bilan

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

oyati yordamimga yetishdi va gʻoyat ishonchli va tinch bir kْ٭ hukmiga oʻtdi. Ruh mukammal ishonch va sevinch bilan oʻsha oyatning ichiga kirdi. Angladimki, oyatning ochiq ma'nosidan boshqa bir ishoriy ma'nosi menga tasalli berdiki, halovat topdim va orom berdi. Ha, qandayki ochiq ma'nosi

— 52 —

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga deydi: "Agar ahli zalolat orqasini oʻgirib sening shariat va sunnatingdan yuz oʻgirib Qur'onni tinglamasalar, xavotirlanma! Va aytginki: "Janobi Haq menga yetar. Unga tavakkal qilaman. Sizning oʻrningizga ergashadiganlarni keltiradi. Hukmronlik taxti hamma narsani qamragan. Na osiylar chegarasidan qocha oladilar va na yordam istaganlar madadsiz qoladilar!". Xuddi shuning kabi, ishoriy ma'nosi bilan aytadiki: Ey inson va ey insonning raisi va murshidi! Agar butun mavjudot seni tashlab fano yoʻlida yoʻqlikka ketsalar, agar jonzotlar sendan ayrilib oʻlim yoʻlida ketishsa, agar insonlar seni tark qilib qabristonga kirsalar, agar ahli gʻaflat va zalolat seni tinglamasdan zulmatlarga tushsalar, xavotirlanma!" Va ayting:"Janobi Haq menga yetar. Modomiki U bor ekan, hamma narsa bor!" Shunday ekan, oʻsha ketganlar yoʻqlikka ketishmadi. U Zotning boshqa mamlakatiga ketishyapti. Ularning badaliga Oʻsha Arshi Azim sohibi nihoyasiz qoʻshin va askarlaridan boshqalarini yuboradi. Qabristonga kirganlar esa mahv boʻlishmadi, boshqa olamga ketishyapti. Ularning oʻrniga boshqa vazifadorlarni yuboradi. Va zalolatga tushganlarga badal, haq yoʻlini ta'qib qiladigan itoatkor qullarini yuborishi mumkin. Modomiki shunday ekan, U hamma narsaga badaldir. Jamiki borliqlar birgina e'tiboriga arzimaydi!" deydi.

Xullas, shu ishoriy ma'no vositasi bilan menga dahshat bergan uch mudhish mayyit boshqa shaklga kirishdi. Ya'ni: Ham Hakim, ham Rahim, ham Odil, ham Qodir boʻlgan Zoti Zuljalolning tadbir va rububiyati doirasida va hikmat va rahmati ichida hikmatni koʻrsatadigan bir sayr, ibratni koʻrsatadigan bir kezish, vazifador kabi bir sayohat suratida bir sayr va safardir, xizmatdan boʻshatish va vazifalantirish boʻlib, shu tarzda koinot chayqaladi, ketadi, keladi!..

Beshinchi nukta:
قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

ulugʻ oyati sunnatga ergashish naqadar muhim va lozim ekanini qat'iy suratda e'lon qiladi. Darhaqiqat, bu oyati karima mantiq qiyoslari ichida qiyosi istisnoiy qismining eng kuchli va qat'iy bir qiyosidir. Qandayki mantiq jihatidan qiyosi istisnoiy misolida: "Agar quyosh chiqsa, kunduz boʻladi." deyiladi. Musbat natija uchun: "Quyosh chiqdi. Demak natija: hozir kunduzdir." deyiladi. Manfiy natija uchun: "Kunduz yoʻq, demak natija: quyosh chiqmagan." deyiladi. Mantiq jihatidan, ikki musbat va manfiy natija qat'iydir. Aynan shuning kabi: Shu oyati karima deydiki: "Agar Allohga muhabbatingiz boʻlsa, Habibullohga tobe boʻlinadi. Tobe boʻlinmasa, Allohga muhabbatingiz yoʻq, degan natija beradi." Muhabbatulloh boʻlsa: Habibullohning sunnati saniyasiga ergashishni natija beradi.

— 53 —

Ha, Janobi Haqqa iymon keltirgan kishi, albatta unga itoat qiladi. Va itoat yoʻllari ichida eng maqbuli va eng toʻgʻrisi va eng qisqasi, shubhasizi Habibulloh koʻrsatgan va yurgan yoʻldir. Ha, bu koinotni shu daraja inoyatlar bilan toʻldirgan Zoti Karimi Zuljamol ziyshuurlardan oʻsha ne'matlarga shukr istashi, zaruriy va ochiqdan ochiq koʻrinadi. Yana, bu koinotni buncha san'at moʻ'jizalari bilan bezagan Oʻsha Zoti Hakimi Zuljalol, albatta oshkora tarzda ziyshuurlar ichida eng mumtoz bittasini Oʻziga muxotob va tarjimon va qullariga xabarchi va imom qiladi. Ham bu koinotni hadsiz-hisobsiz jamol va kamolotining koʻrinishlariga sazovor qilgan Oʻsha Zoti Jamili Zulkamol, albatta yaqqol sevgan va izhorini istagan jamol va kamol va ismlar va san'atining eng jome' va eng mukammal miqyos va madori boʻlgan bir zotga, barcha hollarda eng mukammal bir ubudiyat vaziyatini beradi va uning vaziyatini boshqalarga ergashish namunasi qilib, hammani unga ergashishga chorlaydi, toki oʻsha goʻzal vaziyati boshqalarda ham koʻrinsin.

Hosili kalom: Muhabbatulloh sunnati saniyaga ergashish kerakligini taqozo qiladi. Sunnati saniyaga ergashishda hissasi koʻproq boʻlgan kishi qanday ham baxtiyordir! Sunnati saniyani taqdirlamasdan, bid'atlarga kirgan kimsaning holiga Vayl boʻlsin!

Oltinchi nukta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar:

كُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ وَكُلُّ ضَلَالَةٍ فِى النَّارِ

Ya'ni اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ sirri bilan: Porloq va nurli shariatning qoidalari va sunnati saniyaning dasturlari tamomlangandan va kamol topgandan soʻng, yangi ijodlar bilan u dasturlarni yoqtirmasdan yoxud, Allogning Oʻzi saqlasin, nuqsonli deb bilib, bid'atlarni ijod qilish zalolatdir, otashdir!

Sunnati saniyaning martabalari bor. Bir qismi vojibdir, tark qilinmaydi. Oʻsha qism porloq va nurli shariatda tafsilotlari bilan bayon qilingan. Ular muhkamotdir, hech bir jihatda oʻzgartirilmaydi. Bir qismi esa nafllar navidan. Nafllar qismi ham ikki qismdir. Bir qism, ibodatga daxldor sunnati saniya qismlaridir. Ular shariat kitoblarida bayon qilingan. Ularning oʻzgartirilishi bid'atdir. Keyingi qismi "odob" deb ataladi, ular siyari saniya kitoblarida zikr qilingan. Ularga amal qilmaslikka bid'at deyilmaydi. Lekin odobi Nabaviyga (ASV) muxolif boʻlish va ularning nuridan va haqiqiy adabdan quruq qolishga olib keladi. Bu qism urf-odatlar, fitriy muomalalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ishonchli rivoyatlar bilan ma'lum boʻlgan xatti-harakatlariga ergashishdir. Masalan: soʻzlashish madaniyatini koʻrsatgan va yemoq va ichmoq va yotmoq kabi holatlar odoblarining dasturlarini bayon qilgan hamda oʻzaro munosabatga aloqador boʻlgan koʻp sunnati saniyalar bor. Bu navi sunnatlar "odob" deb nomlanadi. Oʻsha odobga ergashgan kishi, odatlarini ibodatga aylantiradi, oʻsha odobdan muhim bir fayz oladi. Eng kichik bir odobga rioya qilish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni eslatadi, qalbga bir nur beradi.

— 54 —

Sunnati saniyaning ichida eng muhimi, Islomiyat ramzlari boʻlgan va shiorlarga aloqador boʻlgan sunnatlardir. Shiorlar, ommaviy huquq navidan jamiyatga oid bir ubudiyatdir. Bir kishi qilsa, oʻsha jamiyatning barcha a'zolari foyda koʻrgani kabi, uni tark qilish bilan jamoatning hammasi mas'ul boʻladi. Bu turdagi shiorlarga riyo aralashmaydi va e'lon qilinadi. Nafl boʻlsa ham, shaxsiy farzlardan ahamiyatliroqdir.

Yettinchi nukta: Sunnati saniya adabdir. Ostida nur, adab boʻlmagan hech bir masalasi yoq! Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar: اَدَّبَن۪ى رَبّ۪ى فَاَحْسَنَ تَاْد۪يب۪ى Ya'ni: "Rabbim menga adabni goʻzal bir suratda ehson qildi, adablantirdi!" Darhaqiqat, siyari Nabaviyaga diqqat qilgan va sunnati saniyani bilgan kishi, qat'iyan anglaydiki: Adabning barcha turlarini Janobi Haq habibida jamlagan! U kishining sunnati saniyalarini tark qilgan kimsa, adabni tark qiladi. ب۪ى اَدَبْ مَحْرُومْ بَاشَدْ اَزْ لُطْفِ رَبْ qoidasini tasdiqlaydi, zararli adabsizlikka tushadi.

Savol: Hamma narsani biladigan va koʻrayotgan va hech narsa Undan yashirina olmagan Allam-ul Gʻuyubga nisbatan adab qanday boʻladi? Xijolatli holatlar undan yashirina olmaydi. Adabning bir navi tasatturdir, xush koʻrilmaydigan holatlarni bekitishdir. Allam-ul Gʻuyubdan esa hech narsani berkitib boʻlmaydi.

Javob: Birinchidan: Sone'-i Zuljalol mukammal ahamiyat bilan san'atini goʻzal koʻrsatishni istar va xush koʻrilmaydigan narsalarni pardalar ostiga olgan va bezatib diqqat e'tiborni oʻsha ne'matlariga jalb qilgan ekan, xuddi shuning kabi, yaratilgan borliqlarini va qullarini boshqa ongli mavjudotlarga goʻzal koʻrsatishni istaydi. Koʻrimsiz vaziyatlarda koʻrinishlari, Jamil va Muzayyin va Latif va Hakim kabi ismlariga bir navi isyon va adabga xilof boʻladi.

Demak, sunnati saniyadagi adab, Oʻsha Sone'-i Zuljalolning ismlarining chegaralari ichida bekam-koʻst odob vaziyatini olishga kiradi!

Ikkinchidan: Qandayki bir tabib shifokor sıfatida bir nomahramning eng nomahram a'zosiga qaraydi va zarurat boʻlgan payt unga koʻrsatiladi. Adabga xilof deyilmaydi. "Tibbiyot adabi shunday taqozo qiladi", deyiladi. Lekin oʻsha tabib erkaklik unvoni bilan yoki voiz martabasida yoxud muallim sifatida nomahramlarga qarolmaydi! Unga koʻrsatishga adab fatvo bermaydi. Va shu tomondan unga koʻrsatish, hayosizlikdir! Xuddi shuning kabi, Sone'-i Zuljalolning koʻp Ismlari bor. Har bir Ismning ayri bir jilvasi bor. Masalan: "Gʻaffor" ismi gunohlarning boʻlishini

— 55 —

va "Sattor" ismi kamchiliklarning boʻlishini taqozo qilganlari kabi, "Jamil" ismi ham koʻrimsizlikni koʻrishni istamaydi. "Latif, Karim, Hakim, Rahim" kabi goʻzallik va mukammallikni ifoda qilgan Ismlar mavjudotning goʻzal suratda va mumkin vaziyatlarning eng yaxshisida boʻlishlarini taqozo qiladi. Va oʻsha goʻzallik va mukammallikni ifoda qilgan ismlar, malaklar va ruh jinsidagi maxluqlar va jinlar va insonlarning nazarida goʻzalliklarini, mavjudotning goʻzal vaziyatlari bilan va xushaxloqlari bilan koʻrsatishni istaydi.

Demak, sunnati saniyadagi odob bu yuksak odobning ishorasidir va dasturlaridir va namunalaridir.

Sakkizinchi nukta:
فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ

dan avvalgi boʻlgan لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ oxiriga qadar.. oyati, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga chuqur shafqat va nihoyat darajadagi marhamatini koʻrsatgandan soʻng, فَاِنْ تَوَلَّوْا oyati bilan aytadiki: "Ey insonlar! Ey musulmonlar! Bunday cheksiz shafqati bilan sizga togʻri yoʻlni koʻrsatgan va sizning manfaatingiz uchun butun kuchini sarf qilgan va ma'naviy yaralaringiz uchun mukammal shafqat bilan keltirgan hukmlari va sunnati saniyasi bilan davolab malham surtgan shafqatparvar bir zotning ochiq oydin shafqatini inkor qilish va koʻz bilan koʻringan marhamatini ayblash darajasida uning sunnatidan va yetkazgan qonunlaridan yuzlaringizni oʻgirish naqadar vijdonsizlik, naqadar aqlsizlik ekanini bilinglar! Va ey shafqatli Rasul va ey marhamatli Nabiy! Agar sening bu azim shafqatingni va buyuk marhamatingni tanimay, aqlsizliklaridan sendan yuzlarini oʻgirib tinglamasalar, xavotirlanma! Osmonlar va Yerning qoʻshinlari amri ostida boʻlgan, Arshi Azimi Muhitning taxti ostidagi rububiyatining hukmronligi hukm qilgan Zoti Zuljalol senga yetadi! Haqiqiy itoatkor millatlarni Sening atrofingda toʻplaydi, seni ularga tinglattiradi, sening hukmlaringni ularga qabul qildiradi!" Darhaqiqat, shariati Muhammadiya va sunnati Ahmadiyada hech bir masala yoʻqki, koʻplab hikmatlari boʻlmasin! Bu faqir, barcha kamchiliklarim va ojizligim bilan birga buni da'vo qilaman va bu da'voning isbotiga ham tayyorman. Va hozirgacha yozilgan yetmish-saksonta "Risola-i Nur" parchalari sunnati Ahmadiyaning va shariati Muhammadiyaning (ASV) masalalari naqadar hikmatli va barhaq ekaniga yetmish-saksonta sodiq guvoh hukmiga oʻtgan! Agar bu mavzuga doir yozishga imkoniyat boʻlsa, yetmishta emas, aksincha yetti mingta risola oʻsha hikmatlarni izohlab tugatolmaydi. Ham men shaxsan shohid boʻlib va zavq yoʻli bilan, shubhasiz minglab tajribalarim mavjudki, shariat masalalari bilan sunnati saniyaning dasturlarining har biri ruhiy va aqliy va qalbiy kasalliklarga, xususan ijtimoiy kasalliklarga gʻoyat foydali dori ekanini bilganimni va ularning oʻrnini boshqa falsafiy va hikmatli masalalar bosa olmasligini, shohid boʻlib oʻzim his qilganimni va boshqalarga ham bir daraja risolalarda his qildirganimni e'lon qilaman! Bu da'vomga shubhalanganlar, "Risola-i Nur" juzlariga murojaat qilib qarashsin.

— 56 —

Shunday bir Zotning sunnati saniyasiga qoʻldan kelgancha ergashishga harakat qilish naqadar foydali va abadiy hayot uchun naqadar saodatli va dunyo hayoti uchun naqadar manfaatli ekani qiyos qilinsin.

Toʻqqizinchi nukta: Sunnati saniyaning har bir naviga tamomila amalda ergashishga eng mumtoz shaxsiyatlar ham arang muyassar boʻladilar. Unga amalda boʻlmasa ham, niyat bilan, qasd bilan tarafdor boʻlib va lozim deb bilib tolib boʻlish harkimning qoʻlidan keladi. Farz va vojib qismlariga shunday ham ergashishga majburiyat bor. Va ubudiyatdagi mustahab boʻlgan sunnati saniyaning tarkida gunoh boʻlmasa ham, ulkan savobni yoʻqotish bor. Oʻzgartirilishida esa, ulkan xato bor. Odatlar va muomalalardagi sunnati saniya esa, ergashgan sari, oʻsha odatlar ibodat boʻladi. Ergashmasa, jazo yoʻq. Lekin Habibullohning hayotiy odoblarining nuridan foydalanishi kamayadi. Ubudiyat hukmlarida yangi ijodlar bid'atdir. Bid'atlar esa اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ sirriga zid boʻlgani uchun nomaqbuldir. Lekin tariqatda virdlar va zikrlar va mashrablar navidan boʻlsa va asllari Kitob va Sunnatdan olinish sharti bilan, boshqa-boshqa tarzda, boshqa-boshqa suratda boʻlish bilan barobar, oʻrnatilgan usul va sunnati saniyaning asoslariga qarshi boʻlmaslik va oʻzgartirmaslik sharti bilan, bid'at emas. Faqat bir qism olimlar bulardan bir qismini bid'atga kirgizib, lekin "bid'ati hasana" nomini berishgan. Imomi Rabboniy Mujaddidi Alfi Soniy (RA) deydilarki: "Men sayri suluki ruhoniyda koʻrardimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan naql qilingan kalimalar nurlidir, sunnati saniya shu'lasi bilan porlaydi. U kishidan naql qilinmagan porloq va kuchli virdlarni va hollarni koʻrgan vaqtim, ustida oʻsha nur yoʻq edi. Bu qismning eng porlogʻi avvalgining eng oziga teng kelolmas edi. Shundan angladimki, sunnati saniyaning shu'lasi bir eliksirdir. Ham oʻsha sunnat nur istaganlarga yetarlidir, xorijda nur qidirishga ehtiyoj yoʻq."

Xullas, bunday haqiqat va shariatning bir qahramoni boʻlgan bir zotning bu hukmi koʻrsatmoqdaki, sunnati saniya ikki dunyo saodatining poydevor toshidir va kamolotning ma'dani va manbaidir.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَ السُّنَّةِ السَّنِيَّةِ
رَبَّنَٓا اٰمَنَّا بِمَٓا اَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِد۪ينَ
— 57 —
Oʻninchi nukta:
قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

oyatida i'jozli bir iyjoz bor. Chunki koʻp jumlalar bu uch jumlaning ichida joylashtirilgan. Jumladan: Shu oyat aytadiki: "Allohga (Jalla Jaloluhu) iymoningiz boʻlsa, albatta Uni sevasiz. Modomiki Allohni sevasiz, unda Alloh sevgan tarzda amal qilasiz. Va U sevgan amal esa, Alloh sevgan zotga oʻxshashlikdir. Unga oʻxshashlik esa, unga ergashishlikdir. Qachonki unga ergashsangiz, shunda Alloh ham sizni sevadi. Zotan siz Allohni sevasiz, toki Alloh ham sizni sevsin."

Butun bu jumlalar shu oyatning muxtasar va qisqa bir ma'nosidir. Demak, inson uchun eng muhim oliy maqsad, Janobi Haqning muhabbatiga sazovor boʻlishdir. Bu oyatning ochiq-ravshan ifodasi koʻrsatadiki, oʻsha eng yuksak gʻoyaning yoʻli, Habibullohga ergashishdir va sunnati saniyasiga iqtidodir. Bu maqomda "uch nuqta" isbot qilinsa, mazkur haqiqat tamomila namoyon boʻladi.

Birinchi nuqta: Bashar tabiatan shu koinotning Xoliqiga cheksiz bir muhabbat asosida yaratilgan! Chunki bashariyat tabiatida jamolga muhabbat va kamolga nisbatan haddan ortiq sevish va ehsonga nisbatan sevish bor! Jamol va kamol va ehson darajalariga koʻra oʻsha muhabbat ziyodalashadi. Ishqning eng yuksak darajasigacha boradi. Yana, bu kichik insonning kichkina qalbida koinot qadar ishq joylashadi. Ha, qalbning yasmiq donasichalik sandiqchasi boʻlgan xotirasi, ichida bir kutubxona hukmida minglab kitob qadar yozuv yozilishi koʻrsatadiki, inson qalbi koinotni ichiga olishi mumkin va oʻshancha muhabbatni koʻtara oladi. Modomiki bashariyat tabiatida ehson va jamol va kamolga nisbatan bunday cheksiz muhabbat iste'dodi bor. Va modomiki bu koinotning Xoliqi, koinotda koʻringan asarlari bilan, ochiq-oydin haqiqatlashgani sobit boʻlgan cheksiz muqaddas jamoli; mavjudotda koʻringan san'at naqshlari bilan zaruriy subuti haqiqatlashgan hadsiz qudsiy kamoli; va butun jonzotlarda namoyon boʻlgan cheksiz ehson va in'omlarining turlari bilan bilyaqiyn va aslida bilmushohada vujudi haqiqatlashgan cheksiz ehsonlari bor! Albatta, ziyshuurlarning eng jome'i va eng muhtoji va eng mutaffakiri va eng mushtoqi boʻlgan bashardan hadsiz muhabbatni taqozo qiladi.

Ha, har bir inson Xoliqi Zuljalolga cheksiz muhabbatga qobiliyatli boʻlgani kabi, Xoliq ham hammadan ortiq jamol va kamol va ehsoniga nisbatan cheksiz bir mahbubiyatga loyiqdir. Hatto moʻmin insonda hayotiga, baqosiga, vujudiga, dunyosiga, oʻziga, mavjudotga nısbatan turli-tuman muhabbatlari va shiddatli aloqalari, Allohga muhabbat iste'dodining tomchilaridir. Hatto insonning xilma-xil kuchli hissiyotlari oʻsha muhabbat iste'dodining oʻzgarishlaridir va boshqa shakllarga kirgan qatralaridir. Ma'lumki, inson oʻz saodati bilan lazzatlangani kabi, aloqador boʻlgan zotlarining saodatlari bilan ham lazzatlanadi. Va uni balodan qutqargan zotni sevgani kabi, sevganlarini qutqarganni ham shunday sevadi.

— 58 —

Bu ruhiy holatga binoan, inson agar har bir insonga oid Allohning ehsonlari turlaridan faqat buni o'ylasa: "Mening Xoliqim meni abadiy zulmatlardan iborat yoʻqlikdan qutqarib bu dunyoning oʻzida menga goʻzal dunyoni bergani kabi, ajalim kelgan vaqtda meni abadiy yoʻq boʻlishdan iborat yoʻqlikdan va mahvdan qutqarib menga boqiy olamda abadiy va juda dabdabali olamni ehson va oʻsha olamning umum lazzat va goʻzalliklar turlaridan foydalanadigan va kezib koʻngil ochadigan zohiriy va botiniy hislarni, tuygʻularni in'om qilgani kabi, men qattiq sevgan va yaqin aloqada boʻlgan barcha qarindosh va doʻstlarim va barcha insonlarni ham cheksiz ehsonlarga sazovor qiladi va oʻsha ehsonlar bir jihatda menga oid boʻladi! Zero ularning saodatlari bilan baxtiyor va lazzat olgan boʻlaman. Modomiki اَلْاِنْسَانُ عَب۪يدُ الْاِحْسَانِ sirri bilan, hammada ehsonga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Albatta, bunday cheksiz abadiy ehsonlar evaziga, koinot qadar bir qalbim boʻlsa, oʻsha ehsonga muhabbat bilan toʻlishni taqozo qiladi va toʻldirishni istayman. Men amalda oʻsha muhabbatni koʻrsatmasam ham, iste'dodim bilan, iymonim bilan, niyatim bilan, qabulim bilan, taqdirlashim bilan, ishtiyoqim bilan, lozim deb bilishim bilan, irodam bilan qilyapman deydi va hokazo..." Jamol va kamolga inson koʻrsatadigan muhabbat esa, biz qisqacha ishora qilgan ehsonga nisbatan muhabbatga qiyos qilinsin. Kofir boʻlsa, kufr jihati bilan cheksiz adovat qiladi. Hatto koinotga va mavjudotga zolimona va haqoratomuz adovat qiladi.

Ikkinchi nuqta: Muhabbatulloh sunnati Muhammadiyaga Alayhissalotu Vassalom ergashishni taqozo qiladi. Chunki Allohni sevish, u rozi boʻladigan ishlarni qilishdir. Rozi boʻladigan ishlari esa, eng mukammal suratda Zoti Muhammadiyada (ASV) koʻrinadi. Zoti Ahmadiyaga (ASV) xatti-harakat va ishlarda ikki jihatdan oʻxshash mumkin:

Biri: Janobi Haqni sevish, amriga itoat va rozi boʻladigan ishlari doirasida harakat qilish, ergashishni taqozo qiladi. Chunki bu ishda eng mukammal imom, Zoti Muhammadiyadir (ASV).

Ikkinchisi: Modomiki Zoti Ahmadiya (ASV) insonlarga boʻlgan cheksiz ehsonoti Ilohiyaning eng muhim bir vasilasi ekan, albatta Janobi Haq hisobiga, cheksiz bir muhabbatga loyiqdir. Inson sevgan kishisiga agar oʻxshash mumkin boʻlsa, fitratan oʻxshashni istaydi. Xullas, Habibullohni kim sevsa, bu sunnati saniyasiga ergashish bilan U zotga oʻxshashlikka harakat qilishlarini qat'iyan taqozo qiladi.

— 59 —

Uchinchi nuqta: Janobi Haqning cheksiz marhamati boʻlgani kabi, cheksiz muhabbati ham bor! Butun koinotdagi san'atli asarlarning goʻzalligi bilan va bezatishi bilan oʻzini cheksiz suratda sevdirgani kabi, san'atli asarlarini, xususan sevdirishiga sevish bilan javob bergan ziyshuur maxluqotni sevadi. Jannatning barcha nozikliklar va goʻzalliklari va lazzatlari va ne'matlari, rahmatining bir jilvasi boʻlgan bir Zotning muhabbat nazarini oʻziga jalb qilishga harakat qilish, qanchalik muhim va oliy maqsad ekani ochiq-oshkor tushuniladi.

Modomiki Qur'onning ochiq hukmi bilan, Uning muhabbatiga faqat sunnati Ahmadiyaga (ASV) ergashish bilan sazovor boʻlinar ekan, albatta sunnati Ahmadiyaga (ASV) ergashish eng buyuk insoniy maqsad va bir bashariy vazifa ekani ayon boʻladi.

Oʻn birinchi nukta: "Uch masala"dir.

Birinchi masala: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom sunnati saniyalarining manbai uchtadir: Soʻzlari, ishlari, hollaridir. Bu uch qism ham uch qismdir: Farzlar, nafllar, goʻzal odatlaridir. Farz va vojib qismida ergashishga majburiyat bor, tarkida azob va jazo bor. Hamma u Zotga ergashishga majburdir. Nafllar qismida amri istihbobiy bilan yana ahli iymon majburdir. Lekin tarkida azob va jazo yoʻq. Qilinishida va ergashilishida buyuk savoblar bor hamda oʻzgartirsh va almashtirilishi bid'at va zalolat va ulkan xatodir.

Odatlari va mustahsan harakatlari esa hikmat, foyda jihatidan, shaxsiy va oilaviy va ijtimoiy hayot e'tibori bilan u Zotni taqlid qilish va ergashish, gʻoyat mustahsandir. Chunki har bir oddiy harakatlarida koʻp hayotiy manfaatlar boʻlgani kabi, ergashish bilan oʻsha odob va odatlar ibodat hukmiga oʻtadi.

Ha, modomiki doʻst va dushmanning ittifoqi bilan, Zoti Ahmadiya (ASV) axloq goʻzalligining eng yuksak martabalariga sazovordir. Va modomiki bilittifoq inson navi ichida eng mashhur va mumtoz bir shaxsiyatdirlar. Va modomiki minglab moʻ'jizalarning dalolati bilan va tashkil qilgan Islomiyat olamining va kamolotining shahodatlari bilan hamda muballig' va tarjimon boʻlgan Qur'oni Hakim haqiqatlarining tasdiqi bilan, eng mukammal insoni komil va murshidi akmaldirlar. Va modomiki ergashish samarasi bilan millionlab ahli kamol kamolot martabalarida taraqqiy qilib, ikki dunyo saodatiga vosil boʻlgan ekan, albatta, u Zotning sunnatlari, harakatlari iqtido qilinadigan eng goʻzal namunalardir va ergashiladigan eng sogʻlom rahbarlardir va dastur qilib olinadigan eng mustahkam qonunlardir! Sunnatga ergashishda hissasi ziyoda boʻlgan kishi baxtiyordir! Sunnatga ergashmay, tanballik qilgan odam esa - ulkan zarar koʻradi, ahamiyatsiz hisoblasa - ulkan jinoyat, yolg'onlashni his qildirgan tanqid esa - ulkan zalolat!

Ikkinchi masala: Janobi Haq Qur'oni Hakimda:

— 60 —
وَاِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ

deb marhamat qiladi. Sahih rivoyatlar bilan Hazrati Oisha-i Siddiqa (RA) kabi sahoba-i guzin Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomni ta'rif qilgan vaqtlari "Xuluquhul Qur'an" deb ta'rif qilardilar. Ya'ni: "Qur'on bayon qilgan axloq goʻzalligining misoli, Muhammad Alayhissalotu Vassalomdir. Va oʻsha goʻzal axloqqa eng koʻp ergashgan va tabiatan oʻsha goʻzal axloq ustida yaratilgan u kishidirlar!"

Shunday bir Zotning ishlar, hollar, soʻzlar va harakatlarining har biri, bashariyatga bittadan andoza boʻlishga loyiq ekan, u kishiga iymon keltirgan va ummatidan boʻlgan (sunnatlariga ahamiyat bermagan yoxud oʻzgartirishni istagan) gʻofillarning qanchalar badbaxt ekanini devonalar ham anglaydi.

Uchinchi masala: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom yaratilishdan eng moʻ'tadil vaziyatda va eng mukammal suratda yaratilganlari bois, xatti-harakatlari va hayot tarzlari moʻ'tadillik va istiqomat ustida bo'lgan. Siyari saniyalari qat'iy bir suratda koʻrsatadiki: Har harakatlarida istiqomat va moʻ'tadillik uzra ketganlar, ifrot va tafritdan saqlanganlar. Darhaqiqat, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom فَاسْتَقِمْ كَمَٓا اُمِرْتَ amriga tamomila ergashganlari uchun, butun ishlari va soʻzlari va hollarida istiqomat qat'iy bir suratda koʻrinadi.

Masalan: Quvva-i aqliyaning fasod va zulmati hukmidagi ifrot va tafriti - ahmoqlik va jarbazadan uzoq boʻlib, quvva-i aqliya doimo haddi vasat va madori istiqomat boʻlgan hikmat nuqtasida harakat qilgani kabi; quvva-i gʻazabiyaning fasodi hamda ifrot va tafriti boʻlgan qoʻrqoqlik va tahavvurdan pok boʻlib, quvva-i gʻazabiyaning madori istiqomati va haddi vasati hisoblangan qudsiy shijoat bilan quvva-i gʻazabiyasi harakat qilish bilan barobar; quvva-i shahaviyaning fasodi hamda ifrot va tafriti boʻlgan shahvatsizlik va fujurdan musaffo boʻlib, quvva-i shahaviyaning madori istiqomati boʻlgan iffatni doim a'zamiy ma'sumiyat darajasida oʻzlariga rahbar qilganlar. Va hokazo... Barcha sunnati saniyalarida, fitriy hollarida va shar'iy hukmlarida haddi istiqomatni ixtiyor qilib zulm va zulmatlar hisoblangan ifrot va tafritdan, isrof qilish va sovurishdan saqlanganlar. Hatto gapirish, yeyish va ichishlarida iqtisodni rahbar qilib, isrofdan qat'iyan saqlanganlar. Bu haqiqatning tafsilotiga doir minglab jild kitob ta'lif qilingan. اَلْعَارِفُ تَكْف۪يهِ الْاِشَارَةُ sirriga binoan, bu dengizdan shu qatra bilan kifoyalanib, mavzuni tugatamiz.

— 61 —
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى جَامِعِ مَكَارِمِ الْاَخْلَاقِ وَ مَظْهَرِ سِرِّ (وَ اِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ) اَلَّذ۪ى قَالَ : مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَه۪يدٍ
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَ مَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْ لَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓائَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 62 —

OʻN IKKINCHI YOGʻDU

(Ra'fat Beyning ikki xususiy savoli munosabati bilan ikki Qur'oniy nuktaning bayoniga doirdir.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz vafodor qardoshim Ra'fat Bey! Bu bemavrid zamonimda sening savollaring meni mushkul ahvolga solmoqda. Bu safargi ikki savoling garchi xususiydir. Lekin Qur'oniy ikkita nuktaga munosabatdor boʻlganlari uchun va Yer kurrasiga doir savolingiz geografiya va astronomiyaning yetti qatlam zamin va yetti qavat samovotni tanqidlariga munosabati boʻlgani uchun, men ularni ahamiyatli deb hisobladim. Shuning uchun savolning xususiyligiga qaramasdan, ilmiy va umumiy suratda, ikki oyati karimaga doir "ikki nukta" qisqacha bayon qilinadi. Sen ham xususiy savolingga undan hissa olasan.

Birinchi nukta: "Ikki nuqta"dir.

Birinchi nuqta:
وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ ٭ اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

oyatlarining sirriga binoan: Rizq toʻgʻridan-toʻgʻri Qodiri Zuljalolning qoʻlidadir va rahmatining xazinasidan chiqadi. Har bir ziyhayotning rizqi Allohning kafilligi ostida boʻlgani uchun, ochlikdan oʻlish hollari boʻlmasligi kerak. Holbuki zohiran ochlikdan va rizqsizlikdan oʻlganlar koʻp.

— 63 —

Bu haqiqatning va shu sirning yechimi shuki: Allohning kafilligi haqiqatdir. Rizqsizlik sababli oʻlganlar yoʻq. Chunki u Hakimi Zuljalol ziyhayotning badaniga yuborgan rizqning bir qismini zaxira uchun shahm va ichki yogʻ suratida yigʻadi. Hatto badanning har bir hujayrasiga yuborgan rizqning bir qismini, oʻsha hujayraning bir burchagida yigʻadi. Istiqbolda xorijdan rizq kelmagan payt, sarf qilinish uchun bir ehtiyot zaxirasi hukmida saqlaydi.

Bu yigʻilgan zaxira rizq tugamasdan avval oʻlishadi. Demak, u oʻlish rizqsizlikdan emas. Shubhasiz sui ixtiyordan tugʻilgan odat va oʻsha sui ixtiyor va odatning tarkidan kelib chiqqan kasallik bilan oʻlishadi. Ha, ziyhayotning badanida ichki yogʻ suratida yigʻilgan tabiiy rizq, oʻrtacha qirq kun mukammal ravishda davom etadi. Hatto bir kasallik yoki bir istigʻroki ruhoniy natijasida ikki qirqdan oshadi. Hatto bir odam oʻta qaysarlik sababli London qamoqxonasida yetmish kun sihat-salomatlik bilan, hech narsa yemasdan hayoti davom etganini oʻn uch (hozir oʻttiz toʻqqiz) yil oldin gazetalar yozishgan. Modomiki qirq kundan yetmish-sakson kungacha tabiiy rizq davom etar va modomiki Razzoq ismining gʻoyat keng suratda yer yuzida jilvasi koʻrinar va modomiki hech oʻylamagan yeridan, koʻkrakdan va yogʻochdan rizqlar oqar, boshini koʻrsatar ekan, agar pur-shar bashar, sui ixtiyori bilan aralashib qoʻshilmasa, barcha hollarda tabiiy rizq tugamasdan avval, oʻsha ziyhayotning yordamiga bu ism yetishadi, ochlikdan oʻlishga yoʻl qoʻymaydi. Shunday ekan: Ochlikdan oʻlganlar, agar qirq kundan avval oʻlsalar, qat'iyan rizqsizlikdan boʻlmaydi. Shubhasiz "Tarkul odat minal muhlikat" sirriga asosan, sui ixtiyordan kelgan odat va oʻsha odatni tark qilishdan kelib chiqqan bir illatdan, kasallikdan kelib chiqqan boʻladi. Shunday ekan, ochlikdan oʻlib boʻlmaydi, deyish mumkin.

Ha, bilmushohada koʻrinmoqdaki, rizq kuch va iroda bilan teskari mutanosibdir. Masalan: Hali dunyoga kelmasdan avval bir chaqaloq, ona qornida iroda va kuchdan butunlay mahrum boʻlgan vaqtda, ogʻzi qimirlatilmasdan rizqi beriladi. Soʻngra dunyoga kelgan payti, kuch va iroda yoʻq, lekin bir daraja iste'dodi va qobiliyat holida tuygʻusi boʻlgani uchun, faqat ogʻzini yopishtirishdek harakat bilan eng mukammal va eng toʻyimli va hazmi eng oson va eng latif suratda va eng ajoyib tabiatda, koʻkraklar joʻmragidan ogʻziga beriladi. Soʻngra bir daraja kuch va irodaga aloqa paydo qilgan sari, oʻsha oson va chiroyli rizq bir daraja bolaga nozlanishni boshlaydi. U koʻkraklar chashmalari quriydi, rizqi boshqa yerlardan yuboriladi. Lekin kuch va irodasi rizqni topishga yetarli boʻlmagani uchun, Razzoqi Karim padar va volidasining shafqat va marhamatlarini kuch va irodasiga yordamchi qilib yuboradi. Qachon kuch va irodasi kamolga yetsa, oʻshanda rizqi unga kelmaydi va keltirilmaydi. Rizq joyida toʻxtaydi: "Kel, meni qidir, top va ol!", deydi. Demak, rizq kuch va iroda bilan teskari mutanosibdir. Hatto koʻp risolalarda bayon qilganmizki: Eng kuchsiz va irodasiz hayvonlar yaxshiroq yashashadi, yaxshiroq oziqlanishadi.

— 64 —

Ikkinchi nuqta: Imkonning turlari bor. Imkoni aqliy, imkoni urfiy, imkoni odatiy kabi qismlari bor. Bir hodisa, agar imkoni aqliy doirasida boʻlmasa, rad qilinadi. Imkoni urfiy doirasida boʻlmasa, moʻ'jiza boʻladi, lekin osonlik bilan karomat boʻlolmaydi. Agar urfga koʻra va qoidaga koʻra oʻxshashi boʻlmasa, faqatgina koʻrish darajasidagi qat'iy dalil bilan qabul qilinadi.

Bu sirga binoan, qirq kun ovqat yemagan Sayyid Ahmadi Badaviyning hayratomuz hollari, imkoni urfiy doirasidadir. Ham karomat boʻladi, ham hayratomuz odati ham boʻlishi mumkin. Darhaqiqat, Sayyid Ahmadi Badaviyning (QS) ajoyib va istigʻrokkorona hollari ishonchli rivoyat darajasida naql qilinadi. Qirq kunda bir marta ovqat yeyishlari sodir boʻlgan. Lekin har doim unday emas. Ba'zan karomat navidan boʻlgan. Bir ehtimol bor: Holati istigʻroqiyalari yeyishga ehtiyoj koʻrmagani uchun, u kishiga nisbatan odat hukmiga kirgan. Sayyid Ahmadi Badaviy (QS) kabi koʻp valiylardan bu tarz ajoyibotlar ishonchli shaklda rivoyat qilingan. Modomiki "birinchi nuqta"da isbot qilganimiz kabi, toʻplangan rizq qirq kundan ortiq davom etar va oʻsha muddat davomida yemaslik odat jihatidan mumkin va ishonchli shaklda gʻayoyib odamlardan oʻsha hol rivoyat qilingan ekan, albatta bu inkor qilinmaydi.

Ikkinchi savol munosabati bilan ikki muhim masala bayon qilinadi. Chunki geografiya va astronomiya fanlarining qisqacha qonunlari va tor dasturlari va kichkina oʻlchovlari bilan Qur'onning samovotiga chiqolmaganlari va oyatlarning yulduzlaridagi yetti qavat ma'nolarni kashf qilolmaganliklari tufayli oyatni tanqid, balki inkor qilishga tentaklarcha harakat qilishgan.

Birinchi muhim masala: Samovot kabi zaminning ham yetti qatlam ekaniga doirdir. Bu masala yangi zamon faylasuflariga haqiqatsiz koʻrinadi. Ularning zaminga va samovotga doir fanlari qabul qilmaydi. Buni vosita qilib ba'zi Qur'onning haqiqatlariga e'tiroz qiladilar. Bunga doir qisqacha bir nechta ishora qilamiz.

Birinchisi: Avvalo: Oyatning ma'nosi boshqa. Va oʻsha ma'nolarning fardlari va masadaqlari boshqadir. Mana oʻsha kulliy ma'noning koʻplab fardlaridan bir fardi boʻlmasa, oʻsha ma'no inkor qilinmaydi. Samovotning yetti qavatiga va zaminning yetti qatlamiga doir kulliy ma'nosining koʻp fardlaridan zohiran yetti masadaq koʻrinadi.

Ikkinchidan: Oyatning ochiq bayonida "yetti qatlam zamin" deyilmagan.

اَللّٰهُ الَّذ۪ى خَلَقَ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَمِنَ الْاَرْضِ مِثْلَهُنَّ

oxiriga qadar.

— 65 —

Oyatning zohiri aytadiki: "Zaminni ham oʻsha yetti samovot kabi yaratgan va maxluqotiga maskan qilib olgan." Yetti qavat qilib yaratdim deb aytmayapti. Oʻxshashlik esa maxluqiyat va maxluqotga maskan boʻlishlik jihati bilan bir tashbehdir.

Ikkinchisi: Yer kurrasi har qancha samovotga nisbatan juda kichik boʻlmasin, lekin hadsiz masnu'oti Ilohiyaning mashhari, mazhari, mahshari, markazi hukmida boʻlgani uchun, qalb jasadga muqobil kelgani kabi, Yer kurrasi ham ulkan, hadsiz samovotga nisbatan bir qalb va ma'naviy bir markaz hukmida boʻlib muqobil keladi. Shuning uchun, zaminning kichik miqyosda eskidan beri yetti {(*) Sab'a bilan barobar yetti kalimasi yetti marta tavofuqi juda goʻzal boʻlgan.} iqlimi; yana Ovrupa, Afrika, Avstraliya, ikki Osiyo, ikki Amerika nomlari bilan bilingan yetti qit'asi; yana dengiz bilan birga sharq, gʻarb, shimol, janub, bu tomondagi va Yangi Dunyo tomonidagi ma'lum yetti qit'asi; yana markazidan to ustki qobigʻigacha hikmat jihatidan, fan jihatidan isbotlangan, payvasta va har xil yetti tabaqasi; va ziyhayot uchun hayot tayanchi boʻlgan yetmishta oddiy va juz'iy elementlarni ichiga olib va "yetti qat" deb nomlangan mashhur yetti navdagi kulliy elementlari; yana toʻrt unsur deyilgan suv, havo, olov, tuproq (turob) bilan birga, "mavolidi salosa" deyilgan ma'danlar, nabotot va hayvonotning yetti tabaqalari va yetti qavat olamlari; yana jin va ifrit va boshqa turli xil ziyshuur va ziyhayot maxluqlarning olamlari va maskanlari boʻlgani, koʻp sonli ahli kashf va asxobi shuhudning guvohligi bilan tasdiqlangan yetti qatlam zaminning olamlari; yana Yer kurramizga oʻxshagan boshqa yetti kurra ham borligiga, ziyhayotga markaz va maskan boʻlishiga ishora qilib yetti tabaqa, ya'ni yetti yer kurrasi borligiga ishora qilib Yer kurrasi ham yetti qatlam ekani Qur'onning oyatlaridan tushunilgan.

Demak, yetti navi bilan yetti tarzda, zaminning yetti tabaqasi mavjudligi ayon boʻladi. Sakkizinchisi boʻlgan oxirgi ma'no boshqa nuqtai nazarda ahamiyatlidir, u yettitaga kirmaydi.

Uchinchisi: Modomiki Hakimi Mutlaq isrof qilmaydi, foydasiz narsalarni yaratmaydi. Va modomiki maxluqotning vujudlari ziyshuur uchun va ziyshuur bilan kamolini topadi va ziyshuur bilan jonlanadi va ziyshuur bilan foydasizlikdan qutuladi. Va modomiki koʻzimiz bilan koʻrganimizdek, u Hakimi Mutlaq, u Qodiri Zuljalol havo unsurini, suv olamini, tuproq tabaqasini cheksiz ziyhayotlar bilan jonlantiradi. Va modomiki havo va suv hayvonotning harakatlanishiga mone boʻlmagani kabi; tuproq, tosh kabi qattiq moddalar elektr va rentgen kabi moddalarning kezishiga mone boʻlmaydilar. Albatta, u Hakimi Zulkamol, u Soni'-i Bezavol Yer kurramizning markazidan to maskanimiz va markazimiz boʻlgan ustki qobiqqacha bir-biri bilan payvasta yettita kulliy tabaqani va keng maydonlarini va olamlarini va gʻorlarini boʻsh va xoli qoldirmaydi. Albatta ularni jonlantirgan.

— 66 —

Oʻsha olamlarning jonlanishiga munosib va muvofiq ziyshuur maxluqlarni yaratib oʻsha yerda joylashtirgan. Oʻsha ziyshuur maxluqlar modomiki malaklar turlaridan va ruh jinsidagi maxluqlarning navlaridan boʻlishi lozim boʻladi. Albatta eng zich va eng qattiq tabaqa ularga nisbatan, baliqqa nisbatan dengiz va qushga nisbatan havo kabidir. Hatto zaminning markazidagi mudhish otash ham, oʻsha ziyshuur maxluqlarga nisbati, bizga nisbatan Quyoshning harorati kabi boʻlishni taqozo qiladi. Oʻsha ziyshuur ruh jinsidagi maxluqlar nurdan boʻlganlari uchun, olov ularga nur kabi boʻladi.

Toʻrtinchisi: " Oʻn Sakkizinchi Maktub"da Yer tabaqalarining ajoyibotiga doir ahli kashfning aql bovar qilmas bayon qilgan tasvirlariga doir bir misol zikr qilingan. Xulosasi shuki: Yer kurrasi olami shahodatda bir urugʻdir; olami misol va barzaxda ulkan bir daraxt kabi, samovotga taqqoslanadigan bir azamatdadir. Ahli kashfning Yer kurrasida ifritlarga maxsus tabaqasini ming yillik masofa tarzida koʻrishlari, olami shahodatga oid Yer kurrasining urugʻida emas, balki olami misoldagi shoxlarining va tabaqalarining namoyon boʻlishidir. Modomiki Yer kurrasining zohiran ahamiyatsiz bir tabaqasining boshqa olamda ana shunday azamatli namoyon boʻlishlari bor. Albatta yetti qavat samovotga muqobil yetti qatlam deyish mumkin va mazkur nuqtalarni eslatish uchun iyjoz bilan i'jozli tarzda Qur'on oyatlari samovotning yetti qavatiga nisbatan bu kichkina Yerni muqobil koʻrsatish bilan ishora qiladi.

Ikkinchi Muhim Masala

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ oxiriga qadar ...

ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَٓاءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ

Bu oyati karima kabi koʻplab oyatlar samovotni yetti samodan iboratligini bayon qiladi. Ishorot-ul I'joz tafsirida Birinchi Jahon Urushining birinchi yilida urush maydonida, qisqa yozishga majbur boʻlib, biz gʻoyat muxtasar bayon qilganimiz oʻsha masalaning faqat bitta xulosasini yozish munosibdir. Jumladan:

Qadimgi falsafa samovotni toʻqqizta tasavvur qilib, shariat tilida Arsh va Kursiyni yetti samovot bilan birga qabul qilib, gʻalati bir suratda samovotni tasvirlashgan. Oʻsha qadimgi falsafaning dohiy faylasuflarining balandparvoz ifodalari bashariyatni koʻp asrlar davomida istibdodlari ostida saqlashgan. Hatto koʻp ahli tafsir oyatlarning sarih ma'nolarini ularning mazhabiga moslashtirishga majbur boʻlganlar. Shu suratda Qur'oni Hakimning i'joziga bir daraja parda tortilgandi. Va zamonaviy falsafa nomi berilgan yangi falsafa esa, eski falsafaning kelib ketish hamda teshilishi va yamalishi mumkin boʻlmagan samovot haqidagi ifroti oʻrniga tafrit qilib, samovotning vujudini goʻyo inkor qiladilar.

— 67 —

Avvalgilar ifrot, keyingilar tafrit qilib haqiqatni tamomila koʻrsata olmaganlar. Qur'oni Hakimning muqaddas hikmati esa, oʻsha ifrot va tafritni qoʻyib, haddi vasatni tanlab aytadiki: Sone'-i Zuljalol yetti qavat samovotni yaratgandir. Harakat qilgan yulduzlar esa, baliqlar kabi samo ichida kezadilar va tasbeh aytadilar. Hadisda اَلسَّمَاءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ deyilgan. Ya'ni: "Samo, toʻlqinlari turgʻun boʻlgan bir dengizdir."

Xullas, bu Qur'on haqiqatini yetti qoida va yetti jihat ma'no bilan gʻoyat muxtasar suratda isbot qilamiz.

Birinchi qoida: Fan va falsafa jihatidan isbotlanganki: Bu bepoyon fazo nihoyasiz boʻshliq emas, balki "efir" deyilgan modda bilan toʻladir.

Ikkinchisi: Fan va aql, balki kuzatuv jihati bilan isbotlanganki: Samodagi ulkan jismlarning tortish va itarish kabi qonunlarining robitasi hamda ziyo va harorat va elektr kabi moddalardagi quvvatlarning tarqatuvchisi va yetkazuvchisi, fazoni toʻldirgan bir modda mavjuddir.

Uchinchisi: Efir moddasi, efir boʻlib qolish bilan birga, boshqa moddalar kabi farqli shakllanishlarda va boshqa-boshqa suratlarda boʻlishi tajriba bilan isbotlangan. Ha, qandayki bugʻ, suv, muz kabi gazsimon, suyuq, qattiq uch xil narsa bitta moddadan boʻladi. Xuddi shuning kabi, efir moddasidan ham yetti xil tabaqalar boʻlishiga hech bir aqliy mone boʻlmagani kabi, hech qanday e'tirozga asos boʻlmaydi.

Toʻrtinchisi: Samodagi ulkan jismlarga diqqat qilinsa, koʻrinadiki: Oʻsha yuksak olamlarning tabaqalarida muxoliflik bor. Masalan: Nahr-us Samo va Kahkashon nomi bilan mashhur, turkcha "Somon yoʻli" ta'bir qilingan bulut shaklidagi ulkan doira boʻlgan tabaqa, albatta turgʻun yulduzlarning tabaqasiga oʻxshamaydi. Goʻyo turgʻun tabaqa yulduzlari, yoz mevalari kabi yetilgan, pishganlar. Va oʻsha Somon yoʻlidagi bulut shaklida koʻringan hadsiz yulduzlar esa, endi-endi yetilishni boshlamoqdalar. Turgʻun tabaqalar ham, sodiq bir hads bilan Quyosh sistemasining tabaqasiga muxolifligi koʻrinadi. Va hokazo yettita sistema va yettita tabaqa bir-biriga muxolif boʻlishi, his va hads bilan idrok qilinadi.

Beshinchisi: Hads, his, istiqro va tajriba bilan isbotlanganki: Bir moddada tartiblash va shakllanish boʻlsa, oʻsha moddadan boshqa masnu'ot qilinsa, albatta turli xil tabaqa va shakllarda boʻladi. Masalan: Olmos konida shakllanishlar boshlangan vaqtda, oʻsha moddadan ham ramad, ya'ni ham kul, ham koʻmir, ham olmos turlari tavallud etadi. Ham masalan: Otash shakllanishni boshlagan vaqti ham olov, ham tutun, ham choʻgʻ tabaqalariga ayriladi.

— 68 —

Ham masalan, vodorod kislorod bilan birlashgan vaqti, oʻsha birlashishdan ham suv, ham muz, ham bugʻ kabi tabaqalar tashkil topadi. Demak anglashiladiki, bitta moddada shakllanish boʻlsa, tabaqalarga ayriladi. Shunday ekan: Efir moddasida Qudrati Fotira shakllashni boshlagani uchun, albatta boshqa-boshqa tabaqa oʻlaroq فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ sirri bilan undan yetti xil samovotni yaratgandir.

Oltinchisi: Shu mazkur alomatlar zaruriy boʻlib samovotning ham vujudiga, ham xilma-xilligiga dalolat qiladilar. Modomiki qat'iyan samovot xilma-xil ekan va Muxbiri Sodiq Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning tili bilan yettita deydilar, albatta yettitadir.

Yettinchisi: Yetti, yetmish, yetti yuz kabi ta'birlar arabcha uslubda koʻplikni ifoda qilgani uchun, oʻsha kulliy yettita tabaqa koʻp sonli tabaqalarni ichiga olgan boʻlishi mumkin.

Alqissa: Qodiri Zuljalol efir moddasidan yetti qavat samovotni yaratib, tekislab, gʻoyat nozik va ajoyib nizom bilan tartiblagan va yulduzlarni ichida sochib ekkandir. Modomiki Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon umum insonlar va jinlarning umum tabaqalariga qarata gapirgan bir xutba-i azaliyadir. Albatta, bashariyatning har bir tabaqasi har bir Qur'on oyatidan hissasini oladi va Qur'on oyatlarida har tabaqaning fahmini qondiradigan boshqa-boshqa va koʻplab ma'nolari yashirin va ishora tarzida boʻladi. Ha, Qur'on xitoblarining kengligi va ma'no va ishoralaridagi kengligi va eng savodsiz avomdan eng yuksak olimgacha fahmlash darajalarini inobatga va hisobga olishi koʻrsatadiki, har bir oyatning har bir tabaqaga bir yuzi bor, qaraydi.

Xullas, bu sirga binoan, "yetti samovot" kulliy ma'nosida yettita inson tabaqalari farqli yetti qavat ma'noni fahmlaganlar. Jumladan: فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ oyatida qisqa nazarli va tor fikrli insonlar tabaqasi atmosfera tabaqalarini tushunadilar. Va astronomiya bilan mast boʻlgan boshqa inson tabaqasi esa, xalq tilida yettita sayyora bilan mashhur yulduzlarni va orbitalarini tushunadi. Yana bir qism insonlar kurramizga oʻxshaydigan zavil-hayotning qarorgohi boʻlgan samoviy yettita boshqa kurralarni tushunadilar. Boshqa bir bashar toifasi Quyosh sistemasining yettita tabaqaga ayrilishini, yana Quyosh sistemamiz bilan birga yettita quyosh sistemasini tushunadi. Yana boshqa bir bashar toifasi, efir moddasining shakllanishi yettita tabaqaga ayrilishini tushunadi.

— 69 —

Yanada keng fikrli bir bashar tabaqasi yulduzlar bilan zarhallanib, barcha koʻringan osmonlarni bitta samo hisoblab, uni bu dunyoning samosidir deb, bundan boshqa oltita samovot tabaqalari borligini tushunadi. Va bashariyatning yettinchi tabaqasi va eng yuksak toifasi esa, yetti samovotni olami shahodat bilan cheklangan hisoblamaydi. Balki uxraviy va gʻaybiy va dunyoviy va misoliy olamlarning bittadan muhit qobigʻi va ihotali bittadan shifti boʻlgan yettita samovotning mavjudligini tushunadi.

Va hokazo, bu oyatning kulliyatida mazkur yetti qavat tabaqaning yetti qavat ma'nolari kabi yana koʻp juz'iy ma'nolari bor. Harkim tushunishiga koʻra hissasini oladi va oʻsha samoviy dasturxondan harkim rizqini topadi.

Modomiki oʻsha oyatning juda koʻp bunday sodiq masadaqlari bor. Hozirgi aqlsiz faylasuflarning va daydi astronomlarning samovotni inkor qilish bahonasi bilan bunday oyatga hujum qilishi, yaramas ahmoq bolalarning samovotdagi bir yulduzni tushurish niyatida yulduzlarga tosh otishiga oʻxshaydi. Chunki oyatning kulliy ma'nosidan birgina masadaq sodiq boʻlsa, oʻsha kulliy ma'no sodiq va haq boʻladi. Hatto haqiqatda boʻlmagan, faqat umumning tilida kezgan bir fardi, umumning fikrini inobatga olish uchun oʻsha kulliyga kirgan boʻlishi mumkin. Holbuki, haq va haqiqiy koʻp fardlarini koʻrdik. Va hozir bu insofsiz va haqsiz geografiyaga va esankiragan va boshi aylangan va sarxush astronomiyaga qara! Qanday qilib bu ikki fan xato qilib, haq va haqiqat va sodiq boʻlgan kulliy ma'nodan koʻzlarini yumib va juda sodiq boʻlgan masadaqlarni koʻrmasdan, xayoliy gʻalati fardni, oyatning ma'nosi deb oʻylab, oyatga tosh otdilar. Oʻz boshlarini yordilar, iymonlarini uchirdilar!..

Alqissa: Qiroati sab'a, vujuhi sab'a va moʻ'jizoti sab'a va haqoiqi sab'a va arkoni sab'a asosida nozil boʻlgan Qur'on samosining oʻsha yettitadan tabaqalariga, jin va shayotlar hukmidagi e'tiqodsiz moddiy fikrlar chiqolmaganlari uchun, oyatlarning yulduzlarida nima bor, nima yoʻqligini bilmasdan yolgʻon va xato xabarlar beradilar. Va ularning boshlariga oʻsha oyatlarning yulduzlaridan mazkur tahqiqot kabi uchar yulduzlar tushadilar va ularni kuydiradilar. Ha, jin fikrli faylasuflarning falsafasi bilan u Qur'on samovotiga chiqilmaydi. Balki oyatlarning yulduzlariga haqiqiy hikmatning me'roji bilan va iymon va Islomiyatning qanotlari bilan chiqish mumkin.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى شَمْسِ سَمَاءِ الرِّسَالَةِ وَ قَمَرِ فَلَكِ النُّبُوَّةِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ نُجُومِ الْهُدٰى لِمَنِ اهْتَدٰى
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ يَا رَبَّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ زَيِّنْ قُلُوبَ كَاتِبِ هٰذِهِ الرِّسَالَةِ وَ رُفَقَائِه۪ بِنُجُومِ حَقَائِقِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ اٰم۪ينَ
— 70 —

OʻN UCHINCHI YOGʻDU

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ sirriga doirdir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ ٭
وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

(Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh soʻrash sirriga doirdir. "Oʻn uch ishora" yoziladi. Oʻsha ishoralarning bir qismi, tarqoq suratda "Yigirma oltinchi Soʻz" kabi bir qism risolalarda bayon va isbot qilinganidan, bu yerda faqat qisqacha bahs qilinadi.)

BIRINCHI ISHORA: Savol: Shaytonlarning koinotda ijod jihatidan hech bir ta'sirlari boʻlmagani, Janobi Haq rahmat va inoyati bilan ahli haqqa tarafdor ekani, va haq va haqiqatning jozibador goʻzalliklari va husnlari ahli haqqa yordamchi va ilhomlantiruvchi ekani, ham zalolatning jirkanch yomonliklari ahli zalolatni nafrat ettirganlari holda, hizb-ush shaytonning koʻp marta gʻalaba qilishining hikmati nima? Va ahli haq har doim shaytonning yomonligidan Janobi Haqdan panoh soʻrashining sirri nima?

Javob: Hikmati va sirri shuki: Barchaning fikricha zalolat va yomonlik manfiydir va vayron qilish va yoʻqlikka oid va buzishdan iborat. Barchaning fikricha hidoyat va yaxshilik musbatdir va mavjudlikka oid va bunyod etish va ta'mirlashdan iborat. Hammaga ma'lumki: Yigirmata odam yigirma kunda qurgan binoni, bitta odam bir kunda buza oladi. Darhaqiqat, barcha asosiy a'zolarning va hayot shartlarining mavjudligi bilan vujudi davom etgan inson hayoti Xoliqi Zuljalolning qudratiga maxsus ekan, bitta zolim bitta a'zoni kesishi bilan, hayotga nisbatan yoʻqlikka oid boʻlgan oʻlimga oʻsha insonni yetkazadi. Shuning uchun "Buzgʻunchilik oson" maqolga aylangan.

— 71 —

Shu sirdan, ahli zalolat haqiqatan zaif kuch bilan juda kuchli ahli haqqa ba'zan gʻolib boʻladilar. Lekin ahli haqning shunday mustahkam bir qal'asi borki, unda himoyalangan vaqtlari, oʻsha mudhish dushmanlar yaqinlasholmaydilar, yomonlik qilolmaydilar. Agar vaqtinchalik bir zarar bersalar, وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan abadiy savob va manfaat bilan oʻsha zarar qoplanadi. Oʻsha qal'a-i metin, oʻsha hisni hasin - shariati Muhammadiya (ASM) va sunnati Ahmadiyadir (ASM).

IKKINCHI ISHORA: Savol: Tamomiyla yomonlikdan iborat boʻlgan shaytonlarning yaratilishi va ahli iymonga hujumlari va ular tufayli koʻp insonlar kufrga kirib Jahannamga kirishlari, gʻoyat mudhish va xunuk xodisadir. Ajabo, Jamiyli Alal-Itloq va Rahiymi Mutlaq va Rahmoni bil-Haqning rahmat va jamoli bu cheksiz xunuklik va dahshatli musibatning hosil boʻlishiga qanday yoʻl qoʻyadi va qanday ruxsat beradi?

Bu masalani koʻplar soʻragan va koʻpchilikning hayoliga keladi.

Javob: Shaytonning majudligida ahamiyatsiz yomonliklar bilan birga bir qancha umumiy xayrli maqsadlar va insonning kamoloti bor. Ha, bir danakdan ulkan bir daraxtgacha qancha martabalar boʻlsa, inson mohiyatidagi iste'dodda undanda koʻproq martabalar mavjud. Balki zarradan quyoshgacha darajalari bor. Bu iste'dodlarning rivojlanishlari, albatta bir harakat istaydi, bir muomala boʻlishini taqozo qiladi. Va oʻsha muomaladagi taraqqiy charxining harakati kurash bilan boʻladi. U kurash esa, shaytonlarning va zararli narsalarning mavjudligi bilan boʻladi. Boʻlmasa, malaklar kabi insonlarning ham maqomi oʻzgarmas qolar edi. Unda inson navida minglab navlar hukmida sinflar boʻlmasdi. Bir ahamiyatsiz yomonlik kelmasligi uchun mingta xayrni tark qilish hikmat va adolatga ziddir. Garchi, shayton tufayli aksar insonlar zalolatga ketsalarda, ahamiyat va qiymat asosan sifatga qaraydi, miqdorning ahamiyati juda kam yoki umuman yoʻq. Masalan, bir ming oʻnta danagi boʻlgan kishi, danaklarni tuproq ostiga koʻmsa, undan oʻn tasi daraxt boʻlib koʻkarsa va mingtasi chirisa, oʻnta daraxt boʻlgan danaklarning u odamga bergan manfaati, albatta mingta chirigan danak bergan zararni yoʻqqa chiqaradi. Xuddi shuning kabi, nafs va shaytonlarga qarshi kurash bilan, yulduzlar kabi insoniyatni sharaflantirgan va nurlantirgan oʻnta insoni komil tufayli bashariyatga bergan manfaat va sharaf va qiymat, albatta, hasharotlar navidan hisoblanadigan darajada pastkash ahli zalolatning kufrga kirishi bilan inson naviga beradigan zararni yoʻqqa chiqarib koʻzga koʻrsatmagani uchun, rahmat va hikmat va adolati Ilohiya shaytonning mavjudligiga ruxsat berib xujumiga yoʻl ochgan.

— 72 —

Ey ahli iymon! Bu mudhish dushmanlaringizga qarshi sovutingiz, Qur'on dastgohida yasalgan taqvodir. Va qalqoningiz, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalaridir. Va qurolingiz, Allohdan panoh soʻrash va istigʻfor va hifzi Ilohiyaga iltijodir.

UCHINCHI ISHORA: Savol: Qur'oni Hakimda ahli zalolatga qarshi katta shikoyatlari va bu mavzu ustida koʻp toʻxtalishlari va juda shiddatli qoʻrqitishlari, zoxiran tushunsak adolatli va maqsadga muvofiq balogʻatiga va uslubidagi moʻ'tadilligiga va istiqomatiga munosib kelmaydi. Goʻyo ojiz odamga qarshi qoʻshinlarni yigʻadi. Va uning arzimas harakati uchun, minglab jinoyat qilgan kabi qoʻrqitadi. Va qashshoq va mulkda hech hissasi boʻlmasa ham, tajovuzkor bir sherik kabi mavqe berib, undan shikoyat qiladi. Buning sirri va hikmati nima?

Javob: Buning sirri va hikmati shuki: Shaytonlar va ularga ergashganlar, zalolat yoʻliga kirganlari uchun, kichik bir harakat bilan koʻp buzgʻunchilik qila oladilar. Va koʻp yaratilgan borliqlarning huquqiga oz bir amal bilan koʻp zarar yetkazishadi. Qandayki bir sultonning ulkan bir tijorat kemasida bir odam oz bir harakat bilan, balki kichik bir vazifani tark qilish bilan, oʻsha kemaga aloqador barcha vazifadorlarning mehnatlari samarasining va amallari natijasining yoʻq boʻlishiga va buzilishiga sabab boʻlgani uchun, kemaning nomdor sohibi u kema bilan aloqador barcha qoʻl ostidagilarining hisobiga u osiy ustidan ulkan shikoyat qilib dahshatli qoʻrqitadi va uning oʻsha arzimas harakatini emas, balki oʻsha harakatning mudhish natijalarini nazarga olib va nomdor sohibning nomidan emas, balki qoʻl ostidagilarning huquqi nomidan dahshatli jazoga duchor qiladi.

Shunga oʻxshab, Sultoni Azal va Abad ham Yer sayyorasi kemasida ahli hidoyat bilan birga ahli zalolat sanalgan hizb-ush shaytonning koʻrinishdan arzimas xatolari va isyonlari bilan juda koʻp yaratilgan borliqlarning huquqiga tajovuz qilganlari va mavjudotning oliy vazifalari natijalarining bekor boʻlishiga sabab boʻlishgani uchun, ulardan ulkan shikoyat va dahshatli qoʻrqitishlar va buzgʻunchiliklari ustida jiddiy toʻxtalish, aynan balogʻat ichida toʻliq hikmatdir va gʻoyat munosib va muvofiqdir. Va vaziyatning talabiga uygʻun boʻlib, balogʻatning ta'rifi va asosidir va kalom isrofi boʻlgan mubolagʻadan pokdir. Ma'lumki oz harakat bilan koʻp buzgʻunchilik qilgan dahshatli dushmanlarga qarshi gʻoyat metin bir qal'ada yashirinmagan qattiq parishon boʻladi.

Xullas, ey ahli iymon! U samoviy poʻlat qal'a Qur'ondir. Ichiga kir, qutul.

TOʻRTINCHI ISHORA: Yoʻqlik butkul yomonlik va mavjudlik butkul yaxshilik ekaniga ahli tahqiq va sohibi kashf ittifoq qilishgan. Ha, hammaning fikricha xayr va goʻzallik va kamolot mavjudlikka tayanadi va unga taalluq etadi. Sirtdan manfiy va yoʻqlikka oid boʻlsa ham, asosi sobitlik va mavjudlikka oiddir. Zalolat va yomonlik va musibatlar va gunohlar va balolar kabi barcha xunukliklarning asosi, asli yoʻqlik, inkordir. Ulardagi yomonlik va xunuklik yoʻqlikdan keladi.

— 73 —

Garchi sirtdan qaraganda musbat va mavjudlikka oid koʻrinsalar ham, asosi yoʻqlik, inkordir. Yana koʻz bilan koʻrish darajasida aniqki: Bino kabi bir narsaning mavjudligi, butun qismlarining mavjudligi bilan qaror topadi. Holbuki, uning buzilishi va boʻlmasligi va yoʻq boʻlishi bir ruknning boʻlmasligi bilan hosil boʻladi. Yana mavjudlik, mavjud boʻlgan asl sabab istaydi! Muhaqqaq bir sababga tayanadi. Yoʻqlik esa, yoʻqlikka oid narsalarga tayanishi mumkin. Yoʻqlikka oid bir narsa boʻlmagan narsaga asl sabab boʻladi.

Ushbu ikki qoidaga binoan, insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlarning koinotdagi mudhish buzgʻunchiliklari hamda har xil kufr va zalolat va yomonlik va halok qiladigan ishlarni qilsalarda, zarra miqdor ijodga va yaratishga aralasholmaydilar, mulki Ilohiyda ishtirok hissalari boʻlmaydi. Va iqtidor va qudrat bilan oʻsha ishlarni qilmaydilar, balki koʻp ishlari iqtidor va faoliyat emas, balki tark va harakatsizlikdir. Xayrni qildirmaslik bilan yomonliklarni qiladilar. Ya'ni, yomonliklar boʻladi. Chunki halok qiladigan ishlar va yomonlik buzgʻunchilik navidan boʻlgani uchun, sabablari mavjud bir iqtidor va foil bir ijod boʻlishi lozim emas. Balki bitta amri 'adamiy va bitta shartning buzilishi bilan ulkan buzgʻunchilik sodir boʻladi.

Bu sir Majusiylarda ochilmagani uchun, koinotda "Yazdon" nomi bilan bir yaxshiliklarni yaratuvchi, boshqasi "Ahrimon" nomli bir yomonliklarni yaratuvchi borligiga e'tiqod qilıshgan. Holbuki ular "Ahrimon" degan mavhum yomonlik ilohi, juz'i ixtiyori bilan va ijod qilib bilmaydigan kasb bilan yomonliklarga sabab boʻlgan ma'lum shaytondir.

Demak, ey ahli iymon! Shaytonlarning bu mudhish buzgʻunchiligiga qarshi eng muhim qurolingiz va ta'mir qiladigan jihozlaringiz istigʻfordir va "A'uzu billoh" deyish bilan Janobi Haqqa iltijodir. Va qal'angiz sunnati saniyadir.

BESHINCHI ISHORA: Janobi Haq samoviy kitoblarda basharga Jannat kabi buyuk mukofot va Jahannam kabi dahshatli jazoni koʻrsatish bilan birga, koʻp irshod qilgani, ogohlantirgani, eslatgani, qoʻrqitgani va tashviq qilgani holda; ahli iymon bu qadar hidoyat va istiqomatga yetaklaydigan sabablar bor ekan, hizb-ish shaytonning mukofotsiz xunuk zaif hiylalariga magʻlub boʻlishlari bir paytlar meni koʻp oʻylantirar edi. Ajabo, iymon bor ekan, Janobi Haqning shu qadar shiddatli qoʻrqitishlariga qanday qilib ahamiyat bermaslik mumkin? Qanday qilib iymon ketmaydi? اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا sirri bilan shaytonning gʻoyat zaif hiylalariga aldanib Allohga isyon qiladi. Hatto doʻstlarimdan ba'zilari, mendan yuzlab haqiqat darslarini qalban tasdiqlab eshitgani holda va men haqqimda haddan ortiq husni zonda ekani va aloqadorligi boʻla turib, qalbsiz va buzuq bir odamning ahamiyatsiz va riyokorona iltifotiga aldandi, unga yon bosib, menga qarshi boʻlib qoldi. "Fasubhanalloh" dedim.

— 74 —

"Insonda bu daraja tubanlashish boʻlishi mumkinmi? Naqadar bevafo bir inson ekan", deb bechorani gʻiybat qildim, gunohga kirdim. Soʻngra oʻtgan ishoralardagi haqiqat ochildi, noaniq boʻlgan koʻp nuqtalarni oydinlatdi. Oʻsha nur bilan, Allohga hamd boʻlsin, ham Qur'oni Hakimning ulkan targʻibot va tashviqoti tamoman oʻrinli ekanini, ham ahli iymon shaytonning hiylalariga aldanishlari iymonsizlikdan va iymonning zaifligidan emasligini, va gunohi kabiralarni qilgan kufrga kirmasligini, ham Mo'tazila mazhabi va bir qism Xorijiya mazhabi "Gunohi kabiralarni qilgan kofir boʻladi yoki iymon va kufr oʻrtasida qoladi", deb hukmlarida xato qilganlarini, ham mening oʻsha bechora doʻstim yuzta haqiqat darsini bir yaramasning iltifotiga fido qilishi, oʻylaganim kabi oʻta tubanlashish va dahshatli pastkashlik emasligini angladim. Janobi Haqqa shukr qildim, oʻsha tahlikadan qutuldim. Chunki yuqorida aytib oʻtganimizdek, shayton kichik bir amri 'adamiy bilan insonni muhim tahlikalarga otadi. Insondagi nafs esa, har doim shaytonni tinglaydi. Shahvoniy va gʻazabiy tuygʻulari esa, shayton hiylalariga ham qabul qiluvchi, ham uzatuvchi ikki jihoz hukmidadirlar.

Shuning uchun, Janobi Haqning "Gʻofur", "Rahim" kabi ikki ismi tajaliyi aʻzam bilan ahli iymonga yuzlanib turibdi. Va Qur'oni Hakimda Paygʻambarlarga eng muhim ehsoni, magʻfirat ekanini koʻrsatadi va ularni istigʻfor keltirishga da'vat qiladi. بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ muqaddas kalimasini har bir sura boshida takrorlash va har bir muborak ishlarda zikr qilishni amr qilishi bilan, koinotni qamrab olgan keng rahmatini maljaʻ va panohgoh qilib koʻrsatadi va فَاسْتَعِذْ amri bilan "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" kalimasini qalqon qiladi.

OLTINCHI ISHORA: Shaytonning eng tahlikali hiylasi shuki: Ba'zi ta'sirchan va sofdil insonlarga kufrni xayol qilish bilan uni tasdiqlashni chalkashtiradi. Zalolatni tasavvur qilishni zalolatning tasdigʻi suratida koʻrsatadi. Va muqaddas zotlar va pok narsalar haqida gʻoyat xunuk fikrlarni xayoliga keltiradi. Va imkoni zotiy narsani imkoni aqliy shaklida koʻrsatib, iymondagi qat'iy e'tiqodiga zid shubhani keltiradi. Oʻshanda bechora ta'sirchan odam oʻzini zalolat va kufrga ketganini xayol qilib, iymondagi qat'iy e'tiqodi yoʻq boʻlgan deb oʻylaydi, umidsizlikka tushadi, oʻsha umidsizlik bilan shaytonga masxara boʻladi. Shayton ham umidsizligidan, ham oʻsha zaif tomonidan, ham oʻsha chalkashishidan koʻp foydalanadi. Natijada u yo devona boʻladi, yoxud "nima boʻlsa boʻlsin" deydi, zalolatga ketadi.

Shaytonning bu hiylasining mohiyati naqadar asossiz ekanini ba'zi risolalarda bayon qilganimiz kabi, bu yerda qisqacha bahs etamiz. Jumladan:

— 75 —

Qandayki oynadagi ilonning surati chaqmaydi va otashning misoli yondirmaydi va iflos narsaning aksi kir qilmaydi. Xuddi shuning kabi, xayol yoki fikr oynasida shakkoklik va shirkning akslari va zalolatning soyalari va haqoratli va xunuk soʻzlarning xayollari e'tiqodni buzmaydi, iymonni oʻzgartirmaydi, hurmatga sazovor adabni sindirmaydi. Chunki mashhur qoida borki: "Soʻkishni xayol qilish, soʻkish boʻlmagani kabi, kufrni xayol qilish ham kufr emas va zalolatni tasavvur qilish ham zalolat emas." Iymondagi shak masalasi esa, imkoni zotiydan kelgan ehtimollar oʻsha qat'iy e'tiqodga zid emas va oʻsha qat'iy e'tiqodni buzmaydi. Ilmi usuli dinda muqarrar qoida borki:

اِنَّ الْاِمْكَانَ الذَّاتِىَّ لَا يُنَافِى الْيَقِينَ الْاِلْمِىَّ

Masalan: Barla Dengizi suvi joyida turganini qat'iyan bilamiz. Holbuki, zotida, oʻsha dengiz bu daqiqada yoʻq boʻlishi va bu mumkinotga kiradi. Bu imkoni zotiy, modomiki bir alomatdan kelib chiqmas ekan, zehnda shubha tugʻdirishi mumkin emas. Chunki yana ilmi usuli dinda bir muqarrar qoida bor:

لَاعِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ غَيْرِ النَّاشِئِ عَنْ دَلِيلٍ

Ya'ni: "Bir alomatdan kelib chiqmagan ehtimoli zotiy, shubha beradigan ahamiyatli imkoni zehniy boʻlmaydi." Ushu shaytonning hiylasiga uchgan bechora odam iymon haqiqatlariga boʻlgan qat'iy e'tiqodini bunday zotiy imkonlar bilan yoʻqotyapman deb oʻylaydi. Masalan: Hazrati Paygʻambar alayhissalotu vassalom haqida bashariyat e'tibori bilan koʻp imkoni zotiya aqliga keladi, iymonning jazm va qat'iyligiga zarar qilmaydi. Lekin u zarar berdi deb oʻylab zararga tushadi.

Yana, ba'zan shayton qalb ustidagi lumma vositasida Janobi Haq haqida yomon soʻzlar gapiradi. U odam oʻylaydiki, bunday deyayotgani uchun qalbim buzilgan deb oʻlaydi. Titraydi. Holbuki uning titrashi va qoʻrqishi va nozoriziligi, u soʻzlar qalbidan kelmayotganiga dalildir. Ular lumma-i shaytoniyadan keltiriladi yoki shayton tarafidan eslatiladi va xayolga keltiriladi.

Yana, insonning ichida men tashxis qilolmagan bir-ikki nozik tuygʻulari borki, ixtiyor va irodani tinglamaydi, balki javobgarlik ostiga ham kirmaydi. Ba'zan oʻsha tuygʻular hukm suradi, haqni tinglamaydi, xato narsalarga kiradi. Oʻshanda shayton odamga: "Sening iste'doding haqqa va iymonga muvofiq emas, bunday ixtiyorsiz botil narsalarga berilyapsan. Demak sening qadaring seni badbaxtlikka mahkum qilgan." deb shivirlaydi. Bechora odam umidsizlikka tushib halokatga ketadi.

Xullas shaytonning avvalgi hiylalariga qarshi moʻminning panogohi, muhaqqiq asfiyolarning dasturlari bilan hududlari tayin qilingan haqoiqi iymoniya va muhkamoti Qur'oniyadir. Va oxirdagi hiylalariga qarshi Allohdan panoh soʻrab ahamiyat bermaslik kerak. Chunki ahamiyat bergan sari, diqqatni jalb qildirib kattalashadi, shishadi. Moʻminning bunday ma'naviy yaralariga dori va malhami - sunnati saniyadir.

— 76 —

YETTINCHI ISHORA: Savol: Mu'taziliy imomlari yomonlikning ijodini yomonlik deb hisoblaganlari uchun, kufr va zalolatning yaratilishini Allohdan deb bilmaydilar. Goʻyo bu bilan Allohni nuqsondan pok tutadilar. "Bashar oʻz ishlarining yaratuvchisidir" deb, zalolatga ketishgan. Yana: "Bir gunohi kabirani qilgan moʻminning iymoni ketadi. Chunki Janobi Haqqa e'tiqod qilish va Jahannamni tasdiqlash, oʻsha gunohni qilish bilan teng emas. Chunki dunyoda gʻoyat ozgina qamalish qoʻrquvi bilan oʻzini qonunga xilof hamma narsadan muhofaza qilgan odam, abadiy Jahannam azobini va Xoliqning gʻazabini hisobga olmaydigan darajada katta gunohlarni qilsa, albatta iymonsizlikka dalolat qiladi", deydilar.

Javob: Birinchi qismning javobi shuki: "Qadar risolasi"da izoh qilingani kabi, "Xalqi shar, shar emas, kasbi shar shardir." Chunki yaratish va ijod umum natijalarga qaraydi. Bir yomonlikning vujudi, koʻp xayrli natijalarga muqaddima boʻlgani uchun, oʻsha yomonlikning ijodi, natijalar e'tibori bilan yaxshilik boʻladi, yaxshilik hukmiga oʻtadi. Masalan, olovning yuzlab xayrli natijalari bor. Faqat ba'zi insonlar yomonlikda ishlatib, olov ularga zarar berganida "Olovning ijodi yomonlik" deyolmaydilar. Shunga oʻxshab, shaytonlarning ijodida insoniyat taraqqiyoti kabi koʻp hikmatli natijalari boʻlish bilan birga, ixtiyorini yomonlikda ishlatish bilan va xato kasbi bilan bilan shaytonlarga magʻlub boʻlib, "Shaytonning yaratilishi yomonlik" deyolmaydi. Balki oʻzining kasbi bilan oʻziga yomonlik qildi. Ha, kasb, shaxsiy mashgʻuliyat boʻlib, xususiy yomonlikning natijasiga yoʻliqadi. Oʻsha kasbi shar yomonlik boʻladi. Faqat ijod umum natijalarga qaragani uchun, yomonlikni ijod qilish, yomonlik emas, balki yaxshilikdir.

Mu'taziliylar bu sirni anglamaganlari uchun, "Yomonlikning ijodi yomonlikdir va xunukning ijodi xunukdir" deb, Janobi Haqni qusurdan poklash uchun yomonlikning ijodini Undan deb bilmaganlar, zalolatga tushishganr. وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ degan iymon ruknini ta'vil qilganlar.

Ikkinchi qism: "Gunohi kabira qilgan odam qanday qilib moʻmin qolishi mumkin?" degan savollariga javob esa: avvalo, oʻtgan ishoralarda ularning xatosi qat'iy bir suratda anglashildi, takrorga hojat qolmadi. Ikkinchidan: insonning nafsi naqd va tayyor, bir misqol lazzatni keyinga qoldirilgan, gʻaybda bir botmon lazzatdan ustun qoʻygani kabi, naqd bir tarsaki qoʻrquvidan, kelajakdagi bir yil azobdan koʻra koʻproq qoʻrqadi. Yana insonda hissiyot gʻolib boʻlsa, aqlning muhokamasini tinglamaydi. Havas va vahimasi hukm surib, eng oz va ahamiyatsiz tayyor bir lazzatni kelajakdagi gʻoyat buyuk bir mukofotdan ustun qoʻyadi. Va ozgina hozirgi qiyinchilikdan koʻra kelajakka qoldirilgan ulkan azobdan koʻproq choʻchiydi. Chunki vahima va havas va his kelajakni koʻrmaydi, balki inkor qiladilar. Nafs ham yordam bersa, iymonning makoni boʻlgan qalb va aql sukut saqlaydilar, magʻlub boʻladilar.

— 77 —

Shunday ekan gunohi kabiralarni qilish iymonsizlikdan boʻlmaydi, balki his va havasning va vahimaning gʻalabasi bilan, aql va qalbning magʻlubiyatidan kelib chiqadi.

Yana oʻtgan ishoralarda tushunilgani kabi, yomonlik va havaslar yoʻli buzgʻunchilik boʻlgani uchun gʻoyat oson. Insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlar tez insonlarni oʻsha yoʻlga yetaklaydi. Gʻoyat hayratlanarli bir holki, hadisda bayon qilinganiga koʻra, baqo olamining pashsha qanotichalik bir nuri, abadiy boʻlgani uchun, bir insonning umri davomida dunyodan olgan lazzat va ne'matga muqobil kelgani holda, ba'zi bechora insonlar bir pashsha qanoti qadar bu foniy dunyoning lazzatini oʻsha boqiy olamning bu foniy dunyosi qiymatidagi lazzatlaridan ustun qoʻyib, shaytonning orqasidan ketadi.

Ushbu sirlar uchun, Qur'oni Hakim moʻminlarni juda koʻp takror va isror bilan, tahdid va tashviq bilan gunohdan qaytaradi va yaxshilikka chorlaydi.

Bir kuni Qur'oni Hakimning takror bilan shiddatli irshodlari menga shu fikrni berdiki, bunchalik toʻxtovsiz eslatmalar va ogohlantirishlar moʻmin insonlarni matonatsiz va bevafo qilib koʻrsatadi. Insonning sharafiga yarashmaydigan bir vaziyat beradi. Chunki bir xodimning boshligʻidan olgan amri itoat qilishiga yetarli ekan, ayni amrni oʻn marta aytsa, u xodim jiddiy ravishda ranjiydi. "Meni ayblayapsan, men xoin emasman", deydi. Holbuki, eng xolis moʻminlarga Qur'oni Hakim isror bilan takror-takror amr qiladi. Bu fikr zehnimni mashgʻul qilgan vaqtda ikki-uch sodiq doʻstlarim bor edi. Ularga insiy shaytonlarning hiylalariga aldanmasliklari uchun juda koʻp marta eslatar va ogohlantirar edim. "Bizni ayblayapsiz", deb ranjimas edilar. Lekin men qalban: "Davomli ravishda eslatmalarim bilan bularni ranjityapman, sadoqatsizlik va matonatsizlikda ayblayapman." derdim. Soʻngra birdan sobiq ishoralarda izoh va isbot qilingan haqiqat ochildi. Oʻshanda u haqiqat bilan ham Qur'oni Hakimning barcha vaziyatlarning taqozosiga koʻra va oʻrnida va isrofsiz va hikmatli va tuhmatsiz shaklda isror va takrorlashini va hikmatning va balogʻatning ayni ekanini bildim. Va oʻsha sodiq doʻstlarimning ranjimaganlarining sirrini angladim.

U haqiqatning xulosasi shuki: Shaytonlar buzgʻunchilik tomon chorlaganlari uchun, oz bir amal bilan koʻp yomonliklarni qiladilar. Shuning uchun haq va hidoyat yoʻlida yurganlar, juda ehtiyot va shiddatli saqlanishga va takror-takror eslatmalarga va juda koʻp yordamga muhtoj boʻlganlaridan, Janobi Haq oʻsha takrorlar orqali ming bir ismi bilan ahli iymonga yordamini taqdim qiladi va minglab marhamat qoʻllarini madad uchun uzatadi. Sharafini sindirmaydi, balki himoyalaydi. Insonning qiymatini tushirmaydi, balki shayton yomonligining kattaligini koʻrsatadi.

— 78 —

Xullas, ey ahli haq va ahli hidoyat! Insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlarning mazkur hiylalaridan qutulishning chorasi: Ahli sunnat va jamoat boʻlgan ahli haq mazhabini qarorgoh qil va Qur'oni moʻ'jiz-ul bayonning muhkamot qal'asiga kir va sunnati saniyani rahbar qil, salomatlikni top!..

SAKKIZINCHI ISHORA: Savol: Avvalgi ishoralarda isbot qildingizki, zalolat yoʻli oson va vayron qilish va tajovuz boʻlgani uchun, koʻplar oʻsha yoʻlga kiradilar. Holbuki boshqa risolalarda qat'iy dalillar bilan isbot qilgansizki, kufr va zalolat yoʻli naqadar mushkul va mashaqqatli boʻlgani uchun hech kim unga kirmasligi kerak edi va yurib boʻladigan emas. Va iymon va hidoyat yoʻli naqadar oson va ochiq ravshan boʻlgani sabab hamma unga kirishi kerak edi.

Javob: Kufr va zalolat ikki qismdir. Bir qismi amaliy va far'iy boʻlish bilan birga, iymon hukmlarini rad va inkor qilish boʻlib, bu tarzdagi zalolat oson. Haqni qabul qilmaslik, tark, yoʻqlik, qabul qilmaslikdir. Bu qism boʻlib, risolalarda oson koʻrsatilgan.

Ikkinchi qism esa, amaliy va far'iy emas e'tiqodiy va fikriy bir hukmdir. Faqatgina iymonning rad qilinishi emas, balki iymonning ziddiga yoʻl ochishdir. Bu botilni qabul qilishdir, haqning aksini isbot qilishdir. Bu qism iymonning faqat rad ve naqizi emas, iymonning ziddidir. Qabul qilmaslik emaski, oson boʻlsin, balki yoʻqlikni qabul qilishdir. Va yoʻqlikni isbot qilish bilan qabul qilinishi mumkin. اَلْعَدَمُ لَا يُثْبَتُ qoidasi bilan, yoʻqlikning isboti albatta oson emas.

Boshqa risolalarda imkonsizlik darajasida mashaqqatli va mushkul koʻrsatilgan kufr va zalolat shu qism boʻlib, zarra miqdor shuuri boʻlgan kishi bu yoʻlda yurmasligi lozim. Bu yoʻl, risolalarda qat'iy isbot qilingani kabi, shu qadar dahshatli alamlari bor va boʻgʻuvchi zulmatlari borki, zarra miqdor aqli boʻlgan kishi u yoʻlga tolib boʻlmaydi.

Agar: "Bu qadar qiynaydigan va zim-ziyo, mushkul yoʻlda qanday qilib aksar insonlar ketmoqdalar?", deyilsa.

Javob: Ichiga tushib qolishgan, chiqolmaydilar. Yana insondagi nabotiy va hayvoniy xossalari, oqibatni koʻrmaganlari, oʻylamagan boi va insondagi nozik va yuksak tuygʻulariga gʻalaba qilganlari uchun, chiqishni istamaydilar va naqd va vaqtinchalik bir lazzat bilan tasalli topadilar.

— 79 —

Savol: Agar: "Zalolatda dahshatli alam va qoʻrquv borki, kofir hayotdan lazzat olish tugul, umuman yashamasligi kerak edi. Balki oʻsha alamdan ezilishi va oʻsha qoʻrquvdan oʻti yorilishi kerak edi. Chunki insoniyat e'tibori bilan hadsiz narsalarga mushtoq va hayotga oshiq ekani holda, kufr vositasida oʻz oʻlimini abadiy yoʻq boʻlish va bezavol firoq hamda mavjudot zavolini va doʻstlarining vafotlarini va barcha sevganlarini qatl qilish va koʻ oʻngida abadiy ayriliq suratida doimo kufr vositasida koʻrgan inson qanday yashay oladi? Qanday hayotdan lazzat olishi mumkin?", degan savol berilsa.

Javob: Ajib bir shaytoniy makr bilan oʻzini aldab, yashaydi. Koʻrinishda lazzat olyapman deb oʻylaydi. Mashhur bir misol bilan uning mohiyatiga ishora qilamiz. Jumladan:

Aytiladiki: Tuyaqushga: "Qanotlaring bor, uch." deyishsa. U qanotlarini yopib, "men tuyaman" deb, uchmagan. Lekin ovchining tuzogʻiga tushgan. Ovchi meni koʻrmasin deb boshini qumga suqqan. Holbuki kattakon gavdasini tashqarida qoldirgan, ovchiga nishon qilgan. Soʻngra unga: "Modomiki tuyaman deyapsan, yuk tashi!" deyishsa. Qanotlarini yozib, "men qushman" degan, yukning zahmatidan qutulgan. Lekin homiysiz va ozuqasiz ovchilarning hujumiga nishon boʻlgan. Aynan shuning kabi, kofir Qur'onning samoviy e'lonlariga qarshi mutlaq kufrni tashlab, shubhali kufrga tushgan. Unga: "Modomiki oʻlim va zavolni abadiy yoʻq boʻlish deb bilasan, seni osadigan dor koʻz oʻngingda... Unga har doim qaragan qanday yashay oladi, qanday lazzat oladi?", deyilsa. Oʻsha odam Qur'onning umumiy rahmat jihatidan va hamma narsani qamragan nuridan olgan bir hissasi bilan: "Oʻlim yoʻq boʻlish emas, ehtimol baqo bor", deydi. Yoxud tuyaqush kabi boshini gʻaflat qumiga suqadi, toki ajal uni koʻrmasin va qabr unga qaramasin va ashyoning zavoli unga oʻq otmasin!

Bir soʻz bilan, shubhali kufr vositasida tuyaqush kabi oʻlim va zavolni yoʻq boʻlish ma'nosida koʻrgan vaqti, Qur'on va samoviy kitoblarning "oxiratga iymon"ga doir qat'iy xabarlari unga bir ehtimol beradi. Oʻsha kofir u ehtimolga yopishadi, dahshatli alamni ustiga olmaydi. Oʻsha vaqtda unga: "Modomiki boqiy bir olamga ketiladi, u olamda chiroyli yashash uchun diniy majburiyatlar mashaqqatini chekish kerak", deyilsa, u odam kufrdagi shubha bilan: "Balki yoʻqdir, yoʻq narsa uchun nega ishlayin?", deydi. Ya'ni, u Qur'on hukmi bergan baqo ehtimoli bilan abadiy yoʻq boʻlish alamlaridan qutuladi. Qachonki diniy majburiyatlar mashaqqati unga yuzlansa, shubhali kufr bergan yoʻqlik ehtimoli unga qarshi kufr ehtimoliga yopishadi, oʻsha zahmatdan qutuladi. Demak, bu nuqtai nazardan, moʻmindan koʻra bu hayotda koʻproq lazzat olaman deb oʻylaydi. Chunki diniy majburiyatlarning zahmatidan kufr ehtimoli bilan qutuladi va abadiy alamlarni iymoniy ehtimol jihati bilan oʻz ustiga olmaydi. Holbuki bu shaytoniy makrning hukmi gʻoyat yuzaki va foydasiz va vaqtinchalikdir.

— 80 —

Xullas, Qur'oni Hakimning kofirlar haqida ham bir navi rahmat jihati borki, dunyoviy hayotni ularga Jahannam boʻlishdan bir daraja qutqaradi va shubha bilan yashaydilar. Boʻlmasa, oxirat Jahannamini eslatadigan bu dunyoda ham ruhiy bir Jahannam azobini chekardilar va oʻz jonlariga qasd qilishga majbur boʻlar edilar.

Xullas ey ahli iymon! Sizni abadiy yoʻq boʻlishdan va dunyo va oxirat jahannamlaridan qutqaradigan Qur'onning himoyasi ostiga iymon keltirgan va ishongan holda kiringlar va sunnati saniyasining doirasiga taslim boʻlib va manzur koʻrib qoʻshilinglar, dunyo baxtsizligidan va oxiratda azobdan qutulinglar!

TOʻQQIZINCHI ISHORA: Savol: Hizbulloh boʻlgan ahli hidoyat, boshda paygʻambarlar va ularning boshida Faxri Olam alayhissalotu vassalom, shu qadar inoyat va rahmati Ilohiya va imdodi Subhoniyaga sazovor boʻlganlari holda, nima uchun koʻp marta hizb-ush shayton boʻlgan ahli zalolatga magʻlub boʻlishgan? Yana, Xotam-ul anbiyoning quyosh kabi porloq nubuvvat va risolati va muazzam eliksir kabi ta'sirli i'jozi Qur'oniy vositasida irshodi va koinotning umumiy jozibasidanda jozibador Qur'on haqiqatlarining qoʻshnichiligida va yaqinidagi Madina munofiqlarining zalolatda qaysarlik qilishlari va hidoyatga kirmasliklarining sabab va hikmati nima?

Javob: Bu ikki qism mudhish savolning hal qilinishi uchun chuqur bir asosni bayon qilish kerak boʻladi. Jumladan:

Bu koinot Xoliqi Zuljalolining ham jamoliy, ham jaloliy ikki qism Ismlari bo'lgani uchun va oʻsha jamoliy va jaloliy ismlar hukmlarini boshqa-boshqa jilvalar bilan koʻrsatishini taqozo qilganlari uchun, Xoliqi Zuljalol koinotda zidlarni bir-biriga aralashtirib, bir-biriga muqobil keltirib va bir-biriga tajovuz va mudofaa qiladigan vaziyat berib, hikmatli va manfaatdor bir navi kurash suratiga keltirib, undan zidlarni bir-birining hududiga oʻtkazib ixtiloflar va oʻzgarishlar vujudga keltirish bilan, koinotni oʻzgarish va almashinish qonuni va taraqqiy va takomil dasturiga tobe qilgani uchun, oʻsha yaratilish daraxtining jamlovchi samarasi boʻlgan inson navida, urash qonunini yanada ajib shaklga keltirib, butun insoniyat taraqqiyotiga yordam beradigan kurash eshigini ochib, hizbullohga qarshi maydonga chiqa olishlik uchun, hizb-ush shaytonga ba'zi jihozlarni bergan.

Ushbu nozik sir sababli, paygʻambarlar koʻp marta ahli zalolatga qarshi boʻlishgan. Va gʻoyat zaif va ojiz boʻlgan zalolat ahli ma'nan gʻoyat kuchli ahli haqqa vaqtinchalik gʻolib boʻlishadi va qarshilik koʻrsatadilar. Bu ajib qarshilikning hikmatining sirri shuki: Zalolatda va kufrda yoʻqlik va tark bor, juda yengil, harakat istamaydi. Yana buzgʻunchilik borki, juda oddiy va oson, ozginagina harakat yetadi. Yana tajovuz borki, ozgina amal bilan koʻplarga zarar berib, qoʻrqitish nuqtasida va fir'avnlik jihatidan ularga bir maqom qozontiradi.

— 81 —

Ham oqibatni koʻrmagan va mavjud zavqqa mubtalo boʻlgan insondagi nabotiy va hayvoniy hossalarning qoniqishi, lazzatlanishi, hurriyati borki, aql va qalb kabi insoniy nozik tuygʻularni insoniyatkorona va oqibatni oʻylaydigan vazifalaridan voz kechiradi. Ahli hidoyat va boshda ahli nubuvvat va boshda Habibi Rabb-ul Olamiyn boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning qudsiy maslagi, ham mavjudlikka oid, ham sobitlikka oid, ham ta'mir, ham harakat, ham halol haq yo'lda istiqomat, ham oqibatni oʻylash, ham ubudiyat, ham nafsi ammoraning fir'avnligini, erkinligini sindirish kabi muhim asoslar bo'lgani uchun, Madina-i Munavvaradagi oʻsha zamonning munofiqlari u porloq quyoshga qarshi koʻrshapalak kabi koʻzlarini yumib, oʻsha azim jozibaga qarshi shaytoniy itarish kuchiga berilib, zalolatda qolishgan.

