Risale-i Nur

Barla Lahikasi
— 4 —

BARLA ILOVASI

Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
— 5 —

Taqdim

Bu Ilova maktublari "Yigirma Yettinchi Maktub" hisoblanadi. Risola-i Nurning ilk ta'lifi bilan boshlab davom etib kelgan. Risolalar Barlada yozilishni boshlab Isparta va atrofidagi qiymatdor talabalari bu risolalarni oʻqish va yozish bilan istifoda va istifoza qilganlarida hissiyotlarini, ishtiyoq va ehtiromlarini shukrona qarzi sifatida muhtaram muallifi Ustoz Hazratlariga maktublar bilan taqdim qilishgan. Ba'zi mushkul masalalar va savollarining hal qilinishini iltimos qilganlar. Shu tariqa ham Ustoz Hazratlarining, ham talabalarining maktublari bilan «Barla», "Kastamonu" va «Amirtogʻ» Ilova maktublari vujudga kelgan.

Barla Ilovalari: Risola-i Nurning Barlada ta'lif qilingani va qoʻlda yozib, koʻpaytirilib nashrni boshlaganidan Eskishahar qamogʻi zamoniga qadar boʻlgan davrda Nurning ilk mushtoq talabalarining, Nurlarning hamon ta'lifi zamonida, ilk oʻqib yozganlarida his qilgan samimiy hissiyotlarini, qalbiy va ruhiy istifoda va istifozalarini tilga keltirgan bayonlarini va Ustoz Hazratlarining ham ba'zi maktublarini ichiga olmoqdadir.

Kastamonu Ilovalari esa: Eskishahar qamogʻidan boʻshatilishdan keyin Nur Muallifi Kastamonuga surgun qilingan, Denizli qamogʻi zamoniga qadar u yerda surgun holda qolganlar. Bu muddat mobaynida Nur Muallifi Ispartadagi talabalari bilan doimiy xabarlashib Nurlarning Qur'on xati bilan yozilib koʻpayishi, nashri va inkishofi va eski yozuvni bilmagan yoshlarning istifodasi uchun ham, Risola-i Nur Kulliyotidan ba'zi bahslarning yozuv mashinkasi bilan koʻpaytirilishi xususida shiddatli aloqa koʻrsatganlar hamda Risola-i Nurning mohiyati, qiymati, zimmasiga olgan muqaddas vazifa-i iymoniyasi va sazovorligi; hamda talabalarining xizmat tarzlari, tajovuzkor dinsizlar qarshisida sabot va matonatlari va ahli Islomning bir-biri bilan muomalalarida ta'qib qiladigan ixlosli harakatlari kabi, bir qancha ichki va tashqi masalalarga toʻxtalib oʻtgan. Bu e'tibor bilan Kastamonu Ilova maktublari ayniqsa yozilgan zamon e'tibori bilan ham buyuk ahamiyat kasb etgan bir davrning mahsuli boʻlishi va bir qancha ijtimoiy masalalarni va toʻliq iymoniy haqiqat nazari bilan mutolaa, mulohaza va butunlashishi kabi jihatlarda buyuk qiymatga egadir.

— 7 —

Amirtogʻ Ilova Maktublari, birinchi qismi: 1944 yil 15 iyunda Denizli qamogʻidan oqlanish bilan boʻshatilishlaridan keyin Vakillar Kengashining qarori bilan Amirtogʻga surgun qilingan Risola-i Nur muallifi Said Nursiy Hazratlari 1947 yilning oxirlariga qadar, ya'ni uchinchi katta qamoq boʻlgan Afyon qamogʻiga qadar Amirtogʻda yashagan muddatlari davomida Isparta, Kastamonu, Istanbul, Anqara va universitet talabalari, Anadoluda Nurlar nashrni boshlagan joylardagi talabalariga xizmatga taalluqli ba'zi maktub va savollariga javoban yozgan maktublaridir.

Ikkinchi qism esa: 1948-1949 yillarda Afyon Qamoqxonasida yigirma oy qamalib boʻshatilishlaridan keyin takror Amirtogʻga qaytib u yerda bir muddat qolgandan keyin 1951 yili Eskishaharda ikki oy qolganlaridan soʻng, u yerdan ham "Yoshlarga Rahnamo" mahkamasi munosabati bilan ikki marta Istanbulga kelib uch oydan Istanbulda qolgan 1952-1953 yillarida va keyinchalik yana Amirtogʻda ekanlar, talabalariga yozgan maktublari hamda mahkamalarga va da'volarga aloqador masalalarga doir koʻplab bahslardir.

1953 yildan keyin istiqomat qilgan Ispartada ham ora-sira yozgan maktublari ham bor. Eskishahar, Denizli va Afyon Qamoqxonalarida ekanlar, qamoqdagi talabalariga yozgan juda qiymatdor qamoqxona maktublari esa, yana muhtaram muallif Ustoz Hazratlarining nashrini munosib koʻrishlari bilan Shu'lalar Majmuasida aynan nashr qilingandir. Bu Ilovalarda oʻtgan talabalarning maktublari, Nurlardan olgan iymon fayzi, ixlos va sadoqatlarini, iymonlari bergan botirliklarini ifoda qilish bilan ustozlariga izhor qilish va tashakkurlarini bildirish bilan bu davrda chiqqan Qur'oniy darsning tinglovchilari boʻlganlarini izhor qiladi. Va Risola-i Nurning haqqoniyatiga va Ustoz Hazratlarining da'vosiga bir-bir shohid hukmida boʻladi.

Risola-i Nurning yozilishi va nashri bilan birga ushbu Ilova maktublarining chiqishi, davomi va nashri shaxsan muhtaram muallifi tarafidan qilinishi va munosib koʻrilishi, koʻplab maktublarda bu Ilovalarning qiymatini ifoda qilishlari va eʻtiborni qaratishi, har holda bu Ilovalarning ahamiyatini koʻrsatishga kifoyadir.

Ha, Risola-i Nurning ta'lifi, chiqishi va nashri bilan birga Nur xizmatining va Qur'on darsining ta'limida va amalga oshirilishida va Nur maslagining oʻqib oʻzlashtirilishida va uzun vaqt xizmatning davomida sodir boʻladigan minglab vaziyatlar va hujumga uchragan talabalarning jarayonlar qarshisida sabot, matonat va ixlos bilan harakatlarida ularga yoʻl koʻrsatadigan, Qur'on xizmatining tarqalishida osonlikka sabab boʻladigan ogohlantirish va eslatmalarga, albatta ehtiyoj zarur, qat'iy va yaqqoldir.

— 7 —

Xullas, Ustoz Hazratlarining bu kabi shubhasiz haqiqatlarga va masalalarga toʻxtalish bilan ishora qilib diqqatni tortishlari, talabalarini ogohlantirib turishlari, albatta bu muqaddas xizmat ahamiyatining taqozosidandir. Hamda bu Ilovalarning bir qismi, ehtiyojga binoan yozilgan va yozdirilgan eslatmalar boʻlishi va ayni ehtiyojning har zamon takrorlanishi mumkin boʻlganidan, doimo murojaat qilinadigan hikmatlar va dasturlarni ichiga olgan. Haqiqatdan, yuzlab voqealar, hodisalar va masalalarda bu ehtiyoj oʻzini koʻrsatgan.

Nurlarning birinchi talabasi Xulusiy Bey Ustoz Hazratlariga yozgan bir maktubida "Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab boʻlmasa ham, faqat muborak "Soʻzlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib soʻragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz... Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlarlaringiz bilan ilm majlisingizda anglatganingiz xilma-xil va "Soʻzlar"ga oʻtmagan masalalar, qat'iyat bilan koʻrsatadilarki, ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan" demoqda va Nurlarning xizmatida ogohlantirish, eslatma va irshodlarga ehtiyoj boʻlishini ifoda qilmoqdadirki, undan keyin chiqqan ehtiyojga muvofiq Ilovalar u muborak zotning oʻrinli soʻzini quvvatlantirgan.

Bu Ilovalarda, Nur Muallifi Aziz Ustozimiz Risola-i Nurning nashri, oʻqilib yozilishi kabi shaxsan Nurlar bilan mashgʻul boʻlishga ahamiyat bermoqda, talabalarini doimo tashviq qilmoqdalar. Buning zarurat va hikmati esa, shubhasiz izohdan uzoqdir. Zero asrimizda koinot fanlari va moddiy ilmlar rivojda boʻlib, yangi yetishgan nasllar bu ilm va fanlarni oʻqiganlari; hamda tabiiyyun va moddiyyunning din va ma'naviyatga qarshi nashriyoti; ham kufri mutlaq jarayoni-ki, hech bir din va ma'naviyatni tanimagan va Allohga iymon haqiqatiga qarshi muoraza qilib dinsizlikni nashr qilgan, Islomiy fikrni buzgan va butun bashariyatni tahlikaga solgan, yangi nasllarga va yoshlarga iymonsizlik fikri kufriysini singdirish istagan kitob, risola, gazeta kabi nashr vositalarining Islom va iymon dushmanlari tomonidan asosiy reja qilib olingan bunday ajib va dahshatli bir zamonda, albatta Risola-i Nurga, oʻqilishiga, nashr qilinishiga shiddat bilan ehtiyoj va zarurat bor.

Chunki, Risola-i Nur Qur'oni Hakimning bir ma'naviy moʻ'jizasi va bu zamonning dinsizligiga qarshi ma'naviy atom bombasi sifatida komunizm jarayonlarining qalb ma'naviyatini buzishiga javoban, kitobxonlarning qalblariga qalb ma'naviyatini ta'mirlab, birma-bir tahqiqiy iymondan kelgan muazzam quvvat va qudratga tayanishni qozontirmoqda. Bu vazifani muqaddas Qur'onimizning ilhom, irshodi va darsi bilan ado qilmoqda.

Iymoniy tafakkur darsi bilan tabiatparast va moddaparastlar boʻgʻilgan ayni masalalarda tavhid nurini koʻrsatadi, iymon haqiqatlarini modda olamidan misollar va dalillar koʻrsatib izohlaydi. Litseylarda, universitetlarda oʻqitilgan ilm va fanlarning ayni masalalarida iymon haqiqatlarining isbotini quyosh koʻrinishida koʻrsatadi. Bu kabi koʻp jihatlar bilan Risola-i Nur bu davrda iymon va Islom ahli uchun birinchi navbatda qoʻlga olinishi zarur boʻlgan, ularning qoʻlida ma'naviy olmos qilichdir. Asrning idrokiga, zamonning fahm qilishiga, tushunishiga xitob qilgan, ehtiyojga eng muvofiq tarzni koʻrsatgan, dars bergan va toʻgʻridan toʻgʻri fayz va ilhom yoʻli bilan oyatlarning yulduzlaridan kelgan Qur'oniy darsdir, toʻliq ma'rifatulloh burhonlaridir.

— 8 —

Asrimiz insonlarining tushunishiga va idrokiga xitob qiluvchi mohiyati va Qur'oni Hakimning davrimiz aqllariga dars boʻlishi nuqtasidan Nur Risolalari, ayniqsa bu mamlakatda buyuk ahamiyat qozongan. Asrlarcha Qur'onga bayroqdorlik qilgan va dunyoni diyonati bilan oydinlatgan bu zotdor millat, yana dunyoga oʻrnak, axloq va fazilanda ustoz boʻlib insoniyat oʻtkazgan mudhish inqirozlardan xalos boʻlish uchun najot chorasini koʻrsatmoqda. Bashariyatni dahshatli zarbalarga yoʻliqtirgan, tahlikaga solgan anarxistlikning vayrongarchilik va buzgʻunchiligining yagona chorasi faqat va faqat Ilohiy, samoviy dinning azaliy va abadiy haqiqatlari, Islomiyat haqiqati boʻla oladi. Risola-i Nur Islomiy va Qur'oniy haqiqatilarni musbat va dalilli bir shaklda insoniyatning tahqiq nazariga arz va ifoda qilmoqda.

Hamda, Nur Muallifi bir maktubida "Ichki tarafkashona adovat va tortishuvlarga vasila boʻlgan ikkinchi darajadagi masalalarni emas, balki butun bashariyatning eng ahamiyatli masalasi boʻlgan iymonning ruknlarini va insonning saodatiga sabab va umum musulmonlarning asos va qardoshlik robitasi boʻlgan Qur'onning iymon haqiqatlarini topish va muhtojlarga toptirishga hayotimni vaqf qildim", degan Islom xizmatining va diniy masoilning barchasini ichiga olgan kenglik va jome'iyatga ega boʻlganini; diniy xizmatlarning har turdagisini qoʻllab-quvvatlagan va tashviq qilganini va bir katta Qur'oniy yoʻl boʻlgan Risola-i Nur doirasining umum iymon va Islom ahlini ichiga olganini ifoda qilmoqda. Va yana ayni maktublarida davom etib "Hatto Musulmonlar bilan emas, balki dindor Xristianlar bilan ham doʻst boʻlib adovatni tashlashga harakat qilyapman. Jahon Urushi va komunizm ostidagi anarxistlik tahlika va buzgʻunchiliklarining hol tili bilan "Dunyo foniydir, ayriliqlar bilan toʻla. Ey insonlar, adovatni tashlanglar, Qur'on darsini tinglab birlashinglar, boʻlmasa sizni mahv qilamiz", degan bayoni bilan bu davrning sharoiti va zaruratlari qarshisida xizmat tarzini yana Qur'onning nuri bilan koʻrsatib hikmatli shakldagi irshodning va Ilohiy tavfiqiqa muvofiq harakat bilan xizmat qilish tomonlama Risola-i Nurning lozimligi va ahamiyatini koʻrsatadi.

— 9 —

Xullas, Ilova maktublari bu kabi xususlarga ham ishora qiladi. Oʻzgargan dunyo hodisalari, keng va kulliy masalalar va sharoitga mos Qur'oniy xizmatning asoslarini dars beradi.

Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlarining Xizmatkorlari
Tohiriy, Zubayr, Husnu Bayram, Mustafo Sungur, Bayram

(Hoshiya): Barla Ilovasi oldin Qur'on xati bilan qoʻlyozma daftarlar holida tartiblangan va nizomga solingan boʻlib, bulardan ba'zilari shaxsan Ustozimiz Hazratlari taraflaridan tahrir qilingan.

Qoʻlimizda mavjud boʻlgan nusxalarda Ustoz Hazratlari tahrir bilan birga ahamiyatlariga ishora qilgan maktublarning ustiga ikki, uch, toʻrt va yana koʻproq ishoralar qoʻyganlar.

Bundan tashqari, Ustozimiz munosib koʻrgan, 1956 yilda Istanbulda nusxa koʻpaytirish dastgohi bilan nashr qilingan va bosh tarafiga Maktubotdan "Inoyati Sab'a" qoʻyilgan kichik Barla Ilovasi ham. Mazkur qoʻlyozma nusxalardagi maktublar va Amirtogʻ Ilovalaridan ham bir nechta maktub qoʻshilgan.

Nashr qilingan ushbu Barla Ilovasini tayyorlashda yuqorida zikr qilingan va Ustozimiz Hazratlarining tahrirlaridan oʻtgan qoʻlyozma nusxalar va nusxa koʻpaytirish uskunasi bilan nashr qilingan nusxa asos qilib olidi.

Umuman qoʻlyozma nusxalardagi tartib va nizomga solish bir-biriga muvofiq qilindi. Deyarli ayni maktublar ayni ketma ketlik bilan qoʻyildi.

Faqat oxirgi qismlarga borib qoʻlyozmalarda boʻlmagan Xulusiy va Ra'fat Ogʻalar kabi qiymatdor Nur ruknlari boʻlgan talabalariga Ustozimiz Hazratlarining yozgan bir qism xususiy maktublari ham ahamiyatiga va qamragan ilmiy haqiqatlari bilan Nurning ilk talabalari boʻlgan qiymatdor zotlarning hurmatlariga binoan nashr qilindi. Bu mavzuga doir Amirtogʻ Ilovasi-I jildida bir maktubda Ustozimiz Hazratlari bu maktublarning nashrini orzu qilganlar:

"Ra'fat qardosh! Sen ham xush kelding va Risola-i Nurni yozish bilan mashgʻul boʻlishing meni jiddan sevintirdi. Xulusiy va Sabri kabi sening savollaringning ham Risola-i Nurda ahamiyatli natijalari va shirin mevalari bor. Sening yoningdagi va risolalarda qayd qilinmagan ilmiy parchalarni munosib yerlarda yoki Ilovada yozarsiz."

— 10 —

(Yigirma Sakkizinchi Maktubdan)

Yettinchi Risola boʻlgan Yettinchi Masala
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قُلْ بِفَضْلِ اللّٰهِ وَبِرَحْمَتِه۪ فَبِذٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ

Bu masala "Yetti Ishora"dan iborat.

Avvalo, tahdisi ne'mat suratida bir nechta inoyat sirrini izhor qilgan "Yetti sabab"ni bayon qilamiz:

Birinchi sabab: Birinchi Jahon Urushidan avval va urushning avvalida, bir sodiq voqeada koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan togʻ mudhish ravishda portladi. Togʻlar kattaligidagi parchalarni dunyoning har tarafiga uchirdi. Dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimdalar. "Onajon, qoʻrqmang! Bu Janobi Haqning amridir. U Rahimdir va Hakimdir", dedim. Birdan oʻsha holatda, muhim bir zot menga amirona: "I'jozi Qur'onni bayon qil", dedi. Uygʻondim, angladimki:

Ulkan bir portlash boʻladi. Oʻsha portlash va inqilobdan keyin Qur'on atrofidagi qal'alar yiqiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on oʻzini-oʻzi mudofaa qiladi. Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning poʻlat zirhi boʻladi. Shu i'jozning bir navini bu davrda izhoriga, haddimdan ortiq boʻlib, men kabi bir odam nomzod boʻlishini va nomzod ekanimni angladim.

Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon "Soʻzlar" bilan boʻldi. Albatta, i'joz hisobiga oʻtgan va uning rashahoti va barakoti navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilmoq kerak.

Ikkinchi sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir. U oʻzini-oʻzi madh qilmoqda.

Biz ham uning darsiga ergashgan holda, uning tafsirini madh qilamiz.

Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar, Qur'onning mulki va haqiqatlaridir.

Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٓرٰ larda, حٰمٓ larda oʻzini-oʻzi kamoli hashamat bilan koʻrsatmoqda, kamolotini aytmoqda, loyiq boʻlgan madhni oʻziga-oʻzi qilmoqda.

Albatta, Soʻzlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va xizmatning maqbulligiga alomat boʻlgan Rabboniy inoyatlarning izhoriga vazifadormiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.

— 11 —

Uchinchi Sabab: "Soʻzlar" haqida tavoze suratida emas, aksincha bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: "Soʻzlar"dagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib kelgan. Hatto "Oʻninchi Soʻz" yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham batamom shunday. Modomiki men shunday deb bilaman va foniyman, ketaman. Albatta, boqiy qoladigan narsa va asar menga bogʻlanmasligi va bogʻlanilmasligi kerak.

Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon ishlariga toʻgʻri kelmagan asarni, asar sohibini obroʻyini tushirish bilan asarni qadrini tushirish odatlari ekan, albatta, samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozlarga va tanqidlarga sabab boʻlishi va tubanlashishi mumkin boʻlgan chirik tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak.

Hamda, modomiki insonlar urfida, bir asardagi ustun xususiyatlar, asarning masdari va manbai deb oʻylangan muallifining fe'l-atvorlarida qidiriladi va bu urfga koʻra, oliy haqiqatlarni va qimmat javohirni men kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsiyatimga bogʻlash, haqiqatga nisbatan buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar meniki emas, Qur'onning mulki boʻlib, Qur'onning rashahoti maziyatiga sazovor boʻlganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.

Toʻrtinchi sabab: Ba'zan tavoze, kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat iftixor boʻladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning yagona chorasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Ustun vasf va kamolotlarni egalik qilmasdan e'tirof qilib, Mun'imi Haqiqiyning in'omi sifatida koʻrsatish toʻgʻri boʻladi. Masalan: Qandayki bir koʻz qamashtiradigan murasso' va ziynatlangan koʻylakni birov senga kiydirsa va u bilan juda ham goʻzallashsang, odamlar senga: "Moshoalloh, juda ham goʻzalsan, juda ham goʻzallashding", desa. Sen kamtarlik qilib: "Yoʻq!.. Men kim boʻlibman, hech. Bu nimasi, goʻzalli yoʻq?", desang, kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik boʻladi. Agar faxrlanib: "Ha, men juda ham goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, mendek birovni koʻrsating", desang, magʻrurona bir faxr boʻladi.

— 12 —

Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun: "Ha, men goʻzallashdim, lekin goʻzallik libosnikidir. Demak libosni menga kiydirganniki, meniki emas", deyishi kerak.

Shuning kabi, men ham ovozim yetsa, butun Yer kurrasiga bor ovoz bilan aytamanki: "Soʻzlar goʻzaldirlar, haqiqatdirlar. Lekin meniki emas, Qur'oni Karimning haqiqatlaridan yarqiragan shu'lalardir."

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ

dasturi bilan aytamanki:

وَ مَا مَدَحْتُ الْقُرْاٰنَ بِكَلِمَات۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ كَلِمَات۪ى بِالْقُرْاٰنِ

Ya'ni: "Qur'onning i'joz haqiqatlarini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsatolmadim. Aksincha Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birlarimni ham goʻzallashtirdi, ulugʻlashtirdi." Modomiki shunday ekan, haqoiqi Qur'onning goʻzalligi nomidan, "Soʻzlar" nomidagi oynalarining goʻzalliklarini va oʻsha oynadorlik natijasida chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor qilish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.

Beshinchi sabab: Ancha payt oldin bir avliyolardan eshitdimki, u zot eski valiylarning gʻaybiy ishoralaridan istixroj qilgan va xulosa qilgan ekanki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatib yuboradi." Men bunday nurning chiqishini koʻp kutdim va kutyapman. Lekin gullar bahorda keladi. Muqaddas gullarga zamin tayyorlash kerak boʻladi. Angladikki, ushbu xizmatimiz bilan oʻsha nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Demak oʻzimizga oid emas ekan, albatta "Soʻzlar" nomli nurlarga oid Ilohiy inoyatlarni bayon qilishda faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi, aksincha hamd va shukrga sabab hamda tahdisi ne'mat boʻladi.

Oltinchi sabab: "Soʻzlar"ning yozilgani uchun Qur'onga xizmatimizga oldindan berilgan mukofot va tashviq vositasi hisoblangan Rabboniy inoyatlar, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa, boʻlsa bir Ilohiy ikrom boʻladi. Ilohiy ikromning izhori esa, ma'naviy shukr hisoblanadi. Undan ham oʻtsa, ixtiyorimiz xorijida Qur'oniy karomat boʻladi. Biz unga sazovor boʻlganmiz xolos. Bu tur ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, Qur'onning ma'naviy i'jozining otashlari boʻladi. Modomiki i'joz izhor qilinar ekan, albatta i'jozga yordam bergan kishining izhori ham i'joz hisobiga oʻtadi. Faxr va gʻururga umuman asos boʻlolmaydi, aksincha hamd va shukrga sababdir.

— 13 —

Yettinchi sabab: Inson sinfining sakson foizi haqiqatni tushunadigan va haqiqatni haqiqat deb tanib qabul qiladigan olim emas. Aksincha suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto kuchli bir haqiqatni zaif odamning qoʻlida zaif koʻrsa va qiymatsiz masalani qiymatdor odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatdor deb oʻylashadi. Shunga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini, aksar insonlarning nuqtai nazarida obroʻyini tushirmaslik uchun, majbur boʻlib e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmay, birisi bizni xizmat qildirmoqda. Biz bilmay, bizni muhim ishlarda ishlatmoqda. Dalilimiz shuki: shuurimiz va ixtiyorimiz tashqarisida bir qancha inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor boʻlyapmiz. Shunday ekan, inoyatlarni bor ovoz bilan e'lon qilishga majburmiz.

Xullas, oʻtgan yetti sabablarga binoan, bir nechta kulliy Rabboniy inoyatga ishora qilamiz.

Birinchi ishora: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon qilingandirki, "tavofuqot"dir. Jumladan: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan Oʻn Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; biz bexabar, bilmasdan bir nusxa koʻchiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno qolgan barcha sahifalarda, kamoli muvozanat bilan, ikki yuzdan ortiq "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom" kalimalari bir-biriga qaramoqda. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiqlaydi. Holbuki tasodif, boʻlsa-boʻlsa bir sahifada koʻp oʻxshash kalimalar boʻlsa, yarimga yarim tavofuq boʻladi, faqatgina bir-ikkita sahifada toʻlaligicha tavofuq etishi mumkin. Barcha sahifalarda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom soʻzi, ikki boʻlsin, uchta boʻlsin, toʻrtta boʻlsin yoki yana koʻproq boʻlsin, mukammal mezon bilan bir-birining yuziga qarasa, albatta tasodif boʻlishi mumkin emas. Hamda, sakkizta xar hil nusxa koʻchiruvchilar buzolmagan tavofuqning ichida kuchli gʻaybiy ishora boʻlganini koʻrsatadi.

Balogʻat olimlarining kitoblarida balogʻatning darajalari boʻlgani holda, Qur'oni Hakimdagi balogʻat i'joz darajasiga chiqqan. Unga yetish hech kimning haddida emas. Xuddi shuning kabi, moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur qismlarida tavofuqot, umum kitoblardan ustun bir antiqalik darajasini koʻrsatadi. Shundan tushunilyaptiki, moʻ'jizoti Qur'oniya va moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir tomondan karomati boʻlib, oʻsha oynalarda tajalliy va tamassul etmoqda.

— 14 —

Ikkinchi ishora: Qur'oniy xizmatga oid Rabboniy inoyatlarning ikkinchisi shuki, Janobi Haq men kabi qalamsiz, yaxshi yozishni bilmaydigan, begona diyorda, hech kimi boʻlmagan, odamlar bilan koʻrishishdan man qilingan sharoitda kuchli, jiddiy, samimiy, sergʻayrat, fidokor va qalamlari olmos qilich hisoblangan qardoshlarni menga muovin sifatida ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir Qur'oniy vazifani kuchli yelkalarga qoʻydi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. Muborak jamoat (Xulusiyning ta'biri bilan) simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va (Sabrining ta'biri bilan) nur fabrikasining elektrlarini ishlab chiqaradigan generatorlar hukmida turli-tuman ustun vasflari va qiymatdor farqli xususiyatlari bilan birga, (yana Sabrining ta'biri bilan) gʻaybiy tavofuqot navidan boʻlib, shavq, sa'yu gʻayrat va jiddiylikda bir-biriga oʻxshab Qur'on sirlarini va iymon nurlarini atrofga nashr etishlari va hamma joyga yetkazishlari va bu davrda (ya'ni, harflar almashgan, nashriyot yoʻq, hamma iymon nurlariga muhtoj boʻlgan davrda), sustlik beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar mavjud ekan, ularning berilib, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'oniy karomat va yaqqol bir Ilohiy inoyatdir. Ha, valiylikning karomati boʻlgani kabi, xolis niyatning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan, Alloh uchun boʻlgan qardoshlik doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy yordamlashishning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻtadi, inoyatlarga sazovor boʻladi.

Xullas, ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath qilgan harbiy boʻlinmaning yuzboshisiga barcha sharaf va harbiy oʻljani berish qanday zulm, xato hisoblanadi. Shuning kabi shaxsi ma'naviyingizning kuchi va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda tavofuqoti gʻaybiyadan ham kuchli bir gʻaybiy ishorat bor va uni koʻryapman. Lekin har kimga va umumga koʻrsatolmayman.

Uchinchi ishora: Risola-i Nur qismlari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysar kimsaga ham porloq bir suratda isbotlashi juda kuchli gʻaybiy ishorat va Ilohiy inoyatdir. Chunki iymoniy va Qurʻoniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino ham tushunishida ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. "Oʻninchi Soʻz" Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni avomga ham, bolalarga ham bildiradi.

— 15 —

Yana, masalan: Sirri qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun buyuk Sa'd Taftazoniy kabi alloma qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isna 'Ashar Talvih nomli kitobida zoʻrgʻa hal qilgan va faqatgina olimlarga bildirgan ayni masalalarni Taqdirga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Qismning ikki sahifasida toʻligʻicha, hamma tushunadigan shaklda bayoni, asari inoyat boʻlmasdan nima?

Yana, barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri, koinot koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf qilingan oʻsha ochilishi qiyin boʻlgan tilsimi va hayratda qoldiradigan topishmoq Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning zarralar oʻzgarishiga doir olti hikmatida kashf qilingan. Koinotdagi xayratli faoliyati tilsimini, koinot yaratilishining va oqibatining topishmogʻini va zarralar oʻzgarishidagi harakatlaridagi hikmatining sirrinin kashf va bayon qilgan, istaganlar uchun oʻrtada turibdi qarashlari mumkin.

Yana, ahadiyat sirri bilan, sheriksiz rububiyatning vahdati; yana nihoyasiz Allohning bizga yaqinligi bilan birga nihoyatsiz uzoqligimiz hayratlanarli haqiqatlarni kamoli ochiqlik bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon qilganlari kabi; Allohning qudratiga nisbatan zarralar va sayyoralar teng boʻlganini va buyuk hashrda barcha ruh sohiblarining tiriltirilishi, bir nafsning tiriltirilishi qadar qudratga oson ekanini va shirkning koinotni yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini ochiq-ravshan bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim vahdat sirrini kashf qilgan.

Yana, iymoniy va Qurʻoniy haqiqatlarda shunday bir kenglik borki, eng buyuk insoniy zako qamray olmagani holda, men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va tez yozadigan bir odamda oʻsha haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'oni Hakimning ma'naviy i'jozining asari va Rabboniy inoyatning bir jilvasi va kuchli bir gʻaybiy ishoratidir.

— 16 —

Toʻrtinchi ishora: Ellik-oltmish risolalar shunday bir tarzda ehson qilinganki, men kabi kam fikrlaydigan va zuhurotga tobe boʻlgan va tadqiqqa vaqt topolmagan insonning emas, aksincha buyuk zakolardan tashkil topgan tadqiqotchining sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan-toʻgʻri bir inoyat belgisi boʻlganini koʻrsatadi. Chunki barcha risolalarda hamma chuqur haqiqatlar tamsillar vositasida eng omi va savodsiz kishilargacha dars berilmoqda. Holbuki u haqiqatlarning koʻpini buyuk olimlar "tushuntirib boʻlmaydi" deb, avomga emas, balki olimlarga ham bildirolmaydilar.

Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin koʻrinishda, eng omi odamga dars beradigan darajada men kabi turkchani kam biladigan, soʻzlari qiyin tushuniladigan, koʻpi anglashilmaydigan va yaqqol haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deya eskidan beri nom qozongan va eski asarlari oʻsha yomon obroʻyni tasdiq qilgan shaxsning qoʻlida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilishda osonlik, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va Qur'on tamsilotining bir koʻrinishi va in'ikosidir.

Beshinchi ishora: Risolalar umumiy boʻlib juda koʻp tarqalgani holda, eng buyuk olimdan tortib eng omi odamgacha va ahli qalb boʻlgan buyuk valiydan tortib eng qaysar dinsiz faylasufgacha odamlar tabaqasi va ular risolalarni koʻrgan, oʻqigan va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda tanqid qilinmasligi va har toifa darajasiga koʻra istifoda qilishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir Rabboniy inoyat belgisi va bir Qur'oniy karomati boʻlib, koʻp tadqiqlar va faqat oʻrganishlar natijasida hosil boʻlgan risolalar hayratomuz tezlikda, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan mashaqqatli qamalish vaqtlarida yozilishi ham, bir inoyat belgisi va bir Rabboniy ikromdir.

Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa koʻchiruvchilar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh qismi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va majmui oʻn ikki soatda, hech qanday kitobga murojaat qilinmasdan yozilishi; hatto eng muhim bir qismda "Rasuli Akram" alayhissalotu vassalom lafzida yaqqol bir nubuvvat xotamini koʻrsatgan toʻrtinchi boʻlim uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan.

Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan. Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilgani kabi, aksar risolalar bu shklda yozilishi, eskidan beri qiynalgan va qamalgan vaqtim, eng yaqqol haqiqatlarni ham bayon qilolmaganimni, aksincha bilolmaganimni yaqin doʻstlarim biladilar. Xususan, oʻsha qiynalishga kasallik ham qoʻshilsa, meni yanada koʻproq darsdan, yozishdan man qilish bilan birga, eng muhim "Soʻzlar" va risolalar eng qiynalgan va kasalmand vaqtlarimda eng tez tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri bir Ilohiy inoyat va bir Rabboniy ikrom va bir Qur'oniy karomat boʻlmasdan nima?

— 17 —

Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin, bunday Ilohiy va iymoniy haqiqatlardan bahs qilgan boʻlsa, baribir bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har bir masala nashr qilinmagan. Holbuki bu risolalar hozirgacha hech kimda, (koʻplardan soʻraganim holda) yomon ta'sir va aks-ul amal va zehnlarni yaralash kabi zarar bermagani, toʻgʻridan-toʻgʻri gʻaybiy ishorati va Rabboniy inoyat ekani bizningcha aniqdir.

Oltinchi ishora: Menda qat'iyat paydo qildiki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorim, shuur va tadbirim xorijida shunday tarzda oʻtgan va gʻarib suratda jarayon berilganki, Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu tur risolalarni natija bersin. Goʻyo, butun ilmiy hayotim tayyorgarlik muqaddimasi hukmiga oʻtgan. Soʻzlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda yozilgan. Hatto bu yetti yil surgun va gʻurbatimda, sababsiz va istagimga qarshi ajratib qoʻyilishim va tutgan yoʻlimga muxolif qishloqda yolgʻiz hayot oʻtkazganim; eskidan beri oʻrganib qolganim ijtimoiy hayotning koʻp aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark qilishim; bu vaziyat toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on xizmatini xolis, sof suratda qildirish uchun berilganiga shubham qolmadi.

Hatto koʻp marta menga berilgan aziyat va zulmlar menga qarshi tazyiqlar pardasi ostida, "bir inoyat qoʻli tarafidan marhamatkorona, Qur'onning sirlariga butun fikrni jamlash va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan" degan xulosadaman.

Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; menga butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan ta'qiq, chekinish berilgan edi. Gʻurbatda menga tasalli va ovunishga sabab boʻlgan mutoalani tark qildirilishi, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on oyatlarining mutlaq ustoz boʻlishi uchun ekan.

— 18 —

Ham yozilgan asarlar, risolalar (aksariyati) xorijdan hech bir sababsiz, ruhimdan tavallud topgan hojatga binoan, oniy va daf'atan ehson qilingan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim: "Davrning yaralariga davo", deyishgan. Tarqalgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, bu davrdagi ehtiyojlarga muvofiq va dardga loyiq toʻliq darmon hukmiga oʻtmoqda.

Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar, hayot sarguzashtim va ilmlarni odatga xilof shaklda ixtiyorsiz tadqiq qilib oʻrganishlarim, shunday muqaddas natija bilan yakunlanish uchun, kuchli Ilohiy inoyat va Rabboniy ikrom boʻlganiga menda shubha qoldirmagan.

Yettinchi ishora: Xizmatimiz davrida, besh-olti yil mobaynida, mubolagʻasiz yuzlab Ilohiy ikrom belgisi, Rabboniy inoyat va Qur'oniy karomatni koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishora qildik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Qismining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon qildik. Yaqin doʻstlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida, oʻrinlariga joylashtirishda, ilk nusxa va oqlama nusxa koʻchirishda umid qilingandan ortiq karomatli osonlliklarga sazovor boʻlyapmiz. Bu esa Qur'oniy karomat boʻlganiga shubhamiz qolmayapti. Bu kabi yuzlab misollar keltirish mumkin.

Tirikchilik xususida ham shu qadar shafqat bilan parvarish qilinyapmizki; eng kichik qalb orzuimizni qondirish uchun, bizni ishlatgan inoyat sohibi umid qilingandan ortiq suratda ehson qilmoqda. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat kuchli bir gʻaybiy ishorat boʻlib, biz ishlatilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga Qur'on xizmati qildirilmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
— 19 —
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ تَسْل۪يمًا كَث۪يرًا اٰم۪ينَ
Mahram bir savolga javob

[Bu inoyat sirri oldin mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga qoʻshilgan edi. Nima boʻlganda ham, aksar nusxa koʻpaytiruvchilar unutib yozmagan edi. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.]

"Nima uchun sizning Qur'ondan yozgan Soʻzlaringizda quvvat, ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?", deb mendan soʻrayapsan.

Javob: Goʻzal bir javobdir. Sharaf, i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmagani uchun, parvosiz aytamanki: Koʻpchilikning fikricha shunday. Chunki:

"Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Bu sirning hikmati shuki:

Avvallari iymon asoslari muhofaza qilingan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham boʻlsa, izohlari maqbul, yetarli edi. Lekin bu davrda fandan kelgan zalolat qoʻlini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson qilgan Hakimi Rahim Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq i'jozi mazharidan boʻlgan tamsillaridan bir shu'lasini ojizligu zaifligimga, faqirligu ehtiyojimga achinib xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson qildi. Falillahilhamd, tamsil sirri durbini bilan, eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Yana, sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar toʻplatildi. Yana, sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Yana, tamsil sirri derazasi orqali gʻaybiy haqiqatlarga, Islomiy asoslarga shuhudga yaqin bir iymoniy yaqiyn hosil boʻldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur boʻldi.

— 20 —

Qisqacha aytganda: Yozuvlarimda qanchalar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning yogʻdularidandir. Mening hissam, faqat qattiq ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ojizligim bilan yolvorishimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.

***
— 21 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Muqaddima

Xulusiy Bey va Sabri Afandining maktublarida Risola-i Nur haqidagi bayonlarining bir maktub suratida Risola-i Nur boʻlaklari ichiga kiritilishining besh sababi bor:

Birinchisi: Oxirdagi "Soʻzlar"ning va aksar "Maktubot"ning yozilishiga Xulusiyning gʻayrati va jiddiyligi eng muhim sabab boʻlishi... Oʻn Toʻqqizinchi Maktub kabi Maktubotning uchdan birining yozilishiga sabab, Sabrining samimiy va jiddiy ishtiyoqi boʻlishidir.

Ikkinchi sabab: Bu ikki zot bilmas ediki, vaqti kelib ushbu bayonlar nashr qilinadi. Bilmaganlari uchun gʻoyat samimiy, soxtakorliksiz, xolisona va iymq darajalarini va bu haqiqatlarga boʻlgan shavqlarini ifoda qilish uchun, xususiy suratda yozganlar. Shuning uchun maqtovlari taqriz sinfidan emas, toʻgʻridan-toʻgʻri mubolagʻasiz, koʻrgan va zavq tuygan haqiqatlarini ifoda qilishlaridir.

Uchinchi sabab: Bu ikki zot haqiqiy talabalarimdan va jiddiy birodarlarimdan...

Va xizmati Qur'onda birodarlarim ichida talabalik va qardoshlik va birodarlikning uch xossasi borki, bu ikki zot uchovida ham birinchilikni qozonishgan.

Birinchi xossa: Menga mansub hamma narsaga oʻz mulklari kabi sohib chiqmoqdalar. Bir Soʻz yozilsa, oʻzlari yozgan va ta'lif qilgan kabi zavq oladilar, Allohga shukr qiladilar. Goʻyo jasadlari farqli, ruhlari bir hukmida haqiqiy ma'naviy vorislardir.

Ikkinchi xossa: Barcha hayot maqsadlari ichida eng buyuk, eng muhim maqsadlarini, nurli "Soʻzlar" vositasida Qur'onga xizmat deb biladilar. Dunyo hayotining haqiqiy natijasining va dunyoga kelishdagi fitriy vazifalarining eng muhimi, iymon haqiqatlariga xizmat deb bilishlaridir.

— 22 —

Uchinchi xossa: Oʻz nafsimda tajriba qilgan va Qur'onning muqaddas dorixonasidan olgan dorilarni, ular ham oʻz yaralarini his qilib oʻsha dorilarni malham suratida tajriba qilishdi. Ayni hissiyotim bilan hislandilar. Iymon egalarining iymonlarini muhofaza qilish gʻayratlarini eng yuksak darajada koʻrsatishlari va iymon egalarining qalbiga kelgan shubhalar va gumonlardan hosil boʻlgan yaralarni davolash ishtiyoqini yuksak shafqat darajasida his qilishlaridir.

Toʻrtinchi sabab: Xulusiy Bey mening yagona ma'naviy avlodim va tasalli manbaim va haqiqiy vorisim va bir daho-i nuroniy egasi boʻlishi mumkin boʻlgan jiyanim Abdurahmonning vafotidan keyin, uning oʻrniga oʻtib u marhumdan kutgan xizmatni u kabi qilishni boshlashi bilan.. va men uni koʻrmasdan ancha vaqt avval "Soʻzlar"ni yozar ekan, uning ayni vazifasi bilan vazifador bir shaxsi ma'naviy menga tinglovchi boʻlgandek, aksariyat tamsillarim uning vazifasiga va maslagiga koʻra yozilgan. Demak, bu shaxsni Janobi Haq menga Qur'on va iymon xizmatida bir talaba, bir muovin qilib tayin etgan. Men ham bilmasdan uni koʻrmasdan avval gaplashayotgan, dars berayotgan ekanman.

Sabrida esa, tabiatan menda mavjud xos bir nishon bor. Oʻtgan barcha yerlarimda uni hech kimda koʻrmadim. Sabrida ayni tugʻma nishon bor. Barcha talabalarim ichida, u oʻzida nasliy yaqinlikdan ham koʻproq yaqinlik his qilgan. Va shu atrofda men eng oz umid qilgan va u ham kech uygʻongan boʻlsada eng oldinga ketishi bir ishora boʻlib, u ham ikkinchi Xulusiyidir, tanlangandir. Janobi Haq tarafidan menga talaba va Qur'on xizmatida birodar qilib tayin qilingan.

Beshinchi sabab: Men oʻz shaxsimga oid maqtovlar va madhni qabul qilmayman. Chunki ma'nan buyuk zarar koʻrdim. Shuning uchun shaxsimga nisbatan maqtovlardan, faxr va gʻururga sabab boʻlgani uchun, shiddat bilan nafrat qilib qoʻrqaman. Lekin Qur'oni Hakimning dalloli va xizmatkori boʻlishim jihatidan va bu muqaddas vazifa nuqtasida maqtovlar va madh menga oid boʻlmasdan, nurli "Soʻzlar"ga va balki toʻgʻridan toʻgʻri iymoniy haqiqatlarga va Qur'on sirlariga oid boʻlgani uchun, uni faxrlanib emas, Janobi Haqqa shukr qilib qabul qilaman.

Xullas, bu ikki shaxs bu haqiqatni harkimdan koʻra koʻproq anglagani uchun, bilmay vijdonlarining chorlashi bilan yozgan maqtov va madhlarini Risola-i Nur qismlari ichiga kiritilishga sabab boʻlgan. Janobi Haq bularning oʻxshashini koʻpaytirsin va ularni ham muvaffaq qilsin va haq yoʻlidan ayirmasin, omin.

— 23 —
اَللّٰهُمَّ وَفِّقْنَا وَ اِيَّاهُمَا وَ اَمْثَالَهُمَا مِنْ اِخْوَانِنَا لِخِدْمَةِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ كَمَا تُحِبُّ وَ تَرْضٰى بِحَقِّ مَنْ اَنْزَلْتَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنَ عَلَيْهِ اَفْضَلُ الصَّلَاةِ وَ اَتَمُّ التَّسْل۪يمَاتِ مَا اخْتَلَفَ الْمَلَوَانِ وَ مَا دَارَ الْقَمَرَانِ
Said Nursiy
***
— 24 —

Yigirma Yettinchi Maktub va Zayllari

Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Yigirma Yettinchi Maktubi boʻlib, "Maktubot-un Nur"ning birinchi tinglovchisi Xulusiy Beyning xususiy maktublaridan Risolat-un Nur haqidagi maqtovlarini koʻrsatgan bayonlardir.

Yigirma Yettinchi Maktubning ikkinchi qismi "Zayl"ni ham haqiqatdan ikkinchi Xulusiy boʻlgan Sabri Afandining Risolat-un Nur haqidagi maqtovlarini koʻrsatgan xususiy maktublaridagi bayonlardir.

***
— 25 —
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْكَائِنَاتِ اَبَدًا

(Xulusiyning birinchi bayoni.)

Ey muhtaram Ustoz!

Oʻzlarini faqir va xor koʻrishdan zavq olgan oliy zotlari kabi emas, aksincha boʻlgani kabi koʻrinishni istagan va talabam, qardoshim, jiyanim unvonlari bilan iltifot koʻrsatgan bandangiz, haqiqatda ma'nan tushkun vaziyatda va jiddiy ravishda duongizga muhtoj holdaman. Boshdan oyoq Nurga toʻla Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haq va haqiqatini, bu asr insonlarining, ayniqsa zalolat firqalarining koʻzlariga tiqadigan darajada ba'zi Qur'on yogʻdularining koʻrinishiga murodi Ilohiy taalluq etgan va bu muhim ishga, falillahilhamd, muhtaram ustozimiz vosita boʻlganlar.

Xullas, hich andar hich boʻlgan bu talabangizga ham yana lutf va fazl va inoyati Ilohiy bilan bu oliy mamuriyatini ado qilgan aziz va muhtaram muallimiga va Hazrati Qur'on hisobiga juda oz xizmatkorlik qildirilgan. Shu sababli, qanchalar shukr qilsam shuncha oz, faxrga zarra qadar haqqim yoʻq. Aksincha ehtimol xizmatkorlikda qilgan xatolar va kamchiliklarim sababli afvimni niyoz va iltijo qilaman. Yomon shaxsiyatimni ta'rif qilishim garchi ma'nosiz. Ammo yozishmoq va muloqotda bu bobda juda ham buyuk iltifotlaringizni koʻrganimdan uchun xijolat chorlovi bilan biroz bezovta qildim. Oxirgi ikkita maktubingizda soʻralgan xususga javob berishim qistovli shaklda amr qilindi. سَمِعْنَا وَاَطَعْنَا lekin bu ogʻir savolga, ojizlik va faqirlikning eng choʻqqisida boʻlgan bu qardoshingiz haq va haqiqatga muvofiq va uygʻun javob bera olish uchun inoyat va karami Ilohiy va madadi ruhoniyati Paygʻambariyga iltijo qildi. Jumladan:

— 26 —

Muborak Soʻzlar shubhasiz Kitobi Mubinning nurli yogʻdularidir. Ichida izohga muhtoj joylar yoʻq boʻlmaslik bilan birga butun holida kamchiliksiz va nuqsonsizdir. Insoniyatning har bir tabaqasi oʻzining tabiiy anglashlari nisbatida hissador va manfaatdor boʻladilar. Hozirgacha tanqid qilinmasligi, har bir maslak, mazhab va mashrab ahliga xush kelishi va dinsizlarning til uzatolmay lol qolishlari, fikrimizning toʻgʻriligiga dalolat qilishga kifoyadirlar.

Vazifangizning tugamaganiga doir men mulohaza qila olgan burhonlar:

Birinchidan: Bid'atlar koʻpaygan davrda olimlar sukut saqlamasliklari lozim ekaniga doir bayon qilingan hadisdagi amr va ta'qiq;

Ikkinchidan: Paygʻambarimizga ergashishga vazifador boʻlganingiz uchun, ular kabi hayotingiz davomida vazifani davom ettirish majburiyati borligi;

Uchinchidan: Modomiki bu xizmat qoʻlingizda emas - siz ishlatilyapsiz. Muballigʻi Qur'on, Faxri Jahon, Habibi Yazdon Salollohu Alayhi va Sallam Afandimiz Hazratlari bir kun اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ farmoni jalilini tabligʻ qilib, ayni vaqtda risolat vazifasining tugashiga ramzan ishora qilgan edi. Muhtaram Ustozning ham xizmatlari kifoya koʻrilsa, bildiriladi degan fikrdaman;

Toʻrtinchidan: Soʻzlar haqida bugungacha sukut saqlanishi va tanqidga jur'at qilinmasligi, oxirigacha bu holning davom etishiga dalil boʻlolmaydi. Hayotlik chogʻingizda ehtimoli boʻlgan hujumlarga birinchi boʻlib va shaxsan zoti fozilonalari javob berasiz;

Beshinchidan: Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab boʻlmasa ham, muborak "Soʻzlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib soʻragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz;

Oltinchidan: Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlaringiz bilan ilm majlisingizda tushuntirgan xar hil va xatto "Soʻzlar"ga kirmagan masalalaringiz qat'iyat bilan koʻrsatmoqdalarki: Ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan.

— 27 —

Bir nechta fikrlar: Nurli Soʻzlarni jamoatga oʻqish nasib boʻlgan vaqtda menda bir hissiyot hosil boʻladi. Shunday holatda gapirishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman.

Birinchidan: Muhtaram Ustozimga arz qilish uchun qalamni qoʻlimga olgan vaqtim ruhimda buyuk bir inkishof his qilaman va ixtiyorsiz qalamim oʻsha ondagi vaqtinchalik tuygʻularimga tarjimon boʻlganini koʻraman;

Ikkinchidan: Shunday oʻylar edim. Agar faqat eng katta dushman boʻlgan nafsning hiylasidan hamda jin, inson va shaytonlarning makridan amin boʻlay deb harkim boshini qorongʻulikka tortsa va oʻzi unutilish burchagiga chekinsa yoki chekinishni istasa va insonlar va Islom olami e'tiborsiz qoladi, hech kimning hech kimga foydasi tegmaydigan davr boʻlsa; men din qardoshlarimga nurli haqiqatlarni yetkazay-da, Allohu Zuljalol sha'ni uluhiyatiga qanday yarashsa, shunday muomala qilsin. Nafsimni oʻylamaslikni oʻsha vaqtda juda foydali koʻrardim. Bundagi hikmat nima?

Uchinchidan: Asmo-i husnadan Rahmon va Rahim ismlari eng a'zam martabada boʻlganidanmi yoki boshqa sabab va hikmat bilanmi, "Bismillahirrohmanirrohiym" kalimasi ichiga kirgan? Bu savol maktubni yozarkan qalbimga keldi, shuning uchun soʻrayapman.

Aziz va muhtaram Ustozim, sizga faqat bizlar emas, butun olami Islom muhtojdir. Chunki moʻminlarning iymoniga quvvat bergan, gʻofillarni uygʻotgan, zalolatga tushganlarga hidoyat yoʻlini koʻrsatgan, faylasuflarni hayron va hayratda qoldirgan Qur'oni Mubindan qaynab va porlab chiqqan muqaddas "Soʻzlar"ga vosita boʻldingiz. Janobi Arhamurrohimin aziz ustozimizni sihat va salomatlikda doim va ummati Muhammad uzra qoim qilsin, omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Xulusiy
— 28 —

Risola-i Nur maktublaridan bu maktubingizning mendagi ta'sirlarini xulosa qilib bayon qilay:

Sihat va salomatligingizning davomi, shukrimni,

bu masalalarning hal qilinishini istaganlarning borligi, umidimni;

nazarimda ilm hisoblangan hamma narsani sizdan oʻrganganim uchun haqiqat sohasidagi ma'lumotimni;

insonlik taqozosidan sustlik hosil boʻlayotgan boʻlsa, shavqimni;

kasal bir talabangiz boʻlganimdan Qur'onning dorixonasidan bergan bu dorilaringiz bilan sihatimni,

Qur'on oshxonasidan tanlagan ozuqalar bilan barcha hassalarimning quvvatini,

hayotning besh darajasini ham ta'lim,

oʻlimning e'tiboriy holat ekanini tushunib, abadiy yoʻqlikni tasavvur qilib boʻlmasligiga qalbimni taqvim qilgandan soʻng, Alloh uchun muhabbatning hayot darajalarida ham davom etib boqiy hayotda boqiy mevasini berishini ishora qilib, hayotim muddatini nihoyasiz orttirishga sabab boʻldi.

Risola-i Nur bilan hadya qilgan duolaringiz, zotan har kun sevgili Ustozni oʻylashga kifoya qilyapti. Qur'onning nihoyasiz fayzlaridan, tuganmas xazinasidan Haq inoyati bilan egallagan va yetkazishga izningiz boʻlgan ma'nolarni, javharlarni koʻrsatib, bildirib bu bechora va mushtoq talaba va qardoshingizga oxirigacha dars berishni istaganingizni izhor qilyapsiz. Bu shaklda ham abadiyan va tashakkur bilan koʻz oʻngimdan, xayolimdan ayrilmasligingiz ta'min qilinmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xulusiy

Borgan ilk tunim otam mehmonlari uchun tayyorlagan xonasiga qatnagan kishilarga, Allohga tavakkal qilib, shom bilan xufton orasida Risola-i Nurni oʻqishni boshladim.

Sevgili Ustozim! Oldin aytganimdek, men endi bir narsa uchun yashayapman deb oʻylayapman. U ham, ustozim boʻlgan dalloli Qur'onning ma'naviy xizmatkorlik vazifasini ado qilishda oʻzlariga juda juz'iy yordam va Qur'on hisobiga juz'iy xizmatkorlikdan iboratdir. Ayniqsa u yerda boʻlgan vaqtingiz Hazrati Qur'ondan iymon va Islom haqiqati hisobiga sodir boʻladigan istixroj va tajalliylardan mahrum qoldirilmasligimni yolvorib soʻrayman.

— 29 —

Inshoalloh ijobat boʻladigan duongiz bilan Allohu Zuljalol, Risola-i Nur xizmatida umid va orzu qilgan natijamga yetkazadi. Marhum va rahmatli Abdurahmon kabi oxir nafasda iymon va tavfiq va saodati boqiyada ikki jahon sarvari Nabiyyi Akramimiz Muhammadan-il Mustafo (Sallolohu Taolo Alayhi va Sallam) Afandimizga va siz muhtaram ustozimning orqalarida va yaqinlarida qoʻshni boʻlish bilan haqiqiy amallarga noil qiladi.

Risola-i Nur garchi koʻrinishdan sizning asaringiz boʻlsada, Qur'oni Mubin Allohning kalomi ekan, Sayyidi Koinot, Ashrafi Maxluqot Afandimiz odamlarga tabligʻga vosita boʻlganlari kabi, siz ham bu asrda Furqoni Azimning nurlaridan bugunning mantiqsiz sarxush odamlariga Haq amri bilan xitob qilyapsiz. Shunday ekan, Hakimi Rahim sizga bu asarni yozdi, u Nurlarni oyoq ostida qoldirmaydi. Albatta va albatta foniylardan balki umuman umid qilinmagan kishilardan sohiblar, hofizlar, ikkinchi, uchinchi, hatto oʻninchi darajada muballigʻlar, noshirlar yaratadi degan e'tiqoddaman.

Xulusiy

Ha, Islomiyat kabi oliy bir tariqatim, ojizlik va faqirlikni Allohga nisbatan bilish kabi mashrabim, Sayyid-ul Mursaliyn kabi rahbarim, Qur'oni Azimushshon kabi yoʻl boshlovchim, daqiqada valiylik martabasiga erishish kabi oliy natijani olish mumkin boʻlgan askarlik kabi kasbim bor.

Ustozim menga va tinglagan har aql sohibiga: "Xozir tariqat davri emas, iymonni qutqarish vaqtidir. Besh vaqt namozingni loyigʻidek ado et, namozning oxiridagi tasbehlarni ayt, sunnatga ergash, yetti gunohi kabirani qilma!" darsini berganlar. Men kerak boʻlsa bu darsga, kerak boʻlsa Risolat-un Nur bilan berilgan darslarga, Qur'ondan istinbot qilib koʻrsatgan haqiqatlariga Allohning tavfiqi bilan jonu dildan "ha" dedim, tasdiq qildim va menga bunday haqiqat darsini bergan zotga umrimda ilk marta "Ustoz" dedim. Xato qilmadim, nishonga urdim.

Xulusiy

Bu safar yuborilgan Maktubot-un Nur zayllari, boshqalari kabi yoqimli, goʻzal va betakrordir. Asarlarning Nur ismi azimining tajalliysi boʻlganiga, ehtiyojga va olamning holiga koʻra yozdirilganiga menimcha aslo shubha qolmagan. Buni kichik misol bilan asoslashni istayman. Dinsizlar juda ham hadlaridan oshishmoqda. Masalan:.......

— 30 —

Xullas, bu ahmoqlarning safsatasiga, har xil aldovlariga, koʻrinishdan chiroyli soʻzlariga ishonmay, iymon va e'tiqodida sobitqadam boʻlishlari uchun iymon sohiblariga quvvat va tugʻyon ahliga qahr va shiddat bilan ibrat darsi beradigan qattiq munosabati boʻlgan soʻzlar, bahs etilgan asarlarda ochiqchasiga koʻrilmoqda.

Afsuski, Nurlar hozircha {(Hoshiya): Bundan oʻttiz besh yil avval.} bir hikmatga binoan oʻta chegaralangan hududda va faqat moʻminlar ichida nashr qilinishi mumkin.

اَلصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ ٭ اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ
Xulusiy

Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifini Haqqi Afandi qardoshimiz bilan qiziqib, diqqat bilan oʻqidik. Haqiqatdan juda buyuk ma'nosi bor. Vasflashga bu ojizning qudrati boʻlsa, balki ikkinchi nuqta uchun juda koʻp bezovta qilishga jasorat qilardim. Afsuski, boshqa xususlarda boʻlgani kabi, bunda ham qoʻlim boʻsh. Faqat xolislik, soflik bilan qisqacha aytamanki: Balki boshqa barcha Soʻzlardan yanada baland porlagan najmi nur-afshondir.

(Doktordan Me'roj haqida fikrini soʻradim. Doktor Kamol: "Asarning juda buyuk qiymatini taqdirlash uchun musulmon boʻlish ham kerak emas, inson boʻlish kifoya" deb javob berdi.)

Xulusiy

Bizlar, alhamdulillahi taolo, oxirat qardoshingiz, Qur'on xizmatida ojiz xizmatkoringiz, Qur'on sirlarining bayonida, ashshukru lillahi taolo "Asxobi Kahf" kabi suhbatdoshingizmiz. Layoqat va foydaliligimizdan juda ustun faqatgina lutf va Samadoniy inoyati sifatida talabangiz sanalamiz. Bundagi Subhoniy neʻmatlarga hamd va shukrdan ojiz sanalamiz.

Xulusiy
— 31 —

Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Mavqifini, Ramazon hadyasini tugatishga muvaffaq boʻldim. Tavfiqi Xudo yoʻldoshim boʻlsa, boshqalarini ham inshoalloh amr qilgan muddatingizda yozaman. Bu qadar qiymatli va nurli Soʻzlarning eng chiroyli xat bilan va hatto oltin bilan yozilishi loyiq va lozim ekan, taqdir taqozosi bilan bu bechora qardoshingizning xunuk, balki zoʻrgʻa oʻqib boʻladigan, xatoli xati bilan yozilishi ham, hamd va shukrimni orttirishga vasila boʻlmoqda va har vosita bilan olgan sevinch sevinchbaxsh salom va iltifototi fozilonalarining va har biri Risola-i Nurga bir zayl, tafsir va hoshiya maqomidagi jahonqiymat amrnoma-i orifonalaridan jismonan uzoq boʻlishim sabab juda xafa boʻlaman.

Lekin ma'naviy jihatni bunday oʻylamayman va qayerda boʻlsam boʻlay, inoyati Bariʻ bilan olgan darsimni eshittiradigan suhbatdosh topishga harakat qilaman va haqiqatni yoyish yoʻlida ojizlik va faqirligimga qaramasdan, duongiz bilan qoʻlimdan kelgan har choraga murojaat qilganim uchun tasalli topmoqdaman.

Faqat, dunyoviy vazifalar bilan ovora boʻlish, tabiatan men yoqtirgan va haqiqatlariga oshiq boʻlgan nurli Soʻzlar bilan mashgʻul boʻlishimga qisman mone boʻlmoqda. Bunga xafaman, lekin qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Har oʻtgan kun dunyoning yomon va foniy yuzini yanada asl yuzini koʻrsatmoqda va bu hayotda boqiy va doimiy hayot uchun bir narsa qozonilmasdan oʻtgan vaqtlarga iztirob hosil qildirmoqda. Suratan ayrilganimizga uncha xafa emasman. Ayniqsa sevgili Ustozning oxirgi darsi, bu foniy dunyoning eng zavqli holidan juda ham yuqori darajada bir boqiy hayot boʻlganini qat'iyat bilan xushxabar bermoqda.

Xulusiy

Koʻngil istaydiki, muazzam Soʻzlarga soʻniq yozuvlarim bilan biroz uzun javob yozay. Lekin bunga muvaffaq boʻlolmayapman. Qobiliyatimning ozligi, iste'dodimning qisqaligi, iqtidorimning noqisligi bilan birga zimmamga yuklatilgan bir qancha moddiy vazifalarning ta'siri ostida miyam mashgʻul va goʻyo toʻq boʻlganidan, u muborak javharlaringizga muqobil oddiy munchoq ham koʻrsatolmayman.

Bilasizki, koʻp ifodalarimda sizni taqlid qilganimning birinchi sababi, xolisona bogʻliqligimning; ikkinchi sababi, yozishga kuchimning kifoyasizligidir. Lekin muborak "Yigirma Toʻrtinchi Soʻz"da misoli oʻtgan faqir kabi aytamanki: Ey sevgili Ustozim, agar kuchim yetsa, qoʻlimdan kelsa, barcha "Soʻzlar" andazasidagi soʻzlardan tashkil topgan jumlalar bilan sizga arz qilishni istayman. Lekin bilasizki, yoʻq. Niyatimga koʻra muomala qiling.

Xulusiy
— 32 —

Asar, oʻxshashlari kabi nurli va hikmatlidir. Inshoalloh siz istaganingiz uchun, ummati Muhammadning ijtimoiy va juda muhim bir yarasiga qat'iy davo boʻladi. Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'on nuri boʻlgan muborak Soʻzlar qasd va ishora qilinishni istaganini aytdim va tasdiq maqomida hozirgacha bir nechta Soʻzni oʻqidim va imkon topishim bilan yana oʻqiyman.

Hadsiz hisobsiz Subhoniy neʻmatlarga sazovor boʻlgan Allohu Zuljalol Tabaroka va Taolo va Taqaddas Hazratlariga hamd va shukrdan ojiz, isyon bilan bulgʻangan ekan, zoti ustozonalari bizni Rabboniy izn bilan, muborak munavvar Soʻzlar bilan irshod qilib zulmatdan nurga chiqardingiz.

Haqiqatni izlash bilan umr oʻtkazar ekan, muqaddarot bu osiy bechorani ham besh yil avval Shohi Naqshband Hazratlaridan Muhammad-ul Kufraviy Hazratlariga qarab ochilgan tariqi Naqshbandiyga doxil aylagandi. Soʻngra vaqtinchalik bir kusuf natijasi sifatida yoʻl yoʻqolgan, zulmat va tikanlar ichida qolgan ekan, nurli "Soʻzlar"ingiz bilan zulmatdan nurga, girdobdan salomatga, falokatdan saodatga chiqdim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Marhamat qilyapsizki: "Iymonni qutqarish zamonidir."

عَلَى الرَّاْسِ وَالْعَيْنِ
Xulusiy

Bu safar bechora talabasiga ehson qilgan hadyasini, gʻoyibona oshiqlaridan Fathi Bey ismli qoʻshnimiz bilan oʻqimoqdaman. Boshdan oyoq moʻ'jiza-i kubro-i Ahmadiyani e'lon qilgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning bandangizga maxsus yuborilishi, yangidan hayotga qaytishdek ta'sirli va mutolaasi achinish hislarimni qoʻzgʻab jiddiy koʻz yoshi toʻkishga vasila boʻldi.

Xulusiy
— 33 —

Ruhni koinot fazosida yulduzlar orasida tez harakat bilan sayohat qildiradigan haqiqat manzumasi, ayniqsa bizlar uchun buyuk mazhariyatdir. Naqshbandiy tariqati haqidagi parchaga javoban "ajz, faqr, shafqat va tafakkur tariqati"ning hisobiga chiqqan qism ham juda ham qiymatli javhardir. Bu Soʻzlar oltin bilan yozilsa loyiq boʻlsada, noqis xatim bilan koʻchirdim. Demak uning qiymati, ojiz bir talabangizning yodgori boʻlgani uchundir.

Xulusiy

Ikkinchidan: Ushbu isyon, tugʻyon va kufron davrida ayni inoyat va Haq lutfi boʻlgan, ummati Islomiyani iymoniy haqiqatlarga chorlash va irshodga vazifalantirilgan zoti hakimonalarini butun ummati Muhammadiyani boʻlgani kabi, bu ojizni ham nurli Soʻzlar bilan Nur yoʻliga irshod qilganingiz sababli hurmat va minnatdorchilik bilan doim yod qilaman, dunyoviy va uxraviy murodlaringizni hosil aylashini Rahim, Karim boʻlgan Allohu Zuljalol Hazratlaridan obidona yolvoraman va iltijo aylayman, afandim.

Xulusiy

(Ukamning bir xati.)

Qoʻllaringizni oʻpaman, duongizni soʻrayman. Dunyodan ranjigan, nafsida ojiz boʻlgan Abdulmajidga goʻzal bir ustoz, ulviy bir murshid boʻladigan yangi asarlaringiz keldi. Lafziy bir ustozni yoʻqotgan boʻlsam ham, ma'naviy koʻplab murshidlarni topdim deya oʻzimga xushxabar berdim. Haqiqatdan irshod qiladigan nurli asarlardir. Alloh koʻp rozi boʻlsin.

Abdulmajid

Ha, tasalli topadigan ikki jihatim bor. Biri: Qoʻlimizdagi muboak Soʻzlar vositasida doimo ma'naviy suhbatda boʻlganimiz. Ikkinchisi: Muhabbatimizning inoyati Bari bilan "hubbu filloh" martabasida ekaniga iymonimizdir.

Shunga binoan, sizga mening bugun va ertaga eng buyuk hadyam: Bergan darsingizni nomingizdan vakilingiz sifatida imkon qadar moʻminlarga tabligʻ qilish va Alloh bergan haqiqiy muhabbatni abadiyan koʻtarish, evaziga Arhamurrohimiyn va Akrom-ul Akromiyn, Ahsan-ul Xoliqiyn, Rabbi Rahiym va Karim Hazratlaridan, haqiqiy muhabbatning Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifida izoh qilingan natijasiga erishishdir. Tahqiqiy iymon yoʻlida uchrashganimiz Haqqi Afandi bilan niyatimiz - haqqa, sidqqa, ixlosga ishtirokimiz muhaqqaqdir.

Xulusiy
— 34 —

Bu maktubingizdagi savol bilan va eng oxirgi yozilgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bilan munosabat va mushobahat navidan bu safargi javob xatim uch nuqtali boʻldi.

Demak, Risola-i Nur ma'naviy bir quyosh, har bir Soʻz har xil uzoqlikdagi nuroniy yulduzlar va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz uch mavqifi bilan bu yulduzlarning ustida porlagan va diqqatli nazarlarni istar-istamas jalb qilgan. Yaqindagisi faqatgina nurdan vujudga kelgan juda nurli, iymon sohiblariga tabassum qilgan, zalolat jamoatlariga hashamat bilan qaragan, koʻzlarini koʻr qilgan, gʻaflat ahlini uygʻotgan juda hashamatli, juda nurli yaqin porlagan bir yulduzdir. Nima qilay, talabangizning tili bu qadar aylanmoqda. Boʻlmasa bu soʻniq ifoda muborak "Soʻzlar" uchun sarf qilinishi loyiq boʻlmaganini bilaman.

Bizdan Uchinchi Maqsadning ta'sirini soʻrayapsiz. Biz Haqqi Afandi bilan ikkimiz aytamizki: Ichidagi haqiqatlar rad qilinmas, ichida keraksiz narsa yoʻq, zararli qaydni tasavvur qilib boʻlmaydi. Diqqat bilan tinglaganlar, Alloh tavfiq bersa, iymonlarini qutqara oladilar. Bu haqiqatlar bilan Ovrupa ahli zalolati ham kurashga chorlanadi degan fikrdamiz. Bu kabi zalolat va gʻaflatdagilar yo kurashdan magʻlub boʻladilar, yo buyukligini his qilib koʻzdan gʻoyib boʻladilar, yoxud Abu Jahl kabi haqiqatni qabul qilmaslikda qaysarlik qiladilar yoki dahshatlaridan quloqlarini yopib qochadi degan fikr, xulosa va ishonchdamiz. Soʻzlarni tinglaganlarning mast sukuti koʻrsatishlari, hayratini izxor qilishlari, kuchi yetganicha maqtashlari fikrimizga quvvat beradi. Umid va taxminimizni tasdiq qiladi.

Xulusiy

Niyatim buyuk, tavfiq Xudodan. Faqat oila aʻzolarimizga Yigirma Beshinchi Soʻzgacha boʻlgan qismini oʻqidim va inshoalloh davom etaman. Amringizga ergashib va duongizga binoan sustlik qilmayapman. Moddiy vazifam u yerdagidan yanada ogʻir. Lekin har ishimda Allohga tayanganim uchun, umidsizlikka tushmayapman. U yerdan ketganimdan keyingi fayzlardan foydalanishni jonu dildan orzu qilaman. Tugallanmasdan qolgan Oʻttiz Ikki va Oʻttiz Uchinchi Soʻzlarni ham tugatishga muvaffaq boʻlishingizni Ilohiy lutflardan niyoz aylayman.

Xulusiy
— 35 —

Men bu yerda inshoalloh omonatchi boʻlganim "Soʻzlar"ni inoyati Haq bilan va duongiz barakasi bilan loyiq boʻlgan quloqlarga eshittira olishimni umid qilaman. Ustozim, xotirjam boʻling, Nurlar oyoq ostida qolmaydi. Ularni dalloli Qur'ondan jahonning e'tiboriga taqdim qilgan Xoliq (Jalla Jaloluhu) biz kabi hech kim umid va xayol qilmaydigan ojiz insonlar bilan ham nashr va muhofaza qildiradi. Bu ishni men gʻayratim, qudratim bilan qildim degan yugurdaklar oʻsha kun koʻradilarki, muqaddas xizmat, zoxiran qobiliyatsiz koʻringan, haqiqatda esa boshqa juda qiymatli insonlarga oʻtkaziladi degan fikrdaman. Shu sababli u yerdagi qardoshlarimizdan Risola-i Nur bilan juda aloqador boʻlishlarini soʻrayman.

Xulusiy

Risolat-un Nur, Maktubot-un Nurning mutolaasi, yozilishi, boshqalarga nashr va yetkazishga qoʻldan kelgancha harakat qilingani kabi, buyuk va xayrli ishga Samadoniy kuch va quvvati va Rabboniy inoyat va lutf bilan muvaffaq boʻlgan vaqtimda, avvalo va shaxsan bu faqir istifoda, istifoza, istio'na etgan boʻladi. Shu sababli, mazkur soatlarni juda muborak bilib, firoqiga achinib, oʻsha holatning davomini, takrorini, toʻxtamasligini jonu dildan orzu qilaman.

Ammo na choraki, fursat topa olganim ozgina vaqtlarda zehnimni tozalab Nurlarning qarshisiga, demakki Qur'onning moʻ'jizalari majmuasiga va aziz, muhtaram ustozimning madrasasiga va ul Sayyid-ul Kavnayn Paygʻambarimiz Afandimiz (ASV) Hazratlarining ravza-i saodatlariga va oxiri Rabb-ul Olamiyn Taolo va Taqaddas Hazratlarining huzuri lamakoniysiga chiqaman. Bu sabab hayotimda jiddiy ravishda u nurlar bilan mashgʻul boʻlmagan vaqtlarim boʻlmasa edi deyman.

Xulusiy
— 36 —

Oʻtgan hafta farqli ikkita jamoatga Yigirma Toʻrtinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi zayllarini oʻqidim. Tinglaganlar hayron. Bu faqir ham u porloq Qur'on i'jozi dan goʻyo behush boʻldim. Bu asaringzni Risola-i Nur va Maktubot-un Nurning eng munavvarlari safida mutolaa qilaman. Bugun Juma edi. Qoʻshnimiz Fathi Beyga oʻn bir va oʻn uch raqamli Soʻzlarni oʻqidim. Dunyoviy ishlardan oʻzimni qutqarib, fursat topa olgan vaqtlarimda, muborak nurli derazalarga yuguraman. Ruhiy va ma'naviy ozuqamni olishga va topa olganim bunday bir tinglovchini ham hissador qilishga harakat qilaman.

Xulusiy

Yigirma Oltinchi Maktubni buyuk sevinch bilan oldim. Qayta-qayta, diqqat bilan, qiziqish bilan, muhabbat bilan, lazzat bilan oʻqidim va natijada "duongiz boʻlmasa nima qiymatingiz bor" deb marhamat qilgan Zoti Zuljalolga qullik bilan bogʻlanganim va bandalik tili bilan, kamoli ajz, faqr va shavq bilan; butunlay beminnat, butun ma'nosi bilan Alloh nomidan, toʻliq yaqolligi bilan iymon va Qur'on ahlining foydasi va hisobiga moddiy, ma'naviy, zohiriy, botiniy, dunyoviy, uxraviy xizmatlaringizning mukofotini benihoya lutfu karamiga munosib tarzda ehson va ikrom qilishini va zoti Ustozonalarini har ikki jahonda aziz qilishini Xoliqi Rahim va Karim Hazratlaridan obidona yalinib, oʻtinib soʻradim. Umidim اُدْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ farmonining tajalliy etishidandir.

Muhtaram Ustoz! Zotan sizning biz bechoralardan kutganingiz faqat duo emasmi? Muborak "Soʻzlar" haqida hozirgacha maktublarimda mavjud tuygʻu va tushunchalarimni notiq, soʻniq ifodalarimni "Risolat-un Nur"ga taqriz qilish xususidagi niyati ustozonalariga biror narsa deyishga haqqim yoʻq. Ammo mening parishon ifodalarim, quyoshning yonida mum yoqishga oʻxshaydi. Ehtimol haqiqatdagi soʻniqligiga qaramasdan Nurlarga qoʻshniligidan, oynadorligidan hissador boʻlib nisbiy bir porloqlik arz qila oladi.

Risolat-un Nurning tinglovchilari orasida Sulton Abdulhamidning davrida Karbaloda yillar davomida mudarrislik xizmatida boʻlgan Hoji Abdurahmon Afandi nomli sakson sakkiz yoshli bir domla bor. Har safargi mutolaadan buyuk mamnuniyatini bildiryapti, "Koʻp istifoda qildim, Alloh rozi boʻlsin" demoqda va koʻp duo qilmoqda. Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Mabhasini ixtiyoriysiz farqli martabadagi ahamiyatli kishilarga oʻqidim. Hammalari "Juda toʻgʻri, juda chiroyli" deyishdi. Ha, bu faqir koʻp tajriba qildim va yaqiyn hosil qildimki: وَ قُلْ جَٓاءَ الْحَقُّ وَ زَهَقَ الْبَاطِلُ -bilan oxir-il oya- oyatining loyamut moʻ'jizasi bor.

— 38 —

Aziz mamo! Shuni ham arz qilayki: Himoya va himmatingiz soyasida, din va oxiratimga zararli ish va harakatlardan oʻzimni muhofaza qildim va qilishda bardavomman. Garchi dunyoning qiymatsiz koʻp musibatlarini koʻrdim va tortgan boʻlsamda, bir qancha lazzat va safosini ham koʻrdim, oʻtkazdim. Hech qachon hech bir zamon unutmadimki, bularning hammasi behuda boʻlgani va dunyoning Alloh uchun boʻlmagan lazzat va safosining natijasi xoʻrlanish va shiddatli azob boʻlgani va dunyoda Alloh uchun va Alloh amr qilgan yoʻllarda tortilgan va tortilayotgan zahmatlar natijasi, oxiri lazzat va mukofot berilganini bilganim va iymon keltirganimdan, yomon narsalarni qilishdan oʻzimni muhofaza qila oldim. Bu his va bu fikr tarbiya va himmatingiz bilan zehnimda va xayolimda oʻrnashgandir. Haqiqat bunday ekanini bilganim uchun barcha mashaqqatlarga shukr bilan birga sabr qilyapman.

Hozir amakijonim va buyuk ustozim! Iflos nafsim bilan jang qilish uchun uning havoiy va natijada alam beruvchi orzularini qilmaslik va tinglamaslik uchun uylanish majburiyatida qoldim. Hozir esa har tomonlama Janobi Haqning lutfu karami bilan tinchman. Odamlarning yomon gaplarini eshitmaslik va yomon xislatlari yuqmasligi uchun ularga qoʻshilmayapman. Idorada ishlash muddatidan boshqa vaqtlarimni oʻz uyimda Janobi Haqning shukri bilan oʻtkazyapman. Bundan tashqari, ey amaki, sizdan keyin hozirga qadarcha meni eng koʻp ogohlantirgan va yomon narsalardan man qilgan, ustozi a'zam va murshidim boʻlgan quyidagi oyati karimadan eshitganim va his qilganimdir:

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلٰٓى اَفْوَاهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَٓا اَيْد۪يهِمْ وَتَشْهَدُ اَرْجُلُهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ

Shunday deb bilamanki, oʻsha kun ham juda yaqindir.

{(Hoshiya): Diqqatga sazovordir, vafotini xabar bermoqda.}

— 39 —

Bu safargi maktublarni bir necha marta farqli kichik jamoatlarga oʻqish nasib boʻldi. Bularning birida ahamiyatli bir olim ham bor edi. Hammalari hayrat va taqdirlarini izhor qilishdi. Mening fikrimga kelsak: Barcha Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur, zamonning ehtiyojiga koʻra har sinf din arbobi va hatto qaysar boʻlmagan mufrit, dinsizlarni ham jim qiladigan va qondiradigan darajadadirlar. Ammo (dunyo bu) manfaatning yoʻnaltirishi, maqom hirsi, kufr va qaysarlik, gʻaflat va tanballik, shirk va zalolat kabi darmonsiz kasalliklarga chalinganlar uchun, Nurlarga koʻz yumish, koʻrsa ham qabul qilmaslik, koʻrganini inkor qilish, haq va haqiqatni rad qilish kabi devonaliklar aqldan uzoq koʻrilmaydi. Ma'lumi fozilonalari, Allohning shu vaqtinchalik mehmonxonasida inson suratidagi hayvonlar yoʻq emas. Bu Nurlar yoyilsa edi, albatta bundaylarning bugun dalil keltirib aytilgan devonalik safsatalari ochiqcha koʻrinadi.

Xulusiy

(Bu qism ukam Abdulmajidnikidir.)

Bu asarlar barcha sinflarga va jamoatlarga doimo taqdirga loyiq boʻlmoqda. Kim koʻrsa maqtaydi. Tanqidga ma'ruz boʻladigan asarlar emas. Lekin taqdir darajalari, tushunish darajalari kabi farqli va koʻp. Hamma tushunish darajasiga koʻra taqdirlay oladi.

Abdulmajid

(Xulusiy Beyning salafi, yigirma olti yoshda vafot qilgan jiyanim Abdurahmonning vafotidan bir-ikki oy avval yozgan maktubidir.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ

Qoʻllaringizdan oʻpib, duongizni soʻrayman. Sihat xabaringizni irshod qiluvchi "Oʻninchi Soʻz" risolangiz bilan birga Tahsin Afandi vositasida oldim, katta raxmat. Avvalroq garchi amringizga amal qilmasdan muhtaram va qiymatli amakimdan ayrilganimga pushaymon boʻlgan boʻlsam ham va urushishingizga haqdor boʻlgan boʻlsam ham, bu ham muqaddar ekan. Janobi Haqning amru irodasi bilan balki biz uchun xayrli boʻlgani uchun boʻldi. Darhaqiqat, men johillik sababli bir xato qildim va mashaqqatini ham tortdim. Bundan keyin tortmaslik uchun afv etishingizni va duongizni soʻrayman.

— 39 —
اَللّٰهُمَّ لَا تُخْرِجْنَا مِنَ الدُّنْيَا اِلَّا مَعَ الشَّهَادَةِ وَ الْا۪يمَانِ

duoim bu va e'tiqodim shunday va shunday ham iymon keltiraman:

{(Hoshiya-1): Ham iymon bilan ketishini xabar bermoqda.}

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ الْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ

{(Hoshiya-2): Soʻnggi nafasdagi iymon kalimalarini maktubining oxirida zikr qilishi, dunyodan qahramonlarcha iymonini qutqarib shunday ketishiga ishora qiladi.}

Jiyaningiz
Abdurahmon

Demak "Oʻninchi Soʻz" unga haqiqiy murshid oʻrniga oʻtganki, birdan uni valiylik darajasiga chiqarib ushbu uch karomatni ayttirgan. Mendan sakkiz yil avval ayrilgan. "Oʻninchi Soʻz" qoʻliga tushgan, maktubning boshida aytgani kabi juda azim istifoda qilib sakkiz yil mobaynida olgan kirlarini u bilan tozalagan. Hatto tashlab oʻtilgan, maktubining boshqa qismida "Oʻninchi Soʻz"ning shavqidan: "Yozgan Soʻzlaringizning hammasini menga yuboring, oʻz xatim bilan har biridan oʻttiztadan nusxa yozaman va yozdiraman. Toki yoyilsin, yoʻqolmasin" degan. Bunday qahramon vorisni yoʻqotdim. Ruhiga al-fotiha.

Said Nursiy
— 40 —

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING ZAYLI VA IKKINCHI QISMI

(Xulusiyi Soniy va katta bir olim Sabri Afandining xatlari.)

Mab'usi olam alayhissalotu vassalom Afandimiz Hazratlarining insonlarni hayratda qoldirgan va juz'iy shuuri bor kishiga iymoni komil baxsh qilgan, haddan ortiq va hayratomuz ma'nan ming turli moʻ'jizoti Ahmadiyani ichiga olgan va juda oliy va azim qiymati isbotlangan, shubhasiz qabul qilingan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning toʻrtinchi qismini nazar va tavajjuhi fozilonalarida haddim yetmasa ham men vakillari boʻlgan nomlari oʻtgan Xulusiy Bey afandiga yuborish uchun koʻchirishni boshlagandim.

Ming moʻ'jiza-i Muhammadiya kirgizilgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub, oldin ham aytilganidek, istagimdan ustun juda ham buyuk, nuroniy bahslar va risolatga oid hodisalarni bayon va xushxabar qilib, ojizning ruh va qalbini bahor mavsumi kabi gul va gulistonga aylantirdi. Bu xususda qalban his qilgan tuygʻularimdan tugʻilgan va aytish lozim boʻlgan madhu sanoni oʻta porloq tarzda arz qilish eng katta orzuim boʻlsa ham, afsuski aytishdan ojiz boʻlganimni bayon qilish bilan kifoyalanaman. Faqat shu nuqtani his qildimki: U hodisalarda siz jisman boʻlmasa ham, ruhan Sarvari Koinot Afandimiz Hazratlari bilan birga boʻlganingizni tasavvur qilyapman. Zero oʻsha mazkur hodisalarning hujjati bilan, mavqei bilan, an'anasi bilan qat'iyan mushohada va oʻsha tarzda naql qilganingizga va yozganingizga amin va ishonganman.

Oʻn Oltinchi Maktubni Otaboyga ketarkanman, olib ketdim. Aksar nuqtalar bir qism doʻstlarni yigʻlatdi va amakivachcham Zuhdiy Afandi, Oʻn Oltini oʻqib boʻlgach: "Bugun qalbimga hozirgacha bilmagan, koʻrmagan nuroniy va juda koʻp ma'naviy sevinchni ichiga olgan deraza ochildi. Bu derazadan hosil boʻlgan natijalarni yozmoq iqtidorimdan ustun boʻlsa ham, avni Ilohiyga tayanib bir maktub bilan arz qilish eng katta orzuimdir. Nihoyasiz salom va hurmatlarimni yetkazishga yordam berishingizni iltimos qilaman," dedi.

Sabri
***
— 41 —

Koʻngil istarki, birdan Risolat-un Nurning hammasini yozsam-u qoʻlimda boʻlgan durri yaktolarni iste'dodim nisbatida mutolaa qilishni boshlasam.

Oʻttiz Birinchi olmos kulliyotini avni Haq va inoyati akramiylari bilan ikki kun avval tugatishga muvaffaq boʻldim. Ahmad qardoshimga oid izohni tushuntirdim. Biroz oʻqidim va "Oʻninchi Soʻz"ni istadim, lekin bu Soʻz ma'naviy qiymat e'tibori bilan mavjudotdan ogʻirdir. I'jozi Qur'onning ikkinchi qismini qariyb tugatyapman. Lekin men mushtoq boʻlgan "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ni ham lutf qiladigan boʻlsangiz, hosil boʻladigan mamnuniyatimni bir jihatdan arz qilishdan ojiz qolaman. Chunki bu kabi qiymatdor va ma'nodor asarlarni eshitgandan keyin, koʻrish ishtiyoqi tobora ortmoqda va bu fe'l-atvordan hech ham oʻzimni man qilolmayapman.

Sabri

Bu dafa men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan nurli "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"da, malaklar dengizlarida Allohning kemalariga yopishib sayr qilarkan va insonning xato-toʻgʻri qilgan amallari, qat'iy umumiy hisob daftari kabirida oʻqilishini, foyda va zarar hech bir narsaning yashirin qoldirilmasligini shiddat bilan eslatgan, baqo-i ruh olamini tomosha qilar ekanman, matlabi a'lo va maqsadi aqso boʻlgan qayta tirilish va mahkama-i kubroning hukmlari boshlanishidan avval eshitish maqomida tinglarkan va ayniqsa "Madorlar" zinapoyalaridan oliy maqomlarga ma'naviy chiqar ekanman, xususan Oʻninchi Mador va Uchinchi, Toʻrtinchi Masalalarda dengiz gʻavvoslari kabi ma'naviyat dengizida shoʻngʻib suzar ekanman, anvori haqoiqi kibriyoga va azvoqi latoifi ulyoga shunchalik gʻarq boʻldimki, gapirish va ifoda qilishdan ojizman.

Sabri

Mushrik va munkirlarni magʻlub va jim qilgan va soʻnggi malzama-i jihodiya-i vahdoniya usulini ichiga olgan va jamlagan, quvvat va mustahkamligi poʻlat, qiymat va ahamiyati olmos va javharlar va aqiq qal'a-misol "Oʻttizinchi Soʻz"ni koʻchirishga muvaffaq boʻldim.

Sabri
— 42 —

Soʻzlar soyasida bir yildan oshgan muddatdan beri shavq bilan ta'allum, inoyat bilan tafayyuz, targʻib bilan tanavvur, xohish bilan talazzuz, ishora bilan tahalluq, tadrij bilan takammul tariqida ilgarilashga harakat qilgan muayyan muddatning bir kuniga sobiqan oʻtkazgan umum hayotim tenglasha olmaydi degan xulosadaman.

Sabri

(Ikkinchi Sabri boʻlgan Ali Afandining bir bayonidir.)

Soʻzlar shunday mahoratli bir doktor boʻlib, koʻzsizlarga hidoyati Haq bilan koʻz va qalbsizlarga tamoman buzilmagan boʻlsa qalb va shuurida tuynuk boʻlmasa nurlantirib fikrlashga chorlash va "Qayerdan, qayerga, kimsan?" mushkul savolning hal qilinishi bilan insoniyat taqozo qilgan insoniyatni bahsh qiladi.

Ali

(Yana Sabriniki.)

"Soʻzlar" nomli Nur okeanida ikki yildan ortiq zamondan beri, sayru sayohatimning samara va natijasini koʻrib bilish xususida hozirga qadar zamin va zamon uygʻun boʻlmagani uchun tijorat sarmoyamning qay darajalarga chiqqanida; toʻgʻrirogʻi bir tijorat qila oldimmi yoʻqmi, ikkilangan va hayron edim.

Hamdan lilloh, bu rahmat va magʻfirat oyida, Rabboniy inoyat va Paygʻambariy yordam, hamda ustozimning himmat va duolari barakalari bilan bandangizning avvalgi ilmiy sarmoyasi toʻqson toʻqqiz daraja yuksalganini fahmladim. U ilmiy manbalar va haqiqatga olib borgan tamsillar majlislarimni shunchalar tazyin va tanvir etmoqdaki, gapirishdan ojizman. Basharning juda koʻp oyogʻini toydirgan bu asrda, juda ham hayratomuz va haddan ortiq jihozlar va ma'lumotlarni nashr qilgan Nur fabrikasidan har xil jihozlarni olish farz boʻlganini bilib, har qanday madhu sanoga haqiqiy ma'noda munosib va loyiq va hech suratda riyo ma'nosini berish imkonsiz boʻlgan muassasa sohibi a'zamiga qay darajalarda tashakkur qilsam va minnatdorligimni birdirsam ham tom ma'noda zimmamdagi vazifamni ado qilolmayman.

Sabri
— 43 —

Koʻpdan beri kamtarona ruhimning bagʻoyat mushtoq boʻlgan va har bir soʻzi bir-bir olmos xazinasi boʻlgan Yigirma Sakkizinchi risola-i pur-nurlarini, lahulhamd oʻqish va koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Oltin-misol harflardan tashkil topgan olmos manbaining qiymat va yoqtirilish va ahamiyat darajasini arz va ifoda xususida (mubolagʻa boʻlmasin) mumkin boʻlsa edi, shu risola-i qiymatdoriyning cheksiz haqiqatlarini izohlagan va jamlovchi bir qancha kalimalarning qoʻyilishiga harakat qilardimki, haqiqat loyigʻicha ifoda qilinsin. Zero Xoliqi Olam Hazratlari shu mukavvanotni xalq va ijod va har birini bittadan vazifa bilan tavzif va olam ajali sodir boʻlganda, mas'uliyat nuqtasida bu dunyoda ojizlik, faqirlik, zaiflik va ehtiyojini fahm va idrok qilib, azaliy qonunlar va Rabboniy dasturlarga boʻysungan va ergashganlarga, aytib oʻtilgan Jannat kabi ne'mat bilan aziz qiladi va ayniqsa Jannatda eng buyuk ne'mat, jamoli ba-kamoli Rabboniyani mushohada va eng buyuk neʻmatga musharraf boʻlganidan, foniy olamdagi hamma narsa natija e'tibori bilan Jannatga qaragan, oshiqqan va shu haqiqatlarning manbai boʻlgan Furqoni Mubin va Qur'oni Azimning koʻplab eshiklarini fath va rang-barang sirlariga xabardor boʻlib, haqiqatlar dengiziga shoʻngʻish harkimga muyassar boʻlmagani uchun, besh savol va besh javob haqiqiy kaliti bilan xilma-xil xazinalar eshiklarini ochib juda yaqindan va mukammal yaqqol koʻrsatilishi, bu ojiz qulning kalta aqli emas, balki anchagina yuksak zakolarga sohib boʻlganlarning ham taqdiriga tom ma'noda munosib boʻlganiga ishonchim komil.

Sabri

Men kamoli ulviyat va benihoya qiymatini aytish va ifodadan ojiz boʻlgan "Soʻzlar"dagi oliy va azim uslub va gʻoyalar, bu purqusur bandani tiriltirib, goʻyo "ba'su ba'dal mavt" holiga keltirdi va "Qora Tutning Bir Mevasi" nomli, Ovrupa maftunlariga otilgan oltin zambarakning olmos oʻqlarini koʻrdim, hayron boʻldim.

Sabri

Yigirmanchi Maktubni yozarkan, vaqtim yoʻqligi, tez yozishga harakat qilganim uchun chuqur qaralmadi va oʻqildi. Chuqur oʻylab zehnimda joylashtirolmagan boʻlsam ham, muso'ada-i fozilonalari bilan ushbu haqiqatni gapirishga jasorat qilyapman. Bu buyuk maʻno va tushunchalarni oʻz ichiga olgan maktub, hozirgacha yuborilgan umum Nur Risolalarining, xulosat-ul xulosa natijasi va juda chuqur manbai boʻlganini koʻrishim bilan birga, izohlar va sharhlar xususida ham aql sohiblari uchun, arabcha ibora bilan yozilgan, yetti ma'nodor bayon va turkcha ma'nolarida joylashtirilganiga mukammal qanoat hosil qilganimni aytib yana boshqacha istak uygʻotdi va aytdimki: Xudo-yi Mutaol va Vohib-ul A'mal val-Amal Hazratlari tavfiqoti Samadoniysini ehson qilsa-yu, ustozi oliyqadrimdan fanni ilmi Kalomni ta'alim olib fayz olsam, dedim. Bu orzu bandangiz qalbida ilalabad sobit qoladi. Bu ham qiymati bepoyonini his qilib buyuk va muqaddaslikni men loyigʻidek ifoda qilishdan ojiz boʻlgan sevimli Yigirmanchi Maktubdan tavallud topdi.

Sabri
— 44 —

Xususan Birinchi Soʻzda Basmalaning daraja-i ahamiyati va surati tamsiliyasi maqtov va hayratga loyiqdir. Eskidan beri xar kitobning ibtidosida "Basmala, Hamdala, Salvala" aytish vojibligi, domlalarimiz tarafidan bayon qilingan boʻlsa ham, bu kabi nafsni jim qiladigan tamsil eshitilmagani uchun bu daraja zehnda qaror topib, joylashmagan edi. Bu tamsil, Basmala Soʻzi boʻlgan "Birinchi Soʻz"da qanchalar oʻrinli va ma'nodor boʻlganini inson boʻlgan taqdirlaydi.

Sabri

Uch kitobdan Yigirmanchi Soʻzni ilk marta oʻqidim. Habli Matini Ilohiy va qonuni Mubini Rabboniy boʻlgan Qur'oni Azimushshonda, ushbu oxirgi asrda vujudga kelgan va Yevropaliklarning faxrlanish sabablari boʻlgan suv osti kemasi, tayyora va boshqa narsalarga 1300 yil muqaddam ishora bilan ifoda qilinganini oʻrganib Kitobi Mubinning moziy va istiqboldan berayotgan gʻaybiy va sodiq xabarlari hamda hayratomuz bayonlari, doʻst va dushmanni maftun va hayratlarda qoldirgani. Shu orqali bir daraja yana i'jozi Qur'onni isbot va tasdiq qilgan. Yigirma Uch va Oʻttizinchi Soʻzlarning bosh taraflaridan uchtadan, beshtadan sahifa oʻqiy oldim. Javohirlar koʻmilgan xazinani topgan bir faqir kabi qaysi javharni olishimni hirsli tarzda oʻylayapman.

Sabri
— 45 —

Moʻ'jizalar dengizi, Koinot Faxri Afandimiz Hazratlarining shu gʻuborli asrda zanglagan ruhlarimizni nurlantirib va sevintirgan va abadiy hayot sari yoʻnaltirgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning beshinchi juzini olib, uchinchisini qaytarib berdim. Koinot Faxri Afandimizning moʻ'jizalaridan barmoqlaridan suv oqitib qoʻshinga ichirishlariga diqqat qilib chuqur tafakkurga shoʻngʻidim. Oʻsha vaqt qalamim siyoh shishasida edi. Yozish vazifamga vaqtinchalik tanaffus bermoqchi boʻldim. Qalamimni oldim, siyohi bilan oʻrniga qoʻymaslik uchun qalamdagi siyoh tugagancha bir-ikkita kalom yana yozay-yu shunday qoldiray dedim. Boshladim, yarim sahifa yozdim, qalamdan rang to'xtamadi. Bundagi hikmatni oʻyladim, qalam quridi. Soʻngra koʻp marotaba qalamni yaxshilab rangga botirib yozdim, tajriba qildim. Yarim qator, koʻpi bilan bir qatorga yetdi. Bu ham Xatibi Bogʻdodiyning ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ siridagi {(Hoshiya): U tafakkurda bir kunlik ishni bir daqiqada qilgan.} tafakkuridan hosil boʻlgan voqeani eslatadigan bir Nabaviy i'jozning ta'kididir, dedim.

Sabri

Oldin taqdim qilingan maktublarimdagi ta'birlar va madh etuvchi soʻzlarim nima uchun haq boʻlmasin? Zero shu qiymatdor va dolzarbligi bitmaydigan va olamda koʻz qamashtirgan chaqmoq kabi moddiy va ma'naviy ustunligini oʻxshashi kabi bildirgan va e'lon qilgan sevilgan Yigirma Oltinchi Maktubni, yigirma kundan beri turli darajalarda ahli ilm mutolaa qilishdi. Faqat bugungina tahririga ehtiyoj koʻrildi va yigirma sakkiz nuqtada toʻgʻrilandi, ilova etilgan muhim nuqtalar, oliy kalima va ta'birlarni ortiqcha yoki kam deya oladigan bir kishi chiqmadi va chiqmayapti.

Ha, bu asrning zararli shaxslariga e'lon qilgan ma'naviy jihodda koʻrilgan hayratomuz muvaffaqiyatning pastkash va razillar guruhini lol va mot qilganini, zarracha insofi va iz'oni va insoniyatda zavqi boʻlgan kishining iqror va e'tirof va tasdiq qilishi, vojib boʻlgani shak va shubhalardan uzoqdir.

Sabri
— 46 —

(Shu bayon Shomli Hofiz Tavfiqnikidir.)

Oltin zarhal bilan yozilishi kerak boʻlgan oliy asaringizda, Rasuli Mujtabo alayhi akmal-ut tahoya Afandimiz Hazratlariga til uzatgan bedin xoin, mulhid xoinlarning qurigan tillarini, Ilohiy inoyati va Paygʻambar ruhoniyati va shariat qilichi bilan kesishga muvaffaq boʻlganingiz ushbu tanlangan asaringizni Janobi Haq ulugʻ dargohida va nazdi Paygʻambariyda qabul aylasin. Shafoati Nabaviyaga afandimni va faqirni ham noil aylab, Muhammadiy bayrogʻi (ASV) ostida jumlamizni birodarlarimiz bilan birga hashr aylasin, omin.

Tavfiq

(Yana Sabriniki.)

Tavfiq buroqi bilan samovot haqiqatlariga uchish yoʻlini koʻrsatish va tushuntirish uchun, tartiblangan, tasnif qilingan va xar bir yuksak yogʻdusi minglab aqliy va naqliy oyatlar va iymon alomatlarini haddidan ortiq izoh va isbot qilgan, bir iymon darajasi va Vojib-ul Vujud val Mannonning ism va sifatlari aks etgan oyna hisoblangan va baqio olam saroyining olmos kaliti boʻlgan Yigirma Ikkinchi haqiqatlar dengizini Ilohiy inoyat bilan koʻchirishga muvaffaq boʻldim.

Sabri

(Shu bayon haqiqiy va birinchi bir qardoshimiz boʻlgan Haqqi Afandinikidir.)

Takror-takror mutolaa va qiroat qilib, arsh qadar yuksak asarlaringiz haqida diqqat bilan oʻqishga, bir soʻz hatto bir nuqta qoʻshishga oʻzimda jur'at va qudrat topa olmaganim uchun, bu bobda bir fikr qoʻshishga imkon koʻrolmayapman. Faqat juda yuksak, jahon qadar qiymatdor muborak asarlarni oʻqib, biz johilligimiz sababli idrok eta olganimizchalik foydalanish va fayz olishga harakat qilib foydali boʻla olish biz uchun juda buyuk ne'matdir.

Haqqi

(Yana Haqqi Afandiniki.)

Ushbu jahonqiymat asar haqida fikrimiz soʻralmoqda. Hikmatning nozik tomonlari va ilmiy haqiqatlar bilan ziynatlangan va tahqiq etilgan yuksak asar haqida bir fikr bayon qilish ilmiy saviyamning ustidadir.

Haqqi
— 47 —

(Shu bayon ikkinchi Sabri boʻlgan Hofiz Alinikidir.)

Afandim! Yigirma Beshinchi Soʻz, Janobi Haqning farmoni mubini boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon uchun batamom ochiqligini ichiga olgan haqiqiy tanituvchi boʻlib: Haqiqatlar dengizida sayru sayohat qilgan va tashqaridan poʻlat bilan jilolangan, mustahkam hamda ichkaridan olmos va aqiq bilan bezalgan va isbotlangan hamda haqiqiy manbai boʻlgan Furqoni Hakim kabi, doimo yoshligini va mustahkamligini, ziynat va husnini orttirgan, muhofaza qilgan, hech bir jihatdan madhga loyiq hukmlariga nuqson keltirmagan, Ilohiy kemaning mahsuli boʻlib, qalblari pardalanib falsafaning boshi berk yoʻllariga kirgan gʻofil va osiylarga shiddat bilan dahshat beruvchi va halok qiluvchi zarbasini urgan Soʻz, itoat qilganlarga ma'naviy lutf qoʻli bilan, nihoyasiz dunyoviy va uxraviy mukofotini ehson qilgan Janobi Haqning zoti ustozonalariga lutf qilgan va Vahhob ismi jalilidan chiqqan nurning yogʻdusi bilan oydinlatib Ilohiy haqiqatlarning zarralarini ham olmoslar kabi koʻrib-koʻrsatgan ustozimning haqiqatlar dengizida sayru sayohatlari asnosida uchragan toʻlqinlar, bir-birining orqasidan xar biri yakka holda bir moʻ'jiza, hatto bir qatrasi iyjozi bilan i'jozini koʻrsatganini koʻrganimda "Moshoalloh", "Alhamdulillahi ala nur-il iyman va hidoyat-ur Rohman" jumla-i jalilasini tilimda vird qilyapman.

Ali

(Bu bayon ham Sabriniki.)

Nurlari olamni oydinlatgan, qit'asi kichik va qiymati juda buyuk va ulviy va azim-ul maol va shaxsan mukammal xatti bilan yozilgan olmos risolalarini koʻchiryapman va Yigirma Ikkinchi Nur daryosiga shoʻngʻiyapman.

Sabri

(Ushbu bayon muhim talaba - Sayyid Shafiqniki.)

Shifoxona-i qalbingizdan chiqqan Oʻttiz Uchinchi Soʻzingiz bilan oʻttiz uch jihatdan kasalmand, yarador qalbimizni davolashingizni ayniqsa iltimos qilaman.

Sayyid Shafiq
— 48 —

(Inshoalloh Qur'onga buyuk xizmat qiladigan Kichik Hofiz Zuhduning maktubidir.)

Bugun men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan I'jozi Qur'onning bu bechora talabangizga baxsh qilgan nihoyasiz fayzlar oʻlimga mahkum ruhimga shunday mahoratli tabib muolajasini qilganki, mubtalo boʻlgan qalb xastaliklarimni davolab, yangidan hayot baxsh qilganidan, minnatdorligimni bildiraman va bu tengsiz javohirlar xazinasining boshqa rangli eshiklarining ham ochilishini ojizona iltimos qilaman.

Oʻttiz Uchinchi Maktubning oʻttiz uch derazasidan boshqa-boshqa porlagan nuroniy ziyolar ojizona qalbimga fayyoz nulari bilan guloblar sochdi. Hali bir qancha Nur Risolalarining fayzlarida hissador boʻlishni barigohi Ahadiyatdan yolvorib soʻrayman afandim.

Hofiz Zuhdu

(Yana Sabrining bayoni.)

"Arz qilingan xususiy bir masala": Ushbu oʻn toʻrtinchi asri Muhammadiyda (ASV) Rabboniy rozilik va tabligʻoti Ahmadiyani haqiqiy ma'noda ado va ijro va bildirgan va bajargan haqiqatdan "matla-i shamsi fuyuzot" ta'biri bilan tavsif va ta'zimiga masadaq bo'lgan oʻxshashi boʻlmagan Nur risolalaridan bu ojizning ruhiga in'ikos qilgan va kamtarona sarmoyamdan emas faqatgina Risolat-un Nurning fayzlar va yogʻdularidan terib, bir-biriga yuklab yozgan maktublarim, faqatgina bir Ustozning yuksak va goʻzal tavajjuhlarining belgisi boʻlib, Risolat-un Nur qatoriga doxil etilishi xijolat boʻlishimga sabab boʻldi. Zero ummonga nisbatan bir ariq hukmida ham boʻlmagan, bu ojiz bandaning pur-qusur ifodalari shunday baland bir mavqeda joy oladigan mohiyatda emasligi oshkoradir. Janobi Kibriyodan umid qilamanki, yaqin nurli va ziyodor Soʻzlarning nur va ziyolaridan foydali va ziyodor boʻlsin.

Sabri

(Shu bayon Xulusiynikidir.)

Siyosat men tushunmagan bir ishdir. Odamlarning istaklariga xizmat qilishdan nafrat qilaman. Xorlik bilan yashash, men koʻtarolmagan hollardan biridir. Falillahilhamd Allohimiz bir, Paygʻambarimiz bir, Kitobimiz bir, Dinimiz bir... va hokazo. Bu bir birlar bizga bir-birimizni Alloh uchun sevish bogʻini mustahkamlash bilan birga, ruhiy, qalbiy, abadiy, loyamut bir birlik ta'min qilmoqdadir. Hamd va shukrlar boʻlsin, moʻminmiz. Hayotda biz uchratadigan minglab musibat va iztiroblarga

— 49 —
مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ

kabi juda ta'sirli darmonimiz bor. Yana idrok qilyapmizki, bu yerda vazifalari tugaganlar uchun, abadiy va'da qilingan hayot boshlanadi. Biz bu yoʻlning yoʻlovchisi, bu karvonsaroyning musofiri, bu korxonaning vaqtinchalik ishchisi boʻlganimiz uchun, ertami-kechmi oʻsha karvonga qoʻshilamiz.

Qisqa, aziyat beruvchi, sertashvish, alamli, qaygʻuli, firoqli va faqat doimiy hayotning ekinzori boʻlgan bu foniy va beqaror olamda boshlangan gʻarazsiz, badalsiz, benuqson va hech kimning istagiga tobe boʻlmay, beminnat va jiddiy, xolis va muxlis doʻstligimizning mevasini butun saodatni ichiga olgan hayot da koʻramiz.

Umid va iymon kabi juda oliy sarmoyamiz bor. Hoʻja Afandi Hazratlarining oliy tavsiyalari:

Besh vaqt namozingni qonun-qoidasi bilan oʻqi. Boshqa ibodatga kuching yetmaydi.

Namozning oxiridagi tasbehlarni ayt. Boshqa zikrni qilolmadim deb afsuslanma.

Yetti gunohi kabiralarni tark et, chunki kichik gunohlarni qidiradigan vaqtda emasmiz.

Paygʻambarimizning (ASV) sunnatlariga ergash, zero bu davrda orqalaridan ketiladigan va harakatlari taqlidga loyiq sof, xolis va muxlis hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi U zot boʻlib, (u ham seni yana bu yoʻlga olib keladi) afsuski topolmaysan. Balki bu yoʻlga chiqaradiganlar bordir. Ammo koʻmir bilan olmosni kim ajrata oladi? Shunday ekan harakat qil, undanda yaxshiroq rahbar topolmaysan.

Darslaridan birida, men xar doim zikr qilgan مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ shafoatbaxsh hikmatli soʻzi esimizda bor ekan, shubhasiz xar qanday musibat va alam xush qarshilanadi.

Aziz qardosh! Shunday vaqtlar boʻladiki, hamma narsa, harkas, xar muomala qalbni ranjitadi. Ammo mana shifobaxsh darmoni:

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ
— 50 —

Men xar zamon aytaman: Biz bu foniy hayot uchun doʻstlik qilmayapmiz. Bu qisqa hayot bilan vidolashish, nazdimizda va e'tiqodimizda abadiy hayotning muqaddimasidir. Shunday ekan, xafa boʻlmaylik. U hayotni hali boshlamadik. Xabarlashib aloqani ta'min etaylik. Allohga ishonaylik, Undan madad tilaylik.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَا ف۪ى عِلْمِ اللّٰهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
Xulusiy

(Sabrining Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi Soʻzlarni yozgan vaqti yozgan maktubining bir parchasi.)

Butun Risolat-ul Anvor xar biri turli-tuman mavzularda, son-sanoqsiz qiyinchiliklarni hal qilishi bilan birga, bandangiz shunday tasavvur qilyapmanki: Nur daryosidan ichishni istagan kishi, Birinchi, Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi Soʻzlarni osla, boshqalariga qoʻli yetishmasa ham qalbdagi kasallikni daf qilish va yoʻqotishga, ruhni nurlantirish va sevintirishga kifoya qilgani koʻrilgan va tasdiqlangan. Zero "Birinchi Soʻz" tavhid kalitidir. Yigirma Birning birinchi qismi Jannat narvonidir.

Ikkinchi qismi qalb kasalliklarining davolanishi uchun oʻxshashi yoʻq dorilar shifoxonasidir. Hayotbaxsh dorilari bilan istisnosiz harkimda boʻlgan vasvasa kasalligini davolaydi va qoʻporib tashlaydi. Qalb va ruhda Qur'oni Hakimning abadiy va cheksiz fayzlar va nurlaridan kelgan farahbaxash gulzor ochib abadiy saodatga yetkazadigan najot va salomatlik yoʻlidir. Yigirma Ikki esa Burhoni bilan, Yogʻdulari bilan inson boʻlgan kishining diniy aqidalarini mustahkamlash va quvvatlantirishga tengsiz rahbar boʻlganini arz qilaman afandim.

Sabri
— 51 —

(Bu qism Xusravning maktubidan.)

Suyukli va Muhtaram Ustozim.

Soʻzlaringizning (ya'ni Risolalaringizning) xar biri ulkan dengizdir. Soʻzlaringizdan juda koʻp fayz olyapman. Oʻqigan sari takror qilishni istayman. Va takrorida his qilgan Ilohiy zavqimni ta'rif qilolmayman. Bugun kim Soʻzlaringizdan hammasini emas, bir donasini olib insof bilan oʻqisa, haqni qabul qilishga va munkir boʻlsa, tanlagan yoʻlini tark qilishga, fosiq boʻlsa tavba qilishga majbur boʻladi degan qat'iy umiddaman.

Xusrav

(Ra'fat Beyning maktubidan.)

Soʻzlaringiz murshidona va juda yuksak boʻlganidan, gʻoyat diqqatli va tahlil qilib oʻqishni talab qiladi. Bayon qilgan aqliy va mantiqiy dalillaringiz shu qadar shirin va hayratbaxsh boʻlib, inson oʻqigan sari oʻqiydi va cheksiz ma'naviy zavq his qilib, hech qoʻlidan tushirishni istamaydi. Shu sabab bir marta oʻqish kifoya qilmaydi. Hammasini yoniga oʻlib doimo oʻqishi kerak.

Ra'fat

(Bu ham Sabri Afandining maktubidir.)

Ustozim Afandim!

