Aziz, siddiq, va koʻp izlanuvchan va tadqiqotchi qardoshim Ra'fat Bey!
Sening ustun zako va diqqating, soʻragan savollaringning koʻpiga javob berib boʻlgani uchun, muxtasar javob beryapman, xafa boʻlma. Sen bilan garchi soʻzlashmoq istayman, ammo vaqtim izn bermaydi.
Hurriyatning boshida Ittihodchilar ichiga kirgan dinsizlarni koʻrar edim, Islomiyat va shariati Ahmadiya, ijtimoiy hayot va ayniqsa Usmoniylar siyosat uchun gʻoyat foydali va qiymatli oliy dasturlarni jamlaganini qabul qilib, bor quvvatlari bilan shariati Ahmadiyaga tarafdor edilar. U nuqtada Musulmon, ya'ni haqni kerak deyish va haq tarafdori boʻlsalarda, moʻmin emas edilar. Demak gʻayri moʻmin muslim deb nomlanishiga loyiq boʻlishgan edi.
Hozir esa Ovrupo usuli va madaniyat nomi ostida bid'at bilan va shariatga ters jarayonlarga tarafdor boʻlib, Allohga, oxiratga, Paygʻambarga iymoni bor va oʻzini moʻmin deb biladi. Demak haq va haqiqat boʻlgan shariati Ahmadiyaning qonunlariga tarafdor emas va haqiqiy tarafgirlik qilmas ekan, gʻayri muslim bir moʻmin boʻladi.
Iymonsiz Islomiyat oxiratda najot topish sababi boʻmagani kabi, bilib turib Islomiyatsiz iymon ham oʻtmaydi, balki najot berolmaydi, deyish mumkin.
Ikkinchi savolingiz: Aniq ajal bilan muallaq ajal, sizga ma'lum boshqa ta'bir bilan "ajali musammo" va "ajali qazo" deb ta'bir etiladi.
Uchinchi savolingiz: Soʻzlar oʻttiz uch, Maktubot oʻttiz uch, Derazalar oʻttiz uch, majmui toʻqson toʻqqiz boʻlgani kabi, Arabcha Qatra Risolasining boshida bayon etilganidek, eng avval bu faqir qardoshingizning fikriy harakatlari namozdan soʻngra oʻttiz uch "Subhanalloh" va oʻttiz uch "Alhamdulilloh" va oʻttiz uch "Allohu Akbar"dagi martabalarga koʻra toʻqson toʻqqiz fikriy mujohadalar va ruhiy maqomlardagi tazohurot va toʻqson toʻqqiz asmo-i husna jilvasiga sazovor boʻlish sirlarini uzoqdan uzoq gʻira-shira his etilishi bois, oʻttiz uch muborak raqami, ixtiyorim xorijida koʻp ilmiy harakatlarim va nashr ishlarimni boshqargan. Boshda darsdoshlaring va Hoji Ibrohim qardoshlarimizga salom aytaman va muborak xonadoningdagi ma'sumlarga duo qilaman.
Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirgizish uchun ukam Abdulmajidning Xulusiy Beyga yozgan maktubining ishora qilingan bosh tarafi bilan orqasidagi Ra'fat Beyning maktubidan olingan bayonlarni Xusrav yozsin, soʻngra Hofiz Aliga yuborsin.
Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!
Siz kabi xush-suhbat bir qardoshimni haqsiz ravishda savol soʻramaslikka va sukutga da'vat etaman. Bunday deyishga uzrim bor, hatto majburman. Chunki bugun toʻrt soat toʻhtamay kotibni kutdim. Bir maktub yozaman dedim, boʻlmadi. Men yigirma daqiqalik masofaga yurib bordim. Bogʻ suvi boshida, uyqusiz charchoq holda topdim. Uni aldadim, oz bir ishim bor dedim. Holbuki oʻn daqiqa oʻylab, ikki soat zaruriy yozuvlar yozdirdim. Zotan boshim ham charchagan va istirohatga muhtoj.
Ammo Ra'fat kabi bir mushtoq odamni gapirtirmaslikning jazosi sifatida ta'zir yedim. Bu hafta sen soʻraydigan oson, latif savoling oʻrniga Senirkentli birodarlarimiz qiynovchi, Eski Saidning xotirasiga havola etiladigan ajib savollarni soʻrashdi. Oʻz nafsimga: "Haqqi bor. Sen Ra'fatni tinglamading, endi bularni tingla". Ularga javob berish kerak chunki bunday masalalarda dinsizlar hujum qiladi. Majburiy, gʻoyat muxtasar , noqis va qisqa javob yozdim, ammo yana Ra'fatning hurmati uchun yozdim. U javobni bundan avval toʻrt savolga javob va mugʻayyiboti xamsaga doir Sabri Afandi va Hofiz Alining savollariga doir qisqa javobni Xusrav bilan birga oʻqinglar. Munosib koʻrsangiz, uchalovi birdan yo Oʻn Oltinchi Yogʻdu yoki yozilmagan Oʻn Toʻrtinchi Maktub maqomiga oʻtkazilsin. Xato boʻlsa, tahrir etarsiz. Chunki javoblarning asli sunuhot boʻlish bilan birga, tafsilotida fikrim aralashib xato qilishim mumkin.
Hofiz Ahmad Afandi Oʻn Toʻqqizinchi Maktubni yozishi kerak edi, ajabo boshladimi? Unga koʻp salom aytaman. Yozuv xizmati ahamiyatlidir, qancha tomonlama ibodat hisoblanadi. Muborak xonadoningizdagi ma'sumlarga duo qilaman va ma'lum darsdoshlarga koʻp salom aytaman. Gilamchi Shayx Mustafo Afandi ba'zi risolalarni yozayotgan edi. Inshoalloh bu muqaddas xizmatga u muborak zotlar ishtirok etadilar. U kishiga ham xususiy salom aytaman va duosini istayman. Hoji Ibrohim Afandi va Badriddinni, Ra'fatni eslash bilan, aksariyat hollarda ularni xotirlayman. Ularga ham xususiy salom aytaman.
Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!
Soʻragan savolingga eng oson va ruxsatli javob sening javobingdir. "Multaqo" Sharhi Damading va "Maroq-ul Faloh" ikkovlari aytishgan: Ikki Ramazon uchun bir kafforat kifoyadir. Koʻplab voqealarga bir kafforat kifoya qiladi. Chunki tadohul bor. Va هُوَ الصَّح۪يحُ deganlar. Haqiqat nuqtai nazarida bu masalada: azimat va ruxsat bor. Azimat holi, quvvati toʻgʻri kelsa, xar Ramazon uchun alohida bir kafforat bor. Ammo ruxsat jihati, tadohul sirriga binoan, koʻplab Ramazon uchun bir kafforat farz, alohida-alohida kafforat mustahab darajasida qoladi. Bu kafforatga ma'no-i uqubat bilan ma'no-i ibodat ikkisi joylashtirilgani uchun, ham istamasdan majbur qilinmaydi, ham tahodul etadi.
Aziz qardoshim! Fiqh-ul akbar boʻlgan asosoti iymoniya bilan mashgʻul boʻlganimiz uchun, naql va ahli ijtihodning madorikiga va maohiziga qaragan daqoiqi masoili far'iyaga hozircha zehnim jiddiy yoʻnala olmaydi. Zotan yonimda kitoblar boʻlmagani kabi, murojaat qilishga vaqtim ham yoʻq. Ham Islom ulamosi shunchalik tadqiqoti saiba qilganlarki, furuotga doir tadqiqoti a'miqaga ehtiyoj qoldirishmagan. Agar haqiqiy ehtiyoj his qilsa edim, furuotga doir mujtahidlarning chuqur manbalariga murojaat qilib, ba'zi bayonlar yozar edim. Demak, hali u turdagi haqiqatlar bilan mashgʻul boʻlish davri kelmagan, nima boʻlganda ham.
Sizga bu safar Fath surasining oxiridagi oyatlar va ular munosabati bilan
oyatiga doir bayonlarni va "Minhoji Sunnat" nomli Yogʻduda اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى sirriga doir muhakamot haqida fikringiz qanday? Qardoshing Xusrav bilan sen, Shayx Jiyloniyning karomoti gʻaybiyasining barcha qismlari bilan bir nusxa yozib, Xulusiy Beyga yuborsangiz yaxshi boʻladi. Osim Beyga ham barchasi yuborilishi kerak. Boshda, (Gʻavsi A'zamning ta'biri bilan Bakir Bey), bizning ta'birimiz bilan Bakir Ogʻa, Ahmad Xusrav, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, qaynotang Hoji Ibrohim Bey va Sazoiy Bey va umum qardoshlaringizga salom aytaman, duo qilaman. Muborak va baxtiyor Badriddinning boshidan oʻpaman. U Qur'onni oʻqiganda menga duo qilsin. U ma'sumning duosi inshoalloh haqimizda maqbuldir. Uning volidasi boʻlgan oxiratli singlimga alohida duo qilaman. Badriddin kabi bir avlod sohibasi boʻlgani uchun tabrikka loyiq. Badriddin oʻqigan xar bir Qur'on harfining, oʻn savobdan to minggacha uxroviy mevalari bor. Savoblar ham volidasining amal daftariga, ham domla va ustozining daftari a'moliga qayd boʻladi.
(Xusrav, Ustozining oʻz haqida gʻazablanganini oʻylab, bir masalaga doir xafa boʻlib yozgan maktubidan bir parchadir.)
Suyukli va qiymatli Ustozim!
Maktubingizning mutolaasidan keyin qaygʻularim orasida, qalbimga koʻp xotiralar keldi. Xar tarafi, xar holi qusur va ayb bilan toʻla talabangiz, suyukli Ustozining oyoqlarining ostiga borligʻini toʻshagandi. Balki xar kun bu shiddatdan yanada katta bir shiddat bilan muomala koʻrsa va hatto Ustozi uchun, yuz ming hayoti boʻlsa, hammasini berishga ikkilanmasdan tayyor ekanini, yuzaki emas, qalbiy e'tirof bilan muhayyodir.