Agar savol tariqasida: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom modomiki Habibi Rabb-ul Olamiyndirlar. Yana, qoʻllarida haq va tillaridagi haqiqatdir. Va qoʻshinlaridagi askarlarning bir qismi malaklardir. Va bir hovuch suv bilan bir qoʻshinga suv ichirganlar. Va toʻrt hovuch bugʻdoy va bir uloqning goʻshti bilan ming odamni toʻydiradigan ziyofat berganlar. Va kofirlar qoʻshinining koʻzlariga bir hovuch tuproq otish bilan, oʻsha bir hovuch tuproqdan har kofirning koʻziga bir hovuch tuproq kirishi bilan ularni qochiradilar. Va yana bu kabi ming moʻ'jizalar sohibi boʻlgan bir Qoʻmondoni Rabboniy, qanday qilib Uhudning oxirida va Hunaynning boshida magʻlub boʻladilar?", deyilsa;

Javob: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bashariyatga peshvo va imom va rahbar sifatida yuborilganlar. Toki oʻsha insoniyat ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi dasturlarni u kishidan oʻrganishsin va Hakiymi Zulkamolning iroda qilgan qonunlariga itoatga koʻnikishsin va hikmat dasturlariga muvofiq harakat qilishsin. Agar Rasuli Akram alayhissalotu vassalom ijtimoiy va shaxsiy hayotlarida doimo gʻayrioddiy holatlarga va moʻ'jizalarga tayansaydilar, u vaqt imomi mutlaq va rahbari akbar boʻlolmas edilar.

Ushubu sir uchun, faqat da'volarini tasdiq qildirish uchun ora-sira, ehtiyoj boʻlganda, dinsizlarning inkorini sindirish uchun moʻ'jizalar koʻrsatganlar. Boshqa vaqtlarda hammadan ziyoda Allohning amlariga itoat qilganlari kabi, Hikmati Rabboniya va mashiati Subhoniya bilan ta'sis qilingan odatulloh qonunlariga hammadan ko'ra ko'proq rioya va itoat qilar edilar. Dushmanga qarshi sovut kiyardilar, "pana joyga kiringlar!" deb amr qilardilar. Yaralanar, zahmat chekardilar. Toki batamom hikmati Ilohiya qonuniga va koinotdagi shariati fitriya-i kubroga rioya va itoatni koʻrsatsinlar.

— 82 —

OʻNINCHI ISHORA: Iblisning eng muhim bir hiylasi, oʻziga tobe boʻlganlarga oʻzini inkor ettirishdir. Zamonamizda, xususan materialistlarning falsafalari bilan zehni bulgʻanganlar bu ochiq ravshan masalada shubhaga tushganlari uchun, shaytonning bu hiylasiga qarshi bir-ikki soʻz aytamiz. Jumladan:

Insonlar orasida shayton vazifasini bajargan jasadli yovuz ruhlar koʻrilganidek bo'lgani kabi, jinlardan jasadsiz habis ruhlar borligi ham oʻsha qat'iyatdadir. Agar ular moddiy jasad kiysay edi, bu habis insonlaning oʻzginasi boʻlardilar. Ham agar bu inson suratidagi odam toifasidan shaytonlar jasadlarini chiqara olsaydilar, oʻsha jinlardan boʻlgan iblislar boʻlar edi. Hatto bu shiddatli munosabatga binoan, bir botil mazhab: "Inson suratidagi gʻoyat yomon yovuz ruhlar oʻlgandan keyin shayton boʻladi", deb hukm qilgan. Ma'lumki, a'lo narsa buzilsa, oddiy narsaning buzilishidan yanada koʻproq buziladi. Masalan, sut va qatiq buzilsa, yeyilishi mumkin. Lekin yogʻ buzilsa, yeyilmaydi, ba'zan zaharga aylanadi. Shunga oʻxshab, yaratilgan borliqlarning eng mukarrami, balki eng a'losi boʻlgan inson, agar buzilsa, buzuq hayvondan ham battar buziladi. Badboʻy narsalarning hidi bilan lazzatlangan hashorotlar kabi va chaqish bilan zaharlashdan lazzat olgan ilonlar kabi, zalolat botqoqligidagi yomonliklar va qabih axloqlar bilan lazzatlanadi va faxrlanadi va zulmning zulmatlaridagi zararlardan va jinoyatlardan lazzat oladilar. Goʻyo shaytonning mohiyatiga kiradilar. Darhaqiqat, jin toifasidan shaytonning borligiga qat'iy bir dalil, odam toifasidan shaytonning mavjudligidir.

Ikkinchidan: "Yigirma toʻqqizinchi Soʻz"da yuzlab qat'iy dalillar bilan ruhoniylar va malaklarning mavjudligini isbot qilgan umumiy dalillar shaytonlarning ham mavjudligini isbot qiladilar. Bu jihatni oʻsha soʻzga havola qilamiz.

Uchinchidan: Koinotda xayrli ishlardagi qonunlarning namoyandasi, nazoratchisi hukmidagi malaklarning mavjudligi, dinlarning ittifoqʻi bilan asoslangani kabi, yomon ishlar qiluvchilar va ularga aloqador bo'lganlar va oʻsha ishlardagi qonunlarning sabablari boʻlgan yovuz va shaytoniy ruhlarning borligi hikmat va haqiqat nuqtasida qat'iydir, balki yomon ishlarda shuurli pardaning boʻlishi yanada koʻproq lozim. Chunki "Yigirma ikkinchi Soʻz"ning boshida aytilgani kabi, harkim hamma narsaning haqiqiy goʻzalligini koʻrolmagani uchun, zohiriy yomonlik va nuqson jihatidan Xoliqi Zuljalolga qarshi e'tiroz qilmaslik va rahmatini ayblamaslik va hikmatini tanqid qilmaslik va haqsiz shikoyat qilmaslik uchun, zohiriy vositani parda qilgan, toki e'tiroz va tanqid va shikoyat oʻsha pardalarga ketsin, Xoliqi Karim va Hakiymi Mutlaqqa yuzlanmasin. Qandayki vafot qilgan bandalarning ranjishidan Hazrati Azroilni qutqarish uchun kasalliklarni ajalga parda qilgan. Xuddi shuninig kabi, Hazrati Azroilni (AS) ruhlarni olishga parda qilgan, toki marhamatsiz deb oʻylangan oʻsha holatlardan kelgan shikoyatlar Janobi Haqqa yuzlanmasin. Xuddi shuning kabi, yanada ziyoda bir qat'iyat bilan yovuzliklardan va yomonliklardan kelgan e'tiroz va tanqid Xoliqi Zuljalolga yuzlanmasligi uchun, hikmati Rabboniya shaytonning boʻlishini taqozo qilgan.

— 83 —

Toʻrtinchidan: Inson kichik bir olam ekani kabi, olam ham katta bir insondir. Bu kichik inson oʻsha katta insonning bir mundarijasi va xulosasidir. Insonda boʻlgan namunalarning katta asllari insoni akbarda zaruriy ravishda boʻladi. Masalan, qandayki insonda xotiraning mavjudligi, olamda Lavhi Mahfuzning vujudiga qat'iy dalildir! Xuddi shuninig kabi, insonda qalbning bir burchagida lumma-i shaytoniya deyilgan vasvasa jihozi va xayol tuygʻusining fikrlari bilan gapiradigan shaytoniy til va chalkashtirilgan vahima kichik shayton hukmiga oʻtganini va sohiblarining ixtiyoriga zid va orzusiga muxolif harakat qilganlarini his va hads bilan harkimning oʻzida borligini bilishi, olamda katta shaytonlarning mavjudligiga qat'iy dalildir.

Va ushbu lumma-i shaytoniya va shu vahima, bir quloq va bir til boʻlganlari uchun, unga pichirlagan va gapirtirgan xorijiy yovuz shaxsning mavjudligini his qiladilar.

OʻN BIRINCHI ISHORA: Ahli zalolatning yomonliklaridan koinotning gʻazablanganini va umumiy unsurlarning qahrlanganlarini va umum mavjudotning achchigʻi chiqqanini Qur'oni Hakim moʻ'jizona ifoda qiladi. Ya'ni, Hazrati Nuh qavmining boshiga kelgan toʻfon bilan samovot va Yerning hujumini va Samud va Od qavmining inkoridan havo unsurining qahrini va Fir'avn qavmiga qarshi suv unsurining va dengizning qizishganini va Qorunga qarshi tuproq unsurining gʻazabini va ahli kufrga qarshi oxiratda تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ sirri bilan Jahannamning gʻazabini va qahrini va boshqa mavjudotning ahli kufr va zalolatga qarshi jahlini koʻrsatib, e'lon qilib gʻoyat mudhish tarzda va i'jozkorona ahli zalolat va isyonni qaytaradi.

Savol: Nima uchun bunday ahamiyatsiz insonlarning ahamiyatsiz amallari va shaxsiy gunohlari koinotning gʻazabini jalb qiladi?

Javob: Ba'zi risolalarda va oʻtgan ishoralarda isbot qilingani kabi, kufr va zalolat mudhish tajovuzdir va umum mavjudotni aloqador qiladigan jinoyatdir. Chunki koinot yaratilishining eng buyuk natijasi, ubudiyati insoniyadir va rububiyati Ilohiya qarshisida iymon va itoat bilan javob qaytarishdir. Holbuki, ahli kufr va zalolat esa, kufrdan chiqayotgan inkori bilan mavjudotning asl gʻoyalari va davom etish sabablari boʻlgan eng buyuk natijani rad qilganlari uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga bir navi tajovuz bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning oynalarida jilvalari namoyon boʻlgan va san'atli asarlarning qiymatlarini, oynadorlik jihatidan oliy qilgan Alloh ismlarining jilvalarini inkor qilganlari uchun, oʻsha Allohning muqaddas ismlariga qarshi haqorat bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning qiymatini tushirish bilan oʻsha san'atli asarlarga nisbatan buyuk haqoratdir. Ham barcha mavjudotning har biri bittadan oliy vazifa bilan vazifador ma'muri Rabboniy darajasida, kufr bilan tubanlashtirib, jonsiz, foniy, ma'nosiz borliq darajasida koʻrsatgani uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga nisbatan bir navi haqoratdir.

— 84 —

Xullas, zalolat turlari darajalariga koʻra ozmi-koʻpmi koinotning yaratilishidagi hikmati Rabboniyaga va dunyoning baqosidagi maqosidi Subhoniyaga zarar bergani uchun, ahli isyonga va ahli zalolatga nisbatan koinot gʻazablanadi, mavjudot achchiqlanadi, yaratilgan borliqlar qahr qiladi.

Ey jussasi va jismi kichik hamda jinoyati va zulmi katta va ayb va gunohi buyuk bechora inson! Koinotning gʻazabidan, yaratilgan borliqlarning nafratidan, mavjudotning qahridan qutulishni istasang, qutulishning chorasi: Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Qur'onning yetkazuvchisi boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalariga ergashishdir. Kir va tobe boʻl!

OʻN IKKINCHI ISHORA: Toʻrt savol va javobdir.

Birinchi savol: Cheklangan hayotda, oz miqdordagi gunohlarga muqobil hadsiz azob va nihoyasiz Jahannam qanday qilib adolat boʻladi?

Javob: Oʻtgan ishoralarda, xususan bundan avvalgi "Oʻn birinchi ishora"da qat'iyan anglashildiki, kufr va zalolat jinoyati nihoyasiz bir jinoyatdir va hadsiz huquqqa tajovuzdir.

Ikkinchi savol: Shariatda aytilganki: "Jahannam qilingan amalning jazosidir, lekin Jannat Allohning fazli bilandir." Buni hikmatining sirri nimada?

Javob: Oʻtgan ishoralarda ayon boʻldiki, inson yaratish qobiliyati boʻlmagan juz'i ixtiyoriy va cheklangan kasb bilan, bir amri 'adamiy yoki bir amri e'tiboriy tashkil qilish bilan va subut berish bilan mudhish buzgʻunchiliklarga va yomonliklarga sabab boʻlgani kabi, nafsi va havosi doimo yomonliklarga va zararlarga moyil ekani uchun, oʻsha kichik kasbning natijasidan hosil boʻlgan yomonliklarning mas'uliyatini u tortadi. Chunki uning nafsi xohladi va oʻz kasbi bilan sabab boʻldi. Va yomonlik yoʻqlikka oid bo'lgani uchun, banda unga foil boʻldi. Janobi Haq ham yaratdi. Albatta oʻsha cheksiz jinoyatning mas'uliyatini nihoyasiz azob bilan tortishga loyiq boʻladi. Ammo yaxshiliklar va xayrlar esa, modomiki mavjudlikka oiddir, kasbi insoniy va juz'i ixtiyoriy ularga illati mujida boʻlolmaydi. Inson unda haqiqiy foil boʻlolmaydi. Va nafsi ammorasi ham yaxshiliklarga tarafdor emas, balki rahmati Ilohiya ularni istaydi va qudrati Rabboniya ijod qiladi. Faqat inson iymon bilan, orzu bilan, niyat bilan sohib boʻlishi mumkin. Va sohib boʻlgandan soʻng, oʻsha yaxshiliklar esa, unga avvalroq berilgan mavjudlik va iymon ne'matlari kabi oʻtgan Allohning cheksiz ne'matlariga shukrdir, oʻtgan ne'matlarga qaraydi. Allohning va'dasi bilan beriladigan Jannat esa, fazli Rahmoniy bilan beriladi. Koʻrinishda bir mukofotdir, haqiqatda fazldir. Demak yomonliklarda sabab nafsdir, jazolantirishga shaxsan loyiqdir. Yaxshiliklarda esa sabab Haqdandir, illat ham Haqdandir. Faqat inson iymon bilan sohib boʻladi. "Mukofotingni istayman" deyolmaydi, "Fazlingni kutaman" deb biladi.

— 85 —

Uchinchi savol: Oʻtgan izohlardan ham tushuniladiki, yomonliklar, yoyilish va tajovuz bilan koʻpayganidan, bitta yomonlik mingta yozilishi kerak, yaxshilik esa mavjudlikka oid ekani uchun moddiy jihatdan koʻpaymagani va bandaning ijodi bilan va nafsning orzusi bilan boʻlmagani uchun, umuman yozilmasligi kerak yoki bitta yozilishi kerak edi. Nima uchun yomonlik bitta yoziladi, yaxshilik oʻnta va ba'zan mingta yoziladi?

Javob: Janobi Haq kamoli rahmat va jamoli rahimiyatini oʻsha suratda koʻrsatadi.

Toʻrtinchi savol: Ahli zalolat qozongan muvaffaqiyat va koʻrsatgan quvvat va ahli hidoyat ustidan gʻalabalari koʻrsatadiki, ular bir quvvatga va bir haqiqatga tayanadilar. Demak yo ahli hidoyatda zaiflik bor, yo ularda bir haqiqat bor?

Javob: Aslo... Na ularda haqiqat bor, na ahli haqda zaiflik bor. Ammo afsuski tor fikrli muhokamasiz bir qism avom shubhaga tushib vasvasa qiladilar, aqidalariga zarar keladi. Chunki: "Agar ahli haqda toʻliq haq va haqiqat boʻlsaydi, bu daraja magʻlubiyat va zillat boʻlmasligi kerak edi. Chunki haqiqat quvvatlidir.اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلٰى عَلَيْهِ boʻlgan asos qoidasi bilan, quvvat haqdadir. Agar oʻsha ahli haqqa muqobil gʻolib boʻlgan ahli zalolatning haqiqiy quvvati va bir tayanch nuqtasi boʻlmasa edi, bu daraja gʻoliblik va muvaffaqiyat boʻlmasligi lozim kelardi?", deydilar.

Javob: Ahli haqning magʻlubiyati quvvatsizlikdan, haqiqatsizligidan boʻlmagani oʻtgan ishoralar bilan qat'iy isbot qilingani kabi, ahli zalolatning gʻalabasi quvvatlaridan va iqtidorlaridan va tayanch nuqtasi topganlaridan boʻlmagani, yana oʻsha ishoralar bilan qat'iy isbot qilinganidan, bu savolning javobi oʻtgan ishoralarning umumidir. Faqat bu yerda hiylalariga va iste'mol qilgan bir qism qurollariga ishora qilamiz. Jumladan:

Men oʻzim koʻp marta shohid boʻlganmanki, oʻnta ahli fasod toʻqsonta ahli salohni magʻlub qilardi. Hayrat bilan qiziqdim, tadqiq qilib qat'iyan angladimki, oʻsha gʻalaba quvvatdan, qudratdan kelmaydi,

— 86 —

balki fasoddan va pastkashlikdan va buzgʻunchilikdan va ahli haqning ixtilofidan foydalanishidan va ichlariga ixtilof solishdan va zaif tomonlarni tutishdan va ulardan foydalanishdan va nafsoniy hissiyotni va shaxsiy gʻarazlarni qoʻzgʻatishdan va insonning mohiyatida zararli ma'danlar hukmida boʻlgan yomon iste'dodlarni ishlattirishdan va shonu-sharaf nomi bilan riyokorlik bilan nafsning fir'avnligini shishirishdan va vijdonsizcha buzgʻunchiliklaridan hamma qoʻrqishidan keladi. Va shunga oʻxshash shaytoniy hiylalar vositasida vaqtinchalik ahli haq ustidan gʻalaba qozonadilar. Lekin وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan, اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلَى عَلَيْهِ dasturi bilan, ularning oʻsha vaqtinchalik gʻalabalari manfaat jihatidan ular uchun ahamiyatsiz boʻlish bilan birga, Jahannamni oʻzlariga va Jannatni ahli haqqa qozontirishlariga sababdir.

Xullas, zalolatda iqtidorsizlar qudratli koʻrinishlari va ahamiyatsizlar shuhrat qozonishlari uchun, xudfurush, shuhratparast, riyokor insonlar va oz narsa bilan iqtidorlarini koʻrsatish va qoʻrqitish va zarar yetkazish jihatidan mavqe qozonish uchun ahli haqqa muxoliflik vaziyatiga kiradilar. Toki koʻrinsin va diqqat unga jalb qilsin. Va iqtidor va qudrat bilan emas, balki tark va harakatsizlik bilan sabab boʻgan buzgʻunchiligi unga nisbat berilib, undan bahs qilinsin. Bunday shuhrat devonalaridan biri namozgohni iflos qilgan, toki hamma undan bahs qilsin. Hatto undan la'nat bilan bahs qilingan boʻlsa ham, "shuhratparastlik hissi unga bu la'natli shuhratni chiroyli koʻrsatgan" degan zarbulmasal boʻlgan.

Ey olami baqo uchun yaratilgan va foniy olamga mubtalo boʻlgan bechora inson!

فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَآءُ وَالْاَرْضُ

oyatining sirriga diqqat qil, quloq sol! Qara nima deydi! Ochiq ma'nosi bilan farmon qiladiki: "Ahli zalolat oʻlishi bilan inson bilan aloqador boʻlgan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yigʻlamaydi, ya'ni ularning oʻlishi bilan mamnun boʻladi." Va ishoriy ma'nosi bilan ifoda qiladiki: "Ahli hidoyatning oʻlishi bilan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yigʻlaydi, firoqlarini istamaydi." Chunki ahli iymon bilan butun koinot aloqadordir, undan mamnundir. Zero iymon bilan Xoliqi Koinotni bilganlari uchun, koinotning qiymatini taqdirlab hurmat va muhabbat koʻrsatadilar. Ahli zalolat kabi haqorat va yashirincha adovat qilmaydilar.

Ey inson, oʻyla! Sen baribir oʻlasan. Agar nafs va shaytonga tobe boʻlsang, sening qoʻshnilaring, balki qarindoshlaring sening yomonligingdan qutulgani uchun sevinadi. Agar "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" deb, Qur'onga va Habibi Rahmonga tobe boʻlsang, samovot, Yer va mavjudot, harkimning darajasiga ko'ra, sening darajangga koʻra sendan ayrilganlaridan xafa boʻlib ma'nan yigʻlaydilar. Qattiq motam va muhtasham kuzatish bilan, qabr eshigidan kirgan baqo olamingda darajangga nisbatan chiroyli kutib olinish borligiga ishora qiladilar.

— 87 —

OʻN UCHINCHI ISHORA: "Uch nuqta"dir.

Birinchi nuqta: Shaytonning eng katta hiylasi, iymon haqiqatlarining azamati jihatida tor qalbli va kalta aqlli va qisqa fikrli insonlarni aldaydi: "Bitta zot barcha zarralar va sayyoralar va yulduzlarni va boshqa mavjudotni butun hollari bilan tadbiri rububiyatida aylantiradi, idora qiladi deyiladi. Bunday behad ajablanarli ulkan masalaga qanday ishonilishi mumkin? Qanday qilib qalbga joylashadi? Qanday qilib fikr qabul qila oladi?" deydi. Insonning ojizligi nuqtasida inkor hissini uygʻotadi.

Javob: Shaytonning bu hiylani jim qilgan sir: "Allohu Akbar"dir. Va haqiqiy javobi ham "Allohu Akbar"dir." Ha, "Allohu Akbar"ning haddan ortiq koʻp Islomiy shiorlarda takrori bu hiylani yoʻq qilish uchundir. Chunki insonning ojiz quvvati va zaif qudrati va tor fikri bunday behad buyuk haqiqatlarni "Allohu Akbar" nuri bilan koʻrib tasdiq qiladi va "Allohu Akbar" quvvati bilan oʻsha haqiqatlarni tashiydi va "Allohu Akbar" doirasida joylashtiradi va vasvasaga tushgan qalbiga aytadiki: Bu koinotning gʻoyat muntazam ravishda idora va boshqaruvi koʻz bilan koʻrinmoqda. Bunda ikki yoʻl bor:

Birinchi yoʻl: Mumkindir, faqat gʻoyat azimdir va hayratlanarlidir. Chunki bunday hayratlanarli asar hayratlanarli san'at bilan, juda ajablanarli bir yoʻl bilan boʻladi. U yoʻl esa, mavjudot, balki zarralar sanogʻicha mavjudligining shohidlari boʻlgan bir Zoti Ahad va Samadning rububiyati bilan va iroda va qudrati bilan boʻlishidir.

Ikkinchi yoʻl: Hech bir imkoni boʻlmagan va imkonsizlik darajasida mushkul va hech bir jihatda aqlga uygʻun boʻlmagan shirk va kufr yoʻlidir. Chunki "Yigirmanchi Maktub" va "Yigirma ikkinchi Soʻz" kabi koʻp risolalarda gʻoyat qat'iy isbot qilingani kabi, oʻsha vaqt koinotning har bir mavjudida va hatto har bir zarrasida bir mutlaq uluhiyat va hamma narsani qamragan ilm va cheksiz qudrat boʻlishi lozim boʻladi. Toki mavjudotda koʻz bilan koʻringan mukammal darajada nizom va intizom va gʻoyat hassos mezon va imtiyoz bilan mukammal va bezalgan san'atli naqshlar vujud topa olsin.

Bir soʻz bilan, agar tamoman loyiq va tamoman joyida boʻlgan azamatli va kibriyoli rububiyat boʻlmasa, oʻsha vaqt har jihatdan aqlga zid va imkonsiz bir yoʻlni ta'qib qilish lozim boʻladi. Loyiq va lozim boʻlgan azamatdan qochish bilan, mahol va imkonsizlikka kirishni shayton ham taklif qilolmaydi.

— 88 —

Ikkinchi nuqta: Shaytonning muhim bir hiylasi, insonga kamchiligini e'tirof ettirmaslikdir. Toki istigʻfor va Allohdan panoh soʻrash yoʻlini berkitsin. Ham inson nafsining takabburligini qoʻzgʻatsin, toki nafs oʻzini advokat kabi mudofaa qilsin, goʻyo kamchiliklardan poklasin. Ha, shaytonni tinglagan bir nafs kamchiligini koʻrishni istamaydi. Koʻrsa ham, yuz ta'vil bilan ta'vil qildiradi.

وَعَيْنُ الرِّضَا عَنْ كُلِّ عَيْبٍ كَلِيلَةٌ

sirri bilan: Nafsiga mamnuniyat nazari bilan qaragani uchun aybini koʻrmaydi. Aybini koʻrmagani uchun e'tirof qilmaydi, istigʻfor qilmaydi, Allohdan panoh soʻramaydi, shaytonga masxara boʻladi. Hazrati Yusuf alayhissalom kabi bir Paygʻambari Oliyshon, وَمَآ اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَامَّارَةٌ بِالسُّوٓءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّى degan ekanlar, qanday qilib nafsga ishonish mumkin? Nafsini ayblagan kishi kamchiligini koʻradi. Kamchiligini e'tirof qilgan odam istigʻfor aytadi. Istigʻfor aytgan kimsa, Allohdan panoh soʻraydi. Allohdan panoh soʻragan odam shaytonning yomonligidan qutuladi. Kamchiligini koʻrmaslik oʻsha kamchilikdanda katta kamchilikdir. Va kamchiligini e'tirof qilmaslik katta nuqsondir. Va kamchiligini koʻrsa, oʻsha kamchilik kamchilik boʻlishdan chiqadi. E'tirof qilsa, afvga loyiq boʻladi.

Uchinchi nuqta: Insonning ijtimoiy hayotini barbod qilgan shaytonning bir hiylasi shuki, bir moʻminning bitta gunohi bilan barcha savoblarini yopadi. Shaytonning bu hiylasiga quloq solgan insofsizlar moʻminga adovat qiladilar. Holbuki, Janobi Haq hashrda mutlaq adolat bilan mezoni akbarida mukallaflarning amallarini tortgan paytda, savoblari gunohlariga gʻolib-magʻlubligiga koʻra hukm qiladi. Yana, gunohlarning sabablari koʻp va vujudga kelishi oson bo'lgani uchun, ba'zan bir savob bilan koʻp gunohlarini yopadi. Demak, bu dunyoda adolati Ilohiyaga muvofiq muomala qilish lozim. Agar bir odamning yaxshiliklari yomonliklaridan son yoki sifat jihatidan koʻproq kelsa, oʻsha odam muhabbatga va hurmatga loyiqdir. Balki birgina qiymatli savob tufayli, koʻp gunohlarini kechirish nazari bilan qarash lozim. Holbuki, inson tabiatidagi zulm tuygʻusi bilan, shaytonning shivirlashi bilan, bir odamning yuzta savobini bir gunoh tufayli unutadi, moʻmin qardoshiga adovat qiladi, gunohlarga kiradi. Masalan, pashshaning bir qanoti koʻz ustiga qoʻyilsa, bir togʻni toʻsadi, koʻrsatmay qoʻyadi. Xuddi shuning kabi, inson gʻaraz qilish tuygʻusi ta'sirida pashsha qanoti qadar bir gunoh bilan togʻdek savobni yopadi, unutadi. Moʻmin qardoshiga adovat qiladi, insonlarning ijtimoiy hayotida bir fasod vositasiga aylanadi.

Shaytonning bu hiylasiga oʻxshagan boshqa hiyla bilan, insonning sogʻlom fikrlashini vayron qiladi, iymon haqiqatlariga nisbatan toʻgʻri muhokamani buzadi va fikrning istiqomatiga buzadi. Jumladan:

— 89 —

Bir iymon haqiqatiga doir yuzlab isbot qiluvchi dalillarning hukmini yoʻqligiga dalolat qilgan bir alomat bilan sindirishni istaydi. Holbuki muqarrar bor: "Bitta isbot qiluvchi koʻp inkor qiluvchilardan ustun keladi." Bir da'voni isbot qiluvchi bir guvohning hukmi yuzta inkor qilganlardan ustun boʻladi. Bu haqiqatga ushbu misol bilan qara. Jumladan:

Bir saroyning yuzlab berk eshiklari bor. Bir eshik ochilishi bilan oʻsha saroyga kirish mumkin, boshqa eshiklar ham ochiladi. Agar barcha eshiklar ochiq boʻlsa-yu, bir-ikkitasi berkilsa, oʻsha saroyga kirib boʻlmaydi deyilmaydi.

Iymon haqiqatlari oʻsha saroydir. Har bir dalil bir kalitdir, isbot qiladi, eshikni ochadi. Bir eshikning berk qolishi bilan oʻsha iymon haqiqatidan voz kechilmaydi va inkor qilinmaydi. Shayton esa, ba'zi sabablarga binoan, yo gʻaflat yoki jaholat vositasida berk qolgan bir eshikni koʻrsatadi, isbot qiluvchi barcha dalillarni nazardan tushiradi. "Bu saroyga kirilmaydi, balki saroy emas, ichida hech narsa yoʻq", deb aldaydi.

Xullas, ey shaytonning hiylalariga mubtalo boʻlgan bechora inson! Diniy, shaxsiy va ijtimoiy hayotning farovonligini tilasang va fikrning sihatini va nazarning istiqomati va qalbning salomatligini istasang, muhkamoti Qur'oniyaning mezonlari bilan va sunnati saniyaning tarozilari bilan amallaringni va qalbingdan oʻtganlarni narsalarni tort va Qur'onni va sunnati saniyani doimo rahbar qil va

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ

degin, Janobi Haqqa iltijoda boʻl!

Ushbu oʻn uch ishora oʻn uch kalitdir! Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng oxirgi surasi va

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ

ning batafsil izohi va ma'dani boʻlgan

اَسْتَعِيذُ بِاللّٰهِ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ٭ مَلِكِ النَّاسِ ٭ اِلٰهِ النَّاسِ ٭
مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ ٭ اَلَّذِى يُوَسْوِسُ فِى صُدُورِ النَّاسِ ٭
مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ٭

surasining hisni hasini va metin qal'asining darvozasini oʻsha oʻn uch kalit bilan och, kir, salomatlikni top!

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطيِنِ ٭
وَ اَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ
— 90 —

Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdu

(Ikki Maqomdir. Birinchi Maqomi ikki savolning javobidir.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz siddiq qardoshim Ra'fat Bey!

"Savr va Hut"ga doir soʻragan savolingning ba'zi risolalarda javobi bor. U xil savollarga koʻra javob "Yigirma toʻrtinchi Soʻz"ning Uchinchi shoxida "Oʻn ikki asl" nomi bilan oʻn ikki muhim qoida bayon qilingan. Oʻsha qoidalarning har biri Hz.Paygʻambarning (ASM) hadislariga doir bir-biridan farq qiladigan ta'villarga doir oʻlchov va hadislarga kelgan shubhalarni daf qiladigan muhim asosdir. Afsuski, hozircha sunuhotdan boshqa ilmiy masalalar bilan shugʻullanishimga mone boʻlgan ba'zi hollar bor. Shuning uchun savolingizga koʻra javob berolmayman. Agar qalbiy sunuhoti boʻlsa, majburan mashgʻul boʻlaman. Ba'zan savollarga sunuhot mos kelgani uchun javob beriladi, xafa boʻlmanglar. Shuning uchun har bir savolingizga loyigʻicha javob berolmayman. Mayli, bu safar savolingizga qisqa bir javob beray.

Savolingizda: "Domlalar: "Yer hoʻkiz va baliq ustida turadi", deydilar. Holbuki Yer muallaqda bir yulduz kabi kezganini geografiya koʻrmoqda. Na hoʻkiz bor va na baliq?" deyapsiz.

Javob: Ibn Abbos (RA) . Ii zotlarga nisbat berilgan sahih bir rivoyatda, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdan "Dunyo nima ustida?" deb soʻralganida: عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ Bir rivoyatda bir safar عَلَى الثَّوْرِ deb marhamat qilganlar, boshqa safar عَلَى الْحُوتِ deganlar. Muhaddislarning bir qismi Isroiliyotdan olingan va eskidan beri naql qilingan xurofotga oʻxshash hikoyalarga bu hadisni tatbiq qilishgan. Xususan Bani Isroil olimlarining musulmon boʻlganlaridan bir qismi, oʻtgan kitoblarda "Savr va Hut" haqida koʻrgan hikoyalarini hadisga tatbiq qilib, hadisning ma'nosini gʻalati tarzda tarjima qilishgan. Hozircha bu savolingizga doir gʻoyat qisqa uch asos va uch jihat aytiladi.

— 91 —

Birinchi asos: Bani Isroil olimlarining bir qismi musulmon boʻlgandan soʻng, eski ma'lumotlari ham ular bilan birga musulmon boʻlgan, Islomiyat mulkiga aylangan. Holbuki eski ma'lumotlarida xatolar bor. Oʻsha xatolar, albatta ularga oid, Islomiyatga oid emas!

Ikkinchi asos: Tashbeh va misol keltirishlar olimlardan avomga oʻtish bilan, ya'ni ilmning qoʻlidan jaholatning qoʻliga tushishi va zamon oʻtishi bilan haqiqat deb qabul qilinadi. Masalan, kichikligimda Oy tutildi. Men volidamga: "Nima uchun oy bunday boʻldi?", dedim. "Ilon yutdi", dedi. "Koʻrinyaptiku?", dedim. "Yuqorida ilonlar shisha kabi boʻlib, ichlaridagi narsalarni koʻrsatadilar", dedi. Bu bolalik xotirasini koʻp zamon xotirlar edim. Va: "Bu qadar haqiqatsiz bir xurofot volidam kabi jiddiy zotlarning tilida qanday kezmoqda?" deb oʻylar edim. Nihoyat falakiyot ilmini mutolaa qilgan vaqtim koʻrdimki, volidamning so'zini gapirganlar, tashbehni haqiqat deb oʻylashgan. Chunki Quyosh darajalarining orbitasi boʻlgan "burjlar joylashgan hudud" ta'bir qilganlari ulkan doira Oy manzillarining orbitasi boʻlib, harakat yoʻlining doirasi bir-biri ustiga oʻtish bilan, oʻsha ikki doira har biri ikki qavs shaklida ko'ringan. Oʻsha ikki qavsga astronom olimlar latif bir tashbeh bilan ikki katta ilon ma'nosidagi "tinnineyn" nomini berishgan.

Oʻsha ikki doiraning kesishish nuqtasiga, bosh ma'nosida "ra's", ikkinchisiga dum ma'nosida "zanab" deyishgan. Oy ra'sga va Quyosh zanabga kelgan vaqt astronomiya ta'biriga koʻra "Oy tutilishi" sodir boʻladi. Ya'ni, Yer sayyorasi toʻliq ikkisining oʻrtasiga tushadi, oʻsha vaqtda Oy tutiladi. Oʻtgan tashbeh bilan "Oy tinninning ogʻziga kirdi" deyiladi.

Bu yuksak va ilmiy tashbeh avomning tiliga o'ltishi bilan, zamon oʻtishi bilan, Oyni yutadigan ulkan bir ilon shaklini olgan.

Xullas, "Savr va Hut" nomili ikki buyuk malak, bir muqaddas latif tashbeh bilan va ma'nodor bir ishora bilan "Savr va Hut" nomi bilan nomlangan Muqaddas, yuksak nubuvvat tilidan umumning tiliga kirish bilan, oʻsha tashbeh haqiqatga aylangan, xuddi katta bir hoʻkiz va dahshatli bir baliq suratini olgan.

Uchinchi Asos: Qur'onning mutashabehoti bo'lib, gʻoyat chuqur masalalarni misol vositasida va tashbehlar bilan avomga dars beradi. Xuddi shuning kabi, hadisning mutashabehoti bor, gʻoyat chuqur haqiqatlarni hamma biladigan tashbehlar bilan ifoda qiladi. Masalan: Bir-ikki risolada bayon qilganimiz kabi: Bir kuni Paygʻambarimiz (ASM) huzurlarida juda qattiq shovqin eshitildi. "Yetmish yildan beri dumalab, endi Jahannamning tubiga tushgan bir toshning shovqinidir." deb marhamat qildilar. Bir necha daqiqadan soʻng bir kishi kelib, "Yetmish yoshli mashhur munofiq oʻldi", dedi. Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning gʻoyat baligʻ misol keltirishlarining haqiqatini e'lon qildi.

— 92 —

Sening savoling javobiga hozircha "uch jihat" aytiladi.

Birinchisi: Arsh va samovotning tashuvchilari deyilgan malaklarning bittasining ismi "Nasir" va boshqasining ismi "Savr" boʻlib toʻrtta malakni Janobi Haq arsh va samovotga saltanati rububiyatiga nazorat qilish uchun tayin qilganidek, samovotning bir ukasi va sayyoralarning bir doʻsti boʻlgan Yer kurrasiga ham ikki malakni nazoratchi va tashuvchi qilib tayin qilgan. Oʻsha malaklarning bittasining ismi "Savr" va boshqasining ismi "Hut"dir. Va oʻsha nomni berishining sirri shudirki: Yer ikki qismdir. Biri suv, boshqasi tuproq. Suv qismini jonlantirgan baliqdir. Tuproq qismini jonlantirgan, insonlarning hayot tayanchi boʻlgan ziroat, hoʻkiz bilandir va hoʻkizning yelkasidadir. Yer kurrasiga muakkal ikki malak ham qoʻmondon, ham nazoratchi boʻlganlari uchun, albatta baliq toifasiga va hoʻkiz naviga bir munosabat jihatlari boʻlishi lozimdir. Balki, وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ oʻsha ikki malakning olami malakut va olami misolda hoʻkiz va baliq suratida aks etishadi. {(Hoshiya) Ha, Yer kurrasi cheksiz havo okeanida bir safina-i Rabboniya va hadisning ochiq ifodasi bilan oxiratning bir ekinzori, ya'ni koʻchatzor dalasi boʻlganidan, jonsiz va shuursiz ulkan kemani dengizda amri Ilohiy bilan, intizom bilan, hikmat bilan suzdirgan, kapitanlik qilgan malaklarga "Hut" nomi va dalaga izni Ilohiy bilan nazorat qilgan malaklarga "Savr" ismi naqadar yarashgani yaqqoldir.} Bu munosabatga va oʻsha nazoratga ishora qilib va Yer kurrasining oʻsha ikki muhim yaratilgan borliqlariga ishora qilib lisoni moʻ'jiz-ul bayoni Nabaviyاَلْاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deb, gʻoyat chuqur va keng bir sahifa qadar masalalarni ichiga olgan bir haqiqatni gʻoyat goʻzal va qisqa, birgina jumla bilan ifoda qilgan.

Ikkinchi jihat: Masalan: "Bu davlat va saltanat qaysi narsa ustida turadi?", deyilsa. Javobida: عَلَى السَّيْفِ وَ الْقَلَمِ deyiladi. Ya'ni "Askar qilichining shijoatiga, quvvatiga va davlat xodimi qalamining diroyatiga va adolatiga tayanadi." Xuddi shuning kabi: Modomiki Yer kurrasi jonzotlarning maskanidir va jonzotlarning qoʻmondoni insondir va insonning sohillarda yashaydigan qismining katta qismining tirikchilik manbalari baliqdir va sohillarda yashamaydigan qismining tirikchilik manbalari ziroat bilan hoʻkizning yelkasidadir va muhim bir tijorat manbai baliqdir. Albatta davlat qilich va qalam ustida turgani kabi, Yer kurrasi ham hoʻkiz va baliq ustida turibti deyiladi. Zero qachonki hoʻkiz ishlamasa va baliq millionlab tuxumni birdan qoʻymasa, inson yashay olmaydi, hayot mahv boʻladi, Xoliqi Hakiym Yerni xarob qiladi.

— 93 —

Xullas, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom gʻoyat moʻ'jizali shaklda va gʻoyat yuksak va gʻoyat hikmatli bir javob bilan: اَلْاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deganlar. Insoniyatning hayoti qanchadan qancha jinsi hayvoniyning hayoti bilan aloqador ekaniga doir keng bir haqiqatni ikki kalima bilan dars berganlar.

Uchinchi Jihat: Qadimgi astronomiya fanida Quyosh harakatlanishi aytilgan. Quyoshning har oʻttiz darajasini bitta burj deb ataganlar. Oʻsha burjlardagi yulduzlarning oralarida bir-birini bogʻlaydigan faraziy chiziqlar tortilsa, bitta vaziyat hosilدٍءʻlgan vaqt, ba'zisida asad (ya'ni arslon) suratini, ba'zisida tarozi ma'nosida mezon suratini, ba'zisida hoʻkiz ma'nosiga savr suratini, ba'zisida baliq ma'nosiga hut suratini koʻrsatgan. Oʻsha munosabatga binoan u burjlarga oʻsha ismlar berilgan. Bu asrning astronomiyasi nazarida esa Quyosh harakatlanmaydi, deyiladi. Shu sabab burjlar boʻsh va ishlatilmasdan va ishsiz qolishgan. Quyoshning oʻrniga Yer kurrasi harakatlanadi. Shunday ekan boʻsh, ishsiz burjlar va yuqoridagi ishlatilmagan doiralar oʻrniga zaminda Yerning yillik orbitasida kichik miqyosda oʻsha doiralarni tashkil qilish kerak. Shu holda samoviy burjlar Yerning yillik orbitasidan aks qiladi. Va Yer kurrasi har oy samoviy burjlarning bittasining soyasida va misolida boʻladi. Goʻyo Yerning yillik orbitasi bir oyna hukmida boʻlib samoviy burjlar unda aks etadi.

Bu jihatdan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom oldin zikr qilganimiz kabi, bir marta عَلَى الثَّوْرِ, bir marta عَلَى الْحُوتِ deganlar. Ha, moʻ'jiz-ul bayon boʻlgan lisoni nubuvvatga yarashadigan tarzda gʻoyat chuqur va koʻp asr oʻtib tushuniladigan haqiqatga ishora qilib bir marta عَلَى الثَّوْرِ deganlar. Chunki Yer kurrasi oʻsha savol vaqtida Savr burjining misolida edi. Bir oy oʻtib yana soʻralganda, عَلَى الْحُوتِ deganlar. Chunki oʻsha vaqt Yer kurrasi Hut burjining soyasida ekan.

— 94 —

Xullas, istiqbolda tushuniladigan bu yuksak haqiqatga ishora qilib va Yer kurrasining vazifasidagi harakatiga va sayohatiga ishora qilib va samoviy burjlar Quyosh e'tibori bilan ishsiz va musofirsiz boʻlganlariga va haqiqiy ishlagan burjlar esa Yer kurrasining yillik orbitasida boʻlganiga va oʻsha burjlarda vazifa bajargan va sayohat qilgan Yer kurrasi boʻlganiga ramzan عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deganlar.

وَاللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

Ba'zi Islomiy kitoblarda savr va hutga doir gʻalati va aqlga sig'maydigan hikoyalar yo Isroiliyotdir yoki tashbeh yoki ba'zi muhaddislarning ta'villari bo'lib, ba'zi diqqatsizlar tarafidan hadis deb Rasuli Akram alayhissalotu vassalomga nisbat qilingan.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Ikkinchi Savol: Oli Aba haqidadir.

Qardoshim, Oli Aba haqidagi javobsiz qolgan savolingizning koʻp hikmatlaridan yolgʻiz bir hikmati aytiladi. Jumladan: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom kiygan muborak xirqalarini Hazrati Ali (RA) va Hazrati Fotima (RA) va Hazrati Hasan va Husanning (RA) ustlariga yopib,

ِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْه۪يرًا

oyati bilan duo qilishlarining sirlari va hikmatlari bor. Sirlaridan bahs qilmaymiz. Faqat risolat vazifasiga taalluqli bir hikmati shuki: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom gʻaybni bilgan va istiqbolni koʻrgan nubuvvat nazari bilan oʻttiz-qirq yil soʻngra sahobalar va tobe'iynlar ichida jiddiy fitnalar boʻlib qon toʻkilishini koʻrganlar. Ichida eng mumtoz shaxsiyatlar, xirqasi ostida boʻlgan uchta shaxsiyat borligini mushohada qilganlar. Hazrati Alini (RA) ummat nazarida poklash va oqlash va Hazrati Husanga (RA) ta'ziya bildirish va tasalli berish va Hazrati Hasanni (RA) tabriklash va musolaha yoʻli bilan muhim bir fitnani yoʻqotib, sharafini va ummatga buyuk foydasini e'lon qilish va Hazrati Fotimaning zurriyotining toza va sharafli ekanini va Ahli Bayt oliy unvoniga loyiq ekanlarini e'lon qilish uchun oʻsha toʻrtta kishiga oʻzlari bilan birga "Xamsa-i Oli Aba" unvonini bergan oʻsha xirqani yopganlar.

— 95 —

Albatta Hazrati Ali (RA) xalifa-i bilhaq edilar, lekin toʻkilgan qonlar juda ahamiyatli boʻlganidan, ummat nazarida oqlanishi va baroati, risolat vazifasi e'tibori bilan ahamiyatli boʻlgani uchun, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom oʻsha suratda u kishini oqlaydilar. Uni tanqid qilgan va xato deb bilgan va zalolatda degan Xorijiylarni va Umaviylarning tajovuzkor tarafdorlarini sukutga da'vat qiladilar. Darhaqiqat, Xorijiylar va Umaviylarning ifrotchi tarafdorlari Hazrati Ali (RA) haqidagi tafritlari va zalolatda deyishlari va Hazrati Husanning (RA) gʻoyat fojiali achinarli hodisasi bilan Shialarning ifrotlari va bid'atlari va Shayxayndan yuz oʻgirishlari ahli Islomga juda zararli boʻlgan.

Xullas, bu xirqa va duo bilan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Ali (RA) va Hazrati Husanni (RA) mas'uliyatdan va ayblovdan va ummatini ular haqida badbinlikdan qutqargani kabi, Hazrati Hasanni (RA) qilgan musolahasi bilan ummatga qilgan yaxshiligini risolat vazifasi nuqtasida tabriklaydi va Hazrati Fotimaning (RA) zurriyotining muborak nasli olami Islomda Ahli Bayt unvonini olib oliy bir sharaf qozonishlarini va Hazrati Fotima (RA)

اِنّ۪ٓى اُع۪يذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّج۪يمِ

degan Hazrati Maryamning volidasi kabi zurriyot jihatidan juda sharafli boʻlishini e'lon qiladi.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِهِ الطَّيِّب۪ينَ الطَّاهِر۪ينَ الْاَبْرَارِ وَعَلٰى اَصْحَابِهِ الْمُجَاهِد۪ينَ الْمُكْرَم۪ينَ الْاَخْيَارِ اٰم۪ينَ
— 96 —

Ikkinchi Maqom

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

ning minglab sirlaridan olti siriga doirdir.

Eslatma: "Basmala"ning rahmat nuqtasida porloq bir nuri soʻniq aqlimga uzoqdan koʻrindi. Uni oʻz nafsim uchun qayd suratida yozib qoʻyishni istadim. Va yigirma-oʻttiztacha sirlar bilan oʻsha nurning atrofida bir doira aylantirib ovlash va tutishni orzu qildim. Lekin, afsuski, hozircha orzuimga toʻliq muvaffaq boʻlolmadim. Yigirma-oʻttiztadan besh-oltitaga tushdi.

"Ey inson!" deganimda oʻz nafsimni nazarda tutaman. Bu dars oʻz nafsimga xos boʻlgani holda, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan koʻra hushyorroq boʻlgan zotlarga balki foydalanishga vosita boʻlish niyatida, "Oʻn toʻrtinchi Yogʻdu"ning Ikkinchi maqomi sifatida mudaqqiq qardoshlarimning istaklariga havola qilaman. Bu dars aqldan koʻra koʻproq qalbga, dalildan ziyoda zavqqa ta'alluqlidir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قَالَتْ يَٓا اَيُّهَا الْمَلَؤُا اِنّ۪ٓى اُلْقِىَ اِلَىَّ كِتَابٌ كَر۪يمٌ ٭ اِنَّهُ مِنْ سُلَيْمٰنَ وَ اِنَّهُ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Shu maqomda bir nechta sir zikr qilinadi.

BIRINCHI SIR: "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ning bir jilvasini shunday koʻrdimki: Koinot siymosida, Yer siymosida va inson siymosida bir-biri ichida bir-birining namunasini koʻrsatadigan uch sikka-i rububiyat bor: Biri: Umum koinotdagi ta'ovun, tasonud, ta'onuq, tajovub namoyon boʻlgan sikka-i kubro-i uluhiyat boʻlib "Bismilloh" unga qaraydi.

Ikkinchisi: Yer kurrasi siymosida nabotot va hayvonotning tadbir va tarbiya va idorasidagi oʻxshashlik, uygʻunlik, intizom, saranjomlik, lutf va marhamatdan namoyon boʻlgan sikka-i kubro-i rahmoniyat bo'lib, "Bismillahir Rohman" unga qaraydi.

Soʻngra insonning mohiyati jome'asining siymosidagi latoifi Ra'fat va daqoiqi shafqat va marhamati Ilohiyaning shu'lalaridan namoyon boʻlgan sikka-i ulyo-i rahimiyat boʻlib, "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dagi "ar-Rohiym" unga qaraydi.

— 97 —

Demak, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" olam sahifasida nuroniy qator tashkil qilgan uch sikka-i ahadiyatning muqaddas unvoni va pishiq bir arqoni va porloq bir yozuvidir. Ya'ni, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" yuqoridan tushgan uchi, koinotning mevasi va olamning kichraytirilgan nusxasi boʻlgan insonga kelib taqaladi. Yerni Arshga bogʻlaydi. Insoniy Arshga chiqishga bir yoʻl boʻladi.

IKKINCHI SIR: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon cheksiz yaratilgan koʻp sonli maxluqotda namoyon boʻlgan vohidiyat ichida aqllarni chalg'itmaslik uchun, doim vohidiyat ichida ahadiyat jilvasini koʻrsatadi. Ya'ni, masalan: Quyosh ziyosi bilan cheksiz narsalarni qamraydi. Quyosh zotini butun ziyosi bilan mulohaza qilish uchun gʻoyat keng bir tasavvur va keng qamrovli bir nazar lozim boʻlganidan, unuttirmaslik uchun, har bir porloq narsa Quyoshning zotini aksi vositasi bilan koʻrsatadi va oʻz qobiliyatiga koʻra Quyoshning zotiy jilvasi bilan birga ziyosi, harorati kabi xossalarini koʻrsatadi. Va har porloq narsa Quyoshni butun sifatlari bilan oʻz qobiliyatiga koʻra koʻrsatgani kabi, Quyoshning ziyo va harorat va ziyodagi yetti rang kabi sifatlarining har biri, qarshisidagi barcha narsalarni qamraydi. Shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى -misolda xato boʻlmasin,- ahadiyat va samadiyati Ilohiya har bir narsada, xususan jonzotlarda, xususan insonning mohiyat oynasida barcha Ismlari bilan bir jilvasi boʻlgani kabi.. vahdat va vohidiyat jihati bilan ham mavjudot bilan aloqador har bir ismi butun mavjudotni qamraydi. Xullas, vohidiyat ichida aqllarni boʻgʻmaslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo vohidiyatdagi sikka-i ahadiyatga diqqatni qaratadi, bu esa oʻsha sikkaning uch muhim tugunini "Bismillahir Rohmanir Rohiym" ko'rsatadi.

UCHINCHI SIR: Shu cheksiz koinotni quvontirgan, rahmat ekanini ko'ryapmiz. Va bu qorongʻu mavjudotni nurlantirgan, rahmat ekani ochiq ravshan. Va bu hadsiz ehtiyojlar ichida oʻralashayotgan maxluqotni tarbiya qilgan, yana rahmat ekani maʻlum. Va bir daraxt barcha qismlari bilan mevasiga yuzlangani kabi, butun koinotni insonga qaratgan va har tarafda unga qaratgan va yordamiga oshiqtirgan, rahmat ekani oshkor. Va bu cheksiz fazoni va boʻsh va xoli olamni toʻldirgan, nurlantirgan va quvontirgan, rahmat ekani ko'rib turibmiz. Va bu foniy insonni abadga nomzod qilgan va azaliy va abadiy bir zotga suhbatdosh va doʻst qilgan, rahmat ekani ravshandir.

Ey inson! Modomiki rahmat shunday kuchli va jozibador va sevimli va madadkor mahbub bir haqiqat ekan. "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. U haqiqatni mahkam tut va mutlaq vahshatdan va cheksiz ehtiyojlarning alamlaridan qutul. Va oʻsha Azal va Abad Sultonining taxtiga yaqinlash, va oʻsha rahmatning shafqati va shafoati va shu'lalari bilan Sultonga suhbatdosh va xalil va doʻst boʻl.

— 98 —

Darhaqiqat, koinotdagi borliqlarning turlarini hikmat doirasida insonning atrofida toʻplab, barcha hojatlariga mukammal intizom va inoyat bilan oshiqtirish, ikki holatdan biri ekani aniq:

Yo koinotning har bir navi oʻzidan oʻzi insonni taniydi, unga itoat qiladi, yordamiga oshiqadi. (Bu esa yuz daraja aqldan uzoq boʻlgani kabi, koʻp mahollarni keltirib chiqaradi.) Inson kabi bir ojizi mutlaqda eng quvvatli bir Sultoni Mutlaqning qudrati boʻlishi lozim boʻladi.

Yoxud bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi bilan yordamlashish boʻlmoqda. Demak, koinotning navlari insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan, marhamat qiladigan Zotning tanishi va bilishining dalillaridir.

Ey inson! Esingni yigʻ! Butun yaratilgan borliqlarning turlarini senga yoʻnaltirib yordam qoʻllarini uzattirgan va sening hojatlaringga "Labbay" dedirgan Zoti Zuljalol seni bilmasligi, tanimasligi mumkinmi? Modomiki seni bilar ekan, rahmati orqali bilganini bildirayotgan ekan, sen ham Uni bil, hurmat bilan bilganingni bildir. Va sen kabi mutlaq zaif, mutlaq ojiz, mutlaq faqir, foniy, kichik bir maxluqqa ulkan koinotni boʻysundirish va uning yordamiga yuborish, albatta hikmat va inoyat va ilm va qudratni oʻz ichiga olgan haqiqati rahmat ekanini qat'iyan anglab yet! Albatta, bunday bir rahmat sendan umumiy va xolis bir shukr va jiddiy va sof bir hurmat istaydi. Oʻsha xolis shukrning va oʻsha sof hurmatning tarjimoni va unvoni boʻlgan "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ni so'zla. Oʻsha rahmatga yetishishga vosita va Rahmonning dargohida shafoatchi qil. Ha, rahmatning mavjudligi va amalga oshishi Quyoshchalik yaqqoldir. Chunki, markaziy bir naqsh har tarafdan kelgan arqon va iplarning intizomidan va vaziyatlaridan hosil boʻlganidek, bu koinotning eng katta doirasida ming bir ismi Ilohiyning jilvasidan uzangan nuroniy arqonlar koinot siymosida shunday sikka-i rahmat ichida xotami rahimiyatni va naqshi shafqatni toʻqimoqda va shunday bir xotami inoyatni o'ryaptiki, Quyoshdanda porloq oʻzini aqllarga koʻrsatmoqda. Darhaqiqat, Quyosh va Oyni, unsurlar va ma'danlarni, nabotot va hayvonotni ulkan bir naqshning arqon iplari kabi ming bir ismlarning shu'lalari bilan tartiblagan va hayotga xodim qilgan va nabotiy va hayvoniy barcha volidalarning gʻoyat shirin va fidokorona shafqatlari orqali Oʻz shafqatini koʻrsatgan va tirik mavjudotni insoniyat hayotiga boʻysundirgan va shu orqali rububiyati Ilohiyaning gʻoyat goʻzal va shirin ulkan bir naqshini va insonning ahamiyatini koʻrsatgan va eng porloq rahmatini izhor qilgan Rahmoni Zuljamol, albatta Oʻzining mutlaq istigʻnosiga rahmatini mutlaq ehtiyoj ichidagi jonli mavjudotga va insonga maqbul bir shafoatchi qilgan. Ey inson! Agar inson boʻlsang, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. Oʻsha shafoatchini top.

— 99 —

Ha, yer yuzida toʻrt yuz ming har xil bir-biridan farqli nabotot va hayvonot toifalarini, hech birini unutmasdan, chalkashtirmasdan, oʻz vaqtida mukammal intizom bilan, hikmat va inoyat bilan tarbiya va idora qilayotgan va Yer kurrasining siymosida xotami ahadiyatni qoʻygan, yaqqol, balki ochiq oydin rahmatdir va oʻsha rahmatning mavjudligi bu Yer kurrasining siymosidagi shu borliqlarning mavjudligi qadar qat'iy boʻlgani kabi, oʻsha mavjudot miqdoricha tahaqquqining dalillari bor. Darhaqiqat, zamin yuzida shunday bir xotami rahmat va sikka-i ahadiyat boʻlgani kabi, insonning ma'naviy mohiyatining siymosida ham shunday bir sikka-i rahmat borki, Yer kurrasi siymosidagi sikka-i marhamat va koinot siymosidagi sikka-i uzmo-i rahmatdan kam emas. Goʻyo ming bir ismlar jilvasining birlashgan nuqtasi hukmida bir jome'iyati bor.

Ey inson! Senga bu siymoni bergan va oʻsha siymoda shunday bir sikka-i rahmatni va bir xotami ahadiyatni qoʻygan Zot seni oʻz holingga tashlab qoʻyishi, senga ahamiyat bermasligi, sening harakatlaringga diqqat qilmasligi, senga yuzlangan butun koinotni behuda ketkazishi, yaratilish daraxtini mevasi chirik, aynigan, ahamiyatsiz bir daraxt qilishi heh mumkinmi?! Yana, hech bir jihatdan shubha qabul qilmaydigan va hech bir jihatdan kamchiligi boʻlmagan, Quyosh kabi yaqqol rahmatini va ziyo kabi koʻringan hikmatini inkor qildirishi mumkinmi? Aslo...

Ey inson! Bilki, oʻsha rahmatning arshiga yetishish uchun bir me'roj bor. Oʻsha me'roj esa "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va bu me'roj qanchalar ahamiyatli ekanini anglashni istasang, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bir yuz oʻn toʻrt surasining boshiga, va butun muborak kitoblarning ibtidolariga, va umum muborak ishlarning boshlanishlariga boq. Va basmalaning qadri buyukligiga eng qat'iy bir hujjat shudirki, Imom Shofe'iy (RA) kabi koʻplab buyuk mujtahidlar: "Basmala birgina oyat boʻlgani holda, Qur'onda bir yuz oʻn toʻrt marta nozil boʻlgan." deyishgan.

TOʻRTINCHI SIR: Cheksiz kasrat ichida vohidiyatning koʻrinishi, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobini aytish bilan hammaga kifoya qilmaydi. Fikr tarqaladi. Umumidagi vahdat orqasida Zoti Ahadiyatni mulohaza qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deyish uchun Yer kurrasi kengligida bir qalb boʻlishi lozim. Va bu sirga binoan, parchalarda yaqqol suratda sikka-i ahadiyatni koʻrsatgani kabi, har bir navda sikka-i ahadiyatni koʻrsatish va Zoti Ahadni mulohaza qildirish uchun xotami rahmoniyat ichida bir sikka-i ahadiyatni koʻrsatadi. Toki qiyinchiliksiz har kim har martabada اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Aqdasga xitob qilib yuzlansin.

— 100 —

Bas, Qur'oni Hakim bu buyuk sirni ifodalash uchun, koinotning eng ulkan doirasida, masalan, samovot va Yerning yaratilishidan bahs qilgan vaqtida, birdaniga eng kichik doiradan va eng nozik parchadan soʻz ochadi, toki yaqqol bir suratda xotami ahadiyatni koʻrsatsin. Masalan: samovot va Yerning yaratilishi bahsi ichida insonning yaratilishidan va insonning ovozidan va siymosidagi ne'mat va hikmat nozikliklaridan bahs ochadi. Toki diqqat qochmasin, qalb boʻgʻilmasin, ruh Ma'budini toʻgʻridan-toʻgʻri topsin. Masalan: وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ oyati mazkur haqiqatni moʻ'jizali bir suratda koʻrsatadi.

Darhaqiqat, cheksiz yaratilgan borliqlarda va nihoyasiz koʻplikda vahdat sikkalari, ichma-ich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik sikkaga qadar turlari va martabalari bor. Lekin oʻsha vahdat qancha bo'lsa ham, baribir koʻplik ichida vahdatdir. Haqiqiy xitobni toʻliq ta'min qilolmaydi. Shuning uchun, vahdat orqasida ahadiyat sikkasi boʻlishi lozimdir. Toki, koʻplikni xayolga keltirmasin. Toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Aqdasga qarata qalbga yoʻl ochsin. Yana, sikka-i ahadiyatga nazarlarni qaratish va qalblarni jalb qilish uchun oʻsha sikka-i ahadiyat ustida gʻoyat jozibador bir naqsh va gʻoyat porloq bir nur va gʻoyat shirin bir halovat va gʻoyat sevimli bir jamol va gʻoyat quvvatli bir haqiqat boʻlgan rahmat sikkasini va rahimiyat xotamini qoʻygandir. Ha, oʻsha rahmatning quvvati ongli mavjudotning nazarlarini jalb qiladi, oʻziga tortadi va ahadiyat sikkasiga qovushtiradi. Va Zoti Ahadiyani mulohaza qildiradi va shu yoʻl bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi haqiqiy xitobga sazovor qiladi. Xullas, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" Fotihaning mundarijasi va Qur'onning qisqa bir xulosasi jihatidan, mazkur buyuk sirning unvoni va tarjimoni boʻlgan. Bu unvonni qoʻliga olgan rahmatning tabaqalarida keza oladi. Va bu tarjimonni gapirtirgan rahmatning sirlarini oʻrganadi va rahimiyat va shafqat nurlarini koʻradi.

BESHINCHI SIR: Bir hadisi sharifda kelganki:

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ -اَوْ كَمَا قَالَ-

Bu hadisni bir qism ahli tariqat iymon aqidalariga munosib boʻlmagan gʻalati tarzda tafsir qilishgan. Hatto, ulardan bir qism ahli ishq insonning ma'naviy siymosiga surati Rahmon nazari bilan qaraganlar. Ahli tariqatning aksar qismida sakr va ahli ishqning koʻpida istigʻroq va iltibos boʻlgani uchun, haqiqatga zid tushunchalarida balki uzrlilar. Lekin aqli joyida boʻlganlar fikran ularning aqida asoslariga zid boʻlgan ma'nolarini qabul qilmaydi. Qilsa, xato qilgan boʻladi.

— 101 —

Darhaqiqat, butun koinotni bir saroy, bir uy kabi muntazam idora qilayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirayotgan va kezdirayotgan va zarralarni intizomli xodimlar kabi ishlatayotgan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, oʻxshashi, ziddi, tengi boʻlmagani kabi,

لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ وَهُوَ السَّم۪يعُ الْبَص۪يرُ

ning sirri bilan, surati, misli, misoli, monandi ham boʻlishi mumkin emas. Lekin,

وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

sirri bilan, masal va misol keltirish bilan shuunotiga, sifat va ismlariga qaraladi. Demak, masal va misol keltirish shuunot jixatidan mumkin. Shu mazkur hadisi sharifning juda koʻp maqsadlaridan biri shuki, inson ismi Rahmonni toʻligʻicha koʻrsatadigan suratdadir. Ha, yuqorida bayon qilganimiz kabi, koinotning siymosida ming bir ismning shu'alaridan namoyon boʻlgan ismi Rahmon koʻringani kabi, zamin yuzining siymosida rububiyati mutlaqa-i Ilohiyaning cheksiz jilvalari bilan namoyon boʻlgan ismi Rahmon koʻrsatilgani kabi; insonning surati jome'asida kichik miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana ismi Rahmonning toʻliq jilvasini koʻrsatadi", deganidir. Hamda: Zoti Rohmanir Rohiymning dalillari va oynalari boʻlgan jonli mavjudot va inson kabi sazovor bo'lganlarning Zoti Vojib-ul Vujudga dalolatlari shu darajada qat'iy, ochiq va yaqqolki, Quyoshning timsolini va aksini koʻrsatgan yorugʻ oynaning porloqligiga va dalolatining yaqqolligiga ishora qilib "Oʻsha oyna Quyoshdir" deyilganidek, yaqqol dalolat va mukammal munosabatiga ishora qilib "Insonda surati Rahmon bor" deyilgan va aytiladi. Va ahli Vahdat-ul Vujudning moʻ'tadil qismi o'sha sirga binoan, ushbu dalolatning yaqqolligiga va bu munosabatning kamoliga unvon sifatida "Lo Mavjuda illo Hu" deyishgan.

اَللّٰهُمَّ يَا رَحْمٰنُ يَا رَح۪يمُ بِحَقِّ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ اِرْحَمْنَا كَمَا يَل۪يقُ بِرَح۪يمِيَّتِكَ وَ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَانِيَّتِكَ اٰم۪ينَ

OLTINCHI SIR: Ey cheksiz ojizlik va nihoyasiz muhtojlik ichida oʻralashayotgan bechora inson! Rahmat qanchalik qiymatdor vosita va qanchalik maqbul shafoatchi ekanini angla: Oʻsha rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vosita bo'lib, yulduzlar va zarralar birgalikda mukammal intizom va itoat bilan Uning qoʻshinida xizmat qilmoqdalar. Va oʻsha Zoti Zuljalolning va Sultoni Azal va Abad zotiy istigʻno va mutlaq ehtiyojsizlik ichidadir.

— 102 —

Hech bir jihatdan koinotga va mavjudotga ehtiyoji boʻlmagan bir Gʻaniyyi 'Alal-itloqdir. Va butun koinot amr va idorasi ostida va haybat va azamati ostida nixoyatda itoatda, jaloli qarshisida zillatdadir. Bas, ey inson rahmat seni Oʻsha Mustagʻniyi 'Alal-itloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqaradi va Unga doʻst qiladi va Unga suhbatdosh qiladi va sevgili bir banda vaziyatini beradi. Lekin, Quyoshga yetisholmaganing kabi, undan juda uzoqsan, hech bir jihatdan yaqinlasholmaysan. Lekin, Quyoshning ziyosi Quyoshning aksini, jilvasini sening oynang vositasida qoʻlingga beradi. Xuddi shuning kabi, Zoti Aqdasga va Shamsi Azal va Abaddan biz garchi benihoya uzoqmiz, yaqinlasholmaymiz. Lekin Uning ziyo-i rahmati Uni bizga yaqinlashtiradi.

Bas, ey inson! Bu rahmatni topgan kishi abadiy tuganmas bir xazina-i nur topadi. U xazinani topishning chorasi, rahmatning eng porloq bir misoli va namoyandasi va oʻsha rahmatning eng balog'atli tili va dalloli va Qur'onda "Rahmatan lil-olamiyn" deb nomlangan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati va Unga ergashishlikdadir. Va bu rahmatan lil-olamiyn boʻlmish rahmati mujassamaga yaqinlashish vositasi, salavotdir! Darhaqiqat, salavotning ma'nosi rahmatdir. Va oʻsha jonli mujassam rahmatga rahmat duosi boʻlgan salavot esa, oʻsha rahmatan lil-olamiynga yetishishga vositadir. Shunday ekan, sen salavotni oʻzing uchun u rahmatan lil-olamiynga ulashmoq uchun yaqinlashish vositasi qil va u Zotni ham rahmati Rahmonga yaqinlashish vositasi deb qabul qil. Umum ummatning rahmatan lil-olamiyn boʻlgan alayhissalotu vassalom haqlariga nihoyasiz rahmat ma'nosidagi salavot aytishlari, rahmat qanchalik qiymatdor bir hadya-i Ilohiya va qanchalik keng bir doirasi ekanligini porloq bir suratda isbot qiladi.

Bir soʻz bilan, xazina-i rahmatning eng qiymatdor olmosi va darvozaboni Zoti Ahmadiya alayhissalotu vassalom boʻlgani kabi, eng birinchi kaliti ham "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va eng oson kaliti salavotdir!

اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ اَسْرَارِ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَتِكَ وَ بِحُرْمَتِه۪ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ ارْحَمْنَا رَحْمَةً تُغْن۪ينَا بِهَا عَنْ رَحْمَةِ مَنْ سِوَاكَ مِنْ خَلْقِكَ اٰم۪ينَ.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 103 —

Oʻn Beshinchi Yogʻdu

Risola-i Nur Kulliyotining Soʻzlar, Maktubot va Oʻn Toʻrtinchi Yogʻduga qadar qismining mundarijasidir. Har bir qismning mundarijasi, ya'ni Soʻzlar qismining mundarijasi Soʻzlar Majmuasida, Maktubot va Yogʻdularning ham oʻzlariga oid mundarijalari oʻsha majmualarning oxirlariga qoʻshilgani uchun, bu yerda yozilmadi.

Oʻn Oltinchi Yogʻdu

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim Xoʻja Sabri, Hofiz Ali, Mas'ud, Mustafolar, Xusrav, Ra'fat, Bekir Bey, Rushdu, Lutfilar, Hofiz Ahmad, Shayx Mustafo va boshqalar... Sizlarga qiziq va soʻrashga sabab boʻlgan "toʻrt kichik masala"ni ma'lumot sifatida qisqacha bayon qilishga qalbimda bir xotira his qildim.

BIRINCHISI: Qardoshlarimizdan Chaprazzoda Abdulloh Afandi kabi ba'zi odamlar ahli kashfdan rivoyat qilib oʻtgan Ramazonda Ahli Sunnat va Jamoat uchun yengillik, zafarlar boʻlishini xabar berganlari holda, sodir boʻlmadi. Ahli valoyat va kashf nima uchun haqiqatga xilof xabar beradilar? deb mendan soʻradilar. Men ham birdan sunuhot navidan bergan javobimning qisqachasi:

— 104 —

Hadisi sharifda kelganki: "Ba'zan balo yuboriladi. Kelarkan qarshisiga sadaqa chiqadi, orqaga qaytaradi." Shu hadisning sirri koʻrsatadiki, taqdir qilinganlar narsalar ba'zi shartlar sodir boʻlgani uchun, orqaga qaytadi. Demak ahli kashf xabardor boʻlgan taqdir qilingan narsalar mutlaq boʻlmagan, balki ba'zi shartlarga bogʻliq boʻlgan. Va oʻsha shartlarning sodir boʻlmasligi bilan oʻsha hodisa sodir boʻlmagan. Faqat oʻsha hodisa ajali muallaq kabi Lavhi Azaliyning bir navi daftari hukmida boʻlgan Lavhi Mahv-Isbotda taqdir qilinib yozilgandir. Kashf kamdan-kam hollarda Lavhi Azaliyga qadar chiqadi. Koʻpchiligi u yerga chiqolmaydi. Bu sirga binoan, oʻtgan Ramazoni Sharifda va Qurbon Bayramida va yana boshqa vaqtlarda istixrojga binoan yoki kashfiyot navidan berilgan xabarlar, bogʻliq sharoitlarini topolmaganlari uchun sodir boʻlmagan va xabar berganlarni yolg'onga chiqarmaydi. Chunki taqdir qilingan, lekin sharti kelmay sodir boʻlmagan. Ha, Ramazoni Sharifda bid'atlarni yoʻq qilishga koʻpchilik Ahli Sunnat va Jamoatning xolis duosi bir shart va muhim bir sabab edi. Afsuski masjidlarga Ramazoni Sharifda bid'atlar kirgani uchun, duolarning qabuliga toʻsiq qoʻyib yengillik kelmadi. Sobiq hadisning sirri bilan: Sadaqa baloni ketkazadi. Aksariyatning xolis duosi ham umumiy yengillikni jalb qiladi. Quvva-i joziba vujudga kelmagani uchun, zafarlar ham berilmadi.

IKKINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL: Ikki oy mobaynida hayajonli siyosiy vaziyat qarshisida menga, aloqador boʻlganim koʻp qardoshlarimga kuchli ehtimol bilan huzur beradigan tashabbus qilish kerak edi. Lekin u vaziyatga hech ahamiyat bermasdan aksincha sitam oʻtkazgan ahli dunyoga yon bosadigan bir fikrda boʻldim. Ba'zilar juda qattiq hayratlanishdi. Dedilarki: "Seni qiynoqqa solgan ahli bid'at va qisman munofiq boshdagi insonlar ta'qib qilgan siyosat haqida munosabating qanday, nega qarshi chiqmayapsan?" Bergan javobimning muxtasari shuki: Bu zamonda ahli Islomning eng muhim tahlikasi, fan va falsafadan kelgan zalolat bilan qalblarning buzilishi va iymonning jarohatlanishidir. Buning yagona chorasi Nurdir, nur koʻrsatish kerakki, qalblar isloh boʻlsin, iymon qutulsin. Agar siyosat toʻqmogʻi bilan harakat qilib, gʻalaba qozonilsa, kofirlar munofiq darajasiga tushadi. Munofiq kofirdan ham yomon. Demak, toʻqmoq bunday bir zamonda qalbni isloh qilmaydi. Kufr qalbga kiradi, yashirinadi, munofiqlikka aylanadi. Ham nur, ham toʻqmoq.. ikkalasini bu zamonda men kabi bir ojiz ishlatolmaydi. Shuning uchun butun quvvatim bilan nurni mahkam tutishga majbur boʻlganim uchun, siyosat toʻqmogʻi qay shaklda boʻlsa-boʻlsin, qaramaslik kerak. Ammo moddiy jihodning zarurati esa, u vazifa hozircha bizda emas. Ha, usuliga koʻra kofirning yoki murtadning tajovuzlarini toʻsish uchun toʻqmoq kerak. Bizning esa ikki qoʻlimiz bor. Agar yuz qoʻlimiz boʻlganda ham, faqat nurga kifoya boʻladi. Toʻqmoqni tutadigan qoʻlimiz yoʻq!...

— 105 —

UCHINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL: Yaqinda Angliya va Italiya kabi ajnabiylarning hukumatga qarshi chiqishi bilan, eskidan beri bu vatandagi hukumatning haqiqiy tayanch nuqtasi va ma'naviy kuchining manbai boʻlgan Islomiy hamiyatni hayajonlantirish bilan Islom shiorlarining bir daraja jonlanishiga va bid'atlarning bir daraja yoʻqolishiga sabab boʻldi. Sen nima uchun shiddat bilan urushga qarshi chiqding va bu masalaning tinchlik bilan hal qilinishi uchun duo qilding va ahli bid'atning hukumatlariga qattiq yon bosib tarafdor boʻlding? Bu esa, bilvosita bid'atlarga tarafdorlikdir?

Javob: Biz yengillik, tinchlik va sevinch va zafar istaymiz. Lekin kofirlarning qilichi bilan emas. Kofirlarning qilichlari boshlarini yesin. Qilichlaridan kelgan foyda bizga kerak emas. Zero oʻsha qaysar ajnabiylar, munofiqlarni ahli iymonga hujum qildirdi va dinsizlarni yetishtirdi. Urush balosi Qur'on xizmatimizga jiddiy zarardir. Bizning eng fidokor va eng qiymatdor qardoshlarimizning aksari qirq besh yoshdan past boʻlgani uchun, urush uchun Qur'onning muqaddas vazifasini tashlab harbiy xizmatga borishga majbur boʻldi. Pulim boʻlsa, jomin bilan, bunday qiymatdor qardoshlarimning har birini harbiy xizmatdan ozod qilish uchun, badal toʻlovi ming lira boʻlsa ham, berardim. Cuunki yuzlab qiymatdor qardoshlarimizning Risola-i Nurning Qur'onga oid xizmatini tashlab, moddiy jihod qurolini qo'llariga olishlari, bizga yuz ming lira zarar keltirganini his qildim. Hatto Zakoiyning bu ikki yil harbiy xizmati, balki ming liralik ma'naviy foydasini ketkazdi. Nima boʻlganda ham... Qodiri Kulli Shay bir daqiqada bulutlar bilan toʻlgan osmonni supurib tozalab, samoning tiniq yuzida porloq Quyoshni koʻrsatgani kabi, bu zulmatli va rahmatsiz bulutlarni ham yoʻqotib shariatning haqiqatlarini quyosh kabi koʻrsatadi va arzon va tashvishsiz suratda bera oladi. Uning rahmatidan kutamizki, bizga qimmat sotmasin. Boshdagilarning boshlariga aql va qalblariga iymon bersin, yetar. Oʻsha vaqt ish oʻzidan-oʻzi joyiga tushadi.

TOʻRTINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL: Aytiladiki: Modomiki sizning qoʻlingizda nur bor ekan, toʻqmoq emas. Nurga qarshi chiqilmaydi va qochilmaydi va izhoridan zarar kelmaydi. Nima uchun birodarlaringizga ehtiyotni tavsiya qilyapsiz? Koʻp nurli risolalarni odamlarga koʻrsatilishini man qilyapsiz?

Bu savolga javobning muxtasar ma'nosi shuki: Boshlardagi boshlarning koʻpi sarxush, oʻqimaydi. Oʻqisa ham tushunmaydi. Xato ma'no berib qarshi chiqadi. Qarshi chiqmasligi uchun aqli boshiga kelishigacha koʻrsatmaslik lozim boʻladi. Ham koʻp vijdonsiz insonlar borki, gʻaraz yoki tama yoxud qoʻrquvdzn nurni inkor qiladi yoki koʻzini yopadi. Shuning uchun qardoshlarimga tavsiya qilamanki: Ehtiyot qilsinlar, noahllarning qoʻliga haqiqatlarni bermasinlar. Ham ahli dunyoning shubhalarini qoʻzgʻaydigan ish qilishmasin.

{(Hoshiya) Jiddiy bir masalaga vosita boʻla oladigan bir latifa: Kecha ertalab bir doʻstimning kuyovi Mahmud yonimga keldi. Sevinib, xushxabar beradigan shaklda dediki: "Bir kitobingizni Ispartada nashr qilishdi, koʻpchilik oʻqimoqda." Men: "U ta'qiqlangan nashr emas. Balki nusxa koʻpaytirish uskunasi bilan ba'zi nusxalar olinganki, hukumat unga hech narsa demaydi", dedim. Yana: "Buni ikki munofiq do'stingga aslo aytma. Ular, bahona qidirishyapti", dedim. Mana qardoshlarim, bu odam bir doʻstimning kuyovi, shuning uchun mening ham doʻstim sanaladi. Lekin sartarosh bo'lgani uchun vijdonsiz muallim va munofiq mudirning doʻstidir. U yerda qardoshlarimizdan biri, bilmasdan shunday degan. Yaxshi boʻldiki, eng avval keldi, menga xabar berdi. Men ham tanbeh berdim, yomonlikning oldi olindi. Va nuxsa koʻpaytirish uskunasi minglab nusxalarni bu parda ostida nashr qildi.}

— 106 —

Xotima

Bugun Ra'fat Beyning bir maktubini oldim. Lihya-i Sharifa haqidagi savoli munosabati bilan aytamanki: Hadislardan ma'lumki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Lihya-i Saodatidan tushgan sochlarning donalari cheklangan. Oʻttiz-qirq dona yoki ellik-oltmish dona kabi oz bir miqdorda ekan, minglab yerda Lihya-i Saodatning sochlari boʻlishi meni bir zamon koʻp oʻylantirdi. Oʻsha vaqt esimga keldiki: Lihya-i Saodat faqat Lihya-i Sharifning sochlaridan iborat emas, balki muborak boshining sochlari olinishi bilan hech bir narsalarini yoʻqotmagan Sahobalar, oʻsha nurli va muborak va doimiy yashaydigan sochlarni muhofaza qilganlar. Ular minglabdir. Hozirgi borlariga teng kela oladilar. Yana oʻsha vaqt xotirladimki: Ajabo, har bir masjidda boʻlgan, sahih dalil bilan bu soch Hazrati Risolatning sochlari ekani isbotlangan. Chunki uning ziyorati maqbul boʻlsin? Birdan xotirga keldiki: U sochlarning ziyorati, vasiladir. Rasuli Akram alayhissalotu vassalomga salovot keltirishga sabab va bir hurmat va muhabbatga sababdir. Vositalik jihati oʻsha narsaning zotiga qaramaydi, vasilalik jihatiga qaraydi. Shuning uchun, agar bir soch haqiqiy boʻlib Lihya-i Saodatdan boʻlmasa, modomiki zohiran shunday deb qabul qilingan va u vasilalik vazifasini qilmoqda va hurmatga va e'tiborga va salovotga vasila boʻlmoqda. Qat'iy hujjat bilan u sochning zotini tashxis va tayin qilish kerak emas. Lekin aksiga qat'iy dalil boʻlmasin, yetar. Chunki ommaning umumiy fikri va ummatning qabuli bir navi hujjat hukmiga oʻtadi. Ba'zi ahli taqvo bunday ishlarda yo taqvo yoki ehtiyot yoki azimat nuqtasida qarshi chiqsalar ham, xususiy qarshi chiqadilar. Bid'at desalar ham, bid'ati hasana naviga kiradi. Chunki salovotga vasiladir. Ra'fat Bey maktubida: "Bu masala birodarlar oʻrtasida tortishuvga sabab boʻlgan", deydi. Qardoshlarimga tavsiya qilamanki: Boʻlinish va ayrilishga sabab boʻladigan tortishuv qilmasinlar. Lekin fikr almashtirish ma'nosida nizosiz bahslashishga oʻrgansinlar.

— 107 —

Hofiz Tavfiq bilan yuborgan uch masalangizga dinsizlar eskidan beri hujum qilaishadi.

Birinchisi:
حَتّٰٓى اِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ

oyati ifoda qilgan zohir ma'nosiga koʻra: Quyoshning qizigan va balchiqli bir chashma suvida botganini koʻrgan, deydi.

Ikkinchisi: Saddi Zulqarnayn qayerda?

Uchinchisi: Oxirzamonda Hazrati Isoning (AS) kelishlari va Dajjolni oʻldirishlariga doir.

Bu savollarning javoblari uzun. Faqat muxtasar bir ishora bilan aytamiz: Qur'on oyatlari Arab tili uslubida va zohiran hamma tushunadigan tarzda ifoda qilgani uchun, koʻp marta tashbeh va misol keltirish suratida bayon qiladi.

Zulqarnayn, تَغْرُبُ ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ ya'ni, Quyoshning qizigan va balchiqli chashma boʻlib koʻringan Atlantika Okeanining sohilida yoki vulqonli, olovli, tumanli togʻning vulqon ogʻzida botganini koʻrgan. Ya'ni: Zohiran Atlantika Okeanining sohillarida, yozning shiddatli harorati bilan atrofidagi botqoqlik haroratlangan, bugʻlangan vaqtda oʻsha bugʻ orqasida katta bir chashma havzasi suratida Zulqarnaynga uzoqdan koʻringan Atlantika Okeanining bir qismida Quyoshning zohiriy botishini koʻrgan. Yoki vulqonli, tosh va tuproq va ma'dan suvlarini aralashtirib otib chiqargan togʻning boshida yangi ochilgan otashli vulqon ogʻzida samovotning koʻzi boʻlgan Quyoshning yashiringanini koʻrgan.

Ha, Qur'oni Hakimning moʻ'jizali shaklda ifodasining balogʻati bu jumla bilan koʻp masalalarni dars beradi. Avvalo: Zulqarnaynning gʻarb tarafiga sayohati, shiddatli issiqlik vaqtida va botqoqlik tarafiga va Quyoshning botish oniga va vulqonli bir togʻning otilishi vaqtiga tasodif boʻlganini bayon qilib, Afrikaning toʻliq istilosi kabi koʻp ibratli masalalarga ishora qiladi. Ma'lumdirki, koʻringan Quyoshning harakati zohiriydir va Yer kurrasining maxfiy harakatiga dalildir, uni xabar beradi. Botishi murod emas. Chashma esa, tashbehdir. Uzoqdan katta bir dengiz, kichik bir hovuz kabi koʻrinadi. Issiqlikdan chiqqan tuman va bugʻlar va botqoqliklar orqasida koʻringan bir dengizni, balchiq ichida chashmaga tashbehi va Arabcha ham chashma,

— 108 —

ham Quyosh, ham koʻz ma'nosida boʻlgan عَيْنٍ kalimasi, balogʻat sirlari jihatidan gʻoyat ma'nodor va munosibdir. {(Hoshiya) ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ daki عَيْنٍ ta'biri balogʻat sirlari jihatidan latif bir ma'noni ramzan eslatadi: "Samo va samo yuzi, Quyosh koʻzi bilan zamin yuzidagi jamoli rahmatni tomoshadan soʻng, zamin ham dengiz koʻzi bilan yuqoridagi azamati Ilohiyani tomoshadan soʻng, oʻsha ikki koʻz bir-biri ichiga berkinar ekan, zamin yuzidagi koʻzlarni yopadi" deya moʻ'jizali shaklda bir kalima bilan xotirlatadi va koʻzlar vazifasiga yakun ishorasini ko'rsatadi.} Zulqarnaynning nazarida uzoqlik jihati bilan shunday koʻringani kabi, Arshi A'zamdan kelgan va samoviy jismlarga qoʻmondonlik qilgan samoviy Qur'on xitobi, bir musofirxona-i Rahmoniyada qandil vazifasini bajargan itoatkor Quyoshni Atlantika Okeani kabi bir chashma-i Rabboniyda yashirinadi deyishi, azamatiga va buyukligiga yarashadi va moʻ'jizali shakldagi uslubi bilan dengizni haroratli bir chashma va tumanli bir koʻz qilib koʻrsatadi. Va samoviy koʻzlarga shunday koʻrinadi.

Bir soʻz bilan, Atlantika Okeaniga nisbatan balchiqli bir chashma ta'biri, oʻsha ulkan dengizni Zulqarnayn juda uzoqdan chashma kabi koʻrganidan. Qur'onning nazari esa hamma narsaga yaqin boʻlish jihati bilan, Zulqarnaynning nazarning aldashi navidagi nazariga koʻra qarolmaydi, balki Qur'on samovotga qarab kelgani uchun Yer kurrasini goh bir maydon, goh bir saroy, ba'zan bir beshik, ba'zan bir sahifa kabi koʻrganidan, tumanli, bugʻli ulkan Atlantika Okeanini bir chashma deb ta'bir etishi, azamati ulviyatini koʻrsatadi.

Ikkinchi savolingiz: Saddi Zulqarnayn qayerda? Yajuj, Ma'juj kimlar?

Javob: Ilgari bu masalaga doir bir risola yozgandim. Oʻsha zamonning dinsizlari u bilan jim boʻlishga majbur boʻlishgandi. Hozir ham oʻsha risola yonimda yoʻq, ham quvva-i hofizam ishini toʻxtatgan, yordam bermayapti. Ham Yigirma toʻrtinchi Soʻzning Uchinchi Shoxida bu masaladan ozroq bahs qilingan. Shuning uchun bu masalaning yolgʻiz ikki-uch nuktasiga gʻoyat muxtasar ishora qilamiz. Jumladan:

Ahli tahqiqning bayoniga koʻra, Zulqarnayn unvonining ishorasi bilan, Yaman podshohlaridan Zulyazan kabi "zu" kalimasi bilan boshlangan ismlari boʻlgani uchun, Zulqarnayn Iskandari Rumiy emas. Balki Yaman podshohlaridan biri boʻlib, Hazrati Ibrohim (AS) zamonida boʻlgan va Hazrati Hizrdan dars olgan. Iskandari Rumiy esa taqriban uch yuz yil oldin kelgan, Aristoteldan dars olgan. Bahariyat tarixi muntazam suratda uch ming yilga qadar uzangan. Bu noqis va qisqa tarix nazari Hazrati Ibrohim zamonidan avvalgi xodisalarni to'g'ri qamray olmaydi. Yo xurofotga oʻxshash, yo inkor tarzida, yo gʻoyat muxtasar yoritadi. Yamaniy Zulqarnayn tafsirlarda eskidan beri Iskandar nomi bilan mashhur boʻlishining sababi, yo Zulqarnaynning bir ismi Iskandarki, Iskandari Kabir va Eski Iskandardir. Yoxud Qur'on oyatlari zikr qilgan xususiy hodisalar, umumiy hodisalarning uchlari boʻlish jihati bilan...

— 109 —

Zulqarnayn deyilgan Iskandari Kabirning paygʻambar kabi irshodi bilan zolim qavmlar bilan mazlum millatlar oʻrtasida toʻsiq va zolimlarning talon-taroj qilishlariga mone boʻladigan mashhur Xitoy Devorini qurgani kabi, Iskandari Rumiy kabi koʻplab jahongirlar va kuchli podshohlar, moddiy jihatdan va ma'naviy insoniyat olamining podshohlari boʻlgan bir qism paygʻambarlar va ba'zi buyuk avliyolar ham ma'naviy va irshodiy jihatdan oʻsha Zulqarnaynning orqasidan borib, togʻlar oʻrtalarida mazlumlarni zolimlardan qutqaradigan to'siqlarni, {(Hoshiya) Yer yuzida zamon oʻtishi bilan togʻ shaklini olgan, tanilmagan juda koʻp sun'iy toʻsiqlar bor.} soʻngra togʻlar tepalarida qal'alarni qurishgan. Yo shaxsan moddiy kuchlari bilan yoxud irshod va tadbirlari bilan ta'sis etganlar. Soʻngra shaharlarning atrofida devorlarni va oʻrtalarida qal'alarni, nihoyat oxirgi chora qirq ikki dyuymlik zambaraklarni va sayyor qal'a kabi ulkan harbiy kemalarni qurganlar. Hatto yer yuzining eng mashhur toʻsigʻi va necha kunlik uzoq bir masofa boʻlgan Xiyoy Devorini Qur'on tili bilan Ya'juj va Ma'jujning va boshqa ta'bir bilan tarix tilida Manchur va Moʻgʻil deyilgan va bashariyat olamini necha marta chil-parchin qilgan va Himalay togʻlarining orqasidan chiqqan va sharqdan gʻarbga qadar xarob qilgan vahshiy qavmlar va bosqinchi millatlarning Hind va Xitoydagi mazlum qavmlarga tajovuzlarini toʻxtatsish uchun Himalay silsilalariga yaqin ikki togʻ orasida uzun toʻsiq qilgani va oʻsha vahshiy qavmlarning ko'p sonli hujumlariga uzoq vaqt mone boʻlgani kabi, Kavkaz togʻlarida Darband tomonida bosqinchi tajovuzkor Totor qavmlarining hujumini toʻxtatish uchun Zulqarnayn-misol eski Eron podshohlarining himmati bilan toʻsiqlar qurilgan. Bunga o'xshash koʻp toʻsiqlar mavjud. Qur'oni Hakim umum bashariyatga xitob qilgani uchun, zohiran xususiy hodisani zikr qilib, oʻsha hodisaga oʻxshash umumiy hodisalarni eslatib gapiradi.

Demak bu nuqtai nazardan, Toʻsiqqa hamda Ya'juj va Ma'jujga doir rivoyatlar va mufassirlarning izohlari xilma-xil kelgan.

Yana, Qur'oni Hakim ifodalar orasidagi munosabatlar jihatidan bir hodisadan uzoq hodisaga tegishli bo'ladi. Bu munosabatni bilmagan odam, ikki hodisaning davri bir-biriga yaqin deb oʻylaydi. Qur'on Toʻsiqning buzilishi bilan qiyomatning qoim boʻlishini xabar berishi, zamonning yaqinligi jihatidan emas, balki ifodalar orasidagi munosabatlar jihatidan ikki nukta uchun:

— 110 —

Ya'ni, bu toʻsiq buzilishi kabi, dunyo ham buziladi. Yana, qandayki tabiiy va Ilohiy toʻsiqlar xisoblangan togʻlar metin, lekin qiyomatning qoim boʻlishi bilan buzilar ekan, xuddi shuning kabi, bu toʻsiq ham togʻ kabi metindir, lekin dunyoning buzilishi bilan yer bilan bir boʻlishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan sodir boʻlgan oʻzgarishlar vayrongarchiliklar qilsa ham, koʻpi beshikast qoladi deganidir. Ha, Saddi Zulqarnaynning koʻp misollaridan bittasi Xitoy Devori minglab yil mavjud boʻlgani holda, hali ham oyoqda turibdi. Insonning qoʻli bilan zamin sahifasida yozilgan jismlashgan, toshga aylangan sahifalar, uzoq qadimgi ma'nodor tarixdan oʻqilmoqda.

Uchinchi savolingiz: Hazrati Iso alayhissalomning Dajjolni oʻldirishlari, Birinchi Maktubda va Oʻn Beshinchi Maktubda gʻoyat muxtasar va sizga kifoya bir javob bor.

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, fidokor, siddiq, vafodor qardoshlarim Xoʻja Sabri (RH) va Hofiz Ali (RH). "Mugʻayyiboti Xamsa"ga doir surasining oxiridagi oyat haqida muhim savolingizga gʻoyat jiddiy bir javob kutgan edingiz. Afsuski hozirgi ruhiy holatim va moddiy ahvolim u javobga uygʻun emas. Faqat savolingizga tegishli bir-ikki nuqtaga gʻoyat qisqa ishora qilamiz. Shu savolingizning ma'nosi koʻrsatadiki, ahli ilhod tarafidan tanqid suratida mugʻayyiboti xamsadan yomgʻirning kelish vaqtiga va ona bachadonidagi chaqaloqning holatiga e'tiroz qilingan. Aytishganki: "Rasadxonalarda bir asbob bilan yomgʻirning yogʻish vaqti aniqlanmoqda. Uni Allohdan boshqasi ham bilmoqda. Yana, rentgen nuri bilan ona bachadonidagi chaqaloqning erkak, ayol boʻlgani anglashilmoqda. Demak, mugʻayyiboti xamsani bilish mumkin ekanda?"

Javob: Yomgʻirning yogʻish vaqti bir qoidaga bogʻliq boʻlmagani uchun, toʻgʻridan-toʻgʻri mashiati xossa-i Ilohiyaga bogʻliq va xazina-i rahmatdan xususiy irodaga tobe boʻlganining hikmatining bir sirri shuki: Koinotda eng muhim haqiqat va eng qiymatdor mohiyat nur, vujud va hayot va rahmat bo'lib, ushbu toʻrt narsa pardasiz, vositasiz, toʻgʻridan-toʻgʻri qudrati Ilohiya va mashiati xossa-i Ilohiyaga bog'liq. Boshqa san'atli asarlarda zohiriy sabablar qudratning tasarrufida parda boʻladi. Va muntazam davom etgan qonunlar va qoidalar bir daraja iroda va istakka parda boʻladi. Lekin mavjud boʻlish, hayot, nur, rahmatga pardalar qoʻyilmagan. Chunki pardalar hikmatining sirri u ishda amalga oshmaydi.

— 111 —

Modomiki mavjudlikda eng muhim haqiqat, rahmat va hayot ekan, yomgʻir hayotga manba va rahmatning sababi, balki rahmatning oʻzi hisoblanadi. Demak vositalar parda boʻlmaydi. Qoida va bir xillik ham, mashiati xossa-i Ilohiyani toʻsmaydi. Toki har vaqt, harkim, hamma narsada shukr va ubudiyatga, soʻrash va duoga majbur boʻlsin. Agar bir qoidaga boʻysunsa edi, unga ishonib shukr va niyoz eshigi yopilardi. Quyoshning chiqishida qanchadan qancha manfaatlar borligi ma'lum. Holbuki muntazam davom etgan qoidaga tobe boʻlgani uchun, Quyoshning chiqishi uchun duo qilinmaydi va chiqishiga doir shukr ham qilinmaydi. Va bashar ilmi oʻsha qoidaning yoʻli bilan ertaga Quyoshning chiqishini bilgani uchun, gʻaybdan sanalmaydi. Lekin yomgʻirning juz'iyoti bir qoidaga tobe boʻlmagani uchun, har doim insonlar niyoz va duo bilan dargohi Ilohiyaga iltijo qilishga majbur boʻladilar. Va bashar ilmi yogʻish vaqtini aniqlay olmagani uchun, bu faqatfina xazina-i rahmatdan maxsus bir ne'mat deb hisoblab, haqiqiy shukr qiladilar. Ushbu oyat bu nuqtai nazardan yomgʻirning yogʻish vaqtini mugʻayyiboti xamsaga kiritadi. Rasadxonalardagi asbob bilan yomgʻirning muqaddimalarini his qilib vaqtini aniqlash, gʻaybni bilish emas, balki gʻaybdan chiqib olami shahodatga yaqinlashgan vaqtida ba'zi muqaddimalardan xabardor boʻlib bilishga kiradi. Qandayki, eng yashirin gʻaybiy ishlar sodir boʻlayotganda yoxud sodir boʻlishga yaqinlashgandan soʻng hissi qoblal vuqu'ning bir turi bilan bilinadi. U gʻaybni bilish emas, balki mavjudni yoki muqorrab-ul vujudni bilishga kiradi. Hatto men baʻzan asablarimda yogʻadigan yomg'irni yigirma toʻrt soat avval seaman. Demak, yomgʻirning muqaddimalari, boshlanishlari bor. Oʻsha boshlanishlar namlik bilan oʻzini koʻrsatadi, orqasidan yomgʻirning kelganini bildiradi. Bu hol, qoida kabi, bashar ilmining gʻaybdan chiqib hali shahodat olamiga kirmagan ishlarga yetishishga bir vosita boʻladi. Lekin hali olami shahodatga oyoq bosmagan va mashiati xossa bilan rahmati xossadan chiqmagan yomgʻirning yogʻish vaqtini bilish, ilmi Allam-ul Gʻuyubga maxsusdir.