Ushbu qiymatli olmoslar Janobi Haqdan Habibi Ziyshoniga yuborilgan Tubo daraxtining cheksiz mevalari boʻlganini va bularning oʻxshashi kabi tengsiz javohirlarning chiqarilishi va koʻrsatilishi vaqtini topib Rabboniy va Muhammadiy koʻrgazmaga qoʻygan zoti ustozonalarini shu daqiqada qisqa aqlim va iste'dodsiz tilim bilan shunday duo qilaman:

اَللّٰهُمَّ احْفَظْ مُؤَلِّفَ هٰذَا الدُّرِّ الْيَكْتَا الَّذ۪ى هُوَ مَوْسُومٌ بِرِسَالةِ النُّورِ
وَ اَعْطِ قَلْبَهُ (وَ قَلْبَ صَبْر۪ى) اَلَّذ۪ى هُوَ مَمْلُوءٌ بِالْحَقَائِقِ وَ الْاِبْتِهَاجِ وَ السُّرُورِ اٰم۪ينَ
Sabri
— 51 —

وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyatiga goʻzal bir tafsir, oxirgi ma'nosi oʻrtaga chiqqan tushga chiroyli bir ta'bir boʻlgan. Uyquga oid oyatni juda oliy va munosib bir suratda tafsiringiz bilan, hammadan ziyoda muhtoj Xulusiyingiz boʻlgani holda, yana barcha Risola-i Nur va Maktubot-un Nur tinglovchilariga va oʻquvchilariga foydali, zavqli, asosli, jiddiy, vajiz va baligʻ bir dars bergan boʻldingiz.

Shu yerga bir ishora qilishni istayman. Qur'onning karomatiga bir nuqta, bir zarra yana ilova etmoqdaman: Kerak boʻlsa Egʻirdirda, kerak boʻlsa bu yerda ba'zan zehnimga bir narsa keladi va oʻzi bilan ancha mashgʻul qildiradi. Ilk maktubingizdayoq aqlimni mashgʻul qilgan narsaning javobini topaman. {(Hoshiya-1): Bu karomati Nuriya Xulusiyda boʻlgani kabi, koʻplarda ham koʻringan va koʻrinmoqda.} Bu bir, besh marta boʻlmadi, juda ham koʻpayib ketdi. Shuning uchun, karomati Qur'oniyadan deyman.

Ikkinchi Masala chiroyli va ilmiy bir dars boʻlish bilan birga, xotirga yana bir jihat keladi. Hizb-ush shaytonning yordamchilari bu yerlarda izgʻib soxta va adashtiruvchi harakatlar bilan ishimizga to'sqinlik qilish xohlashadi. Suning uchun Qur'on shifoxonasining kaliti, inoyati Ilohiy bilan qoʻlida boʻlgan suyukli Ustozimizning bunday zaharlarga darmon yetishtirishi va Qur'on aslahaxonasidan olgan ajib qurollari bilan kurashishi, chiroyli, betakror ulsub va hayratomuz misollar keltirishlari haqiqatdan minnatdorchilik va shukrga loyiqdir. Alloh sizdan behad rozi boʻlsin.

Uchinchi Masala haqiqatdan juda goʻzal, juda xush, juda ochiqdir. Bu masalani besh nuqtaga ayirib, Islomning besh ruknini xotirlatgan, salomatlik uchun besh asosni koʻrsatgansiz. Ham doʻstlaringizga va qalban sizdan bir narsa kutganlarga, kelishi kutilgan savolga javob sifatida qalamga olgansiz. Ammo husni zonga izn beryapsiz. Niyat bilan mukofotlangan va foydali boʻlishini eslatyapsiz. Soʻragan kishi bunga ham rozi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifi zotan bu dardga darmon beryapti. Yaraga malham surtmoqda va bu istakka chora topmoqda.

Soʻzlar bilan siz

yordam berayotgan moʻminlar,

botqoqlikdan chiqargan adashganlar,

oʻziga keltirgan sarxushlar,

shuurini qaytartirgan devonalar,

xozir Qur'ondan yanada yaxshi murshid yoʻqligiga ishontirgan haqiqatdan mushtoq insonlar,

mot qilganingiz munofiqlar, mulhidlar,

hatto qochirgan shaytonlarni xar bir koʻzi bor va qaragan odam koʻrdi,

aqldan nasibasi boʻlgan kishi angladi, qalbi buzilmagan ishondi.

Bu azim muvaffaqiyatning sirri, ojizlik yoʻlining rahbari boʻlgan Qur'onning va Nurlarning dalloli koʻrsatgan haqiqiy ojizlikka - Xoliqning ehsonidandir.

— 52 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Moddiy jihatdan uzoqda boʻlgan bu bechora talabangizni yaqindan vakillik etgan Hofiz Sabri Afandi bilan boshqa kishilarning Nurlar haqidagi tuygʻulari juda qiymatli va yuksak va loyiq bir suratda ifoda qilingan. Bir maktubingizda Muallim Judining qasidasi munosabati bilan aytgan hikmatli soʻzingizni bu yerda takror qilishga munosabat keldi.

وَمَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى
وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ

siri asosida goʻzallik yozuvlarimizda emas, aksincha i'jozi Qur'ondan boʻlgan nurli Soʻzlarga va Maktubotga oiddir. xar bir moʻmin kishi tushunish va zavq olish darajasiga koʻra, aslida goʻzal narsani ta'rif qiladi. Ojizlik va faqirlikdagi lazzat, shafqat va tafakkurdagi ulviyat haqiqatdan hech narsa bilan qiyos qilinmas ekan.

Olamning holi uygʻun boʻlsa ham, Qur'onning maxsus xazinasidan chiqarib ta'biri oliyingizcha siz dallolligini qilayotgan olmoslarni koʻp koʻzlar koʻrsa deyman. Koʻrsa-yu, sarxushlar oʻziga kelsa, hayratda qolganlar qutulsa, moʻminlar sevinsa, mulhidlar, kofirlar, mushriklar iymonga, insofga, aql doirasiga kelsalar. Va bu baxtiyor va oliy natijani bizlarga idrok qildirishini Ilohiy lutflardan yalinib va yolvorib soʻrayman. Omin.

Muhtaram Ustoz! Allohu Zuljalol Hazratlariga qanchalar shukrda boʻlsangiz, oʻrinlidir. Ojizlik va faqirlik ruxsatnomasi bilan siz kirishga muvaffaq boʻlgan Qur'on saroyining maxsus xazinasidan koʻzlar koʻrmagan, quloqlar eshitmagan javharlarni koʻryapsiz va sizga ruxsat berilgan miqdorini boʻlak-boʻlak chiqarib avvalo oʻzingiz qarayapsiz, soʻngra:

"Ey inson! Mana qara, bu musofirxonani ochgan, olamlarni rahmati bilan yaratgan,

seni hikmati bilan yaratib bu olamga yuborgan Sultoni Koinot bir ming uch yuz yil avval buyuk elchisi Habibi Akrami (ASV) vositasida,

senga yaratilishdagi hikmatni,

bu yerga kelishdagi maqsadni,

qullik taqozo qilgan xizmatni va boshqa haqiqatlarni bildirgan edi.

Bu oliy tabligʻotni, u muqaddas hukmlarni siz tushunadigan til bilan tushuntirmoqdaman, tinglanglar. Agar aqlingiz boʻlsa, koʻzingiz koʻrayotgan boʻlsa, insonligingiz boʻlsa, haqiqatni anglaysiz va iymonga kelasiz", degan bayonot qilyapsiz. Bizlar qadar taqozosi bilan falillahilhamd bu muqaddas bayonotni yaqindan tinglash, koʻrish va koʻrsatish ishtiyoqini koʻrsatdik. Siz ham ushbu olmoslarni koʻrsatib bizni uygʻotdingiz. Haqiqatni anglatib, yoʻlimizni toʻgʻrilashga vasila boʻldingiz. Alloh sizdan abadan rozi boʻlsin. Nafsi ammoraning asiri, jin va ins shaytonlarining nishoni boʻlishdan qutulmagan boʻlsak ham, bu beminnat va Qur'oniy xizmatdan zavq olmoqdamiz, loyigʻi bilan qilolmayotgan boʻlsak ham, yoʻlida turibmiz.

— 53 —
اِنَّمَا الْاَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ
Xulusiy
— 54 —

IKKINCHI ZAYL

(Omi, ammo allomalarning ishini bajargan va Qur'on sirlariga nisbatan Ispartaning uygʻonishiga sabab boʻlgan oxiratli qardoshim Odiljivozli Bakir Ogʻaning Soʻzlar haqidagi tuygʻulari.)

Fazilatmaob Ustozim Hazratlari.

Afandim, avvalo ta'zim va hurmatimni aytib muborak qoʻllaringizni oʻpib, xar on va xar doim saviyam yetganicha duo qilaman va duongizni soʻrayman.

Afandim, bilganingizdek, faqir talabangiz va qardoshingiz johil boʻlganim holda, quyosh-misoli tanlangan risolalaringizdan barcha Nur Risolalaringizni oʻqitib tingladim. Quyoshning nuriga toʻsiq qoʻyilb boʻlmagani kabi va toʻsiq qoʻyilish ehtimoli boʻlmagani kabi, risolalaringizga ham toʻsiq qoʻyib boʻlmaydi. Ularni tinglashda ruh va qalbimni tadqiq qildim, tadqiqotimda qanday his qilgan va anglaganimni angladim. Qarasam, ruh va qalbimda bir fazayon va joʻshqinlik borki, meni ixtiyorsiz bir vazifaga chorlamoq uchun hamon "qani bormi" deya tazyiqlarni boshladi. Boshdan oʻtkazgan bu voqeani ta'qib qilar ekanman, Nurlar koʻrsatgan kalitlarni koʻrdim va koʻrsatildi. Angladimki, bu kalitlar bilan kerak boʻlgan eshiklarni ochib, Nurlarning ahli - qardoshlarimni (haddim boʻlmasada) qidirib topish vaziyati goʻyo menga amr qilinib, Nurlardan quyosh kabi nur sochilishi xususida bu holni oʻzimga vazifa deb bildim.

U Nurlardan olgan kalitlarimni topshirib, din xoini hisoblangan mulhidlarning qoʻllari qimirlamaydigan darajada sinishi uchun, hamdan-lilloh qardoshlarimni qidirib topdim. Omonatulloh va omonati Paygʻambariyning (ASV) gʻoyat porloq yoqut va zumraddan qiymatdor boʻlgan xazinalarini u zotlarning qoʻllariga topshirdim. Alhamdulilloh, Janobi Haq muvaffaq qildi. Muborak asarlaringizni mutolaa qilgan shaxslar, inson boʻlsalar va bashariyatga aloqalari boʻlsa, iymon keltiradi. Ishonmagan taqdirlarida yo insoniyatdan voz kechishlari yoxud inson emasmiz deyishlari kerak. Bu asarlarning bir oʻzi alohida-alohida fotihdir. Inshoalloh xar jihat ila, fath qilib fotih boʻladi. Janobi Mavlo oxiratda jumlamizni savobiga noil aylayib, shafoatiga mazhar qilsin. Omin!

— 55 —

Takror muborak qoʻllaringizni oʻpish ila, duongizni soʻrayman afandim hazratlari.

Abduljalil oʻgʻillaridan
Odiljivozli
Amrulloh oʻgʻli Bekir

(Ushbu bayon Xulusiyi soniy Sabriniki.)

"Oʻninchi Soʻz" nashr qilingan, qiymati yaratiqdan ustun muborak nurli asardan bir nusxacha ehson qilishini kutdim. Olishim bilan, ruh sohiblaridan xoli va zumrad-misol koʻkargan nabotot orasida bir daraxtning ostiga bordim. Lekin mavsum e'tibori bilan zaminning gilami gʻoyat lobar va turli-tuman chechaklar bilan ziynatlangan va muhtasham boʻlsa ham, biroz oldin bayon qilingan asar boqiy olamning haqiqiy va qat'iy hujjati hamda eng kuchli va gʻoyat mustahkam va bagʻoyat goʻzal, naqliy, aqliy, mantiqiy, ta'rifi imkonsiz dalillar va qat'iy burhonlar bilan isbotlangan; hatto hashr haqida oyogʻi toyib halok qiluvchi jarliklarga ketgan va eng yomon botqoqliklarga tushgan, zarar va zalolatda boʻgʻilgan juda koʻp kishilarni nozik, chuqur ishoralar va haqiqatlari bilan tiriltirganini va etishini qoʻldan kelgancha oʻrgandim.

Har qancha qiymatdor asarning juda yuksak va muhim darajalarini, hatto eng qisqa jumlasini ham tom ma'noda tushuna olish, u xususda gapira olish, tahsil qilgan ilmimdan ancha yuksak boʻlsa ham, haqiqiy manbai boʻlgan Furqoni Mubindan toʻliq fayz olgan va oʻxshashi koʻrilmagan shoh asar ekanini angladim. Bu faqir, shiddatli ojizlik va zaifligim bilan hadsiz haqiqatlar dengiziga shoʻngʻidim va nur ummoniga kirishga ushbu muborak asar olmos kalitim boʻldi.

Shunga binoan, xoslar va xoslar xosi diqqat bilan uni mutolaa qilsalar, qay darajalarda Ilohiy haqiqatlar va Rabboniy maʻorifni koʻrib, fayz qozonishlarini taxmin qilolmayman. Bundan tashqari ushbu nuroniy va ulviy va muqaddas asar, raqami e'tibori bilan toʻqqiz asarning oldindan oʻtganini imo va ishora bilan birga va "Oʻn" raqamidan keyin yana bir qancha asarlarning vujudini ichiga olgan boʻlganiga doir bir qalbiy sezgirlik uygʻotdi.

— 56 —

Soʻngra angladimki: Qur'oni Hakimning nur va ziyodor manbai qaynab toshgan. Furqoni Hakimning olmos ma'danlaridan dahshatli bir portlash sodir boʻlgan, "Soʻzlar" nomli hadsiz darmon va javohirlar oʻrtaga chiqdi. Juda koʻp qalblar kasalligini daf qildi va sogʻaydi. Furqoni Mubinning fayzi bilan "Soʻzlar"ning xar birini hammaga koʻrish muyassar boʻlmagan gʻoyat nozik va chuqur lol qoldiruvchi izohlarini rentgen uskunasi bilan misol qilyapman. Rentgen shu'lasi a'zolar ichidagi eng yashirin va nozik holni qanday koʻrsa, koʻrsatsa, xuddi shuning kabi, Nurlarning xazinadorlari boʻlgan "Soʻzlar" ham, ashyolarning haqiqatlarida eng kichkina zarralarni ham koʻrish va koʻrsatish xossasiga sohibdir.

Sabri

(Ushbu ikki qism Xusravniki.)

Hozirgacha oʻxshashiga uchramaganim bu goʻzal va yuksak Soʻzlarni birdaniga qamrash harkasga muyassar boʻlmagani uchun, meni afv qilishizni iltimos qilaman. Duoingiz barakoti bilan bir kun kelib uni ham Janobi Haqning muvaffaq qilishi umididaman. Meni zoti oliyingizga taslim qilgan va "Soʻzlar"ni yozishimga ruxsat bergan Janobi Haqqa milliardlarcha hamd va shukr qilaman.

Xusrav

(Yana Xusravniki.)

Risolalarning yuksakligiga va goʻzalligiga va latifligiga ojiz lisonim, qisqa aqlim va zaif idrokim bilan hayratda qolishim u yoqda tursin, xar oʻqigan kishini qat'iyan tahsinga chorlashi aniq. Janobi Haqqa qanchalar hamd aytsam, shukr qilsam ham, bu lutflarning haqqini ado qilolmayman.

Xusrav

(Bu qism Hofiz Zuhduniki.)

Nur boʻstonining nurli mevalaridan yana ikkitasini uzishga muvaffaq boʻldim. Bu mevalar ichiga olgan lazzatni qisqa tilim bilan hozir ifoda qila olishdan juda ojizman. Nabiyyi Oxirzamon Alayhi Akmalussalotu Vassalomning huzuri saodatiga va pok, latif Nabaviy suhbatlari bilan musharraf boʻlish zavqini idrok qildirgan ushbu qiymatdor "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ni mutolaa qilishdan hech ham toʻyolmayapman. Toʻliq Risolat-un Nurning taqdir va ehtiromi xususida soʻz ayta olishdan qalamim ojiz va noqisdir. Janobi Vohib-ul Atayadan tilaymanki, Nur boʻstonlarining mevalarining hammasidan totishga, doʻstlarim kabi ojizlarini ham muvaffaq qilsin.

Hofiz Zuhdu
— 57 —

(Bir Nur talabasining bayoni.)

Bugun u yuksak kitobni tugatishga muvaffaq boʻldim. "Me'roj"ni tugatish va mutolaasidan hosil boʻlgan surur va saodatimni ta'rif qilishdan qalamim ojizlikka duchor boʻlmoqda. Mutolaadan tugʻilgan tuygʻularimni qisqacha va bir jumla bilan arz qilaman:

"Me'roj"ning mutolaasida hayotning falokat girdoblarini va saodati abadiyaga qarab ketgan ma'naviy dengizning salomat yoʻllarini koʻrsatgan qalb toʻla nur va ziyo topdim. xar bir misolida isbot qilingan juda koʻp haqiqatlar va bugun xotirlanishi va xayol qilinishi ham ruhumizni toʻldirib joʻshtirishga kifoya bo'lgan Asri Saodat va ajoyibotlar davri koʻzim oʻngida hayotlandi. Fikrdan fikrga, hayratdan hayratga tushdim.

Me'roj kitobi, falsafa savdoyi e'tirozchilarning falsafasini xar doim barbod va qiymatini yoʻqottirish quvvatiga sohib asardir. "Me'roj" kitobi bir oʻzi asoslardagi haqiqatlarni kattalashtirmasdan va betarafona tafakkur, ham koʻradigan va qabul qiladigan nazar bilan isbot qilgan, yopiq qolgan nuqtalarni iymon ahliga ma'qul va mantiqiy fikrlar bilan izhor qilgan tarix kitobidir.

Gʻaflatga shoʻngʻigan va zalolatning magʻlubi va ozgina aqli bilan oʻziga mumtoz mavqe berishni istagan faylasuflar, Me'roj kabi shoh asar qarshisida pogonlari olib tashlangan, bor shuhrat va nomi tushishga mahkum bir qirol vaziyatiga tushadi. U qirol doimiy umidsizlikka mahkumdir. Holbuki buncha haqiqatlar oldida falsafa zanjirlari va e'tirozchi fikrlari bir-bir singan, da'vosining va iddaosining haqsizligini anglagan faylasuf, Xoliqi A'zamning qudrat va azamati huzurida sajda qiladi va afv tilaydi.

Zakoiy
— 58 —

(Zakoiyning bayoni.)

Namozga doir fazilat va mukofot manbai boʻlgan Toʻrtinchi, Toʻqqizinchi va Yigirma Birinchi Soʻzlar ruhimning qorongʻu burchaklarini ta'rifi imkonsiz bir suratda nurlantirdi. Mening kamoli ishq va shavq bilan tadqiq qilgan bu shoh asar shubha bulutlari ichidagi vaqtini boʻsh oʻtkazib zoye qilib ketgan ahli gʻaflatga va yoshlik hoyu-havaslariga asir boʻlib vaqt oʻtishi bilan pushaymon boʻlib haqiqat yoʻlini qidirganlarga hayot yoʻldoshi boʻlsin.

Zakoiy

(Shu parcha Doktornikidir.)

Ustoz, omonat sifatida bandanizdagi ikki kitobni soʻrayapsiz. Bandangiz yolvoraman, kelasi hafta taqdim qilay. Chunki, kichigini ikki marta, kattasini bir marta oʻqiy oldim. Kamrovimning torligi yoki ojizligim sababli idrokim ham ozdir. Shu sababli, sizning muhtasham misollaringizni juda koʻp oʻqishni istayman. Juz'iy-kulliy hammada aloqa hosil boʻlsin. Ey Rabbim! Qanday ham buyuk mantiq, qanday ham buyuk jim qiluvchi bayon va tushunish tarzi. Oh Ustozim, bu muborak dinning ulugʻligini idrok, kamrash va taqdirlashda sizga faqat sizga shukrda qarzdorman va minnatdorman. لِسَبَبٍ مِنَ الْاَسْبَابِ Diniy aqidalarimning azim bir inqilobi bor. Nur Risolalaridan olgan diniy, insoniy, vijdoniy, iqtisodiy va ilmiy darslarim menga hayotda muvaffaqiyat beradi.

Doktor Yusuf Kamol

(Doktornikidir.)

Toʻliq ma'nolari bilan ma'nolarini qavrash iqtidorida boʻlmaganim u yuksak asarlaringizni fursat topish bilan oʻqiyapman. Irshodi oliyalari unutilmas va shoh asar xotiradir. Mozorimga qadar diniy aqidalaringizning asiri va qurboniman. Ustozim, sizning Soʻzlaringiz mening din haqidagi xayolimni jiddiy ravishda oʻzgartirdi va yanada sevimli bir yoʻlga yoʻnaltirdi. Hozir bandangiz doktorlarning oʻylagani kabi oʻylamayman.

Doktor Yusuf Kamol
— 59 —

(Bu uzun bayon Xulusiy Beyniki.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ

Ey Aziz Ustoz!

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Toʻrtinchi Masalasini toʻrt kun avval, Ikkinchi va Uchinchi Masalasini va ichidagilarini kecha olish bilan baxtiyor boʻldim.

Birinchisi: Muhtaram Sabri Afandining, ojiz bandangiz haqida koʻrsatgan azim tavajjuh va ustozana maqtovlari bilan ham musbat kamtarinliklari munosabati bilan bir necha soʻz aytishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman. Jumladan: Bu purqusur faqir qardoshingizda juda mukarram va aziz deb bilgan Ustozining ba'zi xislatlaridan dengizdan qatra nisbatida bor. Bu jumladan boʻlib uch holimni arz qilaman:

Biri: Yoshligidan beri Haq lutfi bilan Qur'onning haqiqatiga qiziqqan va haqiqatni izlash yoʻlida boʻlgan, oxiri qidirganimni Egʻirdirda muhtaram ustozimning nashrga vosita boʻlgan "Soʻzlar" unvonli Nurlarda topdim. Bu topish, meni avvalombor botqoqlikdan salomatga, falokatdan saodatga, zulmatdan nurga chiqargani uchun Nurlar, Hazrati Qur'on va Nurlarning izni Haq bilan noshiri, muballigʻi, voizi, dalloli boʻlgan Ustozimga oʻsha ondan e'tiboran ruhimda yiqilmas muhabbat, aloqa va bogʻ hosil boʻldi. Yuz ming karra hamd va shukrlar boʻlsin. Nurlar bilan aloqador boʻlgan vaqtim barcha dunyoviy lazzatlardanda ustun buyuk zavq va hislarimda azim bir shavq his qilaman.

Ikkinchisi: Qullik taqozosi, Nurlardan olgan darslarim dalolat qilgan barcha nuqsonlarni, hamma yomonliklarni nafsimdan va yaxshiliklarni, yaxshi narsalarni Allohdan deb bilaman. Nurlar va Qur'onga xizmatni beminnat orzu qilaman, nashriga muvaffaq boʻlolmaganim uchun moʻminlar hisobiga juda ham ranjiyapman. Bu holimga ham shukrlar boʻlsin.

Uchinchi hol va haqiqiy shaxsiyatim: Buni ta'rif qilishga haqiqatdan uyalaman. Lekin Janobi Allohdan meni va barcha qardoshlarimizni nafs, jin, ins va shaytonlarning makrlaridan muhofaza aylasin va zalolatga tushganlardan aylamasin, omin.

— 60 —

Mening qardoshlarim; {(Hoshiya): Sabri kabi talabalarga xitob qilmoqda.} Ustozimning qardosh va talabalari boʻlganlar shubhasiz birinchi va ikkinchi holni ruhlarida his qiladilar. Shunday ekan insonda, ayniqsa moʻminlardagi hislarning takomillashishini chegaralab boʻlmasligi uchun tavfiqi Xudo bilan bir marta bu yoʻlga kirganlar, nafs va shaytonlariga bu ojiz, faqir va bechora qadar magʻlub boʻlmaydilar, taraqqiy va istifodalari ham oʻsha nisbatda ziyodalashadi. Muhtaram Ustozim bu nuqsonli talabasiga tavajjuhi; insonlarga, moʻminlarga, moʻminlarning ayniqsa men kabi muhtojlariga shafqatlari darajasiga va eng koʻp ehtiyojim borligiga dalil va misoldir.

Xulosa: Layoqatimdan juda ustun husni zonda boʻlgan va tavajjuh koʻrsatgan aziz va muhtaram va kamtarin Sabri Qardosh! Bilginki, juda ham gunohkor, juda ham ojiz, faqir, qashshoq ummati Muhammaddan (ASV) bir bandaman. Duolaringizga juda ham muhtojman. Ojizlik va faqirlik arzi holini qabul qilib Qur'onning xos xazinasidan olamga farqli nom, tarz va shakllarda javharlar koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan Qur'on dallolining muqaddas xizmatida yordam eng buyuk orzuim, jiddiy istagim va eng muqaddas niyatimdir. Ushbu niyatim sababli Nurlar bilan mashgʻul boʻlish saodatiga sazovor boʻlgan daqiqalarimda, kutilganning aksiga ba'zi soʻzlar beixtiyor qalbimga va qalamimga kelmoqda. Ushbu ma'rifat meniki emas albatta, muhaqqaq va mutlaq Hazrati Qur'ondan porlagan Nurlarga oiddir. Shunday ekan, asl ustoz Qur'ondir. Muhtaram ustozimiz eng loyiq va haqiqatdan muarrifi, muballigʻi va mudarrisidir. Biz muhtojlar fursatni gʻanimat bilishimiz kerak, javharlarni olishimiz kerak. Qalbimizga, miyamizga naqsh qilishimiz, ikki dunyoda saodatimizga sabab boʻladigan Nurlarni kuch yetgancha nashriga harakat qilib muhofazasini quvvatlantirishimiz kerak.

وَمِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ

Ikkinchidan: Maktubotning kichiklaridan oʻn uchtasini ichiga olgan xususiy maktublar majmuasini oldim. Shu bois moziyni hozirgi zamon oʻrniga qoʻyib, chuqur ma'noli shirin suhbatingizni bir marta yana shavq bilan tingladim. Zotan men u vaqtlarning moziyda qolishiga rozi emasman. xar doim holi hozir kabi mutolaa qilaman. Oʻtmish, hozir, kelajak nisbiy taqsim emasmi? Ahli zavq uchun bu taqsimga ehtiyoj qolmaydi.

Uchinchidan: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkiz Masalasining Birinchisi menga oid tush haqida qiymatli bir dars bergan.

— 62 —
وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ

oyati jalilasiga tayangan holda xar qanday istagingiz boʻlsa, Qur'onda bor. Bunga muvaffaq boʻlish uchun Nurlar bilan aloqador boʻlish, Qur'onga xodim boʻlish, Allohga nisbatan haddini bilish, toʻliq ojiz boʻlganini anglash, butun majudiyati bilan qabul qilish bilan boʻladi deb, doimo moʻminlarni qisqa, salomatli va saodatli yoʻlga chaqirgan Ustozimizdan Allohu Zuljalol Hazratlari abadan rozi boʻlsin. Dunyoviy, uxraviy barcha murodlarini hosil qilsin. Alloh Ummati Muhammad uchun qazodan balodan asrasin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Hammamiz duoingizga muhtojmiz. Sizni duo qilish hammamizning qarzimizdir. Sabri Afandi qardoshimiz qanday ham goʻzal taqdir qilgan, moshoalloh, moshoalloh. Nurlarda xato topishga kimning haddi yetadi. Ha, ba'zi iboralar balki adabiyot deyilgan narsaga toʻliq muvofiq tushmayotgan boʻlishi mumkin. Bunda ham togʻrilik bor. Chunki adabiyot sotilmayapti, Qur'ondan nurlar koʻrsatilyapti. Bu faqir qardoshingiz "Soʻzlar"ni oʻqigan vaqtim, ustozimni o'xshatadigan holatga kiraman. Ta'birlaringiz, shevangiz bilan oʻqish menga shunchalar zavqli, lazzatli boʻladiki, ta'rif qilolmayman. Shuning uchun bir harfga tegishni azim gunoh deb bilaman. Ba'zan bergan salohiyatingizning ma'naviy quvvati bilan nomingizdan bir harfning oʻrnini almashtirib yoki olib tashlay olaman. Xullas, mendagi tushunish va ta'sir bu mohiyatda. Bu maktubni qoralama holda yozgan onimda muazzin minorada "Allohu Akbar" dedi. Men "Allohu Akbar (Jalla Jaloluhu)" bilan javob qaytardim. Bu hol ishdagi qudsiyatga ochiq ishora emasmi?

Toʻrtinchi Xususiy Masala: Eski Said tili bilan ham boʻlsa, qanchalik muvofiq soʻz qurolini ishlatyapsiz, barakalloh. Ma'naviy toshlaringiz

وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى

oyati karimasida ishora qilinganidan nishonlariga tekkaniga aminman.

— 63 —

Alloh bundaylarining yomonliklarini qudrat qilichi bilan kessin. Bunday xoin va zolimlarni Qahhor ismiga qoldiramiz. Xizmatda sustligim yoʻq, lekin monelar behad va behisobdir. Ammo dunyoni yelkamga yuklasalar ham, xar tarafimni olov bilan oʻrasalar ham ushbu buyuk fikrimga mone boʻlolmaydilar. Ammo bunga koʻngil rozi emas, koʻp narsa orzu qiladi. Na chora, nafs, jin va ins shaytonlari mudhish toʻqmoqlar bilan qarshimga chiqqani uchun, istar-istamas kurashishga majburman, haqiqiy xizmatdan orqada qolyapman. Bunga qancha xafa boʻlsam shuncha oz.

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
Xulusiy

(Olti yil menga kamoli sadoqat bilan beminnat xizmat qilgan va hayratlanarli tarzda men kabi asabiy bir odamni hech qachon ranjitmagan va ilk nusxa yozish kotibligini doimo qilgan Sulaymon Afandining bayonidir.)

Afandim Hazratlari!

Avvalo muborak qoʻllaringizni oʻpib, muqaddas duolaringizni kutaman. Faqir xizmatchingiz, talabangiz va qardoshingiz Sulaymon, hozirga qadar ta'lif qilingan muborak Nurlarni bir-bir mutolaa qilib xar biridan farqli, buyuk nurli quyosh kabi yorugʻliklar koʻrdim va juda koʻp istifoda qildim. Nurlar uxraviy yoʻlimni koʻrsatdilar. Alloh sizdan rozi boʻlsin. Oxirat yoʻlidagi koʻp nuqsonlarimni koʻrsatdilar, tashakkuridan ojizman. Nurlarni tamsil va tasvir qiladigan qudrati boʻlmagani uchun, ruhimni yoʻqlab hissiyoti qalbiyamni shunday tasvir qilishga, haddim boʻlmasa ham, jur'at qilaman. Agar xato boʻlsa, kechirilishimni iltimos qilaman.

Afandim, Risola-i Nur dengizida men koʻrgan lazzat va saodatning dunyoda umuman oʻxshashini koʻrmadim. Oʻz vijdoniy muhokamam natijasida qat'iyan angladimki, Risolalarning xar biri alohida-alohida Qur'on tafsiridir. Maxluqot ichida yaratilish jihatidan inson shaklida va haqiqat nuqtasida insoniyatdan tushgan va boshdan-oyoq ma'naviy yaralar ichidagi insonlarga Nurlarning mutolaasi tez, shifoli bir dori va yaralariga oʻta foydali darmon va malham ekanini ozgina fikrlash qobiliyatim bilan angladim. Nurlarning qiymatini zamon koʻrsatadi va tillarda doston boʻlib sharq va gʻarbni kezadi degan e'tiqoddaman. Inshoalloh Yevropaga Qur'onning naqadar porloq quyosh boʻlganini ham koʻrsatadi.

Takror qoʻllaringizni oʻpib, duongizni istayman afandim hazratlari.

Sulaymon
— 64 —

(Shu qism aqlan Xulusiy, qalban Sabri, vijdonan Xusrav hukmida boʻlgan Ra'fat Beyning maktubidir.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Bu dafa Sulaymon Afandi vositasi bilan "Yigirma Beshinchi Soʻz"ni tahrir qilinish uchun huzuri oliyingizga taqdim qilyapman. I'jozi Qur'on haqiqatdan ham shoh asardir. Ichiga olgan hayratbaxsh haqiqatlar bilan oliy asarlaringizning eng muhimidir. "Moʻ'jizoti Ahmadiya"ni oʻqidim. Oʻta mukammal va ruhga ulviyat va inkishof baxsh qilgan juda qiymatdor bir asardir. Moʻ'jizoti Ahmadiyaning eng buyugi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir. I'jozi Qur'onning ruhimda paydo boʻlgan oʻzgarishlar va ichidagilardan qilgan istifodam juda azimdir. Bu asaringiz bilan وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ oyati jalilasi ichiga olgan qamrovli va juda buyuk ma'nolar isbot qilingan hisoblanadi.

Bugungi fan taraqqiyoti va inson ixtirolarini oʻz fikriy mahsulotlari deb bilgan va haqiqatlar xazinasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni e'tibordan chetda qoldirib Ovrupadan ilm va irfon tilanchiligi qilgan, oʻzini juda ham aqlli deb oʻylagan gʻofillar insonning dunyoviy va uxroviy saodatini ta'minlaydigan chuqur fikrlar va buyuk dasturlar bilan toʻla muhtasham asarlarni insof nazari va orifona uygʻoqlik bilan mutolaa qilsalar edi, ular shoʻngʻigan gʻaflat uyqusidan juda tez uygʻongan bo'lar edilar. Lekin afsus, bizlar arpa ombori ichida ochlikdan oʻlgan tovuqlarga oʻxshaymiz. Qoʻlimizda haqiqatlar majmuasi turib, koʻzimizni yumamiz, boshqalardan yordam soʻraymiz.

I'jozi Qur'onning yuksakligi haqida nima yozsam kam. Qalamim uni ta'riflashdan ojiz. Yozish qudratim boʻlsaydi, astoydil mukammal qilishga harakat qilardim. Boʻlmagani uchun ojizona soʻzimni tugataman. Kamoli hurmat bilan muborak qoʻllaringizdan oʻpaman va Qur'on xizmatida sobit boʻlishim haqidagi duongizni soʻrayman va iltimos qilaman, afandim.

Ra'fat
— 65 —

(Mingboshi marhum Osim Beyning bayoni.)

Qur'on nurlari mezon va burhonlaridan, qiymati taqdir qilinmagan "Soʻzlar" nomidagi risola-i sharifalar faqirni tiriltirmoqda, qalbimni nurlantirmoqda. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Koʻpdan beri qidirayotgan ekan, lahulhamd Janobi Haq "Soʻzlar"ni bu faqirga ehson qildi. Qalb va koʻnglimga ojiz qalamim va soʻzim tarjimon boʻlolmayapti.

Osim

Baxtiyor qardoshim Xusrav!

Ushbu risola nuroniy majlis hisoblanib, undagi Qur'onning munavvar, muborak shogirdlari bir-birlari bilan ma'nan muzokara qiladilar va fikr almashtiradilar. Va yuksak bir madrasa xonasi boʻlib, unda Qur'on shogirdlari xar biri olgan darsini doʻstlariga aytadi.

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning qudsiy xazinasining sandiqchalari boʻlgan risolalarning sotuvchi va dallollariga muhtasham va ziynatli doʻkon va bir manzildir. U yerda xar biri olgan qiymatdor javohirlarni bir-biriga va xaridorlariga koʻrsatadi. Barakalloh, sen ham u manzilni juda chiroyli bezatgansan.

Said Nursiy
— 66 —

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING UCHINCHI ZAYLI

(Saidning bir bayoni.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

(Nur Risolalariga juda mushtoq va ularning mutolaasidan uygʻongan doktorga yozilgan maktub. Bu uchinchi zaylga garchi munosabati kam, lekin qardoshlarimning bayonlari ichida ham mening bir bayonim boʻlsin.)

Marhabo, ey oʻz xastaligini tashxis qila olgan baxtiyor doktor, samimiy va aziz doʻstim!

Sening otashin maktubing koʻrsatgan ruhiy uygʻonish tabrikka loyiq. Shuni bilingki, mavjudot ichida eng qiymatdor narsa, hayotdir. Va vazifalar ichida eng qiymatdori, hayotga xizmatdir. Hayotga oid xizmatlar ichida eng qiymatlisi, foniy hayotning boqiy hayotga aylanishi uchun harakat qilishdir. Ushbu hayotning butun qiymati va ahamiyati, boqiy hayotga urugʻ, asos va manba boʻlishi jihatidandir. Yoʻqsa abadiy hayotni zaharlaydigan buzadigan bu foniy hayotga butun diqqatni jamlash, oniy bir chaqmoqni sarmadiy quyoshdan ustun qoʻyish kabi bir devonalikdir.

Haqiqat nazarida, hammadan koʻra koʻp kasal moddiy va gʻofil doktorlar hisoblanadi. Agar Qur'onning qudsiy dorixonasidan tiryoq-misol iymoniy dorilarni olib bilsalar, ham oʻz kasalliklarini, ham insonlarning yaralarini davolaydilar, inshoalloh. Sening uygʻonishing yarangga malham boʻlgani kabi, oʻzingni ham doktorlarning kasalligiga dori qiladi. Yana bilasanki, ma'yus va umidsiz bir kasalga ma'naviy bir tasalli, ba'zan mingta doridanda foydaliroq. Holbuki, tabiat botqogʻigida botgan tabib u bechora xastaning alamli umidsizligiga bir zulmat yana qoʻshadi. Inshoalloh, bu uygʻonishing seni unday bechoralarga tasalli manbai, nurli bir tabib qiladi. Bilasanki, umr qisqa, kerakli ishlar juda koʻpdir. Ajabo, men kabi sen ham boshingni tekshirib koʻrsang, ma'lumotlaring ichida qancha keraksiz, foydasiz, ahamiyatsiz, oʻtin yigʻinlari kabi jonsiz narsalarni topasan. Chunki men tekshirib koʻrdim, koʻp keraksiz narsalarni topdim. Oʻsha fanniy ma'lumotlarni, falsafiy maorifni foydali, nurli, ruhli qilish chorasini izlash kerak. Sen ham Janobi Haqdan uygʻonish istaginki, fikringni Hakimi Zuljalolning hisobiga bursin. Toki oʻtinlarga olov berib nurlantirsin. Keraksiz maorifi fanniyangni qiymatdor maorifi Ilohiya hukmiga oʻtsin.

— 67 —

Zakovatli doʻstim! Qalb qattiq orzu qilardiki, ahli fandan anvori iymoniyaga va asrori Qur'oniyaga ishtiyoq darajasida ehtiyojini his qiladigan Xulusiy Beyga oʻxshaydigan odamlar oldinga chiqsin. Ham modomiki "Soʻzlar" vijdoning bilan soʻzlasha olar ekan, xar bir "Soʻz"ni shaxsimdan emas, Qur'onning dallolidan bir maktub va Qur'onning muqaddas dorixonasidan retsept deb faraz qil. Yoʻq boʻlsada suhbat doirasini oldingda turgandek ular bilan och. Hamda xohlagan vaqting menga maktub yoz. Javob yozmasam xafa boʻlma. Chunki avvaldan maktublarni juda kam yozaman. Hatto uch yildir ukamning koʻp maktublariga bitta javob yozdim.

Said Nursiy

(Sabrining bayoni.)

Ey Buyuk Ustoz!

Ayniqsa muborak qoʻl va etaklaringizni oʻpib, xar on va doim men muhtoj boʻlgan ustozimning duolarini niyoz aylayman. Bir hafta avval Sulaymon Afandi qardoshim vositasi bilan yuborilgan iltifot turlarini ichiga olgan lutf qilgan mukarram maktubingizni kamoli hasrat bilan olib iftixor bilan oʻqidim. Bir bayonida gʻaybiy tavofuqlar haqidagi ojizona qanoatim soʻralmoqda. "Ha toʻgʻri, Ey Muhtaram Ustoz" soʻzlari bilan javob beraman. Zero ushbu ajib gʻaybiy tavofuqlarning hammasi Nur ummonining talabalarini va hatto talabalarning tinglagan jamoatlarini mast va hayron hamda shukr sajdasini qilishga qarzdor qildi. Nurlarning ushbu moʻ'jiznamo karomatlarini faqat va faqat mir'ati Muhammadiya (ASV) bilan koʻra olamiz. Bu haqiqatning boshqa bir ma'rifati boʻlgan:

Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim

Mir'ati Muhammaddan Alloh koʻrinar doim.

{(Hoshiya): Latif bir tavofuq - Xulusiyi Soniy Sabri Afandi bu baytni menga yozgan ayni paytda yoki oz soʻngra ayni baytni Xulusi Bey menga bir oylik uzoqlikdagi joydan yozgan. Bu ikki zotning ham Qur'on xizmatida, ham menga boʻlgan munosabatlaridagi tavofuqlari, muvaffaqiyat alomatidir.

Said}

— 68 —

Shu ikki ma'nodor misrani parishon maktubimni sharaflantirish niyati bilan kirgizyapman. Bu faqir va ojiz talabangiz shu hayrat beradigan Qur'oniy karomatini va Nabaviy i'jozni koʻrgan kunimdan beri, bu bobda juda chuqur tushunchalarga shoʻngʻiyapman. Va shu ajib tavofuqlarga oʻxshash tavofuqlarni boshqa kitoblarda topish maqsadida koʻp qidiryapman lekin koʻrolmayapman. Koʻrilsa ham juda nodir holda. Gʻaybiy tavofuqlar koʻz bilan koʻrinadigan karomat boʻlib borligini Nurlarda izhor qilmoqda. Va hol tili bilan insonga xitoban aytadiki: "Ey bani odam, bu tumanli asrda zalolatni olib tashlab, yoʻqotib, najot, saodat baxsh qiladigan va miyangizdagi zaharli hidlarni guli Muhammadiyga aylantiradigan, eng qisqa, bagʻoyat mustahkam va mustaqim salomat va najot yoʻliga chorlaydigan, juda koʻp karomatlar va i'jozini koʻrsatgan, siz ichida boʻlgan nuroniy dengizdir. Kelajakda yana qancha yashirin asarlar namoyon boʻladi, deya nido qilmoqda.

Ruxsati fozilonalari bilan yana bir aytadigan narsam bor. Lekin shaxsimni istisno qilib istagimni arz qilaman. Bandangiz Nurlarning mushtoq xaridorlarida, yanada toʻgʻrisi kuyunchak talabalarda hayratomuz bir tavofuq koʻrmoqdaman. Chunki anoniyat va nafsoniyat shiddat bilan hukmfarmo bo'lgan shu asrda hammasining ehtiyoj va ishtiyoq darajasi bir, hammasining axloq va hollari bir, umumining tushunish tarzi bir va bir-biriga aka-ukadan ham kuchli, haqiqiy robita bilan bogʻlangan, samimiyat va haqiqatparvarlikda xuddi bir-biri bilan musobaqa qilish darajasida jiddiy, xolis qardoshlikda tutgan xatti-harakatlari bir. Nur talabalarining yana juda koʻp bir-biriga oʻxshagan gʻaroyib hollarini ham alohida gʻaybiy tavofuq qatorida koʻryapman. Zero Istanbuldan, Izmirdan, Oydindan, Kutahyadan, Ispartadan, Egʻirdirdan va hokazo xar hil shaharlardan tanlanib, turli sinfga mansub boʻlgan talabalarning ayni xossalarga ega boʻlishlari, diqqatlarni oʻziga tortayotgan boʻlsa kerak, deb oʻylayman Afandim Hazratlari.

Sabri
— 69 —

(Sabrining bayoni.)

Lutfkor va inoyatkor Ustozim Afandim Hazratlari!

Ramazoni Sharifning oʻninchi shanba kuni, soat oʻn bir yarimda, xar bir nuktasi cheksiz hikmat va haqiqat xushxabarlarini ichiga olgan va xushxabarchi toʻqqiz nuktali Ramazoniyani oldim. Ruhim haddan ortiq muhtoj va mushtoq boʻlgan va benazir pur-nur asarni oʻsha kecha kamoli faxr va surur bilan yozdim. Aslini yana Nisli Hofiz Mahmud Afandiga qaytardim, Haqqi Afandiga olib bordi. Ertasi kuni ertalab koʻchirgan risolamni yana bir bor diqqat bilan oʻqib, xatimning tavofuqini tahrir va Ali Afandiga oid bir maktub yozdim. Endi imzo qoʻyaman deganda, Islomkoʻydan bu vazifaga ma'nan vazifador bir odam keldi, Ali Afandiga yubordim. Va shu umidimdan ustun bir onda kelgan yuborish vositasi, asarning muqaddasligiga ochiq va yaqqol dalil ekaniga shubha qolmadi.

Aziz Ustozim! Ba'zan Nurlarni oʻylab, haqiqatdan juda koʻp haqiqatlar va hikmatlarni ichiga olganlarini koʻrayotgan edim. Faqat shu rahmat va magʻfirat oyining ibodati hisoblangan roʻzaga oid mavzu ochilmaganini koʻrib, ustozimga bir maktub taqdim qilsam va oʻttiz kundan iborat Ramazoni Sharifga oid Oʻttizinchi Maktub, orzusida ekanman, bir sababga binoan istagimdan voz kechdim.

Bu safar Kulliyoti Nurdan bahs qilingan risola bu ojiz bandaga xitoban "sening qalbingdagi yashirin bir istak va hissing bizning ma'naviy lavhamizda gʻoyat katta harflar bilan yozilganki, mana bajo keltirildi" tarzida ehson qilindi. Faqir ham ruhimning ahamiyatli ehtiyojini ta'minlagan, minglab hikmat va xushxabarli Ramazoniyani olib, Qur'oni Azimushshonni inzol qilgan Zotga sajdalar va Nurlar dalloli oliyshoniga cheksiz tashakkurlar bilan, qarzdor boʻlgan duoyi fozilonalarida bardavom ekanimni arz qilaman Afandim Hazratlari.

Sabri

Ey Ustoz!

"Yigirma Yettinchi Soʻz" musulmonlarni sa'yu g'ayratning va ushbu ulugʻ dinning xizmatiga tashviq qiladi. Bu risola xuddi ufqda nishon, ahli iymon uchun bir rahbardir.

Ha, bu soʻz qalblar ichida bir ishtiyoq, ishtiyoq ichida bir nurdir. "Oʻttiz Uchinchi Maktub" esa oʻttiz uch derazasi bilan birga, haqiqat tomizgʻisi bilan qorilgan borliqdir. Bu qiymatli asar ulugʻlik va muqaddasligi bilan idroki bilan hissiz basharga sezgirlik; va gʻaflat pardalaridan haqiqatni koʻrmagan nazarlarga quvvat; haqparast ahli iymonga esa, ulviyat baxsh qiladi.

— 70 —

Cheksiz ehtiyoji boʻlgan, zohirga aldanib moddiyotga botib qolgan va oʻzini loqaydlik ichida umidsizlikka tushirgan bechoralar bu muqaddas asarning oʻquvchisi boʻlsinlar, anglasinlarki; qayerga borishsa, qayerga qarashsa, bir Xoliqi A'zamning, bir Rahiymi Rahmonning doirasidan, hududidan, qonunidan va idorasidan xorijga chiqolmaydilar. Xar mavjud, xar voqea, xar oʻzgarish, xar inoyat, xar iltifot bir Qodiyri Zuljalolning hokimiyat qoʻlidadir.

Demak, eng kichik zarrada, Sone'ni e'lon qilib, ulkan koinot saltanatining kichik namunasi mavjuddir, deyish mumkin.

Zakoiy

Aziz va buyuk Ustozim!

Ikki-uch kunlik gʻayratimning mahsulidan tugʻilgan va inoyati Haq bilan koʻchirishga muvaffaq boʻlgan "Oʻn Yettinchi Soʻz"ni tahrir uchun taqdim qilyapman.

Buyuk Ustozim, Oʻn Yettinchi Soʻz - ma'nosi bepoyon yuksalgan haqiqatdir. Yuzlab tashakkur... xar bir soʻz insoniysat mubtalo boʻlgan maxfiy xastaliklarni koʻrsatmoqda va nurlari bilan tashhis qilib davolamoqda. Men kabi yarali, ma'nan zarar koʻrgan bir oʻsmir uchun muhtoj boʻlganim tasalli beruvchi narsalar faqat Risola-i Nurdan ekanini ham juda zo'r, yaxshi tushunyapman. Qalbimga tasalli nurlarini sochgan Xoliqi A'zamga minglarcha shukr...

Zakoiy

"Soʻzlar", ya'ni Risola-i Ahmadiya burhonlarini yozarkan, koʻp marta qalamimni qoʻyib, asri saodat onlarining hasrati, hijroni bilan yondim. Bu hijrondan qalbim yigʻladi, koʻnglim joʻshdi, ruhim vujudimdan ayrilib uzoqlarga ketdi, menga tasalli tuhfalari keltirdi.

Shunday, aziz Ustoz! Asri saodatda boʻlmasak-da, uning mushtoqimiz. Shu bizga kifoya. Hazrati Muhammad (ASV) bizga qoldirgan muazzam moʻ'jizasi bugun qoʻlimizda emasmi? U kitob bizga muhtoj va mushtoq boʻlgan saodatni va'da bermayaptimi? Unga xolisona tutgan vaqtimiz, muhtoj boʻlgan ma'naviy zavqni bizga bermaytimi?

— 71 —

Ha aziz Ustozim, bugun biz qoʻlimizda tutgan, koʻzimiz bilan koʻrgan haqiqiy insonlarga rahbar boʻlgan muazzam kitob, buyuk moʻ'jiza boʻlib, men moddiyot ichida dunyo jarayonida boʻgʻilayotgan ekanman, uning ulviy ovozlari goʻzal yupatdi va tebranmas suyanchiq boʻldi. Haqqa cheksiz shukrlar boʻlsin.

Muhtaram Ustoz, menga shunday tuyulmoqdaki, ma'naviy saodatga ochiq boʻlgan ruhim qiymatdor risolalarni oʻqigan, yozgan sari bora-bora ma'naviy zavq, abadiy saodat tayyorgarliklari bilan joʻshadi. Joʻshqinliklarim ancha davom etgan vaqtlar boʻladi.

Ustozim! Oʻsha payt dunyo nazarimda hechdan iborat boʻlib qoladi. Abadiyatga, soʻngsizga, saodat olamiga otilishni istayman. Oʻsha daqiqalarda agar bu dunyoni bersalar, shirin xayollarimning bir parchasini ham berishni istamayman. Daf boʻlsin yoshlik tushlarining qobusli toʻfonlari.

Ustozim, duongizga muhtojman.

Zakoiy

Fazilatmaob Ustozim!

Nur tongi boʻlgan Risola-i Nurdan Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, Beshinchi, Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi Soʻzlarni koʻchirib tahrir qilish uchun tarafi oliylariga taqdim qilmoqdaman. Mazkur Soʻzlar, qisqa boʻlganlari holda, ma'nolari buyuk. Buyuk hislar va ulviy fikr baxsh qiladi. Soʻzlarning xar biri boshqa-boshqa oʻzanlardan oqib ulkan dengizga toʻkilgan tiniq va sof daryolar kabi jildiramoqda. Bandangiz jildiragan daryolarning latif va ulugʻ ovozlaridan ancha istifoda qilmoqda va oxirlarida bashariyatning boshda ojizlar mubtalo boʻlgan xastaliklarga shifo beruvchi dorilarni qoʻlga kirityapman. Oʻzini alam, faqirlik ichida boʻgʻilyapman deb oʻylagan va muhayyilasi takomillasholmagan kishilarni ogohlantirish istagida ekanimnga amin boʻling.

Aziz Ustozim! Anglayapmanki, yoʻqolgan umidlarimning, hayotimning samosida soʻngan yulduzlarimning botganiga afsuslanib, bir tonggi subhni qidirarkanman bir nurli siymo, bir nurli tong qarshimda porladi. Alloh sizdan rozi boʻlsin, qiymatli asarlaringiz soyasida hayotning qiymat va ahamiyatini angladim. Qalbimga bir ma'naviy tayanch topdim deb xursandchilikka gʻarq boʻlyapman. Hamon Rabbim ustozimizni ikki jahonda aziz va gʻoyalariga vosil aylasin, omin.

Zakoiy
— 72 —

Ey aziz Ustoz!

Garchi amri oliylari Soʻzlarning yozilishi xususida shoshilmaslik edi; qarshimda billurdek sof oqayotgan ulkan chashmaning suvidan toʻya-toʻya ichish uchun shoshilmaslik mumkinmi?! Ma'lumi oliylari, bandangiz bu xususda vazifalarda juda kech qoldim. Bu jihatlarni yaqqol koʻrib idrok qilar ekanman, ulkan chashmaning billurdek sof suvlari bilan yuz-qoʻlimni yuvmaslik, qalbimni porlatish uchun shoshqaloqlik koʻrsatmaslik mumkinmi?! Janobi Haqning azim lutfidan, tirikchiligimni ta'minlash uchun ishlagan vaqt orasida qiymatdor risolalarni yozish uchun vaqt topa olyapman. Bu fursatlarni qochirish istamaganim uchun shoshilyapman. Shoshilishimning eng katta sababi; men muhtoj boʻlgan tasallikor nurlarni risolalarda topyapman. Ichkarisida toʻxtash imkoni boʻlmagan tunellardan ochkoʻz shirkatlar koʻp sayru safar qilish bilan faxrlanadilar. Talabangiz ham shunga oʻxshab, dunyo qadar qiymatli risolalarni qanchalar qancha koʻp oʻqib yozsam, shunchalar foyda koʻrgan va faxrlangan boʻlaman.

"Oʻn Oltinchi Maktub"ni boshdan-oyoq oʻqidim. xar qanday zahmatlar va mashaqqatga qarshi koʻrsatgan sabr va tavakkalingizga maftun boʻldim. U Soʻzlarni oʻqigan sari, butun mavjudiyatim bir tanholik ichida porlaydi deb oʻylayman. Iztirobning hujumi uchun faqat tabassum, goʻzal yuzli sabr istadim.

"Yigirma Uchinchi Soʻz" tubdan kelgan bir hayqiriq kabi insoniyatga yuzlangan va ularga insonliklarini eslatgan, eng oliy maqomlarga sohib boʻlish yoʻllarini koʻrsatgan, oʻquvchilarini kamol topishga chorlagan, mashru' ishq hosil bergan oʻlmas tasalli xotirasidir. Gapni choʻzishni boshladim. "Yigirma Uchinchi Soʻz"ni loyigʻidek maqtashdan ojizman. Chunki u bir tasalli va saodat tomizgʻisidir.

Ahmad Zakoiy
— 73 —

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli va muhtaram Ustozim Afandim!

Bizni moddiy va ma'naviy nurlantirgan, yuksaltirgan va erishilmas fayzlarga gʻarq qilgan risolalaringizga sohibligimdan va loyiq boʻlmasamda, ushybu sharafga noilligim sababli Janobi Haqqa benihoya tashakkur qilaman, kerak boʻlsa bu sharafga noil boʻlishimga vasila boʻlganingiz uchun kerak boʻlsa kelajakda bu xususda vazifamiz boʻlgan Qur'on xizmatida muvaffaqiyat qozonishimizni xushxabar berganingiz sababli, men his qilgan juda buyuk sevinch bilan faxrlanaman. Ustozim! Haqqingizda esingizga kelmagan ne'matlarning eng goʻzali bilan dunyoviy va uxraviy baxtiyor boʻlishingizni xar doim duo qilyapman.

Muhtaram Ustozim, sizni sogʻingandim. Oradagi xoinlarning xar xususda toʻsiq boʻlishlari, shubhasiz juda ranjitmoqda. Bugungi hol yuraklarimizni ingratmoqda, ammo qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi. Nur daryosining fayzli risolalari kimning qoʻliga oʻtsa, u zotni oʻziga jiddiy ravishda bogʻlagani kabi, mushtoqlar va ahl boʻlganlar orasida kezmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xusrav

(Xusravning Soʻzlarni yozishni boshlagan vaqt yozgan maktubining parchasi.)

Muhtaram Afandim Hazratlari!

Bu safar oʻqishimiz uchun yuborgan ikki kitobdan birini Bakir Ogʻadan oldim. Kitobning bir nechta sahifasini oʻqidim. Kitobning bir nusxasi oʻzimda qolishi uchun koʻchirishni boshladim. Kitob ichidagilarda ora-sira eʻtiborimni jalb qilgan masalalardan bahs qilganini va kichik maktublarning juda buyuk haqiqatlarni ichiga olganini koʻrdim va juda koʻp istifoda qildim.

Oltinchi Maktubgacha yozilgan "Soʻzlar"ni bir tarafdan yozar edim, boshqa tarafdan esa yozuvning kech yozilishidan zerikib oʻqishni boshlar edim. Meni juda katta sevinch qoplar edi. Oltinchi Maktubga kelganda, gʻurbatdagi ayriligʻingizning eng gʻamgin qismini tashlab oʻtganingizni va bir qismining ham hikoya qilinganini oʻqidim. Oʻqigan sari siz bilan birga qalbimni hazin-hazin yigʻlashdan oʻzimni toʻxtatolmayotgan edim. Hatto yonimdagi volidamga ham oʻqidim. Oʻqirkan volidam yigʻlar, koʻzlaridan yoshlar oqar edi. Men yigʻlamaslik uchun nafsimga jabr qilayotgan edim. Boshqa tarafdan esa, ajabo tashlab oʻtilgan qismidan ham biroz yozilsa edi.

Xusrav
— 74 —

Ey Muazzam Ustoz!

Otaboyga kelgan Ramazon mevasi va Ramazoni Sharifning hikmatlarini bildirgan "Soʻz" bizni ogohlantiradi va bilmagan hikmatlarni ochiq shaklda ifoda qiladi. Oʻqigan xar soʻzim, nashr qilgan ulviy haqiqatlar uchun kuchsiz lisonim ta'rif va maqtovdan ojiz qolmoqda. Koʻrib, tushunyapman va shunday iymon keltiryapmanki, bir payt keladi, Risolat-ul Anvor va Maktubot-un Nur asta-asta yongan, qaynab toshgan togʻ kabi harorati bilan nur sochgan manba quvvatiga sohib boʻladi. Balki chiqqandir ham. Bir tugmasiga bosish bilan xar tomonni ziyoga gʻarq qilgan elektr generatori kabi, oʻzidan juda uzoq masofalarni ogohlantirish va irshod nuri bilan qamraydi.

Nurning eski talabasi marhum Lutfining doʻsti
Zaki

(Xusravning bir bayoni.)

Muhtaram Afandim, suyukli Ustozim!

"Yigirma Toʻqqizinchi Maktub"ning bir qismi haqida fikrim qanday boʻlgani soʻralmoqda. Bu xususda nima yoza olaman, qanday bir fikr ayta olaman? Risolalarning xar birining nurlari bir, lekin mavzulari boshqa, goʻzalliklari boshqa, latifliklari boshqa, zavqlari boshqadir. Bu risolaning nuri boshqa risolalar kabi xamma tomoni porloq, xar burchagi goʻzaldir. Ayniqsa ruhlarimizni ingratgan, qalblarimizni yigʻlatgan ushbu ranjituvchi hol sababli suyukli ustozimdan tez shifo kutayotgandim. Bu shifoni Yettinchi, Sakkizinchi, Toʻqqizinchi Nuktalar men kutgan davoni bergan boʻlsa ham, minglab manfaat va foydalari ichida ba'zilarining faqat bir manfaat uchun ham Islomiy shiorlarning oʻzgartirilishi bizni juda ma'yus va xafa qilmoqda.

Lekin suyukli Ustozim, zamon yaqinlashgan boʻlishi kerakki; bir tarafdan mulhidlarning tajovuzlari koʻpaygan sari, boshqa tarafdan muhtaram Ustozimizning, Qur'onning fayzi bilan noil boʻlgan haqiqat dengizidan hayqirib kelgan yashirin haqiqatlarni izhor qilishi bizning sevinchimizni ortirmoqda. Modomiki gullarni koʻrmoq uchun bahorni kutish zarurati bor, uni qattiq va sabrsizlik bilan intizor kutyapmiz.

Xusrav
— 75 —

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli, muhtaram Ustozim, qiymatdor Ustozim!

Bakir Ogʻa bilan yuborgan maktubingizdan his qilgan sevinchimni ta'rif qilish, men kabi ojiz talabaning na til va na qalamining haddi emas. Sevinchimdan maktubingizni oʻpaman, ruhim siz bilan yashasada, jisman uzoq boʻlganimizdan yigʻlar edim. Koʻzimdan toʻkilgan yoshlarni yozuv yozish yoxud risolalarni oʻqish bilan taskin qiladigan paytlarim boʻladi. Baʻzan qalbim doimo yigʻlaydi. Oh sevgili Ustozim, sizdan juda katta iltimosim shuki: Meni afv eting. Ikki-uch yildan beri dunyoni sevmaydigan holdan qutulolmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz choʻllar ruhimning bittadan maskani boʻlmoqda. Xayolan u yerlarda kezyapman. Goʻyo bir narsa qidiryapman.

Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus, men qidirgan ham juda yaqin, ham juda uzoq koʻrinmoqda. Bilmayman bu hol ichida endi qancha tipirchilayman. Ha, yana juda koʻp mutashakkirman. Qanday qilib tashakkurim hadsiz boʻlmasin? Hanuz bir yil boʻldi, ikki kecha bir-biri orqasidan men koʻrgan ikki sodiq tushda, poydevorlari otilayotgan ulkan bir atirgul fabrikasining kotibligiga tayin qilingan va ishga kirishgandim. Bu tushdan bir yil ikki oy oʻtib risolalarni yozishni boshladim. Ayniqsa "Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Yettinchi va Sakkizinchi Masalalarida xizmatimizning maqbulligi va rizo-i Ilohiy borligini oʻta ochiq ravshan til bilan yozilishi ojiz talabangizni ham dilshod qildi. Suyukli ustozim, Alloh sizdan abadan rozi boʻlsin.

Xusrav
— 77 —

Ha, suyukli Ustozim! Inshoalloh vaqt yaqinlashgan. Inshoalloh va'da qilingan vaqtga biz ham yetishgan hisoblanyapmiz. Sabab, salafi solihiynning Qur'onga hoshiya sifatida hech narsa ilova qilinmasligi haqidagi qarorlari oʻz davrlariga oid ekani va keyingi davr ulamolarining ruxsatlari Arab tilini oʻrganish qiyinligi uchun hosil boʻlgan xulosadan, Arabcha oʻqish va yozish xohlanmagan davrda turibmiz. Shu sabab, Qur'on haqida suyukli Ustozimning fikrlariga juda buyuk ehtiyoj borligi bilan birga, goʻzal va juda buyuk xayrli ishga eshik ochgan va bu ishning darrov tugatilishi uchun xamma narsadan ustun qoʻyilishini umid va iltimos qilaman. (Soatchi Lutfi Afandi qardoshim ham shunday fikrda.)

Suyukli Ustozim! Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin, hamda xar bir xayrli ishingizda muvaffaq qilsin, duosi bilan Janobi Haqqa shukr qilganim holda sizga boʻlgan minnatdorligimni arz qilaman va domonlaringizni oʻpaman, muhtaram afandim hazratlari.

Xusrav

Ey Ustoz!

Qur'onning oynasi hisoblangan risolalaringiz sizning qanchalar buyuk ustoz boʻlganingizni qabul va taslim qilishga kifoyadir. Ey aziz Ustoz, Islomiyat ustiga choʻkkan zulmat va gʻaflat pardalarini risolalaringiz bilan yirtdingiz. Ifloslangan pardalar ostidagi eng nurli haqiqatlarni maydonga chiqardingiz. Sizning tebranmas azmingiz, qahramon matonatingiz, oromsiz mehnatingiz samarasiz qolmadi. Anadoluning oʻrtasiga shunday obi hayot chashmasi ochdingizki,

{(Hoshiya1): Bu muqaddas xizmatdagi savob va sharafda men kabi bechoraning hissasi, siz tasavvur qilgan miqdorning mingdan biri boʻlsa, yana shukr qilaman. Hunari borlar, olmos qalamlari bilan yordamimga yetishgan siz kabi Qur'onning xolis shogirdlaridir.}

bu chashmaning joʻmraklari, yozgan risolalaringizning, nashr qilgan asarlaringizning haqiqatlaridir.

— 78 —

U manba va ma'dani, boqiy boʻlgan Qur'oni Hakimning dengizidir. Bir kun kelib ushbu imtihon yeridan saodat olamlariga koʻchgan vaqtingiz, qiymatdor asarlaringiz sizni nomingiz bilan birga yashatadi. Qanday baxtiyorsizki, siz ochgan chashmaning qiymatini taqdirlab uni muhofaza va mudofaa qilgan va kerak boʻlganda asarlaringizning hukmlarini e'lon va talqin yoʻlida ming jon bilan hayotini fido qilishga muhayyo, jondan sevgan talabalaringiz bor. Uxraviylar diyorida boʻlgan vaqtingizda ham ruhingizga azob beradigan harakatlar qilmasliklariga amin boʻling. Bir qancha Qur'on sirlarining kalitlarini hozirdan talabangizga qoldirganingizdan, ular bor kuchlari bilan sizdan minnatdor va mutashakkirdirlar. Bugun sochayotgan fayzli nurlaringiz bashariyatning haqiqiy insonlarini bepoyon sevinchlarga gʻarq qilib, boʻynidagi vazifalarni bildiradi. Xizmatingiz inkor qilinmaydi va fidokorligingiz azimdir, azim.

Aziz Ustoz! Xizmatingiz samoda kezsin

{(Hoshiya-2): Bu qardoshimning bu hissiga ishtirok qilmayman. Rizo-i Ilohiy yetadi. Agar u yor boʻlsa, hamma narsa yordir. Agar u yor boʻlmasa, butun dunyo olqishlasa, besh tiyinga arzimaydi. Insonlarning taqdiri, tahsini, agar bu ishda, uxraviy amalda asl sabab boʻlsa, u amalni yoʻq qiladi. Agar ustun qoʻyuvchi sabab boʻlsa, amaldagi ixlosni sindiradi. Agar tashviq qiluvchi boʻlsa, sofligini yoʻqotadi. Agar faqat maqbuliyat alomati sifatida, biz istamay, Janobi Haq ehson qilsa, amalning va ilmning insonlarda chiroyli ta'siri nomidan qabul qilish goʻzal boʻladi. وَ اجْعَلْ ل۪ى لِسَانَ صِدْقٍ فِى الْاٰخِر۪ينَ bunga ishoradir.

Said}

va siz dostonlarda kezing. Fidokor Ustoz! Diyonatdan madad olmagan, gʻaflat ahlining gʻaflatini ziyodalashtirgan adabiyot deyilgan mudhish sarxushlik faqat va faqat sizning asar va talqinlaringiz soyasida daf qilinadi. Dinsiz millatlar nasli davom etmasligi, hatto insoniyatni ham oʻrganolmasdan dunyodan kelib oʻtganlarini juda ma'qul va mantiqiy dalillar bilan isbot qildingiz. Asarlaringiz ruhing kabi ulviy va ihotali.

Sevgili Ustozim! Xotirjam boʻlishingiz kerakki, sizning mehnatingiz behuda emas. Oʻlmas risolalaringiz abadiyan qiymatli qoʻlma-qoʻl yuradi. Bugungi dinsizlarga haddini bildiradi va balki iymon ham baxsh etadi. Zotan sizning talabingiz bu emasmi? Orzuingiz, gʻoyangiz iymon doirasida ogohlantirish va irshod nishonlariga yetishish emasmi? Falsafa axlatxonalarida ingragan, emaklagan adabsizlar albatta haqiqiy adabni va adabiyotni sizning asarlaringizda topishlariga aslo shubha yoʻq. Topadilar ham.

— 79 —

Muhtaram Ustoz, endi siz ham muhtoj boʻlgan ulkan bir millatga ta'riflab va qiyoslab boʻlmaydigan xizmatni ado qilgan hisoblanasiz. Bu millat, bu tuproq, bu vatan hech qachon sizning qarzizngizni uzolmayadi. Tilaymanki, bu azim, qudsiy xizmatingiz mukofotini Janobi Haq sizga juda loyiq shaklda ehson qilsin. Dunyo va oxiratda sizdan va biz kabi ojiz va qusurli xizmatchilaridan rozi boʻlsin, omin.

Lutfining doʻsti

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Charchatuvchi bir quvvat bilan kecha va kunduz meni oʻylantirgan va lekin hech ham qiymati yoʻq vaziyatdan qutqargan maktubingizni olgan vaqtimdan beri sevinch ichida, Janobi Haqqa benihoya tashakkurlarimni aytayapman va besh vaqtda Allohning lutflariga sazovor boʻlishingizni duo qilyapman. Ayniqsa sevinchimni orttirgan kayfiyat, Janobi Haqning faqat Qur'on xizmatida ishlattirishining bildirilishidir.

Muhtaram Ustozim! Holatimdan juda-juda mamnunman. Endi aytganingizdek hech narsani oʻylamayapman. Oʻylayotgan narsam boʻlsa, u ham Risola-i Nurdan "Soʻzlar"ni tugatish, koʻchirib doʻstlarimizning koʻpayishini ta'minlash uchun loyigʻidek harakat qilishdir. Buning uchun oʻzimda koʻrgan qarz va omonat borlig'imga emas, balki Janobi Haqning qudrat va lutflariga tayanaman.

Muhtaram Ustozim! Yozgan Oʻttiz Ikkinchi va Yigirma Yettinchi Soʻzlarimni taqdim qilyapman. Yigirma Yettinchi Maktubda qardoshlarimizning tuygʻu va fikrlarini oʻqirkan, bilsangiz qanchalar sevinch his qilaman. Bir-biridan ayrilmaslik uchun qiymatsiz moddiy iplar bilan emas, qiymatli va ma'naviy iplar bilan bogʻlangan oila va jamoat a'zolari his qiladigan sevinch bilan lazzatlanaman. Shubhasiz Zoti Ustozonalari boshimizda boʻlish bilan birga, katta boʻlganlarimiz ogʻa va birga boʻlganlarimiz qardoshlarimiz boʻlganlar. Men bu jamoatning ichiga doxil boʻlganimdan haddan ortiq baxtiyorman. Qur'oni Mubinning nurlarining qabul va nashri xususida, suyukli Ustozimiz, shaxsiyatingiz vosita qilinishi sababli, sizni bizga bergan Janobi Haqqa minnatdorligimizni chegaralay olmaymiz.

Xusrav
— 80 —

Ey aziz Ustoz!

Bu safar men yozishga muvaffaq boʻlgan uch mavqifdan tashkil topgan "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ni tahrir qilish uchun taqdim qilyapman. Ushbu kitobning ojizning nazarida oʻta qimmat xazina ekanini yozishga ehtiyoj bormi, bilmayman? Dunyoning oʻlchanmoq imkoni boʻlmaganini aytgan zot va bashar fikrining hududsiz maydon boʻlganini da'vo qilgan odam qanday toʻgʻri aytgan. Bu haqda tobora takomillashayotgan qarashlarimning va tor hayol kuchimning kengayishidan chiqqan fikrdir. Dunyoning oʻlchanmas bir boʻshliq boʻlganini va bashar fikrining hududsiz ekanini izohlash maqsadiga tayanmagan. Demak, xar bir risoladan ruhim turli tuman ozuqasini oladi. Bu uzun maktubim bilan sevinchimni izhor qilish uchun sizni bezovta qilishimga sabab boʻlgan narsa - "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz" qalbim va ruhimga baxsh qilgan davomiy va soʻngsiz safo va xuzur emasmikin?!. Xulosa, shirin bir sarxushlik ichida hayotimdan mamnunman. Inshoalloh, duongiz himmati bilan mashru' sarxushlik ichida abadiy hayotga vosil boʻlaman inshoalloh.

Ahmad Zakoiy

(Xusravning bir bayoni.)

Juda muhtaram, sevgili Ustozim!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini oʻqidik. Maktub hammamizni shavqqa keltirdi, sevinch bilan xar tarafimizni toʻldirdi. Ushbu maktub Qur'oni Hakimning ba'zi oyatlaridan chiqqan uchqunlari bilan bir tarafdan aqli koʻziga tushgan moddaparastlar va ularga oʻxshash tabaqaga Maktubot-un Nur va Risolat-un Nur bilan maydonga chaqirib ularning boshlariga haqiqat toʻqmoqlarini uryapti boshqa tomondan esa ularning qalblarini juda porloq fayzlari bilan toʻldirmoqda.

Oʻn Sakkiz ming emas, suyukli Ustozimning aytganlari kabi, yigirma sakkiz ming olamga qaragan u buyuk Furqoni Ilohiyning bugungi asrdan boshqa kelajak asrlarga ham qaragan jihatlarining ba'zi muhim nuqtalariga ishora qilinishi va Lafzulloh ustida mavjud tavofuqlarning koʻzga tashlanadigan, nazarni jalb qiladigan shaklga solinishi va ba'zi soʻzlarda koʻringan ma'nodor tavofuqlarning goʻzalliklarining chiqarilishi haqida Ustozimning mavjud fikrlariga haddim boʻlmasada yana ustozimdan olgan quvvat va jasoratim bilan ishtirok etaman. Va bunday Qur'oni Karimning yozilishi haqida boʻladigan xar qanday fidokorlikka tayyorligimni, uyalib boshdan-oyoq meni istilo qilgan sevinchli ruhiy holat ustiga ifoda qilaman va yana aytamanki: Suyukli Ustozimga talab doirasida oʻz qoʻlim bilan Qur'oni Karimni yozib taqdim qilishni juda ham xohlayman. Lekin masalaning shoshilinch ekanini bilmas edim. Yana boshqa qardoshlarimning sharafdan mahrum ekanlari uchun, fikrimning va istagimning qabulini qistay olmayman.

— 80 —

(Sabrining bir bayoni.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Qoʻl bilan koʻchirib yuksak huzuringizga taqdim qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasi aynan vaqtda oʻzini koʻrsatdi. Bu muborak asar Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning bir navi tarixchalari boʻlgani kabi, boshqa jihatdan ham pur-anvor asarlarning hujjatlar va qat'iy burhonlari hukmida koʻrilish bilan birga, uch yildan beri aqlimda maxsus va saqlangan bir qancha hislarni ham bu gal yuzaga chiqardi. Xullas, Qur'oni Azimushshonning muqaddasligi va ulugʻligi va nuroniyat darajasi bunday olmos va ma'naviy javohirlarni jamlagani bu masala va oʻxshash masalalardan tushunildi.

Ha, shu haqiqatni ham e'tirof qilish kerakki, bir javohirlar xazinasi qanchalar boy va qanchalik yuksak boylikka ega boʻlsa boʻlsin; sotuvchisi, dalloli oldi-berdi usulidan xabardor boʻlmasa, qoʻlidagi qiymatdor xazinadigi va qamragan q٦٥ئatli mollarni loyigʻidek olamga e'lon qilolmaydi va ommaning nazariga koʻrsatolmaydi. Darhaqiqat, bu chalkash davrda Qur'on haqiqatlarining loyigʻidek oldi berdisini qilgan Qur'on dallolining olti yil emas, balki qirq yildan beri ahli Islomga xitoban:

يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا هَلْ اَدُلُّكُمْ عَلٰى تِجَارَةٍ تُنْج۪يكُمْ مِنْ عَذَابٍ اَل۪يمٍ

farmoni Rabboniysi bilan nido qilishlari, hammalari iymon nurlariga muhtoj Ummati Muhammadni shukrda qarzdor qilgan va qilmoqdadir.

Sabri

(Sabrining bayoni.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Bu gal Yigirma Yettinchi Maktubning Ikkinchi Zaylini, Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi, Oltinchi Masalalarini qoʻl bilan koʻchirib asl nusxalari bilan birga taqdim qilmoqdaman. Bandalari Yigirma Yettinchi Maktubning ta'lif va ta'sis va tartibida juda muhim ajrni his qilyapmanki, bu maktub yozilish gʻoyasi, qat'iyan maktub sohiblarini e'lon va koʻrsatish emas, balki turli darajalardagi fikr va aql sohiblarining har biri Nurlarning faqat yuzdan bir xususiyat va foydalarini koʻrib, Qur'on dallolining bir darajaga qadar nidolarini taqlid qilishga urinishlari alohida zavq va latofat his ettiradi.

— 81 —

Nur daryosini koʻrmagan ba'zi kishilar mushtoqona soʻraydilarki: Siz mansub boʻlgan Nur dorixonasida qanday muolajalar bor va asl mavzulari nima? Oldin bu savolga Risolat-un Nurni mumkin boʻlsa, bir-bir koʻrsatishga, boʻlmasa aqlim yetishgani qadar aytishga majbur edim. Hozir esa, Risolat-un Nurning yuzdan oʻn nisbatida mavzusini mumkin martaba ifoda qilishga tayyorman. Yarim mundarijasini eslatadigan Yigirma Yettinchi Maktubni beraman va bildiraman. Juz'iy-kulliy maqsadimni bildira olaman. Nurlarning aksar qismlari vujudga kelgandan soʻngra Yigirma Yettinchi Maktub xuddi ishora toʻpponchasi kabi otildi. Hamda Nur daryosining askarlari mobaynida bir navi musobaqa vazifasini ham bajardi. Har bir aloqador boʻlgan kishi Nur koʻrgazmasiga oz-koʻp hunarini toʻkdi.

Sabri

(Sabrining bayoni.)

Ey Ustoz!

Bayramlar sayyidi 'Iyd al-fitr bayramingizni tabriklayman va bu vasila bilan sharafli va izzatli qoʻl va etaklaringizni oʻpaman.

Afandim, har on Nurlar bilan oziqlangan ruhi ojizonam yana avvalgi juma kuni ozuqlantiruvchi nurga muntazir ekan, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini ehson qilib yuborgan bu faqir talabangiz musharraf va istifodali va minnatdor boʻldi. Bir soatlik musofir boʻlgan bu qiymatdor va ma'nodor asarni hamon Abdulloh olib bordi. U roʻyo-misol koʻrgan asarimning bir haftadan beri aqlimdagi qiymatdor naqshlarini va ma'nodor ma'nolarini ojizligim sababli ifoda qila olishga iqtidorim yoʻq.

Bu burhoniy, sanadiy, shuhudiy, qisqasi bir masalaning sogʻlom manbalarga tayanganini koʻrsatgan sabablari, asliga joylashtirilgan va ichiga olgan bu qiymatdor asar, umum Risola-i Nur va Maktubot-un Nurning quyosh-misol i'jozlari, olamlarni hayratda qoldirgan karomatlari, doʻst va dushmanning e'tirof va maqtovini qozongan nuroniy sobiq asarlarning qanchalik goʻzalligi va ustun xususiyatlarining, xuddi bu asarda toʻplanganini ayta olaman. Qachon nurlardan bir risola koʻrsam, bu kabi yoki yanada koʻproq haqiqiy zavq va tuganmas surur koʻraman. Shu holda bu ajib mahsusot va mashhudot, faqat Nurlarga oid va maxsus i'joz, shuningdek Nurlarga maxsus bir karomatidir desam, iymon ahli tomonidan komil bir qanoat hosil boʻlishiga aminman. Xususan tavofuqlari, tafsirlari koʻrsatilib yozilishi barqaror va niyat qilingan Qur'oni Azimushshonni umum iymon va tavhid ahli kamoli xohish va nihoyasiz hurmat bilan kutib olishlari koʻrinib turgani kabi; bir qancha kishilarning ham oxir umrlarida boshqatdan oʻqishga shavqu gʻayrat koʻrsatishlari ehtimoli kuchli. Yana qancha oʻxshashi koʻrilmagan asarlarning vujudga keltirilishini butun ruhim bilan tilayman va Janobi Mun'imi Haqiqiydan muvaffaqiyatlar tilayman, afandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Hofiz Sabri
— 82 —

(Sabrining bayoni.)

Ustozi Oliyshonim Afandim!

Ushbu ikki kechada fursat topa olgan vaqtlarimda, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Qismini koʻchirib, oʻz nusxamni Ali Afandiga va aslini Zoti Ustozonalariga qaytaraman va taqdim qilaman. Bir oydan beri, ruhlarimiz olov ketgan maysazor kabi kuygan, ranjigan, soʻlgan vaziyatga tushib; hatto aksar qardoshlar bilan bu masala haqida qanday xatti-harakat qilishimizni maktub bilan xabarlashish va maslahatlashishni boshladik. Bu tarafda Ustozi A'zamimizga eng yaqin bandalari boʻlganim uchun, bu bobda ogʻzaki yoki yozma shaklda taqdim qilish niyatida ekanman, dardlarga eliksir, dori va shifo bergan javob sifatidagi "Yigirma Yettinchi Soʻz"ni, bir bor yana izoh qilingan va anchagina qamrovli oliy javobni bizlarga ehson qilgan va qisqacha jumlasi tubsiz ma'nolarning haqiqatlarini jamlagan, "Tinch okeani" ta'biriga masadaq boʻlgan Qur'onning har bir jumlasi bu qismda, ayniqsa Beshinchi, Sakkizinchi va Toʻqqizinchi Nuktalarda asrning quruq kallali, qashshoq, falsafachi shaytonlarini toʻxtatgan, lol qilgan, toʻgʻrirogʻi batamom mot qilib, ruhlarimizni nurlantirib, sururga toʻldirdi va tasalli berdi.

Aziz Ustozim! Qur'oni Azimushonning qay darajada boy Ilohiy rahmat xazinasi ekanini aytishdan uzoqman. U muqaddas xazinani ichiga olgan turli-tuman olmos va brilliantlarni chiqarib, biz kabi muhtojlarga yetishtirish xususida Nurlar Kulliyotining aksariyatida toʻliq xarakatga keltirish vazifasini boʻyniga olgan Ustozi Soniy Xulusiy Beyafandimni, oʻxshatish va ta'biri joiz boʻlsa, soatchilardagi yulduz kabi sakkiz-oʻn ogʻizli soat kalitlariga oʻxshataman. Koʻp ogʻizli kalit, olamda mavjud har bir soatni harakatlantiradi, ishlatadi. Nomlari oʻtgan beyafandim ham, ayni holda boʻlib, oʻxshashi koʻrilmagan va eshitilmagan bir qancha haqiqiy muhim masalalarni Hazrati Qur'on va Qur'on dallolidan istamoqda.

— 83 —

Bu asrda xos maʻnaviy xazinaning tenggi yoʻq xazinadori, qiymatli talabgorlarga eng qiymatdor va ruhga toʻliq bir ozuqa-baxsh Qur'onning maʻnaviy moddalar bilan e'zoz va ikrom qilar ekan, oʻsha halqaga loyiq va haqdor boʻlmasam ham, faqir ruhiy ozuqani tinmasdan olib, dasturxonlarni ehson qilganga ham, keltirganga ham, istaganga ham hadsiz tashakkur qilishga qarz boʻlib qolyapman. Siz lutf qilgan xurmatli maktubda sizdan ranjiganimni faraz qilib xabarlashmaganim aytilmoqda. Bu xususda qalb va ruhimga "Nima deysiz?" dedim. ruhimdan Ruhimdan "Astagʻfirulloh, yuz ming astagʻfirulloh. Biz oʻlgan edik, lahulhamd bizga yangi hayot baxsh qilindi. Xafa boʻlishga umuman haqqimiz yoʻq. Vazifamiz boʻlgan duoga davom va tashakkurda qarzdomiz", degan haqgoʻy javob oldim.

Hofiz Sabri

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Muhtaram Ustoz!

Bu gal Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Toʻrt va Toʻqqizinchi Nuktalarini ichiga olgan muborak maktubingizni Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining inoyatning azim sirri bayonining xotimasi deb nomlangan va moʻ'jizali ramazonning hikmatlarini bayon qilgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismini va munavvar iʻjoz muxrini kamoli shukron bilan oldim. Ishtiyoq bilan, lazzat bilan, ma'naviy zavq bilan koʻp marta oʻqidim. Ammo ikki haftaga yaqinki, javob yozolmadim. Ushbu muborak juma kuni ham nurlardan olgan fayzlarimni, tasallilarimni, ham qalbiy taassurotimni qisqacha aytish maqsadida ushbu varaqni yozishni lutfi Haq bilan boshladim.

Birinchidan, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning olti nuktasi bilan Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emasligi, iymondan zarra qadar nasibi boʻlgan kishiga Yigirma Beshinchi Soʻzdagi burhonlarga zayl sifatida isbot qiladi. Islomiy shiorlarini gʻoyat goʻzal uslub bilan ta'rif va mutolaa qilish bilan birga, ulamo-i su'ga juda mukammal va ma'naviy tarsaki tushirmoqdasiz. Oxirida maktubdagi haqiqatlarning Qur'ondan kelganiga aqlni toʻgʻrilash uchun uning balogʻati i'joz va iyjoziga ergashib:

— 84 —
لَا يَسْتَو۪ٓى اَصْحَابُ النَّارِ وَاَصْحَابُ الْجَنَّةِ اَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَٓائِزُونَ

oyati karimasiga eʻtiborni qaratyapsiz. Bu bechora duochingiz, talabangiz siz koʻrsatgan va yuborgan Nurlarning mutolaasida, musbat va manfiy ikki ta'sir ostida nima qilishga va nima qilisni bilmay hayron. Chunki ma'naviy vazifamizni ado qilomayapmiz. Juda oz va tor bir muhitga nashr qila olyapmiz. Bid'at va zalolat har kun ortmoqda, ahkomi Islomiyaga sunnatlardan boshlab va Qur'on nishon tutilib, juda insofsiz tarzda hujum qilinayotgan davrda bu yaralarga toʻliq munosib malham boʻladigan, nurli va shifoli asarlarning sanoqli shaxslar orasida va faqat bu bechoralarning umid va iymonlarini quvvatlaydigan holatda qolishi, iztirobni ortirmoqda va dargohi Ilohiyaga iltijodan boshqa chora qoldirmayapti.

Ha, bunga qat'iy qanoat hosil boʻladi. Hatto diqqat bilan qaralsa, koʻriladiki, bu olam saroyi inqirozga qadam-baqadam yaqinlashmoqda. Har soat tomidan shifer, devoridan bir gʻisht, suvoqidan bir parcha tushmoqda, hatto chirogʻining yorugʻligi kamaymoqda. Kamaymas, buzilmas, yiqilmas, almashmas deb oʻylangan bu karvonsaroy albatta kamayadi, eskiradi, yiqiladi va oʻzgaradi.

Xullas, insonga, ayniqsa musulmonlarga yuqqan va ketma-ket ortayotgan zaifliklar bu natijani tezlashtirmoqda degan fikrdaman. Ammo irshod qilingani kabi, modomiki natija bilan emas, xizmat bilan mukallaf ekanmiz, umidimizni uzmay sabr va sokinlik, duo va niyoz bilan dargohi Ilohiyga yolvorishimiz kerak. Qamrovli ilm, zavolsiz va nihoyasiz qudrat sohibi boʻlgan Xoliqimiz yaxshi qiladi, yaxshiliklar yaratadi inshoalloh, deyishimiz kerak.

Yigimra Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasi, gʻaybiy ishora haqida ehtimol, har qanday shubhalarni yoʻqotish maqsadi bilan yozildi. Siddiqingiz, alhamdulilloh, muborak asarlarda dalolat qilgan ma'nolarini, ishora qilganlari haqiqatlarini butun borligim bilan qabul va tasdiq qilaman. Muqaddas ma'nolarini ichimga olishdan boshqa his yoʻq.

— 85 —

Aziz Ustozimiz bu Qur'oniy javharlarni oʻziga koʻrish bilan kifoyalanmay muhtojlarga ham qaranglar, koʻringlar, istifoda qilinglar, siz ham muhtojlarga, mushtoqlarga, hayratda qolganlarga koʻrsatishga vosita boʻlinglar demoqdalar. Bu faqir talabangiz bu amrga (bosh ustiga, eshitib va toat etib) degan. Imkon qadar va Allohga tavakkal qilib, bu maqsad yoʻlida xizmatda boʻlishni minnatdorona orzu etmoqda. Shunga binoan, gʻaybiy tavofuq haqidagi dalilli va ishontiruvchi bayonlar ham oʻrnida, ortiq emas. Bu ham xar doim lozimdir. Bunga mutlaq ehtiyoj bor yoki kelajakda ehtiyoj boʻladi. Koʻrsatilgan misoldan ham anlashilyapti. Diqqat bilan yozilgan, yillar bilan gʻayrat koʻrsatib jam qilingan, toʻdalangan, tafsir qoidalariga soʻzning boshi bilan oxiri inobatga olinib, ehtimol ba'zi yerlarida koʻp iste'mol qilinib, istar-istamas eʻtiborni tortgan tavofuq va muvozanatga qasddan diqqat qilinib, amniyat bilan vujudga keltirilgan bir tafsir bilan, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'onning muqaddas xazinalaridan bu asr insonlariga, musulmonlariga qaynab chiqqan, joʻsh urgan va porlagan nurli asarlardagi gʻaybiy uygʻunlik, muvozanat qiyos qilinishi mumkinmi? Aslo...

Xotimadagi Ahmad Gʻolib Beyning bayoni lobardir. Bu bayonning Hazrati Qur'onga va Ilohiy sirlar xazinasining bir navi nurli rashhalari va yogʻdulari boʻlgan "Soʻzlar"ga nisbati goʻzalligini orttirdi. Alloh bu kabi qardoshlarimizning sonini koʻpaytirsin. Jumlasini ushbu maydonda, bu kamchiligi koʻp faqirni ham xayrda muvaffaqiyatli qilsin, omin!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismi, Qur'onning xos durbini bilan qaralib, Ramazon hikmatlarining toʻqqizi mukammal va benazir tarzda bayon qilindi. Alloh suyukli Ustozimizdan rozi boʻlsin. Bu yil Ramazoni Sharifga rioya avvalgi yillardan zoxiran ziyoda edi. Koʻngil istardiki, koshki bu buyuk asar Ramazondan avval qoʻlimizga tushsaydi. Sayyid-ur Rusul, Nur-ul Vujud Afandimiz Hazratlari Sallallohu Alayhi va Sallam "Din nasihatdir", deb marhamat qilganlari xazratlariga maʻlum. Shu sabab bu yerdagi men ozligidan siqilgan jamoatimizga, oʻsha vaqtda oʻqib, amri jalili Nabaviyni ham bajargan boʻlar edik. Ammo bu sharafdan mahrumlik, moddiy uzoqligidan kelib chiqyapti. Chunki Qur'onning, ilk nozil boʻlishi Ramazon oyida boshlangan ekan, bu asrda va davrimizda ham muborak oyatning hikmatlari haqidagi asar yozilishining bu oyda boʻlishi juda munosib va a'lodir.

— 86 —

Janobi Haq juda koʻp bunga oʻxshagan asarlarni, xayrlisi bilan jumlamizni musharraf qilsin, omin!

I'joz muxri, Qur'on xizmatidagi qiymatdor qardoshlarimni tanittirdi. Bu goʻzal nurli baytni xotirlatdi:

Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim,

Oyna-i Muhammaddan Alloh koʻrinar doim.

{(Hoshiya): Bu yerda latif tavofuq boʻlib, birinchi Xulusiy ila ikkinchi Xulusiy unvonini olgan Sabri Afandi bu yerdagi, bir-biridan juda uzoq boʻlganlari holda, ayni ifodani maktublarida menga yozmoqdalar.}

Va shu ifodani ayttirdi:

Oynadir bu xotam, harkim sidq bilan xodim,

Oyna-i Ustozdan, Qur'ondir koʻringan doim.

Allohu Zuljalol jumlasidan rozi boʻlsin. Bu muborak oynaning boʻsh burchagiga bu bayt bilan imzomning qoʻyilishini xazratimning istaklariga qoldiraman.

Xulusiy

(Mingboshi Osim Beyning Risolat-un Nur "Soʻzlar"i haqida nazirasidir.)

Munazzahdir shuunotdan, faqat ilhomi Ilohiydir,

Oʻqirkan nur olar vijdon, suturi bitanohiydir,

Riyodan, kibrdan, har maosiydan munazzahdir,

Kalomi Loyazaliydan kelgan nuri mufarrihdir.

Bu asarlarni qanday vajd ichida angladim bilsang edi,

Bu, oyatlar kabi nuroniy va lahutiy fikrlarni,

Maosirmi, asarmi, munjaliy yoʻqsa muassarmi?

Ilohiy bir "suro"dan chaqmoq chaqqan, hayratfazo sirmi?

Eslanmas, anglatilmas, sirri vahdatdan xabarlardir.

Sen ey gʻofil bashar bir nafsingga qara, qanday?

Butun kavn shoshgan hayron oʻylagancha tajribaning

Karim hayrat ila, hurmat bilan eslar noming, buyuk noming.

Osim
— 87 —

(Xulusiy Beyning bayonidir.)

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رِسَالَةِ النُّورِ وَ مَكْتُوبَاتِ النُّورِ اَلْفَ اَمْثَالِهَا

Ey Muhtaram Ustoz!

Oʻtgan hafta Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi va Oltinchi Masalalari nomlarini olgan biri shukrga, boshqasi harami sharif savoliga javob boʻlgan ikki oliy va ustun asaringizni kamoli shavq bilan oldim. Zavq bilan mutolaa etdim. Juda chanqagan edim. Shukrga doir juda chuqur ma'noli, shakar kabi shirin shakar sharbatingizni basmala bilan ichishni boshladim. Bu ojiz talabangizga ne'matlarining haddu poyoni boʻlmagan Xoliqi Karim, Mun'imi Hakim, Razzoqi Rahim jalla jaloluhu hazratlarining Nurlar nomli in'om va ehsoniga (Alhamdulilloh, Allohu Akbar) dedim. Va ma'naviy suvsizligimni, qoʻlim yetmas, kuchim yetmas, nazarim erishmas, xullas toʻliq ojizlik ichida, lekin rahmatidan umid uzmay, Rahmonur-Rahim hazratlarining juda aziz ustozim vositasida taskin etganiga yuz minglar hamdu shukr qildim va qilaman.

Muborak soʻzlaringizda shunday muqaddas fayzlar borki, xuddi talabangizning (diqqat bilan mutolaa etgan yoki tinglaganlari) qoʻlidan tutadi. Qara, bu bu ma'noga dalolat qiladi, bu shuning uchun, bundagi maqsad va gʻoya va hikmatlar shulardir, kel yana yuqoriroq chiqaylik, yanada oldinlaylik deya manbadan manbaga, etakdan tepaga, izdan yoʻlga, haqiqatdan ma'rifatga olib ketmoqda, chiqarmoqda. Ziyorat ettirmoqda. Foydalantiryapsiz, fayzlantiryapsiz. Bu gal bu sayr bilan shukr daryosining manbaiga, shukr togʻining tepasiga, shukr izining yoʻliga, shukri mutlaqdagi haqiqat bilan ma'rifatga olib boradi va boshdagi kabi, oxirida "Dar tariqi ajz-mandi lozim omad chor chiz; ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq ey aziz" demoqdasiz. Biz "Tushundim va toʻgʻri aytdingiz" deb jevob beryapmiz. Duo va salavot bilan muqaddas sayohatni tugatmoqdasiz.

Siz koʻrsatgan juda oliy shafqatdan yaqinlik koʻrgan muhtoj va ojiz talabangiz, ustozining nazarini boshqa tarafga qaratadigan savolga jur'at qilgani uchun, "Kel qani, Harami Sharifga kiraylik. U yerning bugungi holatini va sabablarini biroz tushuntiray", degan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Oltinchi Masalasini ham oʻqidim. Koʻp istifoda etdim. Alloh sizdan rozi boʻlsin.

Xulusiy
— 88 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bu gal lutf va inoyat qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini hurmat bilan oldim. Ta'zim bilan va qayta-qayta mutolaa etdim. Undan tashqari bir marta yangi talabangiz Hofiz Umar Afandiga va bir marta padarim va eski domlalarimdan Ibrohim Afandi va bir doʻstimizga va bir marta Fathi Beyga ham oʻqib berdim. Inshoalloh yana oʻqiyman va oʻqitaman. Muborak maktubingiz bilan boshda shu bechora boʻlgani holda, tinglaganlarning oxirgi hollari sababli qalblarida hosil boʻlgan ma'naviy yaraga oʻta mukammal va munosib malham surtdingiz. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ nassi jalilini xotirlatib, Allohning lutfiga va Habibi Akramining (ASV) ruhoniyatiga, Qur'oni Azimushshonning مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى قِيَامِ السَّاعَةِ davom etishiga shubha qolmagan i'joziga daxolat va haqiqiy sabr bilan gʻamlarga javob qaytarsangiz, inshoalloh yaqin va nurli istiqbolga erishasiz, kabi haqiqatdan juda azim bir xushxabar bergan boʻldingiz. Ummatning bechorasiga izni Ilohiy bilan bayon qilganingiz i'jozi Qur'on hurmati Allohu Zuljalol muhtaram ustozimizdan abadan rozi boʻlsin. Hazrati Qur'on hisobiga intizor etgan umidlaringizni, eng qisqa zamonda haqiqatga oʻzgargan va moʻminlarga ham iymonning salomatligini tavfiq etsin, omin.

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini olmasdan avval, muborak Soʻzlar bilan aloqador boʻlmagan zotlarga ustozim olti-yetti yildan beri qayta-qayta shunday demoqda: "Qur'onning devorlari yiqildi. Barcha hujumlar Qur'ongadir. Iymonni qutqarish davridir". Asta-asta bu bayonlarning toʻgʻriligi, har koʻzi va aqli boʻlgan moʻmin tarafidan tasdiq qilinadigan hodisalar boʻlmoqda, derdim. Bu maktub bu bechora talabangizning Ustozining amrlarini yetkazishda sodiq boʻlganini isbot qilish bilan birga, avval ham arz etganim kabi, maktublarni olmasdan avval xotirimga kelgan, hatto tilimga qadar oʻtgan koʻp masalalar navidan boʻlganiga shubham boʻlmagani uchun, buni ham i'jozi Qur'ondan deb bilyapman. Tavofuqlarda bandangizdagi nusxada ham, aksariyat bilan muvozanat bor. Ha, qaysi jihatdan qaralsa, Ilohiy inoyat yaqqol koʻrinadi.

— 89 —

Muhtaram Ustozim, rahmati Ilohiya bilan bir haqiqatni yana qat'iy tarzda angladim. U ham shuki: Ilk tanishish sharafiga noil boʻlgan paytimda bergan darsingiz barcha risola va maktublarda vujudini his ettirmoqdadir. Farq faqat oʻsha darsdagi xulosalangan haqiqatlarning boshqa darslarga sharh, izoh va izhoridan iboratdir. Demakki, iymonni va Qur'onni asos qabul qilish ila, doimiy bir fayz manbai, abadiy bir nur manbai, yoʻq boʻlmaydigan muqaddas xazina, Ilohiy qal'a qurilgan boʻlmoqda.

Ha, modomiki koinotning yaratilishiga sabab boʻlgan Nabiyyi Afham (ASV) afandimiz hazratlari, risolat vazifasini mukammal ravishda ado etgandan soʻngra, Ilohiy amr bilan vujudiga sabab boʻlgan baqo olamiga tashrif etdilar. Ushbu musofirxona yopilishiga qadar kelib oʻtadigan, toʻlib boʻshaladigan, chirib yangilanadigan aholisiga, ayniqsa jin va insonlarga eng oliy hadya, eng mukammal rahbar, eng muqaddas murshid sifatida Qur'oni Hakimni qoldirganlar. Haqiqatdan, keyingi asrlar yetishtirgan bir qancha oliy zotlar barcha qiyinchiliklarini Qur'on bilan hal etishgan. Qidirganlarini Qur'onda topganlar.

Bid'at va zulmatlar asrida ham Qur'oni Hakim va Karim loyamut i'jozini "Soʻzlar" va "Maktublar" bilan izhor etgan va bu haqiqatdan azim ishda Ilohiy rahmatga juda aziz va muhtaram ustozimiz eng loyiq, eng toʻgʻri xodim va vosita boʻlganlar. Bu haqiqatga hali birinchi darsda Ilohiy lutf bilan iymon keltirdim. Boshqa nurli darslar iymon quvvatiga vasila boʻlgan va boʻlmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz va muhtaram Ustozim!

Bu dunyo moʻminga zindondir derlar. Mana, siz nashriga, izhoriga, bayoniga vosita boʻlgan Nurlar qorongʻu dunyoimizni oydinlatdi. Yaratilish haqiqatini ta'lim berdi. Boqiy, doimiy va davomiy, saodatli hayotni dars berdi. Shaxsan bu Nurlar boʻlmasa edi, holim nima boʻlardi? Yoki Nurlarga erishmasaydim, nima qilardim? Yoki bu Nurlarning nashriga عَلٰى قَدْرِ الطَّاقَةِ وَالْاِمْكَانِ lutfi Ilohiy bilan ishlatilmasaydim, butun daromadim ma'siyat boʻlar, qora yuz, parishon hol bilan, dargohi Ilohiyaga qanday qilib chiqar edim? Alhamdulilloh, takror va takror alhamdulilloh, xolis niyat va zarra navidan boʻlgan Qur'oniy xizmat sababili, bu pur-taqsir qul inshoalloh duongiz bilan Ilohiy rahmatga noil boʻladi degan umiddaman.

Xulusiy
— 90 —

(Sabrining bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Afandim, hech shak shubham qolmadiki, nurni nurdan ajratib boʻlmagani kabi, nur daryosining nuroniy talabalari ham, qayerda boʻlsa-boʻlsin, hammasi bir gʻoyada, umumiy zehniyatda, bir-birlariga raqobatlari yoʻq, doimo bir-birining mumtoz vasflari bilan faxr va iftixor qiladi, samimiyat va vafo xususida doʻstlarini oʻz shaxsidan ustun qoʻyadi, bir istakda yagona orzu va gʻoyalari boʻlgan tavhidning mumtoz va ayiruvchi alomati boʻlgan birlashish hamda haqiqiy va din amr qilgan hamjihatlikni soʻz va ish va hol bilan koʻrsatishlari bilan sobitki, bu hol muvaffaqiyatning alomatidir.

Talabangiz H. S.

(Ra'fat Beyning bir bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

Oxirgi nashr qilgan "Soʻz"ingiz faqirda juda chuqur ta'sir va taassurotlar qoldirdi. Uni yetaklagan sabab nimaligini tushunolmadim. Zoti oliyingizni u "Soʻz"da juda qahrli koʻrdim. Gʻoyat otashin bir qalam barcha alamlaringizni toʻkkan edi. Ichiga olgan haqiqatlarga mast va hayron boʻlganim holda, soatlarcha oʻqidim. "Soʻzlar"ingizning hech birini boshqasidan ustun qoʻyolmayman. Zero biriga muhim derkan, boshqasi yanada muhim va yana boshqasi undan ham muhim boʻlib oʻzini koʻrsatmoqda. Shunga binoan, Qur'on nurlarini falakdagi yulduzlarga oʻxshataman. Haqiqatdan, yulduzlar porloqlik e'tibori bilan bir-biridan farqli boʻlsa ham, hammasi yulduzdir. Va ayni manbadan nurlarni olayotganlari uchun, sifat jihatidan bir-birlaridan farqi yoʻq kabidir. "Soʻzlar"ingiz aynan shundaydir. Har birini yuz marta oʻqisam, yuz birinchi marta hech oʻqimagan kabi, buyuk ma'naviy zavq bilan oʻqishim ham yuksakligiga shohiddir. Bu bobda qanchalar yozsam, "Soʻzlar" haqida hech narsa yoza ololmasligimni oʻylab, soʻzimni tugatmoqdaman.

Ra'fat
— 91 —

(Shu bayon Mas'ud Afandininiki.)

Ey mening muhtaram Ustozim!

Balogʻat yoshimdan bugungacha, lain shaytonning sovutidan qilingan bir sandiq ichida qulflangan boʻlgan uxraviy aql va iymonimni tazyiq ostiga olgan edi. Duongiz soyasida va menga koʻrsatgan goʻzal niyat va nasihatlaringizning samarasi, faqat yetti yilda, Ustozimning duo mushti bilan lain shaytonning sovut sandiqi sinib, iymonimni takror taslim etdingiz. Qaytib olganimni shu bilan isbot qilamanki: Duoga qabul qilgan kuningiz, ya'ni Ramazoni Sharifning uchinchi kuni ziyorat uchun yoningizda edim. Chiqqanimdan keyin, Janobi Haq koʻrsatgan va suyukli Ustozimga aytgan tushim bilan, ojizona tafsirimda, sharqdan gʻarbga qaragan soyni, ya'ni sharqdagi duoni olmagan boʻlsaydim, qarshimda qoʻlida savat bilan ketayotgan odam kabi gʻayya chuquriga tushar edim. Oʻsha eshikning oldida turganimda, olgan ta'sirli duoim soyasida, qoʻrqinchli eshikdan chaqirilmay, orqaga qaytishimda keng yoʻldan xalq siqilib oʻtgan va biz yashirin bir mavqeda tomosha qilgan mashaqqat va zahmatlarga chektirilmaganimizning sababi, Ustozi Muhtaramimning Janobi Haq nazdida duosining qabulidir va "Soʻzlar"ning teng kelib boʻlmas ta'sirlaridir.

Men ham bunga muqobil, Ustozim xodim boʻlgan yoʻlga ergashib xizmat qilish orzusida boʻlsam ham, faqat qilgan xizmatim yetarli emas. U ham faqat oxirat manfaatimiz uchundir. Faqat Janobi Fayyozi Mutlaq Hazratlaridan duo qilib "Ey Rabbim, Ey Rabbim! Yigirma yetti yildan beri shayton alayhil la'naning zirhli poʻlat sandiqqa kalitlangan iymonimni bolgʻasi bilan sindirib qutqargan Ustozi Akramimga, ya'ni Qur'oni Hakimning yogʻdulari - Risola-i Nurning nashriga bir xizmat sifatida, meni tushimda koʻrsatgan mahshar kuningda gʻayya chuquri eshigining ogʻzidan qaytarishga muvaffaq boʻlgan Qur'on mufassirini va oxirgi yozuvchi boʻlgan Said-un Nursiy Hazratlarining mahshar kunida bayroqdori qil, Ey Rabbim, ey Arhamar-rohimin, valhamdulillahi Rabb-ul Alamin" deb, Janobi Mavlodan besh vaqt tinmay duo qilaman. Siz Ustozimning qabul qilishini iltimos qilib qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, Afandim Hazratlari.

Mahmad Mas'ud
— 92 —

(Ahmad Xusravning bayoni.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Qiymatli Ustozim!

Maktub sanasidan ikki kun avval edi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylini yozish bilan mashgʻul edim. Xulusiy va Ra'fat Bey, Zakoiy va Sabri Afandi kabi qardoshlarimning Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga koʻrsatgan otashin muhabbatlari bilan qalb ishtiyoqlarini koʻrsatgan qalamlari meni ham hayajonga tushirgan edi. Bu qatorda Bakir Ogʻa sizdan kelgan bir maktub bilan tashrif etdi. Bakir Ogʻa, odatiga xilof yuzi juda fayzli edi. Maktubni ayni sevinch ila, oʻpgandan soʻng birga ochdik. Bir sizdan kelgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifadan iborat boʻlgan Sakkizinchi Ramzi uch sakkiz tavofuqlari bilan oʻzini koʻrsatdi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylidan hosil boʻlgan sevinchli bir qalbiy hayajon va Bekir Ogʻaning Ustoziga va Nurlarga boʻlgan qalbiy ishtiyoqini koʻrsatgan sevimli yuzi va toʻrt oydan beri kutgan tavofuqlarimizning gʻoyasining boshlanishini koʻrsatgan Sakkizinchi Ramzdagi suyukli Ustozimizning ma'naviy nur bilan porlagan va tabassumli, yuksak, eng hayratomuz, shirin soʻzi faqir talabangizda shunday buyuk voqeʻaga aylangan ediki, oʻsha daqiqam saodati abadiyaga noil boʻlgan kishilar oʻtkazgan onlardan bir daqiqa edi. Bu sevinch ichida maktubingizni va Sakkizinchi Ramzni oʻqidim. Oʻqirkan, har bir jumlaning oxirida, "Bor boʻling, baxtli boʻling, baxtiyor boʻling Ustozim" nidolari qalbimga tarjimonlik qilgan tilimdan ixtiyorsiz toʻkilardi. Ilk marta Bakir Ogʻa bilan, bir marta qardoshim Rushdi Afandi bilan, bir marta esa qardoshim Ra'fat Bey bilan oʻqidim.

— 93 —

Ha, suyukli Ustozim, yillardan beri Qur'oni Azim-ul Burhonning buyuk dengizida koʻmilgan xazinalarni Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur bilan yuzaga chiqargan edingiz. Mana, azim bir xazina yana lutfi Ilohiy bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzida eng porloq va koʻzlarni qamashtirgan nurlari bilan zoxir boʻlib, oʻzini koʻrsatmoqda. Insonning eʻtiborini istar-istamas oʻziga tortyapti.

Bir ming uch yuz yildan beri, insof sohibini hayratda qoldirgan va dunyoning har burchagida va insonning xar tabaqasida, jin va insonlar tilida, samovotda malak va ruhoniylar tilida, eng yuksak mumtoz maqomni ishgʻol etgan, Furqoni Ilohiyning muhim sirlaridan va azim i'jozidan yana bir qismi, jim turmaydigan moʻ'jizali sado va latif bir ovoz va tuganmas fayz bilan oldimizga chiqmoqda.

Qiymatdor Qur'onning bugun barcha maxluqotni qudrat qoʻlida tutgan, azamati kibriyosi bilan idora qilgan va azamati jaloli qarshisida hamma narsani oʻziga sajda ettirgan Zoti Vojib-ul Vujudning kalomi ekanini, ustidagi hadsiz tamgʻalari bilan koʻrsatgan risolalaringizning qiymati qanchalar buyuk. Bu risolalarga qanday qiymat beriladi, boshqasi qanday bilan muvozana qilinadi, boshqasining ustunligi qanday eslanadi?