Gunohkor talabangiz yillardan beri Xoliqidan bir homiy istayotgan edi. Boshdan oyoq qoraliklarga toʻla amal daftarim koʻrib chiqilsa, bu xususda qanchalik tazarru va niyozim bor va qancha koʻz yoshlarim topiladi. Qur'oniy xizmat yoʻlida Yer yuzi yashovchilaricha hayotim boʻlsa ham, xar birini fido etishni qanchalik buyuk saodat va sharaf deb qabul qilganman.
Ey suyukli Ustozim! Ey qiymatli Xoʻjam! Ey yillardan beri qidirgan muhtaram murshidim! Ey aziz dalloli Qur'on!
Iztiroblarimning sururga aylanayotganini his etyapman. Uzoqda boʻlganning aybi koʻrinmaydi, ta'zir yaqinda boʻlganga uriladi. Qalbim bu jumlalarga هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى deydi. Faqat aqlimdan oʻchmagan narsa boʻlsa, u aziz Ustozimning azoblariga ishtirok etish edi.
Muhtaram murshidim! Risolalarning biriga qoʻl uzatish yoki bir sahifasiga til tekkizishga yoxud bir jumlasini yoki bir kalimasini tanqid qilishga, hatto bir harfiga va balki bir nuqtasiga e'tiroz qilishga kimning haddi sigʻadi?
Istisnosiz, xar bir odam tanlar ekan, bunday narsaga jur'atni kimdan olay. Yoʻq suyukli Ustozim, xotirjam boʻling, yillardan beri siz chekayotgan qalʻada yashashga mahkum jazosidan ham qattiq qiyinchiligingizga boshqa va qattiq azob qoʻshilishini xohlaganlarga oz mayl etish uyoqda tursin, bu holning shiddat bilan va balki fidoiysi sifatida qarshi ekanimga, vijdonimning tasdigʻi yetarli shohiddir.
(Hofiz Alining bir bayoni.)
Aziz Ustoz!
Bu asrning tumanli, zaharli rivojlanishi (koinot daraxtining mevasi boʻlgan insonning urugʻ, oʻzak, qobiq gʻoyalarini) yoʻq boʻluvchi va foniyga, xorlik va gʻururga, oʻtkinchi firoqqa, zohir botilga, tanballik adamga, hirs va hayvoniyatga, jonsiz va abasiyatga, beboshlik va hechlikka yoʻllab, mevaning asosiy qismi oʻlib, eng kamining ham oʻlish va chirishi hangomida, mazkur daraxtning markaziga yaqin, Isparta shoxiga osilgan, Hakimi Mutlaqning kamchiliksiz, mukammal shifoxonasi - Qur'ondan joʻshib chiqqan (Darmon Mulohazalar) nomli, xar Mulohazaning minglab harf tomchilari bilan yordamga yetishib, Yer kurrasi bogʻiga suv berib, minlab mevalarga hayot bahsh etgan va bu sabab manbayi kabi, qiyomatgacha gʻaroyib karomat va taqlid etilmas tamgʻa bilan gapiradigan muborak asarni, alhamdulilloh koʻchirdim.
Ha, Ustozim, qandayki
oyati karimasining minglab tasdiqlarining bir tasdigʻi boʻlgan insoniyatning xar bir aʻzosiga siymo, ovoz, atvor, axloq kabi yana koʻp latifalar va jihozlar mavjud ekan, bir-biridan farqli, xar bir shaxs bir olam hisoblanib, Vohidi Ahadi Samadning molki va san'ati va vazifador zodimi ekanini, shuuri boʻr odamga majburan qabul ettiradi.
Xuddi shuning kabi, Qur'oni Hakimning hayotdor samarasi boʻlgan "Soʻzlar" va Maktubot-un Nurning xar bir qismi oʻz olamida nihoyasiz qudratni koʻrsatgan va xar mavzui bilan minglab olamlar ichida bir olam boʻlgan shuhud olamining ajib tilsimini toʻliq kashf va hal qilib, xar risola bir muammoning kaliti va hayotdor ruhi hukmidadir.
Yana minglab Ilohiy ehson va Subhoniy rahmat boʻlsa, yozilishiga ehtiyoj bor. Yerlari boʻsh qorongʻu olam kabi, Shamsi Haqiqat quyoshining shu'lalarini kutishyapti. Janobi Haqdan, bu qattiq qaysar davrda (Asoyi Muso kabi) koʻp jihatlar bilan gʻaroyib, fathlarga sabab boʻlgan va inshoalloh hsun tarzda davom etadigan Rasaili-n Nurni koʻpaytirsin. Omin, omin, omin!
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Rushdu yuborgan oʻttiz liraning yigirma yettisini pochta orqali sizga yubordim. Siz unga yuborarsiz. Unga ham shunday yozdim. Mening ehtiyojim boʻlmagani va qoidamga ters boʻlgani uchun, qabul qila olmadim. Faqat uning xayrli niyati uchun, ahamiyatli xayrlarga sarf etilishi uchun, uning hisobiga oʻttizdan uch banknot oldim. Siz va siz bilan aloqador boʻlganlarga juda koʻp salom va duo qilaman.
Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!
Ispartaga joyni oʻzgartirtish ham qalbga keladigan maʻnolarga, ham siz bilan xabarlashishga bir daraja sustlik berdi.
Birinchidan: Qardoshimiz Sabri, Haqqi Afandilar istagi bilan, Egʻirdir vositasida sizga omonat yuboriladi. Oʻn Yettinchi Yogʻdu nomli Mulohazalarni Sabri sizga yuborgan yoki yuboradi. Bu dafʻa ham sirli, karomatli Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni sizga yuboryapman. Latif va ma'nodor bir muvofiqlik boʻldi, Xusrav sen uchun Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni yozayotgan edi. Yozgan vaqtida Xusrav vosirasida juda muborak Ramazon hadyasi bir paytda kelishi bilan birga, oʻsha tunda men sening xonadoning tarafiga va uyingga borganimni tushda koʻrganim edim. Ikki tun avval, haqiqatdan ikkinchi Xusrav va ikkinchi Sulaymon boʻlgan Sulaymon Rushdu sizni aynan koʻrgan. Bundan tushundikki, bizlar bir manzil ichidagi odamlar hukmidamiz. Moddiy jihatdan uzoqlik ta'siri yoʻq, bir-birimizga oddiy munosabat ham qayd qilinadi.
Ikkinchidan: Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz, ta'rifnomalarda yozilgani kabi, bir kotib haqiqiy xatiga ixtiyorsiz yaqinlashib, sirri koʻrinishni boshlagan va boshqa kotib haqiqiy xatini topgan. Haqiqatdan, qay fikrda boʻlsa boʻlsin, koʻrgan hammani tasdiqqa majbur qiladi. Hatto bu yerda muhim va maqtashi qiyin ulamolar ham, "quyosh kabi ishonib tasdiq etamiz", deb imzo qoʻyishyapti.
Bu tafsiriga Qur'on i'jozining yuz juzidan bir juzi aks etganiga shubhamiz qolmadi. Faqat shu farq borki, i'joz qasdiydir, qasddan esa hech kim qarshi chiqa olmaydi.
Bu kitobning tavofuqi esa, fitriy, ixtiyorsiz boʻligani uchun gʻaroyib boʻlib, karomat sanaladi. Qasdiy va sun'iy suratda qarshi chiqilmaydi. Nima boʻlganda ham, bu nusxani qardoshingiz Abdulmajid bir marta koʻrsin, inshoalloh unga ham vaqti bilan bitta nusxa yoziladi. Agar yerda birov aynan koʻchirishni niyat qilsa, juda diqqat qilishi kerak boʻladi. Chunki bu risolaning harflari ham sirli, oʻziga ishonmagan kishi yozmasin.
Uchinchidan: Qardoshimiz Fathi Beynig holi qanday, nima uchun oz koʻrishyapsiz? Men unga koʻp duo qildim va qilyapman. Sen bir zararkunanda xodim tufayli u bilan oz koʻrishishing meni ranjitdi. Alloh qabul qilsin, men ham unga koʻp marta duo qildim. Inshoalloh, tom bir birodar, bir tinglovching Hofiz Umar Risola-i Nurning yoyilishiga muhim bir vosita boʻladiki, xar maktubida uni jiddiy aloqador ekanini koʻryapman.
Oʻn Oltinchi Yogʻdu nomli uch muhim masaladan iborat bir risolani siz uchun yozdiryapman. Yetishsa, uni ham yuboraman. Lillahilhamd, bu yerda borgan sari Risola-i Nurning shogirdlari va yozuvchilari koʻpaymoqda. Qachon oz sustlik boshlasa, bir tashviq qamchisi sifatida bir narsa chiqadi.
Jumladan, soʻfiy sifat va yozuvda vaqtinchalik tanballik qilgan bir qism qardoshlarimizga yozilgan bir maktubning nusxasini oʻrab yuboryapman. Balki tanbal emas, ammo tanballashgan Abdulmajid ham koʻradi. Muhtaram volidangizning holi qanday? Ular haqida ham oʻylayapman, koʻp duo qilyapman. Xastalikning xar bir soati bir kun ibodat hukmida ekanini men tarafimdan ham unga, ham Domla Abdurahmonga ayt. Boshda otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurahmon, Imom Umar, Kamoliddin kabi doʻstlarga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.
Birinchisi: Iqtisod Risolasi, bir-biridan xabarsiz olti kotib yozgan olti nusxada, aliflarning ellik uch adadida muvofiq kelishlari, ta'lif va yozib koʻpaytirish tarixi - ellik uchga muvofiq kelishidir. Keyin qarasam, asl ilk qoralamada koʻp chiqqan joylar va tahrirlar bilan birga ellik uch adad sirrini muhofaza etganini koʻrib hayratlandik.
