Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Muboraklar qishlogʻidan Ali bilan Hoji Sulaymon, Dinor tomonidan Abdurrahmon va Himmat, yana avval kelgan ahamiyatli Nurchi hamshahri yonimga kelishdi. Janobi Haqqa koʻp shukrlar qilamanki, Muboraklar qishlogʻi Kuleonuda eskisi kabi Nurlarga qattiq aloqalarini muhofaza qilishyapti. Ularning sadoqat va ixlosining bir karomati shuki: Menga tegishli oʻn majmua kitoblarimni kerakligi uchun Anqaraga joʻnatgan va juda ahamiyatli va uzoq joylardan mendan kitoblarni soʻrashgan vaqtda Kuleonu muboraklari oʻzlarining Nur majmualarini, joʻnatgan miqdorimcha Madrasatu-z Zahroning hadyasi sifatida menga olib kelishdi. Xususan ichida Birinchi Abdurrahmon boʻlgan Katta Mustafoning oʻq qoʻlyozmasi boʻlgan toʻliq "Maktubot" va "Ilova"larni koʻrdim. Janobi Haq har biriga u kitoblarning harflari sanogʻicha ming rahmat ehson etsin. Omin.
Ikkinchidan: Qamoqda Oʻn bir oy Xusravning ta'tiliga favqulotda xolis xizmat qilgan va mudofaa qilishda oʻta chiroyli javob bergan Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo, kecha mening yonimga kelib, "Men akam Xusravning yoniga ziyoratga boraman." dedi. Javoban: "Ziyorat - ham sening, ham uning haqqi boʻlsada, bugun toʻrt talaba kelishdi. Ispartaga ketishdi, shuning uchun ehtiyoj qolmadi. Sen Risola-i Nur hisobiga muhim bir qishloqda imom boʻlganing uchun, u xizmat Nurlarga menga qilgan xizmatingdan ham koʻproq foydali boʻlgani uchun, Xusravning ziyoratidan hozircha qiymatliroq. Agar u qishloqda Nur xizmati boʻlmaganida, Mustafo kabi xolis va vafodor xizmatkorga ehtiyojim boʻlardi. Shunday ekan, hozircha ziyoratni kechiktir.
Uchinchidan: Yonimga Konyalik Hoji Sabri qardoshimiz keldi. Men, Sodiq, Xayri, Mustafo bor edi. Juda ahamiyatli suhbatimiz Hoji Sabriga muhim bir dars boʻldi. Xususan, Madrasatu-z Zahro ruknlarining, xususan Xusravning bu vatan va millat, Islom olamiga iymoniy xizmatlari va buzgʻunchi dinsizlarning hiylalariga toʻsiq qoʻyishlari shunchalik buyuk hasanaki, minglar gunoh borligini faraz qilsak, afv ettiradi.
Shunday ekan, boshda Xusrav va ruknlarning hech bir harakatlarini tanqid qilmaslik, kamoli ixlos va samimiyat bilan ularga birdamlik va toʻliq qardosh boʻlish kerak degan ma'noda bir dars boʻldi. Inshaaloh Hoji Sabri ham Hoʻja Sabri va Rushdu va ularga oʻxshaganlar kabi ruhu jon bilan aloqador va Xusrav bilan tom qardosh boʻladi. Tutgan yoʻlining ixtilofi boshqa ta'sir qilmaydi.
Aziz, siddiq qardoshlarim, Madrasatu-z Zahro ruknlari, Nur noshirlari!
Avvalo: Biz bir masalani munosib koʻrdik, sizga asl Nur haqida soʻz huquqi Madrasatu-z Zahro ruknlari ra'yiga havola qilish uchun qalbga quyidagi fikr keldi:
Soʻnggi kunlarda menga xizmat qilgan uch doʻstimizning vaqtincha bir necha kun mendan dars olishga ishtiyoqlariga binoan va eski davrda talabalarimga bergan qiymatli xotirani eslash ishtiyoqiga binoan, chop etilgan "Lama'at"dan har kun bir sahifa dars berayotgan edim. Ham men, ham ular juda hayrat va taqdir qilayotgan edik. Shunda bir fikr keldi: Ushbu chop etilgan risolaning boshqa chop etilgan risolalar kabi nusxalari qolmaganining sababi, bu asarning juda qiymatli ekanini bilgan dushmanlar yoyilishiga toʻsqinlik qilganiga, dosʻtlar esa qiymati uchun qoʻldan chiqarmaganiga xulosa qildik.
Yana koʻrdikki: "Lama'at" Risola-i Nurning muhim qismining urugʻlari, tuhumlari boʻlgan oʻta chiroyli vajizalarga va hech bir adib va mutafakkir muvaffaq boʻla olmagan oʻxshashi taqlid etilmaydigan buyuk ijtimoiy haqiqatlarni kichik hikmatda va nazm holida bir kitobni nasrda yozilgandek, nazmni eslatmay oson oʻqiladigan tarzda ekani, oʻttiz yetti yil avval Ramazon-i Sharifning yigirma kunida, har kun bir ikki soat yozib chiqilgan. Bu bir katta kitobchalik uzun masnaviy yozilishi va ichida yigirma joyda gʻaybiy xabar berganlarini oʻttiz-qirq yil avval oʻtib ma'nosi aytilgnidek yuzaga chiqqandek, qoʻlimizga kelgan nusxaga ishorat qoʻydik.
"Lama'at" Ridola-i Nirning xushxabarchisi, mundarijasi va unib chiqaradigan issiqxona namunasi ekaniga qanoat hosil qildik.
Ikkinchidan: "Lama'atning ishorat qilgan qismlari "Oʻttizinchi Soʻz" nomli "Soʻzlar"ning oxiriga yozilishi, Nur qahramoni Xusrav va Madrasatu-z Zahro ruknlarining ra'yiga havola qilamiz. Umum qardosh va shingillarimga salom aytamiz, duo qilib, duolarini istaymiz.
(Hoshiya): Agar qabul qilsangiz, mendagi "Lama'at" keyinroq yuboriladi.
Aziz, siddiq, sodiq, muxlis va xolis qardoshlarim va singillarim!
Butun ruhu jonimiz bilan bayramlaringizni, ham bu yil hajga bemalol xolisona ketganlarning bayramlarini tabriklaymiz. Bu vatandagi istibdodning sinishi sababli bu millatning sha'riy ozodlikka erishishni boshlaganini va bu millatning ma'naviy bayramini tabriklaymiz. Islom olamining birgalikga uygʻonishining ma'naviy bayramlarini tabriklaymiz. Risola-i Nurning Qur'oniy haqiqatlarga doir bergan xabarlarini davr tasdiqlayotgani va insonlarning eng keng doirasi ma'naviy Qur'on nurlariga ehtiyoj his etayotganini tabriklaymiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Sayyid Solihning Halab va atrofidagi juda ahamiyatli Ixvoni Muslimin jamiyati uchun sizdan soʻragan Nur majmualaridan, berishingiz uchun oʻnta oʻzimnikidan joʻnatdim.
Ikkinchidan: Dengizli va Dengizlidagi Nur qardoshlarimiz bilan juda aloqadorman. Marhum Hasan Fayzining doʻstlari qanday holdalar? Eski doʻstimiz Yoqub Jamol yaxshimi, qay holda, qayerda ekanini qiziqayotgan paytim uning Dengizli Nurchilari nomidan goʻzal bayram tabrigi meni juda sevintirdi. Meni xayolan sogʻinib, ishtiyoq bilan Dengizlida aylantirdi, "Mashaalloh, Barakalloh!" dedim.
Uchinchidan: Yigirma yildan beri Nurchilarga azob bergan va qamatgan badbaxtlarning ba'zilari, har kuni bir oy boʻyicha bizni qiynagani qadar ma'naviy azob chekishyapti. Biz u zolimlarni Jahannamga havola qilib sabr etdik. Lekin iymoniy xizmat muqaddasligi u badbaxtlarga dunyoda ham Ilohiy adolatdan bir nav jahannamni istabdi. Ba'zilari bir yilda mutlaq istibdoddan olgan lazzatni yoʻqqa chiqarganini koʻrdik, davr koʻrsatdi. Demak Ilohiy adolat va inoyat himoyasi bizga kifoya qiladi!
Toʻrtinchidan: Ali Usmonning vafoti sababli ham qarindoshlarini, ham Madrasatu-z Zahro va Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Uni esa tabriklayman, vazifasini toʻliq bajardi. Hozir Nur qahramoni Hofiz Ali va Hofiz Mustafolarning yonida duoimga kirgan. Umum qardoshlarimga minglar salom.
[Mahram. Hozircha Madrasatu-z Zahro ruknlariga maxsus.]
(Keksa ayollarga ahamiyatli xushxabar hamda turmushga chiqmagan va oila qurishni istamagan yosh qizlarga eslatma.)
Hadisi sharifda عَلَيْكُمْ بِدِينِ الْعَجَائِزِ soʻzi koʻrsatyaptiki, oxirzamonda kuchli iymon, keksa ayollarda boʻladi. Shuning uchun hadisi sharifda, "Dindor keksa ayollarning diniga ergashing", deyilgan. Risola-i Nurning ham toʻrt asosidan biri shafqat boʻlib, ayollar shafqat qahramoni boʻlgani uchun, hatto eng qoʻrqogʻi ham bolasi uchun ruhini qahramonlarcha fido qiladi.
Bu davrda qiymatli volidalar va singillar, buyuk hodisa bilan qarsilashyapti. Ruhimga mahram va ochish munosib boʻlmagan bir fitriy haqiqatini Nur shogirdlaridan yakka qolishni istagan yoki majbur boʻlgan qizlar qismiga bayon etish kerak deb eslatildi. Aytamanki:
Qizlarim, singillarim! Bu davr eski zamonlarga oʻxshamaydi. Yarim asrga yaqin ijtimoiy hayotda Islomiy tarbiya oʻrniga madaniyat tarbiyasi joylashgani uchun, bir erkak bir ayolni abadiy rafiqa va dunyoviy hayot saodatiga sabab va oʻzini boshqa gunohlardan muhofaza qilish uchun olishi kerak. Lekin bechora zaifani doim bosim ostida, faqat dunyoviy vaqtincha yoshligida sevadi. Ba'zan unga bergan rohatidan oʻn marta koʻp qiyinchilik beradi. Agar shar'an nazarga kufuvv deyilgan oʻzaro tenglik boʻlmasa, shar'iy huquqqa e'tibor berilmagani uchun, hayoti doim azob ichida oʻtadi. Hasad ham aralashsa, yanada barbod qiladi. Turmush qurishga uch sabab bor:
1. Naslni davom ettirish uchun Ilohiy hikmatga muvofiq fitriy xizmatga bir mukofot sifatida fitriy mayl va istak bergan. Holbuki oʻn daqiqa lazzat bersa, agar shariat doirasida boʻlsa, erkak bir soat qiynalishi mumkin. Lekin ayol oʻn daqiqalik lazzat uchun bolaning oʻn oy oʻz vujudida qiyinchiligini tortadi. Oʻn yil bolaning hayotiga yordam berib qiynaladi. Demak oʻn daqiqalik fitriy mayl uzun mashaqqatlarga olib kelgani uchun, ahamiyati qolmaydi. His va nafs turmush qurishga turtki boʻlmasligi kerak.
2. Ayol kishi fitratan zaif boʻlgani uchun, tirikchilik tomondan bir yordamchiga muhtoj. Bu ehtiyoj sababli hozirgi Islomiy tarbiyadan dars olmagan, yaramaslikka, bosim oʻtkazishga oʻrgangan kimsalardan kichik tirikchiligining hurmati uchun bosim ostiga kirib, xoʻjakoʻrsinga erining roziligini olish uchun dunyoviy va uxroviy hayotining asosi boʻlgan qulligini va axloqini buzish oʻrniga, qishloq ayollari kabi oʻz nafaqasini oʻzi ishlab topishi oʻn marta osonroq.
Razzoqi Haqiqiy farzandlarining rizqini sut bilan berganidek, ularning ham rizqini Xoliqi Rahim beradi. Rizq uchun benamoz va axloqini yoʻqotgan er qidirish, xoʻjakoʻrsinga ishlab, bosim ostiga kirish, albatta Nur talabasining ishi emas.
3. Ayollar fitratida bola erkalash va sevish mayli bor. Bir farzandni dunyoda unga xizmati va oxiratda shafoati, volidasi vafot etgandan soʻng hasanoti bilan yordam berishi, oʻsha fitriy maylni quvvatlab, turmush qurishga olib kelgan. Holbuki hozir Islomiy tarbiya oʻrniga madaniyat tarbiyasi bilan oʻntadan bir-ikki haqiqiy avlod, oʻz volidasining shafqatiga javoban fidokorlik bilan xizmat qilyapti. Dindor boʻlib duolari bilan, hasanotlari bilan onasining amal daftariga hasanalar yozdirib, oxiratda solih boʻlsa volidasiga shafoat qilish ehtimoli boʻlgani uchun, oʻntadan sakkizi unday holatda emas. Demak, bu fitriy mayl va nafsoniy shavq bilan bechora zaifalar bunday ogʻir hayotga qat'iy majbur boʻlmay kirmasligi kerak. Biz ishorat qilgan haqiqatga binoan yolgʻiz qolishni xohlagan qiz Nur shogirdlariga aytamanki: Toʻliq muvofiq, dindor va axloqli zavj topmay, oʻzlarini ochiq-sochiqlikka sotishmasin. Topilmasa, loyig va abadiy doʻst boʻladigan va Islomiy tarbiya olgan vijdonli sherik chiqishigacha Nurning bir qism fidokor shogirdlari kabi yakka qolishsin. Abadiy saodati, vaqtincha dunyoviy kayf uchun buzilmasin va madaniyatning gunohlari ichida bugʻilmasin.
Hoshiya: Singillar va yosh qizlar "Tasatur Risolasi"ni oʻqishlari kerak.
Qamoqlarda, xususan Afyon qamogʻida eski zolim mustabidlar aldash uchun ora-sira afv mavzuini ichishar edi. Bechora mahkumlar mendan: "Afv beriladimi ajabo?" deb soʻrashar edi. Men javoban: "Bu zolimlar aldashyapti. Lekin Nur shogirdlari, modomiki mahkumlarga tasalli berish va yuzda toʻqsonini namoz oʻqitish hikmati uchun uch marta qamalishdi. Rahmati Ilohiyadan qamalganlarning tom afv bilan chiqishiga bir belgi ekaniga qattiq umid qilaman va xushxabar beraman." der edim. Koʻp marta koʻp odamlarga bu tasallini berar edim. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, qahramon Demokratlar umid va xabarlarimni tasdiqlatib ba'zi qonunlarning oʻzboshimcha tarafgirona bahonasi va ba'zi gʻarazchi mansabdorlar tarafgirlik uchun bahonalar bilan ezilgan koʻp ma'sum mahkumlarni azobdan qutqarishga sabab boʻlishdi.
Millatning jur'atli qismini oʻziga va osoyishtalikka tarafdor etishdi. Shu sababli juda koʻp mahkumlar Nurlar va Nurchilarga jiddiy aloqador boʻlishdi. Shu sabab hollari toʻliq tuzalib vatan va millatga nafaqat zararli, balki jamiyatning sogʻlom va foydali a'zosiga aylanishdi.
Juda sevgili Ustozimiz Afandimiz!
"Risola-i Nur yoʻq qilinmaydi", deb yozilgan haqiqatni Bosh vazir Adliya vaziriga uyi manziliga, yana boshqa vazirlarning ham rasmiy manzillariga joʻnatdik. Koʻrishgan deputatlarimizga beryapmiz. Hammasi ham bu xususda yordam berishini aytyapti. Isparta deputati Senirkentli Tahsin Toʻla qattiq aloqador va "Hukumat hozir komunizm bilan kurashishni boshladi. Bu mujodala faqat zobitlar bilan boʻlmaydi. Nurchilar yigirma yildan beri kurashib kelyapti. Hukumatga katta yordam qilishyapti. Bugun mamlakatdagi turli jarayonlarning eng xayrlisi va eng ta'sirlisi Nurchilardir." dedi.
Voiz va deputat Umar Bilgan boshqa deputat Hasan Fahmi Ustaoʻgʻli va Fahmi Choʻponoʻgʻli ismli keksalar sizni qattiq hurmat qilishlarini va salomlarini aytishyapti. Har ikkalalari ham Risola-I Nurning ma'naviy shaxsi nomiga sevgili Ustozimizni bu asrning haqiqiy murshidi deb, "Ularning himmatidan kutilmagan zafar qozonildi", deyishyapti. Siz sevgili Ustozimizdan koʻp jihatdan yordam koʻrganini aytgan bu muhtaram deputatlarni sizning duoingiz va Risola-i Nurning xizmatiga ishonib kelajakka katta umid bilan qarayotganlarini va "Islomiyatning butun ehtishomi bilan insoniyat olami miqyosida porlashini Janobi Haqning rahmatidan kutyapmiz", deyishyapti. Kechagi chorshanba kuni uch deputat vaqt topib Ustozimizni ziyorat qilishlarini kelishib olishibdi.
[Sizga bu safar Oliy Sudga joʻnatgan (advokatning Oliy Sudga yuborgan) murojaatnomaning nusxasi. Ushbu dahshatli qarornomaga qarshi xulosasi siz tomondan bu ma'noda, musodara qaroriga javoban dindor deputatlarga aytgansiz:]
Bunday musodara qay darajada qonunga xilof, Demokrat hukumatini tan olmaslik hamda Adliya vazirining buyrugʻini mensimaganini va e'tibor bermaganini koʻrsatadi. Adliya adolati xorijida dahshatli gʻaraz hukm qilyapyi. Kitoblarimizning tortib olinganining hammasi minglar soʻzlardan bir-ikki soʻzni javobgarlik mavzui bahonasi bilan qaytarishni istashmaganini va bu tarzda Nurlarning nashriga mone boʻlishni xohlaganini, aybdor qilib koʻrsatgan joylari biz tomonimizdan mudofaamizda ularning sakson bir xatosini toʻgʻrilash jadvalida isbot qilib, ochiq gʻarazkorlik koʻrsatganlarini, hozir man etilmagan yuz minglar tafsirlarda yozilgan tasattur va irsiyat haqidagi ikki oyatning bir necha satrlik tafsiri sababli dunyoda hech qanday qonun ruxsat bermagan ajib zulm bilan toʻrt yuz sahifalik "Zulfiqor" majmuasini musodara qilib bizga bermaslik surati bilan zulm qilishdi.
Afyonda ikki yil qoʻlida turgan butun Risola-i Nur qismlari avvaldan ham Dengizli, ham Anqara, ham Isparta mahkamalarida oqlanib egalariga qaytarib berilganini, soʻng "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz nashr qilindi degan bahona bilan Isparta hukumati musodara qilib toʻrt yil tutub, butun bir yuz yetmish majmuani bizga qaytarib berishganini va bizning eng muhim aybimiz Risola-i Nurning mahram qismlarida ellik yil avval bir hadisning sharhida, majburiy qonun bilan shapkani kiydirgan va Islom dinini bu muborak turk millatidan yoʻqotish uchun Lozanna kelishuvida soʻz bergan va juda shiddatli va dahshatli hujumlarga qaramay hech bir haqiqiy musulmon turkni protestant qila olmagan va Islom millati uchun juda koʻp zararli ekanini ishlari bilan isbotlagan, hadisi sharif xabar bergan mudhish shaxs oʻzi ekanini hayot va oʻlimi bilan koʻrsatgan Mustafo Kamolga bir mahram asarda "Dinni agʻdaruvci Sufyon" deganimizni va "insonlar qalbidagi sevgini buzishga uringanimizni" ayb deb qamalishimizga hukm qilinganini va Oliy Sudning Afyon mahkamasining haqsiz qarorini buzib yangidan koʻrib chiqishni boshlagan da'vo, afv qonuni chiqib, jildlari bilan va butun Nur asarlari bilan obroʻsizlantirish uchun ost qavat omboriga tashlanganini, oxiri Adliya vazirligi qaroriga asosan Sungurning joʻnatgan telegrafida aytilganidek butun asarlarning berilishiga buyruq berganiga qaramay hech biri qaytarilmay, yangidan javobgarlikka tortish kerak boʻlganlarini ajratish, balki toʻligʻini javobgarlikka tortishni istashdi. Risola-i Nurning toʻliq ozodligiga toʻsiq boʻlishga urinishganini bildirgan va ush yildan beri bizni aldagan bunday shaxslarga, Nurning ishlarini berib qoʻymaslik uchun Bosh vazir va Adliya vazirining e'tiborlariga havola qilib, ushbu ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozilishi, vatan va millat manfaati uchun kerak.
Jalol Lafzi ustida I'jozi koʻz bilan koʻrilgan Qur'onimizni olish uchun murojaat qilib Diyonat Riyosatiga murojaat qilinganidek faqat gʻaraz va ajnabiy qoʻli bilan bizning zararimizga qilingan ishlardan va qiynoqlardan bizni va Islom olamini juda koʻp sevintirgan Demokratlarning diqqat qilib Nurchilarni qutqarishlarini, hurriyatparvar hukumatdan iltimos qilamiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jomin bilan oʻtgan Mavlud-i Nabaviyangizni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Sizning Nurning nashridagi muvaffaqiyatingizni Islom olami tabriklab olqishlaydi. Hozir belgilari koʻrinyapti. Jumladan bir namunasi:
Pokiston Maorif vaziri Nurlar uchun mening yonimga keldi, Risola-i Nurning bir qismini oldi. "Toʻqson million Musulmonlar ichida nashr qilishga harakat qilaman." dedi. Olib, ketdi. Yana bizga qarshi munofiqlar harakat qilayotgan ekan, ham Orupoda, ham Osiyoda uzoq joylarga Risola-i Nurni olib borishgan. Berlinda olmonlar "Zulfiqor"ni olishgan vaqt bir gazetada olqishlab e'lon qilishgan. Ichkarida ahli iymon eng qattiq qarshilardan boʻlgan eski bosh vazir va ichki ishlar vaziri "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor"ning ta'qiqlaganiga qaramay kamoli shavq bilan oʻqishyapti. Anqarada oʻqiganlar juda koʻp. Yana qamoqxona mudirlari ikki-uch viloyatda: "Biz qamoqxonalarni Madrasa-i Nuriya qilishimiz kerak. Mahkumlar Dengizli, Afyon qamoqlari kabi Nurlar bilan isloh boʻlishsin." deb qaror qilishgan.
Uchinchidan: Marhum Burhon Nurning ummiy va yashirin qahramoni edi. Uning ham qarindoshlari, ham Usparta, ham Madrasatu-z Zahro shogirdlariga ta'ziya bildiraman. Besh-olti kun avval xabar olgan edim. Hozirgacha besh-olti kun ichida unga balki ming marta duo qildim. Chunki olti kunda virdlarimda toʻrt yuzga yaqin اَجِرْنَا مِنx9Oلنَّارِ deganimda uni ham niyat qilaman. Butun oʻqiganlarimni Burhonga hadya qilaman.
Toʻrtinchidan: Nurlar maktablarni toʻliq nurlantirishni boshladi. Maktab shogirdlarini madrasa talabalaridan koʻra koʻproq Nurlarga sohib, noshir va shogird ayladi. Inshaalloh madrasa ahli sekin-sekin haqiqiy mulklari va madrasa maxsuli hisoblangan Nurlarni yelkalariga olishadi. Hozir ham koʻp muftiylardan va koʻp ulamolardan Nurlarga qattiq ishtiyoq koʻrilyapti va istashyapti. Endi eng muhim takyalar ahli - ahli tariqatdir. Butun kuchlari bilan Nur Risolalarini nurlantirishlarini va yelkalariga olishlari kerak va shartdir. {(Hoshiya) Mana muhim bir namunasi: Saydishaharlik Hoji Abdullohning barcha mansublari, ham Kastamonuda, ham Ispartada, ham Eskishaharda Risola-i Nur doirasini oʻz tariqat doiralari deb bilganlarki, ulardan Nurlarga uchraganlar, taqdirkorona sohib chiqmoqdalar. Ularga ming barakalloh!} Bugungacha men faqat iymon haqiqatini maqsad qilib "Hozir tariqat davri emas, bid'atlar toʻsiq boʻlyapti", dedim. Lekin hozir Paygʻambariy sunnat doirasida, barcha oʻn ikki tariqatning xulosasi hisoblangan va yoʻllarning eng buyuk doirasi boʻlgan Risola-i Nur doirasi ichiga, har bir tariqat ahli oʻz yoʻli doirasi kabi koʻrib kirishi kerak va shart ekanini bu davr koʻrsatdi. Tariqat ahlining eng gunohkori ham dinsizlikka tez kirmaydi, qalbi magʻlub boʻlmaydi. Shuning uchun ular metin, haqiqiy Nurchi boʻladilar. Faqat mumkin boʻlganicha bid'atlarga kirmaslik va taqvoni ketkazgan buyuk gunohlarni qilmaslik kerak boʻladi.
Beshinchidan: Hozirgi davrda eng kata tahlika boʻlgan ateistlik, dinsizlik, anarxiya va moddaparastlikka qarshi faqat va faqat bitta chora bor: U ham Qur'onning haqiqatlarini mahkam tutishdir. Yoʻqsa katta Xitoyni qisqa vaqtda komunistga aylantirgan bashariy musibat, siyosiy, moddiy kuchlar bilan toʻxtamaydi. Uni toʻxtatadigan narsa, Qur'oniy haqiqatdir.
"Rahnamo" Risolasidagi Laylatu-l Qadr masalasi hozir ham Amerika, ham Ovrupoda belgilari koʻrinyapti. Shuning uchun hozirgi hukumatimizning haqiqiy quvvati Qur'on haqiqatlariga tayanish va xizmat qilishdan iborat. Ehtiyot kuchi boʻlgan uch yuz ellik million Islomiy birodarlik bilan Islom birdamligi doirasida qardoshlarni qozonadi. Eski davrda Hristian davlatlari ushbu Islom birdamligiga tarafdor emas edi. Lekin hozir komunizm va anarxiya chiqqani uchun ham Amerika, ham Ovrupo davlatlari Qur'onga va Islom birdamligiga tarafdor boʻlishga majbur boʻldi.
Oltinchidan: Yonimga deputat Nur talabasi kelib, menga:
"Men Adliya vazirligiga bordim. Afyonda Nurlarni musodara qilish qarorini aytdim. Adliya vaziri Oʻzyoʻruq aytdiki: "Men Afyon mahkamasiga Nurlarning toʻliq qaytarilishiga buyruq berdim. Hatto mendagi "Asoy-i Muso"ni ham muallifiga qaytarib beraman." dedi. Halil Oʻzyoruqning bu gapi Demokratlarga va Nurlarga tarafdorligini koʻrsatadi.
Barchaga minglar salom.
Aziz, siddiq qardoshlarim va Nurning yosh qahramonlari!
Avvalo: Ruhu jonimiz bilan sizning Anqaradek joyda gʻaroyib tarzda Nur xizmatingizni tabriklaymiz. Haqiqatdan umid qilganimizdan ham koʻproq ahli maorif va maktabliklar qismida juda ahamiyatli uygʻonishga sabab boʻldingiz. Bu yil Anqara kabi joyda xizmatingiz oʻn yilda zoʻrgʻa qilinadi. Qisqa vaqtda iymoniy vazifangizni qilganingizga qanoat qilib ma'naviy kuchingiz ahamiyatsiz hodisalar sababli ketmasin. Balki yanada qattiqroq harakat qilishingizga vasila boʻlsin. Unday joylarda ichdan va tashqaridan kelgan yigirmatacha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning xudbinlarcha va gʻaraz bilan toʻqnashgan davrda Qur'on va iymonga xizmatingiz va Universitetliklarning Nurlarga taqdir bilan yelkalariga olishlari, butun Nurchilarni sevintirganidek, kelajakda inshaalloh Islom olamini ham sevintiradi. Sizning oz xizmatingizda mukofot koʻp. Ba'zan askarlikda ogʻir sharoitda bir soat navbat, bir yil ibodat oʻrniga boʻlgani kabi, siz va Istanbul Universitetidagi Nurchilari ham qisqa vaqtda koʻp vazifani bajardingiz. Qilgan ishingizning samarasi oz boʻlsa ham, qanoat qiling. Urush frontida ba'zi zaif kishilarning ortga chenishi, jasurlarda yanada koʻproq qahramonlik hissini joʻshtirganidek. Nur fidokorlari vahimachilarning chekinishi bilan yanada koʻproq gʻayrat qilgani, sabot koʻrsatishi, balki shavq bilan yanada koʻproq xizmat qilishga sabab boʻlishi kerak. Ha, Risola-i Nurning muhim bir haqiqatidan siz fitratan dars oldingiz. Yana quyidagi haqiqatni e'tiborga olinglar:
Bizning vazifamiz ixlos bilan iymon va Qur'onga xizmat qilishdir. Lekin bizni muvaffaq qilish va odamlarga qabul qildirish, dushmanlarni qochirish Ilohiy vazifadir. Biz bunga aralashmaymiz. Magʻlub boʻlsak ham, ma'naviy kuch va xizmatimizni nuqson keltirmaydi. Bu nuqtada qanoat qilish kerak. Masalan: Bir kuni Islomning buyuk qahramoni Jaloliddin Xorazmshohga: "Chigizxonga qarsi kurashib muzaffar boʻlasiz", deyishadi. U zot javoban: "Bizning vazifamiz jihod qilishdir. Bizni gʻolib qilish vazifa-i Ilohiyadir. Unga aralashmayman." deydi. Siz hozirgacha qaytmay xolis xizmatingizning dalolati bilan, siz ham bu qahramonga iqtido qilgansiz. Mingdan bir-ikki kishi sizdan qabul qilsa ham, qaytmaslik kerak. Ba'zan bir-ikki odam mingga teng boʻladi.
Ikkinchidan: Anqarada soʻnggi kunlarda insonlar nazari dunyoga qattiq qaragan. Boshqaruvdagilar esa toʻliq dasturini qabul qilishga vaqt topa olishmagan. Koʻp partiyalar oʻziga tarafdor topish uchun yoki ayblarini yopish uchun albatta koʻp urinishyapti. Islomiyat va Qur'onga qarshi xorijdagi jarayonlar albatta ichkarida ba'zi kishilarni topgan. Ular Qur'on foydasi uchun jiddan harakat qilayotganlarni ketkazish, qochirish, vahima qilib qoʻrqitish kabi targʻibotlar bilan haqiqiy fidokor boʻlmagan yoki dunyo bilan va koʻp doʻstlar bilan aloqador boʻlganlarni vahimalantirishyapti. Nurchilarning ma'naviy kuchini ketkazishga urinishyapti.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Men sizga bugun maktub yozmoqchi edim. Koʻp bezovtaligim sababli qiynalib turgan paytimda Mustafo Gul va Ibrohim Gul kelishdi. Ham menga dori ham tasalli ham katta sevinchga sabab boʻlishgani uchun bu ikki muborak qardoshimni vakillarim va bir maktub sifatida sizga yuboryapman. Ular sizni Said sifatida mening oʻrnimga ziyorat qilib, tabriklashadi. Boshqa narsalarimni ham sizga aytishsin.
[Ustozimizning tabrik telegrafiga Jumhuriyat Raisi Jalol Bayarning telegraf orqali bergan javobi.]
Samimiy tabriklaringizdan favqulotda ta'sirlanib tashakkurlar aytaman.
Jalol Bayar
Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!
Avvalo: Nurdan menga juda kerakli Madrasatu-z Zahroning futuhotchi mahsulotini va qahramon Tohiriyning marhuma oilasi bilan va marhuma ikki qizi nomidan joʻnatgan majmualarni va ikki hafta avval marhum Hofiz Alining xayrli xalafi Mustafoning butun "Maktubot"ni tom vaqtida va Nurning metin qoʻmondoni Ra'fat Beyning oʻz qalami bilan yozgan muborak majmuasini, juda chiroyli va ma'noli tushi yozilgan maktubini oldim va juda sevindim. Ularning har bir harfiga Janobi Arhamur Rohimiyn har biringizga ming hasana ehson qilsin. Marhuma Hadicha va marhuma Hijratning va marhuma Oyshaning ruhlariga va qabrlariga minglar rahmat aylasin, omin.
Ikkinchidan: Ikkinchi Xusrav hisoblangan Mustafo Usmonning maktubida Sabri nomli qardoshimizning xizmatimni qilishga yonimga kelishini istagani meni juda xursand qildi. U kelib, bir necha oy xizmat qilgandek qabul qilaman. Lekin hozir mening xizmatimga tashqaridan kelishga ehtiyoj qolmadi. Qachon ehtiyoj boʻlsa, oʻshanda xabardor qilaman. Haqiqatdan Afloniy atrofida, Isparta qahramonlari mohiyatida kichik qahramonlar yetishishni boshlabdi.
Uchinchidan: Nurning eski kotibi va shogirdi Kotib Usmonning Risola-i Nur bogʻidan joʻnatgan yangi uzum tabarrukini va Madrasatu-z Zahroning juda ahamiyatli shoʻ'basi va markazi boʻlgan Savning oʻta muborak tabarruklarini qoidamga xilof qilib ularning hurmati uchun qabul qildim. Kimga yedirsam, ularning ehsoni sifatida yediraman.
Toʻrtinchidan: Nur qahramoni Xusravning men Amirtogʻdaligimda yozgan barcha maktublaridan muhim qismlarni, xususan men yozgan maktublarning xulosalari kiritilgan qismlarni bir daftarga yozgan edim. Lekin qamoqdaligimda bir kishiga yoqib, olibdi. Shu bilan yoʻqoldi. Hozir eski maktublaridan qirqtacha bor. Ularni inshaalloh ishoratlab beraman; bu yerda yozdirmasam sizga joʻnataman. Bir daftarda toʻplanib, balki ahamiyatiga koʻra koʻpaytirilar.
Beshinchidan: "Soʻzlar" majmuasidan oʻn besh donasini Anqaraga joʻnatdim. Koʻp foyda beribdi. U yerdagi Nurchilar qahramonlarcha ehtiyot pardasi ostida xizmat qilishyapti.
Oltinchidan: Sizda boʻlmagan va Xusrav soʻragan "Maktubot"ni tahrir qildim. Bir kishi orqali joʻnataman. Bu safar "Yigirma Toʻrtinchi Maktub"ni juda qiymatli, juda nozik, juda chuqur ayni haqiqat ekanini koʻrdim.
Umumga minglar salom.
Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!
Avvalo: Qardoshimiz Inebolu Xusravi Nazif Chalabiy menga yozyaptiki: "Hizbi Nuriya" va "Salavot"ni nashr qilish tugagandan soʻng qaysi asar munosib boʻlsa, nashr qilaman", deb soʻrayapti. Menimcha siz qaysini munosib koʻrsangiz "Xastalar" va "Keksalar" Yogʻdulari va "Oʻn Yettinchi Maktub" boʻlgan qisqa bola ta'ziyanomasi va "Yigirma Birinchi Maktub" (Keksalarga xizmat haqidagi qisqa maktubni) nashr qilish munosib. Madrasatu-z Zahroning ruknlari qaysi jumla va qaysi fikr munosib koʻrishsa oʻchirib tashlashsin va toʻgʻrilashsin. Yana boshqa qisqa risolalar boʻlsa qoʻshishlari mumkin." Shu ma'noda qahramon Nazifga tez javob joʻnatinglar. Haqiqatdan u qardoshimizning "Javshanu-l Kabir" va "Hizbu Nuriya"ni "Salovot" bilan birga nashr qilishi, Nurchilarga va ahl-i iymonga buyuk xizmat boʻladi. Janobi Haq har bir harfi evaziga unga va yordam berganlarga ming savob ehson etsin, omin.
Ikkinchidan: Yangi hukumatdagilar kuch Qur'ondaligini va Islomiyat birodarligi bilan va iymon haqiqatlari bilan buzgʻunchi dushmanlarga qarshi tura olishlarini sekin-sekin tushunyapti. Ha, bir buzgʻunchi yigirma ta'mirchini xavotirlantirishi va ba'zan magʻlub qilishi mumkin. Katta Xitoyni oʻziga tobe qilgan kuchni bu yerdagi yigirma million Musulmonga qarshi xuddiki magʻlub vaziyatda tajovuzdan toʻxtatgan, moddiy kuchlar, tashqi-ichki tayyorgarliklar, ittifoqlar emas, balki faqat Qur'on va iymon haqiqatlari, ularning eng buyuk kuchi hisoblangan qalb ma'naviyatini buzishiga qarshi toʻsiq qoʻyishi va ma'naviy yaralarini davolashi hisoblanadi.
Yangi hukumatning Maorif Vaziri bu haqiqatni his etibdiki, avvalgilariga qarshi iymon haqiqatlarining nashriga, din darslariga qattiq ahamiyat beryapti. Hatto hozir katta ahamiyat bilan Sharq Dorilfununi (ularning tilida Sharq Universiteti) uchun ming lira ajratganini gazetalar yozyapti.
Mazkur haqiqatni ham Anqara, ham Istanbul Universitetlari dahshatli buzgunchi kuchga qarshi ham vatanni, ham yoshlarni qutqaradigan Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar ekanini qat'iyyan bilishdi. Anqaradagi Universitet talabalari bir ming yetti yuz imzo bilan Maorif Vazirining din darslarini maktablarga majburan qoʻygani uchun tabriklashgan. Istanbul Universitetida yangi hukumatning eng muhim bir mansabdoriga aytishibdiki:
Onadoʻluda din foydasi uchun kuchli jarayon bor.. Ularga ham chap tomondagilar kabi bir daraja yoʻl qoʻymaymiz, deyishiga javoban, universitet vakili dinni nashr qilganlarga qarshi boʻlsada, u mansabdorga aytibdiki:
- Agar aytganingizdek oʻsha jarayon Risola-i Nur boʻlsa, na siz, na Ovrupa uni magʻlub qila olmaysizlar.
Bu masala munosabati bilan yoʻlim va yoʻnalishimga qarshi Eski Saidning boshini bir-ikki daqiqa boshimga olib aytamanki:
Kufr bilan iymonning oʻrtasi yoʻq. Bu yurtda Islomiyatga qarshi komunist kurashining oʻrtasi boʻlmaydi. Oʻng, chap va oʻrtasi uch yoʻl boʻladi. Fransuz deyishsa, haqqi bor. Oʻng Islomiyat, chap komunistlik, oʻrtasi Nasroniyat deyish mumkin. Lekin bu vatanda mutlaq kufrga qarshi iymon va Islomiyatdan boshqa bir din, mazhab boʻlishi mumkin emas. Boʻlsa ham, dinni tashlab komunistlikka kirishdir. Chunki haqiqiy bir Musulmon hech qachon Yahudiy va Nasroniy boʻla olmaydi. Boʻlsa ham, dinsiz boʻlib, tom anarxist boʻladi.
Inshaalloh, Maorif va Adliya vazirlari kabi boshqa mansabdorlar ham ushbu ahamiyatli haqiqatni toʻliq tushunadi. Oʻng-chap deyish esa, haq va haqiqat, Qur'on va iymon kuchiga tayanib, bu vatanni mutlaq kufrdan, anarxistlikdan, ateistlikdan va ularning dahshatli buzgʻunchiliklaridan qutqarishga harakat qilayotganini rahmat-i Ilohiyadan butun ruhu jonimiz bilan niyoz va iltimos qilamiz.
...Bir ikki hafta avval Misrning Jome'u-l Azharning bir katta mudarrisi Ali Rizo bu yerga bir kishini maxsus joʻnatdi. Ikki kun avval asli Buxorolik va Madina-i Munavvarada muhojir va Misrda buyuk olimlar bilan, xususan eski Shayxu-l Islomimiz va Doru-l Hikmatda mening doʻstim Mustafo Sabri Afandiga aloqador bu tomonga kelishiga doir ular bilan gaplashgan va bir daraja ularning nomidan yonimga muhim bir olim keldi.
Men hadya-i vaqfiyam sifatida 11 dona xususiy majmualarimni u kishi vositasida Islom olamining buyuk madrasasi boʻlgan va u olimning xabariga koʻra hozir yigirma yetti ming talabasi boʻlgan Jome'u-l Azharga hadya sifatida u kishiga berdik. Yana aytdikki: "Boshda Mustafo Sabri, Ali Rizo va Mahmud Zohid Kavsariylar Nur majmualariga mening oʻrnimga sohib, homiy va voris boʻlishsin. Arab tiliga tarjima qilishga harakat qilishsin." dedik. Maktub ham yozdik. U kishi olib ketdi.
Umum qardoshlarimga va singillarimga salom aytaman, duolarini istayman.
Avvalo: Hadsiz shukr boʻlsinki, hozir Anqara ichida kichik bir Madrasa-i Nuriya ma'nosida kichik Saidlar va Nurning fidokorlari har kecha biri bir majmuani oʻqishi, boshqalari dars olayotgandek tinglashyapti. Ba'zan konferensiya vaqti ba'zi muhim shaxslar ham ishtirok etishyapti. Bu safar Afyon gazeta muxbirining tuhmati munosabati bilan Senator, Ichki Ishlar Vazirligi va Nur Talabalariga ba'zi deputatlar aytishibdi. Adnan Mandaras bilan Ichki Ishlar Vaziri juda doʻstona javob berib: "Umuman xavotir olmasin va umidsiz boʻlmasin." deb, xabar joʻnatishibdi. Afyondagi gazeta muxbiri: "Men Amirtoqqa boraman va Ustozdan ikkita tilagim bor. Ularni iltimos qilaman va uzr soʻrayman." debdi. Bizga qarshi nashr qilingan gazetalarning bir yuz oltmishtasini talabalarim olib yoʻq qilishgan.
Yana koʻproq yozar edim. Bezovtaligim tufayli yoza olmadim. Vaqt ham tigʻiz boʻlgani uchun qisqa qilyapman. Umumingizga salom.
Haqiqatdan Afloniy va Safranbolu aynan Isparta qahramonlari kabi tinmay Nurlarga xizmat qilyapti. Hatto bu safar "Rahnamo"larning bir qismida "Munojot" yoʻq edi. Afloniy qisqa vaqtda eski harf bilan yetmish adad "Munojot"ni yozib bizga joʻnatdi. Biz ham u "Munojot"larni "Rahnamo"larning orqasiga ilova qildik. Inshaalloh u yerda ham koʻp Sungurlar chiqyapti va chiqadi.
Quyidagi ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozing. Men xastaman. Siz qanday munosib koʻrsangiz, shunday qiling.
Advokatimizdan bir kun avval olgan maktubimizda, kitoblarimizning aybdor deb topilganlari va topilmaganlari, hech qanday qonun doirasida boʻlmagan minglar soʻz ichida bir risolada bitta soʻzni bahona qilib aybdor qilish, oʻsha risolani bermay, Nurlarning yoyilishiga gʻaraz bilan mone boʻlish maqsadida ham hukmini Oliy Sud buzgan qarorda aybdor sifatida koʻrsatgan bizga qarshi boʻlmasada va prokurorning aybloviga qarshi xatolarni togʻrilash jadvalida sakson bir xatosini va gʻarazkorligini qat'iy isbotlasakda, yana oʻsha gʻarazi bilan va toʻrt yuz sahifalik "Zulfiqor Risolasi"ni bir necha satr tasattur-yopinish va irsiyat haqidagi yuz ming tafsirlar ayni ma'noni aytganiga binoan, oʻttiz qirq yil avval yozilgan jumlalarni ayblov mavzui qilib, u majmuani musodara qilib bizga qaytarmaslik dunyoda qaysi qonun doirasiga toʻgʻri keladi?
Afyon mahkamasidagi asarlar ("Takrorot-i Qur'oniya" va "Farishtalar Haqida"gi ikki qism mustasno) butun asarlar ikki yil ham Dengizli ham Anqara Ogʻir jazo mahkamasi oqlashiga hukm chiqarib, ichida aybdorlik mavzui topa olmaganini va bizga qaytarib berishga qaror qilganini va ayni asarlar Isparta hukumatining eski vaqt musodara qilib tamoman olib qoʻygan boʻlsada, egalariga toʻliq qaytarib berishgan, soʻng "Zulfiqor" bilan "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz, eski yozuv bilan nashr qilingan degan bahona bilan, toʻrt yil musodara qilingan va kamchiliksiz 170 adad qaytarib berilgan majmuada hech qanday aybdorlik belgisi topa olishmagani uchun bizga toʻliq qaytarib berishgan va bizning eng muhim aybimiz sifatida koʻrsatishgan - eski partiyaning bir qism boshliqlariga haqiqat nomidan e'tiroz bildirganimizdan, yuz marta ogʻirroq shaklda hozirgi diniy majmualar, rasmiy jaridalar oʻsha e'tirozni shiddat bilan urishayotgan boʻlsada, Risola-i Nurning bir mahram boʻlimi, hozirgi davrni toʻliq aniqlagan bir haqiqatni sharhida isbotlaganki "oʻlib ketgan bir boshliq", degan.
Haqiqat bu ekan, Afyon Mahkamasi adolat nomiga emas, balki oʻlib ketgan odamga mutaassib muhabbat bilan, eski harf bilan nashr qilingan hukmning oxirida, bizni qamash uchun eng muhim sabab prokurorning gʻarazi sababli mahkama hay'ati aytishganki:
"Said va uning doʻstlari Mustafo kamolni dinni yoʻqotuvchi, sufyon deyishgan. Insonlar qalbidagi sevgini buzishga uringan. Shuning uchun aybdor deb topilsin." Ajabo, oʻlib ketgan odamning shaxsiga qarshi ming marta bunday e'tiroz boʻlsada, umumiy da'vo boʻladi. Adolat mahkamasi bunga doir bunday hukm chiqarishidan tushunish mumkinki, bu ishning ichida albatta juda ajib ma'no bor.
Bundaylarning qoʻlidagi toʻrt marta Nur asarlari oqlangani va hozir Ichki Ishlar vaziri, avvalroq adliya vaziri uch marta oqlanishiga va ayblashga sabab yoʻqligiga va bizni aybdor deb topgan Afyon hukmini buzib, ayb yoʻqligiga hukm qilgan boʻlsada, hozir butun xalq adolat, shafqat va diyonatga xizmat kutayotgan Demokrat hukumati davrida eski mustabidlarning daxshatli rejalari bilan Risola-i Nurga qarshi gʻarazi boʻlganlarning qosh-qovogʻiga qoʻyib berish, Demokrat hukumatiga qarshi buyuk xiyonatdir. Va millatning tasalli topish umidini ketkazishdir.
Mening Anqarada bir vakilim Mustafo Sungurdir. U 11.11.1950 yil joʻnatgan telegrafda, umum risolalarning bizga qaytarib berilishiga qaror qilingani xushxabarini berdi. Odil adliya vaziri uch marta oqlagan va hozir ham Sungurning maktubiga koʻra ham qaytarilishiga buyruq berilgani va hozir telefonda xabar beraman deb aytishganiga qaramay,
oʻn olti yildan beri bizga qarshi boʻlgan tuhmatlar va yashirin boʻhtonlar sababli,
ham Eskishahar, ham Dengizli mahkamasida butun jildlarni Afyon mahkamasi toʻplab,
avf qonunining chiqishi,
mahkamalarning oqlashi sababli muborak asarlarni, jildlar ichiga aralashtirib chiritish uchun yerosti omboriga tashlash,
uch yildan beri bizni aldagan ba'zi kimsalarga Nurlar bilan oʻralashishni tashlattirish kerak boʻlyapti.
Bosh vazir, Maorif vaziri va Ichki Ishlar vaziri ushbu oʻta muhim masalani e'tiborlariga havola qilaman.
Hazrat!
"Zulfiqor" nomli goʻzal qoʻlyozma asaringiz Istanbuldagi Papalik vakolat idorasi vositasida Papa Hazratlariga taqdim etildi. Ushbu nozik hurmatingiz bois oʻta ta'sirlanganini bildirib, sizga Janobi Haqning lutflarini tilaganini yetkazishga beni tayinlaganini bildiraman. Ushbu vasila orqali hurmatlarimni bildiraman afandim.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jonimi bilan Rajab-i Sharifingiz va uch oylaringizni tabriklab Janobi Arhamur rohimiyndan sizu-bizga sakson yillik ma'naviy boqiy umr qozontirishiga ushbu uch oylarni vasila aylashini niyoz qilamiz, omin.
Ikkinchidan: Oʻttiz-qirq kundan beri haqiqiy iymon ahliga bir nav hujum ichida uch dindor deputatning Islomiyat shiorlarini bir daraja ta'mirlashga yoʻl qoʻyilmasligi uchun zarba berildi. Iymoniy xizmat ichida eng katta kuchni Nurchilarda topishdi. Bahonalar bilan ularni bezdirish, shavqini ketkazish uchun koʻp hiylalar qilindi. Tarsus, Istanbuldagidek Amirtogʻda ham ajib hiylalar bilan meni gʻazablantirib muammo chiqarishni xohlashdi.
Holbuki Janobi Haqning rahmati bilan menga favqulotda sabr va chidam berildi. Ularning rejasi ham zeru-zabar boʻldi. Hatto Afyon va bu yerda uch katta mansabdorning balki ishdan boʻshashi ehtimoli bor. Uch deputat ham mening tarafimni olishgan. Demak inoyat-i Ilohiya doim bizni himoya qilyapti, alhamdulillah. Bu kabi narsalardan xavotirlanmang. Faqat ehtiyot har doim yaxshi.
Uchinchidan: Risola-i Nurning ma'naviy advokati va qahramoni Ahmad Fayzi Izmirda Nurni koʻpaytirishi, xushyor Izmir holati bilan Ahmad Fayzi shugʻullanadigan boʻlibdi. Koʻpaytirishdagi tahrirni boʻyniga olibdi. Qamoqda Nurning kichik qahramoni boʻlgan Bayram Mahmud Yaylo va Abdurrahmon kabi va yordam bergan qardoshlar kabi Izmirda Nurni koʻpaytirishda aloqalarini davom ettirishlariga doir maktubni olib keldi. Ahmad Fayzi u orqali bir miqdor zaytun va zaytun yogʻi joʻnatibdi. Men Abdumajid qardoshimning hadyasini qabul qilmagan boʻlsamda, Ahmad Fayzi qardoshimni oʻzimga yanada yaqinroq koʻrganim uchun, hadyasini qabul qilishga majbur boʻldim. Lekin qoidam buzilmasligi uchun, hadya evaziga hisobimdan bir "Soʻzlar" majmuasi, besh dona "Javshanu-l Kabir", uchta Nazifning maktubida yozgan menga oid nusxalardan va Istanbuldan sizga keladigan "Hizbu Nuriya"ni unga joʻnating.
Ikki Nurchi Anqaraga ketishdi. Ham Bosh Vazir, ham Ichki Ishlar Vaziri, ham Maorif Vaziri biz tomonda. Bizga xishxabar keldi. Shuning uchun mendan xavotirlanmang. Men kelgan muammodan ma'naviy sevinch olyapman.
[Sayyid Solihning maktubidan bir qism.]
Bu yil oʻn besh talaba bilan birga Hijozga borishadi. Hijozdagi xarajatlarni ham Hijoz olmaydi. Oʻz xarajatlar juda oz boʻladi. Qaytishlarida Solih bilan bir-ikki doʻsti Eron va boshqa hukumatlarni aylangandan keyin Pokistonga Islom Yoshlar Konferensiyasiga a'zo sifatida borishadi. Balki ularning yoʻl xarajatlarini hukumat beradi. Bu xususda buyrugʻingizni kutamiz.
Ali Akbar Shoh, Said Ramazoniy, Abdurrahim Zapsu koʻribdi, Pokistonda koʻp hurmat qilishibdi. Ustozimiz oʻrniga qoʻllarini oʻpishdi, duoingizni iltimos qilishdi.
Avvalo: Hol-ahvolingizni soʻrash bilan qoʻl oyoqlaringizdan oʻpib, sihhat va tinchligingizni Janobi Haqdan tilayman va juda muhtoj boʻlgan duoingizni kutaman afandim.
Ikkinchidan: Bu yerdan xavotirlanadigan hech narsa qolmadi. 5-martdagi ish 18 aprelda hal boʻldi. Politsiya idorasi Nur doirasi boʻldi. Tarsus prokurori oʻshanda tekshirib, "Bu kitoblarni qaytarib bering", degan edi. Komisar Bey menga "Borib Mersindagilarni ham olib keling, hammasini birdan beraylik", deb meni Mersinga joʻnatdi. Mersin Ischki Ishlar Mudirligida "Biz sizning kitoblaringizni Anqaraga joʻnatdik, kelsa beramiz, kelmasa bu yerda kitobingiz yoʻq", deyishdi. Qaytib takroran Tarsus komisari oldiga bordim. Komisar Bey boʻynini bukib: "Domla, biz buyruq qulimiz, jahlingiz chiqmasin, aybga buyurmang. Biz sizning kitoblaringizni buyruqsiz bera olmaymiz." deb javob berdi. 18 aprelda "Kitoblaringiz keldi. Borib olib keling", deyishdi. Tez bordim. "Zulfiqor", "Tasdiq Muhri", "Tilsim", "Afyon Mudofaamiz", "Xulosa"lar jami besh kitobimizning ustidagi oʻralgan qogʻozdan Anqaraga borib kelganini angladim.
Xullas, kitoblar ichida "sotilmasligi uchun hech qanday asos yoʻq", deb bir vasiqa bilan birga kitoblarimizni qaytarishdi. Men komisar beyga bir "Tilsim Majmuasi", ichki ishlar xodimi Adham Beyga bir "Xulosa", yana bir yangi harfli "Hayot Yoʻli"ni hadya etdim, juda xursand boʻlishdi. Ular ham Nurchi boʻlishdi.
Ustozim Afandim! "Bu tomonning vazifasi senga" degan edingiz. Soʻz bergan edim, Ispartadan ketganimda martda kelaman degan edim. Gʻoziantep va Marashga bora olmaganim uchun ruhim "Sen vazifangni toʻliq bajarmading", deyapti.
Ustozim Afandim! Eskishaharga borishdan bir yil avval ilk koʻrishganimizdan uch-toʻrt oy oʻtib tushda Ustozim uyimizga kelgan edingiz. Menga: "Seni bir joyga joʻnatsam, borasanmi?" dedingiz. Men "Boraman, afandim!" dedim. Siz "Seni uch oylik joyga joʻnataman", dedingiz. Men oʻsha onda yurib ketdim. Menga "Toʻxta!" deb buyruq berdingiz. Men toʻxtadim. "Men senga hozir bor degan buyruq berdimmi?" dedingiz. Oʻsha on uygʻondim. Oʻshandan beri qiziqyapman. "Ajabo bu yil buyruq berdimi, uch oylik yoʻl bizga ham nasib boʻlarmikan", deb kechayu-kunduz koʻz yosh toʻkayotgan edim. Demak taqdir hozirga ekan.
Afandim! Qoʻl va oyoqlaringizdan hurmat va hasrat bilan oʻpaman.
Bu yil Misr radiosi payshanba kechasi juda koʻp Me'rojdan gapirishi sabab ham payshanba, hamda juma kechasi Me'roj qildim.
Ikkinchidan: Bizdan musodara qilingan "Ishoratu-l I'joz" Afyon jandarma qoʻmondonlaridan biri bu kabi ilmiy va eski vaqtlar yozilgan asarni qaysi haqqa tayanaib musodara qilishyapti deb, gʻazablanibdi. Afyon prokuraturasi qaytarib berishga qaror qilibdi. Bizga juma va Me'roj kuhi Xayrini chaqirib qaytarib berishibdi. Buni Tarsusdagi qaytarib berilganidek Nurlarning tarqalishiga toʻsiq qoʻyilmasligiga Me'rojiy ishorat deb qabul qildik. Inshaalloh Qur'onimiz va boshqa risolalarimizni Afyondan olamiz. Istanblda prokuraturaga berilgan bir qancha "Rahnamo"larimiz, boshda Eski Saidning muhim bir talabasi Advokat Mahmud Mihriy va da'vo vakili kuyovi Osimlar aytishibdiki: "Bu masala uchun mahkamaga ellik advokat bilan birga boraman. Lekin inshaalloh unga ehtiyoj qolmay va mahkamaga tushmay olaman."
Uchinchidan: "Hashrdagi Mahkama-i Kubroga Shikoyat" nomli va yigirma sakkiz yil avval Senatorlar Majlisiga qarata yozilgan va oʻsha vaqt chop etilgan oʻn moddalik namozga doir qism va Mustafo haqida ham toʻrt yil avval jumhuriyta raisiga yozilgan uch moddalik qism, endi Anqarada ba'zi deputatlarning e'tiboriga va iymonli hukumat mansabdorlariga koʻrsatish niyatida Anqaraga joʻnatilibdi. Sizga ham ma'lumot sifatida joʻnatyapmiz.
Toʻrtinchidan: Yonimga Dinor Baroqli qishlogʻidan Mahmud Chovush va uning ukasi bir kishi bilan birga kelishdi. Juda jiddiy qabul qildim. Soʻng menga bir maktubida bir narsa yozayotgan va kichik maktubini konvertda joʻnatyapman. Bu qardoshimiz ba'zi narsalarni soryapti. Risola-i Nur savollarga ehtiyoj qoldirmaydi va mening oʻrnimga hamma narsaga javob beradi. Faqat bola ta'ziyasiga doir risolada يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ga doir mavzuida bir qancha eski tafsirlar: "Jannatda boladan keksagacha hamma oʻttiz uch yoshda boʻladi." degan. Buning haqiqati Allohu a'lam shu boʻladi: Oyatda ochiq ravshan وِلْدَانٌ ta'biri, shariat farzlarini bajarishga majbur boʻlmagan va yosh boʻlgani uchun ham qila olmagan, voyaga yetmay vafot etgan bolalar Jannatga loyiq va sevimli bola sifatida qolishadi. Lekin shar'an yetti yoshga yetgan bolaga namoz kabi farzlarga ota-onalari oʻrgatish uchun, tashviq bilan buyurishi kerak. Shariatda oʻn yoshga kirgandan keyin majburan namoz oʻqitish va oʻrgatish bor.
Demak vojib boʻlmasada, nafl oʻrnida yetti yoshidan balogʻatga yetguncha kattalar kabi namoz oʻqib, roʻza tutgan bolalar, dindor kattalar kabi kattalarning mukofotini olishi uchun oʻttiz uch yoshda boʻlishadi degan bir qism tafsirlar bu mavzuni izohlamay umum bolalarga qoʻllashgan. Xoslarni ham omma deb oʻylaganlar.
Aziz, siddiq, mutafakkir qardoshlarim!
Avvalo: Koʻp belgilarga asoslanib qat'iyyan shu xulosaga keldimki, yashirin dinsizlar ba'zi mansabdorlarni aldab Nurning katta mahram risolalari ichida faqat "Rahnamo"ni qayta-qayta ayblaganlari va bir yarim yildan beri menga muammo chiqarishlarining sababi "Rahnamo"dagi "Huva Nuqtasi" ekan.
Chunki "Huva"ning kashf qilgan tavhid sirri, juda qat'iy va ochiq suratda mutlaq kufrni yoʻqotadi. Hatto bir qismida umuman vasvasa va shubha qoldirmaydi. Yashirin dinsizlar bunga qarshi chora topa olmagani uchun, yoyilishiga rasmiy ta'qiq bilan toʻsiq qoʻyish uchun urinishdi. "Huva Nuqtasi"ning bir kun avval Madrasatu-z Zahro ruknlariga dasr sifatida aytgan koʻp nuqtalarimdan faqat uch nuqtasini sizga bayon qilaman.
Birinchi Nuqta: Havo unsurining yuksak va ahamiyatli vazifasi اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ oyatining sirri bilan goʻzal, ma'nodor, iymoniy va haqiqatli kalimalarning qadar qalami bilan toʻgʻrilanishi va izni Ilohiy bilan yoyilishi sababli butun atmosferadagi farishtalar va ruhoniy borliqlarga eshittirish va Arshi A'zam tomon yoʻnaltirish uchun qudrati Ilohiy qalamining oʻzgaruvchan sahifasi boʻlgani uchundir. Modomiki bu havoning muqaddas vazifasining, yaratilishining eng muhim hikmati ekan, roʻyi zaminni radiolar vositasida bitta manzilga aylantirib bashariyatga juda buyuk Ilohiy ne'mat ekan, albatta va albatta ushbu juda buyuk ne'matga javoban bir umumiy shikr sifatida radiolarni hamma narsadan avval kalima-i toyyibalar - boshda Qur'oni Hakim, Kalomulloh va uning haqiqatlari, iymonning va goʻzal axloqlarning darslari va insonga kerakli va zaruriy manfaatlariga doir soʻzlarni gapirishi kerak. Agar ne'mat bunday shukr koʻrmasa, basharga zararli boʻladi.
Darhaqiqat, inson haqiqatga muhtoj boʻlgani kabi, ba'zi rohat beradigan havaslarga ham ehtiyoji bor. Lekin ushbu rohat beruvchi havas beshda bir boʻlishi kerak. Yoʻqsa havoning hikmati sirriga teskari boʻladi. Va insonning tanballashishiga, kayf-safoga berilishiga va qilishi shart boʻlgan vazifalarini nuqsonli qolishiga sabab boʻlib, bashariyatga ne'mat boʻlgan narsa nikmat boʻladi. Insonga kerak boʻlgan ishlash shavqini ketkazadi.
Hozir koʻz oʻngimizdagi mashina va radio kabi, Qur'onni tinglash uchun xonamga olib kelingan edi. Qaradim, kalima-i toyyibaga oʻndan bir hissa berilyapti. Buni ham inson xatosi deb tushundim. Inshaalloh inson bu xatosini ta'mirlaydi. Va butun zamin yuzini munavvar majlis, oliy manzil va iymon maktabi holatiga keltirishga sabab boʻlgan radio ne'matiga shukr sifatida basharning abadiy hayotiga sarflanadigan kalima-i toyyiba beshda toʻrti boʻladi.
Ikkinchi Nuqta: Nur Risolalarida aytilganki: "Koinotni yarata olmagan, bir zarrani yarata olmaydi. Bir zarrani tom joyida yaratib intizom bilan vazifasida ishlatgan, faqat koinotni yaratgan zot boʻla oladi."
Bu jumlaning kulliy hujjatlaridan bir juz'iy hujjati shuki: Soʻzlar turlarining idishi va muhofazachisi boʻlgan mendagi radio uskunasidagi bir hovuch havo, qat'iyyan koʻrsatadiki, bizdagi radiostansiya jadvali degan roʻyxatda yozilgan ikki yuzga yaqin markazdan bir soatdan bir yilgacha uzoq va turli masofalardan ayni daqiqada bitta Qur'on kalimasi, masalan "Alhamdulillah" kalomi toʻliq harflari, shevasi va gapirganning maxsus sadosining tarzida, bu uskunadagi bir hovuch havo zarralari vositasida umuman oʻzgartirmay qulogʻimizga kelishi uchun va turli Qur'on kalimalarini ayri-ayri sado bilan, turli-tuman sheva bilan va umuman oʻzgartirmay, buzmay qulogʻimizga olib kelish uchun bir hovuch havoning har bir zarrasida shunday hadsiz kuch va qamrovli iroda va butun roʻyi zamindagi markazlarda Qur'onni oʻqigan qorilarning tirli-tuman shevalarini biladigan ilm va ularni koʻradigan, eshitadigan qamrovchi koʻz va hamma narsani eshita oladigan quloq boʻlmasa, albatta ushbu qudrat moʻ'jizasi vujudga kelmaydi.
Demak bu bir hovuchdagi havo zarralari, faqat va faqat butun koinotni qamragan ilm va irodaning, sam'-eshitish va basar-koʻrishning sohibi boʻlgan zotning va hech narsa unga ogʻir boʻlmagan va eng katta narsa eng kichik narsa kabi qudratiga oson boʻlgan Qodiri Mutlaqning qudrati, irodasi va ilmi bilan ushbu qudrat moʻ'jizasiga sazovor boʻlishyapti. Yoʻqsa havo mavjlarida borligi tasavvur qilingan bebosh tasosif, koʻr kuch va kar tabiatning ijodiga joy berish, har bir zarrani butun zamin yuzidagi atmosferadagi hamma narsani koʻradigan, biladigan va qiladigan hakim-i mutlaqqa aylantirish hisoblanadi. Bu esa aqldan yuz ming daraja uzoq, ilojsizliklar ichida imkonsiz xurofotdir. Zalolatdagilar kelib, tutgan yoʻli qanchalik aqldan uzoq va xurofotligini koʻrishsin.