Insonning zulmatli siymosiga nurlar sochgan va tavhid xorijidagi har qanday aqidalarni chil-parchin qilgan, shogirdlariga tabassumli yuz bilan qaragan, xush, juda shirin bir til bilan gapirgan risolalar va ularning sohibi, noshiri boʻlgan suyukli Ustozim, siz talabalarigizning qalblarida risolalaringiz bilan yashayapsiz. Ham shunday bir suratda yashayapsizki, kichik ishorangizga tayyor turgan talabalaringizning ruhlarida daryolarning ovozi kabi toʻxtamasdan davom etgan va tugashni bilmagan Ilohiy muhabbat bilan yashamoqdasiz. Foniy hayot bilan vidolashsangiz ham, katta-katta jamoatlar orasida hurmat bilan yod etilishingizga

{(Hoshiya): Qardoshim Xusravning bu maqomdagi hissiyotiga ishtirok etolmayman. Insonlarning nazarida mavqe qozonish va tillarda yod etilish, haqiqatbin kishilar uchun sharaf emas. Agar rizo-i Ilohiy boʻlsa, u rizoning jilvasi sifatida insonlar e'tibor qilayotgan boʻlsa bir daraja rozilik alomati nuqtasida maqbul boʻlishi mumkin. Aksincha orzu etilmasligi kerak. Modomiki Xusrav haqiqatbin ekan, albatta mening shaxsimga havola etgan sharafda risolalarni niyat qiladi. Zotan u sharafga umum talabalar hissadordirlar, bir kishiga berilmaydi.}

va nomingizning dunyo va oxiratda ehtirom bilan eslanishiga, risolalaringizning juda buyuk talab bilan rivojda boʻlishiga qattiq umidvorman.

— 94 —

Ha, soʻzlarim qanday haqsiz boʻlsin, eng tahlikali onlarda ham haqni aytishda jim boʻlmagan, juda oliy ruhli, talabalariga har on tasalli nurlarini tarqatgan, Qur'oni Karimning bugungi dalloli muhtarami boʻlgan Ustozim! Sizning dini mubini Islomga boʻlgan bogʻliqligingizga, buyuk muhabbatingizga, yuksak sa'yingizga mukofot tariqasida hasanot daftaringizga Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlari had hisobsiz ajrlarni yozishini rahmati Ilohiyadan niyoz etaman.

Bugungi bashariyat sizdan va Risolat-un Nurdan qanday qarzdor boʻlmasinki, samomizda kezgan quyoshning sochgan va har on botishi bilan bir boshqa olamni koʻrsatgan nurlari kabi emas, Qur'onning arshi a'zamidan kelgan nurlari bilan oʻlmas, tuganmas, davomiy nurni risolalaringizda koʻrsatmoqdasiz.

Risolalar, har biri manbalari va oʻzanlari boshqa-boshqa lekin bir okeanga toʻkilgan daryolar kabidir. Bu soʻngsiz daryolarning qaysisiga borgan inson nega toʻygunicha suv ichmasin? Qoʻl va yuzlarini tozalashni istaganlar, qanday qilib bu daryolardan istifoda etmasin? Yerlarini sugʻorishga ariqlar qilib qaysi tarafga qaratilsa, azim jamoatlar nega fayz olmasin?

Bu daryolarda shunday katta shifolar borki, xastalar ichsa, unda har qanday davoni topadi. Yaralilar ichsa, ming turli yaralariga malham topadi. Keksalar ichsa, abadiy hayotning jasur oʻsmirlaridan boʻlishadi. Yoshlar ichsa, ikki dunyo saodatini bir onda qoʻlga kiritadilar.

Risolalarni oʻqiganlar, suyukli Ustozim, sizning qanchalik buyuk va oliy qalbga ega boʻlganingizni tan olish uchun, bilmayman tafakkurga ehtiyoj bormi?

Shuncha vaqtdan beri "Qur'oni Azimushshonning dalloliman va bu muqaddas vazifamni hech narsaga almashtirmayman" degan e'lonlaringizga, navbatdagi nashr qilingan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifalik Sakkizinchi Ramzi yana bir bor quvvat beradi va koʻrsatilgan haqiqatlarga maftun boʻlmaslik mumkinmi?

Oh sevgili Ustozim, til va qalamim uygʻun boʻlsa edi, har bir risolani loyigʻidek madh qilib taqdim etsam. Afsus, hamma narsada boʻlgani kabi, bu xususda ham faqirman.

Ha sevgili Ustozim! Sevinchimizni ortirgan yana bir masala bor. U "Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan nukta-i Qur'oniya" nomli nashr qilingan ikki sahifalik Qur'onning hijo harflarining bu qismga qoʻshilishi, bu qismning ham, biz yozayotgan tavofuqli va xoshiyali Qur'oni Karimning bosh tarafiga, hamma foydalanishi va fayz olishini osonlashtirishga binoan kirgizilishi haqidagi oʻzlarining munosib koʻrishlari bilan boʻldi. Bu istak bizningcha juda oʻrinli, faqir talabangizning nazarini moziydan hozirgi zamonga, hozirdan istiqbolga qaratdi. Kelajakda porlagan nurlarni koʻrsatib, nihoyatsiz sevinchlarga gʻarq qilyapsiz.

Ahmad Xusrav
— 95 —

(Ra'fatning bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Muhtaram va juda qiymatli Ustozim Afandim!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Ramzini diqqat bilan oʻqidim. Ichiga olgan horiqo ramzlar va ular ifoda qilgan yuksak haqiqatlar faqirga azim istifodalar ta'min etdi. Va meni chuqur-chuqur tafakkurga va tadqiqotga chorladi. Bolaligimdan beri dinga oid haqiqatlarga juda qiziqar va har fursatdan foydalanib tadqiqot va izlanishda boʻlardim. Afsuski, orzuimga erisholmas edim. Shu sabab ya's va umidsizlikka duchor boʻlardim. Hadsiz shukrlar boʻlsin ul Xalloqi Azimgaki, bizlarni xar bir asrda fazilatli xazlatlarilari kabi, kam uchraydigan buyuk dohiyga qovushtirdi. Oʻttiz yildan beri ruhimning juda buyuk ishtiyoq va hasrat bilan kutgan ustozi muhtaramga noil ayladi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ثُمَّ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Modomiki bugungacha bu haqiqatlar hech bir asarda koʻrilmagan va eshitilmagan ekan, xozir yozilishi juda muvofiq boʻlib, oʻqigan har bir iymon ahlining, Qur'oni Hakimning soʻngsiz xazinalaridan bir qism javharlarni qoʻlga kiritish, ham ma'naviy boyliklariga boylik qoʻshish hamda maxfiy xazinalardan xabardor boʻlishdek, inson ruhining eng buyuk ehtiyojlarini qondirdi.

— 96 —

Xulosa: Tavofuqot va rumuzoti Qur'oniya, azim xushxabarlarni ichiga olgan boʻlib, kamoli hassosiyat bilan oʻqib, tadqiq qilinmoqda. Shuning uchun nihoyatsiz hurmat va ta'zimlarimni arz etaman, muborak qoʻllaringizdan oʻpib, Janobi Haqning bizga qalbiy inkishofi ehson qilishi xususidagi xayrli duolarini iltimos qilaman, suyukli Ustozim Afandim.

Ra'fat

(Rushduning bayoni.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Juda qiymatdor va juda muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!

Nurlari bilan qora qalbimni nurlantirgan Maktubotingizdan, i'jozi Qur'oniydan Ixlosi Sharif, Muʻavvizatayn, Fotiha-i Sharif suralari harflarining tavofuqlari sirlarini koʻrsatadigan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini din qardoshlarim bilan birlikda oʻqidik. Koʻp shukr, ming shukr, alhamdulilloh. Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining kalomi Qur'oni Azimi Hakimning sirlariga hayratda qolib, butun qalbim va lisonim bilan ‌اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ dedim.

Ustozim, yangi tavofuqotli Qur'oni Azimushshonning bosh tarafiga Ramzning ilovasi haq va haqiqatni e'lon qilishi maqsadiga muvofiq boʻlsa ham, oʻqigan sari toʻymaydigan va zeriktirmaydigan, har bir oʻqigan kishi sari dunyo lazzatidan ming marta ortiq lazzat olgan, qoraygan qalblarni nurlantirgan, bizga oʻz tilimizda hollarimizni koʻrsatgan, haq yoʻlini koʻrsatgan risola-i pur-nurlaringizda ham birga alohida boʻlishi va Qur'oni Hakimning boshiga mumkin boʻlsa ham arabchasining va hamda turkchasining qoʻyilishi muvofiq boʻladi deb oʻylayman, afandim hazratlari.

Rushdu
— 97 —

(Soatchi Lutfi Afandining bayoni)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

I'jozi Qur'oniyadan Ixlosi Sharif bilan Muavvizatayn va Fotiha-i Sharifa suralarining harflarining tavofuqlari sirlarini koʻrsatgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini olib, oʻqidim. Ushbu nashr qilingan risoladagi tavofuqot hozirgacha oʻxshashi boʻlmagan sirni oʻrtaga qoʻygan. Bu xususga doir mutolaa qilish, quvva-i qalamiyamdan va havsala-i mavjudamdan qat-qat ustun boʻlish bilan birga, afvi Ustozonalariga ishonib: "Nashr qilingan risoladagi izohlar har qanday badbin va koʻr gʻofilni uygʻotishga, hatto butun borligi bilan qoraygan qalblarni nurlantirish va irshodga buyuk dalil boʻlgani uchun, muhtaram Ustozimizning tasavvuriy qarori shaklda, har bir kishining Qur'oni Azim-ul Burhondagi moʻ'jizalarni koʻrishi uchun Qur'onning bosh tarafiga kirgizilishi xususi juda muvofiq koʻrilganini arz qilaman, afandim hazratlari." deyman.

Soatchi Lutfi

(Osim Beyning bayoni)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Ustozimni bu faqirga lutf va karamidan ehson qilgan Qodiri Mutlaq, azal va abad sultoni Janobi Hayyi Loyamut Hazratlariga har daqiqada yuz minglarcha hamd va shukr qilsam-ki, qilyapman, yana yuz mingdan bir qarzimni ham ado etolmayman. لَهُ الْحَمْدُ وَ الْمِنَّةُ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Pur-taqsir bu faqir, uzluksiz oʻttiz toʻrt yillik askarlik hayotimda, bashariyat taqozosi, oz va koʻp ma'siyatning boʻron va toʻlqinlariga duchor boʻlgan, oxiratga oid din vazifasi va qullikda juda ham nuqsonli, gʻaflat uyqusi choʻmib hayot oʻtkazganimni endi anglamoqdaman. Nuqsonli oʻtgan vaqtlarimdan pushaymon va nadomatda boʻlib, avvalgi kulganlarimga hozir yigʻlayapman. Bu siz Ustozimga va risolalaringizga qovushish natijasi boʻlib, yuz minglarcha shukr, Janobi Haq sizni bu faqirga ehson qildi.

— 98 —

Toʻrt yil avval Burdurga kelganimda, qardoshimiz Shayx Mahmad Afandining yoʻl koʻrsatishi va vositachiligida xabarlashishni boshlangan, natijada hikmatli, nurafshon, mushkul-kusho va koinotning yashirin sirini ochgan kalitlarni bu faqirning qoʻliga bergan - risolalar boʻladi. Xullas, oʻsha bebaho kalitlar shunday javohirlar va brilliantlar boʻlib, nima dey, iqtidorsizligimdan til va qalamim qalbimning tarjimoni boʻlolmayapti, ojiz qolyapti.

Shariat, haqiqat va ma'rifat xazina va yashirin xazinalarini ochadigan va ochgan faqat va faqat Nur risola-i sharifalaridir. Nur risolalarining har biri bir-biridan nurli, xususan I'jozi Qur'on "nur-un ala nur". Qanday ta'riflayin, bir odam farahli gul bogʻida gʻoyat kamyob va rangba-rang, xushboʻy latif gullarning qaysisini uzishga, hidlashga, tanlashga hayron boʻlib, hammasidan bir dasta, bir bogʻlam qilishga qaror qilgani kabi; risola-i sharifalar ham yozgan, oʻqigan, tinglagan kishini nur bogʻiga, nur dengiziga gʻarq etib, ham tafakkur qildiradi ham xayratda qoldiradi. Bular hammasi bir gul dastasi emasmi?! Faqat u insonni xayrat va tafakkur sahrosida aqlini ketkazgan sarhush, qilmaydimi?! Butun dunyoviy insoniy va hayvoniy xossalaridan ayrilishiga, Xoliqiga davomli qullik qilishiga, barcha yomon axloqlarni daf qilish, quvishiga va boshqalar kabi hissiyoti bilan hislantirib, nafsi ammorani oʻldirmaydimi?!

Aytishim mumkinki, Nur risola-i sharifalari bir jannatiy bogʻchadir. Bu gulistondan istifoda qilolmagan nasli buzuq, nasibasiz kimsalarga ming-ming afsus. U kabilarga ilhomi Rabboniy berilib, Yigirma Uchinchi Soʻz risola-i sharifasining oxiridagi ikki lavhaning birinchisida aytilgan gʻaflat pardasidan yashiringan narsani, ikkinchi lavhadagi gʻaflatdan uygʻonib xushyorlikka oʻzgartira olsinlar.

Jumla moʻminini muvahiddinning hidoyat yoʻliga qadam bosishlari uchun Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga qovlan duo va yolvorishim hamda amalda hanuz toʻrtdan birini yoza olmagan Nur risola-i sharifalarimning faqirda mavjud boʻlganlarini, ishonganim, muhabbat va yaxshi koʻrganini his etgan qardoshlarga, jumladan (...) kabi muhtaram zotlarga, juma kunlari faqirxonada toʻplangan vaqtda, shaxsan oʻqir va qoʻllariga bittadan Nur parchalaridan berib kechgacha, ba'zan kechalari oʻqishda davom qilinmoqda. Hammamiz Janobi Qodiri Qayyumga ubudiyat va niyozimizni ado etmoqdamiz va Siz Ustoz hazratlariga ham qarz boʻlgan duo-i ustozonalarini yod va zikr qilamiz.

— 99 —

Janobi Zuljaloli val Kamol Hazratlari Siz Muhtaram Ustoz hazratlarini dunyo turgancha Nur Risolalarini rahbarlikda, yoʻl koʻrsatishda va nur dalloligida qiyomatga qadar qoim qilsin, duosini har namozning oxirida singlingiz bilan birga tilimizda vird qilamiz, afandim hazratlari.

Osim

(Ahmad Gʻolibning Soʻzlar haqida bir bayoni.)

Odami ilmi haqiqat soʻzingiz,

Tarjimoni kanzu vahdat soʻzingiz.

Hazrati Haqdan ato-i mahzdir,

Nash'a-i Shiti huviyat soʻzingiz.

Darsi hikmatdan butun ulviy bayon,

Misli Idris, pur-hikmatdir soʻzingiz.

Mavji toʻfoni zalolatdan qalqon,

Kashti Nuhi salomatdir soʻzingiz.

Sarsari ilhoddan qutqargan,

Shu'la-i Hud-u hidoyat soʻzingiz.

Tazkiyatbaxshi qulubi moʻminiyn,

Solihdori omonatdir soʻzingiz.

Vahdatning asrorini e'lon qilgan,

Ul Halil-vash asli millat soʻzingiz.

Baxshi zamzam aylar xayr ahliga,

Ismoili fayzi hurmat soʻzingiz.

Mahzi tahqiqdir, xayolotdan a'lo,

Sirri Isxoqi haqiqat soʻzingiz.

Zumra-i Togʻutni barbod etuvchi,

Lut kabi rukni salobat soʻzingiz.

— 100 —

Doimo kalomullohi notiq sharhidir.

Kanzi i'jozi risolat soʻzingiz.

Dini Haqning nashru tamimi uchun,

Fazli Isroili qudrat soʻzingiz.

Haq jamoli-yu kamolin koʻrsatgan,

Husni Yusufdan ishorat soʻzingiz.

Yoʻqlik ichra borliqqa qoim boʻlgan,

Sabri Ayyubi matonat soʻzingiz.

Mulhid-u fir'avnlarni gʻarq aylagan,

Turi Muso-i shariat soʻzingiz.

Boshdan oyoq mezoni hikmatla rasin,

Shuaybi amnu adolat soʻzingiz.

Zalolat ahlini qilgan chil-parchin,

Xuddi Xoruni fasohat soʻzingiz.

Askari Jolut kufrni mahv etar,

Savti Dovudi xilofat soʻzingiz.

Ma'rifati taqvo, hikmat mulkiga,

Bir Sulaymon amirligi soʻzingiz.

Qisqachasi dardlarga darmon etar,

Dasti Luqmoni darmondir soʻzingiz.

Hujjatingiz qoim ba'su ba'dal mavt uchun,

Uzayr kabi sazovordir soʻzingiz.

Soʻz emas, magʻizdir izohlaringiz,

Doim Vajhi Haqqa ishorat soʻzingiz.

Lubbi lub ma'rifatdir alhosil,

Yuz yuzga haqqa itoat soʻzingiz.

Ahli shavqqa obi hayot baxsh etgan,

Hizri bahrayni valoyat soʻzingiz.

Ogʻir yukdan aqllarni qutqargan,

Nuri Ilyosi riyozat soʻzingiz.

Qullikning afzalini izhor etgan,

Zulkifli ibodat soʻzingiz.

— 101 —

Mone boʻlar kofir boʻlgan ya'jujlarga,

Chunki Zulqarnayni qudrat soʻzingiz.

Sirri tasbehotni talqin aylagan,

Misli Yunus gʻavvosi haqiqat soʻzingiz.

Rahmati Rahmonni faqat zikr etar,

Hamdi Zakariyo-i rahmat soʻzingiz.

Tob bilan sharhi kitobi Haq etar,

Ilmi Yahyo-i varosat soʻzingiz.

Murdani ihyo, koʻrni koʻruvchi,

Nafha-i Iso-i fitrat soʻzingiz.

Mujda-i paymoni qulubi ahli haq,

Mahi-i tariqi fatrat soʻzingiz.

Ahmadning me'rojini aylar bayon,

Shahri ahkomi nubuvvat soʻzingiz.

Haq Taolo doimo pur-nur etsin,

Chunki irfoni saodat soʻzingiz.

Shoni Ustozda nima deysiz Gʻolibga,

Demak, bir iymoni hayrat soʻzingiz.

Ahmad Gʻolib
— 102 —

(Ahmad Gʻolibning Soʻzlar haqidagi arabiy bayoni.)

مُق۪يمُ السُّنَّةِ بِالْاِجْتِهَادِ ٭ قِوَامُ الدّ۪ينِ ف۪ى يَوْمِ الْفَسَادِ
Ijtihodu saʻy gʻayratla sunnatni tiriltirdingiz
Bu asrning fasod kuni dinni quvvatlantirib, yuksalttingiz.
سَلَلْتَ السَّيْفَ عَلَى الَّذ۪ينَ ضَلُّوا ٭ عَنِ الْحَقِّ وَ هُمْ اَهْلُ الْعِنَادِ
Maʻnaviy qilich tortdingiz zalolatdagilarga
Qaysarlik bois yoʻldan chiqqanlarga
بَيَانُكَ كَانَ صَمْصَامًا شَد۪يدًا ٭ عَلٰى اَهْلِ الضَّلَالَةِ وَ الْاِرْتِدَادِ
Bayoningiz zalolat ahliga chaqmoq qilichdir
Murtadu zalolatda kim, qarshisida shiddatlidir
وَ نَادَيْتَ الْجَوَانِبَ هَلْ اَجَابُوا ٭ اِلٰى نَهْجِ الْحَق۪يقَةِ وَ السَّدَادِ
Xar tarafga nido qilib, Haqqa keling! Javob bering! Nurga keling!
Haqiqat yoʻliga kirib, sidq-u ixlosla xar on mahkam boʻling!
اَجَابَ اَهْلُ قَلْبٍ طَائِع۪ينَ ٭ وَ تَهْتَزُّ الْقُلُوبُ بِالْوَدَادِ
Haq yoʻlin qalb ahli, sizga itoat qildilar,
Muhabbatla toʻlgan qalblar, ishqu baxtga toʻldilar.
لَاَنْتَ دَعَوْتَهُمْ سِرًّا وَ جَهْرًا ٭ لَقَدْ جَاؤُكَ مِنْ اَقْصَى الْبِلَادِ
Siz ularni goh yashirin goho ochiq daʻvat qilib,
Uzoq viloyatlardan kelganlarni nurlarga band qildingiz.
فَمَا اسْتَغْنَوْا عَنِ الْاٰيَاتِ طُرًّا ٭ لِاَنَّهُمْ اَتَوْكَ بِاِعْتِمَادٍ
Haq yoʻlida koʻrishdi sizni, istamadi dalil isbot,
Chunki toʻgʻriligin ishonmishlar, sizga tayanmishlar.
رَاَوْ ف۪ى نُطْقِكُمْ نُورًا جَلِيًّا ٭ فَيَوْمًا بَعْدَ يَوْمٍ مُسْتَزَادٌ
Koʻrishdi sizning nutqda porloq nur,
Kunma kun ortdi qalblarda nur, yuzlarda aks etmish surur.
فَتَحْتَ عَلَيْهِمْ اَبْوَابًا كَث۪يرًا ٭ مِنْ اَقْسَامِ الْعُلُومِ بِالرَّشَادِ
Ochdingiz koʻp Haq yoʻllarin, omiydan to xoslargacha,
Asmo-yu sifatda aks etgan turli ilmlar to arshgacha.
جَزَاكَ اللّٰهُ مِنْ خَيْرٍ كَث۪يرٍ ٭ وَ اَعْطَاكَ الصَّفَا ف۪ى كُلِّ وَادٍ
Alloh xayrla mukofot bersin, ey muhtaram,
Hamda buyuk hotirjamlik ato etsin Xalloqi olam.
وَ يَحْفَظُ قَلْبَكُمْ مِنْ كُلِّ هَمٍّ ٭ وَ اٰثَارَكَ مِنْ طَوْرِ الْكَسَادِ
Hifz aylasin qalbingizni, turli gʻam-u kadardan
Siz sababchi asarlarni hamma ziyon kasoddan.
يُرَوِّجُ نُطْقَكُمْ ف۪ى سُوقِ حِكْمَةٍ ٭ بِاَنْوَارٍ اِلٰى يَوْمِ التَّنَادِ
Hikmat bozorida topsin eʻtibor Ismi Hakiymga sazovor nutqingiz,
Nurlantirsin to qiyomat bu bechora davr zulmatin.
اَلَا لَا تَرْتَعِبْ عَنْ دَعْوَةِ النَّاسِ ٭ فَبَشِّرْ قَلْبَهُمْ وَ اللّٰهُ هَاد۪ى
Ustoz chekinmang, chaqiring Qurʻonga, xalqni Haqqa daʻvat,
Bashorat bering mukofotni, sevinsin qalblar, Allohdandir hidoyat.
***
— 103 —

(Soʻzlar haqida Murod Afandining bayoni.)

Aziz Doʻst!

Maʻorif daryosidan irfon osmoniga Ilohiy havo bilan joʻshib otilgan va irfon samosidan maʻofir zaminiga Ilohiy havo bilan tushgan maʻrifat yomgʻirini va joʻshqin hikmatni zaminu osmon orasida sayrga shoʻngʻigan edim. Shu bilan birga joʻshgan daryoning qa'ridan, bayon sohiliga bahosini taʻriflab boʻlmaydigan javharlar kelar edi. Bulardan bir miqdor boʻlsa ham olishga iqtidorim yoʻq va yetmas edi. koʻrib olib bilgan narsam, badi'ning jilvasi bilan badi'iyotning nash'asi bilan hayratdir.

Murod

(Sabrining bayoni.)

Oʻn toʻrtinchi asrning ellik ikinchi yiliga yetishib, qatʻiy hukmlari bilan moʻminga baroat va gunohkorga abadiy yoʻqlik hukmining bajarilishi va ijro etilish kunigacha boqiy qoladigan azaliy Subhoniy qonunlarning hammasini mahv va yoʻq etish botil amallar va munofiqona fikrlarga tushgan ahli zalolat, ilk qadamini tashlashni istashadi. Amalga oshishidan avval kashf qilib, biz poʻlat qal'a deb ta'bir etgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning mufassir va mumassili - Nur daryosi zohiran oʻttiz uch adad, ma'nan oʻttiz uch million farqli va koʻplab olmos, marvarid va javohirlarni vujudga keltirgandan soʻngra, asl qal'aning nurli va muhim tashkilot doirasida tartiblab, baquvvat oʻrnatilishi kerak boʻlgan hangomda, eng oddiy xizmakor, haddimdan yuz ming marta ortiq muqaddas vazifaga, bu ojiz qul ham, tayinlanishi va qabul etilishdagi Subhoniy tavfiqotga javoban, Rabboniy sajdagohda mutolaa va riyo boʻlmasin, shu foniy vujudimni orom olmasdan yoʻq qilsam ham muqaddas vazifa doirasida, bir daqiqa musharraf boʻlishim evaziga loyigʻidek qullik qilola olmaganim uchun,

اِلٰه۪ى اَنْتَ ذُو فَضْلٍ وَ مَنٍّ وَ اِنّ۪ى ذُو خَطَايَا فَاعْفُ عَنّ۪ى

qasida-i sharifasi bilan qullikni arz qilish bilan kifoyalandim.

Xulusiyi Soniy Sabri
— 104 —

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu hol qarshisida oʻzimni oʻylayapman. Va yana, men bel bogʻlagan qudsiy xizmatga qarayapman. Janobi Haqning lutfu ehsonlariga hamd aytib, shukr etar ekanman, bir doʻstimiz aytganidek, men ham oʻzimga:

Ha Xusrav, sen yaxshi emassan, tutgan yoʻling yaxshi, goʻzal, porloqdir. Undanda chiroyli, undanda porloq va ulardan yanada nurliroq yoʻl topa olmaysan.

Suyukli Ustozim, sizdan qarzdormiz, risolalardan qarzdormiz. Bizni sizga va risolalarga ulashtirgan Janobi Haqdan qarzdor va mutashakkirmiz va homidmiz.

Suyukli Ustozim, maktubingizda mening charchaganimdan baxs qilmoqdasiz. Ha, ba'zan charchayman, lekin ruhim charchab istirohatni istagan nafsimni vazifaga da'vat etadi va balki bugungi saʻyu harakatim kafforat-uz zunub - gunohlarimga kafforat boʻlar. Chunki Janobi Haqning rahmati keng. Bu tushuncha bilan shavq va sevinchga qarab borar ekanman, yozuvlarimning qiymatdor Ustozimni xursand qilishi bu holimni qat-qat ziyodalashtirmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Ahmad Xusrav

(Kichik Zuhduning bayoni.)

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini kechqurun faqirxonada Bakir Ogʻa bilan birga ba'zi xususiy birodarlarimiz bilan birga oʻqidik. Oxirgi risola dinsizlarni lol etishga kifoya qilishiga hammamiz xulosa qilib, iymon keltirdik.

Kichik Zuhdu

(Sabrining bayoni.)

Vaqti-vaqti bilan ahli zalolat dinimizda muqaddas hisoblangan narsalarga qilayotgan hujumlari sabab ruhimda chiqqan yaralarning ogʻriqlari bilan azoblanayotganimda, muhtaram Bakir Ogʻa Hizr kabi yetishib, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini, dardimga darmon sifatida berdi.

— 105 —

Ha, Qur'on dorixonasida tayyorlangan dorilar va faqat mingdan bir nisbatidagi hikmatidan ushbu yashirin durni, savol javoblar, ishora va ochiq bayoni bilan davolab, gʻamli qalbimni xursand qilganda, xafa vijdonimni nurlantirganda va ma'yus ruhimni xushnud etganda: "Rabbim yordam ber! Rasuling va Habibing Muhammad Mustafoning (ASV) haqiqiy ummatiga tuganmas hikmat xazinalari baxsh etgansanki, bu muqaddas xazina 1351 yil azaliiy hukmlari va abadiy farmonlari bilan boqiy hayot ehson etganki, anbiyolarning haqiqiy vorislari hisoblangan mashxur olimlar eng qisqa oyatdan qanchalab cheksiz haqiqatlar istinbot va istixroj qilib ummati Muhammadning majruh qalblarini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning obi hayoti bilan tiriltiryapsiz. " deyman.

Ey Malik-ul Mulk, ey Xoliqi Zuljalol, ey Hokimi Bemisol! Zoti Azamati Kibriyongga iltijo bilan: Qur'on hukmlarini yuksalt, tariqi Ahmadiyani sobit qil, paygʻambarlarning haqiqiy vorislarining istak va maqsadlarini yengillashtir, osonlashtir, bu bechora qullarini Qur'oni Azimushshonning nuroniy doirasida baxtiyor shaklda i'loyi kalimatullohni koʻrsatmasdan boqiy olamga koʻchirma", deb niyoz qilaman zohiriy va botiniy koʻzlarimni Qurʻon lavhalari bilan pardaladim, Ustozim Afandim.

Pur-qusur talabangiz
Sabri

("Soʻzlar"ni mushtoqlarning qoʻliga yetishtirgan qardoshim Bakir Ogʻaning bayoni.)

Qoʻlimizdagi Qur'on haqiqatlarini jamlagan Nur Risolalari xar on va xar doim bizni haqiqat yoʻlining nurlariga gʻarq etib, hozirgi davr iymon ahlining qalbidagi iztirobni ketkazmoqda.

Haqqa shukrlar boʻlsinki, iymon ahliga hujum qilgan va bardosh qilish mumkin boʻlmagan holatlar qarshisida iymon va irshodning nuroniy doirasi ichida, haq va haqiqatga loyiq vazifada ishlatilmoqdamiz. Davrimizda yagona tasalli topadigan nuqtamiz boʻlgan, faqat Arhamurrohimiynning sizning vositangizda, ato etgan haqiqatlari hisoblanadi. Shukronalarimga tilim tarjimon boʻlolmaydi. Nima deyishni bilmayman. Ayta oladigan narsam, kutgan umidim, mening va iymon ahlining, ayniqsa risolalar bilan aloqador qardoshlarimning ikki dunyoda baxtli boʻlishlarini va ayniqsa boshda Ustozimizning muqaddas va juda azim xizmatidan, Xoliqi Koinot hazratlarining roziligini tilashdan iborat boʻlib qolmoqda. Bugun ranjituvchi holatlardan xafa boʻlmaslik mumkin emas. Alloh yaxshi qilar, inshoalloh. Men johilman, bu qadar yoza oldim. "Soʻzlar"ning qiymatini ta'riflashdan ojizman. Qancha yozmay, ushbu asarlarning qiymatining mingdan birini koʻrsatolmaydi.

Talabangiz, Amrulloh oʻgʻli
Bakir
— 106 —

(Tariqat haqidagi Talvihoti Tis'a munosabati bilan yozilgan.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Suyukli va qiymatdor Ustozim, Afandim!

Hofiz Ali Afandi qardoshim bilan yuborilgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Toʻqqizinchi Qismini juda katta sevinch bilan olib, oʻqidim. Qisman qardoshlarim bilan, qisman bir oʻzim besh-olti marta oʻqisamda, bu risolaning bergan nuroniy fayzlari qarshisida oʻqigan sari oʻqish ehtiyojim ortdi. Yillardan beri mushtoq boʻlgan tariqatimning bunday oliy, pok, buyk haqiqatlarini oʻrgatgan qiymatli risolani qoʻlimdan tushirmayapman. Har oʻqiganimda boshqa bir zavq beryapti va birodarlari boʻlgan boshqa risolalar kabi, har boqishda boshqa bir goʻzallik, boshqa bir latofat koʻrsatgan bu risola va ichidagi buyuk va oliy haqiqatlarni oʻqigan lavhalarning mundarijalarini, yaqin toʻrt-besh yildan beri qidirayotgan, topolmayotgan edim.

Suyukli Ustozim, Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Okean ichida yashab, suvsiz qolishlari sababli emas, balki oʻzlarida qiymatli narsalarning chiqishi uchun, Aprel yomgʻiriga qattiq ehtiyoji boʻlgan baliqlar kabi, mening ham ushbu risolaga qattiq ehtiyojim bor edi. Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq hazratlariga benihoya shukr boʻlsinki, hayotimning qorongʻu sahifasini istaklarimning ustida juda ustun shaklda nurlantirdi.

Ha, bu risolaning faqir talabangizda hosil qilgan ta'sir va taʻassurotlarini qalam bilan ifoda qilishdan har doim ojizman. Kichik-kichik jumlalari va kalitlari bilan juda katta dafina va xazinalarni ochgan, azim girdoblarni yopgan va tariqatning pok, oliy va juda yuksak fayzli, sururli, zavqli, toʻyilmas va tashlanilmas yoʻl ekanini dars bergan qiymatdor risolani juda muhim deb bilaman. Ayniqsa tariqatga mansub, xorijning ayblovidan qochgan yoki oʻrganishni, anglashni xohlasada, yetisha olmagan va aloqador boʻlishni istagan qardoshlarimni risolaga erishishi sababli tabriklashda oʻzimni juda haqli koʻryapman.

— 107 —

Qiymatdor Ustozim!

Risolaning qolgan qismining ham, tez tugatilsa, foydalanish va fayz olishimiz uchun yuborilishini, qoʻl va etaklaringizni oʻpib iltimos qilaman. Tugatish va yuborilishiga birodarlarim bilan birga sabrsizlik bilan kutayotghanimizni bayon qilaman, Afandim Hazratlari.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Haqir Talabangiz
Ahmad Xusrav
***
— 108 —

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING UCHINCHI QISMI VA UCHINCHI ZAYLNING OXIRI

(Ikkinchi Sabri va Ikkinchi Xusrav va Birinchi Alining bayoni.)

Ey Ulugʻ Ustoz!

Sizga muazzam Kitobi Mubinning haqiqatlar xazinasining kalitini, rahmati bilan ehson qilgan Janobi Arhamurrohimiynga koʻp shukr boʻlsin. Butun dunyo xalqining juda qattiq ehtiyoji boʻlgan azim haqiqatlar va chanqoqlik bilan, sabrsizlik bilan, ikkilangan, hayron, "Ajabo, bir obi hayot topamizmi?" degan holatda ekan, Qurʻon haqiqatlarining himoyalangan va yashirin, xayratda qoldiruvchi muborak va shirin buyuk bulogʻini ochib, har bir mashrab ahlining murojaatlarida ichilmasligi mumkin boʻlmagan, juz'iy-kulliy, hatto juda omiylar ham haroratini bir tomchi bilan tushiradigan darajada oliy vazifangizda tarqalgan, qiyinchiliksiz, sunʻiylikdan uzoq, koʻp jihatdan komil qanoat bilan guvoh boʻlgan bu vazifa xodimi va faqat soʻngsiz ilmdan porlagan, arshi Xudoga nazar bilan olamga rahmat vositasi boʻlgan paytingizda qanday taʻriflash mumkin, bunga jasorat yoʻq!

Boshdan oyoq nurga toʻla asarlarning mumkin boʻlgan hamma narsaga aloqador, bepoyon va xoslarning xosi ham batamom ustun darajada foydalanishi mumkin. Bu faqir kabi yarim emas, hechning hechi boʻlganlarning, bu xususda mutolaa emas, qoʻlimga qalam olib muborak oliy fikrning ichiga chalkash fikrimni qoʻshishdan qoʻrqaman, jasorat etolmayman. Bosh maqsad, Ustozim, qisqa nazarim bilan qaraganimda, har xususda muvaffaq boʻlsin. Biz uchun muvaffaqiyatlar natijasi boʻlgan muborak kunlar uzoqqa oxshab tuyulyapti. Inshoalloh oʻsha va'da qilingan kunni duongiz himmati bilan koʻramiz. Biz koʻrmasak, buyuk futuhotga noil boʻlgan asarlaringiz juda yuksak mavqeda qahramonlik bilan koʻrishi shubhasiz. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi boʻlsin, qoʻlimdan ojiz duodan boshqa narsa kelmagani uchun, fikri oliy, qalbi sof qardoshlarimga havola etib, qoʻl va etaklaringizga yuzimni surib, betartib soʻzlarimdan afvingizni soʻrayman.

— 109 —

Ustozim, Uchinchi Nukta-i Kanziyani mutolaa etdim. Muborak Alaq surasining harflari ishorat qilgan sirlar qarshisida hayratimdan ixtiyorsiz, "Alloh, Alloh" lafzi jaloli ogʻzimdan chiqishi koʻzlarim mungli yoshlanardi va hayolimga shu kelar edi: Koinotning har bir zarrasi Xoliqi Koinotning borligiga shahodat qilib, tabassum bilan xabar beradi. Xuddi shuning kabi, koinotning xaritasi boʻlgan Qur'oni Hakimni tashkil etgan harflari ham koinotdagi xodisalarning moziy, hozirgi zamon va istiqboliga hol tillari bilan guvohlik qilishlari yaqqol. Bu tushunchamning izohini oxirdagi eslatmasida topdim, alhamdulilloh dedim.

Xususan muborak Rahmon surasi davrimizning botil fikrlar va fir'avn yoʻlini tutgan kimsalarga momoqaldiroq-misol ovoz bilan juda ochiq suratda barcha ishlar Rahmonurrahimniki deb isbot qilgan. Oʻttiz bir marta bir jumla takrorlanib, axlatdan iborat tabiatparast va moddaparastlarni muqaddas harflarining ramzi bilan ostin ustun qiladi. Ustozim, koʻp yerlarda bayon qilganingiz kabi, koinot kitobini ochgan Qodiyri Zuljalol va Hakiymi Zulkamol kitobni yopgunicha, sahifa, satr, harf va nuqtalarini loyigʻidek izoh qiladigan va hikmatini koʻrsatadigan mufassir va muarrifning haqiqiy vorisini rahmati taqozosida yoʻq qilmaydi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Ha Ustozim! Shohidmanki, juda charchagansiz va charchayapsiz. Lekin vazifaning muqaddasligi charchashga emas, hamma narsadan ustun tutilishini aytmoqdasiz. Modomiki bu davrda ikki muhim buyuk jarayon bor. Birining qoʻmondonligini Janobi Haq sizga yuklagan boʻlib, butun dunyo ma'nan Qur'onning bayon va sirlarini sizdan tinglamoqda, inshoalloh har doim tinglaydi. Ma'naviy urush zamonida urushning sababli faqat insonlar mahv boʻlmaydi, balki oʻz manfaati yoʻlida foydalangan buzgʻunchilar butun mavjudotni yoʻq qiladi. Shunday ekan, siz faqat bizga emas, qiyomat kunigacha musulmon farzandlarning yaralanmasligi uchun sovut va quroli bilan dunyoni larzaga solgan pastkashlar guruhini boʻgʻuvchi tutunlar ichida qoldirgan, Qur'oni Hakimning soʻnggi usul muborak xomashyolarini chiqishiga vasilasiz. Bor boʻling ey suyukli Ustozim! Rabbim charchogʻingiz evaziga ming gʻoziyning savobi ehson qilsin, omin.

— 110 —

Marhamatingizga ishonib shuni aytamanki: Modomiki xozir ma'naviy jihod davri ekan, biz vazifador askarmiz va askarlikdan lazzat olayotganimizni aytmoqdamiz; dushman ham dassos, ham koʻrinishdan quvvatlidir. Qilich dushmanga qarata tortiladi dasturiga muvofiq, sizning xavotirsiz va oromsiz sa'y harakatingiz koʻz oʻngida ekan front-jabhamizga hiyla tuzogʻi sanalgan mansab sevgisi va dunyo sarmoyasi kabi juda jozibador narsalar bilan bizni aldashganini bilishimiz kerak. Jabhamizni tashlab, oʻtkinchi narsalarga aldanib, juda muborak va muqaddas narsalarning oyoq ostida qolishiga sabab boʻlmaslik uchun, faqat va faqat Janobi Kibriyoning azamat va qudratidan, shumulli rahmatidan, Shohi Lavlakning himmati ommasidan, Zoti Ustozonalarining maqbul duolaridan kecha-yu kunduz hissador boʻlishimizni niyoz etaman, bunga iymonim bor va har daqiqa oromsiz kutaman.

Hofiz Ali
(Rahmatullohi Alayh)

(Xulusiy Beyning bir bayoni.)

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismi

1- Islomiy shiorlarining oʻzgartirilishiga aslo rozi boʻlmagan va bardosh berolmasdan quloqlarini yopganlarning fikrining haq ekaniga qat'iy bir hujjat.

2- Haddan ortiq izohlar bilan "zohiran tengnman" deganlarni, birinchi guruhga qoʻshadigan ta'sirli bir quvvat.

3- Ulamo-us su guruhiga shiddatli bir ta'zir.

4- Har xil nom va vasilalar bilan, dinsizlik gʻoyasi maqsadida bid'atlar chiqarganlarga, kuchli qudrat zarbasi va tavqi la'nat.

5- Beshinchi va Oltinchi Ishoralar, dunyoni isloh qilish shaxsan Hazrati Mahdiyning chiqishiga bogʻliq degan fikrdagi guruhga, bu zoti oliyshonning ham bu ishni qila olishiga shubha qilganlarning, bu vahimalarini bartaraf qiladigan, ishonchlarini ta'minlaydigan oʻta kuchli kundek haqiqat.

6- Yettinchi Ishora, bu asrning eng ma'qul mujohadasining uslubini koʻrsatgan, ayni hikmat kabi xususiyatlarni jamladi.

— 111 —

Ojiz qardoshingizning qisqa vasfi, albatta ojizligiga shahodat qiladi. Yoʻqsa bu haqiqatlarni loyigʻidek vasf aylamoq bu bechoraning haddi emas.

Dunyoviy mashgʻuliyatlarim, xususiy ishlarimiz va padarimga yordam berishimga oʻxshagan majburiy hollar va tuygʻular, avvalu oxir aytganimdek, Qur'on xizmatidagi vazifamga koʻp moneʻ boʻlmoqda. Nima qilay? اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ deyman. Duongizga juda muhtojman va muhtojmiz. Biz har vaqt suyukli Ustozimizni duo qilamiz.

Xulusiy

(Sabrining bayoni.)

Ustozi Akramim Afandim Hazratlari!

Kamida, qirq yildan beri haqiqat olamida nurlar sochgan nuroniy, muqaddas, fayzli soʻzlarning hammasi, butun bosqichlarida tariqat va sayri sulukka oid derazalarni ochib, mushtoq qalblarga tomosha va koʻz qamashtiruvchi chaqmoq misol تَعَالَوْا اَيُّهَا الْاِخْوَانِ balogʻatli nidosi bilan da'vat etayotgan ekan, durbin bilan qarovchilar oshkora koʻrib va tinglab iltimos qilayotgan boʻlishsa ham, bu purqusur qul ular bilan yelkama-yelka yurgan, tariqat nima ekanligini, fayz quyoshining chiqish joyi va najot zafarining manbai - Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning toʻqqiz saodat lavhasini jamlagan Toʻqqizinchi Nuktasini qoʻlimdan kelgancha oʻqib oʻrgandim. Undan tuganmas fayz va cheksiz turfa zavqlarni ichiga olganini yana bir kara tasdiqladim. Alhamdulilloh, shu nukta vositasida muhtoj qalbimga behisob nurlar baxsh etildi.

Qalbim his qilib, tilim ifodaga qodir boʻlolmay, haqiqat dengiziga shoʻngʻib, ushbu oʻta qiymatli asarning minnatdorlik va shukr qilishga loyiq ekanini aytaman. Qolganining davom etishi va yozilishini jonu dildan talab va orzu qilar ekanman, ilovasi uch talvih ham ehson qilindi.

Xotimasi tahlikalardan qutulish chorasini koʻrsatgan irshod va tanbehlari bilan, jiddiy bir saodat lavhasi va yangilangan hayot sababchisi boʻldi. Ajabo, har on, eng oz ming xil saodat mevasi bilan ozuqlanishdan qochgan va buyuk jaddaga aslo loyiq boʻlmagan, boʻhton va tuhmat pardalarini koʻrib, tengsiz mash'alni soʻndirishni, zulmat va zalolat vodiylariga yoʻl ochishni istagan loqaydlarga nima deyish kerak?

— 112 —

Benazir otashlari bilan hozirgi asrni tiriltirgan, nurlantirgan hamda istiqbolning chizmasini loyigʻidek tartiblagan va mustahkamlagan Nurlar abadiyan bardavom boʻlsin. Bari-i Taolo Hazratlaridan, pur-nur asarlarning butun ummati Muhammadga (S.A.V.) bildirishga muvaffaqiyat va muyassariyat ehson qilishini tilayman. Omin.

Sabri

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim Afandim!

"Kanz-ul Arsh" duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniyada, qilgan xatoimizni qanday qarshilanganini soʻragan va xato sabablarini bizga izoh qilgan sevimli maktubingizni oldim. Bu qismi Kavsar surasining latif va yuksak tavofuqlarini koʻrsatgan Oltinchi Ramz bilan, va buyuk bir fotihdan ham buyuk tariqatga oid qismi bilan birga oʻqidim.

Bu hafta sevinchim va shavqim juda yuqori edi. Bir tarafdan yillardan beri chop qilinishi va olami Islomga nashr qilinishi uchun koʻchirilgan qiymatdor haqiqatlar xazinasi ishonchli vodiylarga yuborilayotgan edi. Boshqa tarafdan, bahorning jozibador goʻzalligidan juda ham yuksak bir nuroniyat bilan qarshimizga chiqqan "Yigirma Toʻqqizinchi Maktub"ning har bir qismidan olgan ma'naviy zavq ichida yashayotgan edik.

"Kanz-ul Arsh" duosining fayzidan kelgan ikkinchi nukta-i Qur'oniyani maktubingiz kelmasdan avval doʻstlar bilan birlikda takror oʻqidik. Hech birimizda tadqiq qilish maqsadi boʻlmagani uchun, oʻn daqiqa ichida yozilgan bu qismning nuroniy otashlari orasida qoldik. Oʻqirkan, ogʻzimizdan ora-sira chiqqan hayrat va taajjub sadosidan boshqa bir narsa eshitilmas va yuzimizdan oqqan shodmonlik, biz his qilgan ma'naviy zavqni ta'rifga kifoya edi.

Suyukli Ustozim!

Har bir risola oramizda juda buyuk bir sevinch bilan kutib olinganini, hayrat bilan oʻqilgani, loyigʻidek hurmat koʻrgani uchun, nima boʻlganda ham qilgan xatoim haqidagi maktubingizni olgan vaqtim, qiymatdor Ustozim bu holni bizga eslatmasaydingiz, biz hech qachon u bilan mashgʻul boʻlmas edik va xatosi bor deganlarga haq da'vo qilishimizda hech ikkilanmasdik. Kavsar surasining va Sakkizinchi Ramzning harflarning tavofuqlari ustida bir-bir tadqiqot qildik va hech birida nuqson topolmagandik. Bu tadqiqotimiz asosan kamchilik qidirish maqsadida emas, aksincha ma'lumotning tarqalishi va ma'naviy ozuqamizni olmoq uchun edi. Bu oqshom faqirxonada Ra'fat, Lutfi, Rushdu Afandi birodarlarim bilan oʻtirgan, bu xususda takror gaplashgandik. Hammamiz: "Ustozimiz bizga aytishda hech bir narsadan chekinmasligini bilamiz. Bu hol bizlarga kifoya. Hozirgacha bunday bir narsa sodir boʻlgan emas. Bu xususda eng katta guvoh; bu risolalar, ilmni shaxsidan deb bilgan kishilarning qoʻlida boʻlsa ham, ularni ham tasdiqqa majbur qildi.

— 113 —

Suyukli Ustozim! Bu hodisalar fikrlarimizni yanada quvvatlantirmoqda va sizga yanada koʻproq bogʻlamoqda. Har xususda bizni himoya qilayotganingiz va avaylayotganingizga kifoya va yanada qat'iy bir burhon oʻrniga oʻtgan hisoblanadi.

Suyukli Ustozim! Bu hafta qoʻlyozmangiz bilan juda koʻp zahmat chekib, ming qiyinchilik ichida yozgan, Qur'ondagi butun tavofuqlarni koʻrsatadigan yana bir nuktani oldim. Bu nukta kabi umumiy, faqat yana tarzlari boshqa-boshqa ikki tavofuqlar roʻyxatining yozilishi ishora qilinmoqda. Ularni ham sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va charchoqligingizni eslagan sari, yuraklarimiz ingraydi. Janobi Haq sizlarga loyiq bir tarzda koʻp xayrlar ehson aylasin. Omin!

Xusrav

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim, Muhtaram Afandim!

Qur'oni Karimning oyat, soʻz va harflarida koʻringan ixtilof bartaraf qilinishi uchun qaytadan haqiqiy va asosli shaklda aniqlanishi haqidagi xazratlarining ishorat qilishlari haqiqatdan xushxabar berishga loyiqdir. Bu va bu kabi folatlar bizni Ustozimizning buyuk va umumiy vazifasida har doim Janobi Haqdan muvaffaqiyat talabida boʻlishga chorlaydi. Ayniqsa birodarimiz Hoji Nuh Beyga yozilgan maktub surati va bunga oʻxshash boshqa maktublar hayotimizni oʻzgartirgan va kelajak hayotimizga nurlar sochgani kabi, bugungi insoniyat giriftor boʻlgan riyokorlik, xushomadgoʻylik va tilyogʻlamachilik va shunga oʻxshash juda koʻp razil axloqdan qutqargan va xar birining oʻrniga goʻzal axloq koʻchatlarini oʻtkazib, yuksak va ta'sirli daraxtlarning vujudga kelishiga sabab boʻldi. Bugungi insonlarning tuygʻularidan butunlay boshqa bir hayotga chorlagan va har on "Xoliqimiz bizdan nima qilsak rozi boʻladi va bugun hayot sahifamni qanday amal bilan yopaman. Ajabo, biz ummati boʻlgan suyukli Paygʻambari Zishon Alayhissalotu Vassalom Afandimizning, zalolat yoʻlini tutgan yoxud zalolatga tushgan kimsalarga ergashgan ummatlarini qanday qilib hidoyat yoʻliga keltirmoq uchun harakat qilsak, Paygʻambar (S.A.V.) xushnudligini jalb eta olamiz", degan his va gʻoyasi bilan yashatmoqda.

— 114 —

Qiymatdor ustozga har qadamda ergashishni sevgan talabalaringizning ruhlarida, ustozlarining eng chiroyli "Qur'oni Azimushshonga fido boʻlgan bu bosh boshqalarga egilmaydi!" soʻzi hayotimizda eng chiroyli va eng buyuk bir kalit va bir dastur boʻldi.

Bu hayotda bu zavq bilan yashaganimiz uchun, bu vodiydagi qoʻrquv deyilgan mavhum quvvat talabalaringizning haq yoʻlida koʻrsatgan jasoratlaridan qoʻrqmoqda. Rizo-i Ilohiy yoʻlida keladigan har qanday holatga mamnuniyat bilan qarshi turishni, ustozlarining holidan har kun va har on dars olgan talabalaringizga va birodarlarimga xayrli muvaffaqiyatlar va saodatlar tilarkan; suyukli Ustozim sizga ham loyiq boʻlganingizdanda goʻzal shaklda va yanada loyiq tarzda Subhoniy lutflarga noil boʻlishingiz uchun duo qilaman va etaklaringizni kamoli hurmat va ta'zim bilan oʻpaman, Afandim Hazratlari!

Xusrav

(Nasuhizoda Shayx Mahmad Afandining bayoni.)

Qur'on Bogʻistoni Bulbuli, Ustozi Akramim, Afandim Hazratlari!

Murshidi akmal, shayxim Hoji Rahmi Sulton Hazratlari, safarbarlikning ikkinchi yilida boqiy olamga koʻchib oʻtdilar. Burdurga tashrifingizdan bir oy avval, marhum Rahmi Sulton bilan birga bir jome'-i sharifda bir qancha jamoat bilan birga, sukuti holi muroqabaga kirdik. Ba'zi valiylar ruhoniy tashrif buyurdilar. Oxirida, siz Ustozim tashrif etdingiz. Bir jazba-i Rahmon zuhur bilan uygʻondim, oʻzimga keldim. Bir oy oʻtib Burdurga tashrif bilan, ba'zi kunlar suhbati irfoniyangizda boʻlib ruhlarimizga ozuqa baxsh qilindi. Shu tuluotimni arz qilishga jur'at qilmoqdaman:

— 115 —

Halqa-i haqiqatda davrondadir ul muborak Ustoz

Qovushtirdilar ruhini, arvohi Anbiyoga uning

Masti mustagʻraq boʻlib hayratdadir muborak Ustoz

Muborak Qur'onning dallolisan dedilar unga

Soʻzlari jondir, uni tutmagan ruhsizdir hamon

Barcha aytgani nuri hikmatdir uning

Me'roji ruhoniyda davrondadir ul muborak Ustoz

Qalbim ichra Nur fayzini koʻrganman hamon

Ichi ummoni vahdatda, tashi sahroyi kasratda koʻrinar Ustoz

Dunyoda, uxroda rafiq boʻlaylik unga

Umid qilaman Mavlom ehson etar biz ojiz qullariga

Nasuhizoda Mahmad, aytdi hamon bu sirlarni

Xazina-i Qur'onning bir kalitidir Hazrati Ustoz.

Nasuhizoda Shayx Mahmad

(Osim Beyning bayonidir.)

Muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!

Bu arizamni taqdim va bezovta qilishga ikki sabab majbur qildi:

Birinchisi: Suyukli Ustozimning oʻtgan iltifotnomalarining bir qismida aytilmoqdaki: "Bu faqir bilan aziz qardoshim Xusraf kabi yuksak, jiddiy, xolis qardosh va talabalarimni umringizmimg oxirigacha Qur'on xizmatida doim aylasin".

Juda aziz Ustozimning duo, niyoz va himmatlariga butun borligʻim bilan omin dedim va doimo ham deyman. Bu Janobi Lamyazal Hazratlariga doimiy niyozimdir. Juda muhtaram va juda sevgan Ustozimning duo va himmati surur, sevinch koʻz yoshlarimni toʻktiradi. Bu parcha va jumladan keyingi ikkinchi qismni aynan yozmoqdaman:

"Va men oʻlganimda sizni orqamda voris qoldirib sevinch bilan gʻamsiz qabrimga kirishni rahmati Ilohiyadan umid qilaman". Shu yeri meni koʻp oʻylantirdi va hech bir daqiqa ustozimning bu orzusi, bu talabi va rahmati Ilohiyadan umidi aqlim, fikrim va xayolimdan hech chiqmaydi. Shuning uchun bu qismga butun zarralarim bilan omin deyman va Janobi Haqning fazlu karamini tazarru va niyoz etdim.

— 116 —

Shu bilan birga, (ey Hazrat, riyo emas, soxtakorlik emas, ichimdan chiqmoqda) koʻngil shunday istaydi va orzu qiladi: Bu faqir Ustozimdan avval qabrga kirsin va siz dori baqoning ilk eshigiga kelgungacha, dori dunyoda boʻlingki, bu faqir va muhtoj talabangizga orqasidan yuboradigan duo va hadyangiz bilan ne'matlanish, shod va masrur boʻlish nasib boʻlsin. Sizning tashrifingizda, Arhamurrohimiyn Rabb-ul Olamiyndan duo va niyozimdir. Ruhim sizni kutib olish sharafi bilan musharraf boʻlishini koʻngil orzuqiladi va hayoti hosil boʻladi.

{(Hoshiya): Haqiqatdan marhumning munojoti qabulga yaqin boʻlganki, oʻsha yili Ustozining oʻrniga, mahkamada, Ustoziga zarar kelmasligi uchun "Ey Rabbim, jonimni ol, La ilaha illalloh" deb mahkamada vafot etib, dori baqoga irtihol etgan. (Rahmatullohi alayhi rahmatan vasiatan.)}

Bu meni koʻp oʻylantiradi. Uchbu istak va niyozimdan ham koʻproq va qattiqroq istagim: Ustozimning dori dunyoda uzoqroq qolishi, muqaddas vazifangizning davomi, haqiqat va hidoyat nurlari boʻlgan Risola-i Nur, Maktubot-un Nurlarning koʻpaytirilishi va yoyilishi bilan, gʻaflat uyqusidagilarning, zalolatda qolganlarning, ahli bid'at va mulhidlarning haq va hidoyat yoʻliga kirishlari uchun boshimizdan ayrilmasligingizni va sizning yoʻqligingiz bilan bizlarning yetim va kimsasiz qolmasligimizni koʻngil orzu qiladi.

Koʻprogʻini aytishni istayman, ammo iqtidor va kifoyatsizligimdan qalamim qalbimning tarjimoni boʻlolmaydi. Har ish kabi, bu orzumni ham Janobi Kibriyoga havola etamiz.

Osim
(Rahmatullohi Alayh)
— 117 —

(Hofiz Alining bir bayoni boʻlib, kichik bir masalada, "Xafa boʻldingmi?" deb izoh munosabati bilan yozilgan.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Hayotimning har holidan qiymatli va u hayotni, parvona-misol, bir amrining bajarilishi uchun otashda yonishga har on hozir boʻlganim qiymatli Ustozim!

Ha, nafaqat bunday haqiqat yoʻlida, hatto bitta qiymatli hadyani ehson etgan Podshohi Zishon uchun o'sha hadyani sarf qilishda ikkilanilmaydi. Shunga o'xshab Ustozim, bizga omonat oʻlaroq va qachon olinishi majhul boʻlgan hayotning va har zamon amriga tayyor va hozir boʻlganim Janobi Mun'imning u omonat ustiga qanday amri voqe' boʻlsa, inshaolloh ikkilanmasdan omonatini qaytarishga tayyormiz. Modomiki siz u Podshohi Bezavolning qurbiyati Ilohiyasida ayni amrini tabligʻga ma'mur hisoblanasiz. Unday boʻlsa, ham muborak soʻzingiz haq va ayni rahmatdir.

Ham Afandim bogʻbon kabi koʻchatlarni oʻstirmoq uchun, zararli hayvonlarning hujumidan bir on avval qutqarmoq uchun, pastdagi shoxalar kesiladi, toki yuksalsin. O'sha koʻchatlarning hech bir jihat bilan haqlari yoʻqdirki, "Bizga g'amxo'rlik qilgan va hayotimizga sabab boʻlgan bizni ba'zan ranjida etadi" deyolmaydilar. Zero asl hollari bilan qolsaydilar, bir zararli hayvon ham uzib tashlar edi va tuproqdagi ildizi ham chirib ketar, yoʻq boʻlar edi.

Ha Ustozim, mubolagʻasiz, pur-qusurlikda mislim boʻlmaganini nafsimga ham ba'zan qabul ettirganim faqat pur-zunub talabangizni tizzalarimga emas, belimga emas, tomog'imga emas, balki boʻyimdan oshgan va balki ichimning ham qora balchiqlar bilan aralashgan va chirishni boshlagan bir zamonda Hizr kabi yetishib va misli Luqmon, Qur'oni Hakimning shifoxonasidan porlagan muolajalar bilan davolashni boshladingiz. Hayot ismiga loyiq bir hayot baxshiga vasilasiz. U hayotni ehson qilganga va vasila boʻlgan yoʻliga o'sha hayotni yoʻq qilmaslik

{(Hoshiya): Mening badalimga shahid boʻlishini his qilgan. Ixlos quvvatining karomati oʻlaroq xabar beradi. Xabar bergani kabi shahid boʻldi.

Said Nursiy}

kori aql emasdir.

— 118 —

Ham bir kasal amaliyotga muhtoj boʻlganini bilishi kerak. Va kasalini kecha-kunduz davolayotgan dorixonachiga yuz minglar bilan tashakkur va o'sha dorixonachiga dorixonani topshirgan Hakimi Pur-kamol, Qodiri Bemisol Hazratlariga nihoyasiz hamdu shukrga qarzdormiz. Va bu qarzimni ado etolmaganimdan juda ma'yusman. Allohu Taolloh sizdan abadan rozi boʻlsin.

Hofiz Ali (RH)

(Xulusiy Beyning bir bayoni.)

Aziz Ustoz, Mushfiq Qardosh, Muhtaram Mujohid!

Oxirgi ikki hafta ichida, ikki martada aytilgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Oltinchi Qismi bilan Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniya va Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzi va Oltinchi Ramzi ismlarini tashigan moʻ'jiznamo asarlarni oldim.

Birinchi Maktub, bashariyat taqozosi bilan juda ham siqilganim bu kunning aynan soatida qoʻlimga oʻtdi. Ha, koʻzlarim bunday bir nurga, aqlim bunday bir darsga, xasta vujudim bunday bir darmonga, istirob chekkan ruhim bunday bir tasalliga, nihoyat zolim nafsim bunday bir ma'naviy tarbiyaga juda ham muhtoj boʻlgan bir zamonda bu asarning yetishishi; ham haqiqatda uch kun keyin pochtaga berilgan ikkinchi asardan toʻqqiz kun avval kelishi qat'iyat bilan koʻrsatadiki; bu ish oʻzidan-oʻzi yoki tasodifiy boʻlgan emas. Aksincha kelgan emas, yuborilgan. Yetishgan emas, yetishtirilgan. Maqsadsiz emas, bu xizmatga yugurtirilgan. Hatto bir dasti gʻaybiy tarafidan eng kerakli bir onda, eng muhtoj va Qur'on xodimlarining eng zaifi, eng ojizi, eng layoqatsizi, eng kuchsizi boʻlgan bu bechora qardoshingizga mahzi asari rahmat va inoyat oʻlaroq taqdim qilingandir. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Yigirma Toʻqqizinchi Makbutning Oltinchi Qismini padarim, Fathi Bey, Domla Abdurrahmon va boshqa bir zot hozir ekan, oʻtgan juma oʻqidim. Men bir necha marta yolgʻiz oʻz hisobimga mutolaa etdim. Oʻqiydigan va oʻqilishi lozim bo'lgan sanoqli zotlarning ham inshoalloh istifodasiga harakat qilaman. Bu nurli asarlar ham erkalatmoq, ham qoʻrqitmoq kabi ikki zid ta'sirga egadir. Insonlarga bu ikki vositadan birining ta'sirli boʻlishi ham shubhasizdir. Xullas, bu haqiqatni koʻz oʻngida saqlagan iymon shartlaridagi asoslarga oʻxshash bir tarzda Qur'oni Hakimning shogirdlarini va xodimlarini haqiqatdan ogohlantiradi va aldanmasliklari uchun olti asosni oʻzlariga haqqi bilan dars bermoqdasiz:

— 119 —

1- Hubbu joh oʻrniga Allohga iymonning bir ma'nosi boʻlgan rizo-i Ilohiyni...

2- Xavf va vahm oʻrniga qadarga iymonni...

3- Hirs va ochkoʻzlik oʻrniga

اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

oyati jalilasi dalolati bilan Qur'onga, kutubi Ilohiyaga iymonni...

4- Manfiy millatchilik hissi oʻrniga barcha jin va insga yuborilgan, Nabiyyi Afham (Sallallohu ta'ala alayhi va sallam) Afandimiz Hazratlarining maslagini;

اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ

va

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا وَلَا تَفَرَّقُوا

kabi oyoti muborakani darxotir ettirmoq surati bilan Paygʻambarlarga iymonni ...

5- Anoniyat oʻrniga ojizlikka, nuqsonimizni e'tirof va Qur'onning tarashshuhotining nashru muhofazasi bobida hissamizga tushgan xizmatni qilmoq va xizmat bilan vazifador boʻlganimizni bilib natijani hisoblamaslik. Ya'ni bir navi bashariyatdan chiqmoq. Kutub va Suhufi Anbiyoni tushirishga vosita boʻlgan maloikaga oʻxshamoq surati bilan malaklarga iymonni...

6- Tanballik va tanparvarlik oʻrniga vazifadorlik... Qudsiy va har soati bir kun ibodat hukmiga oʻtadigan qiymatda boʻlganiga shubha etilmaslik lozim bo'lgan Qur'oniy xizmatga vaqt qoldirmaydigan hollarga qarshi bu xizmatning ulviyatini ham oʻylab, qoʻldan chiqmasdan avval koʻzni katta ochishni, ya'ni oʻlmasdan avval hayotning qadrini bilmoq kabi, qat'iy bir lison bilan oxiratga iymonni dalolatan, ramzan, ishoratan, sarohatan dars bermoqdasiz va ogohlantirish lutfini ado etmoqdasiz.

Allohu Zuljalol Hazratlari sizdan abadan rozi boʻlsin va ummati marhuma-i Muhammadiyani (S.A.V.) zalolatdan qutqarmoq va shohrohi Qur'onga dalolat aylamoq xususidagi ixlosli mujohada va xizmatingizda doim va muvaffaq qilsin, omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn va bihurmati Qur'on-il Mubin!

— 120 —

"Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniya" sarlavhali asar bilan, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzidagi fuyuzot ta'rif va tavsif qilinmaydigan oliy va mustasno bir vaziyatdadirlar.

Birinchida: Barcha Qur'on harflarining adad e'tibori bilan ishora va izoh qilingan tavofuqlari hayrat va taajjubga tushirdi. Toʻrt kichik suradagi harflarning tavofuqlar jihatiga qisman ishora qilgan ikkinchi asar haqiqatdan moʻ'jiznamodir. Nabiyyi Oxirzamon, madori faxri jahon, sababi xilqati akvon va nuzuli Qur'on Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo (Sallollohu ta'ala alayhi va ala alihi va ashabihi va azvajihi) Afandimiz Hazratlarining asari hikmat va rahmat boʻlib, hozirga qadar maxfiy qolgan moʻ'jizalaridan i'jozi Qur'onga taalluq etgan va gʻaybiy tavofuq nomi bilan suyukli Ustozimiz tarafidan mavqe-i intishorga qoʻyilgan bu oʻxshovsiz asarlarga nisbatan men his qilgan ma'naviy zavq va fayzning mingdan birini ham arz qilolmayman. Va mazhar boʻlganimiz bu qadar azim ni'omi Ilohiyaga va karami Subhoniyaga qarshi shukrdan ojizman.

اَللّٰهُمَّ حَصِّلْ مُرَادَنَا وَ مَقْصُودَ اُسْتَاذِنَا سَع۪يدِ النُّورْس۪ى بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ الْمَكِّىِّ الْمَدَنِىِّ الْهَاشِمِىِّ الْقُرَيْشِىِّ

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismidan bir surat Abdulmajid Afandi qardoshimizga yuborgan edim. Javobida jumladan deydiki: "Seydaning bint-ul fikri u goʻzal qizga, Xulusiy bilan Abdulmajiddan boshqa har kim qarasa, joiz emasdir. Mahram boʻlganlar ham bu xususda nomahramdir. Bu kabi qizlarning tashqariga chiqishlari hech bir manfaat ta'min etmaganini va aksincha ulkan zararlarni natija berishi ehtimoli soʻzini Seydaga yozsang yaxshi boʻladi. Eski Saidning hiddati yangisida ham bor. Holbuki Yangi Said inson oʻgʻillari bilan vaqtini yoʻqotmasligi kerak. Maslak va mashrabi shunday taqozo qiladi. Nima boʻlganda ham... Janobi Haq hofizi haqiqiydir".

Bandangiz ham qisqacha shu ma'noda javob bergandim:

Bu mutolaa bizlar uchun toʻgʻridir. Ammo dunyoga orqasini oʻgirgan va ma'naviy vazifa-i ma'murasini ado qilarkan insonlar bilan -Nurlar bilan aloqador boʻlganlari vositasi ila- mashgʻul boʻlgan Ustoz Hazratlari uchun bu fikrni muvofiq deb hisoblamayman. Chunki u zotni bu azim ishda ishlattirgan, albatta muhofaza qiladi. Menga shunday qat'iy qanoat kelganki, agar bizlar Nurlar bilan aloqamizni kessak, Ustoz Hazratlari bizga orqasini oʻgiradi.

— 121 —

Aziz qardoshimizning andishasi, zohirga qaralsa, haqli va juda samimiydir. Faqat zotan jamoati juda sanoqli boʻlgan Nurlar bilan aloqador zotlarning bu haqiqatlardan mahrum etilishlarini va bu qudsiy asarning tamoman qamalishlarini loyiq koʻrmayman va asosga zid deb bilaman. Nosirimiz, homiymiz, muinimiz, hofizimiz Allohdir. Barcha dasisalarni bartaraf etib, muhtaram ustozning vazifa-i qudsiyasiga toza niyat, samimiy his va jiddiy shavq bilan yordam berayotgan qardoshlarimga salom va muvaffaqiyatlariga duo qilaman, duolarini soʻrayman. Padarim, Fathi Bey, Domla Abdurrahmon Afandi, sobiq Muftiy Kamoliddin Afandi, imom Hofiz Umar Afandi va boshqa Soʻzlar bilan aloqador boʻlganlar salom va duo qilmoqda, xayr duongizni istamoqdalar.

Sog'liq va muvaffaqiyatingizning davomini takror altafi Ilohiyadan tazarru va niyoz aylar, muborak qoʻllaringizni kamoli hurmat va ta'zim bilan oʻpar, qusurimning afvini va xayr duongizdan bu bechora siddiqingizni chiqarmasligingizni xossatan arz va iltimos qilaman.

اَلْبَاق۪ى اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ
Xulusiy

(Saidning bayoni.)

(Xulusiy kabi muhim bir talabamning menga yuborgan hadyasfatng qaytarilishiga doir yozgan bir maktubimni, doʻstlarimning munosib koʻrishlariga binoan ularning bayonlari ichiga kirgizildi.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, vafodor oxiratli qardoshlarim Hoji Nuh Bey, Mullo Hamid!

Sizlar men uchun juda ahamiyatlisiz. "Vafodor siddiq bu zamonda yoʻq" deganlarga sizlarni koʻrsataman. Yigirma yil Vanda oʻtkazgan ilmiy hayotim.. men uchun Van juda qiymatdordir. Lillahilhamd sizlar o'sha qiymatdorlikni koʻrsatdingiz. Va Vanga qarshi shiddatli hissiyotimga toʻliq muqobala etmoqdasiz. Sizga ibrat olinadigan bir voqea aytaman, shundayki:

— 122 —

Oʻtgan yil Barlali, Istanbul tijoratida boʻlgan Bekir Afandining sherigi Mahmad Afandi vositasi bilan bir maktub oldim. Maktub hayratomuz oʻlaroq menga koʻrindi. Chunki Xulusiy Bey, "Nuh Bey bilan koʻrishdim" deya u maktubda menga yozmoqda. Ayni maktubda ukam Abdulmajid ham Mullo Hamidning salom va duosini menga yozmoqda. Ayni maktubda Nurshini Sufloda Mullo Abdulmajidning yozuvi va imzosi bor. Fasubhanalloh dedim. Men eng ko'p sevgan bu insonlarning boshqa-boshqa mamlakatda boʻlmoq bilan birga, bir maktubda bularning birlashishlari tavofuqli bir lavha-i tomoshadir.

Bu yil yana u Mahmad Afandi Egʻirdirga kelgan. Yana Nuh Beyning ayni telegrafini u zot menga keltirdi. Fasubhanalloh dedim. Nuh Beyning lisoni holi goʻyo Mahmad Afandiga "Doʻstim, men sen bilan birga Ustozim bilan koʻrishaman" deydi, xayol qildim. Soʻngra yana u Mahmad Afandining xizmatkori Egʻirdirga ketib Mahmad Afandining maktublarini keltirgan. Yana Nuh Beyning hadyaga oid menga boʻlgan maktubini keltirdi. Dedim, qat'iyan bu ish tasodifiy emas. Soʻngra maktubning ichidagilariga diqqat qildim. Taxmin qildim, Vanda Nuh Bey menga tayyorlagan hadyani yuborish tarixida, men ham ayni tarixda {(Hoshiya): Moddiy jihatdan oʻttiz liralik, ma'nan balki uch yuz liralikdir.} ayni narxda bir hadya-i azimani Nuh Beyning nomiga Vandagi qardoshlarimga yuborayotgan edim. Xullas, bu ikki tavofuq menga ishoradirki: Nuh bilan Hamid talabalik va qardoshlik uchun min-tarafillah tanlanganlar. Chunki tavofuq biz uchun bir alomati tavfiqi Ilohiy boʻlganiga qanoatim kelgan. Risolalarda tavofuqlarning ba'zi namunalarini koʻrasiz.

Faqat koʻp iltimos qilamanki, xafa boʻlmanglar, hadyani qabul qilolmadim. Qabul qilmaslikning sabablari koʻp. Eng muhim bir sabab, mening qardoshlarim va talabalarim bilan boʻlgan munosabatning samimiyatini va ixlosni zadalamaslikdir. Yana iqtisod, baraka va qanoat soyasida shiddatli ehtiyojim boʻlmagani holda, dunyo moliga qoʻl uzatmoq qoʻlimda emas, ixtiyorim xorijidadir. Yana bir misol bilan nozik bir sababni tushuntiraman:

Muhim bir tijoratchi doʻstim oʻttiz tiyinlik choy keltirdi, qabul qilmadim.

— 123 —

"Istanbuldan sen uchun keltirdim, meni ranjitma" dedi. Qabul qildim, ammo ikki baravar narxini berdim.

"Nima uchun bunday qilyapsiz, hikmati nima?", dedi.

"Mendan olgan darsni olmos darajasidan shisha darajasiga tushirmaslik. Sening manfaating uchun manfaatimni tark qilyapman. Chunki dunyoga tanazzul etmaydigan, tama va zillatga tushmaydigan, haqiqat evaziga dunyo molini olmaydigan, soxtakorlikka majbur boʻlmaydigan bir ustozdan olingan darsi haqiqat olmos qiymatida boʻlsa.. sadaqa olishga majbur boʻlgan, ahli sarvatga soxtakorlik qilishga majbur qolgan, tama zillati bilan izzati ilmini fido qilgan, sadaqa berganlarga xush koʻrinmoq uchun riyokorlikka tamayul etgan, oxirat mevalarini dunyoda yeyishga izn koʻrsatgan bir ustozdan olingan ayni darsi haqiqat olmos darajasidan shisha darajasiga tushadi. Xulas, senga ma'nan oʻttiz lira zarar berish bilan oʻttiz tiyinlik manfaatimni qidirmoq menga ogʻir keladi va vijdonsizlik deb bilaman. Sen modomiki fidokorsan, men ham u fidokorlikka muqobil manfaatingizni manfaatimdan ustun qo'ymoqdaman, ranjima!"- dedim. U ham bu sirni anglagandan soʻng qabul qildi, ranjimadi.

Ey Nuh Bey va Hamid Qardoshlarim! Sizlar ham ranjimanglar. Yana, Nuh Bey, shuni bilingki; shu zamonda u atrofda vafodorona, shafqatkorona meni qidirishingiz shunday bir hadyadirki, bu kabi minglab hadyalardan qiymatdordir. Ham sizga yuborgan risolalarimni muhofaza etmoq va sohib chiqmoq va mening oʻrnimda ularni himoya etmoq minglab lira qiymatida menga qarshi buyuk bir hadyadir. Chunki natija-i hayotimni va vazifa-i vataniyamni va u atrofdagi qardoshlarimning uxuvvat va muhabbatlariga qarshi qarzlarimni ado qilgan u risolalarga jiddiy sohib chiqmoq, toʻliq muhofaza qilmoq va ahliga yetishtirishga vosita boʻlmoq shunday bir hadyadirki; dunyoviy hadyalarning minglariga muqobildir. Ham amin boʻlingki; ma'naviy zararim ulkan boʻlmasa edi, Nuh Beyning xotirini sindirmas edim. Hozirga qadar, Janobi Haqqa shukr, hadyalarni qabul qilishga majbur boʻlmadim va shu zamonda ahli ilmning bir tubanlashish sababi boʻlgan tamaga kirishga ixtiyor mening qoʻlimdan olindi. Ham agar sizning hadyangizni qabul qilsaydim, koʻp zotlarning yo qalbi sinar edi yoxud ellik yillik qoidam buzilar edi.

U yerda va atrofingizda boʻlgan eski talabalarim va qardoshlarimga bir-bir salom va duo qilaman va ularning duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 124 —

(Said Nursiyning bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, sodiq, g'ayratli qardoshim, xizmati Qur'onda birodarim Ra'fat Bey!

Sen qilayotgan vazifa-i Qur'oniyaning hammasi muborakdir. Janobi Haq sizni muvaffaq qilsin, sustlik bermasin, shavqingizni ortirsin. Sening vazifang yozuvdan muhimroqdir. Faqat yozuvni tark qilmanglar.

Uxuvvat uchun bir dasturni bayon qilamanki; u dasturni jiddiy ravishda nazarga olishingiz kerak. Hayot vahdat va ittihodning natijasidir. Imtizojkorona ittihod ketgan vaqti, ma'naviy hayot ham ketadi. وَ لَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَ تَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ ishora qilgani kabi, tasonud buzilsa, jamoatning ta'mi qochadi. Bilasizki, uch alif alohida- alohida yozilsa, qiymati uchdir. Tasonudi adadiy bilan birlashsa, bir yuz oʻn bir qiymatida boʻlgani kabi.. siz kabi uch-toʻrt xodimi haq boshqa-boshqa va taqsim-ul a'mol boʻlmaslik jihati bilan harakat qilsa, quvvatlari uch-toʻrt odam qadardir. Agar haqiqiy bir uxuvvat bilan, bir-birining fazilatlari bilan faxrlanadigan bir tasonud bilan, bir-birining ayni boʻlmoq darajasida bir tafoniy siri bilan harakat qilsalar, u toʻrt odam toʻrt yuz odam quvvatining qiymatidadirlar.

Sizlar kattakon Ispartani emas, aksincha ulkan bir mamlakatni nurlantirajak elektrning uskunachilari hukmidasiz. Uskunaning charxlari bir-biriga yordamga majburdir. Ham bir-biriga hasad qilish emas, aksincha aksincha bir-birining ortiq quvvatidan mamnun boʻladilar. Shuurli faraz qilganimiz bir charx yanada kuchli bir charxni koʻrsa, mamnun boʻladi. Chunki vazifasini yengillashtiradi. Haq va haqiqatning, Qur'on va iymonning xizmati boʻlgan buyuk bir xazina-i oliyani yelkalarida tashigan zotlar kuchli yelkalar ostiga kirgan sari faxrlanadi, minnatdor boʻladi, shukr qiladi. Aslo bir-biringizga tanqid eshigini ochmanglar. Tanqid qilinadigan narsalar qardoshlaringizdan xorij doiralarda koʻp bor. Qandayki men sizning maziyatingiz bilan faxrlanaman, o'sha maziyatlardan men mahrum qolgan sari, sizda boʻlganidan mamnun boʻlaman, oʻzimniki deb bilaman. Siz ham ustozingizning nazari bilan bir-biringizga qarashingiz kerak. Go'yo, har biringiz boshqasining fazilatlariga noshir boʻlinglar. Qardoshlarimizdan Islomkoʻyli Hofiz Ali Afandi oʻziga raqib boʻladigan boshqa bir qardoshimiz haqida koʻrsatgan hissi uxuvvatni juda qiymatdor koʻrganim uchun sizga bayon qilaman:

— 125 —

U zot yonimga keldi; boshqasining xati oʻzining xatidan yaxshi boʻlganini aytdim. U yanada koʻp xizmat qiladi, dedim. Qaradimki; Hofiz Ali kamoli samimiyat va ixlos bilan, uning ustunigi bilan faxrlandi, lazzatlandi. Ham ustozining nazari muhabbatini jalb qilgani uchun mamnun boʻldi. Uning qalbiga diqqat qildim, xoʻjakoʻrsinchilik emas, samimiy boʻlganini his qildim. Janobi Allohga shukr qildimki, qardoshlarim ichida bu oliy hisni tashiganlar bor. Inshoalloh bu his buyuk xizmat qiladi. Alhamdulilloh, asta-asta u his bu atrofimizdagi qardoshlarga siroyat etmoqda. Kichik bir latifa:

Suhbat ichida sizdan baxs oʻtdi. Shukrga doir masalani soʻradim: "Xusrav yozganini Ra'fat Bey koʻrdimi?"

Bekir Ogʻa dedi: "Ha koʻrdi va dedi: "Juda chiroyli, faqat, ajabo, sen qalam qoʻshmadingmi?"

Xusrav dedi: "Yoʻq, oʻz nusxamda toʻliq butun kelmadi. Faqat oʻzlariga yozganim toʻliq keldi".

Biroz munoqasha boʻldi...

Bu munosabat bilan qardoshim Ra'fat Beyga deymanki: Aslida tavofuq nuqson boʻlsa edi, zotan men tavsiya qilgandimki, qalam qoʻshmasinlar. Asl vaziyat buzilmasin. Bekir Ogʻa ham koʻrdiki, asl ilk nusxada chiqqan joy boʻlgani holda, tavofuq Xusravning tarzida bor. Shuning uchun Xusravning bir mahorati boʻlsa tavofuqni buzmagan. Hatto Moʻ'jizoti Ahmadiyadagi salovot tavofuqida tavsiya qilgandimki, hech kim mahoratini qoʻshmasin. Ammo asl ilk nusxalarda, eng mahoratsiz bir nusxa koʻchiruvchining nusxasida bir nechtasi mustasno barchasi tavofuqdadir. Shuning uchun sakkiz boshqa-boshqa nusxa koʻchiruvchi berkitolmagan bir tavofuq, albatta quvvatlidir. Nusxa koʻchiruvchilar buzmasinlar, tavofuqni keltirolmagan buzmoqda. Demak, eng buyuk mahorat shudirki, tavofuqni buzmasin. Chunki tavofuq bor. Sen ham Xusravga yordam berki, haqiqatdan mavjud va matlub tavofuqni teng keltira olsin. Chunki yoʻqdan bor etmayapsiz, haqiqiy borni yoʻq qilmang.

Soʻzlar bilan aloqador boʻlganlarga salom va duo qilaman.

Said Nursiy
— 126 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Uchinchi Qismining Toʻqqizinchi Masalasida amr qilingan xizmati Qur'ondan faqirning hissasiga ikki erkak va bir qiz bola tushgan ekan. Ayni amrni olib kelarkan oʻylayotgan edim; ajabo, yaqin qarindoshlarimdan bolalar bor, qaysisini tanlay? Mening bu tushunchamga ma'nan deyilganki: Hey Ali! Oʻz fikringga erkin emassan. Uning tanlanishi boshqa eshikka oid. Uch kun oʻtib Yashar va Najoti ismli ikki bola menga ham rafiq, ham darsdosh va bir daraja ularga domla yordamchisi boʻlib tayin etildim. Bolalar harflarni toʻliq bilmaganlari uchun ba'zan yozuv bilan, ba'zan kitobdan koʻrsatar edim. Bir oy soʻngra Qur'on oʻqishni boshladilar. Beshinchi oy ichida اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى xatmga muvaffaq boʻldilar.

Muborak Ustozim, bu xususni koʻp oʻylar edimki, loaqal bir-ikki yilda Qur'on oʻqishga layoqat kasb etilarkan, kutilganning aksiga sodir bo'lgan bu azim ish hech kimga berilmaydi, faqat va faqat i'jozi Qur'onning u buyuk dengizining rashhasidir va ikki jahon faxri, Nabiyyi Oxirzamon Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo Alayhissalotu Vassalamning himmati ma'naviyalari bilan u i'jozning izhor va intishoriga ma'mur qilingan ustozimning duosi kabi, juda buyuk quvvatlar bilan hosil boʻlganiga, men bu holga shohid emas, qishlogʻimizning aksarisi iymon keltirib, tasdiq etmoqdalar. Butun qishloq ahli iymoni nomiga, bu xayrli ishga vasila boʻlgan Ustozimizga, hadsiz va hisobsiz tashakkurlar bilan "Janobi Haq sizlardan abadan rozi boʻlsin" duosini ojiz lisonim bilan doimo aytmoqdaman.

Ustozim, bir narsa yana borki, amri ustozonalariga intizordaman. U ham shudir: Janobi Haq ehson qilarsa, doirangizning shogirdini Hofiz Yashar bu qishda bahorga sabab boʻlib, turli-tuman gullarni ochishiga aprel yomgʻiri misoli, vujudingiz u gullar orasida, bir guli Muhammadiy (ASV) yetishtirishga inshoalloh vasila boʻlishingizga shubha yoʻqdir. Muborak doiraning muborak talabasiga, muborak Juma kechasida xatmining duosi bilan, hifzining ibtido duosini va faqiri pur-qusurning afv duosini, butun hassa va tuygʻularim bilan, hurmat bilan qoʻl va etaklaringizdan oʻpar va qusurlarimning afvini niyoz etaman, Afandim Hazratlari.

Hofiz Ali
— 127 —

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Avvalgi hafta yuborganingiz, "Bir Sirri Inna A'toyna" sarlavhasini tashigan risolangizni oldik. Asosan hech bir hafta oʻtmayapti, sururlarimizni orttirgan, yangi va ham gʻoyat darajada shirin bittadan risola qoʻlimizga kelmagan boʻlsin. Xullas, ikki haftadir bu qiymatdor risolani oʻqiyapmiz va qoʻlimizdan tushirmayapmiz.

Ha, bu risola Janobi Haqning istiqbolda bu ummatga va'da qilgan quyoshning chiqishiga intizorimizni shiddatlantirmoq bilan qolmagani kabi, bir tarafdan ichidagi haqiqatga bizni maftun etmoqda. Va boshqa tarafdan, ajabo, fazosi zulmat bulutlari bilan toʻla boʻlgan bu olamning u quyosh qayeridan va ne surat bilan chiqadi va ne shaklda bu zulmat va ofat sochgan bulutlarni tarqatadi deya xayol qilarkan; ikkiinchi fayyoz, bir boshqa zayl u quyoshning vaqtini tayin etmoq bilan bizni juda buyuk bir ogʻir yukdan qutqargan va yillardan beri olmoq istaganimiz holda ololmaganimiz chuqur bir nafasni bergan va bizni dilshod aylagandir.

Ahmad Xusrav

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bu dafa Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan Ikkinchi va Uchinchi Nuktalar bilan, Zaylini ichiga olgan muborak maktubingizni olmoq bilan haqiqatdan baxtiyorman. Bu ojiz qardoshingiz kelgan maktubingizning kerak boʻlsa muhtaram Ustozimga, va kerak boʻlsa o'sha atrofdagi qiymatli doʻstlarimga boʻlgan ta'siri menga oid boʻlmaganiga va aksincha mening bir vosita boʻlganimga dalildir. Koʻp tajriba qildim, zoti fozilonalariga maktub yozmoq uchun ba'zan uch kalimani bir oraga keltirolmayman. Aksariyat bilan gʻaybiy bir zotning ifodalarini qayd etishga qodir boʻlganim qadar yozganimni his etmoqdaman, demak yozdirilmoqda. Shuning bilan birga bo'lgan taqdirlarni, bir duo oʻlaroq qabul etmoq bilan tashakkur etmoqdaman. Qur'on xizmatini dunyoviy va moddiy manfaatga ochiqchasiga ustun qo'ygan Xusrav ismli qardoshimni tabriklayman. Janobi Haq bunday Xusravlarning adadini koʻpaytirsin va doim orttirsin. Omin!

— 128 —

Bu qudsiy xizmatga jondan ishtirok qilgan zotlarni bilmoq menga eng katta xushxabar boʻladi. Muftiy Kamol Afandi ul maktubni mutolaa etgandi. Ikki kun avval ziyoratiga ketdim, "Hech kim bu kunga qadar muqtadir boʻlmagan daqoiq va haqoiqni Qur'ondan topib chiqarganlar" deb taqdirlarini bayon, salom va duolarini tabligʻ etishimni aytdilar. Bu daqiqaga qadar muborak maktubni Fathi Bey, Hoji Baha Afandi, padarim va yaznam va Hoji Abdurrahmon Afandi tinglashga muvaffaq boʻldilar. Hofiz Umar Afandiga ham inshoalloh ilk fursatda oʻqishga harakat qilaman.

Har maktubingiz menga yangidan hayot beradigan qadar ta'sirli boʻlmoqda. Bu muborak maktub Toʻrtinchi Ramzning yozilishini va bu faqirga ham ehson etilishini mubashshir boʻlishi e'tibori bilan, ayniqsa mamnuniyat va sururimga sabab boʻlgandir.

Ancha zamon avval Qur'ondagi tavofuq sirini ochishni boshlagandingiz. Bu kunga qadar lihikmatin maxfiy qolgan i'jozi Qur'ondan bunday juda muhim bir qismining kashfiga va nashriga muvaffaq boʻlishingizga qanchalar hamd va shukr qilinsa, oʻrnidir. Izni Bari bilan ochganingiz bu yoʻlda borgan sari, yana qanchalar horiqolar mashhudingiz boʻladi va bulardan muhtoj qardoshlaringizga qanchalar oliy xushxabarlar berishingiz; kechadan soʻngra kunduz, qishdan soʻngra bahor, dunyodan soʻngra oxiratning vujudlari kabi qat'iy his etilmoqdadir. Qanchalar buyuk baxtiyorlikdirki, bu saodatlarga mazharmiz. Qanchalar badbaxtlikdirki, bu nurlarga koʻz yumarlar. Qay daraja xatodirki, bu haqiqatlarga loyiq boʻlgan shaklda aloqador boʻlinmas. Qanchalar joniyona va ahmoqona bir ruhdirki, uflamoq bilan bu quyoshni soʻndirishni oʻylaydilar.

Xullas, bu nurli yoʻlingizda, Sohibi Kavsarning dalolati bilan Kavsarni topdingiz. Shafi-ul Mahsharning izni bilan Kavsar daryosining manbaida turib, وَ سَقٰيهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا oyati jalilasini oʻqiydi va "Ey insonlar! Kimki abadiy hayot istasa, mana obi hayot; kimki yoʻlini adashtirgan, mana vasila-i najot. Kimki kufr va oʻjarligidan qaytmasa, uni kutmoqda shiddatli azob va i'qob" bilan oxir.. kabi nurli bayonotingiz bilan har toifani ihyo, iqoz etmoqdasiz.

— 129 —

Sizni qudsiy xizmatingizda, kuch yetganicha ta'qib qilishga harakat qilgan doʻst, qardosh va talabalaringizga bir piyola berib, muhtojlarga ozuqa, zaif va xastalarga darmon, zolim va kofirlarga sammi qotil boʻlgan ma-i kavsardan yetkazishni amr etmoqdasiz. Sizning qudsiy xizmatingiz bilan, irshodingiz bilan ochilgan haqiqat ufqiga qaraganda, Qur'onning hududlari tayin va tahdid etilmaydigan qadar keng bir havzi akbar boʻlganini; Fotiha basmalasining ب manbaidan kelgan, har biri boshqa lazzatda, boshqa shiddatda, boshqa quvvatda Suralar nomida, bir yuz oʻn toʻrt obi hayot qismlarining kavsar jo'mragidan bu hovuzga oqayotganini koʻrayotganday boʻlmoqdamiz.

"Idroki maoliy, bu kichik aqlga kerakmas

Zero bu tarozi u qadar ogʻirlikni koʻtarmas!"

Qoʻlni qoʻlga, yelkani yelkaga berib himmat va gʻayrati Xudopisandonalari bilan mazhari taqdir boʻlgan uxraviy qardoshlarimga salom va duolar qilar va muvaffaqiyatlar tilash bilan duolarini soʻrayman.

Xulusiy

(Osim Beyning bayoni. Talvihoti Tis'a munosabati bilan yozgan.)

Suyukli Ustozim!

Nima aytay, mushtoqi boʻlganim bu risola-i sharifa, bu soʻzlar, bu haqiqat, bu nur bu faqirga lutf va karami Ilohiy oʻlaroq ehson qilindi.

هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Janobi Qodiri Mutlaq Hazratlariga hadsiz va hisobsiz hamdu sano qilamanki; siz Ustozimga qovushdim va natijada bu nurlarni, bu haqiqatlarni koʻrdim, oʻqidim, yozdim va gardanbasta-i inqiyod boʻldim. Shunga binoan, tavsiya va duo-i ustozonalari bilan fayzyob boʻlmoq uchun, Janobi Zuljalol val Kamol Hazratlaridan va Mafhari Mavjudot Alayhi Akmalut-Tahiyyat Alayhissalotu Vassalom Afandimiz Hazratlaridan va barcha pir, piron va murshidon va Shohi Naqshband Quddisa Sirruhu Hazratlaridan va ayniqsa butun mavjudiyati bilan gardandoda-i inqiyod va taslim boʻlganim siz Ustozimdan tazarru va niyoz va istimdod etamanki, mutavakkilan alalloh, ey Ustozi A'zam, Tariqati Muhammadiyaning (ASV) maqsad, gʻoya va asosini, tafarruot va furuotini zikr va bayon qilgan bu Toʻqqizinchi Qism bir nuri tariqat va haqiqatdir. Oʻqish bilan toʻymaysan kishi. Oʻqidigan sari hosil boʻlgan shavq va lazzat behisobdir. Xususan Toʻqqizinchi Talvih xulosa va ijmol etilib barcha haqiqatlar toʻplangan. Tamsilda xato boʻlmasin, Hazrati Mavlono uflagan naydan joʻshgan va toshgan, Hazrati Alining (Karramallohu Vajha) quduqqa aytgan asrori haqiqatdan boshqa nima? Farqi qayerdadirki u nay, u quduqda hosil boʻlgan qamishdandir.

— 130 —

Zehnim tor, qalamim ojiz, qalbimga tarjimon boʻlolmaydi. Shu qadar deya olamanki; men kabi faqir va mubtadilarga buyuk va juda buyuk bir dars, bir murshid va mutmainnaga erishgan va yanada yuqori chiqqan soflarga bir dastur va darsi ibratdir. Qiymat taqdir etilmas bir shoh asari tariqatdir, bir nuri haqiqat-fashon, bir gulistondir. Yanada toʻgʻrisi, yolgʻiz bir ilhomi Rabboniydir. Janobi Lamyazal Hazratlari siz Ustozimni bu va bunga oʻxshash osori barguzida ta'lifida, anvor va haqiqatlar nashru dallolligida koʻp zamonlar doim va qoim qilsin. Va siz Ustozimni, sizni sevganlarning va dalloligida boʻlganingiz nidolaringizni eshitmoq va tinglamoq, oʻqib yozmoq, keragicha harakat va amal etmoq havas va ishtiyoqida boʻlgan qardoshlarimning boshidan kam qilmasin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn!

Osim (RH)

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Bu ramzlar shunday hayrat-baxsh va horiqonamo asarlardirki; oʻqigan ilm oshiqlariga azvoqi namutanohiy va hissiyoti ulviya-i raqiqa baxsh qilmoqdadir. Bu hissiyoti oliya bilan hayotimiz shunchalar tozalandiki, -yangi hayotimizda sobitqadam boʻlmoq sharti ila- Xalloqi Azimdan uzun umrlar soʻrayman. Zero mutolaasiga toʻyolmayman. Qanchalar oʻqisam oʻqiygin, boshqa bir oʻqishimda oʻqimagandek boʻlaman va yangi bir asar oʻqigandek boʻlaman. Hadsiz bir zavqi ma'naviy va nihoyasiz bir hazzi ruhiy bilan oʻqiyman.

— 131 —

Xullas, kerak boʻlsa Soʻzlar va Maktubot va kerak boʻlsa ramzlarning eng hayratlanarli vasfi, oʻylaymanki bu nozik nuqtada boʻlsa kerak. Boshqa asarlarni bir marta oʻqiganda, ikkinchi marta oʻqishga unchalar havas uygʻonmaydi. Qur'oni Hakimning nurlarini qanchalar oʻqisam oʻqiygin, toʻyolmayman. Ayniqsa Ramzlar faqirni ko'p sehrlagan va hayratga gʻarq qildi. Va ularni darhol yozmoqdaman.

Ra'fat

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Bizni tariqi Haqda kezdirgan, ma'naviy yaralarimizni davolagan, haqiqat yoʻlidagi tushunchalarimizga bir bor yana matonat bergan, bugunning shaytonkorona qo'rqitishlariga qaramasdan jasoratimizni quvvatlantirgan va har xususda ruh va qalblarimizni iymon va haqiqat nuri bilan nurlantirgan va sa'yimizda jasoratlantirgan va Qur'oni Hakimning ikki oyatini ichiga olgan Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yogʻdularini va Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismidan Ikkinchi Ramziga oid muhim bir i'jozni ham oldik, oʻqidik. Olgan ma'naviy fayzimizni men kabi qashshoq bir talabangiz qalb va qalamining haddi emasdirki, ta'rif qilsin.

Qiymatdor Ustozim, qanday ul Xoliqi Zuljalolga nihoyasiz minnatdorlikda boʻlmaylikki; aziz Ustozimizni vosita qilib eng buyuk ne'matlarini juda ziyoda muhtoj boʻlgan vaqtimizda bermoqda, bizni tasalli bermoqda. Ham mamnun qilmoqda, ham istiqbolning nurli yuzini koʻrsatib bizni u nurga yugurtirmoqda. Bir tarafdan qardoshlarimizni koʻpaytirmoqda, muhabbatlarimizni koʻpaytirmoqda. Moddiy va ma'naviy quvvatlarimizni quvvatlantirmoqda. Boshqa tarafdan saodat xazinalarining kalitlarini qoʻllarimizga bermoqda.

Ey aziz Ustozim! Alloh sizdan abadan rozi boʻlsin.

Ahmad Xusrav
— 132 —

(Zekining bayoni.)

Men istaymanki, bir on avval bir yerga chekilsam-u, ishdan xorij zamonlarimni o'sha ulviy va muqaddas xazina-i haqiqat va osori giron-baho xizmatida davomda bo'lay. Ammo bugunchalik bu buyuk orzuimning amalga oshishidan bizzarura va bilmajburiya mahrum qolmoqdaman. Hech boʻlmasa shu kunlarda qoʻlimda o'sha mutolaasi koʻngillarga va qalblarga bir safo-yi sarmadiy va javidaniy baxsh qilgan kitobi koinotning bittadan yogʻdusi va bittadan nuri timsoli boʻlgan asarlaringizdan bir-ikki donasi qoʻlimda boʻlsa edi, men uchun tushuntirilishi mumkin boʻlmagan bir sururu saodat manbai boʻlardi va na topilmas bir ne'mat, na qoʻlga oʻtmas bir dafina boʻlar edi.

Koʻp zamon avval Sabri Afandi ogʻam yangi chiqqan qudsiy va asrorli nurlardan, bir juzni hech boʻlmasa yubormoq fikrida boʻlganlarini aytar edilar. Ehtimol uygʻun vaqt topolmaganlaridan, yozib yuborolmadilar. Ham ba'zi asarlarni o'zim bilan keltirmaganimdan juda pushaymon boʻlmoqdaman. Ulardan boshqalarini istifoda ettirmoq fursatini topolmasam ham, mutolaa etar, ma'nan mujodalaga bir madori quvvat boʻlardi.

Natija e'tibori bilan, modomiki hozircha u xazinalardan istifoda etolmayapman. U holda oʻzimni zararli koʻrishda haqliman. Inshoalloh duongiz himmati bilan, yaqin bir zamon mobaynida u zararlarni qoplashga kifoya bir zamon va bir fursat qoʻlga oʻtar.

Bir umri muqaddardan sanalgan shu kunlarim shukr va hamd bilan oʻtmoqdadir. Menga shunday bir qanoat keldiki, qalbimni yoʻqlagancha, qalbim bu qanoatni quvvatlantiradi.. nafsim bilan mujodalada muzaffar boʻlishimni umid etmoqdaman.

Aziz Ustozim! Shu hijronga va firoqqa vaqtinchalik boʻlgani uchun bardosh etmoqdaman. Ayriligʻimiz har qanchalar vaqtinchalik boʻlsa, yana meni ranjitmoqda. Bizzarura foydasiz narsalarga ma'ruz qolgan sari, oh deyman, Ustozimning yonida boʻlsaydim va oʻz oʻzimga, toʻgʻrirogʻi qalbimga umid va jasorat tavsiya etmoqdaman. Rad etilgan bir orzu qanday shiddat kasb etsa, orzularimning hozirchalik vujudga kelmasligi bilan iymon va orzularim ham ayni nisbatda quvvat kasb etmoqda, ruhim yuksalmoqda; qalbimda ochilgan derazadan ma'nan yanada toza va yanada keng nafas olmoqdaman.

Zeki
— 133 —

(Xulusiy Beyning bayoni)

Ustozi Muhtaramim Afandim!

Bu maktubning muhim bir xususiyati bor. U ham tariqi valoyat sarlavhasini tashigan va juda ahamiyatli bir mavzuni ichiga olishidir. Ha

اَلَٓا اِنَّ اَوْلِيَٓاءَ اللّٰهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَاهُمْ يَحْزَنُونَ

oyati jalilasiga bir navi tafsir boʻlgan bu muborak va munavvar asar ila:

1- Tariqat yaxshigina ta'rif qilinmoqda.

2- Foydasidan juz'iy, ammo goʻzal bir misol koʻrsatilmoqda.

3- Valoyat va tariqatning munosabati va ahamiyatlari, inkor qilganlarning zalolat firqasidan boʻlganlari va bu xazina-i uzmoni yopmoq, buzmoq va bu kavsar manbaini quritmoq istaganlarning ishlaridagi xato yuzlariga urilmoqda. Va bu yoʻlda, aqli boshida va insofi boʻlganni qondiradigan dalillar va misollar bayon qilinmoqda.

4- Valiylik maslagining yakdigariga zid vasflari esa, sayri sulukning ikki mashrabi gʻoyat ochiq izoh va tavsif etilmoqda.

5- Vahdat-ul Vujud va Vahdat-ush Shuhud mashrabi bilan bundagi muhim tahlika bayon qilinmoqda.

6- Valoyat yoʻllari ichida eng goʻzalining Sunnati Saniyaga ergashish boʻlgani, valoyat yoʻllarining va tariqat shoʻ'balarining eng muhim asosi ixlos boʻlgani va bu dunyoning dor-ul hikmat va dor-ul xizmat boʻlib, dori ujrat boʻlmagani fasih bir uslub bilan bildirilmoqda.

7- Shariatning qamrovi, tariqat va haqiqatning maqsudi bizzot hukmiga oʻtmasliklari taqozo etgani, Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida boʻlgan ahli tariqatning ikki qismi ta'rif va Sunnati Saniyaga muxolafatlari misoli bilan fahmga yaqinlashtirilmoqda.

8- Tariqatdagi sakkiz tahlika sanalmoq bilan, nazari diqqat jalb qilinmoqda.

9- Tariqatning juda koʻp foydalaridan toʻqqizi qisqacha dars berilmoqda.

Afsus! Bu maoliyotni loyigʻi bilan faxm etolmaganim uchun, faqat qobiliyatim nisbatida fayz olganimni e'tirof etmoq majburiyatidaman. Buning bilan birga, bu bechoraga bu muborak asaringiz bilan koʻp narsalar oʻrgatdingiz. Ba'zi zaif bilimlarimni quvvatlantirdingiz. Mutolaalardan, musohabalardan va vaz'u nasihatlardan, har xil maslak va mashrab arbobi bilan hasbihollardan olgan ba'zi nuqson qanoatlarni tuzatish bilan sogʻlom holga keltirdingiz.

— 134 —

Allohu Zuljalol Hazratlari dunyoviy va uxraviy barcha matlub va maqsudingizni ehson, ayniqsa ummati marhuma-i Muhammadiya (ASV) haqidagi duolaringizni dargohi uluhiyatida qabul qilsin. Haqiqatdan Qur'onga, iymonga xizmatdan boshqa bir narsa oʻylamagan aziz va muhtaram Ustozimizni bu ummatga bagʻishlasin va rizo-i Ilohiysiga noil qilsin. Omin bihurmati Qur'on-il Mubin va bihurmati Imomi Mubin!

Bu nurli maktubni oʻqiganim zotlarning hammasi ichidagilarni taqdir va tasdiq etdilar va aminmanki, koʻp istifoda etdilar.

Aziz, mushfiq Ustozim! Alloh uchun sizni sevgan bu ojiz talabangizni har vasila bilan ogohlantirishga va irshodga harakat qilmoqdasiz. Ma'naviy juda yuksak darslar bermoqdasiz. Ammo moddiy va ma'naviy jihatdan yaqiningizda, suhbatingizning sharafi bilan musharraf va xizmati Qur'onga tavfiqi Ilohiy bilan koʻp mehnatlari singgan, haqiqatdan juda muhtaram va juda qiymatli qardoshlarim kabi fayz ololmayapman. Buni ham isyon va qusurimning ortiqligidan va muhitning, hodisalarning meni doimo Nurlar bilan mashgʻul boʻlishga mone boʻlishidan va juda yomon nafsimning va jin va ins va shaytonlarning hujumlaridan bilaman va bu sabab bilan badbaxtligimni his qilmoqdaman.

Garchi sazovor boʻlganim va -yuz ming karra afsuski- shukrini ado qilolmaganim ni'omi Ilohiya hadsizdir. Ammo har kun, har soat, hatto har daqiqa va soniya bu foniy hayotdagi nasibamning kesilganini eslatayotganiga qaramasdan, yana tamoman dunyodan qoʻlimni tortishim mumkin boʻlolmayapti. Hazrati Qur'onga, suyukli Ustozimga juda kuchli bogʻliqligim va Nabiyyi Afham (Sallallohu Alayhi vasallam) Afandimiz Hazratlari keltirgan Dini Mubinga va Shariatga loyatazalzal iymonim muborak duongiz bilan bu faqiri pur-qusurni inshoalloh ziyonda qoʻymas umidi yagona tasallimni tashkil etadi.

Bu maktubingizda Yigirma Oltinchi Soʻzning Zaylida baxs qilingan va kuch yetgani qadar hukmiga uygʻun harakatga uringanim yoʻl-ki; ojizlik, faqirlik, shafqat, tafakkur tariqidir. Aziz va muhtaram Ustozimning tarif va tavsiya va irshod qilganlari qisqa yoʻl, Qur'oniy va nuroniy yoʻldir. Inshoalloh bu yoʻldan qaytmayman. Istaymanki, hech kam boʻlmagan va vazifa nomi ostida zimmamga omonat qoldirilgan ishlar bu yil duongiz bilan va xayrlisi bilan biroz kamayar-da, haqiqiy xizmatga yanada ziyoda harakat qilaman.

وَمِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ
Xulusiy
— 135 —

(Sabrining bayoni)

Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!

Bu dafa xush va latif tavofuqlari bilan nuroniy yoʻlovchilarga ma'naviy qo'lini uzatib, ziyodor barmogʻi bilan "Bizlar bebosh, tasodifiy sochilgan narsalar emasmiz. Aksincha muvozana-i tomma va tavofuqi haqiqiya va bir qiyosi qat'iya bilan inkishof va tamavvuj etgan Kitobi Samoviya-i Qur'oniyaning mislsiz bittadan yulduzlarimiz" deb, yuqoridagisi pastdagiga, oʻngi soʻliga ma'naviy qoʻllari bilan musofaha va muqobala etib, tavofuqlari mushohada etilgan Kitobi Mubinning lamaat va tarashshuhotining tavofuqlari Oʻninchi Soʻzda ham mushohada etildi. Bu Soʻzning ma'nodor va hikmatdor tavofuq va intizomlari xuddi kamoli harorat bilan yakdigariga mushtoq va mutahassir bir qancha samimiy va jiddiy qardosh va birodarlarning qovushishlari kabi, Qur'oni Azimushshonning har bir oyot va kalomi, tasarrufi ostiga olgan kalima va kalomlarni yana samovotning hadsiz elektrlari boʻlgan yulduzlar kabi porlatib, shu latofatlari bilan, insoniyat ta'rifiga toʻliq doxil boʻlgan shuur sohiblarini mastu hayron qoldiradi.

Shu yeri ham shoyoni hayratdirki: Shu muborak Oʻninchi Soʻz, mavzusi boʻlgan hashr masala-i muhimmasi koinot umrining tugashiga muallaq va muqaddar boʻlgani kabi, Risolat-un Nur orasida ham bu Soʻzning eng oxirgi tavofuqlarini koʻrsatishi ham alohida bir tavofuqdir deyman. Jannat daryolari demak boʻlgan Qur'oniy daryolarni, turli-tuman ovozi bilan joʻshqin-joʻshqin oqsin-oqsinki; zamoni johiliyat va davri fatratda, soʻng daraja ehtiyojli boʻlgan qavmlar ustlariga chiqqan shumusi Qur'oniyaning tezlik bilan inkishof va tavassu' va navi basharning beshdan birini ihyo, abadiy va doimiy bir nur bilan tanvir va izoa aylagani kabi, shu asri zalolat va xusron va davri bid'at va tugʻyonda ahli iymon va tavhidning yarali ruhlariga malham boʻlsin.

— 136 —

Ha, olti-yetti yildan beri xush va shirin bu manzarani koʻrgan latif va oʻxshovsiz bir guli Muhammadiyni (ASV) hidlagan ummati Muhammad (ASV) Sura-i Kavsardan "bi-hamdihi val minna" mukofoti ruhiya va dimog'iyasini oldi. Va bu nuqtaga ruhim amin ediki; koʻpdan beri ahli iymon va tavhid Islomiyat kabi boqiy va sarmadiy quyoshning kusuf va ufuliga yirtqich kabi urinishni oʻziga vazifa deb bilgan ahli zalolatning chirkin dasturlarini koʻrib gʻaflat uyqusidan uygʻonib, Sura-i Kavsarni ta'qib etgan ikki surani lisoni hol va qol bilan oʻqib zindiqlarga xitoban, "Bizlar sizning nifoq dengizingizda beboshchasiga va zulmkorona kezgan zalolat va safohat kemalaringizga minolmaymiz; faqat Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning nuroniy va tavhid sikkali iymon va Islom sovutlilariga minamiz. Manzillarimizga borganimizda muvaffaqiyat va samara-i sa'yimiz tazohur va tahaqquq etadi" deya baqirib va اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ (ila oxir) farmoni mubinini tilovat bilan, Sura-i Kavsarning xushxabar va bashorati bizlarni quvvat va matonatga chorladi, ham sevinch va xursandchilikka yetishtirdi. Bildirganlari bilan nusrat va futuhotning kelishi hidini olib, toʻda-toʻda doira-i Qur'oniyaga arzi daholat etdilar. Bu xususda tasbeh va tahmidning eng muhim vazifalari boʻlganini anglab tavbalarini rad qilmagan Janobi Rabb-ul Izzat Hazratlariga istigʻforga shoshilib saloh va faloh va favzi najot yoʻllarini tutdilar.

"Hamon Rabbim, haqiqiy varosa-i Anbiyoni koʻpaytirsin, dunyoviy va uxraviy orzu va maqsadlariga muvaffaq qilsin" duosini takror bilan birga Oʻninchi Soʻzning ojiz qalamimga amr qilib yozdirgan shu arizachamni taqdimga jur'at etaman, ayniqsa dastu domoni muallolarini oʻpaman afandim.

