Emirdoğ Lahikasi
— 286 —
Amirtogʻdagi tergovda bergan koʻrsatmaning hoshiya va ilovasidir.]

Yigirma besh yildan beri hech qanday gazetani oʻqimagan, tinglamagan edim. Kecha menga xizmat qilgan bir kishi biroz gazetadan oʻqidi. Unda aytilishicha 1) Anqara maorif doirasi (ikki million zarar bilan), 2) Anqaradagi avtomobil garaji ayni vaqtda Izmirda muhim fabrika, 3) ayni vaqtda Adada katta bir binoning toʻliq yonganini eshitgan vaqtim, qattiq xafa boʻldim. Afsuslar bilan bu faqir millatga achinib turgan edim. Oʻsha kuni butun umrimda chekmagan azob bilan, hech qanday mahkamada mendek keksa va xasta holimda toʻrt yarim soat tinmay tergovda savollarga javob berishga majbur boʻlgan paytim, agar bu yerning adliyasining odamgarchiligi va bir daraja shafqati boʻlmaganida, qat'iyyan chiday olmas edim. Ogʻir soʻz aytib bu sovuqda, xasta holimda qamalishni boʻynimga olgan edim. Bu qat'iy qarorda edim. Hatto menga xizmat qilgan bir kishini xonamga joylashtirishni, biriga musht tushirib mening xizmatim uchun qamalish, yonimga kelish uchun qaror qilgan edik. Lekin bu yerning adliyasining odamgarchiligi va inoyat-i Ilohiya menga sabr berdi, chidadim.

Ushbu ajib holat va aslsiz vahimaning sababiga qiziqdim. "Yoshlarga Rahnamo"ning rasman chop qilinishi va tarqalishi juda koʻp maktablilarni nurlantirdi. Hatto Anqara va Istanbul Dorulfununlarida qiymatdor yoshlarning Risola-i Nur asoslarini, bu vatan millatining saodatiga bir sabab ekanini bilishdi. Juda koʻp muallimlar ham milliy va vatan gʻururi, ilmiy fazilat tomondan Risola-i Nurga kamoli ishtiyoq bilan aloqador boʻlishlari, ma'orif boʻlimining e'tiborini jalb qilgan. Nurlarni bir daraja xush koʻrmay tinchligini buzishni xohlashibdi. Hatto bu yerda "Yoshlarni qoʻlga olyapti. Chop etilgan "Yoshlarga Rahnamo" bilan maktab talabalarining e'tiborini dinga tortayapti." deb xabar berishibdi. Bunga asosan ham meni, ham aksar Risola-i Nur shogirdlarini ba'zi viloyatlarda tergov qilishibdi.

— 287 —

Holbuki men madrasadan chiqqanim uchun domlalardan yordam kerak. Butun kuchim bilan ma'orif boʻlimi va maktablilarga ishonib ularga tayanishni istayman. Chunki Nur doirasiga kirganlarning koʻpi maktablilardir. Domlalar kam, koʻpi chekindi. Maktablilar esa kamoli taqdir bilan Nurlarni himoya qilishgani uchun, qalbimdan: Inshaalloh ma'orif boʻlimi Nur shogirdlarini himoya qiladi deb, ularning yordamini kutayotgan edim. Lekin bu yangi hujumning sababi, chop qilingan "Yoshlarga Rahnamo"ning oxirida "Nur shogirdlari hukumatning ruxsatiga binoan mumkin boʻlganicha Nur darsxonalarini ochishi munosib", deb yashirin dushmanlarimiz ma'orif boʻlimini dushmanga aylantirishiga sabab boʻldi.

Hozirgacha dushmanlarimiz hiylalar bilan necha marta adliya tomondan bizni abgor qilishni istashdi. Lekin muvaffaq boʻla olishmadi, hech narsa chiqara olmadilar. Keyin mutaassib, xudbin va rasmiy mansabdagi domlalarni bizga qarshi qoʻyishga urinishdi. Unda ham hech narsaga muvaffaq boʻla olmadi. Endi esa eng koʻp men yordam berishiga ishongan ma'orif idorasini bizga qarshi qoʻyib, hukumatning ba'zi mansabdorlarini, uch mahkamada qat'iy oqlangan aybimiz - jamiyat va tariqat tuzish bahonasi bilan keng doirada bechora ma'sum Nur shogirdlariga va meni Risola-i Nurning mutolaasidan mahrum qilishga urinishdi.