Uchinchi nuqta: Radio uskunasida va ma'naviy soʻzlar gullariga tuvaklik qilgan ushbu piyoladagi bir hovuch havo koʻrsatgan qudrat moʻ'jizasidan ushbu haqiqat anglashiladiki: Har bir zarra Janobi Haqni zoti va sifati bilan ta'riflaydi va isbotlaydi. Butun koinotni taftish qilgan hakim va olimlar katta va keng dalillar bilan Zoti Vojibu-l Vujudning borligini va birligini isbotlash uchun butun koinotni e'tiborga olishgan. Soʻng maʻ'rifatullohni toʻliq qoʻlga kiritishgan. Holbuki quyosh chiqqanda bir zarra oyna, aynan dengiz yuzi kabi quyoshni koʻrsatadi va unga ishorat qiladi. Xuddi shuning kabi ushbu bir hovuch havodagi har bir zarra ham mazkur haqiqatga binoan aynan koinot dengizidagi tahvid jilvasini, sifat va kamoli bilan oʻzida koʻrsatadi.
Qur'oni Hakimning ma'naviy moʻ'jizasining bir yogʻdusi boʻlgan Risola-i Nur ushbu haqiqatni izohlari bilan isbotlagani uchun, mudaqqiq Nurchi, doimiy huzur qozonish va har doim maʻ'rifatullohni eslash uchun va doimiy huzur hurmati uchun "La mavjuda illa Hu" deyishga majbur boʻlmaydi. Yana bir qancha ahl-i haqiqatning doimiy huzurni topish uchun "La mashhuda illa Hu" deganlaridek, Nurchi buni aytishga muhtoj boʻlmaydi. Balki unga porloq وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ haqiqatining muqaddas derazasi kifoya qiladi. Ushbu muqaddas arabiy fikrning qisqa izohi quyidagicha:
Har bir insonning bu olamda bir olami bor, koinoti bor. Xuddiki shuur sohiblari sanogʻicha bir-biri ichida hadsiz koinotlar, olamlar bor. Hammaning xususiy olamining, koinotining va dunyosining tayanchi oʻz hayotidir. Kishining qoʻlida bir oyna boʻlib, katta bir saroyga qaratsa, bir jihatda oynasi ichida saroyga sohib boʻladi. Shunindek, hammaning xususiy dunyosi bor. Bir qancha ahl-i haqiqat ushbu xususiy dunyosini "La mavjuda illa Hu" deb inkor qilib, mosivoni tark etish sirri bilan Janobi Haqqa nisbatan doimiy huzur va maʻ'rifati Ilohiyni topgan. Bir qism ahl-i haqiqat esa yana doimiy maʻ'rifat va huzurni topish uchun "La mashhuda illa Hu" deb, oʻz xusuiy dunyosini unutish qamogʻiga tiqadi. Ustiga foniylik pardasini tortadi, huzur topib butun umrini bir nav ibodatga aylantirgan.
Hozirgi davrda Qur'onning ma'naviy I'jozi bilan yuzaga chiqqan وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ sirri bilan, ya'ni zarralardan yulduzlargacha hamma narsada tahvid derazasi bor va toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Vohidi Ahadni sifati bilan bildirgan oyatlarni, ya'ni dalolatlar va ishoratlari bor. Ushbu "Huva Nuqtasi" vositasida mazkur muqaddas, iymoniy va huzuriy haqiqatga mujassam ishoratlar bor.
"Huva Nuqtasi" bilan mazkur muqaddas, iymoniy va huzuriy haqiqatga qisqa ishoratlar bor. Risola-i Nur bu haqiqatni izohlari bilan isbotlagan. Eski davrdagi ahl-i haqiqat bir daraja qisqa va muxtasar bayon etgan edilar. Demak bu dahshatli davr yanada koʻproq bu haqiqatga muhtojki, Qur'oni Hakimning I'jozi bilan bu haqiqat tafsiloti bilan ehson etligan. Nur Risolalari ham bu haqiqatga bir noshir boʻlgan.
Makka-i Mukarramada Hajaru-l Asvadning yonida hurmat uchun qoʻyilgan;
hojilar koʻrgan "Zulfiqor" "Moʻ'jizot-i Qur'oniyya" majmuasi bilan birga Madina-i Munavvarada ham Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning qabrlari ustiga qoʻyilganini koʻrishgan "Asoy-i Muso" majmuasi kabi,
Risola-i Nurning ba'zi boʻlimlari olam-i Islomning biz bilan haqiqiy birodarligini ta'minlashga vasila boʻlishiga qaramay, musodara qilinib, toʻrt yildan beri zararli varaqalar kabi jildlar ichida mahkama ost qavat omborida chiritilib, yoʻq qilishga urinilgani;
toʻrt mahkama oqlagan va erkinligiga hukm chiqargan,
biz ham koʻp marta idoraga ariza bilan murojaat qilib ozod qilinishini istaganimiz;
men Bosh vazirning "Din targʻiboti sababli hozirgacha bu vatanga umuman zarar kelmagani"ni aytishiga qaramay,
dindorlarning ozodligi haqidagi qonunni tasdiqlashni tezlatish va taqdim qilish kerak ekan kechiktirilishi dindor deputatlar haqida xalq "boʻynidagi eng ahamiyatli diniy vazifalarini bajarishmayapti" deb xavotirlanyapti.
Biz ham xavotirlanyapmiz, ichki yashirin dinsizlar va komunizm hisobiga ishlagan xoinlar bu vaziyatdan foydalanishi uchun, quyidagi haqiqatni sizga bayon qilishga hamiyat uchun majbur boʻldim. Oʻsha haqiqat:
Soʻnggi kunlarda xastaligim tufayli qishning juda qattiq ayoziga chiday olmadim. Koʻp tajribalarim vositasida umumiy bir xato natijasida havo bilan, zamin zilzila bilan, dovul bilan gʻazabi Ilohiyni xabar navidan jahl qilayotgandek, xuddiki qarshi boʻlgandek vaziyat koʻrsatdi. Men ham bir ma'naviy dovul boʻlishiga alomatni his qildim. Qalbimga "Ajabo, yana Islomiyat va iymon haqiqatlari zarariga bir umumiy xato sodir qilindimi?" degan fikr keldi. Odatim boʻlmasada va dunyo siyosatini tark qilganimga qaramay bu masala uchun "Nima boʻlyapti? Gazetalar nimalarni yozyapti?" deb soʻradim.
Menga: "Din targʻiboti qilgan dindorlarning ozodlikka chiqarish qonuni kechikibdi. Faqat chap tomondagilar haqidagi qonun tezlashib tasdiqlashibdi." deyishdi.
Qalbimga: Bu vatan va Islomiyatning foydasi, hamma narsadan avval dindorlarning ozod qilinishi haqidagi qonunning ham tezlashishi, ham tasdiqlanishi, hamda maktablarda tez tatbiq qilinishi shart. Chinki tasdiqlash bilan Rusiyadagi qirq millionga yaqin Musulmon, toʻrt yuz million Islom olamining ma'naviy quvvatini ehtiyot kuchi sifatida bu vatanga qozontirish bilan birga, komunizmning ma'naviy buzgʻunchiligiga qarshi hozirgacha Rusning Amerika va Angliyaga qarshi tajovuzlardan koʻra koʻproq, ming yillik adovati sababli eng avval bizga tajovuz qilishi adovati iqtizo qilsada, u tajovuzni toʻxtatgan narsa - shubhasiz Qur'oniy va iymoniy haqiqatlardir.
Shunday ekan bu vatanda hamma narsadan avval oʻsha ajib kuchga qarshi Qur'oniy va iymoniy haqiqatlarni amalda qoʻlda tutib, dinsizlikning oldiga kuchli bir Sadd-i Zulqarnayn kabi Qur'oniy toʻsiq qoʻyilishi kerak va shartdir. Chunki dinsizlik Rusni hozirgacha Xitoyning yarim va yarim Ovruponi istilo etganiga qaramay bizga qarshi tajovuz qildirmay toʻxtatgan narsa - iymon va Qur'on haqiqatlaridir. Yoʻqsa Ruslarning buzgʻunchi ma'naviy kuchiga qarshi, adliyaning mingdan biriga moddiy jazo berib, beboshlar va miskinlarga boylarning molini berib yuborgan va havasli yoshlarga nomuslilarning qizlari va oilalarini muboh qilgan va qisqa vaqtda Ovruponing yarmini qoʻlga kiritgan kuchga qarshi faqat va faqat ma'naviy bombalar kerak. Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar atom bombasi boʻlib, dahshatli chap tomon jarayonini toʻxtatadi. Yoʻqsa adliya vositasida yuzda biriga berilgan moddiy jazo bilan katta kuch toʻxtatilamdi.
Dindor deputatlar tezlashtirilishi kerak boʻlgan haqiqatni orqaga surishgani uchun, koʻp marta tajribalar bilan koʻrganimizdek, bu safar ham atmosferada havoning qattiq sovugʻi bilan bunga e'tiroz qilyapti.
Ikki dahshatli jahon urushi natijasida bashariyatda hosil boʻlgan kuchli xushyorlik va insonlarning toʻliq uygʻonishi koʻrsatadiki, hech bir millat dinsiz yashay olmaydi. Rus ham dinsiz qolmaydi, orqaga qaytib Xristian ham boʻla olmaydi. Boʻlsa faqat mutlaq kufrni ketkazib, haq va haqiqatga tayangan, hujjat va dalilga asoslangan, aql va qalbni koʻndirgan Qur'on bilan kelishadi yoki tobe boʻladi. Oʻsha vaqt toʻrt yuz million Qur'on ahliga qilich torta olmaydi.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Mavludi Sharifingizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Muvaffaqiyatingizni va Nurlarning favqulotda ta'sirli yoyilishini sizga xushxabar beramiz. Nurlarni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Ushbu muborak kechada qalbimga juda qattiq bir eslatma keldi: Istanbuldagi Universitetda oʻqiydiganlar Eski Said bilan Yangi Saidning Hayot Yoʻlidagi gʻaroyib hodisalarni yozishlari munosabati bilan ikki fikr yuzaga keldi:
1. Doʻstlarda mening haddimdan ortiq, bir jihatda favqulotda valiylik kabi husni zon hosil boʻlibdi. Qarshilarda va falsafaga oshno kimsalarda juda gʻaroyib bir daho degan tasavvur, hatto ba'zilarda kuchli sehr tasavvuri bilan haddimdan ming daraja ortiq bir tasavvur hosil boʻlibdi. Bu ma'noga doir koʻp joylarda mendan "Buning haqiqati nima?" degan moddiy-ma'naviy izohi soʻralgan edi. Men bu kecha qattiq eslatma olganim bois koʻp muqaddimalari bor haqiqatni bayon qilishga majbur boʻldim.
Birinchi Muqaddima: Archa daraxtining bugʻdoy donasichalik urugʻi katta archa daraxtiga boshlangʻich boʻlganidek, qudrat-i Ilohiy u ajib daraxtni urugʻdan yaratadi. Urugʻda faqat milliondan faqat bir hissa bor xolos. Urugʻ qadar qalami bilan yozilgan ma'naviy mundarija boʻlgan. Yoʻqsa u ajib daraxt, shoh-butoqlari bilan tashkil etilishiga bir qishloqchalik zavodlar kerak boʻladi. Demak bir zarradan togʻdek narsalarni yaratish Ilohiy azamat va qudratning bir dalilidir. Xuddi shuning kabi hech qanday mahviyat va tavozu' niyatida emas, borini e'lon qilamanki: Mening xizmatim va hayot yoʻlim bir jihatdan urugʻ hukmida oʻtdi. Inoyat-i Ilohiya bilan bu davrda ahamiyatli iymoniy xizmatga boshlangʻich boʻlish uchun Qur'ondan kelgan va oliy mevali daraxt hisoblangan Nur Risolalarini ehson qildi. Qasam bilan ishontiramanki, butun hayotimda oʻtgan gʻaroyib hodisalar sababli men oʻzimda qat'iy qobiliyat, ustunlik va favqulotda hodisalarga layoqat koʻrmayman. Hayrat ichida hayratda qolaman. Nafaqat favqulotda daho yoki favqulotda valiylik, balki oʻz-oʻzimni idora qiladigan va ijtimoiy hayotga munosabatdor boʻladigan qobiliyatni ham koʻrmayman. Zohiran hayotimda obroʻtalablik kabi ba'zi holatlar boʻlgan. Ular ixtiyorim xorijida odamlarning husn-i zonnini yolgʻonga chiqarmaslik uchun bir nav obroʻtalablikka oʻxshab ketadi. Lekin odamlar husn-i zoni kabi haqiqatda boʻlmaganini va dunyoga yaramaganini, haddimdan ming daraja e'tiborga loyiq boʻlganimni batamom haqiqatga ters deb bilaman. Lekin Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsinki yetmish-sakson yillik hayotimning oxirida uning hikmatini ehsoni Ilohiy bilan bir daraja bildik. Bir qismiga qisqacha ishorat qilaman. Koʻp namunalaridan bir qancha namunalarini bayon qilyapman:
Birinchi namuna: Madrasa usuliga asosan, din haqiqatlari va Islomiy ilmlarni toʻliq qoʻlga kiritish uchun hech boʻlmasa oʻn besh yil ilm tahsili kerak. Oʻsha paytda Saidda nafaqat gʻaroyib zako yoki bir ma'naviy kuch bor edi. Balki butun iste'dod va qobiliyatlari xorijida ajib tarzda bir-ikki yil Sarf va Nahv mabhaslarini oʻqigandan keyin uch oyda ajib tarzda qirq-ellik kitobni oʻqib, ijozat olgandek holat boʻldi.
Bu hol oltmish yil oʻtib, oʻsha holat iymon ilmlarini uch-toʻrt oylik qisqa vaqtda qoʻlga beriladigan Qur'on tafsiri chiqishini, bechora Said esa uning xizmatida boʻlishi ishorati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatdi. Yana bir davr keladiki, nafaqat oʻn besh yil balki iymon ilmlarini dars oladigan madrasalar topilmaydigan va kamayadigan davrga bir nav gʻaybiy ishorat kabi ma'nolar kelyapti.
Ikkinchi Namuna: Eski paytda Saidning yoshligida buyuk olimlar bilan munozarasini va olimlarning savollariga javob berishini, hatto oʻzi umuman savol soʻramay olimlarning eng mushkul savollariga toʻgʻri javob berishini, men qat'iy e'tirof qilaman va ishonamanki: U hol na gʻaroyib zakovatimdan, na ajib iste'dodimdan chiqmagan. Men bechora, mubtadi, bebosh, janjalkash bola boʻlsamda, nafaqat bunday buyuk olimlarga javob berish, balki kichik domlalarga, hatto kichik talabalarga ham magʻlub boʻladigan holda boʻlsamda, toʻgʻri javob berishim, qat'iyyan iste'dodimdan va zakovatimdan boʻlmaganiga qat'iy qanoatim bor. Yetmish yildan beri hayratlanar edim.
Endi ehsoni Ilohiy bilan bir hikmatini tushundim. Urugʻ kabi madrasa ilmlariga bir daraxt ehson qilinadigan va u daraxtning xizmatini qilganlarga qarshi juda koʻp raqiblari va dushmanlari boʻladi. Oʻsha vaqtda musulmonlar ichida turli yoʻl va yoʻnalish sohiblari bir-birini tanqid qilib, asariga javoban asar nashr qilish, Moʻ'tazila va Ahli Sunnat kabi bir-birini yoʻqotish odati bilan bu davrda Nur daraxtining xizmatkorining yuziga soladi va raqobat yoki yoʻnalishi boshqaligi uchun eng ta'sirli va eng mudhishi madrasa domlalari boʻlishi kerak edi. Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsinki, eskidan beri davom etayotgan odatga muxolif Risola-i Nur eng koʻp ulamolarning ogʻir kelsada domlalar Nurlarga qarshi tanqid mohiyatidagi asar yozmaganining sababi:
Oʻsha vaqtda yosh Said ulamolarning savollariga qarshi toʻgʻri javob berishi, ulamolarning jasoratini ketkazganki, hech bir joyda koʻra olmaydigan domlalardan, tutgan yoʻli Saidga qattiq muxolif boʻlishsada Nur Risolalariga qarshi chiqmasliklari, bu holning hikmati ekaniga qanoat hosil qildim. Yoʻqsa bunday ajib davrda ahl-i madrasaning e'tirozi boshlaganida, dinsizlik tarafdorlari boʻlgan yashirin dushmanlarimiz ham Nurlarni, ham ulamolarni obroʻsizlantirish uchun ahamiyatli bir sabab qilishgan boʻlar edi. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, eng koʻp Nurlarga aloqador boʻlgan rasmiy olimlar, unga qarshi chiqa olmadi.
Uchinchi Namuna: Eski Saidning yoshligidan beri ham oʻzi, ham otasi faqir boʻlishsada, boshqa kishilarning sadaqa va hadyalarini olmaganim va ola olmaganimning va qattiq muhtoj boʻlsam ham, hadyalarni evazsiz qabul qilmaganimning va Qurdiston odati boʻyicha talabalarning tayin-stipendiya aholi uylaridan berilgani va zakot bilan xarajatlari toʻlanar edi. Said hech qachon tayin olishga bormaganining va zakotni ham bilib olmaganining hikmati endi aniq tushundim: umrimning oxirida Risola-i Nur kabi faqat muqaddas iymoniy va uxroviy xizmatni dunyoga vosita qilmaslik, shaxsiy manfaatlariga vasila qilmaslik uchun maqbul odatga va zararsiz fazilatga nisbatan menga Risola-i Nurning haqiqiy kuchi boʻlgan haqiqiy ixlos qoʻldan chiqmasligi uchun nafrat, qochish, qattiq faqru-zaruratni qabul qilib qoʻlini insonlarga uzatmaslik holati berilgani edi. bunda ma'naviy ishorat his qilar edimki: Kelajakda tirikchilik uchun ahli ilmning magʻlubiyati ushbu ehtiyojdan kelar ekan.
Toʻrtinchi Namuna: Yangi Said keksaligida oʻzini siyosat va dunyodan batamom tortishga harakat qilsada, ahl-i dunyoning qonunga, insofga, vijdonga hatto odamgarchilikka butunlay teskari ashaddiy zulm qilib, yigirma sakkiz yil qiynoqlar bilan ezishganiga va bir chivinning chaqishiga chidamagan bechora Saidning boltalar bilan boshiga urishganiga va xiyonatning eng achchiqlarini qilishganiga qarshi misoli yoʻq sabr va chidam ehson qilinishi va oʻta asabiy va ta'sirchan boʻlsada, qoʻrqoq fe'lli boʻlmay "Ajal birdir, oʻzgarmaydi" degan haqiqatga iymonida kelgan buyuk jasorat bilan birga eng qoʻrqoq, eng miskin vaziyatda sukut saqlab sabr qilishi, hatto vaqt oʻtib qiynoqlarning oxirida ruhiga osoyishtalik berilishining hikmatini aniq ishonch bilan aytamanki:
Qur'oni Hakimning iymoniy haqiqatlarini tafsir qilgan Risola-i Nurni hech narsaga va shaxsiy manfaatlar va ma'naviy kamolotlarga vosita qilmaslik va haqiqiy ixlosni boy bermaslik uchun siyosatchilar Said haqida "dinni siyosatga vosita qilyapti" degan vahimasi bilan uni qiynoqlar, qamoqlar bilan dinni siyosatga vosita qilmasin deb siyosatchilarning zolim hukmlari ostida qadar-i Ilohiy Nurdagi haqiqiy ixlosni yoʻqotmaslik uchun Saidga shafqatli ta'zirlar berib,
"Diqqat, ehtiyot boʻl! Iymoniy haqiqatlar tafsiri Risola-i Nurni oʻz sahxsiy manfaatlaringga, hatto ma'naviy kamolotlaringga, balolardan va zararli narsalardan qutulishingga vosita qilma. Toki Nurning eng buyuk quvvati hisoblangan haqiqiy ixlos yoʻqolmasin!" deb qadar-i Ilohiyning shafqatli ta'zirlari ekaniga qat'iy qanoat hosil qildim.
Hatto qachon faqat oxiratimga shaxsiy ibodat bilan koʻp mashgʻul boʻlganim sababli Nurning xizmatkorligini tashlagan paytim ahl-i dunyo menga bosim oʻtkazib azob berganiga qat'iy qanoat hosil qilganman. Ushbu toʻrtinchi namunaning izohini yozilgan eng oxirgi maktublardan, siyosatchilar, Saidni dinni siyosatga vosita qiladi degan qamatishi, soʻng Said uning hikmatini yaʻni qadarning shafqat ta'ziri ekanini tushunib yetishi ulardan rozi boʻlishi va oʻz matonatining hikmatini anglashiga doir maktibga havola qilamiz.
Beshinchi Namuna: Bu bechora Saidning oʻta muhtoj boʻlgan va yetmish yildan beri u ish bilan shigʻullanishi va ba'zan ikki yuz sahifagacha tahrir qilishga majbur boʻlishi bilan birga, oʻn yoshli zakiy bolaning oʻn kunda muvaffaq boʻladigan yozuvchalik yozishga molik boʻlmaganiga hayratlanar edi. Holbuki Said batamom iste'dodsiz emas. Hamda nasabiy ukalarining barchasi chiroyli yozuvlari boʻlsada, bunchalik yozuvga muhtoj boʻlib, yarim ummiy holatining hikmatini qat'iy tushundim:
Bir davr keladi, kichik va shaxsiy iqtidorlar, kuchlar turib bera olmaydigan dahshatli va ma'naviy dushmanlarning hujumi vaqti chiroyli yozuv sohiblarini ruhu joni bilan qidirish va xizmatiga sherik qilish va oʻsha urugʻning atrofida suv, havo, nur kabi ma'naviy daraxtga xizmat qilish uchun shaxsiy va juz'iy xizmati, kulliy, umumiy va kuchli va bir qalamga muqobil minglar qalamni topish hikmati bilan va muz boʻlagiga oʻxshagan "men"ligini muborak hovuz ichida eritib, haqiqiy ixlosni qoʻlga kiritishi va bu suratda iymonga xizmat qilish hikmati bilan boʻlgan ekan.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ruhu jonimiz bilan muborak bayramingizni tabriklaymiz. Inshaalloh Islom olamining ham buyuk bir bayramiga yetasiz. Jamohiri Muttafiqa-i Islomiyaning muqaddas asosiy qonunlarining manbai boʻlgan Qur'oni Hakim kelajakka toʻliq hokim boʻlib bashariyatga toʻliq bayram olib kelishiga koʻp belgilar bor.
Ikkinchidan: Shubha qolmadiki, Nur Risolalari va Talabalari hifz-u inoyati Ilohiyaga sazovor boʻlib, bu davrning hassosiyati va ba'zi oʻzboshimcha qonunlar bilan juda qattiq qaysarlik bilan uzun vaqtdan beri Nur Talabalariga faqat yuzda bir nisbatida zarar bera olishdi.
Nurning faol talabalaridan olti yuz talabasining mahkamalarda mashgʻul qilinishiga dahshatli reja boʻlsada, olti talabaga vaqtincha tortqilashdi. Hatto Nur qahramonlarining yozganidek, yigirma besh adliya mahkamalari yuz minglar nusxalarida va yuz minglar talabalarida javobgarlikka tortiladigan narsa topa olishmadi va koʻp sonli adliya xodimlarining "Nurlarda ayb yoʻq, topa olmayapmiz", deyishi qat'iy dalildir. Chunki mening Istanbul va Afyon kabi mahkamalarimda ularning hassos va suiste'mol qilishi mumkin boʻlgan qonunlariga tamoman teskari aytgan boʻlsamda, meni aybdor qila olishmaganidek, Nurlar ham madaniyatning zolim qonunlarini zeru-zabar qildi. Shunda ham aybdorlikka asos topa olishmagani qat'iyyan koʻrsatadiki: Nurlardagi haqiqat, qarshisidagi dushmanlarni magʻlub qiladigan adliya xodimlarini ham insofga keltirdi. Inoyat-i Ilohiya Qur'onning bir ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nurni dushmanlaridan muhofaza qilyapti. Dushmanlarning hujumi esa Nurlarning porlashiga va yoyilishiga vasila boʻlyapti.
"Yigirma sakkiz yil ichida hukumatning rasmiylardan menga uchraganlar, faqat zugʻum qilishgan boʻlsada, zobitlarning menga umuman bosim qilishmadi. Ba'zan himoya qiladigan holat koʻrsatishining hikmatini endi izhor qilamanki: Nur Talabalari va Risolalari ma'naviy zobit hukmida osoyishtalik va tinchlikni muhofaza qilishga (ham muqaddas shaklda) harakat qilgani va hammaning qalbida nasihatlari bilan iymon jihatidan posbon qoʻyishgani aniqlangan. Zobitlar buni ma'nan his qilib bizga har doim doʻst boʻlib koʻrindi. Buning sirri shuki:
Qur'onning bir asosiy qonuni shuki: bir ma'sumga zarar kelmasligi uchun oʻn jinoyatchi sababli osoyishtalikni buzishga uringanlarni man qiladi. Bir kishining gunohi sababli boshqa odam javobgar boʻlmaydi. Bu sirga binoan hozir osoyishtalikni buzishga uringan ma'naviy, dahshatli kuchlar boʻlsada, Fransiya, Misr, Marokash, Eron kabi joylardan bu muborak yurtda buzishga yanada koʻproq urinishsada, tinchlik va osoyishtalikni buza olishmaganining eng katta sababi, olti yuz Nur nusxalari va besh yuz ming Nur Talabalari zobitlarga bir ma'naviy quvvat boʻlib, ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi turishganini zobitlar ma'nan his qilishganki, yigirma sakkiz yildan beri mansabdorlarga qarshi boʻlib, Nurlarga insof va marhamat bilan muomala qilishyapti."
"Aytamanki: Bu davrda domlalardan, hatto soʻfiylardan koʻra koʻproq zobit xodimlari ahli taqvo boʻlib kaboirdan oʻzini muhofaza qilish, farzlarni qilishini vazifalari taqozo qiladi. Qarshisidagi ma'naviy buzgʻunchilarga qarshi osoyishtalik va umumiy tinchlikka oid vazifalarni toʻliq qilishlari uchun unga qattiq ehtiyoj bor."
[Ustozimizning ancha avval yozgan quyidagi maktubi, shaxsiy nufuz olish va dinni siyosatga vosita qilish tuhmatlariga tom bir javob boʻlgani uchun qarorga ilova qilingan.]
Risola-i Nurda isbotlanganki: Ba'zan zulm ichida adolat tajalliy etadi. Ya'ni inson bir sabab bilan haqsizlikka, zulmga uchraydi, boshiga falokat keladi, qamoqqa mahkum boʻladi, zindonga tushadi. Sabab haqsiz boʻladi, bunday hukm zulm hisoblanadi. Lekin shu voqea adolatning tajalliyiga bir vosita boʻladi. Qadar-i Ilohiy boshqa sabab orqali jazoga, mahkumiyatga loyiq kimsani bir zolimning qoʻli bilan jazolaydi, falokatga uchratadi. Bu - Ilohiy adolatning bir jihatdan tajalliyidir.
Endi tushunyapmanki, yigirma sakkiz yildan beri viloyatma viloyat, qishloqma qishloq yuribman. Mahkamadan mahkamaga tortqilanyapman. Meni qiynaganlarning ayblovlari nima? Dinni siyosatga vosita qilishmi? Bu aybni nega isbotlay olishmayapti? Chunki haqiqatda bunday narsa yoʻq. Bir mahkama oylarcha, yillarcha ayb topib meni aybdor qilishga urinyapti. U qoʻyib, boshqa mahkama xuddi shu masalada takroran surishtiruvni boshlayapti. U ham bir muddat harakat qilyapti, tazyiq qilib, turli-tuman qiynoqqa solyaspti. U ham biror natijaga erisha olomay qoʻyib yuboryapti. Keyin uchinchisi yoqamga yopishyapti. Bu shaklda musibatdan musibatga, falokatdan falokatga tortqilanib ketyapman. Yigirma sakkiz yil umrim shunday oʻtdi. Nihoyat ayblovining asli va asosi yoʻqligini oʻzlari ham tushunishdi.
Ular bu tuhmatni qasddan qilishdimi, yoʻqsa bir vahimaga asir tushdimi? Xoh qasddan boʻlsin, xoh vahima boʻlsin men bunday aybga munosabat va aloqam yoʻqligiga ishonchim komil va vijdonan bilaman. Dinni siyosatga vosita qiladigan odam emasligimni butun insofi kishilar biladi. Hatto menga bu aybni tuhmat qilganlar ham bilishadi. Shunday ekan, nima uchun zulmdan voz kechishmadi? Aybim yoʻq, ma'sum boʻlsamda, mina uchun toʻxtamay zulm va qaysar qiynoqqa uchradim? Nega bu musibatlardan qutula olmadim? Bu holatlar Ilohiy adolatga ters emasmi?
Chorak asrdan beri bu savollarning javobini topa olmayotgan edim. Menga zulm va iskanja qilishganining haqiqiy sababini endi tushundim. Men butun hissiyotim bilan aytamanki: Aybim - Qur'oniy xizmatimni moddiy va ma'naviy taraqqiyotim, kamolotimga vosita qilish ekan.
Buni endi anglab yetdim, his qildim. Allohga minglar shukr boʻlsinki:
Uzun yillardan beri ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni moddiy-ma'naviy kamolot va taraqqiyotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vosita qilishimga yoki har qanday maqsadga vosita qilishimga oʻta kuchli ma'naviy mone'lar man qilgan edi. Ushbu ichki kechinmalar va ilhomlar meni hayratda qoldirgan edi. Hamma xushlangan ma'naviy maqomlar va uxroviy saodatlarni solih amallar bilan qozonish va bu yoʻlga yoʻnalish ham shariat doirasida, hamda hech kimga hech qanday zarari boʻlmasada, men ruhan va qalban man etilgan edim.
Menga rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa taqozosi bilan faqat va faqat iymonga xizmat xususi koʻrsatildi. Chunki hozirgi davrda hech narsaga vosita va tobe boʻlmagan va har qanday maqsaddan ustun boʻlgan iymon haqiqatlarini bilmagan va bilish ehtiyoji boʻlgan insonlarga tabiiy qullik bilan ta'sirli suratda bildirish, ushbu aralash dunyoda iymonni qutqaradigan ba qaysarlarni qat'iy ishontiradigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita boʻlmaydigan shaklda Qur'on darsi berish kerakki, mutlaq kufr va qaysar va qaytmas zalolatni sindirsin, barchani ishontirsin. Bu xulosa esa bu davrda, bunday sharoitda, dinning hech qanday shaxsiy, uxroviy va dunyoviy, moddiy va ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilish bilan yuzaga keladi. Yoʻqsa qoʻmitachilik va jamiyatchilikdan kelib chiqqan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiga qarshi chiqqan bir shaxs eng buyuk ma'naviy martabada boʻlsa ham, vasvasalarni batamom yoʻqota olmaydi. Chunki iymonga kirishni xohlagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi "U shaxs gʻaroyib maqomi bilan bizni aldadi." deb, ichida shubhasi qoladi.
Allohga minglar shukr boʻlsinki, yigirma sakkiz yildan beri vosita qilish tuhmati ostida qadar-i Ilohiy ixtiyorim xorijida, dinni hech qanday shaxsiy narsamga vosita qilmasligim uchun insonlarning zolim qoʻli bilan toʻliq adolat sifatida menga ta'zir beryapti, ogohlantiryapti. Diqqat! Iymonga muhtoj boʻlganlar faqat haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini oʻz shaxsingga vosita qilma, nafsning vahimasi, shaytonning hiylalari qolmasin, mot boʻlsin, deyapti.
Ha, Nur Risolalarining katta dinsizlarning ulkan toʻlqinlari kabi koʻngillarda yuzaga keltirgan hayajonning qalblar va ruhlarga qilgan ta'sirining sirri bu, boshqa narsa emas. Risola-i Nurning bahs etgan haqiqatlarining aynini minglarcha olimlar, yuz minglab kitoblar balogʻatliroq nashr qilishgan boʻlsada, mutlaq kufrni toʻxtata olmayapti. Mutlaq kufr bilan kurashishda ogʻir sharoitda Risola-i Nur bir daraja muvaffaq boʻlayotgan boʻlsa, buninng sirri shuki: Said yoʻq, Saidning kuchi va iqtidori ham yoʻq. Gapirgan faqat haqiqatdir, iymon haqiqatidir. Modomiki haqiqat nuru iymonga muhtoj koʻngillarga ta'sir qilayotgan ekan, nafaqat bir Said, balki ming Said fido boʻlsin. Yigirma sakkiz yil chekkan aziyat, jafolar, uchragan qiynoqlarim, kelgan musibatlarning barchasiga roziman, halol boʻlsin. Menga zulm qilganlarga, meni qishloqma qishloq tortqilaganlarga, turli-tuman tuhmatlar bilan ayblashni istaganlarga, zindonlarda menga joy tayyorlaganlarga, barchasidan roziman, haqqimni halol qildim.
Odil qadarga esa aytamanki: Men sening ushbu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim. Yoʻqsa hamma kabi halol va zararsiz yoʻl tutib shaxsimni oʻylaganimda, modddiy-ma'naviy fayzlar uchun hislarimni fido qilmaganimda, iymon xizmatida bu buyuk ma'naviy kuchni yoʻqotgan boʻlar edim. Men bor moddiy va ma'naviy narsamni fido qildim, har musibatga uchradim, barcha qiynoqlarga sabr qildim. Bu orqali Nur irfon maktabining yuz minglar, balki millionlarcha talabalari yetishdi. Endi bu yoʻlda, iymon xizmatida ular davom etishadi. Mening hamma moddiy va ma'naviy behojat boʻlish yoʻlimdan ayrilmaydilar. Faqat va faqat Alloh rizosi uchun xizmat qilishadi.
Men bilan birga koʻp talabalarim ham turli-tuman musibatlarga, aziyat va jafolarga uchradi, oʻgir imtihonlar oʻtkazishdi. Mendek ular ham butun haqsizliklarga va haqsiz harakat qilgan kimsalardab rozi boʻlshi, haqlarini halol etishlarini istayman. Chunki ular bilmay, aqli yetmay qadar-i Ilohiyning sirlariga, chuqur tajalliylarga bizning da'voimizga, iymon haqiqatlarining yoyilishiga xizmat qilishdi. Bizning vazifamiz ulaga hidoyat istashdan iborat. Bizga aziyat va jazo qilganlarga nisbatan, hech bir talabamning qalbida zarracha intiqom orzusida boʻlmaslikni va buning oʻrniga Risola-i Nurga sadoqat va matonat bilan xizmat qilishini tavsiya qilaman.
Men juda xastaman. Na yozishga, na gapirishga toqatim bor. Balki bular soʻnggi soʻzlarim boʻlar. Madrasatu-z Zahroning Risola-i Nur Talabalari bu vaziyatimni unutmasin.
[Qardoshlarim! Munosib koʻrsangiz Bosh vazir va dindor deputatlarga berish uchun eslatmaga binoan yozdirilgan oʻta ahamiyatli haqiqat.]
Muqaddima: Qirq yilga yaqin siyosatni tark qilganim va aksariyat hayotim bir jihatdan uzlatda oʻtgani uchun, ijtimoiy va siyosiy hayot bilan mashgʻul boʻlmaganim uchun, katta bir tahlikani koʻra olmayotgan edim. Soʻnggi kunlarda tahlikaning ham Islom millati, hamda bu yurt va Islomiy hukumatga katta zarar berishga zamin tayyorlanayotganini his qildim. Majburan Islom millati va hokimiyati, mamlakatning salomati uchun xizmat qilayotgan siyosatchilar va insonlar jamiyatiga hamiyat bilan xizmat qilganlar uchun menga ma'naviy eslatma berilgani uchun, uch nuqtani bayon qilaman:
Birinchi Nuqta: Gazetalarni tinglamasamda, bir-ikki yildan beri "eskichilik bilan tuhmat" soʻzi toʻxtamay takrorlanganini eshitayotgan edim. Eski Said boshi bilan e'tibor berdim, qat'iyyan koʻrdimki: Siyosatni dinsizlikka vosita qilgan va insondagi eng dahshatli qoʻrquv va badaviylikning asos qonuniga qarshi chiqmoqchi boʻlgan, hamiyat maskasini taqqan yashirin Islom dushmanlari ayyorona tuhmat bilan, Islom ahllari va diniy hamiyatni, iymon quvvati tomonidan nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosatni dinga vosita va tobe qilib, Islomiyatning ma'naviy kuchidan bu Islomiy hukumatni kuchga toʻldirish va toʻrt yuz million haqiqiy qardoshni orqasida ehtiyot kuchi qilib, zolim Ovrupodan tilanchilik qilishdan bir oz qutulish uchun xizmat qilganlarga juda haqsiz shaklda eskichilik tamgʻasini bosib ularni yurtga zararli deb tasavvur qilishlari, yerdan koʻkkacha chegarasiz haqsizlikdir. Buning namunalaridan birinchi namunasi, bu asrning dahshatli zulmiga qarshi toʻsiq sifatida Ikkinchi Nuqtada bayon qilish vaqti keldi. Manbai ikki asosiy qonunga tayangan ikki eskichilik bor:
Biri: Siyosiy va ijtimoiy eskichilik boʻlib, bu haqiqiy eskichilikdir. Uning asosiy qonuni koʻp suiiste'mol va zulmga sabab boʻlgan.
Ikkinchisi: Eskichilik deb nomlagan haqiqiy taraqqiyot va adolatning asosidir.
Ikkinchi Nuqta: Bashariyatning vahshiy va badaviy davridagi asosiy qonunga madaniyat nomidan dinga hujum qilib, eskichilik bilan vahshiylikka va badaviylikka qaytishyapti. Insoniyatning salomati, adolati va umumiy kelishuvini dahshatli vahshiy asos qonun hozir bizning bu bechora yurtimizga kirishni istayapti. Gʻaraz bilan qaysar partiyachilik kabi ba'zi jarayonlarni qayrashni boshlashi kabi ixtilof koʻrinyapti. Asosiy qonuni quyidagicha:
Bir toifadan, jarayondan , ashiratdan bir kishining xatosi sababli u toifaning, jarayonning, ashiratning butun a'zolari ayblanib, dushman va javobgar deb tasavvur qilinadi. Bir xato ming xatoga aylantiriladi. Ittifoq va birdamlikning tamal toshi boʻlgan birodarlik va vatandoshlik, muhabbat va qardoshlikni zeru-zabar qiladi. Bir-birga qarshi qaysar va dushman kuchlar, quvvatsiz boʻlishyapti. Kuchi qolmay zaiflagani uchun millatga, yurtga, vatanga odilona xizmatga muvaffaq boʻla olmagani uchun bir nav moddiy va ma'naviy pora berishga majbur boʻlishyapti. Bu bilan dinsizlarni oʻzlariga tarafdor qilish uchun... Ayyor, inkvizisiyadek va badaviycha, mazkur asosiy qonunga qarshi vahshiyona, ayni adolat boʻlgan samoviy va muqaddas وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى qat'iy nassi Qur'onning asosiy qonuni muhabbat va haqiqiy uxuvvat-aka ukalikni ta'minlagan va ushbu Islom millati va yurti katta tahlikadan qutqargan ushbu asosiy qonun shuki:
Bir kishining xatosi tifayli boshqa odam javobgar boʻlmaydi. Ukasi boʻlsa ham, ashirati va toifasi boʻlsa ham, partiyasi boʻlsa ham u jinoyatga sherik hisoblanmaydi. Bolʻsa ham jinoyatga tarafgirlik bilan faqat maʻnan gunohkor boʻladi, oxiratda javobgar boʻladi, dunyoda emas. Agar ushbu asosiy qonun tez asosiy dastur qilinmasa, ijtimoiy hayot ikki jahon urushi koʻrsatgani kabi, buzgʻunchilikning misoli bilan asfal-i sofiliyn boʻlgan vahshiy eskichilikka kiradi.
Demak Qur'onning bu kabi muqaddas asosiy qonuniga eskichilik deb nom qoʻygan badbaxtlar, vahshiylik va badaviylikning asosiy qonuni sifatida qabul qilgan hozirgilarning siyosatining tayanch nuqtasi "Jamoat salomati uchun bir kishi fido qilinadi. Vatanning salomati uchun shaxslarning huquqiga e'tibor berilmaydi. Davlat siyosatining salomati uchun kichik zulmlarga e'tibor berilmaydi." deb bir jinoyatchi sababli bir qishloqni yoʻq qilib, ming ma'sumning haqqini nazarga olmaydi. Bitta jinoyatchi sababli ming kishining qilichdan oʻtkazilishini joiz deb biladi. Bir odamning yaralanmasi bois minglab ma'sumga azob berdiradi. Va shu bahona bilan ikki yuz odamni otib tashlashga rozi boʻlmaydi.
Birinchi jahon urushida uch ming kimsaning jinoyatkor siyosati xatosi tufayli bechora oʻttiz million kishi yoʻq qilingan. Bunga oʻxshagan minglab misollar bor. Demak bu vahshiy eskichilikning dahshatli zulmiga qarshi turgan Qur'on shogirdlarining Qur'onning yuzlab asosiy qonunlaridan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati dars bergan asosiy qonuni bilan haqiqiy adolatni, birdamlikni va birodarlikni ta'minlashga harakat qilgan ahli iymonning fidokorlariga "eskichi" degan nom qoʻyib, ularni mutahham qilish, adolat-i Umariyaning oʻrniga mal'un Yazidning zulnimi tanlashga oʻxshaydi. Bu eng vahshiy va zolim inkvizisiya qonunini basharning eng yuksak taraqqiyotiga va adolatiga asos boʻlgan Qur'onning mazkur asosiy qonuni oʻrniga olish hukmida boʻladi. Islomiy hukumat bilan bu yurtning salomatiga xizmat qilgan siyosatchilarning mazkur haqiqatni e'tiborga olishi kerak. Yoʻqsa uch yoki toʻrt jarayonning qaysar tortishuvlari sababli kuchi zaiflaydi. Mamlakat manfaati va ososyishtaligiga sarf etiladigan zaif kuchi bilan hokimiyatini (hatto istibdod bilan boʻlsa ham) osoyishtalik va umumiy tinchlikni muhofaza qilishga yetarli boʻlmaydi. Bu Fransuz katta qoʻzgʻoloni urugʻlarini bu muborak Islom mamlakatida ekilishiga yoʻl qoʻyish deb xavotirlantiradi.
Modomiki bu ittifoqsizlik sababli zaiflik va quvvatsizlik hosil boʻlib, ajnabiylarninig siyosatiga va ahamiyatsiz vaqtincha yordamlariga javoban ajib ma'naviy poralar berilyapti. Toʻrt yuz million qardoshning birodarligi, milliardlar ajdodlarning yoʻliga ahamiyat berilmayotgandek ma'no hukm qilyapti. Osoyishtalik va siyosatga zarar kelmasligi uchun buncha isrof bilan katta maosh suratida kuch olishga oʻzini majbur bilib poralar berilyapti. Millatning faqir holati e'tiborga olinmayapti. Albatta va albatta, qat'iyyan hozir bu yurtdagi siyosatchilar gʻarbga va ajnabiylarga bergan siyosiy va ma'naviy poraning oʻn barobarini Islom olamining kelajakda ittifoq qilgan jumhuriyatlari oʻrnida boʻladigan toʻrt yuz million musulmon qardoshlarga, mamalakat va millatning, bu Islom davlatining salomati uchun oʻta katta sadaqa va zararsiz pora berishi kerak va shart.
Demak maqbul, kerak va juda manfaatli joiz va vojib pora shuki: Islom yordamlashishining asosi va Qur'on hadyasining samoviy dasturi, robitasi va muqaddas asos qonunini:
harakat dasturi qilishdir.
Uchinchi Nuqta hozircha kechiktirildi.
Hoshiya: Qardoshlarim! Avvalo siz koʻrgan qattiq eslatmaning bir daraja oʻzgarishiga uch narsa sabab boʻldi.
Birinchisi: Nur qahramoni Xusravning bayoniga asosan yigirma besh adliya mahkamalarining "Risola-i Nurda ayb yoʻq" degan e'tirofidir.
Ikkinchisi: Nurning qahramon advokati "Anqara hukumati Saidga qarshi boʻlmagani uchun, ogʻir soʻzlar bilan toʻgʻrilansa, munosib boʻladi", deyishidir.
Uchinchisi: Aniq xabarlarga koʻra Afyon Mahkamasi "Nurning olti yuz ming fidokor talabasi bor", deganiga binoan Malatiya hodisasi bahonasi bilan hech boʻlmasa Nur talabalaridan olti yuz faol va iqtidorlilarini mahkamaga berish rejasi bor edi. Lekin faqat oʻn olti kishini chiqarilishi va ularning ichidan faqat olti kishiga, ularning ichidan bitta odamga bir yil qamoqqa hukm qilishi, Nurchilarga qarshi zolim tazyiqning yengillashi va daf boʻlishining alomatidir. Shuning uchun bir daraja ogʻir soʻzlar toʻgrilandi.
"Ishoratu-l I'joz"ning birinchi juzidir. Toʻligʻi yetmish juz boʻlishi kerak edi. Lekin Risola-i Nur Qur'onning ma'naviy tafsiri boʻlgani uchun aytdiki: Bu davrda menga koʻproq ehtiyoj bor. Boshqa juzlar oʻrniga ular yozildi. Ha, "Ishoratu-l I'joz" umum Risola-i Nurning bir mundarijasi, roʻyxati va Nur bogʻining niholxonasi va Qur'onning i'joz sirrining bir manbai ekanini koʻrsatadi. Oʻta nozik va chuqur boʻlgani uchun olimlar hozirgacha juda oz qismini tushunishdi. Lekin kimning qoʻliga tushgan boʻlsa, favqulotda taqdir qildi va tenggi yoʻq degan. Eski dahshatli urushda old piyoda safda, ba'zan ot ustida iyjozdagi i'jozning eng nozik munosabatini koʻrish va ular bilan toʻliq mashgʻul boʻlish va katta dahshatli harbning tahlikasi uni tarqoq holda boʻlmasligi va muzlatadigan sovuqda old safda nozik i'joz munosabatlarini hamma narsadan ham ahamiyatli deb larrish, Eski Saidning haqiqatdan Qur'oniy xizmatda gʻaroyib fidokorligidir.
Hatto Yangi Saidning oʻttiz besh yilda bu davrda gazetalarni oʻqimay, oʻn yil bilmay, soʻramay va qatl niyatida qamalganda Qur'on sirlarini yozishdan voz kechmadi. Butun tahlikalarni yoʻq hisoblanishiga nisbatan Eski Said ajib vaziyatida dahshatlarga ahamiyat bermay "Ishoratu-l I'joz" mavzularini yozgan vaqti koʻrsatgan ilmiy va ma'naviy fidokorligini Yangi Saidning oʻttiz yillik fidokorligidan ham gʻaroyib deb bilamiz.
Ikkinchidan: "Ishoratu-l I'joz"ning chop etilgan nusxasida haqiqatdan bir karomati bor. Tasodif boʻlish ehtimoli yoʻq. Shuning uchun bir marta yana ayni tarzda va karomatli qit'ada chop etish va Arabiston va Pokiston kabi joylarga joʻnatish munosib koʻrildi. Lekin Eski Said iyjozdagi i'jozni bayon qilgan va eng nozik balogʻat munosabati bayoni ichida oʻta nozik va qisqa, iyjozli jumlalarni bir daraja izoh va turk tiliga tarjima qilish kerak boʻladi.
"Ishoratu-l I'joz" gʻaroyibliklaridan biri shuki:
Har bir oyatning boshqa oyatlar bilan munosabatini,
har oyatdagi jumlalarning bir-biriga nisbatini va nizomini,
har jumladagi qurulishi,
harflardan koʻzlangan ma'noga nisbatlarini va tavajjuhlarini koʻrsatib, oyatlarning intizomidan va jumlalarning nizomidan va har bir jumla tuzilishining nazmidan i'joz yogʻdusini koʻrsatgan.
Xuddiki bir soatning soniyalarini hisoblagan mili, daqiqalarni hisoblagan koʻrsatkichi va soatlarni koʻrsatgan koʻrsatgichi kabi nazmdagi nozik ma'nolarni bayon qilib, undagi haqiqatni burhonlar bilan izohlagan. Hatto ba'zan bir dona harfda katta haqiqatni ifodalagan.
Har bir oyatning haqiqatini gʻoyat moʻ'jiza bilan va qat'iy hujjatlar bilan isbot qilgan. Hozir bir yuz oʻttiz risolaning urugʻlari va xulosalari oʻrnidadir. Jumla, jumla tuzilishi va harflarning nozik ma'nolarini, ifodalagan yashirin hukmlarini istisnosiz balogʻat ilmining nozik qoidalari bilan va nahv va sarf ilmining qoidalari bilan, mantiq ilmi, usulu-d din va boshqa ilmlarning qonunlari bilan bayon qiladi.
Hatto ma'naviy mikroskop bilan koʻrinmagan nozik balogʻat munosabatini bayon qiladi va belgilarini koʻrsatadi. Qur'onning kulliy nazar bilan qaragani uchun bayon etilgan butun haq ma'nolarga va nozik ma'nolarga albatta muqaddas Qur'oniy lafzlar zimniy, ramziy ishora va dalolat qiladi deyish mumkin.
------------------
Bundan qirq bir yil avval eski umumiy harbdan biroz avval boshlagan "Ishoratu-l I'joz"ning "Ifodatu-l Marom"ida aytilganki:
Modomiki Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayon haqiqiy ilmlarning turlarini qamragan va umum asrlarda bashariyatning umumiy tabaqalariga yoʻnalgan azaliy xutbadir. Albatta bir kishining fahmi unga loyiq va mukammal tafsir qila olmaydi va mumkin emas. Chunki bir kishi oʻz qarashlarini xususiy yoʻl va yʻonalishining ta'siridan saqlab qolishi nodir. Xususiy yoʻli ta'sir qilganda haqiqatni sof aniq idofa eta olmaydi.
Kishining qarashlari va ma'nosi unga xos boʻladi. Odam uni qabul qiladi. Lekin boshqalarni unga chaqira olmaydi. Agar jumhuri ulamo uning qarashini qabul qilib, boshqalarga ta'sirini koʻrsatsa, boshqa kishini oʻsha ma'noga chaqirishi mumkin va haqiqiy toʻliq tafsir boʻladi. Kishining hukm qilishda istinboti va ijtihodida (hislari aralashmaslik sharti bilan) oʻz nafsi uchun amal qilishi mumkin. Lekin ijmo oʻsha hukmni tasdiqlamaguncha boshqalarga hujjat qila olmaydi. Masalan shar'iy hukmlarni tatbiq, tanzim, ijro va fikr hurriyatidan kelib chiqqan ma'naviy anarxiyani yoʻqotish kerak boʻladi. Buning sharti: muhaqiq ulamolardan oliy hay'at boʻlishi kerak. Jamiyat u hay'atga ishonishi, jumhur ulamolar ularga tayanishi kerak boʻladi. Ular ummat uchun bir nav yashirin kafolat va advokat oʻrnida boʻlsagina ijmo-i ummat hujjatining sirriga sazovor boʻlishadi. Oʻshanda ijtihodning natijasi ijmo bilan shar'an dastur boʻladi. Ijmoning tasdiq va muhri bilan umumga tegishli hisoblanadi. Shu bilan birga:
Qur'onning ma'nolarining kashfi va tafsirlada ayri-ayri mahosinining toʻplami, davr oʻzgarishi va fanlarning kashflari bilan jilvalangan, yuzaga chiqqan Qur'onning haqiqatlarini aniqlash uchun - muhaqqiq ulamolarning har biri bir fanda mutaxassis, dunyoqarashi keng, nazari nozik ma'noni qamraydigan allomalardan tashkil topgan hay'at boʻlishi shart, bu hay'at bu vazifani yelkasiga ola oladi.
Xulosa: Qur'onni tafsir qilgan kishi - oʻta oliy daho, nufuzli chuqur ijtihod va bir nav muqaddas his sohibi boʻlishi kerak. Bu davrda unday zot faqatgina bir ma'naviy shaxs boʻlishi mumkin. Ma'naviy shaxs koʻp kishilarning birlashishi, ixlosi va samimiyatlaridan tashkil topgan hay'atdan chiqishi mumkin. U hay'atning ma'naviy ruhi hukmiga oʻtadi. Ha "jamoada boʻlgan xossa bir kishida topilmaydi" dasturi bilan, koʻp marta ijtihodning asari, valiylik nuri xislatlari va ziyosi bir jamoatda koʻrinadi. Holbuki u jamoat a'zosida u xislat boʻlmaydi.
Demak, omi odamlarning ixlos bilan birlashishi, valiylik xislatini beradi. Ushbu haqiqatga binoan, bir maqsad uchun bir hay'at chiqishiga muntazir edim va doim kutar edim. U umid kichikligimdan beri orzuim edi. Avvaldan sezish hissi bilan qalbimda quyidagi ma'no tugʻildi: Moddiy va ma'naviy ikki katta zilzila yaqinlashayotgan edi.
{(1) Ha, Ustozimiz qayta-qayta Birinchi Jahon Urushidan avval koʻp marta bizga arabiy ilmlarni dars bergan vaqti qat'iyyan "Katta va umumiy zilzila yaqinlashyapti, tayyorlaning. U vaqtda hamma mendek kishilarga hasad qilishadi." deb aytar edilar. Juda qisqa vaqtda, u kishining qayta-qayta bergan xabari aytganidek chiqdi.
Xorxordagi eski talabalari nomidan Madrasatu-l Voizin bitiruvchilaridan:
Mahmud Sodiq, Sabri, Mahmud Shafiq, Mahmud Mihri, Hazma}
Men ojizligim va qusurim bilan soʻzlarimdagi izohsizlik va yopiqlik bilan Qur'onning nazmidagi i'zojning ishoratlarini va qalbimga xotirlatilgan nozik ma'nolarni qayd qilib qalamga olish va oyatlarning ba'zi iymoniy haqiqatlarini yozishga qattiq gʻaybiy eslatma his etdim.
Holbuki urushda ajib vaziyatda boʻlganim uchun tafsirlarga murojaat qilish mumkin emas edi. Qur'ondan boshqa manba yoʻq edi. Men ham yozdim. Yozganlarim tafsirlaga muvofiq boʻlsa, chiroyli bir ne'mat va muvaffaqiyat... yoʻqsa mas'uliyat mening bechora fahmimga oiddir.
Ayni paytda katta zilzila mohiyatida boʻlgan Birinchi umumjahon urushi va u azim zilzilaning oxirlarida mazkur hay'atning uylarini buzgan katta ma'naviy zilzila yuzaga chiqdi. Bunday oliy ilmiy hay'at va bunday vazifani bajarish uchun butun eshiklar yopildi. Men nuqsonli fahmimga eski Harbi umumiyda farz boʻlgan jihodda old piyodalar safida qancha fursat topsam, qalbimda yongan nozik ma'nolarni yozar, daralarda, togʻlarda hujum qilayotib qayd qilar edim. Lekin u ajib farqli holatlar ta'sirida turli-tuman boʻlgani uchun, tahrir va toʻgʻrilashga ehtiyoj koʻp edi. Lekin qalbim almashtirish va oʻzgartirishga rozi boʻlmadi. Chunki har daqiqa shahid boʻlishga tayyorlanganimiz uchun, xolis niyat bilan yozilgan edi. Unday holat esa har doim topilmaydi. Men yozuvlarimni "Tanzil"ga tafsir sifatida emas, balki tafsirning ba'zi vajhlariga bir navi manba sifatida ahli kamol va muhaqqiq ulamolarning e'tiborlariga havola qilaman. Haqiqatdan mening shavqim, toqatimdan ancha yuqori nuqtaga yoʻnaltirdi. Agar ahli tahqiq xush koʻrsalar, meni davom ettirishga va ilgarilashga shijoatlantirgan va targʻib qilgan boʻladilar.
----------
Insonni yaratib Qur'onni unga ta'lim bergan Zoti Zuljalolning Rahmon ismi bilan tajalliyi kubrosiga, rahmatning tajalliyoti adadicha hamdu sano aytib, Sayyidu-l Bashar Muhammad Alayhissalotu Vasallami Rahmatan lil olamiyn qilib joʻnatilgan, risolatning samaralari adadicha Rasuli Akramiga va ol-u ashobiga salot va salom aytamiz. Yana hadsiz shukr qilamizki: U zotning moʻ'jiza-i kubrosi va koinotning ramz va ishoralari bilan tamomila jamlangan Qur'oni Azimushsha'n asrlar oʻtsada doim, boqiy va bashariyatga murshid, to qiyomatgacha qoladigan va Rasuli Akramni ularga Ustozi A'zam ayladi.
Amma ba'd bilinglar: Avvalo biz yozmoqchi boʻlgan ishoratlar va nozik ma'nolardagi maqsadimiz Qur'onning nazmidagi bir qism ramzlarning tafsiridir. Chunki yetti tur i'jozning eng nozigi, lekin kuchli va lafziy, faqat haqiqatli i'joz - Qur'onning nazmidan tajalliy etadi. Ha, porloq i'joz albatta nazmning naqshidan chiqadi.
Ikkinchidan: Qur'onning asosiy maqsadlari va asliy unsurlari toʻrt haqiqatdan iborat: Tavhid, Nubuvvat, Hashr va Adolat dir. Chunki, koinot sahrosida bani Odam ajib va buyuk karvon boʻlib, boshqa toifalar bilan birga bir-biri orqasida asrlar ustida oʻtgan zamonning daralaridan, shahar va koʻrgazmalaridan safar qilib, vujud va hayot sahrosida yurib, istiqbolning yuksak togʻlariga azimat bilan u yerdagi bogʻlarga koʻzi tushib zamin xalifaligiga sazovor boldi. Boshqa hayot egalari ustidan tasarruf qilish jihatidan roʻyi zaminda aksariyat ashyolarning inson sinfi bilan munosabati iqtizo qildi. Ular hayajonga kelgani uchun koinot ham ularga yuzini oʻgirib inson sinfi bilan jiddiy aloqador boʻladi.
Bani Odam bitta toifa ekan yuz minglar toifalarga aralashib koinot zamin kabi ularga olamning yaratilish natijasi sifatida qaraydi. Goʻyo koinot yaratilish hukumati va uning zobit xodimi hukmida hikmat fanini, gapiruvchi va soʻrovchi sifatida musofir karvonga joʻnatib undan savol soʻrayapti: "Ey Bani Odam! Qayerdan kelyapsiz va qayerga ketasiz? Nima qilasiz? Hamma narsaga aralashyapsiz va ba'zan aralashtiryapsiz. Sultoningiz va xatibingiz, raisingiz va kattangiz kim? Menga javob bersin."
Suhbat ichida Bani Odam jamoasidan Muhammadu-l Hoshimiy (Sallallohu Alayhi va Sallam) va u zot kabi ulu-l 'azm paygʻambarlar kabi hikmat faniga qarshi chiqishdi. Qur'onning tili bilan aytishdi:
"Ey gapirayotgan hikmat! Biz mavjudot karvoni, yoʻqlik qorongʻuliklaridan Sulton-i Azaliyning qudrati bilan chiqdik. Vujud ziyosiga kirdik. Borliq nurini topdik. Har bir toifa bir vazifaga kirdi. Biz Bani Odam toifasi esa omonat-i kubro rutbasi va zamin xalifaligi vazifasi bilan boshqa mavjudot qardoshlarimiz ichida imtiyozli va xodimlik sifati bilan ushbu koinot koʻrgazmasiga joʻnatildik. Biz har doim yoʻlga chiqishga muhayyo vaziyatdamiz. Hashr yoʻli bilan abadiy saodatni qozonishga harakat qilish bilan mashgʻulmiz. Bizning sarmoyamiz boʻlgan iste'dodlarimizning urugʻlarini unib chiqishiga, iymon va Qur'on bilan rivojlantirish bilan shigʻullanyapmiz. Karvon raisi va xatibi menman. Qoʻlimdagi bu farmonni moddiy-ma'naviy havo, bitta til kabi butun koinotga u farmonning har bir soʻzini bir onda milliardlarga aylantirib eshittiryapti. Oʻsha yoyilgan farmon Azal va Abad Sultonining kalomidir. Amrlari va xitoblari ekaniga qat'iy dalil - ustida porlagan shohona muhri va sarmadiy tamgʻasiga qara, koʻr, bor, ayt!"
Ha eng qiyin, eng umumiy va butun mavjudotdan soʻralgan ushbu oʻta ajib uch-toʻrt savolga eng toʻgʻri va mukammal javob beruvchi faqat va faqat Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayondir. U buni boshda ذَلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ farmoni bilan e'lon qilgan.
Modomiki boshdan shu yergacha bir haqiqatni tushungan ekansan, albatta bu haqiqatdan anglashiladiki, Qur'onning asosiy unsurlari aytilgan toʻrt haqiqatdir. Ya'ni tavhid, nubuvvat, hashr va adolat. Ushu toʻrt haqiqat butun Qur'onda toʻrt rukn hisoblanadi. Shunday ekan, bu toʻrt maqsad koʻp suralarning har birida mavjud. Har bir sura kichik Qur'on boʻladi. Balki koʻp jumlalarning ichida ham bu toʻrt maqsadga talmeh bilan ishora qilingan.
Balki ba'zan bitta soʻzda toʻrt asosga ramzlar bor. Chunki Qur'onning juzlari, kalima va oyatlari, tamomiga nisbatan bir-bir oyna oʻrniga oʻtadi, bir-biridan ask oladi. Goʻyo Qur'on silsila holida oyat, jumla va kalimalariga bu maqsadlarning nurini sochadi. Oynada quyosh kabi ba'zan bir soʻz, bir jumla kichik bir Qur'onni koʻrsatadi. Demak ushbu Qur'onga maxsus nozik ma'no, ya'ni qism, butun kabi ayni maqsadni koʻrsatishi uchun, mantiq ilmida Qur'on bir butun a'zo boʻlsada, koʻp a'zolari boʻlgan bir butun deb ta'rif etiladi.
Demak Qur'onda ming Qur'onlar boʻlib, butun shaxs boʻlgan. Shunday boʻlishi ham kerak. Chunki hadsiz va oʻta muxtalif toifalarga dars boʻlgani uchun, ayni darsda hadsiz toifalar sanogʻicha darslar boʻlishi kerak boʻladi.
Savol: Agar "Bu toʻrt asl maqsadni bizga Bismillah va Alhamdulillah jumlasida koʻrsating", deyilsa.
Javob: Aytamizki: Modomiki Bismillah Allohning qullariga dars sifatida nozil boʻlgan ekan, Bismillahning ichida albatta gapirish ma'nosida boʻlgan قُلْ kalimasi mavjud. Bu sarf ilmida "muqaddar" deyiladi. Demak Bismillahdagi قُلْ taqdiri, butun Qur'ondagi قُلْ قُلْ (ayt, ayt) lafzlarining asosi ve onasi - ushbu Bismillahdagi قُلْ boʻladi. Bunga binoan قُلْ kalimasida risolatga ishorat mavjud. Bismillahda ham uluhiyatga ramz bor va بِسْمِ dagi با ning kelishi, قُلْ ning Basmalaning oxirida muqaddarligi hasr va faqat ma'nosini ifodalagani uchun tavhidga ishorat qiladi. Ya'ni faqat Uning ismi bilan boshla va madad ol.
Rahmon ismida adolatning nizomiga va rahmatning jilvalariga ishorat bor. Chunki muxtalif, aralash mavjudor intizomi bilan goʻzallashgan. Rahmatning jilvalariga sazovor boʻladi.