Ikkinchisi: Risolalarning Mundarijasi toʻliq yozilgandan soʻng, birinchi nusxa koʻchiruvchi ixtiyorsiz "Bu goʻzal mundarija tugadi" deb yozgan. U nusxa koʻchiruvchi abjadiy hisobi hech bilmagani kabi, hech narsani ataylab yozmagan. "Bu goʻzal mundarija tugadi" jumlasi aynan bir ming uch yuz ellik ikkinchi yilni koʻrsatib, mundarijaning ta'lif va yozib koʻpaytirish vaqtini koʻrsatgan.
Uchinchisi: Yigirma Uchinchi Yogʻdu, qoralamadan oqlamaga koʻchirilar ekan, aliflarning sonini xotirga keltirmasdan, yozilgandan soʻng bir yuz yigirma sakkizinchi risola ekaniga ishora boʻlib, bir yuz yigirma sakkizta alif borligidir.
Toʻrtinchisi: Kecha "Moʻ'jizoti Ahmadiya (ASV)" tahrir etilarkan, ikki kichik, latif tavofuqning oʻn daqiqa oraliq bilan vujudga kelishidir. Shundayki:
Ikkitalik birodarlar Moʻ'jizoti Ahmadiya va Me'rojni alohida-alohida tahrir etayotgan edilar. Me'rojning olti yuz qatori ichida bitta qator "haninu-l jiz'" - quruq ustunning yigʻlashi moʻjizasidan bahs etadi. "Moʻ'jizoti Ahmadiya" bir yuz ellik sahifa ichida bir sahifa unga doir. Birdan u ikki qism tahrirchilar ayni kalimani aytayotgan paytlarida ichlaridan bir afandi kelib, ikki qism ayni soʻzni aytyapmiz dedi. Qaradik, favqulodda ikki tahrir ayni kalima ustida ekan.
Oʻn daqiqa soʻngra, yetti moʻ'jizaga sazovor yetti bolaning bahsi tahrir etilarkan, kutilmaganda, oʻsha yerdagi kishilar nazarida muborak Meliha ismli besh yoshli bir bola kelib oʻtirdi. Bolalar bahsini zavq bilan tinglashni boshladi. Choy berdik, bola bahsi tugagancha ichmadi. U yerda boʻlgan biz toʻrt kishi shubhamiz qolmadiki, muvofiqlik sirrining birinchi manbai "Moʻ'jizoti Ahmadiya"ning ta'lif, koʻchirish, oʻqilishi va horiqo tavofuq jihatlaridan karomatini koʻrsatgani kabi, bu ikki kichik tavofuq bilan yana karomatning shu'lasidan ikki latifani koʻrsatdi.
Bir yil avval bir sayrga borarkan, orqamdan bir qiz bolasi bilan bir xotin kelar edilar. Men yoʻldan chiqdim, yoʻlni ularga boʻshatdim. Qarasam, mendan oʻtmayaptilar, siqildim. Tez yurdim, bir bogʻga kirdim. Qarasam, ular ham bogʻga kirishdi. Ham gʻazab, ham hayrat etdim. "Moʻ'jizoti Ahmadiya" qoʻlimda edi. Tafa'ul qilib ochdim. Sahifada eng avval koʻzimga tushgan va faqat risolada bir marta zikr qilingan bir ism, ayni u ayolning ismini koʻrdim. Qarab, u ayolni tanidim. Fasubhanalloh, dedim. Bular kim ekanlarini tushunish uchun avvalroq u kitobga qarasaydim, hayratdan qutular ekanman. Bu hodisaga ham men, ham hozir boʻlgan Shomli Hofiz va hodisani tushungan oʻsha ayol va boshqalar hayratlandik.
Qalban halovatsizligim sababli, Qurbon Hayiti Bayramigacha Sulaymon Afandi, Shomli Hofiz Tavfiq, Abdulloh Chovush va Mustafo Chovushdan boshqa hech kimni qabul qilmayman. Uzr, xafa boʻlmanglar.
Isparta Jumhuriyat Prokuraturasiga.
Toʻqqiz yildan beri, meni bu mamlakatda yashashga sababsiz surgun jazosini berdilar. Xorij bilan aloqa qilishdan man qilinganim uchun ishlay olmadim, bu abgor gʻurbatda kimsasiz qoldim. Oʻn uch yildan beri, meni bu viloyatda taniganlarning tasdiqlari bilan, siyosatga hech bir jihatda aloqam qolmaganiga dalilim shuki: Oʻn uch yildan beri biror gazeta oʻqimaganimni va tinglamanimni sakkiz yil yashagan Barla xalqini guvoh koʻrsataman. Oʻn uch yil, bu davrda siyosatning tili hisoblangan gazetani tinglamagan, eshitmagan, istamagan bir odamning siyosat bilan aloqasi yoʻqligi va sakkiz oydan beri viloyat markazida butun bu yerdagi men bilan aloqador kishilarning guvohliklari bilan, siyosatga taalluqli hech qanday masalaga qoʻshilmaganimni koʻrsata olaman.
Bu holim bilan birga, bu yilning Qurbon Bayramida, fitratan suhbatni yoqtirmaganim uchun, hech kimni qabul etmaganimni koʻrsatadigan bir-ikki satrlik yozuv bilan eshigimda yozganim va hech kim kelmagani uchun, bu muborak bayramning toʻrt kunida bir politsiyachi qoʻyib, men kabi gʻarib, keksa, kasalmand odamga shubha isnod etib nazorat qilish va shaxsiy harakatimni sababsiz nazorat ostida saqlamoq bilan berilgan tazyiq va mashaqqat yetarli kelmayotgani uchun, bu yilning aprel oyining toʻrtinchi kuni, qish munosabatida va doimiy ravishda harakatlarimning ta'qib va nazorat etilishi sababli xorijga chiqmaganimdan siqilgan edim.
Xullas, oʻsha kun olti oylik iztirobimni yengillashtirish, biroz tanaffus va halovatsizligimni ketkazish uchun, havoning goʻzalligidan istifoda etib sayrga ketgandim. Qaytganimda bir komisar bilan ikki politsiyachi yashaydigan uyimning eshigida va bir komisar bilan ikki politsiyachi esa bogʻning tashqarisida oʻtirgan edi. Ichkariga kirdim, komisar va ikki politsiyachi meni kuzatishdi. Xonamga chiqdim, ular ham orqamda kelishdi. Men bilan birga kirib, qidiruvni boshladilar.
Toʻqqiz yildan beri aloqa qilishdan sababsiz man qilinganimdan, tutgan maslagim e'tibori bilan faqat Qur'on va iymon bilan mashgʻulman. Tintuv natijasida yozdirgan asarlarimdan:
1. Qur'oni Hakimdagi ikki ming sakkiz yuzdan ortiq Lafza-i Jalolning karomati sirrini va i'joz naqshini koʻrsatadigan, eng mustasno xat bilan yozilgan gʻoyatda qiymatli yigirmadan ortiq Qur'oni Karim juzlarini,
2. Baqo-i ruh, maloika va hashrning haqqoniyatiga doir Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz nomli risolaning ichida koʻringan, oʻzimcha eng kami ming lira qiymatidagi bir azim sirrni koʻrsatgan risolani;
3. Hazrati Paygʻambarning risolatini quyosh kabi isbot etgan va horiqo bir suratda oʻn ikki soatda ta'lif etilgan bir yuz ellik sahifalik Oʻn Toʻqqizinchi Maktub nomli Moʻ'jizoti Ahmadiya risolasi, u moʻ'jizalarning karomati boʻlib, unda tavofuq nomli shunday bir azim sirri koʻrindiki, u risola bir oʻzi moddiy jihatdan bizga ming lirachalik qiymatlidir;
4. Vahdoniyati Ilohiyani quyosh kabi isbot qilgan va Qur'onning oʻttiz uch buyuk oyatini tafsir qilgan Oʻttiz Uch Deraza nomli Oʻttiz Uchinchi Maktub-ki, sirri tavofuq bilan birga ilmiy va adabiy qiymati e'tibori bilan tavhid ahli nazdida faqat moddiy jihatdan ming lirachalik ahamiyati boʻlgan risolani,
5. Shirkning asosini yoʻq qilib, vahdoniyatni nihoyasiz darajada quvvat bilan isbot qilgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz nomli asar, agar bir olim tarafidan yoʻqotilsa, uni qoʻlga kiritish uchun ikkilanmasdan ming lira berishini oʻylaganim mislsiz risolamdan mavjud xar ikki donasini;
6. Isrofdan qutqarish va bu faqir millatni iqtisodga oʻrgatish uchun yozgan kichik, ammo mustasno bir ahamiyatda boʻlgan "Iqtisod Risolasi" nomli risolamning mavjud boʻlgan xar uch nusxasini,
7. Keksaligim sababli, iymon nuqtasida Qur'ondan topgan umid va tasalli nurlaridan qalamga olgan va hammasi toʻliq uch nusxa va ikki nusxa nuqsonli umum besh parchasi men kabi qabrga yaqinlashgan bir keksa odamga qiymat taqdir etilmaydigan darajada yuksak bir haqiqat bilan yozilgan deb oʻylayman,
8. Oʻn besh yil avval Arab tilida chop etilgan, Jahon Urushida otash ichida yozilgani uchun, oʻsha davr Bosh Qoʻmondonning bu harb yodigorining xayriga ishtirok etish niyatida qogʻozini oʻzi bergan "Ishorot-ul I'joz" tafsirini,
Ham uch yuz oʻttiz beshinchi yil Istanbulda chop qilingan Qatra, Shamma, Habba, Habbaning Zayli va
Anqarada Yangi Kun Bosmaxonasida Zaylining Zayli va Anqara Bosmaxonasida chop qilingan "Hubob" va
Istanbulda chop qilingan "Zuhra" va "Shu'la" kabi risolalarni ichiga olgan Arab tilida nashr qilingan majmuamni va
Istanbulda oʻn besh yil avval chop qilingan "Sunuhot" nomli nashr qiligan qiymatli ikki risolamni va
jiyanim Abdurahmon tarafidan oʻn besh yil avval Istanbulda chop etilgan "Tarixcha-i Hayot"imning bir qismiga oid nashr qilingan risolamdan uch nusxasi toʻliq va besh-olti nusxasi kam kitoblarimni va
Istanbulda yangi harflar chiqishdan avval chop qildirga "Oʻninchi Soʻz" nomli oʻta qiymatli - hashrni va qiyomatni kundek isbotlagan risolamni va
yana bilmagan xususiy, shaxsiy, iymoniy varaqlarim va risolalarimni takror qaytarib berilish sharti bilan olib ketishdi.
