[Bu hasbiholni Anqara idorachilariga eshittirishni, islohdan soʻngra sizga havola qilaman.]
Hakamning oʻzi qoralovchi boʻlsa, albatta men kabi bechoralarga "Kimdan kimga shikoyat qilay, hayron qoldim", dediradi. Ha, hozirgi vaziyatim qamoqdan ham haddan ortiq mashaqqatlidir. Bir kuni, bir oy yakka qamoq qadar meni ezadi. Bu gʻurbat, keksalik, xastalik, kambagʻallik va zaiflik bilan, qishning shiddati ichida hamma narsadan man qilindim. Bir bola bilan bir kasalmand odamdan boshqa hech kim bilan koʻrishmayman. Zotan bir yakka qamoqda yigirma yildan beri azob chekmoqdaman. Bu holdan ortiq meni yakkalash va kuzatuvlari bilan aziyat berish esa, "gʻayratulloh"ga ogʻir kelib, bir baloga vasila boʻlishidan qoʻrqish kerak. Mahkamada aytganimdek, toʻrt marta dahshatli zilzilalar, bizga zulm bilan qilingan hujum vaqtida kelishiga oʻxshagan juda koʻp hodisalar bor. Hatto taxmin qilamanki, mening huquqimni muhofaza qilish va meni himoya qilmoq uchun men qattiq ishongan Afyon Adliyasi, Dengizli Mahkamasidagi Risola-i Nur haqida murojaatimga ahamiyat bermadi, meni xafa qildi, adliyaning yongʻiniga bir vasila boʻldi degan ehtimol bor.
Aytamanki: Men haqimda vijdonli va odamgarchiligi boʻlgan bu tuman hukumati, zobit va adliyasi bilan birga meni toʻliq himoya qilishlari, eng muhim bir vazifalaridir. Chunki barcha yigirma yillik asarlarimni va maktublarimni, uch adliya va boshqaruv markazi toʻqqiz oy tekshiruvdan keyin oqlanishimizga va ozodligimizga hukm qildi. Ammo ajnabiy manfaati hisobiga, bu millat va bu vatanning juda buyuk zarari uchun harakat qilgan bir yashirin komitet, bizning oqlanishimizni buzish uchun, hamma tarafda chumolini fil qilib bir qism mansabdorlarni menga qarshi vahimaga soldi. Bir maqsadi, mening sabrim tugasin, yetar ortiq dedirish edi. Zotan ularning mendan gʻazablanganlarining bir sababi, jim oʻtirishimdir, dunyoga qoʻshilmaslidimdir. Goʻyo, "Nima uchun qoʻshilmayapsan, qoʻshil maqsadimiz amalga oshsin", deydilar.
Menga qarshi hukumatning bir qancha mansabdorlarini vahimaga solishda ishlatgan bir-ikki hiylalarini bayon qilaman.
Aytishdiki: "Saidning hurmati bor. Asarlari ham ta'sirli, ham koʻp. Unga yaqinlashgan odam, doʻst boʻladi. Shunday ekan, uni hamma narsadan uzoqlashtirish, xoinlik bilan, ahamiyat bermaslik bilan va hammani undan qochirish bilan, doʻstlarini qoʻrqitish bilan nufuzini sindirish kerak" deb, hukumatni zaharlashdi, meni ham dahshatli mashaqqatlarga solishdi. Ualrga javoban aytamanki:
Ey bu millat va vatanni sevgan qardoshlar! Ha, u munofiqlarning aytganlari kabi, hurmat bor. Ammo meniki emas, balki Risola-i Nurnikidir. U ketmaydi, unga hujum qilingan sari quvvati ortadi. Millat va vatanga qarshi hech qachon ishlatilmagan, ishlatilmaydi va ishlatib boʻlmaydi. Ikki adliya, oʻn yil oraliq bilan yigirma yillik varaqlarimni shiddatli va gʻazabnok tadqiqot natijasida, bizni jazolashga hech qanday haqiqiy sabab topmagani, bu da'voga rad qilinmas guvoh boʻladi.