Ikkinchi masala qoldi: Rentgen nuri bilan ona bachadonidagi bolaning erkak va ayolligini bilish وَ يَعْلَمُ مَا فِى الْاَرْحَامِ oyatining gʻaybga oid ma'nosiga zid emas. Chunki oyat faqat erkaklik va ayollik holatiga emas, balki bolaning ajib xususiy iste'dodi va istiqbolda qozonadigan vaziyatiga sabab boʻlgan hayot taqdirining boshlanishi, hatto siymosidagi juda ajib sikka-i Samadiyat murod bo'lib, bolaning oʻsha tarzda bilinishi ilmi Allam-ul Gʻuyubga maxsusdir. Yuz ming rentgen-misol bashar fikri birlashsa ham bolaning umum bashariyatga nisbatan farq qiluvchi alomati xisoblangan haqiqiy yuzining siymosini kashf qilolmaydi.

— 112 —

Endi, yuzining siymosidan yuz marta yanada hayratlanarli hisoblangan iste'dodidagi ma'naviy siymoni kashf qilishga yo'l bo'lsin. Boshda aytdikki: Mavjud boʻlish va hayot va rahmat bu koinotda eng muhim haqiqatlardir va eng muhim maqom ularnikidir. Shuning uchun jamlovchi hayot haqiqati butun nozikliklari va oʻziga xos xususiyatlari bilan iroda-i xossaga va rahmati xossaga va mashiati xossaga qarashining bir sirri shuki: Hayot butun jihozlari bilan va jihatlari bilan shukr va ubudiyat va tasbehning manba va oʻzagi boʻlgani uchun, iroda-i xossaga parda boʻlgan bir xillik va qonuniyat va rahmati xossaga parda boʻlgan zohiriy sabablar qoʻyilmagan. Janobi Haqning ona bachadonidagi bolalarning moddiy va ma'naviy siymolarida ikki jilvasi bor:

Biri: Vahdatini va Ahadiyatini va Samadiyatini koʻrsatadi. Bola asosiy tana a'zolarda va insoniy jihozlarning turlarida boshqa insonlar bilan muvofiq va uygʻun boʻlishi, Xoliq va Sone'ning vahdatiga shahodat qiladi. Oʻsha chaqaloq til bilan: "Menga bu siymo va a'zoni bergan kim boʻlsa, barcha asosiy tana a'zolarda menga oʻxshagan barcha insonlarning sone'i ham Oʻshadir. Va barcha jonzotlarning sone'i ham Oʻshadir." deb jar soladi.

Ona bachadonidagi chaqaloqning bu tili gʻaybiy emas, qoidaga va tartibga va naviga tobe boʻlgani uchun ma'lumdir, bilinishi mumkin. Olami shahodatdan olami gʻaybga kirgan shox va tildir.

Ikkinchi jihat: Xususiy iste'dod siymosi va shaxsiy yuzining siymosi tili bilan Sone'ining ixtiyorini, irodasini va xohishini va rahmati xossasini va hech bir qayd ostiga kirmasligini bor ovozi bilan koʻrsatadi. Lekin bu til gʻayblarning gʻaybidan keladi. Ilmi azaliydan boshqasi kelishdan oldin buni koʻrolmaydi va qamray olmaydi. Ona bachadonida ekan, bu siymoning mingdan bir jihozini koʻrish bilan bilinmaydi!

Bir soʻz bilan, chaqaloq iste'dodining siymosida va yuzining siymosida ham vahdoniyat dalili bor, ham ixtiyor va iroda-i Ilohiyaning hujjati bor. Agar Janobi Haq muvaffaq qilsa, mugʻayyiboti xamsaga doir ba'zi nuktalar yoziladi. Hozircha bundan ortiq vaqtim va holim izn bermadi, tugataman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 113 —

Oʻn Yettinchi Yogʻdu

("Zuhra"dan kelgan "Oʻn beshta Mulohaza"dan iborat)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
MUQADDIMA

Oʻn ikki yil avval {(*) Oʻn ikki yil avval deyilgan sana, hijriy 1340, milodiy 1921 yillaridir.} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada fikriy harakat va qalbiy sayohat va ruhiy inkishoflarda namoyon boʻlgan ba'zi tavhid yogʻdularini arabchada "Mulohazalar" suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd qilgandim. Uzun haqiqatning faqat bir uchini koʻrsatish va porloq nurning faqat bir shu'lasini namoyon qilish tarzida yozilgani bois, faqat oʻzim uchun bir xotira va bir eslatma shaklida boʻlgani uchun, boshqalarning tushunishi cheklangan edi. Xususan, eng sara va eng yaqin qardoshlarimning aksariyati arabcha oʻqimashgan. Ularning qattiq iltimosi va qistovi bilan oʻsha mulohazalarning, yogʻdularning qisman izohli va qisman qisqa ma'nosini turkchada yozishga majbur boʻldim. Shu mulohazalar va arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shohid boʻlish suratida koʻrgani uchun oʻzgartirilmasdan ma'nolari yozildi. Shuning uchun ba'zi jumlalar boshqa "Soʻzlar"da ham zikr qilinish bilan birga, bu yerda ham zikr qilinadi. Va bir qismi siqilgan boʻlishi bilan birga, izoh qilinmaydi. Toki asliy latofatini yoʻqotmasin.

BIRINCHI MULOHAZA: Oʻz nafsimga xitoban degandim: "Ey gʻofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan soʻng senga hamrohlik qilmagan va dunyoning xarob boʻlganidan keyin, sendan ayrilgan narsaga qalbingni bogʻlash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark qilib yuz oʻgirgan va ayniqsa barzox safarida yoʻldosh boʻlmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar kuzatib qoʻymagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening boʻyningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil boʻlish paytida seni tark qilgan foniy narsalar bilan qalbingni bogʻlash aqlga muvofiq ish emas.

— 114 —

Agar aqling boʻlsa, uxraviy inqiloblaringda, barzaxiy hollaringda va dunyoviy inqiloblaringning toʻqnashuvlari ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga yoʻldosh boʻlishga iqtidori boʻlmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qaygʻurma. Sen oʻz mohiyatingga qara, sening nozik tuygʻularing ichida shundayi borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi emas. Undan boshqasiga yuzlanmaydi, mosivosiga oʻzini xoʻrlamaydi. Unga butun dunyoni bersang ham, oʻsha tabiiy ehtiyojni qondirolmaydi. U narsa esa, sening hislaringning va nozik tuygʻularingning sultonidir. Fotiri Hakiymning amriga itoatkor sultoningga itoat qil, najot top!.."

IKKINCHI MULOHAZA: Sodiq bir tushda koʻrdimki, insonlarga: "Ey inson! Qur'onning dasturlaridan biri shuki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga ibodat qiladigan darajada oʻzingdan katta deb oʻylama. Yana, sen oʻzingni hech bir narsadan takabburlik qiladigan darajada katta tutma. Chunki yaratilgan borliqlar ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida teng boʻlganlari kabi, yaratilganlik nisbatida ham birdirlar", dedim.

UCHINCHI MULOHAZA: Ey gʻofil Said! Bilginki, hisning adashishiga ergashib gʻoyat vaqtinchalik dunyoni oʻlmaydigan va doimiy deb oʻylaysan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va davomli koʻrganing, foniy nafsingni ham oʻsha nazar bilan sobit deb oʻylaganing uchun, faqatgina qiyomatning qoim boʻlishidan dahshatga tushasan. Goʻyo qiyomatning qoim boʻlishiga qadar yashaydiganday, faqatgina undan qoʻrqasan. Esingni yigʻ! Sen va sening xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Bu hissingning adashishi va safsatang shu misolga oʻxshaydiki:

Bir odam qoʻlidagi oynasini bir uy yoki bir shaharga yoki bir bogʻga qaratsa, oynada bir uy, bir shahar, bir bogʻning surati koʻrinadi. Oynada arzimas bir harakat va kichik bir oʻzgarish sodir boʻlsa, uy va shahar va bogʻning suratida harju marj va chalkashlik yuzaga keladi. Tashqaridagi haqiqiy uy, shahar va bogʻning turishi va qolishi senga foyda bermaydi. Chunki oynadagi uy va senga oid shahar va bogʻ faqat oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada oʻsha uy va shahar va bogʻing oʻlishi mumkin va vayron boʻlishi ehtimol dohilida boʻlgani uchun, har daqiqa boshingga yiqiladigan va qiyomating qoim boʻladigan vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan, sen bu hayoting va dunyoingga tortolmaydigan va koʻtarolmaydigan yuklarni yuklama!..

— 115 —

TOʻRTINCHI MULOHAZA: Bilginki, Fotiri Hakiymning odati shuki, ahamiyatli va qiymatdor narsalarni jumlasini aynan oʻzidek qaytarib beradi. Ya'ni, aksar narsalarning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning almashinishida, asrlarning oʻzgarishida qiymatdor ahamiyatli narsalarni aynan oʻzidek qaytarib beradi. Kunlik va yillik va asrlik hashrlarning barchasida shu odatulloh qoidasi jumlasi muntazam davom etadi. Bu sobit qoidaga binoan aytamizki: Modomiki fanlarning ittifoqi bilan va ilmlarning shahodati bilan, yaratilish daraxtining eng mukammal mevasi insondir. Va yaratilgan borliqlar ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatdori insondir. Va insonning bir donasi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har biri aynan oʻzidek, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan eski holiga qaytariladi.

BESHINCHI MULOHAZA: Bu mulohazada Ovrupa fanlari va madaniyati, bir daraja Eski Saidning fikrida bo'lgani uchun, Yangi Said fikriy sayohat payti, Ovrupa fanlari va madaniyati oʻsha qalbiy sayohatda qalb xastaliklariga aylanib haddan ziyod qiyinchiliklarga sabab boʻlgani uhun, majbur boʻlib Yangi Said zehnini silkitib, puch falsafani va buzuq madaniyatni tashlashni istar ekan, oʻz ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan nafsoniy hissiyotni bostirish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan quyidagi gʻoyat qisqa, bir jihatdan uzun munozaraga majbur boʻldi.

Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkiga boʻlinadi.

Bittasi: Isaviylik haqiqiy dinidan olgan fayzi bilan bashariyatning ijtimoiy hayotiga foydali kasblar hamda adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fanlarga ergashgan birinchi Ovrupaga xitob qilmayman. Balki tabiat falsafasining zulmati bilan, madaniyatning yomonliklarini goʻzalliklar deb oʻylab, basharni safohat va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilaman. Jumladan:

Oʻsha ruhiy sayohatda madaniyat goʻzalliklari va foydali fanlardan boshqa foydasiz va zararli falsafani hamda zararli va buzuq madaniyatni qoʻlida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarata aytdim:

Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen oʻng qoʻling bilan xasta va zalolatli falsafani va chap qoʻling bilan buzuq va zararli bir madaniyatni tutib, basharning saodati bu ikkisi bilan boʻlishini daʻvo qilasan. Ikki qoʻling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin va yeydi ham.

Ey kufr va nonkoʻrlikni tarqatib yoygan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan baloga yoʻliqqan va azobgadagi odamning jismi bilan zohiran aldovchi ziynat va boylik bilan saodati mumkin boʻla oladimi? Uni baxtiyor deyish mumkinmi? Ajabo, bir odamning ahamiyatsiz ishdan ma'yus boʻlishi va xayoliy orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz ishdan hafsalasi pir boʻlishi sababli shirin xayollar achchiqlashishini koʻrmayapsanmi. Shirin vaziyatlar unga azob beradi. Dunyo unga tor keladi, zindon boʻladi.

— 116 —

Holbuki badbaxtliging bilan, qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va oʻsha zalolat tufayli barcha orzulari kesilgan va undan alam chekkan bechora insonga qaysi saodatni ta'min qilyapsan? Ajabo, oʻtkinchi, jismi yolgʻonchi jannatda boʻlgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan insonni baxtiyor deb boʻladimi? Bechora basharni ana shunday toʻgʻri yoʻldan ogʻdirding, yolgʻonchi Jannat ichida Jahannamiy azob chektiryapsan.

Ey basharning nafsi ammorasi! Bu misolga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Qarshimizda ikki yoʻl bor. Biridan ketyapmiz. Koʻryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz kishi turibdi. Zolimlar unga hujum qilib molini, narsalarini tortib olib uychasini xarob qilyaptilar, ba'zan jarohatlantirishyapti. Uning achinarli holiga osmon yigʻlyapti. Qayerga qarama, hol shunday davom etyapti. U yoʻlda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yigʻi-sigʻisi bilan, yoʻlni umumiy motam qoplayapti. Inson insoniyligi tufayli boshqalarning dardi bilan dardlangani uchun hadsiz dardlarga giriftor boʻladi. Holbuki vijdon bu daraja dardlarga bardosh qilolmagani uchun, u yoʻlda ikki narsadan biriga majbur boʻladi. Yo insoniylikdan chiqib va nihoyasiz vahshiylikni qalbiga yuklab, oʻzining farovonligi bilan birga umumning halokati uni xafa qilmasin yoxud qalb va aql taqozo qilgan narsani bekor qilsin.

Ey safohat va zalolat bilan buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta koʻzni tashigan koʻr dahoing bilan bashar ruhiga jahannamiy holatni hadya qilding! Soʻngra angladingki, bu shunday bedavo dardki, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga tashlaydi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu dardga topgan doring, vaqtinchalik hislarni sezdirmay qoʻyish ishini bajargan jozibador oʻyinchoqlaring va uxlatuvchi havaslar va xayollaringdir. Bu doring boshingni yesin va yeydi ham! Xullas, basharga ochgan yoʻling va bergan saodating shu misolga oʻxshaydi.

Ikkinchi yoʻl, Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya qilgan yoʻl: Koʻryapmizki, bu yoʻlning har bir manzilida, makonida, shahrining xar tarafida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari kezmoqda. Ora-sira oʻsha Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini xizmatdan ozod qilishmoqda. Qurollarini, otlarini va davlatning lozim narsalarini olishmoqda, ularga ruxsatnomani bermoqdalar. Boʻshatilgan askarlar, garchi koʻnikib qolgan ot va qurollarning olib qoʻyilayotganidan zohiran mahzun boʻlishyapti. Lekin haqiqat nuqtasida boʻshatilish bilan xursand boʻlib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish uchun gʻoyat mamnun boʻladilar. Ba'zan boʻshatish ma'murlari xizmatga yangi kelgan askarga duch keladilar.

— 117 —

Askar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Askar: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman, keyin uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsangiz, bosh ustiga keldingiz, amrini koʻrsating. Boʻlmasa chekining, mendan uzoqlashing. Men bir oʻzim, sizlar minglab boʻlsangiz ham, siz bilan jang qilaman. Oʻz nafsim uchun emas, chunki nafsim oʻzimniki emas, sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning obroʻyini himoya va izzatini saqlash uchun sizga bosh egmayman!", deydi.

Xullas, oʻsha ikkinchi yoʻldagi sevinch va saodat manbai boʻlgan minglab hollardan bu hol bir namunadir. Qolgan hollarni sen qiyos qil. Hamma oʻsha ikkinchi yoʻlning safarida tavalludlar nomli sevinch va xursandchilik bilan bir yigʻin va askarlik xizmatiga chaqiriq boʻlyapti va vafotlar nomli sevinch va musiqa bilan askarlik vazifasidan ozod boʻlish davom etyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yoʻlni hadya qilgan. Bu hadyani kim toʻliq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga qaragan ikkinchi yoʻldan boradi. Na boʻlib oʻtgan narsadan mahzun boʻladi, na boʻladigan narsadan qoʻrqadi.

Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shuki: "Eng katta malakdan eng kichik baliqqacha har bir jonzot oʻz nafsiga molik va oʻz zoti uchun ishlaydi va oʻz lazzati uchun xarakat qiladi. Uning yashash haqqi bor. Himmatining va maqsadining gʻoyasi yashash va baqosini ta'minlashdir", deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va koinot ruknlarida mukammal itoat bilan rioya qilingan yordamlashish dasturi bilan, nabotot hayvonotning madadiga va hayvonot insonlarning yordam berishdek umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb oʻylab, "Hayot kurashdan iborat" deb ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, oʻsha yordamlashish dasturining jilvasidan taom zarralarining mukammal shavq bilan badan hujayralarining oziqlantirilishi uchun xarakatlanishi qanday qilib kurash boʻlsin? Qanday qilib urushish boʻlsin? Balki yordamlashish va xizmatga xarakat, Karim bir Rabning amri bilan yordamlashishdir! Yana, chirik bir asosing: "Hamma narsa oʻziga oʻzi xoʻjayin" deysan. Hech bir narsa oʻziga oʻzi xoʻjayin emasligiga qat'iy dalil shuki: Sabablarning ichida eng sharaflisi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning oʻylash, gapirish va yeyish kabi eng ochiq ixtiyoriy ishlarning yuztasidan uning ixtiyoriga berilgan va iqtidori doirasiga kirgan faqat shubhali bitta qismdir. Bunday eng ochiq ravshan ishning yuz qismidan bir qismiga xoʻjayin boʻlmagan odam qanday qilib oʻziga oʻzi xoʻjayin deyiladi? Bunday eng sharafli va ixtiyori eng keng shu darajada haqiqiy tasarrufdan va egalikdan qoʻli bogʻlangan boʻlsa; "Boshqa hayvonlar va jonsiz borliqlar oʻz-oʻziga xoʻjayin", degan odam hayvondan battar hayvon va jonsiz borliqlardan battar jonsiz va ongsiz ekanini isbot qiladi.

— 118 —

Seni bu xatoga tushirib bu tahlikaga solgan narsa, bir koʻzli dahoingdir. Ya'ni, hayratlanarli, kasofat zakovatingdir. Oʻsha koʻr dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi hisoblangan Rabbingni unutding, mavhum tabiatga nisbat berding, asarlarini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud boʻlgan togʻutlarga taqsimlading. Bu nuqtada va oʻsha dahoing nazarida har bir jonzot, har bir inson bir oʻzi hadsiz dushmanlarga qarshi turish va nihoyasiz ehtiyojlarni qondirish lozim boʻladi. Va zarra kabi iqtidor, mayin qil kabi ixtiyor, oʻtkinchi nur kabi ong, tez soʻnuvchi shu'la kabi hayot, tez oʻtuvchi daqiqa kabi umr bilan, cheksiz dushmanlarga va ehtiyojlarga dosh berishga majbur boʻladi. Holbuki bechora jonzotning sarmoyasi minglab istaklarining bittasiga ham kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor boʻlgan vaqti, kar, koʻr sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi. وَمَا دُعَٓاءُ الْكَافِر۪ينَ اِلَّا ف۪ى ضَلَالٍ sirriga doxil boʻladi.

Sening zim-ziyo dahoing bashariyatning kunduzini tunga aylantirdi. Faqat oʻsha mashaqqatli, zulmli va zulmatli tunga koʻniktirish uchun yolgʻonchi, vaqtinchalik chiroqlar bilan nurlantirding. U chiroqlar sevinch bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yigʻlanadigan achchiq holidagi ablahona kulishiga istehzo bilan kulib masxara qiladi. Har bir jonzot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga duchor boʻlgan miskin musibatzadalardir. Dunyo umumiy bir motamxonadir. Dunyodagi sadolar oʻlimlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan toʻliq dars olgan shogirding fir'avn boʻladi. Faqat eng qiymatsiz narsaga ibodat qilgan va manfaat koʻrgan har bir narsasini oʻziga Rab deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding qaysardir. Lekin bir lazzati uchun cheksiz zillatni qabul qilgan miskin bir qaysardir. Qiymatsiz manfaat uchun shaytonning oyogʻini oʻpadigan darajada pastkashlik koʻrsatadi! Ham mustabiddir, lekin qalbida tayanch nuqtasi topolmagani uchun, aslida juda ojiz maqtanchoq zolimdir. U shogirdning himmatining gʻoyasi, nafsoniy hoyu-havaslarni qondirish va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida oʻz nafsining manfaatini qidirgan va hirs va gʻururini taskin etishga harakat qilgan bir makkordir. Nafsidan boshqa hech bir narsani haqiqatan sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi.

Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir bandadir. Lekin yaratilganlarning eng buyugiga ham ibodat qilish darajasiga tushmaydi va Jannat kabi eng buyuk va muazzam manfaatni ubudiyat gʻoyasi qilmaydigan aziz bir bandadir. Halim-salimdir. Lekin Fotiri Zuljalolidan boshqasi oldida, izni va amri boʻlmasdan, xor boʻlmaydigan oliyhimmat bir halimdir. Faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda yigʻib qoʻygan mukofot bilan behojat faqirdir. Yana zaifdir, lekin qudrati nihoyasiz Sayyidining quvvatiga tayangan kuchli zaifki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga abadiy Jannatni ham asl maqsad qildirmagani holda, hech ham bu oʻtkinchi, foniy dunyoni unga asl maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli ekanini angla!

— 119 —

Yana, xasta falsafaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakim talabalarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Jumladan:

Falsafaning shogirdi oʻz nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va yerdagi barcha solih bandalarni oʻziga qardosh deb qabul qilib, gʻoyat samimiy bir suratda ularni duo qiladi va ularning saodatlari bilan baxtiyor boʻladi va ularga nisbatan ruhida shiddatli aloqa hosil qiladi. Yana, eng katta narsa boʻlgan Arsh va Shamsni itoatkor xodim va oʻzi kabi bir banda, bir yaratilgan borliq deb qabul qiladi.

Yana, ikki shogirdning yuksaklik va ruhlarining kengligini shundan qiyos qilginki: Qur'on oʻz shogirdlarining ruhiga shunday bir kenglik va yuksaklik beradiki, toʻqson toʻqqiz donali tasbehga badal, toʻqson toʻqqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini koʻrsatgan toʻqson toʻqqiz olamlarning zarralarini bittadan tasbeh donalari sifatida shogirdlarining qoʻllariga beradi. "Virdlaringizni mana bu bilan oʻqinglar" deydi. Qur'onning talabalaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (RA) kabi shogirdlari virdlarini oʻqigan vaqtlari tingla, qara! Qoʻllarida zarralar zanjirini, qatralar donalarini, yaratilgan borliqlarning nafaslari bilan sanoq tutishgan, u bilan virdlarini oʻqimoqdalar. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilmoqdalar. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizona tarbiyasini koʻrgin, kichik qaygʻu va kichik gʻam bilan boshi aylanib gangigan va kichik mikrobga magʻlub boʻlgan bu kichik inson, Qur'on tarbiyasi bilan qanchalik yuksaladi. Va shu daraja nozik tuygʻulari kengayadiki, ulkan dunyo mavjudoti virdiga tasbeh boʻlishga qisqalik qiladi. Va Jannatni zikr va virdiga gʻoya boʻlishini oz deb koʻradi, oʻz nafsini Janobi Haqning oddiy maxluqidan katta tutmaydi. Eng yuksak izzat ichida nihoyatda kamtarlikni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.

Xullas, Ovrupaning xasta falsafasining bir koʻzli dahosi xato koʻrgan haqiqatlarini ikki jahonga qaragan, gʻaybni bilgan porloq ikki koʻzi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qoʻli bilan ishora qilgan Qur'onning haq va hidoyat yoʻli aytadiki: "Ey inson! Sening qoʻlingda boʻlgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning sohibi hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Rahiymi Karimdir. U sendagi mulkini sen uchun muxofaza qilish, zoye boʻlmasligi uchun sotib olishni istaydi. Kelajakda senga ulkan haq beradi. Sen vazifador va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. U shunday zotdirki, muhtoj boʻlgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va kuching yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning gʻoyasi, natijasi: oʻsha Molikning asmosiga va shuunotiga mazxar boʻlishdir. Musibat kelgan vaqtda:

— 120 —
اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

de. Ya'ni: "Men sohibimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsang, marhabo, xush kelding! Chunki, albatta, vaqti kelib unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, vaqti kelib bizni hayotning takliflaridan ozod qilar ekan, mayli, ey musibat! O'sha boʻshatilish va o'sha ozod qilish sening qoʻling bilan boʻlsin, roziman! Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba sifatida senga amr qilgan va istagan, faqat senga taslim boʻlishimga izn va rizosi boʻlmasa, menim toqatim yetguncha, ishonchli boʻlmagan narsaga Molikimning omonatini taslim qilmayman!", deydi.

Mingdan bir namuna sifatida, falsafa dahosi va Qur'onning haq va hidoyat yoʻli bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki taraf vaziyatining haqiqati yuqorida bayon qilingan tarzda davom etadi. Lekin hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari farqlidir. Gʻaflatning martabalari xilma-xildir. Hamma har martabada bu haqiqatni toʻligʻicha his qilolmaydi. Chunki gʻaflat hisni sezdirmay qoʻyadi. Va bu zamonda shunday bir darajada hislarni sezdirmay qoʻyganki, bu qiynaydigan alamning ogʻrigʻini ahli madaniyat his qilmaydi. Lekin ilmiy hassosiyatining ziyodalashishi bilan va har kuni oʻttiz ming jasadni koʻrsatgan oʻlimning ogohlantirishlari bilan gʻaflat pardasi yirtilmoqda. Ajnabiylarning togʻutlari bilan va tabiat fanlari bilan zalolatdagilarga va ularni koʻr-koʻrona taqlid qilib ergashganlarga minglab la'nat va afsuslar boʻlsin!

Ey vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan cheksiz zulm va adovatidan soʻng, qaysi aql bilan ularning safohat va botil fikrlariga ishonib ergashyapsiz? Yoʻq! Yoʻq! Buzuq holda taqlid qilganlar ergashish emas, balki ongsiz holda ularning safiga qoʻshilib, oʻzingizni oʻzingiz va qardoshlaringizni qatl qilyapsiz. Ogoh boʻlinglarki, siz axloqsizcha ergashgan sari, hamiyat da'vosida yolgʻonchilik qilasiz!.. Chunki shu suratda ergashishingiz, millatingizga nisbatan kamsitishdir va millatni masxara qilishdir!..

هَدٰينَا اللّٰهُ وَ اِيَّاكُمْ اِلَى الصِّرَاطِ الْمُسْتَق۪يمِ

OLTINCHI MULOHAZA: Ey kofirlarning koʻpligidan va ularning ba'zi iymon haqiqatlarini birlashib inkor qilishlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilginki, qiymat va ahamiyat miqdorda va son koʻpligida emas. Chunki inson agar inson boʻlmasa, shaytoniy hayvonga aylanadi. Inson, ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi hayvoniy ehtiroslarda taraqqiy qilgan sari, yanada shiddatli hayvoniyat martabasini egallaydi. Koʻrib turibsan, hayvonot miqdor va son jihatidan behad koʻp, unga nisbatan inson juda oz boʻlsa ham, barcha hayvonot navlari ustidan sulton va xalifa va hokim boʻlgan. Demak, zararli kofirlar va kofirlarning yoʻlida yurgan buzuqlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi fasodchilar boʻlib, Fotiri Hakiym ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Moʻmin bandalariga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni oʻlchov birligi qilib, oxir-oqibat ular loyiq boʻlgan Jahannamga topshiradi.

— 121 —

Kofirlar va ahli zalolatning bitta iymon haqiqatini inkor va rad qilishlarida quvvat yoʻq. Chunki rad qilish bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi birga teng. Masalan, butun Istanbul aholisi Ramazonni aniqlash uchun, Oyni koʻrmadik, deb rad qilsa ham, ikkita shohidning isboti bilan koʻp sonli ommaning rad qilishdagi ittifoqi kuchini yoʻqotadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati rad va inkor, jaholat va yoʻqlik ekan, kofirlarning koʻp sonli ittifoqi ahamiyatsiz. Ahli haqning haq, sobit va sobitligi isbot qilingan iymoniy masalalarda guvohlikka asoslangan ikki moʻminning hukmi, ahli zalolatning cheksiz ittifoqidan ustun boʻladi, gʻalaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shuki: Rad qilganlarning da'volari koʻrinishdan bir ekan, farqlidir. Bir-biri bilan birlasholmaydiki, quvvatga ega boʻlsin. Isbot qiluvchilarning da'volari birlashadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki osmondagi Ramazon hilolini koʻrmagan odam: "Mening nazarimda Oy yoʻq, mening yonimda koʻrinmayapti," deydi. Boshqa birov: "Nazarimda yoʻq", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri oʻz nazarida "yoʻq" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda boʻlgan sabablar ham boshqa-boshqa boʻlgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi, bir-biriga quvvat bermaydi. Lekin isbot qilganlar: "Mening nazarimda va koʻzimda hilol bor", demaydi. Balki "Haqiqatda, koʻk yuzida Hilol bor, koʻrinyapti", deydi. Koʻrganlar hammasi ayni da'voda, "haqiqatda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa boʻlgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi. Haqiqatga koʻra hukm qilolmaydilar. Chunki haqiqatda inkor isbot qilinmaydi. Chunki qamrov lozim. Usulda shunday qoida bor:

وَالْعَدَمُ الْمُطْلَقُ لَا يُثْبَتُ اِلَّا بِمُشْكِلَاتٍ عَظ۪يمَةٍ

Ha, bir narsani dunyoda bor desang, faqatgina oʻsha narsani koʻrsatish kifoya boʻladi. Agar yoʻq deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan oʻtkazib koʻrsatish kerak boʻladiki, oʻsha inkor isbot qilinsin.

Bu sirga binoan, ahli kufrning bir haqiqatni inkor qilishi, bir masalani hal qilish yoxud tor bir tuynukdan oʻtish yoki bir xandakdan sakrash misoli oʻxshaydi, ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi boʻlolmaydi. Lekin isbot qilganlar haqiqati holga xushyor qaraganlari uchun, iddaolari birlashadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Bu, katta toshning koʻtarilishiga oʻxshaydi, qanchalik koʻp qoʻl ushlasa, koʻtarilishi shuncha osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.

— 122 —

YETTINCHI MULOHAZA: Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq qilgan va ajnabiylarning san'at va taraqqiyotiga zoʻrlab yoʻllagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bogʻlangan aloqalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, koʻr-koʻrona toʻqmoqlarning ostida ba'zilarning aloqalari dindan uzilsa, oʻsha vaqt ijtimoiy hayotda bir oʻldiruvchi zahar hukmida oʻsha dinsizlar zarar yetkazadilar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, ijtimoiy hayotga zahar boʻladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning yashash haqqi yoʻq. Kofir agar zimmiy boʻlsa yoki musolaha qilsa, yashash haqqi bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Yana, Hanafiy mazhabida ahli zimmadan boʻlgan bir kofirning guvohligi maqbuldir. Lekin fosiqning guvohligi qabul qilinmaydi, chunki xoindir.

Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va shaxsan oʻzi talab qilib kirmagan, balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yoʻqki, solih boʻlishni orzu qilmasin va amirini va raisini dindor boʻlishini istamasin. Faqat, Alloh saqlasin, murtadlik bilan vijdoni buzilib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan boʻlmasa bas.

Ey devona bosh va buzuq qalb! "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar yoxud oʻylamaydilarki, faqir holga tushganlar... va ogohlantirishga muhtojdirlar, toki dunyodan hissalarini unutmasinlar", deb oʻylaysanmi? Fikring yanglish, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqir holga tushmoqdalar. Chunki moʻminda hirs, zarar va qashshoqlik sababidir. اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga oʻtgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yoʻnaltirgan sabablar koʻp. Boshda nafs va havosi va ehtiyoj va hislari va tuygʻulari va shaytoni va dunyoning yuzaki totliligi va sen kabi yomon doʻstlari kabi koʻp da'vatchilari bor. Holbuki boqiy boʻlgan oxiratga va uzun abadiy hayotga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga nisbatan hamiyat boʻlsa va oliyhimmatlikdan ogʻiz koʻpirtirishing yolgʻon boʻlmasa, boqiy hayotga yordam bergan ozchilikka yordam berish lozim boʻladi. Boʻlmasa, oʻsha ozchilik da'vatchilarning ovozini oʻchirib, koʻpchilikka yordam bersang, shaytonga oshna boʻlasan.

Nahotki, bu millatning faqir holi, dindan kelgan zuhd va dunyoni tark qilishdan kelgan tanballikdan kelib chiqmoqda, deb oʻylaysan. Bu fikring xato. Ajabo koʻrmayapsanmiki, Xitoy va Hindistondagi majusiy va brahmanlar va Afrikadagi qora tanlilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi ostiga kirgan millatlar bizdanda faqirlar. Yana, zaruriy ozuqadan boshqa narsa musulmonlarning qoʻlida qoldirilmaganini koʻrmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari hiylalari bilan yo oʻgʻirlamoqda yoki tortib olmoqda.

— 123 —

Sizning majburan ahli iymonni mimsiz madaniyatga yoʻllashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyishtalik va xavfsizlik va oson idora qilish boʻlsa, qat'iyan bilingki, xato qilyapsiz, yanglish yoʻlga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuzta fosiqning idorasi va ular ichida osoyishtalikning ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda qiyindir. Bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yoʻllanishga va tashviq qilinishga muhtoj emas! Taraqqiyot va osoyishtaliklar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki ishlarining tartiblanishiga va oʻrtalaridagi ishonchning ta'sisiga va oʻzaro yordamlashish dasturining osonlashtirilishiga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj esa, dinning muqaddas amrlari bilan va taqvo va salobati diniya bilan boʻladi.

SAKKIZINCHI MULOHAZA: Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:

Janobi Haq mukammal karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida joylashtirgan. Amalning ajrini amalning ichiga qoʻygan. Shu sir sababli, yaratilgan borliqlar, hatto bir nuqtai nazarga koʻra jonsizlar ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida mukammal shavq bilan va oʻziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga boʻyin egadilar. Aridan, pashshadan, tovuqdan tortib to Shams va Qamarga qadar hamma narsa mukammal lazzat bilan vazifalarini bajarmoqdalar. Demak, xizmatlarida lazzat borki, aqllari boʻlmaganidan, oqibatni va natijalarni oʻylamasdan, mukammal vazifalarini ado qilmoqdalar.

Agar: "Jonzotlar lazzatlanishi mumkin. Jonsizlarda qanday shavq va lazzat boʻlishi mumkin?", desang.

Javob: Jonsizlar oʻzlari uchun emas, ularda namoyon boʻlgan Allohning ismlari hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir goʻzallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. Oʻsha fitriy vazifalarini bajarishda Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan aks yeri, bittadan oyna hukmiga boʻlgani uchun nurlanadi, taraqqiy etadi.

Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi aslini olganda ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, toza qalbi bilan Quyoshga yuzini oʻgirsa, oʻsha ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi boʻlib sening yuzingga ham tabassum qiladi.

Xullas, bu misol kabi, zarralar va yaratilgan borliqlar mutlaq jamol va mutlaq kamol sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna boʻlishlari bilan, oʻsha qatra va zarracha shisha kabi gʻoyat past darajadan gʻoyat yuksak koʻrinish va nurlanish darajasiga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan gʻoyat nuroniy va yuksak bir maqom olishadi va lazzatlanish mumkin va imkoni boʻlsa, ya'ni umumiy hayotdan hissador boʻlsalar, lazzat bilan oʻsha vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.

Vazifada lazzat boʻlganiga eng yaqqol bir dalil, sen oʻz a'zo va tuygʻularingning xizmatlariga qara. Har birining oʻzining va turining davomi uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Xizmatning oʻzi ularga lazzatlanish hukmiga oʻtadi. Hatto xizmatni tark qilish oʻsha a'zoning bir navi azobidir.

— 124 —

Ham eng yaqqol bir dalil ham, xoʻroz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida koʻrsatgan fidokorona va mardona vaziyatlari shunday: xoʻroz och boʻlgani holda, tovuqlarni nafsidan ustun qoʻyib, topgan rizqiga ularni chaqiradi. Yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va faxrlanish va lazzatlanish bilan oʻsha vazifani bajargani koʻrinadi. Demak, oʻsha xizmatda yeyishdan ortiq lazzat oladi.

Ham jajji bolalariga choʻponlik qilgan tovuq ham bolalarini deb ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. Oʻzini och qoldirib ularni toʻydiradi. Demak, oʻsha xizmatdan shunday bir lazzat oladiki, ochlik iztirobidan va oʻlish alamidan ustun keladi, ziyoda boʻladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari boʻlgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulgʻaygandan soʻng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini choʻqib, u dondan mahrum qiladi. Faqat inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda zaiflik va ojizlik e'tibori bilan doimo bir navi bolalik bor. Har doim shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning (xoʻroz kabi) choʻponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaki: bular oʻzlari uchun va oʻz nomlaridan, oʻz kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotlarini vazifada, lozim boʻlsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni oʻsha vazifa bilan vazifalantirgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat joylashtirgan Mun'imi Karimning hisobiga va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.

Ham, xizmatning oʻzida mukofot boʻlganiga bir dalil ham shuki: Oʻsimlik va daraxtlar bir shavq va lazzatni sezdirgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga boʻyin egadilar. Chunki taratgan xushboʻy hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va boshoqlari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar oʻzlarini fido qilishlari ahli diqqatga koʻrsatadiki: Ular amri Ilohiyni bajarishdan shunday lazzat oladilarki, nafsini mahv qilib chiritadi.

Qara, boshida koʻplab sut konservalarini tashigan Hindiston yongʻogʻi va anjir kabi mevador daraxtlar rahmat xazinasidan hol tili bilan sut kabi eng goʻzal bir ozuqani istaydi, oladi, mevalariga yediradi. Oʻzi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi. Oʻzi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.

Hatto donli ekinlarda ham unib chiqish vazifasida yaqqol bir ishtiyoq koʻrinadi. Bamisoli tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir boʻstonga, keng joyga chiqishni ishtiyoq bilan istaydi. Xuddi shuning kabi, donli ekinlarda unib chiqish vazifasida shunday sevinchli bir vaziyat, bir ishtiyoq koʻrinadi. Demak, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon qilgan bu sirli uzun dastur asosida, ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat toʻshagida yotganlarning koʻpi mehnat qilgan, ishlaganlardan koʻra koʻproq zahmat va mashaqqat chekadi.

— 125 —

Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi, vaqtichogʻlik bilan tez oʻtishini istaydi. Mehnat qilgan va ishlagan esa shukr qiladi, hamd aytadi, umrning oʻtishini istamaydi.

اَلْمُسْتَر۪يحُ الْعَاطِلُ شَاكٍ مِنْ عُمْرِه۪ وَ السَّاعِى الْعَامِلُ شَاكِرٌ

umumiy dasturdir. Yana oʻsha sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal boʻlgandir. Ha, jonsiz borliqlarga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva faqat iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib rivojlanmaganlarning, qattiq gʻayrat va mehnat bilan kengayib bilquvvadan bilfe'l xarakatga oʻtishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat koʻrinadi. Va oʻsha holat ishora qiladiki, oʻsha fitriy vazifada bir shavq va oʻsha masalada bir lazzat bor. Agar oʻsha jonsizning umumiy hayotdan hissasi boʻlsa, shavq oʻziniki boʻladi. Boʻlmasa oʻsha jonsizni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan, latif, nozik suv muzlash amrini olgan vaqti shunday shiddatli bir shavq bilan oʻsha amrga boʻysunadiki, temirni yoradi, parchalaydi, deyish mumkin. Demak, sovuqlik va noldan past sovuqning tili bilan ogʻzi berk temir idishdagi suvga "kengay!" amri Rabboniysini yetkazganda, shiddatli shavq bilan idishini parchalaydi, temirni yorib tashlaydi, oʻzi muzga aylanadi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilki, quyoshlarning aylanishidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi kezishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi barcha sa'y-harakatlar qonuni qadari Ilohiy ustida jarayon qiladi. Va dasti qudrati Ilohiy dan chiqqan va iroda va amr va ilmni ichiga olgan amri takviniy bilan koʻrinadi. Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir jonzot bir nafar askarga oʻxshaydiki, qoʻshinda har xil doiralarda oʻsha askarning boshqa-boshqa munosabatlari, vazifalari boʻlganidek, har bir zarra, har bir jonzotniki ham shunday. Masalan, sening koʻzingdagi bitta zarraning koʻzning hujayrasida va koʻzda va yuzdagi nervlarda va badanning arteriya deb atalgan tomirlarida bittadan munosabati va oʻsha munosabatga koʻra bittadan vazifasi va oʻsha vazifaga koʻra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani shunga qiyos qil. Bunga binoan, har bir narsa bir Qodiyri Azaliyning vujubi vujudiga ikki tomonlama shahodat qiladi:

Biri: Quvvatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi mutlaq ojizlik tili bilan Qodirning mavjudligiga guvohlik qiladi.

Ikkinchisi: Har bir narsa olamning nizomini tashkil qilgan dasturlarga va mavjudotning muvozanatini davom ettirgan qonunlarga uygʻun harakat qilish bilan, oʻsha Aliymi Qodiyrga guvohlik qiladi.

Chunki zarra kabi bir jonsiz, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari boʻlgan nizom va mezonni bilmaydi. Jonsiz bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda-yu, samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib toʻplagan Zoti Zuljalolning qoʻlidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini oʻqish qayoqda?

— 126 —

Agar sen telbalik qilib, zarrada oʻsha kitobning nozik harflarini oʻqiy oladigan bir koʻz bor deb hisoblasang, oʻsha zarraning guvohligini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakiym Kitobi Mubinning dasturlarini gʻoyat goʻzal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda xulosalab joylashtiradi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlariga bilmagan holda boʻysunadi. Masalan: Xartumli chivin dunyoga kelgan daqiqada inidan chiqadi, toʻxtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassasini sanchib, obi hayotni chiqarib, ichadi. Hujumdan qochishda harb qonunlari kabi mahorat koʻrsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu jang san'atini va suv chiqarish san'atini kim oʻrgatgan va u qayerda oʻrgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof qilamanki: Agar men oʻsha xartumli chivinning oʻrnida boʻlsaydim, bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va koʻplab tajribalar bilan zoʻrgʻa oʻrgana olardim.

Xullas, ilhomga sazovor boʻlgan ari, oʻrgimchak va uyasini paypoq kabi qilgan bulbul kabi hayvonotni shu chivinga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har bir jonzotning qoʻliga lazzat va ehtiyoj siyohi bilan yozilgan xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini omonat qilib bergan. Hakimi Zuljalolning qanday qilib Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozganiga, arining boshidagi sandiqchaga qoʻyganiga qara. Oʻsha sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini oʻqiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi. وَ اَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ oyatining sirrini izhor qiladi.

Agar bu Sakkizinchi Mulohazani batamom eshitgan va toʻliq anglagan boʻlsang, bir hadsi iymoniy bilan

وَسِعَتْ رَحْمَتُهُ كُلَّ شَىْءٍ

ning bir sirrini,

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

ning bir haqiqatini,

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

ning bir dasturini,

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

ning bir nuktasini anglaysan.

— 127 —

TOʻQQIZINCHI MULOHAZA: Bilginki, bashariyatda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning xulosasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, pok va xolis husndir. Modomiki bu olamda porloq husn, keng va yuksak fayz, zohir haq, yuksak kamol koʻrinmoqda. Baralla aytish mumkinki, haq va haqiqat nubuvvat ichidadir va nabiylar qoʻlidadir. Zalolat, yomonlik va zarar, uning muxolifidadir.

Ubudiyatning minglab goʻzalliklaridan bittasiga qara, Nabiy alayhissalom, ubudiyat jihatidan muvahhidiynning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida birlashtiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Inson Ma'budi Azaliyning xitobining azamatiga cheksiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan javob qaytaradi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga suyanib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyati qarshisida ubudiyat koʻrsatadiki, goʻyo Yer kurrasi oʻzi oʻsha zikrni aytmoqda, oʻsha duoni qilmoqda va har tomonlama namoz oʻqimoqda va Yer kurrasi atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil boʻlgan اَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ amrini bajarmoqda. Bu ittihod sirri bilan, koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik borliq boʻlgan inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir bandasi va Yerning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va koinot yaratilishining natijasi va gʻoyasi boʻladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami gʻaybda birlashganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan birlashib jamlansa, Yer kurrasi butunlay ulkan bir inson boʻlib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"iga teng kelganidan, oʻsha muvahhidiynning birlashishi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, Yer kurrasining katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga oʻtadi. Goʻyo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga sazovor boʻlib, har taraf va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi boʻlgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka ogʻzi bilan, Arofot togʻining tili bilan "Allohu Akbar" deb, bir kalima Yerning atrofidagi barcha moʻminlarning gʻor-misol ogʻizlaridagi havoda aks qiladi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan cheksiz "Allohu Akbar" sodir boʻlgani kabi, oʻsha maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzax olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, bu Yerni bunday oʻziga sojid va obid va bandalariga masjid va borliqlariga beshik va oʻziga tasbeh va takbir aytuvchi qilgan Zoti Zuljalolga yerning zarralari sanogʻicha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti sanogʻicha hamd aytamizki, bizga bu xil ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomiga ummat aylagan.

— 128 —

OʻNINCHI MULOHAZA: Bil ey gʻofil, chalkashgan Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash hamda oyatlar va shohidlarning oynalarida jilvalarini koʻrish hamda hujjatlar va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilmoq taqozo qiladiki, sening ustingdan oʻtgan, qalbingga kelgan va aqlingga koʻringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va shubha qoʻli bilan tanqid qilma! Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qoʻlingni uzatma. Balki gʻaflat sabablaridan oʻzingni tort, ularga yuzlan, toʻxta. Chunki men mushohada qildimki, ma'rifatullohning shohidlari, hujjatlari uch xildir:

Bir qismi suv kabidir. Koʻrinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayollardan voz kechib, butunlay unga shoʻngʻimoq kerak. Tanqid barmoqlari bilan yashirincha qidirilmaydi, qidirilsa oqib ketadi, qochadi. U obi hayot barmoqlarni makon sifatida qabul qilmaydi.

Ikkinchi qism havo kabidir. His qilinadi, faqat na koʻrinadi, na tutiladi. Unga sen yuzing, ogʻzing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarata yuzlan, oʻzingni uygʻun tut, tanqid qoʻlini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan nafas ol. Shubha qoʻli bilan qarasang, tanqid bilan qoʻl uzatsang, u ketib qoladi. Sening qoʻlingni maskan oʻlaroq qabul qilmaydi, unga rozi boʻlmaydi.

Uchinchi qism esa nur kabidir. Koʻrinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning koʻzi bilan, ruhingning nazari bilan oʻzingni unga muqobil tut va koʻzingni unga tik, kut. Balki oʻzidan-oʻzi keladi. Chunki nur qoʻl bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ovlanmaydi, balki u nur faqatgina basirat nuri bilan ovlanadi. Agar hirsli va moddiy qoʻlingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, soʻnmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi boʻlmagani kabi, qayd ostiga ham kirolmaydi, nursiz moddani oʻziga xo'jayin va sayyid deb qabul qilmaydi.

OʻN BIRINCHI MULOHAZA: Bilki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ifodasida koʻp shafqat va marhamat bor. Chunki xitob qilinganlarning aksariyati, avom toifasidir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham nozik narsalarni koʻrmaganidan, ularning firklarining soddaligini erkalash uchun takror bilan samovot va yerning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan oʻqittiradi. Masalan: samovot va yerning yaratilishi va samodan yomgʻirning yogʻdirilishi va yerning tirilishi kabi yaqqol oʻqilgan va koʻringan oyatlarni dars beradi. U katta harflar ichida kichik harflar bilan yozilgan mayin oyatlarga nazarni kamdan-kam oʻgiradi, toki zahmat chekmasinlar. Yana, Qur'on uslubida shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki, goʻyo Qur'on bir hofizdir, qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyatlarni oʻqiydi. Goʻyo Qur'on koinot kitobining qiroati va nizomlarining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini oʻqiydi va fe'llarini yozadi. Bu bayondagi jazolatni koʻrishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Amma Surasi va قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ oyatlari kabi farmonlarni tingla!

— 129 —

OʻN IKKINCHI MULOHAZA: Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan doʻstlarim! Bilib qoʻyingki, men odatga xilof ravishda, yashirish lozim boʻlgan Rabbimga qaratilgan qalbimning yolvorish va niyoz va baʻzan munojotini yozganimning sababi: oʻlim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning gapirishining qabulini rahmati Ilohiyadan tilashdir. Ha, qisqa bir umrda, cheksiz gunohlarimga kafforat boʻladigan, vaqtinchalik tilimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy kitobning tili ziyodaroq u ishga yaraydi. Xullas, oʻn uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan oʻn uch yil avval.} avval, tashvishli ruhiy toʻfon natijasida, Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yigʻlashlariga aylangan hangomda, yoshlikning gʻaflat uyqusidan keksalik tongida uygʻongan onimda, shu munojot va niyoz arabcha yozilgan. Bir qismining turkcha ma'nosi shuki:

Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye boʻlib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qoʻlimda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu ogʻir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Ochiqchasiga koʻra, gʻoyat tezlik bilan, oʻngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda, vafot qilgan doʻstlarim va tengdoshlarim va qarindoshlarim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. Qabr bu foniy dunyodan abadiy firoq bilan abad-ul obod yoʻlida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bogʻlanganim va men maftun boʻlgan bu dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki: halok boʻlgan, ketadi va foniydir, oʻladi. Va koʻrilgani kabi ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan toʻp-toʻp boʻlib koʻchib ketib gʻoyib boʻladi. Xususan, men kabi nafsi ammosi borlarga shu dunyo juda gʻaddordir, makkordir. Bitta lazzat bersa, mingta alam taqadi, chektiradi. Bitta uzum yedirsa, yuzta tarsaki uradi.

Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan men hozirdan koʻryapmanki: Yaqin zamonda kafanimni kiydim, tobutimga mindim, doʻstlarim bilan vidolashdim. Qabrimga yuzlanib ketarkan, sening dargohi rahmatingda jasadimning hol tili bilan, ruhimning soʻzlash tili bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, boʻynimga kafanimni oʻrab, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida toʻxtadim.

— 130 —

Boshimni dargohi rahmatingga koʻtarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning ogʻir yuklaridan xalos ayla!" Mana, qabrimga kirdim, kafanimga oʻrandim. Koʻtarib kelganlar meni tashlab ketdilar. Sening afvu rahmatingga intizorman. Va ochiq-oydin koʻrdimki, sendan boshqa boshpana va najot yeri yoʻq. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido qilib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning birodarligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ey Allohim! Sening rahmating boshpanamdir va Rahmatan lil-Olamiyn boʻlgan Habibing sening rahmatingga yetishmoq uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Kariymim va ey Rabbi Rahiymim! Sening Said ismli ijoding va san'atli asaring va bandang ham osiy, ham ojiz, ham gʻofil, ham johil, ham kasal, ham zalil, ham yaramas, ham keksa, ham gunohkor, ham xoʻjayinidan qochgan bir qul boʻlgani holda, qirq yildan soʻng nadomat qilib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Cheksiz gunoh va xatolarini e'tirof qiladi. Vahimalar va turli-tuman kasalliklar bilan mubtalo boʻlgan. Senga yolvoradi va yalinadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, magʻfirat aylab rahmatingga olsang, zotan bunday qilish Sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, Sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boray? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rab yoʻqki, dargohiga borilsa. Sendan boshqa haq Ma'bud yoʻqki, unga iltijo qilinsa!

لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ وَحْدَكَ لَا شَر۪يكَ لَكَ اٰخِرُ الْكَلَامِ فِى الدُّنْيَا وَ اَوَّلُ الْكَلَامِ فِى الْاٰخِرَةِ وَ فِى الْقَبْرِ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ صَلَّى اللّٰهُ تَعَالٰى عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ

OʻN UCHINCHI MULOHAZA: Chalkashishga sabab boʻlgan besh masaladir.

Birinchisi: Tariqi haqda xizmat qilgan va kurashganlar, faqat oʻz vazifalarini oʻylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani oʻylab, harakatlarini oʻshanga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud din vad dunyo" risolasida keladiki: Bir vaqt shayton Hazrati Iso alayhissalomga e'tiroz bildirib: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan, sen oʻzingni shu yuksak joydan tashla, qanday oʻlishingni koʻr", deydi. Hazrati Iso alayhissalom deganlarki:

اِنَّ لِلّٰهِ اَنْ يَخْتَبِرَ عَبْدَهُ وَ لَيْسَ لِلْعَبْدِ اَنْ يَخْتَبِرَ رَبَّهُ

Ya'ni: "Janobi Haq bandasini imtihon qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, koʻraychi seni, qila olasanmi?", deya imtihon qiladi. Lekin bandaning, Janobi Haqni imtihon qilishga haqqi yoʻq va: "Men bunday qilsam, sen bunday qilasanmi?" deyishga haddi yoʻq. Imtihon qiladigan bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga nisbatan imtihon tarzi adabsizlikdir, ubudiyatga ziddir."

— 131 —

Modomiki haqiqat bu ekan, inson oʻz vazifasini qilib, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmasligi kerak.

Mashhurdirki: Bir vaqt Islom qahramonlaridan va Chingizxonning qoʻshinini koʻplab marta magʻlub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vazirlari va qoʻl ostidagilari unga: "Sen muzaffar boʻlasan, Janobi Haq seni gʻolib qiladi", deganlar. U: "Men Allohning amri bilan, jihod yoʻlida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmayman, muzaffar qilish yoki magʻlub qilish uning vazifasidir", degan. U zot ushbu taslimiyat sirrini tushunishi bilan, gʻaroyib bir suratda koʻp marta muzaffar boʻlgan.

Ha, insonning qoʻlidagi juz'i ixtiyoriy bilan qilgan ishlarida Janobi Haqqa oid natijalarni oʻylamasligi kerak. Masalan, insonlarning Risola-i Nurga qoʻshilishlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, gʻayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning ma'naviy kuchlari sinadi, shavqlari bir daraja soʻnadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ boʻlgan farmoni Ilohiyni oʻzlariga mutlaq rahbar qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu gʻayrat va jiddiylik bilan tabligʻ qilganlar. Chunki

اِنَّكَ لَا تَهْد۪ى مَنْ اَحْبَبْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ يَهْد۪ى مَنْ يَشَٓاءُ

sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.

Shunday ekan, ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid boʻlmagan vazifaga harakatlaringizni bino qilish bilan aralashmanglar va Xoliqingizga nisbatan tajriba vaziyatini olmanglar!

Ikkinchi Masala: Ubudiyat amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi. Ubudiyatning sababi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir. Samaralari va foydalari uxraviydir. Lekin asl gʻoya boʻlmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va oʻz-oʻzidan kelib chiqqan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga zid boʻlmaydi. Balki zaiflar uchun ragʻbatlantiruvchi va ustun qoʻyuvchi sabab hukmiga oʻtadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar oʻsha ubudiyatga, virdga yoki zikrga illat yoki illatning bir qismi boʻlsa, oʻsha ubudiyatni qisman yoʻqotadi.

— 132 —

Balki oʻsha xosiyatli virdni befoyda qilib qoʻyadi, natija bermaydi. Bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi boʻlgan Shohi Naqshbandiyning "Avrodi Qudsiya"sini yoki ming xosiyati boʻlgan Javshan-ul Kabirni, oʻsha foydalarning ba'zilarini aynan maqsad qilib niyat qilib oʻqiydilar. U foydalarni koʻrolmaydilar va koʻrmaydilar va koʻrishga ham haqlari yoʻq. Chunki u foydalar oʻsha virdlarning illati boʻlolmaydi va shundan ular qasddan va aynan oʻzi istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda oʻsha xolis virddan soʻralmasdan hosil boʻladi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymati yoʻqoladi. Faqat shu narsa borki, bunday xosiyatli virdlarni oʻqish uchun zaif insonlar bir ragʻbatlantiruvchi va ustun qoʻyuvchi sababga muhtojdirlar. Oʻsha foydalarni oʻylab, shavqqa kelib virdlarni faqat rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun oʻqisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun koʻpchilik qutblardan va salafi solihiyndan naql qilingan foydalarni koʻrmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.

Uchinchi Masala:
طُوبٰى لِمَنْ عَرَفَ حَدَّهُ وَلَمْ يَتَجَاوَزْ طَوْرَهُ

Ya'ni, "Oʻzini bilib haddidan oshmagan kishi qanday ham baxtlidir". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har biri qobiliyatiga koʻra quyoshning aksini, misolini koʻrsatadi va haddini biladi. Bir qatra suv oʻz qobiliyatiga koʻra "Quyoshning aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Alloh ismlari jilvalarining xilma-xilligiga koʻra, avliyolarning maqomlarida shunday martabalar bor. Alloh ismlarining har birining quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi boʻlgan ojizlik va faqirlik va kamchilik va nuqsonini bilish va yolvorish bilan dargohi uluhiyat qarshisida sajda qilishga badal, noz va faxr yoʻlini tutganlar zarradek qalbini Arshga teng tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomlari bilan chalkashtiradi. Oʻzini oʻsha buyuk maqomlarga mos tutish va oʻsha maqomda oʻzini muhofaza qilish uchun soxta, sun'iy, majburiy xatti-harakatlarga, ma'nosiz manmanlikka va bir qancha qiyinchiliklarga tushadi.

Hosili kalom: Hadisda borki:

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ
— 133 —

Ya'ni: Najot topish va xalos boʻlishning sababi, faqat ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal, botmonlab xolis boʻlmagan amallardan afzaldir. Ixlosni qozontirgan harakatlar sababi, faqat bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini tushunishi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlosli bir zarrasi, botmonlab rasmiy va ajrli muhabbatdan ustun keladi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni shunday ifodalagan:

وَ مَا اَنَا بِالْبَاغ۪ى عَلَى الْحُبِّ رِشْوَةً ضَع۪يفٌ هَوًى يُبْغٰى عَلَيْهِ ثَوَابٌ

Ya'ni: "Men muhabbat evaziga pora, ajr, javob, mukofot istamayman. Chunki evaziga mukofot, savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat inson tabiatida va barcha volidalarda bor. Xullas, bu xolis muhabbatga tom ma'nosi bilan volidalarning shafqatlari sazovordir. Volidalar oʻsha shafqat sirri bilan, bolalariga boʻlgan muhabbatlariga mukofot, pora istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki uxraviy saodatini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi oʻz hayoti ekan, bolasini itning ogʻzidan qutqarish uchun -Xusravning mushohadasi bilan - itning ogʻziga tashlanadi.

Toʻrtinchi Masala: Zohiriy sabablar qoʻli bilan kelgan ne'matlarni oʻsha sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar oʻsha sabab ixtiyor sohibi boʻlmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- toʻgʻridan-toʻgʻri Janobi Haq nomidan beradi. Modomiki u hol tili bilan "Bismilloh" deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan "Bismilloh" de, ol! Agar oʻsha sabab ixtiyor sohibi boʻlsa, u "Bismilloh" deyishi kerak, soʻngra undan ol, boʻlmasa olma. Chunki

وَلَا تَاْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّٰهِ عَلَيْهِ

oyatining ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy bir ma'nosi shuki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemanglar!" deganidir. Bergan ham "Bismilloh" deyishi kerak, olgan ham "Bismilloh" deyishi kerak. Agar u "Bismilloh" demasa, sen olishga muhtoj boʻlsang, sen "Bismilloh" de, uning qoʻli ustida rahmati Ilohiyaning qoʻlini koʻr, shukr bilan oʻp, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni oʻyla. Bu oʻylashing bir shukrdir. Soʻngra oʻsha zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki oʻsha ne'mat uning qoʻli bilan sizga yuborildi.

— 134 —

Zohiriy sabablarni ibodat qilish darajasida sevganlarni aldagan, ikki narsaning barobar kelishi yoki boʻlishi, "iqtiron" deb ataladi, buni bir-biriga illat deb oʻylashlaridir. Hamda bir narsaning boʻlmasligi, bir ne'matning yoʻq boʻlishiga illat boʻlgani uchun, oʻsha narsaning borligi ham u ne'matning bor boʻlishiga illat deb oʻylaydi. Shukrini, minnatdorligini oʻsha narsaga beradi, xato qiladi. Chunki bir ne'matning bor boʻlishi, oʻsha ne'matning barcha muqaddimalaridan va sharoitidan hosil boʻladi. Holbuki oʻsha ne'matning yoʻq boʻlishi, birgina shartning yoʻq boʻlishi bilan boʻladi. Masalan: Bir bogʻni sugʻoradigan odam ariqning ogʻzini ochmasa, oʻsha bogʻning qurishiga va oʻsha ne'matlarning yoʻq boʻlishiga sabab va illat boʻladi. Lekin oʻsha bogʻdagi ne'matlarning bor boʻlishi, oʻsha odamning xizmatidan tashqari yuzlab sharoitning bor boʻlishiga bogʻliq boʻlish bilan barobar, illati haqiqiy boʻlgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Bu safsataning xatosi naqadar zohir boʻlganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!

Ha, iqtiron boshqa, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi. Lekin bir insonning senga qaratilgan ehson niyati oʻsha ne'matga yaqinlashgan, lekin illat boʻlmaganبنتllat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, oʻsha ne'mat senga kelmasdi. Ne'matning yoʻq boʻlishiga illat boʻlardi. Lekin mazkur qoidaga binoan, u ehson mayli oʻsha ne'matga illat boʻlolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti boʻla oladi. Masalan, Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga sazovor ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan chalkashtirib, Ustoziga ortiqcha minnatdorlik koʻrsatishar edi. Holbuki, Janobi Haq ularga Qur'on darsida bergan foydalanish ne'mati bilan, Ustozlariga ehson qilgan ifoda qilish ne'matini barobar qilgan, bir-biriga yaqinlashtirgan. Ular: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Uning ifodasi, foydalanishimizga illatdir.", deydilar. Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan chalkashtirib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga koʻp minnatdorlik his qilardim. Va derdimki: Bular boʻlmasaydi, men kabi yaxshi yozishni bilmaydigan bir bechora qanday xizmat qilardi? Soʻngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan boʻlgan qudsiy ne'matdan soʻngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson qilgan. Bir-biriga iqtiron qilgan, bir-birining illati boʻlolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar."

Bu toʻrtinchi masalada gʻaflatning qanchalab darajalari boʻlgani anglashiladi.

Beshinchi Masala: Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm boʻladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam qoʻlga kiritsa, zulm qiladi. Xuddi shuning kabi, jamoatning mehnati bilan hosil boʻlgan natijani yoki jamoatning xayrli ishlari bilan hosil boʻlgan sharafni, fazilatni oʻsha jamoatning raisiga yoki ustoziga berish ham jamoatga, hamda oʻsha ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki manmanlikni koʻpirtiradi, gʻururga boshlaydi. Darvozabon ekan, oʻzini podshoh deb tasavvur qildiradi. Oʻz nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi yashirin shirkka yoʻl ochadi. Ha, bir qal'ani fath qilgan qoʻshinning oʻljasini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshidni masdar va manba deb oʻylamaslik kerak. Balki sazovor va aks yeri boʻlganlarini bilish lozim.

— 135 —

Masalan: Issiqlik va yorugʻlik senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga minnatdor boʻlishga badal, oynani masdar deb oʻylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor boʻlishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki noil boʻlgan. Murshidning ruhi va qalbi oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzning aks etgan joyi boʻladi, muridiga aks qilinishiga ham vasila boʻladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan shunday boʻladiki, masdar deb oʻylangan ustoz mazhar ham emas, masdar ham emas. Balki muridining ixlosining sofligi bilan va aloqasining quvvati bilan va unga diqqatini jamlash bilan o'sha murid boshqa yoʻlda olgan fayzlarini ustozining ruh oynasidan kelgan deb koʻradi. Qandayki ba'zan odamlar gipnoz vositasida bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga xayolida deraza ochiladi. Oʻsha oynadan koʻp gʻaroyiblarni mushohada qiladi. Holbuki oynada emas, balki oynaga boʻlgan diqqatli nazar vositasi bilan oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini koʻradi. Shuning uchun, ba'zan noqis shayxning xolis muridi shayxidan ham komil boʻlishi mumkin va qaytadi, shayxini irshod qiladi va shayxining shayxi boʻladi.

OʻN TOʻRTINCHI MULOHAZA: Tavhidga doir toʻrt kichik ramzdir.

Birinchi Ramz: Ey sababparast inson! Ajabo, gʻaroyib gavharlardan qurilgan ajoyib bir qasrni koʻrsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf qilingan gavharlarning bir qismi faqat Xitoyda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilishi paytida oʻsha kuni sharq, shimol, gʻarb, janubdan oʻsha gavharli toshlar osonlik bilan jalb boʻlib qurilganini koʻrsang, oʻsha qasrni qurgan usta butun Yer kurrasiga hukm qilgan bir hokimi moʻ'jizakor boʻlganiga hech shubhang qoladimi?

Har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson oʻsha qasrlarning eng goʻzali va oʻsha saroylarning eng ajoyibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning gavharlari bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, unsurlar olamidan kelgani kabi, ehtiyojlari abadga uzangan, orzulari samovot va Yerning har tarafida yoyilgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat davrlarida tarqalgan ajoyib bir saroy va gʻaroyib bir qasrdir.

Xullas, ey oʻzini inson deb oʻylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan. Seni yaratgan faqat oʻsha Zot boʻlishi mumkinki, dunyo va oxirat bittadan manzil, Yer va samo bittadan sahifa, azal va abad kechagi va ertangi kun hukmida boʻlib tasarruf qilgan zot boʻlishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va panohgohi va xaloskori shunday Zot boʻlishi mumkinki, Yer va samoga hukm qiladi, dunyo va oxirat tizginlariga sohibdir.

— 136 —

Ikkinchi Ramz: Ba'zi ahmoqlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni koʻrsa, oynani sevishni boshlaydi. Shiddatli his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yoʻqolmasin. Qachonki oʻsha ahmoq, quyosh oynaning oʻlishi bilan oʻlmasligini va sinishi bilan yoʻq boʻlib ketmasligini idrok qilsa, butun muhabbatini koʻkdagi quyoshga qaratadi. Oʻshanda anglaydiki, oynada koʻringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga bogʻliq emas.. balki quyosh u oynani oʻsha tarzda tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning jonli porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.

Ey inson! Sening qalbing va shaxsiyat va mohiyating bir oynadir. Sening tabiatingda va qalbingda boʻlgan shiddatli baqo muhabbati u oyna uchun emas va o'sha qalbing va mohiyating uchun emas.. balki u oynada iste'dodga koʻra jilvasi boʻlgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga muhabbatingni, ahmoqlik sababli boshqa tarafga qaratgan. Modomiki shunday ekan. "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va boqiysan, fano va yoʻqlik bizga nima xohlasa qilsin, ahamiyati yoʻq!..

Uchinchi Ramz: Ey inson! Fotiri Hakiym sening mohiyatingga qoʻygan eng gʻaroyib holat shuki: Ba'zan dunyoga sigʻmay qolasan. Zindonda boʻgʻilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan ham keng joy istasangda, zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga sigʻmagan qalb va fikring oʻsha zarrachaga sigʻadi. Eng qattiq hissiyoting bilan oʻsha daqiqacha, oʻsha xotirachada kezib yurasan.

Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozlar va nozik tuygʻular berganki, ba'zilari dunyoni yutsa, toʻymaydi. Ba'zilar bir zarrani oʻzida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni koʻtargani holda, koʻz bir sochni koʻtarolmagani kabi, oʻsha nozik tuygʻu bir soch qadar ogʻirlikka, ya'ni gʻaflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan soʻnadi va oʻladi. Modomiki shunday ekan, ehtiyot boʻl, diqqat bilan bos, botishdan qoʻrq. Bir luqma, bir kalima, bir urugʻ, bir shu'la, bir ishorada, bir oʻpishda botma! Dunyoni yutgan buyuk tuygʻularingni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik shisha parchasida falak yulduzlari bilan birga ichiga kirib gʻarq boʻladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening amal va umr sahifalaringning aksariyati va koʻpchiligi ichiga kirgani kabi, koʻp juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta narsalarni bir jihatda yutadi, ichiga oladi.

Toʻrtinchi Ramz: Ey dunyoparast inson! Juda keng tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Lekin oʻsha tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan boʻlgani uchun, bir-biri ichida aks etib, koʻz koʻra olgan darajagacha kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng koʻrinadi.

— 137 —

Chunki oʻsha dunyoning oʻng tomondagi devori boʻlgan oʻtgan zamon va chap tomondagi devori boʻlgan kelasi zamon, ikkalasi yoʻq va mavjud boʻlmaganlari holda, bir-biri ichida aks etib gʻoyat qisqa va tor boʻlgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, yoʻq dunyoni mavjud deb oʻylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakat bilan bir tekislik kabi keng koʻrinarkan, vujudning asli ingichka bir chiziq boʻlgani kabi, sening ham dunyoing haqiqat jihatidan tor, faqat sening gʻaflat va vahima va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. Oʻsha tor dunyoda bir musibatning qoʻzgʻatishi bilan qimirlasang, boshingni sen juda uzoq deb oʻylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. Oʻshanda koʻrasanki, keng dunyoing qabrdanda tor, koʻprikdanda ensiz. Vaqting va umring chaqmoqdanda tez oʻtadi, hayoting soydanda tez oqadi.

Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy borlik shunday ekan, hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning hayot darajasiga kir. Sen faraz qilgan keng dunyoingdanda keng hayot doirasi, bir nur olami topasan. Oʻsha olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan muqaddas "La ilaha Illalloh" kalimasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.

OʻN BESHINCHI MULOHAZA: Uch masaladir.

Birinchi Masala: Ismi Hofizning eng toʻliq namoyon boʻlishiga ishora qilgan

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning qolipi ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning muazzam jilvasini va bu oyati karimaning eng buyuk haqiqatining mislini, koʻp jihatlari bilan koʻra olasan. Jumladan: Daraxt, gul va oʻtlarning har xil urugʻlaridan bir hovuch ol. Oʻsha har xil va bir-biriga muxolif urugʻlarning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa boʻlgan gul va daraxt va oʻtlarning sandiqchalari hukmida boʻlgan u hovuchni qorongʻida va qorongʻi va oddiy va jonsiz tuproq ichida dafn qil, sep. Soʻngra mezonsiz va narsalarni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, oʻsha yerga ketadigan oddiy suv bilan sugʻor. Soʻngra yillik hashrning maydoni boʻlgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil (AS) kabi momaqaldiroq malagi bahorda sur chalgandek yomgʻirga baqirishi, yer ostida dafn qilingan urugʻlarga jon berish bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga oʻxshagan oʻsha urugʻchalar, ismi Hofizning namoyon boʻlishi ostida mukammal itoat bilan xatosiz oʻlaroq Fotiri Hakiymdan kelgan takviniy amrlarga itoat qiladilar. Va shunday uygʻun harakat qiladilarki, ularning oʻsha harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani koʻrinadi.

— 138 —

Chunki koʻryapsanki, oʻsha bir-biriga oʻxshagan urugʻchalar bir-biridan ajralib turadi, ayriladi. Masalan, bu urugʻcha bir anjir daraxti boʻldi. Fotiri Hakiymning ne'matlarini boshlarimiz ustida tarqatishni boshladi. Sochmoqda, shoxlarining qoʻllari bilan bizlarga uzatmoqda. Xullas bu, unga suratan oʻxshagan ikki urugʻcha esa, moychechak nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullarni berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, oʻzlarini bizga sevdirishyapti. Yana bu yerdagi bir qism urugʻchalar bu goʻzal mevalarni berdi va nihol va daraxt boʻlishdi. Shirin taʻm va hid va shakllari bilan ishtahamizni ochib, oʻz nafslariga bizning nafslarimizni da'vat qilishmoqda va oʻzlarini xaridorlariga fido qilishmoqda. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday suratda u urugʻchalar ochildilarki, oʻsha bir hovuch turli daraxtlar va xilma-xil gullar bilan toʻla bir boqqa aylandi. Ichida hech bir xato, kamchilik yoʻq. فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ sirrini koʻrsatadi. Har bir urugʻ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan merosni chalkashmasdan, nuqsonsiz muhofaza qilib koʻrsatadi. Bu cheksiz hayratlanarli muhofazani qilgan Zoti Hofiz qiyomat va hashrda hofiziyatning eng buyuk oʻrtaga chiqishini koʻrsatishiga qat'iy bir ishoradir. Ha, bu ahamiyatsiz, oʻtkinchi, foniy holatlarda bu daraja niqsonsiz, xatosiz hofiziyat jilvasi qat'iy bir hujjat boʻlib, abadiy ta'siri va azim ahamiyati boʻlgan omonati kubro tashuvchisi va Yerning xalifasi boʻlgan insonlarning ishlari va amallari va soʻzlari va yaxshilik va yomonliklari mukammal diqqat bilan muhofaza qilinadi va hisob-kitobi koʻriladi. Nahot, bu inson qarovsiz qolaman deb oʻylasa? Aslo!.. Balki inson abadga yuborilgan va abadiy saodatga va doimiy azobga nomzoddir. Kichik-katta, oz-koʻp har bir amali hisob-kitob qilinadi. Yo iltifot yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning eng katta jilvasiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yoʻq. Bu masalada koʻrsatgan shohidimiz dengizdan bir qatra, togʻdan bir zarradir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Oʻn Sakkizinchi Yog'du

Taksir Yog'dular va "Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy" majmuasida nashr etilgan.
— 139 —

Oʻn Toʻqqizinchi Yogʻdu

Iqtisod Risolasi
(Iqtisod va qanoat, isrof va sovurishga doir.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا

Bu oyati karima iqtisodga qat'iy amr va isrofdan ochiq tarzda man qilib, gʻoyat muhim bir hikmat darsini beradi. Ushbu masalada "Yetti Nukta" bor.

BIRINCHI NUKTA: Xoliqi Rahiym nav'i basharga bergan ne'matlari evaziga shukr istaydi. Isrof esa shukrga ziddir, ne'matga nisbatan zararli kamsitishdir. Iqtisod esa, ne'matga nisbatan foyda keltiruvchi hurmatdir. Darhaqiqat, iqtisod ham ma'naviy shukr, ham ne'matlardagi rahmati Ilohiyaga nisbatan hurmat, ham qat'iyan barakaga sabab, ham badanga parhez kabi salomatlik manbai, ham ma'naviy tilanchilik xoʻrligidan qutqaradigan izzatga sabab, ham ne'mat ichidagi lazzatini his qilishga va koʻrinishdan lazzatsiz koʻringan ne'matlardagi lazzatni totishga kuchli sababdir. Isrof esa, mazkur hikmatlarga zid boʻlganidan, dahshatli natijalari bor.

IKKINCHI NUKTA: Fotiri Hakiym insonning badanini mukammal bir saroy suratida va muntazam bir shahar misolida yaratgan. Ogʻizdagi quvva-i zoiqa darvozabon, nerv va tomirlar telefon va telegraf simlari kabi (quvva-i zoiqa bilan badanning markazidagi me'da bilan xabarlashish vositalaridir), ogʻizga kelgan narsani ular orqali xabar beradi. Badanga, me'daga keragi boʻlmasa, "Mumkin emas!" deydi, tashqariga otadi. Ba'zan esa badanga manfaati yoʻqligi bilan birga, zararli va achchiq boʻlsa, hamon tashqariga otadi, yuziga tuflaydi.

— 140 —

Modomiki ogʻizdagi quvva-i zoiqa darvozabon, me'da jasadning idorasi nuqtasida xoʻjayin va hokim ekan. U saroyga yoxud u shaharga kelgan va saroyning hokimiga berilgan hadyaning yuz daraja qiymati boʻlsa, darvozabonga choy puli maʻnosida faqat besh foizi oʻrinli boʻladi, ortiq boʻlolmaydi. Toki darvozabon gʻururlanib, esini yoʻqotib, vazifasini unutib, koʻproq choy puli bergan isyonchilarni saroy ichiga kirgizmasin. Demak, shu sirga binoan, hozir ikki luqma faraz qilamiz. Birinchi luqma paynir va tuxum kabi toʻyimli narsa bir qurush tursa, ikkinchi luqma eng a'lo paxlava oʻn qurush tursa.. bu ikki luqma ogʻizga kirmasdan, katta kichikligida farqlari yoʻq, teng. Tomogʻdan oʻtgandan soʻng, jasadni oziqlantirishda yana teng. Balki ba'zan bir qurushlik paynir yaxshiroq oziqlantiradi. Faqat ogʻizdagi quvva-i zoiqani erkalash nuqtasida yarim daqiqalik farq bor. Yarim daqiqani deb bir qurush oʻrniga oʻn qurush sarflash naqadar ma'nosiz va zararli isrof boʻlishi qiyos qilinsin. Endi saroy hokimiga kelgan hadya bir qurush boʻlish bilan birga, darvozabonga toʻqqiz marta ortiq choy puli berish darvozabonni oʻzidan ketishiga sabab boʻladi, "Hokim menman" deydi. Kim koʻproq choy puli va lazzat bersa, uni ichkariga kirgizadi, isyon qiladi, yongʻin chiqaradi. "Yordam bering, tabib kelsin, haroratimni tushirsin, otashimni soʻndirsin", dedirishga majbur qiladi. Xullas, iqtisod va qanoat, hikmati Ilohiyaga uygʻun harakat qilishdir. Quvva-i zoiqani darvozabon hukmida tutib, unga koʻra choy puli beradi. Isrof esa, oʻsha hikmatga zid harakat qilgani uchun tez ta'zir yeydi, me'dani buzadi, haqiqiy ishtahani yoʻqotadi. Taomlarning xilma-xilligidan kelgan sun'iy yolgʻonchi ishtaha bilan yediradi, hazmsizlikka sabab boʻladi, kasal qiladi.

UCHINCHI NUKTA: Sobiq ikkinchi nuktada quvva-i zoiqani darvozabon dedik. Ha, ahli gʻaflat va ruhan taraqqiy qilmagan va shukr maslagida ildamlamagan insonlar uchun darvozabon hukmidadir. Uning lazzatlanishi uchun isrofga va bir darajadan oʻn daraja narxga chiqmaslik kerak. Lekin haqiqiy ahli shukrning va ahli haqiqatning va ahli qalbning quvva-i zoiqasi - Oltinchi Soʻzdagi muvozanada bayon qilingani kabi, quvva-i zoiqasi- rahmati Ilohiyaning oshxonalariga nozir va taftishchi hukmidadir. Va oʻsha quvva-i zoiqaning vazifasi taomlar miqdoricha mezonchalar bilan ne'mati Ilohiyaning turlarini jalb qilish va tanish, ma'naviy shukr suratida jasadga, me'daga xabar berishdir. Xullas, bu suratda quvva-i zoiqa faqat moddiy jasadga qaramaydi. Balki qalbga, ruhga, aqlga ham qaragan jihati bilan me'dadan ustun hukmi, maqomi bor.

Isrof qilmaslik sharti bilan va faqat shukronalik vazifasini ado qilish va Alloh ne'matlarining turlarini his qilib tanish sharti bilan va dinga uygʻun va xorlik va tilanchilikka vasila boʻlmaslik sharti bilan lazzatini tota qila oladi. Va oʻsha quvva-i zoiqa boʻlgan tilni shukrda iste'mol qilish uchun laziz taomlarni tanlashi mumkin. Bu haqiqatga ishora qilgan bir hodisa va bir karomati Gʻavsiyani bayon qilamiz:

— 141 —

Bir kuni Hazrati Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy (QS) tarbiyasida nozli va keksa ayolning yakkayu yagona bolasi bor edi. Muhtaram onaxon oʻgʻlining hujrasiga borib qarasa, oʻgʻli bir burda qotgan, qora non yemoqda. Riyozatdan zaif holga kelgani uchun volidasining shafqatini jalb qildi. Unga rahmi kelib, Hazrati Gʻavsning yoniga shikoyat uchun boradi. Qarasa, Hazrati Gʻavs qovurilgan tovuq yeyapti. Nozidan: "Ey Ustoz! Mening oʻgʻlim ochlikdan oʻlyapti. Siz tovuq yeyapsiz!", deydi. Hazrati Gʻavs tovuqqa: "Qum biiznilloh!", deydi. Pishgan tovuqning suyaklari toʻplanib, tovuqqa aylanib ovqat idishidan sakrab tashqariga qochib ketadi. Bu voqea hayratlanarli karomatlarga sazovorligi dunyo boʻyicha mashhur boʻlgan Hazrati Gʻavsdek zotning karomati sifatida e'timodli va koʻp ishonchli zotlardan ma'naviy tavotur bilan naql qilingan. Hazrati Gʻavs: "Qachon sening oʻgʻling ham shu darajaga kelsa, oʻshanda u ham tovuq yeydi", deydi. Hazrati Gʻavsning bu amrining ma'nosi shuki: Qachon oʻgʻlingning ham ruhi jasadiga, qalbi nafsiga, aqli me'dasiga hokim boʻlsa va lazzatni shukr uchun istasa, oʻshanda laziz narsalarni yeyishi mumkin...

TOʻRTINCHI NUKTA: "Iqtisod qilgan tirikchilik muammosiga tushmaydi" ma'nosida لَا يَعُولُ مَنِ اقْتَصَدَ hadisi sharifning sirri bilan, iqtisod qilgan tirikchilik jihatidan oila zahmat va mashaqqatini koʻp tortmaydi. Darhaqiqat, iqtisod qat'iy baraka sababi va tirikchilikning goʻzal manbai ekaniga shu qadar qat'iy dalillar borki, had-hisobsizdir. Jumladan: Shaxsan koʻrganim, menga xizmat va oʻrtoqlik qilgan zotlarning guvohliklari bilan aytaman: Iqtisod vositasi bilan ba'zan birga oʻn baraka koʻrdim va oʻrtoqlarim koʻrdilar. Hatto toʻqqiz yil -hozir oʻttiz yil- avval men bilan birga Burdurga surgun qilingan raislardan bir qismi, pulsizlikdan xorlanmasligim va qashshoq holga tushmasligim uchun zakotlarini menga qabul qildirishga koʻp urindilar. Oʻsha boy raislarga: "Pulim kam boʻlsa ham, iqtisodim bor, qanoatga koʻnikkanman. Men sizdan boyroqman", dedim. Takror-takror va qistovli shakldagi takliflarini rad qildim. Diqqatga sazovor narsa shuki, ikki yildan soʻng menga zakotlarini taklif qilganlarning bir qismi iqtisodsizlik sabab qarzdor boʻldilar. Allohga hamd boʻlsinki, ulardan yetti yil keyin, oʻsha kamgina pul iqtisod barakasi bilan menga kifoya qildi, obroʻyimni toʻktirmadi, insonlardan yordam soʻrashga majbur qilmadi. Hayotimning dasturi boʻlgan "insonlardan istigʻno" maslagimni buzmadi.

Darhaqiqat, iqtisod qilmagan kishi xorlikka va ma'nan tilanchilikka va qashshoqlikka nomzoddir. Bu zamonda isroflarga sabab boʻladigan pul juda qimmatdir. Evaziga ba'zan obroʻ, nomus pora sifatida olinadi. Ba'zan dinning muqaddas narsalari evaziga olinadi, keyin jirkanch pul beriladi. Demak, ma'naviy yuz lira zarar bilan, moddiy ikki qurushlik mol olinadi. Agar iqtisod qilib zaruriy ehtiyojlar bilan chegaralansa va qisqartirsa va maxsus qilsa

— 142 —
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

sirri bilan

وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ رِزْقُهَا

oyatining ochiq bayoni bilan, kutmagan tarzida yashashga yetadigan rizqini topadi. Chunki oyat kafolat bermoqda. Ha, rizq ikki xildir:

Biri haqiqiy rizqdirki, u bilan yashaladi. Bu oyatning hukmi bilan oʻsha rizq Allohning kafilligi ostidadir. Basharning sui ixtiyori aralashmasa, oʻsha zaruriy rizqni har holda topa oladi. Na dinini, na nomusini, na izzatini fido qilishga majbur boʻlmaydi.

Ikkinchisi: Majoziy rizqdirki, suiiste'mollar bilan zaruriy boʻlmagan ehtiyojlar zaruriy ehtiyojlarga aylanib, urf-odat balosiga bandi boʻlib, tark qilolmaydi. Bu rizq Allohning kafilligi ostida boʻlmagani uchun, bu rizqni qoʻlga kiritish, ayniqsa bu zamonda juda qimmat. Boshda izzatini fido qilib, xorlikni qabul qilish, ba'zan pastkash insonlarning oyoqlarini oʻpishdek ma'nan tilanchilik vaziyatiga tushish, ba'zan abadiy hayotining nuri boʻlgan dinning muqaddas narsalarini fido qilish suratida oʻsha barakasiz, jirkanch molni oladi. Yana, bu faqirlik va zarurat zamonida, och va muhtoj boʻlganlarning alamlaridan ahli vijdonga odamlarga achinish vositasida kelgan qaygʻu dinga zid qozongan puli bilan olgan lazzatini, vijdoni boʻlsa, achchiqlashtiradi. Bunday gʻayrioddiy zamonda, shubhali mollarda, zarurat darajasida kifoyalanish lozim. Chunki اِنَّ الضَّرُورَةَ تُقَدَّرُ بِقَدْرِهَا sirri bilan: Harom moldan majburiyat bilan zarurat darajasini olishi mumkin, ortigʻini ololmaydi. Ha, chorasiz odam murdor goʻshtdan toʻyguncha yeyolmaydi. Balki, oʻlmaydigan darajada yeya oladi. Ham yuzta och odamning huzurida mukammal lazzat bilan ortiqcha yeyilmaydi.

Iqtisod, izzat va kamol sababi ekaniga dalolat qilgan bir voqea:

Bir kuni dunyoda saxovati bilan mashhur Xotami Toyi ulkan ziyofat beradi. Mehmonlariga gʻoyatda koʻp hadyalar tarqatib, choʻlga aylanishga chiqadi. Qarasa, bir keksa kambagʻal odam bir bogʻlam tikanli buta va yantoqni orqasigz yuklagan. Tikanlar badaniga botmoqda, qonatmoqda. Xotam unga: "Xotami Toyi hadyalar bilan birga ulkan ziyofat bermoqda. Oʻsha yerga bor, besh qurushlik buta yukiga badal besh yuz qurush olasan", dedi. U tejamkor qariya: "Men bu tikanli yukimni izzatim bilan tortaman, koʻtaraman. Xotami Toyining minnatini olmayman", deydi. Keyinchalik Xotami Toyidan: "Sen oʻzingdan ham olijanob, aziz kimni koʻrgansan?", deb soʻraganlar. "Sahroda duch kelgan tejamkor qariyani o'zimdanda aziz, yuksak, olijanob deb bilaman", degan.

— 143 —

BESHINCHI NUKTA: Janobi Haq mukammal karamidan, eng kambagʻal odamga ham eng boy odam kabi va gadoga (ya'ni kambagʻalga) podshoh kabi ne'matining lazzatini his qildiradi. Ha, bir kambagʻalning qotgan bir burda qora nondan ochlik va iqtisod vositasida olgan lazzati, bir podshohning va bir boyning isrofdan kelgan zerikish va ishtahasizlik bilan yegan eng a'lo paxlavasidan olgan lazzatidanda lazzatliroqdir. Hayratlanarli joyi shuki, ba'zi isrofgar va sovuruvchi insonlar bunday iqtisodchilarni "xasislik"da ayblaydilar. Aslo... Iqtisod, izzat va saxiylikdir. Xasislik va xorlik, isrofgar kishilarning zohiriy mardona holatining ichki koʻrinishidir. Bu haqiqatni quvvatlagan, ushbu risolaning ta'lifi yilida Ispartada hujramda roʻy bergan bir voqea bor. Jumladan:

Qoidamga va hayot dasturimga muxolif suratda, bir talabam ikki yarim oʻqqaga yaqin asalni hadya sifatida qabul qildirishga urindi. Qancha qoidamni tushuntirishga urinmay, koʻnmadi. Majbur boʻlib, yonimdagi uch qardoshimga yedirish va Sha'boni Sharif va Ramazonda oʻsha asaldan iqtisod bilan oʻttiz-qirq kun uchta odam yesin va keltirgan ham savob qozonsin va oʻzlari ham shirinliksiz qolmasin deb, "Olinglar" dedim. Oʻzimda bir oʻqqa asal bor edi. Haligi uch birodarim, mustaqim va iqtisodni taqdir qilganlardan edilar. Ammo nima boʻlganda ham, bir-biriga ikrom qilish, har biri boshqasining nafsini erkalash va oʻz nafsidan ustun tutib, bir tomondan ushbu yuksak xislat bilan iqtisodni unutishdi. Uch kechada ikki yarim oʻqqa asalni tugatdilar. Men kulib: "Sizlarni oʻttiz-qirq kun oʻsha asal bilan lazzatlantirmoqchi edim, sizlar oʻttiz kunni uchga tushirdingiz, osh boʻlsin", dedim. Oʻzimning oʻsha bir oʻqqa asalimni iqtisod bilan sarf qildim. Butun Sha'bon va Ramazonda men ham yedim, Allohga hamd boʻlsin, oʻsha qardoshlarimning har biriga ham iftor vaqtida bir qoshiqdan {(Hoshiya) Ya'ni katta choy qoshigʻi bilan.} beridim va bu ulkan savobga sabab boʻldi. Holimni koʻrganlar, oʻsha vaziyatimni balki xasislik deb oʻylagandir. Qardoshlarimning uch kechalik oʻsha vaziyatlarini olijanoblik deb oʻylashlari mumkin. Lekin haqiqat nuqtasida oʻsha zohiriy xasislik ostida ulugʻ izzat va ulkan baraka va yuksak savob yashiringanini koʻrdik. Va oʻsha oliyjanoblik va isrof ostida, agar voz kechilmasa edi, tilanchilik va boshqasining qoʻliga tamagirdek va intizor boʻlib qarash kabi, xasislikdan ancha past holatni natija berar edi.

OLTINCHI NUKTA: Iqtisod va xasislikning bir biridan koʻp farqi bor. Qandayki kamtarinlik, yomon axloq hisoblangan xorlikdan ma'nan farq qilsada, koʻrinishdan oʻxshash boʻlib madh qilingan xislatdir. Va viqor, qandayki yomon xislatlardan boʻlgan takabburlikdan ma'nan farq qilsada, koʻrinishdan oʻxshash va madh qilingan xislatdir. Xuddi shuning kabi:

— 144 —

Paygʻambarimizning oliy axloqlaridan boʻlgan va balki koinotdagi Janobi Haqning hikmat bilan joriy qilgan nizomining sabablaridan boʻlgan iqtisod ham, qashshoqlik va baxillik va tamagirlik va hirsning qorishmasi boʻlgan xasislik bilan hech qanday munosabati yoʻq. Lekin koʻrinishdan oʻxshashlik bor. Bu haqiqatni quvvatlaydigan bir voqea:

"Yettita Abdullohlar" ismi bilan mashhur sahobalardan boʻlgan Abdulloh ibn Umar Hazratlari, Rasulullohning xalifasi boʻlgan Faruqi A'zam Hazrati Umarning (RA) eng ahamiyatli va katta oʻgʻli va sahoba olimlarining ichida eng mumtozlaridan boʻlgan muborak zot bozorda, oldi-sotdida, bir qurushlik bir masalada, iqtisod qilish uchun va tijoratning asosi boʻlgan ishonch va istiqomatni muhofaza qilish uchun qattiq tortishadi. Bir sahoba u kishini shu vaziyatda koʻrib qoladi. Roʻyi zaminning xalifa-i ziyshoni boʻlgan Hazrati Umar oʻgʻlining bir qurush uchun tortishganini ajablanarli xasislik deb oʻylab imomning ketiga tushib, ahvolini bilishni istaydi. Qarasa, Hazrati Abdulloh muborak uyiga kirdi. Eshik oldida bir kambagʻal odamni koʻrdi. Bir oz toʻxtab oʻtdi. Soʻng uyining ikkinchi eshigidan chiqdi, u yerda boshqa bir kambagʻalni ham koʻrdi. Uning yonida ham oz toʻxtab oʻtdi. Uzoqdan qarab turgan sahoba voqeʻaga qiziqdi. Borib haligi kambagʻallardan: "Imom sizlarning yoningizda toʻxtab nima qildi?", deb soʻradi. Har biri: "Menga bir oltin berdi", dedi. Sahoba: "Fasubhanalloh! Bozorda bir qurush uchun tortishsin-u, keyin uyida ikki yuz qurushni hech kimga sezdirmasdan toʻliq nafsning roziligi bilan bersin!" deb oʻyladi. Hazrati Abdulloh ibn Umarni oldiga borib: "Ey Imom! Mushkulimni hal qiling. Bozorda bunday qildingiz, uyingizda esa boshqacha qildingiz", dedi. Unga javoban: "Bozordagi vaziyat iqtisoddan va kamoli aqldan va oldi-sotdining asosi va ruhi boʻlgan ishonchning, sadoqatning muhofazasidan kelgan holatdir, xasislik emas. Uyimdagi vaziyat, qalbning shafqatidan va ruhning kamolidan kelgan bir holatdir. Xasislik va isrof emas", dedi.

Imomi A'zam bu sirga ishora sifatida

لَا اِسْرَافَ فِى الْخَيْرِ كَمَا لَا خَيْرَ فِى الْاِسْرَافِ

deydi. Ya'ni, "Xayrda va ehsonda (faqat loyiq boʻlganlarga) isrof boʻlmagani kabi, isrofda ham umuman xayr yoʻqdir."

YETTINCHI NUKTA: Isrof hirsni keltirib chiqaradi. Hirs uchta natijani beradi:

Birinchisi: Qanoatsizlik. Qanoatsizlik esa mehnatga, ishlashga shavqni sindiradi. Shukr oʻrniga shikoyat qildiradi, tanballikka keltiradi. Va dinga uygʻun, halol kam molni

— 145 —

{(Hoshiya) Iqtisodsizlik tufayli iste'mol qiluvchilar koʻpayadi, ishlab chiqaruvchilar kamayadi. Hamma davlatning qoʻliga qarab qoladi. Oʻshanda ijtimoiy hayotning asosi boʻlgan "sanoat, tijorat, ziroat" kamayadi. Unday millat ham qoloqlashib inqirozga uchraydi, qashshoqlashadi.} tark qilib, dinga zid, zahmatsiz molni qidiradi. Va oʻsha yoʻlda izzatini, balki obroʻyini fido qiladi.

Hirsning ikkinchi natijasi: Mahrumiyat va zarardir. Maqsudini qochirmoq va sovuq muomalaga duchor boʻlib, osonlashtirishlar va yordamlashishdan mahrum qolishdir. Hatto اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ ya'ni "Hirs zarar va muvaffaqiyatsizlikning sababidir" dagan zarbulmasalni tasdiqlaydi. Hirs va qanoatning ta'sirlari jonzotlar olamida gʻoyat keng dastur bilan jarayon qiladi. Jumladan: Rizqqa muhtoj daraxtlarning tabiiy qanoatlari ularning rizqini ularga keltirgsni kabi, hayvonlarning hirs bilan mashaqqat va yetishmovchilik ichida rizq ketidan yugurishlari, hirsning ulkan zararini va qanoatning azim manfaatini koʻrsatadi. Yana, barcha zaif bolalarning hol tillari bilan qanoatlari, sutdek latif ozuqaning kutmagan yeridan ularga oqishi va jonivorlarning hirs bilan yetarli boʻlmagan va iflos rizqlariga tashlanishi da'vomizni porloq suratda isbot qiladi. Yana, semiz baliqlarning qanoatli vaziyati mukammal rizqlariga sabab boʻlishi, va tulki va maymun kabi zakovatli hayvonlarning hirs bilan rizqlari ketidan izgʻishlari bilan birga yetarli darajada topmasliklaridan nimjon va zaifliklari, yana hirs qay daraja mashaqqatga sabab va qanoat qay daraja rohatga sabab ekanini koʻrsatadi. Yana, yahudiy millati hirs bilan, ribo bilan, hiyla oʻyinlari bilan rizqlarini xorlik va qashshoqlik ichida, dinga zid va zoʻrgʻa yashaydigan qadar rizqlarini topishi.. va sahronishinlarning (ya'ni badaviylarning) qanoatkorona vaziyatlari, izzat bilan yashashi va yetarli rizq topishi mazkur da'vomizni yana qat'iy isbot qiladi. Yana, koʻp olimlarning {(Hoshiya1) Eronning odil podshohlaridan Noʻshiravoni Odilning vaziri, oqillikda mashhur olim boʻlgan Buzurgumexrdan (Buzurg-Mihr) soʻrashgan: "Nima uchun olimlar hukmdorlar eshigada-yu, hukmdorlar olimlar eshigida emas? Holbuki ilm hukmdorlikdan ustundir." Javoban: "Olimlarning ilmidan, hukmdorlarning johilligidan." degan. Ya'ni hukmdorlar johilligi bois ilmning qiymatini bilmaydiki, olimlarning eshigiga borib ilm izlashsin. Olimlar esa ma'rifatlaridan mollarining qiymatini bilganlari uchun, hukmdorlar eshigida izlaydilar. Buzurgumehr olimlarning orasida qashshoqlik va xorliklariga sabab boʻladigan zakovatlarining natijasidagi hirslarini zarif suratda ta'vil qilib, nozik tarzda javob bergan. Xusrav} va odiblarning {(Hoshiya2) Buni tasdiqlaydigan bir hodisa: Frantsiyada adiblarga, yaxshi tilanchilik qilganlari uchun, tilanchilik guvohnomasi beriladi. Sulaymon Rushdu} zakovatlari bergan hirs sababli qashshoq holga tushishlari va koʻp tentak va iqtidorsiz kishilarning tabiiy qanoatli vaziyatlari bilan boyib ketishlari, qat'iy bir suratda isbot qiladiki, halol rizq ojizlik va faqirlikka koʻra keladi, iqtidor va ixtiyor bilan emas.