Homish: Xirmon oʻrtasida Mavlaviyvoriy kezgan bu bechora dehqon, soʻzlarni ham ishlagan ishiga oʻxshatib, aytganini takror aytgan. Oʻtgan yeriga qaytgan, yana kelgan boʻlsa ham, nima qilsin? Ustozi chaqmoq kabi tez qadamlar bilan ilgarilarkan, hech boʻlmasa chumoli yurishini ta'qib qilay, aloqa uzilmasligi niyati bilan shu parishon jumlalarni kirgizdim va taqdim etdim afandim.

Mustafo Sabri
(Rahmatullohi Alayh)
— 137 —

(Ahmad Xusravning bir bayoni)

Qiymatdor Ustozim!

Bugun Sulaymon Afandi qardoshim bilan yuborilgan; biri dunyoning umrini izoh etgan bir maktub bilan, boshqasi Hazrati Yunus Alayhissalomning duosining fazilatlarini koʻrsatgan Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻttiz Bir Yogʻdudan Oʻn Birinchi Qismining Birinchi Qismini oldik va oʻqidik.

Suyukli Ustozim, bu qism bizni shunchalar masrur etdiki, ta'rifiga muqtadir emasman. Janobi Haq sizdan abadan rozi boʻlsin.

Bu risola qat'iy bir borliq bilan bu ummatga najot eshiklarini ochadi. Va bu zulumotli kunlar qaytib kelmaydigan boʻlib vidolashayotganini xabar bermoq bilan birga, shogirdlarini hammasini birdan va bir ogʻizdan munojotga da'vat qiladi.

Suyukli Ustozim; istiqbolimizni nur daryosidan joʻsh urgan nujum-misol nurlar bilan oydinlatgan va bu marhamatsiz va qorongʻu va qobusli kunlarimizda qat'iy bir umid bilan yashatgan va har bir risolada porlagan yangi bir boshqa nur bilan yuzimizni kuldirgan Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga behisob shukrimizni taqdim etarkan, sevinchimizni orttirgan Ustozimiz kelishiga sabrsizlik bilan intizorimizni arz etaman afandim.

Ahmad Xusrav

Qardoshim Xusrav, Lutfi, Rushdu!

Sizga ustoz va talabalar va darsdoshlar ichida foyda beradigan bir fikrimni bayon etaman, shundayki:

Sizlar -haddimdan ortiq- bir jihatdan talabamsiz va bir jihatdan darsdoshlarimsiz va bir jihatdan yordamchi va maslahatchilarimsiz.

Aziz qardoshlarim! Ustozingiz layuhtiy emas. Uni xatosiz oʻylamoq xatodir. Bir bogʻda chirigan bir olma boʻlmoq bilan bogʻga zarar bermaydi. Bir xazinada eskirgan pul boʻlmoq bilan, xazinani qiymatdan tushirmaydi. Hasananing oʻn sanalishi bilan, sayyianing bir sanalmoq sirri bilan insof shudirki: Bir sayyia, bir xato koʻrinsa ham, boshqa hasanalarga qarshi qalbni bulgʻatib e'tiroz etmaslikdir. Haqiqatlarga doir masalalarda kulliyotlari va ba'zan esa tafsilotlari sunuhoti ilhomiya navidan boʻlganidan hamon umumiyat bilan shubhasizdir, qat'iydir. Ularning xususida sizlarga ba'zi murojaat va istishoram tushunish tarziga doirdir. Ular haqiqat va haq boʻlganliklariga doir emasdir. Chunki haqiqat boʻlganliklariga shubham qolmaydi.

— 138 —

Ammo tavofuqdagi munosabatlarga doir ishoralar mutlaq va mujmal va kulliy suratda sunuhoti ilhomiyadir. Tafsilot va tafarruotda ba'zan parishon zehnim qoʻshiladi, nuqson qoladi, xato qiladi. Bu tafarruotda xatom aslo va mutlaqo zarar bermaydi. Zotan qalamim boʻlmaganidan va kotib har vaqt boʻlmaganidan ta'birlarim juda mujmal va qayd hukmida qoladi, tushunishni qiyinlashtiradi.

Bilib qoʻying, qardoshlarim va darsdoshlarim! Mening xatomni koʻrgan vaqtingiz erkin holda menga aytsangiz masrur boʻlaman. Hatto boshimga ursangiz, Alloh rozi boʻlsin deyman. Haqning xotirini muhofaza uchun boshqa xotirlarga qaralmaydi. Nafsi ammoraning anoniyati hisobiga Haqning xotiri boʻlgan bilmaganim bir haqiqatni mudofaa emas, alar ra'si val ayn qabul qilaman.

Bilasizki; shu zamonda shu vazifa-i iymoniya juda muhimdir. Men kabi zaif, fikri koʻp jihatlar bilan boʻlingan bir bechoraga yuklatilmasligi kerak, qoʻldan kelgani qadar yordam berish kerak. Ha, mujmal va mutlaq haqiqatlar; biz zohiriy vasila boʻlib chiqmoqda. Tanzim va tasfiya, tasvir esa; qiymatdor, muqtadir darsdoshlarimga oiddir. Ba'zan ularga vakolatan tafsilotga, tanzimotga kirishaman, nuqson qoladi.

Bilasizki, yoz mavsumida dunyo gʻaflati ziyoda hukm qiladi. Darsdoshlaringizning koʻpchiligi sustlik qilib ishni to'xtatishga majbur boʻladi. Jiddiy haqiqatlar bilan toʻliq mashgʻul boʻlolmaydi. Janobi Haq kamoli rahmatidan ikki yildir jiddiy haqiqatlarga nisbatan oziqlar, mevalar navidan latif tavofuqlar bilan tushunishlarimizni mukofotlantirdi, zehnimizni sururlantirdi. Kamoli marhamatidan u latif tavofuqlar mevalari bilan jiddiy bir haqiqati Qur'oniyaga zehnimizni chorladi va ruhimizga u mevalarni ozuqa va qut qildi. Xurmo kabi ham meva, ham qut boʻldi. Ham haqiqat, ham ziynat va maziyat birlashdi.

— 139 —

Qardoshlarim, bu zamonda zalolat va gʻaflatga qarshi juda koʻp ma'naviy quvvatga muhtojmiz. Afsuski men shaxsim e'tibori bilan juda zaif va qashshoqman. G'aroyib karomatim yoʻqki, bu haqiqatlarni uning bilan isbot qilay va qudsiy bir himmatim yoʻqki, uning bilan qalblarni jalb qilay. Ulviy bir dahom yoʻqki, uning bilan aqllarni itoat qildiray. Balki Qur'oni Hakimning dargohida bir tilanchi xodim hukmidaman. Bu o'jar ahli zalolatning qaysarligini sindirmoq va insofga keltirmoq uchun Qur'oni Hakimning sirlaridan ba'zan yordam soʻrayman. Karomati Qur'oniya oʻlaroq, tavofuqlarda bir ikromi Ilohiy his etdimki, ikki qoʻlim bilan yopishdim.

Ha, Qur'ondan tarashshuh etgan Ishorot-ul I'joz va Risola-i Hashrda qat'iy bir ishora his qildim. Oʻxshashlari topilsin, topilmasin mening nazdimda bir karomati Qur'oniyadir. Ishorot-ul I'jozning bir sahifasiga diqqat qildik. Satrlarning boshida barcha harflar ikkitadan ikkitadan boʻlib, hayratlanarli bir intizom bilan harflarning joylashtirilganini koʻrdik. Oʻninchi Soʻzda tavofuq sababi 3,4,5,6 raqamlari, har biri 13 da ittifoqlari.. u 13 ning ham, Oltinchi va Sakkizinchi, mahram Toʻrtinchi Ramzlarda muhim bir sirlar kaliti boʻlganini koʻrdik. Bunda shubhamiz qolmadiki, qogʻoz ustida doimo qoladigan bir karomati Qur'oniyadir, bir ikromi Ilohiydir va toʻgʻridan toʻgʻriga, risolaning va iymoni hashrning tasdigʻiga bir imzo deb qabul qildik. Havoda uchmoq, suv ustida yurishga oʻxshamaydi. Ular vaqtinchalik, ham shaxsning kamoliga va ixtiyoriga, balki istidrojga berilishi mumkin. Toʻgʻridan toʻgʻriga haqiqatga -xususan bu zamonda- xizmat qilolmaydi.

Nima boʻlganda ham, bir kichik masala munosabati bilan koʻp gapirdim va koʻp ham isrof qildim. Doʻstlar bilan ortiq gaplashmoq margʻub boʻlganidan, inshoalloh bu isrof afv boʻladi.

Qardoshingiz
Said Nursiy
— 140 —

(Jiyanim marhum Abdurahmonning vafotidan soʻng yonimga kelib, kuchli ishoralar bilan Abdurahmonning oʻrniga menga yuborilgani qalbimga eslatilgan, gʻoyat g'ayratli va xolis qardoshlarimizdan, olmos qalamli, Kuleoʻnlik Saripichoq Mustafo Xulusiyning, oʻnta bayon oʻrniga o'tadigan birinchi bayonidir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ وَاَسْرَارِهَا

Ey mening muhtaram Ustozim!

Ojiz talabangiz, Yer kurrasi ichida ruhim ba'zan sharqqa, ba'zan janubga, ba'zan gʻarbga, ba'zan shimolga, ba'zan samoga ketardi. Ajabo, yordam qaysi tarafdan etishajak deya kutardim. Ruhim bir murshidi akmal qidirardi. Qidirayotgan ekan menga ilhom qilindiki; "Murshidni sen uzoqda qidirmoqdasan, juda yaqiningda boʻlgan Badiuzzamon bor. U zotning Risola-i Nuri mujaddid hukmidadir. Ham aqtobdir, ham Zulqarnayndir, ham oxirzamonda keladigan Iso Alayhissalomning vakilidir, ya'ni xushxabarchisidir" deyildi. Budan so'ng Ustozi Muhtaramim huzuriga bordim. Risolalarni bizga yozmoq uchun amr berdi. Men ham oʻn besh qadar Soʻzlardan yozdim va oʻqimoqdaman. Iste'dodim qisqa, fikrim chalkash boʻlganidan, risolalardan haqqi bilan istifoda va istifoza etayotgandim.

Undan keyin Yigirma Ikkinchi Maktubni berdingiz, yozdim. Bir-ikki marta doʻstlarim bilan oʻqidim. Ojiz talabangizning moddiy va ma'naviy oʻn besh yoshidan beri, moziyda yig'ilgan mogʻorlagan yaralarini davoladi. Alhamdulilloh. Buning ustiga bir tush koʻrdim. Tush budir:

"Tushimda qiblaga to'g'ri bir viloyatga bordim. U viloyatda kezarkan, ikkita katta ajib fabrikaga uchradim. Bu fabrikalar dunyodagi fabrikalarga oʻxshamaydi va hamda bu fabrikalar insonning oʻng tarafiga keladi. Ikkisining ham sohiblari yoʻq. Ichiga kirdim, fabrikaning biri katta, biri kichik. Bu kichik fabrikani men idora qilay deb unga sohib boʻldim". Bundan keyin bir tush yana koʻrdim:

Qiblaga qarata uzun bir lashkargoh va lashkargohning ichida katta bir tandir bor. Men ham u tandirning doirasidaman va oyoq ustidaman.

— 141 —

Qarshimda yoshlardan ahli taqvo Sulaymon ismli bir yosh bor edi. Va oʻng tarafimda yana yoshlardan Ismoil ismli birisi bor edi. Bunga binoan, taxminan yuz qadar yoshlar o'sha tandirning doirasida oʻngimda va so'limda oyoq ustida edilar. Hayrat etdim. Bundan keyin buyuk bir zot keldi, yoshlarning qarshisiga kichkina bir roʻmolcha toʻshadi. U roʻmolcha ustidan toʻrt burchakli donli nonni yoshlarga bir-bir tarqatdi. Keyinchalik u roʻmolchaning ichidan bir hovuchdan mayiz ham tarqatdi. Qarayman, u roʻmolchada uzum va non tugamadi. Hayrat etdim. Menga deyildiki: "Bu muborak zot Said Nursiydir". Men ham angladimki, bu hayratlanarli ish aqtoblarda boʻladi dedim, uygʻondim.

Bundan keyin risolalarni davom qilib yozayotgan ekan, Allohning tavfiqi va Ustozi Muhtaramim himmati erishdi. Juda koʻp istifoda etishni boshladim. Keyinchalik barcha o'sha tushimda koʻrgan yoshlar atrofimga toʻplandi. Har birisi menga doʻst va Qur'onga talaba boʻldilar.

Va yana bizning mamlakatning insonlari biroz ahli tariqat va ahli taqvodir. Mamlakatimizda zohir va botin domlasi boʻlmaganidan shaytonga va nafsga koʻp marta hadaf boʻlar edik va avhomlar ichida boʻgʻilar edik. Risolalarni oʻqigan sari shaytoni lain va nafsning hiylalarini va avhomlarini Jahannamning tubiga otardi. Risolalarni oʻqirkan, koʻp doʻstlar juda hayratda qolar edilar. "Bu ulkan Badi', bu lu'lu-misol bu soʻzlarni, bu kalimalarni qayerdan topmoqda?" deya bir-birimizga koʻp marta der edik. Lisoniga boqsang, bir narsa istifoda etilmas kabi koʻrinadi. Holbuki, aytganlari faqat hikmatdir. Nazarimizga dahshat beradi, nur sochadi

{(Hoshiya): Ha Mustafo qardoshim, Saidning uch shaxsiyatidan ikkisini toʻliq farq etgan. Saiddagi ustozini dars bergan vaqti oliy koʻradi. Bechora doʻsti boʻlgan Saidni haqiqatda boʻlgani kabi oddiy koʻradi va koʻrgani toʻgʻridir.

Said}

deya takror-takror ishtiyoq bilan oʻqir edik. Bundan keyin "Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur oʻqiganlarga bir iksiri a'zamdir" deya hukm etdik.

Muhtaram Ustozim, moddiy va ma'naviy yaralari boʻlgan bu yuz doʻstlarimning yaralarini risolalar davolamoqda. Hatto ba'zan bizdan uzoq boʻlganlar avhomga boʻgʻilar, kelarlar. Ojiz talabangiz bir risola oʻqisam, avhomini ketkazar, ketardilar. Janobi Haq, Fayyozi Mutlaq va Xalloqi Azim mavjudot va jomidot va zarralar adadicha sizdan rozi boʻlsin. Omin!

Ertaga mahsharda, harkasdan avval Rasuli Akram va Nabiyyi Muhtaram Afandimiz Hazratlarining shafoatiga mazhar boʻl, inshoalloh. Omin.

— 142 —

Bu yoshlarning har kun, har soat duosini olmoqdasiz. Va har bir risolani oʻqirkan, eng kami sakkiz-oʻn qadar doʻst boʻladi. Holbuki bu fitna-i oxirzamonda bu yoshlarning bir oraga kelib haq soʻz tinglashlari juda muhim va shukrga sababdir.

Bu ojiz talabangiz Arabcha oʻqimagan va madrasada oʻqimagan. Avvallari yozilgan Turkcha kitoblarni oʻqirdim, moddiy va ma'naviy yaralarimni davolaydigan darmon topolmas edim. Ruhim va qalbim juda tipirchilardi. Shunday bir darajaga kelardimki; har soat oʻz jonimga qasd qilishga qaror berar edim. "Ajabo, holim nedir va nima boʻladi? Murshidi komil qayerda topa olaman?" deb juda xavotirlanar va umidsizlik ichida qolar edim.

Janobi Haq qandayki Jahannam kabi bir zamon ichida Jannat kabi bir zamonni xalq etar va har zamonga loyiq choralarni ijod etar va har yaraga muvofiq darmonni ehson etar. Xuddi shuning kabi, bu madrasasiz zamonimizda biz kabi yaralilarga -Ustozi Muhtaram vositasi ila- risolalarni Turkcha oʻlaroq ta'lif ettirmoqda. Bunga qanchalar shukr qilayin? Hadsiz va hisobsiz Janobi Haqqa shukrlar boʻlsin va Ustozi Muhtaramni ham Qur'on xizmatida muvaffaq etib, ikki jahonda aziz aylasin. Omin.

Men hech bir Arabiyot koʻrmasdan, madrasada besh-oʻn yil oʻqimaganim holda; faqat risolalarni yozib jiddiy ravishda oʻqidim. Oʻzimni yigirma yil madrasada oʻqigan kabi xayol qilmoqdaman. Sababi esa; bu ojizning, bu faqirning, bu miskinning yoniga koʻp Arabiyot domlalari keladi va mening oʻqiganimga hayrat etadilar. Avvaldan murshidi komil tarbiyasi koʻrgan insonlar keladilar, mendan eshitgan kalimalariga maftun boʻladilar. Koʻp domlalar tizzalab oʻtirib, "Risola oʻqib ber" deydilar.

Agar ovozim yetishsa edi, bor kuchim bilan baqirib, yer kurrasidagi yoshlarga der edim: "Risolalarni jiddiy oʻqimoq va yozmoq, yigirma yil madrasada oʻqimoqdan ustundir va manfaatliroqdir". Madrasada oʻqishdan maqsad; avvalo oʻzini qutqarib, keyin ummati Muhammadni (ASV) qutqarishga harakat qilmoq emasmi? Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur yigirma yillik madrasa ilmini beradi e'tiqodidaman.

Va har bir risola bir oʻzi bir murshidi akmaldir. Qalbi buzilmagan har qaysi yosh bir risolani olib diqqat bilan va taslimiyat bilan oʻqisa, doira-i inqiyodga keladi, isloh boʻladi. Har qaysi bir moddiyyun bir risolani olib oʻqisa, iymon keltirmasa ham, hech bir bahona topolmaydi. Har qaysi bir dinsiz oʻqisa va tom ma'nosi bilan anglasa, iymonga keladi. Har qaysi bir faylasuf oʻqisa, "Bundan yanada yuksak aql boʻlolmaydi va aqllar toʻplansa bundan yuqori chiqolmaydi, aql bunga yoʻl topolmaydi" deydi. Risola-i Nur lisoni hol bilan Ovrupa maftuni boʻlgan bir koʻzli Dajjolga "Yo iymon keltir, yoxud butun dunyoning masqarasi boʻlasan" deydi.

— 143 —

Hozir aziz dars qardoshlarim! Bu faqir bir dona murshidi akmal va qutb qidirarkan, Janobi Haqning ehsoni bilan, karami bilan, lutfi bilan, rahmati bilan, Ustozi Muhtaramning sa'yi bilan bir yuz oʻn toʻqqizta murshidi akmal va komil topdim. Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur bir yuz oʻn toʻqqiz adadi bilan, har biri bittadan murshidi akmaldir va aqtobdir.

Ey moddiy va ma'naviy yarali boʻlgan yosh qardoshlarim! Va ey murshidi akmalga muhtoj boʻlgan ahli tariqat qardoshlarim! Shayx Abdulqodiyr Jiyloniy va Shohi Naqshband, Imomi Rabboniy, Imom Gʻazzoliy, Muhyidini Arabiy, Mavlono Xolid Roziyallohu anhum, Qaddasallohu asroruhum Hazratlarining daraja-i kamolotlari, marotibi iymonlari risolalarda va Maktubotda bordir.

{(Hoshiya): Marhum akam Mustafo risolaning shogirdlari ila valiylikning shogirdlarini va bir-birining orasidagi darajani anglatmoq istaydi. Bu masalani Risola-i Nur hal etgan. Ham tavhidi omi ila tavhidi haqiqiyni koʻrsatgan. Yana koʻzi yopiq boʻlib ketishning va koʻzi ochiq boʻlib ketishning farqini Risola-i Nur bayon etgan. Yana olami yaqazo ila olami menamni Risola-i Nur kashf etgan. Yana olami misol ila olami shahodatni bir-biridan Risola-i Nur ayirgan. Yana valoyati kubroni, valoyati vustoni, valoyati sugʻroni va bir-birining farqini tamomi ila Risola-i Nur koʻrsatgan. Bir suhbatda, bir qadamda -Sahobalarga oʻxshab- zohirdan haqiqatga oʻtishning sabablarini anglatgan. Yana tariqat shayxlarining va Aimma-i Arba'aning yoʻllarini Risola-i Nur bayon etgan. Yana ilmalyaqiyn, aynalyaqiyn, haqqalyaqiyn ila qoʻlga kiritilgan iymonning farqlarini Risola-i Nur koʻrsatgan. Yana Hazrati Abubakr Siddiq (RA) va Hazrati Umar (RA) va Hazrati Usmonning (RA) mashrabini Risola-i Nur ta'qib etgan. Yana Imomi Alining (RA) bir valadi ma'naviysi boʻlganini, Jaljalutiyani tafsir ila Risola-i Nurning qiymatini va vazifasini Risola-i Nur koʻrsatgan. Yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Mahdiy va Iso Alayhissalom va Dajjol va Yajuj-Majuj va Saddi Zulqarnayn haqidagi mutashabeh hadislarni Risola-i Nur ta'vil etgan, asos maqsadni anglatgan.

Imomi Ali (RA), Shohi Jiyloniy (RA), Sakkizinchi, Oʻn Sakkizinchi, Yigirma Sakkizinchi Yogʻdular ila va Sakkizinchi Shu'la ila karomoti avliyo haq boʻlganini va yerda ekan Arshi A'zamni mushohada etganlarini Risola-i Nur bayon etgan. Yana umum mujtahidlar "Mutakallimiyndan biri keladi, haqoiqi iymoniyani va barcha masalalarni ochiq suratda bayon qiladi" degan xushxabarlarini Risola-i Nur olamning hodisalari ila isbot etgan. Yana barcha har asrda kelgan mab'uslar, valiylar kashfiyotlarida, "Biri keladi, sharqdan bir nur zuhur etadi" deb Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini va Ustozimning shaxsi ma'naviysini va talabalarning shaxsi ma'naviysini koʻrib, butun ummati Muhammadga (ASV) Risola-i Nurning fazilatini, ahamiyatini, qiymatini va amri Paygʻambariy ila butun ummat virdlarida azobi qabrdan va oxirzamonda keladigan fitnadan, Dajjolning sharridan istioza etishlarini va qiladigan moddiy va ma'naviy taxribotini Risola-i Nur ta'mir qilganini koʻrganlar. Xushxabarlar, bashoratlar, ishoralar, ramzlar ila xabar berganliklarini Risola-i Nur Eskishahar, Denizli, Afyon, Istanbul kabi olam hodisalari ila koʻrsatgan.

Xullas kalom: Asrlardan beri kutilgan va muntazir qolingan zot Risola-i Nur ekan. Hatto Ustozning oʻzi ham bir zamon bunday bir zotning kelishiga muntazir ekan. Holbuki na ogʻam Mustafoning va na mening haddim emaski, Risola-i Nurning qiymatini va vazifasini bayon etaylik, afsus! Risola-i Nur Qur'onning xos tafsiri boʻlganidan, Qur'onga bogʻliqdir. Qur'on esa, Arshi A'zamga bogʻliqdir. Shuning uchun Risola-i Nurni Qur'on madhu sano eta oladi. Birinchi Shu'lada oʻttiz uch oyati ila ishora etgan.

Buni yozishdan maqsadim; ogʻam Mustafoga Risola-i Nurdan madad va Qur'ondan shafoat va Ustozimdan duo istamoqdir.

Talabangiz Kichik Ali}

— 144 —

Ey qardoshlarim va ey xalifalar! Tariqatning va haqiqatning muntahosini anglamoq istasangiz, risolalarni jiddiy ravishda oʻqing. Yuqoridagi zotlarning orqasidan ketasiz va yuksak iymonlariga yaqinlashasiz.

Ey ahli tariqat qardoshlarim, ayniqsa sizlardan koʻp iltimos qilaman, risolalarni bir marta oʻqinglar. Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning har bir qatorida bir kitobning ta'sirini topolmasangiz, menga nima desangiz denglar, qabul qilaman.

Takror koʻp tavsiya etaman, oʻqinglar, oʻqinglar. Oʻqigan sari risolalar fayz beruvchi nurlarini sochadilar. Oʻqigan sari ishtiyoq keltiradilar, zerikish bermaydilar. Boshqa kitoblarni bir-ikki marta oʻqisang, insonga zerikish beradi. Holbuki risolalar unday emas, oʻqigan sari boshqa-boshqa iymon hollari talqin etadilar.

Qaytaman yuqoridagi tushning ta'biriga. Aqlim yetishgani qadar ta'bir etaman, Alloh xayrli qilsin.

Biri katta, biri kichik fabrikadan, katta fabrika esa ustozi muhtaramdir. Fabrikaning ichida boʻlgan ajib va gʻarib, badi' asboblar esa, bu zamonga qadar hech bir imom aytmagan kalimalarni va iymon talqinotlarini qilgan Risolat-un Nur qismlaridir. U kichik fabrika esa; Risola-i Nurlarni kim oʻqib yozsa, u ham kichik fabrikaga oʻxshaydi. Ichkarisidagi badi' asboblar esa, Risola-i Nurning dasturlari, haqiqatlari va iymonga doir masalalardir. Oʻqigan va yozgan insonlar shunday kuchli, tebranmas iymonlarni topadilar. Fabrika harakati esa, risolalarni oʻqib yozgan odamlarning kamoli shavq va hayajon bilan ishlashlaridir. Koʻrgan viloyatim esa; valoyati kubro yoʻllarini koʻrsatgan Risola-i Nurdir. Bu tushni quvvatlantirmoq uchun bir tush yana aytaman: "Uyqumda Istanbulga piyoda boʻlib ikki marta ketdim. Istanbulga borganimda doʻkonlarining hammasi ochiq, ichida sohiblari yoʻq, doʻkonlarning ichida- sanduqlarda katta-katta mexlar koʻrdim va boshqa temir parchalari ham bor edi. Buning ustiga ma'naviy rahmat yogʻarkan, Istanbuldan piyoda boʻlib qaytdim".

— 145 —

Allohu a'lam buning ta'biri ham, dunyoda Istanbul katta va chiroyli mamlakat boʻlgani kabi, xuddi shuning kabi risolalar va Maktubot-un Nur valoyati kubro yoʻllarini koʻrsatadi. Temir kabi quvvatli, olmos mexlar kabi haqiqatning burhonlarini sotishga chiqargan va har risola bir qudsiy doʻkon hukmiga kelgan bir mashhari nuroniydir. U namoyishgohda iymoniy nurlar koʻrsatiladi. Va valoyati kubro yoʻllarini koʻrsatganini, ikki karra ikki toʻrt boʻlar darajasida qanoatim kelgandir.

Ikkinchi koʻrgan tushimning tabiri, Allohu a'lam bunday boʻlsa kerak: Qiblaga qaragan lashkargoh esa, ma'naviy Allohga askar boʻlgan yoshlarning Isparta Viloyatidagi keng darsxonalariga ishoradir. Nonni tarqatgan zot esa, ustozi muhtaram Said Nursiydir. Va non pishirgan tandir esa, ustozimning xususiy madrasasidir. Tandir nonining xaridorlari esa, risolalarni oʻqib lazzatini anglagan, men kabi va doʻstlarim kabi هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deganlardir.

Ha, ustozi muhtaram insonlarga ma'naviy non tarqatuvchidir. Bu tandirda koʻp ishoralar bor. Aqlim bu qadar yetishadi. Yoshlarning oyoqda boʻlishi esa, yoshlarning iymoniy risolalar oʻqib iymonlari quvvatlanishiga ishoradir. U shirin va yegan sari tugamagan uzum va non esa, har narsadan yanada shirin i'jozi Qur'on sirlariga va iymonning nurlariga ishoradirki, ularni Risola-i Nur tarqatadi. Ojiz talabangiz esa, yoshlarning boshida va oʻng tarafda boʻlganim esa; yoshlarga ehsoni Ilohiy, ikromi Ilohiy va ustozi muhtaramning himmati bilan u yoshlarga vasila boʻlishimga ishoradir inshoalloh. Mening aqlim bu qadarga yetishadi. Bu qadar ta'bir eta oldim. Tushlarimning isloh va ta'birini iltimos qilaman.

— 146 —

Yigirma kun mobaynida bir tush yana koʻrdim: Egʻirdir Koʻlining boʻyida, ya'ni shagʻal ustida ekanman. Bu dengizning boʻyida katta bir oq chodir oʻrnatilgan. Chodirning ichida katta bir ustunning ostida ustozim Said oʻtirmoqda. Bu asnoda qoʻliga katta bir qizil muqovali kitob olib, chodirning ustuniga tayanib u kitobni oʻqidi. Keyinchalik xorijdan, qibla tarafidan Mahmud ismli yigit, yashil koʻylakli biri kelib ustozimning qoʻlidan u kitobni -ya'ni oʻqigan xutbasini- so'radi va oldi. Chodirdan Mahmud ismli yigit tashqariga chiqdi, qiblaga qarata, oyoq ustida xalqlarga dediki: "Bu onga qadar bunday bir xutbani hech bir imom oʻqimagan" deb, u xutbani olib qiblaga qarab etdi. O'sha onda uygʻondim. Alloh xayrli qilsin.

Bu tushni ham bilganim qadar ta'bir etaman: U dengiz esa Shariati Muhammadiyadir (S.A.V.) U chodir esa, Isparta Viloyatidir. U xutba esa, Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurdir. Xutbani etgan yashil koʻylakli yigit Mahmud esa yo Shayx Jiyloniy, yo Imomi Rabboniydir. Risolalar maqomi Mahmud yoʻlini ta'rif etadilar. Ustozimning xutbasi boʻlgan Risola-i Nur, bu zamonning bir mahdiysi va mujaddididir.

Ey Yer kurrasida boʻlgan yoshlar, domlalar va xalifalar! Ming yildan beridir insonlar qidirgan Mahdiy Hazratlarining peshdori va xushxabarchisi ustozim nashr etgan Risola-i Nurdir. Ey mening qardoshlarim! Men kabi ojiz bir talabaning oʻqishidan, anglashidan nima chiqadi? Ustozimdan qanday savol soʻray olaman? Nechta kitob oʻqidimki, savol soʻray va masala hal qilay? Qanday savol soʻray?

Dunyoda koʻp kitoblar bor va u kitoblarni oʻqigansiz. Oʻqigan kitoblaringizning hammasini ham tushundingizmi? Har holda tushunolmaganingiz masalalar koʻpdir. Ustozimdan savol soʻrang, maydonga ilm chiqsin va iymon haqiqati chiqsin-u, dunyoda boʻlgan uch yuz ellik million Musulmonlar ham istifoda etsinlar. Qancha mushkulotingiz boʻlsa hal etilsin, biz kabi ojizlar ham istifoda etsin.

Ey domlalar va ahli qalb! Soʻraydigan savollaringizning javoblarini Risola-i Nurda topa olasiz. Ahli kashf va qalbdan biri men kabi ojiz bir insondan Mahdiyni soʻramoqda, "Qachon keladi?" Hali ham Mahdiyni anglay olmagan. Dabbat-ul Arz kimlar boʻlganini bilmaydi. Bularga doir risolalarda bittadan bahs bor. Har mushkul savolning javobini u risolalardan qidiringlar, topasizlar.

— 147 —

Ey domlalar va xalifalar! Bizning ilmimiz bizga yetar deb, tilla qoʻngʻiz kabi shavqingizga, ilmingizga aldanmanglar. Insonning oʻz bilgani oʻziga yetarli bo'lmaydi. Har inson har masalani yolgʻiz anglay olmaydi. Uxlayapsiz! Shuncha uxlaganingiz ortiq yetar! Uygʻonish kerak...

Padar va volidam va barcha doʻstlarim va birodarim Ali koʻp salom aytib, ikki qoʻllaridan oʻpar va duo qilmoqdadirlar.

Kuleo'nunda Soʻfi oʻgʻli
Talabangiz Mustafo Xulusiy (RH)

(Risola-i Nurning ilk nusxa yozilishida koʻp xizmati oʻtgan toza qalbli, ixlosli, chiroyli hofiz, mudaqqiq bir domla boʻlgan Hofiz Xolidning bir bayoni.)

Risola-i Nurning muallifi Badiuzzamon nodira-i jahon, xodimi Qur'on Said Nursiy haqida hissiyotimdan mingdan birini bayon qilmoqdaman:

Ustozim -oʻzlari- Nur ismi jaliliga mazharlar. Bu ismi sharif oʻzlari haqida bir ismi a'zamdir. Oʻz qishloqlarining nomi Nurs, volidalarining ismlari Nuriya, Qodiriy ustozlarining ismi Nuriddin, Naqshiy ustozlarining ismi Sayyid Nur Muhammad, Qur'on ustozlaridan Hofiz Nuriy, xizmati Qur'oniyada xususiy imomlari Zinnurayn; fikrlarini, qalblarini tanvir etgan oyati Nur boʻlishi va mushkul masalalarni izohga vosita boʻlgan nur tamsillari gʻoyat qiymatdordir. Risolalar majmuiga Risola-i Nur nomi, Nur ismi u kishi haqida ismi a'zam boʻlganini tasdiqlamoqdadir.

Risola-i Nur nomli hayratlanarli qalamga olingan asarlarining bir qismi Arabcha boʻlmoq bilan birga, Risola-i Nur parchalari hozirga qadar bir yuz oʻn toʻqqizga yetgandir. Har bir risola oʻz mavzusida hayratomuzdir. Gʻoyat yuksak boʻlmoq bilan birga, Oʻninchi Soʻz ismi bilan mashhur boʻlgan hashrga doir boʻlgan risolasi juda g'aroyib, jome'dir. Olimlar fikricha faqat naqliy boʻlgan hashrni va nashrni gʻoyat kuchli va qat'iy aqliy dalillar bilan isbot qilgan. U bilan koʻplarning iymonini qutqarganlar.

— 148 —
هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَٓاءً وَ الْقَمَرَ نُورًا

oyatining sirri bilan deya olamanki, Risola-i Nur bir qamari ma'rifatdirki, shamsi haqiqat boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning nurini istifoza aylamishki, نُورُ الْقَمَرِ مُسْتَفَادٌ مِنَ الشَّمْسِ boʻlgan mashhur qoziya-i falakiyaga masadaq boʻlgandir. Yana ayta olamanki, ustozim Qur'on haqida bir qamar hukmida boʻlib, samo-i risolatning shamsi boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan nuriy istifoda etib, Risola-i Nur shaklida tazohur etgan.

Ustozim, boshqalarida kamdan-kam boʻlgan mumtoz xislatlaridan, zohiriy holatlaridan juda ustun bir vaziyat koʻrsatadilar. Zohir holga boqilsa, ilmi holni bilmaydiganday koʻrinadilar. Birdan qaraysan, bir dengiz kabi boʻladilar. Iznli boʻlganlari miqdorni va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan istifoda darajalari nisbatida aytadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan istifoda jihatlari boʻlmagan vaqtlarida, yangi Oy kabi mahviyat koʻrsatadilar. Menda nur yoʻq, qiymat yoʻq deydilar. Bu xislatlari ham toʻliq tavozudir va مَنْ تَوَاضَعَ رَفَعَهُ اللّٰهُ hadisi bilan toʻliq boamal boʻlishlaridir. Xullas, bu xislat ijobotidandirki; biz kabi talabalaridan ba'zi ilmiy masalalarda muxolafat boʻlsa, ularning soʻzlarini ichida qidirar, haq topgani vaqtlari, kamoli tavozu bilan va lazzat bilan qabul qilib tan olar. Moshoalloh der. Siz mendan yanada yaxshi bildingiz der, Alloh rozi boʻlsin der. Haq va haqiqatni nafsning gʻurur va anoniyatidan doimo ustun qo'yarlar. Hatto men ba'zi masalalarda muxolafat etardim. Menga nisbatan gʻoyat multafit, mamnunona bir holat olar; agar xato qilsam, goʻzalcha, meni gʻazablantirmasdan ogohlantirar; agar chiroyli bir narsa aytgan boʻlsam, juda mamnun boʻlarlar.

Ustozim ayniqsa hikmati haqiqiya fanida, ya'ni hikmati shariat va Islomiyat nuqtasida juda hayratomuz va hikmati bashariyada ham juda oldindalar. Hatto u ilmda Aflotun va Ibn Sinoni oʻtganlar deb bilaman.

Bundan oʻn uch yil avval, "Dor-ul Hikmat-ul Islomiya" a'zosi ekan, kichikliklaridan beri hozirga qadar ma'nan izni Ilohiy bilan uning bir muini va nosiri va muhofizi boʻlgan qutbi Rabboniy va qandili nuroniy Abdulqodir Jiyloniy (alayhi nazar-ur Rahmoniy) Hazratlarining Futuh-ul Gʻayb risolasini tafa'ulan ochgan asnolarida,

— 149 —
اَنْتَ ف۪ى دَارِ الْحِكْمَةِ فَاطْلُبْ طَب۪يبًا يُدَاو۪ى قَلْبَكَ

iborasi chiqdi. U ibora u kishi haqida juda ma'nodor boʻlib, Eski Saidni Yangi Saidga aylanishiga sababiyat bergandir. Eski Said boʻlgan zamonlarida Inglizlarning diniy savollariga gʻoyat latif va muskit bir javob berganlar. Va ilmi mantiqda Ibn Sinoning qalamga olgan asarlaridan oʻtadigan "Ta'liqot" nomli g'aroyib bir risolasi bor. Ishkali mantiqiyani qiyosi istiqroiy jihati bilan oʻn mingga qadar yetkazib, hech bir olim yetishmagan bir daraja-i ihota koʻrsatganlar. "Sunuhot" ismli bir risolalarida koʻrdimki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olami ma'noda, bir madrasada unga dars berganini koʻrganlar. U darsi ma'naviyaga binoan "Ishorot-ul I'joz" nomli hayratomuz tafsirni yozganlar. Menga bir kun dedilarki:

"Jahon Urushi hodisa va natijalari mone boʻlmasa edi, Ishorot-ul I'jozni Allohning tavfiqi va izni bilan oltmish jild yozar edim. Inshoalloh Risola-i Nur oxiri u tasavvur qilingan g'aroyib tafsirning oʻrnini oladi".

Ustozim bilan yetti-sakkiz yil musohabatim asnosida ahamiyatli mashhudotim koʻp. Ammo اَلْقَطْرَةُ تَدُلُّ عَلَى الْبَحْرِ ga ko'ra, dengizga dalolat maqsadi bilan bu bayon kifoya koʻrildi. Chunki Ustozimdan ayrilish zamoni edi, shoshib yozdim. Ustozim, وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ oyatining sirri bilan koʻp marta yonlarida meni musohib topmoq haqqini va tavajjuh duosi bilan amalga oshirishlariga aminman.

Hofiz Xolid (RH)
— 150 —

(Xulusiy Beyning bayoni)

Aziz, muhtaram, mushfiq va mukarram Ustozim!

Bu dafa yuborilishiga inoyat qilingan Risola-i Nur parchalarining toʻrt qismli mundarijasini oldim. Avvalroq Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Uchinchi va Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdularini olgan, ammo tuygʻularimni arz qilishga muvaffaq boʻlolmagandim. Mundarijalar toʻrt tarafimni oydinlatdilar va e'tiqodda bir boʻlib, juda metin hikmatlar bilan ba'zi amallarda farqliliklari boʻlgan toʻrt mazhabi haq kabi; bu faqirga haqqa, haqiqatga, sidqqa, iymonga, nurga, rizoga ketgan yoʻllarni koʻrsatdilar. Dunyo hodisalari tashvishlari hozirga qadar boshimdan oʻtmagan bir tarzda meni charchatgan. Ulkan bir doiraning moddiy va ma'naviy ogʻir yuki ostida bir oʻzim qolganimdan juda boʻgʻilgandim.

Aziz ustozimning Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi Yogʻdusi bilan tavsiya qilgan avrodning quvvati, Risola-i Nurning fayzi, mushfiq ustozimning mustajob duolari va ustozimning ustozi Hazrati Gʻavsning lillahilhamd eng kichik hojatimni qondirish qadar zohir himmati, batamom bir lutfu fazli Ilohiy asari oʻlaroq davom eta olganim salovoti sharifa barakoti bilan zuhur etgan imdodi risolatpanohiy va Janobi Allohning nihoyasiz in'om va ehson va inoyati soyasida, -yuz minglar hamdu shukrlar boʻlsin- umidsizlikka va sustlikka tushishdan xalos boʻlgan.. faqat huzuri ma'naviyingizga bir necha satrlik ariza bilan chiqishga kech qolgan.

Haqiqatdan, olmos qalamli juda qiymatli qardoshlarim osori Nurning jam va koʻpaytirish va nashrida koʻrsatgan gʻayrat va himmatlari va suyukli ustozimizga bu qudsiy vazifada qilgan yordamlari, har qanday taqdirdan ustundir. Allohu Zuljalol hammalaridan rozi boʻlsin va nashri anvori Qur'oniyada doimiy muvaffaqiyatlarga sazovor qilsin.

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Uchinchi va Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdulari shunchalar buyuk darslar, shunchalar azamatli haqiqatlar, shu daraja porloq hikmatlar va nurli, qudsiy, lahutiy fayzlarni ichiga olganki, bu bechora qardoshingizning soʻniq zakovati, qisqa tushunchasi, parishon, chalkash miyasi bilan his eta olgan zavqlarini ifoda etishiga imkon yoʻq.

"Idroki maoliy bu kichik aqlga kerakmas,

Zero bu tarozi shu qadar yukni koʻtarmas".

Oʻn Uchinchi Yogʻduning oʻn uch ishora bilan bayoni Surat-ul Falaq va Surat-un Nos oyatlari bilan,

وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاط۪ينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ
— 151 —

oyatlarining adadi yig'indisiga yoki bu ikki suraning har birida oʻqilayotgan "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" adadi bilan va Fotiha boshda sanalmasa, bir yuz oʻn uchinchi suraga toʻliq va latif tavofuq va ishora koʻrsatishi diqqat nazarini jalb etmoqdadir. Har ishoraning oxirida u ishoradagi haqiqatlar bir qancha eng munosib va a'lo kalima bilan ifoda etilgandirki, bundan yanada kuchli bayon boʻlolmaydi. His qilganlarimni bu ishoralardagi kalimalar bilan qisqacha arz etaman.

Birinchi Ishora: Shaytonning va uning sherik va muinlari boʻlgan ahli zalolatning sharridan faqat shariati Muhammadiya (ASV) bilan boamal va sunnati Ahmadiya (ASV) bilan bogʻlangan boʻlmoq bilan qutulmoq imkoni boʻlganini,

Ikkinchi Ishora: Kufrga kirgan ahli zalolatning son jihatidan koʻpligining qiymatsizligi; shayton va yordamchilarining hujumlariga qarshi istioza, istigʻfor, hifzi Ilohiyga iltijo va taqvo bilan Sunnati Saniyaga yopishmoqdan boshqa chora boʻlmaganini,

Uchinchi Ishora: Zohiran juz'iy xato va isyon bilan juda buyuk taxribot qilayotgan hizb-ush shaytonga qarshi eng quvvatli qal'a boʻlgan Qur'oniy qal'aga iltijo lozim bo'llganini,

Toʻrtinchi Ishora:
مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ

oyatiga bir navi tafsir mohiyatida, juz'iy ixtiyor va ijodsiz kasb bilan sharrlarga sababiyat bergan shaytonning mudhish taxribotiga qarshi istigʻfor va Allohga iltijo va Sunnati Saniyaga rioya taqozo etgani,

Beshinchi Ishora: Qur'oni Hakimning azim targʻib va tashviqlarining batamom oʻrnida boʻlib, ahli iymonning dasoisi shaytoniyaga tushishlari, iymonsizlikdan va iymonning zaifligidan kelib chiqqanini; yana gunohi kaboirni qilganlarning kufrga kirmaganlarini,

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

ikki oyat bilan sobit boʻlganini va oxiri Janobi Arhamurrohimiynning Gʻofur va Rahim ismlarini malja' va panogoh qilib shaytondan istioza etilishini,

— 152 —

Oltinchi Ishora: Taxayyuli kufrni tasdiqi kufr bilan chalkashtirish va tasavvuri zalolatni zalolatning tasdigʻi suratida koʻrsatgan dasoisi shaytoniyadan qutulmoq uchun, haqoiqi iymoniya va muhkamoti Qur'oniyaga yopishmoq va lumma-i shaytoniyadan kelgan dasisalarga qarshi istioza etmoq va har ikki ma'naviy yaraga qarshi Sunnati Saniyani malham qilmoq ijob etganini,

Yettinchi Ishora: Arkoni iymoniyadan biri boʻlgan qadarga ta'vilsiz iymon etmoq lozim boʻlganini va gunohi kabirani qilgan moʻmin qola olishini... Ammo shaytonlarning taxribotiga qarshi Janobi Haqning ming bir ismining tajalliy etayotganini, Ahli Sunnat va Jamoat boʻlgan Ahli Haq mazhabidan ayrilmaslik va Qur'onning qattiq va metin qal'asiga kirib Sunnati Saniyaning muqtazosiga uygʻun harakat qilmoq bilan qutilishga muvaffaq boʻlishlikni,

Sakkizinchi Ishora: Kufr va zalolat yoʻlida insonlarning qanday ixtiyorlari bilan suluk etganlarini va bularning qanday hayot oʻtkaza olganliklarini aliyy-ul a'lo bir tarzda dars bergandan soʻng, ahli iymon uchun Qur'onning himoyasi ostiga iymoni tom va e'tiqodi komil bilan kirmoq va Sunnati Saniyaning doira-i nuroniyasiga seva-seva doxil boʻlishning qanchalar chiroyli boʻlganini,

Toʻqqizinchi Ishora: Hizbullohning nima uchun koʻp marta hizb-ush shayton boʻlgan ahli zalolatga magʻlub boʻlganliklarini; Madina munofiqlarining zalolatda tirishib, hidoyatga kirmasliklari va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ikki muhorabadagi magʻlubiyatining hikmatini bayon qilib, u Sayyid-ul Mursaliynning sunnatiga ergashish soyasida vaqtinchalik ogʻriqlarning oʻtishini,

Oʻninchi Ishora: Iblisning eng muhim bir dasisasi boʻlib oʻziga tobe boʻlganlarga oʻzini inkor ettirganidan, toʻrt misol bilan izoh surati bilan bahs; ahli iymonga jin va ins shaytonlarining sharrlaridan Allohga iltijo etmoq bilan salomatga qovushilishini,

Oʻn Birinchi Ishora: Jussa va jismi kichik, jinoyat va zulmi katta, ayb va gunohi azim bechora insonni koinotning hiddatidan, maxluqotning nafratidan, mavjudotning qahridan qutqarmoq uchun Qur'oni Hakimning doira-i qudsiyasiga kirishga va Sunnati Saniyaga ergashishga da'vat etganini,

Oʻn Ikkinchi Ishora: Mahdud gunohlarga Jahannam bilan muqobalaning mahzi adolat boʻlganiga, Jahannamning jazo-i amal, Jannatning fazli Ilohiy bilan boʻlganiga; sayyianing oz yozilib, hasananing koʻp yozilishiga; ahli zalolatning muvaffaqiyatlarining, -hosho- oʻzlarida haqiqat boʻlganiga yoki ahli haqda zaiflik boʻlganiga dalolat etmasligini koʻrsatgan toʻrtta qiziqarli savolga gʻoyat fasih va baligʻ javoblar bermoq surati bilan, ahli iymonni, رَاْسُ الْحِكْمَةِ مَخَافَةُ اللّٰهِ dasturiga, har qanday saodatni jamlagan Qur'on va Sunnat shohrahiga kirishga tashviq etganini,

— 153 —

Oʻn Uchinchi Ishora: Uch nuqtasi bilan Shaytonning dasisalariga mubtalo boʻlgan bechora insonga hayoti diniya, hayoti shaxsiya va hayoti ijtimoiya salomati va sihhati fikr va istiqomati nazar va salomati qalb uchun muhkamoti Qur'oniya mezonlari bilan va Sunnati Saniya tarozilari bilan a'mol va xotirotingni tort va Qur'onni va Sunnati Saniyani doimo rahbar qil va "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" deb Janobi Haqqa iltijoda boʻl, deya juda qiymatli tavsiyada boʻlganini va خِتَامُهُ مِسْكٌ navidan oʻn uch ishora holida tavsir qilingan Surat-un Nos va ikki oyati takror bilan darsga yakun berganini gʻoyat zavqli va shavqli va aloqali bir suratda bayon va ifoda aylamoqdadir.

Oʻn Toʻrtinchi Yogʻduning Birinchi Maqomini tashkil etgan ikki masala mening nazdimda juda muhimdir. Bu darsning bildirib yozilishiga vasila boʻlgan Ra'fat Bey qardoshimizdan Alloh rozi boʻlsin. Ikkinchi Maqom yakka holda bir shoh asardir. "Bismillahirrohmanirrohiym" haqidagi bayon qilingan olti sir shunday bir xazina-i asrori Rabboniydirki; faqat Rahmoni Rahimning inoyati bilan bu muborak asarni oʻqib anglaganlar undan zavq olishlari mumkin.

Bundan avvalgi bir maktubda ixtiyorsiz Birinchi Soʻzni tashkil etgan "Bismillahirrohmanirrohiym" haqidagi muborak asardan qalbi ojiziyga kelgan ba'zi xush tafakkurlardan bahs etgan edim. Doimo shafqat bilan duo va darslaridan istifoda ettirgan muazzaz ustozim mening hali avvaldan ham "Bismillahirrohmanirrohiym" ichidagi Rahmon va Rahim ismlarining hikmati taxsisi xususidagi savolimga ikkinchi va juda porloq bir javob yana lutf etgan boʻlmoqdalar. Bu mazhariyat sababli Xoliqi Rahimga qanchalar shukr etsam ozdir.

— 153 —

Tushimda menga uch shaxs koʻrsatildi. Ikkisining ismi aytmilmadi. Ustozim Badiuzzamon esa ismi bilan aytildi. Tez qoʻllariga yopishib qoʻllarini oʻpdim. Ustozim shoshilib choʻntaklaridan bir qalam qogʻoz chiqarib menga berdilar, oʻsha on uygʻondim. Ota onam ahli qalb boʻlishgani sabab, ularga tushni aytdim. Otam "U zot Barlaga endi keldilar. Bir-ikki yil boʻldi. Borib suhbatlarini ol" dedi. Men: "Hali askarlikka bormaganman, yoshim kichik. Bunday katta ma'naviy shifokorning yoniga bu yaralar bilan qanday boraman, jarrohlik amaliyotiga qanday chidayman?" dedim. Menga "Bor" deyildi. Xitob ikki marta takrorlandi. Ertalab turib tez bordim. Ustozimni koʻrib, bir-ikki daqiqa titradim. Soʻngra, fasubhanalloh dedim. Shifokorni koʻrib yaralar bor kuchi bilan baqiryapti. Bergan dorilarga bardosh qilolmaydi. Yaralarni ocholmadim.

Ustozim talabalikka qabul qilib, besh vaqt namozni tashlamasligim uchun juda koʻp tanbeh berdilar. Qaytishdan bir-ikki oy soʻngra hamon askarlikka ketdim. Xizmatni tugatishgacha yigirma oy yaralar bilan, har soat, har daqiqa, "Al-mavtu haqqun" hukmini oʻylab, "Ajabo, mening holim nima boʻladi?" der edim. Yurtimga qaytganimda, akam Mustafoni koʻrishim bilan ruhim biroz yengil tortdi. Bu qayerdan kelib chiqmoqda, dedim. Bir-ikki kun soʻngra, muborak Ramazoni Sharif kechasi uchinchi xitob boʻldi. Tushimda, mamlakatimizning burchagida, Ustozim Badiuzzamon, qoʻlida bir hassa, choʻpon boʻlib dallollikni e'lon etmoqda: "Men Qur'onning dalloliman", deb bor ovozi bilan e'lon qilyapti. Men hayajonimdan uygʻondim.

Demak, ey qardoshlarim va barcha moʻminlar diqqat qiling! Ustozim Hazratlari nafaqat mamlakatimizga, barcha uch yuz ellik million musulmonlarga har soat, har daqiqa, har murojaat qilyapti. Men kabi zohiriy qulogʻi bilan tinglamanglar, har on bizga murojaat qilayotganlarini qalb qulogʻi bilan tinglaylik. Modomiki olmos va javharlar, bu koʻrgazmalar asrimizga berilgan ekan, butun asr topgan daromadimizni bersak ham bu olmoslarning bittasining pulini toʻlay olmaymiz. Bahor oʻtmasdan barcha javharlardan olaylik. Bu javharlar - Risola-i Nur Kulliyotidir.

— 154 —

Mundarijani toʻliq hanuz oʻqiy olmadim, ammo inshoalloh oʻqiyman. Oʻn Birinchi Maktubning nimalarni ichiga olganini oʻrgandim. Yozilmagan va rahmati Ilohiyadan yozilishiga muvaffaqiyat niyoz qilingan asarlarning ham nashriga muvaffaqiyatingizni altafi Subhoniyadan tazarru va niyoz qilaman. Oʻttizinchi Soʻzning mahkama boshkotibini qanday qo'rqitganini, xotirasini tamomi bilan koʻz o'ngimga keltirdim.

Mundarija-i Gul-dasta: Mundarija nomi ostidagi barcha risolalarda yozilgan boʻlgani tarzda emasdir. Tamoman xuٍ ٢iyat koʻrsatmoqdadir. Soʻzlarning va Maktublarning bir xulosat-ul xulosasi aytiladigan vaziyatdadir.

Osori Nurning bir natijasi, xazoini Nurning olmos kaliti, risola va maktublarning nurli eshigi boʻlgan bu xayrli ta'lifga sabab boʻlganlarni ham, muallifini ham Allohu Zuljalol val Kamol hazratlari saodati doraynga sazovor qilsin. Omin!

Xulusiy

(Xusravning mundarija haqida bir bayoni)

Aziz Ustozim!

Yillardan beri vujudga keltirilgan tengsiz asarlarga Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Beshinchi Yogʻdusi bilan yana bir mislsiz asar ilova qilindi. Shoh asarlar bunday shoh asarni hayratlanarli goʻzallikka toʻla bunday goʻzallikta tengi natijani; ajoyib ta'liflar ajib majmuani, azim haqiqatlar azim haqiqatlar kulliyotini va nurli risolalar nurli mundarijani istayotgan edi. Hech bir muallif muvaffaq boʻlmagan bunday mislsiz asarni, xazina-i rahmatidan ehson etib bir yuz yigirmataga yetgan Nur Kulliyotini bir yuz yigirma sahifadan kam boʻlmagan mislsiz mundarijasi bilan bir yerda toʻplagan Fayyozi Mutlaq Hazratlariga yuz ming shukrlar boʻlsin! Ushbu risolaning manfaati, foydalari shunchalik koʻpki; izohga hojat yoʻq. Bu qiymatdor risola oʻzini oʻzi loyigʻidek madh etadi. Ham shunchalik chiroyli madh qiladiki, undan ustun bayon boʻlmaydi.

Xusrav
— 155 —

(Darali Hofiz Ahmad Afandining juda ma'nodor tushli bir bayoni.)

Aziz va mushfiq Ustozim Afandim!

Bir kun uyqu olamida bir sahroda ketayotgan edim. Bir yerda gavjum aholining ichiga kirdim. Darsim boʻlgan Kalima-i Tavhidga davom etayotgandim. U odamlar Nasroniy ekan. Biz oshkora Kalima-i Tavhidni aytganimiz uchun, hammasi bizga ishtirok etdi. Har yuz boshida, "Muhammadur Rasululloh" deyman. U Nasroniylar, "Iso ruhulloh" deydilar. Ularga: "Biz Iso Alayhissalomni tasdiq etamiz, dedim. Va Kalima-i Tavhidni aytdim, "Iso ruhulloh" dedim. Mana qarang, men sizning paygʻambaringizni tasdiq qilaman, siz ham bizning paygʻambarimizni tasdiq qilsangiz nima boʻladi, dedim. "Yoʻq! Iso Alayhissalom osmondan tushmaguncha va sizning paygʻambaringizni oshkora tasdiq qilmagancha, biz tasdiq etmaymiz" deyishdi. Keyin yonimda ikki doʻst keldi. Lekin doʻstlarimning kimlar ekanini bilmayman. "Biz duo etaylik, Iso Alayhissalom kelsin va bizni qanday tasdlashini koʻrasizlar", dedik. Duo qildik. Ikki kishi "omin" dedi. Lekin Iso Alayhissalom kelmagani uchun xafa boʻldik. Yana duo qildik, "Yo Rabbi! Bizni bularning yonida nima uchun uyaltiryapsan?" dedik. "Bu din oliy emasmi?"

Taxminan, orasi bir soat yoki bir yarim soat soʻngra qarshi tarafdan uch kishi chiqdi. Alhamdulilloh, Iso Alayhissalom kelmoqda. Qaradim, biri soqolli, ikkitasi yigit. "Iso Alayhissalom oʻttiz uch yoshda boʻlgani holda koʻkka chiqdi.. nima uchun soqolida oq bor?" Qalbimga keldiki, "Allohu a'lam, Iso Alayhissalom boʻlmasachi?" Bu zot va ikki doʻstlari bilan yonimizga keldilar. Diqqat bilan qaradim; ustozimizning siymolari va koʻylaklaridir. Bizning yonimizga kelganlarida, ostimiz gʻor ekan. Yonidagi ikki kishiga amr etdi: "Bu yerda qulflangan saliblar, xochlar bor. Hammasini chiqaringlar". Chiqardilar. Nasroniylarga qarata hammasini sindirdi va Kalima-i Tavhid keltirib Paygʻambarimizni tasdiq etgandan soʻng, biz ham Nasroniylarga, "Qaranglar, mana Iso Alayhissalomning vakili keldi" dedik. Ularning hammasi tasdiqladi.

— 156 —

Allohu a'lam, bu tushning bir ta'biri shuki: Ustozimizning Qur'oni Hakimdan olgan va nashr qilgan Risola-i Nur vositasi bilan Nasroniylarning bir qismi Islomiyatni qabul qiladi va Nasroniy Musulmonlari yoki Xristiyan moʻminlari hukmiga oʻtib Ustozimizning soʻzlarini Iso Alayhissalomning soʻzlari navidan husni qabul qilishlariga ishoradir.

Ha, Risola-i Nurda shunday bir quvvat borki, Ovrupaning eng o'jar faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi. Har ruhning bir haqiqiy ehtiyoji hisoblangan, haqiqiy iymon nurini qidirgan Xristiyan muvahhidlar, albatta Risola-i Nurni koʻrishsa (Hazrati Iso Alayhissalomning vasiyatlariga amal qilib) qabul etib mahkam tutadi.

Darali Mutaf Hofiz Ahmad

(Osim Beyning bayoni.)

Bu Risola Mundarijasi, haqiqatdan nur manbai va haqiqat majmuasidir. Darhaqiqat, Nur mundarijalaridir. "Oʻttiz Uch Soʻz, Oʻttiz Uch Maktubning har biri, otilib chiqayotgan haqiqat nurʻ manbai va jannat bogʻlarinin gul bogʻchalaridir. Shunga binoan, turli-tuman gullar bogʻining har biridan farqli gullar uzib, toʻrt qism uzra gullar dastasi qilingani kabi, vujudga keltirilgan jahonqiymat asar ekanini bildim.

Mundarijalarni oʻqish mutlaqo "Soʻzlar" va "Maktublar" risolai sharifangizni koʻrish, oʻqish, yozish uchun insonni ishtiyoq va gʻayratga chorlaydi va gʻayratini joʻshtiradi. Faqirning fikricha kam nusxa koʻchirilgan risola-i sharifalarning avvalo qaysisini yozay? Chunki risolalar bir-biri bilan nur va haqiqat musobaqasiga chiqqan deb, halovatsiz va hayajonli vaziyatdaman. Inshoalloh (xazratlarining duolari bilan) hammasini yozaman. Shuni ham aytmoqchimanki: Sabri Afandi qardoshimning qistovi va siz xazratning ilhomi bilan "Mundarija"larning ta'lifi, juda oʻrinli va xayrli, ham sanoqsiz haqiqatlarga kalit boʻldi.

Janobi Haq suyukli ustozimizni doim ofiyatda, umrlariga baraka va har bir ishlarida muvaffaqiyat ehson qilsin. Boshimizda uzoq davr zafar tojimiz qilsin va Qur'on xizmatida ishlaylik, charchaylik, ilgarilaylik. Barcha moʻminlar istifoda etsin va ahli bid'at va mulhidlarning aqli joyiga kelsin.

Talabangiz Osim (RH)
— 157 —

(Kuleonudan Saripichoq Muborak Mustafoning ukasi Kichik Alining bayoni)

(Boʻlgan asrimizning yaralilaridan ma'naviy shifokorga muhtoj o'smirning bayoni.)

Aziz, shafqatli, muhtaram Ustozim!

Bizning asrimiz ma'naviy safarbarlik (urush) davri boʻlgani bois, vujudimdagi yaralarga qaragan sari, yaralar tobora ortayotgan ekan.. bir kun eshitdimki, "oʻngdan chapga oʻtinglar" deb e'lon qilisyapti. Oʻttiz ikki harfning bir nechtasini yoʻqolgan deb e'lon qilishdi. Menda shunday bir yara yana ochildiki, avvalgi yaralarni unuttirdi. Nassi Qur'onda:

اِذْ اَوَى الْفِتْيَةُ اِلَى الْكَهْفِ فَقَالُوا رَبَّنَٓا اٰتِنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ اَمْرِنَا رَشَدًا

Asxobi Kahf afandilarimiz besh yoki sakkiz yigit (bizning asrimizdagi chidab boʻlmas yomonliklar kabi) oʻsha asrda yomonlikdan, fitnadan qochib, haq dinidagi iymon ahlini, zamonning podshohi Daqyanus butparstlikka da'vat qilib.. qabul qilganlarni butlarga qurbon kestirib, qabul qilmaganlarni qatliom qilgan paytda, Asxobi Kahf afandilarimiz gʻorga chekinishdi.

Men ham asrimizga va yaralarimizga qaragan sari, "Ajabo, bu aralash-quralash zamonda, men kabi ma'naviy yarador yoshlar mahkama-i kubroda, Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining huzurida, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo Alayhissalotu Vassalom Afandimizdan qanday shafoat tilay olishadi" deb, kun boʻyicha ruhim qiynalib, yigʻladi. Modomiki Muhammad Alayhissalotu Vassalomga minglab moddiy va ma'naviy yaradorlar, dilsizlar, falaj boʻlgan, butun qalbi qoraygan, iymoni yoʻq badaviy odamlar, Muhammad Alayhissalotu Vassalomning yoniga borganida, bir soat, bir kun Nabaviy suhbatda boʻlgan; soʻngra qavm va qabilalariga rahbar va muallim boʻlib qaytganlar. Va modomiki qiyomatga qadar boqiy qoldirgan Qur'on va Qur'on ta'yin etgan ma'naviy shifokorlar, qiyomatga qadar keladigan moʻminlarga moddiy va ma'naviy shifokorlik vazifasini bajaradilar. Hozirgi holat va vaziyatimizdagi ma'naviy shifokorga murojaat etaylik deb, ruhim har on kezmoqda ekan, behush boʻlib, yotib qoldim.

— 159 —

Men ojiz Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Toʻrtinchi va Beshinchi Shoxini oʻqishni va yozishni boshladim. Yaralarimning birma-bir yoʻqotganini his etib, "Maktubot" va "Soʻzlar"ni bor kuchim bilan yozishga qaror qildim. Men kabi yarali qardoshlarimga, barcha musulmonlarga bor ovoim bilan: "Eyvoh! Asrimizda bu yaralar bilan qanday tinch turamiz!.. Bu asrning ma'naviy shifokori va dorilari, Qur'ondan sizib chiqan "Risola-i Nur" va "Maktubot-un Nur"dir. Ularni mahkam tutaylik", deyman.

Ojiz Talabangiz Ali Ulviy

(Kuleo'nu qishlogʻidan Ibish oʻgʻli Mahmudning bayoni)

Muhtaram Ustozim Afandim!

Qardoshim Mustafo risolalarni yozishni boshlaganiga besh yil boʻldi. Afsuski, ikki yilini zoye etdik. Uch yildan beri risolalarni doʻstlar bilan birga, xizmatimizning xorijida har zamon oʻqib istifoda etyapmiz. Avvallari qishlogʻimizning tariqat ahllari, qardoshim Mustafoning oʻqiganiga ahamiyat berishmas edi.

Men, "Oʻqilgan "Soʻzlar" ham tariqatga, ham haqiqatga juda muvofiqdir. Bu zamonning yaralariga doridir", der edim. Qachon umidsizlikka tushsam, qardoshimning yoniga kelardim, eshitganim haqiqatlarni Risola-i Nurdan oʻqitar, tinglar va Risola-i Nur bergan fayz bilan yaralarim davolanar, ketardim. Qaysi masaladan bahs etilsa, Risola-i Nurda eng yaxshisi bor. Lekin koʻpchilik "Soʻzlar"ning qiymatini bilmaydi. Barcha aytilgan soʻzlarga risolalarda darmon bor deyman. Bor kuchim bilan Yer kurrasiga "Xorijda koʻrilgan xastaliklarga dori bor" deb bor ovozim bilan aytaman.

Ey qardoshlarim, istifoda qilaylik. Bu risolalardan istifoda etmaganlar qanchalar aqlsizdir. Koʻp shukrlar boʻlsinki, Janobi Haq bizni bunday zoti muhtaramga yetkazdi. Lillahilhamdu valminna.

Janobi Haqning rahmati, ehsoni, lutflari, ustozi muhtaramning himmati bilan ahli tariqat bilan birlashdik. "Soʻzlar"ni koʻp oʻqiyapmiz. Ular koʻp istifoda etmoqda, manfaatdor boʻlishyapti.

— 160 —

Soʻzlarning haqligini toʻliq angladilar. Hatto oʻqish uchun qardoshimni koʻp vaqt majburlaydi. Bir kun qardoshim Mustafo risolalarni yozishim uchun meni tashviq etdi. Men ham yozish uchun Yigirmanchi Maktubni oldim. Koʻchirgan bu maktubimda uch tavofuq koʻrdim. Satrning yuqorisida ikki dona "nihoyasiz" soʻzi bor va ostida uch "dunyo" soʻzining tavofuqi bor. Bu holatdan ta'sirlandim. Dunyo meni qo'yib yubormaydi deb yozishni tashladim. Endi yana niyat qildim. Bu niyatimdan so'ng bir tush ko'rdim. Muhtaram ustozim qora ulovning minib yonimga keldi. Shu ulovni mustahkam bir yugan bilan bog'la, deb amr qildingiz. Siz ustozim ko'rsatgan har tarafi zanjirli yuganni ulovga taqdim. Zich bog'landi. Qimirlamaydigan holda qoldi. Angladimki u ulov dunyodir. Inshoalloh duongiz himmati bilan, dunyomning bog'langanini angladim. Va Allohning tavfiqi bilan deb muhtaram ustozimning himmatlari bilan risolalarni yozishga muvaffaq boʻlaman degan umiddaman, inshoalloh.

Yigirmanchi Maktubni qoʻlimda olib borar ekanman, maydonda edi. Qarshimda rais xonasi boʻlgani uchun, risolani yashirdim. O'sha tun tushimda, muhtaram ustozimni ulkan dengizda va dengiz ichida saroyda koʻrdim. Qishlogʻimiz insonlari saroyning atrofida edi. Ojiz talabangiz saman otga minib yonigizga bordim. Odamlar mendan, dengizdan qanday hatlaganimni soʻradilar. Men javoban: "Ot yangi taqali boʻlgani uchun umuman zahmat chekmasdan keldim", dedim. Holbuki dengiz mayin suratda muzlagandi. Shunda ustozim oldimga chiqib, "Nima uchun Soʻzlarni yashiryapsiz? Bundan soʻngra Soʻzlar maydonda boʻladi!" dedingiz. Keyin mendan ot so'radingiz. Men chiroyli yuradigan otni keltirdim va uygʻondim. Alloh xayrli qilsin.

Ojiz talabangiz Hoji Mahmad

(Kuleoʻnu qishlogʻidan olmos qalamli Mustafoning qiymatdor doʻsti Hofiz Mustafoning bayoni)

Ey Fayyozi Mutlaq va Vohidi Ahad boʻlgan Janobi Allohga olib boruvchi istiqomat yoʻlini koʻrsatib, qattiq azobli va juda xatarli uxraviy hayotimning qutulishiga sabab boʻlgan ustozim afandim!

— 161 —

Bundan toʻrt oy muqaddam, Qur'oni Hakimning olmos, marvarid doʻkonidan brilliantlarni va oʻz kengligimizcha uxraviy choʻntak pulini olish uchun ziyoratingizga doʻstim Mustafo bilan borgan edik. "Nima uchun keldingiz?" degan shafqatli bir koyishga binoan xafa holda orqaga qaytdik. Koyishdan kelgan shafqatli va yoʻnaltiruvchi toʻfonga uchradik. Shunda ustozimning buyuk iksiri boʻlgan muborak qalbini ranjida etganimizni tushungandan soʻng, qalbimga ikkinchi qaygʻu keldi. Bu vaqtgacha juda ojiz, hechlik ichida hech zaif ruhim iztiroblar ichida faryod etarkan, "Shafqat ta'zirlari" risolasida bizning toʻfonli ta'zirimizni zikr etgan ustozimiz haqqimizda qay daraja shafqatli ekanini tushundik. Qaygʻularimiz sururga aylandi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Bu muborak Robiul avvalning oʻn ikkinchi kechasi (muborak kechada) ustozimning bizga yaqin Ispartaga hijrat qilib kelganlari meni shunchalik mamnun va xursand qildiki, yara-chaqalaru iztiroblardan hech narsa qolmadi. Alhamdulilloh Robiʻul avval oyining oʻn ikkinchi kechasi, dunyo va oxiratning yaratilishiga sabab boʻlgan, dunyo va oxiratni, zarradan Quyoshgacha butun yaratilmishlarni ziyolantirgan, qiyomatgacha boqiy, quyosh kabi nurli, fayzli, ozuqali shariati bilan oxirat eshigini ochgan muborak Zoti Faxri Olam (Sallallohu Alayhi va Sallam) Afandimizning muborak kechada dunyoga tashrif buyurishlari butun yaratiqlarni xursand qiladigan juda muborak kechada ustozimning hijratlari, ya'ni Robiul avvalning oʻn ikkinchi kechasi Isparta maydoniga kirishlari va hijratining tavofuq va tasodif kelishi, meni yana olmos bozorida brilliantlarni kuchimiz yetgancha olishga, ustozimning ziyoratiga yoʻl ochdi. Inshoalloh bu hijratingiz buyuk futuhotga sabab boʻladi.

Haqiqatdan, Sallallohu Alayhi va Sallam Afandimiz Makkadan Madinaga hijrati asnosida Makka fathi xabarining Jabroili Amin vositasida nozil boʻlishi, Paygʻambarimizni va Sahoba Afandilarimizni xursand qilganidek; ustozimning tavofuq etgan hijratlari, futuhotga sabab boʻlishi, meni va barcha Musulmonlarni mamnun va masrur aylaydi afandim.

Imomoʻgʻli Hofiz Mustafo (RH)
— 162 —

(Imom oʻgʻli Hofiz Mustafoning bir bayoni)

(Barcha Soʻz va Maktubotning xar biri murshidi komil vazifasini bajarishiga doir aqlimga kelgan maktubdir.)

Ustozim Afandim! Bundan bir yil avval ("Soʻzlar" va "Maktubot"ni koʻchirish asnosida) ba'zi nuktalar qalb xastaliklarimga kerakli dori bo'lgani uchun "Ha, bu nuktani oltin yozuv bilan yozish kerak" der edim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى "Yogʻdular" ta'lif etildi. Barcha "Soʻz" va "Maktubot"ga fayzlari bilan kalitlik qildi: Qishning eng shiddatli tahlikali va toʻfonli vaqtida (yirtqich hayvonlarning eng vahshiy va kuchga toʻlgan vaqti) keng sahroda, loyqa bir yoʻlda ketgan bir yoʻlovchining yordamsiz, kimsasiz, tahlikalar ichida, qiyilib-turib, yuzda toʻqson toʻqqiz toʻfonli va yirtqich jonivorlarning qoʻlida em boʻlish va mahv boʻlish hangomida, oʻzini qutqarishni istagan yoʻlovchining koʻziga koʻringan sahro oʻrtasidagi poʻlatdanda chiroyli va mustahkam qilingan bir saroyga uchrashi u yoʻlovchini shunchalar mamnun va xursand qiladiki, saroyga yanada tez yetkazib, yirtqich hayvonlar tarafidan parchalanishidan xalos boʻlish uchun yugurib, shoshilishidan oyoqlarining ham yerga tegilishini istamagan bu yoʻlovchi, oʻzining saroyga kirishiga sabab boʻlgan kishilarga, nafaqat butun molini berish, balki jonini ham fido qiladi.

Asrimizda "Soʻzlar" va "Maktublar" aytilgan yoʻlovchining saroyga kelib, butun tahlikalardan qutulgani kabi, ins va jin maxuqlarining tahlikalaridan qutulish uchun "Soʻzlar"ning har biri qal'adan ham mustahkam panohgoh ekaniga yuz ming ishonchim bor. Allohga hamd boʻlsin, saroyning kalit vazifasini "Yogʻdular"ning fayzi bilan topdim. Tahlikalardan bechora zaif ruhimni qutqarish uchun ichkariga kirdim. Koʻrdimki: Jannat sakkiz tabaqa boʻlib, bir-biriga umuman mone boʻlmagani va oʻxshamagani kabi, biriga kirganimda latofati avvalgisining lazzatini yangiladi. Risolalar ham aynan shundaydir.

Imom oʻgʻli Hofiz Mustafo (RH)
— 163 —

(Risola-i Nurning ilk nusxa va nusxaning yozilishida koʻp xizmati boʻlgan Shomli Hofiz Tavfiqning Risola-i Nurning haqqoniyatiga doir istixrojiy bayoni)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Ma'lum boʻlsinki: Oʻn uch yil muqaddam "Zubdat-ur Rasoil Umdat-ul Vasoil" nomli qutb-ul orifin Ziyoviddin Mavlono Shayx Xolidning (QS) maktubot va rasoili sharifalaridan olingan qudsiy nasihatlarning tarjimasiga doir risolani, Bursada Domlam Hasan Afandidan olgan edim. Bir sabab bilan, mutolaasiga muvaffaq boʻlolmagan edim. Nihoyat shu kunlarda kitoblarimning orasida bir narsa qidirar ekanman, qoʻlimga tushdi. O'zimga o'zim "Hazrati Mavlono Xolid Ustozimning hamshahridir. Imom Rabboniydan keyin tariqi Naqshiyning eng ahamiyatli qahramonidir. Ham Tariqi Xolidiya-i Naqshiyaning piridir", dedim. Risolani mutolaa qilar ekanman, Hazrati Mavlononing tarjima-i holidan shu yozuvni koʻrdim:

Asxobi Kutubi Sittadan Imom Hokimning Mustadrakinda va Abu Dovudning Kitobi Sunanida, Bayhaqiyning Shuabi Iymon bobida chiqargan:

اِنَّ اللّٰهَ يَبْعَثُ لِهٰذِهِ الْاُمَّةِ عَلٰى رَاْسِ كُلِّ مِاَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا د۪ينَهَا

ya'ni "Har yuz yilda Janobi Haq bir mujaddidi din yuboradi" hadisi shariflariga mazhar va masadaq va muzhiri tom boʻlgan Mavlono mashhur qutb-ul orifin, gʻavs-ul vosilin, vorisi Muhammadiy, komil-ut tariqat-ul oliya val mujaddidiya Xolidi Zuljanohayn Quddisa sirruhu.. bilan oxir...

Soʻngra tarixcha-i hayotlarida koʻrdimki, tavalludlari 1193 yildadir. Soʻngra koʻrdimki, 1224 yilda Saltanati Hindning poytaxti boʻlgan Jahonobodga kirganlar. Abdulloh Dehlaviy Hazratlaridan olgan fuyuzoti ma'naviya bilan Tariqi Naqshiy silsilasiga kirib mujaddidlikni boshlaganlar.

1238 da ahli siyosatning koʻziga botgani uchun, vatanlarini tark etib Shom diyoriga hijrat qilganlar. Yana koʻrdimki, Hazrati Mavlononing nasllari Hazrati Usmon bin Affonga (RA) mansubdir.

— 164 —

Tarjima-i hollarida fitriy iste'dod va horiqo qobiliyat bilan yigirmaga yoshga yetmasdan a'lami ulamo-i asr va alloma-i vaqt boʻlganlar. Sulaymoniya shahrida dars berish bilan mashgʻul boʻlganlar.

Soʻngra ustozimning tarixcha-i hayotlari haqida oʻyladim. Qaradim, toʻrt muhim nuqtada bir-birlariga muvofiqlik bor:

Birinchisi: Hazrati Mavlono 1193 yilda dunyoga kelganlar. Ustozim esa 1293 yilda. Aynan Mavlono Xolidning yuz yili tugagandan soʻngra dunyoga kelganlar.

Ikkinchisi: Hazrati Mavlono tajdidi din mujohadasining boshlangʻichi va muqaddimasi, Hindistonning poytaxtiga 1224 yilda borgan. Ustozim esa aynan yuz yil soʻngra, 1324 yilda Usmoniylar Saltanatining poytaxtiga borgan, mujohada-i ma'naviylarini boshlaganlar.

Uchinchisi: Ahli siyosat Hazrati Mavlononing hayratomuz shuxratidan vahimaga tushib Shom diyoriga joylarini oʻzgartirishlari 1238 yilda sodir boʻlgan. Ustozim esa aynan yuz yil soʻngra 1338 yilda Anqaraga borib, ular bilan kelishmay, rad etib, xafa boʻlib takror Vanga ketib, togʻda inzivo etib 1338 yildan soʻng, Shayx Said hodisasi munosabati bilan ahli siyosatni vahimaga keltirgan. Ustozimizdan qoʻrqib Burdur va Isparta Viloyatlariga toʻqqiz yil surgun qilinganlar.

Toʻrtinchisi: Hazrati Mavlono Xolid yoshlari yigirmaga yetmasdan avval alloma-i zamon hukmida, ilm va fazilatda yagona olimlardan ustun boʻlib, dars berganlar. Ustozim esa, hayotlarini koʻrgan va bilganlarga ma'lumki oʻn toʻrt yoshida shahodatnoma olib a'lami ulamo-i zamon bilan bahsga kirishgan, oʻn toʻrt yoshda shahodatnoma olishga yaqin, talabalarga dars berganlar.

Yana Hazrati Mavlono Xolid nasli Usmonli boʻlganlari va Sunnati Saniyaga bor quvvatlari bilan g'ayrat qilganlari kabi, ustozim ham Qur'oni Hakimga xizmat nuqtasida, harakat tarzi jihatidan Hazrati Usmoni Zinnuraynga ergashib, Hazrati Mavlono kabi, Risola-i Nur parchalari bilan -bor quvvatlari ila- Sunnati Saniyaning ihyosiga harakat qildilar.

Xullas, ushbu toʻrt nuqtadagi muvofiqliklar toʻliq yuz yil oraliq bilan Risola-i Nurning dinni quvvatlash xususidagi ta'sirlari, Hazrati Mavlono Xolidning Tariqi Naqshiy vositasida xizmatlari kabi azim koʻrinmoqda.

{(Hoshiya): Modomiki Hazrati Mavlono Xolid millionlab tobe boʻlganlarining ittifoqlari bilan mujaddid va boshdagi hadisi sharifning bir masadaqidirlar. Va toʻliq yuz yil oʻtib, toʻrt muhim muvofiqlik bilan birga Risola-i Nur ayni vazifani bajarmoqda. Demak, hadisning bayonidagidek, Risola-i Nur qismlari tajdid va taqviya-i din vazifasini bajarmoqda.}

— 165 —

Ustozim oʻzlariga oid madhu sanoni qabul etmaydilar. Ammo Risola-i Nur Qur'onga oid boʻlib, madhu sano Qur'onning sirlariga oiddir. Ustozim bilan Hazrati Mavlononing bir nechta farqlari bor:

Birisi: Hazrati Mavlono zuljanohayndir. Ya'ni ham Qodiriy, ham Naqshbandiy tariqat sohibi boʻlib, u kishida Naqshbandiylik Tariqati og'ir bosgan. Ustozimda esa aksincha, Qodiriy mashrabi va Shozaliy maslagi ogʻir bosgan. Men ustozimdan eshitdimki: Hazrati Mavlono Hindistondan Naqshbandiylik Tariqatini keltirgan vaqtlari, Bagʻdod xududi Shohi Jiyloniyning vafotidan keyin, huddi hayotda boʻlganlari kabi, tasarruflarida edi. Hazrati Mavlononing ma'nan tasarruflari (boshida) qabul qilinmadi. Shohi Naqshband bilan Imom Rabboniyning ruhoniyatlari Bagʻdodga kelib, Shohi Jiyloniyning ziyoratlariga borib iltimos qilganlarki "Mavlono Xolid sizning avlodingizdir, qabul qiling!" Shohi Jiyloniy ularning iltimoslarini qabul qilib, Mavlono Xolidni qabul qilganlar. Soʻngra Mavlono Xolid birdan porlaganlar. Bu voqea ahli kashf tomonidan voqe' va mashhud boʻlgan. Ruhoniy hodisani o'shanda valiylarning bir qismi koʻz bilan koʻrgan, ba'zilari esa tush bilan koʻrishgan. Ustozimning soʻzlari bu yerda tugadi.

Ikkinchi faqr shudirki: Ustozim oʻz shaxsiyatini marji'iyatdan chetlatadilar. Faqat Risola-i Nurni marji' qilib koʻrsatadilar. Hazrati Mavlono Xolidning shaxsiyatlari qutb-ul irshod, marji'il-xos val a'mm boʻlgandir.

Uchinchi farq: Hazrati Mavlono Xolid zuljanohayndir. Ammo davr taqozosi bilan tariqat ilmi va Sunnati Saniyani asos tutib, tariqatni koʻproq tutganlar. Bu nuqtada jiddiy gʻayrat koʻrsatganlar. Ustozim esa shu zamon dahshati taqozosi bilan haqiqat ilmi va iymon haqiqatlarini kerakli deb bilib, tariqatga uchinchi darajada qaraganlar.

Xullas kalom: Boshdagi hadisi sharifning "har yuz yil boshida dinni tajdid etadigan bir mujaddidni yuboradi" degan Allohning vaʻdasiga binoan, Hazrati Mavlono Xolid (aksar haqiqat ahlining tasdigʻi bilan) 1200-chi yilining, ya'ni oʻn ikkinchi asrning mujaddididir. Modomiki toʻliq yuz yil soʻngra, aynan toʻrt jihatdan muvofiq kelib Risola-i Nur qismlari ayni vazifani bajarmoqda ekan, (hadisning bayoniga asosan) Risola-i Nur tajdidi din xususida bir mujaddid hukmida dedgan xulosa keladi.

— 166 —

Ustozim doim: "Men bir askarman, ammo xabarchi xizmatini qilmoqdaman. Ya'ni, menda qiymat yoʻq. Aksincha Qur'oni Hakimning fayzidan tarashshuh etgan Risola-i Nur qismlari ma'naviy xabarchi xizmatini bajarmoqda", deydilar.

Ustozimni gʻazablantirmaslik uchun shaxslarini sano etmayman.

Shomli Hofiz Tavfiq

(Ra'fat Bey va Xusrav kabi Risola-i Nur shogirdlarining Risola-i Nurning barakasiga ishora qilgan latif muvofiqlik.)

Risola-i Nurning Ispartaga qay daraja rahmat boʻlganiga dalolat etgan ajib tavofuq:

Risola-i Nur sazovor boʻlgan inoyatlarning butunidan muhimi: Isparta Viloyati sakkiz yildan beri Risola-i Nurning muallifini bagʻrida saqladi va Barla kabi shirin bir tumanida (Janobi Haqning lutfu karami bilan) muhofaza qildi. Bu muddat mobaynida asta-asta tarqalgan Risola-i Nurdan, Ispartada minglab kishilar iymonlarini quvvatlantirdi. Ayniqsa yoshlar juda koʻp foydalanib, fayz olishdi.

Ustozimizning Barla kabi latif va shirin yerdagi mashaqqatli va juda ayanchli, eng qattiq qalblarni yigʻlatadigan ishkanjali asorati tugaganidan soʻng Risola-i Nurning muallifi ustozimizning nazarlari Janobi Haqning yordamida Ispartaga yuzlandi. Vahimaga tushgan ba'zi zolim dunyo ahlining tashabbusi va zohiriy harakatlari sabab, yangi zulmga nishon boʻldilar. Ustozimiz Ispartaga keltirildilar.

Ammo ustozimiz tashrif etgan vaqti yozning eng isiiq payti edi. Yomgʻirlar toʻxtagan, Ispartani suvlagan suvlar kamaygan, muhim qismining manbai toʻxtagan edi. Daraxtlar sargʻayishni, oʻtlar qurishni, gullar burishishni boshlagandi.

Risola-i Nur eng koʻp tarqalgan joy Isparta viloyati boʻlgani uchun Risola-i Nur haqidagi Rabboniy inoyatlarni juda yaqindan koʻrgan Risola-i Nur shogirdlari bizlar, yana muhim voqeaga shohid boʻldik:

— 167 —

Muallifining Ispartaga tashrifidan soʻng bir asr ichida bir yoki ikki marta sodir boʻlgan, yoz yomgʻirning koʻpayishi boʻldi. Juda hayratlanarli suratda yogʻgan yomgʻir Ispartaning hamma tarafini tamoman sugʻorib, oʻsimliklarga qaytadan hayot baxsh etildi. Bogʻlar, boʻstonlar boshqa bir latofat kasb etdi. Aksariyat dehqon xalqning yuzlari (Risola-i Nur noil boʻlgan inoyatlaridan va barakasidan kelgan yomgʻirdan foydalanib) kuldi, koʻngillari ochildi. Janobi Haq kamoli marhamati bilan bu yozning shiddatli va haroratli issigʻini bahorning eng latofatli, eng shirin va eng xush vaziyatiga oʻzgartirdi. Goʻyo Risola-i Nur bir yuz oʻn toʻqqiz qismi bilan muallifi Ustozimizga bir tarafdan xush keldingiz deb, mahzun qalbiga tasalli berdi va gʻamli koʻnglini xushnud etish, boshqa tarafdan sakkiz yil yashagan Barlani unuttirish, muhtasham chinor daraxtini, doʻstlarini va aloqador boʻlgan narsalarining ayriliq huznini eslatmaslik uchun, Janobi Haqdan bir yuz oʻn toʻqqiz risolaning qoʻli bilan, bir yuz oʻn toʻqqiz ming soʻzlarining tili bilan duo qildilar, yomgʻir istadilar.

Janobi Haq shunday barakali yomgʻir ehson etdiki, bir toʻqson uchinchi yil yogʻgan yomgʻirga oʻxshaganini keksalarimizdan eshitdik. Bu yil ustozimizning tug'ilish yillariga togʻri kelgani, bu umumiy rahmat xodisasi - koʻp yomgʻir yog'ishi xususiy suratda Risola-i Nurga qaraganiga dalili boldi. Risola-i Nurning nashriga vosita boʻlgan ustozimiz kelgan kuni Ispartani oʻta issiq va yomgʻirsizlikdan chang-tuproq ichida koʻrganlar. Barla kabi yaylovdan kelib bunday yerda chiday olmayman deb xavotirlangan ekanlar. Uch yoki toʻrtinchi kuni bogʻlarni qisman aylangan vaqtlari, sabzavot, oʻt va gullarning suvsizlikdan burishganlarini koʻrib xafa holda suv istar, yomgʻir so'ragan edilar. Birodarimiz Bakir Beydan (tegirmonlarni aylantirgan suvni koʻrsatib) "Ispartaning suvi shunchami?" deya soʻragan edilar. Bakir Bey javoban: "Ko'lchaning suvi toʻxtagan, kelmayapti. Ispartaning toʻrtdan birini sugʻorgan bu suvdan boshqa yoʻq", dedi.

Ustozimizning Ispartada koʻp talabalari boʻlgani uchun, koʻnglidan yomgʻirning kelishini istadilar. O'sha kuni shunday yomgʻir yogʻdi. Isparta ellik yildan beri bunday hodisani koʻrmagan edi. Yomgʻir yuzda toʻqson toʻqqiz manfaat keltirdi. Bundan anglashiladiki, bu muvofiqlik tasodifiy emas. Bu rahmat Ispartaga rahmat boʻlgan Risola-i Nurga oiddir. Allohga hamd boʻlsin. Allohning karami sabab ustozimiz "Isparta menga Barlani unuttirdi. Unutolmaydigan bir narsam boʻlsa, u ham (hamma yerda boʻlgani kabi) Barladagi jiddiy doʻst va talabalarimdir", dedilar.

Talabasi Mustafo, Talabasi Lutfi, Xizmatkori Rushdu, Xizmatkori Xusrav, Doimiy Xizmatkori Bekir Bey, Doimiy Xizmatkori Ra'fat
— 168 —

(Sulaymon Afandi, Mustafo Chovush va Bakir Beyning bayoni).

Ispartadagi qardoshlarimizning bayonidagi da'voni isbotlagan ikki kuchli dalilni koʻrsatadi.)

Ra'fat Bey va Xusrav kabi qardoshlarimizning hayratlanarli suratda yogʻgan umumiy yomgʻir ichida Risola-i Nur barakasiga maxsus yogʻganini biz ham xulosa qildik. Chunki yomgʻirni koʻzimiz bilan xususiy shaklda Qur'on xizmati va Risola-i Nurga oidligini ikki suratda koʻrdik.

Birinchi Surat: Barladagi Risola-i Nurning nashr vositasi boʻlgan ustozimizning masjidlari yopildi. Risola-i Nurni yozadigan tashqaridagi talabalarining yoniga kelishlari man etilgan vaqtda qurgʻoqchilik boshlandi. Yomgʻirga qattiq ehtiyoj boshlandi. Soʻngra yomgʻir yogʻdi, hammayoqqa yogʻdi. Lekin Karaja Ahmad Sultondan e'tiboran, doira ichida qolgan Barla mintaqasiga yogʻmadi. Ustozimiz bundan juda xafa boʻlib duo qildilar. Soʻng: "Qur'on xizmatiga toʻsiq qoʻyildi, bu qishloqdagi masjidimiz yopildi. Shuning uchun javob belgisi borki, yomgʻir yogʻmadi. Shunday ekan, modomiki Qur'onning jazosi bor. Yosin Surasini shafoatchi qilib Qur'onning fayzi va barakasini soʻraymiz", dedilar. Ustozimiz Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga: "Sen qirq bir marta Yosini Sharif oʻqi", dedilar. Muhojir Hofiz Ahmad Afandi bir qamishga oʻqidi. U qamishni suvga qoʻydi. Hali yomgʻir alomati koʻrinmay, asr vaqti, ustozimiz doim tayangan xotiralariga binoan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga aytdilarki: "Yosinlar qulfni ochdi, yomgʻir keladi" .

Oʻsha kuni avval yogʻmagan Barla doirasi ichiga shunday yogʻdiki, ustozimiz uyi ostidagi Choʻpon Ahmadning bogʻidagi devor yomgʻirdan quladi. Holbuki Qoracha Ahmad Sultonning orqasida va dengiz boʻyida baliq ovlash bilan mashgʻul Shami doʻstlari bilan bir tomchi yomgʻir koʻrmadilar.

— 169 —

Bu hodisa qat'iyan dalolat qiladiki, yomgʻir Qur'on Xizmatiga munosabatdordir. Ommaviy rahmati ichida bir xususiylik boʻlib Yosin surasi kalit va shafoatchi boʻldi va yomgʻir yetarlicha yogʻdi.

Ikkinchi Surat: Qurgʻoqchilik vaqti, yomgʻir yigirma-oʻttiz kun ichida Barlaga yogʻmagan edi. Yoqushboshi Chashmasi qurilgan vaqtda manbaiga yaqin ustozimiz va biz (ya'ni, Sulaymon, Mustafo Chovush, Ahmad Chovush, Abbos Mahmud va boshqa qardoshlarimiz) birgalikda jamoat bilan namoz oʻqidik. Tasbehotdan soʻngra duo uchun qoʻlimizni ochdik, ustozimiz yomgʻir duosi qildilar. Qur'onni shafoatchi qildilar. Birdan quyoshli havoda, har birimizning qoʻlimizga yetti-sakkiz tomchi yomgʻir tushdi. Qoʻlimizni tushirdik, yomgʻir toʻxtadi. Hammamiz bu holatdan hayratlandik. Oʻsha vaqtgacha yigirma-oʻttiz kun yomgʻir yog'magan edi. Lekin yomgʻir duosi vaqti duo qilgan har qoʻlga yetti-sakkiz tomchi tushishi koʻrsatdiki, bunda bir sir bor. Ustozimiz: "Bu Allohning ishoratidir. Janobi Haq ma'nan: Men duoni qabul qilyapman, ammo hozir yomgʻir bermayman deyapti", dedilar. Demak, keyinroq Yosin surasi shafoat qiladi. Haqiqatdan shunday boʻldi.

Xullas kalom: Ispartadagi qardoshlarimizning umumiy rahmat ichidagi Risola-i Nurning barakasiga doir da'vo qilgan xususiyatni bu ikki kuchli dalil bilan tasdiqlaymiz.

Barlada Sham'i, Mustafo Chovush, Bekir Bey, Muhojir Hofiz Ahmad, Sulaymon

Ahli iymon, xususan Risola-i Nurning hozirgi zokir va muvahhid shogirdlari shunday yoʻl va maslakka kirishganki, bu yoʻl oʻta mustaqim, o'ta nurli, juda sevimli yoʻldir. U Ikki tarafi olmos, marvarid doʻkoni. Boshida nassi Qur'ondan kelgan va Qur'oni Karim va Furqoni Hakimning ochiq ravshan oyatlaridan yoyilgan Risola-i Nurning bir yuz yigirma qismlarining har bir boʻlagi murshidi a'zam, murshidi akmal, qal'a-i hasin, olmos qilich ekani qatʻiy. Shunday ekan ey Lutfi! Risola-i Nurni mahkam tutginki, murshidi akmal topgin. Tilinga tavhidni olgginki, sogʻlom qal'aga kir. Fayyozi Mutlaqning kalomi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonga xodim boʻlginki, olmos qilichni qoʻlingda tutgin.

— 170 —

Oʻsha qilich bilan, xavfsiz, boshini sarxushlik bilan u botqoqlikka tiqqan dinsizlarning boshlariga ur! Soʻngra hech boʻlmasa, فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ kabi qat'iy hukmlarni Paygʻambarimiz Sallollohu Taolo Alayhi Vasallam Afandimizdan silsila holida Risola-i Nurning muallifi ustozimiz Said Nursiy kelgan va tutgan Hz. Muhammad (S.A.V.) olib kelgan buyuk va ravshan shariat - istiqomat yoʻliga bir oz sen ham ergashginki, boshing omon boʻlsin.

Oʻtgan Juma kuni koʻnglim siqilib, ustozim uchun "Bismillahir rohmanir rohiym" sirini koʻchirayotgan edim. Afsuski, asab xastaliklarimning batamom egallab olishu muhim risolani bir muddat natijasiz qoldirdi. Yana takroran boshladim, biroz yozdim. Qarasam yana qator oʻtganman, avvalgi yozgan joyimga siyoh toʻkilgan. Oʻsha siqilish hali ham turibdi. Takroran tahorat ustiga tahorat oldim, barcha yomonliklarmni e'tirof etib oʻrtaga toʻkdim. Istigʻfor aytdim. Muborak duo - salovoti sharifani boshladim. Soʻngra qalbimga, ustozimdan himmat istay degan istak keldi. Ustozimning ustoziga aytgani kabi, men ham aytaman va aytdim...

U hol va vaziyat hanuz davom etatotgan edi. Hatto jonga suiqasd darajasigacha yetib kelgan edi. "Omonlik ber yo Rabbi! Buning nima hikmati bor?" deb, risolani ertasi kunga qoldirdim.

Oʻsha kecha, ya'ni shanba tuni uyqu olamida: Ustozim Otaboyning Zargandara Masjidida ekan. Bomdod namoziga ketayotgan ekanman, tasodifan bir nazorat qoʻmondoni menga: "Qayerga ketyapsan?" dedi. Masjidga dedim. U ham meni kuzatib masjidga kirdi. Qarasam, ustozim bir soʻri ustidalar. Avvalgi jamoatimizdan xorij, ichkarida yana besh-olti jandarma bor. Jamoat "La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah... ilh." zikrida davom etmoqda. Men bilan birga kirgan qoʻmondon jamoatimizga

— 171 —

"Nima qilyapsizlar?" deb oʻzining itligini isbot qilib, magʻrurligidan ichkariga tupurdi. Oʻsha onda ustozim u dinsizning yuziga tupurib "Ket yonimizdan iflos!" deb, haydadilar. Oʻsha vaqt qoʻlimni oʻng tarafdagi tuynukka uzatdim. Bir nayza keldi. Maslak va mashrabimizga toʻgʻri kelmagan, har jihatdan muxolif harakat qilgan Hasan ismli bir odam nayzani olib, uchi bilan dinsizni koʻrsatib, "Iltimos afandim, iltimos hoʻjam, siz faqatgina amr qiling, bu dinsizning yoʻq qilinishiga men sabab boʻlay" dedi va oʻsha onda bir oʻng yelkasiga, bir chap yelkasiga urdi va ketdi. Barcha dinsizlar buni koʻrib vahimaga tushib "Boshimizga balo topdik, hoʻjaning yoniga hech kim bormasin. Bitta Adham Chovush {(Hoshiya): Hayratlanarli joyi shuki, oʻsha kecha Kechiborluda boʻlgan Adham Chovush hammadan avval u hodisadan ta'sirlanib yordamga kelgan edi.} bor, uni yuboraylik, biz uchun yalinsin-yolvorsin.. omonlik tilasin, biz hammasidan voz kechdik" deyishdi.

Oʻsha tong bu gʻarib tushni Zuhdu Afandi va Hofiz Ahmad ogʻalarimga aytib berdim. Hatto oʻsha kun Hofiz Ahmad ustozimni ziyorat qilishga ikki piyola suv bilan Ispartaga borishni istadi. Faqir ham borishiga xursand boʻldim. Tush haqida ogohlantirdim, chunki oʻsha tuni koʻrdim. Haqiqatdan aytgan. Ammo juda achchiq xabardan shuchalik xafa boʻldim. Oʻshanda tushundim, koʻnglimning gʻashligi sababi bu ekan.

{(Hoshiya-1): Gʻarib va latif muvofiqlik: Ispartada shanba kechqurun boshimga kelgan oʻta qiyin hodisani sakkiz yil kamoli sadoqat bilan, hech ranjitmasdan xizmat qilgan Siddiq Sulaymon oʻsha paytda, men kabi xuddi oʻsha azobni chekkani va sababini ham bilmagani uchun, Ispartaga yakshanbadan oldin keldi. Azobning ma'naviy sababini ham angladi. Sulaymonning qanchalik salim qalbi borligi ma'lum. Oʻsha tun, xos talabalarning ichida qalbi latifligi bilan ajralib turadigan Kichik Lutfi bu bayonda mazkur tushni va qiyinchilikni koʻrib unda ishtirok etgan va oz ta'bir bilan vaziyatimni aynisini koʻradi.

Demak, Sulaymonning salim qalbi, Lutfining latif ruhi yordamimga kelishni istagan. Demakki, Risola-i Nur shogirdlarining ruhlari bir-biri bilan aloqadordir. Jasadlari boshqa-boshqa, ruhlari birlashgan hukmidadir.

هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Sulaymon Rushdu ismli qardoshimiz, bu hodisa boʻlgan tundan avval, ertalabdan menga va Bakir Beyga: "Men bu kecha bir tush koʻrdim. Unda siz Ustozimni hokimning maqomida hokim sifatida koʻrdim. Atrofingizda hukumat odamlari bor edi. Qoʻlingizdagi kichik qogʻozga yozuv yozgan, nutq aytayotgan edingiz. Soʻngra yana koʻrdimki: Ustozim siz, Bakir Bey va Xusrav bir foytunga minib, hukumat binosidan uyga kelayotgan edingiz" dedi. Oʻsha tongning oqshomi, hukumat doirasida ayni hol sodir boʻldi. Foytunda oʻsha odamlar boʻlib tinch-omon uyga qaytildi. Soʻroqqa tortishganida aytilgan soʻzlar ayni boʻlgani uchun, unga nutq suratida koʻringan. Yana Hofiz Ali, oʻsha tun, menga boʻlgan hujumni va suiqasdni oʻziga nisbatan koʻrgan. Ertalab hujumdan qutulish uchun bosh kiyimining chiqqan qismini joyiga toʻgʻrilab qoʻygan.

Bir soʻz bilan: Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi karomatli hassosiyat koʻrsatmoqda. Hofiz Ali buyuk sadoqati bilan, birinchi Sulaymon salim qalbi bilan, ikkinchi Sulaymon Rushdu mustaqim aqli bilan, Kichik Lutfi latif nuri bilan Ustozlarining yordamiga ma'nan kelishgan, mashaqqatiga ishtirok etib yengillashtirishga harakat qilganlar.

Said}

Lutfi
— 172 —

MAKTUBOTNING UCHINCHI QISMI

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli Ustozim!

"Mirqot-us Sunna va Tiryoqi Maraz-il Bid'a" nomiga haqiqatdan eng loyiq boʻlgan Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Birinchi Yogʻdusini qardoshlarim va doʻstlarim bilan koʻp marta oʻqidim. Juda katta Paygʻambariy bashorat bilan boshlagan bu risolaning oʻn bir nuktasining har bir nuktasi boshqa bir husn va ayri bir goʻzallikda yozilishi bilan birga, Sunnatga ergashishning moddiy va ma'naviy foydalari sanab oʻtilarkan, aqlga ochilgan eshiklardan ichkariga kiradi. Har bir eshikning ichidagi eshiklar va derazalardan qarab, koʻrgan haqiqatlari qarshisida hayron boʻladi. Koʻrsatgan dalillari bilan e'tirozchilarning e'tirozlariga mukammal va muntazam javoblar beradi. Shavqlangan har bir musulmonga, "Men koʻrsatgan eshiklardan kirsangiz, qiyinchiliksiz abadiy saodatga qovushasiz" deb, Sunnatga ergashishni hayot dasturi sifatida qabul qilishini tavsiya qiladi. Talabalariga tushunadigan qilib buyuk ish - darsini tushuntirarkan, "Men koʻrinishdan 15-16 sahifadan iborat kichik bir risolaman. Ammo haqiqatdan tarqatgan nurim bilan juda ulkan dengizlarni oʻtadigan kattalikda va juda ulkan yulduzlarning nurlarini toʻsadigan qudratdaman. Meni xotirasiga naqsh qilib, men bilan boamal boʻlgan kishi naqadar baxtiyordir, deb baligʻ, juda yuksak va nihoyat darajada latif soʻzlari bilan bizlarni irshod qilmoqda.

— 173 —

Bu haqiqatlarni koʻrsatgan bu risoladan, kuchim yetsa-yu, yuz dona, ikki yuz dona yoza olsam. Afsus! Qoʻlim qisqa, sa'y-harakatim cheklangan, ojizligim har bir yaxshi ishni istaganimdek qilishimga mone boʻlmoqda. Buncha orzuga qaramasdan men yoza olgan bir nusxasini taqdim qilyapman. Husni qabul qilinsa, men uchun qanchalik buyuk saodatdir.

Ahmad Badaviy Hazratlarining karomatli harakatlari bilan, osmonlar va yerning tabaqalaridan bahs qilgan Oʻn Ikkinchi Yogʻduni uch-toʻrt marta oʻqidim.

Suyukli Ustozim! Rizqqa muhtoj har bir hayotdorning rizqi Razzoqi Haqiqiy tarafidan kafolat ostiga olingani va rizq faqat Mun'imi Haqiqiyning qudrat qoʻlida boʻlgani shunchalik goʻzal uslub bilan ta'rif qilingan. Talabalariga shunchalik shirin va oliy bir dars beradiki, aql egrilikka, nafs e'tirozga, qalb inkorga umuman yoʻl topolmaydi. Muzaffar qoʻshin kabi insonning bacha hislariga, "Ey qiymatli risolalar va ey nuroniy fayyoz "Soʻzlar", maydon siznikidir! Sizga taslim boʻlganmiz! Bashariyatga va butun maxluqotga hukmron boʻlgan Xoliqi Azimning haq soʻzlari bilan bizlarga hidoyat yoʻlini va istiqomatni koʻrsatmoqdasiz!" dediradi.

Ayniqsa yer va osmonlarning yettitadan tabaqasi borligiga doir azim oyatlarning kulliy, umumiy va qqamrovli ma'nolarining yoqimli va lazzatli va shirin haqiqatlarini oʻqirkan, insonning hissiyotiga qalami tarjimon boʻla olsa-yu, bu risolalarga javob qila olsa... Afsus!

Hamma tarafini anglash imkoni yoʻqligi bilan birga, bu qismda yerning yetti iqlimi; bir-biri bilan birlashgan yetti tabaqasi; bu tabaqalardagi nuroniy maxluqlarning oʻtishiga hech narsa moneʻ boʻlmasligi; elektr, ziyo va haroratni tashish, koinotni boshdan oyoq egallagan efir moddasidan boshlab osmonlarning yetti tabaqasining qabul qilinishiga hech qanday moneʻ yoʻqligini fanga, aqlga va hikmatga asoslanib har xil dalillar bilan isbot qilinishi, eng oxirida osmonlarning yetti tabaqa va yerning yetti qavat ekani haqida Qur'oni Hakim ifodalarining tasdiq qilinishi, aql va qalbni shubhaga yoʻl topolmasligi risolalarning buyukliklariga xos ulugʻ karomati ekanini koʻrsatadi. Bunday azim Qur'on haqiqatini koʻrolmagan faylasuflarning va astronomlarning quloqlari jaranglasin!

Ha suyukli, qiymatli Ustozim! Bu nurli mislsiz asarlar insonning shubhalarini ketkazganiga va ularni chaqiradaigan qorongʻu nuqta qoldirmasligiga qat'iyan iymon keltirganim kabi, aloqador boʻlgan qardoshlarimdan va mutolaa qilgan zotlardan, fikrimni to'liq tasdiqlaganini eshitganimda sevinchga toʻlganimni his qilyapman.

— 174 —

Suyukli Ustozim, har xususda sizga qilinadigan duo uchun so'z topolmayman. Zoti Zuljamol buncha goʻzalliklarga xazina-i rahmatidan minglab goʻzalliklarni sizga ehson bilan javob bersin. Omin!

Ahmad Xusrav

(Sabri Afandining bir bayoni)

Ey Ustoz!

Kalomulloh-il Aziz-il Mannon boʻlgan Hazrati Qur'on Islomiy shiorlarning xodimlarini himoya va marhamat qanoti ostiga olib, bu safargi ranjituchi hodisada, bir yildan beri mulhidlar tayorlagan rejalarni natijasiz qoldirib, zohiran uch qardoshimizni oqqlab, ma'nan millionlab moʻmin muvahhidiynning jamoatiga oqlanish nishonasini baxsh etib, mulhidlarga abadiyat va azaliyatni izhor qilib oʻzini mudofaa qildi, xodimlarini muhofaza va himoya qilganini va qilishini koʻrsatb, Qur'on xodimlarining qalblari sevinchu sururga gʻarq qildi. Ilgarilashni istagan xolisona orzu va maqsadlariga qadamlarini yanada koʻproq tashlashni, doiralarini yanada kengaytirishni boshlashdi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz Ustozim! Janobi Kibriyoning toʻliq lutfi va nihoyasiz karamu ehsoni sifatidagi Nurlar Kulliyoti bu purqusur qul kabi qancha gʻofillarga ehson qilinib, davomli yomgʻirlarning yer yuzida tozalik qilgani kabi, Nurlar mahallasida ushbu zalolat asri va bid'at davrida moddiy hayot kir suvining botqoqligiga botgan bu ojiz qulga, "Zararning qayeridan qaytsang ham foyda" degan ogohlantirish darsini berdi. Behisob shukrlar boʻlsin, zulmat vodiysidan chiqarib Nurning choʻqqisiga yetishtirdi.

Nima boʻlganda ham, bir yil avval "Ey Sabri! Balki mansab sevgisiga mayl etarsan, oʻsha tomondan istak uygʻotishi mumkin. Kel oʻsha badbaxtlarning loyqa hovuzchalariga yana bir marta shoʻngʻib, chiq" deyildi. Alhamdulilloh, salomat chiqdim. Undan qutulganim faqirona nazarimda juda ahamiyatli qutulishdir.

Talabangiz Sabri
— 175 —

(Usmon Nurining bir bayoni.)

Kitoblarning eng buyugisan Kalomi Qadiym,

Haq qonunlarning onasisan Qur'oni Azim,

Muqaddas tarixlar nur otasisan Kalomi Qadiym,

Sen dinimizning qoʻriqchisisan Qur'oni Azim.

Toʻrt Ilohiy kitobning onasi, faqat sensan,

Iftixor etar sen bilan butun dini Islom,

Sensiz yashamoq istagan qalblar oʻlsin,

Sen haqiqatning ilk va soʻng quyoshisan.

Har borliqning ustida soʻnmaydigan quyoshsan,

Barcha yashirin va oshkorning kaliti sensan,

Seni tanimagan va tobe boʻlmagan, har yerda

Sohibining gʻazabiga yoʻliqsin, oʻlsin.

Hukming muhaqqaq qiyomatgacha boqiydir,

Senga ishonmaganlar qiymatsiz, zalil, kofirdir,

Sen har borliqning ustida chiqqan quyoshsan,

Seni istamaganlar dunyoda Jahannamga koʻchsin.

Aslo! Seni yoqtirmagan va xato deganlarning,

Tillari kesilsin, yerga botsin.

Senga past qaramoq istaganlarni, Alloh qahr etsin,

Sen haqiqatning ilk va soʻng quyoshisan.

Usmon Nuri

(Hofiz Alining bir bayoni)

Aziz Ustozim! Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Uchinchi Yogʻdusi, "Hikmat-ul Isti'oza" oliy nomli nur boʻlagini oldim. Alhamdulilloh koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Janobi Haq benihoya xazinasidan bu kabilarni ehson qilsin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

— 176 —

Ustozim Afandim! Azim haqiqat mujassam risola faqir talabangizda juda kuchli ta'sir qilib, aqlim, barcha tuygʻu va hisslarim azim haqiqatlar ustiga sochilib, toʻplanmas bir holga keldi. Kunduzi quyoshning ziyosi qarshisida qolgan tilla qoʻngʻiz kabi, kerak boʻlsa quyosh tarafini va kerak boʻlsa oʻz yorugʻligi bilan qamrov doirasida boʻlganlarni ta'rif qilolmagani kabi, faqir ham ayni holga tushdim.