Bu qidiruvda shunchalar ilgarilab ketildiki, olti oy avval yashagan uyimdan hozirgi uyimga koʻchganimda stul, shisha, temir va boshqa ashyolargacha roʻyxatga oldilar va hali ham qaytarib berilmadi.
Toʻqqiz yildan beri bu mamlakatda va buncha doʻstlarim bilan koʻrishib, menga hozirgacha hech qanday ayb qoʻyilmagani va hech qanday muammo chiqarmadim va hayotimda shubha qilinadigan hech qanday belgi chiqmadi. Hamda surgun qilinganim sababsiz, faqatgina ehtiyot chorasi va vahima sababli boʻlishi, uzlat qilgan gʻorimdan chiqartirilib surgun qilindim
Bu muddat mobaynida siyosat va dunyo bilan aloqam yoʻqligiga, bu mamlakatdagi toʻqqiz yillik hayot tarzimning guvohligi bilan birga, risolalarimda kerak boʻlsa ichki ishlar boshqarmasi va kerak boʻlsa hukumat boshqarmasi shubha qilinadigan bir narsa topomagani isbot boʻladi.
{(Hoshiya): Diqqatga sazovor yeri shuki, sakkiz-toʻqqiz yildan beri zulm va tazyiqlar ostida yashirishga majbur boʻlgan eng eski va eng mahram varaqlarni birdaniga tintuv qilib hech bir narsa qoldirilmasdan olib ketildi. Xavotirlanadigan, andisha qilinadigan, uyaladigan va xijolat qilinadigan narsa yoʻqligi, gʻarazli badbin ahli dunyoning u kishiga qarshi qilgan haqsiz tazyiq va ta'qiblar qanchalik xunuk va xato ekanini koʻrsatadi. Ajabo, uni ayblagan va oʻzini vatan va millatga sodiq deb oʻylagan ahli dunyoning eng katta xodimidan eng kichigigacha, sakkiz-toʻqqiz yil emas, balki sakkiz-toʻqqiz oy mobaynida eng mahram va eng yashirin varaqlari yuzaga chiqarib tadqiq etilsa, xavotirga soladigan va uyaltiradigan sakkiz-toʻqqiz modda chiqmaydimi?}
Agar bir aybim boʻlsa, toʻqqiz yildan beri doimiy ravishda diqqat qilganlari holda, aybimni koʻrmagan yoki koʻrsatolmaganlar hozir koʻrsatishga majburdirlar.
Kitob yoʻqotishlarimdan kamida shaxsiy ikki ming lira zararim bor. Chunki hech birining boshqa nusxasini menda qoldirishmadi. Chop etish uchun faqat "Ishorot-ul I'joz" tafsiriga ikki yuz ellik lira bergan edim. Arabcha majmuasi uch yuz lira. Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzlarda u azim sirrga hech bir olim va hech bir adib yoʻqki, "Ming lira qiymatidadir" demasin.
Yana, oʻn uch yil avval hukumat Dor-ul Hikmatda menga yuz lira maosh oladigan darajada ish qila oladigan kishi nazari bilan qaragan, oyda yuz lira maosh bergan.
Soʻnggi sakkiz yilda meni yarim soatlik uzoqlikdagi qishloq Ilamaga ikki martadan koʻp borishga ruxsat berilmaydigan darajada aloqa qilish va kezishdan man qilinganim kabi,
daromadim, mulkim yoʻqligi, qishloqda men kabi odam ishlaydigan ish topolmaganim uchun,
hech kimning biror narsasini ham qabul qilmaslik hayot qoidam boʻlgani uchun,
chekkan abgorliklarim, zarar va ziyonning bahosini prokaraturaga havola qilib,
yo kitoblarimning hammasining qaytarilishini yoki bu xususdagi zarar va ziyonimning sababchilaridan qoplanishini da'vo qilaman.
Qoʻshimcha: Hukumatning qonuni tariqat darsi berishga, duo tumori yozishga, odamlarga taʻsir qilishga ruxsat bermagani, men ularga aloqador boʻlmaganim, hukumat yonimga kelgan ziyoratchilarni yoqtirmagani uchun, ba'zi odamlar koʻp martalab tariqat va duo tumori niyatida yonimga kelishni istadi. Men hukumatning qonuniga rioya etish va hukumat xodimlarini sababsiz shubhalantirmaslik uchun qabul qilmay, rad etdim.
Eshitishimcha, bu holdan ranjiganlar yolgʻon va aslsiz ayblovlar qilgan. Bunday hukumatning qonuniga rioya qilib rad qilgan kishilar sababli menga bunday aziyat berishdan, qonunga xilof harakat qilmaganim uchun bunday azob berish, qonunni tinglamaslikka majbur qilyapti, degan ma'no chiqadi.
Toʻqqiz yildan beri dunyoviy hayotimga kelgan xar qanday qiynoqlarga chidab sabr qildim, sukut etdim. Ammo ularning dunyolariga qoʻshilmadim. Uxroviy hayotimga suiqasd bilan hujum qilishlariga sabrim tugadi. Haqimni topish uchun da'vo ochishga majbur boʻldim.
Bundan keyingi qismni, Ustoz Hazratlarining Kastamonu va Amirtogʻ hayotida yozilgan va qoʻlyozma nusxalarda kiritilgan maktublar tashkil qiladi.
(Risola-i Nurning faol bir shogirdi Ahmad Nazif Chalabiyning istixroji va bayoni. Bu, ham Birinchi Shuaning oʻttiz ikkinchi oyati va ham Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kiritish munosib koʻrildi.)
U kishi aytadilar: Kelgan oyatlarni hofizdan tingladim.
Bu oyatlarda Risola-i Nurga imo va ramz va balki ishora bor deya his qildim.
Ha, modomiki bu oyat kabi risolat vazifasi va da'vatga qaragan oyatlar xar asrga qaraydilar va xar asrda fardlari va tasdiqlovchilari bor.
Modomiki bu oyatlarda Rasuli Akramga (ASV) berilgan sifatlar va unvonlar xar bir davr jarayoni va xar asrda hukm qilishi, unvonlar va ramziy ma'nosi bilan Risola-i Nur kabi u vazifani bajargan asarlar va zotlar bu kabi oyatlarning qamrovi doirasiga kirishlari, Qur'onning ma'naviy i'jozining izzati, balki taqozosi va lozimidir.
Modomiki Risola-i Nur bu ajib asrda, mustasno suratda bu oyat ishora qilgan vazifani bajarmoqda va ma'nosining umumiy doirasida bir aʻzosi ekan, albatta koʻplab alomat va yashirin ishoralar bilan ayta olamizki, bu oyatda Birinchi Shuaning boshqa oʻttiz bir adad oyatlari kabi, Risola-i Nurga ishoriy ma'no bilan qaraydi. Shundayki:
jumlasi ishoriy ma'nosi bilan aytadiki: "Ey ahli iymon val Qur'on ushbu oyat - bir ming uch yuz yetmishga qadar tajovuz qilgan eng qorongʻu bir zulm, eng qorongʻu bir zulmatdan sizni Qur'ondan kelgan nurlarga va iymonning yorugʻliklariga chiqargan, ismida nur, ma'nosida rahimiyat boʻlgan, Nur va Rahim ismiga sazovor boʻlgan Qur'on yogʻdusiga va bu asrimizga ishora qiladi.
Oyatning qo'shimcha belgi va ishorasi shuki:
bayonining (shadda va tanvin sanaladi) jifriy hisobi toʻqqiz yuz qirq yetti (947) boʻlib, Risolat-un Nur ismining maqomi - toʻqqiz yuz qirq yetti adadiga butunlay muvofiq keladi.
اِنَّٓا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَ مُبَشِّرًا jumlasi, (shaddalar sanalmaydi va oxirida tanvin vaqfdir, alif sanaladi) jifriy hisobi - bir ming uch yuz yigirma uchinchi (1323) yilni koʻrsatadi. U yilda, xalifalik markazida dahshatli inqilob portlab, boshlanishida, umidsizlikka tushgan iymon ahliga xushxabar berib, Islomiyatning haqqoniyatiga va quvvatiga quvvatli guvohlik qilgan va nubuvvat vorisligi nuqtasida da'vatda boʻlgan haqiqiy shohidga ishora qiladi.
وَ نَذ۪يرًا وَ دَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ jumlasi,
{(Hoshiya-1): وَدَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ soʻzi Risola-i Nurning haqiqiy ismi Badiuzzamonning maqomiga aynan muvofiqligi va ma'nan uygʻun boʻlgani kabi, faqat وَدَاعِيًا soʻzi Risola-i Nurning tarjimoni Said ismiga uch harf bilan birlashib, uch farq bilan muvofiq. Chunki tanvin, alif va vov qoʻshilsa ellik yetti, "sin"da uch farq bor.
Risola-i Nur talabalaridan Kichik Abdurahmon Tahsin}
tanvinlar vaqf boʻlmagani uchun, sanaladi. Jifriy hisobi, bir ming ikki yuz ellik oltinchi yilni koʻrsatib, bu asrda va bu davrdagi Islomiyatning xiralashishini, bir asr avval izhor etgan muqaddimalariga qarab, وَ دَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ kalimasi bir yuz toʻqson bir (191) boʻlib, Risola-i Nurning bir haqiqiy ismi boʻlgan Badiuzzamonning maqomi jifriysi boʻlgan bir yuz toʻqson bir (191) adadiga batamom tavofuq bilan ishora qiladiki, Risola-i Nur xiralashish davrida ichida "Allohga chaqiruvchi da'vatchi"dir.