— 146 —

Balki oʻsha halol rizq iqtidor va ixtiyor bilan teskari mutanosibdir. Chunki bolalarga iqtidor va ixtiyori kelgan sari rizqi kamayadi, uzoqlashadi, ogʻirlashadi. اَلْقَنَاعَةُ كَنْزٌ لَا يَفْنٰى hadisining sirri bilan: Qanoat - goʻzal tirikchilik qilish va osoyishta hayot xazinasi. Hirs - zarar va qashshoqlik manbaidir.

Uchinchi natija: Hirs ixlosni sindiradi, uxraviy amalga ziyon yetkazadi. Chunki bir ahli taqvoning hirsi boʻlsa, insonlarning e'tiborini istaydi. Insonlar e'tiborini koʻzlagan, chinakam ixlosni topolmaydi. Bu natija juda ahamiyatli, juda diqqatga sazovordir.

Hosili kalom: Isrof qanoatsizlikni keltirib chiqaradi. Qanoatsizlik esa ishlashga boʻlgan shavqni sindiradi, tanballikka olib keladi, hayotidan shikoyat eshigini ochadi, doimo shikoyat qildiradi. {(Hoshiya) Darhaqiqat, qaysi isrofgar bilan koʻrishsang, faqat shikoyat eshitasan. Qanchalik boy boʻlmasin, tili yana shikoyat qiladi. Eng faqir, lekin qanoatli odam bilan koʻrishsang, shukr eshitasan.} Ham ixlosni sindiradi, riyo eshigini ochadi. Ham izzatini sindiradi, tilanchilik yoʻlini koʻrsatadi. Iqtisod esa, qanoatni keltirib chiqaradi. عَزَّ مَنْ قَنَعَ ذَلَّ مَنْ طَمَعَ hadisining sirri bilan, qanoat izzatni keltirib chiqaradi. Ham mehnatga va ishlashga tashviq qiladi. Shavqini ziyodalashtiradi, ishlatadi. Chunki, deylik, bir kun ishladi. Oqshomda olgan ozgina maoshga qanoat qilgani uchun, ikkinchi kun yana ishlaydi. Isrofgar esa, qanoat qilmagani uchun, ikkinchi kun boshqa ishlamaydi. Ishlasa ham, shavq bilan ishlamaydi. Yana, iqtisoddan kelgan qanoat shukr eshigini ochadi, shikoyat eshigini yopadi. Hayotida doimo shokir boʻladi. Yana, qanoat vositasida insonlardan bexojatlik jihatidan e'tiborlarini qidirmaydi. Ixlos eshigi ochiladi, riyo eshigi yopiladi...

Iqtisodsizlik va isrofning dahshatli zararlarini keng doirada mushohada qildim. Jumladan: Toʻqqiz yil avval muborak bir shaharga keldim. Qish munosabati bilan oʻsha shaharning boylik manbalarini koʻrolmadim. -Alloh rahmat qilsin- u yerning muftiyi bir necha marta menga: "Aholimiz kambagʻal", dedi. Bu soʻz mening rahmimni keltirdi. Besh-olti yil boʻyicha oʻsha shahar aholisiga achinib yurdim. Sakkiz yildan keyin yozda yana oʻsha shaharga bordim. Bogʻlariga qaradim. Marhum muftining soʻzi esimga keldi. "Fasubhanalloh" dedim. Bu bogʻlarning mahsuloti shaharning hojatidan ancha koʻp. Bu shahar aholisi juda boy boʻlishi kerak. Hayratlandim. Meni aldamagan va haqiqatlarni idrok qilishda rahbarim boʻlgan haqiqat xotirasi bilan tushundim: Iqtisodsizlik va isrof tufayli baraka ketganki, shu qadar boylik manbalari bilan biari, u marhum mufti "Aholimiz kambagʻal" derdi. Darhaqiqat, tajribadan ayonki, zakot berish va iqtisod qilish molning barakasiga sabab boʻlgani kabi, isrof qilish bilan zakot bermaslik, baraka ketishiga sabab ekaniga cheksiz voqe'alar bor.

— 147 —

Islom hukamosining Aflotuni va hakimlarning shayxi va faylasuflarning ustozi, mashhur dohiy Abu Ali Ibn Sino faqat tib nuqtasida كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyatini shunday tafsir qilgan. Degan:

جَمَعْتُ الطِّبَّ فِى الْبَيْتَيْنِ جَمْعًا وَ حُسْنُ الْقَوْلِ ف۪ى قَصْرِ الْكَلَامِ: فَقَلِّلْ اِنْ اَكَلْتَ وَ بَعْدَ اَكْلٍ تَجَنَّبْ وَ الشِّفَاءُ فِى الْاِنْهِضَامِ وَ لَيْسَ عَلَى النُّفُوسِ اَشَدُّ حَالًا مِنْ اِدْخَالِ الطَّعَامِ عَلَى الطَّعَامِ

Ya'ni: "Tib ilmini ikki satrda jamlayman. Soʻzning goʻzalligi qisqaligidadir. Yegan vaqting oz yegin. Yegandan keyin toʻrt-besh soat boshqa yema. Shifo hazmdadir. Ya'ni, oson tarzda hazm qila oladiganing miqdorda yegin. Nafsga va me'daga eng ogʻir va charchatuvchi hol, taom ustiga taom yeyishdir".

{(Hoshiya1) Ya'ni, badanga eng zararli narsa, toʻrt-besh soat oraliq bermasdan ovqat yeyish yoxud lazzatlanish uchun har xil taomlarni bir-biri ustiga yeb, me'dani toʻldirishdir.}

Hayratlanarli va ibrat olishga loyiq bir tavofuq: Iqtisod Risolasini, uchtasi yangi, besh-oltita boshqa-boshqa nusxa koʻchiruvchi, boshqa-boshqa yerlarda, boshqa-boshqa nusxalardan yozib, bir-biridan uzoq, xatlari bir-biridan farqli, aliflarni oʻylamasdan yozgan nusxalarining har birining aliflari duosiz ellik bir, duo bilan birga ellik uchda tavofuq qilish bilan birga, Iqtisod Risolasining ta'lif va yozib koʻpaytirish yili boʻlgan rumiy taqvim boʻyicha ellik bir va arabiy taqvim boʻyicha ellik uch yilida tavofuqi ham, shubhasiz tasodif boʻlolmaydi. Iqtisoddagi barakaning karomat darajasiga chiqqaniga bir ishoradir. Va bu yilga "Iqtisod yili" nomi loyiqdir.

Darhaqiqat, zamon ikki yil oʻtib, iqtisod karomatini Ikkinchi Jahon Urushida har tarafdagi ochlik va buzgʻunchilik va isroflar bilan hamda nav'i bashar va hamma iqtisod qilishga majbur ekanini isbot qildi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 148 —

YIGIRMANCHI YOGʻDU

Ixlos haqida
(Oʻn Yettinchi Yogʻduning Oʻn Yettinchi Mulohazasining yetti masalasidan, besh nuqtadan iborat ikkinchi masalasining birinchi nuqtasi ekan, ahamiyatiga binoan Yigirmanchi Yogʻdu boʻldi.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّٓا اَنْزَلْنَٓا اِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ فَاعْبُدِ اللّٰهَ مُخْلِصًا لَهُ الدّ۪ينَ ٭ اَلَا لِلّٰهِ الدّ۪ينُ الْخَالِصُ

oyati bilan va

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ -اَوْ كَمَا قَالَ-

hadisi sharifilari ham ixlos qanchalar Islomiyatda muhim bir asos ekanini koʻrsatadi. Ixlos masalasining cheksiz nuktalaridan faqat "Besh Nuqta"ni qisqacha bayon qilamiz.

Tanbeh: Muborak Ispartaning shukrga sabab goʻzal qismati boʻlib, undagi ahli taqvo va ahli tariqat va ahli ilmning -boshqa yerlarga nisbatan- raqobatkorona ixtiloflari koʻrinmaydi. Garchi lozim boʻlgan haqiqiy muhabbat va ittifoq boʻlmasa ham, zararli muxolafat va raqobat ham boshqa yerlarga nisbatan yoʻq.

— 149 —
BIRINCHI NUQTA:

Muhim va mudhish bir savol: Nima uchun ahli dunyo, ahli gʻaflat, hatto ahli zalolat va ahli nifoq raqobatsiz ittifoq qilganlari holda; ahli haq va ahli vifoq boʻlgan asxobi diyonat va ahli ilm va ahli tariqat nima uchun raqobatli ixtilof qilmoqda? Ittifoq ahli vifoqning haqqi ekan va zidlik ahli nifoqqa xos ekan, nima uchun bu haq u yerga oʻtdi va shu haqsizlik bu yerga keldi?

Javob: Bu alamli va fojiali va ahli hamiyatni yigʻlatadigan mudhish hodisaning juda koʻp sabablaridan yettisini bayon qilamiz.

BIRINCHISI: Ahli haqning ixtilofi haqiqatsizlikdan kelmagani kabi, ahli gʻaflatning ittifoqi ham haqiqatdorlikdan emas. Balki ahli dunyoning va ahli siyosatning va ahli maktab kabi ijtimoiy hayotning tabaqalariga doir muayyan vazifa bilan va maxsus bir xizmat bilan mashgʻul toifalarning, jamoatlarning va jamiyatlarning vazifalari tayin qilinib ayrilgan. Va oʻsha vazifalar evaziga oladigan tirikchilik uchun moddiy haqlari va mansabsevarlik va shonu sharaf nuqtasida odamlarning e'tiboridan oladigan {(Hoshiya) Eslatma: Odamlarning e'tibori istanilmaydi, balki beriladi. Berilsa ham, u bilan sevinilmaydi. Sevinsa, ixlosni yoʻqotadi, riyoga kiradi. Shonu sharaf orzusi bilan odamlarning e'tibori esa, ajr va mukofot emas, balki ixlossizlik sababli urushish va jazolashdir. Ha, solih amalning hayoti boʻlgan ixlosning zarariga odamlarning e'tibori va shonu sharaf, qabr eshigiga qadar vaqtinchalik boʻlgan oz bir lazzatga muqobil, qabrning narigi tarafida qabr azobi kabi noxush bir shakl olganidan, odamlarning e'tiborini orzu qilish u yoqda tursin, balki undan qoʻrqish va qochish lozim. Shuhratparastlapning va shonu sharaf orqasida yugurganlar eshitib qoʻysin!} ma'naviy haqlari tayin qilingan, ayrilgan. Bir-biriga aziyat berish va tortishmoq va raqobatni keltirib chiqaradigan darajada ishtirok yoʻq. Shuning uchun, naqadar yomon bir maslakda yursalar ham, bir-birlari bilan ittifoq boʻlishadi. Ammo ahli din va asxobi ilm va arbobi tariqat esa, ularning har birining vazifasi umumga qaragani kabi, oldindan beriladigan haqlari ham aniq va maxsus qilinmagani va har birining ijtimoiy maqomda va odamlarning e'tiborida va chiroyli qabul qilinishdagi hissasi maxsus qilib ajratilmagan(tahassus etmiyor). Bitta maqomga koʻplar nomzod boʻladi. Moddiy va ma'naviy har bir ajrga koʻp qoʻllar choʻzilishi mumkin. Shu nuqtadan bir-biriga aziyat berish va raqobat paydo boʻlib, vifoqni nifoqqa, ittifoqni ixtilofga aylantiradi.

Bu mudhish kasallikning malhami, dorisi ixlosdir. Ya'ni, haqparastlikni nafsparastlikdan ustun qoʻyish bilan va Haqning xotiri nafsning va xudbinlikning xotiriga gʻolib kelish bilan اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ sirriga sazovor boʻlib,

— 150 —

odamlardan keladigan moddiy va ma'naviy ajrdan istigʻno qilib {(Hoshiya) Sahobalarning Qur'onning madhiga sazovor boʻlgan "iysor" xislatini oʻziga raxbar qilish. Ya'ni: Hadya va sadaqaning qabulida boshqasini oʻzidan ustun qoʻymoq va din xizmati evazida kelgan moddiy manfaatni istamasdan va qalban talab qilmasdan, faqat ehsoni Ilohiy deb bilib, odamlardan minnat olmasdan va diniy xizmat evaziga ham olmaslikdir. Chunki dinga xizmat evaziga dunyoda hech narsa istamasligi kerakki, ixlos qochmasin. Garchi, ummat ularning tirikchiliklarini ta'minlash uchun haqqi bor. Zakotga ham loyiqlar. Lekin bu istanilmaydi, balki beriladi. Berilgan vaqtda, "xizmatimning ajridir" deyilmaydi. Mumkin qadar qanoat bilan, boshqa loyiq va haqliroq bo'lganlarning nafsini oʻz nafsidan ustun ko'rish, وَ يُؤْثِرُونَ عَلٰى اَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ sirriga sazovor bo'lish bilan, bu mudhish tahlikadan qutulib ixlosni qozona oladi.} وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ sirriga sazovor boʻlib, yaxshi qabul qilish va yaxshi ta'sir qilish va odamlar e'tiborini qozonishlar Janobi Haqning vazifasi va ehsoni ekanini hamda oʻz vazifasi boʻlgan tabligʻga kirmasligini va lozim ham boʻlmaganini va u bilan vazifador emasligini bilish orqali ixlosga muvaffaq boʻladi. Aks holda ixlosni qochiradi.

IKKINCHI SABAB:

Ahli zalolatning ittifoqlari ularning xorligidan va ahli hidoyatning ixtiloflari ularning izzatidandir. Ya'ni, ahli gʻaflat hisoblangan ahli dunyo va ahli zalolat, haq va haqiqatga tayanmaganlari uchun, zaif va xordirlar. Xor boʻlganlari uchun, boshqalardan quvvat olishga muhtojlar. Bu ehtiyojdan, boshqa kishining yordam va ittifoqiga samimiy yopishadilar. Hatto maslaklari zalolat boʻlsa ham, yana ittifoqni muhofaza qiladilar. Goʻyo oʻsha haqsizlikda bir haqparastlik, oʻsha zalolatda bir ixlos, oʻsha dinsizlikda dinsizdorona bir mutaassiblik va oʻsha boʻlinishda ittifoq qiladilar, muvaffaq boʻladilar. Chunki samimiy ixlos, yomonlikda boʻlsa ham, natijasiz qolmaydi. Ha, ixlos bilan kim nima istasa, Alloh beradi.

{(Hoshiya1) Ha, مَنْ طَلَبَ وَ جَدَّ وَجَدَ bir haqiqat dasturidir. Qamrovliligi keng va kengligi maslagimizni ham ichiga olishi mumkin.}

Ammo ahli hidoyat va diyonat hamda ahli ilm va tariqat: haq va haqiqatga tayanganlari uchun va har biri shaxsan haq yoʻlida faqat Rabbini oʻylab, yordamiga ishonishgani uchun, ma'nan oʻsha maslakdan keladigan izzatlari bor. Zaiflik his qilgan vaqti, insonlarning oʻrniga Rabbiga murojaat qiladi, Undan madad istaydi. Mashrablarning farqliligi bilan, zohir mashrabiga muxolif kishiga nisbatan yordam ehtiyojini toʻliq his qilmaydi, ittifoqqa ehtiyojni koʻrolmaydi. Agar xudbinlik va manmanlik boʻlsa, oʻzini haqli va muxolifini haqsiz deb oʻylab, ittifoq va muhabbat oʻrniga, ixtilof va raqobat oʻrtaga kiradi. Ixlosni qochiradi, vazifasi chil-parchin boʻladi.

— 151 —

Shu mudhish sababning dahshatli natijalarni koʻrmaslikning yagona chorasi, "toʻqqiz ishdir":

1- Musbat harakat qilish, ya'ni oʻz maslagining muhabbati bilan harakat qilish. Boshqa maslaklarning adovati va uning fikri va ilmiga boshqalarni kamsitish qoʻshilmasligi, ular bilan mashgʻul boʻlmaslik.

2- Balki Islomiyat doirasi ichida qaysi mashrabda boʻlsa boʻlsin, muhabbat va qardoshlik va ittifoqqa sabab boʻladigan koʻp umumiy aloqalar borligini oʻylab ittifoq qilib...

3- Va xar bir haqli maslak sohibi boshqalarning maslagiga qarshi chiqmasdan "Maslagim haq yoki yaxshiroq" deyishga haqqi bor. Aksincha, boshqasining maslagining haqsizligini yoki xunukligiga shama qilib, "Faqat mening maslagim haq" yoxud "mening mashrabim yaxshi" demaydigan insof dasturini oʻziga rahbar qilish.

4- Va ahli haq bilan ittifoq, tavfiqi Ilohiyning sababi va diyonatdagi izzatning asosi ekanini oʻylash bilan...

5- Ham ahli zalolat va haqsizlik -bir-biriga tayanib- jamoat suratidagi kuchli bir shaxsi ma'naviyning dahosi bilan hujumi davrida; oʻsha shaxsi ma'naviyga qarshi, eng kuchli yakka holdagi qarshilik koʻrsatish magʻlub ekanini anglab ahli haq tarafidagi ittifoq bilan bir shaxsi ma'naviy chiqarib, oʻsha mudhish zalolatning shaxsi ma'naviysiga qarshi haqqoniyatni muhofaza qilish.

6- Va haqni botilning hujumidan qutqarish uchun...

7- Nafsini va manmanligini...

8- Va xato oʻylagan izzatini...

9- Va ahamiyatsiz raqobatkorona hissiyotini tark qilish bilan ixlosni qozonadi, vazifasini haqqi bilan ado qiladi.

{(Hoshiya) Hatto sahih hadis bilan, oxir zamonda Isaviylarning haqiqiy dindorlari ahli Qur'on bilan ittifoq qilib, umumiy dushmanlari boʻlgan dahriylikka qarshi kurashishlari kabi, bu davrda ahli diyonat va ahli haqiqat nafaqat dindoshi, maslakdoshi, qardoshi boʻlganlar bilan samimiy ittifoq qilishi, balki Nasroniylarning haqiqiy dindor ruhoniylari bilan ixtilofga sabab nuqtalarni vaqtinchalik tortishuv va nizoga sabab qilmasdan, umumiy dushmanlari boʻlgan tajovuzkor dinsizlarga qarshi ittifoqqa muhtojdirlar.}

UCHINCHI SABAB:

Ahli haqning ixtilofi, himmatsizlikdan va tubanlikdan hamda ahli zalolatning ittifoqi, oliyhimmatlikdan emas. Balki ahli hidoyatning ixtilofi, oliyhimmatlikning suiiste'molidan va ahli zalolatning ittifoqi, himmatsizlikdan kelgan zaiflik va ojizlikdandir. Ahli hidoyatni oliyhimmatlikdan suiiste'molga va bu orqali ixtilofga va raqobatga chorlagan, oxirat nuqtai nazarida maqtalgan xislat sanalgan savob hirsi va oxiratga oid vazifada qanoatsizlik jihatidan kelib chiqadi. Ya'ni: "Bu savobni men qozonay, bu insonlarni men irshod qilay, mening soʻzimni tinglasinlar", deya qarshisidagi haqiqiy qardoshi va haqiqatdan muhabbat va yordamiga va samimiy doʻstligiga va yordamiga muhtoj bir zotga nisbatan raqobatkorona vaziyat oladi. "Shogirdlarim nima uchun uning yoniga ketishyapti? Nima uchun unikichalik shogirdlarim yoʻq?" deb, oʻsha yerdan manmanligi fursat topib, ayblangan xislat boʻlgan mansabsevarlikka mayl uygʻotadi, ixlosni qochiradi, riyo eshigini ochadi.

— 152 —

Bu xatoning va bu yaraning va bu mudhish ruhiy kasallikning dorisi shuki: Janobi Haqning roziligi ixlos bilan qozoniladi. Ergashuvchilarning koʻpligi va koʻp muvaffaqiyat bilan emas. Chunki ular vazifa-i Ilohiyaga oid boʻlgani uchun istanilmaydi, balki ba'zan beriladi. Ha, ba'zan bitta soʻz najot topish va Allohning roziligiga sabab boʻladi. Miqdorga unchalik ham ahamiyat berilmasligi kerak. Chunki ba'zan birgina odamning irshodi, mingta odamning irshodi qadar rizo-i Ilohiyga sabab boʻladi. Yana, ixlos va haqparastlik esa, musulmonlarning qayerdan va kimdan boʻlsa boʻlsin, foydalanishlariga tarafdor boʻlishdir. Boʻlmasa, "Mendan dars olib savob qozontirsinlar" tushunchasi, nafsning va manmanlikning hiylasidir.

Ey savobga hirsli va oxirat ishlariga qanoatsiz inson! Ba'zi paygʻambarlar kelganki, sanoqli bir necha kishidan boshqa ergashuvchilar boʻlmasa ham oʻsha muqaddas paygʻambarlik vazifasining cheksiz ajrini olganlar. Demak, mahorat ergashuvchlarning koʻpligi bilan emas, balki rizo-i Ilohiyni qozonish bilan boʻladi. Sen kimsanki, hirs bilan "Hamma menga quloq solsin" deya vazifangni unutib, vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilyapsan? Qabul qildirish mening atrofingga xalqni toʻplash Janobi Haqning vazifasidir. Vazifangni qil, Allohning vazifasiga qoʻshilma. Yana, haq va haqiqatni eshitgan va aytganga savob qozontirganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ongli maxluqlari va ruhoniylari va malaklari koinotni toʻldirgan, har tarafni quvontirishgan. Modomiki koʻp savob istar ekansan, ixlosni asos tut va faqat rizo-i Ilohiyni oʻyla. Toki ogʻzingdan chiqqan havodagi muborak kalimalar ixlos bilan va samimiy niyat bilan hayotlansin, jonlansin, cheksiz onglilarning quloqlariga kirib, ularni nurlantirsin, senga ham savob qozontirsin. Chunki, masalan, sen "Alhamdulilloh" deding. Millionlab katta-kichik "Alhamdulilloh" kalimalari havoda izni Ilohiy bilan yoziladi. Naqqoshi Hakiym behuda va isrof qilmagani uchun, juda koʻp muborak kalimalarni tinglaydigan qadar cheksiz quloqlarni yaratgan. Agar ixlos bilan, samimiy niyat bilan havodagi kalimalar hayotlansalar, lazzatli bittadan meva kabi ruhoniylarning quloqlariga kiradilar. Agar rizo-i Ilohiy va ixlos havodagi oʻsha kalimalarga hayot bermasa, tinglanilmaydi. Savob ham faqat ogʻizdagi kalima bilan chegaralanib qoladi. Ovozlari uncha chiroyli boʻlmaganidan, tinglaganlarning kamligidan siqilgan hofizlarning quloqlarida jaranglasin!..

— 153 —
TOʻRTINCHI SABAB:

Ahli hidoyatning raqobatli ixtilofi, oqibatni oʻylamaslik va kaltafahmlikdan boʻlmagani kabi, ahli zalolatning samimiy tarzdagi ittifoqlari, oqibatni oʻylashlaridan va uzoqni oʻylab ish tutishlaridan emas. Balki ahli hidoyat haq va haqiqatning ta'siri bilan, nafsning koʻr hissiyotiga berilmasdan, qalb va aqlning kelajakni oʻylaydigan mayllariga tobe boʻlish bilan birga, istiqomatni va ixlosni muhofaza qilolmagani uchun, oʻsha yuksak maqomni muhofaza qilolmasdan, ixtilofga tushadilar. Ahli zalolat esa, nafsning va havasning ta'sirida, koʻr va oqibatni koʻrmagan va bir dirham naqd lazzatni bir botmon kelajakdagi lazzatdan ustun qoʻygan hissiyotning taqozolari bilan, bir-biriga samimiy, naqd manfaat va tayyor lazzat uchun shiddatli ittifoq qiladilar. Ha, dunyoviy va tayyor lazzat va manfaat atrofida tuban, qalbsiz va nafsparastlar samimiy ittifoq va ittihod qiladilar. Ahli hidoyat, oxiratga oid va kelajakka taalluqli oxirat mevalariga va kamolotga, qalb va aqlning yuksak dasturlari bilan yuzlanganlari uchun, asosli istiqomat va chinakkam ixlos va gʻoyat fidokorona ittihod va ittifoq boʻlishi mumkin ekan, manmanlikdan voz kecholmaganlari uchun, ifrot va tafrit sababli, yuksak quvvat manbai boʻlgan ittifoqni yoʻqotadilar, ixlos ham sinadi. Va oxiratga oid vazifa ham ziyon koʻradi. Rizo-i Ilohiy ham osonlikcha qoʻlga kiritilmaydi.

Bu jiddiy kasallikning malhami va dorisi: "Al-hubbu filloh" sirri bilan, haq yoʻlidagilar hamroh boʻlganidan faxrlanish va orqalaridan ketish; va imomlik sharafini ularga qoldirish; va oʻsha Haq yoʻlida kim boʻlsa boʻlsin, oʻzidan yanada yaxshi boʻlishining ehtimoli bilan, manmanligidan voz kechib, ixlosni qozonish; va ixlos bilan bir dirham amal, ixlossiz botmonlar bilan amallardan ustun ekanini bilib; va ergashishni ham mas'uliyatga sabab va xatarli yoʻlboshchilikdan ustun qoʻyib, kasallikdan qutuladi va ixlosni qozonadi, oxiratga oid vazifasini aytilganidek ado qila oladi.

BESHINCHI SABAB:

Ahli hidoyatning ixtilofi va ittifoq qilmasligi zaifliklaridan boʻlmagani kabi, ahli zalolatning kuchli ittifogʻi ham quvvatlaridan emas. Balki ahli hidoyatning ittifoqsizligi, iymoni komildan kelgan tayanch nuqta va tayanch nuqtadan kelib chiqqan quvvatdan kelib chiqqani kabi, ahli gʻaflat va ahli zalolatning ittifoqlari, qalban tayanch nuqta topmaganlari e'tibori bilan zaiflik va ojizliklaridan kelib chiqqan. Chunki zaiflar ittifoqqa muhtoj boʻlgani uchun, kuchli ittifoq qiladilar. Kuchlilar ehtiyojni toʻliq his qilmaganlaridan, ittifoqlari zaifdir. Arslonlar tulkilar kabi ittifoqqa muhtoj boʻlmagani uchun, yakka yashaydilar. Yovvoyi echkilar, boʻrilardan himoyalanish uchun, poda tashkil qiladilar. Demak, zaiflarning jamiyati va shaxsi ma'naviysi kuchli boʻlgani kabi, {(Hoshiya) Ovrupa qoʻmitalari ichida eng shiddatli va eng ta'sirlisi va bir jihatdan eng kuchlisi, latif jinsli va zaif va nozik boʻlgan ayollarning Amerikadagi "Ayollar Huquq va Hurriyati Qoʻmitasi" boʻlgani; yana, millatlar ichida oz va zaif boʻlgan armanilarning qoʻmitasi koʻrsatgan kuchli fidokorona vaziyatlari bilan bu muddaomizni tasdiqlaydi.} kuchlilarning jamiyati va shaxsi ma'naviysi ham zaifdir.

— 154 —

Bu sirga latif bir ishora va zarif Qur'oniy bir nuktada, marhamat qilingan: وَ قَالَ نِسْوَةٌ فِى الْمَد۪ينَةِ Muannaslarning jamoatiga, ikkitalik muannas boʻlgani holda, muzakkar fe'li boʻlgan قَالَ deyishi; ham قَالَتِ الْاَعْرَابُ deyish bilan muzakkarlarning jamoatiga muannas fe'li boʻlgan قَالَتْ ta'biri bilan, latifona ishora qiladiki: Zaif va halim va yumshoq ayollarning jamiyati quvvat topadi, qattiqlik va shiddat kasb etib, bir navi rajuliyat qozonadi. Muzakkar fe'lini taqozo qilganidan وَقَالَ نِسْوَةٌ ta'biri bilan, gʻoyat chiroyli boʻlgan. Kuchli erkaklar esa, xususan badaviy arab boʻlsa, kuchlariga ishonganlari uchun, jamiyatlari zaif boʻlib, ham ehtiyotkorlik, ham yumshoq boʻlganlari va bir navi ayollik xususiyatini olganlari uchun, muannas fe'lini taqozo qilganidan قَالَتِ الْاَعْرَابُ muannas fe'li bilan ta'bir qilinishi juda oʻrinli boʻlgan. Ha, ahli haq gʻoyat kuchli bir tayanch nuqtasi boʻlgan iymoni billohdan kelgan tavakkal va taslim bilan, boshqalarga ehtiyojini bildirib, koʻmak va yordamlarini istamaydi. Istasa ham, gʻoyat fidokorlik bilan yopishmaydi. Ahli dunyo, dunyo ishlarida haqiqiy tayanch nuqtasida gʻaflatda qolganlaridan, zaiflik va ojizlikka tushib, shiddatli suratda yordamchilarga ehtiyojini his qiladi. Samimiy tarzda, balki fidokorlik bilan ittifoq qilishadi.

Ahli haq ittifoqdagi haq quvvatini oʻylamagani va izlamagani uchun, haqsiz va zararli natijasi sifatida ixtilof qilishadi. Haqsiz ahli zalolat esa, ittifoqdagi quvvatni, ojizliklari vositasi bilan his qilganlaridan, katta maqsadlarga erishtirish vositasi boʻlgan ittifoqni qoʻlga kiritishgan.

Ahli haqning bu haqsiz ixtilof kasalligining malhami va dorisi:

وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ

oyatidagi shiddatli nahyi Ilohiy, وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوٰى oyatida ijtimoiy hayot jihatidan gʻoyat hikmatli amri Ilohiyni harakat dasturi qilixh va ixtilof Islomiyatda qay darajada zararli ekanini va ahli zalolatning ahli haq ustidan gʻalabasini qay darajada osonlashtirganini oʻylab, mukammal zaiflik va ojizlik bilan, oʻsha ahli haqning jamoatiga fidokorlik bilan, samimiy tarzda qoʻshilish, shaxsiyatini unutish orqali riyo va soxtakorlikdan qutulib, ixlosni qoʻlga kiritishdir.

— 155 —
OLTINCHI SABAB:

Ahli haqning ixtilofi nomardligidan, himmatsizligidan, hamiyatsizligidan boʻlmagani kabi, gʻaflatli ahli dunyoning va ahli zalolatning dunyoga oid ishlarda samimiy ittifoqlari ham mardlikdan, hamiyatdan, himmatdan emasdir. Balki ahli haqning asosan oxiratga oid foydalarni oʻylab, ahamiyatli va koʻplab masalalarga hamiyati, himmati, mardligi boʻlinadi. Haqiqiy sarmoya boʻlgan vaqtini bir masalaga sarf qilmagani uchun, maslakdoshlari bilan ittifoqi mustahkamlanmaydi. Chunki masalalar koʻp, doira ham keng. Gʻaflatli ahli dunyo esa, faqat dunyoviy hayotni oʻylagani uchun, barcha tuygʻulari bilan hamda ruh va qalbi bilan dunyoviy hayotga oid masalalarga qattiq yopishadi. Va oʻsha masalada unga yordam berganga qattiq yopishadi. Va haqiqat nuqtai nazarida besh tiyinga arzimagan va ahli haq unga oʻn tiyinlik qiymat bermagan masalalarga, devona boʻlgan olmoschi bir yahudiyning besh tiyinlik shisha boʻlagiga besh lira narx bergani kabi, besh yuz lira qiymatidagi vaqtini oʻsha masalaga ayiradi. Albatta, bu qadar narx berib, shiddatli tuygʻular bilan yopishish, botil yoʻlda boʻlsa ham, samimiy ixlos boʻlgani uchun, oʻsha masalada muvaffaq boʻladi va ahli haq ustidan gʻalaba qozonadi. Bu gʻalaba natijasida ahli haq xorlikka va mahkumlikka va soxtakorlikka va riyoga kirib, ixlosni yoʻqotadi. Oʻsha nomard, himmatsiz, hamiyatsiz bir qism ahli dunyoga tilyogʻlamachilik qilishga majbur boʻladi.

Ey ahli haq! Ey haqparast ahli shariat va ahli haqiqat va ahli tariqat! Bu mudhish ixtilof kasalligiga qarshi bir-biringizning kamchiligini koʻrmasdan, yakdigaringizning aybiga koʻzingizni yumingiz! وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا boʻlgan Furqoniy adab bilan adablaningiz! Va xorijiy dushmanning hujumida dohiliy totrishuvlarni tark qilish va ahli haqni tubanlashishdan va xorlikdan qutqarishni oxiratga oid eng birinchi va eng muhim vazifa deb bilib, yuzlab oyat va Paygʻambarimiz hadislarining qattiq amr qilgan qardoshlik, muhabbat va oʻzaro yordamlashishni tatbiq qilib, barcha tuygʻularingiz bilan ahli dunyodan ham qattiqroq maslakdoshlaringiz bilan va dindoshlaringiz bilan ittifoq qilinlar, ya'ni, ixtilofga tushmangiz. Kichik masalalar uchun qiymatdor vaqtimni sarf qilishdan koʻra, juda qiymatli vaqtimni zikr va fikr kabi qiymatdor narsalarga sarf qilaman deb chekinib, ittifoqni zaiflashtirmanglar. Chunki ma'naviy jihodda kichik masala deb oʻylagan narsangiz, juda katta boʻlishi mumkin. Bir askarning bir soat muhim va maxsus sharoitdagi navbatchiligi ba'zan bir yil ibodat hukmiga oʻtgani kabi, ahli haqning magʻlubiyati zamonida, ma'naviy kurash masalalarida, kichik bir masalaga sarf qilingan sening qiymatdor bir kuning, u askarning oʻsha soati kabi ming daraja qiymat olishi, bir kuning ming kun boʻlishi mumkin. Modomiki Alloh uchun ekan, ishning katta-kichigiga, qiymatli va qiymatsizligiga qaralmaydi. Ixlos va rizo-i Ilohiy yoʻlida zarra yulduz kabi boʻladi. Vasilaning mohiyatiga qaralmaydi, natijasiga qaraladi. Modomiki natijasi rizo-i Ilohiydir va asosi ixlosdir, u kichik emas, kattadir.

— 156 —
YETTINCHI SABAB:

Ahli haq va haqiqatning ixtilof va raqobatlari, hasadgoʻylikdan va dunyoga hirsdan kelmagani kabi, ahli dunyoning va ahli gʻaflatning ittifoqlari ham mardlikdan va oliyjanoblikdan emas. Balki ahli haqiqat haqiqatdan kelgan oliyjanoblik va oliyhimmatlik va tariqi haqda olqishlangan musobaqani toʻliq muhofaza qilolmaganlaridan va mutaxassis boʻlmagan kishilarning ishga kirishi sababli bir daraja suiiste'mol qilganlari, raqobatkorona ixtilofga tushib, ham oʻziga, ham Islom jamoatiga ulkan zarar boʻlgan. Ahli gʻaflat va ahli zalolat esa, maftun boʻlgan manfaatlarini yoʻqotmaslik va manfaat uchun ibodat qilish darajasida sevgan raislarini va birodarlarini ranjitmaslik uchun, xorliklaridan va nomardliklaridan, hamiyatsizliklaridan, mutloq birodarlari bilan, hatto pastkash va xoin va zararli boʻlsalar ham, xolisona ittihod qilib... ham qay shaklda boʻlsa boʻlsi manfaat atrofida toʻplangan sheriklari bilan samimiy ittifoq qiladilar. Samimiyat natijasi sifatida istifoda qiladilar.

Ey musibatzada va ixtilofga tushgan ahli haq va asxobi haqiqat! Ushbu musibat davrida ixlosni qochirganingiz va faqatgina rizo-i Ilohiyni asl gʻoya qilmaganingiz, ahli haqning xorlik va magʻlubiyatiga sabab boʻldingiz. Din va oxiratga oid ishlarda raqobat, suqlanish, hasad va qizgʻanish boʻlmasligi kerak. Va haqiqat nuqtai nazarida boʻlolmaydi. Chunki qizgʻanish va hasadning sababi, bitta narsaga koʻp qoʻllar uzatilishidan va bitta maqomga koʻp koʻzlar tikilishidan va bitta nonni koʻp me'dalar istagani uchun bir-biriga zahmat berish, tortishish, musobaqalashish sababi bilan suqlanishga, soʻngra qizgʻanishga tushadilar. Dunyoda bitta narsaga koʻplar tolib boʻlgani hamda dunyo tor va vaqtinchalik ekani sabab, insonning cheksiz orzularini qondira olmagani uchun, raqobatga tushadilar. Lekin oxiratda birgina odamga besh yuz yil

{(Hoshiya) Muhim tarafdan ahamiyatli savol: Rivoyatda kelganki, Jannatda bitta odamga besh yuz yillik Jannat beriladi. Bu haqiqat dunyoviy aqlga qanday sigʻadi?

Javob: Bu dunyoda har kimning dunyo qadar xususiy va vaqtinchalik dunyosi bor, u dunyoning ustuni, uning hayotidir. Inson zohiriy va botiniy tuygʻulari bilan oʻsha dunyosidan istifoda qiladi. "Quyosh bir chirogʻim, yulduzlar shamlarimdir", deydi. Boshqa yaratilgan borliqlar va jonzotlarning boʻlishlari u odamning egalik qilishiga mone boʻlmaganlari kabi, aksincha uning xususiy dunyosini quvontiradilar, ziynatlantiradilar. Aynan shuning kabi, biroq minglab daraja yuksak, har bir moʻmin uchun minglab qasr va huriylarni ichiga olgan xos bogʻidan tashqari, umumiy Jannatdan besh yuz yil kenglikda bittadan xususiy Jannati bor. Darajasi nisbatida ochilgan hissiyoti bilan, tuygʻulari bilan Jannatga va abadiyatga loyiq bir suratda istifoda qiladi. Boshqalarning ishtiroki uning egaligiga va istifoda qilishiga xalaqit bermaganlari kabi, quvvat berishadi. Va xususiy va keng Jannatini ziynatlantirishadi. Ha, bu dunyoda bir odam bir soatlik bir bogʻdan va bir kunlik sayrongohdan va bir oylik mamlakatdan va bir yillik saylgohda sayohatidan ogʻzi bilan, qulogʻi bilan, koʻzi bilan, zavqi bilan, zoiqasi bilan, boshqa tuygʻulari bilan istifoda qilgani kabi; bogʻdan faqat bir soat zoʻrgʻa istifoda qilgan bu foniy mamlakatdagi quvva-i shamma va quvva-i zoiqa boqiy mamlakatda bir yillik bogʻdan oʻsha istifodani qiladi. Va bu yerda bir yillik saylgohdan zoʻrgʻa istifoda qila olgan quvva-i basira va quvva-i sami'a u yerda besh yuz yillik saylgohidagi sayohatdan u muhtasham, boshdan oyoq ziynatli mamlakatga loyiq tarzda istifoda qiladi. Har bir moʻmin darajasiga va dunyoda qozongan savoblari, hasanalari nisbatida rivojlangan va inkishof etgan tuygʻulari bilan zavq oladi, lazzatlanadi, istifoda qilgan boʻladi.}

— 157 —

masofalik bir Jannat ehson qilinishi va yetmish ming qasr va huriylar berilishi va ahli Jannatdan harkim oʻz hissasidan toʻliq rozilik bilan mamnun boʻlishi ishorasi koʻrsatadiki, oxiratda raqobatga sabab hech narsa yoʻq va raqobat ham boʻlolmaydi. Unday boʻlsa, oxiratga oid boʻlgan solih amallarda ham raqobat boʻlolmaydi, qizgʻanish yeri emas. Qizgʻangan odam yo riyokordir, solih amallar bilan dunyoviy natijalarni qidiradi, yoxud sodiq johil boʻlib, solih amallar qayerga qaraganini bilmaydi va solih amallarning ruhi, asosi ixlos ekanini idrok qilmaydi. Raqobat surati bilan avliyoullohga nisbatan bir navi adovat bilan, Allohning keng rahmatiga tuhmat qiladi. Bu haqiqatni quvvatlantirgan bir voqea:

Eski birodarlarimizdan bir odamning bir odamga adovati bor edi. U odamning yonida maqtab, uning dushmanini solih amal bilan, hatto valiylik bilan ta'rif qilindi. U odam qizgʻanmadi, siqilmadi. Soʻngra undan: "Sening u dushmaning jasur, kuchli", deb soʻrashdi. Qarasak, u odamda qattiq qizgʻanish va raqobat hissi uygʻondi. Unga: "Valiylik va solihlik cheksiz abadiy hayotning olmosi kabi quvvat va yuksaklikdir. Sen unga bu jihatdan qizgʻanmading. Dunyoviy kuch hoʻkizda va jasorat jonivorda ham boʻlish bilan birga, valiylik va solihlikka nisbatan, bir oddiy shisha parchasining olmosga nisbati kabidir", dedik. U odam aytdiki: "Bu dunyoda bir nuqtaga, bir maqomga ikkovimiz koʻzimizni tikkanmiz. U yerga chiqish uchun zinalarimiz kuch va jasorat kabi narsalardir. Shuning uchun qizgʻandim. Oxirat maqomlari cheksizdir. U bu yerda mening dushmanim ekan, u yerda mening samimiy va sevikli qardoshim boʻlishi mumkin."

Ey ahli haqiqat va tariqat! Haqqa xizmat, ulkan va ogʻir xazinani tashish va muhofaza qilish kabidir. U xazinani yelkasida tashiganlarga qanchalar kuchli qoʻllar yordamga kelishsa, shuncha koʻp sevinadilar, mamnun boʻladilar. Qizgʻanish u yoqda tursin, gʻoyat samimiy muhabbat bilan kelganlarning ulardan koʻproq kuchlarini va kuchli ta'sirlarini va yordamlarini faxr bilan olqishlamoq lozim kerak ekan, nima uchundir haqiqiy qardoshlarga va fidokor yordamchilarga raqobat bilan qaralmoqda va bu hol bilan ixlos qochmoqda.

— 158 —

Vazifangizda tuhmatga qolib, ahli zalolatning nazarida sizdan va sizning maslagingizdan yuz daraja past boʻlgan, din bilan dunyo qozonish va ilmi haqiqat bilan tirikchilikni ta'minlash, tama va hirs uchun raqobat qilish kabi mudhish ayblovlarga qolmoqdasiz. Bu kasallikning yagona chorasi: Nafsini ayblash va nafsiga emas, doimo qarshisidagi maslakdoshiga tarafdor boʻlish. Fanni Odob va Ilmi Munozaraning olimlari oralaridagi haqparastlik va insof dasturlari shunday boʻlgan: "Agar bir masalaning munozarasida oʻz soʻzining haqli chiqishiga tarafdor boʻlib va haq boʻlib chiqqanida sevinsa va raqibining haqsiz va xato qilganiga mamnun boʻlsa, insofsizdir." Ham zarar koʻradi. Chunki haqli chiqsa, munozarada bilmagan narsasini oʻrganmaydi, balki gʻurur ehtimoli bilan zarar koʻrishi mumkin. Agar haq, raqibining qoʻlida chiqsa, zararsizdir. Bilmagan masalani oʻrganib, manfaatdor boʻladi, nafsning gʻururidan qutuladi. Demak, insofli haqparast, haqning xotiri uchun nafsning xotirini sindiradi. Raqibining qoʻlida haqni koʻrsa, rozilik bilan qabul qilib, tarafdor boʻlib, sevinadi.

Bu dasturni ahli din, ahli haqiqat, ahli tariqat, ahli ilm oʻzlariga rahbar qilihshsa, ixlosni qozonadilar. Va oxiratga oid vazifalarida muvaffaq boʻladilar. Va bu fojiali qulash va hozirgi musibatdan rahmati Ilohiya bilan qutuladilar.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 159 —

YIGIRMA BIRINCHI YOGʻDU

Ixlos haqida
(Oʻn Yettinchi Yogʻduning Oʻn Yettinchi Mulohazasining yetti masalasidan Toʻrtinchi Masalasi ekan, ixlos munosabati bilan Yigirmanchi Yogʻduning Ikkinchi Nuqtasi boʻldi. Nuroniyatiga binoan Yigirma Birinchi Yogʻdu boʻlib Yogʻdularga kirdi.)
Bu Yogʻdu loaqal har oʻn besh kunda bir marta oʻqilishi kerak.
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ ٭ وَ قُومُوا لِلّٰهِ قَانِت۪ينَ ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا ٭ وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا

Ey qiyomatli qardoshlarim va ey Qur'on xizmatida birodarlarim! Bilasiz va bilingizki: Bu dunyoda, xususan oxiratga oid xizmatlarda eng muhim asos, eng buyuk quvvat, eng maqbul shafoatchi, eng metin tayanch nuqtasi, eng qisqa haqiqat yoʻli, eng maqbul ma'naviy duo, eng karomatli maqsadlar vasilasi, eng yuksak xislat, eng sof ubudiyat ixlosdir. Modomiki ixlosda mazkur xossalar kabi koʻp nurlar va koʻp quvvatlar bor ekan, va modomiki bu mudhish zamonda va dahshatli dushmanlar qarshisida va shiddatli tazyiqlar qarshisida va bosqinchi bid'atlar, zalolatlar ichida bizlar gʻoyat kam va zaif va faqir va quvvatsiz holimizda, gʻoyat ogʻir va buyuk va umumiy va muqaddas bir iymoniy vazifa va Qur'on xizmati yelkamizga ehsoni Ilohiy tarafidan qoʻyilgan ekan. Albatta, harkimdan koʻra koʻproq butun quvvatimiz bilan ixlosni qozonishga majbur va vazifadormiz va ixlosning sirrini oʻzimizda joylashtirishga juda qattiq muhtojmiz.

— 160 —

Boʻlmasa, ham hozirgacha qozongan muqaddas xizmatimiz qisman yoʻqoladi, davom etmaydi, ham qattiq mas'ul boʻlamiz. وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلً oyatidagi Allohning qattiq nahyiga uchrab, abadiy saodatli hayotimiz zarariga ma'nosiz, keraksiz, zararli, qaygʻuli, xudfurushona, xunuk, ikkiyuzlama ba'zi past hislar va kichik manfaatlarning xotiri uchun, ixlosni sindirib: ham bu xizmatdagi umum qardoshlarimizning huquqiga tajovuz, ham xizmati Qur'oniyaning xizmatiga hujum, ham iymon haqiqatlarining muqaddasligiga hurmatsizlik qilgan boʻlamiz.

Ey qardoshlarim! Muhim va buyuk xayrli ishlarning zararli monelari koʻp boʻladi. Shaytonlar u xizmatning xodimlari bilan koʻp kurashadi. Bu monelarga va bu shaytonlarga qarshi ixlos kuchiga tayanish kerak. Ixlosni sindiradigan sabablardan ilondan, chayondan qochgandek qoching. Hazrati Yusuf Alayhissalom

اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبّ۪ى

deganlaridek, nafsi ammoraga ishonib boʻlmaydi. Anoniyat va nafsi ammora sizni aldab qoʻymasin. Ixlosni qozonish va muhofaza qilish va monelarni daf qilish uchun quyidagi dasturlar rahbaringiz boʻlsin.

BIRINCHI DASTURINGIZ:

Amalingizda rizo-i Ilohiy boʻlishi kerak. Agar U rozi boʻlsa, butun dunyo ranjisa, ahamiyati yoʻq. Agar U qabul qilsa, hamma odamlar rad qilsa ham, ta'siri yoʻq. U rozi boʻlgandan va qabul qilgandan soʻng, istasa va hikmati taqozo qilsa, sizlar istamagan boʻlsangiz ham, odamlarga ham qabul qildiradi, ularni ham rozi qiladi. Shuning uchun, bu xizmatda toʻgʻridan-toʻgʻri faqat Janobi Haqning roziligini asos maqsad qilish kerak.

IKKINCHI DASTURINGIZ:

Ushbu Qur'on xizmatida boʻlgan qardoshlaringizni tanqid qilmaslik va ularning ustida fazilatfurushlik qilib, hasad hissini qoʻzgʻatmaslik kerak. Chunki, insonning bir qoʻli boshqa qoʻli bilan raqobat qilmaydi, bir koʻzi boshqa koʻzini tanqid qilmaydi, tili qulogʻiga e'tiroz qilmaydi, qalb ruhning aybini koʻrmaydi. Balki bir-birining nuqsonini toʻldiradi, kamchiligini berkitadi, ehtiyojiga yordam beradi, vazifasiga koʻmaklashadi. Boʻlmasa inson badanining hayoti soʻnadi, ruhi qochadi, jismi ham nuraydi. Yana bir fabrikaning charxlari bir-biri bilan raqobat qilmaydi, bir-birining oldiga oʻtib hukmini oʻtkazmaydi, bir-birining aybini koʻrib tanqid qilib mehnatga shavqini sindirib, faoliyatsizlikka duchor qilmaydi. Balki barcha iste'dodlari bilan, bir-birining harakatini umumiy maqsadga qaratish uchun yordam qiladi, haqiqiy hamjihatlik, ittifoq bilan yaratilish gʻoyalari sari yuradilar. Agar zarra miqdor tajovuz, hukm oʻtkazish qoʻshilsa, fabrikani tartibsizlikka uchratadi, natijasiz-samarasiz qoldiradi. Fabrika sohibi ham oʻsha fabrikani butunlay buzib tashlaydi.

— 161 —

Xullas, ey Risola-i Nur shogirdlari va Qur'on xizmatkorlari! Sizlar va bizlar shunday insoni komil ismiga loyiq bir shaxsi ma'naviyning a'zolarimiz. Va abadiy hayot ichidagi abadiy saodatni natija bergan bir fabrikaning charxlari hukmidamiz. Va sohili salomat boʻlgan Dorus-Salomga ummati Muhammadiyani (ASV) chiqargan safina-i Rabboniyada ishlagan xizmatchilarmiz. Albatta, toʻrt kishidan iborat bir ming bir yuz oʻn bir boʻlgan ma'naviy quvvatni ta'min qilgan ixlos sirrini qozonish bilan, hamjihatlik va haqiqiy ittihodga muhtojmiz va majburmiz. Ha, uchta alif birlashmasa, uch qiymati bor. Son oʻlaroq yonma-yon turish sirri bilan ittihod qilsa, bir yuz oʻn bir qiymatini oladi. Toʻrt karra toʻrt alohida-alohida boʻlsa, oʻn olti qiymatiga ega. Agar qardoshlik sirri va maqsadda birlashish va vazifada ittifoq bilan tavofuq qilib bir chiziq ustida yelkani yelkaga bersalar, oʻsha vaqt toʻrt ming toʻrt yuz qirq toʻrt quvvatida va qiymatida boʻlganlari kabi, haqiqiy ixlos sirri bilan, oʻn oltita fidokor qardoshlarning ma'naviy kuch va qiymati toʻrt mingdan oʻtganiga juda koʻp tarixiy voqealar guvohlik qiladi. Bu sirning sirri shuki, haqiqiy, samimiy ittifoqda har bir kishi boshqa qardoshlarning koʻzi bilan ham qaray oladi va quloqlari bilan ham eshita oladi. Goʻyo oʻn haqiqiy birlashgan odamning har biri yigirmata koʻz bilan qaraydigan, oʻnta aql bilan oʻylaydigan, yigirmata quloq bilan eshitadigan, yigirmata qoʻl bilan ishlaydigan ma'naviy qiymat va kuchlari bor.

{(Hoshiya) Ha, ixlos sirri bilan samimiy hamjihatlik va birdamlik, cheksiz manfaatga sabab boʻlgani kabi, qoʻrquvlarga, hatto oʻlimga qarshi eng muhim bir qalqon, bir tayanch nuqtasidir. Chunki oʻlim kelsa, bir ruhni oladi. Haqiqiy qardoshlik sirri bilan rizo-i Ilohiy yoʻlida, oxiratga taalluqli ishlarda, qardoshlari sanogʻicha ruhlari boʻlganidan; bittasi oʻlsa, "Boshqa ruhlarim omon qolsinlar. Zero u ruhlar har vaqt menga savoblar qozontirish bilan ma'naviy hayotni davom qildirganlaridan, men oʻlmayapman" deb, oʻlimni kulib qarshilaydi. "Va u ruhlar vositasida savob jihatidan yashayapman, lekin gunoh jihatidan oʻlyapman" deydi, tinch yotadi.}

UCHINCHI DASTURINGIZ:

Barcha kuchingizni ixlosda va haqda deb bilishingiz kerak. Ha, kuch haqdadir va ixlosdadir. Haqsizlar ham, haqsizliklari ichida koʻrsatgan ixlos va samimiyatlari tufayli kuch qozonadilar. Ha, kuch haqda va ixlosda ekaniga bir dalil, shu xizmatimizdir. Bu xizmatimizda ozgina ixlos bu da'voni isbot qiladi va oʻzi-oʻziga dalil boʻladi. Chunki yigirma yildan ortiq oʻz yurtimda va Istanbulda qilgan ilmiy va diniy xizmatimizga muqobil, bu yerda siz bilan yetti-sakkiz yilda yuz daraja ortiq xizmat qilindi. Holbuki, oʻz mamlakatimda va Istanbulda bu yerda men bilan xizmat qilgan qardoshlarimdan yuz, balki ming marta koʻp yordamchilarim bor ekan, bu yerda men yolgʻiz, kimsasiz, gʻarib, yaxshi yozishni bilmaydigan, insofsiz xodimlarning ta'qiblari va tazyiqlari ostida yetti-sakkiz yil sizlar bilan qilgan xizmatimiz, yuz daraja eski xizmatdan koʻra koʻproq muvaffaqiyatni koʻrsatgan ma'naviy kuch, sizlardagi ixlosdan kelganiga qat'iyan shubham qolmadi.

— 162 —

Ham e'tirof qilamanki, samimiy ixlosingiz bilan, shon va sharaf pardasi ostida nafsimni erkalagan riyodan meni bir daraja qutqardingiz. Inshoalloh, chinakkam ixlosga muvaffaq boʻlasiz, meni ham chinakkam ixlosga yoʻllaysiz. Bilasizki, Hazrati Ali (RA) oʻsha moʻ'jidek karomati bilan va Hazrati Gʻavsi A'zam (QS) oʻsha hayratlanarli gʻaybiy karomati bilan, sizlarga ixlos sirriga binoan iltifot koʻrsatmoqdalar. Va himoya qilib, tasalli berib, xizmatingizni ma'nan olqishlamoqdalar. Ha, hech shubhangiz boʻlmasin, bu e'tiborlari ixlosga binoan keladi. Agar bilib turib ushbu ixlosni sindirsangiz, ulardan ta'zir yeysiz. Oʻninchi Yogʻdudagi shafqat ta'zirlarini eslanglar. Bunday ma'naviy qahramonlarni orqangizda tayanch, boshingizda ustoz sifatida koʻrishni istasangiz وَ يُؤْثِرُونَ عَلٰٓى اَنْفُسِهِمْ sirri bilan chinakam ixlosni qozoninglar. Sharafda, maqomda, e'tiborda, hatto moddiy manfaat kabi nafsga yoqadigan narsalarda qardoshlaringizning nafslarini oʻz nafsingizdan ustun qoʻyinglar. Hatto eng latif va goʻzal bir iymoniy haqiqatni muhtoj bir mo'minga bildirishdek eng maʻsum, zararsiz bir manfaatda, mumkin boʻlsa, nafsingizga xudbinlik kelmasligi uchun, siz xohlamagan bir doʻstingiz orqali qildirish sizga yoqsin. Agar "Men savob qozonay, bu goʻzal masalani men aytay", degan orzuingiz boʻlsa, garchi unda gunoh va zarar boʻlmasa ham, lekin orangizdagi ixlos sirriga zarar kelishi mumkin.

TOʻRTINCHI DASTURINGIZ:

Qardoshingizning ustunliklarini shaxslaringizda va fazilatlarini oʻzingizda tasavvur qilib, ularning sharaflari bilan shokirona iftixor qilishdir. Ahli tasavvufning mobaynida "fano fish-shayx, fano fir-rasul" ta'birlari bor. Men soʻfiy emasman. Lekin ularning bu dasturi bizning maslagimizda "fano fil-ixvon" suratida goʻzal bir dastur hisoblanadi. Qardoshlar orasida bunga "tafoniy" deyiladi. Ya'ni, bir-birida foniy boʻlishdir. Ya'ni: Oʻz nafsoniy hissiyotini unutib, qardoshlarining ustunliklari va hissiyoti bilan fikran yashamoqdir. Zotan, maslagimizning asosi qardoshlikdir. Ota bilan oʻgil, shayx bilan murid mobaynidagi vosita emas. Balki haqiqiy qardoshlik vositalaridir. Juda nari borsa, bir ustozlik oʻrtaga kiradi. Maslagimiz "Xaliliya" boʻlgani uchun, mashrabimiz "xillat"dir. Xillat esa, eng yaqin doʻst va eng fidokor birodar va eng goʻzal taqdirlovchi yoʻldosh va eng mard qardosh boʻlishni taqozo qiladi. Bu xillatning ussul asosi, samimiy ixlosdir. Samimiy ixlosni sindirgan odam, bu xillatning gʻoyat yuksak minorasi ustidan qulaydi. Gʻoyat chuqur bir chohga tushish ehtimoli bor. Oʻrtada tutadigan yer topolmaydi.

— 163 —

Ha, yoʻl ikkita koʻrinmoqda. Hozir Qur'onning katta yoʻli boʻlmish bu maslagimizdan chiqqanlar, bizga dushman boʻlgan dinsizlik quvvatiga bilmasdan yordam berishlari ehtimoli bor. Inshoalloh, Risola-i Nur yoʻli bilan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning muqaddas doirasiga kirganlar doimo nurga, ixlosga, iymonga quvvat beradilar va unday chohlarga tushmaydilar.

Ey Qur'on xizmatida birodarlarim! Ixlosni qozonishning va muhofaza qilishning eng ta'sirli bir yoʻli, robita-i mavtdir. Ha, ixlosga ziyon yetkazgan va riyoga va dunyoga chorlagan, uzundan uzun orzular boʻlgani kabi, riyodan nafrat qildirgan va ixlosni qozontirgan narsa robita-i mavtdir. Ya'ni, oʻlimini oʻylab, dunyoning foniyligini mulohaza qilib, nafsning hiylalaridan qutulishdir. Ha, ahli tariqat va ahli haqiqat Qur'oni Hakimning

كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ ٭ اِنَّكَ مَيِّتٌ وَاِنَّهُمْ مَيِّتُونَ

kabi oyatlaridan olgan darslari bilan, robita-i mavtni suluklarida asos tutganlar. Uzundan uzun orzularning manbai boʻlgan abadiy dunyoda qolish oʻyini oʻsha robita bilan yoʻqotganlar. Ular faraziy va xayoliy suratda oʻzlarini oʻlgandek tasavvur va xayol qilib hamda yuvilayotganini, qabrga qoʻyilayotganini faraz qilib, oʻylab-oʻylab nafsi ammora oʻsha xayol va tasavvurdan ta'sirlanib, uzun orzularidan bir daraja voz kechadi. Bu robitaning foydalari juda koʻp. Hadisda اَكْثِرُوا ذِكْرَ هَادِمِ اللَّذَّاتِ -اَوْ كَمَا قَالَ - ya'ni: "Lazzatlarni buzib achchiqlashtirgan oʻlimni koʻp zikr qilinglar!" deb ushbu robitani dars beradi. Lekin maslagimiz tariqat boʻlmagani, balki haqiqat boʻlgani uchun, bu robitani ahli tariqat kabi faraziy va xayoliy suratda tatbiq qilishga majbur emasmiz. Ham haqiqat maslagiga uygʻun kelmaydi. Balki oqibatni oʻylash suratida, istiqbolni hozirgi zamonga keltirish emas, balki haqiqat nuqtasida hozirgi zamondan istiqbolga fikran borish, nazaran qarashdir. Ha, hech xayolga, farazga ehtiyoj qolmasdan, bu qisqa umr daraxtining uchidagi yolgʻiz mevasi boʻlgan oʻz oʻlimiga qaray oladi. Shu orqali oʻz shaxsining oʻlimini koʻrgani kabi, bir oz oldinga borsa, asrining oʻlimini ham koʻradi. Yana bir oz oldinga borsa, dunyoning oʻlimini ham mushohada qiladi, mukammal ixlosga yoʻl ochadi.

Ikkinchi Sabab: Iymoni tahqiqiyning quvvati bilan va ma'rifati Sone'ni natija bergan san'atli asarlardagi iymoniy tafakkurdan kelgan yogʻdular bilan bir navi huzur qozonib, Xoliqi Rahiymning hozir va nozir ekanini oʻylab, Undan boshqasining e'tiborini qidirmasdan, huzurida boshqalarga qarash, madad qidirish oʻsha huzurning adabiga muxolif ekanini oʻylab, riyodan qutulib ixlosni qozonadi. Nima boʻlganda ham. Bunda koʻp darajalar, martabalar bor. Hamma oʻz hissasiga koʻra qanchalar istifoda qila olsa, shunchalik foydadir. Risola-i Nurda riyodan qutqaradigan, ixlosni qozontiradigan koʻp haqiqatlar zikr qilinganidan, unga havola qilib, bu yerda tugatamiz.

— 164 —

Ixlosni sindiradigan va riyoga chorlagan juda koʻp sabablardan ikki-uchtasini qisqacha bayon qilamiz.

Birinchisi: Moddiy manfaat jihatidan kelgan raqobat asta-sekin ixlosni sindiradi. Yana, xizmatning natijasiga zarar yetkazadi. Yana, oʻsha moddiy manfaatni ham qochiradi. Ha, haqiqat va oxirat uchun xizmat qilganlarga nisbatan bu millat doimo hurmat qilgan va yordam berish fikrida boʻlgan. Va amalda ularning haqiqiy ixloslariga va sadoqatli xizmatlariga bir jihatda ishtirok qilish niyatida, ularning moddiy ehtiyojlarini ta'minlash bilan mashgʻul boʻlib, vaqtlarini zoye qilmaslik uchun, sadaqa va hadya kabi moddiy manfaatlar bilan yordam berib, hurmat koʻrsatishgan. Lekin bu koʻmak va manfaat istalmaydi, balki beriladi. Yana, qalban orzu qilib muntazir qolish bilan, hol tili bilan ham istanilmaydi, balki kutmagan holida beriladi. Boʻlmasa ixlosi buziladi. Yana, وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا oyatining ta'qiqiga yaqinlashadi, amali qisman yonadi. Bu moddiy manfaatni orzu qilib muntazir boʻlish bilan nafsi ammora xudbinligi bois, oʻsha manfaat boshqasiga tegmasligi uchun, haqiqiy bir qardoshiga va oʻsha xususiy xizmatdagi birodariga qarshi raqobat hissini uygʻotadi. Ixlosi buziladi, xizmatda muqaddaslikni yoʻqotadi. Ahli haqiqat nazarida xunuk vaziyat oladi. Va moddiy manfaatni ham yoʻqotadi. Nima boʻlganda ham. Gapiraman desa gap koʻp. Gapni choʻzmasdan, faqat haqiqiy qardoshlarimning ichida ixlos sirrini va samimiy ittifoqni kuchaytiradigan ikki misol aytaman.

Birinchi Misol: Ahli dunyo, katta boylik va shiddatli quvvat qoʻlga kiritish uchun, hatto bir qism ahli siyosat va bashariyat ijtimoiy hayotining muhim ijrochilari va qoʻmitalari moliyaviy sheriklik dasturini oʻzlariga rahbar qilishgan. Barcha suiiste'mollar va zararlari bilan birga, hayratlanarli quvvat va manfaatni qoʻlga kiritmoqdalar. Holbuki moliyaviy sheriklikning koʻp zararlari bilan birga, sheriklik bilan mohiyati oʻzgarmaydi. Har biri umumga garchi bir jihatda va nazoratda sohib hukmida boʻlsa ham, ammo foydalana olmaydi. Nima boʻlganda ham. Bu moliyaviy sheriklik dasturi oxiratga oid ishlarga kirsa, zararsiz ulkan manfaatga sabab boʻladi. Chunki barcha mol-mulk oʻsha ishtirok qilgan har bir kishining qoʻliga batamom oʻtishining sirrini mujassam qilgan. Chunki, qandayki, toʻrt-besh odam sheriklik niyati bilan biri kerasin, biri pilik, biri chiroq, biri shisha, biri gugurt keltirib chiroqni yoqsalar, har biri butun bir chiroqqa sohib boʻladi. Oʻsha ishtirok qilganlarning har birining honasida katta bir oynasi boʻlsa, bittadan chiroq boʻlinmasdan har birining nuqsonsiz, xona bilan birga oynasiga kiradi. Aynan shuning kabi, oxiratga oid mollarda ixlos sirri bilan sheriklik va qardoshlik sirri bilan hamjihatlik va ittihod sirri bilan hamkorlik qilish, oʻsha amallardagi sheriklikdan hosil boʻlgan umum natija va umum nur har birining amallar daftariga butunlay kirishi, ahli haqiqat mobaynida koʻrilgan va sodir boʻlgan. Va Alloh karamining va rahmati kengligining taqozosidir.

— 165 —

Ey qardoshlarim! Sizlarni inshoalloh moddiy manfaat raqobatga yetaklamaydi. Lekin oxirat manfaati nuqtasida bir qism ahli tariqat aldanganlari kabi, siz ham aldanishingiz mumkin. Ammo shaxsiy, oz bir savob qayerda-yu, mazkur misol hukmidagi amallardagi sheriklik nuqtasida namoyon boʻlgan savob va nur qayerda?

Ikkinchi Misol: Ishlab chiqaruvchilar ishning unumdorligini oshirish uchun, hamkorlikda ishlab ulkan boylik qoʻlga kiritmoqdalar. Avvalda tikuv ignalari yasovchi oʻnta odam alohida-alohida ishlashgan. Yakka mehnatning natijasi esa kuniga bor-yoʻgʻi uchta igna boʻlgan. Soʻngra hamkorlik dasturi bilan oʻnta odam birlashgan. Biri temir keltirgan, biri oʻchoqqa oʻt qalagan, biri teshik ochgan, biri oʻchoqqa tiqqan, biri uchini charxlagan va hokazo har biri igna yasash san'atida faqat maxsus bir ish bilan mashgʻul boʻlib, shugʻullangan ishi sodda boʻlganidan, vaqt zoye boʻlmasdan, oʻsha ishda malaka qozonib, gʻoyat tezlik bilan vazifasini bajargan. Soʻngra hamkorlik va ishni taqsimlash dasturi bilan ishning natijasini taqsimlaganlar. Har biriga bir kunda uch ignaga badal uch yuz igna toʻgʻri kelganini koʻrganlar. Bu hodisa ahli dunyo ishlab chiqaruvchilari orasida, ularni hamkorlik qilishga chorlash uchun tillarida doston boʻlgan.

Ey qardoshlarim! Modomiki dunyoviy ishlarda, moddiy narsalarda ittihod, ittifoq bilan natijalar bunday ulkan yakuniy foydalar berar ekan. Ajabo, oxiratga oid va nuroniy va boʻlinish hamda taqsimlanishga muhtoj boʻlmagan va fazli Ilohiy bilan har birining oynasiga umum nur aks etishi va har biri hamma qozongan mislicha savobga sohib boʻlish, qanchalar buyuk foyda ekanini qiyos qiling. Bu ulkan foyda raqobat va ixlossizlik bilan qoʻldan chiqarilmasligi kerak.

Ixlosni sindiradigan ikkinchi mone: Mansabsevarlikdan kelgan shuhratparastlik turtkisi bilan va shon-sharaf pardasi ostida odamlar e'tiborini qozonish, diqqat nazarini oʻziga jalb qilish bilan anoniyatni erkalash va nafsi ammoraga bir maqom berish boʻlib, eng muhim ruhiy kasallik boʻlgani kabi, "yashirin shirk" deb ta'bir qilingan riyokorlikka, maqtanchoqlikka eshik ochadi, ixlosga ziyon yetkazadi.

Ey qardoshlarim! Qur'oni Hakimning xizmatidagi maslagimiz haqiqat va qardoshlik boʻlgani va qardoshlikning sirri, shaxsiyatini qardoshlar ichida foniy

— 166 —

qilib, {(Hoshiya) Ha, baxtiyor kishi, kavsari Qur'oniydan suzilgan shirin, ulkan bir hovuzni qozonish uchun, bir muz parchasi navidagi shaxsiyatini va anoniyatini oʻsha hovuz ichiga tashlab eritgandir.} ularning nafslarini oʻz nafsidan ustun qoʻyish" kerakligi uchun, oʻrtamizda bu turdagi mansabsevarlikdan kelgan raqobat ta'sir qilmasligi kerak. Chunki maslagimizga butkul ziddir. Modomiki qardoshlarning sharafi umumiy boʻlib, har bir kishiga oid boʻlishi mumkin. Men umid qilamanki, Risola-i Nur shogirdlari buyuk ma'naviy sharafni shaxsiy, xudfurushona, raqobatkorona, arzimas sharaf va shuhratga fido qilishdan yuz daraja uzoqdirlar. Ha, Risola-i Nur shogirdlarining qalbi, aqli, ruhi bunday tuban, zararli, past narsalarga tubanlashmaydi. Lekin harkimda nafsi ammora bor. Ba'zan esa nafsoniy hissiyotlar tuygʻularga ta'sir qiladi. Bir daraja hukmini qalb, aql va ruhning istaklariga qarshi ijro qiladi. Sizlarning qalb va ruh va aqlingizni ayblamayman. Risola-i Nur bergan ta'sirga binoan sizlarga ishonaman. Lekin nafs va havo va his va vahima ba'zan aldaydilar. Shuning uchun, ba'zan shiddatli ogohlantirilasiz. Bu shiddat nafs va havo va his va vahimaga qaraydi, ehtiyotli harakat qilinglar. Ha, agar maslagimiz shayxlik boʻlsa edi, maqom bitta boʻlardi yoxud sanoqli maqomlar boʻlardi. Oʻsha maqomga koʻplab iste'dodlar nomzod boʻlardi. Hasad bilan bir xudbinlik boʻlishi mumkin edi. Biroq maslagimiz qardoshlikdir. Qardosh qardoshga ota boʻlolmaydi, murshid vaziyatini koʻrsatolmaydi. Qardoshlikdagi maqom kengdir. Hasad bilan bir-birga aziyat berishga sabab boʻlolmaydi. Juda nari borsa, qardosh qardoshga yordamchi va tayanch boʻladi, xizmatini toʻldiradi. Padarona, murshidona maslaklardagi hasad bilan savob hirsi va yuksak himmat jihatidan juda zararli va xatarli natijalar vujudga kelganiga dalil, ahli tariqatning shunchalar muhim va azim kamolotlari va manfaatlari ichida ixtiloflar va raqobat natijasida qoʻrqinchli natijalar boʻlib, ularning u azim, muqaddas quvvatlari bid'at shamollariga qarshi dosh berolmayapti.

Uchinchi mone: Qoʻrquv va tamadir. Bu mone boshqa bir qism monelar bilan birga "Hujumoti Sitta"da batamom izoh qilinganidan, unga havola qilib, Janobi Arhamurrohimindan barcha Asmo-i Husnasini shafoatchi qilib niyoz qilamizki: "Bizlarni chinakkam ixlosga muvaffaq aylasin... Omiyn..."

اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ سُورَةِ الْاِخْلَاصِ اِجْعَلْنَا مِنْ عِبَادِكَ الْمُخْلِص۪ينَ الْمُخْلَص۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 167 —

Bir qism qardoshlarimga xususiy bir maktubdir

Yozishdan zerikkan va ibodat oylari boʻlgan shuhuri salosada boshqa virdlarni, besh jihatdan ibodat sanalgan

{(Hoshiya) Bu qiymatli maktubda Ustozimiz ishora qilgan besh xil ibodatning izohini oʻzlaridan soʻradik. Olgan izohimiz quyidagicha:

1- Eng muhim kurash boʻlgan ahli zalolatga qarshi ma'nan kurashish.

2- Ustoziga haqiqatlarni yoyish jihatidan yordam suratida xizmat qilish.

3- Musulmonlarga iymon jihatidan xizmat qilish.

4- Qalam bilan ilm tahsil qilish.

5- Ba'zan bir soati bir yil ibodat hukmiga oʻtgan tafakkuriy ibodatni qilish.

Rushdu, Xusrav, Ra'fat}

Risola-i Nurni yozishdan ustun qoʻygan qardoshlarimga ikki hadisi sharifning bir nuktasini aytaman.

Birinchisi:
يُوزَنُ مِدَادُ الْعُلَمَاءِ بِدِمَاءِ الشُّهَدَاءِ -اَوْ كَمَا قَالَ

Ya'ni: "Mahsharda ulamo-i haqiqat sarf qilgan siyohlari, shahidlarning qoni bilan oʻlchanadi, oʻsha qiymatda boʻladi."

Ikkinchisi:
مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَه۪يدٍ -اَوْ كَمَا قَالَ

Ya'ni: "Bid'atlar va zalolatlarning istilosi zamonida Sunnati Saniyani va haqiqati Qur'oniyani mahkam ushlab xizmat qilgan oda, yuzta shahid savobini qozona oladi." Ey tanballik hissi bilan yozishdan zerikkan va ey soʻfiy-mashrab qardoshlar! Bu ikki hadisning majmui koʻrsatadiki: Bunday zamonda iymon haqiqatlari va shariat sirlari va Sunnati Saniyaga xizmat qilgan muborak xolis qalamlardan oqqan qora nur yoki obi hayot hukmida boʻlgan siyohlarning bir misqoli, shahidlarning yuz misqol qoni hukmida mahshar kunida sizga foyda berishi mumkin. Shunday ekan, uni qozonishga harakat qilinglar.

Agar: "Hadisda "olim" ta'biri bor, bir qismimiz faqat kotibmiz", desangiz.

Javob: Bir yil bu risolalarni va bu darslarni tushunib va qabul qilib oʻqigan odam bu zamonning muhim, haqiqiy olimi boʻlishi mumkin. Agar tushunmasa, modomiki Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi bor, shubhasiz oʻsha shaxsi ma'naviy bu zamonning bir olimidir. Sizning qalamlaringiz esa, oʻsha shaxsi ma'naviyning barmoqlaridir. Oʻz nuqtai nazarimda loyiq boʻlmasam ham, boringki men haqimdagi husni zonlaringizga binoan bu faqirga ustozlik va ergasish nuqtasida olim vaziyatini berganingiz uchun bogʻlangansiz. Men omi va yaxshi yozishni bilmaganim uchun, sizlarning qalamlaringiz mening qalamim sanaladi, hadisda koʻrsatilgan ajrni olasiz.

Said Nursiy
— 168 —

YIGIRMA IKKINCHI YOGʻDU

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Ispartaning odil hokimiga va adliyasiga va zobitlik bo'limiga.. eng maxfiy va eng xos va xolis qardoshlarimga maxsus yigirma ikki yil avval Ispartaning Barla nohiyasida bo'lganimda, yozgan ushbu gʻoyat maxfiy risolachamni Isparta millati bilan va hukumati bilan aloqadorligini koʻrsatgani uchun taqdim etmoqdaman. Agar munosib koʻrilsa, yo yangi yoki eski harf bilan yozuv mashinkasida bir nechta nusxa yozilsinki, yigirma besh-oʻttiz yildan beri sirlarimni qidirganlar va ta'qib qilganlar ham anglasinlarki, hech qanday yashirin sirimiz yoʻq. Va eng yashirin bir sirrimiz, ushbu risoladir, bilsinlar!

Said Nursiy
Uch Ishora

Oʻn Yettinchi Yogʻduning Oʻn Yettinchi Mulohazasining Uchinchi Masalasi ekan, savollarining shiddat va qamroviga va javoblarining quvvat va porloqligiga binoan, Oʻttiz Birinchi Maktubning Yigirma Ikkinchi Yogʻdusi boʻlib Yogʻdularga qoʻshildi. Yogʻdular bu Yogʻduga joy berishlari kerak. Maxfiydir, eng xos va xolis va sodiq qardoshlarimizga maxsusdir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللّٰهِ فَهُوَ حَسْبُهُ اِنَّ اللّٰهَ بَالِغُ اَمْرِه۪ قَدْ جَعَلَ اللّٰهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا

Bu Masala "Uch Ishora"dir.

— 169 —

Birinchi Ishora: Shaxsimga va Risola-i Nurga oid muhim bir savol.

Koʻplar tarafidan deyiladiki: Sen ahli dunyoning dunyosiga qoʻshilmaganing holda, nima uchun, har fursatda ular sening oxiratingga qoʻshiladilar. Holbuki hech bir hukumatning qonuni dunyoni tark qilganlar va yakka yashaydiganlar bilan ishi yoʻq?

Javob: Yangi Saidning bu savolga javobi sukutdir. Yangi Said: "Mening javobimni qadari Ilohiy bersin", deydi. Shu bilan birga majburiyat bilan, omonat sifatida qarz olgan Eski Saidning aqli deydiki: Bu savolga javob beradigan, Isparta viloyatining hukumatidir va shu viloyatning millatidir. Chunki bu hukumat va shu millat mendan bu savolning ostidagi ma'no bilan ancha muncha aloqador. Modomiki minglab vakillari boʻlgan hukumat va yuz minglab a'zolari boʻlgan bir millat mening badalimga oʻylashga va mudofaa qilishga majbur ekan. Men nima uchun behuda ayblovchilar bilan gaplashib mudofaa qilay. Chunki toʻqqiz yildan beri bu viloyatdaman, borgan sari dunyolariga yanada ko'proq orqamni oʻgirmoqdaman. Hech bir holim yashirin qolmagan. Eng yashirin, eng maxfiy risolalarim ham hukumatning va ba'zi majlis a'zolarining qoʻllariga oʻtgan. Agar ahli dunyoni xavotir va qoʻrquvga soladigan dunyoviy aralashish holim va chalkashtirish tashabbusim va fikrim boʻlsaydi, bu viloyat va tumanlardagi hukumat toʻqqiz yil e'tibor va josuslik qilganlari holda va men ham chekinmasdan yonimga kelganlarga sirlarimni bayon qilganim holda, hukumat menga nisbatan sukut qilib tegmadi. Agar millatning va vatanning saodatiga va istiqboliga zarar beradigan jinoyatim boʻlsa, toʻqqiz yildan beri hokimidan tortib qishloq politsiya uchastkasi boshligʻigacha ularini javobgar qiladi. Ular oʻzlarini mas'uliyatdan qutqarish uchun men haqqimda pashshani fil qilganlarga qarshi, filni pashsha qilib meni mudofaa qilishga majburdirlar. Shunday ekan, bu savolning javobini ularga havola qilaman.

Ammo bu viloyatning millati umuman olganda mendan ziyoda meni mudofaa qilish majburiyatlarining sababi, toʻqqiz yillik ham qardosh, ham doʻst, ham muborak boʻlgan bu millatning abadiy hayotiga va iymon quvvatiga va hayotining saodatiga amalda va ishda ta'sirini koʻrsatgan yuzlab risolalar bilan xizmat qilganimizni va hech kimga u risolalar tufayli hech bir aziyat va zarar kelmagani va hech bir gʻaraz qiladigan siyosiy va dunyoviy alomatlar koʻrilmagani va Allohga hamd boʻlsin, Isparta viloyati eski zamonning Shomi Sharifining muborakligi va olami Islomning umumiy madrasasi boʻlgan Misrning Jome'-ul Azharining muborakligi navidan, iymon quvvati va diniy salobat jihatidan muborakligi maqomini Risola-i Nur vositasi bilan qozonib, bu viloyatda iymonning quvvati loqaydlikka va ibodatning ishtiyoqi safohatga hokim boʻlishini va Risola-i Nur bu viloyatga umum viloyatlardan ustun dindorlik fazilatini qozontirgani uchun, albatta bu viloyatdagi barcha insonlar, hatto aytaylik dinsizi boʻlsa ham, meni va Risola-i Nurni mudofaa qilishga majburdir. Ularning juda ahamiyatli mudofaa haqlari ichida men kabi vazifasini tugatgan va Allohga hamd boʻlsin, minglab shogirdlar men kabi bir ojizning oʻrnida xizmat qilgan va xizmat qilayotgan paytda, ahamiyatsiz shaxsiy haqqim meni mudofaa qilishga chorlamaydi. Bu qadar minglab advokatlari boʻlgan odam, oʻz da'vosini oʻzi mudofaa qilmaydi.

— 170 —

Ikkinchi ishora: Tanqidli bir savolga javob.

Ahli dunyo tarafidan: "Sen nima uchun bizdan ranjiding? Bir marta ham, umuman murojaat qilmasdan jim oʻtirding? Bizdan shiddatli shikoyat qilib "Menga zulm qilmoqdasizlar!" deyapsan. Holbuki bizning bir uslubimiz, bu asrning taqozosi boʻlib xususiy dasturlarimiz bor. Bularning tatbiqini qabul qilmayapsan. Qonunni tatbiq qilgan zolim boʻlmaydi, qabul qilmagan isyon qiladi. Jumladan: Bugungi hurriyat asrida va bu yangi boshlangan jumhuriyatlar davrida, tenglik asosiga binoan zoʻravonlik va sitamni olib tashlash dasturi bizning asosiy qonunimiz hukmiga oʻtgani holda, sen goh domlalik, goh zohidlik suratida odamlar e'tiborini qozonib, diqqatni oʻzingga jalb qilib, hukumatning nufuzi xorijida bir quvvat, ijtimoiy maqom qoʻlga kiritishga harakat qilganing, yaqqol holing va oʻtmishdagi boshdan oʻtkazganlaringning dalolati bilan tushunilmoqda. Bu holga esa, hozirgi ta'bir bilan, burjuaziya sinfining istibdodli zoʻravonliklari ichida chidash mumkin. Lekin bizning oddiy xalq tabaqasining uygʻonishi va gʻalabasi bilan namoyon boʻlgan toʻliq sotsializm va bolshevizm dasturlari bizning ishimizga koʻproq yaragani uchun, oʻsha sotsializm dasturlarini qabul qilganimiz holda, sening vaziyating bizga ogʻir kelmoqda, prinsiplarimizga muxolif boʻlmoqda. Shuning uchun senga bergan aziyatimizdan shikoyat qilishga va ranjishga haqqing yoʻq", deyilmoqda.

Javob: Bashariyat ijtimoiy hayotida yangi yoʻl ochgan kishi, agar koinotdagi yaratilish qonuniga muvofiq harakat qilmasa, xayrli ishlarda va taraqqiyotda muvaffaq qozona olmaydi. Barcha harakati yomonlik va buzgʻunchilik hisobiga oʻtadi. Modomiki yaratilish qonuniga uygʻun harakat qilishga majburiyati bor ekan, albatta bashariyat tabiatini oʻzgartirish va nav'i basharning yaratilishidagi eng muhim hikmatni olib tashlash bilan, mutlaq tenglik qonuni tatbiq qilinishi mumkin. Ha, men nasab va yashash tarzi jihatidan avom tabaqasidanman. Va mashrab va fikr jihatidan "huquqda tenglik" maslagini qabul qilganlardanman. Shafqat jihatidan va Islomiyatdan kelgan adolat sirri bilan, burjuaziya deyilgan boylar tabaqasining istibdod va zoʻravonliklariga nisbatan eskidan beri qarshi chiqish bilan harakat qilganlardanman. Shuning uchun bor quvvatim bilan chinakkam adolat tarafida, zulm va sitamga hamda zoʻravonlik va istibdodga qarshiman.

— 171 —

Lekin nav'i basharning tabiati va hikmatining sirri mutlaq tenglik qonuniga ziddir. Chunki Fotiri Hakiym, mukammal qudrat va hikmatini koʻrsatish uchun, oz narsadan koʻp mahsulot oldirgani va bir sahifada koʻp kitoblarni yozdirgani va bir narsa bilan koʻp vazifalarni qildirgani kabi, bashar navi bilan ham minglab navning vazifalarini qildiradi.

Oʻsha azim sir sabab, Janobi Haq inson navini minglab navlar unib chiqadigan va hayvonotning boshqa minglab navlari qadar tabaqalar koʻrsatadigan tabiatda yaratgandir. Boshqa hayvonot kabi quvalariga, latifalariga, tuygʻulariga chegara qoʻyilmagan. Erkin qoʻyib cheksiz maqomlarda kezadigan iste'dod bergani, bir nav ekan minglab nav hukmiga oʻtgani uchun, Yerning xalifasi va koinotning natijasi va jonzotlarning sultoni hukmiga oʻtgan!

Xullas, nav'i insonning xilma-xilligining eng muhim asosi va harakat sababi, musobaqa bilan haqiqiy iymonli fazilatdir. Fazilatni olib tashlash bashariyat mohiyatining oʻzgartirilishi bilan, aqlning soʻndirilishi bilan, qalbning oʻldirilishi bilan, ruhning mahv etilishi bilan boʻlishi mumkin. Ha, hurriyat pardasi ostida mudhish bir istibdodga ega bu asrning gʻaddor yuziga otilishga loyiq ekan va holbuki u ta'zirga loyiq boʻlmagan gʻoyat muhim zotning xato boʻlib yuziga uloqtirilgan komilona bayti:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila hurriyatni yoʻq qilmoq

Urin idrokni olib tashla, qoʻlingdan kelsa odamiyatdan.

oʻrniga, bu asrning yuziga otish uchun men ham aytamanki:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila haqiqatni yoʻq qilmoq

Urin qalbni olib tashla, qoʻlingdan kelsa odamiyatdan.

Yoxud:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila fazilatni yoʻq qilmoq

Urin vijdonni olib tashla, qoʻlingdan kelsa odamiyatdan.

Ha, iymonli fazilat zoʻravonlikka sabab boʻlmagani kabi, istibdodga ham sabab boʻlolmaydi. Zoʻravonlik va sitam, fazilatsizlikdir. Va ayniqsa ahli fazilatning eng muhim mashrabi, ojizlik va faqirlik va kamtarinlik bilan bashariyatning ijtimoiy hayotiga qoʻshilish tarzida bo'lgan. Allohga hamd boʻlsin, bu mashrab ustida hayotimiz o'tgan va o'tyapti. Men oʻzimda fazilat bor deya faxr bilan da'vo qilmayman. Lekin ne'mati Ilohiyani aytish suratida, shukr qilish niyatida aytamanki: Janobi Haq fazlu karami bilan, iymoniy va Qur'oniy ilmlar bilan shugʻullanish va fahm qilish fazilatini ehson qilgan! Bu ehsoni Ilohiyni butun hayotimda, "Lillahilhamd", Allohning yordami bilan shu Islom millatining manfaatiga, saodatiga sarf qilib, hech bir vaqt zoʻravonlik va sitam vositasi boʻlmagani kabi, aksar ahli gʻaflat orzu qilgan odamlarning e'tibori va insonlarning chiroyli qabul qilishi, muhim bir sirga binoan, men nafrat qiladigan narsadir, ulardan qochaman. Yigirma yil eski hayotimni zoye qilgani uchun, ularni oʻzim uchun zararli deb bilaman. Ammo Risola-i Nurni yoqtirishlariga alomat deb bilganimdan, ularni ranjitmayman.

— 172 —

Mana ey ahli dunyo! Dunyongizga hech qoʻshilmaganim va uslublaringizga hech qanday aloqadorlik tomonim boʻlmagani va toʻqqiz yil asoratdagi bu hayotimning guvohligi bilan qaytadan dunyoga qoʻshilishga hech qanday niyat va orzuim yoʻq ekan, menga eski mustabid va doimo fursat poylagan va istibdod va zoʻravonlik fikrli bir odam kabi qilingan buncha ta'qib va tazyiqingiz qaysi qonun bilan amalga oshirildi? Qaysi foyda ko'zlanib qilindi? Dunyoda hech bir hukumat bunday qonunga xilof va hech bir kishining ma'qullashiga sazovor boʻlmagan bir muomalaga ruxsat bermagani holda, menga nisbatan qilingan buncha bad muomalalarga, nafaqat men gʻazablanyapman, balki agar bilsa nav'i bashar gʻazablanar, balki koinot gʻazablanmoqda!...

Uchinchi ishora: Adashtiradigan ahmoqona savol.

Bir qism ahli hukumat aytadilarki: Modomiki sen shu mamlakatda yashayotgan ekansan, uning jumhuriyat bilan bogʻliq qonunlariga itoat qilish lozim ekan, sen nima uchun yolgʻiz yashash pardasi ostida oʻzingni oʻsha qonunlardan olib qochyapsan? Jumladan, hozirgi hukumatning qonunida, vazifa xorijida goʻzal bir xislatni, bir fazilatni oʻziga taqib, u bilan bir qism odamlarga zoʻravonlik qilib gapini oʻtkazish, tenglik asosiga tayangan jumhuriyatning dasturiga ziddir. Sen nima uchun vazifasiz boʻlganing holda, qoʻlingni oʻptiryapsan? Odamlar meni tinglasin deb xudfurushona vaziyat olyapsan?

Javob: Qonunni tatbiq qilganlar avvalo oʻzlariga tatbiq qilgandan soʻng boshqasiga tatbiq qila oladilar. Siz oʻzingizga tatbiq qilmagan bir dasturingizni boshqasiga tatbiq qilish bilan, harkasdan avval siz dasturingizni, qonuningizni buzyapsiz va qarshi chiqyapsizlar. Chunki bu mutlaq tenglik qonunini menga tatbiq qilishni istayapsiz. Men ham aytamanki: Qachonki bir askar bir marshalning ijtimoiy maqomiga chiqsa va millat oʻsha marshalga koʻrsatgan hurmat va e'tiborga ishtirok etsa, va u kabi oʻsha e'tibor va hurmatga sazovor boʻlsa yoxud oʻsha marshal u askar kabi oddiylashsa va u askarning soʻniq vaziyatini olsa, va oʻsha marshalning vazifadan tashqari vaqtida hech qanday ahamiyati qolmasa.. yana, agar eng zakovatli va qoʻshinning zafar qozonishiga sabab boʻlgan bosh qoʻmondon eng ahmoq askar bilan odamlar e'tiborida va hurmat va muhabbatda teng boʻlsa, oʻshandagina sizning tenglik qonuningiz hukmiga binoan menga shunday deya olasiz: "Oʻzingga domla dema! Hurmatni qabul qilma! Fazilatingni inkor qil! Xizmatchingga xizmat qil! Tilanchilarga oʻrtoq boʻl!"

— 173 —

Agar: "Bu hurmat va maqom va e'tibor vazifa boshida boʻlgan vaqtga maxsus va vazifadorlarga xos. Sen vazifasiz odamsan. Vazifadorlar kabi millatning hurmatini qabul qilolmaysan!", desangiz.

Javob: Agar inson faqat jasaddan iborat boʻlsa, va inson dunyoda oʻlmay, doimiy qolsa, va qabr eshigi yopilsa, va oʻlim oʻldirilsa, oʻshanda vazifa faqat askarlik va idora ma'murlariga maxsus qolsa, soʻzingizda ma'no boʻlardi. Lekin modomiki inson faqat jasaddan iborat emas. Jasadni toʻydirish uchun qalb, til, aql, miya yulib olinib oʻsha jasadga yedirilmaydi. Ular yoʻq qilinmaydi. Ular ham idora istaydi.

Va modomiki qabr eshigi yopilmaydi va qabrning narigi tarafidagi istiqbol xavotiri hammaning eng muhim masalasidir. Albatta, millatning itoat va hurmatiga tayangan vazifalar, faqat millatning dunyoviy hayotiga oid ijtimoiy va siyosiy va askariy vazifalar bilan chegaralanmagan. Ha, yoʻlovchilarga sayohat uchun hujjat berish bir vazifa boʻlgani kabi, abad tarafiga ketgan yoʻlovchilarga ham hujjat, ham oʻsha zulmatli yoʻlda nur berish shunday bir vazifadirki, hech bir vazifa u vazifachalik ahamiyatli emas. Bunday vazifaning inkori, oʻlimning inkori bilan va har kun اَلْمَوْتُ حَقٌّ da'vosini o'layotganlarning muhri bilan imzo qoʻyib tasdiq qilgan oʻttiz ming shohidning guvohligini yolgʻonga chiqarish va inkor qilish bilan boʻladi. Modomiki ma'naviy zaruriy ehtiyojlarga tayangan ma'naviy vazifalar bor. Va u vazifalarning eng muhimi, abad yoʻlida sayohat uchun pasport hujjati, va barzax zulmatlarida qalbning choʻntak chirogʻi, va abadiy saodatning kaliti boʻlgan iymondir va iymonning darsi va mustahkamlanishidir. Albatta u vazifani bajargan ahli ma'rifat har holda ne'matga nonkoʻrlik suratida unga berilgan ne'mati Ilohiyani va fazilati iymoniyani pisand qilmay, buzuqlar va fosiqlarning maqomiga qulamaydi. Oʻzini tubanlarning bid'atlari bilan, safohatlari bilan bulgʻatmaydi!... Mana, siz yoqtirmagan va tengsizlik deb oʻylagan yolgʻiz yashash shuning uchundir.

Xullas, bu haqiqat bilan birga, menga qiynoq bilan azob bergan siz kabi anoniyatda va tenglik qonunini sindirishda fir'avnlik darajasida ilgarilagan mutakabbirlarga qarata aytaman. Chunki mutakabbirlarga nisbatan kamtarinlik, zillat deb oʻylangani uchun, kamtarinlik qilmaslik kerak. Balki ahli insof va kamtarin va odil qismiga aytamanki: Men, Allohga hamd boʻlsin, oʻz kamchiligimni, ojizligimni bilaman. Musulmonlar ustida kibrlanib hurmat maqomi istash emas, balki har vaqt nihoyasiz kamchiliklarimni, hechligimni koʻrib, istigʻfor bilan tasalli topib, odamlardan hurmat emas, duo istayman. Ham oʻylaymanki, mening bu maslagimni mening butun birodarlarim biladilar. Lekin, Qur'oni Hakimning xizmati asnosida va iymon haqiqatlarining darsi vaqtida oʻsha haqiqatlar hisobiga va Qur'on sharafi hisobiga oʻsha maqom taqozo qilgan izzat va ilmiy viqorni dars paytida muhofaza qilib, boshimni ahli zalolatga egmaslik uchun, oʻsha izzatli vaziyatni vaqtinchalik koʻrsataman. Oʻylaymanki, ahli dunyoning qonunlarining haddi yoʻqki, bu nuqtalarga qarshi chiqa olsin!

— 174 —

Hayratlanarli bir muomala tarzi: Ma'lumki, har yerda ahli maorif ma'rifat va ilm nuqtasida muhokama qiladi. Qayerda va kimda ma'rifat va ilm koʻrsa, maslak e'tibori bilan unga nisbatan doʻstlik va hurmat koʻrsatadi. Hatto dushman bir hukumatning bir professori bu mamlakatga kelsa, ahli maorif uning ilm va ma'rifatiga hurmatan uni ziyorat qiladilar va unga hurmat koʻrsatadilar. Holbuki Angliya eng yuksak ilmiy majlisining Mashihati Islomiyadan soʻragan olti savolning javobini olti yuz kalima bilan istagan vaqtlari, bu yer maorifining hurmatsizligiga uchragan bir ahli ma'rifat, o'sha olti savolga olti kalima bilan maqtovga loyiq boʻlgan javob bergan va ajnabiylarning eng muhim va hukamolarning eng asosli dasturlariga haqiqiy ilm va ma'rifat bilan tortishib gʻalaba qozongan va Qur'ondan olgan ma'rifat quvvati va ilmga tayanib Ovrupa faylasuflarini maydonga chaqirgan va Hurriyatdan olti oy avval Istanbulda ham olimlarni, hamda talabalarni munozaraga da'vat qilib oʻzi umuman savol soʻramasdan savollariga nuqsonsiz toʻgʻri javob bergan {(Hoshiya) Yangi Said deydiki: Bu yerda men Eski Said faxrlanib aytgan ushbu soʻzlariga ishtirok etmayman. Bu risolada soʻzni unga berganim uchun jim qilolmayapman. Anoniyatlilarga qarshi bir oz anoniyatini koʻrsatsin deb sukut saqlamoqdaman.} va butun hayotini bu millatning saodatiga bagʻishlagan va yuzlab risolalarni bu millatning Turk tilida nashr qilib bu millatni nurlantirgan.. ham vatandosh, ham dindosh, ham doʻst, ham qardosh bir ahli ma'rifatga eng ko'p aziyat bergan va unga adovat tashigan va balki hurmatsizlik qilgan - bir qism maorif doirasiga mansublar bilan oz bir qism rasmiy domlalardir.

Xullas qara, bu holatga nima deysan? Madaniyatmi? Maorifparvarlikmi? Vatanparvarlikmi? Milliyatparvarlikmi? Jumhuriyatparvarlikmi? Aslo! Aslo! Hech narsa emas. Balki bir qadari Ilohiydirki, u qadari Ilohiy o'sha ahli ma'rifat odamining doʻstlik umid qilgan yeridan adovat koʻrsatdiki, hurmat tufayli ilmi riyoga kirmasin va ixlosni qozonsin.

Xotima

Fikrimcha hayratlanarli va shukrga sabab bo'lgan tajovuz shuki:

Anoniyatli haddaan ortiq ahli dunyoning anoniyat ishida shu qadar sezgirlik borki, agar shuurli ravishda boʻlsa edi, karomat darajasida yoxud buyuk bir daho darajasida bir muomala qilinar edi.