Rahimda hashrga ishorat bor. Chunki ma'nosida ham afv etish, ham rahmat va shafqat qilish va bu foniy dunyoda toʻrt ma'noning haqiqati bilan umumiy suratda koʻrmagani uchun, u ma'nolar albatta bir boshqa diyorda toʻliq yuzaga chiqadi. Ham rahmat va shafqatning haqiqati, tirilmaydigan boʻlib oʻlish toʻgʻri emas. Demak Rahimdagi shafqat, barmogʻini Jannatga uzatgan, koʻrsatyapti.
Endi اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ * الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ * مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ ga qarang. "Alhamdulillah"da uluhiyatning ochiq-oydin ishorati bor. Chunki butun hamdlar Allohga maxsusdir. Uluhiyati uluhiyatni koʻrsatganidek, tavhidni ham koʻrsatadi. Ha, "lillah"dagi "lom" sarf ilmida bir ma'nosi - ihtisos va istihqoqdir. "Alhamdu"dagi "alif lom"ning bir ma'nosi istigʻroqdir. Demak, butun hamdlar Allohga maxsusdir. Demak, tavhidni qat'iy ifodalayapti. "Robbu-l Olamin" lafzida ham adolatga, ham nubuvvatga ishorat mavjud. Chunki oʻn sakkiz ming olamning zarradan va zarralardan, pashshalardan to yerdan ming marta katta sayyoralar va yulduzlargacha oʻta mukammal muvozanat, intizom, mukammal tarbiya, oʻta mukammal adolat-i kubroni koʻrsatadi.
Nubuvvatga ishoratiga kelsak: Modomiki bashariyatning tabiiy hislari boshqa hayvonlardek chegaralanmagan. Shuning uchun tajovuzlar chiqqan. Inson moddiy boʻlgani kabi, ma'naviyat jihatida ham butun koinotga aloqador. Shuning uchun koinot yaratilishidagi insoniy oliy hikmat, "Robbul Olamiyn"dagi "Olamiyn" ichidagi yuksak maqomini topishi va xalifa-i zamin boʻlib farishtalardan ustunligini koʻrsatishi uchun nizom va intizom ostidagi urugʻ hukmida boʻlgan iste'dodlarni rivojlantirib omonat-i kubro vazifasini bajarish uchun nubuvvat zaruriydir.
"Maliki yavmi-d din" jumlasi, hashrni koʻrsatyapti. Chunki "Yavmiddin" ya'ni, din kuni, jazo kuni va ma'naviyat kuni demakdir. Dunyo moddiyat va moddiy harakatning va amallarining kuni boʻlgani kabi, albatta oʻsha harakatning natijalarini va xizmatlarinng mukofotlarini va ma'naviyatning samaralarini, balki foniy va zoye narsalarning boqiy va doimiy natijalarini va misol olami sinemasi va fotografi bilan olingan barcha foniy va zoye ketgan narsalarning amal sahifalarini koʻrsatadi va nashr qiladigan kun keladi deb ifoda qilyapti.
Bismillah, Alhamdulillah jumlalari kabi Qur'onning aksar joylarida bu toʻrt asosiy unsur mavjud. Masalan: اِنَّا اَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ ning ichida sadaf kabi toʻrt javohir bor. E'tibor bersang, koʻrasan. "Biz senga Kavsarni berdik." Ya'ni Zot-i Zuljaloling seni nubuvvat bilan va moddiy-ma'naviy adolat bilan ta'minlagani kabi, Jannatda Kavsarni ehson qilyapti.
Ey soʻrovchi! Juda uzun haqiqatni qisqa qilib ushbu uch misolni dastgoh uskuna qoʻllari qil, ustidagi munosabat va ishoratni toʻqishni boshla. Biz ham hozir Bismillah bilan boshlaymiz. Izohi, tafsiloti Risola-i Nur, "Birinchi Soʻz", "Basmala Yogʻdusi" va boshqa Risola-i Nurdagi Bismillahning haqiqatlariga doir hujjatlarga havola qilib, faqat nazm e'tibori bilan kichik bir imo qilamiz. Quyidagicha:
Bismillah quyosh kabidir. Boshqalarni nurlantirganidek, oʻzini ham koʻrsatadi. Har nafas va har daqiqa ruhlar unga havo va suvdek muhtoj boʻlgani uchun, hammaning ruhi uning haqiqatini his qiladi. Qalb va xayol bilmasada, ahamiyati yoʻq. Shuning uchun bayon va ta'rifdan behojat.
Harflar va juzlaridan avvalo بَا ning sarf fanidagi bir ma'nosi isti'onadir. Urfdagi bir ma'nosi tabarruk boʻlgani uchun ushbu بَا ning marji'i muta'alliqi oʻz ma'nosidan chiqqan اَسْتَعِينُ va اَتَيَمَّنُ fe'llariga bogʻlanadi. Yoki Bismillahdagi pardasida قُلْ (ayt)dan chiqqan اِقْرَاْ (oʻqi) fe'liga ta'alluqli. Ya'ni: "Yo Robbi, men sening ismingning yordami va uning barakati bilan oʻqiyman. Hamma narsa sening qudrating, ijoding va tavfiqing bilan boʻlganidek, faqat va faqat sening isming bilan boshlayman."
Demak Bismillahdan keyin اِقْرَاْ oʻqish lafzi, oxirida muqaddar boʻlgani uchun ham ixlos, ham tavhidni ifodalaydi. Lekin اِسْم kalimasi: Bilinglarki, Zoti Vojibu-l Vujudning ming bir asmosidan bir qismiga "Asmo-i Zotiya" deyiladi. Ular har jihatda Zoti Aqdasni koʻrsatadi. Uning oti va uning unvonidir. "Alloh, Ahad, Samad, Vojibu-l Vijid" kabi koʻp asmo bor. Bir qismini "Asmo-i Fe'liya" deb ta'bir etiladi. Ularning koʻp navlari bor. Maslan: "Gʻaffor, Razzoq, Muhyi, Mumit, Mun'im, Muhsin."
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Ham oʻtgan, ham keladigan, ham moddiy, ham ma'naviy bayramlaringizni va muborak kechalaringizni butun ruhu-jonim bilan tabriklayman. Qilgan ibodat va duolarning maqbuliyatini rahmati Ilohiyadan butun ruhu-jonimiz bilan niyoz qilib, istab, muborak duolarga omin deymiz.
Ikkinchidan: Koʻp marta ma'naviy, koʻp jihatlardan ahamiyatli ikki savollariga mahram javob berishga majbur boʻldim.
Birinchi savol: Nima uchun eski vaqtda hurriyat boshida siyosatga harorat bilan mashgʻul edingiz? Endi esa qirq yilga yaqin batamom tark etdingiz?
Javob: Bashariy siyosatning eng tamal qonuni asosiysi: "Millat salomatligi uchun yakka kishilar fido qilinadi. Jamoat salomati uchun shaxslar qurbon qilinadi. Vatan uchun hamma narsa fido qilinadi." deb, insoniyat tarixidagi butun dahsxhatli jinoyatlar bu qonunning suiiste'molidan kelib chiqqanini qat'iy angladim. Bu bashariyatning asosiy qonunining aniq chegarasi boʻlmagani uchun koʻp suiiste'mollarga yoʻl ochgan. Ikki jahon urushi bu ayyor qonunning suiiste'molidan chiqib, ming yillik bashar taraqqiyotini zeru-zabar qildi. Oʻnta jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni oʻldirishga fatvo berdi. Umumiy manfaat pardasi ostida shaxsiy gʻarazlar, ming jinoyatchi sababli bir qishloqni xarob etdi. Risola-i Nur bu haqiqatni ba'zi majmua va mudofaalarda isbotlagani uchun, ularga havola qilaman.
Mana bashariyat siyosatlarining bu ayyor asos qonuniga qarshi Arshi A'zamdan kelgan Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonda kelgan qonuni asosiyni topdim. Bu qonunni shu oyat ifoda qilyapti:
Ya'ni, bu ikki oyat, quyidagi asosni dars beryapti: "Bir odamning jinoyati uchun boshqa kishilar javobgar hisoblanmaydi. Bir ma'sum kishi rozi boʻlmasa, butun jamoaga fido qilinmaydi. Oʻz roziligi bilan oʻzini fido qilsa, fidokorligi shahidlik hisoblanadi. Bu esa boshqa masala." deb, haqiqiy insoniy adolatni ta'sis etyapti. Buning tafsilotini ham risola-i Nurga havola qilmaan.
Ikkinchi savol: Siz eski vaqtlar sharqdagi badaviy ashiratlar ichida sayohat qilgan vaqtingiz, ularni madaniyat va taraqqiyotga koʻp tashviq qilar edingiz. Nima uchun qirq yilga yaqinki, hozirgi madaniyatni "mim"siz deb, ijtimoiy hayotdan chekindingiz, yakka yashashni boshladingiz?
Javob: Hozirgi gʻarb madaniyati samoviy asos qonunlarga qarshi harakat qilgani uchun, yomonliklari yaxshiliklaridan, xato, zararlari foydalaridan ortdi. Madaniyatdagi haqiqiy maqsad boʻlgan umumiy osoyishtalik va baxtli dunyoviy hayot buzildi. Tejamkorlik, qanoat oʻrniga isrof va kayf-safo, sa'y va xizmat oʻrniga tanballik va istirohat istagi gʻalaba qilgani uchun, bechora insonni ham oʻta faqir, ham oʻta tanbal qildi. Samoviy Qur'onning asos qonuni
farmoni asosiy bilan: "Insonning baxtli hayoti - tejamkorlik va sa'yu-gʻayratda ekanini va u bilan insonning avom va xos tabaqasi bir-biri bilan kelishadi." Risola-i Nur bu asosni izohlagani uchun, bir-ikki qisqa ma'nosini aytaman:
Birinchisi: Gʻarb madaniyati kelishidan avval inson uch-toʻrt narsaga muhtoj edi. Uch-toʻrt ehtiyojini ta'minlamaydiganlar oʻndan faqat bir-ikki kishi boʻlar edi. Hozirgi gʻarb zolim madaniyati suiiste'mollar, isroflar va hislarni joʻshtirgani uchun zaruriy boʻlmagan ehtiyojlarni zaruriy darajasiga chiqardi. Xoʻjakoʻrsin va yomon odatlarga qaramlik hozirgi madaniy insonning toʻrtta asosiy hojati oʻrniga bu davrda yigirma narsaga muhtoj boʻlyapti. Yigirma ehtiyojni halol shaklda ta'minlashga esa yigirmadan faqat ikki kishi muvaffaq boʻlyapti. Oʻn sakkiz kishi muhtoj boʻlib qolyapti. Demak hozirgi madaniyat insonni juda faqir qilyapti. Ehtiyoj uchun insonni zulmga va harom topishga yoʻnaltirgan. Bechora avom va xos tabaqasini doim bir-biriga qarshi chiqishga tashviq qilgan. Qur'onning asos "zakotning shart ekani va sudxoʻrlikning haromligi" qonuni vositasida avomning xoslarga itoatini va xoslarning avomga shafqatini ta'minlaydi. Bu muqaddas qonunni tashlab burjualarni zulmga, faqirlarni isyon chiqarishga majbir qilgan. Xalq osoyishtaligini zeru zabar etdi!
Ikkinchi ma'no: Hozirgi madaniyat yutuqlari, insonga Rabboniy ne'mat boʻlgani uchun, haqiqiy shukr istaydi. Ular inson manfaati uchun qoʻllanishi kerak. Lekin, ahamiyatli bir qism insonlarni tanballikka va kayfu-safoga mubtalo qilib, sa'y-gʻayratni tashlab rohat ichida hislarining istagini bajarish maylini uygʻotgani uchun, harakat qilish xohishini yoʻqotgani kuzatilyapti.
Qanoatsizlik va tejamaslik yoʻli bilan kayf-safoga, isrofga, zulmga, haromga yoʻnaltiryapti. Masalan: Risola-i Nurdagi "Nur Kaliti"da aytilganidek: "Buyuk ne'mat boʻlgan radio, inson manfaatiga sarflansa, ma'naviy shukr qilingan boʻladi. Lekin beshdan toʻrt qismi hoyu-havasga, keraksiz moloya'ni narsalarga sovurilgani uchun, tanballikka, radio tinglashga yoʻnaltirib, ishlash istagini ketkazyapti. Haqiqiy vazifasini bajarmayapti. Hatto juda manfaatli qismi boʻlgan gʻaroyib vositalar, sa'y, amal va inson manfaatining haqiqiy ehtiyojlariga ishlatilishi kerak. Lekin oʻndan bir-ikki zaruriy ehtiyojlarga sarf qilish oʻrniga oʻndan sakkiz qismi kayf-safo, havas, keraksiz sayohat, tanballikka majbur qilayotganini oʻzim koʻrdim. Ushbu ikki kichik masalaga minglab misollar bor.
Xulosa: Hozirgi gʻarb madaniyati, samoviy dinlarga toʻliq quloq solmagani uchun, insonni faqirlashtirib, ehtiyojlarini koʻpaytirgan. Tejamkorlik va qanoat asosini buzib, isrof, hirs va tama'larni orttirishga, zulm va haromga yoʻl ochgan. Insonni kayf-safo vositalariga tashviq qilib, bechora muhtoj basharni toʻliq tanbal qildi. Harakat va amal qilish istagini ketkazdi. Hoy-havas, kayf-safoga yoʻnaltirib umrini foydasiz zoye qilyapti.
Yana muhtoj va tanballashgan insonni xasta qilgan. Suiiste'mol va isroflar bilan yuz turdagi xastalikning yuqishiga, tarqalishiga sabab boʻldi.
Uch qattiq ehtiyoj, kayf-safo istagi va har doim oʻlimni esga solgan koʻp xastaliklar, madaniyatning ichida dinsizlik jarayonlari yoyilgani uchun, uygʻongan insonning koʻz oʻngida oʻlimni abadiy qatl suratida koʻrsatib, har doim tahdid qilyapti. Bir nav jahannam azobi beryapti.
Demak, ushbu dahshatli bashariy musibatga qarshi Qur'oni Hakimning toʻrt yuz million talabasining uygʻonishi va ichida samoviy, muqaddas asos qonuni bilan bir ming uch yuz yil avval koʻrsatganidek, yana bu toʻrt yuz million kishining oʻz asosiy muqaddas qonunlari bilan uch dahshatli yarasini davolashi kerak. Agar yaqinda qiyomat qoʻpmasa, insonning ham baxtli dunyoviy hayotini, ham uxroviy saodatli hayotini qozontirishini va oʻlimni abadiy qatldan chiqarib, nur olamiga joʻnatilish hujjatini koʻrsatishini va undan kelib chiqqan madaniyatning yaxshiliklarini yomonliklari ustidan gʻalaba qozonishini va hozirgacha boʻlganidek, dinning bir qismini, madaniyatning bir qismini qozonish uchun nafaqat pora sifatida berish, balki madaniyatni unga, u samoviy qonunlarga bir xizmatkor, yordamchi qilishini Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning ishorat va ramzlaridan anglashilgani kabi, hozirgi uygʻongan bashar rahmat-i Ilohiyadan kutyapti, qidiryapti!
Aziz, siddiq, fidokor qardoshlarim!
Koʻp joylardan telegraf va maktublar bilan bayram tabriklari oldim. Juda xasta boʻlganim uchun, vorislarim boʻlgan Madrasatu-z Zahro ruknlari mening oʻrnimga ham oʻzlarini, ham xos qardoshlarimizning bayramlarini tabrikl ٥ئan.
Olam-i Islomning buyuk bayramining arafasi boʻlgan va hozircha Osiyo va Afrikada tarqalishni boshlagan va toʻrt yuz million Musulmonlarni bir-biriga qardosh, moddiy-ma'naviy yordamchi qilgan Ittihod-i Islomning yangi tashkil topgan Islom davlatlarida ta'sis qilishni boshlashini va Qur'oni Hakimning muqqaddas qonunlarining yangi Islomiy davlatlarda asosiy qonun boʻlgani uchun katta Islomiy bayramni tabriklaymiz.
Dinlar ichida butun hukmlar va haqiqatlarni aqlga va hujjatlarga asoslangan Qur'oni Hakimning, yuzaga chiqqan kufr-i mutlaqni yakka oʻzi yoʻqotishiga koʻp belgilar koʻrindi. Inson kelajagining ham ushbu bayramini tabriklash bilan birga, Madrasatu-z Zahroning va butun Nur Talabalarining ham ichkarida, ham tashqarida Nurlarning ham arabcha, ham turkcha nashr qilishga harakatlari, dindor Dekmokratlarning muhim qismi Nurlarning erkinligiga tarafdor chiqishlarini butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz...
Bu yil hojilarning ozligiga koʻp sabab bor ekan, bir yuz sakson mingdan koʻproq hojilarning muqaddas farzni va dini Islomning muqaddas va samoviy kongresi hisoblangan hajj-i akbarni buyuk bir bayram arafasi sifatida butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz.
Besh yildan beri toza havo olishga Amirtogʻ atrofida foytunda aylangan vaqtim, gʻarib tarzda, bir yoshdan yetti yoshgacha kichik bolalar ota-onalariga koʻrsatgan aloqadan koʻra koʻproq istiyoq bilan foytunimga yugurib kelib qoʻlimni oʻpishga yopishishdi. Hatto bir-ikki marta foytun ostiga yiqilib gʻaroyib tarzda zarar koʻrmay qutulishdi.
Hatto meni koʻrmagan, bilmagan bir, ikki, uch yoshida bolalar yalang oyoq bilan, tikanlar ichida yugura-yugura foytunga yetishdi. Katta odamlar kabi iltimos bilan qoʻlingizni oʻpaylik der edilar. Bu holga ham men, ham qardoshlarim va koʻrganlar hayratlandik. Bu hol bir mahallaga maxsus emas, har tomonda, hatto qishloqlarda ayni hol davom etdi.
Meni aldamagan haqiqat boʻlgan xotira bilan men va doʻstlarimning qanoatimiz keldiki, ma'sum toifaning pokligi jjihatidan, tabiiy yoʻnaltirish deyilgan avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurning bu yurtda ma'sum bolalarga va oʻzlariga juda manfaati boʻlishini aql va fikrlari anglab yetmasada, ma'sum his bilan Risola-i Nurning ma'nosi e'tibori bilan tarjimoniga, onasiga yolvorishidan ham koʻproq ishtiyoq bilan yugurishgan edi.
Biz ham avvaldan sezish hissi bilan kelajakda bu kichik ma'sum maxluqlardan buyuk Nurchilar chiqishini his qilyapmiz. Kelajakda Nurning xos shogirdlari boʻlish holatini koʻrsatishyapti.
Men bunday kichik ma'sumlarni farzandim boʻlmagani uchun ma'naviy avlodim sifatida barchasini duolarimga kiritdim. Har tong duolarimda ularni Nur talabalari bilan birga yod etaman.
Qirq yoshdagi loqayd odam oʻrniga ulardan bir yoshli ma'sumni tanlashimga sabab, gunohsiz va samimiy aloqa koʻrsatishgani uchun, albatta ularni yoʻnaltirgan bir haqiqat bor. Men oʻsha jihatdan kattalarga salom berganimdek, ularning salomlariga ham jiddiy javob beraman.
Ham ma'sumliklari, ham kelajakda Nurchi boʻlishlariga binoan, menga qilgan duolarini maqbul boʻladi deb ularga aytdim: "Modomiki siz mening ma'naviy avlodim boʻlgan ekansiz, men ham sizga duo qilaman. Siz ham gunohingiz yoʻqligi uchun, menga qilgan duoingiz inshaalloh maqbuldir. Menga duo qiling. Chunki juda xastaman." dedim.
Men va yonimdagi doʻstlarimning kuchli ehtimol bilan xulosa qildik, masonlar va ateistlarning rejasi asosida yoshlarni bolshevfizm tarzida tarbiyalash uchun vaqtida ba'zi maktablar ochilgan edi. Keyin oʻzgargan maktablar vositasida yoshlarni buzishga urinishganiga javoban Islomiyatning qahramon bayroqdori boʻlgan turk millatining kichik ma'sum bolalari, nuroniy uygʻonish va avvaldan sezish hissi bilan Nurlardan dars olishlari, yoshlarning boshiga kelgan baloga javob boʻladi. Inshaalloh bolalarning ham oʻzlari, ham yoshlar mason va ateistlarning yomonliklaridan qutulishiga bir ishorat boʻlgani uchun, bu holatni koʻrsatishyapti.
Aziz, siddiq qardoshlarim va ma'naviy Madrasatu-z Zahroning Nur shogirdlari.
Men Ispartaga kelgan vaqtim bu yerda Imom-Xatib va Voizlar Maktabining ochirish xabarini oldim. U maktabga yoziladigan talabalarning aksariyati Nurchi boʻlishlari munosabati bilan, maktab atrofida gʻayrirasmiy suratda bir Nur Madrasasi ochilib, u maktabni bir jihatdan Madrasa-i Nuriya qilish fikri bilan qalbimga bir xotira keldi.
Bir-ikki kun oʻtib goʻyo bir dars beraman deb atrofda gap tarqalgani uchun, darsimni tinglash uchun atrofdan erkak-ayol guruhlari kelishdi. Agar yarim rasmiy va umumiy Madrasa-i Nuriya ochilsa, shu darajada koʻpchilik boʻladi. Unga hujumlar boshlanadi. Shunga binoan, ochish mumkin emasligi anglashildi. Afyonda mahkamaga borgan paytimizdagidek, juda koʻp keraksiz yigʻilishlar boʻlish ehtimoli boʻlgani uchun, u niyat tark etildi. Quyidagi ikkinchi haqiqat:
"Har bir kishi agar uyida toʻrt-besh bola chaqasi boʻlsa, oʻz uyini kichik Madrasa-i Nuriyaga aylantirsin. Agar boʻlmasa, yolgʻiz boʻlsa, aloqador qoʻshnilardan uch-toʻrt kishi bilan birlashsin. Bu hay'at boʻlgan uyni kichik Madrasa-i Nuriya deb bilishsin. Hech boʻlmasa, ishlari va vazifalari yoʻq vaqtda bech-oʻn daqiqa boʻlsa ham, Risola-i Nurni oʻqish, tinglash yoki yozish bilan mashgʻul boʻlishsa, haqiqiy talaba-i ulumning savoblariga va sharaflariga sazovor boʻlishadi. "Ixlos Risolasi"da yozilgan besh turdagi ibodatga ham erishishadi. Haqiqiy ilm talabalari kabi ularning tirikchiligini ta'minlash xususidagi oddiy muomalalari ham bir nav ibodat oʻrniga oʻtadi", deb qalbga eslatildi. Men esam qardoshlarimga bayon qilyapman.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalan: Butun ruhu jonim bilan Qur'on va iymon xizmatingizni tabriklayman. Bu maktubda bir nozik masalani mashvarat qilib fikringizni bilish uchun joʻnatdik. Munosib boʻladimi? Yoʻqsa toʻgrilaysiz.
Ikkinchidan: Risola-i Nurda isbotlaganmizki, insonlarning qilgan zulmlarining ichida qadar-i Ilohiy adolat qiladi. Ya'ni insonlar ba'zi sabablar bilan haqsiz zulm qilishadi, birovni qamaydi. Lekin qadar-i Ilohiy oʻsha qamoqda haqiqiy aybiga binoan boshqa sababga binoan hukm oʻqib, adolat qiladi. Hozir bu haqiqatni koʻrsatgan, boshimga kelgan ajib bir misol shuki: Yigirma sakkiz yildan beri koʻp viloyat va mahkamalarda meni ayblash, jazolash va qamalishim kabi zolimona qiynoq va jazolarga koʻrsatgan sabablar, hech qanday belgisini topa olishmagan mavhum bir aybim shu. Aytishadiki:
"Said dinni siyosatga vosita qilishni xohlayapti va qilyapti." Holbuki ularning da'vosiga oʻttiz yillik musibatli yangi hayotimda va oʻttiz buyuk majmualarimda bu aybni isbotlaydigan dalil topa olishmadi. Holbuki bunday masalalarda bir mahkama topa olmagan va aybdor demagan ekan, boshqa mahkamalar bu masalani qayta-qayta asos olishlari, qonunga va aqlga tamoman zid va odatga muxolif holatdir.
Balki siyosatni dinsizlikka vosita qilganlar qismi oʻzlarini bu parda bilan yopib, bizga ushbu tuhmatni qilishyapti. Shu bilan birga, dinga xizmat e'tibori bilan, men aralashgan siyosatni, dunyoni va butun ijtimoiy jarayonlarni dinga xizmatkor, vosita va tobe qilish dasturi bilan harakat qilganimga eski oltmish yillik ilmiy hayotim qat'iy hujjat va aniq dalil boʻladi.
Mahkamalarda ham da'vo, ham isbot qilganmanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki bitta iymoniy haqiqatni dunyo saltanatiga almashmaganimni qat'iy dalillar bilan isbotlaganman. Shunga qaramay yigirma tomondan haqiqatga qarshi va devonacha katta mansabingizni egallagan bir qancha adliya xodimlari va siyosatchilar bu ajib xurofot kabi masalani haqiqat deb, yigirma sakkiz yil menga zulm qilishganining haqiqiy sababini endi angladim. Sababi quyidagicha:
Ushbu "men"lik davridagi iymon xizmatida eng katta tahlikam va eng buyuk ma'naviy aybim va jinoyatim - bu davrda Qur'oniy xizmatimni shaxsimga oid moddiy-ma'naviy yuksalishga va kamolotga vosita qilish ekan. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, bu uzun zamonda ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni, nafaqat moddiy-ma'naviy taraqqiyot va kamolotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vasila qilishimga, balki hech qanday maqsadga qat'iyyan vosita qilmasligim uchun oʻta kuchli, ma'naviy toʻsiq koʻrar edim. Hayrat ichida hayratlanar edim.
Ajabo, hamma xushlangan ma'naviy maqom va uxroviy saodatlarni solih amal bilan qozonish va ularga yuzlanish, ham shariatga uygʻun, ham hech qanday zararli tomoni boʻlmasada, nima uchun ruham man etilyapman. Rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa yoʻllashi bilan faqat va faqat iymonga xizmatning oʻzi ayni mukofot sifatida koʻrsatilgan ekan.
Chunki hozirgi dahshatli davrda hech narsaga vosita va tobe boʻlmagan, har qanday maqsaddan ustun boʻlgan iymon haqiqatlarini fitriy qullik bilan muhtojlarga ta'sirli suratda bildirishning yagona chorasi va iymonni qutqaradigan va qat'iy qanoat hosil qiladigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita boʻlmagan Qur'oniy dars kerakki, mutlaq kufrni va qaysar, mutakabbir zalolatni yoʻqotsin va hammada qat'iy qanoat hosil qildirsin.
Bu davrda bunday darsga bu sharoitda hech qanday shaxsiy, uxroviy, dunyoviy va moddiy-ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilib qat'iy qanoat hosil qiladi. Yoʻqsa qoʻmitachilikdan va jamiyatchilikdan tugʻilgan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiyatiga qarshi chiqqan bir shaxsning eng buyuk ma'naviy martabasi boʻlsa ham, vasvasalarni toʻliq yoʻqota olmaydi. Chunki iymonga kirishni istagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi: "Bu muqaddas shaxs dahosi va gʻaroyib maqomi bilan bizni aldadi" degan shubhasi qoladi.
Janobi Haqqa shukrki, yigirma sakkiz yil dinni siyosatga vosita qilish tuhmati ostida qadari Ilohiy mening ruhimni ixtiyorim xorijida dinni hech qanday shaxsiy narsa uchun vosita qilmaslikka insonlarning zolim qoʻli bilan ayni adolat qilib ta'zir beryapti. Ya'ni qara, diqqat qil, deb eslatyapti. Iymonga muhtoj boʻlganlar faqatgina haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini oʻz shaxsingga vosita qilma, deyapti. Nafsning vahimalari, shaytonning hiylalari qolmasin, ovozi oʻchsin.
Haqiqatdan Risola-i Nur bahs qilgan haqiqatlarning ayni ma'nosida millionlar kitoblar balogʻat bilan nashr qilishsada va munglar haqiqiy olimlar dars berib bu yurtda dahshatli mutlaq kufrni toʻliq toʻxtata olishmadi. Nurlar mazkur sirga binoan, bir jihatda gʻalaba qilganini dushmanlar ham tasdiqlashadi.
Ha, mutlaq kufrga qarshi ushbu ogʻir sharoit ichida Nurlar bu ishni bajardi, maydonda turibdi. Demak Nurlarning quvvati bu azim sirdan kelib chiqyapti. Men ham butun ruhu jonim bilan yigirma sakkiz yil iskanjali musibatlarimga rozi boʻldim. Haqqimni halol etdim. Odil qadarga aytdim: Sening bu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim... Yoʻqsa shariat doirasida, zararsiz, hammaning Alloh uchun ergashgan yoʻlga kirganimda, ya'ni moddiy-ma'naviy hislarimni toʻliq fido qilmaganimda, iymoniy xizmatda bu ajib ma'naviy quvvatni yoʻqotar edim.
Bu quvvatning ajib namunasi shuki, bir kishi men eng kichik talabasi boʻladigan ba'zi kishilarning iymoniy haqiqatlarga doir bir kitobini oʻqibdi. Risola-i Nurning ham bir sahifasini oʻqibdi. Risola-i Nurning bir sahifasi bilan iymonini koʻproq qutqarganiga iqror boʻlgan.
Ustozimiz aytyaptilar: Mahkamalarning kechiktirilishida xayr bor. Hozirgacha Nurga va Nurchilarga berilgan zahmatlar rahmatlarga aylanishi koʻrsatadiki, ushbu kechiktirishda ham xayrlar borki, biri shu boʻlish ehtimoli bor:
Xorijdagi Islom olamida Nur ahamiyatli ta'sirni boshlashi, rivojlanishi, tarqalishi va bu yerning siyosiylari Ovrupoga pora sifatida bir daraja Ovrupolashishga moyilligi, mahkamalar xorijda deb oʻylagan Nurning toʻliq erkinligi uchun hukm chiqarganida, tashqi Islom olamida Nurlarning haqiqiy ixlosiga shubha kelar edi. Natijada yo Nurchilar riyokorlikka majbur boʻlishdi yoki madaniylashish fikrida boʻlgan kishilarga aralashmayapti, zaiflik qilishyapti deb Nurning qiymatiga katta zarar boʻlar edi. Shuning uchun, kechiktirish vahimalarini yoʻqotadi. Bu esa oʻttiz yildan beri Islomiyatning shioriga muxolif narsalarga bosh egishmaganini isbotlaydi.
Ustozimiz eslatma tarzida aytdilar, biz esak qalamga oldik.
Bu yil ikki mahkamaning mohiyatini bayon qilish kerak boʻldi. Bu yerdagi mahkama:
Ellik yil avval Sufyon va shapka haqidagi bir hadisni sharhlagan edim. Soʻng mahkamalar buni bir qoʻmondonga tajovuz deb mavzu qilishdi. Afyon mahkamasi menga qattiq jazo berishga sabab shu tajovuzga oʻsha sharhni asos qilib koʻrsatgan. Holbuki faraz qilaylik endi yozdim, qoʻmondon esa sogʻ boʻlsin. Dini va rejimida mutaassib Angliyaning hukmi ostida yuz million musulmon yuz yilda Angliyaning ham rejimini, ham dinini inkor qilishgan ekan, qonunan adliyasi ularni javobgar deb bilmagan ekan... ham hozir eski partiya boshliqlari farazan oʻsha qoʻmondonning uchdan biricha boʻlishsa (balki u kabi qoʻmondon edilar) mening oʻsha qoʻmondonga hadis bilan tushirgan kaltakning yigirma mislini hozirgi gazetalar yanada shiddatli tarzda oʻsha boshli, eski qoʻmondonlarga tushirishyapti. Buni esa javobgar deb bilishmayapti, ozod yurishibdi.
Holbuki ellik yil avval bir hadisning toshini otgan edim, yigirma yil oʻtib bir qoʻmondon unga boshini tutdi, boshi yorildi. Oʻlib ketdi, hukumat va dunyodan aloqasi uzildi. Eski partiyaning boshliqlari deputat yoki mansabdaligida hukumat bilan aloqasi boʻlsada, ularga kelgan tajovuz, Risola-i Nur tushirgan kaltakdan oʻn, balki yuz daraja koʻp ekan, erkin tarzda gazetalar tarqalmoqda.
Kitoblar haqida musodara qilishning mohiyati shuki: U ta'zir haqida Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz uch kitobidan bitta kitobning bir-ikki sahifasida yozilgan. Shu sabab bir yuz oʻttiz uch kitobni musodara qilish bir kishining xatosi bilan bir yuz oʻttiz odamni jazolash kabi ajib hiylali zulm ekani va hozir kutubxonalarda, kitobchilarda va qoʻlda yurgan, xususan vatan va dinga qarshi boʻlgan dinsizlarning, mulhidlarning, ateistlarning, komunistlarning kitoblari, hatto boshidan oxirigacha Islomiyatga qarshi Doktor Duzining kitobi ba'zi qoʻllarda yurishi koʻrsatadiki: Risola-i Nurni musodara qilish, yerdan osmongacha haqsiz zulm va hiyladir.
Chunki Risola-i Nur aksar Islom olamining muhim markazlarida soʻnggi yiigirma sakkiz yilda bu vatanda ulamolarning qoʻlida yuribdi. Hech bir olim, faylasuf e'tiroz etmadi. Mahkamalar va siyosiylar faqat bit tasattur-oʻranishga, boshqasi esa oxirzamonda bir qoʻmondon boshiga shapka qoʻyadi va majburan kiydiradi, degan ikki masalani ushlab olishdi. Soʻng bu masalalar uchun toʻrt-besh mahkama mazkur masalalar dohil va oqlangan boʻlsada, bir-ikki sahifa uchun yigirma ming sahifani javobgar deb topib jazolash hukmiga Risola-i Nurni musodara qilish quyidagi misolga oʻxshaydi:
Bir kishining boshqa odamga haqsiz emas, balki haqli hujum qilishi sababli (boshqalar ham uni javobgar deb topmagan va besh mahkama ham jinoyat hisoblamagan boʻlsada) mavhum ayb bilan yigirma ming odamni aybdor qilish kabi, yigirma ming Nur sahifalarini bir-ikki sahifa sababli musodara qilish va toʻrt yarim yil Afyonda qamab qoʻyish, oʻsha hujumdan yuz marta kattaroq xatodir, jinoyatdir va bu vatanga ham suiqasddir.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamizki, ellik besh yillik orzuim va hayotimning natijasi boʻlgan Madrasatu-z Zahroning ma'naviy haqiqatini siz Madrasatu-z Zahro ruknlari toʻliq koʻrsatyapsiz.
Ikkinchidan: Qattiq xastalik va boshqa sabablarning ta'sirida men Nurchi qardoshlarim bilan gaplasha olmaganim uchun va hisoblashdan mahrum boʻlganim uchun, mening oʻrnimga sizlar va Risola-i Nurning Qur'on madrasasida Yangi Said bergan dars va Eski Saidning "Xutba-i Shomiya" va uning ilovalari kabi ijtimoiy hayot madrasasida olgan darslari va nutqlari bu bechora qardoshingiz oʻrniga istiyoqmand qardoshlarim bilan gaplashishingizga vakil qilaman.
Uchinchidan: Bir kichik madrasa-i Nuriyani oʻz uyida ta'sis etib qahramon Tohiriy kabi xos, xolis Nur noshirini Nur doirasiga bergan Tohiriyning marhum otasining vafotini eshitib ham uning qarindoshlarini, ham Ispartani, ham Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Janobi Haq Nurning harflari adadicha ruhiga rahmat aylasin, omin.
Toʻrtinchidan: Inebolu "Zuhratu-n Nur"ning uch yuz donasi mening hisobimga yozilibdi. Men javoban: Bir yuz elligi Ispartaga va bir yuz elligi menga joʻnatilsin. Menga keldi. Sizga borgani, keyinchalik menga beradigan "Maktubot" majmuasi evaziga va sizga qarzim boʻlsa unga hisoblaysiz.
Beshinchidan: Iroq tomonda, xususan Bagʻdoddagi Ustozi A'zamning maqbara xodimiga va qardoshlarimga salomimni yetkazing. Hayot boʻlsam, butun ruhu jonim bilan u atrofga borishni istayotganimni bildiring.
Aziz qardoshlarim!
Eski Saidning chop etilgan eski asarlaridan biri qoʻlimga tushdi. Qiziqib, diqqat bilan oʻqidim. Qalbga shunday fikr keldi. Munosib boʻlsa, oxiriga yozilsin.
Avvalo: Hurriyatning uchinchi yili ashiratlar orasida qonuniy mashrutiytni toʻliq tushuntirish va qabul qildirish uchun Ertush ashirati ichida, xususan Qudan va Mamhuron ashiratlariga bergan dars va 1329 yili Abu-z Ziyo matbaasida qirq bir yil avval chop etilgan, lekin afsuski yigirma-oʻttiz yildan beri qidirib, topa olmayotgan edim. Bu safar bir kishi bir nusxasini topib menga joʻnatibdi. Men Eski Said aqlini olib Yangi Said dunyoqarashi bilan diqqat bilan mutolaa qildim.
Eski Said ajib tarzda avvaldan sezish hissi bilan oʻttiz-qirq yil oʻtib hozirgi yuzaga kelgan moddiy-ma'naviy hodisalarni his qilgan ekan. Badaviy Qurdlar ashiratlari pardasi orqasida bu davrning madaniy pardasini oʻzlariga maska qilgan va vatanparvarlik pardasi orqasida dinsiz va haqiqiy badaviy va haqiqiy eskichi, ya'ni bu millatni Islomiyatdan avvalgi odatlariga yoʻnaltirgan xoinlarni koʻrgandek gaplashib boshiga uryapti.
Ikkinchidan: Chop etilgan asarning bir yuz beshinchidan bir yuz toʻqqizinchi sahifasigacha boʻlgan qismiga diqqat qildim. Oʻsha vaqtda ashiratlarga bergan darsim, savol-javoblar vaqtida ichlarida muhim bir valiy boʻlgan ekan. Mening xabarim yoʻq edi. U maqomda qattiq e'tiroz bildirdi. Aytdiki:
"Sen haddan oshyapsan, xayolni haqiqat deyapsan. Bizni esa tahqir qilyapsan. Hozir oxirzamon, tobora yomonlashib boradi." Oʻshanda unga chop etilgan kitobda shunday javob bergan ekan:
"Barcha uchun dunyo taraqqiy etyapti. Faqat biz uchun tubanlashadimi?! Shundaymi?! Men siz bilan gaplashmayman, shu tomonga qarab, istiqboldagi insonlar bilan gaplashaman.
Ey yuzdan uch yuz yilgacha keladigan yuksak asrning orqasida yashirin, meni jim tinglayotgan va bir yashirin gʻaybiy nazar bilan meni tomosha qilgan (Said, Hamza, Umar, Usmon, Yusuf, Ahmad va b.) sizga xitob qilyapman.
Tarix deyilgan moziy daralaridan sizning yuksak istiqbolingizga uzangan simsiz telegraf bilan siz bilan gaplashyapman. Nima qilayin, shoshdim, qishda keldim. Siz inshaalloh jannatdek bir bahorda kelasiz. Hozir ekilgan urugʻlar zaminingizda gul ochadi. Sizdan iltimos qilaman, moziy qit'asiga oʻtish uchun borganingizda qabrimga kelib keting. Oʻsha gullardan bir nechasini mozor toshi deyilgan, suyaklarimni musofir qilgan tuproq posbonining boshiga taqing. (Ya'ni "Keksalar Risolasi"ning Oʻn uchinchi Rijosida bayon qilinganidek, Madarasatu-z Zahroning boshlangʻich maktabi va Van yakka toshi boʻlgan qal'asining ostidagi Xoʻrxoʻr Madrasamning vafot etishi va Onadoʻluda barcha madrasalarning yopilishi bilan vafot etishlariga ishorat qilib, umumining mozor-i akbari hukmida boʻlishiga alomat sifatida, oʻsha azamatli qabrga Van qal'asi mozor toshi boʻlgtan. Ey yuz yil oʻtib kelganlar! Shu qal'aning boshida bir Madrasa-i Nuriya gulini eking. Jisman tirilmagan, lekin ruhan boqiy va keng hay'atda yashagan Madrasatu-z Zahroni jismoniy suratda bino eting, demakdir.)
Zotan Eski Said aksar hayoti oʻsha madrasaning orzusida oʻtdi. Chop etilgan risolaning bir yuz qirq yettinchidan bir yuz ellik yettinchi sahifasigacha Madrasatu-z Zahroning ta'sisiga va foydalariga doir ahamiyatli haqiqatlarni yozgan ekan.
Bu yigirma besh yillik dahshatli va madrasalarni oʻldirgan istibdodning sinishi bilan Maorif vaziri Tavfiq, Vanda Sharq universiteti nomli Madrasatu-z Zahroni insho etilishiga qaror qilishi va umid qilinmagan tarzda Jalol rais ham muhim masalalar ichida Tavfiqning fikriga qoʻshilishi, Eski Saidning qirq yil avvalgi gapi va iltimosi toʻgʻri chiqishini koʻrsatgan yaxshi alomatdir.
Endi qirq besh yil avvalgi javobning izohida uch haqiqat bayon qilinadi.
Birinchisi: Eski Said avvaldan sezish hissi bilan ikki ajib hodisani his qilgan. Lekin sodiq tush kabi ta'birga muhtoj ekan. Qizil parda bilan oq yoki qora narsaga qaralganda, qizil boʻlib koʻringanidek, u Islom siyosati pardasi bilan haqiqatga qaragan edi. Haqiqatning surati bir daraja shaklini oʻzgartirgan ekan. Hozirgi buyuk valiy ham oʻsha yanglishni koʻrib oʻsha tomondan qattiq e'tiroz bildirgan edi. U haqiqat ikki qism:
1. Bu Usmonli oʻlkasida katta bir nur chiqadi, hatto hurriyatdan avval juda koʻp marta talabalarga tasalli berish uchun "Bir nur chiqadi, koʻrgan butun yomonliklaringizga qarshi bu vatanga baxt olib keladi", der edi. Demak qirq yil oʻtib Risola-i Nur oʻsha haqiatni koʻr koʻzga ham koʻrsatdi.
Nurning zohiran, son jihatidan kam ekaniga qaramay haqiqiy sifat jihatida keng va favqulotda manfaatini his etib, hamda siyosat tomonlama butun Usmonli mamalakatida boʻladi deb aytgan edi. Buyuk valiy uning tor doirani keng tasavvur qilganiga e'tiroz bildirgan. Ham u zot haqli, ham Eski Said bir daraja haqlidir. Chunki Risola-i Nur iymonni qutqarishi jihatida tor doirasi boqiy va abadiy hayotni iymon bilan qutqaradi. Bir million talabasi bir milliard oʻrnidadir. Ya'ni bir million emas, balki ming insonning abadiy hayotini ta'minlashga urinish, bir milliard insonning foniy dunyo hayotiga va madaniyatiga xizmatdan ham qiymatdor va ma'nan keng hisoblanadi.
Eski Saidning sodiq tushga oʻxshagan avvaldan sezish hissi bilan tor doirani butun Usmonli mamlakatini qamrashini koʻrgan ekan. Balki inshaalloh u qarash, yuz yil oʻtib Nurlarning ekkan urugʻlarining unishi bilan aynan u keng doira Nur doirasi boʻladi, uning yanglish ta'birini toʻgʻri koʻrsatadi.
Ikkinchi haqiqat: Qirq yil avval Eski Said ushbu chop etilgan kitoblarida "Ishoratu-l I'joz"ning boshidagi ifoda-i maromda va boshqa asarlarida talabalariga qayta-qayta ta'kidlar ediki: Ham moddiy, ham ma'naviy buyuk ijtimoiy zilzila boʻladi. Mening dunyoni tark etishim bilan yakka yashashimni, boʻydoq qolishimga hasad qilishadi, der edi. Hatto hurriyatning birinchi yili Istanbulda Jome'u-l Azharning Ulamolar Raisi Shayx Bohid Hazratlari (R.H.) Istanbulda Eski Saiddan soʻradi:
Said javoban:
Ya'ni: Usmonli hukumatidagi hurriyat haqida fikring qanday va Ovrupo haqida nima deb oʻylaysan? Oʻshanda Eski Said: Usmonli hukumati Ovrupoga homila, Ovrupodek hukumatni tugʻadi. Ovrupo esa Islomiyatga homila, u ham bir kun Islom davlati tugʻadi, deb javob bergan edi. Alloma, "Men ham tasdiqlayman", degan. Yonidagi domlalarga: Men bu bilan munozara qilib gʻalaba qila olmayman, degan.
Birinchi tavalludni koʻzimiz bilan koʻrdik. Chorak asrdan beri Ovrupodan ham dindan uzoq.
Ikkinchi tavallud esa inshaalloh yigirma-oʻttiz yil oʻtib chiqadi. Ovrupo ichida koʻp belgilar bilan ham sharqda, ham gʻarbda Islom davlati chiqadi.
Uchinchi haqiqat: Ham Eski Said, ham Yangi Said Usmonli mamalakatida katta moddiy-ma'naviy hodisa - dahshatli, buzgʻunchi bashariy zilzila boʻladi deb avvaldan sezish hissi bilan takror batakror xabar bergan edi. Holbuki u his bilan nur masalasining aksi bilan oʻta keng doirani tor koʻrgan edi. Davr uni ikkinchi jahon urushi bilan toʻliq tasdiqladi. Uning juda keng doirani Usmonli mamlakatida koʻrganini shunday ta'bir qilyapti:
Ikkinchi jahon urushi insoniyatga yetkazgan katta buzgʻunchiligi juda keng boʻlsada, dunyoviy hayot va oʻtkinchi madaniyatga qaragan Usmonli yurtidagi buzgʻunchilikka nisbatan tor.
Usmonli tuprogʻidagi ma'naviy zilzila abadiy hayot va boqiy saodatga zarar keltiradigan buzgʻunchilik va Islomiy ma'naviy zilzila ma'nan ikkinchi jahon urushidan ham dahshatli boʻlgani uchun, Eski Saidning xatosini toʻgrilaydi va sodiq tushini toʻliq ta'bir qiladi va avvaldan sezish hissining sodir boʻlishini koʻzga koʻrsatadi. E'tiroz bildirgan valiyni zohiran haqli, lekin haqiqatda Eski Saidning avvaldan sezish hissi haqliroq ekanini isbotlab, valiy zotning e'tirozini toʻliq rad qiladi.
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Avvalo: Madrasatu-z Zahro ruknlarininig xohishi bilan berilgan darsning xilosasini sizga ham aytishni munosib deb bildik. Mavzusi: Umum koinot mavjudoti hisobidan Me'roj kechasi Fahr-i Koinot va olam yaratilishining natijasi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam, huzur-i Ilohiyda bashariyatning, balki umum hayotdorlar, balki umum maxluqlat nomidan salom oʻrnida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deyishi va uning ichida bir butun ma'no boʻlgani uchun butun ummat har kuni koʻp marta namozida zikr qilib, iymon ahli ichida har bir martaba sohibining hissasi borligi, bundan avval "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida radio vositasida havo unsurining gʻaroyib qudrat moʻ'jizasini koʻrsatganiga oid qalbga eslatildiki:
Bir iymonli kishi abadiy saodatda dunyochalik boqiy mulkni natija beradigan ushbu qisqa dunyoviy umrda qilgan ibodatida bir butun ibodat, xuddiki oʻz xususiy dunyosi bilan birga ibodat qilgandek boʻladi. Shunga yarasha mukofot olishini Qur'on ishoratlaridan anglashiladi deb "Hujjatu-z Zahro"ning Ikkinhci Maqomida Ilmi Ilohiy mavzuida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ toʻligʻi ruhimga kulliy ma'nolarni keltirib, tashahhudda اَلتَّحِيَّاتُ deganda, birdan xayolimga hususiy dunyoimning toʻrt unsuri boʻlgan tuproq, suv, havo, nur unsurlari, toʻrt kulliy tilga aylandi. Har bir til milliardlar, hatto trillionlar, katrionlar adadicha xayolan اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ kalimalarini hol tili bilan aytayotganini koʻrdim.
Bulardan tuproq unsuri bir til boʻlib butun hayotdorlarning har biri bir tirik kalima boʻlib اَلتَّحِيَّاتُ deyishadi. Chunki har bir hovuch tuproq aksariyat nabototga tuvaklik qiladi va manba boʻladigan vaziyatda. Demak har bir hovuch tuproqda yo butun insoniyatning yuzaga keltirgan zavodlari sonicha kichik miqyosli ma'naviy zavodlar (har bir hovuch tuproqda) boʻlishi kerak, bu esa cheksiz darajada imkonsiz... yoki bir Qodir-i Mutlaqning hadsiz qudrati, nihoyasiz ilmi va irodasi bilan boʻladi. Demak tuproq unsuri butun qismlari, zarralari bilan sazovor boʻlgani uchun cheksiz اَلتَّحِيَّاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: Azaldan abadgacha butun hayotdorlarning hayot hadyalari Zot-i Vojibu-l Vujudga xosdir.
Soʻng barchaning xususiy dunyosida boʻlganidek, mening ham dunyoimning ikkinchi suv unsuri ham, kulliy til boʻlib butun zarralari bilan, xususan hayot egalarining manbalariga va yashashiga xizmat qilgani uchun, trillionlar, katrionlar adadicha muborakاَلْمُبَارَكَاتُ kalimasini koinotga hol tili bilan tarqatyapti.
Chunki suv qatralarining bajargan vazifalari, xususan nutfalar, urugʻlarning va tuxumlarning uygʻonishida va fitriy vazifasini bajarish uchun oʻta ajib, chiroyli va gʻaroyib kichik va yangi tugʻilgan maxluqlarning katta, oʻta intizomli va mukammal vazifalarni bajarishga kirishishini butun shuur egalariga tabrik bilan barakalloh dedirgan va hadsiz barakalloh, mashaalloh dedirishga vasila boʻlishga loyiq boʻlgan muboraklar holatlari, suv unsurining har bir zarrasi minglar Aflotunchalik ilmi va minglar Luqmoni Hakim qadar hikmati va irodasi boʻlishi kerak. Bu esa suvning zarralari adadicha imkonsizdir.
Shunday ekan, bir Qodir-i Zuljalolning va bir Rahmon-i Rahimning hadsiz qudrat, rahmat, hikmat va irodasi bilan muboraklarning hadsiz moʻ'jizalarga sazovor boʻlgani uchun butun muboraklar sanogʻichaاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ kalimasini kulliyati bilan aytishgani uchun, Meʻroj kechasi butun maxluqot nomidan, olamning yaratilishining natijasi boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalamاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ deganlar. Ya'ni: Butun tabriklab, mashaalloh, barakalloh deyishga asos boʻlgan holatlar va san'atlar Zot-i Zuljalolning qudratiga xos boʻlgani uchun, butun hadsiz اَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ larni Janobi Haqqa, huzuri bilan hadya qilyapti.
Soʻng, hammaning xususiy dunyosidagi havo unsuri ham bir "huva"chalik har bir hovuch havodagi har bir zarra, stansiyalikka sazovor boʻlishgani uchun, olish va tashish vazifalari ichida butun duolar, salovotlar, iltimosu ibodatlarni ifoda qilganاَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ jumlasini hol tillari bilan aytishgani uchun, havo unsuri kulliy tilga aylanib hadsiz kalimalarni katrionlar, balki kentrionlar adadicha aytib Sone'lariga, Xoliqlariga taqdim etishyapti. Ularning nomidan kulliy ma'no bilan Rasul-i Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqqa اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deb taqdim qilganlar. Ya'ni: "Butun duolar va ehtiyojlardan kelgan iltimoslar va ne'matlardan chiqqan shukrlar, ibodatlar va namozlar Xoliq-i Kulli Shayga maxsus."
Chunki "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida aytilganidek:
Yo "huva"chalik bir hovuch havoning har bir zarrasi umum tillarni bilishi,
gapirganlarning joyini koʻrishi,
yaqin-uzoq hamma narsani eshitishi,
har bir sheva va har harfning tarzini toʻliq bilishi,
koʻp ishlarni birga, adashtirmay qilishi uchun -
bir mutlaq qudrat va tom irodaga ega boʻlishi kerak boʻladi.
Bu esa havoning zarralari adadicha imkonsiz boʻlgani uchun, albatta va albatta shubhasiz va qat'iy zarurat bilan zarralarning har biri Sone'i Hakimni butun sifati bilan, xuddiki kichik miqyosda olamning katta shahodati qadar guvohliklari bordek koʻrsatib shahodat qiladi.
Demak, havo zarralari adadicha salovotlarni ifodalagan (Me'roj-i Ahmadiyda Alayhissalotu Vassalam) اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deyilgan.
Soʻngاَلطَّيِّبَاتُ kalima-i toyyibani aytganda, "nor" bilan "nur" unsurini ya'ni, haroratli va haroratsiz moddiy-ma'naviy nur unsuri bir kulliy til boʻlib hadsiz va nihoyatsiz suratda hol tili va hadsiz tillar bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: "Butun goʻzal soʻzlar, chiroyli ma'nolar, gʻaroyib chiroydagi jamollar va butun koinot yuzida husni koʻringan azaliy asmo-i husnaning jilvalari va boshda anbiyolar, avliyolar, asfiyolar butun ahli iymonning iymonlaridan chiqqan goʻzal soʻzlar, hamdlar, shukrlar, tavhidlar, tahlillar, tasbehlar, tabriklar اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ sirri bilan arsh-i a'zam tomon ketgan kalima-i toyyibalarni va dunyoning uch yuzidan oʻta chiroyli boʻlgan asmo-i Ilohiyaga oynalik qilgan birinchi yuzidagi hadsiz goʻzalliklar, toyyibalar va dunyoning oxirat ekinzori hisoblangan ikkinchi yuzidagi sanoqsiz hasanalar, xayrlar va ma'naviy mevalar va goʻzalliklarning barchasi azal-abad sultoni Qodir-i Zuljalolga maxsus." deb olov va nur unsurining ushbu kulliy tili bilan ushbu kulliy qullikni Ma'bud-i Zuljalolga taqdim etish ma'nosida Faxr-i Koinot Alahissalotu Vassalam umum maxluqot hisobidan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar. Chunki moddiy-ma'naviy nur unsuri bajargan vazifalarining umumi ham birga, ham ayri ayri Zot-i Vojibu-l Vujudga ishorat va shahodat etishgan milliardlar namunalar bor.
Ha, nur va olov unsuri tuproq, havo va suv unsurlari kabi oʻta qat'iy, badihiy va zaruriy suratda namunalar bilan koʻrsatadiki: Butun sabablar faqat bir parda hisoblanadi. Butun ijod va ta'sirlar Zot-i Qodir-i Zuljalolga tegishli. Chunki nur, aynan vujud va hayot kabi Ilohiy qudratning pardasiz shaxsan qilishga loyiq boʻlgani uchun, zohiriy sabablar hech bir jihatda parda boʻlmagani uchun, vohidiyat ichida ahadiyatni koʻrsatadi. Oʻta juz'iy va kichik vazifada kulliy va keng ahadiyat daliliga ishorat qiladi. Buni "Huva Nuqtasi" hoshiyalari bilan oʻta qisqa isbotlagan. Milliardlar namunalaridan ikki kichik namunasi quyida:
Biri: Ma'naviy nurning (ilm suratida) inson boshidagi jilvasining bir juz'i tirnoqchalik xotiraga ega odamning boshida toʻqson kitobning soʻzlari yozilgan. Uch oyda har kuni uch soat mashgʻul boʻlsa, xotira sahifasining faqat oʻsha qismini zoʻrgʻa toʻldiradi. Shu odam sakson yillik umrida koʻrgan, eshitgan, qiziqqan va xush kelgan ma'nolar, soʻzlar, suratlar, ovozlarni tirnoqdek xotirasining sahifasidan istagan vaqti murojaat qilib katta kutubxonadek, esida saqlangan hamma narsaning aynisini mavjud va muntazam yozilgan va tizilganini koʻradi.
Ushbu tirnoqdek xotiraning bahri ummon kabi kengligi, quyoshdek qamrovli nuri, ma'naviy ziyosi va zamin yuzichalik keng sahifalari boʻlmasa bu hol yuzaga kelmaydi. Bu esa yuz minglar daraja imkonsizlik ichida ilojsiz boʻlgani uchun, albatta va albatta ushbu kichik tirnoqdek xotira, Lavh-i Mahfuz, qadar va qudrat sahifasi boʻlgan Aliym-i Mutlaqning ilmi, hikmati va qudrati bilan Lavh-i Mahfuzning bir namunasini insonning boshida yaratishiga muqaddas shahodat qiladi.
Ikkinchi juz'iy va kichik namunasi: Elektr hisoblanadi. Bir kishi elektr chirogʻining ajib vaziyatini tekshiribdi. Qarasa, yuzlab tugmalardagi, markazlardagi, temir va simli iplardagi zarralar va moddalar qattiq, shuursiz, harakatsiz boʻlsada, juda kichik tegish natijasida oʻn kilometr joyga ketgan qorongʻulik darhol ketadi, oʻrnini yarim soniyada toʻldirgan nur yuzaga keladi.
Koʻz bilan koʻringan qorongʻulikning birdan yoʻqolishi va yana koʻz bilan koʻrilgan zulmat qadar nurning yuzaga kelishi, albatta xayol emas. Yo tegingan qattiq, shuursiz zarralar, hadsiz kuch va nurni ustida tashish bilan birga, bir onda yuz kilometrgacha qoʻlini uzatib, qorongʻulikni supirib tozalab nurlarni toʻldiradi. Bu esa butun shaytonlar, dinsizlar va moddaparastlar toʻplansa ham, bir sofistga qabul qildira olishmaydi. {(Hoshiya) Faqat aldash uchun ba'zi chuqur va muhim haqiqatlarga nom berib, goʻyo haqiqat anglashgandek oddiylashtirishadi. Masalan: Elektr kuchi deb, nozik va chuqur haqiqatni ahamiyatsiz qilib past koʻrsatishadi. Holbuki qudrat moʻ'jizasining hikmatlari ikki sahifa bilan zoʻrgʻa ifoda qilinsada, bitta ism berib u haqiqatni va kulliy hikmatni yashirib, oʻta kichik va oddiy bir pardasini joyiga qoʻyib, u moʻ'jizali asarni koʻr kuchga, yaramas tasodifga va mavhum tabiatdan deb tasavvur qilib, Abu Jahldan ham johilroq darajaga tushishadi. Demak Ilohiy irodaning nomuslarining unvonlari boʻlgan Allohning koinotga oʻrnatgan qonunlarining biriga, insonning ojizligidan mohiyatini anglay olmagan qonunning mohiyatiga elektr deb nomlab, nurlatishdagi gʻaroyib qudrat moʻ'jizasini tubanlashtirib, ma'lum narsa emish kabi elektr kuchi deb nomlab, bunga oʻxshagan gʻayritabiiy Ilohiy qudrat moʻ'jizalarini johilona tubanlashtirishadi.} Yoki butun koinotga hukmi oʻtgan va barcha nurlar, Uning Nur ismidan fayz olgan va Nuru-n Nur va Xoliqu-n Nur va Mudabbiru-n Nur boʻlgan Qodiri Zuljalol va Allamu-l Gʻuyubning va Aliym-i Mutlaqning qudrati va hikmati bilan boʻladi. Ushbu ikki namunaga qiyosan sanoqsiz namunalar bor.
Demakاَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ butun koinotdagi nurlar, goʻzalliklar, toyyibalar va kalmia-i toyyibalarni, xayrlar va kamolotlarni koinot Zot-i Zuljalolga nur unsuri tili bilan taqdim qilganidek, koinot yaratilishining natijasi boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham (ularning nomidan) vakil boʻlib, koinotdagi butun mavjudot hisobiga Me'roj kechasida kulliy ma'no bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar.
Rasul-i Akram (Alayhissalotu Vassalam bi'adadi zarroti-l anam) bu toʻrt goʻzal soʻzni salom oʻrnida aytgandan soʻng (Risola-i Nurda izohlanganidek) Janob-i Haq اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deb, butun ummati ham shunday deyishiga ishorat qilib, ma'naviy amru farmon va qabul oʻrnida javob bergan. Payʻgambar اَلسَّلاَمُ عَلَيْنَا وَ عَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ deb, muqaddas salomi ham oʻziga, ham oʻzlaridan avvalgi butun paygʻambarlarni toʻldirib, kulliy va umumiy salom suratida koʻrsatib, butun maxluqlarning vakili boʻlishi nuqtasida ularni ham salomi ichiga olgan.
Ummati esa har namozda اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deyishlari, salom-i Ilohiydagi amru farmonga ergashish hisoblanadi. Yana u zotga bay'at berish va har kuni bay'atini, ya'ni amrga boʻysunganini qabul qilib, olib kelgan farmonlarga itoatini yangilash va almashtirish hisoblanadi. Ham risolatini tabriklashdir. Ham umum Islom olami har kuni bu kalima bilan u zot keltirgan abadiy saodat xushxabariga bir tashakkurdir.
Ha, har bir inson oʻz vujudining yoʻq boʻlishi bilan azob chekkanidek, uyining xarob boʻlishi bilan ham azob chekadi. Vatani buzilsa qattiq xafa boʻladi. Doʻstlarining firoq va vafotidan qalbining tubi achiydi. Dunyo qadar katta xos va xususiy dunyosining zavol topishi, ayrilishi va oxiri tamoman yoʻqolishini oʻylashi ma'naviy jahannam kabi ruhi va vijdonini yondiradi.
Demak, aqli joyida boʻlgan har bir kishi ruhsiz, qalbsiz, aqlsiz boʻlmaslik sharti bilan bilsinki: Muhammad-i Arabiy Alayhissalotu Vassalam Me'roj kechasi koʻzi bilan koʻrgan abadiy saodatning xushxabarini va ahli iymonning jannatdagi boqiy hayotining bashoratini va inson aloqador boʻlgan sevgan kishilarining yoʻq boʻlmaganini va ularning ketishidan soʻng yana koʻrishish aniq ekanini oʻta shuurli ma'naviy hadyasiga javoban umum Islom olami har kuni koʻp marta اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deganidek, u kishi olib kelgan ma'naviy hadyasi bilan ham koinot sahifalari va tabaqalari Samadoniy maktublar ekani, ham maxluqotning haqiqiy qiymati va kamoloti u zotning risolati bilan yuzaga chiqishiga javoban butun maxluqot ma'nan haqiqatning tili bilan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ mazkur deyishadi. Ummat oʻrtasida Islomiy sha'oirdan boʻlgan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ ni bir-birlariga aytishi sunnatligi, bu buyuk haqiqatning shu'lasi ekanidandir.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sakson yillik ma'naviy boqiy umrni qozontirgan uch oylaringizni, muborak muqaddas kechalaringizni, laylatu-r ragʻoibingizni, laylatu-l me'rojingizni, laylatu-l baro'atingizni va laylatu-l qadringizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Har bir Nurchining ma'naviy daromadlari va rahmat-i Ilohiyadan umum qardoshlariga qilgan duolari maqbuliyatini iltimos qilib, Nuriy xizmatda muvaffaqiyatingizni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Zaharlanish sababli mutlaqo unutish xastaligi musibati menga bir ne'mat, marhamat hukmida boʻlib, ba'zi haqiqatlarni kashf qilishga kalit boʻlganini menga achinmasligingiz uchun xabar beryapman. Lekin yana duoingizni ruhu jonim bilan iltimos qilaman.
Ha, hozir "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni oʻqidim. Oʻrganib qolish, odatlanish va bir xillik pardalari ostida gʻaroyib haqiqatlar yashiringanini koʻrdim. Xususan gʻaflatdagilar, tabiatparast va falsafaning dinsiz qismi, Allohning koinotga oʻrnatgan qonunlarining pardasi ostida koʻp Ilohiy qudrat moʻ'jizasini koʻrmay, togʻdek haqiqatni zarradek past sabablardan deb biladi, yuklaydi. Qodir-i Mutlaqning hamma narsadagi ma'rifat yoʻlini toʻsadi. Undagi ne'matlarni koʻr boʻlib koʻrmay, shukr va hamd eshigini yopadi.