{(Hoshiya-2): (Tanvinlar alif sanaladi) hisobi (1330) boʻlib, Risola-i Nurning fotihasi "Ishorot-ul I'joz" tafsirining chiqish yiliga سِرَاجًا مُنِيرًا agar birinchi tanvin sanalsa (1380) boʻlib, yigirma bir yil soʻngra Risola-i Nur Kurra-i zaminni yoritadigan nurli qandil ekaniga ramz qiladi inshoalloh.
Risola-i Nur talabalaridan Tahsin}
va faqat سِرَاجًا مُن۪يرًا soʻzi, tamomi Risola-i Nurning bir ismi boʻlgan "Sirojunnur"ga lafzan, ma'nan va jifran muvofiq kelib qaraydi. مُن۪يرًا dagi "mim", "e", النُّورِ dagi shaddali "nun"ga muqobil. Ha, Imom Ali (RA) karomati gʻaybiyasida Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi, bu oyatning uchbu bayonidan ilhom qilingan deyish mumkin va ikkilanmay aytamiz.
وَ بَشِّرِ الْمُؤْمِن۪ينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللّٰهِ jumlasi, (shadda sanalib), jifriy hisobi bilan bir ming uch yuz ellik toʻqqizinchi (1359) yilni koʻrsatib, asrimizning biz boʻlgan ushbu yiliga qarab iymon ahliga buyuk bir ehsoni bor deb, ramziy ma'nosi bilan xabar beradi.
Koʻryapmizki bu davrda eng buyuk ehson, iymonni qutqarishdir. Iymonni horiqo burhonlar bilan qutqargan (boshda) Risola-i Nurdir. Demak, bu davrga nisbatan u bir فَضْلًا كَبِيرًا dir.
Bu ishorani: فَضْلًا كَب۪يرًا dagi فَضْلًا kalimasi, toʻqqiz yuz oltmish (960) boʻlib, Risolat-un Nurning bu ismi, izofadan vasf shakliga oʻtib, Risolat-un Nuriyaning maqomi - toʻqqiz yuz oltmish ikki (962) adadiga ikki ma'nodor farq bilan muvofiq kelishi, unga ramzan va imo bilan ishora qilishidir.
Ilohiy, yo Rab! Risola-i Nurni, Risola-i Nur Muallifi Ustozimiz Said Nursiyni, Risola-i Nur talaba va shogirdlarini, mansublarini muhofaza-i hifzingda va qal'a-i Ilohiyang ichida muhofaza va amin ayla.. omin! Qur'on va iymon xizmatida sobit va doim ayla.. omin! Bu qudsiy xizmatda muvaffaqiyatlar bilan yordam va muovanatlar ehson ayla.. omin! Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayoni Azimushshonning sirri a'zamiga, ma'rifatulloh, muhabbatulloh va muhabbati Rasululloh muqaddas sirriga, va azim "Hasbunallohu va ni'mal vakil" sirriga, Alloh rizosi va Jamolini koʻrish lutfu ehsoniga sazovor ayla, yo Rabb-al Olamiyn!..
(Ahmad Nazif Chalabiyning bir bayoni. Bayram munosabati bilan qabul qilinmagan bir hadya uchun yozgan.)
Juda aziz va juda qiymatli, mushfiq va fidokor Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!
Xazina toʻla javohirlardan yanada koʻp, hatto bu foniy dunyo hayotining ziynatlari bilan oʻlchab boʻlmaydigan darajada qiymatli maktubingizni muborak Ramazoni Sharifning yigirma uchinchi kuni kech, iftordan oʻn daqiqa avval pochtadan oldim. Janobi Alloh qabul qilsin, ikki iftorni bir qildim.
Avval yozgan uzun satrlarimning foydasizligi va boʻshligidan, ortiq mashgʻul etganimdan va kerak boʻlsa bizning va kerak boʻlsa muborak Zakariyo qardoshimizning qiymatsiz, ahamiyatsiz hadyalarini, iznsiz qabul qilib, taqdim etishga jasorat qillganim uchun, aziz Ustozimning qabul qilmaslik va xursand boʻlmay, koyishlariga qolishimdan qoʻrqib intizorda turganimda, pochtachi kishi ikki maktub berdi. Iftor vaqti qisqa boʻlgani, oyoqda qopni ochgandan soʻng, qiymat taqdir etolmaganim juda shirin va jozibali xazratlarining xatlari, xuddi "qoʻrqma" deyayotganday, tabassum bilan koʻzimga tushdi. Sevinchimdan oʻqiyolmadim. Darrov uyga chopdim, iftor bilan birga oʻqishni boshladim.
Suyukli va mushfiq Ustozim! Muhyiddin Arabiy Hazratlarining xushxabarini esladim. Hazratlarida koʻrgan otalarcha shafqat, buyuk zot xabar bergan ota shafqatiga sohib boʻlganingizga iymon keltirdim. Qodiri Mutlaq hazratlari siz Ustozimizdan juda koʻp rozi boʻlsin. Bizlarni xizmatingizda va Qur'on xizmatida doim va sobit aylasin.. Ustozimizning qiymatli, muqaddas ishoralariga va qiymatli duolariga sazovor aylasin.. omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Shafqatli Ustozim! Qur'on xizmatida va Risola-i Nur nashriyotida bir zarra boʻlgan xizmatning Hazratlarining oliy nazdlarida husni qabulga sazovorligi, zaif va ojiz, faqir xizmatkoringiz va iqtidorsiz, idroki noqis, qamrovi tor, shuuri buzilgan talabangizni qay daraja sevinch va sururga toʻldirganingizni ta'rif etolmayman.
Bunday ma'naviy va qudsiy taqdirlarga erishtirgan, biz kabi gunohkorlarga, oʻttiz yillik ishtiyoq bilan, oʻn yillik munojot va niyozga javoban siz Ustozimizni ehson qilgan, qullarining isyonlariga qaramasdan xar istagini bilgan, eshitgan va ortigʻi bilan darajada bergan va butun yaratilganlarni qudrat qoʻlida tutgan va hamma narsaga sohib va molik va hokim Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga qanday hamd va shukr etishimni bilolmayman.
Qiymatli Ustozim! Siz vositachi boʻling, qiymatsiz xizmatimiz bilan juda oz va shu qisqa dunyo hayoti ichida, balki bir qatra darajasidagi hamd va shukrimizni "Taqobbalalloh" sirriga sazovor qilsin inshoalloh. Maktubot risolasining Ikkinchi Maktubini doim xotirlab, amrlaringizga rioya qilishga uringanaman. Bir gʻaybiy turtki bandangizni harakatga keltirib, Ikkinchi Maktubga muxolafatga chorlaydi.
Niyatim xolis, sadoqat va bogʻliqligim jiddiy va juda mustahkam. Xar qanday riyodan pok va hech qanday moddiy manfaatga oid va tayanmagan, Alloh rizosi yoʻlida, Qur'on nomiga va Risolat-un Nurga xizmat gʻoyasiga oid va ayniqsa biz kabi ojiz, osiy va gunohkorlarning hidoyat va irshod topishga, ahli zalolat va ahli bid'atni Haq yoʻliga da'vat va iymoniy haqiqatlarga xodim qudsiy zot, biz va mamlakatimizga "Allohninig omonati" sifatida ehson qilingan. Qiymatli musofirimiz, biz gunohkorlarning ma'nan yordam beryapsiz hamda kechayu kunduz magʻfirati Ilohiyaga va irshodimizga harakat qilayotgan ekansiz, bizlar bu aziz musofirimizga sevnch va ishtiyoq bilan va faqatgina Alloh uchun moddiy yordam berib, harakat qilish vazifasi bilan vazifador ekanimizni his qilamiz.
Yana, bizlarga Qur'on va Hazrati Paygʻambar (ASV) amr qiladilar: تَعَاوَنُوا (gʻariblarga yordam)...
Qiymatli va suyukli afv tilayman Ustozim. Bilamanki hadyalarni qabul qilmaysiz. Ammo zakot va sadaqa kabi yordamni, birodarlarimiz qattiq turib olganlari uchun yozishga majbur boʻldim. Moddiy ehtiyojlaringizga, uy kirasi, oʻtin va koʻmir kabi majburiy ehtiyojlar uchun kerakligini oʻylagan edim.
Asosan Hazratlarining hayot qoidalari buzilmasligi uchun, birodarlarimga doim, hech qanday moddiy manfaat oʻylanmaskni tavsiya qilaman va oʻgit beraman. Chunki din dunyoga vosita emas. Din pul topish vositasi va moddiy manfaatni qat'iyan qabul qilmaydi. Hatto Risola-i Nurning nashriyotida, hech kimning minnatiga qolmaslik uchun, qiymatli Ustozimni taqlid qilaman.
Qiymatli va mushfiq Ustozim! Xizmatkoringiz Ustoz nomiga emas, qiymatli va gʻarib bir musofirimiz nomiga va Alloh rizosi uchun moddiy yordam berishni istaymiz. Ham ma'naviy zarar koʻrmasligingiz uchun, kuch, qudrat va azamat sohibi Janobi Allohga niyoz va tazarru etib, dargohi Ilohiyasida husni qabulga sazovor aylashini duo qilamiz.
Qiymatli Ustozim! Bayramda ziyorat va arzi ta'zim maqomida turib, barcha birodarlarimiz bilan birga ham Ramazoni Sharifni, ham Laylatu-l Qadrni, ham muborak Iydi Saidi Fitrni Risolat-un Nurning umum talaba va shogirdlari va Qur'onning qiymatli xizmatchilari maqomida va hukmida qiymatli Ustozimizni tabriklab, Janobi Haqdan yanada koʻp qardosh va birodarlarimiz bilan birga siz Ustozimiz boshimizda, yana koʻplab Ramazoni Shariflarga musharraf boʻlishimizni niyoz va tazarru aylaymiz. Muborak ikki qoʻllaringizdan oʻpib, xayrli duolaringizni, qudsiy irshodlaringizni iltimos qilamiz, qiymatli Ustozimiz.