— 175 —

U muomala shuki: Oʻz nafsim va aqlim menda his qilmagan bir parcha riyokorona anoniyat vaziyatini anoniyatlarining sezgirlik mezoni bilan his qilayotganday, shiddatli suratda men his qilmagan anoniyatimning qarshisiga chiqishadi. So'nggi sakkiz-toʻqqiz yilda sakkiz-toʻqqiz marta tajriba bo'ldi, ularning menga nisbatan zolimona muomala qilganlaridan soʻng, qadari Ilohiyni oʻylab "Nima uchun ularni mening boshimga balo qildi" deya nafsimning hiylalarini qidirar edim. Har dafa yo nafsim shuursiz ravishda anoniyatga oʻz tabiatidan mayl qilgan yoxud bilib turib meni aldaganini anglamoqdaman. Oʻsha vaqtda qadari Ilohiy zolimlarning zulmi ichida menga nisbatan adolat qildi, derdim. Jumladan: Yozda birodarlarim meni chiroyli otga mindirdilar. Bir sayrgohga bordim. Shuursiz holda nafsimda xudfurushona bir surur orzusi uygʻonishi bilan ahli dunyo shunday shiddatli u orzuimning qarshisiga chiqishdi. Faqat yashirin orzuni emas, balki koʻp ishtahalarimni kesdilar. Hatto, masalan, bu safar Ramazondan soʻng eski zamonda gʻoyat buyuk, qudsiy imomning bizga gʻaybiy karomati bilan iltifotidan soʻng qardoshl یآmning taqvo va ixloslari va ziyoratchilarning hurmat va yaxshi oʻylari ichida -o'zim bilmasdan- nafsim iftixor qilib, goʻyo shukr pardasi ostida riyokorona anoniyat vaziyatini olishni istadi. Birdan ahli dunyoning haddan ortiq sezgirlik bilan va hatto riyokorlikning zarralarini ham his qiladigan shaklda, menga birdan yopishdilar. Men Janobi Haqqa shukr qilaman, bularning zulmi men uchun ixlosga vosita boʻldi.

رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاط۪ينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ
اَللّٰهُمَّ يَا حَافِظُ يَا حَف۪يظُ يَا خَيْرَ الْحَافِظ۪ينَ اِحْفَظْن۪ى وَ احْفَظْ رُفَقَائ۪ى مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَ الشَّيْطَانِ وَ مِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ مِنْ شَرِّ اَهْلِ الضَّلَالَةِ وَ اَهْلِ الطُّغْيَانِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 176 —

YIGIRMA UCHINCHI YOG'DU

Tabiat Risolasi
(Oʻn Yettinchi Yog'duning Oʻn Oltinchi Mulohazasi ekan, ahamiyatiga binoan Yigirma Uchinchi Yog'du boʻlgan. Tabiatdan kelgan dinsizlik mafkurasini qayta tirilmaydigan qilib oʻldiradi, kufrning poydevorini chil-parchin qiladi.)
ESLATMA

Ushbu mulohazada Tabiiyyunning inkorchi qismi yurgan yoʻlning asosi qanchalar aqldan uzoq va qanchalar xunuk va qanchalik xurofot ekani, loaqal toʻqsonta maholni o'z ichiga olgan toʻqqizta mahol orqali bayon qilingan. Boshqa risolalarda o'sha mahollar qisman izoh qilingani sababli, bu yerda gʻoyat muxtasar qiymatida, ba'zi pog'onalar tashlab oʻtilgan. Shuning uchun, birdan shunday o'y xayolga keladiki, bu qadar yaqqol va oshkora xurofotni bu mashhur oqil faylasuflar qanday qabul qilganlarki, u yoʻlda ketyaptilar. Darhaqiqat, ular maslaklarining asosini koʻra olmaganlar. Yana, maslaklarining haqiqati va maslaklarining lozimi va zarurati shuki: yozilgan har uch imkonsizlikda bayon qilingan o'sha xunuk va jirkanch va noma'qul {(Hoshiya): Bu risola: gʻoyat tajovuzkorona va gʻoyat xunuk tarzda "iymon haqiqatlari"ni kamsitib, aynib qolgan aqli, idrok qilolmagan yetmagan masalalarni xurofot deb, dinsizlikni tabiatga bogʻlab, Qur'onga hujum qilingani sabob yozildi. U hujum, shiddatli g'azabni (qalbga) qalamga bergani bois, shiddatli va qattiq ta'zirlarni o'sha dinsizlarga va haqdan yuz oʻgirgan botil mazhablilarga yedirdi. Bo'lmasa, Risola-i Nurning maslagi, pokiza va nozik va yumshoq so'zlilikdir.} mazhablarining xulosasi, maslaklarining lozimi va zaruriy taqozosi bo'lganini gʻoyat yaqqol va qat'iy dalillar bilan shubhasi bo'lganlarga batafsil bayon va isbot qilishga tayyorman.

— 177 —
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قَالَتْ رُسُلُهُمْ اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

Ushbu oyati karima ritorik savol bilan "Janobi Haq haqida shubha boʻlishi mumkin emas va bo'lmasligi kerak" deb, vujud va vahdoniyati Ilohiya yaqqollik darajasida bo'lganini koʻrsatmoqda.

Ushbu sirni izohlashdan avval bir eslatma:

1338 yili Anqaraga bordim. Islom qoʻshinining Yunonlar ustidan qozongan gʻalabasidan sevingan ahli iymonning kuchli fikrlari orasida gʻoyat mudhish dinsizlik fikri ularning ichiga kirish va buzish va zaharlash uchun makkorona tirishayotganini koʻrdim. "Ey voh! Bu ajdarho iymonning ruknlariga hujum qiladi", dedim. O'shanda, shu oyati karima yaqqollik darajasida vujud va vahdoniyatni anglatgani uchun, undan madad so'rab, Qur'oni Hakimdan olingan, o'sha dinsizlikning boshini yo'q qiladigan darajadagi kuchli dalilni arabcha risolada yozdim. Anqarada "Yangi kun" bosmaxonasida nashr qildirgan edim. Lekin, afsuski, arabcha biladiganlar oz va ahamiyat bilan qaraydiganlar ham juda kamligi bilan birga, gʻoyat muxtasar va qisqa bir suratdagi o'sha kuchli dalil o'z ta'sirini koʻrsatmadi. Afsuski, o'sha dinsizlik fikri ham rivojlandi, ham quvvat topdi. Majbur bo'lib, o'sha dalilni turkchada bir daraja bayon qilaman. O'sha dalilning ba'zi qismlari ayrim risolalarda toʻliq izohlangani uchun, bu yerda qisqacha yoziladi. Boshqa risolalarda qismlarga ayrilgan bir qancha dalillar bu dalilda qisman birlashadi. Har biri buning bir qismi hukmiga oʻtadi.

Muqaddima

Ey inson! Bilki, insonlarning ogʻzidan chiqadigan va dinsizlikni his qildiradigan dahshatli kalimalar bor. Ahli iymon bilmasdan iste'mol qilishmoqda. Muhimlaridan uchtasini bayon qilamiz:

Birinchisi: "Avjadathul asbob". Ya'ni, "sabablar hamma narsani ijod qiladi."

Ikkinchisi: "Tashakkala binafsihi". Ya'ni, "oʻz-oʻzidan shakllanib, boʻlyapti, yo'qolyapti."

— 178 —

Uchinchisi: "Iqtazat-hu-t tabiat". Ya'ni, "tabiiydir, tabiat taqozo qilib ijod qilmoqda."

Haqiqatdan, modomiki mavjudot bor va inkor qilinmaydi. Hamda, har bir mavjud san'atli va hikmat bilan vujudga kelmoqda. Hamda, modomiki qadiym emas, yangidan boʻlmoqda. Har holda, ey dinsiz! Bu mavjudni, masalan bu hayvonni, olamdagi sabablari uni ijod qilmoqda deyishing mumkin. Ya'ni, sabablarning yig'ilishi bilan o'sha mavjud vujud topmoqda. Yoxud u oʻz-oʻzidan shakllanmoqda. Yoxud tabiat taqozosi sifatida, tabiatning ta'siri bilan vujudga kelmoqda. Yoxud bir Qodiyri Zuljalolning qudrati bilan ijod qilinadi. Modomiki, aqlan bu toʻrt yoʻldan boshqa yoʻl yoʻemakan, avvalgi uch yoʻl mahol, yaroqsiz, imkonsiz, qabul qilib bo'lmasliklari qat'iy isbot qilinsa, ilojsiz va ochiqdan ochiq toʻrtinchi yoʻl vahdoniyat yo'lining to'g'riligi shak-shubhasiz sobit bo'ladi.

DEMAK, BIRINCHI YOʻL: Olamdagi sabablarning yig'ilishi natijasida ashyolarning tashkil topishi va maxluqotning vujudga kelishidir. Juda koʻp mahollaridan faqat uchtasini zikr qilamiz:

Birinchisi: Bir dorixonada juda ko'p xildagi moddalar bilan toʻla yuzlab shisha bankalar mavjud. O'sha moddalardan malham tayyorlash talab qilindi. Hamda ulardan hayotdor g'aroyib tiryoq tayyorlash lozim bo'ldi. Keldik, o'sha dorixonada u jonli malham va hayotdor tiryoqning ko'plab namunalarini koʻrdik. U malhamlarning har birini tekshirib ko'rdikki, o'sha shishalik bankalarning har biridan maxsus o'lchov bilan bir-ikki misqol bundan, uch-toʻrt misqol narigisidan, olti-yetti misqol boshqasidan va hokazo.. har xil miqdorlarda qismlar olinadi. Agar bittasidan bir misqol, yo kam yoki ko'p olinsa, o'sha malham jonli boʻlolmaydi, xosiyatini koʻrsata olmaydi. Hamda o'sha hayotdor tiryoqni ham tadqiq qildik. Har bir bankadan maxsus o'lchov bilan bir modda olinganki, zarra miqdorichalik kam yoki ko'p boʻlsa, tiryoq xossasini yoʻqotadi. O'sha bankalar elliktadan ko'p ekan, har biridan alohida bir mezon bilan olingandek, turli-turli miqdorda olinadi. Ajabo, o'sha shishalardan olingan har xil miqdorlar, shishalarning gʻaroyib tasodif yoki boʻronli havoning urilishidan ag'darilishidan, har biridan olinadigan miqdor qadar faqat kerakli miqdor oqishi, birga toʻplanib o'sha malhamni tashkil qilishining hech bir jihatda imkon va ehtimol bormi? Ajabo, bundan yanada xurofot, mahol, botil narsa bormi? Eshak ikki karra eshak bo'lsa, keyin esa inson boʻlsa, "Bu fikrni qabul qilmayman" deb qochadi.

Xullas ushbu misol kabi, har bir jonzot, albatta jonli bir malhamdir va har bir o'simlik hayotdor tiryoqdek, turli-turli qismlardan, juda farqli moddalardan, gʻoyat hassos oʻlchov bilan olingan moddalardan tarkib qilingan. Agar sabablarga, unsurlarga nisbat berilsa va "sabablar ijod qildi" deyilsa, xuddi dorixonadagi malhamning shishalarning ag'darilishidan vujud topishi kabi, yuz daraja aqldan uzoq, mahol va botil bo'ladi.

— 179 —

Xulosa: Shu ulkan dorixona hisoblangan olamda Hakiymi Azaliyning qazo va qadar mezoni bilan olingan hayot uchun kerakli moddalar cheksiz hikmat va nihoyasiz ilm va har narsani qamragan iroda bilan vujud topa oladi. "Koʻr, kar, hududsiz, sel kabi oquvchi umumiy unsurlar va mijozlar va sabablarning ishidir" degan badbaxt, "O'sha ajoyib tiryoq o'z-o'zidan shishalarning ag'darilishidan chiqib hosil bo'lgan" degan telba safsataboz, sarxush ahmoqdan ham ahmoqroq bo'ladi. Darhaqiqat, ushbu kufr: ahmoqona, sarxushona, devonalarcha bir safsatadir.

Ikkinchi mahol: Agar hamma narsa Vohidi Ahad, Qodiyri Zuljalolga berilmasa, balki sabablarga nisbat berilsa, olamning juda koʻp unsurlari va sabablari har bir jonzotning vujudida aralashishi lozim bo'ladi. Holbuki, pashshadek kichik maxluqning vujudida mukammal intizom bilan, gʻoyat hassos mezon bilan va toʻliq ittifoq bilan, xilma-xil va bir-biriga zid, farqli sabablarning to'planishi shu qadar yaqqol imkonsizki, pashsha qanotichalik shuuri bo'lgan odam: "Bu imkonsiz, boʻlishi mumkin emas!" deydi. Darhaqiqat, bir pashshaning kichik jismi koinotning aksar unsurlari va sabablari bilan aloqadordir, balki xulosasidir. Agar Qodiyri Azaliyga berilmasa, o'sha moddiy sabablar uning jismi yonida o'zlari bo'lishlari lozim bo'ladi, balki uning kichik jismiga kirishlari kerak bo'ladi. Balki jismining kichik namunasi boʻlgan koʻzidagi hujayrasiga kirishlari zarur bo'ladi. Chunki sabab moddiy boʻlsa, musabbabning yonida va ichida bo'lishi lozim boʻladi. Shunday ekan, ikki pashshaning igna uchidek barmoqlari joylashmaydigan hujayrachada olamning ruknlari va unsurlar va mijozlar jismonan ichida bo'lib, usta kabi ichida ishlashlarini qabul qilish lozim bo'ladi.

Xullas, Sofistlarning eng ablahlari ham bunday maslakdan uyaladilar.

Uchinchi mahol:
اَلْوَاحِدُ لَا يَصْدُرُ اِلَّا عَنِ الْوَاحِدِ

bo'lgan muqarrar qoidaga binoan: "Bir mavjudning vahdati bor boʻlsa, albatta, bir vohiddan, bir qoʻldan chiqadi." Ayniqsa o'sha mavjud, gʻoyat mukammal intizom va hassos mezon ichida va jamlovchi bir hayotga sazovor boʻlsa, ixtilof va chalkashlikning sababi boʻlgan farqli qoʻllardan chiqmagani ochiq oydin. Balki gʻoyat Qodiyr, Hakiym boʻlgan bir qoʻldan chiqqanini koʻrsatgani holda, cheksiz va jonsiz va johil, tajovuzkor, shuursiz, tartibsizlik ichida koʻr, kar tabiatdagi sabablarning tartibsiz qoʻllariga, cheksiz imkonlar yoʻllari ichida hamda to'planish va qo'shilish bilan, o'sha sabablarning koʻrligi, karligi ziyodalashganida, o'sha intizomli va o'lchovli va vohid bir mavjudni ularga nisbat berish, yuzta maholni birdaniga qabul qilishdek aqldan uzoqdir. Mayli, bu maholni inobatga olmaylik, moddiy sabablarning ta'sirlari, albatta, tegilish va aloqa qurish bilan boʻladi.

— 180 —

Holbuki, tabiatdagi sabablar jonli mavjudlarning zoxiri bilan aloqa qiladilar. Holbuki, koʻryapmizki, o'sha moddiy sabablarning qoʻli yetmaydigan va tegina olmaydigan u jonzotlarning ichi sirtidan oʻn marta, yanada intizomli, yanada latif, san'at jihatidan yanada mukammaldir. Moddiy sabablarning qoʻllari va asboblari bilan hech bir jihatdan joylasha olmagan, balki to'liq sirtiga ham tegina olmagan kichik jonzotlar, kichkina hayvonchalar eng katta maxluqlardan ko'ra ko'proq san'at jihatidan ajib, yaratilish jihatidan betakror suratda boʻlganlari holda, o'sha jonsiz, johil, qo'pol, yiroq, katta va bir-biriga zid boʻlgan kar, koʻr sabablarga nisbat berish, yuz daraja koʻrlik va ming daraja karlik bilan bo'ladi!..

DEMAK, IKKINCHI MASALA: "Tashakkala binafsihi"dir. Ya'ni, oʻz-oʻzidan shakllanadi. Bu jumlaning ham koʻp mahollari bor. Koʻp jihatdan botil, maholdir. Namuna uchun mahollardan uchtasini bayon qilamiz.

Birinchisi: Ey qaysar inkorchi! Sening anoniyating seni shunchalik ahmoqlashtirganki, bir daraja yuzta maholni birdaniga qabul qilishga hukm qilyapsan. Chunki sen mavjudsan. Hamda oddiy modda va jonsiz va o'zgarmas emassan. Balki doimo yangilanishda, gʻoyat intizomli bir uskuna hamda hayratomuz va doimo o'zgarib turgan saroy kabisan. Jismingda har doim zarralar ishlamoqda. Jisming koinot bilan, ayniqsa rizq munosabati bilan, ayniqsa naslning davom etishi e'tibori bilan aloqador va oldi-berdisi bor. Jismingda ishlayotgan zarralar o'sha munosabatni buzmaslik va o'sha aloqadorlikni uzmaslik uchun diqqat qilmoqdalar. Shunga ko'ra, ehtiyotkorlik bilan qadam tashlamoqda. Goʻyo butun koinotga qarab, munosabatlaringni koinotda koʻrib, shu vaziyatga kiryapti. Tashqi va ichki tuygʻularing bilan o'sha zarralarning hayratomuz vaziyatiga koʻra istifoda qilasan. Agar jismingdagi zarralarni Qodiyri Azaliyning qonuni bilan harakat qilgan kichik xodimlari yoki qo'shini yoki qadar qalamining uchlari, har bir zarra bir qalam uchi yoki qudrat qalamining nuqtalari, har bir zarra bir nuqta ekanini qabul qilmasang, koʻzingda ishlayotgan har bir zarraga shunday bir koʻz kerakki, butun jasadingning har tarafini koʻrish bilan birga, sen munosabatdor boʻlgan butun koinotni ham koʻradigan koʻzi va sening o'tmish va kelajak, hamda nasling va asling hamda unsurlaringning manbalarini va rizqingning ma'danlarini biladigan, taniydigan yuz dohiychalik aqli boʻlishi kerak. Bu masalalarda sendek zarracha aqli boʻlmagan kimsaning, bir zarrasida mingta Aflotunchalik ilmli va shuurli ded hisoblash, ming daraja telbalarcha bir xurofotdir!..

Ikkinchi mahol: Jisming ming gumbazli hayratomuz saroyga oʻxshaydi. Xar bir gumbazida toshlar tayanchsiz bir-biriga tutashib, muallaqda turishi ta'minlangan.

— 181 —

Balki sening jisming bunday saroydan ming marta ajibroq. Chunki jisming saroyi doimo mukammal intizom bilan yangilib turibdi. Gʻoyat hayratomuz boʻlgan ruh, qalb va ma'naviy nozik tuyg'ular hisobga olinmasdan, faqatgina jismingdagi har bir a'zo bir gumbazli manzil hukmidadir. Zarralar o'sha gumbazdagi toshlar kabi bir-birlari bilan mukammal muvozanat va intizom bilan bir-biriga suyanib, xoriqo bir bino, favqaloda bir san'at, koʻz va til kabi ajoyib moʻ'jiza-i qudrat koʻrsatmoqdalar. Agar bu zarralar olam ustasining amriga tobe xodimlar boʻlmasa; har bir zarra jasaddagi barcha zarralarga ham mutlaq hokim, ham har biriga mutlaqa mahkum,.. ham har biriga misl, ham hokimiyat nuqtasida bir-biriga zid,.. ham yolgʻiz Vojib-ul Vujudga xos ko'plab sifatlarning masdari, manbai,.. ham gʻoyat muqayyad, ham gʻoyat mutlaq suratda boʻlish bilan birga; sirri vahdat bilan faqat bir Vohidi Ahadning asari boʻla oladigan gʻoyat intizomli bir masnu'i vohidni zarracha shuuri boʻlgan odam son-sanoqsiz zarralarga nisbat berishning umuman imkoni yoʻqligining, balki yuz marta imkonsiz ekanini anglab yetadi.

Uchinchi mahol: Agar sening vujuding Vohidi Ahad boʻlmish Qodiyri Azaliyning qalami bilan yozilgan bir maktub boʻlmasa va tabiatga, sabablarga tegishli matbu' boʻlsa; u holda vujudingdagi badan hujayralaridan to bir-biri ichigadagi doiralar kabi minglab birikmalar sonicha tabiat qoliplari boʻlishi lozim boʻladi. Chunki, masalan: qoʻlimizdagi shu kitob agar qo'lyozma boʻlsa, bir dona qalam kotibining ilmiga tayanib hamma narsani yozadi. Agar u qo'lyozma boʻlmasa va Uning qalamiga nisbat berilmasa, oʻzidan-oʻzi boʻlgan deyilsa yoki tabiatga nisbat berilsa; unda bosma kitob kabi, har bir harfini chop qilish uchun temir qalam kerak boʻladi. Axir, matbaada kitobdagi harflar sonicha temir harf boʻladi, soʻngra u harflar vujudga keladi. Shunday ekan, bir dona qalam o'rniga, o'sha harflar sonicha qalamlar boʻlishi kerak boʻladi. Balki o'sha harflar ichida, ba'zan kichik qalam yordamida bir katta harfda ingichka xat bilan bir sahifa yozilgan boʻlsa, bir dona harf yozish uchun minglab qalamlar kerak boʻladi. Balki bir-birining ichida intizom bilan, sening jasading kabi, shakl olayotgan boʻlsa; har bir doirada har bir parcha uchun o'sha murakkabot sonichalik qoliplar bo'lishi kerak boʻladi. Mayli, ichida yuzta mahol boʻlgan bu vaziyatni mumkin desang ham, ushbu muntazam san'atli temir harflarni, mukammal qoliplarni va qalamlarni yasash ishi boshqa bir "qalam"ga havola qilinmasa, qalamlar, qoliplar va temir harflar yasalishi uchun, yana ularning sonicha qalamlar, qoliplar va harflar lozim boʻladi. Chunki ular ham yasalgan va muntazam san'atlidir. Va hokazo... bu ish silsila kabi cheksiz davom etaveradi.

Demak shuni tushun! Bu shunday bir fikrki, ichida sening zarralaring sonicha mahollar va xurofotlar bor. Ey muannid muattil! Sen ham uyal, bu zalolatdan voz kech!

— 182 —

UCHINCHI KALIMA: "Iqtazathu-t tabiat", ya'ni; tabiat taqozo qilmoqda, tabiat yaratmoqda. Bu hukmning koʻp mahollari bor. Namuna uchun uchtasini aytib o'tamiz.

Birinchi mahol: Agar mavjudotda, xususan, ziyhayotda koʻringan basirona, hakimona san'at va ijod Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudratiga nisbat berilmay, aksincha, koʻr, kar, ongsiz boʻlgan tabiatga va quvvatga nisbat berilsa; tabiat yaratish uchun hamma narsada son-sanoqsiz ma'naviy uskuna va matbaalarni hozirlashi; yoki har bir narsaning ichiga koinotni yarata oladigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmatni joylashtirib qo'yishi lozim bo'ladi. Chunki, masalan: Quyoshning jilvalari va akslari zamin yuzidagi zarrachadek shisha parchalarida va qatralarda koʻrinadi. Agar o'sha misoliy va aksiy quyoshchalar samodagi bitta quyoshga nisbat berilmasa; bir gugurt cho'pining boshi sig'maydigan kichik shisha parchasida tabiiy, fitriy va quyoshning xosiyatlariga ega, ko'rinishdan kichik va ma'nan juda buyuk quyoshning haqiqatan borligini qabul qilib, shisha zarralari sonicha tabiiy quyoshlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Aynan shu misol kabi: mavjudot va ziyhayot toʻgʻridan-toʻgʻri Shamsi Azaliyning ismlarining jilvasiga nisbat berilmasa; har bir mavjudning ichida, xususan, har bir ziyhayotning ichida hadsiz qudrat va iroda va nihoyasiz ilm va hikmatga ega bo'lgan bir tabiat, bir quvvat, go'yo bir iloh borligini qabul qilishga to'g'ri keladi. Bunday fikr esa, koinotdagi mahollarning eng botili, eng xurofotidir. Xoliqi Koinotning san'atini mavhum, ahamiyatsiz, shuursiz bir tabiatga nisbat bergan inson, albatta, hayvonotdan ko'ra yuz karra hayvonroq va ongsizroq ekanini koʻrsatadi.

Ikkinchi mahol: Agar gʻoyat intizomli, mezonli, san'atli, hikmatli ushbu mavjudot nihoyasiz Qodir, Hakim bir Zotga emas, balki tabiatga nisbat berilsa; tabiat xar bir parcha tuproqda Ovro'paning barcha matbaalari va zavod-fabrikalari sonicha uskunalarni, matbaalarni hozir qilishi kerak bo'ladi. Toki o'sha parcha tuproq mansha' va dastgohlik qilgan son-sanoqsiz gul va mevalarning yetishishiga va tashakkullariga sabab boʻla olsin. Chunki, chechaklar uchun gultuvaklik vazifasini bajarayotgan kosa tuproq, ichiga navbati bilan urugʻlari tashlangan barcha gullarning bir-biridan juda farqli shakl va hay'atlarini tashkil va tasvir qila oladigan qobiliyati amalda koʻrinmoqda. Agar bu hol Qodiri Zuljalolga nisbat berilmasa; kosadagi tuproqda xar bir chechakni yaratish uchun ma'naviy, alohida, tabiiy bir dastgoh boʻlmasa, bu holat vujudga kelmaydi. Chunki urugʻlarning ham nutfalar va tuxumlar kabi, moddalari birdir. Ya'ni, muvallid-ul ma', muvallid-ul humuza (kislorod), uglerod va azotning intizomsiz, shaklsiz, xamir kabi qorishmasidan iboratdir. Buning ustiga, havo, suv, harorat, ziyo ham xar biri oddiy va shuursiz va xar bir narsaga qarab seldek ketaveradi. Shunday ekan, son-sanoqsiz gullar tuzilishi bir-biridan farqli va gʻoyat intizomli va san'atli holda o'sha tuproqdan chiqishi, o'sha kosadagi tuproqda ma'nan Ovro'pa qadar ma'naviy va kichik miqyosda matbaalar va zavod-fabrikalar boʻlishini bilbadoha va bizzarura taqozo qiladi. Toki bu qadar hayotdor matolarni va minglab farqli-farqli naqshli mansujotlarni toʻqiy olsin.

— 183 —

Xullas, tabiiyyunlarning kufroniy fikrlari aql doirasidan qanchalik tashqariga chiqib ketganini qiyos qil. Va tabiatni yaratuvchi deb oʻylagan inson suratidagi ahmoq sarxushlar "o'qimishli va aqllimiz" deb o'zlari da'vo qilayotgan aqldan va ilm-fandan naqadar uzoq ekanlarini, hamda imkonsiz va hech bir jihatdan mumkin boʻlmagan bir xurofotni oʻzlariga maslak qilib olganlarini koʻr, kul va tufur!..

Agar: Mavjudot tabiatga nisbat berilsa, bunday g'alati mahollar va imkonsiz darajada mushkulot yuzaga keladigan bo'lsa; ajabo, Zoti Ahad va Samadga nisbat berilgan vaqtda o'sha mushkulotlar qanday qilib yoʻqoladi? Va o'sha qiyin imkonsizliklar bu oson vujubga qanday qilib aylanadi? deb soʻrasang;

Aljavob: Birinchi maholda ko'rganimizdek, quyoshning jilva-i in'ikosi kamoli suhulat bilan, mashaqqatsiz, eng kichik shisha zarrachasidan tortib to eng katta bir dengiz yuzigacha o'z fayzini va ta'sirini misoliy quyoshchalar orqali gʻoyat osonlik bilan koʻrsatmoqda. Holbuki, agar Quyoshdan bog'liqligi uzilsa, imtino' darajasida qiyinchilik bilangina bo'lishi mumkin narsani, ya'ni har bir zarra ichida tabiiy va shaxsan bir quyoshning haqiqatan borligini qabul qilish lozim boʻladi. Xuddi shuning kabi, har bir mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Ahad va Samadga nisbat berilsa; vujub darajasida osonlik va qulaylik bilan va intisob va jilva bilan har bir mavjudga kerakli barcha narsa unga yetkazib berila oladi. Agar u intisob uzilsa va u xodimlik beboshlikka aylansa va har bir mavjud oʻz holiga va tabiatga tashlab qoʻyilsa; imtino' darajasida yuz ming mushkulot va qiyinchilik bilan, pashsha kabi bir ziyhayotning koinotning kichik mundarijasi boʻlgan gʻoyat xoriqo vujud "mashinasi"ni yaratgan uning ichidagi koʻr tabiatni koinotni yarata oladigan va idora qila oladigan qudrat va hikmat sohibi deb faraz qilishga to'g'ri keladi. Bu esa, imkonsiz emas, balki minglab imkonsilikdir.

Alhosil: Zoti Vojib-ul Vujudning sherigi va o'xshashi qanchalik imkonsiz va imkonsiz bo'lsa; shuningdek, rububiyatida va narsalarni yaratishida boshqalarning aralashishi, zotidagi sheriklar kabi imkonsiz va maholdir.

Ammo ikkinchi maholdagi mushkulot esa, bir necha risolalarda isbot qilingani kabi: agar hamma narsa Vohidi Ahadga nisbat berilsa, hamma narsa bir narsa kabi oson va qulay boʻladi. Agar sabablarga va tabiatga nisbat berilsa, birgina narsa hamma narsachalik mushkulotli boʻlishi ko'plab va qat'iy dalillar bilan isbot qilingan. Bir dalilning xulosasi quyidagicha:

— 184 —

Bir kishi podshoga askarlik yoki xizmatchilik jihatidan bog'lansa, u xodim va u askar o'sha intisob quvvati bilan shaxsiy quvvatidan yuz ming marta koʻp bo'lgan ishlarga ham sazovor boʻla oladi. Va ba'zan podshohi nomidan bir shohni asir oladi. Chunki bajargan ishlarining va qilgan asarlarining jihozoti va quvvati unda boʻlmaydi va tashishga ham majbur boʻlmaydi. U quvvat va jihozotni o'sha intisob tufayli podshoning xazinalari va orqasidagi tayanch nuqtasi boʻlgan qoʻshin tashiydi. Demak, qiladigan ishlari shohona bir podshoning ishi kabi va koʻrsatadigan asarlari bir qoʻshinning ishidek xoriqo boʻlishi mumkin. Masalan: chumoli o'sha xizmatchilik jihatidan Fir'avnning saroyini xarob etadi,.. va pashsha o'sha intisob tufayli Namrudni halok qiladi,.. va o'sha intisob bilan bugʻdoy donasicha archa urugʻi kattakon archa daraxtining butun jihozotini yetishtiradi.

{(Hoshiya) Darhaqiqat, agar intisob boʻlsa, urugʻ qadari Ilohiydan amr oladi va xoriqo ishlarga sazovor boʻladi. Agar intisob uzilsa, urugʻning yaratilishi ulkan archa daraxtining yaratilishidan ko'ra ko'p jihozot va iqtidor va san'atni taqozo qiladi. Chunki togʻdagi qudrat asari boʻlgan bahaybat archa daraxtining butun a'zolari va jihozoti bilan o'sha urugʻdagi taqdir asari boʻlgan ma'naviy daraxtda mavjud boʻlishiga to'g'ri keladi. Chunki ulkan daraxtning fabrikasi - urugʻdir. Ichidagi taqdiriy daraxt esa, qudrat bilan tashqarida namoyon bo'ladi, jismoniy archa daraxti boʻladi.}

Agar intisob uzilsa, xodimlikdan chetlatilsa, qiladigan ishlarining jihozotini va quvvatini yelkasida va qo'lida tashishga majburdir. Bu tomondan, nozik bilagidagi kuch miqdoricha va yeklasidagi askariy jihozoti sonicha ish bajaradi. Avvalgi vaziyatda gʻoyat osonlik bilan bajargan ishlari bu vaziyatda undan talab qilinsa, albatta, bilagiga bir lashkar quvvatini va yelkasiga bir podshoning harbiy jihozot zavodini yuklash lozim boʻladiki; kuldirish uchun telba-teskari xurofot va ertaklarni gapiradigan masxarabozlar ham bu xayoldan uyaladi!..

Alhosil: Har bir mavjudni Vojib-ul Vujudga nisbat berish - vujub darajasida bir qulayligi bor. Va yaratilishini tabiatga nisbat berish - imtino' darajada mushkul va aql doirasidan tashqaridir.

Uchinchi Mahol: Ba'zi risolalarimizda bayon qilingan ikkita misol bu maholni izohlaydi:

Birinchi Misol: Butun osori madaniyat bilan takmil va tazyin qilingan, xoli bir sahroda qurilgan, barpo qilingan saroyga juda yovvoyi odam kirib, ichiga qarabdi. Minglab intizomli san'atli narsalarni koʻribdi. Yovvoyiligi, ahmoqligi sabab: "Xorijdan hech kim aralashmasdan, ushbu saroy ichidagi narsalarning biri, saroy ichidagi narsalari bilan birga bunyod etgan", deb izlanishga tushdi. Qaysi narsaga qarasa, u boshqa narrrsalarning hammasini yasaganini, yovviyi aqli ham qabul qilmadi. So'ngra o'sha saroyning qurilish dasturi va mavjudot mundarijasi va idora qonunlari yozilgan bir daftarni koʻrdi. Aslida, qoʻlsiz va koʻzsiz va asbob-uskunasiz o'sha daftarning ham saroy ichidagi boshqa narsalar singari, saroyni tashkil va tazyin eta oladigan hech qanday qobiliyati yoʻq. Biroq, chorasiz qolib, majburan boshqa narsalarga nisbatan ilmiy qonunlarning unvoni jihatidan o'sha saroyning majmu'iga ushbbu daftarni munosabatdor deb bilgani uchun: "Saroyni tashkil, tanzim va tazyin qilib, barcha narsalarni yasagan, osgan va joylashtirgan - ushbu daftardir", deb johilligini ahmoqlarning, sarxushlarning safsatasiga aylantirdi.

— 185 —

Xullas, xuddi shu misoldagi kabi, oʻsha saroydan hadsiz darajada intizomliroq, mukammalroq va atrofi moʻ'jizona hikmat bilan toʻla ushbu saroyi olamning ichiga uluhiyatni inkor qilishgacha borgan "tabiiyyun" fikrli vahshiy inson kiradi. Doira-i mumkinot xorijida boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati ekanini oʻylamasdan va undan yuz o'girib, doira-i mumkinot ichida qadari Ilohiyning yozib-o'chirib turadigan taxtasi o'rnida va qudrati Ilohiyaning ijroot qonunlariga aylangan va o'zgarib turadigan daftar boʻla oladigan va juda yanglish va "tabiat" xato nom berilgan bir odoti Ilohiya qonunlarining majmuasini va bir san'ati Rabboniya mundarijasini koʻradi. Va aytadiki: "Modomiki bu narsalar bir sabab istar ekan, ularga hech bir narsaning bu daftarchalik munosabati koʻrinmayapti. Aslida, koʻzsiz, shuursiz, qudratsiz bu daftar rububiyati mutlaqaning ishi boʻlgan va hadsiz bir qudratni taqozo qiladigan "yaratish" uning qo'lidan kelishini aql hech bir jihatdan qabul qilmaydi. Ammo, modomiki Sone'-i Qadimni qabul qilmayotgan ekanman, shunday bo'lgach, eng munosibi - bu daftar buni yasagan va yasaydi, deyman", deydi.

Biz ham aytamizki: Ey ahmaq-ul humaqodan ham ahmoqlashgan sarxush ahmoq! Boshingni tabiat botqog'idan chiqar, orqangga nazar sol. Zarrotdan sayyorotgacha butun mavjudot boshqa-boshqa lisonlar bilan Uning borligiga shahodat qilayotganlari va barmoqlari bilan ishora qilayotganlari bir Sone'-i Zuljalolni koʻr va shu saroyni qurgan va shu daftarda saroyning dasturini yozgan Naqqoshi Azaliyning jilvasini mushohada qil, farmoniga boq, Qur'onini tingla! Bunday safsatalardan qutul!..

Ikkinchi misol: Juda yovvoyi bir odam muhtasham bir lashkargoh doirasiga kirdi. Gʻoyat intizomli qoʻshinning umumiy birgalikdagi ta'limlarini, intizomli harakatlarini koʻradi. Bir askarning harakati bilan bir batal'on, bir polk, bir diviziya turadi, oʻtiradi, yuradi; birgina "Oʻt och!" amri bilan oʻt ochayotganini o'z ko'zi bilan ko'radi. Uning dag'al, yovvoyi aqli bir qoʻmondonning davlat nizomoti bilan va qonuni podshohiy bilan berayotgan buyrugʻini anglamasdan inkor qilgani uchun, o'sha askarlar bir-birlariga iplar bilan bogʻlangan, deb xayol qiladi. O'sha xayoliy ip naqadar g'aroyib bir ip ekanini oʻylab, hayratda qoladi. Soʻngra yo'lida davom etib, Ayasofiya kabi gʻoyat muazzam bir masjidga juma kuni kirib boradi. U yerdagi jamoati muslimiyn bir odamning ovozi bilan turib, egilib, sajda qilib, oʻtirayotganlarini o'z ko'zi bilan ko'radi. Ma'naviy va samoviy qonunlarning majmu'idan iborat boʻlgan shariatni va shariat sohibining amrlaridan kelgan ma'naviy dasturlarni anglamagani uchun, u jamoat moddiy iplar bilan bogʻlangan va o'sha g'aroyib iplar ularni asir qilib oʻynatyapti degan xayol bilan, eng yovvoyi inson suratidagi yirtqich hayvonlarni ham kuldiradigan darajada masxarali fikr bilan chiqib ketadi...

— 186 —

Xuddi mana shu misol kabi, Sultoni Azal va Abadning son-sanoqsiz askarlarining muhtasham lashkargohi boʻlmish bu olamga va o'sha Ma'budi Azaliyning intizomli bir masjidi boʻlmish koinotga mutlaq jaholatdan iborat inkorli tabiat fikriga ega bo'lgan munkir kiradi. Sultoni Azaliyning hikmatidan yuzaga kelgan koinot nizomotining ma'naviy qonunlarini moddiy jism deb tasavvur qilib va saltanati rububiyatning nazariy qonunlari va Ma'budi Azaliyning eng buyuk fitriy shariatining ma'naviy va faqatgina ilmiy vujudi bor boʻlgan ahkomlarini va dasturlarini bir mavjudi xorijiy va moddiy bir jism deb o'ylab; qudrati Ilohiyaning oʻrniga, o'sha ilm va kalomdan yuzaga kelgan va faqatgina ilmiy vujudi boʻlgan qonunlarni qo'yish va qoʻllariga "ijod" berish, keyin esa ularga "tabiat" ismini qo'yish va faqatgina qudrati Rabboniyaning bir jilvasi boʻlgan quvvatni bir qudrat deb va mustaqil bir qodir deb o'ylash; misoldagi yovvoyi odamdan ming karra tuban bir johillikdir...

Alhosil: Tabiiyyunlarning mavhum va haqiqatsiz «tabiat» degan narsalari nari borsa va haqiqati xorijiya sohibi boʻlsa:

-san'at boʻlishi mumkin, Sone' boʻlolmaydi;

-naqshdir, Naqqosh boʻlolmaydi;

-ahkomdir, Hokim boʻlolmaydi;

-shariati fitriyadir, Shori' boʻlolmaydi;

-maxluq bir parda-iizzatdir, Xoliq boʻlolmaydi;

-munfa'il bir fitratdir, Fotir bir foil boʻlolmaydi;

-qonundir, Qudrat emas, Qodiyr boʻlolmaydi;

-mistardir, masdar boʻlolmaydi...

Alhosil: Modomiki mavjudot bor ekan,.. modomiki - "Oʻn oltinchi nota"ning boshida aytilgani kabi, - mavjudning vujudga kelishi haqida taqsimi aqliyga ko'ra toʻrtta yoʻldan boshqa yoʻl xayolga kelmas ekan,.. o'sha toʻrtta yo'ldan uchtasining har biri uchtadan ochiqdan-ochiq mahollar orqali botil ekanligi qat'iy bir suratda isbotlangan ekan;.. Albatta, toʻrtinchi yoʻl boʻlgan vahdat yoʻli bizzarura va bilbadoha qat'iy bir suratda isbotlangan hisoblanadi. Ushbu toʻrtinchi yoʻl esa: risolaning boshdagi

اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati shaksiz va shubhasiz badohat darajasida Zoti Vojib-ul Vujudning uluhiyatini va har narsa toʻgʻridan-toʻgʻriga Uning dasti qudratidan yuzaga kelganini va samovot va Arz Uning qabza-i tasarrufida ekanini koʻrsatadi...

Ey asbobparast va tabiatga sigʻinayotgan bechora odam! Modomiki, hamma narsaning tabiati hamma narsa kabi maxluq ekan, - chunki san'atlidir va yangitdan paydo boʻlmoqda, hamda har musabbab kabi uning zohiriy sababi ham masnu'dir,.. va modomiki, har narsaning vujudi juda koʻp jihozot va olatlarga muhtoj ekan;.. U holda, o'sha tabiatni ijod etgan va o'sha sabablarni yaratgan bir Qodiyri Mutlaq bor! Va Qodiyri Mutlaqning nima ehtiyoji borki, ojiz vositalarni O'zining rububiyatiga va ijodiga sherik qilsin!

— 187 —

Hosho!.. Balki toʻgʻridan-toʻgʻri musabbabni sabab bilan birga yaratib, ismlarining jilvasini va hikmatini koʻrsatish uchun tartib va tanzim bilan zohiriy sababiyat, muqoranat berish orqali, narsalardagi zohiriy qusurlarga, marhamatsizliklarga va nuqsoniyatlarga marji' boʻlish uchun sabablarni va tabiatni O'zining dasti qudratiga parda qilgan, izzatini shu shaklda muhofaza qilgan.

Ajabo: bir soatsoz usta soatning charxlarini yasab, keyin soatni charxlar bilan tartibga keltirib tanzim qilish osonroqmi yoki charxlar ichida xoriqo uskunani yasab, keyin soatni yasashni uskunaning jonsiz qoʻllariga topshirish osonroqmi? Ajabo, ikkinchisi imkon xorijida emasmi? Qani, o'sha insofsiz aqling bilan sen javob ber, sen o'zing hakam boʻl!

Va yoxud: bir kotib siyoh, qalam, qogʻozni keltirdi. O'sha narsalar bilan shaxsan oʻzi u kitobni yozishi osonroqmi yoki o'sha qogʻoz, siyoh, qalam ichida o'sha kitobdan ko'ra san'atliroq, mashaqqatliroq, faqat o'sha kitobgagina maxsus boʻlgan yozuv mashinasini yasab, keyin o'sha ongsiz mashinaga "Qani, sen yoz!" desa va oʻzi aralashmasa, osonroqmi? Ajabo, ikinchisi yozishdan ko'ra yuz karra mushkul emasmi?

Agar aytsang: To'g'ri, bir kitobni yozadigan mashinani yasash u kitobni yozishdan yuz marta mushkulroqdir. Lekin, o'sha uskuna aynan o'sha kitobning juda ko'p nusxalarini yozishga vosita jihatidan, balki bir qulayligi bor?

Aljavob: Naqqoshi Azaliy cheksiz qudrati bilan nihoyasiz jilva-i asmosini har doim yangilab turish bilan, ularni turli-turli shaklda koʻrsatish uchun ashyodagi tashaxxuslarni va o'zlariga xos siymolarni shunday suratda yaratgandirki, hech qanday maktubi Samadoniy va hech qanday kitobi Rabboniy boshqa kitoblarning birga-bir o'xshashi boʻla olmaydi. Har qanday holatda ham, boshqa ma'nolarni ifodalash uchun boshqa bir siymosi topiladi. Agar koʻzing boʻlsa, insonning siymosiga boq, koʻrki: Odam zazmonidan to hozirgacha, balki abadgacha shu kichik siymoda, - asosiy a'zolarda ittifoq bo'lish bilan birga, - har bir siymo barcha siymolarga nisbatan ularning barchasidan biror farqli alomati borligi qat'iyan sobitdir. Shuning uchun har bir siymo alohida kitobdir. Faqatgina san'atning tanzimi uchun boshqa yozuv to'plami va boshqa tartib va ta'lif istaydi. Va moddalarini ham keltirish, ham joylashtirish va hamda vujudga lozim boʻlgan hamma narsani ichiga joylashtirish uchun boshqa dastgoh istaydi. Mayli, farzi mahol sifatida tabiatga bir bosmaxona nazari bilan boqdik. Lekin, bir bosmaxonaga oid tanzim va chop etishdan, ya'ni muayyan intizomini qolipga tushirishdan boshqa; vujudga kelishlari o'sha tanzimning vujudga kelishidan ko'ra yuz daraja mushkul bir ziyhayotning jismidagi moddalarni olamning har tarafidan maxsus mezon bilan va xos intizom bilan yaratish va keltirish va bosmaxonaning qoʻliga topshirish uchun ham yana o'sha bosmaxonani yaratgan Qodiyri Mutlaqning qudrat va irodasiga muhtojdir. Demak, bu bosmaxona ehtimoli va farazi - butunlay ma'nosiz bir xurofotdir.

— 188 —

Xullas, oʻsha soat va kitob misollari kabi, Sone'-i Zuljalol, Qodiyri Kulli Shay sabablarni yaratgan, musabbabotni ham yaratadi. Hikmati bilan musabbabotni sabablarga bogʻlaydi. Koinot harakotining tanzimiga doir odatulloh qonunlaridan iborat shariati fitriya-i kubro-i Ilohiyaning bir jilvasini va narsalardagi o'sha jilvasiga faqatgina oyna va bir ma'kas boʻlgan narsalarning tabiatini O'z irodasi bilan tayin qilgan. Va o'sha tabiatning vujudi xorijiyga mazhar boʻlgan vajhini O'z qudrati bilan ijod etgan va narsalarni o'sha tabiat asosida yaratgan, bir-biriga singdirgan...

Ajabo, bagʻoyat ma'qul va cheksiz dalillarning natijasi boʻlgan bu haqiqatni qabul qilish osonroqmi?, - ajabo, vojiblik darajasida shart emasmi?! - Yo'qsa, jomid, shuursiz, maxluq, masnu', bosit boʻlgan o'sha sabab va tabiat degan moddalarga har bir narsaning yaralishiga lozim behisob jihozot va olatlarni berib, hakimona, basirona ishlarni yolg'iz oʻzlariga qildirish osonroqmi? Ajabo, imtino' darajasida, imkon xorijida emasmi? Buni sening o'sha insofsiz aqlingning insofiga havola qilamiz.

Munkir va tabiatparast aytadiki: Modomiki meni insofga chaqirayotgan ekansan, aytamanki: Shu vaqtgacha yurgan xato yoʻlimiz ham yuz daraja mahol, ham juda zararli va benihoya chirkin maslak ekanini tan oldim. Zarracha ongi bor odam yuqoridagi tahqiqotlaringizdan shuni anglaydiki: "yaratish"ni sabablarga va tabiatga .berish imkonsiz va maholdir; va hamma narsani toʻgʻridan-toʻgʻri Vojib-ul Vujudga nisbat berish vojibdir, zaruriydir. "Alhamdulillohi 'alal iymon" deb iymon keltiraman.

Faqat, bir shubham bor. Janobi Haqning Xoliq ekanini qabul qildim. Lekin ayrim ahamiyatsiz narsalarning yaratilishiga ba'zi arzimas sabablarning aralashishi va ozgina madhu sanoga sazovor bo'lishlari saltanati rububiyatiga qanday zarar beradi? Saltanatiga nuqson yetkazadimi?

Aljavob: Ba'zi risolalarda gʻoyat qat'iy isbot qilganmizki, hokimiyatning xususiyati - boshqalarning aralashuvini rad qiladi. Hatto, eng past darajadagi hokim, bir ma'mur ham doira-i hokimiyatida hatto o'z oʻgʻlining aralashuvini qabul qilmaydi. Hatto, hokimiyatiga aralashuvidan gumon qilib, ba'zi dindor podsholar - xalifa boʻlganlari holda, - ma'sum bolalarini qatl qilganliklari, ushbu "Raddi mudoxala qonuni" hokimiyatda naqadar asosli hukm surganini koʻrsatadi. Bir nohiyada ikki mudirdan to bir mamlakatda ikki podshoga qadar, hokimiyatdagi mustaqillik taqozo qilgan "man'i ishtirok qonuni" bashar tarixida juda ayanchli qirg'inbarotlar orqali o'z kuchini koʻrsatgan. Ajabo, ojiz va yordamga muhtoj insonlardagi omiriyat va hokimiyatning soyasi bu darajada mudoxalani rad qilishni va boshqasining aralashuvini man' qilishni va hokimiyatida ishtirokni qabul qilmasligini va maqomida istiqloliyatini juda qattiq taassub bilan muhofaza qilishga urinishini koʻrginda, soʻngra hokimiyati mutlaqa rububiyat darajasida va omiriyati mutlaqa uluhiyat darajasida va istiqloliyati mutlaqa ahadiyat darajasida va istigʻno-i mutlaq qodiriyati mutlaqa darajasida bo'lgan Zoti Zuljalolda bu "raddi mudoxala" va "man'i ishtirok" va "tardi sherik" qonunlari qay darajada hokimiyatning zaruriyati va vojib bir muqtazosi ekanini qiyos qilolsang, qil!

— 189 —

Endi ikkinchi qism shubhangga kelsak: Ba'zi sabablar ba'zi juz'iyotning ba'zi ubudiyatlariga marji' boʻlsa, Ma'budi Mutlaq boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudga yuzlangan zarralardan to sayyoralargacha barcha maxluqotning ubudiyatidan biror narsa kamayib qoladimi?

Aljavob: Shu koinotning Xoliqi Hakimi koinotni bir daraxtga o'xshatib yaratib, zishuurni eng mukammal mevasi va insonni zishuurlar ichida eng jome' mevasi qilgan. Va insonning eng ahamiyatli, balki natija-i xilqati va gʻoya-i fitrati va samara-i hayoti boʻlgan shukr va ibodatni, o'sha Hokimi Mutlaq va Omiri Mustaqil, Oʻzini sevdirish va tanitish uchun koinotni yaratgan Vohidi Ahad, butun koinotning mevasi boʻlgan insonni va insonning eng yuksak mevasi boʻlgan shukr va ibodatini boshqa qoʻllarga berib qo'yarmidi? Hikmatiga butunlay zid holda, natija-i xilqatni va samara-i koinotni behuda qiladimi? Hosho va kallo!... Yana, hikmatini va rububiyatini inkor ettidiradigan shaklda maxluqotning ibodatlarini boshqalarga berishga rozi boʻladimi, bunga hech izn beradimi? Va hadsiz darajada Oʻzini sevdirishni va tanittirishni amallari bilan koʻrsatgani holda, eng mukammal maxluqining shukr va minnatdorliklarini, muhabbat va ubudiyatlarini boshqa sabablarga berish bilan Oʻzini unuttirib, koinotdagi maqosidi oliyasini inkor ettiradimi? Ey, tabiatparastlikdan voz kechgan birodar! Qani, sen gapir!

U aytadi: Alhamdulilloh, bu ikki shubham hal boʻlish bilan birga, vahdoniyati Ilohiyaga doir va Ma'budi Bilhaq U ekaniga va Undan boshqa narsalar ibodatga loyiq emasligiga shunchalik porloq va kuchli ikki dalil koʻrsatdingki, ularni inkor qilish quyoshni va kunduzni inkor etish kabi bir mukobaradir.

XOTIMA

Tabiat fikri kufriysini tark qilgan va iymonga kelgan kishi aytdiki: Alhamdulilloh, shubhalarim qolmadi. Faqat, meni qiziqtirayotgan bir nechta savolim bor.

Birinchi savol: Koʻp tanballardan va namoz oʻqimaydigan kishilardan eshitamiz: Janobi Haq bizning ibodatimizga nima ehtiyoji bor, ibodatni tark qilgan kimsani Qur'onda juda shiddat va isror bilan qo'rqitib, Jahannam kabi dahshatli jazo bilan tahdid qiladi. Ahamiyatsiz kichik xatoga bunchalik shiddatli ahamiyat koʻrsatish, e'tidolli va istiqomatli va adolatli ifoda-i Qur'oniyaga yarashadimi?

— 190 —

Aljavob: Darhaqiqat, Janobi Haq nafaqat sening ibodatingga, balki hech bir narsaga muhtoj emas. Lekin sen o'zing ibodatga muhtojsan, chunki ma'nan xastasan. Ibodat esa, ma'naviy yaralaringga malham ekanini koʻp risolalarda isbot qilganmiz. Ajabo, bir bemordagi kasallikni davolash uchun shafqatli hakim unga foydali dorilarni ichirish borasida zo'rlashiga javoban, hakimga: "Meni bunchalik majburlashning senga nima keragi bor?" desa, naqadar bema'no ekanini anglaysan.

Qur'onning tarki ibodat haqidagi qattiq tahdlari va dahshatli jazolariga kelsak, bu shunga o'xshaydiki: bir podsho raʻiyatining huquqini muhofaza qilish uchun, oddiy bir odamni raʻiyatining huquqiga zarar keltirgan xatosi sababli shiddatli jazoga yo'liqtiradi. Xuddi shuning kabi, ibodatni va namozni tark qilgan odam Azal va Abad Sultonining raiyati o'rnidagi mavjudotning huquqiga katta tajovuz va ma'naviy zulm qiladi. Chunki mavjudotning kamollari Sone'ga mutavajjih yuzlarida tasbeh va ibodat bilan namoyon bo'ladi. Ibodatni tark qilgan kimsa mavjudotning ibodatini koʻrmaydi va koʻrolmaydi, balki inkor ham qiladi. Ana shunda, ibodat va tasbeh borasida yuksak maqomda boʻlgan va har biri bir maktubi Samadoniy va bir oyna-i asmo-i Rabboniya boʻlgan mavjudotni oliy maqomlaridan tushirgani uchun va ahamiyatsiz, vazifasiz, jomid, parishon vaziyatda deb qabul qilgani uchun mavjudotni kamsitadi; kamolotini inkor va tajovuz qiladi.

Darhaqiqat, har kim koinotni oʻz oynasi bilan koʻradi. Janobi Haq insonni koinot uchun bir miqyos, bir mezon suratida yaratgan. Har bir insonga bu olamdan xususiy olam bergan. O'sha xususiy olamning rangini u insonning qalbiy e'tiqodiga koʻra koʻrsatadi. Masalan: gʻoyat ma'yus va motamli holda yigʻlayotgan inson mavjudotni ham yigʻlayotgan va ma'yus suratda koʻradi. Juda xursand va nash'ali, sevinchli va kamoli nash'asidan kulayotgan bir odam koinotni ham nash'ali, kulayotgan holda koʻradi. Shuningdek, mutafakkirona va jiddiy suratda ibodat qilayotgan va tasbeh aytayotgan odam mavjudotning haqiqatdan mavjud va muhaqqaq mavjud boʻlgan ibodat va tasbehotlarini bir daraja kashf qiladi va koʻradi. Gʻaflat yoki inkor bilan ibodatni tark qilgan odam mavjudotni haqiqati kamolotiga tamoman zid va muxolif va xato bir suratda tasavvur qiladi va ularning ma'nan huquqiga tajovuz qiladi.

Yana, o'sha torik-us salot oʻziga oʻzi molik boʻlmagani uchun, oʻz Molikining bandasi boʻlgan oʻz nafsiga zulm qiladi. Moliki esa, o'sha bandasining haqqini uning nafsi ammorasidan olish uchun dahshatli tahdid qiladi.

Yana, natija-i xilqati va gʻoya-i fitrati boʻlgan ibodatni tark qilgani uchun, hikmati Ilohiyaga va mashiati Rabboniyaga tajovuz o'rniga oʻtadi. Shuning uchun jazoga yo'liqadi.

Alhosil: Ibodatni tark qilgan kimsa: ham oʻz nafsiga zulm qiladi, - nafs esa, Janobi Haqning bandasi va qulidir; ham koinotning huquqi kamolotiga nisbatan tajovuz va zulmdir. Darhaqiqat, kufr mavjudotga nisbatan tahqir bo'lgani kabi, ibodatni tark qilish ham koinotning kamolotini inkordir. Hamda hikmati Ilohiyaga nisbatan bir tajovuz boʻlgani uchun dahshatli tahdidga, qattiq jazoga mustahaq boʻladi.

— 191 —

O'sha istihqoqni va mazkur haqiqatni ifodalash uchun Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon moʻ'jizona bir suratda o'sha shiddatli ifoda tarzini ixtiyor etib, "muqtazo-i holga muvofiqlik" deb ta'riflanuvchi balog'at haqiqatiga to'liq mos keladi.

Ikkinchi savol: Tabiatdan voz kechgan va iymonga kelgan zot aytadiki: Har mavjud har jihatda, har ishida va har narsasida va har holatida mashiati Ilohiyaga va qudrati Rabboniyaga tobe boʻlishi, juda buyuk bir haqiqatdir. Buyukligi jihatidan bizning tor zehnlarimizga sigʻmaydi. Holbuki, koʻzimiz bilan koʻrib turganimiz bu benihoya mo'llik, ham narsalarning xilqat va yaratilishidagi cheksiz osonlik, ham yuqoridagi dalillaringiz bilan haqligi ko'ringan vahdat yoʻlidagi ijodi ashyoda nihoyat darajada qulaylik va osonlik, ham nassi Qur'on bilan bayon qilingan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ٭ وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

kabi oyatlar ochiq-oydin koʻrsatgan benihoya qulaylik, o'sha buyuk haqiqatning eng maqbul va eng ma'qul bir masala ekanini koʻrsatmoqda. Bu osonlikning siri va hikmati nimada?

Aljavob: "Yigirmanchi Maktub"ning Oʻninchi kalimasi boʻlgan وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ bayonida o'sha sir juda keng va qat'iy va qoniqarli tarzda bayon qilingan. Xususan, u "Maktub"ning zaylida yanada kengroq izoh bilan isbot qilinganki; butun mavjudot Sone'-i Vohidga nisbat berilgan vaqtda, birgina mavjud singari osonlashadi. Agar Vohidi Ahadga berilmasa, birgina maxluqning yaratilishi butun mavjudotning yaratilishi qadar mushkullashadi va birgina urugʻ bir daraxt qadar mashaqqatli boʻladi. Agar Sone'-i Haqiqiysiga berilsa, koinot bir daraxt kabi va daraxt bir urugʻ kabi va jannat bir bahor kabi va bahor bir chechak kabi osonlashadi, yengillashadi. Va ko'zga koʻrinib turgan cheksiz moʻllik va arzonlikning, va har bir turning osonlik bilan juda ko'p afrodi boʻlishining, va juda yengillik va tezlik bilan intizomli, san'atli, qiymatli mavjudotning osongina vujudga kelishining sirlariga mador boʻlgan va hikmatlarini koʻrsatadigan yuzlab dalillaridan va boshqa risolalarida batafsil bayon qilingan bir-ikkitasiga muxtasar ishora qilamiz. Masalan:

— 192 —

Yuzta askar bir zobitning idorasiga topshirilishi bir askarni yuzta zobitning idorasiga topshirilishidan ko'ra yuz daraja osonroq boʻladi. Shuning kabi, bir qoʻshinning askariy tajhizoti bir markaz, bir qonun, bir fabrika va bir podshoning amriga topshirilsa, xuddi son jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashadi. Shuningdek, bir askarning tajhizoti askariyasi bir necha markazlarga, bir necha zavodlarga, bir necha qoʻmondonlarga havola qilinishi ham, xuddi son jihatidan bir qoʻshinning tajhizoti qadar mushkulotli boʻladi. Chunki birgina askarning tajhizoti uchun butun qoʻshinga lozim boʻladigan zavod-fabrikalar boʻlishi kerakdir.

Yana, vahdat siriga ko'ra bir daraxtga bir ildizda, bir markazda, bir qonun bilan hayotiy moddalari berilgani sababli, minglab meva beradigan o'sha daraxt bitta mevachalik oson boʻlgani bilmushohada koʻrinadi. Agar vahdatdan kasratga yuzlanilsa, har bir mevaga lozim bo'lgan hayotiy moddalar boshqa-boshqa joydan berilsa, har bitta meva bir daraxt qadar qiyinchilik tug'diradi. Balki daraxtning bir anmuzaji va mundarijasi boʻlgan birgina danak ham o'sha daraxtchalik qiyin boʻladi. Chunki bir daraxtning hayotiga lozim boʻlgan butun hayotiy moddalar bir dona danak uchun ham lozim boʻladi.

Xullas, shu misollar kabi yuzlab misollar bor, koʻrsatmoqdaki: vahdatda nihoyat darajada osonlik bilan vujudga kelgan minglab mavjud, shirkdagi va kasratdagi birgina mavjuddan ko'ra osonroq boʻladi. Boshqa risolalarda bu haqiqat "ikki karra ikki toʻrt" boʻlishi darajasida isbot qilingani uchun, o'shalarga havola qilib, bu yerda faqat bu osonlik va qulaylikning ilm va qadari Ilohiy va qudrati Rabboniya nuqta-i nazaridan gʻoyat muhim bir sirini bayon qilamiz. Jumladan:

Sen bir mavjudsan. Agar oʻzingni Qodiyri Azaliyga topshirsang; seni hechlikdan, yoʻqdan, bir amr bilan, cheksiz qudrati bilan "bir gugurt chaqqandek" bir onda yaratadi. Agar sen oʻzingni Unga bermasang, aksincha moddiy sabablarga va tabiatga nisbat bersang, - sen koinotning intizomli bir xulosasi, mevasi va kichik bir mundarijasi va roʻyxati boʻlganing uchun, - seni yaratish uchun koinotni va unsurlarni mayin elakdan o'tkazib, hassos oʻlchovlar bilan olamning har tarafidan sening vujudingdagi moddalarni toʻplash kerak boʻladi. Chunki moddiy sabablar faqatgina birlashtiradi, toʻplaydi xolos. Oʻzlarida yoʻq narsani hechlikdan, yoʻqdan yarata olmasliklari, butun ahli aqlning nazdida tasdiqlangan. Shunday ekan, kichik bir ziyhayotning jismini olamning har tarafidan toʻplashga majbur boʻladilar. Mana, vahdatda va tavhidda naqadar osonlik, va shirkda va zalolatda naqadar mushkulot borligini angla!

— 193 —

Ikkinchisi: Ilm nuqta-i nazaridan cheksiz osonlik bor. Jumladan: qadar - ilmning bir turi bo'lib, har narsaning ma'naviy va maxsus qolipi singari bir miqdor tayin qiladi. Va o'sha miqdori qadariy u narsaning yaratilishi uchun bir reja, bir model o'rniga oʻtadi. Qudrat yaratayotgan vaqtda, juda osonlik bilan o'sha qadariy miqdor ustida yaratadi. Agar u narsa muhit va cheksiz va azaliy bir ilm sohibi boʻlmish Qodiyri Zuljalolga berilmasa, - yuqorida aytilganidek, - minglab mushkulot emas, balki yuzlab mahollar oʻrtaga tushadi. Chunki u miqdori qadariy va miqdori ilmiy boʻlmasa, kichkina bir hayvonning vujudida minglab xorijiy va moddiy qoliplar ishlatilishi lozim boʻladi. Mana, vahdatda cheksiz osonlik, va zalolat va shirkda cheksiz mushkulot borligining yana bir sirini angla;

وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

oyati naqadar haqiqatli va toʻgʻri va yuksak bir haqiqatni ifodalaganini bil!..

Uchinchi savol: Oldin dushman, hozir doʻst boʻlgan, hidoyatga erishgan kishi aytadiki: Shu zamonda juda ildamlab ketgan faylasuflar "Hech narsa yo'qdan yaratilmaydi va hech narsa yo'q qilinmaydi. Faqatgina bir tarkib, bir parchalanish boʻlib, Koinot fabrikasini ishlatib turibdi", deydilar.

Aljavob: Mavjudotga Nuri Qur'on bilan boqmaydigan faylasuflarning eng ildamlab ketganlari qarasalar, bu mavjudotning tabiat va sabablar vositasida shakllanishi va vujudga kelishini - yuqorida isbotlaganimizdek, - imtino' darajasida mushkulotli ekanini koʻrganlari uchun ikki qismga ayrildilar:

Bir qismi sofist boʻlib, insonning xossasi boʻlgan aqldan voz kechib, ahmoq hayvonlardan ham tubanga tushib, koinotning vujudini inkor qilishni, hatto oʻzlarining vujudlarini ham inkor qilishini, zalolat maslagida sabablar va tabiatning ijod sohibi boʻlishidan ko'ra osonroq ekanini koʻrganlari bois ham oʻzlarini, ham koinotni inkor qilib, mutlaq jaholatga tushishgan.

Ikkinchi guruh qarasalar, zalolatda, sabablar va tabiat yaratuvchi boʻlishi jihatida bir pashsha va bir danakning yaratilishi - cheksiz mushkuloti bor va aql doirasining xorijida bir iqtidorni taqozo qiladi. Shuning uchun majburan ijodni inkor qiladilar, "Yoʻqdan bor boʻlmaydi" deydilar va yo'q bo'lishni ham mahol koʻradilar. "Bor yoʻq boʻlmaydi", deb hukm qiladilar. Faqat zarralarning harakatlari va tasodif shamollari tufayli bir birikish va tahlil va tarqalish va toʻplanish suratida bir faraziy vaziyatni xayol qiladilar. Xullas, sen kel, ahmoqlikning va jaholatning eng tuban darajasida turib, o'zini eng yuksak aqlli deb oʻylagan odamlarni koʻr, va zalolat insonni naqadar masxara, tuban va o'ta johillashtirib qo'yishini bil, ibrat ol!

— 194 —

Ajabo, har yili toʻrt yuz ming navni birdan zamin yuzida ijod qilgan va samovot va Yerni olti kunda yaratgan, va olti haftada har bahorda koinotdan ko'ra san'atliroq, hikmatliroq ziyhayot bir koinotni insho qilgan bir qudrati azaliya va bir ilmi azaliyning doirasida rejalari va miqdorlari tayin qilingan mavjudoti ilmiyani, - koʻzga koʻrinmaydigan bir modda bilan yozilgan va koʻrinmas bir yozuvni koʻrsatish uchun surilgan bir modda singari, - o'sha moddiy vujudi boʻlgan mavjudoti ilmiyaga juda osonlik bilan vujudi xorijiy berishni o'sha qudrati azaliyadan uzoq deb bilish va ijodni inkor qilish, birinchi guruh boʻlmish sofistlardan ham badtar ahmoqona va johilonadir. Bu badbaxtlar ojizi mutlaq va qo'llarida faqatgina bir juz'i ixtiyoriydan boshqa narsasi boʻlmagan fir'avnlashgan nafslari, hech narsani e'dom va yoʻq qila olmagani uchun, va hech bir zarrani va bir moddani hechlikdan va yoʻqdan ijod qila olmaganlari uchun, va ishonganlari sabablar va tabiatning qoʻlidan yo'qdan ijod qilish kelmagani uchun, ahmoqliklari sababli: "Yoʻqdan bor boʻlmaydi, bor narsa yoʻq boʻlmaydi", deydilar va bu botil va xato dasturni Qodiyri Mutlaqqa tatbiq qilishni istaydilar.

Darhaqiqat, Qodiyri Zuljalolning ikki tarzda ijodi bor:

Biri: ixtiro va ibdo' bilandir. Ya'ni, hechlikdan, yoʻqdan vujudga keltiradi va unga lozim bo'lgan barcha narsani ham yo'qdan ijod etib, qoʻliga beradi.

Ikkinchisi: insho bilan, san'at bilandir. Ya'ni, kamoli hikmatini va koʻp ismlarining jilvalarini koʻrsatish kabi juda nozik hikmatlar uchun koinotning unsurlaridan bir qism mavjudotni insho qiladi. Amriga tobe boʻlgan butun zarrotlarni va moddalarni razzoqiyat qonuni bilan ularga yuboradi va ularda ishlatadi.

Darhaqiqat, Qodiyri Mutlaqning ikki tarzda - ham ibdo', ham insho suratida yaratishi bor. Borni yoʻq qilish va yoʻqni bor qilish Uning eng qulay, eng oson, balki doimiy va umumiy bir qonunidir. Bir bahorda uch yuz ming anvo'i ziyhayot maxluqotning shakllarini, sifatlarini, balki zarrotlaridan boshqa butun kayfiyot va ahvollarini yo'qdan bor qilgan bir qudratga qarshi, "yoʻqni bor qilolmaydi" degan odam yoʻq boʻlishi kerak!..

Tabiatni tashlagan va haqiqatga oʻtgan zot aytadiki: "Janobi Haqqa zarralar adadicha shukr va hamdu sano aytamanki, kamoli iymonni qozondim, avhom va zalolatlardan qutuldim va hech bir shubham ham qolmadi. Alhamdulillohi 'alo diynil Islom va kamolil iymon"...

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 195 —

Yigirma Toʻrtinchi Yogʻdu

Tasattur haqida
(Oʻn beshinchi Mulohazaning Ikkinchi va Uchinchi Masalalari ekan, ahamiyatiga binoan Yigirma Toʻrtinchi Yogʻdu boʻldi.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ قُلْ لِاَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَٓاءِ الْمُؤْمِن۪ينَ يُدْن۪ينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَاب۪يبِهِنَّ

ila oxir... oyati tasatturni amr qiladi. Buzuq madaniyat esa Qur'onning bu hukmiga muxolif chiqadi. Tasatturni fitriy deb bilmaydi, "asoratdir" deydi.

{(*) Mahkamaga qarshi va mahkamani jim qilgan appelatsiyasining mudofaalaridan bir parcha:

"Men ham Adliyaning mahkamasiga deymanki: Bir ming uch yuz ellik yilda va har asrda uch yuz ellik million insonlarning ijtimoiy hayotida eng muqaddas va haqiqiy va haqiqatli bir dasturi Ilohiyni, uch yuz ellik ming tafsirning tasdiqlariga va ittifoqlariga tayanib hamda bir ming uch yuz ellik yil mobaynida oʻtgan ajdodimizning e'tiqodlariga iqtido qilib tafsir qilgan odamni mahkum qilgan haqsiz qarorni, albatta yer yuzida adolat boʻlsa, rad va u hukmni bekor qiladi."}

Javob: Qur'oni Hakimning bu hukmi tamoman fitriy ekaniga va muxolifi gʻayri fitriyligiga dalolat qilgan koʻp hikmatlaridan, faqat "toʻrt hikmat"ni bayon qilamiz.

Birinchi hikmat: Tasattur ayollar uchun fitriydir va buni fitratlari taqozo qiladi. Chunki ayollar xilqat jihatidan zaif va nozik boʻlganlari, oʻzlarini va hayotidan koʻproq sevgan bolalarini himoya qiladigan erkakning himoya va yordamiga muhtoj boʻlganidan, oʻzini sevdirish va nafrat ettirmaslik va sovuq muomalaga ma'ruz qolmaslikka fitriy bir mayli bor.

— 196 —

Ham ayollarning oʻntasidan olti-yettitasi yo keksa, yo koʻrimsiz boʻlib, keksalik va koʻrimsizliklarini har kimga koʻrsatishni istamaydilar. Yoki hasadchidir. Oʻzidan chiroyli boʻlgan ayollarga nisbatan koʻrimsiz koʻrinmaslik yoki tajovuzdan va tuhmatga qolishdan qoʻrqadi, hujumga duchor boʻlmaslik va erining nazarida xiyonat bilan ayblanmaslik uchun, fitratan tasattur istashadi. Hatto diqqat qilinsa, eng koʻp yopinib yurganlar keksalardir. Va oʻntadan faqat ikki-uchtasi topilishi mumkinki, ham yosh boʻlsin, ham chiroyli boʻlsin, ham oʻzini koʻrsatishdan siqilmasin. Ma'lumdirki, inson sevmagan va yoqtirmagan odamlarining nazaridan siqiladi, xafa boʻladi. Albatta, ochiq-sochiq yurgan chiroyli ayol nomahram erkaklarning oʻntasidan ikki-uchtasining qarashini yoqtirsa ham, yetti-sakkiztasini yoqtirmaydi. Hamda fahshga kirmagan va buzilmagan chiroyli ayol, nozik va ta'sirchan boʻlgani uchun, moddiy jihatdan ta'siri tajribadan ayon boʻlgan, balki zaharlagan iflos nazarlardan, albatta siqiladi. Hatto eshitamizki, ochiq-sochiqlik joyi Yevropada koʻp ayollar begona tikilib qarashdan siqilib, "Bu ablahhlar bizni koʻz hibsiga olib siqmoqdalar", deb politsiya xodimlariga shikoyat qilishgan. Demak, madaniyatning tasatturni olib tashlashi fitratga xilofdir. Qur'onning tasattur amri fitriy boʻlish bilan birga, u shafqat manbai va qiymatdor abadiy rafiqa hisoblangan ayollarni tasattur vositasida qiymatini yoʻqotishdan, zillatdan va ma'naviy asoratdan va qashshoqlikdan qutqaradi.

Hamda ayollarda begona erkaklardan fitratan qoʻrqish, xavfsirash bor. Xavfsirash esa, fitratan tasatturni taqozo qiladi. Chunki sakkiz-toʻqqiz daqiqalik zavqni jiddiy ravishda achchiqlashtiradigan sakkiz-toʻqqiz oy ogʻir bir valad yukini zahmat chekish bilan birga, homiysiz bir valadning tarbiyasi bilan sakkiz-toʻqqiz yil, oʻsha sakkiz-toʻqqiz daqiqa dinga zid zavqning balosini chekish ehtimoli bor. Va juda koʻp sodir boʻlgani uchun, haqiqatdan fitrati shiddat bilan nomahramlardan qoʻrqadi va tabiati yashirinishni istaydi. Va tasattur bilan nomahramning ishtahasini ochmaslik va tajovuziga yoʻl qoʻymaslikni zaif xilqati amr qiladi va qattiq eslatib turadi. Va bir qalqoni va qal'asi chorshafi ekanini koʻrsatadi. Eshitganlarimga koʻra: Hukumat poytaxtining markazida, kunduz kuni bozorda aholining koʻz oʻngida, oddiy bir poyafzal tozalovchisi, dunyoda mansabi baland odamning oyogʻi ochiq ayoliga shilqimlik qilishi, tasatturga qarshi chiqqanlarning hayosiz yuzlariga tarsaki tushiradi!..

Ikkinchi hikmat: Ayol va erkak oʻrtasida gʻoyat asosli va shiddatli munosabat, muhabbat va aloqa; faqatgina dunyoviy hayotning ehtiyojidan kelib chiqmaydi. Ha, ayol eriga faqatgina dunyoviy hayotga maxsus turmush oʻrtogʻi emas.

— 197 —

Balki abadiy hayotda ham turmush oʻrtogʻidir. Modomiki abadiy hayotda ham eriga turmush oʻrtogʻidir. Albatta abadiy oʻrtogʻi va doʻsti boʻlgan erining nazaridan tashqari boshqasining nazarini oʻz mahosiniga jalb qilmaslik va uni ranjitmaslik va rashkini keltirmaslik lozim boʻladi. Modomiki moʻmin eri, sirri iymonga binoan, u bilan aloqasi dunyoviy hayotga oid va faqat hayvoniy va goʻzallik vaqtiga maxsus vaqtinchalik muhabbat emas. Balki abadiy hayotda ham turmush oʻrtogʻi nuqtasida asosli va jiddiy muhabbat va hurmat bilan aloqadordir. Ham faqat yoshligida va goʻzallik paytida emas, balki keksalik va xunuklik vaqtida ham jiddiy hurmat va muhabbatni koʻrsatadi. Albatta unga muqobil, u ham oʻz mahosinini uning nazari uchungina xos qilishi va muhabbatini ungagina bagʻishlashi, insoniyat taqozosidir. Boʻlmasa yutugʻi juda oz boʻladi, yoʻqotishi juda koʻp boʻladi.

Shariatga koʻra er xotinga oʻxshashi, ya'ni bir-biriga munosib boʻlishi kerak. Bu oʻxshashlik va tenglikning eng muhimi diyonat nuqtasidadir. Qanday baxtli oʻsha erki, ayolining diyonatiga qarab taqlid qiladi, rafiqasini abadiy hayotda yoʻqotmaslik uchun dindor boʻladi.

Baxtiyordir oʻsha ayolki, erining diyonatiga qarab, "abadiy oʻrtogʻimni yoʻqotmayin" deb taqvoga doirasiga kiradi.

Voy boʻlsin u erkakkaki soliha ayolini abadiy yoʻqotishga olib boradigan safohatga kiradi. Qanday badbaxtdir u ayolkim, taqvodor erini taqlid qilmaydi, muborak abadiy oʻrtogʻini yoʻqotadi.

Minglab voy boʻlsin ikki badbaxt er-xotingaki, bir-birining fisqini va safohatini taqlid qiladilar. Bir-birini otashga tushishga yordam berishadi!..

Uchinchi hikmat: Bir oila hayotining saodati, er va xotin mobaynidagi oʻzaro ishonch va samimiy hurmat va muhabbat bilan davom etadi. Tasattursizlik va ochiq-sochiqlik oʻsha ishonchni buzadi, oʻzaro hurmat va muhabbatni sindiradi. Chunki, eridan chiroylirogʻini koʻrmagani uchun, oʻzini begonaga sevdirishga urinmagan ochiq-sochiq yurgan oʻnta ayoldan faqat bitta topiladi. Toʻqqiztasi eridan yaxshirogʻini koʻradi. Va yigirmata erkakdan faqat bittasi ayolidan goʻzalrogʻini koʻrmaydi. Oʻshanda samimiy muhabbat va oʻzaro hurmat yoʻqolishi bilan birga, juda xunuk va gʻoyat razilona his uygʻotishga sabab boʻlishi mumkin.

Jumladan: Inson opa-singil kabi mahramlariga nisbatan fitratan shahvoniy hisi boʻlmaydi. Chunki mahramlarning siymolari qarindoshlik va mahramlik jihatidagi shafqat va dinga uyg'un muhabbatni his qildirganidan; nafsoniy, shahvoniy mayllarni sindiradi. Biroq, ochiq oyoqlarga oʻxshagan, shariatda mahramlarga ham koʻrsatilishi joiz boʻlmagan joylarini ochish, tuban nafslarga koʻra gʻoyat yomon hisning uygʻonishiga sabab boʻlishi mumkin. Chunki mahramning siymosi mahramlikdan xabar beradi va nomahramga oʻxshamaydi. Ammo, masalan mahramning ochiq oyogʻi boshqasiniki bilan bir xil. Mahramlikni xabar beradigan farqli alomati bo'lmagani uchun, hayvoniy havas nazarini bir toifa pastkash mahramlarda uygʻotishi mumkin. Bunday nazar esa, tuklarni tikka qiladigan insoniyatning tubanlashishidir!..

— 198 —

Toʻrtinchi hikmat: Ma'lumki, naslning koʻpayishini hamma istaydi. Hech bir millat va hukumat yoʻqki, naslning koʻpayishiga tarafdor boʻlmasa. Hatto Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalam marhamat qilganlarki:

تَنَاكَحُوا تَكَاثَرُوا فَاِنّ۪ى اُبَاه۪ى بِكُمُ الْاُمَمَ

-av kama qol- Ya'ni: "Uylaninglar, koʻpayinglar. Men qiyomatda sizning koʻpligingiz bilan faxrlanaman." Holbuki, tasatturning olib tashlanishi uylanishni koʻpaytirmaydi, aksincha juda kamaytiradi. Chunki eng sayoq va zamonaviy oʻspirin ham turmush oʻrtogʻining nomusli boʻlishini istaydi. Oʻzi kabi zamonaviy, ya'ni ochiq-sochiq boʻlishini istamagani uchun, uylanmaydi, balki fahshga kiradi. Ayol unday emas, u darajada erini cheklay ololmaydi. Chunki ayolning oila hayotida ichki mudir boʻlgani uchun, erining barcha mol-mulkiga, avlodiga va hamma narsasiga muhofaza ma'muri boʻlgani uchun, eng muhim xislati sadoqat va ishonchdir. Ochiq-sochiqlik esa bu sadoqatni sindiradi, erining nazarida ishonchni yoʻqotadi, unga vijdon azobini chektiradi. Hatto erkaklarda ikki goʻzal xislat boʻlgan jasorat va saxovat ayollarda boʻlsa, bu ishonchga va sadoqatga zarar boʻlgani uchun, bad axloq hisoblanib, yomon xislat sanaladi. Biroq erining vazifasi, unga xazinadorlik va sadoqat emas, balki himoya, marhamat, hurmatdir. Shuning uchun, erkak cheklov ostiga olinmaydi. Boshqa ayollarni ham nikohiga olishi mumkin.

Mamlakatimiz Yevropaga qiyos qilinmaydi. Chunki u yerda duel kabi juda shiddatli vositalar bilan ochiq-sochiqlik nomus bir daraja muhofaza qilinadi. Izzati nafs sohibi boʻlgan odamning ayoliga iflos nazar bilan qaragan odam, boʻyniga kafanini oladi, soʻngra qaraydi. Hamda sovuq mamlakatlar hisoblangan Ovrupo tabiati, mamlakat kabi sovuq va yaxlagandir. Osiyo, ya'ni Olami Islom qit'asi unga nisbatan issiq mamlakatlardir. Ma'lumki, atrof-muhitning inson axloqiga ta'siri bor. Sovuq mamlakatda, sovuq insonlarda hayvoniy havaslarni qoʻzgʻatish va ishtahani ochish uchun ochiq-sochiqlik, balki koʻp suiiste'mollarga va isroflarga sabab boʻlmaydi. Biroq ta'sirchan va hassos issiq mamlakatlardagi insonlarning nafsoniy havaslarini davomli ravishda hayajonlantiradigan ochiq-sochiqlik, albatta koʻp suiiste'mollarga va isroflarga va naslning zaiflashishiga va quvvatning tushishiga sababdir. Bir oyda yoki yigirma kunda fitriy ehtiyojga muqobil, har necha kunda oʻzini isrofga majbur deb oʻylaydi. Shunda, har oy oʻn besh kun hayz kabi monelar munosabati bilan ayolidan saqlanishga majbur boʻlganidan, nafsiga magʻlub boʻlsa, fahsh ishlarga ham mayl qiladi.

— 199 —

Shaharliklar qishloqliklarga, badaviylarga qarab tasatturni olib tashlolmaydi. Chunki qishloqlarda, badaviylarda tirikchilik dardi tashvishi va jismoniy mehnat bilan insonlar charchagani uchun, hamda shaharliklarga nisbatan diqqatni kam jalb qilgan begunoh ishchi va bir daraja koʻrimsiz ayollarning qisman ochiqliklari, nafsoniy havaslarni hayajonlantirishga sabab boʻlmagani kabi, sayoq va ishsiz odamlar kam boʻlgani uchun, ularda shahardagi fasodlarning oʻndan biri topilmaydi. Shunday ekan, ularga qiyos qilinmaydi.

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Ahli iymon oxiratli opa-singillarim boʻlgan ayollar toifasi bilan bir suhbat

Ba'zi viloyatlarda ayollar toifasidan samimiy va qizgʻin suratda Nurlarga boʻlgan aloqalarini koʻrgan va haddimdan ortiq ularning Nurlarga oid darslarimga ishonchlarini bilgan vaqtlarimda, muborak Ispartaga va ma'naviy Madrasat-uz Zahroga uchinchi marta kelgan vaqtim eshitdimki; muborak oxirat opa-singillarim boʻlgan ayollar toifasi mendan bir dars kutayotgan ekanlar. Goʻyo va'z suratida masjidlarda ularga darsim oʻqib beraman. Lekin men toʻrt-besh jihatdan kasalman, hamda parishon, hatto gapirishga va oʻylashga iqtidorsiz boʻlganim holda, bu kecha shiddatli bir eslatma bilan qalbimga shu narsa keldi, modomiki oʻn besh yil avval yoshlarning xohishi bilan "Yoshlarga Rahnamo"ni ular uchun yozdinggiz va juda koʻp istifoda qilindi. Holbuki xonimlar toifasi yoshlardan koʻra ziyoda bu zamonda shunday bir rahnamoga muhtojdirlar. Men ham bu eslatmaga binoan gʻoyat parishon va zaiflik va ojizligim bilan birga "Uch Nukta" bilan gʻoyat muxtasar ba'zi kerakli moddalarni u muborak opa-singillarimga va ma'naviy yosh avlodlarimga bayon qilaman:

Birinchi nukta: Risola-i Nurning eng muhim asosi shafqat boʻlgani uchun, ayollar toifasi shafqat qahramonlari boʻlganlari uchun, yanada ziyoda Risola-i Nur bilan fitratan aloqadordirlar. Va lillahilhamd, bu fitriy aloqadorlik koʻp yerlarda his qilinmoqda. Bu shafqatdagi fidokorlik haqiqiy ixlosni va evazsiz fidokorlikni ifoda qilgani uchun, bu davrda juda katta ahamiyatga ega. Ha, bir volida bolasini tahlikadan qutqarish uchun hech qanday haq istamasdan oʻzini fido qilishi va haqiqiy ixlos bilan fitriy vazifasi e'tibori bilan oʻzini avlodiga qurbon qilishi koʻrsatadiki; ayollarda gʻoyat yuksak qahramonlik bor. Bu qahramonlikning inkishofi bilan dunyoviy hayotini ham, abadiy hayotini ham u bilan qutqara oladi.

— 200 —

Lekin ba'zi yomon jarayonlar bilan quvvatli va qiymatdor xislat inkishof etmaydi yoxud suiiste'mol qilinadi. Yuzlab namunalaridan bir kichik namunasi shu: Shafqatli volida bolasining dunyoviy hayotda tahlikaga tushmasligi, istifoda va foyda koʻrishi uchun har qanday fidokorlikni boʻyniga oladi, uni shunday tarbiya qiladi. "Oʻgʻlim amaldor boʻlsin" deb bor bisotini beradi. Hofizlik maktabidan oladi, Yevropaga yuboradi. Lekin bolaning abadiy hayoti tahlikaga tushganini oʻylamaydi va dunyo qamoqxonasidan qutqarishga harakat qiladi, Jahannam qamoqxonasiga tushishini hisobga olmaydi. Fitriy shafqatning tamoman ziddiga, begunoh bolasini, oxiratda shafoatchi boʻlish kerak ekan, da'vogar qiladi. U bola, "Nima uchun iymonimni quvvatlantirmasdan, halok boʻlishimga sabab boʻlding?" deb shikoyat qiladi. Dunyoda ham Islomiy tarbiyani toʻliq olmagani uchun, volidasining hayratlanarli shafqati evaziga keragicha javob berolmaydi, balki koʻp xatolarga yoʻl qoʻyadi. Agar haqiqiy shafqat suiiste'mol qilinmasdan, bechora bolasini abadiy qamoqxona boʻlgan Jahannamdan va abadiy yoʻqlik boʻlgan zalolat ichida oʻlishdan qutqarishga, shafqat sirri bilan harakat qilsa, bola qilgan barcha savoblarining bir misli volidasining amallar daftariga yoziladi. Volidasining vafotidan soʻng har doim savoblari bilan ruhiga nur yetkazgani kabi, oxiratda da'vogar emas, butun ruhu joni bilan shafoatchi boʻlib, abadiy hayotda unga muborak avlod boʻladi.

Darhaqiqat, insonning eng birinchi ustozi va ta'sirli muallimi, uning volidasidir. Bu munosabat bilan men oʻzimda qat'iy va doim his qilgan ushbu ma'noni bayon qilaman:

Sakson yillik umrimda, sakson ming zotlardan dars olganim holda, qasam ichamanki, eng asosli va mustahkam va har doim menga darsini yangilayotgandek marhum volidamdan olgan oʻgitlar va ma'naviy darslarim boʻlib, oʻsha darslar fitratimda, goʻyo moddiy vujudimda urugʻlar hukmida joylashgan edi. Keyingi darslarim oʻsha urugʻlar ustiga bino qilinganini aynan koʻrmoqdaman. Demak, yoshligimda fitratimga va ruhimga marhum volidamning dars va oʻgitlarini, hozir bu sakson yoshimdagi koʻrgan buyuk haqiqatlarim ichida asos urugʻ sifatida mushohada qilmoqdaman.

Jumladan: Maslak va mashrabimning toʻrt asosidan eng muhimi shafqat qilish va Risola-i Nurning eng buyuk haqiqati boʻlgan achinish va marhamat koʻrsatishni u volidamning shafqatli fe'l va holidan va oʻsha ma'naviy darslaridan olganimni aniq tushunyapman. Ha, bu haqiqiy ixlos bilan haqiqiy fidokor volidalik shafqati suiiste'mol qilinib, begunoh bolasining olmos xazinasi hukmidagi oxiratini oʻylamasdan, bolaning begunoh yuzini vaqtinchalik foniy shishalar hukmidagi dunyoga burish va bu shaklda unga shafqat koʻrsatish, shafqatni suiiste'mol qilishga kiradi.

— 201 —

Ha, ayollarning shafqat bilan qahramonliklarini hech qanday haq va hech bir evaz istamasdan, hech qanday shaxsiy foyda, xoʻjakoʻrsinlik qilmay ruhini fido qilganlariga, shafqatning kichik namunasini koʻrsatgan tovuqning bolasini qutqarish uchun arslonga tashlanishi va jonini fido qilishi isbot qiladi.

Hozir Islomiy tarbiyadan va oxirat ishlaridan eng qiymatli va eng kerakli asos, ixlosdir. Bu tur shafqatdagi qahramonlikda oʻsha haqiqiy ixlos mavjud.

Agar bu ikki nuqta oʻsha muborak toifada inkishof qilishni boshlasa, Islomiyat doirasida juda buyuk saodatga sabab boʻladi. Holbuki erkaklarning qahramonliklari evazsiz boʻlmaydi. Balki yuz jihatdan evaz istaydi. Hech boʻlmasa shon-sharaf istaydi. Lekin afsuski, bechora muborak ayollar toifasi zolim erkaklarning yomonliklaridan va zoʻravonliklaridan qutulish uchun, boshqa bir tarzda, zaiflikdan va ojizlikdan kelgan boshqa bir navda riyokorlikka kirmoqdalar.

Ikkinchi nukta: Bu yil yolgʻizlikda va ijtimoiy hayotdan chekinganim holda ba'zi Nurchi qardoshlarimning va opa-singillarimning xotirlari uchun dunyoga qaradim. Men bilan koʻrishgan aksar doʻstlardan oʻz oilaviy hayotlaridan shikoyatlar eshitdim. "Ey voh!" dedim. Insonning, xususan musulmonning panohgohi va bir navi Jannati va kichik dunyosi, oila hayotidir. Bu ham buzilishni boshlabtimi, dedim. Sababini qidirdim. Tushundimki: Qandayki Islomiyatning ijtimoiy hayotiga va bu orqali Islom diniga zarar berish uchun yoshlarni yoʻldan urish va yoshlik havaslari bilan safohatga yoʻllash uchun bir-ikkita qoʻmita ishlayot ekan. Aynan shuning kabi, bechora ayollar toifasining gʻofil qismini ham xato yoʻllarga yo'llash uchun bir-ikkita qoʻmitaning ta'sirli suratda parda ostida ishlaganini his qildim. Va bildimki: Islom millatiga dahshatli zarba oʻsha tomondan kelmoqda. Men ham siz opa-singillarimga va yoshlaringiz ma'naviy avlodlarimga qat'iyan bayon qilamanki: Ayollarning uxraviy saodati kabi, dunyoviy saodatlarining va fitratlaridagi oliy xislatlarining buzilishidan qutulishining yagona chorasi, Islom doirasidagi diniy tarbiyadan boshqa yoʻq!.. Rossiyada u bechora toifaning qay holga kirganini eshitmoqdasiz. Risola-i Nurning bir qismida aytilganki: Aqli boshida bo'lgan odam rafiqasiga muhabbatini va sevgisini besh-oʻn yillik foniy va zohiriy jamolining goʻzalligiga bino qilmaydi. Balki ayollar jamoli goʻzalligining eng goʻzali va doimiysi, uning shafqatiga va ayollikka maxsus axloq goʻzalligiga sevgisini bino qilishi kerak. Toki u bechora keksaygani sari, erining muhabbati unga davom etsin. Chunki uning rafiqasi, faqat dunyo hayotidagi vaqtinchalik yordamchi rafiqa emas, balki abadiy hayotida abadiy va sevimli turmush oʻrtogʻi boʻlgani uchun, keksaygan sari yanada ziyoda hurmat va marhamat bilan bir-birini sevishi lozim boʻladi. Hozirgi madaniyat pardasi ostidagi hayvonlarcha vaqtinchalik birgalikdan soʻng abadiy ayriliqqa uchragan oila hayoti tamalidan buzilmoqda.

— 202 —

Ham Risola-i Nurning bir qismida aytilganki: Baxtiyordir u odamki, abadiy rafiqasini yoʻqotmaslik uchun soliha xotinini taqlid qiladi, u ham solih boʻladi. Ham baxtiyordir u ayolki, erini dindor koʻradi, abadiy doʻstini va oʻrtogʻini yoʻqotmaslik uchun u ham toʻliq dindor boʻladi. Dunyoviy saodati ichida uxraviy saodatini qozonadi. Badbaxtdir u odamki, safohatga kirgan xotiniga ergashadi, voz kechirishga harakat qilmaydi, oʻzi ham ishtirok qiladi. Badbaxtdir u ayolki, erining fisqiga qaraydi, uni boshqa bir suratda taqlid qiladi. Voy boʻlsin u er-xotingaki, bir-birini otashga tushishga yordam beradi. Ya'ni, madaniyat fantaziyalariga bir-birini tashviq qiladi.

Xullas, Risola-i Nurning bu mazmundagi jumlalarining ma'nosi shuki: Bu zamonda oila hayotining dunyoviy va uxraviy saodatining va ayollarda oliy xislatlar inkishofining sababi, faqat shariat doirasidagi Islomiyat odobi bilan boʻlishi mumkin.

Hozir oila hayotidagi eng muhim nuqta shuki, ayol erida yomonlik va sadoqatsizlik koʻrsa, u ham eriga oʻchakishib, ayolning oilaviy vazifasi boʻlgan sadoqat va ishonchni buzsa, aynan askarlikdagi itoatning buzilishi kabi, u oila hayotining fabrikasi chil-parchin boʻladi. Balki u ayol qoʻlidan kelganicha erining kamchiligini isloh qilishga intilishi kerakki, abadiy oʻrtogʻini qutqarsin. Boʻlmasa u ham oʻzini ochiq sochiqlik bilan boshqalarga koʻrsatishga va sevdirishga harakat qilsa, har jihatdan zarar qiladi. Chunki haqiqiy sadoqatni tashlagan, dunyoda ham jazosini oladi. Chunki nomahramlarning nazaridan fitrati qoʻrqadi, siqiladi, chekinadi. Nomahram yigirmata erkakning oʻn sakkiztasining nazarini yoqtirmaydi. Erkak esa, yuzta nomahram ayoldan faqat bittasini yoqtirmaydi, qarashidan siqiladi. Ayol u jihatda azob chekkani kabi, sadoqatsizlik tuhmati ostiga kiradi. Zaifligi bilan birga, huquqini muhofaza qilolmaydi.

Alhosil. Qandayki ayollar qahramonlikda, ixlosda shafqat bilan erkaklarga oʻxshamaganlari kabi, erkaklar ham u qahramonlikda ularga yetisholmaydilar. Xuddi shuning kabi, u begunoh xonimlar ham, safohatda hech bir jihatdan erkaklarga yetisholmaydilar. Shuning uchun fitratlari bilan va zaif xilqatlari bilan nomahramlardan shiddatli qoʻrqadilar va chorshaf ostida saqlanishga oʻzini majbur deb biladilar. Chunki erkak sakkiz daqiqa zavq va lazzat uchun safohatga kirsa, yolgʻiz sakkiz liralik narsa zarar qiladi. Lekin ayol sakkiz daqiqa safohatdagi zavqning jazosi sifatida dunyoda ham sakkiz oy ogʻir yukni qornida koʻtarib yuradi va yana sakkiz yil homiysiz bola tarbiyasining mashaqqatiga ham kirgani uchun, safohatda erkaklarga yetisholmaydi, yuz daraja koʻproq jazosini koʻradi.

— 203 —

Kam boʻlmagan bu navdagi hodisalar koʻrsatadiki, muborak ayollar toifasi, fitratan yuksak axloqqa manba boʻlgani kabi, fisq va safohatda dunyo zavqi uchun qobiliyatlari yoʻq hukmidadir. Demak, ular Islomiyat tarbiyasi doirasi ichida baxtiyor oila hayotini kechirishga maxsus muborak maxluqdirlar. Bu muboraklarni buzgan qoʻmitalarga la'nat!.. Alloh bu opa-singillarimni ham bu sayoqlarning yomonliklatidan muhofaza qilsin, omin.

Singillarim! Mahram tarzda bu soʻzimni sizga aytmoqdaman: Maishat dardi uchun sayoq, axloqsiz, farang-mashrab bir erning tahakkumi ostiga kirishdan koʻra, fitratingizdagi iqtisod va qanoat bilan, qishloqlik begunoh ayollarning nafaqalarini oʻzlari topish uchun ishlaganlari singari oʻzingizni ta'minlashga intilinglar, sotishga intilmanglar. Agar sizga munosib boʻlmagan bir erkak qismat boʻlsa, siz qismatingizga rozi boʻling va qanoat qiling. Inshoalloh, rizoingiz va qanoatingiz bilan u ham isloh boʻladi. Boʻlmasa, hozir eshitayotganimdek, mahkamalarga ajralish uchun murojaat qilasiz. Bu ham Islomiy obroʻ va milliy sharafimizga yarashmaydi!

Uchinchi nukta: Aziz opa-singillarim. Qat'iyan bilingki: Dinga uyg'un doira xorijidagi zavqlarda, lazzatlarda oʻn daraja ulardan ziyoda alamlar va zahmatlar borligini Risola-i Nur yuzlab quvvatli dalillar, hodisalar bilan isbot qilgan. Uzun tafsilotni Risola-i Nurda topasizlar.