Mening toʻrt yarim soat qattiq tergov qilinayotgan paytimda ma'orif doirasining besabab yonishi va oʻchirishga hech qanday imkon boʻlmagani va tamoman yonishi, tasodifga oʻxshamaydi, gʻazab belgisi sifatida koʻrinyapti.

Tergovimning oxirida va ayni paytda: "Meni gʻurbatda, yolgʻizlikda kitoblarim mutoalasidan mahrum qilmang. Yoʻqsa ham menga, ham bu vatanga yomon boʻladi. {(Hoshiya) Ming afsus, boshiga keldi.} Balki zamin yana zilzila bilan gʻazab qiladi", deganimdan bir necha daqiqa oʻtib uch soniya davom etgan zilzila va shu fikrni mahkamada yana takrorlagan paytim (yo kecha, yo kunduz) zamin olov bilan ma'orif boʻlimiga urdi.

Mahkamada toʻrt marta isbot etilgan koʻp zilzilalarning Risola-i Nur va shogirdlariga hujum boʻlgan vaqtda kelishi, albatta tasodif boʻla olmaydi. Demak bu vatan va millatning, osoyishtalikning katta tamal toshi boʻlgan Risola-i Nurning haqiqatlari, bunday ta'zirli hodisalar bilan bu millatning e'tiborini Qur'onning haqiqiy, haqiqatli va kuchli tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga qaratadi. Millatni unga tashviq qilib, dushmanlariga shafqat ta'ziri uradi.

— 288 —

Sadaqa baloni daf qilganidek, Risola-i Nur bu yurtda baloning daf boʻlishiga vasila boʻlgani koʻp hodisalarda koʻringan. Bu safar Risola-i Nurga hujum qilingan paytda yongʻin balosining kelishi, Risola-i Nur baloning daf boʻlishiga vasila ekanini isbot qildi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Egʻirdirda "Asoy-i Muso"ni musodara qilib, mahkamaga bergan kishining oʻzi ikki yil qamoq jazosi bilan ta'zir yedi. Xusravga gʻazab bilan bir oz jazo bergan sudya ham nafaqaga chiqishga majbur boʻldi. Uning rafiqasi ajrashib bir nav ta'zir yegani kabi, bu yerda ham sizga konvertda joʻnatgan xabarda yozilgan ta'zirlar qat'iy koʻrsatadiki - biz bir himoya va inoyat ostidamiz. Bizga zarar qilganlar oxiratda shiddatli ta'zir yeyishlari kabi dunyoda ham bir qismi tez baloga uchraydi. Bu safar bizga hujum vaqti qish juda qattiq gʻazab qildi. Qattiq sovuq va boʻron bilan havoning jahli chiqqanini koʻrsatganidek, hujum toʻxtaganda va Nurchilarning qoʻyib yuborilishi bu ayoz kunlar navruz kunlari kabi kulishni boshladi. Bu tabassum, davomiy tarzda ma'naviy xushxabar va tasalli beryapti degan fikrdamiz. Bu safar xabarda yozilganidek, hech qanday shaytonning ham hech kimni alday olmagan ajib va masqarali tuhmat qilib omma hurmatini bizdan ketkazishga uringan rasmiy politsiya xodimlarining ayni paytda ta'zirini yeyishi koʻrsatadiki, bizga hujum qilganlar, tuhmatdan boshqa hech qanday chora topa olmayapti, boshqa yoʻli qolmagan. Biz ham juda diqqat va ehtiyot boʻlishga, bunday mishmishlarga ahamiyat bermaslikka majburmiz.

— 4 —

Risola-i Nur Kulliyotidan