Birinchidan: Bu risola boshqa tavhidga doir buyuk risolalarning akasi boʻlishi mumkin. Zero, boshqa Risola-i Nurlar Janobi Haqning buyuk olamda jilva-i jamol va kamol va asmo-i husnasini oʻta ochiq tarzda koʻr boʻlganlarga ham koʻrsatdi. Nur boʻlagi kichik olam hisoblangan, asmo-i husnaga oyna boʻlgan, dunyo borligʻining ruhi darajasidagi insonning kamoli va qulashiga, abadiyat va adamiga sabab boʻlgan eng buyuk vasila va hiylalarni aniq kashf etib koʻrsatadi.

Ikkinchidan: Bu haqiqatlarni oʻylar ekanman, qalbimga shunday keldiki: "Hudhudi Sulaymoniy zaminning suvi majhul yerlarida (yerni qazmasdan) suvni topishga vasila edi" deydilar. Bu risola aynan, Hudhudi Sulaymoniy kabi, kichik olam boʻlgan insonning zidlardan tashkil topgan jismida iymon nuri joylashgan qalbni boridek koʻrsatadi. Zamin yuzida zararli zararsiz oʻtlarni tashxis etgan kimyogarning obi hayot topgani kabi, bu asar vositasida mingdan bir haqiqatini koʻra olganimni angladim. Bu asar barcha ahli iymon va zishuurga manba-i haqiqiysi boʻlgan Qur'oni Hakim kabi, nurlari bilan obi hayotni sochadi.

Hofiz Ali (RH)

(Ahmad Xusravning bir bayoni.)

Ustozim Afandim!

Bir hafta avval "Hikmat-ul Isti'oza" nomli risolaning bir qismini va bir necha kun avval ham boshqa qismi bilan Oʻn Toʻrtinchi Yogʻduning Birinchi Maqomini oldim. "Hikmat-ul Isti'oza"ning Birinchi Qismini koʻp martalab qardoshlarim bilan oʻqidim.

Ey suyukli Ustozim! Ushbu qiymatli risola bilan mujohid talabalaringizga shunday chiroyli bir dori taqdim etmoqdasizki, bu dorilar bilan ma'naviy yaralarimizni chiroyli va tez davolayapsizki oʻta yomon yaralarimiz bir onda yaxshi boʻlmoqda, iztiroblarimiz ketyapti, qalblarimiz boshdan oyoq surur bilan toʻlmoqda. Rabbi Karimimizga boʻlgan muhabbatimiz ziyodalashyapti. Xoliqi Rahimga boʻlgan odobimizga ham zarar kelmasligini oʻqib, vazifadagi shavq va gʻayratimizni ortirmoqda.

— 177 —

Ha aziz Ustozim! Eskida ins va jin shaytonlarining hujumlaridan va tarbiya qilolmagan osiy nafsimdan kelgan ba'zi shaytoniy tushunchalardan qutulish uchun, juda koʻp harakat qilgan vaqtlarim boʻlar edi. Qalb bunday holatdan qutulish uchun yoʻl qidirar ekan, Naqshbandiy qahramonlarining "Tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" degan asoslari aqlimni bezovta qilardi. Unga javob bergan aziz ustozimning bayoni orasida, «Inson bir qalbdan iborat boʻlsa edi, bu soʻz toʻgʻri boʻlishi mumkin edi. Holbuki insonda qalbdan tashqari aql, ruh, sir, nafs kabi mavjud boʻlgan latifa va hislarni maxsus vazifalarni berib boy doirada, qalbning qoʻmondonligi ostida ubudiyatni ado etish kerak», deb tavsiya qilinmoqda. Quyosh kabi haqiqatlarni izhor qilgan bunday nurli dasturlar talabalarida asos boʻlgani uchun, oldin aytilgan tushunchalarga chora qidirayotgan edim.

Talabalarining har on ehtiyojlarini oʻylab chora qidirgan, dori hozirlagan, tayyorlaganlarini talabalariga qiyinchiliksiz bergan, javoban hech narsa istamay minnat va madh Janobi Haqqa aytilishini amr qilgan suyukli Ustozim! Sizga avvaldan beri "Luqmon" nazari bilan qarayman. Ha, haqiqatdan bir Luqmonsiz. Luqmoni Hakim kabi qalbiy orzularimizni eshitib risolalar bilan muolajani davom ettiryapsiz. Badi' boʻlgan Janobi Haqning badayi'i ichida har jihatda mukammallikka yetgan badi' kalomidan, badi' quli bilan ehson qilgan bu badayi'ni madh etish Alloh gapirtirmaguncha, albatta imkonsizdir. Bu vodiyda naqadar soʻz aytilsa, yana ozdir.

Sevgili Ustozim, har qaysi bir risolani ochib oʻqiydigan boʻlsam, hissam qadar darsimni olyapman. Holbuki avvallari bu risolalarni tamoman yozganim uchun, oʻqishga juda oz vaqt topa olardim va hali ham shundayman. Avvallari oʻqigan vaqtlarim istifodam kam boʻlardi. Hozir esa, Nurlarning haqiqatlarini koʻrgan sari, minnatdorchilik va shukrim ziyodalashmoqda, qalbim nurlar bilan toʻlmoqda, ruhim nurlar bilan istirohat etmoqda, latifalarim bu Nurlar bilan hissalari qadar fayzyob boʻlmoqda. Va yana Janobi Haqdan umid qilamanki, hissam va istifodam kun oʻtgan sari koʻpayadi va nasibam ortadi.

— 178 —

Bu hodisalar koʻrsatmoqdaki, badi' asarlarning buyuk bir xususiyati va bir karomatidan talabalarini boshqa qoʻllarga bermaydi va nurlantirish uchun boshqa eshiklarga boʻyin egdirmaydi. Yigʻlagan qalblarimizga tasallilar beradi. Iymonlarimizni quvvatlantiradi. Allohga qovushish ishtiyoqi bilan xohishini beradi. Soʻngida "Yo Rab! Sen ustozimizdan xushnud boʻladigan tarzda rozi boʻl!" nidolarini lisonan va qalban ayttiradi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz
Ahmad Xusrav

(Sabrining bir bayoni.)

Ey Ustoz!

Bahorning har bir kunining latofat va bemisol tarovati va ajib oʻzgarishi Fotiri Aqdas Hazratlarining nihoyasiz qudrat va azamatini koʻrsatgani kabi Nur daryosining ham benazir va hayratbaxsh bahori, "Minhoj"lar, "Mirqot"lar, "Isti'oza"lar va bularga oʻxshash latif, shirin, nuroniy gullar va benihoya turlarini iymon va tavhid ahliga yangidan hayot baxsh etadi. Nurlar shunday ma'naviy ozuqaki, har qanday odamni har on toʻydirishga kifoya qiladi. Bu olmoslar shunday qiymatli ridoki, har kimni har doim isitishga yetarlidir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz, buyuk ustozim! Bu risolalarni oʻqigan sari ruhim gullar kabi ochiladi, foniy hayotning azob va mashaqatlarini ketkazadi. Oʻrniga qanoat kabi yashirin xazinani keltiradi. "Ey ruh! Hozirgacha ma'naviy talab va orzularingni ta'min etgan Nur fabrikasining olmos va javharlarining har birining ayri-ayri qiymat va zarifliklarini koʻrib, bundan boshqa qiymatli asar yoʻq deb, sen hol bilan, men soʻz bilan hukm etdik. Qur'on nurlari va Furqon fayzlari va boqiy nurlarning oxiri yoʻq.

Alhamdulilloh, Qur'on haqiqatlaridan kundan kunga nasibador boʻlyapmiz va boʻlamiz inshaalloh. Janobi Kibriyo kavsar daryosini hayoti boqiya xirmoni hisoblangan mahshargacha oqitsin, omin.

— 179 —

Ustozim Afandim, oʻtmishdagi harakatlarim bilan hozirgi ahvolimni qiyoslash eslatildi. Qoʻldan kelganicha tadqiq etdim. Natijada hozirgi ahvolamni, "soʻngsiz shukrlar boʻlsin" qiyinchilik jihatidan juda yengil va qiymat xususida juda ogʻir deb topdim. Eski harakatlarim buning teskarisidir. Alhamdulilloh, Janobi Fayyozi Haqiqiy ojiz, faqir, muhtoj qullaridan rahmati Rabboniyasini ayamadi.

"Olma pish, ogʻzimga tush" deb ruhiy amaliyotga kerakli narsalarni mahoratli jarroh bilan birga ehson qildi. Agar bizlar bu amaliyotni koʻrmasaydik va bu nurli va zavqli, shavqli ehromga kirmasaydik, mansab sevgisi sababli, qaysi bid'atga yengilmagan boʻlar edik?!.

Nurlarning bepoyon fayzlari hadsiz va hisobsiz muvahhidiynlarni shukrda qarzdor qildi. "Alhamdulillahi Robb-il A'lamiyn".

Janobi Haq jumla ummati Muhammadni (ASV) anvori Qur'oniyadan foydalantirib, haqiqiy muvahhidiyn sinfiga dohil va hozirgacha gʻaflat bilan oʻtkazgan vaqtlarimizni daftari a'molimizga yozilgan gunohlarimizni rahmati bilan afv etsin, omin.

Xulusiyi Soniy Sabri

(Zakoiyning bir bayoni.)

Ustozim!

Bir mujodala va imtihon maydoni boʻlgan bu dunyoning har burchagida insonga ibrat darsi boʻladigan biror bir hodisa va namuna yoʻq emas. Hamma yerda mizoji farqli insonlarda turli-tuman qalbiy mayllar boʻladi. Dunyoviy hodisalar ichida eng alamli narsaning, uxroviy va diniy maslak pardasi ostida vahshat va hayvoniyat ruhlari bilan taqqoslashni tajriba va koʻrganlarim oʻrgatmoqda.

— 180 —

Ha, oʻz holini isloh qilishga qaytgan kishi, ubudiyat bilan Xoliqiga yolvorar ekan, bir mulhidning ahmoq maxluq kabi uni vasvasa qilganidan keyin, ruhining kirlanadi. Keyin boshqaga hujum qilib, uni oʻziga oʻxshatishni istaydi. Xatto boshqa moʻmin haqida yomon tasavvur va notoʻgʻri tushuncha uygʻonganini koʻrish iymon ahli uchun qaygʻuga sabab boʻladigan masaladir.

Oh ustozim, koshki insonlar yo koʻringani kabi boʻlsa, yoxud boʻlgani kabi koʻrinsalar edi. Irshod ahli Qur'on hukmlarini tabligʻ xususida qiyinchiliklar chekmas va inkor qilinmas edi. Men kabi hanuz oʻzini isloh etolmaganlar ham, ba'zi ahmoqlarning ruhlarida soflik va insonga xos yaxshilik qidirishga harakat qilmasdi.

Aziz ustozim, inshaalloh Janobi Haq haq va haqiqatning quyosh kabi yuksakligini sizga va bizga koʻrsatsin. Zindon hayotiga oʻxshagan, bir qancha ma'naviy mahrumliklar ichida oʻtgan kunlarni sururli va erkin kunlarga aylantirsin. Omin.

Talabangiz Zakoiy

(Sabrining bayoni.)

Ustozi Akramim!

"Hikmat-ul Isti'oza" risolasining ikkinchi qismi shunday qiymatli javharlar xazinasi va vasvasa xastaligining eliksir bir dorisi boʻlib, foniy olamdan boqiy olamga koʻchish paytigacha nafs va shaytonning hujumiga uchragan inson koʻkragi ustiga osib yurishi kerak. Ikki dushman har doim koʻpik kabi, zohirda bir narsaga oʻxshab, haqiqatda esa arzimas havoiy qaysarlik bilan e'tiroz qiladi. Ularga qarshi eng sogʻlom panohgoh va eng kuchli qurol va bu yoʻlda sarf qilinadigan xolis muxr bulardir. Men oʻzimda tajriba qildim. Savollarni oʻqigan vaqtim nafsim savolga moyil boʻladi va ahamiyat beradi. Ammo alhamdulilloh ortidan davom etgan Qur'oniy olmos mudofaalar unday nafsoniy xastaliklarni tez chiritib, ildizidan quritadi. Nuroniy va Qur'oniy hikmatlarni loyigʻidek maqtash xususida ruh va shuuur sohibining mukammali hisoblangan inson sinfi vahiyning boshlanishidan to hashrgacha i'joz va iyjozida ojizliklarini izhor qilgani, da'vomizning aniq va ochiq dalilidir.

— 181 —

Xulosa: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning benazir hukmlaridan Risola-i Isti'oza-i Furqoniyani mutola qilganimda haqiqatlar daryosida mastu hayron boʻlib kamoli ishq bilan: "Yo Rab, Kitobi Mubinning hukmlarini joriy qilishni osonlashtirish va qiyinchilikni ketkazish hamda Qur'on dallolining orzu va maqsadlariga muvaffaq qil. Barcha birodarlarim bilan birga ushbu kamtar qulingni ham ajalim kelgunicha Kitobi Mubinga xodim qil", duosi bilan ojiz ifodalarimga xotima beraman.

Sabri

(Hofiz Alining bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu safar yuborilishiga inoyat qilingan Hikmat-ul Isti'ozaning Ikkinchi Qismini oldim. Sakkizinchi Ishorada isbot qilingan haq va haqiqat zalolat vodiylarida uchgan daydi adashganlarning yoʻllarini oydinlatib, ularga ham oʻzlarining nima qilganlarini, ham haqiqat yoʻlini koʻrsatib iyjozi bilan azim bir masala xayol qilinmoqda.

Toʻqqizinchi Ishorada esa, barcha iymon ahli va ayniqsa nur risolalalari bilan inson yaratilishining haqiqiy gʻoyasini tushunishga harakat qilgan talabalaringiz, ruhan istiqbolga borgan sari, bu masala juda keng doira boʻlib, Hazrati Odamdan beri barcha Paygʻambaroni Izom hazratlarining ahli zalolatga qarshi magʻlubiyati va fojiali hodisalar koʻp oʻylantirar va qalbga ozor berar edi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Keng doira shunday nurlanmoqda. Ichida Ustozdan, Faxr-ul Mursaliyndan Hazrati Odamgacha qiyinchiliklar haq va haqiqat qilichi bilan fath qilinib, aql va qalb "sodaqta va bilhaqqi nataqta" deb tasdiq qilmoqda.

Oʻninchi Ishorani yozarkan, qoʻlimdan qalamni tashlab yonimdagilarga oʻqib berdim. Ichida tamsiling misol emas, haqiqatligini, bunday haqiqatni Hakim, Nur va Badi' ismlarining jilvasi bilan koʻrilishini tushundim. Xayolan tatbiq qilishni boshladim. Juda toʻgʻri asos ekanini angladim, Janobi Haqqa shukr qildim.

Oʻn Birinchi Ishorada koʻrsatilgan Qur'oniy zajr, koinot ekinzorining mahsuli, uskunasining toʻqimalari inson sinfi va umum mavjudot samaralari bilan birga inson sinfiga xizmat qilgani uchun, inson faqat oʻzini oʻylashi, badbinligi bilan u azim dunyo gʻoyasini yoʻqqa chiqarib, katta charxlar kabi kulliy unsurlarning insonga qarshi harakat qilganlarini va halok qiluvchi mas'uliyatdan qutulish faqat Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Faxr-ul Mursaliynga ergashish bilan topilishi bayon qilib insonni jalb qilyapsiz.

— 182 —

Oʻn Ikkinchi Ishora va toʻrt savolning javobi qamragan haqiqatlar bizni ora-sira oʻz hisobiga ishlatishni istagan va juz'-i ixtiyor bilan oʻzida bir borliq koʻrib, haqqiga koʻz tikkan hamda shuhrat va xudfurushlik bosimida bekorga ishlagan nabotiy va hayvoniy nafsu havo zanjirlarini oltin qaychilar bilan kesib xalos qilyapsiz.

Oʻn Uchinchi Ishora va uch nuqta bilan har doim, xususan muborak vaqtlarda biz bilan shugʻullangan va ba'zan umidsizlikka tushirgan, yuzimizning qoraligini qaramay, moʻmin qardoshlarimizning ahamiyatsiz qoralari bilan ularni battamom qoralik bilan ayblagan, Janobi Haqning rahmatini va Gʻaffor va Rahim ismlarini tanqidga jur'at etgan va bu sabab ulkan buzgʻunchiliklarga sabab boʻlgan hizb-ush shaytonning quvvati koʻrsatilmoqda.

Muhtaram Ustozim! Bu ishorani yozarkan, vujud olamiga sayohatga chiqdim. Ishoralardagi nuqtalar bir mufattish hukmiga oʻtdi. Izoh qilingan quvvatlar oʻrnida koʻrilib, yengilganliklarini qabul etmoq payida edilar. Bizga bu quvvatlarni koʻrsatgan Qur'oni Hakimdan yordam va fayzni har qadamlarimda istadim. Bizga bu asos hayot haqiqatining natijalarini, qorongʻuliklarini koʻrsatgan ustozimiz muvaffaqiyatimizni Janobi Haqdan tilayotganligi har on oʻzini koʻrsatmoqda. Va inshaalloh xalos qiladi.

Muhtaram Ustozim! Ushbu oʻn uch Ishora oʻn uch javohir xazinasini ichiga olgan. Ularning ba'zilarini ipga tizib koʻrsatlyapti. Uni koʻrmaslik javohir xazinasiga va javharlariga bir kamchilik keltirmaydi. Men egri-toʻgʻri tizishni istagan javharlar, inshaalloh husnini yoʻqotmaydi.

Ey suyukli Ustozim, qanchalik koʻp tashakkurlar qilsam va minnatdor boʻlsam ham ozligiga ishonganim uchun, Janobi Haqdan siz rozi boʻladigan mukofotga noil aylashini tilayman. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Hofiz Ali (RH)
— 183 —

(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)

Aziz, qiymatli Ustozim!

Hisobsiz hamdu shukr ul Xoliqi Mannon Hazratlarigaki, men ummiy boʻlganim holda, hissiyot va orzularimni shu foniy va oʻtkinchi boʻlgan dunyo hayotidan ayirib, Risola-i Nur talabalari ichiga kirdim va Qur'on jamoati olimlariga doʻst boʻldim. Nashr xizmati va ilmda ularga yetisholmayman. Lekin inshaalloh aloqadorlik, muhabbat va ixlosda yetishishga harakat qilaman. Duo bilan ularning qalamlariga yordam beryapman. Risola-i Nurga boʻlgan hissiyotimni ummiyligim uchun faqat tushlarim bilan ifodalayapman.

Bu safar tushda Faxri Olam (ASV) Afandimiz Hazratlarini koʻrgan vaqtim, Sura-i Hajning oxirida

مَا قَدَرُوا اللّٰهَ حَقَّ قَدْرِه۪ٓ اِنَّ اللّٰهَ لَقَوِىٌّ عَز۪يزٌ

soʻngigacha oʻqib va Shohi Jiyloniy (quddisa sirruhu) Hazratlarini koʻrgan vaqtim, uyqudan Sura-i Nurda لَيْسَ عَلَى الْاَعْمٰى حَرَجٌ oyatini qiroat qilib uygʻondim. Angladimki songi kunlarda Sunnati Saniyaga doir ahamiyatli bir risola yozilgani uchun, Rasuli Akram (ASV)ga maqbuli boʻlganki, unga tushimda musharraf boʻldim. U oyat Risola-i Nurning xulosasini ifoda etgani kabi, gʻaflatdagilarni qattiq qoʻrqitadi. Shohi Jiyloniyni koʻrganimning sababi, Risola-i Nur talabalarining muqaddas ustozi meni ham shogird sifatida qabul qilganiga doir bir ishora deb tushundim. Bu oyatlar xotiramda boʻlmagani uchun, muqaddas zotlarning hurmati, xotiramda har doim oʻqir va dunyoqarashim kengayar edi.

Boshqa bir tushimda, juda keng uyda, poydevorlari endi qurilayotganini koʻrgan edim. Bu safar oʻsha ulkan bino bitgan, ichiga kirganimda oʻng tomonini masjidi sharif sifatida koʻrdim. Namoz oʻqigandan soʻng menga hamma yozilgan Risola-i Nurni berishdi. Men faqat bir nusxasini oʻqish uchun berdimtlainoning eng yuqorisi va oʻrtasida bir ustunining almashinishi uchun qoʻlida temir, kran bilan uch kishining ishlayotganini, koʻrdim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman.

Ummiy talabangiz Mustafo
— 184 —

(Osim Beyning bayoni.)

Ustozi Akramim!

Bu safar tugatishga muvaffaq boʻlgan uch risola-i sharifani: Yigirma Toʻrtinchi, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz, Oʻttiz Birinchi Maktubning Beshinchi Yogʻdusi Mirqot-us Sunna Risolalari tahrir uchun va siz ustoz hazratlariga koʻrsatilish uchun taqdim qilindi. Risola-i sharifalarning hammasi, haqiqat nuri sochgan bir-bir jannat bogʻchalaridir. Xususan Oʻttiz Birinchi Maktubning yogʻdulari: Minhoj-us Sunna va Tiryoqi Marazi Bid'a - Mirqot-us Sunna oʻqib oʻqib toʻyib boʻlmaydi. Oʻqigan sari his etilgan ma'naviy surur va fayzlarning haddu hududi yoʻq bir fayz ummonidir. Ba'zi jumlalar, namozdan oldin va keyin faqirxonaga kelgan doʻstlarga koʻp martalab oʻqib fayz olamiz. Xususan Giritli Hasan Afandi koʻz yoshlaridan oʻzini toʻxtatolmaydi. Siz ustoz xazratlariga maʻlum, oʻzi Qodiriy shayxidir. Sizga va ayniqsa Gʻavs-ul A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlariga bogʻliqlik va muhabbati oʻta qattiq.

Ustozi Akramim! Bu safar risola-i sharifalar bir oz keyinga qoldirildi. Buni faqirning tamballik, sustlik va dangasaligidan deb bilmangiz. Shikoyat emas, faxrlanib aytaman. Bu yil Janobi Haqning faqirga lutfu ehson va karami koʻp boʻldi. Lahulhamdu valminna yuz minglarcha mutashakkirman. Ramazon Bayramidan beri ikki marta xastalandim. Hanuz tuzazlish davridaman. Risola-i Nuri Sharifalarni koʻchirilishida anchagina tanaffus boʻldi. Koʻp shukr, alhamdulilloh, bu xastaliklar bir Ilohiy in'omdir. Siz ustoz xazratlarining duolari bilan sihatim joyiga kelyapti.

Osim
* * *.

(Rushdu Afandining bayoni.)

Ey aziz Ustozim!

Buncha azim ehsoningiz meni suyukli ustozimizning nazdlarida talabalarning eng oxirgisi boʻlish sharafini qozontirgani xotiramda turgunicha Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga tunu-kun duo qilaman. Ba'zan boshim sajdada, tinmay yigʻlayman. Gunohimning kattaligi, jinoyatimning saoqsizligi meni qoʻrqitar ekan, suyukli ustozimning duolari, Janobi Haqning rahmati meni tasalli etadi.

— 185 —

Har yuborgan risolangizni kamoli ishtiyoq bilan oʻqiyman. Qiymatli qardoshlarim bilan har kun bir yerdaman. Istifodam juda koʻp. Risolalardan siz ustozimning ma'naviy fayzlarini har doim olyapman.

Ha aziz ustozim, hissiyotimni yoza olsam har hafta maktublarim bilan javob beraman. Sizga maktub yozish men uchun eng buyuk sevinchdir. Afvingizga tayanib, zohiran sukut saqlash bilan va ma'nan Xudoning dargohiga qoʻl ochgan vaqtim sizga ojiz Rushdu talabangiz ojizligini taqdim qilgan sari, suyukli ustozimdan javoban koʻrgan lutflarim qarshisida koʻz yoshlarim bilan javob beryapman, afandim.

Talabangiz Rushdu

(Hofiz Ali darsini qanday anglaganini koʻrsatgan bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdusining Ikkinchi Maqomini bir marta oʻzim oʻqidim. Juda juz'iy istifoda bilan, aqlimda lazzat his qildim. Ikkinchi va uchinchi takrorlarimda shunday bir ruhiy zavqi oldimki, agar qalb va qalamim koʻnglimga tarjimon boʻla olsalar, balki bir daraja siz ustozimga minnatdorona arz qilishga jur'at qilardim. Afsuski qalbim, qalamim va ruhim ojizlik bilan oldimga chiqib kamchiliklarini eʻtirof qilishdi.

Suyukli Xoʻjam! "Soʻzlar" unvoni bilan nurlar nashr qilgan va rahmat eshigini ochgan Qur'on nurlari asosan xos, maxsus bir oʻziga xos muxr-tamgʻasiga ega. Har bir qismidan Allohning qamrovli rahmatiga qisman, toʻliq eshigini koʻrsatib, ularni ochiq qoldiryapti. Bu muborak Risolani Sulaymon, Zeki, Zakoiy va Lutfi qardoshlarim bilan oʻqir ekanman, xayolimga ziynatlangan ulkan saroy koʻrsatildi. Aslini, haqiqatini, kengligini va ziynatini tomosha qilish uchun ruhan chiqdim. Qarasam, charchagan va nazarim kesilgan tarzda orqaga qaytdim. Zakoiy qardoshim davom etayotgan edi. Takror saroy shaklida tantanali, ravnaqdor, qiymat va mohiyat jihatidan oʻsha kichkina vujud saroyi olamini koʻrdim. Eshikni ochib tomosha qilishni istadim. Kaliti yoʻq edi.

— 186 —

Birdan qardoshimning ogʻzidan "Bismillahir rohmanir rohiym" sozini eshitdim. Eshik ochildi. "Alhamdulillahi a'la nur-il iyman va hidayati-r Rohman" dedim. Qarasam ulkan saroy ichidagi narsalari va ziynati su kichik saroyga joylangan. Goʻyo charxlardan tashkil topgan soat va koʻp iplarni ichiga olgan toʻquvchi bor edi. Eʻtibor bersam, kunduzni kunduz qilgan quyosh boʻlgani kabi soatni qurgan va ishlatganni va u iplarni rang-barang boʻyab toʻqiganni juda porloq bir suratda izoh qilinganini koʻrdim. Takror "Alhamdulilloh" dedim va ushbu olami kubroning mundarijasini va namunasini qoʻlimga olgandan soʻng parvosiz sayohatga chiqdim.

Muhtaram Ustozim! Ushbu "Soʻz" shunday haqiqatni dars beradiki, insonga begona va bilinishi mumkin boʻlmagan hech narsa qolmaydi. Har koʻrgan narsasi munis bir oʻrtoq boʻladi. Suvsiz vodiylar, keng sahrolar va ulkan yer kurrasi bogʻ hukmida Xoliqi Rahiym tomonidan hozirlangan, kaliti "Bismillahir rohmanir rohiym" boʻlgani va kaliti topilmasa va olinmasa, bogʻda yashash mumkin boʻlmaydi. Yashasa ham ham tarafda begona boʻlib, har qadamida kamsitiladi. Hayot jonsiz shaklga aylanishini izoh qilyapsiz. Xususan bizni har doim, kunda qirq marta aqlimizga sigʻmasdan "oh!" bilan takrorlangan moʻ'minning me'roji namozda اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ sirri shunday bir tugma holida koʻrsatilmoqdaki, har bir moʻmin oʻz vujud olamida bir elektr fabrikasi koʻradi. Tugmasini bosganda butun dunyoni ziyolantiradi.

Suyukli Ustozim! Janobi Haq bu qiymatli asarlarni qiyomatgacha moʻmin qullariga yetkazsin, degan duo bilan soʻzimni tugataman afandim.

Qusurli Talabangiz
Hofiz Ali
— 187 —

(Yangi, muhim qardoshimiz Muftiy Ahmad Fayzi Afandining bayonidir. Bu bayon garchi shaxsimga qarasada, u kishi shaxsimni koʻrmagan, dalloligimning belgisi boʻlgan risolalarni koʻrgani uchun, haddimdan juda ortiq madhu sanosini risolalarga va Qur'on sirlariga oid boʻlgani uchun qabul qildim.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Hamdi benihoya Karimi Muta'olga, salotu salom Habibi Zuljalolga va u kishining oila va asxobiga.

Ey boqiyga yetishgan boʻlgan foniy! Va ey matlubning rahmat eshigida oʻtirgan mahbub! Va ey darajalarning akmali boʻlgan sifati abdiyatga suluk eta olgan baxtiyor! Va ey Shamsi Toboni Zuljamolning qorongʻuliklarga aks ettirgan ziyo-i hidoyati! Va ey Habibi Quddusning tariqi ulviyatida qorongʻuliklarni yorib uchgan shahobi shashaʻanisor! Xatolar va ma'siyat daryosining qoʻrqinch toʻlqinlari orasida ingragan, Xoliqi Karimning shuncha iltifotini nonkoʻrlik bilan qarshilashdan boshqa bir iloji boʻlmagan bu eng past mavjudot, siz noil boʻlgan daraja-i maqbuliyatdan bir qatrasini boʻlsada, sizning shavkatu karamingizdan oʻziga hadya etishini kutadi.

Koshki meni oʻzingizga olib, xizmatingiz bilan musharraf qilsangiz. Koshki Habibi Kibriyoga mening ham oʻzining xizmatiga bogʻlanishim uchun va oshiqlarining eng kichigi hamda hikmat va nurining dalloli boʻlishim uchun yolvorsangiz!...

Har on oyoqlarining ostini oʻpish otashi bilan hasrat va nola chekkan, haqir maxluq

Ahmad Fayzi

(Ahmad Xusravning Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdusining Ikkinchi Maqomi munosabati bilan yozgan bayoni.)

Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!

Uch-toʻrt kun avval Janobi Haqning muqaddas kalomidan xushxabarlar chiqarib, butun olamga sochgan joʻshqin dengizlarning oqimlari kabi, fayzlari bilan bizni mast aylagan, botuvchi quyoshning har kunduzga maxsus soʻnmas ziyosi kabi, bardavom kelayotgan nurlari bilan bizni nurlantirgan, hech kimni shubha bilan qiynamay, oʻziga xos balogʻati bilan aqllarni boʻysundiradigan qobiliyat bilan soʻzlagan, tinglovchilar va oʻquvchilarni oʻziga qaratgan azamatli kulliyoti Nurdan yana bir Nur oldim.

— 188 —

Bu Nur chiroyli Islom nishoni va u buyuk rahmat xazinasining kashshofi boʻlgan "Bismillahir rohmanir rohiym"ning minglab sirlaridan oʻttiz sirga javoban olti sir bilan nurli shu'lalarini zehnlarimizga naqsh etgan va rahmatning ming bir asmo-i Ilohiyadan kelgan shu'lalari bilan, insonga hadsiz-hisobsiz Subhoniy neʻmatlarining madad qoʻllari bilan yordamga yuborilganini oʻrgatib, bizni soʻngsiz fayz daryosiga gʻarq etdi.

Bu muqaddas muborak kalimaning har suraning boshida zikr etilishi, ahamiyati, azamati va har bir xayrli ishda takrorlanib muborak bir shafoatchi boʻlishi, Yerda yurgan insonga arshga chiqadigan qomat kiydirishi va ajzi mutlaqda qiynalgan insonni Qodiri Mutlaqqa bogʻlab, insonning qiymatu izzati koʻrsatilgandan keyin,

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ

hadisi sharifi bilan Mun'imi Haqiqiyning ming bir asmo-i husnasining jilvalarining shu'lalaridan chiqqan rahmati bilan parvarish qilib, rahmatning toʻliq jilvasi ekani izoh qilindi.

Suyukli Ustozim! Inson ruhining nazarini, aqli, qalbi va xayolini "Bismilloh" bilan koinot siymosiga, "Ar-Rohman" bilan arz siymosiga, "Ar-Rohiym" bilan turdoshining maʻnaviy siymosiga qaratadi. U yerlardagi keng kulliy rahmatning azamatini, latofatini koʻrsatadi.

Aziz Ustozim! Nazarim qayerga qarasa, aqlim nimani muhokama qilsa, xayolim nima bilan mashgʻul boʻlsa, qulogʻim nimani eshitsa, qalbim qayerga borsa, yurgan yeri va uchragan narsalarida insonga qaragan juda buyuk rahmat belgilarini koʻradi. Samovot va arsh butun haybati bilan insonlarning sayrgohi, jannat haqiqiy maskani boʻladi. Zamin honadon shakliga kiradi. Sharaf ve eʻtiborga ega jamoat - mala-i a'loning yashovchilari va zamin yuziga sochilgan yuz minglarcha maxluqot va nabotot sinflarining insonlarning hojatlari chiqarganlarini, chivinlardan baliqlargacha, zarralardan yulduzlargacha kichik-katta har bir sanʻat asari insonlarning yuziga qoʻrqinch bilan emas, kulib qaraganlarini koʻradi.

— 189 —

Soʻngsiz Rahiym Xoliqi Azimning ushbu kamchiliksiz qasrini tomosha qilib toʻymagan ruh oʻziga qaytadi. Rahmatning nihoyat darajada nozikliklari bilan tartiblangan va idora qilingan jismga qaraydi. Tuygʻulari orasida eʻtiborni faqat xayoliga qaratadi. Aqlda xayolga ajratilgan joyi bir tariq donasi qadar kicihk boʻlishiga qaramay, har doim butun olamni kino tasmalari kabi xayol uyida kezdiradi. Xotira bir tur, aql boshqa bir tur, fikr boshqa bir holda, qalb tamoman oʻzga, komil insonlarda faoliyat holidagi boshqa latifalar yanada oʻzgacha shaklda, basira, sami'a, zoiqa, lomisa, shomma kabi havassi zohiriy ichlariga olgan ma'naviy sohalarga nisbat bilan, nihoyat darajada kichik aqlimda joylashgan. Lekin bir-birlariga qoʻshilmaydi, biri boshqasining vazifasiga aralashmaydi, boshqa-boshqa vazifalarda, turli-tuman doiralarda gʻoyat muntazam ishlashadi. Hatto shifokorlar yillarcha oʻrgangan lekin hal qila olmagan inson vujudining har bir qismi, har bir a'zosining nozik nuqtalarini koʻradi. Bu daraja rahmat bilan tartiblangan, bu qadar muxtalif vazifalar bilan ishlatilgan, bu aqalni xayratda tushirgan uskunani tomosha qilgan ruh, undagi egalik darajasini oʻylaydi. Hukmining hech bir a'zoga ta'sir qilmaganini koʻrib, sigʻinadigan yer, iltijo qiladigan joy, mahliyo boʻladigan borliq qidiradi. Buncha rahmati bilan parvarish qilgan Xalloqi Azimga shukr sajdasiga choʻkib yigʻlaydi, yigʻlaydi, yigʻlaydi. Barcha dardlarini toʻkadi. Uning, faqat Uning lutfu karamiga iltijo etib afv etilishni, dunyoda boʻlgani kabi, oxiratda ham sevganlari bilan birga va'da qilgan Jannatga kiritlishni istaydi va yolvoradi.

Ahmad Xusrav
— 190 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

Oʻtgan hafta olgan maktubimda, "Sening va Sharif Afandining bayonlari qisqa, hech narsa tushunilmaydi. Tanqidmi? Taqdirmi?" dedingiz. Barcha asarlaringizni taqdir va toʻlib yaxshi koʻrib qarshilaganimiz xazratlariga maʻlumdir. Aslini olganda, tanqid qiladigan ilmiy kuch nafaqat bizda, Turkiya olimlarida ham yoʻqligi tajribadan maʻlum.

Bolaligingizda sharq olimlarini lol etishingiz va undan keyin Istanbulga kelib barcha olimlarning maqtov va hurmatini oʻzingingizga tortishingiz bu xususni isbot qilisqhga kifoya. Kerak boʻlsa Sharif Afandi va kerak boʻlsa "Hikmat-ul Isti'oza" va "Basmala" sirrini oʻqigan boshqa birodarlar eshitgan ma'naviy lazzatlardan behush boʻlishgan.

Faqirga kelsak, haqida hech narsa yozmasam ham "Soʻzlar" kamoli taqdirga loyiq. Zero hozirgacha buyuk zavq bilan takror-takror va doim oʻqigan "Soʻzlar" va "Maktublar" haqida qarashimni doim ustozimga aytishga, yozishga soʻz topolmayman. Bu mening ojizligimdan boʻlsa kerak. Bir risola qanchalik kuchli boʻlsa, uni oʻqish undanda kuchlidir. Shuning uchun, nima yozsam ham loyigʻidek maqsadimni ifodalay olmayman.

Hozir hayotim juda zavqli. Soʻzlarning tadqiqoti bilan mashgʻulman. Avval oʻqishlarimda hazm etolmasdim. Hozir oʻta sekin va diqqatli oʻqib tushunishga harakat qilyapman. Tushunmagan joylarim boʻladi, soʻrayman. Bu sabab istifoda qilishim ortdi. Haqiqatdan Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Birinchi va Ikkinchi Shoxida koʻp toʻxtadim. Loyigʻidek anglay olmadim. Ustozimiz bilan koʻrishganimda bu ikki Shoxni xazratlaridan izohini iltimos qilaman.

Muhtaram Ustozim, faqirning bir narsa koʻp hayratiga sabab boʻlyapti. Sizdan bir masalaning izohini iltimos qilganimda, izoh qilasiz. Lekin u izohda ham izohga muhtoj joylari boʻladi. Shunday latif va qamrovli jumlalar bilan javob berasizki, u jumlalarni anglash uchun savol kerak boʻladi. Bundan shu natija chiqadiki, "Soʻzlar"ingizning bir har qatori bir kitobchalik keng va ma'nodordir. Istanilganicha izoh qilinishi mumkin.

Ra'fat
— 191 —

(Doktor Ibrohimning bayoni.)

Afandim!

Nuroniy va ziyodor buyuk maʻnaviy yoʻlda sayru sayohat qilgan umum oxirat qardoshlarim bilan har hafta koʻrishamiz va bardavom chiqqan Risola-i Nur qismlari kabi, fayz va ma'rifat quyoshlarining xabarlarini eshitgan sari; ruhim gullar kabi ochiladi, sevinch va xursandchilikka gʻarq boʻladi. Iste'dodim nisbatida bir-ikki kichik masalani oʻrganishga harakat qilayotgan boʻlsam ham, nur okeanidan qardoshlarimning ruhlariga aks etgan masalalardan bahs qilgan maktublarni yozgan va taqdim qilganlarini koʻrgan sari, muvaffaqiyatsizligimning nadomati va qaygʻum sababli johilligimdan omonlik soʻrayman.

"Ummiylik qanday ham qiyin ekan" deb koʻnglim yigʻlaydi. E'tirof etib, "Ibrohim, haqlisan", deyman. Nihoyat yana umidimni Rabbimdan uzmasdan deyman: "Bir muassasaning boshligʻi, muovini, kotibi, tarqatuvchisi, teruvchisi, xizmatkori boʻladi. Faqir qisman tarqatuvchilik, qisman xizmatkor boʻlsam, nima zarari bor?" deb tasalli topaman.

Ibrohim

(Usmon Nurining bayoni.)

QUR'ONI AZIM

Bir kalimani millionlab marta takror oʻqisam

Ilk boshlaganim lazzatni doimo his qilaman.

Sen Islom oʻchoqlarining soʻnmas bir yogʻdusisan

Sen oʻsha mislsiz zotning tengsiz kalomisan

Rabbing eng suyukli Rasuliga taqdir boʻlgan

Qiymatli ming bir tur isbotli kalomsan.

Qaysi kitob borki, asrlarcha bunday hurmat bilan oʻqilgan

Qanday bir nonkoʻr, kelsin senga tajovuz qilsin

Aslo, senga ishonmaganlar kofir boʻlsa ham

Kelsin uning dallolining yoniga oʻtirsin.

Dalloldan olsin ilhom darsini

La'nat etar, inkor etganni Qur'onni

Ilmning eng kuchli ustozi, burhoni

Zalil etar, qarshisida seni tanimaganni.

— 192 —

Qudsiy kitobning juda mashhur, uning dalloli Ustozim Said

Koʻngil istar, oʻsha qolipda boʻlsin minglab Said.

Xuddi oʻsha kunning tongida oʻqiganim, buyuk va muqaddas kitobimiz Qur'oni Azimushshondan olgan nurli Ilohiy ilhomdan, quyosh kabi quvvatli boʻlgan oliy risolalaringiz ojizda qoldirgan chuqur his va ta'sirlaridan tugʻilgan.

Usmon Nuri

(Xulusiyning bayoni.)

Afsuski Mirqot-us Sunnat hisoblasngan muborak maktub haqidagi ihtisoslarimni aytishga iqtidorim yoʻq. Ammo istiqomatli tafsir, i'jozli bayon, nurli e'lon kabi shaʻniga loyiq ta'bir bilan ta'riflay oladigan oʻn bir nuktani ichiga olgan Beshinchi Yogʻduning ma'nosida topdim. Ma'nan aytadiki: "Sunnatga amal qilib mukallaf boʻlgan, Nabiyyi Ziyshonning Alloh tomonidan keltirib xabar bergani yaqiynan ma'lum boʻlgan narsalarning haq ekanini bilib, qalb bilan tasdiq va til bilan iqror etib, ta'rif qilingan iymon va Islom shartlarining majmui boʻlgan oʻn bir adadi nurli maktubdagi nuktalarda ochiq-oydin tavofuq bor. Modomiki shunday ekan, moʻminman degan kishi sunnatga ergashishi kerak. Alhamdulilloh musulmonman, deb da'vo kilgan va لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ malomatidan qutulishni istagan kimsa sunnatni mahkam tutishi kerak, vb. haqiqatlarni dars beradi.

Bu maktubni olmasdan avval, Alloh xayrli qilsin, bir kecha tushimda katta bir masjidda ekanman. Namoz oʻqilgandan soʻng, eshikka yaqin bir yerda tik turgan ekanman. Qarasam, mehrobning chap tomonidan kichik jamoat kelyapti. Menga yaqinlashganlarida, "Bu Abdulqodir Jiyloniy Hazratlari" deb qulogʻimga bir ovoz keldi. Ixtiyorsiz, "Madad yo Gʻavsi A'zam" deb, yigʻlab oyoqlariga yiqildim. Muborak chap qoʻllari bilan meni yerdan koʻtardilar va shafqat koʻrsatdilar. Oʻzlari uzun boʻyli, juda haybatli va ustlarida qora chakmon, muborak saqollari qora, oqlari juda kam. Jilmaygan va nuroniy bir chehra. Muborak boshlarida bir kesik konus shaklida baland va oppoq salla bor edi. Masjiddan chiqib, yonma-yon xonada jamoat bilan birga oʻtirganimizni ham xotirlayman. Bu tush menga koʻp zavq berdi. Duo va himmatlarining Hizb-ul Qur'on ustida har doim mavjudligiga yanada koʻproq yaqiyn hosil ettirdi.

Xulusiy
— 193 —

(Sabrining bayoni.)

Bu safar bir qit'a buyuk lutfga sazovor maktub bilan Kitobi Mubindan chiqqan fayz va maʻnolarning natijasi hisoblangan, Mundarija-i Mubinning Toʻrtinchi Qismini Sulaymon Afandi qardoshimiz vositasida olib oʻqidim. Muallifiga, kotibiga, noshiriga, xodimlariga minglab duo qildim. Haqiqatdan ikki soatlik oʻqish vaqtimda Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning hammasini qisqacha oʻqiganchalik lazzatlandim va foydalandim. Aytdimki: Xazratlari lutf qilgan maktubda ishora qilinganidek, toʻrt nusxa emas, balki bir necha oy, har vazifadan ustun qoʻyib mundarijani koʻpaytirish va nashrga harakat qilishimiz kerak.

Modomiki gʻoyamiz Qur'on haqiqatlari nurlarini yoyishdir. Bu muborak va Qur'oniy bebaho haqiqatlar asarining xulosasi va natijasi va ta'biri joiz boʻlsa, toʻliq birinchilaridandir. Nusrat kaliti va fath zinasidir.

Ustozi azizim! Muqaddaman bu qiymatli asarlarni Allohning yordami bilan yozgan sari, bu qusurli talabangizni bir tinglovchi sanab hamma asarni yuborayotgan va nurlantirayotgan edingiz. Oʻsha paytlar, gʻayri ixtiyoriy nur bilan zulmat qarshisida boʻlganim sababli, nurlar bilan oramdagi parda ochilmagan edi. Hozir oʻldiruvchi zahar ta'biriga loyiq muxolif, zid, manfiy jarayonlarning yoʻqolishi, alhamdulilloh nurlari benihoya Qur'onning eshiklari ochildi. Salif-ul arz zulmatining asiri boʻlgan vaqtlarimda nashr etilgan asarlarni takror oʻqib yoyapman.

Risolalarning daraja-i qiymatlarini va baxsh etgan fayz va muvaffaqiyatini aytish, lison va qalamning koʻp-koʻp iqtidorining ustidadir. Bu muborak va qudsiy Qur'ondan chiqqan va Furqon ziyosi hisoblangan asarni, Qur'onning haqiqiy dalloli boʻlishi kerakki, loyigʻidek madhu sano etsin. Zero bu haqiqiy va abadiy hayotning xazinalarida ishlatilgan soʻzlar va ta'birlarning barchasi boshqalariga har tomondan ustun va yangi bayonlarni ichiga olgan, mukammal ravonlik va chiroyli tushuntirish hamda havas va hayratga loyiqdir. Ular zakovatni ichiga olgan, jamlovchi, jumla va abzatslari Badi' va Hakim ismining xos jilvasi va mumtozi hisoblanadi. Aytsam mingdan bir haqqini ham bera olmayman.

Xulosa: Nurlarning umumi dajjollarga maxsus va tayyorlangan olmos zambarak oʻqlari va ahli iymon uchun haqiqat nurlari manbai boʻlgan Qur'oni Hakimdan soʻnggi asrda joʻshib chiqqan minglab boqiy obi hayoti xazinasidir.

Sabri
— 194 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Beshinchi Yogʻdusining birinchi qismini buyuk bir sevinch bilan oldim.

Suyukli Ustozim! Zotan faqir, ojizona nazarimda, "Shamsi Hidoyatdan nurlarni tarqatgan Soʻzlar" haq va haqiqat boʻlib, haqiqat olamining bozoridir. Haqiqat olamida nima boʻlsa, shuncha boy, shuncha jihozlangan, shuncha bepoyondir. Bunday olam bozori mollarini olish kerakki, bir podshoh quvvati boʻlsin. Agar koʻrish kerak boʻlsa, shunday bir keskin ta'sir qiladigan, sayyor bir nazar boʻlishi kerakki, sayri sayohat bilan koʻra olsin. Bu juda oz boʻlgani sabab, olish va koʻrish kerakki, barcha mollarning bir namuna lavhasi boʻlsin.

Ey suyukli Ustoz! Avvallari har bir namuna lavhasi, bir qismi bilan toʻplarning va kulliylarning navlarini koʻrsatar edi. Endi bir narsaga yaramaydi. Ammo boshdan oyoq nurli bepoyon xazinaning mundarijasi va namuna lavhasining har bir qismidan, "hanifan musliman" koʻylagi chiqadigan ajoyib va qiymatga ega. Umumga muxolif kulliyot bilan ajoyib boʻlgani kabi, juz'iyotlari bilan ajoyib tamgʻaga sohib.

Ha Ustozim, bu maktubni koʻchirar ekanman, qalb va ruhim qaynab, toshib, barcha risolalar nurlarini kamoli shavq va hasrat bilan koʻrishni istadim.

Demak Ustozim, barcha risolalarning har bir parchasiga ehtiyojimiz boʻlgani kabi, har bir parchani birdan koʻrishga qattiq ehtiyoj bor. Janobi Vojib-ul Vujud sizga kamoli rahmat va marhamatidan, u rahmat va marhamatidan mukofotga noil aylasin. Omin.

Hofiz Ali

(Ukam Abdulmajidning bayoni. Xulusiy Beyga yozgan maktubidan.)

Ey azizning azizi, Hazrati Seydaning muhratam shogirdi!

Men tashna boʻlgan xushxabari bor nomalaringizni xursand boʻlib oldim. Bor boʻling. Javob yozish kerak, ammo nima yozay. Ruh noxush, qalb behush, boshim boʻm-boʻsh. Toʻrt tomonimdan tomchilagan qoʻrqinch, qaygʻu, umidsizlik, zararlarni tasavvur qilgan sari aqlim jinnilikka, ruhim jannatga, ya'ni Shomga borish uchun xushim tayyor. Shuning uchun, na Seydaning, ya'ni Ustozning talabaligini va na sizning qardoshligingizni loyigʻidek ado etolmaganimdan nima yozishimni ham bilmayman.

— 195 —

Sizdan kelgan maktublar sof, toza, nurli fikrdan chiqqani uchun, oʻqiganlarga nur beradi. Zulmatli fikrimdan chiqqan maktublarni sizni xafa qilish ehtimolidan qoʻrqib-qoʻrqib yuborishga jasorat qilolmayman.

Abdulmajid

(Ra'fat Beyning bir bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

"Soʻzlar", "Maktubot" va "Deraza"larning mundarijasi shunchalik chiroyliki, bir marta koʻz yugurtirgan odam, Risolat-un Nur parchalarining qiymat va ahamiyati haqida bir tomonlama fikr aytilishi mumkin. Bu mundarija umum risolalarga badaldir. Hech bir muallif yozgan bir yuz yigirma kitobining har birining xulosasining ma'nosidan va ayniqsa matnidagi oyatlarni munosib va ma'noli tarzda sanab, risolalarning gʻoya va mohiyatlaridan bahs etmoq sharti bilan bunday ahamiyatli toʻrtta risolani vujudga keltirolmaydi. Mundarijaning yana yaqqol vasfi borki, u ham oʻz ixtiyoringiz bilan boʻlmasdan, sunuhoti qalbiya bilan boʻlganini isbot qiladi. Biz bu hollarni koʻrgan sari, siz kabi bir ustozga noil boʻlishimiz sababli Rabbimizga bisyor shukr qilyapmiz.

Ra'fat

(Xulusiy Beyning bayoni. Egʻirdirda bir qardoshimizga yuborgan maktubidan.)

Ustoz Hazratlarining oxirgi Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn uch va Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdularini ichiga olgan juda qiymatli, nurli va hikmatli, boshdan oyoq nurga toʻla haqiqat darslaridan chuqur ma'noli, shirin lazzatli, toza asal hisoblangan mukammal asarlarini olib baxtiyor, javob yozishga muvaffaq boʻla olmaganim uchun badbaxtman. Shu yerchada yozishga niyat qilganim bir nechta satr bilan haqiqatlar darsidan olgan fayzimni izoh yoki tuygʻularimni naql etishni istamayman. Chunki bu darsning oxiridagi xususiy hoshiya, meni xuddi ma'nan bir muddat maktub yozishdan man etdi. Zohiriy ma'nolar bu ishoraning toʻgʻridan toʻgʻri bu bechoraga oidligini koʻrsatmoqda. Bu nurli darsni bir marta (Oʻn Uchinchi Yogʻdu qismini) imom Umar Afandi kabi birodarlarga oʻqiy oldim.

— 196 —

Suyukli Ustozimning amr, ishora, dars, tanbeh, ogohlantirish, irshod, qoʻrqitish, shafqatlari doimo haqdir. Bugungacha aytilgan fikrlar bunday boʻlish bilan birga, bundan keyingilar ham ayni mohiyatdadir. Aslo shubha va ikkilanishim yoʻq. Tabiiyki, intuitsiya tasodif emas. Haqiqiy, fitriy savqi Ilohiy - instinkt, Subhoniy taqdir har bir ishimizda hukmrondir. Juz'i ixtiyorimiz bilan gunohlarimizdan mas'ulligimiz, hasanot Xudoning tavfiqi bilan berilishiga Qur'oni bahir-ul burhon sodiq shohiddir.

Xulusiy

(Egʻirdir Muftiysiga oxirgi eslatma)

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Eski bir doʻst va ilm nuqtasida birodarligimiz bois siz bilan bir suhbat qilaman. Ikkimizga tegishli muhim diniy musibatni sizga xabar beraman. Buning oldini olishga mumkin qadar birga harakat qilishimiz kerak. Jumladan:

Xazratingiz hammadan koʻra koʻproq xizmatimizga tarafdor va jon-jahd bilan himoya qilish kerak ekan, afsuski majhul sabablar bilan zararimizga tarafdorlik bilan va bizga qarshi sovuq tarzda raqibona qaraganingiz uchun, oʻgʻlingizni bu qishloqqa joylashtirib unga doʻst-yoron topish uchun harakat qildingiz. Natijada bu yerda shunday bir vaziyat hosil boʻldiki, mohiyatini oʻylagan sari, sizning oʻrningizga ruhim titraydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ qoidasiga asoslanib gunohlardan, sayyiotdan siz mas'ulsiz.

— 197 —

Zaharga darmon nomini berish darmon boʻlmagani kabi; zindiqlar hissiyotini bergan va dinsizlikka zamin tayyorlagan bir hay'atning vaziyatiga, qanday nom berilsa berilsin, Yoshlar Yurti deyilsin, hatto Muboraklar Yurti deyilsin, nima deyilsa deyilsin, ma'no oʻzgarmaydi. Boshqa yerlarda, Yoshlar Yurti va Turklik Majlisi, Tajaddud Mahfali kabi ism va unvonlar bilan boʻlgan hay'atlar boshqa shakllarda zararsiz boʻlishi mumkin.

Ammo ushbu qishloqda modomiki sakkiz yildan beri, faqat iymon asoslari, din haqiqatlari usuli bilan mashgʻulmiz. Albatta qishloqda bizga qarshi tinch qoʻymaydigan hay'at ergashadigan asos iymonsizlikka va din usuliga teskari, hatto zindiqlar hisobiga harakat oʻrniga oʻtadi. Bilinsin-bilinmasin, natija shunday chiqadi. Chunki bu tumanda hamma biladiki, siyosat jarayonlari bilan aloqam yoʻq, aksincha faqat din haqiqatlari bilan mashgʻulmiz. Bu yerda birov bizga qarshi harakat qilsa, hukumat hisobiga boʻlmaydi; chunki tutgan yoʻlimiz siyosiy yoʻl emas. Ham yangi bid'atlar hisobiga ham emas, chunki haqiqiy ishimiz, iymon va Qurʻon asoslaridir.

Ham rasmiy Diyonat Idorasining ishlari hisobiga ham emas. Chunki ishlarni tanqid va muxoliflik ishi bizni muqaddas xizmatimizdan manʻ qilgani uchun, u ishni boshqa birovga qoldirib u bilan mashgʻul boʻlmayapmiz. Mumkin boʻlganicha u ishlarga aralashmaslikka harakat qilyapmiz.

Shunday ekan, sakkiz yil ushbu iymoniy jarayon markazi boʻlgan ushbu qishloqda, bizga qarshi muxolif va tajovuzkorona vaziyat olgan, qanday nom berilsa berilsin, muxolifligi zindiqo hisobiga va iymonsizlik nomiga qayd qilinadi.

Sizning ilmingizga va ijtimoiy oʻrningizga, muftiylik mansabingizga, tumandagi nufuzingizga va farzand haqidagi qattiq shafqatingiz sababli tashviq qiluvchi yordamingizga tayanib, bu yerda ham menga ham sizga juda jiddiy aloqador vaziyat vujudga kelmoqda.

Men bu yerda vaqtinchaman, isloh qilish mening vazifam emas, balki bir daraja mas'uliyatdan xalos boʻlishim mumkin. Ammo xazratlari ham sabab, ham tayanch nuqtasi boʻlganingiz uchun, mudhish mevalar amal daftaringizga yozilmasligi uchun, hamma narsadan avval bu vaziyatni isloh qilishingiz kerak yoki oʻgʻlingizni bu yerdan oling. U doimiy sizning ma'naviy zararingga gunoh qiladigan dastgohni oʻzgartirishga harakat qiling. Sizga bu dastgohning mahsulotidan namuna sifatida sizning hisobingizga, menga muxoliflik qilgan faqat ikki kichik namunani aytaman:

— 198 —

Birinchisi: Menga haddimdan ortiq husni zon - yaxshi tasavvurda boʻlgan va harakatlarimni hammadan koʻra koʻp haq deb bilgan bir ahli ilm, sizga ishonib oʻgʻlingizga maslak jihatidan doʻstlik qilgan. U odam bir kun yonimga keldi. Mening xonamda namozimni oʻqish vaqti keldi. Men bilan birga jamoat bilan oʻqish uning yonida juda ahamiyatli edi. Lekin qulogʻi Azoni Muhammadiyni (ASV) yashirin eshitishdan nafrat qilib, qoʻrquv sababli jirkanib turib qochdi. Bu ishga siz fatvo bering. Faxri Olamning (ASV) eng nuroniy, laziz, qudsiy kalimalarini eshitishdan qochgan quloqning ostidagi qalbda iymon qay holga kelganini siz ayting!

U shunday holda boʻlsa, boshqa johil yoki yoshlar u ishda qanday tusga kiradilar, qiyos qilinglar. Bu ishga men bilan birga yigʻlanglar.

Ikkinchisi: Bir doʻstim bor edi, taqvosi oʻta qattiq darajada edi. Yonimga kelganda oxiratga oid eng chiroyli qismlarni menga koʻrsatar va eslatar edi. Xazratlari uni bir daraja mendan sovutish va oʻgʻlingizga doʻst qilish uchun u bilan gaplashgansiz.

Xullas, u kishi oʻsha suhbatdan keyin oʻtgan Ramazonda bir kun menga Xulagu va Chingiz voqealarini oʻqitish uchun koʻrsatdi. "Bularni oʻqing", dedi. Men kamoli taajjub va hayratdan: "Qardoshim, sen devona boʻldingmi? Mening "Daloili Hayrot"ni oʻqishga vaqtim yoʻq. Bunday zolimlarning zolimona ishlarini Ramazoni Sharifda menga oʻqitishni qayerdan olding?" dedim. Haftada ikki marta yonimga kelgan xos doʻstimni, ikki oyda bir marta boshqa koʻrolmadim. Faqat u haqida inoyat bor edi, u holidan qutuldi.

Nima boʻlganda ham... Bu turdagi achchiq hodisalar koʻp. Haqiqatli bir qardoshimning nasabiy qardoshi boʻlganingiz uchun qoʻpol emas, bu muloyim dardlashishdan ranjimang.

{(Hoshiya): Hech kimga aytmagan, hatto oʻylashni ham istamagan, Qur'oniy xizmatimizga zarar bergan bir holatni aytib beraman: Bir kuni xazratlari bizga doʻst koʻringaningiz sabab oʻgʻlingiz talaba kabi yonimga keladi. Jiddiy istifoda qilishga harakat qilardi. Menga qiyinchilik tugʻdirish emas, balki eslatishi jiddiy deb qabul qilardi. Xazratlari menga qarshi raqiblik qilishni boshlashingiz bilan bu oʻgʻlingizga ham ta'sir qilib, eng itoatkor talabadan eng marhamatsiz bir dushman holatigacha bordi. Oʻshandan beri tortgan azoblarimning va Qur'on xizmatimizga kelgan zararlarning katta qismi oʻgʻlingiz sababli keldi. Bu sizning raqiblik holatingizdan kelganiga shubha qolmadi. Nufuz va hurmatingiz boʻlmasa edi, oʻgʻlingiz bunday narsalarga qoʻshilmas edi.

Nima boʻlganda ham... Sizni batamom ranjitmaslik uchun tugataman. Qardoshim Haqqi Afandining xurmati uchun men haqqimni halol qilaman. Ammo bizni ishlatgan va xizmatiga qabul qilgan Qur'oni Hakimning zarbasidan qoʻrqish kerak, balki u kechirmas...}

Said Nursiy
— 199 —

(Ahli bid'atning qattiq hujumiga uchragan Sulaymon haqida.)

Savol: Sulaymon qanaqa odam? Bu yerning boshligʻi va koʻp odamlar uni tanqid qilishyapti. "Domlaga keraksiz soʻzlarni aytadi, xato qiladi, goʻyo munofiqlik qiladi", deyishadi. Sizga koʻpdan beri xizmat qilyapti, mohiyati nima, bildiring?

Javob: Sulaymon sakkiz yil men kabi asabiy, jahldor bir odamni hech qachon ranjitmasdan, hech qanday moddiy manfaat evazisiz, oʻz ishini tashlab, kamoli sadoqat bilan Alloh uchun xizmatini qishloqdagilarga ma'lum. Bunday odam bilan bu qishloq emas, balki viloyat faxrlanishi kerak. Bu tarz axloqning bu davrda borligi, ibratga molik.

Men ham gʻarib, ham musofirman. Tinchligimni ta'minlash qishloqning qarzi edi. Bu qishloq nomiga Janobi Haq uni, Mustafo Chovushni, Muhojir Hofiz Ahmadni va Abdulloh Chovushni menga ehson qildi. Men Janobi Haqqa shukr qilaman. Ular menga yuzlab doʻstchalik qiymatli koʻrinishdi, vatanimni menga unuttirishdi. Gʻurbat va musofirlik azobini torttirishmadi. Bular sabab men bu qishloqning tirik va vafot qilganlari bilan aloqador boʻlib, ularga har doim duo qilaman. Sadoqat jihatidan Sulaymondan kam boʻlmagan Mustafo Chovush bilan Muhojir Hofiz Ahmad hozircha hujumga uchramagani uchun, yaxshiliklaridan bahs qilinmadi. Bir oz Sulaymondan bahs qilamiz. Jumladan:

— 200 —

Sulaymon mening har qanday xususiy ishimni va kotibligimni mukammal shavq bilan minnatsiz, evaziga hech narsa qabul qilmay, kamoli sadoqat bilan qildi. Hatto shu daraja xizmatni sof va xolis, Alloh uchun qilardiki yuz martadan koʻra koʻproq istagan daqiqamda, kutmagann paytim kelar, fasubhanalloh derdim. "U mening qalbim istagimni eshitadimi?" Angladimki, u ishlatlmoqda, holati esa sadoqatining karomatidir. Hatto xizmatimda boʻlgan bir kun bir yoshli qiz bolasi qarovsiz qolibdi. Bola baland tomdan tosh ustiga yiqildi. Xizmat sadoqatiga ikromi Ilohiy bola sifatida bolaga hech narsa qilmabdi. Shuningdek sutdan, koʻkrakdan ham ajralmadi. Nima boʻlganda ham, bu sadoqatining yogʻdularini koʻp koʻrdim.

Sulaymonda sadoqat bilan birga asosli bir ixlos koʻrdim. Ha, bu kunlarda insofsiz insonlar uning sharaf va obroʻyini toʻkadigan darajada, u haqda xabarlar yoygan payti, unga tasalli berib: "Senga bu yomon shuhratni orttirish sababli riyodan qutulasan", dedim. U ham kamoli baxtiyorlik bilan va jiddiy suratda tasallini qabul qildi.

Gʻiybat haqidagi masalaga kelsak: U zot menda gʻiybatga qanchalik qattiq nafratlanishimni bilgani uchun, meni gʻazablantirmaslik uchun, mumkin qadar, ruxsat ham boʻlsa, aytmaydi. Va ayniqsa Ramazonda, batamom saqlanadi. Zotan axloqida birovga zarar qilishlik yoʻq. Insofsizlarning xabar yoyishiga sabab, bor-yoʻgʻi shu boʻlgan: Bir kishi: "Domla falon odamga shunday deganmi?" deb soʻrabdi. U soʻragan odamga javob berishim uchun kelib, menga ayni aytdi. Holbuki bu soʻzda na gʻiybat bor, na boshqa narsa. Mayli nima boʻlganda ham...

Men bu qishloqda eng koʻp ishongan va toʻliq axloqlari va diyonatlariga shubha qilmagan Mustafo Chovush, Sulaymon Afandi kabi qardoshlarimni tanqid qilishlarini kutmayotgan edim. Men ketgandan keyin, bu yerda menga koʻrsatgan hurmatlarini oʻrnimga ularga koʻrsatadilar dedb oʻylar edim. Umidim shuki, qishloq xalqining yuzdan toʻqsoni ularning qiymatini biladilar. Bir nechta insofsizlar tanqid qilaversinlar, u tanqidlardan nima chiqadi? Ularga zarar qilish, toʻgʻridan toʻgʻri menga zarar qilishdir. Menga xizmat qilgan qardoshlarim, hech qanday moddiy manfaatni oʻylamay, qabul qilmay va aksincha oʻz choʻntaklaridan men va mehmonlarimga qarashadi. Hatto Sulaymonga ba'zan yemagan bir nonimni bersam, meni ranjitmay oladi. Ammo qat'iyan evazsiz olmaydi. Uning oʻrniga uyidan keltiradi. Ora-sira bir piyola choy taklif qilardim, u chekinardi. Nima uchun bunday qilyapsan desam, "Xizmatimizga moddiy foyda aralashmay, fiysabililloh, ixlosli boʻlishni istaymiz", derdi.

— 201 —

Hatto Sulaymon va Mustafo Chovush mehmonlarim uchun koʻp xizmat qilib, hech qachon hech bir musofir bu ikkisiga hadya keltirganini koʻrmadim, bilmadim. Lekin Bekir Bey bir marta Sulaymonning kichik qiziga bir nechta meva bergan. Uning oʻrniga Sulaymon (bilishimcha) bir necha marta baqlajon, qalampir, qovun kabi sabzavotlar hadya qilib, unga yuboribdi. Bekir Bey bu yerga kelganda uning va boshqa mehmonlarning hayvonlariga somon, arpa beradi.

Buning bu axloqi feʻlida bor edi. Yonimga kelganida, mening hayot dasturim boʻlgan behojatlik-istigʻno va insonlarning hadyalarini olmaslik qoidasi, uning asliy axloqiga muvofiq kelgan. Bundan ortiq, insonlarning hadyasini qabul qilish emas, ularga qilgan yaxshiliklarga javoban ham bir narsa qabul qilmaydi. Hatto yuz marta men qistaganman, mendan ortib qolgan hech narsani qabul qilmaydi.

Hatto bir marta, bir oʻqqa uzum, turshak, bir oʻqqa asal bor edi lekin yemayotgan edim. Mehmonlarga ham yedirmoq istamas edim. Unga taklif etdim, "Bu hadyamdir, tabarrukimdir, bolalaringizga hadya qilyapman, olishga majbursan" dedim. Oldi, ikki shinik bugʻdoyini, menga (tegirmondan oʻtkazib, un qilib) keltirdi. Toʻrt oydir hali tugamagan.

Uning haqiqiy holi bu ekan, insofsiz insonlar u haqida, "Saidning soyasida yashayapti", deb mish-mish tarqatishyapdi. U ham kamoli iftixor bilan: "Ha, ustozimning soyasida qanoat va tejamkorlikni oʻrgandim, osoyishtalik bilan yashayapman. Odamlarning bu soʻzlari men uchun yaxshi. Meni riyodan qutqaradi, ixlosga chorlaydi", dedi.

Men: "Sen uchun yaxshi, Qur'onga xizmati zarardir. Ixlos bilan Alloh uchun xizmat qilayotganingizni ahli bid'at bilsinki. Shuning uchun holatingning haqiqatini bayon qilyapman.

Said Nursiy
— 202 —

(Xulusiyning bayoni.)

Rajab oyining Oʻn Sakkizinchi kuni, Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi, Ikkinchi Yogʻdulari bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomini, Sha'bonning birinchi kuni, ya'ni yozilganidan oʻn uch kun soʻngra oldim. Rajabning oʻn sakkiz raqamiga yana oʻn uch qoʻshilsa, muborak maktubning raqamini quvvatlantirib, gʻaybiy ishora koʻrsatilmoqda. Bu nurli maktubdan olgan hissamni, avval kelgan ma'naviy fayzidan, oliy marhamatingizga ishonib aytaman:

Maktub bu yerning pochtasida qolgan kechasi, uyqu olamida shunday gʻarib bir holat koʻrdim. Alloh xayrli qilsin. Oy yer qaridan tezlik bilan chiqib, osmonga tikka yuksalishni boshladi. Chiqishi bilan tez yuksalganida hech qanday yorugʻlik belgisi yoʻq edi. Sukunat bilan harakatni kuzatib, xuddi gʻaybiy bir ovoz menga, "Alomati kubro boshlandi" deyayottganday boʻldi. Oyning tez chiqishi asnosida, bir joyga kelganda porlab, kattalashdi. Toʻlin oy holining bir nech barobarida kattalashdi. Bu vaziyatda bir inson shakli koʻrindi. Qisqa vaaqt oʻtib bu shakl va qamar yoʻqoldi. Jahon boshdan oyoq zulmat ichida qoldi. Gʻarbda, ufqdan bir nayza boʻyi yuksakligida, Quyosh soʻniq ziyo bilan koʻrindi. Ufqni kuzatib bir muddat shimol tomonga oʻta tezlik bilan borib, yoʻqoldi. Takroran zulmat boshlandi. Sovuqqonliligimni muhofaza qilib, qiyomat boʻlyapti deb uygʻondim.

Bu dahshatli tundan soʻng kunduz kuni Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yogʻdularini ichiga olgan qiymatli asarni oldim, oʻqidim. Oʻzimga oʻzim kechagi holatni oʻyladim. "Bu muborak maktub menga shu darsni bermoqda: Sen bir kemaga mingansanki, u katta kemang bosh aylantiruvchi tez, cheksiz fazoda suzdirilyapti. Bu kemani nuqsonsiz aylantirgan Qodiri Qayyum, senga boʻsundirgan, muntazam chiqqan va botgan Quyosh bilan kichrayib, kattalashib mukammal samoviy taqvim vaziyatini koʻrsatgan Oy kabi azim jismlarni ham ishlatmoqda. Bir sayyora "Kun fayakun" amrini olgan vaqti, muazzam sayyoralar kabi millionlab sayyoralar bir-biriga qoʻshiladi, nizomi olam buziladi, hamma narsa xarob boʻladi.

— 203 —
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

sirri zohir boʻladi. Shunday ekan eng metin, eng oliy, eng muzayyan boʻlib koʻringan bu koinot saroyining bir onda qulashi, xarob boʻlishi, barcha yashovchilarining mahv va nobud boʻlishlarini fikr qil. Hech ichra hech ekanini esla. Kichkinagina hayot qayigʻingni, togʻlar kabi toʻlqinlari boʻlgan, qisqacha umringning dengizida aldanib choʻktirma. Abadiy hayotingni soʻndirishni istagan, eng katta va eng yaqin nafsingning hiylasidan xalos boʻlishga harakat qil. Buning uchun senga juda oson va arzon, ta'siri sinalgan va qat'iy va

لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ٭ رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

kabi xalos, shifo va najot vositalarini tavsiya qilaman. Bularni, xususan shom va xufton oʻrtasida oʻttiz uch martadan aytishda davom et", deyayotganini his qildim.

Oʻsha kichik tushning ta'biri muhtaram ustozimga oid va orzulariga bogʻliqdir. Bu safar ma'naviy maxrumlikning davom etishi meni jiddiy ravishda xafa qilgan edi. Sabr qilishga gʻayrat qildim, faqat ajibki, bu muborak maktubning bu yerning pochtasiga kelishi tongda اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ amri jalilining quvvatiga tayanib bardosh qilayotganimni, ammo xavotirdan insonlik taqozosi sabab qutula olmaganimni aytgan kichik maktubni uxroviy qardoshimiz Haqqi Afandiga yuborgan edim.

Bu nurli maktubning boshida besh nuktali Ikkinchi Yogʻdu boshimga toʻqmoq urib: "Ey bechora, sabrdan bahs qilish senga yarashadimi? Koʻzingni och, Hazrati Ayyub Alayhissalomning sabrlariga qara! Aqling boʻlsa u Paygʻambari Ziyshonning (AS) sabrdagi qahramonliklarini taqlid qilishga harakat qil va qoʻrqinchli ma'naviy yaralaringdan qutulish uchun

رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

duosini doimiy zikr qil", deb tanbeh va ogohlantirganiga qanoat hosil qildim. Alhamdulilloh dedim.

— 204 —

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Birinchi Ramzining Birinchi Maqomining Birinchi Bobi, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning eng kattasi va qiyomatgacha i'jozining davom etishiga shubha yoʻq Qur'oni Karimning oʻttiz juzidan oʻttizinchi, bir yuz oʻn toʻrt surasidan bir yuz oʻninchi, lafz e'tibori bilan kichik, ammo maqom va ma'no e'tibori bilan oliy va keng Nasr surasidagi juda muhim sirlardan juda aziz va muhtaram Ustozimiz vositasida koʻringan tavofuqlarga munosabati boʻlgan bitta sirridan bayon qilingan uch masala menga shunday qanoat keltirdiki, kichik suraning uch oyatidan uchdan bir va hammasidan oʻttiz juz Qur'onga, hatto har harfida bir suraga ishora va dalolat mavjud boʻlganini jazm etdim.

Bu nuroniy maktub haqidagi muxtasar hislarimni yuqorida ojizona ifodaladim. Fayz manbaiga moddiy va ma'naviy jihatdan juda yaqin qardoshlarimga bu tarqoq ifodalarning eshik ochib, bu yerdan ichkariga kirishga sizlar loyiqsiz, deb foyda berishi haqidagi amrlaringizdan juda sevindim.

Suyukli Ustozim! Alloh uchun sevganlar, Qur'onga xodim boʻlishni yurakdan istaganlar, musibatning kattasini dinga kelgan musibatlar deb bilganlar, zohiran qanchalar dabdabali, tantanali koʻrinsa ham, har bir bid'atdan mutlaqo va albatta Qur'on va iymonga hujum his qilishgan... Ular niyatlaridagi ixlos, qalblaridagi soflik va iymonlaridagi quvvat va Qur'onga jiddiy bogʻliqliklari darajasida, Allohga hamd manbai markazi va fayzga bulogʻi (Ustoz)ga yaqin boʻlishadi. Albatta bunday yuksak ruhli, jiddiy, ixlosli, metin, iymonli qardoshlarimni juda sevaman va sazovor boʻlgan Ilohiy neʻmatlarga shukr qiluvchilardan boʻlishlarini yolvorib soʻrayman. Taqdir taqozosi bilan dunyoga shoʻngʻigan, ma'siyatda bulgʻangan, haqiqatda ayanchli gʻurbatga tushgan bu bechora qardoshlariga duo qilishlarini iltimos qilaman. Jumlasiga, xususan ismlari zikr qilingan Gʻolib, Xusrav, Hofiz Ali, Sulaymon Afandilarga va Nurlarning boshkotibi Shomli Hofiz Tavfiq, xasta boʻlgani uchun siqilganimni va inshoalloh sogʻaygan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga va boshqa yaqinlarga salom va duo qilaman.

Xulusiy
— 205 —

(Sabri Afandining bayoni.)

Ey buyuk Ustoz!

Shohi Jiyloniy Hazratlarining ma'nodor va qamrovli qiymatdor bir baytini Kitobi Mubin Dallolini ma'naviy barmogʻi bilan koʻrsatgan va unga a'zo boʻlganlarni imo va ishora qilgan tafaulnomaning oxirgi bayonida oʻqidim. Shubha qilmay aytamanki: "Ha, Nurlar hay'atini umum ahli haq va haqiqat ma'naviy elektr oynalariga maqsad qilganlar. Va hatto Qur'oni Azimushshonning va ahodisi Nabaviyaning bu xususni ochiqcha yoki sirli va ramzli xabarlari bilan ham bor".

Bu sof va xolis jamoat orasida ikkinchi Xulusiy ismiga loyiq va iste'dodi boʻlmagan va hech ichra hech boʻlgan bir abdi purqusurga ham, haddidan ancha ustun joy berilmoqda. Holbuki ojizligi bepoyon, kamchiligi koʻp, xatosi buyuk Sabri oʻzini, amallari sahifasiga qaraganida juda qora va oʻzidan nafratlanishga sabab sifatida koʻradi. Bu yerda ishora qilingan shaxs ismi bilan, amal va harakatlari bilan, sabr va shoshilmasligi musbat va aniq boshqa qardoshlarimiz ekaniga hukm etadi. Chunki qiymatli xazina va dafinani kashf etgan va oʻsha zamin va zamonda gʻayratli kashshofga tadqiqot qilishda oʻzini fido qilib xizmat qilganlar u yoʻlda u dafinani topa olamizmi yoʻqmi degan shubha belgisini koʻrsatmay gʻayrat koʻrsatgan, juda qiymatli mehnatining samarasi va dunyo qiymatida hosil boʻlgan gʻayratlari bilan, hammani targʻib, tashviq va nurlanishga boru yoʻgʻini bagʻishlagan kishilar haqiqatdan maqtov va tabrikka loyiqdir.

Xulusiy, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy va Shohi Naqshbandiy kabi qancha muborak zotlarning moziydan shiddat bilan bosgan qadamlarining quvvati bilan, istiqbolda joʻsh uradigan nur manbalarini, nomi oʻtgan boshqa yoʻl, yoʻnalishda boʻlsada, har qanday vazifalardan ustun qoʻyib, دَخ۪يلَكَ يَا دَلَّالِ قُرْاٰنِ oshiqona va mushtoqona nidosi bilan madad soʻrashi, hayratomuz fayz olishga sazovor boʻlgani va boʻlishiga yagona dalil va hujjatdir. Shuning uchun, Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga birinchi tinglivchi boʻlishni loyigʻidek qoʻlga kiritgan va haqdordir. Sulaymon Afandi qardoshimiz ham, ma'naviy va moddiy jihatdan hamkorlikda ishlagan va hech kim qila olmaydigan fidokorona xizmatlarni qilgani uchun, abadiy saodat xolislik tamgʻasini koʻpaytirishga va yoyishga harakat qilgan,

— 206 —

اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ ma'nosiga koʻra, shuningdek u har qanday taqdirga sazovor va loyiqdir.

Bu gunohkor esa, afsuski ismlari oʻtgan zotlarning hech biri bilan qiyos qilinishi mumkin emasdir. Modomiki ustozi oliy shunday koʻrgan ekanlar va bu shaklda marhamat qilgan ekanlar, noshukrlik qilmasdan, shukr qilib qabul qilaman va koʻrgan qora sahifamning oq sahifaga aylantirilishini Janobi Haqdan tazarru va niyoz qilaman. Rahmati Rahmonga iltijo qilarkan, davomiy ustozona tavajjuhlarini yurakdan tilayman afandim.

Sabri

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Sevgili Ustozim!

Besh buyuk qutblarning birinchisi va Gʻavsi A'zam nomi bilan mashhur Shayx Jiyloniy Hazratlarining hozirgi Qur'onning xodimlariga qaragan qasidasidagi muhim gʻaybiy xabarlarni ichiga olgan qiymatli risolani qardoshlarimga va doʻstlarimga oʻqib berdim. Inshoalloh fursat topsam yana oʻqiyman. Xastaligim bir suratini taqdim etishga fursat bermagani kabi, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi va Ikkinchi Mavqiflaridan ham uch-toʻrt sahifadan koʻproq yozishimga moneʻ boʻldi.

Suyukli Ustozim! Buyuk shayx sazovor boʻlgan buyuk tajalliy va noil boʻlgan buyuk Subhoniy lutflar bilan sakkiz yuz yillik masofani koʻrgan va bu muddat orasida kelib ketganlarga va bu kunning dahshatini zavq va kashf ahliga koʻrsatgan, yozuvlaridagi chuqur va juda nozik ma'nolar, idrok qila olganimcha fikr yuritar ekanman, gʻaflatdagi insonlarning nazaridan saqlangan va faqat haqiqat ahli koʻrishiga mone boʻlmagan moziyni xotirladim.

Bu risolaning fayzi bilan ma'naviy gʻayratingizdan va atrofingizda toʻplangan fidokor, mujohid talabalaringizdan va uchragan halok qiluvchi falokatlardan va noil boʻlgan azim Ilohiy lutflradan boshlab Shohi Jiyloniygacha va undan asri saodatgacha uzangan, uzun zamonni xayolan sayr qildim.

Buyuk Gʻavsning sakkiz yuz yil avval e'lon qilgan bu haqiqatning qarshisida hayron boʻldim. Buyuk shayx Eski Said kabi bir muridi bilan, Yangi Said kabi bir darsdoshi suhbatlashyapti. Xoh yerning narigi tarafida boʻlsin, xoh samovotning eng uzoq burchaklarida boʻlsin, xoh Hazrati Odam Safiyulloh zamonida dunyo bilan vidolashgan boʻlsin suhbatlashishga zamon va makon moneʻ boʻlolmagan.

— 207 —

Bu suhbat natijasida gʻaybiy va ajib xabarlarni sakkiz-oʻn yil avval bilgansiz. Hozir uni talabalaringizga dars bermoqdasiz. Xizmatda ustun boʻlgan birodarlaringizga koʻrsatib, xar xususda maqtovga loyiq Xulusiyni va unga doʻst boʻladigan qobiliyatdagi kamtarin Sabriyni hamda xizmat va gʻayratlari bilan sodiqona sa'y-harakat qilgan Sulaymon va Bakir Ogʻa kabi talabalaringizga ishora qilyapsiz. Bu kichik jamoatning panohgohi boʻlgan, azim jamoatlarning himmatlarini va ichidagi nuroniy siymolarni tanitganingiz kabi, Shohi Jiyloniy davridagi Xulagu voqe'asi bilan ham davrimizning riyokor munofiqlariga va boshliqlariga qarata, "Yaqin kelajakda qahrli bir qoʻl sizga jazongizni tamoman beradi, ma'sumlarning intiqomini oladi", demoqdasiz. Bu haqiqatlar koʻrsatilgan toʻqqiz-oʻn dalil bilan isbot qilingandan soʻng, bu risola-i sharifa bilan e'lon qilindi.

Suyukli Ustozim! Xulusiy Beyning bir bayonida aytganidek, men ham aytamanki: Qur'onning fayzi bilan ochgan bu nuroniy yoʻlingizda ojizlik va faqirlik qanotlari bilan ucharkan, qanday buyuk ajoyib karomatlar bilan qarshilanmoqdasiz va qanday azim ajib hodisalarga shohid boʻlyapsiz. Kim biladi, hali nimalar koʻrasiz va sazovor boʻlgan bu inoyatlardan bizlarni ham hissador qilib, vazifamizda har on gʻayrat va jiddiy boʻlishni tavsiya qilyapsiz.

Suyukli Ustozim, shuncha Ilohiy ikromga bir tarafdan qullik qilolmaganim uchun koʻzim yoshlanyapti, qalbim yigʻlayapti. Boshqa tomondan Samadiyat dargohiga afv qilinishim uchun yolvorar ekanman, behad va behisob minnat va tashakkurlarimni taqdim qilaman. Suyukli ustozimga va muhtaram fidokor qardoshlarimga muvaffaqiyat va salomatlar ehson qilinishi uchun duogoʻy boʻlyapman. Qiymatli Ustozim Afandim Hazratlari.

Gunohkor talabangiz
Ahmad Xusrav
— 208 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Juda muhtaram va suyukli Ustozim Afandim!

Siz bu safar yuborgan Gʻavsi Jiyloniy Hazratlarining gʻaybiy xabari juda hayrat va atroflicha fikrlashga loyiq muhim masaladir. Buyuk ruhoniy zavq bilan oʻqib, faqir talabangiz buni koʻpdan his etgan edim. Ustozimizning davrimiz uchun muhim bir ma'naviy vazifasi bor; lekin hanuz aytmayaptilar, yashirin saqlayaptilar fikridaman va bu fikrimni ba'zi xolis qardoshlarimga ham aytgan edim.

Oʻtgan yil Sabri Afandiga yozgan maktublaringizning birida uchubu bayonni koʻrgandim: "Imom Rabboniy, oxirgi paytlarda bir kishi kelib, iymon masalalarini oʻta ochiq suratda nashr va e'lon qiladi. Bu sizning hech ichra hech qardoshingiz, aslo oʻzimni oʻsha odam deb oʻylamayman, lekin oʻzimni oʻsha buyuk odamning illgarilagan askari deb oʻylayman. Sen mendan u zotning hidini sezyapsan".

Bu bayon avvalgi tushunchamni quvvatladi va kamoli baxtiyorlik bilan kelib Xusravga aytdim. Ustozimizning ma'naviy darajasini tushunganimiz uchun juda sevingan edik. Bundan toʻrt-besh oy avval ham ziyorati oliyingizga kelganimda Ustozimiz haqida soʻragan savolimga bergan javobingiz, shuning kabi avvalgi tushunchalarimni tasdiqladi va quvvatladi. Oʻshanda faqat bir-ikki kishi bilar edik.

Hozir bu risolaning nashri vositasida xos talabalarning hammasi voqif boʻlgan hisoblanadi. Sevinchimizning poyoni yoʻq. Dinsizlik tarqalgan bu davrdaligimizga avvallari afsuslanar edik. Hozir umuman alam, qaygʻu belgisi qolmadi. Zoti oliylari kabi ustozni topganimizdan, vaqt qanday boʻlsa boʻlsin, bizni xafa qilmaydi. Janobi Alloh uzun umr ehson qilsin. Hali bizlarga koʻp kuchli asarlar oʻqitishingizga aminman. Ruxsatingiz bilan shuni ham ilova qilsam. Sizning ajoyib ma'naviy vazifangiz bor. Vaqti kelsa ramzlar bilan, ishoroti Qur'oniya bilan shunday xabar berasizki, {(Hoshiya): Bu Ra'fatning farosatining bir karomatidir.} bularni ham oʻtadi va bizlarni hayratda qoldiradi.

Faqir Talabangiz
Ra'fat
— 209 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Siz oxirgi yuborgan Minhoj-us Sunnat kabi Yogʻdular haqida nima desam ham, maqsadimni ifoda qilgan boʻlolmayman. Zero asarlar ketma-ketlikda nashr qilingan sari, qiymatlari ham shu tartibda ziyodalashmoqda. Bizlarga jannat hayotini yashatyapti. Asarlar haqida faqirning tadqiq qilishi hurmatsizlik boʻladi. Chunki Shayxi Jiyloniy madh qilgan zoti muborak yozgan asarni tanqid emas, kamoli hurmat bilan tasdiq, tahsin, maqatov va buyuk ruhoniy zavq bilan oʻqishdan boshqa nima qila olamiz? Shuni aytishim mumkinki: Zalolat davrida bizlarga zoti oliylari kabi yuksak ustozni lutf qilgan va hozirgacha qadar tengi uchralmagan mukammal va tamomlaydigan asarlar oʻqitib soʻngsiz zavq ichida yashatgan Xoliqi Zuljalolga nihoyasiz shukrlar qilib, qullik vazifasini ado qila olsak, baxtiyormiz.

Talabangiz Ra'fat

(Hofiz Alining bayoni.)

Juda suyukli va muhtaram Ustozim!

Hazrati Shayxi Jiyloniy quddisa sirruhul oliyning ajib gʻaybiy karomatini oldim. Hayratimdan fikrlashni boshladim. Oradan koʻp oʻtmay men xizmat qilgan Nur elektr fabrikasidan bir tugma bosildi. Bir shamdonchalik ziyo keldi. Bir narsalar koʻrishni boshladim. Boridedk yozyapman. Kamchilik va nuqson bechora Aliga oid.

Ha ustozim, Faxri Olam (Sallallohu Alayhi Vasallam) Hazratlari koinot daraxtining jonli urugʻi, Anbiyo va Mursaliyn muborak daraxtning shoxlari boʻlib, shoxning boshidan oxirigacha qat'iy bogʻ bilan doimiy bir-birlarini olib ketishadi. Bu sir sabab Hazrati Odam Safiyulloh hidlagan va his qilgan Nuri Muhammad (ASV) haqida: "Ey Rabbim, mening peshonamda bir tovush bor, u nima?" deb soʻragan. Janobi Kibriyo Hazratlari marhamat qilib: "Nuri Muhammadning (ASV) tasbehidir", degan. Aynan oʻtgan kitoblarda dunyo yaratilishining sababi boʻlgan Shohi Lavlakni vasflari bilan, sahobalari bilan xabar berishlari koʻrsatmoqdaki, eski va yangi ilmlarni jamlagan kitob bilan yuboriladi, koinotning ruhi hukmida va koinotning barcha goʻzalliklari u kishining fitratida toʻplanib, takammul bilan chiqishi, tongdan soʻng Quyoshning chiqishi kabi kutilayotgan edi.

— 210 —
Xullas, koinot kitobining yaqqol muqaddas mundarijasi - Furqoni Mubin arshi a'zamdan va Allohning har ismning a'zamiy martabasidan nuzul qilib, ildizi arshi a'zamdan, tanasi Faxri Olamning (Sallallohu Alayhi Vasallam) sadriga va shoxlari butun zaminni qamrab olgan koinot kitobining xar sahifasida va xar juzʻida Lafzulloh, Rasuli Akram Lafzi (Alayhissalotu Vassalam) va Qur'on Lafzining barchasi bir biri bilan aloqador, bir-biriga ishora qilib bir-birini koʻrsatib, bir-birining hukmlarini tasdiq qilganlari kabi, Hazrati Shayx (Q.S.) sirriga sazovor boʻlgan, asmo va jilvasiga sazovor boʻlgan Lavhi Mahfuz va lutfiga sazovor boʻlgan Janobi Xoliqning bildirishi bilan, sakkiz asr soʻngra oʻzi bilan tavofuq etgan Qur'on xodimini koʻrib, tasdiqlab xabar berishi, haq va ayni haqiqatdir.

Ha, Xazrati Shayx xodim boʻlgan Qurʻonning muqaddas xizmati hurmati zamonning podshohlarini titratgan, nuri Muhammad (ASV) yelkasida tajalliy etib, nuri Muhammadning (ASV) ziyosi bilan harakat qilgan barcha avliyo Hazrati Shayxga boʻyin egishlari, kerak boʻlsa muslim va gʻayri muslimlar, har bir mashrab ahli Hazrati Shayxni tanqid qilishga jur'at qila olmagani koʻrsatmoqdaki, jadda-i Muhammadiyada (Sallallohu Alayhi Vassalam) botqoqlik va nuri Muhammadiyda (Alayhissalotu Vassalam) soya boʻlmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilar edi.

Shuning kabi,

oʻn toʻrtinchi asrning Qur'on xodimida ham toʻqqiz yoshidan oltmish (sakson olti) yoshigacha istisnosiz, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on nomiga xizmat va harakati,

zamonning podshohidan eng qahrli raislariga bosh egmagani,

hatto fan va dunyoqarashga tegishli taraqqiyotda birinchilikni qozongan,

Ovrupa Davlatlarini lol qilgan, zamzama-i Qur'oniyaning shifoxnasidan joʻshib chiqib, ularning zaharlariga qarshi darmonlarni shisha idishda emas, doim oqqan daryolar bilan i'loyi kalimatulloh qilgan va ularning qal'alarini chil-parchin qilgan,

tenggi koʻrilmagan oʻn toʻrtinchi asrga maxsus Qur'on nurlaridan Risola-i Nur bilan, jahonning olti tomonini va samo yuzini oydinlatgan,

yaralanib hali oʻlmagan ahli iymonning yaralarini davolagan,

sakson yoshli keksalarga, moʻylovi chiqmagan yigit va yoshlarga ma'sum bir holga Hazrati Ayyub (AS) kabi hayot baxsh etilishiga vasila boʻlgan Qur'on xodimini,

Nur Risolalarini Hazrati Shayx (Q.S.) oltinchi asrdan turib oʻn toʻrtinchi asrda koʻrishi, Sobiq Kitoblarda ramzan va Hazrati Qur'onda sarohatan koʻrsatishlari, bu muborak kitobning xurmatidan deb bilaman.

Inshoalloh vazifaning maqbuliyatiga ishora boʻlib, ahamiyatiga binoan Janobi Haq uni koʻp davrlar avvaldan koʻrsatib, olamning vakili, insonlar ichidan tanlangan Hazratimiz Muhammad (s.a.v.)dan, Xulafo-i Roshidiyndan (Roziyallohu anhum), avliyolarning qutblaridan ma'naviy quvvat yigʻganki, bu davrning nafaqat koʻr va karlari, dunyoning eng vahshiy fir'avn va namrudlari ham qoʻrqishi va ogʻiz ocholmasliklari aniq.

— 211 —

Qur'on nurlarining "La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" bayrogʻi ostida toʻplangan ahli iymonning qoʻliga tegib, qiyomat kunigacha nurlarning yoyilishiga va nashriga hayotini fido qilgan va qiladigan sohiblarining koʻpaytirishini ehson qilishini Janobi Haqdan tilayman. Omin, omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Suyukli Ustozim yarim yoshim tarjimon boʻlgan ushbu maktubimga yarim nazar bilan qarab qusurlarimni afv etishingizni tilab, qoʻl va etaklaringizdan oʻpaman. Bizga va butun olamga hayot vasilasi boʻlgan Ustozim, Janobi Haq sizdan abadiyan rozi boʻlsin, degan duo bilan kecha- kunduz niyoz qilaman.

Gunohkor Talabangiz Ali

(Xulusiyning bayoni.)

Aziz, muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!

Aytganlaringizga quloq solib, bu hafta uxroviy qardoshimiz Xusrav Bey tarafidan yuborilgan hayratlanarli va eʻtiborni tortadigan, "Muhim gʻaybiy xabar" ismli, juda qiymatli, ma'noli, ruhli, baxtiyor, ta'sirli, lazzatli, hikmatli, nurli amringizni olganimdan, Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga hamdu shukrlar va mushfiq Ustozimga yuzimning qorasiga, qalbimning yarasiga qaramasdan, dargohi Ilohiyaga sigʻinib duolar qilaman. Va safarlarcha,

اَللّٰهُمَّ حَصِّلْ مُرَادَنَا وَ مَقْصُودَ اُسْتَاذِنَا سَع۪يدِ النُّورْس۪ى بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ مُحَمَّدٍ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ صَلَّى اللّٰهُ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ

dedim.

— 212 —

Gʻavsi A'zam Shohi Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining asarlaridagi gʻaybiy va ma'naviy xabar bu bechorani shunday bir holga keltirdiki, ta'rifdan ojizman. Ruhoniyatlaridagi haybat va azamat qarshisida hovuch ichida siqilgan bir boʻlak xamir qay holga tushsa, bu bechora ham shunday boʻldim. Hech bir narsa haqida oʻylay olmas, telba, goʻyo harakatlanuvchi mayyit holiga keldim. Kunlab zehnim va barcha tuygʻularim deyarli tamoman ajoyib asar bilan mashgʻul. Bu holatda, iste'dodim xorijida qalbimga bir necha bayt keldi. Men ham yozdim. Qoidasiga toʻgʻrilay olmadim. Mushfiq ustozimning avfliga tayanib yozyapman. Tahriri ustozimga va hablullohni mahkam tutgan qardoshlarimga qoldirdim.

Xulusiy qara gʻaybiy xabarnomaga

Koʻr ustozim nelar izhor aylamish

Kitobi Sinondan qilib tafa'ul

Haqqa ki karomat ibroz aylamish

«Ummiy Olim» ila {(Hoshiya): "Ummiy ey olim" tarzida oʻqilganiga koʻra.} «Sinoni Ummiy» da

Hisobi abjad bilan bor mutabaqot

Koʻrinar qaralganda bu tariq bilan

Asmo-i Ustoz bilan toʻliq munosabat

Haqiqatda xodim-ul Qur'ondir Ustoz

Isbotga kifoyadir bu muvofaqat

Hayratbaxsh sirlarga voqifdir bu zot

Ixvonga deymiz xabari bashorat

Sakkiz yuz yil avvalidan koʻrgan

Xodim-ul Furqon Baddiuzzamonni

Habibi Xudo hamda Gʻavsi A'zam

Sultoni avliyo Shohi Jiyloniy

Buyuk bir husni zon ayla Ustozim

Seni Qur'on xodimi etar qabul

Chokkin sajda-i shukrga, de Xulusiy:

Ilahiy anta Rabbi va ana-l abd

— 213 —

Bu ojiz qulingni muvaffaq ayla

Xizmati Qur'on bilan sharafyob ayla

Hizb-ul Qur'ondan ayirma to abad

Bu osiy qulingga marhamat ayla

Ustozim Said Nursiydan boʻl Oʻzing rozi

Bi-hurmati Habiybika r-Raziyy-il Marziy

Avliyo sultoni Abdulqodirning

Himmating kamaytirma bizdan Ilohiy

Xabarnoma-i gʻaybning izhorining

Koʻngil istadi yozmoq tarixini

Yuz ming hamdu shukr et Haqqa Xulusiy

Senga ustozdir Mullo Said Nursiy.

Uxroviy qardoshingiz
Xulusiy

(Qalami karomatli Mas'udning ahamiyatli bir tushi.)

Oliyjanob va fazilatmand Ustozi Muhtaramim Afandim Hazratlari!

Qalbga ilhom kelmaguuncha, siz ustozimga maktub yozishga iqtidor topa olmayman. Chunki eng muhim orzuim Nurlarning tugatilishi boʻlgani va yozgan paytim tez tugatishni xohlab tez yozganim uchun, Nurlardan olgan fayzimni batafsil tushuntirolmaganim uchun, satr yozishga jur'at etolmayman.

Bandangiz Xusrav Afandining yonidan ketgan kuni, ziyoratga kelayotgan edim. Badra atrofida bir-birimizni uchratdik. Orqaga qaytishimizni aytdi. Sabrsizlik bilan sababini soʻradim. Natijani anglatdi. Birga qishloqqa qaytdik. Juda xafa boʻldim. Gʻamdan ikki kun tashqariga chiqolmadim. Qalbim qaygʻusini taskin etish uchun Nurlarni yozish bilan mashgʻul boʻldim.

Qaytganimizdan ikkinchi kuni oʻtib tun soat oʻn yarimga qadar yozuv bilan mashgʻul boʻldim. Saharlik qilgandan soʻngra xafa va gʻam ichida yotdim

— 214 —

Koʻrdimki, oliy xazratlari bilan birga Madina-i Munavvaraga ketibmiz. Harami Sharifning eshigidan kirib, Maqbari Saodat qarshimizda koʻrinayotgan edi. Maqbari Saodatning ichida Paygʻambarimiz Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Bob-us Salomga qarab yuzlangan edilar. Men darhol yugurishni xohladim. Birgalikda sizdan bir qadam ortda bordik. Imom namozdan keyin yuzini jamoatga oʻgirilganidek, Zoti Risolat biz kirgan tomonga qarab oʻgirilganlar, tizzada oʻtirdilar, biz bordik. Zoti oliyingiz bir qadam masofada tiz choʻkib oʻtirdingiz. Men ham sizning orqangizda tiz choʻkib oʻtirdim. Siz Rasuli Akram (ASV) bilan ancha muddat gapplashdingiz. Diqqatli muborak yuzlariga nazar solganimda, muborak yuzlarining peshanalari quyosh kabi oʻta porloq va boshqa joylari bugʻdoy rangli ekanini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Bu asnoda suhbatingiz nima bilan yakunlanganini tushunolmadim. Tafsirini siz ustozi akramimga havola qilaman. Nuqsonli fikrim bilan, senga nima boʻlyapti, deb qalbimni taskin eta oldim. Ustozim bu zolimlarning Islomga tajovuzlarini kerakli joyga va shariat sohibiga shikoyat etdi.

Mas'ud

(Vazirzoda Kichik Mustafoning bayoni.)

Ey suyukli ustozimiz, ey Nurlarga sazovor zot va noshiri!

Janobi Haq sizni bu yurga yuborgan, toki zalolatga ketgan ruhlar siz nashr qilgan Nurlar bilan najot topsin. Janobi Haqqa tunu kun sajda-i shukron qilsak ham, bu ne'matlarning shukrini ado qilolmaymiz.

Ey ustozim, men savodsizman. Boshqa qardoshlarim kabi Risola-i Nurga boʻlgan hissiyotimni tilim bilan ifoda qilsh uchun oʻqimishli emasman. Ammo inshoalloh sadoqatda va muhabbatda va ruhiy bogʻliqlikda qardoshlarimga yetishishiga harakat qilaman. Uygʻoqlik olamida maqsadini ifoda qilolmagan tilim evaziga, uyqu olamida ruhimning tili bilan, mohiyatini tushunolmagan va sizga boʻlgan bogʻliqligimga dalolat qilgan bir-ikki voqeani aytaman:

Birinchisi: Bundan bir yarim yil avval tijorat uchun ikki kunlik masofadagi bir qishloqqa ketayotgan edim. Oʻshanda menga dunyoning mohiyati koʻrindi. Ham foniy, ham zindon hukmida boʻlgani uchun nafratlandim. Janobi Haqdan menga bu foniy dunyodan boqiy olamga yoʻl koʻrsatadigan ustoz berishini istadim va: "Shunday bir ustozga uchrasam, soʻz beramanki, unga tom xizmatkor boʻlaman", dedim.

— 215 —

Bu holat va bu niyozda ekanman, tunda oʻta shirin va chiroyli, notanish bir shaharda juda chiroyli, siz ustozimni dunyoda misli topilmas ziynatlangan otga mingan holda, gʻarbdan sharqqa qarab besh-olti metr yuksaklikda, shaharning ustida uchayotgan holatda salom berishga turdik. Salomingizga javob berdik. Oʻsha payt uygʻondim. Shahodat keltirdim. Istagan ustozimni topishimga shukr qildim. Ikki oy soʻngra ziyoratingizga keldim.

Ikkinchi Voqea: Tushda bir shaharda juda koʻp askarlar va aslahaxona koʻryapman. Biz ham goʻyo askarlardan ekanmiz. "Ey Rabbim, bu askarlarning qoʻmondoni kim?" dedim. Niyoz qilgan vaqtim qarshimizda yuksak bir saroy koʻrindi. Qoʻmondonini koʻrish uchun saroyning ichiga kirdim. Qarasam, koʻz qamashtiruvchi soy oqyapti. Soy boʻylab bordim. Qarasam, ariqlarga ayrilyapti. Davom etdim. Manbaiga qadar bordim. Askarlarning qoʻmondoni, suv sohibini topdim. Ya'ni ustozimizni ikki odam bilan birga namoz oʻqiyotgan holatda koʻrdim. Men ham u suvdan tahorat oldim. Namozga qoʻshildim. Qalbimning harakati, tilimning shahodati bilan uygʻondim. Ustozimizni bizga koʻrsatgan Janobi Haqqa shukr qildimki.

Xizmatkor va talabangiz
Mustafo

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bu hafta Oʻttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yogʻdusi bilan Uchinchi Yogʻdusini Maktubot xazinasiga qoʻshish va sevgan va mushtoqlarga oʻqib berdim. Oliy vositachiligingiz bilan, Allohning aziym lutfiga yana sazovor boʻlganim bois Karim, Rahim, Boqiyi Zuljalolga yuz minglab hamdu shukr qilyapman. Suyukli ustozimni rizo-i Samadoniyiga va maʻnaviy shukr vazifasida davomli, nufuzli, qamrovli muvaffaqiyatlarga sazovor boʻlishiga obidona tazarru va niyozlar qilyapman.

Bu bechora va isyonkordan koʻp duo kutayoganingizni aytayapsiz. Men oliy dargohga Faxr-ul Olamiyn, Habibi Rabb-ul Olamiyn, Sayyid-ul Mursaliyn Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining eng buyuk moʻ'jizalari boʻlgan, to qiyomatga qadar hukmi va i'jozi boqiy boʻlishiga iymon keltirgan Qur'onning nurlari dalolati bilan faqat bir jihatdan i'jozini izhor qilishga va ustozimning muborak ismlarini, qabul vasilasi boʻlishi uchun ishlatib iltijo qilib bilaman.

— 216 —

Bu eshikka yuzimni surib: "Ey Rabbim, ustozim Said Nursiy Hazratlaridan rozi boʻl, ikki dunyoda murodlarini hosil qil!" deb yolvormasligim mumkinmi? Qat'iyan va aslo. Bu bir vazifa boʻlish bilan birga, inshoalloh douning ijobatiga vasila boʻladi degan tasavvurdaman.

Aziz Ustoz! Sadoqatli talabangizning zaif ruhi bu foniy hayotda boʻlgani kabi, boqiy va davomiy hayotda ham inshoalloh yuksak ruhingizning shafqat qanotidan ayrilmaydi, ayrilolmaydi va ayrila olishsmaydi.

Ha, inkor qilib boʻlmaydiki, bu foniy hayotning tashvishlari orasida hislar va latifalar har zamon mushtoqi boʻlganlari munavvar va muhtasham oynaga qarolmaydilar. Ammo u ish toʻxtab qolsa, Nur butun hashamati bilan goʻzazlligini koʻrsatadi. Oxirgi paytlar umuman ayriliq his qilmayapman. Hatto boshqa yerdaligim ta'sir qilmayapti. Yettinchi va Uchichni Yogʻdular bu yerning pochtasiga kelishi Ramazonning oʻn birinchi kuniga toʻgʻri kelyapti. Bir kun pochtada qolishiga nisbatan, har bir Yogʻdu uchubu muborak oyning boshidan oʻninchi kunigacha xar kuni kun olinib va "Avvaluhu rahmatun" boʻlgan Ramazonning ilk oʻn kunida borishi kerak joyga bordi. Muftiylik e'loniga koʻra aynan oʻninchi kunga toʻgʻri kelyapti. Toʻrtinchi va Sakkizinchi Yogʻdularni ham bu magʻfirat oyining oʻn toʻrtinchi kuni oldim. Pochta bir kun avval kelganiga va bir kun ham pochtada qolishiga yoki birinchi bosqichda sanalsa, bu nurli asar xuddi Ramazonning har kuni bir Yogʻdu olib oʻrnini topib, ham bu sonining bekorga qoʻyilmaganiga, hamda "Avsatuhu magʻfiratun" boʻlgan Ramazonning ikkinchi oʻn kunligida yozilgan joyiga yetishishiga ochiq-oydin dalolat qiladi.

Bu soatda shu'lalari koʻzimga tushgan quyosh kabi, bunchalik nurli va zohir haqiqatlarni bu bechoraga faqatgina Ilohiy inoyat sifatida koʻrsatilgan ushbu muborak asarlardan, Allohning qudrati bilan Nurlarning botmasdan chiqqan joyiga, Merkuriy va Venera kabi moddiy-ma'naviy jihatdan yaqin Hizb-ul Qur'onga ham hofiz, sodiq, xolis va solih qardoshlarimning yanada koʻp sirlarni tushunishiga shubha qilmayman.

Modomiki, fayzning markaziga eng uzoq ojiz qardoshlarining muborak asarlar haqidagi tuygʻulari, baholiqudrat, ma'noli juda qiymatli ihtisoslarini bayon qilishiga vasila boʻlmoqda, inshoalloh bu harakatlari Qur'on xizmatidan hisoblanadi. Oliy huzuringizda qardoshlarim bilan biroz gaplashishni istayman.

— 217 —

Qardoshlarim, bu bechoraning Nurlar bilan mashgʻul boʻlishi uch davrga ayrilgan:

Birinchisi: Ustoz Hazratlari bilan ilk sharaflanish saodatiga noil boʻlganim vaqtimdan e'tiboran yoyilgan asarlarni oʻzim uchun koʻchirib yozish.

Ikkinchisi: Yana muhtaram Ustozimning amrlariga boʻysunib Soʻzlarning, insonlarning turli tabaqasiga ta'siri va rad qilish mumkin boʻlgan, tahriri lozim, e'tirozga sabab jihatlari boʻlib boʻlmagani xususida, kalta aqlim bilan anglay olganimcha, qisqa dunyoqarashim bilan tanlay olganimcha aytishni, barcha fursatlardan foydalanib din qardoshlarimga foydali boʻlishni, ularga bu Nurlarni koʻrsatishni, eʻtiborini tortishni, qalbiy va botiniy yaralariga malham berish istagida, ixtiyorsiz va ma'naviy ta'sir ostida Nur asarlarini ishq bilan oʻqish.

Uchinchisi: Aziz va mushfiq Ustozimning amrlariga boʻyin egib, bilganingizdek har biri qandaydir latofat, balogʻat va jalodatda, aqllarga juda oson hayrat beradigan tarzda tarqalayotgan nurli asarlar haqidagi ihtisoslarimni aytish va shaxsan yoki qardoshlarim nomidan, ba'zi Qur'oniy qiyin masalalar va ikkilanishlarni fayz maqomiga taqdim etib, ham qiyin masalalarning hal etilishiga, hamda soʻragan kishi bilan birga boshqa qardoshlarning ham istifodalariga ojizona xizmat qilishdir. Dengizdan qatra darajasidagi bu Qur'oniy xizmat sababli bu bechoraga qiymat bermanglar. Chunki, afsus, hech layoqatim yetmagan narsani juda yaxshi bilaman. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ oyati jalilasi umid bermagan boʻlsa, isyonimning nihoyasizligi qarshisida aqldan ozish hech narsa emas.

Shunday ekan aziz qardoshlarim, bu bechora qardoshingizga xayrli duolar qilishingizni qattiq iltimos qilaman. Qur'on hisobidan qaralsa, balki ba'zi goʻzalliklar koʻrinishi mumkin. Bu sevgili Ustozimizning aytganidek, Qur'onning goʻzalliklari va kavsar manbaidan kelgan Nurlarning latifligi bu xususni ta'minlaydi.

— 218 —

Alhamdulillah bolalik davrimdan beri, eng qattiq nafrat qilgan narsam - yolgʻon gapirishdir. Shuning uchun haqiqatni ifoda qilganimga amin boʻlishingiz mumkinki, yuqorida aytgan uch davrimda ixtiyor va tasodif yoʻq. Unda hokim - dasti gʻaybiy va qadari Ilohiydir. Buni his qilardim. Qadari Ilohiyni izohlashga ehtiyoj yoʻq. Dasti gʻaybning Gʻavsi A'zam Sultoni Avliyo Boz-ul Ashhab, Sayyid Abdulqodir Jiyloniy Quddisa sirruhul oliy Hazratlari ekanini oxirgi marta bilib oldik.

Ammo muhtaram Ustozimning oliy afvlariga tayangan holda shuni qoʻshimcha qilsam. Gʻavsi A'zam Hazratlarining karomati gʻaybiyalari ochiq ravshan Ustozimiz Said Nursiy Hazratlarini koʻrsatmoqda.

Bolaligidan beri ajoyib tarjimai holi tadqiq qilinadigan boʻlsa koʻrish mumkinki, bu zotning borligi - faqat Qur'on va iymon hisobigadir. Shu bois, ajib holatlarga sazovor boʻlgan. Biz bechoralar bu shamning parvonasi boʻlib, hizb-ul Qur'on nomiga Hazrati Gʻavsning himmat va duolariga va ziyshon bobosi Paygʻambarimiz (Sallallohu ta'ala alayhi Vasallam) Afandimiz Hazratlarining shafoatlariga, iltimoslariga va nihoyat Munzil-ul Qur'onning afviga, himoyasiga sazovor boʻlishimizga ham shubha qilmaslik lozim.