Jumladan: Kichik Soʻzlardan Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi Soʻzlar va Yoshlarga Rahnamo mening oʻrnimga sizlarga bu haqiqatni toʻliq koʻrsatadi. Shuning uchun, din doiradagi kayf bilan kifoyalaninglar va qanoat qilinglar. Uyingizdagi begunoh avlodlaringiz bilan begunoh suhbat, yuzlab kinolardanda zavqliroqdir. Ham qat'iyan bilingki, dunyoviy hayotda haqiqiy lazzat, iymon doirasidadir va iymondadir. Va solih amallarning har birida ma'naviy lazzat bor. Va zalolat va safohatda, bu dunyoda ham gʻoyat achchiq va xunuk alamlar borligini Risola-i Nur yuzlab qat'iy dalillar bilan isbot qilgan. Goʻyo, iymonda Jannatning urugʻi va zalolat va safohatda Jahannam urugʻi borligini, oʻzim koʻp tajribalar va hodisalar bilan aynal-yaqiyn koʻrganman va Risola-i Nurda bu haqiqat takror-takror yozilgan. Eng shiddatli qaysar va e'tirozchilarning qoʻliga kirib, rasmiy ekspertlar va mahkamalar bu haqiqatni rad qilolmagan. Hozir siz kabi muborak va begunoh singillarimga va avlodlarim hukmidagi kichiklaringizga, boshda Tasattur Risolasi va Yoshlarga Rahnamo va Kichik Soʻzlar mening badalimda sizlarga dars bersin.

Eshitdimki, men sizga masjidda dars berishimni orzu qilayotgan ekansiz. Lekin mening parishonligim bilan birga kasalligim va koʻp sabablar bu vaziyatga izn bermaydi.

— 204 —

Men ham siz uchun yozgan bu darsimni oʻqigan va qabul qilgan barcha opa-singillarimni barcha ma'naviy yutuq va duolarimga Nur Shogirdlari kabi doxil qilishga qaror qildim. Agar siz mening badalimga Risola-i Nurni qisman qoʻlga kiritib oʻqisangiz yoki tinglasangiz, qoidamizga koʻra, barcha qardoshlaringiz hisoblangan Nur shogirdlarining ma'naviy yutuqlariga va duolariga ham hissador boʻlasiz.

Koʻproq yozgan boʻlar edim, lekin qattiq kasal va juda zaif va juda keksa va tahrirlar kabi koʻp vazifalarim boʻlganidan, hozircha shu bilan kifoyalandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Duongizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
— 205 —

Yigirma Beshinchi Yog'du

Yigirma besh davodir

(Xastalarga bir malham, bir tasalli, ma'naviy resept, hasta ziyorati va shifo tilash maqomida yozilgan.)

Eslatma va Uzr bayoni

Bu ma'naviy resept butun yozganlarimizdan ustun bir tezlik bilan

{(Hoshiya) Bu risola toʻrt yarim soat ichida ta'lif etilgan.

Xuddi shunday Rushdiy, Xuddi shunday Ra'fat, Xuddi shunday Xusrav, Xuddi shunday Said}

ta'lif etilgani kabi; ham umumga qarshi tahrir qilishga va diqqatga vaqt topmasdan, ta'lifi kabi gʻoyat tezlik bilan, faqat bir marta koʻzdan kechirildi. Demak, ilk qoralamasi tartibsiz qolgan. Qalbga fitriy suratda kelgan fikrlarni san'at bilan va diqqat bilan buzmaslik uchun, qayta koʻrib chiqishni kerak deb topmadik. Oʻqigan zotlar, xususan xastalar ba'zi noxush iboralardan yoxud ogʻir kalimalardan va ifodalardan siqilib xafa boʻlmasinlar, meni ham duo qilsinlar.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ ٭ وَالَّذ۪ى هُوَ يُطْعِمُن۪ى وَيَسْق۪ينِ ٭ وَاِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْف۪ينِ

Shu Yog'duda bashariyatning oʻndan qismidan bir qismini tashkil etgan musibatzada va xastalarga haqiqiy bir tasalli va foydali bir malham boʻla oladigan yigirma besh davoni ijmolan bayon etamiz.

— 206 —
BIRINCHI DAVO:

Ey bechora xasta! Maroq etma, sabr qil. Sening xastaliging senga dard emas, balki bir navi darmondir. Chunki umr bir sarmoyadir, ketadi. Mevasi bo'lmasa, zoye boʻladi. Ham rohat va gʻaflat bilan bo'lsa, juda tez ketadi. Xastalik sening u sarmoyangni ulkan foydalar bilan mevador qiladi. Ham umrning tez oʻtishiga yoʻl qo'ymaydi, tutib turadi, uzaytiradi.. toki mevalarini bergandan soʻng tashlab ketsin. Xullas, umrning xastalik bilan uzun boʻlishiga ishorat o'laroq bu zarbulmasal tillarda dostondirki; "Musibat vaqti juda uzun, shodlik vaqti juda qisqa boʻladi".

IKKINCHI DAVO:

Ey sabrsiz xasta! Sabr qil, balki shukr qil. Sening bu xastaliging umr daqiqalarini bittadan soat ibodat hukmiga keltira oladi. Chunki ibodat ikki qismdir. Biri musbat ibodatdirki; namoz, niyoz kabi ma'lum ibodatlardir. Boshqasi manfiy ibodatlardirki; xastaliklar, musibatlar vositasi bilan musibatzada ojizligini, zaifligini his qiladi. Xoliqi Rahimiga iltijo qiladi, yolvoradi. Xolis, riyosiz ma'naviy ibodatga mazhar boʻladi. Ha, xastalik bilan oʻtgan bir umr, Allohdan shikoyat qilmaslik sharti bilan, mo'min uchun ibodat sanalganiga rivoyati sahiha bor. Hatto ba'zi sobir va shokir xastalarning bir daqiqalik xastaligi, bir soat ibodat hukmiga oʻtgani va ba'zi komillarning bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga oʻtgani, sahih rivoyat va rost kashflar bilan sobitdir. Sening bir daqiqa umringni ming daqiqa hukmiga keltirib, senga uzun umrni qozontirgan xastalikdan tashakki emas, tashakkur et.

UCHINCHI DAVO:

Ey tahammulsiz xasta! Inson bu dunyoga mazza qilib yurmoq va lazzat olmoq uchun kelmaganiga, mutamodiyan kelganlarning ketishi va yoshlarning keksayishi va mutamodiyan zavol va firoqqa dumalashi shohiddir. Ham inson zihayotning eng mukammali, eng yuksagi va jihozot jihatidan eng boyi, balki zihayotlarning sultoni hukmida ekan, oʻtgan lazzatlarni va kelajakdagi balolarni oʻylash vositasi bilan, hayvonga nisbatan eng past bir darajada, faqat qaygʻuli, mashaqqatli bir hayot kechiradi. Demak, inson bu dunyoga faqat goʻzal yashamoq uchun va rohat va xursandchilik bilan umr kechirmoq uchun kelmagan. Balki azim bir sarmoya qoʻlida boʻlgan inson, bu yerga tijorat bilan abadiy, doimiy bir hayotning saodatini qo'lga kiritishga g'ayrat ko'rsatish uchun kelgan. Uning qoʻliga berilgan sarmoya ham umrdir. Agar xastalik boʻlmasa, sihat va salomatlik gʻaflat beradi, dunyoni yoqimli qilib koʻrsatadi, oxiratni unuttiradi. Qabrni va oʻlimni xotiriga keltirishni istamaydi, umr sarmoyasini havoga, boʻsh narsalarga behuda sarf qildiradi. Xastalik esa, birdan koʻzini ochtiradi. Vujudiga va jasadiga deydiki: "Oʻlimsiz emassan, sohibsiz emassan, bir vazifang bor. Gʻururni tashla, seni yaratganni oʻyla, qabrga ketishingni bil, shunga koʻra tayyorlik qil". Xullas, xastalik bu nuqtai nazardan hech aldamaydigan bir nasih va iqoz etuvchi bir murshiddir. Undan shikoyat emas, balki bu jihatda unga tashakkur etmoq; agar juda ogʻir kelsa, sabr istamoq kerak.

— 207 —
TOʻRTINCHI DAVO:

Ey shikoyatchi xasta! Sening haqqing shikoyat emas, shukrdir, sabrdir. Chunki sening vujuding va a'zo va jihozoting, sening mulking emas. Sen ularni qilmagansan, boshqa peshtaxtalardan sotib olmagansan. Demak, boshqasining mulkidir. Ularning moliki mulkini istagani kabi tasarruf qiladi. Yigirma Oltinchi Soʻzda aytilgani kabi, masalan gʻoyat boy, gʻoyat mohir bir san'atkor; goʻzal san'atini, qiymatdor sarvatini ko'rsatmoq uchun, miskin bir odamga modellik vazifasini qildirish maqsadi bilan, bir ujratga muqobil, bir soatgina zamonda murasso' va gʻoyat san'atli tikkan bir koʻylakni, bir hullani u faqirga kiydiradi. Uning ustida ishlaydi va vaziyatlar beradi. Horiqo anvo'i san'atini ko'rsatmoq uchun kesadi, o'zgartiradi, uzaytiradi, qisqartiradi. Ajabo, shu ujratli miskin odam u zotga desa: "Menga zahmat beryapsan, egiltirib turish bilan bergan vaziyatingdan menga mashaqqat beryapsan, meni go'zallashtirgan bu koʻylakni kesib qisqartirish bilan goʻzalligimni buzyapsan" deyishga haq qozonishi mumkinmi? Marhamatsizlik, insofsizlik qilding", deya oladimi? Xullas, aynan bu misol kabi, Sone'-i Zuljalol senga, ey xasta! Koʻz, quloq, aql, qalb kabi nuroniy tuygʻular bilan murasso' o'laroq kiydirgan jism koʻylagini, asmo-i husnasining naqshlarini ko'rsatmoq uchun, ko'p holot ichida seni aylantiradi va ko'p vaziyatlarda seni oʻzgartiradi. Sen ochlik bilan uning Razzoq ismini taniganing kabi, Shofiy ismini ham xastaliging bilan bil. Alamlar, musibatlar bir qism asmosining ahkomini koʻrsatganlari uchun, ularda hikmatdan lam'alar va rahmatdan shualar va u shuoot ichida koʻp goʻzalliklar mavjud. Agar parda ochilsa, tavahhush va nafrat etganing xastalik pardasi orqasida sevimli goʻzal ma'nolarni topasan.

BESHINCHI DAVO:

Ey kasalikka mubtalo xasta! Tajribalarim natijasida shunday qanoatga keldimki, bu zamonda xastalik ba'zilar uchun bir ehsoni Ilohiydir, bir hadya-i Rahmoniydir. Shu sakkiz-toʻqqiz yildan beri, loyiq boʻlmaganim holda, ba'zi yosh kimsalar kasalliklariga duo olish maqsadida men bilan ko'rishdilar. Diqqat etdimki, xastalikli qaysi oʻsmirni ko'rsam, boshqa tengqurlariga nisbatan oxiratini oʻylashni boshlaydi. Yoshlik sarxushligi yoʻq. Gʻaflat ichidagi hayvoniy havasotdan bir daraja oʻzini qutqarmoqda. Men ham shunga qarab, o'zlari ko'tara oʻladigan darajadagi xastaliklarini bir ehsoni Ilohiy ekanini eslatardim. Aytar edimki: "Qardoshim, sening bu xastaligingga qarshi emasman. Xastalik tufayli senga bir shafqat his qilib achinmayapmanki, duo qilayin. Xastalik seni to'liq uygʻotgunicha sabr qilishga urin va xastalik vazifasini bitirgandan keyin Xoliqi Rahim inshoalloh senga shifo beradi".

— 208 —

Yana ayta edim: "Sening ba'zi tengdoshlaring sihat balosi bilan gʻaflatga tushib, namozni tark qilib, qabrni oʻylamasdan, Allohni unutib, bir soatlik hayoti dunyoviyaning zohiriy kayfi bilan, hadsiz bir hayoti abadiyasini barbod qiladi, zadalaydi, balki xarob qiladi. Sen xastalik koʻzi bilan, har holda boradigan bir manziling boʻlgan qabringni va yana orqasidagi uxraviy manzillarini koʻrasan va ularga koʻra harakat qilasan. Demak, sen uchun xastalik - bir sihatdir. Ba'zi tengdoshlaringdagi sihat - xastalikdir".

OLTINCHI DAVO:

Ey alamdan shikoyat etgan xasta! Sendan soʻrayman; oʻtgan umringni esla va u umrda oʻtgan lazzatli shodlik kunlaringni hamda balo va alamli vaqtlaringni taxattur et. Harholda yo "oh!", yo "eh!" deysan. Ya'ni, "Alhamdulilloh shukr" yoxud "ey voh, afsuslar bo'lsin" qalbing yoki lisoning deydi. Diqqat qil, senga "oh alhamdulilloh shukr" dedirgan, sening boshingdan oʻtgan alamlar, musibatlarni oʻylash, bir ma'naviy lazzatni teshadiki; sening qalbing shukr qiladi. Chunki alamning zavoli, lazzatdir. U alamlar, u musibatlar zavoli bilan ruhda bir lazzat meros qoldirganki, o'ylash bilan teshilsa, ruhdan bir lazzat oqadi, shukrlar taqattur etadi. Senga "ey voh, afsuslar bo'lsin" dedirgan, bir vaqtlar kechirgan lazzatli va sururli u hollaringdirki; zavollari bilan sening ruhingda doimiy bir alam meros qoldirib, qachon oʻylasang, u alam yana teshiladi, o'kinch va hasrat oqitadi. Modomiki bir kunlik g'ayri mashru' lazzat, ba'zan bir yil ma'naviy alam chektiradi. Va muvaqqat bir kunlik xastalik bilan kelgan alam, koʻp kunlar ma'naviy lazzati savob bilan barobar, zavolidagi xalos va qutulishdan kelgan ma'naviy lazzat bor. Sening boshingdagi hozircha bu muvaqqat xastalikning natijasini va mohiyatidagi savobni oʻyla, "Bu ham oʻtar, eshit!" de, shikoyat oʻrniga shukr et.

OLTINCHI DAVO:

{(Hoshiya) Fitriy bir suratda bu yog'du taxattur etganidan, oltinchi martabada ikki davo yozilgan. Fitriyligiga tegilmaslik uchun oʻshanday qoldirdik, balki bir sir bordir deya oʻzgartirmadik.}

Ey dunyo zavqini oʻylab, xastalikdan iztirob chekayotgan qardoshim! Bu dunyo agar doimiy boʻlsa edi va yoʻlimizda oʻlim boʻlmasaydi va firoq va zavolning shamollari esmasaydi va musibatli, toʻfonli istiqbolda ma'naviy qish mavsumlari boʻlmasaydi; men ham sen bilan barobar sening holingga achinardim. Ammo modomiki dunyo bir kun bizga "qani tashqariga" deydi, faryodimizdan qulog'ini bekitadi, u bizni tashqariga quvmasdan biz bu xastaliklar iqozoti bilan hozirdanoq uning ishqidan voz kechmog'imiz kerak. U bizni tark etmasdan, qalban uni tark qilishga intilmogʻimiz kerak. Ha, xastalik bu ma'noni bizga Eslatma etib deydiki: "Sening vujuding toshdan, temirdan emas. Balki doimo taqsimlanishga muso'id muxtalif moddalardan tarkib topgandir. Gʻururni tashla, ojizligingni angla, molikingni tani, vazifangni bil, dunyoga nima uchun kelganingni oʻrgan" qalbing qulogʻiga yashirincha Eslatma etadi. Ham modomiki dunyoning zavqi, lazzati davomli qilmaydi. Xususan mashru' boʻlmasa, ham davomsiz, ham alamli, ham gunohli bo'ladi. U zavqni yoʻqotganingdan xastalik bahonasi bilan yigʻlama; aksincha xastalikdagi ma'naviy ibodat va uxroviy savob jihatini oʻyla, zavq olishga intil.

— 209 —
YETTINCHI DAVO:

Ey sihatining lazzatini yoʻqotgan xasta! Sening xastaliging sihatdagi ne'mati Ilohiyaning lazzatini qochirmaydi, aksincha tottiradi, ziyodalashtiradi. Chunki bir narsa davom qilsa, ta'sirini yoʻqotadi. Hatto ahli haqiqat muttafiqan deydilarki: اِنَّمَا الْاَشْيَآءُ تُعْرَفُ بِاَضْدَادِهَا ya'ni: "Hamma narsa ziddi bilan bilinadi". Masalan, qorongʻilik boʻlmasa, yorugʻlik bilinmaydi, lazzatsiz qoladi. Sovuq boʻlmasa, harorat anglashilmaydi, zavqsiz qoladi. Ochlik bo'lmasa, ovqat lazzat bermaydi. Me'da harorati boʻlmasa, suv ichish zavq bermaydi. Illat boʻlmasa, ofiyat zavqsizdir. Maraz boʻlmasa, sihat lazzatsizdir. Modomiki Fotiri Hakim insonga turli xil ehsonini ihsos etmoq va har bir navi ne'matini tottirmoq va insonni doimo shukrga yo'naltirmoq istaganini, shu koinotda turli-tuman hadsiz anvo'i ne'matni totadigan, taniydigan darajada gʻoyat koʻp jihozot bilan insonni tajhiz etishi koʻrsatadiki; albatta sihat va ofiyatni bergani kabi; xastaliklarni, illatlarni, dardlarni ham beradi. Sendan soʻrayman: "Bu xastalik sening boshingda yo qoʻlingda yoki me'dangda boʻlmasaydi; sen boshing, qoʻling, me'dangning sihatidagi lazzatli, zavqli ne'mati Ilohiyani his etib shukr qilarmiding?" Albatta shukr emas, balki oʻylamas eding; shuursiz u sihatni gʻaflatga, balki safohatga sarf qilarding."

SAKKIZINCHI DAVO:

Ey oxiratini oʻylagan xasta! Xastalik, sovun kabi, gunohlarning kirlarini yuvadi, tozalaydi. Xastaliklar, kafforat-uz zunub ekani hadisi sahih bilan sobitdir. Ham hadisda voridki: "Mevasi pishgan daraxtni silkitganda mevalari qanday toʻkilsa; iymonli bir xastaning titrashi ham shunday gunohlarni toʻkadi". Gunohlar hayoti abadiyada doimiy xastaliklardir. Bu hayoti dunyoviyada ham qalb, vijdon, ruh uchun ma'naviy xastaliklardir. Sen agar sabr etib shikoyat qilmasang, shu muvaqqat bir xastalik bilan doimiy juda koʻp xastaliklardan qutulasan. Agar gunohlarni o'ylamasang yoxud oxiratni bilmasang yoki Allohni tanimasang, senda shunday dahshatli bir xastalik borki; million marta sendagi bu kichik xastalikdan ham kattadir. Undan faryod qil. Chunki butun dunyoning mavjudoti bilan qalbing, ruhing va nafsing aloqadordir. Mutamodiyan firoq va zavol bilan u aloqalar kesilib, senda hadsiz yaralar ochiladi. Xususan oxiratni bilmaganing uchun, oʻlimni i'domi abadiy taxayyul etganingdan -xuddiki- yara-chaqa ichida, dunyo qadar kasalmand bir vujuding bor.

— 210 —

Xullas, eng avval hadsiz yarali va kasalmand bu ulkan ma'naviy vujudning hadsiz xastaliklariga qat'iy dori va qat'iy shifo beruvchi bir tiryoq boʻlgan iymon dorisini qidirmoq va e'tiqodini to'g'rilamoq kerakki, u dorini topishda eng qisqa yoʻl, bu moddiy xastalik yirtgan gʻaflat pardasining ostida senga ko'rsatgan ojizlikning va zaiflikning derazasi bilan, bir Qodiri Zuljalolning qudratini va rahmatini tanimoqdir. Ha, Allohni tanimaganning dunyo toʻla balo boshida bor. Allohni taniganning dunyosi nur bilan va ma'naviy surur bilan toʻladir. Darajasiga koʻra iymon quvvati bilan his qiladi. Bu iymondan kelgan ma'naviy surur va shifo va lazzat ostida juz'iy moddiy xastaliklarning alami eriydi, eziladi.

TOʻQQIZINCHI DAVO:

Ey Xoliqini tanigan xasta! Xastaliklardagi alam va tavahhush va qoʻrqmoq esa; xastalik ba'zan oʻlimga vasila boʻlgani chijatidandir. Oʻlim, nazari gʻaflat va zohiriy jihatida dahshatli boʻlganidan, unga vaila boʻla olgan xastaliklar qoʻrqitadi, talosh beradi.

Avvalo bil va qat'iy iymon keltirki: "Ajal muqaddardir, tag'ayyur etmas". Ko'p ogʻir xastalarning boshida yigʻlaganlar va sihatlari joyida bo'lganlar o'lganlar, u ogʻir xastalar shifo topib yashaganlar.

Soniyan: Oʻlim suratan koʻringani kabi dahshatli emas. Koʻp risolalarda gʻoyat qat'iy, shaksiz, shubhasiz bir suratda, Qur'oni Hakim bergan nur bilan isbot qilganmizki: Ahli iymon uchun oʻlim, vazifa-i hayot mashaqqaridan bir tarhisdir; ham dunyo maydonidagi imtihonda ta'lim va ta'limot boʻlgan ubudiyatdan bir paydosdir; ham narigi olamga ketgan yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbob va aqrabosiga qovushmoq uchun bir vasiladir; ham haqiqiy vataniga va abadiy maqomi saodatiga kirishga bir vositadir; ham zindoni dunyodan boʻstoni jinonga bir da'vatdir; ham Xoliqi Rahimning fazlidan, oʻz xizmatiga muqobil, ahzi ujrat etishga bir navbatdir. Modomiki oʻlimning mohiyati haqiqat nuqtasida budir; unga dahshatli qarash emas, aksincha rahmat va saodatning bir muqaddimasi nazari bilan qarash kerak. Ham ahlullohning bir qismining oʻlimdan qoʻrqishlari, oʻlimning dahshatidan emas. Balki yanada koʻproq xayr qozonaman deya, vazifa-i hayotning davom etilishidan qozonadigan xayrlari uchundir. Ha, ahli iymon uchun oʻlim, rahmat eshigidir. Ahli zalolat uchun, zulumoti abadiya qudugʻidir.

OʻNINCHI DAVO:

Ey behuda tashvish chekayotgan xasta! Sen xastalikning ogʻirligidan xavotirdasan. Bu xavotiring sening xastaligingni ogʻirlashtiradi. Xastalikning yengillashishini istasang, xavotirlanmaslikka intil. Ya'ni, xastalikning foydalarini, savobini va tez oʻtishini oʻyla, xavotirni olib tashla, xastalikning ildizini kes. Ha, xavotir xastalikni ikki barobar koʻpaytiradi; moddiy xastalik ostida xavotir bilan ma'naviy bir xastalikni qalbingga beradi; moddiy xastalik unga tayanadi, davom etadi.

— 211 —

Agar taslimiyat bilan, rizo bilan, xastalikning hikmatini oʻylash bilan u xavotir ketsa, u moddiy xastalikning muhim bir ildizi kesiladi, yengillashadi, qisman ketadi. Xususan avhom bilan bir dirham moddiy xastalik, ba'zan xavotir vositasi bilan oʻn dirhamchalik kattalashadi. Xavotir toʻxtashi bilan, u xastalikning oʻndan toʻqqizi ketadi. Xavotir, xastalikni ziyodalashtirganidek, hikmati Ilohiyani ittihom va rahmati Ilohiyani tanqid va Xoliqi Rahimidan shikoyat hukmida boʻlgani uchun, aksi maqsadi bilan ta'zir yeydi, xastaligini koʻpaytiradi. Ha, qandayki shukr ne'matni koʻpaytiradi.. shunga oʻxshab shikoyat; xastalikni, musibatni tazyid etadi. Ham xavotirning oʻzi ham bir xastalikdir. Uning dorisi, xastalikning hikmatini bilishdadir. Modomiki hikmatini, foydasini bilding; u malhamni xavotirga surt, qutul. "Eh" oʻrniga "Oh" de, "afsuslar bo'lsin!" oʻrniga "Alhamdulillahi ala kulli hal" deb ayt.

OʻN BIRINCHI DAVO:

Ey sabrsiz xasta qardosh! Xastalik shu on bir alamni senga berish bilan barobar; avvalgi xastaligingdan bu kunga qadar u xastalikning zavolidagi bir lazzati ma'naviya va savobidagi bir lazzati ruhiya ham beradi. Bugundan, balki bu soatdan keyingi zamonda xastalik yoʻq, albatta yoʻqdan alam yoʻq; alam boʻlmasa, taassur boʻlolmaydi. Sen xato bir suratda o'ylayotganing uchun sabrsizlik kelmoqda. Chunki bugundan avval butun xastalik zamonining moddiysi ketish bilan birga alami ham barobar ketgan; oʻzidagi savobni va zavolidagi lazzat qolgan. Senga foyda va surur berish lozim boʻlarkan, ularni oʻylab mutaallim bo'lmoq va sabrsizlik qilmoq devonalikdir. Kelasi kunlar hali kelmaganlar. Ularni hozirdan oʻylab, yo'q bir kunda, yoʻq bo'lgan bir xastalikdan, yoʻq bo'lgan bir alamdan tavahhum bilan oʻylab mutaallim bo'lmoq, sabrsizlik koʻrsatmoq bilan, uch martaba yoʻq yoqqa vujud rangi bermoq, devonalik boʻlmasa, nima? Modomiki bu soatdan avvalgi xastalik zamonlari surur beradi. Va modomiki yana bu soatdan keyingi zamon ma'dum, xastalik ma'dum, alam ma'dumdir. Sen Janobi Haqning senga bergan butun sabr quvvatini bunday oʻngu-chapga tarqatma; bu soatdagi alamga qarshi tahshid et; "Yo Sabur!" de, tayan.

OʻN IKKINCHI DAVO:

Ey xastalik sababi bilan ibodat va avrodidan mahrum qolgan va u mahrumiyatdan taassuf etgan xasta! Bilki: Hadisga ko'ra sobitdirki; muttaqi bir mo''min xastalik sababi bilan qilolmay qolgan doimiy virdining savobini, xastalik zamonida yana qozonadi. Farzni mumkin bo'lgancha ado etgan bir xasta, sabr va tavakkal bilan va farzlarini ado etmoq bilan, u ogʻir xastalik zamonida boshqa sunnatlarning oʻrnini ham xolis bir suratda xastalik qoplaydi. Ham xastalik insondagi ojizligini, zaifligini ihsos etadi. U ojizligining lisoni bilan va zaifligining tili bilan holan va qolan bir duo qildiradi. Janobi Haq insonga hadsiz bir ojizlik va nihoyatsiz bir zaiflik bergan.. toki doimiy bir suratda dargohi Ilohiyaga iltijo qilib niyoz qilsin, duo qilsin.

— 212 —
قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

ya'ni "Agar duongiz boʻlmasa, nima ahamiyatingiz bor" oyatning sirri bilan, insonning hikmati xilqati va sababi qiymati boʻlgan samimiy duo va niyozning bir sababi xastalik boʻlganidan, bu nuqtai nazardan shikoyat emas, Allohga shukr qilmoq va xastalik ochgan duo jo'mragini ofiyat kasb etmoq bilan yopmaslik kerak.

OʻN UCHINCHI DAVO:

Ey xastalikdan shikoyat qilgan bechora odam! Xastalik ba'zilarga ahamiyatli bir dafinadir, gʻoyat qiymatdor bir hadya-i Ilohiyadir. Har xasta oʻz xastaligini o'sha xildan tasavvur qilishi mumkin. Modomiki ajal vaqti muayyan emas; Janobi Haq insonni ya'si mutlaq va gʻaflati mutlaqdan qutqarmoq uchun, xavf va umid oʻrtasida va ham dunyo va ham oxiratni muhofaza etmoq nuqtasida tutish uchun, hikmati bilan ajalni yashirgan. Modomiki har vaqt ajal kelishi mumkin; agar insonni gʻaflat ichida ushlasa, abadiy hayotiga koʻp zarar berishi mumkin. Xastalik gʻaflatni tarqatadi, oxiratni oʻylattiradi, oʻlimni taxattur ettiradi, shu tariqa tayyorlanadi. Ba'zan shunday bir qozonchi boʻladiki; yigirma yilda qozonolmagan bir martabasini yigirma kunda qozonadi. Azjumla, birodarlarimizdan -Alloh rahmat qilsin- ikki o'spirin bor edi. Biri Ilomalik Sabri, boshqasi Islomkoʻylik Vazirzoda Mustafo. Bu ikki zot talabalarim ichida yozishni bilmaganlari holda, samimiyatda va iymon xizmatida eng oldingi safda bo'lganlarini hayrat bilan ko'rardim. Hikmatini bilmadim. Vafotlaridan soʻng angladimki; har ikkisida ham jiddiy bir xastalik bor ekan. U xastalik irshodi bilan, boshqa gʻofil va faroizni tark etgan yoshlarga badal, eng muhim bir taqvo va eng qiymatdor bir xizmatda va oxiratga foydali bir vaziyatda boʻldilar. Inshaalloh, ikki yillik xastalik zahmati, millionlab yil hayoti abadiyaning saodatiga mador boʻldi. Men ularning sihati uchun ba'zan qilgan duolarim, hozir anglayapman, dunyo e'tibori bilan badduo boʻlgan. Inshaalloh, u duom sihati uxroviya uchun qabul boʻlgan.

Xullas, bu ikki zot, mening e'tiqodimcha, oʻn yillik bir taqvo bilan qoʻlga kiritiladigan bir qozonch qadar bir foyda topdilar. Agar ikkovi, bir qism yoshlar kabi, sihat va yoshligiga ishonib, gʻaflat va safohatga otilsaydilar; oʻlim ham ularni tarassud etib, aynan gunohlarining iflosliklari ichida ushlab olsaydi; u nurlar dafinasi oʻrniga qabrlarini chayonlar va ilonlar ini qilgan boʻlardilar.

Modomiki xastaliklarning bunday manfaati bor, undan shikoyat emas, tavakkal, sabr bilan, balki shukr qilib, rahmati Ilohiyaga e'timod etmoqdir.

OʻN TOʻRTINCHI DAVO:

Ey koʻziga parda tushgan xasta! Agar ahli iymonning koʻziga tushgan pardaning ostida qanday bir nur va ma'naviy bir koʻz borligini bilsang, "Yuz ming shukr Robbi Rahimimga" deysang.

— 213 —

Bu malhamni izohlash uchun bir hodisa aytib beraman. Shunday: Menga sakkiz yil kamoli sadoqat bilan hech ranjitmay xizmat qilgan Barlalik Sulaymonning ammasining bir vaqt koʻzi koʻrmay qoldi. U soliha ayol menga qarshi haddimdan yuz daraja ortiq husni zon qilib, "Koʻzimning ochilishi uchun duo qil" deya masjid eshigida meni toʻxtatdi. Men ham u muborak va majzuba ayolning salohatini duomga shafoatchi qilib, "Yo Rabbi, uning salohati hurmati uning koʻzini och" deya yolvordim. Ikkinchi kun Burdurlik bir koʻz hakimi keldi, koʻzini ochdi. Qirq kundan keyin koʻzi yana koʻrmay qoldi. Men juda mutaassir bo'ldim, koʻp duo qildim. Inshaalloh, u duo oxirati uchun qabul boʻlgan. Bo'lmasa, mening duom u uchun gʻoyat xato bir duo-i bad boʻlardi. Chunki ajaliga qirq kun qolgan edi. Qirq kun soʻngra -Alloh rahmat qilsin- vafot etdi.

Xullas, u marhuma qirq kun Barlaning hazinona bogʻlariga riqqatli keksalik koʻzi bilan qarashiga badal; qabrida Jannat bogʻlarini qirq ming kunlarda ko'rishini qozondi. Chunki iymoni quvvatli, salohati shiddatli edi. Ha, bir mo'minning koʻziga parda tushsa va koʻzi koʻr holda qabrga kirsa, darajasiga koʻra, ahli quburdan ancha ziyoda u olami nurni tomosha qila oladi. Bu dunyoda koʻp narsalarni biz koʻrib, koʻr boʻlgan mo''minlar koʻrmaganidek, qabrda u koʻrlar, iymon bilan ketgan boʻlsa, shu daraja ahli quburdan ziyoda koʻradi. Eng uzoqni koʻrsatadigan durbinlar bilan qaragandek, qabrida darajasiga koʻra Jannat bogʻlarini kino kabi koʻrib tomosha qiladilar.

Xullas, bunday gʻoyat nurli va tuproq ostida ekan, koʻklarning ustidagi Jannatni koʻradigan va tomosha qiladigan bir koʻzni, bu koʻzingdagi parda ostida shukr bilan, sabr bilan topishing mumkin. Xullas, oʻsha pardani sening koʻzingdan olib tashlaydigan, u koʻz bilan seni qaratadigan koʻz hakimi, Qur'oni Hakimdir.

OʻN BESHINCHI DAVO:

Ey ohu-figʻon qilgan xasta! Xastalikning suratiga qarab "eh" dema, ma'nosiga qara, "oh!" de. Agar xastalikning ma'nosi goʻzal bir narsa boʻlmasa edi, Xoliqi Rahim eng sevgan bandalariga xastaliklarni bermasdi. Holbuki, hadisi sahihda voridki:

اَشَدُّ النَّاسِ بَلَاءً اَلْاَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْاَوْلِيَاءُ اَلْاَمْثَلُ فَالْاَمْثَلُ

-av kamo qol- ya'ni: "Eng ko'p musibat va mashaqqatga giriftor boʻlganlar, insonlarning eng yaxshisi, eng komillaridirlar". Boshda Hazrat Ayyub Alayhissalom, anbiyolar, soʻngra avliyolar va soʻngra ahli salohat chekkan xastaliklariga bittadan ibodati xolisa, bittadan hadya-i Rahmoniya nazari bilan qaraganlar; sabr ichida shukr qilganlar. Xoliqi Rahimning rahmatidan kelgan bir amaliyoti jarrohiya navidan ko'rganlar. Sen, ey ohu figʻon qilgan xasta! Bu nuroniy qofilaga iltihoq etishni istasang, sabr ichida shukr qil. Agar shikoyat qilsang, ular seni qofilalariga olmaydilar. Ahli gʻaflatning chuqurlariga tushasan!.. Qorongʻi bir yoʻlda ketasan.

— 214 —

Ha, xastaliklarning bir qismi borki; agar oʻlim bilan natijalansa, ma'naviy shahid hukmiga shahodat kabi bir valoyat darajasiga sababiyat beradi. Azjumla, bola tugʻishdan kelgan xastaliklar {(Hoshiya) Bu xastalikning ma'naviy shahodatni qozontirishi, nifos davri boʻlgan qirq kunga qadardir.} va qorin sanchigʻi bilan, cho'kmoq va yonmoq va vabo bilan vafot qilgan, shahidi ma'naviy boʻlgani kabi, koʻp muborak xastaliklar borki, valoyat darajasini oʻlim bilan qozontiradi. Ham xastalik dunyo ishqini va aloqasini yengillashtirganidan, vafot bilan dunyodan, ahli dunyo uchun gʻoyat aliym va achchiq boʻlgan mufaroqatni taxfif etadi; ba'zan esa sevdiradi.

OʻN OLTINCHI DAVO:

Ey aziyatdan shikoyat qilgan xasta! Xastalik hayoti ijtimoiya-i insoniyada eng muhim va gʻoyat goʻzal boʻlgan hurmat va marhamatni talqin etadi. Chunki insonni vahshatga va marhamatsizlikka yoʻllagan istig'nodan qutqaradi. Chunki

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَيَطْغٰى ٭ اَنْ رَاٰهُ اسْتَغْنٰى

sirri bilan, sihat va ofiyatdan kelgan istig'noda boʻlgan nafsi ammora shoyoni hurmat koʻp uxuvvatlarga qarshi hurmatni his qilmaydi. Va shoyoni marhamat va shafqat boʻlgan musibatzadalarga va kasalmandlarga marhamat his qilmaydi. Qachon xasta bo'lsa, u xastalikda ojizligini va faqirligini anglaydi, loyiqi hurmat boʻlgan ixvonlariga ehtirom etadi. Ziyoratiga kelgan yoki unga yordam bergan mo''min qardoshlariga nisbatan hurmatni his qiladi. Va riqqati jinsiyadan kelgan shafqati insoniya va eng muhim bir xislati Islomiya bo'lgan musibatzadalarga nisbatan marhamatni his qilib, ularni oʻziga qiyos qilib, ularga toʻliq ma'noda achinadi, shafqat koʻrsatadi, qoʻlidan kelsa muovanat etadi, hech boʻlmasa duo qiladi, hech boʻlmasa shar'an sunnat boʻlgan holini soʻrash uchun ziyoratiga boradi, savob qozonadi.

OʻN YETTINCHI DAVO:

Ey xastalik vositasi bilan xayrot qilolmaslikdan shikoyat qilgan xasta! Shukr qil, xayrotning eng xolisining eshigini senga ochgan, xastalikdir. Xastalik mutamodiyan xastaga va Lilloh uchun xastaga qarovchilarga savob qozontirmoq bilan barobar, duoning maqbuliyatiga eng muhim bir vasiladir. Ha, xastalarga qarashning ahli iymon uchun ahamiyatli savobi bor. Xastalarning holini soʻramoq, faqat xastani aziyat bermaslik sharti bilan, ziyorat qilmoq, sunnati saniyadir; kafforat-uz zunub boʻladi. Hadisda voridki: "Xastalarning duosini olinglar, ularning duosi maqbuldir". Boxusus, xasta qarindoshlardan boʻlsa, xususan padar va volida boʻlsa, ularga xizmat ahamiyatli bir ibodat, ahamiyatli bir savobdir. Xastalarning qalbini xushnud etmoq, tasalli bermoq, ahamiyatli bir sadaqa hukmiga oʻtadi.

— 215 —

Baxtiyordir u avlodki; padar va volidasining xastalik vaqtlarida ularning sari'ut taassur bo'lgan qalblarini mamnun etib, xayrli duolarini oladi. Ha, hayoti ijtimoiyada eng muhtaram bir haqiqat bo'lgan padar va volidaning shafqatlariga muqobil, xastalangan vaqtlarida kamoli hurmat va shafqati farzandona bilan muqobala etgan u yaxshi avlodning vaziyatini va insoniyatning ulviyatini ko'rsatgan u vafodor lavhaga qarshi hatto maloikalar ham "Mashaalloh, Barakalloh" deb olqishlaydilar. Ha, xastalik zamonida xastalik alamini yoʻqqa chiqaradigan gʻoyat xush va sevinchli, atrofida tazohur etgan shafqatlardan va achinmoq va marhamatlardan kelgan lazzatlar bor. Xasta duosining maqbuliyati, ahamiyatli bir masaladir. Men oʻttiz-qirq yildan beri, mendagi qulunch deyilgan bir xastalikdan shifo uchun duo qilardim. Men angladimki, xastalik duo uchun berilgan. Duo bilan duoni, ya'ni, duo oʻzini oʻzi bekor qilmaganidan angladimki, duoning natijasi uxroviydir; {(Hoshiya) Ha, ayrim xastaliklar duoning sababi vujudi ekan, duo xastalikning yoʻqolishiga sabab boʻlsa, duoning vujudi oʻzining yoʻqolishiga sabab boʻladi; bu ham boʻlolmaydi.} oʻzi ham bir navi ibodatdir va xastalikbilan ojizligini anglab dargohi Ilohiyaga iltijo qiladi. Shuning uchun oʻttiz yildir shifo duosini qilganim holda, duom zohiriy qabul boʻlmaganidan, duoni tark qilmoq qalbimga kelmadi. Zero xastalik, duoning vaqtidir; shifo duoning natijasi emas. Balki Janobi Hakimi Rahim shifo bersa, fazlidan beradi. Ham duo istagan tarzimizda qabul boʻlmasa, maqbul boʻlmadi deyilmaydi. Xoliqi Hakim yaxshiroq biladi, manfaatimiz uchun xayrli nima bo'lsa, uni beradi. Ba'zan dunyoga oid duolarimizni manfaatimiz uchun oxiratimizga o'giradi, shunday qabul qiladi. Nima boʻlganda ham... Xastalik sirri bilan xulusiyat qozongan, xususan zaiflik va ojizlikdan va tazallul va ehtiyojdan kelgan bir duo maqbulga juda yaqindir. Xastalik shunday xolis bir duoning sababidir. Ham dindor boʻlgan xasta, ham xastaga qaragan mo''minlar ham bu duodan istifoda qilishlari kerak.

OʻN SAKKIZINCHI DAVO:

Ey shukrni tashlab, shikoyatga kirgan xasta! Shikoyat bir haqdan keladi. Sening bir haqqing zoye boʻlmaganki, shikoyat qilyapsan. Balki sening ustingda haq boʻlgan koʻp shukrlar bor, qilmading. Janobi Haqning haqqini bermasdan, haqsiz bir suratda haq istayotgandek, shikoyat qilyapsan. Sen oʻzingdan yuqori martabalardagi sihatli bo'lganlarga qarab shikoyat qilolmaysan. Balki sen oʻzingdan sihat nuqtasida past darajalarda boʻlgan bechora xastalarga qarab shukr qilish bilan mukallafsan. Sening qoʻling singan boʻlsa, kesilgan qoʻllarga qara! Bir koʻzing ko'rmasa, ikka koʻzi ham koʻrmagan a'molarga qara! Allohga shukr qil! Ha, ne'matda oʻzidan yuqoriga qarab shikoyat qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Har musibatda hammaning haqqi, oʻzidan musibat nuqtasida yanada yuqori boʻlganlarga qarashdirki, shukr qilsin.

— 216 —

lasa, naqadar bir kufroni ne'matdir, bir haqsizlikdir. Shunga o'xshab: Bir inson hechlikdan vujudga kelib, tosh boʻlmasdan, daraxt boʻlmaydan, hayvon qolmasdan, inson boʻlib, musulmon bo'lib, koʻp vaqt sihat va ofiyat koʻrib, yuksak bir daraja-i ne'mat qozongani holda, ba'zi nuqsonlar bilan, sihat va ofiyat kabi ba'zi ne'matlarga loyiq boʻlmagani yoki sui ixtiyori bilan yoki suiste'moli bilan qoʻlidan chiqargani yoxud qoʻli yetishmagani uchun shikoyat qilmoq, sabrsizlik koʻrsatmoq, "uf, nima qildimki, bunday boshimga keldi" deya rububiyati Ilohiyani tanqid qilmoq kabi bir holat; moddiy xastalikdan ko'proq musibatli ma'naviy bir xastalikdir. Singan qoʻl bilan urushish kabi, shikoyati bilan xastaligini ziyodalashtiradi. Oqil ulkim:

لِكُلِّ مُص۪يبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

sirri bilan taslim boʻlib sabr qilsin; toki u xastalik vazifasini tugatsin, ketsin.

OʻN TOʻQQIZINCHI DAVO:

Jamili Zuljalolning butun ismlari asmo-ul husna ta'biri Samadoniysi bilan koʻrsatadiki, goʻzaldirlar. Mavjudot ichida eng latif, eng goʻzal, eng jome' oyna-i Samadiyat ham hayotdir. Goʻzalning oynasi goʻzaldir. Goʻzalning mahosinlarini koʻrsatgan oyna goʻzallashadi. U oynaning boshiga u goʻzaldan nima kelsa, goʻzal boʻlgani kabi; hayotning boshiga ham nima kelsa, haqiqat nuqtasida goʻzaldir. Chunki goʻzal boʻlgan u asmo-ul husnaning goʻzal naqshlarini koʻrsatadi. Hayot doimo sihat va ofiyatda yaknasoq ketsa, noqis bir oyna boʻladi. Balki bir jihatdan adam va yoʻqlikni va hechlikni ihsos etib siqilish beradi. Hayotning qiymatini tanzil etadi. Umrning lazzatini siqilishga aylantiradi. Tez vaqtimni oʻtkazaman deya, siqilishdan yo safohatga, yo ko'ngilxushlikka otiladi. Hibs muddati kabi, qiymatdor umriga adovat qilib, tez oʻldirib o'tkazishni istaydi. Ammo tahavvulda va harakatda va boshqa-boshqa vaziyatlar ichida dumalab ketayotgan bir hayot, qiymatini ihsos etadi, umrning ahamiyatini va lazzatini bildiradi. Mashaqqatda va musibatda ham boʻlsa, umrning oʻtishini istamaydi. "Eh, Quyosh botmadi, yo tun tugamadi" deya siqilishidan "uf, uf!" qilmaydi. Ha, gʻoyat boy va ishsiz, istirohat toʻshagida har narsasi mukammal bir janobdan so'ra; "ahvoling qanday?" Albatta, "eh, vaqt oʻtmayapti, kel bir shesh-besh oʻynaylik yoxud vaqtni oʻtkazmoq uchun bir ovunchoq topaylik", kabi mutaallimona soʻzlarni undan eshitasan.. yoxud tuli amaldan kelgan, "bu narsam kam, koshki shu ishni qilsaydim" kabi shikoyatlarni eshitasan.

— 217 —

Sen bir musibatzada yoki ishchi va mashaqqatli bir holda bo'lgan bir faqirdan so'ra; "qanday holdasan?" Aqli boshida boʻlsa, deydiki: "Shukrlar boʻlsin Robbimga, yaxshiman, ishlayapman. Koshki Quyosh tez botmasaydi, bu ishni ham tugatsaydim! Vaqt tez oʻtmoqda, umr toʻxtamay ketmoqda. Garchi zahmat chekyapman, lekin bu ham oʻtadi, hamma narsa bunday tez oʻtmoqda" deya ma'nan umr naqadar qiymatdor ekanini, oʻtishidagi taassuf bilan bildiradi. Demak, mashaqqat va ishlash bilan umrning lazzatini va hayotning qiymatini anglaydi. Istirohat va sihat esa, umrni achchiqlashtiradiki, oʻtishini orzu qiladi.

Ey xasta qardosh! Bilki, boshqa risolalarda tafsiloti bilan qat'iy bir suratda isbot etilgani kabi; musibatlarning, sharlarning, hatto gunohlarning asli va moyasi adamdir. Adam esa shardir, qorongʻilikdir. Yaknasoq istirohat, sukut, sukunat, tavaqquf kabi holatlar adamga, hechlikka yaqinligi uchundirki, adamdagi qorongʻilikni ihsos etib siqilish beradi. Harakat va tahavvul esa vujuddir, vujudni ihsos etadi. Vujud esa xolis xayrdir, nurdir. Modomiki haqiqat budir; sendagi xastalik qiymatdor hayotni poklamoq, kuchaytirmoq, taraqqiy ettirmoq va vujudingdagi boshqa jihozoti insoniyani u kasalmand a'zoning atrofiga muovanatdorona mutavajjih etmoq va Sone'-i Hakimning boshqa-boshqa ismlarining naqshlarini koʻrsatmoq kabi, koʻp vazifalar uchun, u xastalik sening vujudingga musofir qilib yuborilgan. Inshaalloh, tez vazifasini tugatadi, ketadi. Va ofiyatga deydiki; sen kel, mening oʻrnimda doimiy qol, vazifangni ado et, bu xona seniki, ofiyat bilan qol.

YIGIRMANCHI DAVO:

Ey dardiga darmon qidirgan xasta! Xastalik ikki qismdir: Bir qismi haqiqiy, bir qismi vahmiydir. Haqiqiy qismi esa, Shofiyi Hakimi Zuljalol, kura-i arz boʻlgan dorixona-i kubrosida har dardga bir davo istif etgan. U davolar esa, dardlarni istaydilar. Har dardga bir darmon xalq etgan. Tadoviy uchun dorilarni olmoq, iste'mol qilmoq mashru'dir. Ammo ta'sirni va shifoni Janobi Haqdan bilish kerak. Darmonni U bergani kabi, shifoni ham U beradi. Haziq mutadayyin hakimlarning tavsiyalariga amal qilmoq, ahamiyatli bir doridir. Chunki aksar xastaliklar suiste'molotdan, parhezsizlikdan va isrofdan va xatiotdan va safohatdan va diqqatsizlikdan keladi. Mutadayyin hakim, albatta mashru' bir doirada nasihat qiladi va maslahatlarda bo'ladi. Suiste'molotdan, isroflardan man qiladi, tasalli beradi. Xasta oʻsha maslahatlar va tasalliga e'timod etib xastaligi yengillashadi, siqilish oʻrniga bir yengillik beradi. Ammo vahmiy xastalik qismi esa; uning eng muassir dorisi, ahamiyat bermaslikdir. Ahamiyat berilgan sari u kattalashadi, shishadi. Ahamiyat berilmasa, kichrayadi, tarqab ketadi. Qandayki arilarga tegilsang, insonning boshiga yopirilib keladilar, ahamiyat bermasang, tarqaladi. Ham qorongʻilikda ko'zingga tebranib turgan bir ipdan kelgan bir xayolga ahamiyat bergan sari, kattalashadi.

— 218 —

Hatto ba'zan uni telba kabi qochiradi; ahamiyat bermasa, u oddiy bir ipning ilon bo'lmaganini koʻradi, boshidagi taloshiga kuladi. Bu vahmiy xastalik koʻp davom etsa, haqiqatga inqilob etadi. Vahhom va asabiy insonlarda yomon bir xastalikdir. Pashshadan fil yasaydi; quvva-i ma'naviyasi sinadi. Xususan marhamatsiz chala hakimlarga yoxud insofsiz shifokorlarga duch kelsa, avhomini yanada ziyoda tahrik etadi. Boy boʻlsa, moli ketadi; boʻlmasa, yo aqli ketadi yoki sihati ketadi.

YIGIRMA BIRINCHI DAVO:

Ey xasta qardosh! Sening xastaligingda moddiy alam bor, lekin u moddiy alamning ta'sirini yo'qotadigan ahamiyatli bir ma'naviy lazzat seni ihota etadi. Chunki padar va volidang va aqrabong boʻlsa, koʻpdan beri unutganing gʻoyat lazzatli u shafqatlari sening atrofingda qaytadan uygʻonib, bolalik vaqtida koʻrganing u shirin nazarlarni yana koʻrmoq bilan barobar; juda yashirin pardali qolgan atrofingdagi doʻstliklar xastalikning jozibasi bilan yana senga qarshi muhabbatdorona qaraganlaridan, albatta ularga qarshi sening bu moddiy alaming juda arzon boʻlib qoladi. Ham sen muftaxirona xizmat qilgan va iltifotlarini qozonishga intilgan zotlarning, xastalikning hukmi bilan senga marhamatkorona xizmatkorlik qilganlaridan, afandilariga afandi bo'lding. Ham insonlardagi riqqati jinsiya va shafqati nav'iyani oʻzingga jalb etganingdan, hechdan koʻp yordamchi ahbob va shafqatli doʻst topding. Ham koʻp mashaqqatli xizmatlardan paydos amrini yana xastalikdan olding, istirohat etmoqdasan. Albatta, sening juz'iy alaming bu ma'naviy lazzatlarga qarshi seni shikoyatga emas, tashakkurga yo'llashi kerak.

YIGIRMA IKKINCHI DAVO:

Ey falaj kabi ogʻir xastaliklarga mubtalo boʻlgan qardosh! Avvalo, senga xushxabar beramanki; mo'min uchun falaj muborak hisoblanadi. Buni koʻpdan beri ahli valoyatdan eshitardim. Sirrini bilmasdim. Bir sirri shunday qalbimga kelmoqdaki: Ahlulloh Janobi Haqqa vosil boʻlmoq va dunyoning azim ma'naviy tahlikalaridan qutulmoq va saodati abadiyaga ta'min etmoq uchun, ikki asosni ixtiyoran ta'qib etganlar:

Biri: Robita-i mavtdir. Ya'ni: Dunyo foniy boʻlgani kabi, oʻzi ham ichida vazifador foniy bir musofir ekanini oʻylash bilan, hayoti abadiylariga o'sha suratda xizmat qilganlar.

Ikkinchisi: Nafsi ammoraning va koʻr hissiyotning tahlikalaridan qutulish uchun, chillalar bilan, riyozatlar bilan nafsi ammoraning oʻldirishga harakat qilganlar.

Silar ey yarim vujudining sihatini yoʻqotgan qardosh! Senga ixtiyorsiz qisqa va oson va sababi saodat boʻlgan ikki asos senga berilganki; doimo seningvujudingning vaziyati, dunyoning zavolini va insonning foniy bo'lganini Eslatma etadi. Ortiq dunyo seni boʻgʻa olmaydi, gʻaflat sening koʻzingni yopolmaydi. Va yarim inson vaziyatidagi bir zotga, nafsi ammora albatta havasoti razila bilan va nafsoniy mushtahiyot bilan uni alday olmaydim tez u nafsning balosidan qutuladi.

— 219 —

Xullas, mo''min sirri iymon bilan va taslimiyat va tavakkal bilan u ogʻir falaj kabi xastalikdan oz bir zamonda, ahli valoyatning chillalari kabi istifoda etishi mumkin. U vaqt u ogʻir xastalik juda arzonga tushadi.

YIGIRMA UCHINCHI DAVO:

Ey kimsasiz, gʻarib, bechora xasta! Xastaliging bilan barobar yolgʻizlik va gʻurbat senga nisbatan eng qattiq qalblarni riqqatga keltirsa va nazari shafqatni jalb etsa; ajabo Qur'onning butun suralarining boshlarida oʻzini "Rohman-ur Rohim" sifati bilan bizga taqdim etgan va bir lam'a-i shafqati bilan umum bolalarga nisbatan umum volidalarni, u horiqo shafqati bilan tarbiya ettirgan va har bahorda bir jilva-i rahmati bilan zamin yuzini ne'matlar bilan toʻldirgan va abadiy bir hayotdagi Jannat butun mahosini bilan bir jilva-i rahmati boʻlgan sening Xoliqi Rahimingga iymon bilan intisobing va Uni tanib xastalikning lisoni ajzi bilan niyozing, albatta sening bu gʻurbatdagi yolg'izlik xastaliging, hamma narsaga badal uning nazari rahmatini senga jalb etadi. Modomiki U bor, senga qaraydi, senga hamma narsa bor. Asl gʻurbatda, yolgʻizlikda qolgan ulkim; iymon va taslimiyat bilan Unga intisob etmasin yoxud intisobiga ahamiyat bermasin.

YIGIRMA TOʻRTINCHI DAVO:

Ey ma'sum xasta bolalarga va ma'sum bolalar hukmida boʻlgan keksalarga xizmat qilgan kasal boquvchilar! Sizning qarshingizda muhim bir tijorati uxroviya bor. Shavq va gʻayrat bilan u tijoratni qozoninglar. Ma'sum bolalarning xastaliklarini, u nozik vujudlarga bir mashq, bir riyozat va kelajakda dunyoning dag'dag'alariga muqovamat berdirish uchun bir emlash va bir tarbiya-i Rabboniya kabi, bolaning hayoti dunyoviyasiga oid koʻp hikmatlar bilan barobar va hayoti ruhiyasiga va tasaffi-i hayotiga sabab boʻladigan kattalardagi(büyüklerdeki) kafforat-uz zunub oʻrniga, ma'naviy va kelajakda oxiratda taraqqiyoti ma'naviyasiga sabab emlashlar navidagi xastaliklardan kelgan savob, padar va volidalarining daftari a'moliga, ayniqsa sirri shafqat bilan bolaning sihatini oʻz sihatiga tarjih etgan volidasining sahifa-i hasanotiga kirgani, ahli haqiqatcha sobitdir. Keksalarga qarash esa; ham azim savob olmoq bilan barobar, u keksalarning va ayniqsa padar va volida boʻlsa, duolarini olmoq va qalblarini xushnud etmoq va vafokorona xizmat qilmoq, ham bu dunyodagi saodatga, ham oxiratning saodatiga sabab boʻlgani rivoyati sahiha bilan va koʻp vuqu'oti tarixiya bilan sobitdir. Keksa padar va volidasiga toʻliq itoat qilgan baxtiyor bir valad, avlodidan ayni vaziyatni koʻrgani kabi; badbaxt bir valad agar abavaynini ranjida etsa, azobi uxroviydan boshqa, dunyoda koʻp falokatlar bilan jazosini koʻrgani, koʻp vuqu'ot bilan sobitdir. Ha, keksalarga, ma'sumlarga, faqat aqrabosiga qarash emas; balki ahli iymon (modomiki sirri iymon bilan uxuvvati haqiqiya bor) bo'lganlarga uchrasa, muhtaram xasta keksa unga muhtoj boʻlsa, ruhu jon bilan unga xizmat qilmoq Islomiyatning muqtazosidir.

— 220 —
YIGIRMA BESHINCHI DAVO:

Ey xasta qardoshlar! Siz gʻoyat foydali va har dardga davo va haqiqiy lazzatli qudsiy bir tiryoq istasangiz, iymoningizni inkishof ettiring. Ya'ni, tavba va istigʻfor bilan hamda namoz va ubudiyat bilan, u tiryoqi qudsiy boʻlgan iymonni va iymondan kelgan dorini iste'mol qiling. Ha, dunyoga muhabbat va aloqa tufayli, go'yo ahli gʻaflatning dunyodek katta, xasta ma'naviy bir vujudi bor. Iymon esa u dunyodek zavol va firoq zarbalariga yara va chaqa ichida boʻlgan u ma'naviy vujudiga birdan shifo berib; yaralardan qutqarib, haqiqiy shifo berganini juda koʻp risolalarda qat'iy isbot etganmiz.

Boshingizni ogʻritmaslik uchun tugataman. Iymon dorisi esa, faroizni mumkin qadar ado etish bilan ta'sirini koʻrsatadi. Gʻaflat va safohat va havasoti nafsoniya va lahviyoti g'ayri mashru'a u tiyoq ta'sirini man qiladi. Xastalik modomiki gʻaflatni yoʻqotadi, ishtahani kesadi, g'ayri mashru' zavqlarga ketishga mone boʻladi; undan istifoda qiling. Haqiqiy iymonning qudsiy dorilaridan va nurlaridan tavba va istigʻfor bilan, duo va niyoz bilan iste'mol qiling. Janobi Haq sizlarga shifo bersin, xastaliklaringizni kafforat-uz zunub qilsin. Omin, omin, omin!

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ طِبِّ الْقُلُوبِ وَ دَوَائِهَا وَ عَافِيَةِ الْاَبْدَانِ وَ شِفَائِهَا وَ نُورِ الْاَبْصَارِ وَ ضِيَائِهَا وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
— 221 —

وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ Maoli: "Bu kitob har dardga darmondir". Tavofuqoti latifadandirki; Ra'fat Bey birinchi tasviddan gʻoyat tezlik bilan yozgan nusxasi bilan barobar, Xusrav yozgan boshqa bir nusxada, ixtiyorsiz hech oʻylamasdan, satr boshlarida kelgan aliflarni sanadik; aynan bu وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ jumlasiga tavofuq etadi. {(Hoshiya1) Keyin yozilgan Eslatmaning ikki alifi bu hisobga dohil bo'lolmagani uchun dohil etilmagan.} Ham bu risolaning muallifining Said ismiga, bir dona farq bilan yana tavofuq etadi. {(Hoshiya2) Modomiki Karomati Alaviyada va Gʻavsiyada Saidning oxirida nido uchun kiritilgan bir alif bor, (Saida) boʻlgan; balki ortiqcha boʻlgan bu alif u alifga qaraydi. Ra'fat, Xusrav} Yozilgan risolaning unvoniga oid yozuvdagi bir alif hisobga dohil etilmagandir.

Joyi hayratdirki: Sulaymon Rushdu yozgan nusxasi, hech alif xotirga kelmasdan va oʻylamasdan, 114 alif, 114 shifo-i qudsiyani tazammun etgan 114 suvari Qur'oniyaning adadiga tavofuq bilan barobar وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ shaddali lom bir sanalish jihati bilan, 114 harfiga aynan tavofuq etadi.

Yigirma Beshinchi Yog'duning Zayli

Oʻn Yettinchi Maktub boʻlib, Maktublar majmuasida dohil etilganidan, bu yerga kiritilmadi.

— 222 —

Yigirma Oltinchi Yog'du

Keksalar Yogʻdusi
(Yigirma olti umid va ziyo-i tasalliyni jamlagan.)

ESLATMA: Har bir "umid"ning boshida ma'naviy dardimni gʻoyat aliym va sizni taʻsirlantiradigan darajada yozganimning sababi: Qur'oni Hakimdan kelgan dorining favqulotda ta'sirini koʻrsatish uchundir. Keksalarga oid bu Yogʻdu uch-toʻrt jihatdan chiroyli ifodalashni muhofaza qilolmadi.

Birinchisi: Sarguzashti hayotimga oid boʻlgani uchun, oʻsha davrlarga xayolan borgan holatda yozilgani uchun; ifoda intizomini muhofaza qilolmadi.

Ikkinchisi: Bomdod namozidan soʻng gʻoyat charchagan vaqtimda, va tez yozishga majbur boʻlganim uchun, ifodada aralash quralashiyat bo'lgan.

Uchinchisi: Yonimda doimo kotib boʻlmagani, uning Risola-i Nurga oid toʻrt-besh vazifasi boʻlgani uchun, tasxixotiga toʻliq vaqt topolmaganimizdan, intizomsiz qoldi.

Toʻrtinchisi: Ta'lifdan soʻng ikkimiz ham charchagan holda, ma'noni diqqat bilan oʻylamasdan, gʻoyat sathiy tasxix bilan kifoyalanilgani uchun, ifoda tarzida albatta kamchiliklar bo'ladi. Oliyjanob keksalardan ifodadagi kamchiliklarimda aybga buyurmasliklarini; rahmati Ilohiya boʻsh qaytarmagan muborak keksalar, qoʻllarini dargohi Ilohiyaga ochgan vaqtlari bizni ham duolariga dohil etishlarini soʻrayman.

— 223 —
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
كٓهٰيٰعٓصٓ ٭ ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُ زَكَرِيَّا ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُ نِدَٓاءً خَفِيًّا ٭ قَالَ رَبِّ اِنّ۪ى وَهَنَ الْعَظْمُ مِنّ۪ى وَاشْتَعَلَ الرَّاْسُ شَيْبًا وَلَمْ اَكُنْ بِدُعَٓائِكَ رَبِّ شَقِيًّا
Shu Yogʻdu yigirma olti umiddir.
BIRINCHI UMID:

Ey kamolot yoshiga kelgan muhtaram va muhtarama keksa qardoshlar va opa-singillar! Men ham siz kabi keksaman. Keksalik vaqtida ora-sira topgan umidlarimni va u umidlardagi tasalli nuriga sizni ham sherik qilish orzusida, boshimdan oʻtgan ba'zi holatlarni yozaman. Men koʻrgan ziyo va duch kelgan umid eshiklari, albatta mening noqis va aralash quralash iste'dodimga koʻra ko'rilgan, ochilgan. Inshaalloh, sizlarning sof va xolis iste'dodlaringiz men koʻrgan ziyoni porlatadi; topgan umidimni yanada ziyoda quvvatlaydi.

Xullas, keladigan umidlarning va ziyolarning manbai, ma'dani, chashmasi; iymondir.

IKKINCHI UMID:

Keksalikka oyoq qoʻygan vaqtim; bir kun kuz mavsumi, asr vaqti, yuksak togʻda dunyoga nazar soldim. Birdan menga gʻoyat achinarli va hazin va bir jihatda zim-ziyo holat keldi. Koʻrdimki; oʻzim keksaydim, kun ham keksaygan, yil ham keksaygan, dunyo ham keksaygan. Bu keksaliklar ichida dunyodan firoq va sevgan insonlarimdan ayrilish zamoni yaqinlashgani uchun, keksalik haddan ortiq yomon ta'sir qildi. Birdan rahmati Ilohiya shunday suratda inkishof etdiki; achinarli huzun va firoqni kuchli umid va porloq tasalli nuriga aylantirdi. Ha, ey men kabi keksalar! Qur'oni Hakimda yuz joyida "Arrohmanir-rohim" sifatlari bilan oʻzini bizlarga taqdim etgan va doimo zaminning yuzida marhamat istagan hayot egalarining imdodiga rahmatini yuborgan va gʻaybdan xar yil bahorni hadsiz ne'mat va hadyalari bilan toʻldirib, rizqqa muhtoj boʻlgan bizlarga yetishtirgan va zaiflik va ojizlik darajasi nisbatida rahmatining jilvasini juda koʻp koʻrsatgan Xoliqi Rahimimizning rahmati, keksaligimizda eng buyuk umid va eng quvvatli ziyodir. Bu rahmatni topish, iymon bilan Rahmonga bogʻlanish va farzlarni bajarish bilan Unga itoat qilish kerak.

— 224 —
UCHINCHI UMID:

Bir vaqtda yoshlik kechasining uyqusidan keksalik tongida uygʻongan vaqtim oʻzimga nazar tashladim; vujudim qabr tomon bir qiyalikdan yugurayotgandek ketmoqda. Niyozi-i Misriyning:

"Har kun umrim binosining bir toshi tushar yerga,

Jon yotar gʻofil, binosi boʻldi vayron, bexabar..."

degani kabi, ruhimning xonasi jismimning ham har kun bir toshi tushib eskirmoqda va dunyoga mahkam bogʻlagan umidlarim, orzularim uzilishni boshladi. Hadsiz doʻstlarimdan va sevganlarimdan mufaroqat zamonining yaqinlashganini his qildim. Ma'naviy va juda chuqur va bedavo koʻringan yaraning malhamini qidirdim, topolmadim. Yana Niyozi-i Misriy kabi aytdimki:

Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulki tanim,

Bir davosiz dardga tushdim, ohki Luqmon bexabar!"

{(Hoshiya) Ya'ni, mening qalbim bor quvvati bilan baqo istagani holda; hikmati Ilohiya jasadimninng xarob boʻlishini iqtizo etadi. Hakimi Luqmon ham chorasini topolmagan bedavo bir dardga yoʻliqdim.}

O'shanda birdan marhamati Ilohiyaning lisoni, misoli, timsoli, dalloli, mumassili boʻlgan Paygʻambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning nuri va shafoati va basharga keltirgan hadya-i hidoyati men darmonsiz, hadsiz deb oʻylagan yaramga goʻzal bir malham va tiryoq boʻldi. Zim-ziyo umidsizligimni nurli umidga aylantirdi.

Ha, ey men kabi keksaligini his qilgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Biz ketyapmiz, aldanishda foyda yoʻq. Koʻzimizni yopish bilan bizni bu yerda qoldirishmaydi, jo'natilish bor. Biroq gʻaflatdan va qisman ahli zalolatdan kelgan zulumot avhomlari bilan bizga firoqli va zim-ziyo boʻlib koʻringan barzoh mamlakati, ahboblarning jamlangan yeridir. Boshda shafoatchimiz boʻlgan Habibulloh Alayhissolatu Vassalam bilan barcha doʻstlarimizga qovushmoq olamidir. Ha, bir ming uch yuz ellik yilda, har yili bir yuz ellik million insonlarning sultoni va ruhlarining murabbiyi va aqllarining muallimi va qalblarining mahbubi va har kuni اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga binoan, barcha ummatining qilgan hasanotining bir misli sahifa-i hasanotiga ilova etilgan va bu koinotdagi maqosidi oliya-i Ilohiyaning madori va mavjudot qiymati oshishining sababi Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgan daqiqasida rivoyati sahiha bilan va kashfi sodiq bilan "ummatim, ummatim" deganlari kabi, mahsharda hamma "nafsim, nafsim" degan vaqti, "ummatim, ummatim" deb, eng qudsiy va eng yuksak fidokorlik va shafoati bilan ummatining yordam qiladigan zot ketgan olamga ketmoqdamiz. Va u quyoshning atrofida hadsiz asfiyo va avliyo yulduzlari bilan yorishgan shunday bir olamga ketmoqdamiz.

— 225 —

Demak u zotning shafoati ostiga kirib va nuridan istifoda etishning va zulumoti barzohiyadan xalos boʻlishning chorasi: Sunnati saniyaga tobe boʻlishdir.

TOʻRTINCHI UMID:

Bir vaqtda keksalikka qadam qoyganimda, gʻaflatni davom ettirgan tanimning salomatligi ham buzulgandi. Keksalik bilan xastalik ikkalasi menga hujum qildi. Boshimga ura-ura uyqumni qochirishdi. Bola-chaqa, mol kabi meni dunyo bilan bogʻlaydigan aloqalar ham yoʻq edi. Yoshlik telbaligi bilan zoye qilgan umr sarmoyamning mevalarini; barchasi gunohlar, xatolardan iboratligini koʻrdim. Niyozi-i Misriy kabi faryod aylab dedim:

Bir tijorat qilmadim, naqdi umr boʻldi habo,

Yoʻlga chiqdim, lekin ko'chmish jumla karvon bexabar.

Yigʻladim nolon etib, tushdim yoʻlga tanho gʻarib,

Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron bexabar.

Oʻshanda gʻurbatda edim. Ma'yusona bir huzun va nadomatkorona bir taassuf va istimdodkorona bir hasrat his qildim. Birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon imdodga yetishdi. Menga quvvatli bir umid eshigini ochdi va haqiqiy bir tasalli ziyosini berdiki, oʻsha vaziyatimdan yuz daraja ustun umidsizlikni ham yoʻq qildi va u zulmatlarni tarqatdi.

Ha, ey men kabi dunyo bilan aloqalari kesilishni boshlagan va dunyo bilan bogʻlangan iplari uzilishga yuz tutgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Bu dunyoni eng mukammal va muntazam bir shahar, bir saroy hukmida xalq etgan bir Sone'-i Zuljalol, oʻsha shaharda, u saroyda eng ahamiyatli mehmonlari va doʻstlari bilan gaplashmasligi, koʻrishmasligi mumkinmi?! Modomiki bilib turib bu saroyni yaratgan va iroda va ixtiyor bilan tanzim va tazyin etgan zot; albatta yaratgan bilganidek, bilgan gapiradi. Modomiki bu saroyni, bu shaharni bizga goʻzal mehmonxona va tijoratgoh qilgan zot; albatta bizga nisbatan munosabatini va bizdan nima xohlaganini ko'rsatadigan bir daftari, kitobi bo'ladi.

Oʻsha qudsiy daftarning eng mukammali; qirq tomonlama moʻ'jiza va har daqiqada hech boʻlmasa yuz million insonning tilida yurgan, nur sochgan va har bir harfida kamida oʻn savob va oʻn hasana va ba'zan oʻn ming va ba'zan Layla-i Qadr kechasi sirri bilan, bir harfiga oʻttiz ming hasana va meva-i Jannat va nuri barzoh bergan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir. Bu maqomda unga raqobat qiladigan koinotda hech qanday kitob yoʻq va hech kim koʻrsatolmaydi. Modomiki qoʻlimizdagi Qur'on Samovot va Arz Xoliqi Zuljalolining rububiyati mutlaqa nuqtasidan va azamati uluhiyati jihatidan va ihota-i rahmati tomonidan kelgan kalomidir, farmonidir; bir ma'dani rahmatidir. Unga yopish. Ichida xar dardga davo, har zulmatga ziyo, har tushkunlikka umid bor.

— 226 —

Xullas, abadiy xazinaning kaliti iymondir va taslimdir va uni tinglab qabul qilish va oʻqish kerak.

BESHINCHI UMID:

Keksaligim boshlangan vaqtda, inzivo orzusida Istanbulning boʻgʻoz tarafidagi Yusha Tepaligida, yolgʻizlik bilan ruhim bir istirohat qidirdi. Bir kun oʻsha yuksak tepalikda doira-i ufqqa, atrofga qaradim. Gʻoyat hazin va achinarli zavol va firoq lavhasini keksalikning eslatmasi bilan koʻrdim. Umr daraxtimning qirq beshinchi yili boʻlgan qirq beshinchi shoxidagi yuksak maqomidan hayotimning pastki tabaqalarigacha qarab chiqdim. Koʻrdimki; pastda, har bir shoxida, har bir yil davomida sevganlarimdan va aloqador boʻlgan va tanishgan insonlarimdan oʻlganlar hadsiz. Firoq va ffaqirlikdan kelgan gʻoyat acinarli ma'naviy taʻsir ichida, Fuzuli-i Bagʻdodiy kabi, ayrilgan doʻstlarni oʻylab, ino, b:

Vaslini yod aylagan sari yigʻlayman,

To nafas bor ekan quruq jismimda faryod aylarim.

deb bir tasalli, bir nur, bir umid eshigini izladim. Birdan oxiratga iymon nuri yordamga keldi. Hech soʻnmas bir nur, hech sinmas bir umid berdi.

Ha, ey men kabi keksa qardoshlar va opaxonlar! Modomiki oxirat bor va modomiki boqiydir va modomiki dunyodanda goʻzaldir va modomiki bizni yaratgan zot ham Hakim, ham Rahimdir... keksalikdan shikoyat va taassuf etmasligimiz kerak. Aksincha keksalik iymon bilan ibodat ichida kamolot yoshiga kelib, hayot vazifasidan tarhis va olami rahmatga istirohat uchun ketishga alomat bo'lish jihatidan undan mamnun boʻlmogʻimiz darkor.

Ha, nassi hadis bilan; bashariyatning eng mumtoz shaxsiyatlari hisoblangan bir yuz yigirma toʻrt ming anbiyoning ijmo' va tavotur bilan; qisman shuhudga va qisman haqqalyaqiynga tayangan holda, muttafiqan oxiratning borligidan va insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqi qat'iy va'da bergan oxiratni keltirishidan xabar berganlari kabi, ular bergan xabarlarini kashf va shuhud bilan ilmalyaqiyn tasdiq qilgan bir yuz yigirma toʻrt million avliyolar oxiratning borligiga shahodatlari bilan va bu koinot Sone'-i Hakimining barcha asmosi bu dunyoda koʻrsatgan jilvalari bilan, olami baqoni ochiq oshkor taqozo etganlari; oxiratning borligiga dalolati bilan; va har yil bahorda roʻyi zaminda oyoqda turgan son-sanoqsiz oʻlgan daraxtlarning janozalarini Amri Kun Fayakun bilan ihyo etib, Ba'su Ba'dal mavtga noil qilgan

— 227 —

va hashr va nashrning yuz minglab namunasi tarzida nabotot toifalaridan va hayvonot millatlaridan uch yuz ming navlarni hashr va nashrdan hadsiz qudrati azaliya va hisobsiz va isrofsiz hikmati abadiya va rizqqa muhtoj barcha ziruhlarni kamoli shafqat bilan gʻoyat horiqo tarzda iosha ettirgan va har bahorda oz bir zamonda son-sanoqsiz anvo'i ziynat va mahosinni ko'rsatgan rahmati boqiya va inoyati doimaning bilbedaho oxiratning borligini istilzom bilan va shu koinotning eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning eng sevgan masnu'i va koinotning mavjudoti bilan eng ziyoda aloqador boʻlgan insondagi shadid, mustahkam, doimiy bo'lgan ishqi baqo va shavqi abadiyat va a'moli sarmadiyat, bilbedaho ishorat va dalolati bilan, bu olami foniydan so'ng bir olami boqiy va bir dori oxirat va bir dori saodat bo'lganini shu daraja qat'iy bir suratda isbot qiladilarki, dunyoning borligi qadar, bilbedaho oxiratning borligini qabul qilishni istilzom etadi.

{(Hoshiya) Ha, subutiy bir ishni xabar berishning osonligi va inkor va rad qilishning gʻoyat mushkul ekani bu tamsildan koʻrinadi. Shundayki: Bir odam desaki: "Mevalari sut konservalari boʻlgan gʻoyat horiqo bir bogʻ Kura-i Arz ustida bor". Boshqasi desaki: "Yoʻq". Isbot qilgan faqatgina uning yerini yoxud ba'zi mevalarini koʻrsatish bilan osongina da'vosini isbot qila oladi. Inkor qilgan odam, inkorini isbot qilish uchun, butun Kura-i Arzni koʻrmoq va koʻrsatmoq bilan da'vosini isbot qila oladi. Aynan shuning kabi: Jannatni ixbor etishgan yuz minglab tarashshuhotini, mevalarini, belgilarini koʻrsatishlarini inobatga olmasak.. ikki shohidi sodiqning subutiga shahodatlari kifoya ekan; uni inkor qilgan cheksiz bir koinotni, hadsiz abadiy zamonni tomosha etmoq va koʻrmoq va elagandan soʻng inkorini isbot qila oladi, adamini koʻrsata oladi.

Xullas, ey keksa qardoshlar! Iymoni oxiratning naqadar quvvatli ekanini tushuninglar!}

Modomiki Qur'oni Hakimning bizga bergan eng muhim bir darsi "iymoni bil-oxirat"dir va bu iymon ham shu daraja quvvatlidir va u iymonda shunday bir umid va bir tasalli borki; yuz ming keksalik bitta shaxsga kelsa, bu iymondan kelgan tasalli muqobil kela oladi. Biz keksalar "Alhamdulillahi ala kamalil iyman" deb keksaligimizga sevinishimiz kerak.

OLTINCHI UMID:

Bir zamon aliym asoratimda insonlardan begonalashib, Barla Yaylovidagi Qaragʻay Togʻining tepasida yolgʻiz qoldim. Yolg'izlikda bir nur qidirardim. Bir kecha oʻsha yuksak tepalikning ustidagi baland bir qaragʻay daraxtining ustidagi usti ochiq xonachada edim. Keksalik menga uch-toʻrt gʻurbatni bir-biri ichida xotirlatdi. Oltinchi Maktubda izohlangani kabi; oʻsha kecha xilvat, sas-sadosiz, faqat daraxtlarning shitirlashlaridan va hamhamalaridan kelgan hazin bir sado, bir ovoz riqqatimga, keksaligimga, gʻurbatimga qattiq ta'sir qildi. Keksalik menga, kunduz shu qora qabrga qanday aylangan, dunyo qora kafanini qanday kiygan bo'lsa, shunga o'xshab umringning kunduzi ham kechaga va dunyo kunduzi ham barzoh kechasiga va hayotning yozi ham oʻlimning qish kechasiga inqilob etishini qalbimning qulogʻiga eslatdi.

— 228 —

Nafsim majburan: Ha, men vatanimdan uzoqda boʻlganim kabi, shu ellik yil mobaynidagi umrimda zavol topgan sevganlarimdan ayrilganim va orqalaridan yigʻlab qolganim, bu vatan gʻurbatidan koʻproq hazin va aliym bir gʻurbatdir. Va bu kecha va togʻning gʻaribona vaziyatidagi hazin gʻurbatdan koʻra hazinroq va aliymroq gʻurbatga yaqinlashmoqdaman, butun dunyodan birdan ayrilish vaqti yaqinlashganini keksalik menga xabar bermoqda, dedim. Bu gʻurbat gʻurbat ichida va huzun ichidagi vaziyatdan umid va nur qidirdim. Birdan iymoni billoh imdodga yetishdi. Shunday bir unsiyat berdiki; men bo'lgan qat qat qoʻrquv ming marta ortsa ham o'sha tasalli kifoya qilardi.

Ha, ey otaxon va onaxonlar! Modomiki, Rahim bir Xoliqimiz bor ekan bizlar uchun gʻurbat yoʻq. Modomiki u bor ekan, bizlar uchun hamma narsa bordir. Modomiki u bor ekan, maloikalari ham bor. Shunday ekan, bu dunyo boʻsh emas, xoli togʻlar, boʻsh sahrolar Janobi Haqning qullari bilan toʻladir. Zishuur qullaridan boshqa, uning nuri bilan, uning hisobidan toshi ham, daraxti ham munis doʻst hukmiga oʻtadi; lisoni hol bilan biz bilan gaplashishadi va ovuntirishadi. Ha, bu koinotning mavjudoti adadicha va bu ulkan kitobi olamning harflari sanog'icha borligiga shahodat qilgan va ziruhlarning madori shafqat va rahmat va inoyat boʻlgan jihozoti va mat'umoti va ne'matlari adadicha rahmatini koʻrsatgan dalillar, shohidlar bizga Rahim, Karim, Anis, Vadud Xoliqimizning, Sone'imizning, Homiyimizning dargohini koʻrsatmoqda. U dargohda eng maqbul shafoatchi, ojizlik va zaiflikdir. Va ojizlik va zaiflikning ayni vaqti esa, keksalikdir. Bunday dargohda maqbul shafoatchi boʻlgan keksalikdan ranjish emas, sevish lozim.

YETTINCHI UMID:

Keksaligimning ilk pallalarida Eski Saidning kulgilari Yangi Saidning yigʻilariga aylangan vaqtda, Anqaradagi ahli dunyo meni Eski Said deb oʻylab, u yerga chaqirishdi, bordim. Kuz mavsumining oxirlarida Anqaraning mendan ancha ko'proq keksayib qolgan, xarob bo'lgan, eskirgan qal'asining boshiga chiqdim. Qal'a menga toshga aylangan tarixiy hodisalar suratida koʻrindi. Yilning keksalik mavsumi bilan mening keksaligim, qal'aning keksaligi, basharning keksaligi, shonli Usmonli Davlatining keksaligi va Xalifalik saltanatining vafoti va dunyoning keksaligi meni gʻoyat hazin va achinarli va ayriliq ichida, yuksak qal'ada, oʻtmishning daralariga va kelajakning togʻlariga qaratdi, men ham boqdim. Bir-biriga ichma ich holda meni o'rab olgan to'rt-beshta keksalik qorong'uliklari ichida, Anqarada eng qora ruhiy holat his qilganim uchun, {(Hoshiya) Oʻsha paytda ushbu ruhiy holat forscha munojot suratida qalbga keldi, Anqarada "Hubob" Risolasida chop qilingan.} bir nur, bir tasalli, bir umid qidirdim.

— 229 —

Oʻngga, ya'ni moziy boʻlgan oʻtmish zamonga qarab tasalli qidirganimda, menga moziy - padarimning va ajdodimning va nav'imning katta bir mozor suratida koʻrindi, tasalli oʻrniga qoʻrqinch berdi. Chap tarafim boʻlmish istiqbolga darmon izlab qaradim. Koʻrdimki: men va menga oʻxshsaganlarning va kelajak nasllarning buyuk va qorong'u bir qabri suratida koʻrindi, unsiyat oʻrniga dahshat berdi. Oʻng va chapdan qoʻrqib, hozir kunimga boqdim. Gʻaflatli va tarixvoriy nazarimga hozirgi kun - chalajon va jon talvasasida tipirchilab iztirob chekayotgan jismimning murdasini olib ketayotgan bir tobut suratida koʻrindi. Soʻngra bu jihatdan ham ma'yus boʻlgach, boshimni koʻtarib umrim daraxtining ustiga qaradim. Koʻrdimki; u daraxtning birgina mevasi bor, u ham mening oʻligim, daraxt ustida menga qarab turibti. Bu tomondan ham qoʻrqib, boshimni pastga egdim. Umr daraxtining ostiga, ildiziga boqdim. Koʻrdimki: pastdagi tuproq - suyaklarimning tuprogʻi bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i bir-biriga aralashgan suratda, oyoqlar ostida toptalayotgan holda koʻrdim. U ham darmon emas, balki dardimga dard qoʻshdi. Soʻngra majbur bo'lib orqamga qaradim. Koʻrdimki; beqaror, foniy dunyo, hechlik daralarida va yoʻqlik zulmatlarida yumalab ketyapti. Dardimga malham qidirgan edim, zahar qo'shdi. U tomondan ham xayr koʻrolmaganim uchun old tarafimga boqdim; uzoqlarga nazar tashladim. Koʻrdimki: shunqoddina yoʻlimning ustida qabr eshigi ochiq turibdi, og'zini ochib menga qarab turibdi. Uning orqasida abad tarafiga ketgan yo'l va o'sha yo'lda ketayotgan karvonlar uzoq-uzoqlardan ko'zga tashlanmoqda.

Va ushbu olti tomondan kelgan dahshatlarga qarshi menga tayanch nuqtasi va mudofaa quroli boʻladigan, qoʻlimda juz'iy bir juz'i ixtiyoriydan boshqa hech narsa yoʻq. Hadsiz dushmanlar va hisobsiz zararli narsalarga qarshi insonning birgina quroli boʻlgan u juz'i ixtiyoriy ham noqis, ham qisqa, ham ojiz, ham hech narsanni ijod qila olmagani uchun, qoʻlidan kasbdan boshqa hech narsa kelmaydi. Na oʻtmish zamonga o'ta oladi, to u yerdan menga kelayotgan huzunlarni to'xtatsin. Va na istiqbolga keta oladi, to u yerdan kelgan qoʻrquvlarni to'sa otsin. Oʻtmish va kelajakkga oid orzularimga va alamlarimga foydasi yo'qligini koʻrdim.

Ushbu olti jihatdan kelgan dahshat va vahshat va qorongʻulik va ma'yusiyat ichida tipirchilab turgan paytimda, birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning samosida porlagan iymon nurlari yordamga yetib keldi. O'sha olti tomonni shunchalik tanvir etib nurlantirdiki, men koʻrgan o'sha qoʻrquvlar, qorong'uliklar yuz birga ortsa ham, baribir u nur ularga kifoya va yetarli edi. O'sha barcha dahshatlarni birma-bir tasalliga va qoʻrquvlarni birma-bir unsiyatga aylantirdi. Shundayki:

Iymon qoʻrqinchli oʻtmish zamonning katta mozori suratini yirtib, unsiyatli munavvar majlis va yaqinlar yigʻini ekanini biaynal-yaqiyn, haqqal-yaqiyn koʻrsatdi. Yana, iymon buyuk qabr suratida gʻaflatda koʻringan kelajak zamonni - sevimli saodat saroylarida Rahmoniy ziyofat majlisi suratida biilmal-yaqiyn koʻrsatdi. Iymon yana gʻaflatdagi tobut vaziyatida koʻringan hozir zamonni va hozir kunning tobutlik shaklini sindirib, uxraviy tijoratgoh doʻkoni va dabdabali Rahmoniy mehmonxona suratida bilmushohada koʻrsatdi.

— 230 —

Yana, iymon gʻaflat bilan qaralganda umr daraxtining boshida murda shaklida koʻringan bitta mevasi oʻlim emasligini, balki abadiy hayotga sazovor va nomzod boʻlgan ruhim, eskirgan uyasidan yulduzlarda kezish uchun chiqishi oʻlim bilan boʻlishini biilmal-yaqiyn koʻrsatdi. Yana, iymon suyaklarim bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i oyoq ostida ahamiyatsiz chirib ketgan suyaklar emasligini, balki u tuproq - rahmat eshigi va jannat saroyining pardasi ekanligini iymon sirri bilan koʻrsatdi. Yana, iymon gʻaflat bilan qaraganda orqamda, hechlikda, yoʻqlik zulmatida yumalab borayotgan dunyoning vaziyatini Qur'on sirri bilan koʻrsatdiki, o'sha zohiriy zulmatlardagi dunyo esa, vazifasi tugagan, ma'nosini ifodalab bo'lgan, natijalarini oʻzining o'rniga vujudda qoldirgan bir qism Samadoniy maktublor va Subhoniy naqash sahifalari ekanligini ko'rsatdi. Dunyoning mohiyati qanday ekanligini biilmal-yaqiyn bildirdi. Iymon - oldinda koʻzini ochib menga qarab turgan qabrni va qabr orqasida abadga ketgan yoʻlni Qur'on nuri bilan koʻrsatdiki, qabr - quduq og'zi emas, balki nur olamining eshigidir. Va u yoʻl esa, hechlikka va 'adamistonga emas, balki vujudga, nuristonga va saodati abadiyaga olib boruvchi yoʻl ekanligini tamoman qanoat beradigan darajada koʻrsatgani uchun, dardlarimga ham darmon, ham malham boʻldi. Yana, iymon qo'lida juda ham juz'iy kasbi bo'lgan juz'iy bir juz'i ixtiyoriy oʻrniga, cheksiz dushman va zulmatlarga qarshi g'ayri mutanohiy qudratga tayanish va hadsiz rahmatga bogʻlanish uchun o'sha juz'i ixtiyoriyning qoʻliga bir vasiqa beradi.. balki iymonning o'zi o'sha juz'i ixtiyoriyning qoʻlida bir vasiqa boʻladi. Hamda, o'sha juz'i ixtiyoriy bo'lmish silohi insoniy, garchi o'zi ham qisqa, ham ojiz, ham noqis bo'lsa ham; bir askar juz'iy quvvatini davlat nomidan ishlatgan vaqtda minglab daraja o'z quvvatidan ortiq ishlarni bajargani kabi, iymon sirri bilan o'sha juz'iy juz'i ixtiyoriy Janobi Haq nomidan Uning yoʻlida ishlatilsa, besh yuz yillik masofa kengligida jannatni ham qozona oladi. Yana, iymon oʻtmish va kelajak zamonlarga ta'sir qilolmaydigan juz'i ixtiyoriyning tizginini jismning qoʻlidan olib, qalbga va ruhga topshiradi. Ruh va qalbning hayot doirasi esa, jism kabi hozirgi zamon bilangina cheklanib qolmagani, hayot doirasiga juda koʻp yillar moziydan, juda koʻp yillar istiqboldan kirgani uchun, juz'i ixtiyoriy juz'iylikdan chiqib kulliyat qozonadi. Zamoni moziyning eng chuqur daralariga iymon quvati bilan kira olgani va huzunlarning zulmatlarini daf qila olgani kabi, iymon nuri bilan istiqbolning eng uzoq togʻlariga qadar chiqadi, qoʻrquvlarni ketkazadi.

Xullas, ey men kabi qarilik zahmatini chekayotgan keksa birodarlarim va singillarim! Modomiki, alhamdulilloh, ahli iymon ekanmiz... va modomiki, iymonda nurli, lazzatli, sevimli, shirin xazinalar bor ekan,.. va modomiki, keksaligimiz bizni o'sha xazinaning ichiga yanada ko'proq jalb qilayotgan ekan... albatta, iymonli keksalikdan shikoyat emas, balki ming martalab shukr qilaylik!

— 231 —
SAKKIZINCHI UMID:

Keksalik alomati boʻlgan oq qillar sochimga tushgan vaqtda, yoshlikning og'ir uyqusini yana ham og'irlashtirgan Harbi Umumiyning dag'dag'alari va asirligimning kashmakashliklari va so'ngra Istanbulga kelgan vaqtimda ahamiyatli shonu sharaf vaziyati, hatto Xalifadan, Shayx-ul Islomdan, Boshqoʻmondondan tortib, to madrasa talabalarigacha haddimdan ortiq husni tavajjuh va iltifot koʻrsatganlari uchun, yoshlik sarxushligi va o'sha vaziyat bergan ruhiy holat oʻsha uyquni shu daraja qalinlashtirgan ediki, go'yo dunyoni doimiy, oʻzimni dunyoga oʻlmaydigandek yopishgan ajib vaziyatda koʻrar edim.

Oʻsha vaqtda, Istanbulning Boyazid jome'-i muborakiga Ramazoni Sharifda ixlosli hofizlarni tinglashga bordim. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon samoviy yuksak xitobi bilan gʻoyat quvvatli suratda basharning fanosini va ziyhayotning vafotini xabar bergan كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ farmonini hofizlarning lisoni bilan e'lon qildi. Qulogʻimga kirib, to qalbimning ichiga joylashib, juda qalin gʻaflat, uyqu va sarxushlik tabaqalarini chilparchin qildi. Jome'dan chiqdim. Ancha vaqtdan beri aqlimdagi eski uyquning telbaligi bilan, o'zimni bir necha kun boshimda boʻron, tutunli bir olov va yo'lini yo'qotib qo'ygan kema kabi koʻrdim. Oynada sochimga qaraganimda, oq qillar menga: "Ehtiyot bo'l!" der edi. Ana o'sha oq qillarning eslatmasi bilan vaziyat oydinlashdi. Qarasam, juda ham ishonib, zavqlariga maftun boʻlgan yoshligim alvido demoqda va muhabbat bilan juda koʻp aloqador boʻlgan dunyoviy hayot soʻna boshlayapti va juda koʻp aloqador va go'yo oshiq boʻlgan dunyo menga "Oq yo'l" deb, mehmonxonadan ketishimni eslatmoqda. Oʻzi ham "Allohga omonat" deb, ketishga hozirlanmoqda. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ oyatining kulliyatida: "Butun nsoniyat bir nafsdir, qayta tiriladigan bo'lib oʻladi. Va kurra-i Arz ham bir nafsdir, boqiy suratga kirish uchun u ham oʻladi. Dunyo ham bir nafsdir, oxirat suratiga kirish uchun u ham oʻladi!" degan ma'nolar oyatning ishorasidan qalbga ochilayotgan edi.

Xullas, bu holatda oʻz vaziyatimga qaradim, zavqlarga asos boʻlgan yoshlik ketmoqda, uning oʻrniga huzn manbai boʻlgan keksalik kelmoqda. Va gʻoyat porloq va nuroniy hayot ketmoqda; zohiriy qorong'u, dahshatli oʻlim, uning o'rniga kelishga tayyorlanmoqda. Va juda sevimli va doimiy deb oʻylangan va gʻofillarning ma'shuqasi boʻlgan dunyo juda katta tezlik bilan zavolga qovushayotganini ko'rdim. Oʻzimni o'zim aldash va yana boshimni gʻaflatga suqish uchun, Istanbulda haddimdan juda ortiq koʻrgan mansab zavqlariga qaradim. Hech bir foydasi boʻlmadi.

— 232 —

Ularning barcha eʻtibori, iltifoti, tasallilari yonimdagi qabr eshigigacha kelishi mumkin, o'sha yerda soʻnadi. Va shuhratparastlarning orzusi boʻlgan shonu sharafning zarli pardasi ortida og'ir riyo, sovuq xudfurushlik, vaqtinchalik telbalik suratida koʻrganim uchun angladimki: meni shu vaqtgacha aldagan bu ishlar hech qanday tasalli berolmaydi va ularda hech qanday nur yoʻq ekan.

Keyin batamom uygʻonish uchun, Qur'onning samoviy darsini eshitish uchun yana Boyazid jome'idagi hofizlarni tinglay boshladim. Oʻshanda samoviy darsdan وَ بَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اِلٰى اٰخِرِ navidan qudsiy farmonlar bilan xushxabarlar eshitdim. Qur'ondan olganim fayz bilan xorijdan tasalli qidirish emas, balki dahshat va vahshat va ma'yusiyat olgan nuqtalarim ichida tasallini, rajoni, nurni qidirdim. Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsinki, ayni dard ichida darmonni topdim, ayni zulmat ichida nurni topdim, ayni dahshat ichida tasallini topdim. Eng avval hammani qoʻrqitgan, eng qoʻrqinchli deb o'ylangan oʻlimning yuziga boqdim. Qur'on nuri bilan: oʻlim niqobi garchi qorong'u, qora, xunuk boʻlsa ham, moʻmin uchun asl siymosi nuroniy, goʻzal ekanini ko'rdim. Va koʻp risolalarda bu haqiqatni qat'iy bir suratda isbot qilganmiz. "Sakkizinchi Soʻz" va "Yigirmanchi Maktub" kabi koʻp risolalarda izohlaganimiz kabi: oʻlim i'dom emas, firoq emas, balki abadiy hayotininig muqaddimasidir, mabdai va hayot vazifasi qiyinchiligining yakunidir, bir tarxis, bir makon oʻzgarishidir, barzax olamiga ko'chgan yaqinlar guruhiga qovushmoqdir. Va hokazo, shu kabi haqiqatlar bilan oʻlimning haqiqiy goʻzal siymosini koʻrdim. Qoʻrqib emas, balki bir jihatdan oʻlimning yuziga mushtoqlik bilan boqdim. Ahli tariqatdagi robita-i mavtning bir sirini angladim.

Soʻngra hammani zavoli bilan yigʻlatgan va hammani oʻziga maftun va mushtoq qilgan va gunoh va gʻaflat bilan o'tgan yoshligimga boqdim. O'sha go'zal, chiroyli yopinchig'i (kiyimi) ichida gʻoyat chirkin, sarxush, telba yuzni koʻrdim. Agar mohiyatini bilmasaydim, bir necha yil meni sarxush qilib kuldirishi evaziga, yuz yil dunyoda qolsam meni yigʻlatar edi. O'shandaylardan biri yigʻlab, aytgan ekanki:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

Ya'ni: "Koshki, yoshligim bir kun qaytib kelsa edi, keksalik mening boshimga naqadar hazin hollar solganini unga shikoyat qilib, aytib berar edim". Darhaqiqat, o'sha kishi kabi yoshlikning mohiyatini bilmagan keksalar yoshliklarini oʻylab, taassuf va tahassur bilan yigʻlaydilar. Holbuki, yoshlik agar ahli qalb, ahli huzur va es-hushi joyida va qalbi sog'lom boʻlgan moʻminlarda boʻlsa, ibodatga va yaxshiliklarga va uxroviy tijoratga sarflansa, eng kuchli tijorat vocitasi va goʻzal va shirin bir xayrlar vositasidir. Va o'sha yoshlik - diniy vazifasini bilib sui iste'mol qilmaganlarga qiymatdor, zavqli Ilohiy ne'matdir.