Ha, asarlar ta'sirlidir. Ammo millat va vatanning manfaatiga hech qanday zarari tegmaydigan yuz ming odamga kuchli tahqiqiy iymon darsi berib, toʻliq saodat va abadiy hayotlariga xizmat qilishda ta'sirlidir. Dengizli qamoqxonasida, qisman jinoiy ish bilan hukm qilingan yuzlab odam faqat "Meva Risolasi" bilan oʻta odobli va dindor holatga kirishlari, hatto ikki-uch odamni oʻldirganlar, uning darsi bilan taxtakanani ham oʻldirishdan chekinishlari va qamoqxona mudirining iqrori bilan, qamoqxonaning bir tarbiya madrasasiga aylanishi, bu iddaoga rad qilinmas isbot, hujjat boʻladi.
Ha, meni hamma narsadan uzoqlashtirish, qiynoqli azob berish haddan ortiq zulm va bu millatga achinmas bir xiyonatdir. Chunki oʻttiz-qirq yil hayotmini bu millat ichida oʻtkazganim holda, men bilan muomaladan hech kim zarar koʻrmaganiga va bu dindor millat juda muhtoj boʻlgan ma'naviy kuch, tasalli va iymon quvvati manfaati topishlarining qat'iy dalili, menga qarshi boʻlgan buncha shiddatli tashviqotlarga qaramay, hamma tomonda Risola-i Nurga haddan ortiq e'tibor va ragʻbat koʻrsatishlari.. (hatto e'tirof qilaman) men loyiq boʻlmagan haddimdan yuz daraja koʻp iltifot etishlaridir.
Eshitdimki, mening ovqatlanishim va istirohat olishim uchun bu yerdagi hukumat murojaat qilgan, ijobiy javob kelgan. Men ularning odamgarchiligiga tashakkur bilan birga, aytamanki:
Eng koʻp muhtoj boʻlgan va hayotimda eng asosli dastur boʻlgan narsa hurriyatimdir. Aslsiz vahimalar deb, oʻxshovsiz tarzda hurriyatimning cheklov va istibdod ostiga olinishi haqiqatdan meni hayotdan bezdirmoqda. Qamoq va zindonni emas, balki bu holdan qabrni ustun qoʻyaman.
Ammo iymon xizmatida koʻp mashaqqat chekish, koʻp savobga sabab boʻlishi menga sabr va bardosh beradi. Modomiki odamgarchiligi bor kishilar men haqimda zulmni istamas ekan, eng avval mening shar'iy doiradagi hurriyatimga teginishmasin. Men nonsiz yashayman, hurriyatsiz yasholmayman.
Ha, ushbu oʻn toʻqqiz yil gʻurbatda faqat ikki yuz banknot bilan, qattiq tejash va kuchli riyozatda oʻzini idora qilib, hurriyatini va ilmiy izzatini muhofaza qilish uchun hech kimga hojatini izhor qilmagan va minnatga qolmagan, sadaqa, zakot, maosh va hadyalarni qabul qilmagan odam, albatta tirikchilikdan koʻra koʻproq adolat ichda hurriyatga muhtojdir. Ha, tenggi yoʻq tazyiq ostidaman. Bir-ikki kichik namunasini bayon qilaman:
Birinchisi: Sud hukmiga koʻra,
Risola-i Nurning ilmiy mudofaanomasi va Anqaraning yetti davlat doirasi xulosasi,
Jumhuriyat Raisiga mudofaalarim bilan birga yuborilgan,
natijada Anqara Ekspertlar Hay'atining xulosasi bilan oqlanishimizga sabab boʻlgan
va qamoqdoshlarimning menga esdalik va xotira uchun goʻzal yozuvlari bilan bir necha nusxasi yozilgan
va qoʻlimda boʻlgan
va Denizli zobit organi koʻrib tegmagan
va Afyon politsiya idorasida bir tun va bu yerning zobitlarida ochiq holda bir tun qolgan "Meva Risolasi" bilan "Mudofaanoma"ni, har kun xavotirlar ichida, bularni ham qoʻlimdan olmasinlar deb saqlayotgan edim.
Balki tintuv qilishadi degan xavotirda, bu gʻurbatda tanimagan odamlarimga, bularni saqla deya olmaganim uchun, juda xafa boʻlayotgan edim.