Allohu Zuljalol Hazratlari jumlamizni muhofaza aylasin. Omin! Ikki dunyoda najot topishimizga sabab boʻlgan bu xizmatni tamoman tark etadigan boʻlsak, halok boʻlishimiz aniq. Modomiki qoʻlimizda afv etilishimizga doir hujjatimiz yoʻq; fayz sababimiz Ustoz Hazratlarining bizga shafqatlari sababli gʻaybiy karomatdan xabar bergan xushxabarlari, faqat shavqimizni va shukrimizni orttirishga vasila boʻlishi kerak. Ismlarining ochiq aytilganini bildirish bilan birga, koʻrsatgan oliy fidokorliklari jumlamiz uchun ibrat olinishi va jiddiy ravishda taqlid qilinishi kerak.

Yana amrlaridan: bizlar xizmat bilan vazifadormiz, javobgarmiz. Natija bilan emas.

Ushbu nurli xizmatda bizlarni birlashtirgan Allohu Zuljaloldan istagim - Hashrda ham Muhammadiy (ASV) bayroq ostida hashru jam boʻlishimizdir.

اَللّٰهُمَّ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ

Ruxsatingiz bilan asl mavzuga qaytaman:

Oʻttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yogʻdusiga asos boʻlgan uch oyati jalilaning tafsiri ajoyib bir tarzda yozilgan. Xususan Ikkinchi Jihat va Birinchi Jihatning ikkinchi gʻaybiy xabari yozilmagan.

— 219 —

Bu Maktubning Uchinchi Yogʻdusi,

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatining ma'nosini ifoda qilgan

يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَابَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى

jumlalari koʻrsatgan ikki haqiqatdan juda koʻp fayz oldim. Ajoyibi shuki, bu muborak asar

لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ

oyati jalilasi bilan boshlanib, xuddi bu faqir koʻrgan tushga bir ishora qiladi va: Sen tushingda koʻrgan Oy, bu oyatda aytilgan tushning sohibi ikki jahonning Faxri (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Hazratlarining bir barmoq ishorasi bilan va izni Haq bilan boʻlingan. Quyosh uning xurmati uchun, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda bayon qilingani kabi, bir soat harakatsiz koʻringan. Bu kabi moʻ'jizalarini eslatib; "Ey gʻofil, sunnatga ergash!" deydi. Bu tushni yozgan maktubimda Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yogʻdulari bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomidan kelgan fayz natijasi, ixtiyorsiz qilgan ta'birimning oxirida yozgan كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyati jalilasining bir jihatdan i'jozli tafsirini bayon qilib, maktubimga gʻoyat latif va juda muhtasham bir javob berildi.

Oʻttiz Birinchi Maktubning Toʻrtinchi Yogʻdusining Birinchi Maqomi "Minhoj-us Sunna" deb nonmlanishga haqiqatdan loyiqdir.

Birinchi Nukta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga shafqatlarining darajasini va haqiqatdan Shafi-ul Muznibiyn boʻlganlarini koʻrsatish bilan birga, Sulaymon Afandi marhumning mavludi sharifidagi:

Bola ekan ul tilar edi ummatin,

Sen ulgʻayding tark etarsan sunnatin.

vajizasini xotirlatmoqda. U Hazratning ummatlariga, sunnatlariga amal qilish kerakligini ahamiyat bilan dars bermoqda.

Ikkinchi Nukta: Janobi Paygʻambar Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining nasli muboraklarining qiyomat kunigacha Hz. Hasan va Husanning Roziyallohu Ta'ala Anhumadan kelishlarini va kelajakda koʻp muborak zotlarning ham oʻsha davrda chiqishini nubuvvat nazari bilan koʻrganlari uchun, ikki nevarasiga barcha nurli zotlar hisobiga shafqat koʻrsatishi, shunday bir ta'rifki, inson aqli bilan yozilishiga imkon yoʻqdir.

— 220 —

Uchinchi Nukta: Qat'iy nass bilan kelgan va Nabaviy hadis bilan isbotlangan Oli Baytga muhabbatga ishora qilib, bu vazifani ado qilishga da'vat qilmoqda. Chunki Islomiyat bir vujud boʻlsa, bu vujudning umurtqasi muhaqqaq Oli Bayt va boshi har doim Kitobullohdir.

Toʻrtinchi Nukta: Shialarni lol qiladigan quvvatli bir darsdir. Bu keng darsdan maqsad nima ekani oxirida mukammalan xulosa qilingan. وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا وَلَا تَفَرَّقُوا amri jaliliga ergashib, barcha moʻminlar tavhidga chaqirilganlar.

Gʻavsi Aʻzam karomatining ishoralarini quvvatlagan ramzlarni bir necha martalab oʻqidim. Bu xushxabarlar hamdu shukrimni orttirdi. Zanbilli Ali Afandining holga juda uygʻun bayoni fikrimga oʻtirdi. Latif tafa'ulingiz خِتَامُهُ مِسْكٌ kabidir.

Ha, Qur'oniy bogʻda haqiqiy jannat gullari har doim boshqa rangda, ayri latofatda, boshqa ta'sirda ochiladi. Bu chamanzorning bulbulini va uning koʻngillarni boʻysuntirgan ohangini tinglagan, mashq qilgan yoʻldoshlariga ikki dunyoda salomat, saodat va muvaffaqiyatlar tilayman, niyoz qilaman.

Shoirning davrga muvofiq bir bayti:

Bir mavsum bahoriga keldikki olamning

Bulbul xomush, hovuz boʻsh, guliston xarob.

Men aytamanki:

Shunday bid'atlar davridamizki Islomning

Bir bulbuli, bir gulistoni qolmish Qur'onning.

Gʻavsi Aʻzam karomatini hali hech kimga oʻqiy olmadim. Ichida bu bechoradan bahs etilishi, oʻqish kerak yoki yoʻqligini oʻylantiradi.

— 221 —

Muborak Ramazon

{(Hoshiya): Gʻaribki, Xulusiyning bu soʻzini balki yigirma marta takror etganman. Sulaymon kabi doʻstlar shohiddirlar. Demak bir haqiqat borki, ikkimizni ham shunday gapirtirgan.

Said}

yoqani bu isyonkorlarning, qadr bilmaydiganlarning qoʻlidan tez qutqarishga urinib, tezlik bilan qoʻlimizdan ketmoqda. Oʻtgan yil Imom Umar Afandi, "Ramazonning Hikmatlari" asarining, Ramazon oyi oʻtgandan keyin kelgani uchun, men kabi xafa boʻlgandi. Bu Ramazonning birinchi juma xutbasida, men ham tayyor boʻlsamda, yuzlarcha jamoatga bu nurli hikmatlardan bir nechtasini aynan oʻqib berdi. Xozir bu faqirda yuzaga kelgan shukr hislarini ta'rif qila olmayman.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xulusiy

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu faqir talabangizga tasalli bergan maktubingizni oldim. Oʻpgandan soʻng oʻqidim. Ruhimda hosil boʻlgan ma'naviy yaralarning iztiroblari bilan juda azob chekayotgan edim. Siz hamma narsadan koʻra koʻproq hurmat qilgan va muhim sabab bilan juda koʻp diqqat qilgan diniy shiorlarimizga va sizni sevib, xohish bilan fiysabililloh amrlaringizga itoat qilib, kelgan talabalaringizga toʻsiq qoʻyilgan pastkashlikka sabr qilolmayotgan edim. Xoliqiga tez yetishni istagan ruhimda azim bir gʻalayon his qilayotgan edim. Boshqa tomondan sizdan ma'lumot ololmaganim uchun, iztiroblarning taʻsirida haddan ortiq ezilayotgan edim. Zolimlarning qahri uchun Ilohiy dargohga iltijo qilib, tasalli topishni istar ekanman, bu maktubingiz, qazo va qadarga rozi boʻlish bilan tasalli ehson qildi. Men سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb Allohning gʻazabini soʻrashni tashladim.

Ey suyukli va mushfiq Ustozim! Duoingizga har on muhtoj talabangiz, oʻz hisobimga oʻylasam, ruhan oz istirohat qilyapman. Ammo Ustozim va qardoshlarim hisobiga oʻylasam, iztirobim, umidsizligim birdan mingga chiqadi. Ruhim joʻsh uradi. Yana Janobi Haq hisobiga itoat qilishni istamaydi.

— 222 —

Aziz Ustoz! Islom olamiga tushurilgan buyuk zarbalar, olami Islom hisobiga sizning ustingizga tushganini bilaman. Shu bilan birga, yuksak ruhingiz, oliy hamiyatingiz, haddan ortiq sabringiz, yana juda koʻp va juda chiroyli xislatlaringiz ustida eng yaqqol izlari koʻringan shafqatingiz, zolimlar haqida ham xayrli duo qilish boʻladi.

Talabangiz
Ahmad Xusrav

(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)

Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining Jabroili Amin vositasida Oxirzamon Nabiysi Paygʻambarimiz (ASV) Afandimizga yuborilgan va bugungacha muhofaza qilingan Qur'oni Hakimni haqiqati bilan va haq soʻzlar bilan, Haqning yaratgan qullariga tarjimonlik qilgan va Haq rizosi uchun kecha-u kunduz duo qilgan, haqiqiy Saiddan bir muhabbatnoma oldim, u Ustozim Afandimning maktubidir.

Jiddiy va samimiy doʻstimiz va qardoshimiz boʻlgan Osim Beyga borganimda xushxabar berdi. Besh daqiqacha koʻrishdim. Siz yuborgan omonatlarni olib shunday sevindikki, bulbulning gul shoxida sahar vaqtida sevinchdan ogʻzidan chiqqan ohanglar kabi eshitdik. Shuning uchun bir-birimiz bilan nimalar gaplashganimizni bilolmadik. Bilganim shuki: Ketayotib, Janobi Allohga koʻplab shukr aytdik. Qur'on nurlarini nashr qilgan ustozimiz bor ekan, hech qachon saodatimizdan mahrum qolmaymiz deya oldik.

Bobojon

(Zakovatli Zakoiyning bayoni.)

Aziz va suyukli Ustozim!

Uch haftaga yaqinki, sizga maktub yozolmadim. Har doimgidek, bu kunlarda idorada vazifa koʻpligi sabab, juda qiymatli uxroviy vazifalarim qolib ketmoqda. Shuning uchun iztirobim yetmayotganday, bu hafta eshitgan juda achchiq alamli bir xabar miyamga chaqmoq kabi urdi. Eshitdimki, Ustozim ilonlarning hujumiga uchrabdilar.

— 223 —

Oh Ustozim! Biz vaqti vaqti bilan huhjumlarga, bosimlarga uchragan jirkanch xoinlarning zulmidan qachon qutulamiz. Mulhid tajovuzkorlar haddini oshishni boshlashdi. Bu tajovuz ortib tushdi. Shuning uchun muazzam bir haqiqat yogʻdusi chiqishining yaqinlashgan degan iymon va e'tiqod bizga tasalli beradi. Qachonki buzgʻunchiliklar va istibdod haddini oshsa, jarlik oʻzini koʻrsatadi. "Buyuk falokatlar baxtiyor uygʻonishlar tavallud etadi", deyishadi. Bu juda oʻrinli gap. Har qaysi hukumat zulm va istibdodni orttirsa, mazlum millatlar istiqlolini qozonadi. Bu asrda dinsizlik va buzgʻunchilik koʻpaydi. Inshoalloh mazlum va ma'sum iymon ahlining yuzi kuladi. Porloq haqiqat quyoshi chiqadi.

Aziz Ustozim! Noqis qalamim, ojiz lisonim hissiyotimga tarjimon boʻlolmaydi. Har bir dindosh kabi, mening ham qalbim aziz iymonimning muhabbati bilan urmoqda. Hamd boʻlsin, tomirlarimizda oqqan qon ming yillik ahli haq va iymondan me'ros boʻlib oʻtgan bir tomizgʻidir.

Suyukli Ustozim! Shunday onlar kelyaptiki, hayot juda tubanlashyapti. Biz insonlar egilmoq majburiyatida qolyapmiz. Bu fikrim bilan nafsim uchun gʻururlanmayman. Jirkanch va iflos qoʻllarning toza bilaklarimizni siqishi sabr kosasini toʻldirib, azob beruvchi bir hol emasmi? Buzgʻ eng mudhish davrida kasal insoniyatni ma'naviy dorilar bilan davolashga urinarkan, bizga hujum qilgan xoinlarga javob berish, bechora millat ketib borayotgan jarlikka toʻsiq qoʻyish uchun tortiladigan zahmatlar va hayot mashaqqatlari Alloh nazdida maqbul boʻlishi uchun sabr qilish, oxirigacha bardosh berish, bu fikr faqirning ancha muhokama natijasida olgan haqiqatidir.

Suyukli Ustozim! Bu kunlarni oʻy-fikrlar va alamlar ichida oʻtkazyapman. Hodisani bir qancha ogʻizdan bir-biriga toʻgʻri kelmagan rivoyatlar kabi, chalkash holida eshitdim. Iltimos bandangizga uning jarayoni haqida, xabar bersangiz. Odam aqlini yoʻqotadi.

Suyukli Hoʻjam! Siz hamma uchun, bashariyat uchun zararli buzgʻunchilik va ofatlarning oldini olish uchun kecha-kunduz harakat qiling, oʻzingizni tahlikaga oting, achchiq-achchiq haqoratlarga ma'ruz qoling. Yoʻq aziz Ustozim, yoʻq! Buyuk dohiy, yoʻq! Sizning nasibangiz bu emas. Sizga beriladigan mukofot bu emas. Bu holatlar boʻlsada, uch-besh dinsizning, bir toʻda Jahannam yoʻlchilarining jinniligidir. Bu holatga sabr qilish va ahamiyat bermaslik, juda yuksak mukofotlarga sazovor boʻlyapsiz. Siz aslo va qat'iyan xafa boʻlmang. Qanchalik vahshiyona va zolimona boʻlsa ham, qaytib orqangizga qaramang. Sizga ochilgan ma'naviy olamlarning eshiklariga qarab boravering. Yuring, yuring, cheksizgacha yuring. Borgan joylarda uzoqlashgan olamlarda bizdek yarali, ojiz, zaif, pur-qusur, kamtar bechoralar uchun abadiy istirohat va saodat yotogʻini tayyorlang.

Zakoiy
— 224 —

(Zakoiyning bayoni.)

Qalbim qattiq ehtiyoj va ishtiyoq ichida ushbu muborak kunlarda Ustozimni ziyorat qilishni istayapti. Yozning issigʻida barcha oʻsimliklar yomgʻirga ehtiyoj his qilganidek, Zakoiy ham ustozimning nasihatlariga va izohlariga mushtoq va muhtojdir.

Ustozim, muborak kunlar juda tez kelib ketdi. Mendek ma'naviy yaralaridan majruh bechoralar bu muborak kunlarda, Xalloqi Olamdan albatta kamchiliklarining afvini va shariat doirasidagi istagini orzu va niyoz etishadi. Janobi Alloh magʻfirat oyining muqaddasligi hurmati, kamchiliklarimizni afvu magʻfirat aylasin. Omin.

Suyukli Ustozim, bu safar uch kun ruxsat bilan Otaboyga borib, ota-ona va oxiratli doʻstlarimizni ziyorat qildim.

Oh Ustozim, ba'zan zohiriy hodisalar insonni koʻp oʻylantiradi. Ixtiyorsiz, ruhni yolgʻizlik va achintirib aralash iztirobga tushiryapti. Bu vaqtlarda hayotning qarorsizliklaridan kelib chiqqan umidsizlik bizni ranjitadi. Shafqat va marhamatga zor boʻlamiz.

Ustozim! Ojizlarni hayo aralash koʻrishishga majbur qilgan hollaridan uzoqlashmaguncha, qalbim dam olib rohatlanishiga sukunat topa olmaydi. Inshoalloh, duoingiz himmati bilan, oʻsha paytga ham salomat holda yetaman. Bu hissiyotimni izohlash, holati tushunilgan ruh uchun ortiqcha emasmi?

Aziz Ustozim! Koʻp oʻxshashlari bilan Ustozimizning raisliklarida musharraf boʻlishimizni tilagan iydi fitringizni tabrik vositasida ehtiromlarimni taqdim aylab, muhtaram qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, suyukli Ustozim.

Gunohkor talabangiz
Zakoiy
— 225 —

(Oxirat singillarimdan Muzayyananing bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Ikki oyga yaqin kelgan oxirat qardoshlar bilan salomingizga javob berayotgan boʻlsam ham, men kabi ojiza talabaning, sizning har doim nurli nasihatlaringizni tinglashga ehtiyoji boʻlgani tufayli, haftalarni tamomila gʻamgin holda oʻtkazyapman. Ha, shunday paytlar boʻladiki, koʻzimdan toʻkilgan yoshlarni nurli risolalarni oʻqib taskin etaman. Qalbim doim yigʻlagan paytlar boʻladi. Ayniqsa ushbu muborak Ramazonda, bir necha mufsidning qalbimizga sanchitgan xanjarning ogʻrigʻini butun kun yashirin yigʻlab oʻtkazyapmiz.

Nihoyat olgan bir xabarim tufayli, yana eskisi kabi oxirat qardoshlarimizning, sizni ziyorat qilishdan mahrum emasligidan xursand boʻldim. Muborak masjid va barcha ishtiyoqmandlar sizning duoingizdan maxrum boʻlganiga juda achindim. Xatimning nuqsonli va zaifligi bois risolalarni yozolmaganim uchun meni afv eting. "Oxirgi paytlar dunyoni sevmasakda, batamom qutula olmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz choʻllar, kimsasiz yerlar ruhimizning maskani boʻlmoqda. Xayolan u yerlarda boraman. Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus... Qidirgan kunim ham juda uzoq, ham juda yaqin koʻrinmoqda. Hali qancha bu hol ichida qiynalamiz", deb faryod qilgan qardoshlarimizning hissiyotiga bu ojiza, bu faqira ishtirok qilaman.

Ojiza talabangiz
Muzayyana

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Yillardan beri zolimlarning zulmi panjasida ingragan bu bechora musulmon qardoshlaringiz bilan oʻtkazayotgan bu muborak bayramning balki toʻqqizinchisini uzoq burchaklarda, doʻstlaringizdan uzoq, qarindosh-urugʻlaringizdan mahrum, yuksalish va taraqqiyoti uchun harakat qilgan Islom jamiyati orasidan uzoqlashtirilganingiz holingizda oʻtkazayotganingizni eslagan sari yuragim parchalanadi, ruhim katta azob bilan yonadi, koʻzlarimdan yosh toʻkiladi. Qalbimdan yuksalib kelgan bir ovoz "Yigʻla, koʻp yigʻla! Balki rahmati Ilohiyaning nuzuli va olami Islomning saodat va salomati uchun yigʻlaganlar bilan birga yigʻla!" deydi.

— 226 —

Xozir qalb koʻzim qaygʻuga ishtirok etib, Dijla va Firot va Muborak Nil kabi olami gʻayb vodiylarida suvlar oqizib yigʻlayapti.

Suyukli ustozim! Gʻaflatdagilar kularkan, dinsizlar nafsiy orzulari orqasidan yugurarkan, biz qanday achinarli hayotlarga uchrayapmiz. Oh, suyukli Ustozim! Janobi Haq bizga saodat bermaydimi? Ajabo, bu kun yana koʻp davom etadimi? Ixtiyorsiz oʻzimga soʻragan bu savollarimga yana oʻzim javob berarkan, taanni va sabr tavsiya qilaman. Va Sirri Inna A'toyna xushxabari bilan tasalli topaman.

Ey qiymatli Ustozim! Sizning qaygʻungizga huzuringizda boʻlganim holda ishtirokimni istar edim. Shunday his qilamanki, ruhan hech ham uzoq emasman. Ba'zan oʻzimni unutaman. Goʻyo qanotsiz uchaman, katta chinor daraxtining orasidan kirib majlisingizga dohil boʻlaman.

Suyukli Ustozim! Xoliqimdan abadiyan rozi boʻlganman. U ham sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Afsus ziyoratingiz bilan musharraf boʻlolmayapman. Bunga badal Bekir Bey bilan taqdim va orzu etilgan shaklda yozolmaganim uchun Qur'on i'jozining sahifalarini ochgan sari haqir talabangizning har sahifasiga badal qoʻllaringizdan oʻpayotganligimni qabul qilishingizni iltimos bilan, sihhatu salomat va muvaffaqiyatingiz uchun duo qilib, qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim hazratlari.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz Ahmad Xusrav

(Sabri Afandining bayoni.)

Kecha Egʻirdirga bordim. Xulusiy Beyning ixlosli va sadoqatli maktubini keltirdim. Nuroniy qalb va ruhdan joʻshib chiqqan shu maktubning muhtaviyot va mundarajotini bu faqir ham takror etaman. Oʻz hisobimga taqdim etaman. U muhtaram qardoshim evaziga faqirga, Ustozi Muhtaramim soni-i Xulusiy ismini berganingizni asos olib, xolis imzo sohibining orqasida bu faqir ham koʻrinsa, ifodalariga ishtirok etsa, ma'naviy irsiyati yanada yaxshi, sobit va ayon boʻladi, ojizona orzusini asos gʻoya va maqsad deb bildim afandim.

Ojiz talabangiz
Sabri
— 227 —

(Oydinli Ismoilning bayoni.)

Sizning shirin Soʻzlaringizni yozishni boshladim va yozishdan toʻymayapman. Sizning shirin "Soʻz"laringizni yozishni boshlagan onimda ruhimda sevinch his qilyapman. Ayni paytda sizni umuman unutolmayapman. Maktubingizni doim yozishni istayman.

Talabangiz Ismoil

(Oydinda Doktor Shavkatning bayoni.)

Ustozi A'zamim Afandim!

Nuroniy va juda qiymatli asarlaringizni oʻqidik. Nurli va fayzli asarlaringizning ta'sirida porlagan qattiq qalblarimiz bilan siz Ustozimizga abadiyan minnatdor va shukrda qarzdor boʻlganimiz kabi; risolalarni bizlarga oʻqitishga va yozdirishga sabab boʻlgan Hofiz Zuhdu Afandi qardoshimizni ham doimo xayr bilan yod etishda davom etyapmiz. Xazratlariga baho berib boʻlmas qiymatga ega muhtaram risolalaringizni yozib tugatishimizga Janobi Haqning bizni muvaffaq qilishi uchun Ustozi Akramimizning duo va himmatlariga muhtojmiz.

Talabangiz
Doktor Shavkat

(Ahmad Husravning bayoni.)

Suyukli, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!

Arzi hurmat va ishtiyoq bilan qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman. Xulusiy Beyning savollariga berilgan javoblarga oid bahosi jahon qiymatidagi, nurli, fayzli "Soʻz"laringizni ikki kun avval oldim. Savollarning javoblari shunchalar latif ediki, na oʻqishga toʻya oldim va na idrokim qadar boʻlsin, haqqi bilan qavray oldim.

Muhyiddini Arabiy hazratlari qabul qilingan boʻlganlari holda, xatosining va xar kitobida idoyatga olib boruvchi boʻlolmasligining sabablarini chuqur va nozik tarzda izoh etilgan. Oliy darsingizni boshqa qardoshlarim bilan birga oʻqidim. "Aziz qardoshlarim, bu oliy darsdan istifoda etyapman, muhim narsa tushunyapman, ammo xulosa qilolmayapman, zehnimda toʻplay ololmayapman, siz nima deysiz?" deb soʻradim.

— 228 —

Hozir boʻlganlar darsimizning yuksakligiga ishora qilib, Islomiyat keti tugamayotgan hujumlarga uchragan davrda bu nurli asarlarga yetganimizga ming tashakkurlar etdik. Ayniqsa doktorga berilgan oxirgi javob hoshiyasining latofatining belgilari yuzimizda koʻrindi.

Bir tomondan choʻchqa goʻshtining xaromligi sabablari illati gʻoyat chiroyli bir suratda izoh qilingan, boshqa tarafdan ham oliy mufakkirangizdan porlagan nurlar bilan, hamda juda yaqinda dunyoning ufqlarida Islomiyatning quyoshining porlashiga ishora qilmoqdasiz. Janobi Haq sizdan had-hisobsiz rozi boʻlsin.

Suyukli Ustozim, ojiz talabangiz bu ojizligi bilan ma'naviy himmatingizga iltijo etyapman. Va shunday umid qilamanki, Xalloqi Karimim meni beixtiyor ishlatgan bu vodiyda duoingiz himmati bilan inshoalloh bir idrok va bir qobiliyat ehson qiladi.

Haqir talabangiz
Ahmad Xusrav

(Saidning bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, fidokor va vafodor qardoshim Kurd Bakir Bey!

Afsuski majburan noxush va befoyda mavzuni aytmoqchiman. Ammo bu masala haqiqiy hamiyatparvar Turkchilarga qarshi emas, balki faranglik hisobiga soxtakor Turkchilikni oʻziga parda qilgan tajovuzkorlarga qarshi aytaman. Jumladan:

Mulhid munofiqlarning bizga qarshi soʻnggi pastkash va vijdonsiz ishlatgan qurollari shuki, "Said Kurddir, bir Kurdning orqasidan bunchalik ketib milliy gʻururga yarashmaydi". Men bu munofiqlarning vijdonsizcha hiylasiga qarshi emas, balki sofdillarning toza qalblari bularning soʻzlari bilan bulgʻanmasligi uchun aytamanki:

— 229 —

Men boshqa mamlakatda dunyoga kelganman. Ammo Janobi Haq meni bu mamlakatning avlodiga xizmatkor qildi. Toʻqqiz yil doimo bu mamlakatdagi millatning oʻndan toʻqqiz qismining saodatiga, oʻz tillari bilan xizmat qilganim atrofdagi insonlarga ma'lum.

Yana, men bu yurtda Xulusiy, Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra' ٰ؟, Osim, Mustafo Chovush, Sulaymon, Lutfi, Rushdu, Mustafo, Zakoiy, Abdulloh kabi yigirma-oʻttiz Musulmon-Turk yoshlarini odatda yigirma-oʻttiz ming millatdoshlarimdan ustun qoʻyganimni va ularni oʻttiz ming odamning oʻrniga qabul qilganimni toʻqqiz yillik Turkcha asarlar bilan, xizmat bilan koʻrsatganman. Ha, men mingta gʻofil va omi Kurdni bir Turk Xulusiyga teng tutmasligimni, mingta johil Kurdni bittadan Turk Osim va Ra'fatga teng koʻrmasligimni, yosh yigit boʻlgan Xusravni mingta omi Kurd bilan almashtirmasligimni eʻtibor berganlar va ahvolimdan xabari borlar tasdiq qiladilar. Lekin faranglik nomiga va dinsizlik hisobiga, Turkchilik pardasi ostida, soxtakor milliyatparvarlik suratida, oʻzini yaxshi koʻrsatishni xohlayapti deb menga tajovuz qilganlar va Turk millati va millatchiligini zaharlagan mulhidlar bilsinlarki: Men Islom millatining eng muhim, mujohid va muazzam bir qoʻshini boʻlgan Turk millatiga minglab Turk qadar xizmat qilganimga minglab Turklar guvoh. Menga Kurd degan va ayblagan, oʻzini zohiran millatparvar qilib koʻrsatgan soxtakorlar bu millatga qanday xizmat qilganlarini koʻrsatsinlar.

Bu fir'avnchalarning anoniyat-menligini shishirgan kamtarinona soʻz aytish kerak boʻlmagani uchun, mutakabbirlarga qarshi ilmning izzatini muhofaza qilish uchun, aytilmaydigan va izhori munosib boʻlmagan uxroviy xizmatlarimni Janobi Haqning afviga ishonib izhor etdim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

(Zakoiyning bayoni.)

Aziz Ustozim!

Bu ogʻir hodisalar xususida sabru tavakkaldan gapirish, ortiqchaligini bilaman. Siz asosan biz kabi hayotning juz'iy iztirobidan ohu nola qilgan kamtarlarga sabru tavakkal kabi saodat va najot xazinasining qiymatini oʻrgatdingiz. Hamd boʻlsin, kundan kunga bu soʻzlarning ma'nosini yanada yaxshi qavrayapmiz va qiymatini bilayapmiz. Boshda, ya'ni Nurlarga juda uzoq boʻlgan gʻofil paytimizda hayotda, hodisalarda, hamma narsada sabr tavakkal qilish - bizga zohiran achchiq va hazm qilib boʻlmaydigandek tuyulardi, shunday tuyular Faqat endi u xususlarni loyigʻidek talqin va tanvir etgan ustozimizning irshodi nazarimizda yuzaki va zohiriy narsalarni tozalyapti. Bu faqir va gunohkorning eng koʻp baxtiyorlik sababi bir narsa boʻlsa, u ham faqat aql, fikr va Tinch okeandan bir qatra nisbatida qalb koʻzi bilan haqiqiy nurlarni koʻrib vaqtinchalik bir on va vaqt uchun lazzatlanishdir.

— 230 —

Suyukli Ustozim, hamd boʻlsin qardoshlarimiz fikran va ruhan taraqqiy etishyapti. Inshoalloh, ma'nan va Allohning nazarida ham taraqqiy etmoqdalar. Yigirma Yettinchi Maktub tobora joʻshgan porloq sharshara kabi otilib chiqyapti. Yagona xohish va istagim, salomat yoʻli yoʻlovchilarining koʻpligini va qoʻlimizdagi haqiqatlar majmuasining yanada qiymatli va toza qoʻllarga yetib borishini koʻrishdir. Inshoalloh davr bu haq va haqiqat taqozosini ijro etadi. Ojizlar bu umid va intizor bilan xayrli oqibatni Janobi Haqdan tilamoqda va hozircha gʻayratli, sodiq, taqvodor ogʻalarim va qardoshlarimning ustun xususiyatlari, toza qalblari, yaxsxhi niyatlari bilan iftixor qiyapman. Nurlar bilan, projektorlar bilan, samoviy yulduzlar bilan azaliy bir iymon kabi ma'naviy zambaraklar bilan jihozlangan ma'naviy kemamiz bu davrning toʻlqinlaridan, toʻfonlaridan omon qolishini Janobi Xalloqi Olamdan yolvorar ekanman, biz yuzlangan olam yaratilishining asos va sababi boʻlgan ikki jahon sarvari, ojizlarning hujjati Janobi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam Afandimizning va tobe boʻlgan zavjalarining kemamizning raislari va tobelari bilan birlashgan degan umidu iymondaman. Ojizlar esa, ma'nan har on zarar va ziyon ichida bir tarafdan oʻzini isloh qila olmagan, zararga uchragan muqaddas bilimlarning tahrir va quvvatlantirilishiga muhtoj, boshqa tarafdan nafsning hujumiga uchragan va zavqlariga mubtalo, boshqa tarafdan gunohlarining tenggi boʻlmagan juz'iy qulligi abadiy saodatni loyigʻidek ta'minlashga kifoya qilmasligidan qoʻrqib nuqsonlarim jazosini oʻylab borgan sari abgorlashyapman. Bizlar oʻz qulligimiz va bu noqis xizmatimiz bilan bizga dalil murshid va shafoatchi boʻlmas ekan, abadiy saodatga yetish qanchalik uzoq. Afsus! Dunyoviy hayot tekis emas. Insoniy hislar oʻzgarishga juda iste'dodli.

— 231 —

Aziz Ustozim! Modomiki bizni talabaligingizga va qardoshligingizga, hatto qabulga loyiq boʻlmagan vatandoshlarimizni va majruhlarni huzuringizga va birodarligingizga qabul qildingiz. Yaralarimizga davo boʻladigan samoviy muqaddas dorixonadan dorilarni koʻrsatib, ishlatyapsiz. Iltimos, shu ojiz talabalaringizning faryodlariga achinib bizni tez davolang, yaralarimiz tuzalsin, qurisin. Soʻng asosiy muhim vazifalarimizni ado qilishni boshlaylik. Sizda yaralarimizga davo boʻladigan eliksir va malhamlar mavjud ekan, shifoni va oliy rahbarliklarini xazratlaridan kutamiz.

Ma'naviy kemangizning e'lonlar tarqatuvchisi
Talabangiz Zakoiy
— 232 —

(Gʻolibning Forscha bayoni. Karomati Gʻavsiya munosabati bilan yozgan.)

ك۪يسْتَمْ مَنْ چُو يَك۪ى عَاجِز و ب۪ى تَاب و زَبُونْ ٭ دِلْ حَز۪ينْ س۪ينَه پُرْ اٰلَام و سَرَمْ مَسْتِ جُنُونْ
Men kimman? Men, koʻngli singan, ichi dardga toʻla, boshida ahmoqlik sarxushligi boʻlgan ojiz, kuchsiz bechoraman.
اَزْ غَمِ فِرْقَتِ دِلْدَارْ بَس۪ى پُويَنْدَمْ ٭ كَسْ نَم۪ى بُودْ دِلِ زَارِ مَرَا رَاهْنُمُونْ
Haqiqiy doʻstdan ayriliq azobidan sargardon, (lekin) zor koʻnglimga yoʻl koʻrsatadigan (rahbar) topilmaydi.
سَالْهَا دَرْ اَلَمِ هَجْرْ پَر۪يشَانْ بُودَمْ ٭ نَه يَك۪ى يَارِ مُوَافِقْ نَه يَك۪ى جَامِ سُكُونْ
Ayriliq alamidan barbod edim, na koʻzlagan doʻst bor, taskin beradigan (maʻrifat) qadahi bor edi.
رَاهِ بِهْبُودِئِ مَنْ گُمْ شُدَه بُودْ اٰنْ بَاٰنْ ٭ دَرْ سَرَمْ شَوْقِ جُنُونْ بُودْ شَب و رُوزْ فُزُونْ
Kundan kun holatim yoʻqlikka ketayotgan edi, kunu tun boshimdagi telbalik istagi ortar edi.
عَاقِبَتْ دَسْتِ قَضَا هَادِئِ بِهْبُودَمْ شُدْ ٭ هِمَّتِ زُمْرَهٔ‌ِ مَرْدَانِ خُدَا جِلْوَه نُمُونْ
Oqibatda (Allohning) taqdir qoʻli bilan hidoyatga boshladi, Alloh doʻstlarining himmati yordamga keldi.
چِه نَوَازِشْ كِه : دِلَمْ يَافْتَه دَرْ سَايَهٔ‌ِ پ۪يرْ شُدَمْ ٭اَلْحَاصِلْ اَزْ دَوْلَت و لُطْفَشْ مَاْمُونْ
Pirim soyasida koʻnglim xuzur topdi, natijada uning lutf va inoyatiga noil boʻlib osoyishtalik topdim.
بَخْتِ نَاسَازِ مَرَا سَازِئِ اِقْبَالْ رَس۪يدْ ٭ دِلِ ب۪يچَارَهٔ‌ِ مَنْ شُدْ زِفُيُوضَشْ مَمْنُونْ
Baxtsizligimga omad yetishdi, bechora koʻnglimuning fayzidan xursand boʻldi.
ن۪يسْتْ عَجَبْ خَاكِ سِيَهْ لَعْل شَوَدْ دَرْ پ۪يشَشْ ٭ نُورِ حَقَّسْتْ هَمَانْ ا۪ينْ نَه فِسَانَه نَه فُسُونْ
Uning nazari bilan qora tuproq yoqutga aylanishi oddiy hol, (zero) uning nazari Haqning nuridir, afsun yoki sehr emas.
دَرْ زَم۪ينِ اَهْلِ حَقْ اَنْوَارِ تَجَلَّاىِ خُدَاسْتْ ٭ پ۪يشِشَانْ مَاض۪ى و اٰت۪ى هَمَه يَكْ نُقْطَهٔ‌ِ نُونْ
Haq ahli zaminida Alloh tajalliysining nurlari bor, moziyu kelajak ularning nazarida "nun"ning nuqtasi kabidir.
اٰنْچِه مَاض۪يسْتْ بِخٰوانَنْد بَدِلْ هَمْچُو كِتَابْ ٭ حَال و اٰت۪ى هَمَه يَكْ ش۪يوَه شَوَدْ كُفّ و كُمُونْ
Moziydagisini koʻngillarda kitob kabi oʻqishadi, xozir va kelajak hammasi ular uchun bir, ichlaridadir.
دِلِ شَانْ اٰي۪ينَهٔ‌ِ اٰيَتِ لَوْحِ مَحْفُوظْ ٭ زَانْ سَبَبْ نِهَانْ اَزْدِلِ شَانْ كُنْ فَيَكُونْ
Ularning koʻngillari Lavhi Mahfuz oyatlarining oynasidir, shuning uchun "boʻl" desa "boʻladi" sirri koʻngillarida yashirin.
اٰنْچِه د۪يدَنْد و بِگُويَنْدْ خُدَا اٰمُوزَدْ ٭ اٰلَت و قُدْرَتِ حَقَّنْدْ مُكَمَّلْ مَوْزُونْ
Alloh ularga koʻrgan va gapiradigan narsalarini oʻrgatadi, (ular) Haqning mukammal va oʻlchangan qudrati va asbobidir.
هَانْ دَرْ نُسْخَهٔ‌ِ تَوْرَاتْ ثَنَاىِ مَحْمُودْ ٭ هَانْ دَرْ لَوْحِ زَبُورْ وَصْفِ مَس۪يحَا اَفْزُونْ
Tavrot sahifalarida Mahmudning maqtalishi va Zabur sahifalarida Masihning koʻp vasfi bor.
وَصْفِ اَصْحَابِ مُحَمَّدْ هَمَه دَرْ اِنْج۪يلَسْتْ ٭ ا۪ينْ چِه ب۪ينِشْ هَمَه اَزْ وَحْىِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Hazrati Muhammad (s.a.v.) ashobining butun vasfi Injilda, barchasi tenggi yoʻq (Allohdan kelgan) qanday ham goʻzal fikrlardir.
بَازْ دَرْ اَهْلِ وَلَايَتْ تُو ب۪ين۪ى ا۪ينْ رَازْ ٭ دَادَه اَزْ خَبَرِ اٰت۪ى پَيَامِ مَقْرُونْ
Bu sirni valiylarda xar doim koʻrasan, kelajak va hozirdan xabar berishgan.
خَبَرِ گُلْشَن۪ى م۪ى دَادْ جَلَالِ رُوم۪ى ٭ شَيْخِ اَكْبَرْ خَبَرِ مِصْر۪ى دِهَدْ اَمْرِ يَكُونْ
Jalol-i Rumiy, Gulshaniyning xabarini bergan edi, Shayx Akbar esa, Misriyning xabarini beradi...
اَحْمَدِ جَامْ دِهَدْ اَزْ اَحْمَدِ فَارُوق۪ى خَبَرْ ٭ مَنْ كُدَامَشْ بِشُمَارَمْ كِه زِاَعْدَادْ فُزُونْ
Ahmad Jomiy, Ahmad Faruqiydan xabar beradi, men qaysinisini aytay, zero sanab boʻlmaydigan darajada sanogʻi yoʻq.
هَرْ يَك۪ى گُفْتَه خَبَرْ رَمْز و اِشَارَتْ كَرْدَنْدْ ٭ پ۪يشِيَانْ اَزْ پَسِيَانْ دَادَه نِشَانِ سَيَكُونْ
Xar biri bir xabar aytgan, ramzu ishorat berishgan, eskilar keyingilarga "boʻladi" deb xushxabar berishgan.
— 233 —
بَاخُصُوصْ مَرْدِ خُدَا حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ غَوْثِ اَعْظَمْ قُطْبِ دَائِرَهٔ‌ِ كُنْ فَيَكُونْ
Boxusus Mard-i Xudo Gʻavsi Aʻzam Hazrat Abdulqodir "kun - fayakun" doirasi qutbidir.
پَسْ اِشَارَتْ دِهَدْ اَزْحَالَتِ اٰتِىِ جِهَانْ ٭ هَرْ چِه د۪يدَسْتْ بِگُفْتَسْتْ بَيَانِ مَسْنُونْ
Jahon kelajagi xabarini bergan. Nimani koʻrgan boʻlsa munosib bayon ila aytgan.
گُفْت دَرْ نَظْمِ تَجَلّٰى كِه شَوَمْ حِرْزِ مُر۪يدْ ٭ اَزْشَرّ و فِتْنَه نِگَهْبَانِ مُر۪يدَمْ مَاْمُونْ
Ochiq nazm bilan "Yomonlik va fitnadan muridini asragan ishonchli asrovchi bolaman", dedi.
كَرْدَه اَزْ فِتْنَهٔ‌ِ جَنگ۪يز و هُلَاگُو اِخْبَارْ ٭ بِنْگَرَدْ ل۪يكْ رُمُوزِ سُخَنَشْ تَا بِكُنُونْ
Chingiz-u Hulagu fitnasidan xabar bergan. Soʻzining ramzi bugunga ham qarayapti.
خَبَرِ فِتْنَهٔ‌ِ ا۪ينْ دَوْرِ زِنُطْقَشْ پَيْدَا ٭ يَافْتَه اَزْ رَمْزِ اُو اَرْبَابِ يَق۪ينْ سَرْ فُزُونْ
Uchbu davr fitnasining ishorati uning soʻzlaridan chiqadi. Yaqiyn arbobi uning ramzidan bir qancha sirtopishgan.
فِتْنَهٔ‌ِ دَوْرِ كُنُونْ چُونْكِه زِحَدْ اَفْزُونَسْتْ ٭ زِشِرَارِ شَرّ و فِتْنَه شُدَه جَيْحُونِ هَامُونْ
Bu davr fitnasi haddan koʻp boʻlgani uchun, yomonlarning yomonlik va fitnalari Homun (choʻlining) Jayhun (daryosi) kabi boʻldi.
اَهْلِ دَانِشْ هَمَه سَرْ جَيْبِ قَبَا م۪يكَرْدَنْدْ ٭ عَرْصَهٔ‌ِ د۪ينْ زِمَرْدَانْ شُدَه خَال۪ى مَشْحُونْ
Olimlarning barchasi chuqur oʻylayotgan edi. Din maydoni Alloh doʻstlaridan boʻsh qolgan edi.
د۪يدَهٔ‌ِ دَهْرْ نَد۪يدَسْتْ بَد۪ينْ دَغْدَغَه ه۪يچْ ٭ م۪ى رَوَدْ رُودِ فِرَاتْ خَلْق هَمَه تَشْنَه نُمُونْ
Falak koʻzi (bunday) badbinlikka toʻla shovqinni koʻrmagan edi. Firot daryosi oqayotgan boʻlsada xalq suvga tashna edi.
دَرْ هَمَه ه۪يچْ عَصْر فِتْنَهٔ‌ِ ا۪ينْ دَوْر نَبُودْ ٭ اَكْثَرِ خَلْق شُدَه حَالِ زَمَانْرَا مَفْتُونْ
Hech bir asrda bu asr fitnasi yoʻq edi. Xalqning aksariyati asrning (koʻr) jarayoniga maftun edi.
مُلْحِدَانْ رُوزُ شَبْ ا۪يجَادِ فِتَنْ م۪ى كَرْدَنْدْ ٭ زَهْرِ خَنْد نَكُنَدْ بَلْكِه بِگِرْيَدْ مَجْنُونْ
Mulhidlar kechayu kunduz fitna chiqarar edi. Majnun kulmas, aksinchsusigʻlar edi.
بَرْ بَد۪ينْ فِتْنَه و شَرْ حَضْرَتِ اُسْتَادِ سَع۪يدْ ٭ جَبْهَه بِگِرِفْتْ خُوشَا مَرْدِ سَعَادَتْمَقْرُونْ
Bu fitna va sharrga qarshi Hz.Ustod Said urush ochdi. U kishi qanday ham baxtiyor, saodat vasilasidir.
ت۪يغِ سَرْ ت۪يزْ شُدَه دَرْ كَفِ اُو چُونْكِه قَلَمْ ٭ كِلْكِ اُو زُمْرَهٔ‌ِ اِلْحَادْ هَمَه كَرْدَه زَبُونْ
Qoʻlidagi qalam - uchi keskir qilich kabidir. Qalami mulhidlar jamoasining tamoman zabunu parishon qildi.
هَيْبَتِ د۪ينْ زِگُفْتَارِ خُوشَشْ پَيْدَا شُدْ ٭ هَرْكِه ا۪ينْ نُورْ نَب۪ينَدْ شَوَدْ اِذْعَانَشْ دُونْ
Dinning haybati u kishining hush soʻzlaridan (qaytadan) oʻrtaga qildi. Bu nurni koʻrmagan odamning tushunchasi tor boʻladi.
كِلْكِ اُسْتَادْ اَزْ لَدُنْ بَسْطِ حَقَائِقْ م۪يكَرْدْ ٭ تَا اَبَدْ اَزْ فَيْضِ عَيَانَشْ هَمَه جَانْ نُورِ عُيُونْ
Ustodning qalami - ladun ilmi haqiqatlarini tushuntiradi. U zotning ochiq fayzi abadgacha, barcha tiriklarga koʻz nuri boʻladi.
بِفَرْمُودْ مَگَرْ حَضْرَتِ غَوْثْ ٭ دَرْحَقِّ حَضْرَتِ اُسْتَادْ شَوَدْ اَصْلِ مُتُونْ ( لَا تَخَفْ قُلْهُ )
Hz.Gʻavs "Qoʻrqma gapir uni!" dedi. (bu soʻz) Hz.Ustod haqidagi matnlarning asli boʻladi.
حَبَّذَا رَمْزِ كِه گُفْتْ حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ نِعْمَ ذَا نُطْقِ كِه كَرْدَسْتْ سَع۪يدْ سَعْدِ نُمُونْ
Hz. Abdulqodir aytgan ramzi qanday ham goʻzal saʻd yulduzi koʻrinishidagi Saidning qilgan bayoni qanday ham goʻzaldir.
اٰنْ كِه د۪يدَسْتْ پَسَنْدَسْت بَيَانْ م۪ى كَرْدَسْتْ ٭ حَقْ پَسَنْدَسْت شَوَدْ تَشْنَهٔ‌ِ فَيْضَشْ اَفْزُونْ
Koʻrib sevgan narsasini bayon qilar edi. Haqni sevgan (va tutgan) kishi u zotning fayziga qattiq tashnadir.
بَعْد ز۪ينْ غَالِبِ ب۪يچَارَه دُعَا م۪ى گُوي۪يمْ ٭ بَادْ رَاض۪ى زِسَع۪يدْ ذَاتِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Endi, men, bechora Gʻolib - Tengi yoʻq Hudoning oʻzidan duo qilaman: Saiddan rozi boʻlsin.
هِمَّتَشْ عَال۪ى و فَيْضَشْ هَمَه اَعْلَا بَادَا ٭ بِدِهَدْ حَضْرَتِ حَقْ نَشْئَهٔ‌ِ غَيْرِ مَمْنُونْ
Himmati oliy, fayzi doim eng aʻlo boʻlsin. Hz. Haq u kishiga tuganmas xursandchilik bersin.
تَا فَلَكْ دَائِر و ا۪ينْ اَرْضْ هَم۪ى شُدْ سَائِرْ ٭ عَظَّمَ اللّٰهُ لَهُ الْاَجْرَ وَ قَرَّتْهُ عُيُونْ
غَالِبْ
Dunyo turguncha va Yer harakat qilar ekan Alloh u kishining ajrini koʻpaytirsin va baxtiyor qilsin.
Gʻolib
***
— 234 —

(Osim Beyning bayoni.)

Oʻttiz Birinchi Maktubning Toʻrtinchi Yogʻdusi - Minhoj-us Sunna, darhaqiqat juda qiymatli va oʻxshashi yoʻq risola-i sharifadir. Taqdir va tahsinga haqiqatdan eng loyiq, madhu sanoga shoyasta, qancha madh qilinsa shuncha oz. Har bir koʻrgan, oʻqigan va tinglagan odam maftun boʻladi. Hatto Alaviylar, ashaddiy Sunniylar ham qattiq maqtashmoqda. Ashadddiy yoʻnalishlarlarning bir-biriga qarshi boʻlganlari ham umuman e'tiroz qila olmay tortishuv eshigini ocholmayaptilar.

Osim

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Muhyiddin Arabiy Hazratlarining yoʻlini izohlab, kamchiligini bayon qilgan nurli bayonotingizdan koʻp istifoda qildim. U masalaga oid avvalgi darsingizdan tushunmagan jumlalar va qorongʻu nuqtalar bu safar boshqacha koʻrinishda oldimga chiqqanini his etdim. Va goʻzal yuzli haqiqatlarini koʻrishni boshladim. Darhaqiqat, koʻp fayz oldim. Qardoshim Ra'fat bey bilan birga oʻqidik. Ustozimizga minnatdorlik bilan tashakkurlar etdik. Janobi Haq oʻzingizga loyiq koʻp ajr ehson etsin. Omin.

Ahmad Xusrav

(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)

Ey mening ruhu jonim - Ustozim Hazratlari!

Sizga loyigʻidek talabalik vazifasini ado qilolmayapman va Risola-i Nurga toʻliq xizmat qilolmayapman. Chunki Risola-i Nur bilan yuzaga chiqqan quvvatu qudrat, zakovat, sir va nurlarni oʻylagan, tafakkur qilgan sari oʻzimdan kechib, behush boʻlyapman. Unday yuksak yerlarga chiqolmayman. Inshoalloh, Janobi Haqning izni bilan, qullariga bahsh etgan eng qiymatli javharlardan ming birga qiymatli Qur'oni Hakimning sirlarini izhor etgan risolalardan kuchim yetgani qadar foydalanishga urinaman. Kunduz tirikchilik dardi bilan vaqt topolmaganim uchun, tunning bir qismini Nurlar bilan yoritaman.

Nurlarni yozgan sari qalamim va qalbimda oʻta shirin va ruhoniy sevinch his qilaman. Janobi Haqqa qanday hamd va shukr aytishni bila olmayman. Ba'zan Risola-i Nurning nurlariga qarshi ixtiyorim qoʻlimdan ketadi. Gʻaflatda oʻtgan hayotimni oʻylagan sari mahzun va gʻamgin boʻlaman. Nurlarni topgandan keyin kelajagimni koʻrgan sari qahqaha bilan kulaman, sevinaman va baxtiyor boʻlaman. Oʻn besh yilki shunday xizmatni orzu qilardim. Dunyoning koʻp hayot shakllarini va zavqlarini koʻrdim. Ular abad orzuimni qondirmas va toʻydirmas edi.

— 235 —

U orzuni toʻliq qondiradigan va ta'minlaydigan ozuqani Risola-i Nurda topdim, alhamdulilloh. Hozirgacha nafsim dunyoning zohiriy zavqlariga berilgan va meni boshqa bir olamning zindonlariga qadar chorlashni rejalashtirgan va bir daraja muvaffaq boʻlgan edi. Ustimga mingan edi. Hozir وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ boʻlgan Janobi Mavlo va Taqaddas Hazratlariga hadsiz hamd va shukr qilamanki, Said ismli bir zot vositasida Qur'on sirlarini yordamimga yetkazdi. Nafsi ammoraning balosidan qutuldim. Oʻn besh yildan beri haqiqat yoʻlini qidirish uchun koʻp eshiklarni qoqdim. Koʻpida dunyoga oid ziynatlarni koʻrganim uchun, chekindim, faqat Allohga hamd boʻlsin qidirgan eshikni topdim. Janobi Haq meni u eshikka toʻliq xizmatkorlikka sabot bersin. Bu zulmatli asrda iymon haqiqatlarining nurlarini nashr etgan Risola-i Nur qay daraja yuksakligi va barchaga manfaatli ekani inkor qilinmaydi. Inkor qilinsa, bilmagan va tushunmaslikdandir. Tushunganga chivin ham soz kelar, tushunmaganga karnay-surnay oz kelar. Janobi Haq koʻzlarimizning pardalarini koʻtarsin, haqiqatlarni loyigʻidek bizga koʻrsatsin, omin.

Bobojon Mahmad Ali
— 236 —

(Mingboshi Osim Beyning bayoni.)

Muhtaram Ustozim Afandim!

Har doimgidek, bu safar ham haqqim boʻlmasada, oʻzimcha lutf va koʻp berilgan nihoyasiz iltifot bu faqirni mast qildi. Nima qilishimni bilmayapman. Janobi Lamyazal Hazratlarining lutfu karamu ehsoniga hamdu shukru sano etib, risola-i sharifalarni mahkam tutyapman. Lazzat olib, siz ustozimni qarshimda va yonimda topib hayratga tushib, tafakkur qilib surur dengiziga shoʻngʻib ketyapman. Bu holatning davom etishi va ortishini Subhoniy lutf va inoyatidan niyoz qilyapman. Qanday qilmay? Hazratim! Faqirga shuncha iltifotdan boshqa, xususan bu safargi lutfnomalarining boshiga bir qancha tavsifdan soʻngra "Qur'on xizmatida quvvatli birodarim, Haq yoʻlida va abad safarida yaqin yoʻldoshim", degan latif soʻzlaringiz, jahonqiymat kalomlaringiz men kabi faqir, haqir, muhtoj qardoshingizga koʻp himmat qilinilishi sizning buyukligingizga va toʻgʻrirogʻi Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining tavajjuhi, duosi, himoyasi va muhofazasi ekaniga qanday iymon keltirmay. Qandayki bu safar "Gʻavsi A'zamning gʻaybiy xabarlari" risola-i sharifasini koʻrdim, oʻqidim, yozdim. Gʻavsi A'zam qutblarning buyugi ekanini bilamiz va qalban tasdiqlaymiz. U zot bizga qatti muhabbat koʻrsatayotgan ekan, bu safar bu xulosa, bu muhabbat fikrimni yanada ziyodalashtirdi va quvvatladi. Hazrati Shayxga iymon va muhabbatimni habl-ul matin bilan bogʻladi. Qanday bogʻlanmay? Bu karomat va gʻaybiy xabari - haqiqat joʻsh urgan va ruhga hayot bahsh etgan "Soʻzlar"ni soʻzlagan, xabar beran shunday haqiqat va karomatlar manbaining sohibi Hazrati Gʻavsi A'zam, ustozimning ustozidir.

Bu kayfiyat ustozimga boʻlgan joziba, bogʻliqlik va taslimimni yana bir bor quvvatladi. Yiqilmas va buzib boʻlmas qal'a shakliga keltirdi. Modomiki bu faqir mustahkam qal'ada ekanman, tashqaridan va hech kimdan xavotirim yoʻq. Tashqarining xujum va isyoniga qarshi turish va hujum qilish hissi va quvvatini qoʻlga kiritdim. Lutf va Bariʻ inoyati bilan, Gʻavsi A'zamning tavajjuh va duosi bilan siz ustozimga qovushdim. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Bariʻ i Taolo va Taqaddas Hazratlaridan umrimning oxirigacha bu yoʻldan ketishni, buyurilganidedk "siddiq, fidokor, haqiqiy oxirat qardoshingiz va xizmati Qur'oniyada quvvatli birodaringiz va Haq yoʻlida va abad safarida yaqin yoʻldoshingiz" boʻlishga loyigʻidek haq qozonishni va loyiq boʻlishni tilayman va niyoz qilaman. Va minallohit-tavfiq.

— 237 —

Ustozi akramim! Sizga, ya'ni Risola-i Nurga husnixat va toʻgʻrirogʻi ta'zim, eʻzoz, hurmat, samimiyat, muhabbat va taslimiyatimning mingdan birini taqdim qila olmayapman. Ojiz qalamim va tilim hissiyot va ruhimning tarjimoni boʻlolmayapti.

Ruhimning siz ustozimga boʻlgan jozibasi va muhabbati yuzdan beshi shaxsingizga boʻlsa, toʻqson beshi haqiqat nurlari nashriga va dalloligini qilgan Qur'oni Hakim sharafiga ta'zim va eʻzozdir. Shunday fikr va iymonim borki, sizning nur va haqiqat manbai - "Soʻzlar"ingiz Qur'oni Hakimning iqtibos qilingan tafsiridir. Taqdir, tahsin, madhu sitoyish qilmagan hamda muhabbat va bogʻliqlik his qilmagan odam inson emas, toʻgʻrirogʻi Ilohiy va Paygʻambariy mardudi boʻlganlardir. Janobi Xoliqi Lamyazal Hazratlari bu kabilarga ham tariqi haqni nasib aylasin. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Suyukli Ustozim! Singlingizning kasalligining had davri oʻtgan. Avvalroq aytgan edim, yuzdan yigirmasi bor. Hanuz yotoqdan turmadi. Quvvat va iqtidori yoʻq. Namoz oʻqiy olayotgan boʻlsa ham, vujudi titramoqda va ora-sira oqsayapti. Lahulhamdu valminna, Janobi Haqning lutfu karamiga va buguniga koʻp shukr. Moziyning mashaqqat va alami oʻtdi. Hozirgi holiga shukr va istiqbolga tavakkal qilish bilan mashgʻul. Siz ustozimga duolar qilib: "Nur va Qur'on haqiqati risola-i sharifalari menga yordam berdi", dedyapti. Xususan Oʻttiz Birinchi Maktubning Ikkinchi Yogʻdusidagi sabr, bardosh va shukr mavzuiga shunchalar bogʻlandiki, bu risola-i sharifani avval va oxir va ayniqsa xasta vaqtida necha martalab faqirga oʻqitgan va Janobi Haqqa hamdu sano qildi. Uchinchi Yogʻdu va boshqa risola-i sharifalarni oʻqitib tinglamoqda va koʻz yoshlari toʻkmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Bular va boshqa risola-i sharifalar haqiqat joʻsh urgan, nurlar sochgan bir fayzdir. Shuni aytishim mumkinki, zalolat va bid'atdagilarning ashaddiylari va mulhidlarning eng yomonlarini ham iymonga keltirishiga ishinchim komil. Ruhiga ta'sir qila olsa bas.

— 238 —

Behisob shukr, suyukli ustozimiz soyasida va tavajjuh va duolari bilan Nurlardan nurlanyapmiz va ne'matlanyapmiz. Xususan Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining karomat va gʻaybiy xabarlarini singlingiz shunchalik lazzat va muhabbat bilan tingladiki; uch yil avval xastalikka chalingan payti va qisman behush aqli ketgan vaqtlar bogʻda daraxtlarning shoxlarini tutib, "Ey Abdulqodir Jiyloniy! Ey Vaysal Qaroniy, madad!" deb baqirib yurar edi. Bu safar karomat va gʻaybiy xabarlarini batafsil koʻrishga va tinglashga muvaffaq boʻldi. Ushbu risola-i sharifa faqirga ham qattiq ta'sir qildi, surur va yigʻlatdi. Koʻz yosh toʻkishga sa'yu-gʻayrat qildi. Muhabbat va shavqimni orttirdi. Shukrimni qanday ado etishimni bilolmayman. Xoliqi Lamyazal Hazratlari oldida qullik vazifam nuqsonli, ikki jahon sarvari Sayyid-il Mursaliyn Faxri Olam (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Afandimiz oldida ummatlik vazifasida qusur va nuqsonim koʻp va Qur'on xizmatida loyigʻidek sa'yu-gʻayrat qila olmayapman. Ishda qusur va nuqsonim koʻp boʻlishi bilan birga, faqirni siz ustozim bilan birga saqlab, Qur'on xodimi boʻlgan qardoshlar bilan birlashtirib, Qur'oniy xizmatdan faqirga (hech boʻlmasa bir ummondan bir qatra boʻlsin) hissa berilsa, oʻzimni mas'ud va baxtiyor sanayman. Hamdu sano va shukrimga haddu poyon koʻrolmayman. Barcha oʻqigan birodar va qardoshlarimning hammasi faqat taqdir, tahsin va tasdiq etmoqdalar va ayni fikrdalar. Qur'on xizmatiga shavqu gʻayratlari koʻpayyapti. Bu jamoatda va bu doiradagilarga havas qilishyapti. Janobi Xoliq ummati Muhammadning (ASV) qalblariga ilhom bersin, ruhlarini nurlantirsin, ikki dunyo saodatini ehson etsin.

Qardoshingiz, faqir va muhtoj
Osim
— 239 —

(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)

Ustozim!

Besh vaqt namozdan keyin, hazratlarining haqqiga duo qilaman va duongizni soʻrayman. Yoʻlingiz va nashr qilgan Risola-i Nuringizga boʻlgan hissiyotimni tilim bilan bayon etolmayman. Men ummiyman, boshqa qardoshlarim kabi maqsadimni ifoda qilolmayman. Faqat falillahilhamd, qalb va ruhim Risola-i Nurning ta'sirlari bilan uygʻondi. Qalbimning uygʻonganini tushlarim orqali tushunyapman. Zotan bu gʻaflat va zulmat davrining yaqazo olamini ogʻir bir uyqu olami va uyqu olamini esa bir daraja yaqazo olami sifatida koʻryapman. Shuning uchun siz ustozimga tushlarimni aytyapman.

Ushbu tushimning xulosasi shuki: Bir masjidda siz bilan birga oʻtirgan ekanmiz. Hovlisida ba'zi talaba birodarlarim bilan tozalik qilayotgan edik. Bir avtomobil koʻrindi. Masjidning yaqinida toʻxtadi. Ichida Rasuli Akram (ASV) bor edilar. Soʻngra bir dara ochildi, masofa hosil boʻldi. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan: Rasuli Akramning (ASV) Sunnati Saniyasini tiriltirishga harakat qilgan va nashr qilgan Risola-i Nur Rasuli Akramning (ASV) maqtov va tahsinlariga sazovor boʻlganki, ruhoniy yordam bilan masjidimiz hisoblangan bu viloyatga ma'naviy tashrif buyurdilar. Ammo zalolat ahli hiylalari bilan Sunnati Saniya xizmatkorlarini chalkashtirmoqda. Ustozlari bilan koʻrishmaslik uchun moneʻliklar tashkil qilmoqda.

Ikkinchi tushimning xulosasi shuki: Bir qabristonning chetida koʻplab xirmonchilarning bugʻdoy sochganini va oldinda ikki eshikli mustahkam qal'adek saroy ichida Hazrat Gʻavsi Jiyloniy oʻtirgan ekanlar, insonlar oʻta gavjumligini koʻrdim. Ziyorat qildim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan his qilyapmanki, qabriston oʻtgan davrdir. Xirmonlardagi koʻplab bugʻdoylarni sochganlar, bu davrdagi Risola-i Nurning noshirlari va talabalari boʻlib, ruhlarning ma'naviy rizqini yetishtirmoqdalar. Haqiqat donlarini shubha va xayollar somonlaridan tozalashyapti. Talabalar ustozining eng muhim ustozi Hazrat Gʻavsi Jiyloniy mustahkam qal'adek saroyda oʻtirganlarini va ularga ustozlik qilganlarini va atroflaridagi gavjumlik va oʻzlarining koʻp mashgʻul boʻlishlari Gʻavsiy karomati bilan izhor qilganlari kabi, Risola-i Nur talabalariga boʻlgan himmat va duolari bilan koʻp mashgʻul, deb tushundim.

Ummiy talabangiz
Mustafo
— 240 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Birinchi, Ikkinchi Soʻzlar koʻpchilikning qoʻllarda tushgani uchun, oʻqilmas holda edi. Shuning uchun yozib koʻpaytirdim. Qalbimga keldiki, "Ajabo, bu Islom va iymon hujjati hisoblangan "Soʻzlar"da tavofuq sirri bormi?" deb qaradim, koʻrdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى aytdimki. Angladimki, risolalarda umumiy i'joz toʻplami va Shasmi Sarmadiyning soʻnmas haqiqat ziyosi koʻrinmoqda. Qur'oni Hakim butun dunyoga, insu jinga mingdan ortiq yildan beri nido qilib, dushmanlarini lol qilib, doʻstlarini xursand qilmoqda. Hukmi qiyomatgacha boqiydir. Shuning kabi, Qur'oni Hakimning haqiqiy mufassiri boʻlgan Risola-i Nur va qismlari bu zulmatli pardalarning ostidan oʻzlarini koʻrsatib nurlarni nashr qilganlari kabi, inshoalloh bir davr keladi, zulmatlar pardalarini yirtib, butun dunyoga xitob qilib, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ochiq moʻ'jizasini isbotlaydi! Janobi Haq qiyomatgacha nurlarni nashrga xizmat qiladigan xodimlarining koʻpayishini ehson qilsin.

Hofiz Ali
— 241 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Ustozi Oliyshonim Afandim Hazratlari!

Oʻn bir nuktani ichiga olgan Mirqot-us Sunnani koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Ushbu ziyodor Yogʻdu bu davrda shirk bilan iymonni, yomon bilan yaxshini ayirish va ajratish uchun shunday bir javhar oʻlchoviki, maqtalganidek haqiqatini koʻrishda koʻz va haqiqatiga yetishishga aql hayron va ojizdir. Zotan bu davrning juda qattiq zulmatlarini ketkazazdigan, ziddidan juda ustun, yoʻq boʻlmas nur Janobi Haqning rahmatidan umid qilinar edi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى U nur bilfe'l Risola-i Nurda joʻshib chiqqan har aqli boshida boʻlgan kishi koʻryapti. Bunday eng buyuk haqiqatni izoh va tafsir qilgan bir risola emas, hatto bir kishini ogohlantirish uchun yozilgan bir maktubning ham har qanday harakatga qaraydigan koʻzi, hammaga yaraydigan bir soʻzi bor.

Ey aziz Ustoz! Bizlar qanday shukr qilmaylik, qanday minnatdor boʻlmaylikki, Janobi Haq biz qattiq muhtoj boʻlgan dunyoning oʻsha katta quyoshi kabi, bizlarni Qur'on quyoshining haqiqiy mufassiriga qovushtirdi. Qanday salotu salom boʻlmasinki, ul Hazrati Sipoh solari Anbiyo boʻlgan Shohi Lavlakkaki, bizlarning koʻrmas koʻzlarimizni nuri bilan shu'lador qilib, tariqi mustaqimga chorladi. Isyonimizga qarab, bizlarni halqa-i irshodidan tashqarida va asl holimizda qoldirmagan Hazrati Dalloli Qur'onga nega duogoʻy boʻlmaylik?! Inshoalloh ikki jahonda ham qoldirmaydi.

Suyukli Ustoz! Har ikki qismni koʻchirar ekanman, qalbimga keldiki, asllarini taqlid qilmay. Zero ustlarida zohir boʻlgan tavofuq gullarini, badoyi' jilvasi boshqa tarzda oʻzini qanday koʻrsatadi, aytdimki. Va ojizona taqdimim boʻlgan ikki nusxadagi badi' san'at aql va inson iste'dodidan juda uzoq, goʻyo dastgohida oʻlchanib, bichilib, xar bir harfi qastdan vazga solinib yuzaga chiqqanini koʻrsatadi. Bu davrning aqldan uzoq ablahlariga ma'nan aytiladiki, hozir bizning ustimizda tajalliy etgan jilva-i jamolni aqlingiz bilan oʻlchay olmaysiz, koʻzlaringiz boʻlsa koʻrasiz.

Ha, bahorda zamin yuzida Rabboniy san'ati bilan har tarafda ipakdan qilingan mato misol gullarning ochilishlarini juz'iy shuuri boʻlgan kishi bir Qodiri Mutlaq boʻlgan Zoti Zuljaloldan boshqasidan deb bilmaydi. Xuddi shuning kabi, umumiy risolalar Qur'on umrining asrlar, yillaridan oʻn toʻrtinchi asr sultoniy navroʻzi kabi bahorni ifodalaydi. Arichalik aqli boʻlgan kimsa bahorda gullardan foydalanmasa, nima deyiladi? Ulkan bahorni koʻrmagan koʻzi borlarga nima deyiladi? Koʻrib oʻzini qish chillasida deb tasavur qilga kimsaga nima deyiladi? Oʻzini shuur, fikr va basirat sohibi tusi berganlarga afsuslar boʻlsin...

— 242 —

Bor boʻling, ey suyukli Ustoz! Siz ushbu Qur'oniy olmoslar bilan oʻsha ulkan bahorning mubashshirisiz. Janobi Haq maqsud va murodingizga noil aylasin. Omin duosi bilan buyuk qoʻl va etaklaringizdan oʻpaman Afandim Hazratlari.

Faqir Talabangiz Ali

Bu faqir va ojiz talabangiz xazratlariga avval zikr qilingan asarlar haqida bir arizachani yuborish niyatida boʻlsam ham, asosan istak va istaklarimiz bir boʻlgani uchun, Hofiz Ali Afandi qardoshim ushbu maktubining ma'nosini takroran yetarli deganimni aytib va xurmatli xoki poylarini oʻpaman Afandim.

Pur-qusur talabangiz
Xulusiyi Soniy

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim!

Nurlarning yoyilishida chaqmoqdek tezlik kerak ekan, biroz sekinlashishdan har doim afsus bilan aytgan edim, xazratlariga maʻlum. Yaqinda ba'zi mushtoq kishilar yana soʻz doirasiga qoʻshildi. Qalbimga kelgan eslatma bilan tarqalish xususiyatini oʻyladim va ushbu haqiqatlarni his etdim. Hatto xulosa qildimki:

Muborak "Soʻzlar" va "Maktublar" tamoman boʻlmasa ham, ushbu muhitda yozilmasdan ancha tarqaldi. Boshqa yaqin viloyat tumanlarida bu asarlarni koʻrish va eshitishni istaganlar koʻp ekan. Fasubhanalloh, bu qadar kichik va nuqsonli xizmatdan bu daraja foyda qoʻlga kiritilishi koʻrsatmoqdaki, "Soʻzlar" va "Maktublar" haqiqatdan Nur ismining tajalliylari boʻlib, osonlik bilan yoyilmoqda. Bu jarayonni hayrat bilan tafakkur qilar ekanman, "Bismilloh" nomli "Birinchi Soʻz" yodimga keltirildi. "Dunyoga orqasini oʻgirgan Ustoz Hazrati Gʻavsning tashvigʻi bilan, balki dalolati bilan Qur'onning kashf etilmagan bir xazinasidan "Bismilloh" bilan kirmoqda, Qur'oniy dalaga "Bismilloh" deb "Soʻzlar" tuxumini ekmoqda, Furqoniy bogʻga "Bismilloh" deb, Nurli Maktublar urugʻini oʻtkazmoqda. Amri Ilohiyga rioya qilib ekilgan tuxum va oʻtkazilgan urugʻlarning inkishof va yoyilishlari shubhasiz horiqo-aso boʻladi", deb oʻylay boshladim.

— 243 —

"Birinchi Soʻz"dagi tamsilda sayohat qilgan kamtarin zot Ustozimizning oʻzidir. Oʻsimlik, daraxt va oʻtlarning ipak kabi yumshoq ildiz, tomirlari "Bismilloh" ta'siri bilan yer ostida qattiq toshni, tuproqni qanday teshib oʻtayotgan boʻlsa, aynan shuning kabi, "Bismilloh" bilan mavqe-i intishorga qoʻyilgan Soʻzlar ham horiqo Yer yuzida oʻsha shaklda yoyilmoqda. Va eng munavvar va mukammal meva hisoblangan moʻminlarining qalblariga ta'sir qilmoqda. Bid'atlarning koʻpligi va buzgʻunchilarning toshgan davrida "Bismilloh" bilan oʻtkazilgan Nur koʻchatining yaproqlari - "Soʻzlar" va "Maktublar" bilan bu muqaddas koʻchatning shox va shodalari boʻlgan Hizb-ul Qur'on va bu jamoatning asosi va sayyidi boʻlgan muhtaram Ustoz ham bir gʻaybiy muhofazaga sazovordir.

Shamsi Risolatdan kelgan Qur'oniy Nurlarning ilk ustozga keyin biz bechoralarga, bizlardan boshqa mushtoq boʻlganlarga... oʻtayotganini tasavvur qildim. Alhamdulilloh aytdimki. Muhim bir tushimda aytganimdek, "Soʻzlar"ingizning moʻminlarga tarqalishiga kichik jamoatingiz inoyati Ilohiy bilan tashuvchi, vosita boʻlmoqda.

كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَل۪يلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَث۪يرَةً بِاِذْنِ اللّٰهِ

sirriga sazovorlik bilan ma'naviy gʻalabani ta'minlaydi. Markazdagi murshidlariga yuzlangan va nazoratchi kichik tavhid halqasini tashkil qilganlar kabi, kichik jamoatingizning har bir aʻzosining orqasida, muntazam koʻpayayotgan, konus shaklida muvahhidiyn jamiyatini koʻrgandek boʻldim. "Allohu Akbar" aytdimki. Qardoshlarimizga bu muqaddas tasavvurni pastdagi lavha bilan yanada koʻproq izohlashga harakat qilaman. Bu nurli tafakkur menga buyuk umid baxsh etdi. Muallim Judiyning qasidasidagi shu misrani ham eslatdi:

— 244 —

Bir qiblaga bogʻladi qalblarni

Jam etdi qabila-yu xalqlarni

Mavloga muhabbati musallam

Sallallohu alayhi vasallam.

Sunnatga ergashishga

{(Hoshiya): Xulusiyning takrorlangan tushunilmagan tarafdan bir karomati ixlosiyasi shuki: Ya'ni, yozilgan va hali unga yuborilmagan risolalarning mavzuini tashkil qilgan bir asosni maktubida yozadi. Goʻyo istaydi. Koʻp marta boʻlgani kabi, hozir ham sunnatga ergashishga doir Mirqot-us Sunnaga ochiq bir suratda bir hissi qoblal vuqu' bilan talab qilmoqda.

Said}

juda katta ahamiyat bergan muhtaram Ustozimiz - bu asrda اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ sirriga asosan, ichiga sochilgan ixtilof tuxumi sababli tavhiddan kunma kun uzoqlashgan kimsalarni bir qiblaga birlashtirish uchun, "Soʻzlar" va "Maktubot" nomli nurli asarlar bilan iymon ahlini irshod qilishga urinmoqda. Kofirlarga, hatto jin va shaytonlarga ham, nozil boʻlish boshlagan paytidagi kabi, Qur'on nasslarini e'lon qiladi. Maxfiy i'jozni izhor qiladi.

Vahdat-ul Vujudga doir risolani muhim kishilarga oʻqigandan soʻng, ma'naviy chorlov bilan ixtiyorsiz bir joyga bordim. U yerda Vahdat-ul Vujud yoʻli sohibi boʻlgan olim zotni topdim. Vahdat-ul Vujud haqidagi maktubni oʻqidim. Toʻgʻrirogʻi, ixtiyorsiz oʻqidim. U tinglovchi muhim olim boshida juz'iy e'tiroz barmogʻini uzatishni istadi. Oxirigacha tinglashini eslatdim. Hammasini oʻqigandan soʻng u zot hayratidan "Soʻzlar"ning buyukligini va "Bu davrda bunday buyuk kalomni, ajabo kim yozishi mumkin?" deb qiziqqani va soʻragani uchun, Qur'onning fayziga sazovor boʻlgan Ustozimizni xabar berishim bilan, u zot batamom taslim boʻlganini aytdi.

— 245 —

Beixtiyor boʻlgan bu ajib tasodif va taslimiyatda Ilohiy qadarning bu jilvasi da'vomizga sodiq burhon va tasodif oʻyinchogʻi emasligimizga buyuk dalildir.

اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ
Xulusiy

(Quyidagi ikki bayon, ikkinchi Sabri hisoblangan Hofiz Ali Afandiniki.)

Bu safar men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni koʻchirish asnosida Ikkinchi Asosning Madorlar nomli, "minglab mumlik elektr chiroqlari" qismiga kelganimda, qalbimga shunday bir fikr keldi. Qalamni tashlab oʻyladim va fikrimni aynan yozyapman:

Ustozim ruhning boqiyligi va hashr haqida Janobi Haq tarafidan bizga ushbu haqiqatlarga ketgan yoʻlni koʻrsatgan. Koʻrsatilgan haqiqatning yoʻlida nafsoniy orzu-istaklarga yoqmagan narsalar bor ediki, bizga uzun va qorongʻu...

Boshdan oyoq nurli "Soʻzlar" va nur fabrikasining elektr chiroqlari va tortish kuchlari, yoʻlni juda porloq koʻrsatgani kabi, juda yaqindan jalb etib deyarli yaqin va yaqindanda yaqin ekanini koʻrsatib, xavf oʻrniga ishonch, zaqqum oʻrniga asal baxsh etadilar. Va gʻoyat ustun hikmatlarini bayon qilishda ojizligimni e'tirof qilib, tilim aylanganicha aytamanki: "Ey Rabbi, bihaqqi ismika-l azim va bihaqqi Qur'ani-l Hakim va bihaqqi Habibika-l Akram. Nur daryosining boshqoʻmondoni - Ustozimni rozi boʻlgan amaling uzra sobit va rozi boʻladigan amalini oson va muyassar qil. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Ali

Boshdan oyoq nurli umum "Soʻzlar"ning haqiqatini bayondagi oliy, qiymatli, qoʻl yetishmas tushunilgan ma'no darajasini, xozirgi davrning zindiqlari emas, eski qaysar va bularga oʻxshash fir'avnlar, namrudlar tushunsalar edi, iymon keltirishar edi, aytdimki va sizga koʻp duo qildim.

Ali
— 246 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Yigirma Beshinchi Soʻz Qur'on i'jozini juda tushunarli tarzda isbot qilgan, Qur'on ahliga tayanch, panogoh va sirlar xazinasi; isyon, tugʻyon va kufron guruhiga barcha urushga lozim narsalarni ichiga olgan, halok qiluvchi bir aslahaxona; yiqilmas, ochilmas, oshilmas bir devor, minora va borusi mustahkam, qoʻrqinch va mudhish poʻlatdan qilingan badan qal'asidir.

Haqiqat bu ekan, Qur'oniy devorga tayangan Qur'oniy qal'aga iltijo qilgan, juda ajib va horiqo Qur'oniy sirlarning tadqiqiga qoʻyilgan, Qur'onni oʻzlariga dalil, shafoatchi, imom, rafiq, muhofiz deb bilgan xodim-ul Qur'on nomiga - Qur'on sirlariga Haq inoyati bilan xabardor, Qur'on haqiqatlariga Haq lutfi bilan oshino, Qur'on ramzlariga Haq yordami bilan voqif, mudaqqiq, muarrif, mubashshir Ustozimdan uni oʻrganmoq istayman va buni jiddiy ravishda qalban qattiq orzu qilaman...

Xulusiy
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Mustafo Afandi!

Ba'zi alomatlar bilan va ba'zi kishilarning yaxshi guvohligi bilan shunday xulosa qildimki, siz ham Muazzinzoda Bakir Afandi kabi menga jiddiy talaba va samimiy oxirat qardoshi boʻlasiz. Ham sizning marhum otangiz Hoji Said Afandi men duo qiladigan kishilar roʻyxatiga koʻpdan beri kirgan.

Bu safargi oʻta qiymatli hadyangiz boʻlgan zamzam suvi va Madina-i Munavvara xurmosi evaziga, gʻoyat qiymatli va iymon ahli ichida oʻta moʻ'tabar va zalolatdagilarga chaqmoq kabi ta'sir koʻrsatgan "Oʻttiz Birinchi Soʻz" - me'roj va Oyning boʻlinshiga doir risolani va vahdoniyat, ma'rifatulloh va muhabbatullohga doir va haqiqat olimlari orasida tenggi yoʻq, juda mashhur va nuroniy uch mavqifli Oʻttiz Ikkinchi Soʻzni taqdim qilyapman. Agar xati chiroyli kishini topib sizga (oʻzingizga) koʻchirtirsangiz juda yaxshi boʻladi. Ammo tahririga diqqat qilinsin. Bir-ikki marta qardoshim Sayyid Shafiqning yordamida solishtirilsin. Keyin Bakir Afandi olsin. Oʻziga va qaynotasiga yozdirsin. Agar bunday yaxshi kotib topa olmasangiz, asli sizda qolsin. Bakir Afandi bilan birga bir necha marta oʻqish sharti bilan Bakir Afandiga yoki Mahmad Afandi yoki Hofiz Hidoyat Afandi kabi qiymatini bilgan va munosib koʻrgan kishilaringizga bering, ular oʻzlariga koʻchirtirib olishsin.

— 247 —

Xabar oldimki, arabcha eski harflar bilan Vaqflar Bosmaxonasida chop qilish ruxsati bor ekan. Agar Janobi Haqning rahmati bilan, Turkcha eski harflarga rasmiy ruxsat boʻlsa va Bakir Afandi ushbu ikki risolani Sayyid Shafiqning nazoratida tahririga qattiq diqqat qilish sharti bilan tez chop qilinglar. Chop etish xarajatini choʻntagizdan sarf qilishga majbur emassiz. Chunki "Hashr Soʻzi"ga sakson banknotni sarf etdik, uch yuz banknot foyda qildik. Demak bular sotilmaydigan mollar emas. Musulmon ruhlari bularga ozuqa kabi muhtojdir. Ikki yuzga yaqin oʻquvchi topilsa, bittasi chop etilsa, ham narxini chiqaradi, ham boshqa risolalarning chop qilinishiga sabab boʻladi. Odamlardan sadaqa qabul qilmaganim kabi, kitoblarimga ham sadaqa bilan chop qilinishini qabul qilmayman. Gʻayrat va himmatingizni "Oʻninchi Soʻz" kabi, ammo xatosiz va chiroyli chop etilishiga va bosmaxonadagi tahrirlariga sarf qilinglar. Birinchi chop ettirgan risolangizning chop qilinish xarajati qancha boʻlsa, menga bildiringlar. Qarz olib, pul yuboraman.

Agar chop etishga muvaffaq boʻlgan boʻlsangiz, otangiz kabi juda sevgan Madina-i Munavvara va Makka-i Mukarrama aholisiga bir miqdor nusxa yuborsangiz, juda yaxshi boʻladi. Balki eski hadyalaringizdan ham xayrli hadya hukmiga oʻtadi, inshoalloh.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

(Xulusiy Beyga xitobdir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim!

Sizlar ertayu-kech duoimga dohilsiz. Siz ham meni duoingizga dohil etinglar. Bu dunyoda moʻminning moʻminga eng katta yordami duo bilan boʻladi. Agar bir odam doʻstidan amin boʻlsa, gʻururga kirmaydi, uni shukrga chorlash uchun tahdisi ne'mat sifatida unga berilgan Rabboniy ehsonlardan bir nechtasini aytishining zarari yoʻq deb oʻylayman.

— 248 —

Xullas, sizni gʻururlanmaydigan deb bilganim uchun, bu sirni ochyapman: "Soʻzlar"ni yozar ekanman, beixtiyor aksariyat tamsillari askarlik ishlari navidan zuhur etardi. Men hayratlanar edim. Nima uchun bunday yozyapman, sababini topa olmasdim. Soʻngra shunday fikr keldi: balki kelajakda "Soʻzlar"ni loyigʻidek tushunadigan, qabul qilib bagʻriga bosib joni kabi qoʻriqlaydigan eng ahamiyatli talabalar askarlardan yetishadi. Shuning uchun bu shaklda yozishga majbur boʻlyapman, shuni oʻylab oʻsha qahramon askarlarni kutayotgan edim.

Magʻrur boʻlma, shukr qil, sen oʻsha askarlardan baxtiyor biri boʻlganing uchun, avval yetishding. Yigirma Toʻrt adad "Soʻzlar"ni dunyoviy mashgʻuliyatlar ichida yozishing mening bu husni zonimni tasdiqladi. Ammo ortda qolgan "Soʻzlar" juda muhimdir. Xususan "I'jozi Qur'on" va "Qadar Soʻzlari". Inshoalloh, boshqalarini senga yozdirgan Zot bularni ham yozdiradi. Hozirgacha yozgan "Soʻzlar"i vaqt boʻlganda yubor, goʻzal tarzda tahrirlab yuboraman.

Marhum Muallim Judiyning qasidasi muborakdir. Janobi Haq u zotni Qur'on shafoatiga sazovor qilsin. Koʻrmagandim, koʻrib xursand boʻldim, Alloh sizdan rozi boʻlsin. Yozgan salovoti sharifangizda xato uchratmadim. Undagi latofat va nuroniyat koʻrsatyaptiki, u haqida zikr qilingan savobga va fazilatga loyiq. Eshitdimki, "Oʻninchi Soʻz"dan siz oʻz nusxangizni otangizga yuborgan ekansiz. Men unga muqobil bir nusxani qardoshimga hadya qilaman. U nusxada tushunishni osonlashtiradigan koʻp yerlarida chiziq tortilgan. Uni Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, Husan Afandiga bering va yana boshqa bilganingizga koʻrsating. Ular ham nusxalarini uniki bilan bir hil qilishsin. Qardoshim, shu gʻurbat, asorat, yolgʻizlik vahshatida Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, sen va Husan Afandi kabi nurli doʻstlar bilan yaqinlik qilib tasalli topyapman. Janobi Haq meni ham, sizni ham Haq yoʻlidan adashtirmasin. Omin.

Shayx Mustafo va Haqqi va Husan va Adham Afandilarga salom bilan duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 249 —

(Xulusiy Beyga xitobdir.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ زَمَانِكَ الْمَصْرُوفِ لِكِتَابَةِ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ

Gʻayratli, jiddiy, xolis va muxlis oxirat qardoshim!

Birinchidan: Sizga "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ning ikkinchi mavqifini yubordim. {(Hoshiya): Birinchi Mavqifi esa Ramazon hadyasidir.} Diqqat bilan oʻqing va chiroyli qilib koʻchiring. Agar xatolar boʻlsa, tahrir qiling. Shoshilib, gʻamgin qalb bilan yozilgani uchun ichida chalkashlik boʻlishhi mumkin.

Ikkinchidan: Sizda vaqtinchalik sustlik, tanballik paydo boʻlganini yozyapsiz. Bahorda qonning gʻalayonidan kelgan va tunlarning qisqarishidagi uyqusizligidan kelib chiqqan va tinglovchilarning qalblari ishga qaragani sababli tavallud etgan tamballik va sustlikdan boshqa, mobaynimizdagi ruhiy munosabatning vasitasida, musibatning belgisi sifatida mendagi larzaning sizga in'ikos va yuqishi mumkin.

Marhum Abdurahmonning vafoti vaqtida, Ramazoni Sharifda ruhiy holat tufayli bilmay kuchli larzaga keldi. Tushundimki, shuuriy va ixtiyoriy boʻlmagan koʻp in'ikoslar bor.

Ammo qardoshim, siz hozir ikki vazifani bajarishga vazifadorsiz: Biri, qardoshim Xulusiy Beyning vazifasini; ikkinchisi, ma'naviy avlodim, jiyanim va bir nuroniy daho sohibi boʻlish ehtimoli katta Abdurahmonning vazifasi ham sizga qoʻshildi. U mening haqiqiy vorisim edi. Yozganlarim va molimni oʻz moli deb bilardi, sohib boʻlardi. Siz bundan soʻngra yozish va soʻzlarni domlangizning yozuvi deb qabul qilmang, oʻz molingiz va soʻzlaringiz deb biling, sohib boʻling. Haqqi Afandiga aytginki oʻzini ukam Abdulmajid oʻrnida deb bilsin va uning vazifasi bilan vazifadorligini bilsin.

Uchinchidan: Oʻttiz Uchinchi Soʻzdan boshqa Soʻz yozishga ehtiyoj qolmadi. Ushbu shar'an juda muborak oʻttiz uch adaddan ba'zi sabablarga binoan oʻtmayman. Hamda Qur'on va iymonning asos haqiqatlarining eng kerakli va lozim boʻlgan qismlari deyarli hammasi yozilgan.

— 250 —

Umid qilamanki, Janobi Haq qabul qilsa va tavfiq bersa, yozilganlar zalolat bulutlarini tarqatishga kifoyadir. Har dardning davosi ichida bor demayman, lekin halok qiluvchi dardlarning aksar davosi yozilgan asarlarda bor. Siz ularning mutolaasini, qiymatli bir ibodat boʻlgan tafakkur qismidan deb biling. Ulardagi ilmni iymon nurlaridan va ma'rifatullohdan deb tasavvur qilingizki, zerikish bermasin. Yana, sizda va tinglovchilarda ishtiyoq boʻlgan payt oʻqing. Sizga boqiy salom va duolarim.

Qardoshingiz Said

Oʻttiz Uchinchining Birinchi Maqomiga doir sen fikringizni yozdingiz. Yoqqanini koʻrsatyapsiz. Haqqi Afandi, Muftiy Afandi va boshqa birodarlarning ham fikrlarini olib, menga yozing. Umum qardoshlarimga salom va duo qilaman va ularning duosini istayman.

Xulusiy Bey qardoshim, salafingizga yozilgan maktubingni oʻqing, unga achining va duo qiling.

(Xulusiy Beyga xitoban yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حِسَابِ اَبْجَدْ اَعْدَادِ حُرُوفِ مَا قَرَاْتَهُ مِنْ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ

Suyukli Qardoshim!

Sizni tashviq uchun emas, tashviqqa muhtoj emassiz. Faxrlanishga uchun emas, faxr ujb va riyoga sabab. Aksincha, shukrga sabab boʻlish uchun aytaman:

Siz va Haqqi Afandi men uchun yuzta jiddiy talaba oʻrniga oʻtdingiz. Hatto, Qadari Ilohiy meni bu yerlarga yuborishi, sizlarni bu muqaddas vazifaga uygʻotish uchun ekan, deya olaman. Xozir bu davrda tahqiqiy iymon darsini berish juda buyuk fazilat va muqaddas vazifadir. Tahqiqiy iymonga ega moʻmin koʻp moʻminlarga tayanch nuqtasi boʻladi. U qasddan emas moʻminlar avomi tahqiqiy iymoni sohibining iymon quvvatiga tayanib, ma'naviy quvvatlari sinmaydi, zalolatlarga qarshi tayanishadi.

— 251 —

Shunday darsda boʻlganingiz uchun, Janobi Haqqa shukr qilishingiz kerak. Men ham Janobi Haqqa yuz minglab shukr qilyapmanki, yukimni kuchli yelkalaringiz olgani uchun zaif yelkam ogʻirlikdan qutulib ruhim rohatladi. Istirohat topgan ruhim sizni maqtab, minnatdor boʻlyapti. Mas'uliyatdan qutulgan qalbim ham muvaffaqiyatingizga duo qilmoqda. Vazifani bajarish uchun koʻp oʻylashdan qutulgan aqlim ham sizni tabriklyapti. Men ushbu muqaddas vazifada oʻzing bexabar ishlatilayotgan edim. Siz bilib xizmat qilyapsiz, baxtiyorsiz. Inshoalloh xolis niyatingiz mening chalkash niyatimni ham tahrir qiladi. Endi boshqa bir nechta nuqtani sizga bayon qilaman:

Birinchidan: Yozgan ba'zi narsalarimga doir fikringizni soʻrar edim. Maqsadim, "Koʻrgan haqiqatim, ajabo haqiqatmi?" deb soʻramayman. Aksincha "Haqiqatga ochilgan yoʻl, ajabo hammaga yoʻl boʻlishi mumkinmi?" deb soʻrayapman. Chunki umumning tushunishini sizlardek bilmayman.

Ikkinchidan: Musofir Muftiyga va Shayx Mustafoga sizga yuborilgan maktubning bittadan nusxasini berganingiz uchun yaxshi qildingiz. Hatto menga ham bir nusxa yuboring. Ham jiyanim u muftiyning oʻgʻliga aytingki, men tarafimdan oxirat qardoshim va Qur'on xizmatida birodarim va mashraban jalolli boʻlgan otasiga yozsin: Salom, duom bilan birga undan istaymanki, birga etgan Qur'on nurlarining oson tarqalishlari uchun irshod va nasihatida فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا oyatidagi lutfu irshodni oʻziga rahbar qilsin.

Toʻrtinchidan: Soʻragan savollaringizga doir yonimda kitob boʻlmagani uchun Hanafiy ulamolarining soʻzlarini va hadislarning rivoyatlarini hozircha bilmayman. Ammo menimcha bunday afzaliyat masalasida, umumiy qabulni his qildirgan jamoat odati tanlash sababidir. U Islomiyat odatidan ham afzal.

Birinchi Savolingiz: Agar Qur'on oʻqilayotganda, namozning, tasbehotning oxiri boʻlsa, qiblaga qarab turganlar boshqa tomonga oʻgirilmasiligi yaxshiroq. Muazzinning oldidagi odam orqasini oʻgirsin, yoki ketsin. Agar Qur'onning oʻzi oʻqilsa, oʻqiganga qarab yuzlanish yaxshiroq. Olti tomon bilan chegaralanmagan ruhining qulogʻi bilan tinglagan odam qiblaga qarab yuzlansa va jismoniy qulogʻi bilan tinglagan odam oʻqiganga qarab yuzlansa yaxshiroq.

— 252 —

Ikkinchi Savolingiz: Jamoatning ishtiyoqi va oʻqigan kishining niyatiga koʻra afzalligi oʻzgaradi.

{(Hoshiya): Ikkinchi Savol: Bomdod va sham namozlaridan soʻngra Hashr surasining oxirida هُوَ اللّٰهُ الَّذ۪ى dan boshlash sunnat ekan, لَا يَسْتَو۪ى dan boshlanishi afzalligi tark etilgan boʻladimi?}

Uchinchi Savolingiz: Uch Ixlos bir Fotiha surasi muxtasar xatm hukmida boʻlgani uchun, unga vaqt chegarasi yoʻq. Har doim oʻqish yaxshi.

Toʻrtinchi Savolingiz:
اَللّٰهُمَّ اَنْتَ السَّلَامُ وَ مِنْكَ السَّلَامُ تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلَالِ وَ الْاِكْرَامِ

kalomini faqat muazzin emas, xar bir namozxon xar bir namozning salomidan soʻngra aytishi Shofe'iy mazhabida sunnatdir. Hanafiy mazhabida muazzin uchun xar namozda sunnat boʻlishi kerak.

Umum birodarlarga salom va bayramlaringizni tabrik etaman.

Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy

(Xulusiy Beyga yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ضَرْبِ ذَرَّاتِ وُجُودِكُمْ ف۪ى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ

Aziz qardoshim, hamiyatli birodarim, gʻayratli talabam, suyukli jiyanim!

Sening goʻzal maktubing menga shifoli boʻldi. Men qattiq xasta holimda oʻqidim, menga surur berdi. U surur xastalikni yengillatdi. Xastalikning sirri, senga yozgan insonlardan behojatlikka doir maktubning karomatidir. Chunki u maktubni bir kun ikki-uch kishiga, ularning hadyalarining qabul qilinmaganligiga asos boʻlish uchun oʻqib berdim. Xuddi oʻsha kun u kishining uyiga bordim. Ozgina ovqat keltirdi, birodarlarimning xurmati uchun bir oz yedim. Oʻsha kun haqiqatli maktubni ovqat sohibiga oʻqiganim va xozir qarshi chiqayotganim umuman esimga kelmadi. Ovqatdan soʻng esimga keldi. Ammo hadya qabul qilolmayman, balki ovqat yeyilar deb tahmin qildim.

— 253 —

Ammo يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ ostiga kirganim uchun shunday bir shiddatli ta'zir yedimki, toʻrt yil ichida bunday xastalik koʻrmagan edim. Ammo Janobi Haqqa shukr qildim, bir-ikki yildan beri ba'zi alomatlar va hodisalar bilan oʻylagan haqiqat ushbu ta'zir bilan oʻta qat'iy koʻrindi.

Shayx Mustafoga mening nomimdan "Alloh shifo bersin" degin va shu hikoyani unga aytgin:

Bir vaqtlar ikki jiddiy oxirat qardoshlari bor ekan. Biri kasal boʻladi, ikkinchisi ziyoratiga boradi. Duo qiladi, xasta yaxshi boʻlmaydi. "Unday boʻlsa sen turgin, men yotaman", deydi. Xasta turadi, uning oʻrniga kasal boʻlib yotadi. Ha mayli... Demak Shayx Mustafo bilan qardoshligimiz jiddiylashganki, xastaligiga duo qildim, qabul boʻlmadi. Ammo menga bir necha kun davomi etishi aniq boʻlgan kasallikning bir qismi berildi. Inshoalloh unga bir oz yengillik kelgan boʻlishi kerak.

"Soʻzlar" haqida husni shahodatingiz menga buyuk tasalli berdi. Vazifamning tugamaganiga doir burhonlaringiz gʻoyat quvvatli, lekin men oʻta quvvatsizman. Janobi Haqqa tavakkal qilib, burhonlarga bosh egyapman.

Jamoatga Soʻzlarni oʻqiyotganimda, sendagi oliy hissiyot va koʻp inkishof va fidokorona diniy tuygʻu gʻalayonining sirri shuki:

Eng buyuk valiylik - nubuvvat vorisligidagi tabligʻ maqomining nurlari ostiga kirganing uchun boʻlgan. Sen dalloli Qur'on Saidning vakili, balki ma'nan uning oʻzi hukmiga oʻtganing uchundir.

Gʻurbat maktubi bilan Oy, zamin va sayyoralarga doir maktubimga javob berilmasligining sababi shu boʻlishi kerak: Gʻurbat maktubi, butun dunyoni unutishni xohlab yozilgan. Sen dunyoni unutishni emas, balki vazifa uchun eng yuzaki moddiyot bilan zehning toʻygan bir vaqtda, gʻurbatdagi zavqni topolmading shekilli. Va u maktubning toʻligʻiga vaqtincha parda tortilgan oʻtkir zakovating qamray olmadiki, javob yozolmadi.

— 254 —

Narigi maktub juda yuksak va juda keng haqiqatlarga ishora qilgani va hadsiz oliy olamning va nihoyasiz maʻnaviy olamning bir jihatdan xaritasiga ishora qilgani uchun sof, mashgʻuliyatsiz, arziy va Yerlilardan ayrilib yuqoriga chiqqan aql kerak edi. Holbuki mening gʻayratli qardoshim, zaminning xaritasini oladigan vazifa bilan mashgʻul boʻlganing uchun, yuksak va juda keskin zakovating oʻsha maktubga sukutni lozim qilishga majbur boʻlgan.

Said Nursiy
بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq, vafodor, haqiqatli, fidokor qardoshlarim Nuh Bey, Mullo Abdulmajid, Mullo Hamid!

Juda muborak hadyangizni ochdik, koʻrdikki, Van hadyasi emas, balki Madina-i Munavvara va Ravza-i Sharifaning muborak karomatli hadyasi ekan. Narxi ham, ustida yozilganidek yigirma besh lira emas, ma'nan yigirma besh ming liradan ham qiymatlidir. Muborak hadyani Madina-i Munavvara nomiga bu oʻlkadagi Qur'oni Hakim xizmatida xolis xizmatkorlariga va birodarlarimga tarqatish uchun (boshu koʻz ustiga) qabul qildik. Ammo menga bu ma'naviy hadyaning ahamiyatli sirri boʻlgani eslatildi. Ya'ni, Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, Qur'onga va Zoti Risolatga xizmatimizning maqbuliyat alomati navidan bilib, Nabaviy iltifotni his qildim.

U sirni sizga ochish munosib koʻrindi. Jumladan: Hozir bu maktubni yozgan kotib bilan ukasi Mas'ud bir kuni birga, uch oydan beri bahsi etilmagan Ahmad Ogʻa haqida gaplashdik. Kotib Tavfiq bilan Mas'udga aytdimki: Barcha kitoblarni Diyorbakirdagi Ahmad Ogʻaga yuboramiz. U kishi yo Shomi Sharif tarafiga, yo Vandagi siddiqlarga yetkazadi. Bu gapimiz va mashvaratdan toʻrt soat oʻtib aynan Ahmad Ogʻa xabarsiz kirib keldi.

— 255 —

Xuddi oʻsha kun qora siyohimiz bor edi. Koshki chiroyli qizil siyohimiz boʻlsaydi dedik. Biroz oʻsha siyohdan tosh ustiga toʻkdik, qora va binafsharang edi. Soʻngra yozishni boshladik. Aynan istaganimizdek qizil boʻldi. Bu holga yetti-sakkiz kishi qattiq hayratlandik. Bu ishni ham bir yaxshi alomat deb qabul qildik. Fasubhanalloh dedik, bunda bir sir bor. Soʻngra birdaniga, Shomi Sharifda yaznam Mullo Said borligi, bir qancha kitoblarni Ahmad Ogʻaga berib yuborishim kerak, degandan soʻng, tom bir siddiq Nuh Bey esimga keldi.

Avval boshqa mamlakatga joʻnatish niyatida, soʻngra Istanbuldagi qardoshlarning istashi bilan qora taqdirimiz suratini almashtirib porlaydi, degan ma'no berdik. Soʻngra Misrga niyat qilib yozdirgan kitoblarimni, eng loyiq Vanni va eng sodiqi Nuhni koʻrdim, unga yuboraman deb Ahmad Ogʻa ketgandan soʻngra, uning orqasidan Burdurgacha yubordim.

Soʻngra bu ishda shunday bir muvaffaqiyat va yengillashtirishlar boʻldi. Bu yerda bir sir borliiga shubha qoldirmadi. Eʻtiborni jalb qildi. Diqqat qilsak, avvalgi maktubda sizga yozganimizdek, Istanbulda oʻtirgan bir odam bu yerga uch marta musofir boʻlib kelib, u orqali Nuh Beyning uch marta maktub telegrammasi qoʻlimga keldi. Oʻtgan yil men qattiq sevgan Xulusiy Bey va Mullo Abdulmajid va Mullo Hamid va Domla Abdulmajid Afandilarning salomlari va ismlarini bir maktubda, yana Mahmad Afandi keltirdi. Aytdimki: Bu bir inoyat ishorati, tasodif emas.

Soʻngra bizning nomimizga Nuhning hadyasi, yigirma besh liralik bir idish kelganini eshitdik. Birodarlar bilan birga hisobladik, biz bu yerda qaysi yili kitob hadyalarini Nuh uchun tayyorlayotgan boʻlsak, xuddi oʻsha yili Nuh qirq kunlik masofada bexabar bizga oʻsha miqdorda va ma'no jihati bilan muborak hadyani tayyorlayotgan edi. Bu tavofuq qat'iyan tasodif emas. Hatto bir qism doʻstlar aytishdiki, bu Nuh Beyning karomatidir. Ajabo, Nuh Beyning karomati bormiki, bilgandek oʻrniga oʻrinini yuboryapti dedilar. Aytdimkiki: Ixlosning va sadoqatning ham valiylik kabi karomati bor. Balki ba'zan ustunroq boʻladi.

Hadya kelgandan keyin, tuman markazida bir oy qoldi, olmadik. Nuhning maktubini olgandan keyin keltirib ochdik, hayratda qoldik. Taxminimizdan batamom yuqori chiqdi. Bu tabarruk narsaga nisbatan hojatsiz emas, balki bir Ravza-i Mutahhara iltifoti boʻlgani uchun unga nisbatan tilanchilik bilan iftixor qilaman.

— 256 —
كُلُّ شَىْءٍ مِنَ الْحَب۪يبِ حَب۪يبٌ

sirriga koʻra, Habibning diyoridan kelgan hamma narsa mahbubdir. Va uning ichida bir, ayniqsa Ravza-i Mutahharaning lavha-i muzayyana va munavvarasi bor edi. Bir qism san'ati Ilohiyaning bir navi kichik muzeyi shakliga keltirgan hujramning devoriga oʻsha lavha-i muborakani ham osdim va qarshisida oʻtirdim. Chuqur, mushtoqona tomoshani boshladim. Birdan oʻsha lavhada menga eslatayotganday qalbimga keldi: "Bizlar sening risolalaringning ma'nodor ishoralarimiz".

Fasubhanalloh aytdimki, bu hadya ichida sirlar bor. Tadqiqni boshladim. Koʻrdimki, yuborgan risolalarim necha parcha boʻlsa, har bir parchaga muqobil bir navi hadya bor. Yigirma bir parcha, ham risolalardan ham tabarrukdan sanadim. Bu tur tabarrukni hozirga qadar eshitmagan edim. Hech bir hoji bunday bir davrda, bunday qiziqib, har navdan bir qism olsin. Ham mening hisobimga Madina-i Munavvaraning muborak narsalarini menga ayirib yuborsin. Bu demak Nuh-muh ishi emas. Ravza-i Mutahhara sohibining bu tabarruk ichida bir iltifoti bor.

Modomiki kitoblarning qismlari va hadyalarning turlari bir-biriga muvofiq kelayotgan ekan, har bir qismning, bir qism kitobga ishorasi, munosabati bor. Koʻz oʻngimizdagi lavha, Moʻ'jizoti Ahmadiya nomli asli besh qismdan iborat Oʻn Toʻqqizinchi Maktubga uygʻun kelyapti. Chunki bu lavha Ravza-i Mutahhara va Hujra-i Saodatning suratini koʻrsatgani kabi, Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasi Asri Saodatning ma'naviy suratini olgan. Bu besh minora besh qismga ishora qiladi. Qubba Me'roj Risolasiga qaraydi.

Shunday ekan boshqa qismlar risolalarning qismlariga ishora qiladi deb eʻtibor berdim. Yetti nav xurmo yuborilgan. Biri katta, oʻttiz uch donachalik. Fasubhanalloh dedim, yetti navni yuborishda qanday ma'no bor. Birdan qalbimga: Iymoni Billohga doir yetti qism bilan ayni haqiqat yozib, Vanga yuborilgan. Eʻtibor berdim. Ha, mavzu vahdoniyati Ilohiya boʻlib, Yigirmanchi Maktub bilan surati kichik, ma'nosi juda katta zayli bilan va Yigirma Ikkinchi Soʻz har biri bir risola, Birinchi Maqom, Ikkinchi Maqomi va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz Uchinchi Mavqifi bilan avvalgi ikki mavqif xar biri bir risola hukmida va Oʻttiz Uchinchi Maktub Oʻttiz Uch Deraza bilan yetti risoladir. U ham aynan yetti nav ma'rifatulloh nurlaridan bir haqiqat quyoshining ziyosidagi yetti rang kabi mohiyatda boʻlgani uchun, Nuh Beyning qoʻliga Madina-i Munavvaraning hadyasi ichida xurmo haqiqatidan yetti tur berilib bu yerga yuborilishi, yetti Nurga muvofiqlik bilan bir maqbuliyat ishorasi dedik, Allohga shukr qildik.

— 257 —

Ulardan biri oʻttiz uch dona boʻlishi ham, u risolalarning biri Oʻttiz Uch Deraza ekani va hadya ichidagi tasbeh uch marta oʻttiz uch chiqishi, Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Oʻttiz Uchinchi Maktubidan oʻttiz uch derazasiga uygʻunligi; bizga Nuhni ixtiyorsiz, faqat bir zoxiriy vosita sifatida koʻrsatdi. Nuhga emas, balki Ravza-i Mutahharaga minnatdorona, mutashakkirona qaradik.

Soʻngra ichidan muborak zamzam suvi, kattaroq bir shisha va porlagan nuroniy suratda chiqishini shunday tushundik: Modomiki muborak lavhada Moʻ'jizoti Ahmadiyaga, yetti tur xurmo ma'rifatullohga va tavhid risolalariga ishora bor ekan, albatta zamzam suvi ham obi hayotning toʻkin suvini koinotga tarqatgan Qur'oni Mubinning manbai va birinchi nuzul yeri zamzam qudugʻi atrofi boʻlgani uchun, Yigirma Beshinchi Soʻz boʻlgan I'jozi Qur'onga ishora bor. Va maqbuliyat alomati boʻlib qabul qildik.

Said Nursiy

(Xulusiy Beyga yozilgan.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Savol: Imom Gʻazzoliyning "Nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari", dega soʻzining sababi nima?

Javob: Hujjat-ul Islom Imom Gʻazzoliyning nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari deyishi mohiyat va jinsiyat jihatidan emas. Chunki

هُوَ الَّذ۪ى يَبْدَؤُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُع۪يدُهُ

Va

يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَ كَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ

kabi koʻp oyatlarning ochiq-ravshan bayoniga muxolif boʻladi. Bu muxoliflik xususiyat va surat e'tibori bilan. Hamda uxroviy ishlarning martaba jihatidan favqulotda yuksakligiga ishoradir. Hamda Gʻazzoliyning jismoniy hashr bilan birga ruhoniy hashrning ham sodir boʻlishiga ba'zi ahli botinga taqlid va uygʻun harakat qilmoq jihati bilan bir ishorasidir.

— 258 —

Savol: Sa'di Taftazoniy ruhni ikkiga taqsim qilgan: biri hayvoniy, ikkinchisi insoniy. Soʻngra, "Oʻladigan faqat hayvoniy ruhdir, insoniy ruh esa maxluq emas, u bilan Alloh orasida nisbat va sabab yoʻq, jasad bilan bor boʻlmasdan, zotida mustaqil", deyishining sababi va izohi nima?

Javob: Sa'di Taftazoniyning

اَلرُّوحُ الْاِنْسَانِيَّةُ لَيْسَتْ مَخْلُوقَةً

deyishi; قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبّ۪ى sirri bilan, (baqo-i ruh bahsida bayon qilingani kabi) ruhning mohiyati; tirik amr qonuni, shuur sohiblari Hay ismining oynasi, javharga ega Sarmadiy hayot jilvasi boʻlgani uchun yaratilgan. Bu jihatdan maxluq deyilmaydi. Ammo Sa'd, Maqosid va Sharh-ul Maqosidda barcha Islom muhaqqiqiynlarining ijmo'iga va oyat va hadislarning nasslariga muvofiq boʻlib, "U amr qonuni xorijiy vujud kiydirilgan boshqa maxluqlar kabi maxluq va yaratilgan", degan. Sa'd ruhning azaliyligiga ishonmaganiga barcha asarlari shohid.

لَيْسَتْ بَيْنَهَا وَ بَيْنَ اللّٰهِ نِسْبَةٌ deyishi hulul kabi botil mazhabga raddiyaga ishoradir. Hayvonlarning ruhlari ham boqiy, qiyomatda faqat jasadlari fano topadi. Mavt esa yoʻqlik emas, balki aloqaning toʻxtashidir. وَ لَا سَبَبَ deyishi, zohiriy sabablarning vositachi boʻlishi va Azroil Alayhissalomning ruhlarni qabzi xususidagi munojoti bahsida aytilgani kabi, ruhning toʻgʻridan-toʻgʻri pardasiz, vositasiz ijod etilishiga ishoradir. اِسْتَقَلَّتْ بِذَاتِهَا deyishi; baqo-i ruh isbotida aytilgani kabi, jasad ruhga tayanadi, oyoqda qoladi. Ruh esa zotida qoimdir. Jasad xarob boʻlsa, ruh yanada koʻproq erkin boʻladi, malak kabi koʻkka uchadi deganidir. Bu esa botil mazhabga raddiyaga ishoradir.