— 233 —

Agar istiqomat, iffat, taqvo birga boʻlmasa, koʻp tahlikalari bor. Qiziqqonliklari bilan abadiy saodatiga va uxroviy hayotiga zarar yetkazadi, balki dunyoviy hayotini ham barbod qiladi. Balki, bir-ikki yil yoshlik zavqi evaziga, keksalikda koʻp yillar gʻam va kadar chekadi. Modomiki, aksar insonlarda yoshlik zararli bo'lar ekan, biz keksalar Allohga shukr qilaylikki, yoshlik tahlikalaridan va zararlaridan qutuldik. Hamma narsa kabi, albatta yoshlikning lazzatlari ham o'tkinchidir. Agar ibodatga va xayrlarga sarflangan boʻlsa, u yoshlikning mevalari uning oʻrnida boqiy qolib, abadiy hayotdagi yoshlikni qozonishiga vasila boʻladi.

Soʻngra, aksar insonlar oshiq va mubtalo boʻlgan dunyoga boqdim. Nuri Qur'on bilan koʻrdimki: bir-biri ichida uchta kulliy dunyo bor. Biri: Ilohiy ismlarga qaraydi, ularning oynasidir. Ikkinchi yuzi: oxiratga qaraydi, uning ekinzoridir. Uchinchi yuzi: ahli dunyoga boqadi, ahli gʻaflatning o'yingohidir. Yana, hammaning bu dunyoda katta bir dunyosi bor. Go'yo, insonlar adadicha dunyolar bir-biri ichiga kirgan. Lekin har bir insonning xususiy dunyosining ustuni - oʻz hayotidir. Qachon jismi "sinsa", dunyosi boshiga qulaydi, qiyomati boʻshlanadi. Ahli gʻaflat oʻz dunyosining bunday tez yiqilishini bilmagani uchun, katta dunyo kabi doimiy deb oʻylab, mahliyo boʻladi. "Boshqalarning dunyosi kabi tez qulaydigan, buziladigan mening ham xususiy dunyoim bor. Bu xususiy dunyom, qisqagina umrim bilan nima foydasi bor ekan", deb oʻyladim. Nuri Qur'on bilan koʻrdimki: men uchun ham, hamma uchun ham, bu dunyo - vaqtinchalik bir tijoratgoh,.. va har kuni toʻlib boʻshaydigan bir mehmonxona,.. va o'tgan-ketganlarning oldi-sotdisi uchun yoʻl ustida qurilgan bir bozor,.. va Naqqoshi Azaliyning yangilanib turadigan, hikmat bilan yozib-o'chiradigan bir daftari,.. va har bahor bezakli bir maktubi,.. va har yoz bir nazmiy qasidasi,.. va Sone'-i Zuljalolning ismlarining jilvasini yangilab turadigan, koʻrsatadigan oynalari,.. va oxiratning ko'chatlik bir bogʻi,.. va Ilohiy rahmatning bir gulxonasi,.. va boqiy olamda koʻrsatiladigan lavhalarni tayyorlashga moslangan vaqtinchalik bir dastgohi mohiyatida koʻrdim. Bu dunyoni shu suratda yaratgan Xoliqi Zuljalolga yuz ming shukr qildim. Va angladimki: dunyoning oxiratga va asmo-i Ilohiyaga qaragan goʻzal mohiyatiga muqobil insonlarga muhabbat berilgani holda, o'sha muhabbatni suiste'mol qilib, foniy, chirkin, zararli, gʻaflatli yuziga sarflagani uchun, حُبُّ الدُّنْيَا رَاْسُ كُلِّ خَط۪يئَةٍ hadisi sharifining siriga siriga sazovor boʻlganlar.

Xullas, ey mo'ysafidlar va keksa singillarim! Men Qur'oni Hakimning nuri va keksaligimning eslatmasi bilan va iymonning koʻzimni ochishi natijasida shu haqiqatni koʻrdim va koʻp risolalarda qat'iy burhonlar bilan isbotladim. Oʻzimga haqiqiy tasalli va quvvatli rajo va porloq ziyo topdim. Va keksaligimdan mamnun boʻldim va yoshlikning ketganidan hursand boʻldim. Sizlar ham yigʻlamanlar, shukr qilinglar. Modomiki, iymon bor ekan va haqiqat shunday ekan, gʻaflatdagilar yig'lasin, zalolatdagilar yigʻlasin.

— 234 —
TOʻQQIZINCHI UMID:

Harbi Umumiyda asirlikda, Rossiyaning shimoliy sharqidan, juda uzoq boʻlgan Kostroma viloyatida edim. U yerda mashhur Volga Daryosining boʻyida Tatarlarning kichik bir masjidi joylashgandi. Doʻstlarim, asir zobitlar ichida siqildim. Yolgʻizlik istadim; tashqarida iznsiz yura olmas edim. Tatar mahallasi kafil boʻlib meni o'sha Volga Daryosi boʻyidagi kichik masjidga joylashdi. Masjidda oʻzim yolgʻiz yotardim. Bahor ham yaqin. Shimol qit'asining juda ham uzun tunlarida ko'p bedor qolardim. U qorongʻi kechalarda va zim-ziyo gʻurbatda, Volga Daryosining hazin shildirashlari va yomgʻirning nozik shivirlashlari va shamolning firoqli esishi meni chuqur gʻaflat uyqusidan vaqtincha uygʻotdi. Garchi hali oʻzimni keksa deb bilmasamda, Harbi Umumiyni koʻrgan keksa hisoblanadi. Goʻyo يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ ش۪يبًا sirriga mazhar boʻlib, "shunday kunlardirki; bolalarni qaritadi" jihati bilan, qirq yoshda ekanman, oʻzimni sakson yoshlik vaziyatda koʻrdim. Zim-ziyo uzun tun va hazin gʻurbat va hazin vaziyat ichida hayotdan va vatandan bir ma'yuslik keldi. Ojizligimga, yolgʻizligimga qaradim, umidim uzildi. Oʻsha holatda, Qur'oni Hakimdan yordam keldi; tilim حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi, qalbim ham yigʻlab aytdiki:

غَر۪يبَمْ ب۪ى كَسَمْ ضَع۪يفَمْ نَاتُوَانَمْ اَلْاَمَانْ گُويَمْ عَفُوْ جُويَمْ مَدَدْ خٰواهَمْ زِدَرْگَاهَتْ اِلٰه۪ى

Vatanimdagi eski doʻstlarni oʻylab, gʻurbatda vafotimni xayol qilib, Niyozi-i Misriy kabi:

Dunyo gʻamidan kechib, yoʻqlikka qanot ochib,

Shavq ila har dam uchib, chaqiraman doʻst, doʻst!

deya doʻstlarni izladim. Nima bo'lganda ham... Oʻsha huznli, achinarli, ayriliqdagi uzun gʻurbat kechasida, Ilohiy dargohga zaiflik va ojizligim shunchalik ulkan bir shafoatchi va vasila boʻldiki, hozir ham hayratdaman. Chunki bir necha kundan soʻng, juda kutilmaganda, piyodalab ketilsa bir yillik masofaga, bir o'zim rus tilini bilmasamda qochdim. Zaifligim va ojizligimga binoan kelgan Ilohiy inoyat bilan gʻayri oddiy suratda qutuldim.

— 235 —

Varshava va Avstriya orqali Istanbulga keldim, bu shaklda osonlikcha qutulish juda gʻayri oddiy boʻlgan edi. Ruschani bilgan eng jasur va eng ayyor odamlar muvaffaq boʻlolmagan, ko'p yengillik va juda osonlik bilan, uzun qochish sayohatni tugatdim. Ammo Volga Daryosi boʻyi masjididagi mazkur tunning vaziyati menga shu berdirganki; qolgan umrimni gʻorlarda oʻtkazaman. Insonlarning ijtimoiy hayotiga aralashish endi yetar. Modomiki oxir-oqibatda yolgʻiz qabrga kirar ekanman, yolgʻizlikka oʻrganish uchun, hozirdan yolgʻizlikni ixtiyor qilaman, degandim. Biroq afsuski, Istanbuldagi jiddiy va koʻp yaqinlar va Istanbulning dabdabali dunyoviy hayoti, xususan menga haddimdan ortiq yuzlangan shon va sharaf kabi natijasiz narsalar, qarorimni menga vaqtincha unuttirdi. Goʻyo u gʻurbat kechasi, hayotimning koʻzida nurli qoralik edi, va Istanbulning oq, dabdabali kunduzi, hayot koʻzimning nursiz oqi ediki, oldinni koʻrolmadi, yana yotdi.. toki ikki yil oʻtib Gʻavsi Jiyloniy Futuh-ul Gʻayb kitobi bilan takror koʻzimni ochdi.

Xullas ey otaxon va onaxonlar! Bilib qo'yingki; keksalikdagi zaiflik va ojizlik, rahmat va Ilohy inoyatning jalbiga vasiladir. Oʻz shaxsimda koʻp hodisalar bilan mushohada etganim kabi, zamin yuzidagi rahmatning jilvasi ham gʻoyat zohir tarzda bu haqiqatni koʻrsatadi. Chunki hayvonotning eng ojiz va eng zaifi, bolalaridir. Holbuki rahmatning eng shirin va eng goʻzal jilvasiga sazovor boʻlganlar ulardir. Bir daraxtning tepasidagi uyada bir qush bolasining ojizligi; onasini eng boʻysungan askar kabi -rahmatning jilvasi- istihdom etadi. Atrofni kezadi, rizqini keltiradi. Qush bolasi qanotlari kuchga kirishi bilan ojizligini unutsa, volidasi unga: "Borib, rizqingni qidir" deydi, uni boshqa tinglamaydi.

Xullas, bu rahmat sirri bolalar haqida jarayon etgani kabi, zaiflik va ojizlik nuqtasida bolalar hukmiga o'tgan keksalar haqida ham joriydir. Menga qat'iy qanoat beradigan darajada koʻp tajribalar bor; masalan bolalarning ojizliklariga binoan rahmat tarafidan rizqlari hayratlanarli suratda koʻkraklar jo'mraklaridan yuboriladi va oqittiriladi.. shunga o'xshab; ma'sum iymonli keksalarning rizqlari ham baraka suratida yuboriladi. Ham bir xonadonning baraka ustuni, xonadondagi keksalar ekani; ham xonadonni balolardan muhofaza qiluvchi, ichidagi beli bukilgan ma'sum otaxon va onaxonlar ekani {(Hoshiya) Hadisning tamomi وَلَوْلَا الْبَهَائِمُ الرُّتَّعُ وَالصُّبْيَانُ الرُّضَّعُ (Oʻtlagan hayvonlar ve sut emadigan bolalar boʻlmasa edi) ila oxir -av kamo qol-.} hadisi sharifning bir parchasi boʻlgan

وَ لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا
— 236 —

ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz boʻlmasa edi, balolar sel kabi ustingizga yogʻilardi", deya farmon bilan, bu haqiqatni isbot qiladi.

Modomiki keksalikdagi zaiflik va ojizlik bu daraja rahmati Ilohiyaning jalbiga sabab ekan va modomiki Qur'oni Hakim

اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا

oyati, besh jihatdan gʻoyat moʻ'jizona suratda avlodlarni keksa padar va volidaga nisbatan hurmatga va shafqatga da'vat etadi; va modomiki Islom dini keksalarga hurmat va marhamatni amr etar ekan; va modomiki insoniyat fitrati keksalarga nisbatan hurmat va marhamatni iqtizo etar ekan.. albatta biz keksalar, yoshlik ishtahasi bilan vaqtinchalik moddiy zavqlar oʻrniga ma'naviy va doimiy va muhim Ilohiy inoyatdan va insoniylik shafqatidan kelgan rahmat va hurmat va rahmat va hurmatdan kelgan ruhonıy zavqlarnı olmoqdamiz. Shunday ekan biz bu keksaligimizni yuzta yoshlikka almashtirmasligimiz kerak. Ha, men sizni ishontirıb aytamanki: "Eski Saidning oʻn yillik yoshligini menga bersalar, hozir Yangi Saidning bir yillik keksaligini bermayman! " Men keksaligimdan roziman, siz ham rozi boʻlishingiz kerak.

OʻNINCHI UMID:

Asoratdan kelgandan soʻng, Istanbulda bir-ikki yil yana gʻaflat gʻolib keldi. Siyosat havosi nazarimni nafsimdan olib ofoqqa tarqatgan ekan, bir kun Istanbulning Ayyub Sulton qabristonining daraga qaragan yuksak joyida oʻtirgan edim. Istanbul atrofidagi ofoqqa qaradim. Birdan, xususiy dunyoim vafot etayotgandek, bir jihatdan ruh chekingandek xayol holatiga tushdim. "Ajabo, bu qabriston mozor toshlaridagi yozuvlar, menga bunday xayol berdimi", deya nazarimni qaratdim. Uzoqqa emas, qabristonga qaradim, qalbimga eslatma qilindi: "Bu atrofingdagi qabristonda yuzta Istanbul bor. Chunki Istanbul yuz marta bu yerga boʻshalgan. Butun Istanbulning xalqini bu yerga boʻshatgan bir Hakimi Qodirning hukmidan qutulib mustasno qololmaysan, sen ham ketasan". Qabristondan chiqib, bu dahshatli xayol bilan koʻp marta Sulton Ayyub Masjidining mahfalidagi kichik bir xonaga kirganim kabi, bu safar ham kirdim. Tafakkur qildim: men uch jihatda musofirman; bu manzilchada musofir boʻlganim kabi, Istanbulda ham musofirman, dunyoda ham musofirman. Musofir yoʻlini oʻylashi kerak. Bu xonadan chiqqanim kabi, bir kun kelib Istanbuldan ham chiqaman, boshqa bir kun dunyodan ham chiqaman.

— 237 —

Shu holatda qalbimga, boshimga gʻoyat achinari va ayriliqda alamli bir huzn va g'am keldi. Chunki men yolgʻiz bir-ikki doʻstni yoʻqotmayapman; Istanbulda minglab sevgan doʻstlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan Istanbulimdan ham ayrilaman. Dunyodagi yuz minglab doʻstlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan, mubtalo boʻlgan goʻzal dunyodan ham ayrilaman, deya oʻylar ekanman, yana qabristonning oʻsha yuksak joyiga qaradim. Ora-sira kinoga -ibrat uchun- borganim uchun; menga Istanbul ichidagi insonlar, oʻsha daqiqada kinoda oʻtgan zamonning soyalarini hozirgi zamonga keltirib, oʻlganlarni oyoqda yurgan suratda koʻrsatganlari kabi, men ham o'sha vaqt ko'rgan insonlarimni oyoqda kezgan janozalar vaziyatida ko'rdim. "Modomiki bu qabristonda bo'lganlardan bir qismi kinoda yurgandek koʻrinmoqda, kelajakda qat'iyan bu qabristonga kiradiganlarni, kirgan deb ko'r; ular ham oʻlganlar, lekin kezib yurishibdi", dedim. Birdan Qur'oni Hakimning nuri bilan va Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining irshodi bilan, hazin holat sururli va nash'ali vaziyatga aylandi. Hazin holga qarshi Qur'ondan kelgan nur shunday eslatma berdi: sening shimoliy sharqda, Kostromadagi gʻurbatingda bir-ikkita asir zobit doʻsting bor edi. Oʻsha doʻstlaring Istanbulga ketishlarini bilar eding. Senga bir kishi: "Sen Istanbulga ketasanmi, yoʻqsa bu yerda qolasanmi?" dedsalar, albatta, zarra miqdor aqling boʻlsa, Istanbulga sevinch va surur bilan ketishni qabul qilgan boʻlarding. Chunki mingdan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz yaqinlaring Istanbuldalar. Bu yerda bir-ikkitasi qolgan, ular ham u yerga ketadilar. Sen uchun Istanbulga borish; hazin bir firoq, alamli bir ayriliq emas. Hamda kelib, mamnun boʻlmadingmi? Dushman mamlakatidagi oʻta qorongʻi uzun tunlaridan va oʻta sovuq boʻronli qishlardan qutulding. Bu goʻzal (dunyo jannati kabi) Istanbulga kelding. Aynan shuning kabi; bolaligingdan shu yoshga qadar sevganlaringdan yuzdan toʻqson toʻqqizi senga dahshat bergan qabristonga koʻchganlar. Bu dunyoda qolgan bir-ikki doʻsting bor, ular ham u yerga ketadilar. Dunyoda vafoting firoq emas, visoldir; u yaqinlarga qovushishdir. Ular, ya'ni boqiy ruhlar eskirgan uyalarini tuproq ostida qoldirib, bir qismi yulduzlarda, bir qismi barzoh olami tabaqalarida kezmoqdalar deb eslatma berildi.

Ha, bu haqiqatni Qur'on va iymon shu qadar qat'iy bir suratda isbot qilganki; umuman qalbsiz, ruhsiz boʻlmasa yoxud zalolat qalbini qoplamagan boʻlsa, koʻrib turgandek ishonmoq kerak. Chunki bu dunyoni hadsiz lutfining turlari va ehsoni bilan ziynatlab etib ikrom bilan va shafiq rububiyatini koʻrsatgan va urugʻlar kabi eng ahamiyatsiz juz'iy narsalarni ham muhofaza qilgan Sone'-i Karim va Rahim; masnu'oti ichida eng mukammal va eng jome', eng ahamiyatli va juda sevgan masnu'i boʻlgan insonni, albatta va ochiq oydin, suratan koʻringani kabi marhamatsiz, oqibatsizcha oʻldrmaydi, mahv etmaydi, zoye qilmaydi.

— 238 —

Balki bir dehqonning tuproqqa ekkan urugʻlari singari, boshqa hayotda unib chiqish uchun, Xoliqi Rahim suyukli masnu'ini bir rahmat eshigi boʻlgan tuproq ostiga vaqtincha tashlaydi.

{(Hoshiya) Bu haqiqat; ikki karra ikki toʻrt bo'lish darajasida boshqa risolalarda, xususan Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarda isbot qilingan.}

Xullas bu Qur'oniy eslatmadan olgandan soʻng, qabriston menga Istanbuldan koʻra koʻproq unsiyatli boʻldi. Xilvat va uzlat men uchun suhbat va muosharatdan ham koʻproq xush keldi. Men ham Boʻgʻoz tarafidagi Sariyerda, bir xilvatxona topdim. Gʻavsi A'zam (R.A.) Futuh-ul Gʻaybi bilan menga bir ustoz va tabib va murshid boʻlgani kabi, Imom Rabboniy ham (R.A.) Maktuboti bilan bir doʻst, bir mushfiq, bir muallim hukmiga oʻtdi. Oʻshanda keksalikka kirganimdan va madaniyatning zavqlaridan chetda boʻlganimdan va ijtimoiy hayotdan chetlashganimdan, juda ham mamnun boʻldim. Allohga shukr qildim.

Xullas, ey men kabi ichiga keksalik kirgan va keksalikning eslatmasi bilan vafotini koʻp hotirlagan zotlar! Qur'on bergan iymon darsining nuri bilan keksalikni va vafotni va xastalikni yoqtirishimiz kerak, balki bir jihatda sevinishimiz kerak. Modomiki bizda iymon kabi hadsiz darajada qiymatdor ne'mat bor ekan; keksalik ham xushdir, xastalik ham xushdir, oʻlim ham xushdir. Noxush bir narsa esa gunohdir, safohatdir, bid'atlardir, zalolatdir.

OʻN BIRINCHI UMID:

Asirlikdan kelgandan so'ng, Istanbulda Chamlija tepaligida bir koshonada, marhum jiyanim Abdurahmon bilan birga yashar edik. Bu hayotimni, dunyoviy hayoti jihatdan biz kabilar uchun eng saodatli hayot sanalishi mumkin edi. Chunki asirlikdan qutulgan edim, Dor-ul Hikmatda ilmiy kasbimga munosib eng oliy tarzda ilm nashriga muvaffaqiyat bor edi. Menga yuzlangan e'tibor va sharaf haddimdan juda ortiq edi. Joy e'tibori bilan Istanbulning eng goʻzal yeri, Chamlijada yashardim. Ham hamma narsam mukammal edi. Marhum jiyanim Abdurahmondek gʻoyat zakovatli, fidokor, ham bir talaba, ham xizmatkor, ham kotib, ham ma'naviy avlodim birga edi. Dunyoda hammadan koʻra koproq o'zimni mas'ud deb yurganda oynaga qaradim; sochimda, soqolimda oq qillarni koʻrdim. Birdan asoratda, Kostromadagi masjiddagi ruhiy yugʻonish yana boshladi. Uning belgisi sifatida, qalban bogʻlangan va dunyoviy saodatning asosi deb oʻylagan holatlarni, sabablarni tadqiq qilishni boshladim. Qay birini tadqiq qilgan bo'lsam, koʻrdimki; bu chirik, bogʻlanishga arzimaydi, aldaydi. Oʻsha paytlarda eng sadoqatli deb yurgan bir birodarimdan kutilmagan bir sadoqatsizlik va xayolga kelmaydigan bevafolik koʻrdim. Dunyoviy hayotdan hurkish keldi. Qalbimga aytdimki: "Ajabo, men batamom aldanganmanmi? Koʻryapmanki; haqiqat nuqtasida achinadigan holimizga juda koʻp insonlar havas bilan qaraydilar.

— 239 —

Bu insonlarning barchasi devona boʻlganmi? Yoʻqsa men devona boʻlyapmanmiki, bu dunyoparast insonlarni devona deb koʻryapman?" Nima boʻlganda ham... Men keksalik bois qattiq uygʻonganimda, eng avval men aloqador bo'lgan foniy narsalarning oʻtkinchiligini koʻrdim. Oʻzimga ham qaradim, oʻta ojizlikda koʻrdim. Baqo istagan va baqo vahimasi bilan foniy narsalarga mubtalo boʻlgan ruhim bor quvvati bilan: "Modomiki jisman foniy ekanman, bu foniylardan menga nima xayr kelardi? Modomiki ojizman, bu ojizlardan nima kutishim mumkin? Dardimga chora topadigan bir Boqiyi Sarmadiy, bir Qodiri Azaliy lozim" deb izlanishni boshladim.

Oʻshanda hamma narsadan avval, eskidan beri tahsil qilgan ilmimga murojaat qilib, tasalli, umid qidira boshladim. Afsuski, oʻsha vaqtgacha falsafa ilmlarini Islomiy ilmlar bilan birga aqlimga toʻldirib, falsafsa ilmlarini takomillashish manbai va munavvarlik asosi deb juda xato oʻylagandim. Holbuki u falsafiy masalalar ruhimni haddan ortiq kirlatgan va ma'naviy taraqqiyotimga toʻsiq boʻlgandi. Birdan Janobi Haqning rahmat va karami bilan Qur'oni Hakimdagi qudsiy hikmat yordamga keldi. Koʻp risolalarda bayon etilgani kabi; falsafiy masalalarning kirlarini yuvdi, tozaladi. Jumladan: Hikmat fanlaridan kelgan ruhiy zulmatlar ruhimni koinotda boʻgʻardi. Qaysi tarafga qaramay, nur izladim; hech bir masalada nur topolmadim, nafas ololmadim. Qur'oni Hakimdan kelgan va "La Ilaha Illa Hu" jumlasi bilan dars bergan tavhid gʻoyat porloq bir nur boʻlib barcha zulmatlarni tarqatgandan soʻng, rohatlanib nafas oldim. Biroq nafs va shayton zalolatdagilar va falsafachilardan olgan darslariga tayanib, aql va qalbga hujum qilishdi. Bu hujumdagi nafsiy munozorot alhamdulillah qalbning zafari bilan natijalandi. U munozaralar koʻp risolalarda qisman yozilgan. Ular bilan kifoyalanib, bu yerda faqat mingdan bir qalbiy zafarni koʻrsatish uchun, minglab hujatlardan bitta hujjat bayon qilaman. Toki yoshligida ajnabiy hikmat va madaniyat fanlari nomi ostidagi qisman zalolat, qisman moloyoniyot masalalari bilan ruhini kirlatgan, qalbini xasta qilgan, nafsini erkalagan bir qism keksalarning ruhida tozalik qilsin. Tavhid borasida shayton va nafsning yomonligidan qutulsin.

Ulumi falsafiyaning vakolati nomiga nafsim dediki: "Koinotdagi narsalarning tabiat bilan bu mavjudotga aralashuvi bor. Hamma narsa bir sababga bogʻliq. Mevani daraxtdan, oʻsimliklarni tuproqdan istash kerak. Eng juz'iy, eng kichik narsani ham Allohdan istash va Allohga yolvormoq nima degani?"

Javoban Qur'on nuri bilan tavhid sirri quyidagi suratda inkishof etdi. Qalbim u faylasuf nafsimga dedi: "Eng juz'iy va eng kichik narsa; eng katta narsa kabi, toʻgʻridan-toʻgʻri butun koinot Xoliqining qudratidan kelmoqda va xazinasidan chiqmoqda. Boshqa suratda boʻlolmaydi. Sabablar esa bir pardadir. Chunki eng ahamiyatsiz va eng kichik deb o'ylagan maxluqlarimiz, ba'zan san'at va xilqat jihatida eng kattasidanda kattaroq boʻladi. Chivin tovuqdan san'at jihatidan o'tib ketmasa ham, ortda ham qolmaydi. Shunday ekan, katta-kichik ajratilmaydi. Yo barchasi moddiy sabablarga taqsim qilinadi yoxud hammasi birdan yagona zotga beriladi. Birinchi qism mahol boʻlgani kabi, bu qism vojibdir, zaruriydir.

— 240 —

Chunki birgina zotga, ya'ni bir Qodiri Azaliyga berilsa; modomiki barcha mavjudotning intizom va hikmatlari bilan borligi qat'iy tahaqquq etgan ilmi hamma narsani qamragan.. va modomiki ilmida hamma narsaning miqdori aniqlashgan.. va modomiki koʻryapmizki har doim yo'qdan nihoyatsiz osonlik bilan, nihoyatsiz san'atli sanʻatli asarlari vujudga kelmoqda.. va modomiki u Qodiri Alimning bir gugurt yoqishdek Kun Fayakun amri bilan nima boʻlsa bo'lsin, ijod etilganini hadsiz quvvatli dalillar bilan, koʻp risolalarda bayon etganimiz va xususan Yigirmanchi Maktub va Yigirma Uchinchi Yog'duning oxirida isbotlangani kabi, hadsiz bir qudrati bor; albatta koʻz bilan ko'rilgan favqulotda yengillik va osonlik, ilmining qamrovidan va qudratining azamatidan kelmoqda. Masalan, qandayki koʻzga koʻrinmas dorili bir siyoh bilan yozilgan kitobga yozuvni koʻrsatadigan maxsus dori surtilsa; ulkan kitob birdan koʻzga koʻrinib, oʻzini oʻqitadi. Aynan shuning kabi; Qodiri Azaliyning keng ilmida hamma narsaning maxsus surati bir muayyan miqdori bilan aniqlashtirilgan. Qodiri Mutlaq amri Kun Fayakun bilan, hadsiz qudrati bilan va nafiz irodasi bilan, yozuvga surtilgan dori kabi, gʻoyat oson va yengillik bilan qudratning bir jilvasi boʻlgan quvvatini oʻsha ilmiy mohiyatga surtadi va u narsaga tashqi vujud beradi; koʻzga koʻrsatadi, hikmat naqshlarini oʻqitadi. Agar barcha ashyoning hammasi Qodiri Azaliyga va Alimi Kulli Shayga berilmasa; chivindek eng kichik narsaning vujudini, dunyoning aksar navlaridan xususiy mezon bilan toʻplash lozim boʻlish bilan birga, oʻsha kichik chivinning vujudida ishlagan zarralar, chivinning yaratilish sirrini va mukammal sanʻatini barcha nozikliklari bilan bilishi kerak boʻladi. Chunki tabiatdagi sabablar bilan moddiy sabablar, ochiq oydin va umum aql egalarining ittifoqi bilan, yo'qdan ijod qilolmaydi. Shunday ekan, agar ular ijod qilsa, albatta toʻplaydilar. Agar toʻplasa, qaysi zihayot boʻlsa-bo'lsin, aksar anosir va anvo'idan namunalar ichida bor. Go'yo koinotning xulosasi, danagi hukmidadir. Albatta, bir danakni butun boshli daraxtdan, zihayotni butun roʻyi zamindan nozik elak bilan elab va eng hassos mezon bilan oʻlchab toʻplamoq lozim boʻladi. Va modomiki tabiatdagi sabablar johil, jonsiz ekan; bir ilmi yoʻqki bir reja, bir mundarija, bir model, bir dastur taqdir etsin, unga ko'ra ma'naviy qolipga kelgan zaarralarni eritib toʻksin; toki tarqalmasin, intizomini buzmasin.

— 241 —

Holbuki hamma narsaning shakli, hay'ati hadsiz tarzlarda boʻla olgani uchun, had-hisobsiz shakllar, miqdorlar ichida bitta shakl va miqdorda, sel kabi oqqan unsurlarning zarralari tarqalmasdan, muntazam ravishda, miqdorsiz, qolipsiz, bir-biri ustida toʻplam holida saqlash va jonlilarga muntazam vujud berish; qay daraja imkondan, ehtimoldan, aqldan uzoq ekani koʻrinadi. Albatta kimning qalbida koʻrlik boʻlmasa, koʻradi. Ha, bu haqiqatga binoan

اِنَّ الَّذ۪ينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّٰهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ

bu oyati azimaning sirri bilan {(Hoshiya) Ya'ni, Allohdan boshqa barcha chaqirgan va ibodat qilgan narsalaringiz toʻplansalar, bir chivinni yarata olmaslar!} barcha moddiy sabablar toʻplansa, xohlasalarda bitta chivinning vujudini va vujudning jihozlarini maxsus mezon bilan toʻplay olmaslar! Toʻplasalar ham, u vujudning muayyan miqdorida saqlay olmaslar. Saqlasalar ham, doimo yangilanib turgan va u vujudga kelib ishlagan zarralarni muntazam ravishda ishlata olmaydilar. Shunday ekan; oydinlashdiki sabablar bu narsalarga sohib chiqa olmaslar. Demak, haqiqiy sohibilari boshqa. Ha, shunday haqiqiy sohibilari borki;

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatining sirri bilan, butun zamin yuzidagi jonlilarni bir chivinning tiriltirilishchalik oson qiladi. Bahorni bir gul osonligida ijod etadi. Chunki toʻplashga muhtoj emas. Kun Fayakun amriga ega boʻlgani uchun, har bahorda hadsiz bahoriy mavjujdotning unsur moddalaridan tashqari, hadsiz sifatlar va holatlar va shakllarini yoʻqdan ijod qilgani uchun va ilmida hamma narsaning rejasi, modeli, mundarijasi va dasturi ta'yin etetilgani va barcha zarralar uning ilm va qudrati doirasida harakat qilgani uchun, gugurt yoqqandek hamma narsani oʻta osonlik bilan ijod qiladi. Va hech bir narsa zarra miqdor harakatini chalkashtirmaydi. Sayyoralar mute' bir qo'shini boʻlgani kabi, zarralar ham muntazam bir qo'shini hukmiga oʻtadi. Modomiki azaliy qudratiga tayanib harakat qilayotgan ekanlar va azaliy ilmining dasturi bilan ishlamoqdalar; mana u asarlar u qudratga koʻra vujudga keladi. Boʻlmasa u kichik, ahamiyatsiz shaxsiyatlariga qarash bilan u asarlar kichraymaydi. U qudratga intisob quvvati bilan bir chivin bir Namrudni oʻldiradi. Chumoli Fir'avnning saroyini xarob qiladi. Zarra kabi kichik qarag'ay urugʻi togʻ kabi ulkan qaragʻay daraxtining yukini yelkasida tashiydi. Bu haqiqatni koʻp risolalarda isbot etganimiz kabi, qandayki bir askar askarlik vasiqasi bilan podshohga intisob nuqtasida, yuz ming marta oʻz quvvatidan ortiq, bir shohni asir qilish kabi asarlarga sazovor boʻladi. Shuning kabi, hamma narsa u azaliy qudratiga intisobi bilan, yuz ming marta tabiatdagi sabablardan ustun san'at moʻ'jizalariga mazhar boʻlishi mumkin.

— 242 —

Xullas; hamma narsaning nihoyat darajada ham san'atli, ham yengil vujudi koʻrsatadiki, bepoyon ilm sohibi boʻlgan Qodiri Azaliyning asaridir. Boʻlmasa, yuz ming mahol ichida, vujudga kelish u yoqda tursin, balki imkon doirasidan chiqib, imtino' doirasiga kiradi va mumkin suratidan chiqib, mumtani' mohiyatiga kiradi va hech bir narsa vujudga kelmaydi, balki vujudga kelishi mahol boʻladi.

Xullas, bu gʻoyat nozik va gʻoyat quvvatli va gʻoyat chuqur va gʻoyat zohir burhon bilan shaytonning vaqtincha shogirdi va zalolat ahlining va falsafa ahlining vakili boʻlgan nafsim jim bo'ldi. Va lillahilhamd, toʻliq iymonga keldi. Va aytdiki: Ha, menga shunday bir Xoliq va Rob lozimki, eng kichik qalbimning xotirotlarini va eng yashirin niyozimni biladigan va eng yashirin ruhimning ehtiyojini qondirgani kabi, menga abadiy saodatini berish uchun, ulkan dunyoni oxiratga oʻzgartiradigan va bu dunyoni olib tashlab, oʻrniga o'rniga oxiratni quradigan, ham chivinni xalq etgani kabi, samovotni ham ijod qiladigan, ham Quyoshni samoning yuziga bir koʻz oʻlaroq qoqqani kabi, bir zarrani ham koʻz qorachigʻimda joyrlashtiradigan bir qudratga molik boʻlsin. Yoʻqsa, chivinni yaratolmagan, qalbimning xotirotilariga aralasha olmaydi, ruhimning niyozini eshitolmaydi.. samovotni xalq etmagan, saodati abadiyani menga berolmaydi. Shunday ekan, mening Robbim uki; ham qalbimning xotirotini isloh qiladi, ham ob-havoni bulutlar bilan bir soatda toʻldirib boʻshatgani kabi, dunyoni oxiratga aylantirib, Jannatni yaratib eshigini menga ochadi, "Qani kir" deydi.

Xullas, ey nafsim kabi badbaxtlik natijasida bir qism umrini nursiz falsafiy va ajnabiy fanlariga sarf etgan keksa qardoshlarim! Qur'onning lisonidagi mutamodiyan "La Ilaha Illa Hu" qudsiy farmonidan naqadar quvvatli va naqadar haqiqatli va hech bir jihatda tebranmas va buzilmas va oʻzgarmaydi qudsiy iymon ruknini anglangki, qanday butun ma'naviy zulumotni tarqatadi va ma'naviy yaralarni davolaydi.

Bu uzun mojaroni keksaligimning umid eshiklari orasida joylashtirilishi, xuddiki ixtiyorim bilan boʻlmadi. Istamagandim, balki zeriktirar deb saqlanayotgan edim. Biroq, menga yozdirildi deya olaman. (Nima boʻlganda ham, mavzuga qaytaman.) Soch va soqolimdagi oq qillarning va bir vafodorning sadoqatsizligi natijasida menga dabdabali va zohiran totli va bezakli Istanbulning dunyoviy hayotining zavqlaridan nafrat keldi. Nafs maftun boʻlgan zavqlari oʻrniga ma'naviy zavqlarni qidirdi. Bu gʻaflat ahlining nazarida sovuq va ogʻir va noxush koʻringan keksalikda bir tasalli, bir nur istadi. Falillahilhamd Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsin, butun u haqiqatsiz, totsiz, oqibatsiz dunyoviy zavqlar oʻrniga; haqiqiy, doimiy va totli iymoniy zavqlarni "La Ilaha Illa Hu"da va tavhid nurida topganim kabi.. ahli gʻaflatning nazarida sovuq va hunuk koʻringan keksalikni u tavhid nuri bilan juda yengil va haroratli va nurli koʻrdim.

— 243 —

Ey otaxon va onaxonlar! Modomiki sizlarda iymon bor ekan va modomiki iymonni nurlantirgan va inkishof ettirgan namoz va niyoz bor; keksaligingizga abadiy bir yoshlik nazari bilan qarashingiz mumkin. Chunki u bilan abadiy yoshlik qozonishingiz mumkin. Haqiqiy sovuq va xunuk va xunuk va zulmatli va alamli boʻlgan keksalik esa; ahli zalolatning keksaliklaridir, balki ularning yoshliklaridir. Ular yigʻlashi kerak, ular "ey voh, afsuslar bo'lsin!" deyishlari kerak. Sizlar, ey muhtaram iymonli keksalar! "Alhamdulillahi ala kulli hal" deya surur bilan shukr qilmogʻingiz kerak!

OʻN IKKINCHI UMID:

Bir vaqtlar Isparta viloyatining Barla nohiyasida surgun nomi ostida, qiynoqli bir asorat bilan yolgʻiz va kimsasiz bir qishloqda ixtilotdan va muxobaradan man qilingan bir vaziyatda ham xastalik, ham keksalik, hamda gʻurbat ichida gʻoyat parishon bir holda ekan; Janobi Haq mukammal marhamatidan, Qur'oni Hakimning nuktalariga, sirlariga doir men uchun tasalli asosi nur ehson etgan edi. U bilan oʻsha achchiq, alamli, huznli vaziyatimni unutishga urinar edim. Vatanimni, yaqinlarimni, qarindoshlarimni unuta olardim. Ammo, afsuslar bo'lsin, birini unutolmas edim. U ham boʻlsa ham jiyanim, ham ma'naviy avlodim, ham eng fidokor talabam, ham eng jasur birodarim boʻlgan marhum Abdurahmon edi. Olti-yetti yil avval oldimdan ketgan edi. Na u mening qayerdaligimni bilardi, yordamga kelsa, tasalli bersa va na men uning vaziyatini bilardim, u bilan gaplashsam, dardlashsam. Mening bu keksalik vaqtimda; shunday fidokor, sodiq bir kishi menga lozim edi.

Soʻngra birdan bir maktub berdi. Maktubni ochdim, koʻrdimki: Abdurahmonning mohiyatini to'liq koʻrsatadigan tarzdagi maktub boʻlib, u maktubning bir qismi Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida uchta zohir karomatni koʻrsatadigan tarzda joylashtirilgan. U maktub meni koʻp yigʻlatdi va hozir ham yigʻlatadi. Marhum Abdurahmon oʻsha maktub bilan juda jiddiy va samimiy suratda; dunyoning zavqlaridan nafratlanganini va eng buyuk maqsadi, menga yetishib, bolaligida men unga qaraganimdek, u ham keksaligimda menga xizmat qilmoq ekan. Ham dunyoda mening haqiqiy vazifam boʻlgan Qur'on sirlari nashrida, muqtadir qalami bilan menga yordam berish ekan. Hatto maktubida yozgandi: "Yigirma-oʻttiz risolani menga yubor, har biridan yigirma-oʻttiz nusxa yozaman va yozdiraman", der edi. U maktub menga dunyoga nisbatan quvvatli bir umid berdi. Daho darajasida zakovatga molik va haqiqiy avloddan ham yuksak bir sadoqat va aloqa bilan menga xizmat qiladigan bunday jasur talabamni topdim deb, qiyin asoratni, kimsasizlikni, gʻurbatni, keksalikni unutdim.

— 244 —

U maktubdan avval iymoni billohga doir chop qildirganim Oʻninchi Soʻzning bir nusxasi qo'liga o'tgan edi. Go'yo u risola unga bir tiryoq ediki; olti-yetti yil mobaynida olgan barcha ma'naviy yaralarini davoladi. Gʻoyat quvvatli va porloq iymon bilan ajalini kutayotgandek, maktubni yozgan edi. Bir-ikki oy soʻngra Abdurahmon vositasi bilan yana saodatli bir dunyoviy hayotni oʻtkazish tasavvurida ekan, afsuslar bo'lsin, birdan uning vafot xabarini oldim. Bu xabar men uchun shunday zarba boʻldiki, besh yildan beri hali ham o'sha ta'sir ostidaman. Oʻsha vaqt boshimdan kechirayotgan iskanjali asorat va yolgʻizlik va gʻurbat va keksalik va xastaligim; menga ulardan oʻn daraja ortiq firqat, bir achinish, bir huzn berdi. Mening marhuma volidamning vafotida xususiy dunyoimning yarmi, uning vafoti tufayli vafot etgan derdim. Abdurahmonning vafoti bilan esa, qolgan yarim dunyoim ham vafot etganini koʻrdim. Dunyodan batamom aloqam uzildi. Chunki dunyoda qolganda edi; ham dunyodagi vazifa-i uxroviyamning quvvatli bir madori va mendan keyin toʻliq oʻrnimga o'tadigan bir xayr-ul xalaf va ham bu dunyoda eng fidokor bir tasalli sababi, bir birodarim boʻlishi mumkin edi.. va eng zakovatli bir talabam, bir tinglovchi va Risola-i Nur qismlarining eng ishonchli sohibi va muhofazachisi boʻlardi.

Ha, insoniylik e'tibori bilan bunday yoʻqotish men kabi insonlarga juda quydiruvchidir, yondiradi. Garchi zohiran chidashga urinayotgan boʻlsam-da, biroq ruhimda shiddatli boʻron bor edi. Agar ora-sira Qur'onning nuridan kelgan tasalli taskin bermasa edi, mening bardosh berishim mumkin boʻlmasdi. Oʻsha vaqt Barla daralariga, togʻlariga yolgʻiz borib kezardim. Xoli yerlarda oʻtirib, huznli ta'sir ichida, eski zamonda Abdurahmon kabi sodiq talabalarim bilan kechirgan baxtli hayot lavhalari kino singari xayolimdan oʻtgan sari, keksalik va gʻurbat bergan ta'sir tezligi bardoshimni sindirar edi. Birdan

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

qudsiy oyatining sirri inkishof etdi. Menga "Ya Boqiy Antal Boqiy, Ya Boqiy Antal Boqiy" dedirdi va u bilan haqiqiy tasalli berdi. Ha, men oʻsha xoli darada, u hazin holatda bu qudsiy oyatining sirri bilan, Mirqot-us Sunna Risolasida ishorat qilingani kabi, oʻzimni uch ulkan janoza ustida koʻrdim:

Biri ellik besh yoshimgacha, o'zimni ellik besh marta oʻlgan va hayoti umrimda dafn etilgan Saidlarning qabri ustida, mozor toshi sifatida koʻrdim.

Ikkinchi oʻlik: Oʻzimni Odamdan (A.S.) davridan beri, guruhdoshlarim va sinfim vafot etib moziy qabrida dafn etilgan ulkan oʻlikning boshida mozor toshi hukmidagi bu asr yuzida yurgan, chumoli kabi kichik bir jonzot suratida koʻrdim.

— 245 —

Uchinchi oʻlik esa; insonlar kabi har yili dunyo yuzida sayyor dunyoning vafoti bilan ulkan dunyo ham bu oyatning sirri bilan vafot etishi xayolimning qarshisida paydo boʻldi.

Abdurahmonning vafoti qaygʻusidan kelgan bu dahshatni tamomiyla oydinlatuvchi va haqiqiy tasalli va soʻnmas nur beruvchi ushbu oyati karima ishoriy ma'nosi bilan yordamga keldi

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

Ha, bu oyat bildirdiki: Modomiki Janobi Haq bor ekan, u hamma narsaga badaldir. Modomiki u boqiy ekan, albatta u kifoyadir. Bir inoyatining jilvasi butun dunyoning oʻrnini bosadi. Va bir nurining jilvasi mazkur uch ulkan oʻlikka ma'naviy hayot beradi. Ularning oʻlik emasligini, balki vazifalarini tugatib, boshqa olamlarga ketganlarini koʻrsatadi. Uchinchi Yogʻduda bu sirning izohi aytilgani uchun, u bilan kifoyalanib bu yerda aytamizki: كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ ila oxir... oyatining ma'nosini koʻrsatgan ikki karra "Ya Boqiy Antal Boqiy! Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi meni gʻoyat alamli u hazin holatdan qutqardi:

Birinchi marta "Ya Boqiy Antal Boqiy!" dedim, dunyo va dunyodagi Abdurahmon kabi koʻp aloqador bo'lgan yaqinlarimning zavolidan va robitalarim uzilishidan tugʻlgan hadsiz ma'naviy yaralar ichida bir jarrohlik amaliyoti kabi davolanish boshlandi.

Ikkinchi safar "Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi; barcha ma'naviy yaralarga ham malham, ham tiryoq boʻldi. Ya'ni sen boqiysan; ketgan ketsin, sen yetarlisan. Modomiki sen boqiy ekansan, zavol topgan hamma narsa oʻrniga rahmat jilvasining kifoyadir. Modomiki sen bor ekansan, sening borligingga iymon bilan intisobini bilgan va Islomiyat sirri bilan u intisobga ko'ra harakat qilgan inson uchun hamma narsa bor. Fano va zavol, mavt va adam bir pardadir, bir yangilanishdir; boshqa-boshqa manzillarda kezish hukmida deb, tamomila u yondiruvchi, firoqli, hazin, alamli, qorongʻi, dahshatli ruhiy holat; sururli, sevinchli, lazzatli, nurli, sevimli, unsiyatli holatga aylandi. Tilim va qalbim, balki hol tili bilan barcha vujudimdagi zarralar "Alhamdulilloh" dedi.

Xullas u jilva-i rahmatning mingdan bir juz'i shuki: Men oʻsha huzngohim boʻlgan daradan va u huzun-angiz holatdan Barlaga qaytdim. Qarasam,

— 246 —

Kuleo'nli Mustafo ismli bir yigit mendan ilmi holga oid tahorat va namozga doir bir nechta masalani soʻrash uchun kelibdi. Oʻshanda musofirlarni qabul qilmasam ham, uning ruhidagi ixlos va goʻyo oldindan sezish hissi bilan kelajakda Risola-i Nurga qiladigan qiymatdor xizmatni, {(Hoshiya1) Mustafoning ukasi Kichik Ali o'zining chiroyli, sog'lom qalami bilan yetti yuzdan ziyoda Nur Risolalarini yozish bilan tamomila harakati bilan bir Abdurahmon bo'lgani kabi, juda koʻp Abdurahmonlarni ham yetishtirdi.} ruhim u yigitning ruhida oʻqidi. Uni iziga qaytarib yubormadim, qabul qildim.

{(Hoshiya2) Haqiqatdan, u faqat qabulga emas, balki istiqbolga loyiq (*) ekanini koʻrsatdi.

(*) Risola-i Nurning birinchi shogirdi Mustafoning istiqbolga layoqatiga doir Ustozimning hukmini tasdiqlagan bir hodisa: Qurbonlik hayiti arafasida bir kun avval Ustozim aylanishga chiqmoqchi edilar. Ot keltirish uchun meni yuborganida, Ustozimga: "Siz pastga tushmang, men eshikni orqasidan berkitib omborxonadan chiqaman", dedim. Ustozim: "Yoʻq, sen eshikdan chiq", deb pastga tushdilar. Eshikdan chiqqandan soʻng, eshikni orqalaridan zanjirladilar. Men ketdim, u kishi ham tepaga chiqdilar. Soʻngra kirib yotdilar. Bir ozdan soʻng Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan birga kelishgan. Ustozim hech kimni qabul qilmayotgan edilar. Ayniqsa oʻshanda ikki odamni baravariga yoniga umuman qoʻymas, orqasiga qaytarar edilar. Holbuki bu maqomda bahs qilinayotgan qardoshimiz Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan kelganda, eshik goʻyo hol tili bilan unga: "Ustozing seni qabul qilmaydi, lekin men senga ochilaman" deya orqasidan zanjirlangan eshik oʻzidan-oʻzi Mustafoga ochilgan. Demak Ustozimning u haqida "Mustafo istiqbolga loyiqdir" degan soʻzini istiqbol koʻrsatgani kabi, eshik ham bunga shohid bo'lgan.

Xusrav

Ha, Xusravning yozgani toʻgʻri, tasdiq qilaman. Eshik bu muborak Mustafoni mening badalimga ham kutib oldi, hamda qabul qildi.

Said Nursiy}

Soʻngra aniqlashdiki, Risola-i Nur xizmatida va mendan keyin xayrli davomchi sifatida, bir haqiqiy voris vazifasini toʻliq ado etadigan Abdurahmon oʻrniga Janobi Haq Mustafoni namuna sifatida menga yuborgan ediki: "Sendan bir Abdurahmonni oldim, muqobilida Mustafo kabi oʻttiz Abdurahmon oʻsha diniy vazifada senga ham talaba, ham jiyan, ham ma'naviy avlod, ham qardosh, ham fidokor birodar beraman". Ha, lillahilhamd, oʻttiz Abdurahmonni berdi. Oʻsha vaqt dedim: Ey yigʻlagan qalbim! Modomiki bu namunani koʻrding va ma'naviy yaralarning eng muhimini davoladi; boshqa barcha seni ta'sirlantirgan yaralarni ham davolashga qanoating kelishi kerak".

Ey men kabi keksaligida qattiq sevgan avlodini yoki yaqinlarini yoʻqotgan va orqasiga yuklangan keksalikning og'ir yuki bilan birga firoqdan kelgan ogʻir gʻamlar ham boshiga yuklangan otaxon va onaxonlar! Vaziyatimni anglangki, siznikidan ancha shiddatli ekan, modomiki bunday bir oyati karima davoladi, shifo berdi; albatta Qur'oni Hakimning dorixona-i qudsiyasida barcha dardlaringizga shifo beradigan dorilari bor. Agar iymon bilan unga murojaat qilib va ibodat bilan oʻsha dorilarni iste'mol qilsangiz, orqangiz va boshingizdagi keksalik va gʻamlarning ogʻir yuklari juda yengillashadi.

— 247 —

Bu mabhasning uzun yozilishining sirri esa, marhum Abdurahmonga koʻproq rahmat duolari qildirish maqsaddir. Sizni zeriktirmasin. Ham sizni balki koʻp hafa qiladigan, eng ayanchli va nafrat berib qo'rqitadigan eng dahshatli yaramni gʻoyat noxush, alamli suratda koʻrsatishdan maqsadim: Qur'oni Hakimning qudsiy tiryoqi qay daraja horiquloda bir dori va porloq nur ekanini koʻrsatishdir.

OʻN UCHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Latif bir tavofuqki, bu Oʻn Uchinchi Umid bahs etgan madrasa hodisasi oʻn uch yil avval sodir boʻldi.}

Bu umidda hayot sarguzashtimning muhim lavhasidan bahs etaman, har holda bir oz uzun boʻladi. Zerikmasligingizni va ranjimasligingizni xohlayman. Harbi Umumiyda, Rusning asoratidan qutulganimdan soʻng, Istanbulda ikki-uch yil Dor-ul Hikmatda diniy xizmati meni u yerda saqladi. Soʻngra Qur'oni Hakimning irshodi bilan va Gʻavsi A'zamning himmati bilan va keksalikning uygʻotishi bilan Istanbuldagi madaniy hayotdan zerikish va dabdabali ijtimoiy hayotdan bir nafrat his qildim. "Daussila" deb ta'bir etilgan vatan ishtiyoqi meni vatanimga boshladi. Modomiki oʻlar ekanman, vatanimda oʻlay deb Vanga ketdim. Hamma narsadan avval Vandagi Xorxor deb atalgan madrasamning ziyoratiga bordim. Koʻrdimki; Vandagi boshqa uylar kabi uni ham Rus istilosida Armanlar yoqib yuborishgan ekan. Vanning mashhur qal'asi, togʻ kabi yakpora toshdan iborat. Madrasam uning ostida va unga tamoman tutashgan. Men tark qilgan yetti-sakkiz yil avval, u madrasamdagi haqiqatdan doʻst, qardosh, sevgili talabalarimning xayollari koʻz oʻngimga keldi. U fidokor birodarlarimning bir qismi haqiqiy shahid, boshqa bir qismi oʻsha musibat tufayli ma'naviy shahid boʻlib vafot etgan edilar. Men yigʻlashdan oʻzimni toʻxtatolmadim va madrasaning ustidagi ikki minora balandligida madrasaga qaragan qal'aning tepasigacha chiqdim, oʻtirdim. Yetti-sakkiz yil avvalgi zamonga xayolan ketdim. Mening xayolim quvvatli boʻlgani uchun, meni oʻsha davrda ancha kezdirdi. Atrofda hech kim yoʻq ediki, meni u xayoldan qaytarsa va u zamondan tortsa. Chunki yolgʻiz edim. Yetti-sakkiz yil mobaynida, ko'zimni ochgan vaqt bir asr vaqt oʻtgandek bir qorqinchli holda koʻrardim. Qarasam, madrasamning atrofidagi shahar ichi Qal'a tubi mavqe'i butunlay boshdan oyoq yondirilgan, buzib tashlangan etilgan. Avvalgisidan hozirgi koʻrganimgacha, goʻyo ikki yuz yil soʻngra dunyoga kelib, bunday huznli nazar bilan qaradim.

— 248 —

Uylardagi odamlarning koʻpi bilan doʻst va yaqin edim. Asosiy qismi, Alloh rahmat qilsin, muhojirlikda vafot etgan, gʻurbatda parishon boʻlgan edilar. Ham Arman mahallasidan boshqa, Vanning barcha musulmonlarining uylari buzib tashlanganini koʻrdim. Qalbim eng tubidan ingradi. Shu qadar yuragimga qattiq botdi, minglab koʻzim boʻlganida, hammasi baravar yigʻlagan boʻlardi. Begona yurtdan vatanimga qaytdim; gʻurbatdan qutuldim deb oʻylagan edim. Lekin "Ey voh", gʻurbatning eng dahshatlisini vatanimda koʻrdim. Oʻn Ikkinchi Umidda bahsi oʻtgan Abdurahmon kabi, ruhim bilan juda aloqador yuzlab talabalarimni, doʻstlarimni qabrda hamda u yaqinlarning joylarini xarobazor boʻlganini koʻrdim. Eskidan beri xotiramdagi bir zotning bir fikrasi bor edi, toʻliq ma'nosini anglab yetolmasdim.. bu hazin lavha qarshisida toʻliq ma'nosini koʻrdim. Fikra budir:

لَوْلَا مُفَارَقَةُ الْاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلٰى اَرْوَاحِنَا سُبُلًا

ya'ni: "Agar doʻstlardan ayrilish boʻlmasaydi, oʻlim ruhlarimizga yoʻl topolmasdiki, kelib olsin". Demak, eng koʻp insonni oʻldirgan narsa, yaqinlardan ayrilishdir. Ha, hech mina meni oʻsha vaziyatchalik kuydirmagan, yigʻlatmagan edi. Agar Qur'ondan, iymondan madad kelmasaydi; u gʻam, qaygʻu, huzn ruhimni uchiradigandek ta'sir qilgan boʻlardi. Eskidan beri shoirlar she'rlarida yaqinlari bilan koʻrishgan manzillarining davr oʻtishi bilan xarobagohlariga yigʻlaganlar. Buning eng ayriliqqa toʻla lavhasini ham koʻzim bilan koʻrdim. Ikki yuz yildan soʻng juda sevgan doʻstlarining yashash joylariga duch kelgan odamning qaygʻusi bilan; ham ruhim, ham qalbim koʻzimga yordam berib yigʻladi. O'shanda koʻz oʻngimda xarobazorga aylangan yerlarning gʻoyat obod va tantanali va sevonchli va sururli boʻlgan paytlari, yigirma yilga yaqin eng totli hayotda oʻqish bilan qiymatdor talabalarim bilan kechirgan hayotimning shirin sahifalari birma-bir, kino lavhalari kabi jonlanib ko'rindi, soʻngra vafot etib ketayotgandek, xayol ko'z o'ngimda ancha muddat davom etdi. Oʻshanda ahli dunyoning holiga juda taajjublandim. Qanday qilib oʻzlarini aldashadi? Chunki vaziyat dunyoning batamom foniy ekanini va insonlar esa ichida musofir ekanini ochiqdan ochiq koʻrsatdi. Ahli haqiqatning davomli, dunyo achinmas, makkor, yomon, aldanmanglar deyishlari qanchalik toʻgʻri ekanini koʻzim bilan koʻrdim. Ham inson jismi bilan, xonadoni bilan qanchalik aloqador boʻlsa shahri bilan, mamlakati bilan, balki dunyosi bilan ham aloqador ekanini men ham koʻrdim. Chunki vujudim keksalik achinishidan ikki koʻzim bilan yigʻlar ekanman, madrasamning faqat keksaligi emas, balki vafoti sababli oʻn koʻz bilan yigʻlashni istardim. Va u shirin vatanimning yarmi oʻlishi bilan yuz koʻz bilan yigʻlashga ehtiyojim bor edi. Rivoyati hadisda har tong bir maloika chaqiradi لِدُوا لِلْمَوْتِ وَابْنُوا لِلْخَرَابِ ya'ni: "Oʻlmoq uchun tavallud etib dunyoga kelasizlar, xarob boʻlishi uchun bino qurasizlar", deydi. Ushbu haqiqatni qulogʻim bilan emas, koʻzim bilan eshitayotgan edim.

— 249 —

Ha, u vaziyatim oʻshanda qanchalar yigʻlatgan boʻlsa; oʻn yilki xayolim oʻsha vaziyatga yo'liqqanda yana yigʻlaydi. Ha, minglab yil yashagan qoʻhna qal'aning tepasidagi manzillarning xarob boʻlishi va uning ostidagi shaharning sakkiz yil mobaynida sakkiz yuz yilchalik keksayishi va qal'a ostidagi gʻoyat hayotdor va yaqinlar yigʻini boʻlgan madrasamning vafoti, umum Usmoniylar Davlatida barcha madrasalarning vafotini koʻrsatgan oʻligining ma'naviy buyukligiga ishorat sifatida ulkan Van Qal'asining yakpora toshi unga mozor toshi boʻlgan edi. Goʻyo madrasada sakkiz yil avval men bilan birga boʻlgan marhum talabalarim qabrlarida men bilan birga yigʻlayotgan edi. Balki shaharning xaroba devorlari, sochilgan toshlari men bilan birga yig'lamoqda va ularni yigʻlayotgandek koʻrdim. O'shanda angladimki, vatanimdagi gʻurbatga chidolmayman yo men ham qabrga, ularning yoniga ketishim kerak, yoxud togʻda bir gʻorga kirib ajalimni u yerda kutishim kerak deb oʻyladim. "Modomiki dunyoda bunday chidab boʻlmas, sabrni sindiradigan, chidab boʻlmas, yondiruvchi ayriliqlar bor ekan, albatta oʻlim hayotdan ustundir. Hayotning bu ogʻir vaziyati chekiladigan dardlardan emas", dedim. Oʻshanda jihoti sitta deyilgan olti tarafga nazar soldim, zim-ziyo koʻrdim. U ta'sirlainshning shiddatidan kelgan gʻaflat dunyoni qoʻrqinchli, boʻsh, xoli, ustimga yiqiladigan suratda koʻrsatdi. Ruhim dushman vaziyatini olgan hadsiz balolarga qarshi bir tayanch nuqtasi qidirarkan va abadga qadar uzangan behisob orzularni qondiradigan bir yordam yeri qidirar ekan va hadsiz firoq va ayriliqdan, buzilish va vafotdan kelgan huzn va gʻamga tasalli kutarkan, birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning

سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyatining haqiqati tajalliy etdi. Achinarli, ayriliqdagi, dahshatli, huznli xayoldan meni qutqardi, koʻzimni ochdi.

Koʻrdimki, mevador daraxtlarning boshlaridagi mevalari menga tabassum qilayotgandek qarayaptilar; bizga ham diqqat qil, faqatgina xarobazorga qarama, deyishardi. Bu oyati karimaning haqiqati shuni eslatayotgan edi: Van sahrosining sahifasida musofir boʻlgan insonlarning qoʻli bilan yozilgan va shahar suratini olgan sun'iy bir maktubning, Rus istilosi deyilgan dahshatli bir sel balosiga tushib o'chirilishi nima uchun seni bunchalik ta'sirlantiryapti? Asl Haqiqiy Molik va hamma narsaning sohibi va Rabbi boʻlgan Azaliy Naqqoshiga qara; bu Van sahifasida maktublari mukammal porlashi bilan eski zamonda sen koʻrgan holat yana davom etib yozilmoqda.

— 250 —

U yerlar boʻsh, xarob, xoli qoldi deb yigʻlashing, Haqiqiy Molikidan gʻaflat va insonlarni musofir deb tasavvur qilmaslik va molik degan dunyoqarash mahsulidir. Biroq u xatodan va u yondiruvchi vaziyatdan bir haqiqat eshigi ochildi. Va u haqiqatni toʻliq qabul qilishga nafs hozirlandi. Ha, temirning yumshashi, goʻzal va manfaatdor bir shakl berilishi uchun olovga tiqiladi. Shuning kabi, mendagi huznli holat va dahshatli vaziyat olov boʻldi, nafsimni yumshatdi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon mazkur oyatning haqiqati bilan iymon haqiqatlarining fayzini unga toʻliq koʻrsatdi, qabul qildirdi. Ha, lillahilhamd, bu oyatning haqiqati iymon fayzi bilan (Yigirmanchi Maktub kabi risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymoni billohdan ruhga va qalbga har kimning iymon quvvati nisbatida inkishof etgan shunday bir nuqta-i istinod berdiki, u vaziyatning dahshatidan yuz daraja qoʻrqinchli, zararli musibatlarga qarshi tura oladigan quvvatni berdi. Va shunday eslatdiki: Hamma narsa Xoliqing boʻlgan bu mamlakatning Haqiqiy Molikining amriga musahhardir, hamma narsaning tizgini uning qoʻlida, unga intisobing yetadi.

Xoliqimga tayanib tanigandan soʻng, dushman boʻlib koʻringan hamma narsa dushmanliklarini tark etdi; yigʻlatgan hazin hollar meni sevintira boshladilar. Ham koʻp risolalarda qat'iy burhonlar bilan ham isbot qilganimiz kabi, hadsiz orzularga qarshi oxiratga iymondan kelgan nur bilan shunday bir madad nuqtasi berdiki; nafaqat kichik va vaqtincha, qisqa dunyoviy doʻstlarga nisbatan orzu va aloqalarimga, balki abad-ul abodda, boqiy olamida, abadiy saodatida hisobsiz uzun orzularimga kifoya qiladigan madad nuqtasi berdi. Chunki bir rahmat jilvasi bilan vaqtinchalik musofirxonasi boʻlgan bu dunyoning bir manzili boʻlgan zaminning yuzida, musofirlarini bir-ikki soat sevintirmoq uchun, bahor dasturxonida hadsiz-hisobsiz san'atli, shirin ne'matlarini har bahorda ehson qilib, nonushta hukmida musofirlariga yedirgandan soʻng, abadiy maskanlarida sakkizta doimiy Jannatni hadsiz bir zamonda, hadsiz ne'matlarining turlari bilan toʻldirib qullariga hozirlagan Rohmanirrohimning rahmatiga iymon bilan tayanganini bilgan odam albatta shunday bir madad nuqtasi topadiki; eng past darajasi, hadsiz abadiy orzularga madad berib davom etaadi.

Ham u oyatning haqiqati bilan, iymonning ziyosidan kelgan nur shunday porloq bir suratda tajalliy etdiki; zulmatli olti tomonni kunduz kabi oydinlatdi. Chunki ushbu madrasam va bu shaharda talaba va doʻstlarimning orqalarida qolib yigʻlash vaziyatini shunday oydinlatdiki: Ahboblar ketgan olam qorongʻi emas, faqat joylarini oʻzgartirishdi, yana koʻrishasizlar deb eslatma berdi. Yigʻlashimni batamom toʻxtatdi. Va dunyoda ularning oʻrniga o'tadigan va ularga oʻxshaydiganlarni topishimni tushuntirdi. Ha, alhamdulillah, ham vafot etgan Van madrasasini Isparta madrasasi bilan tiriltirib, u yerdagi doʻstlarni ham yanada koʻp, yanada qiymatdor talabalar va ahboblar bilan ma'nan ihyo etdi.

— 251 —

Ham dunyo boʻsh, xoli bo'lmaganini va xarob boʻlgan mamlakat suratini xato tasavvur etganimni, balki Haqiqiy Molikining hikmati taqozosi bilan, sun'iy insonlarning lavhasini almashtirishini, maktubini yangilashini bildirdi. Bir daraxtning mevalarini uzganda, oʻrniga boshqa mevalar chiqqani kabi, insonlardagi zavol va firoq ham bir tajaddud, yanglanishdir. Iymon nuqtasida, ahbobsizlikdan kelgan alamli huzn emas, balki boshqa goʻzal joyda koʻrishmoq maqsadida ayrilishdan kelgan, lazzatli huzn bergan bir yangilanishdir. Ham dahshatli vaziyatdan koinot mavjudotining qorongʻi koʻringan yuzini oydinlatdi. Men ham u holatga shukr qilishni istadim, arabiy shu fikra keldi; oʻsha haqiqatni to'liq tasvirladi:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ مَا يُتَوَهَّمُ اَجَانِبَ اَعْدَاءً اَمْوَاتًا مُوَحِّش۪ينَ اَيْتَامًا بَاك۪ينَ ؛ اَوِدَّاءَ اِخْوَانًا اَحْيَاءً مُونِس۪ينَ مُرَخَّص۪ينَ مَسْرُور۪ينَ ذَاكِر۪ينَ مُسَبِّح۪ينَ

Ya'ni: "U shiddatli holatning ta'siridan kelgan gʻaflat bilan, koinotning mavjudoti, bir qismi dushman va ajnabiy {(Hoshiya) Ya'ni zilzila, boʻron, toʻfon, vabo, olov kabi.} bir qismi mudhish janozalar, boshqa qismi esa, kimsasizlikdan yigʻlagan yetimlar suratida; gʻofil nafsimga tavahhum bilan koʻrsatilgan bu qoʻrqinchli lavhani, nuri iymon bilan aynalyaqiyn koʻrdimki: Ajnabiy, dushman boʻlib koʻringanlar doʻst qardoshdir. Va mudhish oʻliklari esa; qisman hayotdor va qalbga yaqın va qisman vazifası bitgandan soʻng boshatilgan etilganlar kishilardir. Va yigʻlagan yetimlarning dod-faryodlari esa zikr va tasbehning musiqalari ekanini iymon nuri bilan koʻrganim uchun, hadsiz ne'matlarning manbai boʻlgan iymonni menga bergan Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd aytaman.

Bu dunyoda, bu dunyodek ulkan xususiy dunyoimdagi butun mavjudotni, hamd va tasbehoti Ilohiyada tasavvur va niyatim bilan iste'mol qilish xuquqim borligi nuqtai nazaridan, barcha mavjudotning har birining va umumining hol tillari bilan birga "Alhamdulillahi ala nuril iyman deymiz", deganidir. Ham u gʻaflatli mudhish holatlardan yoʻqqa tushgan hayot zavqlari va batamom chekinib qurilgan orzular va eng tor doira ichida siqilib qolgan, balki mahv boʻlgan shaxsimga oid ne'matlar, lazzatlar birdan (boshqa risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymon nuri bilan qalbning atrofidagi tor doirani shunday kengaytirdiki, koinotni oʻz ichiga oldi va u Xorxor bogʻida qurigan va lazzatini qochirgan ne'matlar oʻrnida, dunyo hovlisi va oxirat hovlisini ne'mat dasturxoni va rahmat patnisi shakliga keltirdi. Koʻz, quloq, qalb kabi, oʻn emas, insonning yuzlab jihozlarining har birini, gʻoyat uzun qoʻl suratida, har bir moʻ'minning darajasi nisbatida u ikki Rahmonning dasturxoniga uzatib,

— 252 —

har tarafidan ne'matlarni toʻplaydigan holda koʻrsatgani; ham bu yuksak haqiqatni ifoda, ham u hadsiz ne'matga shukur uchun oʻsha vaqt shunday degandim:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ لِلدَّارَيْنِ مَمْلُوؤَتَيْنِ مِنَ النِّعْمَةِ وَ الرَّحْمَةِ لِكُلِّ مُؤْمِنٍ حَقًّا يَسْتَف۪يدُ مِنْهُمَا بِحَوَاسِّهِ الْكَث۪يرَةِ الْمُنْكَشِفَةِ بِاِذْنِ خَالِقِه۪

Ya'ni: «Dunyo va oxiratni ne'mat va rahmat bilan toʻldirgan bir suratda, haqiqiy moʻ'minlarning iymon nuri va Islomiyat bilan tarqatgan va kengaytirgan butun tuygʻularining qoʻli bilan ikki muazzam dasturxondan foydalanishni ta'minlagan va koʻrsatgan iymon nuri ne'matining oʻrnida, iymonni menga bergan Xoliqimga, qoʻlimdan kelsa butun vujudimning zarralari bilan dunyo va oxirat toʻla hamd va shukr qilaman», deganidir. Modomiki iymon bu olamda shunday buyuk ta'sir qilar ekan; albatta dori baqoda shunday samaralar va fayzlar beradiki, bu dunyodagi aql bilan ularni qamrash mumkin emas va ta'rif etilmaydi.

Xullas, ey men kabi keksalik munosabati bilan juda koʻp doʻstlardan firoq alamlarini chekkan otaxon va onaxonlar! Sizning eng keksangiz zohiran mendan har qancha keksa boʻlsa ham, ma'nan men ulardan ziyoda keksaligimni taxmin qilaman. Chunki fitratimda turdoshiga achinish hissi kuchi bo'lganidan, oʻz alamimdan tashqari minglab qardoshlarimning alamlarini ham oʻsha shafqat sirri bilan chekkanimdan, yuzlab yil yashagandek keksaman. Va siz naqadar firoq balosini chekkan boʻlsangiz ham, menchalik u baloga uchramagansiz. Chunki oʻgʻlim yoʻqki, faqat oʻgʻlimni oʻylasam.

Mendagi qattiq fitriy achinish va shafqat minglab Musulmon avlodlarining, hatto ma'sum hayvonlarning azoblariga nisbatan ham achinish, bir alam shafqat sirri bilan his qilaman. Xususiy uyim yoʻqki, fikrimni yolgʻiz unga bagʻishlasam; balki bu mamlakat bilan va balki Islom olamining qit'asi bilan uyim kabi, Islomiy hamiyat nuqtasida aloqadorman. Va u ikki ulkan uydagi dindoshlarimning alamlari bilan azoblanaman va firoqlari bilan mahzun boʻlaman!..

Xullas, keksaligimdan va firoq balolaridan kelgan barcha azoblarimga, iymon nuri to'liq kifoya qildi; sinmas va uzilmas umid, soʻnmas ziyo, bitmas tasalli berdi. Albatta iymon sizlarga keksalikdan kelgan qorongʻilik va gʻaflat va azob va alamlarga kifoya va yetarlidir. Asl eng qorongʻi va eng nursiz va tasallisiz keksalik va eng alamli va mudhish firoq, zalolat ahlining va safohat ahlining keksaliklari va firoqlaridir. U umid va ziyo va tasalli bergan iymonni zavq etmoq va ta'sirlarini his qilish uchun, keksalikka loyiq va Islomiyatga muvofiq qullik bilan bir shuurli harakat ko'rsatish bilan boʻladi. Yoshlarga oʻxshashga urinish va

— 253 —

ularning sarxushona gʻaflatlariga boshini suqib, keksaligini unutish bilan boʻlmaydi.

خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَشَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ

-av kama qol- ma'nosidagi hadisi haqida fikr yuriting. Ya'ni: "Yoshlaringizning eng yaxshisi, ehtiyot boʻlib va safohatlardan tiyilishda keksalarga oʻxshaganlardir. Va keksalaringizning eng yomoni, safohatda va boshini gʻaflatga suqishda yoshlarga oʻxshaganlardir".

Ey keksa qardoshlarim va keksa opaxonlarim! Hadisi sharifda vorid boʻlganki: "Oltmish-yetmish yoshlardagi keksa moʻ'min dargohi Ilohiyaga qoʻlini koʻtarib duo qilarkan, Ilohiy rahmat uning qoʻlini boʻsh qaytarishdan uyaladi". Modomiki rahmat sizga nisbatan bunday hurmat ko'rsatadi.. siz ham rahmatning bu hurmatiga qullik bilan ehtirom koʻrsating.

OʻN TOʻRTINCHI UMID:

Toʻrtinchi Shua boʻlgan Oyati Nuriya-i Hasbiyaning boshining xulosasi deydiki: Bir vaqt ahli dunyo meni hamma narsadan ajratib qoʻyishgani uchun, besh xil gʻurbatlarga tushgandim. Siqilishdan kelgan bir gʻaflat bilan, Risola-i Nurning tasalli beruvchi va madad qiluvchi nurlariga qaramasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri qalbimga qaradim va ruhimni izladim. Koʻrdimki; gʻoyat quvvatli bir boqiylik ishqi va vujudga qattiq muhabbat va hayotga buyuk ishtiyoqi va hadsiz ojizlik va nihoyatsiz bir faqirlik menda hukm surayotgandi. Holbuki, mudhish bir fano oʻsha baqoni soʻndirmoqda. Oʻsha holatimda kuyinchak bir shoirning degani kabi aytdim:

"Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulku tanim

Bir davosiz dardga tushdim, oh-ki Luqmon bexabar."

Boshimni ma'yus holda egdim; birdan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ yordamga keldi, "Meni diqqat bilan oʻqi" dedi. Men ham kunda besh yuz marta oʻqidim. Oʻqigan sari, faqat ilmalyaqiyn bilan emas, aynalyaqiyn bilan juda qiymatdor nurlaridan toʻqqiz martaba-i hasbiya menga inkishof etdi.

Birinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Mendagi ishqi baqo; mendagi baqoga emas, balki sababsiz va bizzot mahbub boʻlgan mutlaq kamol sohibi, Zoti Zulkamolning va Zuljalolning bir ismining jilvasining mohiyatimda bir soyasi boʻlgani uchun, fitratimda u Komili Mutlaqning borligiga va kamoliga va baqosiga mutavajjih bo'lgan fitriy muhabbat gʻaflat tufayli yoʻlini adashtirgan, soyaga yopishgan, oynaning baqosiga oshiq boʻlgandi. حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ kelib, pardani olib tashladi.

— 254 —

Koʻrdim va his qildim va haqqalyaqiyn zavq etdimki; baqomning lazzati va saodati, aynan va yanada mukammal tarzda Boqiyi Zulkamolning baqosiga va mening Robbim va Ilohim ekaniga, tasdiq va iymonimda va iz'onimda bordir. Buning dalillari, hislari borlarni hayratda qoldiradigan gʻoyat chuqur va daqiq oʻn ikki "ham... ham..."lar va shuuri iymonlar bilan Risola-i Hasbiyada bayon etilgan.

Ikkinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Fitratimdagi hadsiz ojizligim bilan birga, keksalik va gʻurbat va kimsasizlik va yolgʻizlik ichida; menga dunyo ahlining dasisalari bilan, josuslari bilan hujum qilgan hangomlarida qalbimga aytdim: "Qoʻllari bogʻliq, zaif, xasta va yolgʻiz odamga qoʻshinlar hujum qilmoqda. Menga tayanch nuqtasi yoʻqmi?" deya حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Bu oyat bildirdiki; iymoniy bogʻ vasiqasi bilan Qodiri Mutlaq shunday bir Sultonga bogʻlanasanki; zamin yuzida har bahorda toʻrt yuz ming millatdan tarkib topgan nabotot va hayvonot qo'shinlarining barcha jihozlarini mukammal intizom bilan berib, boshda inson oʻlaroq, hayvonot muazzam qo'shinining barcha rizqlarini, madaniy insonlar oxirgi vaqtlarda kashf qilgan goʻsht va shakar va boshqa taomlarning xulosalari kabi emas, balki ulardan yuz daraja mukammalroq va barcha taomlarning har turidan danak va urugʻ deyilgan Rahmoniy xulosalarga qo'yib; va u xulosalarni ham pishirishlariga va kengayishiga doir qadariy ta'rifalar ichida oʻrab, muhofaza uchun kichik sandiqchalarga qo'yib beradi. Sandiqchalarning ijodi, "Kun" amrida boʻlgan "kof-nun" fabrikasidan shu qadar tez va oson va koʻplik bilan chiqadi. Qur'on: "Xoliq amr qiladi, vujudga keladi", deydi. Modomiki sen, iymoniy bogʻ ruxsatnomasi bilan bunday bir nuqta-i istinod topa olganingdan, hadsiz bir quvvatga va qudratga tayana olasan. Men ham oyatdan bu darsni olgan sari shunday bir quvva-i ma'naviyani topdimki; hozirgi dushmanlarimga emas, balki dunyoga qarshi chiqa oladigan bir iqtidori iymoniy his qilib, butun ruhim bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedim.

Uchinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Men oʻsha gʻurbatlar va xastaliklar va mazlumiyatlarning tazyig'i bilan dunyodan aloqam uzilganini koʻrib, abadiy bir dunyoda va boqiy bir mamlakatda doimiy saodatga nomzod ekanimni iymon talqin etgan hangomda; hasratdagi "uf! uf!"dan voz kechib, tabassum bilan "oh! oh!" dedim.

— 255 —

Biroq bu xayoldagi gʻoya va ruhdagi maqsad va fitrat natijasining amalga oshishi, faqat va faqat barcha maxluqotining barcha harakatlarini va yashashlarini, ahvol va amallarini qovlan va fe'lan bilgan va qayd etgan va bu kichkinagina va ojizi mutlaq insonni oʻziga doʻst va tinglovchi qilgan va barcha maxluqot ustida maqom bergan bir Qodiri Mutlaqning hadsiz qudrati bilan va insonga cheksiz inoyat va ahamiyat berishi bilan boʻla oladi, deb oʻylab, bu ikki nuqtada, ya'ni bunday qudratning faoliyati va zohiran ahamiyatsiz insonning haqiqatli ahamiyati haqida iymonga inkishof va qalbga itminon beradigan izoh istadim. Yana oʻsha oyatga murojaat qildim. Dediki: " حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga hol tili va qol tili bilan حَسْبُنَا ni kimlar aytmoqda, ularga qara!" deb amr qildi. Birdan ko'rdimki, hadsiz qushlar, qushchalar hisoblangan chivinlar va behisob hayvonlar va nihoyatsiz nabotlar va so'ngsiz daraxtlar ham men kabi hol tili bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ma'nosini yod etmoqda va hammaning yodiga solmoqdalarki; barcha hayot sharoitlariga kafil boʻlgan shunday bir vakillari borki, bir-biriga oʻxshagan va moddalari bir boʻlgan urugʻlar va bir-birining misli kabi habbalar va bir-biriga oʻxshagan danaklardan qushlarning yuz ming xillarini, hayvonlarning yuz ming tarzlarini, nabototning yuz ming navini va daraxtlarning yuz ming sinfini xatosiz, nuqsonsiz, iltibossiz, bezakli, mezonli, intizomli, bir-biridan boshqa farqli suratda koʻz oʻngimizda, xususan har bahorda gʻoyat koʻp, gʻoyat oson, gʻoyat keng doirada, gʻoyat koʻplab xalq etuvchi, yaratuvchi bir qudratning azamat va hashamati ichida birgalik va oʻxshashlik va bir-biri ichida, bir tarzda qilinishlari bilan bizga vahdatini va ahadiyatini koʻrsatadi va bunday hadsiz moʻ'jizotni koʻrsatgan fe'li rububiyatga, tasarrufi Xalloqiyatga mudohala va ishtirok mumkin emasligini bildiradi deya angladim. Har moʻ'min kabi mening shaxsiyatimni va insonlik mohiyatini anglashni istaganlar va men kabi boʻlishni orzu qilganlar حَسْبُنَا dagi نَا jam'iyatida boʻlgan ananing, ya'ni nafsimning tafsiriga qarasinlar. Ahamiyatsiz, past va faqir koʻringan vujudim -har bir moʻ'minning vujudi kabi- nima, hayot nima, insoniyat nima, Islomiyat nima, iymoni tahqiqiy nima, ma'rifatulloh nima, muhabbat qanday boʻladi? Anglasinlar, darsini olsinlar!..

— 256 —
Toʻrtinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Bir vaqt keksalik, gʻurbat, xastalik, magʻlubiyat kabi vujudimni qaqshatgan nuqsonlar gʻaflatli paytimga toʻgʻri kelib shiddat bilan aloqador va maftun boʻlgan vujudimni, balki maxluqotning vujudlarini "adamga ketmoqda" deya alamli bir havotirga solar ekan, yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Ma'nomga diqqat qil va iymon durbini bilan qara!" Qaradim va iymon koʻzi bilan koʻrdimki: Zarracha vujudim, har moʻ'minning vujudi kabi hadsiz bir vujudning oynasi va nihoyatsiz bir inbisot bilan hadsiz vujudlarni qozonishiga bir vasila va oʻzidanda qiymatdor boqiy, koʻp vujudlarni meva bergan bir hikmat kalimasi ekanini va mansublik jihati bilan bir on yashashi, abadiy vujudchalik qiymatdor ekanini ilmalyaqiyn bildim. Chunki iymon shuuri bilan vujudim Vojib-ul Vujudning asari va san'ati va jilvasi ekanini anglab, vahshiy avhomdan va hadsiz firoqlardan va hisobsiz ayriliq va firoqlarning alamlaridan qutulib; mavjudotga, xususan hayotdorlarga taalluq etgan fe'llar va Ilohiy ismlar adadicha uxuvvat aloqalari bilan men munosabat paydo qilgan barcha sevgan mavjudotlarga vaqtincha firoq ichida doimiy visol borligini bildim. Xullas, iymon bilan va iymondagi aloqa bilan, har bir moʻ'min kabi, vujudim ham hadsiz vujudlarning firoqsiz nurlarini qozonadi; oʻzi ketsa ham ular orqada qolgani uchun oʻzi qolgandek mamnun boʻladi.

Xulosa: Oʻlim firoq emas, visoldir, makon oʻzgarishidir, boqiy mevaning unib chiqishidir.

Beshinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Yana bir vaqt hayotim juda ogʻir sharoit bilan qiyinlashdi va diqqatimni umrga va hayotga burdi. Koʻrdimki: Umrim yugurib ketyapti, oxiratga yaqinlashgan. Hayotim ham tazyiqlar ostida soʻnishga yuz tutgan. Holbuki Hayy ismiga doir risolada izoh qilingan hayotning muhim vazifalari va ulkan asos vasflari va qiymatli foydalari tez soʻnishga emas, balki uzun yashashga loyiq deb alam bilan o'yladim. Yana ustozim boʻlgan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنy/ مَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Dedi: "Senga hayotni bergan Hayyi Qayyumga koʻra hayotga qara!" Qaradim, koʻrdimki: Hayotimning menga qarashi bitta boʻlsa, Zoti Hayyi Qayyumga qarashi yuzta ekan; va menga oid natijasi bir boʻlsa, Xoliqimga oid ming ekan. Shu holda marzi-i Ilohiy doirasida bir on yashamogʻi kifoyadir, uzun vaqt istamaydi.

Bu haqiqat toʻrt masala bilan bayon qilinadi. Oʻlmaganlar yoxud tirik boʻlishni istaganlar hayotning mohiyatini va haqiqatini va haqiqiy huquqini o'sha toʻrt masala ichida izlashsin, topishsin va tirilishsin!..

— 257 —

Xulosasi shuki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaragan sari va iymon ham hayotga hayot va ruh boʻlgan sari, baqo topadi hamda boqiy mevalar beradi, ham shunday yuksaladiki, sarmadiyat jilvasini oladi, ortiq umrning qisqaligiga va uzunligiga qaralmaydi.

Oltinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Umumiy ayrliq hangomida bo'lgan dunyoning xarob boʻlishini xabar bergan oxirzamon hodisalari ichida xususuiy ayriligʻimni eslatgan keksalik va umrimning oxirida favqulotda hassoslik bilan fitratimdagi jamolparastlik va goʻzallik savdosi va kamolotga maftunlik inkishof etgan paytda, doimiy buzuvchi boʻlgan zavol va fano va davomli ayiruvchi oʻlim va yoʻqlik, dahshatli suratda bu goʻzal dunyoni va bu goʻzal maxluqotni tinkasini quritganini, parcha-parcha qilib goʻzalliklarini buzganini; favqulotda bir shuur va ta'sirlanib koʻrdim. Fitratimdagi majoziy ishq bu holga shiddatli gʻalayon va isyon qilganda tasalli tasalli vositasi topish uchun yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Meni oʻqi va diqqat bilan ma'noimga qara!" Men ham Sura-i Nurdagi اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ila oxir... oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini bilan Oyati Hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga va iymoniy shuuri mikroskopi bilan eng nozik sirlariga qaradim, koʻrdimki: Oyna, shisha, shaffof narsalar, hatto pufakchalar; Quyosh ziyosining yashirin va rango-rang jamolini va u ziyoning alvoni sab'a deyilgan yetti rangining turli-tuman goʻzalliklarini koʻrsatgani va yangilanish va harakatlari bilan va boshqa-boshqa qobiliyatlari bilan va sinishlari bilan jamol va goʻzalliklarni yangilashadi va sinishlari bilan Quyosh, ziyosi va alvoni sab'asining yashirin goʻzalliklarini goʻzal shaklda izhor qiladilar. Aynan shuning kabi: Shamsi Azal va Abad boʻlgan Jamili Zuljalolning jamoli qudsiysiga va nihoyatsiz goʻzal asmo-i husnasining sarmadiy goʻzalliklariga oynadorlik qilib jilvalarining yangilanishi uchun bu goʻzal san'atlar, bu shirin maxluqlar, bu goʻzal mavjudot to'xtamasdan kelib ketmoqda; oʻzlarida koʻringan goʻzalliklar va jamollar, ularniki emasligini, balki koʻrinishni etmoq istagan sarmadiy va muqaddas bir jamolning va doimiy tajalliy etgan va koʻrinishni istagan mujarrad va munazzah bir husnning ishoratlari va alomatlari va lam'alari va jilvalari ekanining juda ko'p quvvatli dalillari Risola-i Nurda batafsil izoh qilingan. Bu yerda oʻsha burhonlardan uchtasi qisqacha, gʻoyat ma'qul suratda zikr etilgan, deb bayon qilishni boshlaydi. Bu risolani koʻrgan har bir sogʻlom zavq egasi hayratda qolish bilan birga oʻzlarining foydalanganlaridan tashqari, boshqalarning ham istifodalari uchun harakat qilishni lozim deb biladilar. Xususan ikkinchi burhonda besh nuqta bayon qilinadi. Aqli chirik, qalbi buzuq boʻlmagan kishi, taqdir va tahsin va tasvib bilan "Mashaalloh Fatabarakalloh" deydi; faqir, past boʻlib koʻringan vujudini yuksaltiradi.. xayratlanarli bir moʻ'jiza ekanini anglab, tasdiqlaydi.

— 258 —
OʻN BESHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Nurning ta'lif zamoni uch yil avval tugagani uchun, bu Oʻn Beshinchi Umid kelajakda bir Nurchi tarafidan Keksalar Yog'dusining takonillashishiga -yozilishiga- asos boʻlish uchun yozildi.}

Bir payt Amirtogʻida surgun qilingan va yolgʻiz oʻzim manzilda bamisoli yakka xibsda va juda ogʻir nazoratlar va majburlab meni qiynoqqa solganlari uchun hayotdan zerikdim, hibsdan chiqqanimga afsuslandim. Ruhu jonim bilan Denizli Hibsini orzu qildim va qabrga kirishni istadim. Va "hibs va qabr bunday hayot tarzıdan koʻra yaxshiroq", deb yo hibsga yoki qabrga kirishga qaror qilganimda, Ilohiy inoyat yordamga keldi; qalamlari nusxa koʻpaytirish uskunasi boʻlgan Madrasat-uz Zahro shogirdlarining qoʻliga yangi chiqqan nusxa koʻpaytirish uskunasini berdi. Birdan Nurning qiymatdor majmualarining har biridan bir qalam bilan besh yuz nusxa vujudga keldi. Fathlarning boshlanishi menga mashaqqatli hayotni sevdirdi, "Hadsiz shukr boʻlsin", dedirdi. Bir oz muddatdan soʻng Risola-i Nurning yashirin dushmanlari Nurning fathlariga chiday olmadi. Hukumatni bizga qarshi tashviq qilishdi. Hayot yana ogʻir kelishni boshladi. Birdan Rabboniy inoyat tajalliy etdi. Eng koʻp Nurlarga muhtoj bo'lgan aloqador ma'murlar, vazifalari e'tibori bilan musodara qilingan Nur Risolalarini kamoli maroq va diqqat bilan mutolaa qildilar. Biroq Nurlar ularning qalblarini oʻziga tarafdor qildi. Tanqid oʻrniga taqdir qilishni boshlashlari bilan, Nur Darsxonasi juda kengaydi; moddiy zararimizdan yuz daraja ziyoda manfaat berdi, mashaqqatli xavotirlarimizni yoʻqqa tushirdi. Soʻngra yashirin dushman munofiqlar hukumatning diqqatini mening shaxsimga o'girdilar, eski siyosiy hayotimni xotirlatdilar. Ham adliyani, ham maorif doirasini, ham zobitlarni, ham ichki ishlar vazirligini vahimaga solishdi. Partiyalarning jarayonlari va komunistlarning pardasida anarxistlarning gijgijlashlari bilan vahaimalar kengaydi. Bizni tazyiq va qamash va olib qoʻygan risolalarni musodara qilishni boshladilar. Nur shogirdlarining faoliyatiga toʻxtash keldi.

Shaxsimni badnom qilish fikri bilan, bir qism rasmiy ma'murlar hech kim ishonmaydigan isnodlar qilishdi. Juda ajib boʻhtonlarni yoyishga urindilar. Biroq hech kishini ishontirolmadilar. Soʻngra juda oddiy bahonalar bilan, qish chillasining eng shiddatli sovuq kunlarida meni qamoqqa olib, katta va nihoyatda sovuq va ikki kun oʻchoqsiz yakka kishlik kamera ichida hibs etishdi. Men kichik xonamda kuniga bir necha marta oʻchoqqa oʻt yoqardim va doimo oʻchogʻimda olov bor ekan, zaifligim va xastaligim tufayli zoʻrgʻa chidadim. Hozir bu vaziyatda ham sovuq ta'sirida tutgan bezgak, ham dahshatli aziyat va gʻazab ichida tipirchilaganimda, bir Ilohiy inoyat bilan qalbimda bir haqiqat inkishof etdi.

— 259 —

Ma'nan: "Sen hibsga Madrasa-i Yusufiya nomini bergansan; ham Dengizlida aziyatingizdan ming daraja koʻproq ham faroh, ham ma'naviy foyda, ham u yerdagi mahbuslarning Nurlardan istifodalari, ham katta doiralarda Nurlarning futuhoti kabi natijalar, sizga shikoyat oʻrniga minglab shukr qildirdi, har bir soat hibsingizni va aziyatingizni oʻn soat ibodat hukmiga keltirdi; foniy soatlarni boqiylashtirdi. Inshaalloh bu Uchinchi Madrasa-i Yusufiyadagi musibatzadalarning Nurlardan istifodalari va tasalli topishlari, sening bu sovuq va ogʻir aziyatni haroratlantirib sevinchlarga aylantiradi va sen gʻazab qilgan odamlar agar aldangan boʻlsalar, bilmasdan senga zulm qilishadi. Ular gʻazabga loyiq emas. Agar bilib turib va gʻaraz bilan va zalolat hisobiga seni ranjitayotgan va qiynoqqa solayotgan boʻlsalar, ular juda yaqin bir zamonda oʻlimning abadiyi i'domi bilan qabrning yakka qamaogʻiga kirib, doimiy og'ir azob chekadilar. Sen ularning zulmi tufayli ham savob, ham foniy soatlaringni boqiylashtirishni, ham ma'naviy lazzatlarni, ham ilmiy va diniy vazifani ixlos bilan bajarishni qozonyapsan!" deb ruhimga eslatildi. Men ham bor quvvatim bilan "Alhamdulilloh" dedim. Insoniyat hissi bilan zolimlarga achindim. "Ey Robbim! Ularni isloh qil!" deb, duo qildim.

Bu yangi hodisada, ifodamda Ichki Ishlar Vazirligiga yozganim kabi, oʻn jihat bilan noqonuniy bo'lgani va qonun nomidan noqonuniy ish tutgan u zolimlar -asl aybdor ular bo'lgani kabi- shunday bahonalar qidirdilar; eshitganlarni kuldiradigan va haqparastlarni yigʻlatadigan bo'htonlarni va uydirmalari bilan ahli insofga koʻrsatdilarki; Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqishga qonun va haq tarafidan imkon topolmayaptilar, devonalik qilyaptilar.

Azjumla: Bir oy bizni ustimizdan josuslik qiilgan ma'murlar, hech qanday bahona topolmaganlaridan, bir xat yozib: "Saidning xizmatkori bir doʻkondan aroq ichgan, unga olib borgan". U xatni imzolash uchun hech kimni topolmasdan, soʻng begona va sarxush bir odamni ushlab olishgan, tahdid qilib "Kel, bunga imzo qo'y!" deyishgan. U ham: "Tavbalar tavbasi boʻlsin, bu ajib yolgʻonga kim imzo qo'ya oladi?" dedgan. Ularni xatni yirtib tashlashga majbur qilgan.

Ikkinchi bir namuna: Men bilmagan va hozir ham tanimaydigan bir zot otini meni kezdirish uchun bergan, men ham kasalligim tufayli tanaffus maqsadida, aksar kunlarda, yozda bir-ikki soat kezardim. U ot va arava sohibiga ellik liralik kitob berishga soʻz bergandim. Toki qoidam buzilmasin va minnat ostiga kirmayin. Ajabo, bu ishda biror bir zarar ehtimoli bormi? Holbuki, "U ot kimniki?" deya ellik marta ham voliy, ham adliyachilar, ham zobita va politsiya xodimlari soʻradilar. Goʻyo ulkan bir siyosiy hodisa va osoyishtalikka tahdidi bo'lgan bir voqeadir. Hatto bu ma'nosiz savollarning toʻxtashi uchun, ikki zot hamiyatan biri "ot meniki", boshqasi "arava meniki" deganlari uchun, ikkovini ham men bilan birga qamoqqa olishdi. Bu namunalarga qiyosan, ko'p bolalarning oʻyinchog'iga tomoshabin bo'lib kulib yigʻladik va angladikki: Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqqanlar masxara boʻladilar.

— 260 —

U namunalardan latif bir suhbat: Mening hibs qog'ozimda sabab qilib, osoyishtalikni buzish aybi yozilganidan, men hali u xatni koʻrmasdan prokurorga aytdim: "Seni oʻtgan kecha gʻiybat qildim. Amniyat mudiri hisobiga meni gapirtirgan bir politsiya xodimiga: "Agar mingta prokuror va mingta amniyat mudirichalik bu mamlakatda umumiy tinchlikka xizmat qilmagan boʻlsam, -uch marta- Alloh meni qahr etsin", dedim.

Soʻngra bu orada, bu sovuqda eng ko'p istirohatga va sovuq yemaslikka va dunyoni oʻylamaslikka muhtoj boʻlgan hangomimda, gʻaraz va qasdni his qilib, meni bu chidab boʻlmaydigan surgun qilganlar, yolgʻiz tashlab qoʻyganlar, qamagan va tazyiq qilganlarga favqulotda xafalik va g'azablanish keldi. Bir inoyat yordamga keldi. Ma'nan qalbga eslatildik: "Insonlar senga qilgan ayni zulmlarida ayni adolat boʻlgan qadari Ilohiyning ulkan bir hissasi bor va bu hibsda yeydigan rizqing bor. U rizqing seni bu yerga chaqirdi. Unga nisbatan rizo va taslim bilan javob lozim. Hikmat va Rabboniy rahmatning ham ulkan bir hissasi borki, hibsdagilarni nurlantirish va tasalli berish va sizga savob qozontirishdir. Bu hissaga nisbatan sabr ichida minglab shukr qilish lozim. Ham nafsingning oʻzing bilmagan ayblari bilan qamoqda bir hissasi bor. Oʻsha hissaga nisbatan istigʻfor va tavba bilan, nafsingga "Bu ta'zirga loyiq boʻlding", deyishing kerak. Ham yashirin dushmanlarning dasisalari bilan ba'zi sofdil va vahhom ma'murlarni gʻaflat bilan oʻsha zulmga chorlamoq jihati bilan, ularning ham bir hissasi bor. Unga qarshi Risola-i Nurning munofiqlarga urgan dahshatli ma'naviy ta'zirlari sening intiqomingni tamoman ulardan olgan. Ularga oʻsha yetadi. Eng oxirgi hissa, shaxsan vosita boʻlgan rasmiy ma'murlardir. Bu hissaga nisbatan, ularning Nurlarga tanqid niyati bilan qarashlarida, istar-istamas, shubhasiz iymon jihatida istifodalarining xotiri uchun

وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ

dasturi bilan; ularni avf etish, oliyjanoblikdir". Men bu haqiqatli Eslatmadan kamoli faroh va shukr bilan, bu yangi Madrasa-i Yusufiyada qolishga, hatto menga qarshi boʻlganlarga yordam berish uchun, oʻzimga mujibi jazo zararsiz bir ayb qilishga qaror qildim. Ham men kabi yetmish besh yoshli va aloqasiz va dunyoda sevgan doʻstlaridan yetmishtasidan faqat hayotda beshtasi qolgan va uning nuriy vazifasini bajaradigan yetmish ming nur nusxalari boqiy qolib erkin kezmoqdalar. Va bir tilga badal minglab til bilan iymoniy xizmatini qiladigan qardoshlari, vorislari boʻlgan mendek bir odamga qabr bu hibsdan yuz daraja xayrlidir. Va bu hibs ham xorijida hurriyatsiz tahakkumlar ostidagi erkinlikdan yuz daraja tinchroq, foydaliroqdir.