(Abdurahmon Tahsinnning bayoni.)
Ey buyuk Ustoz!
Risola-i Nur doirasi ichiga qabul va bu hayot obi kavsari bilan iymon fayzi manbaidir. Bu oʻta qiymatli, qadrli va abadiy dars bilan oʻzimni doimo baxtli va baxtiyor deb bilaman. Tez yozishni bilmaganim uchun, yozuvni biroz kechiktirganimdan xafaman. Yengillik va muvaffaqiyatimga xayrli duolaringizni soʻrab, kamoli adab bilan qoʻllaringizni oʻpaman, muhtaram Ustozim.
Roʻz soim, layl qoim,
Chu maqomi oshiqon
Layla-i nisfi Ragʻoib,
Tariki dunyo va toib.
Noshiri Risola-i Nur,
Badiuzzamon muhibbi Bozi Jiylon.
Ey faridi asriz-zamon
Sizsiz hakimi qalbon.
(Ahmad Nazifning bir qism maktubidan.)
Moddiy va ma'naviy qarzimiz boʻlgan xizmatlarni qilishdan oʻzimizni tortish, hissizlik, begonalik fitratimizda va yaratilishimizda yoʻqki, qolsak. Modomiki Janobi Xoliqi Rahim bizlarni inson qilib yaratgan ekan, insonlik amr qilgan vazifalarning mingdan birini ham ado qilolmaganimiz holda, qanday qilib tamoman begona qolaylik?
Bu xususda uzrli koʻrishingiz bilan birga, gʻayratli, jafokash, fidokor, bardoshi tuganmas, gʻarib va qudsiy, aziz musofirimiz - juda qiymatli Ustozimizning, biz osiy va gunohkorlarning qalblarini nurlar bilan toʻldirib, qarzimizni, ma'naviyatga yetisha olmanagimiz uchun, ahamiyatsiz va qiymatsiz moddiyot bilan bera olamiz degan fikr bilan tasalli topyapmiz. Afv eting Ustozim, Qur'on dallolining nidolarini eshitgan qaysi Musulmon borki, quloqlarini yopsin? Yoʻq, aslo yoʻq!
Nurlaringizning shu'lasi koʻzlarimizni qamashtiryapti. Qalblarimizni butun pokligi bilan Allohga, Qur'onga va Rasuli Mujtaboga (ASV) va u ikki jahon sarvarining aziz vorislariga bogʻlaydi va bogʻlagan. Bu bogʻ shunday bir bogʻki, Haq inoyati bilan, nafaqat moddaparast, mulhid va zalolat firqasining, balki dunyo kofirlarining barcha kuchlari yigʻilsa ham, bu muqaddas qalbiy robita bogʻini uza olmaydi.
Hazratlari lozim koʻrgan, hech qachon zaril boʻlmaguncha maktub yozish qiyinchiligini ixtiyor etishingizga rozi emasman. Bu xususda xafa boʻlish uyoqda tursin, qiymatli Ustozimning qudsiy vazifasini bajarishga moneʻ boʻlgan mashgʻuliyat eng katta xato va hurmatsizlik deb sanayman.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Oʻninchi Shu'la nomli yozgan Mundarijaning Ikkinchi Qismi menga shunday kuchli bir umid berdiki, Risola-i Nur men kabi ojiz, keksa va zaif bechora oʻrniga yosh, kuchli koʻp Saidlarni ichingizda topdi va topadi. Shuning uchun bundan soʻng Risolat-un Nurning toʻldirilishi, izohi, xoshiyalari bilan, bayoni va isboti sizga qoldirildi deb taxmin qilaman. Bir belgisi shuki: Bu yil koʻp marta eslatilgan haqiqatlarni qayd etish uchun tashabbus qilgan boʻlsam ham, ishlata olmadim.
Ha, Risolat-un Nur sizga mukammal bir manba boʻlishi mumkin. Undan iymon ruknlarining xar biriga, masalan Qur'onning Kalomulloh ekani va i'joziy nuktalariga doir turli risolalardagi qismlar toʻplansa yoki Hashrga doir alohida burhonlar jam etilsa va hokazo.. mukammal izoh, hoshiya va sharh boʻlishi mumkin.
Oʻylaymanki, iymonning oliy haqiqatlarini butunlay Risola-i Nur qamragan, boshqa yerlarda qidirishga ehtiyoj yoʻq. Faqat ba'zan izoh va sharhga muhtoj qolgan. Shuning uchun menga vazifam tugagandek tuyulmoqda. Sizning vazifangiz davom etishda. Inshoalloh vazifangiz:
sharh va izoh bilan,
toʻldirish va hoshiya yozish bilan,
nashr va ta'lim bilan,
balki Yigirma Beshinchi va Oʻttiz Ikkinchi Maktublarni ta'lif va Toʻqqizinchi Shu'laning Toʻqqiz Maqomini to'ldirish bilan,
Risola-i Nurni tanzim, tartib, tafsir va tahrir bilan davom etadi.
Risola-i Nurning samimiy, xolis shogirdlari hay'atining ixloslari quvvati va ittifoqidan chiqqan va koʻringan shaxsi ma'naviy boqiy, muqtadir bir dastaklovchi bir rahbardir.
Bu yerdan u yerga borgan maktublarni Muboraklar Hay'ati bir risola shaklida toʻplashini, Xusrav esa juz'iy va xususiy ba'zi jumlalarini, keraksiz ba'zi bayonlarini xatlab oʻtishni, Hofiz Ali va Sabriga havola etganini yozyapsiz. Risolat-un Nur haqida Xusravning karomatli, diqqatli, uygʻun va keskin nazari toʻgʻridir. Boqiy bir asarda vaqtinchalik, juz'iy va xususiy kalimalar tashlab oʻtilsa, yanada yaxshiroq boʻladi. Bu safargi maktubingizda uch karomatli nuqta koʻrdik:
Birinchisi: Bu yerning bir Xusravi boʻladigan darajada ixlos, aloqa va iqtidorni koʻrsatgan Kichik Xusrav Mahmud Fayzi ismli Risolat-un Nurning tirishqoq talabasi askarlik xizmatidan kelib, hali ikkinchi marta koʻrishilgan vaqt, maktubingizda Fayzi ismini koʻrdik, dedik: Risolat-un Nurning shogirdlari bir-biridan qanchalik uzoq boʻlsa ham, bir-biriga juda yaqin boʻlib, birdan his qilib yozishdi.
Ikkinchisi: Kichik Xusrav Fayzi soʻngi paytda Istanbuldaligida Risola-i Nur hisobiga hayolimga keldi. Xafa edim. Ajabo, xastami? Birdan hayolim boshqa tomonga ketdi, Hofiz Ali bilan juda mashgʻul boʻldim. Angladimki, iztirob beradigan bor ekan. Ammo Risolat-un Nurning faol markazi - Hofiz Ali oʻrnida boʻladi. Hofiz Aliga shifo duosini boshladim, davom etdim. Maktub kelishdan avval Fayzidan soʻradim: "Sen biror xastalandingmi?" U: "Yoʻq", dedi. "Unday boʻlsa, Ispartada Risola-i Nurning ahamiyatli va quvvatli bir ruknining xasta. Ammo xayolim haqiqatning suratini adashtiribdi", dedim. Soʻngra maktubingiz keldi, haqiqat anglashildi.
Uchinchisi: Bundan yigirma kun avval, muborak kunlardan keyin hayolimga keldiki; vazifador qalamni xar kun ishlatmagan kishilar Risola-i Nur talabalari ijmoliy unvonida xar yigirma toʻrt soatda yuz marta hissadorlar deb, xususiy ismlar bilan xos shogirdlar doirasi ichida bir qismning ismlari vaqtinchalik tashlab oʻtildi. Qardoshimiz Haqqi Afandi ham ularning ichida edi. Bir necha kun shunday davom etdi. Soʻngra birdan hech qanday sababsiz yana Haqqi Xulusiyga birodar boʻldi. Ismi rasmi bilan xos doirasiga kirdi. Haqqining "Meni duoda unutmasin" deb, maktubingizdagi bayon yozilgan paytda, xususiy duoni qozongan hisobi bilan taxmin qildik.
Hatto soʻnggi kunlarda bu kabi inoyatning koʻp yogʻdulari bor. Amin bularni kunlik hodisalar deb bayon yozadi, balki sizga ham yuboradi. ( Risolat-un Nurning kichik talabalari va kelajakda tirishqoq, qiymatli shogirdlari hozir ham talabalar doirasida boʻlib hissadordirlar.)
Istanbulda Mahmud Fayzi Eski Saidning risolalarini qidirar ekan, oʻsha kuni qahramon Rushdu bir doʻkonda borini toʻplab, olgan edi. Kichik Xusrav xafa boʻlib boshqa yerda qidirgan, "Ishorot-ul I'joz"ni topgan; taxminan shunday degan: Mendan oʻzgan, xar holda mendan oldindagi Ispartali qardoshlarimdir.
Nima boʻlganda ham, "Ishorot-ul I'joz" nusxasini Hofiz Ali va Sabridagi nusxalardagi muvofiqlik karomatini yozdirishni istaydi. Eng oson yoʻli shuki kichik daftarning, xar bir sahifasida tafsirning bir sahifasiga muqobil hijo harflarini (alif va to va b.) qayd etarsiz. Osonini topmasangiz, qolsin.
Umum qardoshlarimga bir-bir va ayniqsa risolalar bilan koʻp mashgʻul boʻlganlarga salom aytaman va duolar qilaman va duolarini kutaman.
Qayd: Amin va Kichik Xusrav va Hofiz Tavfiq salom va hurmatlarini bildirishadi. Tahsin askarlik xizmatiga borgan.
(Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdi boʻlgan Yusufning bir bayoni).