Masalan: Bir soʻzni ayni onda million, balki milliard kalima sifatida qudrat jilvasi havo sahifasida yozib koʻpaytiradi. Shuningdek اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ oyatining ramzi bilan har bir kalima-i toyyiba butun atmosferada birdan, xuddiki zamonsiz, qudrat qalami bilan yozib koʻpaytirilganidek, ma'naviy va maqbul haqiqatlarning yozar-oʻchirar taxtasiga oʻxshagan atmosferada qudratning ajib moʻ'jizasining zamon-i Odamdan beri oʻrganib qolish pardasi ostida gʻafalatdagilar nazarida yashirinadi. Bu kabi hozir radioning ichida sanoqsiz ilm, hikmat va iroda boʻlgan bitmas-tuganmas azaliy qudratning jilvasi, har bir havo zarrasida hozir-nozir boʻlib, turli-tuman hadsiz har bir havo zarrasining kichik qulogʻiga kirib, nozik tilidan chiqqani holda aralashib ketmaydi, buzilmaydi, adashmaydi.
Demak butun sabablar toʻplansa, bitta zarraning ushbu fitriy vazifasidagi muqaddas qudrat jilvasini hech bir jihatda qila olmaydi. Har bir zarraning hadsiz nozik kichik qulogʻi va tilida oʻta gʻaroyib san'atga hech bir jihatda hech qanday qoʻl aralashmagani uchun zalolatdagilar va gʻaflatdagilar oʻrganib, odatlanib qolgan, tabiiy qonun degan, bir xillik pardasi bilan yashirib, past nom qoʻyib, oʻzlarini vaqtincha aldashadi.
Masalan: "Oʻn Tortinchi Soʻz"ninf Zaylining hoshiyasida aytilganidek: Oʻta koʻp moʻ'jizalarga ega usta bir tirnoqchalik oʻtindan turli-tuman yuz oʻqqalik taomlarni, yuz arshin har xil matolarni yasasa, bir kishi oʻtin boʻlagini koʻrsatib "Bu ishlar tabiiy va tasodifan shundan yuzaga keldi", desa, u ustaning gʻaroyib san'atlarini, mahoratlarini yoʻqqa chiqarsa, qay darajada ahmoq va zalolatda xurofot va telbalik hisoblanadi. Aynan shunga oʻxshab:
Archa va anjir daraxti kabi minglar gʻaroyib san'atlarni ichiga olgan bir qudrat moʻ'jizasini noʻxatdek ikki urugʻni koʻrsatib, "Bular shundan kelib chiqdi", deyish
yoki atmosferani konferensiya maydoni,
zamin yuzini bir darsxona va irfon maktabiga aylantirgan,
hadsiz ne'matlarni ichiga olgan,
cheksiz shukrlar bilan javob berish kerak boʻlgan,
insonning abadiy saodatida Ilohiy ehsonlarning hozir {(Hoshiya) Bu soʻzda katta haqiqat xazinasining kalitiga ishorat bor.} namunasi,
hech qanday shubha qoldirmagan,
toʻgʻridan toʻgʻri rahmat xazinasidan ehson etilgan Rahmoniy hadyani - radio deb nomlab,
elektr va havoning mavjlari degan ot qoʻyib,
yuz ming ne'matlarga kufron pardasini tortish (aynan oʻsha misol kabi) moddaparastlar va zalolatdagilarning hadsiz telbaligi boʻlib, cheksiz jinoyat hisoblanadi, ularni cheksiz azobga loyiq qiladi.
Qardoshlarim, bugun haqiqatdan "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni tahrir qilish niyatida oʻqidim. Xotiram yomonlashgani uchun, birdan u munojotning haqiqatlariga nisbatan (goʻyo sakson yoshda endi dunyoga kelgandek) birdan oʻrganib qolish va odatiy narsalarni bilmagan kishidek ma'lum odatlanib qolishlar parda boʻlmadi.
Kamoli shavq bilan toʻliq istifoda qilib oʻqidim. Juda gʻaroyibligini koʻrdim va tushundimki: yashirin dushmanlarimiz bir qancha mansabdorlarni aldab "Siroju-n Nur"ning oxirini bahona qilib musodara qildirishga, ya'ni boshidagi munojotning tarqalmasligiga uringaniga qanoat hosil qildim. "Rahnamo"dagi "Huva Nuqtasi" kabi bu munojot ham "Siroju-n Nur"ga dinsizlar tomonidan hujum qilinishining bir sababidir.
Uchinchidan: Sizga butun ruhu jonimiz bilan xushxabar beramizki, Nurchilardagi tom ixlos, haqiqiy saodat va metin birdamlik vasilada boshimizga kelgan butun musibatlar, iymoniy xizmatimiz nuqtasida buyuk ne'matlarga aylandi. Parda ostida Nurning aqlu xayolga kelmagan futuhotlari boʻlyapti.
Masalan, Ispartadan bu yerga, ya'ni Istanbulga mahkamaga kelishim uchun avtomobilga majburan yuz banknot berildi. Ishontirib aytamanki, faqat bu masala va faqat "Rahnamo"ga oid va faqat mening shaxsimga oid yuzaga kelgan va chiqishni boshlagan xizmat natijasiga ikki ming banknot berganimda, yana arzon degan boʻlar edim. Umumga oid natijalarni ham bunga qiyos qilinsin.
Ushbu Nur Kalitining radio mavzuiga doir, ikki universitetli yigit bilan bir kun avtomobilda ketayotgan edik. Undagi radiodan mavlid-i sharif tinglayotib, ikki Nurchi universitetli yigitga aytdim:
Nurda ham hayot, vujud kabi toʻgʻridan toʻgʻri Ilohiy qudratning pardasiz tajalliyi ochiq oydin koʻringaniga bir dalil shuki: Ushbu mashinadagi tirnoqdek havo ozgina ma'naviy nur, faqat bu mavluddan kelgan soʻzlarni olib uzatish emas, balki minglar, millionlar soʻzlarni ayni onda tinglaydi, gapiradi. Bu esa minglab stansiyalardagi ayri-ayri soʻzlarni hozirgi biz eshitgan soʻzlarimiz kabi eshitadi va eshittiradi. Bizga gapiradi. Demak, eng juz'iy narsa kulliy boʻladi.
Ham u kichik boʻlak havo atmosferachalik vazifani bajaradi. Eng kichik narsa eng katta atmosfera qadar kattalashadi.
Agar azaliy qudrat jilvasidan deb qabul qininmasa, ajib xurofotga toʻla aksilik boʻladiki, hech qanday aqlga sigʻmaydi. Bir narsaning aksiga aylanishi inmkonsiz boʻlgani uchun, minglar daraja eng juz'iyning eng kulliy boʻlishi... eng kichikning eng katta boʻlishi... eng qattiq, johil, shuursiz, ojizning eng qodir, irodali va shuurli boʻlishi kerak boʻladi. Bu esa aks, imkonsiz va xurofotlar ichida tenggi topilmaydigan xurofotdir.
Demak, ochiq oydin qudrat-i azaliyaning bir jilvasidir. U jilvaning butun atmosferada koʻrsatgan quyidagi hadisi sharifning ma'nosi koʻrsatadi:
Bir farishta bor, qirq ming boshi bor. Har boshida qirq ming til bor. Har tilda qirq ming tasbehot aytadi. Oltmish toʻrt trillion tasbehotni ayni onda soʻylaydi. Demak, atmosfera ushbu farishta kabidir. Ya'ni, bu farishtaning tasbehoti sanogʻicha har kalima-i toyyiba havo sahifasida yoziladi.
Atmosfera aytadiki: "Bu hadis mendan yoki meni nazorat qilayotgan malakdan xabar beryapti. Chunki insondagi butun suhbatlar va boshqa butun son-sanoqsiz ovozlar qorishmasi ichida aralashtirmay toʻliq harflari bilan va gapirganlarning shevalari bilan, unga xos xususiyatdagi saslari bilan gapirilishi koʻrsatadiki, kulliy shuur bilan qilingan bu ish, faqat tek bir zarraning vazifasi, na menga (yoki atmosferaga) na butun sabablardan tasavvur qilishning hech bir jihatda imkoni yoʻq. Demak, har joyda hozir-nozir ahadiyat jilvasi bilan va ichida ihotali iroda, keng ilm boʻlgan bir azaliy qudratning jilvasidir. Bunga millionlar guvohlardan biri - radiodir."
"Oʻninchi Soʻz"da Qur'on hikmati bilan falsafa hikmati solishtirilgan mavzuda aytilgan masalaning ma'nosi quyidagicha: Inson falsafasi oʻta gʻaroyib Ilohiy qudrat moʻ'jizasining rahmat moʻ'jizasi ustiga oddiylik pardasini tortadi. Oddiylik pardasi ostidagi vahdoniyat dalillarini va gʻaroyib ne'matlarini koʻrmaydi, koʻrsatmaydi. Lekin odatiylikdan ajrab chiqqan ba'zi xususiy juz'iyotni koʻradi, ahamiyat beradi.
Masalan: Insonning yaratilishidagi qudrat moʻ'jizalarini koʻrmaydi, ahamiyat bermaydi. Lekin qoidadan chiqqan ikki boshli, uch oyoqli insonni koʻrib, oʻzini yoʻqotib hayratdan oʻzini tuta olmay e'tiborni jalb qiladi. Kulliy, umumiy moʻ'jizalarni odatiylik pardasi orqasiga yashiradi. Juz'iy va qonundan chiqqan va toifasidan ayrilgan moddalarni ibratga sabab qiladi.
Yana bir misol: (Hayvondan, insondan) bolalarining juda gʻaroyib, oʻta moʻ'jizali oziqlanishlarini oddiylashtirib ahamiyat bermaydi. Amerikada bir gazeta yozishicha, toifasidan chiqqan, millatidan ayrilgan, dengiz tubiga tushgan bir qoʻngʻizning ogʻziga rizq sifatida bir yashil bargning berilganini koʻrgan baliqchilar yigʻlab, olamga doston qilishgan.
Holbuki eng kichik bir bolaga berilayotgan obi kavsar kabi rizqida, u kabi minglar rahmat moʻ'jizasi va ehson bor. Bashar falsafasi Rahmonur rahiymni tanib, shukr bilan javob berishi uchun buni koʻrmaydi.
Qur'oyniy hikmat esa oddiylashtirish pardasini yirtadi. Kulliy, umumiy gʻaroyib moʻ'jizalarni va favqulotda ne'matlarni insonga dars beradi, Allohni tanitadi. Kulliy shukr nomidan qullikka chaqiradi.
Inson falsafasining eng ajib, eng antiqa xatolaridan biri shuki: Juz'iy ixtiyori va irodasi eng zohiriy va kichik ishi hisoblangan gapirishga yetmaydi, ijod qila olmaydi. Faqat havoni xarflar maxrajiga soladi. Bu kichik kasb bilan Janobi Haq uning ishiga binoan soʻzni yaratadi. Havoga ham minglar nusxa yozadi. Bu qadar ijoddan insonning qoʻli qisqa boʻlib, butun koinot sabablari ojiz qolgan gʻaroyib kulliy qudrat moʻ'jizasiga, inson ijodi degan nom berish naqadar katta xato ekanini zarracha shuuri boʻlgan kishi tushunadi.
Buni bir misoli yuz ming gʻaroyibliklarga ega Ilohiy qonundan inson foydalanishiga vasila boʻlishi uchun ixtiro qilinadi. Ya'ni insonning fe'liy duolari bir jihatdan qabul qilinadi. Bunga ilhomi Ilohiy bilan kashf qilingan radio misoldir. Unga sabab boʻlgan bechora mutlaq ojiz insonga, "Mana!... Radioni falonchi ixtirochi ijod qildi va elektr kuchini topdi deyish qanchalik ahmoqlik?!. Ba'zi ixtirochilar ham insonning aqlini oʻqish uchun modda ijod qilishga urinishyapti."
Janobi Haq (bu koinot ichida insonga kerak va loyiq hamma narsani yaratgan musofirxona boʻlib) ziyofatlar turidan ba'zi yillar va asrlarda yashirin qolgan ne'matlarni fe'liy duo bilan bilim va tajriba natijasida sa'y-gʻayrati uchun ehson qiladi. Bunga javoban shukr qilish kerak boʻladi. Kufron-i ne'mat deyilgan noshukrlik qilib oddiylashtirib, ojiz inson ijodi, hunari deb tasavvur qilib, kulliy shuur, ilm, iroda, rahmat va ehsonning natijasi boʻlgan gʻaroyibliklarni unuttirib, faqat nozik pardasini koʻrsatib, shuursiz tasodifga va qattiq moddalardan deb tasavvur qilish, ahsan-i taqvimda boʻlgan insonning mohiyatiga zid jahl-i mutlaq eshigini ochish hisoblanadi. Shunday ekan وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ dasturiga asosan maxluqotga ma'noy-i harfiy bilan qarash shartki inson, inson boʻlsin.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Soʻnggi kunlarda Ankabut surasida
oyatini oʻqir ekanman, birdan qattiq vahima keldi. "Eng zaif uy oʻrgimchak uyidir. Allohga sherik qoʻshganlar farazan bilishsa, ya'ni iymon keltirmagan Quraysh raislari agar bilsalar..." ma'nosidagi bu oyatning balogʻatiga munosib bir holat koʻrinmadi.
Ayni paytda "Zulfiqor" "Moʻ'jizot-i Ahmadiya"ni tahrir qilish uchun ochdim. Birdan ushbu satrlar diqqatimni tortdi: "Birinchi Hodisa: Ma'naviy tavotur darajasida bir shuhrat bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakri Siddiq bilan kufforning tazyiqidan qutulish uchun saqlangan Hiro goʻrining eshigida ikki navbatchi kabi ikki kabutar kelib navbat turishi va oʻrgimchak ham pardador kabi gʻaroyib tarzda qalin ogʻ bilan gʻor eshigini yopishi hisoblanadi.
Hatto Quraysh raislaridan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qoʻli bilan Badr gʻazotida oʻldirilgan Ubay Ibni Xalaf gʻor ichiga qaragan. Yonidagilar: Gʻorga kiraylik, deyishganda u, "Qanday kiramiz? Bu yerda bir ogʻ koʻryapman, u Muhammad (A.S.M.) tavallud qilishidan avval yasalgandek." degan.
Bu oyati karimaning ikki harfida ya'ni لَوْ harflarida bir moʻ'jiza koʻrdim. U mening vahimam oʻrnini yuksak bir i'joz yogʻdusi oldi:
Ankabut surasi Makkada nozil boʻlgani uchun Qurayshlilarning iymonga kelmagan raislari Paygʻambar (A.S.M.)ga suiqasd qilishlarini va suiqasd ichida eng zaif va eng kichik hayvon boʻlgan oʻrgimchak ularning shiddatli hujumlariga qarshi javob sifatida gʻalaba qiladi.
Ya'ni oʻrgimchakning ogʻi eng zaif parda kuchli raislarni magʻlub qilishini koʻrsatib, oyat aytadiki: "Eng zaif hayvonga magʻlub boʻlishlarini farazan bilishsa edi, bu jinoyatga va suiqasdga tashabbus qilishmas edi." Demak اَلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ oyatida bir soʻz bilan tarixiy moʻ'jizani koʻrsatganidek,
{(Hoshiya) Moʻ'jizot-i Qur'oniyada اَلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ oyatida gʻarq boʻlgan Fir'avnga aytadiki: "Bugun gʻarq boʻlgan jasadingga najot beraman, deb umum Fir'avnlarning tanosuh-ruhning jasaddan jasadga koʻchishi tushunchasiga asosalanib mayyitlarini mumlab moziydan istiqbolga kelajak avlodning koʻrgazmasiga joʻnatilgan mavtolud, ibratnamo hayot dasturini ifodalagan. Soʻnggi asrda gʻarq boʻlgan Fir'avnning oʻz jasadi sifatida kashf etilgan bir jasad, gʻarq boʻlgan dengizdan sohilga otilgani kabi, davr dengizidan asrlarning mavjlari ustida ushbu asr sohiliga otilishi moʻ'jizona bir gʻaybiy ishoratni ifoda qiladi.
Hoshiyaning xoshiyasi: Bu asrda ajnabiylar Fir'avnning ayni jasadini topishgan. Muzeyga olib ketib, gazetalarda nashr qilishgan }
Makkada nozil boʻlgan bu suraning ham لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ oyatida koʻringan ramz bilan Hiro gʻori hodisasida gʻaroyib bir Ilohiy hifzga va gʻaybiy xabar turidan bir Nabaviy moʻ'jizaga ishorat bilan i'joz yogʻdusini koʻrsatib u surani Ankabut deb nomlash va uning ahamiyatsiz ogʻiga ahamiyat berish tom joyida boʻlib, bu oyatda kelgan shubha va vahimalarini asosidan rad qilganini koʻrdim. Qur'on suralari va oyatlarida, hatto jumlalari va soʻzlarida ham i'joz yogʻdulari boʻlganidek, harflarida ham borligini bilganim uchun Janobi Haqqa hadsiz shukr qildim.
Aziz, siddiq, metin, sobit, fidokor qardsohlarim!
Avvalo: وَ الْفَجْرِ وَ لَيَالٍ عَشْرٍ sanosiga sazovor kechalaringizni va bayramingizni ruhu jonim bilan tabriklayman. Shu bilan birga qattiq xastaligimning shifosi uchun duolaringizni istayman.
Ikkinchidan: Nurlarning porloq futuhotiga bir daraja mone boʻlish fikri bilan yashirin dinsizlar bir qancha mansabdorlar vositasida oʻzboshimcha qonunlarni qoʻllanyaptilar. Va xos Nurchilarning oz qismi xizmatiga putur yetkazishga urinishyapti. Jumladan bu muborak kunlarda menga Istanbuldan "Rahnamo" haqida dinsizlik tushunchasida yozilgan {(Hoshiya1) Sizga ma'lumot sifatida joʻnatiladi.} ekspertlar xulosasini joʻnatishdi. Men ogʻir va zaharli xastaligim uchun ularga javob berishni sizga havola qilaman.
Oʻn ikki yil avval yozilgan,
avf etilgan,
oqlangan,
besh mahkama qoʻliga tushib tegilmay qaytarib berilgan,
oʻn ming kishiga, xususan yoshlarga zarar tegish emas, manfaat bergan,
zayllari bilan birga katta mudofaalarimda bu vatanga buyuk foydasi borligi isbotlangan ushbu asar haqida Madrasatu-z Zahro va uning shoʻ'balari ekspertlarni mot qilish,
qonun nomidan butunlay qonunsiz harakatlari,
adliyada adolat hisobiga dahshatli zulm qilishgani,
"Rahnamo" haqida dinni siyosatga vosita qilyapti deyishlariga javoban, kaltabin ekspertlar siyosat va adliya vazifalarini dinsizlikka vosita qilishni istaganini dalillar bilan koʻrsatish vazifasini Nurchi qardoshlarga havola qilaman.
Meni dinni siyosatga vosita qilayotganim haqidagi tuhmatlariga aytamizki:
Butun hayotimni va meni taniganlarni guvoh qilamanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosat bilan shugʻullangan paytimda ham butun kuchim bilan siyosatlarni dinga vosita va tobe qilishga harakat qilganimni butun hayot tarixim va doʻstlarim shahodat qilishadi. Hurriyatning boshida shariatni istagan kishilarni osishgan davrda Harakat qoʻshinining dahshatli Oʻrfiy harbiy devonida bir kunda oʻn besh odam osilgan davrda Oʻrfiy harbiy devoni raisi va a'zolari aytishdi: "Sen eskichisan, shariat istayapsan", degan gapiga javoban: "Shariatning bitta masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman. Agar Mashrutiyat bir firqaning istibdodidan iborat va Shariatga xilof boʻlsa, butun dunyo shohid boʻlsinki men eskichiman", degan odam, qatl qilinishni bir tiyinga ham olmagan va dunyosini, hamma narsasini Shariatga fido qilgan zot hech mumkinmiki: Dinni, shariatni bir narsaga, bir siyosatga vosita qilsin. Bunga ehtimol bergan kishi sofist emas.
Bu vatanda bir ma'sumning uchun oʻn zolim ayyorlarga siyosat yoʻli bilan aralashish katta xato hisoblanadi. U kishini oʻn zolim jinoyatchilar qiynaganiga javob bermagan, hatto badduo qilmagan, osoyishtalikka aralashmaslikni hayot dasturi qilgan kishini, dinni siyosatga va osoyishtalikka xavf soladi deb tuhmat qilish albatta dahshatli gʻaraz hisoblanadi. Yigirma sakkiz yil tenggi yoʻq xiyonatlar, qiynoqlar, azoblar berilsada, mahkamalarning tekshirishi natijasida yuz minglar fidokor doʻstlari boʻlsada, olti viloyat va olti mahkamaning tekshiruv xulosasi shuki - hech bir talabada hech qanday hodisa koʻrilmagan. Bu kishini osoyishtalikka yoki vatanga, siyosatga zarari bor degan odam albatta yerdan koʻkkacha haqsizdir.
Men bu zolim tuhmatlarga javobim oʻzimni javobgarlidan yoki qamalishdan qutqarish uchun deb oʻylmasinlar. Sizga ishontirib aytamanki: Meni yaxshi bilgan doʻstlarim ham tasdiqlaydiki, yigirma sakkiz yil, menga oʻlim hayotdan ham foydali, qabr esa qamoqdan oʻn marta yaxshi ekani, qamoq esa tinchligim uchun bunday ozodlikdan oʻn marta foydali ekaniga qat'iy qanoat hosil qilganman. Agar ba'zi doʻstlarim xafa boʻlmaganida, men doimiy qamoqda qolar edim.
Agar shar'an oʻz joniga qasd qilish joiz boʻlganida, albatta Rusning Bosh qoʻmondonining va Istanbulni ishgʻol qilgan dushmanlar Bosh qoʻmondoni qatl qilishi mumkin boʻlgani va Riyosat devonida ellik deputat huzurida ilk Jumhuriyat Raisining qattiq gʻazabiga qarshi xorlik darajasiga tubanlashmagan odam, albatta juda koʻp marta past jandarma, soqchilar va oddiy xodimning tahqirli xiyonatlari, tuhmatlari, azoblari va ogʻir jazolarini koʻrgan odamga, albatta hayotdan koʻra oʻlim yuz marta koʻproq xush keladi.
Modomiki "Rahnamo"ni bahona qilib umuman xayolga kelmaydigan vahima bilan tuhmat qilinayotgan ekanman, men va qardoshlarim "Rahnamo"ning haqiqati bilan ham iymonimizni, ham axloqimizni tahlikadan qutqarganimiz uchun aytamizki: "Rahnamo" oʻn besh yil avval ta'lif etilgan, uch marta chop etilish bilan birga minglar nusxasi va qoʻlyozmasi bilan oʻn minglar nusxasi bu vatanda ishtiyoq bilan oʻqilib tarqalgan. Oʻqigan oʻn minglar odamdan hech kimdan qonunga ergashgan, muxolif, dindor, dinsizdan hech biri "undan zarar koʻrdik" yoki "vatan va millatga zararli", deganini eshitmadik. Agar zarari boʻlsa edi, ahamiyatli bir masala boʻlgani uchun tarqalar edi. Holbuki bundan yuz mingga yaqin guvoh koʻrsatamiz. Biz undan iymonimizni qutqardik. Milliy gʻururimizni u orqali tuzatdik, foydalandik, deb kerak boʻlsa bu da'voimizga yuz ming shohid koʻrsatamiz.
Ajabo, bir kishining oʻn yaxshili boʻlib, bir kichik yanglishi e'tiborga olinmay, yuz ming hasana va foyda sohibi boʻlgan asarning uydirma, asli yoʻq kamchilik vahima qilinib javobgarlikka tortiladimi? Dunyoda ijtimoiy hayotga tegishli hech qanday qonun bu holatga ayb deya oladimi?
U asarni tekshirgan Islomiy va diniy bilimga ega boʻlmagan ekspertlarning ayblov deb koʻrsatgan narsasi:
Birinchisi: "Dunyoviylikka qarshi, dinni siyosatga vosita qilyapti."
Holbuki muallifi oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etib, biror gazetani oʻqimagan va shogirdlariga ham doim "siyosat bilan mashgʻul boʻlmang", deb aytishi bu ayblovni toʻliq yoʻqqa chiqaradi.
Ikkinchisi: "Diniy dars berishga tarafdor boʻlish." degan ayblov koʻrsatilgan.
Bunga qarshi aytamiz: Dunyoda bunga ayb degan hech qanday iymonli kishi topilmaydi. Xususan qamoqdagi kishilar ichidagi bechoralarga tasalli berish uchun dars bergan. Darsga tarafdorligini oʻsha vaqtda aytgan edi. Bu esa u jumlani ham batamom ma'nosiz ekanini koʻrsatadi. Hatto qamoqdagi uch yuz kishining qisqa vaqtda Risola-i Nur vositasida tuzalishi, jinoyatidan tavba qilib, barchasi namoz oʻqishni boshlashi xodimlarning e'tiborini jalb qilgan. Biq qancha xodimlar: "Oʻn besh hafta ichida Risola-i Nur oʻn besh yil qamoqda oʻtirishining foydasidek foyda berdi", deyishgan. Buni qamoqdagi "Rahnamo"ni yozganlarga aytgan. Muallifi javoban: "Bir yuz oʻttiz kitobdan iborat Risola-i Nur va uning kichik boʻlimi boʻlgan "Rahnamo"ni toʻliq boʻlmasada oʻqigan kishi, albatta oʻn besh yil qamoqdagi jazodan, madrasada dars olishchalik istifoda etadi, tuzaladi, yomonliklardan tavba qiladi. Ajabo, bunday istak, tashviq va meni qamatganlar ham tasdiqlaganiga qaramay ayb hisoblanadimi?
Uchinchisi: "Tasattur-yopinish va Islomiy tarbiya tarafdori", degan ayblov koʻrsatilgan.
Bu esa ham Eskishahar, ham Dengizli, ham Afyonda va Afyon mahkamasining hukmida nashr qilingani kabi, oʻn besh yil avval Eskishaharda tasatturga tarafdorligim uchun sud kavlagan edi. Men mahkamaga va Oliy Sudga ushbu javobni bergan edim:
Bir ming uch yuz yil ichida har asrda uch yuz ellik million musulmonlarning muqaddas ijtimoiy hayoti dasturi va uch yuz ellik ming tafsir ma'nolarining ittifoqiga ergashib va bir ming uch yuz ellik yilda oʻtgan ajdodlarimizning e'tiqodiga tobe boʻlib tasattur-oʻranish haqidagi bir oyati karimani tafsir qilgan kishiga tuhmat qilgan mahkama, albatta zamin yuzida adolat boʻlsa, bu tuhmatni qattiq rad qiladi va unga asoslanib hukm qilinsa, uni buzishi va rad qilishi kerak.
Bu oyati karimaning tasattur amri ayollarga buyuk bir marhamat ekanini va ularni abgor boʻlishdan qutqarganini Risola-i Nur qat'iy isbot qilgani kabi, Sabilurrashodning 115-sonidagi: "Ahli iymon boʻlgan oxiratlik singillarimga" sarlavhali maqolam isbot qiladi.
Toʻrtinchisi: "Shaxsiy nufuz ta'minlash", degan ayblov koʻrsatilgan. Sababi "Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapman", degani va "qalbga eslatildi", "esimga keldi", "qalbimga keldi", "Risola-i Nur ham maktab, ham madrasa, ham (tariqat) takkasi foydasini beryapti." Ekspertlar bu jumlalarni ayblovga asos olishgan.
Javoban aytamizki: U kishi shunday odamki: qabr eshigida sakson yoshdan oʻtgan, qirq yildan beri oʻzini inzivoga oʻrgatgan, yigirma sakkiz yildan beri yakka yashab va qamoqda, ajratib qoʻyilib, dunyodan batamom nafratlangan, oʻttiz besh yildan beri gazeta oʻqimagan, xabarlarni tinglamagan, umri boʻyicha evazsiz hadya qabul qilmagan, hurmatdan, omma e'tiboridan qochish uchun odamlar bilan zarurat boʻlmasa, koʻrishmaslikni oʻziga dastur qilgan. Butun doʻstlarining maqtovlarini oʻz shaxsiga olmay, yo Nurchilar hay'atiga, yo Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiga havola qilgan. "Men loyiq emasman. Haddim yetmaydi. Men bir xizmatkorman, urugʻ kabi chirib ketdim. Risola-i Nur esa Qur'oni Hakimning tafsiri, ma'nosidir." degan.
Hamma aytganidek esimga keldi yoki fikrimga keldi, yoki fikrimga eslatildi, degan ta'birlarni barcha iste'mol qiladi. Men bunday gapirishimdan maqsadim shuki: "Mening mahoratim, mening zakovatim emas. Shunuhot qabilidan demakdir. Bu ham har kim aytgan soʻzdir. Agar bilimsiz ekspertlar bergan ma'no ilhom boʻlsa ham, hayvonlardan fatishtalargacha, insonlargacha va hamma bir jihatdan ilhom va sunuhotga sazovor boʻladi. Bunga fan olimlari va ahli ilm ittifoq qilgan. Bunga ayb degan odam ilm va bilimni inkor qilishi kerak boʻladi.
Beshinchisi: Muallif jozibador fitnaning asiri boʻlish ehtimoli boʻlgan naslni Risola-i Nurdan madad kutganlarga bergan javoblari bilan qutqarishga ishonchi komil. Ekspertlar bu jumlani ham ayblovga asos qilishgan. "Yuz ming guvoh bilan isbot qilingan va yuzaga kelgan zohiriy haqiqatga qanoat qildim", degan gapini ayblovga asos qilish qay darajada ma'nosiz ekanini diqqat qilgan kishi anglaydi.
Oltinchisi: "Siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilarning qulogʻi jaranglasin!" deyishini ayblovga asos qilib koʻrsatishgan. Holbuki yoshlarni tahlikalardan qutqarish uchun qisqa va tinch chorani kashf qilganini siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilar ham rivojlantirishi maqsadida "Quloqlari jaranglasin!" degan. Buni ayb degan kishi odamgarchilik tomonidan qattiq aybdor hisoblanishi kerak.
Yettinchisi: Fitnani olovlantirgan va oʻrgatgan isyonchilar ma'naviy shaxsning mavjudligini va bu ma'naviy shaxsning hayoliga koʻringanini aytishyapti. Lekin kim ekanini bildirshmayapti. Holbuki ekspertlar buni tuhmatga asos qilishgan. Ajabo, dunyoda insiy va jinniy shaytonlar hech boʻsh turishadimi? Ular doim yomonlik qilish va qildirish bilan mashgʻul boʻlishadi. Ushbu bilimi yoʻq ekspertlar umuman xabari yoʻqmiki, ma'nosiz aralashishyapti? Modomiki ma'naviy degan ekan, modomiki kim ekanini bildirmagan ekan, dunyoda hech bir mahkama bunday ma'naviy odamga, ya'ni shaytonga haqorat qilding deb, sizni mahkamaga beramiz degan odam, albatta soʻziga zarrachalik ahamiyat berilmaydigan uydirma hukmida boʻladi.
Sakkizinchi: Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning ma'naviy i'jozidan suzilib chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur asoslariga tayangan muallif tomonidan takror-takror urgʻu berib bayon etgan, iddio qilinayotgan va bu targʻibot diniy dalillarga, sharhlarga tayanganini aytib, ayb unsuri sifatida koʻrsatilyapti.
Buni butun Risola-i Nurni oʻqigan kishilarning tasdigʻi bilan, xususan mashhur Misr, Shom, Bagʻdod, Pokiston va Diyonat Riyosati boshqarmasining tasdigʻi bilan Risola-i Nur toʻgʻridan toʻgʻri haqiqiy Qur'on tafsiridir va Qur'onning mulki va yogʻdularidir, deyishlariga qaramay, bu gapni ayblov asosi qilganlardan bu xatosining sababi hashr mahkama-i kubrosida soʻraladi.
Risola-i Nur boʻlimlaridan "Yoshlarga Rahnamo"ning chop etilib, tarqalishi munosabati bilan muallifi Badiuzzamon Said Nursiyning mahkamaga berilganini va "Yoshlarga Rahnamo"ning mohiyatini tekshirish uchun olim oʻrnida haqiqatlarni tamoman oʻzgartirib dinsiz va Islomiyat dushmanlari mohiyatida mutolaa qilib ayblov asosi chiqargan ekspertlarning xulosasini oʻqidik.
130 qismdan iborat boʻlgan iymon, ilm va fazilar xazinasi boʻlgan Risola-i Nur Kulliyotidan "Yoshlarga Rahnamo" bir qismi boʻlgani va Risola-i Nurdagi yuksak haqiqatlarga ruhu joni bilan bogʻlangan asarlar xazinasini bu millatning moddiy-ma'naviy hayotiga saodat rahbari ekanini isbot qilib bilganimiz uchun "Rahnamo"ga qarshi oʻsha bilimli odamning isnodlarini rad qilamiz. Ekspertlarning bilimsizligini butun kuchimiz bilan yuzlariga urib e'lon qilib, isbotlaymiz.
Mahkama hay'atiga arz qilamizki:
Chiqarilgan ekspertlar xulosasi vatan va millatning hayotiga, tarixiga, an'anasiga, muqaddas narsalariga, qonunlariga batamom begona, holi hozirdagi qonunlarga tuhmat qilgan, hukumatni tahqirlagan, bu millatning ming yillik tarixini zaiflashtirish orqali butun millat ajdodini tahqir qilgan va bugun bu vatanda yashagan yigirma million qardoshlarimizning ma'naviyatiga hujum qilgan bu suiqasdning oʻrnagi hisoblanadi. Adolat mahkamasi buni e'tiborga olishi mumkin emas.
Mana biz, bilimli kishi nomidan bu suiqasd hujjatini imzolaganlarga aytamizki: Bu millat, Xudo saqlasin, dinsizmi? Bu millat yuz yillar davomida din va iymondan, Xudo saqlasin, maxrum qolgan safih millatmi? Bu millat va uning porloq tarixini oltin bilan ziynatlagan ajdod, butun hayotida dunyoga safohat va zalolat tarqatgan kufr yoʻlidan yurganmi?
Istanbulni fath qilib dunyo hayotida yangi davr ochgan, sharqu gʻarbga Qur'onning bayroqdorligi vazifasida nuri hidoyat, ilm va fazilat sochgan, Ovrupoga haqiqiy madaniyatni dars bergan va Islomiy madaniyatning ziyosi bilan bashariyatni oydinlatgan va kap-katta tarix, ularning qahramonligiga toʻla boʻlgan Yidirimlar, Fotihlar, Salimlar va Sulaymonlar va ular mansub boʻlgan millat, yozganining butunlay aksiga, ma'naviyati soʻngan, dindan xabari yoʻq, Islomiyatni nashr qilgan boshqa millat, qoʻmondonlar boshqa millat tarixida, tarix yolgʻon gapiryapti, turklar Islomiyatning qahramoni sifatida Qur'onning bayroqdorligini butun millatlar ustida sharaf toji sifatida tashigani yolgʻon, shundaymi?!
Yoki bu millat Islomiy haqiqatlardan olgan dars bilan ayol va qizlarni Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlab, ayollikning qiymat va sharafini muhofaza qilib, ularning past va qiymatsiz boʻlishiga mone boʻlgani, yolgʻon! Uzoq asrlar davomida Islom-turk qahramonlari nomi bilan tanilgan, biz axloq va nomusning, qiymat va sharafning kamoliga yetgan deb bilgan va iftixor qilgan ajdodimiz, onalarimiz, iftixorimiz aksiga Qur'on amriga ergashmagan, goʻzallikning haqiqatini Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlanish emas, vujudlarini yalangʻoch qilib koʻz-koʻz qilishda deb bilishgan, shundaymi?!
Ey insoflilar, ey tarixi, muqaddas narsalari, qahramon va muborak ajdodi bilan iftixor qilgan hozirgi nasl! Keling, koʻring.
Tarixingizni va Islomiyatingizni haqoratlagan suiqasd hujjatini yozgan, imzolagan kimsalarga:
hayotingizning hayoti, ruhingizning ruhi deb bilgan Islomiyatingiz nomidan,
koinotni oʻn toʻrt asr ziyolantirgan,
muqaddas va Ilohiy dasturlari bilan ming yildan beri millionlab ajdodingizni nurlantirgan,
abadiy saodatga yonaltirgan Qur'oningiz nomidan,
Qur'on dasturiga ergashgan yuz millionlab ajdodingiz nomidan,
axloqi hasana va nomus muhofazasi yoʻlida Islomiy tarbiyaning ziyosi bilan nurlangan va tarbiya olgan,
ayollikning haqiqiy ma'nosini, haqiqiy goʻzalligini hayoti, kiyinishi, yashash tarzi bilan koʻrsatgan onalarimiz, momolarimiz va singillarimizning nomidan oʻsha tuhmatchilarga, zaiflatgan va haqorat qilganlarga noroziligingizni, koyishingizni va rad qilishingizni bildiring.
Tuhmatchilar, yoshi saksonga yetgan, zaharlangan ogʻir xasta, diniy xizmati tufayli umri qamoqxonalarda sovrulgan Islom qahramonimiz, butun ulamolar va koʻp adiblar va murabbiylarning, vatan va millatparvarlar shikoyat qilgan axloqsizlik va fahsh tahlikasidan muhofaza qilish uchun yoshlarga yaxshi axloq, yuksak nomus, iymon va fazilat darsi bergan, vatanga-millatga foydali a'zo holiga kelishlarini ta'minlagan, adolat va osoyishtalik uchun foydali ilk kuch sifatida yurt va millatning saodatiga xizmat qilgan "Yoshlarga Rahnamo" nomli asarni musodara qilish va muhtaram muallifini qamashga sabab sifatida koʻrsatishyaptiki:
Badiuzzamon tasattur-yopinish tarafdoridir. Ayollarning yarim yalangʻoch, ochiq-sochiq yurishlariga, Islomiyatga qarshi urushlarda shayton buyrugʻi ostidagi boʻlinmalar sifatida tasvirlab, ayollarning bugungi ijtimoiy hayotda oyoqlarini ochib yurishi va yarim yalangʻoch kiyinishini gunoh deyapti.
Badiuzzamon hozirgi ochiq, yarim-yalangʻoch kiyinishlarni turmush qurishga mone boʻlib, fahshga tashviq qiladigan mohiyatda deb biladi. Yana Badiuzzamon fikrisha, ayolni goʻzallashtirgan narsa va ayolning haqiqiy va doimiy goʻzalligi ijtimoiy hayotda joy olgan ziynatlanish, vujudini koʻz-koʻz qilish emas, Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynatidir.
Badiuzzamon diniy ta'lim tarafdoridir. Risola-i Nur nomli diniy ta'lim ta'sirida mahkumlarning oʻn besh haftada tuzalishini (Dengizli va Afyon qamoqxonalari, adliyaning soqchi va mudirlari guvohligi bilan tasdiqlangan) aytyapti.
Badiuzzamon, jozibador fitnaga asir boʻlgan yoshlarni din haqiqati va Nurning iymoniy darslari bilan qutulishiga ishonadi. Mana shu fikrlari uchun aybdor. Qonunan mahkum qilinishi kerak deyishyapti. Bular goʻyo ekspertlar nomi bilan mamlakat yoshlariga adolat, haq va hurriyat darsini beradigan professor yoki huquq dotsentlaridir.
Ey haqiqiy adolat vakillari boʻlgan umumiy huquq va milliy gʻururni muhofaza qilgan sudyalar! "Yoshlarga Rahnamo"ning iymoniy darslari va axloqiy darslari, ekspertlar xulosasidagidek ayblov mavzui sifatida qabul qilinsa va muallifi bu buyuk xizmati tufayli aybdor deb topilsa, agar shunday boʻlsa, yuqorida aytganimizdek, bu millatga, ming yillik tarixiga, an'anasiga, boshqaruv va urf-odati qonunlariga, bu millatning abadiy iftixoriga asos boʻlgan muqaddas diniga, muqaddas Islomiyat haqiqatlariga, qudsiy Qur'on darslariga va muqaddas haqiqatlarini mahkam tutib Islomiy madaniyatni kamoli koʻrkamligi bilan dunyoga e'lon qilgan aziz ajdodlarga, ularning gʻururiga, huquqiga, ma'naviyatiga qilingan tahqir, mensilmagan, urilgan zarbalarni va aytilgan yomon iflos tuhmatlarni qabul qilishingiz kerak. Bu buyuk ma'naviy jinoyatlardan xushlanib qabul qilinsagina, nomi ekspert boʻlganlar ayblagan "Yoshlarga Rahnamo" aydor boʻladi. Va faqat shu jihatda muallifini qamash va "Rahnamo"ni nashr qilgan talabalarni jazolash mumkin. Yoʻqsa qonun adolati, fikr hurriyati, vijdon dasturi bilan qamalishi va jazolanishi mumkin emas. Fikr hurriyati va vijdon erkinligi dasturini eng keng ma'nosida tatbiq qilgan Jumhiriyat boshqaruvining demokratik qonunlariga aslo uygʻun kelmaydi.
Agar "Yoshlarga Rahnamo"ning yoyilishi orqali diniy tarbiyani ta'lim beryapti, bu dunyoviylikka ters deb ayblansa, dunyoviylikning ma'nosi nima? Biz ham soʻraylik. Dunyoviylik Islomiyatga dushmanlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikni din deb topinganlarning dinga hujum qilish erkinligimi?! Dunyoviylik din dhaqiqatlarini bayon qilganlarning, iymon darslarini nashr qilganlarning ogʻziga qulf, qoʻliga kishan taqqan mutlaq istibdod dasturimi?!
Dunyoviylik vijdon va fikr hurriyati boʻlganiga asoslanib, dinsizlar va din dushmanlari Islomiyatga qarshi har qanday hujum, bosqinlarni qilishi, anarxist fikrlarini vijdon va fikr erkinligi bahonasi bilan nashr qilishi mumkin. Ammo bir Islom olimi fikr erkinligi dasturiga tayanib ming yildan beri Islomiyatning sardori boʻlgan millat ichida va ming yillik an'anasiga, qonunlariga asoslanib, yana u millatning saodati uchun, axloq va nomusning muhofazasi yoʻlida diniy dars bayon qilishi dunyoviylikka ters deb, aybdor qilish, davlatning nizomlarini diniy e'tiqodga boʻysundirishni istayapti deb mensilmagan holga koʻrsatiladi. Biz bunday imkonsiz ishning qilinishiga ehtimol bermaymiz. Adolatning bunga yoʻl qoʻymasligini shubhasiz bilamiz.
Haqiqatda oʻtgan mahkamalarning oqlab, toʻliq qaytarib bergan Risola-i Nurning 130 qismidan biri boʻlgan "Yoshlarga Rahnamo", vatan va millat saodatida eng birinchi sabablardan biridir. Bu asarlarni oʻqib, ularning darsi bilan kayf-safo va zalolat girdoblaridan qutulganini mahkamalarda aytgan yuzlab Nur talabalari va hozirgi shaxsan bu asarlar vositasida vatan va millatga foydali a'zo holiga kelishganini hayot va xizmatlari bilan isbotlagan minglab turk yoshlari boʻlgan bizlar, ushbu asli yoʻq isnodlarni, tuhmatchilarning yuziga solamiz.
Haqiqatdan naqadar achinarli hol. Osoyishtalikni saqlashga sabab boʻlgan, adliya va zobitlarga minglar foydasi tekkan asar, bugun haqiqatga tamoman zid holda aybdor deb koʻrsatilib zararli deb vahima qilinish istanilyapti. Endi buncha ochiq oydin ziddiyat qarshisida insof va vijdon egalarining vijdonlariga va insofiga havola qilib, ustozimiz haqida ekspertlarning, dinni siyosatga vosita qilyapti degan gapiga javoban aytamizki: Ekspertlar adliyani dinsizlikka vosita qilyapti.
Mutaxassis xulosasida yana bir ayb koʻrsatilgan. Muallif Risola-i Nur ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapti. Qalbga eslatildi, Laylatu-l Qadrda qalbga kelgan muhim masala kabi, degan ba'zi jumlalarni olib bu orqali shaxsiy nufuz orttirish maqsadining muallifda borligidir.
Buncha asli yoʻq va ma'nosiz isnod qarshisida inson, mutaxassis nomiga ega kimsalar ixtisoslikda batamom uzoqligiga xulosa qilib, jaholatlari va bilimsizligi qarshisida hayratda qoladi. Hech boʻlmasa ekspertlar, hurmatan bu jihatni diqqat bilan oʻqishsa, oʻzlari bu daraja jaholat darasiga otilishdan balki bir daraja qutular edi.
Bu aslsiz isnodga qarshi avvalo: Butun Risola-i Nur asarlari, maktublari va ustozimizning butun hayoti eng qat'iy dalildir. U aziz zot butun gʻayratini, butun xizmatini haq yoʻlida va faqat haq uchun qilgan va faqat Haqning xotiri uchun gapirgan. Ekspert suratidagilar Risola-i Nurning faqat kichik bir qismini oʻqib, dinsizlikda mutaassibligini bildirib faqatgina aybdor qilish uchun bu tuhmatni qilishgan. Holbuki u aziz zot Risola-i Nur darsini izohlar ekan, "Eng katta darsimiz, ojizlik, faqirlik, shafqat va tafakkurdir", deydilar.
Haqiqatda u aziz zot, buyuk va kulliy xizmatlari bilan, eng jinoyatkor qiynoqlarga sabr va matonat bilan ma'naviy kurashida davom etib, kufr va zalolatning beomon hujumlarini, moddaparast va tabiatparastlarning kufr yoʻllarini Qur'on-i Hakimning iymoniy haqiqatlaridan olgan Nur haqiqatlari bilan parchalaganlar. Nurning 130 risolasining yuz minglab ishtiyoqmand talabalari bilan har tomonga yoygan... dinsizlikning, xususan komunistlikning bu vatandagi hujumiga mone boʻlgan iymon haqiqatlarini eng qat'iy dalil va burhonlar bilan isbotlab kufr va zalolatning botil yoʻllarini Qur'onning olmos qilichi hukmidagi iymoni billoh va vahdoniyat-i Ilohiya hujjatlari bilan parcha-parcha qilgan va nur asarlari hozir Islom olamining katta markazlarida kamoli taqdir va xush qabul bilan nashr qilingan va oʻtgan yil Turkiyani ziyorat qilishga kelgan Pokistonlik bir deputat qirq-ellik universitet talabasiga:
"Qardoshlarim, men Islom olamida qidirganimni Turkiyada topdim. Badiuzzamon faqat sizning emas, butun Islom olaminikidir. Va yaqinda butun Islom olami uni anglaydi. Siz Nur asarlariga diqqat bilan qarang. Men bu asarlarni toʻqson million musulmon ichida nashr qilaman. Mening Islom olami haqida juda koʻp xavotirlarim va Ustozga juda koʻp savollarim bor edi. Yonida bir soatcha tinglab butun xavotirlarim ketdi. Butun savollarimga javob olgandan soʻng, Pokistonga Islom olami kelajagi haqida buyuk xushxabarlar bilan ketyapman.
Men turk va Islom tarixini tadqiq etdim. Juda koʻp qahramonlar, koʻp Islom fidoiylari va koʻp vatanparvarlar kelgan ekan. Barchasi buyuk fidokorlik va qahramonlik bilan millatga, vatanga xizmat qilishgan ekan. Xizmati natijasida loyiq boʻlgan mukofot berilgan. Har biri bittadan mukofotga loyiq boʻlgan. Lekin bugun Ustoz, yigirma yildan oshdiki bu millatning dunyoviy-uxroviy saodati uchun ta'riflab boʻlmaydigan zulm va qiynoqlar ichida bu asarlarni ta'lif va nashr qilib millat ichida dinga qarshi jarayonlarning tarqalishiga mone boʻlayotgan Badiuzzamonning uyida hatto chirogʻi yoʻq. U zot hamma narsani tark etib, faqat va faqat dinga xizmat uchun harakatda. Albatta Islom olami yaqinda bunday bir zotni asarlari bilan taniydi." deb Ali Akbar Shohdek Islom olimi va mutafakkirining taqdir va tahsiniga sazovor boʻlgan.
Hozir Demokratlar deputatlarining ba'zilari: "Badiuzzamonning Nur Risolalarini oʻqigan, dars olgan va ularni nashr qilgan Nur Talabalari bu xizmati bilan mamlakatda komunistlikning yoyilishiga toʻsiq boʻlishdi. Modomiki hukumatimiz komunizmga qarshi ekan, Nurchilarga xizmatlari sababli minnatdordir." deb deputatlar ham xizmatni taqdir qilgan.
Risola-i Nur boʻlimlari boshdan oyoq har bir nusxasi, minglar soʻz va jumlalari bilan u zotning mohiyatiga, xizmatiga, yigirma besh yillik faoliyatiga va nashriyotining kulliy foydalariga shahodat va ishorat qilingan zot... ha, u kishi ojizlik va faqirlik darsini oʻziga asos qilib, talabalariga dars bergan zot, haqiqatda yuqorida bir daraja aytganimizdek kulliy xizmatlari natijasida talabalarining va butun ahl-i iymonning eng buyuk madhu sanosiga, hurmat va muhabbatiga eng loyiq, eng munosib va qabul qilinishi kerak ekan, buning aksiga u aziz zot ziyoratga kelganlarga va Risola-i Nur asarlarini oʻqib ularni ilm va iymon haqiqatlari darsida, asrning butun ilm va isbotlari ustida koʻrib mahliyo boʻlganlarning eng samimiy hurmat va sanolaridan davomli qochgan va koʻp marta maktublarida: "Men ham sizning Qur'oniy darsingizda darsdoshingizman. Eng koʻp men muhtoj va faqir boʻlganim uchun, bu muqaddas haqiqatlar eng avval menga ehson qilingan. Men maqom sohibi emasman. Men oʻzimdan xushlanmayman. Shaxsimni yaxshi koʻrganlarni ham xush koʻrmayman. Qardoshlarim, sizni batamom qochirmaslik uchun nafsimning juda koʻp yashirin kamchiliklarini aytmayman." deb, oʻzlariga qilingan madh va hurmatlarni rad qilganlar.
Hayotdagi maqsadi faqat iymon haqiqatlarini tarqatish xizmatida deb bilgan. Butun dunyoviy manfaatlarni, shu xizmati uchun fido qilganlar. Butun hayoti istisnosiz dunyoga qoʻl siltash va bu haqiqatga guvohlik qilgan kishiga, eng haqsizlar ham qila olmaydigan isnodni ekspert nomidagi kimsalar qilishdi. Hatto "Rahnamo"da "Laylatu-l Qadrda Eslatilgan Muhim Masala" degan juda muhim haqiqatga nazar solmay, "eslatma" soʻzidan ham shaxsiy nufuz olishga harakat qilganiga dalil deb koʻrsatishgan.
Holbuki "eslatma" soʻzi yuksak haqiatlarning ahamiyatiga shunday qamrovi borki, u haqiqatni oʻqish kerak boʻladi. U boʻlim ikkinchi jahon urushi oxirida bashariyatning dahshatli zulmlari va buzgʻunchiliklari natijasidagi dahshatli umidsizlik bilan vijdon azoblari va dunyo hayotining batamom foniy va oʻtkinchi ekani, madaniyat havaslarining uxlatuvchi va aldovchi ekanini hammaga koʻringani sababli inson tabiatidagi yuksak iste'dodlarning qattiq yaralanishini va Qur'onning olmos qilichi ostida gʻaflat va zalolatning parchalanganini va bu sabab bilan dunyo hayotining oʻtkinchi va vaqtincha boʻlgani uchun bashariyat boqiy hayotni qidirishini va abadiy hayotni va doimiy saodatni faqat Qur'on xushxabar berganini isbotlab oʻta porloq izohdan keyin aytadilar: "Albatta insoniyat aqlini batamom yoʻqotmasa, boshaym moddiy-ma'naviy qiyomat qoʻpmasa, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'oinni qabul qilishga harakat qilgan xatiblari va Amerikaning haq dinni qidirgan muhim jamiyati kabi roʻyi zaminning katta qit'alari va buyuk hukumatlari Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonni qidirishadi va haqiqatlarini tuhungandan soʻng butun ruhu jonlari bilan mahkam tutishadi. Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yoʻq va boʻla olmaydi va hech narsa bu buyuk moʻ'jizaning joyini ola olmaydi.
Ey muhtaram sudyalar! Faqat soʻnggi jumlasini namuna qilib sizga aytgan bu ahamiyatli fikrning boshida yozilgan "eslatma" soʻzi biror aybga manba boʻla oladimi?! Bu yozuv shaxsiy nufuz olish uchun yozilganmi? Yoʻqsa insoniyatning Qur'on haqiqatlarini qidirishni boshlaganini bayon qilib kelajakda Qur'onning bashariyatga hokim boʻlishini xabar berib, isbot qilyaptimi?! Bu xususni yuksak taqdirlashingizga havola qilamiz.
Ha Risola-i Nur muallifi, Qur'onning darsidan olgan va ayni haqiqat boʻlgan ushbu "eslatma"larni bayon qilishi, aytib, isbotlagan darslarning va mavzularning haqqoniyatiga hujjat uchundir.
Ha, ayni haq va haqiqat ekanini diqqat bilan qaraganlar koʻradi. Bir iymon daryosi, tavhid xazinasi va hikmat ummoni holida joʻshgan gʻaroyiblikning, kelajakning nasllariga va millionlar qalb va koʻngillarda kamoli ihtishomi bilan yashashini va olqishlanishini his qiladilar. Turk millatining ming yillik muqaddas milliy iftixorini koʻrsatgan narsa yana turk millatining dunyoga oʻrnak qahramon ajdodi oʻrnida Islomiyat haqiqatlarini mahkam tutib yana Qur'onning bayroqdorligi vazifasi bilan istiqbolning qit'alarida hakimi ma'naviy boʻlishini his qilishadi.
Bu oʻta yuksak va juda ahamiyatli haqiqatlarni toʻliq tushunish uchun Badiuzzamonning bundan qirq yil avval 1327 yil Shomda Ummaviy Jome'ida ichida yuz ahli ilm boʻlgan oʻn ming kishilik jamoatga xitoban aytgan "Xutba-i Shomiya" asarini oqish kerak. Hozir oʻsha asarning tarjimasini qilishni lutf qilgan u aziz zot, oʻsha vaqtda abgor va asoratda boʻlgan Islom olamiga juda azim xushxabarlar bilan madaniyatning yomonligi yaxshiligi ustidan gʻolib boʻlgani evaziga kelajakda Islomiyatning quvvati bilan madaniyatning yaxshiliklari gʻalab qozonib Islomiyat Quyoshining buyuk millatlar va qit'alarga hokim boʻlishini bayon va isbot qilib xabar bergan.
Modomiki ekspert nomini olganlar "qalbga eslatilgan bir masala" jumlasida haqiqatni tushunmay yanglish ma'no chiqargan ekan, 1327 - 1371 yillardan keyingi Islom olamining kelajagiga nazar solgan "Xutba-i Shomiya"dagi haqiqatlar ham (mutaxassislarning yanglish tushungan yoki yanglish ma'no bergan) ushbu "eslatildi" soʻzining haqiqatini va keng ma'nosini juda yuksak haqiqat holida koʻrsatilgani uchun "Xutba-i Shomiya" asarining tarjimasini mahkamaga taqdim qilamiz. Va faqat bu yerda asarda isbotlangan masalalarning oxirida zikr qilingan bir necha jumlani yozib taqdim qilamiz:
"Ha, men oʻzim olgan darsimga binoan ey Islom jamoati! Xushxabar beramanki: Hozirgi olam-i Islomning dunyoviy saodati, boxusus Usmoniylarning saodati va xususan musulmonlar taraqqiyoti, uygʻonishi va xushyor turishi bilan arablar saodatining fajri sodiqining belgilari chiqishni boshlyapti va baxt quyoshining ham chiqishi yaqinlashdi. Men dunyoga eshittiradigan darajada qat'iy ishonch bilan aytaman: Istiqbol faqat va faqat Islomiyatniki boʻladi. Sudya - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar boʻladi. Shunday ekan, hozirgi Ilohiy taqdir va qismatimizga rozi boʻlishimiz kerak. Bizga porloq kelajak, ajnabiylar hisobiga qorishiq moziy tushgan."
"Agar biz Islomiy axloq va iymoniy haqiqatlarning kamolotini ishlarimiz bilan koʻrsatsak, boshqa dinlarning tobelari albatta jamoat-jamoat boʻlib Islomiyatga kirishadi. Balki yer yuzining ba'zi qit'alari va davlatlari ham Islomiyatga daholat qiladilar."
"Ey bu Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim kabi Islom olamining jome'i kabiridagi qardoshlarim! Siz ham ibrat oling. Ushbu qirq besh yilda boʻlgan hodisalardan ibrat olinglar. Aqlingiz toʻliq joyiga kelsin.
Ey mutafakkir, aql egasi va oʻzini bilimli deb bilganlar! Hosili kalom: Biz Qur'on shogirdlari boʻlgan Musulmonlar burhonga ergashamiz, aql, fikr va qalbimiz bilan iymon haqiqatlariga kiramiz. Boshqa dinlarning tobelari kabi rohiblarni taqlid qilish uchun burhonni tashlamaymiz. Shuning uchun aql, ilm va fan hukm qiladigan kelajakda, albatta aqliy burhonga tayangan va barcha hukmlarini aql bilan tekshirtirgan Qur'on hukm qiladi."
"Hozir boʻlmasa ham, oʻttiz-qirq yil oʻtib fan va haqiqiy ma'rifat va madaniyatning goʻzalliklari uch quvvatni toʻliq jihozlab, jihozlari bilan toʻqqiz moneni magʻlub qiladi. Uni tarqatish uchun haqiqatni qidirish istagi, insof va insonparvarlik toʻqqiz dushman toifaga qarshi frontga joʻnatgan. Inshaalloh yarim asr oʻtib ularni yer bilan yakson qiladi."
"Amerika va Ovrupo ekinzorlari bunday dohiy muhaqqiqlarni (Mister Karlayl va Bismakr kabi) mahsulot berganiga tayanib men toʻliq ishonchim bilan aytaman: Ovrupo va Amerika Islomiyatga homila. Bir kun kelib Islomiy davlat tugʻadi."
"Hamda Islomiyat quyoshining tutulishiga (kusufiga) va insonni nurlantirishiga mone boʻlgan pardalar ochilishni boshladi. Mone boʻlganlar chekinishni boshlyapti. Qirq besh yil avval oʻsha fajrning belgisi koʻrindi. 71-yil fajri sodiqi boshladi yoki boshlaydi."
"Ey Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim! Va yarim asr keyingi Islom olami Jome'idagi aka-ukalarim! Boshdan bu yergacha boʻlgan muqaddimalar, kelajak qit'alarida haqiqiy, ma'naviy hakam, insoniy, dunyoviy-uxroviy saodatga olib boradigan narsa faqat Islomdir. Islomiyatga aylangan va oʻzgartirishlar va xurofotdan qutulib Isaviylarning haqiqiy dini Qur'onga tobe boʻladi, ittifoq etishini natija bermayaptimi?!"
Muhtaram hakamlar hay'ati! Risola-i Nur muallifiga qarshi butun tuhmat va isnodlarga qarshi eng aniq huquqiy javob shuki, uch mahkama va uch ekspertlar tekshiruvidan oʻtgan asarlarni qaytarib berilishi boʻladi.
Yana Ustozimizning yigirma yetti yillik hayoti va bir yuz oʻttiz boʻlimdan iborat kitob va maktublarni, uch mahkama va hukumat xodimlari tomonidan toʻliq tekshirilib, unga qarshi zolim, murtad va munofiqlarga qarshi majbur boʻlgan, hatto oʻldirishga yashirin buyruq berilganiga qaramay dinni siyosatga vosita qilganiga doir eng kichik belgi ham topa olishmagani qat'iy isbot qiladi. Hayotini yaqindan tanigan biz Nur shogirdlari ushbu favqulotda holga qarshi hayron qolib, Risola-i Nur doirasidagi haqiqiy ixlosga dalil deb hisoblayapmiz.
Bu e'tibor bilan u kishini ba'zi tuhmatlar bilan obroʻsizlantirishni istagan vatan va millatning saodatiga foydali xizmatlariga qarshi yashirin, zolim dushmanlarning rejalarini odilona hukmingiz bilan yoʻqotishingizni va tuhmatchilarning yanglish isnodlarini yuziga urishingizni adolat va vijdoningizdan kutib, hurmatlarimizni bildiramiz.
Oʻn besh yil avval "Rahnamo"ning boshida yozilganidek, ba'zi yoshlar oʻzlarining diniy va uxroviy hayotini muhofaza qilish uchun yonimga kelishdi. Men ularga Alloh uchun "Rahnamo"dagi darsni berdim.
U Risola bir-ikki hoshiya mustasno
ham Isparta Hukumati
ham Dengizli mahkamasida
ham Anqaraning Ogʻir Jazo va Oliy Sudlarining ikki yil qoʻlida qolishi natijasida oqlanishi va
"Rahbar" ham ichida Risola-i Nur Kulliyotining hammasini qaytarib berilishi va
bir nusxasi Anqara Ichki Ishlar Mudirining qoʻliga tushishi ("Rahnamo"ning boshida yozilganidek) bitta soʻzini kavlashtirishi oqibatida oxirida kelgan jumlani oʻqib tushunishi va yoyilishiga mone boʻlmasligi,
Yana minglab nusxa yoyilayotgan boʻlsada hech bir joyda zarar, e'tiroz koʻrilmasligi, hatto Mersinning Tarsus qishlogʻida bir necha Nur kitoblarini musodara qilib "Yoshlarga Rahnamo" ham ichida dohil, Anqaraga joʻnatilib, tekshirilgandan keyin, viloyatning buyrugʻi bilan toʻliq ozod deb, rasmiy hujjat berishlari va Istanbulda chop qilingan vaqtda qonunan bech-olti idoraga joʻnatilib, qoʻllarda besh-olti oy qolsada, hech kim kavlashtirmagani, "Rahnamo"ning ahamiyatini va qonunan erkinligini isbot qiladi.
Soʻng mingdan koʻproq yoshlar Anqara va boshqa viloyatlarning maktablarida undan vatan, millat, ahloq jihatida foydalangan va hech kim zarar koʻrmagan boʻlsada, birdan hech qanday aybi yoʻq bir-ikki soʻzga yanglish ma'no berish, masalan "Yoshlarga Rahnamo" deb nomlab ayblov mavzui qilishgan.
Bittasi muallifi chop qilmagan, oʻzi bechora xasta yotogʻida boʻlib, yoshlar chop qilgan boʻlsada, shaxsiy obroʻ olish uchun yozilgan deb, ayblov mavzui qilib, chop qilganga emas, muallifiga ogʻir jazo berishdi, majburan u yerga chaqirishdi. Holbuki oʻn besh yil aval yozilgan va avf qonuni chiqishi va vaqt oʻtishi bilan oqlangan. Shunday ekan batamom qonuunsiz gʻarazga binoan muallifini tinmay kavlashtirishyapti.
Javoban aytamanki: Oʻn tomondan qonunsiz, tinmasdan, xastaligim vaqtida meni iqtidorim xorijida mahkamaga berishning sababi - "Rahnamo"ning vatan, millat, osoyishtalikka juda kata foydasi boʻlgani uchun, anarxistlik va dinsizlik hisobiga kavlashyapti degan ehtimol bor.
Qonun nomidan gʻarazli qonunusizlik hisobiga meni majburan, zoʻrlik bilan Istanbulda mahkamaga yoʻllash, mening juda keksaligim, zaifligim va zaharli qattiq xastaligim qat'iyyan tibbiyot, fan nuqtai nazaridan qat'iy uzrim boʻlib, toʻrt marta buning xulosasini olib ularga joʻnatgan boʻlsada, qayta-qayta meni majburlashgani ruhimga qattiq bordi. Mening boshqa mahkama va boshqaruv huzurida gapirish iqtidorim xorijidadir. Gapirsam ham vatan, millat va osoyishtalikka zarar berish maqsadida harakatlangan va meni qonunga qarshi muhokama qilganlarning yuziga solishga majbur boʻlaman. Boshqa zulmni koʻtara olmayman. Bu esa boshqa ahamiyatli xastalikdir. Vatanga ham ushbu ma'naviy xastalik zarar berish ehtimoli bor.