Ikkinchisi: Dengizli Sudi umuman qarshi chiqmagan va Eskishahar Sudi faqat bir soʻziga qarshi chiqib, bitta harf bilan javobini olgan "Keksalar Risolasi"ni Istanbulli bir odam, bu yerda bir odamdan olib Istanbulga olib borgan. Kutilmaganda, menga qarshi boʻlgan dinsizning qoʻliga tushgan. Chumolini oʻn fil qilib viloyat zobitasini qayragan. Natijada "Kim bilan koʻrishyapti, yoniga kimlar boryapti?" deb meni siqishni boshlashdi. Nima boʻlganda ham.. bular kabi juda achchiq namunalar bor. Ammo eng ma'nosizi shuki, meni gapirtirmaslik uchun, xizmatimda bir bola bilan bir kasalmand odamdan boshqa harkasni qoʻrqitib, mendan qochirishlaridir. Javoban aytamanki:
Oʻn odamning mendan chekinishlari oʻrniga, oʻn minglab, balki yuz minglab Musulmon, hech bir mone'ga ahamiyat bermasdan Risola-i Nur darsini olishda davom etishyapti. Ham bu mamlakatda, ham tashqi Islom olamida juda kuchli haqiqatlari va juda qiymatli foydalari uchun tom rivoj bilan tarqalgan Risola-i Nurning minglab nusxalaridan har biri, mening oʻrnimga mendan mukammalroq gaplashyapti. Mening jim boʻlsamda, ular jim boʻlmaydi va jim qilinmaydi.
Modomiki sud xulosalariga koʻra isbot qilinganki, yigirma yildan beri siyosat bilan aloqamni yoʻqligi va hech qanday aks belgisi koʻrinmagani holda, albatta men bilan koʻrishishlaridan shubhalanish juda ma'nosizdir.
{(Hoshiya) Gʻarib va ajib bir hodisa: Bu oy bir kun hovliga tushdim, qaradim. Kelgan qor ustida, Risola-i Nurning qismlarida tavofuqlariga ishora qilgan ranglar, qizil-sariq siyohlar kabi, qorning ustida sochilgan qatralar va nuqtalarni koʻrdim. Bunga juda hayratlandim. Boshqa yerlarga qaradim, hovlimdan boshqa yerlarda yoʻq edi. Qiziqdim, qalban aytdimki: Risola-i Nur umum mamlakat bilan, balki Qur'on hisobiga Yer Kurrasi bilan shu daraja aloqadorki, uning boshiga kelgan balodan, musibatdan bulutlar ham qon yigʻlamoqda. Bir-ikki odamni chaqirdim, ular ham hayratlandi. Mening qiziqish va xavotirimni koʻrgan uy sohibining jiyani Mahmud Afandi, men qorning koʻpligi sabab yoʻlni yopishidan xavotirlanyapti deb oʻylabdi. Men yuqori chiqqandan soʻng, u yoʻlni ochish uchun oʻsha qorni ikki tarafga otib u ishorali ma'nodor qizil-sariq havo hodisasini yopibdi. Unga aytdimki: Tegmasa eding, yaxshiroq boʻlar edi. Oʻsha kun Risola-i Nurga qarshi uch hodisa roʻy berdi:
Birinchisi: Afyon Adliyasi bilan bu yerdagi zobitlar boʻlinmasi kitoblarimning qaytirilishiga doir murojaatimga javoban, "Hali kassatsiyadan tasdiq kelmagani uchun aralashmang" deb, mening umidimni soʻndirdi.
Ikkinchisi: Oʻsha kuni, mening holatimni yashirincha oʻrganish uchun Afyon idorasi maxsus politsiyani yuborganini bildik.
Uchinchisi: Oʻsha kun Istanbulda bir munofiq "Keksalar Risolasi"ni bahona qilib bizga qarshi tashviqot qilgan. Bu holat adliyaga ta'sir qilgan. Bu kabi hodisalardan yangi qiziqqan kishilar chekinishni boshladi. Men ham
dedim, "Hasbunallohu va ni'mal vakil" himoyasi ostiga kirdim.}