Rahim, Rauf va Zul-Minan Hazratlarining inoyat va lutflaridan qullariga hadya qilqan tavba va istigʻfor kabi, karam va ehson kalitiga, mendek juda gunohkor va tarbiyasiz, razil Yusuf Tuproq, barcha ayb va haqsizliklarimga qaramay, botib ketgan sari fazlidan bergan sazovor boʻlishning qiymatini taqdir etish, unga shukr qilish uyoqda tursin, kufroni ne'mat, koʻp martalab ahdni buzish, yolgʻonchilik va xiyonat qilganim uchun, chuqur gʻaflatga, quyuq zulmatga, mudhish zalolatga (loyiq boʻlib) uchragan qalbim, ruhim olgan davomli va qoʻzgʻagan yarani davolash chorasini qidirish yoʻlida aqlimni, zavqimni yoʻqotgan, xuddi telba holga tushgan edim.
Men murojaat qilgan xar ma'naviy tabibidan olgan dorilarim yaramni davolashga, aqlimni ishontirishga, hasratimni tinchlantirishga yetarli emas edi. Majburan
oyati jalilasining ma'nosiga kirishib, oʻrganib qolgan xorliklardan hosil boʻlgan quyuq dogʻlarni ketkazish va tozalashga va Haq yoʻlida sabot qilishga yordam beʻradigan rahbarni qidirar ekanman, oʻrtada hech qanday zohiriy sabab boʻlmay, yurtimdan Kastamonuga surgun qilinishim, shubhasiz, nafsimga ogʻir kelgan va hatto umidsizlik va pushaymonlikka koʻmilgan edim. Bilmas edimki, bu surgunim bilan
oyatlarining sirriga sazovor qiladigan, tuzalishi umid va imkonsiz degan ma'naviy yaralarimning davolanishiga qoʻlidan keladigan shifokorlarning kuchli muolajaning natijasi borligini, Hayy va Hakim ismining jilvasini shafqat bilan koʻrsatib, menga minnatdorlik bilan uxroviy yaxshilik qilish uchun qilingan ekan. Bu kir axloqim bilan men kimmanki, bu azim ehsonga noil boʻlsam deb hayratda qoldim. Ammo, lahulhamdu valminna
kabi yuksak ishoralar esimga kelib, bir daraja tasalli topdim.
Ey yaramning shifokori! Va ey zalolat jarligida yumalagan ruhimning xaloskori! Va ey Ilohiy va qudsiy yoʻllarning rahbari!
Avvaldan hech tanish boʻlmay, sizni qal'a ustida ilk va tasodifan koʻrganimda "Zalolatdan xalosning, Allohning rahmatiga yetishning eng qisqa yoʻli bormi?" deb soʻradim. "Juda qisqa Qur'oniy yoʻl bor" deb marhamat qildingiz. Ammo zalolatim, gʻaflatim, "men"ligim sabab bu qisqa, mardona javobdagi azim hikmatiga, rahmat favvorasiga diqqat qilmadim. Ruhimga xiyonat qilib ahamiyat bermadim. Va yana bir muddat ma'naviy falokatda qoldim.
Risola-i Nur, hatto Nur anhori deyishga munosib maktublardan yana tasodifan qoʻlimga tushgan bir nusxani koʻrib, ichidagi haqiqatlarga shoʻngʻiganda, inoyati Rabboniy, moʻ'jizoti Qur'oniy, Subhoniy himmatlar, ruhoniy karomatlar belgisi boʻlishi kerakki, qattiq qalbimga, osiy ruhimga, gʻofil aqlimga, magʻrur vijdonimga, buzuq tushunchamga "taq" etib bir tayoq urildi. Bir uygʻonish halqasi toqildi. Birdan oʻyladim. Olimlar qalamining siyohi shahidlarning qonidan qiymatlidir va
kabi hadislar bilan Hazrati Isoning (AS) Havoriylarga, Hazrat Muhammadning (ASV) Ansorlarga takliflarini va ularning qabul qilganlarini xotirladim.
Goʻyo, fatrat davri deyishga munosib bu davrda, Nubuvvat irsiyati maqomida, i'lo-i kalimatulloh yoʻlida moddiy jihatdan mashgʻul zalolat seli bilan yopilgan Haq yoʻliga yoʻl ochgan fidokor kishiga qoʻshilish va yordam berish, bu orqali fursatni gʻanimat bilib, zulmatdan nurga sazovor boʻlish kerakligini his qildim va idrok etdim. Juda oddiy maxluq boʻlganim va qalbimga istilochi, ogʻir zalolat zarbasi va uning qalin pardasi ostida xasta boʻlganim uchun, fazilatni, ma'naviyatni tushunmayman. Zero, fazilatni taqdir etish, fazilatni bilish bilan mumkin boʻladi. Lekin buncha yomonliklar va ikkilangan harakatlarim bilan oliy huzurlariga lutfan qabulimda, yuksak ruhingizdan yoqqan samimiy shafqat, haqiqiy marhamat, halimona iltifot, karamli husni qabulingiz meni bir qancha umidlarga, ixtiyorsiz muhabbatlarga chorladi va buyuk sururlarga gʻarq etdi. Allohning eng ojiz, eng past, eng gunohkor, eng zolim bir maxluqini birodarligiga qabul va qardosh etgan, bir odiy shaxsiyat emas, quvvatli dastakka, bezmaydigan tayanchga ega boʻlish kerakligiga qatʻiy qanoat hosil qildim.
Riyokorlik boʻlmasin, salim fikringizdan, jiddiy vaziyatingizdan, Qur'onga ergashish va mahkam tutish yoʻlidagi toʻgʻri irshodingizdan, haqiqiy soʻzlaringizdan, samimiy talqiningizdan, umumiy xayrxoh hissiyotingizdan qalbimga, majruh ruhimga uzangan shifo tigʻi, umid nashtarining ta'sirida dili shod va xotirjam boʻldim. Turli-tuman shubhalar ochgan tuynuklardan yarador ruhimga butunlay muvofiq bildim. Zero
va boshqalar kabi haqiqatlar aqlimga joylashdi.
Albatta bu kayfiyat menga hajji akbar, rohi saodat, umri abad, toyri davlat, anfoli gʻanimat sababi boʻlib, sevinchimdan qanchalik shishsam, siz xaloskor va hakimi dardimga qanchalik tashakkur va tashakkur izhor qilishga, haqqim yoʻqmi?
Shu sabab, meni Qur'on dalloli, Risola-i Nur Muallifining shogirdligiga oid va qabul etib, katta lutflariga sazovor qilgan Rabbi Rahimimga dunyoda qolganim va imkon topganim muddatcha qalamimni, hayotimni bu yoʻlda iste'mol etishga soʻz va qaror berdirdi. Ortiqcha soʻz aytishga salohiyatim yoʻq va u martabaga layoqatim boʻlmagani uchun, hozircha bitiraman. Xizmatingiz umumiy va ta'sirli, amalingiz muvaffaq, himmatingiz oliy va doim, mehnatingiz maqbul, sa'yingiz mashkur, hayotingiz mas'ud, umringiz uzun, sihatingiz joyida boʻlsin. Soʻngsiz minnatdorligimning qabulini, ma'naviy himmat va eʻtiboringizning davomini iltimos qilaman, nur bilan mashgʻul nurli qoʻllaringizni oʻpaman, Afandimiz, Buyugimiz. (15 Fevral 1359)
(Risola-i Nurning istiqbolda ahamiyatli bir talabasi boʻlgan Ehson Sirrining bir bayoni).
Subhon sirlari voqifi, Faridi Badiuzzamon, As-Sayyid Said-ul Kurdiy Hazratlari huzuri samiysiga,
Assalomu aleykum ey murshidi komil!
Kamoli ta'zim bilan xoki poyingizga yuzlarimni surishga va muborak qoʻllaringizni oʻpishimga ruxsatingizni iltimos qilaman. Bandangiz ushbu iltimosnomamni zoti oliyingizga taqdim qilgan Saraj Ahmad Afandi faqiringizning oʻgʻliman. Qadar ustozining, azalda qazo tahtasiga yozgan yozuvlari hukmiga mahkum, bechora bir ovoraman.
Maqomi Yusufda tole'ning jilvalarini taqdiri Ilohiyga toʻliq itoat bilan tomosha qilayotib, otamdan olgan bir shafqatli nomada Siz murshidimizning ma'naviy muhabbatlarining xushxabarchisi boʻlgan salomlaringizni bildirib, vayron koʻnglim shod va bunyod etildi. Shu mazlum onimni nurlantirgan ma'naviy huzuringizda, satrlarim kabi qop-qora yuzimni, oʻtmish gunohlarim bilan qabih amallarimning nishonalarini yashirish qoʻlimdan kelmay, uyalishdan qocha olmadim.
Yoʻlini adashtirgan, nuri haqiqatni koʻrishdan mahrum, mosivoga shoʻngʻigan kishilarga Risola-i Nur bilan yordam qilgan va dastak boʻlganingizni yillardan beri bilganim uchun, boʻynimni eshigingizga egib, hidoyat yoʻlchilaringiz orasida yer ola bilmoq xolisona istagi bilan halqa-i irshodingizga butun ruhim bilan shoshilaman. Oliy irshodlaringizga muhtoj ekanimni arz etarkan, jur'atimning nazari afvingizga sazovor boʻlishini yolvorib, kamoli ta'zim bilan muborak qoʻllaringizni oʻpaman va ehtirom bilan sharaflanaman va joninmga jon kiradi, Buyuk Murshidim, Afandim Hazratlari.
Bir kun zolimlarga dedirar Hazrati Mavlo,
Tallohi laqod asarokallohu alayna.
(Kichik Xusrav Mahmud Fayzining bir bayoni).
Qiymatdor Ustozim, Afandim!
Diqqatli Chashmim bilan qildim, Risola-i Nurga nazar
Yoʻqdir imkon yozish mislin, afrodi bashar.
Bu ne lafzlar, bu ne ma'no, bu ne uslubi hasan,
Oʻqidigan sari porlamoqda boʻlmoqda, doim bir husn.
Barakalloh, ey muqaddas nuri Xudo,
Sizdadir tavfiqi Ilohiy nurlari, roʻshino.