Sogʻliqni Saqlash Hay'atidan iltimosim shuki, meni taniganlar va men bilan yaqindan aloqador boʻlganlar bilishadiki, yashirin dushmanlarim meni koʻp marta zaharlashdi. Ovqat yeya olmayman. Hatto xizmatchim bilan besh daqiqadan koʻp gapira olmayman.
Yana boshimda qattiq va davomli shamollash bor. Bir koʻzim bu shamollashdan ogʻrib, yosh oqadi. Xronik qulunch bezgagi bilan xastalanganman.
Yigirma sakkiz yil gʻurbatda qolganim va boshqalarning yordamini qabul qilmaganimdan, qattiq zaruratda yashaganim uchun juda zaifman. Hatto zinapoyadan qiynalib chiqaman. Qat'iy zarurat boʻlmasa, besh daqiqa gapira olmayman, charchayman.
Men eski mahkamalarda ham Risola-i Nur, ham Risola-i Nur talabalari uchun chidar edim. Tom haqiqatni izhor qilmas edim. Zulmlarini bir daraja koʻtarib, ma'sumlarga, osoyishtalikka zarar kelmasin deb sabr qilar va har qanday zulm va qiynoqlarni koʻtarib, haqsizliklarini yuzlariga solmas edim.
Endi esa Risola-i Nurni Islom olami yelkasiga oldi. Nur Talabalari esa mening bagʻrikengligim va dushmanlarim bilan ovora boʻlmaganim va zulmlariga sukut qilishimga ehtiyoji qolmadi. Shuning uchun menga ogʻir botganda, iroda va ihityorim xorijida qarshimga chiqqan yashirin dushmanlarim menga zarar qilishiga sabab boʻlgan, meni jazolashga uringanlarga haqiqatni ochiq-oydin gapiraman. Sukut endi... Izhor qilinmaydi.
Modomiki haqiqat bu ekan, Sogʻliqni Saqlash Hay'ati mening
ham moddiy-ma'naviy, ham asab, yurak, shamollagan bosh xastaliklarim
ham qulunch va bezgak,
mahkamalarda gapirishga iqtidorim yoʻqligi
ham vakillarim va chop qilganlar rasman u yerda ekan, vakillar vositasida koʻrsatma olinishi uchun tibbiy va tahlikali xastaligi bor degan xulosa berilishini iltimos qilaman.
Aziz va muborak, mushfiq Ustozim!
Bu arizamni Nurga aloqali va haj doʻstlarimdan Qoraqochonli Hoji Sabri qardoshim bilan taqdim qilaman.
Avvalo: Muborak qoʻllaringizni kamoli ehtirom bilan oʻpib, bu ojiz va aybi koʻp qardoshingiz va talabangizni mustajob va muborak duoingizga dohil qilishingizni iltimos qilaman.
Ikkinchidan: Hoji Sabri qardoshingizni va boshqa yangi aloqador kishilarni duolaringizga kiritishingizni iltimos qilaman.
Uchinchidan: Ukam Xusrav kerak boʻlsa zoti oliylarining, kerak boʻlsa boshqa qardoshlarning maktublarini amrlaringizga boʻysunib joʻnatishda davom etayotgani uchun, lillahilhamd vaziyatlardan xabardor boʻlyapmiz.
Toʻrtinchidan: Kerak boʻlsa Xusrav qardoshimning va kerak boʻlsa Jaylonning joʻnatgan asarlarni qardoshlarga berdim va pulini ularga joʻnatdim. Urfadan yana biroz istadim. Kelsa, inshaalloh ularni ham talabalarga beraman. Asarlardan bir toʻplamini Sabri olibdi.
Beshinchidan: Jumhuriyat raisi nutqidan kelgan xushxabar xulosasining amalga oshishini Ilohiy lutfdan niyoz qilamiz.
Oltinchidan: Nurning nashri va futuhoti uchun Rahim va Karim Robbimiz muvaffaq qilgan nisbatida istihdomimiz lillahilhamd davom etyapti.
Kechqurunlari Nurli jamoatdan tahskil topgan faqirxonamizga kelgan jamoatga Nurdan dars berishda davom etilyapti.
Malatiya sayohatida u yerdagi aloqador kishilarning ishlash tarzlarini aytdim. Buyuk Sharqchilarning bu faqirni oʻz jamoatiga kiritish xususidagi takliflariga: "Katta Sharqchilik siyosiy toʻplam emasmi?" deb soʻradim. "Ha" deyishgani uchun, "Sizning faqat iymoniy va Qur'oniy masalalardagi tushunmagan va izohini istagan nuqtalaringizni Risola-i Nurning yordami bilan hal qilishga harakat qilaman.
Mening yoʻlim, ixtiyor va shuurim taalluqli boʻlmay Risola-i Nur doirasida istihdom-Alloh tomonidan bu ishni qildirishdan iboratdir. Iymon va Qur'on masalalaringizga hamfikrman. Lekin siyosat bilan shugʻullana olmayman." ma'nosida javob berdim. Lekin bu jamoatdan Nurlarga aloqador boʻlganlar bor. Ularning qoʻlini qoʻliga berib ham asarlarni oʻqishlarini va tushunmagan joylarini soʻrashlsarini, Qur'oniy xatni oʻrganishga gʻayrat qilishlarini iltimos qildim. Malatiya, Urfa, Ayntebdagilarni asarlarni singdirishga va aloqalarini orttirishga ojizona yozuvlarim bilan tashviq qilyapman. Hozircha Nuriy ishim bundan iborat.
Janobi Haqqa nihoyatsiz hamd va shukr boʻlsinki, hisobsiz kamchiliklarim bilan birga, Qur'oniy va iymoniy xizmatda istihdomga loyiq koʻribdi. Albatta muborak va mushfiq Ustozimning duolari barakoti bilan Nuriy jamoatning ojiz a'zosi boʻlishda davom etib Livau-l Hamd Alayhissaslotu Vassalaom taxtida toʻplanganlardan boʻlaman.
Takror batakror muborak qoʻllaringizni kamoli ta'zim bilan oʻpib, aloqador qardoshlarimning ham salom, duo va ehtiromlarini arz qilaman. U yerdagi moddiy-ma'naviy yaqin boʻlgan butun doʻstlarga arz va ehtirom qilaman. Arhamur-r Rohimiyn boʻlgan Robbimizdan doimiy niyozim - aziz, muhtaram va mushfiq Ustozimdan abadiyyan rozi boʻlsin va butun maqsadlarini hosil aylasin. Omin.
Juda sevgili, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!
Avvalo: Ham muborak oʻn kechangizni ham muqaddas bayramingizni ruhu jonim bilan tabriklab, hurmatlarimni aytib, Nur tarqatgan qoʻllaringizdan oʻpib, kamchiligimning avfini iltimos qilaman.
Ikkinchidan: Bu gunohkor, oddiy, ojiz, kamchilikli, layoqatsiz, miskin, tanbal talabangizni Risola-i Nurning muqaddas iymon va Qur'oniy haqiqatlariga va sevgili Ustozning ma'naviy-moddiy tarbiyalariga sazovor qilgan Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr qilaman. (Alhamdulillahi haza min fazli Robbi.)
Sevgili Ustozim! Ma'naviy tarbiyangizning belgisini har doim bizga his ettirgan Rabbi Rahimimga naqadar shukr qilsam, yana oz. Tahdisi ne'mat boʻlishi uchun shuni ham arz etishni istayman: Xastaligimdan shikoyatchi emasman. Chunki lillahil hamd koʻz nurim, ruhimning sururi va qalb ozuqam boʻlgan Risola-i Nurning haqiqatlarini amalda va tajriba bilan dars olishimga sabab boʻldi.
Haqiqatdan umrining qirqinchi yilida
mudhish moddiy va ma'naviy xastaliklarimga har bir "umid"ida ruh va qalbga minglar nuru tavhidni va tasalli ziyosini sepgan "Keksalar Risolasi",
bir davosida nihoyatsiz ma'naviy shifosi boʻlgan "Xastalar Risolasi",
oʻn bir tavhid kalimasining juda gʻaroyib va oʻxshashi yoʻq tarzda tilsimlarini kashf qilgan,
har bir jumlasidan nuri tavhid otilib chiqqan "Yigirmanchi Maktub",
iymon haqiqatlarining eng oxirgi, eng qiyin, eng chuqur va butun faylasuflarni, hatto Islom hakimlarini ham hayratda qoldirgan juda muhim tilsimlarni ochgan "Yigirma Toʻrtinchi Maktub",
qalbning butun ma'naviy yaralariga muqaddas davo boʻlgan "Oʻn Yettinchi Soʻz" va unga oʻxshagan risolalar juda gʻaroyib tarzda yordamga keldi va davolashni boshladi.
Men qat'iy qanoat hosil qildimki: Goʻyo Risola-i Nur, jumladan mazkur risolalarni ham men, ham xastalik munosabati bilan yonimga kelganlar dars olishsin deb rahmati Ilohiya tomonidan xastalantirilibman.
Ha, xuddiki sevgili, mushfiq Ustozimiz "Keksalar Risolasi"ni yoshlarga, "Xastalar Risolasi"ni sogʻl٨ْۙkishilasrga yozganlar.
Uchinchidan: U yerdagi va sevgili Uslozimizning qiymatli xizmatidagi muhtaram doʻstlarimizga, ham bir-bir salom aytaman, ham bayramlarini tabriklayman. Sevgili Ustozimizning qoʻllaridan, qardoshlarimizning koʻzlaridan oʻpaman.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bir kishi menga yangi harf bilan uzun maktub yozibdi, oʻzining kim ekanini bildirmabdi. Uch nuqtada shubha qilib e'tiroz bildirgandek yanglish ma'no bergani uchun goʻyo bizni ogohlantiribdi. Yoʻlimiz munoqasha va munozara boʻlmagani va kamchiligimizni haqiqiy koʻrsatganlardan xursand boʻlganimiz uchun, ushbu majhul kishining maktubida uch asosning haqiqatini koʻrsatib yanglishini toʻgʻrilashni istadim:
Birinchi asos: Risola-i Nurning ustozi va manbai, Saidning ham koʻp vaqtdan beri bir virdi boʻlgan ba'zi oyatlar, bir hizbi Qur'oniy suratida bir qism talabalarning istagi bilany qalamga olindi. Soʻng chop etildi. Toʻrt-besh mahkamaning ham koʻrsatgan ekspert olimlar, hatto Diyonat Riyosati doirasi va Istanbulning fatvo doirasidagi diniy kitoblar tadqiqi hay'atidan hech bir olim va ekspert olimlar e'tiroz bildirishmadi. Balki taqdir qilib tahsin etishdi. Chunki boshda sahobalar va chop qilingan "Majmuatu-l Ahzob"dagi Hazrati Usoma Raziyallohu Anhuning hizbi Qur'oniyini har kuni bir qismini oqish uchun taqsimlangan. Ayni kitobda va "Majmuatu-l Ahzob"ning oʻsha jildida Imom Gʻazzoliyning Raziyallohu Anhu bir hizbi Qur'oniyi va juda koʻp valiylarning oʻz yoʻliga muvofiq ba'zi suralar va oyatlarni maxsus hizbi Qur'oniy qilishgan.
Oʻn yil avval shahid boʻlib vafot etgan marhum Hofiz Ali kabi Nurning qahramonlaridan, mening xususiy virdimni va Risola-i Nurning ustozlari va manbalari boʻlgan muhim oyatlarni jamlashni istashdi. Soʻng ularga joʻnatdim. Ular chop etishdi. Chunki hamma butun Qur'onni oʻqishga vaqt topa olmaydi. Lekin bunday hizbi Qur'oniy qoʻliga tushsa, har doim istifoda qiladi degan maqsadda, ham savoblari juda koʻp boʻlgan oyatlar va suralar, ichida yozilgan. Zotan Qur'oni Hakimning bir moʻ'jizasi shuki, ahl-i haqiqat va kamolotdan har bir yoʻl sohibi, yoʻliga muvofiq, Qur'onda bir Qur'onini, maxsus hizbini, ustozini topadi. Goʻyo bitta Qur'onda minglar Qur'on bor.
Bu moʻ'jizaning sirri shuki: Qur'oni Hakimning oyatlarining va kalomlarining munosabatlari faqat birga boʻlganlarga emas, balki juda koʻp oyatlarga, kalomlarga va kalimalarga munosabati bor, qaraydi. Nuriy "Ishoratu-l I'joz" tafsirida bu sir bir daraja koʻrsatilgan. Demak boshqa kalomlarga oʻxshamaydi. Har bir oyat, minglar oyatlarga qaragan bir-bir yuzi va koʻzi bor. Bu Qur'oniy vaziyat koʻp haqiqatlarga asosdir. Ahl-i tariqat va ahl-i haqiqatning har bir qismi oʻz yoʻliga koʻra, kulliy Qur'on ichida maxsus hizblari bor.
Rısola-i Nurning "Hizb-i Qur'oniy"i ham oʻsha turdan. Buni bunday nashr qilish uchun avliyolardan boʻlgan marhum Hofiz Ali buni tez chop etishni istadi. Chunki butun Qur'onning Risola-i Nurning kashfi bilan xatida bir nav tavofuq moʻ'jizasi borligidan uni chop etib chiqarish uchun ushbu hizb-i Qur'oniyning bir muqaddimasi, xushxabarchisi sifatida bosib chiqarishdi. Hozirgi Xusravning qalami bilan yozilgan, juda gʻaroyib va tavofuq jihatida moʻjizotli Qur'onimizning oʻn besh yildan beri chop etilishga harakat qilyapmiz. Lekin aksar Nurchilar faqir boʻlishgani va fotograf bilan chop etish kerak boʻlgani uchun, yigirma besh ming banknot xarajat kerak boʻlgani uchun, Hizb-i Qur'onimiz muqaddima sifatida avvalroq, moʻ'jizali Qur'onimizning xushxabarchisi sifatida chop etildi. Bu moʻ'jizali Qur'onimizni ham Diyonat Riyosati tekshiribdi, juda yoqibdi. Istanbuldagi fatvo doirasidagi musxaflar tadqiqi ulamolari oʻta chiroyli deyishgan. Oʻta goʻzal tadqiq etib tahrir qilingan holda qaytarib berishdi. Inshaalloh yaqinda ushbu Qur'onimiz bosilib, Nuriy hadya sifatida Islom olamiga nashr qilinadi.
Oʻzini bildirmagan kishi shubhalangan:
Ikkinchi Masala: Juda koʻp Nurchilarning haddimdan yuz daraja ortiq husn-i zonlari bilan mendan deb bilishgan fahrlanadigan sifatlarni yuz marta ularning yuzi-koʻzi demay rad etganman. Lekin yigirma sakkiz yil siyosatchilar, Risola-i Nurning faqat iymoniy va uxroviy yoʻlini madaniylashish fikriga toʻgʻri kelmagani uchun qamoqlar, mahkamalar, bosimlar, aslsiz boʻhtonlar bilan Nurchilarni koʻrqitib, meni obroʻsizlantirish maqsadida Risola-i Nurni nashr ettirmaslik uchun, tenggi yoʻq vaziyatga solishdi.
Yarim ummiy, tuhmat ostida va Nur shogirdlarini batamom qochirmaslik uchun menga madhini shaxsimdan rad qilaman. Ular Nurlarga oid. Siz koʻrgan ustunliklar meniki emas, Risola-i Nurnikidir. U esa Qur'oni Hakimning bir haqiqatining tafsiridir. Har asrda dinga va iymonga toʻliq xizmat qilgan mujaddidlar kelishgani kabi, bu ajib va qoʻmitachilik va zalolatning ma'naviy shaxsining tajovuzi vaqtida bir ma'naviy shaxs mujaddid boʻlishi kerak. Eski davrga oʻxshamaydi. Shaxs qanchalik gʻaroyib boʻlsa ham, ma'naviy shaxsga qarshi magʻlub boʻlishi mumkin. Risola-i Nurning bu jihatda bir nav mujaddid boʻlishi kuchli ehtimoli boʻlgani uchun, u sifatlar, xosho-Xudo saqlasin, mening haddim emas. Balki koʻp marta yozganimdek, mening hayotim Risola-i Nurga bir jihatdan urugʻ boʻlishi mumkin. Qur'onning fayzi bilan, Janobi Haqning ehsoni bilan shu urugʻdan Ilohiy ijod bilan Risola-i Nurning mevali, qiymatli daraxt hukmiga oʻtishidir. Men bir urugʻ edim, chiridirm ketdim. Butun qiymat Qur'oni Hakimning ma'nosi va haqiqatli tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga oiddir.
Oʻzini bildirmagan kishining uchinchi shubhasi: Katta Jihodning va Sabilu-r Rashodning nashr etganidek men e'lon qilibman: dinga, iyimonga xizmatni va Risola-i Nurni emas dunyo siyosatiga, balki ma'naviy kamolot va oliy maqomlarga vosita qilmaganim kabi... hamma qabul qilgan uxroviy saodat va Jahannamdan qutulishga vasila qilmaslik va faqat Ilohiy amr va rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita qilmaslik, bu davrda Nurning haqiqiy kuchi hisoblangan haqiqiy ixlosni muhofaza qilishga meni majbur qilganki: Siddiqi Akbar (R.A.) "Moʻ'minlar Jahannamga tushmasligi uchun, ularning oʻrniga azob chekish uchun Allohdan vujudimni Jahhamda kattalashtirshini istayman", deb aytgan muqaddas fidokorligining bir zarrasini oʻzimga qozontirish uchun, iymon bilan Jahannamdan bir necha kishining qutulishi uchun Jahannamga kirishni qabul qilaman deganman. Zotan ibodat, Jannatga kirish va Jahannamdan qutulish uchun qilinmaydi, buziladi. Balki rizo-i Ilohiy va amr-i Rabboniy uchun bajariladi.
Yana Hizb-i Qur'onimizning mavzuiga qaytamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning buyuk qoʻmondoni Hazrati Usoma Raziyallohu Anhu bir kun "hamd"ga oid, bir kun "istigʻfor"ga oid oyatlar, bir kun "tasbeh"ga oid, bir kun "tavakkul"ga, bir kun "salom" lafziga, bir kun "tavhid" va "La ilaha illa hu"ga oid, bir kun "Rab" kalimasiga tegishli butun Qur'onning turli suralaridan hizbi Qur'oniy chiqarib, oʻziga vird qilganlar. Demak bunday hizblarga Paygʻambariy izn (Alayhissalotu Vassalam) bor.
Bizning hizb-i Qur'onimiz iymon haqiqatlariga doir oyatlarni, xususan suralarning boshidagi oyatlarni jamlagani uchun boshda بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ yozilgan. Bu hizb, toʻliq Qur'onni oʻqishga katta shavq beradi. Nuqson keltirmaydi. Yigirma kunda oʻqilishi istalgan ba'zi iymoniy oyatlarni ushbu hizbda bir-ikki kunda oʻqilgani uchun, vaqti kelib butun suralarning boshida bir qancha oyatlari bilan birga Risola-i Nurning asoslari boʻlgan ba'zi iymoniy oyatlarni oʻzimga vird qilgan edim. Soʻng bir hizb suratiga kirdi.
Majhul kishi, ilmiy izzatni fir'avnchalarga qarshi muhofazamni xudbinlik deb tasavvur qilibdi. Nur talabalari haqida husn-i zonlarini batamom rad qilmaganimni "men"lik deb xayol qilibdi. Iymon haqiqatlariga doir bayonlarimga talabalarning toʻliq ishonishi va qanoat hosil qilishi uchun valiylar va ba'zi oyatlardan olgan mingga yaqin belgi va ishoratlarni izhor qilishga majbur boʻlganim uchun, bir qanchasini xos qardoshlarimga bayon qilishimni bir nav obroʻtalablik deb oʻylabdi.
Bu davrda dinsizlik hisobiga, "men"lik fir'avnlashgan darajada, iymon va Risola-i Nurga hujumlari davrida ularni yoʻqotishga harakat qilgan holatimda tavozu' va kamtarlik qilish katta jinoyat va xiyonatdir. Tavozu', kamtarlik oʻrnida yomon axloq boʻladi. Ularga qarshi diniy izzatni va ilmiy sharofatni muhofaza qilish uchun qahramonlarcha matonat bilan ma'naviy quvvat koʻrsatilsa, hech obroʻtalablik boʻladimi?! U kishi tasavvur qilganidek, shuhratparastlik va xudbinlik boʻladimi?!
Risola-i Nurga muhtoj, iymonini quvvatlash va qutqarish uchun Nurlarni qidirgan kishilarga, oʻntadan uch yoki toʻrt kishi shaxsimga qaramay Nurdagi qat'iy hujjatlar bilan kifoyalangani kabi, besh-olti dona hujjatlarning qiymatini bilmagani uchun, mening shaxsimga qaraydi. "Bizni aldadimi ajabo, yoʻqsa haqiqat gapiryaptimi?" deb, sahxsimga husn-i zonlarini rad etmaslikka majbur boʻlganim uchun, shaxsimning yashirin yomonliklariga parda tortish xudbinlik boʻladimi?!
oyati karimasining sirri bilan, nafs-i ammoramga ishonmayman.
Nafs kamchiliksiz boʻlmaydi. Lekin hozirgi davrda ajdarholar, ifritlar hukmida dinsizlik qoʻmitalarining hujumlari va buzgʻunchiliklari paytida mudofaamda, menda koʻrilgan pashsha qanotichalik kamchiliklarni aytish, hujum qilganlarga yordam berish hisoblanadi. Oʻnta muhtoj kishidan besh-olti bechorani Nurning dorilaridan mahrum qilishdir. Bu nuqta uchun men oʻz kuchimga, ustunligimga umuman ishonmay, faqat Qur'oniy haqiqat va uning tafsiri boʻlgan iymon haqiqatlaridagi kuchga tayanib, dunyoga e'lon qilamanki: Butun dinsizlar toʻplansa, men ularga qarshi chekinmay kurash e'lon qilaman. Boshimni egmayman va ilmiy izzatni ketkazmayman. Agar bu bir "men"lik boʻlsa, u hech bir jihatda menga oid emas va xudbinlik boʻlmaydi. Iymoniy salobat boʻladi. Zotan men tabiatni ijod tomonidan inkor etaman va Risola-i Nur buni qat'iy isbotlagan. Shuning kabi, insonni gʻururga, xudbinlikka, fir'avnlikka olib borgan iqtidorni ham tabiat kabi inkor qilaman.
Lekin insonning duosi, fe'liy duo turidan samimiy ehtiyoj bilan juz'iy kasbi, maqbul duo hukmiga oʻtadi. Uni ham Janobi Haq qabul qiladi, kashf deb nomlangan insonga kerakli gʻaroyibliklarni ehson qiladi deb qat'iy dalillar bilan usulu-d din ilmi ulamolari, qadar va juz'iy ixtiyor mavzuida isbotlagani kabi... men ham ayna-l yaqin darajasida qat'iy xulosam bilan, Qur'oniy fayz bilan Risola-i Nurning hujjatlari bilan avvalo oʻz nafsimda, soʻng har kimda boʻlgan "men"lik va iqtidorning, ijod, ehson va tavfiqi Ilohiyning faqat bir pardasi ekanini qat'iy bilganim uchun, Nurlar va qardoshlarimga e'lon qilganmanki: Men urugʻ edim, chiridim. Ojizlik, ehtiyoj, samimiy istash va fe'liy duo qilganim natijasida Janobi Arhamu-r Rohimiyn Risola-i Nurni shu urugʻdan yaratib ehson etdi.
Nurning maktublaridagi butun maqtovli fikrlar oʻsha nuroniy daraxtga oiddir. Mening hissam qat'iyyan hech bir jihatda fahr boʻlolmaydi. Balki faqat va faqat shukr boʻladi. Shunday ekan, koinot sanogʻicha "Ash-shukru lillah, Alhamdulillah"...
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Koʻp belgilar va ba'zi hodisalar bilan qat'iyyan yuzaga chiqqanki, nurning xos talabalaridan ba'zilarining zaif tomonini topib Nuriy xizmatdan voz kechirish yoki zaiflashtirish uchun Nurning va Nur talabalarining dushmanlarining koʻp rejalari bor. Ibrat olinadiga bir-ikki namunani bayon qilamiz.
Birinchi Namunasi: Nurlarga qattiq aloqasi boʻlgan bir necha xos qardoshimizning e'tiborini, fikrini boshqa tomonga yoki zavqli va ruhoniy yoʻl bilan mashgʻul qilishyapti. Iymon xizmatini zaiflatish uchun ba'zi shaxslar jodu deyilgan oʻliklar bilan gaplashish nomi ostida jinlar bilan xabarlashish, hatto ba'zi buyuk avliyolar bilan, hatto paygʻambarlar bilan goʻyo gaplashyapmiz deb, eski davrda kohinlik deyilgan, hozir ruhlar bilan gaplashish deyilgan bu masala bilan ba'zi qardoshlarimizni mashgʻul qilishyapti. Holbuki:
Bu masala, falsafadan va ajnabiylardan kelgani uchun, ahl-i iymonga koʻp zarari bor va koʻp suiiste'mollarga manba boʻlish bilan birga, ichida bir toʻgrisi boʻlsa, oʻn yolgʻon aralashadi. Chunki toʻgʻri bilan yolgʻonni ajratadigan oʻlchov, miqyos boʻlmagani uchun, habis ruhlar va shaytonga yordam bergan jinlarning bu vasila bilan ham u bilan mashgʻul boʻlgan qalbiga, hamda Islomiyatga zarar berish ehimoli bor. Chunki ma'naviyat nomiga Islomiyat haqiqatlariga va omma aqidasiga muxolif xabarlar boʻladi. Habis ruhlar boʻlsada, oʻzini toyyib ruhlardan deb koʻrsatib, balki oʻzlariga ba'zi buyuk valiylar nomini berib, Islomiyatning asoslariga muxolif soʻzlar bilan zarar berishga urinadi. Haqiqatni oʻzgartirib, sofdil kishilarni toʻliq alday olishadi.
Masalan: Quyosh kichik oyna parchasida ziyosi, harorati, shakli bilan koʻrinadi. Lekin kichik oyna ichidagi quyoshning kichik timsoli agar oʻz nomidan gapirib, "Mening ziyoim dunyoni istilo qılyapti, haroratim hamma narsani isityapti va yer yuzidan bir million martadan ham kattaroqman", desa, qay daraja xilofi haqiqat ekani anglashiladi.
Aynan bu misol kabi: Bir paygʻambar quyosh kabi haqiqiy maqomida boʻlib, jodu yoki sehrning oyna parchasi kabi iste'dodiga koʻra bir jilvasining yuzaga chiqqani uchun haqiqat nomidan gapira olmaydi. Agar gapirsa, yuz daraja muxolif boʻladi. Jodu yoki sehrning qisman jilvasi, vahiyga sazovor boʻlgan ma'naviy quyoshning muqaddas mohiyatiga hech bir jihat bilan qiyos qilinmaydi. Chunki asfal-i sofilindagi oyna parchasi, ma'nan a'lo-i illiynda boʻlgan ma'naviy quyoshning haqiqatining yoniga keltira olmaydi. Keltirishga urinish hurmatsizlikdan boshqa narsa emas. Faqat uning maqomiga yaqinlashish uchun Jaloliddin Suyutiy va bir qancha avliyolar kabi sayr-u suluk bilan taraqqiy etib, ma'naviy quyoshning suhbatiga sazovor boʻlinadi. Lekin bunday taraqqiy Risola-i Nurning isbotlaganidek Paygʻambarning valiyligi bilan bir navʻ suhbat oʻz darajasiga koʻra va oʻz iste'dodlari darajasida boʻladi.
Lekin nubuvvat haqiqati valilikdan qay daraja yuksak boʻlsa, jodu vositasida yoki ruhiy taraqqiyot jihati bilan sazovor boʻlingan suhbat va xabarlashish ham, hech bir jihatda haqiqiy Paygʻambar bilan xabarlashishga yetisha olmagani uchun, shariatning yangi hukmlariga sabab boʻlgan hukm boʻla olmaydi.
Dindan kelib chiqmagan, balki falsafaning xossalaridan kelgan ruhlarni chaqilish ham xilofi haqiqat, ham xilofi odob harakatdir. Chunki a'lo-i illiynda va muqaddas maqomlarda boʻlgan zotlarni asfal-i sofiliyn hukmidagi xonasiga va yolgʻonlar joyi hisoblangan oʻyinchoq tahtasiga keltirish, tom xiyonat va hurmatsizlikdir. Xuddiki bir podishohni, kulbachasiga chaqiirib olib kelishga oʻxshaydi.
Balki ayn-i haqiqat, adab, hurmat va istifoda shuki - Jaloliddin Suyutiy, Jaloliddin Rumiy va Imom Rabboniy kabi zotlarning sayr-u suluki ruhoniylari kabi sayr-u suluk bilan yuksalib u muqaddas zotlarga ergashish va istifoda qilish hidoblanadi.
Sodiq tushda habis ruhlar va shayton, paygʻambar suratida tamassul qila olmaydi. Lekin ruhlarni chaqirishda, habis ruhlar, balki paygʻambarlarning lisonan ismini taqib, sunnat-i saniyya va shar'iy ahkomlarga muxolif gapirishi mumkin. Agar bu gapirishi shariatning hukmlari va sunnat-i saniyyaga muxolif boʻlsa, toʻliq dalildirki, papirgan toyyib ruh emas, moʻ'min va musulmon jin ham emas, habis ruhdir. Bu koʻrinishda taqlid qiladi.
Ikkinchidan: Hozir Nur talabalari bunday masalalarda darsga muhtoj emas. Risola-i Nur hamma narsaning haqiqatini bayon qilgan. Boshqa izohlarga ehtiyoj qoldirmagan. Risola-i Nur ularga kifoya qiladi. Lekin Nur talabasi boʻlmaganlar ayni xabarlashuvda shariat ahkomi va sunnat-i saniya asoslariga muxolif talqinlarni tinglamasliklari kerak va shartdir. Yoʻqsa katta xato boʻladi.
Bir Eslatma: Bu maktubdagi ruhlar bilan gaplashish masalasiga qarshi qilingan qattiq tanqid, ajnabiylarning fan va falsafadan, sehr va jodudan kelib chiqqan va ma'naviy shakl kiygan yoʻnalishga qarshidir. Yoʻqsa Islomiyat, tasavvuf, ahl-i tariqatdan kelib chiqqan va bir daraja ruhlar bilan xabarlashishga oʻxshagan va noahl kishilarning kirishi bir daraja suiiste'mol etilgan va juda oz soʻfiylarning soʻfiyligiga qarshi emas.
Garchi ularda ham bir jihatda ba'zilar uchun zarar boʻladi. Lekin narigisidek hech bir jihatda aldaydigan emas va Islomiyatga hech bir jihatda zarari yoʻq. Ajnabiylardan kelgan yoʻnalish esa ham tariqat, ham Islomiyatga qarshi boʻlgani uchun, sofiylarning yoʻlini ham buzishga urinyapti va tubanlashtiryapti. Ahl-i tasavvufning zaif va toʻliq sunnatini bajarmagan qismi e'tiborli boʻlishsin, oʻzlarini ularga oʻxshatishmasin.
Juda uzun va mazlum hayot mojarolarimga doir quyida oʻta qisqa ifodamni tinglashingizni iltimos qilaman. Yigirma sakkiz yil mislsiz xiyonatlarning, bosimlarning, qamoqlarning koʻrsatgan sabablaridan
Birtinchisi: Meni rejimga qarshi, deb ayblashdi. Bunga javoban aytamizki:
Har bir hukumatda muxoliflar boʻladi. Osoyishtalikka xavf solmaslik sharti bilan, har kim vijdoni, qalbi bilan qabul qilgan usuli, fikri bilan javobgar boʻlmaydi. Chunki dinida eng mutaassib va zolim hukumat boʻlgan Angliyaning yuz yil hokimiyati ostida boʻlgan yuz milliondan koʻproq Musulmonlar, Angliyaning kufriy rejimlarini Qur'on bilan rad qilishgan va qabul qilishmagan boʻlsada, Ingliz mahkamalari hozirgacha ularga bu jihatda aralashmadi.
Bu millatda va ushbu Islomiy hukumat ichida eskidan beri boʻlgan Yahudiylar va Nasroniylar bu millatning diniga va muqaddas rejimiga muxolif, zid va qarshi boʻlishsada, hech qachon mahkama qonunlari bilan ularga oʻsha jihatda teginmagan. Hazrati Umar (R.A.) xalifalik davrida oddiy Xristian bilan birga mahkamada muhokama boʻlganlar. Holbuki u oddiy Xristian Musulmonlarning ham muqaddas rejimiga, diniga, qonunulariga muxolif boʻlsada, mahkamada uning muxolifligi e'tiborga olinmasligi koʻrsatadiki mahkama hech qachon hech bir jarayonga vosita boʻlmaydi, hech bir tarafgirlik ichiga kirmaydi; Xalifa-i roʻyi zamin oddiy kofir bilan muhokama boʻlgan.
Men ham yuzlab Qur'oniy oyatlarga tayanib Qur'onning muqaddas qonunlari oʻrniga, madaniyatning buzuq qismidan anarxistlik hisobiga va bir nav bolsheviklik nomiga mutlaq istibdod ma'nosida Jumhuriyatdagi hurriyat pardasi ostida dindorlar uchun ashaddiy zulmga vosita boʻladigan vaqtinchalik rejimga nafaqat men, balki butun vijdoni borlar muxolifdir. Muxolafat hech bir hukumatda ayb hisoblanmaydi.
Ikkinchisi: Osoyishtalikni buzish, tinchlikka xavf solish bahonasi bilan menga oʻttiz yil jazo chektirishdi. Bunga javoban aytamanki:
Mahkama tekshirishi natijasi, besh yuz ming fidokor Nur talabalari boʻlsada, yigirma sakkiz yil ichida buncha zolim xiyonatlarga uchragan boʻlsakda, Nurchilarga aloqador boʻlgan olti viloyat, olti mahkama hech bir muammo chiqarganini qayd qilishmagani, koʻrsata olishmagani isbotlaydiki: Nurchilar - osoyishtalikning muhofizlaridir. Iymon darsi bilan hammaning boshiga bir posbon qoʻyishadi. Osoyishtalikni muhofaza qilishadi. Uch viloyatning insofli zobitlari buni tasdiqlaganlar.
Uchinchisi: Dinni siyosatga vosita qilishni istayapti, deb meni aybdor qilishyapti. Sabilu-r Rashodning 116-sonidagi "Haqiqat Gapiryapti" nomli maqolam bunga qat'iy javobdir. Maqolaning xulosasi quytidagicha:
Javob: Butun dunyosini, hatto kerak boʻlsa oʻz shaxsiy oxiratini dinga fido qilishga butun hayoti guvohlik qilgan va oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan va besh mahkama bu masalaga doir qat'iy dalil topa olmagan boʻlib, sakson yoshdan oʻtgan, qabr eshigida, dunyoda hech narsaga egalik qilmagan odam haqida dinni siyosatga vosita qilyapti deganlar, yerdan koʻkkacha haqsiz, insofsizdirlar. Bu tuhmatlari bilan birga u kishi haqida goʻyo osoyishtalik va tinchlikni buzishni istayapti deyaptilar. Holbuki u kishining Qur'oni Hakimdan olgan haqiqat darsi va talabalariga bergan darsi quyidagicha:
Bir uy yoki kemada bitta ma'sum va oʻn jinoyatchi boʻlsa, Qur'oniy adolat ma'sumning haqqiga zarar kelmasligi uchun uyni buzishni va kemani choʻktirishni man qiladi. Toʻqqiz ma'sumni bitta jinoyatchi sababli yoʻq qilish suratida uyni yoqish va kemani choʻktirish eng azim zulm, xiyonat, haqsizlik boʻlgani uchun, ichki osoyishtalikni buzish suratida yuzda oʻn jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni tahlika va zararlarga uchratish, Ilohiy adolat va Qur'oniy haqiqat bilan qattiq man qilingani uchun, biz butun kuchimiz bilan, shu Qur'oniy dars asosida osoyishtalikni muhofaza qilishga oʻzimizni dinan majbur deb bilamiz.
Ushbu uch-toʻrt modda bilan bizni ayblaganlar va keraksiz, mahkamalarni biz bilan mashgʻul qilgan yashirin dushmanlarimiz shubha yoʻqki, siyosatni ham dinsizlikka vosita qilishni istayapti. Yoki komunist pardasi ostida bu muborak vatanda bilib yoki bilmay anarxistlikni joylashtirishni xohlashyapti. Chunki bir musulmon Islomiyat doirasidan chiqsa, murtad va anarxist boʻladi, ijtimoiy hayotga zaharga aylanadi. Chunki anarxiya hech qanday haqni tan olmaydi, insoniyat sifatlarini jonivor hayvonlar fe'liga aylantiradi. Oxirzamonda keladigan Ya'juj va Ma'jujning qoʻmitasi, anarxistlar ekaniga Qur'on ishorat qiladi.
Aziz, siddiq qardoshlarimiz!
Avvalo: Qur'onning harflari naqshidagi bir nav moʻ'jizasini koʻzga koʻrsatadigan tarzda yozdirilgan va bu davrda izhor qilingan moʻ'jizali va tilla muqovali Qur'onimiz avval chop etilish uchun Olmoniyaga joʻnatilgan va Istanbulda ham gʻayrat qilinsada, uch rangda chop qilish koʻp xarajati talab qilgani uchun, toʻxtab qolgan edi. Bu safar mom aa ishlarida rivojlangan Italiyaga namuna uchun bir juz' joʻnatildi. Istanbulda mumkin boʻlsa chop etishga takror tashabbus qilindi. Hozircha bir rangda ayni tavofuqni muhofaza qilib chop etilishiga boshqa yerda boshlanadi. Undan soʻng inshaalloh toʻliq tilla muqovali va uch rangda Misr va Olmoniya yoki Italiya kabi joylarda chop etiladi.
Ikkinchidan: Qur'onning arabiy tafsiri va Risola-i Nurning Arabiy "Masnaviy-i Sharif"i boʻlgan "Zulfiqor" kattaligida va oltin bilan yozilishga loyiq majmua ham inshaalloh koʻpaytiriladi. Ushbu juda gʻaroyib, oʻta ahamiyatli, gʻoyat muhim, har bir mavzui bir kitob va risola boʻladigan darajada oʻta i'zojli, qirq yil avval ta'lif etilgan bu asarlarni oʻsha davrning haqiqiy, mashhur, buyuk ulamo va mashoyixlari ham toʻliq taqdir va tahsin etishgan. U risolalardan bittasi haqida "Bu bir qatra emas, dengizdir", deb favqulotdaligini izhor qilish bilan birga, toʻliq tushunishdan ojiz ekanliklarini idrok etishgan. Risola-i Nurning ushbu oʻta muhim ikki ishini xushxabar beraman. Muvaffaq boʻlish uchun duolaringizni kutamiz. Umumingizga juda koʻp salom aytib, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
[Bu maktub Samsunda tarqalgan Katta Jihod gazetasida chiqqan. Tuhmatchilarning qistovi bilan Samsunda sud qilinishga sabab boʻlgan. Sudlash oqlanish bilan tugagan.]
Bu safar dindor Demokratlarning dalolati bilan Afyon Mahkamasi xulosasiga koʻra Risola-i Nurning ozodligiga, butun risolalar, maktub va majmualar aybdor deb topilmagani uchun, qaytarib berishga hukm qilinishini yillar avval siz e'lon qilgan "Risola-i Nur meniki emas, Qur'onning mulkidir. Qur'onning fayzidan kelgan. Hech qanday kuch uni Onadoʻlining siynasidan sugʻurib ola olmaydi. Rislola-i Nur Qur'onga bogʻliq, Qur'on esa Arsh-i A'zamga bogʻlangan. Uni u yerdan chiqarishga kimning haddi sigʻadi?" degan haqiqatli bayonotingizning ochiq koʻrinishi va ushbu ulugʻ xizmatingizning Ilohiy va Qur'oniy ekanining porloq dalili deb bilib, ushbu oqlanish hukmining Islom olami, xususan bu Islom millatining saodatlarining boshlanishi boʻlgani uchun, boshda butun borligi bilan bu vazifalarni kutgan va Nur oilasiga rais va haqiqatlar daryosiga kapitan tayin etilgan va kufr zulmati bilan tugʻyonga ketgan bashariyatga yoʻlboshchi ehson etilgan aziz, sevgili Ustozimiz va bunga vasila boʻlib ahli iymonni oʻzlariga doʻst va tarafdor aylagan dindor Demokratlarni va odil sudyalar hay'atini soʻngsiz minnatdorliklar bilan tabriklab, arz qilamizki:
Siz uzun yillardan beri taraqqiy va yuksalish uchun harakat qilgan va bu yoʻlda nafsu jonini fido qilgan Qur'oniy haqiqatlarning bugun bir mamlakat, millat miqyosida iymon ahlining qalblariga sevinchlar keltirgan favqulotda yoyilishi, xizmatiga xodim qilingan va amalda muvaffaq boʻlgan qudsiy da'vo va xizmatingizning naqadar yuksak va porloq ekanini quyosh kabi isbot qiladi.
Yigirma besh-oʻttiz yildan beri butun monelar va qiynoqlarga qaramay, bu qadar sabr va matonatingiz, Qur'ondan munavvar qalbingizga kelgan Risola-i Nurning nashri uchun bu qadar xizmat va kurashlaringiz, kelajak nasllarga va Islomning qahramon mujohidlariga iqtido va oʻrnak namunasidir.
Qur'on quyoshining soʻnmagan nurlari va abadiy yogʻdulari boʻlgan Nur shu'lalari bilan jahl-u zalolat qorongʻuliklarini ketkazib, millionlab qalblarni, shu nur bilan nurlantirib, ahl-i iymonni oʻzingizga minnatdor ettirdingiz. Bu vatan va bu millat, bu tarih va bu tuproq sizning bu xizmatingizni, bu fidokorligingizni hech qachon unutmaydi. Abadiyat olamiga koʻchganingizda ham, sizning bu xizmatingiz urugʻ boʻlib, undan otilib chiqqan oliy shajara kabi har tomonni qoplaydigan va nur daraxtining atrofiga toʻplangan buyuk jamoatlar va Risola-i Nurning yuksalgan abadiy shu'lalari xizmatigizni ilal abad va yanada porloq va ehtishom bilan davom etishadi.
Siz Risola-i Nurning tarjimoni sifatida va iymon xizmatingizning Islom ufqlarida porlashi jihati bilan bu asrning hidoyat sardorisiz.
Qur'oni Karimning oʻn toʻrtinchi asr-i Muhammadiydagi aziz dalloli va mudhish davrning dahshatli zulmatlariga qarshi nuri Qur'on bilan javob bergan buyuk fidokori va Risola-i Nurni yuz minglar nusxalarini yuz minglar talabalarining qalamlari bilan har tarafga tarqatib dinsizlikka va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy toʻsiq ta'sis etgan muhtasham qahramon sevgili Ustozimiz!
Olamlarga rahmatlar va saodatlar keltirgan va bashariyatga salomat va tasallilar baxsh etgan muqaddas xizmatingizda ahli iymonga chiqishini xushxabar berib isbot etganingiz va belgilari koʻrinishni boshlagan va butun qit'alarga yoyilgan Islom hokimiyatining nurli va buyuk bayramini butun ruhimiz bilan tabriklab, Janobi Haqdan uzun umrlaringizga duolar qilib, qoʻllaringizdan ta'zim bilan oʻpamiz.
Qalbga eslatilgan ijtimoiy hayotimizga oid bir haqiqat
Bu vatanda hozir toʻrt partiya bor. Xalq, Demokrat, Millat va Ittihod-i Islom partiyalari.
Ittihod-i Islom partiyasi: Yuzda oltmish-yetmishi toʻliq dindor boʻlish sharti bilan, hozirgi siyosat boshiga oʻtishi mumkin. Dinni siyosatga vosita qilmaslikka, balki siyosatni dinga vosita qilishga harakat qilishi kerak. Lekin koʻp vaqtdan beri Islomiy tarbiyaning zaiflashi sabab va hozirgi siyosatning jinoyatiga qarshi dinni siyosatga vosita qilishga majbur boʻladi. Shuning uchun hozircha bu partiya boshga kelmasligi kerak.
Xalq partiyasi: Qonunlar pardasida ba'zi mansabdorlarga haqiqatdan ajib va zavqli bir umumiy pora berishgani uchun, yigirma sakkiz yillik butun jinoyati bilan boshqalaring jinoyati, Ittihodchilarning va masonlarning yomonliklari ham bu partiyaga yuklangan boʻlsada, Demokratlarga bir jihatda gʻolib kelyapti. Chunki qullikning nuqsonlari bilan "men"lik kuchga toʻladi, namrudchalar koʻpayadi. Ushbu "men"lik davrida mansab haqiqatda xizmatkorlik boʻlsada, bir qancha xodimlarga hokimiyat, kattalik, namrudchilik bilan nafsga shirin hokimiyat martabasini pora sifatida bergani uchun, butun ajib jinoyatlar va oʻzidan boʻlmagan gazetalarning nashriyoti bilan birga menga qilingan muomalalaridan his qildimki, bir jihatda ma'nan Demokratlarga goʻlib kelishyapti. Holbuki Islomiyatning bir asosiy qonuni boʻlgan hadisi sharifda سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ ya'ni, mansab amirlik, raislik emas, millatga xizmatkorlikdir. Demokratlik, vijdon erkinligi, Islomiyatning ushbu asosiy qonuniga tayanadi. Chunki kuch qonunda boʻlmasa, shaxsga oʻtadi. Istibdod - mutlaq istakka bogʻlanadi.
Millat partiyasi: Agar turkchilik, Ittihod-i Islomdagi asos boʻlgan Islomiyat millati ichida birlashgan millatga aylansa, u Demokratlar boʻladi. Dindor Demokratlarga qoʻshilishga majbur boʻladi. Farang illati deb ta'bir etilgan irqchilik, unsurchilik fikri bilan Ovrupo, Islom olamini parchalash uchun ichimizga ushbu farang illatini emlagan. Lekin bu kasalllik va fikr, oʻta shirin va jozibador ruhiy holat bergani uchun, juda koʻp zararlari va tahlikalari bilan birga, zavq uchun har millat katta-kichik bu fikrga istiyoq koʻrsatishyapti.
Hozirgi Islomiy tarbiya zaiflagani va madaniy tarbiya gʻalaba qilgani uchun, aksariyat ovoz berib boshga oʻtsa, kamchilik va faqat yuzda oʻttizi haqiqiy turk boʻlgan va yuzda yetmishi boshqa unsurlarga mansublar, ham haqiqiy turklarning, ham Ilomiy hokimiyatga qarshi urush ochishga majbur boʻladi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni boʻlgan ushbu oyati karima: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى hisoblanadi. Ya'ni bir kishining aybi bilan boshqa odam javobgar va mas'ul boʻlmaydi. Holbuki irqchilik hissi sababli bir kishining jinoyati bilan ma'sum qardoshini, balki qarindoshini, balki ashiratidagi kishilarni oʻldirishga oʻzini haqli deb biladi. Oʻsha vaqt haqiqiy adolat qilinmagani uchun, qattiq zulmga yoʻl topadi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni "Bir ma'sumning haqqi, yuz jinoyatchiga fido qilinmaydi" deydi. Bu esa juda ahamiyatli vataniy masala hisoblanib, Islomiy hokimiyatga katta tahlikadir.
Modomiki haqiqat bunday ekan, ey dindor va dinga hurmatkor Demokratlar! Siz bu ikki partiyaning oʻta kuchli, zavqli va jozibali tayanch nuqtasiga javoban yanada moddiy-ma'naviy jozibaliroq tayanch nuqtasi hisoblangan Islomiy haqiqatlarni tayanch nuqtasi qilishga majbursiz. Yoʻqsa eski vaqtlar siz qilmagan jinoyatlarni eski partiyaga yuklashgani kabi, boʻyningizga yuklab Xalq partiyasi tarafdorlari irqchilikni qoʻlga kiritib, sizni toʻliq magʻlub qilish ehtimoli kuchli ekanini his etdim va Islomiyat uchun xavotir olyapman.
(Hoshiya): Eskilarning keraksiz oʻzboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki qistovlari bilan yuzaga chiqqan Tijani masalasini va ogʻir jazolarini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olami nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi, oʻzimcha quyidagicha deb oʻylayman:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.) nashri bilan Demokratlar oʻn daraja kuchga toʻlgani kabi, Ayasofiyani ham besh yuz yil davom etgan muqaddas vaziyatiga aylantirish boʻladi. Islom olamida juda yaxshi ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining chiroyli qabulini qozontirgan, yigirma yil mahkamalar bir zararli tomonini topa olishmagani va besh mahkama oqlashga hukm qilishgan - Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar yaraga malham qoʻyib, e'lon qilishlari kerak. Oʻshanda Islom olamining e'tiborini qozonishgani kabi, boshqalarning zolimona yomonligi ham ularga yuklanmaydi degan fikrdaman.
Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun oʻttiz besh yildan beri men tark qilgan siyosatga bir-ikki kun qaradim va buni yozdim.
Bu haqiqatga yaqindan guvoh boʻlib, tasdiq qilgan Risola-i Nur talabalari:
(Hoshiya): Ustoz aytadilarki: Ushbu ijtimoiy, siyosiy masala qisqacha eslatildi. Buzgʻunchilikda keraksiz zararli soʻzlarni siz almashtirarsiz. Markazlardan munosib koʻrgan joylaringizni yomon ta'sir qilmaslik sharti bilan joʻnata olasiz.
[Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Samsunda tarqalgan Buyuk Jihod gazetasida nashr etilib, u yerda sudga berilgan ushbu mudofaani Istanbul mahkamasida oʻqigan va mahkama oqlab nihoyasiga yetgan.]
Yashirin dushmanlarimiz ushbu Ramazon-i Sharifda takroran adliyani menga qarshi qayrashdi. Masala esa bir yashirin komunist qoʻmitasiga aloqadordir.
Bir masala quyidagicha: Batamom qonunga qarshi, meni bir oʻzim va yolgʻiz qirda va togʻda oʻtirganimda, yonimga uch qurolli jandarma bilan bir katta serjantni joʻnatishdi. "Sen boshingga shapka kiymayapsan", deb majburan ichki ishlar boʻlimiga olib ketishdi. Men adolatni koʻzlagan butun adliyalarga aytamanki:
Besh tomonlama qonunsizlik qilib, qonun nomidan besh tomondan Islom qonunlarini toptagan haqiqiy qonusizlik bilan ayblanish kerak ekan, ularning ajib qonunsizligi va bahonasi bilan ikki yildan beri vijdoniy azob chektirishgani uchun, albatta hashr mahkama-i kubrosida buning jazosini chekishadi.
Dunyoda qaysi qonun oʻttiz besh yildan beri yakka boʻlsada, hech bozor va qishloqlarda aylanmagan kishini, "Farang bosh kiyimini kiymayapsan" deb ayblashga ruxsat beradi? Yigirma sakkiz yildan beri besh viloyat, besh mahkama va besh viloyat zobitlari boshiga aralashmagan boʻlsa, xususan bu safar Istanbul odil mahkamasida yuzdan koʻp politsiyachining koʻz oʻngida, yana ikki oyda hamma joyni yayov aylanganida hech bir politsiyachi va Oliy Sud "kuloh man etilmagan" deb hukm qilgan, yana barcha ayollar va boshi ochiq yurganlar va butun askarlar, xodimlar kiyishi majburiy boʻlmagan va kiyilishida hech qanday foyda boʻlmagan va mening rasmiy vazifam boʻlmagani uchun (u esa rasmiy libos) kulohni kiyganlar ham ayblanmaydi deyilgan boʻlsada, xususan yakka yashaydigan va insonlar orasiga kirmaydigan va Ramazon-i Sharifda qonunga xilof eng xunuk narsa bilan ruhini mashgʻul qilmaslik va dunyoni esga olmaslik uchun xos doʻstlari bilan ham koʻrishmagan, hatto qattiq xasta boʻlsada, ruhi va qalbi vujudi bilan mashgʻul boʻlmasligi uchun, dorilarni ichmagan va hakimlarni chaqirmagan odamga shapka kiydirish, ajnabiy rohiblarga oʻxshatish uchun majburlash va adliya qoʻli bilan tahdid qilish, albatta zarracha vijdoni boʻlganlar bundan nafratlanadi. Masalan: U kishiga majburlagan kimsa: "Men buyruq quliman", debdi. Buyruq quliman deyish uchun oʻzboshimcha majburlash qonun bilan buyruq boʻladimi?!
Qur'oni Hakimda, boshda Yahudiy va Nasroniylarga oʻxshamaslikka doir oyat boʻlib, يَا اَيُّهَا الّذِينَ آمَنُوا اَطِيعُوا اللَّهَ وَ اَطِيعُوا الرّسُولَ وَ اُولِى اْلاَمْرِ مِنْكُمْ oyati, kattalarga itoat qilishni buyuradi. Alloh va Rasulining itoatiga zid boʻlmaslik sharti bilan, itoatning buyruq quliman deb harakatlanishi kerak. Holbuki bu masalada Islomiy an'ana qonunlari xastalarga shafqat bilan muomala qilish, gʻariblarga shafqat qilish, Alloh uchun Qur'on va iymon ilmiga xizmat qilganlarga qiyinchilik tugʻdirish va xafa qilmaslik buyurilgan boʻlsada, xususan yakka yashaydigan, dunyoni tark etgan kishiga ajnabiy rohiblarning bosh kiyimini kiyishga majburlash oʻn tomondan emas, yuz jihatdan qonunga muxolif va Islomning an'anaviy qonunlariga qarshi qonunsizlik va oʻzboshimcha buyruq hisobiga muqaddas qonunlarni toptash hisoblanadi.
Mendek qabr eshigida, oʻta xasta, juda keksa, faqir, yakka yashaydigan, sunnat-i saniyaga qarshi chiqmaslik uchun oʻttiz besh yildan beri dunyoni tark etgan odamga bunday muomalalar qat'iyyan shak-shubha qolmadiki - komunist pardasi ostida anarxistlik hisobiga vatan, millat, Islomiyat va dinga qarshi mudhish suiqasd belgisi boʻlganidek, Islomiyatga va vatanga xizmat qilishni niyat qilgan, mudhish xorijiy buzgʻunchilikka qarshi urush ochgan dindor deputatlar va Demokratlarga ham buyuk suiqasddir. Dindor deputatlar diqqat qilishsin. Ushbu dahshatli suiqasdga qarshi mudofaada meni yakka qoldirishmasin.
(Hoshiya): Rusning Bosh qoʻmondoni qastdan oldidan uch marta oʻtgan boʻlsada tik turmagan, past ketmagan va uning qatl qilish tahdidiga nisbatan Islomiyat izzatini muhofaza qilish uchun unga boshini egmagan, Istanbulni istilo qilgan Ingliz bosh qoʻmondoniga va u orqali fatvo berganlarga qarshi Islomiyat sharafi uchun qatl tahdidini bir tiyinga olmagan va "Zolimlarning hayosiz yuziga tupuring!" jumlasi va matbuot tili bilan qarshilagan, Mustafo Kamolni ellik deputat ichida gʻazabiga ahamiyat bermay, "Namoz oʻqimagan kishi xoindir" degan, Devoni Harbi Oʻrfiyning dahshatli savollariga "Shariatning tek bir masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman"deb, maddohlik qilmagan va yigirma sakkiz yil kofirlarga oʻxshamaslik uchun yakka yashashni tanlagan Islom fidoiyi va Qur'oniy haqiqatlarning fidokor xizmatkoriga foydasiz, qonunsiz: "Sen Yahudiy va Xristian rohiblariga oʻxshaysan, ulardek boshingga shapka kiyasan, butun Islom ulamolari ijmoiga qarshi chiqasan, yoʻqsa jazolaymiz" deyilsa, albatta hamma narsasini Qur'oniy haqiqatlarga fido qilgan odam nafaqat dunyoviy qamoq yoki jazo va qiynoq, balki pichoq bilan boʻlak-boʻlak toʻgʻralsa, jahannamga tashlansa ham qat'iyyan yuz ruhi boʻlsa, fido qilishiga butun hayot yoʻli guvohlik qiladi.
Ajabo, bu vatan va dinning yashirin dushmanlari ushbu ashaddiy namrudona zulmiga juda koʻp ma'naviy quvvati boʻlgan bu fidokor zotning chidashi va moddiy kuch va manfiy harakat bilan javob bermasligining hikmati nima? Buni sizga va umum iymon ahliga e'lon qilamanki, yuzda oʻn ateist dinsiz sababli toʻqson ma'sum odamga zarar kelmasligi uchun butun kuchi bilan ichki tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun Nur darslari bilan hammaning qalbiga qoʻriqchi qoʻyish uchun u kishiga Qur'oni Hakim oʻsha darsni bergan. Yoʻqsa bir kunda yigirma sakkiz yillik zolim dushmanlarimdan intiqomimni olishim mumkin edi. Shuning uchun ma'sumlar uchun osoyishtalikni muhofaza qilish uchun hurmati, sharafini tahqirlaganlarga qarshi mudofaa qilmay: Men nafaqat dunyoviy hayotni, kerak boʻlsa oxirat hayotimni ham Islom millati uchun fido qilaman, deydilar.
Bagʻdodda chiqqan "Ad difa" gazetasi Risola-i Nur talabalaridan gapirib aytadiki:
Turkiyadagi Nur Talabalarining Ihvon-i Muslimin jamiyati bilan qanday aloqalari bor? Bir-birdan farqi nima? Turkiyadagi Nur Talabalari Misrda va arab oʻlkalarida Ihvon-i Muslimin nomli Islom birdamligiga harakat qilgan jamiyatlar kabi mustaqil jamiyatmi? Ular ham ulardanmi? Javob beraman:
Nur Talabalari va Ihvon-i Muslimin jamiyatining garchi maqsadlari - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlarga xizmat va Islom birdamligi doirasida Musulmonlarning dunyoviy va uxroviy saodatlariga xizmat qilishdir. Lekin Nur Talabalarining besh-olti jihatdan farqi bor:
Birinchi Farq: Nur Talabalari siyosat bilan shugʻullanmaydi, siyosatdan qochadi. Agar majbur boʻlishsa, siyosatni dinsizlikka vosita qilganlarga qarshi dinning muqaddasligini koʻrsatish uchun siyosatni dinga vosita qilishadi. Siyosiy jamiyatlari aslo mavjud emas.
Ihvon-i Muslimin esa: Mamlakat va vaziyat sababli siyosat bilan, din foydasi uchun shugʻullanishadi va siyosiy jamiyat ham tashkil qilishadi.
Ikkinchi Farq: Nurchilar ustozlari bilan birlashmaydi. Bunga majbur ham emas. Oʻzlarini ustozlari bilan birlashishga majbur deb bilmaydi. Dars olish uchun birga boʻlishni kerak deb bilishmaydi. Balki katta bir mamlakat, bir darsxona hukmida. Risola-i Nur kitoblari ularning qoʻlida boʻlsa, ularga ustoz oʻrnida dars beradi. Har bir risola bir Said hukmiga oʻtadi.
Qoʻllaridan kelganicha evazsiz nusxa koʻchirishadi. Muhtoj kishilarga oʻqishi va tinglashlari uchun evazsiz {(*) 25 yil mudat davomida qoʻl bilan yozilib Onadoʻluda nashri bu shaklda boʻlgan.} berishadi. Shu suratda katta mamlakat buyuk darsxona hukmida boʻladi.
Ihvon-i Muslimin esa: Umumiy markazlarda murshid va raislar bilan koʻrishish, buyruq va dars olish uchun ziyoratga borishadi. U umumiy jamiyatng shoʻ'balarida katta ustoz, noib va vakillari boʻlgan kishilar bilan koʻrishishadi, dars olishadi, buyruq olishadi.
Umumiy markazlarda chiqqan gazeta va jurnallarning sotib olib, ulardan dars olishadi.
Uchinchi Farq: Nur Talabalari aynan oliy madrasaning va universitet dorulfununining talabalari kabi, ilmiy xabarlashish vositasida dars olishadi. Katta viloyat bir madrasa hukmiga oʻtadi. Bir-birini koʻrmay, tanimay uzoq boʻlsalarda, bir-biriga dars beradi va birga dars oqishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Yurtlari va vaziyatlari iqtizosiga koʻra jurnal va kitoblarni chiqarishadi, jahonga yoyishadi, bu orqali bir-birini tanib dars olishadi.
Toʻrtinchi Farq: Nur Talabalari bu davrda va bugun aksar Islom mamlakatlarida tarqalgan va soni koʻp. Bu yoyilishida boshqa-boshqa hukumatlarda boʻlib, birga toʻplanib xizmat qilishga ruxsat olishga muhtoj emas. Chunki yoʻli siyosat va jamiyat boʻlmagani uchun, hukumatlardan ruxsat olishga oʻzlarini majbur deb bilishmaydi.
Lekin Ihvon-i Muslimin esa: Vaziyati e'tibori bilan siyosatga aloqa qilish, jamiyat tashkil etish, shoʻ'ba va markazlar ochishga muhtoj boʻlgani uchun, hozir boʻlgan joylardagi hukumatdan izn va ruxsat olishga muhtoj. Nurchilar kabi bilinmaydigan emaslar. Bu asosda umumiy markazlari boʻlgan Misr, Suriya, Lubnon, Falastin, Urdun, Sudan, Magʻrib va Bagʻdodda koʻp shoʻ'ba ochishgan.
Beshinchi Farq: Nur Talabalari ichida turli-tuman tabaqalar bor. Yetti-sakkiz yoshda, masjidlarda Qur'on oʻqish uchun alifboni dars olayotgan boladan to sakson-toʻqson yoshli keksalargacha erkak-ayol, ham qishloqli, hammoldan to katta deputatgacha toifalar bor. Butun Nurchilarning ushbu koʻp toifalarining umumiy butun maqsadi Qur'oni Majidning hidoyatidan va iymoniy haqiqatlar bilan nurlanishdan iborat. Butun harakatlari ilmu irfon va iymoniy haqiqatlarni yoyish-nashr qilishdir. Bundan boshqa narsa bilan shugʻullanishgani aniqlanmagan. Yigirma sakkiz yildan beri dahshatli mahkamalar ayyor va koʻra olmaydigan dushmanlar ularda bu muqaddas xizmatdan boshqa maqsad topa olishmagani uchun ularni jazolay olishmayapti va tarqata olmayaptilar. Nurchilar oʻzlarini mijozlar va oʻz tarafdorlarini qidirishga muhtoj deb bilishmaydi. "Bisning vazifamiz xizmat, mijoz qidirmaymiz, ular kelib bizni qidirsin, topsin." deyishadi. Sonlarining qancha ekaniga ahamiyat berishmaydi. Yuz odam oʻrniga haqiqiy ixlosga ega kishini tanlashadi.
Lekim Ihvon-i Muslimin: Ular ham Nurchilar kabi Islomiy ilmlar, Islomiy ma'rifat va iymoniy haqiqatlarni mahkam tutish uchun odamlarni tashviq qilib chaqirishadi. Lekin vaziyat, yurt va siyosatga aralashish taqozo qilgani uchun, koʻpayishga va songa ahamiyat berishadi, tarafdorlar qidirashadi.
Oltinchi Farq: Haqiqiy ixlosli Nurchilar:
moddiy manfaatga ahamiyat berishmaganidek,
bir qismi a'zamiy tejamkorlik,
qanoat va faqir boʻlishi bilan birga,
sabr va insonlardan behojatlik bilan,
Qur'oniy xizmatda haqiqiy ixlos va fidokorlik bilan,
koʻp sonli va shiddatli ahl-i zalolatga magʻlub boʻlmaslik uchun,
muhtoj insonlarni haqiqatga va ixlosga chaqirishda shubha qoldirmaslik uchun,
rizo-i Ilohiydan boshqa muqaddas xizmatni hech narsaga vosita qilmaslik uchun bir jihatda ijtimoiy hayot foydalaridan chekinishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Ular ham haqiqatdan maqsad e'tibori bilan ayni mohiyatda boʻlishsada, makon, mavzu va ba'zi sabablar tufayli Nur Talabalari kabi dunyoni tark qila olishmaydi. A'zamiy fidokorlikka oʻzlarini majbur deb bilishmaydi.