— 261 —

Chunki xorijida bir oʻzi yuzlab aloqador ma'murlarning majburlashlariga muqobil, hibsda yuzlab mahbuslar bilan birga faqat mudir va bosh soqchi kabi bir-ikki kishining, manfaatga binoan yengil majburlovlariga chiqashga majbur boʻladi. Uning evaziga, hibsda koʻp doʻstlardan qardoshona iltifotlar, tasallilar koʻradi. Ham Islomiy shafqati va insoniyat fitrati bu vaziyatda keksalarga marhamat qilishi, hibs zahmatini rahmatga aylantiradi deya, hibsga rozi boʻldim.

Uchinchi mahkamaga kelgan chogʻimda zaiflik va keksalik va sihatsizlikdan oyoqda turishga mashaqqat tortganim uchun, mahkama eshigining tashqarisida bir o'rindiqda oʻtirdim. Birdan bir sud'ya keldi, jahl qilib, haqorat bilan "Nima uchun oyoqda turib kutmayapti?" dedi. Men ham keksalik jihatidan, bu marhamatsizlikka g'azablandim. Birdan qarasam; juda koʻp musulmonlar mukammal shafqat va birodarlik, marhamat bilan qarab atrofimizda toʻplanishgan ekan. Uarni tarqata olmayaptilar. Birdan "ikki haqiqat" Eslatma etildi:

Birinchisi: Mening va Nurlarning yashirin dushmanlarimiz, men istamagan holda, men haqqimdagi omma e'tiborini sindirish bilan Nurning futuhotiga toʻsiq qoʻyiladi deya, ba'zi sofdil rasmiy ma'murlarni aldab, shaxsimni millat nazarida badnom qilish fikri bilan, hiyonat bilan bunday muomalaga yo'naltirishgan. Bunga qarshi Ilohiy inoyat Nurlarning iymon xizmati oʻrniga ikrom sifatida, oʻsha bitta odamning hiyonati evaziga, yuzta odamga qara! Xizmatingizni taqdirlab, shafqat bilan achinib sizni kutib olishyapti va kuzatıb qoʻyishmoqda. Hatto ikkinchi kun tergovda prokurorning savollariga javob berayotganimda, hukumat hovlisida mahkama derazalarining qarshisida mingga yaqin aholi aloqadorlik bilan toʻplanib, hol tili bilan "Bu kishiga aziyat bermang" deganlarini, vaziyatlari bilan ifoda qilayotgandek koʻrindilar. Politsiya xodimlari ularni tarqatolmayotgan edi. Qalbimga eslatildiki: Bu aholi bu tahlikali asrda toʻliq tasalli va soʻndirilmas nur va quvvatli iymon va boqiy saodatga to'g'ri xushxabar istashyapti va fitratan izlashyapti va Nur Risolalarida qidirganlari topilmoqda deb eshitganlarki, mening ahamiyatsiz shaxsimga, iymonga bir oz xizmatkorligim uchun haddan ziyod iltifot koʻrsatishyapti.

Ikkinchi Haqiqat: Osoyishtalikni buzish vahimasi bilan bizga hihyonat qilishva omma e'tiborini sindirmoq maqsadida tahqir bilan aldangan bir qancha odamlarning yomon muomalalari oʻrniga, hadsiz haqiqat ahlining va kelajak nasllarning maqtovli olqishlashlari bor, deb eslatma berildi. Ha, komunist pardasi ostida anarxistlikning, umumiy osoyishtalikni buzishga qattiq urinishiga qarshi, Risola-i Nur va shogirdlari tahqiqiy iymon quvvati bilan bu vatanning hamma tarafida mudhish fasodni toʻxtatmoqda va sindirmoqda.

— 262 —

Tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga harakat qilmoqda, juda koʻp sonda va mamlakatning hamma tarafidagi Nur talabalaridan, yigirma yil ichida bu ishga aloqador uch-toʻrt mahkama va oʻnta viloyatning zobitalari, osoyishtalikni buzishga doir biror hodisalarini topmagan va qayd qilmagan. Va uch viloyatning insofli bir qism zobitalari aytishganki: "Nur talabalari ma'naviy zobitadir.

Osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam berishmoqda. Tahqiqiy iymon bilan; Nurni oʻqigan har odamning boshiga bir posbon qoʻyishadi, tinchlikni ta'minlashga urinmoqdalar". Buning bir namunasi Denizli Hibsxonasidir. U yerga Nurlar va mahbuslar uchun yozilgan Meva Risolasi kirishi bilan, uch-toʻrt oy ichida ikki yuzdan ziyod u mahbuslar favquloda itoatli, dindor salohiyatli holatni qozonishdi; uch-toʻrt odamni oʻldirgan odam, taxtakanani oʻldirishdan saqlanadigan holga keldi. Ular oʻta marhamatli, zararsiz, vatanga foydali jamiyat a'zosi boʻlishni boshladi. Hatto rasmiy ma'murlar bu holga hayrat va maqtov bilan qarashdi. Ham hali hukm olmasdan bir qism yoshlar aytishdiki: "Nurchilar qamoqda qolsalar, biz oʻzimizni mahkum qildiramiz va jazo olishga harakat qilamiz; toki ulardan dars olib, ular kabi boʻlaylik. Ularning darsi bilan oʻzimizni isloh qilamiz".

Bu mohiyatda boʻlgan Nur talabalarini, osoyishtalikni buzish aybi bilan ayblaganlar, har holda va juda yomon suratda aldangan va aldatilgan, bilib yoki bilmasdan anarxistlik hisobiga hukumatni gʻaflatda qoldirib, bizlarni aziyatlar bilan ezishga urinmoqda. Biz ularga javoban aytamizki: Modomiki oʻlim oʻldirilmas va qabr yopilmas ekan va dunyo musofirxonasida yoʻlovchilar gʻoyat tez va qaygu bilan guruh-guruh boʻlib, tuproq orqasiga kirib yoʻqolishmoqda; demak albatta juda yaqinda bir-birimizdan ayrilamiz. Siz zulmingizning jazosini dahshatli suratda ko'rasiz. Hech boʻlmaganda, mazlum iymon ahli haqida erkinlik ruxsatnomasi boʻlgan oʻlimning abadiy i'domi doriga chiqasiz. Siz dunyoda abadiyat tavahhumi bilan olgan foniy zavqlaringiz, boqiy va alamli azoblarga aylanadi.

Afsuski, yashirin munofiq dushmanlarimiz bu dindor millatning yuzlab million valiy maqomida bo'lgan shahidlarining, qahramon gʻoziylarining qoni bilan va qilichi bilan qozonilgan va muhofaza qilingan Islomiyat haqiqatiga ba'zan "tariqat" nomini berib va u quyoshning bir nuri boʻlgan tariqat mashrabini, quyoshning oʻzi deb koʻrsatib, hukumatning ba'zi diqqatsiz ma'murlarini aldab, Qur'oniy haqiqatlarga va iymoniy haqiqatlarga ta'sirli suratda xizmat qilayotgan Nur talabalariga "tariqatchi" va "siyosiy jamiyatchi" nomini berib, bizga qarshi qoʻyishni istashadi. Biz ham ularga, ham bizga qarshi turib tinglaganlarga, Denizli odil mahkamasida deganimiz kabi aytamiz:

"Yuzlab million boshlar fido boʻlgan bir muqaddas haqiqatga, bizning ham jonimiz fido boʻlsin. Dunyoni boshimizga olov qilgan taqdiringizda ham, Qur'oniy haqiqatga fido boʻlgan boshlar zindiqlarga quroloni berib qoʻymayadi va qudsiy vazifasidan voz kechmaymiz, inshaalloh!"

— 263 —

Xullas, keksalik sarguzashtligidan kelgan ogʻriqlarga va ma'yusliklarga iymondan va Qur'ondan yordamga kelgan muqaddas tasallilar bilan keksaligimning eng mashaqqatli bir yilini yoshligimning eng bahtiyor oʻn yiliga almashtirmayman. Xususan hibsda farz namozini oʻqigan va tavba qilgan kishining har bir soati oʻn soat ibodat oʻrniga oʻtishi bilan va xastalikda va mazlumlikda ham har bir foniy kun savob jihatida oʻn kunlik boqiy umrni qozontirishi bilan, men kabi qabr eshigida navbatini kutayotgan odamga naqadar shukr sababi ekanini, shu ma'naviy eslatmadan angladim. " Rabbimga behisob shukr" dedim; keksaligimga sevindim va hibsimga rozi boʻldim. Chunki umr to'xtamaydi, tez ketadi. Lazzat bilan, sevinch bilan oʻtsa, lazzatning zavol topishi alamga aylanishdan, ham afsus, ham shukrsizlik va gʻaflat bilan ba'zi gunohlarni joyida qoldiradi, foniy boʻlib oʻtib ketadi. Agar hibs va zahmatli boʻlsa, azobining zavol topishi, ma'naviy lazzat boʻlgani uchun, ham bir navi ibodat hisoblangani uchun, bir jihatda boqiy qoladi va xayrli mevalari bilan boqiy umrni qozontiradi. Oʻtgan gunohlarga va hibsga sabab boʻlgan xatolarga kafforat boʻladi, ularni tozalaydi. Bu nuqtai nazardan, mahbuslardan farz amallarni qilganlar, sabr ichida shukr qilishlari kerak.

OʻN OLTINCHI UMID:

Keksalik vaqtida, Eskishahar hibsidan -bir yil jazoni oʻtab- chiqdim. Meni Kastamonuga surgun qilshdi. Politsiya uchastkasida ikki-uch oy musofir qildilar. Men kabi sodiq doʻstlari bilan koʻrishishdan siqiluvchi bir yolgʻizlikka chekilgan va kiyimining oʻzgartirilishiga chidamagan odam, bunday joylarda naqadar azob chekishini anglaysan. Xullas, bu umidsilikda, birdan Ilohiy inoyat keksaligimning yordamiga keldi. Uchastkadagi komisar, politsiya xodimlari bilan birga sodiq doʻst hukmiga o'tishdi. Biror marta shapkani boshimga qo'yishni eslatmaganlari kabi; mening xizmatkorlarim kabi, istagan vaqtim meni shahar atrofida kezdirardilar. Soʻngra u uchastkasining qarshisida Kastamonuning Madrasa-i Nuriyasiga kirdim. Nurlarni ta'lif qila boshladim. Fayzi, Amin, Hilmi, Sodiq, Nazif, Salohiddin kabi Nurning qahramon shogirdlari Nurlarning nashri, koʻpaytirilishi uchun bu madrasaga qatnadilar. Yoshlikda eski talabalarim bilan oʻtkazgan qiymatdor ilmiy muzokarani yanada porloq suratda ko'rsatdilar.

Soʻngra yashirin dushmanlarimiz ba'zi ma'murlarni va bir qism anoniyatli domlalar va shayxlarni bizga qarshi shubhalantirishdi. Bizni, Denizli Hibsiga besh-olti viloyatlardan kelgan Nur talabalarini, Madrasa-i Yusufiyada toʻplanishiga vasila boʻlishdi. Bu Oʻn Oltinchi Umidning tafsiloti, Kastamonudan yuborib Lahikaga o'tgan va Denizli Hibsida u yerdagi qardoshlarimga yashirincha joʻnatgan kichik maktublar va mahkamadagi Mudofaa Risolasi boʻlib; bu umidning haqiqatini porloq ravishda koʻrsatadi. Tafsilotini Lahikaga, mudofaamga havola etib, gʻoyat qisqa ishorat qilamiz.

— 264 —

Men mahram va muhim majmualarni, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalarni koʻmir va oʻtinlar ostida saqladim; toki vafotimdan yoki tepadagi boshlar haqiqatni tinglab aqllarini yigʻib olganidan soʻng nashr qilinsinlar deya koʻnglim tinch ekan, birdan qidiruv boʻlimi xodimlari va prokurorimning muovini yashash joyimga hujum qilishdi. Yashirin va ahamiyatli risolalarni oʻtinlar ostidan chiqarishdi. Ham meni qamoqqa olib Isparta hibsxonasiga, sihatim yomon holda joʻnatishdi. Men juda ham azobda va Nurlarga kelgan u zarardan ta'sirlangan holimda, bir Ilohiy inoyat yordamimizga keldi. Oʻsha yashirilgan va hukumatdagilar ularni oʻqishga juda muhtoj boʻlgan ahamiyatli risolalarni qattiq qiziqib, diqqat bilan oʻqiy boshlashdi va katta rasmiy doiralar go'yo bir Nur Darsxonasi hukmiga oʻtdi. Tanqid fikri bilan taqdirlay boshlashdi. Hatto Denizlida, hech xabarimiz yoʻq ekan, favquloda parda ostida nashr qilingan Oyat-ul Kubroni rasmiy va juda koʻp g'ayri rasmiy odamlar oʻqishdi, iymonlarini quvvatlashdi. Bizning hibs musibatimizni yoʻqqa chiqarishdi.

Soʻngra bizni Denizli Hibsiga oldilar. Meni yakka tartibdagi badboʻy, zax, sovuq bir kameraga tiqdilar. Keksalik, xastalik va meni deb ma'sum birodarlarimning zahmatlaridan kelgan koʻp azob va Nurlarning ta'til va musodarasidan kelgan ko'p afsus va aziyat ichida turar ekanman, birdan Rabboniy inoyat yordamga keladi. Ulkan hibsxonani bir Nur Darsxonaasiga aylantirib, Madrasa-i Yusufiya (A.S.) ekanini isbot qilib, Madrasat-uz Zahro qahramonlarining olmos qalamlari bilan Nurlar intishor qilishni boshladi. Hatto oʻsha ogʻir sharoit ichida Nur qahramoni, uch-toʻrt oy davomida yigirmadan ziyod Meva va Mudofaot Risolasidan yozdi. Ham hibsda, ham xorijda futuhotni boshladilar. U musibatdagi zararimizni ulkan manfaatlarga va aziyatlarimizni sevinchlarga aylantirdi.

عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirrini takror koʻrsatdi. Soʻngra birinchi ekspertlarning xato va yuzaki dalolatnomalariga binoan bizga qarshi shiddatli tanqidlari va Maorif Vakilining dahshatli hujumi bilan birga bizga qarshi bir bayonnoma nashr etishi bilan, hatto ba'zi xabarlar bilan, bir qismimizning i'domiga urinilayotgan chogʻda, inoyati Rabboniya imdodimizga yetishdi.yordamga keldi. Boshda Anqara ahli vuqufiningekspertlarining shiddatli tanqidlari kutilayotganda, taqdirkorona raportlarihisoboti, hatto besh sandiq Nur Risolalarida besh-oʻnta sahvkamchilik topganlari holda, ular mahkamada ular sahvkamchilik va xato deb koʻrsatgan nuqtalar ayni haqiqat ekanini va ular sahvkamchilik va xato degan moddalarida oʻzlari sahv etganlarinikamchilikka yoʻl qoʻyganlarini isbot qilganimiz kabi, besh varaq raportlaridahisobotlarida besh-oʻnta sahv va xatolarini koʻrsatdik. Va yetti boshqaruv idoralariga yuborganimiz yuborgan Meva va Mudofaanoma RisolalariRisolalarimizda va Adliya Vazirligiga yuborilgan Nurning umum risolalari, xususan mahramlarning ta'sirli va shiddatli ta'zirlariga muqobil tahdid bilan shiddatli amrlar kutarkan, gʻoyat muloyim, hatto tasalli beruvchi Bosh Vazirning birga yuborgan maktubi kabi, kelishuv tarzida hujum qilmasliklari qat'iy isbot qildiki:

— 265 —

Risola-i Nurning haqiqatlari Ilohiy inoyat karomati bilan, ularni magʻlub qilib, oʻzini ularga irshodkor tarzda oʻqitgan, u keng doiralarni bir navi darsxona qilgan, koʻp ikkilangan va xayratda qolgan kishilarning iymonlarini qutqargan va bizning aziyatlarimizdan yuz daraja ziyoda ma'naviy sevinch va foyda berdi. Soʻngra yashirin dushmanlar meni zaharlashdi va Nurning shahid qahramoni marhum Hofiz Ali mening badalimga kasalxonaga ketdi va oʻrnimga barzoh olamiga sayohat ayladi, bizni ma'yus qilib yigʻlatdi. Men bu musibatdan avval Kastamonuning togʻida baqirib qayta qayta: "Qardoshlarim! Otga goʻsht, arslonga oʻt tashlamanglar", dedim. Ya'ni, har qanday risolani har kimga beravermang; toki bizga xujum qilinmasin. Piyoda yurilsa yetti kun uzoqlikda Hofiz Ali (Rahmatullohi Alayh) ma'naviy telefoni bilan eshitayotgandek, ayni vaqtda menga yozganki: "Ha Ustozim, Risola-i Nurning bir karomati shuki; otga goʻsht, arslonga oʻt tashlamaydi. Balki otga oʻt, arslonga goʻsht tashlaydiki, Arslon domlaga Ixlos Risolasini berdi". Yetti kun soʻngra maktubini oldik, hisoblaganimizda; aynan oʻsha paytda, men togʻda baqirarkan, u ham bu soʻzlarni maktubida yozayotgan ekan.

Xullas, Nurning bunday ma'naviy qahramonining vafoti va yashirin munofiqlarning bizga qarshi hiylalar bilan bizni jazolashga urinishlari va zaharli xastaligim tufayli, kasalxonaga rasmiy amr bilan majburan jonatishlari xavotiri bizni qiynar ekan, birdan Ilohiya inoyati yordamga keldi.

Muborak qardoshlarimning xolis duolari bilan zaharning tahlikasi oʻtgan va u marhum shahidning quvvatli alomatlar bilan, qabrida Nurlar bilan mashgʻul boʻlishi va soʻroq malaklariga Nurlar bilan javob berishi va uning badaliga va u qanday tizimda ishlagan boʻlsa, Nurlar bilan shunday mashg'ul bo'ladigan Denizli Qahramoni Hasan Fayzi (Rahmatullohi Alayh) va birodarlari parda ortida ta'sirli xizmatlari va dushmanlarimizning ham, mahbuslarning birdaniga Nurlar bilan isloh boʻlganlari uchun hibsdan chiqishimizga tarafdor boʻlishi; va Asxobi Kahf kabi Nur shogirdlari mashaqqatli chillaxonani Asxobi Kahf va eski zamon riyozat ahlining gʻorlariga aylantirishi va qalb xotirjamligi bilan Nurlarning nashriga va yozilishiga sa'y xarakatlari bilan, Rabboniy inoyatning yordamga kelganini isbotladi.

Ham qalbimga keldiki: Modomiki Imom A'zam kabi aksar mujtahidlar qamoqda o'tirgan va Imom Ahmad ibn Hanbal kabi bir buyuk buyuk mujohidga, Qur'onning bitta masalasi uchun qamoqda juda koʻp azob berilganiga qaramay, ular shikoyat qilmay, kamoli sabr bilan sabot qilib u masalalarda sukut qilisshmagan. Va juda koʻp imomlar va allomalar, sizlardan koʻra koʻp azob berilgani holda, kamoli sabr ichida shukr qilib oʻzgarishmagan. Albatta, sizlar Qur'onning koʻp haqiqatlari uchun juda ulkan savob va foyda olganingiz holda, juda oz zahmat chekkaningizga minglab tashakkur qilishingiz qarzdir. Ha, bashar zulmi ichida bir Rabboniy inoyat jilvasini qisqacha bayon qilaman:

— 266 —

Yigirma yoshda ekanman takror takror: "Eski zamonda gʻorlarga chekingan dunyoni tark qilgan kishilar singari oxir umrimda men ham gʻorga, toqqa chekinib, insonlarning ijtimoiy hayotidan chiqaman", derdim. Ham Eski Harbi Umumiyda shimoliy sharqdagi asirligimda qaror qilgan edimki: "Bundan buyon umrimni gʻorlarda oʻtkazaman. Siyosiy va ijtimoiy hayotdan chetlashaman. Aralashganim yetar endi." deb turganimda, Rabboniy inoyat va qadariy adolat tajalliy etdi. Qarorimdan va orzuimdanda ortiq xayrli suratdagi keksaligimga marhamat qilib tasavvur qilgan qʻorlarimni hibsxonalarga va uzatlarga va yolgʻizlik ichida chillaxonalarga va yakka tartibli manzillariga aylantirdi. Ahli riyozat va uzlatdagi kishilarning togʻlardagi gʻorlaridanda ustun "Yusufiya Madrasalari" va vaqtimizni zoye qilmaslik uchun yaka tartibli uylarni berdi. Ham gʻorning uxroviy foydasini, ham iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning mujohidona xizmatini berdi. Hatto azm etgandimki; birodarlarimning oqlanishlaridan soʻng bir ayb qilib, hibsda qolaman. Xusrav va Fayzi kabi boʻydoqlar yonimda qolsin va bir bahona bilan insonlar bilan koʻrishmaslik va vaqtimni keraksiz suhbatlar bilan va sun'iylik va xudfurushlik bilan oʻtkazmaslik uchun bir kishilik kamerada qolaman. Ammo qadari Ilohiy va qismatimiz bizni boshqa chilaxonaga yo'lladi.

اَلْخَيْرُ ف۪ى مَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ ٭ عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirri bilan, keksaligimga marhamatan va iymoniy xizmatda yanada koʻproq ishlatish uchun ixtiyor va iqtidorimiz xorijida Uchinchi Madrasa-i Yusufiyada vazifa berildi.

Ha, inoyati Ilohiya keksaligimga marhamatan; quvvatli va yashirin dushmani boʻlmagan yoshligimda orzu qilgan gʻorlarni hibsxonaning yakka tartibdagi manzillariga aylantirishida uch hikmat va Nur xizmatida uch ahamiyatli foydasi bor:

Birinchi hikmat va foyda: Nur Talabalarining bu zamonda toʻplanishlari; zararsiz, Madrasa-i Yusufiyada boʻladi. Va bir-birini koʻrib suhbat qilish, tashqarida serxarajat va shubhali boʻladi. Hatto men bilan koʻrishish uchun ba'zi kishilar qirq-ellik lira sarflab kelib, yo yigirma daqiqa yoki hech koʻrishmasdan qaytib ketishar edi. Ba'zi qardoshlarimni yaqindan koʻrish uchun hibsning zahmatini jonim bilan qabul qidim. Demak hibs biz uchun bir ne'mat, bir rahmatdir.

— 267 —

Ikkinchi hikmat va foyda: Bu davrda Nurlar bilan iymoniy xizmat, har tarafda e'lonot bilan va muhtojlarning diqqatlarini jalb qilish bilan boʻladi. Demak, hibsimiz bilan Nurlarga diqqat jalb qilinadi, e'lonot hukmiga oʻtadi. Eng qaysar yoki muhtoj bo'lgan kimsalar uni topadi, iymonini qutqaradi va qaysarligini tashlaydi, tahlikadan qutuladi va Nurning darsxonasi kengayadi.

Uchinchi hikmat va foyda: Hibsga kirgan Nur talabalari bir-birining hollaridan, xushaxloqidan, ixlos va fidokorliklaridan dars olishlari bilan birga, Nurlar xizmatida dunyoviy manfaatlarni koʻzlashmaydi.

Ha, Madrasa-i Yusufiyada, koʻp alomatlar bilan, har bir mashaqqat va zahmatning oʻn, balki yuz misli moddiy va ma'naviy foyda va goʻzal natijalar va iymonga keng miqyosda va xolis xizmatlar, koʻzlari bilan koʻrganlari uchun, tom ixlosga muvaffaq boʻladilar, juz'iy va xususiy manfaatlarga tanazzul etishmaydi.

Bu chilaxonalarning menga maxsus bir latofati va hazin, ammo shirin vaziyati bor:

Yoshligimda bizning mamlakatda koʻrgan eski madrasaning ayni vaziyatini koʻrmoqdaman. Chunki sharqdagi viloyatilarda eski usuldagi madrasa talabalarining bir qismining tirikchiliklari tashqaridan kelar edi. Va ba'zi madrasalar, oʻzlari berishar edi. Va yana necha jihatda bu chilaxonaga oʻxshardilar. Men ham lazzatli bir sogʻinch bilan bu yerga qaraganim sari, oʻsha eski yoshlik va shirin davrga xayolan borib, keksalik holatlarini unutaman.

Yigirma Oltinchi Yog'duning Zayli

Yigirma Birinchi Maktub boʻlib, Maktubot Majmuasiga kiritilgani uchun bu yerga yozilmadi.

Yigirma Yettinchi Yog'du

Eskishahar Mahkama Mudofaasi boʻlib, taksir Yog'dular majmuasida va qisman Tarixcha-i Hayotda nashr etilgan.
— 268 —

Yigirma Sakkizinchi Yog'du

(Ba'zi qismlari bu yerga kiritilgan bu risolaning tamomi qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.)
Ikkinchi Nukta
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ ٭ مَٓا اُر۪يدُ مِنْهُمْ مِنْ رِزْقٍ وَمَٓا اُر۪يدُ اَنْ يُطْعِمُونِ ٭ اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

Shu oyati karimaning ochiq ma'nosi koʻp tafsirlarning bayoniga koʻra yuksak i'jozi Qur'oniyni koʻrsatmaganidan, koʻp payt zehnimni mashg'ul qilar edi. Qur'onning fayzidan kelgan gʻoyat goʻzal va yuksak ma'nolaridan uch jihatini qisqacha bayon qilamiz.

Birinchisi: Janobi Haq Rasuliga oid boʻla oladigan ba'zi hollarni Rasulini hurmat va sharaflantirish nuqtasida ba'zan oʻziga nisbat beradi.

Mana bu yerda ham: "Rasulim sizga risolat vazifasi va ubudiyatni tablig' xizmatiga muqobil sizdan bir ajr va haq va mukofot, taom yedirishni istamaydi" ma'nosida, "Men sizni ibodat uchun xalq etganman, Menga rizq berish va taom yedirish uchun emas" ma'nosidagi oyat, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid taom yedirish va rizq berishni murod qilgan bo'lishi kerak. Boʻlmasa gʻoyat yaqqol bir ma'lumni bildirish navidan boʻladi. I'jozi Qur'onning balog'atiga uygʻun kelmaydi.

— 269 —

Ikkinchi jihat: Inson rizqqa koʻp mubtalo boʻlgani uchun, rizq uchun ishlash bahonasini ubudiyatga mone deb oʻylab, oʻziga bir uzr topmaslik uchun oyati karima deydiki: "Siz ubudiyat uchun xalq etilgansiz. Xilqatingizning natijasi ubudiyatdir. Rizq uchun ishlash, amri Ilohiy nuqtasida bir navi ubudiyatdir. Mening maxluqotim va rizqlarini bo'ynimga olganim nafslaringiz va oilangiz va hayvonlaringizning rizqini ta'minlash, go'yo menga oid rizq va taom berishni tayyorlash uchun yaratilmagansiz. Chunki Razzoq menman. Sizning yaqinlaringiz boʻlgan bandalarimning rizqini men beryapman. Siz buni bahona qilib ubudiyatni tark qilmanglar!" Agar bu ma'no boʻlmasa, Janobi Haqqa rizq berish va taom yedirish maholligi yaqqol va ma'lum boʻlganidan, ma'lumni bildirish navidan boʻladi. Ilmi Balog'atda bir muqarrar qoida borki: Bir kalomning ma'nosi ma'lum va yaqqol boʻlsa, u ma'no murod emas, uning bir lozimi, bir tobesi muroddir. Masalan, sen birovga: "Sen hofizsan", desang. U ma'lumini bildirish navidan boʻladi. Demak maqsud ma'nosi shuki: "Men sening hofiz boʻlganingni bilaman." Bilganimni bilmagani uchun unga bildiryapman.

Mana shu qoidaga binoan, oyat Janobi Haqqa rizq berishni va taom yedirishni rad qilishdan kinoya boʻlgan ma'no shudir: "Menga oid boʻlib va rizqlariga kafil bo'lganim maxluqotimga rizq yetishtirish uchun xalq etilmagansiz. Balki asl vazifangiz ubudiyatdir. Amrlarimga koʻra rizq uchun g'ayrat ko'rsatish ham bir navi ibodatdir."

Uchinchi jihat: Ixlos surasida qandayki لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ ochiq ma'nosi ma'lum va yaqqol boʻlganidan, u ma'noning bir lozimi muroddir. Ya'ni: "Volida va valadi boʻlganlar, iloh boʻlolmaslar." ma'nosida va Hazrati Iso (AS) va Uzayr (AS) va maloika va yulduzlarning va haq bo'lmagan ma'budlarning uluhiyatlarini rad qilish qasdi bilan azaliy va abadiy ma'nosida Janobi Haqning لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ gʻoyat yaqqol va ma'lum hukm qilgani kabi, aynan shuningdek, bu misolimizda ham "rizq va yedirish qobiliyati boʻlgan narsalar iloh va ma'bud boʻlolmaslar" ma'nosida Ma'budingiz boʻlgan Razzoqi Zuljalol sizdan oʻziga rizq istamaydi va siz unga taom yedirish uchun yaratilmagansiz ma'nosidagi oyat, rizqqa muhtoj va taomlantirilgan mavjudot ma'budiyatga loyiq emaslar, deganidir.

Said Nursiy
— 270 —
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَوْ هُمْ قَٓائِلُونَ

Ra'fat, اَوْ هُمْ قَٓائِلُونَ oyati jalilasidaki قَٓائِلُونَ kalimasining ma'nosini qiziqib soʻrashi munosabati bilan va qamoqda bomdod namozdan soʻng boshqalar kabi yotishidan kelgan lanjlik sababli, olmos kabi qalamini tanballikka yoʻliqtirmaslik uchun yozilgan. Uyqu uch navdir:

Birinchisi: Gʻayluladirki, bomdoddan soʻng qarohat vaqti tugagunga qadardir. Bu uyqu rizqning nuqsonli va barakasiz bo'lishiga, hadisda aytilishicha, sabab bo'lgani uchun, sunnatga xilofdir. Chunki rizq uchun ishlashning muqaddimalarini tayyorlashning eng munosib zamoni, salqinlik vaqtidir. Bu vaqt oʻtgandan soʻng bir lanjlik hosil bo'ladi. U kungi mehnatga va natijada rizqqa ham zarar bergani kabi, barakasizlikka ham sabab bo'lgani koʻp tajribalar bilan tasdiqlangan.

Ikkinchisi: Fayluladirki, asr namozidan soʻng shomga qadardir. Bu uyqu umrning nuqsonli bo'lishiga, ya'ni uyqudan kelgan karaxtlik jihati bilan u kungi umri navm-olud, yarim uyqu, qisqacha bir shakl olganidan, moddiy bir nuqsonlik koʻrsatgani kabi, ma'naviy jihati bilan ham u kun hayotining moddiy va ma'naviy natijasi aksariyat bilan asrdan soʻng ko'ringanidan, u vaqtni uyqu bilan oʻtkazish, u natijani koʻrmaslik hukmiga oʻtganidan, goʻyo u kunni yashamagandek boʻladi.

Uchinchisi: Qayluladirki, bu uyqu sunnati saniyadir. Zuho vaqtidan peshindan biroz oʻtganga qadardir. Bu uyqu kechqurun uyg'onishga sabab bo'lgani uchun, sunnat boʻlish bilan barobar, Arabiston yarim orolida peshin vaqti deyilgan shiddatli issiqlik zamonida ishni to'xtatib turish, qavm va muhitning odati boʻlganidan, u sunnati saniyani yanada ziyoda quvvatlantirgandir. Bu uyqu ham umrni, ham rizqni ziyodalashtirishga sababdir. Chunki yarim soat qaylula, ikki soat kechki uyquga teng keladi. Demak, umriga har kun bir yarim soat qo'shadi. Rizq uchun ishlash muddatiga yana bir yarim soatni oʻlimning qardoshi boʻlgan uyquning qoʻlidan qutqarib yashatadi va ishlash zamoniga qo'shadi.

Said Nursiy
— 271 —
"Bu ham goʻzaldir"
اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ

jumlasi namoz tasbehotida oʻqilarkan inkishof etgan latif bir nuktani uzoq-uzoqdan koʻrdim. Hammasini tutolmadim, lekin ishora navidan bir-ikki jumlasini aytaman. Koʻrdimki: Tun olami dunyoning yangi ochilgan bir manzili kabidir. Xufton namozida u olamga kirdim. Xayolning hayratomuz kengayishidan va inson mohiyatining butun dunyo bilan aloqadorligidan, ulkan dunyoni o'sha tunda bir manzil kabi koʻrdim. Zihayotlar va insonlar shu daraja kichraydilarki, koʻrinmay qoldilar. Faqat u manzilni jonlantirgan va unsiyatlantirgan va nurlantirgan bitta shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiyani (ASV) xayolan mushohada qildim. Bir odam yangi bir manzilga kirgan vaqti, manzildagi zotlarga salom bergani kabi, "Minglab salom {(Hoshiya) Zoti Ahmadiyaga (ASV) kelgan rahmat, umum ummatning abadiy zamondagi ehtiyojlariga qaraydi. Shuning uchun cheksiz salot oʻrinlidir. Ajabo, dunyo kabi ulkan, buyuk va gʻaflat bilan qorongʻu, qo'rqinchli va xoli bir xonaga birov kirsa. Qanchalar dahshatga tushadi, qo'rqadi, xavotirlanadi. Va birdan u xonani nurlantirib anis, munis, habib, mahbub bir Yovari Akram to'rda koʻrinib, u xonaning Moliki Rahiymi Karimini u xonaning har narsasi bilan ta'rif qilib tanittirsa, qanchalar sevinch, unsiyat, surur, ziyo, huzur berganini qiyos qilinglar. Zoti Risolatdagi salovotning qiymatini va lazzatini taqdir qilinglar!} senga Ey Rasululloh!" deyishga bir orzuning ichimda joʻshayotganini koʻrdim. Goʻyo butun insu jinning sanog'icha salom beraman, ya'ni senga bay'atimni yangilab, boshqaruvingni qabul va keltirgan qonunlaringga itoat va amrlaringga taslim va hujumimizdan xalos bo'lishingni salom bilan ifoda qilib, mening dunyomning qismlari, ziyshuur maxluqlari boʻlgan umum jin va insonlarni gapirtirib, har birlarining nomidan bir salomni, mazkur ma'nolar bilan taqdim qildim. Ham u keltirgan nur va hadyasi bilan, mening bu dunyomni nurlantirgani kabi, harkasning bu dunyodagi dunyolarini nurlantiradi, ne'matlantiradi deya u hadyasiga shokirona bir javob berish navidan "Minglab salovot senga tushsin!" dedim. Ya'ni, sening bu yaxshiligingga qarshi biz javob qaytarolmaymiz, balki Xoliqimizning xazina-i Rahmatidan kelgan va samovot ahlining sanog'icha rahmatlar senga kelishini niyoz bilan shukonamizni izhor qilamiz, ma'nosini xayolan his qildim.

U Zoti Ahmadiya (ASV) ubudiyati jihati bilan -xalqdan Haqqa yuzlanishi e'tibori bilan- rahmat ma'nosidagi salotni istaydi. Risolati jihati bilan -Haqdan xalqqa elchiligi munosabati bilan- salom istaydi. Qandayki jin va insonlar sanog'icha salomga loyiq va jin va insonlar sanog'icha umumiy bay'atni yangilashni taqdim qilamiz. Xuddi shuning kabi, samovot ahli sanog'icha xazina-i Rahmatdan har birining nomidan bir salotga loyiqdir. Chunki keltirgan nuri bilan har bir narsaning kamoli koʻrinadi va har bir mavjudning qiymati namoyon bo'ladi va har bir maxluqning vazifa-i Rabboniyasi mushohada qilinadi va har bir san'at asaridagi maqosidi Ilohiya o'rtaga chiqadi.

— 272 —

Shuning uchun har bir narsa hol tili bilan boʻlgani kabi, so'zlashish tili ham boʻlsa edi, "Assalotu vassalamu alayka ya Rasululloh" deyishlari qat'iy boʻlganidan, biz umum ularning nomidan

‌اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ بِعَدَدِ الْجِنِّ وَ الْاِنْسِ وَ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَ النُّجُومِ

deb ma'nan aytamiz.

فَيَكْف۪يكَ اَنَّ اللّٰهَ صَلّٰى بِنَفْسِه۪ وَ اَمْلَاكَهُ صَلَّتْ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَتْ
Said Nursiy
***

Aziz qardoshim!

Vahdat-ul vujudga doir bir oz izoh istayapsiz. Bu masalaga doir Oʻttiz Birinchi Maktubning bir Yog'dusida Hazrat Muhyiddinning bu masaladagi fikriga qarshi gʻoyat quvvatli va izohli bir javob bor. Hozircha bu qadar deymizki:

Bu vahdat-ul vujud masalasini hozirgi insonlarga talqin qilish jiddiy zarar beradi. Qandayki tashbehlar va tamsillar olimlar qoʻlidan avomning qoʻliga hamda ilmning qoʻlidan jaholatning qoʻliga kirsa, haqiqat deb qabul qilinadi. {(Hoshiya) Qandayki ikkita maloika, tashbehning sirri munosabati bilan Savr va Hut deb nomlangan, avom tomonidan kattakon bir hoʻkiz va ulkan bir baliq deb qabul qilingandir.} Xuddi shuning kabi, vahdat-ul vujud masalasi kabi yuksak haqiqatlar, ahli gʻaflat va sabablar ichiga shoʻngʻigan avomlarga kirsa, tabiat deb qabul qilinadi va uchta muhim zarar beradi:

Birinchisi: Vahdat-ul vujudning mashrabi, Janobi Haq hisobiga koinotni go'yo inkor qilish ekan, avomga kirgan sari, gʻofil avomlarga, xususan moddiyun fikrlari bilan bulg'angan fikrlarga kirgan sari, koinot va moddiyot hisobiga uluhiyatni inkor yoʻliga ketadi.

— 273 —

Ikkinchisi: Vahdat-ul vujud mashrabi, mosivo-i Ilohiyning rububiyatini shu daraja shiddat bilan rad qiladiki, mosivoni inkor va ikkilikni olib tashlaydi. Nafaqat nafsi ammoralarning, balki har bir narsaning mustaqil vujudini koʻrmaslik ekan, bu zamonda tabiat fikrining istilosi bilan hamda gʻurur va anoniyatning nafsi ammorani shishirishi bilan hamda oxiratni va Xoliqni bir daraja unutish jihati bilan ba'zi nafsi ammoralar kichik bittadan fir'avn, go'yo nafsini ma'bud deb qabul qilish iste'dodida boʻlgan insonlarga vahdat-ul vujudni talqin qilish, "Alloh saqlasin", nafsi ammorani shunday taltaytiradiki, itoatdan chiqadi.

Uchinchisi: O'zgarmoq, almashmoq, bo'linmoq, joy egallamoqdan muqaddas, pok, uzoq, yuksak boʻlgan Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va muqaddaslik va ayblardan uzoq bo'lishiga muvofiq tushmagan tasavvurlarga sabab bo'ladi va botil talqinlarga mador boʻladi. Ha, vahdat-ul vujuddan bahs qilgan, fikran Yerdan yulduzlarga chiqib, koinotni orqasida qoldirib nazarini Arshi A'loga tikkan, istig'roqiy bir suratda koinotni yo'q deb sanab hamma narsani toʻgʻridan-toʻgʻri iymon quvvati bilan Vohidi Ahaddan koʻra oladi. Boʻlmasa koinotning orqasida turib koinotga qaragan va qarshisida sabablarni koʻrgan va Yerdan nazar qilgan, albatta sabablar ichida boʻgʻilib, tabiat botoqligiga tushish ehtimoli bor. Fikran Arshga chiqqan, Jaloliddin Rumiy kabi deya oladi: "Qulogʻingni och! Harkasdan eshitgan soʻzlaringni, fitriy fonograflar kabi Janobi Haqdan eshita olasan." Boʻlmasa, Jaloliddin kabi bu daraja yuksakka chiqmagan va Yerdan Arshga qadar mavjudotni oyna shaklida koʻrmagan odamga, "Diqqat bilan quloq sol, harkasdan Kalomullohni eshitasan" desang, ma'nan Arshdan Yerga qulaganday haqiqatga xilof botil tasavvurlarga giriftor boʻladi!..

قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ ٭ مَا لِلتُّرَابِ وَ لِرَبِّ الْاَرْبَابِ
سُبْحَانَ مَنْ تَقَدَّسَ عَنِ الْاَشْبَاهِ ذَاتُهُ وَتَنَزَّهَتْ عَنْ مُشَابَهَةِ الْاَمْثَالِ صِفَاتُهُ وَشَهِدَ عَلٰى رُبُوبِيَّتِه۪ اٰيَاتُهُ جَلَّ جَلَالُهُ وَلَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ
Said Nursiy
Bir savolga javob

Mustafo Sabri bilan Muso Bekufning tushunchalarini muvozana qilish uchun vaqtim uyg'un emas. Faqat bu qadar deymanki: "Biri ifrot qilgan, boshqasi tafrit qilmoqda." Mustafo Sabri garchi mudofaalarida Muso Bekufga nisbatan haqlidir,

— 274 —

lekin Muhyiddin kabi Islomiy ilmlarning bir moʻ'jizasi boʻlgan bir zotni kamsitishda haqsizdir. Ha, Muhyiddin oʻzi hadiy va maqbuldir. Ammo har kitobida muhdiy va murshid boʻlolmaydi. Haqiqatlarda koʻpincha mezonsiz ketganidan, Ahli Sunnat qoidalariga muxoliflik qiladi. Va ba'zi kalomlari zohiriy zalolatni ifoda qiladi, faqat oʻzi zalolatdan uzoqdir. Ba'zan kalom kufr koʻrinadi, ammo sohibi kofir boʻlolmaydi. Mustafo Sabri bu nuqtalarni nazarga olmagan. Ahli Sunnat qoidalariga mutaassiblik jihati bilan ba'zi nuqtalarda tafrit qilgan. Muso Bekuf esa, ziyoda islohotga tarafdor va zamonaviylikka mumashatkor tushunchalari bilan juda xato ketmoqda. Ba'zi Islomiy haqiqatlarni xato ta'villar bilan buzmoqda. Abul Ala-i Ma'arri kabi nomaqbul bir odamni muhaqqiqlardan ustun tutganidan va oʻz tushunchalariga uygʻun kelgan Muhyiddinning Ahli Sunnatga muxoliflik qilgan masalalariga ziyoda tarafdorligidan, ziyoda ifrot qilmoqda. قَالَ مُحْيِى الدّ۪ينِ : تَحْرُمُ مُطَالَعَةُ كُتُبِنَا عَلٰى مَنْ لَيْسَ مِنَّا ya'ni: "Bizdan boʻlmagan va maqomimizni bilmagan kitoblarimizni oʻqimasin, zarar koʻradi." Darhaqiqat, bu zamonda Muhyiddinning kitoblari, xususan vahdat-ul vujudga doir masalalarini oʻqish, zararlidir.

Said Nursiy
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Bashariyatning yigʻlanadigan kulishlariga, istiqbol xavotiri va oqibatni ko'rishlik a'dasasi bilan, gʻoyat dabdabali bir bayramda qamoqxona derazasidan qararkan, xayolim nazariga inkishof etgan bir vaziyatni bayon qilaman. Kinoda, anchadan beri mozoristonda yotganlarning hayotdagi vaziyatlari koʻringani kabi, yaqin bir istiqbolda mozoriston ahli boʻladiganlarning, harakatlanayotgan janozalarini koʻrganday boʻldim. U kulganlarga yigʻladim. Birdan bir qo'rquv, bir achinish hissi keldi. Aqlimga yo'naldim, haqiqatdan: "Bu xayol nima?" deb soʻradim. Haqiqat dediki: "Ellik yildan keyin, bu batamom quvonch bilan kulayotgan va vaqtichog'lik qilayotgan bechoralardan elliktadan beshtasi yetmish yoshli keksalar kabi beli bukilgan, qirq beshtasi mozoristonda chirigan boʻladilar. U goʻzal siymolar, u quvonchli kulishlar zidlariga aylangan boʻladilar." كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ qoidasi bilan, modomiki yaqinda keladigan narsalarning kelganday koʻrilishi bir daraja haqiqatdir, albatta koʻrganing xayol emas.

— 275 —

Modomiki dunyoning gʻaflatli kulishlari bunday yigʻlanadigan achchiq hollarning pardasidir va vaqtinchalik va zavolga ma'ruzdir. Albatta bechora insonlarning abadparast qalbini va baqo ishqiga maftun boʻlgan ruhini kuldiradigan, sevintiradigan, mashru' doirada va shukr qilib, huzurda bo'lgandek, gʻaflatsiz, begunoh vaqtichog'liklardir va savob jihati bilan boqiy qolgan sevinchlardir. Shuning uchundirki, bayramlarda gʻaflat istilo qilib, gʻayri mashru' doiraga kirmaslik uchun, rivoyatlarda zikrullohga va shukrga juda azim tagʻribot bor. Toki, bayramlarda u sevinch va shodlik ne'matlarini shukrga aylantirib, u ne'matni davom ettirsin va ziyodalashtirsin. Chunki shukr ne'matni ziyodalashtiradi, gʻaflatni haydaydi.

Said Nursiy
* *
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ

Ma'nosi: {(Hoshiya) Bu qismning ham hammaga foydasi bor.} "Nafs doimo yomon narsalarga boshlaydi" oyatining, hamda اَعْدٰى عَدُوِّكَ نَفْسُكَ الَّت۪ى بَيْنَ جَنْبَيْكَ sharafli ma'nosi: "Sening eng zararli dushmaning nafsingdir" hadisining bir nuktasidir.

Poklanmagan nafsi ammorasi boʻlish sharti bilan, o'z nafsini yoqtirgan va sevgan odam, boshqasini sevolmaydi. Agar zohiriy sevsa ham, samimiy sevolmaydi, balki undagi manfaatini va lazzatini sevadi. Doimo oʻzini yaxshi ko'rsatishga va sevdirishga urinadi hamda kamchilikni nafsiga olmaydi, balki advokat kabi oʻzini mudofaa qiladi va oqlaydi. Mubolagʻalar bilan, balki yolgʻonlar bilan nafsini madh va aybu-nuqsonlardan uzoq bilib, go'yo muqaddaslashtiradi va darajasiga koʻra مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ oyatining bir ta'zirini yeydi. O'zini-o'zi maqtash va sevdirishi esa, aks ta'sir bilan yoqtirmaslikni jalb qiladi, sovuq ko'rinadi. Yana, uxraviy amalda ixlosni yoʻqotadi, riyoni aralashtiradi. Oqibatni koʻrmaydigan va natijalarni o'ylamaydigan va shu onki lazzatga mubtalo boʻlgan hisga va havo-i nafsga magʻlub boʻlib, yoʻlini adashtirgan hisning fatvosi bilan, bir soat lazzat uchun bir yil qamoqda yotadi. Bir daqiqa gʻurur yoki intiqom sababli oʻn yil jazo koʻradi. Go'yo, dars olgan "Amma" porasini bir dona qandga sotgan havoyi bir bola kabi,

— 276 —

hissini erkalash uchun va havosini mamnun qilish uchun va havasini qondirish uchun, olmos qiymatida boʻlgan savoblarini ahamiyatsiz shisha parchalari hukmidagi lazzatlarga, anoniyatlarga vasila qilib, foydali ishlarda zarar qiladi.

اَللّٰهُمَّ احْفَظْنَا مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَالشَّيْطَانِ وَمِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَالْاِنْسَانِ

SAVOL: Qisqa bir zamondagi kufrga muqobil, hadsiz bir zamon Jahannamda hibs qanday adolat boʻladi?

JAVOB: Bir yil uch yuz oltmish besh kun bo'lish hisobi bilan, bir daqiqada qilingan qotillik uchun, yetti million sakkiz yuz sakson toʻrt ming daqiqa hibsni adolat qonuni talab qilar ekan; bir daqiqa kufr, mingta qotillik hukmida boʻlganidan, yigirma yil umrini kufr bilan oʻtkazgan va kufr bilan oʻlgan bir odam, adolat qonuni bilan ellik yetti trillion ikki yuz bir milliard ikki yuz million yil basharning adolat qonuni bilan hibsga haqdor boʻladi. Albatta خَالِد۪ينَ ف۪يهَا اَبَدًا adolati Ilohiy bilan uyg'unlik tomoni bundan tushuniladi.

Bir-biridan gʻoyat uzoq bo'lgan ikki sonning munosabat sirri shuki: Qotillik va kufr, bizg'unchilik va tajovuz boʻlgani uchun, boshqasiga ta'sirlar qiladi. Bir daqiqada qotillik, loaqal zohiriy odatga koʻra oʻn besh yil o'ldirilganning hayotini yo'qotadi, uning oʻrniga hibsga kiradi. Bir daqiqa kufr, ming bir Asmo-i Ilohiyani inkor va naqshlarini kamsitish va koinotning huquqiga tajovuz va kamolotini inkor va hadsiz vahdoniyat dalillarini yolg'onlash va shahodatlarini rad qilish boʻlganidan.. kofirni minglab yildan ziyoda asfali sofiliynga otadi, خَالِد۪ينَ da hibs qiladi.

Said Nursiy
***
Ma'nodor bir latif tavofuq

Risola-i Nur shogirdlarini ayblagan va jazolarini istagani 163-chi moddasiga, Risola-i Nur muallifining madrasasiga, bir yuz ellik ming lira berilishiga doir loyihaning, 200 deputatdan 163 deputatning soniga tavofuq qilib, ma'nan u tavofuq deydiki: Jumhuriyat Hukumati 163 deputatining taqdirlaydigan imzolari, 163-chi qonun moddasining hukmini u haqida bekor qiladi.

— 277 —

Ham yana ma'nodor bir latif tavofuqlardandirki, Risola-i Nurning 128 qismi 115 qism kitob boʻladi. Risola-i Nur shogirdlari va muallifi qamalishlarining boshlanishi bo'lgan 27 aprel 1935 sanasi bilan, mahkamaning qaror va hukm sanasi boʻlgan 19 avgust 1935 sanasi boʻlishiga nazaran, 115 kun boʻlib, Risola-i Nur kitoblari soniga tavofuq qilish bilan barobar, so'roq qilingan 115 aybdor qilib koʻrsatilgan shaxslarning ham soniga aynan tavofuq qilgani kabi.. koʻrsatadiki: Risola-i Nur muallifining va shogirdlarining boshiga kelgan musibat, bir inoyat qo'li bilan tartiblanmoqda.

{(Hoshiya) Diqqatga sazovordirki: Risola-i Nur shogirdlari qamalishlarining bir qismi 25 aprel 1935 sanasida boshlangan boʻlib, qarornomada aybdor qilib koʻrsatilgan 117 kishi boʻlsa ham, ikkitasining ismi takrorlanganiga nazaran bu surat bilan shogirdlarning soni 117 soniga u qismning qamalishidan hukm sanasiga qadar 117 kun boʻlish bilan tavofuq qilib, avvalgi tavofuqlarga yana bir latofat qoʻshgandir.}

Bu Yog'duning boshida Imomi Ali (RA) Risola-i Nurga ishora qilganidan, bir qardoshimiz hayajonli bir ishtiyoq bilan Risola-i Nurga Olmos, Gavhar, Nur ismini qoʻyib takrorlab yozgan edi. Bu Yog'duning oxirida kirgizilishi munosib koʻrildi:

Taqvo doirasida boʻlgan talaba telba ham boʻlsa, ajabo Risola-i Nurning va qiymatli olmosning nuridan ayrila oladimi? Shunday taxmin qilamanki: Risola-i Nurning bu ojiz talabingiz qadar karomatini, fazilatini, lazzatini yegan, shirin mevasidan uzgan nodirdir. Ham bu qadar ojizligim bilan barobar, Risola-i Nurga xizmat qilolmaganim holda, koʻrsatgan e'tiboringiz uchun shukrda qarzdorman. Shunga binoan, Risola-i Nurdan bandangiz emas, hech bir talabangiz u muborak olmosdan va lazzatdan ayrilolmaydi. Marhamatingizga ishonib, Risola-i Nurning bu dafagi tintuvlarida ikki karomati aynan sodir boʻlgan. Qamoqxona ichida politsiya, jandarma va nazoratchilar mudhish tintuv qilarkan, oʻsha payt hech kim koʻrmasdan, yetti-sakkiz yoshli singlimning oʻgʻli maktab papkasining ichiga Risola-i Nurning nusxalarini qoʻyib olib ketgan. Tintuv bandangizning xonasida edi. Bola xonaga keldi, xonada to's-to'polonni koʻrib, xonaning bir tarafida alohida turgan Risola-i Nurlarni papkasiga qoʻydi va ichkaridagi xodimlarning hech biri farqiga bormadi, bolaga ham hech narsa demadilar. Fidokor bola toʻgʻri onasining yoniga boradi. "Togʻam doimo bizga oʻqigan Risola-i Nurlarni keltirdim. Bularni olmoqchi ekanlar. Men ularning xabari boʻlmasdan, ular boshqa maktub, kitob titkilarkan oldim, papkamga qoʻydim. Bularni yaxshigina bir yerga qoʻying, muhofaza qiling.

— 278 —

Men bularning oʻqilishini juda yaxshi ko'raman. Togʻam bizga bularni oʻqir edi. U oʻqirkan menda boshqa bir holat kasb etardim." deya volidasiga aytib, maktabiga qaytadi. Bu soyada Olmos, Gavhar, Nurlar qoʻlga oʻtmaydi. Bu karomat bo'lmasdan nima? Qur'oniy bir moʻ'jiza bo'lmasdan nima? Ajabo, bu fazilat, ajabo bu lazzat, ajabo bu Olmos, Gavhar qaysi yozilgan asarlarda borki, bu Olmos, Gavhar, Nurlar hozirga qadar qaysi zotning ogʻzidan toʻkilgan. Men ham qamoq emas, bu Olmos, Gavhar, Nurlar uchun har on, har daqiqa, har fidokorlikni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Mendan soʻng bu Olmos, Gavhar, Nurlar yoʻlida avlodim Amin ham butun hayotini sarf qilishga tayyordir.

Mana bu Olmos, Gavhar, Nurning ikkinchi karomatini isbot qilish bilan, uch yoshdan sakkiz yoshga qadar qarindoshlarim va avlodim bu Olmos, Gavhar, Nurlar uchun fidokorona va bu yoʻlda hayotlarini hech oʻylamasdan fido qilishlarini isbot qilaman. Chunki bu Olmos, Gavhar, Nurni oʻqirkan hammasi boshimda toʻplandilar. Ularni erkaladim va bittadan choy berdim. Bu Olmos, Gavhar, Nurni oʻqishni davom qildim. Hammasi birdan "Bu nima? Bu yozuv qanday yozuv?" deb soʻradilar. Men ham dedim: "Bu Olmos, Gavhar, Nurdir!" deya bularga oʻqishni boshladim. Oʻninchi Soʻzni oʻqirkan soatlar oʻtgan. Bolalar qiziqqanlaridan, tushunmagan vaqtlari darrov bandangizdan soʻrar edilar. Men ham bu Olmos, Gavhar, Nurni ular tushuna oladigan shaklda izoh qilarkan, bolalarning ranglari rang-barang boʻlardi va goʻzallashardi. Bandangiz ham bolalarning yuziga qaragan sari, hammasida boshqa-boshqa nurli Said koʻrardim. Savollarida "Nur qaysisi? Gavhar qaysisi va Olmos qaysisi?" deb soʻraganlarida, "Ha, Nur buni oʻqishdir. Qara, sizlarda bir goʻzallik hosil boʻldi." Ular ham bir birlarining yuzlariga qaradilar, tasdiq qildilar. "Olmos nima? Bu soʻzlarni yozishdir. U vaqt, ya'ni yozgan vaqtingiz sizning yozuvlaringiz olmos kabi qiymatli boʻladi." Tasdiq qildilar. "Gavhar nima? U ham bu kitobdan olgan iymoningizdir." Hammalari birdan shahodat keltirdilar. Bu suhbatda uch-toʻrt soat oʻtgan, bandangiz farqiga bormabman.

Mana Olmos, Gavhar, Nur budir dedim. Tasdiq qildilar. Hammalari birdan menga qarardilar va "Buni kim yozdi?" derdilar.

Ojiz talabangiz
Shafiq
***
Zakoiyning Tushi

Bu sahar tushimda, Istanbulning Toʻpxona sohiliga oʻxshash sof va tiniq bir dengiz sohilida ekanman. Menimcha choshgoh vaqtidagi Quyoshning ziyosi u ulkan dengizning ustida lobar yog'dular hosil qilayotgan edi. Men dengizga yoʻnalganman. Dengizning oʻrta va janubi tarafidan suzib-suzib sohilga kelgan bir yigit yelkasidagi bir omoch vasohilga chiqardi. U yerda barcha qardoshlarimizni kutib olinayotgan ekanlar, sohil boʻylab gʻarbdan chopqillab ikki otli kelayotgan edi. "Ustoz kelmoqdalar!" dedilar. Bu gavjumlik yorildi, hech to'xtamasdan bu haybatli yagʻiz otli va bugʻdoy rang chehrali ikki zot sharq tomon uzoqlashdilar. Men u dengizga shoʻngʻiyotgan ekanman, uygʻondim.

Zakoiy
— 279 —
Tarafdorona va Risola-i Nurga raqibona aytilgan soʻzlarga muqobildir.

Gar madh qilish bo'lsa faxrlanib oʻzingizni maqsadingiz

Risola-i Nurning eng soʻniq yulduzining yoʻldoshisiz

Zinhor sayyora deb oʻylama qardoshim, Risola-i Nurning

Arz emas, Oftob ham yoʻldoshidir uning

Juda yaqinda porlaydi olamda Risola-i Nur

Soʻnmas, balki yashirinar, zero nurun ala nur

Bir nurki, bahri haqiqat va mahzi hidoyatdir u

مَنْ اَصْحَابُ الصِّرَاطِ السَّوِىِّ وَ مَنِ اهْتَدٰى ni oʻqi.

Haqdan boʻlmas shikoyat, balki maqsad hikoyat

Sharrning ustida ketarkan Haqqa ma'lum

Risola-i Nurgaki, aylamishtim ham da xizmat

Risola-i Nurki, Aliyyul Murtazo va Gʻavsi A'zam

Jaljalutiyada va ba'zi qasidalarda qilganlar ishora

Risola-i Nurki, urvat-ul vusqo, lanfisam

Yopishib olganman zero, ham hidoyat va ayni haqiqat

Qoʻydilar bizlarniki, u yerda turgandi Yusuf Alayhissalom

Hamda barobarimizda edi Hazrati Ustoz.

Halil Ibrohim
***
— 280 —

Yigirma Sakkizinchi Yog'duning Yigirma Sakkizinchi Nuktasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَا يَسَّمَّعُونَ اِلَى الْمَلَاِ الْاَعْلٰى وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ ٭ دُحُورًا وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ ٭ اِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَاَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

kabi oyatlarning muhim bir nuktasi, ahli zalolatning bir tanqidi munosabati bilan bayon qilinadi. Jumladan:

Jin va shaytonlarning josuslari, samovot xabarlariga quloq oʻgʻriligi qilib, gʻaybiy xabarlarni keltirib, kohinlar va moddiyunlar va ba'zi ispirtizmachilar kabi, gʻaybdan xabar berishlarini, vahiyning nozil bo'lishining boshida vahiyga bir shubha keltirmaslik uchun ularning u doimiy josusligi o'sha vaqt yanada ziyoda uchar yulduzlar bilan toshbo'ron va man qilinganiga doir boʻlgan mazkur oyatlar munosabati bilan gʻoyat muhim uch qismli bir savolga muxtasar bir javobdir.

Savol: Shu kabi oyatlardan tushuniladiki, juz'iy va ba'zan shaxsiy g'aybiy bir hodisadan ham xabar olish uchun gʻoyat olis bir masofa boʻlgan samovot mamlakatiga josus shaytonlarning suqilishi va u juda keng mamlakatning har tarafida u juz'iy hodisadan bahs bordek, qaysi shayton boʻlmasin, qaysi yerga suqilmasin, chala-chulpa u xabarni eshitadi, keltiradi degan bir ma'noni aql va hikmat qabul qilmaydi. Ham nassi oyat bilan, samovotning ustida boʻlgan Jannatning mevalarini ba'zi ahli risolat va ahli karomat, yaqin bir yerdan olayotganday olar ekanlar. Ba'zan yaqindan Jannatni tomosha qilarkanlar deb haddan ortiq uzoqlik haddan ortiq yaqinlik ichida bir masaladirki, bu asrning aqlga sigʻmaydi? Yana, juz'iy bir shaxsning juz'iy bir ahvoli kulliy va keng boʻlgan samovot mamlakatidagi Mala-i A'loning bahsiga sabab boʻlishi, gʻoyat hakiymona boʻlgan koinotning idorasi hikmatiga muvofiq kelmaydi? Holbuki bu uch masala ham Islomiy haqiqatlardan sanaladi?

Javob: Birinchidan: Oʻn Beshinchi Soʻz nomli bir risolada "yettita pog'ona" nomli yettita qat'iy muqaddima bilan

— 281 —
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

oyati ifoda qilgan, yulduzlar bilan shayton josuslarining samovotdan yo'qotilishi va quvilishi shunday bir suratda isbot qilinganki, eng qaysar moddiyunni ham ishontiradi, jim qiladi va qabul qildiradi.

Ikkinchidan: Bu uzoq deb oʻylangan u uch Islomiyat haqiqatini qisqa zehnlaga yaqinlashtirish uchun bir tamsil bilan ishora qilamiz. Masalan: Bir hukumatning doira-i askariyasi mamlakatning sharqida va doira-i adliyasi gʻarbida va doira-i maorifi shimolida va doira-i ilmiyasi janubida va doira-i mulkiyasi oʻrtasida boʻlsa; simsiz telefon, telegraf bilan, gʻoyat muntazam bir suratda har doira aloqador boʻlgan vaziyatlarni koʻrsa, xabar olsa; xuddi butun u mamlakat, adliya doirasi boʻlgani holda, askariy doirasidir va mulkiya doirasi boʻlgani kabi, ilmiya doirasi boʻladi.

Ham masalan: Farqli davlatlar va boshqa-boshqa poytaxtlari boʻlgan hukumatlarning ba'zan boʻladiki, mustamlakalar jihati bilan yoki imtiyozlar e'tibori bilan yoki tijoratlar munosabati bilan birgina mamlakatda boshqa-boshqa hokimiyatliklari boʻladi. Raiyat va millat bir boʻlgani holda, har bir hukumat oʻz imtiyozi jihati bilan u raiyat bilan munosabatdordir. Bir-biridan juda uzoq u hukumatlarning muomalalari bir-biriga tegiladi. Har bir uyda bir-biriga yaqinlashadi va har odamda ishtiroklari boʻladi. Juz'iy masalalari tegilish nuqtalaridagi juz'iy bir doirada koʻriladi. Boʻlmasa har bir juz'iy masala kulliy doiradan olinmaydi, lekin u juz'iy masalalardan bahs qilingan vaqt, toʻgʻridan-toʻgʻri kulliy doiraning qonuni bilan boʻlish jihati bilan, kulliy doiradan olinayotgandek va u doirada bahsga sabab boʻlgan bir masala shakli beriladigan tarzda ifoda qilinadi.

Xullas bu ikki tamsil kabi, samovot mamlakati, poytaxt va markaz e'tibori bilan gʻoyat uzoq boʻlgani holda, Arz mamlakatida insonlarning qalblariga uzangan ma'naviy telefonlari boʻlgani kabi, samovot olami faqat olami jismoniyga qaramaydi, balki olami arvohni va olami malakutni ichiga olganidan, bir jihatda parda ostida olami shahodatni qamragandir. Yana, olami boqiydan va dori baqodan boʻlgan Jannat ham, hadsiz uzoqligi bilan barobar, yana u tasarruf doirasi parda-i shahodat ostida, har tarafda nuroniy bir suratda uzangan, yoyilgan. Sone'-i Hakiymi Zuljalolning hikmati bilan, qudrati bilan, qandayki insonning boshida joylashtirgan tuygʻularining markazlari alohida-alohida boʻlgani holda, har biri umum u vujudga, u jismga hukm qiladi va tasarrufi doirasiga olib biladi. Xuddi shuning kabi, bu insoni akbar boʻlgan koinot ham, ichma-ich va bir-biri ichida boʻlgan doiralar kabi, minglab olamlarni ichiga oladi. Ularda jarayon qilgan ahvolning va hodisalarning kulliy va juz'iyati va xususiyati va azamati jihati bilan nazarni o'zida jamlaydi, ya'ni u juzlar juz'iy va yaqin yerlarda hamda kulliy va azamatlilar kulliy va buyuk maqomlarda koʻriladi.

— 282 —

Lekin ba'zan juz'iy va xususiy bir hodisa buyuk bir olamni istilo qiladi. Qaysi burchakda eshitilsa, o'sha hodisa eshitiladi. Va ba'zan esa buyuk tahshidot, dushmanning quvvatiga qarshi emas, balki hashamatni izhor qilish uchun qilinadi. Masalan: Hodisa-i Muhammadiya (ASV) va vahyi Qur'onning muqaddas hodisasi, umum samovot mamlakatida, hatto u mamlakatning har burchagida eng muhim bir hodisa boʻlganidan, toʻgʻridan-toʻgʻri juda uzoq va juda yuksak boʻlgan ulkan samovotning burjlarida soqchilar tizilib, yulduzlardan manjaniqlarni otib, josus shaytonlarni quvish va daf qilish vaziyatida koʻrsatish va ifoda qilish bilan, vahyi Qur'oniyning hashamati darajasini va saltanatining dabdabasini va hech bir jihatdan shubha kirmagan haqqoniyati darajasini e'longa bir ishorati Rabboniya boʻlib, u vaqtda va u asrda yanada ziyoda yulduzlar tushurilgan va otilgan ekan. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ham u e'loni takviniyni tarjima qilib e'lon qiladi va u samoviy ishoraga ishora qiladi. Darhaqiqat, bitta maloikaning puflashi bilan uchirib boʻladigan josus shaytonlarni bunday bir samoviy azim ishora bilan, maloikalar bilan muboraza ettirish, albatta u vahyi Qur'oniyning saltanati hashamatini koʻrsatish uchundir. Yana, bu hashamatli boʻlgan bayoni Qur'oniy va azamatli tahshidoti samoviya esa; jinniylarning, shaytonlarning samovot ahlini muborazaga va mudofaaga chorlaydigan bir iqtidorlari, bir mudofaalari boʻlganini ifoda qilish uchun emas, balki qalbi Muhammadiydan (ASV) to samovot olamiga, to Arshi A'zamga qadar boʻlgan uzun yoʻlda, hech bir yerda jin va shaytonning aralashuvlari boʻlmaganiga ishora qilish uchun, vahyi Qur'oniy ulkan samovotda umum maloika tomonidan bahs sababi boʻlgan bir haqiqatdirki, bir daraja unga tegilish uchun, shaytonlar samovotga qadar chiqishga majbur boʻlib, hech bir narsaga muvaffaq boʻlolmasdan toshbo'ron qilinishi bilan ishora qiladiki; qalbi Muhammadiyga (ASV) kelgan vahiy va huzuri Muhammadiyaga (ASV) kelgan Jabroil va nazari Muhammadiyga (ASV) koʻringan gʻaybiy haqiqatlar ishonchli va mustaqimdir, hech bir jihat bilan shubha kirmaydi deb Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon moʻ'jizona xabar beradi.

Ammo Jannatning uzoqligi bilan barobar olami baqodan boʻlgani holda eng yaqin yerlarda koʻrilishi va ba'zan undan meva olinishi esa; avvalgi ikki tamsil sirri bilan tushunilgani kabi, bu olami foniy va olami shahodat esa, olami gʻaybga va dori baqoga bir pardadir. Jannatning markazi kubrosi uzoqda boʻlish bilan barobar, olami misol oynasi vositasi bilan har tarafda koʻrinishi mumkin boʻlgani kabi, haqqalyaqiyn darajasidagi iymonlar vositasi bilan, Jannatning bu olami foniyda -tamsilda xato boʻlmasin- bir navi mustamlakalari va doiralari boʻlishi mumkin va qalb telefoni bilan yuksak ruhlar bilan xabarlashishlari boʻlishi mumkin, hadyalari kelishi mumkin.

— 283 —

Ammo bir doira-i kulliyaning juz'iy bir hodisa-i shaxsiya bilan mashgʻul boʻlishi, ya'ni kohinlarga gʻaybiy xabarlarni keltirish uchun shaytonlar samovotgacha chiqib quloq soladilar, chala-chulpa xato xabarlar keltiradilar deb tafsirlardagi ifodalarning bir haqiqati shu boʻlishi kerakki: Samovot mamlakatining poytaxtiga qadar ketib u juz'iy xabarni olish emasdir. Balki javvi havoni ham qamragan samovot mamlakatining -tashbehda xato yoʻq- posbon xonalari hukmida ba'zi mavqelari borki, u mavqelarda Arz mamlakati bilan munosabatdorlik boʻladi; juz'iy hodisalar uchun u juz'iy maqomlardan quloq oʻgʻirligi qiladilar. Hatto qalbi insoniy ham u maqomlardan biridirki, malaki ilhom bilan shaytoni xususiy u mavqeda muboraza etadilar. Va haqoiqi iymoniya va Qur'oniya va hodisoti Muhammadiya (ASV) esa, naqadar juz'iy boʻlmasin, eng katta, eng kulliy bir muhim hodisa hukmida eng kulliy bir doira boʻlgan Arshi A'zamda va doira-i samovotda -tamsilda xato boʻlmasin- muqaddaroti koinotning ma'naviy gazetalarida nashr boʻladiganday har burchakda bahsga sabab boʻladi, deya bayon bilan barobar, qalbi Muhammadiydan (ASV) to doira-i Arshga borgunga qadar esa, hech bir jihat bilan aralashish imkoni boʻlmaganidan, samovotni tinglashdan boshqa, shaytonlarning chorasi qolmaganini ifoda bilan, vahyi Qur'oniy va nubuvati Ahmadiya (ASV) qay daraja yuksak bir haqqoniyat darajasida boʻlganini va hech bir jihat bilan xilof va xato va hiyla unga yaqinlashishi mumkin boʻlmaganini gʻoyat balig'ona, balki moʻ'jizona e'lon qilish va koʻrsatishdir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Said Nursiy
— 284 —

Yigirma Toʻqqizinchi Yog'du

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
Maqsadni ifoda qilish

Oʻn uch yildan beri qalbim aqlim bilan birlashib Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning

لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ ٭ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ ٭ اَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا ف۪ٓى اَنْفُسِهِمْ مَا خَلَقَ اللّٰهُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضَ ٭ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

kabi oyatlar bilan amr qilgan tafakkur maslagiga tashviq qilgani va

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

hadisi sharifi, ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmida boʻlganini bayon qilib, tafakkurga azim tashviqot qilgani jihati bilan, men ham bu oʻn uch yildan beri tafakkur maslagida aql va qalbimda namoyon bo'lgan buyuk nurlarni va uzun haqiqatlarni oʻzimga muhofaza qilish uchun ishoralar navidan ba'zi kalimalarni u nurlarga dalolat qilish uchun emas, balki vujudlariga ishora va tafakkurni osonlashtirish va intizomni muhofaza qilish uchun qo'ydim. Gʻoyat farqli Arabcha iboralar bilan oʻz-oʻzimga u tafakkurda ketgan paytim u kalimalarni til bilan zikr qilar edim.

Bu uzun zamonda va minglab dafa takrorida na menga zerikish kelar edi va na bergan zavqi nuqsonlashar edi va na ularga ruhiy ehtiyoj yo'qo'lar edi. Chunki barcha u tafakkurlar Qur'on oyatlarining yog'dulari boʻlganidan, oyatlarning bir xossasi boʻlgan zeriktirmaslik va halovatini muhofaza qilish xossasining bir jilvasi u tafakkur oynasida tamassul qilgan.

— 285 —

Bu oxirda koʻrdimki: Risola-i Nurning qismlaridagi quvvatli uqda-i hayotiya va porloq nurlar u tafakkurlar silsilasining yog'dularidir. Menga qilgan ta'sirlarni boshqa zotlarga ham qilishi tushunchasi bilan, oxir umrimda majmuini qalamga olishni niyat qilgan edim. Garchi juda muhim qismlari risolalarda kirgizilgan, lekin butunidagi holatda boshqa bir quvvat va qiymat boʻladi.

Umrning oxiri muayyan boʻlmagani uchun, bu qamoqdagi mahkumiyatim va vaziyatim oʻlimdan yanada battar bir shakl olganidan, hayotning oxirini kutmasdan, qardoshlarimning qistov va xohishlari bilan, o'zgartirmasdan, u tafakkurlar silsilasi "yetti bob" ustida yozildi.

(Bu Yog'duning boshqa olti bobi qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.)

اَلْبَابُ الثَّالِثُ فِى مَرَاتِبِ اَللّٰهُ اَكْبَرُ

Oʻttiz uch martabasidan yetti martabasini zikr qilamiz. U martabalardan muhim bir qismi Yigirmanchi Maktubning Ikkinchi Maqomida va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Qismining oxirida va Uchinchi Qismining avvalida izoh qilingan. Shu martabalarning haqiqatini anglashni istaganlar, u ikki Soʻzga murojaat qilsinlar.

اَلْمَرْتَبَةُ الْاُولٰى:
وَ قُلِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَ لَمْ يَكُنْ لَهُ شَر۪يكٌ فِى الْمُلْكِ وَ لَمْ يَكُنْ لَهُ وَلِىٌّ مِنَ الذُّلِّ وَ كَبِّرْهُ تَكْب۪يرًا ٠
لَبَّيْكَ وَ سَعْدَيْكَ جَلَّ جَلَالُهُ ٠ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ الَّذ۪ى صَنَعَ الْاِنْسَانَ بِقُدْرَتِه۪ كَالْكَائِنَاتِ
— 286 —
وَ كَتَبَ الْكَائِنَاتِ بِقَلَمِ قَدَرِه۪ كَمَا كَتَبَ الْاِنْسَانَ بِذٰلِكَ الْقَلَمِ اِذْ ذَاكَ الْعَالَمُ الْكَب۪يرُ كَهٰذَا الْعَالَمِ الصَّغ۪يرِ مَصْنُوعُ قُدْرَتِه۪ مَكْتُوبُ قَدَرِه۪ اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ صَيَّرَهُ مَسْجِدًا ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ سَاجِدًا اِنْشَائُهُ لِذَاكَ صَيَّرَ ذَاكَ مُلْكًا بِنَائُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ مَمْلُوكًا صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَظَاهَرَتْ كِتَابًا صِبْغَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَزَاهَرَتْ خِطَابًا قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تُظْهِرُ حِشْمَتَهُ رَحْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَنْظِمُ نِعْمَتَهُ حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَشْهَدُ هُوَ الْوَاحِدُ نِعْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُعْلِنُ هُوَ الْاَحَدُ سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَ الْاَجْزَاءِ سُكُونًا حَرَكَةً خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَ الْاَعْضَاءِ حُجَيْرَةً ذَرَّةً ٠
فَانْظُرْ اِلٰى اٰثَارِهِ الْمُتَّسِقَةِ كَيْفَ تَرٰى كَالْفَلَقِ سَخَاوَةً مُطْلَقَةً مَعَ اِنْتِظَامٍ مُطْلَقٍ ف۪ى سُرْعَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّزَانٍ مُطْلَقٍ ف۪ى سُهُولَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّقَانٍ مُطْلَقٍ ف۪ى وُسْعَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ حُسْنِ صُنْعٍ مُطْلَقٍ ف۪ى بُعْدَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّفَاقٍ مُطْلَقٍ ف۪ى خِلْطَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِمْتِيَازٍ مُطْلَقٍ ف۪ى رُخْصَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ غُلُوٍّ مُطْلَقٍ ٠ فَهٰذِهِ الْكَيْفِيَّةُ الْمَشْهُودَةُ شَاهِدَةٌ لِلْعَاقِلِ الْمُحَقِّقِ مُجْبِرَةٌ لِلْاَحْمَقِ الْمُنَافِقِ عَلٰى قَبُولِ الصَّنْعَةِ وَ الْوَحْدَةِ لِلْحَقِّ ذِى الْقُدْرَةِ الْمُطْلَقَةِ وَ هُوَ الْعَل۪يمُ الْمُطْلَقُ ٠ وَ فِى الْوَحْدَةِ سُهُولَةٌ مُطْلَقَةٌ وَ فِى الْكَثْرَةِ وَ الشِّرْكَةِ صُعُوبَةٌ مُنْغَلِقَةٌ ٠ اِنْ اُسْنِدَ كُلُّ الْاَشْيَاءِ لِلْوَاحِدِ فَالْكَائِنَاتُ كَالنَّخْلَةِ وَ النَّخْلَةُ كَالثَّمَرَةِ سُهُولَةً فِى الْاِبْتِدَاعِ ٠ اِنْ اُسْنِدَ لِلْكَثْرَةِ فَالنَّخْلَةُ كَالْكَائِنَاتِ وَ الثَّمَرَةُ كَالشَّجَرَاتِ صُعُوبَةً فِى الْاِمْتِنَاعِ ٠
— 287 —
اِذِ الْوَاحِدُ بِالْفِعْلِ الْوَاحِدِ يُحَصِّلُ نَت۪يجَةً وَ وَضْعِيَّةً لِلْكَث۪يرِ بِلَا كُلْفَةٍ وَ لَا مُبَاشَرَةٍ ٠ لَوْ اُح۪يلَتْ تِلْكَ الْوَضْعِيَّةُ وَ النَّت۪يجَةُ اِلَى الْكَثْرَةِ لَا يُمْكِنُ اَنْ تَصِلَ اِلَيْهَا اِلَّا بِتَكَلُّفَاتٍ وَ مُبَاشَرَاتٍ وَ مُشَاجَرَاتٍ ٠ كَالْاَم۪يرِ مَعَ النَّفَرَاتِ وَ الْبَان۪ى مَعَ الْحَجَرَاتِ وَ الْاَرْضِ مَعَ النُّجُومِ وَ السَّيَّارَاتِ وَ الْفَوَّارَةِ مَعَ الْقَطَرَاتِ وَ نُقْطَةِ الْمَرْكَزِ مَعَ النُّقَطِ فِى الدَّائِرَةِ بِسِرِّ اَنَّ فِى الْوَحْدَةِ يَقُومُ الْاِنْتِسَابُ مَقَامَ قُدْرَةٍ غَيْرَ مَحْدُودَةٍ ٠ وَ لَايَضْطَرُّ السَّبَبُ لِحَمْلِ مَنَابِعِ قُوَّتِه۪ وَ يَتَعَاظَمُ الْاَثَرُ بِالنِّسْبَةِ اِلَى الْمُسْنَدِ اِلَيْهِ ٠ وَ فِى الشِّرْكَةِ يَضْطَرُّ كُلُّ سَبَبٍ لِحَمْلِ مَنَابِعِ قُوَّتِه۪ فَيَتَصَاغَرُ الْاَثَرُ بِنِسْبَةِ جِرْمِه۪ وَ مِنْ هُنَا غَلَبَتِ النَّمْلَةُ وَ الذُّبَابَةُ عَلَى الْجَبَابِرَةِ وَ حَمَلَتِ النُّوَاةُ الصَّغ۪يرَةُ شَجَرَةً عَظ۪يمَةً ٠
وَ بِسِرِّ اَنَّ ف۪ى اِسْنَادِ كُلِّ الْاَشْيَاءِ اِلَى الْوَاحِدِ لَا يَكُونُ الْا۪يجَادُ مِنَ الْعَدَمِ الْمُطْلَقِ بَلْ يَكُونُ الْا۪يجَادُ عَيْنَ نَقْلِ الْمَوْجُودِ الْعِلْمِىِّ اِلَى الْوُجُودِ الْخَارِجِىِّ كَنَقْلِ الصُّورَةِ الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْمِرْاٰةِ اِلَى الصَّح۪يفَةِ الْفُطُوغْرَفِيَّةِ لِتَثْب۪يتِ وُجُودٍ خَارِجِىٍّ لَهَا بِكَمَالِ السُّهُولَةِ اَوْ اِظْهَارِ الْخَطِّ الْمَكْتُوبِ بِمِدَادٍ لَا يُرٰى بِوَاسِطَةِ مَادَّةٍ مُظْهِرَةٍ لِلْكِتَابَةِ الْمَسْتُورَةِ ٠
وَ ف۪ى اِسْنَادِ الْاَشْيَاءِ اِلَى الْاَسْبَابِ وَ الْكَثْرَةِ يَلْزَمُ الْا۪يجَادُ مِنَ الْعَدَمِ الْمُطْلَقِ.. وَ هُوَ اِنْ لَمْ يَكُنْ مُحَالًا يَكُونُ اَصْعَبَ الْاَشْيَاءِ ٠
— 288 —
فَالسُّهُولَةُ فِى الْوَحْدَةِ وَاصِلَةٌ اِلٰى دَرَجَةِ الْوُجُوبِ ٠ وَ الصُّعُوبَةُ فِى الْكَثْرَةِ وَاصِلَةٌ اِلٰى دَرَجَةِ الْاِمْتِنَاعِ ٠ وَ بِحِكْمَةِ اَنَّ فِى الْوَحْدَةِ يُمْكِنُ الْاِبْدَاعُ وَ ا۪يجَادُ الْاَيْسِ

{(*1) اَلْاَيْسُ :Mavjud degani.}

مِنَ اللَّيْسِ

{(*2) اَللَّيْسُ : Butunlay adam degani.}

يَعْن۪ى اِبْدَاعُ الْمَوْجُودِ مِنَ الْعَدَمِ الصِّرْفِ بِلَا مُدَّةٍ وَ لَا مَادَّةٍ .. وَ اِفْرَاغُ الذَّرَّاتِ فِى الْقَالَبِ الْعِلْمِىِّ بِلَا كُلْفَةٍ وَ لَا خِلْطَةٍ ٠
وَ فِى الشِّرْكَةِ وَ الْكَثْرَةِ لَا يُمْكِنُ الْاِبْدَاعُ مِنَ الْعَدَمِ بِاِتِّفَاقِ كُلِّ اَهْلِ الْعَقْلِ فَلَا بُدَّ لِوُجُودِ ذ۪ى حَيَاةٍ جَمْعُ ذَرَّاتٍ مُنْتَشِرَةٍ فِى الْاَرْضِ وَ الْعَنَاصِرِ .. وَ بِعَدَمِ الْقَالَبِ الْعِلْمِىِّ يَلْزَمُ لِمُحَافَظَةِ الذَّرَّاتِ ف۪ى جِسْمِ ذِى الْحَيَاةِ وُجُودُ عِلْمٍ كُلِّىٍّ وَ اِرَادَةٍ مُطْلَقَةٍ ف۪ى كُلِّ ذَرَّةٍ ٠
وَ مَعَ ذٰلِكَ اَنَّ الشُّرَكَاءَ مُسْتَغْنِيَةٌ عَنْهَا وَ مُمْتَنِعَةٌ بِالذَّاتِ بِخَمْسَةِ وُجُوهٍ مُتَدَاخِلَةٍ ٠ وَ الشُّرَكَاءُ الْمُسْتَغْنِيَةُ عَنْهَا وَ الْمُمْتَنِعَةُ بِالذَّاتِ تَحَكُّمِيَّةٌ مَحْضَةٌ لَا اَمَارَةَ عَلَيْهَا وَ لَا اِشَارَةَ اِلَيْهَا ف۪ى شَىْءٍ مِنَ الْمَوْجُودَاتِ اِذْ خِلْقَةُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ تَسْتَلْزِمُ قُدْرَةً كَامِلَةً غَيْرَ مُتَنَاهِيَةٍ بِالضَّرُورَةِ فَاسْتُغْنِىَ عَنِ الشُّرَكَاءِ وَ اِلَّا لَزِمَ تَحْد۪يدُ وَ انْتِهَاءُ قُدْرَةٍ كَامِلَةٍ غَيْرِ مُتَنَاهِيَةٍ ف۪ى وَقْتِ عَدَمِ التَّنَاه۪ى بِقُوَّةٍ مُتَنَاهِيَةٍ بِلَا ضَرُورَةٍ مَعَ الضَّرُورَةِ ف۪ى عَكْسِه۪ وَ هُوَ مُحَالٌ ف۪ى خَمْسَةِ اَوْجُهٍ فَامْتَنَعَتِ الشُّرَكَاءُ مَعَ اَنَّ الشُّرَكَاءَ الْمُمْتَنِعَةَ
— 289 —
بِتِلْكَ الْوُجُوهِ لَا اِشَارَةَ اِلٰى وُجُودِهَا وَ لَا اَمَارَةَ عَلٰى تَحَقُّقِهَا ف۪ى شَىْءٍ مِنَ الْمَوْجُودَاتِ فَقَدِ اسْتَفْسَرْنَا هٰذِهِ الْمَسْئَلَةَ (فِى الْمَوْقِفِ الْاَوَّلِ) مِنَ الرِّسَالَةِ الثَّانِيَةِ وَ الثَّلَاث۪ينَ مِنَ الذَّرَّاتِ اِلَى السَّيَّارَاتِ .. (وَ فِى الْمَوْقِفِ الثَّان۪ى) مِنَ السَّمٰوَاتِ اِلَى التَّشَخُّصَاتِ الْوَجْهِيَّةِ فَاَعْطَتْ جَم۪يعُهَا جَوَابَ رَدِّ الشِّرْكِ بِاِرَائَةِ سِكَّةِ التَّوْح۪يدِ فَكَمَا لَا شُرَكَاءَ لَهُ كَذٰلِكَ لَا مُع۪ينَ وَلَا وُزَرَاءَ لَهُ ٠
وَ مَا الْاَسْبَابُ اِلَّا حِجَابٌ رَق۪يقٌ عَلٰى تَصَرُّفِ الْقُدْرَةِ الْاَزَلِيَّةِ لَيْسَ لَهَا تَاْث۪يرٌ ا۪يجَادِىٌّ ف۪ى نَفْسِ الْاَمْرِ ٠ اِذْ اَشْرَفُ الْاَسْبَابِ وَ اَوْسَعُهَا اِخْتِيَارًا هُوَ الْاِنْسَانُ مَعَ اَنَّهُ لَيْسَ ف۪ى يَدِه۪ مِنْ اَظْهَرِ اَفْعَالِهِ الْاِخْتِيَارِيَّةِ كَالْاَكْلِ وَ الْكَلَامِ وَ الْفِكْرِ مِنْ مِاٰتِ اَجْزَاءٍ اِلَّا جُزْءٌ وَاحِدٌ مَشْكُوكٌ فَاِذَا كَانَ السَّبَبُ الْاَشْرَفُ وَ الْاَوْسَعُ اِخْتِيَارًا مَغْلُولَ الْاَيْد۪ى عَنِ التَّصَرُّفِ الْحَق۪يقِىِّ كَمَا تَرٰى فَكَيْفَ يُمْكِنُ اَنْ تَكُونَ الْبَه۪يمَاتُ وَ الْجَمَادَاتُ شَر۪يكًا فِى الْا۪يجَادِ وَ الرُّبُوبِيَّةِ لِخَالِقِ الْاَرْضِ وَ السَّمٰوَاتِ ٠
فَكَمَا لَا يُمْكِنُ اَنْ يَكُونَ الظَّرْفُ الَّذ۪ى وَضَعَ السُّلْطَانُ ف۪يهِ الْهَدِيَّةَ اَوِ الْمَنْد۪يلُ الَّذ۪ى لَفَّ ف۪يهِ الْعَطِيَّةَ اَوِ النَّفَرُ الَّذ۪ى اَرْسَلَ عَلٰى يَدِهِ النِّعْمَةَ اِلَيْكَ شُرَكَاءَ للِسُّلْطَانِ ف۪ى سَلْطَنَتِه۪ كَذٰلِكَ لَا يُمْكِنُ اَنْ يَكُونَ الْاَسْبَابُ الْمُرْسَلَةُ عَلٰى اَيْد۪يهِمُ النِّعَمُ اِلَيْنَا وَ الظُّرُوفُ الَّت۪ى هِىَ صَنَاد۪يقُ للِنِّعَمِ الْمُدَّخَرَةِ لَنَا وَ الْاَسْبَابُ الَّت۪ى اِلْتَفَّتْ عَلٰى عَطَايَا اِلٰهِيَّةٍ
— 290 —
مُهْدَاتٌ اِلَيْنَا شُرَكَاءَ اَعْوَانًا اَوْ وَسَائِطَ مُؤَثِّرَةً ٠
اَلْمَرْتَبَةُ الثَّانِيَةُ:
جَلَّ جَلَالُهُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْعَل۪يمُ الصَّانِعُ الْحَك۪يمُ الرَّحْمٰنُ الرَّح۪يمُ الَّذ۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتُ الْاَرْضِيَّةُ وَ الْاَجْرَامُ الْعُلْوِيَّةُ ف۪ى بُسْتَانِ الْكَائِنَاتِ مُعْجِزَاتُ قُدْرَةِ خَلَّاقٍ عَل۪يمٍ بِالْبَدَاهَةِ ٠ وَ هٰذِهِ النَّبَاتَاتُ الْمُتَلَوِّنَةُ الْمُتَزَيِّنَةُ الْمَنْثُورَةُ وَ هٰذِهِ الْحَيْوَانَاتُ الْمُتَنَوِّعَةُ الْمُتَبَرِّجَةُ الْمَنْشُورَةُ ف۪ى حَد۪يقَةِ الْاَرْضِ خَوَارِقُ صَنْعَةِ صَانِعٍ حَك۪يمٍ بِالضَّرُورَةِ وَ هٰذِهِ الْاَزْهَارُ الْمُتَبَسِّمَةُ وَ الْاَثْمَارُ الْمُتَزَيِّنَةُ ف۪ى جِنَانِ هٰذِهِ الْحَد۪يقَةِ هَدَايَاءُ رَحْمَةِ رَحْمٰنٍ رَح۪يمٍ بِالْمُشَاهَدَةِ تَشْهَدُ هَات۪يكَ وَ تُنَاد۪ى تَاكَ وَ تُعْلِنُ هٰذِه۪ بِاَنَّ خَلَّاقَ هَات۪يكَ وَ مُصَوِّرَ تَاكَ وَ وَاهِبَ هٰذِه۪ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ قَدْ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ رَحْمَةً وَ عِلْمًا تَتَسَاوٰى بِالنِّسْبَةِ اِلٰى قُدْرَتِهِ الذَّرَّاتُ وَ النُّجُومُ وَ الْقَل۪يلُ وَ الْكَث۪يرُ وَ الصَّغ۪يرُ وَ الْكَب۪يرُ وَ الْمُتَنَاه۪ى وَ غَيْرُ الْمُتَنَاه۪ى وَ كُلُّ الْوُقُوعَاتِ الْمَاضِيَّةِ وَ غَرَائِبِهَا مُعْجِزَاتُ صَنْعَةِ صَانِعٍ حَك۪يمٍ تَشْهَدُ عَلٰى اَنَّ ذٰلِكَ الصَّانِعَ قَد۪يرٌ عَلٰى كُلِّ الْاِمْكَانَاتِ الْاِسْتِقْبَالِيَّةِ وَ عَجَائِبِهَا اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْعَل۪يمُ وَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٠
فَسُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪ مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪ مَحْشَرَ فِطْرَتِه۪ مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪ مَدَارَ حِكْمَتِه۪ مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪ مَزْرَعَ جَنَّتِه۪ مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ
— 291 —
مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪ هَدَايَاءُ جُودِه۪ بَرَاه۪ينُ لُطْفِه۪ ٠ تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ، تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ، تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ، تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ، تَعَرُّفُ وَدُودٍ، تَوَدُّدُ رَحْمَانٍ، تَرَحُّمُ حَنَّانٍ تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ ٠
وَ الْبُذُورُ وَ الْاَثْمَارُ وَ الْحُبُوبُ وَ الْاَزْهَارُ مُعْجِزَاتُ الْحِكْمَةِ خَوَارِقُ الصَّنْعَةِ هَدَايَاءُ الرَّحْمَةِ بَرَاه۪ينُ الْوَحْدَةِ شَوَاهِدُ لُطْفِه۪ ف۪ى دَارِ الْاٰخِرَةِ شَوَاهِدُ صَادِقَةٌ بِاَنَّ خَلَّاقَهَا عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ قَدْ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ بِالرَّحْمَةِ وَ الْعِلْمِ وَ الْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ٠ فَالشَّمْسُ كَالْبُذْرَةِ وَ النَّجْمُ كَالزُّهْرَةِ وَ الْاَرْضُ كَالْحَبَّةِ لَا تَثْقُلُ عَلَيْهِ بِالْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ٠
فَالْبُذُورُ وَ الْاَثْمَارُ مَرَايَاءُ الْوَحْدَةِ ف۪ى اَقْطَارِ الْكَثْرَةِ اِشَارَاتُ الْقَدَرِ رُمُوزَاتُ الْقُدْرَةِ بِاَنَّ تِلْكَ الْكَثْرَةَ مِنْ مَنْبَعِ الْوَحْدَةِ تَصْدُرُ شَاهِدَةً لِوَحْدَةِ الْفَاطِرِ فِى الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ثُمَّ اِلَى الْوَحْدَةِ تَنْتَه۪ى ذَاكِرَةً لِحِكْمَةِ الصَّانِعِ فِى الْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ ٠ وَ تَلْو۪يحَاتُ الْحِكْمَةِ بِاَنَّ خَالِقَ الْكُلِّ بِكُلِّيَّةِ النَّظَرِ اِلَى الْجُزْئِىِّ يَنْظُرُ ثُمَّ اِلٰى جُزْئِه۪ اِذْ اِنْ كَانَ ثَمَرًا فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ مِنْ خَلْقِ هٰذَا الشَّجَرِ ٠
فَالْبَشَرُ ثَمَرٌ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ لِخَالِقِ الْمَوْجُودَاتِ وَ الْقَلْبُ
— 292 —
كَالنُّوَاةِ فَهُوَ الْمِرْاٰةُ الْاَنْوَرُ لِصَانِعِ الْمَخْلُوقَاتِ ٠ مِنْ هٰذِهِ الْحِكْمَةِ فَالْاِنْسَانُ الْاَصْغَرُ ف۪ى هٰذِهِ الْكَائِنَاتِ هُوَ الْمَدَارُ الْاَظْهَرُ لِلنَّشْرِ وَ الْمَحْشَرِ ف۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ وَ التَّخْر۪يبِ وَ التَّبْد۪يلِ وَ التَّحْو۪يلِ وَ التَّجْد۪يدِ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ ٠
اَللّٰهُ اَكْبَرُ يَا كَب۪يرُ اَنْتَ الَّذ۪ى لَا تَهْدِى الْعُقُولُ لِكُنْهِ عَظَمَتِهِ ٠

كlar لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ بَرَابَرْ م۪ى زَنَنْد هَرْشَىْ دَمَادَمْ جُويَدَنْد يَا حَقّ سَرَاسَرْ گُويَدَنْد يَا حَىّ

اَلْمَرْتَبَةُ الثَّالِثَةُ :

{(*3) Bu Uchinchi Martabada, juz'iy bir gulni va goʻzal bir ayolni nazarga oladi. Ulkan bahor bir guldir, Jannat ham bir gul kabidir, u martabalarning mazharlaridirlar. Va olam goʻzal va katta bir inson va huriylar navi va ruhoniylar toifasi va hayvonlar jinsi va inson sinfining har biri ma'nan goʻzal bir inson hukmida, bu martaba koʻrsatgan Asmoni bosqichlari bilan koʻrsatadi.}

(ا۪يضَاحُهَا ف۪ى رَاْسِ الْمَوْقِفِ الثَّالِثِ مِنَ الرِّسَالَةِ الثَّانِيَةِ وَ ثَلَاث۪ينَ)
اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْقَد۪يرُ الْمُقَدِّرُ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ الْمُصَوِّرُ الْكَر۪يمُ اللَّط۪يفُ الْمُزَيِّنُ الْمُنْعِمُ الْوَدُودُ الْمُتَعَرِّفُ الرَّحْمٰنُ الرَّح۪يمُ الْمُتَحَنِّنُ الْجَم۪يلُ ذُو الْجَمَالِ وَ الْكَمَالِ الْمُطْلَقِ النَّقَّاشُ الْاَزَلِىُّ الَّذ۪ى مَاحَقَائِقُ هٰذِهِ الْكَائِنَاتِ كُلًّا وَ اَجْزَاءً وَ صَحَائِفَ وَ طَبَقَاتٍ وَ مَا حَقَائِقُ هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ كُلِّيًّا وَ جُزْئِيًّا وَ وُجُودًا وَ بَقَاءً اِلَّا وَ هِىَ خُطُوطُ قَلَمِ قَضَائِه۪ وَ قَدَرِه۪ بِتَنْظ۪يمٍ وَ تَقْد۪يرٍ وَ عِلْمٍ وَ حِكْمَةٍ وَ اِلَّا نُقُوشُ پَرْكَارِ عِلْمِه۪ وَ حِكْمَتِه۪ بِصُنْعٍ وَ تَصْو۪يرٍ وَ اِلَّا تَزْي۪ينَاتُ يَدِ بَيْضَاءِ صُنْعِه۪ وَ تَصْو۪يرِه۪ وَ تَزْي۪ينِه۪ وَ تَنْو۪يرِه۪ بِلُطْفٍ وَ كَرَمٍ وَ اِلَّا اَزَاه۪يرُ