Oftobning nuri zoildir, bu nur ishonch berar,
Subhi mahsharda moʻminiyn koʻzlariga jilo.
Har harfi fayzi Ilohiy ziyo manbai, jilvagar,
Zavq olar koʻrganda inson, butun ashyodan oʻtar.
Aylaydi iymoni tahqiqiy ta'limi jumla olamga,
Kim oʻqir sidq bilan, tushar fayzi Rahmon qalbiga.
Hal etar tilsimi koinotni, xar harfi dunyoga teng,
Manfaatli ilmdir, yozilar ajri jazil, to qiyomat bekadar.
Xullas, tamoman hikmat xazinalarining,
Har biridir ahliga, bir Haqni koʻrsatgan quyosh.
Ilohiy bihaqqi Asmoika-l Husna,
To qiyomat muntashir boʻlsin, ahli Haq koʻzlari topsin jilo.
Ey muallifi Risola-i Nur, gar etsangiz iftixor bajodir,
Havas qilsa jumla birodar sizga, juda loyiqdir.
Chunki aylading iymoni tahqiqqa bir koʻprik,
Qoʻlga kiritding shoh asar bilan zuhri yavmil mafar.
Bilaman emassiz anbiyodan bir nabiy,
{(Hoshiya): Mavlono Jomiy Mavlono Jaloliddini Rumiy haqida aytganlarki:
Jomiy Hazratlarining bu bayonining ma'nosiga ishora qilyapman.}
Lekin qoʻlingizda nedir bu nuri moʻ'tabar?
Fayziyo sen choʻzma aytilar kalom,
Aylar albat ahli irfon, arzi tahsini asar.
Aziz, siddiq, muxlis, xolis qardoshim!
Birinchidan: Bayramingizni, Nurlar bilan jiddiy mashgʻulligingizni, doimo birinchilikni Nur darsida va sadoqatida muhofaza etayotganingizni butun ruhu jonim bilan tabrik etaman.
Ikkinchidan: Hech xavotirlanma, sen bilan suhbatimiz ma'nan davom etadi. Barcha maktublarimda "Aziz, siddiq qardoshlarim", degan paytim, muxlis Xulusiy birinchi saf tinglovchilarning ichidadir.
Uchinchidan: Nurlar juda oʻtkir va gʻolibona fathlari keng doirada davom etyapti. "Sirran tanavvarot" sirri bilan, parda ostida yanada koʻp ishlamoqda. Ikki uskuna ming va besh yuz qalamli ikki kotib bilan, inshoalloh zamin yuzini yoritadigan darajada dars beradi.
Qardoshim, men ham sening fikringdaman. Nur xizmati uchun qadari Ilohiy seni sayohat qildiryapti. Eng muhtoj yerlarga yoʻllayapti. Xususan, u yurt, mamlakatim boʻladi. Goʻzal haqiqat lavhasining ilovalariga oʻtkazish uchun, Nur shogirdlariga yubordik. U atrofda Nurlar bilan aloqador kishilarga salom.
Jiyanim Nihodning koʻzlaridan oʻpaman. U ham otasi bilan birga doimo duomdadir.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Hammangiz hisobiga Tohiriyni koʻrdim va oʻz hisobimizga, umumingizga toʻliq bir Said va jonli maktub qilib yubordim. Sandiqlidan Adham Domla bilan Mustafo Domla bugun kelishdi, Nurli vazifalariga ketdilar.
Ikkinchidan: Xulusiy Bey qardoshimiz "Zulfiqor" va "Sirojunnur"ni va soʻngra "Sikka-i Gʻaybiya"ni soʻrayapti. Nur stantsiyasi Sabri xabarlashib, yuborishga harakat qilsin.
Uchinchidan: Risola-i Nur oʻz-oʻziga, ham ichkarida, ham tashqarida tarqalib, fathlar qilyapti. Eng qaysar dinsizlarni ham taslimga majbur etgani xabarlarini olyapmiz. Lekin hozircha bir daraja ehtiyot kerakligiga, xususan Beshinchi Shu'la ichidagi "Sirojunnur" loyiq boʻlmagan qoʻllarga berilmasligi kerak.
Imom Ali (RA) Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi va "Sirran tanavvarot" deyishi bilan ishora etgan. "Sirojunnur" parda ostida yanada koʻproq nur sochishini bir ishorati gʻaybiya deb bilamiz. Hammangizga salom yoʻllaymiz.
Aziz, siddiq, muxlis qardoshim va iymon xizmatida sabotli, metin birodarim!
Birinchidan, qat'iyan bil, sen eski mavqe'ingni Nur doirasida toʻliq muhofaza etyapsan. Sen bilan xabarlashish hech toʻxtamagan. Men qardoshlarga yozgan maktubimda "Aziz, siddiq" degan vaqtim, doimo avvalgi safda Xulusiy ham tinglovchidir. Sening ogʻir sharoit ostidagi nurli xizmatlaringga ming barakalloh deymiz. Bu bechora xasta qardoshingga qilgan juda yuksak duongga minglar omin deb, Alloh sendan rozi boʻlsin, tabrik etamiz.
Ikkinchidan: Lillahilhamd, Nurlarning xar tomonda futuhotlari bor. Eng ahamiyatli yerlarga siz kabi qahramonlar yuborilmoqda. U yurtda va Karsda Nurlarga aloqador qardoshlarga, xususan jiyanim Nihodga koʻp salom aytaman va sihhatlariga duo qilib, duolarini istaymiz.
Bu yerdagi nurchilar sizga hurmat bilan koʻp salom yubormoqdalar.
Aziz qardoshim!
Men haqimda xavotirlanma. Janobi Haqning inoyati davom etyapti. Hamda dunyo modomiki oʻtadi, xavotirlanishga arzimaydi. Sen xar kuni yigirma marta duoda eslanasan.
Nurning mashinistlari, Madrasat-uz Zahroning faol, muqtadir shogirdlaridan Tikuvchi Mahmud, Halil Ibrohim, ma'sumlarning kichik qahramonlaridan Talʻat va uning birodarlari ham bizlarni, ham butun Nur shogirdlarini xursand qilganlari kabi, inshoalloh kelajakda bu yurtda, bu Nur xizmati bilan juda katta foyda va natija beradilar.
Soʻragan shar'iy masalalariga kelsak, hozirgi maslagimiz va holimiz u masalalar bilan mashgʻul boʻlishga ruxsat bermaydi. Faqat shuni ayta olaman: Ruxsati shar'iya boʻlgan qasri namoz va taqdim ta'hir, tashish vositalari bir qarorda boʻlmagani uchun, ularga bino etilmaydi. Balki, shar'iy qoida boʻlgan qasri namoz sobit boʻlgan masofaga bino etilishi mumkin.
Agar: "Tayyora va poezd bilan bir soatda borgan odam zahmat chekmaydiki, ruxsatga haqdor boʻlsa", desang.
Javob: Tayyora va poezdda tahorat olib vaqtida namozini oʻqish, piyoda erkin ketganlardanda qiyin boʻlgani uchun, ruxsatga sabab boʻladi.
Nima boʻlganda ham, hozircha bu qadar yozildi. Bu shar'iy masalani ulamo-i Islom hal etishganlar, bizga ehtiyoj qoldirishmagan. Bu yerdagi doktor Xayri va Tikuvchi Mustafo oʻz nomlaridan hurmat bilan salom aytishyapti.
Aziz qardoshim!
Bu hodisa Abdurahmon hodisasi kabi bir hujjat boʻlib, bizga hozirgi hayot tarzi yaramaydi. Bu dunyoda yanada sof, oliy va qudsiy ma'sum hayot ehson etilgani uchun, unga qanoat qilish kerak edi. Marhum Abdurahmon garchi vaqtinchalik aldandi, ammo Istanbulda Risola-i Nur muqaddimalariga buyuk xizmati bor. Ham "Oʻninchi Soʻz" bilan toʻliq qutuldi, soʻngra ketdi.
Marhum Fuad ham, inshoalloh Risola-i Nurning fayzi bilan iymonini qutqargan va maktubi ham, sening aytganingdek koʻrsatmoqda, sizga va xonadoningizga mansub boʻlgani uchun, samimiy iftixori va kuchli aloqasi, Risola-i Nur jihati bilan ekanini his qildim.
Men sizga ta'ziya bildirish emas, balki ham uni, ham sizni tabriklayman. Bu davrning dahshatli va zalolatli hayotidan qutuldi, ma'sumroq va juda bulgʻanmay ketdi. Sizga Jannatga loyiq bir avlod va وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirriga sazovor boʻldi.
Men hozirgacha marhum Mullo Abdulloh bilan birga Abdurahmonni va Ubaydni aksar duolarimda zikr etganim kabi, marhum Fuadni ham ular bilan birga xar doim yod etaman, inshoalloh.
Ha qardoshim, aytganingdek, Fuadning (RH) maktubi aynan Abdurahmonning (RH) maktubi kabi Risola-i Nurning bir karomati shuʻlasini koʻrsatadi. Lekin unda Abdurahmonning oʻta xolis, hozirgi hayot tarzi va gap-soʻzlaridan toza, sof ifodasi yoʻq. Agar dunyoda boʻlganida, magʻlub boʻlish ehtimoli bor edi.
Janobi Arhamurrohimiyn ham unga, ham Risola-i Nur xonadoniga va doirasiga marhamat qilib, uni rahmatiga va Jannatga oldi, magʻlub ettirmadi. Risola-i Nurning kichik talabalari doirasidagi maqomida boqiylashtirdi. Hadsiz shukr boʻlsinki, bu ikki qahramon jiyanlarim vafotlarining e'lonnomalari bilan Risola-i Nur shogirdlari iymon bilan qabrga kirishlariga doir Qur'on xushxabariga ikki misol va ikki dalil koʻrsatdilar.
Men tomonimdan Risola-i Nur bilan aloqador yoki biz bilan doʻst boʻlganlarga salom va duo bilan, Dovud va Nihad ikki Muhammad va Abdulmajid va barcha ma'naviy foydalarimizga xar kun hissadordirlar.
220