[Bagʻdodda chiqqan ahamiyatli, siyosiy "Ad difa" gazetasining nuharriri Iso Abdulqodir aytadiki:]
Nur Talabalarining murshidi Badiuzzamon Said Nursiy haqida "Ad difa" gazetasini oqiganlar mendan "Turkiyadagi Nur Talabalaridan va Ustozlari Said Nursiydan bizga ma'lumot bering" deb soʻrashyapti. Ular haqida qisqa javob beraman. Chunki Ustozning, Nurning va Nur Talabalarining arablarda haqqi boʻlgani uchun arablar ulardan jiddiy gapirishsin. Zero Islomiyatning tamal unsuri arablar, risola-i Nurdan ortigʻi bilan foyda koʻrishni boshlashdi.
Nur Talabalari Risola-i Nur bilan ham Turkiyada, ham arab oʻlkalarida komunistlikka qarshi metin toʻsiq ta'sis qilishadi.
.........
Risola-i Nur esa, keng miqyosda yoyilyapti. Nafaqat Turkiya va Islom oʻlkalarida, hatto ajnabiy mamlakatlarda ham ishtiyoq bilan talab boʻlyapti. Nurning Talabalarining shavqini hech narsa ketkaza olmaydi. Demak Nur Talabalari bilan Nur Risolalari va ularning bu buyuk Qur'oniy xizmatlari Demokrat hukumatining buyuk hasanasi boʻlib, muborak Islom olamidagi Islomiy harakat bu demokratik hukumatni taqdir va tahsin bilan kutib olyapti. Butun Iroq musulmon aholisi arab, turk, qurd, eron millatlari ushbu Islomiy xizmat va muqaddas kurashni kamoli rohat bilan qarshilashyapti. Turkiyadagi turk qardoshlarimiz gʻarbning yanglish ta'sirlariga qarshi bular bilan tayanishyapti degan fikrda.
[Risola-i Nurning vatanga, millatga va Islomiyatga katta xizmatini qabul qilib, maqtagan Bosh Vazir Adnan Mandarasga Ustozning yozgan maktubi]
Men juda xasta boʻlganim va siyosatga aloqam boʻlmagani uchun, Adnan Mandaras kabi Islom qahramoni bilan suhbatlashishni istar edim. Hol va vaziyatim koʻrishishga toʻgʻri kelmagani uchun, moddiy koʻrishish oʻrniga bu maktub oʻrnimga gapirsin deb yozdim.
Oʻta qisqa bir necha asosni Islomiyatning qahramoni Adnan Mandaras kabi dindorlarga bayon etaman:
Birinchisi: Islomiyatning juda koʻp asosiy qonunlaridan biri: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati karimasining haqiqati boʻlib, bir kishining jinoyati bilan boshqa odam, qarindosh va doʻst javobgar boʻlmaydi. Holbuki hozirgi siyosat partiyachilik tarafdorligi bilan bir jinoyatchi sababli juda koʻp ma'sumlarning zarariga rozilik koʻrsatilyapti. Bir jinoyatchining jinoyati sababli tarafdorlari yoki qarindoshlari ham yomon mish-mish qilinib, obroʻsizlantirilib, bitta jinoyat yuz jinoyatga aylantirilgani uchun, oʻta dahshatli kin va adovati odamlarga ogʻir botib, kin va gʻarazga, qilinganidek javob qaytarishga majbul qilinyapti. Bu esa ijtimoiy hayotni tamoman zer-u zabar qilgan zahardir va tashqi dushmanlarning aralshishiga toʻliq zamin tayyorlash hisoblanadi. Eron va Misrda his etilgan hodisa va burhonlar ushbu asosdan kelib chiqqani anglashilyapti. Lekin u yerlar bu yer kabi emas, bizga nisbatan juda yengil, yuzda bir nisbatidadir. Alloh koʻrsatmasin, bu holat bizda boʻlsa, juda dahshatli boʻladi.
Bu tahlikaga qarshi yagona chora: Islomiy uxuvvat-birodarlikni va asos Islom millatini shu kuchning tamal toshi qilib, ma'sumlarni himoya qilish uchun jinoyatchilarning jinoyatlarini oʻzlariga ta'alluqli qilish kerak.
Yana tinchlik va osoyishtalikning tamal toshi, yana ushbu asosiy qonundan kelib chiqadi:
Masalan: Bir uyda yoki kemada bir ma'sum bilan oʻn jinoyatchi boʻlsa, haqiqiy adolat, tinchَ ا va osoyishtalikning asosiy dasturi bilan u ma'sumni qutqarib tahlikaga tushirmaslik uchun ma'sum chiqqunicha kema va uyga teginmaslik kerak.
Demak bu Qur'onning asosiy qonuni hukmiga koʻra osoyishtalik va ichki tinchlikka xavf solish, oʻn jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni tahlikaga tushirish, gʻazab-i Ilohiyning kelishiga sabab boʻladi. Modomiki Janobi Haq bu tahlikali davrda bir qancha haqiqiy dindorlarning boshga kelishiga yoʻl ochgan. Qur'oni Hakimning ushbu qonuni asosiyini oʻzlariga tayanch nuqtasi va ularga gʻarazkorlik qilganlarga qarshi qalqon qilish kerakligini vaqt eslatyapti.
سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ haqiqatiga asosan, mansab - xizmatkorlik hisoblanadi. Hokimiyat va "men"lik uchun bosim vositasi emas. Bu davrda Islomiy tarbiya kamchiligi va qullikning zaifligi sababli "men"lik va xudbinlik kuchga toʻlgan. Mansabni xizmatkorlikdan chiqarib, hokimiyat va mustabid martaba holiga keltirilgani uchun, tahoratsiz, qiblasiz namoz oʻqish kabi, adolat boʻlmaydi, asosi bilan buzilib, odamlar huquqi zer-u zabar boʻladi. Kishilar haqlari, haq boʻlishi uchun huququlloh oʻrniga oʻtmaydi, balki nafsoniy haqsizliklarga sabab boʻladi.
Hozir Adnan Mandaras kabi "Islomiyat va dinning shartlarini bajaramiz" deb, mazkur asosiy qonunga qarshi chiqib unga ters ikki jarayon, oʻta katta pora bilan insonlarni aldab, ajnabiylarning aralashishiga yoʻl ochish vaziyatida hujum qilish ehtimoli kuchli.
Birinchisi: Birinchi asosiy qonunga qarshi bir jinoyatchi sababli qirq ma'sumni soʻygan, bir qishloqni yoqqan. Bu darajadagi mutlaq istibdod har nafsning istagiga boʻysunib mansab uchun hokimiyat suratida pora berib, dindor hurriyatparvarlarga hujum qilinyapti.
Ikkinchi hujum: Muqaddas Islomiyat millatini tashlab (avvalgisi kabi) bir jinoyatchi sababli yuz ma'sumning haqqini toptagan, zohiran millatchilik va haqiqatda irqchilik hissi bilan:
ham hurriyatparvar dindor Demokratlarga
ham bu vatandagi yuzda yetmishi boshqa millatdan boʻlganlarga
ham hukumatga qarshi
ham bechora turklarga qarshi
ham Demokratlarning siyosatiga qarshi ishlaydigan bebosh va xudbin nafslarga oʻta zavqli pora sifatida irqchi birodarlikni beryapti.
U zavqli qardoshlikning ichida, zavqli foydadan ming marta koʻproq haqiqiy qardoshlarni dushmanlikka aylantirish kabi ajib tahlikani, sarxushligi bilan his qila olmaydi.
Masalan: Islomiyat millati bilan toʻrt yuz million haqiqiy qardoshning har kuni umumiy اَللَّهُمَّ اغْفِرْ لِلْمُوءْمِنِينَ وَ الْمُوءْمِنَاتِ duosi bilan ma'naviy yordam olish oʻrniga, irqchilik toʻrt yuz million muborak qardoshlarni, toʻrt yuz bebosh va yaramaslarga faqat dunyoviy va juda kichik manfaat uchun tark ettiradi. Bu tahlika ham bu vatanga, ham hukumatga, hamda dindor Demokratlar va turklarga katta tahlikdir. Buni qilganlar esa haqiqiy turk emaslar. Najib turklar bunday xatodan chekinishadi.
Ushbu ikki toifa hamma narsadan foydalanishga urinib dindor Demokratlarni yiqitishga harakat qilishgani va qildirilganlari, oʻrtadagi belgilar bilan yuzaga chiqyapti. Bu ajib buzgʻunchilikka va ikki kuchli dushmanlarga qarshi qirq sahoba bilan dunyoning qirq davlatiga qarshi kurashga chiqqan va gʻalaba qilgan va bir ming toʻrt yuz yil ichida va har asrda uch yuz-toʻrt yuz million shogirdi boʻlgan Qur'oniy haqiqiatning metin kuchiga tayanish, undagi dunyoviy va uxroviy abadiy saodatning lazzatlariga, jozibali haqiqat bilan birga tayanch nuqtasi qilish, mazkur dushmanlarga va ham ichki va tashqi yovlarga qarshi eng kerakli, shart va zaruriy yagona choradir. Yoʻqsa insofsiz ichki va tashqi dushmanlarimiz sizning bir jinoyatingizni mingga chiqarib, eskilarning ham jinoyatlarini qoʻshib boshqalarning boshiga yuklaganlaridek, sizga ham yuklashadi. Sizga ham, vatanga ham, millatga ham tuzatib boʻlmaydigan tahlika boʻladi. Janobi Haq sizni Islomiyat uchun foydali xizmatlaringizda muvaffaq qilsin. Mazkur tahlikalardan muhofaza aylasin deb men va Nurchi qardoshlarimiz, qiladigan xizmatingizga va aytilgan haqiqatni qabul qilishingiz evaziga duo qilishga qaror qilamiz.
Uchinchisi: Islomiyatning ijtimoiy hayotga doir asosiy qonuni ham ushbu hadis-i sharifning اَلْمُوءْمِنُ لِلْمُوءْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا haqiqati hisoblanadi. Ya'ni tashqi dushmanlarning tajovuzlariga qarshi ichki adovatni unutish va toʻliq birdam boʻlishdir. Hatto eng badaviy toifalar ham ushbu asosiy qonunning manfaatini tushunishganki, xorijda dushman chiqqan vaqti bir-birining otasini, ukasini oʻldirgan boʻlsada, ichki dushmanlikni unutib tashqi dushman daf boʻlgunicha birdam boʻlishgan.
Minglar afsus deymizki, "menlik"dan, obroʻtalablikdan, gʻururdan va ayyor siyosatdan kelib chiqqan tarafgirlik fikri bilan oʻz tomoniga shayton yordam bersa rahmat ayttiradi, muxolifiga farishta yordam etsa la'nat aytadigan hodisalar koʻrinyapti. Hatto bir solih olim siyosiy fikriga qarshi bir buyuk solih olimni takfir darajasida gʻiybat qilgan. Islomiyatga qarshi biz ateistni oʻz fikriga toʻgʻri kelgani va tarafdor boʻlgani uchun harorat bilan maqtaganini koʻrdim. Shaytondan qochgandek oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etdim.
Hozir bir kishi:
ham Ramazon-i Sharifga
ham Islom shiorlariga
ham bu dindor millatga katta jinoyat qilgan vaqti muxoliflarining uning holatidan hushlangani koʻrildi.
Holbuki kufrga rozilik kufr boʻlgani kabi, zalolatga, fisqqa, zulmga rozilik ham fisq, zulm, zalolatdir. Ushbu ajib holatning sirrini koʻrdimki, oʻzlarini millat nazarida qilgan jinoyatlarini ma'zur koʻrsatish hissi bilan muxoliflarini oʻzlaridan dinsizroq, jinoyatchiroq koʻrish va koʻrsatishni istayaptilar. Bunday dahshatli haqsizliklarning natijalari juda tahlikali boʻlgani kabi, ijtimoiy axloqni ham zer-u zabar qilib bu vatan, millat va Islomiy hokimiyatga katta suiqasd hukmidadir.
Yana yozar edim, lekin ushbu uch asosiy nuqtani hozircha dindor hurriyatparvarlarga bayon qilib kifoyalanam.
[Adnan Mandarasga joʻnatilish niyatida avvalroq yozilgan ichtimoiy hayotimizga doir bir haqiqatning hoshiyasini takroran taqdim qilamiz]
Hoshiya: Eskilarning keraksiz oʻzboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki turtkisi bilan yuzaga chiqqan Tijoniy masalasini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olamining nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi menimcha shunday:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.)ning yoyilishi bilan Demokratlar oʻn daraja kuch topgani kabi, Ayasofiyani besh yuz yil davom etgan muqaddas holatiga qaytarish va hozir Musulmonlarda husni ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining husni e'tiborini qozontirgan, yigirma sakkiz yil mahkamalarning zararli tomonini topa olmagan va besh mahkama oqlashga hukm qilgan Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar e'lon qilishi kerak va bu yaraga malham surishlari kerak. Shunda Islom olamining e'tiborini qozonishganidek, boshqalarning zolim yomonliklari ularga yuklanmaydi degan fikrdaman. Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun men oʻttiz besh yildan beri tark etgan siyosatga bir-ikki soat qaradim va buni yozdim.
Samsun Mahkamasidan tergovchi va prokurorning Buyuk Jihod gazetasida tarqalgan bir shikoyatimga doir meni Samsun Ogʻir jazo mahkamasiga berishganiga doir chaqiriq qogʻozi keldi. Menga oʻqib berishdi. Ichida faqat toʻrt masala e'tiborga olinishi mumkin deb topdim:
Birinchisi: Buyuk Jihodning mas'ul mudiri mahkamada bosh prokurorga aytibdiki: "Said Nursiy u maqolani menga joʻnatdi. Men ham nashr etdim."
Bu masalaning haqiqati quyidagicha: Men xastaligimda yonimga Amirtogʻdagi qardoshlarim kelishdi. Amirtogʻda boshimga kelgan zolim hodisaga doir gaplashdik. Ham xasta, ham gʻazabnok, ham Anqaraga shikoyat suratida bir narsalar aytgan edim. Yonimdagi xizmatchim qalamga oldi. Nur talabalari munosib koʻrib Anqaradagi bir-ikki Nur talabasiga ba'zi dindor deputatlarga koʻrsatishlari uchun joʻnatishdi. Xastaligimda menga muammo tugʻdirmasin. Joʻnatibdi ham. Ba'zi deputatlar koʻrishibdi. Biz bilmagan bir kishiga yoqib, Buyuk Jihod mudiriga joʻnatibdi. Men qasam ichamanki, oʻshandan hozirgacha kim joʻnatganini bilmagan edim. Nashr etilganidan keyin bu yerga bir nusxa keldi. Yangi harflarni bilmaganim uchun bir kishi oʻqib berdi. Men mamnun boʻldim. Nashr qilganlardan Alloh rozi boʻlsin dedim. Oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan boʻlsamda, Buyuk Jihod kabi dinga xolis xizmat qilgan gazeta va uning sohibi va muharrirlariga din nomidan minnatdor boʻldim va Alloh rozi boʻlsin dedim. Men bexabar va pul bermasamda u muborak gazeta doim menga joʻnatilar edi.
Ikkinchi Masala: Mening Samsundagi Ogʻir jazo mahkamasiga joʻnatilishimga doir. Bu masalada shuni qat'iyyan bayon qilamanki, Samsun atrofidagi, xususuan Buyuk jihod doirasiga mansub muborak oxiratli qardoshlarim va Nur talabalarini ziyorat qilib koʻrishga borgim kelar edi. Lekin doktorlarning xulosasi bilan qat'iy quvvatsizligim shu darajaga kelganki, oldimdagi besh daqiqalik, bu masalaning boshlangʻichi va asosi boʻlgan mahkamaga, bir yarim yildan beri menga xabar berishgan boʻlsada, bora olmayotgan edim. Majburan bosh prokuror va sudya vazifasidagi tergov sudyasi yonimga kelishdi. Tergov asosi boʻlgan Buyuk Jihod gazetasini ham olib kelishdi. Gazetaning ba'zi soʻzlarini mening soʻzlarim ichiga aralashtirilibdi. Men ularga javoblarimni berdim. Farazan Ogʻir jazo bu ahamiyatsiz masalaga ahamiyat bersa, sogʻliqni saqlash hay'atidan ikki oylik xulosasi boʻlgan zaharlanish xastaligi bilan qattiq kasallanganim uchun shaxsan borishim uchun mening mahkamamni Eskishaharga oʻtkazishga ruxsat bersin. Yoʻqsa imkoni yoʻq.
Uchinchi Masala: Prokuror va tergovchi sudya 163-moddaga asosan Said Nursiyni, dinni siyosatga vosita qilib, osoyishtalikka tahdid soladigan tashviqot qilyapti, deb ayblashyapti. Bu masalaning haqiqatini yigirma toʻqqiz yildan beri besh-olti mahkama, besh-olti viloyat zobitlari, 133 qism kitoblarimni va minglab maktublarimning barchasini qoʻlga kiritishgan boʻlsada va dinsiz qoʻmitalarning turtkisi bilan ba'zi sofdil mansabdorlarni aldab qat'iyyan ikki masaladan boshqa javobgarlikka asos topa olishmadi. Bunga dalil: Ikki yil barcha maktub va kitoblarim Dengizli Ogʻir jazo mahkamasi bilan Anqara Ogʻir jazo mahkamasi va Oliy Sud ham bir ovozdan ham meni oqlashga, ham butun kitoblarni qaytarib berishga hukm chiqarishi va besh-olti viloyatda faqat tasattur-oʻranishga doir yozilgan bir oyat tafsiri bahonasi bilan bitta mahkama yengil jazo berishni xohladi. Aniq va kuchli javobimga nisbatan masalani vijdoniy xulosa chiqarishga majbur boʻlishdi. Demak ular ham javobgarlikka asos topa olishmadi. Bu masalani izohlash uchun Afyon mahkama raisiga murojaat joʻnatdim. Ma'lumot uchun sizga ham ma'lumot sifatida joʻnatyapman.
Xulosa: Bitta naqarot besh-olti mahkamada takrorlangan va javobgarlikka asos topa olishmagan. Endi Samsun prokuror va tergovchisi yigirma sakkiz yillik naqarotni aynan takrorlayapti: "Shaxsiy oʻbroʻ orttirish uchun tashviqot qilib dinni siyosatga vosita qilyapti."
Mening oʻrnimga besh mahkamada toʻrt yuz sahifalik rad qilinmagan mudofaamni havola qilaman. Meni gapirtirmay unga qarashsin.
Samsundan kelgan chaqiruv qogʻoziga qisqacha javobimni Sudyalar hay'atiga taqdim qilaman:
Birinchisi: Men maqolamni oʻzim joʻnatmaganman. Bu yerdagi barcha doʻstlarim bilishadi.
Ikinchisi: Yashirin dushmanlarimning suiqasdi bilan zaharlanib qattiq xastalanganman. Yonimdagi masjidga ontadan bir martagina bora olyapman. Samsun mahkamasini yonimizdagi Eskishahar mahkamasiga oʻtkazishni qonunan talab qilaman.
[Gʻoyat ahamiyatli bir hodisa, bir ariza va bir shikoyatdir]
Qoʻlimizga Pokistonda chiqqan "As Siddiq" nomli muhim majmua tushdi. Ellik sahifalik majmuaning yarmigacha Risola-i Nurning ba'zi maqolalari borligini koʻrdik. Xususan boshida Risola-i Nurdan "Yigirma Ikkinchi Maktub"ning birinchi mavzuini Islom olamiga oʻta ahamiyat va taqdir bilan اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ oyatiga chaqiriq hukmida yozilganini koʻrdik. Hozir oʻsha tarjima qilingan arabiy majmuaning asli turkchasini afkori ommaga, xususan ushbu Islomiy hukumatning raislariga va deputatlariga bir yil avval berilganidek, yana ma'lumot uchun taqdim etishga ikki-uch sabab bor:
Birinchisi: Risola-i Nurdan "Gʻaybiy Muhr" majmuasida yozilgan yuzlab qat'iy ishorat va belgilarning dalolati va koʻp hodisalarning dalolati va tasdiqi bilan aniqlanganki:
Risola-i Nur ma'naviy buzgʻunchilikka va anarxistlik va bolshevizm, tabiatparast va moddapastlarga, shak-shubha va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy toʻsiq xizmatini loyigʻidek bajarishi bilan bu vatanni tahlikali dunyo boʻroni ichida muhofaza qilishga sabab boʻlgani va bir maqbul sadaqa oʻrniga oʻtib ikkinchi jahon urushi balosiga va boshqa yurtlarda sodir boʻlgan balolarning bu mamlakatga kirishiga monelik qiladigan ma'naviy qalqon tashkil etgani ochiq-ravshan ayon boʻlgan.
Risola-i Nurga nazar solgan eng qaysar faylasuflar ham bu iddioni tasdiqlashga majbur qolgan. Demak Risola-i Nur besh yuz ming talabasi va olti yuz ming nusxasi bilan hammaning qalbida iymon darsi bilan bir qoʻriqchi qoʻyib osoyishtalikni ta'minlaydi. Qur'onning وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni bir kishining gunohi bilan boshqa birov javobgar boʻlmaydi degan asosiy qonunini tatbiq qilishga harakat qilishi bilan va oʻqigan millionlar insonlar ichida hech biri uni oʻqishdan zarar koʻrmagani, bu davrda bir Qur'oniy moʻ'jiza va bu vatan va millat uchun balolarni daf qilish vasilasi ekani isbot qilingan boʻlsada, yigirma besh yildan beri yashirin, buzgʻunchi, anarxist hisobiga ishlagan qoʻmitalar hiylalari bilan mahkamalarni dushmanga aylantirishga uringani, besh viloyatda besh katta mahkama Risola-i Nurning juz'larini ikir-chikirigacha tekshirib javobgarlikka asos boʻladigan bitta masala topa olmay oqlagani, soʻng yigirma joyda adliya alohida aloqador boʻlib javobgarlikka vaj bʻolmagani uchun aybi yoʻq hukm qilgani va Afyon mahkamasi ham ikki marta qaytarib berishga hukm qilgan boʻlsada, risolalarni qaytarib berishga hukm chiqarib risolalarni qaytarishni va toʻliq tarqalishini taqozo qilgan qonunni, huquqiy kerakli sabablar boʻlsada, besh yildan beri yashirin qoʻmitaning aldashi, hiylalari va bahonalari bilan Afyon mahkamasida besh yildan beri muborak risolalarni egalariga qaytarilishi kechikyapti.
Holbuki katta ichki ishlar idoralarida, zobitlar aniqlagan yuz minglar Nir talabalari va yuz minglab Nur nusxalarida hech qanday zarar, muammo chiqqani kuzatilmagani, qayd etilmagani koʻrsatadiki, Risola-i Nur osoyishtalikning tamal toshiga xizmat qilgan maqbul sadaqa hukmidadir. Bu yurtni moddiy-ma'naviy tahlikalardan muhofaza qilishga sabab boʻlgani yuzaga chiqqan Qur'oniy haqiqatdir.
Risola-i Nurning ahamiyatli qismi boʻlgan va minglab yoshlarni vatan, millat va osoyishtalik manfaatiga tarbiya qilgan "Yoshlarga Rahnamo"ning mahkamasi sababli Ustozimiz xasta holida ikki marta Istanbulga mahkamaga borib bir yuz yigirma politsiyachining toʻplangan odamlarni tarqatishga uringan mahkamada "Yoshlarga Rahnamo"ning ham muallifini, ham yoyilishini bir ovozdan oqlashga hukm chiqarilishi va xossatan ichida "Rahnamo"ning boʻlgan umum risolalarni besh mahkama oqlab, oʻn besh kunda qaytarib berilishi kerak boʻlgan "Yoshlarga Rahnamo"ning oʻn besh oydan beri qaytarilmasligi, Dengizli va Anqara ogʻir jazo mahkamasi besh oyda oqlab, qaytarishga qaror qilishgan boʻlsada, Afyon mahkamasi qaytarishni besh yil kechiktirishi, Diyorbakr atrofida, sharqiy viloyatlarda iymon, din va osoyishtalik tomonidan yuz voizchalik manfaati boʻlgan bir kishining oʻz puliga olgan Nur nusxalarini (u haqida besh mahkamaning hukmi boʻlishiga qaramasdan) musodara qilib vatanga, millatga foydali xizmatiga mone boʻlishi maqbul sadaqa hukmidagi balolarni daf qilish vasilasi bu suratda yashirilgani uchun, bir yarim milliard zararga vasila boʻlgan balo fursat topib keldi deyish mumkin.
Agar besh mahkamaning va Istanbulning chiqargan oqlashi natijasida "Yoshlarga Rahnamo" yoyilganida uning darsi bilan uygʻongan va xushyor boʻladigan Musulmon yoshlar albatta boshqa insonlarning yoki isyonchilarning buzgʻunchiligiga yoʻl bermaydigan bir yarim milliard lira zarardan bu millatni qutqarishga sa'yu gʻayrat qilar edilar. Bir yarim milliard liralik ushbu kirning chiqishiga yoʻl bermas edilar...
Ha, Ustozimiz eski jahon urushida Rusiyadagi asirligida anglaganlarki, ma'naviy buzgʻunchilik bilan yoshlarni buzgan tahlika yurtimizga ham keladi deb oʻsha vaqtdan beri xavotirlanib butun kuchi bilan ma'naviy buzgʻunchilikka qalqon boʻlish uchun "Yoshlarga Rahnamo" kabi koʻp asarlar yozdilar. Qur'oni Hakimning darslarini tarqatdilar. Lillahi-l hamd juda koʻp yoshlarni qutqarishga vasila boʻldi... hozir siyosatchilar umumiy tinchlik va milliy birdamlikni istayotgan ekan, Pokiston ham ahamiyat bilan e'tiborga olib, "As Siddiq" majmuasida nashr etgan risolaning yoyilishiga tez ruxsat berishsin.
Qur'oni Hakimning asosiy qonuni boʻlgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan bir kishining xatosi bilan boshqa odam, ukasi boʻlsa ham, javobgar boʻlmaydi. Bir yuz oʻttiz risolada bitta risolaning yuz sahifasidan bittasi qaysar insofsizlarning nazarida xato boʻlsada, dunyoda yuz ming sahifalik bir yuz oʻttiz kitobni javobgarlikka tortadigan qonun bormi?
Holbuki oʻttiz yil ichida besh mahkama oʻsha kitoblarni oqlagan. Malatiya masalasi munosabati bilan yigirma mahkama aloqador boʻlishdi. Yigirma sud hech ayb topa olmayapmiz deb, olti yuz ming nusxasi yurtda va xorijda tarqalib hech kimga zarar bermasligi va Ovrupoda eng yuksak maktabda Nur darsxonasi deb ayirgan joyda Xristianlar ham ularni oʻqishi va Islom olamida koʻp taqdir bilan yoyilishi, hatto Pokistonda chiqqan "As Siddiq" majmuasining Risola-i Nurning bir risolasini nashr qilib Diyonat Riyosatiga joʻnatishi va bu qadar tarqalishi bilan birga hech qanday olim unga e'tiroz bildirmasligi kabi haqiqatlar koʻrsatadiki, albatta Diyonat doirasining haqiqiy vazifasi Nurlarni himoya qilishdir.
Diyonat idorasi Mashihat-i Islomiya kabi faqat Turkiyaning din muallimi emas, balki umum Islom olamiga Mashihat-i Islomiya oʻrniga aloqasi, nazorati, munosabati bor. Islom olami Diyonat idorasiga husn-i zon qilish, notoʻgʻri tushunmaslik, xususan bu davrda juda koʻp kerak. Hamda Turkiya bilan ittifoq qilmagan Islomiy hukumatlarda muborak idoraga nisbatan notoʻgʻri tishuncha kelmasligiga sabab boʻlgan va Islom olamining har tomonida, balki Ovrupoda maqtovga sazovor boʻlgan Risola-i Nur Diyonat idorasini ham sharafini muhofaza qilyapti, ham Islom olamiga nisbatan u idoraning bir asari sifatida tarqalishi oʻta kerak va shart ekanini, bu masalani ekspertlar toʻliq e'tiborga olishsin.
Shuning uchun Risola-i Nur dinsizlarning hujumiga qarshi muhofaza va himoya qilinishi uchun bechora Said Nursiy va Nur talabalaridan yuz daraja koʻproq Diyonat Riyosati a'zolari, domlalari aloqador boʻlishi kerak. Takror-takror oqlanganiga qaramay tarqalishiga mone boʻlgan hiylakorlarni lol qilish kerak.
Anqarada bir qardoshimizning "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"ni bahona qilib umum Nur risolalarini olish uchun kelishgan. Qardoshimiz Ogʻir jazo mahkamasining "Asoy-i Muso" haqidagi oqlash hukmini koʻrsatilgandan soʻng "Asoy-i Muso"ni olishdan voz kechishdi. Topgan va olib ketish oldidan koʻz oʻngiga qoʻygan oʻntacha "Yoshlarga Rahnamo"ning ham ustiga oʻzlari farqiga bormay ba'zi kitoblarni qoʻyishgan. Ketayotib "Yoshlarga Rahnamo"ni qancha qidirishsa ham topa olishmabdi. Shu shaklda "Yoshlarga Rahnamo" oʻz karomati bilan oʻzini muhofaza qilgan. "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"dan tashqari bitta-bitta olgan majmua va risolalarni ham ichki ishlardan takroran qaytarib berishgan.
Ma'lum qilamizki: Sharq Universiteti haqida juda qiymatli xizmatingizni Ustozimizga aytdik. U kishi: Men xasta boʻlmaganimda, oʻsha masala uchun sharqiy viloyatlarga borgan boʻlar edim. Men butun ruhu jonim bilan Maorif vazirini tabriklayman. Ellik besh yildan beri Madrasatu-z Zahro nomli Sharq universitetini ta'sis qilishga harakat qilayotgan edik. Universitetni biri Vanda, biri Diyorbakrda, bir esa Bitlisda uch yoki hech boʻlmasa bir dona Vanda asos solish uchun Hurriyatdan avval Istanbulga borgan edim. Hurriyat chiqib u masala qolib ketdi.
Soʻng Ittihodchilar davrida Sulton Rashodning Rumeliga sayohati munosabati bilan Kosovaga bordim. Oʻshanda Kosovada katta Islomiy dorulfununga asos solishga tashabus qilingan edi. Men u yerda ham Ittihodchilarga, ham Sulton Rashodga aytgan edim:
Sharqninng bunday dorulfununga koʻproq ehtiyoji bor va Islom olami markazi hukmidadir. Oʻshanda menga va'da berishgan edi. Soʻng Bolqon harbi chiqdi, madrasa joyi istilo qilindi. Men, "Unday boʻlsa, eski yigirma ming oltin lirani Sharq dorulfununiga bering", dedim. Qabul qilishdi.
Men Vanga ketdim. Ming lira bilan Van koʻli boʻyida Artemitda tamalini qoʻygandan soʻng jahon urushi chiqdi. Takroran qolib ketdi.
Asirlikdan qutulgandan soʻng Istanbulga keldim. Milliy Harakatga xizmatim sababli Anqaraga chaqiirishdi. Bordim. Ularga, "Butun hayotimda bu dorulfunun harakatidaman. Sulton Rashod va Ittihodchilar yigirma ming oltin lira berrishdi. Siz ham oʻshancha qoʻshing." dedim. Ular bir yuz ellik ming banknot berishga qaror qilishdi. Men, "Buni deputatlar imzolashi kerak." dedim.
Ba'zi deputatlar, "Siz madrasa usuli bilan faqat Islomiyat tomondan ketyapsiz. Holbuki hozir gʻarbliklarga oʻxshash kerak." deyishdi.
Javoban: "Sharq viloyatlari Islom Olamining bir nav markazi boʻlib, yangi fanlar yonida diniy ilmlar ham kerak va shart. Chunki aksariyat anbiyolar sharqda va aksariyat hakimlar gʻarbda chiqishi koʻrsatadiki, sharqning taraqqiyoti din bilan turadi.
{(Hoshiya) Hatto u zamondan avval Turk boʻlmagan bir talabam bor edi. Eski madrasamda hamiyatli va gʻoyat zakovatli oʻsha talabam diniy ilmlardan olgan hamiyat darsi bilan har vaqt derdi: Solih bir Turk albatta fosiq qardoshimdan, otamdan menga yanada ziyoda qardosh va qarindoshdir. Soʻngra ayni talaba tole'sizligidan faqat moddiy yangi fanlar oʻqigan. Soʻngra men toʻrt yil oʻtib u bilan koʻrishdim. Hamiyati milliya bahsi boʻldi. U dediki: Men hozir rofiziq bir Qurdni, solih bir Turk domlasidan afzal koʻraman. Men ham eyvoh dedim. Sen qanchalar buzilibsan. Bir hafta harakat qildim, uni qutqardim, eski haqiqatli hamiyatiga oʻgirdim. Soʻngra Millat Majlisidagi menga muxolafat qilgan deputatlarga dedim: Oʻsha talabaning avvalgi holi Turk millatiga qanchalar zarurati bor va ikkinchi holining qanchalar vatan manfaatiga uygʻun boʻlmaganini fikringizga havola qilyapman. Demak farzi mahol boʻlib siz boshqa yerda dunyoni dindan ustun qoʻyib siyosat jihatidan dinga ahamiyat bermasangiz ham, har holda sharq viloyatlarida din tadrisoyiga a'zamiy ahamiyat berisj lozim. Oʻsha payt menga muxolif deputatlar ham chiqib u loyhamni bir yuz oltmish uch deputat imzoladilar. Buncha imzoni tashigan bir arizani, albatta yigirma yetti yil istibdodi mutlaq uni buzolmagan.}
Boshqa viloyatlarda faqat yangi fanlar oʻqitsangiz ham, sharqda millat, vatan foydasi uchun, diniy ilmlar asos boʻlishi kerak. Yoʻqsa turk boʻlmagan musulmonlar turkka haqiqiy qardoshligi his etilmaydi. Hozir buncha dushmanlarga qarshi bir-birimizga yordam berish va birdamlikka majburmiz.
Hozir men zaharlanib xastalanganim uchun juda bezovta va qattiq keksalik sababli ellik besh yillik hayot maqsadimni amalga oshirishdan mahrum boʻlganim kabi, Anqaraga borib sharq taraqqiyotining kaliti boʻlgan bunga harakat qilayotganlarni ruhu jonim bilan tabriklashdan ham mahrumman.
Oʻttiz besh yil avval Abu-z Ziyo matbaasida chop etilgan "Munozarat" va "Sayqalu-l Islpomiya" nomli asarim albatta Maorif vazirining nazaridan qochmabdi. Mening oʻrnimga u asar gapirsin. Men hayotimdan umidim uzilgandek his qilyapman. Faqat u katta universitetning tamallari, asosi va muazzam ta'lim uslubi sifatida Risola-i Nurning bir yuz ellik risolasini oʻzimga vakil qilaman. Bu vatan va millatning istiqbolining fidokor yosh universitet talabalariga va maorif idorasiga aytib bu masalada muvaffaq boʻlgan Tavfiq Ilerining bu bechora Saidning oʻrniga Risola-i Nurni himoya qilib, yelkasiga olishini rahmat-i Ilohiydan niyoz qilaman.
Muxolif bir patiyaning qattiq va tanqidchi a'zosi tomonidan, ya'ni Ulus gazetasining 01.04.1954 yilgi nusxasida yozilgan Otaturk Universiteti haqidagi maqolaga javob oʻrnida universitetning haqiqatini bayon qilamiz. Quyidagicha:
Hozirgi Otaturk Universiteti deb nomlangan bu dorulfununni ochishga Ustozimiz Said Nursiy 50 yildan beri qattiq gʻayrat bilan harakat qilganlar. Ustozimiz Ittihodchilarga muxolif boʻlsalarda, ular va Sulton Rashod bu dorulfununni qurish uchun 19 ming oltin bergan. Vanda ustozimiz tamalini qoʻygan edilar. Lekin jahon urushi chiqib qolib ketgan edi. Soʻng jumhuriyat davrining boshlangʻichida Ustozimiz Said Nursiyning Anqarada deputatlar majlisiga chaqirilganda, takroran tashabbus qilgan edilar.
U yerda ustozimiz oʻsah davr boshqaruviga toʻliq muxolif va siyosatni batamom tark etgani va ba'zi jihatdan muxolif boʻlganini va dunyoingizga aralashmayman deganlar. Mustafo Kamolga "namoz oʻqimagan xoin boʻladi" deb, uning taklif qilgan katta boylik, maosh, sharq umumiy voizi boʻlish kabi katta takliflarni qabul qilmaganlar. Sharq dorulfununiga asos solish uchun 200 deputatdan 163 tasi imzolagan, Mustafo Kamol tasdiqlasa, 150 ming banknot berishga qaror qilingan edi. Demak sharqning eng muhim masalasi u davrda oʻsha universitet edi. Hozir esa yigirma marta koʻproq ehtiyoj bor. Nihoyat yana ustozimizning moddiy-ma'naviy gʻayrat va tashviqlari natijasida ushbu Islomiy hukumat davrida qurilishiga qaror qilindi.
Ushbu Sharq Universitetining jahonsumul qiymat va ahamiyatini bir ummondan qatra olgandek ikki-uch masala sifatida aytamiz:
Birinchisi: Bu dorulfunun ham Eron, ham Arabistob, ham Misr va Afgʻoniston, ham Pokiston va Turkiston va Onadoʻlining markazida qalb hukmidadir. Ham bir Jome'u-l Azhar, bir Madrasatu-z Zahrodir.
Ikkinchisi: Hozir bashariyatda umumiy sulh uchun, ya'ni bashariyatning buzilmasligi uchun choralar qidirilyapti, paktlar qurilyapti. Modomiki bu Islomiy hukumat xalq foydasi va hukumatning salomatligi uchun Yugoslaviyadan Ispaniyagacha ularga dastak beradigan doʻstlik qurishga urinyapti. Bularning yagona chorasining bir dalili sifatida koʻrsatamizki, asos solinadigan Sharq Dorulfununining ilk tashabbuschilaridan bir dars kitobi boʻgan va tabiiy fanlar bilan iymon ilmlarini kelishtirgan va oʻttiz yildan beri butun faylasuflarga urush ochgan va rasmiy olimlarga tegingani va eski hukumat bilan rasman tortishsada, ular tomonidan taqdir va tahsinga sazovor boʻlgan va mahkamalarda oqlangan Risola-i Nur bu vatan va millatga osoyishtalik va tinchlikni ta'minladi. Islom mamlakatlarida, xususan Marokash, Misr, Suriya va Eron kabi joylarda sodir boʻlgan ichki qarshiliklarning bu vatanda kuzatilmasligidir. Bu vatan va millatga Risola-i Nur (tinchlik va osoyishtalikni buzishga boshqa yurtlardan koʻproq sabab borligiga qaramay) osoyishtalikni ta'minlashi koʻrsatadiki, Sharq Universitetiga asos solish xalq tinchligiga sazovor qiladi. Chunki hozirgi buzgʻunchilik ma'naviy boʻlgani uchun, unga muqobil ma'naviy atom bombasi kerak.
Davrimizda buzgʻunchilik ma'naviy boʻlgani va unga qarshi javob berish ham faqat ta'mirchi ma'naviy atom bombasi bilan mumki boʻlishiga qat'iy dalil sifatida universitetning manba va urugʻi boʻlgan Risola-i Nurning oʻttiz yil ichida Ovrupodan kelgan dahshatli zalolat, falsafa va dinsizlik hujumlariga toʻsiq tashkil qilishidir. U ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi Risola-i Nur ta'mirchi va ma'naviy atom bombasi boʻlgan.
Uchinchisi: Ha, Sharq Universiteti bir markaz sifatida Islom olami va bugungi Osiyo aloqador qiladigan mohiyat va ahamiyatda boʻlgani uchun, oltmish million emas, oltmish milliard ham xarajat qilinsa, loyiqroqdir.
Yangi Ulus gazetasi muxolif boʻlgani uchun, bu masalani parda qilib yangi boshqaruvning ba'zi katta mansabdorlaridan bu masala blan shugʻullanayotganlarga bır navi eskichilik tamgʻa bosishni xohlayapti. Holbuki bu masala eng yuksak taraqqiy va umumiy sulhning asosidir. Bu muassasa bu Islomiy hukumatga ba'zi Islom shiorlarini Arabiy azoni Muhammadiy va din darslari kabi juda koʻp quvvat beradi. Balki bu hukumatning kelajakda tarixlada kamoli taqdir va tahsin bilan yod etilishiga eng porloq vasila boʻladi.
Bu masalaning jonlantirishi bilan hosil boʻlgan nur va fayz Demokrat hukumatning eng buyuk va jahon bahosida xizmati sifatida abadgacha tenggi koʻrilmagan porloqlik bilan nur sochadi. Va millatlararo e'tiborni ta'minlaydi.
Mahkamamizning kechiktirilishi sababli ishlarning Anqara Mahkamasiga havola qilinishida koʻp xayrlar bor. Hozir ham Isparta mahkamasi, ham Vanda Mullo Hamidning va Diyorbakrda Mahmud Qoyaning kitoblari qaytarib berilishi Afyon; hammasi Anqaraga qarayapti. Anqarada boʻladigan xayrli natija bilan inshaalloh har tomonda birdan ishlarimiz hal boʻlgan boʻladi. Bunday vaqtda Nurlardagi iymoniy haqiqatlar, xususan Anqarada e'tibor qaratilishi kerak ekan. Inshaalloh bu masalamizning u yerga joʻnatilishi, muhim uygʻonishga vasila boʻladi.
Umum doʻstlarimga, xususan ziyoratchilarga doir bir istagimni bayon qilishga majbur boʻldim:
Aksar hayotim yakka holda oʻtgani kabi, oʻttiz-qirq yildan beri bosim va hujumlarga uchraganim uchun, zarurat boʻlmasa suhbatlashishdan chekinib qochaman. Eskidan beri moddiy-ma'naviy hadyalar menga ogʻir kelar edi. Hozir ziyoratchilar, doʻstlar koʻpaygan, bunga ma'naviy evaz kerak. Hozir moddiy luqma hadyasi meni xasta etganidek, ma'naviy hadya boʻlgan ziyorat qilish, koʻrishish, xususan boshqa joylardan qoʻl olish uchun zahmat chekib kelish ziyorati ham ahamiyatli ma'naviy hadyadir.
Unga javob bera olmayman. Hamda arzon emas, ma'nan qimmat. Men oʻzimni u hurmatga loyiq deb bilmayman. Ma'nan javob ham bera olmayman. Shuning uchun hozircha aynan moddiy hadya kabi bir ehson sifatida menga ma'naviy hadya boʻlgan suhbatdan zarurat boʻlmay man etildim. Ba'zan meni xasta qiladi. Moddiy hadyaning evazini toʻliq bermagan vaqtim meni xasta qilganidek. Shuning uchun koʻnglingiz ogʻrimasin, jahlingiz chiqmasin.
Risola-i Nurni oʻqish men bilan koʻrishishdan oʻn marta foydaliroq. Zotan men bilan koʻrishish; oxirat, iymon, Qur'on hisobigadir. Dunyo bilan aloqamni uzganim uchun, menga ehtiyoj qoldirmagan. Xususan "Hayot Yoʻli"dagi maktublar. Hatto xizmatimdagi xos qardoshlarimga ham zarurat boʻlmasa, koʻrisha olmayman. Faqat ba'zan Risola-i Nurning futuhotiga va nashriyotiga oid ba'zilar uchun koʻrishishni istasam, oʻshanda koʻrishish joiz boʻladi va menga qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Bu masalani bilmagan ziyoratga kelganlarga xabar beramanki, bir necha yildan beri gazetalarda e'lon qilganmanki, men bilan koʻrishishni istaganlar, xususan uzoq joydan kelib koʻrishmay ketganlarni, xususiy duolarimga dohil qilaman. Har tong duo qilaman. Shuning uchun ranjimasinlar.
Juda muhtaram qardoshimiz Solih,
Ustozimiz sizga va ikki haqiqiy deputatlarga koʻp salom aytib duo qiladilar. Sizga va ularga "Ming barakalloh" deyaptilar.
Ustozimiz aytyaptilarki:
"Urfa tomonda Nurlarga nisbatan kuchli qoʻllar sohib boʻlishini koʻp vaqt avval kutayotgan edim. Chunki u yer ham Onadoʻlining, ham Arabistonning, ham Qurdistonning bir nav markazi hukmidadir. Nurlar u yerda joylashsa, uch mamlakatga tarqalishiga vasila boʻladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, Sayyid Solih kabi yoshlarning bir qahramoni va u atrofning ikki juda qiymatli, hamiyatli va dindor deputati Nurlarni yelkasiga olishni boshladi.
Men ham oʻz pulimga olgan va zaharlanganim uchun juda bezovta boʻlib tahrir qilgan oʻzimning bir qancha majmualarimni ularga joʻnatyapman. Koʻp joylardan va juda muhim kishilar tomonidan istashganiga qaramay men Urfani hamma joydan ustun qoʻyaman. Inshaalloh ularga yana bir qancha joʻnataman.
Sayyid Solih va gʻuruli deputatlar u yerda inshaalloh Qur'on va iymonga toʻliq xizmat qiladigan va u yerni Ispartadagi Madrasatu-z Zahro va Misrdagi Jome'u-l Azharning kichik namunasiga aylantirishga sabab boʻlishga va Shom va Bagʻdoddagi Islom madrasasining namunasini ochishga yoʻl berishlarini rahmati Ilohiyadan umid qilyapmiz.
Modomiki Risola-i Nurning yoʻli hillat-samimiy va jonu koʻngildan boʻlgan doʻstlik ekan, Urfa esa Ibrohim Halilullohning manzilidir, inshaalloh hillat-i Ibrohimiya porlaydi. Bu dahshatli zaharlanish kasalligimdan qutulish ehtimolim kuchli. Keladigan qishda borishni jiddan istayman."
Ustozimizning soʻzlari bitti. Biz ham takroran salom va hurmatlarimizni bildiramiz.
Butun Urfa xalqiga, bola-chaqa va qabrda yotganlarga har tong duo qilaman. Va butun Urfaliklarga salom aytaman. Urfa toshi, tuprogʻi bilan muborakdir. Men juda xastaman. Ular ham menga duo qilishsin.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Islom olamida Laylatu-l Qadr deb taxmin qilingan bu Ramazoni Sharifning yigirma yettinchi kechasida bir jihatdan zaharlanish bilan qattiq me'da xastaligi ichida asablarim, vijdon va qalbimni bosib olgan boshqa dahshatli xastalik his qildim. Bu ikki dahshatli moddiy va ma'naviy xastalik ichida shafqat hissi bilan butun hayotdorlarnng azoblari esimga keldi.
Xastaligimdan ham koʻproq azobli ruhiy holatni his qildim. Bu bilan birga sakson yildan oshgan umrimning oxirida sakson yil ma'naviy ibodatni qozontirgan eng soʻnggi Laylatu-l Qadrga loyiq xizmat qila olmayman deb sobiq ikki dahshatli xastalikdan ham qattiqroq hazin bir mas'uliyat ichida asabga kelgan va nafs-i ammoraning vazifasini bajargan azobli bir his meni ezayotgan paytda Oyat-i Hasbiyaning bir sirri yordamga keldi. Bu uch xastalikni ketkazib Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, umid qilinmagan tarzda chidadim. Uch xastaligimga quyidagi malham surildi:
Moddiy ("Xastalar Risolasi"da isbotlanganidek) bir soat xastalik, sabr va tavakkal qilgan kishilarga hech boʻlmasa oʻn soat ibodat va Laylatu-l Qadrda esa yanada koʻproq ibodat oʻrniga oʻtgani kabi, mening ham Laylatu-l Qadrdagi xastaligim, iqtidorsizligim bilan qila olmagan Laylatu-l Qadrdagi xizmat oʻrniga oʻtib, toʻliq shifo bergan malham boʻldi.
Butun hayotdorlarning xastalik va azoblaridan shafqat sirri bilan menga kelgan azob beradigan xastalikni birdan rahimiyat-i Ilohiyaning tajalliyi bilan maxluqlarni yaratganning shafqat va rahimiyati va rahmati toʻliq kifoya qilgani uchun azoblarni rahmat-i Ilohiyadan ham koʻproq shafqatni surish ma'nosiz va haqsiz boʻlgani uchun, shafqatdan kelgan azobni ma'naviy sevinch va lazzatga aylantirdi. Faqat malham emas, balki shifo ham berdi. Umrimning oxirida eng koʻp qiymatdor ma'naviy xazinani yoʻqotishdagi ma'naviy azobga qarshi Nurning xos shogirdlarining har biri ma'naviy shirkat sirri bilan umum nomiga ham duo bilan va amal-i solih bilan ishlagani uchun, ham "Al Hujjatu-z Zahro"da, ham "Nur Kaliti"da ozihlangan tashahhud va Fotihada butun mavjudot va hayotdorlar jamoatining duolariga va tavhiddagi da'volariga ishtirok etish surati bilan, xususan tuproq, havo, suv va nur unsurlari bir-bir til boʻlishga tuproqdan chiqqan butun hayot hadyalari va suvdan muborak va tabarruk narsalar va havodan shukr va ibodatning tamassullari va Nur unsuridan moddiy va ma'naviy yaxshiliklar, goʻzallilar tarzida, tashahhudda va Fotihada koinotdagi butun ne'matlardan kelgan shukrlar, hamdlar va butun maxluqotning, xususan hayotdorlarning kulliy idobatlari va butun tayanchlari va toʻgʻri yoʻldagi butun ahl-i haqiqatga va ahl-i iymonning yoʻlidan ketayotganlarga ma'naviy doʻstlik qilib ularning duolariga va da'volariga tasdiq suratida ominlar bilan ishtirok etib, omin deb hissador boʻlishning kulliy siri oʻsha kecha menga yordamga keldi. Oʻta xasta, zaif, xafa holda kichik ishni qila olmaganim uchun ma'naviy azob, xastaligimga shunday darmon boʻldiki, men haqiqatdan eng sogʻlom holatimda va yoshligimda, eng zavqli va lazzatli virdlarimda topa olmagan ma'naviy sevinchni his qildim. Va hadsiz shukr qilib dahshatli xastaligimga rozi boʻldim. "Alhamdulillahi bi'adadi ashiroti daqoiqi shahri Ramazon fi kulli zaman", dedim.
"Men bilan koʻrishishni istagan aziz qardoshlarimga bayon qilamanki: Insonlar bilan koʻrishishga zarurat boʻlmasa koʻtara olmaganim uchun, yana zaharlanishdan, zaiflikdan, keksalik va xasta boʻlganim uchun koʻp gapira olmayman. Buning oʻrniga sizga qat'iyyan xabar beramanki: Risola-i Nurning har bir kitobi bir Saiddir. Siz qaysi kitobga qarasangiz men bilan yuzma-yuz gaplashishdan oʻn marta koʻproq foydalanasiz. Men bilan haqiqiy gaplashgan boʻlasiz. Men shunga qaror qilganmanki, Alloh uchun men bilan koʻrishishni istaganlarga koʻrishmaganim evaziga har tong oʻqiganlarimga, duolarimga dohil qilaman va qilishda davom etaman."
Bir-ikki oydan beri Ustozimiz hech bir xizmatkori bilan gaplasha olmayaptilar. Gapirgan vaqti harorat chiqishni boshlyapti. Buning hikmatini bir eslatmaga binoan aytdilar: Risola-i Nur menga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. Gapirishga kerak qolmadi. Men ojiz shaxsim bilan minglab doʻstlarimdan yigirma-oʻttiz doʻst bilan gaplasha olaman. Yigirma kishining hurmati uchun minglar odamning e'tiborini ranjida qilmaslik uchun gaplashishdan man etilganim ehtimoli kuchli. Xususiy koʻrishishmaganim uchun ma'zur tutsinlar. Hatto bayramda qoʻl berib koʻrishish va u kishiga qarashni koʻtara olmaydi. {(Hoshiya) Hozir ham Anqara, ham Istanbul, ham Samsun, ham Antalya Risola-i Nurning nashrini boshlagani jihat bilan; yashirin din dushmani komitelar u nashriyotga qarshi bir vahima bermaslik uchun, hozircha xos doʻstlarni ham qabul qilmaslikka majbur boʻldi. Soʻzlarning chop chiqlinishi tugagunga qadar.} Shuning uchun ranjimasinlar.
[Toʻrt yil avval Ustozimiz xastaligi sababli meni Anqarada Risola-i Nurning mahkamalari bilan aloqali ishlarini kuzatish uchun vakil qilgan paytlari, ba'zi deputatlarga joʻnatgan tegishli maktublarimizni yangidan sizga va muhtaram deputatlarning e'tibori irfonlariga taqdim qilamiz. Bunga sabab, bitta masalaning davom etayotganidir. Xususan soʻnggi oylarda sharq viloyatlarida qurilishi uchun tashabbus qilingan yangi universitetdir.]
Risola-i Nurning oʻttiz yillik davrda favqulotda ichki va tashqi tarqalishi bilan har tomonda husni ta'siri va sharq viloyatlarida ellik besh yildan beri katta dorulfunun qurulishiga harakatim, bir-biriga ulanib ketgan va bir-birini tamomlaydigan bu davrda Islomni olami qattiq aloqador etgan ikki muhim masaladir. Bu ikki azim natija ham bu millatni, ham toʻrt yuz million Islom millatlarini, ham umumiy tinchlikka muhtoj Xristianlik dunyosini ham aloqador qiladi va ta'sirini koʻrsatgan fahrlanadigan ikki ahamiyatli hodisadir. Islom Dinining va Qur'on haqiqatlarining kulliy va umumiy noshiri va e'lon qiluvchisidir.
Ustozimiz ellik besh yildan beri a'zamiy gʻayrat va turli vasilalar bilan sharqiy Onadoʻlida Jome'u-l Azharga muhofiq Madrasatu-z Zahro nomli bir Islom universitetining qurilishi uchun harakat qilgan va buning qat'iy kerakligini doim ilgari surganlar. Jumhiroyat raisiga va Bosh vazirga xitoban ularni bu masaladan tabriklagan Ustozimizning murojaatiga aytilganidek, Sharq dorulfununi Islom olamining bir jihatdan markazida boʻlgan musulmonlar ichida iftixor qiladigan maqom qozonadi.
U viloyatlarda dafn etilgan juda aziz va muborak minglab ulamolar va oriflar, shuhado va muhaqqiqiyn ajdodimizning moziydagi juda qiymatli va muqaddas diniy xizmatlari ma'naviy, boqiy fazilatlari bu dorulfununda ham jismga kirib iymoniy vazifalarini yana keng miqyosda qiladilar.
Sharq Universitetining bir nav dasturi boʻlishga loyiq ussu-l asos darsi-Qur'oni Hakimning iymoniy haqiqatlarini tafsir qilgan va butun masalalarini aqliy fanlar va mantiqiy va tabiiy dalillar aniqlagan va aqlga uygʻun dars bergan Risola-i Nurdir. U yangi asrning universitetlari va maktablarida oʻqitilishga loyiq.
Risola-i Nur sharqiy Onadoʻlida vaqti-vaqti bilan qurilgan va yuz yillardan beri u atrofda ma'naviy obi hayot manbalari vazifasini bajargan madrasalarning va ustozlarning talabasi vositasida yuzaga chiqqan. Bu soʻnggi munavvar mevalari bilan u muhtaram ustozlar, yangidan vazifa boshiga oʻtib nurlantirish vazifasini va Qur'oniy xizmatlarini bu surat bilan jahonshumul kenglikka aylantirishlarini butun ruhimiz bilan umid qilib, rahmat-i Ilohiyadan yolvorib niyoz qilamiz. Bu duoimizga zamon va zaminning hayotiy sharoiti va umumiy tinchlikning kerakligi ham "omin, omin" deyapti va deydi.
Sharqdagi ilm va irfon faoliyatining bir samarasi va kulliy natijasi boʻlgan Risola-i Nur sharq dorulfununining Islomiyat nuqtasida bir dasturi boʻlgani uchun Islomiyatga, bu millatga va Islom olamiga xizmat qilganlarni qattiq aloqador qilishdir. Hozir Amerika va Ovrupoda Nur Risolalarini istashlari va u yerlarda tarqalishi bu iddaomizning favqulotda ahamiyatini koʻrsatadi.
Menga yozgan narsalari besh tomondan tuhmat va yolgʻon ekanini koʻrgan bir gazetani oʻqib berishdi. Bunday tuhmatlarning ham Ispartaga, ham nashr qilganlarga katta zarari bor.
Birinchi yolgʻon: Nur Risolalarini oʻqiganlarga murid va tariqat deb meni tariqat darsi berganim bilan ayblashyapti. Holbuki meni taniganlar bilishadiki: Mahkamalarda ham aniqlanganidek, men tariqat darsi emas, iymonning, Qur'onning haqiqatlarini dars beraman. Darsimni tinglaganlarga Nur Talabasi deyiladi. Yoʻlimiz tariqat emas, iymonning haqiqatlaridir.
Ikkinchi yolgʻon: Tuhmat qilgan gazeta boshqa gazetani oʻziga sherik qilib, ba'zi yanglish ta'birlarni aralashtirib aytyaptiki: "Egʻirdir yoshlari Said va muridlari bilan kurashni boshladi." Buning asli yoʻqligini butun Isparta va Egʻirdir yoshlari qat'iyyan bilishadi. Hatto Isparta va Egʻirdir yoshlari buni eshitgan paytlari gʻazablanib rad qilishyapti. Faqat Anqaradagi Egʻirdirlik yosh boʻlmagan odam, oʻttiz yil avval men bilan koʻrishganini oz tanqid bilan yozgan edi. Buni "Yoshlar kurashni boshladi" deb nomlash naqadar ochiq yolgʻon hisoblanadi. Holbuki kim boʻlsa boʻlsin, butun yoshlarga nisbatan hech bir yoshning kurashini eshitmadim.
Uchinchi tuhmati: Tuhmat qilgan gazeta boshqa odamning tili bilan aytyaptiki: "Said va muridlari yashirin siyosat yurityapti. Tinchlikni buzish uchun qonun-qoidalarni oʻzgartirishga urinyapti." Buning yolgʻonligiga yigirma sakkiz yil ichida besh mahkama oqlagani koʻrsatadiki, siyosat bilan hech qanday aloqam yoʻq. Hech qanday belgi topilmasligi, buning naqadar tuhmat ekanini koʻrsatadi. Hatto oʻttiz besh yildan beri siyosatdan uzilganimni butun doʻstlarim bilishadi. Bu haqiqat mahkamalar tomonidan ham aniqlangan.
Toʻrtinchi tuhmati: Said Nursiy ba'zi ayollarga shayton degan. Bu tuhmatning asli: "Eski vaqtlar katta koʻchalarda ochiq-sochiq, yalangʻonchlik darajasida, xususan yarim yalangʻoch Xristian qizlari shayton boshqaruvida Islomiy ahloqqa zarar berishar edi." Bir necha ochiq yurganlar haqidagi soʻzni boshqa suratga aylantirib butun ayollarga taalluqli qilib, ta'birni xunuklashtirib iste'mol qilishi, juda xunuk va ochiq tuhmatdir. Ayolla bilan suhbat nomli risolamda: Ayollarni qattiq hurmat qilganimni, ahamiyat va qiymat berganimni, hatto shafqat jihatida erkaklardan juda oldinda boʻlishgani uchun Risola-i Nurning muhim asosi shafqat boʻlgani uchun, bu muborak singillarimni "Muhtaram singillarim" deb yod etaman. Ularning samimiyat va ixloslarini koʻp koʻraman...
Beshinchi haqoratli tuhmati: Eski davrga qaytish va eskichilik, ya'ni Islomiyat hukmlariga, axloqiga qaytish ma'nosida "mal'un fikr" ta'birini ishlatishi, yer yuzini titratadigan kofirona tuhmat boʻlgani kabi, faqat Ispartaliklarga va Nur talabalariga emas, balki Islom olamiga qarshi xiyonatdir.
[Ustozimizning qishloqlarda aylanganiga doir chiqarilgan uydirma xabarga qarshi javob boʻlib, xavotirlanadigan narsa yoʻq.]
Ustozimiz Said Nursiyning ikki yildan beri musofir boʻlgan Isparta ichki ishlar boʻlimiga uzrimiz.
1. Ustozimiz Said Nursiy oʻttiz yildan beri Onadoʻli mamlakatida aylangan butun viloyat va qishloqlarda oʻzini zobitlarning musofiri deb tasavvur qilgan va zobit xodimlari doim doʻstona va hamiyat bilan muomala qilganlar. Qur'onning haqiqiy va porloq tafsiri boʻlgan Risola-i Nurni Ispartada oʻttiz yil avval ta'lif qilishni boshlagan Ustozimiz iymoniy haqiqatlarga oʻta ta'sirli suratda xizmat qilib, toʻliq oxiratga yoʻnalgan bu xizmatning dunyoviy foydasi sifatida, iymon sababi bilan qalblarda yomonlikka qarshi doimiy qoʻriqchi qoʻyishidir. Uning natijasida osoyishtalikni ta'nimlashga vasila boʻlgan. Ha, Ustozimiz haqiqiy adolatni ifodalagan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni "Bir kishining xatosi sababli boshqa odam javobgar boʻlmaydi" Qur'oniy oyat va "Bir ma'sumning haqqi yuz yomon kishi uchun fido qilinmaydi deyilgan Qur'oniy dastur asosida, yuzda oʻn zolim sababli toʻqson ma'sumga zarar keltirish haqiqiy adolatga, Qur'on amrlariga batamom zid deb hamma tomonga yoyilgan va u kishiga zulm qilinishiga qarshi Islom millatining salomati uchun "Men nafaqat dunyo hayotimni, balki oxirat hayotimni ham fido qilaman", deb javob bergan va beryaptilar.
Risola-i Nurning iymoniy haqiqatlar darslari bilan va butun mahkamalarda mudofaalari natijasida oqlangan Qur'oniy haqiqatlar bilan ijtimoiy hayotning uxroviy va dunyoviy saodatga rahbar boʻlgan haqiqatlarni dars bergan va osoyishtalikni vositali muhofazasiga va amniyati umumiyni ta'minlashga eng katta bir vasila Ustozimiz boʻlganini, ijtimoiy hayotning saodatiga aloqador hamiyatparvar kishilarning tasdiqi bilan aniqlangan. Oʻttiz yildan beri turli tekshirishlar va mahkamalarning oqlash qarori berishlari, hozir esa toʻliq ozod qilinishi va asarlari katta miqyosda katta tarafda, Onadoʻlida va Islom olamining markazlarida, gʻarb mamlakatlarining ba'zilarida yoyilib maqtov va tabriklarga sazovor boʻlib, eng nozik sirlarigacha katta diqqat va ahamiyat bilan har holati tekshirilgan Ustozimizning hech qanday holati javobgarlikka asos sifatida koʻrsatilmagan.
Bir tomonda komunizm kabi din, axloq va an'anaga qarshi boʻlgan juda mudhish buzgʻunchilik bilan yarim Ovruponi, Xitoyni istilo qilgan, umum dunyoga qarshi buzgʻunchi, yirtucvhi kufr rejimi evaziga, millatlar davlatlar mobaynida tadbir oldirgan va bu bilan birga xorijiy, yashirin buzgʻunchilik qoʻmitalari ham bu vatanga qarshi mudhish harju marj harakat qilgan paytlari, biz oʻttiz yillik oʻta xolis va ta'sirli keng xizmatni qilgan.
Ustozimiz Said Nursiyning asarlari boʻlgan Risola-i Nurning yuz minglab nusxalarining tarqalishi va yuz minglardan oshgan oquvchilarining husni holini koʻrsatib, zobitlar Nur Talabalarining asoyishtalikka qarshi biror hodisa kuzatilmaganini guvoh qilib aytamiz va qat'iyyan aniqlanganki, Risola-i Nur buzgʻunchi jarayonni toʻxtatgan Qur'oniy va iymoniy toʻsiqdir. Insofli zobitlar ham koʻrilgan bu haqiqatga guvohlik berishyapti.