(Xususiy qismi)

Hashrga doir Rum surasida وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ hashrning boshqa-boshqa juda kuchli burhonlarini moʻ'jizona bayon qilgan u oyatlarning ilhomi bilan, oyatlarga bir tafsir yozish niyatida boʻlgan vaqtimda bu savollarning soʻralishi latif bir muvofiqlik boʻldi. وَ اَزْوَاجَهُمْ وَ اَوْلَادَهُمْ bayonini duo va munojotimga qoʻshgan daqiqada esimga keldingiz. Bu duoda ham birinchilikni qozondingiz. Qalb bilan, qalam bilan, amalda aloqador boʻlish sharti bilan, yigirma toʻrt soatda yuz marta, tasavvur jihatidan besh yuz marta ma'naviy foyda va duoimda hissador boʻlishga haqdor boʻlishingizni orzu qilgan vaqtimda bu savollaringiz meni sizning hisobingizga juda xursand va bir bashorat boʻldi.

Said Nursiy
— 258 —
بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ عَمَّرَكُمُ اللّٰهُ بِالسَّلَامَةِ وَ الْعَافِيَةِ

(Xulusiy Beyga xitob.)

Aziz Qardoshim!

Birinchidan: Maktubing menga ta'sir qildi. Ammo haqiqatni oʻyladim, qaygʻu ketdi. Haqiqat shuki: Mobaynimizdagi munosabat va qardoshlik inshoalloh xolis va Alloh uchun boʻlganidan, zamon va makon bilan chegaralanmaydi. Bir shahar, bir viloyat, bir mamlakat, balki Yer yuzi, balki dunyo, balki vujud olami ikki haqiqiy doʻst uchun bir majlis hukmidadir. Bunday doʻstlik va qardoshlikning ayriligʻi yoʻq, faqat visoldir. Foniy, majoziy, dunyoviy doʻstliklar sohiblari firoqni oʻylasin, bizga nima?

Mazhabimizda (yoʻlimizda) ayriliq yoʻq. Sen qayerda boʻlsang, qardoshing bilan qoʻlingdagi "Soʻzlar" vositasida suhbat qila olasan. Men ham istagan paytim seni yonimda dargohi Ilohiyga birga qoʻl ochib niyoz etayotgan holatda koʻra olaman. Agar taqdir sizni boshqa yerga yuborsa, اَلْخَيْرُ ف۪يمَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ hukmiga koʻra kamoli rizo bilan taslim boʻl. Ham sendek, inshoalloh qalbi salim, aqli mustaqim, haqiqiy iymon darsini bergan kishilarga boshqa yerlar yanada muhtojroq. Egʻirdirda lillahilhamd iymonga koʻp xizmat qilding. Egʻirdirdan koʻra boshqa yerlar balki yanada muhtojroqdir.

— 260 —

Ikkinchidan: Soʻragan birinchi savolingga qalbingni vakil qilaman. Qanday fatvo bersa, oʻshanga roziman. Dunyo martabalari nuqtai nazarimda juda ahamiyatsiz boʻlish bilan birga, sen kabi martabasini Qur'on xizmatiga asos qilganlar uchun, minnat ostiga va xorlikka kirmaslik sharti bilan ma'qullayman. Ikkinchi savoling, ota-onangning istaklari juda muhim. Qur'oni Hakim bir oyati karimada besh tarzda ularga nisbatan shafqat va hurmatga amr qiladi. Agar osonlik bilan orzulari roʻyobga chiqishi mumkin boʻlsa, qilarsiz.

Uchinchidan: Aziz qardoshlarim, bahor va yozning tashvishlari, ham tunlarning qisqarishi, ham ush muborak oylarning oʻtishi va aksar qardoshlarimning bir jihatdan hissa olishi va yana boshqa ba'zi sabablar, albatta bir daraja quvonchli qish darsiga sustlik beradi. Ammo ulardan kelgan sustlik sizga sustlik bermasin. Chunki u darslar, ulumi iymoniyadan boʻlgani uchun, bir inson faqat oʻz nafsiga tinglatsa yetadi. Ayniqsa siz doimo bir-ikki haqiqiy qardoshni ham topa olasiz.

Yana, u darsni tinglaganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ziyshuur maxluqoti koʻp boʻlib, iymon haqiqatlarini tinglashdan koʻp zavq olishadi. Sizning olar kabi birodar va tinglovchilaringiz koʻp. Mutafakkirona iymoniy suhbatlar - zamin yuzining ma'naviy ziynati va sharafining asosi ekaniga ishorat qilib bir kishi aytganki:

اٰسْمَانْ رَشْكْ بَرَدْ بَهْرِ زَم۪ينْ كِه دَارَدْ
يَكْ دُو كَسْ يَك دُو نَفَسْ بَهْرِ خُدَا بَرْ نِش۪ينَنْدْ

Ya'ni: Zaminda xolis Alloh uchun suhbat, zikr va tafakkur uchun bir-ikki nafas, ya'ni bir-ikki daqiqa birga oʻtiradigan bir-ikki odamga samovot havas qiladi. Ular oʻz Sone'-i Zuljalolining juda goʻzal rahmat belgilari, juda hikmatli va ziynatli san'at asarlarini bir-birlariga koʻrsatib, Sone'larini sevib sevdirishadi, fikrlab fikrlatishadi.

Ilm ikki qismdir: Bir navi ilm borki, bir marta oʻqilsa va bir-ikki marta fikrlansa kifoya qiladi. Boshqa bir qismi inson uni fikrlashga non suv kabi har doim muhtoj boʻladi. Bir marta tushundim, yetadi deyolmaydi. Iymon ilmlari oʻsha qismdandir. Qoʻlingizdagi Soʻzlarning aksariyati inshoalloh oʻsha jumlaga mansub.

— 261 —

Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom yoʻllayman. Ayriliq ehtimolidan ikkimizdan koʻra Haqqi Afandi qardoshimiz qattiq xafaligi, koʻproq savob qozonishining alomatidir. Ammo Janobi Haq biz haqqimizda koʻp alomatlar bilan inoyat va rahmatini koʻrsatgani uchun, zoxiran ayrilsakda, inoyat va rahmat belgisi boʻlgan deb bilishimiz kerak.

Toʻrtinchidan: Siz kabi haqiqatga yetishgan va haqiqatdagi haqiqiy tasallini va asosli sevinchni topgan kishilarga iymon nurlarining va Qur'on sirlarining noshirlariga zalolatdagilar va shaytonlarning hiylalar bilan hujumlaridan kelib chiqqan qiyinchiliklar, gʻam va qaygʻuga sabr, matonat qil, xafa boʻlma va xavotirlanma deyishga ehtiyoj his qilmayman.

Ham xar doim, zindiqlarning menga hujumi gʻayratli talabam, jasoratli jiyanim boʻlgan uxroviy qardoshimdan boshlanishi ehtimoli borligini, Qur'oniy muhofaza xar qanday qiyinchilikka gʻolib va iymon xizmati lazzati xar gʻamni unuttiradi degan e'tiqodda boʻlganim uchun, seni jasoratlantirish va tashviq qilishni lozim koʻrmayman.

Raqim-ul huruf Hofiz Xolid senga salom yollar, duoingni istaydi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
— 262 —

(Uchinchi Maktubning bosh qimsi.)

بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ بِكَلِمَاتِ النُّجُومِ وَ الشُّمُوسِ وَالْاَقْمَارِ وَالسَّيَّارَاتِ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ النُّجُومِ فِى السَّمٰوَاتِ

Aziz qardoshim va suyukli birodarim!

Hozir yuz qavatlik fitriy bir saroyning eng yuqori manzilida turibman. Sen ham ma'nan bu yerda hozir boʻl. Biroz suhbat qilib gaplashamiz. Qardoshim,

Birinchidan: Avvalgi maktubimda, barcha "Soʻzlar"ga doir savol soʻragan edim: Oralarida rad qilinishi mumkin boʻlgan haqiqatlar bormi? Yoki avomga izhor qilish zararlimi? Bu Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Maqsadi uchun emas edi.

Ikkinchidan: Senga "Nuqta" Risolasini yuboryapman. Ajibki, Eski Saidning ilmiy kuchi, aql nazari bilan tushungan va koʻrgan haqiqatlarini qardoshing qalb guvohligi, vijdon nuri bilan koʻrganiga muvofiq keladi. Faqat ba'zi jihatlarda kamchiligi qolgani Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda toʻldirilgan. Xususan oxirdagi ramzli nukta va u ramzli nuktaning sirri bayonida koʻp haqiqatlar Nuqtada yoʻq, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda bor. Ammo bir-biridan juda uzoq ikki Saidning aqli, qalbining bu daraja ittifoqi ajib holdir.

Uchinchidan: Shayx Mustafoga salomimni yetkazib aytginki: Yozgan "Qadar haqidagi Soʻz"ing meni juda xursand qildi. Duo bilan qardoshlik haqqini ado qilganing kabi, buni yozib talabalik huquqini ham bajo keltirding. Alloh sendan rozi boʻlsin. Yozganingni Abdulmajidga yuboryapman. U yuzlab odamlarga oʻqitadi, senga xar biridan savob keladi.

— 263 —

Toʻrtinchidan: Ukam Abdulmajidga bir maktub bilan ba'zi "Soʻzlar"ni yuboryapman. Sen oʻta ishonchli qilib pochtaga ber, adres: "Ergani-i Usmoniyada tijoratchilardan Vanli Shahobiddin Afandi vositasida Vanli Abdulmajid Afandiga". Bu manzilni yangi harflar bilan maktubga va omonatga yozing.

چُو لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ بَرَابَرْ مِيزَنَنْد هَرْشَىْ دَمَادَمْ جُويَدَنْد يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْد يَا حَىْ
Qardoshingiz
Said Nursiy

(Maktubotda Oʻn Sakkizinchi Maktubning boshi va Ikkinchi Muhim Masaladagi savolning javobiga bir zayl.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, ixlosli qardoshim Xulusiy Bey!

Savollaringa doir bir javob yozgandim. Qardoshimiz Xusrav bir izoh istadi. U ruhan sizga oʻxshagani uchun uning talabiga sen ham ishtirok etganingni hayol qildim. Bu zaylni yozib, sizga yubordim.

Yana, Karomati Gʻavsiyaning birinchi qatoriga doir bir qism yuborildi, uning oxiriga yozarsiz. Yana, Karomati Gʻavsiya bilan munosabatdor bir nukta-i Qur'oniyani yubordik. Yoʻlimizga muxolif boʻlgan bu sirlarni izhor qilishga chorlagan ma'naviy eslatma bilan qardoshlarimizning sa'yga ziyoda shavqu gʻayratga kelishlariga bir vasila boʻlishdir.

Haqiqatdan bir vaqt sustlik keldi. Tavofuq chiqdi, shavqni yangiladi. Bir vaqt yana sustlik bosh koʻrsatdi. Karomati Gʻavsiya chiqdi, gʻayratni juda ham ziyodalashtirdi. Men bu holatdan tushundimki, izhor qilishning xizmatimizga zarari yoʻq, boʻlsa faqat nafsimga zarar. Zotan nafsim xizmatga fido boʻlishga tayyor. Boshda muhtaram otangiz, Fathi Bey, Domla Abdurahmon, Kamoliddin, Umar Afandilar risolalar bilan aloqador boʻlgan kishilarga salom aytib, duo qilaman va duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Said
— 264 —

(Xulusiyning ikkinchi savolining javobiga bir zayldir.)

Savol: Muhyiddin Arabiy vahdat-ul vujud masalasini eng yuksak martaba deb oʻylagani kabi, ahli ishq boʻlgan bir qism buyuk valiylar u zotnga ergashishgan. Bu masala eng yuksak martaba emasligi va haqiqiy boʻlmaganini, balki bir daraja sakarot va istigʻroq ahlining hamda shavq va ishq asxobining yoʻli ekanini aytyapsan. Shunday ekan, muxtasar tarzda nunbuvvat vorisligi sirri va Qur'onning ochiq ravshan bayoni bilan koʻrsatilgan tavhidning yuksak martabasi qaysisi? Koʻrsating.

Javob: Men kabi hech ichra hech ojiz bir bechoraning kalta fikri bilan bu yuksak martabalarni muhokama qilish haddimdan yuz daraja ustun. Lekin Qur'oni Hakimning fayzidan kelgan oʻta muxtasar bir-ikki nukta aytaman. Balki bu masalaga foydasi boʻlar.

Birinchi Nuqta: Vahdat-ul Vujud yoʻlining botib qolishga koʻp sabablar bor, ulardan bir-ikkitasi qisqacha bayon qilinadi.

Birinchi sabab: Martaba-i rububiyatning xalloqiyatini a'zamiy darajada zehnlarga sigʻdira olmaganlari va sirri ahadiyat bilan, hamma narsani shaxsan qabza-i rububiyatida tutganini va hamma narsa qudrat va ixtiyor va irodasi bilan vujud topganini qalblariga toʻliq joylashtirmaganlari uchun, hamma narsa Udir yoxud yoʻqdir yoki xayoldir yoki tazohuriyatidir yoki jilvalaridir deyishga oʻzlarini majbur bilganlar.

Ikkinchi sabab: Umuman firoqni istamagan, firoqdan qattiq qochgan, ayriliqdan titragan, uzoqlikdan jahannam kabi qoʻrqqan, zavoldan gʻoyat darajada nafratlangan, visolni ruh va joni kabi sevgan, qurbiyatni jannat kabi, cheksiz ishtiyoq bilan orzulagan "ishq" sifati; hamma narsadagi aqrobiyati Ilohiyaning bir jilvasini mahkam tutish bilan firoq va uzoqlikni yoʻq deb, uchrashish va visolni doimiy deb oʻylab, "La mavjuda illa Hu" deb, ishqning sakaroti va baqo shavqi, uchrashish va visolning taqozosi bilan oʻta zavqli hol yoʻlini vahdat-ul vujudda ekanini tasavvur qilib, mudhish firoqlardan qutulish maqsadida, vahdat-ul vujud masalasini tayanch qilib olishgan.

— 265 —

Demak, birinchi sababning manbai, aqlning qoʻli oʻta keng va juda yuksak ba'zi iymon haqiqatlariga yetishmagani va ihota qilolmagani va aqlning iymon nuqtasida batamom inkishof etmaganidan hamda ikkinchi sababning manbai, qalbning ishq nuqtasida favqulodda inkishofidan va gʻayri tabiiy inbisotidan va kengligidan kelib chiqqan.

Ammo Qur'onning ochiq ravshan bayoni, nubuvvat vorisligining buyuk valiylari va sahv ahli boʻlgan asfiyo koʻrgan tavhidning buyuk martabasi, ham juda yuksak, ham rububiyat va xalloqiyati Ilohiyaning buyuk martabasini, ham barcha asmo-i Ilohiyaning haqiqiyligini ifodalaydi. Va asoslarini muhofaza qilib va rububiyat hukmlarining muvozanasini buzmaydi.

Chunki: Janobi Haq zotiy ahadiyati va makondan munazzahligi bilan birga, hamma narsa barcha ishlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ilmi bilan qamragan va tashxis etilgan va irodasi bilan tarjih va tahsis etilgan va qudrati bilan isbot va ijod etilgandir. Butun koinotni bitta mavjud kabi ijod va tadbir qiladi. Bir gulni oson yaratgani kabi, ulkan bahorni ham yengillik bilan yaratadi. Bir narsa boshqa narsaga moneʻ boʻlmaydi. Tavajjuhida boʻlinish yoʻq, ayni onda xar yerda qudrat va ilmi bilan tasarruf nuqtasida boʻladi. Tasarrufida tarqalish va ajralish yoʻq. Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Mavqifining Ikkinchi Maqsadida bu sir tamomi bilan izoh va isbot qilingan.

لَا مُشَاحَةَ فِى التَّمْث۪يلِ qoidasiga asosan tamsildagi kamchilikka qaralmagani uchun, ikki mashrabning bir daraja farqi tushunilishi uchun nuqsonli tamsil aytib beraman. Masalan: Horiqo va oʻxshovsiz gʻoyat ulkan va juda ziynatli, sharqdan gʻarbga bir onda uchadigan va shimoldan janubga yetadigan qanotlarini yigʻib ochadigan, yuz minglab naqshlar bilan ziynatlangan, qanotining xar bir patida oʻta dohiyona san'atlar joylashtirilgan tovus qushi faraz qilamiz.

Ikki tomoshabin bor, aql va qalb qanotlari bilan bu qushning yuksak xususiyatlari va horiqo ziynatlariga uchishni istaydilar. Biri bu tovus qushining vaziyatiga va haykaliga va horiquloda xar bir patidagi qudrat naqshlariga qaraydi, gʻoyat ishq va shavq bilan sevadi, daqiq tafakkurni qisman tashlaydi va ishqni mahkam tutadi. Qarasa, xar kun sevimli naqshlar oʻzgaradi va almashadi. Sevgan va mahliyo qilgan mahbublari yoʻqoladi, zavol topadi.

— 266 —

U odam oʻziga tasalli berish va aqliga sigʻdirolmagan haqiqiy vahdati bilan, mutlaq rububiyati va zotiy ahadiyati bilan qamrovli yaratuvchilikka ega naqqoshning bir naqsh san'ati deyish kerak ekan, uning oʻrniga, "Bu tovus qushidagi ruh shunchalik oliyki, uning sone'i uning ichida yoki u unga boʻlgan, ham ruh vujudi bilan bir qancha va vujudi zohiriy surati bilan birlashgani uchun, ruhning kamoli va vujudning yuksakligi bu jilvalarni shunday koʻrsatadi, xar daqiqa boshqa naqshni va boshqa husnni izhor etadi. Haqiqiy ixtiyori bilan ijod emas, balki jilvadir, bir tazohurdir", deydi.

Boshqa odam aytadiki: Bu mezonli va nizomli gʻoyat san'atkorona naqshlar, qat'iyan bir iroda, ixtiyor, qasd va istakni taqozo qiladi. Irodasiz jilva, ixtiyorsiz tazohur boʻlmaydi. Ha, tovusning mohiyati goʻzal va yuksakdir. Ammo uning mohiyati foil boʻlolmaydi, balki munfaildir. Foili bilan umuman birlashmaydi. Ruhi goʻzal va oliydir, ammo ijod qiluvchi va mutasarrif emas, balki faqat mazhar va madordir. Chunki xar bir patida nihoyasiz bir hikmat bilan bir san'at va nihoyasiz qudrat bilan ziynatli naqsh yaqqol koʻrinmoqda. Bu esa irodasiz, ixtiyorsiz boʻlolmaydi.

Bu mukammal qudrat ichida mukammal hikmatni va mukammal hikmat ichida mukammal rububiyat va marhamatni koʻrsatgan san'atlar jilva ishi emas. Bu yaltirovchi daftarni yozgan kotib uning ichida boʻlmaydi, u bilan birlashmaydi. Balki daftar faqatgina kotibning yozuv qalamining uchi bilan aloqador. Shunday ekan, koinot deyilgan misoliy tovusning favqulotda ziynatlari tovus Xoliqining porlagan bir maktubidir.

Endi tovusga qarab, maktubni oʻqi. Kotibga moshoalloh, taborakalloh, subhanalloh deb ayt. Maktubni kotib deb oʻylagan yoki kotibni maktub ichida deb hayol qilgan yoki maktubni xayol deb oʻylagan kimsa, albatta aqlini ishq pardasi ostiga yashirgan va haqiqatning haqiqiy suratini koʻrmagandir.

Vahdat-ul Vujud yoʻliga sabab boʻlgan ishq turlaridan eng muhimi, dunyo ishqidir. Majoziy dunyo ishqi haqiqiy ishqqa aylansa, vahdati vujudga aylanadi. Qandayki insonning bir mahbubni majoziy muhabbat bilan sevadi. Soʻngra zavol va fanosini qalbiga joylashtirmagan oshiq, mahbubiga haqiqiy ishq bilan boqiylashtirish uchun, Ma'bud va Mahbubi Haqiqiyning jamolining bir oynasidir deb oʻziga tasalli beradi, haqiqatni tutadi.

— 267 —

Xuddi shuning kabi, ulkan dunyo va koinotni butun mavjudoti bilan mahbub degan, soʻngra ajib muhabbati doimiy zavol va firoq qamchilari bilan haqiqiy muhabbatga aylanganda, juda ulkan mahbubini zavol va firoqdan qutqarish uchun vahdat-ul vujud mashrabiga iltijo qiladi.

Agar juda yuksak va kuchli iymon sohibi boʻlsa, Muhyiddin Arabiyga oʻxshagan zotlarga zavqli, nuroniy, maqbul martaba boʻladi. Yoʻqsa tahlikalarga tushish, moddiyotga kirish, sabablarga tiqilib qolish ehtimoli bor. Vahdatu-sh shuhud esa, zararsizdir. Ahli sahvning yuksak bir mashrabidir.

اَللّٰهُمَّ اَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَهُ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Qardoshingiz
Said Nursiy

(Yigirma Ikkinchi Maktubning Xotimasidagi bahsga bir zayldir.)

اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ... الخ

Gʻiybat bu oyatning qat'iy hukmi bilan Qur'onda qattiq nafrat qilinadigan va gʻiybatchilar juda yomon va pastkashdir. Gʻiybatning eng yomon va eng xunugi, eng zolimona qismi, toza va nomusli kishini zino bilan ayblash, tuhmat qilishdir. Ya'ni koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsatolmagan kimsa bir erkak yoki xotin haqida zino qildi deyishi eng xunuk gunohi kabira va eng zolimona jinoyatdir. Ijtimoiy hayot iymonli qismini zaharlaydigan xiyonatdir, baxtiyor oilaning hayotini mahv etgan zulmdir. Ha, Nur surasi bu haqiqatni shunchalik shiddat bilan koʻrsatganki, vijdon sohibini titratadi va tuklarini tikka qiladi.

— 268 —
لَوْلَٓا اِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُمْ مَا يَكُونُ لَنَٓا اَنْ نَتَكَلَّمَ بِهٰذَا سُبْحَانَكَ هٰذَا بُهْتَانٌ عَظ۪يمٌ

shiddat bilan farmon qilib, aytadiki: Koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsatolmagan kishining guvohligi oʻtmaydi. Abadiyan shohidliklarini qabul qilmanglar. Chunki yolgʻonchidirlar. Ajabo, bunday tuhmatga jasorat qiladigan, koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsata oladigan qanday odam bor. Qur'oni Hakim bu shartni qoʻshtirib, bunday narsalarda ogʻiz ochmanglar, bu eshikni yopinglar deganidir. يُحِبُّونَ اَنْ تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ tahdidi bilan, unday kishilar munofiq kabi iymonlilarning ijtimoiy hayotini mish-mishlar bilan buzayotganlarini ifoda qilyapti. Ayniqsa gʻiybat nomusli va eʻtiborli va xurmatli kishilar haqida boʻlsa, xususan ahli ilm haqida boʻlsa va yana aqldan uzoq tuhmat boʻlsa... Masalan nomusli kishi, xurmatli, oilasi va qattiq ishongan boʻlsa, unga umuman toʻgʻri kelmaydigan va uning xizmatkori boʻlgan va unga nisbatan xunuk kishi, dunyoda ularning birlashishini hech bir fitrat va vijdon qabul qilmasligini bilib, u bechora oilasini gʻiybat qilishi, gʻiybatning eng pastkashidir. Bunday pastkash gʻiybatning sababi, insonning ihtiyorida boʻlmagan muhabbat orqali, xotinlarning koʻrolmasligidan, chivindan fil yasab, oʻz iffatini koʻrsatib boshqa birovni ayblash kabi mish-mishlar kelib chiqayotgan boʻlsa kerak. Bu mish-mishlardan tavba qilishsin, yoʻqsa Allohning qahri kelishi kuchli ehtimol. Tuhmatchilar amallarining jazosi sifatida oʻzlari tuhmatga qolish ehtimolini oʻylab koʻrishsin.

Said Nursiy
— 269 —
(Yigirma Oltinchi Maktubning Ikkinchi Mabhasining oxiridir.)

(Men bilan koʻrishgan yoki koʻrishishni istagan doʻstlarga bir dastur boʻlib, uzoqdagi bir qancha qardoshlarga yozilgan.)

Men bilan koʻrishishni xohlaganingni his qildim. Qardoshlarim, men bilan koʻrishish ikki maqsadda boʻladi. Yo dunyo jihati bilan, ya'ni ijtimoiy hayot uchun. Bu tomondagi eshikni yopganman. Yoki uxroviy va ma'naviy hayot jihati bilan boʻlishi. Bu ham ikki jihat. Biri: Shaxsimga haddimdan ortiq husni zon qilib, ma'naviy istifoda olishni niyatida. Bu jihatni ham qabul qilmayman. Chunki men Qur'oni Hakimning faqatgina bir xizmatkoriman, u muqaddas doʻkonning bir dalloliman. Shaxsiy doʻkonimdagi abgor, ahamiyatsiz narsalarni sotishga chiqarmayman va chiqarishni istamayman. Chunki Qur'oni Hakimning muqaddas olmoslarining qiymatlariga shubha paydo boʻlmasligi uchun, abgor va shaxsiy doʻkonimdagi singan shisha parchalarini sotsam, haqiqiy sarrof boʻlmagan mijozlar dallollik vaqtida qoʻlimda koʻrgan olmoslariga ham shisha nazari bilan qaray oladilar, hayollariga chalkashlik, shubha keladi. Shuning uchun shaxsiy doʻkonimni qat'iyan berkitganman. Menga muqaddas doʻkonning xizmatkorligi yetadi. Qashshoq xizmatkor boʻlsam, koʻproq taʻbimga toʻgʻri keladi.

Ikkinchi jihat shuki: Qur'on hisobiga va dallolligi, xodimligi nuqtasida men bilan koʻrishishdir. Bu jihatdan kelganlarni boshu-koʻz ustiga qabul qilaman. Bu koʻrishish uchun sharq va gʻarb mone boʻlmaydi. Balki yerning usti va osti ham birdir. Suratan koʻrishishga unchalik ehtiyoj yoʻq.

Ma'naviy koʻrishishning ham uch mevasi bor:

Birinchisi: Men dallollik qilgan muqaddas doʻkonning javharlarini mendan olish. U doʻkondan hozircha oʻn ikki kichik javharlarni sizga yubordim.

Ikkinchi mevasi: Besh vaqt farz boʻlgan namozini oʻqigan va yetti gunohi kabirani tark etgan kishilarni bu ma'naviy aloqa va koʻrishish natijasi sifatida oxirat qardoshligiga qabul qilaman. Men xar tong ma'naviy daromadim nima boʻlsa, oxiratli qardoshlarimning amal daftariga oʻtishiga Janobi Haqning dargohida niyoz qilib hadya qilaman. Ular ham, hissalarini daromadimizdan olishlari uchun, meni ma'naviy xayrlariga va duolariga hissador qilishlari kerak.

— 270 —

Uchinchi mevasi: Ularni yonimda (yo haqiqatdan yoki xayolan) hozir bilib dargohi Ilohiyga birga qoʻl ochib duo qilib, Qur'onning xizmatiga doir qoʻlni-qoʻlga, qalbni-qalbga berib oʻta jiddiy ravishda qalbni bogʻlash. Mana qardoshlarim, sizga shu uch meva hozirdan hosil boʻldi.

Said Nursiy

FARQLI MASALALAR

BIRINCHI MASALA:

Savol: Salovotning koʻp hikmati va salot bilan birga salomni zikr qilishning sirri nima?

Javob: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga salovot keltirish, bir oʻzi bir haqiqat yoʻlidir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam yuksak darajada rahmatga sazovor boʻlsalarda, nihoyasiz salovotga ehtiyoj koʻrsatganlar. Chunki Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam butun ummatning dardlariga aloqador va saodatlariga nasibadordir. Nihoyasiz istiqbolda abadul abad nihoyasiz vaziyatlarga tushgan ummatning butun saodatlari bilan aloqadorligining ehtiyojidan, nihoyasiz salovotga tashviq qilganlar. Yana, Rasuli Akram ham qul, ham rasul boʻlganlari uchun qullik jihati bilan salot istaydilar, risolat jihati bilan salom istaydilar. Bu qullik xalqdan Haqqa ketadi, mahbublik va rahmatga sazovor boʻlishadi. Buni اَلصَّلَاة ifoda qiladi. Risolat Haqdan xalqqa bir elchilik boʻlib, salomat, taslim va ma'muriyatining qabul boʻlishi, vazifasining ijrosiga muvaffaqiyat istaydi. سَلَام lafzi uni ifodalaydi. Biz سَيِّدِنَا lafzi bilan: Yo Rab! Yonimizda elching va dargohingda elchimiz boʻlgan raisingga marhamat qil, biz ham nasibador boʻlaylik.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ رَسُولِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
— 271 —
IKKINCHI MASALA:

(Bir qardoshimizning uzun bir savoliga qisqa bir javobdir.)

Agar: "Zalolat va gʻaflatdagilar tiqilib, kufru kufronga kirib, ahsani taqvimdan asfali sofiliynga qulashiga sabab boʻlgan tabiat nima?" desang.

Javob shuki: Tabiat nomi berilgan narsa: Allohning butun olamga qoʻygan yaratilish qonunlari boʻlib, mavjudotda koʻringan Ilohiy ishlarning tanzim va nizomini koʻrsatgan Allohning tabiatga qoʻygan qonunlar majmuasidan iboratdir. Ma'lumki, qonunlar mavjud ishlar boʻlib, ilmiy vujudi bor, tashqi vujudi yoʻq. Gʻaflat yoki zalolat turtkisi bilan Kotib va Naqqoshi Azaliyni tanimagani uchun, kitob va kitob yozishni kotib va naqshni naqqosh, qonunni qudrat, chizgichni manba, nizomni tartibga soluvchi, san'atni san'atkor deb oʻylashgan.

Vahshiy va insonlarning ijtimoiy hayotini koʻrmagan bir odam muhtasham lashkargohga kirib, qoʻshinning ma'naviy nizomlar bilan muʻayyan tartibda davom etayotgan harakatini koʻrib, moddiy iplar bilan bogʻlangan deb oʻylasa yoki muazzam bir masjidga kirib qarasa, Musulmonlarning jamoat va hayit namozlarida muntazam, muborak vaziyatlarini koʻrib, tomosha qilib, moddiy bogʻlar bilan bogʻlangan deb oʻylasa...

Xuddi shuning kabi, vahshiydan ham vahshiy boʻlgan zalolat ahli osmonlar va yerning qoʻshiniga ega boʻlgan Azal va Abad Sultonining muhtasham lashkargohi boʻlgan bu koinotga va Ma'budi Azaliyning buyuk masjidi hisooblangan shu olamga kirsa, Sultonning nizomlarini tabiat deb aytsa va haddan ortiq hikmatlarga liq toʻla shariati kubrosini kuch va modda kabi kar, koʻr va jonsiz, aralash soyalardan iborat deb xayol qilsa, albatta unday jonliga inson emas, balki vahshiy hayvon ham deyilmaydi. Chunki u tasavvur qilgan tabiat uchun, "Soʻzlar" va boshqa risolalarimda yuz yerda, tabiat degan kufr fikrini tirilmaydigan qilib oʻldirilgan va "Yigirma Ikkinchi Soʻz"da oʻta qat'iy isbot qilingani kabi, xar zarrani, xar sababni butun mavjudotni yaratadigan qudrat va ilmga ega deyish, balki Vojib-ul Vujudning barcha sifatini unda deb qabul qilishdek tubi yoʻq imkonsizlik ichra mahol bir zalolat, balki zalolatning devonaligidan kelgan ma'nosiz safsata deyish kerak boʻladi.

Bir soʻz bilan: "Soʻzlar"da oʻta qat'iy isbot qilinganki, tabiatparast odam bir Ilohi Vohidni qabul qilmagani uchun, behisob ilohlarni qabul qilishga majburdir. U ilohlarning xar biri hamma narsaga qodir boʻlish bilan birga, barcha ilohlarga ham zid, ham misl boʻlib, koinotning intizomi ichida birlashishi kerak boʻladi. Holbuki ishlarga aralashishga pashshaning qanotidan to Quyosh tizimigacha hech qayerda pashsha qanotichalik sherikka joy yoʻq.

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا فَسُبْحَانَ اللّٰهِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

qat'iy farmoni shirk va ishtirokning asoslarini qat'iy burhon bilan kesadi.

— 272 —
UCHINCHI MASALA:

Kufr jahannamning ma'naviy urugʻi ekanini "Ikkinchi Soʻz", "Sakkizinchi Soʻz" va boshqa "Soʻzlar"da isbot qilingani kabi, moddiy jahannam ham uning mevasidir. Jahannamga kirishiga sabab boʻlgani kabi, Jahannamning vujudiga ham sababdir. Zero kichik hokim, kichik bir izzat, kichik bir gʻayrat, kichik bir jaloli boʻlsa, bir adabsiz unga: "Meni jazolaymaysan va jazolay olmaysan", desa. Xar holu korda qamoqxona boʻlmasa ham, u uchun bir qamoqxona qurdiradi va uni qamaydi. Kofir esa Jahannamni inkor qilib nihoyasiz gʻayrat, izzat va jalol sohibi, oʻta buyuk zotni inkor va bezovta qiladi, yolgʻonchilik va ojizlik bilan ayblaydi. Izzatiga yerga uradi, jaloliga isyon bilan qarshi chiqadi. Albatta, farazan ,Jahannamning umuman yaratilish sababi boʻlmasa ham, bu daraja yolgʻonlash va bezovta qilishga ega kufr uchun Jahannamni yaratadi, ichiga kofirni tashlaydi.

TOʻRTINCHI MASALA:

Agar: Nima uchun kufr va zalolatdagilar dunyoda hidoyatdagilar ustidan gʻolib boʻladi? deb soʻrasang.

Javob shu: Chunki kufrning telbaligi, zalolatning sarxushligi va gʻaflatning tentakligi bilan abadiy olmoslarni sotib olish uchun berilgan insoniy iste'dod va hislar sarmoyasini foniy shishalarga, sovuq muzlarga beradi. Albatta shisha va jonsiz muz olmos narxida olingani uchun, eng a'lo shisha va eng porloq muz sotib olinadi.

Bir kuni boy olmoschi odam devona boʻlib, bozorga boradi, besh soʻmlik shisha parchasiga besh oltin beradi. Boy devonaga hamma eng yaxshi shishalarini olib kelaldi, hatto bolalar ham chiroyli muz parchalarini unga berib, bittadan oltin olaishadi.

— 273 —

Bir kuni bir podshoh mast boʻlib, bolalarning ichiga kiradi, ularni vazir va bosh sarkarda deb oʻylaydi. Shohona amr beradi, bu bolalarga yoqadi, yaxshi itoat qilganlari uchun chiroyli bir vaqtichogʻlik qiladi.

Kufr ham bir devonalikdir, zalolat sarxushlikdir, gʻaflat telbalik boʻlib, boqiy oʻrniga foniy matoni oladi. Ushbu sirdan, ahli zalolatning hissiyotlari kuchlidir. Oʻjarligi, hirsi, hasadi kabi hamma narsasi shiddatli. Bir daqiqa xavotirga arzimagan narsaga bir yil qaysarlik qiladi.

Ha, kufr telbaligi, zalolatning sarhushligi, gʻafatning sarosimasi bilan fitratan abadiy va abad xaridori boʻlgan insoniy latifa mahv boʻladi, abadiy narsalar oʻrniga foniyini oladi, katta narx toʻlaydi. Moʻminga kelsak, unda ham bir asabiy xastalik mavjud yoki qalbiy kasallik bor. U ham ahli zalolat kabi, ahamiyatsiz narsalarga koʻp ahamiyat beradi. Lekin aybini tez anglaydi, istigʻfor aytadi, dovdirab turmaydi.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
BESHINCHI MASALA:

Muhim bir oyat sirri:

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning majmui moʻ'jiza boʻlgani kabi, xar bir surasi ham bir moʻ'jiza, hatto juda koʻp oyatlarning xar biri moʻ'jiza yoki bir i'joz lam'asini koʻrsatadidi. Masalan, Sahobadan bahs qilgan Fath Surasining oxirgi oyati: مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ dan boshlab, barcha hijo harflarini ichiga olib, sahobalarning mashhurlarining tabaqasini - Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud, Asxobi Suffa, Ahli Bay'ati Rizvon kabi olamda shuhrat topgan tabaqalarning ismlarining soniga ishora qiladi va undan avvalgi هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ oyati oltmish uch harf boʻlib, Paygʻambarimizning (s.a.v.) umriga ishora qilgani kabi, biz bahs qilgan oyat bilan birga Asxobi Badr, Suffa, Uhud va Ahli Bayti Nabaviyning sonini koʻrsatadi. Oxirgi oyatning soni ikki yuz oltmishdir. Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud bilan birga, Badr bilan Uhud Shahidlarini bir deb sanalsa va bir hil ismli sahobalar bir deb sanalish sharti bilan ikki yuz oltmish boʻladi.

— 274 —

Ayni oyatdagi harflar kabi, Asxobi Badr, Asxobi Suffa aytganimizdek, ikki yuz oltmish toʻrt boʻladi. Oyatda toʻrt ortiq boʻlib, Xulafo-i Arbaa yoki Xamsa-i Oli Abadan toʻrt kishiga ishora bor. Oyatda xar bir harfning qancha takrorlangani va Asxobi Badr va Uhud va Suffaning ismlariga qay daraja muvofiq kelishi adad koʻrsatishiga, keladigan harflarga diqqat qil:

Hamza lafzi (9), oʻqilmaydigani (15) muvofiq kelyapti. ب (4) ت (8) ث (2) muvofiq, ج (8) muvofiq, ح (3) خ (10) د (6) ذ (3) muvofiq, ر (16) muvofiq, ز (6) muvofiq. Uhud va Suffadan س (7) muvofiq, Suffadan ش (2) muvofiq, Suffadan ص (2) muvofiq, Badrdan ض (2) muvofiq, Suffadan ط (1) ظ (3) Uhudda Abadila-i Sab'a, Xulafo-i Salosa ع (10) muvofiq, Suffadan غ (6) ف (14) ق (1) muvofiq, Badrda ك (6) ل (34) م (24) muvofiq, ن (16) muvofiq, ه (16) و (15) ى (12) muvofiq, لا (2) alif (18) muvofiq.

Bu harflarning yarmi Asxobi Badr, Suffa va Uhudda muvofiq. Muvofiq kelmahanlar boshqa tabaqalarning soniga muvofiqdir. Masalan, Ahli Bay'ati Rizvon kabi mashhur tabaqalarga.

Yana, diqqatga sazovor joyi:

ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا

oyatida shu oyat kabi barcha hijo harflarini ichiga olgan. Ammo buning aksiga, u harflarning takrorlari ajib bir munosabat tarzida kelgan. Bu oyat bir-biriga qaraydi. Qardosh qardoshiga muvofiq kelmaydi. Demak bu oyatdagi harflarning vazifasi, oyatning ma'nosini quvvatlab, bahs etgan sahobalarining ismlariga qaraydalar. Ha, bu oyati karima jumlalari bilan koʻrsatgan ayni hukmni yana kalimalari bilan, harflari bilan ayni ma'noga ishora qiladi. Masalan, bu oyatning harflari Sahobalarga qaraganlari kabi, qaydlari ham Sahobalarning mashhur sifatlariga qaraydi. Sifatlarni koʻrsatib, oʻsha sifat sohiblariga ishora qilmoqda.

— 275 —

Masalan: وَالَّذ۪ينَ مَعَهُ dagi maiyati xossa, maxsus suhbatni zikr qilb, Abu Bakr Siddiqning faxr va shuhratiga sababi boʻlgan xos hislati bilan ishora qiladi.

اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ kuchli Islomiy fidokorlik tuygʻusi bilan kofirlarga qat'iy gʻalaba qilib mashhur boʻlgan Hazrat Umarni oyna kabi koʻrsatadi.

رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ shafqati va rahmdilligi bilan hamma tomonda shuhrat topgan Hazrat Usmoni Zinnuraynga ishora qiladi.

تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا qaydi bilan, ruku va sajdada davomli va koʻp qilishi bilan mashhur boʻlgan Hazrat Aliyyil Murtazoga ishora qiladi.

يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا jumlasi bilan Ahli Bay'ati Rizvonga,

س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ Asxobi Suffaga,

ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ fuqaho va ulamo-i Sahobaga,

وَمَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ Asxobi Hunayn, Fath, Uhud va Badrdagi Sahobalarning nomdor yigitlariga ishora qilgani kabi, Anbiyodan soʻngra Bani Odam ichida eng yuksak, eng nomdor, eng mumtoz Sahobalarning ustunlik sabablari, tanlanganlik manbalari va axloq ma'danlari hisoblangan yuksak vasflari, oliy axloqlari va buyuk muomalalariga aytilgan qaydlar va sifatlar bilan ishora qiladi.

— 276 —

Oʻsha qaydlar bilan aytadiki: Sahobalarning xalqqa: Dushmanlariga shiddatli, doʻstlariga va moʻminlarga rahmdil, Janobi Haqqa ruku va sajdada mukammal itoatda, xar bir ishlarida Janobi Haqning rizo va fazlini maqsad qilib kamoli ixlosdadir.

Sahobalarning ilmda, amalda, siyosatda va askarlikda koʻrsatgan favqulodda matonati, taraqqiyoti, sabot va ustunliklarini, moziydan Tavrot va Injilni shohid koʻrsatib moʻ'jizaviy tarzda bildirib, istiqbolda ibodat va jihod vazifasida horiquloda harakatlarni amalga oshirishlarini xabar berib moʻ'jizaviy koʻrinishda moziy va istiqbolda ikki gʻaybiy xabar bilan Sahobalarning moʻjizaviy hollarini xabar berib, ushbu oyatda bir moʻjizalik shuʻlasini koʻrsatadi. Oyatning yana boshqa koʻp ishoralari bor. Izohi uzun, qamrab olishimiz noqis va qoʻlimiz qisqa boʻlgani uchun, tugatdik.

Modomiki ushbu oyat ham jumlalari, ham kalimalari, ham harflari bilan turli-turli vazifalarni bajarib, qasd qilingan ma'noning atrofida toʻplanib unga qaramoqda. Ajabo, bu oyatning biz bilmagan va bayon qilmagan yana koʻp ajoyib sirlarni jamlagani yoʻqmi?..

OLTINCHI KICHIK BIR MASALA:

Oʻttiz uch adad "Soʻzlar" va oʻttiz uch adad "Maktublar"ning majmuiga Risolat-un Nur nomi berilishining sirri shuki:

Nur kalimasi menga hayotim davomida hamma joyda uchradi. Jumladan qishlogʻim Nursdir, marhuma volidamning ismi Nuriyadir, Naqshiy ustozim Sayyid Nur Muhammaddir, Qodiriy ustozim Nuriddin. Qur'on ustozlarimdan Nuri, talabalarimdan men bilan eng koʻp aloqadori Nur ismli boʻlganlardir. Kitoblarimni eng koʻp izoh va tanvir etgan Nur misolidir. Qur'oni Hakimdagi eng avval aqlim va qalbimga porlagan, fikrimni mashgʻul etgan

اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ

oyatidir. Ilohiy haqiqatlarda mushkulotimning aksarisini hal qilgan asmo-i husnadan nuroniy Nur ismidir. Qur'onga qattiq yoʻnaltirish va xos xizmatim uchun xususiy imomim Zinnurayndir.

اَللّٰهُمَّ يَا نُورَ النُّورِ وَيَا مُنَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُصَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُقَدِّرَ النُّورِ
— 277 —
وَيَا مُدَبِّرَ النُّورِ وَيَا خَالِقَ النُّورِ وَيَا نُورًا قَبْلَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا بَعْدَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا فَوْقَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا لَيْسَ مِثْلَهُ نُورٌ
سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ اَجِرْنَا (وَ عَل۪ى) مِنَ النَّارِ وَ اَدْخِلْنَا (وَ اَدْخِلْ عَل۪ى) الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ وَ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قَلْبَهُ وَ قُبُورَنَا وَ قَبْرَهُ بِاَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ يَا رَح۪يمُ يَا غَفَّارُ وَ صَلِّ عَلٰى مُحَمَّدٍ الْمُخْتَارِ وَ اٰلِهِ الْاَطْهَارِ وَ صَحْبِهِ الْاَخْيَارِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
Said Nursiy

(Xulusiy Beyning savoliga javob.)

(Tishlarni qoliplash haqidagi savolga javob.)

1932 yildagi savolingizga hozircha atroflicha javob berolmayman. Ammo bu masalaga aloqador bir-ikki sharʻiy masalani qisqacha yozyapman. Jumladan:

Tahorat vaqtida ogʻizni yuvish farz emas, sunnatdir. Ammo gʻusl vaqtida ogʻizni yuvish farzdir. Kichik joyi yuvilmay qolsa boʻlmaydi, zarardir. Shuning uchun tishlarni qoliplash haqida ulamolar fatvo berishga jasorat qilolmaydi. Imom A'zam bilan Imom Muhammad (Roziyallohu anhuma) kumush va oltindan tish qoplatish haqidagi fatvolari, doimiy (sobit) qoliplar haqida emas. Holbuki tish masalasi umumga kelgan balo sifatida shu daraja tarqalganki, olib tashlash mumkin emas. Ummatni bu azim balodan qutqarish chorasini oʻyladim, birdan qalbimga bu nuqta keldi. Mujtahidlarning vazifasiga qoʻshilishga haddim va haqqim yoʻq, ammo umumiy balo zaruratiga qarshi, fatvolarga tarafdor boʻlmaganim holda aytamanki:

— 278 —

Agar dindor bir mahoratli shifokor koʻrsatgan ehtiyojga binoan qolip qoʻydirish kerak boʻlsa, ostidagi tish ogʻizning tashqi tishlikdan chiqib, ichki tish hukmiga oʻtadi. Gʻuslda yuvilmasligi gʻuslni bekor qilmaydi. Chunki ustidagi qolip yuviladi, uning oʻrniga oʻtadi. Jarohat ustidagi bogʻichlarning zarar uchun olib tashlanmagani uchun jarohat oʻrniga yuvilishi, shar'an yarani yuvish oʻrniga oʻtgani kabi, ehtiyojga binoan doimiy qolipning yuvilishi ham tishning yuvilishi oʻrniga oʻtadi, gʻuslni bekor qilmaydi.

وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ

Modomiki ehtiyojga binoan ruxsat berilar ekan, albatta faqatgina bezak uchun, ehtiyoj boʻlmay turib tishga qolip goʻydirish yoki toʻldirish bu ruxsatdan istifoda etolmaydi. Chunki hatto zarurat darajasiga kelgandan soʻng bunday umumiylashgan baloda agar bilib turib sui ixtiyori bilan qilinsa, zarurat halol boʻlishiga sabab boʻlmaydi. Agar bilmasdan qoʻyilgan boʻlsa, zarurat uchun albatta ruxsat bor.

Said Nursiy

(Uch jasadli bir ruhning bir bayoni. Ya'ni: Hofiz Ali, Sabri, Saripichoq Ali)

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Yettinchi Yogʻdusining Oʻn Yettinchi Nuqtasining yetti masalasidan ikkinchi masalasi ekan, Yigirmanchi Yogʻdu boʻlgan Ixlos Risolasini oldim. Kuleonuda qardoshim Ali Afandi bilan, Yigirma Birinchi Yogʻdu nomli projektor-misol, tunni kunga oʻgirgan, juda muborak, juda qiymatli va oʻta ta'sirli risola bilan, Yigirma Ikkinchi Yogʻdu boʻlgan Oʻn Yettinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi ekan, Lamaatga qoʻshilib, sotsializm va bolshevizm oʻyinlari bilan, insonlar olamining haqiqiy fitriy hayotini unuttirish, abadiy zulmatlarni, tenglik asosi nomli, oʻz shaxslarini istisno qilib, Islom millatini asossizlikka otganlari, gazli bombalari bilan bir jihatdan tunni keltirganlari kabi, goʻyo istilo qilgan ma'naviy tuproqda nabotot qobiliyatiga asos boʻladigan hayot ham qoldirmasdan yondirishgan paytda, ushbu Yogʻdu olamni nurlantirib, quyoshni koʻrsatib, obi hayoti bilan uygʻoq zamin ustini koʻkartirganini koʻrsatmoqda.

Muhtaram Afandimiz! Bir hafta avval moddiy jihatdan kichik va ma'nan katta bir noma-i margʻubalaringizni Bekir Bey vositasi bilan bir qoʻshin quvatida oldim. Janobi Arhamurrohimiynga hisobsiz hamdu shukr boʻlsinki, biz kabi ojiz, zaif, faqir, qusurli qullarini hech bir zamon moddiy va ma'naviy taqviya-i rahmatidan uzoq tutmaydi. Esgan shamollar vaqtinchalik eshik va derazalardan kirsalar ham, u xonaning sohibi darhol berkitadi va uygʻotganini koʻrsatadi. Garchi koʻp oʻqiy olmayotgan boʻlsak ham, yozuvni ayni vaziyatda yozmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 279 —

Muhtaram Afandim! Yozilgan risolalar haqida fikringiz qanday deb soʻrayapsiz? Ustoz Hazratim! Nima deylik? Bizning ma'naviy yara va xastaliklarimizni tashhis qilib, oʻldirmaslik uchun xar qanday muolajalari bilan aralash, ham ozuqali, ham taʻsirli dorilarini Janobi Haqning ehsoni bilan yuboryapsiz. Ixlos haqida avvalroq, xususan keyin ehson qilingan risolalarni oʻqigan sari, vujudimning ogʻriganini va xar zarrasining titraganini, turli joylarda tavallud etgan qurtlar oʻynashni boshlagan sari, eng ahmoq va ablahcha harakatlarimni koʻrsatishdi.

Soʻzlar tajriba bilan yozilgani uchun, umum qardoshlarimiz ogohlantiriladi. Va xar kishiga muqaddasligi bilan, goʻyo unga xitob etayotgandek ulviyat bilan zamzam suvi ichiradi. Ixlosi butun, vijdoni pok, ruhi taslim, jismi latif, nasabi toza qardoshlarimiz, bu ogohlantirish bilan Janobi Arhamurrohimiynga niyoz etib, "Yo Rab, umum birodarlarimizni yaramas narsalardan xalos et va ixlosi tomma ehson et", degan duolarida, oldin arz qilingan besh yuksak va bilingan xususiyatga kirmagan va kasofatli ruhi bilan koʻplab nurni chalkashtirgan va zohir holi bilan sababi risola boʻlib, umumning duo va himmatlarini xar on orzulagan, bu yoʻlda Risola-i Nurga boshini egib va jonini fido qilganlarni Janobi Arhamurrohimiyn, Habibi Akram Alayhissalotu Vassalom, Qur'oni Hakim va hizb-ul Qur'on hurmati uchun magʻfiratini niyat qilib talab etganlari xizmatida muvaffaq qilsin.. omin.

Ushbu muborak risolalar tashna bir odamning suvni koʻrganida kichik koʻzada boʻlsa qozoniga quyish, katta koʻl va dengiz boʻlsa, ichiga kirishni istagani kabi, bu davrning nursiz yoquvchi shiddatli haroratiga qarshi ixlos dengizini koʻrsatib tashnalikni qondirish va xar turdagi javhar va olmoslar ichida ekanini bayon qilib, u dengizga da'vat qiladi. Nafs tolibi boʻlganini riyo va hubbu joh kabi xar jihatdan zararli ilonlar kabi zaharlagan, ibodat pardasi ostida dunyoni qoʻlga kiritishni istab, qabr eshigida xatosini bilgan va odamlarning e'tiboriga muhabbatdan, fir'avn kabi gʻarq boʻlayotgan vaqtda qaytishni istab, hech kimga muyassar boʻlmagan ishni va tafsilotlari bilan u olamlarni bu yogʻdular shunday nurlantirmoqdaki, agar murodi Ilohiy boʻlsa, bu davrning shuxratparast zindiqlari koʻrsalar edi, qoʻllaridagi vujudlariga zamharir keltirgan muzlarni tashlab, ixlos bilan iymon keltirib, Qur'onning olmos javharlarini olishar edi.

— 280 —

Muhtaram Afandim! Karomati Alaviya Risolasi koʻp jihatdan karomat boʻlgani kabi, Risola-i Nur shogirdlarini uygʻonishga va tashviqqa, sa'yu gʻayratga, jasoratu shijoatga shavq bilan harakat qilgan yoʻllarida yolgʻiz emasliklarini va qarshida dushmanning faqat ularning dushmani emas, balki moziyda turgan va bizga juda yaqindan qaragan oliy ruhlarning ham dushmani hisoblanib, oliy ruhlar qarshimizda yoʻlboshchi, atrofimizda zirh kabi qoʻriqchi va yordamchi ekanlarini koʻrsatib, zaiflarga quvvat, qoʻrqqanlarga jasorat va shijoat, kuchlilarga rafiq boʻlmoqda va bu risolaga xar doim hammaning ehtiyojini koʻrsatmoqda. Bu davrning ilmiy qiyofasi, din namoyandasi va millat rahbari pardalari bilan ilmni "menlik"ka, dinni dunyoga va oʻzlari mayxonaga tushgan ulamo-us suni xabar berib, iymon va irfon ahlini insofga, ittifoqqa, birlashishga da'vat qiladi.

Jumlamiz xurmatli xoki poyilariga yuzlarni surib, muborak mukarram qoʻlu etaklarini oʻpamiz afandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Islom Qishlogʻidan Ali (RH)
Kuleonundan Ali
— 281 —

(Xusravga xitoban yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ وَ عَلٰى وَالِدَتِكَ وَ عَلٰى اَخ۪يكَ وَ عَلٰى اِخْوَانِكَ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, muborak, siddiq qardoshim!

Birinchidan: "Soʻzlar"ni boshlamasdan ikki oy avval koʻrgan muborak tushing juda goʻzal, ham haqiqatdir. Ha qardoshim, sen bir abadiy boʻston boʻlgan Qur'oni Hakimning jannatidan, guli Muhammadiy (ASV) nomli, hadsiz nuroniy haqiqatlarning fabrikasi hukmida, Qur'oniy haqiqatlar tafsiri atrofida halqa boʻlgan va siz kabi charxlardan tashkil topgan muborak jamoat ichida eng xos va oʻsha tush eng yuksak martabaga kotib tayin qilinganiga bashorat bergani kabi, biz ham bashorat qilyapmiz.

Ikkinchidan: Bu safar sen yozgan Moʻ'jizoti Ahmadiya (ASV) risolasi juda ajoyib chiqqan. Kim unga qarasa, haqiqiy zavq his qiladi. Demak ma'naviy, xolis, samimiy hislar moddiy naqshlar suratida oʻzini his ettiradi. Bu sirga men voqif boʻlgan vaqtim, qardoshim Gʻolib ham ayni hisga ishtirok etdi.

Ha, buning ostida ma'naviy tabassum bor deya, sening xatingni oʻz xatidan ustun koʻrib javob berdi. Yozgan risolang vositasida juda koʻp insonlar iymonlarini quvvatlamoqda. Muhabbati Ahmadiya (ASV) qalblarida ziyodalashmoqda. Ishorati gʻaybiya haqida shubhalari qolmayapti. Kelgan savob ham amal daftaringga yozilyapti. Qur'on va Rasuli Akram (ASV) soʻzlaridan boshqa, ishora qilgan kalimalar juda ma'nodor, ham bir asosdir. Ikki kalimaning muborak tavofuqiga hujjatdir. Ham koʻrsatmoqdaki; barcha tavofuqlarga ham rioya qilmagan, ikki kalimaning tavofuqiga qalam aralasha olmaydi. Oʻylaymizki, u risolalarning haqiqiy xattini topding yoki yaqinlashding.

Uchinchidan: Oʻrtamizdagi munosabat ma'naviy, ruhiy, haqiqiy boʻlgani uchun zamon va makon taʻsir qilmaydi. Dargohi Ilohiyga yuzlangan vaqtimiz kunda balki necha marta, Xusrav bir jihatda yonimda hozir boʻlib, sening u shirin yozuvlaring, xususan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubdagi muborak xating koʻringan sari seni xayolimizda hozir deb sanaymiz. Men va bu yerdagi birodarlar ham seni bu yerda koʻrishni juda orzu qilamiz. Ammo Isparta senga juda muhtoj. Hozir kelishinga vaziyat va mavsum uygʻun koʻrinmayapti. Shuning uchun qardoshimni bir miqdor yonimda saqlab, senga zahmat berishni istamayman. Boʻlmasa sen bizga juda lozimsan. Inshoalloh bir vaqt qazo qilamiz.

— 282 —

Toʻrtinchidan: Ushbu muborak Ramazon oyi Qadr kechasini ichiga olgani uchun, oʻzi ham umr ichida bir Qadr kechasi hisoblanib, muvaffaq boʻlgan kishining umriga ming umr qoʻshadi. Daqiqasi bir kundir. Soati ikki oy, kuni bir necha yil hukmida umri boqiydir. Sendan va oxirat opaxonim, ya'ni ikkinchi volidam va qardoshimning muhtaram volidasidan duoingizni istayman. Duoimda sizni sherik qilyapman, siz ham mening duoimga omin hisobida duo qiling.

Qardoshimiz Ali Afandiga ham koʻp salom va duo qilaman. Inshoalloh ayni Xusravga loyiq qardosh boʻlyapti. Boshqa qardoshlarga seni vakil qilaman, salom yoʻllayman va duo qilaman. Ushbu muborak kunlarda menga duo qilsinlar.

Gʻolib aytadiki: "Xusrav bilan ma'naviy bogʻ his qilaman". Koʻp salom yubormoqda. Ayniqsa soatchi Lutfu Afandiga juda koʻp salom va duo qilaman. Janobi Haq unga, u menga yozgan Derazalar Risolasining harflari adadicha ruhiga rahmat, qalbiga nur, aqliga haqiqat, moliga baraka ehson aylasin. Omin, omin, omin.

Maqsadim, unga risolani yozdirish, uni xos talabalar doirasiga qoʻshish edi. Yoʻqsa unga qiyinchilik tugʻdirmasdim. Mashaalloh, Xotami Moʻ'jizoti Ahmadiyani (ASV) juda chiroyli rasmini chizgansiz. "Soʻzlar" bilan aloqador kishilar ichida bu xotamga toʻliq qanoat hosil qilganlarning ismlarini menga yozishsin, ularni u nurga hissador boʻlishlari uchun ikkinchi doirada yozamiz. Shukrga doir nusxangizni Kuleonli Mustafo bir odamga bergan. U odam muhofaza qilolmagan. Yomgʻir bir oz buzgani uchun uyalib, senga emas menga yubordi. Mening ham chiroyli yozilgan bir nusxam bor, senga yuboryapman. Unga koʻra oʻzingizga yangi nusxa yozarsiz.

Menga shukrga doir yozgan muborak nusxangni bir oy avval Otaboy tarafiga yuborgandim. Kim olganini bilmayman, qoʻlimga kelmadi. Ham sizga Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasini yuboryapman. Xotima i'joz tamgʻasiga kelgan tanqidlarni rad qiladi va porloq bir tasdiq muhri ekanini koʻrsatadi. Tamgʻalarning bir nusxasini senga yubordik. U yerda tamgʻani koʻrgan va qabul etgan va Soʻzlar bilan aloqador boʻlgan kishilar munosib koʻrganlarini jadvalning boʻsh hujralariga qayd qilishing mumkin.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Mirzozoda
Said Nursiy
***
— 283 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz va gʻayratli oxiratli qardoshim va Qur'on xizmatida yoʻldoshim Xulusiyi Soniy va Sabriyi Avval!

Mashaalloh, Yigirmanchi Maktubning qiymatini yaxshi tushunib, goʻzal yozgansiz.

Maktubingda mendan kalom ilmi darsini olishni istagansan. Zotan u darsni olyapsan. Sen yozayotgan umum "Soʻzlar" nurli va haqiqiy Ilmi Kalomning darslaridir. Imom Rabboniy kabi ba'zi muqaddas muhaqqiq olimlar aytishganki: Oxirzamonda Ilmi Kalomni, ya'ni ahli haq mazhabi boʻlgan kalomga oid iylomiy masalalarning biri zot shunday bayon qiladiki, umum kashf va tariqat ahlidan ustun tarzda nurlarning nashriga sabab boʻladi. Hatto Imom Rabboniy oʻzini u shaxs kabi koʻrgan.

Sening ushbu ojiz, faqir va hech ichra hech boʻlgan qardoshing, ming daraja haddimdan ustun, oʻzimni keladigan odam ekanimni da'vo qilolmayman, hech bir jihatda layoqatim yoʻq. Ammo kelajakda keladigan ajib shaxsning xizmatkori va unga joy tayyorlaydigan tayanchi va buyuk qoʻmondonning old safdagi askariman deb oʻylayman. Shu bois, sen ham yozilgan narsalardan u ajib hidini olding.

Yana, maktubida اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ oxirigacha.. ga oid sirlarni soʻrayapsan. Ha, bu oyatning buyuk dengizidan koʻp "Soʻzlar"da qatralari, rashhalari bor. Ayniqsa Yigirmanchi Maktubda, Oʻttiz Uchinchi Maktubda, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzda, Yigirma Ikkinchi Soʻzda uning ba'zi chashmalari bor. Albatta u oyatda koʻp tabaqalar bor. Xar toifa bir tabaqadan hissasini oladi. Oyatning ba'zi nurlarini yozishimni ruhim istaydi. Ammo hozirgacha parcha-parcha yozilgani uchun shunday qolgan, hozircha u bilan kifoyalangan.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
— 284 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim va Qur'oniy xizmatda fidokor birodarlarim Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra'fat, Bekir, Lutfu, Rushdu Afandilar.

Qardoshlarim, bu Ramazoni Sharifda sizga nur olamidan mavzu ochish istagim bor edi. Afsuski bir hodisa zulmat olamidan bahs etishga meni majbur qilmoqda. Ushbu yangi hodisa uchun atrofdagi doʻstlar til va hol bilan qiziqib, xavotir bilan mendan izoh istashyapti. Ular va sizlarni andishadan qutqarish uchun, u hodisani ikki qism tarzida biroz bayon qilaman.

Birinchi qism: Bizga nisbatan musibatli va alamli hodisani Janobi Haq inoyat va rahmati bilan boshqa shaklga oʻgirmoqda. Ha, Jannat arzon boʻlmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas. Bu hodisaning bizga qaragan yuzi rahmat boʻlib koʻrinmoqda. Dunyo ahliga qaragan yuzi Jahannamning kerakligini koʻrsatmoqda. Darhaqiqat, ushbu Ramazoni Sharifda hodisaning zohiran juda iflos edi. Ammo Gʻavsi A'zamning aytganidek, inoyat koʻzining ostida va himoyasida boʻlganimizdan, koʻp jihatlar bilan haqqimizda rahmat yogʻdulari koʻrindi.

Ikkinchisi: Ushbu Ramazoni Sharifda ojizlik va zaiflikni hamda faqirlik va ehtiyojni toʻliq his qilib, Janobi Haqqa iltijo qilish, bir jihatdan uygʻonish, hayajon, shuur va shiddat berdi. Ramazoni Sharifda hozir oʻqigan munojotlarimning oʻqilishiga bu hodisa muhim quvvat boʻldi. Zotan musibatlar dargohi Ilohiyga chorlash uchun qadar qamchisi hisoblanadi. Xar bir oʻqigan soʻz va duoim ham va munojot ham shuurli va qattiq boʻlmoqda. Rasmiy va ruhsiz oʻlik holda emas. Sahobalardagi ibodatlarning ustunlik sirri aynan bu nuqtadadir. Tasbeh va zikrni butun ma'nosi bilan shuurli holatda aytganlaridir.

(Hoshiya): Bu maktubning qolgan qismi bir maqsadga binoan bu yerdan olib tashlangandi.

Said Nursiy
***
— 285 —

Xulusiy Beyga xitob.

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!

Birinchidan: Jiyanim Halil Najining dunyoviy musibati meni ham jiddiy ravishda mahzun qildi. Janobi Haq uni ham qutqarsin, sizga ham sabru bardosh ehson aylasin, omin. Nurning eskidan beri hech ikkilanmagan muxlis bir qahramoni albatta dunyoning oʻtkinchi, qiymatsiz, foniy holatlari qarshisida xavotirga tushmaydi, magʻlub boʻlmaydi inshoalloh.

Ikkinchidan: Ilmiy silsilada menga eng oxirgi, eng muborak darsni bergan va haddimdan ortiq shafqatini koʻrsatgan Hazrat Shayx Muhammad-ul-Kufraviyning (quddisa sirruhu) xalifalaridan Alvorli Hoʻja Muhammad Afandi va birodarlariga koʻp salom va hurmatlarimni arz etaman. U atrofda Nurlar bilan aloqador doʻstlaringga koʻp salom va Nur xizmatida muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 286 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Aziz qardoshim.

Men haqimda qaygʻurmang, inoyati Rabboniya davom etmoqda. Tirikchilik jihatida qanoat va iqtisod meni ehtiyojdan qutqaryapti. Aslo biror narsa yuborma. Sen olti-yetti nafsga qarayapsan, mening yarim nafsim bor. Sen meni emas, men seni oʻylashim kerak. Sabrining maktubi unga yetishmabdi. Sen va Xulusiy mening xar bir uxroviy amalimda hissadorsiz. Mohi Ramazonda savob birga ming yuradi. Siz ham menga duoingiz bilan yordam bering.

Said

Ishorati Alaviyni toʻliq tasdiqladingizmi? Hashr Risolasini juda quvvatli deb bildingizmi?

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Minglab salom aytaman. Siz moddiy rutbangizdan juda yuksak ma'naviy rutbangiz taqozosi bilan xar hil yerlarga yuborilyapsiz. U yerlarning senga ehtiyoji bor. Hech xavotirlanma. Sening Risolat-un Nur haqida maktublaring koʻp talaba hisobiga oʻtadi. Sening oʻrnigga Nur xizmatida xizmat qilishyapti. Senga doimo birinchilikni qozontirmoqda.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

(Yulduz maktubi)

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim, Qur'on xizmatida mehnatsevar birodarlarim Sabri, Xusrav, Hofiz Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!

Sizga Jumadul Oxir oyida sodir boʻlgan samoviy hodisa munosabati bilan bir masalani bayon qilaman. Jumladan:

— 287 —

Hazrati Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning zuhurlari vaqtida, وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyatining bir namunasini koʻrsatadigan, shaytonlarga tosh otishga alomat boʻlgan yulduzlarning uchishi koʻp sodir boʻlgan. Ahli tahqiqning nazarida, oʻsha davrda vahiy payti kelgani uchun, vahiyga shubha aralashmasligi uchun, kohinlar kabi, gʻaybiy va jinlar vositasi bilan samoviy xabarlariga qoʻshiluvchilarga toʻsiq qoʻyishga alomat va ishora boʻlish bilan birga, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom jin va insga elchi boʻlib tashriflariga samovot ahli tomonidan shodiyona, bayram kabi baxtiyorlik alomati yuz berganini kashf va haqiqat ahli hukm qilishgan.

Yuborilgan zot kufr va zalolatdagilarga yoquvchi olov va hidoyat ahli uchun porlagan nur manbai ekaniga gʻaybiy va samoviy ishoradir. Ushbu Jumadul Oxirda misli koʻrilmagan tarzda, kechasi soat toʻrtdan, besh va besh yarimgacha davom etgan yulduzlarning tushishi ahamiyatli samoviy hodisadir. Samovotning hodisalari zaminimizga taʻalluqli boʻlgani uchun, xar holda oʻsha hodisalarning ham Yer yuzida bir belgisi boʻladi. Janobi Haqning rahmatidan panoh soʻrashimiz kerakki, yoquvchi olov qilmasin, porlagan nurga aylantirsin.

Qur'oni Hakimning suralarida oyatlar bir-biriga qarab, ishora qilganidek, Janobi Haqning Buyuk Qur'oni hisoblangan ushbu koinotning katta, kichik suralari ham bir biriga qaraydi, bir-birining nozik maʻnolarini tushuntiradi. Samo surasida biz kabi lafzi Jalolni faqat qizil yozish emas, balki nur zarhali bilan Jalol Lafzi kabi yozilgan yulduzlar va yulduzlardan joʻsh urgan nuroniy nuqtalar, albatta ishora mushaklari hukmida, bittadan sirni e'lon qilganini oʻsha moʻ'jiznamo samoviy surasining buyukligidadir. Biz uni yaxshi alomat deb bilishimiz kerak.

Ikkinchidan: Sizga samovotning qizil yulduzlarini eslatgan, Qur'ondagi Ismi Jalolning ikki ming sakkiz yuz olti (2806) marta takrorlanishi, Qur'on samosini nuroniy yulduzlar bilan ziynatlantirgan va adadlari sahifalar, yaproqlar, suralar e'tibori bilan bir-biriga ma'nodor muvofiq munosabatlari yanada koʻproq latofatini, ziynatini goʻzallashtiradi.

Bu safar sizga oʻz Qur'on nusxamni yuboryapman. Bu nusxamda sizga yuborilgan roʻyxatga koʻra ishoralar qoʻydim. Jalol ismiga boshqa, Rab ismiga boshqa ishora qoʻyildi.

— 288 —

Jalol ismining son jihatidan tavofuqlari ham tartibli, ham ma'nodordir, bir oz diqqat istaydi xolos. Chunki risolalarda koʻringan tavofuq kabi, doimo sahifa sahifaga qaramaydi. Ba'zan sahifa muqobiliga emas, balki bitta orqadagi yoki orqadagi sahifaning muqobiliga qaraydi. Ba'zan bir varoq hatlaydi, ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qaraydi. Masalan: Oʻttiz beshinchi sahifada oʻn uch (13) adad Jalol Lafzi keladi. Orqasiga sakkiz (8), soʻngra besh (5) keladi. Demak oʻn uch adad bu ikki raqamga birdan qaraydiki, u esaoʻn uch boʻladi, va hokazo... Ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qarash bilan birga, ayni suratda ikki adad keladi, xar biri uning bir juzini koʻrsatadi. Masalan: Tavba surasida, 188-sahifada oʻn oltita Jalol Lafzi keladi, orqasida oltita keladi, oltining orqasida oʻnta keladi. Birga yuqoridan oʻqilsa oʻn olti boʻladi, muvofiq boʻladi.

Ahzob surasi, toʻrt yuz yigirma ikkinchi sahifada (422) oʻn oltita Jalol Ismi keladi. Zohiran muvofiqlik yoʻq. Holbuki bir sahifa oldinda oʻnta kelgan, muqobilida oltita bor. Qoʻshilsa oʻn olti boʻladi, muvofiq keladi. Ba'zan Rab ismi bilan birga muvofiq keladi. Ba'zan sahifa sahifaga emas, varoq varoqqa qaraydi. Ham ba'zan sahifa raqamiga qaraydi.

Toʻqqiz raqami koʻp marta sahifa raqamiga qaragani uchun tavofuqdan chiqqanini his qildim. {(Hoshiya): Bir soʻz bilan: Ba'zi gʻaybiy sirlar uchun muvofiqliklar shaklini oʻzgartiradi. Jalol Lafzining boshqa latif, jozibador va ma'nodor tavofuqi shuki: Boshda Fotiha sahifasi bilan birga bir yuz ellik bir sahifada ellik bir marta yetti bilan sakkiz keladi.} Nima boʻlganda ham, siz ham tadqiq etarsiz. Soʻngra mashvaratingiz bilan yashirin tavofuqlarni koʻrsatadigan raqamlarni yozamiz. Yangi yozgan Qur'onimizdan uygʻun koʻrsangiz qayd qilamiz. Boshda bir yuz ellik sahifada ellik bir marta yetti va sakkiz keladi. Yigirma sakkizda sakkizdir, yigirma uchda yettidir. Bu yetti, sakkiz bir-biriga muvofiqligi qabul etilgan, yettidan sakkizga, sakkizdan yettiga oʻtisada, muvofiqlik buzilmaydi. Bu ikki raqamning Qur'onda muhim sirlari borligi his qilinadi.

Uchinchidan: Hazrati Zoti Ahmadiya (Alayhissalotu vasallam) qanday bir shajara-i tubo ekanini va asfiyo va avliyo va siddiqiyn u nuroniy daraxtning mevalari, yoʻllar va tariqatlar uning shoxlari ekanini koʻrsatadigan azim silsila eskidan qolgan va yonimda eskirgan silsilanoma bor. Uni chiroyli ravishda oqlamaga koʻchirish uchun xati chiroyli, jadvalda mahorati boʻlgan kishilarni istayman. Hozircha Xusrav bilan Tunukachi Mahmad Afandi, Hofiz Ali xabar yuborgan vaqt Bakir Ogʻada boʻlgan oʻlchov bilan oʻn beshta oq qogʻoz olib kelsinlar.

— 289 —

Toʻrtinchidan: Yigirma Yettinchi Maktubga kiritiladigan, qardoshlarimizning ba'zi yangi bayonlarini sizga yubordim. Haqiqatdan bu bayonlar va umum Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari juda foydalidir. Unda ahamiyatli, shirin, xush, goʻzal ma'nolar, darslar; tashviq qiluvchi, jasoratlantiruvchi hislar bor. Men oʻzim ulardan shirin istifoda etaman, tanballik qilgan paytim menga ahamiyatli bir tashviq qamchisi boʻladi. Nima boʻlganda ham... Qardoshlarim, ranjimang, sizga maktub yozgan paytim bir-biridan uzoq masalalarni toʻplayman. Xar maktub o'nlik boʻladi.

Beshinchidan: Men qoʻli, boʻyi qisqa yaktagimga rozi boʻldim. Endi biron narsa kerak emas. Xusravning chakmoni yonimda maqbul musofir edi, yuboryapman. Volidasining bir daraja sogʻayganidan juda xursand boʻldim. Janobi Haq sihat va ofiyat bersin. U yerda Xusravning qardoshi Ali Hasan va Tunukachi Mahmad Afandi va Hofiz Ahmad kabi ''Soʻzlar''ga bilan aloqador kishilarga salom yoʻllayman.

Qardoshingiz
Said Nursiy

Namuna uchun yuborilgan qogʻoz zoye boʻlgan, koʻrolmadik. Oq qogʻozdan siz tanlang. Sulfat tuzi keldi, ammo koʻp. Mahmad Afandi menga qaytadan bir lavha yozgani meni xursand qildi. Janobi Haq yozgan xar bir harf evaziga ming savob ehson aylasin. Omin, omin.

***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ وَ اَسْرَارِهَا

Ey bu foniy dunyoda tasallilarim, bu gʻurbat diyorida yaqinlarim va Qur'oniy sirlarda meni qiziqishlari bilan gapirtirgan zakovatli, farosatli tinglovchlarim!

Sizga, faqat bir-ikki daqiqa qarab, qay daraja achinadigan holda, noqis xat bilan ishlaganimni va sizning qiymatli qalamlaringiz menga qanchalik muhim boʻlganini his ettirish uchun, oʻz xatim bilan tahrirsiz harflar mundarija sini yuborgan edim. Holbuki, sizlar bir-ikki daqiqa emas, soatlarcha oʻqidingiz va kunlarcha zabt etdingiz. Bundan tushundimki, siz unga ortiqcha qiziqyapsiz. Shuning uchun sizga u roʻyxatning oqlama yozuvini yuboryapman. Istasangiz oʻzingizga bir surat olasiz.

— 290 —

Faqat shuni bilingki, bu mundarija vaqtinchalik bir manba boʻlish uchun taxminiy tarzda tuzildi. Men osonlik uchun, qisman eskidan xotiramda boʻlganlarga, qisman ikki miqyos bilan toʻqqiz soatda abgor xatim bilan yozgan edim. Soʻngra tushundimki, bu vodiyda - qishlogʻimizda tafsir bor ekan. Oʻsha tafsirni olib keldik, solishtirdik. Aksariyatiga muvofiq kelganmiz, bir nechta katta miqdorlarda, oʻn-oʻn besh kichik yerlarda farq chiqdi. Tekshirishlar natijasida, tafsirning bosmaxona va nusxa koʻchiruvchilarning xatosi tufayli farq boʻlgan. Ikki-uch yerda ilk nusxa roʻyxatimizni tahrir qildik. Soʻngra tahririmizning xato ekanini tushundik, roʻyxatimizni almashtirmadik. Bosmaxona xatosi, tafsir tahrirga muhtoj deb oʻyladik, faqat qilolmadik. Chunki egasi buyuk bir mudaqqiq va bosmaxona Jome'-ul Azhar yonida va yaqinida, Azhar ulamolarning nazoratida boʻlgani uchun tahrirga jur'at etolmadim.

Xuddi shu tafsirni oqlamaga koʻchirilgani bilan birga yuboryapman. Unga qararsiz, ammo tanqid bilan ovora boʻlmanglar. Chunki mening roʻyxatim taxminiy, hali oqlama yozmadim. Tafsir esa, koʻp masalalarda rivoyatga tayanadi. Ham ba'zi Makkiy suralarga Madina oyatlari kirgan. Balki hisobga kirmagan. Masalan, Alaq surasida harflarni yuzta atrofida degan. Murodi, eng avval nozil boʻlgan ilk yarmidir. U toʻgʻri aytgan. Men esa, eski xotiramda qolganlarga tayangan holda butun surani oʻylaganim uchun bu haqda xato qilganman.

Yana, muvofiqlikdagi sirlar katta boʻlimlarga taʻalluqli. Taxminiy mundarija bizga kifoya. "Kanz-ul Arsh"ning uch nuktasida yozilgan muvofiqliklar qoldiqlarning almashinishi bilan almashmaydi. Katta boʻlimlarning almashsa tavofuqlar buzilmaydi. Masalan, Kahf surasi bilan 39 sura 1000 adadida ittifoq etadi. Bir-ikki dona 1000 adadini yoʻqotsa ham muhim tavofuq buzilmaydi. Va hokazo... Qoldiqlarning sirlari boʻlsada, hali bizga tamoman ochilmadi. Inshoalloh ochilgan vaqtda mundarijaning ham oqlamasi yoziladi.

Said Nursiy
***
— 291 —

(Xusravning bayoni.)

Aziz Ustozim!

Jumadul Oxir oyida sodir boʻlgan وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyati ifoda etgan holatlarning namunasini izohlagan samoviy hodisalar bilan, Qur'onning samosida porlagan Jalol Lafzi yulduzlarining ajib va shirin tavofuqlarini dars bergan qiymatli maktubingizni Hofiz Ali qardoshimiz ham dohil, Ra'fat, Bakir, Lutfi, Rushdu, Kechechi Mustafo Afandi va akam Ali Afandi bilan birga oʻqidik. Oʻsha tun majlisimiz juda shirin oʻtdi. Samoviy hodisalarni hayrat va taʻajjub va juda katta sevinch bilan qarshilab, mala-i a'loning bayramlariga biz ham ishtirok etdik. Ushbu samoviy hodisaning birinchi marta sodir boʻlishi, (boshda inson suratida qilingan Hubal degan katta but bilan 360 butni iloh deb qabul qilgan) Quraysh mushriklarining halokati bilan natijalangan edi. Inshoalloh ushbu ikkinchisida oʻn toʻrtinchi asri Muhammadiyda va Ovrupa taraqqiyoti bilan iftixor etgan va yigirmanchi asr nomini olgan bugun, bizga fatrat ahli butparastligining yanada fojiali koʻrinishi - suratparastligining ildizi kesilishini e'lon qildi.

Bu e'lon, ummati marhuma-i Muhammadiyaga juda goʻzal va juda xayrli futuhotni tayyorlaganini eslatib, mahzun qalblarimizni quvontirdi, yigʻlagan yuzlarimizni kuldirdi, gʻamli chehralarimizga tabassum qildirdi. Aqlimizda Saodat Asrining jozibador hayotini jonlantirgan, goʻyo moziyni istiqbolga aylantirib, bir muddat oʻsha olamda va pok ruhli, yuksak tushunchali insonlar orasida yashatdi.

Ikkinchidan: Jalol Lafzining ma'nodor va munosabatdor muvofiqliklarini koʻrdik. Bu muvofiqliklar nazarimizni beixtiyor oʻziga qaratdi. Koʻrsatilgan qismlar va tenglashtirilgan adadlar shunchalik shirinki, oʻqirkan qalbimizga rohatlash, dunyoqarashimizni kengatirdi, ruhimizga ozuqa berdi.

Vaqtimizni orttirish uchun, yon yozuv bilan yozilgan Qur'oni Karimning 15-chi sahifasiga qadar 7, 8 adadlar tavofuqlarini muhofaza qilib, 51 marta kelishi maktubning oxirini asal bilan bogʻlaydi. Gʻarib shuki, bu raqamlarning ham yozilishi birdir, ham qatorda qardoshligi bir hamda sahifada koʻrsatgan raqamlarga muvofiqligi birdir.

— 292 —

Ey suyukli Ustoz! Janobi Haq sizdan koʻp rozi boʻlsin. Bizni yangi-yangi mevalar va yemishlar bilan ozuqlantirib, zehnlarni quvvatlasin, hamda ochlikni ketkazib, iztiroblarimizni taskinga vosita boʻlyapsiz.

Xusrav
***

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim, aziz hoʻja afandim hazratlari!

Qoʻl oyoqlaringizdan oʻpib, sihat va ofiyatingiz uchun duochiman. Bu hafta, yozib tugatishga muvaffaq boʻla olgan Yigirma Oltinchi va Oʻninchi juzlarni, Qur'oni Karimning tamoman yozilishidan tavallud etgan baxtiyorligimni ifodalagan ushbu arizamni taqdim etyapman.

Suyukli Ustozim! Bu xususda menga kelgan, Furqoni Azaliyning ba'zi inoyatlarini aytishimga izn berilishini iltimos qilaman. Jumladan:

Jalol va Rab lafzlari muvofiqligi, kalima tavofuqlarini muhofaza qilib, bir Qur'oni Karim yozilishini amr qilgan vaqtingiz, juda buyuk bir sevinch bilan qalamga yopishgan edim. Ilk yozgan uch juzimning boshida shunchalik qiyinchilik bilan yozdimki, sevinchimni umidsizlik, shavqimni sustlik qoplagan edi. Asosan Arabcha xatimning xunukligi umidsizligimni koʻpaytirar, sustligimni ziyodalashtirar edi.

Suyukli Ustozim, bu hol koʻp davom etmadi. Ilk kunlarda ertalabdan kechgacha ishlab, besh yoki olti sahifa yozish men uchun buyuk muvaffaqiyat edi. Qur'oni Azim-ul Burhonning yordami yordamga yetishdi. Qiyinchilikning oʻrnini baxt, qaygʻu oʻrnini sevinch qopladi. Ba'zi kunlar qalamni qoʻlimdan tushirmaslik uchun, namoz vaqti tez kelmasligi yoki Quyosh botmasligi istardim. Ba'zan, ertalablargacha yozuv yozishni istardim. Ba'zan yozilishi oʻta qiyin sahifalarga, Qur'ondan yordam istardim. Va oʻsha sahifani yozishga oʻta oson muvaffaq boʻlardim. Ba'zan eng oson yoziladigan sahifalarda yordam soʻramasdim. Oʻshanda qoʻlimdagi qalam goʻyo yozuv yozishda ojizligini izhor etardi. Hatto ba'zan xato yozib sahifalarni almashtirardim.

Bunchalik osonliklar orasida, Arabcha xat shaklimning oʻzgarayotganini koʻrdim. Birinchi marta yozgan yozuvlarim bilan oxirgi yozgan yozuvlarimni taqqoslaganimda, tushunilmas yozuv bilan, qanday qilib, jasoratli pahlavon kabi oʻrtaga otilganimni oʻylab avval juda xafa boʻldim. Soʻngra sevinchimdan xursand boʻlib shukr qildim.

— 293 —

Qur'onda mavjud tavofuqlari bilan birga yozgan Hofiz Ali, Hoja Sabri, Hofiz Zuhdu kabi qardoshlarimning yozganlarini koʻrgan sari, shavqim ortar edi. Umid qilganimdanda ustun bir taraqqiyot koʻrdim. Bu asnodagi inoyatning bir qismi qalbga chiqar edi. Bir qismi tirikchilikka taalluqli edi. Bir qismi esa yozuv yozarkan sodir boʻlar edi. Masalan, oxirgi bir hodisani aytaman:

Eng oxirgi yozgan Tavba surasining 197-chi sahifasida oltita Jalol Lafzi mavjud, aqlimda sahifaning yoziladigan shaklini tayyorladim.

سَيَرْحَمُهُمُ اللّٰهُ اِنَّ اللّٰهَ عَز۪يزٌ حَك۪يمٌ

oyati jalilasidagi ikki dona Jalol Lafzi tavofuq xoriji qolmoq surati bilan yozishni boshladim. فَمَا كَانَ اللّٰهُ dagi Jalol Lafzini yozganda istaganim kabi boʻlmaydi deb oʻyladim. Uch bir, ikki bir tavofuq boʻlsin dedim. Men muvofiq keladigan Jalol Lafziga yaqinlashgan sari Jalol Lafzlari tavofuqdan uzoqlashar edi. Hech qanday yoʻl bilan men istagan shaklda muvaffaq boʻlolmadim. Oxiri hozirgi vaziyat vujudga keldi. Sahifani almashtirishni istadim. Qaradim, bu sahifa istagimni tinglamadi. Bunda bir maqsad va gʻoya borligini xotirlab, sahifani yirtmadim. 198-chi sahifani yozgandan soʻng, diqqat qildim. 197-chi sahifadagi muvofiq kelmagan satrdagi ikki Jalol Lafzi 198-chi sahifada ayni satr ustidagi ikki Jalol Lafzi bilan ust ustga kelganini va boshqasining 199-chi sahifada juda juz'iy bir ogʻish bilan (balki yarim santimetr) boshqa bir Jalol Lafzining ustida turganini koʻrdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى deb, Janobi Haqning men kabi dardmand va juda koʻp ma'siyat va qusurli qulini bunday muqaddas xizmatda ishlatgani uchun nihoyasiz sevinchga gʻarq boʻldim.

Bu inoyat va muvaffaqiyatlar fazilat va buyuklikda hamma narsadan ustun kelgan oʻchmas va oʻchirilmas ovoz, barakatli ziyo va porlagan buyuklik bilan yigirma sakkiz ming olamga imomlik qilgan, dars bergan Furqoni Azaliyning hadsiz karomatlaridan bir karomatni va nihoyasiz moʻ'jizalaridan uchqun-misol kichik bir yogʻdusi edi.

— 294 —

Janobi Haq dargohi izzatida qabul qilsa, men kabi zillat va miskinlik xar tarafini qoplagan qusurli, ojiz bir qul uchun qanday buyuk bir saodat!

Xullas, suyukli Ustozim! Oliy himmatingiz لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ xitobi izzatiga sazovor boʻlgan fuyzlar manbai Alayhissalotu Vassalom Afandimizning qudsiy himmatlari va rafiq boʻlgan Qur'oni Azimushshonning karomati va Janobi Vojib-ul Vujud hazratlarining izn va lutfi sababli, yana ularning rizosi yoʻlida ummati Muhammad (AS) uchun vosita boʻlib yozdirilgan Qur'oni Karimni sizga taqdim etarkanman, faqir talabangiz, sizga jiddiy bir talaba, haqiqiy qardosh, itoatli avlod va Paygʻambari Ziyshon Afandimiz Hazratlariga ummat va Xalloqi Karimga kamtar qul boʻla olish tilaklari bilan qoʻl va etaklaringizdan kamoli ta'zim va hurmat bilan oʻpaman, Afandim Hazratlari.

Faqir talabangiz
Ahmad Xusrav
***

(Milasli Halil Ibrohimning bayoni.)

Afandim!

Yigirma Yettinchi Maktubning shirin sadolari ichida mening ham boʻgʻilgan ovozim chiqishini istayman. Lekin afsus, sirlar manbai dengizidan gapirish haddim emas. Istagim va ishtiyoqim, oʻsha gulistonga kirish va goʻzal gullardan hidlashdir. Yoʻqsa uni tavsif qilishga ojiz va nuqsonliman. Garchi qalbimda gʻalayon etgan ma'nolar koʻp. Lekin nima boʻlganda ham, til hissiyotimizning tarjimoni boʻlolmaydi.

Shuni ayta olamanki, qoʻlimda mavjud risolalar va mundarijada koʻrganimga asosan, Risola-i Nur boʻlimlari bir nuroniy daraxt boʻlib, shoxlari dunyoning toʻrt tomoniga nurlarni tarqatmoqda va dunyoning oxiriga qadar tarqatadi. Qorongʻu tunda samodagi yulduz va oy zamin yuzida qanday rahbarlik qilsa, Risola-i Nur parchalari ham shundaydir. Zulmatda nurga qanday ehtiyoj boʻlsa, Risola-i Nur qismlari ham shunday.

— 295 —

Zalolat dengizi toʻlqinlari orasida, Nuh (AS) kemasi najot manbai, xar kim unga chiqsa, ma'asiyat toʻfonidan xalos boʻladi. Risola-i Nur qismlari kurra-i arzning toʻrt mavsum kutubxonasida bir bahordir va bahorchalik latofatli va jonbaxshdir. Oʻlgan yerga bahor vositasida hayot berilgani kabi, Risola-i Nur parchalari ham oʻlgan yer qalblarga yangi hayot beradi. Risola-i Nur boʻlimlari bir murshiddir. Insonni haqsizlikdan haqqa yoʻnaltiradi, hayvonlikdan insonlikka va asfali sofiliyndan a'loyi illiyinga yuksaltiradi. Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Yigirma Toʻrtinchi Maktubi va unga oʻxshagan risolalar insonning ruhida ochilish hosil qiladi. Qalbida Sone'-i Hakimning hikmatiga qarata oynalar ochadi. Risola-i Nur boʻlimlari insonning ogʻir kunlarida yordamiga kelib, tasalli beradi. Bu jihatni shaxsan koʻrdim. Bir soʻz bilan: Risola-i Nur haqida nima desam ham, Nurning taʻrifida soʻniq chiqadi. Xullas, mundarijalar mundarijasi shunday ekan, yanada yaxshisini ahli boʻlgan kishilar anglaydi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Halil Ibrohim (RH)
***

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bugun hayratlantiradigan, nazarni tortadigan, diqqatni jalb qiladigan, ma'nosi latif, tartibi zarif, tavofuqi nazif, nurlari zohir, iyjozi bahir, burhon qaymogʻi, iymon ruknlari, Qur'on i'jozining bir yogʻdusi boʻlgan va muborak Xusrav juda mukammal tarzda koʻchirgan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz bilan uning ilovalari haqiqatdan juda muhim masalalarni jamlagan va tengi yoʻq javoblarni ichiga olgan Oʻn Oltinchi Yogʻduni va men kabi dangasalarga mukammal bir tanbeh darsi boʻlgan maktubni olganimdan baxtiyor va koʻpdan beri mahrum boʻlgan Nurlarga qovushib, erishgan ne'matimga, Janobi Xalloqi Rahimga tashakkurdan ojizman.

U yerda qardoshlarimizdan besh turdagi ibodat haqidagi izohlari bilan yomon shaxsiyatimga emas, yolgʻiz Qur'onga, iymonga, Nurga, haqiqatlarga yuzlangan holimga qaradim va tushunchalarimni yoʻqladim. Men ham ayni narsalarni oʻylagan va qanoat keltirgan edim.

1. Zalolatdagilarga qarshi kurashish:

اِنْ تَنْصُرُوا اللّٰهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ اَقْدَامَكُمْ
— 296 —

2. Haqiqatni nashr qilishda Ustozga yordam berish:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوٰى ٭ وَ اَط۪يعُوا اللّٰهَ وَ اَط۪يعُوا الرَّسُولَ

3. Musulmonlarga iymon jihatidan xizmat

اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللّٰهِ اْلاِسْلَامُ * وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا * اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ

kabi oyatlar bilan

اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ

hadisi sharifi.

4. Qalam bilan ilm tahsil qilish:

نٓ وَالْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ

Modomiki haqiqat ilmi dars berilmayotga ekan, albatta maxfiy hikmatlarga binoan sanoqli insonlarning qoʻliga tushgan, qulogʻiga kirgan bunday darslarning jiddiy tahsili uchun, ayniqsa oʻqib-yozishni bilganlar shaxsan yozish bilan, bu natijani qoʻlga kiritishiga shubha qilinmasligi kerak. Bir narsani yozish, oʻqish, tushunish, soʻngra boshqa qogʻozga koʻchirish boʻlib, bu shaklda istalgan istifodaning ta'min qilinishi muhaqqaqdir.

5. Bir soati bir yil ibodat hukmiga oʻtadigan tafakkur: Nurlardan istifoda qilish, bunday soatlar, hammamiz koʻrganmiz deb oʻylayman. "Soʻzlar"dagi haqiqatlarni tafakkur qilish, aynan Qur'onning xazinalarini ma'nan tadqiq qilish boʻlib, Allohning Fattoh ismi yordamga kelib, aqllarni hayratda qoldirgan shunday eshiklar ochadiki, zavq olishning oxiri yoʻq. Qur'onga pardasiz, vositasiz qaralsa, zilol kabi haqiqatlarning tajalliy etganini, musaffo osmonda quyosh kabi, bu havoda yulduzlar bilan bezalgan samoda toʻlin oy kabi koʻrish mumkin.

Men kabi bir isyonkorning vaziyati, holi, qobiliyati, umuman iste'dodi yoʻq ekan, Allohu Zuljalolning nihoyatsiz karamu rahmati, fazlu inoyati bilan, ikki karra ikki toʻrt boʻlishi aniqligida qat'iy xulosa qildimki, Hazrati Gʻavsning va uning ustozi, ikki jahon faxri Nabiyyi Afhamimiz (ASV) Afandimiz Hazratlarining duo va himmatlari, Hazrati Qur'on shogirdlari ustidadir.

— 297 —

Sui ixtiyorimiz bilan buzmasak, bu himoya va sohiblik albatta davom etadi, katiy bilaman va shunday iymondaman. Bu satrlarni menga yozdirgan Nur asarlarining kelish sharaflari va fayzlari, inshoalloh Ramazonning oxirgi oʻn kuni ichida yashiringan Laylatul Qadrni ihyo qilish savobini beradi va rizo-i Samadoniyga sazovor qilib, abadiy saodatni qozonishga vasila boʻladi.

Ey ustozimning bu foniy olamda birodarlari! Inshoalloh oxirat olamida ham yoʻldoshlari boʻladigan aziz va qiymatli qardoshlarim! Hozir qalbim qanday ingrayotgan bo'lsa men ham ixtiyorsiz shunday yozyapman: Hazrat Ustoz koʻrsatgan yoʻl, aynan Qur'onning buyuk jaddasidir. Undan ayrilmaylik, xizmatdan qochmaylik, sustlik qilmaylik. Sarmoyasi yolgʻon va yolgʻonchilik boʻlgan siyosat targʻibotlari, sui kasbimiz bilan qozongan va bugun meros qilib olgan yomon narsalarga, qadarni ayblab, Allohning murodiga aralashishga jasorat qilmaylik. Biz qulmiz. Yaratilish sababimiz - sayyidimizni, yaratganimizni, roziqimizni bilish va topishdir. Mavjudotning xulosasi boʻlgan Paygʻambarimiz vositasida nozil boʻlib, ikrom qilingan Qur'onning hukmlariga va u Hazratning sunnatlariga muvofiq harakat qilishga jon-jahdni ayamaylik. Ushbu Nur qoʻlimizda murabbiy, yonimizda (Allohni) tanituvchi-muarrifdir. Oramizda Nurlarni nashrga, murabbiy va muarrifimizni tinglashga harakat qilaylik. Biz qullik vazifamizni bajaraylik, oxirida beriladigan mukofotni Xoliqi Rahimimizga qoldiraylik. Bir-birimizga eng katta yordam boʻlgan duoni ham ayamaylik.

"Zuhra", "Habba", "Qatra" va "Zayli"ning Arabcha bir nusxasi bu faqirga hadya qilingan, bir kun tarjimasining ham qilinishiga ishora qilingan edi. Demak vaqti keldi va men kabi Arabcha bilmagan qardoshlarning ma'naviy orzulari, "Zuhra"ning tarjimasiga vasila boʻldi. Tuygʻularimni oʻta qisqa arz etaman:

Birinchi Mulohaza: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ tavhid kalimasi bilan Ma'budi Haqiqiyga bogʻlanish kerak.

Ikkinchi Mulohaza:
اَللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ وَاللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ وَ للّٰهِ الْحَمْدُ

takbiri akbari bilan kibriyo va azamat sohibi faqat Allohu Zuljalol Val kamol ekanini...

— 298 —
Uchinchi Mulohaza:
كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

azim nassi, hamma narsa halok boʻlishini aytar ekan: Ey zaif inson! Bundan sening, quyoshga nisbatan zarra ham boʻlmagan hayotingning ham hissasi borligini angla, esingni yigʻ, yaratilishingdagi hikmatni oʻyla, haddingni bil, umr va hayotingni, senga abadiy saodatni ta'minlaydigan narsalar bilan oʻtkaz. Haqiqatini...

Toʻrtinchi Mulohaza:
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِى اَنْشَاَهَا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ

kabi oyatlar bilan quvvatlantirilgani oʻlimdan keyingi

ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ اُخْرَى فَاِذَاهُمْ قِيَامٌ يَنْظُرُونَ

oyatining sirri zohir boʻladigan jazo va hisob kunida, Maliki Yavmi-d Dinning huzurida, maxluqot va mavjudotning eng qiymatlisi - insonning aynan xalq qilinib qoʻyilishini...

Beshinchi Mulohaza: Ovrupa zoxiriy madaniyatining Qur'oniy haqiqatlar bilan botilligini.

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُوءْمِنِينَ

oyatining bir gaplashish shaklidagi darsini...

Oltinchi Mulohaza:
اِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ * كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً

kabi oyatlar bilan, ham iymon tojini kiygan Allohga bogʻlangan jamiyatning gʻalabasini va zohiran inson suratida yaratilgan mushriklar va ularning bir turi, hamma narsani inkor qilganlarning, Qur'onga koʻra qiymatlarini...

Yettinchi Mulohaza:
وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا * اِنَّ اللّٰهَ يَاْمُرُ بِالْعَدْلِ وَاْلاِحْسَانِ
— 299 —
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى

kabi oyatlarning ma'nosini xotirlatganini...

Sakkizinchi Mulohaza: Oxirida zikr qilingan toʻrt oyati jalilaning bir navi tafsiri...

Toʻqqizinchi Mulohaza: Bugunimiz Toʻqqizinchi Soʻzining bir urugʻi ekanini...

Oʻninchi Mulohaza: Ma'rifatullohga yoʻl ochadigan, bid'atlar koʻpaygan davrda Risola-i Nur unvonini oladigan va eng avval ahli iymon oʻlgandan keyin tirilish bor, jazo va hisob kuni bor, uygʻoning degan xitob bilan yoyiladigan "Oʻninchi Soʻz"ga maxfiy ishora qilganini...

Oʻn birinchi Mulohaza: Oʻn bir, Oʻn ikki, Oʻn uch, Oʻn toʻrtinchi Soʻzlar kabi, Qur'ondan koʻp bahs etgan Nur risolalariga, ayniqsa ular orasida porlagan mavqeni egallagan, Yigirma beshinchi Soʻzning kelishiga ishorat qilinganini...

Oʻn ikkinchi Mulohaza: Barcha musulmonlarga, xar hil tariqatlarda boʻlib qozoniladigan natijaga; ajz, faqr, shafqat va tafakkur yoʻlida Basmala boʻladigan dars berganini...

Oʻn uchinchi Mulohaza: "Yigirma Oltinchi Soʻz "ni,

اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ

oyatlarini;

مَنْ عَرَفَ نَفْسَهُ فَقَدْ عَرَفَ رَبَّهُ

hadisini, "Birinchi Soʻz"ni, majoziy muhabbatdagi aqliy darajani koʻrsatib, taqliddan tahqiqqa oʻtish kerakligini...

Oʻn toʻrtinchi Mulohaza: Juda muhim va juda nurli bir asar boʻlgan, Yigirmanchi tavhid Maktubini...

Oʻn beshinchi Mulohaza: Uch masalasi bilan, Qur'ondagi amr va ta'qiqning qanchalik oʻrinli ekanini va shariati Ahmadiya dasturlarining, qanchalik aqlga uygʻun va mantiqiy asoslarga tayanganini, ochiq-oydin koʻrsatmoqda. Juda qusurli va ojiz talabangiz olgan fayzlarini faqat matndagi yozuvlarni takror etib ifoda qila oladi. Gapni kamaytirish uchun soʻzda tafsilotga kirmaslik yanada ma'qul degan oʻy bilan, masalalarimni tugatishni foydaliroq koʻrdim.

Xulusiy
***
— 300 —

(Moʻ'jizoti Ahmadiyani zarhal bilan yozgan Doktor Abdulboqiy Beyning bayoni.)

Suyukli, mushfiq Ustozim, Afandim Hazratlari!

Qimatida chegara boʻlmagan va har jihatdan madh va maqtovga loyiq Risola-i Nur qismlaridan biri "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ni bu maktub yoyilishida sazovor boʻlgan inoyatiga masadaq boʻlgan qalamim bilan, ikki kun avval tugatib, suyukli Ustozimga taqdim etyapman. Bu risola haqida aziz Ustozimga qalb kechinmalarimni aytishni istayman. Ammo na qalamim va na qalbim ifodadan ojizdir.

Bu risola ruhimda vujudga keltirgan oʻzgarishlarni ta'riflash imkonsiz. Haqiqatdan ruhimning Saodat Asriga oid qorongʻu nuqtalarini oydinlatgan, qalbimning eng chuqur yerlariga kirib, faqir talabangizga taratgan ziyolari, nurlari bilan shunday bir holga keltirdiki, bu qusurli talabangizning Janobi Haqdan istagan va zulmatlarni yorib nur sochgan asrda, bashariyatni halok boʻlishdan qutqarib saodatga da'vat qilgan va qoʻli va tilida soʻngsiz moʻ'jizalari bilan, faqat bashariyatga va dunyoga emas, balki butun mavjudotga, dunyo va oxiratga oʻzini tanittirgan Paygʻambari Ziyshonga ummat boʻlish va suyukli Ustozimga talaba boʻla olish qaydi bilan hayotimga xotima berilishidir. Qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim.

Abdulboqiy
***

(Ahli dunyoning Ustozimiz haqidagi aslsiz uch vahimasi munosabati bilan bir qardoshimiz soʻragan savolga javob.)

Ustozimiz Barlada kimsasiz qolgani uchun, mutolaa qiladigan kitoblari boʻlmaganidan, dunyodan umidini kesib, oxirat nuqtasidan, iymon jihatida, oʻz nafsi bilan boʻlgan muqolamalarini, oʻylaganlarini koʻp marta "Ey nafsim, ey nafsim!" deb qalamga olgan. Qachonki u vaziyatdan, u balodan qutuldi. Bu yerga keldi, olti oy mobaynida u yerdagi olti kun qadar bir narsa yozmadi. Zotan nashriyot qilmaydi. Faqat oʻz nafsi uchun mulohaza navidan qayd qilgan masalalarini iymon jihatidan vasvasaga tushgan ba'zi xos doʻstlarining istashlariga binoan, qiyinchilik bilan ular olib mutolaa qiladilar. Yozgan eng ahamiyatli bir asarini; bir mudir, vasvasali va u haqida qaysar bir hokimga shikoyat tarzida bergan. Oʻsha qaysar hokim tadqiqotida, bu asarda va buning nashriyotida siyosatga taalluq qiladigan bir jihat yoʻq, yolgʻiz iymoniy masalalarga oiddir deb haqiqatni anglash bilan u mudirni urushgan.

— 302 —

Yana, xoʻjamiz tariqat davri emasligini doʻstlariga doim aytadilar. Xozir iymonni qutqarish davridir deydilar. Bunga dalil, toʻqqiz yildan beri hech kimga tariqat oʻrgatmaganlaridir. Mazhablari Shofe'iy boʻlgani uchun, namozdan keyingi tasbehotlari biroz uzunroqdir. Bu uzunlik oʻttiz uch tasbehotdan soʻngra, Shofe'iy mazhabida sunnat boʻlgan ba'zan oʻn, ba'zan oʻttiz uch "La ilaha illalloh" zikri va uch marta salovot oʻqishdan iboratdir. Xususiy ibodatida yonlarida hech kimni qoldirmaydilar, eng xos xizmatchilari ham yonlariga kirolmaydi. U kishi aytadilarki: "Men shayx emasman, bir domlaman. Avvallari dunyoga qoʻshilganim uchun gunohlarim koʻp. Ular uchun istigʻfor aytaman", deydilar. Ustozimiz haqida ahli dunyo va ahli hukm tarafidan koʻp marta "Qanday tirikchilik qilyapti?" deb xavotir bilan soʻralmoqda. Bu savol ostida, "Ajabo, boshqalarning hadya va sadaqalari bilan yashyaptimi?" deyilmoqda.

Javob: Biz doimiy xizmatidamiz. Hech kimning sadaqa va hadyasini ixtiyori bilan qabul qilmaydilar. Majbur boʻlgan vaqtlari, evazini berib oladilar. Barlada qishloq xalqi kam boʻlgani uchun, man etib oʻzlarini qutqarar edi. Bu yerga kelgandan keyin, Barla kabi "Men hech narsa istamayman", degan qistovli shakldagi radga muvaffaq boʻla olmadilar. Ranjitishni istamaydigan ba'zi doʻstlar keltirgan ovqatlarni bir necha marta yedilar. Soʻngra birdaniga, xasta boʻlmasada, ishtahalari tamoman bugʻildi. Biz ustozimizning birovning hadya va sadaqasini yedirmaslik uchun, ma'naviy bir eslatma va bir tanbehdir ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik.

Ha, ikki yil avval Ramazon oyi boʻyicha uch dona non, bir oʻqqa guruch, u kishi va toʻrt mushukka kifoya kelgani kabi, yana bir yil avval uch baton non Ramazon oyi kifoya qildi. Ushbu Ramazoni Sharifda oʻttiz kunda yarim oʻqqa qatiq bilan yarim oʻqqadan ham oz guruch va toʻrt tiyinlik baton non yeganini (faqar bir-ikki bakal choy va iftor vaqtida bir choy qoshigʻi asal yeyish mustasno) boshqa narsa yemaganini shaxsan koʻrdik.

{(Hoshiya): Ustozimiz xos xizmatchilaridan boshqa hech kimni ixtiyorlari bilan qabul qilmaydilar. Hatto doimiy xizmatlarida boʻlgan ikki-uchimiz birga boʻlishimizni istamaydilar. Hozirgacha xizmat qilganlardan boshqalarni besh-oʻn kunda bir marta ham qabul qilmay, orqa qaytaradilar. Oʻn uch yil avval bir kunda toʻqqiz gazeta oʻqirkan, toʻqqiz yildan beri, biz guvohlik beramizki, bitta ham gazetani na oʻqidilar va na oʻqitdilar, na istadilar va na orzu ettirdilar. Eski vaqtlarini oʻylab, hozir siyosat va olamning jarayonlari bilan munosabati bor deb oʻylaganlarning aslsiz vahimalarini ustozimizning bu holati qat'iy rad qiladi:

Navbat bilan yonlaridagi Sulaymon Rushdu, navbat bilan yonlarida boʻlgan Xusrav, navbat bilan yonlarida boʻlgan Ra'fat, Sakkiz yillik birodari Bakir, Barlada doimiy xizmatkori Mustafo Chovush, Sakkiz yillik xizmatida boʻlgan bir birodari Barlali Sulaymon.}

— 302 —

Yana, doimiy xizmatidagi birodar Rushdu Afandi, uch oʻqqasi besh kurushga sotilgan yaxshilab qizartirilgan uch dona kichik baliqlardan keltirgan edi. Bularni Ustozimni yeyishi uchun qistadi. Ham Rushdu Afandini ranjitmaslik, hamda baliqlarni yaxshi koʻrgani uchun yedi. Oʻsha baliq tufayli besh soat tinmasdan sanchiq sezdilar. Bu sanchiq boshlagandan uch soat soʻngra Rushdu Afandiga aytdilarki, Xusravdagi pulimdan baliqning pulini ol, sanchiq davom etyapti, desalar ham baliqlarning pulini olmagani uchun, ikki soat yana davom etadi. Oxiri: "Ey voh, pulni ol, meni bu sanchiq azobidan qutqar", dedilar. Rushdu Afandi baliqning pulini olishi bilan sanchiq birdaniga toʻxtadi. Biz Ustozimizdagi bu holni aynan koʻrdik. Xullas, Ustozimiz haqida, nima bilan tirikchilik qiladi deganlar xatolarini tuzatishsin.

Bekir, Ra'fat, Xusrav, Rushdu
***
— 303 —

(Xulusiy Beyning maktubi.)

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ بِلَا اِنْقِطَاعٍ

Ayyuhal Ustoz-us Said!

Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiyatlarida eng ojiz, eng zaif va eng manfaatsiz a'zo boʻlish bilan birga, intisob vositasidagi kuch bilan ma'naviy aʻzolari duolarining va muqaddas himoyasining himmatiga va Rabbi Rahimning karam va inoyatiga tayanib, biz noil boʻlgan oxirgi nurli asarlarni mutolaa qilish, bechora atrofimizdagi nashri sababli xolis sevinchimizga, nihoyasiz ma'naviy tuygʻularimizga tarjimon va ojizlik tili bilan hissiyotni izhorga vosita, boshda muhtaram, juda mushfiq va aziz Ustozga, u kishining Xudoning tavfiqi bilan eng qiymatli yordamchilari va Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy jismlarida doim faol, nurli yetkazuvchi va noshirlari hisoblangan qardoshlarimizga shukronalik va duo qarzimizni yetkazish istagi va niyati bilan, ushbu arizachani yozishni boshlayman.

Avvalo ulviy va gʻaybiy karomatdan bahs yuritaman: Majmuat-ul Azhobda "Arjuza" nomli muborak qasidani Fathi Beydan topdim. Bir qancha yerlarini oʻqidim. Boshqa tadqiq eta olmadim. Sakina nomli va Ismi A'zamni ichiga olgan olti ism "Fard, Hay, Qayyum, Hakam, Adl, Quddus (Jalla Jaloluhu) ekanini bildim. Bu muborak ismlarning vird qilinishiga ruxsat bersangiz va qanday davom etish taqozo qilsa amringizni iltimos qilaman.