Iymon xizmatining ma'naviy, uxroviy foydalaridan tashqari dunyoviy, millatga oid muhim foydasini vaqtida Ustozimiz shu suratda ifodalaganlarki, davr buning naqadar toʻgʻri ekanini koʻrsatdi. Oʻshanda: "Hozir bu mamlakatning, vatan va millatning hayot va abadiy saodati uchun ikki mudhish jarayon bor:
Biri: Shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayonining bu vatanni ma'naviy istilo qilishga qarshi Qur'onning haqiqatlari va iymonning nurlari bilan javob berish kerak. Chunki dinsizlik jarayoni ma'naviy buzgʻunchilik boʻlgani uchun, uning qarshisida ma'naviy javob berish kerak boʻladi. Qur'oniy haqiqatlarning yogʻdulari boʻlgan Risola-i Nur maʻnaviy ta'mirchi boʻlgan atom bombasi sifatida, zalolat jarayonlariga javob beradi va berghan.
Ikkinchisi: Ming yildan beri Islomiyatning qahramon qoʻshini va bayroqdori boʻlgan turk millatiga Islom olamining adovatini ketkazish. Turklar yana eskisi kabi Islomiyatning qahramonidir degan tasavvur hosil qilish. Bu suratda toʻrt yuz million haqiqiy qardoshlari bu millatga qozontirib hayot saodatlariga eng ahamiyatli xizmatni bajarish boʻlib, bu vatanda Risola-i Nur iymon haqiqatlarini yoyib bu azim foydani amalda koʻrsatgan.
Risola-i Nurning bir talabasi avvalo qoʻlida Nur Risolalari bilan va u yerdan chiqargan mav'izalar bilan sharq hududida Ruslarning oʻsha vaqtda u yerdagi tashviqotlarini toʻxtatgan edi. Bu suratda bitta talaba bir qoʻshinchalik vatanga, millatga va osoyishtalikka xizmat qilgani uchun, natija bergan boshqa dunyoviy yaxshiliklar, undan tashqari ijtimoiy hayotga oid foydasi hisoblanadi.
2. Oʻttiz-qirq yildan beri yakka holda yashab, xastalik va qamoq kabi sabablar bilan zarurat boʻlmagunicha insonlar bilan koʻrishishga chidamagani uchun xorijdan kelgan doʻstlarini doim koʻnglini ogʻritib qaytarishi va shomdan keyin ertasi kun tonggacha xizmatchilarini ham yoniga qabul qilmasligi zohiriy va koʻzga koʻringan haqiqat qarshisida boshqa gap gapirishga kerak qolmaydi. Ustozimiz Said Nursiyning eskidan beri fe'li yakka yashash va insonlar bilan zarurat boʻlmasa koʻrishmaslik hayot dasturlari holiga aylangan. Hatto hayotda qolgan bitta ukasini ham yaqin shaharda ekan, oʻttiz yildan beri koʻrmagan boʻlsada, koʻrishishga yonlariga chaqirmaganlar. Xizmatchilari ham shomdan ertasi kun tonggacha zarurat boʻlmasa, honalariga kira olmaydi. Qattiq xastaligi va koʻrishishni koʻtara olmasligi sababli, tashqaridan kelgan koʻp doʻstlarining koʻnglini ogʻritib koʻrishmay qaytarib yuboradilar. Ustozimiz bilan oʻttiz yildan beri aloqador boʻlib, doʻstona muomala qilgan zobitlarga osoyishtalik nuqtasida Risola-i Nur bilan juda ahamiyatli gʻaroyib xizmati aniqlangan Ustozimizning hech bir holati yashirin qolmay mahkamalarda tekshirilgan. Ba'zi yashirin din dushmanlarining u kishi haqidagi uydirmalari bilan oʻttiz yillik hayotiga tayangan musbat xulosani buzmaslik, umumiy huquqni ta'minlashga uringanlarning vazifasi iqtizo qiladi.
3. Ustozimiz xastalar. Hatto jumaga ham chiqmaydilar. Ora-sira havo almashtirishga juda qattiq muhtoj boʻladilar. Shu sababli juda nodir, oʻziga maxsus xonasi bor. Oʻttiz yil avval oʻn yil yashagan Barla qishlogʻiga borar, bir muddat qolib qaytar edilar. Ba'zan esa bu yerda yozda insonlar yoʻq, shahar tashqarisidagi mahallalarga borib ikki-uch soat tanaffus qilib keladilar. Keksaligi, xastaligi sababli yayov yura olmaganlari uchun va odamlarning hurmatkor vaziyati bilan bezovta qilmasliklari uchun bu oddiy borib-kelish avtomobilda boʻladi. Buning xorijida hech qanday qishloqqa, odamlar yashaydigan mahallaga, hatto oʻttiz yillik doʻstlari boʻlgan joylarga ham mazkur sabab٩ٰ١ tufayli bormaydilar. Holat va vaziyatlari bundan iborat. Haqiqati hol bu.
Hoshiya: Koʻp joylarda nashr qilingan va iddiochining huzursizlik tuhmatining yoʻqligini koʻrsatgan va Anqara Ichki Ishlar Mudirligiga berilgan haqiqatdir.]
Osoyishtalikni muhofaza qilganining qat'iy dalili: Olti viloyatning olti zobitlar idorasi, olti yuz ming talabaning yigirma sakkiz yil ichida haqsiz muomalalarga uchrasada, hech qanday muammo chiqarganini qayd etishmagani, hatto Afyon prokurorining osoyishtalikni buzyapti degan tuhmatiga javoban, Ustozimiz Afyonda: "Yigirma sakkiz yilda bitta muammo chiqarganimizni koʻrsata olasizmi? Modomiki koʻrsata olmadingiz, qanday qilib bunday tuhmat qilyapsiz? Faqat kichik talabaning, boshqa masaladan kichik voqeadan boshqa va olti yuz ming talabadan hech qanday voqea sodir boʻlmagani qat'iy isbot qiladiki, Nur Talabalari osoyishtalikni muhofaza qilishadi." deb mot qilganlar.
Aziz qardoshlarim!
Bu safar motorli qayiqda Egʻrdirdan Barlaga ketayotib dengizning avval koʻrilmagan dahshatli boʻroni, Laylatu-l Qadrdagi dahshatli xastalik kabi zahmatini tashlab buyuk rahmatga vasila boʻlganini sizlarga xushxabar beraman. Olti doʻst bilan birga shahid boʻlish, yettidan olti ehtimol bor edi. Dengiz bizga keng qabr boʻlishga zamin tayyorladi. Lekin oʻsha holda takror-takror tajribalar bilan yomgʻirning Risola-i Nurga aloqadorligi va koʻp vaqtdan beri yomgʻirga qattiq ehtiyoj boʻlgan paytda, Risola-i Nurning yashirin dushmanlarining tahlikasidan va keng rejasidan qutulishga ishorat boʻlgan dahshatli holatimiz bir maqbul sadaqa oʻrniga oʻtganini ramz qildi. Rahmati Ilohiydan kelgan amr-i Rabboniy misolidagi ishtiyoq bilan yomgʻirning onasi boʻlgan bu dengiz, rahmatga doir amr-i Iloiyni oʻta hayajon va ishtiyoq bilan tez keltirish uchun, shafqat ta'ziri sifatida Nur Talabalari boʻlgan boshimizni ta'zir, yuz-koʻzimizni shafqat yomgʻiri bilan siladi. Biz bu holatni zohiran gʻazab, ma'nan shafqatli silash sifatida qabul qildik. Men yana boʻron va yomgʻir boshlamasidan avvaldan sezish hissi bilan bilganim uchun toʻxtamay "Javshan"ni va Shohi Naqshbandiyning virdini oʻqidim. Dengizning dahshati ichida kamol-i shavq bilan muborak dengizni qabr deb qabul qildim.
Bunday qazo bilan vafot etgan kishi shahid hukmida boʻlganidek, shahid esa valiy darajasida boʻlgani uchun, olti doʻstimga masalani aytmadim. Faqat bir bolaga bir oz achindim. Dengiz mavjlari ham juda katta, avvalo qayiqqa va zohiran bizga hujum qilishi bilan birga qayiqning ichiga kirmagani uchun kamoli sabr va shukr bilan qarshiladik va sohilga salomat chiqdik. "Alhamdulillai aʻla kulli hal" dedik...
Men ellik-oltmish yildan beri mutlaq kufrga qarshi, xalqni iymonga xizmat qilish va mutlaq kufrning natijasi boʻlgan anarxistlikdan qutqarish uchun butun kuchim bilan iymon xizmatidagi ixlosning natijasi boʻlgan sharafimni, haysiyatimni, hatto kerak boʻlsa hayotimni fido qilish bilan har bir tazyiqqa, maʻnosiz, keraksiz narsalarga qarshi sabr va bardosh qildim. Oʻttiz-qirq yildan beri iymoniy xizmat uchun, men haqimda pashshani fil qilib bir piyola suvda boʻron chiqarib menga azob berishgan boʻlsada, faqat iymoniy xizmatning bir natijasi boʻlgan osoyishtalik uchun sabr qilib, bardosh berdim. Masalan:
Besh mahkama huzurida kiyinishimga umuman aralashilmadi. Men davomli shaharlarni aylanib yuraman. Hatto Istanbulda mahkamada bir yuz yigirma politsiyachi boʻlsada, kiyimlarimga aralashishmadi. Ikki oy Istanbulda yayov yurganimda ham man etishmadi. Aralashishga hech kimning haqqi yoʻq. Chunki ham yakka yashayman, hamda masjidga bormayman. Jamoat joylarida yurmayman, ya'ni avtomobil bilan chiqaman. Zarurat boʻlmasa odamlar bilan gaplashmayman... faqat havo almashtirish uchun togʻlar boshiga va xoli joylarda yuraman. Ahli dunyoning holatimga, koʻrinishimga aralashishga hech qanday haqqi yoʻq.
Istanbulga eng muhim iymoniy masala uchun avtomobilda borayotganlarida, hozirgi Istanbulning ba'zi rasmiy odamlari yigirma jihatdan qonunsiz razda qonun nomiga Ustozimizni bir piyola suvda boʻrion qoʻptirib millionlar fidokor talabali boʻlgan zotga, pashsha qanotichalik ahamiyati boʻlmagan masala uchun rasmiy odamlarni joʻnatish yuz jihatda ahamiyatsiz, ma'nosiz va pashshani fil qilish hisoblanadi. Ustozimiz aytadilarki: "Modomiki iymon xizmatida toʻliq ixlos bilan anarxistlikni toʻxtatib, osoyishtalikni saqlashga sabr va bardosh kerak. Men shu sababli tinchligimni, haysiyatimni fido qilaman. Ulardan roziman, halol etaman."
Ustozimiz bu safar Istanbulga borishi munosabati bilan Istanbul prokuraturasidan tergov qilish uchun yoniga kelgan ikki xodimga: "Men avval ham bu masala uchun mahkamada tergov qilingan edim. Mahkama tekshirgan, natijada oqlagan edi. Boshqa soʻzim yoʻq." deb Samsun mahkamasiga borgan va Istanbul mahkamasida oʻqigan koʻrsatmalarini takroran aytdilar. Eskidan beri olgan bir necha xulosa borki, xastalagi tufayli boshini oʻrashga majbur va qattiq burun oqishi sababli va xastaligi bois tinchlikka va havo almashtirishga ehtiyoji bor. Bir yerda doimiy qolishi sihhatiga zarar qiladi. Avval ham kerak boʻlmagani uchun, bu xulosalarni koʻrsatish darajasiga tushmagan edilar, kerak deb bilmagan edilar.
Ham mening shaxsim, ham Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining sarmoyasini, oʻzlarini Risola-i Nurning xizmatiga vaqf qilganlarga maosh sifatida berish, xususan nafaqa olmaydiganlarga berish kerak.
Hozirgacha bir necha yildan beri maoshlari berilgan Nur talabalari, xoslarga ma'lum boʻlgan. Men yonimdagi qardoshlarimni oʻzimga voris qildim. Ular mening vazifanmi bajarishlari kerak. Birdamlikni ham toʻliq muhofaza qilishsin.
Ha, bu vasiyatnomani tasdiqlayman.
Ustozimiz umrining oxirida insonlarning suhbatidan man etilganini shundan tushundilar: bu davrda shaxsiyat jihatidan insonlarga zarar beradigan holatlar bor. Risola-i Nurning yoʻlidagi a'zamiy ixlos uchun bu xastalik berildi. Chunki bu davrda shon-sharaf pardasi ostida riyokorlik joy olgani uchun a'zamiy ixlos bilan "men"likni batamom tark etish kerak.
Doʻstlar uzoqdan ruhiga Fotiha oʻqishsin, ma'naviy duo qilib, ziyorat qilsinlar. Qabrimning yoniga kelishmasin. Uzoqdan Fotiha oʻqilsa ham ruhimga keladi. Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlos bilan "men"likni batamom tark qilish uchun bunga ma'naviy sabab his qilyapman. Oʻzini Risola-i Nurga vaqf qilgan yonimdagi talabalar navbat bilan qabrimning yaqinida boʻlib, bu ma'noni keraksiz ziyoratga kelganlarga bildirishsin.
Bosh vazir gapini tafsirlarga maqsadli tobe ekanini aytyapti. (Xususiy xabarchimizdan.)
Anqara: Bosh vazir Adnan Mandaras Koniyada gapirgan nutq sababli nashr etilgani sababli Zafar gazetasining bergan savollariga quyidagicha javob berdi:
"Koniyada Hukumat maydonida katta jamoat holida toʻplangan juda muhtaram Koniyalik vatandoshlarimga gapiradigan nutqning laiklik tasavvurimiz haqidagi qismini yomon niyatli kimsa qalamga olganida qanday soʻz oʻyini qilinganini men ham koʻrib afsuslandim. Bulardan bir qancha soʻzlarimning akani ukaga qirdiradigan mohiyatda ekanini, bir qismi oʻngchi siyosatdonlarga yoʻl ochganini va muqaddas narsalarni man etish olib tashlanganini, natijada turk inqilobining katta asoslaridan biriga ziyon yetkazganini ifodalagan.
Bu xabarlarda e'tiborimni tortgan jihat shuki Koniyadagi gaplarimning koʻzlangan maqsadlarga va qoʻlga kiritilishi istalgan natijalarga koʻra oʻzgartirilganidir. Masalaning yaxshilab tushunilishi uchun avvalo Koniyadagi gaplarimni yana bir karra va oʻsha kungi Onadoʻli agentligi nashr qilganidek takrorlashni istayman. Oʻshanda shunday degan edim:
Hozir sizga laiklik tushunchamizdan gapirishni istayman. Laiklik bir tomondan din bilan siyosatning bir-biridan ayrilishi, boshqa tomondan esa vijdon erkinligi ma'nosidadir. Din bilan siyosatning qat'iy suratda bir-biridan ayrilishi asnosida eng kichik shubhani ham qabul qilmaymiz. Vijdon erkinligi mavzuiga kelsak, Turk millati Musulmondir va Musulmon sifatida qoladi. Avvalo oʻziga va kelajak avlodlarga dinini oʻrgatishi, uning asosini va qoidalarini taʻlim berishi, abadiyyan Musulmon boʻlib qolishi tortishilmas asosdir.
Holbuki maktablarda din darsi boʻlmagunicha bolasiga dinni tuishuntirish va oʻrgatishni istagan vatandoshlar bu imkonlardan mahrum etilgan boʻlishadi. Musulmon bolasi dinini oʻrganishdek oʻta tabiiy haqdan mahrum qilinmasligi kerak. Bunday mahrumlik va imkonsizlik vijdon erkinligiga uygʻun deyilmaydi. Demak, oʻrta maktablarimizga din darslari qoʻyish oʻrinli ish boʻladi.
Dinsiz jamiyatning, millatning mavjudligini saqlab qolishiga ishonmaymiz. Eng rivojlangan millatlarning ham din bilan siyosat va dunyo ishlarini bir-biridan ayirgandan soʻng qay darajada dinlariga bogʻliq qolganini bilamiz. Bugungi saviya bilan asl millatimizga mutaassiblik tuhmati qabul qilib boʻlmas ish. Millatimiz diniga qattiq bogʻlanganichalik, umuman dinni eng pok tuygʻular bilan qabul qiladi. Musulmonlik millatimizning vijdonida eng musaffo holiga yetgan.
Musulmonlikni va uning asoslarini, farzlar va qoidalarni kiyinish bilan koʻrsatib oʻrgatadigan oʻqituvchilarimizning yetishtirilishiga alohida gʻayrat sarf etiladi. Keladigan yil litsey darajasida ilk bitiruvchilarini chiqaradigan Koniya Imom Xatib Maktabining yuqori saviyada din tahsili bergan ta'lim muassasasi holiga keltirilishi va bunga oʻxshagan oʻquv dargohlari yurtda koʻpaytirilsa, yaxshi boʻladi." degan.
"Koniya nutqining bu qismini muhtaram turk ziyolilariga takrorlagandan soʻng, shuni ahamiyat bilan bildirishni istaymanki: Bayonotim, har qanday oʻxshatishga joy qoldirmaydigan darajada ochiq. Qilinadigan sharhlarda, iddaolarda ushbu ochiq matnga sodiq qolish asos boʻlishi kerak. Hech kim mening aytgan gaplarimni oʻzgartirish haqqiga ega boʻlmaganidek, hech qachon aqlimdan oʻtmagan maqsad va niyatlarni menga tayantirishga hech kimning haqqi yoʻq."
(Hoshiya): Bosh vazirning Koniyadagi ahamiyatli nutqi uchun umum Nur talabalari va maktab oʻquvchilari nomidan bir tabrik yozmoqchi edim. Hozir qalbimga: Risola-i Nurning erkinligiga doir mudofaalarimizning va ahamiyatli advokatimizning ekspertlarga javobining orqasida shu nutqni Risola-i Nurning erkinligiga tegishli sabab va hujjat qilib, Onadoʻlidagi Musulmonlar va Nurning butun talabalarini unga ma'naviy kuch va duogoʻy qilish, Azon-i Muhammadiyning e'loni ularga qanday ma'naviy quvvat boʻlgan boʻlsa, bu nutq bilan Risola-i Nurning erkinligi ham unha ma'naviy kuch oʻrniga oʻtishi uchun unga tabrik oʻrniga, advokatimizning haqli mudofaasida bir hoshiya qildik. (*)
"Rahnamo"ni musodara qilish bahonalarini rad qilgan advokat Muhrining mudofaasi kabi Koniyada Bosh vazirning bu nutqi ham oʻsha bahonalarni rad qilgan haqiqat boʻldi.
(*) Bu mudofaa, Ashraf Adibning nashr qilgan kichik "Hayot Yoʻli"dadir.
Ustozimiz Said Nursiy aytyaptilarki:
"Modomiki Isparta mening haqiqiy yurtim ekan. Men ruhu-jonim bilan ushbu haqiqiy mamlakatimga va insonlariga xayr qozontirishni istayman. Hozir juda muhim boʻlgan xayr quyidagicha:
Afyon butun Risola-i Nur Kulliyotini qaytarib berib Islom olami, hatto insoniyat olamida juda katta xayrga sabab boʻldi. Sakkiz yildan beri qilinayotgan xatoni yoʻqqa chiqarib avf ettirdi. Muborak Isparta ham Islom olami nazarida Misr Jome'u-l Azhari va eski Shomi Sharif muborakligiga sazovor boʻldi. Albatta Risola-i Nurni egalariga qaytarib berish orqali hosil boʻladigan buyuk sharaf uchun Afyondan orqada qolmaydi. Balki yigirma marta oldinlab ketadi.
Ispartaning odil adliyasi vatanparvat demokrati va dindor xalqi ushbu xayr-i azimni yurtlariga qozontirish va Afyon sazovor boʻlgan sharafdan yuz marta koʻproq sharafni oʻziga olish uchun muborak Ispartaning mahsuli boʻlgan Nur Risolalarini qaytarib berishga harakat qilsin. Isparta deputati Tahsin Toʻla Anqara va Afyonning Risola-i Nurni qaytarib berib yuz kishichalik foyda berib, ushbu xayr-i azimning yarmini Ispartaliklarga qozontirdi."
Ustozimiz ilm izzatini muhofaza qilish uchun eski vaqtlardan beri eng katta raislarga xorlanmadi. Ham odamlarning hadyasini qabul qilmas edilar. Endi esa Ustozimiz ham zaif, ahli ilmga ruxsati boʻlgan hadyani xasta boʻlgani uchun ola olmaydilar. Hatto biz xizmatkorlaridan ham eng kichik narsani evazsiz yeya olmaydilar. Yesalar, xastalanadilar. Bu holati, hech narsaga vosita boʻlmagan Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun, xastalik suratini oldi va xastalik bilan bu qoidasini buzishdan man qilyapti degan e'tiqoddamiz.
Hatto Risola-i Nurning har tarafga nashr va tarqalishining katta bayrami munosabati bilan ahl-i ilmga kerak boʻlgan qoʻl bilan koʻrishishdan, suhbatdan, ushbu muborak bayramda ham eng xos talabalari va qardoshlari bilan va u kishiga qaralishidan ham qattiq siqilib, a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun xastalik holatiga tushib man qilingani eslatildi.
Hatto muborak bayramda qattiq xastalangani uchun talabalariga: "Mening qabrimni oʻta yashirin joyda, bir-ikki talabamdan boshqa hech kim bilmasligi shart. Buni vasiyat qilaman. Chunki dunyoda suhbatdan meni man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan soʻng ham shunday qilishga majbur qildi." deganlarini koʻrdik.
Biz Ustozimizdan: "Qabrni ziyoratga kelganlar Fotiha oʻqiydi, xayr qozonadi. Qanday hikmatga binoan qabringizni ziyorat qilishni man qilyapsiz?" deb soʻradik.
Javobiga Ustozimiz: "Bu dahshatli davrda eski vaqtdagidek Fir'avnlarning dunyoviy shonu-sharaf orzusida haykal, rasm va mumlashlar bilan inson e'tiborini oʻzlariga qaratishgani kabi, "men"lik va xudbinlik sababli gʻaflat bilan haykal, rasm va gazetalar vositasida e'tiborni, ma'no-i harfiydan ma'no-i ismiy bilan oʻzlariga toʻliq qaratish va uxroviy istiqbol emas, dunyoviy kelajakni maqsad qilib, eski davrdagi Alloh uchun ziyorat oʻrniga ahli dunyo qisman bu haqiqatga muxolif oʻlikning dunyoviy shonu-sharafiga koʻproq ahamiyat beradi, bu shaklda ziyorat qilishadi. Men Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni yoʻqotmaslik uchun va ixlos sirri bilan qabrimni bildirmaslikni vasiyat qilaman. Ham sharqda, ham gʻarbda kim boʻlsa boʻlsin, oʻqigan Fotihalar ruhga boradi.
Dunyoda meni suhbatdan man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan soʻng ham bu suratda meni savob jihatidan emas, dunyo jihatidan man qilishga majbur qiladi." dedilar.
[Ustozimizning Afyon Mahkama Hay'atiga joʻnatgan murojaatning nusxasi.]
Bugun sizni tabriklab, tashakkur qilishga Afyonga keldim. Koʻpdan beri kitoblarimizning zoye boʻlmasligi uchun yaxshi saqlangani uchun tashakkur bildiraman. Endi Anqaraga joʻnatayotgningiz uchun sizni tabriklayman. Oʻn yil avval xususiy shaklda bir kishining boshqa birovga yozgan va ba'zan mening nomim bilan yozilib imzoim boʻlmagan va nashr qilinmagan xususiy maktublar avvalroq mahkamangizda tekshirilib, javobgar boʻladigan ayb topa olmaganingiz uchun e'tibor berilmagan edi.
Vaqt oʻtishi bilan, nashr qilinmagan va avf qonunlari qoʻllanilgan, ma'lumotim boʻlmadi va Risola-i Nur kitoblari bilan aloqasi boʻlmagan maktublarni, yangidan e'tiborga olish, ham adolatlilar ham ekspertlarni keraksiz mashgʻul qiladi. Shuning uchun unga vaqt sarflamasligi va ishimizni kechiktirilishi uchun mazkur xususiy maktublarim, muborak kitoblarga qoʻshilmasligini adolatingizdan umid qilamiz.
Ushbu muborak adliya ikki marta kitoblarni oqlab, qaytarishga hukm qilgan boʻlsada, ba'zi sabablarga binoan qolgan xuddi oʻsha kitoblarning ba'zan hammasini ba'zan qoʻlga tushgan qismini besh mahkama qaytarib bergani va besh Ichki Ishlar idorasi egalariga qaytarib berganini sizga xabar beramiz. Inshaalloh adolatingiz va husni zonningiz bu safar ham qaytarib berishga sabab boʻlar.
Hurmatli Adnan Mandaras!
Oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan Ustozimiz Badiuzzamon Hazratlari, hozir Qur'on, Islomiyat va vatan uchun butun kuchi va talabalari bilan, darslari bilan demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini muhofaza qilishga harakat qilayotganini, biz Demokrat partiya mansublari va Nur Talabalari qat'iy xulosa qildik.
Ustozimizdan, nima uchun Demokrat partiyani muhofaza qilishga harakati sababini soʻradik. Javoban shunday dedilar:
"Agar Demokrat partiya ketsa, yo Xalq partiyasi yoki Millat partiyasi boshqaruvga keladi. Holbuki Xalq partiyasi, Ittihodchilarning buzuq qismining jinoyatlari va jumhuriyatning birinchi raisining Savr Kelushuvi bilan oʻta siyosiy hiylalari sababli, oʻn besh yilda qilgan ishlarining katta qismi toʻliq eski partiyaga yuklangani uchun, bu asl turk millati ixtiyori bilan u partiyani qat'iyyan boshqaruvga keltirmaydi. Chunki xalq partiyasi boshqaruvga keladigan boʻlsa, komunist kuchi xuddi shu partiyaning ostida bu vatanga hokim boʻladi. Holbuki Musulmon qat'iyyan komunist boʻla olmaydi, anarxist boʻladi. Musulmon hech qachon ajnabiylar bilan qiyoslanmaydi. Shuning uchun ijtimoiy hayot va vatanimizga dahshatli tahlika tashkil qilgan bu partiyaning boshqaruvga kelmasligi uchun Demokrat partiyani, Qur'on, vatan va Islomiyat uchun muhofaza qilishga harakat qilyapman."
"Millatchilarga kelsak: Agar bu partiyada faqat Islomiyat asos boʻlsa, {(Hoshiya) Islomiyat millati hamma narsaga kifoyadir. Din, til bir boʻlsa, millat ham birdir. Din bir boʻlsa ham, millat birdir.} Demokrat partiyaga yordam berganidek, muxolif va dushman boʻlmay, boshqaruvga kelishiga urinmaydi. Agar partiyada: Irqchilik va turkchilik fikri asos boʻlsa, haqiqiy turk boʻlmagan bu vatandagi xalqning faqatgina oʻnda uchi turk, qolgan qismi boshqa millatlarga aralashgan. Agar hurriyatning boshida boʻlganidek, bu asl va ma'sum turk millati zarariga millatchilik taragirligi yuzaga kelsa, haqiqiy turklarni ajnabiylar boʻyinturugʻi ostiga kirishga majburlaydi. Yoki turklashgan boshqa qismdan boʻlgan va bu vatanda mavjud irqchilik va toifachilik hissi bilan bir ajnabiyga tayanib ma'sum turk millatini bosimi ostiga olishadi. Bu holat esa dahshatli, tahlikali boʻlgani uchun, Qur'on, vatan va millat uchun dindor va dinga hurmatkor Demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini ta'min qilishlari uchun dars beryapman." dedilar.
Hurmatli Adnan Mandaras,
Butun maqsadi vatan va millat salomati uchun uringan va dars bergan Ustozimiz Badiuzzamon kabi muborak va muhtaram zotning Demokrat partiyasiga qilgan yordamini koʻra olmagan Xalq partiyasi va Millat partiyasi a'zolari boshqaruv partiyasi qilayotgan koʻrsatib turli-tuman bahona va aziyat qilib Ustozimizni Demokrat partiyasidan sovutish uchun bor kuchi bilan harakat urinayotganiga qanoat hosil qildik.
Sizdek "Dinning amrlarini bajaramiz, din bu yurt uchun hech qanday tahlika tashkil qilmaydi", degan bosh vazirdan, vatan, millat, Islomiyat uchun partiyamizga buyuk moddiy va ma'naviy yordami tekkan muborak Ustozimizning kitoblarining va oʻzlarining toʻliq ozod qilib, boshqa umuman bezovta qilinmasligini ta'minlanishini hurmat va ehtiromlarimiz bilan iltimos qilamiz.
1. Komunist, dinsizlik jarayoni. Bu jarayon yuzda oʻttiz-qirq kishiga zarar berishi mumkin.
2. Eskidan beri mustamlakachilarning turklarga aloqalarini uzish uchun Turkiya doirasiga dinsizlikni yoyish uchun buzgʻunchilik qoʻmitasi nomli qoʻmita. Bu ham yuzda oʻn-yigirma odamni buzishi mumkin.
3. Gʻarblashish va Xristianlarga oʻxshash va bir nav Purutlik yoʻnalishini musulmonlar ichiga joylashtirishga uringan va dinda hissasi boʻlmagan bir qancha siyosatchilar hay'atidir. Bu jarayon yuzda, balki mingdan bir kishini, Qur'on va Islomiyatga qarshi qoʻyishi mumkin.
Biz Qur'on xizmatkorlari va Nurchilar avvalgi ikki jarayonga qarshi doim Qur'on haqiqatlarini muhofaza qilishga harakat qilganmiz. Mumkin boʻlganicha dunyo va siyosatni kuzatmaslikka yoʻlimiz majbur qiladi. Hozir qarashga majbur boʻldik. Koʻrdikki:
Demokratlar avvalgi ikki dahshatli jarayonga qarshi bizga (Nurchilarga) yordamchi hukmida boʻlishadi. Ularning dindor qismi doim ikki dahshatli jarayonga qarshi boʻlishni yoʻllari taqozo qiladi. Faqat dinda hissasi kam boʻlgan bir qancha gʻarblashish va gʻarblilarga toʻliq oʻxshash yoʻlini tutganlar, uchinchi jarayonga yordam qilishyapti.
Modomiki u jarayonning yuzda faqat birini, balki mingdan birini Purutlar va Xristian kabi qilishga aylantirishi mumkin. Chunki Angliya ikki yuz yilda bosib olgan ikki yuz million kishidan hatto ikki yuz kishini ham Purutlikka aylantira olmagan va olmaydi. Tarixda hech qachon bir Musulmon xristian boʻlgani va oʻzi ishonib boshqa dinni Islomiyat oʻrniga tanlagani eshitilmagan. Boshqaruv partiyasidagi oz qism, din zarariga siyosat nomidan uchinchi jarayonga yordam bersa ham, modomiki Demokratlar partiyasing yoʻli narigi ikki katta jarayonning toʻxtashiga va daf qilishga majburiy vazifasi boʻlgani uchun, bu vatan va Islomiyatga katta foydasi tegishi mumkin.
Bu jihatdan biz Demokratlarni boshqaruvda qoldirishda Qur'on manfaati uchun oʻzimizni majbur deb bilamiz. Ulardan yaxshilik kutish emas, balki dahshatli, boshdagi ikki jarayonga ularning siyosati boʻyicha qarshi boʻlgani uchun, ularning oz qismi dinga qilgan zarari, vujudning boʻlinishi evaziga, faqat bir barmoqni kesish kabi juda kichik zarar bilan kulliy zarardan qutulishimizga sabab boʻlishadi, deb bilganimiz uchun, boshqaruv partiyasi foydasi uchun ahl-i dinni yordamga chaqiramiz. Dinga hurmati yoʻq qismini ham jiddan ogohlantirib, "Diqqat! Tez Islom haqiqatlarini tuting", deb eslatamiz. Vatan, millat va ularning hayoti, baxti, Qur'on haqiqatlariga tayanish va butun Islom olamini orqasiga ehtiyot kuchiga aylantirish va Islomiy birodarlik bilan toʻrt yuz million qardoshni topish va Amerika kabi din foydasi uchun jiddiy harakat qilayotgan ulkan davlatni oʻziga haqiqiy doʻstga aylantirish, iymon va Islomiyat orqali boʻladi.
Biz barcha Nurchilar va Qur'on xizmatkorlari, ularga ham xabar beramiz, ham Islomiyatga xizmatda muvaffaqiyatlariga duo qilamiz. Hamda iltimos qilamizki: Bu yurtning ahaiyatli mahsuli va vatanda va hozir Islom olamida juda katta foydasi va xizmati boʻlgan Risola-i Nurni, musodara qilinishdan qutqarib nashr qilinishiga xizmat qilishsin. Bu vatandagi dindorlarni oʻzlariga tarafdor qilishsin va salomat topishsin.
Yigirma toʻqqiz yil boʻldi, ellik yildan beri menga qarshi yashirin dushman qoʻmitalar butun hiylalari bilan adliyani, hukumatni menga qarshi harakatlantirishga urinib, har hiylani qoʻllab qarayapti... bir yuz oʻttiz kitobimni, minglab maktublarimni tekshirib tadqiq qilish uchun adliyaning e'tiborini qaratdi. Besh adliya qat'iy oqlab, barcha kitoblarni aybi yoq deb, qaytarib berishga hukm qilishdi. Oʻtgan Malatiya hodisasi munosabati bilan yana yashirin dushmanlarimiz hukumat va adliyaning e'tiborini bizga qaratishga urinishsada, yigirma uch mahkama "Ayb topa olmayapmiz", deyishgan.
{(Hoshiya): Dengizlida butun Risola-i Nur qismlarining qaytarib berilishi,
Istanbul va Anqarada qoʻlga tushgan butun risolalarni qaytarib berishi,
Tarsus-Mersinda qoʻlga tushgan barcha risolalarni qaytarishlari,
toʻrt oy Anqarada butun risolalarni tekshirib, qaytarishga va oqlashga hukm chiqarishlari va oʻsha oqlanish va qaytarilishni Oliy sud toʻrt marta tasdiqlashi,
eng koʻp uringan Afyon toʻrt yil oʻtib ikki marta oqlab, qaytarishga hukm chiqarishi koʻrsatadiki, adliyalar toʻliq haqiqiy adolat bilan ish qilishdiki, yangi narsalarning ahamiyati qolmayapti.}
Mendek dunyo ahli bilan munosabati juda kam va Risola-i Nur kabi haqiqatni hech narsaga fido qilmagan, bir yuz oʻttiz kitobida bizga qarshi buncha bahona qidirganlar boʻlsada, hech qanday ayb topa olmasligi va faqat Eskishaharning bitta masala boʻlgan tasattur-yopinishdan boshqa ayb topa olmasligi va u masalaga ham javob berilgandan soʻng vijdonan xulosa chiqarishi... holbuki, Nur talabalari kabi taqvoga tarafdor boʻlgan kishilardan bitta odamning oʻn maktubida oʻn kunda javobgarlikka tortiladigan ba'zi moddalar topilishi kerak. Buncha koʻp narsada adliyalar javobgarlikka tortiladigan narsa koʻrsata olmasligining sababi ikki narsadan xoli boʻlmaydi:
Yo qat'iyyan inoyat va hifzi Ilohiy bor, bu tomondan marhamatini, rahimiyatini Nur talabalari, Qur'on xizmatkorlariga koʻrsatyapti. Ishimizni koʻrgan butun adliyalarni gʻaroyib adolatga va hech qanday jihatda haqsizlik qilmaslikka va bizga qarshi minglar sabablar boʻlsada, Qur'oniy muqaddas haqiqatning xizmatiga yordam berishdi. Biz ham butun ruhu-jonimiz bilan ularga tashakkur bildiramiz.
Eski davr adliyalari oldida podshohlar, fuqarolar bilan birga tiz choʻkib muhokama qilinishi, Hazrati Umar (R.A.) adolati davrida oddiy Xristian bilan Hazrati Ali (R.A.) oddiy yahudiy bilan mahkamaga chiqishi bilan koʻrsatilgan, adliyadagi haqdan boshqa hech narsaga vosita boʻlmasligini koʻrsatgan adliya adolatining ushbu azim sirriga bizga aloqador adliyalar (bizga tegishli tomonidan) sazovor boʻlgan. Shuning uchun sakkiz yildan beri buncha qiynoqlar, qamoqlar, tazyiqlar koʻrgan boʻlsamda, hech bir adliya xodimiga ushbu azim sirga binoan nafaqat achchiqlanish va badduo, aksincha qalban minnatdorlik, bir jihatdan tashakkur, tabrik bor.
Aziz, siddiq, vafodor, fidokor qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan favqulotda nuroniy iymon xizmatingizni tabriklayman.
Ikkinchidan: Anqarada dindor Ahrorlarning majlisida menga Diyonat Riyosati idorasida mansab berilishiga qattiq istashlari, Madrasatu-z Zahroning Nur Talabalarini, bu masalada menga qabul qildirish uchun vosita qilishlariga qarshi aytamanki:
Majlisda buni taklif qilgan deputatlarga va dindor doʻstlarga koʻp tashakkur bildirib, koʻp salom aytamiz va muvaffaqiyatlariga koʻp duo qilamiz. Men juda zaif, ogʻir xasta, keksa, qabr eshigida va abgor boʻlganim uchun, muqaddas vazifani qilishga iqtidorim yoʻq. Mening oʻrnimga Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi Nur shogirdlarining xos, xolis va Islomiyatning haqiqiy fidokorlarning ma'naviy shaxsiyati, muqaddas vazifani hozirgacha gʻayri rasiy, parda ostida qilishgani kabi, inshaalloh rasmiy shaklda ham qilishadi. Ularga havola qilamiz.
[Iymonning dunyoda ham bir nav Jannat lazzatini shaxsiy hayotimda ta'minlaganiga doir:]
Men toʻqqiz yoshimdan beri shafqatli volidamni koʻrmaganim uchun suhbatida boʻla olmadim.
Hurmatli muhabbatdan mahrum qolganim,
uch singlimni ham oʻn besh yoshimdan soʻng koʻrmaganim,
Alloh rahmat qilsin, volidam bilan birga barzoh olamiga ketishgani uchun, dunyoning juda zavqli, lazzatli birodarlik suhbatlaridan, marhamat va hurmatdan mahrum qolganim uchun,
uch ukamdan ikkitasini ellik yildan beri koʻrmaganim uchun (Alloh ularni rahmat qilsin),
ikki qiymatli, dindor, olim ukamning suhbatlaridan,
hurmatkor muhabbat, marhamatli shafqatdagi sevinchdan mahrum qolganim uchun
- bu dunyoda Risola-i Nurdan iymonda Jannat urugʻi boʻlganini koʻrsatgani kabi, bugun xizmatimdagi toʻrt fidokor ma'naviy avlodlarim bilan bir sayohat qilgan vaqtim, qalbimga iymondagi Jannat urugʻining bir zarrasi qat'iyyan eslatildi.
Umrimda yakka qolganin uchun, dunyoda farzandlarim boʻlmagani uchun, bolalarga shafqatli lazzatlaridan, xursandchiliklardan ham mahrum qolganim bilan birga, bu kamchilikni his qilmas edim. Bugun toʻrt yaram evaziga Janobi Haq oʻta zavqli ma'noni ehson etdi. Uch jihatdan davoladi.
Birinchisi: Risoal-i Nurda bayon etilgan hadis-i sharifdagi عَلَيْكُمْ بِدِينِ الْعَجَائِزِ sirri bilan, keksa ayollarning Risola-i Nur tomondan gʻaroyib foydalanishlari va ruhoniy lazzatlari marhuma volidamning marhamatli xususiy shafqatidan kelgan lazzat evaziga menga kulliy va umumiy shaklda minglar volidalarni rahmat-i Ilohiya ehson qildi. Shuning kabi, uch marhuma singillarimning shafqatli, qardoshona sevinch va xursandchiliklari evaziga, yuz minglar yosh ayollarni menga singil sifatida Risola-i Nur jihatidan berib, duolari bilan va Nurlar bilan aloqalari bilan singillarim sababli men yoʻqotgan uch foyda oʻrniga minglar ma'naviy foyda va ruhiy sevinch ehson etdi.
Ikkinchi qismning haqiqat ekaniga koʻp dalil va belgilari bor, qardoshlarim bilishadi. Ham marhum qardoshlarim vafoti bilan fidokorlik bilan dunyodagi moiddiy-ma'naviy yordamlaridan, muhabbat va shafqatlaridan mahrum boʻlganim evaziga, rahmat-i Ilohiya xususiy ikki uch qardosh oʻrniga yuz minglar haqiqiy qardosh kabi haqiqiy shafqat, yordam bergan, hatto nafaqat dunyo hayotini, balki uxroviy hayot sarmoyasini ham Risola-i Nurning xizmatida menga yordam berish uchun fidoiy qardoshlarni ehson etdi.
Dunyoda farzandlarim boʻlmagani uchun, bolalarga nisbatan oʻta zavqli shafqat ustunligidan mahrum boʻlghanim evaziga, bir-ikki bola shafqati oʻrniga kelajakda Risola-i Nur bilan oziqlanishlari jihatidan xususiy, juz'iy uch shafqatli holatni yuz minglar ma'sumlarga aylantirdi. Bunga doir koʻp belgilar bor. Hatto menga xizmat qilganlar bilishadiki, ma'sum bolalarning menga nisbatan Bolvadinda va Amiqrtogʻdagi aksar yoʻllarda ota-onasidan oʻta koʻproq shafqat, hurmat, bogʻliqlik koʻrsatishlari juz'iy, shaxsiy, xususiy zavq, lazzat va shafqatli hurmatni minglar kulliy va umumiy suratga aylantirganiga koʻp misollar bor.
Bir qancha muborak ruh sohiblarida avvaladan sezish hissi kabi, ma'sum bolalarning avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurninig ularga dunyoviy, uxroviy otalik bilan tarbiya qilish va muhofaza qilishini ruhlari his qilganki, Nurning xizmatkoriga ota-onalaridan ham qattiq hurmat koʻrsatishdi.
Hatto men umuman koʻrmagan, tanimagan uch yoshli qizcha yalang oyoq bilan tikanlarni bosib, yugurib keldi. Hatto juda koʻp doʻstlarim Bolvadinda boʻlgani uchun, avtomobil bilan juda tez ketayotgan boʻlsakda, qutula olmadik. Hatto hamma joyda meni umuman eshitib-koʻrmagan boʻlishsada, ota-onasiga koʻrsatgan aloqani koʻrsatishlari men haqimda, nafsim, havasim jismoniy jihatda ham iymonda Jannat urugʻi borligini koʻrdim.
Ustozimizni ziyorat qilish uchun kelib koʻrisha olmagan kishilar va biz koʻrishmay ketganlarninig hurmatini ketkazmaslik uchun Ustozimizga yashirin gʻaroyib bir ruhiy holatlarini bayon qilishga majbur boʻldik. Hatto bugun bir oz e'tiborsizligimiz tufayli, oʻta muhtoj boʻlgan xizmatimizni tugatishga niyat qilgan boʻlsada, hozirgi yozadigan narsa esga keldi, bizni ham avf ettirdi, halol qildi. Haqiqat quyidagicha:
Biz qat'iyyan angladikki: Ustozimiz aksar hayotini yakka holda oʻtkazgani kabi, butun hayotida hadyalarni qabul qilmaslik va evazsiz hadyalar u kishini xasta qilgani kabi, hozir hurmat va doʻstlik jihatidan u kishi bilan koʻrishish oʻta ogʻir keladi. Hatto takror-takror tushuntirdik: Qoʻl bilan koʻrishish, qoʻlini oʻpish u kishiga musht urish kabi ruhan ta'sir qiladi. U kishiga qarashdan, razm solishdan ham qattiq ta'sirlanadilar. Hatto biz xizmatlarida boʻlsakda, zarurat boʻlmasa, qaray olmaymiz. Buning sirri va hikmatini qat'iyyan angladik:
Risola-i Nurning asos yoʻli haqiqiy ixlos hisoblangani uchun, hozir Ustozning boshda koʻrinishi, u kishi bilan suhbat qilish, qattiq hurmat koʻrish, ushbu "men"lik davrida nafsparastlik, riyokorlik, sun'iylik alomati boʻlib, u kishiga qattiq botadi. Chunki: "Men bilan koʻrishishni istagan kishi, agar oxirat uchun, Risola-i Nur uchun boʻlsa, Risola-i Nur menga qat'iyyan ehtiyoj qoldirmagan. Millionlar nusxasining har biri oʻn Saidchalik foyda beradi. Agar dunyo tomonlama va unga oid ishlar uchun boʻlsa: U kishi dunyoni shiddat bilan tark etganlari uchun, unga oid narsalar moloya'ni, vaqt zoye qilish boʻlgani uchun, jiddan siqiladilar. Agar Risola-i Nurning xizmatiga, tarqalishigva oid boʻlsa, menga xizmat qilgan haqiqiy fidokor talabalarim, ma'naviy avlodlarim va qardoshlarim mening oʻrnimga koʻrishishlari kifoya qiladi, menga umuman ehtiyoj yoʻq. Uzoq joylardan, olis yurtlardan kelganlar bilan birga boshqa qardoshlarimiz ham ranjimasinlar. Chunki oʻn yildan beri har tong oʻqigan va boshqalar u kishini vakil qilgan virdlarni oʻqishlarida savobni bagʻishlagan vaqtlari aytadilarki:
"Ya Robbi! Men bilan koʻrishish uchun kelib, koʻrisha olmay ketganlarning amal daftariga ham yozilsin." deb ruhlariga hadya qiladilar. Ustozimizning bu holini qardoshlarimizga bayon qilamiz.
[Ileri Gazetasining 13 Aprel 1957 yildagi nusxasidan olindi:]
Ustoz Badiuzzamonning barakatli qoʻli bilan yangi masjidning tamali qoʻyildi.
Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy "3-Ta'lim Tumani" jome'i tamalini qoʻydi. (Isparta xususiy muxbirimiz bildirdi.)
Ispartaning oʻtgan yillarda tashkil qilingan Uchinchi Ta'lim Tumani uchun qurilishiga qaror chiqarilgan masjidning tamali, tashkil etilgan katta marosimda qoʻyildi. Tadbirga Ispartadagi Risola-i Nur muallifi Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlari ham taklif qilingan edilar. Buyuk aloqa bilan qarshilangan Ustoz, tabdirdan soʻng barakotli qoʻllari bilan ilk tamal toshini qoʻydilar va duo qildilar.
Biz Nur shogirdlari Ustozimizning xizmatida va yoʻlida boʻlganimiz uchun siyosat bilan aloqamiz yoʻq. Lekin Demokratlar Nurlarning nashriga ruxsat berishgani va eskidan beri Nurni man qilishga doir zulm qilishmagani uchun, ularning hurmati uchun saylovga aloqador boʻldik. Avvalgidek bu safar ham Demokratlarga Nurchilarning koʻp foydasi tegdi. Ustozimiz va Nurlarga eng koʻp foydasi tekkan eski Adliya Vaziri Husayn Avniy va Senirkent deputati Tahsin Toʻla barchadan ham koʻra koʻproq yutishlari kerak edi. Lekin yuta olishmagani bizni juda xafa qildi, deb Ustozimizga aytdik. U kishi javoban aytdilarki:
"Xafa boʻlmanglar. Men ham siz bilan birga ularni tabriklashimiz kerak. Chunki ikki yil ichida hukumatga, vatanga, millatga, dinga, osoyishtalikka ellik yilchalik xizmat qilishganiga qat'iy dalil shuki, Ustozimizning karomat bilan murojaat qilmay "Rahnamo"ning qutulishini istagan onda musodara qilingan ikki yuz "Rahnamo"ning qaytarib berilishi boʻladi. Undan ikki yuz ming kishi "Rahnamo"dan foydalanib duo qilishdi. Tahsin Toʻlaning ahamiyatli xizmati bilan "Soʻzlar" majmuasi rasman Anqarada chop etilishi, ham osoyishtalikka, ham Demokratga, ham bu vatan va millatga yuz yil deputatlik qilgandek foydasi tegdi.
Ularga buncha ma'naviy, haqiqiy, xususan boqiy va uxroviy foyda yetadi. Bir ikki yil mansab va deputat boʻlish boqiy olmos kabi xizmatlarini, sinadigan foniy shishaga vosita qilmaslik kerak. Shuning uchun men ularni tabriklayman. Siz ham ularni tabriklang, duo qilinglar. Hatto men Tahsin Toʻlaning yana Nurlarga xizmat qilishi uchun deputat boʻlishini istadim. Lekin avvalgi xizmati kifoya qiladi. Eshikni ochdi, boshqa ehtiyoj qolmadi."
(Hoshiya): Ustozimiz aytdilarki: Dunyo jihatidan deputat boʻlmagani uchun bir miqdor banknot yoʻqotdi. Uning xizmati bilan "Soʻzlar" majmuasining nashri orqali millionlab insonlar ichida faqat mening hissam evaziga biror narsa kerak boʻlganda, (ellik ming liralik foydasi tegdi) agar pulim boʻlganda, katta qismini bergan boʻlar edim. Bu haqiqatni e'tiborga olib, yana deputat boʻlganida, bu haqiqat e'tiborga olinmas edi. Shuning uchun ba'zi dinsiz zolimlarning qoʻli bilan yutmagani uchun xafa boʻlmasin.
Ashraf Adib nashr qilgan "Hayot Yoʻli"ning oʻttizinchi sahifasidagi Saidning xususiyatlaridan oltitadan yettinchi namunasi boʻlgan umrida hadyani evazsiz qabul qilmaslik, qanoat va tejamkorlik asosida, oʻta faqirligi bilan birga oltmish-yetmish yil avvalgi oʻz talabalarining maoshini ham oʻzlari bergan ajib holatning hozirgi misoli va bir sirri necha yildan beri anglashildi deb, buni vasiyatnomaning oxiriga yozish vaqti keldi.
Ha, oʻta faqirlik va behojatlik va hadya olmaslik bilan birga, Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, man etilmagan daktilo mashinkasi orqali yoyilgan Risola-u Nur bergan sarmoya bilan hozir ma'naviy Madrasatu-z Zahroning toʻrt-besh viloyatda hayotini Risola-i Nurga vaqf qilgan va nafaqasi uchun ishlarga vaqt topa olmagan fidokor Nur talabalarining maoshiga ajib barakat bilan kifoya qilgan va Nur nusxalarining bahosi boʻlgan muborak sarmoyani men vafot etganimdan soʻng xolis, fidokor qardoshlarimga vasiyat qilaman. Oltmish-yetmish yil avvalgi qoidamni yetmish yil keyingi hozirgi dasturlarimga aynan tatbiq qilishsin. Inshaalloh Risola-i Nur erkin chop etilsa, u dastur yana koʻproq kengayadi.
Hayratlanarlisi shundaki, eski vaqtlar Avqofdan besh talabaning maoshini Vanda Eski Said qabul qilgan edi. Oʻsha oz pul bilan ba'zan talabasi yigirmaga, oʻttizga, oltmishgacha chiqsada, oʻz talabalarining maoshini oʻzi berar edi. Qanoat va tejamkorlik barakoti va besh-olti mavzer toʻpponchasini sotib behojatlik qoidasini buzmadi. Oʻshanda mashhur Tohir Posho kabi koʻp yordamchilar boʻlsada, qoidasini buzmagan edi. Oltmish-yetmish yillik hayot dasturini gʻaybiy ishorat bilan oltmish-yetmish yil oʻtib qanoat va behojatlikning mevasi sifatida Ilohiy inoyat bilan ehson etildi. Buncha mahkamalar, man qilinishlar, musodaralar va eski harflarga ruxsat berilmaslik bilan birga, necha yildaki toʻrt-besh viloyat kengligidagi ma'naviy Madrasatu-z Zahroninig fidokor talabalarining maoshini Risola-i Nurning oʻzi hadya qildi.
Holbuki oʻsha nusxalarning muhim qismi hadya sifatida atrofga evazsiz va Islom olami va Ovrupoga joʻnatgan va qoʻlidagi nafaqasini Nurni koʻpaytirishga sarf qilgan boʻlsada, Nurning nusxalari ajib tarzda ham oʻziga, ham xolis fidokorlariga kifoya qilishi eski davrdagi gʻaybiy ishoratining chiroyli mevasi va hikmati borligiga qat'iyyan xulosa qilganim uchun, vasiyatnomamning oxirida bayon qilaman.
Bu vasiyatnoma mendan keyin qoladigan maosh ichiga ham qoʻyilsin. Ba'zi insofsiz kishilar "Said kuniga besh-oʻn tiyin bilan yashagan va hech kimdan pul olmagan boʻlsada, bu merosi yuzlar lira chiqyapti, qayerdan oldi?" demasligi uchun, bu haqiqatni izhor qilish munosib boʻladi.
Ma'naviy avlodlarim, fidokor xizmatkorlarim boʻlgan Zubayr, Jaylon, Sungur, Bayram, Husnu, Abdulloh, Mustafolar kabi va xos, xolis Nurning qahramonlari boʻlgan Xusrav, Nazif, Tohiriy, Mustafo Gul kabi kishilar nazoratida dasturimning muhofaza qilinishini vasiyat qilaman.
Ba'zi muxolif gazetalar Risola-i Nur talabalariga takroran "tariqat qurdi" degan tuhmat qilganini koʻrdik. Buning haqiqat bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu xusus Risola-i Nur ishini olib borgan yaqin Ogʻir Jazo Mahkamasining uzil-kesil hukmi bilan aniqlangan. Tariqatga doir eng kichik belgiga, oʻz vaqtida musodara qilinib soʻng hech qanday shartlarsiz egalariga qaytarib berilgan Risola-i Nur kitoblari va maktublari orasida uchramagan.
Aksincha Ustozimiz Said Nursiyning maktulari va mudofaalarida qat'iy til bilan aytganlaridek: "Davr tariqat davri emas, iymonni qutqarish davridir. Tariqatsiz Jannatga kirganlar koʻp, faqat iymonsiz Jannatga kirganlar yoʻq." ifodasi bor. Bu ochiq-oydin va butun mahkama a'zolari va prokurorlarning oʻttiz yildan beri tariqat xususida eng kichik dalilga ham uchramaganiga javoban, dinni yoʻqotishni istagan va bugungi Islomning yoyilishini hazm qila olmagan, dinga loqayd, hatto qarshi guruh Islom haqiqatlarini tariqat deb nomlab oʻz qarashi foydasiga bu vatanda zamin tayyorlash harakatidadir. Albatta har safar boʻlganidek, yashirin dinsizlarning oʻyinlari bilan, rejalari bilan tayyorlangan bu hodisa, vatan va millat foydasiga aks etadi. Oydin va Nazilli mahkamalari ham eski adolatli hamkasblariga ergashib, Nur shogirdlarini oqlashadi.
Risola-i Nurning butun vatanda, hatto Islom olami va Ovruponing juda koʻp joylarida husni qabulga sazovor boʻlishi va Turklarni olami Islomda eski birdamligiga muvaffaq qiladigan dunyoviy samarasi Nur shogirdlarining niyatida boʻlmay natija berishi va hukumatning shaxsan Islomiyatga, dinga, vijdon hurriytiga toʻliq baho berib eski hukumatning buzgʻunchiliklarini ta'mirlashga harakati va muqaddas narsalarga tajovuz qilganlarni jazolash haqida qonun chiqarishga tashabbus qilishi kabi juda koʻp musbat va rohatlantiruvchi hodisalar boʻlayotgan paytda, aslsiz masala bilan muammo chiqarish, hukumat va Islomiyatga qarshi boʻlgan kimsalarning mahsuli ekaniga aslo shubha qilmaymiz.
Yolgʻonlarning bir necha dalili:
Ustozimiz Said Nursiy uchun vijdonsizlar "Bir shoh va podishoh kabi yashayapti, kelgan yordamlar bilan tirikchilik qilyapti", deb ochiq-oydin tuhmat qilishdi. Said Nursiy, amakisining shoʻrvasini ham ichmay, hayotida hech kimning minnati ostida qolmay, besh ming lira hadyaga besh tiyinchalik baho bermay rad qilgan, qaytargan, hayotida behojatlik dasturini eng zolim muomalalar va mahrumliklar ichida qolgan vaqtlar ham buzmagan va bu shaklda Islomiy izzat va diniy sharafni muhofaza qilgan zotdir.
Ustozimiz odamlarning hadyasini qabul qilmaslik dasturi, sakson yillik hayoti orqali isbotlangan va oʻttiz yillik turli-tuman mahkamalarda ham hujjatlar bilan aniqlangan. Doʻst va dushmanning koʻz oʻngida yuzaga chiqqan. Ushbu ochiq-ravshan haqiqat hamma tomonidan bilingan vaqtda, tuhmat qilganlar naqadar dahshatli gʻarazkor boʻlganini vijdoni bor kishilarga havola qilamiz...
Anqara hukumati adolati bilan Ustozimiz Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari chop etilmoqda. U kishining hissasi boʻlgan bir qancha kitoblarning pulini Ustozimiz, hayotini Nurlarga vaqf qilib, nafaqasi uchun ishlamagan Nur talabalariga maosh sifatida beryaptilar. Oʻzlari ham bugun hamma tomonidan bilingan a'zamiy tejamkorlik va qanoat bilan yashayaptilar. Butun umri boʻyicha favqulotda tejamkorlik doirasida oʻz tirikchiligini oʻtkazganiga sakson yillik hayotini ishonchli guvoh sifatida koʻrsatamiz.
Xalqni Demokrat hukumatga qarshi qoʻyish rejalarini amalga oshirishga uringan turli gazetalarning boshqa ochiq yolgʻoni shuki, Nazillida ikki muborak kishining Ramazoni Sharif haqidagi murojaatini "Islomiy davlat qurish" deb siyosatga aloqasi bor holga oʻzgartirishi, soxta siyosat manfaatparastlarning, bolalarni ham alday olmaydigan ahmoqona tuhmat va uydurmadan iborat. Bunday yolgʻonlarni qaysi maqsadda qilishganini bilmagan odam yoʻq...
Nazillida umuman bormagan, u yerda hech kimni tanimagan,
qirq yildan beri "A'uzu billahi mina-sh shaytoni va-s siyasa" deb, siyosat bilan aloqasini uzgan,
faqat va faqat Qur'on va iymon haqiqatlari bilan iymonni qutqarish da'vosiga umrini bagʻishlagan,
bundan tashqari dunyoviy narsalar bilan aloqador boʻlmagan,
sakson yetti yoshga kirgan,
doim yotoqda boʻlgan,
zaharli xastaliklar ta'sirida oʻlim navbatlari oʻtkazib "Qabr eshigidaman" degan,
sokinlik va istirohatga juda muhtoj boʻlgan Said Nursiy kabi Islom muallifini siyosiy tuhmatlar bilan mavzu darajasiga chiqarish, koʻp tomondan vijdonsizlik, mudhish ayyorlik, pastkash yolgʻonchilik tubanligiga tushish hisoblanadi.
Har qanday din olimiga bahona bilan paygʻambarlik boʻhtoni qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri Islomiyatga hujum va Qur'onga xiyonatdir.
Ustozimiz Said Nursiy butun umri davomida sunnat-i saniyaga ergashgan va bir sunnat-i saniyaga muxolif harakat qilmaslik uchun qatl jazolarini hech hisoblab, sunnat-i saniyani ihyo va iymonni muhofaza qilish uchun bir yuz oʻttiz boʻlim asar ta'lif qilgan. Xunxoʻr din dushmanlariga qarshi hayotiga ahamiyat bermay kurashib, nihoyat muvaffaq va muzaffar boʻlganlar. Sunnat-i Ahmadiyaga tobe boʻlishga doir yozgan asari esa, oʻttiz yildan beri minglarcha nusxa nashr qilingan. Faxri koinot Rasuli Akram (A.S.M.) afandimizning soʻnggi va haq paygʻambar ekaniga doir muazzam bir asar "Moʻ'jizot-i Ahmadiya" kitobi ham oʻrtada. Haqiqat bu ekan, Said Nursiyga tuhmat qilgan kimsalarning haq va haqiqatdan, insof va vijdondan naqadar uzoq ekani qiyos qilinsin. Bu tuhmatni qilish, shaytonlarning ham esiga kelmaydi.
Bu hodisaning bir sababi shu boʻlish ehtimoli kuchli: Risola-i Nur oila hayotiga katta foyda berib ayollarning iffat, nomus, ismat va saodat bilan hayot kechirishlarini ta'minlaydi. Ayollar Risola-i Nurga koʻpchilik boʻlib ragʻbat koʻrsatishyapti. Bunga goʻzal oʻrnak sifatida ayollarning nashr etilgan bir necha maqolasini din dushmanlari koʻrib, bolsheviklik hisobiga bir qancha uydirma bahonalar bilan hujumga oʻtishgan. Lekin aslo muvaffaq boʻla olmaydilar. Ularning maqsadlarining tom aksiga, Risola-i Nur nashriyoti erkak va ayollar orasida bir tarzda tarqalyapti va yoyiladi.
Eng muhim bir mahkamada soʻnggi soʻzim sifatida "Mahkama-i Kubroga Shikoyat" nomli yozilgan va "Hayot Yoʻli"da bir necha marta nashr qilingan va mahkamadaligida Anqara idorasiga, Oliy Sudga va mahkama raislariga yoʻnatilgan shikoyatning sababi u hodisaning ajib, gʻarib, kichik namunasi shuki, bu safar ham boshimga kelgani uchun, Mahkama-i Kubroga shikoyatga hoshiyacha sifatida bayon qilaman:
Ikki kun avval men juda ishtiyoqmand boʻlgan va eski vaqtlar Onadoʻli ilm madrasasi oʻrnida boʻlgan Koniyaga uch sabab bahonasi bilan;
1. Ikki haqiqatli hur qardoshim faqir hollari bilan birga katta xarajat qilib Izmir mahkamasiga borishibdi. Qaytayotib yonimga kirishdi. Men ularni qisman xarajatdan qutqarish uchun, xususiy avtomobilim bilan Koniyagacha birga olish.
2. Oʻn besh yil mening oldimda oʻqigan va yigirma yilga yaqin muftiylik qilgan va qirq yildan beri bir martadan boshqa men koʻrmagan va butun qardoshlarim, qarindoshlarim ichida hayotda bir oʻzi qolgan qardoshimni va farzandlarini ziyorat qilish va ular bilan koʻrishish.
3. Eski Said va Yangi Saidning muhim ustozlaridan va uning muridlari boʻlgan Mavlaviylarning hamma joyda Risola-i Nurga aloqadorliklari uchun men koʻp aloqador boʻlgan va Imom Rabboniy, Imom Gʻazzoliy kabi muhim ustozim boʻlgan Mavlono Jaloliddinni ziyorat uchun borgan edim. Ham "Hayot Yoʻli"da insonlar bilan koʻrishmaganimga doir nashr etilganki, ziyoratchilar bilan koʻrisha olmayman.
Hadyalardan man qilish uchun Janobi Haq xastalik berganidek, hurmat bilan ziyorat ham bir tur ma'naviy hadya boʻlgani uchun, ovozim oʻchib inoyat belgisi sifatida gapirishdan man qilinganim uchun, qardoshimning uyiga ham gapirmasligim uchun bora olmadim.
Hech boʻlmasa Koniyada ikki-uch kun qolish zarur edi. Lekin majburan bir soat ichida namozimni oʻqib qaytdim. Lekin u yerda birdaniga shunday holat berildiki, butun gazetalarda yozishdi. Qirq yilda bir marta koʻrisha olmagan ukamning uyiga ham borib koʻrisha olmagan va gapira olmagan boʻlsamda, xuddiki minglab kishilar bilan koʻrishgan kabi muomala koʻrdim.
Garchi politsiya olgan buyrugʻiga binoan harakati jiddiy xato edi. Lekin ushbu qattiq xasta holatimga muvofiq boʻlgani uchun, ulardan xafa boʻlmadim. Aksincha halol etdim. Alloh rozi boʻlsin dedim, tashakkur etdim. Men havo almashtirishga juda muhtoj boʻlganim uchun, yozda togʻlarda, qishda kiralagan turli manzillarda aylanishga majbur boʻlaman. Bir joyda tura olmayman. Xastaligim qattiqlashadi. Takror ora-sira Koniya kabi joylarga borishni niyat qildim. Hatto kirasini bergan Amirtogʻda ham ikki manzilim, Eskishaharda bir manzilim boʻlsada, ma'nosiz holat meni havo almashtirishdan, manzillarni ziyorat qilishdan man qilinishimga sabab boʻlganini Koniyadagi holatdan his qilgan edim. Men qat'iyyan hech kim bilan koʻrishmayman. Bunga oʻxshagan odatimga qarshi menga qilingan juda oʻgir gʻayri qonuniy muomalalar bor. Bu safargi holatni bayon qilgan ushbu ifodalarim avval yozilgan "Mahkama-i Kubroga Shikoyat"ga zayl sifatida nashr qilinsin.
Qabr eshigida, sakson yoshdan oshganda, bir necha xastalik bilan kasallangan va oʻzini oʻlimga yaqin deb bilgan bechora gʻarib keksa aytadiki: Sizga ikki haqiqatni bayon qilaman:
Avvalo: Sizning Pokistonning va Iroq bilan oʻta muvaffaqiyatli ittifoqini, bu millatga kamoli sammiyat, sevinch va rohatlikda qozonishingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Bu ittifoqingizni ruhimda inshaalloh toʻrt yuz million Musulmonlarning umumiy sulhiga va omma salomatligini ta'minlashga qat'iy muqaddima boʻlishini his qildim. Buni sizga Namoz tasbehotidagi kuchli eslatma bilan yozishga majbur boʻldim. Oʻttiz-qirq yildan beri dunyo va siyosatni tark etganim uchun, qattiq aloqa bilan ushbu qalbiy eslatmaning sababi quyidagicha:
Ellik yildan beri iymonni qutqarish uchun oʻta qisqa yoʻl topgan va Qur'onning bu davrda ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nurning Arabiston va Pokistinda boshqa joylarga nisbatan koʻproq ta'sir qilgani va maqbul boʻlishi, hatto olgan xabarimizga koʻra, mahkamada ham aniqlangan miqdorning u atrofda uch misli Risola-i Nur talabalarining boʻlishlaridir. Bu sir uchun hayotimning oxirida qabr eshigida bu azim natijani koʻrish va bayon qilishga ruhan majbur boʻldim.
Ikkinchidan: Irqchilik fikri Ummaviylar davrida katta tahlikaga sabab boʻlgani va hurriyatning boshida "quluplar" koʻrinishida buyuk zarar qilishi va birinchi jahon urushida yana irqchilik iste'mol qilinib muborak qardosh arablarning mujohid turklarga qarshi zarar berganidek, hozir ham Islomiy birodarlikka qarshi iste'mol qilinishi mumkin. Tinchlik dushmanlari yashirin dushmanlar, yana oʻsha irqchilik bilan katta zarar berishga uringanining belgilari koʻrinyapti. Holbuki manfiy harakat bilan boshqa birovga zarar qilish bilan oziqlanish, irqchilikning tabiiy fe'li hisoblanadi. Avvalo turk millati dunyoning har tomonida musulmon boʻlgani uchun ularning irqchiliklari Islomiyat bilan birlashgan, ajratib boʻlmaydi. Turk musulmon demak. Hatto Musulmon boʻlmagan qismi, turklikdan chiqqan. Turkdek arablarda ham arablik va arab millati Islomiyat bilan birlashgan va birlashishi kerak. Haqiqiy millati Islomiyatdir. U kifoya qiladi. Irqchilik butun boshli azim tahlikadir. Sizning bu safargi Iroq va Pokiston bilan juda qiymatli ittifoqingiz, inshaalloh tahlikali irqchilikning zararini daf qiladi va toʻrt-besh million irqchi oʻrniga, tort yuz million qardosh Musulmonlarni va sakkiz yuz million sulh va umumiy tinchlikka qattiq muhtoj Xristian va boshqa dinlar sohiblarining doʻstligini bu vatan millatiga qozontirishga toʻliq vasila boʻlishiga, ruhimda qanoat hosil qilganimni sizga bayon qilaman.
Uchinchidan: Oltmish besh yil avval bir hokim bir gazeta oʻqidi. Bir dinsiz mustamlaka noziri Qur'onni qoʻliga olib konferensiya oʻtkazibdi. "Bu, Musulmonlarning qoʻlida boʻlar ekan, biz ularga haqiqiy hokim boʻla olmaymiz. Hokimligimiz ostida tuta olmaymiz. Yo Qur'onni darajasidan tushirishimiz yoki Musulmonlarni unda sovutishimiz kerak." debdi.
Bu ikki fikr bilan dahshatli fasod qoʻmitasi bu bechora, fidokor, ma'sum, hamiyatkor millatga zarar berishga urinyapti. Men oltmish besh yil avval bu jarayonga qarshi Qur'oni Hakimdan yordam istadim. Haqiqatga qarshi qisqa yoʻl va katta Islomiy Dorulfunun tasavvuri bilan, oltmish besh yildan beri oxiratimizni qutqarish va uning foydasi sifatida dunyoviy hayotimizni ham mutlaq istibdoddan va zalolatning halokatidan qutqarishga va Islom qavmlari oʻrtasidagi aka-ukalikni kengaytirishga ikki vasila topdik:
1. Risola-i Nur boʻlib, iymoniy birodarlikning kengayishiga iymon quvvati bilan xizmat qilganiga qat'iy dalil shuki, tenggi yoʻq zulm va ojizlik holatida yozilishi va hozir Islom olamining aksariyat joylarida, Ovrupo va Amerikaga ham ta'sirini koʻrsatishi va isyonchilarga, dinsiz falsafaga va oʻttiz yildan beri dahshatli suratda moddaparastlik, tabiatparastlik kabi dinsizlik fikriga qarshi gʻalaba qilishi va hech qanday mahkama va ekspertlar ham sindira olmasligi boʻladi. Inshaalloh vaqti kelib sizdek Islomiy aka-ukalikning kalitini topgan zotlar ushbu Qur'oniy moʻ'jizaning jilvasini Islom olamiga eshittirasiz.
2. Oltmish besh yil avval Jome'u-l Azharga borishni xohlagan edim. Islom olamining madrasasi deb, men ham u muborak madrasada dars olishni niyat qildim. Lekin nasib boʻlmadi. Janobi Haq rahmati bilan ruhimga bir fikr berdi: Jome'u-l Azhar Afrikada bir umumiy madrasadir. Osiyo Afrikadan naqadar buyuk boʻlsa, Islom qavmlarini, masalan Arabiston, Hindiston, Eron, Kavkaz, Turkiston, Qurdistondagi xalqlarni, manfiy irqchilik buzmasligi uchun, Osiyoga buyuk bir dorulfunun, Islom universiteti kerak. Haqiqiy, musbat, muqaddas va umumiy haqiqiy millat boʻlgan Islomiyat millati bilan Qur'onning asosiy اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ qonunining toʻliq kengayishiga sazovor boʻlsin. Falsafa fanlari bilan diniy ilmlar bir-biri bilan kelishsin va Ovrupo madaniyati, Islomiyat haqiqatlari bilan toʻliq isloh boʻlsin. Onadoʻlidagi maktab va madrasa ahli bir-biriga yordam berib ittifoq etsin deb sharq viloyatlari markazida ham Hindiston, ham Arabiston, ham Eron, ham Kavkaz, ham Turkistonning oʻrtasida Madrasatu-z Zahro ma'nosida, Jome'u-l Azhar uslubida dorilfunun, ham maktab, ham madrasa sifatida bir universitet uchun tom ellik besh yildan beri Risola-i Nurning haqiqatlariga xizmat qilganimdek, unga ham harakat qildim.
Buning qiymatini eng avval (Alloh rahmat qilsin) Sulton Rashod maqtab bir binosini qurish uchun yigirma ming oltin bergan edi. Soʻng men eski jahon urushidagi asirligimdan qaytgan vaqtim Anqaradagi 200 deputatdan 163 tasining imzosi bilan oʻsha vaqt pul qiymatli boʻlganda 150 ming lira universitet uchun berishni qabul qilib, imzolagan edi. Mustafo Kamol ham ularning ichida edi. Demak hozirgi pul bilan besh million liraga yaqin pul berib, oʻsha davrda hamma narsadan koʻra koʻproq bu qiymatli universitetga asos solishga ahamiyat berishdi. Hatto dinda juda loqayd va gʻarblashish va an'anadan ajralish tarafdorlari boʻlgan bir qancha deputatlar ham imzoladi. Faqat ulardan ikki kishi, "Biz hozir an'anaviy va diniy ilmlardan koʻra koʻproq gʻarblashishga va madaniyatga muhtojmiz." dedi. Men javoban aytdimki:
"Farazan siz hech bir jihatda ehtiyoj boʻlmasada, aksariyat anbiyolar Osiyoda, sharqda chiqishi va aksariyat hakimlar va faylasuflar gʻarbda kelishining dalolat bilan, Osiyoni haqiqiy taraqqiy ettiradigan, fan va falsafaning ta'sirlaridan koʻra koʻproq diniy his boʻlib, ushbu fitriy qonunni nazarga olmay gʻarblashish nomi bilan Islomiy an'analarni tashlasangiz va dinsiz asos qoʻysangiz ham, toʻrt-besh buyuk millatlarning markazidagi sharqiy viloyatlar, vatan salomati uchun dinga, siz Islomiyat haqiqatlariga qat'iyyan tarafdor boʻlishingiz kerak, shart. Minglar misollaridan bir kichik misolni aytaman:
Vandaligimda, hamiyatli qurd talabamga: "Turklar Islomiyatga koʻp xizmat qilgan. Sen ularga qaysi koʻz bilan qaraysan?" dedim. "Men fosiq bir ukam oʻrniga musulmon turkni tanlayman. Balki otamdan koʻra unga koʻproq aloqadorman. Chunki iymonga toʻliq xizmat qilyapti. " dedi. Vaqt oʻtdi (Alloh rahmat aylasin) u talabam men asirlikdaligimda Istanbulda maktabga kiribdi. Asirlikdan kelgandan soʻng koʻrdim. Ba'zi irqchi muallimlaridan olgan ters darsi orqali qurdchilik hissi bilan boshqa yoʻlni tanlabdi. Menga, "Hozir solih turk oʻrniga oʻta fosiq, hatto dinsiz boʻlsa ham, qurdni tanlayman." dedi. Soʻng men uni bir necha suhbatda qutqardim. Turklar Islomiyat millatining qahramon qoʻshini ekaniga toʻliq qanoat hosil qildi.
Ey savol soʻragan deputatlar! Sharqda besh millionga yaqin qurd bor. Yuz millionga yaqin eronli va hindlar bor. Yetmish million arab bor. Qirq million kavkaz bor. Bir-biriga qoʻshni, qardosh va bir-biriga muhtoj boʻlgan qardoshlarga, bu talabanin Vandagi madrasadan olgan diniy darsi kerakliroqmi yoki u millatlarni qorishtiradigan va irqdoshlaridan boshqa hech kimni oʻylamaydigan va Islomiy uxuvvatni tan olmaydigan, faqat falsafa bilimlarini oʻqish va Islomiy ilmlarni nazarga olmaydigan marhum talabaning ikkinchi holati yaxshimi? Sizdan soʻrayapman!
Bu javobimdan keyin an'anaga qarshi va har tomonlama gʻarblashish fikridagi kishilar turib imzolashdi. Ismlarini aytmayman, Alloh kamchiliklarini avf etsin, hozir vafot etishgan.
Toʻrtinchidan: Modomiki Jumhuriyat raisi oʻta muhim siyosiy masala ichida sharq universitetini eng ahamiyatli masala qilib, hatto gʻaroyib shaklda universitet uchun million lira sarf qilishga qonun chiqarish darajasida favqulotda xizmat bilan madrasaning iftixori va oʻziga buyuk sharaf olib bergan Islomiy madrasaga, eski domlalik hissiyoti bilan boshlashi, butun sharq domlalarini minnatdor qilibdi. Hozir oʻrta sharqda umumiy sulhning tamal toshi va birinchi qal'asi boʻlgan bu universitetni yana katta siyosiy masala ichida qaytadan e'tiborga olishi, albatta bu vatan, davlat, millatga azim foydali natija beradi.
Universitetda diniy ilmlar asos boʻladi. Chunki xorijdagi kuch ma'naviy, iymonsilik bilan buzgʻunchilik qilyapti. Ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi atom bombasi, faqat ma'naviy tomondan ma'naviyatdan kuch olib buzgʻunchilikni toʻxtata oladi.
Modomiki ellik besh yil bu masalaga butun hayotini sarf qilgan va butun daqiqligi va natijalari bilan tadqiq qilgan kishining bu masalaga ra'yini olish va fikrini soʻrash kerak. Oʻzingizni Amerikada, Ovrupoda bu masalaga doir maslahat qilishga majbur deb bilganingiz uchun albatta mening ham bu masalada gap gapirishga haqqim bor. Hamiyatkor boʻlgan millat nomidan sizdan kutib qolamiz.
Aziz, siddiq, fidokor, xolis, muxlis qardoshlarim va Qur'on xizmatida haqiqiy, jiddiy, matonatli doʻstlarim!
Sizga oʻta ahamiyatli holatimni va dahshatli bir zahmat, faqat Ilohiy inoyat bilan katta rahmatni ichiga olgan zohiriy xastalikning ma'naviy istirohat va vazifamning tugashiga bir belgi sifatida xastaligimni bayon qilaman. Shikoyat emas, tashakkur qilyapman. Lekin sizdan chidash uchun duo istayman. Holatim quyidagicha:
Men soʻzlarni gapirar ekanman, birdan ma'naviy toʻsiq kabi qattiq harorat boshlaydi. Eski vaqtlar kuniga bir-ikki marta suv ichar edim. Hozir esa ovqatni juda kam yeyishimga qaramay, yigirma-oʻttiz marta suv ichishga majbur boʻlyapman. Ikki kun avval juda shiddatlandi. Men zahar deb oʻyladim. Bir shubha sabab yonimdagi qardoshlarimga masalani ochdim. Ushbu oʻta qattiq xastaligimga sabr va matonat soʻradim. Rahmat-i Ilohiyadan yolvordim, birdan qalbimga "Aksar hayotimdagi qiyinchiliklarda inoyat va rahmat jilvasi boʻlgani kabi, inshaalloh bunda ham rahmat jilvasi bor ekanki, jinniy va insiy shaytonlar, dinsizlarning seni zaharlashi va lol qilishga urinishlari vazifangning tugashiga va istirohatingga rahmat-i Ilohiya vasila boʻldi. Oʻtgan yili "Ishoratu-l I'joz" tafsiri va "Masnaviy-i Arabiy"ni bir yil muddatda dars berishni boshlagan edim. Yashirin dushmanlarim jinniy va insiy shaytonlar, meni lol qilishga hiylalari bilan urinsada, rahmat-i Ilohiya ham "Ishoratu-l I'joz"ning va "Masnavi-yi Arabiy"ning tukrchasini ehson qilgani uchun va Risola-i Nur ham aksariyat tasdigʻi bilan oʻzi oʻziga dars berib muallimlarga ehtiyoj qoldirmagani uchun, ushbu mudarrislik vazifamdan ehson-i Ilohiy sifatida bu ajib xastalik menga istirohat va tabrik koʻrinishida sabab boʻldi.
Yana ruhimga keldiki: Sening oʻrningga minglar, balki yuz minglar Saidchalar dars beradigan va gapiradiganlar bor. Ehson-i Ilohiy bilan Risola-i Nur boshqa ilmlar kabi mashaqqatli darslarga muhtoj emas. Gʻavsi Jiyloniyning (Q.S.) karomatli فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ jumlasi eng dahshatli davr kabi bunda ham ayni haqiqat ekani koʻrildi.
Yana a'zamiy ixlosga zarar bermaslik uchun hozir dushmanlar ham doʻstlarga aylangan vaqtda suhbat qilish, gapirish, bu dunyoda ham uxroviy xizmatlarning chiroyli va foniy mevalariga vasila boʻladi. Oʻshanda a'zamiy ixlos, hech narsaga vosita boʻlmaydi. Ilohiy vazifaga aralashmaslik uchun qadar-i Ilohiy menga shiddatli holatni zararimga emas, foydamga fatvo berdi, ruxsat etdi. Men yonimdagi vasiyatnomamdagi avlod deb qabul qilgan kichik bolalarni vakil qilaman. Ular bilan gaplashgan kishi men bilan gaplashgan kabi qabul qilaman...
Ustozimizning bu xastaligi koʻrsatyaptiki, yashirini dinsizlar gapirtirmaslik uchun dori topib, yedirishibdi. Xulosa shuki, Ustozimiz qoʻl berish koʻrishishdan, suhbatdan va gapirishdan man qilinganini biz ham korʻyapmiz.
Ustozimiz yoshligida va hatto bolaligidan e'tiboran ilm izzatini muhofaza qilish uchun odamlardan qattiq behojat edi. Zakot va sadaqani qat'iyyan olmas edi. "Ikkinchi Maktub"da ham bayon qilinganidek, hadyani qabul qilmas edilar. Bu holati hozirgi keksalik va zaif vaqtida davom etishi uchun, Janobi Haqning rahmati bilan behojatlik dasturi xastalikka aylandi. Ya'ni evazsiz bir luqma olsalar, darhol xasta boʻladilar. Luqmani yeya olmaydilar. Ustozimiz yoshligida bunchalik muhtoj emas edilar. Yolgʻiz yashagan paytlarda juda oz xarajat yetar edi. Hozir juda koʻp talabalariga maosh berib, bir necha xastalik bilan kasallangan vaqtda, behojatlik dasturini muhofaza qilish uchun, rahmat-i Ilohiya u kishini evazsiz hadyalardan xasta qiladi. Xuddi shuning kabi: Ustozimizga hurmat ham ma'naviy hadya kabi boʻlgani uchun, insonlarning hurmatidan va qoʻlini oʻpishlaridan qattiq qochadilar.
"Hayot Yoʻli"ning va "Keksalar Yogʻdusi"ning guvohligi bilan, yoshligida oʻrtoqlaridan ustun holda Siirtning Tillo qishlogʻida uzlatga chekingan edilar. Agʻri viloyatida Shayx Ahmad Haniy Hazratlarining maqbarasiga chillaga kirgan edilar.
Rusiyaga asir tushganlarida, toʻqsonta asir zobit u kishidan diniy darslarni shavq bilan tinglasada, asirlar kampida tatarlarning kichik xoli bir masjidida joy topib, u yerda yolgʻiz qoldilar. Istanbulda Doru-l Hikmatu-l Islomiya a'zoligi kabi jozibali va obroʻli hayot ichida, Yusha tepasida yakka boʻlishni tanladilar. Vanga qaytganlarida esa juda koʻp eski va yangi talabalari orasida baxtli umrni istamay, Erak togʻidagi bir gʻorda yashadilar. Oxirgisi oʻttiz yil koʻrgan tenggi yoʻq zulmlar natijasi sifatida qamoqxonalarga joʻnatilganlarida, qonunan yakka qolish muddati oʻn besh kun boʻlishiga qaramay, yigirma oy, hatto butun qamoq muddatida yakka tutilsada, hech kimga shikoyat qilmadilar.
Ushbu holatlar koʻrsatadiki: Ustozimizning tabiatida yakka qolish doim hokim boʻlgan. Lekin keksaligida juda koʻp yordamga, xizmatga, suhbatga muhtoj boʻlgan vaqti bu holatning davom etishi uchun bir nav xastalik holati berilgan. Besh daqiqa gapirsalar, qattiq harorat boshlaydi, ovozi chiqmaydi. Hatto Shofe'iy mazhabida boʻlgani uchun, namozda Fotihani oʻzi eshitadigan darajada oʻqishi kerak ekan, xastalik sababli ovozi chiqmagani uchun Hanafiy mazhabida oʻqiyaptilar. Xastaligiga doir ikki muhim doktorning ikki tashxisi bor. Xohlaganlar koʻrishi mumkin.
Hozir Risola-i Nurning favqulotda futuhoti va Islom olamida ham favqulotda husn-i qabulga sazovor boʻlishi hangomida, dushmanlar ham doʻstga aylangan paytda, Risola-i Nurning a'zamiy ixlosini (riso-i Ilohiydan boshqa hech qanday dunyoviy, uxroviy rutbaga, mansabga vosita qilmay) muhofaza qilish uchun dahshatli mardumgiriz, ya'ni insonlardan qoʻrqish va ovozi chiqmaslik, gapira olmaslik xastaligi va qoʻlini oʻpish u kishiga xuddi musht urgandek ogʻir kelish holati, istihdomi Rabboniy ekaniga bizga qat'iyyan qanoat berdi.
Hatto bu haqiqatlarni izhor qilishga sabab boʻlgan bir shaxsdan ham ustozimiz rozi boʻldilar.
(Hoshiya): Ustozimizdan: Nima uchun Risola-i Nurning porloq tarqalishi va dushmanlarning ham magʻlub boʻlishi doʻstona holatga aylangan payti odamlar bilan koʻrishmayapsiz? deb soradik.
Javoban aytdilarki: "Men bilan koʻrishishni istagan kishilar yo dushman yoki doʻstsir. Doʻst boʻlsa, Risola-i Nurning yuz minglar nusxasi mening oʻrnimga toʻliq gapiryapti. Menga qat'iyyan ehtiyoj qoldirmaydi. Koʻrishishni istagan dushman boʻlsa, oʻttiz yil ichida juda koʻp mahkamalar va ekspertlar tekshirishsada, na Nur Risolalarida va na Nur Talabalarida hech qanday ayb topa olishmadi. Yigirma toʻrt mahkama "Risola-i Nurda ayb topa olmayapmiz", deb xulosa bergan. Toʻrt mahkama esa umum Nur Risolalariga qat'iyyan oqlab rad etilmaydigan darajasidagi hukmi butun kitoblarni, maktublarni egalariga qaytarib berishi, menin oʻrnimga dushmanlarga toʻliq javob beradi. Menga ehtiyoj qoldirmaydi. Agar shaxsiy koʻrishish xohlansa, butun Nur Talabalari bir jihatda bu bechora Saidning advokatlari boʻlgani kabi, Istanbul va Anqarada advokati boʻlgani uchun, xohlaganlar ular bilan koʻrishishi mumkin."
Qattiq xastaligi va juda keksaligi uchun zaruriy ishlarini qilgan xizmatkorlari.
Bizga qarshi boʻlgan Jumhuriyat gazetasi mudofaamni juda yanglish va oʻta yomon tarzda oʻzgartiribdi. Hatto "Bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sumga zarar kelmasligi uchun", jumlasining oʻrniga "Bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sumni zulmatdan qutqarish uchun", degan uydirmalar aralashtiribdi. Hamda yozgan javobimni besh-olti yil avval Istanbul 2-Sulh Jazo Mahkamasida aynan aytilgan. Eng muhim masalam meni oqlagan mudofaa boʻlib, bir-ikki oy avval bir piyola suvda bir toʻfon qoʻporish degandek, Istanbul sayohatimda oʻta ma'nosiz, gʻarazli prokuror Isparta prokuraturasiga havola qilib meni tergov qilishga ikki rasmiy politsiya xodimini joʻnatdi. Ularga aytdimki: U masalaga besh yil avval javob berilgan. Oʻsha davrdagi javobim bunday, dedim. Ular ham qabul qilishdi. Hamda mashinka bilan chiqarishdi, oʻsha yaramasga ham joʻnatishdi.
Hozir uzoqda qaytadan ma'nosiz, bizdan uzoq bir mahalla raisiga boshqa odam beribdi. Tuhmatchi gazeta esa "Uni mahalla raisi prokurorga beribdi." degani uchun, Risola-i Nurning bir qancha zaif shogirdlarini vasvasa qilib va vahimaga tushirishni xohlagan. Bu ma'lumotning yolgʻonligini Nurning koʻp advokatlari yozishsin. Mavzuga doir Istanbul sogʻliqni saqlash hay'atidan toʻrt xulosa bor. Lekin keraksiz boʻlgani uchun, hech kimga koʻrsatish darajasiga tushmadim. Hamda kerak boʻlmadi...
Anqaradagi ikki ichki ishlar mudiriga koʻp salom aytaman. Bunday narsalarga ahamiyat berishmasin.
Aziz, siddiq qardoshlarimiz!
Avvalo: Ustozimiz baroat kechangizni tabriklayaptilar. Salom va duo qilyaptilar.
Ikkinchidan: Diyorbaqirdan kech olgan maktubimizda ifoda etilganiga koʻra, Diyorbaqir atrofi bilan birga sharqda hozir ikki yuztacha Nur darsxonalari ochilibdi. Ayricha Diyorbaqirda ayollarga maxsus toʻrt-besh nuriy darsxona bor ekan. Inshaalloh bu buyuk xayrning alomatidir.
Ustozimiz oʻn yil avval ishorat qilgan va katta manfaatini bayon etganidek, Nur madrasalarining hozirgi davrda ochilishi, toʻliq amalga oshgan boʻlyapti. Oʻshanda aytgan edilar: "Hozir rasman din darslari uchun xususiy darsxonalar ochilishiga ruxsat berilishiga binoan, Nur shogirdlari mumkin boʻlganicha hamma joyda kichik nuriy darsxona ochishi kerak. Garchi hamma oʻzi oʻziga bir daraja istifoda qilsada, har kim har bir masalasini toʻliq tushunmaydi. Iymon haqiqatlarining izohi boʻlgani uchun, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham huzur, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh-oʻn yil oʻrniga inshaalloh Nur madrasalari besh-oʻn haftada oʻsha natijaga erishadi va yigirma yildan beri bu ishni qilyapti."
Ustozimiz Barladagi toʻqqiz yillik yashash joyi boʻlgan Risola-i Nurning birinchi darsxonasi, yana olti viloyat kengligidagi Madrasatu-z Zahroning urugʻi boʻlgan uyini "Madrasa-i Nuriya sifatida" Risola-i Nurga vaqf qilgan edilar. Hozir uning davomi sifatida Isparta va atrof tumanlari va ba'zi qishloqlarida, yana Diyorbaqir va shaqrda Nur darsxonalari ochilyapti.
Bu suratda darsxonalarda Nurlarning oʻqilishi va Nurlar bilan shugʻullanishda davom etgan kishilarga va dars olganlarga talaba-i ulum sharafini qozontiryapti. Talaba-i ulumning esa oddiy harakatlari, hatto uyqusi ham ibodat hukmiga oʻtganini ba'zi buyuk mujtahidlar bayon qilishgan.
Uchinchidan: Nurlarning radio vositasida Onadoʻli va Islom olamiga tarqalishining ilk muqaddimasi muborak laylatu-l baroatga toʻgʻri kelishi bu vatan va Islom olami uchun Risola-i Nur foydasiga buyuk xayrning alomati va ishoratidir.
(Hoshiya): Bu maktub ayni paytda telegraf yoki maktub bilan Ustozimizning laylatu-l baroatini tabriklagan qardoshlarimizga javob hisoblanadi.
Umum doʻstlarim va Nur qardoshlarimga ushbu vasiyatni e'lon qilaman: Men shaxsim e'tibori bilan Nuriy vazifani bajarishga toqatim qolmadi. Balki ehtiyoj ham qolmagan. Koʻp sonli zaharlanishlar va qattiq keksalik holati va xastalik bilan hozirgi hayotda qolishga matonatim qolmagandek. Shoyad men kutayotgan oʻlim kelib, ushbu vasiyatimni zohiriy hayotimda oʻlgandek yozyapman.
Xoliqi Rahimga hadsiz shukr boʻlsinki, bundan oltmish-yetmish yil avval odatga xilof ilm tahsili, xususan iymon ilmi yoʻlida odamlardan yordam istash va tamoman faqirligi bilan Eski Said bolalik, yoshlik davrida talabalariga maoshini oʻzi berishga harakat qilganu va faqat qisqa vaqt besh maosh qabul qilib qolgan talabalariga ba'zan yigirma-oʻttiz talabasiga maosh bergani uchun, talabalar ilmni vosita qilishga majbur boʻlishmadi. Tejamkorlik va qanoat bilan oʻshanda muvaffaq boʻlganlaridek, Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr boʻlsinki, Eski Said kabi hozir Risola-i Nurning oʻzi nashriyoti bilan haqiqiy talabalarining maoshini toʻliq berishni boshladi. A'zamiy ixlosni ketkazmaslik uchu Risola-i Nur xos talabalariga, xususan nafaqaga muhtojlarga toʻliq kifoya qiladigan darajada Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining beshdan biri Risola-i Nurning haqqi boʻlgani uchun, hozir ellik-oltmish talabasiga yetarli sarmoya chiqyapti. Mening (bechora Saidning) ichida hech qanday haqqi yoʻq. Faqat Risola-i Nurning qiymatli xosiyati va shogirdlarining ma'naviy shaxsining kamoli sadoqati ushbu ma'naviy Nur bayramiga vasila boʻldi.
Hozir butun talabalardan ustun demaylikda, mening eng yaqinimda xizmatda boʻlib, harakat tarzini toʻliq bilgan va yaqindan koʻrganlar ichida, toʻrt-besh kishini mutlaq vakil qilaman. Men vafot etsam yoki hayotda shuursiz qolsam, Nurlarga xizmat tarzimni bilib toʻliq qilishadi. Hozircha Tohiriy, Sungur, Jaylon, Husnu va yana bir-ikki kishi mutlaq vakilim deb vasiyat qilaman. Hozir Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining sarmoyasi, Risdola-i Nurning mulki ekan. Said ham bir xizmakordir. Hayotda maoshini olishi mumkin. Hatto soʻnggi kunlarda oʻlim menga juda yaqin koʻrindi. Men olti viloyatdagi ellik-oltmish talabani ikki-uch yil Nur sarmoyasidan maoshini berishga qat'iyan niyat qilgan edim. Balki ba'zilarini ba'zi monelar talabalik xizmatidan voz kechirar deb voz kechdim. Hozir vasiyatimni yozdim.
(Hoshiya): Gʻavsi A'zam Shayh Jiyloniy (R.A.) Risola-i Nur va muallifiga ishorat qilgan gʻaybir karomatidagi bir jumlada تَعِيشُ سَعِيدًا deb tirikchilik xususida saodatda yashashini va eng baxtiyor boʻlishini xabar bergan. Holbuki biz Ustozimizning faqru behojatligini hozirgacha zohiran bunga muxolif deb bilar edik. Gʻavsi A'zamning gʻaybiy xabari Ustozimizning hayotida hozir amalda koʻrildi. Kichikligida oʻn yoshida amakisining shoʻrvasini ichmas, minnat ostiga kirmas edi. Dars bergan eski talabalarining tirikchiligini ham oʻzi berar edi. Xuddi shuning kabi, hozir ham ellik-oltmish talabaning maoshini berishi, gʻaybiy xabarning toʻliq roʻyobga chiqqanini va amalga oshganini koʻrsatdi.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ajal aniq boʻlmagani uchun, mening qattiq xastaligim har doim kelishi mumkin deb, avvalo yozgan vasiyatnomalarimni qayta tasdiqlab bu vasiyatnoma ham qattiq, ichki xastaligim tufayli eslatildi. Uni bayon qilaman: Vafotimdan soʻng, qoʻlimdagi omonat boʻlgan Risola-i Nur sarmoyasi, ham moʻ'jizotli Qur'onimizni chop ettirish uchun Eskishaharda saqlangan sarmoya, Qur'onning tavofuq bilan fotografli chop etilishiga oiddir. (*) Qoʻlimizdagi sarmoya esa, Risola-i Nurning sarmoyasidir. U sarmoya Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr boʻlsinki, yetmishdan koʻproq yil avval, u davrning odatiga qarshi oʻzim faqir boʻlsamda, ularning maoshini berganim, bir ehson va lutfi Rabboniy boʻlib, oʻsha vaqtdan ellik-oltmish yil oʻtib Janob-i Arhamu-r Rohimiynning urf-odatga muxolif qoidamni ma'naviy va keng Madrasatu-z Zahroning xolis va nafaqasini ta'minlay olmagan va vaqtini Risola-i Nurga sarf qilgan talabalarimga aynan va eski davr ehsoni Ilohiy natijasi sifatida hozir qoʻlimizdagi sarmoya ularning maoshidir. Maoshlariga sarf qilinadi va necha yildan beri men qilganimdek ma'naviy avlodlarim, vorislarim aynan bajarishlarini vasiyat qilaman.
Inshaalloh tom Risola-i Nur yoyilishni boshlasa, u sarmoya hozirgi fidokor, oʻzini Risola-i Nurga vaqf qilgan shogirdlardan oʻta fidokor talabalarga kifoya qiladi va ma'naviy Madrasatu-z Zahro va Madrasa-i Nuriya koʻp joylarda ochiladi. Mening oʻrnimga bu haqiqatga, bu holatga ma'naviy avlodlarim, xos va fidokor xizmatkorlarim va oʻzini Nurga vaqf qilgan va hamma bilgan qardoshlarim bu vasiyatni tatbiq qilishga yordam berishlarini iltimos qilaman.
Risola-i Nurda menga umuman ehtiyoj qolmagani uchun, barzoh olamiga ketish men uchun sevinch sababidir. Siz mahzun boʻlmang. Balki meni tabriklang, zahmatdan rahmatga ketyapman.
Ha, biz Ustozimizning bu vasiyatiga shohidmiz.
Aziz, muhtaram qardoshimiz Tahsin Bey!
Laylatu-l Qadringizni tabriklab, muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ustozimiz sizga xususiy salom aytdilar. Aytdilarki:
"Tahsin nashr qilgan "Hayot Yoʻli" yigirma buyuk majmuachalik foyda berdi, futuhot qildi. Hozir bir oz kavlashtirilayotgani uchun, qat'iyyan xavotir olmasin. E'tiborni jalb qilgani uchun, katta e'lonnoma oʻrniga oʻtdi.
Hozirgacha yigirma yildan beri yigirma katta majmua parda ostida yoyilishi sababli juda katta futuhotga vasila boʻldi. "Hayot Yoʻli"ning ham parda ostida yoyilishi inshaalloh ayni natijani beradi."
Ikkinchidan: Modomiki Janobi Haq sizni Anqarada Risola-i Nurning bosh qoʻmondoni sifatida ehson qilgan ekan, Risola-i Nurning, Qur'onning qirq i'joz tomonidan bir tomoni boʻlgan nazmini bayon qilgan "Ishoratu-l I'joz" tafsirining nashr qilinishi ham sizga muyassar boʻldi. Nazm tomoni yetti qismdir. Bir qismi tavofuqotdir. Tavofuqotning bir navi esa Lafzi Jalolda koʻrilgan zohiriy tavofuqlardir.
Ushbu moʻ'jizotli Qur'onimiz bu tavofuqlarni koʻrsatyapti. Inshaalloh moʻ'jizotli Quʻronning nashr va chop qilinishi ham sizga nasib boʻladi. Avvalroq Ustozimiz sizga oʻn ming lira joʻnatgan edilar. Hozir ham Qur'onning oyatlriga tom muvofiq 6666 lira joʻnatyaptilar. Bu pul talabalarning ikki yillik maoshidan ortib qolgan puldir. Bunda bir azim sir bor. Oltin pul kabi muborak hisoblanadi. Boshqa narsaga sarf qilmaslik kerak. Sizga Qur'onning ba'zi juz'lari bilan birga joʻnatyapmiz va juda koʻp salom aytamiz.
Bu safar Anqaraga kelganimning muhim sababi, Islomiyatga jiddiy tarafdor Ichki Ishlar vaziri Namiq Gedikni koʻrish va Islomiyat qahramoni Adnan Beyga va Tavfiq Ileri kabi muhim kishilarga bir haqiqatni aytish kerak:
Demokratga ham azoni Muhammadiy kabi koʻp quvvat berish va Risola-i Nurning nashriga ruxsat berishi kabi qattiq tarafdor boʻlish va Islom olamine, hatto bir qism Xristian davlatlarini ham xursand qilish uchun, Ayasofiyani axlatlardan tozalab ibodat joyi qilish kerak. Bu masala uchun oʻttiz yil siyosatni tark qilgan boʻlsamda, uning hurmati uchun Namiq Gedikni koʻrishni istadim va keldim. Adnan Bey, Namiq Gedik va Tavfiq Ileri kabi kishilarning hurmati uchun, boshqa joyga bormadim.
Risola-i Nur Qur'onning asosiy qonunlari bilan butun Onadoʻli va sharqiy viloyatlarda osoyishtalikni ta'minlayotganiga bir dalil shuki: Oʻn yildan koʻproq vaqt avval Afyon Prokuraturasi "Olti yuz ming fidokor talabasi bor. Risola-i Nurdan besh yuz ming nusxa nashr qilgan, balki osoyishtalikka zarar kelishi mumkin." dedi. Unga qarshi Said aytganki: Modomiki olti yuz ming fidokor talabasi bor ekan, oʻn besh yildan beri menga buncha zulm qilinayotgan ekan, bitta muammo chiqarganini hech bir zobit va mahkama koʻrsata olmadi.
Yana aytdimki: Ey prokuror! Agar ming prokuror, ming ichki ishlar mudirichalik osoyishtalikni ta'minlashga Risola-i Nur xizmat qilmagan boʻlsa, Alloh menga qahr qilsin. Siz ham menga nima jazo bersangiz bering deyman. U bu soʻzimga qarshi hech qanday chora topa olmadi.
Faqat bir-ikki yil avval Nurning kichik bir talabasi Risola-i Nurga zarar keladi deb, chop qilgan bir kichik risolaga zarar kelmasligi uchun, oʻzini oʻldirmoqchi boʻldi. Soʻng Ustozi uni man qildi va kichik hodisa boʻldi, ikkalovi ham kelishtirildi.
Holbuki bir Ustozning oʻn dona fidokor talabasi boʻlsa (hatto biri salom bersa musht yegandek, biri qoʻlini oʻpib gʻazabga uchradi) hech bir fidokori osoyishtalikka xavf solmaslik uchun sukut qilishdi. Saiddan eshitishganki: Mening yuz ruhim boʻlsa, ularni osoyishtalikka fido qilaman. Shuning uchun وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى asosiy qonuniga binoan besh jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumga zarar kelmasligi, bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sum bola-chaqa, ota-onalariga zulm qilmaslik uchun, Risola-i Nur iymon xizmati bilan birga osoyishtalikni toʻliq ta'minlab hammaning qalbida yomonlikka qarshi qoʻriqchi qoʻyadi. Men ham ming ruhim boʻlsa, Qur'onning bu asosiy qonuniga fido qilganimni hayot yoʻlim isbotlaydi va oʻrtada. Buni mahkamalar ham qabul qilgan.
Hatto xizmatning boshida koʻrinishni, riyokorlik, xudbinlik, "men"lik ma'nosida deb odamlar bilan koʻrishishni ham tark etgan. Doʻstlar bilan koʻrishishga majbur boʻlmasin, hurmatlari ketmasin deb rahmat-i Ilohiyaning ehsoni bilan ovozi ham chiqmay qolgan.
[Prokurorlar haqida Ustozimizning gʻarib ruhiy holatini bayon qilish payti keldi.]
Menga aytdilarki:
"Oʻttiz-qirq yil tazyiqda, huququlloh ma'nosidagi omma huquqi nomli vazifalardagi prokurorlar aksar qamoqlarda, surgunlarda qiynoqlarini koʻrgan boʻlsamda, menga ularga gʻazab, jahl qilish holati kelmadi.
Keyin qaraganimda:
Ularning zohiriy qiynogʻiga sabab boʻlgan kamchililarimni koʻrmagan edim. Lekin koʻp marta vaqt oʻtib qadar-i Ilohiyning boshqa kamchiliklarimga binoan shafqat ta'zirining prokurorlar qoʻli bilan kelganini koʻrdim. Taqdir adolat qilgani uchun, shafqat ta'zirini ruh va qalbim bilan qabul qildim. Zohiriy sababga binoan prokurorlarning gʻazabini halol etdim.
Janobi Haqqa shukrki, prokurorlarning bir qanchasi vazifalari boʻlgan umumiy huquqni himoya qilish huququlloh turidan boʻlgani uchun, menga qarshi qiynoq emas, aksincha adolat nuqtasida, umum Islomiyatga va balki bashariyatga ham manfaati boʻlgan Risola-i Nurning iymon xizmati jihatidan qiynoqni tahslab qadar-i Ilohiyning shafqat ta'ziriga qarab, zohiriy azob, haqiqatda yordam boʻlgani uchun, men ham bu azim sir munosabati bilan barcha prokurorlarga doʻstlik va duo qilishni boshladim. Menga zohiran qiynoq boʻlib koʻringan holatlar, iymoniy xizmatga e'lonnoma oʻrniga oʻtdi.
Men ham ularga omma huquqining huququlloh oʻrniga oʻtganini bilganlarga, barchasiga salom va duo qilaman. Menga qilgan qiynoqlarining barchasini halol qilaman."
Ustozimizning sizga yozgan haqiqat boʻlgan bu maktubini taqdim qilaman.
(Bizga oid masalalarni yozga gazetalarga qarata yozgan bu murojaatni nashr qilsalar, soʻnggi kunlarda bizga qarshi boʻhtonlarini halol etaman. Bizni oʻylagan qardoshlarim xafa boʻlmasligi uchun qattiq xastaligimga binoan ushbu qisqa maktubimni gazetalar nashr qilishsin.)
Avvalo: Soʻnggi kunlarda boʻlgan masalalar uchun xavotir olmang. Bizga tajalliy etgan Ilohiy rahmat va inoyat bilan bu buyuk xayrdir. Ham xasta boʻlganim uchun gapirish va koʻrishishga ham chiday olmayapman. Hozirda Risola-i Nurning ichki va tahsqi favqulotda yoyilishi va keng futuhoti bilan dushmanlar doʻst boʻldi. Hammaning gaplashishni istashi evaziga Risola-i Nur menga boshqa ehtiyoj qoldirmagani uchun, inoyati Ilohiya bilan ovozim ham yoʻqoldi, koʻrishib gaplasha olmayapman.
Meni olti viloyatdan chaqirishgani uchun ketayotib oldimizga kelgan va Risola-i Nur va yoʻlining haqiqatini tushungan doʻst mansabdorlar, Amirtogʻda istirohat qilishimni va hozircha Amirtogʻda qolishimni hukumat iltimos qilganini bildirishdi. Zotan koʻrishib gaplashishga chiday olmaganim uchun, men haqimdagi bu doʻstona taklif va holat inoyat boʻldi. Meni chaqirgan koʻp viloyatlardagi haqiqiy qardoshlarimning koʻngli oʻksimasin. Yana ba'zi viloyatlarga borib boshqalariga bora olmasam, yuz minglab haqiqiy fidokor talabalarimning jahli chiqmasin.
Ikkinchidan: Mening ushbu sayohatlarimda qat'iyyan siyosat bilan aloqam yoʻqligiga bir dalil shuki, qirq yildan beri siyosatni tark etganim uchun, faqat va faqat Qur'onning bu davrga tom muvofiq tafsiri boʻlgan Risola-i Nur - mutlaq kufrni sindirgani uchun anarxistlikka va bʻuzgʻunchi jarayonlarga qarshi toʻsiq qoʻyganidek, Qur'onning Risola-i Nurga bergan darsida asosiy qonun boʻlgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan, "Osoyishtalikni buzish, besh jinoyatchi sababali toʻqson ma'sumga zulm qilish" deb, uxroviy xizmatimiz vatan, millat va osoyishtalikka ham katta foydasi borligi uchun, meni kuzatgan josuslar yoki qiynagan politsiyachilar va zobitlardan ham roziman, haqqimni halol etaman. Ularning osoyishtalikning mujohid himoyachilari deb qardosh kabi xursandchilik bilan qabul qildim. Meni Anqaradan toʻxtatishlarini ham qabul qilganimdek, men uchun inoyati Ilohiyaga vasila boʻlishlari jihatidan Allohga shukr qildim. Va kamoli sevinch bilan Anqaraga borishdan qaytdim.
Uchinchidan: Hamma joyda Risola-i Nurning yoyilishi, oʻqilishi va juda koʻp ishtiyoqmandlari borligi sababli men bilan koʻrishish, gaplashish va chaqirishni istayotgan edilar. Bu holatda, yigirma viloyatga borishim zarurat edi. Lekin Risola-i Nur chop etilgan joylar boʻlgan Anqara, Istanbul va Koniyaga bordim.
Meni Amirtoqqa yoʻnaltirgan doʻstlarga shuni aytamanki: Menga boʻlgan bu muomala bir inoyat va rahmati Ilohiyaga sabab boʻldi. Siqilmayapman. Faqat mening yigirma yil qolgan Isparta viloyatida ikki yillik kiralagan uyim va ba'zi narsalarim bor. U yerning havosi ham xastaligimga bir oz foydali. Hukumatning ruxsati bilan bir oy Amirtogʻda, bir oy kiralagan Ispartadagi uyimda boʻlishni istayman.
Aziz qardoshlarim!
Bizning vazifamiz musbat harakat qilishdir. Manfiy harakat emas. Rizo-i Ilohiyga asosan faqat iymoniy xizmat qilish, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. Biz osoyishtalikni saqlashni natija bergan musbat imyon xizmati ichida har qanday muammoga sabr bilan shukrga mukallafmiz. Masalan:
Oʻzimni misol olib aytamanki: Men eskidan beri bosim va pastkashlikka boʻyin egmaganman. Hayotimda bosimni koʻtara olmaganimga koʻp hodisalar bor. Masalan: Rusiyada qoʻmondonga oyoqqa turmaslik, Devoni Harbi Oʻrfiyda qatl etilish tahdidiga qarshi mahkamadagi polkovniklarning savollariga bir tiyinlik ahamiyat bermaganim kabi, toʻrt qomondonga qilgan bu muomalam bosimlarga boʻyin egmaganimni koʻrsatadi. Lekin oʻttiz yildan beri musbat harakat qilish, manfiy harakat qilmaslik va Ilohiy vazifaga aralashmaslik haqiqati uchun, menga qilingan muomalalarga sabr bilan, rizo bilan javob berdim. Jirjis (A.S.) kabi va Badr, Uhud muhorabalarida koʻp marta aziyat tortganlardek sabr va rizo bilan kutib oldim.
Ha masalan: Sakson bir xatosini mahkamada isbot qilgan bir prokurorning xato iddiolari bilan bizga qarshi hukmiga qarshi hatto badduo ham qilmadim. Chunki asl masala, bu davrning ma'naviy jihodidir. Ma'naviy buzgʻunchiligiga qarshi toʻsiq tortishdir. Bu bilan ichki osoyishtalikka butun quvvatimiz bilan yordam berishdir.
Yoʻlimizda kuch bor. Lekin bu kuch osoyishtalikni muhofaza qilish uchun. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى dasturiga asosan: "Bir jinoyatchi sababli uning ukasi, xonadoni, bola-chaqasi javobgar hisoblanmaydi." Shuning uchun, butun hayotimda bor kuchim bilan osoyishtalikni muhofaza qilishga harakat qildim. Bu kuch ichkariga qarshi emas, faqat xorijiy tajovuzga qarshi iste'mol etilishi mumkin. Mazkur oyatning dasturiga asosan vazifamiz - ichki osoyishtalikka butun kuchimiz bilan yordam berishdir. Shuning uchun, Islom olamida osoyishtalikni buzadigan ichki kurashlar faqat mingda bir boʻlgan. U ham oradagi bir ijtihod farqi tufayli yuzaga kelgan. Ma'naviy jihodning eng katta sharti - vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. "Bizning vazifamiz xizmat, natija Janobi Haqqa oiddir. Biz vazifamizni bajarishga majbur va mukallafmiz."
Men ham Jaloliddin Xorazmshoh kabi, "Mening vazifan iymon xizmatidir. Muvaffaq qilish yoki qilmaslik Janob-i Haqning vazifasidir." deb ixlos bilan harakat qilishni Qur'ondan dars olganman.
Tashqi tajovuzga qarshi javob beriladi. Chunki dushmanning mulki, bola-chaqasi gʻanimat oʻrniga oʻtadi. Ichkarida esa unday emas. Ichki harakat musbat shaklda ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi ma'naviy, ixlos sirri bilan harakat qilishdir. Tashqi jihod boshqa, ichki jihod boshqadir. Janobi Haq menga millionlar haqiqiy talabalarni berdi. Biz butun kuchimiz bilan ichkarida faqat osoyishtalikni muhofaza qilish uchun harakat qilamiz. Bu davrda ichki va tashqi ma'naviy jihoddagi farq juda katta.
Yana bir masala bor. U ham juda ahamiyatlidir. Qur'on hukmiga koʻra bu davrda "mim"siz madaniyat zaruriy ehtiyojlarni tortdan yigirmaga chiqardi. Oʻrganib qolish, xoʻjakoʻrsin va qaramlik bilan zaruriy boʻlmagan ehtiyojlar zaruriy ehtiyoj darajasiga chiqdi. Oxiratga iymon keltirsada, zarurat bor deb, shu tushunchada dunyo manfaati va tirikchilik darsi uchun oxirat oʻrniga dunyoni tanlaydi.
Qirq yil avval bir bosh qoʻmondor meni bir oz dunyoga oʻrgatish uchun ba'zi qoʻmondonlar, hatto domlalarni yonimga joʻnatdi. Ular kelib: "Hozir biz majburmiz. اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُبِيحُ الْمَحْظُورَاتِ qoidasiga asosan Ovruponing ba'zi usullarini, madaniyatini taqlid qilishga majburmiz." deyishdi. Javoban: "Qattiq aldanibsiz. Zarurat su-i ixtiyordan kelsa qat'iyyan toʻgʻri emas. Haromni halol qilmaydi. Su-i ixtiyordan kelmasa, ya'ni zarurat harom yoʻli bilan boʻlmasa, zarari yoʻq. Masalan: Bir kishi su-i ixtiyori bilan harom tarzda oʻzini sarxush qilsa va sarxush boʻlib jinoyat qilsa, hukm uning zarariga chiqariladi. Urzli hisoblanmaydi, jazo oladi. Chunki su-i ixtiyori bilan bu zarurat yuzaga keldi. Lekin jinni bola majzub holatida bir kishini oʻldirsa, ma'zur hisoblanadi, jazo olmaydi. Chunki ihtiyori dohilida emas." dedim.
Men qoʻmondon va domlalarga: Non yeyish, yashash kabi zaruriy ehtiyojlar xorijida boshqa qanday zarurat bor? Su-i ixtiyordan, gʻayri mashru' mayllardan va harom muomalalardan kelib chiqqan harakatlar, haromni halol qilishga asos boʻla olmaydi. Sinema, teatr, raqs kabi narsalarga qaram boʻlganlar, mutlaq zarurat boʻlmagani va su-i ixtiyordan chiqqani uchun, haromni halol qilishga sabab boʻlmaydi. Inson qonuni ham bu nuqtalarni e'tiborga olganki, ixtiyori xorijida qat'iy zarurat bilan su-i ixtiyordan kelib chiqqan hukmlarni ayirgan. Ilohiy qonunda esa bu asoslar, yanada asosli va muhkam shaklda ayirilgan.
Shu bilan birga davrning zoʻrlashi bilan zaruratlar yuzaga chiqdi degan tasavvurda ba'zi domlalar bid'atlarga tarafdorligi tifayli ularga hujum qilmanglar. Bilmay "zarurat bor" degan tushuncha bilan harakat qilgan bechoralarga teginmanglar. Shuning uchun kuchimizni ichkarida sarf qilmaymiz. Bechora, zarurat darajasiga kirgan, bizga muxolif boʻlganlardan, domla boʻlsa ham, ularga aralashmang. Men oʻzim avvalroq bizga qarshi bir talay dushmanlarga qarshi turdim. Iymon xizmatiga zarracha zarar keltirmadim. Muvaffaq boʻldim. Hozir millionlar Nur Talabasi boʻlsada, yana musbat harakat qilib, ularning barcha tahqirlariga, zulmlariga chidayapman.
Biz dunyoga qaramaymiz. Qaragan vaqtimiz ularga yordam berish uchun harakat qilamiz. Osoyishtalikni muhofaza qilishga musbat shaklda yordam qilamiz. Bu kabi haqiqatlar uchun bizga zulm qilishsa ham xush koʻrishimiz kerak.
Risola-i Nurning nashri hamma tomonda Demokratlar dinga tarafdorligini koʻrsatdi. Endi risolani kavlashtirish vatan, millat foydasiga tamoman ziddir.
Bir mahram risola bor edi. Uni nashr qilishni man qilgan edim. "Vafot etganimdan soʻng nashr qilinsin", degan edim. Soʻng mahkamalar olib oʻqishdi, tekshirishdi, soʻng oqlashdi. Oliy Sud oqlanish hukmini tasdiqladi. Men ham uni ichki osoyishtalikni ta'minlash uchun va yuzda toʻqson besh ma'sum insonlarga zarar kelmasligi uchun mashr qilganlarga ruxsat berdim. "Said mashvarat bilan nashr qilishi mumkin." dedim.
Uchinchi masala: Mutlaq kufr, shunday bir ma'naviy jahannamni tarqatishga urinyaptiki, koinotda hech bir kofir unga rozi boʻlmaydi. Qur'onning "Rahmatan lil Olamiyn" ekanining bir sirri quyidagicha: Musulmonlarga rahmat ekani - oxiratga iymon, Allohga iymon keltirish ehtimolini berishi butun dinsizlar, butun olam va bashariyatga rahmat ekaniniga urgʻu, ishorat boʻlib, dunyoda ham ularni ma'naviy jahannamdan bir daraja qutqargan. Holbuki hozir fan va falsafaning zalolatdagi qismi mutlaq kufrni komunistlar tarzida tarqatishni boshladi.
Munofiqlar, ateistlar va ba'zi haddidan oshgan siyosatchilar vositasida komunistlik pardasida anarxistlikni keltirib chiqaradigan suratda tarqatib, singdirishga boshlagani uchun, hozirgi hayot dinsiz mavjud boʻla olmaydi, yashamaydi. "Bir millat dinsiz yashamaydi" hukmi bu nuqtaga ishoratdir. Mutlaq kufr boʻlgan vaqtda haqiqati holda yashalmaydi. Shuning uchun Qur'oni Hakim bu asrda ma'naviy moʻjizasi sifatida mutlaq kufr va anarxistlikka toʻsiq tortishi uchun Risola-i Nur shogirdlariga ushbu darsni bergan. Tosiq tortishdi ham. Ha, Xitoy, Ovruponing yarmi va Bolqonlarni istilo etgan bu jarayonga qarshi bizni muhofaza qilgan Qur'oni Hakimning ushbu darsi, shu hujumga qarshi toʻsiq tortib, tahlikaga qarshi chora topgan.
Demak bir musulmon boshqa dinga kirishi, Xristian yoki Yahudiy, xususan bolshevik kabi boʻlishi mumukin emas... Chunki Isaviy musulmon boʻlsa, Iso Alayhissalomni yanada koʻproq sevadi. Musaviy musulmon boʻlsa, Muso Alayhissalomni yanada koʻproq sevadi. Lekin Musulmon Muhammad Alayhi-s Salotu Vassalamning zanjiridan chiqsa, dinini tashlasa, boshqa hech qanday dinga kirmaydi, anarxist boʻladi, ruhida kamolotga eltadigan hech qanday holat qolmaydi. Vijdoni buziladi, ijtimoiy hayotga zahar boʻladi.
Shuning uchun Janobi Haqqa shukr Qur'oni Hakimning gʻaybiy ishorati bilan qahramon turk va arab millatlari ichida tirk va arab tilida bu asrni qutqaradigan Qur'oniy moʻ'jizani Risola-i Nur nomi bilan darsi yoyilishni boshladi. Oʻn olti yil avval olti yuz ming kishining iymonini qutqargani kabi, hozir millionlardan oʻtgani yuzaga chiqdi. Demak Risola-i Nur insonni anarxistlikdan qutqarishga bir daraja vasila boʻlgani kabi, Islomning ikki qahramon qardoshi boʻlgan turk va arabni birlashtirishga, Qur'onning asosiy qonunlarini yoyishga vasila boʻlganini dushmanlar ham tasdilayapti.
Modomiki bu davrda mutlaq kufr Qur'onga qarshi chiqyapti. Mutlaq kufrda dunyoda jahannamdan ham kattaroq jahannam bor. Chunki oʻlim oʻldirilmaydi, har kuni bashariyatda oʻttiz ming mayyit oʻlim davom etayotganiga guvohlik qilyapti. Oʻlim - mutlaq kufrga tushganlar yoki tarafdorlarga ham shaxsan abadiy qatli va butun oʻtmish, kelajak qarindoshlarining ham abadiy qatl etilishi sifatida tasavvur qilingani uchun, Jahannamdan oʻn marta koʻproq dahshatli Jahannam azobi chekadi.
Demak qalbida Jahannam azobini mutlaq kufrda his qiladi. Chunki har bir inson qarindoshlarining saodati bilan baxtli, azobi bilan qiynalgani kabi, Allohni inkor qilganlarning e'tiqodiga koʻra, butun baxtlari yoʻq boʻladi, oʻrniga azoblar keladi. Demak bu davrda, bu dunyoda insonlar qalbidan ma'naviy jahannamni yoʻqotadigan tek bir chora bor: U esa Qur'oni Hakimdir. U bu darning tushunchasiga koʻra uning ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur boʻlimlaridir.
Hozir Allohga shukr qilamizki, siyosiy partiyalar ichida bir partiya buni bir oz his qildiki, asarlarni nashr qilishga monelik qilmadi. Iymon haqiqatlarining iymon ahliga dunyoda ma'naviy jannatni qozontirganini isbotlagan Risola-i Nurga monelik qilmadi, nashriga ruxsat tarzida muomala qildi, yoyilishini ham tazyiq qilishdan voz kechdi.
Qardoshlarim! Xastaligim juda qattiq, balki juda yaqinda vafot etarman yoki batamom gapirishdan (ba'zan man etilganim kabi) man qilinarman. Shuning uchun mening Nur oxirat qardoshlarim, yomonlikning yengili deb, ba'zi bechora yanglishganlarning xatosiga aralashmanglar. Doim musbat harakat etishsin. Manfiy harakat vazifamiz emas. Chunki ichkarida manfiy harakat qilinmaydi. Modomiki siyosatchilarning bir qismi Risola-i Nurga zarar bermayotgan ekan, bir oz ruxsat beryapti, masalaga yomonlarning yaxshisi sifatida qarang. Katta yomonliklardan qutulish uchun, ularga zararingiz tegmasin, ularga foydangiz tegsin.
Ichki ma'naviy jihod - ma'naviy buzgʻunchiliklarga qarshi chiqish hisoblanib, moddiy emas ma'naviy xizmatlar kerak. Shuning uchun siyosatchilarga aralashmaganimiz kabi siyosatchilar ham biz bilan mashgʻul boʻlishiga hech qanday haqqi yoʻq.
Masalan: Bir partiya minglar tomondan muammo chiqarsada, hatto oʻttiz yillik qamoqlar, tazyiqlar boʻlsada, haqqimni halol etdim. Bergan azoblari evaziga bechoralarning yuzda toʻqson beshini xoʻrlash va e'tirozlariga, zulmlariga uchrashdan qutulishga vasila boʻldim. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati hukmiga asosan yomonlik faqat yuzda beshga tushdi. Bizga qarshi boʻlgan partiyaning hozir hech bir jihatdan bizga qarshi shikoyat qilishga haqqi yoʻq.
Hatto bir mahkamada yanglish xabarchi va josuslarning vahimasi bilan bizni, yetmish kishini ayblash uchun Risola-i Nurning ba'zi boʻlimlariga badbinligi, e'tiborsizligi bilan yanglish ma'no berib, sakson xato bilan meni aybdor qilishga urinsada, mahkamalarda isbot qilingani kabi, hujumga eng koʻp uchragan qardoshingiz, mahkumligida derazadan prokurorning uch yoshli bolasini koʻrib, soʻradi. "Bu prokurorning qizi." deyishdi. U ma'sumning hurmati uchun prokurorga badduo qilmadi. Balki u tugʻdirgan qiyinchiliklar, Risola-i Nurning ma'naviy moʻjizasining yoyilishiga, e'lon qilinishiga bir vasila boʻlgani uchun, rahmatlarga aylandi.
Qardoshlarim balki men vafot etarman. Bu davrning yana bir xastaligi bor, u - "men"lik, xudbinlik, obroʻtalablik, hayotini madaniyat kayfu-safosida chiroyli oʻtkazish ishtahasi, qaramlik kabi xastaliklardir. Risola-i Nurning Qur'ondan olgan darsining eng birinchi asosi: Haqiqiy ixlos bilan iymonni qutqarishga xizmat qilish uchun "men"lik, xudbinlik, obroʻtalablikni tark etish lozim.
Janobi Haqqa shukr, a'zamiy ixlosni qozonganlarning juda koʻpi yuzaga chiqdi. "Men"ligini, shon-u sharafini eng kichik iymon masalasiga fido qilgan kishilar koʻp. Hatto Nurning bechora bir shogordining dushmanlari doʻst boʻlgan vaqtda u bilan suhbat qilish koʻpaygani uchun, rahmat-i Ilohiy jihatida ovozi yoʻqolgan. Hamda unga taqdir bilan qaraganlar, nazar tegishi oʻrniga oʻtib uni xafa qiladi. Hatto qoʻl berib koʻrishish musht tushirgandek qiynaydi. "Sening bu holating nima?" deb soʻraldi, "Modomiki millionlab doʻstlarim bor, nima uchun bularning hurmatini muhofaza qilmayapsiz?" Javoban aytdilarki:
Modomiki yoʻlimiz a'zamiy ixlos ekan, nafaqat "men"lik, xudbinlik, dunyo saltanati berilsa ham, saltanat oʻrniga boqiy iymoniy masalani tanlsh a'zamiy ixlosning taqozosidir. Masala: Harb ichida, okopda, dushmanning toʻplari orasida Qur'oni Hakimning bitta oyatining, bitta harfining, bitta nuktasini tanlab, toʻplar ichida Habib degan kotibiga "Daftarni chiqar!" deb, ot ustida oʻsha masalani yozdirgan. Demak Qur'onning bir harfining bir nuktasini, dushmanning toʻplariga qarshi tark qilmagan, oʻzining joni oʻrniga tanlagan.
Oʻsha qardoshimizdan soʻradik: "Bu ajib ixlosi qayerdan dars oldingiz?"
Quyidagi ikki nuqta tufayli, dedilar:
Bittasi: Islom olamining eng ajib harbi boʻlgan Badr Harbida namoz vaqtida jamoatdan hissasiz qolmaslik uchun, dushmanning hujumi bilan birga mujohidlarning yarmi qurollarini tashlab jamoat xayriga sherik boʻlish, ikki rakat soʻngra ular ham hissador boʻlsin deb Fahri Olam Alayhissalotu Vassalom bir hadisi sharifi bilan amr qilishlaridir. Modomiki harbda ruxsat bor ekan va modomiki jamoat xayri ham sunnat boʻlib, sunnatga rioya qilish eng buyuk dunyoviy hodisa oʻrniga tanlagan. Mutlaq Ustozning ishoratidan bir nuqta olib, biz ham ruhu jonimiz bilan ergashamiz.
Ikkinchisi: Islom qahramoni Imom Ali Raziyallohu Anhu "Jaljalutiya"ning koʻp joylari va oxirida namozda huzuriga gʻaflat kelmasligi uchun bir himoyachi istaganlar. Dushmanlari tomonidan u kishiga hujum qilinish ma'nosi hotiriga kelmaslik, faqat namozdagi huzuriga juda koʻp dushmanlari tomonidan hujum tasavvuri bilan namozdagi huzuriga mone boʻlinmasligi uchun bir muhofiz ifritni dargohi Ilohiyda niyoz qilganlar.
Bu bechora, umri va davrda obroʻtalablik ichida yumalagan bechora qardoshingiz, ham Xilqat-i Olam Sababidan ham Islom Qahramonidan ushbu kichik ikki nuktani dars oldim. Bu davrda juda kerak boʻlgan Qur'onning sirlariga ahamiyat berib, harb ichida jonini muhofaza qilishga urinmay, Qur'onning bir harfining bir nuktasini bayon qilgan.