Marhum bobomning Hazrati Ali Roziyallohu Anh Afandimiz Hazratlariga oid va avvalroq arz etganim "Avliyolar karomati haq", dasturini tasdiq mavzusidagi karomatlar hadisi ifoda etilgan bir vaqtda, u yerda bu muborak asarning nashr etilishi, jiddiy ravishda hayratlantirib, ishlarimizning tasodif emasligini koʻrsatadigan kichik dalil va Risola-i Nur Moʻ'jiza-i Kubro-i Ahmadiya (ASV) boʻlgan Qur'oni Azimushshondan joʻshib chiqqani uchun, moʻjizali hodisalar yoʻq boʻlmasligiga ishoradir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 304 —

Bu buyuk asarning oxiriga Risola-i Nur shogirdlari nomidan bu ojiz talabangizning ismini qoʻyish, siddiqingizning yozilgan va yoziladigan barcha Risola-i Nur yogʻdularini tasdiq qilishda ikkilanmasligiga ishora ekanini shukr bilan qarshiladim.

Rahmon surasining فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati jalilasidagi takrorlanishi kabi, Risola-i Nur tarqalishni boshlaganidan beri karomat turlari va gʻaybiy i'joz izhor qilinmoqda. Bu fayzli hodisalar Risola-i Nur shogirdlarini gʻayratga va himmatga tashviq qilib, ularni ma'naviy qurollar bilan jihozlantirib, iymon quvvatini koʻpaytirishga vosita boʻlmoqda.

Allohu Zuljalol Qur'oni Karimida, Paygʻambari Ziyshon hadisi nabaviylarida, Choryori Guzin, Sahoba-i Kirom va Oli Bayt nomlariga, Hazrat Ali va u kishinnig avlodlaridan Hazrat Gʻavs muborak qasidasida oxirzamon fitnasining eng muhim va Qur'oniy harakatga ramz, dalolat, ishora, balki ochiq oydin koʻrsatgan narsalarini Risola-i Nur noshiri barcha asarlarida koʻrsatsa va darslarida takror-takror aytsa, ikkilanish va shubhaga zarrachalik joy va haq qoladimi? Aslo va qat'iyan. Allohning ehsoniga yuz minglab hamd va shukrlar boʻlsin. Munosabat kelgan ekan, tahdisi ne'mat maqsadida, men sazovor boʻlgan, barcha ojizlik va nuqsonimga qaramay, bajartirayotgan muqaddas xizmatning sharafi ma'naviy birlikdagi ixlosning ikromi deb bilishga loyiq, gʻaybiy himoya va muhofazani Risola-i Nur shogirdlari qardoshlarimga qisqacha aytay, bildiray:

1. Allohga ma'lum koʻp kamchiliklarimni bilmagan katta va kichik barcha odamlarning menga eʻtiborlari;

2. Taqozo qilgan, soʻralgan, munosabat kelgan sari, parvosiz tarzda doimo olgan darslarimdan, oʻrgangan haqiqatlarni aytsamda, barcha hamrohlarimning menga muhabbatlari va javob berolmasliklari;

3. Diniy hukmlarga kuchim yetganicha itoat qilganimni bilganlariga va koʻrganlariga qaramasdan, aksar yoʻlimizdagi buyuklarimning xususiyat va holaٌٕ٭rini yoqtirmasamda, ochiqchasiga maqtashlarini izhor qilishlari;

4. Alazizda jismonan ancha uzoqdaligimga qaramay, Risola-i Nur fayzi manbaidan joʻsh urgan yogʻdularning Haq izni bilan kamchiliksiz kelishlari;

— 305 —

5. Eski domlalarimning Nur asarlarini bu ojizdan tinglashlari, vositachiligimda oʻqishlari;

6. Alhamdulilloh, bu yerga kelgan nurli asarlarning, xususiyligi va mahramligi eʻtiborga olib yoyilishiga harakat qilsamda, Xoliqi Azimga yuz ming karra shukr va tashakkur, mone va yomonlik chiqmasligi, va hokazo...

Ochiq, zohir, ravshan va qat'iy himoya va ma'naviy muhofaza natijasida, Risola-i Nur shogirdlari orasidagi haqiqiy ixlos va birdamlikning ochiq oydin tajalliysidir.

Sun'iy kamtarinlik uchun emas, haqiqatni ifodalash uchun aytamanki: Bundan avval qardoshimiz Sabri Afandiga yozgan kichik maktubimda ham aytganimdek, Risola-i Nur shogirdlari ma'naviy vujudida faqat kichik bir oyoq barmogʻicha qiymati boʻlgan bu bechora qardoshingizni, Xoliqimiz bu gunohkor qulini nihoyasiz in'om va ehsoniga loyiq koʻrganki, Risola-i Nur noshiriga bir talaba, Risola-i Nur shogirdlariga bir qardosh, Qur'on xodimlariga birodar qilgan. Arabcha va Forscha bilmagan, ilm va madrasa koʻrmagan bir osiy quliga, Samadoniy hikmati bilan bunday bir ikromda boʻlishi, albatta bir hikmatga tayangan. U Risola-i Nur bilan aloqador kishilar orasidagi soflik va ixlos bilan Risola-i Nurning Allohning nazdidagi darajasiga va xizmatning ulugʻligiga beriladi.

Risola-i Nur shogirdlaridan eng foydasiz bir a'zoga, misol tariqasida zikr qilingan bunchalik ochiq himoya va Allohning muhofazasi sodir boʻlsa, boshqa nurli unsurlarga qay daraja ikrom va inoyat ekani qiyos qilinishi mumkin.

Allohning inoyatiga, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo Sallallohu Ta'ala Alayhi va Sallam Afandimiz Hazratlarining yordam va ruhoniyatlariga tayanib, Alloh roziligi uchun xizmatga bel bogʻlagan, bir-birini ma'naviy va uxroviy qardosh deb bilgan, boshda mushfiq Ustoz, ya'ni Risola-i Nur noshiri bilan uning shogirdlarini

فَاِنَّ حِزْبَ اللّٰهِ هُمُ الْغَالِبُونَ ٭ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّق۪ينَ

oyatlari sirlarining oʻrtaga chiqishi inshoalloh koʻrinadi.

— 306 —

Iqtisod haqidagi risola - ham insoniy, ham ijtimoiy, ham diniy, ham dunyoviy juda goʻzal axloqiy, juda xush iymoniy, juda qiymatli nuroniy bir nasihatnomadir. Bu yerdagi qardoshlarimizdan ba'zilarining Nur asarlari haqidagi ushbu ixtiyorsiz soʻzlari qanchalik oʻrinlidir. Aytishadiki: Bu muborak asarlardan biri oʻqilganda, ichimizdan "Bundanda yuksak asar yoʻq", desakda, ikkinchisini tinglagan paytimiz qaraymizki, bu avvalgidan yanada ulviy va nurlidir.

Men ham aytamanki: Ey birodarlar! Risola-i Nurning barcha qismlarida shunday bir kuch borki, faqat bittasini tinglashga, oʻqishga yoki yozishga muvaffaq boʻlgan kishi, Alloh tavfiq bersa, unda iymonini qutqaradigan haqiqatlarni topadi. Chunki har qismning boshqalari bilan ma'nan aloqasi bor. Oʻqiganga va tingalganlarga sirli tarzda aytiladiki: Oʻqigan kitobingda bizdagi haqiqatlarning ham uchlari, hidlari, ishoralari bor. Diqqat qilsang koʻrasan, harakat qilsang tushunasan, juz'iy ixtiyoringni bu ishga qaratsang, Alloh muvaffaqiyat beradi. Topishing va bilib olishing mumkin.

Ixlosga doir Yigirmanchi, Yigirma Birinchi Yogʻdular: "Yigirmanchi Yogʻdu" xar hil yoʻl va yoʻnalishdagi moʻminlar orasidagi raqobatli ixtiloflarning sabablarini shunday sharh boʻlib, ta'rif qilish uchun bu muborak asarni aynan yetkazyapman boshqa chora yoʻq. Alloh jumlamizni muxlis qullaridan aylasin. Omin.

Eng kami oʻn besh kunda bir marta oʻqilishi amr qilingan Yigirma Birinchi Yogʻdu, vird qilinadigan darajada ahamiyatlidir. Ma'lumki, qal'a ichidan fath qilinadi. Bugungi muvaffaqiyatga sabab boʻlgan ixlos yoʻqolsa, Alloh saqlasin, juda yomon natijalar kelib chiqadi. Eng katta dushmanimiz nafsimizdir. Uni lol qilish uchun, oʻylaymanki, shu eslatma kifoyadir: "Ey nafsi nodon! Meni alday olmaysan. Modomiki, Paygʻambari Azimu-l Qadr Nabiyulloh Hazrati Yusuf Alayhissalom,

وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبّ۪ى

deganlar. Alday olmaysan. Sendan va sening yoʻldoshlaring jinniy va insiy shayton, ahli bid'at va ulamou-s su yomonligidan Allohdan panoh soʻrayman".

Eski Said tili bilan qalamga olingan "Yigirma Ikkinchi Yogʻdu": Zolimlar toʻdasining hujumlariga oʻta mukammal mudofaa, eng loyiq va a'lo javobdir. فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

— 307 —

Oʻttiz Birinchi Maktubning Yigirma Beshinchi Yogʻdusi: Moddiy va ma'naviy barcha xastaliklarga mukammal davodir. Oltinchi davoning ikki marta yozilishiga qiziqdim, esimga keldi. Birdan yigirma beshinchi davogacha boʻlgan davolarni toʻpladim, 325 boʻldi. Takrorlangan olti raqamli davoni ham qoʻshganda 331 chiqdi. Aytilishda va yozilishda oʻchiriladigan bu raqamlardagi olib tashlangan ming raqamini diqqatga olsak 1325 va 1331 yillarda Islom olamining boshiga kelgan musibatlarga bu Yogʻduda maxfiy ishora borligiga xulosa qildim. Basiratli va nurli birodarlarning yanada maxfiy haqiqatlar chiqarganliklarini umid qilaman. Eski talabangizdan Hofiz Husan Afandiga bu Yogʻduni otasining vafotidan bir necha kun oʻtib, arafa kuni Hofiz Umar Afandi bilan uyiga borib oʻqish nasib boʻldi. Moddiy ma'naviy xastaliklariga dori bergan davolaydigan hakim - aziz Ustozga koʻp duo qildi. Bu muborak asarning bu zotga qilgan ta'sirini shunday xulosa qilamiz. Yaxshi koʻrganlar va birodarlaridan xastaligini soʻraganlarga, "Juda mukammal bir dori topdim. Alhamdulilloh doktorlarga dori puli berishdan xalos boʻldim. Kundan kunga yaxshi boʻlyabman" dermish. 17 Zulhijja 1353.

Uxroviy qardoshingiz va ojiz talabangiz
Xulusiy
***

(Risola-i Nur shogirdlaridan Kuleoʻnli Hoji Usmonning bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Risola-i Nurni bir necha yildan beri tinglab, mingdan bir olgan ma'naviy yaralarimga dori vazifasini bajarayotgan edi. Ammo xastalarga oid Yigirma Beshinchi Yogʻdu va keksalarga Yigirma Oltinchi Yogʻduni Mustafo va doʻstlarim bilan birga oʻqib kamoli shavq bilan tingladim. Qarasam, vujudimdagi yaralarga goʻzal ta'sir qildi. Birodarlarimga aytdimki: "Modomiki Risola-i Nurning ta'siri kuchli ekan, men yozishga qaror qildim. Ammo hech oʻqib yozishni bilmaymanki, bunday qiymatli Risola-i Nurga yordam beray. Modomiki qalamim yoʻq, meni xizmatchi va pochtachi qilib tayin qilinglar" deb xafa holda aytdim.

Oʻsha tun tushimda meni oʻlgan va yuvilgan holda qabrga qoʻyishdi. Hashr vaqti kelib qabrdan kafan bilan boshim ochiq, oyoqlarim yalangʻoch holda turdim. Qoʻrqib mamlakatimizga kelarkan, katta bir koʻprikka yoʻliqdim. Koʻprikning ikki tarafida ikki soqchi bor edi. Biridan oʻtib, ikkinchisi meni darrov ushladi. Ajabo, qayerga olib boradsi deb, butun vujudim titrar edi. Biroz ketgandan soʻng koʻprik tugamay meni Ustozimga topshirdi. Ustozim meni yuvib qoydi.

— 308 —

Soʻngra bir masjidga butun aholi askar sifatida toʻplandi. Bir askar kelib menga: "Seni buyuk qoʻmondonga xizmatchi qilib tayinlashdi, borasan", dedi. Men: "Men kabi oddiy bir askar qanday qilib qoʻmondonning yonida xizmatchilik qiladi?" dedim. E'tiroz bildirdim. U yana "Borasan", deb takrorladi,. Men qoʻrqib bordim. Qarasam, u yerda Ustozimni koʻrib sevindim. Menga: "Orqamdan kel", dedilar. Yuksak bir saroyga chiqib, menga: "Ushbu kichik xizmatlarni bajar", dedilar. Men oʻylar ekanman, Barlali Sulaymon Afandi keldi. U bilan birga oʻtirib, Ustozim goʻzal bir gul bogʻiga bordilar. U yerda bir kichik yigit oʻtirgan ekan. Menga: "Sen bu yigitga xizmat qilasan" dedi. Oʻshanda uygʻondim.

Ey qardoshlarim! Modomiki Ustozim oʻzlarida hech narsa yoʻq, u faqat tayin qilingan javharlar doʻkonidan hammaning ehtiyoji borligi va Qur'onning dalloli ekanini sakkiz-toʻqqiz yildan beri e'lon qilmoqdalar. Risola-i Nurlarni yozish, oʻqiish va tinglash uchun harkasning ehtiyoji bor. Shuning uchun, ey Musulmonlar! Ma'naviy yaralaringizga dori qidirsangiz, Risola-i Nurda bor. Qancha yozib, oʻqisangiz iymoningiz shuncha yuksaladi. Hech shubha qilmanglar.

Muborak ikki qoʻllaringizdan oʻpaman va bayramingizni tabriklayman.

اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ
Johil va ojiz talabangiz
Hoji Usmon
***

(Oxiratli singillarimizdan va Risola-i Nur talabalaridan Muzayyananing bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Bu foniy dunyoning alamlariga gʻarq boʻlgan koʻzlarim, sizning fayzli, nurli "Soʻzlar"ingizga, ta'sirli va shifoli risolalaringizga jonu koʻngildan bogʻlangan va oʻqigan sari, risolalaringiz qanchalik buyuk bir murshid boʻlganini hech narsa bilan tariflay olmayman.

— 309 —

Ha, bu dunyoga, bu davrga choʻkkan zulmat va gʻaflat pardalarini "Soʻzlar"ingiz yirtmoqda, zulmatni parchalab, gʻaflatni tarqatmoqda. Qaynday aql borki, haqiqat pardasini koʻrib, haqiqat pardasida haqiqat nuri porlar ekan, ularga koʻzini yumib, zulmat pardasiga tashlangan boʻlsin? Men ham inshoalloh zulmatga tashlanyapman. Xozir qiyinchilik bilan baxtiyorman boshqa badbaxt boʻlolmayman.

Ustozim, men boshqa qardoshlarim kabi sizdan shaxsan dars olishdan mahrumman. Ammo haftada yoki bir oyda bir oliy "Soʻzlar"ingizdan gʻoyibona bir dars olyapman tasavvuri bilan tinglayman. Goʻyo shaxsan sizdan dars olyapman. Kun davomida ahli Islomning salomatini va bu holimning zulmatdan nurga qaytishini, siz boshda va oldinda, biz orqada Janobi Haqqa yolvoraylik. Janobi Mavlom xayrlisi bilan ehson qilsin. Aytishga tilim, ojizligim, nuqsonim qoʻymaydi. Nuqsonimizni Ustozimizga e'tirof etyapman.

Inshoalloh, risolalarning ta'sirida, bir kun, mustaqim Lutfu Afandi kabi taqvo ahli qardoshlarimiz kabi, biz ham gʻayri ixtiyoriy va beixtiyor ishlaganimiz holatimizdan "Soʻzlar"ingizning irshodi bilan qutulamiz. Zakoiy qardoshimizdan Oʻn Yettinchi Soʻz, Oʻn Sakkizinchi Maktub, Yigirmanchi Maktub va Oʻttiz Uch Derazali nurlar bilan porlagan qiymatli risolalarni oldik. Mutolaa qilyapmiz. Haqiqiy Ustozimiz boʻlgan Hazrati Qur'on qoʻlimizda.

Muzayyana
***

(Muzayyananing boshqa bir bayoni.)

Ustozim!

Qiymatli risolalaringizni oʻqigan, albatta qulflangan sandiq ichida munavvar qolgan soʻniq qalblarni kumushdan qilingan oltin bilan porlatilgan kalit hukmidagi risolalar vositasida ochganiga, qalbining qutulishiga va porlashiga binoan kamoli mamnuniyat bilan Janobi Mavloga shukrlar qilaman va risolalarning yoyilishiga harakat qilganlarga tashakkur qilmaslik mumkin emas. Oh, vafosiz dunyoning tashvishi, alami va qaygʻusi meni Nurlarga xizmat qilishdan toʻsmoqda. Loyigʻidek xizmat qilolmaganimdan va qardoshlarim kabi Nurlarga xizmat qila olmaganimdan qalbim shunday aziyat chekyaptiki, ta'rif eta olmayman. Shu kunlarda, "Avf chiqibti deyishyapti. Ustoz Istanbulga ketayotgan ekanlar", deyishlari bilan, bir jihatdan mamnun boʻldim. Ustozim asoratdan xalos boʻldilar. Bir jihatdan oʻyladimki, butun Otaboyning togʻlari boshimga tushyapti deb, xafa boʻldim. Oqlanishingizga va badbaxt insonlarning aziyatidan xalos boʻlishingizga tashakkurlar bilan birga tabriklayman. Ammo bu nurli va qiymatli risolalarning sohibi bizdan uzoqlashishiga koʻngil rozi boʻlmayapti. Barla togʻlarida bizni va bu atrofni nurlantirgan bizlardan uzoqlashmasligi kerak. Uzoqlashishini kim orzu qiladi? Barla juda baxtiyor qishloqki, eng avval va har doim yangi va shirin risolalarni hammadan avval, shaxsan Ustozning ogʻizlaridan eshita oladilar.

Muzayyana
***
— 310 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Gʻayratli, zakovatli, jiddiy, siddiq, haqiqiy qardoshlarim Xoʻja Sabri Afandi, Hofiz Ali!

Ushbu Juma kuni kunduzi, xastaligim tufayli biroz yotgandim. Tushga oʻxshash, faqat tush emas; xayolan koʻrgan narsam: Sabri qarshimga chiqdi, orqasida Hofiz Ali. Sabri menga: "Ustozim, Inoyati Sab'a nomli bayon qilingan buyuk inoyatlar bor ekan, "Oʻninchi Soʻz"dagi juz'iy inoyatga shuncha ahamiyat berishning sabab va hikmati nima?" dedi, chekindi. Soʻngra turib, oʻyladim. "Ispartaga yozgan maktubimni Sabri oʻqigan yoki oʻqiyapti, otashin yozishimdan menga achinib mendan soʻrashni istagan", dedim. Nima boʻlganda ham. Men ham Xulusiydan keyin birinchi tinglovchim boʻlgan Sabriga aytaman (Hofiz Ali ham tinglasin):

"Oʻninchi Soʻz"dagi juz'iy inoyatga koʻp ahamiyat berganimning uch hikmati bor:

Birinchisi: "Oʻninchi Soʻz"ning qiymati butunlay baholanmagan. Men oʻzim oʻzimga xususiy shaklda, balki ellik marta mutolaa qildim va har safar zavq oldim, oʻqishga ehtiyoj his qilaman. Bunday risolani ba'zi kishilar bir marta oʻqib, boshqa ilmiy risolalar kabi yetadi deb, chetda qoldiradi. Holbuki bu risola iymon ulumidandir. Xar kun nonga muhtoj boʻlganimiz kabi, bunday ilmga har doim ehtiyoj bor. Bu risolaga diqqatni qattiq jalb etishni ruhim istagan edi. Lekin qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Janobi Haq marhamatidan bir ishora berdi. Bu ishora qanchalik yashirin boʻlsa, mening jiddiy orzuimga toʻgʻri kelgani uchun, juda ahamiyatlidir.

— 311 —

Ikkinchisi: Bilasizki, uzoq yerlardan, ba'zan besh kunlik yoʻldan kelgan kishi bizni koʻrish va uxroviy istifoda etish uchun keladi. Holbuki holatim bir necha soatdan ortiq u kishi bilan koʻrishishga ruxsat bermaydi. Holbuki, musofirga risolalarning qiymatini koʻrsatish, ulardan istifoda qilishga chorlash, muhtoj boʻlgan iymon kuchiga va ma'naviy quvvatga yordam berish uchun bir necha kun kerak. Chunki, risolalardagi quvvatli burhonlarga harkas yetolmaydi, tamoman qamray olmaydi. Ruhim qattiq istaydiki, qisqa, yengil bir sabab qoʻlimga tushsa, bechora musofirlarning zahmati behuda ketmasin. Ammo karomatim yoʻq, qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Faqat musofirlarning niyat va ixlosiga tayanib ularning mukofotini rahmati Ilohiyaga havola qildim. Janobi Haq avval "Ishorat-ul I'joz"da, soʻngra "Oʻninchi Soʻz"da tez qanoat beradigan va risolalarga e'timod ettiradigan inoyat belgisini ehson qildi. Haqiqatdan bu men uchun juda oson boʻldi. Men ham qattiq rohatladim va koʻp kishilarga qisqa vaqtda ma'naviy quvvat va Qur'oni Hakimning haqqoniyatiga koʻz koʻrinadigan alomatlarni koʻrsatdim. Hatto koʻp qaysarlarning qaysarligi ketdi. Koʻp dinsizlar ham u orqali iymonga kelishdi. Lekin "Ishorat-ul I'joz"dagi izoh bir, ikki, uch soatki tugamas edi. Men charchar edim. Janobi Haq kamoli rahmatidan yanada oson, "Ishorat-ul I'joz" ikki soatda beradigan foydani "Oʻninchi Soʻz" ikki-uch daqiqada berdi. Bu davrda koʻz bilan koʻrinadigan oʻta kichik inoyat belgisi, buyuk ma'naviy karomatlardan ham ta'sirlidir. Bu kichik inoyat belgisi, ham menga, ham siz kabi qardoshlarimga osonlik bergani uchun, qattiq ahamiyat berdim. Modomiki bu "Soʻz"dagi muvofiqlik biz va musofirlarga juda foydali va xayrli natijalar beradi, albatta ichida bir inoyat bor. Oddiy boʻlsada, yuz oʻxshashi boʻlsin, bizga favqulodda yana bir inoyat, Rabboniy ikromdir.

Uchinchisi: Bilasizki, haddan ortiq bandlikdan charchagan fikr oʻzini ovuntirish, istirohat etishni istaydi. Biz mashgʻul boʻlgan juda chuqur, juda keng, juda jiddiy Qur'oniy va iymoniy haqiqiatlar, haddan koʻp band boʻlganimiz sababli charchoqni yengillashtiradigan va toliqqan aqlimizni zavqlantiradigan va ovuntiradigan muvofiqliklar, latif badi' san'ati suratidagi lutfini koʻrsatdi.

Oʻsha latif, yengil, sevimli va jozibador muvofiqliklardagi inoyat, bir kalit hukmiga oʻtib, Qur'onning sirlar xazinasiga bir jihatdan rahbar boʻlgani uchun qattiq ahamiyat berdim. Yoʻqsa xizmatimizdan chiqqan va yordam bergan Rabboniy inoyat shunchalik koʻpki, sanasam mingdan oshadi. "Oʻninchi Soʻz"ning harflaridagi sir, hech kimning sun'iy va ixtiyori bilan yozilmaganini hamma tasdiq qilgani uchun, ahamiyatliroq koʻrindi.

— 312 —

Men mutlaq ishoraga ahamiyat berdim. Tafsilotini diqqat bilan tadqiq qila olmadim. Eng yaxshi shaklda bayon qila olmadim. Bir-ikki soatda mulohaza sifatida ishoralar qoʻydim. Birinchi safardagi ishoralarga tayanib boshqa tadqiq qilmadim. Holbuki, ba'zi ta'birlarimda kamchilik bor, tushunishni qiyinlashtiradi. Ispartadagi qardoshlarimiz maqsadni tushunishmagan, haqlari bor. Chunki ibora oʻsha maqsadni ifoda qila olmaydi.

Modomiki shunday ekan, bu "Soʻz"ning latif harflardagi tavofuqlaridan, (qismidagi) ham sahifaning yigirma ikki ekani e'tibori bilan, yoza oladiganlarning oʻrnida (yarmidan koʻprogʻi yozilgan sahifalarning) haqiqiy va faraziy satrlariga, boshdagi varagʻida jilt ustida ismining ikki satri qoʻshilsa bir ming uch yuz qirq ikki (1342) boʻladi va hokazo... Ham u qismdagi bu jumla, ham oxirdagi oq sahifani sanasak oltmish olti chiqadi. Boshdagi oyatning talaffuz qilingan (oltmish olti) harflariga muvofiq keladi. Birida oxirdagi ikki oq sahifani sanasak (oltmish yetti) boʻlib, boshdagi oyatning talaffuz qilingan oltmish yetti harflariga toʻgʻri tushadi. U oyat Ixlos surasining harflariga, ham Lafzullohning abjadiy maqomiga toʻgʻri tushadi, aytilishi kerak. Biz bir nusxani shunday yozdik, sizga yuboryapmiz. Sizdagi nusxalarni unga koʻra yozinglar. Egʻirdirdagi nusxalarni ham shunday yozinglar.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, jiddiy, siddiq qardoshlarim, xizmati Qur'oniyada samimiy va quvvatli birodarlarim Sabri, Xusrav, Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!

Sizlarni hududsiz haqiqat sahrosida menga yaqin birodar va yoʻldosh qilib bergan Janobi Haqqa cheksiz shukrlar boʻlsin. Bu ajib sahrodagi harakat va suluk, ba'zan juda nozik ahamiyatsiz koʻringan narsada muhim istifodalar olinadi. Shuning uchun endi zohiran foydasiz deb oʻylangan ba'zi masalalarni kuzataman va eʻtiboringizni koʻproq jalb qilaman. Jumladan; "Oʻninchi Soʻz"dagi aliflarning tavofuqlarini, muhim masala kabi eʻtiboringizga havola qilyapman. Buning siri shuki:

— 313 —

Bir xos iltifotga yashirin bir ishora boʻlganini qat'iy his qilganim uchun, ixtiyorsiz, kamoli sevinch va baxtli ekanimdan joʻshib bor ovoz bilan "Doʻstlar! Kelinglar, siz ham koʻringlar", deyman. Bir podshohning xos oddiy ishorasiga sazovor boʻlish, umumiy qonun bilan marshallik eʻtiboridan koʻra koʻproq baxt boʻlganidek, Xoliqi Zuljalolning xususiy iltifotini imo qilgan eng yashirin ishoraga, yuz ming jon boʻlsa va fido qilinsa, yuz ming yil umr boʻlsa, u yoʻlda sarf qilinsa ham arzon.

Xullas, bu sirdan kelgan surur natijasida jozibador joʻshqinlik bilan, diqqat qilmaganlarga foydasiz va isrof sanalgan bunday muvofiqliklarga doir koʻp mavzu ochyapman. Yana bir mavzu ochaman.

"Oʻninchi Soʻz" - Qur'onning uchdan birini inkor qilish niyatida, jismoniy hashrni rasman millat ichida inkor qiluvchi dunyoqarashda boʻlgan zindiqlarni mot qilgan, hayratomuz Qurʻoniy iʻjoz shu'lasini koʻrsatgani kabi, yana koʻplab alomatlar bilan ma'naviy Qur'on i'jozi hisobiga favqulodda maʻnoga egaligini qisqacha his qilgan edik. Hozir takroran "Oʻninchi Soʻz"ga ommaning eʻtiborini jalb qilish uchun, beixtiyor u bilan mashgʻul qilindim va qaradim.

Bu safar Lafzullohning birinchi harfi boʻlgan alif, "Oʻninchi Soʻz"da shunday muvofiqlik koʻrsatdiki, qat'iyan tasodif deb boʻlmagani kabi, boshqa belgilar bilan u tavofuqda gʻaybiy ishorani qat'iyan his qildim. Soʻngra ishoralarini qoʻydim. Yana, ishoraga asos boʻlish uchun gʻayritabiiy boʻlishi shart emas. Chunki oʻta oddiy pardalar ichida muhim ishoralar beriladi, uni ahli boʻlganlar tushunadi.

Modomiki gʻaybiy ishorat bor. Albatta ichida tasodif boʻlmaydi, boshqa hukm qilolmaydi, eng juz'iy raqamlari ham oʻsha ishoraga tobeʻ qilinadi. Modomiki majmuida ishora bor ekan, barcha qismlari oʻsha ishoraning hikmatiga tobedir, tasodifga u yerda joy yoʻq. Hatto yigirma toʻqqizinchi sahifada Uchinchi Haqiqatdagi alifni sanamaslik kerak edi. Lekin men sanab xato qilgan edim. Keyin tushundimki, menga sanattirilgan ekan. Boshdagi "Oʻninchi Soʻz" kalimasi bilan ushbu Uchinchi Haqiqat, ikkisi sahifa boshida boʻlgani uchun, sanalishi kerak edi. Ularning boshqa doʻstlari sahifa raqamlari kabi ba'zi vazifani bajartirish uchun bir jihatda sanalish ishorasi bexabar holda menga yozdirilibdi. Nima boʻlganda ham... Ikkilanishim uchun emas, chunki qat'iy xulosa qildimki, balki boshqa birovning shubha va ikkilanishini ketkazish uchun ba'zilarini taqqosladim:

— 314 —

"Oʻninchi Soʻz"ning oxirida yozilgani kabi, olti yuz sahifadan koʻproq muborak kitoblarning tavofuqlari bir yuz yigirma besh chiqdi. Uch yuz ellik sahifadan iborat boshqa bir kitobni ham sanadim. Ellik tavofuq chiqmadi. Yana eski vaqtlar yozgan Turkcha va Arabcha ikki yuz sakson sahifadan iborat kitobimning aliflarini sanadim, tavofuqlari qirqtadan oshmadi.

Demak "Oʻninchi Soʻz" va "Ishorat-ul I'joz"dagi aksariyatning tavofuqlari yashirin bir gʻaybiy ishorani ichlariga oladi. Umumida ishora boʻlsa yetadi. Har juzida ishorani koʻrsatish shart emas, ammo har juz ishoraga tegishli va uning hikmatiga tobedir. Sizga shoshilib, boshda ishora qilingan nusxani yuborgan edim. Oz hoshiyalarni keyin qoʻshdik. Bu safar Sulaymon Afandi vositasida yuborilgan nusxa bilan solishtiring, toʻldiring va bu nusxa Halil Ibrohim Afandidan joʻnatilgan nusxa bilan ham solishtirib, Osim Beyga yuboring.

Bu safar Xulusiy Beyning maktubini sizga joʻnatdim. Ishora qilgan ikki qavsim ichida boʻlgan qism, Yigirma Yettinchi Maktubning Toʻrtinchi Zaylida yoziladi. Qavslar tashqarisida boʻlgan va ustiga qizil chiziq tortilganlar yozilmaydi. Hofiz Ahmad, Mahmud Jalol va Hofiz Vali kabi qalbi jazbali doʻstlarimga va haqiqat yoʻlida boshqa qardoshlarimizga salom yoʻllayman. Hofiz Vali bilan kech koʻrishgan boʻlsakda, Hofiz Valining bu yerda Mahmad Usto ismli, oʻn yillik xolis doʻsti borligi va Mahmad Usto mening sakkiz yillik oxirat yoʻlida oʻta jiddiy qardoshim boʻlgani, Hofiz Valiga ham oʻsha munosabatdan eski doʻst nazarida qarayman. U menga maktub yozgan edi. Maktubiga javob berishga vaqt topolmayapman. Qalb ahli uchun ba'zan sukut ham bir soʻzlashishdir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Qardoshlarim, kechirasizlar, tartibsiz abgor maktub orqali siz bilan suhbatlashishni istamayman. Ammo koʻplab ishlar va tadqiqot bilan mashgʻul boʻlganimiz uchun, oz vaqt ayirib, tez yozdik. Qoʻli siyoh kotibning holi ma'lum. Boshini boshqa yerga qaratgan edi, maktub abgor boʻldi, shuning uchun xafa boʻlmang.

— 315 —

Tavofuqdagi gʻaybiy boshqaruvni bir maktubda sizga shunday misol bilan bayon qilgan edim: Masalan, mening hovuchimda noʻxat, loviya, uzum, bugʻdoy kabi urugʻlar boʻlsa, men ularni yerga otsam; uzum uzumga, loviya loviyaga qarab ajralsa qoʻlimdan chiqqandan soʻng gʻaybiy bir qoʻl boshqarganiga hech shubha qoladimi? Harflar va soʻzlar oʻsha moddalardir, ogʻzimiz hovuchdir.

***

(Mas'udning gʻarib bir bayoni.)

Oy yangi chiqqan paytda, uning oydinligiga va tunning salqinligida, arpaning yumshagani uchun oʻrayotgan paytimda, oyning goʻzalligiga va shaffofligiga qarab va ishning tugamayotgani va "Nur"larni yozishdan mahrum qolganimni hasrat bilan va xafa holda oʻylayotgan edim. Gʻaflatdanmi, ilhommi, hayolimga kelgan shu soʻzni aytdim: "Rabim! Ismim Mas'ud, oʻzim foydasiz, koʻp harakat qildim boʻlolmadim mas'ud", dedim va oʻrishda davom etdim. Oradan bir muddat oʻtgandan soʻng yotdim. Tushimda aytildiki: "Qoʻyib yuborma Ustozing Saidning etagini, qilar seni mas'ud". Darhol uygʻondim. Ey voh. Darhol "Rabbim! Men dunyoviy saodatini istamadim, tavba qildim", dedim. Uxroviy saodatimning, sizning duongiz bilan boʻlishi talqin etilgan deb bilaman va duoingizga muhtojman. Bandangizni duodan darigʻ tutmasligingizni tilab, qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim hazratlari.

Mas'ud (RH)
***
Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining Birinchi Masalasi
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq va sodiq, muxlis va xolis qardoshim Ibrohim Xulusiy Bey!

Maktubingda bayon etyapsanki: Egʻirdir boʻlganidek u yerda ham muvaffaq boʻlolmayapsan. Undan xavotirlanma. U yerda shunday sabablar borki, tamoman toʻxtash va ta'til natijasini berishi mumkin. Janobi Haqqa shukr, yana toʻxtash emas, muvafaqiyat bor.

— 316 —

Ma'naviy sabablardan biri shuki: Jinniy shaytondan dars olgan inson shaytonlari, dunyoviy mashgʻuliyatlari bilan seni bir doira ichiga olib, Nurlarga xizmatingni cheklash uchun, sezdirmasdan parda ostida harakat qilishgan.

Ham u atrofda oldinroq mudhish amaliyot va ijroot boʻlgani uchun, u muhitda bir qoʻrqoqlik hosil boʻlib, qalbingdagi oʻta kuchli matonat boʻlmasaydi, Nurlar u yerda hech yorishmas edi. Ammo u yerda oz xizmat ham koʻp hisobida, qiymatlidir.

Ikkinchidan: (Bu qism Maktubotning 328-329-chi sahifalaridagi (Ikkinchidan) qismining oxiriga qoʻshimcha.)

"Rabb-ul Olamiyn" ta'biridan soʻngra "Rabb-us Samovati val Arz" zikri ijmoliy bayondan tafsilotga oʻtishdir. "Mamlakati Islomiya hokimi" ta'biridan soʻngra; "Anadolu, Osiyo va Afrika hokimi" ta'biri saltanatning hashamatini batafsil koʻrsatganidek, mutlaq rububiyatdan keyin rububiyat hashamatini batafsil koʻrsatadi. Nima boʻlganda ham, hozircha savolingga toʻliq javob berolmayman. Uning oʻrniga Qur'on i'joziga oid ikki kichik nuktani aytaman.

Shu ikki nuktani Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Beshinchi Qismining Oʻn Sakkizinchi Ishorasining Birinchi Nuktasining oxiriga hoshiya sifatida ilova qilinglar.

Mana Birinchi Nukta: (Maktubotning 184-chi sahifasidagi "2-Hoshiya" boʻlib unga qoʻshimcha.)

Bu uch haqiqatga teng keladigan qanday haqiqat bor? Bularni taqlid kimning haddi sigʻadi? Ha, qandayki bu ifoda tarzi sun'iy emas, xuddi shuning kabi taqlid qilinmaydi. Hadsiz daraja haddidan oshib, Xoliqi Koinotni bu suratda gapirtirishga kimning haddi sigʻadi?

Ikkinchi Nukta: Qur'oni Hakimning hamma sahifalari oxirida oyatlar tugaydi, goʻzal qofiya bilan tugashi, ham Lafzulloh varagʻining ikki sahifasida yoki qarama-qarshi ikki sahifasida yoki yaqin sahifalarda aksariyat bilan yo adadlarning muvofiqligi yoki adadlar munosabati boʻlishi, i'joz alomatidir. Buning sirri shuki: Oyatlarning eng kattasi "Mudoyana" oyati sahifalari uchun va Sura-i Ixlos va Kavsar satrlari uchun bir oʻlchov birligi qilib olinganidan, Qur'oni Hakimning bu goʻzal xususiyati va i'joz alomati koʻrilmoqda. Demak, bu mahorat Qur'onnikidir. Yoʻqsa Hofiz Usmon kabi kishilarniki emas. Chunki bu vaziyat oyatidan va surasidan kelib chiqqan.

— 317 —

Uchinchidan: Maktubindan tushundimki, senga yuborilgan risolalarni oʻzing uchun yozyapsan, aslini Abdulmajidga beryapsan.

Aziz qardoshim, garchi Abdulmajid mening nasaban ukam va yigirma yillik talabamdir. Ammo na u va na hech kim mening Xulusiyimga yetisholmaydi. U maktublar (aksariyati) sening noming bilan yozilgan va senga yuborilyapti. Bir maktubda Abdulmajidni ikkinchi darajada, oʻzing uchun yozish yoki mutolaa qilish uchun uni ham sherik qil degandim. Agar, qardoshingni oʻzingdan ustun qoʻysang va unga qiyinchilik tugʻdirmaslik uchun zahmat cheksangga qoʻshilmayman. Ota onagga, Fathi kabi birodarlaringga va eski domlalaringga salom va duo qilaman, duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

21 Ramazoni Sharif

(Abdulmajidga yozilgan maktubni maktubingning ichiga qoʻydim, unga yubor.)

***

(Birodarlariga yozgan maktubliridan.)

Agar ruhiy holatimni tushunishni istasang, quyidagi ikki bayon tarjimondir. Bir shoir aytganidek aytamanki:

Nay kabi har dam ki, oʻtgan umrimni yod aylayman.

To nafas bor boʻlsa, quruq jismimda faryod aylayman.

Bir tijorat qilmadim, naqdi umr boʻldi habo,

Yoʻlga keldim, lekin koʻchgan jumla karvon, bexabar.

Yigʻlab nolon qilib, tushdim yoʻlga tanho gʻarib,

Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron, bexabar.

— 318 —

"Ha, oʻtgan umrni isrof qildik, zoye etdik. Koʻp muborak zotlar, ahboblarni yoʻqotdik, yolgʻiz qoldim. U muboraklar bilan birga oxirat uchun harakat qilmadim".

***
Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Ikkinchi Nuktasi

Agar: Ushbu gʻaybiy tavofuqotning agar balogʻatga oid ustunligi boʻlsa edi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon balogʻat navlaridan eng oldinda boʻlgani kabi, bu hisobda ham eng oldin boʻlish kerak edi. Agar balogʻatga oid ustunlik emas, nima uchun buyuk Ilohiy ikromi deb hisoblayapsiz? Qaysi kitob boʻlsa ham, ichida bu turdagi tasodiflar koʻp boʻlishi mumkin.

Javob: Qur'oni Hakim

اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

sirri bilan, har doim bir milliondan koʻproq hofizlarning qalbida ma'nan yozdirish lozim boʻlgani uchun, yodlashni juda qiyinlashtiradigan va hofizlarni kamaytiradigan bu turdagi mutashobih muvofiqlik Qur'oni Hakimda haddan ortiq kelmagan. Yodlaydiganlarga rahmat ichida muqtazo-i holga muvofiq balogʻatning ustunligi ma'naviy balogʻatni tark qilib koʻrsatgan. Koʻp marta qisqartirish bilan, juda uzun ma'nolarni ifoda qilishi kabi.

Yana, ushbu balogʻat tavofuqoti boʻlmasa ham, ichida qasd qilinganining belgisi va shuur koʻrinadi. Qasd va shuur esa, koʻrib, e'tirof qilib, muallif va kotiblarning emas, bir gʻaybiy qoʻlning tanzimi bilan yozilgan. Bu gʻaybiy qoʻlning bu mudohalasi, qabul alomati va rizoga ishoradir. Bu ishora yozilgan haqiqatlar kamchiliksiz, haq suratda koʻrsatilganiga ramz qiladi.

Boshqa kitoblarda bu turdagi muvofiqliklar boʻlishini tasodif deyish mumkin. Ammo ushbu risolalardagi shuurli gʻaybiy tavofuqotni, koʻrgan barcha kishilarning ittifoqi bilan, shuursiz tasodifga havola qilib boʻlmaydi va berilishiga imkon berilmaydi. Hatto eng muhim ikki kotib va bizlar, tosodif qoʻshila olmasligiga haddi sigʻmasligiga bir risolaning tamomida emas, balki bir sahifasida qanoat hosil boʻldi. Chunki ikki-uch oʻxshash soʻz topiladi, bir-biriga qaraydigan shunday bir vaziyatdaki, zohiran qasdni koʻrsatadi.

— 319 —

Masalan: Hozir qarayapmiz, shu sahifada "yosh" lafzi uch marta takrorlangan. Uchovi shunday bir vaziyatda bir-biriga qarayapti. Bu bir gʻaybiy tanzim ekaniga shubha qoldirmaydi. Hozir oʻqiyotgan ushbu sahifamizda, faqat oltita "huzun" kalimasi bor. Bu olti "huzun" uch qatorda ikki qavsni shunday latif tashkil qilganki, koʻrgan insonga yoqimli huzn beradi.

Yana, ishorati gʻaybiya boʻlishi uchun, boshqa hech qanday kitobda boʻlmasligi shart boʻlmaydi. Masalan: Qandayki Qur'oniy balogʻat i'joz darajasiga yetgani uchun, risolat moʻ'jizasi boʻlganidek; balogʻat ahlining umum kitoblarida, darajalariga koʻra balogʻat bor. Ulardagi balogʻat, i'jozi Qur'onga zid emas.

Xuddi shuning kabi, Qur'on i'jozining yuzlab qismidan bir qismining jilvasi bir navi Ilohiy ikrom sifatida, boshqa kitoblarda tavofuqlarning boʻlishi Qur'onning tafsiri boʻlgan "Soʻzlar"da, Qur'oniy haqiqatlarning husni inizomiga ishorat sifatida koʻrinib tajalliy etishiga zarar bermaydi. Chunki u darajaga yeta olmaydi. "Soʻzlar"dagi u turdagi tavofuqlar shu darajaga kelganki, diqqat qilganlarga qat'iy ishonch beradiki, insonning maqsadi va ixtiyori bilan ham boʻlmagan. Balki naqshlangan bir navi Qur'on i'jozining soyasining soyasi oʻz tafsirining oynasida bir navi Ilohiy ikromi sifatida aks etmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
***

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Uchinchi Nuktasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ عَلٰى رُفَقَائِكُمْ ف۪ى دَرْسِ الْقُرْاٰنِ

Aziz qardoshim!

Birinchidan: Ukamiz Abdulmajidning Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Qismini, oʻrinsiz ehtiyotdan koʻp koʻrishini, sen ham uning koʻpini koʻp koʻrishing meni juda sevintirdi.

— 320 —
وَ كَيْفَ اَخَافُ مَٓا اَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ اَنَّكُمْ اَشْرَكْتُمْ بِاللّٰهِ

degan va Qur'onning taqdiriga sazovor boʻlgan Hazrat Ibrohimga (AS) ergashishga vazifador ekanimizga ishora qilgan

فَاتَّبِعُوا مِلَّةَ اِبْرٰه۪يمَ حَن۪يفًا مُسْلِمًا

sirriga erishganingizni bilishimiz kerak.

Ikkinchidan: Menga doʻst boʻlgan shahar aholisidan bir muftiy, yuzaki nazar bilan ba'zi ahamiyatsiz tanqidlarni "Oʻninchi Soʻz"ning tafsilotlar qismiga qilgan deb Abdulmajid yozyapti. Abdulmajidning unga bergan javoblari, ikki yer mustasno, qolgani kifoya.

Ammo ikki yerda u oʻsha odamning sathiy savoliga yuzaki javob bergan:

Birinchisi: U odam aytganki: "Oʻninchi Soʻzning Haqiqatlari munkirlarga qarshi emas. Chunki Allohning ism va sifatlariga bino qilingan". Abdulmajid javobida: "Munkirlarni Haqiqatlardan avvalgi toʻrt Ishora bilan iymonga keltiradi, iqror ettiradi. Keyin Haqiqatlarni tinglatadi", ma'nosida javob bergan. Haqiqiy javobi shuki:

Har bir haqiqat uch narsani birdan isbot qiladi: Ham Vojib-ul Vujudning vujudini, ham ism va sifatlarini, soʻngra hashrni ularga bino etib, isbotlaydi. Eng qaysar inkorchidan eng xolis moʻmingacha harkim, har bir "Haqiqat"dan hissasini olishi mumkin. Chunki "Haqiqat"larda mavjudotga, asarlarga nazarni qaratadi:

Ularda muntazam ishlar bor. Muntazam fe'l esa egasiz boʻlmaydi. Shunday ekan bir qilgan bor. Intizom va mezon bilan egasi ish qilgani uchun, hakim va odil boʻlishi kerak. Modomiki hakim ekan, befoyda ishlar qilmaydi. Adolat bilan ish qiladi, huquqlarni poymol qilmaydi. Shunday ekan bir majma-i akbar, mahkama-i kubro boʻladi.

Xullas, "Haqiqat"lar bu tarzda ishga kirishishgan. Qisqa boʻlgani uchun, uch da'voni birdan isbot qiladi. Yuzaki nazar koʻra olmaydi. Zotan qisqa "Haqiqat"larning har biri boshqa risolalar va "Soʻzlar"da mukammal izoh bilan sharh qilingan.

Abdulmajidning ikkinchi nuqsonli javobi shuki:

U odamning xato savoliga qoʻshilib, xatosini qabul qilgani uchun, xato qilgan. Chunki "Oʻninchi Soʻz"ning "Hoshiya"sida Ismi A'zam, har ismning faqat bir martabasidan iborat deb zikr qilinmagan. Aksincha koʻp yerlarda aytganmizki: Ismi A'zamdan va har ismning a'zamiy martabasidan yuzaga chiqadi. Ismi A'zamni isbot qilish bilan birga, har bir ismning bir a'zamiy martabasi boʻlib, Rasuli Akram (ASV) ularga sazovor boʻlgani kabi, hashri a'zam ham ularga tegishli. Masalan, Xoliq ismi martabalari, mening Xoliqimdan tortib to Xoliqi Kulli Shaygacha boʻlgan martaba-i a'zamgacha martabalari bor.

— 321 —

U shubhali kimsaning, har ismning bir martaba-i a'zami borligini kamsitish niyatida, bu "Mutasavvifa-i mutafalsifa fikri", {[1]: Falsafa bilan shugʻullanib uning taʻsirida qolgan tasavvuf olimlari.} degan. Holbuki, boshda Imom A'zam, Imom Gʻazzoliy, Jaloliddin Suyutiy, Imom Rabboniy, Shohi Jiyloniy kabi siddiqiyni muhaqqiqiyn Ismi A'zamni boshqa-boshqa koʻrganlar. Imom A'zam aytganlarki: Al-Adl, Al-Hakam ismi a'zamdir, va hokazo. Nima boʻlganda ham, bu masala bu qadar yetadi.

U shaxsning yuzaki qarshi chiqqaniga uch jihatdan xursand boʻldim:

Birinchisi: Tanqid qilishni istab, qila olmagani shuni koʻrsatadaki: "Oʻninchi Soʻz"ning haqiqatlari tanqid qilinadigan emas. Boʻlsa ham, tafsilotlar jihatida ba'zi iboralariga e'tiroz bildirilishi mumkin.

Ikkinchisi: Inshoalloh, oliy bir zako va gʻayratli Abdulmajidni gʻayratga keltirdi. Xulusiyga yarashadigan tirishqoq, uygʻoq birodarga aylandi.

Uchinchisi: U kishi xaridor ekanki, qarshi chiqqan. Xaridor boʻlmagan kishi loqayd boʻladi. Inshoalloh, kelajakda toʻliq istifoda qiladi.

Bu nuktaning goʻzal ma'nosini yo sen, yo Abdulmajid qalamga olib, mening salomim bilan, mamnuniyatim bilan birga u kishiga yuborishingiz mumkin.

Mahallangizning imomi Hofiz Umar Afandiga salom yetkaz va aytginki, men uni qabul qildim. Talabalik shartlarini ham unga ayt. Otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurrahmon "Soʻzlar"ni jiddiy tiinglashlari meni juda xursand qilmoqda. Men ularni duo qilyapman. Ular ham meni duo qilishsin. Seyda ismli kishi otangiz bogʻlangan kishi emas, undan avval kelgan tanilgan kishidir. Boshda Sabri, Sulaymon, Tavfiq barcha birodarlar sizga salom yoʻllamoqda.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 322 —
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq qardoshim!

Senga bu safar Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning uchinchi va beshinchi qismlarini yuboryapman. Uchinchi qismda bir sir bor. Ramazonda bir soatda, men bilan qoralamani yozgan kishi xasta holida tezlik bilan yozilgan. Siz koʻrganingizdek chiqdi, biz hayratlandik. Tushundikki, u qismda Qur'onga doir niyatimiz toʻliq haq va lozim ekanki, shunday boʻlgan.

Yana, "Moʻ'jizoti Ahmadiya"dagi tavofuqlarga, qat'iy bir sanad sifatida, ikki qism (Maktubning 4 va 5-chi qismlarini) yubordim. U ikki qism risola ta'lifining orqasida, asl qoralamadan bir tajribasiz kotib tez yozgani, hatto salovotlarni (ASV) ishorasi bilan xatlasada, ikki yil soʻngra tadqiq qildik, kutganimizdan ortiq ajib tavofuq koʻrdik.

Soʻngra, undanda tajribasiz kotibga: "Rasuli Akram (ASV) soʻzi bilan Qur'on kalimasini qizil siyohda yoz, aynan oʻsha nusxani koʻchirgin." dedim. Holbuki, ikkinchi kotib juda tajribasiz edi. Avvalgi kotibning nusxasidagi tavofuqni qisman buzgan, aqli aralashgani uchun latofatini buzgan. Ammo yana tavofuqlarga bir hujjat boʻladi. Siz ham goʻzal ravishda oʻzingiz uchun oqlamaga koʻchiring. Ilk qoralamaning bir nusxasi yo senda yoki Abdulmajidda qolsin.

Falillahilhamd, hozir Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ikki yuz i'joz qismlaridan bir qismini koʻzga koʻrsatadigan bir nechta Qur'onni yozdiryapmiz. Bittasi tugayapti. Ichida (2806) Lafza-i Jaloldan, yuzdan bir mustasno, tamoman tavofuqi gʻaybiy tarzda koʻrinmoqda. Lafzullohni qizil bilan yozdirdik, koʻrgan odam "Qur'onning i'jozini koʻzim bilan koʻra olyapman" deyapti. Inshoalloh i'joz qismi xatti Qur'oniyni muhofaza qiladi, buzilishdan qutqaradi.

Olmos qalamli qardoshlarimizga taqsimladim. Eng birinchi qardoshimiz Haqqi Afandi birinchi juzni yozdi. Ikkinchisini ham uchinchisini sening oʻrnigga yozishga xohishkordir.

— 323 —

Boshda ota-onangizga, Fathi Bey, Domla Abdurahmon Bey, yangi talabam Imom Umar Afandi "Soʻzlar" bilan aloqador boʻlganlarga salom yoʻllayman va duo qilaman, duolarini istayman.

Sobiq Muftiy Kamol Afandiga aytginki: Xushxabar! Har bir soat xasta holdagi umri bir kun ibodat hukmidadir. Bu davrda hayotning eng yaxshi shakli shundaydir. Biz dargohi Ilohiyda u haqida eng xayrlisini niyoz bilan duo qildik va qilamiz. Unday kishilarning duosi maqbuldir. Meni duo qilsin. Domla Abdurahmon bilan Fathi Bey ikkovlari xos talabalarning duo doirasi ichida duoda qozonchimga hissadorlar. Ikkovlari meni duo qilishsin. Avvallari mening Umar ismli talabam bor edi, sening hozirgi u yerda Umar Afandi unga duoda birodar boʻlishdi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Mirzozoda
Said Nursiy
***

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning toʻrtinchi qismi ham uzun, ham bitta nusxadir. Bu safar yubora olmadim. U qism toʻgʻridan-toʻgʻri i'jozi Qur'onning bir oynasidir va juda ham muhim. Oʻttiz sakkiz sahifa. Boshda Sabri, Sulaymon, Xusrav, Bakir, Tavfiq, Gʻolib sizlarga salom yoʻllashyapti. Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Toʻrtinchi Qismini, Oʻn Beshinchi Nuktali Ishoragacha tahrir qildim. Tez yuborish kerak boʻldi, toʻliq tahrir qilish uchun vaqt topolmadim.

Sen avvalo Oʻn Beshinchi Nuktali Ishoradan soʻngra, oʻz nusxangiz bilan solishtirib tahrirla, soʻngra oqlamaga yoz. Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida ajib bir tavofuq koʻrindi - Ikki sahifa boshdan oxirigacha, boshdagi satr mustasno, yigirma toʻqqiz satr aql va ixtiyorimizning xorijida, barchasi "alif" kelgan. Bu barcha "alif" Yigirma Sakkizinchi Maktubdan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubga ahamiyatli bir ishorati gʻaybiyadir, degan edi. Soʻngra namunasini sizga yuboramiz.

Said Nursiy
***
— 324 —

(Said Nursiyning bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, haqiqatli oxiratli qardoshim va jiddiy va quvvatli birodarim!

Qur'oni Hakimning bosh hoshiyalarida Qur'on oyatlarining adadi 6666 boʻlib, Qur'oniy nurlar va Furqoniy haqiqat ayyomi shar'iya bilan 6666 yil, Yer Kurrasida hukmi jarayon qilishiga ishora qilganiga doir savolingizga, oʻsha vaqt zehnim boshqa yerga qaragani uchun, izohli javob berolmadim. Soʻngra menga eslatildiki: Osimning savoli ahamiyatlidir, javob ber". Men ham oʻsha eslatmaga binoan, uch asos bilan biroz izoh qilaman:

Birinchi asos: Nuri Muhammadiy va haqiqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom devoni Nubuvvatning ham fotihasi, ham xotimasidir. Barcha anbiyo u zotning asl nuridan fayzlanadi, din haqiqatining nashrida uning yordamchilari va vakillari hukmida boʻlganlari va nuri Ahmadiy (ASV) jabha-i Odamdan to Zoti Muborakiga silsila bilan zohir boʻlib nurini yoyib, koʻcha koʻcha mukammal zuhur etgunicha zotida jilvagar boʻlgandir.

Yana, Ahmadiy muqaddas mohiyati, "Me'roj Risolasi"da qat'iyan isbot qilingani kabi, bu koinot daraxtining ham asliy urugʻi, ham eng oxirgi va eng mukammal mevasidir. Xuddi shuning kabi, Qur'on haqiqati Odam zamonidan hozirgacha, Muhammadiy (ASV) haqiqat bilan birga, sislsila holida anbiyolarning suhuf va kutublarida nurlarini nashr etib, to buyuk nusxasi va mukammal mazhari boʻlgan Qur'oni Azimushshon suratida jilvalangan.

Barcha nabiylarning usuli dinlari va shariat asoslari, kitoblarining xulosalari Qur'onda borshligiga ahli tahqiq va ahli haqiqat ittifoq etishgan. Bu sirga binoan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan soʻng, mashhur rivoyatda Odam zamonidan to qiyomatgacha, ayyomi shar'iya deyilgan 7000 yildan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan soʻng 6666 yil Islom dinining sirrini nashr qilgan Qur'oniy haqiqat oyatlarning adadi Yer Kurrasida turli tuman pardalar ostida nurlarini yoyishiga ishora qiladi deganidir.

— 325 —

Ikkinchi asos: Ma'lumki, Yer Kurrasining oʻqi ustidagi harakati bilan kecha-kunduzlar va yillik trayektoriyasi ustidagi harakatidan yillar hosil boʻladi. Quyosh bilan birga har bir sayyoraning, balki sobit yulduzlarning va Shamsu-s Shumusning ham har birining oʻqi ustida maxsus kunlarini koʻrsatgan harakati va trayektoriyasi ustida aylanishi ham bir jihatdan yillarni koʻrsatadi. Yer va Samovot Xoliqining azaliy xitobotida oʻsha kunlar va yillarni ham koʻrsatganiga dalili shuki: Furqoni Hakimda

ثُمَّ يَعْرُجُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُٓ اَلْفَ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ ٭ تَعْرُجُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَ الرُّوحُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ

kabi oyatlar isbot qiladilar. Ha, qishda va shimol taraflarida quyosh botishi va chiqishi mobaynida toʻrt soat kundan va bu iqlimda qishda sakkiz-toʻqqiz soatdan iborat kunlardan, to Quyoshning oʻqi ustida bir oyga yaqin kunidan, hatto Astronomiya faniga asosan, "Rabb-ush Shi'ro" ta'biri bilan Qur'onda nomi e'lon qilingan va quyoshimizdan katta "Shi'ro" nomli boshqa bir quyoshning balki ming yildan iborat boʻlgan kunidan, to Shamsu-s Shumusning oʻqi ustidagi ellik ming yildan iborat birgina kuniga qadar Rabboniy kunlar bor.

Samovot va Arzning Rabbi, Shamsu-s Shumus va Shi'roning Xoliqi xitob etgan vaqti Samovot va Arzning yulduzlariga va olamlariga tegishli qudsiy kalomida shu kunlarni zikr qiladi va bu gʻoyat oʻrinlidir.

Kunlarning shar'iy tilda shunday chegarasizligi bor ekan, tabaqot-ul arz, joʻgʻrofiya va tarixi bashariyat ilmi olimlarining fikricha, insoniyatning yetti ming yil emas, balki yuz minglar yil oʻtkazganini qabul qilsak ham, Odam atodan qiyomatgacha bashar umri yetti ming yil boʻlgan mashhur rivoyatning toʻgʻriligiga va biz aytgan 6666 yil Nuri Qur'on hukmfarmo boʻlganiga zid boʻlmaydi, rad qilmaydi. Chunki shar'iy kunlarning toʻrt soatdan ellik ming yilga qadar hukmi va qamrovi bor. Ammo haqiqatda kunlarning haqiqati mashhur rivoyatda qaysi biri ekani hozircha qalbimga inkishof ettirilmadi. Demak, u sirning inkishofi munosib emas.

— 326 —

Shu masalada hozircha dalilini koʻrsatolmaydiganim bir muddaoni bayon qilaman:

Bu dunyoning bir umri va Yer Kurrasining ham undan qisqa boshqa bir umri va Yer Kurrasida yashagan insoniyatning yanada qisqa bir umri bor. Bu bir-biri ichida uch turdagi maxluqotning umrlari, soatning ichidagi daqiqa, soniya, soatlarni sanagan millarning nisbati kabidir. Inspniyatninig umri Yer Kurrasining ikki harakatidan hosil boʻlgan ma'lum kunlar bilan boʻlgani kabi, hayotdorlarning vujudga kelgan vaqtdan e'tiboran Yer Kurrasining umri - bogʻlanish markazi hisoblangan Quyosh oʻz oʻqi atrofidagi harakatidan hosil boʻlgan kunlar bilan hosil boʻlishi Rabboniy hikmatdan uzoq emas. Dunyoning umri esa Shamsu-s Shumusning oʻz oʻqi atrofidagi harakatidan hosil boʻlgan kunlar bilan boʻladi.

Demak bashariyatning umri yetti ming yil maʻlum Yer kunlari bilan boʻlsa, Yer Kurrasining hayotga manba boʻlgan zamonidan xarob boʻlishigacha Shamsiy kunlar bilan ikki yuz ming yildan oʻtadi. Shamsu-s Shumusga tobe va baqo olamidan ayrilib Yer kurramizga tegishli dunyolarning umri (Shamsu-s Shumusning Qur'on ishoroti bilan har bir kuni ellik ming yil boʻlishi) yetti ming yil oʻsha kun bilan bir yuz yigirma olti milliard (126.000.000.000) yil yashashadi. Demak, shar'iy kunlar degan Qur'oniy ayyomga bular dohil boʻla oladi. Ha, Samovot va Arzning Xoliqi, Samovot va Arzga tegishli kalomi bilan, Samovot va Arzning yaratilish sababi, asliy urugʻi va soʻnggi eng mukammal mevasi boʻlgan zotga xitobida, ayyomlarni nazarda tutishi, Qur'onning ulugʻligiga, tinglovchining kamoliga yarashadi va bu balogʻatning aynidir.

{(Hoshiya): Bu hisob Shomli Hofiz, Kuleoʻnudan Mustafo va uning birodari Hofiz Mustafoning guvohligida bir daqiqa mobaynida yoddan yozildi. (1 yil 360 kun hisobiga asosan, kamchilik boʻlsa aybga buyurmang.)}

وَ الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ وَ اللّٰهُ اَعْلَمُ بِاَسْرَارِ كِتَابِه۪
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
Said Nursiy
***
— 327 —
Oʻn Beshinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi

Ey inson va ey nafsim, muhaqqaq bilginki: Janobi Haq senga in'om etgan vujuding, jisming, a'zolaring, moling va hayvoniy narsalaring foydalanish uchun berilgan, egalik qilish uchun emas. Ya'ni, foydalanishing uchun oʻz mulkini sening qoʻlingga bergan, foydalangin deya ruhsat bergan. Sen kabi, idora qilishdan haqiqatdan ojiz va jiddiy ravishda tadbir qilishdan begona shaxsga mulk qilib bermagan. Chunki mulk qilib bersaydi, idora qilishni senga berishi kerak boʻlardi.

Ajabo, eng oson, eng zohir va ixtiyor va shuur doirasiga kiruvchi me'daning boshqara olmaysanda, qanday qilib koʻz va quloq kabi ixtiyor va shuur doirasidan tashqari idora istagan narsalarga molik boʻla olasan?

Modomiki senga berilgan hayot va hayotga kerakli narsalar oʻzlashtirish emas, foydalanish uchun berilgan ekan, albatta, foydalanishning dasturi bilan harakat qilish lozim. Ya'ni, bir kishi ziyofatga musofirlarni da'vat qilib, ularga majlis ziyofatidagi narsalardan va ziyofatdan foydalanishga ruhsat beradi, mulk qilib bermaydi. Ruhsat va ziyofatning qoidasi esa - mezbonning rizosi dohilida tasarruf etishdir. Shunday ekan foydalanuvchi: isrof qila olmaydi, boshqa birovga ikrom qila olmaydi, dasturxondan olib boshqasiga sadaqa bera olmaydi, toʻka olmaydi, zoye eta olmaydi. Agar oʻzlashtirish mumkin boʻlsa edi, qila olardi va oʻz istagi bilan harakat qila olardi.

Aynan shuning kabi; Janobi Haq senga foydalanishga ruhsat bergan hayot ni oʻz joningga qasd qilib nuqta qoʻya olmaysan, koʻzingni oʻya olmaysan va ma'nan koʻzni koʻr qilib, koʻzni bergan Zotning rizosidan tashqari haromga sarf qila olmaysan va hokazo, quloqni va tilni va bu kabi jihozlarni haromga sarf qilib, ma'nan oʻldira olmaysan. Va goʻshti yeyilmaydigan hayvoniy narsalaringni oʻrinsiz azoblab qatl qilolmaysan va hokazo... Senga berilgan barcha ne'matlarni bu dunyo musofirxonasining sohibi hisoblangan Mehmondori Karimi Zuljalolning shariat qonunlari doirasida tasarruf etishing kerak.

Said Nursiy
***
— 328 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Ra'fat Bey!

Maktub va kitobingni mamnuniyat bilan oldim. Oʻta sevgan talabam Xulusiy Beyning ruhini sizda his etdim. Seni yangi emas, Xulusiy kabi eski talaba sifatida qabul qildim. Talabalikning xususiyati shuki, yozilgan "Soʻzlar"ga oʻz mulki kabi ega chiqish kerak. Oʻzi ta'lif etgan va yozgan nazari bilan qarab nashriga va ahillarga yetkazishga harakat qilish kerak. Mashaalloh, xating chiroyli. Vaqt topsang, bir qismini yoz. Bir qismini Xusrav kabi jiddiy talabalar yozadi. Ulardan keyinroq olib yozarsiz va ular bilan hamkorlikda ishlarsiz. Olti yildir Ispartada jiddiy talabalarning chiqishini intizor, kutayotgan edim. Allohga shukr, hozir siz bilan birga bir nechta nusxa chiqishni boshladi. Chunki bir talaba yuz doʻstdan ustundir. "Soʻzlar" nomli Qur'oniy nurlar - eng muhim ibodat hisoblangan tafakkuriy ibodat naviga kiradi. Bu davrda eng muhim vazifa, iymonga xizmatdir. Iymon abadiy saodatning kalitidir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Jiddiy, siddiq, diqqatli, haqiqatli qardoshim Ra'fat Bey!

Janobi Haq yangi hayotingizni muborak qilsin va rafiqangizni abadiy hayotingizda, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifining oxiridagi Uchinchi Ishorada, rafiqaga doir va'da va sifatga sazovor aylasin, omin.

Bu safargi maktubing juda goʻzal. Birodarlaringning bayonlari ichida "Yigirma Yettinchi Maktub"ning ichiga kiritaman. Ora-sira yozish bilan mashgʻul boʻlsangiz, yaxshi boʻladi. Inshoalloh yangi hayotingiz sizga risolalarning haqiqatlariga qarata yangi shavq uygʻotadi.

— 329 —

Qardoshim! Sen, Xusrav va Osim mening nazarimda juda qiymatlisiz. Janobi Haq sizlarni va siz kabilarni Qur'on xizmatida sobit-qadam va fidokor va kamoli sadoqatda doim va muvaffaq aylasin, omin.

U yerda Shayx Mustafo, Lutfu, Rushdu kabi qardoshlarimga koʻp salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, jiddiy, samimiy oxiratli qardoshim va Qur'oniy xizmatda gʻayratli birodarim Ra'fat Bey!

Maktubingiz meni xursand qildi. Bilingki, ikki yil avval oʻrtamizda otashin uxuvvat-birodarlik boshlandi. Keyin ba'zi nuqsonlar bilan davom etmadi. Xushxabar desam boʻladi, hozir ilgarilamoqda. Chunki Xusrav menga yozgan maktubida sendan juda mamnun boʻlganini, Barladan qaytgandan soʻng seni soʻrashim menga shu natijani koʻrsatmoqda.

Demak, u bilan toʻliq birlashgan va hamkorlikda ishlayapsan. Qoʻlingdan kelgancha u bilan munosabatni kuchaytir. Har bir xos talabaning muhim bir vazifasi, bir bolaga Qur'on oʻrgatish hisoblanadi. Sen bu vazifani bajarishni boshlading. Sen birinchi talabalardan boʻlganing uchun, inshoalloh sening farzanding ham birinchilardan boʻladi. Modomiki bola mening ham ma'naviy avlodim ekan, unga bergan darsingning, yarmi sening nomingga boʻlsa, yarmi mening hisobimga boʻlishi kerak.

Koʻrgan tushing, juda muborakdir. Ta'biri juda zohirdir. Isparta bir masjid. Xusrav, Ra'fat, Lutfu, Rushdu kabi kishilarning samimiy bir-biriga tayangan hay'atning shaxsi ma'naviysi senga Said suratida koʻrsatilgan. Risolalar bilan bergan darsing esa, va'zu nasihat suratida koʻrsatilgan. Sen, namozni oʻqimaganing uchun kech qolib, shoshilib darsga yetishning ta'biri - "Soʻzlar"ning nashridan tashqari ba'zi diniya vazifalar va bir oz dangasalik, sizni birinchilik haqqing boʻlgan ilk darsda ikkinchi darajada qolganingizga ishora qilib, seni ogohlantiradi.

— 330 —

Nima boʻlganda ham... Men sendan hozir juda mamnunman va u yerdagi qardoshlarim ham sendan juda mamnunlar. Janobi Haq biz va sizga Haq yoʻlda Qur'on xizmatida sabot va matonat bersin, omin. Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga koʻp salom bilan Badriddinga va singlimga koʻp duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, gʻayratli qardoshim!

Sulaymon Afandidan tushundimki, ba'zi xususiy qiyinchiliklarga tushyapsan. Siz kabi metin insonlarga sabr tavsiyasi ortiqcha. Xizmatning muqaddasligi va bu xizmatdagi zavq va gʻayratidagi shavq achchiq xususiy qiyinchiliklarga qarshi turadi va gʻalaba qiladi deb taxmin qilaman. Mumkin boʻlganicha ahamiyat berma. Qiymatli, nuqsonsiz molning doʻkondori xaridorlarga yalinishga muhtoj emas. Xaridorning aqli boʻlsa, u yolvorishi kerak. خَيْرُ الْاُمُورِ اَحْمَزُهَا sirri koʻra, azim xayrlarning qiyinchiliklari koʻp boʻladi. Qiyinchiliklar koʻpaygan sari himmat ahli sustlik emas, gʻayrat va sabotini koʻpaytiradi. Inshoalloh siz ham shunday metin va sobitlardansiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 331 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim Ra'fat Bey,

Moshoalloh, hozir men umid qilgan shaklda risolalarni ta'qib etyapsiz va yozyapsiz. Sen kabilarning oz harakati ham koʻp oʻrniga oʻtadi. Chunki koʻplar ishonib, sizga taqlid qiladi. Siz kabi jiddiy qardoshlarni bu gʻurbat mamlakatida topganim uchun, bu yer men uchun haqiqiy vatan oʻrniga oʻtdi, haqiqiy vatanimni unuttirdi. Yozilgan asarlarning buyukligi, manba va muqaddas ma'danlari - Qur'ondan keyin siz kabi tinglovchilarning jiddiy ishtiyoqlari va toʻliq tushunishlaridir. Siz meni topganingizga shukr qilsangiz, men sizni topganim uchun ming shukr qilaman.

Maktubingda Ismi A'zamni soʻrayapsan. Ismi A'zam yashirindir. Umrda ajal, Ramazonda Laylatu-l Qadr kabi, asmo-i husnada Ismi A'zamning yashirin boʻlishining muhim hikmati bor. Oʻz nuqtai nazarimda haqiqiy Ismi A'zam yashirin boʻlib, havassga bildiriladi. Ammo har bir ismning a'zamiy bir martabasi ham borki, u martaba Ismi A'zam hukmiga oʻtadi. Avliyolarning Ismi A'zami boshqa-boshqa topishi bu sirdan. Hazrat Alining (RA) "Arjuza" nomli bir qasidasi "Majmuat-ul Azhob"da bor. U yerda Ismi A'zamni olti ismda zikr qiladi. Imom Gʻazzoliy uni "Junnatu-l Asmo" nomli risolasida Hazrat Ali zikr qilgan va Ismi A'zam qamragan olti ismni sharh qilgan va xislatlarini bayon etgan. U olti ism -

فَرْدٌ ٭ حَىٌّ ٭ قَيُّومٌ ٭ حَكَمٌ ٭ عَدْلٌ ٭ قُدُّوسٌ

dir.

Gʻaybiy karomatning ikkinchi qismini tahrir qilib, yana bir qism qoʻshib, yubordim.

Badriddinning tezlik bilan oldinlab ketishi, Qur'oni Hakimning fayzi karomatidandir. Janobi Haq muvaffaq etsin.

Hoji Ibrohim Afandiga ayniqsa salom aytaman. Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy Afandilarga salom aytamiz. Oxiratli singlimga ham duo qilaman. Sening bu safargi maktubingning bir qismi "Maktubot"ning ichiga kiritildi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 332 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim va Qur'on xizmatida haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!

Bu safar koʻchirgan risolalaringiz juda chiroyli chiqibdi. Sening gʻayrat, samimiyat va jiddiyyatingni menga koʻrsatishdi. Ra'fat dangasa emas, isbot qilishdi. Ularni tahrir qilib yuborgan edim. Keyin eshitsam, olib kelgan odam Islomkoʻyda qoldirgan ekan. Oʻttiz Birinchi Maktubning Uchinchi, Toʻrtinchi Yogʻdularini yozishga vaqt topolmadim. Qoʻrqamanki, ularning ham اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ sirri kabi, mavsumi oʻtib, soʻngra chiroyli yozilmagan boʻlsin. Inshoalloh ishtiyoqingiz meni ishlatadi. Ammo usbu muborak uch oy juda qiymatlidir. Laylatu-l Qadrning sirri bilan sakson yillik umrni qozontiradigan vaqtda, eng yaxshi, eng afzal narsalar bilan mashgʻul boʻlish kerak boʻladi. Inshoalloh, Qur'onga oid masalalar bilan mashgʻul boʻlish, bir jihatdan ma'naviy tafakkur bilan Qur'on oʻqish hukmidadir. Ham ibodat, ham ilm, ham ma'rifat, ham tafakkur, ham Qur'on qiroati ma'nolari - risolalarning koʻchirilish va mutolaalarida mavjud degan e'tiqoddamiz. Zotan bu jihatni siz taqdir etgansiz.

"Moʻ'jizoti Ahmadiya"ni siz uchun yozdirdim, tugadi. Ammo uni asos olib boshqa bir nusxa yozdirish kerak boʻlgani uchun vaqtinchalik bu yerda qoladi. Maktubingda Hofiz Sazoiy biz bilan jiddiy aloqador ekanini koʻrsatyapti. Men bir vaqt Ispartada, Agʻrosli Zakoiy kabi yangi samimiy, otashin bir qardoshimiz topilishini vijdonan his qilgan edim. Inshoalloh, bu Sazoiy oʻsha boʻladi. Uni eshitgan vaqtim, his qilgan oʻsha odam deb oʻyladim. Agar oʻylaganimdek chiqsa, kishian yaxshi, boʻlmasa oʻshanday boʻlishga harakat qilsin. Agar Zakoiy qanday odam deb qiziqsa, Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlarida Zakoiyning mohiyatini va qay daraja samimiy ekanini koʻrsatadigan bayonlari bor, qarasin.

Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga koʻp salom aytaman. U kishini jiddiy oxirat qardoshi deb qabul qilganman. Inshoalloh sening bu yangi gʻayrat va qilayotgan ishlaringdan u ham hissadordir.

— 333 —

Badriddinning kichikligi boʻlsa ham, katta talabalar doirasiga dohil qilganman. U kichiklarning kattasidir. Inshoalloh Janobi Haq unga oʻxshaganlarini koʻpaytirsin. Badriddinning volidasini duo qilaman. Albatta Badriddinning husni tarbiyasida eng muhim hissa uniki. Chunki uning eng birinchi ustozi udir.

Bakir Ogʻa, Lutfu Afandi, Hofiz Ahmad, Sazoiy kabi qardoshlarga salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim!

Birinchidan: Bu yangi hodisaning mohiyatiga qiziqqansiz. U yerga kelgan ikki uzun maktub uning mohiyatini koʻrsatadi.

وَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللّٰهِ اَنْ يُذْكَرَ ف۪يهَا اسْمُهُ

oyati u hodisaga sabab boʻlganlarning boshiga chaqmoq kabi tushyapti va tushadi. Faqat biz shoshqaloqmiz. Hamma narsaning muayyan bir vaqti bor.

فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ ف۪يهِ الرَّحْمَةُ وَ ظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ

oyatiga masadaq boʻlib bu hodisa bizga marhamat jihati bilan qarayapti. Mulhidlarga qaragan jihat, azob va qahr bilan nazar qiladi. Nima boʻlganda ham... Jannat arzon boʻlmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas.

Ikkinchidan: Badriddinni bu yerda tinglashni istayotgan edim, vaqt izn bermadi. Men ma'nan u yerda xayolan tinglayapman. Inshoalloh avlodlik martabasidan talabalik martabasiga chiqyapti.

Uchinchidan: Mening xattim bilan maktub istayapsan. Bir labsiz odamga, "Chiroqni ufla, soʻndir" deyishgan. U javoban, "Eng zahmatli ishni menga aytayapsiz, qilmayman", degan.

— 334 —

Ha, Janobi Haq menga husni xat bermagan. Bir satr yozish menga katta ish kabi zerikish beradi. Eskidan beri der edim: "Ey Rabbim! Mening oʻzim muhtoj boʻlsam va nazmni sevarkan, bu ikki ne'mat menga berilmadi", deya shikoyat emas, tafakkur qilar edim. Soʻngra menga qat'iy ayon boʻldiki, she'r va xatning menga berilmasligi buyuk bir ehson ekan.

Ham xatga ehtiyojimni siz kabi qalam qahramonlarning yordamlari ta'minladi. Yozishni bilsaydim, unga suyanib, masalalar ruhda qaror topib naqsh etilmas edi. Avvallari qaysi ilmni boshlagan boʻlsam, yozishni bilmaganim uchun ruhimga yozardim. Favqulodda bir malaka ehson etildi.

She'r esa, garchi qiymatli, shirin ifoda vositasi boʻlsada, unda xayol hukm qilgani uchun, haqiqatga qoʻshilib, suratini almashtiradi. Ba'zan haqiqat bir-biriga oʻtadi. Istiqbolda xolis haq va haqiqat asosi boʻlgan Qur'oni Hakimning xizmatida boʻlishimiz muqaddar boʻlgani uchun, qadari Ilohiy bir inoyat sifatida bizga she'r eshigini ochmadi. وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirri bunga qaraydi. Demak, xatim oʻrniga, senga ikki nukta aytdim. Inshoalloh boshqa vaqt xurmating uchun koʻp zahmat chekib bir necha satr yozaman. Gʻolib Beyning ikki qoʻli bor. Oʻng qoʻlini menga bergan, mening hisobimga yozadi. Chap qoʻli oʻziga qolgan. Bu maktub oʻsha ikki qoʻl bilan yozilgan. Mas'ud, Gʻolib va Sulaymon Afandilar, Mustafo Chovush, Abdulloh Chovushlar senga salom aytishyapti. Men ham boshda Xusrav, Bakir Bey va umum qardoshlarimizga salom aytaman. Ayniqsa qaynotangiz Hoji Ibrohim Bey, muhtarama singlim va muborak Badriddinlarni koʻp duo qilyapman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 335 —

Aziz, siddiq, mudaqqiq oxirat qardoshim, Qur'on xizmatida birodarim!

Birinchidan: Maktubingizda mening har maktubimning boshida

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

yozilishining hikmatini soʻrayapsiz. Buning hikmati shuki: Qur'oni Hakimning muqaddas zaxinalarining menga ochilgan eng birinchi eshigi oʻsha boʻlgani. Eng avval Qurʻonning oliy haqiqatlarining ushbu oyatning haqiqati menga zohir boʻlgan va aksar risolalarda yoyilgandir.

Yana bir hikmati shuki; men suyangan muhim ustozlarimning maktublarining boshlarida ishlatganlaridir.

Yana maktubingizda "yetti gunohi kabira"ni soʻrayapsiz. Kaboir koʻp, ammo akbar-ul kaboir va mubiqoti sab'a deb ta'bir etilgan gunohlar yettidir: "Qatl, zino, sharob, uquqi volidayn (ya'ni siyla-i rahm qilmaslik), qimor, yolgʻon guvohlik berish, dinga zarar beradigan bid'atlarga tarafdor boʻlish"dir.

Ikkinchidan: Ushbu yoz Qur'oniy haqiqiatlarga nisbatan mevalar hukmida tavofuqlarga doir Qur'on harflarining nuktalarini bayon qilayotgan edik. Hozir mavsum oʻzgargan, harflardan koʻra koʻproq haqiqatlarga ehtiyoj bor. Kelasi yozgacha vaqtinchalik u eshikni ixtiyorimiz bilan qoqmaymiz. Ammo harflarga oid bayonlar qay daraja haq ekanini Mavlono Jomiyning Devoni bilan qardoshlarim bilan tafa'ul etdik. "Ey Jomiy! Qur'on harflariga doir biz bayon qilgan nuktalarga nima deysiz?" dedik. Bir Fotiha oʻqib kitobni ochdik. Boshda shu chiqdi:

جَام۪ى اَزْ خَطِّ خُوشَشْ پَاكْ مَكُنْ لَوْحِ ضَم۪يرْ
ك۪ينْ نَه حَرْف۪يسْتْ كِه اَزْ صَفْحَهٔ‌ِ اِدْرَاكْ رَوَدْ

Ya'ni, "Bu harflar shunday harf emaski, aql va idrok sahifasidan ketsin. Unday qudsiy harf, unday goʻzal shirin xat doimo qalbimning sahifalarida yozilishi kerak, oʻchirilmasligi kerak". Ajibdirki, butun Devonda bunga oʻxshagan ma'noda yozuv topa olmadik. Demak bu Hazrati Jomiyning karomatidan bir qism boʻldi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
— 336 —

Moʻ'joti Ahmadiyani (ASV) sen uchun goʻzal va tavofuqli bir tarzda yozdirdim. Xusravning karomatli qalami bilan menga yozgan gʻoyat qiymatli bir nusxani aynan va toʻliq muvofiq kelish sharti bilan siz uchun yozdirildi, yaqinda yuboraman. Menga yoningizda Qur'on i'jozi kabi yangi yozilgan bir nusxa kerak. Hofizning qalami u yerdagi mavjud tavofuqni tamoman muhofaza qila olmagan. Tavofuqchi Xusravning nazorati ostida, orangizda taqsimlab, menga esdalik bir i'jozi Qur'oniyni birgalikda yozsangiz juda yaxshi boʻladi.

14 Shavvol 1352, Yanvar 1934

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq oxiratli qardoshim va mutafakkir va haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Maktubingizda Risola-i Nurning me'zonlarini har oʻqiganda yanada koʻproq istifoda etganingizni yozyapsiz. Ha qardoshim, risolalar Qur'ondan olingani uchun qut va ozuqa hukmidadir.

Har kun ozuqaga ehtiyoj his etilgani kabi, har doim bu ruhiy ozuqaga ehtiyoj his etiladi. Sen kabi ruhi inkishof etib qalbi uygʻongan kishilar oʻqishdan zerikmaydi. Qur'oniy risolalar boshqa risolalar kabi meva turidan emaski, zerikish bersin. Balki ovqatdir.

Ikkinchidan: Gʻavsi A'zam kabi, oʻlimdan soʻng Hizr hayotiga yaqin hayotga sazovor boʻlgan avliyolar bor. Gʻavsning xususiy Ismi A'zami "Yo Hayy" boʻlishi sirri bilan, boshqa qabr ahlidan koʻra koʻproq hayotga sazovor boʻlgan. Hazrat Gʻavsdan keyin gʻoyat mashhur Ma'ruf Karhiy ismli qutbi a'zam va Shayx Hayot-ul Harroniy ismli qutbi azimlarning oʻlimlari hayotlari kabidir. Avliyolar oʻrtasida mashhur boʻlganlar.

— 337 —

Uchinchidan: Tunukachi Mahmad Afandining Qur'onni yodlashga harakat qilish niyati juda muborakdir. Janobi Haq uni muvaffaq qilsin. Qoʻlimizdan kelgancha duo bilan yordam beramiz. Qur'oni Azimushshonning har bir harfining hech boʻlmasa oʻn hasana boʻlish bilan birga, takrorlangan sari va muborak vaqtlarga toʻgʻri kelganda, malak va boshqa shuurga ega ruhoniylar qiroatini tinglaganda, har bir harfi shunday bir urugʻ boʻladiki, hasanot jihatidan shunday ma'naviy boshoq tashkil etadiki, u boshoqning donalari soʻzlangan vaqtda ogʻizdan chiqqan bir kalima havo toʻlqinlarining oynalarida aks etgan millionlarcha soʻz kabi balki kalimalarning adadiga teng keladi. Har bir harfi abadiy xazinaning kaliti boʻla oladigan qudsiy kalomni qalbida yozish qanchalik muqaddas xizmat ekani oshkor. Inshoalloh, Badriddin koʻplarga husni misol boʻladi, yanada koʻpchilikni Qur'onni yodlashga chorlaydi.

Boshda Badriddin, qaynotang Hoji Ibrohim va oxiratli singlim birodarlaringizning bayramini tabriklab, salom va duo qilaman. Bobojon u yerda boʻlsa unga koʻp salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(5 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, mushtoq qardoshim Ra'fat Bey!

Sen men bilan qanchalar soʻzlashishni xohlayotgan boʻlsang, men balki undan koʻra koʻproq istayapman. Ammo, afsuski, koʻp sabablar tufayli mashaqqatli holdaman. Hatto bir-ikki soatda topgan fursatimda yetti-sakkiz maktubni yozishga harakat qilaman. Ora-sira yonimga keladigan Gʻolib ham man etildi. Faqat bechora Shomli qoldi, u ham xar doim kelolmaydi.

— 338 —

Bu ilonlarni yaralantirib bizga jonivorlarcha hujum qildirishmoqda. xar bir fursatdan bizga qiyinchilik chiqarishga urinishmoqda. Zotan men deputatlardan yaxshilik kutmayotgan edim. Ularga yopishishdi, qoldirishmadi, batamom dushmanga aylantirishdi. Afsuski, bular dunyoni hayolimga keltirganlari uchun, qalbiy ilhomlar toʻxtayapti. Boshlarini yesin, ahli dunyoning dunyosini oʻylash menga zahar boʻladi. "Men dunyoingizga aralashmayapman, siz ham iflos dunyoingizni menga oʻylatmanglar desam ham boʻlmayapti. Keyin Janobi Haqqa, oʻylamasligim uchun menga kuchli sabr, zehnan uzoqlashish ehson qil deb niyoz qildim. Lillahilhamd, qalbimga ushbu asos keldi: "Qur'oniy xizmatda boshga nima kelsa kelsin, hatto xar kuni bittadan boshim boʻlib, kesilsa ham, yana bu xizmatning muqaddasligi ruhiy lazzatga teng keladi va kifoya" deb, oʻzimga "kamoli taslim bilan qazoga rizo, qadarga taslim va Janobi Haqqa ishlarni havola qilish" dasturini rahbar qilib oldim.

Nuhga yozganim kabi, sizga ham aytamanki: Avvallari bir kishi haqsiz bir maslakni haq deb oʻylab, uning muhabbati bilan, tirik ekan terisining shilinishiga chidab, qahramonona holat koʻrsatgan. Ajabo ayni haq va asosi haqiqat va barcha haqiqat nurlarining manba va ma'dani boʻlgan Qur'oniy haqiqatlarga xizmatimizdagi muqaddas lazzat, bu mulhidlarning vaqtinchalik, ahamiyatsiz ozor berishlariga va qalbimizdagi yaralariga darmon va malham boʻla olmaydimi? Albatta boʻladi, boʻlgan va boʻlmoqda.

Ikkinchidan: Yaman imomi Zaydiylar Sayyidi haqidagi savolingiz haqiqatdan ahamiyatli va barakalidir. Ammo barakasiz bir vaqtga toʻgʻri keldi. Ham zehnim yopiq, ham holat uygʻun emas, ham va ham... Faqat shuni ayta olamanki mashhur "Imom Zayd" buyuk sayyidlardan va Oli Bayt imomlaridandir. Haddidan oshgan Shialarni rad etgan va اِذْهَبُوا اَنْتُمُ الرَّوَافِضُ deb Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umardan yuz oʻgirishni qabul qilmagan va ikki xalifa-i ziyshonni hurmat qilib qabul qilgan zotdir. Uning ergashuvchilari Shialarning eng moʻ'tadili va eng sunniysidir. Bular insofli va haqni tez qabul qiladigan toifadir. Inshoalloh, Vahobiylarning buzgʻunchiligini ta'mirlashga sabab boʻlganlari kabi, Ahli Sunnat va Jamoatdan Zaydiylarning adashishi ham istiqomat kasb etib, Ahli Sunnatga qoʻshilib birlashadilar. Ushbu oxirzamon koʻp chayqalmoqda, fitna-i oxirzamon ajib narsalar chiqarishini sezdiryapti.

Risolalar bilan aloqador birodarlarga salom va Badriddin va singlimga va Hoji Ibrohimga duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 339 —
(15 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, diqqatli qardoshim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Oʻninchi Soʻzning Birinchi Ishorasining oxirida, "Ha, bir narsadan hamma narsani qilish va hamma narsani bir narsa qilish hamma narsaning Xoliqiga xos ishdir". Ushbu jumla ham Yigirma Ikkinchi Soʻzning Yogʻdularida, ham Oʻttiz Uchinchi Maktubning Derazalarida, ham Yigirmanchi Maktubning oʻn bir kalimalarida izoh va isbot qilingan. Bu yerdagi umumiylik nisbiy va urfiydir. "Bir narsadan hamma narsani qilish"dagi murod, butun dunyoning mavjudotini bir narsadan qilish va ijod etish emas. Balki undan murod, bir narsadan, ya'ni bir qatra suvdan bir insonning, bir hayvonning hamma narsasini, xar bir qismini, xar bir jihozotini xalq etadi va bir narsa boʻlgan tuproqdan nabotot va hayvonotning xar bir narsalarini xalq etadi deganidir. Yana, "hamma narsani bir narsa qilish" jumlasidagi umumiylik chegaralangan, nisbiydir. Ya'ni, inson yegan xar tur taomdan oddiy teri, qon, goʻsht va hokazo...

Bir soʻz bilan: Bu umumiylikdan maqsad shuki: bir narsani xar xil narsalarga oʻgirish va bir qancha xar-hil narsalarni bir narsa qilish, faqat Xoliqi Kulli Shayga maxsusdir.

Ikkinchidan: "Minhoj-us Sunna"ni oʻz xating bilan yozganingga juda xursand boʻldim. Qalaming marhum Abdurahmonning qalami kabi menga shirin tuyuladi.

— 340 —

Uchinchidan: Tunukachi Mahmud Afandining yodlashni boshlashi muborakdir. Alloh muvaffaq etsin. Biz unga duo bilan yordam beryapmiz. U ham oʻqigan sari bizga duo bilan yordam bersin. Badriddin va uning volidasiga, bobosiga duo qilaman. Sazoiy Bey nazarimda Ispartaning bir Zakoiysidir. Men ham uni koʻrishni istayman. Lekin hozir moddatan, ma'nan qishdir. Zotan sizlarga aytgan edim: Saidning shaxsining ahamiyati yoʻqki, suhbatiga orzu qilinsin. Ustozingiz Said bilan esa, xar bir risolani ochib, u bilan suhbat qilasiz. Oxiratli qardoshingiz Said boʻlsa, xar kecha-kunduz dargohi Ilohiyda duo orqali siz bilan birga. Sazoiy Bey ustozini, qardoshini istagan vaqti koʻra oladi.

تَسْمَعُ بِالْمُعَيْدِىِّ خَيْرٌ مِنْ اَنْ تَرَاهُ

qoidasiga binoan eshitishi koʻrishdan koʻp a'lo Saidning shaxsini koʻrganlar ba'zan pushaymon boʻladi, "Koshki koʻrmasaydim" deydi. Bu doʻmbiraga oʻxshaydi, uzoqdan ovozi yaxshi keladi, yaqinda boʻsh koʻrinadi.

Boshda Xusrav, Bakir Bey, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Gilamchi Shayx Mustafo, Tunukachi Mahmud Afanli kabi xos qardoshlaringizga salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Ra'fat Bey!

Bu tong namozdan keyin oʻgirilib qaradim, Ra'fat Beyni koʻrdim deb oʻyladim. Tunda tushimda muborak bir talabamga bir xaltacha asal va ichi toʻla oltin berayotgan edim. Orqamdagi kishi demak Ra'fat Beyning qalb va ruhiga sohib. Men dalloli boʻlgan xazinaning eng qiymatli, eng shirin narsani vositamizda sotib olishni istaydi. Soʻngra koʻrdimki, sen yozgan ikkinchi nusxang, ya'ni Sayroniy ekan.

Tushda ikkovingiz hissadorsiz, boʻlib olasizlar, nima boʻlganda ham... Siz bu safar yozgan "Soʻz" menga juda yoqqani uchun, avvalroq senga aytganim kabi, boshqa yozuvlarga nisbatan sening xating koʻzimga eski doʻst boʻlib koʻringanining sirini tushundimki, marhum jiyanim Abdurahmonning xatiga oʻxshar ekan. Bu xat oʻzini koʻrsatishi kerak. Ishtiyoqing boʻlgan sari, tanlagan risolalarni yozsang barakotli boʻladi.

— 341 —

Xulusiy Abdurahmonning oʻrniga haqiqatdan oʻtdi. Yozuv oʻxshashligi menga xushxabar beryaptiki, Ra'fatdan ham bir Abdurahmon chiqadi. Siyoh haqida oʻylaganing yaxshi. Qoʻlda yuradi, chiroyli boʻlish sharti bilan sobit qolsin. Oʻzingizga yozganingiz hayirli boʻlsin. Chunki mutolaaga ishtiyoq va ishtahani ochadi.

Yangi "Soʻzlar" bilan aloqador boʻlganlarga, avvalgi uch Hofiz bilan usta Hofiz Mahmud Afandiga salom aytaman, ham duo qilaman. Sabot koʻrsatishsin, ularni qardosh doirasiga dohil qilganman, talaba doirasiga kirishga harakat qilsinlar. Siz kimni tanlasangiz, qabulimdir. Domla Ismoil Haqqi Afandiga koʻp salom aytaman va duo qilaman. Modomiki oz odam bilan soʻzlashgan "Ishorat-ul I'joz" u bilan ancha soʻzlashgan ekan, men ham u zotni boshu koʻz ustigsa qabul qilaman. "Ishorat-ul I'joz" bilan kifoyalanmasin. "Ishorat-ul I'joz"ni tafsir qilgan, haqiqatlarini oydinlatgan va koʻz koʻradigan darajada koʻrsatgan "Soʻzlar"ni, "Maktublar"ni oʻqisin. Xususan Yigirma Beshinchi, Yigirma Oltinchi Soʻzlarni, Yigirmanchi va Oʻttiz Uchinchi Maktublari kabi tanlagan risolalarni ham oʻqisin. Boshda Bakir va Xusrav qardoshlarimga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.

Vahobiy masalasi kechagi kun qoʻlimga tushdi. Qaradim, senga yuborishni ruhim istadi. Boshqa bir suratda Ra'fat oʻzi keldi, oʻz kitobini oʻziga etdi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

Sen va Xusravning yozuvlari meni hech charchatmaydi. Chunki xatolari kam. Ammo boshqalarniki, oʻzlari bir marta tahrir qilmay joʻnatishadi. Xotiramga suyanib, yolgʻiz tahrir qilib charchayman. Boshqalarning yozganlarini sizlar solishtirib, undan keyin menga yuborsangiz yanada yaxshi boʻladi.

***
— 342 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, gʻayratli, jiddiy qardoshlarim Ra'fat Bey, Xusrav Afandi!

Sizlar koʻplarning uygʻonishiga sabab boʻldingiz va husni misol boʻldingiz. اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirri asosida, vositangizda va sizga ergashib Qur'on xizmatiga kirganlar qozongan hasanotning bir misli, inshoalloh amal daftaringizga oʻtadi. Bu safargi siz ismlarini yozgan Hofiz Bakir, Hofiz Tohir, Hofiz Shukru Afandilarni qardosh deb qabul qildim. Talaba boʻlishga ham harakat qilsinlar, salomimni ularga yetkazing. Sizga bu safar avomi moʻminiyn haqidagi karomatga oʻxshash ishlar sinfidan va ma'vanati Ilohiya deb nomlangan ikki kichik hodisani aytib beraman:

Birinchisi: Bir-ikki birodarimiz Oʻn Toʻqqizinchi Maktubni yozganlar. Bittasining toʻrtinchi juzida salovoti sharifa ikki-uch sahifa mustasno, (uch-toʻrt salovotdan boshqa) barcha salovotlar bir-biriga yuzlangan. Men ham hayratda qolib ishoralar qoʻydim. Boshqasida ikkinchi, uchinchi juzida besh-olti sahifa mustasno, barcha sahifalardagi salovotlar bir-biriga teng, bir-biriga qaramoqda, ishoralar qoʻydim. Kimga koʻrsatgan boʻlsam, hayratda qoldi. Koʻrganlar ittifoqan aytishdiki, umum "Soʻzlar"da Qur'on i'jozining bir ma'naviy shu'lasi aks etgani kabi, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda ayniqsa Moʻ'jizoti Ahmadiyaning shu'lasi - salovoti sharifa suratida aks etgan. Koʻrganlar ham aytishdiki, "Soʻzlar"ga maxsus, ayniqsa "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ga xos xat tarzi bor. Agar oʻsha tarz xatga uygʻun yozilsa, koʻp gʻarib latofatlar koʻrinadi. xar doim harakat qilib, xar yozgan kishiga "Siyrak va chiroyli yozing" derdim. Endi anglashildiki, xos ma'naviy xatni tavsiya qilish uchun, Alloh gapirtirishi turidan, menga ayttirilayotgan edi.

Ushbu haqiqat va ma'naviy xat tarziga eng yaqin, Kichik Hofiz Zuhduning va Ashrafning va Kuleoʻnli Mustafoning hatlari boʻlib, u uygʻunlik, muvozanat ularning xatida koʻproq koʻrinmoqda. Men xar doim koʻrayotgan edim, diqqatli yozganlarda ba'zan bir qator hatlar, bir kalima xato yozmagan bir qator xato yozar edi. Holbuki, "Soʻzlar"dagi gʻaroyib latofatning belgisi hisoblanibn tavofuqot hatlatadi.

— 343 —

Ikkinchi hodisani yozishga qogʻozimiz yetmagani uchun tugatdim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***

Ra'fat Bey!

Sening juda antiqa ikki qudrat moʻ'jizasing muzeyimni bezadi. Oddiy deb oʻylagan narsalarda qancha hayratomuz ishlar borligini eslatadi. Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning ikkinchi, uchinchi juzʻida xar sahifada salovoti sharifaning bir-biriga yuzlangani tasodif ishi boʻlolmaydi. Chunki tasodif oʻndan birga toʻgʻri keladi. Bu yerda esa oʻnda toʻqqiz tavofuq bor.

Demak bu, na shuuri yoʻq tasodifning ishi, na mening va na kotiblarning ataylab yozishidir. Chunki, endi bilsam, kotiblar mendan soʻngra tushunishdi. Demak gʻaybiy qasd va iroda bilan, umum "Soʻzlar" va ayniqsa Oʻn Toʻqqizinchi Maktubdagi salovoti sharifada hayratomuz latofatni iroda etilgan. Muvofiqliklar esa, gʻaybiy qasd bilan joylashtirilgan balogʻat va latofatning tarashshuhotidir.

Said Nursiy
***
— 344 —
(11 Aprel 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Nomingizga yozilgan Oʻn ikkinchi Yogʻduning izohga muhtoj nuqtalarining izohiga hozircha ehtiyoj yoʻq. Asl maqsad oyatlarga kelgan shubhalarni daf qilishga kifoya qilishidir. Bu nuqtai nazarda kifoya qiladigan darajada hamma tushunadi. Xar bir risolada hammaning hissasi bor, ammo harkim hamma narsasini bilishi lozim emas. Mirqot-us Sunnat va vahdat-ul vujudga doir ikki risola haqida fikringiz qanday? Albatta qiymat bilgan nazaring ularni taqdir etgan.

Bu safargi savolingizning ikki jihati bor: Biri, sirri Oli Aba jihati boʻlib, u sirdir. Men u sirning ahli emasmanki, javob bersam, yoki xar bir sirning izhorini qalamga olib boʻlmaydi. Chunki haqiqati Muhammadiyaning bir jilvasi Oli Abada zohir boʻladi. Ikkinchi zohiriy jihati esa maʻlum. Jumladan: Sahihi Muslimda Umm-ul Moʻminiyn Oisha-i Siddiqadan (RA) rivoyat qilingan:

خَرَجَ النَّبِىُّ غَدَاةَ غَدٍ وَ عَلَيْهِ مِرْطٌ مُرَجَّلٌ مِنْ شَعْرٍ اَسْوَدَ فَجَاءَ الْحَسَنُ فَاَدْخَلَهُ ف۪يهِ ثُمَّ جَاءَ الْحُسَيْنُ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ جَاءَتْ فَاطِمَةُ فَاَدْخَلَهَا ثُمَّ جَاءَ عَلِىٌّ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ قَالَ: اِنَّمَا يُر۪يدُ اللّٰهُ لِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْه۪يرًا

Bu hadisi sharif kabi, Kutubi Sitta-i Sahihada bu ma'noda koʻplab hadislar borki, Oli Abani koʻrsatadi. Bir kishi balolarni daf qilish uchun istishfo اِسْتِشْفَاءْ va istishfo' اِسْتِشْفَاعْ uchun shunday degan:

ل۪ى خَمْسَةٌ اُطْف۪ى بِهَا نَارَ الْوَبَاءِ الْحَاطِمَةِ
اَلْمُصْطَفٰى وَ الْمُرْتَضٰى وَابْنَاهُمَا وَ الْفَاطِمَة
— 345 —

Xafa boʻlma, hozircha bu qadar. Maktubingda ismlari zikr qilingan xar bir kishiga alohida-alohida salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

«A'uzu» sirriga doir yozilgan Oʻn Uchinchi Yogʻduning yetti ishorasini yubordim. Koʻringlar, izohi emas, nuqsoni boʻlsa bildiringlar.

***
(9 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Yangi qizingning dunyoga kelishini siz uchun bir xayrli alomat sifatida tabriklayman. Inshoalloh وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى siriga sazovor boʻladi. Osim Bey kabi sening ham bir qiz bolang dunyoga kelishi, mashrabimizda eng muhim asos shafqat boʻlishi jihatidan, shafqat qahramonlari qizlar ekani va eng sevimli yaratiq boʻlganidan, yanada koʻproq tabrikka loyiqsiz. Oʻylaymanki, bu davrda oʻgʻil bolalarning tahlikasi yanada koʻp. Janobi Haq uni sizlarga tasalli va doʻstlik manbai va uyingizga kichik bir farishta hukmiga keltirsin. "Rangi gul" ismi oʻrniga "Zaynab" boʻlsa, munosibroq boʻladi.

Ikkinchidan: Hikmat-ul isti'oza, basmala-i sharifaning sirlariga doir sen va Sharif Afandining ifodalaringiz qisqa. Tanqidmi, taqdirmi, tushunilmaydi. Zotan koʻp marotaba aytgan edim: Harkim xar bir risolaning xar masalasini tushunishga muhtoj emas. Qanchalik tushunsa oʻshancha kifoya.

Uchinchidan: Misol olami - ruhlar olami bilan shahodat olami oʻrtasida bir barzohdir. Xar ikkisiga bir jihat bilan oʻxshaydi. Bir yuzi unga qaraydi, bir yuzi boshqasiga boqadi. Masalan: Oynadagi misoling suratan sening jismingga oʻxshaydi. Moddiy jihatdan sening ruhing kabi latif. Misol olami, olami arvoh, olami shahodat qadar vujudi qat'iydir. {(Hoshiya): Menimcha misol olamining borligi koʻrilgandir. Shahodat olami kabi haqligi ochiq oydin. Hatto sodiq tush, kashfi sodiq va shaffof narsalardagi koʻrinishlar bu olamdan u olamga ochilgan uch derazadir. Avom va hammaga oʻsha olamning ba'zi burchaklarini koʻrsatadi.} Ajoyib va gʻaroyib narsalarning koʻrgazmasi, valiylarning sayrgohidir.

— 346 —

Kichik olam boʻlgan insonda hayol tuygʻusi boʻlgani kabi, katta inson hisoblangan olamda ham olami misol borki, oʻsha vazifani bajaradi va u haqiqatdir. Xotira Lavhi Mahfuzdan xabar bergani kabi, hayol tuygʻusi ham misol olamidan xabar beradi.

Boshda Xusrav, Bakir Bey, Rushdu, Lutfu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, uch Domla, uch Mahmud, uyingizdagi uch ma'sum, qaynotang va u yerdagi qardoshlarimizga salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(30 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Sening menda bir ustozing, bir qardoshing, bir doʻsting bor. Ustozingni xar risola ichida koʻrib gaplashasan. Qardoshingni kechayu kunduz dargohi Ilohiyda ma'nan va xayolan, seni duo vositasida koʻrganidek, sen ham uni oʻsha tarzdfa koʻrishing mumkin. Mendagi doʻstingni koʻrish uchun, kelib zahmat chekma. Chunki u doʻsting ziyoratga layoqati yoʻq. U bitta, siz koʻpsiz. Inshoalloh u kelib, sizni u yerda ziyorat qiladi.

وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى oyatiga doir hozir javob berishga vaqtim uygʻun emas. Sihatini bilmayman, ammo rivoyat qilinadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar: "Oʻgil bolani sevinglar". "Qizlarni nima uchun istisno etdiz?", deyishganda, marhamat qilganlarki: "Qizlar oʻzini oʻzi sevdirishadi, ular fitratan sevimlilar".

— 347 —

Ha, qiz - shafqat va jamolga sazovor boʻlgani uchun, oʻgʻil boladan koʻproq seviladi. Ayniqsa bu davrda ota-ona haqida qizlar koʻproq qadrlidir. Chunki dinga keladigan tahlikaga koʻp uchramaydi.

Ikkinchi savoling: Ibrohim Haqqi, "Ju' ismi a'zamdir" deyishining murodini bilmayman. Zohiran ma'nosiz, balki xatodir. Ammo Rahmon ismi koʻplarga nisbatan ismi a'zam vazifasini bajarar ekan, ma'naviy va moddiy ju' va ochlik, ismi a'zamning vosil boʻlish sababi ekaniga ishoratan, majoziy, "Ju'" ismi a'zamdir, ya'ni bir ismi a'zamga vasiladir deyish mumkin.

Muborak xonangizdagi ma'sumlarga duo va darsdoshlarning barchalariga salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(20 Iyun 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Maktubingda inson mohiyatiga joylashtirilgan oʻn tuygʻuni soʻrayapsan. Hozir tariqatni dars berish davrida boʻlmaganim uchun, Naqshbandiy tariqati muhaqqiqlarining oʻn tuygʻuga doir asarlari bor. Hozir esa vazifamiz, sirlarni yuzaga chiqarish boʻlgani uchun, mavjud masalalarni naql qilish emas. Xafa boʻlma, tafsilot berolmayman. Shuni aytishim mumkin: Oʻn tuygʻuni Imom Rabboniy qalb, ruh, sirr, xafiy, ahfo, insonda toʻrt asos unsurning xar bir unsurning oʻziga munosib insoniy hissi bor deb ta'bir qilib, sayri sulukda xar martabada bir latifaning taraqqiyoti va holatlaridan qisqa bahs etganlar.

Koʻryapmanki, insonning jome' mohiyati va iste'dodlarida koʻp latifalar bor. Ulardan oʻn donasi tanilgan. Hatto faylasuf va zohiriy ilmlar olimlari ham oʻn latifaning derazalari yoki namunalari hisoblangan zoxiriy besh tuygʻu, besh botiniy hislar deb oʻn latifalarni boshqa bir suratda hikmatlariga asos tutishgan.

— 348 —

Hatto avom va hoslar ichida tanilgan insonning oʻn latifasi, tariqat ahlining oʻn latifasi bilan munosabatdor. Masalan vijdon, a'sob, hiss, aql, havo, shahaviya, gʻazabiya kabi hislari qalb, ruh va sirrga ilova etilsa, latoifi asharani boshqa suratda koʻrsatadi. Yana bu latifalardan boshqa saiqa, shaiqa va oldindan sezish hissi kabi koʻp latifalar bor. Bu masalaga doir haqiqat yozilsa, juda uzun boʻladi, vaqtim ham kam boʻlganidan, tugatishga majbur boʻldim.

Ikkinchi savoling boʻlgan, ma'no-i ismiy bilan ma'no-i harfiyning bahsi, nahv ilmining umum kitoblarining boshlarida izoh qilingani kabi, haqiqat ilmining "Soʻzlar" va "Maktubotlar" nomli risolalarida misollar bilan yetarlicha bayon qilingan. Sen kabi zakovatli va tadqiqotchi zotga koʻp izoh ortiqcha boʻladi. Oynaga qaraganingda shisha uchun qarasang, qasddan shishani koʻrasan, ichidagi Ra'fat ikkinchi darajaga oʻtadi. Agar maqsad muborak siymoinga qarash boʻlsa, sevimli Ra'fatni koʻrasan.

فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deysan. Oyna shishasi ikkinchi darajaga tushadi. Demak, birinchi suratda oyna shishasi ma'no-i ismiydir. Ra'fat ma'no-i harfiy boʻladi. Ikkinchi suratda oyna shishasi ma'no-i harfiydir, ya'ni unga oyna uchun qaralmaydi, boshqa ma'no, aks uchun qaraladi. Aks ma'no-i ismiydir.

Ya'ni دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى نَفْسِه۪ bir jihatda ega ta'rifiga dohil boʻladi. Oyna esa

دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى غَيْرِه۪ kesimning ta'rifini tasdiqlaydi. Koinot Qur'oniy nazar bilan qaralganda: barcha mavjudoti harflardir, ma'no-i harfiy bilan boshqa bir Zotning ma'nosini ifoda qiladi. Ya'ni, ismlarini, sifatlarini bildiradi. Ruhsiz falsafa asosan ma'no-i ismiy bilan qaraydi, tabiat botqogʻiga botib qoladi. Nima boʻlganda ham... Hozir koʻp soʻzlashishga vaqtim yoʻq. Hatto Mundarijaning eng oson, eng muhim, eng oxirgi qismini yoza olmayapman. Darsdoshlaring, ayniqsa Xusrav, Bakir, Rushdu, Lutfu, Shayx Mustafo, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Mahmudlar, Domlalarga salom va muborak xonadoningdagi muborak ma'sumlarga duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***